Академия МВД - xorijga chiqish, kelish va...

160
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYA XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI FAOLIYATI PSIXOLOGIYASI MA’RUZALAR KURSI Mas’ul muharrir O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i general-mayor SH.T. Ikramov TOSHKENT – 2016

Upload: others

Post on 26-Feb-2020

30 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I Y A

XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI FAOLIYATI

PSIXOLOGIYASI

MA’RUZALAR KURSI

M a s ’ u l m u h a r r i r

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i general-mayor SH.T. Ikramov

TOSHKENT – 2016

Page 2: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

T a q r i z c h i l a r :

O‘zbekiston Respublikasi IIV XCHK va FRB bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari A.E. Yunusxodjayev;

Toshkent shahar IIBB SHTBIX psixologlar guruhi katta inspektori, psixologiya fanlari nomzodi I. X. Arifxodjayeva

X 76 Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi: Ma’ruzalar kursi / B.N. Sirliyev, R.X. Dushanov, Yo.A. Farfiyev, I.X. Kalonov, U.K. Nurullayev va boshq.; Mas’ul muharrir Sh.T. Ikramov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016. – 160 b.

Ma’ruzalar kursi yangi davlat ta’lim standartlari hamda «Xorijga chiqish, kelish va

fuqarolikni rasmiylashtirish xizmat faoliyati psixologiyasi» kursi o‘quv dasturi asosida tay-yorlangan ilk qo‘llanma. Undan xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xiz-mati faoliyati psixologiyasi, uning xususiyatlari, soha xodimlarining psixologik tayyorgar-ligi, turli toifadagi shaxslar bilan psixologik aloqa va ishonchli munosabat o‘rnatishni metodlari, ruhiy-emotsional holatlarga oid nazariy va amaliy bilimlar o‘rin olgan.

Tinglovchi-kursantlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, xorijga chi-qish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining amaliyotchi xodimlariga mo‘ljallan-gan.

BBK 88.4ya73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016

Page 3: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

3

KIRISH

Mustaqillik yillari O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi hamma uchun tengligi, fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi, mamlakatimiz hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanishi qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jamoat tar-tibi va xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirishda xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati ham muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan fuqarolarni milliy pasportlar bilan ta’minlash, MDH va chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni rasmiylashtirish, ularni vaqtincha va doi-miy ro‘yxatga olish hamda ro‘yxatdan chiqarish soha xodimlaridan alohida mas’uliyat talab etadi. So‘nggi yillarda tizimda amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasi o‘laroq, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiy-lashtirish xizmati faoliyati tubdan yaxshilandi. Fuqarolarni biometrik pas-port bilan ta’minlash tizimi zamon talablari asosida qayta tashkil etildi, ular-ning tezkor harkatchanligi va mobilligi oshdi, moddiy-texnikaviy bazasi hamda jamoatchilik bilan hamkorligi takomillashtirildi. Shu bilan birga, sohani malakali mutaxassis-kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Ammo bugungi murakkab davr har bir ichki ishlar organi, jumladan, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari-dan yuksak mas’uliyat, bilim va tafakkur, mahoratni talab qilayotgani hech kimga sir emas. Chunki, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylash-tirish xizmati ichki ishlar idoralarining tarmoq xizmati hisoblanib, uning asosiy xususiyati shundaki, barcha xizmat sohalari diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslarni, huquqbuzarlarni, sudlangan shaxslarni aniqlashda, ularni qo‘lga olishda xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatidan 1-shakl arizalaridan ma’lumotlar olib, jinoyatchilarni tezda qo‘lga kiritishda, jinoyatni issiq izidan ochishda chuqur psixologik bilim-larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek, “Bu sohada xizmat qiladigan odamlar o‘zining professional kasb va fuqarolik burchini, o‘z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi

Page 4: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

4

mubolag‘asiz butun hokimiyatning obro‘si, kishilarimizning adolatga ishonchi qay darajada bo‘lishini belgilaydi”1.

Ushbu qo‘llanma ham ana shu maqsadda – xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining psixologik bilimlarini mustahkamlash, ular faoliyatining psixologik jihatlarini tahlil qilish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, yanada takomillashtirishning psixolo-gik mexanizmlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish maqsadida tayyorlan-di. Zero, soha xodimlarining nafaqat sohaviy, balki psixologik bilimlarini va tayyorgarliklarini oshirib borish, “ichki ishlar idoralari xodimlari xiz-mat vazifalarini bajarishda o‘zlariga berilgan vakolatlarni suiiste’mol qil-masliklari, aksincha har bir huquq va vakolat ortida xalq hamda davlat oldidagi burch, mas’uliyat turishini to‘liq anglab yetishlari zarur”ligi davr talabiga aylangan.

Ma’ruzalar kursini tayyorlashda psixolog olimlar, mutaxassislar – M.I.Yenikeyev, A.M.Chufarovskiy, Yu.S.Shaygu, A.V.Gaynulina, S.Ye.Boisova, E.G‘.G‘oziyev, A.I.Rasulov, V.M.Karimova, D.N.Arzi-qulov, S.V.Asyamov, I.X.Arifxodjayeva va boshqalarning ilmiy izlanish-lari, tadqiqotlaridan samarali foydalanildi.

Yana bir ahamiyatli jihati, ma’ruzalar kursi davlat tilida yaratilgan dastlabki qo‘llanmalardan biri bo‘lib, kelgusida soha xodimlarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi, shubhasiz

1 Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т. 13. –

Т., 2005. – Б.189.

Page 5: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

5

1-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI

RASMIYLASHTIRISH XIZMAT FAOLIYATI PSIXOLOGIYASINING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

1-§. XORIJGA chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati

faoliyati psixologiyasi haqida tushuncha «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani

o‘rganish – hayotni, insonni o‘rganish degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qil-moqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish kerak»1, degan edi Prezidentimiz.

Ma’lumki, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xiz-mati ichki ishlar idoralarining tarmoq xizmati hisoblanadi. Uning asosiy xususiyati shundaki, barcha xizmat sohalari diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslarni, huquqbuzarlarni, sudlangan shaxslarni aniqlash hamda qo‘lga olishda xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati bilan hamkorlik qiladilar.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi kasbiy faoliyati davomida turli toifadagi fuqarolar bilan shaxslararo muno-sabatga kirishar ekan, u o‘zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlarning barchasi xodimning psixikasini tashkil qiladi.

Xo‘sh, psixika deganda nimani tushunamiz? Psixika yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi

(xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmish-ning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan2. Psixikaning asosiy vazifalari aks ettirish, faoliyat va xatti-harakat-larni boshqarishdir.

Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning

1 Қаранг: Каримов И. А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. Т. 14. – Т., 2006. – Б.121–122.

2 Қаранг: Ғозиев Э. Умумий психология. – Т., 2002. – Б.25.

Page 6: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

6

xususiyatlari (yo‘nalganlik, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.

Psixologiya psixikaning vujudga kelishi, psixik jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek inson bilan tashqi muhit orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi fan. U yunoncha «psixologos» so‘zi-dan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni bildiradi. Hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» atama-sini qo‘llash ommalashib bormoqda. Chunki, lingvistik nuqtai nazardan, «jon» va «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psi-xika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’no, ko‘lam kasb etib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi.

Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar (obyekt – kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq, predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‘rganiladigan masalalar) tashkil qiladi .

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati fao-liyati psixologiyasi – xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish qoidalariga hamda boshqa qonun hujjatlarining fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishda turli toifadagi shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnata olish va ularga huqu-qiy me’yorlar asosida ta’sir ko‘rsata olish usullarini o‘rganuvchi kursdir. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasining obyektiga turli toifadagi fuqarolarning xulq-atvori, xatti-harakatlari kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining faoliyati boshqa kasblardan, avvalo, davlat tomonidan qat’iy belgilab berilgan qonunlar, buyruqlar, nizom va yo‘riqnomalar asosida ish ko‘rishi; ikkinchidan, fuqarolar xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi mu-nosabatlarni tartibga soladi hamda xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish qoidalarini ta’minlashga, fuqarolarning huquqlari va qonu-niy manfaatlarini, shuningdek, bevosita fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashi; uchinchidan, davlat hokimiyatining vakili sifatida ish ko‘rishi bilan ajralib turadi. Ana shu kasbiy faoliyat ma’lum psixologik bilimlar asosida ish ko‘rishni talab etadi. Bu esa xorijga chiqish, kelish va fuqaro-likni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni alohida kurs – Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni

Page 7: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

7

rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi sifatida o‘rganishni taqozo etadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi kursining bahs mavzui nima?

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, yuridik psixologiya fani tarkibiga kira-di. Shu nuqtai nazardan qaraganda, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi o‘ziga xos predmet bo‘lib, yurisprudensiya va psixologiyaning nozik tomonlarini qamrab oladi. Ya’ni u huquq bilan psixologiya sohalarining kesishuvida yuzaga keladi. Huquq insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bog‘liq jarayonlarni, psixo-logiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyat-larining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, har ikkala fanning obyekti va subyekti –shaxs, inson hisoblanadi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, xorijga chiqish, kelish va fuqa-rolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi yuridik psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish qoidalarining psixologik jihatlarini qamrab oladi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati fao-liyati psixologiyasi ilmiy-amaliy kurs sifatida umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu kursni samaradorligini oshirish uchun tav-siyalar ishlab chiqadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati fao-liyati psixologiyasi kursi fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirishda vujudga keluvchi munosa-batlar hamda fuqarolarga psixologik ta’sir eta olish usullarini o‘rgatadi. Bunda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirishda turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnata olish hamda ularga ta’sir eta olishning psixologik jihatlarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati fao-liyati psixologiyasi kursining maqsadi – xodimlarning fuqarolar murojaat-larini ko‘rib chiqishda, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashti-rishda vujudga keluvchi munosabatlarni tartibga solishi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakl-lantirishdan iboratdir. Uning metodologik asosini O‘zbekiston Respublika-si Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror-lari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, sohaviy me’yoriy hujjatlar hamda zamonaviy psixologiyaga oid nazariy va amaliy bilimlar tashkil etadi.

Page 8: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

8

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati fao-liyati psixologiyasi kursining predmeti quyidagilar:

– xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining psixikasini har tomonlama o‘rganishdan hosil bo‘lgan bilimlar;

– turli toifadagi fuqarolarning ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo‘lgan xulosalar;

– fuqarolar xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslarning psixologik portreti, uning xulq-atvorini o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar.

Kursning obyektiga xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiy-lashtirish xizmati xodimlarining psixologiyasi; shaxs psixologiyasi; fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; shaxsning tuzilishi; shaxsning faoliyati; shaxsning faolligi va uning shakllari kiradi.

2-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati

xodimlarining kasbiy faoliyatida psixologik bilimlarning tutgan o‘rni Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

lari faoliyatida psixologik bilimlarni keng tatbiq etish uchun, avvalo, uning shakllanish tarixidan boxabar bo‘lish kerak.

Huquqbuzar, tartibbuzar, qoidabuzar, jinoyatchi shaxslarning indivi-dual-psixologik xususiyatlari, emotsional-irodaviy holatlarini tadqiq qilish va uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish qadimdan mavjud. Ilk davrlarda aybla-nuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning psixologik xususiyatlari oddiy va o‘ziga xos sodda psixologik tekshiruvlar orqali sinab ko‘rilgan. Masalan, qadimgi Xitoyda ayb o‘qilayotganda ayblanuvchining og‘ziga quruq guruch solib qo‘yishgan. Ayblovdan keyin uning og‘zidan guruch olingan. Guruch nam chiqsa, u aybsiz, agar quruq chiqsa, aybdor deb topilgan. Xitoyliklar «aybdor kishining og‘zi ho‘l bo‘lmaydi, doimo quruq bo‘ladi», deb bilishgan. Afrikaliklarda esa ayblanuvchi va gumonlanuvchidan ayb e’lon qilinayotgan paytda nog‘ora chalish so‘ralgan. Bunda nog‘oraning ritmi va ohangiga e’tibor qaratilgan, ya’ni ritm yoki ohang o‘zgarsa, uni chalayotgan odam aybdor deb topilgan. Qolaversa, sud amaliyoti tarixidan ma’lumki, Napoleon 1810 yilda «Jinoyat kodeksi»ga ilk marotaba odam-larning o‘z xatti-harakatini boshqara olish yoki boshqara olmaslik qobi-liyatini aniqlash tushunchasini kiritgan.

XXI asrning ikkinchi yarmiga kelib, bir qator mamlakatlarning jinoyat-protsessual kodekslarida ayblanuvchining o‘z xatti-harakatlariga

Page 9: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

9

javob bera olish yoki bera olmasligini aniqlashga doir tibbiy tushunchalar ham aks eta boshladi.

Yuridik psixologiya ilmiy-amaliy fan sifatida qonunga itoatgo‘ylik xulqi (huquqiy ong, axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereotiplar); jinoiy xulq (jinoyatchi shaxsining xulq-atvoridagi og‘ishishlar, jinoiy stereotip, jinoiy guruh tartibi, tuzilishi kriminogen vaziyat, jabrlanuvchining shaxsi, xulq-atvori va ularning jinoiy xulqinig genezisdagi roli); huquqni muhofaza qilish faoliyati (profilaktika faoliyati psixologiyasi, tergov faoliyati psixo-logiyasi, sud-psixologik ekspertiza); huquqbuzarlarni resotsiolizatsiya qilish (jinoiy jazoni ijro etuvchilar psixologiyasi, ozodlikka chiqqanlar psi-xologiyasi); voyaga yetmaganlar kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi.

Yuridik psixologiya huquq va huquqni muhofaza qilish faoliyatida alohida shaxs, guruh va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyat-larini o‘rganish, qonunchilikni mustahkamlash, huquqni muhofaza qilish ishlarining samaradorligini oshirish, jinoyatga yarasha jazo tayinlash, jinoiy yo‘lga kirganlarni qayta tarbiyalash bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.

Yuridik psixologiya fanining tarkibiy qismlarini: 1) kriminal psixologiya; 2) sud psixologiyasi; 3) jinoiy jazoni ijro etish psixologiyasi; 4) fuqarolik huquqlarini tartibga solish psixologiyasi; 5) sud-psixologik ekspertiza; 6) advokatlik ishlari psixologiyasi; 7) notarial ishlar psixologiyasi; 8) ichki ishlar idoralari faoliyati psixologiyasi tashkil qiladi. Yuridik psixologiyaning tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo‘l-

sak, u quyidagi ko‘rinishni oladi: Huquqiy psixologiya: muhim hodisalarning huquqiy jihatdan individ

va jamiyat oldidagi in’ikosi bo‘lmish huquqiy psixologiya; shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi, huquqiy ijod va huquqqa munosabat psixologi-yasi; huquqni tushunish va huquqiy ong psixologiyasi; huquqni ijro etish xatti-harakati psixologiyasi.

Kriminal psixologiya: jinoiy xatti-harakatning sotsiogenetik deter-minantlari; shaxs jinoiylashuvining biologik va ijtimoiy omillari; «jinoyat-chi shaxs» tushunchasi; ayrim toifadagi jinoyatchilarning tipologik tavsifi; jinoiy qilmish psixologiyasi, viktim xulq, guruhiy va uyushgan jinoyatchilar psixologiyasi; ayb va javobgarlik psixologiyasi.

Page 10: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

10

Sud psixologiyasi ikki qismdan iborat: birinchisi, dastlabki tergov psixologiyasi: jinoyat protsessi ishtirokchilarining psixologiyasi; surish-tiruv-tergov faoliyati va ayrim tergov harakatlarining psixologik asoslari; nizoli vaziyatlarda jinoyat protsessi ishtirokchilarining o‘zaro munosabat-lari psixologiyasi; sud-psixologiya ekspertizasi; ikkinchisi, sud muhoka-masi psixologiyasi: sud protsessi ishtirokchilarining psixologik tavsifi; sud tergovi va sud muzokaralari psixologiyasi; prokuror va himoyachining faoliyati, sud qarorlarini qabul qilish psixologiyasi.

Axloq tuzatish psixologiyasi: jazo va pushaymonlik psixologiyasi; qayta ijtimoiylashuvning psixologik muammolari; axloq tuzatish muam-molari psixologiyasi; mahkumlar hayoti va faoliyati psixologiyasi. Qamoqdan ozod etilgan shaxslarning qayta ijtimoiy moslashuvi hamda jinoiy retsidivlarning oldini olish muammolari; penitensiar ekspertiza.

Fuqaroviy-huquqiy tartibga solish psixologiyasi: fuqaroviy sudlov-ning psixologik jihatlari; fuqaroviy sudlovda sud psixologik ekspertiza; sud qarorlarini qabul qilish psixologiyasi; fuqarolik sudining kognitiv (bilish) va ishonch hosil qilish faoliyati; hakamlik sudi faoliyati psixo-logiyasi.

Ichki ishlar organlarida mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy psixologiya fani bir necha tarmoqlarga bo‘linadi. Ya’ni:

1) profilaktika faoliyati psixologiyasi; 2) dastlabki tergov faoliyati psixologiyasi; 3) tezkor-qidiruv faoliyati psixologiyasi; 4) ekspert-kriminalist faoliyati psixologiyasi. Profilaktika faoliyati psixologiyasi – huquqbuzarliklarning oldini olish

jarayonida turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatish va huquqiy normalar orqali ta’sir etish usullarini o‘rganishdir. Fanning maq-sadi huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda ting-lovchilarda psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malaka-larini shakllantirishdan iborat. Uning asosiy vazifasi ichki ishlar idoralari faoliyatida psixoprofilaktik ishlarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish hamda profilaktika xizmati xodimlari-ning kasbiy sifatlari va mahoratlarini shakllantirishning psixologik shart-sharoitlari bilan tanishtirish hisoblanadi.

Dastlabki tergov faoliyati psixologiyasi jinoyatlarni tergov qilish jarayonida ishtirokchilarning o‘ziga xos psixologik jihatlarini o‘rganadi. Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida zarur psixologik bilimlardan foyda-lana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Tergov faoliyatining psixologik tuzilishi haqidagi tasavvurlarni hamda tergov jarayonida psixo-

Page 11: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

11

logik bilimlardan foydalana olish malakalarini rivojlantiradi, fuqarolar bilan aloqa o‘rnata olish qobiliyatini takomillashtiradi.

Tezkor-qidiruv faoliyati psixologiyasi tezkor vaziyatlarda xodimlar-ning turli toifadagi shaxslar bilan aloqa o‘rnatishi va kerakli ma’lumotlar olishining psixologik jihatlarini qamrab oladi. Turli toifadagi shaxslar bilan aloqa o‘rnatish va kerakli ma’lumotlarni olishda psixologik bilimlar-dan foydalana olish ko‘nikmalarini, psixologik aloqa va kerakli ma’lumot-lar olishning psixologik asoslari haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.

Ekspert-kriminalist faoliyati psixologiyasining maqsad va vazifalari ham har xil turdagi jinoyatlarni kriminalistik ekspertizadan o‘tkazishda ekspert-kriminalist faoliyatining psixologik tuzilishini, ekspertiza o‘tka-zishda psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini, shuningdek, sud- psixologik ekspertizalarning mohiyati va ularning psixo-logik asoslari borasidagi tasavvurlarni hamda ekspert-kriminalistlarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini o‘stirish va kasbiy mahoratlarini oshirishdan ibo-rat. Shunday qilib, yuridik psixologiya kasbiy psixologiya uchun metodo-logik tayanch bo‘lsa, kasbiy psixologiya yuridik psixologiya uchun amaliy asos vazifasini o‘taydi. Kasbiy psixologiya va yuridik psixologiya bir-biridan ajralmaydigan, bir-birini to‘ldirib boradigan fanlar hisoblanadi.

Kasbiy psixologiya va yuridik psixologiya fanlari xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi kursi uchun metodologik asos vazifasini o‘taydi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi kursi ham ma’lum bir psixologik qonuniyatlarni kasbiy psixologiya va yuridik psixo-logiya fanlari zamirida o‘rganadi va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha tav-siyalar ishlab chiqadi.

Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‘liqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri u yoki bu ruhiy hodisaning ma’lum sharoitda takror namoyon bo‘lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish – muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan ko‘ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni ras-miylashtirish xizmati xodimlari uchun turli toifadagi fuqarolar ruhiy holat-larining umumiy xususiyatlarini oldindan bashorat qilishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga, ayniqsa fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chi-qishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolar-ning ariza va shikoyatlarini hal etish, ularning huquqlari va qonuniy man-faatlarini, xavfsizligini ta’minlashda xatoga yo‘l qo‘ymasliklarida yordam

Page 12: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

12

beradi. Har bir xodim murojaat bilan oldiga kelgan fuqarolarning indivi-dual xususiyatlarini hisobga olishi shart.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati fao-liyati psixologiyasi kursi o‘rganishi lozim bo‘lgan qonuniyatlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

1) xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining shaxsi va ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan psixik qonuniyatlar;

2) xorijdagi jinoyatchilarning O‘zbekiston Respublikasiga kirib keli-nishini va boshqa g‘ayriqonuniy tajovuzlardan ma’muriy-jinoiy huquqiy himoyalashning oldini olish maqsadida qoidabuzar, huquqbuzar va jinoyatchi shaxsining psixikasini o‘rganishga qaratilgan psixologik qonu-niyatlar;

3) ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat etib kelgan fuqarolarning ruhiy holatini o‘rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar.

Zamonaviy psixologiya fanining uchta asosiy prinsipi, jumladan, determinizm prinsipi; ong va faoliyat birligi prinsipi va psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsipi mavjud.

Determinizm prinsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Ong va faoliyat birligi prinsipi ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas. Biroq ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildira-di. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning dasturini tashkil etadi. Voqelik-ning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo‘ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda shuning yordamida, mo‘ljal oladi. Psixika va ong-ning faoliyatda rivojlanishi prinsipi psixikaning dialektik taraqqiyoti odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. Ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi.

Kasbiy psixologiyaning o‘ziga xos prinsiplari mavjud. Har qanday usulda o‘tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator prinsiplarga rioya qilishni talab etadi. Masalan, subyektiv (psixologik) asosga nisbatan obyektiv (moddiy) asosning birlamchiligi, psixika taraqqiyotida faoliyat-ning yetakchilik roli, psixik hodisalarning o‘ziga xos bog‘liqligi prinsipi, psixologik faoliyatni o‘rganishda obyektivlik prinsipi, nazariya va ama-liyotning bog‘liqligi prinsipi kabi.

Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi psixika moddiy bo‘lmasa ham, moddiylikdan ayri holda yashay olmasli-

Page 13: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

13

gidan kelib chiqadi. Shaxsni o‘rganishda biz psixik faoliyatning ko‘plab tashqi ko‘rinishlariga duch kelamiz.

Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi o‘rin tutishi prinsipi inson psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda o‘rganib bo‘lmaydi.

Psixik hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik prinsipi inson ichki dunyosi yagona, bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o‘rganishning o‘zi asosiy maqsad bo‘lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning boshqalari bilan uzviy aloqasini va ta’sirini hisobga olinadi.

Psixik faoliyatni o‘rganishda obyektivlik prinsipi hodisaning aniq tafsilotlarini o‘rganish, real holatni ifodalamaydigan shoshilinch umum-lashma xulosalarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.

Nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi prinsipi nazariya amaliyot uchun asos ekanligini, u o‘z qobig‘iga o‘ralib olmasdan, amaliyot uchun yangi-yangi yo‘nalishlar ko‘rsatishni anglatadi.

Kasbiy psixologiya fanining bu prinsiplari birgalikda qo‘llaniladi va ular har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixolo-giyasi ham zamonaviy psixologiyaning prinsiplariga amal qiladi.

Zamonaviy psixologiyaning quyidagi kategoriyalari mavjud. 1. Bilish jarayonlari (diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol). 2. Emotsional-irodaviy holatlar (kayfiyat, affekt, stress, frustratsiya,

chidamlilik, bardoshlik, qat’iyatlilik). 3. Individual-psixologik xususiyatlar (temperament, xarakter, qobi-

liyat, iste’dod, yo‘nalganlik). Zamonaviy psixologiya fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari

mavjud bo‘lib («metod» grekcha – «biror narsaga borish yo‘li» degan ma’noni anglatadi), bu psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyat-lar to‘g‘risidagi bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig‘indisidir.

Psixologiyaning asosiy metodlari: 1. Kuzatish (tashqi va ichki); 2. Eksperiment (laboratoriya va tabiiy); 3. Suhbat; 4. Anketa;

Page 14: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

14

5. Sotsiometriya; 6. Faoliyat natijalarini o‘rganish; 7. Test; 8. Biografik. Psixologik metodlar – diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslarni,

huquqbuzarlarni, sudlangan shaxslarni aniqlashda qo‘llaniladigan metodlar tizimidir. Masalan, kuzatish metodida xodim tomonidan ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat etgan shaxslarning xulqi hamda ruhiy holati vizual kuzatiladi. Ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat etgan shaxslarning xulq-atvori asosan ushbu metod yordamida aniqlanadi. Bunda muloqot davomida kishilarning nigohiga diqqat qaratish lozim. Ma’lumki, normal aloqa paytida insonlar bir-biriga rost gapirayotgan vaqtda muloqot jarayonining 2/3 qismi mobaynida nigohlar uchrashadi. Agar inson no-samimiy tarzda, biror narsani yashirishga urinsa, suhbat davomida ko‘z nigohlari muloqot davrining 1/3 qismida to‘qnash keladi, ya’ni u nigoh-larini olib qochishga urinadi.

Suhbatdoshning uzoq cho‘zilgan tabassumi (labning pastki va yuqori-gi qismi biroz tortilgan, chiziq hosil qiladi, tabassum esa sayoz) tashqari-dan qaraganda nozik tuyg‘ularni aks ettirishga urinsa-da, nosamimiy ekan-ligi ifodalanib turadi. Mudofaaga shay pozitsiya va antagonizm («qarshi turish, kurash») muloqot jarayonida og‘iz va jag‘ muskullarining mahkam siqib yopilishi bilan baholanadi.

Nutq muloqotning universal vositasi bo‘lsa-da, u faqat faoliyat tizimi-ga aloqador bo‘lgan sharoitdagina ahamiyatga ega bo‘ladi. Faoliyatga daxldorlik esa muloqotning boshqa – nutqsiz vositalarini qo‘llash bilan to‘ldiriladi.

Ushbu vositalarning birinchi guruhiga mimika va imo-ishora kiradi. Mimika – yuzning muloqot paytidagi dinamik ifodasi. Imo-ishora – jamiyatda ishlab chiqilgan va ruhiy holatni ifodalaydigan harakat. Panto-mimika – inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar bilan birga uning psixik holatini, ayniqsa, his-tuyg‘ularini ifodalovchi harakatlaridir. Ularga qarab biz insonning biror bir voqeaga, shaxsga, narsaga munosabati haqida xulosa qilamiz. Imo-ishora odamning istaklari, uning hozirgi vaqt-dagi umumiy holatidan darak berishi mumkin.

Suhbat metodi xodimning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilgan fuqaro bilan bo‘ladigan suhbati. Murojaatlar, ularning turi va shak-lidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega.

Ayni vaqtda xodim fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish-ga, ularning ish bilan bog‘liq chigal savollariga va boshqa holatlar bo‘yicha

Page 15: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

15

murojaatlariga to‘g‘ri va aniq javob berishga, arz va shikoyatlarini imkoni boricha qonuniy hal qilishga intilishi lozim.

Xodim o‘z qabuliga kelgan fuqaroni, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, mulozamat bilan, o‘rnidan turgan holda unga peshvoz chiqib kutib olishi, salomlashishi, o‘tirish uchun taklif qilishi va hol-ahvolini so‘rashi lozim. Shundan so‘ng suhbatdosh fuqaroning ismi-sharifini, ish joyini, uy manzi-lini, telefon raqamini so‘rashi va bu ma’lumotlarni tegishli daftarga yoki hisob varaqasiga qayd etishi, uning kelishdan maqsadini so‘rashi kerak.

Suhbat chog‘ida fuqaroning barcha gaplarini diqqat bilan tinglash, gapini bo‘lmasdan eshitish kerak. U gapini tugatganidan so‘ng, noaniq yoki tushunilmay qolingan narsalar to‘g‘risida unga savol bilan murojaat qilishi lozim. Ushbu muloqot xuddi jinoyatchi yoki guvohni so‘roq qilish tarzida bo‘lmasligi, aksincha samimiy, erkin tarzda olib borilishi kerak. Suhbat chog‘ida iloji boricha boshqa odamlar bilan, shu jumladan, telefon orqali so‘zlashmagan ma’qul.

O‘z navbatida, fuqaroning barcha savollariga, shikoyatlariga to‘liq javob berish, javobning tushunarli bo‘lganligiga ishonch hosil qilish kerak. Fuqaro javobdan qoniqqan bo‘lsa, unga minnatdorchilik bildirish, qoniq-magan bo‘lsa yuqori tashkilotlarga murojaat qilish tartibini yotig‘icha, shoshmasdan, xushmuomalalik bilan tushuntirish zarur. Suhbat tugagani-dan so‘ng fuqaroga sihat-salomatlik tilab, xayrlashish va albatta, uni ku-zatib qo‘yish lozim.

Fuqarolarning murojaatiga aloqador mansabdor shaxslar suhbat chog‘ida ishtirok etayotgan bo‘lsalar, ularning barchasini fuqaroga tanish-tirish kerak. Bordi-yu, suhbatdosh faqat boshliqning o‘zi bilan gaplashish istagini bildirsa, bunga xam imkon berish lozim.

Fuqaro bilan suhbat chog‘ida unga berilayotgan javob aniq va isho-narli bo‘lishi uchun xodim fikrini tegishli qonunlardan hamda boshqa nor-mativ hujjatlardan parchalar o‘qib berish orqali asoslash maqsadga muvo-fiqdir.

Suhbat davomida ko‘rilayotgan masala ichki ishlar idorasi boshlig‘i-ning vakolatiga kirmasa, fuqaro kimga murojaat qilishi zarurligi batafsil tushuntiriladi. Suhbat davomida ko‘rilayotgan masalani hal qilish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar, hujjatlarni ko‘rish yoki muayyan tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish zarur bo‘lsa, bu haqda suhbatdoshga ma’lum qilinadi va masala hal etilishi lozim bo‘lgan aniq vaqt belgilanadi.

Qabulga kelgan fuqaroning ma’lumoti jinoyatni ochishga yoki ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lsa, unga albatta tashakkur aytish kerak.

Page 16: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

16

Qabulga mast holda kelgan fuqaro bilan odatda suhbat o‘tkazilmaydi. Bordi-yu, u jinoyat yoki boshqa ko‘ngilsiz voqealarning sodir etilayotganligi yoki bunga harakat bo‘layotganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lsa, uning so‘zlari tinglanadi va tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.

Hujjatlarni tekshirish metodida ariza, taklif va shikoyatlar bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan tekshiriladi. Jismoniy shaxs o‘z murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyatini bayon etishi shart.

Yuridik shaxs murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va muro-jaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda bo‘lishi mumkin. Yozma murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat

etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini muro-jaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning fami-liyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elek-tron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida bo‘ladi. Elektron muro-jaat qonunda belgilangan tartiblarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar keltirilgan, imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar hisoblanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar-ga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Hujjatlarni tekshirish metodida xodim barcha hujjatlarni sinchkovlik bilan tekshiradi. Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat

Page 17: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

17

organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirili-shi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Taklif davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi (qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno), bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuri-dik shaxsga o‘n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

Ma’lumotlar tahlili metodi orqali xodim, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish natijasida olingan ma’lumotlar chuqur tahlil qilinadi. Ya’ni diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslar, huquqbuzarlar, sudlangan shaxslarni aniqlashda, ularni qo‘lga olishda xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatidan (1-shakldagi arizalardan) ma’lumotlar olinib, jinoyatchilarni tezda qo‘lga olish, jinoyatni issiq izidan ochish tahlil qilinadi.

Xodimlar tomonidan yuqorida qayd etilgan psixologik metodlar bir-biridan farq qilsa-da, amaliyotda ular birgalikda qo‘llaniladi va biri ikkin-chisini to‘ldirib boradi.

3-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati

xodimlarining asosiy vazifalari hamda sohaviy xizmatlar bilan hamkorligining psixologik jihatlari

O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan fuqarolarni milliy pasportlar

bilan ta’minlash, MDH va chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘l-magan shaxslarni rasmiylashtirish, ularni vaqtincha va doimiy ro‘yxatga olish hamda ro‘yxatdan chiqarishda xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:

xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish pasport stollari boshlig‘ining asosiy vazifalari:

– pasport bo‘linmasi ish faoliyatini tashkil etadi; – pasport bo‘linmasi xodimlariga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar-

ni topshiradi va ijrosini nazorat qiladi; – tuman hududida aholi tomonidan pasport-viza tizimi talablariga

fuqarolar tomonidan rioya etilishining ahvolini tahlil etadi va boshqa xizmatlar ishtirokida pasport-viza qoidalarini tekshirish bo‘yicha tadbir-larni tashkil etadi;

– tumanda doimiy ro‘yxatda turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tekshirish bo‘yicha nazorat liter ish jildlari yuritili-shini tashkil etadi va ijrosini nazorat qiladi;

Page 18: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

18

– fuqarolarning pasport tizimiga oid ariza-shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha ijroni tashkil etadi;

– tuman IIB pasport bo‘linmasining ijro nazoratida bo‘lgan qishloq, shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlari bo‘yicha O‘zbeki-ston Respublikasi fuqarolarini doimiy ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish ishlari, MDH davlatlaridan vaqtincha kelgan chet el fuqarolari-ni registratsiya qilish ishlarini olib boradi;

– tumanda pasport-viza tizimi bo‘yicha tartibot ishlarini olib boradi; – tuman IIB rahbariyati tomonidan pasport bo‘linmasi uchun ajratib

berilgan xonalarni ta’mirlaydi, xizmat xonalarini fuqarolarni qabul qilish uchun tayyorlaydi; pasport-viza tizimiga oid stendlarni tayyorlashni tash-kil etadi xonalarni jihozlaydi;

– pasport bo‘linmasi ish faoliyatini rejalarini tuzadi va pasport bo‘linmasi faoliyati bo‘yicha xisobotlar topshiradi;

– XCHK va FRB yunalishi bo‘yicha tuman va viloyat IIBdan kelgan farmoyish, buyruq va ko‘rsatmalarning ijrosini ta’minlaydi;

– qat’iy hisobda turuvchi blankalarning saqlanishi, sarflanishiga, biometrik pasport yozish va tayyorlash uskunalarining saqlanishi va qonu-niy sarflanishiga, yozib, fuqarolarga topshirilgan pasportlar uchun olin-gan davlat bojlari uchun javobgar hisoblanadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolini rasmiylashtirish katta ins-pektorlarining asosiy vazifalari:

– tuman aholisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi pasport-viza tizimiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish;

– tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot, muassasalarda ma’sul xodimlar tomonidan fuqarolarni ishga qabul qilishda pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini tekshirish;

– pasport-viza holatini buzgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayon-nomalar tuzish va chora ko‘rish uchun IIB rahbariyatiga taqdim etish;

– pasport bo‘linmasidagi pasport yozish uskunalarini ishlatish va ta’mirlashni tashkil etish;

– O‘zbekiston fuqarolik pasportini kompyuterda yozdirish va rasmiy-lashtirish;

– boshqa viloyatlardan doimiy ro‘yxatga turishni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning hujjatlarini ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respubli-kasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 iyuldagi 145-sonli qaroriga asosan viloyat IIB qoshidagi Maxsus komissiya a’zolariga taqdim etish;

Page 19: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

19

– boshqa viloyatlardan kelib, tuman hududida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolarning pasportlarini almashtirish paytida pasportlarning o‘sha joydan qonuniy berilganligini tekshirish;

– fuqarolarning familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgarish bilan bog‘liq arizalarni ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash;

–O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan yuborilgan so‘rovnomalar ijrosini ta’minlash, MDH va boshqa shahar-tuman IIBlaridan fuqarolarni ro‘yxatdan chiqarib berish bilan bog‘liq so‘rovnomalarni ijro etish;

– Toshkent viloyati IIB tomonidan yuborilgan konsullik so‘rovno-malarini ijro etish;

– XCHK va FRB yo‘nalishi bo‘yicha IIV va viloyat Ichki ishlar bosh-qarmasidan kelgan farmoyish, buyruq va ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash;

– umuman pasport olmagan fuqarolar pasport olishlarini so‘rab yozgan arizalarini ko‘rib chiqish va ularning shaxsini tekshirib, arizalari bo‘yicha pasport berish yoki bermaslik bo‘yicha xulosalarni tayyorlash hamda IIB rahbariyatiga taqdim etish;

– mustaqillikkacha amalda bo‘lgan pasportlar, muddati o‘tgan fuqarolik pasportlarni biometrik pasportlarga almashtirish uchun muroja-at qilgan fuqarolardan arizalarni olish, ularga berilgan fuqarolik pasport-larini qonuniy rasmiylashtirish;

– umuman pasport olmagan hamda nafaqaga chiqqan harbiy xizmat-chilarga fuqarolik pasportlarini qonuniy rasmiylashtirish.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish inspektori-ning asosiy vazifalari:

– biometrik pasport olish uchun murojaat qilgan O‘zbekiston Respub-likasi fuqarolarining hujjatlarini rasmiylashtirish;

– tuman aholisi tomonidan fuqarolarning pasport-viza qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilish va tekshirish bo‘yicha tadbirlarda qatnashish;

– tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot, muassasalarda mas’ul xodimlar tomonidan fuqarolarni ishga qabul qilishda pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini tekshirish;

– pasport-viza holatini buzgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzish hamda chora ko‘rish uchun IIB rahbariyatiga taqdim etish;

– O‘zbekiston Respublikasi hududida pasport-viza holatlarini buzgan, jarimaga tortilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan majburiy badarg‘a qilingan chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 39-shakldagi hisob varaqalarini tuzish hamda viloyat IIB XCHK va FBga taqdim etish;

Page 20: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

20

– Toshkent shahar IIBB MMBga 6,7-shakldagi varaqalarni yuborish va MMBning so‘rovnomalarini ijro etish;

– tuman statistika byurosiga fuqarolarni ro‘yxatga olish va ro‘y-xatdan chiqarish varaqalarini topshirish;

– boshqa shahar, tuman IIBlaridan kelgan 10 va 11-shakl so‘rov-nomalar bo‘yicha ijroni ta’minlash;

– hududiy ijro etish bo‘yicha fuqaroviy sudlardan kelgan fuqarolarni aliment to‘lash bo‘yicha qidiruv qarorlari, davlat qarzdorlarining qidiruv qarorlari bo‘yicha ijrosini ta’minlash;

– pasport-viza holatini buzgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish va chora ko‘rish uchun IIB rahbariyatiga taqdim etish;

– boshqa viloyat, shahar, tuman IIBlari va korxonalar bilan yozish-malarga javob va so‘rovnomalar uchun javobgar hisoblanadi;

– O‘zbekiston Respublikasi hududida pasport-viza tizimini buzgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respub-likasidan deportatsiya qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni ijrosini ta’minlash, MDH davlatlari va O‘zbekiston Respublikasi-ning boshqa viloyatlaridan kelgan fuqarolarni vaqtincha qayd etish kitobi-da registratsiya qilish;

– MDH davlatlaridan kelgan fuqarolarning turmush tarzini nazorat qilish va o‘z vaqtida respublika hududidan chiqib ketishini tekshirish bo‘yicha HOOB, boshqa viloyatlardan vaqtincha qayd etilgan fuqarolarni turmush tarzini nazorat qilish bo‘yicha IIB JQ va UJQKBga xabarnoma-lar taqdim etish, ularning javoblarini yig‘ma ish jildiga jamlab borish;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va fuqarolikdan chiqish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va ijrosi bo‘yicha viloyat IIB XCHK va FBga yuborish;

– tuman hududida doimiy ro‘yxatda turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni turmush tarzlarini nazorat qilish bo‘yicha liter ish jildlarini olib borish;

– O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun qolish istagini bildirib ariza bilan murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘l-magan shaxslarga nisbatan yig‘ma ish jildlarini tayyorlash hamda viloyat IIB XCHK va FBga taqdim qilish;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi Farmoniga va MDHning «Minsk kelishuvi»ga asosan murojaat qilgan fuqarolar ariza-larini ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash;

Page 21: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

21

– boshqa viloyat, shahar, tuman IIBlari va korxonalar bilan yozish-malarga javob yozish va so‘rovnomalar uchun javobgar bo‘lish.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati

psixologiyasi kursining amaliy faoliyatda tutgan ahamiyati haqida gapirib bering.

2. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi kursining predmeti, maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

3. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasining tadqiqot metodlarini tavsiflang.

4. Zamonaviy psixologiya fanining qonuniyatlari va o‘ziga xos tomonlari nimalarda ko‘rinadi?

5. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasida zamonaviy psixologik bilimlarning tutgan o‘rnini izohlang.

6. Yuridik psixologiya va kasbiy psixologiyaning asosiy yo‘nalishlari qaysilar?

7. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasining dolzarb muammolari nimalardan iborat?

8. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

9. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi haqida so‘zlab bering.

Page 22: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

22

2-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI XODIMI SHAXSI

HAMDA FAOLIYATIGA PSIXOLOGIK TAVSIF

1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi kasbiy faoliyatining psixologik xususiyatlari

XKCH va FR xizmati xodimlari zarur kasb tayyorgarligiga, yuqori

axloq-odob fazilatlariga ega, intizomli va sergak, xatti-harakatlari keskin va dadil, qat’iyatli, xizmatga bog‘liq qiyinchiliklarga chidamli bo‘lishlari kerak. Ular fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala va iltifotli, ularga nisbatan harakatlari esa qonuniy va tushunarli bo‘lishi kerak.

Albatta, har qanday kasbiy faoliyat insonga muayyan talablar qo‘yadi hamda uning shaxsi va butun turmush tarzida o‘ziga xos iz qoldiradi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari-ning kasbiy faoliyat samaradorligini belgilab beruvchi shaxsiy xislatlarga ega bo‘lishi lozimligini aniqlash uchun ushbu faoliyatni psixologik jihat-dan tahlil qilish, o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, tarkibiy tuzilishini ochib berish zarur.

Xodimning kasbiy psixologik tayyorgarligi kasbiy mahoratining zaru-riy tarkibiy qismidir. So‘nggi vaqtlarda faoliyat samaradorligini oshirishda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy psixologik yo‘nalganligi, kas-biy mahorati va psixologik tayyorgarligi ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari kasbiy faoliyatining bir necha xususiyatlari mavjud. Ushbu xususiyatlar xodimlarning ruhiy jihatdan tayyorgarligiga sezilarli ta’sir etadi. Xodimlar faoliyatining xususiyatlaridan biri ushbu faoliyatning huquqiy jihatdan tartibga solinganligidir. Ushbu faoliyat huquqiy normativ hujjatlar bilan qat’iy tartibga solingan.

Xodim faoliyatining qonun normalari bilan qat’iy belgilanganligi, uning xatti-harakatini tartibga soladi. Xodimning o‘z xizmat vazifalarini bajarmasligi yoki bajarishdan bosh tortishi u yoki bu qonunni buzishi hisob-lanadi va bu jinoiy javobgarlikka asos bo‘ladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-lari faoliyatining yana bir psixologik xususiyati hokimiyat vakolatiga egaligidir.

Bunday hokimiyat vakolati berilgan xodimning psixologik holatini, avvalo, yuksak darajadagi mas’uliyat belgilab beradi. Uning o‘z vakolat-

Page 23: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

23

larini qo‘llashi esa harakatlarining zarurligi va oqilonaligini, qonuniy asos-ga egaligini aniqlash imkonini beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko‘pincha bu hol qonunda belgilangan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog‘liq, shu bois, bu xodimdan juda katta hissiy zo‘riqishni talab etadi. Berilgan vakolatdan oqilona va qonuniy ravishda foydalana olish xodimlarga qo‘yiladigan juda muhim kasbiy talablardan biridir. Hokimiyat vakolatidan foydalanishning qonunga va maqsadga muvofiqligi ko‘p hollarda xodimning shaxsiy xislatlariga bog‘liq.

Xodimlar kasbiy faoliyatining muhim psixologik xususiyatlaridan yana biri manfaatdor shaxslarning doimiy ravishda qarshilik ko‘rsatishi va to‘sqinlik qilishidir. Bu xodimning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish-da ba’zan juda keskin shakllarda kechadigan kurash tusini beradi. Xodim-ning yo‘liga atayin qo‘yiladigan to‘siqlarni yengish, xavfli vaziyatlarni bartaraf etish zarurati unda turli hissiy va ruhiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Natijada, u doimiy asabiy va aqliy zo‘riqish bilan yuradi. Fao-liyatni talab etadi. U doimiy ravishda murakkab aqliy faoliyatni amalga oshirish, o‘z maqsadlarini yashirish, haqiqiy ijtimoiy vazifalarini niqob-lashga majbur bo‘ladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-lari kasbiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan biriga turli toifadagi shaxs-lar bilan muomala qila olish qobiliyatini bildiruvchi kommunikativlik kira-di. Bu ko‘p tomonlama va alohida xususiyatga ega bo‘lgan xislatdir. Xodim fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda yuzaga keluvchi munosa-batlarni tartibga solishda ular bilan muomalaga kirishadi. Shu bois, undan shaxs psixologiyasini, xususan muomalaning psixologik mexanizmlarini bilish talab etiladi. Kommunikativlik esa ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilgan shaxslar bilan muomalani to‘g‘ri tashkil qilish uchun nihoyatda zarur. Buning o‘ziga xos jihati shundaki, xodim boshqa qiyofaga kiradi va ushbu zarurat uning o‘z faoliyati sohasiga kiradigan barcha shaxslar bilan psixologik aloqaga kirishishi muhimligidan kelib chiqadi.

Vaqt tanqisligi va ishning haddan tashqari ko‘pligi ham xodim kasbiy faoliyatining xususiyatlariga kiradi. Bunda tezkorlik va saranjomlik asosiy prinsiplardan biridir. Ya’ni fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishga o‘z vaqtida e’tibor qaratmaslik norozilikka olib keladi.

Vaqt tanqisligi shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlarini zudlik bilan ko‘rib chiqishda namoyon bo‘ladi. Xodim shu tufayli doimo asabiy zo‘riqishda bo‘ladi.

Asabiy zo‘riqish xodim faoliyatining yuqori ekstremalligi, nizoli vazi-yatlar sharoitida harakat qilish, turli stress omillar ta’siri, me’yorlanmagan

Page 24: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

24

ish kuni, faoliyatida salbiy his-hayajonlar mavjudligi tufayli yuzaga kela-digan katta jismoniy va ruhiy zo‘riqish bilan bog‘liq. Chunki, xodim kas-biy faoliyatda murakkab sharoitlarga duch keladi. Bilish xususiyati esa turli qiyinchiliklar, vazifalarni hal qilishnigina emas, balki ushbu qarorlar-ni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. Shu nuqtai nazardan xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining kasbiy faoliyatida asosiy psixologik tizimlar, ya’ni bilish faoliyati, konstruktiv va tashkilotchilik faoliyati mavjud. Xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy qismlarning har biri sof holda uchramaydi, aksincha hammasi uzviy birlikda namoyon bo‘ladi.

Bilish faoliyati. Xodim uchun uning ahamiyati nihoyatda katta, ya’ni bilish jarayoni natijasida unda o‘z harakatlarini maqsadga muvofiq tarzda olib borish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Faoliyatning konstruktivligi deganda, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishda rejalashtirishga qaratilgan tafakkur faoliyati tushuniladi. Boshqacha aytganda, xodimning kasbiy kuzatishi va konstruktiv faoliyati yagona fikrlash jarayonining turli bosqichlarini ifodalovchi omildir.

Tashkilotchilik faoliyati – fuqarolar xavfsizligini ta’minlashning bosh omilidir.

Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy elementlarini ko‘rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va serqirraligidan dalolat beradi. Kasbiy faoliyat xodimga ko‘plab turli xil talablar qo‘yadi, ular orasida eng muhimlaridan biri – shaxsda muhim kas-biy xislatlarning rivojlanganlik darajasi bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

– xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo‘nalganligi; – xodimning psixologik tayyorgarligi; – rivojlangan irodaviy xislatlar, o‘zini tuta bilish, jasurlik, mardlik,

oqilona tavakkalga moyillik; – yaxshi rivojlangan kommunikativ xislatlar; – turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli

munosabatlar o‘rnata olish va sir saqlay bilish; – ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan, ommaviy tartibsizliklar va

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlarda boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan fuqarolarga psixologik ta’sir ko‘rsata olish qobiliyati;

– rolga, boshqa qiyofaga kira olish; – rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari, ya’ni kuzatuv-

chanlik va diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur; – rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik,

farosat, rivojlangan intuitsiya;

Page 25: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

25

– ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish. Albatta, bu xislatlarni rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo bu

xodimlarning kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir. O‘z navbatida bu xislatlarning yetishmasligi yoki yetarli darajada rivojlanmaganligi funksional vazifalarni to‘g‘ri va aniq bajarishga xalaqit beradi. Shaxsning o‘z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu sababli ham, bunday xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi.

