oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsusdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · tadqiqot...

64
1 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI “BOSHLANGʻICH TA’LIM NAZARIYASI VA METODIKASI” KAFEDRASI 405-BT va STI guruhi talabasi Amanboyeva Mohira Murat qizi 5111700- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olish uchun Mavzu: “Boshlangʻich sinf oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish metodikasi (1-sinf misolida)Ilmiy rahbar: f.f.n. A.Atajonova Urganch- 2015-yil

Upload: others

Post on 05-Jan-2020

80 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI

“BOSHLANGʻICH TA’LIM NAZARIYASI VA METODIKASI”

KAFEDRASI

405-BT va STI guruhi talabasi Amanboyeva Mohira Murat qizi

5111700- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yoʻnalishi

boʻyicha

bakalavr darajasini olish uchun

Mavzu: “Boshlangʻich sinf oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish

metodikasi (1-sinf misolida)”

Ilmiy rahbar: f.f.n. A.Atajonova

Urganch- 2015-yil

Page 2: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

2

MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………. 3

I bob

1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturining mazmun -mundarijasi va

1-sinf oʻquvchilari oʻzlashtirishi zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar

1.1.1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi va undagi oʻquvchilar

oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar……………… 7

1.2.1-sinf oʻqish darslarining maqsad-vazifalari va “Oʻqish kitobi”

darsligining mundarijasi………………………………………………………… 14

II bob

1-sinf oʻqish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirish va

ularni tashkil qilish yoʻllari.

2.1. 1-sinf oʻqish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida

loyihalash………………………………………………………………………. 19

2.2. 1-sinf oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllari………… 26

2.3. Umumlashtiruvchi darslar va ularni ilgʻor pedagogik texnologiyalar

asosida tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish……………………. 47

Xulosa……………………………………………………………………. 61

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….. 63

Page 3: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

3

Kirish

Mavzuning dolzarbligi va oʻrganilishi. Mustaqil Oʻzbekistonda ma’naviy

barkamol va sogʻlom avlodni voyaga yetkazish, ularning oʻz ijodiy va intellektual

salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlat mavjud. Bu borada

yurtimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim toʻgʻrisida”gi va

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilab berilgan vazifalar asosida ta’lim-

tarbiya ishlarida juda katta ishlar amalga oshirildi va oshrilmoqda.

“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta’lim

sohasida olib boriladigan ishlarning mazmuni va istiqbolini belgilab berdi.1 Bular

asosida Davlat ta’lim standarti, dasturlar va darsliklarning yangi avlodlari yaratildi.

Ta’limda rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanilmoqda. Yurtboshimiz

ta’kidlaganlaridek, tobora kuchayib borayotgan raqobat asrida faqat chuqur

islohotlar va modernizatsiya yoʻlidan tinimsiz va qat’iyat bilan rivojlanib borish

natijasida oʻz oldimizga qoʻygan istiqbolli maqsadlarga – taraqqiy topgan, farovon

yashayotgan demoʻratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot

darajasini ta’minlashga erisha olamiz.2

Uzluksiz ta’limning asosiy boʻgʻinlaridan biri boshlangʻich ta’lim “Ta’lim

toʻgʻrisida” gi qonunni hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi.

Boshlangʻich ta’limda ona tili ta’lim sohasi bolalarning tafakkur qilish

faoliyatlarini kengaytirishi, erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz

fiklarini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan

erkin muloqotda boʻla olish koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat

qiladi. Bu oʻrinda ona tili ta’limiga oʻquv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini

1 O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni // Barkamol avlod- O`zbekiston

taraqqiyotining poydevori.- Toshkent: “Sharq” nashriyot- matbaa konsernining Bosh tahririyati,

1998; O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” // Barkamol avlod-

O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent: “Sharq” nashriyot- matbaa konsernining

Bosh tahririyati, 1998.

2 Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish –

taraqqiyotimizning muhim omilidir.- Toshkent, 2010. 4-bet.

Page 4: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

4

uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi.3

Ona tili ta’limi boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish darslarini oʻz ichiga

oladi. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida oʻquvchilar tabiat, jamiyat, unda

yashovchi kishilar hayoti haqida, ularning oʻtmishi, hozirgi yashash hayoti

hamda mashhur kishilar toʻgʻrisida bilib oladilar. Ularga tabiat, ob-havo,

boyliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar haqida bilimlar beriladi. Bilim olish

jarayonida munosabat uygʻotiladi. Bilim berish bilan oʻquvchi shaxsi ham

tarbiyalanib boriladi. Sinfda oʻqish darslariga ta'lim-tarbiya vazifalari kompleks

ravishda hal qilinadi. Shuningdek, oʻquvchlarning ijobiy sifatlari shakllanadi,

ular aqliy va estetik jihatdan kamol topadilar. Mustaqil ravishda bilim olish

asoslarini egallaydilar.

Har qanday jamiyatning kelajagi albatta yoshlar qoʻlida. Shunday ekan, yosh

avlodga boshlangʻich sinflardnoq toʻgʻri ta’lim-tarbiya berish masalasi hamisha

dolzarb masala boʻlib qolaveradi.

Bugungi globallashuv davrida boshlangʻich ta’limdagi darslarni zamon

talabalaridan kelib chiqqan holda tashkil etish, ularni zamonaviy pedagogik

texnologiyalar asosida loyihalashtirish metodikaning muhim vazifalaridan

sanaladi. Bu borada ona tili oʻqitish metodikasida koʻplab fikrlar aytilgan,

tadqiqotlar olib borilgan va borilmoqda. Xususan, darslik va metodik

qoʻllanmalarda, shuningdek, oʻqituvchi metodik qoʻllanmalarida har bir sinf oʻqish

darslarini tashkil qilish yoʻllari belgilangan. Masalan, 1-sinflar uchun oʻqituvchi

metodik qoʻllanmasi 2005-yilda, qayta ishlangan ikkinchi nashri 2011-yilda nashr

qilingan.4

Birinchi nashr haqida M.Xalilov, Z.Isaqov va F.Husainovalarning “1-sinfda

oʻqish darslari” maqolasi chop qilinib, unda metodik qoʻllanmaning yutuq va

kamchiliklari tahlil qilib berilgan. 5

3 Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o`quv dasturi.- Toshkent, 2010, 12-bet. 4 G`affaorova T., G`ulomova X.o`qish darslari.1-sinf .O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma.- Toshkent:

“Tafakkur”, 2011. 5 Xalilov M.,.Isaqov Z., Husainova F. 1-sinfda o`qish darslari// Boshlang`ich ta’lim, 2005, 1-son,

10-11-betlar.

Page 5: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

5

Jamiyat taraqqiy etgani sari ta’lim oldidagi vazifalar ham oʻzgarib

boraveradi. Shunday ekan, bugungi kun talabalaridan kelib chiqqan holda 1-sinf

oʻqish darslarini samarali tashkil qilish dolzarb masala boʻlib qolaveradi. Shu

nuqtai nazardan mazkur bitiruv malakaviy ish mavzusi dolzarbligi bilan ajralib

turadi.

Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish,

ularni pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash va tashkil qilish yoʻllari tadqiq

qilishdir.

Tadqiqot obyekti 1-sinf oʻʻqish darslarini loyihalash va samarali tashkil

qilish.

Tadqiqot predmeti: 1-sinfda oʻqish darslarini tashkil qilish yoʻllari.

Tadqiqot vazifalari:

- 1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi mazmun-mohiyatini

yoritish;

- 1-sinf oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan

dastur talablarini koʻrsatish;

- 1-sinf “Oʻqish kitobi” darsligining mundarijasini oʻrganish;

- 1-sinf oʻqish darslarini loyihalash va ularni tashkil qilish yoʻllarini

belgilash;

- 1-sinf oʻqish darslarini ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida

tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish omillarini tahlil qilish.

Tadqiqot metodlari. analiz va sintez, taqqoslash va umumlashtirish,

pedagogik kuzatish va mavzuga doir mavjud adabiyotlarni tahlil qilish.

Tadqiqotning metodologik asosi. Oʻzbekiston Respublikasida qabul

qilingan “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”,

“Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi”, “Boshlangʻich ta’lim DTS va oʻquv dasturi”,

shuningdek, ta’lim-tarbiya sohasida qabul qilingan qaror va farmonlar,

I.A.Karimovning asarlari hamda ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari, mavzuga doir

ilmiy-metodik adabiyotlar.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

Page 6: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

6

- 1-sinf oʻqish darslarining oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib berildi;

- 1-sinf oʻqish darslarini loyihalash yoʻllari belgilandi;

- 1-sinf oʻqish darslarini samarali tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllari

belgilandi;

- 1-sinf oʻqish darslarini ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida

tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish omillari koʻrsatildi.

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.

1-sinf oʻqish darslarining maqsad va vazifalari, uni tashkil etish va

oʻqitish texnologiyasi oʻrganib chiqildi. 1-sinf oʻqish darslarining ishlanmalari

ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalaridan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, va

pedagogika oliy oʻquv yurtlarining boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi talabalari

foydalanishi mumkin.

Tadqiqotning tuzilishi: Ish kirish, II bob, 5 qism, xulosa va

foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Uning hajmi 65 sahifani tashkil

qiladi.

Page 7: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

7

I bob

1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturining mazmun -mundarijasi va

1-sinf oʻquvchilari oʻzlashtirishi zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar

1.1.1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi va undagi oʻquvchilar

oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar

Boshlangʻich sinflarda oʻquvchining kelajakdagi taraqiyotini belgilab

beruvchi ruhiy, ta’limiy asoslar qoʻyiladi. Bu koʻp jihatdan 1-sinf oʻqish

darslarining maqsad-vazifalari bilan ham bogʻliq boʻladi. Hozirda ta’lim va

tarbiyaning yangicha mazmuni: oʻquvchilarning yanada ongini oshirish; oʻquv-

tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish; oʻqitish metodlarini hozirgi kun

talablari darajasiga koʻtarish; bolalarning bilim qobiliyatlarini yuqori darajada

rivojlantirish; berilgan bilim va koʻnikmalarning ongli, puxta oʻzlashtirilishiga

erishish; oʻquvchilarning mustaqil aqliy mehnat koʻnikmalarini oʻstira borish kabi

vazifalarni koʻzda tutadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ta’lim-tarbiya

berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi oʻqish mashgʻulotlari orqali amalga

oshiriladi. Oʻqish va nutq oʻstirish darslari jarayonida DTS belgilagan mavzular

asosida oʻquvchilarga muayyan bilim beriladi. Oʻqish koʻnikmalarini

takomillashtira borish bilan bir qatorda oʻquvchilarni barkamol yetuk inson ruhida

tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazda boʻladi. Boshlangʻich ta’limda oʻqish va

nutq oʻstirish dasturining maqsad va vazifalariga koʻra oʻqish mashgʻulotlari orqali

oʻquvchilar toʻgʻri, ongli, ravon, tez va ifodali oʻqishga oʻrgatiladi. Bolalar bu

jarayonda kitob bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻla boradilar va ularga kitobga

muhabbat tuygʻusi uygʻotiladi.

Oʻquvchilar ongida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvur

va tushunchalarini toʻgʻri shakllantirish uchun ularning yoshi va bilim saviyasi

hisobga olinishi talab etiladi.

Oʻqish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Oʻqishni bilmagan odamning

koʻzi ojiz kishidan farqi yoʻq. Oʻqish faoliyati boshlangʻich sinflarda barcha

fanlarda amalga oshiriladi, lekin oʻqishga oʻrgatish oʻqish darslarining asosiy

Page 8: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

8

vazifasidir. Kichik yoshdagi oʻquvchini oʻqishga oʻrgatishda ularning umumiy

rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. Oʻquv materialining hajmini

oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi oʻqishni tashkil etish bolani oʻqish

mashgʻulotidan bezdiradi.

Oʻquvchilarni qiziqarli topshiriqlar, didaktik oʻyinlar asosida oʻqitish

oʻqishga oʻyin tusini beradi. Bola oʻynab charchamagandek, oʻqib charchaganini

sezmaydi.

1-sinfda oʻqish darslari bir qancha vazifalarni bajaradi. Xususan, u bola

oʻqish texnikasini egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasini oshirish,

ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish, toʻgʻri talaffuz etishni oʻrgatish lozim

boʻladi.

Dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali oʻqitilib, oʻquvchidagi koʻnikma,

malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy koʻrsatkich – oʻqish tezligi, ravon oʻqiy olish,

bir daqiqada nechta soʻz oʻqiy olishi belgilanadi.

Bola matn mazmunini toʻliq uqib olishi, shuningdek, oʻzgalar nutqini

eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.

Oʻquvchining 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni oʻqib, qayta soʻzlab bera

olishi, oʻzgalar fikrini anglab, uni ogʻzaki bayon qila olish darajasi aniqlanadi.

Mazkur standart mezonlarining oʻzaro uzviy bogʻliqligi (integratsiyasi),

oʻqish, ona tili ta’limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida asosiy omil

hisoblanadi.

Boshlangʻich ta’limda adabiyot ta’limi tarkibidagi oʻqish mazmunining

negizi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

mavzu doirasi: Vatan, vatan oʻtmishi, hozirgi taraqqiyoti, kelajagi buyuk

allomalar, tarixiy shaxslar, xalq qahramonlari, tengdoshlari hayoti, ilm- fan,

ma’rifat, madaniyat, mavsumiy oʻzgarishlar;

janriy xususiyatlari: hikoya, ertak, maqol, topishmoq, doston, tez

aytish, she’r, latifa, lof;

kitob bilan ishlash;

soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish; boʻgʻinlab oʻqishdan ongli, sidirgʻasiga

Page 9: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

9

(tekis), tez, toʻgʻri, ravon va ifodali oʻqishga erishish;

oʻzbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini oʻqish;

yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida toʻlaroq

tushuncha hosil qilish;

badiiy asarlarni sharhli, ifodali oʻqish;

asar mazmuni va voqealari oʻrtasidagi bogʻlanishni, qahramonlarning

fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash;

oʻqigan asarlari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini ogʻzaki va yozma

tarzda izchil ifodalash;

soʻz boyligini oshira borish va nutqida faol qoʻllash;

oʻqigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;

badiiy asarlarni estetik tahlil qilish;

oʻqigan asarlari yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish;

nasriy asar mazmunini toʻliq, qisqartirib, shaxsini oʻzgartirib

hikoyalash;

badiiy asarlarni oʻzaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish.

