o‘zbekiston respublikasi oliy va · web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib...

265
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI Ikkinchi nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan O‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI NASHRIYOTI TOSHKENT – 2010 ISBN 978-9943-319-46-2 © O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007. © O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. Professor X. T. ODILQORIYEV ning umumiy tahriri ostida Mualliflar jamoasi: professor X. T. Odilqoriyev – I, IV, V, VI, VII, IX, X, XII, XVI, XIX, XX, XXII boblar; dotsent I. T. Tulteyev – III, XVII boblar; dotsent M. I. Suvonqulov – II, XVIII, XXI boblar; dotsent M. Ahmadshoyeva – VIII, XIV boblar; katta o‘qituvchi D. Rajabova – XI, XIII boblar; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi X. X. Odilqoriyev – XV bob. Taqrizchilar: yuridik fanlar doktori, professor M. M. Fayziyev, yuridik fanlar doktori, professor O. T. Husanov. O‘quv qo‘llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqin etishdagi an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, unda O‘zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o‘z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va jamiyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi. O‘quv qo‘llanma yuridik ilmgohlar talabalariga, o‘qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan. 67.0 D14 Davlat va huquq nazariyasi: Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma/ X.T. Odilqoriyev, I.T. Tulteyev, M.I. Suvonqulov va boshq.; X.T. Odilqoriyevning umumiy tahriri ostida; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. -T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 336 b. I. Odilqoriyev X.T BBK 67.0я7 N1051-2007/1493. SO‘ZBOSHI Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida har doim yetakchi o‘rinni egallab keladi. Shu bois unga mamlakatimizdagi va xorijiy yuridik adabiyotlarda katta e’tibor beriladi. Mazkur

Upload: others

Post on 31-Jan-2020

15 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAO‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIO‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZIDAVLAT VA HUQUQNAZARIYASIIkkinchi nashrO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligitomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchuno‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilganO‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIYJAMIYATI NASHRIYOTITOSHKENT – 2010ISBN 978-9943-319-46-2© O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007.© O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.Professor X. T. ODILQORIYEV ning umumiytahriri ostidaMualliflar jamoasi:professor X. T. Odilqoriyev – I, IV, V, VI, VII, IX, X, XII, XVI, XIX,XX, XXII boblar;dotsent I. T. Tulteyev – III, XVII boblar;dotsent M. I. Suvonqulov – II, XVIII, XXI boblar;dotsent M. Ahmadshoyeva – VIII, XIV boblar;katta o‘qituvchi D. Rajabova – XI, XIII boblar;O‘zbekiston RespublikasiAdliya vazirligi mas’ul xodimiX. X. Odilqoriyev – XV bob.Taqrizchilar:yuridik fanlar doktori, professor M. M. Fayziyev,yuridik fanlar doktori, professor O. T. Husanov.O‘quv qo‘llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiykonsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqinetishdagi an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayinazarlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, unda O‘zbekistonda shakllanayotganfuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oidnazariy xulosalar o‘z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi,funksiyalari va jamiyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi.O‘quv qo‘llanma yuridik ilmgohlar talabalariga, o‘qituvchilariga,mutaxassislarga, shuningdek, davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barchakitobxonlarga mo‘ljallangan.67.0D14Davlat va huquq nazariyasi: Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchuno‘quv qo‘llanma/ X.T. Odilqoriyev, I.T. Tulteyev, M.I. Suvonqulov va boshq.;X.T. Odilqoriyevning umumiy tahriri ostida; O‘zbekiston Respublikasi Oliy vao‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. -T.:O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 336 b.I. Odilqoriyev X.TBBK 67.0я7N1051-2007/1493.SO‘ZBOSHIDavlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida har doimyetakchi o‘rinni egallab keladi. Shu bois unga mamlakatimizdagiva xorijiy yuridik adabiyotlarda katta e’tibor beriladi. Mazkurdarslik o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangandastur asosida yozildi. Davlat va huquq nazariyasi davlat hamdahuquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lishiningeng umumiy qonuniyatlarini ochadi, ularni ilmiy talqin etadi,ilmiy ta’rif va tavsifini yaratadi. Davlat va huquq to‘g‘risidanazariy bilimga ega bo‘lish – bu ikki hodisaning mohiyati vamazmunini, rivojlanish qonuniyatlarini, ularga ta’sir qiluvchiomillarni to‘g‘ri talqin qila bilish yurist mutaxassislarnitayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Chunki fuqarolik,

Page 2: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ma’muriy, jinoiy, moliya, mehnat huquqi kabi huquq sohalariningmaqsadi, mazmun-mohiyatini bilish uchun davlat va huquqnazariyasi fani fundamental asos bo‘lib, davlat va huquqningtushunchasi, rivojlanishi va ularning faoliyat qilish tamoyillarigaoid nazariy masalalarni o‘rgatadi.Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning nihoyatda boy,serqirra, shu bilan birga murakkab, sirli olamiga kirishning kalitibo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiydunyoqarash, ong hamda yuridik madaniyatni shakllantirish,jamiyatdagi davlat-huquqiy voqeliklar xususida muntazam tizimlibilimlar hosil qilish – bu fanning (o‘quv kursining) asosiyvazifasidir. O‘rganish hamda tadqiqot doirasiga “davlat”,“huquq”, “qonun”, “demokratiya”, “hokimiyat”, “siyosat” kabijozibali, murakkab hodisalarni qamrab oluvchi ushbu fanhuquqshunoslikning o‘ziga xos qomusi sifatida maydonga chiqadi.Davlat va huquq nazariyasi davlat hamda huquqqa tegishlihodisa va jarayonlarning muhim, zaruriy va eng umumiytomonlarini o‘rganish orqali jamiyat taraqqiyotining obyektivqonuniyatlarini tushuntirib berish, ijtimoiy hayot maqsadlarinianiqlash va ijtimoiy munosabatlarni davlat va huquq vositasidatartibga solish mexanizmlarini ochish, ularning rivojlanishistiqbollarini ko‘rsatib berish bilan shug‘ullanadi.Bugungi o‘zbek jamiyati o‘zi uchun huquqiy davlat, insonhuquqlari va shaxs erkinligi, demokratik fuqarolik jamiyati, siyosiy34hurfikrlilik (plyuralizm), hokimiyatlar taqsimlanishi, qonunustuvorligi, mustaqil sud hokimiyati kabi fundamentaltushunchalarni qayta kashf etmoqda. Tan olish lozimki, jamiyatijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotini zamonaviy ma’rifiytamoyillar asosida isloh etishda davlat va huquq benihoya kattarol o‘ynaydi. Shu bois davlat tuzilishi, demokratik siyosiytizimning mavjud bo‘lishi, huquqiy munosabatlar oqilona tiziminitashkil etilishi ko‘p jihatdan mamlakatimizdagi davlat-huquqiyinstitutlarning faoliyatiga bog‘liqdir.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy,ijtimoiy va ma’naviy islohotlar mustahkam huquqiy zamingatayangan va qat’iy davlat-siyosiy ta’minlanish mexanizmlarigaega bo‘lgan taqdirdagina samarali bo‘lishi isbot talab etilmaydiganaksiomadir. “Mustahkam huquqiy negiz bo‘lgandagina, – deydiI. A. Karimov, – o‘zini oqlamagan eski tizimni to‘la ishonchbilan qayta qurish, madaniy bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lganyangi jamiyat qurish mumkin”1 . Ayni vaqtda, davlatning faoltashkilotchilik va ijobiy bunyodkorlik roliga ham alohida urg‘uberiladi. “Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlarjarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotningyetakchi yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohadava suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tubo‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqish va izchilro‘yobga chiqarishi kerak”2 .Mazkur darslikni yaratishda mualliflar jamoasi nafaqatmustaqillik yillarida to‘plangan davlat-huquqiy tajribamizga,konstitutsiyaviy tamoyillar va nazariy bilimlarga, balkiumuminsoniy hamda milliy-ma’naviy qadriyatlarga, hozirgizamonda dunyoda mavjud davlatchilik va huquqshunoslikkonsepsiyalariga, shuningdek, xalqimizning asrlar osha shakllanibkelayotgan boy huquqiy merosiga qat’iy tayandi.

Page 3: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Davlat va huquq nazariyasi milliy istiqlol mafkurasimohiyatidan kelib chiqqan holda aholining huquqiy ongini vayuksak huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ular faoliyatida1 Каримов И. А. Ватан naaaaaiμ каби муіаддасдир. T. 3. – T.: 1996, 192-b.2 Каримов И. А. ¤ша асарда, 178-b.5qonun ustuvorligi, qonunga hurmat va unga itoatgo‘ylikko‘nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi.Toshkent yuridik kolleji o‘rta-maxsus ma’lumotli huquqshunoskadrlar tayyorlovchi o‘quv muassasasi bo‘lib, uning o‘quv rejasida«Davlat va huquq nazariyasi» umum kasbiy fan sifatida o‘qitilishinazarda tutilgan.Darslikda mavzular mantiqiy ketma-ketlik qoidasiga amalqilgan tarzda joylashtirilgan. Mavzular, unda o‘rganiladiganmasalalar imkon qadar soddalashtirilgan bo‘lib, bu o‘quvchilargategishli va zarur bo‘limlarni o‘zlashtirishni osonlashtiradi.Darslikdan boshqa yuridik kollejlarda va yuridik yo‘nalishdagio‘rta o‘quv muassasalarida ham foydalanish mumkin.6I BOB. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASIUMUMNAZARIY FAN SIFATIDA1-§. Davlat va huquq nazariyasi – umumnazariy fanDunyo jadal rivojlanayotgan bugungi sharoitda insonlarda barchaijtimoiy voqelik va hodisalarga nisbatan qiziqish ortmoqda. Bu,o‘z navbatida, ularni o‘rganishni, chuqur tadqiq etishni taqozoetadi. Insonlarni qiziqtirib kelayotgan shunday muhim ijtimoiymasalalar qatorida davlat va huquq alohida o‘rin egallaydi.Inson o‘zi tug‘ilgan zaminning, o‘z mamlakatining xususiyatlarini,dunyo davlatlari o‘rtasidagi mavqeini o‘rganishga harakatqiladi. Binobarin, davlat va huquq masalasi doimo jamiyat a’zolaridiqqat markazida turadi.Har bir ijtimoiy hodisani tadqiq etish ma’lum ilmiy yo‘nalish,biron-bir fan tomonidan amalga oshiriladi. Davlat va huquqhodisalari – “Davlat va huquq nazariyasi” fani yordamidao‘rganiladi.Xo‘sh, “nazariya” so‘zining ma’nosi nimadan iborat? “Nazariya”iborasi “ko‘rib chiqmoq”, “tadqiq etmoq”, “tahlil qilmoq”degan ma’nolarni anglatadi. ”Nazariya” – keng ma’noda voqeahodisalarningo‘zaro aloqasi va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurhosil qiluvchi ilmiy bilim shaklidir. Tor ma’noda esa u yoki busohadagi bilimning asosiy g‘oyalari, tushunchalari va qonunlaritizimidir.Davlat va huquq nazariyasi asosiy yuridik o‘quv fani sifatidaquyidagi xususiyatlarga ega:– birinchidan, o‘zining aniq predmetiga, o‘rganadigan mavzularigaega;– ikkinchidan, davlat va huquq haqida yaxlit umumiy bilimberadi, davlat va huquqning mohiyatini, taraqqiyot bosqichlari vaqonuniyatlarini ochib beradi;– uchinchidan, davlat va huquq sohasida to‘plangan bilimlarni«davlat», «huquq», «qonun», «hokimiyat», «demokratiya» va boshqakategoriyalarda (tushunchalarda) ifoda etadi;– to‘rtinchidan, davlat va huquqning ijtimoiy hodisa sifatidarivojlanishidagi obyektiv jarayonlarni va taraqqiyot qonuniyatlariniaks ettiradi. Xullas, davlat va huquq nazariyasi yuridik ta’limtizimidagi o‘quv fanlari orasida markaziy o‘rin egallaydi. Bu fanbo‘lajak huquqshunoslarda huquqiy tafakkur va dunyoqarashni,

Page 4: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

7huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda alohidaahamiyatga ega. Davlat va huquq nazariyasini huquqshunoslikningalifbosi, deyish mumkin. U umumyuridik fan sifatida sohaviy huquqfanlari uchun poydevor bo‘luvchi xulosa va tavsiyalarni shakllantiribberadi.Ushbu fanning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratish lozim:– davlat va huquq nazariyasi jamiyatdagi muhim ijtimoiyhodisalar – davlat va huquqni o‘rganadi;– davlat va huquq inson hayotining asosiy hamrohi va mezonihisoblanadi;– davlat va huquq bir necha asrlik tarixiy davrni bosib o‘tgan;– inson o‘zi istiqomat qilayotgan zaminga, davlatga hamishaqiziqish bilan qaraydi;– inson o‘z faoliyati davomida muayyan qoida, norma, ya’ni huquqqaamal qilish barobarida uning mohiyatini anglashga ehtiyoj sezadi;– davlat va huquq jamiyat taraqqiyoti bilan aloqadorlikdarivojlanib boradi.Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqning eng umumiyqonuniyatlari, vujudga kelishi, mohiyati, faoliyat ko‘rsatishi varivojlanishi to‘g‘risidagi fundamental bilimlar tizimi. Shuningdek,bu fan davlat va huquq haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar vabilimlarni mantiqiy tarzda umumlashtirilgan tizimidir.Turli tarixiy davrda, muayyan makonda istiqomat qilgan insonlaro‘sha davrning siyosiy tuzumi, mafkuraviy-g‘oyaviy jihatlari,boshqaruv xususiyatlari, ijtimoiy ong taraqqiyotidan kelib chiqqanholda davlat va huquqqa munosabat bildiradilar, baho beradilar.O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidanso‘ng jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi davlatva huquqqa ham yangicha qarash, yangicha yondashuv paydo bo‘ldi.Mamlakatimiz sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan vaqtda davlatga iqtisodiyhukmron sinflarning tashkiloti, huquqqa esa ijtimoiy tartibgasolishning zo‘ravonlik quroli sifatida munosabat bildirilgan.Bugungi kunga kelib, ya’ni demokratiya sharoitida davlat ijtimoiyqarama-qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balkiijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilanbartaraf etish vositasiga aylanmoqda. Zamonaviy huquqqa esa,ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartibintizomgaerishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudgakeltirish vositasi sifatida yondashilmoqda.8Davlat va huquq nazariyasi ham o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘rataraqqiy etmoqda. Unga yangicha zamonaviy qarash, yondashuvshakllanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldigademokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdek buyukmaqsadni qo‘yar ekan, davlat va huquqqa, uni o‘rganishga, tadqiqetishga alohida ehtiyoj sezila boshladi. Huquqiy davlatda qonunustuvorligi eng asosiy tamoyil sifatida e’tirof etilsa, fuqarolikjamiyatining zaruriy sharti – fuqarolarning yuksak huquqiy ongiva madaniyati, qonunlardan xabardorlik darajasi hamda huquqqanisbatan chuqur hurmatidir. Bu tushunchalar albatta, davlat vahuquq nazariyasining obyekti hisoblanadi. Bundan shunday xulosagakelish mumkinki, davlat va huquq nazariyasi zamonaviy, dunyotaraqqiyoti, sivilizatsiya bilan hamohang harakatlanuvchi muhimijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi.Davlat va huquq nazariyasi nafaqat mamlakatimizda, balki jahonhamjamiyatida yuz berayotgan yangilanish va yuksalishlar ta’sirida

Page 5: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

rivojlanmoqda. Davlat va huquqning paydo bo‘lishi varivojlanishidagi umumiylik, o‘zaro aloqadorlik davlat bilan birqatorda huquq ham jadal takomillashib borayotganligidan dalolatberadi. Huquqqa liberal yondashuv, uning insonlar hayotiga yanadayaqinlashayotganida, ularning manfaatlarini yanada mukammal aksettirayotganligida namoyon bo‘lmoqda.Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisakabi davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlat ham,huquq ham inson uchun, uning manfaati uchun mavjudligi vafaoliyat olib borishi fuqarolar tomonidan tobora anglab yetilmoqda.Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli guruhlar, tabaqalaryoki alohida shaxslar manfaatining himoyachisi, ijtimoiy qaramaqarshiliklarnibostirish quroli sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugungakelib, ular inson uchun farovon hayotni ta’minlash vositasigaaylanmoqda.Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondashuv,huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini ochish, fuqarolik jamiyatibarpo etishni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiyyo‘nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va huquq nazariyasiningvazifasidir. Bu, o‘z navbatida, fanning xususiyatlarini ochib berishbilan bir qatorda, uning ijtimoiy ahamiyatini, dolzarbligini namoyonetadi.92-§. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmetiDunyoning hozirgi ijtimoiy taraqqiyotida ilm-fan katta o‘rintutmoqda. Olamshumul kashfiyotlar, misli ko‘rilmagan ixtirolarturli fanlarning yutug‘idir. Bugungi sivilizatsiya sharoitida fanningyangi-yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda avval mavjudbo‘lgan fanlar takomillashtirib borilmoqda. Davlat va huquqnazariyasi fani ham shular jumlasidandir. Shu o‘rinda “fan” iborasixususida to‘xtalib o‘tish o‘rinli. Fan – bu muayyan soha bo‘yichatizimli bilimlar berishga ixtisoslashtirilgan ilm yo‘nalishi hisoblanadi.Yanada aniqroq aytganda, fan – tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisibo‘lib, u o‘z navbatida fanning nazariya, qonun, tushunchalar(kategoriyalar) turkumida ifodalanadi.«Fan – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda,kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligiamaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fan o‘ziga xosobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fanjamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir.Shundan kelib chiqqan holda, davlat va huquq nazariyasi fanidavlat va huquqni jamiyatning, ijtimoiy hayotning bir bo‘lagi,ya’ni ijtimoiy mazmundagi muhim hodisalar sifatida o‘rganadi.Bu fan go‘yoki, davlat va huquqni butun jamiyat hodisalari ichidan(tizimidan) ajratib olib, ularning mazmun-mohiyatini, ichkiqonuniyatlarini, amal qilish xususiyatlarini tahlil qiladi. Shu bilanbirga davlat va huquq iqtisod, siyosat, axloq, madaniyat kabi birqator ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganiladi.Bunda fanimiz davlat va huquqning nafaqat iqtisod tomonidanbelgilanishiga, balki davlat-huquqiy hodisalarining iqtisodiyotga,ijtimoiy va ma’naviy hayotga faol ta’sir etishiga ham e’tiborqaratadi.Davlat va huquq nazariyasining predmetini ushbu fano‘rganadigan obyekt, ya’ni ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Bundaymasalalar jumlasiga davlatning jamiyat bilan bo‘ladigan serqirra vamurakkab aloqalari, davlat va huquqning jamiyat siyosiy tizimidagiroli va o‘rni, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga

Page 6: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

solishga oid masalalar kiradi. Fanimiz nafaqat davlat-huquqiy1 Саидов A., Таджиханов У. Давлат ва μoіуі назарияси. Икки жилдли. 1-жилд. – T.: 2001, 8-bet.10mazmundagi voqea-hodisalarni va jarayonlarni, balki insonlarningdavlat va huquq hodisalari haqidagi tasavvurlarini ham o‘rganadi.Demak, davlat va huquq nazariyasi o‘rganadigan masalalar qatorigaaholining ijtimoiy, jamoaviy va individual huquqiy hamda siyosiyongi (siyosiy-huquqiy madaniyati) ham kiradi.Yuqorida biz fanning predmetini davlat va huquq mavjud bo‘lishiva rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganish tashkiletadi, deb aytdik. “Qonuniyat” deganda voqea, hodisa,jarayonlarning mohiyatini ifodalovchi qat’iy, real aloqalaritushuniladi. Demak, davlat va huquq nazariyasi fani davlat vahuquqning mohiyatini, harakatlanish hamda namoyon bo‘lishiniifodalovchi eng qat’iy aloqalarni, xususiyat va omillarni o‘rganadi.Shu tarzda fanimiz davlat va huquqning mohiyatini anglab yetishgako‘maklashadigan ilmiy ta’riflarni, ilmiy qonun va tushunchalarnishakllantiradi.Davlat va huquqqa doir masalalar barcha tarmoq yuridik fanlartomonidan, shuningdek, boshqa ijtimoiy fanlar (tarix, falsafa,siyosatshunoslik va h.k.) tomonidan ham o‘rganiladi. Ularningbarchasidan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi davlat vahuquq faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining eng umumiyqonuniyatlarini o‘rganadi.Davlat va huquq o‘zaro bog‘liqlikda hamda yagonalikdao‘rganiladi. Chunki ular yuridik hayotning bir-biri bilan uzviyaloqador, chambarchas bog‘liq qismlaridir. Buni quyidagi misolbilan tushuntiramiz. Ma’lumki, davlat organlari huquq normalariniyaratadi va ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydi; o‘znavbatida, huquq davlat organlarining maqomini, vakolatlarinibelgilaydi, ya’ni davlat organlarining faoliyati huquqiy shakllardoirasida amalga oshadi.Shunday bo‘lsa-da, fanda davlatni alohida, huquqni alohidaajratib o‘rganish an’anasi mavjud. Fanimiz bo‘yicha nashr etilganko‘pchilik darsliklarda ikkita yirik bo‘lim: davlat nazariyasi va huquqnazariyasi bo‘limlari ajratiladi. Davlat nazariyasi qismida “davlatningtushunchasi”, “davlatning kelib chiqishi”, “davlatning mohiyati”,“davlat hokimiyati”, “davlat funksiyasi”, “davlatning shakli”,“davlat apparati”, “davlatning siyosiy tizimidagi o‘rni”,“demokratiya” kabi hodisalar (kategoriyalar) tahlil etiladi. Huquqnazariyasi qismida “huquqning umumiy tushunchasi”, “huquqningvujudga kelishi”, “huquqning mohiyati”, “huquqning shakli”,11“huquqning funksiyalari va prinsiplari”, “huquq ijodkorligi”,“huquq normalari”, “huquqiy munosabatlar”, “huquqni amalgaoshirish”, “huquqiy tizim va qonunchilik tizimi”, “qonun ustuvorligiva qonuniylik”, “huquq buzilishi va yuridik javobgarlik” va boshqamuammolar o‘rganiladi.Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi predmetini ijtimoiyhayotning muhim qismi hisoblangan davlat va huquq, ularningvujudga kelishi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, ularningmohiyati, ijtimoiy vazifasi, funksiyalari, shuningdek, siyosiy vahuquqiy ongning namoyon bo‘lishi va huquqiy tartibga solishningxususiyatlari tashkil etadi.Davlat va huquq nazariyasining predmetini inobatga olgan holdauning tabiatini ta’riflash mumkin. Fanimizning tabiati serqirra va

Page 7: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

nihoyatda mazmunlidir. U yuridik, siyosiy, nazariy – metodologik,fundamental fan hisoblanadi.Avvalo, davlat va huquq nazariyasi – ijtimoiy fan sifatidatavsiflanadi. Chunki, u ijtimoiy tuzumni, jamiyat hayotida davlatva huquqning o‘rni, ahamiyati va vazifalarini tahlil etadi. Engasosiysi, davlat ham, huquq ham ijtimoiy hodisalardir.Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq davlat va huquqnazariyasi yuridik fandir. Ushbu fan davlat va huquqningmohiyatini, davlat boshqaruvining mazmunini, ijtimoiymunosabatlarni tartibga solishning barcha jarayonlarini, qonuniylik,huquq buzilishi va yuridik javobgarlik masalalarini umumnazariyjihatdan o‘rganadi.Davlat va huquq nazariyasini siyosiy fan deb hisoblashga barchaasoslar bor. Sababi, davlat va huquq siyosat bilan chambarchas bog‘liq.Ya’ni, siyosatni davlat yaratadi, huquq yordamida siyosatmustahkamlanadi, ifodalanadi va amalga oshiriladi. Fanimiz “siyosat”,“siyosiy hokimiyat”, “siyosiy tizim”, “siyosiy demokratiya” kabihodisalarni bevosita tahlil etadi, ushba tushunchalar bilan ish yuritadi.Davlat va huquq nazariyasi boshqa yuridik fanlarga nisbatanumumnazariy, umummetodologik, falsafiy fan sifatida maydongachiqadi. Ma’lumki, falsafiy bilim eng yuqori darajadagi nazariybilimdir. Falsafa barcha ijtimoiy va tabiiy fanlarning poydevorinitashkil etib, ularni ilmiy metodologiyaning umumiy prinsiplari bilanqurollantiradi. Davlat va huquq nazariyasi falsafiy mazmundagifan bo‘lib, davlat va huquq mavjud bo‘lishining eng umumiyqonuniyatlarini ochadi. Uning umummetodologik fan ekanligi12shundaki, mazkur fan yurisprudensiyaning asosiy tushunchalari(kategoriyalari)ni, umumiy yondashuvlari va metodlarini ishlabchiqadi.Davlat va huquq nazariyasi – fundamental ahamiyatga molikfan. Fanimizning fundamentalligi – u tomonidan o‘rganiladiganhodisa (obyekt)lar haqidagi bilimlarning chuqur nazariyligi, ilmiyumumlashtirilganligi hamda asoslantirilganligida namoyon bo‘ladi.Davlat va huquq nazariyasi yaratadigan ta’riflar, qoidalar, ochadiganqonuniyatlari boshqa yuridik fanlar uchun poydevor, umumiy asos,tayanch bo‘lib xizmat qiladi.3-§. Davlat va huquq nazariyasining metodiDavlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusiga kiruvchi masalalarnitegishli yondashish usullari, ma’lum metodlar yordamida o‘rganadi.“Metod” iborasini fanga qadimgi yunonlar olib kirganlar. Metod(yunoncha «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib) – biror narsagaerishish yo‘li, bilish usuli ma’nosini anglatadi. Metod tabiat vaijtimoiy hayot hodisalarini o‘rganish, bilish, tadqiq etish usulidir.Qadimdan olimlar ilmiy izlanish metodlariga katta e’tibor qaratibkelganlar. Masalan, F. Bekon metodni fonus chiroqqa qiyoslagan,zero, u olimning “yo‘lini” yoritadi, deydi. Ilmiy izlanishningmuvaffaqiyati ko‘p jihatdan foydalaniladigan usullarningsamaradorligiga bog‘liq. Tadqiqot olib borishning usullari, vositalari,metodlarini doimo takomillashtirib borish yangi bilimlargaerishishning, taraqqiyot qonuniyatlarini ochishning ishonchligarovidir.Davlat va huquq nazariyasining metodi deganda, davlat va huquqmasalalarini o‘rganishning, ularga ilmiy yondashishning usuli,yo‘llari, tamoyillari tushuniladi. Fanning metodi amaliyotni, hayotnio‘rganuvchi nazariyadir.Boshqa fanlarning metodi kabi davlat va huquq nazariyasining

Page 8: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

metodlari ham umumiy ilmiy, maxsus va xususiy ilmiy usullargabo‘linadi. Umumiy ilmiy metodlar – tabiat, jamiyat va tafakkurhodisalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan eng umumiy yondashuvlar,usullar, bilishning umumiy prinsiplaridir. Eng umumiy universalmetod – dialektikadir. Dialektika nazariyasi – voqeliklarning umumiyaloqadorligi va doimiy rivojlanish holatida bo‘lishi to‘g‘risidagita’limot. Dialektik metod davlat va huquqni o‘zaro aloqada, doimiy13rivojlanishda, o‘zgarishda, bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishda,mazmunan boyish va takomillashishda, deb qaraydi.Dialektik metod davlat va huquq hodisalarini tadqiq qilishdaobyektiv haqiqatga erishishning asosiy omilidir. Bu metod davlatva huquqning mohiyatini jamiyatning iqtisodiy tuzumi, siyosiy,ijtimoiy, ma’naviy sohalar bilan uzviy bog‘liq, deb qaraydi. Bordiyu,davlat va huquqni iqtisodiy asosdan ajratib, tegishli tarixiy shartsharoitdanuzilgan holda talqin etilsa, ularning mohiyatini ham,riovjlanish qonuniyatlarini ham to‘g‘ri tushunib bo‘lmaydi. Dialektikmetodning asosiy talablaridan biri davlat va huquqni tarixiy voqealarbilan bog‘lab o‘rganishdir.Davlat va huquqni o‘rganishda dialektik yondashishningtalablaridan yana biri ilmiy obyektivlikdir. Ilmiy obyektivliko‘rganilayotgan mavzuning, ya’ni davlat va huquqning jamiyattaraqqiyotining ma’lum bosqichida obyektiv (zaruriyat) tarzidavujudga kelganligini, uning rivojlanishi jamiyatning boshqa sohalaribilan o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda ekanligini, o‘z qonuniyatlariasosida rivojlanishini inobatga olishni talab etadi.Davlat va huquq nazariyasi ish ko‘radigan umumiy metodlaridanyana biri metafizikadir. “Metafizika” yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi“fizika ketidan keladigan narsa” degani bo‘lib, hozirgi paytda fanda“qotib qolgan fikr yuritish usuli” ma’nosida ishlatiladi. Ushbumetoddan foydalanib ilmiy izlanish olib boruvchilar davlat va huquqilgaridan mavjud bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi, ular abadiyva o‘zgarmasdir, hech qanday boshqa ijtimoiy hodisalar bilan ichkialoqadorlikda emas, ular rivojlanishda emas, qanday bo‘lsashundayligicha saqlanib qoladi, deb fikrlaydilar1 . Metafizika sofilmiy, ijodiy metod emas, u davlat va huquq hodisalarining tubmohiyatini ochib berolmaydi.Davlat va huquq nazariyasining umumiy metodlari bilan birqatorda uning mavzusini yoritishga yordam beruvchi maxsus vaxususiy ilmiy metodlari ham mavjud. Bu metodlar quyidagilardaniborat: mantiqiy metod, tarixiy metod, aniq – sotsiologik metod,statistik – matematik metod, sistemali – strukturali o‘rganishmetodi, qiyosiy-huquqiy metod, kibernetika metodi, ijtimoiy tajribametodi va boshqalar.1 Qarang: Давлат ва μoіуі назарияси. // Ґ. Бобоев ва Ґ. Одиліориевларнингумумий oaμdede остида. – T.: 2000. 12–13-bet.141. Mantiqiy metod – davlat va huquq hodisalarining mohiyatini,asosiy mazmunini nazariy shaklda, mavhumlashtirilgan tarzda,mantiq qonunlari asosida o‘rganish usulidir. U oqilona,asoslantirilgan (isbotlangan) va izchil xulosa chiqarishni nazardatutadi.2. Tarixiy metod – davlat va huquqni tarixiy rivojlanish shartsharoitlarigabog‘lab o‘rganish usuli bo‘lib, unda davlat va huquqningtavsifi va rivojlanish bosqichlari tarixiy xronologik izchillikda, ketmaketlikdao‘rganiladi.3. Aniq – sotsiologik metod – davlat va huquq masalalarini

Page 9: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

o‘rganishda davlat idoralari faoliyatini, davlat va jamiyatboshqaruvini huquqiy tartibga solish yo‘llarini real hayot bilanbog‘lab o‘rganish usulidir. Aniq – sotsiologik metod quyidagi ilmiy– amaliy usullardan foydalanadi: yozma yoki og‘zaki so‘rov (anketa)o‘tkazish, jamoatchilik fikrini aniqlash va tahlil qilish, statistikma’lumotlarni va hujjatlarni (arxiv materiallarini) tahlil etish,kuzatuv olib borish intervyu olish, tajriba o‘tkazish va boshqalar.4. Statistik – matematika metodi – yuqoridagi aniq – sotsiologikmetod bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, sud amaliyoti, huquqnimuhofaza qilish organlari faoliyatiga oid amaliyot, boshqa davlatidoralari faoliyatidan kelib chiqadigan statistik ma’lumotlarniumumlashtirish orqali ijtimoiy taraqqiyotning hayotiy jarayonlarinixolis aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Huquqiy hodisalarni,muayyan tarixiy davrdagi arifmetik va geometrik holatlarnio‘rganish, tahlil etish ham ushbu metod doirasiga kiradi.5. Sistemali – strukturali o‘rganish metodi – davlat va huquqnazariyasini, uning predmetini mustaqil ijtimoiy tizim (sistema)tarzida o‘rganish usuli. Bunda davlat va huquqni jamiyat hayotiningboshqa hodisalari tizimida o‘rganish, ularning struktura tuzilishini,davlat va huquq hodisalarini tashkil etuvchi tarkibiy elementlarinio‘rganish amalga oshiriladi. Bu metod tekshirilayotgan obyekthaqida to‘la va atroflicha bilim hosil qilishga yordam beradi.6. Qiyosiy–huquqiy metod – qiyoslash, taqqoslash, solishtirish,chog‘ishtirish orqali davlat va huquq voqeliklarini o‘rganish, ularningo‘ziga xos jihatlarini, xususiyatlarini aniqlab olish usuli. Masalan,O‘zbekistondagi ikki palatali parlamentning mohiyatini, vakolatlariko‘lamini, xususiyatlarini aniqlash uchun dunyodagi boshqadavlatlarning ikki palatali parlamentlarining huquqiy maqomi vavakolatlari bilan qiyoslanadi. Yoki O‘zbekiston Respublikasi15Konstitutsiyasining o‘ziga xos jihatlarini tushunib olish uchun uniboshqa davlatlarning konstitutsiyalari bilan solishtirib o‘rganiladiva hokazo. Qiyosiy – huquqiy usul yordamida davlat va huquqningnafaqat boshqa mamlakatlardagi analoglari (o‘xshash hodisalar)bilan farqi aniqlanadi, balki ularning o‘tmishdagi, avvalgibosqichdagi holati bilan hozirgi kundagi holati qiyoslanib, qimmatlima’lumotlar to‘planadi.Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiyva o‘ziga xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat vahuquq taraqqiyotining qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquqsohasidagi hodisalar va jarayonlarni o‘zaro solishtirish asosida ularo‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga imkon beradi1 .7. Kibernetik metod – davlat va huquq hodisalarini o‘rganishdahozirgi zamon texnikaviy vositalarni qo‘llab, huquqiy ma’lumotlarnito‘plash, ishlov berish va umumlashtirish usuli. Masalan, bu usulyordamida elektron hisoblash mashinalarini, kompyuter, multimediava boshqa texnik vositalarini qo‘llab, davlat va huquqfunksiyalarining istalgan birontasini modellashtirish mumkin. Shuasosda ularning kelgusidagi rivojlanishini bashoratlash mumkin.“Kibernetika” – yunoncha “boshqarish san’ati” demakdir.8. Ijtimoiy tajriba metodi – davlat va huquqqa oid biron-birinstitutni, organni, normani hayotga joriy etishdan avval ularnitajriba o‘tkazish yo‘li bilan sinab ko‘rish usuli. Masalan, O‘zbekistonRespublikasida mahalliy darajadagi ma’muriy hududiy birliklarda(viloyat, shahar, tumanlarda) hokimlik lavozimini joriy etishdanavval 1991-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy KengashiRayosatining qarori bilan Toshkent shahar hokimi lavozimi ta’sis

Page 10: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

etilib, bir yil mobaynida ijtimoiy-huquqiy tajriba – sinov o‘tkazildi.Tajriba natijalari umumlashtirilib, 1992-yil 4-yanvarda qabulqilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlarini isloh etishto‘g‘risida»gi qonun bilan respublikamizning barcha tuman, shaharva viloyatlarida hokim lavozimi joriy qilindi.Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasining metodlari davlatva huquq hodisalarini, ular bilan bog‘liq jarayonlarni, bu muhimijtimoiy-siyosiy institutlarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishgayo‘naltirilgan ilmiy usullar, yo‘llar, tamoyillar va vositalar majmuidir.1 Qarang: Саидов A., Таджиханов У. Давлат ва μoіуі назарияси. 1-жилд.Давлат назарияси. – T.: 2001, 27-bet.164-§. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy va yuridik fanlartizimidagi o‘rni hamda ahamiyatiDavlat va huquq nazariyasi fanini har tomonlama va mufassaltavsiflashda uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish muhimahamiyatga ega. Bu fan barcha ijtimoiy va yuridik fanlar bilanchambarchas bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat yuridikfanlar o‘rganibgina qolmasdan, balki boshqa ijtimoiy fanlar hamo‘rganadi. Chunki insonlarning serqirra faoliyati turli-tuman bo‘lib,ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat – siyosiy munosabatlarningobyekti sifatida maydonga chiqadi.Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir.Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq vatahlil qilishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qiladi, ularningyutuqlaridan, ilmiy xulosa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat vahuquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya,siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan mustahkam aloqada.Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat, jamiyatva tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Shubois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisasifatida talqin etadi.Davlat va huquq nazariyasi fani falsafaning qoidalari vaxulosalariga tayangan holda davlat va huquq muammolarinianiqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Bundafalsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi,aksincha, o‘zaro to‘ldiradi.Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrofmuhitgamunosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlartizimidir. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uningijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydi. Davlat va huquqnazariyasi fani esa davlat va huquqni barcha ko‘rinishlari va belgilaribilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa davlat vahuquqning mohiyatini aniqlash kalitini bersa, davlat va huquqnazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiytamoyillarini, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash bilanqurollantiradi.Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat vahuquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda amaliyfoydalanish, bir tomondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan17barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlatva huquq nazariyasining kategoriyasi sifatida bayon qilishimkoniyatini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazariyasifani tomonidan to‘plangan bilimlar, ma’lumotlar falsafaningobyektiv qonunlarni ochishi va umumiy kategoriyalarni ishlabchiqishi uchun amaliy ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladi.

Page 11: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchunpoydevor bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat vahuquq nazariyasi esa falsafa uchun aniq hayotiy ma’lumotlarmanbayi vazifasini bajaradi.Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasi. Iqtisodiyfanlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkiletish, tadbirkorlik, mehnat, moliya, kredit kabi masalalarnio‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasi esa davlat va huquqni o‘ziningasosiy predmeti deb hisoblaydi va ularning iqtisodiy funksiyalarinitahlil etadi. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasiningo‘zaro aloqasi davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik bog‘liqekanligini va ta’sirini aniqlashga imkon beradi.Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquqnazariyasi sotsiologiya fani bilan ham o‘zaro aloqada. Chunkisotsiologiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiqetib, jamiyat a’zolarining, xususan, turli xil jamoalarning, aholiturli qatlamlarining davlatga, huquqqa nisbatan qandaymunosabatda bo‘lishini, ularning davlat va huquq to‘g‘risidagi fikrmulohazalarinireal hayotni tahlil etish asosida o‘rganadi. Shungako‘ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazariyasi fani uchundastlabki amaliy ma’lumotlarni to‘plab berish vazifasini bajaradi.Davlat va huquq nazariyasi esa, o‘z navbatida, sotsiologiya fanibergan ma’lumotlarni umumlashtirib, ulardan nazariy xulosalarchiqarishda foydalanadi.Sotsiologiya yagona tizim bo‘lmish jamiyat hamda u bilanaloqadorlikda o‘pganiladigan alohida ijtimoiy guruhlar, ijtimoiyjarayonlar haqidagi fandir. Sotsiologiya o‘zining xulosalarida aniqhayotiy ma’lumotlarga, ijtimoiy tajribaga tayanadi. Barcha ijtimoiyhodisalar, jumladan, davlat va huquq ham sotsiologiktadqiqotlarning obyektiga aylanadi. Sotsiologiya ham falsafa singari,davlat va huquqni bilishning umumiy vositasi hisoblanadi. U davlatva huquqni o‘rganish asosida o‘zining predmetini chuqurlashtiradiva oydinlashtiradi.18Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi.Siyosatshunoslik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar vasiyosiy birlashmalar, jumladan, partiyalar, siyosiy hokimiyatga vadavlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlatva shaxsning o‘zaro munosabati kabi hodisalarni o‘rganadi.Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyatini ijtimoiy-siyosiymunosabatlar tizimi orqali, ya’ni fuqarolarning huquq vaerkinliklarini amalga oshirish orqali o‘rganadi.Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilanbog‘liqligi har ikkala fanning ham bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiytizimining muhim elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiyjihatdan tadqiq etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda davlat vahuquq nazariyasi davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi,amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rgansa,siyosatshunoslik fani davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog‘i,jamiyatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni, ya’nisiyosat nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. Ularning har ikkalasibir predmet – davlat va huquqni, davlatning ichki va tashqi siyosatinihar tomonlama o‘rganadi, ilmiy tadqiqotlar natijasida olinganbilimlar bilan bir-birlarini to‘ldiradi. Pirovardida, siyosatshunoslikfani o‘zining keng qamrovligiga ko‘ra davlat va huquq nazariyasifani uchun zamindor asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqadordir.

Page 12: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Tarix jamiyatshunoslikka oid fan hisoblanadi. U insoniyat madaniyva ma’naviy taraqqiyotining har xil turlari va davrlari, jamiyatningrivojlanish yo‘nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatningo‘tmishdan kelajak tomon yuksalib borish sabablari va mohiyatinitadqiq etadi. Muayyan xalqlar, davlatlarning turli davrlardagi hayotininganiq shakllari va tajribasini, shuningdek, huquqiy yodgorliklarni hamo‘rganadi. Lekin tarix fani uchun vaqt chegaralari muhimdir. Uumumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlarni ochmaydi, aynishu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi.Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar tizimidaquyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:– birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarjumlasiga kiruvchi huquqshunoslikning tarkibiy qismidir. Uhuquqshunoslikka nisbatan xususiylik, boshqa ijtimoiy fanlarganisbatan esa alohidalik kasb etadi;– ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar19singari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydobo‘lgan. U boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqategishli voqea-hodisalar va jarayonlarni har tomonlama o‘rganadi,boshqa fanlarning metodlaridan foydalanadi. O‘z navbatida, davlatva huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarni davlat va huquqqa oid aniqma’lumotlar bilan ta’minlab, ularni nazariy va amaliy ma’lumotlarbilan qurollantiradi;– uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik faniorqali davlat va huquq bilan shug‘ullanayotgan har qanday ijtimoiyfan sohasining ilmiy tadqiqot mavzuidan o‘rin egallashi mumkin.Davlat va huquq nazariyasining barcha ijtimoiy fanlar bilanaloqasi ham ikki tomonlamadir. Davlat va huquq nazariyasiijtimoiy fanlarning xulosalariga asoslangan holda xilma-xil falsafiy,tarixiy materiallarni umumlashtirib, davlat va huquqning vujudgakelishi sabablarini, taraqqiyot bosqichlarini, davlat va huquqningmohiyatini, mazmuni va shakllarini ochib beradi. Shu ma’nodadavlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlarni takrorlamaydi,balki to‘ldiradi. Bu hol esa davlat va huquq nazariyasi o‘ziningpredmetiga va xususiyatlariga ega ekanligini yana bir bortasdiqlaydi.Bundan yana ham keng qamrovli xulosalar chiqarish mumkin.O‘zbekistonda davlatchilikning huquqiy asoslari kuchayib borishi,huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquqiyta’limning rivojlanib borishi bilan davlat va huquq nazariyasi hamdabarcha ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik kuchayib boraveradi.Yuridik fanlar – ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqningtushunchasi, mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amalqilinishining umumiy va maxsus qonuniyatlari to‘g‘risidagi huquqiybilimlar tizimidir.Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiyo‘rin egallaydi. Ayni paytda, har bir yuridik fan davlat va huquqningmuayyan tomonlarini, jihatlarini o‘rganadi. Shuning uchunhuquqshunoslik fanlarining har biri o‘zining mustaqil predmetigaega.Davlat va huquq nazariyasini barcha huquqiy fanlar bilan qo‘shibo‘rganish bu fanning predmetini, ahamiyatini va rolini yanadaoydinlashtiradi. Barcha yuridik fanlarning o‘rganish sohasi vaumumiy obyekti – davlat va huquqdir. Har bir huquqshunoslikfani davlat va huquq masalasiga o‘ziga xos yondashadi, ularning20

Page 13: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

har biri o‘zining mustaqil predmetiga ega. Yuridik fanlar quyidagichaklassifikatsiya (tasnif) qilinadi:a) tarixiy-nazariy-huquqiy fanlar (davlat va huquq nazariyasi,davlat va huquq tarixi, siyosiy ta’limotlar tarixi va hokazo);b) maxsus yoki tarmoq huquqiy fanlar (masalan, fuqarolikhuquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, ma’muriy huquq, davlathuquqi, moliya huquqi, yer huquqi, jinoyat protsessual huquqi vaboshqalar);d) amaliy yuridik fanlar (masalan, kriminalistika, sud statistikasi,sud buxgalteriyasi va hokazo).Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar sistemasida umumiy,fundamental va metodologik fan sifatida maydonga chiqdi. Davlatva huquq nazariyasining boshqa huquqiy fanlar bilan aloqasi anashundan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi maxsus va amaliyhuquqiy fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariyjihatdan umumlashtiradi. Umumiy va fundamental fan sifatidahuquqshunoslikning asosiy tushunchalari va qoidalarini o‘rganadi.Davlat va huquq nazariyasi metodologik fan sifatida boshqahuquqiy fanlar uchun xususiy yuridik metodlarni va rahbariyprinsiplarni ishlab chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi bilan davlatva huquq tarixi fani bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir.Ularning har ikkisi davlat va huquq borasida bahs yuritadi. Davlatva huquq tarixi davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishijarayonini to‘liq, xronologik tarzda o‘rganadi.Tarix va nazariya bir-birisiz bo‘lmaydi, biri ikkinchisini taqozoetadi. Davlat va huquq tarixi fani, o‘z navbatida, ayrim nazariyxulosalarni chiqaradi, nazariy prinsiplar asosida ish ko‘radi. Davlatva huquq nazariyasi fani esa o‘z xulosalarini tarixiy materiallaryordamida asoslaydi, bunda u tarixiy metoddan foydalanadi. Harqanday tarixiy faktni nazariyasiz yoritish mumkin emas. Nazariyatarixiy voqealarga yondashish usulini belgilaydi, tarixni ilmiyo‘rganish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.Davlat va huquq nazariyasi boshqa huquqiy fanlar bilan hamxuddi shunday ikki yoqlama aloqadadir. Demak, davlat va huquqnazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy,umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga, barcha yuridikfanlarning yutuqlarini uyg‘unlashtiradi va ularning o‘zaro boyishigayordam beradi.215-§. Davlat va huquq nazariyasining funksiyalariFanning funksiyasi uning e’tibori qanday vazifani bajarishgaqaratilganligidan va tabiatidan kelib chiqadi. Davlat va huquqnazariyasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani ado etish uchun quyidagifunksiyalarni bajaradi:1. Nazariy bilish (evristik)1 funksiyasi. Davlat va huquqni bilishturli darajada bo‘lishi mumkin. Ba’zan u davlat va huquqni izohlashyoki tushuntirishdangina (ontologik funksiyadan) iborat bo‘ladi.Lekin davlat va huquq nazariyasi bu bilan cheklanmaydi, balkio‘rganilayotgan obyektning mohiyatiga chuqur kirib borish orqaliyangi qonuniyatlarni ochib beradi. Masalan, davlat va huquqningrivojlanish qonuniyatlarining ochilishi, davlatning iqtisodiy roli vahokazo.Nazariy bilish funksiyasini amalga oshirish tufayli davlat va huquqnazariyasi davlat va huquq voqeliklarini chuqur va mukammalo‘rganish asosida ularning xarakterli belgi va muhim xususiyatlariniko‘rsatib beradi. Davlat va huquqni xuddi shu tarzda tadqiq qilishdavlat va huquqning kelgusi rivojlanishi haqida ilmiy bashorat qilish

Page 14: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

imkoniyatini beradi.2. Metodologik funksiya. Davlat va huquq nazariyasi yuridikfan sohalariga nisbatan metodologik funksiyani bajaradi. Chunki,har qanday metod – bu amaliy izlanishga yo‘naltirilgan nazariyadir.Nazariya fani voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirsa, u bilishningmetodi sifatida shunchalik samarali foydalaniladi. Davlat va huquqnazariyasi davlat, huquq, qonunchilik, huquqiy javobgarlik kabitushunchalarni ishlab chiqadi. Mazkur nazariy tushunchalar tizimidavlat va huquqqa oid masalalar haqida yangi ilmiy bilimlarniyaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham davlatva huquq nazariyasi ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar, ta’riflar,prinsiplar va qoidalar huquq sohalarini o‘rganuvchi boshqa fanlaruchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.3. Amaliy - tajriba funksiyasi. Barcha yuridik fanlardagi singaridavlat va huquq nazariyasi fanida ham nazariy bilimlar amaliyfaoliyat bilan uzviy qo‘shib olib boriladi. Davlat va huquq nazariyasifani ham amaliyotga yordam ko‘rsatadi. Jumladan, u davlatfaoliyatini takomillashtirishga, qonunchilikni rivojlantirish va uni1 “Evrika” – yunoncha “topdim” degan ma’noni anglatadi.22amalda qo‘llanish ishini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlabchiqadi va hokazo.Yuridik amaliyotni nazariy jihatdan asoslash ham muhimahamiyatga ega.4. G‘oyaviy -tarbiyaviy funksiya. Davlat va huquq nazariyasidavlat va huquq to‘g‘risidagi g‘oyalarni aks ettiradi. U kishilardamuhim siyosiy va huquqiy, ya’ni demokratiya, qonunchilik, davlatintizomi, shaxsning huquqi hamda erkinliklari to‘g‘risida ilmiytushunchalarni shakllantiradi.Fanning g‘oyaviy funksiyasi davlat va huquq masalasiga dialektiknuqtayi nazaridan yondashishga, dunyoqarashning mustahkamlanishiga,shuningdek, kishilar ongida yangi huquqiy ongni, huquqiymadaniyatni, qonunchilikka hurmat hissini tarbiyalashga yordamberadi.Biz davlat va huquq nazariyasining eng asosiy funksiyalariniko‘rib chiqdik, xolos. Bulardan tashqari, fanning siyosiy,tashkilotchilik, prognozlash kabi funksiyalari ham mavjud. Demak,davlat va huquq nazariyasi quyidagi vazifalarni bajarishga:1) davlat va huquqning rivojlanish qonuniyatlarini va yo‘llariniochib berishga;2) davlat organlarining faoliyati va tuzilishini takomillashtirishga;3) huquq va qonunchilikni takomillashtirishga, qonunlarnisistemalashtirish va kodifikatsiyalashga;4) huquqni targ‘ib qilish, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarnihurmatlash ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadi.23II BOB. DAVLAT VA HUQUQNING KELIBCHIQISHI1-§. Jamiyat tushunchasi va tuzilishi«Jamiyat» atamasi ko‘p ma’nolidir. Odatda, bu so‘zning quyidagima’nolari e’tirof etiladi:– o‘zlari uchun umumiy maqsad va manfaatlarni amalgaoshirish uchun birlashgan shaxslar guruhi sifatidagi jamiyat(kitobsevarlar jamiyati, nogironlar jamiyati, filatelistlar jamiyati vah.k.). «Jamiyat» so‘zi o‘zining bu ma’nosida «tashkilot», «uyushma»,«birlashma» so‘zining sinonimidir;

Page 15: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

– insoniyat yoki mamlakat rivojlanishidagi muayyan bosqichsifatidagi jamiyat (ibtidoiy jamiyat, feodal jamiyat, kapitalistik jamiyat,sotsialistik jamiyat, fuqarolik jamiyati va h.k.). Bu yerda «jamiyat»so‘zi ko‘pincha «bosqich», «davr» so‘zlari bilan birga qo‘llaniladi;– insoniyat yoki mamlakat rivojlanishidagi u yoki bu bosqichsifat holatini ifodalovchi jamiyat («iste’mol jamiyati», «axborotjamiyati», «an’anaviy jamiyat va h.k.). Bu holda «jamiyat» so‘zidanoldin, albatta, uning sifat holati tavsifi keladi;– moddiy dunyoning tabiatdan ajralgan va u bilan muayyantarzda o‘zaro aloqa qiluvchi qismini ifodalaydigan o‘ta kengtushuncha sifatidagi jamiyat. Bu ma’noda odamlar birlashishiningbarcha shakllari va odamlarning o‘zaro va o‘zini qurshagan tabiiymuhit bilan aloqa qilish usullarining majmui jamiyat deb ataladi.So‘nggi ta’rif jamiyat tushunchasining falsafiy ta’rifi hisoblanadi.Jamiyat – shunchaki odamlar majmui emas. Ularni insonninghar xil faoliyat turlari, avvalo, moddiy-ishlab chiqarish faoliyatiyagona jamiyatga birlashtiradi. Jamiyat mazkur faoliyatni amalgaoshirish shakli bo‘lib xizmat qiladigan va turli ijtimoiy institutlardamustahkamlab qo‘yiladigan ijtimoiy munosabatlar, eng avvalo, ishlabchiqarish munosabatlari yig‘indisi hisoblanadi.Falsafiy lug‘atlarda berilgan tavsifga ko‘ra, ijtimoiy ma’nodagijamiyat kishilarning makon va zamonda mavjud bo‘lgan, turmushtarzi va manfaatlari umumiy bo‘lgan kishilarning o‘zaro aloqador(uzviy bog‘liq) birligidir. “Jamiyat odamlar uyushmasining maxsusshakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlarmajmuasi...”11 Фалсафий іомусий луІат. – T.: “Шарі”, 2004, 124-bet.24Jamiyat – bu insonlarning umumiy manfaatlar ham ehtiyojlaribirligi asosida, ularni qondirish maqsadidagi birikuvi va kishilaro‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, aloqadorlik, hamkorlik ifodasidir1 .Tabiat bilan doimo bog‘liq bo‘lgan jamiyat unga yanadachuqurroq o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, unga nisbatan jiddiyboshqaruvchi kuchga aylanadi. Bunda boshqaruvchi kuch sifatidagijamiyat boshqariluvchi tizim sifatidagi tabiat taqdiri uchun yanadako‘proq mas’ul bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Jamiyat tabiiy asosda yuzagakeladi va tabiat bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, qonuniyatli o‘zgarishva rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi.Jamiyatning siyosiy tizimi – muayyan jamiyat siyosiytuzilishining siyosiy, ijtimoiy, yuridik, mafkuraviy, madaniynormalari tarixiy an’analari va mo‘ljallariga bo‘ysunuvchi jamiyatsiyosiy institutlari, siyosiy rollar, jamiyatni siyosiy tashkil etishtamoyillari, munosabatlari va jarayonlarining yaxlit tartibga solinganmajmui. Siyosiy tizim siyosiy hokimiyat tashkiloti, jamiyat va davlato‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u hokimiyatidoralarining vakolatlari, siyosiy faoliyat holati, jamiyatdagiaholining siyosatda ishtirok etishi xususiyati, barcha siyosiymunosabatlarni o‘z ichiga oluvchi siyosiy jarayonlarning izchilkechishini tavsiflaydi.Siyosiy tizimning turli amal qilish jihatlarini aniqlash – judamuhim va murakkab siyosiy-huquqiy va madaniy jarayon. U yuridikshaklda qayd etiladi (konstitutsiya, qonunda), bu qayd etishhokimiyat, partiyalar, boshqaruv organlari hamda siyosiy tizimningboshqa elementlari vakolatlarini, shuningdek, ular o‘rtasidagimunosabatlarni, shu jumladan, davlat boshqaruvi va o‘zini o‘ziboshqarishni muvofiqlashtirish, markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilganhokimiyat jabhalari kabi muhim o‘zaro aloqalarni belgilovchi

Page 16: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

demokratik jarayon hisoblanadi.Jamiyat turli ijtimoiy va siyosiy tuzilmalar (institutlar)dan, ya’nimuayyan vazifalarni bajaruvchi barqaror ijtimoiy hamda siyosiymuassasalar, birlashmalar va uyushmalardan tashkil topadi.Shuningdek, shaxs, oila, millat, ijtimoiy guruhlar, siyosiypartiyalar, jamoat tashkilotlari ijtimoiy munosabatlarning1 Инсон μoіуілари. ¤іув іґлланмаси. Масъул ioμaddedead проф. Ґ. Б.Бобоев ва проф. И. Р. Рамазонов. – T.: ТДЮИ, 1997, 28-bet.25ishtirokchilari (subyektlari) sifatida maydonga chiqadi. Insonlarijtimoiy jonzot bo‘lganliklari uchun ular birlashmasdan turmushkechira olmaydilar, uyushmasdan mehnat qila olmaydilar. Maqsad,manfaat va ehtiyojlar insonlarni birlashtiruvchi omillardir. Insonlaro‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning asosiy qismini iqtisodiymunosabatlar, shu jumladan, mulkiy munosabatlar tashkil etadi.Shu bois jamiyatning asosini iqtisodiy, moddiy boyliklar va mulkiymunosabatlar tashkil etadi. Bu munosabatlar jamiyatdagi siyosiy,ma’naviy, madaniy, axloqiy va boshqa munosabatlarningpoydevorini tashkil qiladi.Jamiyat bilan birgalikda uning zaruriy va uzviy qismi bo‘lganijtimoiy hokimiyat ham vujudga keladi. Hokimiyat jamiyatgayaxlitlik, barqarorlik, uyushqoqlik, boshqaruv va tartib baxsh etadi.Hokimiyat ijtimoiy munosabatlarni boshqarib, ularni aniq maqsadsari yo‘naltirib turadi. Shunday qilib, ijtimoiy hokimiyat – uyushgankuch bo‘lib, jamiyat a’zolarining irodasini o‘ziga bo‘ysundiradi.Ijtimoiy hokimiyat ikki turga ajratiladi: nosiyosiy hokimiyat vasiyosiy (davlat) hokimiyat. Tarixan birinchi qaror topgan siyosiytashkilot – bu davlatdir.2-§. Urug‘chilik jamiyati va uning xususiyatlariDavlat va huquqning kelib chiqishini o‘rganish fanimizningoldiga qo‘yilgan eng asosiy masaladir. Davlat va huquqning kelibchiqishi sabablarini chuqur va atroflicha tushunib olish uchun ularshakllangan zaminni, ibtidoiy jamiyat tuzumi tarixini o‘rganishlozim.Ibtidoiy jamoa tuzumi – insoniyat tarixidagi eng birinchiijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. Bu jamiyat sinflarni ham, davlathokimiyati va huquqni ham bilmas edi.Tarixda shunday vaqtlar bo‘lganki, unda davlat ham huquq hambo‘lmagan, kishilar bir necha ming yillar davomida davlathokimiyatining va huquqiy tartibotning nima ekanligini bilmagan.Bunday holda bizda ibtidoiy jamoa tuzumi davri qanday jamiyatdeb ataladi, degan savol tug‘iladi.Bu savolga javob berish uchun avvalambor, bu davrning moddiyyashash sharoitini, iqtisodiy asosini o‘rganishimiz zarur.Ibtidoiy jamoa tuzumining iqtisodiy munosabatlari asosini jamoa26mulkchiligi tashkil qilgan bo‘lib, jamoa a’zolari tomonidan yig‘ilganmol-mulk jamoa orasida teng taqsimlanganligi sababli ularda birbirinitalash, bir-biri ustidan hukmronlik qilish degan tushunchamavjud bo‘lmagan.Shuningdek, bu jamiyatda sinflarning yo‘qligi, jamoatmulkchiligining va biz kuzatayotgan boshqa holatlarning bo‘lishiishlab chiqarish kuchlarining, vositalarining va iqtisodiyotning sustrivojlanganligi bilan belgilanadi. Insonlar nihoyatda rivojlanmaganqurollar bilan (suyak) ishlaganlar. Tevarak tabiatni ham, o‘zlariningshu tabiatdagi o‘rnini ham anglab yetmaganlar. Tabiat injiqliklarigaqarshi turish va hayot qiyinchiliklarini yengish uchun kishilar to‘dato‘

Page 17: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

da bo‘lib, birgalashib hayot kechirganlar, yovvoyi hayvonlarhujumiga qarshi himoyalanishgan va mehnat qilishgan.Insoniyat davlat paydo bo‘lguniga qadar o‘z taraqqiyotida uzoqyo‘lni bosib o‘tgan. Davlat ham, huquq ham bo‘lmagan ibtidoiyjamiyat bir-biridan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishdarajasi bilan farq qiladigan yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiyakabi uch bosqichni bosib o‘tgan.Yovvoyilik davri ham uch bosqichga bo‘linadi:1. Yovvoyilikning quyi bosqichi – bu bosqich “odamzodninggo‘dakligi” deb ta’riflanadi. Kishilar ham o‘zlarining dastlabkijoylarida, tropik yoki subtropik o‘rmonlarda yashaganlar. Ularningovqatlari yig‘ib- terib yeyiladigan, ya’ni ishlab chiqarilmaydigan –mevalar, yong‘oqlar, o‘simlik ildizlaridan iborat bo‘lgan. Budavrning asosiy yutug‘i – ma’noli nutqning paydo bo‘lishi, ya’nikerakli bo‘lgan narsalarni tushuntira olishidir.2. Yovvoyilikning o‘rta bosqichi – ushbu bosqichda ovqatlarqatoriga baliq qo‘shiladi va olovdan foydalanish boshlanadi.Toshdan qurol yasash paydo bo‘ladi, odamlar iqlim va joyga bog‘liqbo‘lmay qoladilar va yer yuzining ko‘pgina qismiga joylashaboshlaydilar.3. Yovvoyilikning yuqori bosqichi – bu bosqich o‘q-yoy ixtiroqilingan vaqtdan boshlanadi. Ularning doimiy ovqatlari qatorigaparranda va hayvonlar kiradi. Ov esa mehnatning tarmoqlaridanbiri bo‘lib qoladi. Guruh-guruh bo‘lib yashashning ba’zi alomatlari,yog‘och idishlar, uy anjomlari paydo bo‘la boshlaydi. Endilikdaolov bilan bolta ro‘zg‘or ishlarida keng foydalaniladigan bo‘ladi.27Bu davrni qisqa qilib tabiatning tayyor mahsulotlarini ko‘plabo‘zlashtirish davri deyiladi.Varvarlik davri ham o‘z navbatida uch bosqichga bo‘linadi:Varvarlikning quyi bosqichi – bu bosqichda kulolchilik paydobo‘ladi, hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish va urchitish hamda o‘simliklarniekib o‘stirish vujudga keladi. Jamiyat taraqqiyotiga tabiiy sharoitlarta’siri kuchayadi.Varvarlikning o‘rta bosqichi – bu bosqich uy hayvonlarini qo‘lgao‘rgatishdan, g‘arbda ovqat bo‘ladigan ekinlarni sug‘orish vositasibilan ekish va imoratlar uchun quritilgan xom g‘isht hamda toshishlatishdan boshlanadi. Bu bosqich uchun podalarning paydobo‘lishi va cho‘ponlar qabilalarining shakllanishi taalluqlidir.Varvarlikning yuqori bosqichi – bu bosqichda temir rudasinieritishdan boshlanib, harfli yozuvning ixtiro qilinishi va uning og‘zakiijodini yozib olish uchun qo‘llanishi natijasida sivilizatsiyaga o‘tadi.Bu davrni qisqa qilib – chorvachilik va dehqonchilikning joriyetilishi davri, inson faoliyati yordamida tabiat mahsulotlariyetishtirishni ko‘paytirish usullarini o‘zlashtirish davri deyiladi.Biz ko‘rib chiqqan bu ikki davrda davlat va huquq bo‘lmagan.Bu davrlar hali iqtisodiy taraqqiyotning juda sekin va past darajadaborishi bilan tavsiflanadi.Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy tuzumi xususiyatlari uning ijtimoiytuzilishiga va ma’naviy hayotiga, hokimiyatning tavsifi va ijtimoiynormalarning mohiyatiga ta’sir ko‘rsatmasdan sira iloji yo‘q.Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini va uni boshqarishning birlamchishakli urug‘ bo‘lib, bu o‘zaro qondosh bo‘lgan kishilarning shaxsiyittifoqi edi. Urug‘larning hudud va til jihatidan yaqinligiga ko‘rabirlashishi qabila hisoblanadi. Bir necha qabilalarning birlashishiesa qabilalar ittifoqini tashkil etadi.Ushbu ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy boshqaruv quyidagicha bo‘lgan:

Page 18: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

– urug‘lar tepasida urug‘ning umumiy yig‘ilishida katta hayotiytajribaga ega bo‘lgan va ko‘pchilik hurmatini qozongan, obro‘lishaxslardan saylab qo‘yiladigan oqsoqollar yoki harbiy boshliqlarturgan.Qabilalar va jamoalar oqsoqollar kengashi tomonidan boshqarilgan.Urug‘chilik tuzumining iqtisodiy munosabatlariga urug‘ ishlarini28boshqarish tizimi va ijtimoiy hokimiyatni tashkil etish tartibi to‘g‘rikelardi.Bu sharoitda hokimiyat butun jamiyatga tegishli edi. Birgalikdahayot kechirishning hamma masalalari: ishlab chiqarish faoliyati,urush olib borish, diniy marosimlar o‘tkazish, kishilar o‘rtasidanizolarni hal qilish va boshqa masalalar umumiy yig‘ilishida ko‘ribchiqilar va hal etilardi.Urug‘ a’zolarining majlisi (umumiy yig‘ilishi) uning oliyhokimiyat organi edi. Oqsoqollar imtiyozlardan foydalanmasdilar,alohida boshqarish yoki majbur etish apparatlariga ega emasdilarva ularning qo‘llaridagi hokimiyat birdan-bir shaxsiy ma’naviyobro‘lariga hamda barcha urug‘ a’zolarining ularga bo‘lgan hurmativa qo‘llab-quvvatlashlariga tayanardi. Urug‘ oqsoqollari va harbiyboshliqlari istalgan vaqtda umumiy yig‘ilish tomonidanalmashtirilishi mumkin bo‘lgan, ular o‘z funksiyalarini urug‘ningnazorati ostida amalga oshirganlar. Urug‘ yig‘ilishining qarori uninghamma a’zolari uchun majburiy bo‘lgan.Ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat ancha obro‘li, real vasamarali boshqarishga qodir bo‘lgan.Ijtimoiy hokimiyat organlari va vakillarida jamoat fikridan boshqahech qanday majburlash usuli bo‘lmagan. Kishilar jamiyatda amalqiladigan xulq-atvor va yurish-turish qoidalariga so‘zsiz rioyaqilganlar.Yuqorida keltirilgan fikrlar, ijtimoiy hokimiyatning xususiyatlariibtidoiy jamoa tuzumi davrida hokimiyat o‘zini-o‘zi boshqarish vaibtidoiy demokratiya ko‘rinishida bo‘lganligini ko‘rsatadi.Ibtidoiy tuzumda amal qilgan xulq-atvor va yurish-turishqoidalari yig‘indisi ijtimoiy normalar bo‘lib, jamoaning turmushdagi,mehnatdagi va oiladagi munosabatlarini tartibga solgan, barchaurug‘ a’zolarining irodasini ifodalagan. Ijtimoiy normalarga – odat,axloq, diniy va boshqa normalar kirgan. Ibtidoiy davrdagi ijtimoiynormalar o‘sha tarixiy davr sharoitining va ishlab chiqarishmunosabatlarining mahsuli bo‘lgan.Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamiyatniboshqarishning urug‘-qabiladoshlik shakli o‘z ahamiyatini yo‘qotaborgan, metall eritish va metall qurollar tayyorlash ishlab chiqarishvositalarining takomillashish omili bo‘ldi. Bu hol jamiyatning29iqtisodiy negizi rivojlana borib, ma’naviy hayoti o‘zgarishiga olibkeldi. Ibtidoiy jamiyat iqtisodiyotning o‘sishiga, sifat jihatidan yangiishlab chiqarish usuliga o‘tishiga yirik ijtimoiy mehnat taqsimotihal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi.Ibtidoiy jamiyatning quyidagi beshta yirik mehnat faoliyatiyo‘nalishlari bo‘lgan: ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik,hunarmandchilik va savdogarchilik.Odamlar yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish oqibatida, uyhayvonlariga aylantirishni va ko‘paytirishni o‘rganadilar. Bu ishmehnatning asosiy sohasiga aylanib, yer haydash yoki ov qilishganisbatan ancha foydali bo‘lgan.Shunday qilib, mehnatning chorvachilik turi dehqonchilikdan

Page 19: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ajralib chiqdi. Bu dastlabki yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti edi.Mahsulot ishlab chiqarishning ortishi kundalik mehnat miqdoriniham ko‘paytira bordi. Yangi ish kuchini jalb etishga ehtiyoj tug‘ildi.Ushbu ehtiyojni urush oqibatida asir tushganlar hisobidanqondirilgan, ya’ni ular qulga aylantirilgan.Qullar mehnatidan foydalanish va mehnat qurollariningtakomillashuvi oqibatida ayrim insonlar qo‘lida ortiqchamahsulotning paydo bo‘lishi jamiyatda xususiy mulkni keltiribchiqargan. Shunday qilib, xususiy mulk kelib chiqdi va jamiyatsinflarga bo‘linadi, ya’ni quldorlar va qullar yoki ekspluatatorlarva ekspluatatsiya qilinuvchilar.Keyinchalik, metall asboblar quyish va kulolchilik hamdato‘qimachilikning rivojlanishi ijtimoiy mehnatda ikkinchi yirikbo‘linishga – dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajrab chiqishigaolib keladi. Alohida guruh kishilar turli xil mehnat qurollari va uyanjomlari tayyorlash bilan shug‘ullana boshladilar. Endihunarmandchilikda ixtisoslashish avj oldi. Dehqonlar ham,chorvadorlar ham, hunarmandlar ham mahsulotni bevositaayriboshlash uchun ishlab chiqara boshladi, ya’ni tovar xo‘jaligibilan birga savdogarchilik rivojlandi.Kishilik jamiyatining bu tariqa rivojlanishi uchinchi yirik ijtimoiymehnat taqsimotiga olib keldi. Sivilizatsiya ishlab chiqarish bilanshug‘ullanmasdan, faqat mahsulotlarni ayriboshlash bilan mashg‘ulbo‘ladigan sinfni – savdogarlar sinfini vujudga keltiradi. Endilikdabirinchi marta shunday bir sinf paydo bo‘ldiki, u ishlab chiqarishda30hech bir ishtirok etmasa ham, ishlab chiqarishda rahbarlik ishiniumuman va butunlay o‘z qo‘liga oladi va ishlab chiqaruvchilarniiqtisodiy jihatdan o‘ziga itoat qildiradi, har ikki ishlab chiqaruvchio‘rtasida yo‘qotib bo‘lmaydigan vositaga aylanadi va ularning hamikkisini ekspluatatsiya qiladi.Bu davrga kelib yer ham xususiy mulkka aylanadi, boyliklarozchilikni tashkil etgan ekspluatatorlar sinfi qo‘lida to‘planishitezlashadi, shu bilan birga kambag‘allar soni ham ko‘paya borgan.Umumiy mulk o‘rniga xususiy mulk pirovard natijada mulkiytengsizlikni yuzaga chiqarib, jamiyatni antagonistik sinflarga bo‘libyuboradi. Endi jamiyatni boshqarishning urug‘-qabiladoshlik shaklibularning hammasini o‘z ichiga sig‘dira olmasdi va oqibatdaurug‘doshlik tuzumi o‘rnini quldorlik davlatiga bo‘shatib berdi.Davlat urug‘doshlik jamiyatidagi ijtimoiy hokimiyatdan quyidagibelgilari bilan farqlanadi:– birinchidan, davlat fuqarolarning hududiy bo‘linishigaajratishdan iboratdir, urug‘doshlik tizimida qon-qarindoshlikaloqalari tufayli hududga bog‘liq bo‘lmagan urug‘doshlik ittifoqlaribo‘lgan. Bu urug‘doshlik ittifoqlari buzilgan, fuqarolar o‘zlariningijtimoiy huquq va burchlarini qaysi urug‘ va qabilaga mansubekanliklaridan qat’i nazar, yashash joylariga qarab amalga oshiraboshlaydilar;– ikkinchidan, davlat urug‘chilik tashkilotidan endi aholi bilansig‘isha olmaydigan ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni ta’sis etish bilanfarq qiladi. Ijtimoiy hokimiyat qurollangan kishilarning maxsusotryadi, armiya, politsiyadan, qamoqxona va har xil majbur etishmuassasalari singari zo‘rlash apparatidan iborat. Ularning hammasiurug‘doshlik tuzumiga yot va noma’lumdir;– uchinchidan, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni saqlash uchunfuqarolarga soliqlar solingan. Davlat amaldorlari ijtimoiyhokimiyatga va soliqlar undirish huquqiga ega bo‘lib, jamiyat

Page 20: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

organlari sifatida jamiyat ustida hukmron bo‘lib turgan. Uninghokimiyati endi obro‘-e’tiborga, jamiyat a’zolarining izzathurmatigaemas, balki kuchiga tayanadi. Maxsus maddohlar ularningmanfaatini qo‘riqlab, muqaddas va daxlsiz darajaga ko‘taradi.Ibtidoiy jamoa tuzumining va davlatning paydo bo‘lishi turlixalqlarda ular hayotining ichki va tashqi muayyan sharoitlarigaqarab turlicha sodir bo‘lgan.31Qadimgi Afinada urug‘doshlik jamiyati ichida avj olgan sinfiyantagonizmdan bevosita davlatning sof sinfiy shakli paydo bo‘ldi.Rimda huquqsiz, Rim fuqaroligidan mahrum bo‘lgan polebeylarg‘alabasi urug‘doshlik tuzumini parchaladi va uning xarobalario‘rnida davlat paydo bo‘ldi.Germanlarda davlat boshqa hududlarni bosib olishning bevositanatijasi sifatida paydo bo‘ldi.3-§. Ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy hokimiyat va ijtimoiy normalarIbtidoiy jamoa tuzumida odamlar urug‘ jamoasiga birlashibyashaganlar, mehnat qurollariga, mehnat mahsulotlariga egabo‘lganlar. Ular tomonidan topilgan mahsulot kundalik ehtiyojlariuchun zo‘rg‘a yetib turgan. Birovlarning boshqalar ustidanhukmronligi, ya’ni hokimiyat bo‘lmagan. Jamoadagi barcha ishlarumumiy yig‘ilishda hal qilingan. Urug‘ oqsoqollari urug‘doshlarbilan bamaslahat ish tutganlar. Odamlar shu jamoada amal qiladiganxulq-atvor va yurish-turish qoidlariga rioya qilgan. Agarda jamoadao‘rnatilgan axloq va odat qoidalari buzilsa, u butun urug‘ yig‘inidamuhokama qilingan va tegishli jazo belgilangan. Alohida muhimishlar, harbiy yurishlar, ov, mulkni bo‘lish masalalarini hal etilishiuchun ibtidoiy jamiyatning oliy organi – oqsoqollar kengashichaqirilgan va kun tartibiga muhim masala qo‘yilib, ko‘pchilikfikri asosida yagona to‘xtamga kelingan. Oqsoqollar kengashini,asosan, jamoaning katta yoshdagi a’zolari tashkil etgan.Ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy jamoa a’zolari saylagan oqsoqollartomonidan boshqarilgan. Har bir jamoadan bittadan oqsoqolsaylangan va bu oqsoqollar kengashini tashkil qilgan. Oqsoqollarkengashini esa barcha oqsoqollar ichidan saylangan, yoshi ulug‘,ko‘pni ko‘rgan, obro‘li, dono kishi boshqargan. Ibtidoiy jamiyatdamajburlov apparati degan tushuncha bo‘lmagan, balki jamoanioqsoqollar o‘zlarining shaxsiy obro‘si bilan boshqarganlar.Ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy munosabatlar odat va axloq normalaribilan tartibga solingan. Odat normasi – kishilarning ko‘p martatakrorlanganligi natijasida munosabatlarni tartibga solish vositasigaaylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xulqatvorqoidalaridir. Axloq – jamoaning barcha a’zolari uchun ma’qulbo‘lgan, umumiy yurish-turish qoidalariga aytiladi.32Odat va axloq normalari ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiymunosabatlarni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy qoida sifatidaxizmat qilgan. Odat va axloq normalari buzilgan taqdirda, oqsoqollarkengashida muhokama qilingan hamda turli xil jazolar qo‘llanilgan.Ibtidoiy jamiyatdagi jazo tizimi jamoa izzasi, darra urish vaqabiladan haydab yuborish kabi turlardan iborat bo‘lgan. Qabiladanhaydab yuborish eng og‘ir jazo hisoblangan. Qabiladan haydalganodam ochlikdan o‘lib ketadi yoki yovvoyi hayvonlarga yem bo‘lishimumkin edi.4-§. Davlat va huquqning paydobo‘lishi haqidagi nazariyalarDavlat va huquqning paydo bo‘lishi haqidagi tushuncha va

Page 21: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

tasavvurlar dunyo olimlari tomonidan turli xil tarzda talqin qilinadi.Har bir olim o‘z nuqtayi nazarini ilgari suradi. Ushbu nazariyalarnibirortasini noto‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Chunki fan o‘zaro qaramaqarshifikrlar asosida takomillashadi va rivojlanadi.Davlat va huquqning paydo bo‘lishi masalasiga to‘xtalishdanoldin tarixga murojaat qilish lozim. Negaki, davlat paydo bo‘lmagandavrda ham yer yuzida hayot bo‘lgan va insonlar turmushkechirganlar. Davlat paydo bo‘lgunga qadar insoniyat davlatsiz hayotkechirgan.Insoniyat ibtidoiy jamiyatdan to davlat paydo bo‘lgunga qadaribtidoiy odamlar to‘dasi davri, ibtidoiy jamoa davri va ibtidoiyjamoaning yemirilishi davrlarini boshidan kechirgan. Muayyandavrlarning o‘tishi bilan davlatsiz jamiyat hisoblanmish ibtidoiyjamiyat o‘z o‘rini davlatli jamiyatga bo‘shatib berdi va shu asnodadavlat va huquq shakllandi.Davlat va huquq bir vaqtda paydo bo‘lgan. Davlat va huquq birbiridan alohida paydo bo‘lmaydi, balki ular bir vaqtda paydo bo‘ladiva bir-birini taqozo etadi. Davlat huquqsiz, huquq esa davlatsizvujudga kelmaydi.Davlatning paydo bo‘lishi haqida bir qancha olimlar turli xilnazariyalarini ilgari suradilar va o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakatqiladilar.Davlatning paydo bo‘lishi haqida quyidagi nazariyalar mavjud:sinfiy nazariya, diniy nazariya, patriarxal nazariya, shartnoma33nazariyasi, zo‘rlik nazariyasi, psixologik nazariya, irrigatsiyanazariyasi.Sinfiy nazariya. Bu nazariya XIX asrning ikkinchi yarmidaG‘arbiy Yevropada vujudga kelgan bo‘lib, XX asrning 90-yillarigachahukmronlik qilgan. Mazkur nazariya vakillari K. Marks, F. Engelsva V. Lenin hisoblanadi. Ularning fikricha, davlat iqtisodiy sabablar,ijtimoiy mehnat taqsimoti, ortiqcha mahsulot va xususiy mulkningvujudga kelishi, jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlargaega sinflarga ajralishi tufayli vujudga kelgan deyiladi.Diniy nazariya – o‘rta asrlarda hukmron bo‘lgan. Hozirgi davrdaboshqa nazariyalar bilan birgalikda Yevropa va boshqa qit’alargatarqalgan. Mazkur nazariya vakillari A. Avgustin, F. Akvinskiy,Mariten, Marselar hisoblanib, davlatni xudo tomonidanyaratilganligi xususida o‘z fikrlarini bildiradilar. Ular butunhokimiyat xudoniki, degan g‘oyani ilgari suradilar. Davlatniboshqarayotgan shaxs, ya’ni hukmdor podsho, xudoning yerdagivakili hisoblanib, uning amriga itoat qilmaslik xudoga shak keltirishbilan bab-barobar, deb tushunadilar.Patriarxal nazariyaning mohiyati shundaki, uning mualliflariningfikricha davlat oila andozasi bo‘yicha vujudga keladi. Mazkurnazariya tarafdorlarining ta’kidlashicha, davlat – oilaning taraqqiyetishi natijasida paydo bo‘lgan. Dastavval oila paydo bo‘lgan, so‘ngraoila o‘sib urug‘ga, urug‘ qabilaga, qabila esa davlatga aylangan,deyiladi. Monarx hokimiyati esa go‘yo oilaning barcha azolarigarahbarlik qiladigan otadan meros bo‘lib o‘tgan, deb hisoblaydilar.Ushbu nazariya Yunonistonda (qadimgi Gretsiyada) paydo bo‘lganva Aristotel asarlarida asoslab berilgan, XVII asrda yashagan inglizolimi Filmerning «Patriarx» asarida rivojlantirilgan. Muallif Injilgaasoslanib, Odam atoning hokimiyatni xudodan olib, o‘zining kattao‘g‘li patriarxga, u esa o‘zining avlodlari bo‘lgan qirollargaberganligini isbotlashga harakat qilgan.Shartnoma nazariyasi XVII va XVIII asrlarda vujudga kelgan

Page 22: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

bo‘lib, ushbu nazariya vakillarining ta’kidlashicha, hokimiyat xalqtomonidan, xalqning monarx bilan bitishuvi natijasida o‘rnatiladi,deyilgan. Gollandiyada ushbu nazariyani Gugo Grotsiy va Spinoza,Angliyada Lokk va Gobbs, Fransiyada Jan Jak Russo, RossiyadaA.N. Radishchev rivojlantirgan. J. Russo ushbu nazariya bo‘yicha34«Ijtimoiy shartnoma» nomli kitob yozgan bo‘lib, mazkur kitobdau «Agar monarx hokimiyatni suiiste’mol qilsa, xalq qo‘zg‘alonko‘tarishga va monarxni taxtdan ag‘darishga haqli bo‘lgan», deydi.Zo‘rlik nazariyasi vakillari fikriga ko‘ra (Gumplovich, Kautskiy)davlatning kelib chiqishida zo‘rlik harakati, bir xalqning boshqaxalq tomonidan bosib olinishi yotadi. Davlat g‘olibning hokimiyatinimustahkamlash uchun tuziladi.Psixologik nazariya tarafdorlari G. Tarrd, Z. Freyd va L.I.Petrajitskiylardir. Bu nazariya davlatning kelib chiqishini kishilarninghukmronlikka va bo‘ysunishga ehtiyoji bilan izohlaydi. Rus olimlariKorkunov va Petrajitskiylar davlat insonning bo‘ysunishga intilishiorqasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Psixologik nazariya xalqnialohida xususiyatlarga ega bo‘lgan kishilarga bo‘ysunishni istovchipassiv omma, deb ataydi.Irrigatsiya nazariyasi davlatlarning kelib chiqishi ularning ilkshakllari Sharqda ulkan irrigatsiya inshootlarini qurish va ulardanfoydalanish bilan bog‘liqlikni ifodalaydi. Ushbu nazariya nemisolimi Vittifogelning «Sharq istibdodi» asarida ifodalab berilgan.Shuningdek, O‘zbekiston hududida davlatning paydo bo‘lishi hambevosita irrigatsiya nazariyasi bilan bog‘liqdir.Huquqning paydo bo‘lishi haqida olimlar turli xil nazariyalarniilgari suradilar:Tabiiy huquq nazariyasi – ushbu huquq nazariyalarining engqadimiy turi hisoblanadi. Ushbu nazariya vakillari huquqning o‘zidaadolatning mutlaq, o‘zgarmas ibtidosini mujassam etganligidan kelibchiqadilar. Huquq tabiatan mavjud, uni hech kim o‘ylab topmagan,u xuddi inson kabi tabiiydir.Huquqning tarixiy nazariyasi – mazkur nazariya vakillarihuquqni tabiatan mavjudligini inkor etishadi, ya’ni huquq aslotabiatan paydo bo‘lmagan, balki huquq tarixan paydo bo‘lgan varivojlangan, deb hisoblaydi. Yerga ekilgan urug‘ kabi, u xalqningongida o‘sib boradi va adolat qonunlar shaklida namoyon bo‘ladi.U yoki bu xalqning tarixiy hayoti huquqni qanday ko‘rinishgakeltirsa, u shunday bo‘lib qoladi.Huquqning psixologik nazariyasi vakillarining ta’kidlashicha,huquqning kelib chiqishi va rivojlanishi shaxs yoki shaxslarguruhining psixologiyasi bilan izohlanadi. Huquq psixologik35yo‘nalishlar, turli kechinmalar, hissiyotlar va instinktlarningmahsulidir, deb uqtiriladi.Huquqning diniy nazariyasi XVII–XVIII asrlarda vujudga kelganbo‘lib, asosiy vakili Foma Akvinskiy hisoblanadi. Uning davridaamaldagi huquqning asosini ilohiy qonunlar va tabiiy huquqlartashkil qiladi, deb e’lon qilingan. Bu nazariyani islom dini va katolikcherkov namoyandalari qo‘llaydilar.Huquqning kelib chiqishini tushuntirishda teologik nazariyatarafdorlari asosiy qonunlar insonga xudo tomonidan beriladi, debko‘rsatilgan diniy kitoblarga tayanganlar. Masalan, Qur’on, Injil, Tavrot.Huquqning sinfiy nazariyasi vakillarining ta’kidlashicha, huquqtabiiy ham, tarixan ham, hatto psixologik holda ham vujudgakelmagan, balki huquq hukmron sinfning manfaatini himoya qilish

Page 23: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

uchun davlat bilan bir vaqtda unga siyosiy qurol sifatida maydongachiqqan, deyiladi.Ularning fikricha, huquqning paydo bo‘lishida uchta bosqichmavjud bo‘lgan: birinchi bosqich – odatning mutlaq hukmronligidavri; ikkinchi bosqich – odat bilan huquqning bir vaqtda amaldabo‘lish davri; uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlikdavri.Mazkur nazariya vakillari huquqning tezda odat o‘rniniegallamaganligi, balki asta-sekinlik asosida, vaqt o‘tishi bilan odathuquqqa o‘z o‘rnini bo‘shatib berganligini isbotlashga harakatqilganlar. Sinfiy nazariya vakillari huquqni paydo bo‘lishining asosiysababi sifatida odat normasiga asosan hamma teng huquqlibo‘lganligini, bu esa iqtisodiy jihatdan hukmron sinfga, ya’niquldorlarga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli odat normalaridan vozkechilganligi va buning o‘rniga quldorlar tomonidan huquqnormalarining shakllantirilganligini ta’kidlaydilar.36III BOB. DAVLAT VA HUQUQNINGJAMIYAT TIZIMIDAGI O‘RNI1-§. Davlat va jamiyatning o‘zaro nisbatiDavlat – jamiyat rivojlanishining mahsuli. Jamiyatrivojlanishining muayyan bosqichida alohida siyosiy institut – davlatyuzaga keladi va rivojlanadi. Davlat jamiyatga tashqaridan kiritilgankuch emas, u jamiyatning o‘zidan kelib chiqqan, uni o‘zigabo‘ysundiruvchi va boshqaruvchi kuchdir.“Davlat” va “jamiyat” tushunchalari aynan bir xil tushunchalaremas. “Jamiyat” keng qamrovli hodisa, voqelik bo‘lib, “davlat”jamiyatning tarkibiga kiruvchi bir qism, alohida elementdir. Jamiyatva davlat o‘rtasidagi nisbat nafaqat ularning bir-biridan farqi, balkitarkibiy (strukturaviy) tuzilishi va bajaradigan ijtimoiy vazifalaribilan izohlanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamiyat mamlakataholisining hammasini qamrab oluvchi murakkab ijtimoiy organizmbo‘lib, insonlarning o‘zaro aloqalari mahsuli, eng avvalo, ularhayotining ishlab chiqarish, moddiy ne’matlarni o‘zaro ayirboshlashva iste’mol qilish bilan bog‘liq tashkiliy tuzilmadir. Davlat esajamiyat ichidan ajralib chiqib, uni boshqarish uchun vujudgakeltiriladigan siyosiy tashkilotdir.Davlat – hokimiyat tepasidagi siyosiy kuchlarning alohidatashkiloti.Davlat ibtidoiy tuzumdagi urug‘doshlik tashkilotidan quyidagibelgilarga ko‘ra farq qiladi. Birinchi – davlatdan ajralgan butunaholi bilan bir bo‘lmagan ijtimoiy-siyosiy hokimiyat. Bu hokimiyatqurollangan kishilarning alohida otryadlariga – dastavval qirolaskarlariga, keyinchalik armiya, politsiya, turmalar va boshqamajburlov muassasalariga va nihoyat, odamlarni boshqarish bilanmaxsus shug‘ullanadigan amaldorlarga tayanadi.Ikkinchi belgi – jamoa a’zolarining qondoshlik belgisiga ko‘raemas, balki hududiy belgiga ko‘ra bo‘linishi, ya’ni davlatfuqaroligining o‘rnatilishi. Monarxlar (qirollar, knyazlar va h.k.)ningdevor bilan o‘ralgan saroylari atrofida savdo-sotiq vahunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi joylashgan shaharlarrivojlangan. Boy zodagonlar ham shu yerda joylashgan. Aynanshaharlarda odamlar qarindoshlik emas, balki, avvalo, qo‘shnichilik37munosabatlari bilan bog‘langan. Vaqt o‘tishi bilan qishloqda hamqarindoshlik aloqalari o‘rnini qo‘shnichilik munosabatlari egalladi.

Page 24: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Ommaviy (ijtimoiy-siyosiy) hokimiyatni va uning apparatini(amaldorlar, armiya, politsiya, turmalar va h.k.) saqlab turish uchunaholidan urug‘doshlik tuzumi davrida ma’lum bo‘lmagan soliqlaryig‘iladi. Bu davlatning uchinchi belgisidir.Davlatning vujudga kelishi sabablari va asosiy qonuniyatlari yeryuzidagi barcha shaharlar uchun deyarli o‘xshash bo‘lgan. Biroqjahonning turli mintaqalarida, turli xalqlarda davlatning tashkil topishjarayoni ba’zan juda muhim o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan.Ular geografik muhit, u yoki bu davlat tashkil topishining muayyantarixiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq edi. Afina davlatining vujudgakelishi davlat tashkil topishining klassik shakli hisoblanadi. Ya’ni, uijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zaruriy qonuniyatlari asosida paydobo‘lgan. Keyinchalik boshqa xalqlarda ham davlatning shakllanishishu yo‘ldan bordi. Afinaliklar davlatining vujudga kelishi, umuman,davlat tashkil topishiga yorqin namunaviy misoldir, chunki u, birtomondan, sof ko‘rinishda, tashqi yoki ichki tazyiqsiz yuz bergan,boshqa tomondan, ayni holda davlatning ancha rivojlangan shakli– demokratik respublika bevosita urug‘doshlik tuzumidan kelibchiqqan. Bu davlat tashkil topishining barcha muhim tafsilotlaribizga yaxshi ma’lum. Rimda urug‘doshlik jamiyati bu jamiyatdantashqaridagi haq-huquqsiz, biroq majburiyatlarga ega bo‘lan ko‘psonli plebeylar qurshovidagi mahdud aristokratiyaga aylangan;plebeylarning zodagon – patritsiylar ustidan g‘alabasi eski urug‘doshliktuzumini ag‘darib tashladi va uning vayronalarida davlat bunyodetdi. Ko‘p o‘tmay bu davlat bag‘rida aristokratiya va plebs chatishibketdi. Keyinchalik Rim imperiyasini zabt etgan german qabilalaridadavlat o‘zgalar hududini bosib olishning bevosita natijasi sifatidavujudga keldi. Urug‘doshlik tuzumi bu hududlarda hukmronlik qilishimkoniyatiga ega emas edi. Binobarin, davlatning shakllanish jarayoniba’zan mazkur jamiyat uchun tashqi omillar, masalan, qo‘shniqabilalar yoki mavjud davlatlar bilan urush ta’sirida tezlashar edi.German qabilalari quldorlik tuzumi amal qilgan Rim imperiyasininghududlarini bosib olishi natijasida g‘oliblarning harbiy demokratiyabosqichidagi urug‘doshlik tashkiloti o‘rnida ko‘p o‘tmay feodal davlattashkil topdi.382-§. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning o‘rniTarixan olib qaraganda davlatni dastlabki siyosiy tashkilot debhisoblash mumkin. “Siyosat” iborasi ruscha “politika” – yunoncha“polis”, ya’ni shahar – davlat degan so‘zlarning tarjimasi ma’nosidaishlatiladi. Davlatning siyosiyligi shundaki, u hukmronlikka intilganva erishgan ijtimoiy guruhlarning (sinflarning) manfaatiniifodalovchi tashkilot sifatida maydonga keldi. Keyinchalik ijtimoiy(guruhlar, qatlamlarning) manfaatlarni ifoda etuvchi boshqauyushmalar, tashkilotlar, partiyalar vujudga kelib, o‘ziga xos siyosiytashkilotlar yig‘indisi, majmui, tizimi hosil bo‘ldi.So‘nggi asrlardagi sinfiy va demokratik jamiyatlarda davlatdantashqari muayyan ijtimoiy kuchlarning, guruhlar va qatlamlarningmanfaatlarini ifodalovchi turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari,ayollar va yoshlarning jamoat birlashmalari, sanoatchilar vafermerlarning tashkilotlari kabilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aynivaqtda ular siyosatga muayyan ta’sir o‘tkazmoqda. Biroq shungaqaramasdan davlat jamiyatning siyosiy tizimida markaziy o‘rinniegallaydi.Buning sababi quyidagi omillar bilan izohlanadi:1. Davlat manfaatlari o‘zaro sig‘ishmaydigan turli ijtimoiyguruhlar, qatlamlar, sinflar bemahsul ziddiyati va o‘zaro qaramaqarshiligining

Page 25: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

muqobili sifatida yuzaga keldi va faoliyat ko‘rsatadi.2. Davlat birgalikda hayot kechirish maqsadida uyushganinsonlarning ittifoqi, turmush faoliyatining tashkiliy shaklihisoblanadi. Insonlarning davlat bilan bo‘ladigan tarixiy, mafkuraviy,ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari “fuqarolik” degan kategoriyada o‘ziningmujassam siyosiy-huquqiy ifodasini topadi. “Davlat jamoasi”ninghar bir a’zosi davlatning mavjud bo‘lishidan manfaatdor. Chunki,davlat vositasida shaxsiy daxlsizlik va erkinlik, oila va mulkmuhofazasi, shuningdek, shaxsiy hayot xavfsizligi kafolatlanadi.Shu tariqa individ (shaxs) dastlabki barqaror siyosiy sifatlarga egabo‘lib, mamlakat siyosiy hayotining ishtirokchisiga aylanadi.3. Davlatning vujudga kelishida jamiyatning ijtimoiy – sinfiytabaqalanishi muhim rol o‘ynaydi. Bundan shu ma’no chiqadiki,davlat iqtisodda hukmron sinfning siyosiy tashkiloti sifatidanamoyon bo‘ladi.4. Davlat o‘z ijtimoiy manfaatlarini qondirish uchun birlashgan39insonlar dastlabki siyosiy faoliyatining mahsulidir. Bu siyosiyvoqeliklarning umumuniversalligi bilan bog‘liq. Siyosiy hayotommaviy hokimiyat faoliyati va mamlakatning butun hududimiqyosida kechadi. Shu bois davlat siyosiy hayotni tashkillashtirishshakli sifatida maydonga chiqadi. Davlat qonunchilik hujjatlariyordamida “siyosiy o‘yin qoidalarini” belgilaydi. Davlat mamlakatmiqyosida siyosiy hayotning shakli sifatida jamiyat siyosiy tizimibilan aynan mos keladi. Davlat o‘zining vazifasi va funksionalxususiyatlari (tavsifi) bilan siyosiy tizimning bir qismi sifatidanamoyon bo‘ladi.5. Davlat – jamiyatning siyosiy tizimi bilan fuqarolik jamiyatio‘rtasidagi bog‘lovchi va muvofiqlashtiruvchi muhim bo‘g‘indir.U jamiyat manfaati uchun zarur umumijtimoiy funksiyalarnibajaradi. Masalan, transport, aloqa, uy-joy qurilishi, energetikata’minoti, ekologiya sofligini ta’minlash, ta’lim tizimini tashkil etish,va h.k. sohalarda davlat amalga oshiradigan faoliyat butunjamiyatning umumiy manfaatlarini aks ettiradi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq davlathokimiyatining birdan-bir manbayidir. Xalq bu hokimiyatni vakillikdemokratiyasi (saylab qo‘yiladigan davlat hokimiyati organlariorqali) va bevosita demokratiya yo‘li bilan amalga oshiradi. Bevositademokratiya shakllariga fuqarolarning davlatni boshqarishda,referendumda ishtirok etish huquqi, shuningdek, jamoatbirlashmalariga uyushish huquqi kiradi. Fuqarolar bu huquqlarniturli jamoat tashkilotlariga uyushish yo‘li bilan amalga oshirishimumkin. Bunday tashkilotlar qatoriga siyosiy partiyalar, kasabauyushmalari, yoshlar tashkilotlari va har xil ijodiy uyushmalar kiradi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi I bobining mazmunidankelib chiqib, siyosiy tizimga O‘zbekiston xalqi siyosiy faoliyatitashkiliy shakllarining majmui, deb ta’rif berish mumkin. Bundadavlatga xalq siyosiy faoliyatini tashkil etishning oddiy shakli emas,balki asosiy shakli sifatida qaraladi, chunki boshqa shakllar davlatganisbatan yordamchi xususiyatga egadir. Ular davlat oldida turganvazifalarni hal qilishga nodavlat tuzulmalar vositasida yordam beradi,jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda barcha fuqarolar ishtiroketishiga imkoniyat yaratadi, davlat hayotida demokratiya asoslariyanada kengayishiga ko‘maklashadi. Jamiyat siyosiy tizimida40davlatning asosiy o‘rni va roli davlat tizimining asosiy unsuri debaytish imkonini beruvchi bir qancha xususiyatlar bilan belgilanadi.

