mundarija betlar kirishel.tfi.uz/images/xodjaeva_bmi_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar,...

68
1 MUNDARIJA betlar KIRISH .............................................................................................................................. 3 I BOB. Zamonaviy bozor munosabatlarini rivojlantirish davrida tijorat banklari faolioyatida lizing operatsiyalarining nazariy asoslari ………………… 7 1.1 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarining mazmuni va mohiyati ....................................................……. 7 1.2 O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini modernizatsiyalash davrida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini o`rni ................................................ 16 1.3. Тijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari jahon amaliyoti tahlili ..................................................................... 25 II BOB. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalashtirish sharoitida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlanishi tahlili………….................................................... 33 2.1 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari…………………………….. 33 2.2 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari amaliyoti tahlili …………………………....................... 40 III BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlanishining yanada takomillashtirish masalalari……………………………................................ 54 XULOSA……………………………………………………. 62 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.... 65

Upload: others

Post on 03-Nov-2019

19 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

1

MUNDARIJA betlar

KIRISH .............................................................................................................................. 3

I BOB. Zamonaviy bozor munosabatlarini rivojlantirish

davrida tijorat banklari faolioyatida lizing

operatsiyalarining nazariy asoslari …………………

7

1.1 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarining

mazmuni va mohiyati ....................................................…….

7

1.2 O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini

modernizatsiyalash davrida tijorat banklari faoliyatida

lizing operatsiyalarini o`rni ................................................

16

1.3. Тijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari jahon

amaliyoti tahlili .....................................................................

25

II BOB. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini

modernizatsiyalashtirish sharoitida tijorat banklari

faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlanishi

tahlili…………....................................................

33

2.1 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini amalga

oshirishning huquqiy asoslari……………………………..

33

2.2 Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari

amaliyoti tahlili ………………………….......................

40

III BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat

banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini

rivojlanishining yanada takomillashtirish

masalalari……………………………................................

54

XULOSA……………………………………………………. 62

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI….... 65

Page 2: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

2

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasida olib

borilayotgan islohotlar, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o`zgarishlar, shuningdek

mamlakatdagi tadbirkorlikning rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotda

ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi yangi noan’anaviy

investitsiyalar manbalarini qidirilishiga olib keldi. Jahon tajribasida xorijiy

kapitalning migratsiyasi, qo`shma korporativ mulkni shakllantirish, xorijiy

kredit liniyalari va davlatlararo kreditlarni jalb qilish, shuningdek lizing

operatsiyalarini o`tkazish kabi yangi moliya manbalaridan keng

foydalaniladi. Rivojlangan mamalakatlarda lizing operatsiyalariga katta

ahamiyat beriladi. O`zbekistonda mazkur faoliayat turini keng joriy etish

uchun avvalo uning mohiyati va tabiatini, shuningdek iqtisodiyotda

bajarayotgan rolini chuquqrroq o`rganib chiqish lozim.

Bozor iqtisodiyotiga o`tish sanoat korxonalari oldida bir qancha

muammolarni vujudga keltirdi. Bulardan asosiylari: raqobatning tobora

o`sib borishi, narxlarning o`sishi, xom-ashyo va uskunalar yetkazib

beruvchilarning aloqalarining uzilishi va buning natijasida mahsulot ishlab

chiqarilishining keskin kamayishi, moliyaviy resurslarning chegaralanganligi.

Jahon tajribasida sanoat uskunalari, mashinalar, yangi

texnologiyalar, sanoat qurilmalarini ishlatishning alohida usuli

qo`llanilmoqda. Bu usulning nomi lizing bo`lib, u nafaqat mamalakat

ichida, balki xalqaro miqyosda muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi mumkin.

Bu xizmat turi vujudga kelishi bilanoq juda tez sur’atlarda

rivojlana boshladi. Tijorat banklari operatsiyalari ichida sezilarli salmoqqa

ega bo`lish bilan birga lizing kompaniyalarining soni tabora oshib bordi.

Ushbu kompaniyalar ishlatilmasdan yotgan sanoat quvvatlarini ishga solib,

sanoat va tijorat korxonalarning uskuna va qurilmalarga bo`lgan

ehtiyojlarini qondira olishlari mumkin. Eng asosiysi esa mazkur

kompaniyalar moliyaviy manbalarning taqchilligi vaqtida ko`pgina

korxonalarning bankrot bo`lib ketmasligiga ko`mak beradi, ularda ishlab

Page 3: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

3

chiqarishni texnologiya bilan ta’minlaydilar va inqirozdan chiqib ketish

uchun, qolaversa iqtisodiy o`sish uchun zamin yaratadilar.

Tijorat banklari tomonidan lizing operatsiyalari qo`llanilishining uzoq

yillik jahon tajribasi uning yuqori samaradorligi haqida dalolat beradi.

Bugungi kunda O`zbekistonda o`tish jarayonida yuzaga kelgan muammolar

mavjudligini hisobga olganda, banklarning lizing operatsiyalariga va uning

imkoniyatlaridan keng foydalanishga katta ehtiyoj mavjuddir.

Mustaqil Republikamiz bozor munosabatlariga jadal sur’atlar bilan

kirib bormoqda. Iqtisodiyotimizning bozor munosabatlariga o`tishi bir qator

muammolarni, jumladan, investitsiya jarayonini mablag` bilan ta’minlash,

ya’ni moliyalashtirish manbalarini izlab topish masalasi oldinga

tashlanmoqda.

“Nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug`urta va

auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog`ini

rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning

barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko`rsatiladigan

xizmatlar turi va ko`lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi

institutlarini mustahkamlash.”1

Iqtisodiyotimizda 2012 yili yuqori o`sish sur’atlari ta’minlanib, bu

davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o‘sdi, sanoat ishlab

chiqarish hajmi 7,7 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 13,9 foizga oshdi.

Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi.

Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport qilinayotgan

mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo

bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda.

Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi.

“Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib,

yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. 2012-yilda bank tizimining

1 I.A. Karimov “2011-2015” yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish yanada

yuqori xalqaro reyting, ko`rsatkichlariga erishishning ustivor yo`nalishlari to`g`risida” qarori. www.lex.uz saitidan olindi

Page 4: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

4

jami kapitali 24,3 foizga, so‘nggi uch yilda esa ikki barobar ko‘paydi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘tgan yil natijalarini baholaganda, Xalqaro

valyuta jamg‘armasi missiyasi rahbari Veronika Bakalu xonimning ushbu

missiyaning O‘zbekistonda 2012-yil noyabr-dekabr oylaridagi ishi natijalari

bo‘yicha bildirgan fikrlarini keltirish o‘rinli, deb bilaman. Uning ta’kidlashicha,

“O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘smoqda. Soliq-byudjet va tashqi

faoliyat sohalaridagi mustahkam pozitsiya, bank tizimining barqarorligi, davlat

qarzining kamligi va tashqaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish

mamlakatni global inqirozning salbiy oqibatlaridan himoya qildi.”2

Ma’lumki, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish jarayonini tegishli

bozor infratuzilmasini, bank moliya tizimi, lizing, auditorlik, sug`urta,

injiniring va boshqa tuzilmalarni rivojlantirilmasdan turib amalga oshirish

mumkin emas.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Tijorat

banklarning lizing operatsiyalarini, uni iqtisodiyotda tutgan o`rni va

ahamiyatini ko`rsatish bilan birga uni O`zbekiston Respublikasida qo`llash

masalalarini hamda uning oldida turgan muammolarni yechish yo`llarini

yoritish maqsad qilib qo`yilgan.

Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni belgiladik:

- bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida tijorat banklarning lizing

operatsiyalarini nazariy asoslarini o`rganish;

- tijorat banklarning lizing operatsiyalarining mazmuni va mohiyatini

yoritish; - tijorat banklarning lizing faoliyatini jahon amaliyotini o`rganish;

- O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini modernizatsiyalash davrida

lizing operatsiyalarini o`rnini tahlil etish;

- tijorat banklarning lizing operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy

asoslarini o`rganish;

2 “Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiyalash yo`lini qat’iyat bilan davom ettirish”

O’zbekiston Respublikasi PrezidentiIslom Karimovning 2012 yilda Mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy

rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga

bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013. WWW.LEX.UZ saytidan olindi.

Page 5: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

5

- iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarida lizing

operatsiyalarini rivojlanishining yanada takomillashtirish masalalarini

o`rganish.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti – iqtisodiyotni

modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari faoliyatida lizing

operatsiyalarini tahlili va ulardan investitsion loyihalarni moliyalashtirishda

foydalanish masalalarini o`rganish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti – tijorat banklari faoliyatida

lizing operatsiyalari tahlili.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Ushbu

bitiruv malakaviy ishida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini

lizing beruvchi kompaniya va firmalar bilan taqqoslangan.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi

kirish, uch bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar

ro`yxatidan iborat.

Page 6: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

6

I – bob. Zamonaviy bozor munosabatlarini rivojlantirish davrida tijorat

banklari faolioyatida lizing operatsiyalarining nazariy asoslari.

1.1. Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarining mazmuni va

mohiyati.

“Lizing so`zi iqtisodiyot uchun yangilik emas, biroq qadimda lizing

(lease) so`zi amaliyotda foydalanilmagan. Lizingning mazmuni va

mohiyatini ochish – Aristotel davrlariga borib taqaladi (taxminan eramizdan

avvalgi 384 – 383- 382 yillarni o`z ichiga olgan davrlar). Aristotel shunday

degan: “Boylik egalik qilishda emas, balki undan samarali

foydalanishdadir” hozirgi zamon tili bilan aytganda, kishining daromad

olishi uchun qandaydir bir mulkka albatta egalik qilishi shart emas, balki

undan foydalanishi huquqiga ega bo`lishi va natijada foyda olishining o`zi

kifoya qiladi.”3

Hozirgi zamon lizing munosabatlariga o`xshab trast boshqaruvchisi

asbob-uskunani tayyorlovchiga to`lovini to`lab so`ngra shu asbob-uskunadan

bitim davomida foydalanuvchidan ijara to`lovini yi`gib olar edi. Ijara

to`lovi o`zining hajmi bo`yicha barcha majburiyatlarni qoplashi kerak.

XX asr boshlarida ko`pgina temir yo`l lizing kompaniyalari shu

qarorga keldilarki, mol jo`natuvchilarning o`sib borayotgan qismi

vagonlardan foydalanishda monopol yoki uzoq muddatli boshqarishni

xohlashmadi, bu asbob-uskunani trastli (ishonchli) foydalanishga berilishini

ko`zda tutdi. Uning o`rniga ular faqatgina qisqa muddatda foydalanishni

talab qildilar. Trastlar bitimlarni qisqa muddatda harakat qilishini taklif

qildilar. Bitimning muddati tugaganidan so`ng vagonlar ijaraga beruvchiga

qaytarilar edi, o`z navbatida u mulkiga egalikni o`z qo`lida saqlab qolar

edi. Bunday ijara to`lovlari haqiqiy yoki operatsion lizingni yuzaga

kelishiga sharoit yaratdi. Xorijiy davlatlarning statistikasining guvohlik

3 G`ozibekov D.G` “Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti”. “Fan va texnologiya”.: 2004 yil.

Page 7: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

7

berishicha, hozirda ular barcha lizing bitimlarining asosiy qismini tashkil

qiladi.

Lizing mulkni yollash yoki prokatga olish tushunchasidan ham farq

qiladi ( 1 -jadval).

1-jadval.

Lizing va ijara, ular o`rtasidagi farqlar 4

№ Baholash ko`rsatkichlari Munosabat turlari

Prokat (yollash) Lizing

1 2 3 4

1 Ishlab chiqarish vositasiga

bo`lgan munosabat nuqtai

nazaridan

Foydalanish Foydalanish

Egalik qilish

Qisman tasarruf

qilish

2 Prokat ob’yekti nuqtai

nazaridan Hodim Mulk

3 Resurslarga javobgar nuqtai

nazaridan Ma’naviy va

qisman moddiy

To`la mulkiy

javobgar

4 Motiv va rag`bat nuqtai

nazaridan Birinchi navbatda

fiziologik

ehtiyojni qondirish

Shaxsiy

salohiyatni ishga

solish, ijtimoiy va

intelektual

ehtiyojni qondirish

5 Ishlab chiqarilgan mahsulot

va daromadga bo`lgan

huquq nuqtai nazaridan

Mahsulot va

daromadga

korxonaning o`zi

xo`jayinlik qiladi

Lizing oluvchi

ya’ni,

foydalanuvchi

ixtiyorida bo`ladi

6 Tovar ishlab chiqaruvchining

holati nuqtai nazaridan Yollangan hodim Tadbirkor mulk

egasi

7 Bajaradigan funksiyasi

nuqtai nazaridan Ijrochilik Ijrochilik

Boshqaruvchanlik,

ya’ni

tashabbuskorlik

8 Boshqarish usuli nuqtai

nazaridan Asosan

boshqarish

ma’muriy usuli

O`z-o`zini

boshqarish

Boshqarishning

iqtisodiy usuli

9 Muvofiqlashtirish usuli

nuqtai nazaridan Mehnat

shartnomasiga

Mulkiy huquq

Qarziy huquq

Tijoriy huquq

munosabatlari

4 Бородулин В. «Лизинг в современной экономике»ю Экономическое процветание напрокат коммерсант

– ВАГЬУ, 1995 г. 24 апрелъя, №79.

Page 8: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

8

Shunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo`lib,

bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tovarlar (nikoh

liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy

sport anjomlari va h.k.) beriladi. Bu ijara turning xususiyati shundaki,

aksariyat hollarda muddati belgilanmaydi yoki ijara o`ta qisqa muddatli

bo`ladi yoki iste’molchi undan xohlagancha foydalanishi mumkin.

Shu davrga transport vositalari bilan bog`liq biznesda lizing

operatsiyalari hajmining oshishi yuz berdi. Avtomobillarni lizingga berish –

1918 yilga borib taqaladi. Undan so`ng, 30 – yillarda genriy Ford o`zining

avtomobillarini sotishni samaradorligini oshirish uchun ijaradan foydalandi.

Biroq, avtomobil lizinggi biznesining qonuniy otasi bo`lib, Zolli Frenk

hisoblanadi. U 40 – yillarning boshida avtomobillarni uzoq muddatga

ijaraga berishni birinchi bo`lib taklif etgan Chikagolik savdo agenti bo`lib

hisoblanadi.

Hozirgi davrda transport lizingidan tushayotgan yalpi daromadlar

yiliga 50 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketmoqda.

Lizingning keng tarqalgan turi – ijara munosabatlariga haqiqiy

inqilob bizning asrimizning o`rtalarida bo`lib o`tdi. Ijaraga sanoat vositalari

yoppasiga berila boshladi. Xususan, texnologik asbo-uskunalar, mashinalar,

mexanizmlar, kemalar, samolyotlar AQSH hukumati bu yutuqni to`g`ri

qabul qilib, tezlikda qayta ishlasb chiqdi va uni rag`batlantirish uchun

davlat dasturini ishlab chiqdi.

Jahonda tijorat banklarning lizing operatsiyalari keng ko`lamda

rivojlansada, bizda rivojlanish mustaqillikdan so`ng amalga osha boshladi.

Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi moliya bozorida xorijiy capital

ishtirokida bir necha yirik qo`shma lizing kompaniyalari faoliyat

yuritmoqdalar.

Amaliyotda qo`llanilayotgan lizing bitimlarining bir-biridan farq

qiluvchi muhim jihatlari bo`yicha u operatsion (joriy) va moliyaviy lizing

tushunchlariga bo`linib ketgan. Qonunchilik hujjatlarida ijara bu –

Page 9: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

9

operatsion lizing, moliyaviy ijara esa moliyaviy lizing yoki bir so`z bilan

lizing deb qabul qilingan. Demak, moliyaviy ijara – bu lizingdir. Mazkur

tushunchalar xalqaro adabiyotlarda ham shunday ma’noda qo`llanilmoqda.

Shu sababli O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 13-dekabrdagi

447 – II sonli Qonuni bilan 1999 yil 14-apreldagi “Lizing to`g`risida”gi

Qonunga tegishli o`zgartirishlar kiritildi va respublikaning lizing bo`yicha

qonunchiligi xalqaro andozalar talablariga moslashtirildi.

Bundan tashqari, lizing mohiyatini ochishda uning tarkibiy qismlari

bo`lmish lizing ob’yekti va sub’yektlariga ham aniqlik kiritib o`tishni

maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing sub’yektlaridir

(1-rasm).

1-rasm. Lizing sub’yektlari.5

Bunda:

Lizing beruvchi – lizing shartnomasi bo`yicha lizing ob’yektini

keyinchalik lizing oluvchiga berish maqsadida mulk qilib sotib oladigan

bank yoki lizing kompaniyasi yoxud ularning shu’ba kompaniyalari

(qonunchilik hujjatlari bo`yicha lizing beruvchi bo`lib nafaqat lizing

kompaniyalari yoki banklar, balki har qanday yuridik va jismoniy shaxs

ham lizing beruvchi bo`lib maydonga chiqishi mumkin.

Lizing oluvchi – lizing shartnomasi bo`yicha lizing ob’yektiga

vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun oladigan yuridik shaxs,

yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxslar.

5 A.V.Vahobov, U.Burxonov, N.Jumayev “Xalqaro moliyaviy munosabatlar”. Darslik. Toshkent.: Moliya 2003

yil.