1-sinf oʻquvchining DTS boʻyicha oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim,

koʻnikma va malakalar quyidagilardan iborat boʻladi.

Bilim:

hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish janrlari;

badiiy asar mazmunini bilish;

asardagi eng qiziqarli lavhalarni bilish

Koʻnikma:

matndagi soʻzlarning ma’nolarini izohlay olish;

matn mazmunini koʻrgazmalar vositasida toʻliq qayta hikoyalay

bilish;

tayyor reja asosida asarni toʻliq qayta hikoyalay olish;

asar qahramonlarining (salbiy va ijobiy) xatti-harakatlarini aniqlash va

baholay olish.

Page 10: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

10

Malaka:

soʻz tarkibida tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish;

soʻzlarni boʻgʻinlab, soʻng sidirgʻa (tekis) oʻqish;

hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, rivoyat, tez aytish janrlaridagi

asarlarni ifodali oʻqish;

bir daqiqada 25-30 soʻzni oʻqish;

oʻqigan asari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirish;

oʻqilgan asar asosida rasm chizish;

oʻquv yili yakunida 5 ta she’rni yoddan aytib berish. (10. 24.)

Bu bilim, koʻnikma va malakalarni egallash koʻp jihatdan 1-sinf oʻqish

darslarini toʻgʻri tashkil qilishga ham bogʻliqdir. Oʻquvchilar oʻqish darslarida

oʻqilgan asar mazmunini toʻgʻri idroʻ etishlari, bilimlarni mukammal egallashlari,

hayot haqida ma’lum tasavvurga ega boʻlishlari zarur.

1-sinf oʻquv dasturiga koʻra “Oʻqish va nutq oʻstirish” uchun 68 soat

ajratilgan.

Oʻqish mavzusi :

1. Oʻzbekiston — Vatanim manim ( 12 soat )

“Oʻzbekiston -Vatanim manim” boʻlimida bolalarga barcha quvonch-

shodliklar baxsh etuvchi ona maskanimiz - Oʻzbekiston ekani haqida dastlabki

tushunchalar beriladi. Tanlangan asarlar oʻquvchilarda ona Vatan-oldidagi burchi

va mas’uliyatni anglashlarini ta’minlaydi, Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.

Oʻquvchilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar:

1. Vatan - bu... 2. Buyiiklar vatani. 3. Oʻzbekiston askarlari. 4. Ota rozi -

Vatan rozi. 5. Suv - shifo. 6. Qish. 7. Oy allasi. 8. Charxpalak.

2. Biz — buyuklar avlodi ( 11 soat )

“Biz — buyuklar avlodi” boʻlimida xalqimiz orasidan chiqqan ulugʻ

allomalar hayotiga bagʻishlangan asarlar misolida milliy qadriyatlarimiz yuzasidan

tushuncha bcriladi. Oʻquvchilar xotirasiz kelajakning boʻlmasligi haqida elementar

tasavvurga ega boladilar.

Page 11: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

11

Oʻquvchilaming sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar:

1. Amir Temur. 2. Rivoyat. 3.Gʻazal mulkining sultoni. 4.Alisherning

yoshligi. 5.Non isi. 6.Abu Ali Ibn Sino. 7.Kitobga mehr. 8.Buyuk

munajjim.9.UIugʻbek bobom. 10.Shoh va slioir. 11 .Ona sabogʻi.

3. Koʻklam -yashnaydi olam (9 soat)

“Koʻklam - yashnaydi olam” boʻlimida fasllar kelinchagi, yashash-

yasharish faslining oʻziga xos xususiyatlari, inson liayoti va uning tabiatga ta’siri

haqida hikoya qilingan asarlar о`rin olgan.

Oʻquvcliilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar:

l. Bailor. 2.Lola. З.Оnа allasi. 4.Mehribon oyijonim. 5.Bekinmachoq.

6.Qushcha. 7. Quyoshdan erta turib. 8.Navroʻz bayrami. 9.Navroʻz.

4. Ilm - aql chirogʻi ( 9 soat)

“Ilm - aql chirogʻi” boʻlimiga kiritilgan badiiy asarlarni oʻqish bolalarga

kitobning inson hayotidagi ahamiyati, ilm olish aqliy tafakkur, ma’naviy kamolot

taraqqiyotiga ta’sir qilishi haqida tasavvur hosil qilishlariga yordam beradi.

Oʻquvchilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar:

1. Maktab — oftob qoʻshigʻi. 2. Kitobni asrang. 3.Kitob - mening

doʻstimsan.

1. Kompyuter. S.Yaxshi niyat. 6.Toshbaqa va quyon.

2. Xalq oʻgiti — baxt kaliti (9 soat)

“Xalq oʻgiti - baxt kaliti” boʻlimiga bolalar qalbiga ona allasi bilan kirib

kelgan ogʻzaki ijod namunalari kiritilgan boʻlib, ezgulik, toʻgʻri soʻzlik, sofdillik,

nafosat, doʻstlik, oʻrtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi.

Oʻquvchilaming sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar:

I. Sher va sichqon. 2. Maymun va duradgor. 3. Rostgoʻy bola. 4.Laylak kcldi

- yoz boʻldi. 5.Latitalar.

6. Odob -insonga husn (8 soat)

“Odob - insonga husn” boʻlimiga kiritilgan asarlar fahm-farosat, hayo va odob,

qanoat kabilar insonning ma'naviy-axloqiy qiyofasini belgilovchi asosiy omiliar

ekani yuzasidan ilk tushunchatar berishga moʻljallangan.

Page 12: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

12

oʻquvchilaming sinfda va mustaqil oʻqishlari iozim boʻlgan asarlar:

I. Odob va odob. 2. Odob. 3. Kapalak. 4. Maslahat. 5. Ochkoʻz sichqon. 6. Dil

soʻzlari. 7.Chiroyli salom.

7. Mehnatning tagi — rohat (10 soat)

“Mehnatning tagi-rohat” boʻlimida mehnat tufayli inson baxtga erishishi, ona

yerning insonlar mehnati tufayli boylik manbaiga aylanishi haqidagi tushunchalar

tarkib toptiriladi.

Oʻquvchilammg sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar

I. Aqlli bogʻbon. 2. Soqi bilan onasi. 3. Yer nima der? 4. Tugma. 5. Maqtanchoq

gʻoz. 6. Hakka va uning bolalari. 7. Ona yer. 8. Yurak.

Oʻqish koʻnikmasi:

oʻquv yilining ikkinchi yarmidan ongli, toʻgʻri va boʻgʻinlab sidirgʻa oʻqishga

oʻrgatish; sodda soʻzlami boʻgʻinlab tekis oʻqish; gaplami ohangiga, toʻxtamlariga,

tinish belgilariga rioya qilib, qiroat bilan oʻqish.

Buning uchun tayyorgarlik ishlari oʻtkaziladi.

Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:

1. Oʻquvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi

tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idroʻ qilishga ta’sir etadigan yangi

ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan voqea-hodisalarni oʻquvchilar oʻz

hayotlarida kuzatganlari bilan bogʻlay olishlariga sharoit yaratish. Buning uchun

qoʻllanmaning metodik maslahatlar qismidan foydalanish yaxshi samara beradi.

2. Yozuvchining hayoti bilan elementlar tarzida tanishtirish, yozuvchiga,

uning hayotiga, ijodiy qiziqish uygʻotish.

3. Oʻquvchilarni asarni emotsional idroʻ etishga tayyorlash.

4. Asar mazmunini tushunishga murakkablik qiladigan soʻzlarning lugʻaviy

ma’nolarini tushuntirishdan iborat.

Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil boʻlib, oʻqituvchi asar mazmuni

va shakliga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa

ajratiladi.

Page 13: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

13

Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bagʻishlangan yoʻi ishlab

chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga doir mavzular oʻrganilganda

foydalanish mumkin. Chunonchi, “Ulkan hovuz”, “Bahor”, “Navroʻz bayrami”,

“Kompyuter”, “Qish”, Amir Temur, Alisher Navoiyga bagʻishlangan materiallarni

oʻrganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya uchun reja

beriladi va matn oʻrganilishidan kamida bir hafta oldin oʻquvchilarga e’lon qilinadi

Film namoyish qilish. Ba’zi matnlarni oʻrganishdan oldin oʻquv materialiga

doir film namoyish qilinsa, oʻquvchilarning asarni idroʻ qilishlari faollashadi.

Hozir oʻquv filmlari yetarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish mumkin.

Oʻqituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot berishda u eng

samarali metod hisoblanadi. Biror shoirnin she’rini ifodali oʻqish, hikoya, ertakni

ta’sirli bayon etishda uning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular

haqida qisqacha ma’lumot berilsa, oʻquvchilarning asarni oʻqishga qiziqishlari

ortadi. Tayyorgarlik davridan soʻng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning

asosiy vazifasi matnni yaxlit idroʻ etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan,

uning syujet chizigʻi bilan tanishtirish, asarning emotsional ta’sirini aniqlashdir.

Matn ifodali oʻqib beriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga umumiy

taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.

Hikoyaning qaysi oʻrni sizga yoqdi?

Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?

Siz asar qahramoni oʻrnida boʻlishni istarmidingiz?

Hikoya oʻqilganda siz qaysi oʻrinda juda xursand boʻldingiz? kabi savollar

beriladi.

Oʻquvchilarning borliq, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, bilimlarini

ma’lum bir tizimga solish va boyitish, dunyoqarashini shakllantirish kabi vazifalar

bajariladi.

Boʻgʻin tuzilishi murakkab boʻlmagan soʻzlarni boʻgʻinlab toʻgʻri oʻqish.

Bolalar hayoti bilan bogʻliq bir boʻgʻinli, ikki boʻgʻinli soʻzlarni bir tekis

oʻqishlariga erishish. Buning uchun oʻqituvchi oʻqiladigan asar matnini oʻrganish

jarayonida oʻqilishi qiyin oʻrinlarni belgilashi va oʻqishni differensial usulda

Page 14: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

14

tashkil etishi, ya’ni oʻqilishi qiyinroq oʻrinlarni yaxshiroq oʻqiydigan

oʻquvchilarga, oson oʻqiladigan oʻrinlarni oʻqish malakasi boʻsh oʻquvchilarga

oʻqitishni moʻljallashi lozim.

Boʻgʻin tuzilishi murakkab soʻzlarni kartonga solib yoʻi xattaxtaga

boʻgʻinlarga boʻlib yozish, joʻr oʻqitish usulidan foydalanish, soʻz ma’nosini

izohlash yoʻli bilan toʻgʻri oʻqishni amalga oshirish kerak.(8.8.)

1-sinfda oʻqishning ovoz chiqarib, ba’zan shivirlab oʻqish turidan

foydalanish ta’lab etiladi. Chunki oʻqituvchi oʻquvchilarning toʻgʻri oʻqishini

hisobga olish va toʻgʻirlash imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, 1-sinf oʻqish darslarining asosiy vazifalari

quyidagilardan iborat:

1. Toʻgʻri, tez, ongli va ifodali oʻqishga oʻrganish. Oʻqish malakalarini

takomillashtirish.

2. Oʻqish darslarida oʻquvchilarni axloqiy tarbiyalash va bilimni

rivojlantirish vazifalarini aniq belgilash, dunyoqarashni shakllantirish. Shuning

bilan birga ekologik, estetik, mehnat, iqtisodiy va huquqiy tarbiya berish.

3. Oʻquvchilarda ijodiy tasavvur, nutq va tafakkurni oʻstirish.

4. Qadim – qadimdan ardoqlanib kelingan kitobga mehr – muhabbatni

tarbiyalash, uni e’zozlashga oʻrgatish.

5. Oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrlarini erkin bayon etishga

oʻrgatish.

Koʻrinadiki, 1-sinf oʻqish darslari oʻziga xos xususiyatlari bilan boshqa

sinflardagi oʻqish darslaridan hamda boshqa predmet darslaridan maqsadi,

vazifalari bilan ajralib turar ekan.

1.2. 1-sinf oʻqish darslarining maqsad-vazifalari va “Oʻqish kitobi”

darsligining mundarijasi

Boshlangʻich sinflardagi ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish

faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz

Page 15: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

15

fikrlarini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan

erkin muloqotda boʻla olish koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat

qiladi. Bu oʻrinda ona tili ta’limiga oʻquv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini

uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi.

Ona tili ta’limi standarti koʻrsatkichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan

fikrni anglash va oʻz fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga

oʻrgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.

Boshlangʻich ta’lim bosqichida oʻquvchilarning ona tili ta’limi boʻyicha

tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart

mezon orqali aks ettiriladi: oʻqish texnikasi, oʻzgalar fikrini va matn mazmunini

anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon boʻlib, ona tili

ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va oʻquvchi tomonidan

yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr boʻyicha ta’lim sifatining natijasini

baholashda oʻqituvchi tomonidan quyidagi koʻnikmalarning darajasi aniqlanadi:

- fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;

- mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq va h.k.);

- tavsifning mavzuga muvofiq va mukammal boʻlishi;

- tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalana bilishi;

- imloviy (yozma) savodxon boʻlishi.

1-sinf oʻqish darslari atrof-muhit, insoniy munosabatlar, Vatanning oʻtmishi

va hozirgi kundagi hayoti, unda insonlarning oʻrni haqidagi oʻquvchilar bilimlarni

kengaytiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga

katta ta’sir koʻrsatadi. Natijada oʻquvchilarda ijobiy – axloqiy sifatlar shakllana

boshlaydi, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik hislari rivojlanadi.

1-sinf oʻqish darslari 1-sinf ”Oʻqish kitobi” darsligi asosida tashkil qilinadi.

Darslikning sakkizinchi nashri mualliflari T.Gʻafforova va X.Gʻulomovalar

boʻlib, u 2012 yilda Toshkentda ”Sharq” nashriyot –matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyatida chop qilingan.

Page 16: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

16

1- sinf “Oʻqish kitobi” dagi materiallar tevarak-atrofdagi hayot, kishilarning

oʻzaro munosabatlari respublikamiz kishilari ma’naviy qiyofalari, ularning ona-

Vatan hamda borliq haqidagi tushuncha-tasavvurlarini kengaytirish orqali

bolalarning bilim va koʻnikmalarini har tomonlama taraqqiy ettirish, saviyalarini

kengaytirishni koʻzda tutadi. Shuning uchun ham darslikdagi materiallar mazmuni

bolalarga gʻoyaviy, siyosiy, axloqiy va estetik tarbiya berish; toʻgʻri, tez, ongli va

ifodali oʻqish malakalarini oshirishni koʻzda tutadi. Darslikda berilgan mavzular

ma’lum bir mavzu doirasida birlashtirilgan.