Page 26: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Birinchidan, davlat O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatlixalqining siyosiy tashkiloti, ya’ni ijtimoiy, mulkiy mavqei, irqi,millati, kasb-kori va hokazolardan qat’i nazar, jamiyatning barchaa’zolarining tashkilotidir. Shu bois, davlat butun xalq tashkilotisifatida, siyosiy tizimning boshqa tarkibiy qismlariga qaragandakengroq ijtimoiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi.Ikkinchidan, davlat xalq manfaatlarining rasmiy ifodachisisifatida, mulkning barcha shakllari rivojlanishi uchun shart-sharoityaratadi.Uchinchidan, davlat maxsus davlat apparatiga ega bo‘ladi. Boshqatarkibiy qismlardan farqli o‘laroq, bu apparat organlariga hokimiyatvakolatlari beriladi. Bunday vakolatlarga huquqni muhofaza qilishtizimi ega bo‘ladi. Bu tizim tarkibiga majburlov vazifalarinibajaruvchi ichki ishlar, soliq, bojxona, prokuratura va milliyxavfsizlik organlari kiradi.To‘rtinchidan, siyosiy tizimning boshqa unsurlaridan farqlio‘laroq, davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiyhujjatlar qabul qilishga, shuningdek, ularning ijrosi ustidan nazorattizimiga ega bo‘ladi. Jamoat tashkilotlari normativ hujjatlar qabulqilish huquqiga ega. Bu normativ hujjatlar faqat mazkur jamoattashkiloti a’zolariga nisbatan tatbiq etiladi.Beshinchidan, davlat suverenitetga, ya’ni davlat hokimiyatiningbarcha siyosiy partiyalar, muassasalar, fuqarolar va nodavlattashkilotlariga nisbatan ustunlikka egadir. Suverenitetga ega bo‘lganholda, davlat o‘zini o‘zi tashkil etadi va umummajburiy xulq-atvorqoidalari (qonunlar) qabul qiladi. Shu bilan davlat qonunlarchiqarish orqali siyosiy tizimga kiruvchi barcha tashkilot, muassasa,birlashmalarning huquqiy maqomini belgilab qo‘yadi.Shunday qilib, davlat jamiyat siyosiy tizimida alohida o‘rinegallaydi va undagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy rolo‘ynaydi.3-§. Davlat va fuqarolik jamiyatiDavlat – har qanday jamiyatda siyosiy hokimiyatning eng muhimorganidir. Davlat jamiyatning umumiy ishlarini boshqaruvchi41alohida organ sifatida amal qiladi. Davlat – jamiyatning siyosiytashkilotlari tizimida muhim, lekin yakka-yu yagona bo‘g‘in emas:unga partiyalar va boshqa tashkilotlar ham kiradi. Biroq jamiyatdasuveren hokimiyatga faqat davlat ega bo‘ladi. Davlat hokimiyatiningustunligi muayyan tarzda uning universalligi (davlat hokimiyatiningkuchi mazkur mamlakatning butun hududi, barcha aholisi va jamoattashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi), vakolatlarida (davlathokimiyati unga da’vo qiluvchi boshqa har qanday g‘ayrikonstitutsiyaviy va muvoziy tuzilmalarni bekor qilishi mumkin),shuningdek, boshqa ta’sir ko‘rsatish vositalarining mavjudligida(masalan, qonunchilik, odil sudlod) ifodalanadi.Fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishi, shaxs va davlat o‘zaromunosabatlarining madaniylashuvi jamiyatdagi munosabatlarniuyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Siyosiy munosabatlar sohasida davlathaqli ravishda yetakchi o‘rin egallaydi, bunda u fuqarolik jamiyatigabog‘liq bo‘ladi, ya’ni uning faoliyati har qanday jamiyatmanfaatlariga taalluqli umumiy ishlarni bajarishi bilan belgilanadi.Fuqarolik jamiyati odamlarning ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarihamda huquqlarini ifodalash va himoya qilishga safarbar etilganixtiyoriy uyushmalari (diniy tashkilotlar, jamoat birlashmalari,partiyalar, kasaba uyushmalari, shirkatlar va hokazo) timsolidadavlat bilan alohida siyosiy munosabatlarga kirishadi.

Page 27: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa,davlatning demokratik faoliyati uchun asoslar shuncha ko‘proqbo‘ladi. Va aksincha, fuqarolik jamiyati yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa,avtoritar va totalitar hokimiyat tuzumlari mavjudligi uchun asoslarko‘proq bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi aholiqatlamlarining qamrab olinganlik darajasi bilan emas, balki bujamiyatda tan olinadigan shaxs erkinligining ta’minlanishi holatibilan belgilanadi.Fuqarolik jamiyatida davlat barcha mulkdorlar huquqiy jihatdanteng himoya qilinishini ta’minlaydi, xususiy mulkni daxlsiz debe’lon qiladi, ijtimoiy zarurat tufayli mulk olib qo‘yilgan holda ungatovon to‘lanishi kafolatlanadi. Mulkni natsionalizatsiya qilishga yo‘lqo‘yilmaydi. Bunday jamiyatda mehnat erkin bo‘lib, davlattomonidan ham, jamiyat tomonidan ham rag‘batlantiriladi, majburiymehnat taqiqlanadi, individual va kollektiv mehnat erkinligi42kafolatlanadi. Davlat aholini ish bilan to‘la ta’minlash uchun shartsharoitlaryaratadi, kasb-hunar ta’limi va yangi ixtisos olish dasturiniamalga oshiradi, mehnatga tayyorlash va ishsizlik bo‘yicha nafaqalarto‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi.Jamiyatni davlatning yalpi homiyligidan ozod qilishda uni «tungiqorovul» darajasiga tushirib qo‘yish yaramaydi. Barcha ijtimoiytuzilmalarda tub o‘zgarishlar qilinayotgan sharoitda aynan davlatyangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni yuzagakeltiradigan birlashtiruvchi kuchga aylanishi lozim. Davlat ta’sirisizjamiyatni amalda o‘zgartirish mumkin emas. Uning insonhuquqlarini himoya qilish sohasidagi bozor islohotlarining salbiyoqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyati, ayniqsa,muhimdir. Davlatning ijtimoiy vazifasi daromadlarni jamiyatningturli qatlamlari o‘rtasida soliq tizimi, davlat budjeti va maxsusijtimoiy dasturlar yordamida qayta taqsimlashdan iborat.Uzoq muddatli, istiqbolli maqsad sifatida davlat fuqarolarningmoddiy holatini tenglashtirishga harakat qilishi lozim. Nafaqatyuridik, balki haqiqiy tenglikka erishish – tarixan qisqa fursatdaerishib bo‘lmaydigan vazifa. Biroq bu ulkan ma’naviy imkoniyatnio‘zida mujassamlashtirgan tenglik g‘oyasi rad etilishini anglatmaydi.Jamiyatimizning rivojlanish yo‘llarini aniqlash, iqtisodiy vaijtimoiy sohalarga davlatning aralashuvi chegaralarini, mulknitaqsimlashda uning tartibga soluvchi rolini, davlat ijtimoiyfunksiyasining o‘sishini va uning o‘z fuqarolariga munosib turmushsharoitini yaratish uchun javobgarligi (mas’ulligi) kuchayishiniasoslash huquq fanining muhim vazifasidir.O‘zbekistonda tenglik, adolat va yuksak ma’naviyatga asta-sekinerishishni ta’minlovchi huquqiy davlatni shakllantirish yangidemokratik jamiyat modelining muhim jihatidir.4-§. Davlat va huquqning o‘zaro munosabatiDavlat va huquq – jamiyat tadrijiy rivojlanishining muhimomillari, hozirgi zamon jamiyatining muqarrar yo‘ldoshlaridir.Davlat va huquq nazariyasi – jamiyatshunoslikning tarkibiy qismi,amaliy yurisprudensiyaning g‘oyaviy negizi sifatida davlat va huquqniilmiy tadqiq etadi. Davlat faoliyati, qonunlar qabul qilish va ularniamalga oshirish, fuqarolarning huquqlarini ta’minlash, jamoat43tartibini saqlash siyosiy-huquqiy nazariya qoidalari bilan uzviybog‘liqdir.Davlat singari huquq ham nafaqat eng muhim, balki engmurakkab ijtimoiy hodisalar qatoriga kiradi. Davlat va huquqning

Page 28: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

asl mohiyatini anglashga, ularning sermazmun faoliyatini ochishgaqadimdan katta qiziqish mavjud.Masalan, Rim yuristlari huquqning nimaligini tushunish va uningjamiyat hayotidagi o‘rnini aniqlashga harakat qilib, huquq mazmunifaqat bir belgi yoki ma’no bilan cheklanmasligiga e’tiborni qaratganedilar. Ulardan biri (Pavel) huquq bir necha ma’noda qo‘llanilishiniqayd etgan. Birinchidan, huquq «hamisha odilona va oqilonabo‘lgan narsa»ni anglatadi – bu tabiiy huquq. Ikkinchidan, huquq«muayyan davlatda hammaga yoki ko‘pchilikka foydali bo‘lgannarsa» ma’nosida keladi – bu fuqarolik (sivil) huquqi.Jamiyat va davlatning rivojlanishiga qarab odamlarning huquqhaqidagi tasavvuri o‘zgarib borgan. Ko‘plab har xil huquqiy g‘oyalar,nazariyalar va yondashuvlar paydo bo‘ldi, biroq Rim yuristlariyaratgan huquq qoidalari (ayniqsa, fuqarolik huquqida) anchaginatakomillashgan ko‘rinishda bo‘lsa-da hozirgacha saqlanib kelmoqda.Huquq tushunchasi, shuningdek, davlat va huquq, huquq vaqonunning o‘zaro nisbati haqida bahslar nafaqat uzoq tarixiyo‘tmishda, balki XX asrda ham davom etgan. Bu bahslar hozirham to‘xtagani yo‘q. Hozirgi tadqiqotchilar ham o‘z o‘tmishdoshlarikabi huquqni ta’riflashga asosan ikki xil yondashadilar.Pozitivistik yondashuv nafaqat davlat va huquqning uzviyligigaqarab mo‘ljal oladi, balki davlatni huquqning birdan-bir manbayideb hisoblaydi. Bunda huquq «hukmron sinfning qonun darajasigako‘tarilgan davlat irodasini ifodalovchi va ijtimoiy munosabatlarningqat’iy tartibga soluvchi vosita sifatida amal qiluvchi umumma’rifiy,rasman belgilangan davlat majburlov normalari tizimi» sifatidata’riflanadi. Mazkur yondashuvda huquq to‘la yoki deyarli to‘laravishda qonunga, aniqrog‘i – davlat tomonidan qabul qilingan vata’minlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarga tenglashtiriladi.Huquqqa nisbatan neopozitivistik yondashuv huquq tushunchasinidavlatga bu qadar qattiq bog‘lamaydi. Bunda huquq «erkinlik,huquqlar va majburiyatlar darajasini belgilash yo‘li bilan kishilikjamiyatini oqilona tashkil etish maqsadida ijtimoiy munosabatlarni44normativ tartibga solishning umumiylik va umummajburiylikkada’vogar bo‘lgan, ezgulik, odillik, insonparvarlik va atrof-tabiiymuhitni saqlash prinsiplariga asoslangan huquqiy idealning odatlar,an’analar, pretsedentlar, referendum qarorlari, korporativ, davlatva xalqaro normalardagi ifodasini o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiyinstitut» sifatida qaraladi. Ushbu yondashuvda huquq qonun vaqonun osti hujjatlariga tenglashtirilmaydi. Qonun ezgulik, odillikva insonparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan, mazmunidahuquqiy ideal o‘z aksini topgan taqdirdagina huquqiy debhisoblanadi. Bu yondashuv ancha oqilona ekanligiga qaramay,amalda birinchi – pozitivistik yondashuvga qaraganda kamroqtarqalgani va torroq qo‘llanilishining asosiy sababi ana shunda.Pozitivistlar davlatni huquq bilan va aksincha, huquqni davlatbilan uzviy bog‘lab, nazariy va amaliy jihatdan huquq real hayotdadavlat tomonidan bevosita qabul qilinadigan yoki tasdiqlanadigan,hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalari (normalar) ko‘rinishidaamal qilishidan kelib chiqadilar. Bu normalarni buzgan shaxslarganisbatan har xil davlat ta’siri choralari qo‘llaniladi.Davlat va huquq bir-biri bilan uzviy bog‘liq, biroq ayni vaqtda,nisbatan mustaqil hodisalardir. Davlat huquqiy hujjatlar qabul qilsa,ularga rioya etilishini ta’minlasa va bu huquqiy hujjatlarda qo‘yilgantalablar bajarilmagan taqdirda majburlov chorasi qo‘llasa, huquq,o‘z navbatida, davlatning barcha organlari, mansabdor shaxslari

Page 29: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

va tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarinibelgilash yo‘li bilan davlatga faol ta’sir ko‘rsatadi. Huquq normalariyordamida davlat organlari, mansabdor shaxslari va tashkilotlariningmaqomi mustahkamlanadi, ularning faoliyat doirasi, tarkibi, amalqilish va o‘zaro munosabatlari tartibi belgilanadi.Davlat va huquqning o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi masala bo‘yichafanda azaldan ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi etatistikyondashuv, u davlatning huquqdan ustunligidan kelib chiqadi. Buyondashuvga ko‘ra, huquq davlat faoliyatining mahsuli, uning(davlatning) mahsuli sifatida qaraladi. Mazkur yondashuv milliyyuridik adabiyotimizda ancha keng tarqalgan. Masalan, huquqdavlatga nisbatan “tobe” holatda bo‘ladi, deb hisoblangan. Mazkuryondashuvga huquqda davlatning «dumi»ni ko‘rishga moyil siyosiytalqin amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan. Huquq tushunchasiga davlat45tomonidan qabul qilinuvchi normalar majmui sifatida formaldogmatikyondashuv nazariy asos bo‘lgan.Davlat va huquqning o‘zaro nisbatiga yana bir yondashuv tabiiyhuquqiyqarashlar ta’sirida yuzaga kelgan. Davlat tushunchasini«ijtimoiy shartnoma»dan olgan tabiiy huquq maktabi namoyandalaridavlat huquqni cheklashidan kelib chiqqanlar. Bu, ularning fikricha,tabiiy qonunning daxlsizligidan va unga asoslangan individningsubyektiv ommaviy huquqlari uzviyligidan kelib chiqadi. Ushbuyondashuv nuqtayi nazaridan, huquq davlatdan hech shubhasizustundir. Huquq davlat tashkil topishidan oldin yuzaga keladi.Biron-bir davlat va biron-bir hokimiyat huquqning dastlabkimanbayi bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni, huquqni davlat yaratmaydi.Ko‘rib chiqilayotgan muammoga nisbatan uchinchi yondashuvham mavjud bo‘lib, u yuqorida qayd etilgan yondashuvlarnimuayyan darajada birlashtirish va ayni vaqtda, davlat va huquqningaloqasini baholashda chegaradan chiqmaslik imkonini beradi. Buyondashuvga ko‘ra, davlat va huquq o‘rtasidagi bog‘lanish yuqoridaqayd etilgan darajada uzil-kesil sabab-oqibat aloqalariga ega emas,davlat huquqni yaratadi yoki huquqdan davlat yaraladi. Bu aloqaancha murakkab bo‘lib, ikki taraflama bog‘liqlik xususiyatiga ega:davlat va huquq bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, demak, ularo‘rtasida funksional bog‘lanish mavjud.Mazkur yondashuv davlat va huquq o‘rtasidagi teran aloqalarnianiqlash, bir yoqlamalikka yo‘l qo‘ymaslik, huquq davlatga nima berishinitushunib yetish va ayni vaqtda, huquqni ta’minlashda davlatning haqiqiyrolini aniqlash imkonini beradi. Bunday bog‘lanishlar tahlili butunijtimoiy amaliyot uchun juda muhim ahamiyatga ega.Davlat va huquq o‘rtasidagi aloqaning ikki taraflama xususiyatinitan olish mazkur masalaning huquqni tushunishga nisbatan tornormativ yondashuv ruhidagi talqini («huquqni davlat yaratadi»va sh.k.)ga chek qo‘yish imkonini beradi. Ayni vaqtda, buyondashuvda, «huquqni keng tushunuvchi» ba’zi bir ta’limotlardabo‘lganidek, davlatning huquqqa nisbatan roli inkor etilmaydi.Huquqiy nigilizm (huquqni mensimaslik) qay darajada xavfli bo‘lsa,davlat nigilizmi ham shu darajada xavflidir. Davlat va huquqningaloqasi boshqacha tasavvur qilinadi: davlat huquqni yaratmaydi,balki bir tomondan, unga tobe kuch, boshqa tomondan esa –46huquqning qudrati, uning ijtimoiy tizimdagi salohiyatiniquvvatlovchi va kuchaytiruvchi qudratli vosita hisoblanadi. Davlathuquqdan huquqning o‘zi bunga izn bergan darajadagina ijtimoiyjarayonlarni boshqarish vositasi sifatida foydalanadi.

Page 30: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

5-§. Davlatning huquqqa ta’siriDavlat huquqiy qoidalarni yaratishning bevosita manbayi vaularni amalga oshiruvchi asosiy kuchdir. Davlat hokimiyati alohidatashkiliy tuzilma sifatidagi huquqning mavjudligi uchun amaliyahamiyatga egadir. U huquq yordamida namoyon bo‘ladi vahuquqning mohiyatiga ham kirib boradi.Davlat huquqqa “homiylik qiladi”, ya’ni uning ijro etilishinita’minlaydi, davlat siyosati maqsadlariga erishish uchun huquqningimkoniyatlaridan foydalanadi. Ayni vaqtda, davlatning huquqqata’sirini mutlaqlashtirish va unga huquqni faqat davlat vositasi,belgisi yoki atributi deb biluvchi etatistlar nuqtayi nazaridanyondashish ham yaramaydi. Nafaqat davlat, balki huquq hamnisbatan mustaqil bo‘lib, o‘z shakllanishi va faoliyatining tegishliqonuniyatlariga egadir. Bundan huquq davlatga nisbatan mustaqilahamiyatga ega, degan xulosa kelib chiqadi. Huquqqa davlat vositasisifatida qarash o‘rinli bo‘lsa, u holda davlat ham huquqqa nisbatanayni shunday vosita ekanligini tan olish lozim bo‘ladi.Davlatning huquqqa ta’siri huquq ijodkorligi va huquqni amalgaoshirish sohasida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Huquqdavlatning bevosita ishtirokida shakllanadi. Biroq davlat nafaqathuquqni shakllantiradi, balki huquqni muayyan yuridik shaklga(normativ yuridik hujjat, sud pretsedenti yoki ma’muriy pretsedentva b.) solib, huquqni yaratish jarayonini nihoyasiga yetkazadi. Davlathuquqni institutsiyaviy darajada yaratadi. Huquqning yuzaga kelishsabablarini esa ishlab chiqarishning moddiy usuli, jamiyatningiqtisodiy rivojlanish xususiyati, uning madaniyati, xalqning tarixiyan’analaridan izlash kerak. Bu muhim holatni e’tiborga olmaslikshunga olib keladiki, davlat faoliyati huquqning birdan-bir manbayisifatida tan olinadi. Yuridik pozitivizmning asosiy kamchiligi anashunda. Davlat huquqning yaratuvchisi deb hisoblangan.Huquq davlatga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keladi,degan yondashuvlarga ham qo‘shilish qiyin. Davlatning yaratuvchilik47faoliyatisiz huquqning vujudga kelishini tasavvur ham qilibbo‘lmaydi. Ayni vaqtda, huquqni yaratish jarayonida davlat o‘zigaxos rol o‘ynaydi. Davlatning huquqni yaratish borasidagi ijodiyroli quyidagilardan iborat:1) davlat huquq ijodkorligi faoliyatini amalga oshiradi. Davlat uyoki bu munosabatlar (faoliyat)ni huquqiy tartibga solish zarurligini,eng oqilona yuridik shaklni (qonun, farmon, qaror va boshq.)aniqlaydi, umumiy normalarni shakllantiradi va davlat hokimiyatikuchi bilan ularga formal-yuridik xususiyat baxsh etadi;2) davlat ayrim odat va axloq qoidalarini ma’qullash orqali ulargahuquqiy mazmun, kuch bag‘ishlaydi. Ayrim huquqiy tizimlardahuquqni yaratishning mazkur usuli yetakchilik qiladi. Masalan,islom huquqining vujudga kelishi shundayki, davlat asosan islomta’limotida ishlab chiqilgan normalarni tasdiqlagan. Huquq tarixidahuquqiy ta’limot yaratgan tamoyil va qoidalarga davlatumummajburiy tus bergan hollar ham ma’lum;3) amalda shakllangan va mavjud munosabatlarni majburiyyuridik qoidalar deb tan olish va ularga yuridik tus berish hollariham uchraydi. Shunday qilib, odat va pretsedent huquqi shakllanadi,normativ shartnomalarning qoidalari umumiy huquqiy normalarsifatida tan olinadi.Shu tariqa davlat huquq manbalari tizimining rivojlanishinita’minlaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlardan, jamiyatdagi siyosiyvaziyatdan kelib chiqib, davlat huquqiy xulq-atvorning turlari va

Page 31: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

vositalarini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda, davlatjamiyatdagi huquqiy muhitni boshqaradi, uning davr ruhi bilanhamohang tarzda yangilanishini ta’minlaydi.Huquqni amalga oshirishda ham davlat muhim rol o‘ynaydi.Tarixiy tajriba davlatsiz huquqiy qoidalarni amalga oshirish mumkinemasligidan dalolat beradi. Davlatning vazifasi aynan shundanamoyon bo‘ladiki, u o‘z faoliyati bilan fuqarolar, ularningtashkilotlari manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish maqsadidaqonunlarni yaratadi. Davlatning faolligi – jamiyat hayotida huquqiyasoslar qaror topishining muhim sharti. Davlat faollik ko‘rsatishishart, aks holda u o‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmaydi vanatijada davlat hokimiyati o‘zining ahamiyatini yo‘qotadi.Bundan tashqari, davlat huquqni va jamiyatdagi huquqiy48munosabatlarni muhofaza qilishni ta’minlaydi. Davlat majburlovihuquq bajarilishining kafolati hisoblanadi. Huquqning ortida doimodavlat kuchi, uning obro‘si turadi. Davlat majburlovi mavjudliginingo‘ziyoq huquqni qo‘riqlaydi. Shu tariqa huquqiy tartibotta’minlanadi va mustahkamlanadi.Binobarin, davlat ijtimoiy makonda huquqning keng tarqalishigaimkoniyat yaratadi, ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilarigahuquqqa binoan ish ko‘rish, qonuniy yo‘l tutish majburiyatiniyuklaydi.Albatta, davlatni huquqqa ta’sirining chegaralari mavjud. Bu,eng avvalo, huquqning tartibga solish salohiyati, davlat va davlattuzilmalarining mazkur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shartsharoitlardahuquqning amal qilishini ta’minlash imkoniyatlari bilanbelgilanadi. Davlat huquqdan uning asl vazifasiga zid ravishdafoydalanishi mumkin emas. Shu sababli davlatning huquqdanyanada oqilona va jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniniberuvchi ilmiy asoslangan yuridik siyosatini ishlab chiqish nihoyatdamuhimdir.6-§. Huquqning davlatga ta’siriHuquq davlatga muhtoj bo‘lganidek, davlat ham huquqqamuhtojdir. Davlatning huquqqa bog‘liqligi: 1) davlatning ichkituzilishi va 2) uning faoliyatida namoyon bo‘ladi.1. Tarixiy tajriba davlat huquqsiz mavjud bo‘la olmasligini tasdiqlaydi.Huquq davlat tuzilishini rasmiylashtiradi va davlatmexanizmidagi ichki o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.Davlatning shakli, davlat apparatining tarkibi, davlat organlari vamansabdor shaxslarining vakolatlari huquq vositasida mustahkamlabqo‘yiladi. Huquq hokimiyatning qonunga xilof ravishda tortibolinishiga (uzurpatsiya qilinishiga) qarshi yuridik kafolatlar yaratadi.Shunday qilib, davlat tuzilmalari o‘rtasidagi munosabatlar huquqiytartibga solinadi, ya’ni huquqiy munosabatlarga aylanadi.2. Davlat jamiyatga o‘z hokimiyatini o‘tkazishining ikki usulima’lum: birinchisi – totalitar davlatlarga xos bo‘lgan zo‘rlik ishlatishusuli; ikkinchisi – ijtimoiy jarayonlarni huquqiy vositalar yordamidaboshqarish usuli. So‘nggi usul rivojlangan demokratik davlatlargaxos. Binobarin, hozirgi zamon demokratik davlati o‘z faoliyatini49huquqsiz amalga oshira olmaydi. Huquq davlat faoliyatining zarurjihatini tashkil etadi. Mazkur sifat huquqqa xosdir, chunki u ijtimoiytartibga solish vositasi sifatida yagona bo‘lib, undan foydalanishzarurligi davlatga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv omillar bilanbelgilanadi.Umuman olganda, huquqning davlatga nisbatan tashkilotchilik

Page 32: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

roli quyidagilardan iborat:a) huquq davlatga uning aholi, ayrim shaxs bilan o‘zaromunosabatlarida ta’sir ko‘rsatadi. Huquqning qadr- qimmati, asosan,shaxsning uyg‘un va izchil rivojlanishi, uning huquq va erkinliklarinita’minlashi bilan belgilanadi;b) huquq davlat faoliyatini yuridik jihatdan rasmiylashtiradi,davlatning muhofaza qilish va majburlov harakatlariningqonuniyligini ta’minlaydi. Davlat faoliyati huquq yordamida yuridiktalablarning qat’iy chegarasiga solinadi, yuridik shakl kasb etadi;d) huquq yordamida davlat faoliyatining mezonlari, davlatidoralarining vakolatlari aniqlanadi, fuqarolarning shaxsiy hayotigaaralashish chegaralari belgilanadi;e) huquqiy shakl davlat apparati faoliyati ustidan ta’sirchannazorat olib borish imkoniyatini ta’minlaydi va davlatning jamiyatoldidagi yuridik mas’uliyati kafolatlarini yaratadi;f) huquq hozirgi sharoitda davlatning nafaqat aholi, balki boshqadavlatlar, umuman, jahon hamjamiyati bilan aloqa qilish “tili”sifatida amal qiladi.Shunday qilib, davlat suveren hokimiyat sifatida, huquqsizmavjud bo‘lishi va faoliyat olib borishi mumkin emas. Huquqning(huquqiy davlatning) ustunligi konsepsiyasi huquq shaxs va jamiyatmanfaatlarida davlat aralashuvini cheklashidan kelib chiqadi. Huquqdavlatning o‘zboshimchaligini cheklashning qudratli vositasi sifatidaamal qiladi. Shu ma’noda huquq davlatni bo‘ysundirishga qodirkuch hisoblanadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, huquq jamiyat ustidanhukmronlik o‘rnatilmasligi uchun davlatga o‘z hukmini o‘tkazadi.Hozirgi sharoitda davlatga nisbatan huquqning tiyib turuvchiroli tobora ortib bormoqda. Bunda quyidagi qonuniyat kuzatiladi:huquq jamiyat rivojlanishining obyektiv ehtiyojlarini qancha aniqroqaks ettirsa, u davlatni shuncha ko‘proq tiyib turadi. Bunda davlatningfaolligi pasaymaydi. Aksincha, u samarali faoliyat yuritib, faqat50jamiyat va shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga safarbar etiladi.Davlat huquq bilan bog‘langan holdagina erkin harakat qilishimumkin.Davlat va fuqaroning o‘zaro mas’ulligi to‘g‘risidagi masalaularning teng subyektlar deb tan olinishi bilan bog‘liq. Shunita’kidlash lozimki, sobiq sovet tuzimida bo‘lganidek, davlatningahamiyati oshirib ko‘rsatilishi natijasida shaxs siyosiy hayotdan siqibchiqariladi, inson huquqlari va erkinliklarini davlat tomonidanta’minlash kafolatlari shunchaki rasmiyatchilikka aylanadi.Demokratik jamiyatda davlat shaxs oldida, shaxs esa davlat oldidajavob berishi lozim. Davlat fuqarolarga normal turmush sharoitlarinikafolatlashi va o‘z majburiyatlarini bajarish uchun javob berishishart. Davlat ham, fuqarolar ham o‘zaro majburiyatlarinibajarayotgan davlat – huquqiy davlat hisoblanadi.Huquqiy davlatning mohiyati shundaki, uning faoliyatining asosiymezoni inson bo‘lishidadir. Mazkur tamoyilning amalga oshirilishihuquqiy davlat sari harakatni aks ettiradi.Huquqqa nisbatan har xil yondashuvlar, davlatning mohiyati vafunksiyalariga har xil munosabat huquq va davlatning tarixiytaqdiriga nisbatan yondashuvlarning rang-barangligi bilanbelgilanadi. Umumiy fikr bitta – huquq va davlat o‘zaro uzviyhamkorlikda rivojlanib boradi.Ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari tan olingani va shu munosabatbilan tarixiy tajribaga murojaat etilayotgani huquq va davlatistiqbolini ilmiy aniqlashga va adolatli davlat – huquqiy davlat

Page 33: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qurilishiga xizmat qiladi.51IV BOB. DAVLAT HAQIDA UMUMIY TA’LIMOT1-§. Davlat tushunchasi va belgilariDavlatning kelib chiqishi haqida juda ko‘p nazariyalar mavjud:ilohiyot nazariyasining turli variantlari davlatning ilohiy kelibchiqishini isbotlashga harakat qilgan; tabiiy nazariya davlatniodamlar va ularning birlashmalaridan tashkil topgan tirikorganizmga qiyoslagan; zo‘ravonlik nazariyasi davlatning vujudgakelishini jamiyatdagi ichki to‘qnashuvlar va tashqi tazyiq (urushlar)bilan tushuntirgan; shartnoma nazariyasi davlat uning fuqarolario‘z umumiy manfaatlarini himoya qilish uchun tuzgan ixtiyoriybitim natijasi bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari surgan; patriarxal nazariyadavlatni ota – monarx boshchiligidagi katta oila sifatida tavsiflagan.Xo‘sh, davlat nima degani? Maxsus ijtimoiy – gumanitar, siyosiy,falsafiy, yuridik bilimga ega bo‘lmagan odam “davlat” deganda alohidadavlat organlarining nomini, “parlament”, “hukumat”, “prezident”kabilarni tasavvur etadi. Yana savol tug‘iladi: davlat o‘zi nima uchunzarur? Juda ko‘p sonli davlat organlari, mansabdor shaxslardan iborathayhotday apparat davlat tuzilmasi bo‘lib, nihoyatda murakkab tashkiliybirlik – kishilik jamiyatini boshqarish uchun zarurdir.Quyidagi jihatlar bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisalarningalohida shaklini biz «davlat» atamasi bilan ifodalaymiz: a) hokimiyatva bo‘ysunish munosabati; b) hokimiyat majburlov choralariniqo‘llashda tanho huquqqa ega bo‘lish; d) yuridik mazmun vatartibning mavjudligi; e) nisbiy barqarorlik; f) tashkiliy uyushganlik.Shunday qilib, davlat jamiyatdan ustun va undan mustaqil tuzilmaemas, balki konkret makon va zamonda mavjud, huquqiy tartibgasolinadigan ijtimoiy xulq-atvorning muayyan shakli. Davlat – sezgiorganlari yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan moddiy hodisa emas,balki jamiyat a’zolarining yuridik jihatdan tartibga solingan o‘zarobo‘ysunish aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelik. Davlatto‘g‘risida so‘z yuritganda biz vakolatli organlar tomonidan huquqiytartibga solinadigan odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarninazarda tutamiz.Davlat – o‘ziga xos xususiyati odamlar xulq-atvorini qat’iynormalar yordamida majburiy tartibga solishdan iborat bo‘lganmurakkab ijtimoiy hodisa.Davlat – bu hudud, aholi va hokimiyat kabi tarkibiy qismlarnio‘z ichiga olgan siyosiy birlik.52Hudud – davlatning aniq makonda mavjud bo‘lishi. Moddiynegiz davlatning mavjudligi uchun imkoniyat yaratuvchi muhimshartlardan biridir. Hududsiz davlat bo‘lishi mumkin emas. Ma’lumhududga egalik qilishi davlatning birinchi belgisidir.Davlat hududi yer, yer osti boyliklari, havo bo‘shlig‘i va hududiysuvlarni o‘z ichiga oladi; u «qattiq yer»gagina bog‘lanishi mumkinemas. Bu davlat sanab o‘tilgan hududlarda o‘z suveren hokimiyatiniamalga oshirishini va ularni boshqa davlatlar va ayrim shaxslarninghujumidan himoya qilish huquqiga ega ekanligini anglatadi.Davlatning ikkinchi belgisi – aholi, ya’ni davlat hududidaistiqomat qiluvchi va uning hokimiyatiga bo‘ysunuvchi odamlarhamjamiyati. Xalq vakili, jamiyat a’zolari umumiy madaniy jihatlariva tarixiy ongiga ko‘ra unga mansublik tuyg‘usiga ega bo‘lgannisbatan keng ijtimoiy guruh sifatida tavsiflanishi mumkin. Muayyanxalqqa mansub odamlar o‘zlarini alohida birlik a’zosi sifatida idrok

Page 34: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

etadilar. Milliy ong o‘zini umumiy madaniy qadriyatlargatenglashtirishni, shuningdek, bir millatga mansub shaxslar o‘rtasidag‘oyaviy birdamlik va ruhiy yaqinlik aloqalari mavjudligini nazardatutadi.Davlat aholisi bir xalqdan tashkil topishi yoki ko‘p millatli bo‘lishimumkin. Bir davlat hududida mavjud turli milliy guruhlarga nisbatanyagona siyosiy hokimiyati tatbiq etiladi.Davlatning uchinchi belgisi – hokimiyat, ya’ni siyosiy elita vajamiyatning qolgan qismi o‘rtasida mavjud hukmronlik va bo‘ysunishmunosabatlari.Davlatning hokimiyati faqat ma’lum hududgagina tatbiq etiladi.Ibtidoiy jamoa tuzumidagi ijtimoiy hokimiyat esa hududga bog‘liqbo‘lmay, faqat urug‘, qabila a’zolarigagina tatbiq etilar edi.Davlatning o‘ta muhim xususiyatlaridan biri uning suverenitetgaegaligidir. Suverenitet – mamlakat ichkarisida va undan tashqarida(xalqaro maydonda) davlat hokimiyatining oliyligi, ustunligidir.Suveren hokimiyat – bu oliy, mustaqil, bo‘linmas, umumiy vauzviy, ya’ni ajralmas, begonalashtirib bo‘lmas hokimiyatdir. Davlathokimiyatining suverenligi – bu uning mamlakat hududidagi barchatashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalar ustunligi va ulardanmustaqilligidir.Davlat suverenligi quyidagilarda ifodalanadi:– ichki va tashqi siyosat masalalarda mustaqil qaror qabul qilaolishi;53– davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishiva davlat organlarining barcha aholi uchun umumiy majburiyqarorlar qabul qilishi;– boshqa ijtimoiy – tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoatbirlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqalar)ning qarorlarini bekorqila olishi.Shu bois suveren davlat hokimiyati barcha fuqarolar uchunmajburiy qonunlar qabul qiladi; qonun doirasida majburlovchoralarini qo‘llaydi.Shunday qilib, davlat – majburlov choralarini qo‘llash qonuniyhuquqiga ega bo‘lgan holda, tashkiliy rasmiylashtirilgan hokimiyatniamalga oshiruvchi ijtimoiy qatlam tomonidan o‘rnatilgan yuridiktartib saqlanayotgan muayyan hududda yashaydigan aholitomonidan tashkil etiladigan siyosiy tuzilma.Davlat – muayyan hududda oliy hokimiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy– ommaviy tashkilot. Davlat hokimiyatining mohiyati jamiyata’zolari irodasining hukmron ijtimoiy qatlam (sinf) irodasigabo‘ysundirilishidadir.Davlat hokimiyati – ijtimoiy hokimiyatning bir turi bo‘lib, davlathuquqiytashkilotlar (organlar)da mujassamlashadi va jamiyatustidan boshqaruvni amalga oshiradi. Davlat va huquq davlathokimiyatini rasmiylashtiruvchi, amalga oshirilishini ta’minlovchiijtimoiy institutlardir.2-§. Davlatning mohiyatiDavlatning mohiyatini aniqlash deganda, uning ma’no –mantig‘ini, ichki tabiatini, asl mazmunini, jamiyat hayotidao‘ynaydigan roli va ijtimoiy vazifasini ochish, shu xususiyatlarinianglab yetish tushuniladi. «Davlat» degan ijtimoiy hodisaning asosiymantig‘ini, o‘zagini hokimiyat tashkil etadi, shuningdek, uningjamiyatga tegishli siyosiy tashkilot ekanligi ifoda etadi. Boshqachaaytganda, davlat mohiyati masalasi – davlat hokimiyati kimgategishli, uni kim va qaysi manfaati yo‘lida amalga oshiradi, degan

Page 35: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

savolga javob berish orqali yoritiladi. Xuddi shu bois bu muammoo‘ta munozarali, bahsli nazariy masala hisoblanadi.Davlatning mohiyati xususida bir qancha ta’limotlar va ularningyondashuvlari mavjud: elitar nazariya, texnokratik nazariya,markscha nazariya, umumfarovonlik davlati nazariyasi, demokratik54(huquqiy) davlat nazariyasi. Ushbu yondashuvlarni alohida ko‘ribchiqaylik.Elitar nazariya. Bu nazariya XX asrda keng tarqaldi. Uningtarafdorlari fikricha, keng xalq ommasi davlat hokimiyatini amalgaoshirishga va jamiyatni boshqarishga qodir emas, shu bois davlathokimiyati jamiyatning yuqori qismiga – elitaga tegishli bo‘lishilozim. Va har safar hokimiyat tepasida bir elita ikkinchi elitanialmashtirib turadi.Elitalar turli belgilari (kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi,qobiliyati kabilar)ga qarab aniqlanadi. Darvoqe, bunda elita saflarixalq ommasi hisobiga, ularning eng qobiliyatli vakillari bilan to‘ldiribborilishi mumkinligi ham nazarda tutilgandi.Buning ustiga mazkur nazariyaning hozirgi tarafdorlari bir qanchaelitalar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida hokimiyat uchun kurash borishi,biroq xalq o‘z saylov huquqidan foydalanib, ular faoliyatini nazoratqilishi mumkin, deb ta’kidlaydilar.Shubhasiz, ushbu nazariyaning nuqsonlari ham mavjud.Chunonchi, aholini hokimiyat ishlaridan chetlashtirishni targ‘ibqiladi, hokimiyatning sinfiy tabiati butunlay inkor etiladi. Lekinushbu nazariyaning ijobiy tomonlari ham yo‘q emas. Haqiqatanham hokimiyat ishlarini olib borish amalda kishilarning g‘oyatcheklangan doirasi – deputatlar, davlat mahkamasi xodimlaritomonidan bajariladi. Muhimi – mazkur kishilar chindan hamxalq, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini ifoda etishlarikerak. Shu jihatdan xalq saylagan va o‘z nomidan vakil qilgankishilarning elita xarakterini, ular faoliyati ustidan ta’sirchannazoratni ta’minlash zaruratini tushunish mumkin.Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillaridavujudga kelib, 60 – 70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlariorasida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalar boredi. Umuman olganda ushbu nazariya elitar nazariyasiga juda o‘xshabketsa-da, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib turadi.Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar,menejerlar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shularboshqarishadi). Aynan ularning o‘zlari jamiyatning haqiqiyehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchunzarur vositalarni aniqlashga qodir. Bu boshqarishni ilmiy asosdaolib borish imkonini beradi hamda jamiyatning o‘sib boruvchirivojini ta’minlaydi.55Mazkur ta’limot g‘oyalaridan nafaqat davlatning mohiyatiga,balki uning boshqa jihatlariga ham tegishli bo‘lgan boshqanazariyalarda ham faol foydalanilmoqda.Markscha nazariya, aniqrog‘i tarixiy – materialistik nazariyadavlatning mohiyati masalasiga sinfiy yondashuvni taklif etadi.Uning asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g‘oyasi yotadi.Mazkur ta’limot namoyandalarining isbotlashicha, davlat (siyosiy)hokimiyati iqtisodiy jihatdan hukmron bo‘lgan sinfga tegishli bo‘lib,faqat uning manfaati yo‘lida amalga oshiriladi. Shu sababli davlatmohiyati sinfiy nuqtayi nazardan ta’riflanib, davlat iqtisoddahukmron sinfning siyosiy hokimiyatini ta’minlab, mazlum sinf

Page 36: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ustidan amalga oshiriladi, uning qarshiligini bostirish quroli(diktatura) hisoblanadi. Diktatura – bu hech qanday qonun bilancheklanmagan va zo‘ravonlikka, majburlashga, kuchga tayanadiganhokimiyatdir.Sinfiy yondashuv tarixda ro‘y bergan, yashab o‘tgan quldorlik,feodal, kapitalistik, sotsialistik davlat tiplarining mohiyatini ta’riflashuchun qo‘llanilishi mumkin. Uni hozirgi demokratik yo‘nalishdagidavlatlar mohiyatini izohlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Demokratikrivojlangan mamlakatlarda davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarnikelishtiruv asosida hal etish quroli – vositasiga aylanib bormoqda.Zamonaviy davlatlarni ta’riflab, O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiI. A. Karimov shunday deydi: “Demokratiya sharoitida davlatijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas,balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madorabilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”1 .Umumfarovonlik davlati nazariyasi. U ikkinchi jahon urushidankeyin vujudga kelgan bo‘lib, davlatning ijtimoiy hayotgaaralashmasligiga oid oldindan mavjud ta’limotga qarshi chiqadi.Bunda nafaqat davlatning huquqbuzarliklarga qarshi kurashishfaoliyati («Tungi qorovul davlati» nazariyasi), balki ijtimoiy hayotgafaol ta’sir etishi nazarda tutiladi. Uning mohiyati 30-yillarda D.Keyns tomonidan ta’riflab berilgandi. D. Myurdal, A. Sigu, K.Boulding, V. Mund va boshqalarning asarlarida bu nazariya yanadarivojlantirilgan.Mazkur nazariyaning bosh g‘oyasi shundan iboratki, barcha1 Каримов И. А. Ватан naaaaaiμ каби муіаддасдир. T. 3. – T.: “¤збекистон”,1996. 20-bet.56sinflardan ustun turarkan, davlat aholi barcha qatlamlarimanfaatlarini ifodalay boshlaydi, umumfarovonlikni ta’minlaydi.Rivojlangan mamlakatlarning aholi turmushining yuksak darajasinita’minlashdagi, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yirik davlatdasturlarini amalga oshirishdagi ulkan muvaffaqiyatlari ushbunazariyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mazkur nazariya insonmanfaatlarini davlat faoliyatining asosiga qo‘yish bilan har bir shaxsqadr-qimmatiga e’tiborni jalb etadi.Bizning nazarimizda, ushbu nazariyaning ijobiy jihatlariumuminsoniy qadriyatlar, inson manfaatlari va huquqlari ustuvorligiuning asosiga qo‘yilganligi bilan belgilanadi. Uning kamchiligi esa,nimalar va kimlar evaziga bunga erishish mumkinligini ko‘rsatibbera olmaganidadir. Mabodo, ekspluatatsiya markazini yarimmustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish nazardatutiladigan bo‘lsa bunday «farovonlik» e’tiborni tortishi amri mahol1 .Davlatning mohiyati – uning eng muhim, barqaror belgi vaxususiyatlari, ichki aloqalari yig‘indisi. Mohiyat – qonuniyatni,qonuniy munosabatlarni, eng muhim tavsiflovchi jihatlarnianglashdir, ularning namoyon bo‘lishidir. Davlatning barcha belgiva xususiyatlari uning ijtimoiy vazifasida, bajaradigan funksiyalaridanamoyon bo‘ladi. Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi insonlaro‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatniboshqarishdan iborat. Hokimiyatning alohida tashkiliy shakli bo‘lgandavlat jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liqjarayonlarni boshqaradi. Davlat boshqaruvi – ijtimoiymunosabatlarni tartibga solish va rivojlantirish maqsadida ulargaqat’iy ta’sir o‘tkazishdir. Shu orqali davlat ijtimoiy taraqqiyotniyo‘naltirib turadi.Davlat mohiyatida ikki jihatni nazarda tutish lozim. Birinchi

Page 37: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

holatda davlat boshqaruvi butun jamiyat manfaati yo‘lida amalgaoshirilishi mumkin; ikkinchi holatda esa u alohida ijtimoiy guruhyoki alohida shaxs manfaati uchun amalga oshirilishi mumkin.Shunga ko‘ra, davlat yoki jamiyat irodasini ifoda etadi, yoxud ayrimshaxs (ayrim guruh) irodasini aks ettiradi.Demokratik yo‘nalishda rivojlanayotgan jamiyat uning serqirra1 Исломов З. М. Давлат ва μoіуі: умумназарий масалалари. – T.: 2000,100– 101-betlar.57obyektiv ehtiyojlari davlatning diqqat markazida bo‘lishiga muhtoj.Bu davlatning umumiy ijtimoiy funksiyalari kengayishi varivojlanishiga olib keladi.3-§. Huquqiy davlat haqidagi ta’limotInsoniyat davlat paydo bo‘lgan qadimgi davrdan buyon adolatlihokimiyat (adolatli hukmdor) haqida orzu qilib keladi. Xuddi manashu istak huquqiy davlat haqidagi ta’limotning vujudga kelishigaturtki bergan.Huquqiy davlat – fuqarolik jamiyatining siyosiy shakli bo‘lib,jamiyat hayotida demokratik institutlarning rivoj topishi,fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi tizimi mavjudligi bilanxarakterlanadigan, inson huquq va manfaatlarini ustuvorta’minlaydigan davlatdir. Shuningdek, huquqiy davlat huquq vaqonunning ustunligi, qonun va sud oldida barchaning tengligita’minlanadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan,davlat hokimiyati vakolatlarni demokratik taqsimlash asosida tashkiletiladigan adolatli davlat sifatida ta’riflanadi.Hozirgi zamon huquqiy davlati – avvalo, inson huquqlari vaerkinliklari, hokimiyatni amalga oshirishda (bevosita yoki vakillarorqali) xalqning ishtiroki ta’minlanuvchi demokratik davlat. Uyuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, rivojlangan fuqarolikjamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolarga o‘zqarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyatita’minlanadi. Bu, xususan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarishakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z erkinligiva shu kabilarda o‘z ifodasini topadi.Huquqiy davlatning quyidagi belgilarini alohida e’tirof etishlozim:1) jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunning ustunligi;2) huquqiy davlat organlarining faoliyati hokimiyatning qonunchiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi prinsipigaasoslanadi;3) shaxs va davlatning bir-birlari oldida o‘zaro mas’ulligi;4) fuqaroning huquq va erkinliklari amalda ta’minlanishi,ularning huquqiy va ijtimoiy himoyalanganligi;5) konstitutsiya doirasida ish olib boruvchi turli partiyalar,tashkilotlar va birlashmalarning erkin faoliyati, turli mafkuraviy58qarashlarning mavjudligiga asoslangan siyosiy va mafkuraviyplyuralizm qaror topganligi;6) jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotning barqarorligi.Huquqiy davlat shakllanishining qo‘shimcha omillari va shartlariqatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:– ijtimoiy ongda huquqiy nigilizmga barham berish;– yuksak darajadagi siyosiy-huquqiy savodxonlikka erishish;– partiyalar bilan davlat organlari funksiyalarini ajratish;– davlat boshqaruvini demokratlashtirish;– huquqiy madaniyatni shakllantirish;

Page 38: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

– yangi huquqiy tafakkur va huquqiy qadriyatlarning vujudgakeltirilishi.Huquqiy davlatda tabiiy-tarixiy huquq va erkinliklar, davlat bilanmunosabatlarda fuqarolar manfaatining ustunligi, huquqdaumuminsoniy asoslar, insonning oliy qadri ta’minlanadi. «Huquqiydavlat» tushunchasi – demokratiya, insonparvarlik, inson huquqlari,siyosiy va iqtisodiy erkinliklar, liberalizm kabi muhim umuminsoniyqadriyatlardan biri. Huquqiy davlat g‘oyasining mohiyati – ijtimoiyva siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiyhokimiyatning mavjudligida. Hokimiyatning bo‘linishi tamoyiliyordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyatko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning demokratiyalashuvi mezonidir.Huquqiy davlatning oddiy davlatdan farqi nimada? Oddiy davlatbutun hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlagani, huquq bilanchegaralanmagan, davlatning jamiyatdan ustunligi, fuqaro, davlatorganlari va mansabdor shaxslarining o‘zboshimchaligi vazo‘ravonligidan himoya qilinmaganligi bilan tavsiflanadi. Undanfarqli o‘laroq, huquqiy davlat huquq bilan bog‘langan bo‘ladi,qonunning ustunligidan kelib chiqadi, jamiyat tomonidanbelgilangan mezonlar doirasida ish ko‘radi, jamiyatga bo‘ysunadi,fuqarolar oldida mas’ul, fuqarolarning ijtimoiy va huquqiyhimoyasini ta’minlaydi. Ayni vaqtda, boshqa har qanday davlatsingari, huquqiy davlat ham umumiy jihatlarga ega bo‘ladi. Ularquyidagilardan iborat:1) huquqiy davlatga ichki va tashqi siyosatni olib borish vositasisifatidagi davlat hokimiyati xos;2) huquqiy davlat jamiyatning tegishli ijtimoiy-iqtisodiy negizigaasoslangan jamiyatning siyosiy tashkilotidir;3) maxsus demokratik davlat mexanizmiga ega bo‘ladi;594) soliqlar va boshqa yig‘imlar hisobidan ta’minlanadi;5) davlat suverenitetini xalq suverenitetiga muvofiq ravishdaamalga oshiradi.Huquqiy davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlariquyidagilardan iborat. Uning barcha tarkibiy qismlari va unsurlarihokimiyatning bo‘linishi prinsipi asosida, o‘z ijtimoiy vazifalarigamuvofiq ravishda ish olib boradi. Huquqiy davlatning hokimiyatvakolatlariga ega bo‘lgan organlari o‘z faoliyatida jamiyat xohishirodasiniro‘yobga chiqaradi. Huquqiy davlatning tarkibiy qismlariva unsurlari o‘z faoliyatini amaldagi qonunlarga muvofiq tashkiletadi va amalga oshiradi. Mansabdor shaxslar fuqarolarningkonstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilankafolatlangan huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilganlik uchunshaxsan javobgar bo‘ladi. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarihuquqiy davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. Huquqiy davlatfunksiyalari uning mexanizmi yordamida amalga oshiriladi.Shunday qilib, huquqiy davlatda uning mexanizminingdemokratik xususiyati o‘zi xizmat qiladigan jamiyat oldidajavobgarligi bilan belgilanadi. Huquqiy davlatning rivojlanishbosqichlari fuqarolik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga moskeladi.Huquqiy davlatda davlat hokimiyati mutlaq bo‘lmaydi. Bunafaqat huquqning ustunligi, davlat hokimiyatining huquq bilanbog‘liqligi, balki davlat hokimiyatining tuzilishi, uni amalga oshirishshakllari bilan ham belgilanadi. Bu yerda hokimiyatning bo‘linishinazariyasiga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Bu nazariyaga binoan,hokimiyatlar (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud

Page 39: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

hokimiyatlari)ning birikib ketishi, bir organda, bir shaxs qo‘lidajamlanishi shaxs erkinligini yo‘qqa chiqaradi. Shu bois, huquq bilanbog‘liq bo‘lmagan avtoritar mutlaq hokimiyat vujudga kelishiningoldini olish uchun, hokimiyatning ko‘rsatilgan tarmoqlarga bo‘linishilozim.Hokimiyatning bo‘linishi yordamida davlat huquqiy usuldatashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi: davlat organlari bir-biriningo‘rnini bosmasdan o‘z vakolatlari doirasida ish olib boradi;qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlatorganlarining o‘zaro munosabatlarida muvozanat, mutanosiblik,o‘zaro nazorat o‘rnatiladi.Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud60tarmoqlariga bo‘linishi prinsipi ularning har biri mustaqil ish ko‘rishiva boshqa tarmoqlar ishiga aralashmasligini anglatadi. Bu prinsipizchil amalga oshirilgan taqdirda u yoki bu hokimiyat tarmog‘iboshqa tarmoq vakolatini o‘zlashtirish imkoniyatiga chek qo‘yiladi.Hokimiyat tarmoqlarining «o‘zaro muvozanat va cheklovlar» tizimiyaratilsa, hokimiyatning bo‘linishi prinsipi yashovchan xususiyatkasb etadi. Mazkur tizim bir hokimiyat tarmog‘i boshqa tarmoqvakolatlarini qonunga xilof ravishda tortib olish imkoniyatinicheklaydi va davlat organlarining normal faoliyatini ta’minlaydi.Hozirgi ilg‘or demokratik davlatlarda davlat hokimiyatining «uchtarmoq»qa klassik bo‘linishi bilan bir qatorda, federativ tuzilishham hokimiyatni «bo‘lish» va nomarkazlashtirish usulihisoblanishiga e’tibor berish lozim.Demokratik jamiyat uchun hokimiyatning bo‘linishi prinsipi,ayniqsa, muhimdir. U nafaqat davlat organlari o‘rtasida mehnattaqsimotini, balki davlat hokimiyati bir qo‘lda jamlanishi, avtoritaryoki totalitar hokimiyatga aylanishining oldini oluvchi mo‘tadillik,«taqsimlanganlik»ni ifodalaydi. Bu prinsip demokratik jamiyatdauchala hokimiyat ham bir xil, teng kuchga ega ekanligi, bir-birinimuvozanatga solish va cheklash vositasi bo‘lib xizmat qilishi, biriboshqalaridan ustun bo‘lishiga, masalan, boshqaruv hokimiyatiavtoritar hokimiyatga, qonunchilik hokimiyati esa boshqaruvni ham,odil sudlovni ham bo‘ysundirgan totalitar hokimiyatga aylanishigayo‘l qo‘ymasligini nazarda tutadi.Biroq hatto hokimiyatning bo‘linishi talabi bajarilgan, «o‘zaromuvozanat va cheklovlar» tizimi yaratilgan bo‘lsa ham davlat albattahuquqiy bo‘lavermaydi. Shu bois biz huquqiy davlatning navbatdagibelgisiga o‘tamiz.Huquqiy davlatda biron-bir davlat organi, mansabdor shaxs,jamoa yoki jamoat tashkiloti, biron-bir odam qonunni buzishimumkin emas. Qonunni buzganlik uchun ular qat’iy yuridikjavobgarlikka tortiladi. Qonunning ustunligi to‘g‘risida so‘z yuritarekanmiz, bu barcha qonun osti hujjatlari unga muvofiq bo‘lishilozimligi, mansabdor shaxslar uni bajarishdan bo‘yin tovlamasligiyoki uni buzmasligi kerakligini nazarda tutamiz. Bundan tashqari,barcha oddiy fuqarolar ham o‘z xulq-atvorida qonunga rioyaqilishlari lozim. Buning uchun esa, ular shu jumladan, qonunmazmunidan xabardor bo‘lishlari kerak.Huquqiy davlat Konstitutsiyaning huquqiy barqarorligini ham61nazarda tutadi. Uni muttasil o‘zgartirish, to‘ldirish va yangilasho‘rinli emas. Zero, bu holda u davlatning barqaror, uzoq muddatlixususiyatga ega Asosiy Qonuni bo‘lmay qoladi. Agar konstitutsiyajamiyatning davlat darajasidagi xohish-irodasini ifodalasa, uni

Page 40: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

o‘zgartirish, yangilash xususiy xohish-irodaga emas, balkikonstitutsiyaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.Qonuniylikni mustahkamlash muhim vazifa bo‘lib qoladi, chunkibu – huquqiy davlatning bosh mezoni. O‘zbekiston Respublikasidaqabul qilinuvchi barcha huquqiy hujjatlar O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga mos bo‘lganva O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy sanalganfarmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekistonRespublikasi Hukumati qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi,ularning ijrosini ta’minlaydi. Ular O‘zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasi, qonunlari, Prezidentning normativ farmonlarigaasoslanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijroetish uchun majburiydir.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – butun qonunchilikningyuridik negizi. Unda jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiytuzilishi asoslari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mexanizmi,fuqarolarning asosiy huquqlari va majburiyatlari mustahkamlabqo‘yilgan. Konstitutsiyaning davlat Asosiy Qonuni sifatidagiahamiyati shu bilan belgilanadi. Konstitutsiya davlat va jamiyathayoti barcha tomonlarining asosiy qoidalarini mustahkamlaydi.Huquqiy davlatda qonuniylikning muayyan kafolatlari mavjudbo‘ladi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, yuridik va xalqaro kafolatlarqonunga rioya etilishi va uning bajarilishini ta’minlaydi.Qonuniylikning siyosiy kafolatlari – bu, eng avvalo, O‘zbekistonRespublikasi ijtimoiy va davlat tuzumining demokratizmi, siyosiyva mafkuraviy plyuralizm, davlat ishlarini boshqarishdafuqarolarning faol ishtiroki. Qonuniylikning ijtimoiy-iqtisodiykafolatlari – mulk shakllarining turli-tumanligi, ularning rivojlanishiuchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular teng himoya qilinishinita’minlash, erkin tadbirkorlik, fuqarolarning o‘z ijodiy mehnat qilishqobiliyatidan foydalanish huquqi, ishga yollash, ishdan bo‘shatish,mehnatga haq to‘lash va mehnatni muhofaza qilishning odilonashartlari va h.k. Qonuniylikning yuridik kafolatlariga quyidagilarkiradi: huquqiy jihatdan mustahkamlanishi lozim bo‘lgan barcha62ijtimoiy munosabatlarning qonunlar yoki qonun osti hujjatlari bilannormativ tartibga solinganligi, qonunlarga rioya etilishini nazoratqiluvchi maxsus organlar, shuningdek, huquqni muhofaza qilishorganlarining samarali faoliyati, fuqarolarning huquqlari vaerkinliklariga putur yetkazgan mansabdor shaxslarni yuridikjavobgarlikka tortish. Qonuniylikning xalqaro kafolatlarigaquyidagilar kiradi: xalqaro tashkilotlar, BMT ixtisoslashtirilganorganlarining turli mamlakatlarda inson huquqlariga rioya etilishininazorat qilish borasidagi faoliyati, fuqarolarning huquqlari vaerkinliklarini mustahkamlovchi qonun hujjatlari buzilayotganmintaqalarga yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va organlarvakillarining nazorat safarlari, fuqarolarning o‘z buzilgan huquqlarinihimoya qilishni so‘rab xalqaro organlarga murojaat etish huquqi.Qonuniylik va huquqiy davlat – ko‘p jihatdan o‘xshashkategoriyalardir, biroq ular o‘rtasida farq bor. Qonuniylik huquqsohasidagi barcha subyektlar qonunlarga so‘zsiz rioya etishlarinitalab qiladi, huquqiy davlat esa, xuddi shunday talabni xalqhokimiyati funksiyalarini bajaruvchi davlat tuzilmalariga nisbatanham qo‘yadi. Shu sababli huquqiy davlatchilik, eng avvalo,hokimiyat tuzilmalari, chunonchi: davlat hokimiyati, boshqaruv,sud va prokuratura organlari hamda ularning mansabdor shaxslari

Page 41: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

faoliyatida qonun tantanasini anglatadi.Endi huquqiy davlatning asosiy funksiyasini ko‘rib chiqamiz.Huquqiy davlatda inson huquqlari poymol etilishiga yo‘lqo‘yilmaydi. Boz ustiga, huquqiy davlat bu huquqlarni amalgaoshirishni qat’iy va izchil ta’minlashi va ularni himoya qilishi lozim.Shu munosabat bilan jamiyat va davlat hayotining turli jabhalaridahuquqiy tenglik muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Uningyechimi davlat bunday tenglikni ta’minlovchi ishonchli kafolatlarniyaratishini nazarda tutadi.Huquqiy davlatga xos bo‘lgan inson va fuqaro huquqlari hamdaerkinliklari ro‘yxati xalqaro hujjatlarda ifodalangan. Bu, eng avvalo,BMT Bosh Assambleyasi 1948-yil 10-dekabrda qabul qilgan Insonhuquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yil 16-dekabrda BMTBosh Assambleyasi qabul qilgan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyhuquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt” va “Fuqarolik va siyosiyhuquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt”dir.Ko‘rsatilgan hujjatlarda e’lon qilingan huquqlar va erkinliklarro‘yxati huquqiy davlatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlab63qo‘yilgan va kafolatlangan. Ularda shaxsni yuridik himoya qilishgaalohida e’tibor beriladi. Ma’lumki, aybsizlik prezumpsiyasisizshaxsni yuridik himoya qilishni ta’minlash mumkin emas. Aybsizlikprezumpsiyasi haqiqiy demokratik davlat fuqarolarning u yoki bujinoyatni sodir etishda aybdorligi yoki aybsizligi bilan bog‘liq barchamasalalarni faqat sud hal qilishini anglatadi.4-§. Davlat tipologiyasiDavlatning mazmun va mohiyati haqida to‘liq tasavvur hosiletish uchun ularni muayyan turlarga bo‘lgan holda o‘rganishmaqsadga muvofiqdir.Davlatlarni muayyan bir tiplarga ajratish ularni batafsilo‘rganishga yordam beradi. Davlat tipologiyasi davlat va huquqnazariyasi fani o‘rganadigan alohida masala hisoblanadi.Davlat tipologiyasi – davlatning mohiyatan o‘ziga xosxususiyatlarini ajratishda yoki biror tipga mansubligini belgilashdafoydalanadigan ta’limot, bilimlar tizimidir. Davlat tipologiyasidadavlatlarni muayyan mezonlar asosida turlarga aniqlashda tasniflashamalga oshiriladi. Huquqshunoslik fanida davlat tipologiyasinio‘rganishda ikki xil yondashuvni, ya’ni formatsion (sinfiy) vasivilizatsion (ma’rifiy) yondashuvni ko‘rsatish mumkin.Formatsion yondashuvning mohiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiyformatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodirbo‘ladi va bu davlatning bir tarixiy tipidan boshqa, undan yuqoriroqikkinchi tipiga o‘tishini nazarda tutadi. Formatsion yondashuv fandasinfiy yondashuv ham deb nomlanib, unda davlat tipologiyasiningasosiy mezoni ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar hisoblanadi. Mazkurtipologiyada birinchidan, davlatlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiyomillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlatlar o‘ztaraqqiyotida ma’lum bosqichlarni o‘tishini ularning tabiiy-tarixiyxarakteri ko‘rsatadi.Formatsiyali yondashuv shunisiga ko‘ra tavsiflanadiki, u birtipdagi davlatning boshqasiga faqat inqilob orqali o‘tishini tan oladi.Ushbu tipdagi davlatlarda hokimiyat hukmron sinfning manfaatiuchun xizmat qiladi. Ya’ni, davlatning ijtimoiy vazifasi sinfiymanfaatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Masalan, quldorlikdavlati – quldorlarning, feodal davlat – yirik yer egalariningirodasini ifodalaydi.64

Page 42: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Shunday qilib, davlat va huquqqa formatsion yondashuv aniqifodalangan sinfiy xususiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarishmunosabatlari tipiga ko‘ra quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistikdavlat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.An’anaga ko‘ra quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipihisoblanadi. Ushbu davlat tipining paydo bo‘lishi eramizgachabo‘lgan IV—III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bunday davlatlar QadimgiMisrda, Qadimgi Bobilda Qadimgi Xitoyda, Qadimgi Hindistondava ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Quldorlik davlati tizimiQadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik davlatlarida eng to‘liqtarzda rivojlangan.Ekspluatatsiya shaklining o‘zgarishi quldorlik tipidagi davlatningfeodal davlati bilan almashishiga olib keldi. Yevropada uning paydobo‘lishi yangi eraning V—XI asrlariga to‘g‘ri keladi. Feodaljamiyatning asosini feodallarning yerga bo‘lgan xususiy mulkchiligitashkil etar edi, feodal davlat esa feodallar sinfining diktaturasisifatida maydonga chiqadi.Ishlab chiqarishning yanada o‘sishi, savdo va sanoatningrivojlanishi yangi davlat tipi – kapitalistik davlatni paydo bo‘lishigaolib keldi. O‘zgalar mehnatidan foydalanishning kapitalistik shakliquldorlik va feodal shakllardan farq qiladi. Bundamehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdan-ochiqqaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarishvositalaridan mahrum bo‘lgan va shu sababli yashash uchun o‘zish kuchini kapitalistik korxonalarning egalariga sotishga majburbo‘lgan yollanma ishchilar sinfining yashirin iqtisodiy qaramligigaasoslanar edi.Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiyaqilinuvchilarni ekspluatatorlarga bo‘ysundirishda yordam beruvchi,ularni jamiyatni tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga moskeluvchi tartiblarga rioya qilishga majbur qiluvchi mashina bo‘libkeldi.Biroq keyingi o‘n yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiyo‘zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan,umuminsoniy manfaatlar milliy manfaatlardan, umumiy manfaatlarxususiy manfaatlardan ustunlik qila boshladi. Demokratik g‘oyalarva institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi, bu jamiyatningrivojlanishida davlatning o‘rni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdanqolmadi. Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi65jiddiy ravishda o‘zgara boshladi. Davlat zo‘rlik, majbur qilishvositasidan tobora butun jamiyat ishlarini boshqarish mexanizmigaaylana bordi.Sotsialistik davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar sinfiy nazariya (markschaleninchata’limot) tarafdorlari asarlarida paydo bo‘lgan. Ular o‘zasarlarida sotsialistik davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshiqo‘yib, asosiy tafovut hokimiyatning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilikqo‘lida bo‘lishi va undan ekspluatatsiya qilinuvchi ko‘pchilikqarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirganlar. Ularningfikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydobo‘ladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zo‘ravonlik orqali egallab olinadi.Bu jarayon eski davlat mashinasini sindirish va proletariatdiktaturasini o‘rnatish zarurligi bilan bog‘lanadi. Ayni paytdasotsialistik inqilob g‘alabasidan so‘ng hokimiyat ishchilar sinfi qo‘lidabo‘lishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq manfaatlariyo‘lida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqniyangi hayot qurish uchun o‘ziga ergashtirishga intiladi.

Page 43: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Davlat to‘g‘risida sinfiy nazariyaning quruq xom xayol ekanliginisobiq Ittifoqdek sotsialistik davlatning 70 yilgina yashaganligi yaqqolko‘rsatadi.Sivilizatsion (ma’rifiy) yondashuv formatsiyali yondashuvni to‘liqrad etmagan holda, davlat tipologiyasini mamlakatlar erishgantaraqqiyot darajasiga bog‘liq ekanligiga asoslanadi. Sivilizatsiontipologiya sinfiy yondashuvdan ancha keng. Ma’rifiy tipologiyadadavlat sivilizatsiya mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.Bu yondashuvning ko‘zga ko‘ringan vakili A. Toynbidir. Uningfikricha, sivilizatsiya – jamiyatning milliy, diniy, jug‘rofiy va boshqabelgilarining yaxlitligi bilan ajralib turadigan muayyan holatidir.Unga binoan, davlatlar xronologik, genetik, jug‘rofiy, hududiy,diniy, iqtisodiy asoslar va h.k. mezonlarga ko‘ra tiplarga ajratiladi.Davlatlarni hududlarining hajmiga qarab katta, o‘rta va kichikdavlatlarga bo‘lish mumkin. Katta hududli davlatlarga RossiyaFederatsiyasi, AQSH, Xitoy, Hindiston va Meksika kabi davlatlarnimisol qilsak, o‘rta hajmli hududdagi davlatlarga O‘zbekiston,Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarni olish mumkin.Kichik davlatlar qatoriga Kipr, Daniya, Vatikan kabi davlatlarniko‘rsatish mumkin.Davlatni izohlashga tarixiy yondashuv asosida davlatlarniqadimiy, o‘rta asr va hozirgi zamon davlat turlariga ajratsa bo‘ladi.66Qadimiy davlatlar Yevropada eramizgacha IX – VII asrlardamavjud bo‘lgan. Markaziy Osiyo hududida ilk davlatlar sifatidadastlab Katta Xorazm, So‘g‘d, Qang‘ va Baqtriya davlatlari paydobo‘lgan. O‘rta asrlarga O‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan varivojlangan Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Ashtarxoniylardavlatlari misol bo‘la oladi. Hozirga zamon davlat turlari sifatida,ayni vaqtda, rivojlanayotgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonkabi davlatlarni ta’kidlab o‘tish mumkin.Tarixiy va madaniy rivojlanishga ko‘ra esa davlatlar dehqonchilikbilan shug‘ullanuvchi (agrar) va sanoat bilan shug‘ullanuvchi(industrial) davlatlarga bo‘linadi. Agrar davlatlarning aksariyati Osiyohududida joylashgan bo‘lib, ushbu davlatlarning xalqlari turmushtarzi va hayot kechirish manbayi asosan qishloq xo‘jaligi bilanshug‘ullanishga moslashgan. Sanoat bilan shug‘ullanuvchi davlatlarsifatida ko‘proq Yaponiya, AQSH va Yevropa mamlakatlarini qaydetish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi sanoatlashgan agrar davlattipiga kiradi.Ma’rifiylik tavsifiga ko‘ra, davlatlar Sharq va G‘arb tiplargabo‘linadi. Sharq davlatlari bu Osiyo hududida joylashgan davlatlar,G‘arb davlatlariga Yevropa mintaqasi mamlakatlarini ko‘rsatishmumkin.67V BOB. DAVLATNING SHAKLLARI1-§. Davlat shakli tushunchasiDavlat uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi, shu davrichida rivojlanib, shakllanib, o‘zgarib keldi. Tabiiyki, davlatinsoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil shakllarga egabo‘lgan. Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliyahamiyatga ega. Huquqshunos olimlar davlat shakliga turlichata’rif beradilar. Masalan, bir guruh olimlar «davlat tuzumi»iborasini «davlat shakli»ning sinonimi sifatida qo‘llaydilar va davlatshakli tushunchasiga davlatning boshqaruv shakli, davlatningtuzilish shakli va siyosiy rejim kiradi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi

Page 44: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

guruh olimlar davlat shakliga boshqaruv shakli va tuzilish shakllarikiradi deb, unga siyosiy rejimni qo‘shmaydilar. Yana bir toifahuquqshunoslar davlat shakli – bu davlat hokimiyatining tuzilishshaklidir, deydilar. Davlatning shakli tarixiy shart-sharoitga,jamiyatning ijtimoiy tuzumiga, ishlab chiqarish kuchlariningrivojlanish darajasiga, demografik va geografik vaziyatga hamdaturli formatsiyalarga bog‘liq bo‘ladi.Shunday qilib, davlat shakli uch tushunchani: davlatningboshqaruv shakli, tuzilish shakli va siyosiy rejimni o‘z ichiga oladi.Boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariningshakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o‘zaro hamdaaholi bilan aloqadorligidir. Bu tushuncha orqali mamlakatda kimhukmron va u hokimiyatni qanday boshqaradi, degan savollargajavob olinadi. Boshqaruv shakliga qarab davlatlarning monarxiyava respublika shakllari farqlanadi.Davlat tuzilishi shakli orqali davlatning hududiy tarkibi,markaziy va mahalliy hokimiyat idoralarining o‘zaro munosabati(nisbati) ifodalanadi. Tuzilish shakliga ko‘ra davlatlar oddiy(unitar) va murakkab (federativ, konfederatid) turlarga ajraladilar.Siyosiy (davlat huquqiy) rejim davlat hokimiyatini amalgaoshirish usullari (metodlari) va vositalari yig‘indisidir. Davlathokimiyatini amalga oshirish usul va vositalari toifasiga ko‘rademokratik va avtoritar siyosiy rejimlar farqlanadi.Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklinitushunishga umumiy yondashuv, eng ilk tanishuvdir. Uni68batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi uchalajihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zarota’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy tafakkur yuzyillar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynanshunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganliginitushunishga harakat qilish kerak.Davlat shaklini bunday tushunish dabdurustdan tarkibtopmaganligi va hozir ham unga ayrim olimlar qo‘shilmasliklariniqayd etib o‘tish joiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruvshakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibdan dastlabkiikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingandi. Keyinchalik ungasiyosiy idora usuli qo‘shildi. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli»o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham bo‘lgandi. Bungaasos ham bor edi. Biroq buni keyinroq «siyosiy (davlat) idorausuli» tushunchasini batafsil ko‘rib chiqish vaqtida yaxshiroqtushunib olamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyatitashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat (siyosiy) tuzilishi hamdadavlat (siyosiy) idora usuli – birligidan tashkil topadi, degankonsepsiya keng tarqalgan.2-§. Davlat boshqaruv shakllariDavlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruv shaklialohida ahamiyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatinitashkil etish mazmunini anglatadi.Davlat boshqaruv shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan.Bunda davlatni kim boshqaradi, davlat qanday boshqariladi, deganmasalalarga va uning boshqarish shakllariga Aflotun, Arastu,Forobiy, Monteske, Lokk, Russo va boshqa mutafakkirlar o‘zasarlarida alohida e’tibor qaratganlar. Boshqaruv shakli deganda,oliy davlat hokimiyati, uning idoralari aholi bilan o‘zaro munosabati,aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etishitushuniladi. Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar monarxiya va

Page 45: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

respublikaga bo‘linadi. «Monarxiya» yunoncha so‘zdan olinganbo‘lib, yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik, degan ma’nonianglatadi.Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud:1. Monarx davlatni shaxsiylashtiradi.692. Monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i hisoblanadi;3. Monarx davlatni o‘zi yakka boshqaradi.4. Monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi.5. Hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibimavjud.6. Monarx o‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridikjihatdan javobgar bo‘lmaydi.Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi. Albatta,bu davlatni barcha ishlarini uning bir o‘zi hal etar ekan, deganma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘psonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlariniboshqarishda ishtirok etadi. Ayni paytda, eng muhim davlat ishlaribo‘yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Udavlat hokimiyatining to‘laqonli suveren egasidir. Monarxhokimiyati oliy maqomga ega bo‘lib, u mustaqildir. U – davlatdagioliy hokimiyatdir. Monarxiya hokimiyati vorislik asosida biravloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Hokimiyatni birshaxsdan ikkinchisiga o‘tishiga xalqning hech qanday aloqasibo‘lmaydi. Monarx muddatsiz, umrbod hokimiyat egasihisoblanadi. Lekin monarxlar ag‘darib tashlanganligi,o‘ldirilganligi, boshqa kishilar bilan almashtirilganligiga tarixdamisollar ko‘p. Monarx siyosiy boshqaruvda mas’uliyatdan ozodhisoblanadi, ya’ni u o‘z boshqaruvi natijalari uchun yuridik vasiyosiy javobgar hisoblanmaydi. Masalan: 1809-yilda Shvetsiyadadavlat boshqaruvi qonunda ko‘rsatilishicha, Qirolning xattiharakatlariqonunga kirmaydi, deb ko‘rsatilgan. Monarxiyaningikki turi mavjud: mutlaq monarxiya va cheklangan monarxiya.Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilancheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaqmonarxiya deyiladi. Agar monarx hokimiyati Konstitutsiya asosidaamal qiladigan biron-bir vakolatli idora bilan cheklangan bo‘lsa,bunday monarxiya cheklangan, yoki parlamentar shakldagimonarxiya bo‘ladi. Cheklangan monarxiya davlatlari, o‘znavbatida, dualistik va parlamentar monarxiyaga bo‘linadi.Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt kabidavlatlar kiradi. Ularda hokimiyat podsho bilan parlament o‘rtasidataqsimlangan. Amalda davlatni podsho boshqaradi. Podsho70hukumatni tuzish, parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.Parlamentar monarxiya shaklidagi davlatlarda – davlat boshlig‘imonarx, qirol, qirolicha, podsho, imperator bo‘lib, amalda ulardavlatni boshqarmaydi, huquqlari cheklangan bo‘ladi, davlatnihukumat boshqaradi. Masalan, Angliya, Yaponiya, Belgiya,Shvetsiya kabi davlatlarda davlat boshlig‘ining davlat ishlarini olibborishda mamlakatda va xalqaro miqyosda o‘rni kattadir.Respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqaruvning oliyorgani saylab qo‘yish yo‘li bilan tashkil topadi va u ma’lummuddatga saylanadi. «Respublika» lotincha so‘z bo‘lib, «jamoaishi», «xalq ishi» degan ma’noni bildiradi. Respublikaning asosiybelgilari – hokimiyat oliy organlarining saylab qo‘yilishi, hokimiyatvakolatlarining taqsimlanishi, qonunlarning bajarilishini nazorat

Page 46: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qiluvchi organ – sudlarning mavjudligi, fuqarolarning davlatishlarini boshqarishda keng ishtirok etishi.Jamiyat taraqqiyotida davlat boshqaruvi respublika shakliningbir necha ko‘rinishlari ma’lum.Afina davlatida (eramizgacha V – IV asrlar) boshqaruvningdemokratik respublika shakli mavjud bo‘lgan. Unda afinalik erkinfuqarolarning qulga aylanishiga yo‘l qo‘yilmasdi. Bu respublikadaijtimoiy raqobat, qulga egalik qilishning maxsus tartibi, jamoaqulchiligi mavjud edi. Shuningdek, Afinada davlat boshqaruviningsamarali tizimi faoliyat ko‘rsatardi.Sparta (eramizgacha V – IV asrlar) va Rim davlatlari(eramizgacha V – II asrlar) aristokratik respublikalar bo‘lgan.Ular davlat sifatida aksariyat aholining aristokratiya, nufuzlikiborlar qismi manfaatlarini ifodalagan. Shuningdek, shahar –respublikalari ham mavjud bo‘lib, ularda fuqarolarning erkinliklariva xususiy mulk munosabatlarining erkinligi tan olingan. Shahar– respublikalar Florensiya, Venetsiya – Italiyada; Novgorod,Pskov – Rossiyada va Germaniya, Fransiya, Angliyada ham shaharrespublikalari mavjud bo‘lgan.Respublika hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruvshakli bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi mavjud: 1) prezidentlikrespublikasi; 2) parlamentar respublika.Prezidentlik respublikasida hukumatni prezident tuzadi va uprezident oldida hisobot beradi. Prezident davlat boshlig‘i71hisoblanadi va prezident maxsus tartibda xalq tomonidan saylanadi.Masalan: Rossiya, AQSH, Fransiya, Italiya, O‘zbekistonRespublikasi va boshqalarda prezident xalq tomonidan saylanadi.Bu borada tegishli qonunlar mavjud.Parlamentar respublikada – hukumat parlament tomonidantuziladi va u parlament oldida hisobot beradi. Parlament vakillikva qonun chiqaruvchi idora bo‘lib, ijro hokimiyatini amalgaoshirishda asosiy o‘rinni hukumat boshlig‘i egallaydi. Hukumat– Vazirlar Kengashi deb nomlanib, u parlament tomonidantuziladi va uning oldida javob beradi. Germaniya, Hindiston,Turkiya kabi davlatlar parlamentar respublika shaklidagi davlatlarqatoriga kiradi.3-§. Davlatning tuzilish shakliDavlatning tuzilish shakli deganda, u davlatni siyosiy,ma’muriy, hududiy tuzilishi va uni oliy organlari bilan mahalliyorganlari o‘rtasidagi aloqalar nazarda tutiladi. Davlat tuzilish shakliikkiga bo‘linadi: oddiy (unitar); murakkab (federativ vakonfederativ).Oddiy (unitar) davlat tuzilishida ma’muriy hududiy qismlarga(viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, uyagona oliy organga, yagona boshqaruv organlari tizimiga, bittaKonstitutsiyaga yagona fuqarolikka, muayyan hududga, davlatchegarasiga, yagona armiyaga va qonunchilik tizimiga ega bo‘lgandavlatdir. Masalan, Fransiya, Italiya, Ukraina, Qozog‘iston kabidavlatlar unitar davlatlar hisoblanadi.Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar mavjudbo‘lmaydi. Unitar davlatlar ichidagi ma’muriy-hududiybo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega,markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududigao‘z ta’sirini tanho o‘tkazadi.Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar,kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvidan

Page 47: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

iborat. Federativ davlat tarkibiga kiruvchi subyektlar o‘ziningqonun chiqaruvchi organlariga, o‘z hukumatiga, sud organlarigaega bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalari ittifoqidan iborat bo‘ladi.Federativ davlat belgilari quyidagilardan iborat:72Birinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidaniborat bo‘ladi. Ikkinchidan, oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchiva sud hokimiyati federatsiya va subyektlar miqyosida ikkipog‘onali bo‘ladi. Federatsiya va uning subyektlarining vakolatlarifederatsiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yiladi. Uchinchidan, ikkifuqarolik mavjud bo‘lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o‘zidaham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosiekanligini bildiradi.Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishdabirlashib, markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyadabarcha a’zolar nomidan markaziy idoralar mamlakat ichki vatashqi siyosatida yagona ish olib boradi va uning manfaatlarinihimoya qiladi. Masalan, dunyoda hozirgi kunda yigirmadanortiq federativ shakldagi davlatlar mavjud. Bular Rossiya,Braziliya, Hindiston, Germaniya, AQSH, Shveysariya,Meksika, Kanada va boshqalar.Konfederatsiya – bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar,ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzganittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagonafuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarningko‘ngilli ittifoqidir. Uning belgilari quyidagilardan iborat:1) konfederatsiya muayyan maqsadlarga erishishi uchunbirlashgan mustaqil davlatlarning ittifoqi;2) barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma;3) yagona hududning bo‘lmasligi;4) yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;5) konfederatsiya subyektlari undan erkin holatida chiqib ketishimumkinligi;6) konfederatsiya subyektlari qonunchilik hujjatlariniqo‘llamaslik huquqiga egaligi;7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarnihal etish kirishi;8) konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridantashkil topishi.Hozirgi vaqtda Yevropaning 15 ta davlatini birlashtirganYevropa ittifoqi davlatlarining hamdo‘stlik konfederatsiyasimavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi konfederatsiya emas.734-§. Siyosiy rejimSiyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirishdafoydalaniladigan tartib va usullarning yig‘indisi.Siyosiy rejim tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi.Keng ma’nodagi yondashuvda siyosiy rejim barcha siyosiy hayot,umuman jamiyat siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo‘lishiva tartibi tushuniladi. Tor ma’nodagi yondashuv esa siyosiy rejimnifaqat davlat hayoti, davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish bilanbog‘liq hodisalar va usullar namoyon bo‘lishi tarzida talqin etadi.Har bir mamlakatda davlat hokimiyati o‘ziga xos xususiyatlargaega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyonbo‘ladi. Biroq siyosiy rejimni muayyan belgilariga ko‘ra ikki turgaajratish mumkin: avtoritar va demokratik rejimlar.Avtoritar siyosiy rejimni izohlaydigan asosiy xususiyatlar

Page 48: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

quyidagilardan iborat:– fuqarolarning huquq va erkinliklarining cheklanganligi, bekorqilinganligi yoki umuman yo‘qligi;– davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatiningcheklanganligi, tugatilganligi yoki umuman taqiqlanganligi;– davlat hokimiyati ustidan xalq nazoratining yo‘qligi, ularningyashirin usullar bilan shakllantirilishi;– butun hokimiyatning yagona shaxs (bir organ yoki bir nechashaxs) qo‘lida to‘planganligi;– davlat hokimiyatini amalga oshirishda ma’muriy –buyruqbozlik, ba’zan terrorchilik (o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik)usullarining qo‘llanilishi;– taraqqiyparvar siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarifaoliyatining taqiqlanganligi, cheklanganligi yoki tarqatibyuborilganligi;– siyosiy monizm, ya’ni yakka mafkuraning ustunligi, uningdavlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilganligi;– fuqarolik jamiyatining mavjud emasligi, uning institutlariningcheklanganligi, ijtimoiy manfaatlarni ifodalash imkoniyatlariningtaqiqlanganligi.Davlat va huquq nazariyasida avtoritar rejimning despotik,tiraniya, totalitar, fashistik va h.k. tarixiy turlari farqlanadi.Demokratik siyosiy tartibda davlat fuqarolarning huquq va74erkinliklarini ta’minlash, aholini turli jamoat tashkilotlarigabirlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalqishtirokida saylash, davlatni boshqarishda keng xalq ommasiningishtirok etishi ta’minlanadi. Demokratik tartib ikki shakldaamalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.Vakillik demokratiyasida xalq o‘zi saylagan deputatlari orqalidavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiymasalalarni muhokama qilish, hal etish haqida qaror qabul qilishva davlatni idora etishda qatnashadi.Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevositaishtiroki ta’minlanadi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lganmasalalarni hal etishda umumxalq ovoziga qo‘yish (referendum)niamalga oshirish mumkin. G‘ayridemokratik siyosiy tartibdemokratik usulga qarshi bo‘lib, totalitar, avtoritar va fashistikshaklda bo‘ladi.Totalitar usulda davlat boshqaruvi markazlashgan vabuyruqbozlik asosida bo‘ladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarita’minlanmaydi, barcha davlat hokimiyati yagona diktatura tarzidaamalga oshiriladi. Masalan, sobiq Ittifoq yagona kommunistikpartiya diktaturasi asosida boshqarilgan. U totalitar davlat bo‘lib,oxir-oqibat inqirozga uchradi.Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlariquyidagilardan iborat:– fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarining mavjudligi;– davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi;– vakillik hokimiyat organlarining to‘laqonli faoliyatko‘rsatishi;– siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratiningo‘rnatilganligi;– hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchiva sud o‘rtasida taqsimlanganligi;– davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralashaolmasligi;

Page 49: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

– huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonungato‘la asoslanganligi;– jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolar o‘zini o‘ziboshqarish idoralarning mavjudligi;75– siyosiy partiyalarning muholifatda bo‘lish erkinliginingta’minlanganligi;– siyosiy plyuralizm qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlaro‘z manfaat (fikr)larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi;– fuqarolik jamiyatining shakllanganligi.Demokratik siyosiy rejim doirasida liberal yoki liberaldemokratikrejim turlari farqlanadi.O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin,davlatni boshqarishda prezidentlik instituti joriy etildi. O‘zbekistonRespublikasi boshqaruv shakli bo‘yicha Prezidentlik Respublikasishaklidagi davlat, tuzilish shakli bo‘yicha oddiy – unitar davlatdir,siyosiy rejimiga ko‘ra, demokratik tartibdagi davlat. O‘zbekistonRespublikasi mustaqillikka erishgan kunidan boshlab hozirgi kungaqadar o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. BuPrezidentimiz I.A. Karimovning: «O‘zbekistonning o‘z istiqlolva taraqqiyot yo‘li» risolasida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu risoladayosh suveren davlat rivojlanishining besh tamoyili belgilab berilgan:iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohotchi, qonunustuvorligi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishiva kuchli ijtimoiy siyosat. Unga ko‘ra O‘zbekiston o‘z taraqqiyotyo‘lida umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlariva erkinliklarining ustuvorligini tan olish asosida xalqaro va sharqmilliy davlatchilik tajribalariga asoslanib, kelgusida demokratikhuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etadi.1991-yilning 31-avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zibelgilash huquqi amalga oshdi – O‘zbekiston Respublikasiningdavlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika butun ko‘pmillatliaholisining irodasi «O‘zbekiston Respublikasi davlatmustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonundamustahkamlandi hamda umumxalq referendumida yakdil tasdig‘initopdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan darhol respublikadademokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshlandi.Respublikada amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroetuvchi va sudlov hokimiyatlariga bo‘linishi tamoyili amalqilmoqda.Ikki palatali parlamentning qaror topishi (2004-yil, dekabr –2005-yil, yanvar) davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqichni761 Каримов И. А. ¤збекистон: миллий истиілол, иітисод, сиёсат, мафкура.1-жилд. – T.: «¤збекистон», 1996. 40-bet.boshlab berdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatininghuquqiy asosini vujudga keltirish maqsadida «O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»,«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» hamda«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish vaqo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» konstitutsiyaviy qonunlar qabulqilindi.Bularning hammasi qonun chiqarish ishini yanada faol yo‘lgaqo‘yishni taqozo etadi. Davlat boshqaruvining yangi tizimishakllandi. Boshqaruvning prezidentlik respublikasi shakli butizimning o‘zagi bo‘ldi. Joylardagi boshqaruv tizimida viloyatlar,tumanlar va shaharlarda hokimlik lavozimlari joriy etildi. Qonun

Page 50: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ustuvorligini, qonun oldida barcha fuqarolarning tengliginita’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish va vakolatlariniyanada kengaytirish ishlari faol olib borilmoqda. Prezident I. A.Karimov «O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonidato‘plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barchaijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samaralifoydalanadi», – deb ta’kidladi1 .77 Davlatning shakllariDavlatning boshqaruv shakllari Davlatning tuzilish shakllari Siyosiy rejimmonarxiya respublika unitar federativ konfederativIlk-feodal Tabaqa – vakillik Dualistik Aristokratik Demokratik 1. Demokratikmonarxiya monarxiyasi monarxiya respublika respublika 2. Liberaldemokratik3. Avtoritar4. FashistikMutlaq Cheklangan monarxiya Parlamentar Prezidentlik 5. Totalitarmonarxiya (konstitutsiyaviy, respublika respublikasiparlamentar)Izoh: quldorlik tuzumida monarxiyaning Sharq dispotiyasi ko‘rinishi ham bo‘lgan.Masalan: Qadimgi Bobil, Qadimgi Misr, Qadimgi Xitoy.Sharqiy dispotiya monarxiyasi boshqaruvning qattiq markazlashganligi va shoh hokimiyatining cheklanmasligibilan xarakterlanadi.78VI BOB. DAVLAT FUNKSIYALARI1-§. Davlat funksiyasi tushunchasiDavlat o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish uchun faol, qat’iyharakat qiladi. Davlatning mazkur harakatlarini, butun faoliyatinita’riflash uchun yuridik fanda “davlat funksiyasi” degan iborakiritilgan.Davlatning vazifalari va funksiyalarini to‘la tushunib olish, tahlileta bilish uning mohiyatini yanada kengroq, chuqurroq o‘rganishgayordam beradi. Davlatning mohiyati uning funksiyalarida yana hamyorqinroq namoyon bo‘ladi. Davlatning funksiyasi – bu davlatoldida turgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan davlatfaoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Olimlarning davlat funksiyasigabergan ta’riflarida jiddiy farq yo‘q, ularning hammasi ham davlatfunksiyasini uning faoliyati yo‘nalishi bilan bog‘laydilar. Davlatningvazifasi va funksiyasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki ma’nodagitushunchadir. Har bir davlatning vazifasi u amalga oshiradiganbosh asosiy yo‘lni belgilaydi, butun faoliyatini ana shu vazifalarnihal etishga qaratadi. Davlatning funksiyalari esa davlatningvazifalaridan kelib chiqadi. Davlatning vazifalariga muvofiq amalgaoshiriladigan harakatlar, faoliyat ularning funksiyalarini tashkil etadi.Davlat funksiyalari jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tarkibidan,ijtimoiy guruhlar, jamoalar, xalq manfaatlaridan kelib chiqadiganmaqsad va vazifalarning hal qiluvchi ta’siri ostida shakllanadi.«Davlat funksiyasi» nafaqat siyosiy mazmundagi va boshqaruvgaoid tushuncha, balki yuridik ma’nodagi hodisadir. Chunki,funksiyalar asosan huquqiy shakllarda amalga oshiriladi. Yuridikadabiyotlarda davlat funksiyalarini amalga oshirish shakli deganda:– birinchidan, davlat mexanizmi asosiy bo‘g‘inlarining faoliyatitushuniladi;– ikkinchidan, davlat funksiyalarini amalga oshirishning tashqiko‘rinishi, belgilari, tartibi tushuniladi.Dastlabki mezonga ko‘ra, davlat funksiyalarini amalga oshirishshakllari quyidagicha: 1) qonun ijodkorligi; 2) boshqaruv (ijro etish);3) sud faoliyati; 4) nazorat faoliyati.

