hayrat - n.ziyouz.com

64
Hayrat NURJAHON AVAZOVA HAYRAT She’rlar TOSHKENT «ADIB» NASHRIYOTI 2011 www.ziyouz.com kutubxonasi

Upload: others

Post on 27-Nov-2021

30 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: HAYRAT - n.ziyouz.com

1

Hayrat

NURJAHON AVAZOVA

HAYRATShe’rlar

TOSHKENT«ADIB» NASHRIYOTI

2011

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 2: HAYRAT - n.ziyouz.com

2

Nurjahon Avazova

ÓÄÊ: 821.512.133-1ÁÁÊ: 84 (5¡)6 À21

Ushbu kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiYoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan nashrga

tavsiya etilgan.

ÓÄÊ: 821.512.133-1

ÁÁÊ: 84 (5¡)6

ISBN 978-9943-317-46-8 © «ADIB» nashriyoti,2011 © N.Avazova, 2011

Avazova, Nurjahon. Hayrat: she’rlar / N. Avazova. – T.: ADIB

nashriyoti, 2011. – 64 b.ISBN 978-9943-317-46-8

À21

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 3: HAYRAT - n.ziyouz.com

3

Hayrat

EZGU AN'ANA

Yurtimizning turli hududlarida yashab, she’r va hiko-yalar mashq qilib kelayotgan, adabiyot ostonasiga o'zla-rining ilk qadamlarini qo‘yayotgan iqtidorli yoshlarimizminglab topiladi. Bugun boshlovchi misralar yozib, tahr-iriyatlarga yoki ustoz adiblar qoshiga iymanibgina bora-yotgan bu yigit-qizlar ertangi kunimizning taniqli yozuvchiva shoirlariga aylansa, ajab emas.

Muhtaram Yurtboshimizning "Adabiyotga e’tibor -ma’naviyatga, kelajakka e’tibor" nomli risolasida "agar bizO'zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uningqadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uniavlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalamborbuyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarnitarbiyalashimiz kerak", degan fikr asosiy maqsad-mud-daolardan biri sifatida alohida ta’kidlangani bejiz emas.Bugungi barcha g‘amxo‘rlik va e’tibor ana shu maqsadro‘yobiga qaratilgan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlar-danoq yoshlar siyosati eng birlamchi masalalardan birigaaylandi. Mana, yigirma yildirki, ushbu muhim masala kuntartibidan tushgani yo‘q. Aksincha, yildan yilga yoshlarqatlamiga bo‘lgan e’tibor ortib bormoqda. Shu ma’noda,o‘tkir didli, badiiy saviyasi yuksak yosh ijodkorlarni tarbiyalash

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 4: HAYRAT - n.ziyouz.com

4

Nurjahon Avazova

uchun yaratilgan bugungi sharoitlarni hech bir davr bilanqiyoslab bo‘lmaydi.

Ana shu yuksak e’tibor samarasi o‘laroq, o‘tgan 2010yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Ijod" jamoatfondi tomonidan bir guruh yosh shoir, yozuvchi, publisist vaadabiyotshunoslarning ilk kitoblari nashr etilgani va bar-cha ta’lim muassasalariga bepul tarqatilganidan yurtdosh-larimiz yaxshi xabardor. Ezgu an’anaga aylanib ulgur-gan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida bu yil ham badiiyadabiyotning turli yo‘nalishlarida ijod qilib kelayotganiste‘dodli yoshlarning ilk kitoblari nashrga tayyorlandi.Ahamiyatli tomoni shundaki, bu ijodkorlar "Do‘rmon" ijoduyida o‘tkazilgan seminarlarda tanlab-saralab olindi,qo‘lyozmalar o‘sha joyning o‘zida - ustoz va shogirdlikan’anasi asosida qiyomiga etkazildi.

Qo‘lingizdagi mana shu kitob ham o‘sha mashaqqatliva serzavq mehnatning mevasi, umidli yosh ijodkorningdastlabki qadamidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 5: HAYRAT - n.ziyouz.com

5

Hayrat

RUHIM TAJALLISI

HAYRAT

Gul to‘la gulzorga tashlayman qadam,Qalbimda eng toza tuyg‘ular yashar.Goho, unga ko‘zim tushgan damEzgu ishlar tomon yuragim shoshar.

Ko‘z o‘ngimda dunyo yashnaydi qayta,Charaqlab ketgandek bo‘lar atrofim.Yuksalib boraman nomini ayta,Shu damda ko‘klarga yetadi ohim.

Surating bunchalar kamolli, dilbar,Go‘yo Iso Masih nafasidek pok.Husningga tasadduq, qanchalar dil zor,Yusufiy har husn poying uzra xok.

Sollanib gulzorga tashlaysan qadam,Majnuntol ko‘yingda egar boshini.Men esa, hayratda turaman bu dam.Sendan yashirolmay ko‘zim yoshini.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 6: HAYRAT - n.ziyouz.com

6

Nurjahon Avazova

BU AYOL

Baxtsizman, deb yig‘lamadi u,Tashvishlarga ko‘ndi, tik turdi.Ko‘nglidagi orzulariniFarzandlarin baxtida ko‘rdi.

U hayotga mag‘rur boqqancha,Senga yoshim ko‘rsatmam, dedi.Alamlarning bag‘rin yoqqanchaBaxtdan baxtli bo‘lmoqchi edi.

Ta’nalarga dosh bergan yurakYig‘lamadi bormi deb panoh,Kimdir dedi: “Sevdim!.. Sen kerak..”Shu on yig‘lab yubordi nogoh.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 7: HAYRAT - n.ziyouz.com

7

Hayrat

VAQT

Vaqt aslida bir purviqor tog‘,G’urur bilan yo‘llar ochasan.Vaqt aslida kattakon so‘roq,Bu so‘roqdan qayga qochasan?

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 8: HAYRAT - n.ziyouz.com

8

Nurjahon Avazova

NOMLADIM UL TUNNI

LAYLATUL QADR

Hayot to‘zonida umrim yo‘qoldi,Hislar bo‘ronida ko‘nglim yo‘qoldi.Yolg‘iz o‘zing qolding, bir o‘zim qoldim,Ne qilay, avvalim, so‘ngim yo‘qoldi.