1-sinf ”Oʻqish kitobi” kitobi darsligi oʻz ishiga 7 boʻlimni oladi. Bular:

”Oʻzbekiston – mening Vatanim”, ”Biz – buyuklar avlodi”, ”Koʻklam – yashardi

olam”, ”Ilm – aql chirogʻi”, ”Xalq oʻgiti – baxt kaliti”, ”Odob – insonga husn”,

”Mehnatning tagi rohat”. Shuning bilan birga kitobda mustaqil oʻqish uchun ham

materiallar berilgan. Darslikning har bir boʻlimi ma’lum maqsad asosida tuzilgan.

Birinchi boʻlim ”Oʻzbekiston – mening vatanim” de nomlangan boʻlib, u

oʻquvchilarni vatan tushunchasi bilan tanishtirib, uning qiyosi yoʻqligiga

ishontiradi, uni asrab-avaylashga, u bilan faxrlanishga oʻrgatadi. Shuningdek,

vatanning oʻtmishi va hozirgi kuni haqidagi materiallar ham oʻquvchilarda

vatanparvarlik, vatanga muhabbat hislarini rivojlanishiga ta’sir koʻrsatadi.

Ikkinchi boʻlim esa ”Biz – buyuklar avlodi” deb nomlangan. Bu boʻlimda

oʻquvchilar oʻzbek xalqining buyuk xalq ekanligini, uning donishmand

farzandlarini butun dunyo bilishini oʻrganib, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik

sifatlari tarbiyalanadi. Bu boʻlimda ular millatimiz faxri boʻlgan Amir Temur,

Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Bobur kabi allomalar haqidagi

ma’lumotlar bilan tanishadilar. Ularning hayoti haqidagi rivoyatlarni oʻrganadilar.

Uchinchi boʻlimda oʻquvchilar bahor fasli, unda oʻtadigan bayramlar,

bahorda bajariladigan ishlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishadilar va bu boʻlim

”Koʻklam – yashardi olam” deb atalgan.

Toʻrtinchi boʻlim ”Ilm – aql chirogʻi” deb nomlangan bol`ib, u ilmga,

oʻqishga, kitobga mehrni tarbiyalash maqsadini koʻzlaydi.

Page 17: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

17

Oʻquvchilar bu boʻlimni oʻrganish orqali ilmning inson hayotidagi

ahamiyatini bilib oladilar. Bilimli boʻlish uchun koʻproq oʻqish, oʻrganish

lozimligini anglaydilar.

Beshinchi boʻlim “Xalq oʻgiti – baxt kaliti” deb nomlanib, xalq ogzaki

ijodini oʻrganishga bagʻishlangan, bunda 1-sinf oʻquvchilarining yoshi,

oʻzlashtirish xususiyatlariga mos materiallar tanlangan. Asosiy maqsad

oʻquvchilarda umuminsoniy sifatlarni, milliy qadriyatlarni tarbiyalashga

qaratilgan.

Oltinchi boʻlim- “Odob – insonga husn”. Bu boʻlimda insonning eng goʻzal

fazilatlaridan biri – odoblilik haqida gap boradi. Bu boʻlimni oʻrganish orqali

oʻquvchilar kundalik hayotidagi insoniy munosabatlarni, undagi axloq normalarini,

umuminsoniy sifatlarni bilib, oʻzlashtirib oladilar.

Yettinchi boʻlim esa ”Mehnatning tagi – rohat” deb ataladi. Bunda

oʻquvchilar mehnat insonga baxt keltirishini, insonlar hayotida baxtli yashash

uchun biror kasbni egallashlari zarurligi haqidagi mavzularni oʻrganadilar. Ularda

mehnatga hurmat, mehnatsevarlik, kasb egallashga qiziqish hislari tarbiyalanadi.

Har bir boʻlim soʻngida mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar, turli

boshqotirma va rebuslar berilganki, bular oʻquvchilarda erkin fikrlashni, izlanish

qobiliyatini rivojlantirish bilan birga, ularda oʻqish motivlarini rivojlanishiga

xizmat qiladi.

Oʻqituvchi badiiy matn ustida ishlaganda mavjud savol va topshiriqlardan

foydalanadi. U matnni avval ifodali qilib oʻqib beradi. Keyin matn mazmuni ustida

suhbat uyushtiradi. Bunda oʻqituvchi savollar va tasviriy vositalardan foydalanadi.

Oʻquvchilarning oʻzlariga ovoz chiqarmay oʻqish, mazmunini tushunish

topshiriladi. Keyin navbatma – navbat oʻqitiladi. Lugʻat ustida ishlab, yangi soʻzlar

ma’nosi tushuntiriladi, oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga e’tibor

qaratiladi. Oxirida savol – javob, test, boshqotirma, rebus yechib oʻquvchilar bilimi

umumlashtiriladi, reytingi e’lon qilinadi.

Page 18: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

18

Har bir mavzu oxirida topishmoq, maqol, hikmatli soʻzlar, tez aytishlar

berilgan. Bundan oʻqituvchi har bir darsning mazmuniga qarab foydalanishi

mumkin.

Har bir boʻlim tugashi bilan takrorlash – umumlashtirish darslari oʻtiladi.

Shunga erishish lozimki, bu darslar oʻquvchilar uchun bayram shaklida, qiziqarli

boʻlsin. Chunki bu darsda oʻquvchilarning boʻlimni oʻrganish davomida egallagan

bilimlari umumlashtiriladi va sinaladi. Shuning uchun ham bu darslar ertak dars,

sahna darsi va boshqa shu kabi qiziqarli noan’anaviy dars tarzida oʻtilishi lozim.

Bunday darslarni tashkil etish uchun darslikda turli boshqotirma, rebus va testlar

berilgan. Oʻqituvchi darsga ijodiy yondashib uni yanada boyitishi mumkin.

Page 19: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

19

II bob

1-sinf oʻqish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida

loyihalashtirish va ularni tashkil qilish yoʻllari

2.1. 1-sinf oʻqish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim berishning ilgʻor pedagogik

texnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualarni yaratish va oʻquv-tarbiya

jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash umumiy oʻrta ta’limning asosiy

vazifalaridan biri sifatida koʻrsatilgan. Shu oʻrinda pedagogik texnologiya oʻzi

nima? degan savol tugʻilishi tabiiy. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyaning

ta’riflari juda koʻp.

Pedagogik texnologiyaning YUNESKO tashkiloti ma’qullagan ta’rifi

quyidagicha: “Pedagogik texnologiya bu, ta’lim shakllarini optimallashtirish

maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning oʻzaro ta’sirini

inobatga olib, oʻqitish va bilim oʻzlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash,

yaratish va qoʻllashning tizimli metodidir”.

Darhaqiqat, ilgʻor pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoni unumdorligini

oshiradi, oʻquvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, oʻquvchilarda

bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam oʻzlashtirish, ulardan

amaliyotda erkin foydalanish koʻnikma va malakalarini shakllantiradi.

Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida oʻqituvchi faoliyati

va oʻquvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq

texnologiyasi koʻrsatiladi.6

Pedagogik texnologiyaning muhim xususiyatlari, belgilari quyidagilar:

- ta’lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda oʻquvchilar bilan qayta

ishlab chiqish;

6 Sattarova M., Sharipova R. Mukammallik yo`lida// Boshlang`ich ta’lim, 2008, 3-son,

14-15-betlar.

Page 20: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

20

- tizimli yondashuv asosida oʻquvchining oʻquv-biluv faoliyatini

tasvirlaydigan ta’lim jarayoni loyihasini tuzish;

- ta’lim maqsadi real, aniq diagnostik boʻlishi va oʻquvchining bilim

oʻzlashtirish sifatini obyektiv baholash;

- ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, oʻzaro bogʻliq va

oʻzaro ta’sirda boʻlishi;

- ta’lim shakllarini optimallashtirish, qulaylashtirish;

- ta’lim jarayonida texnik vositalar va inson salohiyatining oʻzaro ta’sirini

hisobga olish;

- ta’lim maqsadlarini koʻzlangan etalon asosida oʻquvchilarning

kuzatiladigan, oʻlchanadigan harakatlari shaklida juda oydinlashtirish;

- oʻquvchining faolligiga tayanib oʻqitish;

- bilim oʻzlashtirish jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatolarni aniqlab, tuzatib

borish;

- shakllantiruvchi va jamlovchi baholar;

- belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;

- ta’limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolatlanganligi;

- ta’lim samaradorligining yuqoriligi.

Aniqroq qilib aytganda, pedagogik texnologiya deganda, ta’lim funksiyasini

amalga oshirishdagi mahorat va san’at tushunilib u juda qulay usullar asosida

oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga asoslanadi.

Shuning uchun ham ta’lim ishiga texnalogik yondashish hozirgi kundagi

muhim vazifadir.

Ta’lim ishiga texnologik yondashuv:

- oʻqish-oʻqitish jarayonini oʻzaro bogʻliq etaplar, fazalar, amallarga

ajratish, boʻlishni;

- ta’limdan moʻljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan

harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

- loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni

nazarda tutadi.

Page 21: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

21

Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim

boʻlib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim.

Shuning uchun ham oʻqituvchilar maqsadni aniq belgilashga e’tibor

qaratishlari zarur. Har bir oʻqituvchi avvalo oʻzi oʻqitadigan oʻquv predmeti

maqsadini va har bir oʻtadigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak.

Belgilangan maqsad asosida oʻtkaziladigan didaktik jarayonning aniq

loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi.

Didaktik jarayon uchta bir-biri bilan bogʻliq komponentlardan iborat. Bular:

1) motivlar.

2) oʻquvchining oʻquv-bilish jarayoni.

3) boshqarish.

Didaktik jarayonning samarali oʻtishida motivlar muhim oʻrin tutadi. Chunki

qiziqib, aniq maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali boʻladi. Ayniqsa,

boshlangʻich sinfda motivlarning oʻrni beqiyosdir. Chunki maktabgacha yoshda

faqat oʻyin faoliyati bilan shugʻullangan bolaning 1-sinfdan aqliy faoliyat bilan

shugʻullanishi biroz qiyin kechadi. Shuning uchun ham boshlangʻich sinf

oʻqituvchisi didaktik oʻyinlar vositasida bolalarning oʻqish motivini oʻstirishga

e’tibor qaratishi lozim. Bu bolalarning aqliy faoliyatga tezroq kirishishlari va

adaptatsiya hosil qilishlariga ham koʻmak beradi.

Birinchi sinfda dars jarayonida motivlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga

ega. Oʻqituvchi oʻquvchilarning oʻquv-biluv faoliyatlarini tashkil etishda ham

motivlarga koʻproq e’tibor berishi oʻquvchilarning bilim egallash jarayonining

samaradorligini ta’minlaydi.

Ta'limda faqat qiziqishga tayanib qolish ham motiva tsiyaning asosli

samarasi boʻla olmaydi. Bunda eng muhim samarali usul motivatsion —

muammoli vaziyatlarni qoʻyish yoʻi oʻrganilayotgan predmetning ijtimoiy

mohiyatini aks ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning qoʻyilishidir.

Masalan, yangi dars boshlanishida yoʻi oʻtgan darsni soʻrash va

mustahkamlash paytida didaktik oʻyinlardan foydalanib, oʻquvchilarning darsga

qiziqishlari oshiriladi. Motiv hosil boʻlgach, dars davomida oʻquvchilarning

Page 22: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

22

qiziqishlari saqlanib turgan holda oʻrganilayotgan mavzuning ijtimoiy ahamiyatiga

e'tibor qaratiladi. Birinchi sinfda dars jarayonida motivlarni rivojlantirish muhim

ahamiyatga ega. Oʻqituvchi oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyatlarini tashkil

etishda ham motivlarga koʻproq e'tibor berishi oʻquvchilarnung bilim egal lash

jarayonining samaradorligini ta'minlaydi.

Oʻqituvchi dars loyihasini tayyorlar ekan, maqsadni oydinlashtirishi va shu

maqsad asosida oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyatlarini shunday tashkil etishi

lozimki, belgilangan maqsad toʻliq amalga oshsin. Ta'lim jarayonini boshqarish

oʻqituvchidan katta mahorat talab etadi. U dars ishlanmasida boshqaruv yollarini

belgilab oladi. Oʻz faoliyati va oʻquvchilar faoliyatini tashkil etish yoʻllarini,

oʻquvchilar bilimini nazorat etish yoʻllarini aniq ishlab chiqadi. Ta'lim natijasini

tekshirib, maqsadni nechogʻli amalga oshganini aniqlaydi va keyingi loyihani

tuzishda korrektirovkalar kirgizib yoʻl qoʻyilgan xato- kamchiliklarni bartaraf

etadi.

1-sinf oʻqish darslarining tuzilishi ta'lim-tarbiyaviy maqsadi, dars tipi va

oʻrganiladigan materiallarning xususiyati ga koʻra turli xildir. Shuningdek, dars

qurilishida ham qat'iy andoza boʻlmaydi, chunki yagona andoza birinchidan, ijod

korlikka yoʻl bermaydi, ikkinchidan, oʻquvchilarning imkoniyatlarini cheklab

qoʻyadi. Shuning uchun ham biz oʻqish darsining taxminiy loyihasini

diqqatingizga havola etamiz:

1. Darsning maqsadi:

a) ta'limiy;

b) tarbiyaviy;

c) rivojlantiruvchi.

Maqsadni oydinlashtirish:

Ta'limiy maqsad:

a) oʻquvchilarning toʻgʻri va ravon oʻqish malakal shakllantirish;

b) matn mazmuniga koʻra, oʻquvchilarning xususiya mos tabiat, jamiyat

va inson tafakkuri haqidagi bilimlarni hosil qilish;

Page 23: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

23

Tarbiyaviy maqsad:

a) oʻquvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish;

b) matn mazmuniga koʻra aqliy, ma'naviy-axloqiy, etuk, jismoniy,

mehnat, ekologik, iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:

a) oʻquvchilarning oʻqish malakalarini rivojlantirish;

b) tez, ravon, toʻgʻri va ifodali oʻqishga oʻrgatish;

d) dunyoqarashlarini, xulq-odob, insoniy munosabatla aqliy, jismoniy va

boshqa sifatlarini rivojlantirish.