Page 51: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Qonun ijodkorligi faoliyati orqali davlatning yuqori vakillikorganlari jamiyatdagi barcha subyektlar bajarishi majburiy bo‘lganqonunlar yaratadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarikki palatali parlament – Oliy Majlis tomonidan yoki referendum79orqali qabul qilinadi. Qonunlarni qabul qilishdan maqsad jamiyatgarahbarlik qilish, undagi barcha ijtimoiy munosabatlarni ijtimoiytaraqqiyot manfaatlari yo‘lida huquqiy tartibga solishdan iborat.Boshqaruv (ijro etish) faoliyati vositasida davlatning ko‘pginafunksiyalari bajariladi. Chunki, ijroiya hokimiyat davlatning muhimbo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat hayotini tashkil etishda salmoqli o‘rin tutadi.Mazkur hokimiyat davlat organlarining asosiy qismini, mansabdorshaxslarning eng ko‘p sonini o‘z ichiga oladi. Ijroiya hokimiyatningasosiy vazifasi – qonunlar ijrosini ta’minlash, keng miqyosdaboshqaruv va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirishdan iborat.Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining ijrohokimiyati organi – Hukumat hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiqVazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy-madaniysohaning faoliyatiga rahbarlik qiladi; mamlakat qonunlarining,parlament palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari vafarmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi.Vazirlar Mahkamasi:– iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajaradi;– mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtiradi, ularningtengligini ta’minlaydi;– bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini ro‘yobga chiqarishasosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoit yaratadi, xo‘jalikyuritishning yangi shakllarini barpo etishga ko‘maklashadi;– respublika budjetini shakllantiradi va ijro etadi, mamlakatningiqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va milliy dasturlariniishlab chiqadi va ularning ijrosini ta’minlaydi;– fan va texnika sohasini boshqaradi;– fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash, xalqta’limini rivojlantirish choralarini ko‘radi, shuningdek, boshqaijroiya funksiyalarni bajaradi.Sudlov faoliyati. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida,mustaqil shoxobchalaridan biri bo‘lib, jamiyat hayotida odil sudlovniamalga oshirishga safarbar etilgandir. Odil sudlov – davlatfaoliyatining maxsus yo‘nalishi bo‘lib, bunda vakolatli sudmuassasasi (sudlar) huquq normalari talablarini buzishdan kelibchiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, ularni qonun doirasidahal etadi. Odil sudlovning oliy maqsadi – kuch va zo‘ravonlikg‘oyasini huquq ustuvorligi va adolat g‘oyalari bilan almashtirishdaniborat.80Nazorat faoliyati. Davlat apparatiga kiruvchi barcha davlatorganlari tarkibida qonunchilik va huquqiy tartib-intizom ustidannazorat yurituvchi tuzilmalar mavjud. Ushbu tuzilmalar o‘ztasarruflari va vakolatlariga kiradigan sohada nazorat faoliyatiniamalga oshiradi. Davlat nazorati tizimida prokuror nazoratini, soliqnazoratini, bojxona nazoratini, sud nazoratini, ekologiya nazoratini,sanitariya-epidemiologiya nazoratini, tog‘-kon sanoati nazoratini,iste’mol mahsulotlari ustidan (sertifikatlash) nazoratini va boshqaturdagi nazorat faoliyati turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.Davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllarideyilganda, davlat organlarining o‘z tashqi belgi va xususiyatlarigako‘ra bir turdagi faoliyati tushunilib, bu faoliyatning oqibatida albatta

Page 52: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

muayyan huquqiy hujjat (akt) qabul qilinadi.Davlat funksiyalarini amalga oshirishning quyidagi shakllariniko‘rsatish mumkin:– huquqni ijod qilish (qonun ijodkorligi faoliyati);– huquqni ijro etish (ijroiya-farmoyish berish faoliyati);– huquqni qo‘riqlash (odil sudlov nazorat faoliyati).Davlat va uning organlari o‘z funksiyalarini ma’lum metod(usul)lar vositasida amalga oshiradi. Ushbu usullar qatoriga –ishontirish, majbur qilish, rag‘batlantirish singarilar kiradi.Davlatning har bir aniq funksiyasi davlat hokimiyatini amalgaoshirishning mazmuni, shakli va usullari uzviyligida namoyonbo‘ladi.Davlat funksiyalarining asosiy xususiyatlari quyidagilar bilanbelgilanadi:– funksiyalar davlatning mohiyati va ijtimoiy holati bilanbevosita bog‘liq;– ular o‘zgaruvchan tabiatga ega bo‘lib, davlatning shakllanishi,mustahkamlanishi va rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Har bir tarixiydavrda davlatning o‘ziga xos muayyan funksiyalari bo‘ladi.Hokimiyat tepasiga boshqa siyosiy kuchlarning kelishi bilandavlatning mohiyati va unga mos funksiyalari ham o‘zgaradi.Jamiyatda ustuvor manfaatlar almashganda ham davlatfunksiyalarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Masalan, urush davridadavlatning mudofaa funksiyasi birinchi o‘ringa chiqadi yoki bozormunosabatlariga o‘tishda davlatning iqtisodiy funksiyasi alohidaahamiyat kasb etadi. Funksiyalarning mazmuni davlatrivojlanishining muayyan bosqichlarida o‘zgarishi mumkin. Davlat81funksiyalarining o‘zgarishi, ayniqsa, tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,inqiloblar davrida yaqqol ko‘zga tashlanadi.Davlatning har bir taraqqiyot bosqichiga muayyan funksiyalarto‘g‘ri keladi. Masalan, hozirgi zamon davlatlarining barchasidaiqtisodiy funksiyalar mavjud. Ammo ularning mazmuni, shakllari,amalga oshirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Har bir ijtimoiytaraqqiyot bosqichiga o‘ziga xos funksiyalar to‘g‘ri keladi. Shu boisdavlat yangi bosqichdagi rivojlanishga o‘tar ekan, o‘z vazifalarinito‘la yoki qisman o‘zgartirishi mumkin. Davlatning yangifunksiyalari paydo bo‘lib boradi, ammo avvalgilari ham izsizyo‘qolmaydi, ular yangi mazmun bilan boyiydi. Bu holni har qandaydavlatning taraqqiyotida kuzatish mumkin.2-§. Davlat funksiyalarining tasnifiHar qanday davlatning funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalargabo‘lish mumkin. Davlat funksiyalarining ichki va tashqifunksiyalarga bo‘linishi umumiy xarakterga ega. O‘z navbatida,davlatning ichki va tashqi funksiyalari ham turli-tuman bo‘ladi.Ichki funksiyada davlatning mamlakat ichidagi roli namoyon bo‘ladi.Davlat boshqa davlatlar qurshovida yashaydi. Shu bois boshqadavlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning tashqi funksiyasiro‘yobga chiqadi.Harakatining muddatiga ko‘ra davlat funksiyalari doimiy vamuvaqqat funksiyalarga bo‘linadi. Doimiy funksiyalarga davlatgadoimo xos bo‘lgan xususiyatlar, davlat muntazam shug‘ullanadiganvazifalar, masalan, ishlab chiqarishni boshqarish vazifasi, ya’nidavlatning iqtisodiy funksiyasi kiradi. Davlatning muvaqqatfunksiyalariga esa ma’lum vaqt mobaynida muayyan maqsadgaerishishga yo‘naltirilgan vazifalar kiradi. Masalan, favqulodda holate’lon qilingan davrdagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan

Page 53: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

funksiyalar vaqtinchalik tusga egadir.Ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra, davlat funksiyalari asosiy vaqo‘shimcha turlarga bo‘linadi.Davlatning ichki funksiyalari – mamlakat ichki hayotiniboshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat faoliyatining asosiyyo‘nalishlaridir. Ichki funksiyaga quyidagilar kiradi: iqtisodiyfunksiya, ijtimoiy funksiya, davlatning huquq-tartibotni muhofazaetish funksiyasi, tabiatni muhofaza qilish funksiyasi. Har bir davlat82iqtisodiyot sohasida muayyan vazifalarni bajaradi, ular, asosan,quyidagilardan iborat. Birinchidan, rivojlanayotgan iqtisodiyotniyaratish, ikkinchidan, iqtisodiyotni barcha sohalarini o‘zarobog‘liqlik asosida rivojlantirish, uchinchidan, mehnat zaxiralarinioqilona joylashtirish, mehnatning yangi texnologiyalar, xalqningtarixiy an’analari va malakalariga mos keladigan sohalarini yaratish.To‘rtinchidan, samarali iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.Beshinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirish. Oltinchidan, aholini ishbilan ta’minlash.Ijtimoiy funksiya – bunda davlat shaxsni ijtimoiy jihatdan muhofazaetilishini, jamiyat barcha azolarining talablar darajasidagimoddiy-ma’naviy hayot sharoitlariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.Ijtimoiy funksiyaga quyidagilar kiradi. Ijtimoiy boyliklarnitaqsimlash, aholini eng kam muhofazalangan qismini (nogironlar,ko‘p bolali oilalar, keksalar, yetim-yesirlar) himoya qilish, pensiyata’minoti kabilarni tashkil etish. Sog‘liqni saqlash, madaniyatnirivojlantirish, jamoat transportini tashkil etish, uy-joy qurilishi.Siyosiy funksiya – fuqarolarning siyosiy huquq erkinliklarinihimoya qilish, qonuniylikni va huquqiy tartibotni ta’minlash,jamiyatda barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvliknita’minlashdan iborat.Ma’naviy funksiya – jamiyat a’zolari ongiga milliy mafkuranisingdirish, san’atni qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniyanirivojlantirish, jamiyatning ma’naviy-axloqiy sog‘lomligi to‘g‘risidag‘amxo‘rlik qilish.Moliyaviy funksiya — soliq to‘plash, jamiyat hayotining asosiysohalarini moliyalashtirish, davlat budjeti ijrosi, bojxona nazorativa boshqalar.Qonunlarga rioya etish hamma uchun majburiy bo‘lgan, unibuzishga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan davlat faoliyati sohasidir.Huquqiy tartibotni va aholining huquqiy madaniyati hamda onginiyuksaltirish davlatning huquqiy tartibotni muhofaza etishfunksiyasining mazmunini tashkil etadi. Huquqiy tartibot bilanbog‘liq faoliyatning markazida, eng avvalo, fuqaro, jamiyat a’zosierkin inson sifatida shakllanishi va faoliyat yuritishi masalasi turadi.Davlat bu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagiyo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:– birinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatinishakllantirish;83– ikkinchidan, qonunlar ijrosini ta’minlash va ular ustidanqat’iy nazorat o‘rnatish;– uchinchidan, fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqlari vaerkinliklari amalga oshirilishini ta’minlaydigan qonunchilikkafolatlarini yaratish;– to‘rtinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari tiziminishakllantirish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish;– beshinchidan, qonunchilik va huquqiy tartibotni

Page 54: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

mustahkamlash.Har qanday davlatning eng asosiy talabi — qonunlarni amalgaoshirishga, qonunchilikni ta’minlashga mutasaddi bo‘lgan idorava shaxslarning qonunlarni aniq va og‘ishmay ijro etishlaridan iborat.Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi — insoniyatni o‘sibborayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardanyovuzlarcha foydalanish, odamlar istiqomat qiladigan joylar hayotuchun xavfli falokat mintaqalariga aylanib ketishi natijasida tabiatbilan inson o‘rtasidagi muvozanat buzildi. Masalan, O‘zbekistondaOrolning qurib borayotganligi, qishloq xo‘jaligida ekologik zararlimoddalarni ishlatish, aholi yashaydigan hududlarda zararli ishlabchiqarish korxonalarini joylashtirish, yerdan oqilona foydalanishqonunlarini buzish tabiiy ekologik vaziyatni izdan chiqardi. Shumunosabat bilan davlatning ekologik funksiyasi alohida e’tibor kasbetmoqda. Davlatning tabiatni muhofaza qilishga oid funksiyasiquyidagi vazifalardan iborat. Jumladan, tabiiy resurslaridan oqilonafoydalanishga, atrof-muhitga zarar yetkazishga va ekologik vaziyatniyomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik. Ikkinchidan, jahon hamjamiyatidavlatlari ishtirokida ekologik sharoitlarini sog‘lomlashtirish,iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi ekologik nomaqbul oqibatlarnibartaraf etish. Uchinchidan, samarali ekologik qonunchilik tiziminishakllantirish va tegishli davlat organlarini tuzish.Davlatning tashqi funksiyasi – uning xalqaro maydondagifaoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatni tashqi funksiyasigaquyidagilar kiradi. Turli davlatlar bilan tinch-totuv yashash, xorijiydavlatlar bilan hamkorlik qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish,mamlakatni boshqa davlatlar hujumidan mudofaa etish va jahondatinchlikni mustahkamlash ishlarida faol qatnashish kabilar.Jamiyatning hozirgi zamon taraqqiyot darajasi barcha davlatlarningxo‘jalik, siyosiy, madaniy hayot sohalarida hamkorlik qilishni talabqiladi. Iqtisodiy hamkorlikda eng muhim o‘rinni xalqaro mehnat84taqsimoti, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, eng yangitexnologiyalari bilan almashish, kredit-moliya aloqalarinirivojlantirish va tovar aylanmasini muvofiqlashtirib turish kabilaregallaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni Birlashgan MillatlarTashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari: Iqtisodiy va IjtimoiyKengashi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi,Xalqaro taraqqiyot banki va boshqalar olib boradi.Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi. Davlatchiliktaraqqiyotining barcha bosqichlarida bu funksiya, uning ahamiyatig‘oyat katta bo‘lib kelgan. Zero, hamisha mamlakat ozodligi vamustaqilligini tashqi tajovuzlardan himoya qilishning obyektivzarurati mavjud bo‘lib kelganligi ma’lum.Mamlakat mudofaasi funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatikva harbiy vositalar bilan amalga oshiriladi.Davlat mudofaa faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardaniborat:– birinchisi, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash.Mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, eng avvalo, mudofaasalohiyatini yuksaltirish;– ikkinchisi, qurolli kuchlarni doimiy takomillashtirib, ularningjangovar qudrati va jangovar tayyorgarligini oshirib borish;– uchinchisi, davlat chegaralarini muhofaza qilish;– to‘rtinchisi, qurolli kuchlarning harbiy ta’limi;– beshinchisi, fuqaro mudofaasini tashkil etish.Istiqlol davrida O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari

Page 55: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining huquqiyasoslari Konstitutsiyaning maxsus bobida, 1991-yil, 31-avgustdaqabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiasoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda va 1996-yil, 26-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiyprinsiplari to‘g‘risida»gi qonunda o‘z aksini topgan.Suveren davlat sifatida mustaqil davlat siyosatining ishlabchiqilishi va uni amalga oshirishda tegishli funksiyalar ro‘yobgachiqmoqda. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlardao‘z aksini topayotgan iqtisodiy siyosat pirovard natijada demokratiko‘zgarishlar kiritish, kuchli suveren huquqiy davlatni barpo etishuchun mustahkam moddiy negizni yaratishga yo‘naltirilgandir. Shuvazifalardan O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi funksiyalarikelib chiqadi.85Ichki funksiyalarga quyidagilar kiradi:1. Huquqiy tartibni ta’minlash, inson va fuqarolarning huquqlariva erkinliklarini muhofaza qilish funksiyasi;2. Iqtisodiy funksiya;3. Soliqlarni undirish funksiyasi;4. Ijtimoiy himoya funksiyasi;5. Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi;6. Barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish funksiyasi;7. Madaniy-ma’rifiy funksiya.Tashqi funksiyalarga quyidagilar kiradi:1. Mamlakatni mudofaa qilish;2. Xalqaro miqyosda iqtisodiy va siyosiy hamkorlik;3. Xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlash.Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning davlat mustaqilligini 170 danortiq davlat tan oldi, ulardan 120 tasi bilan diplomatik munosabatlaro‘rnatildi. Toshkentda 44 ta davlatning elchixonalari hamda 20 tayirik xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlarda 40 ta vakolatxonasi(jumladan 28 tasi elchixona) ochilgan. Bugun O‘zbekiston 60 tanufuzli xalqaro tashkilotlarning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, ularningfaoliyatida faol ishtirok etmoqda.86VII BOB. DAVLAT MEXANIZMI (APPARATI)1-§. Davlat mexanizmi tushunchasi va mohiyatiJamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishdabarcha davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari bir tizimgabirlashadi va asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.Davlat mexanizmi – barcha davlat organlarining yagona,markazlashgan tizimi bo‘lib, ular o‘zlariga berilgan vakolatasosida davlat funksiyalarini bajaradilar va hokimiyatni amalgaoshiradilar.Hozirgi kunda davlatshunos olimlar davlat apparatining, engavvalo, fuqarolar va ular uyushmalarining turli ehtiyoj vamanfaatlarini mutanosiblashtirish mexanizmi deb hisoblaydilar.Bunday fikrning to‘g‘riligi davlat mexanizmining o‘ziga xosumumiy belgilarini tahlil etish jarayonida yaqqol ko‘zgatashlanadi.Davlat mexanizmi quyidagi asoslarga ko‘ra faoliyat yuritadi:1. Davlat mexanizmining yagonaligi. Davlat mexanizmi –davlat organlari va muassasalarining yaxlit ierarxik tizimidir. Uningyaxlitligi davlat organlari va muassasalari faoliyati tamoyillarining,

Page 56: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

vazifalari va maqsadlarining yagonaligi bilan ta’minlanadi. Davlatorganlari o‘zaro farq qilishiga qaramasdan, bir butunning qismlarihisoblanadi va o‘zaro bog‘liq. Masalan, parlament va hukumatturli vakolatlarga ega, turli mazmundagi ishni bajaradi, lekinikkalasi ham birga yagona davlat hokimiyatini amalga oshiradi,ya’ni ikkalasining faoliyati ham fuqarolar munosib hayot kechirishiuchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat. Ular bir-biri bilano‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda faoliyat yuritadi.2. Umumiy maqsad va vazifalarning mavjudligi. Barcha davlatorganlari umumiy maqsad va vazifalarni bajarishi, ya’ni davlatfunksiyasini amalga oshirish uchun yagona tizimga birlashadi.Asosiy maqsad – xalq manfaatini qondirish. Davlat va ularningorganlari xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlari uchunxizmat qiladi.Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolaroldida mas’uldirlar. Konstitutsiyaning 7- moddasida belgilabqo‘yilishicha «O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq87manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasihamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat berganidoralar tomonidangina amalga oshiriladi».3. Ierarxik tizimga asoslanganligi. Davlat mexanizmi piramidashaklida tuzilgan bo‘lib, unda yuqori turuvchi organlar quyituruvchi organlarga nisbatan ko‘proq vakolatlarga ega bo‘ladiva ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsata oladi, quyi turuvchi organlaresa yuqori turuvchi organlar qarorlarini bajarishi majburiydir.Masalan, Vazirlar Mahkamasining qarorini joylardagi mahalliyorganlar bajarishi majburiy hisoblanadi.4. Majburlov apparatining mavjudligi. Davlat organlari,xususan, qonun chiqaruvchi organ qonun qabul qilish va unikuchga kiritish usuli bilan, ijro etuvchi organlar boshqaruv,majburlov va rag‘batlantirish usullari bilan huquqiy normalarnitatbiq etadilar. Huquqni muhofaza qilish organlari huquqnormalarini amaliyotga tatbiq etishda, asosan, ishontirish vamajburlash usullaridan foydalangan holda ish yuritadilar.Jamiyatdagi barcha fuqarolar ham davlat tomonidan qabulqilingan normativ-huquqiy hujjatdagi me’yorlarga so‘zsiz rioyaqilavermaydi, chunki insonlarning huquqiy ongi va huquqiymadaniyati bir xilda shakllanmaydi. Shuning uchun, fuqarolardavlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga o‘z xohishlariga ko‘rarioya etmaydigan bo‘lsa, davlat o‘zining majburlov kuchi orqaliqonunlarning bajarilishini ta’minlaydi. Bular: prokuratura, ichkiishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati, jinoiy jazoni ijro etishmuassasalari, armiya va boshqalar.5. Boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus shaxslarguruhining mavjudligi. Davlat organlarida faoliyat yurituvchishaxslar ish faoliyatida faqatgina boshqaruv bilan shug‘ullanadi,ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydilar. Shuningdek,ushbu toifadagi shaxslar davlat va jamiyat manfaatlari uchunfaoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, sudya sudlov jarayonida birorbiryaqin tanishining huquqbuzarlik sodir etgan ishi bo‘yicha, ushaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish jarayonida, o‘ziningshaxsiy manfaatlarini inobatga olib emas, balki davlatmanfaatlaridan kelib chiqqan holda, obyektiv ravishda qonungaasosan hukm chiqaradi.886. Hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlarining

Page 57: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ichki strukturasining mavjudligi. Davlat mexanizmining birme’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida davlat organlari, davlatmuassasalari va davlat tashkilotlari birgalikda harakat qiladi vao‘z navbatida, ular ichki tarkibiy tuzilishiga ko‘ra bir-biridanfarq qiladi.Davlat organlari – davlat funksiyalarini amalga oshirishdahokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining asosiybo‘g‘ini. Masalan, prokuratura, sud, ichki ishlar organlariva boshqalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlatorganlaridir.Davlat tashkilotlari – bevosita ishlab chiqarish hamda ta’minotbilan shug‘ullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchunstrategik ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Mazkurtashkilotlarning asosiy qismini davlat o‘z monopoliyasidaqoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energiyasi, aloqatizimi shular jumlasidandir.Davlat muassasalari – bu davlat organlari kabi hokimiyatvakolatiga ega bo‘lmay, davlatning oldida turgan umumijtimoiyvazifalarni bajaruvchi idoralar. Masalan, kasalxonalar, maorif,teatr va boshqalar. Ushbu organlar hokimiyat vakolatiga egabo‘lmasa-da, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatgaega bo‘lgan muhim vazifalarni bajaradi.Yuridik adabiyotlarda «davlat apparati» va «davlat mexanizmi»degan tushunchalar ko‘p uchraydi. Bu tushunchalar, asosan,bir xil mazmunga ega. Lekin «davlat mexanizmi» kengroqtushuncha bo‘lib, unga davlat organlaridan tashqari davlatapparati ishini tashkil qiladigan, unga yordam beruvchi bo‘limlar,muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib davlat apparati o‘zfaoliyatini, davlat funksiyalarini amalga oshiradi. Masalan,O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini davlat organi,deb olsak, Ichki ishlar vazirligining oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot,moliya – iqtisod boshqarmalari va shunga o‘xshash vazirlikningfaoliyatini tashkil qilishga yordam beradigan tashkilotlar, uningmuassasalari hisoblanadi.892-§. Davlat mexanizmining tashkil etilishi vafaoliyati prinsiplariDavlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyat yuritishimuayyan bir rahbariy g‘oyalar, ya’ni prinsiplar asosida amalgaoshiriladi. Davlat mexanizmining prinsiplari ularning to‘g‘rifaoliyat yuritishida yo‘llanma beruvchi vazifani o‘taydi.Shuningdek, mazkur prinsiplar davlat apparatining harakatdoirasini va mezonini belgilab beradi.Davlat mexanizmi faoliyati va uni tashkil etishning asosiyprinsiplari:1. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonunchiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlatning uchtaasosiy tayanchidir.Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillarasosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idoraetishning samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Qonunchiqaruvchi va ijro etuvchi vakolatlar ayni bir odamning qo‘lidayoki ayni bir idorada jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjudbo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar qabulqilishi va ulardan johillarcha foydalanishi mumkin.Hokimiyat vakolatlarini bo‘linishining bosh ma’nosi –ijtimoiy-siyosiy kuchlar orasidagi hokimiyat vakolatlarining

Page 58: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

taqsimlanishidir. Bundan maqsad – hokimiyatni suiiste’molqilishning imkoniyati bo‘lmasligi, hokimiyatlar bir-birlarinimuayyan muvozanatda ushlab va cheklab turishidir.2. Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariningustuvorligi prinsipi.Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tanolinishi prinsipidan kelib chiqqan holda davlat apparati o‘zfaoliyatini amalga oshirishi lozim. Davlat organlarining tashkiletilishdan asosiy maqsadi ham inson, uning manfaatlari vaehtiyojlarini ta’minlash, ularni himoya qilish va rioya etishdir.Davlat apparati o‘z faoliyatida turli davlat organlarining normativ– huquqiy hujjatlarni qabul qilish davrida inson huquq vaerkinliklarini birlamchi ekanligidan, hech qaysi bir organ insonhuquq va erkinliklariga zid hujjatlar chiqarishi mumkin emasliginikafolatlaydi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida90ham davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashie’tirof etilgan. Har qanday demokratik huquqiy davlatda insonhuquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi va ulug‘lanadi.3. Demokratizm prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati) tashkiletilishi demokratik prinsip asosida amalga oshiriladi. Chunki,davlatning qonun chiqaruvchi organlari xalq tomonidan saylashorqali tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisining Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat O‘zbekistonxalqi tomonidan yashirin ovoz berish asosida saylanadi va shudemokratik tartibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasishakllantiriladi. Xuddi shu kabi Oliy Majlisning Yuqori palatasibo‘lgan Senat ham xalq vakillarining ishtirokida tashkil etiladi.Senatdagi mavjud 100 nafar senatorning 16 nafarini Prezidenttayinlasa, 84 nafarini viloyat, Toshkent shahri vaQoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 nafardan mahalliy vakillikorganlari deputatlari yig‘ilishida saylanadi.Ijro etuvchi hokimiyat – Hukumat ham xalq tomonidansaylangan Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidantashkil qilinadi. Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Konstitutsiyaviysudlarning raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, sudyalariham Oliy Majlisdagi xalqning vakillari bo‘lgan senatorlartomonidan saylanadi.Davlat mexanizmi (apparati) xalqning ishtirokidashakllantiriladi, xalq hokimiyatini ifodalaydi, u ham o‘zfaoliyatida faqatgina xalq manfaatlariga xizmat qiladi.4. Pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish (ierarxiya) prinsipi.Ierarxiya – bir-biriga o‘zaro bo‘ysunuvda bo‘lish degan ma’nonianglatadi. Ierarxiya – pog‘onama-pog‘ona, piramida, o‘zarobo‘ysunuvdagi kabi so‘zlar bilan bir ma’noni anglatadi.Pog‘onama-pog‘ona joylashish prinsipining mazumuni shundaki,davlat organlari tuzilishining bir shakli bo‘lib, yuqori davlatorganlarining vakolatlari quyi organlarning vakolatlariga nisbatanko‘proq bo‘ladi hamda ular quyi organlarning faoliyatiga ta’siro‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasi oliy organlarining qarorlarimamlakatning butun hududida quyi turuvchi barcha organlarva mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy. Masalan,91O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror vafarmoyishi Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlathokimiyati organlari uchun majburiy ahamiyatga ega.

Page 59: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Shuningdek, tuman hokimi chiqargan qarorni viloyat hokimi,viloyat hokimining qarorini Bosh vazir bekor qilishga haqli.5. Oshkoralik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)gakiruvchi organlar o‘z faoliyatini oshkoralik asosida amalgaoshiradilar. Qonun chiqaruvchi organ – parlament faoliyatijarayonida qabul qilinayotgan qonunlar loyihasini yoki qabulqilgan qonunlar matnini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqae’lon qilinishi hamda xalqni qonunlardan xabardor etilishioshkoralik ifodasidir. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyattomonidan qabul qilingan farmoyish va qarorlarning to‘plamlardachop etilishi hamda sud organlari tomonidan chiqarilgan hukmlar(davlat va oila siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bundan mustasno)va qarorlar haqida ma’lumotlar bilan ham xalqning tanishishiuchun ochiq bo‘lishidir. Oshkoralik davlat apparati faoliyatiningasosiy mezoni bo‘lishi lozim. Shuningdek, ommaviy axborotvositalari davlat apparati faoliyati haqida doimiy ravishdakundalik axborotlarini e’lon qilib turishi, xalqning jamiyatdaamalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlardanxabardor bo‘lib turishi maqsadga muvofiq sanaladi.6. Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ningtashkil etilishi qonun yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlatapparatining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan qonun chiqaruvchi organ– Oliy Majlis, ijro etuvchi organ – Vazirlar Mahkamasi va sudorganlari – Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Konstitutsiyaviy sudto‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi tegishli qonunlari qabulqilingan. Mamlakatimizdagi barcha davlat organlari qonunasosida tashkil etilgan va qonun asosida faoliyat yuritadi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra O‘zbekistonRespublikasida nooshkora, maxfiy va harbiy tashkilotlar tuzishtaqiqlangan. Shuningdek, davlat organlari o‘z faoliyatini qonunasosida amalga oshirishi shart. Har qanday davlat organlariningqonunlarda belgilab qo‘ygan vakolatlardan chetga chiqishimumkin emas.7. Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z92sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka vabilimga, yetarli tajriba va amaliy o‘quvga ega bo‘lgan xodimlarhisoblanadi. Davlat apparatida xizmat qilayotgan xodimlardastlab mazkur soha bo‘yicha quyi organlarda xizmat qilgan,ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodim bo‘lishishart.8. Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi.Davlat apparati organlari o‘z faoliyatini kollegiallik vayakkaboshchilik asosida amalga oshiradi. Kollegiallik, ya’nijamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlisning quyi palatasideputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatidayaqqol ko‘rinadi. Chunki ushbu organlar bamaslahat, muhokamatarzida bir-biri bilan hamkorlikda masalani hal etadilar. Masalan:Oliy Majlis qonun qabul qilishda bahamjihat ish tutadi.Yakkahokimlik yoki yakkaboshchilik prinsipida esa kollegiallikkao‘xshash umumning irodasi ro‘yobga chiqishi emas, balki xizmatsohasining yoki bo‘lim boshlig‘i o‘zining yakdil fikri asosidamasalani hal qiladi. Masalan, Bojxona qo‘mitasi raisining tegishlimasala yuzasidan yakka tartibda buyruq chiqarishi.9. Saylanish va tayinlanishning uyg‘unligi. Davlatmexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi saylanish vatayinlanish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston

Page 60: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Respublikasida oliy vakillik idoralari – Qonunchilik palatasideputatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi,Oliy sud idoralarining rais va o‘rinbosarlari saylash orqalitashkil etiladi. Ijro etuvchi organlarning barchasi tayinlashtartibida shakllantiriladi. Masalan, O‘zbekistonRespublikasining Prezidenti vazirlar va hokimlarni lavozimigatayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.Davlat apparati mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlaryuqorida qayd etib o‘tilgan prinsiplar asosida tashkil etiladihamda ular o‘z faoliyatini mazkur prinsiplar asosida amalgaoshiradilar.3-§. Davlat organi tushunchasi va turlariDavlat mexanizmining dastlabki va eng muhim tarkibiyelementi davlat organidir.93Davlat organi — davlat funksiyalarini bajarishda qatnashuvchiva buning uchun tegishli hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlatmexanizmining bo‘g‘inidir.Davlat organlari bevosita davlat funksiyalarini amalgaoshirishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liqliq va bo‘ysunuvda bo‘lganqonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov tashkilotlari (tashkiliytuzilmalar)ning yagona tizimidir. Mazkur organlar davlatapparatining bir qismi hisoblanib, davlat funksiyasini amalgaoshiruvchi ma’lum davlat hokimiyati vakolatlariga ega, bajarilishimajburiy bo‘lgan huquqiy hujjatlar chiqaruvchi, ma’lum tartibdatashkil etilgan idoralardir.Davlat organlarining belgilari quyidagilardan iborat:1. Operativ boshqaruvda bo‘lgan ommaviy mulkka ega va budjettomonidan moliyalashtiriladi. Davlat organlari o‘z vakolatiniamalga oshirish uchun moddiy mablag‘ bilan ta’minlanadi.Shuningdek, moliyaviy qimmatliklar, bankdagi hisob-raqami,budjet hisobidan moliyalanish manbayiga ega bo‘lishi shularjumlasidandir. Masalan, Tashqi ishlar vazirligi o‘zining bankdagishaxsiy hisob raqamiga ega hamda davlat xizmatchilarga maoshto‘lash, ularning xizmat faoliyati uchun zaruriy bo‘lgan texnikvositalari va boshqa jihozlar sotib olish uchun davlat budjetidandoimiy ravishda moliyaviy mablag‘lar ajratiladi.2. Davlat nomidan muayyan sohada uning vazifa vafunksiyalarini amalga oshiradi. Davlat organlari jamiyathayotining turli sohalarida faoliyat yuritadi. Jumladan, davlatdagihuquqiy tartibotni ta’minlash sohasini Ichki ishlar vazirligi,prokuratura organlari amalga oshirsa, davlatning tashqifunksiyalarini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalarvazirligi, mamlakatning mudofaasini esa Mudofaa vazirligi,Chegara qo‘shinlari qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqaidoralar amalga oshiradi.3. Hokimiyat vakolatlariga egaligi. Davlat organlari muayyanhokimiyat vakolatlariga egaligi bilan boshqa davlat muassasalariva tashkilotlaridan farq qiladi. Davlat organlari ishontirish vamajburlash usullaridan foydalangan holda huquqiy hujjatlarningijrosini ta’minlaydilar. Davlat tashkilotlari va muassasalari esabu kabi hokimiyat vakolatiga ega emas.944. Tarkibiy tuzilishga egaligi. Davlat organlari xizmat turlariva tarkibiy miqdoriga ko‘ra muayyan tuzilishga ega bo‘ladi.Masalan, ijro etuvchi hokimiyat, organlari vazirlik vaqo‘mitalardan, vazirlik tarkibi esa bosh boshqarma,

Page 61: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

boshqarmalar, bo‘lim, bo‘linmalar tarkibida tashkil etilgan. Ichkiishlar vazirligida Tergov bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshboshqarmasi va boshqalar mavjud.5. Hududiy faoliyat miqyosiga egaligi. O‘zbekistonRespublikasining markaziy davlat organlarining faoliyat miqyosibutun O‘zbekiston hududida amalga oshiriladi, mahalliy davlatorganlarining faoliyati miqyosi esa faqatgina tegishli viloyat,shahar, tuman hududida amalga oshiriladi.6. Qonun yo‘li bilan tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasidabarcha davlat idoralari qonun yo‘li bilan tashkil etiladi va tegishliqonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlar asosida faoliyatyuritadilar. O‘zbekiston Respublikasida noqonuniy tashkilotlartuzish qat’iyan man etiladi. Davlatimiz Asosiy qonunining 57-moddasida quyidagilar ta’kidlangan: Konstitutsiyaviy tuzumnizo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaningsuvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarningkonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni,ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqningsog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek,harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiypartiyalarning hamda jamoat birlashmalarning tuzilishi vafaoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzishqat’iyan man qilinadi.Davlat organlarining turlari.Davlat idoralari xilma-xil bo‘lib, ular turli vazifa vafunksiyalarni amalga oshiradi. Ular faoliyati mazmuni vamezonlariga ko‘ra turlicha tasniflanadi:1. Davlat faoliyatining amalga oshirish shakli bo‘yicha:vakillik, ijroiya, sud organlari va prokuratura organlari.Vakillik organlari. O‘zbekiston Respublikasida markaziy vamahalliy vakillik organlari mavjud. O‘zbekiston RespublikasiningOliy Majlisi respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga95oshiruvchi davlatning oliy vakillik organidir. Oliy MajlisO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq o‘zvakolatida belgilangan har qanday masalani o‘z muhokamasigaqabul qilish huquqiga ega.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat vatumanlardagi xalq deputatlari kengashlari mahalliy davlathokimiyati organlari hisoblanadi.Ijroiya organlar. Vazirlar Mahkamasi – iqtisodiy, ijtimoiy vama’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, O‘zbekistonRespublikasining qonunlari va Oliy Majlisning qarorlarini ijroetilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabulqilingan farmon, farmoyish va qarorlarni bajarilishinita’minlovchi ijro organi. Ijro etuvchi organlar vazirliklar va davlatqo‘mitalaridan iborat shaklda tarkib topgan.Sud organlari. O‘zbekiston Respublikasida besh yil muddatgasaylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi, O‘zbekiston RespublikasiningOliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi,Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu muddatgatayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkentshahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo,tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy vama’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy

Page 62: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

organidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘istonRespublikasi Oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tumansudlari va harbiy sudlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi.Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va bajarilishibarcha uchun majburiydir.O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudlari –mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalario‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot vauni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarinihal etish masalasi bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston RespublikasiOliy xo‘jalik sudi Qoraqalpog‘iston xo‘jalik sudi, viloyat xo‘jaliksudlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Xo‘jalik sudlaritumanlar miqyosida tashkil etilmaydi.96O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi – barchanormativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazoratqiladi. U siyosat va huquq sohalaridagi mutaxassislar orasidanKonstitutsiyaviy sud raisi, rais o‘rinbosari va sudyalaridan, shujumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilidan iborattarkibda saylanadi.Prokuratura organlari – O‘zbekiston Respublikasi hududidaqonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratniO‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchiprokurorlar amalga oshiradilar. O‘zbekiston RespublikasiningBosh prokurori va unga bo‘sunuvchi prokurorlar barchavazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari,hokimlar, shuningdek, kimning tasarrufida bo‘lishidan vamulkchilik shaklidan qat’i nazar, muassasalar, harbiy qismlar,jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar qonunlarnianiq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalgaoshiradilar.2. Yuqoridan quyiga qarab bo‘ysunuviga (ierarxiyaga) ko‘ra:markaziy va mahalliy davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasidadavlat organlari pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish tamoyili asosidatashkil etilgan bo‘lib, mahalliy organlar markaziy organlarningbo‘ysunuvida bo‘ladi. Markaziy davlat organlari chiqargannormativ-huquqiy hujjatlar mahalliy davlat organlari uchunmajburiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, mahalliy davlatorganlari tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar markaziydavlat organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Masalan,Vazirlar Mahkamasining barcha qaror va farmoyishlarirespublikaning butun viloyat hokimlari uchun majburiy ahamiyatkasb etadi, viloyat hokimining qarori faqatgina u rahbarlikqilayotgan viloyat hududida amal qiladi va bu qarorni yuqorituruvchi tashkilot – Bosh vazir yoki Prezident bekor qilishhuquqiga ega.3. Vakolat muddatiga ko‘ra: Doimiy va vaqtinchalik davlatorganlari.Doimiy organlar – faoliyat muddati cheklanmagan, doimiyfaoliyat olib boruvchi davlat organlari. O‘zbekistonRespublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarni doimiy97faoliyat olib boruvchi organlar sifatida ko‘rsatish mumkin.Masalan, ichki ishlar idoralari, soliq va bojxona idoralari.Vaqtinchalik organlar – jamiyatdagi biron-bir muhim vazifanimuayyan bir muddatda amalga oshiruvchi va mazkur ishlar yakuntopishi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatuvchi organlar hisoblanadi.

Page 63: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Masalan, turli xil tabiiy ofatlar yuz berganda yoki ommaviytartibsizliklar yuzaga kelganda davlat tomonidan ushub xavflarnibartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yoki operativ shtabtashkil etiladi. Mazkur komissiya yoki operativ shtab yuzagakelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muayyan birmuddatda faoliyat yuritadi.4. Shakllanish manbasiga ko‘ra: Birlamchi va ikkilamchi davlatorganlari.Birlamchi davlat organlari – xalq tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘risaylash orqali tashkil etiladigan organlar. O‘zbekistonRespublikasida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati(qisman) saylash yo‘li bilan tashkil etiladi.Ikkilamchi davlat organlari — xalq tomonidan saylash yo‘libilan tashkil etilgan organ yoki shaxslar tomonidanshakllantiriladigan davlat organlari. O‘zbekiston RespublikasiningVazirlar Mahkamasi xalq saylagan Prezident va Oliy Majlistomonidan shakllantiriladi.5. Vakolatni amalga oshirish tartibiga ko‘ra: kollegial organlarva yakka tartibda vakolatni amalga oshiruvchi organlar.Kollegial organlar — ushbu organlar o‘z ish faoliyatini jamoaviytarzda, ya’ni kollegial asosda tashkil etadi. O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunlarniqabul qilish jarayonida deputatlarning jamoaviy muhokamasiva umumiy ovozi asosida qonunlar qabul qilinadi.Yakka tartibda faoliyat yurituvchi davlat organlari — mazkuridora rahbarlari xizmat faoliyatida muayyan bir ish yuzasidanjamoa bilan maslahatlashuv yoki muhokama qilish shaklidanma’lum bir ma’noda mustaqil bo‘ladi va o‘zi yakka holda qarorqabul qiladi. Bunga Prezident, Bosh vazir, Prokuror, hokim vaboshqalarni misol tarzida aytib o‘tish mumkin.98Davlat organlari tasnifiKelib chiqish Hokimiyat Vakolat Hokimiyat Qaror qabulxususiyatiga vakolati turiga ko‘ra taqsimlanishiga qilish tartibigako‘ra hajmiga ko‘ra ko‘ra ko‘rabirlamchi oliy umumiy qonun kollegialvakolatli chiqaruvchihosila mahalliy maxsus ijro etuvchi yakkavakolatli tartibdasudlov99VIII BOB. HUQUQ HAQIDA TA’LIMOT1-§. Huquqning tushunchasi va mohiyatiIjtimoiy-siyosiy hodisa sifatidagi huquq tushunchasini ta’riflashancha mushkul ish. XXI asr boshidagi vaziyatga ko‘ra, huquqningumumiy e’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Eng mashhuryondashuvlarni umumlashtirib, huquq-erkin va teng subyektlaro‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning tarixan shakllangan, undanchetga chiqish davlat majburlovi vositalari bilan bartaraf etilishimumkin bo‘lgan tartibning normativ ifodasi, degan xulosaga kelishmumkin.Huquqning davlat bilan uzviy aloqasiga asoslanib (ma’lumki,davlat hokimiyat-majburlov vositalari yordamida huquqni amalgaoshirishni ta’minlaydi), ko‘pincha huquqni davlat yaratadi, deganxulosaga kelinadi. Bunga ayrim normalarni davlat rasman tasdiqlashiva hatto o‘z qonun ijodkorligi faoliyatida qabul qilishi ham turtki

Page 64: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

beradi. Bu holda huquqni davlat tomonidan qabul qilingan yokitasdiqlangan va uning majburlov kuchi bilan ta’minlangan yuridiknormalar majmui sifatida ta’riflash uchun asos paydo bo‘ladi.Huquq – murakkab, serqirra va boy ma’noli hodisa. Birinchidan,umumijtimoiy ma’nodagi huquq (ma’naviy huquq, xalqlar huquqiva sh.k.), ikkinchidan, maxsus yuridik ma’nodagi, davlat bilanbog‘liq yuridik vosita sifatidagi huquq farqlanadi.Huquq (sof yuridik ma’noda) – ijtimoiy manfaatlarni ifodalovchi,davlat tomonidan o‘rnatiladigan hamda ta’minlanadigan va ijtimoiymunosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yuridiknormalar tizimi.Huquq nafaqat eng muhim, balki o‘ta murakkab ijtimoiyhodisalar qatoriga kiradi. Rim yuristlari huquqning ma’nosinitushunish va uning jamiyat hayotidagi o‘rnini aniqlashga harakatqilib, huquq mazmuni faqat bir belgi yoki xususiyat bilancheklanmasligiga e’tiborni qaratgan edilar. Ulardan biri – Pavelhuquq bir necha ma’noda qo‘llanilishini qayd etgan: birinchi, huquq«hamisha odilona va oqilona bo‘lgan narsa»ni anglatadi – bu tabiiyhuquq; ikkinchi, huquq «muayyan davlatda hammaga yokiko‘pchilikka foydali bo‘lgan narsa» ma’nosida keladi – bu fuqarolik(sivil) huquqi.Jamiyat va davlatning rivojlanishiga muvofiq tarzda odamlarninghuquq haqidagi tasavvuri ham o‘zgarib bordi, biroq Rim yuristlari100tomonidan yaratilgan dastlabki asoslar takomillashgan ko‘rinishdabo‘lsa ham saqlanib qoldi. Rim huquqining ko‘pgina institutlari(masalan, mulk huquqi, vorislik huquqi, oldi-sotdi huquqi va b.)danboshqa mamlakatlarda fuqarolik kodekslari va o‘zga normativhuquqiyhujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan va hozir hamfoydalanilmoqda. Masalan, 1804-yilgi Napoleon kodeksi nomi bilanmashhur Fransiya Fuqarolik kodeksi Rim huquqini chuqur o‘rganishva undan keng foydalanish asosida tayyorlangan. Unda Rim huquqiprinsiplari va turli institutlarining kuchli ta’siri ostida mulk huquqialohida qayd etilgan, mulkni egallash yo‘llari va usullarimustahkamlangan. Rim huquqining boshqa mamlakatlar huquqiytizimlariga bunday ta’siri (u yuridik adabiyotlarda «Rim huquqiretsepsiyasi» deb ataladi) mazkur tizimlarning xususiyati vamazmunida, shuningdek, huquq tushunchasiga berilgan ta’rifdasezilarli darajada aks etdi.Qadimgi Rim va qadimgi yunon yuristlari tomonidan ta’riflanganhuquq va odillik, huquq va ezgulikning uzviy aloqasi haqidagiqoidalar hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. «Siyosiymunosabatlarni tartibga soluvchi norma» bo‘lgan huquq, qadimgiyunon mutafakkiri Aristotel ta’biri bilan aytganda, «adolat mezoni»bo‘lib xizmat qilishi lozim. Huquq nimaligini bilish uchun, engavvalo, u «justitia» – haqiqat, adolat so‘zidan kelib chiqqanini,huquq ezgulik, tenglik va odillik san’ati ekanligini yodda tutishkerak, deb yozgan edi qadimgi Rim yuristi Ulpian. Mashhur davlatarbobi va mutafakkir Mark Tulliy Sitseronning fikricha, huquq,«haqiqiy qonun» – tabiatga mos oqilona, doimiy, abadiy qoidabo‘lib, ular barcha insonlarga tatbiq etiladi va ularni hamisha burchnibajarishga chorlaydi.Tabiiy huquq qoidalari hozirgi zamon huquqshunoslik nazariyasiva amaliyotida o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bu qoidalarko‘pgina davlatlarning konstitutsiyaviy qonunchiligida o‘z aksinitopgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida«yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi» ekanligi bevosita

Page 65: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ko‘rsatilgan (24-modda). Shu tariqa mazkur huquq davlat yokiboshqa organ tomonidan in’om etilmasligi, balki hech kimga bog‘liqbo‘lmagan tabiiy sabablarga ko‘ra mavjud bo‘lishi ta’kidlangan.Huquqning mohiyati va mazmuni haqidagi tasavvurlarningshakllanishiga, shuningdek, uning ta’rifiga boshqa omillar ham kattata’sir ko‘rsatadi. Bunda huquqning jamiyat va davlat hayotidagi101o‘rni va ijtimoiy vazifasi bilan bog‘liq omillar muhim ahamiyatgaega bo‘ladi.Ijtimoiy jihatdan huquq hech qachon mavhum bo‘lmasligiumumiy tan olingan talabdir. «Umuman» huquq mavjud emas, udoimo aniq va konkretdir. Bu tabiiy bir holdir, chunki huquqazaldan ayrim sinf, millat yoki odamlar guruhi faoliyati natijasisifatida vujudga kelmaydi va maydonga chiqmaydi, balki butunjamiyat hayoti mahsuli va uning tabiiy rivojlanishi natijasihisoblanadi. Huquq – yuksak ijtimoiy qadriyat va butun insoniyatmadaniyatining ko‘rsatkichi. Bunga BMT Bosh Assambleyasitomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilgan Inson huquqlariumumjahon deklaratsiyasi, 1966-yil 16-dekabrda qabul qilinganFuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt kabidavrimizning ulkan umuminsoniy ahamiyatga molik xalqarohujjatlari ishonch hosil qilish imkonini beradi.Huquq butun jamiyat yoki, hech bo‘lmasa, uning katta qisminingmanfaatlarini aks ettiruvchi qoidalar nafaqat xalqaro-huquqiyhujjatlarda, balki ayrim davlatlar tomonidan qabul qilinuvchihujjatlar, chunonchi: konstitutsiyalar, qonunlar, ba’zi qonun ostihujjatlarida ham ifodalanadi. Amalda har bir davlat konstitutsiyasidabutun jamiyat manfaatlariga tegishli talablar va qoidalar aks etadi.Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jinsi, irqi,millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiymavqeidan qat’i nazar, hammaning qonun oldida tengligi (18-modda), har kimning yashash huquqi (24-modda), erkinlik vashaxsiy daxlsizlik huquqi (25-modda), mehnat qilish, dam olish,malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish kabi huquqlarimustahkamlab qo‘yilgan.Huquq davlat tomonidan o‘rnatiladigan va qo‘riqlanadigan,mamlakat aholisining umumiy va shaxsiy manfaatlarini ifodalovchiva ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish vositasisifatida amal qiluvchi umummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimidir.Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, yuridik adabiyotlardahuquq tushunchasini ta’riflashga nisbatan yagona yondashuv mavjudemas. Huquq haqidagi fikr-mulohazalar xilma-xilligi u haqda aniqtasavvurning shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plabomillar mavjudligidan kelib chiqadi.1022-§. Huquqning belgilariHuquq ta’riflarining ko‘pligiga ijobiy hodisa sifatida qarash kerak,chunki u huquqqa asrlar osha nazar tashlash, uni nafaqat turg‘unholatda, balki (dinamikada) rivojlanish holatida ham ko‘rishimkonini beradi. Biroq bu hodisa kamchiliklardan ham xoli emas.Asosiy kamchilik ta’riflardagi farqlar tug‘diradigan qiyinchiliklar,huquqni bilish va undan amalda foydalanishda yagona, izchiljarayonning yo‘qligi bilan bog‘liq.Huquq tushunchasiga ta’riflar ko‘pligidan kelib chiquvchiqiyinchiliklarni bartaraf etishning bir necha yo‘llari mavjud. Shundayyo‘llardan biri huquq tushunchasining turli zamonlarda taklifqilingan ayrim ta’riflari asosida «barcha zamonlar» va «hayotning

Page 66: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

barcha holatlari» uchun yaroqli bo‘lgan umumiy ta’rifni ishlabchiqishdan iborat, ya’ni huquqning eng muhim belgilari va jihatlarinianiqlash va ko‘rib chiqish lozim. Bu yerda, eng avvalo, ijtimoiymunosabatlarni tartibga solish vositasi sifatidagi huquqning belgilarito‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.Huquqqa turli yondashuvlarning tahlili uning quyidagi muhimxususiyatlari va belgilarini qayd etish imkonini beradi:1. Huquq – normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Boshqahar qanday tizim singari u ham bir tartibli, o‘zaro uzviy bog‘langanva o‘zaro ta’sirga kirishuvchi qismlardan tashkil topadi. Tizimningayrim tarkibiy qismlari o‘rtasida yuzaga keluvchi aloqalar yagonamaqsadlarga erishishga qaratilishi lozim.Har qanday normalar (xulq-atvor qoidalari) tizimi zamiridaobyektiv va subyektiv omillar yotadi. Obyektiv omillar orasidamuayyan mamlakatda huquqiy normalar tizimi vujudga kelishi vafaoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratuvchi iqtisodiy, siyosiy,ijtimoiy, mafkuraviy va boshqa omillar alohida o‘rin egallaydi. Ayrimnormalar ham, ularning tizimi ham amalda o‘z-o‘zidan, muayyanshaxslarning xohishi yoki ko‘rsatmasiga binoan vujudga kelmaydi,ular jamiyat va davlat hayotining obyektiv ehtiyojlari ta’sirida vujudakeladi.Normalar tizimining vujudga kelish va faoliyat ko‘rsatish jarayoniobyektiv omillar bilan bir qatorda subyektiv omillar ham mavjudbo‘lishini nazarda tutadi. Bu yerda muayyan mamlakatda ilmiyasoslangan huquqiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish,103qonunchilik ishlari rejalarini tayyorlash va bajarish, davlatorganlarining huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqnimuhofaza qilish faoliyati jarayonida yuristlarning faol ishtirokito‘g‘risida ham gap bormoqda.2. Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangannormalar tizimi. Jahonda turli ijtimoiy normalar tizimlari juda hamko‘p. Biroq faqat huquqiy normalar tizimigina davlat tomonidanyaratiladi. Huquq normalarini o‘rnatar ekan, davlat bevosita o‘zvakolatli organlari orqali ish ko‘radi.Huquqiy normalar tizimining davlat tomonidan o‘rnatilganligiva ma’qullanganligi ularning davlatga to‘la bog‘liqligini va ungabo‘ysunishini anglatadimi? Bu masalaga ikki xil yondashuv mavjud.Birinchi yondashuvga ko‘ra, huquq normalariga «davlat talablari»sifatida qaraladi. Bunda davlat huquq manbayi sifatida ta’riflanadi.Davlat hokimiyati huquqqa tobe emas, balki undan ustun bo‘libqoladi. Shunday qilib, davlatga birlamchi, huquqqa ikkilamchihodisa sifatida qaraladi.Ikkinchi yondashuvga ko‘ra, davlat, davlat hokimiyati huquqiyxususiyat kasb etadi. Davlat hokimiyati zamirida fakt emas, balkihuquq yotishi kerak. Davlat, garchi u huquqiy hujjatlar qabul qilsada,huquqning manbayi bo‘lishi mumkin emas. Chunki, davlathokimiyatining o‘zi huquqdan kelib chiqadi, ya’ni uning vakolatlarihuquq vositasida rasmiylashtiriladi. Davlat huquqdan emas, balkihuquq davlatdan ustun turadi, uni muvozanatga soladi vachegaralaydi.Bundan tashqari, davlat va huquq o‘zaro munosabatlarixususiyatiga nisbatan boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Buyondashuvlar murakkabligi, har xilligi va ziddiyatliligiga qaramay,ularning aksariyat huquq normalari davlatning huquq ijodkorligifaoliyati bilan belgilanadi, davlat tomonidan qabul qilinadi yokitasdiqlanadi, degan asosiy fikrga asoslanadi.

Page 67: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

3. Huquq – umummajburiy xususiyatga ega normalar yokixulq-atvor qoidalari tizimi. Umummajburiylik (ya’ni,normativlik) huquq normalarida ifodalangan talablar jamiyatningbarcha a’zolari tomonidan bajarilishi shartligini anglatadi. Uhuquq normasi bilan birga yuzaga keladi, u bilan birga rivojlanadiva huquq normasi ifodalangan hujjat bekor qilinishi bilan birvaqtda barham topadi.104Umummajburiylik nafaqat oddiy fuqarolar, mansabdor shaxslar,turli nodavlat organlari va tashkilotlari, balki davlatning o‘ziganisbatan ham tatbiq etiladi. Basharti, huquqiy davlat, agar u og‘izdaemas, balki amalda ma’rifatli va huquqiy bo‘lsa, u muqarrar tarzdao‘zini va o‘z organlarini huquq normalari talablariningumummajburiyligi bilan cheklaydi, o‘z faoliyatini qonun talablarigaqat’iy muvofiq tarzda tashkil etadi va bu talablar ular ifodalangannormalar bilan birga belgilangan tartibda o‘zgartirilmagunicha yokibekor qilinmagunicha ularga rioya qiladi.4. Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi.Huquq normalarida ifodalangan talablar buzilgan hollarda davlatmajburlovi qo‘llaniladi.Davlat o‘zi qabul qilgan yoki tasdiqlagan hujjatlarga befarqlikbilan qaray olmaydi, u mazkur hujjatlarni amalga oshirishga kattakuch-g‘ayrat sarflaydi, ularni muhofaza qiladi va bajarilishinikafolatlaydi. Bunda keng qo‘llaniladigan usullardan biri –ishontirish, ikkinchisi – davlatning jismoniy va ruhiy majburlovihisoblanadi.Jismoniy majburlov deganda, huquq bilan nazarda tutiladigan,huquqiy tartibotni saqlash uchun jismoniy kuch va vositalarqo‘llanishidan iborat bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar tushuniladi.Ruhiy majburlov deganda, shaxs bo‘ysunmagan holda qo‘llanishiqonun bilan nazarda tutilgan choralarga yo‘liqishdan qo‘rqishbirinchi o‘rinda turadi. Aynan qo‘rquv fuqarolarni o‘z xulq-atvorinihuquq-qonun talablariga moslashtirishga ruhan majbur etadi.Davlat ishontirish va majburlovdan huquq normalariningqo‘llanilishini ta’minlash uchungina foydalanadi. Boshqa barchahollarda undan foydalanishning ehtimol tutilgan imkoniyatiginamuttasil saqlanadi.3-§. Huquqning ta’rifi va uning talqiniga turli yondashuvlarYuridik adabiyotlarda huquqqa turlicha ta’rif berilgan: Birinchitalqin: «Huquq – bu davlat tomonidan o‘rnatiladigan yokima’qullanadigan va qo‘riqlanadigan, hamma uchun majburiy1 Qarang: Теория государства и права / Под. ред. Н.И. Матузова и А.В.Малько. –М.: Юристъ. 2000, 144–145-betlar.105bo‘lgan yashash qoidalaridir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibgasoluvchi regulyatordir»1 .Ikkinchi ta’rif: «Huquq – ijtimoiy munosabatlarni tartibgasoluvchi va qonunlarda ifodalangan adolat va erkinlik g‘oyalarigatayanuvchi normativ qoidalar tizimi»1 .Uchinchi fikr: «Huquq – davlat tomonidan belgilangan yokiruxsat etilgan va uning kuchi bilan himoya qilinadiganumummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimi»dir.2Huquqni zamonaviy tushunish amaliy faoliyat uchun g‘oyatmuhim va zarurdir. Shu bois huquqqa davlat arboblari ham kattae’tibor berib, uni tushunishga o‘z munosabatlarini ifodalaydilar.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov huquqqashunday ta’rif bergan: «Huquq ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga

Page 68: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik,adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi»dir3 .Xulosa qilib aytish mumkinki, huquq ko‘p qirrali tushuncha,bir ta’rifda uning hamma jihatlarini qamrab olishning imkoni yo‘q.Shunday bo‘lsa-da, huquq tushunchasini boyituvchi quyidagijihatlarni ko‘rsatish mumkin:1) huquqning ijtimoiy tartib-intizom, erkinlik, adolatparvarlik,tenglikni ta’minlash vositasi ekanligi;2) huquqning subyektiv va obyektiv huquqlarga bo‘linishi vasubyektiv huquqlar orqali harakat qilishi;3) huquq – ehtiroslarni jilovlash vositasi. Mazkur xususiyatlarmajmuyi huquq haqida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish imkoniniberadi.Huquqning mohiyatiga kelsak, u huquqning insoniyat uchunxizmat qilishi bilan belgilanadi. Demak, huquqning mohiyatinianiqlash uchun uning kimga xizmat qilishini, kimning irodasiniifodalashini aniqlash zarur.Huquq falsafiy va nazariy hodisa sifatida aniq mazmunga ega1 Qarang: Давлат ва μoіуі назарияси. А. Аъзамхґжаев ва Ш. ¤разаев oaμdedeостида. –Т.: 1992, 255-bet.2 Тожихонов У., Саидов A. Давлат ва μoіуі асослари. ¤іув іґлланма. –Т.,1999, 40-bet.3 Каримов И.А. ¤збекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иітисодий истиіболинингасосий тамойиллари. –Т.: «¤збекистон», 1995. 26-bet.106bo‘lganda muhim vosita sifatida ahamiyatga molik bo‘ladi. «Huquq»nima degan masala bo‘yicha istagancha bahs yuritish mumkin,uning kelib chiqishini turlicha talqin qilish, huquqning mohiyativa jamiyatdagi o‘rnini aniqlashda turli fikrlar aytish mumkin. Ammoamaliy faoliyatda huquqni bir xil tushunish, bir xil nuqtayi nazar,bir xil aniqlik nuqtasini belgilash zarur bo‘ladi. Darhaqiqat, agardavlat va fuqarolar huquqqa asoslanib harakat qilsa, agar yuristamaliyotchimasalani to‘g‘ri hal qilish uchun huquqqa murojaatqilsa, fuqarolar yoki mansabdor shaxslar xatti-harakatini aniqlashga,huquq to‘g‘risida yalpi aniq tushuncha zarur.Huquqni tushunish turlicha bo‘lsada, barqarorlikni ta’minlashva ijtimoiy aloqalarni tartibga solish mushkul bo‘ladi. Huquqnitushunishdagi aniqlik – ijtimoiy munosabatlarda tartib vamuayyanlik bo‘lishining asosiy talabidir.Dunyoning turli davlat guruhlarida yoki alohida olinganmamlakatlarda o‘zining huquq tizimi tarixan shakllangan. Muayyanzamon va rivojlanish shart-sharoitlari, u yoki bu xalqlarning huquqmanbalari obyektiv tarzda shakllangan. Shu bilan birga har birzamonda har bir alohida vaziyatda huquq haqidagi tasavvurlardayagona yondashuvga erishishga intilish bo‘lgan.Hozirgi zamon huquqiy tizimlari va huquqiy oilalari buni yaqqoltasdiqlaydi. Agar davlatlarning huquq tizimi bir-biriga yaqin bo‘lsa,fuqarolar bir davlatdan ikkinchisiga o‘tganda tez moslashadi,yuristlar hech qiynalmay sudlov faoliyatini amalga oshirishdaqatnashadi. Huquqni tushunishdagi umumiylik turli mintaqaxalqlarini bir-biriga yaqinlashtiradi.Nima uchun huquqiy davlat qurayotgan O‘zbekiston davlatidaham boshqa davlatlardagi kabi huquqni tushunishda turli xilyondashuvlar mavjud? Albatta, O‘zbekistonda hozirgi paytda hechkim ataylab huquqni tushunishni chalkashtirayotgani,xaspo‘shlayotgani yo‘q. Tarixda huquqni tushunishda shundayholatlar ham ro‘y berganki, rasman huquq deb hisoblangan qoidalar,me’yorlar yetarli foydalanilmay, qo‘llanilmay qolgan. Jamiyat, uning

Page 69: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

quyi va yuqori tabaqalari o‘z davlat qonunlari bilan chiqishmayqolganda, ya’ni mazkur qonunlar yo‘qsillarga ham, hokimiyatsohiblariga ham og‘ir yukka aylangan hollarda huquq o‘z qadriniyo‘qotgan, qonuniylik inqirozga yuz tutgan.Huquqqa nisbatan turli xil yondashuvlar jamiyatni107demokratlashtirish bilan, xususan, fikrlar xilma-xilligini e’tirof etishbilan muvofiqlashadi. Turli xil kuchlar, ijtimoiy harakatlar, partiyalarhayotga, umuman tizimimizga, xususan, huquqqa doir ham o‘znuqtayi nazarlari, qarashlariga ega bo‘lishi tabiiy, albatta.O‘zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishuvi, marksizmningmafkuraviy kishanlaridan xalos bo‘lishi tufayli avval «burjua huquqtizimi», deb bepisand qarab kelingan huquq tizimlaridan hambugungi kunda foydalanish imkoniyatlari ochilmoqda. Xususan,huquqning huquqiy davlatni barpo etish muhim quroli ekanligiO‘zbekistonda tan olindi va bu borada ibratli ishlar qilinmoqda.Huquq huquqiy davlat barpo etish yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.Qonun ustuvorligi, davlat hokimiyati hujjatlarining huquqqa muvofiqligita’minlanmoqda.Huquqiy davlatni shakllantirish jarayonida huquq va uni ilmiytushunishning amaliy ahamiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Nimanimuhofaza qilish, nimaga bo‘ysunish, nimaga itoat etmaslik – bu masalalarhar bir amaliyot xodimining qarshisida turgan dolzarb masaladir.Umumiy qoida sifatida aytish mumkinki: huquqni qo‘llovchilarva oddiy fuqarolar uchun yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar vaunga asoslanib chiqariladigan hujjatlar g‘oyat zarur. Huquqijodkorlari, qonun ijod qiluvchilar uchun huquq masalasi o‘tamuhimdir.Yuridik adabiyotlarda huquqqa turli xil yondashuvlar bayonetilgan bo‘lib, ularda huquqning turli jihatlari xususida fikrlarbildirilgan. Huquqni mukammalroq bilish, tasavvur qilish uchununing turli xil ta’riflarini bilish, tahlil qilish nihoyatda muhimahamiyatga molik.Huquqqa «normativ» yondashuv – qonuniylikni ta’minlashvositasi. O‘zbekistonda keng tarqalgan huquqqa yondashuvlardanbiri – normativ yondashuvdir. Huquqni davlat tomonidan muhofazaqilinadigan normalar majmuyi deb tushunish fuqarolar va boshqaijrochilarga huquqiy qoidalarning me’yoriy hujjatlarda ifodalanganmazmuni bilan bevosita tanishish imkonini beradi va o‘zharakatining huquqqa mosligini aniqlashga ko‘maklashadi.Huquqni normativ tushunish nazariyasi XX asrda o‘ziningmantiqiy tugallangan shakliga ega bo‘ldi. Mazkur nazariyaningnamoyandalari Shtammler, Novgorodsev, Kelzen va boshqalardir.Bu nazariyaning asosiy g‘oyalari quyidagilardan iborat:108– huquq – normalar tizimi bo‘lib, uning eng yuqorisida asosiynorma, ya’ni qonun turadi, quyi yuridik kuchga ega bo‘lgannormalar qonun normalaridan kelib chiqadi;– yuridik fanlar huquqni sof shaklda o‘rganishi kerak, u siyosiy,iqtisodiy baholardan xoli bo‘lishi lozim.Huquqni bunday tushunishning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud.Avvalo, ijobiy jihatlari xususida:– birinchidan, huquqning normativ nazariyasida uning engmuhim xususiyati, ya’ni normativlik tabiati ta’kidlanadi. Masalan,ezgulik umumiy va barqaror bo‘lsa, u umumiy qoidaga aylanadi,normativ tabiat kasb etadi;– ikkinchidan, normativlik huquqning shakliy aniqligi bilan

Page 70: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

chambarchas bog‘liq bo‘lib, huquqiy talablarga asoslanish imkoniniberadi;– uchinchidan, huquqning buzilishi yuz bergan taqdirda davlatmajburlovi choralari qo‘llanilishi nazarda tutiladi, ular qonundaaniq belgilanadi;– to‘rtinchidan, qonunsizlik va zo‘ravonlik rejimiga qonuniylikqarama-qarshi qo‘yiladi;– beshinchidan, qonuniy kuchga kirayotgan iroda adolatli,axloqiy, ilg‘or bo‘lishi shart;– oltinchidan, yuridik amaliyotda ijtimoiy munosabatlar qonungaasoslanib chiqarilgan hujjatlar asosida normativ tarzda tartibgasolinadi;– yettinchidan, ijtimoiy taraqqiyotga davlat ta’sir etishining kengimkoniyatlarini tan oladi.Mazkur nazariyaning ushbu ijobiy jihatlari shubhasizdir. Ayniqsa,davlatning huquq orqali ijtimoiy taraqqiyotga samarali ta’sir etishi,jamiyat manfaatlarini ifodalashi, insonparvarlik, adolat, ozodlikkabi qadriyatlarga asoslanishi g‘oyat muhimdir.Huquqni normativ tushunish barqarorlik, tinchlik-osoyishtalikhukmron bo‘lgan mamlakatlarda katta samara beradi. Agar qonunlaro‘z vaqtida yangilanib borsa, demokratik talablarga rioya qilinsa,huquqiy normalarda xalqning ilg‘or kayfiyati, g‘oyalari ifodalansa,huquqni bunday tushunish e’tirozlarga sabab bo‘lmaydi.Huquqni normativ tushunishning salbiy jihatlari:– shaxsning tabiiy huquqlarini bir muncha cheklaydi, davlatyaratgan huquqiy normalarning ustuvorligiga asoslanadi;109– huquqni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy omillardanajratib qo‘yadi;– yuridik normalarning ustunligini tan olish oqibatida ba’zaneskirgan huquq normalarining ham qo‘llanishiga yo‘l qo‘yadi;– odat huquqi, shartnomalarni huquq manbayi sifatida deyarliinobatga olmaydi.Huquqqa «sotsiologik» yondashuv. Huquqqa «sotsiologik»yondashuv XIX asrning ikkinchi yarmida «erkin huquq» maktabidoirasida shakllangan. Yevropada bunday yondashuvningnamoyandalari Erlix, Jeni, Muromsev va boshqalardir. Bu yo‘nalishhuquq normalari ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob bermay qolgansharoitda vujudga keldi va rivojlandi. Mazkur yondashuv quyidagig‘oyalarga asoslanadi:1. Huquq tabiiy huquqlarda ham emas, qonunlarda ham emas,balki qonunlarni hayotga tatbiq etishda namoyon bo‘ladi, ro‘yobgachiqadi.2. Huquq – yuridik xatti-harakatlar, yuridik amaliyot, huquqiytartibot, qonunlarning qo‘llanishidir. Huquq bu huquqningsubyektlari – jismoniy va yuridik shaxslarning amaliy xulqatvorlaridir.Bu nazariyaning boshqacha nomi «jonli huquq» nazariyasidir.3. «Jonli huquq»ni dastavval sudyalar o‘zining yurisdiksiyasidoirasidagi faoliyatida yaratadi. Ular «qonunlar mazmunini» huquqbilan to‘ldiradi va sudyalar real hayotida huquq ijodkorligini amalgaoshiradi.Huquqni «sotsiologik» tushunish ham o‘ziga xos ijobiy va salbiyjihatlarga ega.Ijobiy jihati shundan iboratki, birinchidan, huquqni bundaytushunish huquqning hayotga tatbiq etilishiga asoslanadi.Ikkinchidan, huquq shakllariga nisbatan ijtimoiy munosabatlarustuvorligi tan olinadi.

Page 71: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Uchinchidan, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashnitan oladi, boshqaruvni nomarkazlashtirish (desentralizatsiya qilish)tarafdori.Huquqni sotsiologik tushunishning salbiy jihatlari:– basharti huquqni, qonunlarni hayotga tatbiq etish, realhuquqiy tartibot deb tushunsak, huquqiy va huquqqa xilof xattiharakatlarnibelgilash mezonlari yo‘qoladi, chunki huquqni hayotga110tatbiq etish qonuniy va g‘ayriqonuniy usullar bilan bajarilishimumkin;– huquq ijodkorligining faqat sudyalar va ma’muriyatchilargayuklab qo‘yilishi ayrim mansabdor shaxslar tomonidan oshkorazo‘ravonlik va o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqish, ishonchnisuiiste’mol qilish xavfini kuchaytiradi.Ba’zan mansabdor shaxslarning qonunni chetlab o‘tishi, qonuntalablarining aksini qilib, o‘z manfaatlarini qondirish hollari uchrabturadi. Agar huquqni sotsiologik tushunish ustun bo‘lsa,undaylarning faoliyati qonuniy bo‘lib qoladi va huquq bilan, qonunbilan hech qanday bog‘liq joyi qolmaydi. Mansabdor shaxslarga,«faqat qonun yo‘l qo‘ygan barcha xatti-harakatlarga ijozat beriladi»tamoyili ko‘proq, ishonchliroq samara beradi.Sotsiologik yondashuv tadqiqotchilar va qonun chiqaruvchi idorauchun yaxshi samara berishi mumkin. Huquqni bilish, foydali vasamarali qonunni ishlab chiqish uchun amaldagi qonunchiliknimukammal o‘rganish zarur. Hayotga tatbiq etilgan yozma huquqnormalarini o‘rganish ularni takomillashtirishning eng ma’qulyo‘lidir. Hayotga tatbiq etilgan huquq – ijtimoiy munosabatlarniqonun bilan tartibga solishdagi nuqson va kamchiliklarni aniqlashmanbayidir.Huquqning psixologik nazariyasi. Huquqqa yondashuvda ayrimolimlar huquqiy normalar va huquqiy munosabatlar bilan birgahuquqiy ongni ham huquq tushunchasiga kiritadilar. Shu boishuquqning psixologik nazariyasi kelib chiqdi, u fanda va amaliyotdamustaqillikka da’vogar bo‘lsa-da, aslida huquqiy realizm g‘oyalariva boshqa nazariyalar bilan bog‘liqlikda yashab kelmoqda.Mazkur nazariya XX asrda mantiqiy to‘la shakllangan bo‘lib,Petrajitskiy, Ross, Reysner va boshqalar bu nazariyaningYevropadagi namoyandalaridir. Mazkur nazariyaning asosiyg‘oyalari:1) inson psixikasi (ruhiyati) – ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat,davlat, huquq, axloqning rivojlanishini belgilovchi omil;2) huquq tushunchasi va mohiyati qonun sohibi faoliyati orqaliemas, psixologik qonuniyatlar – huquqiy ehtiroslar (imperativatributivxarakter), ya’ni nimagadir huquqiy vakolat (atributovnorma), nimadir qilish burchi (imperativ norma) majmuyi orqalikiritiladi, deb hisoblanadi;1113) barcha huquqiy his-tuyg‘ular ikkiga – ijobiy (davlattomonidan o‘rnatiladigan) va intuitiv (shaxsiy) huquqiy histuyg‘ularga bo‘linadi. Intuitiv huquq inson xulq-atvorining haqiqiytartibga soluvchisi bo‘lib, «haqiqiy» huquq sifatida qaralishi kerak.Mazkur nazariyaning ijobiy jihatlari:– birinchidan, huquqni tushunishda iqtisodiy, siyosiy jarayonlarbilan birga psixologik jarayonlarga ham alohida e’tiborni qaratadi.Bu ijtimoiy psixologiyani hisobga olmay, individning psixologiktuzilishini inobatga olmay turib, qonunlar chiqarish mumkinemasligini anglatadi;

Page 72: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

– ikkinchidan, jamiyat huquqiy tizimida, huquqiy tartibgasolishda huquqiy ongning o‘rni va ahamiyatini oshiradi;– uchinchidan, inson huquqlarining manbayini qonunlardanemas, inson ruhiyatidan qidiradi.Ushbu yondashuvning salbiy jihatlari:– psixologik omillarga haddan ziyod katta e’tibor berib, ijtimoiyiqtisodiy,siyosiy omillarga e’tiborni susaytiradi;– intuitiv huquqning haqiqiy deb hisoblanishi bilan huquqnidavlatdan ajratadi, huquqiylik, huquqqa xiloflik, qonuniylik vag‘ayriqonuniylik o‘rtasidagi farqni, mezonni yo‘qotadi.Sobiq sovet huquq nazariyasida huquqqa psixologik yondashuvsubyektiv idealizmga olib keluvchi nazariya sifatida rad etilgan edi.Biroq sobiq sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agar proletardavlatining manfaatlari talab qilsa, sudyalar huquqiy ongga murojaatqilishi dekretlarda tan olingan edi. Amalda esa, sotsialistik huquqiyongga asoslanib, «aybdorlarni» joyida otib tashlash intuitiv huquqikeng miqyosda qo‘llanildi. Buning salbiy oqibatlari hammagama’lum.Biroq huquqni tushunishga psixologik yondashuv nazariyasiningasoschisi L.I.Petrajitskiy huquqni obyektiv va subyektiv, intuitivva pozitiv, rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lib tushuntiradi. Yuridikamaliyotda, xususan qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotidapsixologik nazariya xulosalaridan samarali foydalanish mumkin.Huquq normalari harakatining psixologik mexanizmini bilishnihoyatda muhim, chunki u huquqni amalga oshirishda huquqniqo‘llovchi subyektning kasbiy mo‘ljallarining to‘g‘ri va aniq bo‘lishi,huquqni qo‘llash motivlarining asosli bo‘lishini nazarda tutadi.Tabiiy huquq nazariyasi (huquqqa falsafiy yondashuv). Huquqni112tushunishga falsafiy yondashuv nazariya sifatida XVII–XVIIIasrlarda mantiqan to‘la shakllandi. Uning namoyandalari T. Gobbs,J. Lokk, A. Radishchev va boshqalardir.Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:– ijobiy huquq, ya’ni davlat tomonidan qabul qilingan qonunlarbilan bir qatorda insonga tug‘ilishidanoq tegishli bo‘ladiganoliy, haqiqiy, «tabiiy» huquq mavjud. Har qanday qonun hamhuquqiy bo‘lmasligi mumkin;– huquq va axloq aynanlashtiriladi, (mazkur nazariyanamoyandalarining fikriga ko‘ra) adolat, haqiqat, ozodlik, erkinlik,tenglik kabi axloqiy tushunchalar huquqning o‘zagini tashkil etadiva huquq ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash jarayonini belgilabberadi;– inson huquqlarining manbayi qonunlarda emas, balkiinsonning tabiatida bo‘lib, unga tug‘ilishdan (yoxud Xudoning amribilan) ega bo‘lish mumkin.Huquqni tushunishning tabiiy huquq nazariyasi quyidagi ijobiyjihatlarga ega:– birinchidan, nazariyalar orasida eng ilg‘ori bo‘lib, yangi erkindemokratik davlat tuzumi yaratilishiga asos bo‘ldi;– ikkinchidan, qonunlar huquqiy bo‘lmasligi mumkin, agarqonunlar insonning tabiiy huquqlariga zid kelsa, ularni inkor qilsa,adolat, haqiqat, erkinlik, tenglik me’yorlari buziladi;– uchinchidan, inson huquqlarining manbayi tabiat yoxud Ollohdeb tan olinadi. Shu bois davlat tuzilmalari va mansabdorlartomonidan zo‘ravonlik qilishning, suiiste’mollarning oldini olishimkoni yaratiladi.Huquqni bunday tushunish ham muayyan salbiy jihatlarga ega

Page 73: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

bo‘lishi mumkin.Xususan:1. Huquqni mavhum axloqiy qadriyat sifatida tushunish uningshakliy-yuridik xususiyatlarini susaytiradi, qonuniy va qonunga xilofharakatlar mezonini har xil odamda har xil bo‘ladigan erkinlik,adolat, haqiqat to‘g‘risidagi tasavvurlarga qarab belgilashdaqiyinchiliklarga olib keladi.2. Huquqni bunday tushunish obyektiv huquq bilangina emas,balki huquqiy ong bilan ham ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Huquqiyong esa turli xil odamlarda turlicha bo‘ladi.113Huquqni bunday tushunishga O‘zbekistonda ham alohida e’tiborberilmoqda. O‘zbekiston davlatining qonunlari ham insonning tabiiyhuquqlarini adolat, haqiqat, erkinlik, mustaqillik nuqtayi nazaridankelib chiqqan holda belgilamoqda.Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, AlisherNavoiy kabi ajdodlarimiz ham huquqni tabiat yoxud Ollohtomonidan insonlarga berilgan imkoniyatlar majmuyi debtushunganlar.Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv. Huquqni tushunishgatarixiy yondashuv XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida mantiqanshakllandi. Uning asosiy namoyandalari Gugo Grotsiy, Savini,Puxta va boshqa olimlardir.Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:– huquq tarixiy hodisa bo‘lib, til kabi faqat biror kishiningkelishuvi yoki kimningdir ko‘rsatmasi bilan emas, muayyan tarixiysharoitdan kelib chiqadi va rivojlanadi.– huquq dastavval huquqiy odatlar (yuridik oqibatlar keltiribchiqaruvchi, tarixan shakllangan xulq-atvor qoidalari)dir. Qonunlar«milliy ruh», «xalq ongi» zamirida huquqdan kelib chiquvchiqoidalar majmuyidir.– bu nazariya namoyandalari inson huquqlarini inkor etib,yirik yer egaligi hukmron bo‘lgan vaqtda insonning tabiiyhuquqlarini tan olishi mumkin bo‘lmagan.Huquqni tarixiy tushunish nazariyasining ham o‘ziga xoskamchiliklari yo‘q emas:– bu nazariya yirik yer egaligi tuzumi inqirozga uchragan birpaytda tabiiy huquq nazariyasiga qarama-qarshi nazariya sifatidaeski tuzumni saqlab qolish niyatida vujudga kelgan;– huquqiy odatlarning ahamiyatini qonunlardan ustun qo‘yishgaharakat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida huquqiy urfodatlarijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarininghuquqiy hujjatlarisiz ojizlik qilib qoladi.Huquqni tushunishga integrativ yondashuv. Huquqni tushunishbo‘yicha har xil yondashuvlar bilan tanishuv huquqning ko‘p qirralitushuncha ekanligini tasdiqlab turibdi. Bu yondashuvlarning birortasimutlaq to‘g‘ri ham emas, noto‘g‘ri ham emas. Ularning har biridanbiror foydali jihatni topish imkoni bor. Shu bois huquqnitushunishda integrativ (umumlashtiruvchi) yondashuvga ehtiyoj114tug‘iladi. Chunki, huquqni qo‘llash va huquqni ijod qilish jarayonidabu nazariyalarning barcha ibratli jihatlarini birlashtirish,umumlashtirish zarurati tug‘iladi. Biroq bunda barcha nuqsonlariniumumlashtirishning oldini olish lozim bo‘ladi.Integrativ yondashuv asosida huquqni mukammal qiluvchi,rivojlantiruvchi, inson, davlat, jamiyat talablariga javob beruvchijihatlarni umumlashtirishga alohida e’tiborni ko‘rsatish zarur. Bu

Page 74: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

huquqning shakliga ham, mazmuniga ham taalluqli xususiyatlarniqidirishni zarur qilib qo‘yadi. Erkinlikning adolatli o‘lchovlarihuquqning mazmunini tavsiflaydi, shakliy jihatini esa davlattomonidan majburlovga asoslanuvchi majburiylik tashkil etadi. Shubois, amaliyotchi (sudya, prokuror, militsiya xodimi, yuriskonsult)uchun qaysi normativ hujjat vositasida, qanday huquqiy munosabat,huquqiy ongda ifodalangan qanday erkinlik va adolatni emas,muayyan jamiyatda muhofaza qilinadigan erkinlik va adolatnihimoya qilish muhim. Aks holda noroziliklar, janjallar kelib chiqadi,har qanday adolatni toptashga yo‘l ochiladi.Huquq amalda mutlaqo mukammal talabga javob beradiganhodisa bo‘lmay, vaqt va makon shart-sharoitlariga qarabo‘zgarishlar, to‘ldirishlar, yangilanishlarga duch keladi. Shu boishuquq ijodkorligining samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadidahuquqqa har xil yondashuvlardan foydalanish, huquqning har xilta’riflarini o‘rganib, ularni sintez qilish yaxshi samara beradi. Huquqnima, degan bahslar asosida juda ko‘p amaliy muammolar:huquqning asoslari, huquqning manbalari, huquqning ta’sir doirasi,huquqning samaradorligi, huquqdagi ziddiyatlar va boshqa masalalarhal qilinadi.Xulosa qilib, huquqning integrativ ta’rifini keltiramiz. Huquq– jamiyatda tan olingan va rasmiy muhofaza bilan ta’minlangantenglik va adolat me’yorlari, erkin xohish-irodalarinimutanosiblashtiruvchi, ularning o‘zaro kurashlarini hamda o‘zaromunosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar majmuyidir.115IX BOB. HUQUQ PRINSIPLARI VAFUNKSIYALARI1-§. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyatiHuquq prinsiplari, hech mubolag‘asiz, uning mohiyatiniifodalovchi asosiy jihatini, muhim o‘zagining umurtqasini tashkiletadi. Ular butun huquqiy tizimni – g‘oyalar, normalar vamunosabatlarni qamrab olib, jamiyat huquqiy hayotiga muayyanmantiq, mazmun-ma’no, sobitqadamlik, ichki mutanosiblik hamdauyg‘unlik baxsh etadi. Yanada kengroq ta’rif qiladigan bo‘lsak,huquq prinsiplarida, bamisoli, huquq rivojining butun tajribasi,insoniyat ma’rifiy taraqqiyotining hosilasi o‘zining ifodasini topadi.Prinsiplar huquq shakllanishida yo‘nalish beruvchi mo‘ljal, mezonvazifasini o‘taydi. Chunki, «prinsip» iborasi bosh g‘oya, rahbariyqoida ma’nosini anglatadi.Huquq prinsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishiva harakatlanishining rahbariy g‘oyasi, boshlang‘ich qoidasi, asosiymezoni sifatida maydonga chiqadi.Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o‘z tasdig‘ini topadiganhuquq prinsiplari jamiyatning butun siyosiy-huquqiy hayotiga,mamlakat ijtimoiy tizimiga to‘laligicha singib ketadi. Ular nafaqathuquqning mohiyatini, balki uning mazmunini tavsiflaydi, nafaqatuning ichki tuzilishi, mavjud holatini, balki huquqni qo‘llashjarayonini, huquq faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquqprinsiplari normativ hujjatlarni tayyorlashning butun jarayoniga,ularni qabul qilish va chiqarishga, huquqiy talablarga rioya etishkafolatlari o‘rnatilishiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi.Huquq prinsiplari o‘ziga xos tayanch tuzilma (konstruksiya)bo‘lib, unga nafaqat huquq normalari, institutlari yoki tarmoqlari,balki butun huquq tizimi asoslanadi. Mazkur rahbariy tamoyillardavlat idoralarining butun huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va

Page 75: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

huquqni muhofaza qilish faoliyati uchun yo‘naltiruvchi mash’albo‘lib xizmat qiladi. Ularga rioya etilishi huquqiy tizimninguyushqoqligiga, barqarorligiga va samaraliligiga bevosita ta’sirko‘rsatadi. Huquq prinsiplari umummajburiy bo‘lganligi sababliular turli huquq tarmoqlari va institutlari, normalari va huquqiymunosabatlar o‘rtasidagi ichki birlikni, uyg‘unlikni va o‘zaroaloqadorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi.116O‘z mohiyati, tabiati jihatidan huquq prinsiplari tasodifiy emas,balki jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidanobyektiv tarzda belgilanadi. Bundan tashqari, ular mazmunigamamlakatda mavjud davlat va huquq, hukmron siyosiy va davlatrejimi, jamiyat siyosiy tizimining qurilish hamda amal qilishtamoyillari o‘z ta’sirini o‘tkazadi1 .Yuqoridagi fikr kundek ravshan, uni isbotlab o‘tirishning hojatiham yo‘q. Masalan, feodal huquqining prinsiplari quldorchilikhuquqi yoki hozirgi zamonaviy huquq prinsiplaridan tubdan farqqiladi. Shuningdek, Rim huquqiga asoslangan bugungi kunimizdagiroman-german huquqining prinsiplari islom dini arkonlarigaasoslangan musulmon huquqi prinsiplaridan farqlanishi barchagaayondir.Huquq prinsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida(konstitutsiya va joriy qonunlarning muqaddimasida, moddalarida)mustahkamlanadi; ba’zan huquq normalarining mazmunidan kelibchiqadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiningmuqaddimasida inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalarigasodiqlik prinsipi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalariustunligini tan olish prinsipi o‘z aksini topgan.Shuningdek, Konstitutsiyamizning bir qator moddalarida o‘tamuhim boshqa huquqiy prinsiplar mustahkamlangan. Ulardanba’zilarini eslab o‘tamiz: «davlat organlari va mansabdorshaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi» (2-modda),«xalq hokimiyatchiligi» (7-modda), «davlat hokimiyatiningbo‘linishi» (11-modda), «siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarxilma-xilligi» (12-modda), «Konstitutsiya va qonun ustunligi» (15va 16-moddalar), «fuqarolarning qonun oldida tengligi» (18-modda), demokratizm, qonuniylik va ijtimoiy adolat va boshqaprinsiplar.Xorijiy davlatlar tajribasi ham aynan shunday. Misol uchunShvetsiya Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq: «Shvetsiyadabutun davlat hokimiyati xalqdan kelib chiqadi. Shved xalqiningboshqaruvi fikrlarni erkin shakllantirish hamda umumiy va tengsaylov huquqiga asoslanadi. Boshqaruv davlat tuzumi vositasi bilan,1 Васильев А.М. Правовие категории. Методологические аспекты разработкисистемы категорий теории права. – М., 1976, 216–225-betlar.117vakillik va parlament tizimi va kommunal o‘zini o‘zi boshqarishorqali amalga oshiriladi».Adolat va erkinlik huquq binosining tamal toshlaridir. Barchaprinsiplar orasida ular alohida muhim o‘rin tutadi. Adolat va erkinlikprinsipi ko‘pgina nufuzli xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarda,mamlakat ichki qonunchiligida o‘z tasdig‘ini topgan. Fikrimizningdalili sifatida 1948-yilda qabul qilingan «Inson huquqlariumumjahon deklaratsiyasi»ni, O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqaqonunlarni keltirish mumkin.2-§. Huquq prinsiplarining tasnifi

Page 76: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Huquq prinsiplarini mazmuni, namoyon bo‘lish jabhasi vaxususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin.Masalan, huquqning tipi va harakatlanish ko‘lamiga qarabquldorchilik, feodal, burjua, sotsialistik va hozirgi zamondemokratik huquq prinsiplari haqida gapirish mumkin.Shuningdek, huquq prinsiplari o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiyiqtisodiy,siyosiy, mafkuraviy, axloqiy, diniy va maxsus-yuridikturlarga bo‘linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda umumiyva maxsus, sohaviy va tarmoqlararo prinsiplar to‘g‘risida fikrmulohazalarmavjud.Umumiy huquqiy prinsiplar butun huquqiy tizim zaminida turishibilan xarakterlanadi. Bu prinsiplar tahlili orqali u yoki bu mamlakathuquqiy tizimining mazmun-mohiyati, tabiati, o‘ziga xosxususiyatlari, harakatlanish sifatlari haqida xulosa chiqarish mumkin.Bunday huquqiy prinsiplar qatoriga quyidagilar kiradi:1. Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizmprinsipi.Mazkur prinsip huquqni yaratish sohasida xalqning, bevositaxalq vakillari bo‘lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari vanodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning huquqiysiyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda kengishtiroki orqali namoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish jabhasidademokratizm tamoyili huquqni qo‘llovchi va huquqni muhofazaqiluvchi idoralarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida,dastavval odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning118fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik yordamning realligidarajasida o‘z aksini topadi.Xususan, O‘zbekistonda avj oldirilayotgan sud-huquqiyislohotlarning zaminida ham demokratik jihatlarni chuqurlashtirishyotadi. Bunda advokatlar mavqeini kuchaytirish, sud jarayonidaprokuror bilan advokatning huquqiy mavqeini tenglashtirish,prokuratura va militsiya faoliyatini inson huquqlarini ta’minlashnuqtayi nazaridan isloh etish kabilar ko‘zda tutiladi. «Jamiyatdademokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchtamezon bor, – deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov,– Bular xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalikxabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchaliknazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalikishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmasekan, demokratiya haqidagi hamma gap-so‘zlar yo xalqqa xushomadqilish yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi»1 .2. Qonuniylik prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayoni subyektlaritomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash,muhokama etish, qabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo,Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyiliningasosiy ma’nosi shundaki, qonun chiqaruvchi idora – parlamentningham, huquq ijod etuvchi boshqa idoralarning ham faoliyati qonunasosida qat’iy amalga oshirilishi lozim.Sudlov jarayoni hamda huquqni amalga oshirishda ish ko‘radiganbarcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamomqonunga mos ravishda bo‘lishi talab etiladi. Mazkur faoliyatdaqonuniylik prinsipi barcha mutasaddi idoralar, mansabdor shaxslarhamda fuqarolar xatti-harakatida qonunga itoat etishda, uning talabigaog‘ishmay rioya qilishda namoyon bo‘ladi. Qonuniylik umumiylikva yagonalik sifatlari bilan xarakterlanadi. Qonunga itoat etish barchasubyektlar uchun umumiy talabdir. Ayni vaqtda, qonundagi har bir

Page 77: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun yagonatalab sifatida maydonga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, qonunustuvor va butun mamlakat hududida yagonadir. U bir xildatushunilishi va bir xilda bajarilishi lozim.1 Каримов И. А. ¤збекистон XXI аср бґсаІасида: хавфсизликка oaμaea,баріарорлик шартлари ва тараііиёт кафолатлари. – Т., 1998, 156–157-b.1193. Insonparvarlik prinsipi. Buning ma’nosi shundaki, huquqjamiyat – inson – davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashva tartibga solishda adolat, insonni sevish, shaxsni e’zozlash vauning sha’nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun munosib shartsharoitlaryaratib berish nuqtayi nazaridan kelib chiqadi.Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlaridamustahkamlangan iqtisodiy hamda ijtimoiy tuzum shaxs uchunqulay shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratilishini nazarda tutadi.Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nisbatan noinsoniymunosabatni mustahkamlovchi qoidalar bo‘lishi mumkin emas.Mamlakatda vujudga keltirilgan kafolatlar tizimi fuqarolarnig‘ayrihuquqiy xatti-harakatlardan hamda ularning oqibatlaridanhimoya qilishga qaratilgan.Albatta, fuqarolar huquq va erkinliklarining to‘la kafolati faqatdemokratik huquqiy davlat sharoitidagina bo‘lishi mumkin.O‘zbekistonda insonparvar huquqning shakllanishi mustaqillik,davlat suverenitetining qo‘lga kiritilishi hamda mustahkamlanishidavri bilan chambarchas bog‘liqdir. Xususan, O‘zbekistonKonstitutsiyasida: oila jamiyat va davlat muhofazasidadir (63-modda). Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadarboqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetimbolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarniboqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi (64-modda). Voyagayetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqidag‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar (66-modda), – debta’kidlanganligida naqadar insonparvarlik g‘oyalari mujassamdir.Bunday insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgan huquqiy qoidalarni Oilakodeksida, Mehnat kodeksida, «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashto‘g‘risida», «Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi vaboshqa qonunlarimizda ko‘plab uchratish mumkin.4. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq,O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq vaerkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelibchiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonunoldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladihamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.Mazkur prinsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan,120davlatda barcha fuqarolar teng holat va maqomga egaligi. Davlato‘z qonunlari bilan fuqarolarga bir xildagi sharoit va tengimkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xildagi huquq vamajburiyatlarga ega. Biroq ulardan foydalanish amalda turlichabo‘ladi. Masalan, birov oliy o‘quv yurtiga kiradi, boshqa fuqaroesa bu huquqdan foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu prinsipumumfuqaroviy huquqlarning tengligida ifodalanadi. Bu huquqlar,avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi.Bular fuqarolarning saylash huquqi va saylanish huquqi, mehnatqilish huquqi, bilim olish huquqi, meditsina yordamidan foydalanishhuquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo‘lish huquqi va

Page 78: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

hokazolardir. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldidabirdek mas’ulligida ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro,har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) beistisnoo‘z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart.5. Davlat va shaxsning o‘zaro mas’ulligi prinsipi. Davlat bilanshaxs bir-birlari bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog‘liqbo‘lishlari lozim. Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlatboshqaruvining muhim talablaridan biridir. O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o‘z ifodasinitopgan: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriganisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar.Fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilganhuquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrumetishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas» (19-modda). Ayni vaqtda, davlat idoralari va mansabdor shaxslar jamiyatva fuqarolar oldida mas’uldirlar.O‘z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy itoatetishlari, jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqakishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmatqilishlari, qonun bilan belgilangan soliqlarni to‘lashlari lozim.Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqashaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlariva erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart (Konstitutsiyaning20-moddasi). Basharti, bir tomondan, davlat, davlat idoralari vamansabdor shaxslar, ikkinchi tomondan, fuqarolar o‘zzimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridikjavobgarlik kelib chiqadi. Bunday hollarda fuqaro davlat oldida,121davlat esa (o‘z mansabdor shaxslari va idoralari orqali) fuqaro oldidaqonunda belgilangan majburiyatlarni o‘taydi. Mazkur yuridikmunosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishningzaruriy shartidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu yerda gap «davlat suvereniteti»va «shaxs suvereniteti»ning o‘zaro dialektik aloqadorligi, bog‘liqligixususida bormoqda.Umumiy huquqiy prinsiplar qatoriga, shuningdek, ijtimoiyadolat, teng huquqlilik, huquq va majburiyatlar birligi, huquqningustuvorligi kabilar kiradi.Maxsus-yuridik prinsiplar aslida huquqiy tilda ifodalanganijtimoiy prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotlarda maxsus-yuridikprinsiplar toifasiga quyidagilar kiritiladi:1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiymajburiyligihamda ularning boshqa ijtimoiy normalardanustuvorligi;2) amaldagi obyektiv huquqni tashkil etuvchi normalarningziddiyatsizligi va qonunning boshqa normativ-huquqiy aktlardanustunligi;3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqilhuquq sohalari hamda institutlariga bo‘linishi;4) obyektiv va subyektiv huquq o‘rtasida, huquq normasi vahuquqiy munosabat o‘rtasida, huquq bilan huquqning qo‘llanishio‘rtasida mutanosiblik nisbatining mavjudligi prinsipi;5) ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilikprinsipi;6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning yuridikkafolatlanganligi;7) teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorningadolatliligi hamda yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq

Page 79: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

buzilishiga mos bo‘lishligi;8) yuridik javobgarlikning faqat aybli, huquqqa xilof xatti-harakat(yoki harakatsizlik) uchungina qo‘llanishi va ayblanayotgan harbir shaxsning ishi sudda ko‘rilib, uning aybi isbotlanmaguncha uaybdor hisoblanmasligi – aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi);1 Qarang: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах.Под ред. М.Н.Марченко. Том 2. Теория права. – М., 1998, 24–25-betlar.1229) yangi yoki nisbatan og‘irroq yuridik javobgarliknio‘rnatayotgan qonunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligiprinsipi; jazolash tizimini insonparvarlashtirish, liberallashtirish1.Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquqtarmoqlari doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko‘pincha bundayprinsiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi(masalan, konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq sohalari; jinoiyprotsessualva fuqarolik-protsessual huquqi sohalari uchun umumiybo‘ladigan prinsiplar). Aytaylik, moddiy javobgarlik prinsipi mehnathuquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo‘llaniladigantamoyildir. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa Jinoyatkodeksida hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda,bevosita ulardagi moddalarda aks ettirilgan. Bu prinsip fuqarolikqonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisoblanadi.1Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqlararo xarakterga ega.U jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi vaboshqa tarmoqlarda qo‘llaniladi.Sohaviy huquqiy prinsiplar faqat bitta konkret huquq sohasidoirasida harakatlanadi. Masalan, yer huquqi uchun «yerga egalikqilish shakllarining ko‘pligi va ularning tengligi» prinsipi, «yerningfuqarolik muomalasida bo‘lish» prinsipi, «yer ustidan davlatboshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «yerda mustaqil xo‘jalikyuritish va yerdan foydalanuvchi subyektlarning tengligi» prinsipi,«yerdan maqsadga muvofiq foydalanish, yerdan foydalanganlikuchun haq to‘lanishi» prinsipi va hokazolar.Yana bir misol. Xo‘jlik-protsessual huquqida quyidagi prinsiplarrahbariy rol o‘ynaydi: sudyalarning saylab qo‘yilishi, ularningmustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi prinsipi, ishlarni ko‘rishdakollegiallik va yakkaboshchilikning qo‘shib olib borilishi prinsipi,ishlarni ko‘rishda oshkoralik prinsipi, ishda qatnashayotgantaraflarning tengligi prinsipi, nizolarni ko‘rishda bahslashish,og‘zakilik va bevositalik prinsiplari.Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo prinsiplargatayanishdan tashqari, faqat o‘zigagina xos prinsiplarga hamasoslanadi. Bu prinsiplarning barchasi birgalikda nafaqat huquq1 Лившиц Р З. Теория права. - М., 1994, 199-bet.123sohasi uchun, balki butun huquq tizimining tuzilishi vaharakatlanishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.3-§. Huquq funksiyalari tushunchasi va turlariHuquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi uning funksiyalaridanamoyon bo‘ladi. Huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlargayuridik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularning mazmunihuquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilanbelgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga –iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviymunosabatlarga ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy vatarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi.

Page 80: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:– birinchidan, huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelibchiqadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. Funksiya –huquq mohiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida namoyonbo‘lishi (yoritilishi)dir;– ikkinchidan, huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlargata’sir etishning shunday yo‘nalishlariki, ularni amalga oshirishehtiyoji huquqning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidankelib chiqadi;– uchinchidan, funksiyalar huquqning eng muhim, jiddiysifatlarini ifoda etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquqoldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi;– to‘rtinchidan, huquq funksiyalari uning ijtimoiy munosabatlarmuayyan turini tartibga soluvchi faol harakatining yo‘nalishini aksettiradi. Shu bois huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biriuning ta’sirchanligi, jo‘shqinligi, harakatlanishidir;– beshinchidan, huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega,bu ularning uzluksizligi, cheklanmagan muddat davomidaharakatlanishini anglatadi.Huquq funksiyalarini sof yuridik nuqtayi nazardan ikki turgaajratish mumkin: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ(qo‘riqlovchi) funksiyalar.Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a’zolari yurish-turishiva xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o‘rnatishdan,ijtimoiy munosabatlarni yuridik jihatdan tashkillashtirishdan,124insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni uyg‘unlashtirish vabarqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiyta’sirning yana ikki yo‘nalishi haqida gapirish mumkin: huquqningregulyativ-statik va regulyativ-dinamik funksiyalari.Huquqning regulyativ-statik, ya’ni tartibga soluvchi –mustahkamlovchi funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiymunosabatlarga, ularning mavjud holatini, erishilgan darajasinimustahkamlashga, barqarorlashtirishga qaratilgan ta’sir etishitushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarni u yoki bu huquqiy institutlarshaklida mustahkamlanishi huquqiy tartibga solishningmaqsadlaridan biridir. Ushbu funksiya turli subyektlarning huquqiymaqomini belgilashda, masalan, inson va fuqaroning asosiy huquqhamda erkinliklarini mustahkamlashda, davlat idoralari vamansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilashda, jismoniy vayuridik shaxslarning huquqdorligini belgilashda namoyon bo‘ladi.Huquqning mazkur funksiyasida uning tabiati nihoyatda yaqqolaks etadi. Zero, bu funksiya orqali fuqarolar va tashkilotlargahuquqiy vakolatlar beriladi, ular shu vakolatlar doirasida erkin,o‘z istaklariga ko‘ra faoliyat yuritadilar. Bu chegara qanchalikkengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat qilish imkoniyatigaega bo‘ladilar.Huquqning tartibga soluvchi-mustahkamlovchi funksiyasi vakolatberuvchi va man etuvchi normalar orqali amalga oshadi, shu boisular asosida vujudga keladigan munosabatlar aksariyat hollardapassiv huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Lekin bundayholatlarda huquq subyektlari o‘zlari tashabbus ko‘rsatib huquqiyfaollik qilishlari ham mumkin.Huquqning regulyativ-dinamik, ya’ni tartibga soluvchi – rivojlantiruvchifunksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlargata’sir etib, ularning kelgusidagi rivojlanishini, o‘zgarishi hamdatakomillashuvini belgilab berishi tushuniladi. Bu yerda huquq

Page 81: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi (dinamikasi)ni rasmiylashtiradi. Mazkur funksiya majburiyat yuklovchinormalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikhujjatlari bilan fuqarolar zimmasiga qator majburiyatlar yuklatiladi:soliqlarni to‘lash, harbiy burchni ado etish, mehnat intizomigarioya qilish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish vahokazolar. Tartibga soluvchi-rivojlantiruvchi funksiyasi faol toifadagi125huquqiy munosabatlar shaklida ro‘yobga chiqadi. Bular fuqarolik,mehnat, ma’muriy, moliya va boshqa huquq sohalarininginstitutlarida o‘z aksini topadi.Huquqning tartibga soluvchi funksiyasini amalga oshirishda kengtarqalgan usullar quyidagilardan iborat:– huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy-muomalalayoqatini belgilash;– fuqarolarning huquqiy maqomini belgilash (mustahkamlash)va o‘zgartirish;– davlat idoralarining huquq va majburiyatlarini hamdamansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash;– yuridik shaxslarning huquqiy holatini mustahkamlash;– huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchiva bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash;– huquq subyektlari o‘rtasida muayyan huquqiy aloqani o‘rnatish(tartibga solinuvchi huquqiy munosabatlar);– aniq ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib, huquqiytartibga solishning oqilona turini belgilash.Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarga asoslanib, huquqningregulyativ funksiyasini shunday ta’riflash mumkin. Huquqningregulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi – huquqning ijtimoiy vazifasibilan belgilangan bo‘lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasinio‘rnatishga, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oidmunosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashishmaqsadida huquq sohiblariga subyektiv huquqlar berish va yuridikmajburiyatlarni yuklashda namoyon bo‘ladi.Ijtimoiy munosabatlarni qo‘riqlash zaruriyati har doim mavjud bo‘lganva bundan keyin ham bo‘ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarnimuhofaza etish vositasi bo‘lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo‘nalishihuquqning qo‘riqlovchi funksiyasini tashkil etadi.Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – uning ijtimoiy vazifasigamos huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyatkasb etuvchi o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqaijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizliginita’minlashga yo‘naltiriladi va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararlimunosabatlarni hayotdan siqib chiqarishga qaratiladi.Qo‘riqlovchi funksiyaning asosiy xususiyatlari quyidagilardaniborat:126– birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta’sir etishningalohida vositasi sifatida ta’riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo‘llash,taqiqlar o‘rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish yo‘libilan insonlar irodasiga ta’sir o‘tkazish orqali bajaradi;– ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qandayijtimoiy qadriyatlarni o‘z himoyasiga olganligi to‘g‘risidagi axborotijtimoiy munosabat subyektlariga yetkaziladi;– uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatidarajasining, huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichisifatida namoyon bo‘ladi.