Nigohing tutgandi hayot iforin,Hayrat yoshlaridan ko‘kardim qayta.Nomladim ul tunni Laylatul Qadr,Yuksala boshladim nomingni ayta.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 9: HAYRAT - n.ziyouz.com

9

Hayrat

UNING IZLAGANI

DIYDORDIR ASLI

Jonsarak ruhimning yarmi tanamda,Yarmi zamonlarga ulanib ketgan.Yarmi o‘rtangancha g‘amda, alamda,“Analhaq” so‘zining mag‘ziga yetgan.Yarmi ko‘z nurimda dunyo kuzatar,Yarmi shu dunyoni bo‘lar ikkiga.Yarmi arosatdan imon qo‘zg‘otar,Yarmi nafs, borliqni o‘zin mulkigaQo‘shmoq ilinjida betin yonadi.Yarmi vijdon erur, kechib uyg‘onib,O’zin qilmishidan mudom tonadi.Ichsa-da haqiqat suvin sipqorib,Yarmi ishq mulkida sargardon kezar.Yarmi ibodatga bog‘lamish belin,Yarmi o‘zligini dildan his etar.Yarmi sabolarga boy berar sirin....Dunyoda hukmron mavjudlik sasi,Aslida mehrdan yaralgan odam,Uning izlagani diydordir asli,Tegrasida chorlab turibdi olam.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 10: HAYRAT - n.ziyouz.com

10

Nurjahon Avazova

RUHIM OVOZINI HECH KIM

ESHITMAS

Hech kimning men bilan ishi yo‘q,Meni yo‘qlaydigan kishi yo‘q,Hamma odamlarning parvoyi falak,Ruhimning yashashga shundan hushi yo‘q.

Kimlardir umrini bezamoqda ham,Mish-mish, ig‘vo, hasadlar bilan.Ibodat qilsalar, ko‘kka boqarlarYaratganga da’vo va shartlar bilan.

Ba’zan g‘iybat qilib, gap ham sotishar,Bundan ilgari ham yashab qo‘ygandek.U dunyo haqida va’zlar aytishar,Jannat ne’matini oshab qo‘ygandek.

Serg‘avg‘o muhitga sig‘mas yuragim,Ishq deya yuragi dog‘liq lolaman.Ruhim ovozini hech kim eshitmas,Hayronman, yo hali nodon bolaman.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 11: HAYRAT - n.ziyouz.com

11

Hayrat

USTOZLARGA

Qo‘llarimda jaranglar sozim,Bugun chindan yangroq ovozim,Ustoz pandi — bahorim, yozimSizga ta’zim, sizlarga ta’zim.

O’gitingiz — kelajak darsi,Tashvishingiz — yuragim darzi.Sizni sevmoq hayotim qarzi,Sizga ta’zim, sizlarga ta’zim.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 12: HAYRAT - n.ziyouz.com

12

Nurjahon Avazova

YURAGIMDA BAHOR NOZ

UYQUDADIR...

Yuragimda bahor noz uyqudadir,Umid ham qalbimda unmagan chechak.Hayotim xayolot fazolaridaTo‘qiydi o‘ziga sirli bir ertak.

Har soniya — go‘zal tilsim darchasi,Asrorlar olami bag‘rida pinhon.Mangulikka tomon yetaklaydi vaqt,Burchi shu, kechikish bilmaydi bir on.

Men esa o‘ylayman burch tuyg‘usini,Insoniyat qarzi – farzi nimadir.Nechun inson aqlin ezgulik emas,Goh qabih xayollar sudrab ketadir.

Men hanuz tushunarman, saodat nadir,Har bir saodatning yo‘ldoshi kulfat.Bilmasman, qay qalbda topdim chin qadr,Sezdirmay nish sanchar men bilgan ulfat.

Nechun javob yo‘qdir, savolim bisyor,Gungu—lol tabiat holiga hayron.Samo qovoq uyar, yog‘ar pag‘a qor,Men kabi dunyoning yuragi vayron.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 13: HAYRAT - n.ziyouz.com

13

Hayrat

Hayot oqliklarga o‘ralar bir zum,Betinim o‘ylardan charchagan zamon.Der menga: qor misol qalbingni pok qil,Savob shu, gunoh ne, o‘zingga ayon.

Dildan iztirobni quvmoq bo‘larman,Yig‘layman, yoshlarim yomg‘irga o‘xshar,Zamin der: qayg‘urma, azizim, quvon,Poyimga gullardan poyondoz to‘shar.

Ha, hayot gullarga o‘ralar shu zum,Go‘yoki telbaga o‘xshaydi olam.Beg‘ubor qahqaha urar tabiat,O’zi kim? Dunyo ne? Payqamas odam.

Bulutlar yig‘laydi ko‘z yoshin to‘kib,Samoda tugaydi eng so‘nggi bardosh.Toqati tog‘ bo‘lib, bag‘ri bo‘lib qonAdirni kuydira boshlaydi quyosh.

Vaqt shoshib kelgancha ona misoliGullarni qaygadir yetaklab ketar,Ushbu dam bir inson gullagan umrinBoylikka boy berib, manzilga yetar.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 14: HAYRAT - n.ziyouz.com

14

Nurjahon Avazova

HAQIQAT MANZARALARI

Ko‘ksimda tipirlar chalajon bir qush,Qismat qafasida beayov bandi.Shudir mudroq ruhim ko‘rayotgan tush,Menmanmi afandi, dunyo afandi?

* * *Nurning jamolini sevganda kishiIzlanish, intilish bo‘lar tashvishi.Oydin kechalarni bedor o‘tkazar,Oy kabi zulmatni yoritar ishi.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 15: HAYRAT - n.ziyouz.com

15

Hayrat

* * *Osuda otganda tongimiz rohat,Imillab, goh shoshib o‘tadi soat,Ertam ne kechishin bilmay, halakman,Taqdir peshonamga yozgandir ne xat?

* * *Otmagan tonglarning ifori menda,Kelmagan kunlarning diydori menda.Qancha nasihatlar havoga uchar,Vaqt degan ne’matning uvoli menda.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 16: HAYRAT - n.ziyouz.com

16

Nurjahon Avazova

* * *Davron charxpalagi aylanar, ey yor,Odamzod hamisha bo‘lmas baxtiyor.Bugun tashvish ichra qolgan esang, bil,Erta tole yo‘ldosh, shodlik senga yor.

* * *Dunyo ayvonidan uzgan gulim – ishq,Olov daryosidan ichgan suvim – ishq.Qalbimni zamindan Arshga chorlagan,Oltin yol tulporim, oltin so‘zim ishq.

* * *Har kimni tabib deb borib bo‘lmaydi,Dil dardin har kimga yorib bo‘lmaydi.Tun bilan kun aro hayot yaralgan,Tunni kun bilganga kim ham kulmaydi.

* * *Guldan ifor kutgil, ilondan zahar,Bulbuldan navo kut, sabodan xabar.Osmondan izlama, baxting zaminda,U seniki, tole yor bo‘lsa agar.