Darsni tashkil etish, metod va vositalari:

1.Motiv hosil qilish: Buni darsning oʻtgan darsni mustahkamlash qismida

va yangi darsni oʻtishga tayyorgarlik qismida butun dars davomida ham amalga

oshiriladi. Motiv hosil qilishda turli didaktik oʻyinlar, topshiriqlar, musobaqalar

boshqa ish usullaridan foydalaniladi.

2.Matnni oʻqishga tayyorgarlik: Yozuvchi haqida ma’lumot beriladi. Matn

mazmuni haqida tushuntirilib oʻquvch larning matnga qiziqishlari oshiriladi.

Ba'zan matn mazmuni haqida gap boshlab, qolganini kitobdan oʻqib, oʻrganamiz

deb, oʻqituvchi bolalarning matnga qiziqishini oshiradi. Tarbiyaviy ta'sirini

kuchaytiradi.

3.Matnni oʻqish va mazmunini soʻzlash. Bunda oʻqituvchi matnni oʻzi

oʻqib beradi va mazmunini tushuntiradi yoʻi ishni tashkil etishda oʻquvchilar

faoliyatidan ham foydalanishi mumkin.

4.Lugʻat ustida ishlash. Notanish soʻzlarga izoh berilib, oʻquvchilarning

soʻz boyliklari oshiriladi, dynyoqarashlarini rivojlanishiga ta'sir koʻrsatiladi.

5.Oʻquvchilar matnni oʻqiydilar. Bunda ham motivni rivojlantirish uchun

oʻquvchilar guruhlashtirilishi mumkin. 2 ta, 3 ta 4 tadan oʻquvchilar guruhi matnni

navbat bilan oʻqiydilar. Toʻgʻri, ravon va ifodali oʻqishga alohida diqqat qaratiladi.

Shu talablarga rioya qilgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi.

Page 24: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

24

6.Topshiriq bilan oʻqish. Oʻqituvchi oʻquvchilarning oʻqish malakalarini

rivojlantirish, oʻqiganini tushunib olishga oʻrgatish uchun turli mashq usullaridan

foydalanadi. Matn mantiqiy qismlarga boʻlinib, har bir qismning mazmunini

soʻzlash topshirigʻi, qismlarga alohida sarlavha topish, reja tuzish kabi topshiriqlar

berilishi mumkin. Bu oʻquvchilarning dunyo- qarashlarining rivojlanishi, mantiqiy

fikrlashga oʻrganishiga yordam beradi.

7. Topshiriq bilan oʻqish. Oʻqituvchi `oquvchilarning oʻqish malakalarini

rivojlantirish, oʻqiganini tushunib olishga oʻrgatish uchun turli mashq usullaridan

foydalandi. Matn mantiqiy qismlarga boʻlinib, har bir qismning mazmunini

soʻzlash topshirigʻI, qismlarga alohida sarlavha toppish, reja tuzish kabi

topshiriqlar berilishi mukin. Bu oʻquvchilarning dunyoqarashlarining rivojlanishi,

mantiqiy fikrlashga oʻrganishiga yordam beradi.

8. Quvnoq daqiqa.

9. Matn mazmuni ustida ishlash. Oʻquvchilar matn mazmunini soʻzlab

berishlari yoʻi turli didaktik oʻyinlar vositasida mazmunni oʻzlashtirishi mumkin.

Masalan, «Davom ettir oʻyini»: Oʻqituvchi matn mazmunini hikoya

qilishni boshlaydi, bir oʻquvchi uni davom ettiradi, boshqa oʻquvchi uning

hikoyasini davom ettiradi. Shu taxlitda barcha oʻquvchilarni matn hikoyasiga

qatnashtirish mumkin.

«Zanjir» oʻyini: matndagi bir necha soʻzlar vositasida bu oʻyinni oʻynash

mumkin. Oʻqituvchi boshlab bir soʻz aytadi, soʻzning tugagan harfidan

boshlanadigan soʻzni oʻquvchi aytadi, boshqa oʻquvchi yana uning tugagan

harfidan boshlanadigan soʻzni aytadi, shu taxlitda hamma oʻquvchilarni oʻyinga

qatnashtirish mumkin.

«Tez javob»: Ofqituvchi yoʻi boshlovchi oʻquvchilar qator oralab yurib,

oʻquvchilardan birini turgʻizadi va biror tur nomini aytadi. Oʻquvchi shu turga

kiruvchi soʻz topib aytishi lozim. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kerak.

Javob berolmagan oʻquvchi oʻyindan chiqadi. Oʻyin toʻi bir oʻquvchi qolguncha

davom ettiriladi. Bunday oʻyin davomida oʻquvchilarda hoziijavoblik, mustaqil

Page 25: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

25

fikrlash malakasi rivoj lanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga oʻrganadi,

atrofdagi sodir boʻladigan voqea va hodisalarga qiziqishi ortadi.

Bu oʻyindan dars davomida oʻtilgan mavzuga bogʻlab, darsning

mustahkamlash qismida yoʻi dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin.

1-variant: Oʻqituvchi: «Hayvon».

Oʻquvchi: «It»

Oʻqituvchi: «Multfilm».

Oʻquvchi: «Qirol sher».

2-variant: Oʻqituvchi: «Oʻquv quroli».

Oʻquvchi: «Daftar»

Oʻqituvchi: «Qizlar ismi».

Oʻquvchi: «Noila».

3-variant: Oʻqituvchi: «Sinf jihozi».

Oʻquvchi: «Xattaxta»

Oʻqituvchi: «Ertaklar».

Oʻquvchi: «Zumrad va Qimmat»

Shu kabi oʻyinlardan foydalanish orqali oʻqituvchi oʻquvchilarning oʻqish

motivini rivojlantiradi va ularning dunyoqarashlarining rivojlanishiga ta'sir

koʻrsatadi, oʻquvchilarda topqirlik, chaqqonlik, bilimdonlik kabi sifatlarni

rivojlantiradi, xulqiga ta'sir koʻrsatadi.

10. Oʻquvchilar hilimini nazorat qilish. Nazoratni yuqoridagi didaktik

oʻyinlar vositasida va testlardan foydalanib oʻtkazish mumkin.

Agar tekshirish davomida dars maqsadiga erishilgan boʻlsa, demak dars

texnologiyasi toʻgʻri ishlangan va uni takomil- lashtirish mumkin. Agar maqsadga

erishilganlik darajasi past boʻlsa, demak loyihani korretirovka (oʻzgartirishlar

kiritish) qilish kerak. Oʻqituvchi qayerda xato qilganini bilib, xatolarini tuzatadi.

Bu dars yangi bilim berish darsining loyihasi boʻlib, uni boshqacha tarzda

ham tashkil qilish mumkin.

Mustahkamlash-umumlashtirish darslarining maqsadi esa oʻquvchilarning

boʻlim yuzasidan oʻrgangan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirishga xizmat

Page 26: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

26

qiladi, bundan tashqari oʻquvchilar bilimini nazorat qilishga ham xizmat qilishi

mumkin. Shuning uchun ham bunday darslar loyihasini qiziqarli yoʻi noan'anaviy

tarzda ishlashga e'tibor qaratilsa ancha samarali boʻladi.

2.2. 1-sinf oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllari.

Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan inson qilib tarbiyalashda 1-sinf

oʻqish darslari katta ahamiyat kasb etadi.1- sinf oʻqish darslari boshlangʻich

sinflardagi boshqa darslardan oʻz mohiyati, maqsad va vazifalariga koʻra

farqlanadi. 1-sinf oʻquvchisi matnni toʻgʻri, tez, tushunib oʻqish, mazmunini

oʻzlashtirish bilan ilk bor oʻqish darslarida tanishadi. 1-sinf oʻqish darslari orqali

oʻquvchilarning Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari boʻyicha oʻzlashtirishlari

koʻzda tutilgan oʻquv-biluv koʻnikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga

yoʻl ochiladi.

1-sinf oʻqish darslari savod oʻrgatish davrida oʻquvchilarni boʻgʻin, soʻz va

gaplar bilan tanishtirish va ularni oʻqish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida

uyushtirilsa, oʻqish texnikasi egallangandan soʻng oʻqish muayyan mavzular

boʻyicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.

Boshlangʻich ta’lim boʻyicha DTS va «Ona tili» oʻquv dasturida oʻqish

ta’limi oldiga qoʻyilgan talablarni amalga oshirish sinfda oʻqishni toʻgʻri tashkil

qilish, oʻqitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilgʻor

pedagogik texnologiyalardan oʻrinli foydalanishga koʻp jihatdan bogʻliqdir.

Ma’lumki, sinfda oʻqish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi.

Oʻquvchilarni matn bilan tanishtirish oʻqishga tayyorgarlik bosqichidan

boshlanadi.7

Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, oʻquvchilarni

asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idroʻ qilish, asar pafosini his etish,

7 Nazarova H., Anorboyeva A. O`qish darsi- nafosat olami // Boshlang`ich ta’lim,

2008, 11-son, 5-bet.

Page 27: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

27

notanish va koʻp ma’noli soʻzlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash

kabi masalalarni oʻz ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida boʻlsa, tabiat

qoʻyniga sayohat uyushtirish ham sinfda oʻqish muvaffaqiyatini ta’minlashga

xizmat qiladi.

Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida oʻrganiladigan asarlarning mavzu

doirasi ancha keng boʻlib, ona tabiat, yil fasllari, xalq ogʻzaki ijodi, mehnatga

muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy

mavzular doirasida birlashtirilgan.

Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli oʻlaroq, boshlangʻich

sinflarning oʻqish darslarida oʻquvchilarning oʻqish malakalarini shakllantirish,

asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli

mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy - estetik tarbiya

bilan chambarchas bogʻlab olib boriladi.

Shunga koʻra oʻqish darslarining yetakchi xususiyati oʻquvchilarning

savodxonligini ta’minlash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib

kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga

qaratiladi.

Oʻqish ta’limi boʻyicha oʻquvchilarni faqat matn bilan tanishtirish

yordamida dastur talablariga javob berib boʻlmaydi. Negaki matn tagzaminidagi

tarbiyaviy gʻoya uni tushunish, idroʻ qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha

aytganda , har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-

mohiyatni anglab yetilganda oʻquvchi diqqatini oʻziga jalb etishi mumkin. Bunga

adabiy-nazariy tushunchalarni oʻzlashtirish, adabiy tahlil malakalarini

shakllantirish orqali erishiladi.

Asar tahlili jarayonida oʻqituvchi savollariga oʻquvchilarning oʻz soʻzlari

bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea - hodisalar yuzasidan mantiqiy

fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini toʻgʻri baholashga yaqindan

yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz boʻlmasdan, qat’iy maqsad

asosida izchil berilishi oʻquvchilarning oʻqilgan matn mohiyatini chuqur anglab

yetishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.

Page 28: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

28

Ta’kidlash joizki, oʻquvchilarning oʻzlarini ham savol tuzishga oʻrgatish

lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, toʻgʻri qoʻyilgan masalaning oʻzi yarim

javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda oʻquvchining dars mavzusi bilan bogʻliq

jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar oʻrtasidagi sababiy

bogʻlanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yoʻl ochadi. Shuning

uchun ham matn yuzasidan savol tuzish oʻquvchini ongli va tushunib oʻqishga

yoʻllaydi. Uning oʻziga xos xususiyatini oʻquvchilarni badiiy adabiyotning sehrli

olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida

toʻgʻri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi.

Oʻqish darslari uchun tanlangan mavzular oʻquvchilarga kundalik hayot,

mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar boʻyicha ham bilim va

tarbiya berishni koʻzda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat

haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan koʻzlangan maqsad oʻzlikni

anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bogʻliq tuygʻularini uygʻotishdir.

Tabiatga oid mavzular yordamida oʻquvchilar tabiatdagi oʻzgarishlar, yil

fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular

oʻquvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan toʻgʻri

munosabatda boʻlishga oʻrgatadi.

«Oʻqish kitobi» darsliklaridagi materiallar sinfdan sinfga oʻtgan sari mavzu

jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.

1-sinfda oʻrgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirogʻi»,

«Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom

ettiriladi. Natijada oʻquvchilarning oldingi bilimlari toʻldiriladi va boyitiladi.

Darslikdagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-

barangligiga, poetik mukammalligiga, oʻquvchilarning bilim darajasi va yosh

xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz oʻtmishi, xalqimiz hayoti,

mardonavor kurashi, ulugʻ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy

sanalar toʻgʻrisida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher

Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir.

Page 29: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

29

Bu xildagi asarlar oʻquvchilarni faqat oʻtmishimiz bilan tanishtirib

qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham

yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuygʻusi shu tariqa shakllanadi.

Vatanimiz oʻtmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni

tahlil qilish jarayonida oʻquvchilar oʻtmish bilan bugungi kunni taqqoslash

imkoniga ega boʻladilar. Jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha boʻlsa-da,

tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa Vatan mavzusi bilan bogʻliq Poʻlat

Moʻmining “Vatan-bu”, Q.Rahimboyevaning “Buyuklar Vatani”, Xurshid

Davronning “Yagonadir Vataning sening” mavzusidagi asarlari yaqindan yordam

beradi. 1-sinfdagi “Oʻzbekiston-mening vatanim” boʻlimidagi birinchi dars Poʻlat

Moʻminning “vatan-bu…” she’ri hisoblanadi. Bu darsni quyidagi texnologik

xaritaga muvofiq tashkil qilish mumkin.

1-dars

Mavzu:Vatan-bu… (Poʻlat Moʻmin)

Mavzuga oid tayanch tushunchalari: vatan, yurak, tugʻilgan joy, qoʻrgʻon,

kelajak.

Soatlar soni:1 soat.

Mavzuning qisqacha ta’rifi:Poʻlat Moʻmin bu sherda Vatanni yurakka

oʻxshatadi.Inson uchun vatan qanday ahamiyatga ega boʻlsa,vatan ham shunday

ahamiyatga ega.Vatanda hamma insonlar bir-birini tushunib yashashi

kerakligini,vatan tugʻilgan yashayotgan joyi ekanini uqtirish.

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod:izohli oʻqish metodi, didaktik oʻyin, muammoli izlanish,interaktiv

metodlar.

Jihoz: darsliklarning 4-6 betlaridagi rasmlar (imkoni boʻlsa

kattalashtiriladi), vatanimizning oʻtmishi, tarixiy obidalar tasvirlangan rasmlar,

testlar.

Nazorat: bolalarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: Oʻquvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.

Page 30: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

30

Darsning maqsadi va vazifalari

Maqsadlar:

Ta’limiy: Oʻquvchilarning toʻgʻri, ongli, ifodali oʻqish koʻnikmalarini

takomillashtirish,lugʻat boyligini oshirish.