Page 82: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar unidavlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslagandaaniqroq namoyon bo‘ladi. Tegishli davlat idoralari huquq subyektlaritomonidan qonun talablari so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydi,jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradilar. Bu huquqbuzilishi faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridikjavobgarlikka tortish bilan ta’minlanadi.Shunday qilib, huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – huquqningbevosita harakatlanishi bo‘lsa, davlatning huquqni muhofaza etishfaoliyati huquq talablariga rioya qilishning moddiy kafolatidir.Bunda maxsus idoralar (IIV organlari, prokuratura, sud)ninghuquqni qo‘riqlashga qaratilgan faoliyati maydonga chiqadi. Bundantashqari, qo‘riqlovchi funksiya ijtimoiy munosabatlarnihimoyalashga yo‘naltirilgandir.127X BOB. HUQUQIY MUNOSABATLAR1-§. Huquqiy munosabatlarning tushunchasi, tuzilishi va turlariKishilar o‘rtasidagi ko‘pdan-ko‘p munosabatlarning ma’lumbir qismini huquqiy munosabatlar tashkil qiladi. Ijtimoiymunosabatlarga huquq vositasida ta’sir etish masalasi davlat vahuquq nazariyasi fanida muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqnormalari yordamida tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarhuquqiy munosabatlar deb ataladi. Huquq normalari huquqiymunosabatlar orqali amalga oshadi, hayotga tatbiq etiladi.Huquqiy munosabat – o‘zaro subyektiv huquq vamajburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar (ya’ni, fuqarolar vayuridik shaxslar) o‘rtasidagi aloqalar bo‘lib, ular huquqnormalari va yuridik faktlar asosida kelib chiqadi. Boshqachaaytganda, huquqiy munosabatlar – kishilar o‘rtasidagi yuridikmazmundagi aloqalardir. Bunday munosabatlarda kamida ikkitomon ishtirok etadi. Biri – huquq egasi, ikkinchisi –majburiyat o‘tovchi tomon. Huquqiy munosabatlarishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari bir-biriga mos,ya’ni teng bo‘lishi kerak. Har doim huquq egasi bo‘lgan shaxsqarshisida majburiyat o‘tovchi shaxs gavdalanadi. Masalan,ishga qabul qilish bilan bog‘liq mehnat huquqiy munosabatiniolaylik. Bunda ishga qabul qilingan shaxs (xodim) zimmasidama’lum vazifalarni bajarish majburiyati bo‘ladi; korxona rahbari(ma’muriyati)da esa mehnatga yarasha ish haqi to‘lashmajburiyati (bu ayni vaqtda huquq hamdir) paydo bo‘ladi.Shuningdek, ikkala tomon ham qonunda belgilangan qatorhuquqlardan foydalanadilar.Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilarbilan tavsiflanadi:1. Huquqiy munosabat – ijtimoiy tusdagi munosabat, ya’niinsonlar o‘rtasidagi munosabat bo‘lib, bu ularning faoliyati, xulqatvoribilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, mulkdor buyumganisbatan ma’lum huquqlarga ega. Biroq bu huquqlar kundalikhayotda amalga oshishi uchun mulkdor mazkur buyum ustidanboshqa odamlar bilan munosabatga kirishishi lozim. Xususan,mulkdor shaxs buyumni boshqa kishiga sotishi, o‘zining mulkdan128foydalanish huquqini birovga o‘tkazishi, mulkni hadya qilishimumkin. Ayni paytda, ulardan o‘zining mulk huquqiga rioyaetishlarini talab qila oladi.Huquqiy munosabat har qanday ijtimoiy munosabat kabi

Page 83: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

insonlarning ongli faoliyati natijasidir. Odatda, huquqiy aloqalarkishilarning ongli va oqilona faoliyati natijasi hisoblanadi.Huquqiy munosabat ijtimoiy munosabatning maxsus ko‘rinishisifatida rang-barang, hayotning butun borlig‘i va boyligi bilanuzviy bog‘liq hamda mazmunan u bilan belgilanadi. Har qandayustqurma hodisa kabi huquqiy munosabatlar ham moddiy(iqtisodiy) munosabatlarga tayanadi. Bu fikrga yana shuniqo‘shimcha qilish mumkin: huquqiy munosabatlar, nafaqat,iqtisodiy munosabatlarga, balki hayotda huquqning mavjudbo‘lishini taqozo etadigan barcha holatlarga ham tayanadi.Huquqiy munosabatlarni ta’riflaganda hamisha e’tiborberiladigan muhim sifatlardan biri ularning mafkuraviy tabiatidir.Mafkuraviylikni sobiq totalitar tuzumdagi sinfiylik bilanaralashtirib yubormaslik lozim. O‘z mohiyatiga ko‘ra, mafkuraijtimoiy-siyosiy hayotga oid turli qarashlar, fikrlar va nazariyalartizimidir. Masalan, erkin bozor va tadbirkorlik munosabatlarigao‘tish – mafkuradir; davlat va jamiyatning dinga munosabatiham mafkura; aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiyhimoya qilish ham mafkura va h.k. Shuningdek, huquq va ungamos huquqiy munosabatlar hamisha mafkuraviy hodisalar bo‘libqolaveradi. Mafkuraviylikning yana bir xususiyati shundaki,huquqiy munosabatlar avvalambor kishilar ongi orqali o‘tib(huquqiy ong sifatida mavjud bo‘lib), so‘ng real voqelikkaaylanadi.2. Huquqiy munosabat – huquq normalarining insonlar xulqatvorigata’siri natijasida vujudga keladigan munosabat. Huquqnormasi bilan huquqiy munosabat o‘rtasida uzviy bog‘liqlikmavjud. Hayotda faqat yuridik normalarda nazarda tutilganhuquqiy munosabatlargina mavjud bo‘ladi. Kishilar o‘rtasidagimuayyan munosabatlarga huquqiy norma qo‘llanilgach, ularhuquqiy munosabatlarga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarninghuquqiy tartibga solinishini ixtiyoriy hodisa emas, balkiqonuniyatli jarayon deb tushunish lozim. Buning sharti shuki,129huquqiy normalar tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan,huquqiy voqelikdan bevosita kelib chiqishi kerak.3. Huquqiy munosabat – bu kishilarning o‘zaro subyektivhuquqlar va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir. Buijtimoiy aloqaning alohida shakli. Ya’ni, huquq normalari bilanmustahkamlangan huquq va majburiyatlar orqali amalgaoshadigan aloqadir. Subyektiv huquq egasi – huquqdor, vakolatlishaxs; yuridik majburiyatlar egasi – majburiyat o‘tovchi shaxsdir.Har qanday huquqiy munosabatda huquqdor shaxs qarshisidamajburiyat o‘tovchi shaxs (inson, tashkilot, davlat idorasi) hozirbo‘ladi. Xuddi shu ma’noda huquqiy munosabatindividuallashgan (ya’ni, shaxsi aniqlangan) aloqa hisoblanadi.4. Huquqiy munosabat – irodaviy munosabatdir. Ma’lumki,huquqiy normalarda davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilanbirga huquqiy munosabat vujudga kelishi uchun uniishtirokchilarining ham istagi, xohishi talab qilinadi. Shundayhuquqiy munosabatlar borki, ularning vujudga kelishi uchunbarcha ishtirokchilar istak- irodasi bayon etilishi lozim.Aytaylik, nikohga kirayotgan har ikki tomon o‘z xohishinibildirishi lozim yoki oldi-sotti munosabati sotuvchi bilanxaridor xohish-irodasi tufayligina amalga oshishi mumkin.Ba’zi huquqiy munosabatlarda bir tomon iroda bayon etsayetarli hisoblanadi. Bunday huquqiy munosabatlar, masalan,

Page 84: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ma’muriy ishlar yoki huquqni muhofaza etuvchi idoralar amribilan qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bo‘lishi mumkin.5. Huquqiy munosabat – davlat tomonidan qo‘riqlanadiganmunosabatdir. Yuridik normalarda davlat irodasi va jamiyatmanfaatlari aks ettirilganligi bois davlat ularning talablari to‘lato‘kis bajarilishini nazorat qilib boradi. Huquqiy qoidalar ixtiyoriyravishda bajarilmagan taqdirda davlatning majburlash kuchi ishgatushiriladi. Davlat huquqni qo‘riqlash orqali, ayni vaqtda, huquqbilan tartibga solinadigan munosabatlarni ham qo‘riqlaydi.Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan maxsus tarzdaqo‘riqlanishi bilan ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridanfarq qiladi. Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan huquqiymunosabatlar tizimi jamiyatdagi huquqiy tartibotning asosinitashkil etadi.130Shunday qilib, huquqiy munosabat – bu huquqiy normalarningkishilar xatti-harakati, xulq-atvoriga ta’sir etishi oqibatida vujudgakeladigan, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan hamda uningishtirokchilarida subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarmavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir.Jamiyat hayotida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarnihoyat darajada turli-tumandir.Ularni bir qancha mezonlar asosida tasniflash mumkin.Huquqiy munosabatlarni quyidagi mezonlar asosida guruhlash,turlarga ajratish, ya’ni tasniflash maqsadga muvofiq:1. Huquq sohalariga ko‘ra, ya’ni huquq normalariningmuayyan huquq sohasiga tegishliligiga qarab, huquqiymunosabatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: davlat-huquqiy(konstitutsiyaviy) munosabatlar; fuqaroviy-huquqiymunosabatlar; jinoiy-huquqiy munosabatlar; mehnat-huquqiymunosabatlari; moliyaviy-huquqiy munosabatlar va h.k.Shuningdek, mazkur tasniflash doirasida moddiy va protsessualhuquqiy munosabatlar; xususiy-huquqiy hamda ommaviyhuquqiymunosabatlar haqida gapirish lozim.2. Huquqiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra, tartibgasoluvchi (regulyativ) va qo‘riqlovchi (negativ) turlarga ajratiladi.Bu yerda tasniflash mezoni – huquqning dinamik va statikfunksiyalari, ya’ni tartibga soluvchi funksiyasidir. Tartibgasoluvchi huquqiy munosabatlar huquq subyektlarining mo‘tadilxulq-atvorlari, ya’ni huquqqa muvofiq xatti-harakatlari natijasidayuzaga keladigan munosabatlardir. Qo‘riqlovchi huquqiymunosabatlar – huquqni buzish sodir etish va buning uchunjazo tarzida davlat majburlov chorasini qo‘llash zaruriyati asosidakelib chiqadigan munosabatlardir.3. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq vamajburiyatlari tengligi yoki hokimlik – bo‘ysunish tarzidaligigaqarab bu munosabatlar farqlanadi. Tomonlar huquq vamajburiyatlarining tengligiga asoslangan huquqiy munosabatlar,masalan, fuqaroviy-huquqiy, oilaviy-huquqiy munosabatlarko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Hokimlik va itoat etish (ya’ni,avtoritar) mazmunidagi huquqiy munosabatlar, jumladan, jinoiyhuquqiy,ma’muriy-huquqiy munosabatlar shaklida bo‘ladi.131Bunda bir taraf ko‘proq huquqqa, hokimiyat vakolatlariga ega.Ikkinchi taraf esa itoat holatida bo‘lib, asosan majburiyat o‘taydi.4. Adabiyotlarda kompleks (majmuiy) huquqiy munosabatlarhaqida ham gapiriladi. Bunday munosabatlar uzoq davom

Page 85: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

etuvchi, nisbatan turg‘un, murakkab tarkibli bo‘lib, ulardagio‘zaro huquq va majburiyatlar ko‘p qirraliligi bilan namoyonbo‘ladi. Ushbu turdagi munosabatlarga er-xotin o‘rtasidagimunosabatlar yoki korxona ma’muriyati bilan xodim o‘rtasidagimunosabatlar va boshqalar misol bo‘la oladi. Kompleks huquqiymunosabatlar o‘z navbatida bir necha oddiy huquqiymunosabatlarga bo‘linadi. Majmuiy huquqiy munosabatlarularning tarkibiga kiruvchi oddiy huquqiy munosabatlardano‘zining vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchiasoslariga ko‘ra farq qiladi.5. Huquqiy munosabatlar umumiy va konkret, mutlaq va nisbiyturlarga ham bo‘linadi. Umumiy huquqiy munosabatlar deganda,avvalo, fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va majburiyatlarinimustahkamlovchi konstitutsiyaviy normalar asosida vujudgakeluvchi munosabatlar tushuniladi. Fuqarolar qonunda nazardatutilgan vakolatlarga ega bo‘lgach, u yoki boshqa barcha huquqsubyektlari bilan huquqiy aloqadorlikda hisoblanadilar. Basharti,mazkur huquq va erkinliklar amalga oshirilsa, konkret huquqiymunosabat vujudga keladi. Aniq (konkret) huquqiy munosabatlarjinoyat, fuqarolik, mehnat, oila, soliq, uy-joy va boshqa kodekslarmaxsus qismidagi moddalar qo‘llanishi asosida kelib chiqishimumkin. Bunda qonunda mustahkamlangan konkret huquqningta’minlanishi uchun muayyan subyekt tegishli yuridikmajburiyatni ado etadi.Mutlaq huquqiy munosabatlarda bir taraf aniq ma’lum bo‘ladi– bu subyektiv huquq egasidir. Qolgan barcha subyektlarmajburiyat o‘tovchi tomon bo‘ladilar, ya’ni vakolatli shaxssubyektiv huquqlarni amalga oshirilishiga qarshilik qilmasliklarilozim. Bunday huquqiy munosabatga mulkchilik munosabatlarimisol bo‘ladi.Nisbiy huquqiy munosabatlarda barcha ishtirokchilar (taraflar)aniq belgilangan bo‘ladi, ya’ni huquq egasi ham, majburiyato‘tovchi tomon ham ma’lum bo‘ladi. Masalan, sotuvchi va132xaridor, buyurtmachi va pudratchi, ma’muriyat rahbari va xodim.Huquqiy munosabatlar o‘z ichki tuzilishiga ko‘ra quyidagitarkibiy qismlar (elementlar) dan iborat:a) huquqiy munosabatlarning subyektlari (ishtirokchilari);b) huquqiy munosabatlarning obyekti;d) huquqiy munosabatning mazmunini tashkil etuvchisubyektiv huquq va yuridik majburiyatlar.2-§. Huquqiy munosabatlarning subyektlariHuquqiy munosabat, avvalambor, insonlar (insonlar jamoasi)o‘rtasidagi aloqa, bog‘lanish, munosabat bo‘lib, o‘zishtirokchilariga, taraflariga ega. Har qanday munosabat ikkiyoki undan ortiq shaxslar o‘rtasidagi bog‘lanish, muloqot sifatidatalqin etiladi. Tegishli subyektlarning mavjud bo‘lishi huquqiymunosabatlar amalga oshishining muqarrar sharti hisoblanadi.Huquqiy munosabatlar subyektlari – bu huquqiy normalartufayli muayyan munosabatlar ishtirokchisi hamda subyektivhuquq va yuridik majburiyatlar egasi bo‘lgan insonlar yokitashkilotlardir.Ushbu ta’rifdan ma’lum bo‘lishicha, huquqiy munosabatsubyektlari ikki toifaga bo‘linadi: insonlar (jismoniy shaxslar)va tashkilotlar (jamoaviy subyektlar). Jismoniy shaxslarga tegishlidavlatning fuqarolari, shu mamlakat hududida turgan xorijiydavlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi.

Page 86: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Huquqning jamoaviy subyektlariga turli-tuman davlat va nodavlatidoralar hamda tashkilotlar, shuningdek, davlatning o‘zi hamkiradi. Jamoaviy subyektlar sifatida ba’zan ijtimoiy birgaliklarham tushuniladi: masalan, referendum yoki saylovlar o‘tkazilganchog‘da – xalq, saylovchilar (elektorat) ana shunday subyekthisoblanadi. Fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda jamoaviysubyektlar yuridik shaxslar sifatida maydonga chiqadilar.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida jismoniy vayuridik shaxslar ta’rifi berilgan. Fuqarolar (jismoniy shaxslar)deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqadavlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmaganshaxslar tushuniladi. Qonun barcha fuqarolarning teng ravishdahuquq va burchlarga ega bo‘lish qobiliyatini (huquqiy layoqatini)e’tirof etadi. Kodeksning 39-moddasida yuridik shaxs tushunchasi133bayon etilgan. Unga muvofiq, o‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishidayoki kundalik boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lganhamda o‘z majburiyatlari yuzasidan javob bera oladigan, o‘znomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘laoladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar vajavobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.Yuridik shaxsning huquqiy layoqati va muomala layoqati birvaqtda, ya’ni u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va unitugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi. Yuridikshaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yokiqonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxslar mulkdoryoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organningfarmoyishi asosida, shuningdek, qonun hujjatlarida nazardatutilgan tartibda tashkil etiladi. Yuridik shaxslar – bu davlat,davlat idoralari, jamoat va shirkat tashkilotlari, korxona, muassasava tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalaridir.Davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar quyidagi hollardahuquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘ladilar:a) o‘zlarining hokimiyat yoki qonunda belgilanganvakolatlarini amalga oshirish orqali;b) jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida (faoliyatida)ishtirok etish orqali;d) xo‘jalik va mulkiy munosabat bilan bog‘liq faoliyatni amalgaoshirish orqali.Davlatning o‘zi to‘lig‘icha huquq egasi bo‘lish holatlari hammavjud. Masalan, xalqaro-huquqiy munosabatlarda ya’ni xorijiydavlatlar bilan muloqotga kirishganda; davlat huquqiymunosabatlarda, ya’ni federatsiya bilan uning subyektlario‘rtasida aloqalar amalga oshganda, yoki davlat fuqaroligiga qabulqilishda, yohud davlat o‘z fuqarosiga faxriy unvonlar bergandava hokazo; fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda, ya’ni davlat mulkibilan bog‘liq munosabatlarda, ijtimoiy xarakterdagi tarixiy, milliy,ilmiy, madaniy va moddiy boyliklarga davlat merosxo‘r (voris)bo‘lgan hollarda; jinoiy-huquqiy munosabatlarda, ya’ni jinoiyish bo‘yicha hukm yoki fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv qaroridavlat nomidan e’lon qilinadi.Davlat ishtirok etadigan mulkiy munosabatlar davlat mulki,134tashqi savdo, kredit, boj va qarz masalalarida vujudga keladi.Ba’zi hollarda davlat yagona huquq subyekti sifatida maydongachiqadi. Masalan, Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga muvofiq,O‘zbekistonda yer, yer osti boyliklariga, suv va o‘rmonga, temir

Page 87: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

yo‘lga, havo va suv transportiga, aloqa vositalariga egalik qilishhuquqi faqat davlatga tegishlidir. O‘zbekiston Respublikasi –xalqaro huquqiy munosabatlar subyekti, ya’ni ma’lum huquqva majburiyatlar egasidir.Huquqiy munosabatning subyekti bo‘lish uchun tashkilot yokijismoniy shaxs huquqdorlik maqomiga ega bo‘lishi lozim. Faqathuquqdor, ya’ni huquqiy layoqat va muomala layoqatiga egabo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy munosabatishtirokchisi deb tan olinadi.Huquqdorlik – huquq sohibi bo‘lish, huquqiy aloqalarishtirokchisi bo‘lish qobiliyatidir.Huquqiy layoqat – bu shaxsning huquq normalariga muvofiqsubyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘la olishqobiliyatidir. Boshqacha aytganda, huquqiy layoqat jismoniy vayuridik shaxslarning subyektiv huquq va yuridik majburiyatlargaega bo‘lish imkoniyati, qonunda ko‘zda tutilgan turli munosabatlargakirishi qobiliyatidir. Insonlarda huquqiy layoqat ular tug‘ilgan paytdapaydo bo‘lib, to vafot etgunicha mavjud bo‘ladi.Huquqiy muomala layoqati – jismoniy va yuridik shaxsningo‘ziga tegishli huquqini o‘zi bevosita amalga oshirish qobiliyatinianglatadi. Muomala layoqati bu qonunda belgilangan shaxslartomonidan o‘z harakatlari bilan subyektiv huquq va yuridikmajburiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatidir. Muomala layoqatiningmazmuni, ko‘lami va amalga oshirish shartlari huquq normalaribilan belgilanadi.Demokratik jamiyatda huquq layoqati va muomala layoqatiuni chindan ham amalga oshirish imkoniyatlari bilanta’minlanadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, barcha fuqarolar huquqlayoqatiga ega hisoblanadilar. Biroq har bir fuqaro ham muomalalayoqatiga ega bo‘lavermaydi. Xususan, O‘zbekistonda muomalalayoqati balog‘at chog‘i, voyaga yetish kunidan boshlab yuzagachiqadi. Ayrim huquq tarmoqlarida huquq layoqati va muomalalayoqati bir vaqtda paydo bo‘ladi. Masalan, davlat huquqi135sohasida asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish o‘n sakkizyoshdan boshlanadi.Mehnat-huquqiy munosabatlarida huquq layoqati va muomalalayoqati 16 yoshdan, nikoh-oila munosabatlarida 18 yoshdan(O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko‘ra ayollar 17yoshdan) qatnasha oladilar. Jinoiy-huquqiy munosabatlaridajinoiy javobgarlikka tortilish 16 yoshdan, og‘ir jinoyatlarda huquqlayoqati va muomala layoqati 14 yoshdan, ba’zan hatto 13yoshdan paydo bo‘ladi (masalan, javobgarlikni og‘irlashtiradiganholatda qasddan odam o‘ldirish jinoyatida).Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadiganmunosabatlarda huquq layoqati va muomala layoqati har doimham birga (bir vaqtda) vujudga kelmaydi. Fuqarolarning o‘zharakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va uni amalgaoshirish, o‘zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltirishva ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach,ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.Aytish lozimki, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdano‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la muomalalayoqatiga ega bo‘ladi (Fuqarolik kodeksining 22-moddasi).Shuningdek, ushbu qonunda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkizyoshgacha va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarningmuomala layoqati ko‘lami belgilangan (27- va 29-moddalar).

Page 88: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Huquqiy munosabat subyekti o‘z xatti-harakati, nojo‘ya xulqatvoriva huquqbuzarlik oqibati uchun, yetkazilgan zarar uchunjavobgarlik o‘tay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. Gapdelikt layoqati haqida bormoqda. «Delikt» lotincha delictumiborasidan olingan bo‘lib, shaxsning sodir etilgan huquqbuzarligi,jinoyati uchun javob bera olish layoqatini anglatadi. Mazkurlayoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso, ruhiy jihatdansog‘lom bo‘lishi va o‘z xatti-harakatlari oqibati uchun to‘lajavobgarlikni ado etishga layoqatli bo‘lishi lozim.Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhimbelgilovchi o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan deliktlayoqati esa undan kelib chiqadi. Chunki, shaxs huquq layoqatigaega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishi yoki tegishli javobgarliko‘tashi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.1363-§. Huquqiy munosabatlarning obyektiHuquqiy munosabatlar tarkibiy tuzilishining zaruriyqismlaridan yana biri – ularning obyektidir. “Obyekt” – lotinchaso‘z bo‘lib, “mavzu” degan ma’noni anglatadi. Har qandayhuquqiy munosabat uning zamirida yotgan hayotiy hodisalarni,narsa va jarayonlarni tartibga solish vazifasini o‘taydi. Shu bois,obyektsiz, ya’ni hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sirko‘rsatmaydigan huquqiy munosabatlar bo‘lmaydi.Huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan subyektlarningdiqqat-e’tibori, manfaati, xatti-harakati qaratilgan real ne’mat,aniq narsa, jarayon, harakatlar huquqiy munosabatning obyektideb ataladi. Masalan, uy-joy oldi-sotti shartnomaviymunosabatining obyektini uy-joy tashkil etadi; odam o‘ldirishjinoyatining obyekti – insonning hayoti; birovni haqorat qilishfuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishimumkin. Bu huquqiy munosabatlar obyektini shaxsning sha’ni,qadr-qimmati, obro‘-e’tibori tashkil etadi.Huquqiy munosabatlarning obyekti hayot hodisalari kabi turlitumandir.Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:1. Moddiy olam ne’matlari. Ularga buyum, ashyolar kiradi.Yuridik ma’noda buyumlar – bu tabiat ne’matlari va mehnatfaoliyati jarayonida yaratilgan narsalar bo‘lib, ular yuzasidanhuquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Buyum (ashyo)lar toifasiga:ishlab chiqarish qurol-vositalari, iste’mol mollari, pul, qimmatliqog‘ozlar, moddiy mahsulotlar va boshqalar kiradi. Masalan,moddiy olam ne’matlari obyekt bo‘luvchi huquqiymunosabatlarga oldi-sotti, mahsulot ayirboshlash, hadya, meroskabi munosabatlar kiradi.2. Ma’naviy ijod mahsulotlari. Bu intellektual-aqliy faoliyatnatijasidir. Unga madaniyatning san’at, adabiyot kabi yana qatorturlari kiradi.Intellektual-aqliy ijod mahsullari yuzasidan ham turli-tumanhuquqiy munosabatlar kelib chiqadi. San’at va adabiyot asarlariniyaratgan shaxs mualliflik huquqiga da’vogar bo‘ladi. Muzeyga,ko‘rgazmaga, she’riyat kechasiga borgan kimsalarda ana shu ijodmahsulotlariga qiziqish paydo bo‘ladi. Bu manfaatning obyekti–ma’naviy boyliklardir. Ijod mahsulotlari oldi-sotti, hadya, ijara,137foydalanish kabi huquqiy munosabatlarning obyekti bo‘lishimumkin.3. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining xulq-atvori va uningoqibatlari. Inson faoliyati, xulq-atvori huquqiy munosabatlar

Page 89: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

vositasida tartibga solinuvchi obyekt sifatida maydonga chiqadi.Aksariyat hollarda majburiyat o‘tovchi subyektning xulq-atvorihuquqiy munosabat obyekti bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonRespublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksigamuvofiq, ichki ishlar idoralari jazoni o‘tab qaytgan shaxslarustidan ma’muriy nazorat o‘rnatadi va uni amalga oshiradi.Bunda nazorat ostida bo‘luvchi shaxsning faoliyati, yurish-turishi,xulq-atvori militsiya bilan jazo o‘tab chiqqan shaxs o‘rtasidagihuquqiy munosabatning obyekti bo‘ladi.Xulq-atvorning natijasi deganda, u yoki bu harakat (harakatsizlik)keltirib chiqaradigan oqibat tushuniladi. Ko‘pgina huquqiymunosabatlar muayyan oqibatga erishish uchun o‘rnatiladi vaamalga oshiriladi. Bu holatda xulq-atvor emas, balki uning natijasihuquqiy munosabatning obyekti sanaladi. Masalan, yuk tashishshartnomasi asosida kelib chiquvchi huquqiy munosabatni olaylik.Bunda huquqdor shaxsni (yuk qabul qilib oluvchi tomonni)majburiyat o‘tovchi shaxsning qanday xatti-harakatlar sodir etishiqiziqtirmaydi. Balki uning harakatlari natijasi, ya’ni yukni muayyanmuddatda belgilangan joyga yetkazib berishi qiziqtiradi.4. Shaxsiy nomulkiy ne’matlar. Huquqiy munosabatningshaxsiy nomulkiy obyekti deganda nomoddiy ne’matlar,insonning bevosita shaxsiyati bilan bog‘liq narsalar tushuniladi.Bular – insonning hayoti, qadr-qimmati, sha’ni, sog‘lig‘i kabilar.Insonni hayotdan mahrum etish jinoyatdir. Deyarli barchadavlatlarning jinoyat qonunchiligida inson hayotiga tajovuz qilishjinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, insonning hayoti,sog‘lig‘i, sha’ni, obro‘-e’tibori, qadr-qimmati fuqarolik,ma’muriy, nikoh va oila hamda boshqa qonunchilik sohalarinormalari bilan muhofaza etiladi.4-§. Subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarHuquqiy munosabat uning ishtirokchilarida o‘zaro subyektivhuquq va majburiyatlar mavjud bo‘lishini anglatadi. Subyektiv138huquq va yuridik majburiyatlar huquqiy munosabatlarningmazmun-mohiyatini tashkil etadi. Chunki, ularni o‘zarobog‘liqlikda tahlil etish orqali huquqiy munosabatning tabiativa maqsadi haqida tasavvur hosil qilish mumkin.Subyektiv huquq – bu huquqdor (vakolatli) shaxsning huquqnormalari doirasida hamda konkret yuridik faktlar asosidavujudga keluvchi xatti-harakati, fe’l-atvorining me’yoridir.Shuningdek, subyektiv huquq – bu huquqiy munosabatishtirokchilarining tegishli huquq normasiga asosan unda ko‘zdatutilgan harakatni sodir qilishga haqli ekanini yoki ularningma’lum harakatlarni amalga oshirilishini talab qilish vakolatinibildiradi.Subyektiv huquqning mazmunini aks ettiruvchi jihat huquqiyvakolat hisoblanib, u uch xil bo‘ladi:a) o‘z xatti-harakatlarini amalga oshirish yuzasidan bo‘lganhuquqiy vakolatlar. Bunga misol: mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lganmulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishhuquqlariga ega ekanligidir; o‘z harakatlarini sodir etish huquqiqonunchilik normalari yoki boshqa shaxslarning subyektivhuquqlari bilan cheklanishi mumkin;b) o‘zgalarning xatti-harakatiga bo‘lgan huquqiy vakolat.Bunda subyektiv huquq javobgar shaxs tomonidan muayyanharakatlar sodir etilgan taqdirdagina amalga oshadi. Masalan,qarz shartnomasi bo‘yicha pulni qaytarishni talab etish huquqi;

Page 90: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

d) talab tarzidagi huquqiy vakolat. Bu vakolatli davlat idorasigamurojaat etib, muayyan majburiyatning bajarilishini talab etishimkoniyatidir. Masalan, sudga murojaat etib, aliment to‘lanishinitalab qilish huquqi.Shunday qilib, subyektiv huquqning amalga oshishi huquqiyvakolat egasi bo‘lgan shaxsning ixtiyori, istagi va irodasigabog‘liqdir.Subyektiv huquq hamisha erkinlik (ozodlik) bilan uzviybog‘liq. U – erkinlik me’yori. Mabodo, subyektiv huquq o‘zgashaxs yoki tashkilot tomonidan buzilsa, huquqiy vakolat egasidabuzilgan huquqini muhofaza etilishini talab qilib, murojaat etishimkoniyati paydo bo‘ladi. Mazkur vaziyatda davlatning huquqniqo‘riqlash faoliyati namoyon bo‘ladi.139Yuridik majburiyat – bu huquqiy munosabatishtirokchilarining tegishli huquqiy normaga asosan o‘zlariningburchi (majburiyati) bo‘lgan harakatni amalga oshirishlari yokiba’zi harakatni sodir etishdan o‘zlarini tiyishlaridir. Shaxs yuridikmajburiyatlarni o‘tash tufayli huquqiy munosabatning ikkinchiishtirokchisi subyektiv huquqi amalga oshishini ta’minlaydi. Agarhuquqimizga muqobil turuvchi majburiyat o‘tovchi shaxsbo‘lmasa, agar u subyekt qonun talab etgan xatti-harakatlarnisodir etmasa (yoki biron-bir harakatdan o‘zini tiymasa), bizninghuquqimiz quruq gapdan boshqa narsa emas. Yuridik majburiyatqonunga muvofiq talab etiladigan, bajarilishi lozim bo‘lgan xattiharakatdir.Agar subyektiv huquqdan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib,undan foydalanmaslik ham mumkin bo‘lsa, yuridik majburiyatnibajarmaslik mumkin emas.Subyektiv yuridik majburiyat quyidagilarda ifodalanadi:– taqiqlangan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish (bundamajburiyat o‘tovchi shaxs passiv bo‘lib, subyektiv huquq amalgaoshishga xalal bermaydi);– muayyan xatti-harakatlarni sodir etish (bunda majburiyato‘tovchi shaxsdan faol harakat qilish talab etiladi, toki huquqiymunosabat boshqa ishtirokchisining subyektiv huquqi ro‘yobgachiqishi uchun sharoit yaratilsin).Yuridik majburiyatni bajarmaslik oqibatida yuridikjavobgarlik kelib chiqadi. Yuridik majburiyatni bajarmaganshaxsga nisbatan davlat majburlov chorasini qo‘llaydi, ya’nijazoga duchor etadi.Shunday qilib, subyektiv huquq va yuridik majburiyat o‘zarochambarchas bog‘liqdir. Huquq majburiyatsiz mavjud bo‘lmaydi.Va aksincha, biron-bir huquqqa mos kelmaydigan majburiyatbo‘lmaydi. Aynan bir faktik xulq-atvor, xatti-harakat bir vaqtningo‘zida bir tomon uchun huquq, ikkinchi tomon uchun majburiyathisoblanadi. Masalan, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik tufaylioshirilgan haq to‘lash ma’muriyat uchun majburiyat; xodimuchun huquqdir.140Huquqiy munosabatHuquqiy munosabat Yuridik fakt Huquq subyektiobyektiashyolar faoliyat, subyektiv huquq va yuridik jismoniyxulq-atvor majburiyatlar shaxs shaxsma’naviyijod mahsulishaxsiy huquq muomala delikt

Page 91: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

nomulkiy layoqati layoqati layoqatine’matlarHuquqiy munosabat tarkibi1415-§. Yuridik faktlarBarcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlarham taraqqiyot qonuniyatlariga itoat etadi. Insonlar o‘rtasidagialoqalarning yuridik shakli bo‘lmish huquqiy munosabatlarmuntazam ravishda doimo paydo bo‘lib, o‘zgarib va barham topibturadi.Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi.Biroq huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiymunosabatlarni paydo qilmaydi. Normalar faqatgina huquqiymunosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini vachegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjudbo‘lishi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalarbilan bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriysharti, konkret talabi sifatida maydonga chiqadi.Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barchavoqeliklar mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi,yo‘q. Hayotda turli-tuman faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor.Ammo ularning hammasi ham yuridik fakt bo‘lavermaydi. Muayyanhodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish davlatning xohishirodasigabog‘liq. Yuridik fakt huquqiy munosabatni keltiribchiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat tug‘diradi. Huquqiynormalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi.Demak, yuridik faktlar – bu huquqiy normalar asosida huquqiymunosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barhamtoptiruvchi hayotiy hodisalardir.Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solishmexanizmida muhim rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi.Ular huquqiy norma bilan konkret huquqiy munosabat o‘rtasidagibog‘lovchi bo‘g‘indir.Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik (huquq subyekti),subyektiv huquq va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqiymunosabatlarning zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq, har kimbilim olish huquqiga ega. Fuqaroning oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qishhuquqi amalga oshishi uchun u balog‘at yoshiga yetganligi hamdamuomala layoqatiga egaligidan tashqari tegishli yuridik fakt mavjudbo‘lishi lozim. Bu yuridik fakt – kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli142topshirish, tanlovdan o‘tish va buyruq bilan o‘quv muassasasiga qabulqilinishidir. Ana shundagina talaba bilan o‘quv yurti ma’muriyatio‘rtasida huquqiy munosabat vujudga keladi.Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi.Aytaylik, nikohni FHDY (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdano‘tkazish fakti yuridik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksiva Oila kodeksida mustahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda hamnikoh o‘qish faktlari (urf-odati) mavjud. Biroq bu fakt qonundanazarda tutilmagan. Shu bois u yuridik fakt bo‘la olmaydi.Yuridik faktlar xilma-xil, mazmunan bir necha turlarga bo‘linadi.1. Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlargaqarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekorqiluvchi faktlarga bo‘linadi.Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi,ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt

Page 92: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

bo‘lishi mumkin. Masalan, insonning o‘limi fakti meros huquqiymunosabatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘la oladi, huquqiymunosabat ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishiga olib keladi (ya’ni,o‘lgan shaxs bu munosabatdan chiqib ketadi), amal qilib turganbir qator (oilaviy, mehnat, nafaqa) huquqiy munosabatlarningbarham topishiga asos bo‘ladi.2. Yuridik faktlar irodani ifodalashiga qarab, ikki asosiy guruhga:yuridik hodisalar va yuridik harakatlarga bo‘linadi.Hodisalar – tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki, ularningyuz berishi kishilarning irodasiga, ongiga va ehtiyojiga bog‘liq emas.Masalan, yer qimirlashi, bola tug‘ilishi, insonning vafot etishi,yong‘in, sel kabi tabiiy ofatlar va boshqalar. Mazkur hodisalar huquqbilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarga muayyan ta’sirko‘rsatishi mumkin. Shu sababdan ular yuridik faktlar, deb tanolinadi. Odatda, hodisalar huquqiy munosabatning obyektiga ta’siretadi. Masalan, yong‘in tufayli uy-joyiga zarar yetgan shaxs bilantegishli davlat idoralari, jumladan, sug‘urta idoralari o‘rtasidahuquqiy munosabat kelib chiqadi.Harakatlar – bu huquqiy munosabat ishtirokchilari irodasi bilanbog‘liq faktlar. Ular bir necha turga ajraladi: huquqqa muvofiq vahuquqqa xilof harakatlar. Amaldagi qonun normalari asosida vujudgakeladigan hamda shu normalar bilan tartibga solinadigan harakatlar143huquqiy (huquqqa muvofiq) harakatlar, deb ataladi. Huquqiynormalar talablariga zid, ularni buzuvchi harakatlar huquqqa xilof(g‘ayriqonuniy) harakatlar hisoblanadi.Huquqqa zid bo‘lgan harakatlar o‘z mazmuni va xarakterigaqarab jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va intizomiy-huquqiy bo‘lmaganharakatlarga bo‘linadi. Huquqiy bo‘lmagan harakat qonunga binoanyuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan, jinoyat sodirqilinganlik uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.Huquqqa muvofiq harakatlar, o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi:– yuridik hujjatlar (aktlar);– yuridik xatti-harakat.Yuridik hujjatlarda huquqqa muvofiq harakatlar muayyanhuquqiy oqibatlarni vujudga keltirishi nazarda tutilib, sodir etiladi.Bunday harakatlarda huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish,o‘zgartirish va barham toptirishga qaratilgan ongli xohish ifodalandi.Masalan, fuqarolik – huquqiy bitimlari, ma’muriy hujjatlar shundayhujjatlar qatoriga kiradi.Yuridik xatti-harakat kishilar tomonidan huquqiy oqibatlargaolib kelishini atayin ko‘zda tutmagan holda sodir etiladi, biroqbunday oqibatlar qonunda nazarda tutilganligi tufayli kelib chiqadi.Masalan, ijodkor ilmiy yoki badiiy asar yaratdi, deylik. Bundaijodkor huquqiy oqibatlar vujudga keltirishni istagani yokiistalmaganidan qat’i nazar, qonun mualliflik huquqiy munosabatlaripaydo bo‘lishini shart qilib qo‘ygan. Demak, ijod mahsuliningyaratilishi – yuridik faktdir.Yuridik hujjatlarning eng muhim xususiyati shundan iboratki,ularda yuridik ahamiyatga molik asosiy shart – yuridik oqibatlarniko‘zlab o‘zicha ish ko‘rishdir.Shunday qilib, yuridik faktlar huquqiy munosabatlaro‘rnatishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular, odatda,huquqiy munosabat subyektlarining manfaatlariga mos keladi.Yuqoridagi tahlillarga yakun yasab, quyidagi xulosalarni chiqarishmumkin:1. Huquqiy munosabatlar – ijtimoiy munosabatlarning alohida

Page 93: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

turi bo‘lib, ular ustqurmaning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy tizim,ishlab chiqarish munosabatlari zamirida vujudga keladi vatakomillashib boradi.1442. Huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, jamiyat hayotiga, ishlabchiqarish jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.3. Huquqiy munosabatlar huquq normalari asosida paydo bo‘ladi(o‘zgaradi yoki barham topadi) hamda o‘z tabiatiga ko‘ra irodaviyxarakterga ega bo‘ladi.4. Faqat huquqiy normalargina ijtimoiy munosabatlarga qonuniyshakl baxsh eta oladi.5. Huquqiy munosabatlar – davlatli jamiyatga xos hodisa. Ulardavlat siyosati, xohish-irodasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquqvositasida davlat ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibgasoladi; zarur hollarda huquqiy munosabatlarni ro‘yobga chiqarish,muhofaza etish uchun davlatning majburlash kuchi ishga solinadi.6. Demokratik jamiyatda huquqiy munosabatlar, asosan,ixtiyoriy, ongli ravishda amalga oshiriladi. Biroq shunday bo‘lsada,huquqiy munosabatlar doimo davlatning madadiga (zo‘rlikkuchiga) tayanadi.7. Huquqiy munosabatlar quyidagi to‘rt elementli tarkibiytuzilishga ega: huquqiy munosabat subyekti, uning obyekti,huquqdorlik, yuridik majburiyat.8. Huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o‘zgartiradigan(rivojlantiradigan) yoki barham toptiradigan hayotiy hodisalar(shuningdek, tabiat hodisalari) yuridik faktlar hisoblanadi.9. Yuridik faktlar hayotda huquqdan alohida, mustaqil holdabo‘lib, davlat xohish-irodasi tufayligina huquqiy ma’noga egabo‘ladi.10. Huquqiy munosabatlar obyektiv va subyektiv huquqni amalgaoshirishning alohida shaklidir.Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoatbirlashmalari, davlat idoralari va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagiturli-tuman aloqalarni tartibga solish orqali jamiyatda qonuniyliknimustahkamlashga, qonun ustuvorligini qaror toptirishga,shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini huquqiy jihatdanuyg‘unlashtirishga samarali xizmat qiladi.145YURIDIK FAKTLARfaol harakatHodisa HarakatharakatsizlikTabiiy Huquqqa muvofiq Huquqqa zidofat harakat harakatma’muriyfuqaroviyindividual yuridik Jinoyataktlar xatti-harakat intizomiyHuquqni vujudga Huquqni o‘zgartiruvchi Huquqni bekor qiluvchikeltiruvchiNojo‘ya ish146XI BOB. HUQUQIY ONG VA HUQUQIYMADANIYAT1-§. Huquqiy ong tushunchasiJamiyat hayotining olg‘a qarab rivojlanishida huquq ijtimoiy

Page 94: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

munosabatlarni tartibga solib turish yo‘li bilan unga uyushqoqlikva tartib kiritadi. Huquqning qoidaga solish ta’siri o‘ta ko‘pqirralidir. Ya’ni u, bir tomondan, mavjud ijtimoiy munosabatlarnimustahkamlasa va barqarorlashtirsa, ikkinchi tomondan, hayotdaendi tug‘ilib kelayotgan yangi munosabatlarning rivojigarag‘batlantiruvchi ta’sir qiladi. Ijtimoiy hayot rivojiga to‘sqinlikqiluvchi, jamiyatning olg‘a borishiga xalaqit beruvchi, ya’nijamiyat munosabatlari uchun noxush bo‘lgan hodisalarning oldiniolishda ham huquqning vazifasi kam emas.Huquq – ozodlik me’yorini belgilab yoki man etib, majburiyatyuklab va aniqlab, odamlarni aniq rivojlanish iziga solib, ularningfe’li-atvoriga faol ta’sir ko‘rsatadi. Huquqning tartibga solishta’siri, uning odam ongiga ta’sirida yuzaga chiqadi. Huquqiytalablar ongda aks etib, shaxs tomonidan anglab yetiladi,tushuniladi va o‘zlashtiriladi, insonning huquqqa munosabatinibelgilovchi taassurot va ishonchning murakkab bilimlarbirikmasiga aylanadi.Huquq, ijtimoiy hodisa sifatida, ongdan tashqarida mavjudbo‘la olmaydi. U, haqiqiy voqelikning boshqa hamma hodisalarikabi, jamiyat ongida aks etib, nafaqat uning in’ikosiga, balkibilish quroli yoki usuliga aylanadi. Ushbu murakkab ruhiy sohadakechadigan ichki fikrlash jarayoni huquqiy haqiqatning ongdagiaksini tushunib yetish va huquq haqidagi bilimlarni shakllantirishbilan bog‘langan. Huquq va ong o‘rtasida vujudga keladiganuzilmas bog‘liqlikni ko‘zda tutib, avvalo, huquqiy ongtushunchasini aniqlab olish lozim.Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir shaklidir. Demak, u yagonashakl emas. Hayotning sohalari g‘oyatda xilma-xil va ularninghar biri jamiyat ongida diniy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqaaniq shakllarda yuz beradi. O‘rganadigan sohasining o‘zigaxosligidan qat’i nazar, ijtimoiy ongning har bir shakli boshqashakllar bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Goho, ijtimoiy ongning147har xil shakllari o‘rtasidagi o‘zaro singib borish tarzi muayyanqiyinchiliklar tug‘diradiki, natijada ularni ajratish oson bo‘lmaydi.Hamma biladigan «O‘ldirma!», «O‘g‘irlama!» kabi diniyaqidalar o‘zining yuqori axloqiy talabi bilan ajralib turadi. Ammoshu talablarning o‘zi ijtimoiy ongning axloq kabi shaklida hamko‘rinadi.Huquqda ko‘zda tutilgan o‘g‘irlik, jamoat mulkini talon-tarojqilish yoki odam o‘ldirish uchun jinoiy-huquqiy javobgarliko‘zining tabiati bilan o‘sha axloqiy talabning gavdalanishi yokitimsoli emasmi? Yaxshilik va yomonlik hodisalarini tushunish,ko‘rdingizki, jamiyat ongining har xil shakl va darajalarida vashunday dialektik o‘zaro bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Shu bilanbir vaqtda ularning har biri ijtimoiy ongning alohida sohasidahuquq va huquqiy voqelikning xilma-xil hodisalari bilan uzviybog‘liqdir. Ongning bu shaklini huquqsiz tasavvur qilibbo‘lmaganidek, huquqni ham huquqiy ongsiz aqlga sig‘diribbo‘lmaydi. Biri ikkinchisidan kelib chiqadi, biridan oldinikkinchisi yuz bergan bo‘ladi, chunki bir holda huquq huquqiyongning rivojiga yordam bersa, boshqa holda buning aksi bo‘lib,huquqiy ong huquqning rivojiga, uning takomillashuvigako‘maklashadi va amalga kiritilishini ta’minlaydi. Ammo ularo‘rtasidagi mavjud uzilmas bog‘liqlik, ularning har biri insonodatiga ta’sir qilishiga qaramasdan, huquq va huquqiy ong birbirigao‘xshatish uchun asos bo‘la olmaydi. Ularning har biri

Page 95: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

alohida huquqiy hodisa sifatida, odamlar munosabatiga, o‘ziningtartibga solish xususiyatiga ta’sir etishi bilan farq qiladi. Masalan,huquqning odamlar munosabatiga ta’sirining o‘ziga xosligishundaki, uning me’yoriy qoidalari umummajburiy xususiyatgaega. Bu – har kim huquqiy talabga bo‘ysunishga majburdeganidir. Bo‘ysunmaslik bo‘lsa, huquqiy javobgarlik bilanbog‘liqdir.Huquqiy ongga kelsak, uning tartibga solish ta’sir kuchi boshqashaklda amalga oshiriladi.Gap shundaki, har bir huquqiy ko‘rsatma huquqiy ong sohasiorqali o‘tgandan so‘nggina, aniq fe’l-atvorda yoki qilmishdaamalga oshiriladi.Huquqiy buyruq, hamma vaqt, shaxsning ongiga murojaat148qiladi, chunki odillikning ta’sir kuchi shaxsga qaratilgan buyruqniinson tomonidan anglab olib qabul qilinishiga qaratilgan. Insonhuquqiy axborotni anglab qabul qilish, ruhiy tushunib yetishdekmurakkab jarayonga duch keladi. Axir, huquqiy ong, mohiyatibo‘yicha o‘ziga xos «laboratoriyani» tashkil qiladi, unda huquqiyaxborotni o‘zlashtirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq bo‘lganmurakkab jarayon kechadi. Huquqiy ongning bilib olish vazifasi,huquqiy talabga nisbatan, o‘zining fe’l-atvor yo‘lini ishlabchiqishdagi baholash fikriga yoki mulohazaga aylanadi.Boshqacha qilib aytganda, miyaning ichki fikrlash ishining butunjarayoni insonning o‘z-o‘zini boshqarishi, o‘zini o‘zi nazoratqilishiga, uning fe’l-atvori xususiyatini aniqlashga yordam beradi.Huquqiy talabni tushunishda, huquqiy bilim darajasi, adliyasohasidan xabardorligi, umumiy va shuningdek, huquqiymadaniyatning saviyasi so‘zsiz muhim ahamiyatga egadir. Huquqqanday fe’l-atvor shaklida (qonuniy yoki qonunsiz) amalgaoshirilmasin, u hamma hollarda, avvalo, insonning ongigaqaratilgan bo‘ladi, u orqali fe’l-atvorga uni tartibga solishma’nosida ta’sir ko‘rsatadi. Huquq va huquqiy ongningyuqoridagidek o‘zaro ta’sirida, shu murakkab ijtimoiy hodisaningjamiyat munosabatlariga ta’sir kuchi va tartibga solish ta’siriningmohiyati namoyon bo‘ladi. Huquqiy ong ijtimoiy ongningshunday sohasiki, uning qamrovida: tushuncha, taassurot,baholash, fikr yuritish kabi jarayonlarning huquq me’yorlariginashakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning xilma-xil qismlari(hakam, hakamlar ishi, jazo berish huquqi, militsiya xizmati,notarial idoralar, prokuratura va boshqa ko‘p sohalar) borasidatushunchalar yuzaga keladi.Pirovardida – odamlar xulq-atvori tamoyiliga singib ketadigan,xilma-xil huquqiy hodisalarga jamiyat a’zolarining munosabati,huquq to‘g‘risidagi tushuncha, huquqiy bilim – yuqorida zikretganimizdek shakllanadi.2-§. Huquqiy ongning tuzilishiMurakkab ruhiy hodisa bo‘lgan huquqiy ong ikki qismga:huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatga ajratiladi. Shu birliklarninghar qaysisida huquqiy hodisalar o‘ziga xos aksini topadi. Masalan,149ulardan birida, huquqiy hodisalar ilmiy-tushunib yetilganmafkura ko‘rinishida aks etsa, ikkinchisida esa, huquqiyhodisaning tarkibiy qismlari, xilma-xil his qilish va holatlarshaklida namoyon bo‘ladi.Huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatlarning o‘ziga xosligiulardagi mavjud umumiylikni va o‘zaro ta’sirni mutlaqo inkor

Page 96: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

etmaydi. Chunki ular bir-birlari bilan chambarchasbog‘langandir. Ularning biri ikkinchisini to‘ldiradi, biriikkinchisidan kelib chiqadi, shu tariqa huquqiy voqelik to‘g‘risidailmiy asoslangan, hissiy tushunib yetilgan, murakkab yo‘lni o‘tgantushunchani hosil qiladi.Huquqiy ong ruhiy tarkibining boyligi, uning odamlar xulqatvoriga,ularning huquqqa munosabatiga ta’siri unga o‘ziga xoskuch bag‘ishlaydi.Huquqiy mafkura – har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtayinazar, tushuncha, g‘oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgantizimidan iboratdir. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismidaaksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bag‘ishlangan maxsusnazariy izlanishlarda o‘z rivojini topib, ilmiy darajada anglabyetiladi.Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar ma’naviy mulkigaaylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni,e’tiqod va kayfiyatni olib kiradi. Insonning ongida huquqni bilibolish jarayoni, yuqorida zikr qilganimizdek yoki shunga yaqinroqtarzda kechadi. Odamning huquqiy ong jarayonini bilib olishvazifasi tufayli huquqni qo‘llashda, sud ishlarida, qonuniylik vaqonun to‘g‘risida axborot olinadi. Shunday axborotlar asosidahuquqiy madaniyat darajasi yuksaladi, odamning huquqiy bilimirivojlanadi va teranlashadi. Insonning huquqiy fe’l-atvoriqandayligi, pirovardida uning huquqiy madaniyati darajasiga,huquqiy bilimining kengligi va teranligiga bog‘liqdir. Huquqiymafkura – shaxsning huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantiraborib, huquqqa, odamning huquqqa bo‘lgan munosabatiga halqiluvchi ta’sir qiladi.Huquqiy ruhiyat – ong doirasidagi huquqiy hodisalar bilanbog‘liq holda, ongda yuzaga keladigan va unga singib ketganhis-tuyg‘u, kechinmalar sohasini ifodalaydi. Huquqiy ruhiyat –150huquqiy hodisalarni hissiyot bilan tiklash sohasidir. Odam hissiz,o‘z-o‘zidan o‘ylamasdan fikr qiladigan mashina emas, u nafaqatfikr qiladigan, balki sezadigan tirik zotdir. Shuning uchun uijtimoiy hodisalarni, jumladan, huquqiy hodisalarni ham, nafaqataql bilan, balki sezgi bilan ham tushunib yetadi.Huquqiy hodisalarni tushunib yetish jarayoni odamningishtirokisiz rivojlana olmaydi, shu sababli unda tabiiy tarzdag‘oyaviy va hissiy jarayonlar qo‘shilib, chatishib ketadi. Misoluchun, loyihalanayotgan qonun mazmuni bilan oddiy tanishibchiqish, unda har xil hayajonlanishni (shodlanish vaqanoatlanishdan, anglashilmovchilik va achinishgacha, chuqurhafa bo‘lishgacha) keltirib chiqaradi yoki to‘lqinlanishga olibkeladi. Odam o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra huquqni oyoq ostiqilish, noqonuniylik, zulm va inson erkini kamsitish bilan bog‘liqbo‘lgan salbiy huquqiy voqeliklarga befarq, loqayd qola olmaydi.Uning huquqiy kechinmalari va kayfiyati g‘azab, qahr vanorozilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib, ijtimoiy-huquqiyhayotning manfiy hodisalariga tanqidiy qarash uchun hissiy asosyarata borib, insonparvarlik g‘oyalari negizida, odamda qaytatuzishga intilish tug‘diradi.Huquqiy ong chegarasida har qanday bilimning shakllanishiidrok etish jarayonini teranlashtira borib, ular aks ettirganhodisalarni o‘zlashtirishda hissiy tus oladi. Huquqnitakomillashtirishda xuddi shu inson hissiyoti (buni eslatib o‘tishjoiz) oldingi o‘rinlardan birida turadi. Jamiyatda ijtimoiy odillikka

Page 97: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

erishishga qaratilgan va hissiy tus berilgan talablar kuchigaishonish uchun qullikni bekor qilish, tabaqaviy imtiyoz vachegaralash, irqiy kamsitish, qonun oldida hamma fuqarolarningkonstitutsiyaviy tengligini tan olish kabilarni eslashning o‘zikifoya. Huquqiy ong sohasida kechadigan fikrlash jarayoniodamlar talabini va manfaatini ifoda etuvchi inson hissiyoti bilanyo‘g‘rilgan yoki shu hissiyotdan tuzilgan. Huquqiy ong sohasidavujudga keladigan huquqiy g‘oyalar, tushunchalar va taassurotlar,aql va sezgining shunday noaniq chalkashib ketishi oqibatida,odam fe’l-atvorini tartibga solishda katta ta’sirchan kuchga egabo‘ladi. Shuning uchun, huquqiy ongni o‘rganishga kattaahamiyat beriladi.151Huquqiy ongning tuzilishi tahlili, bir tomondan, huquqiymafkura va huquqiy ruhiyat kabi uning tabiiy tarkibiyqismlarining o‘zaro ta’siri tabiatini va o‘zaro nisbatini ochadi,boshqa tomondan, ijtimoiy hayotda bugun hodisa sifatida uningvazifasini ochib berishga yordamlashadi.Huquqiy fan huquqiy ong sohasini ijtimoiy va shaxsiy turlargaajratadi. Ammo bu chegaralash, ularning o‘rtasidagi dialektiko‘zaro bog‘liqlikni mutlaqo inkor etmaydi. Huquqiy ongninghar bir turini, nisbatan mustaqilligini tan olgan holda, ulargaxos bo‘lgan xususiyatlarni ochadigan huquqning umumiynazariyasi, ularning ikkalasi ham jamiyat hayoti mahsulibo‘lganligi uchun, ularning birligini yagona ijtimoiy hodisalarsifatida tan olishdan kelib chiqadi. Ijtimoiy ong huquqiy ongningyanada yuqoriroq darajasi hisoblanadi, chunki unda huquqiyvoqelikka xos bo‘lgan hamma xususiyatlar mujassamlashgan.Uning mazmuni huquqni bilishda va hayotga tatbiq qilishdaodam tafakkurining ijodiy yutuqlari va ijtimoiy-huquqiy amaliyotibilan sug‘orilgan.Shaxsiy huquqiy ongga kelsak, u o‘z mazmuni bilan unchakatta hajmli va keng emas. Bundan tashqari, u huquqiy tafakkurtarixida to‘plangani uchun, huquqiy bilimlar yig‘indisini qamrabola olmaydi. Shaxsiy huquqiy ong bilish imkoniyatlari jihatidanbir qadar cheklangan. Hammaga ma’lumki, har bir odamninghayoti alohidadir. Bir shaxsda huquqiy bilim olish imkoniyatikatta bo‘lsa, boshqasida kamroq. Birinchisining huquqiy ongdarajasi yuqori bo‘lsa, ikkinchisiniki – past. Shuning oqibatida,shaxsiy huquqiy ong har xil rivojlanish darajasiga ega. Ma’lumdarajada, huquqiy ong darajasi jamiyat a’zolarining huquqiyma’lumotlariga ham bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, fuqarolarninghuquqiy madaniyat darajasini ko‘tarishga ko‘mak beradiganhuquqiy axborot tizimini tashkil qilish masalasi alohida amaliyahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab,huquqiy ong uch turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiyhuquqiy ong, odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi va odamningshaxsiy tajribasi va huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiyvaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Bungaodamning ishga joylashuvidagi yoki oliy o‘quv yurtiga kirish152qoidalari yoki yo‘l qoidasini buzgani uchun javobgarligi haqidagibilimlar misol bo‘la oladi.Shaxsiy tajriba, kundalik hayotning chegarasida kechib, torbo‘lganligi uchun, huquqiy ong juda chegaralangandir. Huquqiyong bizni o‘rab turgan borliq haqidagi oddiy tushunchalarchegarasida muttasil qola olmaydi va doimo rivojlana borib,

Page 98: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

tabiiy ijtimoiy qonuniyatlar darajasiga chiqadi, shu bilan nazariy,ilmiy tushunchaga aylanadi.Ilmiy huquqiy ong ijtimoiy huquqiy haqiqatni u yoki budarajada to‘g‘ri aks ettiruvchi bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi.Ilmiy huquqiy ong huquqni ijod qilish faoliyatining birinchi darajalimanbayi bo‘lgani uchun huquqiy amaliyotni takomillashtiradi.Unda huquqiy nazariya va huquqiy g‘oyalar, tasavvurlar vatushunchalar tizimi bilan bir qatorda, huquqshunoslarning kasbiyhuquqiy ongi ham ajratiladi.Huquqshunoslarning huquqiy ongi qonunga bo‘ysunuvchifuqarolarning huquqiy mulohazalaridan huquqiy me’yor vanuqtayi nazarlari bilimining teranligi hamda katta hajmi vaeng muhimi, huquqshunoslar huquqning qoidalari vame’yorlarni qo‘llashni bilishi bilan farq qiladi. Huquqshunoslarhuquqqa, shuningdek, uning amalda qo‘llanishiga kasbiy malakabilan yondashadilar. Bu qonunchilik bilan yuqori darajada moskelishni, huquqni qo‘llash foydaliligini va uni chuqur tushunishzarurligini ko‘zda tutadi.Kasbiy huquqiy ong huquqiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qishnatijasida shakllanadi, so‘ngra, huquqiy amaliyot jarayonidasayqallanadi.3-§. Huquqiy ong – huquqni takomillashtirishva rivojlantirish omiliHuquqiy ong – jamiyat ongining tarkibiy qismi sifatidaijtimoiy hayot rivojida katta ahamiyatga egadir. Huquqiy tizimdabiron-bir soha topilmaydiki, unga huquqiy ong o‘zining tartibgasolish ta’siri bilan kirib borgan bo‘lmasa. U huquqiy tizimningme’yoriy asosidan boshlab, huquqiy tashkilotlar faoliyatidahuquqni takomillashtirish va rivojlantirish jarayoniga qo‘shilib,bu bilan jamiyatda qonunchilikni va huquqiy tartibni153mustahkamlaydi. Huquqiy ongning bu qadar ko‘p qirraliligi vako‘p qamrovliligi uning ijtimoiy tabiatining qonuniy ko‘rinishidir.Axir, ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi sifatidagi huquqiytizimning mavjudligini huquqiy ongdan tashqarida tasavvur etibbo‘lmaydi. U huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini bevositayaratadi, takomillashtiradi, bunyodga keltiradi, mustahkamlaydiva uning xilma-xil qismlarini rivojlantiradi, odamlarmunosabatini tartibga solishga xizmat qiladi. Huquqiy tizimningasosi huquqiy me’yoriy hujjatlar (qonunlar, qonun asosidagihujjatlar) hisoblanadi. Bu hujjatlarni yaratish, normalarni ijodqilish faoliyatini amalga oshiruvchi alohida organlarga tegishlidir.Umummajburiy huquqiy normalar yaratish jarayonining o‘zioson emas. U huquqiy me’yorni yaratishda ijtimoiy talab vamanfaatni anglab yetish va o‘rganish, qonun loyihalarini ishlabchiqish, ularni muhokama qilish, qabul qilish va qabul qilinganhujjatlarni fuqarolarga yetkazish bilan bog‘liqdir. Bu murakkab,norma ijod qilish jarayonining har bir bosqichi, sohasida har birqabul qilingan hujjatni anglab yetish huquqiy ongning bevosidaishtirokida kechadi. Yaratilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarijodkorlarining umumiy, huquqiy va kasbiy madaniyati darajasiqancha yuqori bo‘lsa, ular yaratgan hujjat ham shunchamukammal bo‘ladi. Shuning uchun huquqni ijod qilish jarayoniqatnashchilariga, huquqiy ongni takomillashtirish uchun, shusohaning yuqori darajali mutaxassisi bo‘lishdek yuqori talabqo‘yiladi.Ammo huquq ijod qilish jarayonida faqat shu kasb bo‘yicha

Page 99: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

tayyorlangan odamlargina qatnashmaydilar. Demokratikdavlatlarda qonun loyihalari jamiyatning o‘zi tomonidanmuhokama qilinadi. Masalan, hozir amaldagi O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi yoki 1996-yilda Oliy Majlisqabul qilgan Mehnat kodeksi loyihasining qator muhokamalariko‘pchilikning qiziqishi va xohishini hisobga olib qolmasdan,ularning huquqiy ong darajasini ham aniqladi.Bundan tashqari, umumiy muhokama jarayonida aholiningjalb qilinishi fuqarolarning huquqiy ongini ko‘tarish, uning huquqijodkorlik faoliyatidagi salmog‘ini oshirishda ham foydalidir.Huquqiy ong huquqni nafaqat yaratadi va takomillashtiradi,154balki rivojlantiradi ham. Uni hayotga tatbiq etishda muhim vositabo‘lib xizmat qiladi. Biroq uning chegarasida bo‘lib o‘tadiganhuquqiy talablarni anglab olish jarayoni unchalik oddiy bo‘lmay,ancha murakkabdir. Huquqiy talablarga ong munosabatining birxil bo‘lmasligi shaxsning nafaqat real hayotida, balki ziddiyatlife’l-atvorida o‘zgaradi.Huquqiy ong darajasida shaxsning o‘zining huquqiy bilimlariko‘lami ham, huquqni qabul qilish holati ham, ma’naviyo‘sganligi ham shaksiz ko‘zga tashlanadi. Huquqiy onggafaqatgina yuqorida sanab o‘tganlarimiz ta’sir etib qolmay, yanaboshqa ko‘p omillar ham (jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,maishiy) o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Odamlarning bir-birlari bilano‘zaro ta’siri va munosabati, muhiti, tarbiyasi, axloqiy darajasiham kam ta’sir qilmaydi. Ijtimoiy-huquqiy yo‘l-yo‘riq huquqnibaholash, uning talablariga munosabat, o‘ta xilma-xil omillarmajmuining ta’siriga bog‘liq holda ongda shakllanadi. Shuninguchun, huquqiy talablarga bo‘lgan salbiy yoki ijodiy holatningo‘zi ham har xilligi bilan farq qiladi. Masalan, bir odamningqonuniy fe’l-atvori uning axloqiy ongi bilan ta’riflansa, boshqasifaqat yuridik javobgarlik oldidagi qo‘rquv tufayli o‘zini to‘g‘ritutadi. Shaxsning fe’l-atvorida qayd qilingan nozik farqlar,huquqiy ong tabiatining o‘zi naqadar murakkabligini yaqqolko‘rsatadi. Shuning uchun, shaxsning huquqiy biliminikengaytirib va teranlashtirib qolmasdan, balki unda huquqninghaq talablari izidan borishini anglab yetishida va unda ichkiishonch shakllanishiga yordam beradigan, huquqiy tarbiyabo‘yicha to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan faoliyat zarurdir. Huquqniamalga kiritishga, demak, jamiyatda huquqiy tartib o‘rnatishgayordam beruvchi, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tartibgachaqirish kabi tuyg‘ular faqat shunday sharoitdagina rivojlanadi.Huquqiy talablarga rioya qilmaslik, albatta huquqiy tartibningbuzilishiga olib keladi. Xuddi shuning uchun, huquqiy ongningyuqori darajada rivojlangan bo‘lishi, huquqiy tarbiyaning muhimmasalasiga aylanadi. Bu, demak, fuqarolarning huquqiybilimlarini maqsadli rivojlantirish, huquqqa zo‘r e’tibor bilanqarash, uning ijtimoiy qimmatini tushunish demakdir. Shaxsninghuquqiy bilimlari ko‘lami, nafaqat uning huquqdan xabardorligi,155bilish darajasiga bog‘liq, balki huquqiy talablarga munosabatigaham bog‘liqdir. Chunki, ongda axborotlarning ijobiy yoki salbiyqabul qilinishiga qarab, muttasil anglab yetish jarayoni kechibturadi.Huquqqa hurmatsizlik bilan salbiy (nigilistik) munosabatdabo‘lish, axloqqa qarshi fe’l-atvor bilan bog‘liqdir.Huquqiy tarbiyaning vazifasi, odamlarning ongida huquqning

Page 100: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ahamiyatini, maqsadini to‘g‘ri tushunishni, uning talablarininghaqiqatligini, ularga ongli ravishda rioya qilish zarurliginishakllantirishdan iborat.4-§. Huquqiy madaniyat tushunchasiHuquqiy madaniyat serqirra tushunchadir. U huquqiy ongqismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo, odamlarning qonungamunosabatlarini ifodalovchi qarashlar va e’tiqodlardan, ularninghuquq haqidagi tasavvurlari intilishlari va tuyg‘ularidan iborat.Shaxs u yoki bu huquqiy munosabatga kirishar ekan, ongliravishda uning oqibatini bilib harakat qiladi. Agar huquqiy ongshaxs ruhiyati orqali qonunning tub ma’nosini tushunib, uniqabul qilish xususiyatini o‘rnata olgan bo‘lsa, huquqiy madaniyatbu jarayonni amalga oshirish ifodasini bo‘lib hisoblanadi. Agarhuquqiy ong bilan huquqiy madaniyat yuqori saviyada bo‘lib,bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lsa, huquqbuzarlik, qonunga rioyaqilmaslik yoki nojo‘ya harakatlar sodir etilmaydi.Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun normalarigamunosabatidan, ularni qabul qilish xususiyatlaridan, qonunniqo‘llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. «Biz,– dedi I.A. Karimov, – odamlarning eskicha psixologiyasinio‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirmog‘imizlozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi erkinliklari – ayni vaqtdamuayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini chuqur hisetib tursin».Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab huquqiy ong uchturga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy huquqiy ong,odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi. Odamning shaxsiy tajribasiva huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy vaziyatlarhaqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Masalan: insonni ishga156joylashishi, kollej yoki oliy o‘quv yurtiga kirish qoidalari yoxudyo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun javobgarlik haqidagibilimlari.Ilmiy huquqiy ong ijtimoiy hayotni, huquqiy voqelikni u yokibu darajada to‘g‘ri aks ettiruvchi bilimlar tizimini o‘z ichigaoladi. Ilmiy huquqiy ong huquqqa amal qilish faoliyatini ijodiytahlil etib, huquqiy amaliyotni takomillashtirishga ko‘maklashadi.Masalan, qonun loyihalarini tayyorlashda ekspert huquqshunosolimlar ishtirok etib, qonunning mukammal bo‘lishiga hissaqo‘shadi.Kasbiy huquqiy ong huquqiy o‘quv yurtlarida o‘qish natijasidashakllanadi, so‘ngra huquqiy amaliyot jarayonidatakomillashtiriladi.O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirishjamiyat, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiymadaniyatini oshirishni talab qiladi. Shuning uchun huquqiydavlatning muhim belgisi – huquqiy madaniyatdir. O‘zbekistonbozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun keng ko‘lamli demokratikislohotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa fuqarolarning huquqiyongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.Jamiyatda kishilar qanchalik yuqori madaniyatli bo‘lsa, huquqnormalarini bilsa, qonunlarni, yuridik adabiyotlarni bilib, ulargaamal qilsa, huquq buzilishi ham shunchalik kam bo‘ladi. Shuninguchun O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiymadaniyatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan,1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy MajlisiningIX sessiyasida «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy

Page 101: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

dasturi» qabul qilindi. Unda mamlakat miqyosida aholininghuquqiy madaniyatini rivojlantirish va huquqiy savodxonliginioshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, ommabop yuridikadabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning yuridik sohadagi bilimlarinioshirishga katta e’tibor qaratilib, jamiyat huquqiy ongi vamadaniyatini rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.Huquqiy tarbiya – fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchimuhim ijtimoiy faoliyatdir. Tarbiya jarayonlariningyo‘nalishlarini farqlashda qo‘llaniladigan muhim mezonlardanbiri – ong shakllarining turlicha ekanligi. Chunki, alohida olingan157tarbiya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hammatomonlarini emas, faqat uning ayrim ko‘rinishlarini qamrab oladi.Masalan, siyosiy tarbiya – siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya –ma’naviy ongni; estetik tarbiya – estetik ongni qamrab oladi vah.k.Huquqiy tarbiya ongning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan huquqiyong bilan bog‘liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi.Birinchisi – tarbiyalanuvchilarga ma’lum miqdordagi huquqiybilimlar, ko‘nikmalar va malakaning berilishi. Ikkinchisi –tarbiyalanuvchilarda huquqiy g‘oyalar, hissiyotlar, e’tiqodnishakllantirish. Shu vazifalardan kelib chiqib, huquqiy tarbiyadafuqarolar huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi:– birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularningmazmunini va mohiyatini to‘g‘ri tushunish;– ikkinchidan, huquqni, qonunlarni, qonuniylik va huquqiytartibotni chuqur hurmat qilish;– uchinchidan, huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo‘llayolish;– to‘rtinchidan, o‘z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilanmoslashtirish;– beshinchidan, huquqiy normalarni har qanday buzishlarganisbatan qat’iy murosasizlik ko‘nikmasini hosil qilish.Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyanmunosabatlar orqali amalga oshadi. Shu bois huquq bilan tartibgasolinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasigakiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar)huquqiy ongining shakllanishi ro‘y beradi. Huquqiy tarbiyajarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga egabo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ularning shaxsiye’tiqodidan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo‘lgan hurmatnishakllantirish huquqiy tarbiyaning o‘zagini tashkil etadi.Demak, huquqiy tarbiya – shaxslar va ijtimoiy guruhlarninghuquqiy ongiga ko‘rsatiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan,boshqariladigan, oldindan rejalashtiriladigan va maxsus ishlabchiqilgan huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladiganpedagogik ta’sir jarayonidir.Mustaqil davlatimiz rivojlanishining istiqboli har tomonlama158bilimli, yuqori malakali yoshlar qo‘lidadir. Buning uchun yoshlaryuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari,huquqni puxta bilishlari lozim. Bozor iqtisodiga o‘tish hamdahuquqiy demokratik davlat qurish qonunchilikni mustahkamlashva ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, aholini huquqiyjihatdan tarbiyalash va uning huquqiy ongini rivojlantirishgabog‘liqdir. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining1997-yil 26-iyunda «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, huquqiy

Page 102: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

madaniyat darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarnitayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrinio‘rganishni yaxshilash haqida»gi farmoni katta ahamiyatga ega.Mazkur farmon asosida 1997-yil 22-iyunda O‘zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasi «Huquqiy ma’rifat targ‘ibotimarkazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazibberishni yo‘lga qo‘yishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Yuqoridagiqarorga asosan Toshkent Davlat yuridik instituti huzuridaRespublika huquqiy ma’rifat targ‘iboti markazi va uningjoylardagi mintaqaviy bo‘limlari tashkil etildi. Bu markaz oldigayoshlarni tarbiyalashda, huquqiy ongini rivojlantirishda huquqiyta’limni kuchaytirish va bu jarayonni metodika jihatdanta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish,ommabop huquqiy adabiyotlar va darsliklarni tayyorlash hamdaboshqa ko‘pgina vazifalar qo‘yilgan. Buning natijasida huquqiymadaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustun yo‘nalishibo‘lganligi bois bir qator amaliy ishlar qilindi. Yoshlarninghuquqiy ongini rivojlantirishda televidenie, radio va matbuotningo‘rni o‘ta muhimdir. Bu o‘rinda Adliya vazirligi va boshqahuquqni muhofaza etuvchi idoralarning «Huquq va burch»yuridik jurnali, «Inson va qonun» huquqiy gazetasi, «Postda»gazetasi, «Fuqarolik jamiyati» va «Advokat» jurnallari va boshqanashrlar aholi huquqiy ongining o‘sishiga muhim hissaqo‘shmoqda.159XII BOB. HUQUQ IJODKORLIGI1-§. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalariHuquq ijod etish davlatning yuridik normalar yaratishgaqaratilgan maxsus faoliyatidir. Davlat mazkur faoliyat orqali xalqningirodasini qonun darajasida ifoda etadi, ijtimoiy boshqaruv va siyosiyrahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida jamiyatdaharakatlanuvchi bir butun va ichki aloqaga ega bo‘lgan, huquqiynormalar tizimi vujudga keltiriladi. Huquq normalarining yaratilishi,yuridik kuchi, shakli, quyidan yuqoriga bo‘ysunish munosabatlaridavlatning huquq ijodkorlik funksiyasi bilan bevosita bog‘liqdir.Huquq ijodkorligi nisbatan kengroq jarayon bo‘lmish huquqyaratishning tarkibiy qismi hisoblanadi.Huquq ijodkorligi – vakolatli davlat idoralari va mansabdorshaxslarning (referendum chog‘ida – butun xalqning) huquqnormalarini o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekorqilishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatidir.Huquq ijodkorligi faoliyatiga nafaqat yangi huquqiy normalaro‘rnatish, balki ilgari chiqarilgan normativ-huquqiy qoidalarnio‘zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Davlat huquqiy normanio‘rnatish yoki ma’qullash orqali huquqni qo‘llash va huquqniqo‘riqlashdek serqirra, murakkab jarayonga turtki beradi. Huquqijodkorligi tufayli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlatidoralarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks ettiriladi. Bunday rasmiyhujjatlar normativ-huquqiy hujjatlar deb ataladi. Huquq ijodkorligidavlat xarakteriga ega bo‘lgan aktiv faoliyatdir. Davlat idoralarijamiyat taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiymunosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyasini amalga oshiribboradilar. Bu esa huquq ijodkorlik jarayoni beto‘xtov davom etibturishini taqozo qiladi.Huquq ijodkorlik faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat irodasiniifodalash bilan bog‘liq. Davlat tashkiliy kuch bo‘lsa, huquq yuridik

Page 103: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qoida shakliga kirgan irodadir.Huquq ijodkorligi o‘z mazmuniga ikki toifa harakatni qamraboladi: birinchidan, huquq ijod etuvchi organlarning normativ hujjatloyihasini tayyorlash bo‘yicha harakatlari, ya’ni loyihani ishlabchiqish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish; loyihani tayyorlash;160loyihani muhokama etish; uni manfaatdor idoralar bilan kelishibolish va qo‘shimcha ishlov berish. Ikkinchidan, bu toifaga normativhujjatni chiqarish bo‘yicha harakatlar kiradi: huquqiy hujjatloyihasini huquqni ijod etuvchi organ muhokamasiga kiritish; huquqijod etuvchi organ tomonidan loyihani muhokama etish; normativhuquqiyhujjatlarni qabul qilish va uni e’lon qilish (nashr etish).Ta’kidlab o‘tish lozimki, huquq ijod etishning mazkur bosqichlari(harakatlari) ba’zan birlashib ketishi, ba’zan esa yangi xattiharakatlarbilan to‘ldirilishi mumkin. Xususan, yakka tartibdahuquqiy hujjat qabul qiluvchi mansabdor shaxs ushbu bosqichlarnibirlashtirib yuborishi mumkin. Masalan, Prezident farmonchiqarganda yoki hokim farmoyish qabul qilganda aytib o‘tilganbosqichlarni birlashtirib, o‘zi bajaradi. Ayrim hollarda yuqoridagibosqichlardan tashqari, loyiha yuzasidan mutaxassis-olimlarningxulosasini olish, uni ekspertizadan o‘tkazish va loyihani keng xalqmuhokamasiga qo‘yish kabi xatti-harakatlar ham amalga oshiriladi.Huquq ijodkorligi faqat qonun loyihasi yoki huquqiy qarorniko‘rib chiqish va qabul qilish bilan cheklanmaydi. Bu jarayon davlatidoralarining amaldagi huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish,eskirgan yuridik normalarni bekor qilish va mavjud normativhujjatlarni tizimlashtirishga qaratilgan faoliyatini o‘z ichiga oladi.Yuridik normalarni o‘rnatuvchi subyektlar sifatida xalq, davlathokimiyat va boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar maydongachiqadi. Ana shu ma’noda huquq ijodkorligining turlari haqidagapirish mumkin.Huquq ijodkorligining quyidagi turlari mavjud:1. Xalqning bevosita huquq ijodkorligi. Xalq tomonidan amalgaoshiriladigan huquq ijodkorligining eng yorqin ifodasi referendum– davlat va jamiyat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yichaumumxalq ovoz berishidir. Referendum huquq ijod etishningalohida shakli sifatida xalqning bevosita iroda bayon etishihisoblanadi. Bu huquqiy normalar yaratishning o‘ta nufuzli turibo‘lib, referendum natijalari davlat hokimiyat idoralarining bironbirtarzdagi tasdiqlashiga muhtoj emas. Referendum yo‘li bilanqabul qilingan hujjat mamlakat hududida oliy yuridik kuchga egabo‘ladi va faqat referendum orqali bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishimumkin (O‘zbekiston Respublikasining «Referendum to‘g‘risida»gi161qonunining 1-moddasi). U qat’iy irodaviy mazmundagi siyosiyyuridikinstitutdir. Mohiyat-e’tibori bilan referendum davlatningu yoki bu qarorini xalq ovozi bilan tasdiqlanishi, shu orqali ungauzil-kesil va umummajburiy xarakter baxsh etilishidir, Xalqningintilish va istaklarini, manfaat va irodasini aniqlash hamda qonundarajasiga ko‘tarishda referendum eng samarali usul hisoblanadi.2. Davlat idoralarining huquq ijodkorligi. Bu huquq ijodkorliginingasosiy, eng keng tarqalgan, aniq maqsadga yo‘naltirilganturidir. Davlat idoralarining vazifasi, vakolatlari hamda faoliyatyo‘nalishlari qonunda belgilab qo‘yiladi. Ana shu yuridik vakolatlardoirasida har bir davlat idorasi normativ-huquqiy hujjatlar qabulqiladi. Ularning vakolatlari darajasi va ko‘lami normativhujjatlarning yuridik kuchini, o‘zaro mutanosiblik (ierarxik)

Page 104: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

munosabatlarini belgilab beradi. Odatda, davlat idoralari huquqiymaqomini belgilovchi yuridik aktda (Konstitutsiya, qonun, farmonyoki nizomda) ular qanday yuridik kuchga ega bo‘lgan normativhuquqiyakt qabul qilishi belgilab qo‘yiladi. Masalan, O‘zbekistonKonstitutsiyasining 84-moddasiga ko‘ra Oliy Majlis qonun qabulqiladi; 94-moddasiga ko‘ra Prezident farmon, qaror va farmoyishchiqaradi; 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlisva Prezident hujjalari ijrosini ta’minlash uchun qaror va farmoyishlarchiqaradi. Konstitutsiyaning 15 va 16-moddalari esa qonunustuvorligini ta’kidlaydi. Bu moddalar mazmuni bilan normativhuquqiyhujjatlar o‘rtasidagi o‘zaro bo‘ysunish va ustuvorlikmunosabatlari aniq-ravshan belgilab qo‘yilgan.3. Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi. Avvalo, mansabdorshaxs tushunchasini aniqlab olish lozim, chunki amaldagiqonunchilikda unga tegishli ta’rif berilmagan. Chamasi, mansabdorshaxs – bu davlat hokimiyat yoki boshqaruv idorasida yoxudnodavlat tashkilotida muayyan lavozimni egallagan, unga yuklanganfunksiyalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va amalgaoshirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.Nodavlat tashkilotlar (xo‘jalik, tijorat, ijodiy va hokazo)rahbarlarining huquqiy hujjat qabul qilish va amalga oshirishbo‘yicha vakolatlari mehnat, fuqarolik, moliya va boshqa sohalargaoid qonunchilik qoidalaridan kelib chiqadi. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan162quyidagi mansabdorlik lavozimlarini sanab o‘tish mumkin:Prezident, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, vazir,hokim, prokuror, sudya, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, korxona,muassasa, nodavlat tashkilotlar rahbarlari va boshqalar. O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti davlatimizdagi eng oliy mansabdor shaxshisoblanadi.Mansabdor shaxsning normativ-huquqiy hujjatlar loyihasinitayyorlash va uni qabul qilish bo‘yicha faoliyati huquq ijodkorligihisoblanadi. Biroq uning huquqni qo‘llash bilan bog‘liq xattiharakatihuquq ijodkorlik faoliyati doirasiga kirmaydi.Huquq ijodkorligi davlat faoliyatining huquqiy shakllaridan biribo‘lib, bu jarayonda quyidagi funksiyalar bajariladi: qonunlar,boshqa huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash; amaldagiqonunchilikni yangilash, uni ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga doimomoslashtirib turish; eskirgan huquqiy normalarni bekor qilib borish;huquqda hal etilmagan jabhalar (probel)ni to‘ldirib borish;qonunchilikni batartiblashtirib turish, sistemalashtirish. Mazkurfunksiyalarning yuqori saviyada muntazam bajarib turilishi ijtimoiymunosabatlarni huquqiy tartibga solinish samaradorligi oshishini,qonunchilik tizimi takomillashgan hamda mukammal bo‘lishinita’minlaydi.2-§. Huquq ijodkorligi prinsiplariDemokratik davlatda xalqning irodasini, ijtimoiy manfaat vaehtiyojlarni qonun darajasiga ko‘tarish huquq ijodkorliginingmazmunini tashkil etadi. Bu o‘ta muhim va mas’uliyatli jarayonmuhim prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Agar shunday prinsiplar,ya’ni rahbariy g‘oya va qoidalarga tayanilmasa, huquqiy normalartizimida sifat va samaraga erishib bo‘lmaydi. Eng muhimi, xalqirodasi va manfaatlarini to‘liq ifoda etishni ta’minlab bo‘lmaydi.Shu bois mamlakatimizda amalga oshiriladigan huquq ijodkorligiquyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:A. Huquq ijodkorligining xalqchilligi. Demokratik davlat o‘zining

Page 105: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qonun ijodkorlik, huquq yaratish faoliyatida o‘z xalqi bilan, aholikeng qatlamlari bilan mahkam bog‘liq va uzviy aloqador bo‘lishilozim.Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekanligi163Konstitutsiyamizda mustahkamlangan. Shunday bo‘lgach, davlat,uning idoralari huquq yaratish chog‘ida xalq manfaati vaehtiyojlaridan kelib chiqishi mantiqiy holdir. Ayniqsa, qonunnixalq tomonidan saylangan deputatlar qabul qilishida chuqur vabevosita ramziy ma’no bor. Xalq o‘z muxtor noiblari orqali qonunchiqarish hokimiyatiga daxldor bo‘ladi. Qolaversa, huquq ijodkorligisubyekti sanalmish barcha davlat idoralarining ushbu faoliyati kengjamoatchilik, xalq ommasi nazorati ostida ro‘y beradi. Xalqchillikprinsipi haqida gap borganda butun mas’uliyatni his etish darkor.B. Huquq ijodkorligining demokratikligi. Demokratizm huquqijodkorligida xalq irodasini aniqlash va qonunda ifoda etish darajasibilangina tavsiflanmaydi. Bu, avvalo, huquqiy hujjatlarni qabulqilishda, xususan, qonun chiqarishda xalqning ishtirokinita’minlashda namoyon bo‘ladi. Demokratizm parlament va mahalliyxalq deputatlari kengashlari faoliyati jarayonida aks etadi.Referendum qonun qabul qilishning bevosita demokratik shakliekanligini yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik. Shuningdek,demokratiyaning bevosita shakllariga o‘ta muhim normativ-huquqiyhujjatlar loyihasining xalq muhokamasiga qo‘yilishi ham kiradi.Bunday muhokamalar chog‘ida mamlakat fuqarolari, jumladan,olimlar, mutaxassislar loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarinibildiradilar. Shu tariqa xalqning fikri, irodasi qonun chiqaruvchiorganga ayon bo‘ladi va uni huquqiy normalar mazmunidato‘laqonli aks ettirish imkoniyati paydo bo‘ladi.Binobarin, demokratiyaga intilish ijtimoiy taraqqiyotimizningbosh yo‘nalishidir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A.Karimov ta’kidlaganidek, «demokratiya atamasining qandaysharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi,yashashga qobilligi muhimdir...U hayotimizning har bir soniyasigasingib ketmasa, turmushimizning ajralmas qismiga aylanmasa,hamma shiorlar va ta’riflar mazmunsiz...so‘z o‘yini bo‘libqolaveradi»1 .Demokratik qadriyatlar, mezon va me’yorlar haqida so‘zborganda quyidagilarni qayd etish muhim ahamiyatga ega.«Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida1 Каримов И. А. ¤збекистон буюк келажак сари. – T.: «¤збекистон», 560-bet.164uchta mezon bor. Bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridanqanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq, tomonidanqanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishdaqanchalik ishtirok etishidir»1 .D. Huquq ijodkorligida qonuniylik prinsipi. Ushbu prinsip huquqijodkorligi subyektlarining normativ huquqiy hujjatlar loyihasinitayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va e’lon qilish borasidagixatti-harakatlari Konstitutsiyaga va boshqa qonunlargaasoslanishidan kelib chiqishi lozim. Huquq ijodkorligidagiqonuniylik ikki jihatni nazarda tutadi: birinchidan, davlat idoralaritomonidan qabul qilinadigan har bir akt ularning vakolatlaridoirasida va tegishli hujjatlar uchun belgilangan taomil (tartib)asosida chiqarilishi shart; ikkinchidan, normativ-huquqiy hujjatningmazmuni ham qonuniylik talablariga javob berishi shart. Ya’ni,

Page 106: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

yangi chiqarilayotgan hujjat, qonunlar va yuridik kuchi bo‘yichao‘zidan yuqori turuvchi boshqa huquqiy hujjatlarga zid bo‘lmasligikerak.Qonun ustuvorligi, qonuniylik prinsipi, avvalo, qonunchiqaruvchi idora hamda ijroiya hokimiyat yuqori idoralari uchunham dasturilamaldir. Basharti, qonunlar, farmonlar va hukumatqarorlari Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmay qolsa, maxsus muhofazamexanizmi ishga tushadi. Bunday hollarda Konstitutsiyaviy sudo‘zining tegishli xulosasini chiqaradi va g‘ayrikonstitutsiyaviy hujjatniharakatdan to‘xtatadi.E. Huquq ijodkorligining oshkoraligi. Huquq ijodkorligifaoliyatining natijasi bo‘lmish normativ hujjatlarda fuqarolarninghuquq va majburiyatlari mustahkamlanadi. Shu sabab, normativhuquqiyhujjat darhol o‘z ijrochilari e’tiboriga yetkazilishi zarur.Fuqarolar o‘zlariga huquq normalari tomonidan qo‘yilayotgantalablardan xabardor bo‘lishlari, hech bo‘lmasa, shunday bilim olishimkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Quyidagi yuridik prezumpsiyabarchaga ayon: qonunni bilmaslik hech kimni javobgarlikdan ozodqilmaydi; hech kim qonunni bilmasligini ro‘kach qilishi mumkinemas. Xuddi shuning uchun ham, ya’ni javobgarlikka tortishgama’naviy huquqqa ega bo‘lish uchun davlat fuqarolarning normativ-1 Каримов И. А. ¤збекистон буюк келажак сари. – T.: «¤збекистон», 560-bet.165huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlab berishilozim.Normativ-huquqiy hujjatlarni oshkor qilishning asosiy vositasiularni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishdir. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasida juda muhim qoidamustahkamlangan: «Qabul qilingan qonunlarning va boshqanormativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ularqo‘llanilishining majburiy shartidir». Mazkur konstitutsiyaviytamoyil muhim demokratik mazmunga ega. Normativ-huquqiyhujjatni hayotga joriy etishdan avval u oshkora tarzda xalqqayetkazilishi lozim. Huquqiy hujjatlar fuqarolardan sir tutilishi,yashirin harakatda bo‘lishi mumkin emas.Bu tamoyilga xalqaro huquqda ham katta e’tibor beriladi.Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kengash qatnashchilaribo‘lgan davlatlarning 1989-yil 15-yanvardagi Vena uchrashuviYakuniy hujjatida shunday deyiladi: YXHK qatnashchisi bo‘lgandavlatlar «shaxslarning o‘z huquq va burchlarini bilishga hamdaularga muvofiq harakat qilishga bo‘lgan huquqini samaralita’minlash, shu maqsadda inson huquqlari va asosiy erkinliklarigaoid qonunlar, ma’muriy qoida hamda tartibotlarni nashr etib,barchaga yetkazish majburiyatini oladilar».F. Huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi. Huquqiynormalar yaratish jarayoni zamonaviy huquq ilmi va amaliyotiyutuqlariga, huquqiy tafakkur va mantiq qoidalariga qat’iytayanmog‘i lozim. Har bir qonun, huquqiy norma ijtimoiy-iqtisodiyva siyosiy rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash hamda ilmiyasoslantirish asosida yaratilishi kerak. Muayyan qonun yoki boshqahuquqiy hujjatni qabul qilishdan oldin uni yaratish uchun qandayehtiyoj borligini ilmiy jihatdan isbotlash maqsadga muvofiqdir.Buning uchun huquqiy tartibga solish mo‘ljallanayotgan ijtimoiymunosabatlar turi chuqur tahlil etilishi, jamoatchilik fikrini o‘rganishishlari amalga oshirilishi lozim.Ilmiylik prinsipi haqida gap borganda, kamida ikki jihat nazarda

Page 107: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

tutiladi. Birinchidan, huquq ijodkorligi puxta ilmiy strategiyagatayanishi zarur. Bunday strategiya umumdavlat miqyosidashakllantiriladi. Uni, odatda, davlat yuqori hokimiyat organlarihuzuridagi tegishli tadqiqotlar institutlari amalga oshiradi.166Ikkinchidan, konkret normativ-huquqiy hujjat matni ustida ishborganda, huquq normasini yaratish va ifodalashda (mazmunanhamda yuridik texnika nuqtayi nazaridan) ilmiy tavsiyalar inobatgaolinishi lozim. Bundan ko‘zlangan maqsad – ijtimoiymunosabatlarni tartibga solishda mumkin qadar ko‘proq samaragaerishishdir. O‘z faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlash uchun huquqijod etuvchi organlar huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishchiguruhlar tarkibiga yetakchi yurist-olimlarni kiritadilar; loyihayuzasidan xulosa olish uchun uni tegishli ilmiy muassasalargayuboradilar.So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi parlamenti faoliyatidaqonun loyihalarining ilmiy ekspertiza qilishga e’tiborqaratilayotganligi tahsinga sazovor. Qonun loyihalarini ekspertizadano‘tkazishga olimlar, amaliyotchi xodimlar va boshqa yuqori malakalimutaxassislar jalb etiladi. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish natijalariyuzasidan ekspertlar tegishli xulosa taqdim etadilar.Ilmiylik tamoyilida qat’iy turiladigan bo‘lsa, huquqijodkorligining subyektlari bo‘lgan idoralarning vakolatlarihokimiyatlar taqsimlanishi asosida tashkil etilishi lozim. Shu yo‘lbilan mazkur idoralar faoliyatida parallelizm, takrorlash,nomuvofiqlik va boshqa idoraning vakolat doirasiga daxl qilishhollari istisno etiladi.Huquq ijodkorligiga ilmiy yondashish talabi, ayniqsa, bugungikunda, ya’ni bozor munosabatlarini qaror toptirish davrida,demokratik qadriyatlarni shakllantirish chog‘ida inson huquqlariningustuvorligini ta’minlash, milliy, siyosiy, ijtimoiy-ma’naviymunosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun muhimdir. Bumunosabatlarni aniq huquqiy tartibga solishga erishish uchun huquqijodkorligining ilmiy zaminini muttasil takomillashtirib borish lozim.3-§. Qonun ijodkorligi jarayoni va bosqichlariQonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatidavujudga keladi. Davlat amrining oliy ifodasi bo‘lmish qonun,hokimiyatning alohida vakolatli organi tomonidan amalgaoshiriladigan murakkab jarayon natijasida yaratiladi.Qonunchilik (qonunni yaratish) jarayoni – davlat oliy vakillikorganining konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni167yaratishga, amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishkiritishga qaratilgan, shuningdek, eskirgan qonunlarni bekor qilishborasidagi harakatlari yig‘indisi bo‘lib, u qonun bilan tartibgasolinishi zarur bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasinitayyorlash, uni muhokama etish va qabul qilishni o‘z ichiga oladi.Qonunchilik jarayoni muayyan tartib, tashkillashganlik ifodasisifatida mamlakatda qonunchilik hokimiyatini amalga oshirish shaklihisoblanadi. Qonunning oliyligi, jamiyat hayotidagi ustuvor mavqeiqonunchilik jarayonining ilmiy va amaliy ahamiyatini belgilabberadi. Zero, qonun yaratish jarayonining mukammal tartibgasolinganligi sifatli va talab darajasidagi qonunning tug‘ilishi uchunzamin bo‘lib xizmat qiladi.Qonunchilik jarayonining ta’rifi ikki ma’noga ega: birinchidan,bu qonun loyihasining parlamentga kiritilishidan boshlab, to u qabulqilingunga qadar davlat organlari tomonidan ro‘yobga chiqariladigan

Page 108: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

vakolatlar bo‘lsa, ikkinchidan, qonunchilik hokimiyatini amalgaoshirishda ishtirok etadigan turli subyektlar o‘rtasidagimunosabatlarni tartibga soluvchi protsessual qoidalar ifodasi(shakli)dir. Qonunchilik jarayonining muhim xususiyati shundaki,uning mazmunini tashkil etuvchi harakatlar tartibi va ularni amalgaoshirish tartibi konstitutsiyaviy tarzda belgilab qo‘yiladi.Qonun ijodkorligi jarayoni, an’anaga ko‘ra, ushbu jarayonningturli bosqichlarida ishtirok etuvchi organlar o‘rtasidagi vakolatlarnitaqsimlash ma’nosida talqin etiladi. Garchand, qonun chiqarishfaoliyatida u yoki bu mustaqil subyektlar ishtirok etsalarda,qonunchilik jarayoni, asosan, parlamentning qonun yaratish faoliyatitartibi bo‘lib qolaveradi.Qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi besh bosqichdan iborat:1) qonunchilik tashabbusi;2) qonun loyihasini muhokama qilish;3) qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;4) qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;5) qonunni imzolash va e’lon qilish.Mazkur bosqichlarga alohida-alohida to‘xtalamiz.Birinchi bosqich – qonunchilik tashabbusi. Qonunni yaratishjarayoni, ya’ni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyatqonunchilik tashabbusi ro‘yobga chiqishidan boshlanadi.168Qonunchilik tashabbusi huquqi – Konstitutsiyada belgilanganvakolatli organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyanqonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to‘g‘risida,shuningdek, qonunni o‘zgartirish yohud uni bekor qilish to‘g‘risidagitaklifni Oliy Majlis e’tiboriga taqdim etilishi va parlament tomonidanbu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish haqida tegishli qarorqabul qilishdir.Mamlakatimiz Asosiy qonunida qonun chiqarish jarayoniningalohida bosqichi hisoblanmish qonunchilik tashabbusi huquqio‘zining yuridik ifodasini topgan. E’tirof etish lozimki, qonunchiliktashabbusi Oliy Majlisda emas, balki faqat Qonunchilik palatasidaro‘yobga chiqariladi.Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston RespublikasiningPrezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqaliQoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, O‘zbekistonRespublikasining Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliysudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar. Bu huquqniqonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qonunloyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilikpalatasiga kiritish orqali amalga oshiradilar (Konstitutsiyaning 83-moddasi).Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘ziningqonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanib, 2006-yilning 8-noyabrida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga «Davlatboshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamdamamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolinikuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini kiritdi1 .O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasito‘g‘risidagi qonunning 27-moddasi «Qonunchilik tashabbusi» debnomlanib, unda yuqoridagi konstitutsiyaviy norma quyidagi qoidabilan yanada aniqlashtirilgan: «Davlat daromadlarini kamaytirishyoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek, budjet moddalaribo‘yicha o‘zgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari

Page 109: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy1 Халі сґзи. 2006 йил, 9 ноябрь.169xulosasi bo‘lgan taqdirda kiritilishi mumkin» (27-moddaning 2-qismi).Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlarningqonun loyihasini parlamentga kiritishi va uni ko‘rib chiqish tartibi«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiningReglamenti to‘g‘risida»gi qonunda belgilab berilgan. Xususan,mazkur Reglamentning 12-moddasida quyidagi qoidalar bayonetilgan:Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusihuquqiga ega bo‘lgan subyektlar kiritadilar.Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilartaqdim etilishi kerak:1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagitushuntirish xati;2) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi,shuningdek, qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarni o‘zkuchini yo‘qotgan, deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi;3) o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgandeb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun ostihujjatlarining ro‘yxati;4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchunmoliyaviy-iqtisodiy asoslar;5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki xarajatlariniko‘paytirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetimoddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunloyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining xulosasi.Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishdaqabul qilinguniga qadar uni kiritgan qonunchilik tashabbusihuquqining subyekti loyiha matnini o‘zgartirish yoki o‘zi kiritganqonun loyihasini qaytarib olish huquqiga ega.Ikkinchi bosqich – qonun loyihasini muhokama qilish. Qonunloyihasini muhokama etish qonun yaratish jarayonining muhimbosqichidir. Bu bosqich qonun chiqaruvchi organga qonun loyihasitaqdim etilib, u sessiya kun tartibiga kirgach boshlanadi. Qarortopgan an’anaga ko‘ra, qonun loyihasi ikki xil tarzda muhokamaqilinadi: aksariyat hollarda, umumiy qoidaga binoan, parlament –170O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiningmajlislarida muhokama etiladi; mamlakat hayotining o‘ta muhimmasalalarini tartibga solishga qaratilgan qonunlarning loyihalariesa keng xalq muhokamasiga chiqariladi. Barcha qonun loyihalariniumumxalq muhokamasiga qo‘yish majburiy qoida emas. Umumxalqmuhokamalari so‘nggi yillarda qonunchilik tajribamizda kengqo‘llanilayotgan demokratik institutdir.Qonun loyihasi avval parlament muhokamasiga qo‘yiladimi yokiumumxalq muhokamasiga kiritiladimi, degan savolga aniq javobberish mushkul. Chunki parlament ba’zi loyihalarni avval o‘zibirinchi o‘qishda muhokama etib, lozim topsa, uni umumxalqmuhokamasiga kiritish uchun matbuotda e’lon qilish to‘g‘risidaqaror qabul qiladi. Ba’zan esa parlament loyihani umumxalqmuhokamasiga chiqarib, muhokama yakunlarini aniqlaganidankeyingina uni o‘z muhokamasidan o‘tkazib, qabul qiladi. Harqanday holatda ham umumxalq muhokamasidan o‘tgan qonun

Page 110: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

loyihasi yana parlament muhokamasidan o‘tadi, aks holda loyihaqonun sifatida qabul qilinmaydi.Umumxalq muhokamasi aslida qonun loyihasi yuzasidan xalqbilan bo‘ladigan bevosita kengashuv, maslahatlashuvdir. Qonunloyihalarini umumxalq muhokamasiga kiritish xalq ommasitajribasini mujassamlashtirish, jamoatchilik fikrini aniqlash vaqonunda xalq manfaatlarini, xohish-irodasini to‘la-to‘kis aks ettirishimkonini beradi.O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasiga muvofiq, jamiyatva davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasigataqdim etiladi. Bu qoida muhim qonun loyihalariga ham taalluqli.Umumxalq muhokamasini amalga oshirishning protsessual, tashkiliyjihatlari «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasito‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Gap qonun loyihasinixalq muhokamasiga chiqarish to‘g‘risidagi qarorni kim, qaysi organqabul qilishi, bu haqda tashabbus bilan chiqishga kimlar vakolatliekanligi xususida bormoqda. Masalan, ushbu qonunga ko‘ra, qonunloyihasini umumxalq muhokamasiga chiqarish haqidagi taklifniqonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari kiritishi mumkin.Loyihani bunday muhokamaga chiqarish to‘g‘risidagi qarorni esarespublika parlamenti qabul qilishga haqli.171Qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishda fraksiyalarva deputatlar guruhlari ishtirok etishga haqli. Qonun loyihasinidastlabki tarzda ko‘rib chiqish natijalari asosida mas’ul qo‘mitauni Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki qonunloyihasini kiritgan organga (shaxsga) qaytarish to‘g‘risidaQonunchilik palatasining Kengashi oldiga masala qo‘yadi» (28-modda).Qonun loyihasining asosiy muhokamasi Qonunchilik palatasiningmajlislarida amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi qonunloyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi.Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchio‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida mazkur qonun loyihasini qabulqilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi,shuningdek, qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar vamoliyalash manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonunloyihasini maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqishuchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni birinchio‘qishda qabul qilish yoki qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidaqaror qabul qiladi.Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihasining muqobilvariantlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda ko‘rib chiqilishi kerak.Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talabqilinadigan eng ko‘p miqdordagi ovozini to‘plagan qonun loyihasibirinchi o‘qishda qabul qilingan hisoblanadi. Qonun loyihasiningqolgan variantlari Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan, debtopiladi.Mas’ul qo‘mita qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashchog‘ida tushgan takliflarni umumlashtiradi. U asosli deb topgantakliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda ko‘ribchiqilayotganida Mas’ul qo‘mita ma’qullagan takliflar ham,ma’qullamagan takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasibo‘yicha ovoz berish moddama-modda o‘tkaziladi.