Lizing sub’yektlari

Lizing sotuvchi Lizing beruvchi Lizing oluvchi

Page 10: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

10

Sotuvchi – lizing beruvchiga lizing ob’yektini sotuvchi yuridik yoki

jismoniy shaxslar.

Lizing ob’yekti – iste’mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan

taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qo`llaniladigan har qanday buyumlar,

barcha mulk majmualalari, shu jumladan, korxona, binolar, inshootlar,

uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulk

bo`lishi mumkin (2-rasm). Muomaladan olingan yoki muomala doirasi

chegalangan yer uchastkalari va boshqa tabiat ob’yektlari bo`lishi mumkin

emas.

2-rasm. Lizing ob’yektlari.6

Xo`sh, lizing nima? Uning mohiyatini ochish uchun xakqaro miqyosda

eng ko`p tarqalgan lizing tushunchalarini tahlil qilib ko`raylik. Masalan,

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) mutaxassislari tomonidan u

quyidagicha talqin qilingan: “Lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui

bo`lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir taraf (lizing

oluvchi)ning topshirig`iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi)dan

6 G`ozibekov D.G`. umumiy tahriri ostida. “Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti”. « Fan va

texnologiya » - 2004 yil.

Page 11: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

11

lizing shartnomasiga muvofiq lizing ob’yekti bo`lgan mulkni o`z mulki

qilib sotib olib, uni to`lash asosida lizing shartnomasida belgilangan

shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing

oluvchiga beradi”.

Lizingga berilgan ushbu ta’rifda uning mohiyatini ochib beruvchi

qator muhim belgilar mavjud. Chunonchi, unda lizingning mulkiy

munosabatlar majmui ekanligiga alohida urg`u berilgan bo`lib, uning

mohiyatini ochishda iqtisodiy mazmuniga tayanishga harakat qilingan.

Shuningdek, lizing shartnomasidagi kelishuvga asosan lizing ob’yekti

shartnomaning amal qilish muddati davomida lizing beruvchining

tasarrufida qoldirish sharti ham lizingning mulkiy munosabatlarga taaluqli

bo`lgan mazmunini to`ldiradi.

Mazkur ta’rifda lizing beruvchining lizing ob’yektini oluvchiga

vaqtinchalik foydalanishga to`lash sharti yoki foyda olish maqsadida

berishining belgilanishi lizingning tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liqlik

jihatiga ham e’tibor qaratilgan yoki boshqacha qilib aytganda, lizing bozor

iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri bo`lgan foyda olish istagining

mahsuli sifatida qaralgan.

Shu bilan birga, ushbu ta’rifda lizing ob’yektining lizing

shartnomasi yakunlangandan so`ng, kiming mulkiy tasarrufiga o`tishi yoki

lizing oluvchi mulkni o`ziga sotib olishi mumkinligi ko`rsatilmagan. Ushbu

mezon lizing, ya’ni moliyaviy ijaraning muhim atributlaridan biri ekanligi

bois, bizning fikrimizcha, bu mazkur ta’rifning sezilarli kamchiligidir.

Bundan tashqari, mazkur ta’rifda lizing beruvchining huquqlari bir

oz kamaytirilgan yoki unda lizing beruvchi faqat lizing oluvchining

topshirig`iga asosan lizing ob’yektini sotib oladi, deyilgan. To`g`ri, lizing

ob’yekti, avvalo, lizing oluvchining manfaatlariga mos bo`lmog`I va uning

talablariga javob berishi lozim, aks holda lizing bitimining mazmuni

yo`qoladi. Lekin bundan lizing beruvchining mutlaqo lizing oluvchining

xohish-istagiga qarab lizing munosabatlariga kirishadi, degan xulosa

Page 12: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

12

chiqarish noto`g`ri bo`lardi. Vaholanki, lizing beruvchi lizing

munosabatlarining teng huquqli ishitirokchisidir, qolaversa, moliyaviy ijara

bo`lmish lizingda u markaziy o`rinni egallaydi. Lizing kompaniyalari

mustaqil ravishda lizing oluvchilarni izlab toppish, ularga zarur bo`lgan

lizing ob’yektlarini taklif qilish va qulay hamda manfaatli bo`lgan lizing

munosabatlarini tashkil etishda tashabbuskor sifatida maydonga chiqishi

mumkin. Binobarin, lizing beruvchi lizing munosabatlarining faol

ishtirokchisidir. Modomiki shunday ekan, lizing ta’rifida ham bu holat o`z

aksini topishi lozim, deb hisoblaymiz.

Barcha mamlakatlarning amaliyotda keng tarqalgan lizing turlari bu

moliyaviy va joriy ijara turlaridir. Biz yuqorida moliyaviy ijara – bu

lizing, oddiy, ya’ni moliyaviy bo`lmagan ijara esa joriy lizing deyilishini

aytib o`tgan edik. Bugungi kunda ham amaliyotda lizing bitimlari yo

lizing (moliyaviy ijara) yoki joriy lizing (oddiy ijara) shakli tuzilmoqda,

shu sababli lizingdan joriy lizingni farqini ajratish amaliy jihatdan kata

ahamiyatga ega. Shu sababli, ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda

lizingning bu turlarini farqlash bo`yicha o`z ichki qonunchilik hujjatlariga

tegishli me’yorlar kiritilga va shu me’yorlar bo`yicha lizing shartnomalarini

moliyaviy yoki joriy lizingga tasniflashni boshlashdi.

Ayrim iqtisodchilar bu ikki lizing turini lizing shartnomalarining

muddatlariga qarab, ya’ni uzoq muddatli lizing shartnomalariga moliyaviy,

qisqa muddatlilari esa joriy lizing deb qabul qilindi. Shunga muvofiq joriy

lizingda lizing ob’yekti foydalanish muddati davomida ko`p marta

qo`llaniladi va ular muddatlariga qarab renting (bir yilgacha) va xayring

(bir yildan uch yilgacha) bitimlari deb nomlanadi.

Lizing (moliyaviy ijara) shartnomasi esa uzoq muddatlarga uzayib

aksariyat hollarda uning muddati lizing ob’yektining foydalanish muddatiga

yaqin bo`ladi, binobarin, ushbu lizing ob’yekti faqat bir marta qo`llaniladi.

Bundan tashqari, lizing muddati tugagandan so`ng, lizing oluvchi

shartnomnada kelishilgan narxlarda lizing ob’yektini sotib olish huquqiga

Page 13: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

13

ega bo`ladi.

Lizingning asosiy funksiyalarini uch turga ajratish mumkin (3-rasm).

3-rasm. Lizingni asosiy funksiyalari.

7

Ba’zi mutaxassislar lizingni joriy lizingdan farqini lizing shartnomasi

davomida lizing ob’yekti bo`yicha vujudga keladigan barcha moliyaviy

mas’uliyat va xatarlar kimning zimmasiga yuklanishiga qarab aniqlashni

taklif etishgan.

Ushbu masala bo`yicha bir qarorga kelmaslik lizingni xalqaro

munosabatlarda qo`llashda kata muammolarni vujudga keltirib, uning

rivojlanishiga to`sqinlik qila boshladi. Ayniqsa, lizing kimning balansida

hisobga olinishi, soliq majburiyatlari kimning zimmasida bo`lishi va

moliyaviy hisobotlarda qanday aks ettirilish masalalari xalqaro moliyaviy

tashkilotlarning diqqat-e’tiborini tortdi. Natijada, jahon iqtisodchilari

tomonidan lizingni tasniflashning asosiy qoidalarini ishlab chiqish zaruriyati

tug`ildi. 7 Лишенком И. «Основы лизингга» М.: финансы и статистика, 2001 г.

Page 14: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

14

Oxirgi 15 yilda rivojlangan mamlakatlarda lizing operatsiyalarining

hajmi 5 marta oshgan va ularning 30 foizdan ortiq investitsiyasi liizng

orqali amalga oshirilayotgnligi to`grisida aytib o`tgan edik. Bu ma’lumotlar

shuni ko`rsatib turibdiki, lizing dunyodagi barcha mamlakatlar

iqtisodiyotida muhim o`rin egallagan va bugubgi kunda ham ushbu

moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Mikroiqtisodiy omillar tahlil qilinganda, lizing munosabatlarining har

bir ishtirokchisi manfaatlarini inobatga olish lozim deb hisoblaymiz.

1.Sotuvchi yoki lizing ob’yektini ishlab chiqaruvchi tovarlarini

oldindan berilgan buyurtmalar asosida sotish imkoniyatiga ega bo`ladi va

uning tovarlari bozorini chaqqon bo`lishiga olib keladi. Oldindan berilgan

talablar asosida ishlab chiqarishni aniq reja asosida boshqarish imkoniyati

yaratildi.

2.Lizing oluvchi (lizing ob’yektidan foydalanuvchi) esa o`z pul

mablag`larine tejashga yordam beradi yoki uning to`lov qobiliyatini

mustahkamlaydi. Lizing ishlab chiqarish ob’yektidan samarali foydalanishga

majbur qiladi. Lizing oluvchining ishlab chiqarish quvvatini oshiradi.

Lizing sharofati bilan u mulk sohibiga aylanadi.

3.Lizing beruvchi (lizing kompaniyasi yoki bank)larning daromadli

aktivlarini oshiradi, undan foyda olishni va tadbirkorlik faoliyatini

rag`batlantiradi. Bank uchun lizing lizing ob’yekti sug`urtalanganligi bois,

ssuda amaliyotlariga qaraganda bexatarli aktivdir va lizing to`lovlarining

muntazamligi ularga barqaror daromad manbai bo`lib hisoblanadi.

4.Lizing operatsiyalari tijorat banklari uchun qator afzalliklarga ega,

masalan lizing operatsiyalari bo`yicha biznes-reja tayyorlash kreditlash

amaliyotlariga qaraganda qulay chunki lizingda biznes ob’yekti va undan

foydalanish aniq bir jarayonga bog`liqdir. Lizing bo`yicha bank

mablag`larining maqsadga muvofiq ishlatilishi to`la ta’minlanadi.

Shuningdek, banklarda lizing ob’yektining kredit ta’minoti sifatida qabul

qilish huquqi mavjudligi ham bankka ushbu amaliyotlar bo`yicha

Page 15: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

15

qulayliklar tug`iladi.

Yevropa federatsiyasining lizing bo`yicha milliy assotsiatsiyasi

tomonidan lizingga berilgan ta’rif ham e’tiborga molikdir. “Lizing – bu

ijarachining ishlab chiqarish maqsadida zavod, sanoat tovarlari, uskunalar

va qo`zg`almas mulklardan foydalanish bo`yicha ijara shartnomasi bo`lib,

bunda mazkur tovarlar ijara beruvchi tomonidna sotib olinib, u mulkka

bo`lgan egalik qilish huquqini saqlab qoladi.

Biz lizing mohiyatini aniqlashda iqtisodiy adabiyotlarda va huquqiy

hujjatlarda ko`proq qo`llaniladigan lizing to`g`risidagi tushunchalarning

tahlili bilan chegaralandik. Umuman, lizing bo`yicha berilgan har qanday

ta’rif ma’lum ustunliklarga ega va ayni paytda kamchiliklardan ham holi

emas.

1.2. O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini modernizatsiyalash

davrida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini o`rni.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda lizing – biznesning bir

turi bo`lib, u noan’anaviy moliyalashtirish instrumenti sifatida amaliyotga

juda keng tarqalgan. O`zbekistonda moliyalashtirishning bu turini

rivojlantirish va kengaytirish boshqa sharoitlar teng bolgan taqdirda,

o`zinign ijobiy samarasini berishi mumkin. Bunnday sharoitlar haqida

to`xtalishdan oldin lizingning qanday iqtisodiy kategoriya ekanligiga, uning

mazmun-mohiyatiga tabiatiga va ahamiyatiga qisqacha to`xtalib o`tish

maqsadga muvofiqdir.

Lizingning turli omillarga ko`ra 30 dan ortiq turlari farqlanadi. Ular

quyidagilardan iborat:

• ishlatilish shakli bo`yicha – ishlab chiqarish va iste’mol lizinggi.

Bunda moliyalashtirish ob’yektiga qarab, ishlab chiqarishga qilingan capital

qo`yilmalar yoki uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlariga

qilingan kapital qo`yilmalar o`zaro farqlanadi;

Page 16: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

16

• lizing predmeti bo`yicha ko`char va ko`chmas mulklar mavjud.

Ya’ni uskuna, mashina, asboblar, ko`char mulk, ishlab chiqarish bilan

bevosita bog`liq bo`lgan bino va inshootlar ko`chmas mulkni tashkil etadi;

• ishlatilish uslubi bo`yicha – individual va lizing – blanko, ya’ni lizing

predmetini ishlatishdan ko`zlangan iqtisodiy maqsadga bog`liq holda, agar

kompaniya lizing orqali faqat o`z asosiy vositalarini yangilashni maqsad

qilsa, bunda individual lizingdan foydalaniladi. Lizing – balnkoda esa lizing

yordamida nafaqat o`z asosiy vositalarini balki hamkorlik aloqalari

o`rnatilgan korxonalar va sub’yetkazib beruvchilarning ham moddiy-texnik

bazasini yangilash tuhuniladi. Sifatli komplektlashtiruvchi ehtiyot qismlarni

harid qilish uchun ushbu ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish sharoitini va

texnologik darajasini oxirgi tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona

darajasiga yetkazish kerak;

• lizing beruvchi va lizing oluvchi o`rtasidagi munoasbatlar

xarakteriga ko`ra – “toza” lizing (bunda faqat lizing predmeti beriladi

xolos) va keng lizingga (bunda turli tuman qo`shimcha xizmatlar

ko`rsatilishi ko`zda tutiladi) ajratiladi. Bundan tashqari ‘xo`l lizing ham

mavjud bo`lib, bu holatda lizing oluvchi lizing ob’yekti bilan birga unga

texnik xizmat ko`rsatish uni ta’mirlash, sug`urtalash, unda ishlovchi

kadrlarni tayyorlash, marketing xizmatini tashkil etish, tayyor mahsulot

reklamasi, xom ashyo bilan ta’minlash kabi xizmatlarni ham o`z ichiga

oladi;

• lizing ob’yektini taqdim etish sohasiga ko`ra – liizng predmeti ichki

lizing oluvchiga taqdim etilayotgan holda ichki lizing va liizng oluvchi

xorijda bo`lsa, tashqi lizingni tashkil etadi. Xalqaro lizingda esa eksport

va importi lizingi o`zaro farqlanadi. Agar lizing kompaniyasi lizing

predmetini mahalliy ishlab chiqaruvchidan qabul qilib, uni xorijiy lizing

oluvchiga taqdim etsa eksport lizingi bo`ladi. Aksincha bo`lganda, ya’ni

lizing predmeti xorijiy ishlab chiqaruvchidan harid qilinib mahalliy lizing

oluvchiga taqdim etilsa, import lizingi vujudga keladi.

Page 17: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

17

Umuman olganda, lizing faoliyatining rivojlanishi bir tomondan,

korxonlarni buyurtmalar bilan ta’minlasa, boshqa tomondan, ta’minlangan

sotuv kanallarini yaratish, yangi ishchi o`rinlarini yaratish imkonini beradi.

Lizing to`lovlarini mahsulot ishlab chiqarish to`lovlariga qo`shilishi soliq

to’lanadigan bazasini kamaytiradi. Shuni ham aytish kerak-ki, lizingning

rivojlanishi asbos-uskunalar savdosini jadallashtiradi, bilvosita usgbu asbob-

uskuna uchun detallar, butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi

korxonalarning moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.

Lizingning boshqa moliyaviy instrumentlarga nisbatan afzalligi

quyidagi jihatlarda namoyon bo`ladi:

1. Moliyaviy jihatdan: bir vaqtning o`zida ham uskuna harid qilinadi,

ham moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi. Tadbirkornning o`z

mablag`lari hamda jalb qilingan mablag`lari o`rtasidagi nisbat ijobiy

saqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga kelgan talabldan kelib

chiqqan holda, qo`shimcha yoki yangi texnika harid qilish muammosini

operativ tarzda hal qilish imkonini beradi. Bu ishlab chiqarish

quvvatlarining samaradorligini oshiradi, mablag`lar daromad keltiruvchi

sohaga yo`naltiriladi. Lizing to`lovlari baholar indeksiga bog`liq bo`lmaydi,

shuning uchun ijaradan farqli o`laroq shartnoma amal qilish muddatida

o`zgartirilmaydi. Lizing beruvchi o`z faoliyati davomida bir qator

imtiyozlarga ega bo`ladi va shuning uchun lizing to`lovlarini amalga

oshirishda lizing oluvchiga bir qator qulayliklarni yartib berishi mumkin.

2. Investitsion jiatdan: korxona mol-mulkni lizingga olishda uni

kredit hisobiga harid qilishda bir qator qulayliklarga ega. Jumladan, lizing

ob’yekti, garov sifatida ishtirok etgani uchun unga qo`shimcha ta’minot

turi talab etilmaydi. Talab etilgan taqdirda ham bu kreditga qaraganda

birmuncha kam summani tashkil etadi. Lizing lizing beruvchi mablag`ini

to`liq qaytarilishini kafolatlaydi. Chunki, lizing ob’yekti lizing beruvchinign

balansida aks etadi va shrtnoma muddati tugagunga qadar lizing

kompaniyasining mulki hisoblanadi. Lizing boshqa investitsion

Page 18: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

18

instrumentlarga qaraganda kamxarjdir. Buning natijasida iqtisod qilingan

mablag`lar qo`shimcha investitsiyalarga yo`naltirilishi mumkin.