Tarbiyaviy: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda vatan tuygʻusini

shakllantirish, oʻz vataniga muhabbatli o;lishga uni qadrlashga oʻrgatish.

Prezidentimizning “Bolalar-bizning kelajagimiz” gapining ma’nosini anglashlariga

erishish.

Rivojlantiruvchi: Toʻgʻri ongli ifodali oʻish malakalarini rivojlantirish,

lugʻat boyligini rivojlantirish.Vatan haqida tushunchalarni boyitish.

Kutilayotgan natija

Dars yakunida oʻquvchilar Vatan haqida tushunchaga ega boʻladilar.Oʻqish

malakalari takomillashadi.

Dars jrayoni va texnologiyasi

Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Oʻquvchilar davomati

aniqlanadi.Sinfning darsga

tayyorligi tekshiriladi.

“Tez javob”

didaktik

oʻyini

2 daqiqa

2-bosqich

(Refleksiya)

ehtiyojlarni

aniqlash

Darsda rioya qilinadigan qoidalar

tanlanadi,dars shiori belgilanadi.

B.B.B.

interaktiv

metod

3daqiqa

3-bosqich

Darsning

borishi

1.Kirish.Davlat madhiyasi, davlat

bayrogʻi va konstitutsiya kitobi

koʻrsatiladi.

2.Darslik bilan tanishtirish.

3.She’rni oʻqishga tayorgarlik.

Namoyish

Suhbat

1 daqiqa

2 daqiqa

Page 31: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

31

4. Sher bilan tanishtirish.Sher

ifodali oʻqib beriladi.

5.Lugʻat ishi

6.She’r yuzasidan dastlabgi suhbat

7.Sherni oʻquvchilarga oʻqitish

8.Topshiriq bilan oʻqitish

9.She’rni ifodali oʻqish

musobaqasi

10.”Bolalar-bizning kelajagimiz”

gapini tahlil qilish.

11.Maqol oʻqish va ma’nosini

izohlash.

12. Tez aytish mashqi

Suhbat

Izohli oʻqish

Suhbat

Individual

oʻqish

Musobaqa

Muammoli

izlanish

mashq

2 daqiqa

3 daqiqa

2 daqiqa

3 daqiqa

3 daqiqa

3 daqiqa

4 daqiqa

2 daqiqa

3 daqiqa

2 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash

Krossvord yechish Didaktik

oʻyin

3 daqiqa

5-bosqich

Baholash

1.Test topshiriqlarini

yechish.

2.”Kim koʻp maqol aytadi”,

tez aytish musobaqasi.

Test

musobaqa

3 daqiqa

2 daqiqa

6-bosqich Sherni yod olish yoʻli oʻrgatiladi

va yod olish topshirigʻi beriladi.

tushuntirish 2 daqiqa

Darsning borishi:

1.Dars Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan

boshlanadi.

Oʻquvchilar madhiyani kuylab turganda davlat bayrogʻi davlat gerbi

konstitutsiya kitobini namoyish qilib eshikdan uch oʻquvchi kirib keladi:

2.Darslik bilan tanishtirish.Madhiya tugashi bilan bir oʻquvchi “Oʻqish

kitobi”ni koʻtarib xattaxta oldiga chiqadi.Darslik yuzasidan suhbat oʻtkaziladi.

1.Oʻqing,bu qaysi darslik?(“Oʻqish kitobi” darsligi)

Page 32: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

32

2.Uni sizga kim sovgʻa qilgan? (Prezidentimiz Islom Karimov sovgʻa

qilgan)

3. Nima uchun sovgʻa qilganlar? (Bolalarim oʻqishni bilib olishsin,

bilimlarni egallasin deganlar).

4. Bu darslikni kimlar yozgan ekan? (Oʻqituvchi darslik ochib mualliflar

yozilgan joyni koʻrsatib, oʻquvchilarga oʻqitadi, ularning mehnati haqida qisqa

gapirib beradi).

5. Kitob haqida qaysi she’rni yod olgan edingiz? Kitob haqida oʻquvchilar

oʻqigan yod olgan sherlar eslatiladi.Yoki oʻqituvchi yoddan aytib beradi. Nodir

kitoblarning hozirgi kunga qadar saqlanib kelinayotganini aytib, sizlar ham

kitoblaringizni toza saqlang,yirtmang, ichiga chizmang,buklamang,undan

ukalaringiz ham foydalanishadi tarzida maslahat beriladi.

3.Kitobingizni oching; rasmni kuzating. (3-betdagi rasm haqida suhbat

oʻtkaziladi. Rasmdagi oʻquvchilarga nom qoʻyiladi.Bu betda oʻquvchilarning

darsxonasi nigoraning dars tayorlayotgani olimning samalyot modelini tayorlagani

va uni sinab koʻrishga tayorlanayotgani ,prezidentimiz shunday zukko oʻquvchilar

bo;lsin deb bizlarga kitoblar sovgʻa qilayotganligi haqida

suhbatlashiladi).Darslikning 4-6 betlaridagi rasmlarga oʻquvchilar diqqatini

qartadi.Unda nima tasvirlangan? (Vatanimiz-Oʻzbekiston) Xattaxtaga qarang. Bu

rasmda nima tasvirlangan? Ikkalasiga bir xil nom qoʻyish mumkinmi? Nima deb

nomlasak boʻladi? (Oʻzbekiston-mening Vatanim) Oʻqituvchi oʻquvchilar

javobini umumlashtiradi. Oʻzbekiston-mening Vatanim. Rasmda nimalar

ifodalangan? Oʻqituvchi vatanimizning beqiyosligi, uning goʻzlligi,osmonoʻpar

koʻrkam binolari va rasmdagi boshqa narsalar haqida oʻquvchilar bilan savol-javob

oʻtkazib,ularning fikrlarini umumlashtiriladi.

Qani oʻquvchilar,kimlar Vatan haqida she’rlar yodlagan? Bilgan oʻquvchilar

aytadilar,(Buni qatorlararo musobaqa tarzida oʻtkazsa ham boʻladi). Oʻqituvchi

vatanning muqaddasligi,uning boshqa qiyosi yoʻqligini tushintiradi.

3.She’rni oʻqishga tayorgarlik:tayyorgarlik ham suhbat metodida amalga

oshiriladi:

Page 33: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

33

- Vatan deganda nimani tushunasiz?

- Nima uchun odamlar vatanni sevadi?

- Vatanni yaxshi koʻrgan odamlar nima qiladi?

Oʻquvchilar havobi umumlashtiriladi: Vatan-har bir inson tugʻilgan va

yashaydigan maskan,joy. Siz tugʻilgan,oʻsayotgan,bilim olayotgan, qishloq,

shahar, Respublikamiz sizning Vataningiz. Odamlar oʻz Vatanida tarbiyalanadi,

bilim oladi, oʻz yaqin va yaxshi koʻrgan kishilari bilan birga boʻladi, shuning

uchun uni sevadilar. Vatanni sevgan odamlar uning rivojlanishi, tinch boʻlishi

uchun mehnat qiladi.

Siz ham yaxshi xulqingiz Vatanni sevishingizni namoyish qilishingiz lozim.

She’rni nomi aytilib, shoir haqida ma’lumot beriladi. Poʻlat Moʻmin sevimli

bolalar shoiri. U kishi yoshligidanoq kitob oʻishga, ertak eshitishga judayam

qiziqqan. Ertak eshitib, kitob oʻqibgina qolmay, ularning magʻzini ham chaqishga

harakat qilgan. Men ham ertak toʻqisam, kitoblar yozsam deb orzu-havas qilgan. U

hamma fanlardan a’lo baholarga oʻqigan. Shunday qilib, keyinchalik oʻzi ham

she’r, ertak, dostonlar va topishmoqlarni siz bolajonlar uchun yozgan.

4.She’r bilan tanishtirish. She’r ifodali oʻqib beriladi. Izohli oʻqishdan

foydalaniladi. Buning uchun she’rdagi qoʻrgʻonim, millatim soʻzlari ma’nosi

izohlanadi, shunda she’rni oʻquvchilar yaxshiroq anglaydilar, soʻzlar plakatga

yozib osib qoʻyiladi:

Soʻzlar ma’nolarini bilib oling.

Qoʻrgʻon- yashaydigan keng, katta joy.

Millatim, xalqim-bir tilda gaplashadigan Vatani bir, urf-odatlari, an’analari

bir xil boʻlgan odamlarni bir millat, bir xalq deyishadi.

Soʻzlarning ma’nosi oldin oʻquvchilardan soʻraladi, soʻng oʻqituvchi

izohlaydi, she’r ifodali oʻqib beriladi

5.She’r yuzasidan dastlabki suhbat: She’r sizga yoqdimi? She’r nima

haqida ekan?

Page 34: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

34

6,She’rni oʻquvchilarga oʻqitish.Oldin bir marta joʻr boʻlib oʻqish mashq

qilinadi. Keyin oʻqish malakasi yaxshi shakllangan oʻquvchilarga oʻqitiladi. Soʻng

bandlarga boʻlib oʻqitiladi.

7.Topshiriq bilan oʻqitish. She’rning birinchi bandini oʻqing, mazmunini

ayting. Nega shoir vatanni yurak degan?

Oʻquvchular javobi aniqlashtiriladi: Shu vatanda , shu yerda va shu yurtda

tugʻildingiz. Shuning uchun ham bu vatan sizga onadek aziz. Insonlar uchun ba’zi

narsalar faqat bitta boʻladi. Odam yuraksiz yashay olmaydi, yurakni almashtirib

ham boʻlmaydi. Xuddi shunday inson vatansiz ham yashay olmaydi. Shuning

uchun ham shoir Vatanni yurak bilan tenglashtirgan.(Xuddi shu tarzda she’rning

boshqa bandlari ham tahlil qilinadi. Bunda koʻproq oʻqituvchining ijodiy faoliyati

katta oʻrin tutadi. Oʻqituvchi sinf oʻquvchilarining xususiyatlarini e’tiborga olib,

ularning faoliyatini boshqarishi va hikoyani soddalashtirishi yoki

murakkablashtirishi mumkin.)

8.She’rni ifodali oʻqish musobaqasi qatorlararo oʻtkaziladi. Qatorlardagi

har bir bolaga baho qoʻyib boriladi. Ballar jamlanib gʻolib qator e’lon qalinadi, bu

orqali bolalar orasida oʻzaro yordam yoʻlga qoʻyiladi.

9.”Bolalar-bizning kelajagimiz” gapini tahlil qilish. Bu gap nima uchun

artilgani oʻquvchilardan soʻraladi va ular javobi toʻldiriladi. Qadimda bizning

yurtimizda olimlar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlatni boshqaruvchilar,

mehnatkashlar koʻp boʻlgan. Bolalardan shunday mashxur kishilardan kimlarni

bilishlari soʻraladi, bilmasa oʻqituvchining oʻzi yordamlashadi. Ular vatanning

ozodligi tinchligi, taraqqiy etishi uchun ijod qilgan, mehnat qilagan. Siz ham

ularga oʻxshab bilim olish uchun harakat qilishingiz lozim. Kelajakda vatanimizni

rivojlantirib, boy davlatga aylantirishimiz kerak.

10.Maqol oʻqish va manosini izohlash. Darslikda berilgan maqollar

oʻquvchilarga oʻqitiladi, ayrim vatanidan uzoqda, uni qoʻmsab yashayotgan, oʻz

vatanida mehnat qilib, toʻq va farovon yashayotgan kishilar misolida tushuntiriladi.

Joʻr boʻlib aytish orqali yod oldiriladi.

Page 35: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

35

11. Tez aytish mashqi. Darslikda berilgan tez aytishni yod olish va bir nafas

bilan buni bir necha marta aytish.

12.Mustahkamlash.

Krassvord yechish

1.vatan

2.yurak

3.kerak

(Bunda shakl ham V koʻrinishini oladi)

13. Test.

1.ona soʻzi toʻgʻri qoʻllanilgan qatorni toping

A.Ona-vatan, ona-tuproq.

B.Ona-koʻcha, ona-dala.

2.She’rda vatan soʻzi necha marta qoʻllanilgan?

A.5marta

B.4marta

3.”Vatan-bu…” she’rining muallifi kim ?

A.Poʻlat Moʻmin

B.Erkin Vohidov

1.Vatan degani nima ekan?

A.Tugʻilgan joyi. Yashaydigan uyi, yurti.

B.Millati, xalqi, odamlar

Krassvord va testlar har bir oʻquvchi uchun koʻpaytirilib uyda berilishi ham

mumkin.

14.Vaqtga qarab “ Kim koʻp maqol aytadi”, tez aytish musobaqasini

oʻtkazish mumkun.Gʻoliblar ragʻbatlantiriladi.Oʻquvchilarning reytingi

aniqlanadi.

15.She’rni yod olish uyga vazifa qilib beriladi.She’rni yod olish yoʻli

oʻrgatiladi she’rni oldin toʻgʻri xatosiz oʻqish mashq qilinadi.Bir necha marta

oʻqish orqali tez oʻqish orqali tez oʻqish oʻzlashtiriladi.Soʻng 2 misra oʻqilib

yoddan aytiladi.Qayta-qayta oʻqish va yoddan aytish yoʻli bilan she’rni yodlash

Page 36: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

36

mumkinligi,oxirida onasiga ,otasiga,aka va opalariga yoddan aytib berish lozimligi

tushuntiriladi.

16.Darsda oʻrganilgan savollar yordamida umumlashtiriladi va oʻquvchilar

reytingi e’lon qilinadi.

1-sinf oʻquvchilaroi rivoyatlarni juda sevib oʻqiydilar. Darslikdagi “Non isi”

rivoyati buyuk boboʻalonimiz A.Navoiy haqidadir. Bu mavzu bilan tanishish

darsini quyidagicha tashkil qilish maqsadga muvofiq.

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu: Non isi. (Rivoyat)

Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Husayn Boyqaro, eng xushboʻy

narsa, vazirlar, Alisher Navoiy, non, non isi, saroy.

Soatlar soni: 1soat.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: Husayn Boyqaro saroydagilarga eng xushboʻy

narsani keltirishni buyuribdi. Ular keltirgan narsalar Sultonga yoqmabdi. Oxiri ular

Alisher Navoiyga murojaat qilishibdi. Alisher Navoiy bir savat non bilan saroyga

yetib boribdi. Husayn xursand boʻlibdi, chunki uning koʻngli yangi yopilgan non

isini istayotgan edi.