* * *Bas, yetar. Ko‘nglimga bermagin ozor,Seni ma’yus ko‘rmoq — qalbim titrog‘i.Bu dunyo — o‘sha sen anglagan bozor,Undan baxt xarid qil, qalbim ardog‘i.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 17: HAYRAT - n.ziyouz.com

17

Hayrat

AZIZIM, SHE’R BO‘LIB TO‘KILDIM

MEN HAM

Dunyo g‘alviridan to‘kildim men ham,Qismat bitigiga bitildim men ham.Dilimni yondirgan telba hislardanNe baxtki, bir yo‘la qutuldim men ham.

Yengildim, men uni yengdim nihoyat,Taqdir meni siylab, etdi inoyat,Ash’orlar bitmoqqa qanot bog‘ladim,Adashsam, yo‘ldoshim bo‘ldi hidoyat.

Qaysi qalb zulmatin yoritdim oydek,Qaysi qalbga kulib keltirdim ko‘klam.Qalbimda navolar toshganda soydek,Azizim, she’r bo‘lib, to‘kildim men ham.

2-N.Avazova

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 18: HAYRAT - n.ziyouz.com

18

Nurjahon Avazova

TABIAT, RUHIMSAN — QALBIM

DUNYOSI

Tuyg‘ular jilovin tuta olmadim,Mayli, o‘ynayversin qayga ketardi.Axir shamol qancha asov bo‘lmasinDargohidan o‘tib qayga yetardi.

Qirlarning bag‘rida xayolga cho‘mib,Qamrab olayapman tasavvurimga.Yo‘q, asli men o‘zim borliqqa do‘nibSuvratim chiz dedim musavvirimga.

Tabiat, ruhimsan — qalbim dunyosi,Sen mening o‘zimdan o‘zimga mujda.Seni g‘uborlardan asrasam tokiHayotimda sodir bo‘lar mo‘jiza.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 19: HAYRAT - n.ziyouz.com

19

Hayrat

BILMADIM

Burch deya bosh egsang, kulsa ag‘yorlar,Xiyonat qilsalar sevilgan yorlar,Goho, gunohsizga tikilsa dorlar,Bilmadim hayotning ma’nosi nima?

Fikrlar keladi miyangga g‘ujg‘on,Bari der: men to‘g‘ri, ko‘zni och, uyg‘on!Bir boqsang, bari chin, bir boqsang, yolg‘on,Bilmadim hayotning ma’nosi nima?

Bosgan har qadaming qaysi yo‘l sari,Qaysi manzil sari bu yo‘llar bari.Dunyo hikmati ne? Bilmam, der qari,Bilmadim hayotning ma’nosi nima?

Har ishdan falsafa qidirib ko‘rdim,Savob ishlar sari yuzimni burdim,Haqiqat oldida bosh egib turdim,Hayotim ma’no-mazmuni shumi?

Yashamoqning mangu qonuni shumi?

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 20: HAYRAT - n.ziyouz.com

20

Nurjahon Avazova

BU YOLG‘ON DUNYONING ROSTI

BORMIKAN

Bu yolg‘on dunyoning rosti bormikan?Pokdomon ekanmi, makr yormikan...Baxtim deb topganim qayg‘uzormikan,Bilolmay sarsonu hayrona o‘zim.

Hayotda goh nodon, goh shodon ko‘rdim,Ko‘ngil deb yurganni sargardon ko‘rdim.Baxt asli sarobdir, har zamon ko‘rdim,Anglolmay ko‘zlari giryona o‘zim.

Ayol zotin joni qirqta deydilar,Qirqi ham jabringdan to‘ydi, kuydilar.Qo‘sh ko‘zing qo‘sh jallod, bag‘rim o‘ydilar,Sen deb yona-yona vayrona o‘zim.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 21: HAYRAT - n.ziyouz.com

21

Hayrat

BAXT BU

Baxt – bu orzularga yetmoqlik emas,Zero, orzularning karvoni uzun.Baxt – bu armonlarni tark etmoq emas,Armonlar qalbdagi abadiy tugun.

Gar tongda xotirjam uyg‘ona olsang,Tashvishlarni yengar shaxding alanga.Qaynoq hayot ichra shaxdam kirolsang,Bir surur yugursa butun tanangga.

Baxt shudir! Tashvishni yengib o‘tolsang,Savoblar etolsang, yayrab-kulolsang.Men seni shu go‘zal baxtla qutlayman,Sinovlar kelganda sobit turolsang.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 22: HAYRAT - n.ziyouz.com

22

Nurjahon Avazova

FAQAT MUHABBATNI AYLADIM

YO‘LDOSH

Goh yo‘lda adashdim, goh aqlim shoshdi,Ko‘rib go‘zalligin yuragim toshdi.Qilgan xatolarim ko‘zimni ochdi,Dunyo bilan ko‘nglim ayladim dildosh.

Goh dilim tinglashga bitta hamdard yo‘q,To‘zon ham aytadi: menda bir gard yo‘q.Netay, do‘st bo‘lmoqqa bitta ham mard yo‘q,Ollohni do‘st bildim, Ollohni sirdosh.

Yashamoq kurashdan iborat ekan,Umr qumga bino imorat ekan,Har ne ezgulikka ishorat ekan,Sevgini do‘st bildim, imonni dildosh.

Bog‘imda bulbullar sayragan chog‘da,Hikmat ko‘rganimda har bir yaprog‘da,Qaydaman, tog‘dami va yoki bog‘da,Faqat muhabbatni ayladim yo‘ldosh.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 23: HAYRAT - n.ziyouz.com

23

Hayrat

MEN TELBA, YO DUNYO

TELBADIR ASLI

Telbaman, dunyoning vayronalariMing tilda sirlashib, so‘zlaydi ertak.Ko‘nglimning ming bitta darvozalariLang ochiq, ularga chin mehmon kerak.

Men telba, yo dunyo telbadir asli,Zamonlar bag‘ridan izlayman yo‘lim.Almashar dunyoning to‘rt sirli fasli,Tug‘ilish, Ulg‘ayish, Baxt hamda O’lim.

Men-chi, hayronaman yo‘lin yo‘qotgan,Chorlaydi to‘rt yondan to‘rt sirli kitob.To‘rt tilda bitta yo‘l ko‘rsatib, qotganAqlimni uyg‘otmoq istashar shu tob.

Taqdir kitoblarin bir-bir varaqlab,Jonimga tengdosh, mos so‘z qidiraman.Topganda ul so‘zni, dunyodan to‘yib,So‘ngi libosimga bo‘z qidiraman.