3. Tashkiliy va ekspluatatsiya jihatidan: lizing asbob-uskuna, texnika,

mashina va mexanizmlar narxning to`liq summasini to`lamasdan turib,

ularda foydalanish imkonini beradi. Lizingga olingan uskunani ishlatib,

foyda ko`rish va bu foyda hisobidan uskunaning narxini to`lash mumkin.

4. Serviz xizmatlar: lizing oluvchi lizing ob’yekti bilan birgalikda

bir qator servis xizmati turlarini ham olishi mumkin. Bular sug`urta,

transportirovka, uskunani o`rnatish, kafolatli xizmat, profilaktika va boshqa

xizmat turlaridir.

5. Buxgalteriya hisobi: lizing bo`yicha xarajatlar, joriy xarajatlar

tarkibiga va mahsulot tannarxiga kiritiladi, bu soliqqa tortiladigan foyda

miqdorining kamayishiga olib keladi. Lizing ob’yeki lizing

kompaniyasining balansida aks ettiriladi.

Yuqoridagi afzalliklardan tashqari, lizing:

1.Ijarachi korxonaga ishlab chiqarishni kengaytirish va bir vaqtning

o`zida asbob-uskunalarga xizmat ko`rsatishni kata xarajatlarsiz va qarz

olmasdan amalga oshirish imkonini beradi.

2.Likvid mablag`lar yetishmasligi muammolarni birmuncha

yumshatadi, asbob-uskuna sotib olish xarajatlari shartnomaning amal qilish

muddatining butun davri bo`yicha ekis taqsimlanadi. Boshqa aktivlarga

qo`yilmalar qilish uchun bo`sh mablag`lar paydo bo`ladi.

3.Qarz mablag`larni olish talab qilinmaydi va natijada korxona

balansida o`z mablag`lari va jalb qilingan mablag`lar nisbati ijobiy

ko`rinishda saqlanadi.

4.Asbob-uskuna o`rnatilib, sozlash va ishga tushirish bo`yicha

tegishli ishlar amalga oshirilgandan so`ng, asbob-uskunada mahsulot

chiqarila boshlangach ijara haqi to`lab boriladi. Ya’ni ijarachi korxonaga

ijaraga olingan asbob-uskunada ishlab chiqarilgan mahsulot sotishdan

tushgan tushum hisobidan to`lovlarni amlaga oshirish imkonini beradi.

Page 19: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

19

5.Lizing shartnomasida ijaraga olingan asbob-uskunalarni ta’mirlash

va texnik xizmat ko`rsatish boyicha ijaraga beruvchinign majburiyatlari

ko`rsatilishi mumkin: bu asbob-uskunani o`rnatish, ishga tushirish,

ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatishda yuqori malakali mutaxassislarni

talab qiladigan murakkab asbob-uskunalarni ijaraga olishda katta ahamiyat

kasb etadi.

6.Lizing ijarachiga ma’nan eskirgan asbob-uskunalarni vaqti-vaqti

bilan yangilab turish imkonini beradi.

7.Lizing to`lovlari qat’iy o`rnatilgan jadval bo`yicha amalga

oshirilishini nazarda tutgan holda, ijarachi korxona o`zining kapital

qo`yilmalarga qilinadigan xarajatlari va mahsulotni sotishdan tushadigan

tushumni muvofiqlashtirish imkoniga ega bo`ladi. Asbob-uskunani sotib

olganda esa unda bunday imkon yo`q. Yuqoridagilarning barchasi

ijarachining moliyaviy ahvoli barqaror bo`lishiga sabab bo`ladi.

8.Asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi korxona sotuvini kafolatlashi

mumkin.

9.Lizing oluvchi lizingga olingan uskunada raqobatbardoshligi yuqori

bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega bo`lib, bozorni egallashga

shart-sharoit yaratadi va h.k.

Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, lizing munosabatlarini

rivojlantirish va amaliyotda undan kengroq foydalanish xo`jalik

sub’yektlarining mehnat unumdorligiga to`g`ridan-tog`ri ta’sir etib, ish

sasmarasining o`sishiga ortiqcha xarajatlarning kamayishiga va xo`jalik

moliyaviy natijalarining sezilarli darajada yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Xalqaro amaliyot asbob-uskunalarni ijaraga berishni asosan quyidagilarga

bo`lib ko`rsatadi:

Qisqa va o`rta muddatli (renting) – 3 yilgacha. Bunda odatda

standart asbob-uskunalarga, ya’ni avtomobillarga, traktorlarga, temir yo`l

vagonlari va shu kabilar lizingga beriladi;

Page 20: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

20

O`rta va uzoq muddatli (lizing)da sanoat texnologiyasi bialn

bog`liq asbob-uskunalar va shu kabilar ijaraga beriladi.

Bular orasida quyidagi farq mavjud:

rentingda shartnomadagi ob’yekt davomiy kelishuvlar bo`yicha

ishlatilishi;

uzoq muddatli ijarada esa ijaralanayotgan asbob-uskuna

shartnomada belgilangan normal muddatgacha uzluksiz ishlatilishi

mumkindir.

Tijorat banklarning lizing operatsiyalari bilan ijara orasidagi

farq quyidagilarda namoyon bo`ladi:

bitim ob’yekti asbob-uskunani o`z hisobiga sotib olgan lizing

beruvchi emas, balki lizing oluvchi tomonidan tanlanadi;

shartnomani muddati tugashida mijoz imtiyozli stavkada mulkni

ijaraga berishni yoki bo`lmasa ijaralanayotgan mulkni qoldiq qiymati

bo`yicha sotib olishi mumkin;

lizingni muddati asbob-uskunani eskirishi muddatidan kam bo`ladi

va odatda amortizatsiya muddatigacha uzaytiriladi;

lizing beruvchi bo`lib odatda moliya muassasasi – lizing

kompaniyasi qatnashadi.

Shuningdek, ijara to`lovlari har oyda, har kvartalda yoki bo`lmasa

yarim yil uchun amalga oshiriladi. Ijara to`lovi stavkalari ijaraga

olinayotgan asbob-uskunalarni qiymati va xarakteridan hamda bu to`lov

oxir-oqibatda ijaraga berilayotgan asbob-uskunani tijorat narxidan oshishi

shartdir.

Jahon tajribasidan shuni ko`rish mumkinki, lizing operatsiyalari bilan

tijorat banklari emas, balki maxsuslashtirilgan kompaniyalar shug`ullanadi.

Tijorat banklarning lizing operatsiyalari nafaqat rivojlangan davlatlar uchun

balki, tijorat banklarning qarzdorligi yuqori darajada ko`paygan va valyuta

rezervlari chegaralangan qoloq davlatlar uchun ham juda manfaatlidir.

Page 21: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

21

Bunga asosiy sabab, davlatlar bunday yirik texnologiyani sotib olish

imkoniyatiga ega emas.

Shu narsani ta’kidlab o`tish joizki, ular lizingga biror yirik zavodni

yoki texnologiyani olishlari va uni ishga tushirib, yuqori foyda olib, va

uning foydasidan faqat lizingga to`lovlarni amalga oshiribgina qolmay, shu

bilan birga o`zining milliy daromadini ko`paytirishi mumkin.

Mamlakatda lizing xizmatlarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni ishlab

chiqarish tarmoqlarini rag`batlantirish va shu orqali ishlab chiqarishni

rivojlantirishga kuchli turtki bo`ladi. Bundan tashqari tijorat banklarning

lizing tijorat banklarning kreditni bir shakli sifatida banklar va lizing

kompaniyalari o`rtasida raqobatni kuchayishiga turtki bo`ladi va bu o`z

navbatida ssuda foizlarini tushushiga va natijada kapitallarni ishlab

chiqarish sohalariga oqib kirishi uchun qulay zamin yaratadi. Lizingni eng

asosiy yutug`i – bu kredit doirasidagi ko`rsatiladigan xizmatlarni kengligi

bilan tavsiflanadi.

Tijorat banklarning lizing tashkilotlarining asosiy vazifalari

quyidagilardan iborat:

barcha huquqiy, soliq, moliyaviy masalalarni hal etish;

bularga a’zo mamlakatlarning qonunchiliklarini o`rganish va taqqoslash;

lizing firmalarini tashkil etish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni

o`rganish;

lizing bitimlarining shartlari to`g`risidagi statistic ma’lumotlarni

yig`ish.

Mamlakatimizda hozirda tijorat banklari bilan bir qatorda lizing

beruvchi kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Ularning lizing loyihalari

bo`yicha amalga oshirayotgan operatsiyalari hajmi yildan-yilga ortib

bormoqda. Quyidagi jadvalda biz tijorat banklari bilan birga lizing

beruvchi kompaniyalarning 2012 yil yakunlari bo`yicha lizing operatsiyalari

ko`lami jihatidan statistik ro`yxatni ko`rishimiz mumkin (2-jadval).

Page 22: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

22

2-jadval

Lizing beruvchi kompaniyalar va tijorat banklarning ro`yxati8

№ LIZING BERUVCHI KOMPANIYA VA BANKLAR LIZING OPERATSIYALARI HAJMI

(MLRD,SO`M)

1 O`zselxozmash Leasing 167,7

2 Asaka bank 104,6

3 O`zavtosanoat Leasing 55,3

4 O`zmeliomash Leasing 39,1

5 Ipoteka bank 27,4

6 Mikro Kredit bank 21,2

7 Uzbek Leasing International 19,1

8 Qurilish Lizing 12,7

9 Infin Leasing 12,6

10 Turon bank 8,1

11 Delta Leasing 7,7

12 Trast bank 7,5

13 Hamkor bank 7,2

14 SIFCO International 7,1

15 China Leasing Group 5,8

16 Uz Psb bank 5,5

17 Hamkorand Leasing 5,4

18 Nano Leasing 5,3

19 Xalq bank 5,3

20 Asaka Trans Leasing 5,3

21 Hamkormaz Leasing 4,9

22 Barqaror Leasing 4,1

23 Aloqa bank 4,1

24 Davr bank 3,8

25 Qishloq Qurilish bank 3,2

26 Business Leasing 2,6

27 Baraka Leasing 2,6

28 Universal bank 2,6

29 Hamkor Invest Lizing 2,5

30 O`zkeysagro Leasing 2,3

31 Uzmed Leasing 2,1

32 Kapital bank 2,1

33 BDS Leasing 2,1

8 www.ula.uz. saytidan olindi

Page 23: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

23

Jadvaldan ko`rib turganingizdek, yuqori o`rin lizing kompaniyasiga

tegishli. Bu degani lizing kompaniyalari ham tijorat banklaridan ortda

qolayotgani yo`q. Lizing kompaniyalari ham o`z kapitallarini ko`paytirgan

holda, yanada ko`proq mijozlar bilan lizing operatsiylarini amalga

oshirishni ko`zda tutganlar. Keyingi o`rinlarda tijorat banklarini ham

ko`rishimiz mumkin. Bunda tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari

ko`lami ancha hajmni tashkil etganlgini guvohi bo`lishimiz mumkin.

Tijorat banklarning lizingni iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati

beqiyosdir. Bunga sabab rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishni

rivojlantirish va shu orqali mamlakatga valyuta tushumini oshirish uchun

ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgn asbob-uskunalarga, yangi

texnologiyalarga ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, oltin – valyuta rezervlari

cheklangan mamlakatlarga Tijorat banklarning lizing juda qo`l keladi.

Chunki, asbob-uskunani sotib olishda lizing oluvchi mamlakat ishlab

chiqariladigan mahsulotning eksportbopligini isbotlagan holda va valyuta

tushumini tushishini haqqoniyligini ta’riflab Tijorat banklarning lizing

munosabatlarida qatnashadi. Aynan Tijorat banklarning lizingning ahamiyati

ko`zga tashlanadi.

Iqtisodiyotni o`sishi yuqori davlatlarda aholining yashash sharoiti va

milliy daromadi yuqori bo`ladi. Demak, Tijorat banklarida lizing

operatsiyalari iqtisodiyotimizni o`ziga xos va muhim ahamiyatga ega

bo`lgan sohalaridan bo`lib hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O`zbekiston iqtisodiyotini

ko`tarish uchun Tijorat banklarning lizing kompaniyalari bilan asosli

bitimlar tuzish va shu orqali sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish

mumkin. Tarixdan ma’lum, sanoati va ishlab chiqarishi samarali va yuqori

darajadagi davlatlarda rivojlanish darajasi va iqtisodiy o`sish yuqori

bo`lgan.

Page 24: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

24

1.3. Тijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari jahon amaliyoti

tahlili.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda lizing biznesning

alohida bir turi sifatida qaraladi. U lizing mahsulotlarining ishlab

chiqaruvchilari, iste’molchilari uchun, shuningdek, shu turdagi biznes bilan

shug`ullanayotgan moliyaviy vositachilar uchun ham muhim bo`lgan bir

qancha vazifalarni hal etadi. Ichki va tashqi bozorlar uchun qattiq raqobat

sharoitida asbob-uskunalarning texnik xususiyatlarinigina emas, ayni vaqtda

mazkur asbob-uskunalar iste’molchilariga qo`yiladigan moliyaviy shartlar,

shuningdek, qo`shimcha xizmatlar ham tobora ahamiyatli bo`lib boradi.

Iste’molchilarning bunday qo`shimcha talablarini qondirishda

moliyalashtirishning istiqbolli usuli bo`lgan lizing to`la-to`kis xizmat qiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning shu yangi usulini yaqin

kelajakda keng joriy qilish, shunigdek, chet el tajribasidan foydalanish

uchun, bizning nazarimizda, lizingning iqtisodiy tabiati va mohiyatini

chuqurroq anglab olish muhim masaladir. Lizingning mohiyatini to`g`ri

tushunish, uning tabiatini, mazmunini va zamonaviy bozor iqtisodiyotida

bajaradigan vazifalarini har tomonlama o`rganish esa milliy iqtisodiyotda

uni keng ommalashtirish va rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va

boshqa shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi.

Hozir zamonaviy lizing xizmatlari bozorida lizing shakllarining

ko`pligi, uni ko`rsatkichlarining tez su’ratlarda o`sishi – tuzilayotgan

shartnomalarni keng tarqalishi bilan izohlanadi. Jahon bozorida lizing

xizmatlarini asosiy qismi uch markazda joylashgandir (4- rasm).

Bular:

1.AQSH;

2.G`arbiy Yevropa;

3.Yaponiya.

Page 25: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

25

4-rasm. Xalqaro lizing bozorining umumiy obzori 2011 y.9

Tijorat banklarning lizing operatsiyalarining jahon iqtisodiyotida

tutgan o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Yirik Tijorat banklarning lizing

tashkilotlar Tijorat banklarning lizing bo`yicha keng ko`lamda xizmatlar

taklif qiladilar. Jahonda eng yirik Tijorat banklarning lizing tashkilotlaridan

“Ebik-liz”ni milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa federatsiyasi –

“Lizyurop”ni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. “Ebikliz” Gollandiya,

Italiya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya va Fransiya

davlatlaridagi lizing kompaniyalarini o`zida mujassamlaydi. Bu tashkilot

ko`pchilik hollarda Tijorat banklarning lizing bitimlarini amalga oshirishda

vositachi vazifasini o`tashi ahamiyatga molikdir. “Lizyurop” 1979 yilda

tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunda 17 ta mamlakatning 700 ta lizing

kompaniyasini birlashtiradi. Uning tarkibiga Avstriya, Belgiya,

BuyukBritaniya, Bolgariya, Shveysariya, Germaniya, Daniya, Ispaniya,

Fransiya, Italiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya,

Shvetsiya, Gollandiya, Finlandiya davlatlari kiradi. Hozirgi kunda amalga

9 Mustafaev Z.B. “O`zbekiston lizing beruvchilar assotsiatsiyasi” bosh direktori. YoAJ “O`zbek lizing

interneshnl A,O.” bosh direktori ma’ruzasi 2013 yil.TDIU ma’ruzalar zalidan eshitildi.

Page 26: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

26

oshiladigan Tijorat banklarning lizing operatsiyalarining teng yarmi AQSH

hissasiga to`g`ri keladi. AQSH da lizingni yuksak sur’atarda

rivojlanishining muhim sabablaridan biri investitsiyaviy soliq imtiyozi edi.

Jahon amaliyotida lizing - vaqtincha bo`sh turgan yoki jalb etilgan

mablag`larni investitsiyaga yo`naltirishga qaratilgan alohida turdagi

tadbirkorlik faoliyatidan iborat bo`lib, bunda moliyaviy ijara (lizing)

shartnomasiga binoan bir shaxs shartnomada belgilangan mulkni muayyan

sotuvchidan sotib olib uni haq evaziga boshqa shaxsga muddatlarda mol-

mulkni qo`lga kiritish niyatida bo`lg`usi huquqini moliyalashtiradi.

Jahon amaliyoti lizingida esa mulkdan foydalanuvchi (ijarachi) bir

vaqtning o`zida ham xorijdan texnika xarid qilishni, ham haridni

moliyalashtirishni amalga oshiradi.

Jahon amaliyotida lizingda zavodlar, sanoat tovarlarining uskunalari,

ko`chmas mulklar mulk egasidan ularni ishlab chiqarish maqsadida

ishlatish uchun ijaraga beruvchi tomonidan sotib olingan bo`ladi va shu

sababli ijaraga berilgan tovarlarga nisbatan mulk huquqini mulk egasi

saqlab qoladi.