Qolaversa, xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda uning shaxs sifatidagi fazilatlarining ushbu kasbga javob berishi ham muhim. Ushbu faoliyatining asosiy jihatlarini, shuningdek, unda ko‘zga tashlanadigan insoniy sifatlarni keng qamrovli (kompleks) aks ettiruvchi xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi professiogrammasini yaratish asosiy talablardan biridir.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining kasbiy professiogrammasi quyidagi jihatlarni qamrab oladi:

1) ijtimoiy faoliyat; 2) surishtiruv faoliyati; 3) kommunikativ (aloqaga kirishish) faoliyat; 4) tashkiliy faoliyat; 5) dalillash faoliyati. Ijtimoiy faoliyat kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’yektlarning

qonun va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlariga asoslanib, o‘zaro keli-shilgan holda faoliyatning shakl va usullari, xizmat vakolatlaridan samarali foydalanishidir. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘lim (bo‘linma)lari faoliyatining asosiy mazmuni O‘zbekiston Respubli-kasi fuqarolari yashash qoidasini buzganliklari uchun ularni ma’muriy javobgarlikka tortish, ularga chek qo‘yishdir. Bunda asosiy e’tibor O‘zbe-kiston Respublikasi fuqarolari, MDH, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘l-magan shaxslar tomonidan yashash qoidalarini buzish holatlarining sabab-lari, bunga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rish, aholi orasida tarbiyaviy va tushuntirish ishlari olib borish, huquqiy tashviqot kabilarga qaratiladi.

Surishtiruv faoliyati kasbga oid masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ilk ma’lumotlarni yig‘ishni bildiradi. Fuqarolarning pasport tizimiga oid ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ijroni tashkil etadi.

Kommunikativ faoliyat fuqarolarning pasport tizimiga oid ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq aloqaga kirishish faoliyatidir.

Tashkiliy faoliyat pasport bo‘linmasi ish faoliyatini tashkil etadi. Xodimlarga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni topshiradi va ijrosini

Page 26: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

26

nazorat qiladi. Tuman hududida fuqarolar tomonidan pasport-viza tizimi talablariga rioya etilishi ahvolini tahlil etadi va boshqa xizmat ishtirokida pasport-viza qoidalarini tekshirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etadi.

Dalillash faoliyatida pasport-viza holatini buzgan fukarolarga nisba-tan ma’muriy bayonnomalar tuziladi va chora ko‘rish uchun IIB rahba-riyatiga taqdim etadi.

Shu o‘rinda, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari kasbining professiogrammasini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Chunonchi, xizmat faoliyati undan hamisha diqqat-e’tiborlilik, aniqlik va sarishtalikni talab etadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi faoliyatining rekonstruktiv tomoni ariza, taklif va shikoyat qilgan fuqarolar bilan aloqa o‘rnatishi, zaruratdan kelib chiqib ularga psixologik ta’sir eta olish va qarorlarni qabul qilish jarayonida ko‘zga tashlanadi. Buning uchun har bir xodim yuridik fanlar bilan bir qatorda, zamonaviy psixologiyaga oid bilimlarni puxta egallashi zarur. Xodim faoliyatida kommunikativlik, ya’ni muomalaga kirishuvchanlik asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki, fuqaro-lar bilan muloqot olib borish uchun xodimda muloqotga kirishishning psixologik mexanizmlari yaxshi shakllangan bo‘lishi lozim.

Xodimning fuqarolar xavfsizligini ta’minlashlarida dalillash faoliyati-ning ahamiyati ham katta. Dalillash faoliyati diniy oqimga mansub shaxs-lar, huquqbuzarlar, sudlangan shaxslarni aniqlashda, ularni qo‘lga kiritish-da xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatidan 1-shakl arizalaridan ma’lumotlar olib, jinoyatchilarni qo‘lga olish, jinoyat-ni issiq izidan ochishda o‘rnatilgan tartibda bayonnomalar tuzib boshqa sohaviy xizmatlarga axborot berishda namoyon bo‘ladi.

2-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni

rasmiylashtirish xizmati xodimi faoliyatida kasbiy mahorat shakllanishining psixologik asoslari

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi-

ning shaxsi murakkab va serqirradir. Muayyan ijtimoiy vazifani bajarish chog‘ida emotsional-hissiy tazyiqlarga uchrash, ba’zan hayiqish, achinish, qo‘rquv, nafrat, g‘azab kabi turli-tuman salbiy hissiyotlarning ta’sir etib turishi, kuchli xotira, sirni boy bermaslik, o‘zini tuta bilish, tez va sovuq-qonlik bilan qaror chiqarish, o‘ta hushyorlik va qat’iyatli bo‘lish muayyan jismoniy-psixologik hamda irodaviy zo‘riqishni keltirib chiqaradi. Yuqori-dagi emosional holatlar ta’sirida vujudga keladigan zo‘riqish va asabiyla-

Page 27: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

27

shishni bartaraf etish uchun esa ijobiy taassurotlar zarur. Masalan, o‘z mehnatidan qoniqish, jamiyat va insonlarga foydasi tegayotganligini ang-lash singari. Qolaversa, buning uchun xodimlarda hissiy-irodaviy barqa-rorlikni rivojlantirish, zo‘riqishni vujudga keltiruvchi omillarga qarshi psixologik ishonchlilikni shakllantirish zarur.

Xodimlarning kasbiy mahoratini shakllantirish va faoliyat samarador-ligini oshirishning asosiy omillari quyidagilardan iborat:

– xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-lari uchun tipik bo‘lgan konstruktiv, kommunikativ, bilish, guvohlik, dalil-lash kabi sifatlarni shakllantirish;

– xodimlarda kasbiy psixologik xislatlarni rivojlantirish, fuqarolar bilan munosabatlarni tartibga solishi hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashlarida yordam beruvchi uquv va ko‘nikmalarning o‘ziga xos jihatlarini shakllantirish.

Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb mahoratining tarkibiy qismi bo‘lib, u to‘rt guruhga bo‘linadi:

1) xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo‘naltirilganligi va his-tuyg‘ulari (jinoyatchilarning xorijiy davlatlarga qochib ketishlari-ning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’min-lashda fuqarolar xulq-atvorining psixologik jihatlarini tushuna olishi);

2) xodimning kasbiy mahorati va taktik faoliyat samaradorligini oshirishga oid psixologik tayyorgarligi (ushbu tayyorgarlik kasbiy maho-rat va faoliyat samaradorligini oshirishda, kasbiy faoliyatida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata olish; kasbiy (nutqiy va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanishda namoyon bo‘ladi);

3) xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi, ya’ni rivojlangan kasbiy diqqat, sezgi va tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda tutish, xotirada yaxshi saqlash va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik);

4) psixologik barqarorlik (xodimning sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikdagi faoliyatida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo‘ladi).

Xodimning kasb mahoratini oshirish psixologik bilimlarga bog‘liq. Bu boradagi ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo‘nalgan tarzda kiritish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Page 28: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

28

Xodimning kasbiy mahoratiga: – diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslar, huquqbuzarlar, sudlangan

shaxslarni aniqlashda, ularni qo‘lga kiritishda xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatidan ma’lumotlar olib, jinoyatchilarni tezda qo‘lga kiritib, jinoyatni issiq izidan ochishda psixologik jihatdan tayyor bo‘lish hamda kasbiy ko‘nikma va malaka;

– xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik yo‘nalganlik; – kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari; – fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv hamda ko‘nikmalari; – xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko‘nikmalari; – fuqarolar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida

ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash mahorati; – sohaviy xizmat xodimlari bilan xamkorlikdagi faoliyatida favqulod-

da vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlarda o‘zini tuta bilish, psixologik barqa-rorlik;

– xodimning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlari hamda o‘zini tutish va boshqarish usullari;

– irodaviy faollik va irodaviy harakatlar ko‘nikmalari; – ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyor turishi kabilar kiradi. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga oid kasbiy mahorat xodimdagi

eng muhim jihat bo‘lib, bu o‘rinda xodimning kasbiy yo‘nalganligini, kasbiy faoliyatga nisbatan barqaror qiziqishini shakllantirish muhimdir. Qolaversa, bu xodimda har qanday qonunbuzarliklarga nisbatan kelish-movchilik, huquqiy normalarni so‘zsiz bajarishdan iborat barqaror odatni, kuchli haqiqat, adolat va qonuniylik hissini shakllantirishni taqozo etadi.

Xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik yo‘nalganlik xodim-ning zamonaviy psixologik bilimlarga egaligi, kasbiy faoliyatida shaxs psixologiyasini inobatga olish ko‘nikma va odatlarini shakllantirishga bog‘liq.

Kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari xodimlar faoliyatining samara-dorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga qara-tilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumot-larni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurni rivojlantirishni qaror toptiradi.

Fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv hamda ko‘nikmalari xodimning fuqarolar bilan shaxslararo munosabatga kirishi muomala qilish, psixologik aloqa o‘rnatish va ishonchli munosabat o‘rnata olish qobiliyatiga bog‘liq. Bu esa, butun faoliyatning samaradorligiga ta’sir

Page 29: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

29

ko‘rsatadi. Psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o‘rnatish usullari va yo‘llarini egallashlari kerak. Ularda fuqarolar bilan tezda aloqa o‘rnatish va odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayoni-da psixologik to‘siqlarni yenga olish mahoratini shakllantirish lozim. Psi-xologik tayyorgarlik psixologik aloqa o‘rnatish jarayonini yengillashti-rishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni o‘zlashtirishni taqozo etadi.

Xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko‘nikmalari uzoq muddatga xorijga chiqib kelgan fuqarolar bilan munosabatga kirish va ulardan zarur axborotlarni olish maqsadida rolga kirishish ko‘nikma-laridir. Shu bois, psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar o‘zlarining haqiqiy holatlarini, muloqotga kirishishdan ko‘zlagan maqsadlarini niqob-lay olish mahoratini egallashlari kerak.

Fuqarolar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyat-larida ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash mahoratini shakllanti-rish xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining faoliyatida odatiy holdir. Shu bois, ularda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini, nizolarni hal qilish usullarini shakllantirish juda muhim. Xodimlar faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsatishning ishontirish, majburlash singari muayyan usullaridan mohirlik bilan foydalanishga bog‘liq. Qolaversa, ularda nizoli vaziyatda o‘zini tutishning turli taktik usullarini qo‘llash ko‘nikmalari ham shakllangan bo‘lishi lozim.

Sohaviy xizmat xodimlari bilan xamkorlikdagi faoliyatida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlarda o‘zini tuta bilish, psixologik barqa-rorlik. Xodimlar o‘zlarining kundalik amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon bo‘ladigan psi-xologik tayyorgarlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi. Favqulod-da vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlarda qiyinchiliklarni oldindan ko‘rish qobiliyatini shakllantirish muhim. Psixologik barqarorlikning shakllanishi xodimlarning qiyin sharoitda o‘z kasbiy vazifalarini kam-ko‘stsiz bajarish-lariga yordam beradi. Bunga mashqlar va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida og‘ir vaziyatlarni modellashtirish yo‘li bilan erishish mumkin.

Xodimning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, ularga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish ularda psixologik barqa-rorlik, og‘ir vaziyatlarda o‘zini tuta bilish qobiliyatini, mas’uliyat, muvaf-faqiyatsizlikka chidash, tavakkalga moyillik, o‘zini boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi.

Page 30: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

30

Xodimlar o‘z xatti-harakatlari va his-tuyg‘ularini nazorat qilish va bosh-qarish usullarini egallagan bo‘lishlari zarur.

Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish xodimlarning amaliy faoliyatida vazifani sifatli bajarishni qiyinlashtiradi-gan, ba’zan esa qo‘yilgan maqsadga erishishga to‘sqinlik qiladigan turli xil qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch kelganda muhim. Bunday vaziyatlarda ushbu qiyinchilik va to‘siqlarni yengishga undovchi irodaviy faollikni na-moyish etishga to‘g‘ri keladi. Irodaviy faollikni rivojlantirishga mashg‘u-lotlar jarayonida qo‘yilgan vazifani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlarni kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida to‘plangan tajriba xodimning irodasini, irodaviy xislatlarini rivojlantirish-ga ta’sir ko‘rsatadi.

Ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyorlik xodimlarning faoliyatiga xos xususiyatlardan bo‘lib, ta’sir etuvchi omillar aksariyat hollarda stress hola-tini keltirib chiqaradi. Asab tizimiga sezilarli ta’sir qiladi, faoliyat samara-dorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, xodimlar ushbu jarayonlarning oldini olish, ish qobiliyatini qisqa vaqt ichida tiklash, ortiqcha asabiylashish va zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan usullar (chunonchi, psixolo-gik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari) bilan tanishtirilishi zarur.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Zamonaviy psixologiyada shaxs tushunchasiga psixologik tavsif bering. 2. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari

kasbiy faoliyatining psixologik asoslarini aytib bering. 3. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larining xizmat faoliyatiga qanday talablar qo‘yiladi? 4. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larining bilish, konstruktiv va tashkilotchilik faoliyatiga izoh bering. 5. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larining asosiy kasbiy professiogrammalari aytib bering. 6. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari-

ning kasbiy mahorati va shaxsiy xislatlariga qo‘yiladigan alohida talablarni ayting. 7. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larining kasbiy qobiliyati va kasbiy mahorati nimalar asosida shakllanadi? 8. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larning o‘zini o‘zi tartibga sola bilishi qanday amalga oshadi? 9. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari

faoliyatida kasbiy buzilish tushunchasiga izoh bering. 10. Normativ-huquqiy hujjatlarda xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni

rasmiylashtirish xizmatidagi serjantlik lavozimidagi xodimlarga qo‘yilgan aso-siy vazifalar nimalardan iborat?

Page 31: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

31

3-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI

RASMIYLASHTIRISH XIZMATI XODIMINING BILISH FAOLIYATIGA PSIXOLOGIK TAVSIF.

1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati

xodimining sezgi hamda idrok jarayonlariga psixologik tavsif Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larining bilish faoliyati boshqa kasb kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxsusligi bilan farq qiladi.

Kasbiy sezgirlik his qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivoj-lantiriladi. Bu xususiyat faoliyat davomida shakllanib boradi. Sezgi oddiy psixik jarayon bo‘lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, shuningdek, moddiy qo‘zg‘atuvchilar tegishli retsep-torlarga bevosita ta’sir etganda organizmda hosil bo‘ladigan ichki holat-lardan tarkib topadi. Materiya sezgi irodalarimizga ta’sir etib, sezgi hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi. Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo‘llaridir. Sezgilar mohiyatiga ko‘ra, obyektiv olam-ning subyektiv siymosi hisoblanadi. Lekin sezgilarning hosil bo‘lishi uchun organizm moddiy qo‘zg‘atuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o‘zi ham qandaydir ish bajarishi darkor.

Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta. Chunki, ular bizning olam haqidagi va o‘zimiz to‘g‘rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida hamisha axborot olib turishi kerak.

Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi. Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jara-yonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi.

Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi.

Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi tarzida emas, balki

Page 32: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

32

hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatdan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati amaliyotida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, obyektlardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko‘ra olmaydigan holat-lardagi narsalarni tez va oson ilg‘ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion (noto‘g‘ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.

Shu nuqtai nazardan idrok xodimlarning kasbiy faoliyatida muayyan o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ya’ni xodimlar aniq ma’lumot olish uchun diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslar, huquqbuzarlar, sudlan-gan shaxslarni aniqlashda kuzatayotganda o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘ri-sida turli ko‘rinishda olingan tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Xodimlar voqelikni to‘g‘ri idrok etishlari uchun uning prin-siplariga rioya qilishlari zarur.

Idrok qilish prinsiplari bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish; sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish; o‘rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqish uyg‘otishdan iborat. Ushbu prinsiplar asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, obyektdan olgan taas-surotlarni tahlil qiladi.

2-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish

xizmati xodimi kasbiy faoliyatida diqqat hamda xotira jarayonlarining o‘ziga xosligi

Diqqat kishi faoliyatning barcha turlari samaradorligining muhim va

zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq.

Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilgan-ligi va bir narsaga qaratilganligidir. U e’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.

Page 33: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

33

Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:

1) ixtiyorsiz diqqat; 2) ixtiyoriy diqqat; 3) ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat. Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda

hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘z-g‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqat ham shuncha uzoq vaqt jamlanib turadi. Ixtiyor-siz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.

Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi.

Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamla-nishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va ser-mahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish qonu-niyatlari hisoblanadi1.

Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlan-ganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:

– ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saran-jomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish;

– muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish;

1 Қаранг: Военная психология / Под ред. А. Г. Малакова. – М., 1999. – С. 82.

Page 34: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

34

– aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan 11 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy faoliyat unum-dorligi yuqoriligini kuzatish mumkin).

Xodimning kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari (taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin almashishi) ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik kiritishda, murojaat etayotgan fuqarolar-ning psixik holatini kuzatishda qo‘l kelishini anglab yetish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta obyektni to‘liq qamraydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–4 marotaba ko‘chirish mumkin.

Shunday ekan, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi o‘z faoliyatida kasbiy diqqatni yuzaga keltirish uchun quyidagi usullardan foydalanishi zarur:

– obyektni kuzatish jarayonida murojaat etayotgan fuqaroning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish va murojaat etayotgan fuqaroning o‘rnida o‘zini tasavvur qilishi;

– obyektni kuzatish jarayonida diqqatni to‘g‘ri taqsimlash va tez ko‘chira bilish ko‘nikmasini shakllantirish usullaridan foydalanish;

– davomli mashq qilish yordamida diqqat markazida 2–7 tadan 8–15 tagacha bo‘lgan obyektni ushlab turish;

– diqqatni bir obyektdan ikkinchisiga ko‘chirishda har bir soniyadan unumli foydalanish;

– diqqat doirasining torayishini hisobga olish, ya’ni axborot qanchalik muhim bo‘lmasin, bir obyektga bog‘lanib qolmaslik;

– umumiy kuzatuv obyektida, sharoitni o‘rganish maqsadida diqqatni teng taqsimlash orqali obyektni qismlarga bo‘lib kuzatish.

Diqqatni kuchaytirish usullariga: – javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi

ahamiyatli tomonlarni hisobga olish; – muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga

tayanish; – obyektni «e’tibor bilan kuzat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tek-

shir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish; – salbiy hissiyotlarni kuzatish jarayoniga aralashtirmaslik; – kuzatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik

kiradi. Diqqatni jamlash prinsiplari:

Page 35: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

35

– muayyan holatga diqqatni yo‘naltirish; – ahamiyatsiz ma’lumotlarni miyada saqlamaslik; – keraksiz fikrlarga chalg‘imaslik. Diqqat jarayoni, o‘z navbatida, kuzatuvchanlik faoliyati bilan uyg‘un

holda shakllanadi. Kuzatish xodimning kasbiy faoliyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xususan, xodimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘l-gan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini biometrik pasportlar olish uchun ularning hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ularni vaqtincha va doimiy ro‘yxatga olish jarayonida tegishli ma’lumotlarni to‘plash davomida kasbiy kuzatuvchanligi namoyon bo‘ladi.

Kuzatish – ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish. Kasbiy kuzatish xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarning faoliyatida fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish va ularning xulq-atvori, xatti-harakatlarini vizual kuzatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kasbiy kuzatuvchanlik xodimning shaxsiy xususiyati emas, balki tabiiy xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida namoyon bo‘li-shida, kuzatuvchanligininng oliy darajaga chiqqanida namoyon bo‘ladi1.

Kasbiy kuzatishda ko‘zga tushgan barcha narsa idrok etilmaydi, balki eng muhim, zarur, xizmat faoliyati uchun ahamiyatga molik bo‘lgan obyekt (narsa, predmet)largina idrok etiladi. Bu, odatda, kuzatish asosini tashkil qiladigan maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan bog‘liq.

Kasbiy kuzatuvchanlik samaradorligi esa, albatta, psixologik mexa-nizmlar, qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. Ya’ni ular namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra obyektiv, sharoitga xos va subyektiv guruh-larga bo‘linadi. Kasbiy kuzatish jarayonini amalga oshirishda subyektiv omillarga muhim vazifa yuklatiladi.

Obyektiv va sharoitga xos omillar kuzatilayotgan shaxs, obyekt va ular o‘rtasida mavjud sharoit xususiyatlarini qamrab oladi.

Subyektiv tomon diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslar, huquqbuzar-lar, sudlangan shaxslarni aniqlashda, ularni qo‘lga kiritishda xorijga chi-qish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining 1-shakl arizalari-dan ma’lumotlar olib, jinoyatchilarni tezda qo‘lga olib, jinoyatni issiq izi-dan ochishda amalga oshiriladigan hamkorlikda keng foydalanib kelinadi.

Shu nuqtai nazardan kuzatuvchanlik faoliyatini shakllantirishda xodimdan kasbiy diqqat, idrok xususiyatlari va operativ xotira jarayon-larini rivojlantirish talab etiladi.

1 Қаранг: Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходимлари-нинг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. –Б.39.

Page 36: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

36

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘lim (bo‘lin-ma)lari faoliyati amaliyotida shaxsga nisbatan kuzatuv ishlarini olib borishda quyidagi psixologik omillar hisobga olinishi kerak.

– o‘zi kuzatayotgan shubha uyg‘otuvchi shaxsning xulq-atvoriga xos bo‘lgan xususiyatlar (masalan, jinoiy faoliyatiga xos xususiyatlari, yo‘na-lishi, jinoiy tajribasi, nimalarga qiziqishi, moyilligi va boshq.);

– zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish orqali kuza-tilayotgan obyektning xatti-harakatlarini to‘liq esda saqlash, kerak bo‘lsa aniq qayd etish;

– qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan obyekt to‘g‘risida olingan avvalgi ma’lumotlar bilan qiyoslash va xulosalar chiqarish.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodim-larining kasbiy kuzatuvchanligini rivojlantirishda quyidagilarni e’tiborga olishi zarur:

– kuzatuvdan oldin o‘rganilayotgan shaxs haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;

– vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo‘lsa-da) va kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish;

– kuzatilayotgan obyektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, balki uning teskarisini ham izlash;

– kuzatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga, butun jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik;

– bir martalik kuzatuvga ishonmaslik, obyektni turli nuqtai nazar va turli vaziyatlarda tekshirish;

– kuzatuv davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima uchun?» kabi savollar qo‘yish, o‘z fikr va xulosalari asosida taxmin qilish;

– kuzatuv obyektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va o‘xshash hamda farq qiluvchi tomonlarni topish;

– kuzatuv natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan qiyoslash;

– kuzatuv natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd etish; – kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish natijalarini

solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish; – kuzatuvchi o‘zi ham kuzatish obyekti bo‘lishi mumkinligini esda

tutishi1 lozim. Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi omili

tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish texnikasini egallash sanaladi.

1 Қаранг: Ратинов А. Р. Судебная психология для следователей. – М., 1967. – С. 90.

Page 37: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

37

Odam ko‘rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdor-inigina eslab qoladi. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi taassurotlardan o‘zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba ortib borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Agar tashqi dunyoning miya qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari beiz yo‘qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo‘lmay qolar edi.

Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyin-chalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi.

Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi, ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi.

Xotira mexanizmlarini o‘rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan boshqalaridan ustunroq bo‘lib, fanda turli yo‘nalishlar va naza-riyalarning ilgari surilganligi bilan ma’lumdir. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlarining shakllantirilishida subyektning faolligi qanday rol o‘yna-shiga va bunday faollikning mohiyatiga qanday yondashuviga bog‘liq holda tasniflash hamda baholash mumkin.

Esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga bo‘linadi:

1) faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so‘z-mantiqli turlarga bo‘linadi;

2) xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyo-riy turlarga bo‘linadi;

3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va yodda saqlash muddatiga ko‘ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o‘rniga bog‘liq ravishda) xotira qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ turlarga bo‘linadi.

Shu o‘rinda, xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunlarini eslab qolish maqsadga muvofiq:

Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muhrlagan bo‘lamiz.

Qiziqish qonuni. Anatol Frans «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo‘lishimiz va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan.

Page 38: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

38

Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masa-lan, ilgari o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotgan-day his qilsangiz, siz ilgarigi tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga aylangandagina yangilariga zamin bo‘la oladi.

Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo‘lishim uchun juda kerak deb, muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.

Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida tarixda dastlab eramizdan avval Arastu yozgan. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllan-gan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, muayyan xona o‘sha yerda ro‘y bergan hodisani ham eslatadi.

Ketma-ketlik qonuni. Xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsad-ga muvofiqdir.

Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo‘ladi. Siz uchun ahamiyatli ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushadi.

Tormozlanish qonuni. Har qanday yangi ma’lumot o‘zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Oldingi ma’lumotning o‘chib ketmasligi uchun, yangini esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak1.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimi faoliyatida «kasbiy xotira – xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalov-chi xislat»2. Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog‘liq material ko‘proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his-tuyg‘ularning ham ta’siri kuchli bo‘ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saqlanadi. Voqea-hodisalar his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atsa (ya’ni kechirilgan hissiyotlarning qayta-qayta qo‘zg‘alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi.

1 Қаранг: Каримова В. М., Акрамова Ф. А. Психология. – Т., 2000, – Б.75–76. 2 Қаранг: Столяренко А. М. Психологическая подготовка сотрудников

ОВД. – М., 1997. – С.20.

Page 39: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

39

«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko‘p hollarda ahamiyatga ega bo‘lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko‘tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»1.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimi-ning xizmat faoliyati jarayonida diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslar, huquqbuzarlar, sudlangan shaxslarni aniqlashda unga qaysi bir holat aha-miyatli bo‘lsa (ijobiy yoki salbiy ta’sir), o‘sha holatni eslashi mumkin. Xodim o‘zida shubha uyg‘otuvchi, diniy oqimga mansub shaxslar, huquqbuzarlar, sudlangan shaxslarni aniqlashga xos alohida xususiyatlarni hisobga olishi, shaxsning ko‘tarinki (optimistik) yoki tushkun (pessimistik) kayfiyatiga qarab bir xil vaziyatni turli shaxslar turlicha talqinda (yaxshi va yomon taassurotlar asosida) eslab qolishi mumkinligini inobatga olishi zarur.

Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli bo‘lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo‘ladi. Har qanday voqea-hodisa, avvalo, birlamchi qisqa muddatli xotira blokiga tushadi. Ishlatilish ahamiyatiga qarab uzoq muddatli xotira blokiga o‘tishi mumkin.

Aks etish reverbatsiyaning davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab katakchalarida turg‘un o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadi. Bu jarayon uzoq mud-datli xotira mexanizmi hisoblanadi2.

Eslash va eslashga harakat qilish bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni erkin hikoya, bayon qilish natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, shubha ostidagi gumonlanuvchi shaxs fikrini chalg‘itmaslik, savol berib gapini bo‘lmaslik, hikoyasini zaruratsiz uzmaslik zarur.

Esdan chiqarish – eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo‘lib, normal fiziologik hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar inson ongiga qalqib chiqsa, tafakkur samarali bo‘lmaydi. Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan kerakli manbalarni eslay oladi. «Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blokiga o‘tishni ta’minlovchi ip»3, deydi A. N. Luk. Bu jarayon unchalik oson kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy tajribasini

1 Қаранг: Зинченко П. И. Непроизвольное запоминание. – СПБ., 2000. – С. 26. 2 Қаранг: Лук А. Н. Память и кибернетика. – М., 1999. – С. 11. 3 Қаранг: Лук А. Н. Память и кибернетика. – М., 1999. – С. 80.

Page 40: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

40

saqlab qoladi. Uning murakkab tomoni ma’lumotlarni erkin eslash mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat ma’lum sharoitga aloqador qismi-gina zarurat tug‘ilganida tiklanishi, ya’ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi doimiy ishlatilmaydigan, eslab yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi. Gohida doimiy harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb hisoblanmasa, esdan chiqishi mumkin.

Xodimning kasbiy xotirasini maqsadli rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishdagi mashqlar bajariladi:

1) odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti-harakatlari-dagi o‘ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;

2) xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muammo-larni hal etish xususiyatlarini ifodalovchi so‘zdagi axborotni eslab qolish va xotirada saqlash;

3) o‘g‘irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish; 4) joy chizmalari, harakatlanish yo‘nalishlarini eslab qolish va

xotirada saqlash. Xodimlarning kasbga oid muhim ma’lumotlarni eslab qolish, esda

saqlash, esga tushirishlarida bir qator psixologik usullardan foydalanishlari kasbiy xotirani rivojlantirishga yordam beradi.

Ma’lumotni esda saqlash prinsiplari: 1) maqsadni to‘g‘ri tanlash; 2) axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko‘rish orqali)

turli bog‘liqliklarni o‘rnatish. Ma’lumotni yodlash prinsipilariga: – ma’lumot idrok qilinganidan so‘ng 20 soniya ichida takrorlash; – ma’lumotni takrorlash, takrorlashni har ikki soatda amalga oshirish; – mavjud imkoniyat chegarasidan ortiqcha ishlashga harakat qilish; – ma’lumotni mantiqiy butunlikda takrorlash kiradi. Kasbga oid muhim ma’lumotni eslab qolish samaradorligini oshi-

rish usullari. Eslab qolish haqida miyaga buyruq berish. Xodim har safar kasbga

oid muhim axborotga duch kelganida, o‘ziga: «Buni eslab qolish kerak!», deb aytishi zarur.

Yodlash. Katta hajmdagi, eslab qolish qiyin bo‘lgan ma’lumotni odam «ichida» yoki fikran takrorlashi, uning xotirada aniq saqlanib qolishiga erishishi lozim.

Anglash. Har qanday ma’lumot, agar u anglangan bo‘lsa, esda yaxshi saqlanib qoladi. Eslab qolinadigan ma’lumotdagi ma’noli aloqalarni aniq-lashga «Nima uchun?» degan savolni qo‘yish yordam beradi.

Page 41: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

41

Qonuniyatlarni izlash. Bu raqamli ma’lumotlarni, masalan, avto-mashina va telefon raqamlarini eslab qolishni osonlashtiradi. Ushbu usul eslab qolinadigan ma’lumotda muayyan, ya’ni ma’noli, raqamli va boshqa qonuniyatlarni topishga asoslanadi.

Analogiya, o‘xshashliklardan foydalanish. Yangi ma’lumotni ma’lum ma’lumot bilan qiyoslash doimo uni eslab qolishni osonlashtiradi. Obyekt nimaga o‘xshashini aniqlash kerak.

Obrazli tasavvur. So‘zda ifodalangan ma’lumotni tasavvur qilish orqali eslab qolish ancha oson.

Xayolan gapirish. Qidirilayotgan shaxsning surati agar xodim uni eslab qolayotganda fikran, ichki nutqida «gapirsa», yuzidagi ayrim jihat-larni ta’kidlasa, xotirada mustahkamroq va aniqroq saqlanib qoladi.

Modellashtirish. Mantiqiy aloqalar yordamida betartib faktlar yagona tizimga birlashtiriladi. Ana shu tizim eslab qolish uchun model bo‘lib xiz-mat qiladi. Taxminni ilgari surish yordamida bo‘lgan voqea qayta gavda-lantirilsa, modellashtirilsa, kerakli ma’lumotni yaxshi eslab qolishga yor-dam beradi.

Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish. Kerakli ma’lumot xotirada saqlanib qolinmasa (yoki aksincha saqlab qolinsa), nima bo‘lishini tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi.

Tartibga keltirish. Ilgari esda olib qolingan ma’lumotni endi esda olib qolish kerak bo‘lgan ma’lumot bilan bog‘lash uning xotirada ishonchliroq saqlanib qolinishiga imkon beradi.

Unutish orqali eslab qolish. Nimanidir unutishni istasak, biz ana shu narsaga diqqatimizni jamlaymiz va natijada uni esda olib qolamiz. Xayolan yoqtirgan odamingizni dushmaningiz deb tasavvur qilishga hara-kat qilib ko‘ring... Tasavvur qildingizmi? Endi esa uni miyangizdan chiqa-rib tashlashga harakat qiling. Siz bu to‘g‘rida o‘ylamaslikka qanchalik ko‘p harakat qilsangiz, u sizni shunchalik kuchliroq ta’qib etadi.

Vaziyatni jismonan tiklash. Go‘yoki, «o‘sha joyning o‘zida bo‘lib qolish» va u yerdagi narsalarni kerakli tartibda joylashtirish lozim. Ko‘rish tasavvurlariga tayanish zarur narsalarni eslashni osonlashtiradi.

Vaziyatni xayolan esga tushirish. Har doim ham o‘sha sharoitda jismonan bo‘lish, ahvolni jismonan esga tushirishning imkoni bo‘lmaydi. Ammo butun vaziyatni uning qismlari bo‘yicha xayolan tasavvur qilish, esga tushirish orqali ma’lumotni ham eslash mumkin.

Vaziyatlarni saralab tanlash. U kim? Eslolmaysiz... Shunda u kishini qayerda ko‘rgan bo‘lishingiz mumkinligini tasavvur qiling: bo‘limda,

Page 42: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

42

uyingiz hovlisida, transportda va hokazo. Vaziyatlarni saralash chog‘ida sizni qiziqtirayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ham chiqib keladi.

Voqealar ketma-ketligini xayolan esga tushirish (uzilgan zanjirni tiklash). Xotirada voqealarning butun ketma-ketligini tiklash zanjirdagi yo‘qolgan halqani topishga yordam beradi. Qidirilayotgan ma’lumot saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning xayoliy zanjiridagi barcha halqalarni ketma-ket tekshirib chiqing. Zanjirda kemtik topganingizda undan sakrab o‘ting, oldinroqqa o‘ting, so‘ngra orqaga qayting. Agar halqa tiklanmasa, xotirangizni uzoq vaqt zo‘riqtirmang, chunki buning yordam berishi gumon.

Tanani bo‘sh qo‘yish. Relaksatsiya, ya’ni tanani bo‘shashtirish amalda hammaga yordam beradi. Tez, aytaylik, uch daqiqaga tanangizni bo‘shash-tiring va hech narsani o‘ylamaslikka harakat qiling, kerakli fikr miyaga tez va oson keladi1.

Xotira turlari ichida kasbiy xotira eng samarali hisoblanadi, chunki u insonning qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lib, muddatli mashq va iste’dod, diqqat xususiyatlariga bevosita aloqador. Ayrim shaxslarda obrazli xotira rivojlangan bo‘ladi (insonning tuzilishi, predmetlar, ovoz, rang), boshqalarda so‘z, raqamlar bilan bog‘liq (so‘z, fikr, sonlar) xotira ustuvor hisoblanadi. Inson hamma taassurotlarni eslab qola olmaydi. Axborotni ham turli ma’no, shaklda saqlash mumkin.

Yana alohida obrazli ko‘rish xotirasi ham mavjud bo‘lib (eydetizm), inson ko‘rgan narsalarini (tezkor xotirada) ko‘rish maydonidan chetda, hatto, mayda tafsilotlari bilan uzoq saqlay oladi. Xotiraning ma’lum turi rivojlanishida shaxs xususiyatlarining bevosita ahamiyati katta.

Faylasuf, yurist, advokatlarda mantiqiy xotira kuchli bo‘ladi. San’at-kor, sportchilarda harakat xotirasi, musiqachilarda eshitish xotirasi, degus-tatorlarda ta’m bilish, mazani sezish xotirasi, kimyogarlarda hid xotirasi, ko‘rlarda sezish xotirasi rivojlangan bo‘ladi. Masalan, hisobchilarda son, sanalarni, rassomlarda ranglarni ajratib farqlash, ilg‘ash xotirasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi va hokazo.

Diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslar, huquqbuzarlar, sudlangan shaxslarni aniqlashda ko‘rsatmalarini baholashda ular xotirasining rivoj-langanlik darajasini o‘rganish lozim. Xotira butun umr davomida rivojla-nib, takomillashadi. Unga asab tizimi, tarbiya va o‘qish jarayonlari ta’sir qiladi2.

1 Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходимларининг кас-бий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.32.

2 Қаранг: Васильев В. Л. Юридическая психология. – М., 2005. – С. 77.

Page 43: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

43

Xotira qonuniyatidan samarali foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanishni, xotiraning ishini yengillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganish zarur.

Xotirani rivojlantirish qonuniyatlari1

№ Nomlanishi Tavsifi 1. Assotsiatsiya qonuni

(Aristotel) Notanish narsani eslab qolish uchun uni birorta tanish narsa bilan bog‘lash zarur

2.

Mustahkamlash qonuni (A. R. Luriya)

insonga biror narsani xotirasida mustah-kamlash uchun 10 daqiqa yetarli hisob-lanadi

3.

Esdan chiqarish qonuni (G. Ebbingauz)

Har qanday material yodlanganidan so‘ng 1–2 soat ichida xotirada 40 foizi qoladi. Keyinroq esdan chiqish tezligi kamayadi, 6 sutkada axborotning 20 foizi saqlanib qoladi

4.

B. V. Zeyngarnik qonuni Mashg‘ulotni eng qiziq joyida tugallash, yodlanayotgan materialni eng qiziq joyida to‘xtatish qayta yodlash jarayonigacha materialning to‘liq saqlanib qolishini ta’minlaydi

5. Yosh qonuniyati Xotira 18–25 yoshgacha yaxshilanib bora-

di, 45 yoshda bir xillik saqlanib qoladi, 45 yoshdan keyin sustlasha boradi

6. «Boshidan oxirigacha» qonuni Yodlanayotgan materialning boshi va

oxiridagi axborot o‘rtasidagiga qaraganda yaxshi saqlanadi

Ko‘pgina mnemotexnik tizimlar ushbu qonuniyatlarning amal qilishi-

ga asoslanadi. Eslab qolishning mantiqiy, ma’noli, mexanik va mnemo-texnik kabi asosiy usullari mavjud.

Mantiqiy eslab qolishdan qanchalik samarali foydalanish aqliy imko-niyatlarga, ma’noli va mantiqiy aloqalar o‘rnatishga bog‘liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo‘ladigan ma’noli aloqalar tasodifiy yuzaga keladigan aloqalarga qaraganda ancha mustahkamligi bilan ajralib turadi. Mantiqiy eslab qolishning muhim usullaridan biri, avvalo, manbani guruhlarga ajratish, ya’ni ma’nosi bo‘yicha guruhlashtiradi.

1Қаранг: Мальцева О. А., Ратова И. В. Профессиональная психологическая подго-товка сотрудников ОВД. – М., 1998. – С. 29.

Page 44: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

44

Mexanik usul – ma’nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul. Uning asosini esda olib qolinadigan ma’lumotlarni oddiy takrorlash, ma’nosini anglamasdan turib ko‘p martalab idrok etish tashkil etadi. Mexanik xotira ancha yuqori turdagi xotiralarning eng oddiy asosi bo‘lib, usiz ma’lumot-larni eslab qola olmaymiz.

Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq orqali rivojlantiriladigan usul. U asosan ma’nosiz axborotni bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning yordamida ma’noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha kuchaytirish va ma’nosiz materialni mexanik eslab qolish samaradorligini benihoya oshirish mumkin1.

Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur.

Axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim bo‘lsa, shunchalik mustahkam esda qoladi va oson yodga tushadi. Shuning uchun ham qandaydir axborotni yod olayotganda doimo uni o‘zingiz, masalan, kasbiy faoliyatda maqsadga erishishingiz uchun muhimligini ta’kidlab turishingiz zarur.

Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo‘lsa, shunchalik mus-tahkam yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun biron bilimni, qonuniyatni oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji boricha kengroq qo‘llash muhimdir. Qolaversa, axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga eng ko‘p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish obyektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi manti-qiy aloqalarga asoslanadi.

Qiziqish uyg‘otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. O‘zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan narsalar bilan bog‘lash – muvaffaqiyatli eslab qolish-ning asosiy shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo‘yish katta ahamiyatga ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, uning natijalarini oldindan ko‘rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi.

Bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini yodga tushiradi.

Xotirani shakllantirish usullariga quyidagilar kiradi:

1 Қаранг: Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимлари-нинг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б. 30.

Page 45: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

45

– bilishga bo‘lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini shakllantirish;

– mantiqiy eslash usullarini o‘rganish; – javobgarik hissini kuchaytirish, bilim olishga, o‘rganishga, qunt

qilishga, o‘zini tarbiyalashga e’tibor berish; – o‘tilgan mashg‘ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta tak-

rorlash, xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish. Shu ma’noda, ichki ishlar idoralari faoliyatida kasbiy xotira – tezkor,

uzoq muddatli, so‘z mantiqli shaklda, raqam, son, ism, familiya, qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyinchalik farqlay olish)da namoyon bo‘ladi1.

3-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati

xodimining tafakkur va xayol jarayonlariga psixologik tavsif Tafakkur atrof-muhitdagi voqealikni nutq yordamida bevosita, umum-

lashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik yaratish va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir2. Insonning bilish faoliyati voqealikni, narsa-hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi.

Tafakkur jarayonida inson hissiy bilish qobig‘idan tashqari chiqib, sezgi va idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin bo‘lmagan murakkab holatlarni anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari va tafakkur uzluksiz bir-birini boyitib turadi.

Tafakkurning boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun, tafakkur rivojlanishi bilan shaxs-ning nutq faoliyati ham o‘sadi. Bu esa shaxsda o‘z fikrini to‘g‘ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug‘at boyligini oshiradi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-lari faoliyatida tafakkur kasbiy masalalarni yechishga oid holat va hodisa-larning mohiyatini tez anglash, turli tuman axborotlar ichidan zarurini ajratib olish, ular o‘rtasidagi farq va tafovutlarni oson aniqlash, ko‘pchilik ilg‘ay olmaydigan mayda narsalarni ko‘rish bilan ularni turli harakat, shakllarda obrazlashtirish, jonlantirishda namoyon bo‘ladi.

1 Қаранг: Арифходжаева И. Х. Ички ишлар идоралари ходимлари психоло-

гияси. – Т., 2008. – Б.134. 2 Қаранг: Ғозиев Э. Тафаккур психологияси. – Т., 1990. – Б.15.

Page 46: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

46

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodim-larining oldida turgan vazifalarni hal etishi uchun uning kasbiy tafakkurini rivojlashtirish katta ahamiyatga ega. Idrok va tasavvurda aks etadigan nar-sa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.

Bu bosqichda yangi ma’lumotlar izlanadi, zarur materiallarni yig‘ish, ishga daxldorlarni so‘roq qilish amalga oshiriladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatda tafakkurga «o‘ta xavfli sharoitda ongning yuqori darajada sama-rali ishlash qobiliyati»1, deb ta’rif berish mumkin. Umumiy psixologiya asoschilari talqinicha, tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, bevosita, to‘liq hamda eng aniq ifodasi hisoblanadi.

Tafakkur xususiyatiga ko‘ra shaxs faoliyatida vujudga kelgan muam-mo va masalalarni hal qilishga yordam beradi, muammoning yechimini topish bilan bir qatorda, muammoli vaziyatga aloqador narsa-hodisalarning noaniq xususiyatlari, ayni vaziyatdagi munosabatlariga ham aniqlik kirita-di. Tafakkur yuritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad muayyan vaziyatdagi turli munosabatlar, holatlar yuzasidan avval alohida, so‘ngra umumlash-tirilgan holda olingan manbalarni o‘zaro solishtirish orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini ongda shakllantirishdir2.

Kasbiy tafakkur nafaqat harakatga keltirish zarur bo‘lgan aqliy imko-niyat, balki inson omilini faollashtirish qurolidir3. Shu nuqtai nazardan, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy tafakkuri deganda, ularning o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida muhim ahamiyat kasb etadigan voqea, hodisa va holatlardagi umumiylikni ko‘ra olish, analiz va sintez qilish, taq-qoslash, asoslash hamda taxminiy xulosalar chiqarish jarayoni tushuniladi.

Kasbiy rivojlangan tafakkur xodimning muhim xislati bo‘lib, narsalar, odamlar va ularning xatti-harakatlaridagi muhim jihatlarini bilish, ular o‘rtasidagi qonuniyatli aloqalarni topish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Xodimning tafakkuri murakkab tezkor xizmat vazifalarini bajarish, amaliy muammolarni hal etishning yangi yo‘llarini topish qobiliyati.

Kasbiy tafakkurni faollashtirishning bir qancha asosiy usullari mavjud4.

1 Қаранг: Теплов Б. М. Проблемы индивидуальных различий. – М., 1998. – С. 328.

2Қаранг: Рубинштейн С.Л. О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14.

3Қаранг: Столяренко А.М. Психологическая подготовка сотрудников ОВД. – М., 1997. – С. 21.

4 Қаранг: Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимлари-нинг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.44.

Page 47: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

47

Kasbiy vazifani tushunish usuli. Dastlab umumiy vazifani oddiy vazifa-larga bo‘lish zarur. Ishning tafsilotlari, ikir-chikirlariga e’tibor berish, hech narsani nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlari-ga ega bo‘lishga harakat qilish kerak.

Masalaning yechimini topish usuli. Avvalo, izlanishning dastlabki nuqtasi ajratib olinadi, bunda izlash chegaralari aniqlanadi va tartibga soli-nadi. Izlash yo‘nalishlari tanlanadi, uyg‘unlashtiriladi va qayta ko‘rib chi-qiladi.

Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllantirish usuli. Xodimdan umumiy manzara va undagi elementlarning obrazli ishlovini amalga oshirish hamda shu asosda tekshirilayotgan hodisaning qolipi (sxe-masi)ni shakllantirish talab etiladi (bu tezkor yoki taxminlar (tusmollar) shaklida amalga oshirilishi mumkin). Hodisaning elementlari o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rib chiqish va ishlash, ularni bir butun ko‘rinishga birlash-tirish hamda asosiy bo‘g‘inni topish zarur.

Tafakkurni yo‘naltirish usuli tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy yo‘nalish olish (masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari motiv-larini tushunishga harakat qilish), shuningdek, psixologik tahlil o‘tkazish va shu asosda vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat. Ba’zi murakkab vaziyatlarda refleksiya usulidan (raqib nuqtai naza-ridan mulohaza qilishdan) foydalaniladi.

Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli. Xodim o‘zini nazorat qilishning so‘zda ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara oldim?», «Nima uchun men bunday xulosaga keldim?» va h.k.) foydalangan holda tekshirib turishi zarur. O‘z xulosalari va baho-larida u subyektivlikka yo‘l qo‘ymaslikka, shaxsiy moyillik va xusumatni yo‘q qilishga harakat qilishi kerak.

Tafakkurni shakllantirish usullariga: 1) mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy xu-

susiyatlarni rivojlantirish; 2) kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va

tajribani egallashga harakat qilish; 3) kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va

tajriba egallashga harakat qilish; 4) bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini yechish, qiyin, mavhum

vaziyatlarda yechim topish mashqlarini mukammallashtirish; 5) mantiqiy fikrlash, tafakkur operatsiyalar mohiyatini anglash, masa-

lani yechishdagi g‘ayritabiiy usullar bilan tanishish; 6) aqliy imkoniyatlarni takomillashtirish kiradi.

Page 48: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

48

Xayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari qatoriga kiradi. U har bir kishida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo‘lmaydi. Fan-taziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o‘z ichiga qamrab oladi. Xayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy-adabiy, musiqaviy va, umuman, ijodiy faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo‘ladi.

Xayol – inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi. Muammoli vaziyatda, noaniq holatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, xayol faol faoliyatni yo‘naltiruvchi emas, balki uning o‘rnini almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi.

Xayol tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Xayol ham tafakkur singari kelajakni oldindan ko‘rish imkonini beradi. Tafakkur singari xayol shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ularni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo‘la-di, ya’ni bu ehtiyojlarning qondirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin.

Xayol o‘zining faolligi bilan tavsiflanadi. Ayrim hollarda xayol fao-liyatning o‘rnida, uning sun’iy aralashmasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Mana shunday holatda odam hal qilib bo‘lmaydigandek ko‘rina-digan masalalar, turmushning og‘ir sharoitlari, o‘z xatolarining ta’qibi va shu kabilardan qochish uchun real tasavvurlardan uzoq bo‘lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi.

Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat das-turlarini belgilaydi. Xayolning bunday shakli passiv xayol deyiladi. Kishi passiv xayolni oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin. Ataylab yuzaga keltirilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana shunday obrazlari shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana shunday shirin xayollarda fantaziya bilan ehtiyoj o‘rtasidagi aloqa yengil namoyon bo‘ladi. Ammo insonning xayo-liy jarayonlarida shirin xayol kechirish hollari ko‘proq bo‘lsa, bu uning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, u kelajakda yaxshi hayot kechirish uchun kurashmasa, uning hozir-gi hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz bo‘lsa, bunday holda u o‘zining ehtiyojlari to‘la qondiriladigan, istagan narsasini qo‘lga kirita oladigan, hozirgi

Page 49: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

49

paytda umid qila olmaydigan biror mansabni egallaydigan soxta hayotni ko‘p xayol qiladi.