Men telba, yo dunyo telbadir asli.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 24: HAYRAT - n.ziyouz.com

24

Nurjahon Avazova

BEDOR QALB QO’SHIG’I

QALBIM QUYOSHI

Shabnam yuzingizga chayar yuzini,Gullar iforini oladi sizdan.Nafis qaddingizga qarab, o‘zgarib,Sarvlar tik turmoqni o‘rganur zimdan.

Siz, dilning qatiga jo bo‘lgan jahon,Suluvlar sarvari xurshidi tobon.Sizni ko‘rmoq uchun jon ilhaq erurHar tong quyoshini kutgandek osmon.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 25: HAYRAT - n.ziyouz.com

25

Hayrat

YUKSALISH

Yuragimda bir savol yashar,Yuragimda bir olov yashar.O’shal olov otashi nogohVujudimda lov-lov tutashar.

- Ol,- dedi, ishq sharobin ichdim,Dilimdagi tugunni yechdim.Ishqning o‘tlig‘ daryosin kechdim,Botinimda zamonlar shoshar.

Ustixonim kuyib, kul bo‘ldi,Gul dunyoim goho cho‘l bo‘ldi,Xokisor dil kimga qul bo‘ldi,Manzili ne, qayerga shoshar?..

Ufqlarga tutashar ruhim,Osmonlarga tutashar ohim.Madad bo‘lgin o‘zing, ilohim,Dilda tilsim sabosi esar.

Ruhim esa, nenidir sezar...

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 26: HAYRAT - n.ziyouz.com

26

Nurjahon Avazova

MUHABBAT GULI

Borliqda hukmron mangu latofat,Almashib yonadi qancha fasllar.Muhabbatning jufti bo‘lib sadoqatYasharib boradi o‘tib asrlar.

Gullarni sevaman, kunni sevaman,Sevaman mehnatdan kelsa rohatni.Arshim — ISHQ yuksalib boraveraman,Bulutlarga tashlab g‘amu nafratni.

Asrayman dilimda muhabbat gulin,Parvarish etaman nihollarini.Ular o‘rgatadi ezgulik yo‘lin,Adashganlar bersin savollarini.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 27: HAYRAT - n.ziyouz.com

27

Hayrat

FARZANDLARIM DADASIGA

Qahringiz toshdan qattiq,Mehringiz boldan shirin.Sizga etilgan tortiqIshqim dilda yashirin.

Baxtu iqbolimizsiz,Dil sokin dunyongizda.Suyangan tog‘imizsiz,Yashaymiz joningizda.

Farzandlar dadam desa,Ko‘nglim ko‘kla bo‘ylashar.Soyangizda sohibim,Baxt ham biz bilan yashar.

Har tongni qarshilaymiz,Ko‘ngil – olam quvonchda.Ko‘ngilda yongan quyoshKelajakka ishonch-da!

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 28: HAYRAT - n.ziyouz.com

28

Nurjahon Avazova

SIZNI DILIM YO‘QLAGACH

Sizni yo‘qladi dilim, paymonalar to‘ldi-ku,Intiqu muhtojingiz lahzada ming o‘ldi-ku.Lahzalar ming yillarga kengayib ketib, ey voh,Keng jahon choh misoli tor zimiston bo‘ldi-ku.

Keling, ahvol so‘rgani, dardga darmon bo‘lgani,Bu telbavash holimga shohi Mashrab kuldi-ku.Nurafshon eting dilni, Nurjahon so‘rar shulni,Sizdan kutib bir sado jon aro nur so‘ndi-ku.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 29: HAYRAT - n.ziyouz.com

29

Hayrat

KECHIRING

Dil vayron, aql hayron, sizni xafa qilibman,Ko‘zlarim har yon giryon, sizni xafa qilibman.Osmon qovog‘i soliq, dilginam g‘amga to‘liq,Kechirarmikan Xoliq? Sizni xafa qilibman.

Gullar yuzin ters burar, yuragim sekin urar,Ul havoni ko‘p ko‘rar, sizni xafa qilibman.Ko‘zlarimga bir qarang, chidab turibman arang,Boshginam chindan garang, sizni xafa qilibman.

Derlar dunyo go‘zal gul. Quchog‘iga qani yo‘l?Yonmasimdan bo‘lib kul, sizni xafa qilibman.Tashvishlar ko‘p bir boshda, aqlsizman shu yoshda,Hech kim demas “bu yosh-da” sizni xafa qilibman.

Arzandalik o‘tmaskan, singan ko‘ngil bitmaskan,Yomonni yer yutmaskan, sizni xafa qilibman.Kechirmaysiz, sezaman, yuragimni ezaman,O’z-o‘zimdan bezaman, sizni xafa qilib man.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 30: HAYRAT - n.ziyouz.com

30

Nurjahon Avazova

YONOQLAR

Qip-qizil olovlanarQirmiz olma — tovlanar.Buncha go‘zal tuzog‘i,G’arib dillar ovlanar.

Ko‘rsang, bag‘ring o‘rtanar,Zulflar yuzga cho‘lg‘onar,Yuragingga cho‘g‘ tushib,Unda ilon to‘lg‘onar.

Qip-qizil olovlanar,Ol yuzda nur tovlanar.Go‘zal hatto tuzog‘i,Aqlu hushing ovlanar.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 31: HAYRAT - n.ziyouz.com

31

Hayrat

SENSIZ

Umidim – ko‘zimda qalqib turgan yosh,Ey voh, bunchalar ham bo‘lding bag‘ritosh.Nahot yig‘lamoqdan o‘zga yo‘q iloj?Sensiz ko‘z yoshlarim selga aylandi,Boshga ofat bo‘ldi, do‘lga aylandi.

Bilsang dil mulkida to‘rt faslim eding,Nigohing – hoqonim, men taslim edim.Men asli yo‘q edim, sen aslim eding.Sensiz olovlarim kulga aylandi,

Turmush musht tugilgan qo‘lga aylandi.

So‘nggi dam so‘z aytmay ketding, azizim,Gunohim nimaydi, jonim, lazizim,Zolimim, seni der ko‘ngli nafisim,Bag‘rim qaqrab yotgan cho‘lga aylandi,Armon adog‘i yo‘q yo‘lga aylandi.

Qayt endi, hayotim, yashayin men ham,Qayt endi, bayotim aytayin men ham,Rahm etgil, sayyodim, yayrayin men ham,Kelsang, sog‘inchlarim baxtga aylanar,Hazin kulbam oltin taxtga aylanar.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 32: HAYRAT - n.ziyouz.com

32

Nurjahon Avazova

ESINGDAMI?

Esingdami, gullarga to‘libKetgan edi o‘shanda zamin.Hayotimga quyoshdek kirib,Yoritganding ko‘ngil maxzanin.

Esingdami, dalli-devonaBo‘lganingcha, yozarding xatlar.Yonoqlarim lolazor bo‘lib,Javobiga yozardim baytlar.

Orzumizdek oppoq edi qish,Borlig‘u dil bir xil rang edi.Gulga to‘lib kelgan navbahorQalbimizga hamohang edi.

Dil taftidan olgandek pardozOlov bo‘lib kelar edi yoz.Ishq bog‘iga xazon kelgan kez,Esingdami, kelgan edi kuz.

Qaylardasan endi, yagonam,Oy ham ma’yus bizni kuzatib.Tanish edik, bo‘ldik begona,Bu xatoni bo‘lmas tuzatib.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 33: HAYRAT - n.ziyouz.com

33

Hayrat

HUVILLAB YOTIBDI YURAGING

NEGA?

Men baxtin izlagan bitta sargardon,Nega nigohlaring men uchun bo‘m-bo‘sh?Huvillab yotibdi yuraging nega?Azizim, qaydasan? Samolardan tush!

Tiz cho‘kdim poyingga, sezdingmi, ey yor?Goh yig‘lab, goh kulib mehrimni berdim.Yoningda hajringda bo‘lsam-da abgor,Sevmasang, sezmasang nima ham derdim.

Nima ham der edim, qismat muqarrar,Nima ham der edi tolei zabun.Mahshar kuni seni izlab, yonadiKo‘zlaringni yana uchratmoq uchun.

3-N.Avazova

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 34: HAYRAT - n.ziyouz.com

34

Nurjahon Avazova

SEZASANMI?

Ko‘ngil visol istaydi,Sevgi izhor istaydi,Yonib, seni qo‘msaydi,Yonishim sezasanmi?

Dilda hijron yig‘laydi,Ohu fig‘on yig‘laydi,Jonim, ishon, yig‘laydi,Xonishim sezasanmi?

Yor, sensiz dunyolardan,Ko‘zga to‘tiyolardan,Jamiki ziyolardanTonishim sezasanmi?

Sezganda kelasanmi?

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 35: HAYRAT - n.ziyouz.com

35

Hayrat

QO‘SHIQ

Nigohimda nurim bor,Mehrdek shuurim bor.Unutmang, g‘ururim bor,Jonim sizga, jonim.

Gullardan ko‘shk qurarman,Iforida yurarman,Shirin xayol surarman,Jonim sizga, jonim.

Mag‘rurlik — devonalik,Bas, yetar begonalik!Ey, barno farg‘onalik,,Jonim sizga, jonim.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 36: HAYRAT - n.ziyouz.com

36

Nurjahon Avazova

SOG‘INDIM

Kelgin, mehribonim, yuzing sog‘indim,Kel, ko‘zga surtgali izing sog‘indim.G’am qushi ko‘zimga inlar qurmoqda,Qorlarni eritsin so‘zing, sog‘indim!

Sog‘indim! Sog‘indim!! Sog‘inib ketdim!!!Ishqning surati bor ko‘zing sog‘indim.Poyingga lolazor etib poyondozO’zganimas, yolg‘iz O’ZING sog‘indim.

Kutganda kelmasang, ko‘zga ilmasang,Zor yig‘lab, zor yig‘lab, o‘zim sog‘indim.Kimga arz qilardim dardim bilmasang,Yaratganga borar ro‘zim sog‘indim.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 37: HAYRAT - n.ziyouz.com

37

Hayrat

MUHABBATGA

Qo‘lim cho‘zsam, osmon muhabbat,Yuraklarda armon muhabbat.Senga har ne oson, muhabbat,Kel, mening ham mehmonim bo‘lgin.

Qo‘yosh bo‘lib yorit kulbamni,Yurganmishsan kezib o‘lkamni,Kutgim kelmas endi ko‘klamni,Kelu tezroq mezbonim bo‘lgin.

Ta’rifingdan zabonim go‘zal,Intiq etding, yuragim kasal,Peshvoz chiqib, bo‘libman o‘sal,G’amli kunda panohim bo‘lgin.

Senla boqdim, dunyo o‘zgacha,Xayrlashma endi kuzgacha,Kirgunimcha toki yuzgachaO’zing, o‘zing hamrohim bo‘lgin.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 38: HAYRAT - n.ziyouz.com

38

Nurjahon Avazova

KEL ENDI SABRIMGA

MUKOFOT BO‘LIB

Ko‘zlarim xumori, qaylardasan, ayt,Ey, baxtim tumori, kel, ortingga qayt!Sensiz qiynaldim-ku, qara, qancha payt,Kel endi sabrimga mukofot bo‘lib.

Oy bilan tonggacha sirlashgan tunimDerdim: ajratolmas bizlarni o‘lim.Yuragimda sog‘inch topgancha qo‘nim,Ohim oyga yetar salovot bo‘lib.

Qo‘llarim uzatsam yetmas joydasan,Gohi xayolimda, gohi oydasan.Azizim, qaydasan, axir, qaydasan?Kel, notinch ruhimga xalovat bo‘lib!

Ketding, ko‘nolmadim mening sevgilim!

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 39: HAYRAT - n.ziyouz.com

39

Hayrat

SENI IZLAB TENTIR XAYOLIM

Zamin poyondozdir gulchambar taqib,Quyosh boshim uzra to‘kar zarini.Mayin yel sochlarim tortqilar sekin,Yaproqlar pichirlar dil izhorini.Ruhim tabiatning bu ehsonigaMahzunu beparvo boqadi, hissiz.Ko‘zlarim atrofga boqar jonsarak,Izlarman izlaring, topolmam, essiz.Sen yo‘qsan, sen bilan ketgan bahorim,Qalbimni isitgan yozlarim ketgan.Seni izlab tentir xayolim,Ishonchimni yolg‘izlik yutgan.Nahot, shuncha gunohim bordir,Tomirimda azoblar oqar.Qovjiragan umid bog‘idaHatto o‘lim o‘zini yoqar.Kelgin, xaloskorim,Bo‘lma bag‘ritosh.Sabo sendan keltirsin xabar,Qarg‘ish olgan sevgi bog‘idaHayot kulib, uyg‘onsin sahar.G’ururim qarshingda etgusi sajda,

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 40: HAYRAT - n.ziyouz.com

40

Nurjahon Avazova

Qilgan gunohlarin jazosi uchun.Seni ishqim ko‘tarar boshgaMuqaddas poyingning tavofi uchun.Yo‘q, bu hol gunohim yuva olmaydi,Sen baridan buyuksan, buyuk!Men ruhimni topshirgum sengaHukmron bo‘laqol, bo‘laqol suyuk.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 41: HAYRAT - n.ziyouz.com

41

Hayrat

HAJRING OLOVIDA

YONADI BEDOR

Qismatning burjida seni etib yod,Ishqning mehrobida yuragim yig‘lar.Istaydi sen bilan bo‘lmoqni obodLek, ilinj topolmay bag‘rini tig‘lar.