Page 111: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonunloyihasini maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish172uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchio‘qishda qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidaqaror qabul qiladi.Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdanyaxlitligicha ovozga qo‘yiladi.Uchinchi bosqich – qonunni qabul qilish. Qonunchilikjarayonining yana bir muhim bosqichi – qonun loyihasini tasdiqlash,qonunni qabul qilish bosqichidir. Bu bosqichning ahamiyati vamas’uliyati shundaki, bunda qonun loyihasiga rasmiy yuridik kuchbaxsh etiladi, u qonunga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasiningqonunlari ikki yo‘l bilan qabul qilinadi:– birinchisi , qonunning O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi va Senattomonidan ma’qullanishi;– ikkinchisi, qonunni umumxalq ovoz berishi (referendum)yo‘li bilan qabul qilish.Qonun ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qonun loyihasigaovoz berish uch xil shaklda amalga oshiriladi:1) moddama-modda;2) bo‘lim yoki bob bo‘yicha alohida-alohida;3) loyiha to‘lig‘icha ovozga qo‘yiladi.Har bir qonunni qabul qilish chog‘ida ovoz berish tartibi OliyMajlis palatalari tomonidan alohida belgilanadi. Qonunlarni qabulqilishning, ovoz berishning umumiy qoidalari O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasida va Oliy Majlis palatalariningamaldagi Reglamentlarida belgilab berilgan. Qonun Qonunchilikpalatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik(yarmidan ortiq) ovozi bilan qabul qilinadi. O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi, konstitutsiyaviy qonunni qabulqilish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagiqonunlarni qabul qilish uchun Qonunchilik palatasi deputatlariumumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozitalab qilinadi.Qonunchilik palatasi to‘liq yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatqabul qila olishi uchun deputatlarning muayyan qismi majlisdahozir bo‘lishi va ovoz berishda ishtirok etishi talab qilinadi. Yuqoridata’kidlaganimizdek, qonunlar «Qonunchilik palatasi deputatlari173umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan» qabul qilinadi. Bu yerdamana shu «ko‘pchilik ovoz» degan iboraga aniqlik kiritish lozim.Zero, parlamentarizm tajribasida bu borada aniq mezonlar mavjud.Jumladan, «nisbiy ko‘pchilik», «oddiy ko‘pchilik», «mutlaqko‘pchilik» va «malakali ko‘pchilik» tushunchalari qo‘llaniladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida ovozberish demokratik tarzda amalga oshiriladi. Avvalo, har bir deputatyoki senator shaxsan o‘zi ovoz berish huquqiga ega. Chunki ovozberish deputatning yoki senatorning o‘z fikrini, u yoki bu masalagashaxsiy munosabatini bildirishi, irodasini ifoda etishidir. Parlamenta’zosi ovoz berish uchun boshqa hamkasbini vakil qilishi mumkinemas.Parlamentning har ikki palatasida ovoz berish tartibi ularningreglamentlarida belgilab qo‘yilgan.Unga asosan O‘zbekiston xalq deputatlarining kamida beshdanbir qismi talabiga muvofiq sessiyada elektron tarmoqdan foydalangan

Page 112: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

holda yoxud deputatlar (senatorlar)ning nomlari yozilgan byulletenlarnitopshirish yo‘li bilan nomma-nom ovoz berish o‘tkaziladi.Byulletenlarda «yoqlayman», «qarshiman» yoki «betarafman» deganso‘zlar bo‘ladi. Deputat yoki senator byulletendagi ana shuso‘zlardan birini qoldirib, qolganlarini o‘chirishi kerak. Ovozlarnihisoblab chiqish paytida yuqorida ko‘rsatilgan so‘zlarning bittadanortig‘i qoldirilgan yoki har uchala so‘z o‘chirib tashlangan, yobo‘lmasa ko‘zda tutilmagan qaror varianti yozib qo‘yilganbyulletenlar haqiqiy emas, deb topiladi.Qonunlar umumxalq ovoz berishi (referendum) orqali ham qabulqilinadi.Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun o‘n kun ichida Senatgako‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birga qonunloyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilganhujjatlar ham yuboriladi.To‘rtinchi bosqich – qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi.Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi qonunning 29-moddasida qabulqilingan qonun Senatga yuborilganidan so‘ng amalga oshiriladiganharakatlar belgilangan. Senat qonunni ma’qullash yoki rad etishto‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senat rad etgan qonun Qonunchilikpalatasiga qaytariladi.174Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdanikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa,qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabulqilingan hisoblanadi hamda Qonunchilik palatasi tomonidanO‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va e’lon qilishuchun yuboriladi.Basharti Senat quyi palata qabul qilgan qonunni ma’qullamay,rad etsa, parlament palatalari o‘rtasida kelishuv komissiyasi tuziladi.Senat rad etgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senatyuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilikpalatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan teng asosda kelishuvkomissiyasi tuzishi mumkin.Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish to‘g‘risidagitashabbus Qonunchilik palatasining Spikeridan, shuningdek,fraksiyalar va deputatlar guruhlaridan chiqishi mumkin. Kelishuvkomissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasiningSpikeri va Senat Raisi o‘zaro maslahatlashib oladilar. Ushbukomissiyaning Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibi uningmajlisida tasdiqlanadi. Kelishuv komissiyasining har bir palatadansaylangan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaninghamraislarini saylaydilar.Komissiya, qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida,Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuvkomissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirganQonunchilik palatasi deputatlari va senatorlarning alohida-alohidaovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning harbir palatadan saylangan a’zolarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovozbergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Kelishuv komissiyasio‘z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etishxususidagi takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosagaqonunga doir o‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasining matniilova qilinadi. Xulosa Qonunchilik palatasi va Senatdan saylangankelishuv komissiyasining hamraislari tomonidan imzolanib,tegishlicha Qonunchilik palatasi va Senatga topshiriladi.Basharti, Qonunchilik palatasi Senat rad etgan qonunni palata

Page 113: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilikovozi bilan yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy175Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolash vae’lon qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidentigayuboriladi.O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaytargan qonunniqayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardanbirini qabul qiladi:– qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningmulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish;– qonunni bundan buyon ko‘rib chiqmaslik;– qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash.Bordi-yu, qonun avval qabul qilingan tahrirda Qonunchilikpalatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidaniborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, Senatga ma’qullash uchunyuboriladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, konstitutsiyaviyqonunining, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishto‘g‘risidagi qonunlarning loyihalarini qabul qilish uchunQonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikkiqismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. Qonunchilik palatasiO‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar vaqo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tegishli taklifkiritilganidan keyin olti oy ichida uning keng muhokamasiniinobatga olgan holda ko‘rib chiqishi mumkin.O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaytargan qonun qaytako‘rib chiqish uchun bevosita Qonunchilik palatasiga yuboriladi.O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaytargan va Qonunchilikpalatasi qayta ko‘rib chiqishda ilgari qabul qilingan tahrirdama’qullagan qonun belgilangan tartibda Senatga yuboriladi. Mas’ulqo‘mita ushbu qonun yuzasidan xulosa beradi. Mas’ul qo‘mitaningxulosasi olinganidan keyin qonunni Senatda qayta ko‘rib chiqishto‘g‘risidagi masala belgilangan tartibda Senat majlisining kun tartibiloyihasiga kiritiladi. Senat qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yichaqonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqishda senatorlar umumiysonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilanma’qullangan qonun imzolash va e’lon qilish uchun belgilangantartibda Senat qarori bilan birga O‘zbekiston RespublikasiningPrezidentiga yuboriladi.176Senatning qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunnima’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabulqilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasigayuboriladi. Agar Senat rad etgan yoki O‘zbekiston RespublikasiningPrezidenti qaytargan qonun Qonunchilik palatasida qayta ko‘ribchiqilganida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yokiSenatning e’tirozlarini hisobga olgan holda yangi tahrirda qabulqilinsa, ushbu qonunni Senat yangidan qabul qilingan qonun sifatidabelgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviyqonunni, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagiqonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdanikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.Beshinchi bosqich – qonunni imzolash va e’lon qilish. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan yangi qo‘shimcha va

Page 114: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

o‘zgartishlar mazmuniga ko‘ra, qonun ijodkorligining yakuniybosqichi o‘ziga xos protsessual qoidalar bilan Asosiy qonunning84-moddasida bayon etilgan. Unga ko‘ra, qonun Qonunchilikpalatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach vaqonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach,yuridik kuchga ega bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasitomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kunidan e’tiborano‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy MajlisiningSenatiga yuboriladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullaganqonun imzolash va e’lon qilish uchun O‘zbekiston RespublikasiningPrezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekistonRespublikasining Prezidenti tomonidan qonun 30 kun ichidaimzolanadi va e’lon qilinadi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati rad etgan qonunO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasigaqaytariladi.Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati rad etganqonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlarumumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi177bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolashva e’lon qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining PrezidentigaQonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati rad etgan qonunyuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgankelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasideputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuvkomissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasitakliflarini qabul qilganida qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishikerak.O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlaribilan O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari vaSenati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidaniborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, u O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti tomonidan 14 kun ichida imzolanishi vae’lon qilinishi kerak bo‘ladi.Qonunlarning va boshqa normativ huquqiy hujjatlarningmatbuotda e’lon qilinishi ularni qo‘llashning majburiy shartidir.Konstitutsiya 93-moddasining 17-bandida ta’kidlanishicha,O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekistonRespublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi. O‘zbekistonqonunlari imzolanganidan keyin uzog‘i bilan bir hafta ichida rasmane’lon qilinadi. Agar hujjatning o‘zida boshqa qoida belgilanmaganbo‘lsa, rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kun o‘tgach, butunO‘zbekiston hududida bir vaqtning o‘zida kuchga kiradi.Qonunlarning to‘liq matni «O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisining axborotnomasi», «Xalq so‘zi», «Народное слово»gazetalarida chop etiladi. Mazkur nashrlar qonunning birinchirasman e’lon qilinishi hisoblanadi. Matbuotda e’lon qilingan qonun(agar uni kuchga kiritish to‘g‘risidagi qarorda boshqacha muddatnazarda tutilmagan bo‘lsa) shu vaqtdan boshlab yuridik kuchga

Page 115: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ega bo‘ladi, ya’ni o‘zining amaliy «hayotini» boshlaydi.1784-§. Normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt, hudud va shaxslarganisbatan amal qilishiNormativ-huquqiy hujjatlarni hayotga samarali tatbiq etishningmuhim sharti – ularning amal qilish doirasini aniq belgilab olishdir.Normativ hujjatlarning harakatlanishi – ularda nazarda tutilganyuridik oqibatlarning yuzaga chiqishidir. Normativ-huquqiyhujjatlarning harakatlanish ko‘lamlari amaliyot uchun bevositaahamiyat kasb etadi. Bu masala quyidagi to‘rt yo‘nalishni qamraboladi:– mazkur hujjat qanday ijtimoiy munosabatlarga tatbiq etiladi(harakatlanish mavzusi);– normativ hujjat qachondan boshlab va qaysi vaqtgacha amalqiladi (vaqt bo‘yicha harakatlanishi);– u qaysi hududga o‘z ta’sirini o‘tkazadi (hududda, makondaharakatlanishi);– normativ hujjat kimlarga taalluqli (shaxslarga nisbatan amalqilishi).1. Hujjatning harakatlanish mavzusi. Normativ-huquqiy hujjatlarturli mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan,ma’muriy qonunchilik sohasidagi normativ hujjatlar davlatboshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi; fuqaroviyqonunchilik hujjatlari mulkiy va mulkiy bo‘lmagan shaxsiymunosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Bu sohalarga oidhujjatlarning hech biri o‘zgasining mavzusiga, ko‘lamiga oidmunosabatlarni tartibga sola olmaydi.Huquqiy tartibga solish mavzusini irodaviy ijtimoiy munosabatlartashkil etadi. Bu hol huquqiy hujjatlarning inson irodasi ishtiroketmaydigan hodisa yoki boshqa vaziyatlarga ta’sir etishini istisnoqiladi. Bunday holatlar faqat yuridik faktlar sifatida maydongachiqishi mumkin. Ya’ni, qonun bu faktlar tufayli kelib chiqadiganyuridik oqibatlarni belgilay oladi, ammo ularning mazmuniga, ichkiharakatlanishiga ta’sir eta olmaydi.Shunday qilib, normativ-huquqiy hujjatlar muayyan turdagi vamazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.2. Normativ hujjatlarning vaqt bo‘yicha amalda bo‘lishi qonunyoki boshqa huquqiy hujjatning yuridik kuchga kirish va uniyo‘qotish vaqtini anglatadi. Har bir davlatda qonun va boshqa179normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi va kuchga kirishitartibi to‘g‘risidagi normalar amal qiladi.O‘zbekistonda qonunlarni matbuotda e’lon qilish va yuridikkuchga kiritish tartibi maxsus qonun hujjatlari bilan belgilangan.Xususan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyatirespublika organlarining huquqiy hujjatlari qabul qilinganidan(imzolanganidan) so‘ng o‘n kundan kechiktirmasdan o‘zbek, rusva qoraqalpoq tillarida nashr etiladi, ayni vaqtda radio va televidenieorqali e’lon qilinishi ham mumkin. Qonunlar O‘zbekistonPrezidentining imzosi bilan e’lon qilinadi.Qonunlar, Oliy Majlis palatalarining boshqa qarorlari«Axborotnoma»da nashr etilgandan so‘ng 10 kun o‘tgach, butunrespublika hududida kuchga kiradi. Xuddi mana shu hujjatlar rasmiymatbuot organlari («Xalq so‘zi», «Народное слово», «YerkinQaraqalpaqstan» va «Вести Каракалпакстана» gazetalari)da bosilibchiqqanidan keyin 10 kun o‘tgach yuridik kuchga kiradi. Normativmazmunga ega bo‘lmagan hujjatlar ular qabul qilinib, matbuotda

Page 116: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Albatta, bu umumiyqoidadir. Biroq qonun chiqaruvchi idora vaziyatga qarab boshqamuddatlarni belgilashi ham mumkin.Agar muayyan qonunni kuchga kiritish tartibi to‘g‘risidagiqarorda boshqacha muddatlar belgilangan bo‘lsa, qonun nashretilgach, yuqoridagi muddatda emas, balki parlament qaroridako‘rsatilgan muddatda kuchga kiradi. Masalan, O‘zbekistonRespublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlikto‘g‘risidagi kodeksi 1994-yil 24-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil1-apreldan boshlab kuchga kiritilgan; O‘zbekiston RespublikasiningSoliq kodeksi 1997-yil 24-aprelda qabul qilinib, 1998-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiritilgan; Respublikaning Bojxonakodeksi 1997-yil 26-dekabrda qabul qilinib, 1998-yil 1-martdankuchga kiritilgan.Odatda, kodekslar va boshqa katta qonunlar qabul qilingandanto kuchga kirguncha bir necha oy vaqt o‘tadi. Bunday muddatbelgilanishiga sabab tegishli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitni vujudgakeltirish, tashkiliy-tayyorgarchilik ishlarini amalga oshirish uchunvaqt-imkoniyat zarur bo‘lishidir. Bu davr ichida qonunni hayotgajoriy etish mexanizmi tarkibiga kiruvchi qonunosti hujjatlar (farmon,180hukumat qarori, nizom va yo‘riqnomalar) ishlab chiqilib, qabulqilinadi. Zarur bo‘lsa, tashkiliy-institutsional tuzilmalar tizimivujudga keltiriladi va hokazo.Ba’zi normativ-huquqiy hujjatlar matbuotda e’lon qilingankundan boshlab kuchga kiradi. Bu haqda tegishli ko‘rsatma qonunnikuchga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan bo‘ladi.Amaliyotda qonun hujjatlarini bosqichma-bosqich qabul qilib,shu zayilda kuchga kiritish hollari ham uchrab turadi. Masalan,O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismi1995-yil 25-dekabrda qabul qilindi, Fuqarolik kodeksining ikkinchiqismi esa 1996-yil 29-avgustda qabul qilinib, har ikkala qism 1997-yil 1-martdan boshlab kuchga kirdi.Prezident farmonlarida ularni kuchga kiritishning turli shakllariqo‘llaniladi. Masalan, farmonlar matnida shunday qoidalaruchraydi: «Farmon imzolangan vaqtdan kuchga kiritilsin», «Farmonmatbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin»,«Farmon qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiritilsin». Kuchgakiritishning bunday shakllari boshqa turdagi normativ-huquqiyhujjatlarga ham xosdir.Referendumda qabul qilingan qonunni e’lon qilish va kuchgakiritish tartibi «Referendum to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan.«Referendum natijalarini referendum o‘tkazuvchi MarkaziyKomissiya ovoz berish tugaganidan keyin o‘n kundan kechiktirmayommaviy axborot vositalari orqali O‘zbekiston Respublikasiningaholisiga ma’lum qiladi. Referendum o‘tkazuvchi MarkaziyKomissiyaning qarorlari ustidan bu qarorlar qabul qilingan kundanboshlab bir hafta ichida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudigashikoyat qilinishi mumkin».Normativ hujjatlarning kuchga kirish va amalda bo‘lish vaqtinianiq belgilash muhim ahamiyatga ega. Chunki ular belgilanganvaqtdan boshlab so‘zsiz bajarilishi lozim. Bu qonun ustuvorligiprinsipini hayotga joriy etish bilan bog‘liq. Qonun orqaga qaytishkuchiga ega emas, degan talab qonun chiqarilgunga qadar vujudgakelgan hamda mavjud bo‘lgan harakat va munosabatlarga tatbiqetilmaydi, degan ma’noni anglatadi. Biroq bu umumiy yuridikaksiomadan ikki holatda istisno bor: birinchisi, agar qonun yoki

Page 117: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

normativ aktning o‘zida, ularning orqaga qaytish kuchi ko‘rsatilgan181bo‘lsa; ikkinchisi, agar qonunda qilingan xatti-harakat uchun jazoqo‘llash to‘xtatilgan bo‘lsa yoki jazoni yengillashtirish ko‘zda tutilganbo‘lsa qonun orqaga qaytish kuchiga ega.Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi uch asosgako‘ra o‘z amal qilishini to‘xtatadi:a) normativ hujjatning amal qilishi belgilab qo‘yilgan muddattugagan bo‘lsa;b) davlat vakolatli organining normativ hujjatni bekor qilishto‘g‘risida qarori bo‘lsa yoki eskisining o‘rniga kelayotgan yangiqabul qilingan normativ hujjatda bu haqda ko‘rsatilgan bo‘lsa;d) ilgari amalda bo‘lgan normativ hujjatni almashtiruvchi yanginormativ hujjat qabul qilinsa.Odatda, eskirgan normativ hujjatni bekor qilish yoki kuchiniyo‘qotgan deb topish haqida maxsus qaror qabul qilinadi.3. Normativ hujjatlarning hududda, makonda harakatlanishi.Davlat suvereniteti tamoyiliga binoan normativ-huquqiy hujjatlardavlatning butun hududida harakatda bo‘ladi. Davlat hududigaquyidagilar kiradi – yer maydoni, yer osti, ichki va hududiy suvlar,yer va suv hududi ustidagi havo makoni, elchixonalarning, harbiykemalar, parvoz etuvchi kemalar (apparatlar) hamda ochiq dengizdasuzuvchi kemalarning hududlari. Normativ hujjatlar amalqilinishining hududiy ko‘lamlari davlat yurisdiksiyasi bilanchambarchas bog‘liq. Ba’zan xorijiy mamlakat qonunchiligimuayyan davlat hududida amal qilishi mumkin. Biroq buning uchunbu ikki davlat o‘rtasida ular qonun hujjatlarining o‘zaro bir-birininghududida amal qilishi haqida shartnoma bo‘lishi shart.Xalqaro shartnomalar normativ hujjatlarning eksterritorialharakatini ham nazarda tutishi mumkin. Ya’ni, bir davlatningqonunlari o‘z hududidan tashqarida ham amal qiladi (bir davlatqonunlarining boshqa davlat hududida bo‘lgan o‘z fuqarolari vatashkilotlariga nisbatan qo‘llanilishi). Federativ davlatlarda federalqonunlar butun ittifoq hududida, federatsiya subyektlariningqonunlari esa ularning o‘z hududlaridagina harakatlanadi.Ko‘pchilik davlatlarning qonunchiligida kollizion me’yorlarmavjud. Bular nizoli vaziyat vujudga kelganda qo‘llaniladi. Masalan,teng kuchli huquqiy hujjatlar to‘qnashib qolganda, shuningdek,turli davrda chiqarilgan hujjatlar yoki har xil hajmdagi hujjatlar182yoxud turli idoralar tomonidan o‘rnatilgan hujjatlar o‘zaro zid kelibqolganda kollizion normalar ishga solinadi. Davlatning turlima’muriy-hududiy bo‘laklari uchun chiqarilgan hujjatlar o‘rtasidaham o‘zaro qarama-qarshilik kelib chiqishi mumkin. Aksariyathollarda bunday nizolar sud orqali hal etiladi.4. Normativ hujjatlarning shaxslarga nisbatan harakatda bo‘lishi.Huquqiy qoidalarning vazifasi ular tatbiq etilishi lozim bo‘lganmunosabatlarni, tashkilotlarni va kishilar doirasini aniqlab berishdaniborat. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa huquqiyhujjatlari mamlakatning barcha fuqarolariga, davlat idoralariga,siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarganisbatan amalda bo‘ladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, qonunlar vaboshqa normativ hujjatlari mamlakatda yashovchi, vaqtincha kelibketuvchiajnabiy fuqarolarga ham tatbiq etiladi. Tartibga solinishilozim bo‘lgan munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan tuziladiganshartnomalarning mazmuniga qarab, yuqorida ko‘rsatilgan umumiyqoidalardan ayrim istisnolar mavjud. Masalan, O‘zbekiston

Page 118: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Respublikasida yashaydigan chet el fuqarolari sudga majburiytartibda ko‘rsatma berish uchun keltirilgan bo‘lsa, ammo udiplomatik immunitet (daxlsizlik) huquqidan foydalanadigan bo‘lsa,bunday shaxslarning xatti-harakatlari diplomatik vositalar bilan halqilinadi. O‘zbekistonning ayrim qonun normalari xorijiy davlatfuqarolariga qo‘llanilmaydi. Masalan, ular bizda saylov huquqigaega emaslar; qurolli kuchlar safida xizmat qilishi va huquqnimuhofaza etuvchi davlat idoralarida ishlashi mumkin emas.O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bizning chet davlatlardaturgan (doimiy ishlovchi, turist, xizmat safarida bo‘lgan)fuqarolarimizga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, chet eldajinoyat sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi xorijiy qonunchilik bilanjavobgar bo‘lishidan tashqari, O‘zbekiston Jinoyat kodeksi bilanham javobgar qilinadi.5-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishJo‘shqin qonunchilik va huquq ijodkorlik faoliyati natijasidamamlakatda katta hajmdagi normativ-huquqiy hujjatlar majmuihosil bo‘ladi. Ularni qamrab olish, o‘rganish va qo‘llash uchunnormativ hujjatlarni batartiblashtirish, guruhlashtirish, ya’ni183tizimlashtirish zaruriyati tug‘iladi. Tizimlashtirishning maqsadihuquqiy hujjatlarni tartibga solish, bir tizimga keltirish, ularnifoydalanish uchun qulay qilib (muayyan bo‘lim, ruknlar asosidatasniflab) joylashtirishdan iborat.Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish – amaldagiqonunchilik hujjatlarini batartiblashtirishga, tizimlashtirishgaqaratilgan maxsus faoliyatdir.Huquqiy adabiyotda tizimlashtirishning quyidagi ikki an’anaviyturi – kodekslashtirish va inkorporatsiya haqida gapiriladi.Kodekslashtirish – qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishningeng yuqori shaklidir. Mazkur amal tufayli qonunchilik tarmog‘idanmuhim huquqiy normalarni mantiqiy birlashtiruvchi majmuiy hujjat(kodeks) vujudga keltiriladi. Kodekslashtirishda normativ-huquqiyhujjatlar shunchaki, oddiygina to‘plab birlashtirilmaydi, balkihuquqiy tizimning umumiy prinsiplaridan kelib chiqib, tarmoqdagibarcha normativ material ichki mutanosib bir butun va ilmiytizimlashtirilgan yagona hujjat ko‘rinishida bayon etiladi.Kodekslashtirish – amaldagi qonunchilik normalarini chuqurva har tomonlama qayta ishlash hamda lozim bo‘lsa, unga jiddiyo‘zgartishlar kiritish orqali yangi, majmuiy, tizimlashtirilgannormativ-huquqiy hujjat yaratishdir. Kodekslashtirishning muhimxususiyati va inkorporatsiyadan farqi shundaki, u faqat huquq ijodetuvchi idora tomonidan amalga oshiriladi. Shu jihatdan u huquqijodkorligining bir turi hisoblanadi.Kodekslashtirishda normativ aktning mazmuni o‘zgaradi, ya’nieskirgan huquqiy norma bekor qilinadi, yangisi yaratiladi; ko‘pchiliknormalar qayta bayon qilinadi; normalar o‘rtasidan qaramaqarshiliklar,takrorlashlar hamda huquqdagi kamchiliklar bartarafetiladi.Kodeks – muayyan huquq (qonunchilik) sohasidagi ustuvornormalarni ifoda etuvchi, mujassamlashtiruvchi qonundir. U kattamiqdordagi turli xil normalarni qamrab olsa ham ichki muvofiqlikkaega bo‘lgan yagona bir butun hujjatdir. Uning tarkibiy qismlari(normalar, institutlar) o‘zaro uzviy aloqador bo‘lib, muayyan tizimtarzida joylashtiriladi. An’anaga ko‘ra, qonunchilik sohalaridauyg‘unlashtiruvchi va boshqaruvchi faol markaz rolini tegishlikodekslar o‘ynaydi. Kodeks oddiy qonundan o‘zining

Page 119: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

184mukammalligi, sayqal topganligi, barqarorligi bilan farq qiladi. Agarmuayyan qonunchilik sohasida bir vaqtning o‘zida kodeks va birnecha qonun hujjatlari mavjud bo‘lsa, ular ichida kodeks yuridikkuchi hamda tartibga solish imkoniyati jihatidan ustunlik qiladi.Kodekslar ichki mantig‘ining pishiqligi, normalarining o‘zaromuvofiqlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Kodekslashtirilganhujjatlar o‘zining huquqiy tartibga soluvchi ta’sir kuchini vaahamiyatini uzoq muddat davomida saqlab qoladi.Kodeksdan tashqari kodekslashtirilgan hujjatlarning ustav vanizom shakllari mavjud. Ular o‘z mazmuni va vazifasiga binoanbir-biridan farq qiladi.Ustav – boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora,vazirlik va tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o‘zidaaks ettiruvchi kodekslashtirilgan hujjatdir. Masalan, temir yo‘ltransporti Ustavi; Qurolli Kuchlarning intizomiy ustavi va hokazo.Nizom – muayyan davlat tuzilmalarining (jamoatbirlashmalarining) tashkil etilish tartibini, tuzilishi, vazifasi,funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi majmuiy kodekslashtirilganhujjat.Nizom – kodekslashtirilgan hujjatning eng keng tarqalgan turi.U muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxstomonidan tasdiqlanadi. Eng ahamiyatli sohalarga tegishli va yuridikkuchi yuqoriroq bo‘lgan nizomlar respublika Prezidenti, Oliy Majlisiva Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Masalan,«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni to‘g‘risidagi nizom»mamlakat Prezidenti tomonidan, «Uy egalarining o‘zini o‘ziboshqarish jamoat organlari – Uy-joy egalari Kengashlarito‘g‘risidagi Nizom» Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanganva hokazo.Inkorporatsiya – tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, bundaqonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, farmoyishlar va boshqanormativ-huquqiy hujjatlarning mazmuniga hech qanday o‘zgarishkiritilmasdan alfavit, xronologik, mavzu bo‘yicha va boshqa tarzdatizimga solib nashr etiladi.Qonunlarni inkorporatsiya qilish orqali tizimlashtirish deyarlibarcha davlatlarda amalga oshiriladi. Ular ko‘p jildli qilib nashretilib, qonunlarning chiqarilgan vaqtiga qarab (xronologik), alfavit185tartibida va boshqa sifat hamda belgilariga qarab joylashtiriladi.O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi Mustaqillikningdastlabki kunlaridan boshlab chiqarilgan qonunlarni «O‘zbekistonRespublikasining yangi qonunlari» degan ko‘p jildli xronologikto‘plam sifatida nashr etib kelmoqda.Inkorporatsiyaning uch turi mavjud:a) rasmiy inkorporatsiya – qonunchilik hujjatlarini ularnichiqargan organlar tomonidan to‘plam va majmua shaklidatizimlashtirish;b) norasmiy inkorporatsiya – bunda tizimlashtirilgan to‘plamlartuzish unga maxsus vakolati bo‘lmagan idora va tashkilotlartomonidan amalga oshiriladi (masalan, yuridik nashriyotlartomonidan yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidantizimlashtirish);d) ofitsioz inkorporatsiya – qonunchilik hujjatlarining ularnitizimlashtirish vakolatiga ega bo‘lgan idoralar tomonidan to‘plamyo majmua qilib chiqarilishi (odatda, bunday tizimlashtirish Adliyavazirligi tomonidan amalga oshiriladi).

Page 120: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Qonunlar majmuini tuzish, qonunlar va boshqa muhimnormativ-huquqiy hujjatlarni to‘plab, qat’iy tartib asosida mavzuli(predmetli) tizimlash inkorporatsiyaning eng yuqori ko‘rinishidir.Konstitutsiya asosida mamlakat qonunlari majmuini tayyorlashva chop etish qonunlar mazmunini aholiga yetkazish, fuqarolarninghuquq va erkinliklarini qo‘riqlashni kuchaytirish, davlat va jamiyathayoti huquqiy negizini mustahkamlashga, ommaning huquqiymadaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.Normativ-huquqiy hujjatlarni jamlash (konsolidatsiya qilish) usuliqonunchilikni tizimlashtirishga yaqin turadi. Qonunchilikni jamlashnormativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishdan oldin, dastlabkibosqich sifatida maydonga chiqadi. Bunda u yoki bu masalaga oidhuquqiy hujjatlar to‘planadi, birlashtiriladi hamda umumlashtiriladi.186XIII BOB. HUQUQ SHAKLI (MANBAYI)1-§. Huquq shakli (manbayi) tushunchasiHuquqning manbayi deganda, umumiy ma’noda huquqningifoda etilish shakli tushuniladi. Huquqshunoslikda «huquq shakli»va «huquq manbayi» kabi o‘xshash tushunchalar mavjud bo‘lib,ularning har biri o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ushbutushunchalarning o‘zaro nisbati xususida bahs yuritar ekanmiz,avvalambor, ularning etimologiyasiga e’tibor qaratish hamda o‘zaroaloqadorligi va farqini aniqlab olish lozim. Yuridik adabiyotda ba’zanhuquq shakli va manbayi sinonim tushunchalar sifatida talqin etilsa,boshqa hollarda mazkur tushunchalar bir-biridan keskin farq qilishibayon etiladi.Huquq shakli – davlat bilan huquq o‘rtasidagi bog‘liqlikniifodalaydi. Unda huquqning tashqi ifodalanishi tushuniladi.Huquq manbayi deyilganda, huquq normasining paydo bo‘lishiva harakatda bo‘lishiga imkon beruvchi zamin (rezervuar)tushuniladi.Taniqli rus huquqshunosi G.F. Shershenovich shunday deydi:«Huquq shakli – bu ma’lum ma’noda huquqni o‘zida aks ettiruvchi,huquqning oldingi vaqtda chiqarilgan manbayi, ya’ni asosi», debta’riflagan.Huquq tushunchasida maxsus huquqiy mazmunnigina emas,balki uni mavjud bo‘lishining ichki shaklini ham tushunmoq lozim.Agar huquqning mazmuni bo‘lib, umumiy yurish-turish qoidalariyig‘indisi tushunilsa, uning ichki shakli har bir alohida huquqnormasining tashkil topish usullari va barcha huquq normalariningbir tizimga birlashishini anglatadi. Huquqning tashqi shakli yokihuquqning manbayi esa davlat erkini o‘ziga xos rasmiylashtirish,shakllantirish usullari yig‘indisidir. Huquqning manbayitushunchasini uni tashqi ifodalash shakli nuqtayi nazaridan tahlilqilinganda, normalar hokimiyat tepasida turgan, xalqning, ma’lumbir siyosiy kuchning erkini qonun darajasiga ko‘taruvchi vositasifatida tushuniladi.Jamiyatning moddiy shart-sharoiti, huquqni yaratadigan kuchsifatida maydonga chiqadi. Shakl doimo mazmunga ega bo‘lishikerak, agar u mazmunga ega bo‘lmasa, o‘z qadr-qimmatiniyo‘qotadi. Yuridik adabiyotlarda keltirib o‘tilishicha, huquqning187shakllari quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi: ufuqarolar erkini normativ tarzda mustahkamlashi zarur; mavjudijtimoiy-iqtisodiy bazis bilan belgilanadi; xalqning manfaatlarigaxizmat qiluvchi siyosiy hokimiyatni ta’minlashi zarur; manfaatlarni

Page 121: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ifodalashning eng demokratik shakli sifatida qonunlar ahamiyatinitasdiqlashi lozim.Har qanday ijtimoiy hodisa kabi huquq ham ma’lum shakldao‘z ifodasini topadi. Huquqning shaklini tahlil etish xalq erkiniqonun darajasiga qanday usullar bilan ko‘tarilganligini anglashgako‘maklashadi.Huquqning shakli, davlat erkining hamma uchun majburiylikusuliga qarab belgilanadi. Shunga qarab, huquqning to‘rtta tarixiyshakli mavjud: huquqiy odat, yuridik pretsedent, normativ-huquqiyakt va normativ shartnoma.2-§. Huquqiy odat – huquqning manbayi sifatidaJamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar axloq, odat, an’ana, rasmrusumva huquq kabi turli xil normalar asosida tartibga solinadi.Odat normalari asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishalohida ahamiyat kasb etadi.Odat – bu doimiy takrorlanishi natijasida kishilar ongidashakllangan xulq-atvor qoidasidir. Jamiyatdagi ijtimoiymunosabatlarni tartibga soluvchi manbalar tizimida odat va huquqiyodatni farqlash lozim. Kundalik turmushdagi barcha odatiy qoidalarham huquqiy odat sifatida shakllanavermaydi.Ma’lumki, ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibgasolishda odat normalaridan keng foydalanilgan va davrlar o‘tishibilan odat o‘z o‘rnini huquqqa bo‘shatib bera boshladi. Bu davrnishartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin:– birinchi bosqich – odatning mutlaq hukmronlik davri. Budavrda odat orqali jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlar tartibgasolingan, ya’ni bu davrda huquq umuman mavjud bo‘lmagan,chunki bunda huquqni yuzaga keltiruvchi davlat ham bo‘lmagan.– ikkinchi bosqich – odat va huquqning birgalikda amal qilgandavri. Bu davrda davlat paydo bo‘lib, asta-sekinlik bilan huquqnormalari vujudga kela boshlagan, ya’ni huquq o‘z-o‘zidan, paydobo‘lib, zudlik bilan odat asosida tartibga solinayotgan ijtimoiy188munosabatlarni qamrab olgan emas, aksincha bosqichma-bosqich,asta-sekinlik bilan odat o‘rniga, davlat tomonidan yaratilgan huquqnormalari kela boshlagan.– uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlik davri. Budavrda odat o‘z o‘rnini davlat tomonidan yaratilgan huquqqabo‘shatib bergan va hozirga qadar huquq to‘la hukmronlik qilmoqda.Hozirgi vaqtda odat faqat huquq yetarli tarzda tartibga solaolmayotgan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida qo‘llanilmoqda.Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balkima’lum bir guruh, sinf yoki butun jamiyatning manfaatlariga moskelgan taqdirdagina, ijtimoiy foydali va davlat tomonidan qo‘llabquvvatlangan(ma’qullangan) holdagina huquqiy odat bo‘lishimumkin.Huquqiy odat, boshqa ijtimoiy normalardan o‘zining davlattomonidan tasdiqlangani, bajarilishining majburiyligi va davlatningmajburlov kuchi bilan ta’minlanishiga qarab ajralib turadi.Odat o‘tmish bilan bugungi kunni bog‘lab turadi. Jamiyatdashunday odatlar borki, davlat ularni qo‘llab-quvvatlaydi varag‘batlantiradi. Masalan, ommaviy hashar tadbirlari, Navro‘zbayrami va boshqalar.Odat insonlar o‘rtasidagi bir xildagi holatni ketma-ketlikdatakrorlanishi natijasida shakllanadi. Odatning davlat tomonidanma’qullanishigina unga rasmiy, yuridik ahamiyat baxsh etadi vaumummajburiy talabga aylanadi va u davlatning kuchiga tayanadi.

Page 122: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Huquqiy odat tarixan tarkib topgan, huquqning dastlabkimanbayi bo‘lib, davlat paydo bo‘lgunga qadar insonlar o‘rtasidagiijtimoiy munosabatlarni tartibga solgan.Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi natijasidashakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatidatan olingan yurish-turish qoidasidir.Mamlakatimiz misolida oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonningmustaqillikkacha bo‘lgan davrida Navro‘z, Qurbon hayiti, Ro‘zahayiti kabi diniy bayramlar odat tarzida, ayrim holatlarda yashirinravishda o‘tkazilar edi. O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritgach,yo‘qotilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni tiklash maqsadidaRespublika Prezidenti tashabbusi bilan Navro‘z, Qurbon hayit vaRo‘za hayiti kabi milliy qadriyatlarimizni rasmiy ravishda bayramsifatida e’tirof etib, shu kunlarni dam olish kunlari, deb e’lon qildi189va mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida rasmiy belgilabqo‘yildi. Mamlakatimizdagi ayrim odat qoidalari, nafaqat huquqiyodatga, balki umummajburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidasigaaylantirildi.Huquqning manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o‘rniturli davlatlarda turlicha bo‘lgan. Masalan, Angliyada huquqiy odato‘z kuchi bilan saqlanmasligi, balki davlatning kuchi bilan qo‘llabquvvatlanibturganligi haqida hech ham shubhaga o‘rin yo‘q.Huquqshunos olimlar o‘rtasida huquqiy odatni davlathokimiyatiga asoslanmasligi xususida alohida qarash mavjud bo‘lib,ular o‘z fikrlarini quyidagi omillar bilan isbotlashga harakat qilishadi.Ularning fikricha huquqiy odat davlat paydo bo‘lmasdan oldinham mavjud bo‘lgan, chunki ibtidoiy jamiyat davrida ham insonlarva jamoalar o‘rtasidagi ayrim ijtimoiy munosabatlar huquqiy odatgaasoslangan holda tartibga solingan. Masalan: bir shaxsning qabiladao‘rnatilgan tartib-qoidani buzishi, uni qabila oldida izza qilishgasabab bo‘lgan. Og‘ir qilmish sodir etgan holda esa qabiladan haydabyuborilgan. Umuman, ko‘rinib turibdiki, odat hukmron bo‘lganvaqtlarda davlatning majburlov kuchisiz ham ijtimoiy munosabatlartartibga solingan.Huquqiy odat quyidagi xususiyatlarga ega:– birinchidan, mahalliy ahamiyatga molik, chunki huquqiy odatko‘p bo‘lmagan bir guruh odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarnitartibga soladi, ya’ni ma’lum bir urug‘ yoki qabila irodasini o‘zidaifoda etadi;– ikkinchidan, huquqiy odat, qisman din bilan bog‘liq bo‘lib,ko‘pgina munosabatlarni tartibga solishda dinga asoslanadi vatayanadi. Jumladan, o‘z otasini urgan farzand nafaqat qonun bilanjazolanadi, balki uning qilmishi bir vaqtda og‘ir gunoh sanalib,Xudoning qattiq qahriga uchrashiga sabab bo‘lishi e’tirof etiladi.Huquqiy odat huquq manbasi sifatida jamiyatdagi ijtimoiymunosabatlarni tartibga solishda hozirga zamon davlatlaridagi o‘rnikam hisoblanib, ayni vaqtda o‘zining ijtimoiy ahamiyatini deyarliyo‘qotgan.Huquqiy odat hozirgi vaqtda, asosan yer, meros, nikoh va oilaviymunosabatlarni tartibga solishda Afrika, Osiyo va LotinAmerikasining ayrim davlatlarida qisman qo‘llanilmoqda.1903-§. Yuridik pretsedentTarixdan shu narsa ma’lumki, huquq shakllarining roli sudamaliyotiga borib taqaladi. Yuridik pretsedent huquq shakli(manbayi) sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda

Page 123: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

dunyoning anglo-sakson huquqiy tizimiga asoslanuvchi davlatlaridayuridik pretsedentning huquq manbayi sifatida o‘rni beqiyosdir.Ammo Yevropa qonunchiligi va roman-german huquqiy tizimigamansub davlatlar sud amaliyotini huquq shakli sifatida tan olmaydi.«Pretsedent» – lotincha ibora bo‘lib, «avvalgisi», «oldingisi», deganma’noni anglatadi.Yuridik pretsedent deb, ma’muriy yoki sud organining muayyanish bo‘yicha chiqarilgan yozma yoki og‘zaki qarorini, kelgusidaxuddi shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqishda asos sifatidaqo‘llanishiga aytiladi.Yuridik pretsedent turlari shartli ravishda ma’muriy pretsedentva sud pretsedentiga bo‘linadi.Ma’muriy pretsedent – ma’muriyatning jamiyatni boshqaruvsohasidagi ayrim holatlari borasidagi ishlar yuzasidan qabul qilganqarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga nisbatan asos sifatidaqo‘llashi uchun xizmat qilishi tushuniladi.Sud pretsedenti – sud organining biror-bir ish yuzasidan qabulqilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga nisbatannamuna tarzida qo‘llashiga aytiladi.Huquqshunoslikda umumiy ma’noda huquqiy pretsedent sifatidatalqin etilsada, uning tarkibidagi sud yoki ma’muriy pretsedentlarbir-biridan keskin farq qiladi. Albatta, huquqning pretsedent shaklisifatida sud yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar yaratishhuquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda huquq o‘ziningmurakkabligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, bu yerda mansabdorshaxs tomonidan suiistemollik qilish ehtimoli saqlanib qoladi.An’anaga ko‘ra sud qarorlari pretsedent sifatida quyidagichabo‘lishi mumkin:– birinchisi, qonun va odat normalari to‘g‘ri kelmay qolganholda yangidan huquq normalarini yaratadi, bu inglizlarda originalprecedent deb nomlanadi, ushbu pretsedent normalari ijtimoiymunosabatlardagi yangi holatlarni tartibga soluvchi manba bo‘libxizmat qiladi. Bunda sudyalar qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqni191to‘ldirish maqsadida huquq normasini yaratadi. Roman-germanhuquq tizimiga mansub davlatlarda esa sudyalar huquq ijodkorlikvakolatiga ega bo‘lmay, faqatgina huquqni qo‘llash bilanshug‘ullanadi.– ikkinchisi, original normalarning ma’nosini tushuntiribberuvchi pretsedent ingliz tilida declaratoruo precedent debnomlanib, u mavjud holatlarni tartibga soluvchi, asoslanuvchimanbalar bo‘lib, muayyan ish bo‘yicha sudning oldin qabul qilinganhukmiga asoslangan holda boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibgasolish uchun avvalgisini, oldingisini namuna, etalon sifatidaqo‘llaydi.Ikkinchi holatda so‘z yangi norma haqida bormoqda. Nimauchun sud qarori pretsedent sifatida normaga aylanishi mumkin?Chunki, hayotda huquqdan tashqari pretsedent ham katta rolo‘ynaydi. Haqiqatan ham kishilar doimo bo‘lib o‘tgan tajribagaasoslanadilar. Bu holat musulmon huquqidagi asosiy manbalardanbiri – hadisi sharifni eslatadi.Shunday qilib, sud qarorlari xususiy ishga taalluqli bo‘lib, ikkiyoqlama ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin:– birinchidan, sud faoliyati natijasida ma’lum bir hodisani halqilishi mumkin;– ikkinchidan, bu sud qarori kelgusida bo‘ladigan hodisalargaham xuddi shu qarorni namuna sifatida ishlatish imkonini beradi.

Page 124: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Ikkinchi holda sud qarori huquq normasi bo‘lib xizmat qiladi,chunki u oldingi qabul qilingan qarorga (pretsedentga) asoslanadi.Yuqorida ta’kidlanganidek, sud amaliyoti, ya’ni sud pretsedentihuquq shakli hisoblanadigan mamlakat Angliyadir, shu bois yuridikpretsedent bir vaqtda ingliz odat huquqi ham deb nomlanadi.Angliyada to‘plamda yozilgan sud pretsedentiga asoslanish xuddiqonun moddasiga asoslangandek yuridik ahamiyatga egadir. Bungao‘xshash holatlarni Yevropa qit’asida uchratmaymiz. Masalan,Fransiya huquqshunosligida fransuz yuristlari sud amaliyotini huquqnorma sifatida hech qachon tan olmagan. Ularning fikricha,«sudning qanchalik obro‘si baland bo‘lmasin, uning qarori qanchalikto‘liq bo‘lmasin, u hech qachon hamma fuqarolar uchun majburiybo‘lgan qoidalarni yarata olmaydi».Shunisi e’tiborga molikki, roman-german huquq nazariyotchilarihuquqning pretsedent shaklini hech qachon tan olmaganlar, chunki192ular sud va ma’muriy organlar huquqni ijod qilishlari emas, balkihuquqni qo‘llash faoliyati bilan shug‘ullanishi lozim, debhisoblaydilar.Anglo-sakson huquqiy tizimiga kiruvchi davlatlarda sudyalartomonidan shakllantirilgan va sud pretsedentlarida ifodalangannorma huquqning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi.4-§. Normativ-huquqiy hujjatHuquq ijodkorlik faoliyatining bevosita mahsuli – turli-tumannormativ-huquqiy hujjatlardir. Bunday hujjatlar huquq ijodkorligisubyektlarining yuridik normalarni ifodalovchi hujjatlaridir.O‘zbekiston Respublikasida huquqni ifodalashning (bayonetishning) asosiy manbayi, shakli normativ-huquqiy hujjatlarhisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar davlat tomonidano‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan huquqiy hujjatlarning alohidarasmiy turidir.Normativ-huquqiy hujjat deganda, davlat vakolatli organlariningijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umumiymajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekorqiluvchi huquq ijodkorlik hujjati tushuniladi. Huquqning normativhujjat shakli demokratik huquqiy jamiyat sharoitida mamlakatxo‘jalik, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotiga davlat yo‘li bilanrahbarlik qilishning eng maqbul shaklidir.Normativ-huquqiy hujjatlar o‘zining quyidagi uch xususiyati bilanijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi: 1) normativhuquqiyhujjatlar vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib,barcha uchun umumiy majburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi(takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; 2) ularda huquqiy qoidaningmazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq vaburchlari ifoda etiladi; 3) normativ-huquqiy hujjatlardamustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirdamuayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo‘yicha, davlatningmajburlov kuchi ishga solinadi.Yuridik ustqurma murakkab va serqirra bo‘lganligi sabablinormativ-huquqiy hujjatlar turli mezonlar bo‘yicha turkumlanishi(tasnif qilinishi) mumkin. Bunday mezonlar quyidagilar bo‘lishimumkin:193– huquqiy tartibga solish predmeti yoki tartibga solinayotganijtimoiy munosabatlarning turi;– huquq ijod etuvchi subyekt;– huquqiy hujjatning yuridik kuchi;

Page 125: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

– huquqiy hujjat harakat qiladigan hudud;– huquqiy-normativ hujjatning yuridik nomlanishi.Normativ-huquqiy hujjatlarni turkumlash usullari, uslublari vayo‘llari ham turlichadir. Turkumlashning eng keng tarqalgan ilmiyusullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: alifboli-predmetliko‘rsatkichlar; ierarxiyaga (pog‘onali mutanosiblikka) asoslanganturkumlash, u oddiy va o‘nliklar bo‘yicha bo‘linishi mumkin.Normativ-huquqiy hujjatlar ularni chiqaradigan davlatorganlarining mavqeiga, hujjatlarning yuridik kuchiga ko‘ra quyidagiturkumlarga bo‘linadi:– qonunlar (Konstitutsiya va joriy qonunlar);– Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari;– Hukumat qarori va farmoyishlari;– davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining qaror, buyruq vayo‘riqnomalari;– mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari vafarmoyishlari.Ushbu turkumlashda keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarninghar biriga alohida-alohida to‘xtalib, ularning o‘ziga xosxususiyatlarini, shuningdek, o‘zaro munosabatlari va farqlariniko‘rsatib o‘tamiz.1. Qonun normativ-huquqiy hujjatlar tizimida.Normativ-huquqiy hujjatlar tizimida qonunlar asosiy o‘rinniegallaydi. Qonun huquqning eng muhim shakli bo‘lib, undahuquqning hamma sifatlari mujassamlashadi. Albatta, «qonun»iborasi serqirra va ma’nodordir. Bu o‘rinda so‘z yuridik qonunlarxususida bormoqda. Qonun davlat oliy vakillik organlarining engyuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan aktidir. Konstitutsiya (Asosiyqonun) qonunlar orasida markaziy o‘rinni egallaydi. Undajamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimimustahkamlanadi, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvmexanizmi, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlaribelgilab beriladi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining, butunqonunchilikning o‘zagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy194qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosidahamda ularning ijrosi manfaati yo‘lida chiqariladi.Qonun oliy yuridik kuchga ega. Bu sifat quyidagilarda namoyonbo‘ladi:– qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqahech kim o‘zgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisinio‘rnata olmaydi;– boshqa barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonunga qat’iymuvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi;– biron-bir qonunosti normativ-huquqiy hujjat qonunga zidbo‘lsa, u qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi;– qonun oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat bo‘lganligi sababliuni qabul qilgan organdan boshqa hech kim qo‘shimcha tarzdatasdiqlashi va harakatdan to‘xtatib qo‘yishi mumkin emas.Qonun davlat nuqtayi nazaridan eng muhim deb hisoblanganijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibgasolish vositasidir. Unda mazkur munosabatlardagi qonunlarningnormativ majburiy xarakteri va siyosiy huquqiy me’yori o‘z ifodasinitopadi. Qonunlar faqat siyosatning ifodasi, siyosiy chora bo‘libqolmasdan, beqiyos ijodiy va tarbiyaviy vazifani bajaruvchi kattama’naviy boylik hamdir.O‘zbekistonda qonun huquqning asosiy shakli bo‘lib, u davlat

Page 126: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

oliy hokimiyat vakillik organi tomonidan maxsus belgilangantartibda qabul qilinadi. U davlat muayyan holatlar (munosabatlar)gatatbiq qilish uchun chiqariladigan, aynan o‘xshash turdagi holatlargatakror-takror qo‘llanadigan, barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar,davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidanbajarilishi majburiy bo‘lgan umumiy qoidalarni o‘z ichiga oluvchinormativ-huquqiy hujjatdir.Respublika qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumimizning,huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari,rivojlanishimizning yo‘nalishlari va dasturiy vazifalari o‘z aksinitopadi. Bunday muhim prinsiplar, avvalo, O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Masalan:davlat suvereniteti prinsipi, xalq hokimiyatchiligi prinsipi, insonhuquqlarining ustuvorligi prinsipi, qonuniylik prinsipi, demokratizmprinsipi, davlat bilan shaxsning o‘zaro burchdorligi prinsipi,Konstitutsiya va qonunning oliyligi prinsipi, hokimiyatlar195taqsimlanishi prinsipi, ijtimoiy adolat prinsipi, qonun va sud oldidabarchaning tengligi prinsipi, aybsizlik prezumpsiyasi, fuqarolarningmahalliy o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi va boshqalar.Shunday qilib, qonun ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlariningyuridik shakldagi tavsifini o‘zida aks ettirgan va eng muhim ijtimoiymunosabatlarni tartibga soluvchi, bevosita xalq irodasini ifodalovchi,belgilangan tartibda davlat hokimiyatining oliy vakillik organitomonidan yoki referendum yo‘li bilan qabul qilinadigan va oliyyuridik kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatdir.Qonunning yuridik xususiyatlari ichida uning normativligialohida ahamiyat kasb etadi. Normativlik qonunning muhim belgisiva xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllariham normativ bo‘lishi mumkin, biroq ular qonunchalik qat’iykuchga ega bo‘lmay, tezkor ijro etiluvchi yoki huquqni muhofazaetuvchi bo‘lishi mumkin. Qonun normativ akt ekanligi quyidagiikki jihat bilan xarakterlanadi. Birinchidan, u qonun chiqaruvchiorganning huquqiy qoida o‘rnatish xususidagi amr – farmoyishini,irodasini, qarorini mustahkamlaydi; ikkinchidan, real hayotga qat’iyva muntazam huquqiy ta’sir etish shakli, vositasidir. Qonunnormalarining mavjudligi normativ-huquqiy aktda namoyon bo‘ladi.Qonunning normativligi deganda, shuningdek, uning barchauchun umumiy-majburiy qoida, davlat talabining ifodasi ekanliganiham tushunish lozim. Boshqacha qilib aytganda, qonunningnormativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, me’yor,mezon darajasiga ko‘tarilishidadir. Qonunda mustahkamlanganqoida hamma o‘xshash hollarda bir xildagi talab sifatida takrortakroramal qilaveradi. Har qanday huquq amalda bir-biriga tengbo‘lmagan har xil odamlarga bir xildagi masshtabni tatbiq qilishdir.Bu yerda «masshtab» so‘zi «norma» so‘zini anglatadi. «Norma» –grekcha so‘z bo‘lib, me’yor, andoza, masshtab, qolip demakdir.Uning umumiy va mavhum tabiati ham ana shunda. Normativlikesa muayyan harakat, faoliyat va munosabatning faqat norma talabiasosida amalga oshirilishidir. Qonunning normativligi undaifodalangan davlat irodasining qat’iyligi, ustunligi va oliyligi bilanchambarchas bog‘liqdir. Aynan shu irodaning imperativ(bo‘ysundiruvchi) mazmuni qonun vositasi bilan umumiy yurishturishva xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.Demak, qonunning normativligi: 1) uning davlat hokimiyat196mazmunidagi oliy irodani ifoda etishligida; 2) eng muhim ijtimoiy

Page 127: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

munosabatlarni tartibga solishga qaratilganligi va bunday tartibgasolishning qat’iy chegarasini belgilashida; 3) hamma uchun birxildagi umummajburiy harakat qoidasini o‘rnatishida va lozimbo‘lganda davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanganligida; 4)maxsus vakolatli davlat organi tomonidan alohida belgilangantamoyil asosida yaratilishidadir.2. Prezident farmonlarining huquqiy maqomi.O‘zbekiston Prezidenti davlat boshlig‘i va ijroiya hokimiyatiboshlig‘i sifatida respublika hududida majburiy tarzda amal qiluvchifarmonlar chiqaradi. Prezidentning davlat mexanizmida va ijroiyahokimiyati tizimida tutgan qat’iy o‘rni uning farmonlarini normativhuquqiyhujjatlar tizimida egallaydigan mavqeini, rolini belgilabberadi.Prezident farmonlari ijroiya hokimiyati tizimida eng yuqorikuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatdir. An’anaga ko‘ra,Farmon yuridik kuchi va ahamiyati jihatidan qonundan keyingio‘rinda turadi. Biroq hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi davlatva siyosiy tizimimizga joriy etilgan hozirgi sharoitda Farmonnioddiygina «qonunosti akti» deb tushunish to‘g‘ri bo‘lmaydi.Bunday eskicha talqinni tark etish kerak. Farmon ijroiyahokimiyatining Konstitutsiyada belgilangan o‘z vakolatlariniamalga oshirish aktidir. Shu bois uni «qonunosti akti» emas, balki«konstitutsiyaviy darajadagi huquqiy akt», deb ham atash mumkin.Uning qonun bilan munosabatiga kelganda shuni aytish lozimki,Prezident vakolatiga taalluqli masala bo‘yicha chiqarilganFarmonni qonun bilan ham bekor qilish yoki boshqacha hal etishmumkin emas. Masalan: Prezident Farmoni bilan tayinlanganBosh prokuror yoki vazirni hech bir qonun bilan vazifasidan ozodetib bo‘lmaydi. Bunday lavozimlarga, hatto qonun bilan hambiror shaxsni tayinlab bo‘lmaydi. Bordi-yu, shunday qilingantaqdirda mazkur qonun Konstitutsiyaga zid bo‘lib, yuridik kuchgaega bo‘lmaydi, chunki bu Prezidentning konstitutsiyaviyvakolatlariga daxl qilish bo‘ladi. Va, aksincha, Konstitutsiyadaqonun bilan tartibga solinishi ko‘zda tutilgan masala bo‘yichaFarmon chiqarish mumkin emas. Hokimiyatlar taqsimlanishiprinsipining qat’iy talabi ana shunday.Farmonlar, umumiy qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Konstitutsiyasi197hamda qonunlariga muvofiq va ularning ijrosini ta’minlashmaqsadida chiqariladi.Prezident farmonlari yuksak nufuzliligi tufayli mamlakatiqtisodiyotining, aholi ijtimoiy hayotining hamda davlatboshqaruvining qonunlar va hukumat qarorlari bilan qamrabolinmagan talaygina dolzarb masalalarini tez va samarali hal etishimkonini beradi.Prezident farmonlari strategik va dasturiy xarakterga ega bo‘lib,ularda Hukumat, u yoki bu vazirlik, davlat qo‘mitasi muayyanyirik murakkab masalani qanday hal etishi kerakligining aniq rejasiva yo‘l-yo‘riqlari belgilab beriladi. Farmonlar Vazirlar Mahkamasiva davlat boshqaruvining boshqa bo‘g‘inlari faoliyatiga rahbarlikqilishning samarali vositasidir. Biroq Farmonlar hukumat qarorlario‘rnini egallab olmaydi. Har ikki turdagi bu hujjatlar Konstitutsiyava qonunda belgilangan vakolatlar doirasida chiqariladi.Farmon bilan qonunga qo‘shimcha yoki o‘zgartirish kiritishmumkin emas, u qonun asosida va qonun ijrosini ta’minlashmaqsadida chiqariladigan aktdir. Shu o‘rinda qonun bilan Farmono‘rtasidagi munosabatni aniqroq bayon etish lozim:

Page 128: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Qonun parlamentning, hokimiyat oliy vakillik organining aktidir;Farmon esa, oliy ijroiya hokimiyati rahbarining akti.Qonun hamisha normativ xarakterga ega bo‘ladi; Farmonnormativ akt bo‘lishi ham, bunday bo‘lmasligi ham mumkin. Ba’zanFarmonlar individual akt sifatida chiqariladi.Qonun o‘z yuridik kuchi jihatdan Farmondan ustun turadi.Farmon normativ-huquqiy hujjatlar ierarxiyasida qonundan keyingio‘rinni egallaydi. Qonun bilan Farmonning qoidalari o‘zaro zidkelib qolgan taqdirda, qonun ustuvorlik qiladi.Shu o‘rinda qonunning ham, Farmonning ham tartibga solishpredmeti borligini yodda tutish lozim. Konstitutsiyaga muvofiqFarmon bilan hal etiladigan masala bo‘yicha qonun chiqarishmumkin emas va aksincha. Biroq barcha Farmonlar parlament –Oliy Majlis tasdig‘idan o‘tishi lozim.Qonun Konstitutsiyada belgilangan alohida qat’iy o‘rnatilgantartibda (odatda, to‘rt majburiy bosqichli jarayon natijasida) qabulqilinadi. Farmonni qabul qilish esa qonun ijodkorligi jarayonidagisingari maxsus bosqichlarni amalga oshirishni talab etmaydi.3. Hukumatning qaror va farmoyishlari.198O‘zbekiston Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan,Respublika Hukumati – O‘zbekiston Respublikasining VazirlarMahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq mamlakatning butunhududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiybo‘lgan qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi. VazirlarMahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samaralifaoliyatiga rahbarlikni ta’minlash maqsadida qonunlar, Oliy Majlispalatalarining boshqa qarorlari, O‘zbekiston PrezidentiningFarmonlari, qarorlari va faroyishlari ijrosini ta’minlaydi.Vazirlar Mahkamasining qarorlari normativ-huquqiy xaraktergaega bo‘lib, ular iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy va boshqa ijroiyaidoralari faoliyatini boshqarishga yo‘naltirilgandir. Hukumatqarorlari va farmoyishlari qonunga yoki Prezident Farmoniga zidkelib qolsa, qonun yoki farmon amal qiladi. Hukumatning bundayqarori bekor qilinishi shart bo‘ladi.Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari faqat ungaKonstitutsiya va qonun bilan belgilab berilgan vakolat doirasidaginachiqarilishi mumkin. Prezidentlik hokimiyati qaror topganidanbuyon, aksariyat hollarda, Farmonlarda Hukumatga topshiriqlarifodalanib, unga tegishli qaror qabul qilish vazifasi yuklatiladi.Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 3-apreldagi «O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat aksionerlikuyushmasi («O‘zgo‘shtsutsanoat»)ni tashkil qilish to‘g‘risida»giFarmonida Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddat ichida«O‘zgo‘shtsutsanoat» uyushmasini tashkil qilish va uning faoliyatigaoid qarorni qabul qilib, tuzilmasi va Ustavini tasdiqdash vazifasitopshirildi. 1993-yil 6-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi o‘zining«O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat aksionerlik uyushmasi(«O‘zgo‘shtsutsanoat»)ni tashkil qilish va uning faoliyati masalalarito‘g‘risida»gi 172-son qarorini qabul qildi.4. Davlat boshqaruvi idoralarining hujjatlari.Normativ-huquqiy hujjatlar Hukumatga itoat etuvchi boshqadavlat boshqaruvi organlari tomonidan ham chiqariladi. Bularvazirliklar, davlat qo‘mitalarining qarorlari, buyruqlari vayo‘riqnomalari bo‘lishi mumkin. Bunday hujjatlarning ta’sir ko‘lami,harakat doirasi va yuridik kuchi bu hujjatlarni o‘rnatuvchi boshqaruv

Page 129: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

idorasining davlat organlari tizimida tutgan o‘rni va uning vakolatlari199bilan belgilangan. Ular qonunga, farmonga va hukumat qarorigamuvofiq hamda shu hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadidachiqariladi. Boshqaruv tizimidaga quyi turuvchi organning huquqiyakti undan yuqori turuvchi organning aktiga muvofiq bo‘lishi shart.Respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va boshqa boshqaruvidoralarining qonunga, farmonga va hukumat qaroriga zid hujjatlariVazirlar Mahkamasi tomonidan bekor qilinishi ko‘zda tutiladi.Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolati doirasida Qoraqalpog‘istonRespublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston Konstitutsiyasiga,qonunlariga, O‘zbekiston Prezidenti Farmonlariga va VazirlarMahkamasining qarorlariga zid bo‘lgan qarorlari vafarmoyishlarining ijrosini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.5. Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari.Mahalliy vakillik va ijroiya organlari Konstitutsiya, qonunlar,farmonlar, hukumat qarorlari, markaziy davlat boshqaruviorganlarining hujjatlariga muvofiq holda va ularni ijro etish uchunqaror va farmoyishlar qabul qiladilar. Mazkur huquqiy hujjatlarshu davlat organlari hokimiyati ta’sir etadigan hudud doirasidaamal qiladi. Ular yuqorida sanalgan hujjatlarga zid bo‘lib chiqsa,tegishli tartibda bekor qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Prezidentixuddi respublika boshqaruv organlarining hujjatlari singari,hokimlarning qabul qilgan g‘ayriqonuniy hujjatlarini to‘xtatadi vabekor qiladi (Konstitutsiyaning 93-moddasi, 13-bandi).Yuridik adabiyotlarda huquqning manbayi sifatida huquqiy odat,sud tajribasi (sud pretsedenti), xalqaro shartnomalar hamko‘rsatiladi. Odatlar faqat davlatning ma’qullashi tufayligina huquqiyodat sifatiga ega bo‘lishi mumkin. Huquqiy odatlar qonun va boshqanormativ huquqiy hujjatlar amal qilmaydigan sharoitlardaqo‘llanilishi mumkin. Sud tajribasi mavjud qonunlarnitakomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Xalqaro shartnomalargakelganda, ularning mamlakat ichki huquqiy qoidalaridan ustuvorligitan olinadi. O‘zbekistonning deyarli barcha qonunlarida quyidagichaqoida mustahkamlanadi: «Basharti xalqaro shartnoma va bitimlardaO‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridagidan o‘zgachaqoidalar belgalangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma va bitim qoidalariqo‘llaniladi».Shunday qilib, qonun respublika normativ-huquqiy hujjatlario‘rtasida o‘z yuridik kuchi jihatidan eng ustuvor o‘rinni egallaydi.200Shuning uchun ham qonun jamiyat huquqiy tizimining o‘zagisifatida maydonga chiqadi.5-§. Normativ shartnomalarIjtimoiy munosabat ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarnitartibga soluvchi manba sifatida normativ shartnomalar alohidamavqega egadir.Normativ shartnoma deb ikki yoki undan ortiq subyektlaro‘rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarinio‘rnatadigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladigan, og‘zaki yoki yozmashaklda ifodalangan va tuzilgan bitimga aytiladi.Normativ shartnomalar huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchiboshqa manbalardan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida,iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa muayyan bir sohalarda tuziladi.Normativ shartnomalar turli xil mezonlar asosida tasniflanadi.Jumladan, ishtirokchilar soniga ko‘ra oddiy yoki murakkab turlardan

Page 130: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

iborat bo‘ladi. Oddiy shartnomada ishtirok etuvchi taraflar faqatginaikkita subyektni qatnashuvini talab etadi, xolos. Murakkabshartnomada esa, biror-bir masala yuzasidan ko‘pchilikishtirokchilarning soni talab etiladi. Masalan, Mustaqil DavlatlarHamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorligi kabitashkilotlarga uyushish murakkab shartnomalar asosida tuzilgan.Shuningdek, shartnomalar ifodalanish shakliga ko‘ra yozma vaog‘zaki bo‘lishi mumkin. Og‘zaki shartnomalar, asosan, kundalikturmushimizdagi maishiy xizmat sohalarida tez-tez uchrab turadi.Masalan, yo‘lovchi va konduktor o‘rtasidagi o‘zaro munosabat yokikichik hajmdagi oldi-sotdi munosabatlari yuzaga kelgan vaqtdagisotuvchi va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar og‘zaki shakldagishartnoma asosida amalga oshiriladi. Jamiyatdagi muhim va rasmiymunosabatlar faqatgina yozma shakldagi shartnomalar asosidaamalga oshiriladi. Davlatlararo shartnomalarning barchasi yozmashaklda tuziladi.Shartnomalar tuzilish muddatining davomiyligiga ko‘ra qisqamuddatli va uzoq muddatli shartnomalarga ham bo‘linadi. Oila vanikoh munosabatlaridagi tuziladigan shartnomalar uzoq muddatlibo‘lib hisoblanadi. Qisqa muddatli shartnomalar esa muayyan bir201ishni amalga oshirish bilan yakunlanadigan hollarda tuziladi.Dunyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hech birdavlatning qonun yoki qonun osti hujjati bilan tartibga solinmaydi.Xalqaro munosabatlarda huquq manbayi sifatida shartnomamaydonga chiqadi. Xalqaro shartnoma – davlatlararo yoki boshqashaxslar o‘rtasida o‘zaro kelishuvi bo‘lib, xalqaro huquq asosidatartibga solinadi. Xalqaro shartnomlar tuzilgan vaqtda yoki tanolinganda (ratifikatsiya qilinganda) uning matnida ifodalanganmajburiyatlarni taraflar bajarishi shartliligi belgilab qo‘yiladi. Ayrimholatlarda davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar amal qilishmuddati tugamasdan ham bekor qilinishi mumkin. Buni xalqarohuquqda denonsatsiya qilish deb nomlanadi.Vena konvensiyasining 2-moddasida xalqaro shartnoma huquqihaqida tushuncha berilgan: «Shartnoma – bu davlatlar o‘rtasidagikelishuv bo‘lib, yozma ravishdagi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi».Masalan, 1990-yilgi 12-sentabrda «GFR va GDRni yagonaGermaniya davlatiga birlashtirish to‘g‘risida»gi tuzilgan xalqaroshartnoma ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibgasoluvchi huquq manbayi sifatida xizmat qilmoqda. GDR bilanGFR davlatlarini birlashtirgan xalqaro shartnoma ularning keyingiharakatlari uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.Xalqaro-huquqiy shartnoma: kelishuv, akt, konvensiya,deklaratsiyalar xalqaro huquqning manbayi hisoblanib, siyosiy(hamdo‘stlik, o‘zaro yordam, hujum qilmaslik, qurolsizlanishto‘g‘risidagi), iqtisodiy (savdo, iqtisodiy yordam ko‘rsatish, qarzberish, kredit berish haqida), davlatlarning o‘zaro aloqadorlikdabo‘lishini tartibga solishga xizmat qiladi.O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiyva maxsus masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar tuzgan,1995-yilda «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarto‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlashlozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O‘zbekistonqonunlariga nisbatan ustunlikka ega.Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan birisifatida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarnitartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Xalqaro shartnomalar huquqi

Page 131: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

xalqaro huquqning sohasi sifatida maydonga chiqadi.2026-§. Musulmon huquqining manbalariMusulmon huquqida diniy matnlar, aqidalar huquqning manbayibo‘lib hisoblanadi. Musulmon huquqining asosiy manbalari sifatida– Qur’on, Sunna, ijmo’ va qiyos e’tirof etiladi.Qur’on (arab. – qiroat, o‘quv)da islom aqidalari, e’tiqod talablari,huquqiy va axloqiy normalar o‘z ifodasini topgan.Qur’on 114 sura (tizma)dan iborat bo‘lib, undagi axloqiy vahuquqiy normalar keyinchalik shariat (to‘g‘ri yo‘l, qonunchilik)gaasos qilib olingan.Qur’on – musulmon huquqining asosiy manbayi sifatidaOllohning o‘z payg‘ambarlari va elchilaridan oxirgisi Muhammad(s.a.v.)ga farishta Jabroil alayhissalom orqali yo‘llagan vahiylardaniborat bo‘lib, musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibgasolishda o‘rni beqiyos. Qur’onda belgilangan normalarning buzilishi,muayyan bir ta’sir choralari ko‘rsatishga sabab bo‘ladi. Qur’ondagita’sir choralari ayrim hollardagina jazolaydigan darajaga keltiriladi.Bunda ko‘proq yerdagi jazo emas, balki vijdoniy do‘zax kutadi.Qur’on bugungi kunda musulmon huquqining g‘oyaviy, diniyasosi, uning mafkuraviy manbayi sifatida qaraladi. R. Sharllningta’kidlashicha, musulmon huquqi tarixan bevosita Qur’ondanboshlanmaydi. U ko‘pincha muqaddas kitobdan chetlashganamaliyot asosida rivojlangan.Musulmon huquqining ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi manbayiMuhammad (s.a.v.) mulohazalaridagi ilohiylashtirilgan hodisalarta’sirida kelib chiqqan og‘zaki rivoyatlar majmui – Sunnadir.Sunna (arab. – odat, an’ana) – Muhammad payg‘ambarningso‘zlari, ishlari va xatti-harakatlari. Sunna haqidagi rivoyatlar hadis(rivoyat)larda berilgan va ular to‘plam qilingan.Musulmonlar Qur’on va Sunna yuridik me’yorlarining kelibchiqishi ilohiy bo‘lib, prinsip jihatdan o‘zgarmasdir, debhisoblaydilar. Lekin hayotda ijtimoiy munosabatlarning barchasiham Qur’on va Sunna asosida tartibga solinavermaydi. Qur’onda6666 oyat mavjud, ammo ayrim adabiyotlarda oyatlar sonini 6234ta ham deb e’tirof etilgan.Bu Qur’onning o‘qilishida tinishbelgilardan foydalanishdagi farq bilan bog‘liqdir. Qur’onningmazmuni jami 7434 ta so‘zda ifodalangan bo‘lib, ularning aksariyatidiniy-axloqiy masalalarga taalluqli. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra,ulardan 250 tasi huquqiy xususiyatga egadir. Shu sababli ijtimoiy203munosabatlarni tartibga solishda islom huquqining boshqamanbalaridan keng foydalaniladi. Bunda musulmon huquqiyta‘limotining davomchilari bo‘lgan musulmon ilohiyotchifaqihlariningtutgan o‘rni beqiyosdir. Ular Qur’on va Sunnaningmohiyatini o‘zgartirmagan holda, Qur’onning talqini (tavsir)ni berib,huquq sohasida paydo bo‘ladigan bahslar natijasida kelishilgan fikrlar(ijmo)ni bera boshladilar.Ijmo’ (arab. – yaqdillik bilan qabul qilingan qaror) Qur’on vahadislarda aniq ko‘rsatma berilmagan taqdirda huquqiy masalanihal etishda faqih (qonunshunos) va mujtahid (intiluvchi)lar to‘planib,yagona fikrga kelgan holda fatvo berishi (hukm chiqarishi) tushuniladi.Musulmon huquqshunoslarining fikricha, ijmo’ musulmonhuquqiga moslashtiriladigan mavzulardan bahs etar, unga yangidanpaydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish imkoniniberardi.Musulmon huquqining to‘rtinchi manbayi bo‘lgan qiyosga yoki

Page 132: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

taqqoslash bo‘yicha xulosa chiqarishga yanada katta ahamiyatberiladi. Bu usul ma’lum me’yorni, agar taqqoslashning maqsadiva asosi mazkur me’yor maqsadi va asosiga mos bo‘lib tushsa, o‘zibevosita nazarda tutgan hodisaga nisbatan qo‘llash imkonini beradi.Qiyosda Qur’on va Sunnada berilmagan biror huquqiy masala,ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmagataqqoslash yo‘li bilan sharh etiladi.IX–X asrlarda mazhablar – musulmon huquqi ta’limiyyo‘nalishlari asosini tuzgan eng nufuzli huquqshunos olimlarningasarlari musulmon huquqining asosiy manbayi bo‘lib qoldi.Musulmon huquqi me’yorlarining kattagina qismi – uningta’limiy ishlanishi yakunidir. Buning ustiga, agar ta’limot avvalboshida muayyan hodisalar bo‘yicha yechimlar bergan bo‘lsa,keyinchalik u har qanday muayyan huquqiy me’yorni qo‘llashdaboshlang‘ich nuqta sifatida qaralgan umumiy, mavhum qoidalarnishakllantira boshladi.Qur’on, musulmon huquqshunos – ilohiyotchilar asarlari bo‘lganSunna, Ijmo’, Qiyos – bular musulmon huquqining asosiymanbalaridir. Ayrim tadqiqotchilar bu huquq manbalariga musulmonhuquqshunoslari ishlab chiqqan shariat (hidoya), urf-odat,yurisprudensiya (amal), qonun me’yorlarini hayotga joriy etish bo‘yichaqo‘llanmani ham kiritadilar.204XIV BOB. HUQUQ NORMASI1-§. Huquq normasi tushunchasiIlmiy adabiyotlarda huquq normasi ko‘pincha lozim bo‘lganxatti-harakat qoidasi yoki bunday xatti-harakat o‘lchovi sifatidae’tirof etiladi. Darhaqiqat, huquq ijtimoiy munosabatlarga ta’siretuvchi vosita sifatida doimo, muayyan xulq-atvor, xatti-harakatqoidasi sifatida namoyon bo‘lib, u tegishli hayotiy holatlarda huquqsubyektlari tomonidan qayta-qayta qo‘llanishga mo‘ljallangandir.Huquq normasi huquq tizimining boshlang‘ich, birlamchitarkibiy elementi hisoblanadi. Ma’lumki, huquq o‘z ichki tuzilishigaegadir. Yaxlit bir tizim sifatidagi huquq tizimi o‘z ichiga huquqtarmoqlarini, huquq institutlarini va huquq normalarini qamraboladi. Agar huquqni, huquq tizimini bir bino deb qaraydigan bo‘lsak,huquq normasi uning dastlabki g‘ishti sifatida, yoki bir jonliorganizmning eng kichik bir hujayrasi sifatida namoyon bo‘ladi.Shu bois, unda huquqqa xos bo‘lgan muhim belgilar jamlanganbo‘ladi. Huquq normasi hokimiyat tepasida turgan siyosiykuchlarning amri-irodasini ifodalaydi; davlat tomonidan o‘rnatilganyoki ma’qullangan bo‘ladi; barcha huquq subyektlari tomonidanbajarilishi majburiy hisoblanadi; zarur hollarda davlatning majburlovkuchi bilan ijrosi ta’minlanadi; normativ hujjatlarda va boshqahuquq manbalarida ifoda (bayon) etiladi.Ayni paytda, huquq normasiga yaxlit bir tizimning dastlabkibo‘lagi sifatida o‘ziga xos jihatlar ham tegishlidir.Aslida «norma» so‘zi lotincha «norma» so‘zidan olingan bo‘lib,u o‘zbek tilida «qoida», «namuna», «andoza» ma’nolarini anglatadi.Darhaqiqat, har bir norma o‘zida biron-bir xatti-harakat, xulqatvorqoidasini, muayyan yurish-turish modelini ifodalaydi,Masalan, O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasigabinoan «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqalihimoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoatbirlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudgashikoyat qilish huquqi kafolatlanadi». Bu huquqiy normada

Page 133: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqi bo‘lmish sudga himoyaso‘rab murojaat qilishga oid qoida mustahkamlagan.Shunday qilib, huquq normasi – barcha huquq subyektlari uchunmajburiy bo‘lgan, davlat tomonidan o‘rnatilgan va ma’qullangan,ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini205o‘zida ifodalagan xatti-harakat qoidasi, xulq-atvor namunasidir.Huquq normasida jamiyatning, xalq hayotining moddiy shartsharoitlaribilan belgilanadigan erki, ifodasi, manfaatlariifodalanadi. Huquq normasi shaxslarning bir-biri bilan bo‘ladigano‘zaro munosabatlarida qanday xatti-harakat modeliga, namunasigarioya etishlari lozimligini, ya’ni qaysi harakatlarni sodir etish yokietmaslik mumkinligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda huquq normasihuquqiy xulq-atvor mezoni sifatida maydonga chiqadi. Uningtartibga soluvchi vosita sifatidagi ahamiyati shundaki, muayyanhuquq subyekti (xususan shaxs, organ, muassasa) o‘z harakatidahuquq normasida mustahkamlangan qoidaga rioya etadi yoki boshqahuquq subyektidan huquq normasida belgilangan tegishli xattiharakatnisodir etishni talab qiladi. Basharti, belgilangan huquqiyqoida bajarilmagan taqdirda huquqbuzuvchiga nisbatan ta’sir chorasiqo‘llanishiga olib keladi.Huquq subyekti huquq normasida belgilangan xatti-harakatnamunasiga rioya qilgan holatda huquq normasi xatti-harakato‘lchovi, xatti-harakat mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqnormasida belgilangan qoida buzilganda esa, u huquq subyektiningharakatiga baho berish vositasi sifatida maydonga chiqadi.Ma’lumki, huquqning tartibga soluvchilik roli katta tarbiyaviyahamiyatga ega, shu bois huquq normasi ham, bo‘lishi mumkinbo‘lgan huquq buzilishi hollarining oldini olishga xizmat qiladi,chunki huquq subyekti tomonidan belgilangan xatti-harakatqoidasini buzish, muqarrar ravishda unga nisbatan ta’sirchoralarining qo‘llanishiga olib keladi.Huquq normasi – ijtimoiy normalarning alohida turidir, u boshqaijtimoiy normalardan (masalan, axloqiy, diniy normalardan) birqator jihatlari bilan ajralib turadi. Avvalambor, huquq normasiumumiy xarakterga ega. U ijtimoiy munosabat qatnashchilariningbarchasiga, ularning xohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishlibo‘ladi. Ya’ni ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir kategoriyasiga,turkumiga tegishlidir (masalan, bitimlar tuzish, pensiyaga chiqishtartibi, nikohdan o‘tish va h.k.).Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi,avvalambor, shunda ko‘rinadiki, toki huquqiy normada ko‘zdatutilgan holatlar yuzaga kelaverar ekan, bu norma hamqo‘llanaveradi, qo‘llanilgach esa aslo kuchini yo‘qotmaydi,boshqacha qilib aytganda, go‘yo normadagi holatlar yuzaga kelishini206«kutib yotadi». Masalan, O‘zbekiston Respublikasi JinoyatKodeksining 179-moddasida mustahkamlangan «soxta tadbirkorlik,ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadiniko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni)soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqachamulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorliktuzish»dan iborat xatti-harakatning sodir etilishi – ushbu moddaning«harakat»ga kirishiga olib keladi.Huquqiy normaning yana bir muhim jihati, uning davlat erkiirodasini,hokimona amrining ifoda etishida ko‘rinadi. Shu bois,huquq normasi – muayyan munosabatlar ifodasi, yoki muayyan

Page 134: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

harakatni sodir etishni maslahat beruvchi tavsiyanoma bo‘lmay,balki shu normada ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda qandayharakat qilish lozimligini belgilovchi hokimona amr-irodadir.Zero, har qanday huquq normasi vakolatli davlat organi tomonidano‘rnatiladi yoki ma’qullanadi, shu bois u davlat amri-irodasiniifodalaydi, umummajburiy qoida tariqasida amal qiladi. Mabodohuquq normasida belgilangan xatti-harakat qoidasi bajarilmasa, uningbajarilishini ta’minlovchi davlatning majburlov choralari harakatgakeladi. Masalan, huquq subyekti tomonidan qonunga xilof harakatlarsodir etilishi tegishli yuridik javobgarlikning yuzaga kelishiga olibkeladi, demak, huquq normasi davlatning kuchiga tayanadi.Davlatning amr-irodasi – huquq normasi huquq subyektigamuayyan huquqlarni bergan taqdirda ham saqlanib qoladi, chunkiu huquq subyektining huquqlari kafili sifatida namoyon bo‘ladi.Huquq normasi mazmunan va ijtimoiy ahamiyati bois davlatamri, irodasini o‘zida ifodalaydi. Uning bu mohiyat jihati, o‘znavbatida, huquqiy normaning ifodalanish shakliga qat’iy talabqo‘yadi. Shu sababli, huquqiy normalar shaklan aniqlikka egabo‘ladi. Huquqiy norma qonunlarda shu kabi boshqa rasmiynormativ huquqiy hujjatlarda mustahkamlanadi, zero, huquqnormasini to‘g‘ri tushunish va o‘rinli qo‘llash uchun, u albattapuxta ishlangan, aniq va ixcham shakldagi qoida bo‘lishi kerak.Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar ichidahuquq aynan o‘zining shu jihati bilan, ya’ni shaklan aniq qoidaekanligi bilan farq qiladi.Shunday qilib, huquq normasi bu davlat tomonidan o‘rnatilganyoki ma’qullangan, bajarilishi hamma uchun majburiy bo‘lgan vaaniq shaklda ifodalangan xatti-harakat, yurish-turish qoidasidir.2072-§. Huquq normasining tuzilishiHuquq normasi o‘z ichki tuzilishiga ega, ya’ni huquq normasimazmunan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha tarkibiyqismlardan iborat. Ta’kidlash lozimki, adabiyotlarda huquqiynormaning tuzilishi masalasida turlicha yondashuvlar mavjud. Lekinko‘pchilik mualliflar huquqiy normani uch element (unsur)daniborat, degan fikrni ma’qullaydilar.Shunday qilib, huquqiy norma quyidagi uch element (unsur)daniborat:1) gipoteza; 2) dispozitsiya; 3) sanksiya.Gipoteza – huquq normasining dastlabki tarkibiy elementi bo‘lib,u ushbu huquqiy normaning qanday sharoitlarda harakatga kirishishiva uning dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshishinibelgilovchi hayotiy shart-sharoit va mavjud vaziyatni ko‘rsatadi,ya’ni huquq normasida belgilangan xatti-harakat qanday sharoitlardabajarilishi lozimligini ko‘rsatadi. Gipotezada huquq normasidabelgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda kimtomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Gipoteza huquqiynormaning bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilganqoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan aniq hayotiy holatlar(voqea, harakat, holatlar) o‘zining ifodasini topadi. Masalan,fuqarolik huquqi normasi fuqarolarning muomala layoqati qaysiholda to‘la vujudga kelishini ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekistonRespublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida «Fuqaroningto‘liq muomala layoqati u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga yetgach,to‘la hajmda vujudga keladi», degan qoida mustahkamlangan. Yanabir misol: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z otaonalari

Page 135: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar», debmustahkamlangan. Birinchi misolda «voyaga yetgan», ikkinchimisolda esa «voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar»,deyilgan qismi ushbu huquq normalarining gipotezasidir, ya’ni«qachon, qay holatlarda qo‘llaniladi?» degan savolga javobifodalangan.Dispozitsiya – huquq normasining tarkibiy elementi bo‘lib,unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadiva ularning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari variantlariko‘rsatiladi. Dispozitsiya huquqiy normaning bir qismi bo‘lib,208unda gipotezada ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda huquqsubyektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan qoida ifodalangan bo‘ladi.Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasiga muvofiq, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlaro‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar – bunda,demak, gipotezada ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni farzandlarningvoyaga yetishi va mehnatga layoqatli bo‘lishi hollarining mavjudligidispozitsiyaning amal qilishiga sharoit tug‘diradi, ya’nifarzandlarda o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatinivujudga keltiradi.Sanksiya – yuridik normaning tarkibiy elementi bo‘lib, u huquqiynorma buzilgan yoki majburiyat bajarilmagan yoxud talab etilganxatti-harakat sodir etilgan holda huquqni buzgan shaxsga nisbatanqo‘llaniladigan davlat ta’sir chorasining turini belgilaydi. Sanksiyahuquq normasining bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgantalablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo‘lgan jazoningyoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchunrag‘batlantirishning turi va o‘lchovi ifodalangan bo‘ladi.Shunday qilib, yuridik normaning tarkibiy qismlari quyidagilarnio‘rnatadi:Gipoteza – dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kim va qachonbajarishi lozimligini va qaysi sharoitda bajarishi lozimliginiko‘rsatadi; dispozitsiya esa bajarilishi lozim bo‘lgan qoida nimadaniboratligini ko‘rsatadi, unda huquqiy munosabat ishtirokchilariningsubyektiv huquqlari va majburiyatlarining mazmunini aks ettiradi;sanksiya esa huquq normasini bajarmaslik oqibatlarini ko‘rsatadi.Ta’kidlash lozimki, huquqiy normalarning hammasida ham uninguch elementi birgalikda kelavermaydi. Ko‘pchilik konstitutsiyaviynormalar gipoteza va dispozitsiyadangina iborat. Konstitutsiyaviynormalarning sanksiyasi boshqa qonunchilik hujjatlarida, tegishlikodekslarda mustahkamlangan bo‘ladi.Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», deganmazmundagi huquqiy qoida mustahkamlangan. Bu normada insonnihayotdan mahrum etganlik uchun qanday jazo berilishiko‘rsatilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasida qasddan odam o‘ldirganlik uchun o‘n yildan o‘n beshyilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.209Ayni paytda, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagikodekslarning maxsus qismi, ya’ni huquqbuzarliklar ko‘rsatilganqismida joylashgan moddalar, asosan, dispozitsiya va sanksiyadaniborat (jinoyat va ma’muriy javobgarlik kodekslarining maxsus qisminormalariga qarang), ularning gipotezasi mazkur kodekslarningumumiy qismida, ayrim hollarda boshqa qonun hujjatlarida

Page 136: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, JKning 97-moddasidataqiqlangan jinoyatning subyekti jinoyat qonunchiligida belgilanganyoshga yetgan, aqli raso, mazkur jinoyatni qasddan sodir etganshaxs bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar JKning umumiy qismidako‘rsatib o‘tilgan.Shunday qilib, huquq normasining tarkibi – bu uning o‘zaromazmunan uzviy bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ichkituzilishidir.3-§. Huquq normalarining tasnifi va turlariHuquq normalarining ilmiy va o‘quv adabiyotida turlichatasniflari va guruhlanishlari mavjud. Huquq normalarini, ulardamustahkamlangan qoidalar xarakteriga qarab quyidagicha tasniflashmavjud:1. Huquq va vakolat beruvchi normalar – ya’ni huquq subyektigaqanday harakatlarni sodir etish m u m k i n l i g i n i ko‘rsatuvchinormalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining31-moddasiga binoan «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dingae’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiysingdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».2. Majburiyat yuklovchi normalar – ya’ni qanday harakatlarnisodir etish l o z i m l i g i n i ko‘rsatuvchi normalar. Masalan,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga binoan,«fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatdabo‘lishga majburdirlar».3. Man qiluvchi normalar – ya’ni huquq subyektiga muayyanxatti-harakatlarni sodir etishini man qiluvchi normalar. Masalan,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida «Maxfiyjamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi», deb ko‘rsatilagan vabu qoida man etish xarakteriga egadir.Bulardan tashqari, huquq normalarini boshqa qator mezonlar210asosida tasniflash mumkin. Bunda, eng avvalo, huquq normalarihuquq tarmoqlari bo‘yicha bo‘linadi va bunday guruhlash huquqnormalarini bir tizimga keltirish va zarur hollarda kodifikatsiyaqilish uchun muhimdir.Huquq normalarini moddiy va protsessual huquq normalarigabo‘lish ham keng tarqalgan, bunda huquq subyektlarining huquqva majburiyatlari mazmunini aniqlab beruvchi normalarni moddiyhuquq normalari guruhiga qo‘shamiz, huquqlarni amalga oshirishva majburiyatlarni bajarish, ijro etishning tartibini, buzilgan huquqnitiklash jarayonini belgilovchi normalarni esa protsessual normalardeymiz. Masalan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiymunosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlanganbo‘lsa (ya’ni, moddiy normalar), buzilgan huquqni tiklash,yetkazilgan zararni qoplashga oid normalar Fuqarolik-protsessualkodeksida mustahkamlangan bo‘ladi (ya’ni, protsessual normalar).Huquq normalarida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligigaqarab, abstrakt (mavhum, umumiy) va kazuistik (nisbatan konkret)normalar farqlanadi. Konkret bir munosabat turini yaxlit holdatartibga soladigan normalarni abstrakt normalar, deymiz. Birmunosabat turining konkret bir qismini tartibga soladigannormalarni esa kazuistik normalar, deymiz. Masalan,Konstitutsiyamizning «Asosiy prinsiplar» deb nomlangan 1-bo‘liminormalari abstrakt, umumiy mazmunga ega. Bu bo‘limdaO‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzumining asoslariumumiy tarzda mustahkamlangan.

Page 137: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Keyingi bo‘limlarda esa asosiy qoidalar nisbatan aniqlashtirilib,ularga batafsil to‘xtalib o‘tilgan: masalan, inson va fuqarolarningasosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (2-bo‘lim), davlathokimiyatining tashkil etilishi (5-bo‘lim) va h.k.Gipotezada mustahkamlangan holatning faktik jihatlari aniq yokinisbiy aniqligiga qarab, huquq normalarini aniq va nisbiy aniq huquqnormalariga bo‘lamiz.Gipotezaning hajmiga qarab, huquq normalarini oddiy (aniqbir holat ko‘rsatilagan), murakkab (ikki yoki undan ortiq holatko‘rsatilgan) hamda alternativ (ikki holatdan birining mavjudligigabog‘liq holda normani qo‘llash mumkin bo‘ladi) turlarga bo‘lishmumkin.Dispozitsiyaning aniqligiga qarab, huquq normalarini: mutlaqaniq, nisbatan aniq va blanket normalarga bo‘lish mumkin.211Mutlaq aniq huquqiy normalarda huquq va majburiyatlar aniqbelgilangan bo‘ladi.Nisbatan aniq huquqiy normalarda esa har bir konkret holatlardahuquq va majburiyatlarni yanada aniqlash imkonini beradi.Blanket normalarda esa – qaysi qoidalarni bajarish zarurligi(davlat standartlari qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalari) umumiytarzda ko‘rsatiladi.Huquq normalari sanksiyalarining aniqligiga qarab, mutlaq aniq,nisbatan aniq huquqiy normalarga bo‘linadi. Mutlaq aniq sanksiyalihuquqiy normalarda davlatning aniq bitta majburlov chorasiko‘rsatiladi, masalan, yetkazilgan zararni qoplash kabi.Nisbatan aniq sanksiyali huquq normalarida esa, turli xil jazoturlaridan birini yoki huquqiy ta’sir chorasi turlaridan biriniqo‘llashni nazarda tutadi. Bunday sanksiyalar muqobil (alternativ)sanksiyalar ham deb yuritiladi. Jinoyat kodeksining aksariyatsanksiyalari alternativ sanksiyalardir. Muqobil sanksiya «yoki-yoki»uslubida bayon etiladi. Masalan, muayyan jinoyat uchun yoki jarimajazosi, yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi nazardatutiladi.Kumulyativ sanksiyali huquq normalari o‘zida asosiy jazodantashqari qo‘shimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi, masalan,muayyan jinoyatni sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishkabi asosiy jazodan boshqa yana mol-mulkni musodara qilishniham mustahkamlaydi.Huquq normalari yana asosiy (dastlabki) va hosila normalargabo‘linadi, birinchisida umumiy xarakterga ega bo‘lgan qoidalarmustahkamlansa, (masalan, qonun normalari), ikkinchisida esaumumiy qoidalarni rivojlantiruvchi, aniqlashtiruvchi normalarmustahkamlanadi (masalan, normativ hujjatlar normalari qonunnormalarini aniqlashtiradi, konkretlashtiradi).Huquq normalari yana harakati hududiga qarab, umumiy harakatqiluvchi, mahalliy miqyosda harakat qiluvchi normalarga bo‘linadi.Bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisigakiradigan normalar ma’lum hududlarda amal qilishi mumkin,masalan, ekologik inqiroz hududlarida, juda baland tog‘li sharoitda,cho‘l zonasida, radiaktiv xavf mavjud bo‘lgan zonalarda va h.k.Huquq normalari subyektlariga qarab, umumiy va maxsusnormalarga bo‘linadi, bunda birinchisi hamma huquq subyektlariuchun taalluqqli bo‘lsa, ikkinchisi aholining muayyan guruhi uchun,212yoki aniq belgilangan doiradagi subyektlarga, jumladan,pensionerlarga, nogironlarga, soliq idorasi xodimlariga taalluqli

Page 138: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

bo‘ladi.Huquqiy tartibga solish uslubiga qarab, huquq normalarini yanaimperativ, dispozitiv normalar guruhlariga bo‘lishadi. Imperativnormalar davlat amri xarakteriga ega bo‘lib, xatti-harakat subyektigabelgilangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan,ko‘pgina ma’muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir.Dispozitiv normalar imperativ normalardan farqli o‘laroq,munosabat qatnashchilariga o‘z xatti-harakatlari variantlari,subyektiv huquq va majburiyatlar hajmi to‘g‘risida kelishib olishimkonini o‘zida ifodalaydi. Dispozitiv normalar ko‘proq fuqarolikhuquqiymunosabatlarida uchraydi.Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida biron-birmunosabat bir emas, balki bir necha huquqiy normalar ta’siri obyektibo‘lib qolishi mumkin va bu holda o‘sha normalarning qaysi biribilan ushbu munosabatni tartibga solish masalasi ziddiyatli bo‘libqoladi. Bu holatni hal etish uchun tanlangan norma – kollizionnormalar ya’ni, bir-biriga qarama-qarshi normalar hisoblanadi.Shu bois kollizion normalar «hakam – norma» deb yuritiladi.Masalan, bironta munosabat qonun normasi va hukumat qaroribilan turlicha tartibga solinadi. Bu holda ushbu munosabat yuridikkuchi yuqori bo‘lgan norma-qonun normasi bilan tartibga solinadi.213Huquq normalari tasnifiHuquq tizimidagi o‘rni Huquqiy tartibga solishva ahamiyati predmeti bo‘yicha– ta’sis etuvchi – konstitutsiyaviy huquq normalari– tartibga soluvchi – fuqarolik huquqi normalari– qo‘riqlovchi – jinoyat huquqi normalari– deklarativ – oila huquqi normalari– definitiv – ma’muriy huquq normalari va– kollizion va b. boshq.– davlat organlari – imperativ – umumiynormalari – dispozitiv – harakatdagi– jamoat – tavsiya etuvchi – cheklanganbirlashmalari – sohaga oidnormalari normalarHuuquq normasini Huquqiy Ta’sir etishchiqaruvchi tartibga soluvchi miqyosiga ko‘rasubyektga ko‘ra metodiga ko‘raHuquq normalariAmal qilish Shaxslarga ko‘ra Huquq normasimuddatiga ko‘ra elementlarininganiqlik darajasigako‘ra– doimiy – turli toifadagi shaxslarning– vaqtincha xulq-atvorini tartibga soluvchinormalar – mutlaq aniq– harbiy xizmatchilar, tibbiyot – nisbiy aniqxodimlari va boshqa toifadagi – muqobilshaxslar faoliyatini tartibgasoluvchi normalar214XV BOB. HUQUQ TIZIMI VA QONUNCHILIKTIZIMI1-§. Huquq tizimi tushunchasi va uning tarkibiy qismlariAtrofimizda kechayotgan ijtimoiy hayot turfa ijtimoiymunosabatlar makonidir. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo‘lishigaqaramasdan, ayni paytda, mazmunan muayyan guruhlargabirlashadilar, boshqacha qilib aytganda, ular ma’lum darajada

Page 139: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ixtisoslashadi, oqibat natijada yaxlit bir makrotizimni tashkil etadi.Bu obyektiv jarayon o‘z navbatida uni tartibga soladigan huquqnormalarining ham tegishlicha guruhlanishini, tizimlanishinibelgilaydi.Huquq tizimi – huquqning ichki tuzilishi, ichki qurilishi – tarkibibo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini va qismlaro‘rtasidagi munosabat hamda nisbatni ko‘rsatadi.Huquq tizimi obyektiv xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki,mavjud ijtimoiy munosabatlar va ularning real manzarasi huquqtizimini belgilovchi omil hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarningo‘zgarishi, yangilanishi huquq tizimida o‘zining aynan ifodasinitopadi, shu jihatdan har bir davlat huquq tizimi shu jamiyatdagiijtimoiy munosabatlarning in’ikosi, ifodasi hisoblanadi. Ma’lumki,har qanday huquq davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi davlattomonidan ta’minlanadigan normalar yig‘indisidan iborat, aynivaqtda bu normalar majmui stixiyali tarzda jamlangan bo‘lmay,balki qismlari o‘zaro muvofiqlik, bog‘liqlik asosida birlashgan. Butizim bir paytda umumiylik va alohidalik, mustaqillik va bog‘liqlik,o‘xshashlik va farqlanish xususiyatlariga egadir. Huquq tiziminitashkil etgan normalarning umumiyligi va mushtarakligi ulardaifodalangan davlat amrining birligi, huquqiy normalar amal qilibturgan «huquqiy zamin» hisoblanmish huquqiy tizimning, ijtimoiymunosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmi va bu mexanizmasoslanadigan umumiy qoidalarning yaxlitligi, shuningdek, vazifava maqsadlar mushtarakligi bilan belgilanadi.Huquq tizimi jamiyatda mavjud bo‘lgan va doimo rivojlanishjarayonini boshidan kechirayotgan ijtimoiy munosabatlarning ifodasibo‘lib, u huquqning ichki tuzilishini, unda huquq normalariningham umumlanish, ham farqlanish xususiyatlarini ko‘rsatadi.Huquq tizimi:215– birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmuni bilan bog‘liqholda, obyektiv ravishda shakllangan;– ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini,ya’ni bu tizim qanday ichki «qurilma»dan iboratligini ko‘rsatadi;– uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridiknormalarning muayyan guruhlarga birlashishini ko‘rsatadi;– to‘rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridiknormalarning va ular birlashgan guruhlarning o‘zaro farqlanishini,alohidalanishini ko‘rsatadi;– beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va ularningo‘ziga xosligi yuridik normalarning ham ma’lum darajadaixtisoslashuvini taqozo etadi.Ma’lumki, tizimlar nazariyasiga ko‘ra, har qanday tizimningtarkibiy qurilishi muayyan qoidalar va mezonlar asosida tashkiltopadi. Biron-bir tizimni chuqurroq anglash uchun tizim asosidayotadigan shu mezonlarni aniqlash ahamiyatga moliqdir. Bundayaniqlash huquq tizimini o‘rganish uchun ham zarur bo‘lib, uningnatijasida biz yaxlit huquqning tarkiban nimalarga asoslanib«qurilganligi», huquq normalarining jamlanishi va guruhlargabo‘linishi asosida nimalar yotganligini bilib olamiz. Shu maqsaddailmiy-o‘quv adabiyotida qator yondashuvlardan foydalaniladi.Genetik yondashuv asosida birlamchi va ikkilamchi (hosila)mezonlar ajratiladi. Huquqqa nisbatan birlamchi mezon bo‘lib,avvalo, inson hisoblanadi. Shu ma’noda huquqqa nisbatanikkilamchi (hosila) mezon bo‘lib, turli yo‘llar bilan shakllanganijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, eng avvalo, davlat va jamiyat

Page 140: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

hisoblanadi. Tarixiy yondashuvga asosan esa huquqning tizimsifatida shakllanishining butun rivojlanish yo‘lini kuzatib tahliletish mumkin, bu jarayonda eng muhim mezon sifatida huquqningshakli (manbayi) oldinga chiqadi. Huquq shakllarini tahlil etishorqali biz u yoki bu huquq tizimi uchun xos bo‘lgan tizimshakllantiruvchi asoslarni aniqlashimiz mumkin. Tarixiy yondashuvhuquq tizimining genetik aloqalarini ochib berishi bilan birqatorda, tarixiy rivojlanish jarayonida huquq tizimida bo‘lgandinamik o‘zgarishlarni ham kuzatish mumkin. Bu, avvalo,insonning o‘zining individ sifatida va turli ijtimoiy-siyosiytuzilmalar a’zosi sifatida rivojlanishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari,huquq tizimiga turli diniy, etnik, g‘oyaviy omillar va ularningo‘zaro nisbati ta’siri ham namoyon bo‘lgan.216Huquq tizimiga tizimli-tuzilmaviy yondashuv uning ichkituzilmasida huquq normalarining ma’lum tarzda tartiblijoylashganligini ko‘rsatadi. Huquq tizimida joylashgan normalarningtartibga solinganligi, o‘zaro muvofiqligi va aloqadorligi hamda aynipaytda farqlanishi ijtimoiy munosabatlarning ham xuddi shundaytuzilmaviy xarakteri va ularni huquqiy tartibga solishning bog‘liqligibilan belgilanadi.Huquq tizimliligi bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi.Ulardan birinchisi o‘z ichki aloqalariga ega bo‘lgan huquqnormasidir. Shu aloqadorlik sababli u konkret huquqiymunosabatlarni tartibga soladi. Shu bilan bir qatorda, aynan birmunosabat bir necha normalar bilan tartibga solinadi va bu ularnihuquq tizimliligining ikkinchi darajasi hisoblangan huquqinstitutiga birlashtirishga asos bo‘ladi va bu huquq normasiningtashqi aloqalari natijasi sifatida vujudga keladi. Uchinchi, huquqtizimliligining ancha yuqori darajasi bo‘lib, huquqningtarmoqlarga bo‘linishi hisoblanadi.Huquq normasi huquq tizimining birlamchi unsuri bo‘lib, udavlat tomonidan o‘rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo‘lganxatti-harakat qoidasidir. Huquq normasi huquq tuzilmasi ichidabirinchi bo‘lib, yaxlit huquqda bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘zidano‘tkazadi. Shu bois uning boshqa huquq tizimi tuzilmalariga ta’sirikattagina, agar ta’bir joiz bo‘lsa, uni huquqning o‘lchov birligi,deyish mumkin.Huquq instituti huquqiy normalarning alohida guruhi bo‘lib, uijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda,huquq instituti huquqiy normalarning uncha katta bo‘lmaganbarqaror guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning ma’lum birturini tartibga soladi. Demak, agar huquqiy norma huquqiymateriyaning birlamchi unsuri bo‘lsa, huquq instituti esa uningdastlabki huquqiy umumlashmasidir. Har bir tarmoq o‘z ichigaqator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi,bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘lib, ayni paytda, muayyan mustaqillikxarakteriga ega, zero, ular ma’lum darajada mustaqil masalalarnitartibga soladi. Huquq institutlariga misol qilib, ma’muriy huquqdamansabdor shaxs instituti, fuqarolik huquqida da’vo muddati,shartnomalar, oldi-sotdi instituti, konstitutsiyaviy huquqda saylovtizimi, fuqarolik instituti, jinoyat huquqida zaruriy mudofaa instituti,oila huquqida nikoh instituti va hokazolarni keltirish mumkin.217Huquq institutlarini turlicha guruhlash mumkin. Eng avvalo,biz ularni huquq tarmoqlari bo‘yicha ajratamiz: ma’muriy huquqinstitutlari, fuqarolik huquqi institutlari va shu kabi. Institutlarni

Page 141: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

turlarga ajratishda bizga mezon vazifasini huquq tarmoqlari o‘taydi.Hayotda shunday bo‘ladiki, muayyan bir ijtimoiy munosabat birhuquq tarmog‘i instituti bilan tartibga solinib qolmasdan, bir nechatarmoq institutlari bilan ham tartibga solinishi mumkin. Shumunosabat bilan tarmoq institutlari va tarmoqlararo institutlar(aralashgan) hamda oddiy va murakkab (kompleks-majmuaviy),regulyativ (tartibga soluvchi), qo‘riqlovchi va ta’sis etuvchi(mustahkamlovchi) institutlarga ajraladi.Huquq tarmog‘i – bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibgasoluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining alohida majmui.Huquq tarmog‘i huquqni tizimlashning ancha yuqori darajasihisoblanadi va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi.Ta’kidlash lozimki, ba’zi o‘quv-ilmiy adabiyotlarda huquq tiziminingyuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tuzilmaviy elementlaridan tashqari yanahuquq tarmoqchasi (подотрасл) va subinstitutlar ham farqlanadi.Huquq tizimida tarmoqlarning ajralib chiqishiga asos bo‘lib, ungabo‘lgan obyektiv zarurat hisoblanadi, davlat esa bu zaruratni o‘zvaqtida anglab, uni rasmiylashtiradi, xolos. Tarmoq qonunchiqaruvchi tomonidan o‘ylab topilmay, balki ijtimoiy va amaliyehtiyoj mahsuli sifatida shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlarning uyoki bu sohasining sifat jihatidan turdoshligi muayyan huquqtarmog‘ining shakllanishini taqozo etadi va shu bois u yoki bu huquqtarmog‘ining mavjudligi yoki yo‘qligi huquqiy tartibga solishga muhtojbo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasi mavjud yoki mavjudemasligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni paytda, huquq tarmoqlari hamo‘zlarining hajmi, ijtimoiy munosabatlarga ta’siri va umuman huquqiytartibga solishda tutgan o‘rni bilan farqlanadi va bu farq ko‘p jihatdanular tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning mazmuni vaahamiyati bilan belgilanadi. Mustaqil huquq tarmog‘i tashkil etilishiuchun quyidagi shartlar bo‘lishi lozim:1) u yoki bu munosabatlarning o‘ziga xosligining ma’lum darajasi;2) bu munosabatlarning hajmi, kattaligi va ko‘pligi;3) vujudga kelgan munosabatlarni boshqa huquq tarmoqlarinormalari yordamida tartibga solishning imkoni yo‘qligi;4) bu munosabatlarni tartibga solishning alohida uslubini qo‘llashzarurligi.218An’anaviy tarzda ilmiy-o‘quv adabiyotida huquq tarmoqlarigaquyidagilar kiritiladi: konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliya, mehnat,fuqarolik, oila, jinoyat huquqlari, fuqarolik-protsessual, jinoyatprotsessualhuquqi, yer huquqi, qishloq xo‘jaligi huquqi, ekologiyahuquqi va boshqalar.Shunday qilib, huquq tizimi murakkab, ko‘ptuzilmali vaharakatchan yaxlit tuzilma bo‘lib, o‘z ichiga, prof. S.S.Alekseyevta’kidlaganidek, quyidagi bir necha darajalarni oladi:1. Alohida normativ qoida tuzilmasini;2. Huquqiy institut tuzilmasini;3. Huquqiy tarmoq tuzilmasini;4. Huquqning yaxlit tizimini.Bularning hammasi bir butun yaxlitlikda ancha murakkabtarkibni tashkil etadi.Ayni paytda, huquq tizimi darajalari o‘zaro mantiqan vamazmunan bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini sababning oqibati tarzidataqozo etadi.Ommaviy va xususiy huquq. Ta’kidlash joizki, jahon yuridikfanida huquq xususiy va ommaviy huquqqa ajratiladi. Xususiy huquqalohida shaxslarning ehtiyojini qondirish va manfaatini himoya

Page 142: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qilishga qaratilgan bo‘lsa, ommaviy huquq esa davlatning umumiymanfaatlarini muhofaza etadi. Xususiy va ommaviy huquqningshakllanishi qadimgi Rimga borib taqaladi. Unda jus publicum vajus privatum ajratilgan bo‘lib, ularga Rim yuristlari tavsif berishgan.Masalan, Ulpianning fikriga ko‘ra, ommaviy huquq Rim davlatiningholatiga, maqomiga taalluqli «ad statum rei Romanae spectat»;xususiy huquq esa alohida shaxslar foydasiga taalluqlidir: «adSingulorum itilatem» (Qarang: И.Б.Новицкий. Осново Римскогогражданского права. M., «Юр.лит». – 1972). Huquq himoyaetadigan manfaatlar mazmuni, xarakteri xususiy va ommaviy huquqsohalarini ajratishning mezoni hisoblangan. Ommaviy huquqdoirasiga davlat manfaatini muhofaza etuvchi huquqiy normalarkirgan, xususiy huquq sohasiga esa alohida shaxslar manfaatinihimoya qiluvchi normalar kirgan. Shunisi e’tiborga molikki, Rimdaommaviy va xususiy huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibgasolishning xarakteriga ko‘ra ancha farqlangan. Xususan, ommaviyhuquq uchun jus publicum privatorum pactis mutari non protest,ya’ni ommaviy huquq normalari alohida shaxslarning kelishuvi bilan219o‘zgartirilishi mumkin emas, degan tamoyil xos bo‘lgan. Bundaynormalar imperativ normalar, deb atalgan. Ya’ni, so‘zsiz, majburiy,hokimiy-buyruq xarakteridagi normalar.Xususiy huquq uchun esa vakolat beruvchi normalar xos bo‘lgan.Moddiy va protsessual huquq. Huquq tizimidagi tarmoqlarmoddiy va protsessual (jarayoniy) huquqqa ham bo‘linadi.Konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliya, yer huquqi, fuqarolik huquqi,jinoyat huquqi va mehnat huquqi moddiy huquqqa kiradi va ularinsonlararo, ularning xilma-xil tuzilmalariaro real tarkib topadiganmunosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar mulk shakllari,mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etish, mulkniolish va sotish, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlar,fuqarolarning mehnat va siyosiy faoliyatlari, huquq vaerkinliklarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq holda vujudgakeladi.Protsessual huquq tarmoqlariga esa jinoyat-protsessual vafuqarolik-protsessual huquq tarmoqlari kiradi. Ular turli nizolar,kelishmovchiliklarni hal etish, jinoyat va boshqahuquqbuzarliklarning tergov qilinishi va sudda ko‘rilishiningtaomiliy, tashkiliy masalalarini tartibga soladi. Masalan, jinoyathuquqi normalari qanday qilmish jinoyat ekanligini va shu xattiharakatyoki harakatsizlik uchun beriladigan jazoning umumiyasoslarini belgilab bersa, jinoyat protsessual huquqi uni tergov qilish,sudda ko‘rish kabi qator masalalarni o‘z normalaridamustahkamlaydi. Moddiy huquq bilan protsessual huquq o‘rtasidauzviy bog‘liqlik borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ular bir-birini taqozoetadi va uzviylikda bir butun yaxlitlik kasb etadi.Shunday qilib, huquq tizimi – huquqning obyektiv ravishdashakllangan ichki tuzilishi bo‘lib, u harakatdagi, o‘zaro bir-biribilan bog‘langan barcha yuridik normalar, institutlar va huquqtarmoqlarini o‘z ichiga oladi, ichki uzviylik va ayni paytda, tartibgasoladigan munosabatlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan farqbilan xarakterlanadi.Huquq tizimi tarkibidagi eng yirik tuzilma – huquq tarmog‘idir.Huquqni huquq tarmoqlariga ajratish ikki mezon, ya’ni huquqiytartibga solishning predmeti va huquqiy tartibga solishning usuli(metodi) orqali amalga oshiriladi.220

Page 143: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

2-§. Huquqiy tartibga solish predmeti va usuli – huquqni tarmoqva institutlarga ajratishning asosi sifatidaHuquqiy tartibga solish predmeti deganda, huquq bevositatartibga soladigan narsa – ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.Ijtimoiy munosabatlar o‘zining xususiyatiga ko‘ra, yuridik normalaro‘rtasida alohida bog‘liqlikni vujudga keltiradi, ularni yaqinlashtiradi.Shu bois huquqiy tartibga solish predmeti huquq normalarinima’lum tarmoqqa kiritishda, guruhlashda asos bo‘lib hisoblanadi.Huquqiy tartibga solish predmeti tuzilmasi quyidagi elementlarnio‘z ichiga oladi:a) huquqiy tartibga solish predmeti subyektlari (individual vajamoa);b) subyektlarning xulq-atvori, xatti-harakati, qilmishi;d) atrof-muhit obyektlari: narsalar va hodisalar – bular yuzasidaninsonlar bir-birlari bilan munosabatga kirishadilar va ma’lummanfaat yuzasidan ularga qiziqadilar;e) muayyan munosabatlarning paydo bo‘lishi va barhamtopishining bevosita sababchilari bo‘lgan ijtimoiy faktlar: hodisava harakatlar.Demak, huquqiy tartibga solish predmeti – huquqiy ta’sirdoirasidagi barcha munosabatlardir, boshqacha aytganda, huquqiymaydon doirasidagi munosabatlardir.Huquqiy tartibga solish predmeti – jamiyat a’zolari bo‘lmishinsonlar o‘rtasida vujudga keladigan va tarkib topadigan faktik, realmunosabatlar bo‘lib, ular obyektiv ravishda huquqiy tartibga solinishgamuhtoj bo‘ladilar. Bunday munosabatlar xilma-xil va ko‘p sonli,ya’ni boshqaruv, mehnat, mulk, oila sohalarida bo‘lishi mumkin.Ular mazmunan turlicha bo‘lganlari holda, muayyan umumiyxususiyatlardan ham xoli emas. Umumiylik quyidagilarda ko‘rinadi:1. Insonlar va ularning turli jamoalari, birlashmalari uchunhayotiy muhim bo‘lgan munosabatlardir.2. Munosabatlar stixiyali tarzda bo‘lmay, balki doimo aniqmaqsadga yo‘naltirilgan, irodaviy munosabatlardir.3. Munosabatlar, albatta, barqaror, qayta-qayta takrorlanadigan,tipik (xos va mos) munosabatlardir.4. Munosabatlar insonlarning xatti-harakati orqali ifodalanganva shu bois ularning kechishi ustidan chetdan nazorat olib borishmumkin.221Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar, aniqrog‘i, ularningmazmuni, hajmi, ixtisoslashganligi, guruhlashganligi huquqtizimining ham tarkibiy tuzilishini, uning ichki «qurilmasi»nibelgilovchi bosh omil va bosh mezon bo‘lib xizmat qiladi.Ta’kidlash joizki, har bir huquq tarmog‘ining huquqiy tartibgasolish predmeti o‘z xususiyatiga ega. Shu bois bu holat mazkurtarmoq obyekti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning ma’lum turinitartibga solish usulining ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi.Huquqni tarmoqlarga ajratishning yana bir muhim asosi huquqiytartibga solish usulidir.Huquqiy tartibga solish usuli – jamiyatdagi mavjud ijtimoiymunosabatlarga huquqning ta’sirida qo‘llaniladigan usul, vosita vayo‘llar majmui. Huquqiy tartibga solish usuli uzoq tarixiy jarayondashakllangan munosabat bo‘lib, davlat undan huquqiy normalarniyaratishda va ijtimoiy munosabat ishtirokchilari o‘rtasidagi huquqiyaloqalarni tartibga keltirishda foydalanadi. Agar huquqiy tartibgasolish predmeti huquq nimani tartibga soladi, degan savolga javobbersa, huquqiy tartibga solish usuli esa huquq shu ijtimoiy

Page 144: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

munosabatlarni qanday, qaysi yo‘l, usul bilan tartibga soladi, degansavolga javob hisoblanadi.Huquqiy tartibga solish usuli huquqni tarmoqlarga ajratishningqo‘shimcha asosi bo‘lsa-da, uning huquqiy tartibga solishningsamaradorligini oshirishdagi roli kattadir.Ta’kidlash lozimki, darslik va ilmiy adabiyotlarda huquqiytartibga solish usullari turlari va ularning tasniflari to‘g‘risidayakdillik yo‘q. Biroq turlicha tasniflarning mavjudligiga qaramasdan,ularning barchasini mazmunan ikki guruhga bo‘lish mumkin:1) avtonomiya usuli (dispozitiv);2) avtoritar usul (imperativ).Avtonomiya usuli, asosan, fuqarolarning huquqi, oila huquqi,mehnat va savdo huquqi, ya’ni xususiy huquq harakati daxldorsohalarda qo‘llaniladi.Avtoritar usul esa davlat huquqi, ma’muriy huquq, moliyahuquqi, jinoyat huquqi, ya’ni ommaviy huquq harakati daxldorsohalarda qo‘llaniladi.3-§. O‘zbekiston Respublikasidagi asosiy huquq tarmoqlariningqisqacha tavsifiYuqorida ta’kidlanilganidek, huquq tarmoqlari – ijtimoiy222munosabatlarning katta bir yaxlit sohasini tartibga soluvchi huquqiynormalar majmuidan iborat huquq tizimning yirik tarkibiy qismidir.Hozirga paytda, O‘zbekistonda mavjud eng asosiy huquqtarmoqlariga va ularning o‘ziga xos jihatlariga, predmeti va tartibgasolish usuli xususiyatlariga, har bir tarmoqning yaxlit huquq tizimidaegallagan o‘ziga xos va mos o‘rniga, ularning o‘zaro farqlarigato‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.Huquq tizimida yetakchi o‘rinni konstitutsiyaviy (davlat) huquqegallaydi. Bu huquq tarmog‘i davlatga oid eng muhim, asosiy bo‘lmishmunosabatlarni tartibga soladi va shu bois uning normalarida boshqahuquq normalari uchun negiz bo‘ladigan qoidalar mustahkamlangan.Uning asosiy normalari O‘zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasida va boshqa qonunchilik aktlarida mustahkamlangan.Konstitutsiyaviy huquq normalari O‘zbekistonning konstitutsiyaviytuzumi asoslarini, shaxsning huquqiy holati, davlat hokimiyatiningoliy va mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishorganlari asoslarini va davlat tuzilishiga oid boshqa masalalarnimustahkamlaydi. Davlat tuzumiga oid munosabatlar bevositakonstitutsiyaviy huquqning obyekti hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘iusulining mazmuni – ta’sis etish, mustahkamlashdan iboratdir.Ta’kidlash lozimki, mazkur huquq normalari, asosan, gipoteza vadispozitsiyadan iborat tuzilmaga ega bo‘lib, ularda aniq sanksiyamustahkamlanmagan. Ayni paytda, Konstitutsiyaning ba’zi normalarito‘g‘ridan to‘g‘ri harakat qilishi mumkin.Ma’muriy huquq konstitutsiyaviy huquq bilan mustahkam bog‘liqhuquq tarmog‘i hisoblanadi va u ijroiya hokimiyatini amalgaoshirishda vujudga keladigan boshqaruv munosabatlarini tartibgasoladi. Bu huquq tarmog‘i normalari davlat organlari, jamoatbirlashmalari va mansabdor shaxslarning boshqaruv, ijro etish hamdafarmoyish berish bilan bog‘liq faoliyatini tartibga soladi. Boshqaruv,ijro etish va farmoyish berish funksiyasini amalga oshiruvchiorganlar, jumladan, Prezident devoni tuzilmalari, hukumat,vazirliklar, qo‘mitalar, mahalliy organlar ma’muriyati tegishlichavakolatlar bilan ta’minlangan. Xalq xo‘jaligining, iqtisodiyot vamadaniyat sohalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan va ma’rifat,sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, mudofaa va xavfsizlik kabilar

Page 145: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

bu huquq tarmog‘ining obyekti bo‘lib hisoblanadi.Tarmoqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdaqo‘llaydigan usuli hokimiyat va bo‘ysunish, imperativ xarakterdagi223buyruqlar, lavozimi va darajasiga asoslangan bo‘g‘inma-bo‘g‘inbo‘ysunish, topshirilgan soha uchun javobgarlik kabilardan iborat.Moliya huquqi davlatning moliya va budjet faoliyatini amalgaoshirish, banklar va boshqa moliyaviy muassasalar faoliyatidavujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Tarmoqningpredmeti bo‘lib, moliyaviy munosabatlar, davlat budjetinishakllantirish va ijrosini ta’minlash, pul muomalasi, bankoperatsiyalari, kreditlar, soliqlarga oid munosabatlar hisoblanadi.Moliyaviy faoliyat ko‘pincha ijro etish, farmoyish berish xarakterigaega va shu bois u ma’muriy huquq bilan ancha bog‘liqdir. Bufaoliyat yana davlat – hokimiyat xarakteriga ham ega. Shuninguchun u konstitutsiyaviy huquq bilan bog‘liq. Bu tarmoqning usuli– tekshirish, nazorat, bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar berishyo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishdan iborat.Yer huquqi yerdan foydalanishga doir munosabatlarni tartibgasoladi. Uning normalari unumli foydalanish va yer tuzilishi, yerfondini saqlash va taqsimlash, turli yer shakllarining ularningma’muriy-xo‘jalik ahamiyatiga qarab, huquqiy holatini aniqlashgadoir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Yer huquqi o‘zichiga o‘rmon, suv va tog‘ huquq tarmoqchalarini ham oladi. Buhuquq tarmog‘ining asosiy normativ akti bo‘lib, O‘zbekistonRespublikasining Yer kodeksi hisoblanadi. Yer huquqi ijtimoiy munosabatlarnitartibga solishda yo‘l berish, ruxsat berish va manetish usullaridan foydalanadi.Qishloq xo‘jalik huquqi – qishloq xo‘jalik shirkatlari, fermerxo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, ijara xo‘jaliklarining tashkil etilishiva faoliyat ko‘rsatishi, ularning boshqa xo‘jalik subyektlari hamdadavlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari, qishloq xo‘jalik ishlabchiqarishidagi mehnatdan foydalanish va unga haq to‘lash tartibi,daromadni taqsimlash tartibiga doir munosabatlarni tartibga soluvchinormalar majmuidan iborat. Ma’lumki, qishloq xo‘jalik ishlabchiqarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, bozormunosabatlarining qishloq xo‘jaligiga keng kirib borishi vamustahkamlanishi bu huquq tarmog‘ining ahamiyatini oshirmoqda.Qishloq xo‘jalik huquqi normalari qonunlarda, normativ aktlardava qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi tashkiliy shakllariningNamunaviy nizomlarida mustahkamlangan. Bu normalar halikodekslashtirilmagan. Mazkur huquq tarmog‘ining asosiy usulidispozitiv xarakterda bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi224sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash, muhofaza qilish, tavsiyaetish, yordam ko‘rsatish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.Mehnat huquqi normalari mehnat munosabatlarining vujudgakelishi, o‘zgarishi va barham topishining shartlarini aniqlash, ishvaqti hamda dam olish vaqti muddatining davomiyligini aniqlash,mehnat muhofazasi, mehnat intizomiga doir munosabatlarni tartibgasolishga qaratilgan. Mehnat munosabatlari subyektlariga ishchi vaxizmatchilar, davlat organlari va jamoat birlashmalari, kasabauyushmalari kiradi. Mehnat huquqining mehnat munosabatlarinitartibga solishda qo‘llaydigan usullari bo‘lib rag‘batlantirish, tegishlishartnomalarga normativ hujjat tusini berish hisoblanadi.Fuqarolik huquqi mulkiy munosabatlarni, shuningdek, shaxsiynomulkiy munosabatlarni (masalan, ismga bo‘lgan huquq, mualliflik

Page 146: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

huquqi, qadr-qimmatni himoya qilish) tartibga soladi. Mulkmunosabatlari, meros va vorislik munosabatlari ham fuqarolikhuquqi normalari bilan tartibga solinadi. Bu huquq normalari o‘zta’siri bilan korxona, muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslarningbarcha fuqarolik oboroti (muomalasi), xo‘jalik faoliyatini, jumladan,mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish,mulkni sotib olish va sotish, hadya qilish, meros qoldirish, mulkniijaraga saqlab turishga, garovga berish, mahsulot yetkazib berishkabi munosabatlarni qamrab oladi.Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqi normalari har qandaymulkiy munosabatlarni ham tartibga solavermaydi. U faqat taraflarhuquqiy jihatdan teng bo‘lgan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.Masalan, da’vogar va javobgar, kreditor va qarzdor, buyurtmachiva pudratchi kabi. Bu huquq tarmog‘iga hokimiyat va bo‘ysunishtarzidagi ma’muriy va moliya huquqlari uchun xos bo‘lganmunosabatlar yotdir.Fuqarolik huquqi huquq tarmoqlari tizimida eng yirigi bo‘lib, uhajman yirik va kompleks xarakterdagi huquq tarmog‘i hisoblanadi.Ayniqsa, bozor munosabatlarining rivojlanishi, turli mulkshakllarining vujudga kelishi munosabati bilan uning obyekti yanaham kengaymoqda. Shu bois mazkur huquq tarmog‘i quyidagi qatorhuquq tarmoqchalarini o‘z ichiga oladi: meros huquqi, mualliflikhuquqi, turar joy huquqi, patent huquqi va boshqalar. Fuqarolikhuquqining bosh normativ akti O‘zbekiston RespublikasiningFuqarolik kodeksidir. Bundan tashqari, ushbu huquq tarmog‘i ichigakiradigan ba’zi huquq tarmoqchalari normalari ham225kodekslashtirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Havokodeksi, Uy-joy kodeksi.Mazkur huquq tarmog‘i tartibga soladigan munosabatlarmazmuni uchun taraflarning tengligi xosdir. Shu bois fuqarolikhuquqiymunosabatlarni tartibga solish usuli dispozitiv xaraktergaega. Ya’ni qonunda belgilangan qoidalar doirasida shartnomadamunosabat ishtirokchilarining muayyan xatti-harakat variantlarinimustahkamlash va ularga asoslanib, ish yuritish huquqiningmavjudligidir.Oila huquqi huquq tarmog‘i sifatida fuqarolik huquqiga bog‘liqva unga yaqin. Oila – nikoh munosabatlari sohasidagi mulkiy vashaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalarinikoh tuzish hamda uni bekor qilish, er-xotinlar, ota-onalar va bolalaro‘rtasidagi munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylikkaoid munosabatlarni, oila a’zolarining mulkiy ahvoliga, ularning o‘zarohuquq va majburiyatlariga doir masalalarni tartibga soladi. O‘zbekistonRespublikasining Oila kodeksi oila huquqining asosiy normativ hujjatihisoblanadi. Bu huquq tarmog‘ining tartibga solish usuli taraflarningtengligiga asoslanadi va dispozitiv xarakterga ega bo‘ladi.Jinoyat huquqi yordamida davlat qanday ijtimoiy xavfli xattiharakatjinoyat hisoblanishi va ular uchun qanday jazo tayinlanishinibelgilaydi. Jinoyat huquqi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatanmutasaddi davlat organining vakolatlarini, jinoyatchilarni jinoiyjavobgarlikka tortish asoslari va shartlarini, ularga nisbatandavlatning qoralov siyosati prinsiplarini, konkret jinoyatlar tarkibiniva ularga belgilanadigan jazolar tizimi hamda turlarini, aybningshakl turlarini o‘z normalarida mustahkamlaydi.Jinoyat huquqining bosh normativ akti O‘zbekistonRespublikasining Jinoyat kodeksidir. Bu huquq tarmog‘ining ijtimoiymunosabatlarga ta’sir o‘tkazish usuli jamiyat uchun xavfli

Page 147: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

munosabatlarni qat’iy man etishdan iborat.Jinoyat ijroiya huquqi – mahkumlarning huquqiy holati, jazolarniva boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar,organlar tizimi, ularning faoliyatini tekshirish va nazorat etish, harxil jazo turlarini ijro etish tartibiga doir normalarni o‘z ichiga oladi.Mazkur huquq tarmog‘ining usuli – tarbiyalash va rag‘batlantirishjarayonlarini hokimiyat va bo‘ysunish usuli bilan qo‘shib olibborishga asoslangan. Asosiy huquq normalari O‘zbekistonRespublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida jamlangan.226Jinoyat protsessual huquqi – protsessual huquq tarmoqlaridanbo‘lib, u jinoyat ishlarini ochish, sudda ko‘rish bo‘yicha sud,prokuratura va surishtiruv hamda dastlabki tergov organlariningfaoliyatini, shu faoliyat shakllarini tartibga soluvchi normalarnio‘z ichiga oladi; Jinoyat-protsessual huquqi jinoyat jarayoniningishtirokchilari bo‘lmish gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi,guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, ayblov va himoya vakillariningprotsessual huquq hamda majburiyatlarini, ularning huquqiy holatinibelgilaydi. Huquq tarmog‘ining bosh normativ akti – O‘zbekistonRespublikasining Jinoyat protsessual kodeksi. Bu huquq tarmog‘iijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ham imperativ, hamtaraflar tengligiga asoslangan usullardan foydalanadi.Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik, oila, mehnat, yer vamoliyaviy sohalarda vujudga keladigan nizolarni qarab chiqishyuzasidan sud faoliyatini tartibga soladi. Fuqarolik protsessualhuquqi jarayoni ishtirokchilarining huquqiy holati, ularning huquqva majburiyatlari ham ushbu huquq tarmog‘i normalari bilanbelgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksihuquq tarmog‘ining asosiy normativ hujjati hisoblanadi.Fuqarolik protsessual huquqiga juda yaqin turadigan huquqtarmog‘i – xo‘jalik protsessual huquqi bo‘lib, u xo‘jalik sudlaritomonidan sudda mulkchilikning turli shakllariga mansub xo‘jaliksubyektlari va ular bilan fuqarolar hamda tadbirkorlar o‘rtasidavujudga keladigan xo‘jalik nizolarini ko‘radi.Yuqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston huquqida majmuaviyxarakterga ega bo‘lgan tarmoqlar, jumladan, xo‘jalik huquqi,ekologiya huquqi, savdo va tadbirkorlik huquqlari ham shakllangan.Mamlakatimizdagi asosiy huquq tarmoqlari shulardan iborat.Xalqaro huquq – xalqaro, eng avvalo, davlatlararomunosabatlarni tartibga soladi. Shu sababli u bironta ham davlatningmilliy huquq tizimiga kirmaydi. Xalqaro huquqda uningsubyektlarining jamoaviy irodasi mustahkamlangan vamujassamlashgan. Turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar,konvensiyalar, deklaratsiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotininghujjatlari ushbu huquqning normativ bazasi hisoblanadi. Buhujjatlarda xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi norma vatamoyillarning yaxlit, mukammal tizimi o‘z ifodasini topgan bo‘lib,ular xalqaro huquq subyektlari hisoblanmish davlatlarning o‘zarohuquq va majburiyatlarini belgilaydi.227Hozirgi zamon xalqaro huquqi ommaviy va xususiy xalqarohuquqqa bo‘linadi. Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolarihamda tashkilotlari o‘rtasidagi mulkiy va boshqa munosabatlarni,ularning huquqiy holatini, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlatqonunchiligini qo‘llash tartibi va shartlariga doir munosabatlarnitartibga soladi.Davlatlar, xalqlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro

Page 148: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

huquqning subyektlari hisoblanadi.4-§. Qonunchilik tizimiMamlakatda amal qiluvchi huquq tizimi to‘g‘risidagi bilimlarimizbatafsil bo‘lishi uchun «qonunchilik tizimi» tushunchasini hamko‘rib chiqish lozim. «Huquq tizimi» va «qonunchilik tizimi»tushunchalari o‘zaro bog‘liq, lekin bir-biridan farq qiladigan ilmiykategoriyalardir. Ular huquqning ikki jihatini aks ettiradilar va uningmohiyatini chuqurroq anglab yetishga ko‘maklashadilar. «Huquqtizimi» va «qonunchilik tizimi» tushunchalari mazmun bilanshaklning o‘zaro nisbati tarzida maydonga chiqadilar. Yanadaaniqroq aytadigan bo‘lsak, huquq tizimi huquqning mohiyatini,mazmunini ifodalasa, qonunchilik tizimi huquqning bayon etilishshaklini ifoda qiladi. Har qanday voqea, hodisa va predmetningma’no-mohiyati, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ularning shaklio‘zida mujassam etadi. Ya’ni, shakl hodisa va predmet mazmuniningmavjudligini ta’minlash vositasidir. Shunga ko‘ra, «qonunchilik»huquqning mavjudligini, «qonunchilik tizimi» esa huquq tizimimavjudligini ta’minlaydi. Huquqiy normalar qonunchilikhujjatlarida mustahkamlanadi, rasmiylashtiriladi.Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, huquq tizimi huquqning ichkituzilishi, ichki tarkibiy qurilishi bo‘lib, uning mazmuni o‘zi tartibgasoladigan ijtimoiy munosabatlar xarakteri bilan belgilanadi.Qonunchilik tizimi huquq tizimining tashqi shakli sifatidahuquqning manbalari tuzilishini, normativ-huquqiy hujjatlaryig‘indisini (uyushmasini) aks ettiradi. Huquq, huquqiy normalarqonunchilikdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, amal qila olmaydi.Qonunchilik tizimi deganda huquqning mazmuni va ichki tarkibiytuzilishini mustahkamlovchi, rasmiylashtiruvchi, moddiylashtiruvchinormativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisi tushuniladi. Qonunchilik tizimihuquq (qonun) ijodkorligi faoliyati orqali huquq normalarining228yaratilishi, rasmiy hujjatlarda mustahkamlanishi va ulartizimlashtirilishi (sistemalashtirilishi) oqibatida vujudga keltiriladi.Qonunchilik hujjatlari murakkab tarkibiy tuzilishga (strukturaga)ega. Ularni turli mezonlar asosida gorizontal, vertikal va kompleksturdagi qonunchilik tizimi sifatida tasniflash mumkin.Qonunchilik tizimining gorizontal qurilishi sohaviy (tarmoq)tasniflash bo‘lib, huquqiy tartibga solishning predmeti, ya’ni ijtimoiymunosabatlar yo‘nalishi va mazmuniga asoslanadi. Bu mezongamuvofiq, huquq tarmoqlariga mos keluvchi qonunchilik tarmoqlariajratiladi (Masalan, konstitutsiyaviy huquq – konstitutsiyaviyqonunchilik, fuqarolik huquqi – fuqarolik qonunchiligi, jinoyathuquqi – jinoyat qonunchiligi, mehnat huquqi – mehnatqonunchiligi, ma’muriy huquq – ma’muriy qonunchilik). Har birhuquq tarmog‘iga mos ravishda qonunchilik tarmog‘i shakllanadi,masalan, fuqarolik-protsessual huquqiga – fuqarolik protsessualqonunchiligi mos keladi, yer huquqiga – yer qonunchiligi muvofiqbo‘ladi.Qonunchilik tizimining vertikal (pog‘onama-pog‘ona, ierarxik)tuzilishi davlat hokimiyati organlarining vakolatiga ko‘ra pog‘onamapog‘ona joylashuvini va normativ huquqiy aktlarning yuridik kuchigako‘ra joylashuvini aks ettiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimimarkazida Konstitutsiya turadi, undan so‘ng konstitutsiyaviyqonunlar, joriy qonunlar, prezident farmonlari, hukumat qarorlari,vazirlik va davlat qo‘mitalarining me’yoriy hujjatlari, mahalliy davlathokimiyati organlarining me’yoriy hujjatlari joylashadi. Sanabo‘tilgan hujjatlarning mana shu joylashuvi ularning yuridik kuchini

Page 149: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ham aks ettiradi. Barcha normativ-huquqiy hujjatlarmamlakatimizda eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiyagamos bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining16-moddasining 2-qismiga muvofiq birorta ham qonun yokinormativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalarigazid kelishi mumkin emas.Qonunchilik tizimining kompleks tuzilmalari huquqiy tartibgasolish obyektining xususiyati va davlat boshqaruvining mazmunidankelib chiqib shakllantiriladi. Bunday qonunchilik kompleks(majmuiy) tuzilmalari qatoriga tabiatni muhofaza qilishqonunchiligi, transport qonunchiligi, kapital qurilish sohasiga oidqonunchilik, fuqarolarning ijtimoiy himoyasiga oid qonunchilik,xo‘jalik qonunchiligi kabilarni kiritish mumkin.229Qonunchilik tizimini yanada chuqurroq ta’riflash maqsadidauni huquq tizimi bilan qiyoslab tahlil yuritamiz.Avvalo, huquqning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) jamiyatningiqtisodiy tizimi mazmuni bilan belgilanadi. Huquq tizimi qonunchiqaruvchi organning xohishiga ko‘ra shakllantirilmaydi. Yuqoridata’kidlanganidek, huquq tizimining elementlari quyidagilardaniborat: huquq normalari, huquq institutlari, huquq tarmoqlari(ba’zan u yoki bu huquq tarmog‘i ichidagi bir turdagi yirik tuzilmani«tarmoqosti huquq sohasi», deb yuritiladi). Huquq tiziminingrivojlanishi va yangilanishi ijtimoiy munosabatlarningtakomillashuviga bog‘liq.Qonunchilik huquq normalarini o‘rnatish, rasmiylashtirish vahayotga joriy etish vositasi hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlarihuquqiy normalarni umumlashtiradi va rasmiy ifoda etadi. Biroqqonunchilik tizimi normativ-huquqiy aktlarning oddiy yig‘indisiemas, balki bunday hujjatlarning mantiqiy mutanosib vauyg‘unlashtirilgan tizimidir. Normativ-huquqiy hujjatlar tiziminishakllantirishda tartibga solinadigan munosabatlarning xususiyatlariva qonun chiqaruvchi organning istagi, manfaati hal qiluvchi rolo‘ynaydi.Huquqning ichki tuzilishi (strukturasi) qonunchilik tiziminishakllantirish uchun obyektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Huquqniijod etish yoki qonun chiqarish jarayonida vakolatli organ huquqtarmog‘i va huquq tuzilmalarining xususiyatlaridan kelib chiqibish tutishi lozim bo‘ladi.Qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi o‘rtasida quyidagi farqlarmavjud:– birinchidan, huquq tizimining birlamchi, boshlang‘ichelementini huquqiy norma tashkil etadi; qonunchilik tiziminingboshlang‘ich elementini qonunning moddasi yoki normativ-huquqiyhujjat tashkil etadi;– ikkinchidan, qonunchilik tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra ba’zanhuquq tizimidan kengroq bo‘lishi mumkin. Masalan, qonunchilikhujjatlarida dasturiy qoidalar, maqsadni ifodalovchi qoidalar bayonetiladi. Bular huquqiy norma yoki institut mazmuni uchun ahamiyatkasb etmaydi;– uchinchidan, huquq tizimini tarmoqlarga va institutlarga bo‘lishasosida huquqiy tartibga solish predmeti va metodi yotadi;qonunchilik tarmoqlari davlat hayotining yo‘nalishlari va o‘z230predmeti mavjudligi bilan izohlanadi, ammo yagona tartibga solishmetodiga ega bo‘lmaydi;– to‘rtinchidan, huquq tizimi, uning tarmoqlari bir turli bo‘ladi;

Page 150: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qonunchilik tizimi va tarmoqlari esa turli yo‘nalishdagi hamdaxarakterdagi munosabatlarni tartibga soladi;– beshinchidan, huquq tizimining ichki tuzilishi qonunchiliktizimining ichki tuzilishi bilan aynan mos kelavermaydi.Qonunchilik tizimining vertikal tuzilishi davlat organlari ierarxiyasiniaks ettirsa, huquq tizimining vertikal tuzilishi – uning normalariga,institutlariga, sohalariga bo‘linishini aks ettiradi;– oltinchidan, huquq tizimi obyektiv xususiyatga ega bo‘lsa,qonunchilik tizimi subyektiv omilga, ya’ni qonun chiqaruvchiidoraning xohish irodasiga bog‘liq.Shunday qilib, huquq tizimi bilan qonunchilik tizimi o‘rtasidato‘g‘ri nisbatni o‘rnatish (aniqlash) ham nazariy, ham amaliyahamiyatga ega. Bu vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi huquqtizimi bilan qonunchilik tizimini bir-biriga yaqinlashtiradi, hayotdaqo‘llanishini samarali qiladi.231Huquq sohalariModdiy huquq Protsessual huquqsohalari sohalari– konstitutsiyaviy huquq; – fuqarolik protsessual– fuqarolik huquqi; huquqi;– mehnat huquqi; – xo‘jalik protsessual– oila huquqi; huquqi;– moliya huquqi; – ma’muriy protsessual– ijtimoiy ta’minot huquqi; huquqi;– yer huquqi; – jinoyat protsessual– suv huquqi; huquqi.– ekologiya huquqi;– agrar huquq;– tadbirkorlik huquqi;– bojxona huquqi;– ma’muriy huquq;– jinoyat huquqi;– jinoyat ijroiya huquqiva boshq.Qonunchilikni tizimlashtirish shakllariKodifikatsiya Inkorporatsiya Konsolidatsiya232XVI BOB. O‘ZBEKISTONNING HUQUQIYTIZIMI1-§. Huquqiy tizim tushunchasi va mohiyatiO‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimi jamiyatningjadal rivojlanayotgan ijtimoiy tizimlaridan biridir. Huquqiytizimning taraqqiy etganlik darajasi, mamlakatdagi iqtisodiy,ijtimoiy, siyosiy vaziyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aholiningsiyosiy-huquqiy ongi va madaniyatida namoyon bo‘ladi. Nafaqathuquqshunoslar, balki barcha fuqarolarning huquqiy tizimto‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lishlari fuqarolik jamiyatibarpo etish maqsadlariga erishish uchun nihoyatda muhimdir.Milliy huquqiy tizimni tavsiflashdan oldin «huquqiy tizim»tushunchasini yoritish, puxta tahlil qilish maqsadga muvofiq.Umuman aytganda, «tizim» tushunchasi grekcha «systema»so‘zidan olingan bo‘lib, «qismlardan tashkil topgan majmua»,degan ma’noni anglatadi. Hodisalarni tizimli o‘rganish falsafafanining alohida yutug‘i bo‘lib, bugungi kunda barcha sohalarga,

Page 151: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

jumladan, huquq sohasiga ham joriy etilmoqda. Falsafiy nuqtayinazardan «tizim» ichki izchillik va o‘zaro aloqadorlikni,munosabatlarning bir butunligini anglatadi. Tizimning muhimjihati uning strukturaviy xususiyatga ega ekanligi, ya’ni voqelikningichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onalibo‘ysunishning yuzaga kelishi hamda ularning nisbiymustaqilligidan iborat.Har bir fan o‘zi o‘rganayotgan obyektning mazmun-mohiyatiniochishga tobora chuqurroq kirib borar ekan, tadqiq etilayotganijtimoiy hodisalarga tizimli yondashuv, tizimli tahlil usullarinikengroq qo‘llay boradi. Bu esa, insonning o‘zini o‘rab turganhodisalar to‘g‘risidagi bilimlarini tobora kengaytirib borishigaimkon beradi.Tizimli tadqiqotlarning dolzarbligi ikki muhim holat bilanbelgilanadi. Birinchisi, tabiiy va ijtimoiy hodisalarni tizimli, yaxlittarzda anglash ehtiyoji o‘sib borayotganligi bo‘lsa; ikkinchisi,zamonaviy nazariy bilim va amaliy faoliyat shu darajadachuqurlashib bormoqdaki, ularni yaxlitlikda o‘rganish zaruriyatiyuzaga kelayotganligidir. Shu sababli bilim va ijtimoiy faoliyatni233tizimlashtirish, ular orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish ehtiyojivujudga keladi. Bu vazifani aynan tizimli tadqiqotlar hal etadi.Huquqiy hodisalarga tizimli yondashuv ularni mukammalo‘rganishga ko‘maklashadi. Huquqiy hodisalar – insonlarirodasining mahsuli. Aynan insonlar, ularning uyushmalari siyosiyinstitutlarni vujudga keltiradi hamda huquqiy hodisalarnirasmiylashtiradi. Mazkur siyosiy institutlar va huquqiy hodisalaryig‘indisi o‘zaro aloqada bo‘ladi va yaxlit bir butunlikni tashkiletadi. Tizimning xususiyati shunda ifodalanadiki, uning tegishliqismlari bir butunga birlashadi. Qismlar yaxlitlikni hosil qiladi vaaksincha yaxlitlik qismlarni birlashtiradi, ularning mohiyati,mazmuni va shakllarini, tizim tarkibidagi o‘rni va vazifasini belgilabberadi.«Huquqiy tizim» tushunchasi yuridik fanga XX asrning so‘nggichoragida kirib kelgan bo‘lib, u bugun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiytizimlar bilan bir qatorda namoyon bo‘lmoqda. Huquqiy tizimhuquqqa oid tushunchalar, huquqiy institutlar, huquqiy jarayonlarva boshqa barcha huquqiy voqelikni o‘zida mujassamlashtirganholda ular o‘rtasidagi aloqadorlikni ifodalaydi. Huquqiy tizim,o‘z navbatida, davlat va jamiyatning huquqqa munosabatini aksettiradi. Yuqori darajada rivojlangan huquqiy tizim nafaqathuquqni ijod qiluvchi, uni amalga oshiruvchi hamda muhofazaqiluvchi organlar faoliyatida qulayliklar yaratadi, balki butunjamiyatni huquq talablari doirasida hayot kechirishini ta’minlaydi.Huquqiy tizimni alohida o‘rganish va unga baho berishdaquyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish lozim:– huquqiy tizim tushunchasi;– huquqiy tizimning tarkibiy tuzilishi;– huquqiy tizimning amal qilish doirasi;– huquqiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari.Huquqiy tizim tushunchasini tahlil etishda, mamlakatimiz vaxorijiy davlatlar olimlarining fikrlariga e’tibor qaratish lozim.Ushbu tushuncha huquqshunoslar tomonidan turlicha talqinetiladi. Ba’zi mualliflar «huquqiy tizim»ni «huquq tizimi» iborasibilan bir xil deb tushunadilar, boshqa olimlar esa, mazkurtushuncha doirasida huquqiy normalar va huquqiymunosabatlarning o‘zaro daxldorligini nazarda tutadi. Uchinchi

Page 152: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

234guruh mutaxassislar «huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilmasifatida huquqning tuzilishini, vakolatli organlarning huquqijodkorlik va huquqni qo‘llash sohasidagi faoliyatlarini qamraboladi», deb ta’kidlaydilar1 . Akademik V.S.Nersesyansning fikricha,huquqiy tizimni ta’riflash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, huquqni umumiytushunishni, shartli ravishda «huquqiy tizim» so‘zi bilanalmashtirilishini bildiradi2 .«Huquqiy tizim» tushunchasini talqin etish orqali huquqningochilmagan yangi qirralarini bilib olish va shu bilan bir qatordahuquq to‘g‘risidagi tasavvurlarni rivojlantirish mumkin. «Huquqiytizim» bilan «huquq tizimi»ni qiyoslab ko‘raylik. To‘g‘ri, huquqtizimi o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, huquqnormalarini qamrab olgani holda, huquqiy tizimning normativo‘zagini tashkil etadi. Lekin faqat huquqiy normalarning o‘zihuquqiy tizimning to‘la hajmini ifodalay olmaydi. Huquqiy tizimhuquq normalaridan iborat bo‘lgan obyektiv huquqdan farq qilib,nafaqat bir turdagi elementlarni, balki turli yo‘nalish va harakatdabo‘lgan huquqiy tuzilmalarni, g‘oyalarni, prinsiplarni, jarayonlarnio‘zida mujassamlashtiradi. Huquqiy tizimga harakatdagi hodisasifatida qarash lozim. Huquqiy tizim – keng qamrovli tushunchabo‘lib, muayyan makonda va zamonda amal qilayotgan huquqiyhodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, huquq normalari hamdahuquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o‘zaro uzviybog‘liqligi va aloqadorligidir.Prof. M.N. Marchenkoning fikricha, huquqiy tizim deganda,biror-bir mamlakat doirasida amal qiluvchi barcha yuridikinstitutlar va muassasalarning yig‘indisidan iborat mamlakatningbutun huquqiy tuzilmasi, jamiyatning yagona vujud sifatidahuquqiy jihatdan tashkil etilganligi tushuniladi. Bu nafaqat huquqiynormalar, shu bilan birga, huquqiy mafkura, huquqiy ong, huquqiymadaniyat, huquqiy amaliyot va h.k.larni qamrab oladi.3«Huquqiy tizim – o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, mutanosib va bir-1 Алексеев С.С. Общая теория права. Т.1. – М.: 1981, с.87-88.2 Проблемы общей теории права и государства / Отв. ред. В.С. Нерсесянц.– М.: 2000, с.4503 Qarang: Марченко М.Н. Теория государства и права в вопросах и ответах.– М.: ПБОЮП Грачев С.М., 2001. С.131.235biriga ta’sir qiluvchi huquqiy vositalardan iborat bo‘lib, ijtimoiymunosabatlarni, shuningdek, u yoki bu mamlakatdagi huquqiyrivojlanish darajasini tavsiflovchi tarkibiy qismlarni birlashtiradi»1 .Ushbu ta’rif ham huquqiy tizim mazmunini yoritishda muhimahamiyat kasb etadi.Prof. N.I.Matuzovning fikricha, «Huquqiy tizimni ichkimuvofiqlashgan, o‘zaro bog‘langan, ijtimoiy bir turdagi yuridikvositalarning yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin. Davlat ularningyordamida ijtimoiy munosabatlarga zarur normativ ta’sir(mustahkamlash, tartibga solish, qo‘riqlash, muhofaza qilish kabi)ko‘rsatadi».2Lekin fanda «huquqiy tizim» tushunchasini «huquq tizimi»,«qonunchilik tizimi», «yuridik normalar tizimi» tushunchalari bilanaynanlashtish uchrab turibdi. Huquqiy tizimni tushunishda,«huquq tizimi», «huquqiy tizim» va «huquq oilasi»kategoriyalarining bir-biridan farqini ajratib olish maqsadgamuvofiqdir.Huquq tizimi – huquqning ichki tuzilishi, ichki qurilishi –

Page 153: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

tarkibi bo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanliginiva qismlar o‘rtasidagi munosabat hamda nisbatni ko‘rsatadi. Yoki,huquq tizimi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchihuquqning ichki tuzilishi bilan bog‘langan, huquqiy normalarniizchil tarzda joylashtirilishining ifodasidir. Yuqoridagi fikrlardanko‘rinib turibdiki, huquq tizimi huquqning ichki strukturaviytuzilishidir. Uning tarkibiga: huquq normalari, huquq institutlariva huquq sohalari (tarmoqlari) kiradi. Demak, huquq tizimi –huquqning ichki tuzilishi, uning tarkibiy qismlarini tashkil etilishiva joylashishining muayyan tartibini ifodalaydi. Huquqiy tizimesa, mamlakat hududi doirasida amal qiladigan barcha yuridikvositalar, institutlar va muassasalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib,jamiyatning huquqiy tuzilishi, uning butun huquqiy hayoti vahuquqiy jihatdan tashkil etilishini ifodalaydi.Huquqiy tizim nafaqat huquq normalarining o‘zi, balki ularni1 Саидов А., Тожихонов У. Давлат ва μoіуі назарияси. Икки жилдли. 2-жилд. Ґуіуі назарияси. –Т.: 2001. 48-bet.2 Матузов Н.И. Правовая система и личность. Саратов. 1987. С.26.236harakatga keltiruvchi, o‘zaro bog‘liq huquqiy hodisalar yokivositalar hamda ularning bir butun harakatdagi ko‘rinishidir.Huquqiy tizim tarkibiga huquq normalari bilan bir qatorda, huquqijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqiy amaliyot, huquqiy ong,huquqiy madaniyat, huquqiy mafkura, huquqiy siyosat, huquqiytamoyillar, yuridik muassasalar va boshqalar kiradi.Huquqiy tizim, asosan, muayyan mamlakat va davlat miqyosidaamal qiladi. Chunki, davlatlarda hokimiyatni amalga oshirish usuli,davlat organlarining tashkil etilishi va shu kabi davlatning asosiysiyosiy xususiyatlariga qarab, uning qonunchiligi, huquqiy asoslariyaratiladi.Huquq oilasi «huquq tizimi» va «huquqiy tizim»ga nisbatankeng ma’noli tushuncha bo‘lib, ularni o‘z tarkibiga qamrab oladi.Huquq oilasi ko‘p yuridik adabiyotlarda huquqiy tizim tushunchasibilan aynanlashtiriladi1 . Qiyosiy huquqshunoslik bilanshug‘ullanuvchi olimlar tomonidan «huquq oilasi» atamasi turlichabayon etiladi. Jumladan, R.David «huquqiy tizimlar oilasi», KO.Ebert va M. Reynstayn «huquqiy doiralar», S.S.Alekseyev«tuzulmaviy umumiylik», deb ataydilar. Ushbu tushunchaningumumiy ta’rifini ishlab chiqish va fanda qo‘llash o‘rinli bo‘lardi.Fikrimizcha, huquqiy tizim va huquq oilasi tushunchalarinibir-biridan farqini aniqlab, to‘g‘ri talqin etish zarur. Huquqiytizim tushunchasini muayyan davlatlardagi huquqiy voqelikkanisbatan qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Huquq oilasi esa, aynanhuquqiy tizimlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishiga asos bo‘luvchi,o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan, birnecha milliy huquqiy tizimlarni aks ettiruvchi dunyo miqiyosidahuquqning eng katta tarkibiy qismidir. Bir qator huquqiy tizimlargaxos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni belgilab olish, ularni huquq1 Qarang: Давид Р. Основные правовые системы современности. –М.: 1988.// Давид Р., Жоффре-Спинози К. Основные правовые системы современности.–М.: 1996.2 Qarang: Вишневский А.Ф. Общая теория государства и права // А.Ф.Вишневский,Н.А.Гарбаток, В.А.Кучинский; Под общ. ред. проф. В.А.Кучинского.–М.: 2004. С.280.3 Qarang: Общая теория права и государства // Под ред. В.В.Лазарева. –М.: 2001. С.218; Черданцев А.Ф. Теория государства и права. –М.: 1999.С.400.237oilalari bo‘yicha tasniflash imkonini beradi2 . Demak, «huquqiy

Page 154: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

oila» kategoriyasi yuridik belgilari o‘xshash bo‘lgan huquqiytizimlar guruhini ifodalashga xizmat qiladi3 .Demak, huquqiy tushunchalarni «obyekt doirasi» (hajmi) yokitartibga solish jarayoni bo‘yicha tartiblashtirsak, dunyo huquqiyxaritasi, huquq oilasi, huquqiy tizimlar va huquq tizimi kabiko‘rinishga ega bo‘ladi.Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jamiyatda mavjud huquqtavsifiga tizimli yondashilganda, uning barcha tarkibiy qismlarixalqning manfaat va irodasini ifodalashida namoyon bo‘ladi.Huquqiy tizimning alohida tarkibiy qismlari tegishli ijtimoiymunosabatlarni tartibga solish jarayonida uzviy tarzda o‘zarobog‘langan bo‘ladi va bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bundaytartibga solish yagona maqsadga, ya’ni jamiyat barqarorliginita’minlash, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishgayo‘naltirilgan.O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi – mamlakatimizdagihuquqiy voqelikni ijtimoiy borliqning tarkibiy qismi sifatidaifodalovchi nisbatan yangi huquqiy kategoriyadir.Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng,mohiyat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi milliy huquqiy tizimnishakllantirishga kirishildi. Albatta, huquqiy tizimni yaratish birqancha yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Zamon ruhigayot, yagona mafkurani o‘rnatuvchi, bozor munosabatlarigato‘sqinlik qiluvchi normalar bekor qilindi, ba’zi birlari esamohiyatan o‘zgartirildi va aksariyat qoidalar mutlaqo yangidanqabul qilindi. Bu normalar yaxlit tizimning tarkibiy qismlarigaaylandi.O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi – bu umum e’tirofetilgan talablar va xalq manfaati hamda fuqarolarimizning erkinhayoti va farovon kelajagini hisobga olgan holda yaratilgan hamdaunga muvofiq harakatda bo‘lgan huquqiy hodisalar, vositalar,jarayonlar, prinsiplar, institutlar hamda muassasalarning mantiqiybog‘liq holdagi ifodasidir.Milliy huquqiy tizim muayyan davlatning ichki huquqiy hayoti,jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lganhuquq tizimi, huquqiy mafkura, huquqiy ong, huquqiy238munosabatlar, huquqiy madaniyat, huquqiy amaliyot va yuridikfanni qamrab oluvchi, o‘ziga xos amal qilish xususiyatlariga egabo‘lgan hamda doimiy rivojlanishda bo‘lgan ijtimoiy-huquqiyvoqelikdir.Milliy huquqiy tizim muayyan mamlakat miqyosida amal qiladiva jamiyat rivoji bilan bog‘liq holda harakatlanadi. Shu bilan birqatorda, jamiyat taraqqiyotining huquqiy asosi sifatida maydongachiqadi.Shunday qilib, huquqiy tizim har bir davlatning o‘ziga xosxususiyatlari: geografik jihatdan joylashuvi, tarixi, tili, dini,xalqning ijtimoiy tabiati, mentaliteti, urf-odatlari, shuningdek,milliy qadriyatlarini inobatga olgan holda shakllanib, shu mamlakatfuqarolarining manfaatlarini o‘z mazmunida aks ettiradi.2-§. Huquqiy tizimning tarkibiy elementlariTizim muayyan tarkibiy qismlar, bo‘linmalarning bir butunshaklidir. Shundan kelib chiqqan holda, huquqiy tizim alohidaijtimoiy hodisa sifatida bir qancha tarkibiy qismlar (elementlar)nibirlashtiradi. Huquqiy tizimning tarkibiy qismlari bir-biridan o‘zmazmuni va mohiyati, maqsad va vazifalari, tuzilishi va shakli, harakatdoirasi va maydoni hamda boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.

Page 155: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Huquqiy tizim tuzilishining murakkabligi uni tashkil etuvchi tarkibiyqismlarning ko‘pligi, har birining alohida funksiyasi mavjudligi vao‘zaro munosabat (aloqa)da harakatlanishida namoyon bo‘ladi.Jamiyatning huquqiy tizimi o‘zining muayyan mantiqiy ichkitarkibiy tuzilishiga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy hodisadir.«Huquqiy tizim» o‘z tarkibiy qismlarining tizimli majmui tarzidagavdalanadi va normalar yig‘indisi hisoblanmish obyektivhuquqdan jiddiy farq qiladi. Mazkur farq shundaki, huquqiy tizimbir turdagi elementlarnigina emas, balki turli yo‘nalish vamaqomdagi tuzilmalarni qamrab oladi, birlashtiradi. Ta’kidlashlozimki, huquqiy tizim tarkibiga:1) falsafiy yoki mafkuraviy (huquqning talqini, huquqiytushuncha va kategoriyalar, huquqiy ong, huquqiy mafkura,huquqiy madaniyat);2) me’yoriy (jamiyatda harakatlanayotgan huquqiy normalarmajmui);2393) institutsional-tashkiliy (huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llashjarayoni bilan bog‘liq yuridik muassasalar);4) sotsiologik, ya’ni ijtimoiy (huquqiy munosabatlar, huquqnitatbiq etish, qonuniylik muhiti, yuridik amaliyot) elementlar kiradi.Huquqiy tizim harakatdagi «jonli» hodisa sifatida talqin etilishilozim. Zero, u ijtimoiy hayotning faol tarkibiy qismi sifatidakishilar o‘rtasidagi munosabatlarni uzluksiz tartibga solishvazifasini bajaradi. Amaliy jihatdan huquqiy tizimharakatlanishining dinamik talqini muhim ahamiyat kasb etsa,ilmiy nuqtayi nazardan uni statik (harakatsiz) tarzda ajratib olibifodalash muayyan mazmunga ega. Shundan kelib chiqib, huquqiytizim strukturasini statik va dinamik jihatdan tavsiflash mumkin.Statik holatda uning tarkibiy qismlari quyidagilardir: 1) yuridiknormalar; 2) huquqiy prinsiplar va institutlar; 3) huquqiymuassasalar yig‘indisi; 4) huquqiy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar.Dinamik holatda: 1) huquq ijodkorligi; 2) huquqni amalgaoshirish (qo‘llash jarayoni); 3) huquqiy munosabatlar; 4) huquqiytartibga solish mexanizmi; 5) huquqiy tafakkur (huquqiy ongningrivoji, ijtimoiy hayotga faol ta’siri). Huquqiy tizimning dinamikko‘rinishi bu mazkur tizim elementlarining harakatlanish jarayoni,uning maqsadli yo‘nalishi va pirovardida ko‘rsatadigan samarasidir.Shunday qilib, jamiyat huquqiy tizimi tarkibiga quyidagi asosiyelementlarni kiritish mumkin:– huquqiy normalar yig‘indisi (huquqiy tizimning o‘zagi);– huquqiy prinsiplar (rahbariy g‘oyalar);– huquq ijodkorligi (vakolatli idoralarning faoliyati);– huquqni amalga oshirish, qo‘llash jarayoni;– huquqiy munosabatlar (huquqiy normaning amalga oshishshakli);– huquqiy tartibga solish mexanizmi;– yuridik muassasalar tizimi;– yuridik amaliyot (sud amaliyoti, tergov amaliyoti, adliyaamaliyoti va h.k.);– huquqiy ong (huquqiy hodisalarning ijtimoiy ongdagiin’ikosi);– huquqiy siyosat (strategiya);– huquqiy mafkura (g‘oyaviy-ma’naviy jihat);240– huquqiy madaniyat (huquqiy ma’naviyat va tarbiyaningifodasi);

Page 156: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

– qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi;– huquqning manbayi (qonunchilik va boshqa normativhuquqiyhujjatlar majmui).Yuqorida sanab ko‘rsatilgan huquqiy voqeliklar yagona bir tizimhosil qilib, o‘zaro aloqadorlikda, munosabatda bo‘ladi. Har birhuquqiy institut (hodisa) qolganlarining mavjud bo‘lishini taqozoetadi. Bu tizimdagi bir elementning harakatlanishi qolganelementlarning harakatga kelishiga sabab bo‘ladi. Demak,jamiyatning huquqiy tizimi – muayyan makonda va zamonda amalqilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar,normalar va huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi,o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda aloqadorligi bo‘lib, ularningmaqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabatlarningyuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi. Huquqiytizim yaxlit voqelik bo‘lib, tarkibiy qismlarining o‘zaro ichkialoqadorligi, bog‘liqligi, mutanosibligi, izchilligi va barqarorligibilan tavsiflanadi.Bayon etilgan tarkibiy qismlar huquqiy tizimning murakkabijtimoiy hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash fikrni davlatva huquq nazariyasiga oid darsliklarda ham ko‘rishimiz mumkin.Unga ko‘ra, huquqiy tizimning asosiy qismlari sifatida quyidagilaralohida ajratib ko‘rsatiladi: 1) huquqiy tushunchalar; 2) huquqprinsiplari; 3) huquqiy madaniyat; 4) huquqiy siyosat; 5) huquqva uni ifoda etuvchi qonunchilik; 6) huquqiy munosabatlar; 7)yuridik amaliyot; 8) yuridik texnika; 9) yuridik fan.Prof. N.I.Matuzov esa, huquqiy tizimni murakkab, serqirratushuncha ekanligini ta’kidlab, uni jamiyatda mavjud bo‘lganbarcha yuridik hodisalar, huquqiy vositalar yig‘indisi sifatidata’riflaydi1 . Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, olim huquqiytizim tarkibini barcha huquqiy hayot, huquqiy ustqurmaelementlari bilan izohlaydi.Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,huquqiy tizim – murakkab ijtimoiy hodisa sifatida o‘z tarkibida1 Матузов Н.И. Правовая система и личность. - Саратов. 1987. с.26.241mamlakatda mavjud barcha huquqiy voqeliklarni, ya’ni huquqiyvositalar, hodisalar, institutlar, muassasalar, binobarin huquqiyhayotni aks ettiruvchi butun bir reallikni ifodalaydi.Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlargaajratish mumkin:1. Normativ xususiyatga ega bo‘lgan tarkibiy elementlar:a) huquq; b) huquq tizimi; d) huquqiy prinsiplar; e)huquqning manbalari.2. Harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan tarkibiyelementlar:a) huquq ijodkorligi; b) huquqni amalga oshirish, qo‘llashjarayoni; d) huquqiy munosabatlar; e) huquqiy tartibga solishmexanizmi.3. G‘oyaviy-mafkuraviy mazmunga ega bo‘lgan elementlar:a) huquqiy ong; b) huquqiy madaniyat; d) huquqiy mafkura;e) huquqiy siyosat; f) yuridik fan (huquqiy tafakkur); g) qonuniylikmuhiti va huquqiy tartibot rejimi.4. Tashkiliy tarkibiy elementlar:a) yuridik muassasalar: huquqiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchidavlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar.Huquqiy tizimni tushunishda uning tarkibiy qismlarimazmunini chuqur bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi

Page 157: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

elementlar bir butun yaxlit holda huquqiy tizimni tashkil etadi:huquq, huquq tizimi, huquqiy tamoyillar, huquq ijodkorligi,huquqni amalga oshirish, huquqiy munosabatlar, huquqiy tartibgasolish mexanizmi, yuridik muassasalar tizimi, yuridik amaliyot,huquqiy siyosat, huquqiy mafkura, huquqiy ong va huquqiymadaniyat va boshqalar. Huquqiy tizimning har bir elementigaalohida to‘xtalamiz.Huquq – jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi,fuqarolarning hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi, davlattomonidan qabul qilingan yoki ma’qullangan yashash qoidalaritizimidir.Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tizimi – bu huquqningstrukturaviy tuzilishi bo‘lib, o‘z tarkibiga huquq normalari, huquqinstitutlari va huquq sohalarini qamrab oladi. Huquq tizimi huquqnormalarining tashkiliy tuzilishi bo‘lib, uning mavjud bo‘lishi242obyektiv shart-sharoitlarga (milliy, madaniy, tarixiy va sh.k.)bog‘liq va huquqning ichki tuzilishini ifodalaydi. Huquq tizimihuquqiy tizimning normativ asosi hisoblanib, boshqa tarkibiyelementlarning shakllantiruvchi va harakatini tartibga soluvchibirlamchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.Huquqiy prinsiplar huquqiy tizim doirasidagi rahbariy g‘oyalaryig‘indisini tashkil etadi. Mazkur tushuncha majmua xususiyatiga ega.Chunki, huquqiy tizimning har bir elementi o‘z prinsiplariga ega.Huquqiy tamoyillar – yo‘naltiruvchi, dastlabki g‘oya bo‘lib,insonlarni o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchunxizmat qiladigan, asosiy mo‘ljalni ko‘rsatib beradi. Huquqiy tizimnishakllantirishda huquqiy tamoyillar (rahbariy g‘oyalar)ning faolharakatini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.Huquq ijodkorligi – jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarinianiqlash va baholash, vakolatli organlarning huquqiy hujjatlarnishakllantirish va qabul qilish faoliyatini qamrab oluvchi jarayon.Huquqni amalga oshirish – bu huquq normalari orqali ijtimoiymunosabatlarni tartibga solish yoki huquqni amalda tatbiq etishdanamoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshirishning birlamchi shakliqonun chiqarish bo‘lsa, ikkilamchi shakli ular orqali ijtimoiymunosabatlarga ta’sir etishdir.Huquqiy munosabatlar – bu huquq normalari bilan tartibgasolinadigan ijtimoiy munosabatlar. Huquq sohalariga ko‘ra ular:konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, jinoiy-huquqiymunosabatlar, ma’muriy-huquqiy munosabatlar, fuqaroviyhuquqiymunosabatlar va boshqa turlarga ajraladi.Huquqiy tartibga solish mexanizmi – jamiyatda turli-tumanijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketmaketlikdata’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmunihamda huquqiy normalar ruhi mamlakat intilayotgan maqsad vavazifalar, ya’ni: bozor iqtisodiyotiga o‘tish, huquqiy davlat vafuqarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan uzviy bog‘liq.Yuridik muassasalar – huquqiy tizimning muhim tarkibiyqismlaridan biridir. Yuridik muassasalar deb – huquq ijodkorligi,huquqni tatbiq etish, uni muhofazalash hamda huquq buzilishlarigaqarshi kurash bilan shug‘ullanadigan davlat va boshqa ijtimoiytashkilotlar tizimiga aytiladi.243O‘zbekiston Respublikasida yuridik muassasalar tizimigaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti apparati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,

Page 158: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati organlari, O‘zbekistonRespublikasi prokuratura, bojxona va soliq organlari, O‘zbekistonRespublikasining Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, vakillik hamdadavlat boshqaruv organlari, advokatura va h.k.lar kiradi.Huquqiy amaliyot – huquq va huquqiy ong bilan birga jamiyathuquqiy tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Huquqiyamaliyotsiz huquqiy tizim tashkil topishi, rivojlanishi va amaldabo‘lishi mumkin emas. Huquqiy amaliyot to‘plangan ijtimoiyhuquqiytajribalar asosida huquqiy normalarni yaratish, sharhlashva amalga oshirish faoliyatidir.Huquqiy tizimning «sistema» tashkil etuvchi tarkibiyqismlaridan hisoblangan huquqiy ong va huquqiy madaniyatijtimoiy hodisa bo‘lib, huquq bilan chambarchas bog‘liqdir.Huquqiy ong – ijtimoiy ongning bir shakli hisoblanib, nisbatanmustaqildir. Huquqiy ong jamiyat a’zolarining huquqqa, qonungamunosabati hamda davlat mexanizmi faoliyati xususidagitasavvurlari, qarashlari, ta’riflari, his-tuyg‘u va kayfiyatlariningmujassam ifodasidir.Jamiyat huquqiy tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, huquqniinsonlar xatti-harakatida mujassamlashishini, kishilarning huquqqanisbatan hurmatini, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizliginianglatuvchi tushuncha huquqiy madaniyat hisoblanadi.Huquqiy madaniyat – fuqarolik jamiyati ma’naviykamolotining, davlatchilik binosi rivoji va huquqiy tizimyetukligining muhim ko‘rsatkichidir. Huquqiy madaniyat deganda,jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, xalqningbu huquq tizimidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonungabo‘lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi,huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo‘lish, qonungaitoatkorlik darajasi tushuniladi.Huquqiy siyosat – ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibgasolishning asoslari, prinsiplari, yo‘nalishlari, vazifalari, strategiyasiva taktikasidir. U davlat tomonidan shakllantiriladi va amalgaoshiriladi.244Huquqiy mafkura – davlatchilik, siyosiy tizim va huquqiy hayothaqidagi siyosiy-huquqiy g‘oyalar, qarashlar va bilimlarningumumlashtirilgan tizimidir.3-§. O‘zbekiston huquqiy tizimini isloh qilishning asosiyyo‘nalishlariO‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimi to‘g‘risida fikryuritganda, quyidagi savollarga javob topish lozim bo‘ladi:«O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi avval qanday ko‘rinishdabo‘lgan?», «Jamiyatimiz huquqiy tizimining hozirgi holatiqanday?» va «Kelajakda mamlakatimiz huquqiy tizimi qandayko‘rinishda bo‘lishi lozim?»O‘zbekiston huquqiy tizimi shakllanishining tarixiga e’tiborqaratsak, mamlakatimiz hududida paydo bo‘lgan ilk davlatlardajumladan, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Parfiya, Marg‘iyona,Qang‘, Kushon, Eftalitlar va Turk xoqonligida odat huquqi amaldabo‘lganligi haqida tarixiy manbalar guvohlik beradi.VII asrda hududimizga arablar bostirib kelishi bilan huquqiytizimda odat huquqi bilan birgalikda musulmon huquqi normalariamal qila boshladi. Muayyan vaqt o‘tishi va Arab xalifaligio‘rnatilishi bilan musulmon huquq normalari asosiy o‘rinni egallab,avval mavjud bo‘lgan tizimni siqib chiqara boshladi. Mamlakatimizhududida hukm surgan Somoniylar, Tohiriylar, Qoraxoniylar,

Page 159: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Saljuqiylar, G‘aznaviylar, Xorazmshohlar, Mo‘g‘ullar, Temuriylar,Shayboniylar, Ashtarxoniylar va xonliklar davrida musulmonhuquqi normalari huquqiy tizimning asosiy elementi sifatidaijtimoiy munosabatlarni tartibga solardi1 .Sobiq sovet huquqi amal qilgan butun davr mobaynidaO‘zbekiston huquq tizimi mazmuniga roman-german huquqiytizimi tartib va an’analari singib ketdi. Mamlakatimiz huquqiytizimi shaklan g‘arb davlatlari huquqiy tizimiga o‘xshasada,mazmunan milliyligi bilan ajralib turadi.1 Qarang: Файзиев М.М., Одиліориев Ґ.Т., Daμeiia Ф. ва б. ¤збекистонмиллий давлатчилик назариясининг μoіуіий асослари. –Т.: 2005–2006 й.й.;Јосимов Р., Содиіов М. Мустаіиллик – олий неъмат. –Т.: 2000; АзаматЗиё. ¤збекистон давлатчилиги тарихи. –Т.: “Шарі” 2000.245Totalitar tuzumi davrida shakllangan huquqiy tizim insonmanfaatlaridan ko‘ra davlat manfaatlariga ustunlik berardi.Shaxsning huquqiy tizim subyekti sifatidagi mavqeixaspo‘shlanardi.O‘zbekistonning 1991-yil 31-avgustda erishilgan davlatmustaqilligi, barcha tizimlar kabi, huquqiy tizimni yangidandemokratik asosda barpo etishga imkoniyat yaratdi. Davr talabidankelib chiqib, xalqimiz manfaatlarini uyg‘unlashtirgan holdahuquqiy tizimni shakllantirishga kirishildi. Birinchi navbatda,davlatchilik asoslariga huquqiy poydevor sifatida, huquqiy tizimgultojisi – Konstitutsiya qabul qilindi. «O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasining qabul qilinishi, – deb ta’kidladi PrezidentI.A. Karimov, – mamlakat hududida ulkan siyosiy voqea, yangiO‘zbekistonni qaror toptirish jarayonidagi muhim qadam bo‘ldi...Konstitutsiya suveren davlatimizning qonunchilik-huquqiy negizinishakllantirishning asosiy poydevori, mustaqil davlatchiligimizningtamal toshi bo‘ldi»1 . Konstitutsiya asosida davlat hokimiyatorganlari tashkil etildi va ularning huquqiy asosi yaratildi.Fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari shu bilan birgalikdamajburiyatlari hamda davlatimizning asosiy xususiyatlariniko‘rsatuvchi normalar bu nodir hujjatda o‘z aksini topdi.Darhaqiqat, Konstitutsiya huquqiy tizimni barpo etishda asossifatida xizmat qilmoqda.Jamiyatimiz huquqiy tizimining bugungi holatini tahlil qiladiganbo‘lsak, huquqiy tizimning tarkibiy qismi hisoblangan barchahuquqiy institut va hodisalar bir maromda harakatqilmayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, qonunchilikfaoliyati jo‘shqin rivojlanayotgan bo‘lsa, ularni amalga oshirish,qo‘llash faoliyatida muayyan muammolar ko‘zga tashlanmoqda.Ma’lumki, huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlarsoni bilan emas, balki uni to‘la hayotga tatbiq qilish bilanbelgilanadi. Eng pishiq va puxta qonun ham ijtimoiy hayotda o‘zamalini topmasa, qadriyat sifatida ahamiyatsiz bo‘lib qolaveradi.Buyuk fransuz mutafakkiri Sh.L.Monteske shunday deb yozgan1 Каримов И. А. ¤збекистон – буюк келажак сари. –Т., 1998, 539-bet.2 Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. О законах, об их отношенияхк различным существам. –М.: 1955. с.164–165.246edi: «Men biror mamlakatga borsam, u yerda yaxshi qonunlarmavjudligi bilan emas, balki qonunlarga qanday itoat etilayotganligibilan qiziqaman, chunki yaxshi qonunlar hamma joyda bor»2 .Demak, O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining barchaelementlari barqaror harakat qilishini ta’minlash vazifasi dolzarbbo‘lib turibdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, huquqiy tizimning

Page 160: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

barcha elementlari bir butun bo‘lib harakat qilgandagina ijobiynatijaga erishish mumkin.O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimining jadalrivojini, barqarorligini ta’minlash uchun uning har bir tarkibiyqismini takomillashtirish hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqfaol harakatni qaror toptirish lozim.Mamlakatimiz huquqiy tizimini isloh qilish quyidagi vazifalarnibajarish orqali amalga oshiriladi:– huquqiy tizimni liberallashtirish;– huquqiy tamoyillarni hayotga izchil joriy etish;– qonun ijodkorlik jarayonini demokratlashtirish;– Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash;– inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash;– sudlar tizimini demokratlashtirish;– huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatinierkinlashtirish;– shaxsning huquqiy muhofazalanganligini ta’minlash;– qonunchilikni takomillashtirish (kodekslashtirish);– huquqiy tarbiyaning samarali tizimini yaratish;– huquqiy umumta’limni joriy etish;– huquqiy mafkurani shakllantirish va tatbiq qilish;– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishva boshqalar.O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimini shakllantirish yo‘lidamamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng bir qator samaraliislohotlar amalga oshirildi. Misol tariqasida O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida yuzlab qonunlarningqabul qilinganligi hamda ularni amaliyotga izchil tatbiqetilayotganligini ta’kidlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari,huquqiy tizimning barqarorligini ta’minlash yuzasidan so‘nggiyillarda mamlakatimizda muhim islohotlar amalga oshirildi.247Masalan, jinoiy jazolarni liberallashtirish yuzasidan O‘zbekistonRespublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlikto‘g‘risidagi Kodekslariga o‘zgartirishlar kiritilishi, qonunchiqaruvchi organ – Oliy Majlisning ikki palatali tizimgao‘tkazilishi, 2008-yildan kuchga kirishi nazarda tutilgan«O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilishto‘g‘risida»gi yoki «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqinisudlarga o‘tkazilishi to‘g‘risida»gi Prezident farmonlarining e’lonqilinishi kabi samarali tadbirlarni qayd etish mumkin.«Huquqiy islohotlar» iborasi zamirida jamiyat huquqiy tiziminiisloh etish, uni ma’rifiy dunyo qadriyatlari va umume’tirof etilgantamoyillar asosida demokratik tarzda yangilash tushuniladi.Mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasining o‘z huquqiytizimi qaror topdi. U vujudga kelish, shakllanish va takomillashishjarayonlarini «boshidan» kechirmoqda. Aytish joizki, huquqiytizimning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha huquqiyinstitut va hodisalar birdek yuksak maromda rivoj topayotganiyo‘q. Ayrim elementlar jadal rivojlanayotgan bo‘lsa, masalan,qonunchilik, boshqa elementlar sustroq rivojlanmoqda yoki halieski shakl va qoliplardan to‘la halos bo‘la olgani yo‘q, masalan,huquqiy ong, huquqiy madaniyat va hokazo. Bu esa huquqiytizimning barcha tarkibiy elementlari tubdan isloh etilishi, davrtalablariga moslashtirilishi lozimligini anglatadi.Huquqiy tizimning tarkibiy bo‘g‘inlarini inobatga olgan holdahuquqiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha talqin etilishi

Page 161: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

mumkin:1. Huquqiy tizimni liberallashtirish (erkinlashtirish).Mamlakatda shakllanayotgan yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum vabozor iqtisodiyoti infrakstrukturasiga mos yangicha huquqiydoktrina qaror topdi. Mazkur doktrina umuminsoniy,umumbashariy qadriyatlar bilan xalqimizning bir necha mingyilliklardan beri sayqallanib kelayotgan tarixiy, milliy va ma’naviyqadriyatlarining hamohangligi asosida yaratildi. Unga ko‘ra,huquqning hozirgi zamon talqini quyidagicha: «Huquq – ijtimoiyhamjihatlik va kelishuvga asoslangan tartib-intizomga erishish,erkinlik, adolat va tenglikni vujudga keltirish vositasidir»1 .1Каримов И. А. Ватан naaaaaiμ каби муіаддасдир. Т.3. – Т., 1996. – 20-bet.248Huquqni bunday tushunish ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongdatub burilish bo‘lib, u o‘zbek huquqshunosligi nazariyasini adolatva demokratiya g‘oyalari asosida rivojlantirishning yangi bosqichiboshlanganini anglatadi.Shuni alohida ta’kidlash joizki, adliya, sud, jinoiy jazo tayinlashtizimini erkinlashtirish, uning demokratik, insoniy qiyofaga egabo‘lishiga erishish nafaqat xalqaro huquq standartlariga, balkixalqimizning ruhiyati va ma’naviy qadriyatlariga, saxovatli tabiativa milliy mentalitetiga tamomila mosdir. Butun huquqiytizimimizda ro‘y berayotgan liberallashtirishning asosiy mazmuni– barcha huquqiy taqiq va cheklovlarni adolat ko‘zi nuqtayinazaridan qayta ko‘rib chiqish, ularni oqilona mo‘tadillashtirish,inson shaxsini tahqirlamaydigan mezonlarni joriy etishdan iborat.Huquqiy tizim doirasida jinoiy-huquqiy siyosatni erkinlashtirishshaxs erki va huquqlarini ustuvor qadriyat sifatida baholashnibelgilab berdi. Darhaqiqat, jinoyatchilikka qarshi kurashsiyosatining har qanday yo‘nalishi maqsad-mazmunida inson vauning manfaatlariga e’tibor mavjud. Mazkur siyosatning asosiymaqsadi – butun jamiyatning, xususan, har bir insonning tinchva osoyishta hayotini ta’minlashdan iborat.2. Qonun chiqarish jarayonini, butun huquq ijodkorliginidemokratlashtirish.Avvalo, 2004-yildan boshlab ko‘ppartiyaviylik asosida saylanganikki palatali parlament – Oliy Majlis qaror topdi. Uning tarkibidadoimiy asosda ishlovchi professional Qonunchilik palatasi vahududlarning vakilligi asosida tuziladigan Senat tarkib topdi.Qonunchilik palatasi – 120 deputatdan va Senat 100 nafarsenatordan iborat. Parlamentda beshta siyosiy partiyalardansaylangan deputatlar faoliyat yuritmoqda. Siyosiy partiyalar o‘zfraksiyalarini shakllantirib, qonunchilik jarayonida samarali isholib bormoqdalar. Parlament doirasida qonun loyihalarini uchmarta o‘qish instituti joriy etildi; umumxalq muhokamasito‘g‘risida qonun qabul qilinishi orqali qonun loyihalarini kengxalq tomonidan muhokama etishning ishonchli huquqiymexanizmivujudga keltirildi; sessiyadan oldin qonun loyihalariniviloyatlardagi parlament deputatlari va faollar ishtirokidamuhokama etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi; qonun ijodkorligining249milliy va xalqaro yo‘nalishdagi informatsiya-axborot bazasikengaydi.3. Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorliginita’minlash. Qonunning mazmuni xalqchil, insonparvar,demokratik va adolatli bo‘lishiga erishish, qonunning sifatinimuttasil yaxshilab borish hamisha o‘z dolzarbligini saqlab qoladi.

Page 162: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Qonunning ustunligini ta’minlashda quyidagilarga erishish lozim:– mazkur yo‘nalishda, avvalo, amaldagi qonunlarning insonhuquqlariga oid xalqaro hujjatlarga moslashtirish bo‘yichamuntazam ishni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda amaldagiqonunchilik monitoringini yanada faollashtirish lozim;– qabul qilingan va endi yaratiladigan qonunlar mazmunini«Qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi»(fuqarolar uchun) va «Qonunda belgilangan narsalargagina ruxsatetiladi» (davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun) prinsiplariasosida qayta ko‘rib chiqish lozim;– inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ta’minlanishi prinsipidankelib chiqib, qonunchilik mazmunidagi etatizmdan vozkechish va inson manfaatlarini yoqlovchi huquqiy tartibga solishmexanizmini joriy etishga bosqichma-bosqich o‘tish;– Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashningyuridik, tashkiliy, ma’naviy-axloqiy mexanizmlarini vujudgakeltirish. «Qonunning ustuvorligi bizning islohotlar modelimizdagiyetakchi tamoyildir, – deydi Prezident I.Karimov. – U huquqiydavlatning asosiy mezonlaridan bir bo‘lib xizmat qiladi»1 ;– qonunlarning amal qilish mexanizmini va ularni aniq hamdaog‘ishmay qo‘llash amaliyotini joriy etish lozim.4. Bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olgan holda hamdayuridik texnika qoidalariga rioya etgan tarzda qonunchiliknisistemalashtirish, ayniqsa, kodekslashtirishni davom ettirish.Hozirga qadar Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Soliqkodeksi, Bojxona kodeksi, Yer kodeksi, Ma’muriy javobgarlikto‘g‘risidagi kodeks, Oila kodeksi, Jinoyat kodeksi kabi 15 takodeks qabul qilindi.Biroq barcha kodekslarimiz va joriy qonunlarimiz bozor1 Ислом Каримов. Конституция тґІрисида. – Т., 2001, 417-bet.250munosabatlariga to‘la moslashtirilgan deyishga hali erta. Buboradagi xalqaro tajribani puxta o‘rganish va o‘z milliyxususiyatlarimizni e’tiborga olgan holda qonunlarimizni yanadatakomillashtirish zarur bo‘ladi.Qonunchilikni sistemalashtirish bilan bir vaqtda qonunostinormativ-huquqiy hujjatlarning tizimida mutanosiblik vabatartiblikni ta’minlash zarur.5. Huquqni muhofaza etish idoralari faoliyatini demokratikisloh etish, erkinlashtirish.2001-yil 29-avgustda Oliy Majlisning VI sessiyasida«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.Bunda, xususan, prokuratura faoliyatida umumiy nazoratyo‘nalishi chiqarib tashlandi. Shuningdek, prokuratura endiishlarni sudda ko‘rilishi chog‘ida qonunchilikka rioya etilishiustidan nazorat olib bormaydi, balki sud muhokamasining barchabosqichlarida va qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagimasalalar sud tomonidan ko‘rilayotganda ishtirok etadi.2001-yil 26-martda O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralarifaoliyatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi farmoniqabul qilindi. Mazkur farmon IIV barcha tuzilmalari faoliyatinianiqlashtirish va takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarinibelgilab berdi.Zikr etilgan huquqiy hujjatlarda prokuratura va ichki ishlaridoralari faoliyatida, ayniqsa, ularning tergov faoliyatida insonhuquqlari va manfaatlari ustuvor ta’minlanishiga alohida e’tibor

Page 163: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qaratildi.6. Shaxsning huquqiy muhofazalanishi kafolatlarinikuchaytirish.Bu masala barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslargataalluqli. E’tiborga molik jihati shundaki, so‘nggi yillardaO‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash institutlariningmuayyan tizimi vujudga keltirildi. Ya’ni, Oliy Majlisning Insonhuquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yichaO‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi, Amaldagiqonunchilik monitoringi instituti va hokazo.Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlisning vakili251(Ombudsmanning) faoliyati yildan yilga faollashib hamda toborasamarali bo‘lib bormoqda. Uning faoliyati asosan quyidagiyo‘nalishlarda namoyon bo‘layotir:– O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagiqonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat (monitoring)ni amalgaoshirish;– fuqarolarning inson huquqlariga oid ariza va murojaatlaribilan ishlash;– Ombudsmanning mintaqaviy (viloyatlardagi) vakillarifaoliyati;– Ombudsmanning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarva nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi;– Ombudsmanning axborot – ma’rifiy va xalqaro sohadagifaoliyati.E’tirof etish lozimki, Ombudsmanning faoliyati fuqarolar uchunfoydali bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga so‘nggi yillarda respublikaPrezidenti va Hukumatining yosh avlodga, bolalarning huquqiymaqomini yanada mustahkamlashga alohida g‘amxo‘rlikko‘rsatmoqda. Bu yo‘nalishda ham Ombudsman ishtirokinikengaytirish lozim.Fuqarolar huquqlarini muhofaza etishda advokatura alohidaahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Advokaturato‘g‘risida»gi qonuni va «Advokatlik faoliyatining kafolatlarito‘g‘risida»gi qonunini qabul qilinishi advokaturaning huquqiymaqomini ancha mustahkamladi.7. Huquqiy islohotni bilimdon va malakali kadrlar bilanta’minlashning mukammal tizimini tashkil qilish. Huquqshunosyuristlarnitayyorlash va ularni qayta o‘qitib malakasini oshirish;huquqshunoslik fanini rivojlantirish va ilmiy tavsiyalarni huquqiyislohot manfaatlariga, uning samarasini oshirishga xizmat qildirisho‘ta muhim vazifalardir.Hozirgi paytda Adliya vazirligi qoshida sudyalar va adliyaidoralari xodimlarining malakasini oshirish markazi, O‘zbekistonRespublikasi Prokuraturasi huzurida prokuror va tergovxodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda;Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida «Rahbar xodimlarningmalakasini oshirish» fakulteti ish olib bormoqda. Bu borada ta’lim252va malaka oshirishning uzluksizligi hamda muntazamligita’minlanishiga katta e’tibor berilmoqda.8. Aholining keng qatlamlari ichida huquqiy umumta’limni joriyetish. Milliy istiqlol ruhi bilan sug‘orilgan huquqiy mafkurani vahuquqiy madaniyatni shakllantirish fuqarolik jamiyati barpoetishning muhim shartidir. 1997-yil avgustidan boshlabmamlakatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan

Page 164: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi»hayotga joriy etilmoqda. Respublika Huquqiy ma’rifat targ‘ibotimarkazi va uning viloyatlar, tuman va shaharlardagi bo‘linmalarifaol ishlab turibdi.Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil4-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinio‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoyishi katta voqea bo‘ldi.Maqsad aholining konstitutsiyaviy va umumiy huquqiysavodxonligini oshirishdir. Qonunni, unda mustahkamlangan o‘zhuquq va burchlarini mukammal bilgan har bir shaxs o‘zini erkinhis etadi, o‘z qadr-qimmati uchun o‘zi mustaqil kurasha oladi.Qonun va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarni muvaffaqiyatbilan hayotga tatbiq etish ko‘p jihatdan yangicha huquqiy ongni,huquqiy madaniyatni shakllantirish bilan bog‘liq. Huquqiymadaniyatni ijtimoiy ongga singdirish hamda aholining yurishturishihamda fe’l-atvorida tegishli ko‘nikmalarni shakllantirishjo‘ngina uddalanadigan ish emas. Huquqiy madaniyatnishakllantirish barcha davlat idoralari, siyosiy partiyalar, jamoatbirlashmalari, nodavlat tashkilotlar, mahalla jamoalari, maktab,oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bahamjihat, maqsadgayo‘naltirilgan ulkan ma’rifiy-tashkiliy faoliyati natijasida amalgaoshadigan ishdir.Huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlar soni bilanemas, balki ularning bajarilish saviyasi va samarasi bilan belgilanishiyaxshi ma’lum. Bozor iqtisodiyoti sari borayotgan yo‘limiz bizuchun huquqiy tarbiya maktabi bo‘lmog‘i darkor. Binobarin,bundan kelib chiqadigan muhim saboq shuki, qonunga amal qilganholda yashash va mehnat qilishni o‘rganishimiz, o‘z huquq va1 Ислом Каримов. Конституция тґІрисида. – Т., 2001, 94-bet.253erkinliklarimizni qonun orqali himoyalashni, o‘zmajburiyatlarimizni og‘ishmay bajarishni o‘rganib olishimiz kerak.Boshqa odamlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarigahurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganib olish lozim.19. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovnidemokratlashtirish, sud-huquqiy islohotni amalga oshirish.Sud islohoti huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati umumiyshakllanish jarayonining ajralmas zaruriy tarkibiy qismidir. Sudhuquqiyislohoti mamlakatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchihokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil kuchli sud hokimiyatinivujudga keltirishning muhim omilidir.Sud hokimiyati nafaqat uch hokimiyatning biri, balki uningyuksak nufuzli huquqiy holati jamiyat va davlat hayotida insonhuquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror bo‘lishining asosiyshartidir. Zero, sud hokimiyatining vazifasi – fuqarolarning huquqva erkinliklarini, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoyaqilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat hujjatlariningKonstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlash, qonunlarni va boshqame’yoriy hujjatlarni ijro qilish va qo‘llashda qonuniylik hamdaadolat uchun kurashishdan iborat.Mustaqil O‘zbekistonda davlat hokimiyatining taqsimlanishireal joriy etilishi bilan tom ma’noda chinakam sud hokimiyatiqaror topishiga yo‘l ochildi. Bu o‘rinda o‘ta muhim narsa –sudning davlat hokimiyatining bir bo‘g‘ini sifatida tegishli qat’iyvakolatlar sohibi ekanligini tan olishdir. Jamiyat ijtimoiy ongisud hokimiyatini e’tirof etishi, unga ko‘nikishi lozim. Sudhokimiyati davlatning muayyan sudlov siyosatini shakllantiradi

Page 165: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

va ro‘yobga chiqaradi. Sudlov siyosatining asoslari qonunda o‘zaksini topadi va sud muassasalari faoliyati orqali hayotga tatbiqetiladi.O‘zbekistonda mustaqil, adolatli sud hokimiyatini qarortoptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Odil sudlovnijoriy etish, mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish, sud-huquqiyislohotini amalga oshirish mavzusi hamisha dolzarb masaladir.Islohotlar zanjirida «O‘zbekiston Respublikasi sud tiziminitakomillashtirish to‘g‘risida» Prezident farmoni (2000-yil, 14-avgust) alohida o‘rin tutdi. Farmonga ko‘ra, sudlarni254ixtisoslashtirish maqsadida 2001-yil, 1-yanvaridan e’tiboranumumiy yurisdiksiya sudlari zamirida Qoraqalpog‘istonRespublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolikishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararosudlarini tuzishga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasiningjinoiy ishlar bo‘yicha Oliy sudi, jinoiy ishlar bo‘yicha viloyatlar,Toshkent shahar va tuman (shahar) sudlarini tuzishga qaror qilindi.Mazkur sud tizimi yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda(2000-yil, 15-dekabr) o‘z tasdig‘ini topdi. Qonunga kiritilganyangiliklardan yana biri – Adliya vazirligi huzuridagi Sudlarfaoliyatini tashkiliy, moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatdanta’minlash bo‘yicha Departament tuzildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov«O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» ma’ruzasidata’kidlaganidek: «Mamlakatimizda sud-huquq tizimini huquqiydavlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida chuqurisloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha yangi konsepsiya hayotgatatbiq qilindi. Sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlarbo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi, sudlar sud qarorlarini ijroetish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi...Sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish, uni amalgaoshirishning aniq protsessual-huquqiy mexanizmini yaratishjinoyat protsessining sudgacha bo‘lgan bosqichida jinoiy ta’qibqilinadigan fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarinisamarali himoya qilishning muhim kafolatiga aylanadi. Butergovchi va prokurorlarning ehtiyot chorasi sifatida qamoqqaolishni tanlashda javobgarlikni kuchaytirish, sud hokimiyatiningnufuzini oshirish va mustaqilligini mustahkamlash, insonningozodlikka bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ishonchli himoyaqilishni ta’minlashga xizmat qiladi»1 .Odil sudlov tizimiga appelyatsiya va kassatsiya tartibida ishko‘rish, tomonlarning tortishuvi prinsipi hamda yarashuvinstitutlari joriy etildi.Shunday qilib, huquqiy tizim sohasidagi islohotlar katta1 Каримов И.А. ¤збекистоннинг 16 йиллик мустаіил тараііиёт йґли. –Т.:«¤збекистон», 2007. 34–36-betlar.255mas’uliyat talab etadi. Islohotlar huquqiy tizim tarkibiga kiruvchibarcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi. Demak, har bir bo‘g‘inda ro‘yberayotgan o‘zgarish va jarayonlar o‘zaro bir-biri bilanchambarchas bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy islohotlarga keng qamrovliva kompleks tus berish lozim. Ana shundagina islohiy kuchg‘ayratimiz va ijodiy faoliyatimiz ijobiy samaralar berishi shubhasiz.O‘zbekiston milliy huquqiy tizimining kelajakdagi ko‘rinishinibiz tizim elementlarining rivojida, ya’ni: mukammal yaratilganqonunlarda, ularning to‘liq amal qilishida, yuksak huquqiy ong

Page 166: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

va madaniyat sohiblarining huquqiy prinsiplarga asoslanganharakatlarida, demokratik tamoyillarga tayanib ish olib borayotganodil sudlov faoliyatida, mamlakatimizda huquqning hukmronligito‘la-to‘kis ta’minlanishida ko‘rishimiz mumkin.Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston milliy huquqiy tiziminitakomillashtirish, uning tarkibiy qismlari mazmunida xalqmanfaatlarini ifodalash va mukammal darajada shakllantirish,birinchidan, huquqiy tizimning faol harakatini ta’minlaydi;ikkinchidan, huquqni insonlarga yaqinlashtiradi; uchinchidan,huquqqa nigilistik (ishonmaslik, mensimaslik) munosabatningoldini oladi; to‘rtinchidan, huquqning qadrini oshiradi;beshinchidan, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiradi;oltinchidan, demokratik-huquqiy davlat barpo etishda samaralivosita sifatida xizmat qiladi; yettinchidan, mamlakatimiznirivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashiga asosbo‘ladi.256XVII BOB. HUQUQNI TATBIQ ETISH VAQO‘LLASH1-§. Huquqni amalga oshirish tushunchasi va bosqichlariHuquq amalga oshirilgan taqdirdagina shaxs va jamiyat uchunma’no va ahamiyat kasb etadi. Agar huquq hayotga tatbiq etilmasa,u muqarrar tarzda jonsiz holda qoladi. Huquq normalarining boshvazifasi shundan iboratki, ular shaxs huquqlarining mazmuninianiqlashga yordam beradi va shu tariqa uni amalga oshirishgaimkoniyat yaratadi.Huquqni amalga oshirish – davlat tomonidan yuridikmustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarni amalga oshirish,ularni odamlar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tatbiqetish demakdir.Umuman olganda, «amalga oshirish» iborasi muayyan reja,loyiha, dastur, niyatni va hokazolarni hayotga joriy etish, deganma’noni anglatadi. «Huquqni amalga oshirish» iborasi ma’nojihatidan shunga o‘xshashdir. Huquq nomoddiy narsa, muayyanimkoniyat sifatida odamlar harakatida, faol xulq-atvorida, moddiyva ma’naviy boyliklar, ne’matlardan foydalanishda ro‘yobga chiqadi,moddiylashadi. Ayni vaqtda, uni amalga oshirish yana bir ma’nogaega: boshqa imkoniyatlar (rejalar, dasturlar, niyatlar va sh.k.)danfarqli o‘laroq, huquq amalga oshirish imkoniyatining ko‘proqligibilan tavsiflanadi, kafolatlar bilan ta’minlanadi. Tahlil qilinayotgantushunchani izohlovchi yana bir holat shundan iboratki, huquqtabiiy va ijobiy, obyektiv va subyektiv huquqni o‘z ichiga oluvchiserqirra hodisadir. Huquqni amalga oshirish uning serqirramazmunini hisobga olgan holda tushunilishi lozim.Huquqni amalga oshirish – zamonda va makonda yuz beruvchimurakkab jarayon. Unda nafaqat taraflar, subyektiv huquq vamajburiyatlarning egalari, balki davlat o‘zining huquq ijodkorligi,huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari shaxsida ishtiroketadi. Huquqni amalga oshirish, huquqni hayotga tatbiq etishjarayoni sifatida, birinchidan, huquqni amalga oshirishning yuridikmexanizmlarini, ikkinchidan, huquqni bevosita amalga oshirishshakllarini o‘z ichiga oladi.Huquqni amalga oshirishning yuridik mexanizmlari xilma-xilbo‘lib, ularning mazmuni u yoki bu mamlakat huquqiy tiziminingxususiyatlari bilan belgilanadi. Roman-german huquqiy tizimida257

Page 167: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

huquqni amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkiltopadi.Birinchi bosqich – tabiiy huquqni qonun darajasiga ko‘tarish(ijobiy huquq), uni normativ shaklga solish. Tabiiy huquqningo‘zagini inson huquqlari, uning inson va jamiyat tabiatidan kelibchiquvchi ijtimoiy-huquqiy da’volari tashkil etadi. Bu da’volarniqanoatlantirish uchun davlat ularni qonun yo‘li bilan, normativdarajada tan olishi kerak. Inson huquqlarini qonun darajasigako‘tarish: a) ularni konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni; b)ularni amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlashni nazarda tutadi.Ikkinchi bosqich – qonunni amalga oshirishning har xilmexanizmlari ishga solinadi. Bu mexanizmlar yordamida qonunqoidalarini subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlarning muayyanmazmuniga o‘tkazish amalga oshiriladi. Bu mexanizmlar rangbarangdir,chunonchi: qonunni hukumat, vazirliklar, idoralar, o‘zinio‘zi boshqarish organlarining qonun osti normativ hujjatlarida vamahalliy ahamiyatga molik boshqa normativ hujjatlardaaniqlashtirish; qonun normalarini rasmiy sharhlash hujjatlar orqalitushuntirish; qonunni qabul qilish, qo‘llash va majburiy ijro etishtaomillarini tartibga soluvchi protsessual normalar; huquqnormalarini qo‘llashga doir har xil hujjatlar. Davlat organlarininghuquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi faoliyatiham shu bosqichga kiradi.Uchinchi, yakunlovchi bosqich – huquqni amalga oshirishdaniborat. Aynan shu bosqichda huquqlar imkoniyatdan borliqqaaylanadi va bu huquq egasining xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi,ya’ni huquqning amalga oshish-oshmasligi, agar amalga oshirilsa,bu qachon va qay darajada yuz berishi huquq subyektiga bog‘liqbo‘ladi.Anglosakson huquqiy tizimida huquqni amalga oshirish jarayoniboshqacha kechadi. Huquqiy da’volarni, ya’ni tabiiy huquqnimajburiy norma darajasiga ko‘tarish sud tomonidan amalgaoshiriladi. Sud muayyan yuridik ishni ko‘rib chiqar ekan, yuzagakelgan nizoning haqiqiy holatlari, taraflarning da’volarini mufassaltahlil qiladi va ularning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini aniqlab,janjalni hal qiladi. Ishni hal qilish chog‘ida pretsedent – o‘xshashish bo‘yicha ilgari chiqarilgan sud qarori normativ asos sifatidaamal qiladi.Anglosakson huquqiy tizimida huquqiy da’voni amalga oshirish258mexanizmi roman-german huquqiy tizimidagi shunday mexanizmgaqaraganda soddaroq, chunki oldindan qonun yo‘li bilanmustahkamlab qo‘yishni taqozo etmaydi. Sudyaningo‘zboshimchaligi xavfini oshirib ko‘rsatish yaramaydi, chunki sudqarori ustidan yuqori sudga shikoyat berish imkoniyati doimomavjuddir. Masalan, anglosakson huquqi vujudga kelgan Angliyadaoliy sud instansiyasi vazifasini Angliya parlamentining yuqori palatasi– Lordlar palatasi bajaradi.Shunday qilib, huquqni amalga oshirish nimaligini tushunishuchun quyidagilarni anglab olish kerak: huquqni amalga oshirishdanamalda subyektiv huquqqa ega bo‘lgan shaxs, ya’ni huquqsubyektigina manfaatdordir. Boshqa barcha shaxslar – majburiyatolgan taraf, huquqni qo‘llovchi, qonunchi pirovard natijada vakolatlishaxs manfaatlarida ish ko‘radi. Ko‘rsatilgan shaxslar va organlarfaoliyati, bu faoliyatni tartibga soluvchi yuridik normalar jamuljamholda huquqni amalga oshirishning murakkab va ko‘p jihatlimexanizmini tashkil etadi. Binobarin, huquqning amalga oshishoshmasligi

Page 168: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

masalasining yechimi bu huquq egasiga bog‘liq bo‘ladi.Huquqni amalga oshirish mexanizmi faqat uning xohish-irodasigako‘ra ishga solinishi mumkin. Mazkur mexanizm mavjudligi, usifatli va samarali ishlashga qodirligi muhimdir. Subyektiv huquqnihimoya qilish mexanizmlari, ya’ni yuridik javobgarlik mexanizmlarihuquqni amalga oshirish mexanizmining tarkibiy qismi hisoblanadi.Himoya qilish jarayonida huquq tiklanadi va yana uni amalgaoshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yuridik javobgarlik subyektivhuquqlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni muayyandarajada ta’minlaydi va shu tariqa ularni amalga oshirish uchunzarur shart-sharoit yaratadi.2-§. Huquqni amalga oshirish shakllariHuquqiy tartibga solish pirovard natijada ijtimoiy munosabatlarishtirokchilarining huquqda o‘z ifodasini topgan talablar vaimkoniyatlar mujassamlashuvchi xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.Huquqni amalga oshirish bir necha shakllarga ega bo‘lib, ularningo‘ziga xos xususiyatlari huquqiy tartibga solish usullariga, ayni holdaruxsat, taqiq yoki majburiyat bajarilayotganiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.Huquqni bevosita, ya’ni haqiqiy xulq-atvorda amalga oshirishuch shaklda yuz beradi.259Birinchi shakl – taqiqlarga rioya etish. Bu yerda taqiqlovchi vamuhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi. Rioya etish amalgaoshirishning bir shakli bo‘lib, u subyektlar yuridik taqiqlarga mosravishda ish ko‘rishida ifodalanadi. Bu shaklga subyektlarning passivxulq-atvori xosdir. Ular yuridik normalar bilan man etilganharakatlarni bajarmaydi, ya’ni o‘zlariga yuklangan passivmajburiyatlarni bajaradi. Muhofaza qiluvchi normalarningbarchasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aytib qo‘yilmasa-da, norma ma’nosidanmantiqan kelib chiquvchi taqiq ifodalanadi: agar biron-bir harakatuchun norma sanksiyasida yuridik javobgarlik nazarda tutilganbo‘lsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, bunday harakatni qonunchi manetgan. Bunday taqiqlar Jinoyat kodeksi Maxsus qismining normalariva Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bilanbelgilangan.Ikkinchi shakl – majburiyatlarni bajarish. Bajarish amalgaoshirishning shunday bir shakliki, u huquqiy qoidaning bajarilishidaifodalanadi. Amalga oshirishning mazkur shaklida subyektlar xulqatvorifaol xususiyatga ega bo‘ladi: ular yuridik normalar bilanbelgilangan harakatlar sodir etadi, ya’ni o‘zlariga yuklangan faolharakat qilish majburiyatlarini bajaradi. Ijobiy majburiyatlarninazarda tutuvchi majburiyat yuklovchi normalarni amalga oshirishuchun faol xulq-atvor, chunonchi: soliq to‘lash, xaridorga mahsulotyetkazib berish, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishni bajarish talabetiladi.Uchinchi shakl – subyektiv huquqdan foydalanish.Dispozitsiyalarida subyektiv huquqlar nazarda tutilgan vakolatberuvchi normalar shu shaklda amalga oshiriladi. Foydalanishamalga oshirishning shunday bir shakliki, u ruxsatlardan kelibchiquvchi imkoniyatlarni amalga oshirishda ifodalanadi.Subyektlarning faol xulq-atvori bu shaklga xos xususiyatdir. Ayniholda subyektiv huquqlar, o‘z faol xulq-atvori, huquq tomonidanberilgan yuridik imkoniyatlardan foydalanish huquqlari (masalan,himoyalanish huquqi, mulk obyektlarini yuridik jihatdan tasarrufetish huquqi, saylov huquqidan foydalanish) to‘g‘risida so‘zyuritilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi FKning 164-moddasida shunday deyilgan: «Mulk huquqi shaxsning o‘ziga

Page 169: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlabegalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iboratdir».Subyektiv huquq ham faol, ham passiv xulq-atvorni nazarda tutadi.260Subyekt o‘z huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, o‘zini passivtutadi. Subyektiv huquq vakolatli shaxsning o‘z harakatlari orqali(ashyo egasi undan ashyoning bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanadi),yuridik harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan (ashyoni garovgaberish, uni hadya qilish, sotish va h.k.), majburiyat olgan shaxsgatalab qo‘yish orqali (qarzdordan qarzni qaytarishni talab qilish) vada’vo shaklida, ya’ni vakolatli davlat organiga poymol etilganhuquqni himoya qilishni so‘rab murojaat etish yo‘li bilan (agarqarzdor qarzni qaytarishdan bosh tortsa, qarz beruvchi sudga qarznimajburiy tarzda undirishni so‘rab murojaat etadi) amalga oshirilishimumkin.Huquqni amalga oshirish to‘g‘risida eng aniq ma’noda bajarishshakli bilan bog‘liq holda so‘z yuritish mumkin. Huquqni amalgaoshirishning qolgan ikki shakli (foydalanish va rioya etish)ga kelsak,bu yerda huquqni amalga oshirish haqidagi umumiy qoidalar aniqlikkiritish va hatto eslatmalarga muhtojdir.Avvalambor, ko‘rsatilgan bu ikki shakl birlikda, uyg‘unlikda vatartibga solish turiga ko‘ra qaralishi lozim. Foydalanishda doimrioya etish ham mavjud bo‘ladi: umumiy ruxsat beruvchi tartibgasolishda – muayyan man etuvchi normalarni buzmaslik tarzida,ruxsat beruvchi tartibga solishda – subyektiv huquq belgilagan xulqatvorchegarasiga qat’iy rioya qilish, bu chegaradan chetga chiquvchiharakatlar sodir etmaslik tarzida.Biroq eng muhimi bunda emas. Umumiy ruxsat beruvchi tartibgasolishda ham, ruxsat beruvchi tartibga solishda ham vakolatli subyektfaol harakat qiladi. Bu faol xulq-atvor faqat shartli ravishda huquqniamalga oshirish sifatida qaralishi mumkin. Subyektlarning faol xulqatvorida,asosan, ijtimoiy hayotning obyektiv belgilangan ehtiyojlarigaasoslangan moddiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa manfaatlaramalga oshadi. Tegishli – vakolat beruvchi va man etuvchi yuridiknormalarni, shuningdek, umumiy ruxsat va taqiqlarni amalgaoshirish esa, amalda namunaviy konstruksiyalar, umumiy va mutlaqhuquqiy munosabatlar yaratilishi va subyektlar ularga muvofiqijtimoiy ehtiyojlar bilan belgilangan o‘z faol xulq-atvorini amalgaoshirishidan iborat bo‘ladi.Huquqni amalga oshirish aksariyat hollarda davlat va uningorganlari ishtirokisiz yuz beradi. Fuqarolar va tashkilotlar o‘z ixtiyoribilan, majburlovsiz, o‘zaro kelishuvga ko‘ra huquqiy munosabatlargakirishadilar va bu munosabatlar doirasida subyektiv huquqlardan261foydalanadilar, majburiyatlarni bajaradilar va qonunda belgilangantaqiqlarga rioya qiladilar. Shu bilan birga, ayrim hollarda davlatningaralashuviga zarurat tug‘iladi, bunday aralashuvsiz huquqni amalgaoshirish mumkin bo‘lmaydi. Huquqiy tartibga solish jarayonigauning yakunlovchi bosqichida (ayrim hollarda huquqiymunosabatlar yuzaga kelganida ham) huquqni qo‘llash qo‘shiladi.Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmidadavlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, mulkiy ne’matlarnidavlat tomonidan taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan,pensiya huquqini amalga oshirish ijtimoiy ta’minot organikomissiyasining ayrim fuqaroga pensiya tayinlash to‘g‘risidagiqarorini zarur element sifatida o‘z ichiga oladi. Davlat yer fondidanyer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimiyat

Page 170: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ya’ni alohida hokimiyat qarorichiqarish yo‘li bilan fuqarolar va tashkilotlarga davlat mulkigakiruvchi yer uchastkalari ajratiladi.Ikkinchidan, davlat apparati doirasida davlat organlari vamansabdor shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar asosan hokimiyatva bo‘ysunish xususiyatiga ega bo‘ladi. Mazkur huquqiymunosabatlar zarur element sifatida hokimiyat qarorlarini, ya’nihuquqni qo‘llash hujjatlarini (masalan, Prezidentning vazirnilavozimdan olish to‘g‘risidagi farmonini) o‘z ichiga oladi.Uchinchidan, huquq huquq to‘g‘risida nizo chiqqan hollardaqo‘llaniladi. Agar taraflar o‘zaro huquqlari va majburiyatlari xususidabir to‘xtamga kela olmasalar, ular nizoni hal qilishni so‘rab vakolatlidavlat organiga murojaat etadilar (masalan, tashkilotlar o‘rtasidaginizolarni xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi).To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash sodir etilgan huquqbuzarlikuchun yuridik javobgarlik chorasini aniqlash, shuningdek, tarbiyaviy,tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun zarur.Shunday qilib, huquqni qo‘llash – bu vakolatli organlar vashaxslarning yuridik ish bo‘yicha yuridik faktlar va muayyan huquqiynormalar asosida alohida qarorni tayyorlash va qabul qilishborasidagi hokimiyat faoliyatidir.3-§. Huquqni qo‘llash – huquqni amalga oshirish shakli sifatidaHuquqni qo‘llash huquqiy tartibga solishning o‘z ahamiyatigako‘ra huquq ijodkorligidan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi muhim262omili. Alohida qarorlar yuridik normalarni hayotga tatbiq etishnita’minlovchi, ularni o‘z hukmi bilan mustahkamlovchi yuridikkuchga ega bo‘ladi va xulq-atvorning qonuniyligi mezoni bo‘libxizmat qilishi mumkin.Huquqni qo‘llash quyidagi belgilarga ega:1) davlat hokimiyatini amalga oshirish vakolati berilgan organlaryoki mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;2) individual xususiyatga ega bo‘ladi;3) muayyan huquqiy oqibatlar – subyektiv huquqlar,majburiyatlar, javobgarlikni belgilashga qaratiladi;4) maxsus nazarda tutilgan protsessual shakllarda amalgaoshiriladi;5) alohida yuridik qaror chiqarish yo‘li bilan yakunlanadi.Huquqni qo‘llash huquqni amalga oshirishning bosh funksiyasi– huquqiy tartibga solish jarayonida davlat majburlovidanfoydalangan holda yuridik ta’minlash faoliyatining zarurliginiifodalaydi. Huquqni qo‘llash bo‘yicha maxsus faoliyatga bo‘lganehtiyoj, asosan, davlat majburlovidan foydalanish zarurati bilanbelgilanadi. Huquq sohasida davlat majburlovi qonuniylik rejimisharoitida o‘z-o‘zidan amalga kiritilmaydi. Huquqiy normalar davlatmajburlovini qo‘llash imkoniyatinigina nazarda tutadi. Amalda uvakolatli organlar tomonidan qo‘llanilishi lozim. Bu organlar davlatmajburlov choralaridan foydalanishning qonuniyligi, o‘rinliligi vamaqsadga muvofiqligini tekshirishlari, zarur hollarda qonundanazarda tutilgan doirada ularni muayyanlashtirishlari, ularni qo‘llashtartibini belgilashlari, ya’ni individual-huquqiy tartibga solishniamalga oshirishlari shart.Binobarin, huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solish jarayonida(qat’iy qonuniylik sharoitida) davlat majburlovini amalgaoshirishning birdan-bir yo‘li hisoblanadi. Bu huquqni amalgaoshirishning huquqni qo‘llash qo‘shiladigan barcha shakllari –foydalanish, rioya etish va bajarishga taalluqlidir.

Page 171: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi faoliyatni va shumunosabat bilan davlat majburlovining qo‘llanilishini belgilovchihaqiqiy holatlar qatoriga, odatda, quyidagilar kiradi: a) subyektivhuquqni amalga oshirishga monelik qiluvchi holatlarning mavjudligi,yuridik majburiyatlarni bajarmaslik; b) yuridik javobgarlikka tortishnitalab qiluvchi huquqbuzarlik.Hokimiyatning qonunchilik va ijro tarmoqlariga mansub263hokimiyat organlari yozilgan huquq normalariga asosan ishko‘rishlari lozim. Huquqni qo‘llash – huquq ijodkorligi yokima’muriy organlarning davlat-hokimiyat vakolatlariga asoslanganyuridik normalarni hayotga tatbiq etish borasidagi harakatlari. Buyerda huquqiy tizimlarning o‘ziga xosligiga qarab muhimxususiyatlar mavjud bo‘lsa-da (avvalo, anglosakson guruhiga kiruvchiumumiy pretsedent huquqi tizimlari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda),biroq huquqni qo‘llovchi organ yozilgan huquqning davlattomonidan belgilangan yoki qabul qilingan (tasdiqlangan) amaldagiyuridik normalari bilan ish ko‘radi.Huquqni qo‘llash faoliyati – huquqni qo‘llashga doir hujjatlardaifodalangan asosiy va yordamchi xususiyatga ega har xil huquqniqo‘llash harakatlari tizimidan iborat huquqni qo‘llashning tashkiliyifodasi. Bu yerda «yuridik ishni hal qilish», «alohida davlathokimiyatqarori» va «huquqni qo‘llashga doir hujjat»tushunchalarining ma’nosi o‘rtasida mavjud farqlarni hisobga olishlozim. Ko‘rsatilgan tushunchalarning birinchisi – yakunlovchihuquqni qo‘llash harakatini qamrab olsa, ikkinchisi – huquqniqo‘llash natijasiga ishora qiladi, uchinchisi esa – yuridik ishni halqilish natijasini ifodalaydi, ya’ni yuridik hujjat hisoblanadi.264XVIII BOB. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH1-§. Huquq normalarini sharhlash tushunchasi va mohiyatiHuquqni sharhlash mavzusi yurisprudensiyada alohida ahamiyatkasb etadi. Shuningdek, sharhlash faqat yuridik fanlarga tegishlibo‘lmay, balki yozma manbalar bilan ishlaydigan barcha ijtimoiyfanlarda ham qo‘llaniladi. Sharhlashning tarix, adabiyotshunoslikva boshqa ijtimoiy fanlarda bilish va talqin qilish jarayoni sifatidatutgan o‘rni beqiyosdir. «Sharhlash» iborasi lotinchada«interpretatsiya» iborasiga to‘g‘ri keladi. Sharhlovchi subyekt esa«interpretator» deb ataladi. Ijtimoiy fanlarda «sharhlash» kategoriyasi«talqin qilish», «izohlash», «tushuntirish» kabi sinonim tushunchalartarzida qo‘llaniladi.Huquq normalarini sharhlash jamiyat huquqiy ongi vamadaniyatining darajasi bilan bevosita bog‘liq. Huquqiymadaniyatning yuksalib borishi turmushning barcha tomonlarigao‘z ta’sirini ko‘rsatishi demokratik huquqiy jamiyatga xos tabiiyqonuniyatdir1 . Jamiyatning huquqiy ongi esa ko‘p jihatdan har biralohida shaxsning va umuman jamiyatning huquqiy normalar,qonun talablarining ma’nosini to‘g‘ri tushunish qobiliyatini,binobarin, qonuniylikka rioya etish darajasini belgilab beradi. Huquqnormalarini sharhlash muammosi huquqiy davlat barpo etilayotganhozirgi sharoitda, ayniqsa, dolzarbdir.Kundalik hayotimizda doimiy ravishda uchraydigan «sharhlash»,«izohlash» va «talqin qilish» kabi tushunchalar bir xil ma’no kasbetadi va huquq normalarining mazmuni hamda mohiyatini ochibberishga xizmat qiladi.Huquq normalarini sharhlash deganda, davlat organlari,

Page 172: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarninghuquq normalari mazmunini aniqlash, ularda ifodalangan davlathokimiyati irodasi mazmunini ochib berishga qaratilgan maxsusfaoliyatdir.Sharhlash – aqliy ijodiy faoliyat bo‘lib, bu jarayonda ilmiynuqtayi nazardan huquqning chuqur xususiyatlari anglanadi, huquqnormalarida ifodalangan ko‘rsatmalarning mohiyati obyektiv vaishonchli tarzda bayon etiladi. Huquq normalarini sharhlash –1 Qarang: Одиліориев Ґ. T. Конституция ва фуіаролик жамияти. -T.: «Шарі»,2002. 221-b.265murakkab, ko‘p qirrali faoliyat. Uni ikki jihatdan ko‘rib chiqishmumkin: anglash («o‘zi uchun») va tushuntirish («boshqalar uchun»).Huquqni sharhlash natijasida uning mazmuni, ijtimoiy vazifasi,amaliy ahamiyati aniqlanadi va tushuntirib beriladi.Sharhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi idoraning huquqnormasida belgilangan irodasini ifodalash, huquq normasining aslmazmun-mohiyatini yoritish hamda huquq normasini yagonama’noda, bir xilda tushunilishiga erishishdan iborat.Huquq normalarini sharhlash huquqni amalga oshirish, huquqnitatbiq etishda asosiy o‘rinni egallaydi, chunki huquqni tatbiqetishdan oldin uning ma’no va mazmunini tushunib olish lozim.Huquqni sharhlash jarayonida sharhlovchi subyekt qonunning aslmazmunini avval o‘zi to‘liq anglagan holda keyin boshqa shaxslargatushuntirib beradi.Tarixiy nuqtayi nazardan huquq normalarining hammasi hamsharhlashga muhtojmi yoki faqat tushunarsiz bo‘lgan normalarginasharhga muhtojmi, degan savol tug‘iladi? Sharhlash qonunlarningnoaniqligi bilan bog‘liq: u noaniqlikdan paydo bo‘ladi, noaniqlikqanchalik kuchli bo‘lsa, qiyinchilik shunchalik o‘sib boradi. Faqatnoaniq qonun emas, balki har qanday qonun sharhga muhtoj.Zamonaviy yuridik adabiyotlarda barcha normalar sharhlashaniqlashgategishli, lekin ularni tushunib olish darajasi muayyanshaxslarning huquqiy ongiga bog‘liq, degan fikr hukmronlik qiladi.Huquq normalarini sharhlash jarayonida huquq normalariyaratilishining tarixiy-siyosiy sharoitlarini, maqsadi va ijtimoiyyo‘naltirilganligini aniqlab olish lozim. Huquq normasining aslma’nosini ochib berishda asosiy e’tiborni matnga, uningmuqaddimasiga, dispozitsiyasining mazmuniga qaratish hamdaushbu normaga o‘xshash boshqa normalarning mazmunini hamtahlil etish lozim.Ma’lumki, huquqning asosiy maqsadi uning amaliyotga tatbiqetilishidadir. Qonun qachonki insonlar xulq-atvoriga ta’sir etsa vabajarilsa yashaydi, ijobiy samara beradi.Amaliyot bevosita huquq normalarining mazmunini sharhlashgatayanadi. Huquqni sharhlovchi subyektlar huquqni sharhlashjarayonida asosiy diqqat-e’tiborni sharhlanayotgan normani huquqtizimida mavjud bo‘lgan boshqa o‘xshash normalardan farqlovchijihatlarini hamda ular tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarningturli-tumanligini isbotlab berishga qaratadilar. Shuningdek, huquq266normalarini sharhlash qonunlarni tizimlashtirish, qonunlar to‘plamlariniyaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.Huquqni sharhlashning amaliy ahamiyati ko‘proq sud,prokuratura, ichki ishlar organlari kabi huquqni qo‘llash faoliyatibilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari uchun muhimroqdir, zeroular kundalik faoliyatida huquqqa oid masalalar bilan bevosita

Page 173: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

shug‘ullanadi hamda huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash uchunmas’uldirlar.Ma’lumki, amaliyotda huquqiy normalar qo‘llanilib halqilinadigan ishlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidanko‘rilayotganda, yo‘l qo‘yiladigan aksariyat kamchiliklar huquqiynormalarni noto‘g‘ri tatbiq etish va yuzaki sharhlash natijasi bo‘libchiqmoqda. Biroq bundan oddiy fuqarolar uchun huquqnisharhlash, uning mazmun va mohiyatini aniqlash shart emas, deganma’no kelib chiqmaydi. Aks holda huquqshunoslikdagi mavjud«qonunni bilmaslik, javobgarlikdan ozod etish uchun asosbo‘lmaydi», degan asosiy prinsip buzilishi mumkin. Shu bois huquqnormasining ma’nosi va mazmunini aniqlash, huquqni to‘g‘riqo‘llash uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.Huquq normalarini sharhlashda uchta muhim masalaga,birinchidan, tatbiq etiladigan huquqiy normalarni sharhlovchisubyektlarni aniqlashga, ikkinchidan, tatbiq qilinadigan huquqiynormalarning mazmunini aniqlash usullarni qo‘llashga, –uchinchidan, tatbiq etilayotgan normalarning hajmi bo‘yicha vayuridik kuchiga qarab sharhlashga asosiy e’tibor qaratilishi lozim.Huquqiy normani aniq sharhlash uning mazmunini tushunishga,qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.Sharhlashda normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish vaqo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmay, aksincha, jamiyatdagi mavjudqonunlarga rioya qilinishiga hamda qonuniylikni o‘rnatilishigaerishishdir. Ba’zan huquq normalarini sharhlashdan qonunchilikdayuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida foydalaniladi.Huquqni sharhlash murakkab jarayon bo‘lib, uning ikki jihatigaasosiy e’tiborni qaratish lozim:1. Huquqning ma’nosini aniqlash va tushuntirish, ya’ni shaxsninghuquq normasini anglash va o‘rganish jarayonidir. Bunda shaxshuquq haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo‘ladi, u haqidagi mavjudma’lumotlarni o‘zlashtirishga harakat qilinadi.2. Huquq normasining mazmunini tushuntirib berish. Bu muayyan267davlat organlari va mansabdor shaxslarning alohida ahamiyatgaega bo‘lgan mustaqil va maxsus faoliyatidir. Bunda sharhlanayotganhuquq normasining amalda to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini hamdaayrim tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadi ko‘zlanadi.Yuqorida zikr etilgan ikki jihatni to‘liq bilish shaxslarga kelajakdahuquq normalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda ularni amalda to‘g‘riqo‘llash uchun xizmat qiladi.2-§. Huquq normalarini sharhlash usullariSharhlashning yangi qonunlar yaratishda va yuridikma’lumotnomalar majmuini tuzishda muhimligi masalasigato‘xtalib, uning huquq normalarini qo‘llash jarayonidagi ahamiyatinialohida ta’kidlash lozim.Huquqni sharhlash jarayonida asosiy o‘rinni matn egallaydi.Chunki aynan unda «nafaqat qonun chiqaruvchi organning irodasi,balki davlatning obyektiv ravishda taqdim etilgan va normativhujjatlarda mustahkamlangan irodasi» aks etgan1 .Huquq normalarini sharhlashda, ya’ni uning mazmun vamohiyatini yoritishda turli xil usullardan foydalaniladi. Huquqnisharhlash usullari orqali sharhlovchi subyekt huquq normasi haqidato‘liq tasavvur hosil qiladi va u haqida batafsil ma’lumotlar to‘playdi.Huquqni sharhlash usullarini yaxshi bilish huquq normalariningmazmuni va mohiyatini aniqlashga hamda ushbu normalarnikelajakda to‘g‘ri qo‘llay bilishga xizmat qiladi, shuningdek,

Page 174: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

biryoqlama yondashish hamda ularni noto‘g‘ri qo‘llashning oldinioladi.Sharhlash usullari – subyekt tomonidan huquqiy ko‘rsatmalargabinoan aniqlikka erishish maqsadida ongga yoki hissiyotgaasoslangan ravishda huquq normalarining mazmunini bilishningmaxsus yo‘llari.Yuridik adabiyotlarda huquqshunos olimlar sharhlashga ikki xilyondashadilar: statik va dinamik yondashuv.Statik yondashuvda sharhlovchi subyekt huquqning barqarorliginisaqlashga harakat qiladi.Dinamik yondashuvda sharhlovchi huquqning mazmuniniyoritishda ko‘proq hayotiy voqelikka yaqinlashtirishga harakat qiladi.1 Общая теория права / Под. ред. A.С. Пиголкина. – M., 1995. 281-bet.268Huquqni sharhlash usullari bir-birini to‘ldiradi va qo‘llabquvvatlaydi.Agar huquq normalarini sharhlash usullari birgalikdafoydalanilsa, huquq normalarini qo‘llash jarayonida ijobiy natijalarberadi.Huquq normalarini sharhlash bir qator maxsus usullar yordamidaamalga oshiriladi. Bu usullar huquq normalarining ma’nosi vamazmunini yoritib berishda doimiy tarzda foydalaniladi. Huquqnisharhlashning usullari orqali huquqiy normalarning turlari vaularning mazmunini, huquq normasining ifodalash tili va huquqnormasining huquq tizimida tutgan o‘rnini tushunib olish mumkin.Huquq normalarining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini aniqlashuchun sharhlovchi subyektlar quyidagilarni:– huquq normasining o‘zini;– uning huquqiy aloqalarini – huquq normasining boshqayuridik qoidalar va prinsiplar bilan o‘zaro aloqalarini;– uning boshqa ijtimoiy borliq bilan bo‘lgan barcha aloqalarinitadqiq etadi.Huquqshunoslik fanida huquqni sharhlash usullari xususidaturlicha talqinlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:– grammatik (filologik) sharhlash;– tizimli (sistemali) sharhlash;– tarixiy-siyosiy sharhlash;– mantiqiy sharhlash.Davlat va huquq nazariyasida sharhlashning bir shakli sifatidamatn bo‘yicha sharhlash, ya’ni grammatik sharhlash usuli ajratibko‘rsatiladi. Ushbu usulda huquq normasi turli joylarda uchraydiganso‘z va iboralarning to‘g‘riligiga, ularning o‘xshashlik va bog‘liqliktomonlariga e’tibor berib, huquq normalarining mazmunini aniqlab,keyin ularni izohlashga yordam beradi.Grammatik usul ko‘pgina adabiyotlarda “til bo‘yicha”,“filologik” kabi iboralar shaklida ham qo‘llaniladi. Bundasharhlanayotgan normada foydalanilayotgan texnik-yuridikvositalarni tadqiq etish bilan birga, matnning ma’nosi va grammatiktuzilishi ham tahlil qilinadi.Mazkur usulda huquqiy norma mazmuni uning matnigrammatik, ya’ni filologiya, til qoidalariga asosan tahlil qilib beriladi.Huquqiy norma matnidagi so‘z iboralarining mazmuni aniqlanadi.Bunda huquq normasining matnidagi har bir so‘z va jumlaningmazmuni grammatik jihatdan tahlil qilinadi.269Grammatik sharhlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:– «sharhlashning oltin qoidasi» – qonunning biror-birmoddasini sharhlash jarayonida hamma uchun tushunarli bo‘lgan,

Page 175: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

adabiy tildan foydalanish lozim;– qonun chiqaruvchi qonunning matnida kitobiy tildan chetgachiqqan bo‘lsa, sharhlash jarayonida ham xuddi shunday izohlashlozim;– huquq normasini sharhlashda bir sohaga taalluqli iboraniikkinchi bir taalluqli bo‘lmagan sohada ishlatish taqiqlanadi;– agar qonun matnidagi ibora aniq mazmunga ega bo‘lmasa,uni sharhlashda huquqshunoslik amaliyotida keng qo‘llanilayotganso‘zlardan foydalanish lozim;– agar qonun biror-bir iborani turli ma’noda tushunishga imkonbermasa, uni har xil talqin etish mumkin emas;– turli iboralarni asoslanmagan holda bir ma’noda qo‘llashtaqiqlanadi;– qonunning biror-bir so‘zini uning sal ma’nosidan o‘zgachatalqin etishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.Grammatik sharhlash mazmunidan huquqshunosning fikrlashdoirasi kelib chiqadi. Bundan esa yozma nutqni grammatik tahlilqilish natijasida qonun yoki qonunlar o‘rtasida mavjud bo‘lishiehtimol tutilgan qarama-qarshiliklarni, alohida so‘zlar yoki butunmatnning ahamiyatini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bunda bog‘lovchi,qo‘shimcha, vergul, nuqta va h.k. larning roli aniqlanadi.Grammatik sharhlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchilikmatnning umumiy ma’nosini tubdan o‘zgartirib yuborishi hamdaba’zan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchunham normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash jarayonida tilqoidalariga jiddiy e’tibor qaratish zarurdir.Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash usulida har birhuquqiy norma ilgari qabul qilingan boshqa normalar bilan o‘zaroaloqadorlik va bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi va har bir huquqiy normahuquq tizimining mantiqiy bir qismi sifatida qaraladi. Bunda huquqnormasining huquq tizimida tutgan o‘rni, ahamiyati yoritib beriladi.Tizimli sharhlash usulida sharhlovchi, birinchidan, huquqnormasining huquq tizimidagi o‘rnini aniqlaydi (huquq sohasi,instituti), ikkinchidan, sharhlanayotgan huquq normasiga mantiqiybog‘liqligi o‘rnatiladi, uchinchidan esa sharhlanayotgan normaningmazmunini bilishga erishiladi.270Huquqni sharhlashning tizimli usuli bir huquqiy normani boshqanormalar bilan taqqoslash, uning huquqiy tartibga solish tizimidagi,normativ hujjatdagi, huquq tarmog‘i yoki tizimidagi o‘rninianiqlashdan iborat. Tizimli sharhlash yordamida normalar vahujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar (kolliziyalar) aniqlanadi va bartarafetiladi.Buning uchun quyidagi maxsus qoidalardan foydalaniladi:– birinchidan, umumiy va maxsus normalarning aloqadorligi(maxsus qonunlar muayyan faktga tegishli umumiy qonunharakatlarini bekor qiladi, ya’ni maxsus qonun normalari mavjudbo‘lgan taqdirda, umumiy qonun normalari qo‘llanilmasdan, maxsusqonun normalari qo‘llaniladi. Demak, maxsus normalar umumiynormalarning harakat faoliyatini cheklaydi);– ikkinchidan, havola etuvchi moddalarning aloqadorligi (havolaetuvchi moddalar sharhlanayotgan moddalarni aniqlashtirish uchunmo‘ljallangan yoki mazkur normaning mohiyatini yoritish uchunhavola etilayotgan moddalarga murojaat qilinadi);– uchinchidan, agar turli organlar tomonidan chiqarilganhuquqiy normalarning qarama-qarshiligi aniqlansa, yuqori turuvchiorganlarning normasiga asoslanish lozim;

Page 176: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

– to‘rtinchidan, agar bir organning ikki normasi bir-biriga zidligianiqlansa, u holda norma qabul qilingan vaqtga ko‘ra, keyingiqabul qilingan normaga asoslanishi lozim.Ayrim hollarda huquqni qo‘llovchi shaxs huquqbuzarlik holatinikvalifikatsiya qilishda puxta o‘ylab o‘tirmay, huquqiy normalarnio‘zaro taqqoslashga, qonunda tilga olingan normativ materialniqidirishga majbur bo‘ladi.Tarixiy-siyosiy sharhlash usulida har bir norma, qonunchiqaruvchi organ belgilagan uning maqsadi va ma’nosini aniqroqtushunib olish uchun, sharhlanayotgan norma qabul qilinayotganpaytda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy sharoitni inobatga olgan holdaqarab chiqiladi.Sharhlanayotgan normaning tarixiy kelib chiqish shartlari, ya’nihuquqiy norma ma’nosining qabul qilinishi tarixiga murojaat qilishorqali uni huquqiy tartibga solish tizimiga kiritishdan ko‘zlanganmaqsadni aniqlashdir. Sharhlashning tarixiy usulida normativhujjatning matni bilan birga tarixiy hujjatlar, normativ hujjatlarloyihasining muhokama qilinishi va qabul qilinishi materiallari,bunday hujjatlar chiqarilishi vaqtidagi urf-odatlar, yuridik271amaliyotning ilmiy sharhlari va boshqa shu kabi qo‘shimchamanbalardan foydalaniladi.Sharhlovchi hayolan huquqiy normaning hayotga kirib kelishigasabab bo‘lgan sharoitlarga qaytib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiymuhitni o‘rganib chiqadi.Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchuntarixiy-siyosiy sharhlash alohida muhim ahamiyat kasb etadi.Chunki, shu faoliyat davlat manfaatlari bilan, ularni himoya qilishbilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun qonunchilikning siyosiymaqsadini tushunish, uning tarixini bilish ishning sifatli va birmaqsadga qaratilgan bo‘lishiga yordam beradi. Sharhlashningtarixiy-siyosiy usuli, masalan, ma’muriy, fuqarolik yoki intizomiyhuquqbuzarlik chegarasida bo‘lgan jinoiy ishlarni tekshirishda vatergovchi ishni voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchikomissiyaga berishga haqli holatlarda katta ahamiyat kasb etadi.Tergovchi huquqbuzarlikning tarkibini tahlil qilib va huquqiysiyosatning zamonaviy talablarini hisobga olib, ish bo‘yicha qonunlardoirasida maqsadga muvofiq qaror qabul qilish imkoniyatiga egabo‘ladi. Shu bilan u huquqiy normaning maqsadga erishishinita’minlaydi.Mantiqiy sharhlash usulida mantiqiy o‘zgartirish, normaninormadan keltirib chiqarib xulosa chiqarish, bilimlardan xulosachiqarish, o‘xshatish bo‘yicha xulosa chiqarish, qarama-qarshisidanxulosa chiqarish va bema’ni darajagacha olib borish, ya’nisharhlashning qo‘shimcha manbalaridan foydalanmagan holdabevosita normaning matnidan xulosa chiqarish kabi mantiqiyusullarni qo‘llab tushuntirish beriladi. Tatbiq etiladigan huquqiynormalarning mazmuni mantiq fanining qonuniyatlariga asosananiqlanadi. Bunda huquqiy normaning matnidagi ifodalar,tushunchalar bir-biri bilan ichki va uzviy mantiqiy jihatdanbog‘langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning mazmunianiqlanadi.Mantiqiy usul huquqiy holatlarni bilishda formal va dialektikmantiq vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Bundasharhlashning obyekti normativ hujjat ichki qismlarining o‘zaroaloqadorligi hisoblanadi.Mantiqiy sharhlashning maqsadi huquq normalarining

Page 177: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

mazmunini mantiq qonuniyatlari va prinsiplariga tayangan holdatushuntirish hisoblanadi.272Mazkur sharhlash usuli yordamida huquq normasining mazmunimantiqiy jihatdan qayta shakllantiriladi, tushuncha mantiqiy tahlilqilinadi, ya’ni ularning hajmi, belgilari va aloqalarini ajratish, ya’nitushuncha hayotiy holatga yaqinlashtiriladi, shuningdek, o‘xshashva qarama-qarshi xulosalar yaratiladi hamda absurd holat kelibchiqishini oldi olinadi.Huquq ijodkorligi organlari foydalanadigan qonunchilik texnikasiningo‘ziga xos xususiyatlari ko‘pincha huquqiy qoidalarningmantiqiy tuzulishida shunday aks etadi-ki, qonun mazmunini to‘g‘rianiqlab olish uchun hujjat matnini ma’lum darajada xayolan qaytatuzish zarur bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksida «qasddan odamo‘ldirish... jazolanadi», – deyiladi. Qonunshunos bu yerda odamo‘ldirishning o‘zini emas, balki uni sodir qilgan shaxsni jazolashninazarda tutganligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Jinoyat kodeksining maxsusqismining aksariyat moddalari shu prinsipda tuzilgan. Shuninguchun Jinoyat kodeksining sharhlanayotgan moddalarini har doimxayolan mantiqan qayta tuzishga to‘g‘ri keladi.Yuqorida zikr etilgan sharhlashning usullari huquqiy normaningmazmunini to‘laqonli yoritishga katta yordam beradi.3-§. Huquqni sharhlashning turlariHuquq normalarini sharhlash masalasi huquqning mazmuniniochish, tushuntirishni va huquqiy hujjatlar yuridik mohiyatiniyoritishga qaratilgan faoliyatdir. Ba’zi hollarda huquq normalarimazmunini to‘liq yoritish maxsus tushuntirish talab qiladi. Huquqnormalarini sharhlash tatbiq etilayotgan huquq normalarining to‘lava aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda ularni qo‘llashamaliyotida xatolarni istisno etadi.Huquqni sharhlashning turlari to‘g‘risidagi masala huquqnitushuntirish faoliyatining natijalari va sharhlash hujjatlarining yuridiktabiatiga oid masalalar jumlasiga kiradi. Gap shundaki, huquqiynormalarning mazmunini tushuntirishning muayyan natijalarisharhlanayotgan hujjatlar hisoblanadi. Ularning amaliyot uchun yuridikahamiyati sharhlash subyektlarining vakolatlaridan kelib chiqadi.Huquqiy normalarni sharhlashda sharhlovchi subyektlarning roli katta.O‘zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlaydigansubyektlar quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati vakillik organlari,davlat boshqaruvi organlari, sud organlari, prokuratura va boshqa273organlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar.Shu subyektlar huquqiy normalarni sharhlaganda ularningmazmunini to‘g‘ri tushunib, huquqiy normalarni qo‘llab,turmushdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga, amaliyahamiyatga, yuridik xususiyatlarga ega, murakkab va serqirrafaoliyatdir.Huquqni sharhlash hujjati – amaliyotda huquqiy normlarniqo‘llash va yetarlicha tushuntiruvchi hujjatdir.Huquq normalarini sharhlash uni amalga oshiradigan subyektigaqarab ikki turga bo‘linadi.– rasmiy sharhlash;– norasmiy sharhlash.Rasmiy sharhlash – huquq normasini qabul qilgan vakolatlidavlat organlarining o‘zlari tomonidan sharhlash bo‘lib, u hammauchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Rasmiy sharh qonun

Page 178: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

bilan vakolat berilgan organ tomonidan ham amalga oshiriladi.Sharhlanayotgan huquq normalarining ummumajburiyligi,sharhlayotgan subyektning maqomiga bog‘liq bo‘ladi. Rasmiysharhlash bir vaqtning o‘zida «legal» sharhlash, deb ham yuritiladi.Yurisprudensiyada rasmiy sharhlash shartli ravishda autentik,normativ va kazual turlarga bo‘linadi.Autentik sharhlash normativ aktni qabul qilgan organtomonidan sharhlash (masalan: parlament o‘zi chiqargan qonungao‘zi sharh beradi). Autentlik – haqiqiylikni, dastlabki manbalargaasoslanganlikni nazarda tutadi. Yuridik adabiyotlarda autentiksharh mualliflik sharhi ham deb ataladi. Har qanday autentiksharh, rasmiy sharh hisoblanadi, lekin rasmiy sharhning hammasiham autentik bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyaviy sudi qonunga beradigan sharh – rasmiy, ammoautentik sharh emas.Normativ sharhlash umumiy tavsifga ega bo‘lib, natijalarihuquqni qo‘llashda majburiy ahamiyatga ega (masalan, O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharhlagan normativ-huquqiyhujjatlar, chunki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosanKonstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasidagi qonunlargarasmiy sharh berish vakolatiga ega).Bunday huquqni tushunish va tatbiq etish «namunalari», odatda,huquqiy malaka masalasi bo‘yicha, huquqiy kvalifikatsiya qilish274masalalari bo‘yicha muhim ma’lumotlar maxsus nashrlarda chopetiladi.Kazual sharhlash aniq bir oddiy kundalik hodisaga qo‘llanadigantushuntirishdir. Kazus – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlashsud va boshqa vakolatli organlarga sharoit va shaxslarga nisbatanko‘rilayotgan va hal qilinayotgan yuridik ishlarda beriladi. Huquqniumumlashtirilib bo‘lmaydigan sharhlash hujjatlari bir marotabalikahamiyatga ega, lekin jiddiy ishlar yuzasidan qilinganida, ayniqsa,huquqdagi nuqsonlar mavjud bo‘lganida normativ sharhlashahamiyatiga ega bo‘ladi.Huquqiy normalarni kazual sharhlashda sud organlari har birfuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishlihuquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiynormalarni sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yichachiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiynormani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi.Kazual sharhlash ikki xil ma’noga ega: birinchidan, muayyanish aniqlanadi va sharhlanadi; ikkinchidan, sharhlangan norma ungao‘xshash normalar uchun yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.Ammo kazual sharhlashni amalga oshiruvchi boshqa organlar uchunnamuna bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston RespublikasiOliy sudi Plenumi qarorlari. Mazkur sharhlashni pretsedentsharhlash deb ham nomlashimiz mumkin, ammo bu anglosaksonhuquq oilasi singari bizning huquqiy tizimimizda majburiy ahamiyatkasb etmaydi.Subyektga ko‘ra sharhlashning ikkinchi turi norasmiysharhlashdir. Norasmiy sharhlash – huquq mazmunini shundaysharhlashni nazarda tutadiki, bunda sharhlash maxsus vakolatberilmagan organlar va shaxslar tomonidan amalga oshiriladi vamajburiy ahamiyat kasb etmaydi, yuridik oqibatlarga sababbo‘lmaydi va u advokatlar, olimlar, alohida shaxslar tomonidanamalga oshiriladi. Masalan, jinoyat kodeksiga sharhlar, fuqarolikkodeksiga sharhlar shular jumlasidandir.

Page 179: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Tatbiq etilayotgan normalarni ilmiy (doktrinal) sharhlash ilmiyxodimlar, olimlar, jamoat va davlat arboblari tomonidandarsliklarlarda, ma’ruzalarda, kitoblarda va ilmiy maqolalardaamalga oshirilishi mumkin.Norasmiy sharhlash natijalari davlat organlari, jamoat birlashmalari,korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va275fuqarolar uchun majburiy bo‘lmasada, huquqiy normalarningmazmunini sharhlab, tushuntirib beradi. Bu sharhlash huquqiynormalarni amaliyot bilan bog‘lab, kishilarning huquqiy ongini vahuquqiy madaniyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Norasmiysharhlash qonunlarni takomillashtirishga, huquqni muhofazaetuvchi organlar faoliyatini yaxshilashga, qonunchiliknimustahkamlashga yordam beradi.Norasmiy sharhlashning oddiy, kasbiy va doktrinal kabi turlarimavjud.Kundalik sharhlash huquqiy faoliyat sohasida mutaxassisbo‘lmagan fuqarolar kundalik hayotda yuzaga keladigan huquqqaoid hodisa va harakatlarga nisbatan o‘zining subyektiv fikrinibildirishi hamda o‘zining huquqiy bilimi darajasida huquqqa oidmasalaning mazmunini aniqlashi va o‘z fikrini bildirishitushuniladi.Kasbiy sharhlashda – kundalik faoliyatda xizmat faoliyatinuqtayi-nazaridan doimiy ravishda shug‘ullanadigan huquqnimuhofaza qiluvchi organlari xodimlarining, mavjud huquqnormalarining mazmun va mohiyatini yoritishga qaratilgan fikriva munosabati tushuniladi. Kasbiy sharhlash bilan asosan prokuror,tergovchi, sudya, advokat, notarius va boshqa huquqiy sohadagikasb vakillari shug‘ullanishi mumkin.Doktrinal sharhlashda – kundalik faoliyatida bevosita huquqdagimuammolar bilan ishlovchi va ularni bartaraf etish bilanshug‘ullanuvchi mutaxassis, yurist-olimlarni mavjud huquqnormalarining mohiyatini yoritib berishga qaratilgan harakatlaritushuniladi. Ushbu soha vakillariga huquqshunoslik sohasida ilmiyishlar bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, fan nomzodlari, fandoktorlar, dotsent va professorlarni kiritish mumkin. Ulartomonidan amalga oshirilgan sharhlar ilmiy xarakterga ega bo‘lib,majburiy ahamiyat kasb etmaydi.Huquqni sharhlashning yana bir turi hajmga ko‘ra sharhlashdeb nomlanadi. Huquqiy normalarni sharhlashning natijasi uninghajmidan kelib chiqqan holda baholanadi. Hajm – busharhlanayotgan normaning mazmunini birlamchi matn mazmunigao‘zaro nisbatidir. Hajmiga ko‘ra sharhlash deyilganda, mavjudhuquq normasining mazmuniga muayyan bir tarzda o‘zgartirishva qo‘shimchalar kiritish yoki umuman o‘zgartirmasdan izohlabberish tushuniladi.276Huquq normalarini sharhlash, umumiy qoidaga asosan,huquqshunos huquqiy qoidaga kiritgan haqiqiy ma’noni anglashmaqsadini nazarda tutadi. Lekin shunday holatlar ham uchraydiki,normani sharhlayotgan shaxs huquq normasining asl mazmuninitushunish lozim bo‘lgan yoki aksincha, qonun matnidan birinchimarta ko‘ringanidan ham kengroq bo‘lgan vaziyat bilan to‘qnashadi.Shundan kelib chiqib, davlat va huquq nazariyasida hajmga ko‘rasharhlashning tom ma’noda (adekvat), cheklangan va kengaytirilgansharhlash kabi turlari farqlanadi.Huquqni tom ma’noda sharhlash – bunda turmushga tatbiq

Page 180: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

etilayotgan huquqiy normaning mazmunini yozilgan matniga qarab,hech narsa qo‘shmasdan izohlash tushuniladi. Tom ma’nodasharhlash fanda «adekvat» sharhlash ham deb ataladi.Cheklangan sharhlash – bunda tatbiq etilayotgan huquqiynormaning o‘z matnida cheklanganligi belgilab qo‘yiladi.Kengaytirilgan sharhlash – bunda qo‘llaniladigan huquqiynormaning mazmuni, uning yozilgan matniga nisbatan kengroqqilib sharhlanadi.Sharhlash huquqiy normalarning to‘g‘ri tushunilishinita’minlaydi. Bu esa «huquqni qo‘llash jarayonidagi markaziybo‘g‘in»dir.277XIX BOB. HUQUQIY XULQ-ATVOR,HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK1-§. Huquqiy xulq-atvor tushunchasi, belgilari va tasnifiHuquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatidakishilarning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etadi.Yuridik adabiyotlarda asosiy diqqat-e’tibor kishilar xulqatvorininghuquqqa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka qaratilib,huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi.Huquqiy xatti-harakat deganda, huquq subyektlarining qonungamos holda ijtimoiy-foydali harakat yoki harakatsizlik qilishitushuniladi.Jamiyatda kishilarning xulq-atvori turli shakllarda namoyonbo‘lib, uni ifodalanishiga, samaradorligiga, motivlariga, maqsadlariva oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. Bu qonunga mos,ijtimoiy xatti-harakat bo‘lib, yuridik shakldagi qonuniy xattiharakatta’sirida huquq amalda bo‘ladi. Huquqiy xatti-harakatdoirasi va chegarasi huquqiy normalarining dispozitsiyasi bilanbelgilanadi. Aynan u huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi.Huquqiy ta’sir etish yo‘li bilan jamiyat boshqariladi, uninghayot faoliyati me’yoriy tartibga solinadi, fuqarolarning huquqva majburiyatlari amalga oshiriladi.Huquqiy xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari:– ijtimoiy foydaliligi – ushbu xatti-harakatlar jamiyat, shaxsva davlat uchun foydali bo‘ladi va biror-bir shaxsga zararkeltirmaydi;– ixtiyoriyligi va ongliligi – jamiyat a’zolarining asosiy tarkibihuquqiy harakatlarni jazo choralaridan qo‘rqishdan emas, balkio‘z tashabbuslari bilan ixtiyoriy ravishda, huquqni hurmat qilishasosida amalga oshiradi;– huquq normalariga mos kelishi – shaxslarning xattiharakatlariamaldagi huquq normalariga mos kelishi vao‘rnatilgan talablarga javob berishi, shuningdek, huquq normalaribilan ruxsat etilgan bo‘lishi talab qilinadi.Jamiyatda vujudga keladigan va amalga oshayotgan huquqiymunosabatlarning asosiy qismi o‘z asosiga ko‘ra huquqiy xattiharakatdaniboratdir.278Huquqiy xatti-harakat juda keng ma’noga ega. U o‘zxususiyatiga ko‘ra bir xil emas.Huquqiy xatti-harakatning shaxsni huquqiy tartibga solishgajalb etilish darajasiga ko‘ra to‘rt turi mavjud:1. Faol huquqiy xatti-harakat. Bu fuqarolar, mansabdorshaxslarning qo‘shimcha vaqtlari, imkoniyatlari, shuningdek,moddiy vositalaridan kelib chiqib, o‘z tashabbuskorligiga

Page 181: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

tayangan huquqiy faoliyatidir. Shaxsning huquqiy faolligi – davrtalabi. Huquqiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari turlicha.Bu sidqidildan faol xizmat qilish, siyosiy partiya, jamoatuyushmalarining shakllanishi va ishida qatnashish, qonunloyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning turlituzilmalarida hamkorlik qilish va shu kabilar.2. Odatdagi huquqiy xatti-harakat. U faollikdan farq qilganholda, ortiqcha xarajat va harakat bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bukishining doimiy xizmat va boshqa hayotiy faoliyatidan kelibchiqadi va u, odatda, huquqiy normalar talabiga mos keladi.Fuqarolar ushbu xatti-harakat doirasida o‘zlarining yuridikahamiyatga molik u yoki bu harakatlarini amalga oshiradilar.Lekin bu ularning faolligini huquqiy talab darajasidan oshirishgaolib kelmaydi. Jamiyatda, davlatda va amalda shaxsiy hayotiyfaoliyatda u oddiy va zaruriy hol hisoblanadi. Aynan shungamuvofiq shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyoji qanoatlantiriladi.3. Konformistik (sust) huquqiy xatti-harakat. Fuqarolar o‘rnatilganhuquq normalariga ijtimoiy muhit ta’sirida, ya’ni o‘zsafdoshlarining, rahbarlarining ko‘zicha rioya qiladi. Bu o‘ziningmustaqil fikri bilan emas, balki hamma shu harakatni amalgaoshirganligi uchun u ham shuni qilishga majbur bo‘ladi. Butoifa shaxslar agar ko‘pchilik huquqqa zid harakat qilsa, u hamhuquqqa zid harakat qilishi mumkin. Shuningdek, fuqaro o‘zigategishli huquq va erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmaganpaytda sodir bo‘ladi. Masalan, fuqaro nikohdan o‘tishda, mulkkaegalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda sustkashlikka yo‘lqo‘yishi mumkin. Bunday paytda shaxs o‘z manfaatiniqanoatlantirish imkoniyatidan foydalanmaganligi natijasida unganisbatan salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Bu jamiyatning zararko‘rishiga olib keladi. Fuqaroning sustligi sababli siyosiy va279huquqiy sohada, davlat ishlarida valyuntarizm kelib chiqadi,davlat tizimiga xalq ta’siri va jamoatchilik nazorati pasayadi.4. Marginal huquqiy xatti-harakatda shaxs davlat tomonidano‘rnatilgan jazo tizimidan qo‘rqishi oqibatida huquqqa rioyaqiladi. Bu toifa shaxslar ijtimoiy faol yoki odatiy huquqiy xattiharakatniamalga oshirmaydilar. Bular ko‘proq ertaga ozodlikdanmahrum etiladigan bo‘lsa, qiynalishi, erkinligining yo‘qolishiyoki nogiron bo‘lib qolishdan qo‘rqqanidan huquqqa rioya qiladi.2-§. Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyatiHuquqbuzarlik – bu huquq subyektining aybli, huquqqa zid,jamiyat, davlat va shaxs manfaatlariga zarar keltiruvchiqilmishidir.Huquqqa zid xatti-harakatlar – o‘rnatilgan huquq talablarinifuqarolar tomonidan bajarmaslik yoki ularga rioya qilmaslik.Fuqarolarning huquqqa zid harakatlarni amalga oshirishi ularninghuquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir.Chunki, huquqqa rioya qilmaslik ayrim fuqarolarning qabulqilingan qonunlardan xabardor emasligi yoki sodir etilgan xattiharakatinihuquqqa zid ekanligini bilmasligi, ya’ni huquqiysavodsizligi natijasida yuzaga keladi. Chunonchi, ayrim fuqarolaresa mavjud qonunlarni qabul qilinganligi va busiz mumkinemasligini bilsada, shunda ham unga rioya qilmaydi. Bu kabishaxslarning harakatida uning huquqiy madaniyatsizligi ko‘zgatashlanadi.Huquq buzilishi shaxsga, mulkka, davlatga yoki umumanjamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli, qonunga qarshi

Page 182: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

harakatdir. Ushbu tushuncha huquq buzilishining quyidagi to‘rttamuhim belgisini o‘z ichiga oladi:1. Ijtimoiy xavflilik – bunda huquqbuzarlik jamiyatningqadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarnipoymol etadi. Huquqbuzarlikning zararligi yoki xavfliligi shundaniboratki, u jamiyat hayotining maromiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.2. Huquqqa xiloflilik – huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi.Bu o‘rinda gap qilmish oqibatida qonunning, muayyan huquqiynormaning buzilishi to‘g‘risida bormoqda. Boshqacha aytganda,280huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo‘yilgantaqiqni buzadi. Agar bunday taqiq bo‘lmasa, huquqbuzarlik hambo‘lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo‘yichatalqin etilishi mumkin emas.3. Ayblilik – huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquqnormasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lganshaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlikdansodir etadi.Ayb – shaxsning sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uningzararli oqibatlariga ruhiy munosabati. Qariyb har doim insonoldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda harakat qilishnitanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqaxilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi.4. Jazoga sazovorligi. Bu ma’lum huquqbuzarlik uchun unisodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidanjavobgarlikka tortilishini bildiradi. Ushbu javobgarlik huquqiynormaning sanksiyasida ifodalanadi.Huquqbuzarlik tarkibi. Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘libhisoblanadi, u o‘z navbatida, qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lganhuquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikningtarkibi muayyan (konkret) huquq normalarini sharhlashda, uningmazmunini ochib berishda hamda dunyoqarash nuqtayinazaridan muhim ahamiyatga egadir. U o‘z ichiga to‘rttaelementni qamrab oladi: huquqbuzarlikning obyekti, subyekti,obyektiv tomoni va subyektiv tomoni.Huquqbuzarlikning obyekti deb huquq bilan tartibgasolinadigan va qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi.Obyekt huquqiy normada aniq mustahkamlangan bo‘ladi.Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni shaxsning harakat vaharakatsizligi oqibatida huquqning buzilishi hamda uning ijtimoiyxavfliligidir. Bu huquqqa qarshi qilmishning tashqi tomoniniifodalaydi. Aynan shu ifodalanish holatiga qarab, huquqbuzarlikto‘g‘risida, ya’ni u qanday sodir bo‘lganligi va qay darajada zararkeltirganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni elementlari bo‘libquyidagilar hisoblanadi:– huquqqa qarshi qilmish;281– huquqqa qarshi zararli oqibat;– huquqqa qarshi qilmish bilan zararli oqibat o‘rtasidagisababiy bog‘lanish;– huquqqa qarshi qilmish sodir etilgan joyi, vaqti, usuli vamuhit.Huquqbuzarlikning subyekti bo‘lib huquqbuzarlikni sodirqilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Subyektlarningxususiyatlari huquqbuzarlikning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,jinoiy va ma’muriy huquqning subyektlari bo‘lib faqat shaxslar

Page 183: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

hisoblanadi.Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni — bu shaxsning (jismoniyva yuridik) huquqqa qarshi qaratilgan harakat yoki harakatsizligioqibatiga va ulardan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli qilmishganisbatan ruhiy-ongli munosabatidir. Huquqbuzarlik subyektivtomonining zaruriy belgisi aybdir. Ayb – huquqbuzarninghuquqqa xilof xatti-harakatiga va ularning ijtimoiy xavflioqibatiga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagimunosabatidir.Qasd – shaxsning huquqqa xilof xatti-harakatini sodirqilayotgan paytida, bu harakatning huquqqa xilofliligini, ijtimoiyxavfliligini, uning oqibatini anglash yoki tushunishidir (to‘g‘riqasd) yoki bu xatti-harakatning ma’lum oqibatni keltiribchiqarishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yishidir (egri qasd).Ehtiyotsizlik — shaxsning xatti-harakatlari natijasida kelibchiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning oldini olishni nazardatutib, beparvolik bilan o‘z-o‘ziga ishonib harakat qilishidir.Huquqbuzarlikning turlari ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘raikki guruhga bo‘linadi.1. Jinoyat – sodir etilishi jinoyat kodeksiga jazo qo‘llashtahdidi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakatyoki harakatsizlik). Jinoyat natijasida davlat, jamiyat va shaxsmanfaatlariga zarar yetkaziladi.2. Nojo‘ya harakat – bu jinoyat singari zarar yetkazib, ijtimoiydarajasining rasmiyligi bilan farqlanadi.Nojo‘ya harakat quyidagi turlarga bo‘linadi:a) fuqaroviy huquqbuzarlik – fuqarolik huquq vamajburiyatlarini buzilishi, ya’ni majburiyatlar bajarmaganligi bois,282mol-mulkka va kishi sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishi tushuniladi;b) ma’muriy huquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga,davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq vaerkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchunqonunda ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy,aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakatyoki harakatsizlik. Ma’muriy huquqbuzarlik, xuddi jinoyatlarkabi, jamiyat uchun xavflidir, ulardan faqat ushbu xavf darajasibilan farqlanadi;d) intizomiy huquqbuzarlik – korxonalar, tashkilotlar,muassasalarning rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan yurish-turishva ichki mehnat tartib-qoidalarini, xizmat intizomini xodimlartomonidan buzilishi hamda xizmat vazifalarini bajarmasliklaridir.Mazkur huquqbuzarlik intizomiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.3-§. Yuridik javobgarlik tushunchasi, belgilari va turlariHuquqshunoslik fanida yuridik javobgarlik masalasidaturlicha fikrlar mavjud. Ko‘pchilik mualliflar yuridikjavobgarlikni davlatning huquq talablarini bajarishga qaratilganmajburlov choralarini qo‘llashi deb tushunsalar, boshqa ba’ziolimlar unga amaldagi yuridik kategoriyalar doirasidayondashib, qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar, maxsus yuridikmajburiyatlar yoki huquq normalari sanksiyalari ko‘rinishidatalqin etishga intiladilar.Yuridik javobgarlik – bu huquqbuzarlik sodir etgan shaxsganisbatan protsessual tartibda qonunchilikda belgilangan davlatmajburlov choralarini qo‘llashdir.Yuridik javobgarlik – huquqbuzarning huquq normalarigaasoslangan va huquqbuzarlik faktidan kelib chiqadigan qilmishi

Page 184: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

uchun javob berish va davlat majburlov choralari shaklidaginoxush oqibatlariga chidash majburiyati hamda shundayoqibatlarga haqiqatan duchor bo‘lishidir.Yuridik javobgarlikning asosi – huquqbuzarlikdir ya’ni, huquqnormalarini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir.Yuridik javobgarlikning asosiy vazifasi jarima solish,jazolashdir, tiklash choralarining vazifasi esa yuridikmajburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, huquqni himoya283qilishga qaratilgandir. Uning maqsadi esa jamiyat a’zolariniqonunlar asosida tarbiyalashdan iborat.Yuridik javobgarlikning belgilari. Yuridik javobgarlik quyidagio‘ziga xos belgilar bilan ajralib turadi.1. Davlat majburlovi bilan chambarchas bog‘liq. Bundaybog‘liqlik shunda namoyon bo‘ladiki, yuridik javobgarlik davlattomonidan o‘rnatiladi va yuridik normalarda ifoda etilganidek,hokimiyat talablaridan chetga chiqqan aybdor shaxslarga nisbatanmajburiy ta’sirning o‘ziga xos usuli bo‘lib hisoblanadi. Yuridikjavobgarlik ayrim xatti-harakatga nisbatan javob sifatida alohidahollarda qo‘llaniladi. Shuning uchun, qoidaga ko‘ra, uhuquqbuzarlar uchun qo‘llanadigan qat’iy cheklovlar bilanbog‘liq.2. Yuridik javobgarlikning amaldagi asosi shundayhuquqbuzarlik, ya’ni ichki (shaxsning ongi yoki irodasi) va tashqiharakatlarining birligini mujassamlashtirgan xatti-harakatsifatidagi akt bo‘lishi mumkin. Bu narsa shuni bildiradiki,huquqiy ko‘rsatmalarni buzishda aybdor bo‘lgan shaxsginahuquqiy javobgarlikning subyekti bo‘lishi mumkin.3. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan ayblash,huquqbuzarning xulq-atvori uchun tanbeh berish bilan bog‘liq.Davlat tomonidan ayblash – bir qator xususiyatlarga ega bo‘lgantushuncha hisoblanadi. Birinchidan, bunday qoralash xulq-atvoriuchun tanbeh beriladigan subyektlarga nisbatan hokimiyatta’sirini qo‘llash bilan bog‘liq. Ikkinchidan, davlat tomonidanayblash huquqbuzarni aybdor deb topish, unga nisbatan aniqjavobgarlik choralarini belgilash va ularni amalga oshirishdanamoyon bo‘ladi. Uchinchidan, bu narsa retrospektiv xususiyatgaega. Shuning uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarxulq-atvorlarining ilgari sodir etilgan huquqqa xilof harakatlarisalbiy bahoga sazovor bo‘ladi.4. Yuridik javobgarlik hamma vaqt huquqbuzarga nisbatanma’lum salbiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq. Yuridikjavobgarlikni huquqbuzarlik qilgan shaxs uchun belgilanganqiyinchiliklar va mahrum etishlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.284Yuridik javobgarlikning turlari.Jinoiy javobgarlik – jinoiy-huquqiy javobgarlik fuqarolartomonidan ijtimoiy va davlat tuzumiga, mulk shakllari, xo‘jaliktizimi, shaxslar, fuqarolarning huquq va qonun bilanqo‘riqlanadigan manfaatlariga va hokazolarga qarshi tajovuzqilinganda kelib chiqadi. Jinoyat Kodeksida ko‘zda tutilgantalablarni buzish jinoyat hisoblanadi va shu jinoiy harakat yokiharakatsizlikka nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoiyjavobgarlikka davlat majburlov choralarining eng qattiq turlarikiradi. Uni amalga oshirish jinoyat, jinoyat-protsessual, jinoyatijroiyaqonunlari bilan tartibga solingan.Jinoiy javobgarlikda jazo asosiy va qo‘shimcha turlarga

Page 185: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

bo‘linadi. Hozirgi kunga kelib jazo tizimini erkinlashtirish(liberallashtirish) bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda.Prezident famoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida o‘limjazosini 2008-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilish nazardatutilgan. Shu bilan bir qatorda mol-mulkni musodara qilish jazosiqo‘shimcha jazo tizimidan olib tashlandi.Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy-huquqiy munosabatlarningbuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularga o‘rnatilgan umumtartibqoidalarni bajarmaslik, masalan, yo‘l harakati qoidalarini vajamoat tartibini buzish, tabiatni muhofaza etishga qarshiharakatlar va boshqalar kiradi.Ma’muriy-huquqiy javobgarlik bo‘yicha quyidagi jazochoralarini ko‘rsatish mumkin: ogohlantirish; jarima solish;musodara qilish; (huquqni buzish quroli yoki obyekti bo‘lgannarsani); maxsus huquqlardan mahrum etish (ov qilish, transportvositalaridan foydalanish va h.); ma’muriy qamoq; axloq tuzatishishlari va boshqalar.Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik – fuqarolik huquqlarini buzganshaxslarga majburiy ta’sir etish chorasi bo‘lib, u jabrlanuvchigayetkazilgan mulkiy zararni qoplash bilan bog‘liq majburiyatdaniborat.Mazkur majburiyatning ikki turi mavjud:1) fuqarolik turiga oid u yoki bu shartnomani bajarmaslikyoki undagi shartlarga rioya etmaslik sababli yuzaga keladiganmajburiyat;2852) fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulki yoxud davlatmol-mulkiga zarar yetkazish kabi shartnomadan tashqarimajburiyat yuzasidan vujudga keladigan majburiyat.Intizomiy javobgarlik – korxona va tashkilotlarda o‘rnatilganyurish-turish qoidalarini buzish oqibatida kelib chiqadi.Intizomiy-huquqiy javobgarlikning belgilanish holatlari Mehnatkodeksida, korxona va tashkilot ichki mehnat tartibi qoidalaridahamda maxsus Nizomlarda nazarda tutiladi. Intizomiy huquqmehnat va xizmat intizomini, harbiy va boshqa intizomni buzishbilan bog‘liq bo‘lib, ularga idoraning ichki tartib-qoidalarinibuzish, ishga kech kelish yoki ishdan barvaqt ketish va h.k.hollar kiradi. Intizomiy-huquqiy jazo chorasini qo‘llash ichkiishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga egarahbar shaxslar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi.Mehnat intizomini buzgan xodimlar korxona, tashkilot vamuassasa ma’muriyati tomonidan javobgarlikka tortiladilar,fuqaro aviatsiyasi, temir yo‘l transporti xodimlari hamda sudyalarva ba’zi bir mansabdor shaxslarning intizomiy javobgarligito‘g‘risidagi masalalar maxsus intizomiy komissiyalar tomonidanko‘rib chiqib, tegishli nizom asosida hal etiladi.Yuridik javobgarlikni belgilashning asosiy maqsadi jazolash emas,balki huquq umumiy maqsadlarini muayyan ifodasiga qaratilganbo‘lib, ular ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlanishida, tartibgasolinishida va himoyasida o‘zining ifodasini topadi.Muayyan huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning qo‘llanilishibirmuncha tor maqsadni, ya’ni aybdorni jazolashni ko‘zlaydi.Bu bilan davlat o‘zining majburlov choralarini amalga oshiribturib, yana boshqa maqsadni ko‘zlaydi – bu maqsad kelajakdahuquqbuzarlikni sodir etishning oldini olishga yoki bu haqdaogohlantirishga qaratilgan.Bu maqsadlar, o‘z navbatida, javobgarlikning funksiyalarini

Page 186: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

belgilab beradi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun quyidagiprinsiplarga amal qilinadi:Adolatlilik – aybdor bo‘lmagan shaxslarning javobgarlikkatortilish hollariga yo‘l qo‘ymaslikni yoki sodir etilgan qilmishningisbotlanishi zarurligini talab etadi, shuningdek, qo‘llanilayotganjazo sodir etilgan jinoyatga mos kelishi lozim.286Qonuniylik – huquq qoidalari talablarining qat’iy va aniqtatbiqidan iborat bo‘lib, yuridik javobgarlikka nisbatan bu talabfaqat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunda belgilanganasoslarda hamda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bundajazo qo‘llanilayotgan vaqtda muomalaga layoqatli shaxsganisbatan huquqqa zid harakat qilgan taqdirdagina jazoqo‘llanilishi lozim.Gumanizm (insonparvarlik) – yuridik javobgarlikka tortishjarayonida qonunda nazarda tutilmagan usullar, ya’ni qiynoqqasolish, jismoniy azob berish kabi insoniyatning sha’ni va qadrqimmatinikamsituvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab etadi,ayniqsa, jazo tayinlanayotgan vaqtda inson huquqlarining oliyqadriyat ekanligi e’tiborga olinishi lozim.Jazoning asoslanganligi – bunda jazo tayinlash vaqtida sud ishnihar tomonlama chuqur o‘rganib, tahlil qilib, keyin jazo tayinlashilozim.Maqsadga muvofiqlik prinsipi sodir etilgan qilmishga nisbatanjavobarlikning muqarrarligini anglatadi, chunki belgilanganjavobgarlik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.Javobgarlikning muqarrarligi – yuridik javobgarlik huquqbuzarlikbilan bevosita bog‘liq va bu bog‘liqlikdan ushbu prinsipningmohiyati kelib chiqadi, ya’ni sodir etilgan har qandayhuquqbuzarlik uchun javobgarlikning qo‘llanilishi hamda uningmuqarrarligi belgilanadi.Individuallik prinsipiga binoan sodir etilgan huquqbuzarlikuchun faqat aybdor shaxsning o‘ziga nisbatan javobgarlikqo‘llaniladi, jumladan, ota yoki onaning huquqbuzarligi uchunfarzand yoki buning aksi bo‘lishi mumkin emas. Jamiyatda harbir shaxs o‘zi qilgan huquqbuzarligi uchun o‘zi javob beradi.Yuridik javobgarlik funksiyalari. Shaxslar tomonidan qilinganhuquqbuzarlik uchun davlat muayyan bir yuridik javobgarliklarniamalga oshiradi. Huquqbuzarlik uchun qo‘llanilayotgan har biryuridik javobgarlikning o‘ziga xos vazifasi mavjud. Yuridikjavobgarlikka tortishning asosiy maqsadi, huquqbuzar shaxsnijazolash yoki unga biror-bir jazo berish bilan kifoyalanmay,boshqa yuridik oqibatlar ham kutiladi. Jumladan:1. Jazolash funksiyasi – aybdor shaxsning huquqbuzarlik sodir287etganligi uchun unga shaxsiy (ozodlikdan mahrum qilish), mulkiy(jarima to‘latish), tashkiliy (ishdan bo‘shatish, muayyan faoliyatnicheklash) jihatdan salbiy ta’sir etish;2. Huquqni tiklash funksiyasi – bunda huquqbuzar shaxstomonidan buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararniqoplash nazarda tutiladi;3. Maxsus ogohlantirish funksiyasining mohiyati shundaki,huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni kelajakda bu kabi salbiyoqibatlar keltirib chiqaruvchi, davlat, jamiyat va shaxs uchunmuayyan zararlarni keltirib chiqaruvchi hodisalarni sodir etmaslikhaqida ogohlantirishdir;4. Umumiy ogohlantirish nafaqat huquqbuzar shaxsni, balki

Page 187: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

jamiyatning butun a’zolarini huquqbuzarlik sodir etish yomonoqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirish va bu kabi salbiyharakatlarni sodir etishdan o‘zlarini tiyishga, ya’ni huquqiyharakat qilishga chaqirishdir;5. Tarbiyaviy funksiya ikki xil mohiyat kasb etadi: birinchidan,jamiyatning barcha a’zolarini huquqbuzarlik sodir etmaslik,huquqqa nisbatan hurmat ruhida yashashga o‘rgatsa, ikkinchidan,bevosita huquqbuzar shaxslarni qayta tarbiyalash, kelajakdahuquqqa rioya qilish va uni hurmat qilishga chaqiradi.4-§. Aybsizlik prezumpsiyasi. Yuridik javobgarlik vaqilmishning huquqqa xilofligini istisno qiluvchi holatlarAybsizlik prezumpsiyasi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yokisudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonundanazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgansud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘ziningaybsizligini isbotlab berishi shart emas. Ya’ni u bunga majburemas. Mazkur vazifa huquqni muhofaza etuvchi organlarzimmasiga yuklanadi.Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartarafetish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchiyoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonunqo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon288qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga halqilinishi kerak. Fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi – shaxsninghuquq va erkinliklarini mustahkam kafolatidir. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasida (26-modda) aybsizlikprezumpsiyasi o‘zining ifodasini topgan bo‘lib, unda jumladan,shunday deyiladi: “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan harbir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib,uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Suddaayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barchasharoitlar ta’minlab beriladi...”Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessualkodeksining 23-moddasida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan.Shaxsning harakatlarida Jinoyat kodeksida nazarda tutilganalomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiyxavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyliginiistisno qiladigan holatlar deb topiladi.Yuridik javobgarlik va qilmishning huquqqa xilofligini istisnoqiluvchi holatlar mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: aqlinorasolik, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavflilik darajasibo‘lmagan huquqbuzarliklar sodir etish va boshqalar.Yuridik javobgarlik va davlat majburlovining boshqa turlarinifarqlash nazariy hamda katta amaliy ahamiyatga ega. U shaxsva jamiyat manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sir o‘tkazishningeng maqsadga muvofiq va qonuniy vositasini tanlash imkoniniberadi.289XX BOB. HUQUQIY TARTIBGA SOLISHMEXANIZMI1-§. Huquqiy tartibga solish tushunchasiKishilik jamiyati o‘zining muayyan darajada batartibligi vauyushganligi bilan tavsiflanadi. Jamiyat o‘z rivojlanishining butunmobaynida kishilar xulq-atvorini tartibga soluvchi, me’yorlovchi

Page 188: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

usul va vositalar tizimini shakllantiradi. Ijtimoiy tartibga soluvchivositalar orasida, avvalo, ijtimoiy normalar muhim o‘rin tutadi.Ijtimoiy normalar – axloq normalari, odat normalari, huquqnormalari, an’analar, jamoat birlashmalarining normalari, diniynormalar kabi turlarga ajraladi. Ular turli ijtimoiy-siyosiy guruhlarhamda qatlamlar tomonidan vujudga keltiriladi. Xususan, davlato‘z funksiyalarini bajarish va maqsadlariga erishish uchun huquqnormalarini yaratadi. Davlat huquq normalari yordamida ijtimoiymunosabatlarni huquqiy tartibga soladi.Huquqiy tartibga solish ehtiyoji obyektiv zaruriyatdir. Huquqiynormalarda ijtimoiy munosabat ishtirokchilari faoliyatiningandozasi (modeli), kishilar yurish-turishi, xatti-harakatiningalgoritmi, taraflarning huquq va majburiyatlari me’yori aksettiriladi. Huquq insonlar xatti-harakatini subyektiv huquq vayuridik majburiyatlar shaklida me’yorlash orqali ijtimoiymunosabatlarni tartibga soladi.Huquq normalari jamiyat hayotining asosiy jabhalarini normativtarzda tartibga solib turadi. Huquqiy normalarning ijtimoiymunosabatlarga ta’siri, ularni tartibga solishi huquqni amalgaoshirish jarayonining bevosita natijasidir. Mazkur qoidani tushunibolish uchun «huquqiy ta’sir etish» va «huquqiy tartibga solish»iboralarining ma’nosini tahlil qilish lozim.«Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish» iborasi anchaginakeng tushuncha bo‘lib, o‘z mazmuniga jamiyat hayotiga huquqta’sirining barcha yo‘nalishlari va shakllarini qamrab oladi.Huquqning bunday ta’siri – normativ (umummajburiy)regulyatorlik, mafkuraviy va tarbiyaviy shakllarda namoyon bo‘ladi.Huquq ishlab chiqarish munosabatlariga va ularga asoslangan boshqamunosabatlarga ta’sir etib, ularni mustahkamlaydi, qo‘riqlaydi varivojlantiradi. Huquqiy ta’sir etish natijasida ilg‘or va ijobiy ijtimoiymunosabatlar huquqiy himoya qilinadi hamda takomillashtiriladi.290Jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan yoxud eskirganmunosabatlar esa ijtimoiy turmushdan siqib chiqariladi.Huquqiy tartibga solish huquqiy ta’sir etishning nisbatan mustaqilva faol ko‘rinishlaridan biridir.Huquqiy tartibga solish – ijtimoiy munosabatlarga huquqyordamida ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solishmaqsadida ta’sir etish jarayonidir. Huquqiy tartibga solishningmuhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilariningyuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi, huquqlar ro‘yobgachiqarilishini va majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish ijtimoiy tartibgasolishning maxsus turi bo‘lib, o‘zining demokratik qadriyatlargatayanganligi, maqsadga yo‘naltirilganligi va samaraliligi bilan ajralibturadi. Shuningdek, huquqiy tartibga solish o‘ziga xos ta’sir etishvositalari (mexanizmi) orqali amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchiidoraning yuridik normalar yaratishdan ko‘zlangan maqsadi xuddiana shu huquqiy ta’sir etish vositalari yordamida ro‘yobgachiqariladi.Huquqning ijtimoiy munosabatlar regulyatori ekanligihuquqshunoslik fanida uzil-kesil tan olingan. Huquqning asosiyvazifasi ham uning regulyatorlik (ya’ni, tartibga soluvchilik)tabiatidan kelib chiqadi. Huquq, qonun hayotiy munosabatlarnitartibga solar ekan, ularning amal qilishi va rivojlanishi uchun aniqme’yor o‘rnatadi. Shu yo‘l bilan ularni jamiyat va davlat manfaatlarinuqtayi nazaridan tartibga soladi.

Page 189: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yo‘liga kirgach, jamiyatnitubdan yangilash, modernizatsiyalash iqtisodiy, siyosiy, huquqiyva madaniy-ma’naviy sohada keng qamrovli islohotlar yo‘lini tutdi.Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ijtimoiy adolatni ta’minlovchidemokratik davlatni qaror toptirishdir. Mamlakatimiz PrezidentiI.A. Karimov ta’kidlaganidek: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiyyo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatgaega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolikjamiyatini barpo etishdan iboratdir»1 .Ana shu ustuvor maqsadlar mazmunidan kelib chiqib aytishmumkinki, demokratik islohotlar va huquqiy davlatchilik barpo1 Каримов И.А. Кучли давлатдан кучли жамият сари. – Тошкент, «Шарі»,1998, 49-bet.291etishning hozirgi bosqichida davlat hamda jamiyat hayotiningqonuniy zaminini mustahkamlash, yangi tuzumga xos ijtimoiymunosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish – boshyo‘nalishdir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatiko‘p jihatdan huquqiy tartibga solishning holatiga bog‘liqdir.Islohotlar jarayoni rivojlanib va chuqurlashib borgani sari, uninghuquqiy negizi takomillashtirilib boriladi, qabul qilingan qonunchilikhujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Bu hol qonunlarningta’sirchanligini oshirish imkonini beradi.Davlat qonun, farmon va hukumat qarorlarini qabul qilish yo‘libilan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarning borishini huquqiyjihatdan jadal va qat’iy tartibga solishni amalga oshiradi.Mustaqillik yillarida mamlakatda bozor iqtisodiyoti va bozormunosabatlari infratuzilmasini shakllantirishning huquqiy poydevoriyaratildi. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasida korxonalarto‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyatto‘g‘risida», «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalarito‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Bankrotlikto‘g‘risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishnirag‘batlantirish to‘g‘risida», «Lizing to‘g‘risida», «Qimmatliqog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi, Yerkodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va boshqanormativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi.Huquqiy tartibga solish ko‘lamini ta’riflashda olimlar ikki guruhgaajraladilar. Ba’zi olimlar huquqiy tartibga solishda yuridik normalarfaqat huquqiy munosabatlar (shakli, modeli) orqali ta’sir etadi,deb hisoblaydilar. Bu fikr tarafdorlari subyektiv huquq va yuridikmajburiyatlarning mavjudligini mutlaq va nisbiy huquqiymunosabatlar mavjudligi bilan bog‘laydilar.Ikkinchi guruh olimlar fikricha, huquqiy tartibga solish huquqiymunosabatlar doirasidan tashqariga chiqadi, ancha kengroqko‘lamda harakatlanadi. Bunday yondashuv so‘nggi yillarda yuridikilmiy jamoatchilik tomonidan ustuvor nuqtayi nazar sifatida tanolinmoqda.Shunday qilib, huquqiy tartibga solish ikki shaklda amalga oshadi:– huquqiy munosabat orqali;– huquqiy munosabatdan tashqarida.Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning maxsus turihamda huquqiy tartibga solishning alohida shaklidir.292Huquqiy tartibga solish natijasida hamisha real munosabatlarmuayyan tarzda me’yorlanadi, «qolip»ga solinadi, barqarorlik kasbetadi. Muhimi, bu munosabatlar davlat tomonidan muhofazalanadi.

