a.a.po'latov, k.murodov, m.soliyev, o.davlatava....

2
A.A.Po'latov, K.Murodov, M.Soliyev, O.Davlatava. Yerning magnit maydoni va magnit sferasi 17 II. Elektromagnit maydonlarining alohida organizm darajasida namoyon bo'lishi. Organizmning butun hayoti yurak faoliyati bilan bevosita bog'liq. Biz yurak "sezgir", "katta", "yumshoq", "olijanob", "shafqatsiz" deb obrazli gapirishga o'rganib qolganmiz, lekin u o'zining yashovchanligi bilan hayratga soladi. Tabiat shunday yurak muskuli to'qimasini yaratganki, u bir sekund bo'lsa-da to'xtamaydi, doim qisilib, yoziladi. Eksperiment uchun yurak to'qimasining ayrim hujayralari olinib, ozuqali eritmaga joylashtirildi. Hujayralar yashashda davom etibgina qolmay, o'zlarining asosiy majburiyatlari to'xtovsiz urib turishni ham yoddan chiqarmadilar. Barcha izolyatsiyalangan hujayralar urishda davom etdi, faqat ularning urishi turlicha biri tezroq, boshqasi sekinroq bo'ldi. Lekin ular bir-biriga yaqinlashtiiilganda bir xilda ura boshladilar. Barcha izolyatsiyalangan hujayralarda boshqalardan tezroq uradigan lider hujayradan andoza qilingan urish tezligi qaror topdi. Bu misolda hujayralarning elektromagnit bog'liqligi ko'rsatib berildi. III. Elektromagnit biologik organizmlar o'rtasida muayyan elektromagnit bog'liqlik mavjudligini inkor etmaydi. Agar tirik organizmlarda biotoklarning murakkab sistemasi bo'lsa, unda nega organizmlar o'rtasida elektromagnit bog'liqlik bo'lishi mumkin emas ekan? Misollar: Elektromagnit vositasidagi signallar hayvonlarga bir-birlarini olis masofalarda ham topish imkonini beradi. Erkak hashoratning urg'ochi hashoratga yo'l topishi ham, qushlarning in qurilgan joyni belgilashlari ham ana shundan. Ayrim dengiz yirtqichlari ham o'z qurbonlarini elektromagnit maydonlariga ko'ra tanishadi. Bunga ko'zlari tanasining yuqori qismida, og'zi esa pastki qismida joylashgan yassi baliq skat misol bo'la oladi. U o'z qurbonini ko'rmaydi! U qurboni nurlantiradigan elektromagnit maydon signallarini qabul qiladi. 9. Magnit maydonining insonga ta'siri. Tabiatning o'zi va uning almashinuvi insonga ta'sir o'tkazadi. Sog'lom va bemor odam organizmiga ob-havo sharoitlarining turli omillari ta'sirini maxsus fan biometrologiya o'rganadi. Hozirgi paytda Quyosh faoliyati va transport va ishlab chiqarishdagi avariyalar nisbatini tasdiqlovchi anchagina material to'plangan. Geomagnit maydonining boshqa o'zgarishlari magnit bo'ronlari yurak-qon tomir, nafas va asab sistemalari ishini buzadi, shuningdek, qon yopishqoqligini o'zgartiradi, ateroskleroz va trombofilit bilan og'rigan bemorlarda qon quyuqlashadi va tezroq iviydi, sog'lom odamlarda esa, aksincha, ortadi. Lekin magnit bo'ronlari hukm emas, buning ustiga bizning hayotimizga ularning ta'siri katta so'roq ostida turibdi. Rossiya Kosmik Havo Markazi

Upload: ngolien

Post on 11-Jun-2018

288 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

A.A.Po'latov, K.Murodov, M.Soliyev, O.Davlatava. Yerning magnit maydoni va magnit sferasi 17

II. Elektromagnit maydonlarining alohida organizm darajasida namoyon bo'lishi.

Organizmning butun hayoti yurak faoliyati bilan bevosita bog'liq. Biz yurak "sezgir", "katta", "yumshoq", "olijanob", "shafqatsiz" deb obrazli gapirishga o'rganib qolganmiz, lekin u o'zining yashovchanligi bilan hayratga soladi. Tabiat shunday yurak muskuli to'qimasini yaratganki, u bir sekund bo'lsa-da to'xtamaydi, doim qisilib, yoziladi. Eksperiment uchun yurak to'qimasining ayrim hujayralari olinib, ozuqali eritmaga joylashtirildi. Hujayralar yashashda davom etibgina qolmay, o'zlarining asosiy majburiyatlari — to'xtovsiz urib turishni ham yoddan chiqarmadilar. Barcha izolyatsiyalangan hujayralar urishda davom etdi, faqat ularning urishi turlicha — biri tezroq, boshqasi sekinroq bo'ldi. Lekin ular bir-biriga yaqinlashtiiilganda bir xilda ura boshladilar. Barcha izolyatsiyalangan hujayralarda boshqalardan tezroq uradigan lider hujayradan andoza qilingan urish tezligi qaror topdi. Bu misolda hujayralarning elektromagnit bog'liqligi ko'rsatib berildi.