Hajring olovida yonadi bedor,Na ortga, na oldga bir qadam yo‘l bor.Sen deya topgani alam va qayg‘u,Uning bor bisoti nomus ila or.

Arosat bag‘rida muallaq qolganQismatning burjida bir ko‘ngil yig‘lar,Hanuz uyg‘otolmas, bardoshi tolgan,Aqlni quchoqlab matonat uxlar.

Yuraging uxlaydi bir qo‘shiq bo‘lib,Yoshlarim dengizi oqadi to‘lib.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 42: HAYRAT - n.ziyouz.com

42

Nurjahon Avazova

MUHABBATING MUHTOJI O‘ZIM!

Mehring bilan ko‘nglimni yorit,Muhabbating muhtoji o‘zim.Sehring bilan ko‘z yoshim arit,Yuragingning gultoji o‘zim.

Ko‘zlarimda kunning havasi,So‘zlarimda tongning nafasi.Nahot qalbing uyg‘otolmaydiYuragimning olovli sasi.

Muhabbating muhtoji o‘zim!

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 43: HAYRAT - n.ziyouz.com

43

Hayrat

SENI DEB TOPGANIM BAXTMI,

ALAMMI?

Seni deb topganim baxtmi, alammi,Dildagi og‘riq ne, eski yarammi,Bir umr g‘arib dil senga qarammi,Bilmadim, yorijon, bila olmadim.

Yor, kimni sevasan, kimdan tonasan,Ne ishdan kul bo‘lib, nedan yonasan,Jimlik dunyosidan qachon qonasan,Ko‘ngil qulfing hanuz ocha olmadim.

Yillarning yo‘liga bahor gul sochdi,Hijron uni yulib, yo‘qlikka qochdi.Qalbda umid guli yana yuz ochdi,Taqdirning jumbog‘in yecha olmadim.

Seni deb topganim baxtmi, alammi?

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 44: HAYRAT - n.ziyouz.com

44

Nurjahon Avazova

SENINGDIRMAN

Har qadamda habib o‘zing,Qalbim bemor, tabib o‘zing,Farog‘atga eltar So‘zing,Seningdirman, seningdirman.

Sajdagohga yetdi boshim,To‘xtatolmam ko‘zda yoshim,Shunday damda bo‘l sirdoshim,Seningdirman, seningdirman.

Seni dedim — obod bo‘ldim,Goh unutib, barbod bo‘ldim,Lavhing aro men yod bo‘ldim,Seningdirman, seningdirman.

Qo‘lla, derman, qodir Olloh,Ikki dunyo nodir Olloh,Ko‘p gunohim bordir Olloh,Lek seningman, seningdirman.

Dil tubini nurga to‘ldir,Imon degan durga to‘ldir.Umrimni sururga to‘ldir,Seningdirman, seningdirman.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 45: HAYRAT - n.ziyouz.com

45

Hayrat

SEVASANMI?

Ruhim giryon, dil vayron,Ayt, meni sevasanmi?Holimga bo‘lmay hayronAyt, meni sevasanmi?

Joningga jo bo‘lgim bor,Seni deya o‘lgim bor.Lablarimda kulgum bor,Ayt, meni sevasanmi?

Oydek to‘lay bag‘ringda,Mayli, o‘lay qahringda.Kaniz bo‘lay shahringda,Ayt, meni sevasanmi?

Xaridorim bo‘l o‘zing,So‘ldi, qara gulyuzing.Xaloskorim bir o‘zing,Ayt, meni sevasanmi?

Bir sevgi hayotimdir,Kuylasam bayotimdir.Topgan bor bisotimdir,Ayt, meni sevasanmi?

Qayt, meni sevasanmi?

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 46: HAYRAT - n.ziyouz.com

46

Nurjahon Avazova

JONIM, HAYOTINGGA MAZMUN

ET MENI

Sevgi – ko‘zlarimni ko‘r qilgan olov,Sevgi – sochlarimga tushgan oq qirov.Istamam sen uchun bo‘lmoqni birov,Jonim, hayotingga mazmun et meni.

Taqdirlar turfadir, tuyg‘ular turfa,Yig‘ilar turfadir, kulgular turfa.Yuragimni ezgan qutqular turfa,Jonim, hayotimga mazmun bit meni.

Umrim o‘tmoqdadir seni kutgancha,Yolg‘izlik qiynagan tunlarim qancha,Alamli hayotim tugab-bitgunchaSen sari ketyapman, jonim, kut meni.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 47: HAYRAT - n.ziyouz.com

47

Hayrat

LABLARIMNI

KUYDIRAR ISMING

Lablarimni kuydirar isming,Qarog‘imda ishqning quyoshi.Shaffoflashib ketmoqda jismim,Marvariddir ko‘zimning yoshi.

Ko‘zlaringda ishqning surati,Ko‘zlarimda xumoriy jodu.Kel, baxtimiz sarhadlaridanOlam uzra taralsin yog‘du.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 48: HAYRAT - n.ziyouz.com

48

Nurjahon Avazova

UMRIM O‘TAYOTIR

QO‘MSAYMAN SENI

Sen ketding, nurafshon kunlarim qora,Quridi shodlikdek daryoi azim.To‘zg‘igan xayolot dunyosi aroArmonu qayg‘ular qurishar bazm.

Ko‘nglimga kuz keldi, hislar xazonrez,Umid daraxtini armonlar yoqar.Sabrim tugab borar sensiz, so‘nggi kezQayg‘um ayriliqdan tumorlar taqar.

Sen ketding qay dilga bahoring boshlab,Dilim rashk o‘tida kuyar, qovrilar.Hayotim yodingla qayta yaralib,Yana xayolingla yelga sovrilar.

Umrim o‘tayotir qo‘msayman seni,Chehrang, ovozingni unutolmayman.Garchi, so‘liyotgan lola bo‘lsam hamSendan-da, o‘zdan-da voz kecholmayman.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 49: HAYRAT - n.ziyouz.com

49

Hayrat

QOR HAM EZIB

YOG‘MOQDA YANA

O’tiribman ezilib, eslab,Qor ham ezib yog‘moqda yana,Eslamaysan parizodingni,Qancha kunlar o‘tibdi, qara.