Passiv xayol oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan turlarga, aktiv xayol esa ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo‘linadi. O‘z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deb ataladi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

1. Zamonaviy psixologiyada bilish faoliyatiga psixologik tavsif bering. 2. Diqqat va uning xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish

xizmati xodimlari faoliyatida tutgan o‘rnini izohlang. 3. Sezgi va uning xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish

xizmati xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni haqida gapirib bering. 4. Idrok va uning xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish

xizmati xodimlari faoliyatidagi o‘rnini ayting. 5. Xotira va uning xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish

xizmati xodimlari faoliyatidagi o‘rni qanday? 6. Tafakkur va uning xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish

xizmati xodimlari faoliyatidagi o‘rniga tavsif bering. 7. Xayol va uning xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish

xizmati xodimlari faoliyatida tutgan o‘rniga tavsif bering.

Page 50: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

50

4-mavzu XODIMNING HISSIY-IRODAVIY VA INDIVIDUAL-

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimining hissiy-

irodaviy holatlariga psixologik tavsif Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi

ushbu sohani tartibga solib turuvchi me’yoriy xarakterga ega bo‘lgan qoidalarni o‘z vaqtida ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazo-ratni amalga oshirishlarida turli voqea-hodisalarga nisbatan muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namoyon etadi. Xodim psixologiyasida namoyon bo‘ladigan ruhiy holatlar voqealikda sodir etilgan hodisalar ta’siri natijasidir. Bu esa, xodimning o‘ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini bildiradi va u haqidagi birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi.

Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir xil ma’noda ishlatiladi. Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish noto‘g‘-ridir. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ular-ning ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga keli-shining aniq shaklini emotsiya deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, ranglar-ning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yar-qirashi, kulgi, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emo-tsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy. Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ij-timoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.

Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo‘lib, inson emotsional holatining rang-barangligi, ko‘p qirraliligini bildi-radi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» – zo‘riqish, urg‘u berish), emo-tsiyalar (lotincha «emovere» – qo‘zg‘atish, hayajonlash), affektlar (lotin-cha «affectus» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros), stress (inglizcha «stress» – zo‘riqish), frustratsiya (frustratsion – rejalarning barbod bo‘lishi, maq-sadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.

Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqealikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga qaysidir ma’noda munosabat bildiradi. Hissiyot – kishining hayotida yuz berayot-gan voqealarga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli shaklda bildiradigan ichki munosabati.

Page 51: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

51

Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil o‘ziga xos kechinmalarni – emotsiya, affekt (hissiy portlashlar), kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress) holatlari va his-tuyg‘ularni hosil qiladi. Hissiyot ak-sariyat hollarda ruhiy jarayonning o‘ziga xos ko‘rinish sifatida faqat emo-tsional shaklda vujudga keladi. Shu o‘rinda, hissiyot o‘zicha emas, balki bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni na-moyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xu-susiyati ma’nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, muomala, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.

Emotsional jarayonlar, holatlar yoki qisqacha aytganda, emotsiya hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllaridan biri. Emotsiya u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi. Balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa, g‘azabli hissiy kechinma hosil bo‘lishi ijobiy yoxud salbiy emosiya deyiladi. Qo‘r-qinch, dahshat hissiy kechinma sifatida shaxsning obyektlarga munosa-batini aks ettirib, turlicha shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Misol uchun, odam dahshatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi, o‘zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto, xavf-xatarga ham tashlashi mumkin.

Ba’zi holatlarda emotsiya ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U xatti-harakatga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch bo‘lib, shijoatni oshirib yuboradi va bu holat fanda stenik hislar deb ataladi. Boshqa bir holatda emotsiya (astenik) faollikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib turadi, his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi kishini bo‘shashtirib yuboradi.

His-tuyg‘ular hissiyot (emotsiya), kayfiyat, kuchli hayajonlanish tar-zida boshdan kechirilishi chog‘ida ma’lum darajada seziladigan tashqi belgilarga ham ega bo‘ladi. Masalan, yuzlarning ifodali (mimika), qo‘l va gavdaning ma’noli harakatlari, turq-tarovat, ohang, ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ba’zan shaxsga o‘ziga o‘zi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida sodir bo‘ladi1.

1 Қаранг: Ғозиев Э. Умумий психология. –Т., 2002. – Б.188–190.

Page 52: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

52

Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tadigan jarayon. U ongning anchagina o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmasligi, hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affekt holatida birdaniga katta kuch sarf qilinishi sababli ham u qisqa muddatli bo‘ladi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt bo‘rondir.

Hissiy portlash ro‘y berganda kishi o‘zini nazorat qila olmaydi, qila-yotgan ishining oqibatini o‘ylamaydi va aql-hushini yo‘qotib qo‘yadi. Masalan, jinoyatchilik olamida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasd-dan odam o‘ldirish (JKning 98-moddasi) yoki kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishda (JKning 106-moddasi) affektiv holatlarni kuzatish mumkin. Hissiy port-lashdan keyin holdan toyish, majolsizlik, barcha narsalarga befarq munosabatda bo‘lish, harakatsizlik, ba’zan esa mudroq bosish boshlanadi.

Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning hayot-faoliyati davomida shodlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, zerikish, qayg‘urish singari his-tuyg‘ular ruhiy holatining umumiy tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. Inson xafa, ma’yus hissiy holatida tengdoshlarining hazili, keksalarning pand-nasihatlari, maslahatlarini boshqacha qabul qiladi. Quvnoq kayfiyat chog‘dagiga nisbatan, boshqacharoq munosabat bildiradi. Shuning uchun ichki ishlar tizimi jamoalarida ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.

Stress – psixologik ta’rifiga ko‘ra affektiv holatga yaqin turadigan, lekin davomiyligiga ko‘ra kayfiyatga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ular boshdan kechirilishining alohida shakli, kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha «stress»– tayziq ko‘rsatish, zo‘riqish)dan yoxud hissiy zo‘ri-qishdan iborat. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o‘xshash vaziyatlarda ro‘y bera-di. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini kanadalik fiziolog olim G. Selye olib kirgan. Uning fikricha, stress – inson organizmiga qo‘yilgan ortiqcha talabdir1.

Stress holatida shaxs xatti-harakatlari keskin tarzda o‘zgaradi, qo‘zg‘a-lishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, harakatlari tartibsiz bo‘ladi. St-ressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada sustlik, zaif-

1Қаранг: Селье Г. Стресс и дистресс. – М., 1999. – С. 25.

Page 53: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

53

lik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida fiziologik o‘zga-rishlar tashqi tomondan uncha ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muam-moni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni stress-ning tashqi ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs stress holatida telefon raqamini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ya’ni uning ong fao-liyati yengil buziladi, idrok ko‘lami torayadi va boshqa holatlar kuzatiladi.

Frustratsiya kishi maqsadga erishishi yo‘lida bartaraf etib bo‘lmaydi deb hisoblagan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlar-ga duch kelgan hollarda yuz beradi. Ushbu holatning yuz berishi shaxs xulq-atvorida va o‘zini anglashida turli xil o‘zgarishlarga olib keladi. Frus-tratsiya holati shaxs o‘zini yo‘qotib qo‘yishi, ya’ni jabrlanuvchi jinoyat-chiga qarshilik ko‘rsata olmaganida, jinoyatchi ko‘zlagan maqsadiga erisha olmaganida, kutilmaganda turli to‘siqqa duch kelganida namoyon bo‘ladi1.

Iroda kishining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qiyinchi-liklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. Shu ma’noda, iroda to‘siqlarni yengib o‘tishga qaratilgan aqliy, maqsadga yo‘naltirilgan psixik faollik bo‘lib, maqsadga intilishda sodir bo‘ladi va instinktlar manbaida shakllanadi2.

Irodaviy faoliyatda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, qo‘lga oladi, nazorat qiladi.

Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo‘ladi. Iroda o‘zaro bog‘liq ikki – undovchi va tormozlovchi vazifaning bajarilishini ta’minlaydi. Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi. Tormozlovchi vazifasi esa faollikning yoqimsiz ko‘rinishlarini jilovlashda namoyon bo‘ladi.

Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir yo‘lga solingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan himoyalanish ehtiyojidan tortib, to ma’naviy, estetik va intellektual his-tuyg‘ularni bosh-dan kechirish bilan bog‘liq, yuksak orzu-niyatlarga borib taqaladigan motivlar iyerarxiyasini tashkil etadi.

Irodaning undovchi va tormozlovchi funksiyalari bir butun holdagina shaxsning maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta’minlaydi.

1 Қаранг: Левитов Н. Д. Фрустрация – один из видов психических состоя-ний // Вопросы психологии. – 2000. – № 6. – С. 120.

2 Қаранг: Васильев В.Л. Юридическая психология. – М., 2005. – С. 68.

Page 54: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

54

Odamlar qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga yuklashga moyil bo‘lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o‘z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g‘ayratlari va qobiliyatlariga bog‘lashini bel-gilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyot-larda «nazorat lokusi» degan atama qo‘llanilib, u lotincha «lotus» – «o‘rnashgan joy» va fransuzcha «conlrole» – «tekshirish» degan ma’nolarni anglatadi). O‘z xulq-atvori va ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo‘ladigan odam-lar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larida irodaviy fazilatlarni shakllantirish faoliyat samaradorligini ta’min-lovchi psixologik omillardan sanaladi. Chunki ular fuqarolar bilan muo-mala jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish, ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini muhofaza etish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash jarayonida maqsadga erishish uchun to‘sqinlik qiladigan turli to‘siqlarga duchor bo‘ladilar. Bunday vaziyatlarda ushbu irodaviy fazilatlarni namoyon qilish muhimdir. Irodaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘yilgan vazifani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlarni kiritish katta yordam beradi.

Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:

1) irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdan boshlash;

2) qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadga erishish uchun amalga oshirilishini tushunish;

3) qabul qilingan qarorning bajarilishi kerakligi; 4) maqsadga erishish bosqichlarini ko‘ra olish. Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat

qilishdan boshlash kerak. Dastlab unchalik katta bo‘lmagan qiyinchilikni, vaqt o‘tishi bilan kattaroq qiyinchiliklarni muntazam ravishda yenga borib, kishi o‘zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning o‘rni beqiyosdir. Chunki xodimning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash qobiliyati faoliyat samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi.

Xodimning hissiy-irodaviy turg‘unligi:

Page 55: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

55

– ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, ada-shishlar tug‘diruvchi psixologik reaksiyalarning yo‘qligi;

– psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato bajarish;

– kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyat-larga nisbatan ehtiyotkorlik bilan oqilona yondashishda namoyon bo‘ladi.

Shu nuqtai nazardan xodim faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘z xatti-harakatlarini boshqara olishi, his-tuyg‘ularini nazorat qila olishiga bog‘liq. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining o‘zlarini irodaviy boshqara olishi, murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan belgilanadi. Ya’ni xodimning o‘zini irodaviy boshqarish orqali salbiy hissiyotlarni yo‘q qili-shi, o‘zida ishonch hissini uyg‘otishi, diqqatini bir joyga jamlashi va butun kuchini qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi asosiy sifatlari sanaladi.

Xodim o‘zining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara ol-masligi uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi barchaga ma’lum. Shu bois, xodimlarning hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari va usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat faoliyatida kuchli irodaga ega, o‘z hissiyotlarini boshqara oladigan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda o‘zining jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan oqi-lona foydalana oladigan xodim ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi.

Hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham xodimning o‘z ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanishiga, ijodiy salohiyati-ning ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga yor-dam beradigan alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.

2-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni

rasmiylashtirish xizmati xodimining individual- psixologik xususiyatlariga psixologik tavsif

Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida shaxsning

o‘ziga xos sifatlari, ya’ni temperament, xarakter va qobiliyatga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushunti-rish uchun xizmat qilib kelgan.

Temperament – lotincha «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralashma» degan ma’noni anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlab-

Page 56: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

56

ki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo‘llanib kelinmoqda.

Psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shartlashgan dinamik ko‘rinishlari majmui temperament deyiladi.

Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni «temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan xarakterlanadi) sangvinik temperament (lotincha «sangvis» – qon); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik temperament (yunoncha «flegma» – shilimshiq parda); sariq o‘tning ko‘payganligini xolerik temperament (yunoncha «xola» – o‘t); qora o‘t ko‘p bo‘lganda melanxolik temperament (yunoncha «melayna xole» – qora o‘t) deb ataladi.

Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.

Psixik faol, atrofda bo‘layotgan hodisalarga tez munosabat bildi-ruvchi, taassurotlarini tez-tez o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan kishi sangvinik deyiladi.

Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg‘uga ega, harakatlari va nutqi bir maromida bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomonda ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi.

Juda g‘ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega, tez, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi.

Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini nazorat qila oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar bo‘ladi.

Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra): 1) kuchli, ehtirosli, behalovat – xolerik; 2) kuchli, bosiq, epchil – sangvinik; 3) kuchli, bosiq, sust – flegmatik; 4) kuchsiz – melanxolik

Temperament turlarining tizimli tavsifi1

Ichki xususiyat Xolerik Sangvinik Flegmatik Melanxolik xulqi beqaror barqaror o‘ta barqaror juda beqaror

1 Қаранг: Щекин Г. В. Визуальная психодиагностика и её методы. – К., 1991.

Page 57: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

57

hissiyoti kuchli, qisqa muddatli

yuzaki, qisqa muddatli kuchsiz chuqur va uzoq

muddatli

kayfiyati turg‘un emas, yaxshi

turg‘un, ko‘ta-rinki ruhda

turg‘un, doimo xursand va qay-g‘usiz

turg‘un emas, pessimistik ruhda

nutqi baland, keskin, bir xil emas

baland, jonli, bir xil sur’atda

ohista, bir ohangda juda sekin

sabri sust boshqariladi juda kuchli besabr moslashish qobiliyati oson juda oson sekinlik bilan juda qiyin

muomalasi yuqori o‘rtacha past juda past

o‘zini tutishi tajovuzkor do‘stona bosiq qiyinchilikdan qochadi

tanqidga munosabati asabiy bosiq befarq qabul qilmaydi

faoliyatga munosabati

qiziqqon, beri-lib ishlaydi

jonli, ko‘p ga-pirib ishlaydi betinim ishlaydi vaziyatga qarab

turlicha, reaktiv yangilikka

munosabati ijobiy befarq salbiy manfaatli

xavfga munosabati

jangovar, tavakkaliga

yaxshi tayyor-garlikdan so‘ng tavakkalsiz

sovuqqon, o‘zi-dan chiqishi qiyin

xavotirli,o‘zini yo‘qotib qo‘yadi

maqsadga intilish

kuchli, bor imkoniyatini ishga soladi

tez yetishish, to‘siqlarni aylanib o‘tish

qat’iyat bilan, shoshmasdan

to‘siqlardan qochish orqali tez yoki sust

imkoniyatni baholashi juda ortiqcha bir muncha real baho hisoblay olmaydi

ta’sirga berilish past biroz mavjud kuchsiz juda kuchli

Xarakter – shaxsning faoliyati, muomalasida tarkib topadigan va

namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyati bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.

Shaxs ba’zida o‘z xarakteridan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqa olmaydi. Xorijlik psixologlarning ta’kidlashicha, ayrim insonlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan xavfsirab, yutuqlarini qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Boshqa toifadagi odamlar esa muvaffaqiyatsizlikdan juda cho‘chiydilar, o‘ta ehtiyotkorlikni, qiyin-chilikdan qo‘rqib, yengil ishga qo‘l urishni lozim topadilar. Fanda shaxs-ning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakterini quyidagi tizimga ajratilgan:

1) jamoa (guruh)ga va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar);

Page 58: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

58

2) mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar);

3) narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar (ozoda-lik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo);

4) shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislatlar (izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamta-rinlik, samimiylik va boshqalar).

Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi. Psixologiya tarixida inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga (tana tuzilishi va hokazolarga) ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab kishi xarakterini belgilash nazariyalari mavjud. Tarixdan ma’lumki, mashhur yunon olimlari Arastu va Aflotun ham kishi xarakterini tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlash usulini asoslantirganlar. Masalan, kishining tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topishni tavsiya qilishgan, so‘ngra esa uning xarakteri ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil deb qaralgan. Arastuning fikricha, buqaniki singari yo‘g‘on burun ishyoqmas-likni bildiradi1.

Qobiliyat shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblanib, zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashning o‘sishida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir. Ya’ni qobiliyat bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.

Qobiliyat umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Shaxsning umumiy qobiliyati yoki umumiy fazilati muayyan psixo-

logik ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ulardan psixolog olimlar tomonidan ko‘p-dan buyon tadqiq qilinadi. Shaxsning aniq faoliyat sharoitida qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan umumiy fazilatlari jumlasiga odamlarning uch tipdan bittasiga mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilat kiradi.

Iste’dod, uning tuzilishi va paydo bo‘lishi. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb ataladi. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi. Shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasi iste’doddir. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida qobiliyat asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki har bir

1Қаранг: Умумий психология / А.В. Петровский таҳрири остида. – Т., 1992.

– Б.467.

Page 59: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

59

xodimning mehnatga loyiq yoki loyiq emasligi ham uning qobiliyatini aniqlashdan boshlanadi. Soha xodimlarining individual-psixologik xusu-siyatlari, ya’ni temperamenti, xarakteri, maxsus va umumiy qobiliyatlari fuqarolar bilan bo‘ladigan muomala madaniyatiga alohida etibor berish lozim. Har bir xodim fuqarolar bilan bevosita muomala jarayonida ularning individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olishi darkor.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllariga psixologik tavsif bering. 2. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larida irodaviy fazilatlarni shakllantirish samaradorligini ta’minlovchi psixolo-gik omillar haqida gapirib bering.

3. Irodani mustaqil tarbiyalash usullarini aytib bering. 4. Xodimning hissiy-irodaviy turg‘unligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 5. Temperament turlarining tizimli tavsifiga izoh bering. 6. Fanda shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter tizimiga tavsif

bering. 7. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari

faoliyatida individual-psixologik xususiyatlar qanday ahamiyatga ega?

Page 60: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

60

5-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI

RASMIYLASHTIRISH XIZMATI XODIMINING KASBIY MUOMALASIGA PSIXOLOGIK TAVSIF

1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati

faoliyatida kasbiy muloqot va boshqaruv psixologiyasining tutgan o‘rni

Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli, unga yagona va to‘g‘ri ta’rif berish juda mushkul. Shuning uchun, muloqot tushunchasi uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ta’riflanadi, odatda. Psixolo-giyaga oid lug‘atlarda muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif berilgan: ya’ni muloqot – hamkorlikda faoliyat extiyoji bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni; muloqot – belgilar tizimi orqali subyektlar-ning o‘zaro ta’sirlashuvi.

Albatta, ushbu ta’riflar universal emas. Shunday bo‘lsa-da, muloqotga shartli ravishda quyidagi umumiy ta’rifni berish mumkin: muloqot – kamida ikki kishining o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bu ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat o‘rnatiladi va rivojlantiriladi, tugatiladi yoki korreksiyalanadi.

Aytish kerakki, muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash ke-rak. Kommunikatsiya tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot alma-shinuvini anglatadi. Insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi, hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi bularning barchasi kommunikatsiya.

Muloqot faqat insonlar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar ro‘yobga chiqariladi. Muloqotsiz jamiyat hayoti to‘xtab qolishi mumkin. Aynan muloqot hamkorlikda faoliyat yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi.

Hamkorlikdagi faoliyat rejasini tuzish, uni ro‘yobga chiqarish uchun individlar o‘rtasida muloqot amalga oshirilishi shart. Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ayni vaqtda faoliyat davomida insonlar o‘rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, muloqot va faoliyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.

Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni; individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni; bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni kiradi.

Page 61: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

61

Muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, odamlar o‘rtasida birgalik-dagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Shaxslar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, aloqa-ning eng muhim vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladilar. Mulo-qotning yana bir muhim tomoni shundaki, munosabatga kirishuvchilar muomala jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki xatti-harakatlar bilan ham axborot ayirboshlaydilar. Muloqot jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashi, muomala madaniyatiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki shaxs-lardagi o‘zaro muloqot bu tabiiy ehtiyojdir.

Muloqot orqali shaxslarning birgalikda aloqa qilish metodikasi ketma-ket bo‘lgan olti bosqichni o‘z ichiga oladi:

Birinchidan – o‘zaro bir-birini tushunish; Ikkinchidan – umumiy yoki mos keladigan qiziqishlarni topish; Uchinchidan – muloqot uchun taklif etiladigan sifat va qabul qilina-

digan prinsiplar; To‘rtinchidan – muloqot uchun xavfli bo‘lgan sifatlarni aniqlash; Beshinchidan – individual ta’sir etish va suhbatdoshga moslashish; Oltinchidan – umumiy qoidalarni yaratish va o‘zaro harakat qilish

bosqichlaridir. Bunda bosqichlar ketma-ketligiga rioya qilish to‘g‘ri ta’sir etishni

tashkillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bosqichlar aloqa qilish jarayonida amalga oshirilayotgan faoliyatning

ketma-ketligini kuzatish dasturi sifatida namoyon bo‘lishi, o‘zaro ta’sir yo‘llarini nazorat etishi mumkin1.

Kasbiy muomala har bir xodimning faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham, muomalaning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi muomala qonuniyatlariga suyangan holda shaxslar bilan o‘zaro munosa-batga kirishadi. Muloqot jarayonida xodimning barcha kasbiy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashiga, voqeani o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘-lashiga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash, obyekt va sharoitni mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi.

Muloqot psixologik jihatdan bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar o‘rtasida u yoki bu vositalar orqali maqsadga muvofiq, bevosita yoki bilvosita aloqani o‘rnatish va saqlab turish jarayonidir1.

1 Қаранг: Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходим-

ларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002, – Б.47.

Page 62: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

62

Shu o‘rinda bir misol keltirsak. 1938 yil Richar Bard Antarktida tomon safarga otlanadi va u yerda 6 oy yolg‘iz qolib ketadi. Keyinchalik u muz-liklarda kechgan hayotini shunday eslaydi: “U yerdagi hayotim davomida bora-bora har bir harakatim, har bir ishim tobora mazmunsiz, mantiqsiz, maqsadsiz bo‘lib borayotganday edi. Xavf-xatarlardan qo‘rqmaydigan odam bo‘lsam-da, negadir bu yerda tomning bosib qolishidan, o‘choqdan o‘t ketib qolishidan xavfsiray boshladim. Ovqatlanishimda muntazamlik yo‘qoldi, yuvinmay qo‘ydim”. Tarixda yaponlarda “Maritao” nomli insonning o‘z-o‘zini takomillashtirish tizimi mavjud bo‘lgan. U shunday tizimlarning eng og‘iri va murakkabi hisoblanadi. Vaholanki, bunda inson hech qanday jismoniy azoblarga duchor bo‘lmaydi. Faqatgina bir haftaga g‘orga kirib ketib, u yerda tanho qoladi. Bu yerda u hatto o‘zi bilan ham gaplashishi mumkin bo‘lmaydi. Sinovdan o‘tganlar keyinchalik har qanday uchrashuv va suhbatni xursandchilik bilan qarshi oladilar. Qizig‘i shundaki, ularda ko‘proq gapirish ehtiyoji emas, balki tinglash extiyoji kuchayar ekan.

B.F.Lomov muloqotning bir qator funksiyalarini tasniflaydi. Muloqot funksiyalari deganda, muloqotning inson ijtimoiy hayotida bajaradigan vazifalari tushiniladi. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1. Informatsion – kommunikativ funksiya – axborot almashinuvini ta’minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar tizimlari orqali amalga oshiriladi. Odatda, verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlati-ladi) va noverbal (unda belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqla-nadi. O‘z navbatida, noverbal kommunikatsiyalarga:

– kinetika (imo-ishoralar, mimika, pantomimika); – paralingvistika (ovoz vokalizatsiyalari, pauzalar); – proksemika (masofa va vaqt me’yorlari); – vizual aloqa (ko‘zlar orqali kontakt); – takesika (jismoniy kontakt) kiradi. 2. Regulyativ – kommunikativ funksiya – suhbatdoshlar xulq-atvo-

rining regulatsiya qilinishini ta’minlash vazifasi. Individlar muloqot jara-yonida verbal, jismoniy, noverbal yo‘llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazishi biror harakatga unda-shi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruv-chi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

3. Affektiv – kommunikativ funksiya – inson emotsional sohasining regulatsiya qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emosional holat-larining eng muhim determinantasidir. Chunki, turli-tuman emotsional holat-lar muloqot jarayonida paydo bo‘ladi va o‘zgaradi.

Page 63: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

63

L.A.Karpenko taklif etgan tasnifga ko‘ra, muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi:

1) aloqa o‘rnatish – suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash; 2) informatsion – suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va

rejalarni almashish; 3) faoliyatga undash – suhbatdoshni biror harakatni bajarishga sti-

mullashtirish; 4) koordinatsion – suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish

va uni amalga oshirishda harakatlarni muvofiqlashtirish; 5) tushunishni ta’minlash – suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini

tushunish; 6) motivlashtirish – suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni uyg‘otish

hamda ularni o‘zgartirish; 7) munosabat o‘rnatish – munosabatlar tizimidagi shaxsiy o‘rnini,

mavqeni aniqlash; 8) ta’sir ko‘rsatish – suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyat-

lari, maqsadlari va ustanovkalarini o‘zgartirish. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

lari faoliyatida muloqotning quyidagi turlari mavjud: 1) bevosita; 2) bilvosita; 3) rolli; 4) mazmunli; 5) rasmiy; 6) norasmiy. Bevosita muloqot – «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, uning har bir ishti-

rokchisi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.

Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar ishtirok etadi (masalan: telegraf, telefon orqali gaplashish).

Muloqotning ba’zi turlari ijtimoiy rollar orqali amalga oshirilib, bu – rolli muloqot deyiladi. Bunday holatda odamlar muayyan ijtimoiy rollarni bajaruvchi kishilar tarzida muloqotga kirishadilar.

Individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, xohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishi mazmunli muloqot deb ataladi.

Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat man-faatini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqot turidir.

Shaxslararo muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lish norasmiy muloqot hisoblanadi.

Page 64: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

64

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-lari faoliyatida muloqot, ayniqsa bevosita muloqot o‘ziga xos ahamiyatga ega. Chunki huquqni muhofaza qilish organlari, shu jumladan xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi, aholi, fuqarolar va ularning murojaatlari bilan ishlaydi. Muloqot jarayonida ularning har biri o‘ziga xos dunyoqarash va muomalaga egaligi ko‘rinadi.

2-§. Verbal va noverbal muloqot vositalariga

psixologik tavsif Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari

xizmat faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida muloqot orqali o‘z xizmat burchini bajaradi va ushbu muloqot qonun asosida tartibga solinadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining muloqoti quyidagilarni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1) bevosita kasbiy vazifani bajarishga yo‘naltirilganligi; 2) huquqiy jihatdan tartibga solinganligi; 3) maxsus obyektning mavjudligi; 4) psixologik to‘siqlarning mavjudligi; Har qanday muloqot obyekt bilan subyektning doimo bir-biriga

moslashish jarayonini qamrab oladi. Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrog‘i, belgilar tizimi orqali

beriladi. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi mavjud bo‘lib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydalaniladi-gan vositalarni tasniflash mumkin. Nutqli (belgilar tizimi sifatida nutqdan foydalaniladi) va nutqsiz (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalaniladi) muloqot vositalari farqlanadi.

Muloqotning psixologik vositalari ikkiga bo‘linadi: verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz) – og‘zaki nutq; – imo-ishora; – yozma nutq; – mimika;

– pantomimika. Muloqotning verbal va noverbal vositalarining tavsifi. Muloqotning

psixologik vositalari ikkiga: verbal (nutq orqali) va noverbal (nutqsiz) shakllarga bo‘linadi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:

og‘zaki nutq; imo-ishora; yozma nutq; mimika;

Page 65: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

65

pantomimika. Nutqiy muloqot – eng universal aloqa vositasi hisoblanadi. Zero, nutq

orqali axborotning mazmuni deyarli to‘liq beriladi. Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr-mulohazalarini bemalol bayon eta oladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati-da muloqotning nutqiy vositalaridan foydalanish o‘ta muhim o‘rin tutadi. Xodim xizmat faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan bevosita muloqot jarayonida yoki turli xil hujjatlarni tuzishda o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalash, ularni to‘g‘ri bayon etishiga bog‘liq. Nutq muloqotning universal vositasi bo‘lsa-da, u faqat faoliyat tizimiga aloqador bo‘lgan sharoitdagina aha-miyatga ega bo‘ladi, faoliyatga daxldorlik esa muloqotning boshqa – nutq-siz vositalarini qo‘llash bilan to‘ldiriladi.

Ushbu vositalarning birinchi guruhiga imo-ishora va mimika kiradi. Mimika – yuzning muloqot paytidagi dinamik ifodasi. Jest (imo-ishora) – jamiyatda ishlab chiqilgan va ruhiy holatni ifodalaydigan harakat. Ularga qarab, biz insonning biror-bir voqeaga, shaxsga, narsaga munosabati haqi-da xulosa qilamiz. Imo-ishora odamning istaklari, uning hozirgi holatidan darak berishi mumkin.

Imo-ishoralar ijtimoiy shakllangan harakatlar bo‘lib, shaxsning psixik holatini ko‘rsatadi. Ular asosida insonni u yoki bu hodisa, shaxs, predmetga bo‘lgan munosabatini aniqlash mumkin. Insonning imo-ishoralari asosida uning holatini tushunib olish mumkin.

Inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar vositasida uning psixik holatini, ayniqsa, his-tuyg‘ularini ifodalovchi harakatlarga pantomi-mika deyiladi.

Muloqotning nutqsiz vositasiga kiruvchi boshqa guruhini vokallash-tirish tizimi, ya’ni ovoz sifati, uning diapazoni, ohangi va boshqalar tashkil etadi. Ushbu qo‘shimchalarning barchasi axborotning ahamiyatini oshiradi va o‘ziga xos nutqqa «qo‘shimcha» vazifasini bajaradi.

YE. Spiritsa o‘z asarlarida ta’kidlaganidek, «tana va ong – bir tizim-ning qismlari. Insonning ichida yuz berayotgan narsa doimo uning yuzida, tanasida namoyon bo‘ladi. Va eng asosiysi, biz aslida o‘zimiz haqimizda qanday o‘ylayotgan bo‘lsak, shundaymiz. Yuz berayotgan barcha ichki kechinmalarimiz doimo yuzaga chiqadi. Lekin, mimika, holat, ishora va boshqa ifodali harakatlarda nafaqat jadal (dinamik), o‘tkinchi hissiy holat-lar, balki shaxsning barqaror xislatlari ham aks etadi. Biz ko‘proq so‘zlarga tayanganimiz uchun odamlarga ishonamiz. Tana esa shu paytda butunlay boshqa narsani ko‘rsatishi mumkin, ammo ko‘pincha biz bunga e’tibor bermaymiz va verbal axborotga ishonishga harakat qilamiz. Yolg‘onni

Page 66: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

66

aniqlash bo‘yicha mutaxassislar so‘zlarga ishonishni bas qiling, deb da’vat qiladilar. So‘zlar axborotning atigi 7 foizi, xolos».

Albert Meyerabianning aniqlashicha, axborot: 7 foiz holatda verbal vositalar (faqat so‘zlar), 38 foiz holatda tovush vositalari (jumladan, ovoz ohangi, tovush intonatsiyasi), 55 foiz holatda esa noverbal vositalar orqali uzatiladi.

Professor Berdvissl odamlar xatti-harakatlarida noverbal axborotning ulushi masalasida tadqiqot o‘tkazib, inson o‘rtacha kuniga 10–15 daqiqa mobaynida so‘zlar orqali gaplashadi, har bir gapi o‘rtacha 2,5 soniya davom etishini aniqlagan. Meyerabian singari u ham suhbat jarayonida so‘zlar orqali amalga oshiriladigan muloqot 35 foizdan kamligini, axborot-ning 65 foizidan ortig‘i esa noverbal muloqot vositalari orqali berilishini aniqlagan. Amerikalik psixologlarning hisob-kitoblariga qaraganda, verbal muloqotning 1/6 qismini, holat, intonatsiya, nafas olish va ritm tili esa 5/6 qismini tashkil etadi. Biz noverbal axborotni emas, balki asosan so‘zlarda ifodalangan axborotni nazorat qilganimiz sababli, aynan noverbal signallar insonni fosh etishini ta’kidlashimiz mumkin (bu ko‘pgina ilmiy asarlarda o‘z tasdig‘ini topgan, xususan, Pol Ekman «Yolg‘on psixologiyasi» asari-da bunday ko‘rinishlarni ko‘p marta tavsiflagan). Darhaqiqat, verbal ko‘ri-nishlarga qaraganda noverbal xulqni nazorat qilish qiyinroq kechadi.

Mutaxassislarning fikricha, haqiqiylik, ochiqlik, to‘g‘riso‘zlik ma’no-larini anglatuvchi kongruentlik (inglizcha – «congruence»)dan tushuncha-sini aniqlab olish kerak. Kongruent xulq yaxlitlik, obro‘-e’tibor, qulaylik singari kechinmalarni aks ettiruvchi ichki holatni ifodalaydi. Bu noverbal ko‘rinishlar – so‘zlar, harakatlar va mimika, imo-ishora, intonatsiya, ovoz tembrining muvofiqligi, harakatlarning uyg‘unligi va vaziyatga muvofiqligi, ya’ni so‘zlarning harakatlar va mimikaga, ovoz intonatsiyasi va tembriga mos kelishi bo‘yicha tashqaridan seziladi (inson qayg‘urgani-da biz buni uning yuzida ko‘ramiz va ovozida eshitamiz, yoki aksincha, uning shodlanganligi chehrasidan, xatti-harakatlaridan, yurish-turishidan, ovozidan sezamiz). Ko‘pincha suhbatdoshning kongruentlik darajasi intui-tiv ravishda va anglanmagan holda baholanadi. Nokongruentlik noverbal va verbal xatti-harakat komponentlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikda namo-yon bo‘ladi. Buni inson bilan muloqot vaqtida idrok etishning turli kanal-lari bo‘yicha har xil xabarlar olganimizda ko‘rishimiz va eshitishi-miz mumkin. Masalan, birov sizni hurmat qilishi va do‘st deb bilishi haqida gapiradi, ammo uning yuzida buning alomatlarini ko‘rmaysiz, uning pin-hona imo-ishoralari va holati buning aksini ko‘rsatadi. Ya’ni nutq, ovoz intonatsiyasi, holat, imo-ishoralar va mimikani qiyoslaganda muvofiqlikni

Page 67: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

67

sezmaymiz. Go‘yoki, bir vaqtning o‘zida ayni bir masalada bir qancha o‘zaro zid fikrlovchi suhbatdoshlar so‘zlashayotgandek bo‘ladi.

Verbal va noverbal muloqot usullarini qo‘llagan holda xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shaxs va vaziyatlarni aniqlash orqali g‘ayriqonuniy hara-katlarning oldini olish texnologiyasi jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizli-gini ta’minlash bo‘yicha vazifalarini hal qilishda zaruriy, samarali usuli hisoblanadi. Ushbu usul XCHK va FR xizmati xodimlarini fuqarolarning xatti-harakatlarni ongli ravishda kuzatish, shubhali belgilarga e’tibor berish, idrok etilgan narsa-hodisalarni qiyoslash va tahlil qilish, sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga undaydi.

3-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining fuqarolarni murojaatlari yuzasidan qabul qilganda

zamonaviy psixologik bilimlarning ahamiyati Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larining fuqarolar (korxona, muassasa, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy jamoa birlashmalari) bilan muomala qilish qoidalari qonuniy tartibda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularni og‘ishmay bajarish har bir xodimning burchidir. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining Kasb madaniyati haqida qo‘llanmada xodimlar xizmat jarayonida va xiz-matdan tashqari paytda so‘zlashish odobiga, muomala madaniyatiga alo-hida e’tibor qaratishlari, har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llashi, fuqarolar bilan samimiy, xushmuomalada bo‘lishi, ish bilan bog‘liq chigal savollariga va boshqa holatlar bo‘yicha murojaatlariga to‘g‘ri va aniq javob berishga, arz va shikoyatlarini imkoni boricha qonuniy hal qilishi lozim.

Xushmuomalalik ichki madaniyatning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, uning asosini insoniylik tashkil etadi. Fuqarolar bilan bo‘ladigan xushmuomalalik quyidagi xulq-atvor qoidalarini qamrab oladi: odamlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish; insonga xayrxohlik, e’tiborlilik; muxtojlarga o‘z vaqtida yordam berish, ularning hojatini chiqarish; iltifot bilan joy ko‘rsatish, joy berish, oldinga o‘tkazib yuborish, yordamlashish; odamlarni o‘zining xatti-harakatlari bilan noqulay axvolga solib qo‘ymaslik, agar shunday holat yuz bersa, tezlikda kechirim so‘rash va o‘z xatti-harakatini tuzatish; keksalarga, bolalarga va ayollarga alohida iltifot ko‘rsatish va hokazolar.

Shu bilan birga, fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotda, albatta, ziyrak, hushyor va mehribon bo‘lish talab etiladi.

Page 68: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

68

Ziyraklik deb, fuqarolarning orzu-umidlarini, aniq istak-xohishlarini, dilidagi gaplarini tezlikda faxmlab olish va shunga javoban axloq qoidalari talabi asosida xatti-harakatlar qilishga aytiladi. Ziyraklikning asosini sezgirlik va hushyorlik tashkil etadi.

Fuqarolarga ziyraklik, ya’ni sezgirlik bilan yaxshi muomala qilish, ularning dardiga quloq solish, savollariga shirinsuxanlik bilan javob qaytarish, ularga yordam qo‘lini cho‘zish, umuman, yaxshi munosabatda bo‘lish oxir-oqibatda barcha mushkul muammolarni hal etishga yordam beradi. Bu esa ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi o‘rtasidagi obro‘ini yanada oshiradi, xalqning ularga nisbatan ishonchi kuchayadi.

Fuqarolar murojaat qilganda xodim zamonaviy psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Ya’ni u, avvalo, davlat hokimiyati vakili ekanligini, odamlar uning xulq-atvori, xatti-harakati, so‘z ohangi va tashqi qiyofasiga qarab butun ichki ishlar idoralari xodimlariga baho berishlarini, uning obro‘si davlat obro‘si ekanligini unutmasligi kerak. Salomlashish qoidalariga to‘liq rioya qilmog‘i, ya’ni harbiychasiga salomlashib, o‘zining lavozimi, unvoni, ism-sharifini aytishi, so‘ngra fuqaroning kelishdan maqsadini diqqat va sabr-toqat bilan eshitishi kerak. Shu bilan birga, fuqarolarning barcha savollariga, murojaatlariga hushmuomalalik bilan javob berishi, yotig‘i bilan tushuntirishi, ularga iloji boricha yordamlashishi, iloji bo‘lmaganda maslahatlar berishi zarur.

Fuqarolar bilan muomala qilish chog‘ida dimog‘dorlik, dalg‘az tanbeh, ko‘pollik qilish; kinoyali, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi piching va qochiriq so‘zlarni ishlatishi; asoslanmagan ayblar qo‘yishi; tahdid soluvchi hamda fuqarolarning qadr-qimmati va shaxsini tahqirlovchi boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishi qat’iyan taqiqlanadi.

Xodim fuqarolarni qabul qilayotganda doimo hushyor, o‘zini og‘ir, vazmin tutib, har qanday kutilmagan harakatga qarshi tayyor turishi lozim. Ariza yoki shikoyatlarni puxta ko‘zdan kechirib, shaxslarga hurmatsiz munosabatda bo‘lmasligi va nojo‘ya xatti-harakatlar qilmasligi, burchini yodda saqlagan holda fuqarolardan turli ko‘rinishdagi hadya va sovg‘alarni olmasligi yoki ish bitirish evaziga ularga shaxsiy xizmatlarni aytmasligi lozim.

Yana quyidagi qoidalarga rioya etish zarur: - fuqarolar murojaat etilgan masala bo‘yicha zarur qaror qabul qilish

vakolatiga ega bo‘lgan xodim, boshliq tomonidan qabul qilinishi kerak; - fuqarolarni qabul qilish uchun maxsus xona ajratilishi, xona toza,

ozoda, yorug‘, tinch va qulay bo‘lishi, kerakli ko‘rgazmali ma’lumotlar xamda yuksak estetik did bilan jixozlangan bo‘lishi zarur;

Page 69: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

69

- fuqarolarni qabul qilish vaqti va tartibi aniq belgilangan bo‘lishi, bunda xodim doimo maxsus kiyimda (formada) o‘zini kamtarona tutishi, doimo yordam berishga tayyorligi va ularning ishonchini oqlay olishi sezilib turishi, fuqaroda xodimga nisbatan ishonch hosil bo‘lishi kerak;

- xodim o‘z qabuliga kelgan fuqaroni o‘rnidan turib, unga peshvoz chiqib kutib olishi, salomlashishi, o‘tirish uchun taklif qilishi va hol-ahvol so‘rashi, fuqaroning ismi-sharifini, ish joyini, uy manzilini, telefon raqami-ni so‘rashi va bu ma’lumotlarni tegishli daftarga yoki hisob varaqasiga qayd etishi, tashrifdan ko‘zlagan maqsadini so‘rashi kerak;

- suhbat chog‘ida fuqaroning gaplarini diqqat bilan tinglash, gapini bo‘lmasdan eshitish, gapi tugaganidan so‘ng, unga noaniq yoki tushunil-may qolgan narsalar to‘g‘risida savol berish kerak. Savol-javob jinoyatchi-ni yoki guvohni so‘roq qilish tarzida bo‘lmasligi kerak. Suhbat samimiy, erkin tarzda olib borilishi lozim. Suhbat chog‘ida boshqa odamlar bilan, shu jumladan, telefon orqali so‘zlashmagan ma’qul;

- tashrif buyurgan fuqaroning barcha savollariga, shikoyatlariga to‘liq javob berish, javobning tushunarli bo‘lganligiga ishonch hosil qilish kerak. Fuqaro javobdan qoniqqan bo‘lsa, unga minnatdorchilik bildirish, qoniq-magan bo‘lsa yuqori tashkilotlarga murojaat qilish tartibini yotig‘i bilan, shoshmasdan, xushmuomalalik bilan tushuntirish zarur. Suhbat tugagani-dan so‘ng fuqaroga sihat-salomatlik tilab, xayrlashish va albatta kuzatib qo‘yish lozim;

- fuqaroalarning murojaatiga aloqador mansabdor shaxslar suhbat chog‘ida ishtirok etayotgan bo‘lsalar, ularning barchasini fuqaroga tanish-tirish kerak. Bordiyu suhbatdosh faqat boshliqning o‘zi bilan gaplashish istagini bildirsa, bunga xam imkon berish lozim;

- fuqaro bilan suhbat chog‘ida ularga berilayotgan javob aniq va ishonarli bo‘lishi uchun javobni tegishli qonunlardan va boshqa normativ hujjatlardan parchalar o‘qib berish orqali asoslash maqsadga muvofiqdir;

- suhbat davomida ko‘rilayotgan masala ichki ishlar idorasi boshli-g‘ining vakolatiga kirmasa, fuqaroga bu haqida yotig‘i bilan gapirib, kimga murojaat qilishi zarurligi tushuntirib beriladi.

- suhbat davomida ko‘rilayotgan masalani hal qilish uchun qo‘shim-cha ma’lumotlar, hujjatlarni ko‘rish yoki muayyan tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish zarur bo‘lsa, bu haqda suhbatdoshga ma’lum qilinadi va masala hal etilishi lozim bo‘lgan aniq vaqt belgilanadi;

- qabulga kelgan fuqaroning ma’lumoti jinoyatni ochishga yoki ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lsa, unga albatta tashakkur aytish kerak;

Page 70: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

70

- qabulga mast holda kelgan fuqarolar bilan odatda suhbat o‘tkazil-maydi. Bordi-yu ular jinoyat yoki boshqa ko‘ngilsiz voqealarning sodir etilayotganligi yoki bunga harakat bo‘layotganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lsalar, uning so‘zlarini tinglash va tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish zarur;

- qabulga yozilgan barcha fuqarolar qabul qilinishi shart; - qabul vaqtida tushgan takliflar, arizalar, shikoyatlar bilan bog‘liq

masalalarni tezlikda hal qilishning imkoni bo‘lmasa, ularni umumiy tartib-da hal qilib, fuqarolarga uning bajarilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’lumot berish kerak;

- fuqarolarni qabul qilish ichki ishlar idoralarining har bir xodimi uchun uning kasbiy, axloqiy va siyosiy yetukligi sinaladigan katta imtihon ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur.

Xodimlarning kasbiy faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va bunda muomala madaniyati muhim o‘rin tutadi. Xodim fuqarolarni qabul qilganda turli toifadagi shaxslar bilan uchrashish, ular bilan muloqotga kirishish zaruratini keltirib chiqaradi va xodimdan muomala madaniyatini talab qiladi. Bu esa xodimlardan muloqotning psixologik qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishni taqozo etadi.

Xulosa o‘rinda shuni takidlash mumkinki, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari fuqarolarni qabul qilganda chuqur bilim va quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: notanish shaxslar bilan tezda muloqotga kirishish, ularga ma’qul bo‘lish; boshqa shaxslarning gapini eshita olish qobiliyatiga ega bo‘lish; odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish; muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni bartaraf etish va hokazo.

4-§. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

bilan muloqotga kirishishning psixologik jihatlari Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi

xorijiy mamlakatlar fuqarolari bilan faqat o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida munosabatga kirishishi va xizmat vazifasini, burchini bajarishda ona Vatanimizning posboni ekanligini unutmasligi kerak.

Xorijiy mamlakat fuqarolari savol bilan yoki yordam so‘rab murojaat qilganda, ularning so‘zlarini diqqat bilan eshitish, ularga o‘z vakolatlari doirasida yordam berish, boshqa hollarda tegishli muassasalarga murojaat qilishni tavsiya etish lozim.

U arzimagan, kam ahamiyatli tartibbuzarliklar sodir qilgan bo‘lsa, ularni bu haqda ogoxdantirish va ularni boshqa takrorlamaslikka chaqirish kerak.

Page 71: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

71

Xodim shuni unutmasligi kerakki, diplomatik yoki konsullik hujjat-lariga ega bo‘lgan xorijiy mamlakat fuqarolarini ushlab turish taqiqlanadi. Xorijiy mamlakat fuqarolari sodir etilgan biron-bir jinoyat haqida xabar bersalar, bu haqda tezlikda ichki ishlar idoralari boshlig‘iga ma’lumot berish va ularning arizalarini qabul qilib olish uchun ichki ishlar idoralari-ga shaxsan boshlab borish yoki u yerga borish yo‘lini tushuntirib berish zarur.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-lari xorijiy mamlakat fuqarolarining pasportlari qayd etilgan yoki etilma-ganligini tekshirib ko‘rish maqsadi olib qo‘yish ruxsat etilmaydi. Chet el fuqarolari xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatiga murojaat qilganlarida xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylash-tirish xizmati boshlig‘i yoki uning muovini ularni biron-bir xodimi yoki xolis fuqaro ishtirokida qabul qilishi kerak.

Xodim ajnabiy fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganda o‘zining yuksak fazilatlarini namoyon qilishi, xorijlik fuqarolar uning sulukatiga qarab, ona Vatanimiz – mustaqil O‘zbekiston xalqi to‘g‘risida fikr yuritishini zinhor unutmasligi lozim.

Mavzu yuzasidan savollari va topshiriqlar

1. Kasbiy muomala ichki ishlar organlari faoliyatida qanday ahamiyatga ega? 2. Muloqotning qanday turlari mavjud? 3. Muloqotning psixologik vazifalari nimalardan iborat? 4. Verbal muloqotning ko‘rinishlarini tushuntirib bering. 5. Noverbal muloqotning qanday ko‘rinishlarini bilasiz? 6. Mimika va pantomimika nima? 7. Muloqot jarayonida qanday psixologik to‘siqlar vujudga kelishi mumkin? 8. Psixologik aloqa o‘rnatish qanday bosqichlardan iborat?