III. Elektromagnit biologik organizmlar o'rtasida muayyan elektromagnit bog'liqlik mavjudligini inkor etmaydi.

Agar tirik organizmlarda biotoklarning murakkab sistemasi bo'lsa, unda nega organizmlar o'rtasida elektromagnit bog'liqlik bo'lishi mumkin emas ekan? Misollar:

Elektromagnit vositasidagi signallar hayvonlarga bir-birlarini olis masofalarda ham topish imkonini beradi. Erkak hashoratning urg'ochi hashoratga yo'l topishi ham, qushlarning in qurilgan joyni belgilashlari ham ana shundan. Ayrim dengiz yirtqichlari ham o'z qurbonlarini elektromagnit maydonlariga ko'ra tanishadi. Bunga ko'zlari tanasining yuqori qismida, og'zi esa pastki qismida joylashgan yassi baliq skat misol bo'la oladi. U o'z qurbonini ko'rmaydi! U qurboni nurlantiradigan elektromagnit maydon signallarini qabul qiladi.

9. Magnit maydonining insonga ta'siri. Tabiatning o'zi va uning almashinuvi insonga ta'sir o'tkazadi. Sog'lom va bemor odam organizmiga ob-havo sharoitlarining turli omillari ta'sirini maxsus fan — biometrologiya o'rganadi.

Hozirgi paytda Quyosh faoliyati va transport va ishlab chiqarishdagi avariyalar nisbatini tasdiqlovchi anchagina material to'plangan. Geomagnit maydonining boshqa o'zgarishlari — magnit bo'ronlari yurak-qon tomir, nafas va asab sistemalari ishini buzadi, shuningdek, qon yopishqoqligini o'zgartiradi, ateroskleroz va trombofilit bilan og'rigan bemorlarda qon quyuqlashadi va tezroq iviydi, sog'lom odamlarda esa, aksincha, ortadi.

Lekin magnit bo'ronlari — hukm emas, buning ustiga bizning hayotimizga ularning ta'siri katta so'roq ostida turibdi. Rossiya Kosmik Havo Markazi

18 O'QITISH METODIKASI VA ILG'OR TAJRIBA

mutaxassislari shunday deb hisoblaydi. Aynan shu yerda Quyoshning o'zini tutishi to'g'risida kundalik ma'lumot beriladi, ya'ni o'sha "noqulay kunlar" ro'yxati tuziladi. Meteosezgir kishilar "kelayotgan kun bizga nimalar tayyorlab qo'ygan"ligini bilishlari, ayniqsa, muhim. Nima bo'lganda ham, hamma bo'lmasa-da, ko'p kishilar meteosezgirlikka ega bo'lib, havo o'zgarishini oldindan sezadilar. Ular sof sub'yektiv sezgilaridan kelib chiqqan holda, odatda, momaqaldiroq yoki magnit bo'ronlari yaqinlashganini bir sutka oldin aniqlaydilar.

Biroq hamma narsani faqat elektromagnit o'zgarishi bilan bog'liq meteorologiya hodisalariga bog'lash noto'g'ri bo'lgan bo'lar edi. Ko'rinishicha, bunda barometr bosimi namlik, havodagi kislorod miqdori, uning ionlashuvi va h.k. butun bir omillar kompleksi amal qiladi.

10. Geomagnit maydon roli. Kosmik kenglikdan Yerga qarab zaryadlangan zarralar oqimi harakatlanadi. Bu zarralarning kontsepsiyasi shundayki, ular hayot uchun xavfli. Biroq, magnit maydoni Yerni bu xavfdan asraydi (7-rasm). Zaryadlangan zarralar Yerning magnit maydoniga kirib kelganda — ularga Lorens kuchi ta'sir qila boshlaydi.

7-rasm. Yer magnit maydoni.

U bu zarralarni bir qutbdan ikkinchisiga va aksincha harakatlanishga majbur qiladi. Zarralar magnit qopqoniga tushadi. Qopqon orasidan Yerdagi hayot uchun xavf tug'dirmaydigan kam miqdordagi zarralargina o'tadi. Yerning magnit maydoni ushlab qolgan zarralar joylashgan hududlar radiatsiyali mintaqalar deyiladi.

Adabiyotlar: 1. Turdiqulov E. Hozirgi zamon tabiiyot fanlari mazmuni va ularni

integratsiyalab o'qitishning muammolari. FMI, -T.: 2010, № 2. 2. Po'latov A.A. Fizika ta'limida integratsiya masalalari. AL va KHKlarida

fizika va matematika fanlarini o'qitishni takomillashtirish istiqbollar. 5-an'anaviy Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -T.: 2008.

U FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA