maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · web viewmana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr –...

13
4- sinf O’qish 1-dars. Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun. Mavzuning qisqacha ta`rifi: 1991 yil 31 avgust Vatanimizning milliy istiqlolga erishgan kuni mangulikka tatigulik ekanligi ning ahamiyati. El-yurt obodligi. Mamlakatimizning qisqa muddatda rivojlangan davlatlar qatoriga kirib olishi. Vatanning ostonadan boshlanishi va muqaddasligi. Asar mazmuniga doir savol va topshiriqlar. Darsning maqsad va vazifalari Maqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomil-lashtirish, lug'at boyligini oshirish. Tarbiyaviy: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg'usini shakllantirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga uni qadrlashga o'rgatish. Prezidentimizning "Bolalar - bizning kelajagimiz" gapining ma'nosini anglashlariga erishish. Rivojlantiruvchi: to'g'ri, ongli, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, lug'at boyligini rivojlantirish. Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish. Metod: izohli o'qish metodi, didaktik o'yin, muommoli izlanish, interaktiv metodlar. Tayanch kompetentsiyalar: TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, komp yuter) foydalana ь olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish; Fanga oid kompetensiyalar: FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish; Darsning jihozi: darslik, mavzuga mos rasmlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) O’quvchilar bilan salomlashish; b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash; c) Davomatni aniqlash; II. O’tgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa). a) O’quvchilar Vatan haqida maqollar aytadi.

Upload: others

Post on 12-Jan-2020

9 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

4- sinf O’qish

1-dars.Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun.Mavzuning qisqacha ta`rifi: 1991 yil 31 avgust Vatanimizning milliy istiqlolga erishgan kuni mangulikka tatigulik ekanligi ning ahamiyati. El-yurt obodligi. Mamlakatimizning qisqa muddatda rivojlangan davlatlar qatoriga kirib olishi. Vatanning ostonadan boshlanishi va muqaddasligi. Asar mazmuniga doir savol va topshiriqlar. Darsning maqsad va vazifalariMaqsadlar:Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomil-lashtirish, lug'at boyligini oshirish.Tarbiyaviy: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg'usini shakllantirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga uni qadrlashga o'rgatish. Prezidentimizning "Bolalar - bizning kelajagimiz" gapining ma'nosini anglashlariga erishish.Rivojlantiruvchi: to'g'ri, ongli, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, lug'at boyligini rivojlantirish. Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish.Metod: izohli o'qish metodi, didaktik o'yin, muommoli izlanish, interaktiv metodlar.Tayanch kompetentsiyalar: TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, kompьyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish; Fanga oid kompetensiyalar: FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish;Darsning jihozi: darslik, mavzuga mos rasmlar, AKTDarsning borishi:I.Tashkiliy qism:Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: (5 daqiqa)a) O’quvchilar bilan salomlashish; b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;c) Davomatni aniqlash; II. O’tgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa). a) O’quvchilar Vatan haqida maqollar aytadi. b) Tezkor savollar: Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar:1. “Istiqlol” va “Mustaqillik” so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?2. Mustaqillikka qachon erishdik?3. Mustaqillik to‘g‘risida nimalarni bilasiz?4. Davlatimiz Prezidenti kim?O‘quvchilar savollarga javob berib, darsga ruhan tayyorlanadilar.Kartadan O‘zbekiston chegarasi ko‘rsatiladi. 1991 yil 31 avgustdan e’tiboran O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi.Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. Mustaqillik tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan qurbonlarsiz, umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi.

Page 2: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

Mana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib kelinmoqda. Bu bayram Vatanimiz mustaqilligi, yurtimiz ozodligi ramzi bo‘lgani bois uni aynan shunday ta’rif etamiz.Vatan dunyodagi eng buyuk, eng muqaddas ne’mat bo‘lgani uchun uning mustaqilligi ham shu qadar e’zozlidir. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Bu bir necha yillar mobaynida davom etgan kurashlar natijasi. Mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz, ko‘xna qadriyatlarimiz tiklandi, biz jahondagi barcha xalqlar qatori ozod va erkin bo‘ldik.Bugun hayotimizning qaysi jabha va sohasini olmaylik, erkinlikka va ozodlikka erishgan, o‘z aql-zakovati, bilimi va kuch qudratiga ishongan xalqimiz o‘zining amaliy ishlari bilan buyuk marralarga ko‘tarilishiga qodir ekanini isbotlamoqda (dars jarayonida mustaqillik va vatan mavzusiga oid slaydlar va plakatlar foydalaniladi).III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)MANGULIKKA TATIGULIK KUNSafar Barnoyev1991- yil 31- avgust O'zbekistonimiz uchun asrga tati-gulik kun bo'ldi. Shu kundan boshlab O'zbekiston zaminida mardona «Mustaqillik» so'zi tilimizga ko'chdi, ongimiz, tilimizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi.O'tgan davr mobaynida yoshi ulug'lar ham, yoshi kichiklar ham qayta tug'ildi. Bobomiz sohibqiron Amir Temurni tanidik. Shoh va shoir, sarkarda Bobur Mirzoning ruhini shod etdik. Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziy, Bahovuddin Naqshbandiy, Abdulxoliq G'ijduvoniy, Xoja Ali Romitaniy, Burhoniddin Marg'inoniy kabi yuzlab ajdodlari-mizni bilib oldik.Istiqlolga erishgach, qisqa muddat ichida O'zbekiston dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga chiqib oldi. Bunda mashinasozlik, samolyotsozlik kabi sanoat tarmoqlari, yer osti qazilma boyliklari, qishloq xo'jaligi katta ahamiyat kasb etadi.O'tgan yillar ichida O'zbekiston o'z bug'doy zaxirasiga ega bo'l-di. «0'zbekiston bug'doyi» degan so'zlar til boyligimizdan mustahkam o'rin egalladi. Toshkent, Buxoro, Xiva hamda Samarqand-dagi tarixiy obidalarga e'tibor kuchaydi.Bugun qishloqlarimizga sanoat kirib bormoqda. Dunyoning eng so'nggi texnikasi O'zbekistonga ko'chib kelmoqda. Uning haqiqiy egalari, boshqaruvchilari sizlar bo'lasizlar, aziz o'quvchilar! Bugungi ishlar, qurilishlar siz — bolalarga abadiy mulk bo'lib qoladi.O'zbekiston atalmish gullagan diyorning yer-mulk egalari har jihatdan o'qimishli, hunarmand, haq-huquqlarini biladigan bo'lib yetishishlari zarur. Zero, mustaqil respublikamiz bolalarining ilm olish va hunar egallashlari uchun dunyo darvozalari keng ochib berildi.IV. Mustahkamlash.(5 daqiqa)Savol- javob o’tkazaman. 1. Nima uchun 1991- yilning 31- avgustini asrga tatigulik kun deymiz?2. Mustaqillik qaytarib bergan allomalardan kimlarni bilasiz?3. O'zbekistonning haqiqiy egalari kimlar? Siz kelajakda kim bo'lish niyatidasiz?V. Dars yakuni. O’quvchilar bilimi baholanadi. (8 daqiqa)VI. Uyga vazifa: matnni o’qib kelish. (2 daqiqa)

Page 3: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

2-darsMavzu: Iqboli buyuksan.

Darsning asosiy maqsadi: She’rda insonning ota-ona oldidagi farzandlik burchining vatan oldidagi burchi bilan uyg‘unligi. Yosh avlodning har jihatdan kamol topishi kerakligini o`quvchiga o`rgatish.Darsning ta’limiy maqsadi: Mustaqillik, istiqlolning Vatanimiz, xalqimiz hayotida muhim tarixiy voqea ekanligi, erkimiz qo'lga kiritilgach, erishgan yutuqlarimiz, buyuk o'zgarishlar haqida atroflicha tushuncha berish. Matn mazmuni bilan tanishtirish. Tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, mavzuga oid keng qamrovli bilimlar berish. Yosh avlodni ona Vataniga munosib o'g'il-qizlar bo'lib kamol topishiga hissa qo'shish.Rivojlantiruvchi maqsadi: Og'zaki va yozma nutqini o'stirish, malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish.Tayanch kompetentsiyalar: TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, kompьyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish;TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:badiiy adabiyotda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash; Fanga oid kompetensiyalar: FK1: she’rning audio matnini tinglab tushuna olish; uni ongli, ifodali, o`qiy olish;Dars turi: Noan'anaviy, musobaqa.Darsning jihozi: «klasterlar», mavzuga oid testlar, rasmli ko’rgazmalar, plakat va bukletlar.Darsning borishi:Tashkiliy qism: (3 daqiqa)a) O’quvchilar bilan salomlashish; b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;c) Davomatni aniqlash; II. O’tgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa). a) O’quvchilar Vatan haqida maqollar aytadi. Vatan ahqida she’rlar aytishadi.