Page 190: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish aniq usullaryordamida amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solish usuli huquqiytartibga solish predmetiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yuridik vajismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga huquqiy ta’sir etishningyo‘llari yig‘indisi huquqiy tartibga solish metodi (usuli) deb ataladi.Huquqiy tartibga solish metodining ikki turi, ya’ni: avtonomiyametodi va avtoritar metodlari mavjud.Avtonomiya metodi asosida tartibga solinuvchi munosabatlardataraflar teng huquqli bo‘ladilar hamda ular qonunda belgilanganvakolatlar doirasida mustaqil faoliyat yuritadilar. Misol uchun,fuqarolik huquqiy munosabatlarini olaylik, ularda ishtirok etuvchisubyektlar qonun belgilagan me’yor ko‘lamida o‘z xatti-harakatlarinimustaqil kelishuv, shartnoma asosida erkin belgilaydilar.Avtoritar metod deganda, ijtimoiy munosabatlarga hukmronlik,buyruq (imperativ) tarzida qat’iy ta’sir o‘tkazish tushuniladi.Masalan, ma’muriy-huquqiy va jinoiy-huquqiy munosabatlarniolaylik. Bu munosabatlarda bir tomonda davlat (davlat idorasi yokivakolatli mansabdor shaxs) namoyon bo‘ladi, ikkinchi tomondanesa fuqaro maydonga chiqadi. Ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikniqo‘llovchi vakolatli subyekt davlat hokimiyati nomidan ish ko‘radi,avtoritar metodga tayanib huquqiy tartibga solishni amalga oshiradi.Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish quyidagixususiyatlarga ega:– huquqiy tartibga solishning barqarorligi;– konstitutsiyaviy-tartibga solish ahamiyatining oshishi vako‘lamining kengayib borishi;– iqtisodiy, siyosiy, madaniy va mafkuraviy hayot sohalaridahuquqiy tartibga solish rolining o‘sib borishi;– huquqiy tartibga solish jarayonida ijtimoiy o‘zini o‘ziboshqarish va ijtimoiy munosabatlarga jamoat ta’sirining o‘sishi;– ijtimoiy xulq-atvorni oldindan belgilash (modellashtirish)imkoniyatlarining oshib borishi;– huquqiy tartibga solishning xalqchilligi va samaraliligi;– huquqiy tartibga solishning faol, ijtimoiy xarakterga egaligi.2932-§. Huquqiy tartibga solish mexanizmi vauning tarkibiy qismlariHuquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatdagi turli-tumanijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketmaketlikdata’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmunihamda huquqiy normalar ruhi mamlakat intilayotgan maqsad vavazifalar, ya’ni: bozor iqtisodiyotiga o‘tish, huquqiy davlat vafuqarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan uzviy bog‘liq.Huquqiy tartibga solish jarayoni – ijtimoiy munosabatlargahuquqiy ta’sir etish, ularni amalga oshirish, rivojlantirish vatakomillashtirishning qat’iy belgilangan tartibidir. Huquqiy tartibgasolish har qanday ijtimoiy jarayon singari o‘z boshlanish vanihoyalanish nuqtalariga ega. Bu jarayon davlat tomonidan huquqiynormalar yaratishdan boshlanadi. Huquqiy norma xalqning davlatidorasini o‘zida ifodalovchi vosita sifatida vujudga keladi va amalqiladi.Huquqiy tartibga solish jarayonini uch asosiy bosqichga ajratishmumkin:1. Ijtimoiy munosabatlarni me’yorga soluvchi yuridik normaningyaratilish bosqichi.2. Huquqiy normaning amal qilish bosqichi.3. Yuridik normada nazarda tutilgan holatlar, huquq va

Page 191: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

majburiyatlar vujudga kelganda subyektiv huquq va burchlarningamalga oshirilish bosqichi.Ko‘rsatilgan uch bosqichdan tashqari yana bir bog‘lovchiqo‘shimcha (fakultativ) bosqich haqida gapirish lozim. Bu fakultativbosqich huquqni qo‘llashdir.Huquqiy tartibga solish jarayonining uch bosqichiga uchtamuhim element (huquqiy hodisa) muvofiq keladi:a) huquqiy normalar;b) huquqiy munosabatlar;d) subyektiv huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari.Yuqorida zikr etilgan qo‘shimcha bosqichga muvofiq tarzdahuquqiy tartibga solish mexanizmida qo‘shimcha (fakultativ)element – huquqni qo‘llash hujjatlari maydonga chiqadi.Huquqiy tartibga solish mexanizmining har bir elementi, o‘znavbatida, o‘ziga xos kichik tizimni tashkil etadi. Chunonchi:– yuridik normalarning yaratilish bosqichiga muvofiq keladigan294tizimga – huquqiy ong, huquq ijodkorligi hujjatlari, normativ yuridikhujjatlar, huquqiy normalar, me’yorlar, hujjatlarni tizimlashtirish,yuridik texnika va boshqalar kiradi;– yuridik normalarning amal qilish bosqichidagi huquqiymunosabatlar tizimiga – huquq subyekti, yuridik faktlar, umumiyva konkret huquqiy munosabatlar kiradi;– huquq va majburiyatlarni amalga oshirish tizimiga – huquqiymunosabat qatnashchilarining muayyan xatti-harakatlari, huquqniqo‘llash hujjatlari kiradi.Yuqorida sanab o‘tilgan tizimlarni huquqiy tartibga solishjarayonining bo‘g‘inlari deb atash mumkin. Ushbu jarayonda amalqiladigan elementlarning bir butunligi huquqiy tartibga solishmexanizmini tashkil etadi.Huquqiy tartibga solish mexanizmi – ijtimoiy munosabatlargajamiyat va davlat oldida turgan maqsad hamda vazifalarga mosravishda samarali huquqiy ta’sir etishni ta’minlovchi yuridikvositalarning bir butun tizimidir. Huquqiy tartibga solishjarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» iborasi bilanizohlanishi bejiz emas. «Mexanizm» – bir qancha mustaqilhodisalar, qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosida, bir butun agregatsifatida harakat qilishidir. Bunda har bir element uyg‘un va barqarorbirlashib, biri ikkinchisini harakatlantiradi. Mexanizmga aniq, qat’iyva bir maromda ishlash xosdir. Huquqiy tartibga solish jarayonidanamoyon bo‘luvchi qismlar yagona bir butun mexanizmni tashkiletadi.«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi yordamidahar bir huquqiy institut (voqelik)ning huquqiy tartibga solishtizimidagi o‘rni va rolini aniqlab olish mumkin. Shuningdek,ta’kidlash joizki, mexanizm tarkibiga kiruvchi huquqiy institutbutunning tarkibiy qismi sifatida yangi xususiyatlarga egabo‘ladi.Huquqiy tartibga solish mexanizmining dastlabki elementini –huquqiy normalar tashkil etadi. Huquqiy normalarda davlathokimiyatirodasi bayon etiladi, ushbu norma orqali o‘rnatilayotganhuquqiy talab tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatishtirokchilariga yetkaziladi. Huquqiy normada huquqiy munosabatsubyektlarining huquq va burchlari, vakolatlari doirasi, shuningdek,ularni amalga oshirish vositalari ko‘rsatiladi.Huquqiy normaning maxsus funksiyasi shundaki, u normativ295

Page 192: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

tarzda huquqiy munosabat chegaralarini o‘rnatadi. Unda xulq-atvorva yurish-turishning andozasi (modeli) belgilanadi. Aynan ana shuyurish-turish qoidalari huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmatqiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida fuqarolarning mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqimustahkamlangan. Bu umumiy konstitutsiyaviy – huquqiy qoida.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 57, 72-moddalaridaishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq mehnat-huquqiymunosabatlar nazarda tutilgan. Ishga qabul qilish yozma tarzdatuziladigan mehnat shartnomasi orqali amalga oshiriladi. Bu yerdayuqoridagi konstitutsiyaviy qoida aniqlashtirilayotganini ko‘ramiz.Biroq u hali hayotga tatbiq etilayotgani yo‘q. Mehnat kodeksiningyuqoridagi moddalari ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liqmehnat-huquqiy munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutadi.Mazkur normaning mavjudligi hali yuqoridagi mehnat-huquqiymunosabatlar hal etilganligini anglatmaydi, albatta. Bu masalaninghuquqiy yechimiga erishish uchun muayyan fuqaroni ishga qabulqilish to‘g‘risida ish beruvchining (korxona ma’muriyatining) aniqindividual hujjati (buyrug‘i, farmoyishi) chiqarilishi lozim (MKning82-moddasi). Ushbu misolimizda MK 57 va 72-moddalaridagihuquqiy normalar tegishli mehnat-huquqiy munosabatlarini tartibgasolish uchun asos vazifasini o‘taydi.Huquqiy tartibga solish mexanizmining ikkinchi elementi –huquqiy munosabatlardir. Huquq normasi aynan huquqiy munosabatorqali hayotga joriy etiladi, subyektiv huquq va burchlarga rioyaetiladi, ulardan foydalaniladi va tegishli talablar bajariladi. Muayyansubyektiv huquq va burchlarning xususiyatlari huquqiy normaningtartibga solishdagi ta’sir etish xarakteriga bog‘liq.Huquqiy normalarning vakolat beruvchi, majbur etuvchi va manqiluvchi turlariga mos ravishda tartibga soluvchi va qo‘riqlovchihuquqiy munosabatlar turlari namoyon bo‘ladi.Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar majbur etuvchi, vakolatberuvchi va man etuvchi munosabatlarga bo‘linadi.Huquqiy tartibga solish mexanizmining uchinchi elementi –subyektiv huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari(harakatlari)dir. Bu yerda so‘z huquqiy munosabatishtirokchilarining huquq normalariga rioya etish, bajarish vafoydalanish shaklidagi real amaliy xatti-harakatlari, xulq-atvorihaqida bormoqda. Mazkur harakatlar sodir etilishi bilan qonun296chiqaruvchi idora rejalashtirgan maqsad amalga oshadi hamdahuquqiy tartibga solish mexanizmi faoliyati yakun topadi.Huquqni qo‘llash hujjatlari – vakolatli davlat idorasining,mansabdor shaxsning davlat-hokimiyat xarakteridagi hujjatidir. Buhujjatlar huquqiy norma talablarini huquqiy munosabat orqalibevosita hayotga joriy etadi. Lozim bo‘lgan hollarda huquqniqo‘llash hujjatlarining bajarilishi davlatning majburlash kuchi bilanta’minlanadi. Huquqni qo‘llash hujjatlari – qaror, farmoyish,buyruq, hukm va boshqa shakllardan iborat. Bu hujjatlarda huquqiymunosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari aniq ko‘rsatibberiladi.3-§. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishHuquqiy tartibga solishning eng oliy shakli – konstitutsiyaviytartibga solishdir. Zero, Konstitutsiya mamlakatning Asosiy qonunibo‘lib, yuksak maqomli, o‘ta nufuzli siyosiy-yuridik hujjat sanaladi.U mo‘tabar ijtimoiy-huquqiy qadriyat sifatida jamiyat va davlathayotining bosh mezoni, ijtimoiy munosabatlarni

Page 193: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

barqarorlashtiruvchi, ravon tartibga soluvchi ta’sirchan vositadir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlabo‘tganidek, «...biz mamlakatimizda huquqiy davlat, demokratikjamiyat barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini engoliy va ustuvor qadriyat sifatida qaror toptirish borasida o‘tgandavr mobaynida qonunchilik sohasida va amaliy siyosatimizdaqanday natija va yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ularning barchasiKonstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan talab va tamoyillar bilanuzviy bog‘liqdir»1 .Huquqiy tartibga solish mexanizmida Konstitutsiyaningustuvorligini ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga molikmasaladir. Konstitutsiya – mamlakat huquqiy tizimining o‘zagi,uning mustahkam poydevori. Konstitutsiya normalari birlamchi,ta’sis etuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birortaham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyanormalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda, 2-qism).1 Каримов И.А. Инсон манфаатларини таъминлаш, ижтимоий μeiiy тизиминитакомиллаштириш – устувор вазифамиздир // Халі сґзи. 2006.8 декабрь.297Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakat normativ-huquqiyhujjatlar tizimida ustuvorlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi.Uning normalari boshqa qonunlarning qoidalaridan ham yuqoriroqyuridik kuchga ega. Qolgan barcha qonunlar va boshqa normativhuquqiyhujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq tarzda vauning ijrosi uchun chiqariladi. Basharti, qonunlar Konstitutsiyagazid kelib qolsa, yoki unda belgilangan tartiblarni buzib ishlabchiqilgan va qabul qilingan bo‘lsa, ular o‘z kuchini yo‘qotishi shart.Konstitutsiya butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi,hamjihatlashtiruvchi markazi, «tizim» hosil qiluvchi o‘zagi bo‘lib,barcha huquq tarmoqlari va qonunchilik sohalarini shakllantiruvchihamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir. Qonunchilikning hammasohalari bevosita Konstitutsiya qoidalari va prinsiplariga tayanadi.Binobarin, Konstitutsiya qonunchilik tarmoqlari vujudga kelishiva amal qilishi uchun sarchashma – manba bo‘lib hisoblanadi.Diqqatga sazovor jihati shundaki, konstitutsiyaviy normalar siyosiy,iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotning eng muhimtomonlarini huquqiy tartibga soladi. Ana shu ma’nodakonstitutsiyaviy tartibga solish huquqiy tartibga solishning boshqaturlaridan farq qiladi.Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish(struktura)ga va ijtimoiy hayotning alohida sohalariga ta’sir etishningo‘ziga xos xususiyatlariga ega. U huquqiy tartibga solish yagonatizimining maxsus qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilantavsiflanadi, ya’ni:– mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibgasolishning muayyan tizimini tashkil etadi;– u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega;– huquqiy tartibga solishning umumiy siyosiy yo‘nalishini,ustuvor prinsiplarini belgilaydi;– ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlattomonidan eng yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi.Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasihamda siyosiy-yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchiliknio‘rnatish xarakteri va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarningmuhimligi bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlangan

Page 194: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

prinsiplarning hammasi normativ tabiatga ega bo‘lib, ular mavjudhuquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijodkorlik vahuquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar298va jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatgaegadir. Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiytabiatiga kelganda shuni aytish kerakki, u eng oliy darajadagimajburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning barchasubyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan qat’iy talabdir.Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyatikonstitutsiyaviy qonunchilik darajasida mustahkamlangan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligiso‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar,jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqish ko‘radilar (Konstitutsiyaning 15-moddasi).Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishiiqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va yuridik kafolatlar tizimi bilanta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivojtopgani hamda xususiy mulkchilik munosabatlari qaror topganisayin konstitutsiyaviy normalar amal qilishining iqtisodiy zaminlari,kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, mamlakatimizningsiyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani sayinkonstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayibboradi. Jamiyatning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamolotita’minlanib, tobora yuksalib borgani sayin konstitutsiyaviytartibotning g‘oyaviy-ma’naviy kafolatlari rivoj topadi.Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi esaKonstitutsiya amal qilishining barcha huquqiy vositalari hamdausullari yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalariqonuniylik prinsipiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya ustuvorliginita’minlashning, unga rioya qilishning alohida muhofaza mexanizmivujudga keltirilgan. Bunday mexanizmning asosiy va markaziybo‘g‘inini Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. U qonun chiqaruvchiva ijro etuvchi hokimiyatlar hujjatlarining konstitutsiyaviyligito‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib hal etadi. O‘zbekiston Respublikasining«Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi (1995-yil 30-avgust) qonunigamuvofiq Konstitutsiyaviy sud mamlakatimizda konstitutsiyaviynazoratning oliy sudlov organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sudbarcha davlat organlari tomonidan chiqariladigan huquqiyhujjatlarning, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari va boshqamajburiyatlarining Konstitutsiyaga to‘la mos bo‘lishini kuzatibturadi; Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi, qonunlari va huquqiy299hujjatlarning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risidaxulosa beradi; Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lonqilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidanshikoyat qilish mumkin emas (Konstitutsiyaning 109-moddasi).Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyatda yetakchi hamda nufuzlio‘rinni egallaydi. U oliy darajadagi huquqiy tartibga solishdir.Konstitutsiya normalari o‘z yuridik kuchi jihatidan boshqa oddiyhuquqiy normalardan so‘zsiz ustuvor bo‘lganligi uchunkonstitutsiyaviy tartibga solish yuksak yuridik maqomga,shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega.Xo‘sh, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish qanday ijtimoiymunosabatlarni qamrab oladi? Bunday tartibga solishningpredmetini jamiyat va davlat hayot faoliyatining eng muhim jihatlari,

Page 195: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

shunga oid asosiy ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bu ijtimoiymunosabatlar – jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sotsial vamadaniy rivojlanishini, O‘zbekiston davlat ichki va tashqi siyosatiasoslarini, respublikada inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklariniustuvor ta’minlashni aks ettiruvchi, xususiy mulkchilikka asoslanganbarqaror bozor iqtisodiyotining qaror topishi bilan bog‘liqmunosabatlardir. Ushbu munosabatlar jamiyat va davlatimizningmohiyatini hamda asosiy xususiyatlarini ifoda etadi.Konstitutsiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiymunosabatlarni bir necha yirik majmualarga ajratish mumkin:– jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagimulkchilik hamda tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiymunosabatlar;– O‘zbekiston siyosiy tizimi va davlat tuzumi asoslarini tashkiletuvchi ijtimoiy munosabatlar;– shaxsning huquqiy maqomi asoslarini belgilovchi insonhuquqlari va erkinliklarini ta’minlash tizimiga oid ijtimoiymunosabatlar;– mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma’muriy-hududiytuzilishi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqiymaqomi asoslarini belgilashga oid ijtimoiy munosabatlar;– saylov tizimi, parlament, Prezident, Hukumat, sud hokimiyati,mahalliy davlat vakillik va ijroiya idoralarining huquqiy maqomi,vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarva hokazo.Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini (avvalgi300paragrafda ta’kidlanganidek) uch element: konstitutsiyaviy normalar;konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar; konstitutsiyaviy huquq vamajburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari tashkil etadi. Ushbumexanizmning normativ asosini tashkil etuvchi yuridik normalaro‘zining eng oliy siyosiy-yuridik kuchi, yuksak barqarorligi vajamiyat hamda davlat tomonidan qat’iy ta’minlanishi bilan ajralibturadi.Konstitutsiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiymunosabatlar umumiy mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiymunosabatlari (ya’ni, konkret munosabatlar) uchun asos vazifasinio‘taydi. Ular o‘zining doimiy barqarorligi, uzoq muddatgamo‘ljallanganligi va subyektlarning yuqori umumiy huquqiy holatiniifodalashi bilan tavsiflanadi. Bunday munosabatlarning subyektlari:davlat, xalq, millatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, davlatidoralari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar va fuqarolarhisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarini amalgaoshirish har qanday huquqiy normalarni amalga oshirish singaririoya qilish, bajarish, foydalanish va qo‘llash shaklida bo‘lishimumkin.Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizminingxususiyatlaridan biri Konstitutsiya normalarining joriy qonunlartomonidan konkretlashtirilishi hamda bevosita amalga oshirilishidir.Qonun normalari, o‘z navbatida, Prezident Farmoni, Hukumatqarori, davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo‘llovchi organlarhujjatlari orqali hayotga joriy etiladi.Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviyhuquqiytartibga solish, uning konstitutsiyaviy asoslarinimustahkamlash mamlakatimizning yanada ildam qadamlar bilanmustaqillik yo‘lidan olg‘a qarab rivojlanishining ishonchli garovidir.301

Page 196: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

XXI BOB. QONUNIYLIK, HUQUQIY TARTIBOTVA INTIZOM1-§. Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalariO‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridajamiyatning iqtisodiy negizini mustahkamlash mamlakatda iqtisodiysohadagi tub islohotlarni amalga oshirish, turli xil mulk shakllariniyaratishni, asosan, xususiy mulkchilikni rivojlantirish, shu jumladan,davlat mulkini xususiylashtirishni taqozo etdi.Mamlakatning iqtisodiy negizini shakllantirish, o‘z navbatida,mulkchilik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishehtiyojini keltirib chiqardi. Jamiyatning ushbu manfaatlariniqondirish maqsadida davlat turli sohalarga oid qonunchilik tiziminiyaratadi.Bozor munosabatlariga mos keladigan huquqiy asosnishakllantirish – uzoq davom etadigan huquq ijodkorlik jarayonidir.Hozirgi vaqtda davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqasohalarga taalluqli islohotlarning huquqiy asoslarini belgilovchi birqancha qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar hayot, amaliyot bilanbog‘liq bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabtlarnitartibga solib, ularda qonunga bo‘ysunish bozor munosabatlarigao‘tishning barcha amal qiladigan qoidalaridan biri etib belgilangan.Zero, qonuniylikni ta’minlamasdan turib, mamlakat o‘z oldigamaqsad qilib qo‘ygan huquqiy davlatni qurishga erisha olmaydi.Demokratik davlat qonunning yuksak va mustahkam nufuzisizbiror ma’no kasb etmaydi. Mazkur haqiqatni O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatdagi yangilanishva taraqqiyot siyosatining negiziga kiritdi. «Qonunning ustuvorligi– huquqiy davlat faoliyat ko‘rsatishining zaruriy shartidir»1 .Haqiqatan ham qonun ustuvorligisiz bunyodkorlik yo‘liga kirganshaxsiy va iqtisodiy erkinlikka asoslangan jamiyatni barpo etibbo‘lmaydi.O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida,jamiyatda qonunchilikni ta’minlashning barqarorligiga davlatmexanizmi ko‘proq umidvorlik tug‘dirmoqda. Oddiy kishilarning1 Каримов И.А. ¤збекистон: бозор муносабатларига ґтишнинг ґз йґли. T.,«¤збекистон», 1993, 63-b.302qonunlar qudratiga ishonishlariga kafolat ham ana shunda. BobomizAmir Temur o‘zining mashhur «Tuzuklari»da – davlatni boshqarishqoidalari majmuida bunday bashorat qilgan edi: «Zaruriy tartibotva qonunlarga rioya qilish taqdirim va muvaffaqiyatlarimning negizibo‘ldi»1 .Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, ijtimoiy va davlattuzumini mustahkamlash va rivojlantirish, fuqarolarning huquq vaerkinliklarini qo‘riqlash qonuniylikning eng muhim vazifasidir.Jamiyatda qonuniylik turli xil shakllarda namoyon bo‘ladi:birinchidan, Konstitutsiya va qonunlarni o‘tmish va hozirgi davrningilg‘or g‘oyalari bilan sug‘orilganligi, inson huquq va erkinliklariningustuvorligini ta’minlanganligi, qonunlarning adolatliligi va xalqmanfaatiga xizmat qilishiga asoslanganligida; ikkinchidan,qonunning ustuvorligi, ya’ni qonunlarning konstitutsiyaga, qonunosti hujjatlarining qonunlarga mos kelishida; uchinchidan, davlatorganlari, mansabdor shaxslar va oddiy fuqarolarningkonstitutsiyaga, qonunlarga va qonun osti hujjatlariga og‘ishmay,so‘zsiz rioya qilishida.Qonuniylik – barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari,

Page 197: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

mansabdor va yuridik shaxslarning hamda fuqarolar tomonidanamaldagi qonunlarga aniq va og‘ishmay rioya qilishidir.Biroq bu yerda qonuniylik tushunchasi torroq, bir taraflamafaqat qonunlarning amalga oshirilishi ma’nosida talqin qilinmoqda.Qonuniylikni kengroq ma’noda olib qaralganda, unga davlatningqonuniylik faoliyatining mavjud qonunlar va huquqiy hujjatlartizimini ham qo‘shish lozim. Qonun normalarining yuqori saviyadaijod etish ishini tashkil etmasdan, qonunlarni jamiyat taraqqiyotidarajasiga moslashtirib borishga yo‘naltirilgan faoliyatni yo‘lgaqo‘ymasdan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun hayottalablariga javob beradigan yangi qonunlarni qabul qilish, yangishart-sharoitga va talablarga javob berolmaydigan eski qonunlarnibekor qilish zaruriyati ham tug‘iladi. Qonun ijodkorliginitakomillashtirish qonuniylikni mustahkamlashdagi eng muhimshartlardandir.Yuridik adabiyotlarda qonuniylik tushunchasi turli xilyondashuvlar asosida talqin qilinadi: birinchidan, qonuniylik deb1 Амир Темур. Темур тузуклари. T., Фан., 1992, 9-b.303dastlab davlat organlari va fuqarolarning huquqqa rioya qilishi debtushunmoq lozim; ikkinchidan, qonuniylikni faqatgina o‘rnatilganqonun va qonun osti hujjatlarga rioya qilishi bilan tushunibginaqolmasdan, balki mavjud qonunlarning xalqaro huquqningumume’tirof etilgan normalariga mosligi ham deb tushunmoq lozim.Qonuniylik huquqning mavjudligi, jamiyatda chinakamdemokratik muhit va huquqiy rejimning o‘rnatilganligidan dalolatberadi. Zero, buyuk bobomiz Amir Temur ta’kidlaganlaridek:“Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi”.Jamiyatda qonuniylikning buzilishi quyidagi hollarda yuzagakelishi mumkin: birinchidan, oliy davlat hokimiyati organlaritomonidan konstitutsiya va qonunlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri buzilishida;ikkinchidan, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidanqonunlarga va qonun osti hujjatlariga hamda inson huquq vaerkinliklariga rioya etmasligida; uchinchidan, davlat organlariningkonstitutsiya va qonunlarga zid normativ-huquqiy hujjatlarni qabulqilishi va ular asosida faoliyat yuritishida; to‘rtinchidan, vakolatlidavlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning amaldagihuquq normalarini noto‘g‘ri qo‘llashida va h.k.Jamiyatda qonuniylikni ta’minlanishiga erishish qabulqilinayotgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarni mavjudqonunlarga muvofiq bo‘lishi va ularga zid bo‘lmasligi hamdahuquqiy normalarni qonunlarga muvofiq qabul qilinishini taqozoetadi.Qonunlar qanchalik takomillashsa, ijtimoiy hayot talablariqanchalik to‘la aks ettirilsa, ular kishilar ongiga shunchalik chuqurta’sir etadi hamda fuqarolarning bu huquqiy normalarni o‘zixtiyorlari bilan amalga oshirishlariga erishish mumkin.2-§. Qonuniylik prinsiplari va kafolatlariJamiyatda qonuniylikni ta’minlashga bir qancha amaliyprinsiplarga rioya qilish orqali erishiladi.Qonuniylikning o‘ziga xos xususiyatlari uning quyidagiprinsiplarida ifodalanadi:1. Qonuniylikning yagonaligi. Qonunlar mamlakatning barchahududida bir xilda qo‘llaniladi. Qonunlar mamlakatning butunhududida yagona ma’no kasb etishini, bir xilda qo‘llanishini,hammaning qonun oldida tengligini, aholining biron-bir guruhlari304

Page 198: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

uchun imtiyoz va cheklashlar yo‘qligini bildiradi. Bu haqdaO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasidashunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolarbir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili,dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidanqat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.Respublikamizda qonunning yagonaligi va barcha fuqarolarningqonun oldida tengiligi, birinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasiva qonunlarini uning barcha hududida amal qilishini va barchanormativ-huqiy hujjatlar qonun asosida qabul qilinib, ularga zidbo‘lmasligini talab qiladi. Ikkinchidan, O‘zbekiston qonunlari uningijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarningmanfaatlarini qo‘riqlaydi. Uchinchidan, mamlakatning butunhududida qonunlar bir xilda qo‘llaniladi.2. Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi.Jamiyatda qonunlar oliy yuridik kuchga ega, boshqa normativhuquqiyhujjatlarning hammasi qonun asosida qabul qilinadi. Birorbir huquqiy norma qonunga zid bo‘la olmaydi, maboda qonunbilan boshqa huquqiy norma o‘rtasida shunday nomuvofiqlik paydobo‘lgudek bo‘lsa, bunday holda qonun amal qiladi. Bu tamoyilKonstitutsiyamizning 15-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, undashunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiztan olinadi.Davlat uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoatbirlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ishko‘radilar”.3. Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik tamoyili. Mamlakathududida amaldagi qonunlarni va boshqa normativ huquqiyhujjatlarni aniq bajarish har bir davlat organi, jamoat birlashmalari,mansabdor shaxs va fuqarolar uchun shartdir. Ammo barchafuqarolar ham amaldagi qonunlarga bir xilda rioya qilavermaydi.Ayrim fuqarolar qonunlarga rioya qilmaydi va bunga vaj qilib,amaldagi qonunlarning eskirib qolganligi hamda ularni hozirgi davrtalablariga javob bermasligini ro‘kach qiladi. Mamlakatdagio‘rnatilgan qonunchilik tartibiga ko‘ra vakolatli organ tomonidanamaldagi qonunlar rasmiy ravishda bekor qilingunga qadar u yuridikkuchga ega bo‘ladi va unga rioya qilish hamma uchun majburiydir.Jamiyatda hech bir qonun yo‘qki, u o‘zining yuridik ahamiyatini305yo‘qotgan. Agarda qonunlarning birortasi jamiyat manfaatlarigazid yoki uning talablariga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, bunday holdaqonunchilik tashabbusiga ega subyektlar mazkur qonunlarni bekorqilish to‘g‘risidagi tashabbus bilan Oliy Majlisga taqdim etadi vao‘rnatilagan tartibda qonun bekor qilinadi va shundagina u o‘ziniyuridik ahamiyatini yo‘qotgan hisoblanadi.4. Qonuniylikning aholining madaniy darajasi bilan bog‘liqligi.Qonuniylik madaniyatni oshirishga, madaniyatning rivojlanishi esaqonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi. Qonuniylik bevositaaholining huquqiy madaniyat darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi.Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiqanchalik yuqori bo‘lsa, qonunlarga rioya qilish va ularningbajarilishi shunchalik yuqori darajada bo‘ladi. Agarda aholininghuquqiy ongi va madaniyat darajasi shakllanmas ekan, bundaqonuniylikka erishish amrimaholdir. Negaki fuqarolar qonunchiqaruvchining qonunlarda mustahkamlangan erki, unda qo‘yilgantalablarni bilmas ekan, bunday hollarda ijobiy natijalar kutilmaydi.

Page 199: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Asosiy sabab xalq qonunlarda qanday imtiyozlar berilgan yokiqanday harakatlar taqiqlanganligidan bexabar bo‘ladi. Aholininghuquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirshda hamda qonuniyliknisamarasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisitomonidan 1997-yil 29-avgustda “Jamiyatda huquqiy madaniyatniyuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilingan bo‘lib, bu huquqiy ongva huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi dasturilamal hujjat bo‘libxizmat qiladi.Mamlakatda qonuniylikni ta’minlashda ularni kafolatlash muhimahamiyat kasb etadi.Jamiyatda qonunlar bilan kishilar o‘rtasidagi munosabatlartartibga solinar ekan, qonunlarni hayotda to‘g‘ri qo‘llash uchunqonuniylik tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bunday usullardavlat tomonidan belgilangan bo‘lib, qonuniylikning kafolati debataladi.Qonuniylik kafolatlari – bunda huquqlardan foydalanish vayuridik burchlarni amalga oshirishga imkon beradigan ijtimoiytaraqqiyotning obyektiv shart-sharoitlari va davlat hamda jamoattashkilotlari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan turli-tuman usulva vositalar tushuniladi.Qonuniylikni kafolatlash jamiyatda qabul qilingan qonunlarniijtimoiy hayotga tatbiq etilishining garovi hisoblanib, davlat ularni306qo‘riqlash va mustahkamlashni ta’minlovchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,yuridik, ma’naviy va boshqa omillarga tayanadi. Agarda qonunlardavlat tomonidan kafolatlanmas ekan, u ijtimoiy munosabatlarnitartibga solishda o‘zining yuridik ahamiyatiga ega bo‘lmaydi.Qonuniylikni amalga oshirishning quyidagi kafolatlari mavjud:Iqtisodiy kafolat davlatning iqtisodiy rivojlanish darajasi: samaralisoliq tizimi, yuqori darajadagi ishlab chiqarish, adolatli taqsimottizimining mavjudligi, iqtisodiyotning huquqiy bazasini yaratilganligibilan belgilanadi. Shuningdek, qonuniylik iqtisodning yuqori vabir xildagi pog‘onasi hisoblanib, har xil turdagi mulk shakllari,monopoliyaning cheklanishi, ijtimoiy inqirozning yo‘qligi,fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy va moddiy ta’minlanishibilan ham tavsiflanadi.Jamiyatdagi har bir qabul qilingan qonun o‘zining iqtisodiybazasiga ega bo‘lishi lozim, chunki qonundagi normalar amaliyotgatatbiq etilishi uchun u muayyan bir darajadagi sarf-xarajatlarnitalab qiladi. Masalan: «Ichki ishlar idoralari xodimlarini ijtimoiykafolatlash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, uni amaliyotga tatbiqetilishi uchun, qonunda nazarda tutilgan ichki ishlar idoralarixodimlari uchun davlat katta miqdordagi moliyaviy mablag‘nibudjetdan ajratishi lozim. Agar qonun qabul qilinsa-yu, lekiniqtisodiy jihatdan kafolatlanmasa, bu kabi qonunlar amaliyotgatatbiq etila olmaydi, chunki mazkur qonun normalarini amalgaoshirish bevosita iqtisodiy manbalarga tayanadi.Siyosiy kafolatlar davlat va uning faoliyatini holati yuqoridarajada tashkil qilinganligi: hokimiyatlarning taqsimlanishprinsipining mavjudligi; davlat va hokimiyat organlariningKonstitutsiya asosida tashkil etilganligi; demokratik siyosiy rejimningmavjudligi, hurfikrlilik va hokazolarda namoyon bo‘ladi.Siyosiy kafolat mazmunida demokratizmning mustahkamlanishi,davlat va jamiyat qurilishi, oshkoralik tarzida jamoatchiliktomonidan ma’muriy organlar faoliyatini nazorat qilishningkengayishi, ochiq siyosiy tizimning rivojlanishi va shakllanishigaerishish tushuniladi.

Page 200: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan siyosiy normalarni amalgaoshirish uchun davlat siyosati fuqarolarning erkin fikrlashiga sharoityaratib berish, shuningdek, ularga nisbatan taqiqlarni, ommaviyaxborot vositalariga esa senzurani bekor qilish kabi talablar qo‘yiladiva ular bajarilishi lozim.307Mafkuraviy kafolatlar – mafkura, asosan, insonni jamiyatningbuyuk bir oliy qadriyati sifatida talqin etadi. Mafkuraviy kafolathurfikrlilik, so‘z va fikr erkinligi, ma’naviy rivojlanish erkinligi,diniy tolerantlik, jamiyatning yuqori darajada ma’naviyatga vamafkuraga egaligida namoyon bo‘ladi. Xalqni qonunlarni muqaddasbilishi, hurmat qilishi va unga bo‘ysunish ruhida tarbiyalash,aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish asosida erishishmumkin.Ijtimoiy kafolat – bunda qonunlar qabul qilishda aholiningijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalarining ham manfaatlariniinobatga olinishi lozim. Chunki, davlat tomonidan qabul qilinganqonun oldida mamlakatning barcha fuqarosi teng bo‘lib, qonuntalablarini xalqning barcha tabaqasi ham birday qabul qilavermaydi.Shuning uchun qonunlar qabul qilish jarayonida qonunnormalaridagi talablarda jamiyatning barcha tabaqalariningmanfaatlarini inobatga olishi, qonuniylikka erishishning garovidir.Shuningdek, qonuniylikka erishish uchun mamlakatda kuchliijtimoiy siyosat, ya’ni aholining bandlik darajasini yuqoriligi,ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanganligi, aholining kamta’minlangan qismini davlat tomonidan ijtimoiy jihatdanhimoyalanishini amalga oshirmoq zarur.Jamoatchilik kafolati – qonunlarni amalga oshirishda faqatginadavlatning tashabbusi yetarli emas. Qonunlarni ijrosini ta’minlashdadavlat organlaridan tashqari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, kengjamoatchilik mahalla, maktab, xotin-qizlar kengashi, nodavlattashkilotlari, kasaba uyushmalari muhim o‘rin tutadi. Shuninguchun mazkur nomlari zikr etilgan jamoat tashkilotlari qonunlarniamalga oshirilishida hamda ularni buzilishini oldini olishda faolishtirok etishi lozim.Huquqiy kafolat qonunchilik va huquqiy tizimningmukammalligi, jamiyat, davlat va fuqarolarning yuqori darajadagihuquqiy ong va madaniyatga egaligi; yuridik amaliyot va yuridikdoktrinaning rivojlanganligi bilan belgilanadi.Huquqiy kafolat bir vaqtda yuridik kafolat ham deb nomlanib,qonuniylikni ta’minlovchi kafolatlarni boshqa turlaridan keskin farqqiladi hamda samaraliroqdir. Chunki huquqiy kafolat qonunlaruchun asosiy garov hisoblanadi. Bunda huquqiy normalarningtakomillashuvi, nazoratni kuchayishi, shuningdek, huquqiy308normalarning buzilishini oldini olishda mansabdor shaxslarningfaoliyati va javobgarligi katta o‘rin egallaydi.Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash vaqo‘riqlashda huquqiy kafolat ikki usul – ishontirish va majburlashusullariga tayanadi.Ishontirish – keng xalq ommasiga qonunlar va huquqiynormalarni tushuntirish orqali, ular ongiga singdirish va boshqatarbiyaviy choralar ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi.Majbur qilish usulida qonunlar va boshqa huquqiy normalarbuzilgan taqdirda davlat organlari tomonidan uning zo‘rlik kuchibilan majburiy choralar ko‘rish amalga oshiriladi.Umuman qonunchilikni ta’minlash va rivojlantirishda,

Page 201: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

avvalambor majburlash emas, balki ishontirish asosiy o‘rin tutadi.Bu, demak, qachonki ishontirish istagan natijani bermasa, huquqiynormani buzuvchi amaldagi huquqiy tartibotga va ijtimoiy-axloqiynormalarga qarshi o‘z harakatini davom ettirsa, shu vaqtdaginamajburlash usulini qo‘llash mumkin. Majburlash hamma vaqtishontirishga asoslanadi. Ishontirish usuli huquqda ko‘rsatilganyurish-turish qoidalarini ta’minlash uchun jamiyat a’zolariningongiga davlat va jamoat tashkilotlarining faol, maqsadga muvofiqta’sir qilishiga erishishdir.Qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash uchun kurashdajamoatchilik rolining yanada oshirilishi huquqiy davlatning haqiqiybir belgisidir.3-§. Huquqiy tartibot tushunchasi, jamoat tartiboti. Intizom.Huquqni amalga oshirish va huquqiy normani bajarishqonuniylikning asosiy talabidir. Bu talabning amalga oshirilishi,erkin ijtimoiy munosabatlarda shunday tartibni o‘rnatishga olibkelishi kerakki, bunda subyektiv huquq qarshiliksiz amalgaoshirilishi, huquqiy burch esa og‘ishmay bajarilishi lozim bo‘ladi.Qonuniylik asosida o‘rnatilagn bunday tartibot huquqiy tartibotdeyiladi.Demak, huquqiy tartibot talablarini amalga oshirish asosidavujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarning ma’lum tuzilishidir.Qonuniylik bilan huquqiy tartibot bir-biridan farq qiladi:qonuniylikning mazmuni huquqiy normalarga qat’iy va og‘ishmayrioya etishlarida ifodalansa, huquqiy tartibot esa ijtimoiy309munosabatlarda qatnashuvchilarining yurish-turishlari ularningsubyektiv huquq va burchlariga muvofiq kelishida ifodalanadi.Davlat jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy tartibotning kafolatidir.Shunday qilib, huquqiy tartibot huquqiy munosabatlar doirasidashu munosabatlarning ishtirokchilari o‘z subyektiv huquqlariniamalga oshirishlari va huquqiy burchlarini bajarishlari natijasidavujudga keladi.Qonuniylikni amalga oshirish huquqiy tartibotni ta’minlashvositalaridan biri bo‘lsa, huquqiy tartibotni mustahkamlash esa,o‘z navbatida qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi.Huquqiy tartibot – huquqiy normalar bilan tartibga solinadiganijtimoiy munosabat tartiblarini o‘zida ifodalaydi.Bu tartiblar qonunlarning aniq amalga oshirilishi vositasi bilano‘rnatiladi va uning ifodalanishi shundaki, fuqarolar vatashkilotlarning huquqiy holati saqlanadi va ularning huquqiylayoqati qarshiliksiz amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.Qonunlarsiz qonuniylik bo‘lmaganidek, huquqiy munosabatlarsizhuquqiy tartibot ham bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birga,huquqiy tartibot bilan huquqiy munosabatlarning yig‘indisinitenglashtirib bo‘lmaydi. Ma’lum ijtimoiy munosabatlarning huquqbilan tartibga solinishi huquqiy munosabatlar yig‘indisini tashkilqiladi, ya’ni shu munosabat ishtirokchilari uchun qonunda aniqhuquq va burchlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.Ammo huquqiy tartibot uchun bu yetarli emas, buning uchunsubyektiv huquqlarning amalga oshirilishini, yuridik burchlarningqat’iy bajarilishini ta’minlovchi kafolatlangan imkoniyatlar bo‘lishizarurdir. Huquqiy tartibot huquq bo‘lgan joyda, davlat huquqiynormalarining amalga oshirilishi ta’minlangan joyda bo‘ladi.Huquqiy tartibot va jamoat tartiboti har xil tushunchalardir.Huquqiy tartibot jamoat tartibotining bir qismidir.Jamoat tartibi – huquqiy normalarning amalga oshirishini va

Page 202: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

jamiyat turmush qoidalarini (shu jumladan, axloq, odob va boshqahuquqiy bo‘lmagan ijtimoiy yurish-turish qoidalarini) hurmatlashnitalab qiladi. Jamoat tartibini buzish faqat huquqiy normalarni emas,balki turmush qoidalarini hurmat qilmaslik natijasida ham kelibchiqishi mumkin, bunda javobgarlik, albatta, qonun chiqaruvchiorgan tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Jamoat tartibi huquqiytartibotga nisbatan kengroq ma’noni anglatadi.Jamiyatda huquqiy tartibotning o‘rnatilishi va amalga oshirilishi310muayyan bir rahbariy g‘oyalar, prinsiplar asosida amalga oshiriladi.Huquqiy tartibot prinsiplari qonuniylik, huquqiy tartibotningyagonaligi, ierarxiyaga asoslanganlik, adolatlilik, huquqiy tartibotningkafolatlanganligi, normativligi kabi turlardan iborat.Qonuniylik – davlat organlari, mansabdor shaxslar va oddiyfuqarolarning mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga og‘ishmay amalqilishi.Huquqiy tartibotning yagonaligi – mamlakatning butun hududidayagona huquqiy muhit, huquqiy tartibot o‘rnatiladi, mazkur huquqiytartibotga to‘g‘ri kelmaydigan boshqacha tarzdagi tartib o‘rnatishqat’iyan man qilinadi.Ierarxiyaga asoslanganligi – ierarxiyaning mazmuniga ko‘raquyi turuvchi idoraning yuqori turuvchi idoraga bo‘ysunishi, yuqorituruvchi organning quyi turuvchiga nisbatan hokimiyat xarakterigaegaligi tushuniladi. Huquqiy tartibotni amalga oshirishda fuqarolar,avvalambor, qonun va qolaversa, qonunosti normalari bilan tartibgasolingan ijtimoiy tartibotga rioya etishlari lozim.Adolatlilik – huquqiy tartibotning eng asosiy prinsipi hisoblanadi.Jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy tartibot adolatli tarzda bo‘lishi lozim,shundagina shaxslar bunday huquqiy tartibotga ixtiyoriy rioyaqilishlari mumkin. Huquqiy tartib jamiyatning barcha a’zolari uchunmaqbul bo‘lishi talab etiladi.Huquqiy tartibotning kafolatlanganligi – jamiyatda o‘rnatilganhar qanday huquqiy tartibot davlat majburlov kuchi bilanta’minlanadi. Huquqiy tartibotni ta’minlashda yetakchi o‘rinnihuquqni muhofaza qiluvchi organlar egallaydi. Ayniqsa, sud,prokuratura va ichki ishlar idoralari muhim o‘rin tutadi, chunkiular kundalik faoliyatida doimiy ravishda jamoat tartibini saqlash,jamoat xavsizligini ta’minlash kabi vakolatlarini amalga oshiradilarva bu orqali huquqiy tartibot o‘rnatiladi.Huquqiy tartibotning normativligi. Huquqiy norma orqali ijtimoiymunosabatlar tartibga solinadi. Huquqiy munosabat subyektlarinianiq belgilaydi va ularga subyektiv huquq va yuridik majburiyatberadi hamda huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi,o‘zgartiruvchi hamda bekor qiluvchi yuridik faktlarni ajratadi.Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakatlarini aniqlashtiribberadi.Nazoratga olinganligi – huquqiy tartibot davlat va jamiyattomonidan nazoratga olingan bo‘lib, uning o‘rnatilishini311ta’minlaydi. Huquqiy tartibot o‘rnatilgan jamiyatda inson huquqva erkinliklariga rioya etiladi, fuqarolar o‘z majburiyatlariniixtiyoriy bajaradi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy xulq-atvoriniamalga oshirish, qonun va qonunosti hujjatlarini sifatli tarzdayaratishga hamda huquqni to‘g‘ri qo‘llashga erishiladi. Yuqoridaqayd etilgan prinsiplarga tayangan holda jamiyatda huquqiy tartiboto‘rnatiladi.Yuridik adabiyotlarda huquqiy tartibotni turlarga ajratish, ya’ni

Page 203: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

tasniflash mavjud bo‘lib, u bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi:– birinchidan, hududiy miqyosiga ko‘ra mamlakat, viloyat vatuman miqyosida o‘rnatilgan huquqiy tartibot;– ikkinchidan, huquq sohasiga ko‘ra: konstitutsiyaviy, moliyaviy,ma’muriy, jinoiy-huquqiy, boshqa huquq sohalariga asosano‘rnatilgan huquqiy tartibot;– uchinchidan, huquqiy ta’siriga ko‘ra umumhuquqiy, sohaviyva alohida normalar bilan tartibga solingan huquqiy tartibot.Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ma’lum tartibinijoriy qilish, kishilarning o‘zaro munosabatlarida mustahkamintizomni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Qonuniylik, huquqiytartibotni o‘rnatishga kuchli intizom orqali erishiladi.Intizom – davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek,korxona va muassasalarda o‘rnatilgan, amal qilinishi lozim bo‘lganichki kun tartibi qoidalari.Huquqshunoslikda intizomni tasniflashning ko‘p turlari bo‘lib,lekin shartli ravishda ularni uch guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadgamuvofiqdir. Ular davlat intizomi, harbiy intizom va mehnat intizomikabi turlardan iborat.Davlat intizomi – muayyan davlat tomonidan o‘rnatilgan vashu hududda yashovchi barcha fuqarolar uchun majburiyahamiyatga ega tartib-qoidalarga rioya qilishdir.Davlat intizomi muayyan davlat hududida o‘rnatiladi, mazkurdavlat fuqarolari uchun taalluqli bo‘ladi, intizomni buzish yuridikoqibatlarni keltirib chiqaradi, o‘rnatilgan intizom davlat tomonidanqo‘llab-quvvatlanadi.Harbiy intizom – barcha harbiy xizmatchilarning qonun, harbiyNizomlar, komandirlar (boshliqlar) buyruqlari bilan belgilangantartib va qoidalarga qat’iy va aniq rioya etilishi tushuniladi.Harbiy intizomga harbiy burch, shaxsiy mas’uliyat va mislsizsadoqat kabi omillar orqali erishiladi.312Yuksak harbiy intizomga erishishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib,ular quyidagilarda ifodalanadi:– harbiy xizmatchilarda yuksak axloqiy-ruhiy va jangovarfazilatlarni tarbiyalash, komandirlariga ongli tarzda bo‘ysunish;– har bir harbiy xizmatchining o‘z majburiyatlari va harbiynizomlar talablarini bajarishga mas’uliyati;– harbiy qismda ichki tartibga bo‘ysunish, barcha harbiyxizmatchilar tomonidan kundalik rejimga qat’iy rioya qilish;– jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish va u barcha shaxsiytarkibni qamrab olishi.Harbiy intizom qo‘l ostidagilarga kundalik talabchanlik,xizmatchilarning ijrochiligini nazorat qilish, harbiy xizmatchilarningsha’nini hurmat qilish va bu haqda doimiy qayg‘urish, ishontirish,majburlash, jamoatchilik ta’siri kabi omillarni to‘g‘ri uyg‘unlashtirishva o‘rnida qo‘llash kabi omillarga tayangan holda amalga oshiriladi.Mehnat intizomi deganda, mehnat jamoalarining, har birxodimning mehnatga munosabati, xatti-harakatlarini tartib doirasidatutishi tushuniladi.Mehnat intizomi korxona rahbariyati tomonidan o‘rnatiladi vaunga barcha xodimlar rioya etishlari shart bo‘lib, o‘rnatilganintizomga rioya qilish barcha xodimlar uchun majburiydir. Xodimlartomonidan o‘rnatilgan intizomning buzilishi tanbeh, hayfsan hamdamehnat shartnomasining bekor qilish kabi intizomiy javobgarliklargatortiladi. Shu bilan bir qatorda xodimlar o‘rnatilgan intizomga rioyaqilganliklari uchun rag‘batlantiriladi.

Page 204: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

313XXII BOB. DAVLAT VA HUQUQNINGRIVOJLANISH ISTIQBOLLARI1-§. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyatiErkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish O‘zbekiston xalqiningulug‘vor maqsadlaridan biridir. Konstitutsiyaning mazmun vamohiyatidan shu narsa qat’iy ayonki, mamlakatimizdashakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat tamoyillarigatayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti I. A. Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyatiqurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimizrivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevositaxalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanadarivojlantirish demakdir». 1 Prezident yana quyidagilarga e’tiborniqaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati ijtimoiy makon. Bumakonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamoltoptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxsmanfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobgachiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquqva erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik vaqonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi». 2Xo‘sh fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, buqanday jamiyat?Eng umumiy tarzda lo‘nda ta’rif beriladigan bo‘lsa, fuqarolikjamiyati – ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan,ma’muriy tazyiqlardan holi bo‘lgan hamda insonlarning xususiyturmush sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidir.Hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqarolikjamiyatini ta’rif va tavsif etishga faol harakat qilinmoqda. Buta’riflardan ba’zilarini talqin etaylik.Fuqarolik jamiyati – davlatdan mustaqil va undan holimunosabatlar va vositalar tizimi bo‘lib, u shaxs hamda jamoalarningijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat vaehtiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.1 Каримов И.А. ¤збекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иітисодий истиі-болларининг асосий тамойиллари. -T.: «¤збекистон», 1995, 14-bet.2 Каримов И.А. ¤збекистон XXI асрга интилмоіда: хавфсизликка oaμaea,баріарорлик шартлари ва тараііиёт кафолатлари. -T.: «¤збекистон», 1997,173-bet.314Fuqarolik jamiyati aksariyat hollarda insonlarning xususiymanfaat va ehtiyojlari sohasi tarzida ta’riflanadi. Fuqarolar huquqva erkinliklarining asosiy ko‘pchilik qismi mana shu xususiy hayotsohasida ro‘yobga chiqariladi. Biroq bu shaxslarning ijtimoiyhayotdan ajralib qolganligini, begonalashtirilishini anglatmaydi.Fuqarolik jamiyati – shaxslarning oddiy yig‘indisi emas, balkiular o‘rtasidagi rang-barang aloqalar, hamkorlik, hamjihatlikningifodasidir. Mazkur mushtaraklik va hamjihatlik tashkiliyinstitutsiyaviyko‘rinishga ega bo‘lib, u turli ijtimoiy kuchlar,nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Shubois uni uch asosiy jihat, uchta yo‘nalish bo‘yicha:1) iqtisodiy jihat;2) siyosiy jihat;3) ma’naviy-axloqiy jihat asosida ta’riflash mumkin.Birinchi jihati. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka kengyo‘l beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti

Page 205: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

munosabatlariga, erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan shartsharoitgatayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti vamunosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi,iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi. Xuddi shuasnoda shaxs davlat hokimiyatiga nisbatan avtonom, mustaqilmavqeni egallaydi. Davlat xususiy hayot sohasiga, shaxs vatashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatiga aralashmasligi lozim.Prezidentimiz aytganidek, «davlatning qonunlari inson va fuqarohuquqlarini kamsitmasligi lozim». Bu talab, avvalo, iqtisodiy ishlabchiqarish, xususiy tadbirkorlik sohasiga oiddir.Fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yaratishga katta hissa qo‘shgannemis faylasufi Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarishmunosabatlari majmui sifatida tushungan. U ikki asosiy prinsipniajratib ko‘rsatgan:– birinchidan, shaxslar o‘z xususiy manfaatlaridan kelib chiqibharakat qiladilar;– ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tiziminivujudga keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog‘liq bo‘ladi.Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy struktura bo‘lmishfuqarolar jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidaniboratdir. Bunday munosabatlarga ishlab chiqarishdagi raqobat vaunda hokimiyatning ma’muriy aralashuvini cheklash orqali erishiladi.315Fuqarolar jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yo‘lochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zoxir bo‘ladi.Buyuk fransuz inqilobining manifesti – 1791-yilgi Inson vafuqaro huquqlari Deklaratsiyasida ham xususiy mulk muqaddas vadahlsiz deb e’lon qilingan. Feodalizmning ashaddiy dushmanibo‘lgan yakobinchilar esa xususiy mulkni yangi jamiyatning, ya’nifuqarolik jamiyatining birdan bir asosi deb bilganlar. Tarixsaboqlaridan ma’lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turliqatlamlarga ajratgan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishgaqaratilgan tashabbusni rag‘batlantirgan, hokimiyatga nisbatanmustaqil (avtonom) tuzilmalarni vujudga keltirgan.O‘zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiymunosabatlar tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik vaxususiy biznesga keng yo‘l ochilib, tegishli tashkiliy va huquqiymexanizmlari vujudga keltirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatiningqaror topishishini xususiy mulkning qat’iy mavqega ega bo‘lishibilan bog‘laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng ko‘lamdaxususiylashtirish (aksiyalashtirish) jarayonlari amalga oshirilmoqda.Xo‘sh, nima sababdan islohotchi-davlat O‘zbekistondademokratik fuqarolik jamiyatini jadal shakllantirib borishdanmanfaatdor?Birinchidan, shu asnoda mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilganbozor iqtisodiyoti sari olg‘a siljish yo‘llari va usullari xususidafuqarolar kelishuviga erishish to‘g‘risida norasmiy ijtimoiy shartnomatuzish va uni ro‘yobga chiqarishda islohotchi-davlat uchun sherikvujudga keltiriladi.Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati o‘z institutlari orqali shaxsningdavlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlagan holda,davlatda vakillik demokratiyasining va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiytizimning asosi hisoblanadi.Uchinchidan, O‘zbekiston xalqi fuqarolik institutlari vamexanizmlari, avvalo saylov tizimi orqali o‘zining siyosiy yuksalishiva hayotiy muhim milliy manfaatlarini ifodalashi uchun barqaror

Page 206: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

shart-sharoitlar yaratmoqda.To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro vadavlat, etnik va konfessional jamoalar, ijtimoiy-demografikguruhlarning hayotiy muhim manfaatlarining o‘zaro maqbulmuvozanatidan kelib chiqqan holda quriladi.316Beshinchidan, demokratik jamiyat fuqarolarning siyosiy vaijtimoiy faolligiga asoslangan. O‘z navbatida, uning o‘zi turmushningbarcha sohalaridagi islohotlar jarayonida bunday faollikning o‘sibborishini izchil rag‘batlantirib boradi va davlatning byurokratlashuvi,uning institutlari fuqarolarning hayotiy muhim manfaatlaridan uzilibqolishi xavfiga qarshi turadi.«Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, – deydi I.A. Karimov, –davlat iqtisodiy erkinliklarning kafolati bo‘ladi. Ayni shu tufaylidavlat iqtisodiyotga o‘zining tartibga soluvchi ta’sirini maqbulravishda o‘tkaza oladi».1Ikkinchi jihati. Siyosiy nuqtayi nazardan baholaganda fuqarolikjamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmunmohiyatinihuquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda,huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy mohiyatini, siyosiyshaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning o‘zaro munosabati shaklbilan mazmunning o‘zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelibchiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda mavjudbo‘lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir.Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiymakonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o‘zaro nisbatiniiqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o‘rinli bo‘ladi.Buni O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Zero,iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlarmavjud bo‘lishini taqozo etadi.Mamlakatimizda mulk shaklini o‘zgartirish, xususiylashtirishjarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudgakeltirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkiniboshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi tashkil etilib (1992-yil),u mamlakatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan shug‘ullanibkelmoqda. Prezidentning 1992–1993-yillarda qabul qilingano‘ttizdan ortiq farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangano‘nlab vazirlik va davlat qo‘mitalari boshqa mulk shaklidagi konsern,assotsiatsiya, uyushma va jamg‘armalarga aylantirildi. Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi paxtachilik vazirligi zamirida O‘zbekistonpaxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat aksiyadorlik1 Каримов И.А. ¤збекистон буюк келажак сари. –T.: «¤збекистон», 1998,115-bet.317assotsiatsiyasi tashkil etildi (1992-yil 7-noyabr), Mahalliy sanoatvazirligi isloh etilib, uning o‘rnida Prezidentning 1992-yil 3-sentabrdagi farmoni bilan «Mahalliy sanoat» davlat korporatsiyasitashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbeksavdo» assotsiatsiyasi (1992-yil5-may farmoni) «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi(1992-yil 28-yanvar farmoni) tashkil topdi va hokazo.1997-yil 20-mayda «O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida» qarorqabul qilindi. Bu qarorning asosiy maqsadi Hukumat apparatiniiqtisodiyotni boshqarishning bozor usullariga o‘tkazishdan iboratedi. Vazirlar Mahkamasi apparati bevosita sohaviy ma’muriyboshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga o‘tdi. Buni

Page 207: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ma’nosi shuki, Vazirlar Mahkamasi apparati xo‘jalik yurituvchilarfaoliyatiga aralashmaydi, iqtisodiyotni davlat yo‘li bilanboshqarmaydi. Buning o‘rniga u iqtisodiyotni bozor yo‘ligao‘tkazishning umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, iqtisodiyjarayonlar va iqtisodiy komplekslar faoliyatini uyg‘unlashtirish vamuvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, xo‘jalik yuritishshakllarini takomillashtirish, tarkibiy va institutsional qaytao‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadanchiqarish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rivojlantirish bilanshug‘ullanadi.Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlattuzilmalarining rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnaqtopishi uchun fuqarolik jamiyatida hurfikrlilik, siyosiy plyuralizmham qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagiko‘ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko‘lamlitizimi, tadbirkorlarning ittifoqlari, uyushmalari, mehnatkashlarmustaqil birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaritizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralaribilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin.Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborotvositalari alohida o‘rin tutadi (bu haqda keyingi paragraflarda batafsilto‘xtalamiz).Tahlil yuritilayotgan jabhada huquqiy davlatning asosiy vazifasiinson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdaniborat. Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat organlari vamansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb318yozilgan. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari, avvalo,fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishlari lozim. Qonundabelgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari vamansabdor shaxslar uchun muqaddas bo‘lmog‘i lozim. O‘zfuqarolarining haq-huquqlarini ta’minlab bera olmagan davlatdemokratik huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolarqonun oldida teng, huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etilishilozim.Fuqarolar va ularning uyushmalari davlat idoralari bilanmuloqotda huquqning teng subyektlari sifatida munosabatgakirishadilar. Basharti, bu teng huquqiy munosabatlarda tomonlardanbirining huquqiga, manfaatiga putur yetkazilsa, u sudga murojaatetishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o‘z huquqini tiklashgaerishishi lozim. Huquqiy davlatchilikning muhim tamoyillaridanbiri ana shunday. Shunday qilib, huquqiy davlat nafaqat fuqarolikjamiyatini boshqaruvchi tizim, balki o‘zini o‘zi boshqaruvchifuqarolik jamiyatiga bog‘liq, uning manfaat va ehtiyojlarigabo‘ysunuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.Uchinchi jihati. Fuqarolik jamiyati chuqur ma’naviy, yuksakmadaniy insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. Bu jamiyatningma’naviy hayotida bir narsa ustuvorlik qiladi, ya’ni inson benihoyadarajada ulug‘lanadi, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadi, ularmo‘tabar va muqaddas sanaladi. Bunda insonning qadr-qimmati,mehr-oqibat, axloqiy poklik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabioliy qadriyatlar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning belgilovchimezoni sifatida maydonga chiqadi.Demokratik islohotlar davrida ma’naviyatni yuksaltirishga asosiye’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, ma’naviyat-insoniyat ichkidunyosining ko‘zgusi, tafakkuri, ongi va fikr yuritish tarziningmazmun-mohiyatini aks ettiruvchi yuksak ijtimoiy qadriyatdir.

Page 208: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

«Insoniyat hamisha ezgulikka, ma’naviy barkamollikka intilibyashaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarningmuvaffaqiyati, mamlakatning yaqin kelajakdagi istiqbolihamyurtlarimiz qanday mavqeni egallashiga, qanaqa madaniyma’naviyva axloqiy qadriyatlarni shior qilib olishiga bog‘liq bo‘ladi».1Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi,1 Qarang: Каримов И.А. ¤збекистон буюк келажак сари. –T.: «¤збекистон», 1998, 397-bet.319ijtimoiy adolatning ta’minlanishi hamma fuqarolarning ijodiysalohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyatyaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilano‘lchanadi. Huquq jamiyatning o‘ziga xos «gumanistik imperativi»(insonparvarlik talabi), ya’ni insoniy-axloqiy qoidasi, ma’naviymayog‘i bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolarning o‘zaro huquqiymunosabatidagi mavqei quyidagi prinsiplar asosida belgilanadi:1) jamiyatning har bir a’zosi inson sifatida erkin va ozod bo‘lishi;2) har bir fuqaroning boshqa fuqaro bilan tengligi;3) jamiyat har a’zosining fuqaro maqomidagi mustaqilligi.O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, suveren davlatchiliknishakllantirishda madaniyatimiz sarchashmalariga, teran va ulkanma’naviy merosimizga murojaat qilish, boqiy tarixiy o‘tmishimizdamavjud bo‘lgan barcha ezguliklarni yuzaga chiqarib, rivojlantirishborasida beqiyos imkoniyatlar ochildi. O‘tmish ajdodlarimizningmadaniy va ma’naviy boyligi chuqur mushohada etilib, ijtimoiyongimizga singdirilmoqda, shu orqali biz barpo etayotgan yangifuqarolik jamiyati manfaatlariga xizmat qilmoqda.Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, balki odil demokratikjamiyat barpo etmoqdamiz. Davlatchiligimiz adolat tamoyillarigatayanadi. «Adolatga intilish – xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosigaxos eng muhim xususiyat. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiyva ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiyko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishi kerak»1 .Ma’naviy-madaniy saviya past bo‘lgan jamiyatda adolat tantanasihaqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Biz barpo etayotganfuqarolik jamiyatida adolat, haqiqat va insonparvarlik g‘oyalariustuvorlik qilishi lozim. Adolat bor joyda inson haq-huquqlari vaerkinliklari to‘la ta’minlanishiga umid bog‘lash mumkin.Shunday qilib, fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy belgilariva xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:1) jamiyat va shaxs ehtiyojlari tizimida faol ijobiy faoliyat vamehnatning roli alohida mazmunga ega bo‘lishi. Mehnatgaasoslangan ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlar tizimining qaror topishi;2) jamiyat mazmunini, uning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatinixususiy mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi;1 Каримов И.А. ¤збекистон буюк келажак сари. –T.: «¤збекистон», 1998,399-bet.3203) xususiy mulk barcha mulk shakllari qatori ravnaq topishi va unimuhofazalashda qonunning, davlat hokimiyatining alohida rol o‘ynashi;4) fuqarolarning yuridik jihatdan bir xil maqomga egaligi vaqonun oldida tengligi. Jamiyatda adolatli sud tizimining qaror topishiva uni fuqarolarni himoyalovchi posbon idoraga aylanishi.5) shaxsning xususiy hayoti va iqtisodiy faoliyatiga davlataralashuvining qonun doirasida cheklanishi. Huquqiy davlatchilikningmavjud bo‘lishi;6) shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy

Page 209: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

mustaqilligi;7) davlat, davlat idoralari va fuqarolar huquqning teng subyektisifatida munosabatga kirisha olishi, ular sudda teng taraflar sifatidamaydonga chiqa olishi. Fuqarolar huquqlarini kafolatlash va ustuvorta’minlash mexanizmlarining yaratilganligi;8) fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan,fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi;9) jamiyatning yuksak ma’naviy-madaniy va axloqiyrivojlanganligi; insonlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat,iymon-insof doirasida, shaxs qadrini e’zozlash asosiga qurilganligi.Shunday qilib, fuqarolik jamiyati – har bir inson manfaatiniustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhitishakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, insonhuquqlari va erkinliklari so‘zsiz ta’minlanadigan, davlathokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudgakeltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniyqadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyat.2-§. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilishi va asosiy prinsiplariFuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartibmunosabatlar tizimiga tayangan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarimukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida insonva fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi,muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalari, birlashmalari, nodavlattashkilotlari va idoralari mavjud bo‘ladi. Ular davlat hokimiyatidanmustaqil bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili asosida aktiv faoliyatko‘rsatadi.Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga katta ahamiyat beriladi.Uning asosiy maqsadi inson hayotini saqlash, uning maqsadlarini,321hayotiy orzularini, niyatlarini shu jamiyatdagi tashkilotlar, ijtimoiyinstitutlar, guruhlar, oila va boshqa birlashmalar orqali amalgaoshirishdir. Bu tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsgauning hokimiyat manbayi ekanligini, uning layoqati va harakati,obro‘si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar.Insonlar ushbu tashkilotlar va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy,iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar.Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilariga:1) ko‘ppartiyaviylik;2) siyosiy hayotning va siyosiy institutlarning, mafkura vafikrlarning xilma-xilligi;3) o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeining balandligi;4) jamiyatni boshqarishda ommaviy axborot vositalari roliningkattaligi kiradi. Fuqarolik jamiyati ma’naviy hayot umumbashariyqadriyatlar asosida amalga oshirilganligi, insonning muqaddasligi,erkinligi, qonun oldida tengligi, ijtimoiy adolatning to‘liq qarortopganligi bilan belgilanadi.Demak, fuqarolik jamiyati – teng huquqli insonlarning jamiyati,yakka shaxslar yoki jamoalar manfaatlarini amalga oshirishgako‘maklashadigan jamoat va nodavlat institutlarining tizimidir.Shuni ham ta’kidlash kerakki, fuqarolik jamiyati jamoatbirlashmalarining yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, balki ularfaoliyatining natijasida paydo bo‘ladigan munosabatlar tizimihamdir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini milliy va diniyan’analarsiz, odatlarsiz, odob-axloq normalarisiz va milliyqadriyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu jamiyat iqtisodiy,kasbiy, madaniy, diniy va boshqa manfaatlarni shakllantirishgava ularni amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy aloqalar tizimini

Page 210: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

ham qamrab oladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir insonningehtiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklarini amalga oshirishgaqaratilgan. Konstitutsiya insonni eng katta boylik sifatida alohidako‘rsatgani holda fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaromunosabatlarning oqilona, huquqiy hal etilishini siyosiy jihatdanrasmiylashtiradi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, ularninginson manfaatlarini himoya qilishga va ijtimoiy munosabatlarnimaqbul holga keltirishga yo‘naltirilganligi fuqarolik jamiyatiasoslarini qaror toptirishning asosiy omillaridir.Fuqarolik jamiyatida qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini322o‘zi kamol toptirishiga yordam beradi, shaxs manfaatlari, uninghuquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishigako‘maklashadi. Ayni vaqtda bu barcha odamlar qonunlarga so‘zsizrioya qilishlari shart ekanligini ham bildiradi.O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqlaridanfoydalanib, davlatning siyosiy hayotida tobora keng ishtiroketmoqdalar.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’kidlashicha, «O‘tmishdavri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoniyuz berayotgan bir paytda O‘zbekiston aholisi turli qatlamlariningmanfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan keng tarmoqli, ko‘ppartiyaviytizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoattashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shu jihatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiyalar vajamoatchilik harakatlarining vujudga kelishi, qaror topishi varivojlanishini sekinlashtirib qo‘yadigan har qanday g‘ov va to‘siqlarnibartaraf etishdan iboratdir»1 .Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfaatlarni qanoatlantirish,ro‘yobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlarshakllanadi.Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha tasniflashmumkin.Birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchituzilmalar:a) xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigannodavlat tashkilotlar;b) shirkat xo‘jaliklari va ularning uyushmalari;d) ijara asosida ishlovchi jamoalar;g) hissadorlik jamiyatlari;d) moliyaviy jamg‘arma hamda uyushmalar;e) ishlab chiqarish korporatsiya, konsernlari va birlashmalari;j) tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va hokazo.Ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchituzilmalar:a) oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsustashkilotlar;1 Каримов И.А. ¤збекистон XXI аср бґсаІасида: хавфсизликка oaμaea, бар-іарорлик шартлари ва тараііиёт кафолатлари. -T., 1997. – 174-b.323b) ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta-maxsus va oliyta’lim muassasasalari);d) jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;g) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;d) mustaqil ommaviy axborot vositalari;e) diniy tashkilotlar;

Page 211: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

j) milliy-madaniy markazlar;z) ko‘ngilli jamiyatlar;i) jamoatchilik fikrini aniqlash va o‘rganish institutlari;y) turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar vahokazo.Uchinchidan, siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchiinstitutlar va tuzilmalar:a) huquqiy davlatning mavjudligi;b) siyosiy partiyalar;d) ijtimoiy-siyosiy harakatlar;g) siyosiy muxolifatning mavjudligi;d) inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hokazo.Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo‘lib, u eng asosiy tarkibiytuzilmalarni ifodalaydi. Albatta, fuqarolik jamiyati o‘zining rangbarangligi,turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfako‘rinishdagi ma’rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlarfaoliyat ko‘rsatishi mumkin.3-§. Huquqiy davlat va uning belgilariHuquqiy davlat – huquqning hukmronligi, qonunningustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligita’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan,hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi prinsipi asosida tashkil etilgandemokratik davlat.Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barchakishilar; ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmaganshaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyatiidoralari – barchasi huquqqa bo‘ysunadilar.2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya vaqonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir.324Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlarqonunlarga zid bo‘lmasligi kerak.3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoyaqilish va ta’minlash. Inson huquqlari va erkinliklari ungatug‘ilganidan tegishli bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, engavvalo, insonning yashash, erkinlikka, daxlsizlikka, xavfsizlikka egabo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to‘g‘risidabormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldidatengdirlar.4. Davlat va fuqaroning o‘zaro mas’uliyati. Davlat qonunlardashaxs erkinligining me’yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shuchegaralarda o‘zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi.5. Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi).Hokimiyatni qonuniy e’tirof etish uchun quyidagi talablarga javobberilishi shart: hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilanshakllantirilgan bo‘lishi; hokimiyat samarali faoliyat yuritib,jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlash; u ham mamlakatichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lishi lozim.6. Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi. Davlat hokimiyati birqo‘lda to‘planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog‘ini– qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yishkerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o‘z vakolatidoirasida amal qiladi.7. Sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikkitarmog‘i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hechkimning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Page 212: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

8. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi.Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdidmavjud bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordamberishlari kerak. Ular bu huquq va erkinliklarni himoya qilishlarikerak.9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiymadaniyatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ongdarajasidir. Huquqiy ong – huquqqa munosabat, qonun talablarinibajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiyqarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarnibilishda, huquqni hurmat qilishda, huquqiy qoidalarga rioya etishdanamoyon bo‘ladi.10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy325huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvidadoimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishiva ma’lum bir muxolifatning bo‘lishi zarur.4-§. Huquqiy davlat ta’limotining tarixiy – nazariy manbalariEndilikda jahonda huquqiy davlatlarning soni etatik davlatlarsonining kamayishi hisobiga o‘sadi, deb e’tirof etish mumkin. Biroqbu taraqqiyotning umumiy yo‘nalishi bo‘lib, uni oddiy tarzda izohlabbo‘lmaydi. Zero, turli mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy kuchlarningreal nisbatidan kelib chiqqan holda bashorat qilinishi qiyin bo‘lganhamda taraqqiyotning umumiy yo‘nalishiga mos kelmaydiganburilishlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, alohida davlatlarhuquqiy davlat marrasiga yetgandan so‘ng, ularda keyinchaliktotalitar va avtoritar tuzumlar qaror topishi mumkin va hokazo.Biroq shunday bo‘lsa-da, umumiy taraqqiyot muqarrardir.Darhaqiqat, huquqiy davlatning nazariy manbalari o‘z ildizlaribilan o‘tmishga borib taqalganini ta’kidlash joiz. Qadimgizamonlarda o‘tgan buyuk allomalar (Platon, Arastu) davlathuquqning ulkan ijobiy ahamiyatini hisobga olmagan holdamustahkam, barqaror va ishonchli bo‘la olmasligi haqida fikrbildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining zo‘ravonligiga qarshiposangi sifatida baholangan: ya’ni qonun hech kimning hukmronligiostida bo‘lmasligi kerak, zero barcha organlar mansabdor shaxslarva fuqarolarning harakatlarini yo‘naltirishga xizmat qiladi.Dastlab tarqoq bo‘lgan, ba’zida esa alohida farazlar sifatidanamoyon bo‘lgan g‘oyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatningizchil va yaxlit konsepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj.Lokk, I. Kant, V. Gumbold, G. Yellinek, K. Shmidt hisoblanadi.Mazkur allomalarning alohida qarashlarida tafovut bo‘lsa-da,umuman olganda ular bir narsada haqlar, u ham bo‘lsa, davlatningo‘zi huquqiy qonun-qoidalarga amal qilishi va buni ijtimoiymunosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilishi kerakligidaniborat. Huquqiy davlatning nazariy konsepsiyasi qoidalarini qatordavlatlar hayot faoliyatining amaliyotiga tatbiq etishi konservativkuchlarning qarshiligiga uchragan va uni yenggan holda davlat vajamoat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar bilannishonlangan. Chunonchi: butun davlat tizimini barpo etish vaamal qilish prinsiplari demokratlashtirilgan, shaxs maqomi real326mazmun bilan to‘ldirilgan, huquqiy qadriyatlar birlamchiahamiyatga ega bo‘la boshlagan, mansabdor shaxslar zo‘ravonligigabarham berilgan, ularning faoliyati asta-sekin tartibga solingan vayo‘lga qo‘yilgan.Huquqiy davlatlar «oilasi»ning paydo bo‘lishi va ortishi insonlar

Page 213: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

jamiyatining siyosiy taraqqiyotida yangi bosqichni nishonlaydi.Davlat-huquqiy nazariyasi va amaliyotining ushbu mislsiz yutug‘izamonaviy sivilizatsiyaning ulkan muvaffaqiyatga erishganidandalolat beradi. Huquqiy davlatlarning mavjudligi hayotning barchatarmoqlarida erishayotgan kundalik yutuqlari boshqa mamlakatlaruchun mayoq vazifasini o‘taydi hamda ularga adolatli insonparvardavlat qurish yo‘llarini ko‘rsatadi.Huquqiy davlat etatik davlatdan prinsipial ravishda ajralib turadi.Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalgaoshirishning barcha taraflari, shuningdek, oldida turgan vazifalarnihal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlarva alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabitarmoqlarni qamrab oladi. Ulardan eng muhimlari haqidato‘xtalamiz:1. Huquqiy davlatda hokimiyatning butun mexanizmi – har birorgan, mansabdor shaxs o‘z faoliyati davomida huquqiy prinsiplarva qoidalarga tayanadi, ular bilan o‘z faoliyatini bog‘laydi. Huquqiynormalar nafaqat aholi uchun, balki davlat organlari va mansabdorshaxslar uchun ham majburiydir. Ularning huquq chegaralaridanchiqishga umuman yo‘l qo‘yilmaydi yoki bunga umuman imkonberilmaydi. Agar etatik davlatda rasmiy organlar va mansabdorshaxslar huquqni o‘zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy emas,deb tushunsalar, aksincha, huquqiy davlat sharoitida bunday holatumuman nomaqbul va nojoiz hisoblanadi va shu sababdan u sekinastayengib o‘tiladi.2. Huquqiy davlatda etatik davlat uchun xos bo‘lgan huquq vaqonun o‘rtasidagi masofaning uzayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Undagi davlat organlarining barcha normativ hujjatlari o‘ziningmazmun-mohiyati va yo‘nalishi, qabul qilish va rasmiylashtirishtartibi, qonuniy kuchga kiritish, qo‘llash, amalga oshirish vabuzilishlardan muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra huquqning yuqoritalablariga javob beradi. Qonunchilik muntazam ravishda huquqiyprinsiplarga asoslanadi, ularni o‘zida singdiradi, ulardan aslochekinmaydi. Davlat organlarining nohuquqiy normativ hujjatlarini327qabul qilish va amal qilishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha,etatik davlatlarda ko‘pincha buning shohidi bo‘lishimiz mumkin.3. Huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirofetish bilan cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishdahayotga tatbiq etilishi, barcha jismoniy va yuridik shaxslar, davlatva jamoat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatinikerakli yo‘nalishga solishga katta ahamiyat beradi. Davlatninghuquqni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati ustuvor vazifahisoblanadi, shu bois, unda «qog‘ozda qolgan», amal qilmaydiganqonunlar umuman yo‘q, aksincha, etatik davlatda keraksizqonunlarning «uyumlari»ni hech kim tozalashga urinmaydi ham.Huquqiy davlatda ijtimoiy munosabatlarning har bir subyekti davlatorganlarining amaldagi normativ hujjatlarini albatta bajarishkerakligiga astoydil ishonadi (boshqacha bo‘lishi mumkin emas),zero bu huquqiy tartibotning barqarorligi muhitini yaratadi vajamiyatda yuridik nigilizmning tarqalishi hamda odamlarninghuquqqa mensimay munosabatda bo‘lishini bartaraf etadi.4. Huquqiy davlatda davlat normativ hujjatlarining amal qilishidasubordinatsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquqmanbalari, ya’ni normativ hujjatlarning qat’iy bo‘ysundirilgan tizimishakllanadi, amal qiladi va rivojlanadi. Bu tizimda har bir aktningo‘rni uning yuridik kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur tizim, ifodali

Page 214: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

qilib aytganda, huquqiy manbalar «ehromi»ning cho‘qqisi – yuqoriyuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiya hisoblanadi. Hech qandayhuquqiy manba konstitutsiya normalari va prinsiplariga to‘g‘ridanto‘g‘ri yoki bilvosita zid bo‘lishi mumkin emas. Aksincha, davlatorganlarining barcha normativ hujjatlari va huquqning boshqamanbalari konstitutsiyaga asoslanishi, uni aniqlashtirishi, to‘ldirishiva mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga muvofiq ravishdakonstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya(piramida)ning quyi «qavatlari» davlat rahbarining hujjatlari, hukumatfarmonlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralar buyruqlari vako‘rsatmalari, mahalliy vakolatli va ijro etuvchi organlar hujjatlari,huquqiy odatlar, sud va ma’muriy pretsedentlar1 yaratiladi. Kichikyuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlarga kattaroq yuridik hujjatlarga1 Pretsedent huquqi huquqning anglo-sakson tizimi amal qiladigan mamlakatlardakeng qo‘llanadi va amal qiladi (bular: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada v. b.).Endilikda boshqa qator mamlakatlarda qo‘llanila boshladi.328nisbatan ustuvor ahamiyat berilishi totalitar va avtoritar davlatlargaxos bo‘lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va ierarxiyasini buzadiva shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi.5. Shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomi –birinchidan, huquqiy davlatda huquq va erkinliklarning kengmiqyosining qamrab olinganligi, normal hayot faoliyatini ta’minlashhamda oldida turgan vazifalarni hal etish uchun yetarliligi bilanajralib turadi. Ikkinchidan, huquqlar bilan ajralmas birlikdamajburiyatlar tizimining mutanosib va muvofiq tizimini o‘z ichigaoladi. Uchinchidan, huquqni albatta hayotga tatbiq etish real yuridikkafolatlar bilan mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosabatlarningbir turdagi subyektlari orasida tenglikni mustahkamlash, sinfiy,milliy, urug‘-aymoqchilik imtiyozlarni belgilash va bu orqali ulardanbiriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan mahrum etishgayo‘l qo‘ymaslikka intilish mavjuddir. Subyektlar orasida mazkurtenglikning yo‘qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchunxosdir. Shu vaqtning o‘zida huquqiy davlat shaxs va ijtimoiymunosabatlar subyektlarining maqomini qo‘llab-quvvatlash,normativ mustahkamlash va takomillashtirish haqida g‘amxo‘rlikqiladi, o‘zida yashiringan imkoniyatlarni huquqni tashuvchilaroldida namoyon qilishga intiladi.6. Barcha davlat va ijtimoiy institutlar va tuzilmalarninglegitimligi – huquqiy davlatning alohida belgilaridan biridir. Buyerda yetarli yuridik bazaga ega bo‘lmagan institutlar va tuzilmalarnikam uchratish mumkin. Basharti ular mavjud bo‘lsa ham uzoqmuddatga yashash va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish istiqbollarigaega bo‘lmaydilar, pirovardida yengib bo‘lmas qiyinchiliklargauchrab, tezda sahnadan tushib ketadilar. Davlat institutlari vatuzilmalarining ko‘pchiligi qonun asosida, belgilangan tartib vaqoidalarga rioya qilgan holda, ularning maqsadi, vazifasi, amalqilish shakl va usullari rasmiy reglamentatsiya qilingan holdayaratiladi. Xususan, bu qonuniylashtirishning ro‘yxatga olish, ijozatberish va litsenziya berish usullari, shuningdek, muvofiq davlatorganlari tomonidan nazorat-taftish vakolatlarining qo‘llanishi bilanta’minlanadi. Huquqiy davlatdagi muhitning o‘zi yuridikmunosabatda shubhali institut va tuzilmalarning qisqarishi uchunkurashadi va aksincha, qonuniyligi doim tasdiqlanadigan institutlaruchun esa keng imkoniyatlar yaratib beradi.7. Huquqiy davlatda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi e’tirof etiladi329

Page 215: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

va amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda yagona davlathokimiyati doirasida uning uchta mustaqil tarmoqqa bo‘linishita’minlanadi. Bular qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudhokimiyatlari bo‘lib, ular o‘zaro uzviy munosabatda bo‘ladilar.Hokimiyatning bitta tarmog‘i tomonidan boshqalarining «bukibolinishi» va bo‘ysundirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rib chiqilayotganprinsipning ahamiyati shundaki, u hokimiyatning faqat bitta organyoki mansabdor shaxs qo‘lida mujassamlanishining oldini oladi,natijada, ichki davlat apparatida hokimiyatning teng taqsimlanishinita’minlaydi hamda diktatorlik tartibining yuzaga kelishining oldinioladi.8. Huquqiy davlatda ichki qonunlar hamda umum e’tirof etilganxalqaro huquq normalari o‘rtasida optimal muvofiqlikni ta’minlashbo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Oxirgilari o‘zida hozirgizamon huquqiy sivilizatsiyasining yutuqlarini mujassamlashtiradi.Mazkur yutuqlarga u yoki bu darajada huquqiy davlatlar hamaralashadi, zero ularda, odatda, ichki qonunlar oldida xalqaroshartnomalar (hammasini emas, faqat ratifikatsiya qilinganlari)ningustuvorligi belgilanadi va bu shartnomalar bevosita qo‘llanishi aytibo‘tiladi. Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar yuridik tizimlariningtashqi dunyodan alohidaligi va cheklanganligi bartaraf etiladi, ya’nijahon hamjamiyatining huquqiy tizimiga integratsiyalashadi,ko‘pgina asosiy prinsip va normalariga rioya etib, ularni o‘z normativhujjatlari saviyasiga ko‘taradilar.9. Huquqiy tartibot buzilgan hollarda (ayniqsa, fuqarolar huquqva erkinliklarining buzilishi) huquqiy ta’sir qilish va huquqiy himoyamexanizmi amal qiladi, unda sud birinchi darajali rol o‘ynaydi.Mazkur mexanizm boshlangan jinoyatni oldini olish, buzilganhuquqni tiklash, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash,aybdorlarni jazolash, yangi huquqbuzarliklarning oldini olish,fuqarolar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlarigadavlatning barcha farmonlari to‘liq ravishda bajarilishi lozimligihaqida uqtirish bo‘yicha vazifalarni kompleks ravishda hal qiladi.Agar huquq-tartibot, fuqarolar huquq va erkinliklarining har qandaybuzilishi muvofiq davlat organlari va mansabdor shaxslarninge’tiboridan chetda qolmasa hamda tartibbuzarlar har gal haqli jazoolsalar bunday yondashuvning o‘zi qonunni buzishning samaraliumumiy preventiv, ya’ni oldini oluvchi omili bo‘lib xizmat qiladi.O‘z navbatida, bu davlatda qonuniylikka rioya etish sharoitiga ta’sir330etadi. Huquqiy davlatning yurisdiksiya, huquq-tartibotnimuhofazalash, huquqni himoyalash va preventiv oldini olish faoliyatihuquqiy talablarga qat’iy rioya etishi zarurdir. Shu sababdan jamiyathayotining huquqiy «tonusi» etatik davlatga qaraganda ancha yuqoribo‘ladi.10. Huquqiy jamiyat uchun fuqarolarning davlat oldida vadavlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’uliyatliligi xosdir. Davlatnafaqat har bir odamga tug‘ilishidan boshlab tegishli ajralmas huquqva erkinliklarni tan oladi, balki ularni hayotga real tatbiq etish vatajovuzlardan himoyalashni ham kafolatlaydi. O‘z navbatida,fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar,ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmaganholda foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatilganmajburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim. Boshqacha qilib aytganda,davlatning fuqarolar bilan aloqasi murakkab va ko‘ptarmoqlihisoblanib, ularning o‘rtasida muayyan huquqlarning vujudga kelishihamda muayyan majburiyatlarning bajarilishini taqozo etadi.

Page 216: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

5-§. O‘zbekistonda huquqiy davlatning qurilishiO‘zbekiston davlat mustaqilligi va to‘la davlat suverenitetigaerishgandan so‘ng adolatli fuqaroviy jamiyat va demokratik huquqiydavlatning qurilishini e’tirof etdi. Shu bilan birga avvalgi totalitaro‘tmishga xos zo‘ravonlik va adolatsizlikka barham berish, insoniyhuquqiy qadriyatlar, shaxs huquq va erkinliklariga rioya etishganisbatan qat’iyatlik izhor etildi.O‘tgan yillar ichida davlatchilikning asosiy institutlarining siyosiyhuquqiymazmuni o‘zgardi. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yilgi Konstitutsiyasiga muvofiq, boshqaruvning prezidentlik shakliyaratildi. Prezidentlik instituti davlat tizimida eng muhimhisoblanadi, u mamlakatdagi ishlar ahvoliga, hokimiyatning uchtatarmog‘ining faoliyati, ichki va tashqi siyosatning shakllanishigata’sir qiladi.Qonun chiqaruvchi institut o‘zgardi. Avvalgi Yuqori Kengash(u tomonidan qator hujjatlar qabul qilingan: Suverenitet haqidaDeklaratsiya, Konstitutsiyalar, «O‘zbekiston Respublikasi davlatmustaqilligining asoslari haqida»gi Qonun, mulkchilik, fuqarolikto‘g‘risida qonunlar) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga o‘zo‘rnini bo‘shatib berdi. U fuqarolarning huquq va erkinliklarini331qonuniy kafolatlanishi va ta’minlanishi, demokratiyani rivojlantirish,bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish, xususiy mulkchiliknikiritish va ishbilarmonlik tizimlarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liqfaoliyat bilan shug‘ullanadi. Prezident va hukumatning bevositarahbarligida ijro etuvchi hokimiyat faoliyat ko‘rsatib, unga iqtisodiyislohotlarni amalga oshirish, qonunlarni bajarishni amalga oshirish,kundalik davlat boshqaruvini amalga oshirish bo‘yicha vazifalaryuklanadi.Hokimiyatning sud tizimi ham o‘zgarishlarga uchradi. Hozirgivaqtda Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud amalqilmoqda. Huquq-tartibot organlarining tizimi qayta tashkiletilmoqda.Mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki bosqichida davlatramzlarini shakllantirish nihoyasiga yetdi, milliy armiya qaror topdi.Respublika o‘zining milliy valyutasiga ega bo‘ldi.Huquqiy davlat – bizning kelajagimiz, biroq unga erishishmurakkab bo‘lib, rivojlanishning bir qator bosqichlarini qamraboladi hamda davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoatchilik vaxalqdan jiddiy urinishlarni talab etadi. Davlat va jamoat hayotiningsog‘lom faolligini o‘stirish, korrupsiya va tarqoqlikka barham berish,jinoyatchilik va suiiste’mol qilishga qarshi kurashish, jamiyatningyuridik va ma’naviy-axloqiy asoslarini rivojlantirish lozim. Huquqniyangilash, uni qo‘llash va muhofazalash mexanizminitakomillashtirish, fuqarolarda qonunga nisbatan hurmat bilanmunosabatda bo‘lish, jamiyatda muayyan huquqiy munosabatlarva yuridik aloqalarni joriy etish zarur. Davlatning muhimvazifalaridan biri jamiyatda rivojlangan yuridik nigilizm, davlatorganlari va mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunnimensimaslik hollari bartaraf etilishi, aksincha, uning o‘rniga odamlarkayfiyatida ijobiy huquqiy ongni shakllantirish lozim. Bundaykompleks yondashuv huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishvazifalarini hal qilish imkoniyatini beradi.332MUNDARIJASo‘zboshi ............................................................................................... 3I bob. Davlat va huquq nazariyasi umumnazariy fan sifatida

Page 217: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

1-§. Davlat va huquq nazariyasi – umumnazariy fan ........................... 62-§. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti .............................. 93-§. Davlat va huquq nazariyasining metodi ...................................... 124-§. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy va yuridik fanlartizimidagi o‘rni hamda ahamiyati ................................................. 165-§. Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari ............................... 21II bob. Davlat va huquqning kelib chiqishi1-§. Jamiyat tushunchasi va tuzilishi .................................................. 232-§. Urug‘chilik jamiyati va uning xususiyatlari .................................. 253-§. Ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy hokimiyat va ijtimoiy normalar ........ 304-§. Davlat va huquqning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar ........... 31III bob. Davlat va huquqning jamiyat tizimidagi o‘rni1-§. Davlat va jamiyatning o‘zaro nisbati ........................................... 362-§. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning o‘rni ..................................... 383-§. Davlat va fuqarolik jamiyati ........................................................ 404-§. Davlat va huquqning o‘zaro munosabati ..................................... 425-§. Davlatning huquqqa ta’siri .......................................................... 456-§. Huquqning davlatga ta’siri ........................................................... 48IV bob. Davlat haqida umumiy ta’limot1-§. Davlat tushunchasi va belgilari .................................................... 512-§. Davlatning mohiyati ................................................................... 533-§. Huquqiy davlat haqidagi ta’limot ................................................ 574-§. Davlat tipologiyasi ....................................................................... 63V bob. Davlatning shakllari1-§. Davlat shakli tushunchasi ............................................................ 672-§. Davlat boshqaruv shakllari ........................................................... 683-§. Davlatning tuzilish shakli ........................................................... 714-§. Siyosiy rejim ............................................................................... 72VI bob. Davlat funksiyalari1-§. Davlat funksiyasi tushunchasi ...................................................... 782-§. Davlat funksiyalarining tasnifi ..................................................... 81333VII bob. Davlat mexanizmi (apparati)1-§. Davlat mexanizmi tushunchasi va mohiyati ................................ 862-§. Davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari ...... 883-§. Davlat organi tushunchasi va turlari ............................................ 92VIII bob. Huquq haqida ta’limot1-§. Huquqning tushunchasi va mohiyati ........................................... 992-§. Huquqning belgilari ................................................................... 1023-§. Huquqning ta’rifi va uning talqiniga turli yondashuvlar ............ 104IX bob. Huquq prinsiplari va funksiyalari1-§. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati ........................ 1152-§. Huquq prinsiplarining tasnifi .................................................... 1173-§. Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari ................................ 122X bob. Huquqiy munosabatlar1-§. Huquqiy munosabatlarning tushunchasi, tuzilishi va turlari...... 1272-§. Huquqiy munosabatlarning subyektlari .................................... 1323-§. Huquqiy munosabatlarning obyekti .......................................... 1354-§. Subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar ................................ 1375-§. Yuridik faktlar ........................................................................... 141XI bob. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat1-§. Huquqiy ong tushunchasi .......................................................... 1462-§. Huquqiy ongning tuzilishi ......................................................... 1483-§. Huquqiy ong – huquqni takomillashtirish varivojlantirish omili ...................................................................... 1524-§. Huquqiy madaniyat tushunchasi ............................................... 154XII bob. Huquq ijodkorligi1-§. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari ............... 1592-§. Huquq ijodkorligi prinsiplari ..................................................... 1623-§. Qonun ijodkorligi jarayoni va bosqichlari .................................. 1664-§. Normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt, hudud va shaxslarganisbatan amal qilishi ................................................................... 178

Page 218: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

5-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish ............................. 182XIII bob. Huquq shakli (manbayi)1-§. Huquq shakli (manbayi) tushunchasi ........................................ 1862-§. Huquqiy odat – huquqning manbayi sifatida ............................ 1873-§. Yuridik pretsedent .................................................................... 1903344-§. Normativ-huquqiy hujjat .......................................................... 1925-§. Normativ shartnomalar............................................................. 2006-§. Musulmon huquqining manbalari ............................................ 202XIV bob. Huquq normasi1-§. Huquq normasi tushunchasi ..................................................... 2042-§. Huquq normasining tuzilishi .................................................... 2073-§. Huquq normalarining tasnifi va turlari ..................................... 209XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi1-§. Huquq tizimi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari ................ 2142-§. Huquqiy tartibga solish predmeti va uslubi – huquqnitarmoq va institutlarga ajratishning asosi sifatida ........................ 2203-§. O‘zbekiston Respublikasidagi asosiy huquq tarmoqlariningqisqacha tavsifi ............................................................................ 2214-§. Qonunchilik tizimi..................................................................... 227XVI bob. O‘zbekistonning huquqiy tizimi1-§. Huquqiy tizim tushunchasi va mohiyati .................................... 2322-§. Huquqiy tizimning tarkibiy elementlari ..................................... 2383-§. O‘zbekiston huquqiy tizimini isloh qilishning asosiyyo‘nalishlari ................................................................................. 243XVII bob. Huquqni tatbiq etish va qo‘llash1-§. Huquqni amalga oshirish tushunchasi va bosqichlari ................ 2562-§. Huquqni amalga oshirish shakllari ............................................ 2583-§. Huquqni qo‘llash – huquqni amalga oshirish shakli sifatida .... 261XVIII bob. Huquq normalarini sharhlash1-§. Huquq normalarini sharhlash tushunchasi va mohiyati ............ 2642-§. Huquq normalarini sharhlash usullari ....................................... 2673-§. Huquqni sharhlashning turlari ................................................... 272XIX bob. Huquqiy xulq-atvor, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik1-§. Huquqiy xulq-atvor tushunchasi, belgilari va tasnifi ................. 2772-§. Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyati ................................... 2793-§. Yuridik javobgarlik tushunchasi, belgilari va turlari ................... 2824-§. Aybsizlik prezumpsiyasi. Yuridik javobgarlik va qilmishninghuquqqa xilofligini istisno qiluvchi holatlar ................................ 287335XX bob. Huquqiy tartibga solish mexanizmi1-§. Huquqiy tartibga solish tushunchasi .......................................... 2892-§. Huquqiy tartibga solish mexanizmi va uning tarkibiyqismlari ....................................................................................... 2933-§. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish .................................... 296XXI bob. Qonuniylik, huquqiy tartibot va intizom1-§. Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari ......................... 3012-§. Qonuniylik prinsiplari va kafolatlari .......................................... 3033-§. Huquqiy tartibot tushunchasi, jamoat tartiboti. Intizom ........... 308XXII bob. Davlat va huquqning rivojlanish istiqbollari1-§. Fuqarolik jamiyatining tushunchasi va mohiyati ....................... 3132-§. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilishi va asosiy prinsiplari .... 3203-§. Huquqiy davlat va uning belgilari .............................................. 3234-§. Huquqiy davlat ta’limotining tarixiy – nazariy manbalari ........ 3255-§. O‘zbekistonda huquqiy davlatning qurilishi ............................... 330Bosishga ruxsat etildi 16. 07. 2010-y. Bichimi 60 x 90 1/16. Ofset qog‘ozi. «Tayms»garniturasi. Kegli 11,0. Shartli bosma tabog‘i 21.0. Nashriyot-hisob tabog‘i 21,5Adadi 582 nusxa. Buyurtma № .«START-TRACK PRINT» MCHJ bosmaxonasida chop etildi.Manzil: Toshkent shahri, 8-mart ko‘chasi, 57-uy.DAVLAT VA HUQUQ

Page 219: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA · Web viewobyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan

NAZARIYASIIkkinchi nashrO‘quv qo‘llanmaMuharrir Q. QayumovMusahhih H. ZokirovaSahifalovchi N. MamanovO‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti,100083, Toshkent, Matbuotchilar ko‘chasi, 32.Tel: 236-55-79; faks: 239-88-61.