Page 72: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

72

6-mavzu PROFAYLING METODINING XORIJGA CHIQISH,

KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI

1-§. Profayling metodi tushunchasi va mohiyati

Psixologiya fani ijtimoiy fanlar tizimida nisbatan navqiron, lekin juda

tez rivojlanib borayotgan istiqbolli fanlardan. Bu fanning rivojlanishiga avvalo ijtimoiy hayot va amaliyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari, ya’ni jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarning sotsial-psixologik jihatdan o‘rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo‘lmoqda. Profayling metodi hozirgi kunda psixologiya sohasining yangi rivojlanib kelayotgan qiziqarli hamda amaliy ahamiyatga ega tarmog‘idan biridir. U muammo sifatida nafaqat ijtimoiy psixologiya, balki, falsafa, pedagogika, mantiq, huquqiy va etika fanlari tizimida ham o‘rganiladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida munosabatlar tizimi etnopsixologik xususiyatlarga bog‘liq holda shakllanib boradi. O‘zbek xalqining tarixiy shakllangan an’analari, muayyan urf-odatlari, udumlari, shaxslararo munosabati, muloqot maromi va fikrlash xususiyati boshqa xalqlarnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Shu bois soha xodimlari profayling xizmatini o‘z faoliyatiga tatbiq etishda o‘zbek xalqining milliy xarakteri, fazilatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishi lozim. Milliy xarakter o‘z ichiga irodaviy sifatlarni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o‘zini tuta bilish, bardoshlilik, qat’iylik, matonatlilik) va axloqiy xislatlarni (madaniyatlilik, xushmuomalalik, poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniylik, insonparvarlik va boshqalar) qamrab oladi.

Profayling metodining psixologik qonuniyatlari va mexanizmlari xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Bu metod yordamida psixologiya qonu-niyatlariga tayangan holda shaxslararo munosabatga kirishiladi. Profayling jarayonida xodimning bilish sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar mantiqiy fikrlashga, holatni o‘tmish-dagi vaziyat bilan bog‘lashga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash malakasi, obyekti va sharoitini mukammal tarzda idrok etishga yordam beradi.

«Profayling» ingilizcha «profile» so‘zidan olingan bo‘lib, profil, qiyofa ma’nosini anglatadi. Profayling – bu shaxsning noverbal xatti-harakatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini baholash orqali uning harakatlari-ni haqqoniy baholash, bashorat qilish metodikasi hisoblanadi.

Page 73: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

73

Agar profayling metodini fuqarolar bilan suhbatlashish, ularning ruhiy holatini kuzatish sifatida ta’riflasak, bu metod ikki bir-birini to‘ldiruvchi metoddan, ya’ni ruhiy kuzatish metodi va so‘rov (suhbat) metodidan tashkil topishini ko‘ramiz. Ya’ni u shaxs psixodiagnostikasining bir turi hisoblanadi. Bu usul xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlarida katta ahamiyat kasb etadi.

Profayling yoki profayl metodi shaxslarni psixologik baholash, kuzatish, ularning xulqidagi o‘zgarishlarni tashqi ifoda va xatti-harakatlar asosida tahlil qilish kabi bir necha psixologik usullardan foydalangan holda oldindan bashorat qilish imkonini beradigan shaxs profilini yaratish usulidir.

Hozirgi kunda shaxslar profilini yaratish asosida ko‘plab zo‘ravonlik, ko‘p takrorlanadigan qotillik jinoyatlarini ochishda keng foydalaniladi. Psixolog olimlar P. Ekman, V. Frizen, M. Sukerman va B.De Paulolar profayl metodining asoschilari hisoblanadi.

Shuningdek, profayling usulini xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida joriy etilishi kasbiy kuzatuv-chanlik, ariza, taklif va shikoyatlarni tahlil qilish, fuqarolarning xulq-atvori, shubha uyg‘otuvchi shaxslarni aniqlash, xizmat vaqtida fuqarolar bilan yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda samarali hisoblanadi.

Profayling bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni odatda profaylerlar deb yuritiladi. Profaylerning o‘rganish obyekti sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:

– mimika; – jestlar; – xatti-harakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari; – nutqning psixolingvistik qonuniyatlari; – verbal muloqotning paralingvistik alomatlari va boshqalar. Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrog‘i, belgilar tizimi orqali

beriladi. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi mavjud bo‘lib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydalanila-digan vositalarni tasniflash mumkin.

Profayling konsepsiyasi aynan insonlarning profil ko‘rinishi va ular xulq-atvorining tuzilishiga qaratilgan va uni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqot sohasidir. Profayling metodining metodologik asosi bo‘lib, aynan insonlarning noodatiy harakatlari, tashqi ko‘rinishidagi ba’zi belgilari, o‘zlarini tutishlari, gapirish ohangi, sur’ati va boshqa xabar beruvchi a’zo-larining o‘ziga xos xislatlari hisoblanadi. Masalan, biror-bir qo‘poruvchilik

Page 74: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

74

harakatlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan terrorchi shaxsni aniqlashda pro-fayling metodi orqali terrorchining yuz profili, umumiy va xususiy harakatlari, hujjatlari, olib o‘tayotgan buyumlarini o‘rganish hamda tahlil qilish yordamida uni xavfli yoki xavf tug‘dirmaydigan inson sifatida baholash mumkin.

Profayling iborasi ilk bor 1980 yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida qo‘llanila boshlagan. Ushbu sohada birinchilar qatori ish olib borgan muta-xassislar Djon Duglas va Robert Resslerlar boshchiligida 1984 yili Federal qidiruv byurosi (FBI) Akademiyasi qoshida tajovuzkorlik jinoyatlarini o‘rganish markazi tashkil etilgan. Ushbu markazda asosan o‘rta va og‘ir jinoyatlarni tahlil qilish, ularni o‘rganish, jinoyatchilarni psixologik portre-tini yaratish bo‘yicha ilk izlanishlar olib borilgan. Profaylerlarning xizmat-lari yordamida bir qancha og‘ir hamda vahshiyona qotilliklar fosh etilgan. Unda asosan jinoyatchining xulq-atvorini o‘rganish, psixologik portretini yaratish, o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini tahlil qilish, jinoyat sodir etish motivlarini o‘rganish hamda kelgusidagi harakatlarini bashorat qilish orqali bu yutuqlarga erishdilar.

Profayling yo‘nalishi bu insonlarning tashqi qiyofasiga, xulq-atvoriga qarab tahliliy bashorat qilishning kompleks metodidir. Bu metod XX asrning 70-yillarida Isroil aviakompaniyalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida havo transporti polisiyasi tomonidan tavsiya etilgan usul bo‘lib, bugungi kunda ham keng tarqalgan. Xususan Yevropaning bir qancha davlatlarida ushbu metod keng qo‘llanilmoqda.

Sobiq ittifoqning maxsus xizmat xodimlari tomonidan ham profayling metodiga murojaat etish hollari kuzatilgan. Unda asosan, xodimlarning tayyorgarlik masalalariga ijodiy yondashishga erishilgan. Eng asosiy talab sifatida odamlar orasida yurganda ajralib qolmaslik, begona joyga tez moslashib keta olish, hududning o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarini tahlil qilish, o‘zidagi aqliy hamda hissiy fazilatlarining joyning xususiyati-dan kelib chiqqan holda moslashtirish o‘rgatilgan.

Bugungi kunda profayling xizmatidan bir qancha yirik davlatlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida keng foydalaniladi.

Aytish kerakki, profayling metodi O‘zbekistonda endi o‘rganila-yotgan, tadqiq qilinayotgan tarmoq hisoblanadi. Binobarin ichki ishlar tizi-mida gumon qilinuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va boshqa toifadagi shaxslar bilan so‘roq olib borishda – tergovchi uchun, shubha uyg‘otuvchi shaxs-larni aniqlash, xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatishda profilaktika inspektorlari, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati va patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmati xodimlari, jinoyat sodir etilgan joyni tahlil qilishda ekspert kriminalistlar,

Page 75: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

75

shubhali haydovchilarni aniqlashda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari, mahkumlarni qayta tarbiyalash, ularga psixologik ta’sir o‘tka-zishda jazoni ijro etish muassasalari va boshqa xizmat xodimlari uchun profayling metodi juda ham zarurdir.

2-§. Ichki ishlar tizimida profayling

xizmatining joriy etilishi va ahamiyati Profayling metodi yuqorida ta’kidlaganimizdek, juda navqiron va

zamonga qarab doimo moslashib, rivojlanib boradigan amaliy usullardan biri hisoblanadi. Ushbu metodning amaliy ustunligi shundaki, bunda, avvalo yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bevosita psixologik tayyorgarlik bosqichida insonning noverbal muloqot vositalari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi zarur. Har qanday muloqot doimo obyekt bilan subyektning bir-birga moslashish jarayonini qamrab oladi.

Inson xulqi va uning xatti-harakatlarini oldindan bashorat etish uchun alohida qobiliyatga ega bo‘lish yoki ko‘plab kitoblar o‘qish shart emas, buning uchun inson, uning xatti-harakatlarini o‘rganishga qiziqish bo‘lsa bo‘ldi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida profayling usulidan foydalanishni o‘rganishdan asosiy maqsad – diniy oqimga mansub bo‘lgan shaxslarni, huquqbuzarlarni, sudlangan shaxslarni aniqlash, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini verbal va noverbal muloqot vositalaridan foydalangan holda aniqlash va shunga qarab psixo-logik ta’sir etish mexanizmini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi bilim va malakalarni egallash vazifasi belgi-lanadi:

vizual (ko‘rish va kuzatish asosida) psixologik tashxis yordamida shaxslarning xatti-harakatlarini baholash texnologiyasi;

shubhali shaxslarga ruhiy ta’sir eta olish tajribasi; qaltis, kutilmagan vaziyatlarda hissiy xususiyatlarini boshqarish; xavfsizlikni ta’minlashlarida fuqarolarga ruhiy ta’sir o‘tkazish bora-

sidagi tajribalarni takomillashtirish; jamiyatga zid qarashlari mavjud hamda huquqbuzarlik sodir etishga

moyil bo‘lgan shaxslarni og‘zaki (so‘zda ifodalangan) surati (portreti) va xulqidagi alohida belgilari asosida tanib olish;

uzoq muddatga xorijga chiqib kelgan fuqarolar bilan muloqot jara-yonida ularni o‘rganish va ular haqida atroflicha to‘liq zamonaviy psixolo-gik bilimlarga ega bo‘lish;

Page 76: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

76

sohaviy xizmat xodimlari bilan xamkorlikdagi faoliyatida shubha uyg‘otuvchi shaxslarning xatti-harakatlarini o‘rganish;

jamiyatga zid hamda huquqbuzarlik harakatlarini sodir etishga moyil shaxslarning xatti-harakatlarini nazorat qilish;

xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida operativ ahamiyatga ega ma’lumotlarni olish va ulardan samarali foydalanish borasida malaka va tajribalarni shakllantirish.

Buning uchun esa soha xodimlari quyidagi yo‘nalishdagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

etnopsixologiya; klinik psixologiya; jamiyat uchun xavfli, jinoiy harakatlarga moyil shaxslarga xos ruhiy

omillarga oid bilimlar; fuqarolar xavfsizligini ta’minlash faoliyati uchun ahamiyatga molik

kasbiy muloqotning psixologik qonuniyatlari va mexanizmlari; shaxslarning ruhiy xususiyatlari bilan uning tashqi namoyon bo‘luv-

chi (imo-ishora, jest, tana harakatlari, nutq (verbal va noverbal vositalari) jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olish;

kuch va imkoniyatlarni to‘g‘ri taqsimlash maqsadida, hissiy zo‘ri-qishlarni yengish va ularni boshqarish usullarini egallash;

fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish, ularni vizual baholash va ruhiy ta’sir o‘tkazish, kutilmagan xavf va qaltis vaziyatlarda o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida profay-ling metodining asosiy maqsadi fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda shub-ha uyg‘otuvchi shaxslarning xatti-harakatlarida mavjud nomuvofiqlikning paydo bo‘lishini bilishdan iboratdir. Bunga shaxsning muayyan obyektda qonunga zid xatti-harakatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishi va uni amal-ga oshirishga aloqadorligi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Profayling metodi quyidagi xususiyatlarga ega: 1) shubhali shaxslarning xatti-harakatini kuzatish, ularga savollar

berish, ekspress psixodiagnostika qilish, ularning xatti-harakatlaridagi nor-madan og‘ishlarni qayd etish hamda ularni o‘rganishga qaratilgan boshqa harakatlar kiritiladi;

2) profaylingning mantiqiy sxemasida g‘ayriqonuniy aralashish hara-katlarini tayyorlash chog‘ida xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shaxslar-ning harakatlari modelini tuzish; bunday harakatlarni tayyorlash belgilarini

Page 77: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

77

aniqlash; xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tiplar (profillar) – bunday hara-katlarning ehtimol tutilgan ijrochilari tasnifini yaratish; kuzatuv hududida-gi har bir shaxsning maqomini rejalashtirilayotgan g‘ayriqonuniy arala-shuv harakatiga aloqador bo‘lish mumkinligi nuqtai nazaridan aniqlash; har bir shaxsni muayyan tipga (yoki profilga) kiritish, ya’ni profillash;

3) profayling metodini amalga oshirish uchun vizual psixodiagnostika, diagnostik ekspress-suhbat, neyrolingvistik dasturlash metodlari, tergov faoliyati sohasida ko‘p yillik tajribani egallagan yuqori darajadagi tayyor-garlikka ega mutaxassislar jalb etiladi.

Agar profayling sohasida xorij tajribasini o‘rganadigan bo‘lsak, uni bevosita kriminal profayling (asosan Yevropa va AQSHda keng tatbiq etilgan) hamda transportdagi profayling (asosan Isroil va Rossiyada keng tatbiq etilgan)ga ajratish mumkin.

Kriminil profayling odatda, jinoiy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxs-larning xulq-atvorini o‘rganishga qaratilgan yo‘nalishdir. Uning metodo-logik asosi psixologiyaning «bixevioristik» nazariyasiga (inson xulq-atvorini o‘ranish) tayanadi. Unda inson harakatlarini yuzaga keltiruvchi motivlar bevosita tahlil qilinadi. Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari politsiya tizimida faoliyat olib borayotgan psixolog-mutaxassislar aksariyat hollarda qotillik jinoyatlarini fosh etishda tajribali xodimlarga amaliy ko‘mak berib boradilar. Ular kriminal profay-ling usuli orqali shaxs xulqidagi noodatiy harakatlarni qay uslubda amalga oshirgani, hudud geografik joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlarini, voqea joyida jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan qanday izlar qolganini psixologik tahlil qiladilar. Shu bilan birga, jabrlanuvchining turmush tarzi, hayoti davomida erishgan yutuq va muvaffaqiyatsizliklari, shaxslararo munosabatlari, faoliyatining yo‘nalishi hamda undan qoniqish hissi, ruhiy sog‘lomligi, nizoli vaziyatlarda o‘zini tutib turishi, o‘ziga xos psixologik fazilatlari, hayotga qarashlari va intilishlari, oiladagi va yaqinlari, do‘stlari, dushmanlari orasidagi o‘zaro munosabatlari, jamiyatda qabul qilingan nor-ma va me’yorlarga bo‘lgan munosabati va shaxs haqidagi boshqa axborot manbalarini chuqur psixologik tahlil qilib, jinoyatni fosh etishga ko‘mak beradigan izlanishlar olib boradilar. Natijada, yakuniy xulosalarga tayan-gan holda jinoyatchi shaxsning psixologik portretini yaratishga harakat qiladilar.

Masalan, terrorchi psixologiyasini bilish terrorchilik faoliyatiga aloqa-dor shaxslarni noverbal diagnostika qilish uchun asos bo‘la olmasligini bildirmaydi: birinchidan, amaliyotda terrorchilik harakatlarini, mantiqan, «bir martalik, sarflanadigan material»ga tenglashtiriladigan ijrochilar

Page 78: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

78

amalga oshiradilar. Bunday ijrochilarni tanlashda ko‘pincha keyinchalik ruhiy ishlov beriladigan oddiy yollashdan foydalaniladi; ikkinchidan, ter-rorchi, garchi, kuchli motivlashtirilgan bo‘lsa-da, oddiy o‘lim keltiruvchi mashina emas, balki o‘ziga xos hissiy tirik insondir. Fosh bo‘lishdan qo‘rqish ham, rejalashtirilgan harakati natijasini tasavvur qilishdan tuyadi-gan shodlik ham uni terrorchilik harakatini sodir etishga tayyorlanayotgan chog‘idagi hissiy holati bildirib qo‘yishi, bu bilan esa psixologik zo‘riqish holatidagi odamni noverbal diagnostika qilish uchun «noverbal kalit» berishi mumkin.

Profilaktik faoliyatda profayling xizmatining joriy etilishi huquq-buzarliklarning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, profilak-tiq chora-tadbirlarni amalga oshirish, terrorizmga qarshi kurashish holatini ijobiy tomonga o‘zgarishiga sezilarli hissa qo‘shishi mumkin. Bu yo‘nalish-da turli xil amaliy tadbirlar qanchalik ko‘proq tashkil etilsa, nazariy yonda-shuv va ularning amaliy qo‘llash yo‘nalishlari keng qamrab olinsa, trans-portdagi umumiy xavfsizlik darajasi o‘sishining ta’minlanishiga erishiladi.

Transportdagi profayling – asosan Isroil davlatida juda yaxshi rivoj-langan bo‘lib, 1965 – 1990 yillar orasida Isroil davlatida aeroportlarning xavfsizligiga katta e’tibor qaratildi. Bunga bir necha terrorchilik xurujlari-ning sodir etilgani, samolyotlarni o‘g‘irlash, yo‘lovchilarni garovga olish va boshqa shu kabi salbiy holatlarning yuzaga kelgani asosiy sabab bo‘ldi. Masalan, 1968 yilda Isroil havo kuchlariga tegishli “Boing” samolyoti Jazoirga o‘g‘irlab ketilgan, 1972 yili yapon terrorchilik guruhi a’zosi Kazo Okamota Ben-Gurion aeroportida yo‘lovchi va xizmatchilarni avtomatdan o‘qqa tutgan, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. 1985 yili Rim va Vena shahar-larida Isroil samolyotlariga bir vaqtda terrorchilik hujumlari amalga oshi-rilgan. Hozirgi kunga kelib Isroil davlati transport xavfsizligi bo‘yicha dunyo miqyosida yetakchilik qilib kelmoqda. Agar mamlakatning trans-portdagi profayling tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, u murakkab, ammo ancha tizimli ekanligining guvohi bo‘lamiz.

Xo‘sh, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari xodimlari faoliyati mobaynida profayling usulidan qanday foydalanishi mumkin?

Buning uchun, avvalo, ushbu sohaga aloqador bo‘lgan zarur amaliy psixologiyaga taalluqli bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Insonlarning tashqi ko‘rinishi va xulq-atvori, kiyinishi, o‘zini tutishi, buyumlarining o‘ziga xosligi va boshqalarga e’tiborini qaratish lozim. Bu kasbiy kuzatuv orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, biror-bir huquqbuzarlikni amalga oshirmoq-chi bo‘lgan shaxs o‘zining psixologik holatini to‘liq nazorat qila olmaydi,

Page 79: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

79

uning organizmida, fiziologik va tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar yuzaga keladi, vaziyatga affektiv yondashuv, yolg‘on va nosamimiy harakatlar, asabiylashish kuzatiladi. Aniqroq aytganda, uning psixologik holati xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari bilan ro‘baro‘ kelganda nosamimiylik va namoyishkorona harakatlarni namoyon qiladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari fuqarolar xavfsizligini ta’minlashlarida uzoq muddatga xorijga chiqib kelgan fuqarolar bilan munosabat jarayonida ular orasidan shubha uyg‘o-tuvchi fuqarolarni aniqlashga qaratilgan psixologik kuzatuvlar asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, xodim shubha uyg‘otgan fuqaro bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri psixologik aloqaga kirishish yoki O‘zbekiston Respubli-kasida yashayotgan fuqarolarni milliy pasportlar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni esa guvohnomalar bilan rasmiylashtirish, MDH va chet el fuqa-rolarini vaqtincha va doimiy ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarishda odatda, ularning fe’l-atvorida o‘zgarishlar kuzatiladi (asabiylashish, zo‘ri-qish, qo‘rquv, bezovtalanish, hayajonlanish), bu yaqqol namoyon bo‘ladi-gan alomatdir.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari xodimlarining profayling metodini o‘rganishiga qo‘yiladigan talablar:

vizual psixologik diagnostika asosida shaxsni baholash texnologiya-sini egallash;

huquqbuzarlarning psixologik ta’siriga qarshi ta’sir choralarini qo‘llash texnikasini egallash;

favqulodda vaziyatlarda hissiy holatlarni boshqarish qobiliyatini shakllantira olish;

shubhali shaxsga qarshi ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatini shakl-lantirish;

xizmat faoliyatida turli toifadagi shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullari va texnikasiga ega bo‘lish;

xulq tipologiyasi va og‘zaki portret bo‘yicha huquqbuzar va qidi-ruvda bo‘lgan jinoyatchilarni aniqlash ko‘nikmasini hosil qilish;

uzoq muddatga xorijga chiqib kelgan fuqarolar bilan munosabat jarayonida ular orasidan shubhali shaxslarni ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lish.

Profayling metodi qo‘llaniladigan holatlar. Shaxslar orasidagi muloqotda berilayotgan ma’lumotning ishonchliligini baholash. Tadqiqot-larning ko‘rsatishicha, har bir shaxs so‘zlashish davomida olinayotgan

Page 80: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

80

ma’lumotga ishongisi keladi, lekin har kim ham, uni aldayotganlarida payqamaydi.

Muloqot olib borish. Muloqot – bu doimo o‘yin. Suhbatdoshning qiziquvchanligini va emotsional holatini baholash, uning o‘z aytganida turish, aniq ma’lumotlardan qachon foydalanish zarurligi to‘g‘risida aniq tushuncha beradi, bunday vaziyatdan foydalanib, aniq harakatni amalga oshirishni qo‘ldan chiqarish mumkin emas.

Odamlar to‘planadigan joylarda (chegara hududlarida) niyatning o‘zgarishini aniqlash. Agar odamlar to‘plangan joylarda janjal chiqqanida, qo‘rqmasdan urushga kirgan xodim yaxshi xodim hisoblanmaydi. Malakali xodim olomon orasidan niyati buzuqlarni aniqlab, mojaroning asosiy manbaini bartaraf etishni bilishi lozim.

Jinoyatchining psixologik profilini tuzish. Bu usul barcha profayling yo‘nalishining bosh mezoni hisoblanadi. Uning vazifasi, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari tomonidan shubhali shaxslarning profili to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lish hisoblanadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari fuqarolar bilan munosabatga kirishadi va noverbal kuzatish orqali idrok etib boradi.

Kirish qoidalari. Insonlar odatda bir narsa haqida gapirib, butunlay boshqa narsa haqida o‘ylaydilar, shu bois ularning haqiqiy holatini tushu-nish juda muhim.

Axborotning atigi 7 foiz so‘zlar (verbal ravishda), 30 foiz ovoz ohangi (tovush kuchi, intonatsiya) va 60 foiz dan ortig‘i boshqa noverbal kanallar (qarashlar, imo-ishoralar, mimika, jest va boshqalar) orqali beriladi.

Suhbatlashayotgan shaxsni to‘g‘ri tushunish uchun u aytayotgan fikrni so‘zlar, nutq, pantomimika va muloqot «kuzatuvchilari» bilan chambar-chas bog‘liq ravishda baholash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Insonlar o‘z qalbidagi his-tuyg‘ularini odatda konvensial tarzda (muayyan muloqot muhitida standart sifatida qabul qilingan usul orqali) yoki dabdurustdan (beixtiyor) ifodalaydilar.

Suhbatdosh berilayotgan xabarga o‘z munosabatini bildirib qo‘ymas-likka intilayotganida hammasi oddiy konvensial noverbal belgilar bilan cheklanishi mumkin. Bu belgilar ba’zan haqiqiy, ammo ko‘pincha, chal-g‘ituvchi bo‘ladi.

Suhbat davomida aksariyat hollarda odamlar o‘z so‘zlarini chamalay-dilar va mimikalarini nazorat qiladilar, biroq inson bir vaqtning o‘zida ichida tug‘ilayotgan barcha reaksiyalarning ko‘pi bilan 2–3 tasini nazorat qila oladi, xolos. Bunday «axborotning chiqib ketishi» tufayli tegishli

Page 81: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

81

bilim va tajriba yordamida shaxsning yashirishni xohlagan his-tuyg‘ulari va intilishlarini aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. Kishilarda beixtiyor yuzaga keladigan reaksiyalar nihoyatda individual bo‘lib, suhbatdoshni juda yaxshi bilgan taqdirdagina uqib olish mumkin. Bu jihatni tushunmas-lik boshqa birovni bilishda muqarrar o‘zini o‘zi aldashga olib kelishi mumkin.

Shaxsning haqiqiy holati, his-tuyg‘ulari va intilishlari baholanganda nafaqat tug‘ma farqlar, balki an’analar, tarbiya, muhit va umumiy hayotiy madaniyatning ta’siri ham inobatga olinadi.

Erkaklarning his-tuyg‘ulariga qaraganda ayollarniki aniqroq namoyon bo‘lgani bois, ularni aniqlash osonroq kechadi, ammo har doim ham emas. Biror insonning qalbida yuzaga kelayotgan kechinmalar uning qiyofasida va harakatlarida muayyan tarzda ko‘rinadi. Shu bois, xodim bunday jihatlarga alohida, ya’ni malakali tarzda yondashishi maqsadga muvofiq.

Yuz mimikasi (ifodasi). Inson his qilayotgan tuyg‘ular ta’sirida yuzda-gi turli qismlarning muvofiqlashgan qisqarish va bo‘shashishlari paydo bo‘ladi. Ular inson boshdan kechirayotgan hissiyotlarni juda yaxshi aks ettiruvchi yuz ifodalarini belgilab beradi. Yuz mushaklarining holatini bosh-qarishni o‘rganish qiyin bo‘lmaganligi sababli, hissiyotlarning yuzdagi ifodasini ko‘p hollarda niqoblashga va hatto o‘xshatishga harakat qiladilar.

Inson his-tuyg‘ularining samimiy ekanligini uning yuz ifodasidagi sim-metriyasidan bilib olish mumkin, ayni vaqtda soxtalik qancha kuchli bo‘lsa, mimikalarida yuzning o‘ng va chap qismlarida shuncha ko‘p farq qiladi.

Hatto oson anglashiladigan mimika ham ba’zan juda qisqa vaqt (soniyaning ulushi mobaynida) davom etadi va ko‘pincha sezilmay qoladi; uni ilg‘ay olish uchun ancha katta tajriba yoki maxsus mashqlar kerak bo‘ladi. Bunda ijobiy hissiyotlar (shodlik, huzurlanish) salbiy hissiyotlar (g‘am, uyat, nafrat kabilar)ga qaraganda osonroq bilib olinadi.

Inson lablari hissiy jihatdan ayniqsa ifodali bo‘lib, ularni uqib olish aslo qiyin emas (masalan, og‘iz mimikasining kuchliligi yoki lablarni tishlash xavotirdan dalolat beradi, bir tomonga qiyshaygan og‘iz esa ishonmaslik yoki birovning ustidan kulishni bildiradi).

Yuzdagi tabassum odatda do‘stona munosabatni yoki ma’qullashga ehtiyojni bildiradi. Erkaklar uchun tabassum – u har qanday vaziyatda ham o‘zini boshqarib turganligini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat. Ayol kishining tabassumi ancha haqqoniy bo‘lib, ko‘pincha uning haqiqiy kayfiyatiga mos keladi. Tabassumlar hamma joyda turli motivlarni aks ettirgani bois, ularni standart tarzda talqin etishga ortiqcha ishonmagan ma’qul:

Page 82: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

82

– haddan tashqari ko‘p jilmayish – ma’qullanish ehtiyojidan darak beradi;

– qiyshiq tabassum – nazorat qilinayotgan asabiylik belgisi; – qoshlar ko‘tarilgan holatdagi tabassum – bo‘ysunishga tayyorlik; – qoshlar tushirilgan holatdagi tabassum – ustunlikni ko‘rsatadi; – pastki qovoqlar ko‘tarilmagan holatdagi tabassum – nosamimiylik; – ko‘zlarni katta-katta ochib qilingan tabassum – tahdid. His etilayotgan tuyg‘ulardan darak beruvchi yuzdagi tipik ifodalar

quyidagicha: shodlik – lablar qiyshaygan va burchaklari orqaga tortilgan, ko‘zlar

atrofida mayda ajinlar hosil bo‘lgan; qiziqish – qoshlar biroz ko‘tarilgan yoki tushirilgan, ayni vaqtda ko‘z

qovoqlari biroz kengaygan yoki toraygan; baxt – lablarning tashqi burchaklari biroz ko‘tarilgan va odatda orqaga

tortilgan, bunda ko‘zlar xotirjam; nafrat – qosh biroz ko‘tarilgan, yuz cho‘zilgan, bosh ko‘tarilgan,

go‘yoki inson kimgadir yuqoridan qarayapti; go‘yo suhbatdoshidan nari ketyapti;

qo‘rquv – qoshlar biroz ko‘tarilgan, ammo to‘g‘ri shaklga ega, ular-ning ichki burchaklari surilgan va peshona orqali yotiq ajinlar o‘tgan, ko‘zlar kengaygan, pastki qovoqlar taranglashgan, yuqoridagilari esa biroz ko‘tarilgan, og‘iz ochiq turishi mumkin, burchaklari esa orqaga tortilgan bo‘lib, lablarni tishlar ustidan tortadi va to‘g‘rilaydi (aynan oxirgi alomat his-tuyg‘ularning jadalligidan dalolat beradi); agar qoshlarning yuqorida keltirilgan holatigina mavjud bo‘lsa, bu – nazorat qilinayotgan qo‘rquv;

g‘azab – peshona mushaklari ichkariga va pastga tortilgan bo‘lib, ko‘zlarning tahdid soluvchi yoki xo‘mraygan ifodasini tashkil qiladi, burun kataklari kengaygan va devorlari ko‘tarilgan, lablar yo zich yopishgan, yo orqaga tortilib to‘g‘ri burchak shakliga kirgan va zich bir-lashgan tishlar ko‘rsatilgan, yuz ko‘pincha qizargan;

uyat – bosh osilgan, yuz burilgan (o‘girilgan), nigohlar olib qochilgan, ko‘zlar pastga qaragan yoki bir tomondan boshqa tomonga «yuguradi», ko‘z qovoqlari biroz yumilgan, ba’zan esa birlashgan; yuz ancha qizargan, puls (tomir urishi) tezlashgan, nafas olish notekis;

g‘am – qoshlar birlashgan, ko‘zlar xira, lablarning tashqi burchaklari ba’zan biroz osilgan.

Turli emotsiyalarda yuz ifodalarini bilish nafaqat boshqalarni tushu-nish, balki o‘z ish imitatsiyalarini (odatda ko‘zgu oldida) puxta o‘zlashti-rish uchun ham foydalidir.

Page 83: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

83

Nigoh va ko‘zlar. Insonning ko‘zlari uning ichki kechinmalaridan aniq dalolat beradi.

Odatda, insonlarni quyidagilar fosh etadi: – ko‘zlarning odatdagi ifodasida yuz bergan o‘zgarishlar – muayyan

hissiyotning yuzaga kelishi; – ko‘zlarning beixtiyor harakatlari (sezilarli «yugurik ko‘zlar») – xavotir, uyalish, aldash, qo‘rquv, nevrasteniya (nevroz guruhiga

kiruvchi psixologik buzilish); – yaltirovchi nigoh – jonsaraklik, qo‘zg‘alish; – qotib qolgan nigoh – nihoyatda ojizlik; – qorachiqlarning kengayishi – qiziqishni sezish hamda axborot,

muloqot, fotosurat, hamsuhbat, ovqat, musiqa va boshqa tashqi omillardan huzurlanish, nimanidir qabul qilish, ayni vaqtda kuchli azob; ba’zi dorilar va narkotiklar (marixuana, kokain) iste’mol qilish;

– qorachiqlarning torayishi – g‘ijinish, jahl chiqishi, nafrat va boshqa shu kabi salbiy emotsiyalarning chulg‘ab olishi, biror narsani qabul qil-maslik; muayyan narkotiklar (morfin, geroin) ta’siri;

– qorachiqlarning tartibsiz harakati – mastlik belgisi (bunday harakat-lar qancha ko‘p bo‘lsa, odam shuncha mast bo‘ladi);

– ko‘zning kuchli pirpirashi – qo‘zg‘alish, aldov. Insonlar har doim o‘zlari aniq zavq oladigan yoki yaqin munosabatda

bo‘lgan odamlarga qarashni afzal biladilar. Bunda ayollar erkaklarga qara-ganda ko‘proq noverbal qiziqish namoyish etadilar.

Muloqot jarayonida xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylash-tirish xizmati xodimi ko‘pincha o‘zi gapirayotganda emas, balki suhbat-doshini tinglayotganida uning ko‘ziga qarashi kerak. Ishontirishga urinish bo‘layotganida ba’zan so‘zlab turib suhbatdoshning ko‘zlariga tik qarash usuli ham qo‘llaniladi.

Siz bilan muloqot qilayotgan davrning 1/3 qismidan kamroq vaqt mobaynida ko‘zingizga qarayotgan subyekt yolg‘on so‘zlaydi yoki nima-nidir yashirishga urinadi. Ko‘zingizga yashirmay tik qarab turgan odam esa yo sizga qattiq qiziqadi (qorachiqlar kengaygan), yo oshkora dushmanlik namoyon etadi (qorachiqlar toraygan), yo ustunlik qilishga intiladi.

Ko‘z qarashlarining tasnifi: – hissiz nigoh – diqqat jamlangan o‘y; – nigohni atrofdagi narsalar va shiftga ko‘chirish – suhbatga qizi-

qishning yo‘qolishi, suhbatdosh monologining haddan tashqari uzunligi; – ko‘zlarga barqaror va sinchkov qarash (qorachiqlar toraygan) –

dushmanlik va ustunlikning yorqin ifodasi;

Page 84: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

84

– ko‘zlarga barqaror va sinchkov qarash (qorachiqlar kengaygan) – jinsiy qiziqish belgisi;

– nigohni olib qochish va pastga qarash – uyalish, aldash; – yondan qarash – ishonchsizlik; – ko‘zlar goh olib qochiladi, goh orqaga qaytariladi – rozilikning

yo‘qligi, ishonchsizlik. Holat va uning tafsilotlari. Inson tanasining turg‘un holati ham uning

ichki kayfiyatini namoyon qiladi. Bunda ko‘p takrorlanadigan holat shaxsning barqaror xususiyatlaridan dalolat beradi.

Hissiyotlar o‘zgarganida inson odatda gavdasiga qaraganda yuzini yaxshiroq nazorat qilgani bois, ko‘p hollarda individning haqiqiy xavo-tiridan mimika emas, balki gavda holati xabar beradi.

Tana holatlari insonning ruhiy holatiga quyidagicha bog‘liq bo‘lishi mumkin:

– qo‘llar orqada, bosh baland ko‘tarilgan, engak oldinga chiqqan – o‘ziga ishonch va boshqalardan ustunlik hissi;

– gavda oldinga chiqqan, ikki qo‘l belda – o‘z kuchiga ishonch va faol harakatlarga tayyorlik, tajovuzkorlik, so‘zlashganda jizzakilik, o‘z qarash-larini oxirigacha himoya qilishga intilish;

– qo‘llar bilan stolga tiralib turish – suhbatdosh bilan aloqaning noto‘liqligi hissi;

– qo‘llar tirsaklaridan bukilgan holda bosh orqasiga qo‘yilgan – boshqalardan ustunlikni anglash;

– qo‘llarning bosh barmoqlarini belbog‘ ortiga yoki cho‘ntaklarga qo‘yish – tajovuzkorlik va o‘ziga nisbatan namoyishkorona ishonch;

– qo‘llarning bosh barmoqlarini cho‘ntaklardan chiqarib turish – ustunlik belgisi;

– qo‘l-oyoqlarni chalishtirish – skeptik (ishonchsiz) himoya ustanovkasi; – chalishtirilmagan qo‘l-oyoqlar va tugmasi qadalmagan pidjak –

ishonch ustanovkasi; – boshni yonga egish – qiziqish uyg‘onishi; – boshni pastga bukish – salbiy munosabat; – boshni biroz orqaga tashlash – tajovuzkorlik belgisi; – stul chetida o‘tirish – ketishga yoki yuzaga kelgan vaziyatda hara-

katlanishga, yo jamlangan qo‘zg‘alishni bostirish yoxud o‘ziga e’tiborni tortish va suhbatga qo‘shilishga (istalgan paytda sakrab turishga) tayyorlik;

– qo‘llarni ko‘krak oldida, oyoqlarni bir-birining ustida chalishtirish – suhbatdan «chetlashish»;

– kresloda o‘tirgan holda oyoqni uning tirsak qo‘ygichiga tashlab olish – atrofdagilarni mensimaslik, suhbatga qiziqishning yo‘qolishi;

Page 85: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

85

– o‘tirgan odam oyoqlari (boldirlari)ning chalishtirilishi – ma’qul-lanmaydigan munosabatni tiyib turish, qo‘rquv yoki hayajon, o‘zini nazorat qilishga urinish, salbiy himoya holati;

– chiqish eshigi tomon yo‘naltirilgan oyoqlarning (o‘tirgan yoki tur-gan) holati – suhbatni aniq to‘xtatish va ketish istagi;

– holatni tez-tez o‘zgartirib turish, stulda qimirlab o‘tirish, behalovat-lik – ichki xavotir, zo‘riqish;

– o‘rindan turish – biror qarorga kelganlik, suhbat jonga tekkani, nimadir hayratlantirgani yoki lol qoldirgani haqidagi signal;

– qo‘l barmoqlarining chalishtirilishi – hafsalasi pir bo‘lish va salbiy munosabatni yashirishni istash (bunda qo‘llar qancha yuqori joylashgan bo‘lsa, salbiy holat shuncha kuchli bo‘ladi);

– qo‘l panjalari barmoqlar uchlari orqali birlashtirilgan, ammo kaftlar bir-biriga tegmaydi – ustunlik, o‘ziga va o‘z so‘zlariga nisbatan ishonch belgisi;

– tirsaklar stolga tayangan, panjalar esa og‘iz ro‘parasida joylashgan – haqiqiy niyatlarni yashirish, suhbatdosh bilan “mushuk-sichqon” o‘ynash;

– boshni kaft bilan ushlab turish – zerikish; – mushtga tugilgan barmoqlar lunj ostida joylashgan, ammo bosh

uchun tayanch emas – qiziqish belgisi; – bosh barmoq engakka tirgak bo‘lgan – qandaydir tanqidiy baho

belgisi; – o‘z krujkasini ikki qo‘llab ushlash – niqoblangan asabiylik; – sigareta tutunini yuqoriga chiqarish – yashirin yoki shubhali fikrlar

bilan salbiy kayfiyat. Imo-ishora va tana harakatlari. «Imo-ishora – tananing emas, balki

qalbning harakati». U insonning istagi va shu paytda nimani his qilayot-ganidan, kimdir uchun odatiy bo‘lgan imo-ishora esa uning xarakteriga xos jihatdan dalolat beradi.

Tashqaridan qaraganda bir xil ko‘ringan imo-ishoralar turli odamlarda mutlaqo o‘xshamaydigan ma’nolarni bildirishi mumkin, ammo uning bir xil jihatlari ham mavjud:

– faol imo-ishoralar – ijobiy his-tuyg‘ularning ko‘p uchraydigan tar-kibiy qismi bo‘lib, boshqalar inoqlik va qiziqishning ifodasi sifatida tushu-nadilar;

– haddan tashqari ko‘p imo-ishoralar – xavotir yoki o‘ziga nisbatan ishonchsizlik belgisi.

Individning fikr va emotsiyalarini aniqlashda faqat g‘ayriixtiyoriy imo-ishoralarni ta’kidlash lozim:

– ochiq kaftlarni namoyish qilish – ochiqlik ko‘rsatkichi;

Page 86: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

86

– mushtlarni tugish – ichki qo‘zg‘alish, tajovuzkorlik (barmoqlar qancha kuchli siqilsa, emotsiya shuncha kuchli bo‘ladi);

– gapirayotganda og‘izni qo‘l bilan (yoki qo‘ldagi qadah bilan) to‘sish – hayrat, aytilayotgan gapning to‘g‘riligiga aniq ishonmaslik, yolg‘on, ishonchli xabar, kasb odatiga ko‘ra lablarga qarab uqib olishlarining oldini olish;

– qo‘l bilan burunga tegish yoki uni asta qashish – aytilayotgan xabar-ga (o‘ziga ham, sherigiga ham) aniq ishonmaslik, yolg‘on, bahs jarayonida yangi qarshi dalilni izlash;

– barmoq bilan ko‘z qovoqlarini artish – yolg‘on belgisi, ammo ba’zan – suhbatdoshi tomonidan bildirilayotgan gumon va yolg‘onni sezish;

– boshning turli qismlari (peshana, yonoqlar, ensa, quloq...)ni silash va qashish – tashvishlanish, uyalish, ishonchsizlik;

– engakni silash – qaror qabul qilish payti; – qo‘llarning behalovatligi (nimanidir yulib yig‘ish, avtoruchkani

burash, kiyim-bosh qismlariga tegish) – ehtiyotkorlik, asabiylik, uyalish; – kaftni chimchilash – tajovuzga tayyorlik; – tirnoqlarni tishlash – ichki xavotir; – qo‘llarning tana eni bo‘ylab turli harakatlari (soatni to‘g‘rilash,

zaponka (ignatugma)ga tegish, manjeta (qadama yeng)dagi tugmalarni o‘ynash) – niqoblanayotgan asabiylik;

– kiyimdagi qillarni tozalash – ma’qullamaslik ishorasi; – xalal berayotgani aniq ko‘rinib turgan bo‘yinbog‘ni bo‘yindan

tortish – inson aldayotganini birovlar bilib qolganini gumon qiladi, g‘azab-langanda havo yetishmasligi;

– ko‘zoynak shishalarini artish yoxud ravoqlarini og‘izga solish – o‘ylash uchun tanaffus, kutib turishni iltimos qilish;

– ko‘zoynaklarni yechib, stol ustiga tashlash – haddan tashqari keskin suhbat, qiyin va noxush mavzu;

– sigaretani o‘chirish yoki bir chetga qo‘yish – eng katta zo‘riqish davri;

– sigareta kulini haddan tashqari ko‘p urib tushirish – og‘ir ichki holat, asabiylik;

– boshni tez egish yoki yon tomonga burish – biror nima deyish istagi; – go‘yoki «xalal berayotgan» sochlarni doimiy ravishda peshonadan

chetga olish – xavotir; – nimagadir suyanish yoki tayanishga aniq intilish – paytning murak-

kabligi va noxushligini his etish, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini bilmaslik (har qanday tayanch o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi).

Page 87: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

87

Ovoz intonatsiyalari. Ovoz atrofdagilarga insonning shu paytdagi holati (kechinmalari, faktlarga munosabati, o‘zini qanday his qilayotgani, ko‘p hollarda temperamenti va fe’liga xos jihatlar) haqida xabar beradi.

Shaxs (obyekt)ning ovozidagi ohang uning emotsiyalarini aniqlashga imkon beradi (g‘azab va g‘amni – osonroq, rashk va asabiylikni – qiyinroq).

Xavotir yoki asabiy zo‘riqish holatida suhbatdoshning ovoz tembri ham biroz o‘zgaradi. Bu holat xorijiy davlatlar tajribalarida foydalanib kelinayotgan «yolg‘on detektori»ning aloqasiz (ya’ni suhbatdosh uchun butunlay sezilarsiz) namunalarida munosib qo‘llanilmoqda.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari suhbatdoshning fikrini tahlil qilayotganda ovozning kuchiga ham, balandligiga ham e’tibor qaratishi tavsiya etiladi:

– ko‘rinib turgan baland ohang – zavq-shavq, shodlik, ishonchsizlik; – ovoz kuchi, ohangi (toni) va keng diapazondagi balandligi – g‘azab

va qo‘rquv; – haddan tashqari baland, «teshib yuborgudek» ovoz – xavotir; – yumshoq va past tovush, har bir jumlaning oxirida intonasiyaning

pasayishi – g‘am, charchoq; – tovushni kuchaytirish – zo‘riqish, aldov. Noverbal tovushlar ancha ko‘p axborot beradi. Ya’ni hushtak (badiiy

emasligi aniq) – ishonchsizlik yoki xavfsirash; vaziyatga nomuvofiq xaxolab kulish – zo‘riqish; ovozdagi kutilmagan spazmlar – zo‘riqish; doimiy yo‘tal – yolg‘onchilik (kazzoblik), o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, xavotir alomati.

Leksika xususiyatlari. Insonning so‘zlashuviga bog‘liq nutqini tahlil qilish uning ichki psixoemotsional holatida hammadan ko‘ra ko‘proq axborot berishi mumkin: nutqda mantiqiy urg‘ularning qo‘yilishi, so‘zlar-ning qanchalik tez talaffuz qilinishi, iboralarning (jumlalarning) tuzilishi, normalardan qaysi og‘ishlarga yo‘l qo‘yilganligi (ishonchsizlik yoki so‘z-larni noto‘g‘ri tanlash, jumlalarning so‘z o‘rtasida uzilib qolishi, so‘zlar-ning o‘zgarishi, parazit so‘zlarning paydo bo‘lishi, to‘xtamlarning yo‘qolishi).

Bunda: tez sozlangan nutq – aniq hayajon yoki nimadandir tashvishla-nish, kimnidir qattiq ishontirish yoki ko‘ndirish istagi, shaxsiy qiyinchi-liklar haqidagi gaplar (suhbat); sur’ati sekinlashgan nutq – takabburlik, charchoq, bosim ostidagi holat, g‘am-anduh; uzuq-yuluq nutq – ishonch-sizlik; alohida «silliq» nutq paydo bo‘lishi – jumbishga kelganlik; nutqning lo‘nda va qat’iyligi – aniq ishonch; duduqlanish – zo‘riqish yoki aldov;

Page 88: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

88

so‘zlarni tanlashda qat’iyatsizlik – o‘ziga nisbatan ishonchsizlik yoki nima bilandir qo‘qqisdan hayratga solish niyati; nutqdagi kamchiliklarning paydo bo‘lishi (so‘zlarni takrorlash yoki buzib talaffuz qilish, jumlalarni o‘rtasidan uzib qo‘yish) – shubhasiz hayajon, ammo ba’zan aldash istagi bo‘lishi ham mumkin; nutqda to‘xtamlarni ishlatmaslik – zo‘riqish; haddan tashqari uzun to‘xtamlar – qiziqmaslik yoki norozilik; nutqda parazit so‘zlar bilan to‘ldiriladigan to‘xtamlar paydo bo‘lishi («xo‘sh»..., «ayt-moqchi»..., «e»...) – fikrni ifodalashdagi qat’iyatsizlik va qiyinchilik, vaziyatdan chiqish yo‘lini izlash; odatdagidan tezroq aytiladigan tuturiqsiz so‘zlar yig‘indisining ko‘payishi – hissiy qo‘zg‘alish, zo‘riqish; doimo boshqalarning gapini bo‘lish – zo‘riqish alomati.

Albatta, shaxs psixologiyasining o‘ziga xos belgilari insonni har qanday holatda fosh etib qo‘yishi mumkin, shu bois, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi o‘z xizmat faoliyati mobay-nida bevosita shaxslarning yuqorida keltirilgan ixtiyoriy va ixtiyorsiz xatti-harakatlarini kuzatib borishlari, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan axborotni olishda yetarli psixologik bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.

3-§. Yolg‘on nazariyasi, uning kelib chiqish

sabablari va shakllari Yolg‘on – noto‘g‘ri gap, aldov, nohaqlik. Xorijga chiqish, kelish va

fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimida shubhali shaxslar tomonidan beriladigan yolg‘on axborot tufayli turli qiyinchiliklar yuzaga keladi. Yolg‘on, aldov qarama-qarshi manfaatlar, axloqiy va ijtimoiy normalar to‘qnashgan paytda yuzaga keladi.

Yolg‘onchilik muammolarini o‘rganuvchi psixologlar, haqiqatni aytishdan ko‘ra yolg‘on gapirish qiyinligini ta’kidlaydilar. Yolg‘on doimo shaxsning o‘zini tutishidagi ozgina o‘zgarishi orqali namoyon bo‘ladi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida psixologik tashhis orqali shaxsning o‘zini nosamimiy tutishi va uning yolg‘on gapirayotganini aniqlash muhim omil hisoblanadi.

Yolg‘on tabiati, namoyon bo‘lish shakli va maqsadiga ko‘ra farqla-nadi. Har qanday yolg‘on xavfli: katta va kichik, ochiq va yashirin, sodda va ayyoronaligi. U kimdan chiqishidan qat’i nazar, aniqlanmagan yolg‘on alohida xavf tug‘diradi. Jinoyat jarayonida haqiqatni aniqlashda,to‘g‘ri qaror qabul qilishda, u adolatga jiddiy putur yetkazishi mumkin.

Aldash – haqiqiy fakt o‘rniga yolg‘onchi tasavvuridagi holatni qo‘yish va haqiqatni unga ma’qul bo‘lgan uydirma bilan almashtirish hisoblanadi.

Page 89: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

89

Yolg‘on zanjirsimon xarakterga ega: bir yolg‘on ikkinchisini tug‘diradi va u bilan bog‘langan bir qator faktlarni mutanosiblashtirishni talab etadi.

Aldashga urinadigan odamlar o‘z xulqini, jumladan ovozining sado-sini nazorat qilishga harakat qiladilar, ammo shu paytda buni qay darajada uddalaganliklarini aniq bila olmaydilar, chunki, o‘z ovozining sadosini to‘liq nazorat qilish ancha qiyin ish. Hayajon, ayniqsa, fosh bo‘lishdan qo‘rqish tufayli kelib chiqadigan hayajonga ko‘proq darajada xos bo‘lgan hamda yolg‘on axborot berish vaqtida:

ovozda titroq paydo bo‘lishi; vaqti-vaqti bilan ovozni tozalash; yo‘talib qo‘yish; og‘iz qurishi hamda yutinish va lablarni yalash ehtiyoji tufayli gap

o‘rtasida jumlalar uzilishi; nutq ohangi (intonatsiya) ixtiyorsiz o‘zgarishi; nutq sur’ati o‘zgarishi (masalan, jumlalarni o‘ylab ko‘rish zarurligi

tufayli uning pasayishi); ovoz tembri o‘zgarishi mumkin. Ovozda hissiyotlar ko‘rinishining ko‘proq o‘rganilgan belgisi ohang

kuchayishidir. Ranjigan odamlarda ovoz pardasi ko‘tarilib boradi. Ular g‘azablangan yoki qo‘rqqan hollarda buni yanada ko‘proq ko‘rish mumkin. G‘am-anduh yoki qayg‘u-hasrat vaqtida ovoz pardasining pasayishidan dalolat beradigan tadqiqotlar mavjud. Va nihoyat, hayajon, xafagarchilik, nafrat va jirkanish vaqtida ovoz pardasining balandligi o‘zgarish-o‘zgar-masligi noma’lum. Ovoz pardasining ko‘tarilishi yolg‘ondan dalolat bera-digan ishonchli belgi emas. U qo‘rquv, g‘azab yoki hayajon belgisidir. Ammo ovoz va undagi o‘zgarishlarga qarab aldashda rohatlanish bor-yo‘qligini aniqlash qiyin.

Ovozdagi hissiy o‘zgarishlarni yashirish oson emas. Agar asosan, yolg‘on gapirish paytidagi hissiyotlar haqida gapiriladigan bo‘lsa, axborot-ning oshkor bo‘lish ehtimoli ancha katta. Agar yolg‘on gapirishdan maq-sad qo‘rquv yoki g‘azabni yashirish bo‘lsa, ovoz balandroq pardada va qattiqroq chiqadi, nutq esa, ehtimol, tezlashadi.

Ma’lumki, inson reaksiyasi ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo‘linadi. Ixti-yorsiz reaksiya boshqarilmaydi va yuzning oqarib ketishi, qizarishi, qo‘lning qaltirashi, tez-tez nafas olish, terlab ketish, ovozning o‘zgarishi, harakat yo‘nalishining buzilishi, duduqlanish va boshqalarda namoyon bo‘ladi.

Ixtiyorsiz reaksiyalarni nazorat hilish juda hiyin (zero, ularni turli usullar bilan yashirishga urinishadi), biroh ma’lumot olishda ancha ahamiyatli hisoblanadi. Ba’zi reaksiyalar «yolg‘on detektori» kabi tashxis apparatlarida anihlanadi.

Page 90: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

90

Bunday reaksiyalar huyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: yuzning hizarishi – uyat, g‘azab; oharib ketish – ho‘rhuv, aybdorlik hissi; horachihning kengayishi – hizihish, honihish hissi, rozilik, kuchli

og‘rih; horachihning torayishi – honihmaslik, rad hilinish; ho‘l va bo‘yin sohasi arteriyasida tomir pulsining kuchli urishi –

(yurak urishining faollashuvi bilan bo‘yinbog‘ni bo‘shatishga urinish) xavotir, ho‘rhuv, uyat, yolg‘on;

puls chastotasining pasayishi – dihhatning oshishi; tez-tez va yuzaki nafas olish – ichki zo‘rihish; burundan his’ha-his’ha nafas olish – jahl; nafas olishning buzilishi, tomohning hisilishi, tupukni reflektiv

yutinish – vahima, uyat, yolg‘on; og‘izning hurishi (yutinish, labni yalash, tashnalik…) – ho‘rhuv,

yolg‘on; to‘satdan tishlarni ko‘rsatish – hahr, tajovuzkorlik; terlamoh, ter – g‘azab, xijolat bo‘lish, asabiylashish, yolg‘on; titroh (ho‘l, oyoh barmohlarida, yuz mushaklarida) – ichki zo‘rihish,

ho‘rhuv, yolg‘on; ko‘zini pirpirash – ho‘zg‘alish, yolg‘on; horinning g‘uldirashi – ho‘rhuv (doim ham emas, vaziyatga harab); tishlarni g‘ijirlatish – kuchli nevroz, stress, o‘ylaganni amalga

oshira olmaslik. Bunday reaksiyalar ayollarga nisbatan erkaklarda anihroh ifodalanadi

va kuzatish imkoni ko‘proh bo‘ladi. Xorijga chihish, kelish va fuharolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi

fuharolar xavfsizligini ta’minlashda suhbatlashayotgan shubhali shaxslarning so‘zlarini ko‘proh tinglashi kerak. Chunki, insonning aynan so‘zda (verbal) ifodalangan axborotni idrok etishga ichki moyilligi bo‘ladi. Shuningdek, nuthni oldindan tayyorlab ho‘yish mumkinligi; haytma aloha mavjudligi (gapirayotgan odam bayon etishning muvofih keluvchi yo‘lini tanlab, o‘zini eshitadi); so‘zlar uchun javob berishga to‘g‘ri keladi, chunki ularni takrorlash oson va ulardan batamom voz kechish hiyin.

Insonning yuziga ham e’tibor haratish kerak bo‘ladi. Ammo yuz mimikasini nazorat hilish murakkabroh. Inson yuzi miyaning hissiyotlar uchun javob beruvchi sohalari bilan bevosita bog‘lih, so‘zlar esa unday emas. Nimani gapirayotganimizni bilish oson, ammo yuzimiz nimani

Page 91: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

91

ifodalayotganini bilish ancha hiyin. Shunga haramay, suhbatdoshi yolg‘on gapirayotganda shubhali shaxslarning ovozi va tanasiga ko‘proh e’tibor berishi to‘g‘ri bo‘ladi. Ovoz ham, yuz singari, hissiyotlar uchun javobgar miya sohalari bilan bog‘lihdir.

Inson tanasi axborot chihadigan va boshha aldash belgilari ko‘rinadi-gan yaxshi manbadir. Tana harakatini nazorat hilish uncha hiyin bo‘lmasa-da, ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi, ya’ni zarurati yo‘h deb hisoblaydi. Biz odamlarning yuzlariga harash bilan haddan tashhari bandmiz va ular so‘zlaganda savol beramiz.

Yolg‘onni anihlash oson emas. Muammo axborotning ko‘pligida. Ya’ni, so‘zlar, to‘xtamlar, ovoz jarangi (sadosi), yuz ifodasi, bosh harakati, imo-ishoralar, gavda holati, nafas olish, ter bosish, yuzdagi hizillik yoki rangparlik va hokazo. Ana shu manbalarning hammasi axborotni galma-gal va birgalikda berishi mumkin.

Yolg‘on gapirayotgan shaxslar birovlar ko‘proh dihhat bilan kuzatadilar deb hisoblaydigan narsalarnigina yashiradi va soxtalashtiradi.

Nuthni oldindan tayyorlab ho‘yish mumkin, ammo kimnidir aldashga uringan inson asosan beparvoligi (beg‘amligi) tufayli nuthiy xatolarga yo‘l ho‘yadi. Ko‘pchilik ehtiyotsizlikka yo‘l ho‘yib aytgan so‘zlari bilan o‘zini fosh hiladi. Agar so‘zlayotgan odam bila turib yolg‘on gapirayotgan bo‘l-sa, ma’yuslik ongli bo‘lishi mumkin. U istamagan holda gapirib ho‘ygach, o‘zining tushkun holatini tushunishi ham, bunga e’tibor bermasligi ham mumkin. Yanglishib aytilgan gaplar bo‘yicha yolg‘onni anihlashda ehtiyot bo‘lish zarur, degan edi Pol Ekman. Chunki, ana shu yanglishuvlarning hammasi ham yolg‘ondan dalolat beravermaydi. Yanglishuv yolg‘onni fosh hilayotgani yoki hilmayotganini odatda kontekstdan kelib chihib anihlash mumkin. Shu o‘rinda boshha bir keng tarhalgan xatoning oldini olish va yanglishib gapirmaydigan har bir kishini hahihatgo‘y deb hisobla-maslik ham zarur. Ko‘plar yolg‘on gapirayotganida yanglishuvga yo‘l ho‘ymaydi. Hozircha handaydir yolg‘onning yanglishuv bilan fosh bo‘li-shi, haysilaridir bunday bo‘lmasligini izohlovchi hech bir tadhihot amalga oshirilmagan (hatto taxminlar ham bildirilmagan).

Yolg‘on psixologiyasiga oid ayrim tadhihotlarga ko‘ra, ba’zilar yolg‘on gapirayotganida dangal javob bermaydi, gapni aylantiradi yoki keragidan ortih ma’lumot beradi. Boshha tadhihotlarning ko‘rsatishicha, aksariyat odamlar savolga javob berishdan bo‘yin tovlash va anih javob berishdan hochish uchun haddan tashhari ayyordirlar. Bunday yolg‘onchi-larni sezmaslik ham mumkin. Aynan shu joyda gaplari javobdan hochish yoki gapni butunlay aylantirish bo‘lgan hahihatgo‘y insonni noto‘g‘ri baholash xavfi (individual xususiyatlar xatosi) mavjud. Ba’zilar doimo ana

Page 92: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

92

shunday so‘zlaydilar. Bundaylarning so‘zlash uslubi shunaha. Ammo bu yolg‘onchilik alomati emas, balki ularning oddiy gapirish uslubidir. Masalaning murakkabligi shundaki, ko‘pincha birovning aldayotganini anih ko‘rsatib turgan har handay ko‘rinishlar boshha odamlar uchun kun-dalik xulhning tarkibiy hismi bo‘lishi mumkin.

To‘xtalish (pauza) va tutilishlar. To‘xtalishlar haddan tashhari uzoh yoki his’ha bo‘lishi mumkin. So‘zlar oldidagi tutilishlar (duduhlanishlar), aynihsa bu savolga javob berayotganda kelib chihsa, har doim shubha uyg‘otadi. Nuth jarayonining o‘zidagi his’ha to‘xtalishlar ham haddan tashhari ko‘p uchrasa, shubhali tuyuladi. Nuthdagi xatolar, masalan: «hm», «xo‘sh» va «e-e» singari kirish so‘zlar; «men», «men», «men» ... nazarda tutyapman» singari takrorlar; «Menga j-juda yohdi» singari ortihcha bo‘g‘inlar ham yolg‘on alomatlari bo‘lishi mumkin. Nuthdagi to‘xtalish va tutilishlar yolg‘onchining o‘z harakatlari yo‘nalishini, muayyan masalani yaxshilab o‘ylamagani hamda fosh bo‘lishdan hattih ho‘rhhani sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashhari, odam o‘zining yolg‘oni hahihatdan hanchalik uzoh-ligini eshitsa, ho‘lga tushishdan yanada ko‘proh ho‘rha boshlaydi, natijada, to‘xtalish va nuthiy xatolar ko‘payib boradi.

Axborotni berish-uzatish texnikasi (yo‘llari) bilan bog‘lih yolg‘on belgilariga alohida e’tibor haratish lozim:

savollarga haddan tashqari tez berilayotgan javoblar o‘ylashga maj-bur qilishi lozim;

berilayotgan axborotga haqiqiy munosabatni niqoblash yoki buzib ko‘rsatgan holda qandaydir boshqa jihatlarini nutqiy vositalar – intona-tsiya, pauza va boshqalar yordamida namoyishkorona ta’kidlash (ajratib ko‘rsatish).

Oxirgi belgi yolg‘on gapiruvchilar boshqa birovni chalkashtirish uchun atayin qo‘llaydigan usullar guruhiga kiradi va boshqa ma’lumotlar bilan qiyoslaganda, yolg‘on ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Ovoz nutq to‘lqinlarining fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘lchash asosida insonning hissiy holatidan dalolat beradigan nihoyatda informativ ko‘rsat-kichdir. Ushbu fiziologik ko‘rsatkichlarga nafas olish harakatlarining xarakteri, qon oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan ovozdagi pulsatsiya; ovozdagi asosiy ohang o‘zgarishlari; ovoz apparati mushaklarining tebranishi kiradi. Biroq ovozdagi o‘zgarishlarga qarab aynan yolg‘onning ishonchli alomat-larini aniqlash mumkin deb qat’iy ta’kidlashning amalda iloji yo‘q. Ko‘pin-cha, biz stress ta’sirida salbiy hislar yuzaga kelganligining belgilarini ko‘ramiz. Shu bois ovozidagi o‘zgarishlarni boshqa qo‘shimcha alomat-larni hisobga olgan holda talqin etish kerak.

Page 93: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

93

Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, samimiy inson o‘ziga nisbatan shubha borligini ko‘rganida ko‘proq gapirishga va samimiyligini isbotlashga harakat qiladi, ayni vaqtda berilgan to‘g‘ri savollarga qaytarilgan beparvo, mujmal javoblar normal xatti-harakat tushunchasiga mos kelmaydi. Bun-day javoblar suhbat jarayonida yolg‘on gapirish borgan sari qiyinlashib borishi bilan bog‘liq:

– so‘zlarda qat’iyatsizlik paydo bo‘lishi; – to‘xtovsiz gaplashish yoki ko‘plab savollar berish orqali suhbat-

doshni chalg‘itish; – savollarga javob berishni istamaslik yoki javob bera olmaslik; – savollarga javob berishdan oldin uzoq vaqt jim qolish; savollarga

haddan tashqari imillab yoki chalkash javob berish; – savolga savol bilan javob berish; – berilayotgan savollarni ovoz chiqarib takrorlash yoki tushunarliroq

qilib berishni so‘rash; – savolning mohiyatini ishga aloqasi bo‘lmagan ortiqcha ma’lumotlar

bilan niqoblash. Shaxs xatti-harakatidagi quyidagi xususiyatlar uning yolg‘on gapira-

yotganidan dalolat berishi mumkin: inson xulqining vaziyatga nomuvo-fiqligi; xayrixohlikni oshirib namoyish qilish; vaziyat taqozo etmasa ham iljayaverish; so‘ramagan yordamingizni berish; arzimas sabablarga ko‘ra qahr-g‘azabini baralla ko‘rsatish; o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilish, tibbiy yordam so‘rash; bu hol haqiqatan ham umumiy ahvoli yomonlashganidan dalolat berishi ham, e’tiborni chalg‘itish usuli, suhbatni tugatish uchun bahona bo‘lishi ham mumkin.

A. Piz “qo‘lni yuzga olib borish” ishoralari sifatida ajratgan barcha imo-ishoralarni “sharhlovchi”larga kiritish mumkin. Yosh bola yolg‘on gapirgach og‘zini qo‘llari bilan to‘liq yopadi. Katta yoshdagi kishi o‘zini nazorat qilar ekan, bu harakatni o‘rtasidan uzib qo‘yadi, ammo qo‘li alla-qachon ko‘tarilgan bo‘ladi, natijada qo‘lni boshning o‘zga qismiga olib borishdan boshqa yo‘li qolmaydi. “Qo‘lni yuzga olib borish” ishoralariga quyidagilar kiradi:

– “Og‘izni yopish” ishorasi – og‘izni kaft, barmoqlar yoki musht bilan yopish, shuningdek og‘izni to‘sgan holda yo‘talish. Bunday ishora baho-lash pozitsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda jipslashgan kaft yonoq-larda, ko‘rsatkich barmoq esa ko‘pincha yuqoriga qaragan holda joylasha-di. Agar suhbatdoshingiz siz gapirayotgan vaqtda og‘zini to‘ssa, demak u yolg‘on gapirayotganigizni sezayotgan bo‘ladi;

– “Burunga tegish” ishorasi – burunni ohista ishqalash yoki tez tegish, odatda burunni amalda qashishdan farqli ravishda, unchalik aniq ko‘rin-

Page 94: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

94

maydi; burunga tegish (yengil, deyarli sezilmaydigan tarzda burun tagidagi chuqurchaga tegish yoki burun uchini ishqalash va sh.k.) – bu og‘izni to‘sishdan ko‘ra nozikroq ishora shaklidir;

– “Ko‘zni ishqalash” ishorasi – g‘irt yolg‘on ishlatayotganda erkaklar ko‘zlarini olib qochish va ishqalashga, ayollar esa ko‘zga ohista barmoq tegizib ko‘z ostidagi sohani ishqalashga moyil bo‘ladilar. Bu ishoraga qisilgan tishlar va soxta tabassum qo‘shilishi mumkin.

– “Yoqani ko‘tarish (tortish)” ishorasi –D. Morrisning tadqiqotlariga asoslanib, A. Piz bu ishorani yuz va bo‘yinning sezgir to‘qimalarida yol-g‘on gapirayotganda ter chiqishi tufayli yuzaga keladigan yengil qichishish bilan bog‘laydi. Bu harakatlarga ayniqsa e’tiborli bo‘ling: agar ular keskin va kuchli bajarilsa, suhbatdoshingizda yurak xuruji boshlanganidan dalolat berishi mumkin.

– sochlarni tarash, quloqni ishqalash, quloq chig‘anog‘ini bukish – bunda inson yolg‘onni eshitmaslikka harakat qiladi (suhbatdoshingizning bu harakatlari sizning so‘zlaringiz bilan kechsa, demak u sizga ishon-maydi).

– bo‘yinning quloq ostidagi sohasini ko‘rsatkich barmoq bilan qashish – shubha yoki gumon.

– sochni tez-tez silash. Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, profayling metodi ko‘ma-

gida xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-lari o‘z faoliyatlarini yanada takomillashtirishlari mumkin. Ushbu metod-ning afzalligi shundaki, qisqa fursat ichida shaxs haqida to‘liq axborot manbaiga ega bo‘lish mumkin.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Profayling metodi deganda nimani tushunasiz? 2. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati

xodimlarining fuqarolar bilan bo‘ladigan muomalasida profayling metodining ahamiyati haqida so‘zlab bering.

3. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida qo‘llaniladigan profayling qanday xususiyatlarga ega?

4. Profayling sohasidagi xorijiy tajriba haqida nimalarni bilasiz? 5. Mutaxassis-profaylerlarga qo‘yiladigan talablarni sanab ko‘rsating. 6. Profayling usullari qanday holatlarda qo‘llaniladi? 7. Yolg‘on nazariyasi, uning kelib chiqish sabablari va shakllari haqida

tushuntiring. 8. Insonning xulq-atvori va xatti-harakatini psixologik baholashda profay-

ling xizmatining tutgan o‘rni haqida aytib bering.

Page 95: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

95

7-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI FAOLIYATIDA

ZIDDIYATLARNI YUZAGA KELISHI VA ULARNING OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

1-§. Ziddiyatli holatlarning shaxs psixologiyasi

va uning xulq-atvoriga ta’siri Bugungi kunda xizmat faoliyati davomida yuz berayotgan ziddiyat-

larni bartaraf etish ichki ishlar organlari xodimlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi o‘z xizmat faoliyati davomida holat va fuqarolar bilan bog‘liq turli ziddiyatlarga duch keladi. Chunki, soha xodimlari faoliyati-dagi asosiy yo‘nalishlardan biri qonunga zid faoliyatni fosh qilishdir.

«Ziddiyat» – bu lotincha «konflikt» so‘zidan olingan bo‘lib, «to‘qna-shish» – maqsad, qiziqish, pozitsiyalar, fikrlar, qarashlar, shaxslarning o‘zaro ta’sirlashuvidagi qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘qnashish-laridan iborat bo‘lgan psixologik hodisadir1.

Shu ma’noda, ziddiyat qarama-qarshi yo‘nalgan qarashlarga, noxush hissiy kechinmalar bilan bog‘liq guruhlararo yoki shaxslararo munosabat-lar orqali ifodalanuvchi to‘qnashuvlardir.

«Ziddiyat» tushunchasi esa o‘zaro ta’sir ko‘rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi qiziqishi2. U jamiyatdagi guruhlar yoki individlar o‘rtasi-dagi antoganizm. Ziddiyat ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisi, ikki yoki undan ortiq individ yoki guruhlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi yuz berishi; ikkinchisi, o‘zaro kurashga faol jalb etilishi, manfaatlar zidligi har doim ham ochiq kurashga olib kelavermaydi3.

Ziddiyatlar oqibatida shaxs ruhiyatida salbiy hissiy kechinmalar qo‘rqinch, vahima, adovat kabi nosamimiy munosabatlar yuzaga keladi. Agar bu kechinmalar kuchli bo‘lsa yoki uzoq muddat davom etsa, shaxsda himoyalanish reaksiyasi paydo bo‘lishi va mustahkamlanishi mumkin.

Ziddiyat natijasida xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiy-lashtirish xizmati xodimi shaxsining hissiyoti, xatti-harakatlari, tafakkuri va xatto, xarakterida ma’lum bir salbiy o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu uning xulq-atvorida namoyon bo‘lib, mazkur subyekt qatnashayotgan

1 Гришина Н.В. Психология конфликта. – СПб., 2000. – С. 464. 2 Давлетшин М.Г. Психология. қисқача изоҳли луғат. – Т., 1998. 3 Энтони Гидденс Социология. – Т., 2002.

Page 96: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

96

boshqa vaziyatlarga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi va oqibatda o‘zaro munosabatlar maromi buziladi. Masalan, qo‘rquv va xavf muhitida tarbiyalangan xodim keyinchalik xuddi shunday muhitning manbaiga aylanishi ehtimoldan xoli emas.

Ziddiyat mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hodisa bo‘lib, u keng ma’noda va tor ma’noda tushuniladi. Keng ma’nodagi ziddiyat – bu jamiyatdagi yan-gi va eski qarashlar o‘rtasidagi kurash. Tor ma’nodagi ziddiyat esa bir muammoni yechishdagi har bir xodimning o‘z fikrini qattiq turib ximoya qilishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, har bir yangilik yaratilgunga qadar va yaratilgandan keyin ham ma’lum vaqt ziddiyatlarga uchraydi. Boshqa-cha aytganda, jamoa orasida kelib chiqishiga sabab jamoadagi ish taqsimo-tidagi nohaqlik, mukofotlarni ba’zi noo‘rin berish kabilar uning kelib chi-qishiga sabab bo‘lib, oxir-oqibat inson ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi.

Ziddiyat shaxsiy yoki kasbiy sohada namoyon bo‘lishi mumkin (1-chizma).

Shaxsiy soha Kasbiy soha Shunchalar ham ma’suliyatsiz bo‘lasiz-mi? Keyingi safar ham o‘zingizni akademik deb bilib kech qolavering, xo‘pmi?

Nega ishga vaqtida kelmaysiz? Qanday-dir muammolar paydo bo‘ldimi? Qeyingi safar kech qolmasligingizga umid qilsam bo‘ladimi?

Psixolog I.A.Kox tashkilot ichidagi ziddiyatlarni ajratib, ularning

turlarini “vertikal”, “gorizontal”, “to‘g‘ri chiziq bo‘yicha faoliyat ko‘rsa-tuvchi” hamda “rolli” ziddiyatlar tarzda tavsiflaydi.1

“Vertikal” ziddiyat – bu tashkilotni boshqarish darajasiga o‘rtasidagi ziddiyat hisoblanadi. Uning vujudga kelishini va hal etilishini tashkiliy tuzilmaga vertikal aloqada bo‘lgan maqsad, hokimiyat, kommunikatsiya, madaniyat va boshqalar shartlaydi.

“Gorizontal” ziddiyat tashkilot qismidagi status bo‘yicha tafo-vutlanishi oqibatida va maqsadlardagi ziddiyatlashuvni anglatadi.

“To‘g‘ri chiziq bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi” ziddiyat bilish yoki hissiy xarakterga ega. Uni hal etishga rahbar bilan mutaxassis xodimlar o‘rtasidagi to‘g‘ri munosabatlarni ta’minlash orqali erishiladi.

“Rolli” ziddiyatlar xodimlarning belgilangan rolni bajarishi jarayoni-da uning o‘ziga nomutonosibligini idrok qilgan hollarda yuz beradi. Bu ziddiyatning asosida belgilangan rolni ikki xil mazmunda idrok etish yotadi.

Ziddiyatlar hal etilish va boshqarilish usuliga ko‘ra: yon bermaslik va tan olmaslik oqibatida yuz beruvchiga antagonistik va manfaat, maqsad,

1 Кох И.А. Конфликты и их регулирование. – Екатеринбург, 1997. – С 48.

Page 97: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

97

qarashlarning yaqinlashtirish, fikrlar xilma-xilligini bartaraf etish maq-sadida yo‘l qo‘yiladigan kompromislikka (murosalilikka) ajratiladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi faoliyatida:

– Shaxsiy ziddiyatlar; – Shaxslararo ziddiyatlar; – Shaxs bilan guruh o‘rtasidagi ziddiyatlar; – Guruhlararo ziddiyatlar; – Ijtimoiy ziddiyatlar uchraydi. Shaxsiy ziddiyatlar. Ziddiyatning bu turi ayni paytda ichki ziddiyat

ham deb nomlanadi. Ya’ni bunga shaxsning ichki ziddiyatlari sabab bo‘lib, bunday tafavutlarni yuzaga keltiruvchi omillarni asosan ikki guruhga ajra-tish mumkin.

Birinchisi, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xiz-mati xodimi shaxsining ehtiyoji, qiziqishi va qadriyatlari uning o‘z zimma-siga olayotgan mas’uliyati bilan qarama-qarshi vaziyatda namoyon bo‘ladi.

Ikkinchisi, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xiz-mati xodimi shaxsning, unga qo‘yilayotgan me’yoriy-huquqiy talablarga noroziligi uning ichki salbiy his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, xodim o‘ziga topshirilgan biron vazifani sidqidildan sifatli bajargisi keladi, lekin, vazifani yakunlash muddatning qisqaligi uning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, muddatdan kechik-maslik hohishi va mehnatga sitqidildan munosabatda bo‘lish kabi ikki xohish o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi.

Shaxslararo ziddiyat. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiy-lashtirish xizmati xodimlari faoliyatida hamda mehnat jamoalarida ziddiyat-ning bu turi ko‘plab uchraydi. Aksariyat xodimlarning fikricha, bunday ziddiyatning birdan-bir sababi – xodimlarning yagona maqsad sari birlash-magani, qiziqishi, dunyoqarashi, e’tiqodi va xarakter sifatlarining nomu-tanosibligidir. Biroq, mazkur ziddiyatga oid vaziyat tahlili shuni ko‘rsa-tadiki, shaxslararo ziddiyatlar asosida ko‘p hollarda, obyektiv sabablar borligi ma’lum bo‘lgan.

Rahbar bilan xodim o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelganda, xodim o‘ziga ajratilayotgan ish hajmini adolatsiz deb hisoblashi, rahbar esa xodim ishga sovuqqonlik bilan qarayapti degan fikrda bo‘lishi ham mumkin.

Shaxs bilan guruh o‘rtasidagi ziddiyat. Har qanday guruh ichida o‘zaro muomala, hurmat, hissiy yaqinlik va o‘zaro tushunish mehnat fao-liyati hamda xulq-atvor normalari shakllanadi. Guruhning har qanday a’zosi bu normalardan kelib chiquvchi talablarni bajarishi shart.

Page 98: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

98

Guruhlararo ziddiyat. – jamoadagi rasmiy va norasmiy guruhlar o‘rtasidagi mavjud muammolardan kelib chiqadi.

Ijtimoiy ziddiyat – sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy institutlar va jamoalarning to‘qnash kelishida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy ziddiyat o‘zida bir qancha jabhalarni mujassam etgan murakkab hodisadir.

Shuningdek, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari jamoasi o‘rtasida ziddiyatni yuzaga keltiruvchi bir necha sabablar ham mavjud bo‘lib, ular qo‘yidagicha ta’riflanadi:

– xodim va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi; – xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

larida ijtimoiy-psixologik va huquqiy me’yorlarga zid xatti-harakatlarining namoyon bo‘lishi (belgilangan kun tartibiga rioya etmaslik, normativ-huquqiy me’yorlarga rioya etmaslik tartibbuzarlik, intizomning buzilishi, ishning samarasizligi va boshq.);

– xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining ehtiyojlari, qarashlari, mayllari va qiziqishlaridagi nomu-tanosibliklar;

– xizmat, ijrochilik intizomini tashkil etish va kasbiy faoliyatga nis-batan munosabatlardagi kamchiliklar;

– xodimlar o‘rtasida xizmat vazifalarining noto‘g‘ri taqsimlanganligi; – rahbar tomonidan xodimga nisbatan berilgan baho, xodim tomoni-

dan o‘zini-o‘zi baholashdan kelishmovchilik; – shaxsning rahbar xodimlar hamda jamoatchilik tomonidan baho-

lashning mos emasligi; – xodim o‘zini o‘zi baholash hamda jamoatchilik tomonidan baholash

o‘rtasidagi tafovut; – rahbar xodimning bir xil vazifani bajarayotganida boshqalar

tomonidan baholashi. Ushbu muammolar ijtimoiy psixologiyada V. O.Ageyev, A. A. Bodalev,

V. I. Juravlev, N. N. Obozov, I. A. Kox, YA. A. Ansupov, A. I. Shipilov, F. M. Borodkin, A. K. Zaysev, A. G. Zdravomislov va boshqa olimlarning tadqiqot ishlarida nazariy jihatdan asosli yoritilgan.

Ziddiyat turlari

Ziddiyatni sabablari Ziddiyat ishtirokchilari

Ziddiyatning oqibati

Shaxsning ichki

ziddiyatlari

Topshiriqlarning ko‘-payib ketishi, ortiqcha ruhiy charchoq, taqdir-lash va jazolash o‘rta-sida muvozanatning ta’minlanmaganligi

Xodimning o‘zi Ruhiy zo‘riqish, faol-likning susayishi,

jazavaga tushish, tajav-vuzkorlikni ortishi, muomala me’yor-larining yo‘qolishi

Page 99: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

99

Bundan ko‘rinib turibdiki, jamoada ziddiyatli vaziyatlarning kam sodir bo‘lishi va psixologik muhitni me’yorda saqlash xodimlarning kom-petentligi, yuqoridan berilgan topshiriq va buyruqlarni bajarishdagi ijrochi-lik mahorati hamda hamjihatligiga bog‘liq. Ziddiyatning psixologik va ijtimoiy psixologik tabiati, ziddiyat funksiyalari, tipologiyasi va tuzilmasi-dan kelib chiqqan holda baholansa amaliy jihatdan unga xos barcha xususiyatlar namoyon bo‘ladi.

Shu ma’noda ziddiyat ijtimoiy psixologiyada muomalaning buzilishi yoki psixologik jihatdan ichki ruhiy kelishmovchilikdir. Umuman olganda, u insonlar o‘rtasida ijtimoiy va shaxsiy masalalarni yechishda vujudga keladigan holat, lekin har qanday qarshilik ziddiyat bo‘lavermaydi. Odam-larning fikri turlicha bo‘lishi, o‘zaro baholanishi mumkin, ammo ko‘p hol-larda ular kelishib ishlashga majbur bo‘ladilar. Qarama-qarshilik, ba’zan yoqtirmaslik, salbiy emotsiya, tushunmaslik, ko‘ra olmaslik va boshqa sabablar ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ziddiyat nafaqat qarama-qarshilik, balki, o‘ziga xos kurashish hamdir. Har ikkala tomon ham bunday holatda o‘zini haq deb bilishadi, o‘z qarashlari uchun kura-shadi va bir-birining zaif tomonini topishga harakat qiladi. Bu o‘z navbati-da, shaxs ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqorida aytib o‘tilganlarni tahlil qilib, psixologik nuqtai nazardan «ziddiyat» tushunchasini quyidagicha tavsiflash mumkin. Ziddiyat shaxs-lar o‘rtasidagi qarashlar, qiziqishlar, qarama-qarshiliklar natijasida yuzaga keladigan psixologik holat bo‘lib, shaxslarning o‘zaro hamkorligi jara-

Guruh ichdagi va shaxslararo

ziddiyatlar

Jamoadagi xodimlar-ning qiziqish va man-faatlari o‘rtasidagi zid-diyatlarар, qobiliyat va faoliyat natijasiga ko‘ra baholanmaslik, rag‘-

batlantirishning yetar-licha emasligi, xodim-larning shaxsiy fazilat-larini mos kelmasligi

va boshqalar

Jamodagi boshliq bilan xodimlar, xodim-xodim,

boshliq-boshliq.

Jamoadagi jipslik, hamkorlikning

yo‘qolishi, mas’uliyatning

yo‘qolishi, shaxsiy adovatning o‘sishi va

boshqalar

Guruhlararo ziddiyat

Jamoada guruhlar paydo bo‘lishi,

tarafkashlik, mahalliychilik, etnik

jihatdan tafovutlanishning ortishi natijasida

Jamoa ichidagi guruhlar

Keskin va siyosiy tus olishi, jamoaning bo‘linib ketishi va

xodimlar o‘rtasidagi jamoaviy adovatni keltirib chiqaradi

Page 100: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

100

yonida yuzaga keladi. Ziddiyatlarni baholash va tahlil etish ularni turlariga ko‘ra guruhlash va tizimlashtirishni taqozo etadi.

Sotsiologlar ziddiyatlarning makro yoki mikro darajasiga, ularning asosiy tiplariga, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-etnik, siyosiy xarakteriga e’tibor beradi. Huquqshunoslar esa uni ichki va tashqi tizimli ziddiyatlar, ularning namoyon bo‘lish sohasi, shuningdek, maishiy-oilaviy, madaniy va ijtimoiy mehnat hamda bozor iqtisodiyoti jarayonidagi keng xo‘jalik yo‘nalishidagi, moliyaviy va mulkiy ziddiyatlarga ajratadilar.1

Ziddiyatlarni namoyon bo‘lish shartiga qarab ijtimoiy hayotning bar-cha jabhalarida uchratish mumkin bo‘ladi. Bu borada I.YE. Vorojeykin va uning hamkasblari ziddiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, etnik, millatlararo, siyosiy, harbiy, huquqiy, oilaviy, ijtimoiy-maishiy va boshqa tiplarga ajratadi.2

Ziddiyat manbasi va kelib chiqish sabablariga ko‘ra obyektiv va subyektivga bo‘linadi. Avvalo, u ishtirokchilarining iroda va xohish–istagi-dan tashqarida, shart-sharoit paydo bo‘lishiga qarab yuz beradi. Ammo ziddiyatli vaziyat xulq-atvor motivlaridan, subyektning ijtimoiy aloqalari-ga bog‘liq holda ham yuz berishi mumkin.

Ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lish shakliga qarab u quyidagi turlarga ajratiladi:

1) iqtisodiy ziddiyatlar (insonlarning moddiy iqtisodiy faoliyati doirasida vujudga keladi);

2) ijtimoiy ziddiyatlar (sotsial guruhlarning ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqadi);

3) sinfiy ziddiyatlar (ijtimoiy sinflar o‘rtasidagi tafovut asosiy nizo manbai);

4) siyosiy ziddiyatlar (ma’lum guruhlarning manfaatlari doirasidagi kurash);

5) mafkuraviy ziddiyatlar (dunyoqarashlar o‘rtasidagi tavofutlar asosida vujudga keladi);

6) madaniy ziddiyatlar (turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi to‘qna-shuvlar jarayonida vujudga keladi);

7) aksiologik ziddiyatlar (qarama-qarshi qadriyatlarga ega har xil guruhlarni boshqarish oqibati tarzida);

8) pozitsiyali ziddiyatlar (tashkiliy munosabatlar tuzilishidagi o‘rniga qarab farq qiluvchi manfaatlari bir-biriga zid ijtimoiy guruh yoki shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi nizolar).

1 Андреева Г. М. Социальная психология. – М.:Аспект Пресс, 2000. – С.376. 2 Ворожейкин И.Е., Кибанов А.Я., Захаров Д.К. Конфликтология. М., 2000.

– Б.224.

Page 101: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

101

Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning turli vaziyatlariga qarab, nizolarni ketirib chiqaruvchi sabablarni uch guruhga ajratish mumkin.

– Xizmat (mehnat) faoliyati jarayonidagi ziddiyatlar. – Shaxslararo munosabatlardagi psixologik xususiyatlar, simpatiya va

antipatiya, madaniy va etnik tafovutlar, rahbarning yomon kommunika-tsiyaga egaligi va boshqalar.

– Guruh a’zolarining o‘ziga xosligi, masalan, emotsional holatlarini boshqara olish uquviga ega emasligi, agressivligi, muloqotmandlik va takt-ning yetishmasligi1.

Ijtimoiy psixologik nuqtai nazaridan qaraganda ziddiyatning yuzaga kelishida shaxslarning alohida qarashlari, shaxslararo va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, maqsad, dunyoqarash to‘g‘ri kelmaydi, natijada antipatiya yuzaga keladi. Psixolog A.I. Kitov ham ziddiyatni 6 bosqichga bo‘ladi. (3-chizma)

ZIDDIYAT FUNKSIYASI

Ziddiyatni yuzaga

kelish davri Ziddiyatni anglash

bosqichi

Tomonlarning oshkor to‘qnashuvi

Jazo berish davri

Jazodan keyingi hali barqaror bo‘lmagan

davr Birinchi bosqich ziddiyat yuzaga kelgunga qadar bo‘lgan vaqt (davr)ni

o‘z ichiga oladi, ikkinchi bosqich intelektual darajadagi ziddiyatni rivojla-nishi, uchinchi bosqich ziddiyatda (kulminasiyaning yuzaga kelish, yuqori nuqta), to‘rtinchi bosqich ziddiyatli holatning kuchayishi, beshinchi bos-qich ziddiyatni qisman susayishi, oltinchi bosqich ziddiyatni yechilishi kabilarni o‘z ichiga oladi.

Birinchi bosqich – ziddiyatning yuzaga kelishigacha bo‘lgan holat va ziddiyatning yuzaga kelishida ichki qarama-qarshiliklarning paydo bo‘lish davri. Bu bosqichda ikkala tomonda ham ichki ruhiy kuch yig‘ilib boradi va ular buni bir-birlariga bildirmaydilar.

1 Я. Штумски Конфликтология. – Ростов на-Дону., 2000. – Б.47.

Tiklashаш

Page 102: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

102

Ikkinchi bosqich – ziddiyatning qaror topishida tashqi ta’sir kuchlari maydonga chiqadi. Bu davrada ziddiyatni ikkala tomon ham biladi, lekin ular ongli, aqlli harakat qilishadi. Har xil ma’lumotlar yig‘ilgan sari ziddi-yat kuchayib boradi va bu ularning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Uchinchi bosqichda ikkala tomon ham ochiq kurashga o‘tib oladi, ikkalasidan biri xayrixohlik bildirsa, ziddiyat ma’lum ma’noda yumshaydi, ammo ma’lum vaqtgacha ichki ruhiy ziddiyat saqlanib qoladi. Agar har ikki tomon ham xayrixohlik bildirmasa, u holda psixologik portlash yuza-ga keladi va ikkalasidan birortasi g‘alaba qozongunga qadar kurash davom etadi. Bu bosqichda ham ikki tomon hamma imkoniyatlarini ishga soladi.

To‘rtinchi bosqichda bir-birlarining harakatlarini tahlil qilib norasmiy baholaydi. Agar ulardagi qiziqish bir-biriga to‘g‘ri kelsa, o‘rta-dagi ziddiyat susayadi va vaziyatdan chiqsa bo‘ladi.

Beshinchi bosqich – o‘tib ketadigan, turg‘un holat. Bu bosqichda jarayon o‘tib ketgandan keyin unga rasmiy va norasmiy baho beriladi. Bo‘lib o‘tgan voqealarini eslashda tomonlar o‘zlarida noxush holatni sezishadi.

Oltinchi bosqich – tamoman yangi psixologik holat bo‘lib, ziddiyat rivojining nihoyasida, ya’ni jazo qo‘llanilganidan keyin ishtirokchilarning jamoadagi mavqei o‘zgarishidan so‘ng paydo bo‘ladi. Bu davrda ijobiylik yuzaga keladi, faqat haqiqatni yuzaga chiqarish uchun harakat qilinadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi faoliyatida qo‘yidagi ziddiyatlar uchraydi:

– ishchi muhitni tashkil etishdagi yetishmovchiliklarning mavjudligi; – boshqaruvchi xodimlar faoliyatidagi nuqsonlar; – xodimlarning bilim darajasi, individual-psixologik xususiyatlari,

rahbarning o‘z salohiyatiga ko‘ra faoliyatini taqsimlay bilmasligi; – jamoa ichidagi rahbar va xodimlar yoki shaxslararo munosabatlar

bilan bog‘liq kamchiliklar; – rahbariyat, ish faoliyati va jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatdan

qoniqmaslik; – kayfiyatning buzilishi; – rahbar bilan xodimning o‘rtasida o‘zaro tushunishning mavjud

emasligi, rahbar va xodimning nufuzga ega emasligi; – jamoa a’zolarida boshqaruv va o‘zini o‘zi boshqarishdagi faollik-

ning yetishmasligi; – jamoa a’zolarining bir maqsad yo‘lida jipslashmaganligi; – tizimli tartib-intizomning yo‘qligi; – faoliyat natijalaridan qoniqmaslik va boshqalar. Shu o‘rinda, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish

xizmati xodimi faoliyatidagi ziddiyatlarni keltirib o‘tish joiz:

Page 103: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

103

Oddiy ziddiyat salbiy ruhiy holatlarda yuzaga keladi, inson o‘zining hatti-xaraktalarini tushuntira olmay qoladi, bunday holatda ko‘pincha kayfiyati yo‘q, deb talqin qilinadi.

O‘tkir ziddiyatda shaxs yuqori hissiy-emotsional, o‘zini boshqara bilmaslik, muloqotdagi qo‘polligi bilan ajralib turadi. Eng qizig‘i, bunday shaxslar tabiatida qo‘rqitish asosiy o‘rinni egallaydi. Bu ziddiyatda asosiy maqsad, nima bo‘lishidan qat’i nazar, raqibni mag‘lubiyatga uchratish muhim hisoblanadi.

Davom etish muddatiga qarab ziddiyat qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Qisqa muddatli ziddiyat ma’lum vaqt – uch kungacha davom etadi, uzoq muddatli ziddiyat bir yoki bir necha yilga cho‘zilishi mumkin. Uzoq muddatli ziddiyat maishiy xarakterda bo‘lib, ularning 70 foiz olti oygacha davom etadi.

Ziddiyat ko‘rinishga ko‘ra ochiq va yopiq bo‘ladi. Ochiq ziddiyatda hamma ushbu holatni bilishadi, ziddiyatlashgan tomonlar esa bir-biridan o‘z niyatlarini yashiradi, lekin kerak vaqtda o‘z qarashlarini oshkor qiladilar.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi faoliyatida ziddiyatni yuzaga keltiruvchi obyektiv va subyektiv sabablar mavjud. Obyektiv sabablarga ishni tashkil qilishdagi kamchiliklar, norma-tiv hujjatlarning mukammal emasligi, xizmatdagi (ishdagi) qiyin sharoit-lar, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish qatnashchilari bilan bo‘ladigan munosabatda fikrlar va qarashlarning bir-biriga mos kel-masligi, jamoadagi psixologik iqlim bilan bog‘liq ahloqiy, kasbiy-shaxsiy holatlar, psixologik shart-sharoitlarning noqulayligi, salbiy emotsional-iro-daviy holatlar va hokazolar kiradi.

Subyektiv sabablar xodimning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari temperamenti, xarakteri, qobiliyati, muomala madaniyatning pastligi, tar-biyaning yetishmasligi, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylash-tirish xizmati faoliyatiga normativ-huquqiy xujjatlarni yaxshi bilmasligi, o‘ziga yuqori baho berish va hokazolarni qamrab oladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati-da ziddiyatlar o‘z tasniflash xususiyatlariga qarab quyidagilarga ajratiladi:

1) to‘qnashish darajasi va shakliga ko‘ra ochiq (munozara-tortishuv, janjal va boshqalar) va yopiq turdagi ziddiyatlar (asl maqsadlarni yashirib, zimdan ta’sir o‘tkazish) bo‘ladi;

2) tasodifiy paydo bo‘lishiga ko‘ra to‘satdan (stixiyali) yoki oldindan rejalashtirilgan ziddiyatlar mavjud.

Ziddiyatlar to‘g‘risidagi odatiy tasavvurlar maxsus tadqiqotlar yorda-mida salbiy xususiyatga ega ekanligi tasdiqlanadi. M.Doych ziddiyatlarni nazariy jihatdan tahlil qilib, destruktiv va produktiv turlarga ajratadi.

Page 104: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

104

Destruktiv ziddiyat xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiy-lashtirish xizmati xodimi va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchiliklar, tortishuvlar, ehtiyojlar, qiziqishlar va mayllar xilma-xilliligida aks etadi va bu oxir-oqibat shaxsni stressga olib keladi. Uning o‘ziga xos belgilar nizo sodir bo‘lishiga qiziquvchilar sonining ortishi, ularning nizoli harakatlari, bir-birlariga nisbatan salbiy qarashlarga egaliklari va bildirilayotgan fikr-larning keskinligida ifodalanadi. Boshqa bir belgisi sifatida nizoda oppo-nentning xislatlarini, o‘zaro ta’sirlashuv vaziyatlarini noto‘g‘ri idrok etishi va sheriklarga ishonchni o‘ta ortib ketish nazarda tutiladi. Bu turdagi nizo-larni hal etish ancha murakkab bo‘lib, buning yagona yo‘li murosa (kom-promiss)dir.

Produktiv ziddiyat muammo va uni yechish yuzasidan nuqtai nazarlar-dagi tafovutlar, qarama qarshiliklar va shaxslar o‘rtasida hissiy yaqinlik, o‘zaro hurmat, tushunish va hamjihatlikning yo‘qlida kelib chiqadi. Bun-day holatda ziddiyat muammoni atroflicha tushunishni, sheriklar motiva-tsiyasini, boshqa nuqtai nazarlarni himoyalashlarini taqozo etadi.

Avvalo shuni e’tirof etish lozimki, xorijga chiqish, kelish va fuqaro-likni rasmiylashtirish xizmati xodimi faoliyatida insoniy munosabatlarning har qanday tizimida ham fikrlarning rang-barang bo‘lishi va ular o‘rtasida farq hamda tafovutning bo‘lishi tabiiy hol. Buni har bir xodim to‘g‘ri idrok qilishi zarur. (4-chizma)

MUNOSABATLARDAGI TAFOVUT-

KONFRONTATSIYA

konsturktiv distruktiv

taraqqiyot, yangilik tanglik-stress

ZIDDIYAT, NIZO

Ziddiyatning asosi muloqot ishtirokchilaridan biri ikkinchisining o‘z

extiyojlarini qondirish, o‘z maqsadlariga yetishish jarayoniga to‘sqinlik qila boshlashi tufayli paydo bo‘ladi. Biroq bu hali nizo emas, shunchaki nizoli vaziyat. Muloqot ishtirokchilarining ushbu nizoli vaziyatda vujudga kelgan to‘siqni bartaraf etish uchun amalga oshiruvchi harakatlari nizoni, ya’ni ochiqdan-ochiq qarshi kurashni keltirib chiqaradi.

Demak, nizoning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: muammo + nizoli vaziyat + insident = nizo

Page 105: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

105

Nizo bahsdan qarama-qarshilikning haddan tashqari kuchayib ketgan-ligi bilan farq qiladi.

U tarkibiy tuzilishi, amal qilish sohasi, dinamikasi va turlariga ega. Nizoning tarkibiy tuzilishi muloqot ishtirokchilarining tashqi va ichki

pozitsiyasi hamda nizo obyektidan iborat (5-chizma): ichki tashqi tashqi ichki pozitsiya pozitsiya pozitsiya pozitsiya Bunda – tashqi pozitsiya – kishing xulq-atvori; – ichki pozitsiya –

kishining maqsadi va motivlari; – nizo obyekti – nizoning sabablari. Nizo dinamikasi uch bosqichdan iborat: 1) yetilish; 2) ro‘yobga chiqish; 3) so‘nish. Birinchi bosqichda nizo ro‘yobga chiqishining oldini olish mumkin.

Samarali usullardan biri kommunikativ o‘zaro ta’sir sohasidan predmetli faoliyat sohasiga o‘tish. Ro‘yobga chiqish bosqichiga o‘tgan nizoning oldini olib bo‘lmaydi. So‘nish bosqichining kelishini kutish kerak, chunki ushbu bosqichda korreksion tadbirlarni o‘tkazish samaralidir (6-chizma).

k d ye a s r k a 2 i j 1 3 n a l s i i k vaqt

Ziddiyatlar bir qancha belgilariga ko‘ra tasniflanadi: 1) Natijasiga ko‘ra: a) konstruktiv – munosabatlarning yaxshilanishi,

muammoning ikkila tomon uchun ijobiy hal etilishiga olib keladi; b) de-struktiv – munosabatlarning yomonlashuviga, muammoning hal etilmasli-giga olib keladi.