Test sinovi.1. O'zbekiston Respublikasi qachon mustaqil bo'ldi?a) 1991 yil 1 sentabr.b) 1992 yil 1 sentabr.s) 1991 yil 12 oktabr.2. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon tasdiqlangan?a) 1992 yil 8 dekabr.b) 1992 yil 10 oktabr. s) 1992 yil 2 dekabr.3. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qachon tasdiqlangan?a) 1991 yil 2 iyul.b) 1992 yil 2 iyul.

Page 4: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

s) 1991 yil 10 noyabr.III.Yangi mavzu bayoni. (17 daqiqa) IQBOLI BUYUKSAN Abdulla OripovAvvalo rahmatdir Onaga, So'ng esa albatta Otaga.Bizlarga eslatmish hayotni, Unutmang hech qachon ustozni.Sen o'zbek elining farzandi, Istiqlol yurtining dilbandi...Vataning g'oyatda keng erur, Barchaga barobar, teng erur.Mehnatda qotsa ham suyaging, Hech yerga tegmasin kuraging.Chiniqtir mayliga sen tanni,Unutma va lekin Vatanni.Bolajon, sen doim suyuksan, Bilib qo'y, iqboli buyuksan!IV. Mustahkamlash. (6 daqiqa)1. Ota-onalarni e'zozlashingizning sababi nimada?2. Ota bilan Vatan tushunchalari nima uchun qiyoslanadi?3. Shoir o'gitlari mazmunini ayting.V. Dars yakuni . O’quvchilar bilimi baholanadi. (7 daqiqa)VI. Uyga vazifa: matnni o’qish. (2 daqiqa)

Page 5: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

3- dars. Mavzu: Qodir boboning orzusi

Darsning maqsad va vazifalariMaqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, lug'at boyligini oshirish. Tarbiyaviy: Vatanning o'tmishi, shu Vatanda yashagan, uni e'zozlagan buyuk insonlar haqida ma'lumot berish orqali vatanni muqaddas bilish va u bilan faxrlanish hissini, Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish, e'tiqodni mustahkamlash. Ravon to'g'ri, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, Lug'at boyligini rivojlantirish.Tayanch kompetentsiyalar: TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, kompьyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish;TK3 O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:o‘qib-o‘rganib borish orqali bilimini oshirib borish.FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish;Kutilayotgan natijaDars yakunida o'quvchilar Vatanning o'tmishi, uning buyuk shaxslari haqidagi tushunchaga ega bo'ladilar. To'g'ri, ifodali o'qish malakalari takomillashadi.Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt

1-bosqich Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

«Savol- javob»

2 daqiqa

2-bosqich. (Refleksiya) ehtiyojlarni aniqlash

Dars shiori ishlab chiqiladi. Dars davomida rioya qilish lozim bo'lgan qoidalar belgilanadi.

munozara 2 daqiqa

3-bosqich. Darsning borishi.

1. O'tgan darsni so'rab baholash2. Yangi mavzuning bayoni, uni o'qishga tayyorgarlik.3. Hikoya muallifi haqida suhbat. Hikoyani o'qituvchi ifodali o'qib beradi.4. Hikoya yuzasidan suhbat.5. Lug'at ishi.6. O'quvchilarga o'qitish. Qismlarga bo'lib o'qitiladi va qayta hikoyalanadi.7. Tez o'qish musobaqasi.

8. Topshiriq bilan o'qitish:

Muammoliizlanish.Ifodalio'qishsuhbatsuhbat isohli o'qish musobaqaIfodali o'qish musobaqa

4 daqiqa3 daqiqa

3 daqiqa

2 daqiqa 4 daqiqa 4 daqiqa

6 daqiqa 2 daqiqa

4-bosqich. Hikoya yuzasidan savol-javob Suhbat 3 daqiqa

Page 6: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

Mustahkamlash uyushtirish.She’riy topshiriqqa javob berish

musobaqa2 daqiqa

5-bosqich. Baholash.Darsni yakunlash

Krossvord yechishO'quvchilar reytinggi e'lon qilinadi.Darslikdagi savollar asosida dars yakunlanadi.

Musobaqa 2 daqiqa3 daqiqa

3 daqiqa6-bosqich. Uyga vazifa. Matnni o'qib, mazmunini

aytib berishga tayyorlanish.tushuntirish 2 daqiqa

Darsning borishi:I.Tashkiliy qismII. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

QODIR BOBONING ORZUSI To'lqin Xayit«Kasbini kim egallarkin?» Keyingi kunlarda shu o'y Qodir boboni xiyla o'ylantirib qo'ydi. Bu yil saksonga to'ladi, umr oqar daryo, ko'z ochib yumguncha, shu yoshga yetib qoldi. Ozod Vatanda, mustaqil yurtda shukronalik bilan qariyalik gashtini suryapti-yu, ammo birgina shu o'y unga tinchlik bermaydi.Asaka shahrida yengil mashinalar ishlab chiqarish zavodi qurila boshlaganida, hali ancha tetik, baquvvat, bardam edi.Zavq-shavqqa to'lgan holda yeng shimarib, birinchilar qatori ishga keldi. Endi bizning ham o'z avtomobillarimiz bo'ladi, degan shirin o'y unga qanot bag'ishlab, bir quvonchiga o'n quvonch qo'shdi. Birinchi o'zbek avtomobillari -«Tiko», «Damas», «Neksiya»larning zavoddan turna qator chiqayotganini ko'rganda esa o'zini dunyoda eng baxtli odamdek his etgani esida. Mustaqillik shunday imkoniyat va quvonch berganidan juda-juda mamnun edi.U rasm chizayotgan nevarasiga qaradi. Ishini kirn davom ettiradi endi? Katta o'g'li iqtisod yo'lidan ketdi, ikki qizi - o'qituvchi. Yana bitta o'g'li bo'lganda, balki ota kasbini egallarmidi?! Odam degani qariganida ham xotirjam yasholmas ekan-da...U beixtiyor nevarasi tomon egildi.— Nimalarning rasmini chizyapsan, Po'latjon?— O'zimizning mashinalarni! Mana bunisi - «Neksiya», bunisi - «Matiz»!Qodir boboning tomog'idan bir narsa sirg'alib o'tdi.— «Kasbimni shu nevaram egallarmikan?!» - deya o'ylarkan, qog'ozdagi rasmlarga qarab yuragi yana entikdi.— O'xshabdi! Chiroyli chizibsan!— Siz ham shunaqa mashinalar chizganmisiz, bobojon?Qodir bobo horg'in nafas oldi:—Yo'q, bolam, men bunaqa rasmlar chizmaganman. Yoshlik paytim ocharchilik yillariga to'g'ri kelgan. Bir burda non topish ilinjida erta-yu kech mehnat qilganman! - U gapni boshqa yoqqa burdi.— Bu rasmlarni nima uchun chizding, bolam?— Katta bo'lsam, bobojon, zo'r mashinalar yasayman!Qodir bobo, yuragi go'yoki o'z qolipiga tushgandek, birdan xotirjam tortdi. Kutgani shu emasmidi?! U beixtiyor nevarasini bag'riga bosib, yuz-ko'zlaridan o'pdi.— Yasha, bolam! Kelgusida shunday zo'r mashinalar yasa-ginki, hamma qoyil qolsin!

Page 7: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

— Bobo, yangi chiqqan mashinaning nomi nimaydi?— «Spark», bolam, «Spark»!— Meniki «Samo» bo'ladi, bobojon!Qodir bobo uni bag'riga yanada mahkamroq bosdi.— Orzuga ayb yo'q, bolam, «yaxshi niyat - yarim davlat!»O'zbekning zo'r mashina ixtirochisi bo'lgin! Sen yaratgan mashinalar butun dunyo odamlariga xizmat qilsin!— Meni Asaka zavodiga olib boring, bobojon!— Bo'pti, ta'tilga chiqqaningda, senga zavodni ko'rsa-taman. Ungacha «besh»larni ko'paytiraver!Po'latjon shu kunlarda a'lo baholarga o'qib, tezroq ta'tilga chiqishni kutmoqda.IV. Mustahkamlash. Savol-javob o’tkazaman.1. O'zbekistonda qanday avtomobillar ishlab chiqariladi?2. Ularning boshqa avtomobillardan farqi nimada?3. Vatanimiz mustaqilligi bayramini nima uchun nishonlaymiz?4. O'zbekistonning gerbi va bayrog'ida nimalar tasvirlangan?5. O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini yodlaganmisiz? Undagi «Serquyosh», «hur o'lka», «elga baxt, najot» kabi so'z va iboralarning ma'nosini qanday tushunasiz?6. «O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat» deganda nimalarni tushunasiz?7. Mustaqillik o'zbek xalqiga qanday erkinliklar berdi?V. Dars yakuni . O’quvchilar bilimi baholanadi. VI. Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash.