Jahon amaliyotida lizing operatsiyalari deganda lizing kompaniyasi

(bankning lizing bo`limi)ning import asosida mulkni o`z hisobiga sotib

olishi va kelgusida lizing oluvchiga shartnoma asosida ijaraga berishi

tushuniladi. Bunda o`z shaxsiy mablag`lari yoki jalb qilingan

mablag`lardan foydalaniladi. Lizing beruvchi sub’yekt lizing operatsiyalarni

amalga oshirishda, kelgusida lizing oluvchi tomonidan lizing to`lovlarini

to`lay olmaslik xavfining oldini olish maqsadida, ulardan kafolat tariqasida

biror mulk, qimmatbaho qog`ozlar, kafillik, bank kafolati va boshqa

kafolat turlarini talab etishi mumkin.

Jahon amaliyoti lizingining keng rivoj topishiga sabab uning boshqa

investitsiyalash shakllari bilan tenglashtirilganda qator afzalliklari borligidir.

Ularning asosiylari quyidagilardir:

Page 27: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

27

Mulkni investitsiyalashda pulli kreditdan farqli o`laroq mulkni

qaytarib olmaslik xavfi kamaytiradi;

Jahon amaliyoti lizingi yuz foizli kreditlashni mo`ljallaydi, bu esa

birdan moliyaviy kuchlanishsiz ishlab chiqarish fondlarini yangilash

qimmatbaho mulkni egallash imkonini beradi va to`lovlarning darhol

to`lanishini talab qilmaydi;

Korxona mulkka egalik qilish ssudasini olishdan xalqaro lizing

bilan mulkni olish qulayroq, negaki lizingdagi mulk garov hisobida

chiqadi;

Lizing oluvchi uchun mulkni qiymat tomonidan va jismoniy

eskirish xavfi kamayadi, chunki mulk o`z tasarrufiga o`tmasdan

vaqtinchalik ishlatishga olinadi;

Lizing to`lovlari eskirish bilan bog`lanmagan, lizing

munosabatlarida esa lizing oluvchi mulkni tezkor amortizatsiyasi bilan ish

olib boradi;

Lizing oluvchining balansida lizingdagi mulk ro`yxatda turmaydi,

bu esa lizing oluvchining aktivligini oshirmaydi va mulkka soliq

to`lashdan ozod qilinadi;

Lizing to`lovlari lizing oluvchining ishlab chiqarishdagi ushlanib

qolishlarga kiradi va albatta, soliq solinadigan foydani pasaytiradi;

Ishlab chiqaruvchi mahsulot to`ldirib turish, qo`shimcha imkonini

oladi, chunki ba’zi hollarda cheklangan moliyalashtirish investitsiyasi

korxonalar texnologiya tizimini vaqtida yangilashga imkon bermaydi.

Jahon amaliyotida lizing – ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko`mak

beruvchi dastak bo`lib xizmat qiladi. U xalq xo`jaligi tarmoqlarini

kreditlashning muhim va hozirda o`ziga xos ahamiyatli shakli sifatida

namoyon bo`lmoqda. Xalqaro lizing xalqaro valyuta fondi mutaxassislari

tomonidan tashqi qarzga kiritilmasligi uni rivojlanayotgan davlatlar

iqtisodiyoti uchun ahamiyatini yanada oshishi uchun xizmat qiladi.

Page 28: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

28

Hozirgi kunda lizing bilan bog`liq barcha iqtisodiy-huquqiy

munosabatlarni xo`jalik aloqalarining yangi bosqichiga kiritish an’anaga

aylandi. Lizing Aristotel davrlaridan to hozirgacha davom etib kelmoqda.

Xo`jalik aloqalari baynalminallashuvi muhitida xalqaro lizing yangi

ko`rinishga ega bo`lmoqda va undan foydalanish hajmi hamda tarmoqlari

ko`paymoqda.

O`tgan asrning 60-70-yillarida Amerika, G`arbiy Yevropa va

Yaponiya mamlakatlari ishtirokida “Orion lizing holding” xalqaro

miqyosdagi lizing kompaniyalari vujudga keldi. Bunday lizing

kompaniyalari, odatda, lizing oluvchi firmalarga kema, samolyot, asbob-

uskunalar va shu kabilarni 3 yildan to 15 yilgacha ijaraga beradi.

Jahon amaliyotida lizing operatsiyalari bilan ijara orasidagi farq

quyidagilarda namoyon bo`ladi:

1. Bitim ob’yekti asbob-uskunani o`z hisobiga sotib olgan lizing

beruvchi emas, balki lizing oluvchi tomonidan tanlanadi;

2. Shartnoma muddati tugashida mijoz imtiyozli stavkada mulkni

ijaraga berishi yoki bo`lmasa ijaraga berilayotgan mulkni qoldiq

qiymati bo`yicha sotib olishi mumkin;

3. Lizing muddati asbob-uskuna eskirishi muddatidan kam bo`ladi va

odatda amortizatsiya muddatigacha uzaytiriladi;

4. Lizing beruvchi sifatida, odatda, moliya muassasasi – lizing

kompaniyasi qatnashadi.

Shuningdek, ijara to`lovlari har oyda, har chorakda yoki yarim

yilda amalga oshiriladi.

Jahon amaliyoti shuni ko`rsatadiki, lizing operatsiyalari bilan tijorat

banklari emas, balki ixtisoslashgan kompaniyalar shug`ullanadi.

Yirik xalqaro lizing tashkilotlari xalqaro lizing bo`yicha keng

ko`lamda xizmatlar taklif qiladilar. Jahonda eng yirik xalqaro lizing

tashkilotlaridan “Ebikliz” va Milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa

Federatsiyasi – “Lizyurop”ni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. “Ebikliz”

Page 29: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

29

tashkiloti Gollandiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya,

Belgiya va Fransiya davlatlaridagi lizing kompaniyalarini o`zida

mujassamlashtirgan. Bu tashkilot aksariyat hollarda xalqaro lizing

bitimlarini amalga oshirishda vositachilik vazifasini bajaradi. “Lizyurop”

1979 yilda tashkil etilgan bo`lib, hozirda 17ta mamlakatning 700ta lizing

kompaniyasini o`zida birlashtirgan.

Jahonda bir necha mingdan ortiq xalqaro miqyosda ishlovchi lizing

kompaniyalari va firmalari mavjud (3-jadval). Mazkur lizing kompaniyalari

va firmalarining faoliyati lizing kompaniyalarining ixtisoslashuvi, hajmi,

potensiali, hududiy joylashuvi va boshqa qator omillarga bog`liq. Jahonda

eng yirik 30 ta kompaniya mavjud bo`lib, ulardagi kapital hajmi 280,710

mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.

3 -jadval

Jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari bo`yicha ma’lumotlar.10

Lizing beruvchi

kompaniya va

banklar nomi

Lizing

shartnomalari

portfelining

umumiy

hajmi,

Mln,doll.da

Yil davomidagi

lizing

operatsiyalarining

hajmi,

Mln,doll.da

Lizing

portfelini hajmi

bilan yil

davomidagi

operatsiyalari

o`rtasidagi farq

1 2 3 4 5=3:4

1 GECapital 41300 16800 2.5

2 Orix Corparation 24830 9662 2.6

3 Sociale Generale 23928 5810 4.1

4 KG Allgemeine

Leasing

21000 3150 6.7

5 Lombard North

Central FNatWest

Group

16550 7061 2.3

6 Debis Funancial 16199 4655 3.5

7 GMAC 13631 10363 1.3

10

www.ula.uz. saytidan olindi.

Page 30: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

30

Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki,

demak, lizing kompaniyasi daromadlarining bir qismi lizingga bog`liq

bo`lmagan boshqa faoliyatlardan tashkil topmoqda.

Jahonning yetakchi banklari lizing bilan bog`liq biznesga

qiziqishlari kattadir. Lizing operatsiyalari bilan shug`ullanish murakkab

bo`lsada, juda samarali hisoblanadi. Lizing kompaniyalari bank guruhlari,

holdinglar doirasida tuziladi.

Shu bilan birga, bittagina bankning o`zi bir necha lizingga

ixtisoslashgan kompaniyalarini ochish hollari ham ko`plab uchrab turadi.

Fransiyaning “Societe Generale” banki 1968 yildan boshlab,

jahonda keng tarmoqli “Sogelease” lizing guruhini tuzdi. Uning tarkibiga

hozirgi vaqtda jahonning turli joylarida joylashgan 30 dan ortiq firmalar

kiradi. Mazkur bankning shtab – kvartirasi Yevropada joylashgani sababli,

“Sogelease” lizing guruhi kompaniyasini Yevropaning lizing – xolding

kompaniyasi deb hisoblashadi. Umumiy hajmi bo`yicha bu kompaniya

jahonda uchinchi o`rinda va lizing portfeli kattaligi bo`yicha Yevropada

eng yirik kompaniyalardan hisoblanadi. Oxirgi 10 yil ichida lizing

operatsiylarining hajmi 1,6 mlrd AQSH dollaridan 5,8 mlrd.gacha o`sdi,

ya’ni taxminan to`rt barobar o`sishi kuzatildi.

Jahonda iqtisodiy amaliyoti xalqaro lizingning capital qo`yilmalarni

yetarli darajada saqlab turishga xizmat qiluvchi, moliyaviy vosita sifatidagi

yuqori samaradorligidan dalolat bermoqda. Xalqaro lizingda

moliyalashtirishni tijorat banklari negizida tashkil qilinadigan lizing

kompaniyalari yoki banklarning o`zi amalga oshiradi. Shubhasiz,

biznesning o`ziga xos bu turi bilan shug`ullanish banklarning o`ziga yoki

ularning maxsus bo`limlariga, shunigdek, banklar bilan aloqador moliyaviy

vositachilar uchun qulaydir.

Shuningdek, tahlil qilinayotgan ma’lumotlar asosida quyidagi

xalosalar keltirish mumkin.

Page 31: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

31

Xalqaro lizing iqtisodiyotning tarmoqlarini kreditlashning muhim

vositasi hisoblanadi;

Xalqaro lizing XVF mutaxassislari tomonidan tashqi qarzga

kiritilmaydi;

Xalqaro lizing ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko`mak beruvchi

dastak bo`lib xizmat qiladi;

Xalqaro lizing eng zamonaviy va qimmatbaho asbob-uskunani,

texnika-texnologiyani mamlakatning milliy iqtisodiyotiga jalb qilishga ijobiy

ta’sir ko`rsatadi.

Xalqaro lizing mamlakat eksport salohiyati rivojlanishi uchun turtki

bo`lib xizmat qiluvchi iqtisodiy dastak hisoblanadi.

Umuman, aytish mumkinki, xalqaro lizingni rivojlantirishga

davlatlar tomonidan e’tiborning kuchaytirilishi ko`p jihatdan o`z samarasini

beradi. Jahon tajribasidan shuni ko`rish mumkinki, lizing operatsiyalari

bilan tijorat banklari emas, balki maxsuslashtirilgan kompaniyalar

shug`ullanadi. Tijorat banklarning lizing operatsiyalari nafaqat rivojlangan

davlatlar uchun balki, tijorat banklarning qarzdorligi yuqori darajada

ko`paygan va valyuta rezervlari chegaralangan qoloq davlatlar uchun ham

juda manfaatlidir. Bunga asosiy sabab, davlatlar bunday yirik texnologiyani

sotib olish imkoniyatiga ega emas.

Page 32: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

32

II – bob. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalashtirish

sharoitida tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlanishi

tahlili.

2.1. Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini amalga

oshirishning huquqiy asoslari.

Tijorat banklarning lizing bozorining shakllanishi, unga yangi

tarmoq va sohalarning qo`shilishi, shuningdek, Tijorat banklarning lizing

munosabatlarida qatnashayotgan mamlakatlarning sonini ortishi, jumladan,

MDH davlatlarning qo`shilishi munosabati bilan mazkur davlatlarning

tashqi iqtisodiy faoliyatlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirish uchun lizing

operatsiyalarini tartibga solish muammosini huquqiy jihatdan hal etish

vazifasi turibdi. Tijorat banklarning lizing bitimlarini amaliy jihatdan

amalga oshirishda nafaqat mamlakat iqtisodiyotini tiklashda tijorat

bankalarning lizingining o`rni va ahamiyatini oshirish, balki shu bilan

birga mahalliy lizing biznesini ham nazariy, ham amaliy jihatdan boyitish

darkor.

O`zbekistonda lizing qonunchiligi bo`yicha qonunlar va qonun osti

hujjatlarining yaratilishi va uning izchil rivojlantirilishini shartli ravishda

quyidagi 3-bosqichga bo`lish mumkin:

- Lizing qonunchiligi bo`yicha qonunlar va qonun osti hujjatlarining

yaratilishi va amalga kiritilishi;

- O`zbekiston Respublikasi lizing qonunchiligi va xalqaro lizing

qonunchiligi o`rtasidagi munosabatlarning belgilanishi;

- Lizing qonunchiligi bo`yicha qonunlar va qonun osti hujjatlarining

takomillashtirilishi bosqichi.

Birinchi bosqich davri 1996 yildan 1999 yilgacha davom etib, bu

davrda lizing qonunchiligi bo`yicha quyidagi asosiy qonunlar va qonun

osti hujjatlari yaratildi va amaliyotga kiritildi:

Page 33: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

33

O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan

“O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qismini

tasdiqlash to`g`risida”gi 256-1-sonli qonuni asosida O`zbekiston

Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qismi qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi me’yorlari asosida

hamda respublikadagi tijorat banklari tomonidan o`tkazilayotgan lizing

operatsiyalarining tartibga solish maqsadida O`zbekiston Respublikasi

Markaziy banki tomonidan 1997 yil 29 martda “O`zbekiston Respublikasi

banklari tomonidan lizing operatsiyalarini o`tkazish tartibi” to`g`risidagi

327-sonli me’yoriy hujjat qabul qilindi. Ushbu me’yoriy hujjat 1999

yilning 20 iyuligacha bo`lgan davrda amaliyotda bo`ldi va banklar

tomonidan respublikamizda lizing faoliyatini rivojlantirilishida muhim

ahamiyat kasb etdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 6

mayda qabul qilingan “Me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida’gi 194-

sonli qarori asosida “Buxgalteriya hisobi va hisobotida lizing

operatsiyalarini aks ettirish tartibi” tasdiqlandi. Unga muvofiq, lizing

oluvchi korxonada lizing operatsiyalarini hisobga olish, lizing beruvchi

korxonada lizing operatsiyalarini hisobga olish va lizing oluvchi korxonada

o`rnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar bo`yicha lizing operatsiyalarini

hisobga olish tartiblari va me’yorlari belgilab berildi. Va nihoyat, 1999 yil

14 aprelda O`zbekiston Respublikasining “Lizing to`g`risida”gi 756-1-sonli

Qonuni qabul qilindi. Qonun 25 ta moddadan iborat bo`lib, lizing huquqiy

munosabatlarini ancha batafsil tartibga solidi. Undan Fuqarolik kodeksiga

qaraganda, ancha o`ziga xos me’yorlar masalan, lizing shakllari, lizing

ob’yektini hisobga olish va ro`yxatdan o`tkazish lizing shartnomasiga

qo`yiladigan talablar, lizing beruvchi va lizing oluvchining o`z

huquqlaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi lizing ob’yekti

sug`urtasi va garovi lizing shartnomasi bo`yicha ta’minlash va hokazolar

o`rin olgan.

Page 34: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

34

Mazkur qonun me’yorlariga moslashtirish maqsadida O`zbekiston

Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997 yil 29 martda qabul qilingan

327-sonli “O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing

operatsiyalarini o`tkazish tartibi” to`g`risidagi me’yoriy hujjat bekor qilinib,

1999 yil 5 mayda 327-sonli “O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan

moliyaviy lizingni o`tkazish tartibi to`g`risida nizom” qabul qilindi va

O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1999 yil 20 iyulda 776-son

bilan ro`yxatdan o`tkazildi.

O`zbekistonda lizing qonnunchiligining rivojlanishining ikkinchi

bosqichi 2000 yilning may oyiga to`g`ri keladi.

Tijorat banklarning lizing munosabatlaridagi mavjud muammolarni

va turli xil masalalarni tartibga solish davlatlardagi lizingning huquqiy

asosini yagonalashtirish va umumlashtirish maqsadida 1998 yilning may

oyida Kanadaning Ottava shahrida “Tijorat banklarning moliyaviy lizing

to`g`risidagi Konvensiya” qabul qilindi. Konvensiyani qabul qilishdan

asosiy maqsad – moliyaviy lizing bo`ycha asosiy terminologiyani aniqlash

va umumlashtirish hamda lizing bitimida ishtirok etadigan hamma

tomonlarni o`zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishdir.

Oldinga qo`yilgan maqsaddan kelib chiqib, Konvensiyaning asosiy qismi –

lizing munosabatlarini turkumlanishi va tavsifining asosiy jihatlarini yoritib

berdi.

Konvensiyada lizing bo`yicha quyidagi tamoyil (prinsip)lar aks

etgan:

- kelajakda lizing oluvchi o`ziga asbob-uskunani va uni yetkazib

beruvchini mustaqil ravishda tanlaydi;

- lizing kompaniyasidan asbob-uskunanni sotib olish, ya’ni lizing

ob’yektini oldi-sotdisi amalga oshiriladi, bunda asbob-uskunani keyinchalik

ijaraga berish uchun olinayotganligi maqsadida ekanligi bildiriladi;

- lizing bo`yicha to`lovlarning hisob – kitobi – amortizatsiyaning qabul

qilingan shartlari asosida amalga oshiriladi.