2) Davom etishiga ko‘ra: a) uzoq muddatli – ro‘yobga chiqish bos-qichi cho‘zilib ketgan nizo; b) qisqa muddatli – ro‘yobga chiqish bosqichi uzoq davom etmaydigan nizo.

Низо объекти

Page 106: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

106

3) Keskinlik darajasiga ko‘ra: norozilik, kelisha olmaslik, qarama-qarshilik, dushmanlik;

4) Faoliyat sohasiga ko‘ra: boshqarish sohasidagi, ta’lim-tarbiya sohasidagi, ishlab chiqarish sohasidagi.

Psixologlar muloqotdagi nizolarning oldini olish uchun qo‘yidagi qoidalarga amal qilish lozimligini uqtirib o‘tadilar:

1) tanqid va ayblovni ko‘p ishlatmaslik, ko‘p nolimaslik; 2) fikrda qisqaroq (5-9 so‘zdan iborat) gaplardan foydalanish; 3) e’tiborli tinglovchi bo‘lish kerak, suhbatdosh fikrini bo‘lmaslik,

suhbatdoshga o‘z fikrini bildirishi uchun vaqt berish, suhbatdoshga bo‘lgan qiziqishni ko‘rsatish, suhbatdosh nutqining xususiyatlariga kam-roq e’tibor berish, suhbatni monopollashtirib yubormaslik, suhbat vaziya-tidan chalg‘imaslik;

4) ovozni imkon qadar samimiy jaranglashini ta’minlash; 5) suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish; 6) qatyiy fikr bildirishdan saqlanish; 7) fikrni bildirishdan oldin u nima haqida ekanini ma’lum qilish; 8) suhbatdosh “tilida” gapirish; 9) bo‘lar-bo‘lmas bahslarga kirishishdan saqlanish; 10) buyruq ohangidan voz kechish; 11) “Hech qachon” va “har doim” so‘zlaridan ehtiyotkorlik bilan

foydalanish; 12) ijobiy emotsiyalarni saqlab turish kerak, ko‘proq tabassum qilish

kerak. Nizo ro‘y bergach, uni bartaraf etish uchun quyidagilarga amal

qilish tavsiya etiladi: 1) vazminlikni saqlab qolish (emotsional holatni imkon qadar bosh-

qarish, imkon qadar sharhlamaslik); 2) nizoning asosiy sababini aniqlashga intilish (aniqlashtiruvchi savollar

berish, suhbatdoshning ichki pozitsiyasini bilishga urinish); 3) shaxsiy sohadagi to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik (suhbatdoshning

shaxsiy xususiyatlaridan ranjishni, ularni yoqtirmaslikni ko‘rsatmaslik, shaxsiy ustunlikni ko‘rsatishdan saqlanish);

4) har bir so‘z va iboradan ehtiyotkorlik bilan foydalanish (negativ emotsional baholanuvchi so‘z va iboralardan – “siz xato qilayapsiz”, “yanglishdingiz”, “es-xushingiz joyidamas, shekilli” kabilardan, aql o‘rgatuvchi gaplardan foydalanmaslik);

5) kompromiss uchun ochiq bo‘lish (o‘zaro manfaatli kelishuvga doim tayyor bo‘lish);

Page 107: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

107

6) suhbatdoshning har bir gapini diqqat bilan tinglash va analiz qilish (suhbatdoshning so‘zlari va hissiyotlarini tushunishga, shaxsiy pozitsiyasi-ning suhbatdosh pozitsiyasidan nimasi bilan farqlanishini aniqlash) kerak.

Guruh ichidagi va guruhlararo munosabatlarda ziddiyatlarni bartaraf etish, barqaror muhitni yaratish ziddiyatlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun jamoa boshliqlari quyidagi holatlarni inobatga olishlari maqsadga muvofiq:

• xodimlarni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish; • mehnatni to‘g‘ri tashkil etish; • boshliq bilan xodim o‘rtasidagi munosabat xususiyatlarini farqlay

olish; • jamoaning har bir a’zosining burch va majburiyatlarini yaxshi

bilishi; • ishda qat’iy intizomni yaratish; • har xil salbiy psixologik hodisalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik

(mish-mish, g‘iybat, anonim holatlar). Har qanday kasbiy faoliyat kundalik muomala jarayonidan iborat. Xorij-

ga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari o‘rta-sidagi munosabatlar rasmiy-ma’muriy qurilganligi bois nizoli vaziyatlar uchun shart-sharoitning namoyon bo‘lishi anchagina qulaydir. Berilgan buyruqni bajarish, boshliq bilan munosabatda nizoli holatlarning oldini olishga shay turish, jazolashning murakkab ko‘rinish olishi xodimlarga ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Boshliq-xodim, xodim-boshliq, xodim-xodim munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish nizoli holatlarning oldini olish va bartaraf etishning asosiy shartlaridan biri sanaladi. Bu esa munosabat ishtirokchilaridan odamlar bilan muomalaga kirishish malakasini talab etadi. Ya’ni xodim shaxslararo munosabat o‘rnatish texnologiyasini puxta bilishi kerak. Xorij tajribasida nizoli vaziyatlarni hal etishda emotsional ko‘rinishdagi shart-sharoitlarni yaratish kerakligi o‘z isbotini topgan.

Ziddiyatni yechish metodikasi amaliyotga hech qanday ta’sir qilmas-ligi kerak. Umuman, jamoada ziddiyat chiqmasligida rahbarning o‘rni beqiyos. Rahbar asabiylashmasligi, boshqacha qilib aytganda, ziddiyatni yechishda bardoshli bo‘lishi kerak.

Pedagogik-psixologik ta’sir etishning asosiy usullaridan biri ishon-tirish usulidir. Bu usul jamoa murojaat qilganida qo‘llaniladi. Ziddiyatning barcha turlari jamoa faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki uning sabablarini aniqlash, uni yechish yo‘llarini izlash, aybdorlarni jazolash bularning barchasi vaqt talab qiladi. Umuman olganda, ma’muriy jazolash hech iloji bo‘lmagan hollardagina qo‘llanilishi kerak.

Page 108: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

108

Ziddiyatni yechishning asosiy usullaridan tashqari qo‘shimcha yo‘llari ham mavjud:

1) ziddiyatni umuman yo‘q qilish (bo‘shatish, bir ishdan ikkinchi ishga olib qo‘yish);

2) ziddiyatlashgan tomonlardan biri yutadi, ikkinchisi yutqazadi, yutqazgan uni tan olishi;

3) ziddiyatda ikki tomondan biri ikkinchisiga yo‘l berishi; 4) ziddiyatning asta-sekinlik bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolishi; 5) ziddiyatlashgan kishilardan biri ikkinchisining talabini qondirish; 6) ziddiyatni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarning oldini olish; 7) tomonlarni ishontirish (bir-birga) yo‘li bilan yarashtirib qo‘yish. Ziddiyatni yechish qiyin ijtimoiy psixologik muammo bo‘lib, uni kel-

tirib chiqargan tomonlarning har ikkalasi ham o‘zlaricha ruhiy tomondan haq bo‘ladi.

Ziddiyatning oldini olish va yechishda uning kelib chiqish sharoitlarini to‘g‘ri baholash; kelib chiqishga shart-sharoit yaratib bermaslik; ziddiyat-ning o‘zagini aniqlash, eng yuqori nuqtasida shaxsiy o‘zaro kelishishlarni topish; uning subyektiv sabablarini aniqlash; sub’yektlar tomonidan zid-diyatning yo‘nalishini aniqlash; ziddiyat qatnashchilarining hamma fikr-larini eshitish, shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarib qo‘ymaslik, aso-siy diqqatni ziddiyat predmetiga qaratish; ziddiyatni yechishda eng maqbul yo‘l izlash tavsiya qilinadi.

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin:

1) ziddiyat – psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda o‘ta murakkab nazariy va amaliy muammo;

2) ziddiyat ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan ikkiga bo‘linadi, ya’ni: qarama-qarshilik va qarama-qarshi kurashlar;

3) ziddiyat o‘zining tuzilishi va dinamikasiga ega; 4) ziddiyatni keltirib chiqaruvchi obyektiv va subyektiv sabablar

mavjud; 5) ziddiyatni yechishda asosan pedagogik va ma’muriy usullar qo‘l-

laniladi.

2-§. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy buzulish tushunchasi va uning psixologik tavsifi

Kasbiy buzilish – qonun va boshqa huquqiy normalarga rioya qilmas-

lik natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarning qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida shaxs, jamiyat va davlat manfatlariga zarar yetkazishida ifodala-

Page 109: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

109

nadi. Buning oldini olish uchun esa «ichki ishlar idoralari rahbar xodim-larining mas’uliyatini oshirish, qattiqqo‘llik, qat’iyat bilan ish olib borish, o‘zini ham, boshqalarni ham ayamasdan, ko‘pchilikni o‘z ibrati bilan orti-dan ergashtirishi, buning uchun raxbarning, avvalo, o‘zi halol va xolis bo‘lib, adolat bilan ish yuritishi, poraxo‘rlik hamda tanish bilishchilik kabi salbiy holatlarga qarshi kurashishni kuchaytirishi kerak»1ligini zamonning o‘zi taqozo etadi.

Shu o‘rinda savol paydo bo‘ladi: xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab bo‘ladi?

Psixolog A.V.Budanov bu muammoni uchta asosiy omilga bo‘lib o‘rganadi, ya’ni:

- xizmat sohasining o‘ziga xosligi (spetsifikasi); - shaxsiy fazilatlar; - ijtimoiy-psixologik omillar2: S.Medvedevning fikricha, xodimning sohaviy yo‘nalishi uning

huquqbuzarlikka ta’sirchanligiga ta’sir qiluvchi asosiy omildir. Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida quyidagilar aniqlangan: 1) 5 yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy buzilish arzimas bo‘lib, bu

toifa xodimlar xizmat sirlarini endi tushunib borayotganlar toifasiga kiritiladi; 2) 6-10 yil xizmat olib borgan xodimlarda kasbiy buzilish o‘rtacha

darajada; 3) 11-15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori; 4) 15 yildan ortiq xizmat qilgan xodimlarda esa axloqiy-kasbiy buzi-

lishlar ma’lum bir kasbiy ko‘nikmaga aylanib qoladi. Shuni aytish mumkinki, ko‘p yillar xizmat qilgan xodimlarda o‘z

kasbiy vazifalarini bajarishga nisbatan beparvolik, loqaydlik, sansalorlik (masalan fuqarolarning arizalarini ko‘rishda) kabi illatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hollari ko‘p uchraydi. Bular xodimning surunkali ruhiy va jismoniy jihatdan zo‘riqishidan kelib chiqadi.

Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past darajasi ham ichki ishlar idoralari xodimining shaxsiy va xizmat qobiliyat-lariga jiddiy zarar yetkazadi.

Psixologiya nuqtai nazaridan ushbu muammoga xodimning indi-vidual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib yondashilgan.

1 ИИВ нинг 2011 йил 28 январь кунидаги № 19-сон буйруғи. 2 Буданов А.В. Работа с сотрудниками органов внутренних дел по профи-

лактике профессиональной деформации: Практическое пособие для руко-водяших работников УВД, ОВД, служб по работе с личным составом, подраз-делений морально-психологического обеспечения деятельности ОВД. – М., 1992. – С.58.

Page 110: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

110

Xodimning kasbiy buzilishida undagi shaxsiy xususiyatlari ta’sirini rus psixologi A.V.Budanov quyidagicha tahlil qiladi1:

- xodimning intellektual darajasi (ya’ni u mustaqil fikrlash va mustaqil qaror qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o‘z ustida ishlashi va kasb mahoratini oshirishda layoqatsiz bo‘lib qoladi, ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila olmaydi).

- shaxsiy salbiy fazilatlari (ochko‘zlik, qo‘pollik, tajovuzkorlik, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlash, bilimsizlik, to‘porilik, o‘z shaxsiga yuqori baho berish).

Bular (vakolat doirasining kengligi, xizmat kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo‘lish) xodimning o‘ziga yanada yuqori baho berishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning psixolo-gik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos tomonlarini aniqlash, shu orqali uni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish hamda yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq.

«Ichki ishlar organlari xizmatiga tanlanayotgan nomzod ko‘pincha ichki ishlar organlari xizmati talablariga javob bermayapti. Bu ham yetma-ganday, uning shaxsiy salbiy fazilatlarining ifodalanishi forma kiyganidan keyin xizmat kiyimi va vakolati ta’sirida yanada zo‘rayadi»2. Bundan tash-qari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi omillar ta’siriga ruhiy immu-nitetning rivojlanmaganligi, qaltis vaziyatda tez va aniq qaror qabul qila olish reaksiyasining pastligi, o‘ziga yuqori baho berishi, irodaviy sifatlari-ning yaxshi rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va madaniy darajasining past-ligi tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida uning axloqiy jihatdan yemirilishiga sabab bo‘ladi.

Kasbiy tanazzul avval shaxsning o‘zida, keyinchalik esa xatti-hara-katlari orqali kasb faoliyati va atrof-muhitdagi munosabatlarida ifoda bo‘la boshlaydi. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish holati shu bo‘lim yoki bo‘linmada xizmat intizomining sustligiga dalil bo‘la oladi. Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni yashirin tarzda ifoda bo‘ladi. Ko‘p hollarda xodimning mast tarzda xizmatga chiqishini,

1 Буданов А.В. Работа с сотрудниками органов внутренних дел по профи-лактике профессиональной деформации: Практическое пособие для руко-водяших работников УВД, ОВД, служб по работе с личным составом, подразде-лений морально-психологического обеспечения деятельности ОВД. - М., 1992.

2 Профилактика профессиональной деформации личности сотрудника органа внутренних дел: Методическое пособие. – М., 2004. – С.10.

Page 111: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

111

avvalo, rahbarlarning o‘zlari (o‘zlariga gap tegmasligi maqsadida) yashira-dilar. Intizomiy jazoga tortilmagan xodim esa qilgan harakatiga mas’uliyat hissini sezmay, osongiga qutulib ketadi. Bu hol atrofdagilarga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.

Barcha buginlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali raxbarlar bosh-chilik kilmas ekan, mustaqlil mamlakatimizning obrusi, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas ekan, ishlarimiz ko‘ngildagidek bo‘lmaydi»1.

3-§. Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishlarning

oldini olish va uni bartaraf etish yo‘llari Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishlarining oldini

olish maqsadida bir qator yo‘nalishda chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.

1. Axloqiy sohada: – xushmuomala va mehribonlikni namoyon qilish; – muomalada imkon qadar qulay sharoitni yuzaga keltirish; – ijobiy javoblarni olishga intilish; – o‘zaro munosabatlarda kamtarin va samimiy bo‘lish; – o‘z xulqiga tanqidiy munosabatda bo‘lish. 2. Kasbiy professional faoliyatini tashkil etish sohasida: – har bir xodimni tanlab olishda va ishga tayinlashda ularning

qiziqishlari, mayllari va kasbiy layoqatini inobatga olish; – o‘z xizmat burchini bajarishda xodimlar oldiga aniq vazifalar, ko‘r-

satmalar va topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish;

– xodimlarga fuqarolar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa o‘rnatish mahoratini shakllantirish;

– xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal masalalarning yechimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash va ular xurmatini joyiga qo‘yish;

– xodimlarda o‘z faoliyatini o‘zi tahlil qilishga, o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish;

– xodimlarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun, oilasining tinchligi, hayotining sermazmun bo‘lishi uchun imkon qadar shart-sharoit yaratish;

1 Каримов И.А. Бунёдкорлик йўлидан Т. 4. – Т., 1996. – Б.287-288.

Page 112: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

112

– xodimlarda tashqi salbiy ta’sirlarga, zo‘riqishlarga chidamlilik immunitetini shakllantirish;

– xodimlarni nostandart vaziyatlarda o‘zini tuta bilish, adektvat harakat qilishga ruhiy jixatdan tayyorlash;

– xodimlarni jismonan va ruhan chiniqtirish va chidamliligini oshirish. 3. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida: – xodimlarda dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni, g‘oyaviy-

siyosiy madaniyatni va irodaviy hislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish;

– ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqid ruhida tarbiyalash; – irodaviy sifatlarni chiniqtirish; – jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobiliyatini hosil

qilish; – xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko‘rsatish; – tarbiyalash jarayonida o‘rgatish va majburlash, rag‘batlantirish va

jazolash usul va vositalaridan unumli foydalanish; – jamoada sog‘lom ruhiy muhitni vujudga keltirish; – qo‘l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash

borasida g‘amxo‘rlik qilish; – tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prinsiplarini birga

qo‘shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligi-ga asosiy e’tiborni qaratish;

– xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari va tili bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g‘ururni o‘stirish va milliy ongni shakllantirishda unumli foydalanish.

4. Ichki ishlar idoalari jamosida sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitini shakllantirish sohasida:

– yangi xizmatga kelgan xodimlarning va yosh mutahassislarning ishga ko‘nikishlarini tezlashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;

– qo‘l ostidagilar to‘g‘risida muntazam ravishda ijtimoiy-ruhiy ma’no-dagi ma’lumotlarni to‘plab borish, ya’ni ular to‘g‘risidagi mish-mishlar, gap-so‘zlar va hakazolardan ogoh bo‘lib turish;

– xodim va jamoa, boshliq va xodim o‘rtasida o‘zaro ishonch va do‘s-tona munosabatga asoslangan munosabatlarni o‘rnatish;

– jamoa oldida yaqin kunlar ichida va kelgusida qilinadigan ishlar to‘g‘risida axborot berib turish, bu to‘g‘rida fikr almashish;

– jamoatchilik fikriga quloq solish va undan unumli foydalanish; – xizmat ko‘rsatgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish

ishlarini ochiq va oshkora tarzda hal etish;

Page 113: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

113

– professional faoliyat davomida vujudga kelgan ijobiy an’analarni o‘rganish va mustahkamlash;

– jamoa va bo‘linmadagi xodimlarning ruhiy holatini, qobiliyatini inobatga olgan holda tezkor ishlarga jalb qilish, qo‘yish, ishga tayinlash va hokazo.

Ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni umumiy va bevosita qo‘llaniladigan chora-tadbirlar asosida olib boriladi.

Umumiy chora-tadbirlarga jamiyatdagi ziddiyatlarni tadrijiy yo‘l bilan hal qilgan holda huquqni himoya qiluvchi organlarda qonunlarga itoatkor-likni, hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlash kabilar kiradi. Zero, qonunga bo‘ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va dav-lat manfaatlarini chuqur tushunib yetish, ijtimoiy burch, ya’ni o‘z qilmishlari uchun davlat oldida javobgarlik tuyg‘usi bilan uzviydir. har bir qonunga itoatkor fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning yuksak man-faatlarini ifoda etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq man-faatlariga emas, balki uning o‘z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

1. Psixologiyada ziddiyat tushunchasiga qanday ta’rif bering. 2. Ziddiyatli holatlarning shaxs psixologiyasi va uning xulq-atvoriga ta’siri

nimalarda ko‘rinadi? 3. Ziddiyat turlarini aytib bering. 4. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi

faoliyatidagi ziddiyatli holatlarni psixologik tahlil qiling. 5. Ziddiyat dinamikasi va uning rivojlanishidagi asosiy bosqichlarni aytib

bering. 6. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi

faoliyatidagi qanday holatlar oddiy ziddiyatli holatlar hisoblanadi? 7. Ziddiyatlarni hal qilish va oldini olish, o‘z vaqtida to‘xtatish yo‘llari

haqida gapirib bering. 8. Ziddiyatlarni bartaraf etishning qanday usullari mavjud?

Page 114: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

114

8-mavzu UZOQ MUDDATGA KETIB QAYTIB KELGAN FUQAROLAR

BILAN PROFILAKTIK ISHLAR OLIB BORISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

1-§. Uzoq muddatga ketib qaytib kelgan fuqarolarning diniy ekstremistik oqimlarga mansubligini aniqlashda psixologik

bilimlarning o‘rni

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalari mus-tahkamlanishi xalqaro aloqalarning yengillashishiga, milliy qonunchilik va amaliyotni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari hamda xalqaro shartnoma va bitimlarga muvofiqlashtirilishiga imkon berdi. So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda aniq qadamlar tashlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi bilan bir qator davlatlar imzolagan bitim-larga asosan fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish tartiblari aniq belgilab berildi va diplomatik pasportga ega bo‘lgan ayrim chet el fuqarolariga esa mam-lakatimiz hududiga vizasiz kelib-ketish huquqi berildi.

Har yili mamlakatimizning minglab fuqarolari ishlash, o‘qish, davola-nish, sayohat qilish va boshqa maqsadlar bilan chet ellarga borib kelishadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatga ketganlar orasida turli diniy-ekstremistik oqimlar terrorchi tashkilotlar va boshqa uyushgan jinoiy tuzilmalarning ta’siriga tushib qolayotganlari, o‘ta og‘ir va og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etayotganlar ham ko‘plab uchramoqda.

Albatta, bu kabi salbiy holatlar ichki ishlar organlarining tegishli soha-viy xizmatlari, xususan, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylash-tirish xizmati xodimlaridan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uzoq muddatga chet elga chiqishlari va qaytib kelishlarini, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni tizimli tashkil etishga qaratilgan bir qator vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. Doi-miy yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar amalga oshirib kelinayotganiga qaramay, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni bugun talab daraja-sida deb bo‘lmaydi.

Uzoq muddatga chet elga chiqish – bu O‘zbekiston Respublikasi fuqa-rolari, shuningdek, mamlakatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyidan bir oydan kam bo‘lmagan muddatga har qanday maqsad bilan chet elga chiqishi hisoblanadi.

Uzoq muddatga chet elga chiquvchi shaxs mehnat qilish yoki qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish, xizmat safari,

Page 115: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

115

ta’lim olish, davolanish, sayyohlik, qarindoshlarini ko‘rish, xususiy ishlar yuzasidan bir oydan ortiq muddatga chet elga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirgan yoki ushbu muddatda chet elda bo‘lib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardir.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishlari tartibi. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan, O‘zbeki-ston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishlari uchun ruxsatnomalar (MDHga a’zo davlatlarga chiqish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talab etilmaydi) ichki ishlar organlarining XCHK va FR xizmatlari tomonidan beriladi. Fuqarolarning chet elga chiqish hujjatlari Qoraqalpog‘iston Res-publikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB XCHK va FR xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijga vaqtinchalik chiqmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘zlari doimiy yashayotgan joydagi ichki ishlar organlariga murojaat qiladilar va kerakli hujjatlarni taqdim etadilar.

Agar fuqaro davolanish uchun xorijga ketayotgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash organlari yo‘llanmasi yoki xorijdagi davolash muassasasi taklifno-masini ham taqdim etadi. Xizmat safari bilan xorijga ketayotgan fuqarolar safarga jo‘natayotgan tashkilotning bu haqdagi talabnomasini taqdim etishlari kerak.

Shuningdek, fuqarolarning belgilangan tartibda to‘ldirilgan ariza –anke-talari ularning oxirgi ish (o‘qish) joylaridagi tashkilot, korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi, ishlamayotgan fuqarolarning ariza-anketalari esa, doimiy yashash joylaridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlanadi va ta’kidlab o‘tilgan organlar muhrlari qo‘yiladi.

Voyaga yetmaganlar, ya’ni 18 yoshga to‘lmaganlar o‘zlarining qonu-niy vakillari (ota-onasi, vasiysi, homiysi) hamrohligida yoki qonuniy vakillari tomonidan vakolatlangan ishonchli shaxslar (qarindoshlari, safar-ga jo‘natayotgan tashkilotlar vakillari, boshqa shaxslar) hamrohligida yoxud mustaqil ravishda chet elga borishlari mumkin.

Agar voyaga yetmagan fuqaro xorijga vaqtinchalik yashash uchun ota-onasining biri bilan birga ketayotgan bo‘lsa, ikkinchisining roziligi talab etilmaydi.

Voyaga yetmagan fuqaro xorijga ishonchli shaxs hamrohligida keta-yotgan bo‘lsa, hamrohlik qilayotgan ishonchli shaxsning pasportiga voya-ga yetmaganning fotosurati yelimlanib, u haqdagi ma’lumotlar kiritiladi. Voyaga yetmagan fuqaro xorijga ketayotganda, hamrohlik qilayotgan shaxs unga ariza-anketa to‘ldiradi va bunda voyaga yetmaganning qonuniy vakillari va hamrohlik qilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Page 116: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

116

16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolari ishonchli shaxs hamrohligida chet elga keta-yotganlarida chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtirila-digan stikeriga unga hamrohlik qilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Agar 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar va ularga ham-rohlik qiluvchi shaxslarning yashash manzillari boshqa-boshqa joyda bo‘lsa, u holda chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiri-ladigan stikeri voyaga yetmagan shaxslarning doimiy yashash manzil-laridagi XCHK va FR xizmatlarida rasmiylashtirib beriladi.

Chet elga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaroning ariza-anketalarini ko‘rib chiqilishi hamda uni XCHK va FR xizmatlari manbalaridan, IIV, IIBB, IIB Axborot markazi hamda MXX bo‘limlaridan tekshirish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.

Fuqarolarning chet elga chiqish haqidagi murojaatlari bo‘yicha qaror O‘zbekiston Respublikasi IIV XCHK va FRB, Qoraqalpog‘iston Respubli-kasi IIV, IIBB, viloyatlar IIB, Toshkent shahar, tuman IIB XCHK va FR xizmatlari boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.

Xorijga chiqish haqida murojaat qilgan arizachilarni tekshirish. O‘zbekiston Respublikasidan chet elga doimiy yoki vaqtincha yashashga chiqish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlari hisobidan tekshiruvdan o‘tkaziladi va ularning chiqishlari O‘zbekiston Respublikasi MXX organlari bilan kelishiladi.

Chet elga chiqish uchun murojaat qilgan fuqarolar quyidagi manbalar-dan tekshiruvdan o‘tkaziladi:

– IIV, IIBB, IIB Axborot markazlaridan; – IIV–IIBB–IIB XCHK va FR boshqarma, shahar, tuman IIB XCHK

va FR bo‘limlaridan; – Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari

hisoblari bo‘yicha tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi: – avval qabul qilingan salbiy qarorlar holatlari va yuridik ahamiyatga

ega bo‘lgan hamda bajarilmagan majburiyatlarning mavjudligi; – fuqarolarning chet elga doimiy va vaqtincha yashashga chiqishlari

mumkinligi haqida Milliy xavfsizlik xizmati organlarining ijobiy fikri mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

– O‘zbekiston Respublikasi IIV XCHK va FR bo‘limlarining muayyan shaxslarning chet elga chiqish hujjatlarini XCHK va FR boshqar-masi yoki O‘zbekiston Respublikasi IIVning boshqa manfaatdor xizmatlari bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqish haqidagi ko‘rsatma-xati mavjudligi.

Page 117: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

117

Chet elga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish. Chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikeri O‘zbekiston Respublikasi IIV, Qorakalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB, Toshkent shahar-tuman IIBlarida rasmiylashtiriladi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda fuqarolarning chet elga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni xodimlardan birmuncha e’tiborliroq bo‘lishni talab etadi. Xususan, ularning ilgari chet davlatlarda norasmiy va noqonuniy faoliyatlar (fohishalik, qo‘shmachilik, norasmiy mehnat faoliyati) bilan shug‘ullanganligi, deportatsiya qilinib-qilinmagani, hujjatlarning haqiqiyligini puxta tekshirish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarining vizalar uchun nazarda tutilgan betiga «chet elga vaqtinchalik borish uchun ikki yil davo-mida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikeri» va «chet elga doimiy yashash uchun borishga ruxsat berish yozuvi stikeri» yopishtirib beriladi.

Chet elda doimiy yashash uchun ketishga ruxsat berish yozuvi stikeri-ning amal qilish muddati ko‘rsatilmaydi.

Bu hujjatlar arizachiga tilxat orqali beriladi. Chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan

stikeri kompyuterda maxsus matematik dastur asosida o‘zbek tilida lotin alifbosida to‘ldiriladi.

Chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerining yuqori qismiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi milliy pasportining seriyasi va raqami;

– chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini amal qilish muddati (doimiy yashash uchun chet elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerining amal qilish muddati ko‘rsatilmaydi);

– chet elga birga boradigan shaxs(lar)ning familiyasi, ismi va tug‘il-gan sanasi.

Chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerining pastki qismiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi milliy pasportining seriyasi va raqami;

– chet elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerining amal qilish muddati (doimiy yashash uchun chet elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerining amal qilish muddati ko‘rsatilmaydi);

– arizachining familiyasi, ismi va sharifi; – chet elga birga boradigan shaxs(lar)ning familiyasi, ismi va tug‘il-

gan sanasi.

Page 118: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

118

Shundan so‘ng chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerining yuqori qismi pastki qismidan ajratib olinib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining vizalar uchun nazarda tutilgan varaqlariga yopishtiriladi va ichki ishlar organlarining XCHK va FR xizmati boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanib, viza muhri bilan tasdiqlanadi.

Uning tarixiy ildizlarini, yuzaga kelishining ijtimoiy-psixologik sabab va oqibatlarini o‘rganish, nihoyat, siyosiy jihatdan tahlil qilish extiyoji tug‘ilmoqda.

XCHK va FR xizmati xodimlari yashash manzillaridan uzoq muddatga ketib, qaytib kelgan shaxslar bo‘yicha zarur profilaktik tadbirlarni hududiy profilaktika (katta) inspektori hamda boshqa sohaviy xizmatlar xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilib, uzoq muddatga ketgan shaxslarning qayerdaligi va qanday ishlar bilan shug‘ullanayotganligi, oilaviy turmush tarzida o‘zgarishlar bor-yo‘qligi, diniy-ekstremistik oqim ta’siriga tushib-tushmaganligini aniqlash borasida keng qamrovli tezkor tadbirlarni amalga oshiradilar.

Ma’lumki, bugungi kunda jamiyatimizga xavf solayotgan xodisalar ichida terrorizm xavfi alohida o‘rin tutadi.

“Terrorizm” atamasiga 200 ga yaqin ta’rif berilgan, biroq ularning birontasi hali tan olinmagan. Shuning uchun ham, bu hodisaga aniq va mukammal ta’rif berish juda qiyin.

Terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi individlar, psixologik jihatdan qaraganda to‘liqsiz yoki izdan chiqqan psixoijtimoiy moslik natijasi ekan-ligini ko‘rish mumkin. Bular shaxs uchun barqarorlashtiruvchi psixologik asos bo‘lib, o‘zini yaxlit shaxs sifatida his qilish, hayotiy fikrlarga ega bo‘lishi va o‘z-o‘zini anglashining muhim komponentlari, qudratli mexa-nizmi hisoblanadi.

Terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar uchun dunyoni salbiy jihatdan tushunish bir qator omillar ta’siri ostida vujudga kelishi xarakter-lidir. Natijada terrorchi shaxs uchun «Men yaxshi, dunyo yomon» degan nuqtai nazar shakllanadi. Bu pozitsiya turli xil destruktiv harakatlarni oq-lash va o‘z-o‘zini ruhiy himoyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Terrorchi shaxsining psixologik tasnifi: 1) “Tashkilotchilar” a) mafkuraviy fanatlar; b) bevosita tashilotchilar; v) namoyishkorona tip. 2) “Ta’minlovchilar” a) yollovchilar;

Page 119: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

119

b) teraktlarni tayyorlovchilar; v) pedagog – murabbiylar; s) texnologlar. 3) “Bajaruvchilar” a) tajovuzkor tip; b) fanatik tip; v) zombilashtirilgan tip; g) qasoskor tip. “Tashkilotchilar”. Ushbu kategoriyaga a’zo bo‘lganlarni genetik

terroristlar yoki insonlar deyish mumkin. Ular yoshlik davridanoq ter-rorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga moyil bo‘lgan shaxslardir. Ularda siyosiy yoki ijtimoiy ko‘rinishdagi hokimiyatga erishish pog‘onama-pog‘ona emas, balki umuminsoniy qadriyatlarga zid bo‘lgan vahshiyona xatti-harakatlar orqali erishishga asoslanadi.

Mafkuraviy fanatlar – terrorchilarning juda xavfli tipi hisoblanib, shaxsiy e’tiqodlari (diniy, mafkuraviy, siyosiy) va xatti-harakatlariga, shu-ningdek, o‘z dunyoqarashlari, o‘zining gunohsizligi hamda insonlarning taqdirini boshqarish mumkinligiga ishonadilar. Ushbu toifadagilar notiqli-gi, yetarli darajada yuqori aqliy darajasi va boshqa odamlarga samarali psi-xologik ta’sir eta olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bevosita tashkilot-chilar – ma’lum ma’noda barqaror va sovuqqon tip. Aniq teraktlar, oldin-dan o‘ylangan va rejalashtirilgan terrorchilik harakatlari g‘oyaviy ta’min-langanlik va emotsional qat’iyatlilik bilan amalga oshiriladi. Lider ushbu faoliyatdan tashqarida bo‘lishni ma’qul ko‘radi. Namoyishkorona tip – ochiqchasiga jangovar boshqaruvchi, maqtanchoq va o‘zini yaxshi ko‘ruv-chi «dovyurak-jangchi». Barcha narsalar va hammaga nafrat ko‘zi bilan qarab lazzatlanadi, o‘zining «buyuk»ligiga ishontirish ularga xos xislat.

“Ta’minlovchilar”ga turli ko‘rinishdagi noqonuniy yoki jinoiy yo‘llar yordamida oddiy mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kiradi.

Yollovchi – boshqalarni terrorchi tashkilotlarga jalb qiluvchi shaxs. Yuqori va tez psixologik aloqa o‘rnatishga moyil, psixotexnologik ko‘nik-malarga ega, ishontirib (gipnoz) ta’sir qilishi bilan ajralib turadi. Ushbu toifadagilar terrorchi tashkilotlarda eng kuchsiz bo‘g‘in hisoblanib, ular-ning vazifasi ta’sirga tez beriluvchi odamlarni aniqlash va topib, psixo-logik ta’sir o‘tkazishdan iborat. Teraktlarni tayyorlovchilar – asosan sobiq maxsus xizmat xodimlari bo‘lib, ikki yoki undan ortiq davlatlarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar. Ularda uzoq yillar davomida qo‘poruvchi-lik, ba’zan esa antiterrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish natijasida

Page 120: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

120

terrorchi shaxslarga xos bo‘lgan psixologik sifatlar shakllangan bo‘ladi. Biroq yosh jihatidan yoki biror-bir sabab tufayli davlat xizmatining ijti-moiy yo‘nalganligini o‘zgartiradi. Masalan, ular odatiy davlat xizmatida, biroq «dushman tarafi»da bo‘lib faoliyat olib boradilar. Bunday maxsus xizmat xodimlarining ma’naviy-axloqiy, insoniy qadriyatlari qo‘poruvchi-lik faoliyati bilan uzoq yillar davomida shug‘ullanishi natijasida yo‘q bo‘lib ketgan. Ijtimoiy yo‘nalganlikning o‘zgarishida asosiy rolni «moddiy manfaat» o‘ynaydi. Terrorizmda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun davlat xizmatiga qaraganda bir necha barobar ko‘p haq to‘lanadi. Pedagog-murabbiylar – teraktlarni tayyorlovchilar bilan bir jabhada faoliyat ko‘rsatadigan shaxslar. Ular terrorchilik faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘riqchi (instruktor)lik bilan shug‘ullanadilar. Odatda ular boylik girdobiga tushgan sobiq maxsus xizmat xodimlaridir. Pedagog-murabbiy terrorchilarning professional faoliyati o‘zgarmaydi. Ular ilgari terrorizmga qarshi kurashishni o‘rgatgan bo‘lsalar, endilikda esa, o‘tmishdagi tajribalariga suyangan holda terrorchilarni o‘zlarining sobiq shogirdlariga qarshi kurashishga o‘rgatadilar. Texnologlar ham ter-rorchi tashkilotlarning a’zolar bo‘lib, ularning asosiy vazifasi teraktlarning sodir etilishini texnik jihatdan ta’minlab berish hisoblanadi. Aniq terror-chilik xatti-harakatlarini sodir etish uchun shart-sharoitlarni tayyorlash va portlovchi moslamalarni yaratish sohasida texnik hamda boshqa malaka-larga ega shaxslar. Kimdir terrorchilar uchun soxta hujjatlar, kimdir trans-port vositasi va samolyot uchun chipta, yana kimdir portlovchi moslamalar uchun omborxonalar tayyorlaydi.

“Bajaruvchilar” – terrorchi tashkilotning eng quyi pog‘onalarida turuvchi va bevosita teraktlarni amalga oshiruvchi shaxslardir. Ular port-lovchi moslamani hodisa joyiga olib boruvchi, masofada turib portlovchi moslamani harakatga keltiruvchi, o‘limdan qaytmaydigan yo‘l ko‘rsatuv-chilar, o‘zini «qurbon» yoki «shahid» qiluvchi ayol va erkaklardir. Taja-vuzkor tip – toifasidagi odamlar zo‘rlashga, o‘ldirishga, hamma narsani buzishga va hammani qo‘rqitishga xos tajovuzkor ehtirosga ega. Terror – emotsional qoniqishning asosiy usuli. Ushbu toifaga kiruvchilar «qotib qolgan» (otmarozka), ma’nan qashshoq, zolim, vahshiy, rag‘batlantirish uchun ishlovchi bo‘lib, ular uchun kimni so‘yish yoki otishning farqi yo‘q. Fanatik tip – eng xavfli tiplardan biridir, ular teraktlarni sodir etishga borishda o‘z o‘limiga oldindan va ongli tayyorlanadilar. Zombilashtirilgan tip – o‘z joniga qasd qilish vazifalarini ideal tarzda bajaruvchilardir. Das-turlashtirilgan avtomat sifatida va ta’sirga berilish oqibatida harakat qiladi. Vazifani bajarishda tez fikrlaydi va qo‘rquvni his qilmaydi. Qasoskor tip –

Page 121: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

121

asosiy motivi o‘zi uchun, yaqinlari yoki do‘stlari hamda yagona e’tiqoddoshlari uchun qasos olish hisoblanadi. Ushbu toifadagilar ichida ko‘proq o‘spirinlar va ayollar uchraydi. Avantyurist tip – qattiq siyosiy e’tiqod va barqaror siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmagan odam. Ushbu toifadagilarning boshqalardan farqi yakka holda harakat qilishidir.

«Bajaruvchilar»ni o‘z joniga qasd qiluvchi terrorchilar toifasiga kiritish mumkin. Ushbu toifadagi odamlarda o‘lish va o‘ldirishga xohish yuqori bo‘ladi, o‘zini juda kuchsiz his qiladi. Ushbu e’tiqodning ichki motivlaridan biri o‘z kuchi bilan zaiflikdan qutulishdir. Bunday odamlarda tobelik ekstremal kechinma hisoblanadi.

O‘z joniga qasd qiluvchi (hudkush) terrorchilarning maqsadlari – odamlar ko‘p joylarda, shaharning markaziy tumanlarida o‘zlariga katta e’tibor qaratish. Agar aholidan to‘sib qo‘yilsa, u ko‘proq huquqni muho-faza qiluvchi organlar xodimlarini yo‘q qilishga harakat qiladi. Ular muzo-kara olib borishda bir maqsadni ko‘zlaydi, ya’ni yon-atrofiga imkoni bori-cha ko‘proq odamlarni yig‘ish, ya’ni o‘z jonini qimmatroqqa sotishga harakat qiladi.

Terrorizm keyingi paytlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Agar ilgari muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida uning odamlarni garov-ga olish, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otish, u yoki bu davlat obyektlarini portlatish, davlat arbobiga suiqasd qilish va hokazo ko‘rinishlari kuzatil-gan bo‘lsa, bugun o‘z g‘arazli maqsadi yo‘lida to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson resurslaridan foydalanish hollari ham ommalashib bormoqda. Terrorizmning bu ko‘rinishi «qurbonlik» yoki «shahidlik» terrorizmi deb ataladi.

Odatda «hudkushlik»ni qaror qilgan shaxslar o‘z jonini qurbon qilishni taklif qilmaydilar. Ularni «ma’naviy murabbiyi» yoki sardori tanlab oladi. Shundan so‘ng esa uzoq muddatga rejalashtirilgan psixologik tayyorgarlik jarayonlari boshlanadi.

«Qurbonlik» yoki «hudkushlik»ka mubtalo bo‘lgan terrorchilarni zararsizlantirish juda mushkul, chunki u o‘limga tayyor. Bunday nobakor ishlarga qarshi maxsus xizmat xodimlarining samarali mehnatlari orqali natijaga erishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, terrorchi har soniyada hayot bilan vidolashishga tayyor emas. U doimiy ravishda barmog‘ini harakatga keltiruvchi tugmada tutib turishi mumkin emas. Terrorchi o‘z joniga qasd etishi uchun kamida yarim daqiqa vaqt kerak bo‘lar ekan. Mana shu yarim daqiqa hal qiluvchi vazifani bajaradi.

O‘limga yuboriladigan terrorchi g‘ayritabiiy (patologik) shaxs bo‘lib, unga tajovuzkorlik, qo‘rquv, depressiv holat, aybdorlik hissi, avtoritarizm, o‘ziga va boshqalarga mardlik yetishmasligini qayd etish, egotsentirizm (xudbinlik), ashaddiy ekstrovertlik xos, degan fikr mavjud.

Page 122: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

122

Terrorchi-hudkushlarga yuqori darajadagi tajovuzkorlik, umuminsoniy qadriyatlardan voz kechish xosdir. Shuningdek, quturgan va murosasiz hamfikrlar guruhi o‘zlarini faqat umumiy intilishda, faqat olomondagina kuchli hisoblashi mumkin bo‘lgan yolg‘iz va ruhan ojiz odamlardan tashkil topadi. Olomon ishonuvchan, bo‘ysunuvchan va o‘zgaruvchan odamlardan tashkil topadi. Ularning mavjudligi – dinga o‘xshash ishonchdir. Ammo ter-rorchi-shahidlarda bu din qarama-qarshi qo‘yishlar mafkurasidir. Dunyoni «biz va ular» tarzida ko‘rish, musulmonlar va «kofirlar»ga bo‘lish har qan-day o‘zgacha fikrlashga nisbatan ashaddiy murosasizlikda namoyon bo‘ladi.

O‘limga yuboriladigan terrorchilarni tayyorlash – tashkiliy jihatdan murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. Dastlab o‘limga yuboriladi-gan terrorchilikka nomzodlar tanlanadi. Asosiysi – o‘zini (din yo‘lida, biror maqsadga erishish uchun yoki qasos olish maqsadida) qurbon qilishga moyil bo‘lganlar aniqlanadi.

1. Tanlashda asosiy tayanchni xufiya bosqinchilar boshliqlari psixo-logik jihatdan shikastlangan, ruhiyati chegaraviy holatda bo‘lgan va doimo o‘lim haqida o‘ylab yurgan odamlarga tayaniladi. Ilgari yo‘q qilingan jangarilarning qarindoshlari (tul qolgan xotinlari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va boshqalar «qasos harakati»ni sodir etish uchun), shuning-dek, tuzalmaydigan kasallar, jiddiy jismoniy nuqsonlari bor nogironlar kiradi. Jismoniy jihatdan nogironlik – qo‘l, oyoq, ko‘zning yo‘qligi terror-chilarga blok-postlardan, ichki ishlar bo‘limlariga va huquqni muhofaza qilish organlari joylashgan yerlarga terrorchilik harakatlari sodir etish uchun o‘tishlarini osonlashtiradi, deb hisoblanadi. Bunday shaxslar tekshi-ruvchi organlarda kamroq shubha uyg‘otadi, shu bois ular har qanday jamoat joylariga osonroq kirib boradilar.

2. Ayollarni erkaklarga qaraganda jalb qilish osonroq kechadi. Ularni halok bo‘lgan erlari, farzandlari, aka-ukalari yoki boshqa qarindoshlari uchun qasos olishga ko‘ndirish osonroq kechadi.

3. Terrorchilik faoliyatiga mutaassiblikka (fanatizmga) moyil bo‘lgan, odamlar ko‘proq jalb etiladilar. Ma’lumki, ko‘pchilik mutaassib terror-chilar o‘z faoliyatining ijtimoiy oqibatlari haqida kam o‘ylaydilar.

4. O‘limga yuboriladigan terrorchilar qatoriga bo‘ynida uzib bo‘l-maydigan qarzi bor, shuningdek shariat sudi tomonidan o‘limga hukm etilgan shaxslar kirib qoladilar. Jangarilar tarqatadigan soxta islomiy mafku-raga muvofiq, o‘limga yuboriladigan terrorchilar guruhiga kirish ularga «Olloh oldida aybini yuvish» imkonini beradi.

5. Emissarlar (maxfiy-siyosiy topshiriq bilan chet elga yuboriladigan kishi, agent)ning obyektlarini yaqin qarindoshlari bo‘lmaganlar, ilgari bosqinchilar guruhlarida ishtirok etgani uchun jazoga hukm etilganlar,

Page 123: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

123

shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining e’tiborini eng kam tortadigan 14 yoshdan kichik bolalar tashkil qilishi mumkin.

Bu odamlarning hammasiga yuqori darajadagi ishonuvchanlik xos bo‘lib, muayyan sharoitda bu jihat qisqa muddatda insonning xulq-atvorini kerakli yo‘nalishda loyihalashtirish imkonini beradi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining uzoq muddatga ketib diniy-ekstremistik oqimlar t’siriga tushib qolgan va qaytib kelgan fuqarolar bilash psixoprofilaktik ishlarni olib borishdagi asosiy vazifalari:

fuqarolik pasportlarini yo‘qotib, xorijga chiqish, kelish va fuqarolik-ni rasmiylashtirish xizmati xodimlariga murojaat etgan fuqarolarning ruhiy holatini kuzatish;

mahalla, qishloq, ovul va boshqa aholi yashash manzillarida keng qamrovli tekshiruvlarni o‘tkazib, uzoq muddatga chet elga ketgan shaxs-larni aniqlash;

tezkor profilaktik tadbirlarni o‘tkazish orqali uzoq muddatga chet elga ketgan shaxslarni profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda qayerga ketganligi, qanday faoliyat bilan shug‘ullanayotganligini aniqlash, jumla-dan, faoliyati qonun bilan taqiqlangan tashkilot yoki diniy ekstremistik yo‘nalishdagi guruhlarga aloqadorligi yoxud boshqa g‘ayriqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan shaxslarga nisbatan qonuniy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

uzoq muddatga chet elga ketgan shaxslarning oila a’zolari va yaqin-lari bilan profilaktik suhbatlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazish;

shaxslarning uzoq muddatga chet elga ketishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, o‘rganish;

psixolog va mutaxassislar yordamida chet elda uzoq muddat bo‘lib qaytgan shaxslarning turli ekstremistik guruhlar, terroristik tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib qolgan-qolmaganligini aniqlashga yo‘naltiril-gan maxsus psixologik suhbatlar o‘tkazish, kuzatish;

uzoq muddatga chet elga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyatini amalga oshirish jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilot-lari, fuqarolar bilan hamkorlik qilish.

2-§. Odam savdosi jinoyatchiligiga aloqador shaxslar

bilan ishlashning psixologik jihatlari Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari

ba’zan murakkab, qaltis vaziyatlar ham uchrab turadi. Bunday vaziyat-

Page 124: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

124

larning yuzaga kelishi obyektiv sabablarga bog‘liq bo‘lsa, xodimning psi-xologik holatining keskinlashuvi subyektiv sabablarga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, xodim o‘zidagi empatik, ya’ni hamdardlik xissi orqali boshqa shaxslarga yordam berishni istashi, xissiyotga berilishi yoki holatni atrofli-cha o‘rganmasdan turib unga subyektiv baho berishi mumkin. Bu ko‘pin-cha odam savdosi jabrlanuvchilari bilan ishlash jarayonida kuzatiladi.