Boqadirman ko‘zguga ma’yus,Sen go‘zalsan, degim keladi.U ham sensiz chekyapti afsus...Degim, o‘zni sevgim keladi.

Unutolmay yondim, yolg‘izim,Orzularim erir qor bo‘lib.Kel, chorlayman hanuz yolvorib,Kutayapman intizor bo‘lib.

4-N.Avazova

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 50: HAYRAT - n.ziyouz.com

50

Nurjahon Avazova

BANDI DIL

Tegramda gir aylanar dunyo,Gullar sarxush, sayrar bulbullar.Yo‘q, bu tushmas, emas bu ro‘yo,Rost, gullaydi bunda ko‘ngillar.

Bir go‘zallik kashf etib olam,Sabolar sho‘x salomlar eltar.Ko‘zdan oqar kavsariy jolam,Ilhom shirin kalomlar eltar.

Osmonimda gullar yulduzlar,Dunyo go‘yo sehrli qo‘shiq.Tilsimotga do‘nar kunduzlar,Aqlu ko‘ngil do‘st — yo‘l beto‘siq.

Tilsimotni parchalab go‘yo,Tegramda gir aylanar dunyo.Muhabbatga bandi bo‘lsa dilOlam to‘la, dil to‘la ziyo.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 51: HAYRAT - n.ziyouz.com

51

Hayrat

IQROR

TONGGI MADHIYA

Yana tong otdi!Beg‘ubor, musaffo.Bahor tongi!

Oldinda...Oldinda... butu-u-u-u-u-u-u-un Ku-u-u-u-un...Behad sehrli!Uni qanday ranglarga bo‘yash,Bemisl,betakror,go‘zal zeb berishSening izmingda.

Yana tong otdi!O-o-o-o-o-op-poq qog‘ozdek.Sen – uning rassomi,Turibsan qoshida,Qo‘lingda qalam.Bit unga bugungi kun lavhasini!

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 52: HAYRAT - n.ziyouz.com

52

Nurjahon Avazova

* * *Orzularing olamcha bormi,Intilganing faqat DIYDORmi,Yashamoqning o‘zi go‘zaldir.Muammo tugundir,Yechimi – fursat.

Qoqilma,Egilma,Sira aldanma!O’zingni sev!O’zgalarni sev!Hayotni sev!Yashash go‘zal-a?

Sezmadingmi?..Qalbingga qara!

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 53: HAYRAT - n.ziyouz.com

53

Hayrat

ANGLASH BAXTI

ISamodan ongimga mujdalar yog‘ar,Ochilar ohista sirlar g‘unchasi.Dunyo maktub bitib, eshigim qoqar,Yulduzlar – sirli harf, oy – tugunchasi.

O, meni chorlaydi ishqning o‘lkasi,Eng ajib tuyg‘ular etgancha sovg‘a.Yetmish bir tomirim hislar yo‘lkasi,Yurak iloh sari intilar olg‘a!

Qop-qora sochlarim bir-bir oqarib,Zulmatdan oydinlik topa boshlaydi.Yillarga berkingan yolg‘onlar arib,Haqning mo‘jizasi ko‘zim yoshlaydi.

Somon yo‘li menga sir aytar shu on,Har yulduz - sirli harf, oy - yorqin muhr.Men esa samoga boqarman hayronBir sevgi chorlaydi, chorlar bir mehr.

Muqaddas tuproqqa peshonam qo‘yib,Samoga yukingum sarhushu behol.Yulduzlar yig‘laydi bu hisni tuyib,Vujudim — javobi jumboq bir savol.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 54: HAYRAT - n.ziyouz.com

54

Nurjahon Avazova

IIOsmon ko‘zlarimga singib, yo‘q bo‘lar,Qirmizi gullari bag‘rimga enib.Za’faron har giyoh dardimga do‘nar,Yarim oy shoxiga qalbim ilinib.

Samoda sir to‘la bir maktub bitganGo‘zalni ko‘ray deb qalbimda firoq.Butun borlig‘imni shu ISHQ zabt etgan,Yo‘liga intilar men yurgan so‘qmoq.

O, butun olamning mangu sarvari,Musaffo poklikka ibtido, mavjud!Mehru shuuringdir ko‘nglim gavhari,Yodingsiz yuragim savdoyi Hud-hud.

Bu hisni tuymagan hali hech shoir,Kelmagan dunyoga men kabi mehmon.To‘kkan yoshlarimdan tasbehlar tizib,Bugun O’ZLIGIMga qaytyapman, ishon!

Yana uyg‘onyapti qalbimda bahor,Endi begonadir g‘amning chillasi.Umrim diydoringdan har dam umidvor,Sirli tuyuladi azon pallasi.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 55: HAYRAT - n.ziyouz.com

55

Hayrat

IIIMo‘jizang bag‘rida yashayveraman,Har dam, har nafasim hijronga nuqta.Shu yolg‘on umrni avrayveraman,Tanim shu zaminda, xayolim ko‘kda.

Umr deb atalmish tilsimot bag‘rinKezgancha, ming hisga duchor bo‘libman.Qo‘limga jilvangdan tutib shamchiroq,O’zingdan O’ZINGni izlab yuribman.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 56: HAYRAT - n.ziyouz.com

56

Nurjahon Avazova

O‘ZING QUYOSHIMSAN

Qalbimning musaffo buloqlaridekJildirab ko‘z ochgan go‘zal muhabbatFaqat sening noming so‘zlab oqadi,Go‘zal muhabbating ruhimga madad.

Yo‘lingga muntazir g‘arib ostonamMuborak poyingla muqaddas, ulug‘.Yoniq satrlarim — mening dilnomam,Sen sabab hayotim iforga to‘liq.

Ollohim kanizlik hadya etibdi,Kechir gunoh etsam, shohi jahonim.Tosh qalbim muz kabi erib ketibdi,O’zing quyoshimsan, baxtga posbonim.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 57: HAYRAT - n.ziyouz.com

57

Hayrat

HUMOYUNGA

(Endigina tetapoya qilayotgan o‘g‘lim Humoyunmuvozanat saqlolmay nogoh qoqilib tushdi)

Qo‘llarimni tutib turibman,Qo‘llaringni uzatgin sen ham.Kurashlardan bunyod dunyodaQadding tik tut doimo, erkam.

Qalbimdagi dunyoni beray,Mehrim tafti soching silasin.Qarog‘imda tutay, ardoqlay,Tunda ochun baxting tilasin.