Page 35: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

35

Bizning respublikada lizing munosabatlari o`ziga xos xususiyatlardan

kelib chiqmoqda. Respublikamizdagi lizing munosabatlari jahon amaliyotida

umumiy qabul qilingan lizing munosabatlari bilan muvofiqlashtirilgandir.

Shu bilan birga yuqorida qayd qilingan Konvensiya uch tomon

ishtirok etishini ko`zda tutuvchi klassik lizingdan kelib chiqib, bitimlarni

aniqlaydi va chegaralaydi. Mazkur Konvensiya “qaytariladigan lizing” deb

nom olgan ikki tomonlama o`rnatilgan lizing bitimlarini o`z ichiga

olmaydi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan lizing ham

mazkur Konvensiya tomonidan tartibga solinmaydi.

Konvensiyaning markaziy o`rni – lizing beruvchi, lizing oluvchi va

asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarning mulkiy javobgarliklarining

hajmiga qaratilgan. Lizing oluvchining mulkiy huquqlarining himoyasi

uning vaqtincha foydalanishdan olingan mulkning egasi ekanligidan kelib

chiqiladi.

Qabul qilingan Konvensiyada lizing beruvchining lizing oluvchi

oldidagi javobgarlik hajmi lizing beruvchi tomondan lizing oluvchiga

tajribasiz asbob-uskunani yetkazib beruvchining tanlashda aralashishi yoki

lizing ob’yektining alohida spetsifikatsiyasi bilan cheklaniladi.

Konvensiyaning shu qismi bilan bir qator davlatlarning huquqiy

amaliyotlari mos kelmaydi, jumladan, Rossiya Federatsiyasida ham

javobgarlik masalalari kengroq hajmda tushuniladi. Mazkur qarama-

qarshilikni bartaraf etush maqsadida Konvensiya – javobgarlik masalalarini

milliy xususiyatlardan kelib chiqib muvofiqlashtirishga ruxsat beradi.

Lizing oluvchi olingan mulkka egalik huquqini ta’minlab turishi

uchun u mazkur asbob-uskunadan bitimda ko`rsatilgan maqsadlardagina

foydalanishi va uning ma’naviy hamda jismoniy eskirishlarini hisobga

olgan holda bitim tuzishi lozim. Asbob-uskunadan foydalanuvchi o`z

vaqtida va kelishilgan grafik asosida lizing to`lovlarini amalga oshirishi

shart. Lizing oluvchi tomonidan o`z majburiyatlarini bajarilmasligi

holatlarida mulk egasi unga tegishli to`lovlarni to`lanishini va kelishilgan

Page 36: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

36

bitimga rioya qilinmasligi oqibatida ko`rilgan zararlarni qoplashini talab

qilishi mumkin. Bitimda ko`rsatilgan kelishuvlar bo`yicha bitimni bekor

qilishlari mumkin.

Konvensiya lizing oluvchining boshqa tomondan mulkiy huquqini

himoya qilish bilan birga, agarda mulkdan foydalanuvchidan tashqari

boshqa bir 3-chi shaxs ko`proq foyda olsa, bu holda to`liq javobgarlik

mulkning egasiga o`tishini ko`rsatadi. Shuningdek, agarda bu holat

foydalanuvchining harakati natijasida yuzaga kelsa hisobga olinmasligi

qayd etilgan.

O`zbekistonni – Konvensiya qoidalaridan asosan bitim bajarilmay

qolganda, ya’ni lizing oluvchining asbob-uskunadan foydalanish davrida

keyinchalik to`lovga layoqatsizligi aniqlansa, uning sheriklarining u bilan

bo`ladigan keying munosabatlari qiziqtiradi.

O`zbekiston Respublikasining bir qator qonuniy me’yoriy

hujjatlarida qarz oluvchining to`lovga layoqatsizligi aniqlansa, uni to`lovga

noloyiq, ya’ni bankrot deb e’lon qilish kerakligi ko`zda tutilgan. Xususan,

1996 yil 25 apreldagi O`zbekiston Respublikasining “Bank va banklar

faoliyati to`g`risida”gi qonunining 35 – moddasida shunday deyiladi:

- “Bankdan olingan kreditlarni o`z vaqtida qaytara olmay

majburiyatlarini bajara olmayotgan qarzdor bank tomonidan to`lovga

layoqatsiz deb e’lon qilinishi va matbuotda bu haqda chop ettirilishi

mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrotni tan olinishini talab qilib

xo`jalik sudiga murojaat qilishi mumkin”.

Biroq, hozirgi vaqtda MDH ning bir qator davlatlarida lizing

beruvchi mulkni foydalanishga bergan tomonning to`lovga latoqatsizligini

aniqlansada uni faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari to`liq

o`rnatilmagan. Chunki, lizing oluvchi tomon bankrot deb e’lon qilinsada, u

mulkning haqiqiy egasi hisoblanmaydi va unda to`lovni undirish masalasi

to`liq hal etilmagan. Bankrotlik holatida lizing bitimi lizing oluvchining

aybi bilan bekor qilingan hisoblanadi, lizing oluvchi lizing beruvchiga

Page 37: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

37

bitim buzilganligi natijasida yuzaga keladigan zararlarni to`liq qoplashi

shart. Bankrot bo`lgan korxona o`zining majburiyatlarini to`lashda

kontragentlari qatoriga lizing beruvchi ham o`ziga to`lovlarni undirishi

uchun navbatga, ya’ni ro`yxatga qo`yiladi va o`rnatilgan tartibda to`lov

amalga oshiriladi.

Konvensiyada bitimda qatnashayotganlarning talablariga binoan

lizing beruvchining mulkiga lizing oluvchining olingan mulkka vaqtinchalik

egaligini ko`rsatuvchi bitimni rasman e’lon qilinishi mumkinligi to`g`risida

umumiy qo qayd qilinadi.

Konvensiyada lizing oluvchiga xuddi oldi-sotdi bitimida xaridorga

beriladigan huquq doirasi kabi huquq beriladi. Qabul qilingan tartiblarga

muvofiq, mulkdan foydalanuvchi asbob-uskunani yetkazib beruvchidan

mulkni oldi-sotdisi bitimi bo`yicha o`rnatilgan tartibda xuddi mulk egasi

sifatida yetkazib berish shartlarini talab qilish huquqiga ega. Shu bilan u

asbob-uskunani yetkazib beruvchining oldida mulkning egasi emasdir.

Biroq, lizing oluvchi asbob-uskunani yetkazib beruvchi bilan o`rnatilgan

oldi-sotdi bitimini bekor qilishda mulkning haqiqiy egasi ogohlantirishsiz

mustaqil tarzda amalga oshirolmaydi. Asbob-yskunani yetkazib berish

bo`yicha shartlar buzilganida lizing oluvchi mulkning haqiqiy egasidan u

orqali ushbu shartlarni bajarilishini ta’minlashini yoki asbob-uskunani

yetkazib beruvchi va lizing kompaniyasi o`rtasidagi yetkazib berish

bitimini bekor qilishni talab qilishi mumkin.

Markaziy Osiyoda, shu jumladan O`zbekiston Respublikasida lizing

sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish sohasida davlat boshqaruvi

organlariga maslahatlar berish uchun 2001 yilning oxirisida Xalqaro

Moliya Korporatsiyasi, Shveysariya xalqaro aloqalar bo`yicha davlat

sekretariyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda lizingni

rivojlantirish bo`yicha Loyiha” guruhining respublikada 2001-2004 yillar

mobaynidagi faoliyati natijasida lizing sohasidagi amaldagi qonunchilik

me’yorlari ancha takomillashtirildi. Jumladan, 2002 yil 28 avgustda

Page 38: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

38

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lizing faoliyatini

rivojlantirishning yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi

Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarini,

xususan kichik biznesni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan

jihozlashda, shuningdek, mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan

tayyorlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati

rolini oshirish maqsadida 2002 yilning 1-sentabridan boshlab:

Lizing to`lovlari – qo`shilgan qiymat solig`idan;

Lizingga berish uchun O`zbekiston Respublikasi hududiga olib

kelinadigan texnologiya uskunalari – vakil bankning tegishli tasdig`i mavjud

bo`lgan taqdirda bojxona to`lovidan va qo`shilgan qiymat solig`idan ozod

qilinishi;

Lizing oladigan xo`jalik yurituvchi sub’yektlar lizingga berilgan

mulkka soliq to`lashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha

ozod qilinishi;

Lizing beruvchini soliqqa tortish chog`ida u lizingga berish uchun

mulk xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa

to`lovlarning summasi uning hajmi daromadidan chegirib tashlanishi

belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ko`rsatmasiga

muvofiq O`zbekiston respublikasi Bank va Moliya akademiyasining yuqori

malakali professor olimlari rahbarligida Moliya vazirligi, Davlat soliq

qo`mitasi, respublikadagi yetakchi lizing kompaniyalari va boshqa bir qator

davlat tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida ‘O`zbekistonda lizingni

takomillashtirish bo`yicha Ishchi guruhi” tuzildi. Mazkur “Ishchi guruh”

bilan “Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish bo`yicha Loyiha”

guruhining o`zaro hamkorligi natijasida respublikamizda lizing sohasidagi

amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, lizingni yanada rivojlantirish

uchun soliq bo`yicha imtiyozlar berish haqida takliflar ishlab chiqildi

hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.

Page 39: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

39

2.2. Tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalari amaliyoti tahlili .

Tijorat banklarning lizing bir vaqtning o`zida moliyalash va yangi

texnologiyalarni xarid qilish masalalarini hal etish, aylanma mablag`larni

to`ldirish hamda boshqa ehtiyojlar uchun mablag`larni ozod qilish

imkoniyatini beruvchi moliyaviy vositalarning eng muhimi va asosiylaridan

biridir.

Tijorat banklarning lizing shakllarini tahlil qilishda uning eng keng

tarqalgan (lizing oluvchi va lizing beruvchi o`rtasidagi munosabatlarni

hisobga olib), bevosita to`g`ridan – to`g`ri a bilvosita egri lizing turlarini

ajratishimiz mumkin.

Bevosita to`g`ridan-to`g`ri lizingda lizing beruvchi bo`lib – bevosita

mulkning egasining o`zi bitimni amalga oshirilishida ishtirok etishi shart.

Bilvosita egri lizingda ijaraga berilayotgan mulk – uchinchi bir

tomonning ishtirok etishi shartdir.

Hozirda lizing oluvchilar soni ko`paygani sari lizing beruvchilar soni

ham kundan-kunga ortib bormoqda. 2012 yil yakunlari statistik

ma’lumotlariga qaraydigan bo`lsak, 2005 yilga nisbatan lizing beruvchilar

soni 3 barobarga oshgan, ya’ni 2005 yilda lizing beruvchilarning umumiy

soni 28 tani tashkil etgan bo`lsa, 2012 yilga kelib bu ko`rsatkich 99 tani

tashkil etmoqda (4-jadval).

4-jadval

Lizing bozori ishtirokchilari11

2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011

2012

Lizing

beruvchilar

Soni

28 33 49 64 86 83 84 99

Lizing

kompaniyalari

- - - - - - - 73

Banklar - - - - - - - 26

11

www.ula.uz. saytidan olindi.

Page 40: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

40

Tijorat banklarning lizingni kreditlash usuli bo`yicha muddatli va

qayta tiklanuvchi lizinglarga ajratish mumkin.

Muddatli lizingda ijara bir marotaba amalga oshiriladi, qayta

tiklanadigan lizingda esa, lizing shartnomasi bitimning birinchi muddati

tugashi bilan qayta tiklanadi.

Shuningdek, tijorat banklarning lizingni operatsion va moliyaviy

lizinglarga bo`lish mumkin.

Operatsion lizingda korxonalar asbob-uskunaga mulk huquqini

olmasdan turib undan foydalanish uchun shartnoma tuzadilar.

Moliyaviy lizing deb, asbob-uskunani ijaraga olayotgan firma

keyinchalik uni qolgan qiymatini pasaygan narxida to`la sotib olishiga

aytiladi.

Tijorat banklarning lizing operatsiyalarini amalga oshirishda

vujudga keladigan risklarni baholashda odatda quyidagi omillarni e’tiborga

olish kerakdir:

Lizing oluvchi kompaniyaning moliyaviy holati va tijorat

doirasidagi mavqeini;

Shartnoma hajmining sotuvchi bahosi, bu bahoning keying bir

necha yillar davomida ikkilamchi bozorda qiymatining o`zgarishini;

Lizing oluvchi firma tomonidan lizing ob’yektini ishlatilish shart-

sharoitlarini;

Kompaniya kirib kelayotgan mamlakatdagi moliyaviy – iqtisodiy va

siyosiy holatlarni.

Ijaraga berilayotgan mulkka nisbatan quyidagilarni ajratib ko`rsatishadi:

Toza lizing bitimi: toza lizing bitimida odatda ijaralanayotgan

mulkni xizmat ko`rsatishida yoki foydalanishda paydo bo`ladigan

qoshimcha xarajatlarni lizing oluvchi o`z bo`yniga olishi ko`zda tutiladi;

To`liq lizing bitimi: to`liq lizing bitimida odatda mulkdan

foydalanish bilan bog`liq barcha xarajatlarni va texnik ta’minot bilan

bog`liq xarajatlarni ijaraga beruvchi o`z bo`yniga oladi.

Page 41: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

41

Odatda, ko`chmas mulk lizingidan – qurilishda foydalanadilar.

Biznesmenlar va tadbirkor – ishbilarmonlar sanoat va nosanoat bino –

inshootlarni qurishda ko`pincha o`z va jalb qilingan kapitallari

yetishmasligidan qiynaladilar yoki ular o`zlarining pul mablag`larinI

aylanishidan olib uni uzoq muddat davomida yangi ob’yektlarni qurishga

sarflashmaydi. Sanoat ob’yektini, omborxona qurilishini, mexmonxona

qurilishi uchun ko`p hollarda investitsiyaga kerak bo`lgan summa kichik

va o`rtaxol firmalarga yetmay qolish havfi tug`iladi. Bu sharoitda

amaliyotda lizing kompaniyalari turli ob’yektlarni qurilishini keyinchalik

ko`chmas mulkni lizinglash bilan kreditlashadi. Ko`chmas mulk ob’yektini

qurish va jihozlash majburiyatini lizing kompaniyasi o`z bo`yniga oladi va

undan foydalanish natijasida tushgan daromadning sezilarli qismini oladi.

Yildan-yilga investitsiyalar hajmi oshgan sari ularda lizing

operatsiyalariniing ulushi ham ortib bormoqda (5-rasm). Bu degani lizingga

bo`lgan talab o`sib borishda davom etmoqda.

5-rasm. Asosiy kapitalga yo`naltirilgan investitisiyalarda lizing

ulushi %da12

12

www.ula.uz. saytidan olindi.

4,2%3,9%

4,2%

3,2%

2,7% 2,7% 2,7%

0,0%

0,5%

1,0%

1,5%

2,0%

2,5%

3,0%

3,5%

4,0%

4,5%

2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012

Page 42: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

42

Ushbu ma’lumotdan ko`rishimiz mumkinki, lizingning ulushi

investitsiya hajmida yildan-yilga ortib bormoqda. 2012 yilga kelib uning

ulushi foizda kamayganday ko`rinsa-da, lekin investitsiyalar hajmida o`sish

davom etmoqda.

Mijozning garovlangan talabi bo`yicha lizing kompaniyasi yer

maydonini sotib olishga ma’lum miqdorda mablag` sarflaydi va

pudratchiga loyihalash, qurish ishlari va mijozning talablariga muvofiq

ob’yektni jihozlash kabi ishlarni topshiradi. Ob’yektni qurilish tugagandan

so`ng 20-30 yil muddatga mijozga ijaraga beriladi. Bu muddat tugaganida

yoki sal oldinroq ijarachi ob’yektni to`la sotib olishi mumkin. Ko`chmas

mulkning lizingi oddiy ijaradan shunisi bilan farqlanadiki, ob’yektni

jihozlash va qurish ma’lum bir aniq mijoz uchun uning barcha talablarini

e’tiborga olgan holda olib boriladi. Qurilgan ob’yektni foydalanishga olgan

mijoz uni ta’mirlash va atrof-muhitni tozalash bilan bog`liq xarajatlarni o`z

bo`yniga oladi. Mijoz bu ob’yektni to`la yoki bo`lmasa qisman sub ijaraga

topshirishi mumkin, biroq unga egalik qilish huquqi lizing kompaniyasida

qoladi.

Tijorat banklarning lizing operatsiyalaridan jahon ama harakatlanuvchi

mulk lizingi keng tarqalgan. U o`ziga juda ko`p ob’yektlarni biriktirgandir.

Ularning asosiy guruhlariga quyidagilarni ko`rsatish mumkin:

- Transport vositalari (yuk tashuvchi avtomobillar, yengil avtomobillar,

samolyotlar, kemalar va shu kabi transport vositalari);

- Television va masofaviy texnik – electron aloqalar vositalari;

- Stanoklar;

- Qurilish texnikasi;

- Kompyuterlar va ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari;

- Sanoat, ya’ni ishlab chiqarish asbob-uskunalari, mexanizmlar;

- Litsenziya, nou-xou, kompyuter dasturlari va shu kabilar.

Lizingning muddati yoki to`g`rirog`i davri deganda – odatda lizing

shartnomasining harakat muddati tushuniladi. Bu davrda lizing

Page 43: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

43

beruvchining balansida lizingga topshirilgan ishlab chiqarish vositalari

hisobda turadi hamda lizing oluvchi o`zining xo`jalik faoliyatida lizing

kompaniyasi tomonidan o`rnatilgan to`lovlarni to`lab undan foydalanadi.

Lizingning birlamchi va ikkilamchi davrlarini ajratishadi. Lizingning

birlamchi davrida – bitim harakatining asosiy davri tushuniladi. Bunda

lizing oluvchi lizing kompaniyasiga ob’yektining to`la amortizatsion

ajratmalarini va ajratilgan foizlarni to`la amalga oshirmagan bo`ladi.

Ikkilamchi davrda lizing oluvchi lizing firmasiga to`liq to`lovni amalga

oshiradi. Biroq, lizing firmasi lizing ob’yektiga egalik qilish huquqini

bermagan bo`ladi. Lizing oluvchi asbob-uskunani an;anaviy stavkada foiz

to`lagan holatda foydalanishda savom etadi. Bu kabi lizing muddatini

uzaytirish lizing shartnomasida albatta kelishilgan bo`lishi kerak. Nazariya

bo`yicha lizingning ikkilamchi davri vaqt bo`yicha hceklovlarga ega emas,

biroq, uning muddati asbob-uskunaning haqiqiy xizmat muddati bilan

chegaralangandir. Asbob-uskunaga ko`p va ahamiyatli e’tibor qaratish va

buzilganda o`z vaqtida qayta ta’mirlash kabi masalalar ikkilamchi davrni

noma’lum muddatga uzayishiga olib kelishi mumkin.

Xalqaro amaliyotda Tijorat banklarning lizing shartnomalarining

quyidagi shakllari ishlab chiqildi.

1.Standart lizing. Lizingni bu shaklida asbob-uskunani ishlab

chiqargan shaxs uni lizing kompaniyasiga o`zi mustaqil tarzda sotadi.

Lizing kompaniyasi asbob-uskunani iste’molchiga ijaraga beradi. Asbob-

uskunani ishlab chiqazuvchi va uni lizingga oluvchi o`rtasida lizing

shartnomasi bo`yicha huquqiy munosabatlar o`rnatilmaydi. Ammo, bu

yerda asbob-uskunaga texnik xizmat ko`rsatish masalasi to`liq hal

etilmagan. Bu holda asbob-uskunani ishlab chiqargan shaxs bilan lizing

oluvchi o`ziga xizmat ko`rsatish uchun alohida bitim tuzishi lozim. Bunga

asosiy sabab, lizing kompaniyasi texnik xizmat ko`rsatish masalalariga

aralashmaydi.

Page 44: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

44

2.Toza lizing. Bunda asbob-uskunalarni foydalanish bilan bog`liq

asosiy majburiyatlar lizing oluvchini bo`yniga tushadi. U soliqlar va har

xil yig`imlarni, to`lovlarni to`laydi. Asbob-uskunalardan foydalanish bilan

bog`iq barcha xarajatlarni va sug`urta to`lovlarni to`laydi. Lizing oluvchi

asbob-uskunani ishga soz holatda saqlashi lozim. Shu bilan birga u ijara

muddati tugaganda lizing beruvchiga asbob-uskunani o`rtacha eskirishini

hisobga olib yaxshi holatda qaytarilishi shartdir. Lizing beruvchi lizing

oluvchi olgan mulkdan foydalanishi bilan bog`liq harakatlarga javob

bermaydi. Lekin, u asbob-uskuna ishlatilayotgan mamlakatdagi hukumat va

boshqa tashkilotlar tomonidan bo`lishi mumkin bo`lgan salbiy ta’sirlar

uchun javobgardir.

3.Qaytariluvchi lizing – “liz-bek”. Tijorat nuqtai nazaridan lizingni bu

shakli odatda firma mablag`larga kuchli ehtiyoj sezganda qo`llaniladi.

Uning asosiy xususiyati bo`lib – firmaning moliyaviy holatini yaxshilashga

samarali vosita sifatida namoyon bo`lishidir. Bu operatsiyaning mazmuni

shundan iboratki asbob-uskunaning egasi asbob-uskunani lizing

kompaniyasiga sotadi va so`ngra undan shu asbob-uskunani ijaraga oladi,

ya’ni asbob-uskunani sotgan shaxs lizing oluvchiga aylanadi. Bunday

operatsiyalar asosan muomalada oldin ham bo`lgan asbob-uskunalarga

nisbatan qo`llanilishi qayd etiladi.

4.”Mokriy lizing”. Bu lizingni o`ziga xos xususiyatlaridan biri bo`lib

lizing oluvchi uchun lizing beruvchi tomonidan qo`shimcha xizmatlarni

taklif etishi hisoblanadi. Lizingni bu shakli qimmat hisoblanadi. Chunki,

lizing beruvchi asbob-uskunani yetkazib berish bilan birga ta’mirlash,

sug`urtalash, ba’zi vaqtlarda ishlab chiqarishni boshqarish yoki yonilg`I

bilan ta’minlash kabi ishlarni ham amalga oshiradi. Odatda, lizingning bu

turi yangi asbob-uskunalarni, xususan, kompyuterlar, samolyotlar va boshqa

murakkab mashina va mexanizmlarga nisbatan qo`llaniladi.

5.To`la xizmatli lizing. Bu lizing “mokriy” lizingga o`xshab ketadi,

biroq, shartnomada bir qancha qo`shimcha xizmatlar ko`rsatishi ko`rib

Page 45: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

45

chiqiladi. Masalan, lizing beruvchi asbob-uskunani sotib olish masalalarni

tadqiq qiladi, bu asbob-uskunani ishlatish uchun zarur bo`lgan xom ashyo

materiallari ta’minlaydi. Shu bilan birga asbob-uskunadan foydalanishi

uchun malakali mutaxassislar yollab beradi va boshqa bir qator xizmatlar

ko`rsatadi.

6.asbob-uskunani qoldiq qiymati lizingi. Lizingni bu shakli oldindan

is’temol bo`lgan asbob-uskunalarga ishlatiladi va u dillerlar tomonidan

keng foydalaniladi. Lizingni bu turi odatda 1 yildan 3-4 yilgacha bo`lgan

muddat atrofidadir.

7.Mol yetkazib beruvchiga lizing. Bu ijara shakli “liz-bek” lizingi

shakliga o`xshaydi. Asbob-uskunani yetkazib beruvchi ikki yoqlama rol

o`ynaydi. Ya’ni u asbob-uskunadan foydalanuvchi bo`lmasa ham uni

sotuvchisi va ijaraga oluvchisi bo`lib hisoblanadi.

8.Qayta tiklanuvchi lizing. Lizing operatsiyasining bu shaklida

lizingga berilgan asbob-uskuna vaqti-vaqti bilan yangi takomillashgan

asbob-uskunaga almashtirib turishi lozim. Bu model asosan EHMlarning

lizingida keng tarqalgandir. Chunki undagi investitsion jarayon juda qisqa

sanaladi.

Tijorat banklarning lizing xizmatlarining jahon bozori – ikkinchi jahon

urushi davridan keyin, quyidagi omillarni hisobga olgan holda shakllanishi

va rivojlanishi boshlandi:

likvid mablag`larning hajmining to`liq yetishmasligi;

investitsiyani optimallashtirishni talab qiluvchi raqobatning

kuchayishi;

ishlab – chiqarishni kengaytirish uchun korxonalarda yetarli

mablag`larni ajratishda uning foydasini chegaralanishi;

iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish, xususan investitsiyani o`sishiga

shart-sharoit yaratishi uchun hukumat va moliyaviy organlar tomonidan

lizing operatsiyalarni rivojlanishiga hukumat organlarning ko`maklashishi

Page 46: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

46

Yildan-yilga lizing operatsiyalarining hajmi o`sishda davom

etmoqda. Buni biz quyidagi jadvalda ko`rishimiz mumkin (6-rasm). 2005

yilga nisbatan oladigan bo`lsak, 2012 yilga qadarlizing operatsiyalarining

hajmi 5 barobarga oshgan.

6- rasm. Yangi lizing loyihalari hajmining o`sish dinamikasi

mlrd. so`mda.13

Hozirda jahon bozorida Tijorat banklarning lizing operatsiyalariga kata

talab mavjuddir. Chunki, lizing bitimida ishtirok etayotgan hamma tomon

o`zi uchun ustunlikka yoki yanada to`g`rirog`i afzalliklarga ega.

Quyida lizing oluvchi tomon uchun afzalliklarni tahlil etishga harakat

qildim:

Lizing ishlab-chiqarishni amalga oshirish va uni hajmini

ko`payishini alohida asbob-uskunani egalik qilish uchun capital to`lashsiz,

capital qo`yilmani muzlashishi kabi holatlardan ozoddir;

Asbob-uskunani ta’mirlash va unga xizmat ko`rsatish uning egasi

tomondan amalga oshiriladi;

Ijaralanayotgan mulkni zarar ko`rish yoki yo`qolish riski uning

egasida, ya’ni lizing beruvchidan yotadi;

13

www.ula.uz. saytidan olindi.

0

100 000

200 000

300 000

400 000

500 000

600 000

2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012

90 634131 138

214 508

351 666

401 654430 334

484 514

590 638

Page 47: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

47

Lizing – asbob-uskunani almashtirish va modernizatsiyalashtirishni

osonlashtiradi, shuningdek, ijarachiga zamonaviy asbob-uskunadan

foydalanish imkoniyatini beradi;

To`lovlar bir vaqtda amalga oshirilmaydi, balki kelishilgan

muddatlarda qismlarga bo`lib to`lanadi;

Lizing – soliqqa tortilish nuqtai nazaridan juda ham samaralidir

(soliqdan bir qator imtiyozlarga ega);

Lizing moliya-kredit operatsiyasi sifatida sotib oluvchiga kreditdan

foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Xususan, kredit muassasasi

tomonidan kredit olish imkoniyati bo`lmaganda uning ahamiyati namoyon

bo`ladi; lizingda ijara to`lovi asbob-uskunani korxonaga o`rnatilganidan va

ma’lum miqdorda ishlab chiqarishga erishilganidan keyin amalga

oshirilishida namoyon bo`ladi.

Tijorat banklarning lizing operatsiyalarining amalga oshirilishida

tuziladigan bitim yoki shartnomalarda an’anaviy Tijorat banklarning kredit

operatsiyalari yoki tashqi savdo shartnomalaridagi oldi-sotdilarga nisbatan –

bitimda qatnashayotgan tomonlarning soniga taaluqli holatda ularga

nisbatan sezilarli darajada ko`pgina o`ziga xosliklar va turli-tuman shart-

sharoitlar yuzaga keladi.

Tijorat banklarning lizing bitimlarida o`ziga xos xususiyat bo`lib

standartlashtirish emas, balki alohidalik xarakterliligi hisoblanadi. Lizing

sohasi bo`yicha mutaxassis bitta shaxsning o`zida yaxshi yuristni,

moliyachini, buxgalterni, ishbilarmon – tadbirkorni hamda asbob-uskuna

turlari bo`yicha ma’lum darajada bilimga ega bo`lgan muhandis odasmni

jamlashi kerak.

Tijorat banklarning lizing bitimining tarkibi beshta asosiy

bo`g`indan iborat:

lizing beruvchi, lizing oluvchi va mol yetkazib beruvchi

davlatlarning qonunchiligidagi huquqiy bilimlarni, xususan, fuqarolik

huquqini hamda tijorat va soliq siyosati;

Page 48: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

48

harakatlarni hisobga olgan holda qo`yilmalarni qiymatini hisoblash

va ehtimoli kuchli risklarni aniqlash, asosiy moliyalashtirish sharoitlarni

doirasida moliyaviy tahlil etish;

lizing ob’yekti sifatida qatnashayotganda bozorni joriy

konyukturasini va asbob-uskunani narxini tashkil qilish mexanizmini

o`rganish;

lizing operatsiyalari bo`yicha buxgalterlik hisob va hisobotlarni

doirasidagi bilim va amortizatsiya siyosatini tahlil etish;

lizing loyihasini texnik ekspertiza qilish uchun qanday

mutaxassislar jalb qilish kerakligini, asbob-uskunani ishlab chiqargan

korxona bilan suhbat o`tkazish va undan asbob-uskunadan texnik jihatdan

foydalanishni kafolatini olish va shu kabilar.

Lizing portfelining o`sish dinamikasi ham 2012 yilga kelib 1 297

mlrd. so`mni tashkil etmoqda (7-rasm). Bu raqamlarda mamlakatimiz

bo`yicha amalga oshirilgan umumiy lizing operatsiyalari portfelining o`sish

dinamikasini ko`rishimiz mumkin.

7-rasm. Lizing portfelining o`sish dinamikasi

mlrd. so`mda14

14

www.ula.uz. saytidan olindi.

0

200

400

600

800

1000

1200

1400

2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012

149245

337

818

1 122 1 1351 254 1 297

Page 49: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

49

Jadvaldan shunday xulosa kelish mumkin, agar 2005 yilda

mamlakatimizda lizing portfelining o`sish dinamikasi 149 mlrd. so`mni

tashkil etgan bo`lsa, 2007 yilda, yani ikki yilning o`zida bu ko`rsatkich 2

barobarga oshganini ko`rishimiz mumkin. 2008-2009 yillarda bu

ko`rsatkichlar yana ikki barobarga ko`paygan. Bu albatta, lizing bo`yicha

qabul qilingan qo`shimcha qaror va farmonlarning natijasidir.

Tijorat banklarning lizing operatsiyasini amalga oshirishda lizing

kompaniyasi doimo ko`pgina tashkiliy ishlarni amalga oshirishi lozim.

Xususan, lizing kompaniyasi samarali faoliyat yuritishi uchun lizing

operatsiyalarini keng reklama qilishi va lizing oluvchiga uning yutuqlarini

va foydaliligini ko`rsata olishi, to`g`rirog`i ishontirishi lozim.

Tijorat banklarning lizing bo`yicha investitsion loyihalarni ekspertiza

qilish jarayonida ma’lum turdagi asbob-uskunalarga bo`layotgan talab va

taklifni, bozor infrastrukturasini va uning asosiy an’analarini tahlil qilish

lozim. Shuningdek, bu yerda bozordagi asbob-uskunaga bo`layotgan

talabning yoki narxlarning tebranishiga, lizing xizmatiga tegishli boshqa

ta’riflar va baholarning, transport ta’riflarining elektr – energiya va shu

kabi omillarni hisobga olish lozim. Lizing beruvchi kompaniyalar o`z

faoliyatini aniq bir tarmoqqa maxsuslashtirishga intiladilar.

Lizing shartnomasini tuzishda oldin amalga oshadigan jarayon lizing

beruvchi – lizingga ehtiyoj sezgan korxonani, lizing oluvchi korxona esa

lizing beruvchilarni qidirsh bilan boshlanadi. Birinchi qadam bo`lib lizing

oluvchi mijoz bilan lizingning qaysi shaklini tanlash maqsadga muvofiqligi

muhokama qilish hisoblanadi. Bunga asosiy sabab bo`lib, lizing bozorida

lizing xizmatlarining shaklining ko`pligi va lizing operatsiyalarini tartibga

soluvchi huquqiy me’yoriy hujjatlarning va lizing shartnomalarining

modellarining turli-tumanligidir.

Lizing shartnomasini tugallash jarayoni odatda quyidagi davomiyligida

davom etadi:

Page 50: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

50

1.lizing oluvchi – o`zining ehtiyojlaridan kelib chiqib, o`ziga kerak

bo`lgan asbob-uskunani olishda ushbu asbob-uskunani ishlab chiqaruvchi

korxona yoki zavodni topadi va undan tijorat taklifini oladi va o`zini

qiziqtirgan bir qancha masalalar bo`yicha ma’lumotlar oladi. Bularga

xususan quyidagilar kiradi:

o asbob-uskunaning sifati va texnik tavsifi;

o asbob-uskunani ishlab chiqarish darajasining quvvatining muddatli

loyihasi;

o yetkazib berish muddati, montaj, ishga tushirish bilan bog`liq

ishlar;

o to`lov shartlari va shu kabilar.

2.Potensial lizing oluvchi lizing kompaniyasiga asbob-uskunani sotib

olishni va unga qisqa, o`rta yoki uzoq muddatdagi davrga lizingga

berishini so`rab murojaat qiladi.

3.Lizing kompaniyasi lizing oluvchi bilan kelishgan narxini

oqilonaligini hozirgi bozordagi joriy narx darajasi bilan solishtiradi va agar

narxlar mos kelsa ko`rsatilgan asbob-uskunani oldi-sotdisi bo`yicha bitim

tuzadi. Bunga lizing kompaniyasi lizing ob’yekti o`ziga mulkiy huquqini

qo`lga kiritadi.

4.Bir vaqtning o`zida lizing kompaniyasi va lizing oluvchi o`zi

tomonidan tuzilgan lizing bitimida lizingga berilgan asbob-uskunaga egalik

qilish lizingga olingan asbob-uskuna uchun to`lovlari o`z vaqtida amalga

oshirgan taqdirda lizing oluvchiga o`tadi. Lizing shartnomasi tuzilganidan

so`ng, lizing beruvchi kompaniya asbob-uskunani ishlab chiqaruvchi

korxona zavodlarga asbob-uskunani lizingga oluvchining manziliga

yetkazish to`g`risida ko`rsatma beradi.

5.Lizing oluvchi va asbob-uskunani yetkazib beruvchi alohida to`lov

to`lash sharti bilan asbob-uskunani texnik ta’mirlash va unga kerakli

qo`shimcha ehtiyoj qismlarni yetkazish haqida qo`shimcha bitim

imzolashlari mumkin. Ba’zi hollarda bunday xizmatlarni lizing

Page 51: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

51

kompaniyasining o`zi ko`rsatadi. Bunday hollarda u xizmat haqini lizing

to`loviga qo`shib yuborishi ko`zda tutilgan.

Lizing operatsiyalari asosan qaysi sohalarda ko`proq amalga

oshirilmoqda degan savol tug`ilishi tabiiy, albatta (8-rasm). Mana sizga

aniq javob. Quyida biz har bir sohada umumiy lizing operatsiyalarini

qancha ulushi mavjudligini ko`rishimiz mumkin.

8-rasm. Lizing ob’yektlarining tarkibiy o`zgarishi15

Tijorat banklarning lizing bitimini to`rtta bosqichga ajratib ko`rsatish

mumkin:

Birinchi bosqichda, lizingning har bir bitimining o`ziga xos

xususiyatlari va shart-sharoitlarining to`la qonli tahlili, lizing

15

www.ula.uz. saytidan olindi.

Texnologik uskuna

Qishloq xo`jalik texnikasi

Avtotransport

Ko`chmas mulk

24,4%

33,1%

29,4%

13,1%

2013 й.

Page 52: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

52

munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning tavsifi va shu kabi omillar

muhokama qilinadi. Bu bosqichda lizing oluvchining arizasi

rasmiylashtiriladi, mijozni kreditga layoqatliligi haqidagi xulosasi va lizing

loyihasining samaradorligi hisoblab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda lizing

shartnomasining huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqichda lizing jarayoni – ya’ni, lizing ob’yektidan foydalanish

davri bo`ladi. To`rtinchi bosqichda – lizing oluvchi tomonidan lizingga

berilgan asbob-uskuna qoldiq qiymati bo`yicha sotib olinadi yoki lizing

oluvchidan lizingga berilgan asbob-uskuna qaytarilib olinadi.

Tijorat banklarning lizing kompaniyasi lizing loyihasini ekspertiza

qilishda eng barqaror va obro`li lizing oluvchiga beradi. Lizing loyihasini

samaradorligi masalasi hozirgi kunda eng muhim va ahamiyatli

masalalardan biri bo`lib turibdi. Shuni alohida qayd etib o`tish lozimki,

loyihani hozirda lizing kompaniyasi menedjeri hal etgan qaror bilan barcha

muammolari yechimiga yoki aksiga olib kelishi mumkin.

Taklif etilgan lizing loyihasini amalga oshirish uchun quyidagi

savollarga javob berishi zarur:

loyiha kompaniyani maqsadi va vazifalariga to`g`ri kelishi;

rejalashtirilayotgan daromad darajasining yetarliligi;

qo`yilgan mablag`larni yo`qolish riskining darajasi;

investitsiya darajasining maksimal hajmi;

loyihalarni amalga oshirish muddati;

zahiralarni qaysi va qancha qismi qisqa-uzoq va o`rta muddatli

loyihalarga yo`naltirilishi;

kompaniya imidjini qanday bo`lishi va loyihalarni shakli unga

ijobiy ta’sir etish – etmasligi;

kompaniyaning vazifalari va asosiy maqsadi;

qaysi risk eng yuqori darajaligi;

loyihani qanday shakli va hajmi kompaniyaning moliyaviy va

tashkiliy imkoniyatlariga to`g`ri kelish-kelmasligi.

Page 53: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

53

III – bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari

faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlanishining yanada

takomillashtirish masalalari.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli

mulkchilik va xo`jalik yuritish shakllaridagi sub’yektlarning sonini yanada

ortishi natijasida asosiy ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan ehtiyoj,

ayniqsa lizing xizmatiga bo`lgan talab oshib bormoqda. Kuzatishlarimiz

ko`rsatishicha asosiy texnika vositalari har yili o`rtacha 10 foiz miqdorida

o`z xizmat muddatini o`tab bormoqda, natijada, bu holat xo`jaliklarning

asosiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasiga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda.

Tahlillarimiz shuni ko`rsatadiki, lizing munosabatlarining rivojlanishiga

quyidagi to`siqlar ta’sir etmoqda:

lizing beruvchilarning aylanma mablag`larining yetishmasligi;

lizingga olinayotgan uskunalarga foizning yuqoriligi;

lizing oluvchi sub’yektlarning to`lov qobiliyatining pastligi;

tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalanish darajasining yetarli

emasligi.

Tuzilayotgan lizing kompaniyalar texnologik, tashkiliy va huquqiy

jihatdan mavjud ta’minot tashkilotlari va xorijiy qo`shma lizing

kompaniyalari bilan teng huquqli bo`lgandagina, ular o`zaro raqobatlasha

olishi mumkin. Lizing tizimida haqiqiy sog`lom raqobat muhitini vujudga

keltirishi, lizing xizmat turlarining sifatini yaxshilash, lizing to`lov

xarajatlarini arzonlashtirish, eng asosiysi esa, bugungi murakkab iqtisodiy

sharoitda, keng faoliyat yuritishiga barcha imkoniyatlari yaratish maqsadga

muvofiqdir.

Xo`jalik sub’yektlari uchun tijorat banklari va lizing beruvchi

kompaniyalar tomonidan bajarilayotgan lizing operatsiyalari kapitalni

moliyalashtirishning noan’anaviy usullaridan biri bo`lib, unda ijara

munosabatlari, garov ostidagi kreditli moliyalashtirish elementlar qarziy

Page 54: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

54

majburiyatlar bo`yicha hisob-kitoblar va boshqa moliyaviy mexanizmalr

mujassamlashgan.

O`zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bunga iqtisodiyot

rivojlanishini ta’minlay oladigan va kapitaldan samarali foydalanishning bir

vositasi sifatida alohida e’tibor berdi. Shu bilan yuqoridagi rivojlangan

mamlakatlar tajribalaridan samarali foydalanish hamda endigina rivoj

topayotgan lizing xizmatlari bozorining to`laqonli amal qilishini tashkil

etish maqsadida lizing faoliyati va munosabatlariga ixtisoslashgan

me’yoriy-huquqiy asoslarni shakllantirish zaruriyati tug`ildi.

Lizing nafaqat mikroiqtisodiy, balki makroiqtisodiy jarayonlarga

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ham ta’sir qilmay qolmaydi, albatta.

Uni quyidagilarda ko`rish mumkin:

mamlakatda investitsiya qo`yilmalaridan maqsadli foydalanishni

kafolatlaydi;

investitsiya siyosatini faol va samaraali o`tkazilishini ta’minlaydi;

an’anaviy moliyalashga qo`shimcha ravishda mablag`larni asosiy

fondlarga qo`yish imkonini beradi;

xususiy va kichik tadbirkorlikda faoliyat yuritayotgan ishlab

chiqaruvchilarning rivojlanishini rag`batlantiradi;

qo`shimcha ma’muriy organlar tuzmagan holda, ffaqat iqtisodiy

uslublar vositasida ishlab chiqarishni rivobjlantirishni investitsiyalaydi;

mamlakatda aholini ish bilan ta’minlashga ko`maklashadi va hokazo.

Lizing bir vaqtning o`zida ham moliyalash, ham yangi

texnologiyalarni harid qilish masalalarni hal etishda o`xshashi yo`q

moliyaviy vositadir. Shuni ta’kidlash joizki, lizing faoliyati bir qator

rivojlangan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyotning, kichik va o`rta biznesni

qo`llab-quvvatlashning juda muhim va samarali shakli hisoblanadi. Lizing

tufayli ham lizing sotuvchi, ham lizing beruvchi, ham lizing oluvchi, ya’ni

lizing operatsiyasida qatnashuvchi har bir sub’yekt manfaat topadi.

Page 55: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

55

Masalan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lizing operatsiyasi tufayli eng

avvao uskuna va mashinalarning oldi-sotdisini amalga oshirib sotuv

ko`lamini kengaytirish mumkin (5-jadval).

5-jadval

Sotuvchi uchun lizingning afzallik tomonlari16

№ Sifat jihatdan afzallik tomonlari Afzallikni ta’minlovchi omillar

1 2 3

1 Faol marketingning olib borish

imkoni tug`iladi

Iste’molchilar doirasida quyidagi sub’yektlar

hisobiga kengayadi:

doimo texnikaga egalik qilishda ehtiyoj

sezmaydiganlar;

uskunani sotib olishga qurbi

yetmaydiganlar;

dastlab texnikani amalda sinab ko`rishni

istaydiganlar;

ijara shartida foydalanishni xohlovchilar;

mulkka egalik qilish huquqisiz uni mulk

qilish istagida bo`luvchilar

2 Qaytma (qarshi) aloqani

o`rnatish imkoniyati bo`ladi uskunaning nosozligini tezroq aniqlash

imkoniyati

3 Ishlab chiqarishni kengaytirish

va mahsulotni yangilash

sur’atini tezlashtirish imkoni

bo`ladi

mahsulot modelini tezkor o`zgartirib

turishi va shu asnoda yangi bozorni

egallab olish imkoniyati

4 To`lovsizlik riskini bartaraf

qilishga erishiladi lizing operatsiyasi uchun to`lov va

kafolatni lizing kompaniyasining o`z

zimmasiga olishi

5 Samarali reklamaga erishiladi mulk lizingi sifati bo`yicha monitoringni

uni ishlatish doirasini kengaytirish,

haridorlarning potensial motivatsiyasini

kuchayishi

6 Lizing uskunasi uchun zarur

bo`lgan ehtiyot va butlovchi

qismlarga talabni oshiradi

mulk lizinggidan foydalanishning turli

tumanligi ehtiyot qismlarga bo`lgan

talabning kengaytirishiga olib kelishi

7 Investitsiya qilish kengayadi uskunalarning oldi-sotdisining tezlashishi

ishlab chiqaruvchi ixtiyorida bo`lgan

investitsiyani qisman holi qilishi

8 Ishlab chiqaruvchi ixtiyoridagi

vaqtincha realizatsiya qilinmagan

mulkdan foydalanish

samaradorligi oshadi

qaytarib berish sharti bilan zarur

muddatga mulkni lizingga berish

imkoniyati

16 Коршунова Н.М., Шабалин М.Б. «Лизинг». М.: Юнити: 2001 г.

Page 56: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

56

Mulkni lizingga berish lizing beruvchiga ham bir qator afzalliklar

beradi, xususan, u o`z kapitalidan investitsiya tufayli samarali

foydalanishga erishiladi. Bu afzalliklarni quyidagilarda ko`rishimiz mumkin

( 6 -jadval).

6-jadval

Bank uchun lizing operatsiyasining afzalliklari17

№ Strategik afzalliklar Afzallikni ta’minlovchi omillar

1 2 3

1 Kreditorni himoya qilish

darajasi oshadi oldi-sotdi lizing sub’yekti bilan ta’minlanadi.

Bankrot bo`lish xavfi tug`ilganda lizing ob’yekti

mulk egasi qaytarib beriladi.

2 Lizing davlat tomonidan

qo`llab-quvvatlaadi, soliq

imtiyozlari beriladi

lizing beruvchi hisobidan soliq imtiyozini olish

imkoni bo`ladi. Turli soliq shartlari holatida

lizing beruvchiga lizing kelishuvlari evaziga

qo`shimcha imtiyoz olish imkonini beradi.

3 Ishlab chiqarish

vositalarini

diversifikatsiya qilish va

rivojlantirish imkoni

tug`iladi

Tovar ishlab chiqaruvchilar uchun lizing

munosabatlariga, ya’ni sub’yektlarni jalb qilish va

shu asnoda ularning bozorini kengaytirish imkoni

tug`iladi. Texnikaga bo`lgan talabni to`lash

qobiliyati qllab-quvvatlanadi. Mahsulotning yangi

turlarini ishlab chiqarish ko`lami kengayadi, sifati

oshadi.

4 Davlat manfaatlarini

realizatsiya qilish

qo`llab-quvvatlanadi

Ishlab chiqarishni texnika va texnologiya

jihatdan qayta qurollanish tezlashadi. Mamlakat

iqtisodiyotiga xususiy investitsiyani jalb qilish

imkoniyati tug`iladi. Raqobatbardosh

mahsulotlarni ishlab chiqarish evaziga davlat

byudjetiga soliq tushumlari ko`payadi

5 Lizing beruvchining

moliyaviy holatini

mustahkamlaydi

Lizingdan olingan daromadlar va xarajatlar bir

vaqtning o`zida realizatsiya qilinadi.

6 Moliyaviy leveraj

samarali bo`ladi Lizing beruvchining lizing ob’yektidan oladigan

yillik samarasi, odatda, kredit uchun foiz

tolovlaridan yuqori bo`ladi.

Albatta yaratilayotgan bunday imkoniyat va imtiyozlar tadbirkorlik

faoliyatini rivojlantirish, sifatli mahsulotlar ishlab chiqargan holda aholi

ehtiyojlarini qondirish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan jahon bozoriga

chiqishga yordam beradi.

17

Коршунова Н.М., Шабалин М.Б. «Лизинг». М.: Юнити: 2001 г

Page 57: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

57

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28 avgustdagi

“Lizing tizimi rivojlanishini yanada rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar

to`g`risida”gi Farmonigacha moliyaviy lizing operatsiyalarini amalga

oshirishda soliq va bojxona to`lovlari bilan bog`liq juda katta

chegaralanishlar mavjud edi. Mazkur farmon bo`yicha lizingni

rivojlantirish uchun yangi imtiyozlar yaratildi. Ya’ni, lizing to`lovlari

qo`shilgan qiymat solig`idan, bank kafolati ostida lizing bo`yicha

respublikaga import qilinayotgan mol-mulk bojxona to`lovlaridan hamda

lizing oluvchi lizing ob’yekti bo`yicha daromad solig`I bazasi kredit

foizlari summasiga kamaytirildi. Albatta, Ushbu Farmon bo`yicha

yaratilgan imtiyozlar kelajakda mamlakatda lizing operatsiyalarining

rivojlanishiga turtki bo`ladi.

Lekin shunga qaramasdan, hali lizing ob’yekti o`z harakatida barcha

soliq chegaralanishlaridan xolos bo`lganicha yo`q. Barcha rivojlangan

mamlakatlarda lizingning dastlabki rivojlanish bosqichi davlat tomonidan

qo`llab-quvvatlangan, bunda, ayniqsa, lizing amaliyotlari bo`yicha berilgan

soliq imtiyozlari katta ahamiyat kasb etgan. Masalan, ayrim mamlakatlarda

lizing bo`yicha sarflangan xarajatlar soliqqa tortadigan bazani hisoblashda

chegirib tashlanadi va jadallashtirilgan amortizatsiya qo`llagan hollarda ham

soliq bo`yicha imtiyozlar yaratilgan. Shu bois respublikada lizing

amaliyotlarini yanada rivojlantirish maqsadida soliqlar bo`yicha qo`shimcha

imtiyozlar berilishi lozim. Masalan, lizing kompaniyalari va tijorat

banklarini lizing amaliyotlaridan olgan foydasidan soliq to`lashni ma’lum

muddatga bekor qilish yoki uning hajmini ssuda amaliyotlarinikiga

nisbatan sezilarli darajada kamaytirish maqsadga muvofiq bo`lardi.

Shu bilan birga, lizing operatsiyalarining oqsab qolishiga sabab,

bizning fikrimizcha, investorlarning, ayniqsa, kichik va o`rta biznes

sohiblari malakasining pastligi, o`ziga qanday asbob-uskuna kerakligini

aniq bilmasligi va hali lizing operatsiyalari mohiyatini to`la tushunib

yetmaganligidadir. Bundan tashqari, lizing kompaniyalarining moliyaviy

Page 58: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

58

jihatdan nochor ekanligi, aniqrogi`, moliyaviy mablag`larga muhtoj bo`lib

qolganligidadir. Shuning uchun ham ularning asosiy operatsiyalarini tijorat

banklari moliyalashtirmoqda.

Qo`shimcha ravishda yana shuni aytish kerakki, hali ham

respublikada targ`ibot ishlarini olib boorish tadbirlariga yetarli e’tibor

bermay kelinmoqda. Joylarda tadbirkorlarga mana shunday yangi qulay va

manfaatli moliya xizmatlari to`grisida tashviqot ishlari yaxshi yo`lga

qo`yilmagan.

Jahon iqtisodiy banklarning lizingning kapital qo`yilmalarini yetarli

darajada saqlab turishga xizmat qiluvchi moliyaviy vosita sifatidagi yuqori

samaradorligidan dalolat bermoqda. Tijorat banklarning lizing

moliyalashtirishning tijorat banklari negizida tashkil qilinadigan lizing

kompaniyalari yoki banklarning o`zi amalga oshiradi. Shubhasiz,

biznesning o`ziga xos bu turi bilan shug`ullanish banklarning o`ziga yoki

ularning maxsus bo`limlariga, shuningdek, banklar bilan aloqador

moliyaviy vositachilar uchun qulaydir.

Bugun biz O`zbekiston Respublikasida lizingning huquqiy asoslari

shakllanayotganligini ishonch bilan aytishimiz mumkin. O`zbekiston

Respublikasi Fuqarolik Kodeksi lizing shartnomasining mazmuni, lizing

sub’yektlari va ularning huquq va majburiyatlarini, shuningdek, lizing

muomalalarida ishtirok etayotgan sub’yektlarning javobgarligini, lizing

ob’yektlarini, sublizingni belgilab beradi.

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan, lizing

to`lovi – bu lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to`lanadigan hamda

lizing ob’yektini sotib olish va lizing stavkasi bilan bog`liq barcha sarf-

xarajatlarni o`z ichiga olgan pul summasidir.