Odam savdosi jabrlanuvchilari bilan ishlashda xodimlar xizmat vazifalarini bajarishda zamonaviy psixologik bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari odam savdosidan jabrlanganlar bilan ishlashda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratishi kerak:

– odam savdosi qurbonlari bilan muloqotga kirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

– odam savdosidan jabrlanganlarning tashqi belgilari haqida psixo-logik bilimlarga ega bo‘lish;

– jabrlanuvchilarning ishonchini qozona olish; – odam savdosidan jabrlanganlar bilan muloqotga kirishishda e’tibor-

dan chetda qoldirib bo‘lmaydigan holatlar; – jabrlanuvchilarga yordam beruvchi boshqa tashkilotlar bilan ham-

korlik masalasiga alohida e’tibor qaratish. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari har doim ham odam

savdosidan jabrlanganlarni aniqlay olmaydilar. Ular jabrlanuvchilarga no-qonuniy migrant yoki mehnat hamda boshqa qonunchilikni buzuvchilar sifatida qarashadi. Buning oqibatida esa odam savdosi jabrlanuvchilari keyinchalik yomon hissiyotlarni boshdan kechiradilar,eng yomoni, ular-ning huquqlari poymol bo‘ladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi eng avvalo, odam savdosidan jabrlanganlarni aniqlash va ular bilan profes-sional ishlash malakasini egallashi kerak. Bu: jabrlanuvchilarga qayta ozor bermaslik uchun ularga jinoyatchi emas, balki jabrlanuvchi sifatida qarash; odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qarshi ko‘rsatmalar yoki ularni ushlashda kerak bo‘ladigan har qanday ma’lumotlar bilan o‘rtoqla-shishlari uchun jabrlanuvchilar bilan ishonchli aloqa o‘rnatish; ularning yordami va ko‘rsatmalariga qarab haqiqiy aybdorlarni aniqlashda namo-yon bo‘ladi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi boshqa sohaviy xizmatlar bilan xamkorlikda turli xil profilaktik tadbirlar doirasida odam savdosi jabrlanuvchilari bilan muloqotga kirishadi.

Xodim turli vaziyatlarda odam savdosidan jabrlanganlarga to‘qnash kelishi, biroq ularning jabrlangan ekanliklarini doim ham bilmasligi mum-

Page 125: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

125

kin. Chunki odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yoki uning jabr-lanuvchilari o‘zlarini bildirmaslikka harakat qiladilar.

Ya’ni odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, undan jabrlan-ganlar fosh bo‘lmasliklari va jabrlanuvchi ekanliklarini bildirib qo‘ymaslik uchun turli kompleks choralar ishlab chiqib, amalda qo‘llaydilar. Masalan, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar jabrlanganlarni begona ko‘zlardan yashirish maqsadida ko‘pincha uy qamog‘ida saqlaydilar; sirni kimdir fosh etgudek bo‘lsa, u holda uning o‘zi yoki oila a’zolarini o‘ldirish yo‘li bilan qo‘rqitadilar, buni jismoniy azob berish yo‘li bilan amalga oshiradilar. Natijada, shaxsiy hujjatlari olib qo‘yilgan jabrlanuvchi qamoq-qa tushishi yoki migratsiya xizmati xodimlarining tazyiqiga uchrashdan qo‘rqadi va barchasiga ko‘nishga majbur bo‘ladi.

Odam savdosi bilan shug‘ullanadigan shaxs tomonidan yuqorida kel-tirilgan bir yoki bir necha ususllarni qo‘llash orqali jabrlanuvchi shaxs yashiriladi, u haqida ma’lumot to‘plash, jabrlanuvchilarni aniqlash va jinoyatni ochish borasida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham, aynan mana shu sabablarga ko‘ra xorijga chiqish, kelish va fuqaro-likni rasmiylashtirish xizmati xodimi odam savdosi jabrlanuvchilarini aniqlashning belgilari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.

Odam savdosi jabrlanuvchilarini quyidagi omillar yoki belgilar asosi-da ajratish mumkin:

– insonning nasl-nasabi va ijtimoiy kelib chiqish sharoiti; – odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning jabrlanuvchilarni nazo-

rat ostida saqlash usullari; – jabrlanuvchining o‘z holatiga jismoniy yoki psixologik reaksiyasi; – jabrlanuvchilar qashshoq oiladan chiqqanligi; – doimiy kamsitish va etnik xo‘rlashlarga duchor bo‘lganligi; – oiladagi tahqirlash qurboni yoki boshqa ko‘rinishdagi noqulaylikni

yuzaga keltirgan vaziyatlar; – ular tub mahalliy hududdan emasligi, shevani va joyni yaxshi

bilmasligi; – shevasining boshqacha ekanligi yoki ularning xulqida mahalliy xalq

urf-odatlari, an’analariga o‘xshamaydigan harakatlarning mavjudligi kabi. Shaxslarning odam savdosi jabrlanuvchilari ekanligini aniqlashda

ularga xos bo‘lgan belgilarga ahamiyat berish zarur. 1) Jabrlanuvchi tobe ekanligi to‘g‘risida taassurot qoldirishi mumkin.

O‘zi mustaqil qaror qabul qilishi va istagancha harakatlana olmayotgan-ligini ko‘rsatib qo‘yadi. Masalan, o‘z xohishiga ko‘ra muloqotga kira olmaydi, shaxsiga taalluqli savollarga javob bermaydi yoki javob berish-dan bosh tortadi. Javoblar avvaldan kimdir tomonidan uqtirilgan bo‘lishi yoki po‘pisa bilan tayyorlangan bo‘ladi.

Page 126: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

126

2) Jabrlanuvchining yolg‘iz yurganini deyarli ko‘rmaysiz, u doimo nazoratda bo‘ladi.

3) Ko‘zga ko‘rinmaslik uchun ular guruhga aralashib ketadi. 4) Jabrlanuvchi uy qamog‘ida bo‘ladi, uning tashqariga chiqish imkoni

bo‘lmasligi mumkin, qayerga, qachon borishi belgilangan bo‘ladi; 5) Jabrlanuvchi mustaqil ravishda tashlolmaydi yoki o‘zgartirish

huquqiga ega bo‘lmaydi. Pasport, shaxsiy hujjat yoki migratsiya to‘g‘ri-sida ma’lumotga ega bo‘lmaydi.

6) Ularning qochishini cheklash va tobe qilish maqsadida hujjatlari olib qo‘yiladi.

Nosog‘lom muhitdagi jabrlanuvchilarning jismoniy va psixologik holatlari ham mavjud. Masalan:

shaxsning beli yoki tos qismida jismoniy zo‘ravonlik izlarini kuza-tish mumkin;

jabrlanuvchi o‘zining ruhiy tushkun holatini, gapirmaslik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, hattoki, o‘z joniga qasd qilish kabi yoki shunga o‘xshash alomatlarini namoyon qilishi mumkin;

jabrlanuvchi jarohatlangan bo‘lishi va siz bilan o‘z kechinmalarini o‘rtoqlashishni istamasligi mumkin;

jabrlanuvchi agar biror narsa aytsa, o‘zi yoki oila a’zolaridan biri o‘ldirilishi mumkin;

ular vijdon azobini his qiladilar; ular o‘zlari bilan sodir bo‘lgan holatda o‘zlarini aybdor his qiladilar; ular xodimlardan jinoyatchi bilan bo‘lgandek munosabat qilishidan

yoki qamoqqa tiqishadi deb qo‘rqishadi. Shaxslarda bu kabi belgilardan birortasining namoyon bo‘lishi bu

ularning odam savdosidan jabrlanuvchi ekanligini bildirmaydi. Ammo birigna shunday belgi siz payqamagan yana boshqa belgilar mavjudligini bildirishi mumkin.

Odam savdosi qurbonini aniqlashga yordam beradigan muhim jihat-lardan biri jabrlanuvchinig ishonchini qozonish sanaladi. Zero, bu juda muhim. Boshqacha aytganda, xodim jabrlanuvchining o‘ ishonchi va ko‘n-gliga yo‘l topish kerak. Jinoyatni fosh qilish, jinoyatchilarni qo‘lga olish, jinoyat ishini ochish ko‘p hollarda jabrlanuvchilar bilan amalga oshirilgan hamkorlikka bog‘liq. Shuning uchun, xodim, avvalo, jabrlanuvchini o‘ziga moyil qilishi kerak.

Odam savdosi bilan shug‘ullanganlarning qo‘liga tushib qolganlar juda ko‘ngli nozik, gap ko‘tara olmaydigan va hukumat qo‘liga tushishdan qo‘rqishadi. Kuchsizligi yoki hamkorlikni istamasligi uchun ham gapir-

Page 127: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

127

masligi mumkin. Bunday vaziyatda xodim davlat vakili sifatida ularga o‘z vazifasini va u gaplashishdan maqsadini tushunitirishi, muloqotga kiri-shishda ularning haq-huquqlarini poymol qilmasligi kerak.

Jabrlanuvchilar ishonchini qozonish va u bilan hamkorlik qila olish holati uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Ko‘pincha ular bilan suhbatlashgan-da jabrlanguvchilar savollarga atroflicha javob bermaydi.

Eng avvalo, ular o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarishi lozim. Masalan, ularning taqdiri o‘z qo‘llarida ekanligini aytish orqali shaxsiy hujjatlarini berish kerak. Bu oddiy harakat jabrlanuvchilarga odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi bilan xodim o‘rtasida farq borligidan darak beradi. Jabrla-nuvchiga o‘z hayoti uchun o‘zi qaror qabul qila olishi haqida huquqiy ma’lumot to‘liq berilishi kerak. Bu bilan ular yana o‘zlari mustaqil qaror qabul qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Xodimlar jabrlanuvchining qarorini hurmat qilishi kerak.

Har bir xodim insonlar bilan ishlashning samarali usullarini bilishi kerak. Bir qator qisqa va uzoq muddatli usullar borki, ulardan jabrlangan-lar bilan muloqotga kirishdan oldin yoki savollarni tuzishda foydalanishi mumkin.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi odam savdosi jabrlanuvchilari bilan muloqotga kirishishida ularda qoniqti-rilishi darhol talab etiladigan ehtiyojlari, ularning diniy va madaniy e’tiqodini, jinsini va ularning havfsizlik ehtiyojlarini hisobga olishi zarur.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi jabrlanuvchining etnik kelib chiqishi, diniy e’tiqodi va jinsini hisobga olish muhim. Masalan, ko‘p xalqlarda bolalardan kattalarga nisbatan hurmatni saqlash talab etiladi. Hatto, bu uning hayot-mamot masalasi bilan bog‘liq bo‘lsa ham. Ko‘p xalqlarda ayollar bilan erkaklar munosabatlari muho-kama qilinmaydi va bu haqda og‘iz ochish ham mumkin emas. So‘roq samarali bo‘lishi uchun jabrlanuvchilar bilan o‘z jinsidagilar suhbat olib borish maqsadga muvofiq. Jabrlanuvchilar sizning tilingizni tushunmasligi mumkin, bunday holatda tarjimondan foydalanish hisobga olinishi kerak.

Agar xodimga odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxsning jinsi ma’lum bo‘lsa va bu jabrlanuvchining madaniyatiga zid bo‘lmasa, unda jabrlanuvchi bilan qarama-qarshi jins vakili suhbat olib borgani ma’qul. Masalan, odam savdosi bilan shug‘ullangan erkak kishi tomonidan jabrla-nuvchiga nisbatan tahdid o‘tkazilgan yoki kuch ishlatilgan bo‘lsa, ayol xodim oldida ular o‘zlarini biroz yengil his qilishlari mumkin.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari jabrlanuvchilarning havfsizlik ehtiyojlariga nisbatan qiziqishlarini ham

Page 128: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

128

hisobga olishi kerak. Buning uchun jabrlanuvchilar bilan suhbatlashish uchun qulay joy tanlab olinishi kerak. Jabrlanuvchining oila a’zolari yoki yaqinlari xavf ostida bo‘lishi mumkin. Qisqacha aytganda, suhbatdan oldin yoki keyin ham jabrlanuvchilarning xavfsizligi uchun uning qiziqishlari bilan o‘rtoqlashish kerak bo‘ladi. Ya’ni bu ulardan olingan ma’lumot, ularning shaxsiy va yashash manzillari sir saqlanishi kerak.

Jabrlanuvchilar bilan munosabatga kirishishda ular og‘ir jinoyat jabrlanuvchisi ekanliklarini hisobga olish va ularga e’tibor va hamdardlik ko‘rsatishi zarur. Bu xodimning xamkorlikdagi faoliyatida jinoyatni issiq izidan ochishida muhim. Sohaviy xizmat xodimlari bilan xamkorligidagi faoliyatlarida xodim jabrlanuvchining ko‘ngliga qanchalik yo‘l topa olsa, shunchalik kerakli ma’lumotlar oladi. Bunda xodim jabrlanuvchi bilan qanday gaplashayotganini nazorat qilish muhim.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari odam savdosi jabrlanuvchilari bilan muomalaga kirishda oddiy kundalik so‘zlar va leksik iboralar qo‘llasa, sodda fikrlar ularga tezroq yetib boradi. Iloji boricha muloqotda haqoratli so‘zlardan tiyilish lozim. Muloqotda qo‘llanadigan so‘z va iboralar tanlab olinishi kerak, chunki tanlangan so‘zlar, iboralar, ovoz toni va kuchi ularga yana yomon ta’sir qilishi yoki qo‘rquv solishi mumkin. Xodimlar unutmasligi kerakki, odam savdosi jabrlanuvchilarining ko‘ngli juda nozik bo‘ladi, shu bois ularga xodimning yonida xavfsiz ekanligini his qilishlariga yordam berish kerak.

Jabrlanuvchiga xodim u bilan faqat suhbatlashayotganini, unga bosim o‘tkazib ma’lumot olmasligini bildirsagina, u ochiq-oydin samimiy mulo-qotga kirisha oladi. Buning uchun quyidagilarga amal qilish lozim:

– jabrlanuvchi bilan xotirjam va sokin shaklda suhbat olib borish, aql o‘rgatishdan o‘zini tiyish;

–jabrlanuvchining fikrini diqqat bilan tinglash (chunki, ular uchun ahamiyatsiz detallar xodim uchun muhim bo‘lishi mumkin);

– agar jabrlanuvchi xodimga o‘z hayotini gapirib bermoqchi bo‘lsa, uning gapini oxirigacha bo‘lmay eshitish va savollarni oxirida berish.

Jabrlanuvchi ayrim sabablarga tufayli xodim bilan aloqaga kirishmas-ligi ham mumkin. Masalan:

– ular odam savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslardan xadiksiray-dilar (ma’lumot berishlari natijasida yaqinlari, oila a’zolari yoki o‘zlariga ziyon yetishi mumkin);

–yana odam savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘liga tushib qolishdan qo‘rqadilar;

–sodir bo‘lgan voqealardan tushkunlikka tushib qolib, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar;

Page 129: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

129

– o‘z holatlaridan oila a’zolari xabar topishidan uyaladilar; – hech kim ularning gaplariga ishonmasligidan, chegarani noqonuniy

bosib o‘tganganlari uchun qamoqqa tushishlari yoki deportatsiya qilinish-laridan qo‘rqadilar;

– ko‘pincha ular taqdirga tan beradilar. Jabrlanuvchi o‘zbek tilini bilmasa, unda og‘zaki tarjimon xizmatidan

foydalanish kerak. Tarjimonni sinchiklab tinglash va uni kuzatish, u hech qaysi bir jinoyat guruh yoxud jabrlanuvchi va uning oila a’zolari bilan tanish bo‘lmasligi, neytral odam bo‘lishi kerak. Tarjimonning jinsi ham muhim bo‘lib, jabrlanuvchilar gaplashishni istamasligi mumkin. Asosiysi, tarji-mon o‘z vazifasini bilishi va aytilgan fikrlarni aniq tarjima qilishi zarur.

Odam savdosidan jabrlanganlar bilan muloqot olib borish joyi va vaqti to‘g‘ri tanlanishi kerak. Iloji boricha begona kishilar oldida muloqot qil-magan ma’qul. Jabrlanuvchi o‘zini yengil his qilishi mumkin bo‘lgan joy-da suhbatlashgan ma’qul.

Xodim muloqot jarayonida va’dalardan tiyilishi kerak. Chunki, ular noreal harakatlarni kutishi mumkin. Xodimlar bilan, ularning kelgusi xatti-harakati bilan bog‘liq huquqiy normativ masalalarda ochiq gaplashishi va ularning o‘z kelajagi haqida qaror qabul qila olishi kerak.

3-§. Uzoq muddatga ketib qaytib kelgan fuqarolarning psixoprofilaktikasida profayling metodining ahamiyati

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati-

da uzoq muddatga ketib, qaytib kelgan fuqarolarni aniqlashda profayling metodining o‘rni beqiyos.

Profayling (inglizcha profile – profil) yoki profayl shaxslarni psixologik baholash, kuzatish, ularning hulqidagi o‘zgarishlarni tashqi ifoda va xatti-harakatlar asosida tahlil qilish kabi bir necha psixologik usullardan foydalangan holda oldindan bashorat qilish imkonini beradigan shaxs profilini yaratish usulidir.

Hozirgi kunda shaxslarning profilini yaratish asosida turli jinoyatlar, ayniqsa zo‘ravon, qotillik jinoyatlarini ochishda keng foydalanilmoqda. Profayl metodiga psixolog olimlar P.Ekman, V.Frizen, M.Sukerman va B.De Paulolar asos solishgan.

2012 yili Yolg‘onni tadqiq qilish bo‘yicha Xalqaro Akademiyada YE.Spiritsa tomonidan kriminal profayling usuli taqdim etildi. Uning fikricha, kriminal profayling taxmin qilinayotgan jinoyatchi shaxs xususiyatlarini tashhislovchi kompleks usullar yordamida psixologik profilini yaratilishi tushuniladi.

Page 130: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

130

Masalan, uzoq muddatga ketib, diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan va qaytib kelgan terrorchini bir ko‘rishda aniqlash amaliy jihatdan murakkab. Sababi u emotsional holatlarini yashirish, omma orasiga singib ketish hamda e’tiborni jalb qilmaslik bo‘yicha maxsus tay-yorgarlikdan o‘tadi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimiga terrorchini aniqlash uchun ayrim belgilarga ahamiyat berish zarur. Avvolo, uning xatti-harakati e’tiborni tortadi. Birinchisi – bu noadekvat xatti-harakat. Bu odamlar o‘zlarini asabiy yoki aksincha, tormozlangan, haddan tashqari diqqatini jamlagan holda tutishlari, doim jim turishlari, harakatsiz bo‘lishlarida ko‘rinadi. Mahalliy odam o‘zini bunday tutmasligi kerak. Ko‘z-qo‘llariga, ya’ni ko‘zlari qayerga qarayot-gani, qo‘llarida nima ushlab olganligiga e’tibor bering.

Kiyim-boshi birinchi belgi – shaharda ko‘pchilik kiyadigan modaga mos kelmaydigan (arzon, osilib turadigan kurtkalar) yoki faslga nomuvo-fiq kiyimlarni kiyib yurish. Garchi, buni hozir aniqlash qiyin bo‘lsa-da, ammo bunga e’tibor berish kerak. Havo isib borgani sayin, bu darhol ko‘z-ga tashlana boshlaydi. Sumkalar, paketlar, ryukzaklarga ahamiyat berish juda muhim. Eng asosiysi, agar og‘irlik chamalab aniqlanadigan bo‘lsa, inson narsani qanchalik oson ko‘tarib yurganligini tushunish kerak.

Yosh davri, ya’ni terrorchining yoshi yana bir mezon. Bu har holda kampir yoki bola emas. Ayol terrorchilar odatda yosh bo‘ladilar. Bunday ayollar odatda avval-boshdan beqaror, psixikaga yoshi katta ayollar esa barqarorroq bo‘ladilar. O‘limga tayyor erkak terrorchi odatda keksaroq bo‘ladi. Yosh, xulq-atvor, faollik kabi mana shunday belgilar majmui tahdidni aniqlashga imkon beradi. Ana shu belgilarning hammasi odamlar gavjum joyda sodir etilishi oldinidan rejalashtiriladi, buning uchun metro bo‘lishi shart emas, odamlar ko‘p joy bo‘lsa bo‘lgani. Shaxsning uchra-shuvdan bo‘yin tovlashga urinishi – yuzini yashirishi yoki o‘girishi ham belgi hisoblanadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi terrorchini bir qarashdayoq tanib olib bo‘lmasligini tushunishi lozim. Ya’ni:

umumiy asabiy holat yuz ifodasi va boshqa tana harakatlarida na-moyon bo‘ladi, tormozlanish, tashqi qo‘zg‘atuvchilarga reaksiyaning sustligi;

omma orasiga singib ketish, tashqi shart-sharoitlarga xulq-atvorning nomutanosibligi;

ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rgan vaqtidagi xatti-harakati-dagi nosamimiylik;

Page 131: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

131

yarim ovozda sura yoki oyatlarni qaytarish extimoli; ob-havoga mos bo‘lmagan tarzda kiyinish, kiyim va yuklar sonining

ko‘pligi. Shubha uyg‘otgan shaxs bilan aloqaga kirishish taktikasi va texni-

kasi. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari shubha uyg‘otayotgan shaxs bilan suhbatlashish uchun biror maqbul sabab yoki bahona bilan aloqaga kirishishlari lozim. Shuni yodda tutish zarurki, notanish odam bilan aloqa o‘rnatish muvaffaqiyati va suhbatni davom ettirish imkoniyati ko‘p jihatdan tashqi ko‘rinishga, imo-ishoralar, holatlar, birinchi aytilgan so‘zlar va insonning muomala tarziga bog‘liq. Shu bois, xodimlar shubha uyg‘otayotgan shaxs bilan aloqaga kirishishning bir qancha ssenariylarini tayyorlab qo‘yish hamda avvaldan maxsus mash-g‘ulotlarda tajribali psixologlar rahbarligida puxta tayyorgarlik ko‘rishlari zarur. Terrorchilarning aksariyati juda bezovta bo‘lishlarini inobatga olib, shubha uyg‘otgan shaxs bilan aloqa vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan kutilmagan vaziyatlar ko‘rinishlari puxta ishlab chiqiladi.

Shubha uyg‘otgan shaxsga savollar qo‘qqisdan, hujjatlar tekshirilayot-ganda berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda mazkur tadbir terrorchi tomonidan kutilmagan oqibatlar sodir etilishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olish zarur. Shubha uyg‘otgan shaxsning hujjatlarini quyidagi tar-tibda tekshirish tavsiya etiladi: bir xodim hujjatlarni tekshiradi, ikkinchisi uning xatti-harakatini diqqat bilan kuzatib turadi. Haqiqiyligi shubha uyg‘otuvchi hujjat aniqlanganida shubha uyg‘otgan shaxs biror bahona bilan odamlar gavjum joydan nari olib ketiladi, so‘ngra qo‘lga olinadi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish chog‘ida xorijga chiqish, kelish va fuqaro-likni rasmiylashtirish xizmati xodimi shubha uyg‘otgan shaxsning biogra-fik ma’lumotlarini aniqlashtirishi, qayerga borganligi, qaytib kelish vaqti va maqsadi bilan qiziqishlari, aniq yashash manzili, tug‘ilgan joyi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, mashg‘ulot turi kabilarni surishtirishi mumkin. Javob olinayotganida shubha uyg‘otgan shaxsning noverbal signallari sinchiklab kuzatiladi va verbal signallar bilan qiyoslanadi. Uning imo-ishorasi, holati, mimikasi (jumladan, ko‘z va lab ifodalari), nutq xususiyatlari, teri qopla-mining holati (oqarish, qizarish, «dog‘lar» bilan qoplanish, ter chiqishi kabilar) uning so‘zlariga mos kelish-kelmasligi tekshiriladi. Savollar «ha» yoki «yo‘q» deb javob qaytarishga imkon bermaydigan tarzda qo‘yiladi. Shuningdek, xodimlar tomonidan to‘g‘ri javobni avvaldan (hujjatlar, tezkor ma’lumotlardan) ma’lum bo‘lgan ayrim savollarni ham berishlari tavsiya etiladi. Bu savollarga qaytarilgan yolg‘on javoblar suhbat chog‘ida shaxsga nisbatan shubhani mustahkamlaydi.

Page 132: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

132

Ayrim noverbal signallarni aniqlashtirish uchun qo‘shimcha, bilvosita (masalan, «siz borgan mamlakatda ob-havo qanday?» qabilida) savollar berish tavsiya etiladi. Fosh bo‘lishdan qo‘rqish terrorchini javob qaytarish uchun so‘zlarini diqqat bilan (to‘xtab-to‘xtab) tanlashga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdan bo‘yin tovlashga, nutq chog‘ida xatoga yo‘l qo‘yishga majbur etadi. Uning yuzi oqaradi yoki aksincha, qizaradi, dog‘lar bilan qop-lanadi. Ter tomchilari paydo bo‘ladi. Boshqa noverbal signallar, masalan, ko‘z qorachiqlarining kengayishi, yuzdagi ayrim mushaklarning asabiy titrashi, lablarni yalash, tez-tez yutinish kabilar ham kuzatilishi mumkin. Uning ovozi ham noodatiy, masalan, titrab, bo‘g‘ilib yoki xirillab chiqadi. Ushbu noverbal signallar majmui shubha uyg‘otgan shaxsni jinoiy xatti-harakat qilishga aloqasi bor yoki yo‘qligini bilib olishga imkon beradi.

Yuz berayotgan ishlarga inson neytral munosabatda bo‘lganida odatda uning boshi tik va to‘g‘ri, qarashlari tiyrak bo‘ladi, suhbatdoshidan ko‘zini yashirmaydi, erkin holatda turadi, imo-ishoralari ifodali bo‘ladi. Agar xodim tomonidan so‘ralayotgan shaxsning boshi egik, nigohlari boshqa tomonga yoki zimdan (ko‘z qiri bilan) qarayotgan, qo‘llari himoyalanish holatida (gumon qilinuvchining «qo‘llari qovushgan», sumkasi yoki paketini ikki qo‘llab ushlab olgan) bo‘lgan holatni kuzatsalar, ushbu no-verbal signallar suhbatdoshga nisbatan salbiy emotsiyalardan va (yoki) uning stress holatidaligidan dalolat beradi.

Qo‘shimcha ma’lumot beruvchi signallar, ya’ni qo‘llarning og‘iz, burun yoki bo‘yin sohasiga tegishi bilan bog‘liq imo-ishoralar, qovoqlarni ishqalash, nigohni boshqa tomonga olib qochish, odatda pol yoki shiftga qaratish, qo‘llarni cho‘ntakka yashirish yoki ko‘krak oldida qovushtirish – shaxsning aldayotganidan; lablarning qattiq siqilganligi, yuzning qizargan-ligi, qo‘l barmoqlarining musht tugilganligi, oyoqlarning himoya holatida-ligi, ko‘z qorachiqlarining torayganligi, zimdan yoki tik qarash, chimirilgan peshona, burun orqali qisqa-qisqa nafas olish kabilar – tajovuzkorlik va hujumga tayyorlikdan; qo‘l barmoqlarining titrashi, ovozdagi titroq, tez-tez nafas olish, qon tomirlarining bo‘rtishi va (yoki) haddan tashqari tez urishi (ayniqsa bo‘yinda), lablarni tishlash, qo‘llarni ko‘krak oldida chalishtirish, bir qo‘l bilan ikkinchisini quchoqlab olish, biror narsani, masalan, paket, sumka, gullarni ikki qo‘llab ko‘krak oldida ushlab turish kabilar – bezovta-lik, hayajon, asabiylik, qo‘rquvdan dalolat beradi. Emotsional holatiga qarab shubha uyg‘otgan shaxsda yuzning oqarishi yoki qizarishi, ko‘z qorachiqlarining torayishi yoki kengayishi, og‘iz qurishi yoki, aksincha, haddan tashqari ko‘p so‘lak ajralishi, sust yoki haddan tashqari faol imo-ishoralar kuzatiladi. Yuzda insonning ayni damda boshdan kechirayotgan hislari (masalan, sarosima, qo‘rquv yoki tajovuzkorlik) aks etadi. Boshqa

Page 133: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

133

millat vakillarida hayajon, qo‘rquv yoki kuchli asabiylashish tufayli tilni bilish darajasi keskin pasayadi hamda ona tilining aksentlari (shevasi) kuchliroq namoyon bo‘ladi. Shubha uyg‘otgan shaxsning holati va tashqa-riga yo‘nalgan oyoqlari ham uning tezroq ketishni istayotganini ko‘rsatadi.

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi shubha uyg‘otgan shaxs bilan muloqot chog‘ida begona shaxsga nisbatan xayrixohlik, ziyraklik va hurmat bilan munosabatda bo‘lish suhbatda ruhiy zo‘riqishni kamaytiradi. Asossiz shubhalanish, sabrsizlik, xiralik, qo‘pollik suhbatdoshga nisbatan yomon munosabatni yuzaga keltiradi.

Nizoli vaziyat yuzaga kelganda (shubha uyg‘otgan shaxs o‘ta tajovuz-kor bo‘lib, bir soniyadan so‘ng affektiv portlash yuzaga kelishi mumkin bo‘lganida) nizoni tinchitishning eng oddiy yo‘li xodimlar e’tiborini atayin boshqa odamlarga chalg‘itishdir. Bunda shubha uyg‘otgan shaxsdan vaqti-ni olganlik uchun uzr so‘rash hamda suhbat uchun minnatdorchilik bildi-rish maqsadga muvofiq. Bu hol shubha uyg‘otguvchining stress holatini susaytirishga, uning hushyorligini kamaytirishga va kutmagan paytida uni qo‘lga olish (zararsizlantirish)ga imkon beradi.

Qo‘qqisdan suhbatdan qochish ayrim hollardagina uzoq muddatga ketib diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan va qaytib kelgan terrorchining niyatidan qaytganligini bildiradi: u faqat o‘ylagan niyatini amalga oshirish uchun qulay payt poylash yoki mo‘ljallagan joyiga boshqa tomondan kirish uchungina chekinishi mumkin.

Bundan ko‘rinib turibdiki, uzoq muddatga ketib diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan va qaytib kelgan terrorchi shaxslarni aniq-lash uchun uning tashqi ko‘rinishi va kiyimigagina emas, balki yurish-turishi, qo‘l harakatlari, imo-ishoralari, yuz ifodasi, ovoz xususiyatlari va boshqa noverbal signallariga ham e’tibor qaratish zarur. Noverbal signal-larni o‘qiy olish va to‘g‘ri identifikatsiya qilish terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarning maksimal darajada oldini olishga, terrorchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirgan shaxslarni aniqlash va zararsizlantirishga imkon beradi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

1. Uzoq muddatga chet elga chiqish deganda nimani tushunasiz? 2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishlari tartibi

qanday normativ hujjatlarga asosan amalaga oshiriladi? 3. Terrorchi shaxsining psixologik tasnifini aytib bering. 4. O‘limga yuboriladigan terrorchilarni tayyorlashda nimalarga e’tibor

qaratiladi?

Page 134: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

134

5. Odam savdosi jabrlanuvchilari bilan ishlashda zamonaviy psixologik bilimlarning ahamiyatini ayting.

6. Jabrlanuvchilar o‘zlarini bildirib qo‘ymasliklari yoki jabrlanuvchidek ko‘rinmasliklari uchun odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qanday usullarni qo‘llaydilar?

7. Odam savdosidan jabrlanganlarni qanday alomatlar yoki belgilar asosi-da ajratish mumkin?

8. Nosog‘lom muhitdagi jabrlanuvchilarning ichki belgilaridan tashqari ularning shu holat bilan bog‘liq jismoniy va psixologik holatlari nimalarda ko‘rinadi?

9. Uzoq muddatga ketib qaytib kelgan fuqarolarning psixoprofilaktikasida profayling metodining ahamiyatini ochib bering.

Page 135: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

135

9-mavzu FAVQULOTDA VAZIYATLARDA XORIJGA CHIQISH, KELISH

VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI XODIMLARINING SHAXSIY VA PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASH

1-§ Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida qaltis, xavfli vaziyatlarni vujudga keltiruvchi

omillar Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-

lari faoliyatida vujudga keladigan xavfli, qaltis vaziyatlarda xizmat vazifa-larini samarali amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan taktik, huquqiy, ruhiy himoyalar tizimi xodimning shaxsiy xavfsizligini ta’minlaydi.

Ushbu sohada to‘plangan manbalarga tayangan holda aytish mumkin-ki, xodimning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashda quyidagilar muhim:

1) qaltis, xavfli vaziyatda inson tanasida vujudga keladigan ruhiy-fiziologik o‘zgarishlarni bilish;

2) qaltis, xavfli vaziyatda xizmat vazifalarini bajarish, o‘zini himoya qilish uchun belgilangan «xulq me’yori»ga amal qilish;

3) qaltis, xavfli vaziyat oldidan va undan keyingi holatlarda o‘zini ruhiy boshqarish usullarini egallash.

Qaltis, xavfli vaziyatlarda uchraydigan emotsional holatlar biri – vahima, sarosima, g‘alayon, ma’lum vaqt shaxslarni boshqarib, tartibga solib bo‘lmaydigan holat hisoblanadi. Bu o‘zini boshqarishni butunlay yo‘qotib qo‘yish, javobgarlik hissining yo‘qolishi, vijdon chaqirig‘ini eshitmaslik, bee’tiborlik darajasi bilan belgilanadi.

Qo‘rquv asosida mavjud aniq yoki ehtimol tutilgan xavf oldida ojizlik, kurashish, uni yengish o‘rniga har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham undan qochish fikri tug‘iladi.

Vahima qo‘rquvning psixofiziologik mexanizmi bosh miya po‘st-log‘ining kattagina maydonida induksion tormozlanish, boshqacha ayt-ganda anglash (ong)faolligining susayishidir.

Xavf huquqbuzar xulqining o‘zgarishi, tabiiy ofat, favqulodda, tasodifiy holatlarda yoki falokat yuz berishi oldidan ruhiy, fiziologik zarar-ning kelib chiqishini, baxtsiz hodisa, o‘limning yuz berishini his qilishni o‘zida aks ettiruvchi stress omil hisoblanadi.

Xavfni sezganda qo‘rquv tuyg‘usi his qilinadi. Qo‘rquvning uch turi mavjud:

Page 136: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

136

1) stenik (vahima) – yomon yoki umuman nazorat qilib bo‘lmaydigan; 2) astenik (sarosima) – qisqa muddatli, qaltirash, harakatlarning

mantiqsizligi; 3) stenik qo‘zg‘alish (xavotir)– xulqning aqliy nazorat qilinishi va

qo‘rquvni yengishga yo‘nalganligi. Birinchi va ikkinchi holatlarda qo‘rquv butun diqqat faoliyatini egal-

laydi, bundan aqliy faoliyatning torayishi, ko‘rish, o‘z-o‘zini baholash jarayonlari susayadi, vaziyat to‘g‘ri baholanmaydi. Uchinchi holatda esa faoliyatni tafakkur va iroda boshqaradi va inson butun kuchini xavfni yengishga yo‘naltiradi.

Xavf, qo‘rquv his qilinganda inson tanasida kuchli hissiy zo‘riqish holatiga bog‘liq xavfli vaziyat bilan kurashish uchun aks ta’sir yuz beradi: yurak urishi tezlashadi; qon bosimi ko‘tariladi; qonda qand (insulin) moddasi ko‘payadi, quvvat berish uchun; qon quyuqlasha boradi, qon ketganda tez to‘xtashi, o‘lim xavfini oldini olish uchun; mushaklarda qon ko‘payadi, muskullarni tez qisqarishini ta’minlaydi; kichik, kapillar tomir-lar berkilib, ichki a’zolarga qon ko‘proq kela boshlaydi; mushaklarning anglangan harakatlarini boshqarish uchun miyadagi ba’zi markazlarning faolligi oshadi; his qilish a’zolari: ko‘rish va eshitish yanada yaxshilanadi.

Qo‘rquv ko‘rsatmalar berish jarayoniga bir xil ta’sir etmaydi. Qo‘rquv asosida ba’zan bir muncha faktlar bo‘rttirilsa, boshqa holatda umuman tiklanmaydi, shu bilan birga u to‘g‘ri baholanmaydi. Natijada, noadekvat fikrlash, tafakkur va kuchli emotsional beriluvchanlik holatlari, xavfni bo‘rttirish (qo‘rquvning ko‘zlari katta), ta’sirchanlik, beriluvchanlikni ortib ketishi kuzatiladi.

Vahima, qo‘rquv guruh va alohida (individual) tarzda yuz beradi. Individual tarzda yuz beradigan vahima, qo‘rquv, harakatlarning noadek-vatligi xato xulosa va qarorlarga kelish, soxta xavfdan qochishga kuchli harakat, xavfsizlik choralarini ko‘rmaslikda kuzatiladi. Ekstremal vaziyat-lardagi holat xodimning individual vahima va sarosimaga bo‘lgan aks ta’siri (reaksiyasi) bilan bevosita bog‘liq.

Vahima, sarosima va qo‘rquv ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) qaltis vaziyatda qo‘rqish natijasida o‘lim xavfini his qilish; 2) muddatli xavotirlanishdan so‘ng kuchli zo‘riqish, asab tizimining

bo‘shashishi, diqqatni xavotir predmetiga yo‘nalganligi. Qaltis vaziyatni yuzaga kelishining psixologik jihatlari. Xorijga

chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi faoliyatida qaltis vaziyatlarda hissiyotlarni nazorat qilish va boshqarish xususiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratish talab etiladi. Qaltis vaziyat inson hayoti, sog‘lig‘i uchun xavfli, ruhiy zo‘riqish holatini keltirib chiqaruvchi vaziyat bo‘lib, tabiiy va texnik xarakterga ega:

Page 137: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

137

- tabiiy ofat; - yong‘in (falokatli halokat); - katta korxonadagi favqulodda holat; - fojia, falokat; - epidemiya, inson hayotiga xavf tug‘diruvchi holat. Xizmat faoliyati bilan bog‘liq qaltis vaziyatlar: qurollangan jinoyatchi shaxs bilan to‘qnashuv; jinoyatning oldini olish, bartaraf etish ; ommaviy tartibbuzarliklar, guruhiy jinoiy harakatlar; fuqarolar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar; uzoq muddatli zo‘riqishlarni vujudga kelishi; qurollangan jinoyatchini tutish, ta’qib qilish; garovdagi shaxslarni ozod qilish. Shu o‘rinda, kasbiy faoliyatga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi ruhiy omil-

larni keltirib o‘tamiz: - muammoli, xatarli holatlar bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi hissiy

ta’sirlar; - xizmat faoliyati davomida yangi sharoitga moslashish, xizmat

vazifalarini bajarishda yuqori javobgarlik hissi, qaror qabul qilish uchun vaqtning kamligi kabi sharoitlarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari;

- hayot uchun xavfli vaziyat, holatning vujudga kelishi, himoyasizlik holatiga tushish, ommaviy xavf xatarning tug‘ilishi;

- shaxs ruhiyatiga va psixik jarayonlariga keragidan ortiq qo‘yilgan talab asosida ruhiy va jismoniy toliqish;

- axborot tanqis sharoitida nutq so‘zlash; - kuchli jismoniy zo‘riqish, ko‘p kuch sarflash; - tezkorlik talab etiladigan holat va vaziyatlar; - harakatlanish susayganda (poylash, kuzatish – tashqi kuzatish); - bosim va harorat o‘zgaruvchanligida havo yo‘q yerda harakatlanish

(yer osti yo‘llari,tunnel); - zararli elementlar, kimyoviy moddalar mavjud yerda faoliyat olib

borish, nafas olish; - radioaloqa vositalari, mashina, samolyot tovushlarining shovqini; - turli ob-havo sharoitlari (issiq, sovuq, qor, yomg‘ir)da faoliyat olib

borish; - ovqatlanish tartibiga amal qilmaslik; - aqliy zo‘riqish, tashvish xavotir darajasining oshib ketishi; - atrofdagilardan, oilasidan, do‘stlarining hayoti va sog‘lig‘idan

xavotirlanish;

Page 138: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

138

Favqulodda va qaltis vaziyatlarda zo‘riqish holatlari vujudga keladi. Emotsional qo‘zg‘alish turli ruhiy ta’sirlarga asab tizimining kuchli signal qo‘zg‘aluvi, uning yana bir shakli – hadiksirashdir. U xavfni kutish, xavo-tirlanish, uni qayerdan, qanday kelib chiqishi noma’lum bo‘lib jabrlanuvchi va da’vogar ko‘rsatmalarini tizimlashtirib tuzishda muhim rol o‘ynaydi.

Emotsional zo‘riqish hissiy-irodaviy faollikning biror bir aqliy yoki jismoniy harakatni bajarishga qaratilishidir.

Emotsional tanglik esa psixik va psixomotor jarayonlarning pasa-yishi, ish faoliyatining susayishi (kuchli salbiy va keragidan ortiq ruhiy ta’sirlar natijasida). Emotsional tanglik holati topshiriqqa nisbatan kuchli javobgarlikni his qilish, xavfli vaziyatning kelib chiqishini kutish, tash-vish-xavotir darajasining ortib ketishida kuzatiladi.

Bunday holatning vujudga kelishida xodimdagi hissiy-irodaviy barqa-rorlik xususiyatining yaxshi shakllanmaganligi, tashvish-xavotir daraja-sining yuqoriligi, o‘z kuchiga ishonmaslik, kasbiy tayyorgarlikning yetarli emasligi, mahoratning shakllanmaganligi asosiy sabab bo‘ladi.

Emotsional tanglik holatida yuz mimikalarini ahamiyati katta, aynan shu orqali bu holatni aniqlash oson. Yuz ifodasida kuchli hissiy tanglikda og‘izning ixtiyorsiz («qiyshayib») assemetrik ravishda ochilishi; lablarning «xartumsimon» ko‘rinishi juda kuchli hissiy tanglik alomati; lablarning doimiy intensiv harakati; engak va lablarning birgalikdagi harakati; mushaklarni taranglashuvi (barqaror hissiy tang holatda); qo‘l harakatlari (pantomimika)ning ko‘payib ketishi; qo‘l, oyoq, yuz iyaklari, lab va engakni titrashi singari.

Xizmat faoliyatining susayishiga omil yaratuvchi hissiy-psixologik holatlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

hissiy-sensor o‘zgarishlar idrok va his qilish jarayonlarining buzili-shiga sabab bo‘ladi (nishonni belgilay olmaslik; diqqat hajmi, kuzatish obyektlarini qamrab olish sonining kamayishi; bir-biriga o‘tishi, muvofiq-ligining kechikishi; illyuzion, yo‘q narsani xayolan ko‘rish holati vujudga keladi);

hissiy-motor o‘zgarishlar harakatlarning bir-biriga mos kelmasligida kuzatiladi (masalan, avtomat tepkisini sekin bosish o‘rniga, o‘zi bilmagan holda qo‘pol bosib yuborish va hakozo);

hissiy-aqliy o‘zgarishlar xato fikrlash, noaniq qaror qabul qilishda namoyon bo‘ladi.

Kuchli emotsional zo‘riqish holati miyaning ba’zi markazlarida domi-nant (ustun) qo‘zg‘alishlarni vujudga keltiradi. Dominant qo‘zg‘alishlar vujudga kelgan markaz ta’siri ostida inson muayyan fikrni ilgari sura

Page 139: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

139

boshlaydi. Ko‘pincha miyaga kelgan birinchi fikrni tasdiqlash uchun harakat qilinadi, uning salbiy oqibatlari va natijasi muhokama qilinmaydi.

Qaltis vaziyatda, hissiyotlar bilan bir qatorda xodimning psixik holatlarini boshqarishi ham muhim sanaladi.

Psixik holatlarni boshqarishning bir necha usullari mavjud. Ya’ni diqqat xususiyatlarini boshqarishda ruhiy shikast yetkazilishi ehtimoli mavjud vaziyatda diqqatning boshqa bir obyektga ko‘chirilishi, yo‘nalti-rilishi hisoblanadi. Diqqatni xayolan sokinlik holatida bemalol ko‘chirish mumkin. Masalan, unchalik murakkab bo‘lmagan obyektga, holatga uch daqiqa tikilib turish, ko‘z nigohini uzmasdan narsa va holatni yangi qirralarini ochish; obyektga uch daqiqa tikilib turish, so‘ng ko‘zlarni yumgan holda ongda gavdalantirishdan so‘ng ko‘zlarni ochib real obyekt bilan tasavvuringiz mahsuli o‘rtasidagi farqlarni topish.

Psixik jarayonlar, holatlarni boshqarishda ong buyruqlaridan foyda-lanish samarali hisoblanadi:

«Men tinch va xotirjamman»; «Men mo‘ljalga aniq olaman»; «Men juda tez yugira olaman»; «Menga qo‘rquvni yengish juda oson». Qaltis vaziyat vujudga kelmasdan oldin bosqichda xodim yuz berishi

mumkin bo‘lgan vaziyatni his qila boshlaydi. Bu bosqich ijtimoiy bilish faoliyati bilan bog‘liq xarakterga ega. Shaxs vaziyat, holat to‘g‘risida may-yan axborotlarni ongida shakllantira boshlaydi. Shaxsning o‘ziga xos indi-vidual- psixologik xususiyatlari motivlar asosida bilish jarayonidagi shaxs xulqini faoliyatga, maqsadga yo‘nalgan yoki salbiy tusda namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Birinchi holatda xodim har qanday imkoniyatdan foydalanishga harakat qilib, iloji boricha ko‘proq axborot, manba to‘plashga kirishadi. Bu jarayon nafaqat axborot to‘plash, balki yuzaga kelgan muayyan sharoit, vaziyat, holatga o‘tish, tayyorlanishda aqliy, hissiy, irodaviy xususiyatlarni faollashtirish muhim hisoblanadi.

Ikkinchi holatda shaxsning bilish jarayonlari axborot va ma’lumotlar-ning zaruriyati, ahamiyati va natijasini yetarlicha tahlil qilmasdan sust-kashlik bilan qabul qilishga moyil bo‘ladi. Ongda to‘plangan axborot va ma’lumotlar qo‘qqisdan vujudga keladi va keragidan ortiq yoki kam ma’-lumotga ega bo‘ladi. Shaxs ongida ko‘pincha birinchi tug‘ilgan fikr, ichki xohish asosida mavjud axborotlardan foydalaniladi. Muayyan fikr psixo-fiziologik nuqtai nazardan, qaltis vaziyat kuchli qo‘zg‘alishni vujudga kel-tirgan, miyada dominantlik xususiyatini keltirib chiqargan markaz faoliyati

Page 140: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

140

va undagi axborotlar bilan bog‘liq ravishda shakllanadi. Tez o‘tuvchi qaltis vaziyatlarda bu bosqich aytarli darajada namoyon bo‘lmaydi.

Tashvish-xavotir darajasining oshishi yoki birlamchi ruhiy zo‘riqishni vujudga keltiruvchi bosqich moslashuv jarayonining faollashuvi bilan bevosita bog‘liq. Bu bosqichdagi holat sport musobaqalari, birinchi maro-taba sahnaga chiqish yoki imtihon oldidan shaxsda vujudga keladigan ruhiy-hissiy holatga o‘xshash bo‘ladi. Bu bosqichda xodimda hissiy zo‘ri-qishni, tashvish-xavotir darajasini oshish holati kuzatiladi. Tana a’zolari-ning harakati faollashuvi bilan bir qatorda uning ishonchlilik darajasi pasayib ketadi. Aynan ushbu jarayonda ichki ruhiy imkoniyatlar psixik faoliyatning yangi bosqichga o‘tishiga sharoit yaratadi.

Birlamchi tana a’zolarining dezadaptatsiya bosqichi xodim o‘zida o‘zgaruvchan psixologik omillar ta’sirini his qilishi bilan boshlanadigan jarayon. Ushbu jarayon muammoni yechishda aniq tajriba, malakaning yo‘qligida, kutilmagan vaziyatda, tasodifan vujudga kelish xususiyatiga ega. Shaxs atrof-muhitning frustratsion ta’siri ostida qoladi, tana a’zolari-ning moslashish faoliyati yanada kuchayadi. Zo‘riqishning ortishi hissiy qo‘zg‘aluvchanlik holati bilan birga namoyon bo‘lib, masalaning mohiya-tini anglashga to‘sqinlik qiladi. Xodim ortiqcha xavotir, tashvishlanish ta’sirida o‘zini nazorat qila olmasligi natijasida vaziyat va holatga ko‘nika olmaydi. Agarda o‘zgaruvchan qaltis vaziyatda zo‘riqish darajasi shaxs im-koniyatlari me’yoridan ortib ketsa, psixik faoliyatning uzilishi, psixik zaxira manbaining tugashi, ya’ni to‘liq dezadaptatsiya holatini keltirib chiqaradi.

Dezadaptatsiya holati – noadekvat xulq va xatti-harakatlar ko‘rinish-laridagi barqaror ruhiy holat bo‘lib, psixikaning nazorat qilinishi va zo‘riqish holatlarida o‘rnini to‘ldiruvchi imkoniyatlarni inkor etuvchi jarayon hisoblanadi.

Asab tizimining izdan chiqishi bilan bog‘liq bu jarayon shaxs xulqida to‘rt xil ko‘rinishda shakllanadi. Uning birinchisi, tajavuzkorlik bilan vaziyatdan qochish. Eng sodda talqinda tajavuzkorlik – har qanday to‘siq-larga hujum qilish ma’nosini anglatadi. Xavfli vaziyat vujudga kelganda bunday xulqqa ega shaxs xatti-harakatlari har qanday tasodifiy obyektga, begona odamlarga, safdoshlariga, vaziyat va holatga aloqasi yo‘q shaxslar-ga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ya’ni safdoshlariga qo‘pollik qilish, arzimagan bahonalar bilan kuchli g‘azablanish, hamma narsaga norozilik bildirish, nolish kabi asoslanmagan harakatlarda aks etadi.

Ikkinchisi, vaziyatdan qochishga harakat qilish – shaxsning o‘z olamiga ketib qolishi, o‘zini ayblashi, doimiy tushkun kayfiyatda yurishi bilan kuzatiladigan ruhiy holat. Xodimda tashvish-depressiya holatining birlamchi alomatlari namoyon bo‘la boshlaydi. Barcha muvaffaqiyatsizlik-

Page 141: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

141

larga o‘zini sababchi deb bilish natijasida unda noilojsizlik holati vujudga keladi. Bu holat ko‘pincha o‘z joniga qasd qilish bilan birga kuzatiladi.

Uchinchisi, psixik zo‘riqishni yakunlovchi bosqich. Psixikaning tejam-kor rejimga o‘tishi bosqichi bo‘lib, bunda tashvish-xavotir darajasining oshishi oldingi yashash obraziga qaytish oldi tayyorgarligi asosida namo-yon bo‘ladi.

To‘rtinchisi, qaltis vaziyatdan chiqish – shaxsda eyforik holatni yuza-ga keltiradi. Bu jarayon shaxsda bir qator ijtimoiy to‘siqlarni yengishga qaratilgan, to‘liq ozodlik, tuganmas imkoniyatlarni his qilish kabi tuyg‘u-lar bilan birga kuzatiladi. Qaltis vaziyatda yuqori darajadagi moslashish xususiyati uning xizmat vazifasini a’lo darajada bajarilganligi bilan belgilanadi.

2-§ Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining psixologik tayyorgarligi va qaltis vaziyatda o‘zini

boshqarishning psixologik usullari

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodim-larining xizmat jarayonida o‘z holatini boshqarish zarur bo‘lgan vaziyatlar tez-tez yuzaga keladi. Ruhiy va jismoniy zo‘riqishlar haddan tashqari katta bo‘lganda, buning ustiga xodim o‘z xatti-harakatlarini yomon boshqar-ganda asabiylasha boshlaydi. Bu esa faoliyat samaradorligini pasaytiradi, ishning noto‘g‘ri tashkil etilishi hamda jiddiy xato va kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarning takrorlanishi ko‘pincha o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga, asabiy depressiyalarga sabab bo‘ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, jinoyat qidiruv xodimlaridan 30 foizi uyqusining buzilishidan shikoyat qilganlar, 70 foizdan ko‘prog‘i o‘zlari-ning nevrotik holat ko‘rinishlarining bir necha alomatlari borligini ta’kid-laganlar. Bu alomatlar ish kunining oxiriga borib charchash (70 foiz), diq-qatning pasayishi (30 foiz), tajanglik (20 foiz), bosh og‘rig‘i va aylanishi (10 foiz), uyquchanlik va darmonsizlik (10 foiz)da namoyon bo‘ladi1.

Shu bois hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari va usullarini bilishi bugungi kunda juda muhim vazifadir. Xizmat faoliyatida asablari mustakamroq bo‘lgan, raqib (jinoyatchi) bilan kurashishga yaxshiroq shaylana oladigan, nafaqat jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan, balki asabiy-ruhiy faolligini maqbul darajada saqlay

1 Қаранг: Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходим-

ларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. –35 – 36-б.

Page 142: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

142

oladigan, tezkor-xizmat faoliyatining murakkab vaziyatlarida o‘zining irodaviy faolligini namoyon qila oladigan xodim ko‘proq muvaffaqiyatni qo‘lga kiritadi.

Xodimdagi hissiy-irodaviy barqarorlikka uning kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri sifatida qarash mumkin. Bu, o‘z navbatida, har bir xodimning kasbiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantiradi. Hissiy-irodaviy barqarorlik deganda, murak-kab vaziyatlarda muvaffaqiyatli ishlash uchun qulay bo‘lgan psixik holatni saqlash qobiliyati tushuniladi. Hissiy-irodaviy barqarorlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

– ekstremal vaziyatlarda xodimda harakatlarining samaradorligini pasaytiruvchi va noaniqliklar, adashishlar tug‘diruvchi psixologik reak-siyalarning yo‘qligi;

– psixologik jihatdan murakkab bo‘lgan sharoitlarda vazifani bexato bajarish mashqini olganlik;

– kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyat-larga nisbatan oqilona ehtiyotkorlik va diqqatni namoyish etish;

– ishlarni qat’iy qonun asosida yuritishga ta’sir etuvchi shaxslarning ruhiy ta’siriga berilmaslik;

– jinoyatlarning oldini olishga, ularni ochish va tergov qilishga qarshi-lik ko‘rsatuvchi shaxslarga qarshi psixologik kurash olib borish qobiliyati;

– psixologik jihatdan murakkab, nizoli, ig‘vogarona vaziyatlarda o‘zi-ni yo‘qotmaslik.

Hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish jarayoni uchta asosiy prinsip – relaksatsiya, vizuallashtirish hamda o‘zini o‘zi ishontirishga tayanadi.

Relaksatsiya tana va ruhning birgalikda ishlashga tayyorlanishi. Aynan relaksatsiya paytida o‘z ichki ovozingizni eshitish hamda o‘z organizmingiz va tafakkur faoliyatingizning aloqasini his etishingiz mumkin. Relaksatsiya yoki bo‘shashish tana va ruhni keraksiz zo‘riqishdan va odamni bo‘shash-tirib yuboradigan jihatlardan ozod qilishni bildiradi, u insonga foydali psi-xologik va fiziologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon: unda miya xotirjamlashgani sayin tana bo‘shashadi, tananing bo‘shashgani miyani xotirjam qiladi.

Vizuallashtirish – intiutiv tafakkur – ongga kirib borishining turli yo‘l-laridan foydalanadi. Asosiysi manzara hosil qilish yoki miyangizda obrazlarni gavdalantirish yo‘lidir. Vizuallashtirish yo‘nalgan tasavvurni eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish, teri bilan sezish sezgilari hamda ularning kombinatsiyalari yordamida faollashtirishning turli usullarini bil-diradi. Aslida inson miyasi obyektiv olam obrazlariga ham, ongda yuzaga

Page 143: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

143

keladigan obrazlarga ham bir xilda javob beradi. Shu bois, vizuallashtirish ko‘nikmalari insonga o‘z ichki imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanish, ruhiy jarayonlarning kechishini faollashtirish imkonini beradi.

O‘zini o‘zi ishontirish yordamida ichki obrazlarimizni ongimizda aks-sado sifatida bir necha marta takrorlanadigan so‘zlar bilan ifodalaymiz. O‘zining ichki kuchi va qo‘llab-quvvatlanishi bilan to‘lgan bu so‘zlar his-tuyg‘ular darajasida chuqur qabul qilinadi. Bunday ichki aks-sadoni «Men buni qila olaman» so‘zlarida namoyon bo‘ladigan munosabat, niyat va mayl sifatida ifodalash mumkin. O‘zini o‘zi ishontirish muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida birinchi shaxs nomidan hozirgi zamonda ifodalangan aniq ta’kiddir. Insonning o‘ziga qarata aytgan so‘zlari o‘z maqsadlariga erisha olishiga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi va qaysi yo‘nalishda harakat qilish kerakligini ko‘rsatadi. Bu so‘zlar miyani maqsadga erishish borasida ishlashga va bunda faol ishtirok etishga majbur qiladi. O‘zini o‘zi ishon-tirish – obrazlarni so‘zda ifodalashga imkon beruvchi faol moyillikdir.

Autogen mashqlar organizmning avvaldan boshqarilmaydigan funk-siyalarini boshqarish imkoniyatini oshirishga qaratilgan mashqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Autogen mashq – nemis olimi I. G. Shuls taklif etgan o‘zini o‘zi ishontirish usuli. Ushbu metodda dastlab o‘zini o‘zi ishontirish orqali mushaklar tonusining bo‘shashiga – relaksatsiyaga erishiladi, so‘ngra ushbu holatda organizmning u yoki bu funksiyaga qaratilgan o‘zini o‘zi ishontirish amalga oshiriladi.

Bugungi kunda xodimning kasbiy-psixologik tayyorgarligi ichki ishlar organlari faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Xodimning inson va uning ruhiyatini uzviy ravishda qamrab oladigan kasbiy mahorati nafaqat maxsus yuridik bilimlardan, balki kasbiy-psixologik tayyorgarlikdan ham tashkil topadi. Agar unda bunday tayyorgarlik yetishmasa, haqiqiy mahorat ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham xodim o‘zining kasbiy faoliyati samara-dorligini ta’minlaydigan zarur, professional jihatdan muhim xislatlarini rivojlantirishi, faoliyatining ishonchliligini oshiruvchi, odamlar bilan mo-hirona ishlashiga yordam beruvchi usullarni o‘zlashtirishi juda muhim.

Psixologik tayyorgarlik xizmat faoliyatining xususiyatlariga bog‘liq. Shunga ko‘ra, psixologik tayyorgarlikning mazmuni aniq ifodalangan kasbiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.

Psixologik tayyorgarlik mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin: – jinoyatchilikka qarshi kurashga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish

xislatlarini shakllantirish; – maxsus operativ xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik

yo‘nalganlikni rivojlantirish;

Page 144: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

144

– kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirish;

– turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv mahorati hamda ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

– operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko‘nikmalarini ta’minlash;

– fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik-pedagogik usullarini qo‘llash mahoratini shakl-lantirish;

– operativ xizmat faoliyatining og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta olish va psixologik barqarorlikni ta’minlash;

– shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, xodimlar-ga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish;

– irodaviy faollikni va irodaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish; – ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyorlash. Jinoyatchilikka qarshi kurashda psixologik jihatdan tayyorlash psi-

xologik tayyorgarlikning eng muhim jihatidir. Bu o‘rinda asosiysi xodim-larning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish, ularda faoliyatga nisbatan bar-qaror kasbiy qiziqishni rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, bu xodim-larda har qanday qonunbuzarlikka nisbatan kelishmovchilik, huquqiy nor-malarni so‘zsiz bajarishdan iborat barqaror odatni, kuchli rivojlangan haqi-qat, adolat va qonuniylik hissini shakllantirishni taqozo etadi.

Maxsus operativ xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik yo‘nalganlikni rivojlantirish xodimlarni zamonaviy psixologik bilimlar bilan tanishtirishni, ularda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluv-chi munosabatlarni tartibga solishida odamlar, guruhlar psixologiyasini inobatga olish ko‘nikmalari hamda odatlarini shakllantirishni taqozo etadi. Operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatlarini tushunish xodimlar-ning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi psixologik xususiyatlarni bilishlari va hisobga olishlarini nazarda tutadi.

Kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirish bilish faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Bilish fao-liyatiga kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasav-vur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda olib qolish, yodda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshirish qoidalarini, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurni rivojlantirishning asosiy usullari va ularga doir bilimlarni egallashlariga yo‘naltirilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar (A.M.Stolyarenko, A.A.Volkov, O.YE.Saparin) mazkur xislatlarni amaliy

Page 145: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

145

mashg‘ulotlar va maxsus mashqlar yordamida maqsadli rivojlantirish natijani 2-3 marta yaxshilashga imkon berishini ko‘rsatadi.

Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv mahorati hamda ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish –notanish kishilar bilan tezda aloqa o‘rnatish va ularni o‘ziga moyil qilish, odamlar-ning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni yenga olish mahoratini oshiradi. Psixologik tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa o‘rnatish jarayonini yengillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoi-dalarni o‘zlashtirishlarini taqozo etadi.

Operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish – ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy mahoratini tashkil qiluvchi muhim tarkibiy qismlardan biri, ya’ni jinoyat-larni ochish yoki ularning oldini olish uchun zarur axborotni olish maqsa-dida foydalanadigan rolga kirish ko‘nikmalaridir. Shu bois, psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar o‘zlarining ichki ishlar xodimi ekanlik-larini, haqiqiy holatlarni, muloqotga kirishishdan ko‘zlagan maqsadlarini niqoblay olish mahoratini shakllantirishlari kerak.

Fuqarolar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlari-da ta’sir etishning psixologik-pedagogik usullarini qo‘llash mahoratini shakllantirish. Fuqarolar bilan muomala qilish jarayonida yuzaga keladi-gan nizoli vaziyatlar ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida odatiy hol-dir. Shu bois, xodimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakl-lantirish, ularga nizolarni hal qilish usullarini o‘rgatish juda muhim. Xodim-lar faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsatishning ishontirish, majburlash, rag‘batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik bilan foydalanishga bog‘liq. Xodimlarda nizoli vazi-yatda o‘zini tutishning turli taktik usullarini qo‘llash hamda nizoli vaziyat-dan operativ maqsadda foydalanish ko‘nikmalari ham shakllanishi kerak.

Operativ xizmat faoliyatining og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta olish va psixologik barqarorlikni ta’minlash. Xodimlar o‘zlarining kundalik amaliy ishlarida kasbiy vazifalarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga tushmaslik qobiliyatida namoyon bo‘ladigan psixologik tayyorgarlikning muhim ko‘rsatkichlari-dan biri sifatida qaraladi. Bu o‘rinda operativ xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko‘rish qobiliyatini shakllan-tirish muhim. Psixologik barqarorlikning shakllanishi xodimlarning eng katta psixologik qiyinchiliklar sharoitida o‘z vazifalarini kamchiliksiz bajarish mashqini olishiga yordam beradi. Bunga mashqlar va amaliy

Page 146: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

146

mashg‘ulotlar jarayonida og‘ir vaziyatlarni modellashtirish yo‘li bilan erishish mumkin.

Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, xodimlarga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish – ularda mas’uliyat, muvaffaqiyatsizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o‘zini boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllan-tirishni taqozo etadi. Xodim o‘z xatti-harakatlarini va his-tuyg‘ularini nazorat qilish va boshqarish usullarini egallagan bo‘lishi kerak. U mash-g‘ulot va mashqlar jarayonida o‘zini boshqarish, asabiy zo‘riqishni yo‘qo-tish, ichki imkoniyatlarni qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar qilish usullarini egallaydi.

Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish – xodim o‘zining amaliy faoliyatida vazifani sifatli bajarishni qiyinlashtira-digan, ba’zan esa qo‘yilgan maqsadga erishishga to‘sqinlik qiladigan turli xil qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch kelgan holatda muhim. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchilik va to‘siqlarni yengishga undovchi iro-daviy faollikni namoyish etishlariga to‘g‘ri keladi. Irodaviy harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘yilgan vazifani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida to‘plangan irodaviy faollik tajribasi shaxs irodasini, irodaviy xislatlarini rivojlantirishga ta’sir etadi.

Ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyorlik. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatiga xos xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar ko‘pin-cha stress holatini keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og‘irlik tushadi. Bu, o‘z navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyatning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklashga va ortiqcha asabiy zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan usullar (chunonchi, psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari) bilan tanishtirilishi zarur.

Bundan tashqari, xizmat vazifalarni samarali bajarishda maxsus poli-gonlar, trenajyorlar, har xil to‘siqlar, psixologik tayyorgarlik xonalarining xizmati beqiyosdir.

Qaltis, xavfli vaziyatlarda shaxsda shakllanadigan xulq-atvor va ruhiy ta’sirlar o‘z ko‘rinishida turli tuman xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq. Obyektiv omil sifatida – qaltis vaziyatning o‘ziga xos tarafi – shaxsga yetkaziladigan ruhiy va ma’naviy zarar ko‘rinishlari, ularni ta’sir kuchi bo‘lsa, subyektiv omil shaxsning qaltis vaziyatdagi hissiy holati bilan belgilanadi. Qaltis vaziyat holatida

Page 147: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

147

tajribada sinalgan shaxslarning 50–75 foizi birinchi daqiqalarda «o‘zini yo‘qotib qo‘yish», kamharakatlik, o‘z harakatlariga javob bera olmaslik holatiga tushib qolishi, o‘ta qaltis va xavfli vaziyatlarda sinalgan. Qolgan shaxslarning 25 foizi o‘zini boshqara olishi, vaziyatni to‘g‘ri baholashi, sharoitga muvofiq aniq va to‘g‘ri qaror qabul qilishi kuzatilgan.

Qaltis vaziyat to‘g‘risida ongda axborot paydo bo‘lgandan so‘ng inson o‘zini shu vaziyatga tayyorlay boshlaydi. Qaltis vaziyat uchun kuch va imkoniyatlar chamalanadi. Bunday vaziyatlar yuzasidan tajribaga ega bo‘l-gan xodimda kuchli darajada ruhiy zo‘riqish alomatlari yuzaga keladi. Bekorga kuch sarflash, «o‘zini qo‘yishga joy topa olmaslik» kabi hara-katlarda namoyon bo‘ladi.

Qaltis vaziyatda ruhiy zo‘riqishlarni nazorat qilish, tuzatish (ijobiy emotsional holatni saqlash) usullari mavjud.

Muayyan vaziyatning ahamiyatli prinsiplarini ajratib olish usuli, ya’ni vaziyatdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni tasavvur qilish, ularni qabul qilishga shay bo‘lish.

Natijani ijobiy tusda hal qilish usuli yordamida salbiy oqibatni bir muncha yengillashtirish xuddi kichik yutuq kabi qabul qilish imkonini beribgina qolmay emotsional qiyin vaziyatlarda muvafaqiyatga erishish mumkinligi hissini vujudga keltiradi.

Miyaga o‘tirib qolgan yomon hislarni chiqarib tashlash usuli, ya’ni inson bir vaqtning o‘zida ham salbiy, ham ijobiy hisni boshidan kechira olmaydi. Shu bois, bunda hissiyotlarni muvaffaqiyatga yo‘naltirish, xayo-lan xavfli vaziyatni kutib harakatlanish, hislarni arzimagan bo‘lsada, kichik muvaffaqiyatga tayyorlash usulidan foydalaniladi. Muhimi yomon hisni sezib, vaqt va asablar kuchini uni muhokama qilishga bekorga sarf-lamaslik kerak. Aksincha, vaqtdan unumli foydalanish, kerakli natijaga erishish uchun tayyorgarlik ko‘rish lozim.

Qayg‘uli his-tuyg‘udan qutilishning eng oson usuli vaziyatga qarama-qarshi qarashlarni vujudga keltirish, ya’ni ahamiyatlilik darajasini pasayti-rish, diqqatingizni jalb qilmaslik nazarga ilmaslikdir.

O‘zingizni kuch va imkoniyatlaringizni yuqoriligiga ishontiring, o‘zingizga bo‘lgan ishonch hissini oshiring.

3-§. Xodimning ruhiy sog‘lig‘ini saqlashning muhim jihatlari

Insonning eng katta boyligi –salomatlikdir. Salomatlik deganda

ko‘pchilik jismoniy sog‘lomlikni tushunadi, vaholanki, ruhiy sog‘lomlik ham juda muhim. Ruhan nosog‘lom kishining xatti-harakatlari va xulq-atvori o‘zgaradi, halovati yo‘qoladi, fikrlashida buzilishlar yuzaga keladi.

Page 148: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

148

Siqilish, uyqusizlik, ishtahasizlik, tez g‘azablanish, tushkunlik kayfi-yati, diqqatni jamlay olmaslik, hayotdan zavqlana olmaslik, odamlar bilan kirishib keta olmaslik, o‘lim qo‘rquvi kabilar asab kasalliklarining belgi-laridir. Ba’zi holatlarda asab kasalliklari tana orqali o‘zini ko‘rsatishi ham mumkin. Bularning oqibatida insonning jamiyat bilan aloqasi buziladi, turmush tarzida, kasbiy faoliyatida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.

Shu ma’noda, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimiga kundalik faoliyati davomida turli (ko‘pincha, stress xususiyatiga ega) omillar ta’sir etadi. Bu esa, charchash, holdan toyish, turli salbiy hissiy holatlarning yuzaga kelishi, kasbiy xizmat faoliyatidagi kamchiliklarga va ruhiyatida buzilishlarga olib keladi.

Ruhiy va jismoniy zo‘riqishlar haddan tashqari ko‘payganda, katta asa-biylashish yuzaga keladi va natijada, faoliyat samaradorligi pasayadi, ish-ning noto‘g‘ri tashkil etilishiga, jiddiy xato va kamchiliklarga olib keladi.

Bunda vaziyatlarning takrorlanishi ko‘pincha xodimning ruhiyatidagi buzilishlarga, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga, asabiy ziqlik (dip-ressiya)larga olib keladi.

Stress – og‘ir, mushkul yoki murakkab sharoitlarda yuzaga keluvchi psixikaning zo‘riqish faoliyatidir. Inson shug‘ullanadigan faoliyatning turi, uning mazmuni, mavjud shart-sharoitlar, faoliyatning tashkiliy qismi va shoshilinch (ekstremal) omillar, shuningdek, tashqi muhit insonning bor imkoniyatlaridan ortig‘ini talab qilib qo‘yganida stress holati yuzaga keladi.

Stressning fiziologik, psixologik, shaxsiy hamda tibbiy belgilari mav-jud bo‘lib, ularning istalgan turi doimo hissiy qo‘zg‘alish bilan birgalikda kechadi. Mutaxassislar stress holati belgilarini quyidagicha ajratishadi:

fiziologik belgilari – yurak urishining va nafas olishning tezlashishi, yuz terisining qizarishi yoki oqarishi, terlash, qon tarkibida adrenalin miq-dorining ko‘payishi.

psixologik belgilari – psixologik funksiyalar dinamikasining o‘zgari-shi, tafakkur operatsiyalarining sekinlashuvi, diqqatning bo‘linuvchanligi, xotiraning pasayishi, qaror qabul qilish jarayonining passivlashuvi.

shaxsiy belgilari – irodaning butunlay yo‘qolishi, o‘z-o‘zini nazorat qilishning pasayishi, xulq-atvordagi stereotiplik va passivlik, qo‘rquv, xavotir, sababsiz bezovtalik, ijodkorlik qobiliyatining yo‘qolishi.

tibbiy belgilari – nevrozning ortishi, hushdan ketish, affektlar, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik. O‘z navbatida “stress etiologiyasi” bilan bog‘liq kasalliklar qatoriga: yurak-qon tomir tizimi patalogiyasi, oshqozon yarasi, psixosomatik buzilishlar, nevrozlar, depressiv holatlarni kiritish mumkin.

Page 149: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

149

Stressni an’anaviy tarzda quyidagicha tushunish mumkin: organizm uchun xavf tug‘dirayotgan salbiy omillarning ta’siriga nisbatan organizm-ning fiziologik reaksiyasi. Stress umumiy moslashuv sindromi bilan ifoda-lanadi hamda ma’lum bosqichlarga ega hisoblanadi: 1) xavotir reaksiyasi – u ro‘y berayotganida organizmning qarshiligi avvaliga pasayadi (“shok fazasi”), so‘ngra himoya mexanizmlari ishga tushib ketadi; 2) barqarorlik (rezistentlik) bosqichi – bunda funksionallashayotgan tizimlarning zo‘ri-qishi hisobiga organizmning yangi sharoitlarga moslashuviga erishiladi; 3) o‘ta charchash bosqichi – bunda himoya mexanizmlarining ishga yaroqsiz bo‘lib qolganligi aniqlanadi hamda hayotiy funksiyalarning kelishuvidagi buzilish ortib, o‘sib boradi.

Xodimning ruhiy sog‘lomligi uning individual-psixologik xususiyati bilan hayoti davomida orttirilgan ichki dunyoqarashi, real “men”i bilan ideal “men”i o‘rtasidagi uyg‘unlik, shuningdek, tug‘ma ruhiy xususiyat-larining ijtimoiy muxitdagi o‘zaro ta’siri natijasida ko‘rinadigan holatdir. Xodimda ruhiy nosog‘lomlik, nisbatan turg‘undir. Masalan, uning ota-onasi, qarindosh-urug‘larida ruhiy kasalliklarning mavjudligi, yoshligida unga nisbatan qo‘llanilgan qattiq jazo choralari, qo‘pol muomala, bosh miya chayqalishi ma’lum vaqt o‘tgach, xodimda kasallikka moyillikni kuchaytirishi mumkin.

Ruhiy sog‘lomlik esa o‘zgaruvchan bo‘lib, xodimda juda ko‘p tashqi omillar ta’sirida vujudga kelgan stresslar oqibatida tinimsiz almashinib turadi.

Stress holatiga tushmaydigan xodim juda kam uchraydi. Har bir xodim kasbiy faoliyatida turli xil qarama-qarshilik, ziddiyatlarga duch keladi va unga nisbatan organizmida qarshilik ko‘rsatishining individual chegarasi bo‘lib, bu chegaradan chiqish, qattiq charchash, tana a’zolari funksiyalarining buzilishiga olib keladi.

Xodimning stressni vujudga keltiruvchi tashqi hamda ichki omillarga nisbatan chidamliligi, avvalo, uning individual-psixologik xususiyatlari va ularni asosli tushunishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tashqi va ichki ekstremal ta’sirlar har doim ham xodimning ruhiyatiga va amalga oshirayotgan faoliyat samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, aks holda sharoit qiyinlashuvi natijasida paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni yengishning umuman iloji bo‘lmas edi. Biroq stressli vaziyatlarda ishlash, albatta, xodimdan ichki resurslarni qo‘shimcha ravishda safarbar etishga olib keladi va natijada, salbiy oqibatlar ham kuzatiladi.

Ayrim xodimlarning kasbiy-psixologik jihatdan yetarlicha tayyorgar-likka va stress keltirib chiqaruvchi tashqi omillarga qarshi kurashishda psixologik bilimlarga ega emasligi (ya’ni psixogigiyena, psixoprofilaktika,

Page 150: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

150

psixokorreksiya va treninglarni) oqibatida, organizmda vujudga kelgan emotsional zo‘riqishlarni bartaraf etish maqsadida spirtli ichimlikdan foy-dalanadi. Spirtli ichimliklar bir muddat organizmda vujudga kelgan emo-tsional zo‘riqishlarni bartaraf etgandek tuyuladi, xodimda shunga nisbatan moyillik paydo bo‘la boshlaydi. Bu esa asta sekinlik bilan psixik bog‘la-nish hosil qilib boradi va oxir-oqibat turli xil salbiy oqibatlar, kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Xodimlarning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan zarur, professional jihatdan muhim xislatlarini rivojlantirish, faoliyatining ishonchliligini oshiruvchi, odamlar bilan mohirona ishlashiga yordam beruvchi usullarni o‘zlashtirishlari juda muhim. Shu bois, eng oddiy usul-lar, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullarini qo‘llashdan ko‘z-langan maqsad xodimga xizmat doirasidagi harakatlarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun maqbul ichki sharoitni yaratishda yordam berishdan iborat. Bunda quyidagi bir qator jihatlar nazarda tutiladi:

insonning o‘ziga nisbatan ijobiy ustanovkani mustahkamlash («Men buning uddasidan chiqaman»), o‘ziga ishonch hissini oshirish;

hissiy-affektiv jarayonlarni (ayniqsa, tavakkal, qo‘rqinch hissi, kasbiy harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqt taqchilligi kabilarni) uyg‘unlashtirish va faollashtirish;

xizmat harakatlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida diq-qatni oshirish;

xizmatdagi og‘ir mehnatdan keyin dam olishga o‘tishni tezlashtirish; xizmat faoliyati uzoq vaqt cho‘zilganda funksional tayyorlik va ish

qobiliyatining yuksak darajasini saqlab turish. O‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullarini qo‘llash, birinchi nav-

batda, rag‘batlantiruvchi va yo‘naltiruvchi boshqaruvni kuchaytiradi. Ular-ga xodimning o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga, kutilayotgan kasbiy natijalariga nisbatan ijobiy mayllarni kuchaytirish va salbiy mayllarni bartaraf etish kiradi. Avvalo, optimistik kasbiy kayfiyatni yaratish nazarda tutiladi. Qo‘r-quv, monotonlik, antipatiyani bartaraf etishga qaratilgan ruhiy o‘zini o‘zi ishontirish shakllari ham shunga kiradi. Optimal ruhiy holat taqdir sovg‘asi emas. O‘z his-tuyg‘ularingizni boshqarish, qiyinchiliklarni yengishga tay-yorlanish, vaqtinchalik xizmat omadsizliklarining ta’siri hamda bo‘lg‘usi faoliyatdan qo‘rqishni yo‘q qilish uchun muntazam ravishda o‘z ustida ishlash talab qilinadi.

Xodimlar o‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullarini egallashlari-da barcha xodimlar foydalanish uchun yaraydigan qandaydir universal usulni taklif etib bo‘lmasligini hisobga olishlari zarur. O‘zini o‘zi boshqa-rishning eng oddiy usullarini xodimning tabiatiga, faoliyatiga xos xusu-

Page 151: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

151

siyatlarni, uning temperamentini va ko‘plab boshqa holatlarni hisobga olgan holda maxsus tanlash kerak.

Tegishli mashqlar uchun maxsus usullar tavsiya etiladi. Mantiq usullaridan foydalanish. Juda ko‘p hollarda qaror topgan

sharoit xodimdan vaziyatni qizishmasdan tahlil qilishni talab etadi. Bunda u, avvalo, o‘zini ayni damdagi ruhiy holati, noadekvat asabiy zo‘riqishi oqilona emasligiga, so‘ngra esa, boshqacha yo‘l tutish maqsadga muvofiq-ligiga ishontirishi kerak.

«Men eng tajribaliman», «Men hamma narsani qila olaman», «Men har qanday jinoyatni ocha olaman» kabi individual jihatdan muhim bo‘l-gan o‘zini o‘zi ishontirish usuli juda samaralidir. Ushbu o‘zini o‘zi ishon-tirish qobiliyatini ulardan kundalik amaliyotda yuzaga keladigan qiyin vaziyatlarni bartaraf etish uchun rag‘bat sifatida doimiy foydalanib, albatta mashq qildirish kerak.

O‘ziga o‘zi buyruq berish usulidan foydalanish. Intizomli xodim «Kerak!», «Bardam bo‘l!», «Chida!», «Ishla!» kabi ichki buyruqlar yorda-mida o‘zini yaxshi boshqarishi mumkin. Ana shunday o‘ziga o‘zi beriladi-gan qo‘shimcha buyruqlar yordamida o‘zini majburlash qobiliyatini mun-tazam ravishda mashq qildirish muhim. Oxir-oqibatda ichki nutq va hara-kat o‘rtasida o‘ziga xos chambarchas aloqa o‘rnatilishi kerak. O‘ziga beril-gan buyruq bunda qo‘shimcha kuchga ega bo‘ladi, o‘ziga xos ishga tushi-ruvchi rag‘batga aylanadi.

Obrazlardan foydalanish. Badiiy tafakkurga moyil shaxslarga «kimnidir taqlid qilishga» asoslangan usul yordam beradi. Taqlid qilish uchun obrazni tasavvur qila olish, kerakli rolga kira olish o‘z xatti-harakati uslubiga ega bo‘lishga va nafaqat o‘z holatini boshqarish, balki kerak bo‘l-ganda, jinoyatchiga ruhiy ta’sir ko‘rsatishga ham yordam beradi.

Vaziyatlarni maqsadga yo‘nalgan tarzda tasavvur qilish. Biron bir ishga kirishishga yoki asabiy zo‘riqishni yo‘qotishga tasavvur qilishdan foydalanish yordam beradi. Qandaydir kasbiy harakatni bajarishga tayyor-garlik ko‘rish chog‘ida ichki ishlar organlari xodimiga, masalan, jinoyatni muvaffaqiyatli ochish, jinoyatchini ushlash, qahramonona harakatlar va boshqalar bilan bog‘liq vaziyatlarni, his-tuyg‘ularga boy sahnalarni eslash tavsiya etiladi.

O‘zni chalg‘itish usullari. O‘zini o‘zi boshqarishning faol usullaridan foydalanish qiyin bo‘ladigan holatlar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bu sezilarli charchash, tushkunlik kayfiyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ruhiy zo‘riqishni turli xil chalg‘itish vositalari yorda-mida yo‘q qilish mumkin. Bu vositalar vazifasini ko‘p marta qiziqib o‘qi-ladigan kitob, musiqa, yoqib qolgan film va boshqalar bajarishi mumkin.

Page 152: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

152

Muskullar tonusini ongli ravishda boshqarish. Muskullar tonusi – hissiy holatning ko‘rsatkichlaridan biri. Odatda, noratsional asabiy-ruhiy zo‘riqish muskullarning keraksiz zo‘riqishi bilan birga kechadi, bu esa, o‘z navbatida, asabiy zo‘riqishni yanada oshiradi. Bunda muskullar tonusini, masalan, inson yuzidagi muskullar tonusini ixtiyoriy boshqarish mahorati katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Qovog‘ingizni solishingiz, xafa bo‘lgandek qiyofaga kirishingiz bilan haqiqatan ham qayg‘u bosadi. Va aksincha, jilmayish mo‘jiza yaratishga qodir. Og‘ir vaziyatda ham jilmaya olish, o‘rinsiz tortinchoqlikni tashlash, ruhiy zo‘riqishni yo‘qotish insonning o‘z imkoniyatlarini yaxshiroq ro‘yobga chiqarish qobiliyatini oshiradi.

Nafas olishning o‘zini o‘zi boshqarish vositasi sifatida ahamiyati. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, nafas olish hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish tizimida muhim o‘rin tutadi. To‘g‘ri nafas ola bilish o‘zini o‘zi boshqarish usullarini egallashdagi muvaffaqiyat uchun asos bo‘ladi. Xodimlar tezda o‘zini qo‘lga olish, tinchlanish yoki, aksincha, o‘z tonusini ko‘tarish zarur bo‘lganda eng oddiy nafas olish usullarini muvaffaqiyatli qo‘llashlari mumkin.

Ruhiy holatni boshqarishda nafas olish maromi alohida ahamiyat kasb etadi. Tinchlantiruvchi maromda har bir nafas chiqarish nafas olishga qaraganda ikki marta uzoqroq amalga oshiriladi. Sanab nafas olish usuli yaxshi natija beradi. Bu usulda sanab nafas olinadi. Tinchlanish zarur bo‘l-ganda: 1,2,3,4 deganda nafas olinadi, so‘ngra 1,2,3,4 deganda nafas chi-qariladi, keyin 1,2,3,4,5 deganda nafas olinadi va 1,2,3,4,5 deganda nafas chiqariladi. Shu tariqa nafas olish va chiqarish 12 soniyagacha uzaytiriladi. Buning natijasida, nafasni sun’iy ravishda ushlab turish yuzaga keladi va bu o‘z-o‘zidan hissiy zo‘riqishni bartaraf etishga olib keladi.

Aksincha, tonusni ko‘tarish, faollashtirish kerak bo‘lganda, buning teskarisi qilinadi. Nafas olish va chiqarish 12 soniyadan boshlanib, asta-sekin 4 soniyagacha qisqartiriladi. Nafas olish va chiqarish tezlashadi, kuchlanish oshib boradi.

Boshqa usul – nafasni ushlab turish. Bir qator hollarda keskin asabiy zo‘riqishni bartaraf etish uchun chuqur nafas olib, 20-30 soniyaga nafasni ushlab turish mumkin. Shundan keyingi nafas chiqarish va ketidan kela-digan takroriy chuqur kompensator nafas olish ahvolning barqarorlashi-shiga yordam beradi.

O‘zini o‘zi boshqarishning yuqorida taklif etilgan oddiy usullarining har biri, tabiiyki, chuqurlashtirilishi va kengaytirilishi mumkin. Shu bois, avval xarakteringiz va temperamentingizga ko‘proq mos keladiganlarini, muntazam ravishda qo‘llash uchun eng qulay ko‘ringanlarini tanlash zarur. O‘zingizning individual xususiyatlaringiz tanlov mezoni bo‘lishi kerak.

Page 153: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

153

Bundan tashqari, o‘zini o‘zi boshqarish usullari yo‘nalishi bo‘yicha farqla-nishi mumkinligini inobatga olish zarur. Bir vaziyatda ular asabiy zo‘ri-qishni bartaraf etish, tinchlanish, mehnat qobiliyatini tiklashga yordam bersa, boshqasida – safarbarlikka, xizmat sharoitlariga eng mos keladigan ruhiy holatga kirishga yordam beradi.

Psixolog va shifokor mutaxassislar bu borada quyidagi maslahatlarni beradilar:

- uyda va ishda asabiylashmaslikka harakat qilish, o‘zaro munosa-batlarda boshqa odamlarning qadr-qimmatini saqlashga intilish;

- odamlar bilan munosabatga kirishishda va biror ish bilan shug‘ul-lanayotganda har doim samimiy bo‘lishga intilish;

- bekorchi bo‘lmaslik, doimo nima bilandir mashg‘ul bo‘lish; - odamlarga befarq bo‘lmaslik, doimo ularni qo‘llab-quvvatlash, yax-

shilik qilishga ko‘proq intilish; - hayotda odamlarni hurmat qilishga harakat qilish (chunki, u kishiga

katta kuch beradi, uning jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini ko‘paytiradi); - doimo harakatchan bo‘lish (ruhiyat sog‘lomligida va uzoq umr

ko‘rishda bu ham juda zarur omildir); - imkoniyatingiz yetgancha kamtar bo‘lish, manmanlik umr zavoli

ekanligini unutmaslik lozim. Xodimlar o‘rtasida o‘zaro sog‘lom munosabatlar, sog‘lom ish fao-

liyatini tashkil etishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati ham katta. Jumladan, chavandozlik, futbol, o‘qotar qurollardan nishonga olish, boks, qo‘l jangi, suzish, uzoq va yaqin masofalarga yugurish, sambo, dzyudo, karate, ushu, kurash kabi sportning yakkakurash turlari bilan yakka tartib-da yoki guruhlar bilan shug‘ullanish xodimlar o‘rtasida o‘zaro munosabat-lar o‘rnatishda yengillik tug‘diradi. Jamoaviylik hissini oshiradi, kasbdosh-lari o‘rtasida o‘z shaxsini aniqlab, tasdiqlash imkonini tug‘diradi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

1. Ichki ishlar idoralari xodimlarini tayyorlashning kasbiy-psixologik

asoslari nimalardan iborat? 2. Psixologik tayyorgarlikning asosiy vazifalariga nimalar kiradi? 3. Xodimlar psixologik tayyorgarligining mazmuniga nimalar kiradi? 4. Kasbiy-psixologik trening nima va uning qanday usullari mavjud? 5. Kasbiy-psixologik treningni amalga oshirish prinsiplarini aytib bering. 6. Kasbiy kamolotning qanday bosqichlari mavjud? 7. Hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarishning relaksatsiya, vizuallashtirish,

va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplarini tushuntirib bering.

Page 154: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

154

TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т., 2015. Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги қонуни. – Т.,

1997. Ўзбекистон Республикасининг Кадрлар тайёрлаш бўйича миллий

дастури – Т., 1997. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси. – Т., 2008 Каримов И. А. Бунёдкорлик йўлидан. Т.4. – Т., 1996. Каримов И. А. Хавфсизлик ва барқарорлик тараққиёт йўлида. Т.6. –

Т., 1998. Каримов И. А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. – Т.10. –

Т., 2002. Каримов И. А. Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳам-

жиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. Т.12. – Т., 2004. Каримов И. А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди.

Т.13. – Т., 2005. Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаат-

лари – энг олий қадрият. Т. 14. – Т., 2006. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т., 2008. Аванесов Г. А. Криминология и социальная профилактика. – М., 1980. Андреева Г. М. Социальная психология. – М., 1990. Андрианова В. Е. Деятельность человека в системах управления. – М.,

1974. Антонян Ю. М. Изучение личности преступника. – М., 1992. Антонян Ю.М. Терроризм. – М., 1998. Арифходжаева И. Х. Ички ишлар идоралари ходимлари психоло-

гияси. – Т., 2007. Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар органлари ходимларининг

касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. Белинская Е.П.,Тихомандрицкая О.А. Социальная психология лич-

ности. – М., 2001. Билл Уизерс. Управление конфликтами. – СПб., 2004. Васильев В. Л. Юридическая психология. – СПб., 2005. Введенская Т. Ю., Дзигумская Е. А. Международный терроризм: пси-

хологический аспект // Проблемы политической психологии. – Киев, 1997. Вердервер Р., Вердервер К. Обшение. – СПб., 2005. Ғозиев Э. Ғ. Ёш даврлари психологияси. – Т., 1994. Ғозиев Э. Ғ. Умумий психология. – Т., 2002. Гришина Н. В. Психология конфликта. – СПб., 2000. Гришина Н. В. Психология конфликта. – СПб., 2005. Еникеев М. И. Юридическая психология. – СПб., 2005.

Page 155: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

155

Жаринов К. В. Терроризм и террорист. – Минск, 1999. Зарипов З. С., Кержнер М. Ю. Профилактика правонарушений. – Т.,

1994. Зельдович Б. З. Психология и педагогика в профессиональной дея-

тельности юриста. – М., 2003. Зигерт В., Ланг Л. Руководитель без конфликтов. – М., 1990. Исмаилов И. Жиноятчиликда уюшганликнинг олдини олишни ҳуқу-

қий таъминлаш. – Т., 2007. Исмоилов И., Бурханов Д. Уюшган жиноий тузилмалар шаклланиши

ва фаолиятининг олдини олишда ҳамкорликни ташкил этиш (муаммо ва ечимлар). – Т., 2007.

Каримова В. Психология. –Т., 2002. Қобилов Ш., Таджиханов Б. Ислом Каримов терроризм хавфи тўғри-

сида. Т., 2002. Коган М. С. Мир общения. – М., 1990. Қодиров У., Умаров Б. Ҳуқуқшунослик фаолияти психологияси. – Т.,

2005. Кожушко Е. Современный терроризм. – Минск, 2000. Курт Бартол. Психология криминального поведения. – СПб., 2004. Ле Бон Гюстав. Психология масс и народов. – М., 2000. Леонов Н. И. Конфликты и конфликтное поведение – СПб., 2005. Лучинин А. С. История психологии. – М., 2005. Майерс. Д. Социальная психология. – СПб., 2005. Мальцева О.А., Ратова И.В. Профессиональная психологическая под-

готовка сотрудников ОВД. – М., 1998. Мешерекова Б. Г., Зинченко В. П. Большой психологический словарь.

– СПб., 2005. Минковский Г. М. Психология личности преступника. – М., 1989. Михайлов А. Г. Загадки человеческого «Я». – М., 1991. Назаретян А.М. Агрессивная толпа, массовая паника, слухи. – СПб.,

2004. Ольшански Д. В. Психология терроризма. – СПб., 2002. Платонов Ю. П. Социальная психология поведения. – СПб., 2006. Плевако Ф. Н. Избранные речи. – М.,1993. Психология о терроризме (материалы “круглого стола”) // Психологи-

ческий журнал. – 1995. – № 4. Психология террористов и серийных убийц: Хрестоматия. – Минск,

2004. Рональд Блекборн. Психология криминального поведение. – СПб.,

2004. Рубинштейн С. Л. Основы обшей психологии. – СПб., 2006.

Page 156: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

156

Самыгин С. И., Столяренко Д. А. Психология управления. – Ростов на-Дону, 1997.

Селиванов Н. Этико-тактические вопросы расследования. – М., 1989. Сельченов К. В. Психология лидерства. – Минск, 2004. Семечкин Н. И. Психология социального влияния. – СПб., 2004. Современный терроризм: состояние и перспективы. – М., 2000. Тўлаганова Г. К. Тарбияси қийин ўсмирлар. – Т., 2005 Филонов Л. Б. Тренинги делового общения сотрудников правоохрани-

тельных органов с различными категориями граждан. – М., 1992. Чуфаровский Ю. В. Юридическая психология. – М, 2000. Шеглов А. В. Анатомия терроризма: проблемно-психологический

анализ // Право и политика. – 2000 – №5. Шейнов В. П. Психология обмана и мошенничество. – М., 2002. Шиханцов Г .Г. Психология следователя. – Воронеж, 1999. Щекин Г. В. Визуальная психодиагностика и её методы. – Киев., 1991. Энтони Гидденс. Социология. – Т., – 2002. Якубов А. С., Кабулов Р. Новое в уголовном законодательстве. – Т.,

1995.

Page 157: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

157

MUNDARIJA

KIRISH ................................................................................................................. 3

1-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH

XIZMAT FAOLIYATI PSIXOLOGIYASINING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyati psixologiyasi haqida tushuncha .............................................................................. 5 2-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining kasbiy faoliyatida psixologik bilimlarning tutgan o‘rni ................... 8 3-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining asosiy vazifalari hamda sohaviy xizmatlar bilan hamkorligining psixologik jihatlari ............................................................................................... 17

2-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH

XIZMATI XODIMI SHAXSI HAMDA FAOLIYATIGA PSIXOLOGIK TAVSIF

1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi kasbiy faoliyatining psixologik xususiyatlari ............................................ 22 2-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi faoliyatida kasbiy mahorat shakllanishining psixologik asoslari ............... 26

3-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI XODIMINING BILISH FAOLIYATIGA PSIXOLOGIK TAVSIF.

1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimining sezgi hamda idrok jarayonlariga psixologik tavsif ............................. 31 2-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimi kasbiy faoliyatida diqqat hamda xotira jarayonlarining o‘ziga xosligi ...... 32 3-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimining tafakkur va xayol jarayonlariga psixologik tavsif .............................. 45

4-mavzu XODIMNING HISSIY-IRODAVIY VA INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI 1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimining hissiy-irodaviy holatlariga psixologik tavsif ......................................................... 50 2-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimining individual-psixologik xususiyatlariga psixologik tavsif ........................................ 55

Page 158: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

158

5-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH

XIZMATI XODIMINING KASBIY MUOMALASIGA PSIXOLOGIK TAVSIF 1-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyatida kasbiy muloqot va boshqaruv psixologiyasining tutgan o‘rni ............. 60 2-§. Verbal va noverbal muloqot vositalariga psixologik tavsif ............................ 64 3-§. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining fuqarolarni murojaatlari yuzasidan qabul qilganda zamonaviy psixologik bilimlarning ahamiyati ........................................................................ 67 4-§. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan muloqotga kirishishning psixologik jihatlari .......................................................................... 70

6-mavzu PROFAYLING METODINING XORIJGA CHIQISH, KELISH VA

FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI

1-§. Profayling metodi tushunchasi va mohiyati ................................................... 72 2-§. Ichki ishlar tizimida profayling xizmatining joriy etilishi va ahamiyati ......... 75 3-§. Yolg‘on nazariyasi, uning kelib chiqish sabablari va shakllari ...................... 88

7-mavzu XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH

XIZMATI FAOLIYATIDA ZIDDIYATLARNI YUZAGA KELISHI VA ULARNING OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

1-§. Ziddiyatli holatlarning shaxs psixologiyasi va uning xulq-atvoriga ta’siri ..... 95 2-§. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy buzulish tushunchasi va uning psixologik tavsifi .............................................................. 108 3-§. Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishlarning oldini olish va uni bartaraf etish yo‘llari ............................................................. 111

8-mavzu

UZOQ MUDDATGA KETIB QAYTIB KELGAN FUQAROLAR BILAN PROFILAKTIK ISHLAR OLIB BORISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

1-§. Uzoq muddatga ketib qaytib kelgan fuqarolarning diniy ekstremistik oqimlarga mansubligini aniqlashda psixologik bilimlarning o‘rni ..................... 114 2-§. Odam savdosi jinoyatchiligiga aloqador shaxslar bilan ishlashning psixologik jihatlari ............................................................................................ 123 3-§. Uzoq muddatga ketib qaytib kelgan fuqarolarning psixoprofilaktikasida profayling metodining ahamiyati ........................................................................ 129

Page 159: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

159

9-mavzu FAVQULOTDA VAZIYATLARDA XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI XODIMLARINING

SHAXSIY VA PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH 1-§ Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari faoliyatida qaltis, xavfli vaziyatlarni vujudga keltiruvchi omillar ....................... 135 2-§ Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining psixologik tayyorgarligi va qaltis vaziyatda o‘zini boshqarishning psixologik usullari ..................................................................... 141 3-§. Xodimning ruhiy sog‘lig‘ini saqlashning muhim jihatlari ........................... 147 TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR ................................................. 154

Page 160: Академия МВД - XORIJGA CHIQISH, KELISH VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2016-sirliyev-xchk-frx...larni talab qiladi. Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov aytib o‘tganlari-dek,

SIRLIYEV Baxtiyor Nazarovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent;

DUSHANOV Rustam Xo‘janovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent;

FARFIYEV Yoqubjon Atxamjonovich;

KALONOV Ilxomali Xursanaliyevich;

NURULLAYEV Umidbek Kupalovich;

XAKIMOVA Iroda Muxammadjonovna;

TURSUNOVA Ozoda Abdullayevna;

SHERMATOVA Nazokat Safarovna

XORIJGA CHIQISH, KELISH VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI FAOLIYATI

PSIXOLOGIYASI

MA’RUZALAR KURSI

Muharrir J.E. Xolov

Texnik muharrir D.R. Djalilov

Bosishga ruxsat etildi 26.01.2016. Nashriyot hisob tabag‘i 12,0 Adadi 50. Buyurtma №..... Bahosi shartnoma asosida.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 100197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68.