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Suhbat, ifodali oʻqish, test, tushuntirish, munozara.

Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.

Jihoz: Turli xildagi nonlar rasmi, A. Navoiy surati.

Nazorat: Oʻquvchilarning darsda faolligini kuzatib, hisobga olib boriladi.

Baholash: Oʻquvchilarning reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Ta’limiy: Ravon va qiroat bilan oʻqish koʻnikmasini rivojlantirish, buyuk

ajdodlarimiz hayotiga doir ma’lumotlar bilan tanishish, nonning aziz ne’mat

ekanligini tushuntirish.

Tarbiyaviy: Tabiat va uning ne’matlarini asrab-avaylashga oʻrgatish.

Page 37: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

37

Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarning toʻgʻri, ifodali oʻqish malakalarini

rivojlantirish. Vatanimizda yashab oʻtgan allomlar hayotiga doir ma’lumotlarni

oʻrgatish orqali Vatanga va uning tarixiga qiziqish hissini tarbiyalash.

Kutilayotgan natija

Dars yakunida oʻquvchilar matnni toʻgʻri va ifodali oʻqish malakasiga ega

boʻladilar. Ulugʻ boboʻliz Alisher Navoiy hayoti haqidagi va uning doʻsti Husayn

Boyqaro haqidagi yangi ma’lumotlarni oʻzlashtiradilar.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt

1- bosqich

Tashkiliy qism

Oʻquvchilar davomati aniqlanadi.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Suhbat 2 daqiqa

2-bosqich

(Refleksiya)

ehtiyojlarni

aniqlash

Dars davomida rioya qilish lozim

boʻlgan qoidalar belgilanadi, dars shiori

ishlab chiqiladi.

Munozara 2 daqiqa

3-bosqich

Darsning

borishi

1. Alisherning yoshligi

haqidagi matnni hikoya qildirish.

2. Savol- javob asosida oʻtgan

dars haqidagi bilimlarni tekshirish.

3. Matnni oʻqishga

tayyorgarlik.

4. Oʻquvchi matnni oʻqib

beradi va hikoya qiladi.

5. Lugʻat ishi. Qiyin soʻzlarga

izoh beriladi.

6. Matnni oʻquvchilarga

oʻqitish.

7. Maqolni oʻqitish va

mazmuni ustida ishlash.

Savol-javob

Suhbat

Ifodali

oʻqish

Ifodali

oʻqish

Didaktik

Oʻyin

6 daqiqa

5 daqiqa

2 daqiqa

5 daqiqa

6 daqiqa

2 daqiqa

5 daqiqa

Page 38: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

38

4- bosqich

Mustahkamlash

1. Mavzuni mustahkamlashda

testlardan foydalanish.

2. Darslikdagi savollardan

foydalanib dars umumlashtiriladi

Test

Suhbat

3 daqiqa

4 daqiqa

5- bosqich

Baholash,

darsni

yakunlash.

Oʻquvchilarning darsda ishtiroʻi

hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi.

2 daqiqa

6- bosqich Uyga matnni oʻqib, oʻrganib

kelish topshirigʻi beriladi.

Tushuntirish 1 daqiqa

Darsning borishi:

1. Alisherning yoshligi haqidagi matnni hikoya qildirish.

2. Oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻtgan mavzu yuzasidan savollar beradi.

- Alisherning doʻsti katta boʻlganda kim boʻlmoqchi edi?

- Alisher doʻstiga qanday maslahat berdi?

- Siz nima deysiz? Kimning gapi toʻgʻri?

3. Oʻtigan mavzu xulosalanadi.

4. Matnni oʻqishga tayyorgarlik.

Nonning qanday turlarini bilasiz? (Obi non, patir, shirmoy non, jizzali

non…)

Nonning hidi qanaqa boʻladi?

5. Oʻqituvchi matnni oʻqib beradi va hikoya qiladi.

6. Lugʻat ishi.

Husayn Boyqaro – A. Navoiyning bolalikdan birga oʻsgan doʻsti.

Keyinchalik u shoh boʻlganda A. Navoiy unga vazirlik qilgan.

Xushboʻy – yoqimli hid.

7. Matnni oʻquvchilarga oʻqitish. Matn 5 qismga boʻlib, 5 nafar

oʻquvchiga oʻqitiladi. Mazmunini soʻzlash aytiladi.

8. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida savol-javob oʻtkaziladi.

Page 39: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

39

1) Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi?

2) Unga nima keltirishdi?

3) Vazirlar kimga murojaat qilishdi?

4) A. Navoiy saroyga nima keltirdi?

9. Oʻqituvchi bolalar bilan nima uchun nonning hidi eng xushboʻy

boʻlishi haqida suhbat uyushtiradi. U nonning juda koʻp insonlar mehnati hosilasi

ekanligini, bugʻdoyning ekilishidan boshlanadigan dehqon mehnati haqida,

bugʻdoyni un qilish va undan non tayyorlashgacha boʻlgan mashaqqatli mehnat

haqida soʻzlab beradi.

10. Testlar:

Eng xushboʻy va aziz ne’mat nima?

A. Qalampirmunchoq

B. Non

11. Oʻquvchilarga non haqidagi she’r, ashula va maqollar ayttiriladi.

(Nonni qilmagin uvol, nonning uvogʻi ham non)

12. Oʻquvchilar baholanadi. Faol ishtiroʻ etganlar ragʻbatlantiriladi.

13. Uyga vazifa: Matnni oʻqib, qayta hikoya qilishni oʻrganib kelish.

1-sinfda badiiy asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy

xususiyatlaridan tashqari, mavzusi ham nazarda tutiladi. Masalan, tabiat tasviriga

oid matnlar ustida ishlashda tabiat bagʻriga sayohat uyushtirilib, bolalar

kuzatuvchanlikka oʻrgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor

kishilari bilan uchrashuvlar yoʻi mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida

amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.

Hozirgi ta’lim jarayonida modulli texnologiyalardan ham unumli

foydalanilmoqda. Modul oʻqitish fanning asosiy masalalari boʻyicha

umumlashtirilgan axborotlar beruvchi muammoli va yoʻriqli darslar oʻtilishini

taqozo etadi. Darslar oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga

qaratilmogʻi lozim.

Modulli ta’lim oʻqitish texnologiyasining eng asosiy negizi- bu oʻqituvchi va

oʻquvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda

Page 40: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

40

erishishlari uchun tanlangan texnologiya tushuniladi. Oʻqitish jarayonida maqsad

boʻyicha kafolatlangan natijaga erishishida qoʻllaniladigan har bir modul

oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, oʻquv

jarayonida oʻquvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar,

tahlil eta olsalar, oʻzlari xulosa chiqara olsalar, oʻzlariga , guruhga, guruh ularga

baho bera olsa, oʻqituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit

yarata olsa oʻqitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzuning oʻziga

xos modulli texnologiyasi boʻlib, u oʻquvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda

bir maqsadga yoʻnaltirilgan , oldindan loyihalshtirilgan va kafolatlangan natija,

berishishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Boshlangʻich sinflarda ertaklarni oʻrgatishda modulli texnologiyalardan ham

foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, 1-sinf oʻqish darslarida bir qator

ertaklar oʻqib-oʻrganiladi. Binobarin, oʻqish darslariga qoʻyilgan zamonaviy

talablar oʻqituvchidan boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oʻqishga jalb qilish, badiiy

adabiyoni san’atning bir turi sifatida qarashga, asarlarning badiiy mazmunini,

estetik ahamiyatini va obrazlar mazmunini tushunishiga e’tibor qaratish talab

etiladi. Quyida 1- sinfda “Rostgoʻy bola” ertagini oʻrgatishning aniq modullar

asosida tayyorlangan dars ishlanmasini keltiramiz.

Mavzu: Oʻzbek xalq ertagi “Rostgoʻy bola”.

Maqsad: Toʻgʻri, tez va ifodali oʻqish malakalarini takomillashtirish.

Matn ustida ishlash, tahlil qilish koʻnikmasini mustahkamlash,

oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirish.

Oʻquvchilar shaxsida toʻgʻrisoʻzlik, rostgoʻylik kabi ijobiy sifatlarni

tarbiyalash.

Darsning borishi:

Darsning shiori: Biz nimaiki qilmaylik,

Barchasi zarur, kerak.

Bilim egallash uchun

Tinimsiz oʻqish kerak.

1 modul.

Page 41: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

41

Uy vazifasini tekshirish.

“Maymun va duradgor” haqidagi ertak. Xattaxta oldiga ikki oʻquvchi

chaqiriladi va ular galma galdan ertakni oʻqib, mazmunini soʻzlaydilar. Duradgor

kim? U nima ish qiladi? Degan savol beriladi va oʻquvchilarning javoblari

toʻldiriladi.

2 modul

Quvnoq daqiqa.

Oʻqituvchi: Yaxshi oʻqish uchun, yaxshi nafas olish kerak.

1) Nafas olishga oid mashqlar:

“Choyni sovit”.

“Gulni hidla”.

“Sharni shishir”.

“Changni hayda”.

2) Ovoz mashqi: tovush mashqi: a,o,u,e,i,oʻ.

- Quyidagi she’rni eshitib bugun qanday mavzu bilan tanishishimizni

bilib olarsiz. Yaxshilab e’tibor qiling:

Toʻgʻrisoʻz bola. H.H. Niyoziy.

(Qisqartirilgani)

Kelmogʻida maktabidan bir oʻgʻil,

Toʻxta debon ikki kishi toʻsdi yoʻl.

Dedi:” Tanga berurman sanga

Soʻzla bir ogʻizgina yolgʻon manga”.

Berdi oʻgʻil fikr ila shirin javob:

“ Soʻzlang ako, qomatingizga qarab.

Bu soʻzingiz aslida yolgʻon erur

Tangaga yolgʻonni kim olgʻon erur”.

Quyidagi skanerga qarab bugungi oʻrganadigan mavzumiz nomini va unga

doir soʻzlarni toping.

Page 42: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

42

b r o s t g oʻ y b r

o o b o l a y

a

oʻ o o

l s y

o

l gʻ o h r l s

a t a n g a k k a t

r g k i s

h

i a k o g

o o

ʻ

m a k t a b y

u

s y s oʻ z i ng i z y

t o gʻ i z g i n a a

g l a r o s t g oʻ y

oʻ y s a n g a k i m

- rostgoʻy (5 ta), bola (3 ta), yolgʻon, tanga, kishi, ako, maktab, soʻzingiz,

ogʻizgina, sanga, kim.

3 modul.

Skanerdagi soʻzlarni qatnashtirib gaplar tuzing: Bir ogʻizgina yolgʻon,

rostgoʻy bola, yolgʻonchi kishi sanga tanga berurman, dedi va b. –Kim shu soʻzlar

vositasida ertak tuzib beradi. Bolalar oʻzlaricha tuzgan ertaklarini soʻzlab beradilar.

Bugungi oʻtadigan ertagimiz nomini topdingizmi? Bolalar aytadilar (Yoʻi

oʻqituvchi ertak nomini oʻzi aytadi: “Rostgoʻy bola”). Kelinglar endi ertakni

eshitib koʻramiz. Unda ba’zi notanish soʻzlarga duch kelasizlar. Ularning

mazmunini sizlarga tushuntiraman: (xattaxtaga oldindan yozib qoʻyilgan boʻlishi

ham mumkin)

Podshoh - yurtni boshqaruvchi kishi.

Vazir - podshohning yordamchisi.

Tadbir - oʻylab qilingan ish.

Xomush- xafa.

Page 43: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

43

4 modul

Ertakni oʻqituvchi tomonidan oʻqish, ma’lum bir qismini oʻquvchilar

davom ettirishi mumkin.

-Siz yolgʻon gapirgan bolalarni hayotda uchratganmisiz?

(Oʻquvchilar javoblari eshitiladi). Rost gapirishning ahamiyatini bilasizmi?

Oʻqituvchi rost gapirishning ahamiyati haqida oʻquvchilarning yoshiga mos

tushuncha beradi va xalq maqollaridan aytadi (Masalan, “Boshinga qilich kelsa

ham rost gapir”...qolganini oʻquvchilar davom ettiradilar).

5 modul

Mustaqil oʻqish.

Usul: oʻqituvchi oʻquvchilar bilan birga ovoz chiqarib oʻqiy boshlaydi

(oʻquvchilar faqat koʻz bilan oʻqiydilar), oʻqituvchi jim boʻlib, oʻqishni ichida

davom ettiradi, oʻquvchilar esa ovoz chiqarib oʻqiydilar, keyin yana oʻqituvchi

ovoz chiqarib oʻqiydi, oʻquvchilar koʻz bilan oʻqiydilar va shunday oʻqish ertak

oxirigacha davom etadi.

Oʻqish oldidan topshiriq: xattaxtada yozilgan soʻzlarni ertakda berilganday

izchillikda, soʻzlar qoʻshib yozing:

* qadimda,

* podshoh boʻlgan,

* xomush boʻlib yurgan,

* vazirning maslahati,

* gul urugʻi,

* farzand qilib olmoqchi,

* vaqt oʻtibdi,

* shahar aylanibdi,

* gullarni koʻrib oʻtaveribdi,

* koʻzi tushibdi,

* gullar qani,

* qaynattirgan.

6 modul

Page 44: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

44

Matnni tahlil qilish uchun savollar:

-Ertak qahramonlari kimlar?

-Quyidagi soʻzlar kim haqida yozilgan: xomush, farzandi yoʻq, gul urugʻi

tarqattiribdi (podshoh).

-Yaxshi farzand topish yoʻlini ertak qahramonlaridan kim maslahat beribdi?

(vazir)

-Qanday yoʻl bilan rostgoʻy, aqlli bola tanlandi?

-Keyin nima boʻldi?

-Podshoh gul urugʻini nima qilgan ekan?

-Quyidagi hikmatli soʻzlardan qaysi biri ertak mazmunini toʻldiradi?

1. Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir.

2. Yolgʻonning umri qisqa.

3. Boshingga nima kelsa, tilingdan kelur.

4. Toʻgʻrilik baxt keltirar.

(Toʻgʻri gapirgani uchun bola podshohga farzand boʻldi).

Markazlarda ishlash.

Sinf jamoasi 5-7 kishidan tahlilchilar, oʻquvchilar, tilshunoslar,

tadqiqotchilar (boshqalar ham boʻlishi mumkin) kabi guruhlarga boʻlinib

markazlarda ishlaydilar.

Oʻqish markazi: “Kitoblar olami”.

1 guruh-oʻquvchilar.