Respublika tijorat banklari O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Boshqaruvining 1997 yil 29-martda 11-sonli bayon bilan qabul qilingan

327-sonli :O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing

operatsiyalarini amalga oshirish tartibi” yo`riqnomasiga amal qiladi.

Page 59: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

59

Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan ushbu tartib – lizing

operatsiyalarini o`tkazish jarayonida bank bilan lizing beruvchi,

shuningdek, lizing oluvchi bilan lizing ob’yektini ishlab chiqaruvchi

sub’yekt o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga soladi. Biroq mazkur

tartib lizing beruvchi bankning lizing ob’yektlarini o`z shaxsiy mablag`lari

hisobiga sotib olishni nazarda tutadi. Vaholanki, bu banklarga lizing

operatsiyalari hajmini jalb qilingan mablag`lar hisobiga ko`paytirish

imkonini bermaydi.

Bizning Respublikada lizing munosabatlari bo`yicha tajribalarimizning

yetarli emasligi bir qator muammolarni, jumladan:

iqtisodiyotimizni ko`p ukladli sistemaga o`tkazish;

fermer yoki qishloq xo`jaliklarini dastlabki kapital bilan ta’minlash;

qishloq xo`jaligini o`sib borayotgan texnikaga bo`lgan ehtiyojini

qondirish;

baho tizimini takomillashtirish, ya’ni qishloq xo`jaligiga xizmat

qiluvchi sanoat korxonalari ulgurji baholari bilan qishloq xo`jaligi

harid baholarining ekvivalentligini ta’minlash kabilarning hal

etilishiga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda.

Hozirgi kunga kelib yuqorida qayd etilgan muammolar asta-sekin hal

etilmoqda, lekin lizing operatsiyalarini kengaytirishga quyidagi omillar

qarama-qarshi ta’sir etmoqda:

o soliq siyosatining to`xtovsiz o`zgarishi;

o qo`shni mamlakatlardagi siyosiy notinchlik;

o kredit resurslarining yetishmasligi;

o lizing firmalarining kamligi, ularning doimiy harakatlanishi uchun

huquqiy bazaning takomillashmaganligi;

o lizing firmalarida xizmat qiluvchi kadrlarning yetishmasligi.

Yuqoridagi muammolarni hal etilishi bevosita qishloq xo`jaligida

chet el texnikasini qo`llash va chet el investitsiyasining oqib kelishiga yo`l

Page 60: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

60

ochib beradi. Chet el texnikasini bizning qishloq xo`jaligida lizing shakli

orqali qo`llanilishi eksportli lizing deb ataladi.

Eksportli lizing – bu chet el lizing kompaniyalari tomonidan yoki

firmalari ishlab chiqarish vositalarining boshqa bir davlat ijarachilariga

taqdim etishdan iboratdir.

Tijorat banklarning lizingning afzalliklaridan biri shuki, bunda

boshqa mamlakatlarning takomillashgan texnika va jihozlaridan foydalanish

tijorat banklarning shartnomalarga ko`ra moliyaviy va soliqlar bo`yicha

yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Tijorat banklaring Valyuta

Fondining qaroriga binoan chet el mashina va mexanizmlarini ijaraga

olish, ijaraga oluvchi mamlakatning chet el qarzlari miqdorini oshirmaydi.

Bizning respublikamizda tijorat banklarning lizingdan foydalanish

masalasini mamlakatimizda qo`shma lizing kompaniyalari yoki firmalarini

tuzish yo`li bilan hal etish mumkin.

Chet el amaliyoti shuni ko`rsatadiki, alohida viloyat va hududlarda

lizing operatsiyalari bo`yicha keng qulayliklar mavjud. Bunday qulayliklar

nafaqat bizning iqtisodiyotimizga, bakli aholi turmush darajasi nocрor

bo`lgan nostabil joylarga ham zarurdir. Shuning uchun bizning

iqtisodiyotimizda lizing tarmog`ini vujudga keltirish va rivojlantirish uchun

qulay shart-sharoitlarni yaratib berish ham muhimdir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O`zbekiston Respublikasining

iqtisodiy o`sish sur’atlari darajasini ko`tarish uchun – Tijorat banklarning

lizing kompaniyalari bilan samarali bitimlar tuzish lozim. Chunki, mana

shu operatsiyalar orqali ham sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish

mumkin. Sanoat va ishlab chiqarishi yuqori bo`lsa, demakki, eksport

salohiyatimiz ham yaxshi bo`lishi mumkin. Agar mamlakatimiz eksportdan

qo`plab valyutaviy tushumlar olsa, demakki savdo balansimiz ijobiy

bo`ladi. Savdo balansi ijobiy bo`lsa, to`lov balansining ijobiy bo`lishiga

zamin yaratiladi. Iqtisodiyotni o`sishi yuqori mamlakatlarning aholisining

yashash sharoiti va milliy daromadi yuqori bo`ladi.

Page 61: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

61

Xulosa

Hozirda mamlakatimizda ijara, xususan lizing munosabatlarini

tadbirkorlik faoliyatining turli sohalariga tatbiq etishga alohida e’tibor

berilmoqda. Lekin, kezi kelganda aytish kerakki, lizing amaliyoti va uning

turli jihatlari hali O`zbekistonda to`la shakllanib, rivojlanib ulgurgani yo`q.

Mana shu ma’noda, amaldagi qonunchilik me’yorlarini takomillashtirish,

lizing tushunchasi va unign turlarini, lizing shartnomasi hamda yuridik

jihatlarini o`rganish, tahlil qilish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

O`rganish natijalariga ko`ra, ushbu mavzuni ilmiy jihatdan yoritish

uchun quyidagi xulosa va takliflarni ilgari surmoqchimiz:

1.Hozirda respublikamizda lizingga berilayotgan lizing ob’yektlarining

75 foizdan ko`prog`ini qishloq xo`jalik texnikalarini tashkil etadi. Demak,

iqtisodiyotning qishloq xo`jaligidan boshqa tarmoqlariga lizingni keng

joriy etish imkoniyatiga hali erishilgani yo`q. Lizingni keng joriy etishning

eng asosiy shartlaridan biri lizing beruvchi kompaniyalarning tegishli

sarmoyalarga ega bo`lishi hisoblanadi. Buning uchun banklar tomonidan

lizingga foydalanish sharti bilan lizing kompaniyalariga berilayotgan kredit

mablag`larining foiz stavkalari pasaytirilsa maqsadgas muvofiq bo`lar edi.

2.Lizing jarayonlari serqirra va murakkab jarayon bo`lganligi uchun

ham lizing sohasida respublikamizda alohida muddatlik o`quv kurslarini

tashkil etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bunda, lizing

sub’yektlariga lizing shartnomalarini tuzish, unda tomonlarning o`zaro

huquq va majburiyatlarini belgilash, lizing sohasidagi moliya, soliq,

bojxona, sug`urta, sud, buxgalteriya qonunchiligi me’yorlarini keng

tushuntirish masalalariga alohida e’tiborni qaratish muhimdir.

3.Ma’lumki, lizing to`xtovsiz rivojlanayotgan soha. Shunign uchun

rivojlangan davlatlardagi lizing qonunchiligi masalalarini yanada chuqurroq

o`rganish hamda ijobiy omillarni respublikamiz lizing qonunchiligiga

kiritish maqsadga muvofiqdir.

Page 62: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

62

4.Respublikamizdagi faoliyat ko`rsatayotgan lizing kompaniyalarning

faoliyati o`rganilib, lizing jarayonlarini yanada rivojlanishiga to`siq

bo`layotgan ba’zi muammolar aniqlandi.

5.Respublikamizda lizingni yanada rivojlantirishning kompleks dasturi

ishlab chiqilishi va unda quyidagilar nazarda tutilishi lozim deb

hisoblaymiz:

Lizing sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlarining

belgilanishi;

Lizing bo`yicha qisqa va uzoq muddatli o`quv kurslarining tashkil

etilishi;

Chet el investitsiyalarining lizing sektoriga jalb etish masalalari;

Moliya, soliq, bojxona, sug`urta, sud, buxgalteriya, mahsulotni sotish,

bank, mulkchilik qonunchiligi me’yorlarining lizing faoliyatiga daxldor

bo`lgan qismini qayta ko`rib chiqish va takomillashtirish;

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga lizing yanada kengroq joriy

etish imkoniyatlarini belgilash;

Bino va inshootlarni lizingga berishni rivojlantirish

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa qilish

mumkinki, bank kapitali lizing biznesida ham bevosita (agarda banklarning

o`zi lizing operatsiyalarini amalga oshirsa) hamda bilvosita, ya’ni banklar

lizing kompaniyalarini kredit yoki investitsiya mablag`lari bilan ta’minlash

orqali ham ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, bitiruv malakaviy ishi yozish jarayonida tahlil qilingan

ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo`ldik:

Tijorat banklarning lizing xalq xo`jaligini tarmoqlarini kreditlashning

muhim va hozirda o`ziga xos ahamiyatli shakli sifatida namoyon

bo`lmoqda;

Tijorat banklarning lizing Tijorat banklarning valyuta fondi

mutaxassislari tomonidan tashqi qarzga kiritilmasligi uni rivojlanayotgan

Page 63: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

63

davlatlar iqtisodiyoti uchun ahamiyatini yanada oshishi uchun xizmat

qiladi;

Tijorat banklarning lizing – ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko`mak

beruvchi dastak bo`lib xizmat qiladi;

Tijorat banklarning lizing eng zamonaviy va qimmatbaho asbob-

uskunani, texnika-texnologiyani mamlakatning milliy iqtisodiyoti uchun,

rivojlanishi uchun ijobiy ta’sir ko`rsatadi;

Tijorat banklarning lizing mamlakat eksport potensialini rivojlanishi

uchun turtki bo`lib xizmat qiluvchi iqtisodiy dastak hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida quyidagi amaliy takliflarni

ishlab chiqishga muvaffaq bo`ldik:

1) Lizing operatsiyalarni o`tkazish amaliyotiga asoslangan holda,

O`zbekistonda banklarga dastlabki bosqichda lizingning moliyaviy,

qaytariladigan va alohida kabi turlarini rivojlantirishni tavsiya etish

mumkin;

2) Lizing munosabatlarini amalga oshirish uchun me’yoriy normative

huquqiy masalalarning hal etadigan tarmoqlararo koordinatsion markaz

tashkil etish lozim.

3) Tijorat banklarning lizing kompaniyalari va chet el texnikasini

ishlab chiqaruvchi firmalar, savdo va diler kompaniyalari haqida, lizing

munosabatlarining shartlari bo`yicha kataloglar tashkil etish darkor. Lizing

kompaniyalarini ko`payishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan birga

ma’lum davr mobaynida, ya’ni ular rivojlanib olgunlariga qadar soliqlardan

imtiyozlar berish va ularni faoliyatini rag`batlantirish imkoniyati yaratiladi.

Tijorat banklarning Valyuta fondining qaroriga binoan chet el mashina va

mexanizmlarini ijaraga olish, ijaraga oluvchi mamlakatning chet el qarzlari

miqdorini oshirmaydi. Bizning respublikamizda Tijorat banklarning

lizingdan foydalanish masalasini mamlakatimizda qo`shma lizing

kompaniyalari yoki firmalarini tuzish yo`li bilan hal etish mumkin.

Page 64: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

64

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari. O’zbekiston Respublikasi

Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari,

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari.

1. .O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent:

O`zbekiston 1992 y.(qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan)

2. O`zbekiston Respublikasi “Fuqarolik Kodeksi”. T., Adolat 2003 yil

3. O`zbekiston Respublikasi “Lizing to`g`risida”gi Qonuni 14 aprel

1999 yil.

4. “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi

O`zbekiston Respublikasi qonuni, Toshkent, 21 dekabr 1995 yil.

5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloqni lizing shartlarida

qishloq xo`jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari

to`g`risida”gi 11-sonli qarori. 7 fevral 2000 yil.

6. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lizing tizimini yanada

stimullashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori 28 avgust 2002 yil.

7. “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh

qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting

ko`rsatkichlariga erishishning ustivor yo`nalishlari to`g`risida”

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qarori.

8. “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari haqida”

26.04.2004yil 199-sonli qarori.

9. “Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo`yiladigan talablar

to`g`risidagi nizomga qo`shimchalar kiritish” haqidagi Qarori.

20.01.2010 949-5-son bilan ro`yxatga olingan.

10. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 6

maydagi 194-sonli “Normativ hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi

qarori (Lizing operatsiyalarini o`tkazishda bojxona hujjatlarini

rasmiylashtirish va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi).

Page 65: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

65

11. “O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing operatsiyalarini

amalga oshirish tartibi”, O`zbekiston Respublikasi Markaziy

bankining 1997 yil 29 martdagi 327-sonli xati.

12. “Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28

avgustdagi Farmoni.

13. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan

1999-yil 7-mayda qabul qilingan 327-sonli “O`zbekiston Respublikasi

banklari tomonidan moliyaviy lizingni o`tkazish tartibi to`g`risida”

Nizom. 20.“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish

va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to`g`risida” Nizom,

2007 yil.

14. “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’yektlariga byudjetdan

tashqari jamg`armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan

mikrokreditlar berish tartibi to`g`risida” Nizom. 2008 yil.

15. “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassiya va

qimmatliklarni tashishga doir Yo`riqnoma (yangi tahrir) O`zbekiston

Respublikasida Adliya Vazirligida 27.06. 2008 yil 1831-son bilan

ro`yxatga olingan.

16. Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga

ko`taradigan yil bo`ladi: 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish yakunlari va 2012 yilga mo`ljallangan eng muhim

ustuvor yo`nalishlarga bagishlangan O`zR Vazirlar Mahkamasining

majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O`zbekiston, 2012 yil

17. ”Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiyalash

yo`lini qat’iyat bilan davom ettirish”. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan

Page 66: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

66

iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan

Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013.

www.lex.uz. saytidan olindi

18. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston

sharoitida uning bartaraf etishning yo`llari va choralari”, 2009 yil.

19. Karimov I.A. “Ozbekiston bozor munosabatlariga o`tishdagi o`ziga

xos yo`li”, Toshkent, “O`zbekiston” nashriyoti, 1996 yil.

20. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka

tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari”, Toshkent,

“O`zbekiston” nashriyoti, 1997 yil.

21. Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va

fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz tarqqiyotining

asosiy mezonidir.-.T.:O`zbekiston, 2011 yil.

II. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar.

22. A.V.Vahobov, U.Burxonov, N.Jumayev. “Xalqaro moliyaviy

munosabatlar” darslik. Toshkent.: Moliya 2003 yil.

23. Gazibekov D.G., Sabirov O.SH. Lizing I yego razvitiye v

Uzbekistane.-T.: Moliya, 2001yil

24. Ivanov A.A. Dogovor finansoviy arendi (lizinga). M., (prospect)

2001y. .G`ozibekov D.G`, umumiy tahriri ostida ”Lizing

munosabatlari nazariyasi va amaliyoti”. ”fan va texnologiya” – 2004

yil.

25. Korshunova N.M., Shabalin M.B. Lizing. – M.: Yuniti: 2001 yil.

26. Lishenko M.I. Asnovi lizinga. M:Finansi I statistika 2001yil.

27. Ruziyev R.J. Tadbirkorlik va lizing. T.: Adolat., 2002 yil.

28. Ruziyev R.J. Lizing shartnomasi. T., Adolat., 2002 yil.

29. G`ozibekov D.F., “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari”. T.:

“Moliya”, 2003 y.

Page 67: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

67

III. Davriy nashrlar, statistik to`plamlar va hisobotlar

30.Borodulin V. “Lizing v sovremennoy ekonomike”. Ekonomicheskoe

prosvetanie naprokat Kommersan – VAGU, 1995, 24 aprel, №79.

31.“Iqtisodiyot va lizing”, I.Nasriddinov, “Iqtisodiyot va hisobot”

jurnali,1994 yil. №9-12, 60-61 betlar.

32.G`ozibekov D.F., “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish va lizing”.

Bozor, pul va kredit 1999 y, may, 5-son.

33.Е.Мезенцев, A.Ma’murov “Lizing operatsiyalari hamda ularni tatbiq

etish bosqichlari” jurnali, N 2, 1998 yil, 28-31 betlar.

34.Е.Мезенцев, A.Ma’murov “Moliyalashning noan’anaviy usuli –

lizing”, “Bozor, pul va kredit” jurnali, N1, 1998 yil, 63-65 betlar.

IV.Internet saytlari:

http://www.press-service.uz (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti portal)

http://www.mf.uz (O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi portal)

http://www.cbu.uz (O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki)

http://www.uzse.uz (Toshkent Respublika “Fond” birjasi)

http://www.ula.uz (O`zbekiston Lizing assotsiatsiyasi)

http://www.gki.uz (O`zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish

qo`mitasi)

http://www.stat.uz (O`zbekiston Davlat Statistika qo`mitasi)

http://www.tfi.uz (Toshkent Moliya instituti)

http:// www.gov.uz (Davlat sayti)

http://www.lex.uz (Huquqiy hujjatlar sayti)

Page 68: MUNDARIJA betlar KIRISHel.tfi.uz/images/Xodjaeva_BMI_uz_e19c6.pdf · liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi

68

http://www.norma.uz (Huquqiy hujjatlar sayti)

http://www.worldbank.org — (Jahon banki tashkiloti sayti)

http://www.imf.org — (xalqaro valyuta fondi)

www.financepro.ru — (Fanlarga tegishli boshqa adabiyotlar)