Page 8: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

4- dars Mavzu: Istiqlol bolalari . D. Rajab

Mavzuning qisqacha ta`rifi: Isiqlol bolalari – quvnoq o‘g‘il-qizlarning jo‘shib kuylanishi. A’lo o‘qish – Vatanning kelajagi, ishonchi va quvonchi ekanligiDarsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: Тinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish kompetentsiyalarib) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad:, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, fan va tеxnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanishni tarbiyalash;Tayanch kompetentsiyalar: TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, kompьyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish;

kerakli axborotlarni kutubxonadagi adabiyotlardan qidirib topa olish.TK3 O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

turli yo‘nalishdagi (ertak, sarguzasht, hikoya va san’atga doir) kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish;

yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarga rioya qilish;FK2 Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:

matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna oladi;

Dars usuli: Darslik bilan ishlash , savol-javob, suhbatI. Tashkiliy qism (4 daqiqa) O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

II. Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash (4 daqiqa)Dars davomida rioya qilish lozim bo'lgan qoidalar belgilanadi. Dars shiori ishlab chiqiladi.III. Darsning borishi (18 daqiqa) 1. Kirish. Davlat madhiyasi, Davlat bayrog'i va konstitutsiya kitobi ko'rsatiladi.2. Darslik bilan tanishtirish.3. She’rni o'qishga tayyorgarlik. She’r va uning muallifi bilan tanishtirish. Istiqlol bolalariIstiqloldan bahra olganYurt mehrini dilga solgan,Shodlik kuyin baland chalgan,Biz bolalar, biz bolalarQuvnoq o’g’il-qizlarmiz.

Vatan –ozod, Vatan- obod,Kelajakka boramiz shod,Shodon avlod –sog’lom avlod,Biz bolalar, biz bolalar,Quvnoq o’g’il-qizlarmiz.

IV.Mustahkamlash. (10 daqiqa)She’rni ifodali o’qittiraman.Savol- javob o’tkazaman.

Page 9: maktabim.uz o`qish(namuna)_maktabim... · Web viewMana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib

1. Shoirning bolalar nomidan jo’shib kuylashining sababi nimada deb o’ylaysiz?2. She’rning “Istiqlol bolalari” deb nomlanishini qanday tushunasiz?V. Dars yakuni . O’quvchilar bilimi baholanadi. ( 7 daqiqa)VI. Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash. (2 daqiqa)

5- dars 1-NI.” Iqboli buyuksan” she’rini yoddan aytish

1-NIMavzu: “Iqboli buyuksan” she’rini yoddan aytishMaqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.Nazorat shakli: She’rni yoddan aytishIQBOLI BUYUKSANAbdulla OripovAvvalo rahmatdir Onaga, So'ng esa albatta Otaga.Bizlarga eslatmish hayotni, Unutmang hech qachon ustozni.Sen o'zbek elining farzandi, Istiqlol yurtining dilbandi...Vataning g'oyatda keng erur, Barchaga barobar, teng erur.Mehnatda qotsa ham suyaging, Hech yerga tegmasin kuraging.Chiniqtir mayliga sen tanni,Unutma va lekin Vatanni.Bolajon, sen doim suyuksan, Bilib qo'y, iqboli buyuksan!

Uyga vazifa: takrorlash

Hamkorlik va takliflar yuzasidan biz bilan bog’laning

Bizning rasmiy sayt: maktabim.uzHamkor sayt: azamat.moy.suTelegram manzilimiz: @maktabimuzAdmin bilan aloqa: @ziyokor