Topshiriq: Ertakdagi koʻrsatilgan qismni oʻqib, uni tiklash (Ertak

kseroʻopiya qilinib, 7 qismga boʻlinadi. Har bir qismi kamalakning bir rangiga mos

keladigan rangdagi qogʻozlarga yopishtiriladi. Oʻquvchilar boʻlingan matnni

tiklab, toʻliq javobni va kamalak rangini hosil qiladilar).

2 guruh-tahlilchilar.

Topshiriq: Ijodiy daftarda ishlash (matnga savollar qoʻyish)

Yozuv markazi: “ijodiy ish”.

Page 45: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

45

Har bir oʻquvchining aftarida qahramonlar xislatlariga tegishli soʻzlar

yozilgan: farzandi yoʻq, xomush, koʻp bolalarni koʻrdi, gulsiz tuvak ushlab

oʻtirgan bolakay.

Topshiriq: Qahramonlarga taalluqli xislatlarni oʻqib, kimga tegishligini

ayting. Ertak qahramonlaridan kimga tegishli gap yoʻqligini aniqlang (vazirga

tegishli gap yoʻq). Oʻzingiz tanlang.

Ilmiy-tadqiqot markazi.

Topshiriq: Ertakdagi qahramonlarga doir sifatlarni yozish va ularga

taalluqli sifatlarni qahramon nomi bilan birga yozing.

Natijada quyidagi jadval hosil boʻladi:

Xomush podshoh.

Aqlli vazir.

Rostgoʻy bola.

Yolgʻonchi bolalar.

Taqdimot:

Har bir markazdan bir bola chiqib, oʻz ishlarining yakuni haqida

soʻzlaydilar.

Oʻqituvchi: Qarang xattaxtamizda

Hosil boʻldi kamalak.

Quvonchimiz cheksizdir

Yorgin birning kelajak!

Uyga vazifa.

Har bir guruhga tegishli vazifalar alohida-alohida aytiladi. (bular ijodiy

daftarda ishlash, diafilmlar tuzish, matndan bosh gʻoyalarni ajratib yozish,

ertakdan olgan taassurotlari asosida rasm chizish va h.)

Darsni xulosalash.

-Bu darsdan qanday yangilik oʻrgandingiz? Sizga nima yoqdi? Nima sizga

yoqmadi? Siz qanday boʻlishini xohlar edingiz?

Page 46: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

46

Ushbu darsni aniq modul asosida tashkil qilish oʻquvchilarning

faolligini oshiradi va darsning qiziqarli va jonli tarzda oʻtishida muhim ahamiyat

kasb etadi.

Modul dasturi aniq maqsad sari yoʻnalganligi, har bir topshiriq uchun qat`iy

vaqt belgilanishi, umuman, darsning oldindan rejalashtirilishi oʻqituvchilarda katta

qiziqish uygʻotayotir.

Modulli ta’limning asosiy mohiyati, oʻquvchilar modul dasturlari ustida

mustaqil ishlab, ilm olishda belgilangan maqsadga erishadilar.

Modul dasturlari ta’lim tasbiyaviy mavzuning maqsadini dars davomida

mustaqil bajaradigan topshiriqlar asosida aks ettirgan koʻrsatmalr majmuidir.

Modul dasturlari – dars matni yoʻi oʻqituvchilar tomonidan oʻquv materialini

rejalashtirish emas, balki oʻquvchilarning mazkur mavzuni mustaqil va ijodiy

oʻrganishi boʻyicha oʻquv faoliyati dasturidir. Modul dasturlari oʻqituvchilar

tomonidan tuzilib, unda modulning umumiy didaktik maqsadi, mavzuni oʻrganish

bosqichlari, oʻquvchilar tomonidan bajariladigan oʻquv faoliyati elementlari,

ularning bilimini nazorat qilish yoʻllari ketma-ket bayon etiladi.

Oʻqituvchi modul dasturlarini tuzishda va undan ta’lim jarayonida

foydalanishda quyidagilarga e`tibor berishi zarur:

1. Oʻquv materialini tanlash. Oʻquvchilarga mustaqil oʻzlashtirish uchun

tavsiya etiladigan oʻquv materiali qisman tanish va ular uddalay oladigan boʻlishi

kerak.

2. Vaqtni tejash. Oʻquvchilar oʻquv materialini dasturda belgilangan

vaqt doirasida egallab olishlariga erishish zarur.

3. Oʻquvchilarda mustaqil va ijodiy ishlash koʻnikmalarini hosil qilish.

Oʻqituvchi oʻquvchilarni modul dasturlari bilan ishlashga yoʻllashdan avval

ularda darslik va boshqa manbalar ustida mustaqil ishlash koʻnikmasi

shakllanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Yuqoridagilardan koʻrinadiki, 1-sinf oʻqish darslarini turlicha metodlar

bilan tashkil qilish va oʻtkazish mumkin. Bu qoʻllangan metodlarning barchasi

Page 47: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

47

pirovard natijadi bir maqsadga- oʻquvchilarni ma;anaviy barkamol inson etib

tarbiyalashga qaratilmogʻi juda muhimdir.

2.3.Umumlashtiruvchi darslar va ularni ilgʻor pedagogik texnologiyalar

asosida tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish

Boshlangʻich ta’limda umumlashtiruvchi darslar oʻziga xos xususiyatlarga

ega. Jumladan, 1-sinfda oʻqishdan oʻtkaziladigan umumlashtiruvchi dars

oʻquvchilar bilimini bir tizimga solish, oʻrganilganlarni takrorlab umumlashtirish

maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars odatda oʻqish dasturidagi u yoki

bu muhim mavzu yuzasidan utkaziladi. Umumlashtiruvchi dars darslikning butun

bir boʻlimini yakunlashga xizmat qilishi xam mumkin.

1- sinfda oʻtkaziladigan umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va

tushunchalarni kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda oʻquvchilar

egallagan bilimlarning sinf va maktab jamoasi xayotida, har bir oʻquvchi xayotida

kanday axamiyatga ega ekanini tushunadilar. Bu darsda oʻqituvchi bolalar bilimini

boyitadigan shu mavzu oid qoʻshimcha materiallar ham berishi mumkin.

1-sinfda umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari oʻqilganlar mazmunini

oʻquvchilar yodida kayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda boʻlishi,

bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga

solishga yordam berish lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan

ukiganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idroʻlangan

tabiatdagi predmetlar va xodisalar, ijtimoiy xayot voʻealari, shaxsiy tajribalari xam

material buladi. Maktab hayoti, oila mavzusi yoki tabiatshunoslikka oid mavzuga

bagʻishlangan umumlashtiruvchi darsning vazifasi kitob materialini

oʻquvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalar jarayonida olgan bilimlari bilan bogʻliq

hisoblanadi.

Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma - xil bulib, koʻrilgan va

kechirilganlar yuzasidan, illyustrativ materiallarni (rasmlar, misollar) kursatish va

Page 48: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

48

taxlil qilish, oʻquvchilarning ayrim asarlardan parchalar oʻqish, ekskursiya va

kuzatishlar hakida bolalarning ogʻzaki hikoyani kabilardan foydalaniladi.

Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib

tanlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga asosan quyidagi pedagogik talablar

qoʻuyiladi:

- oʻquvchilar muayyan mavzu ustida ishlab, oʻqiganlari, koʻrganlari,

eshitganlari, kuzatganlari haqida uz fikr - muloxazalarini dadil va erkin aytish

imkoniyatiga ega bulsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab utkazilgan

umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid oʻqigan hikoya va

maqollardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, u yoʻi bu hikoya yoʻi

maqolda katnashuvchi shaxslar, ularning xulq - atvorlari haqida oz fikrlarini

aytadilar, ayrim zaruriy hollarda oʻqqilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar.

Agar mavzuni urganish jarayonida oʻquvchilar bilan ekskursiya oʻtkazilgan boʻlsa,

ular ekskursiyada koʻrganlaridan nimalar qiziqarli bulganini, kaysilari kuchli

taassurot qoldirganini aytib berishlariga oʻqituvchi yordam beradi. Bular

oʻquvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga urgatadi, ustiruvchi

ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

1– sinfda umumlashtiruvchi darslar «Oʻqish kitobi» darsligida berilgan 7 ta

boʻlim yuzasidan oʻtkazilishi hamda oʻquv yili oxirida barcha oʻrganilganlar

yuzasidan oʻtkazilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, “Xalq oʻgiti- baxt kaliti”

boʻlimi materiallari oʻrganilgach boʻlim yuzasidan umumlashtiruvchi dars tashkil

qilinadi. Bunda boʻlimdagi “She’r va sichqon”, “Maymun bilan duradgor”,

“Rostgoʻy bola”, ertaklari, maqollar va topishmoqlar, latifalar va “Laylak keldi-

yoz boʻldi” qoʻshigʻi oʻrganilgach bu dars tashkil qilinadi.

Bunda oʻquvchilarning shaxsiy tajribasi, oila va maktab, shahar xayoti

haqidagi bilimlari katta axamiyatga ega. Bunday darslarda umumiy xulosani

oʻqituvchining yordamisiz oʻquvchilarning uzlari mustaqil ravishda chikarishlari

juda muhim bulib, bu ularning kelgusi ishonchlarini shakllantirish uchun ularning

kelgusi ishonchlarini shakllantirish uchun mustaxkam asos xisoblanadi.

Page 49: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

49

Oʻqish kitoblarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishlarida

berilgan savol va topshiriqlarga yaqin, ularning yosh xususiyatlariga mos boʻlishi

kerak. Shunda ular yuzasidan bolalar tugri yakuniy va umumiy xulosa chikara

oladilar. Mustaqil xulosa chikarish tarbiyalovchi ta’limda muhim axamiyatga ega.

1-sinfda umumlashtiruvchi darsni muvaffaqiyatli oʻtkazish unga

oʻqituvchining kanday tayyorgarlik koʻrganiga bogʻliq. Bunday darsda juda koʻp

material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirish mumkin emas; bu

darsga kup material yuklash oʻquvchilar dikkatini tarkatib yuboradi, idrok etish

qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlash imkonini chegaralaydi. Oʻqituvchi

umumlashtiruvchi darsda oʻquvchilardan nimalarni surashni, mavzu yuzasidan

yana nimalarni umumlashtirishni belgilab oladi; darsning maqsadi haqida uylab,

bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish formalaridan

foydalanishni rejalashtiradi.

Umumlashtiruvchi darsni oʻqish dasturidagi har bir mavzu oʻrganilgan soʻng

oʻtkazish shart emas. Uni fakat oʻqish darsining muhim va katta boʻlimi

materiallari oʻrganilgandan keyin utkazish maqsadga muvofiq. Mavzularni

oʻrganish davrida foydalanilgan koʻrgazma qurollardan, savol va topshiriqlardan,

ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suxbat materiallaridan umumlashtiruvchi

darslarda shundayligicha - bir xilda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Umumlashtiruvchi dars oldiga qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga

oshirish uchun oʻqituvchi kundalik mashgulotlarida foydalanilgan juda koʻp

materiallardan har bir mavzu uchun juda muhim va xarakterlilarni tanlashi,

oʻquvchilar mustaqil xulosa chikara olishlariga va uz fikr - muloxazalarini

mustaqil ravishda bayon etishga imkoniyatni ekskursiya va kuzatishda yozgan

xotiralarni (agar boʻlsa) oʻqib chikishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini yigʻishlari,

kitobdagi materiallarni koʻzdan kechirib, qiziqarli oʻrinlarini belgilashlari, u yoʻi

bu asardan ayrim parchani yodlashlari yoʻi matnga yaqin bayon etishga

tayyorlanishlari lozim.

Masalan, “Xalq oʻgiti- baxt kaliti” boʻlimi materiallarini umumlashtiruvchi

dars quyidagi texnologik xarita asosida tashkil qilinadi.

Page 50: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

50

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu: Xalq oʻgiti- baxt kaliti” boʻlimi yuzasidan umumlashtirish

(noan’anaviy dars)

Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Shu boʻlimda berilgan barcha

mavzulardagi tushunchalar.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: Bu darsda oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining ertak,

maqollar, topishmoqlar, xalq qoʻshiqlari, latifa janriga doir oʻrganilgan bilimlar

takrorlanadi, umumlashtiriladi va sinovdan oʻtkaziladi.

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Suhbat, didaktik oʻyin, ifodali oʻqish, tushuntirish, munozara,

musobaqa, muammoli izlanish.

Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.

Jihoz: Ertakalar tasvirlangan rasmlar.

Nazorat: Oʻquvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: Oʻquvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

Ta’limiy: Oʻquvchilarning xalq ogʻzaki ijodi boʻlimi yuzasidan olgan

bilimlarini mustahkamlash, toʻgʻri, ravon, ifodali oʻqish malakalarini

takomillashtirish.

Tarbiyaviy: Oʻquvchilarni doʻstlikni qadrlashga, mehnatsevarlikka, rostgoʻy

va xushmuomala boʻlishga oʻrgatish.

Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarning toʻgʻri, ravon, ifodali oʻqish malakalarini

rivojlantirish.

Kutilayotgan natija

Dars yakunida oʻquvchilarning toʻgʻri, ifodali va tez oʻqish malakalari

takomillashadi. Xalq ogʻzaki ijodining oʻrganilgan janrlari boʻyicha egallagan

bilimlari sinovdan oʻtadi. Oʻquvchilar oʻz-oʻzini anglashga, oʻz xatolarini tuzatishni

Page 51: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

51

oʻrganadilar.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy

qism

Oʻquvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning

darsga tayyorligi tekshiriladi.

Suhbat 2 daqiqa

2-bosqich

(Refleksiya)

ehtiyojlarni

aniqlash

Dars davomida rioya qilish lozim boʻlgan

qoidalar belgilanadi. Dars shiori ishlab

chiqiladi.

Munozara 2 daqiqa

3-bosqich

Darsning

borishi

1. Oʻqituvchi tashkiliy qismni

oʻtkazgach, bugungi dars mavzusini e’lon

qiladi.

Darsda Laylakvoy ishtiroʻ etadi.

(Laylakvoy rolini yuqori sinf

oʻquvchilaridan biri bajarishi mumkin).

2. Butun dars davomida

Laylakvoy va oʻquvchilarning muloqoti

boʻlib, barcha mavzularga doir bilimlar

takrorlanadi.

3. Boshqotirma va rebusni

yechish.

Ifodali oʻqish

Suhbat

Muammoli

izlanish

7 daqiqa

14

daqiqa

8 daqiqa

4-bosqich

mustahkamlas

h

1. Oʻrganilganlar takrorlanib dars

mustahkamlanadi.