Qo‘llarimni tutib turibman,Qo‘llaringni uzatgin sen ham.Dunyo senla to‘kisdir asli,Asli sensiz dunyo biri kam.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 58: HAYRAT - n.ziyouz.com

58

Nurjahon Avazova

MENI HAM ESLAB QO‘Y

NAVBAHOR FASLI

Ey, do‘sti nodirim, o‘zing yaxshisan,Diydoringga ikki jahonim sadqa.Hayotim, xayolim, ko‘nglim naqshisan,Jahon na, ol, ruhi ravonim sadqa.

Muhabbat masofa tanlamas asli,Yuragimga mangu yaqinim mening.Meni ham eslab qo‘y navbahor fasli,Kunduzi quyoshdan yorqinim mening.

YUZ YIL ASLI BIR LAHZAGA TENG

Yuz yil asli bir lahzaga teng,Dil qasridan topganman najot.So‘ngsiz maftuningga aylandim,Sarhushdirman jilvangdan, hayot!

Har nafasim – bir qadah sharob,Bu ne visol hijronlari yo‘q.Bag‘ringdaman o‘lgunimcha to,Bu ne baxtkim, ko‘ngil buncha to‘q.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 59: HAYRAT - n.ziyouz.com

59

Hayrat

TUSHLARIMGA KIRIB, UYG‘OT

MENI HAM

Oqqushlar baxtlilar ishq dengizida,Tushlarimga kirib, uyg‘ot meni ham.Hayot mujassamdir sevgi so‘zida,Uchgim kelsa, qanot bilay seni ham.

Tumanlar bag‘rida mudrab yotgan qush,Ovozing istaydi, jonim, ovozing.Yo‘qlikka mahkumdek bezovta, homush...Uyg‘otib yuborsin, chalaqol sozing!

QARA, BAHOR KELMISH OLAMGA

YANA

Qara, bahor kelmish olamga yana,Qirda qizg‘aldoqlar bir-bir ochilmish.Yana boychechaklar etmish tantana,Qaldirg‘och tush ko‘rmish, tushda lochinmish.

Samovot zaminga shaydo bir oshiq,Goh shodon kuladi, goh to‘kar ko‘z yosh.Atirgul g‘unchada asrar sir, oshiq —Hazilkash shabboda esar sho‘x, bebosh.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 60: HAYRAT - n.ziyouz.com

60

Nurjahon Avazova

Gullardan boshiga chambarak taqib,Ko‘m-ko‘k maysalarga burkab o‘zini,Zamin ham samoga ishva-la boqib,To‘kkan yoshlariga yuvar yuzini.

Bunda tun bilan kun shahdidan tushmish,Ikkovi teng bo‘lmish uzr so‘rashib.Shu kun bayram bo‘lib, Navro‘z atalmish,Olam sovuq edi ular kurashib.

Bahor mehr fasli, muhabbat fasli,Har dilga ezgulik, sevinch, fayz kirar.Bahor ishq nuridan yaralgan asli,Go‘zallik dillarga oshiyon qurar.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 61: HAYRAT - n.ziyouz.com

61

Hayrat

MUNDARIJA

RUHIM TAJALLISI

Ezgu an’ana................................................3

Hayrat.........................................................5

Bu ayol.......................................................6

Vaqt...........................................................7

Nomladim ul tunni Laylatul Qadr................8

Uning izlagani diydordir asli.........................9

Ruhim ovozini hech kim eshitmas.................10

Ustozlarga..................................................11

Yuragimda bahor noz uyqudadir.................12

Haqiqat manzaralari....................................14

Azizim she’r bo‘lib to‘kildim men ham.........17

Tabiat, ruhimsan — qalbim dunyosi............17

Bilmadim....................................................20

Bu yolg‘on dunyoning rosti bormikan...........21

Baxt bu......................................................22

Faqat muhabbatni ayladim yo‘ldosh............22

Men telba, yo dunyo telbadir asli................23

BEDOR QALB QO‘SHIG’I

Qalbim quyoshi..........................................24

Yuksalish...................................................25

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 62: HAYRAT - n.ziyouz.com

62

Nurjahon Avazova

Muhabbat guli...........................................26

Farzandlarim dadasiga..................................27

Sizni dilim yo‘qlagach.................................28

Kechiring...................................................29

Yonoqlar..................................................30

Sensiz.......................................................31

Esingdami.................................................32

Huvillab yotibdi yuraging nega...................33

Sezasanmi..................................................34

Qo‘shiq.....................................................35

Sog‘indim..................................................36

Muhabbatga..............................................37

Kel endi sabrimga mukofot bo‘lib...............38

Seni izlab tentir xayolim.............................39

Hajring olovida yonadi bedor.....................41

Muhabbating muhtoji o‘zim.......................42

Seni deb topganim baxtmi, alammi.............43

Seningdirman.............................................41

Sevasanmi..................................................45

Jonim, hayotingga mazmun et meni.............46

Lablarimni kuydirar isming..........................47

Umrim o‘tayotir qo‘msayman seni...............48

Qor ham ezib yog‘moqda yana..................49

Bandi dil...................................................50

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 63: HAYRAT - n.ziyouz.com

63

Hayrat

IQROR

Tonggi madhiya .......................................51

Anglash baxti.............................................53

O‘zing quyoshimsan......................................56

Humoyunga...............................................57

Meni ham eslab qo‘y navbahor fasli...........58

Yuz yil asli bir lahzaga teng.......................58

Tushlarimga kirib, uyg‘ot meni ham............59

Qara, bahor kelmish olamga yana...............59

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 64: HAYRAT - n.ziyouz.com

64

Nurjahon Avazova

NURJAHON AVAZOVA

H A Y R A T

She’rlar

Muharrir: Nosirjon Jo‘rayev

Rassom: Nazokat BoltaboyevaBadiiy muharrir: Iqbol Abdurazzoqova

Texnik muharrir: Nodir Suvonov

Nashriyot litsenziyasi ¹ 181. 08.12.11.Terishga 16.09.2011 da berildi. Bosishga ruxsat

02.12.2011 da berildi. Bichimi 70x90 1/32. Ofset bosmausulida bosildi. «Academy» garniturasi. Shartli b.t. 2,34.

Nashr-hisob t. 2,14. Adadi 20.000 nusxa.Buyurtma ¹ 11-870

«ADIB» nashriyotida tayyorlandi.100027. Toshkent. O‘zbekiston ko‘chasi, 16-uy

Tel: (8371) 245-89-24.

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasidachop etildi. 100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30.

www.ziyouz.com kutubxonasi