2. Test yechish.

Suhbat 4 daqiqa

5 daqiqa

5-bosqich

baholash

Darsni

Oʻquvchilarning darsda ishtiroʻi

hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi va

dars yakunlanadi.

2 daqiqa

Page 52: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

52

yakunlash

6-bosqich Latifalar oʻrganib kelish topshirigʻi

beriladi.

Tushuntirish 1 daqiqa

Darsning borishi:

1. Oʻqituvchi tashkiliy qismni oʻtkazgach, bugungi mavzuni e`lon qiladi.

Darsda Laylakvoy ishtiroʻ etadi. (Laylakvoy rolini yuqori sinf

oʻquvchilaridan biri bajarishi mumkin).

2. Oʻqituvchi: Bugun siz bilan boʻlim yuzasidan olgan bilimlaringizni

mustahkamlaymiz. Qaysi boʻlimni yakunladik? (“Xalq oʻgiti – baxt kaliti”

boʻlimini).

Shu vaqt sinfga “Laylakvoy” kirib keladi.

- Men qayerga kelib qoldim? (Maktabning birinchi sinfiga).

- Siz bu yerda nima bilan shugʻullanasiz? (Bilim olamiz).

- Juda yaxshi. Men ham nimalarni oʻrganganlaringizni bilsam boʻladimi?

Oʻqituvchi: - Albatta boʻladi. Bu sinfdagi bolalar juda bilimdon. Bular hatto

sening kimligingni va qaysi ertakdan kelganingni ham bilishadi.

Laylakvoy: - Rostdanmi? Qani unda ayting-chi, men kimman?

Oʻquvchilar: Sen ”Oltin tarvuz” va ”Ur toʻqmoq” ertagidagi Laylakvoysan.

Laylakvoy: Juda bilimdon ekansizlar-ku. Men esa bir qancha jumboqlarni

yecha olmay boshim qotdi. Sizlar uni yechishga yordamlashasizlarmi? (Ha).

- Men juda koʻp yurtlarni, oʻrmonlarni, togʻlarni koʻrdim. Ayrim

jumboqlarni hech hal qila olmadim. Ulardan biri shuki, bir oʻrmonda she’r va

sichqon doʻst tutunishibdi. Nega endi shunday bahaybat sher ayiq bilan emas, boʻri

bilan emas, mittigina sichqoncha bilan doʻst tutingan?

Oʻquvchilar: ”Sher va sichqon” ertagining mazmunini soʻzlab beradilar.

Laylakvoy: Uni qarang-a, kim oʻylabdi mittigina sichqon shunday bahaybat

sherni oʻlimdan qutqara oladi, deb.

Page 53: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

53

Doʻstlik shunchalik qadrli ekan, men ham bilib oldim. Yana doʻstlik haqida

nimalarni bilasiz?

Oʻquvchilar doʻstlik haqidagi maqollar, hikmatli soʻzlardan aytadilar.

Laylakvoy: Juda bilimdon ekansiz. Menga yana bir jumboqni yechishga

yordam berasizlarmi? (Ha).

Men Hindistonda maymunlar toʻdasiga duch keldim. Ular orasida bir

maymunni koʻrdim. Unga qarab ham kulgim keldi, ham rahmim keldi. Uning dumi

yoʻq ekan. Buniyam sababini bilasizlarmi?

Oʻquvchilar: ”Maymun va duradgor” ertagining mazmunini soʻzlab

beradilar.

Oʻqituvchi: Qissadan hissa shuki...

Oʻquvchilar: ”Oʻzingga aloqador boʻlmagan ishga aralashma”.

Laylakvoy: Demak maymunvoy oʻzi bilmagan va tushunmagan ishga

aralashgani uchun dumidan ayrilgan ekan-da.

Men yana bir yurtda farzad koʻrmagan bir shohnig oddiygina bir bolani

farzand qilib olganini eshitdim. Nima uchun aynan shu bolani tanlaganini hech

tushunmadim.

Oʻquvchilar ”Rostgoʻy bola” ertagini soʻzlab beradilar.

Oʻqituvchi: Bolalar, keling, Laylakvoyga shu boʻlimda oʻrgangan maqollar,

topishmoqlar, qoʻshiqlarni aytib beramiz. (Oʻquvchilar aytadilar).

Laylakvoy: Rahmat,bolajonlar. Men sizlar bilan vaqtimni samarali

oʻtkazdim. Menga koʻp jumboqlari hal etishga yordamlashdinglar. Men endi

qaytaman. Sizning yurtingizga esa yozda qaytib kelaman. Sizning yurtingizga esa

yozda qaytib kelaman.

Oʻqituvchi: Xayr, Laylakvoy. Biz seni yozda mana bu qoʻshiq bilan kutib

olamiz.

Oʻquvchilar: ”Laylak keldi, yoz boʻldi” qoʻshigʻini kuylaydilar. Soʻng

”Laylakvoy” xayrlashib chiqib ketadi.

Oʻqituvchi darslikdagi boshqotirma va rebusni hal etishni aytadi.

Oʻquvchilar bu topshiriqni ham hal etadilar.

Page 54: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

54

Oʻqituvchi mavzuga oid test savollari yordamida darsni xulosalaydi,

oʻquvchilar reytingini e’lon qiladi.

Yuqoridagilardan koʻrinadiki, bunday usulda tashkil qilingan va oʻtkazilgan

dars samaradorligi bilan ajralib turadi.

Umumlashtiruvchi dars oldiga kuyilgan vazifalarni muvaffakiyatli amalga

oshirish uchun oʻqituvchi kundalik mashgulotlarida foydalanilgan juda kup

materiallardan har bir mavzu uchun juda muhim va xarakterlilarni tanlashi,

oʻquvchilar mustaqil xulosa chikara olishlariga va uz fikr - muloxazalarini

mustaqil ravishda bayon etishga imkoniyatni ekskursiya va kuzatishda yozgan

xotiralarni (agar boʻlsa) oʻqib chikishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini yigʻishlari,

kitobdagi materiallarni koʻzdan kechirib, qiziqarli oʻrinlarini belgilashlari, u yoʻi

bu asardan ayrim parchani yodlashlari yoʻi matnga yaqin bayon etishga

tayyorlanishlari lozim. Xususan, ”Mehnatning tagi rohat” boʻlimi yuzasidan

oʻtkaziladigan darsni tashkil qilish va oʻtkazish y`ollarini keltiramiz.

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu: ”Mehnatning tagi rohat” boʻlimi yuzasidan takrorlash.

Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Boʻlimdagi barcha mavzularga

tegishli tushunchalar.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: Bu darsda oʻquvchilar boʻlimda oʻrgangan

bilimlarini takrorlaydilar, mustahkamlaydilar, umumlashtiradilar va oʻzlarini

baholash, tashxislashga oʻrganadilar.

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Savol-javob, suhbat, hikoya, tushuntirish, munozara.

Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.

Jihoz: Turli kasbdagi kishilar mehnati tasvirlangan rasmlar.

Nazorat: Oʻquvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: Oʻquvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Page 55: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

55

Maqsadlar:

Ta’limiy: Bilimlarni mustahkamlash, toʻgʻri va ifodali oʻqish malakalarini

mustahkamlash.

Tarbiyaviy: Oʻquvchilarni mehnat qilishga , oʻzgalar mehnatini qadrlashga

oʻrgatish, turli kasblar haqida ma’lumot berish orqali kasbga yoʻnaltirish.

Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarning toʻgʻri, ravon, ifodali oʻqish

malakalarini, mehnatga muhabbat tuygʻularini rivojlantirish.

Kutilayotgan natija

Dars yakunida oʻquvchilarning toʻgʻri, ifodali va tez oʻqish malakalari

takomillashadi. Oʻquvchilar har qanday mehnatni e’zozlashga oʻrganadilar. Boʻlim

yuzasidan bilimlarini sinovdan oʻtkazib, oʻzlarining kamchilik va yutuqlarini bilib

oladilar, kamchiliklarni tuzatishga kirishadilar.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy

qism

Oʻquvchilar davomati aniqlanadi.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Suhbat 2 daqiqa

2-bosqich

(Refleksiya)

ehtiyojlarni

aniqlash

Dars davomida rioya qilish lozim

boʻlgan qoidalar belgilanadi. Dars shiori

ishlab chiqiladi.

Munozara 2 daqiqa

3-bosqich

Darsning

borishi

1. Bugungi mavzu e’lon qilinadi.

2. Oʻqituvchi mehnatining afzalligini

tushuntirib, ”Aqilli bogʻbon” ertagini

eslatadi. Oʻquvchilardan biri ertakni

soʻzlab beradi. Shundan soʻng matnga

doir 1-test va rebus hal etiladi.

3. Abdulla Avloniyning „Soqi bilan

Ifodali

oʻqish,

tushuntirish,

test, rebus.

Ifodali

1 daqiqa

6 daqiqa

6 daqiqa

Page 56: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

56

onasi“ hikoyasining mazmuni eslanadi,

matnga doir testlar ishlanadi.

4. Poʻlat moʻminning „Yer nima der“

she’ri eslatiladi. Mavzuga doir testlar

ishlanadi.

5. Shuhratning „Tugma“ hikoyasi

eslatiladi.

6. Abdulla Avloniyning „Maqtanchoq

gʻoz“ hikoyasining mazmuni eslatiladi.

7. Oʻquvchilarning kasblar haqidagi

tayyorlagan sahna koʻrinishlari tomosha

qilinadi.

oʻqish

Suhbat,

muammoli

izlanish

Suhbat, test

Ifodali

oʻqish, test

Hikoya,

didaktik

oʻyin

4 daqiqa

5 daqiqa

4 daqiqa

9 daqiqa

4-bosqich

mustahkamlash

Darslikdagi savol va topshiriqlar asosida

dars mustahkamlanadi.

Suhbat 3 daqiqa

5-bosqich

baholash

Darsni

yakunlash

Oʻquvchilarning darsda ishtiroʻi hisobga

olinib, reytingi e’lon qilinadi va dars

yakunlanadi.

2 daqiqa

6-bosqich Uyda oʻz kamchiliklarini tahlil qilish va

tuzatish aytiladi.

Tushuntirish 1 daqiqa

Darsning borishi:

1. Oʻqituvchi tashkiliy qism oʻtkazgach bugungi mavzuni e’lon qiladi.

2. Oʻqituvchi mehnatining afzalligi, mehnat qilgan kishi rohat koʻrishini,

bunga misollar juda koʻpligini, shunday misollardan biri “Aqilli bogʻbon” ertagida

keltirilganligini aytib oʻtadi. Oʻquvchilardan biri ertakni soʻzlab beradi. Shundan

soʻng matnga doir 1-test va rebus hal etiladi.

3. Bogʻbon oʻgʻillariga aytgan oltin qayrda ekan?

A. Yerda

B.Mehnatda

Page 57: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

57

4.Oʻqituvchi: Mehnat doim insonni ulugʻlagan. Uning sogʻlom oʻsishi uchun

xizmat qilgan. Keling, Abdulla Avloniyning “Soqi bilan onasi” hikoyasining

mazmunini eslaymiz.

Oʻquvchilardan biri “Soqi bilan onasi” hikoyasini soʻzlab beradi. Matnga

doir 3-4 – testlarning toʻgʻri javobi topiladi.

Soqi nega ovqatni ichmadi?

A.Bemaza tuyulgani uchun.

B.Qorni ochligi uchun.

Soqiga ovqat nega mazali tuyuldi?

A.Mehnat qilgani uchun.

B.Ochligi uchun.

5. Oʻqituvchi: Soqining onasi nega uni kechgacha ishlatdi? (Soqining

ishtahasi ochilsin deb).

6. Oʻqituvchi: Demak, mehnatda gap koʻp ekan. Mehnat qilsang rohatini

ham koʻrar ekansiz. Shu haqda Yer bizga nima deb uqtiradi? (Poʻlat Moʻminning

“Yer nima der” sheri eslatiladi). Oʻquvchilardan biri she’rni yoddan aytib bersa

yanada

1. Yer bizga nima der ekan?

A. Menga koʻngil ber.

B. Men senga boylik beraman.

yaxshi boʻladi.

7. Shu mavzuga doir test savollari yechiladi: 2. Yer nima deb uqtirar ekan?

A. Mehnat qilgan halol yer.

B. Mening hosilimdan ye.

3. Peshanangdan ter toʻkib ishlasang yer nima berar ekan?

A. Quvvat beradi.

B. Hosil beradi.

8. Demak, odamlar mehnat qilishga tayyor boʻlishlari kerak ekan. Biz

mehnatga tayyor boʻlish haqida yana qanday hikoya oʻqigan edik? (Shuhratning

Page 58: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

58

”Tugma” hikoyasi eslatiladi). Oquvchilardan biri hikoyaning mazmunini soʻzlab

beradi.

Oʻqituvchi: Erkinjonning buvasi nega tugmasini oʻzi qadashni buyurdi?

(Chunki odam bolasi har narsaga qodir boʻlmogʻi lozim).

9. Oʻqituvchi: Biz shu boʻlimda Abdulla Avloniyning yana qanday hikoyasi

bilan tanishdik? (Maqtanchoq gʻoz)

Oʻquvchilar hikoyaning mazmunini soʻzlab beradilar.

Oʻqituvchi: Gʻoz nega maqtandi? (Chunki u oʻzini hamma narsaga qodir deb

oʻylar edi).

Oʻqituvchi: Qurbaqa unga nima dedi? (Chala-chulpa uch hunarni bilguncha,

birini yaxshilab bilganing ma’qul). Demak, bir hunarni yaxshilab egallansa, yaxshi

hunarmand boʻlar ekan. Bolajonlar, sizlar ham katta boʻlgach biror hunarni

egallaysiz.

10. Oʻqituvchi: Dunyoda kasblar turli tuman boʻlib, ular insonlar uchun turli

xizmatlarni bajaradilar. Keling oʻrtoqlaringizning kasblar haqidagi tayyorlagan

sahna koʻrinishlarini tomosha qilamiz.

Oʻquvchilar quyidagi she’rlarni aytib, kasblar afzalliklarini namoyish

qiladilar:

“Novvoy” (Qoʻliga non koʻtarib chiqadi):

Pishiraman shirmoy non,

Mehnat qilib toʻymayman.

Mehrim qoʻshib har nonga,

Tutsam deyman insonga.

Baliqchi: (qarmoq bilan chiqadi).

Ov qilib tutib oldim,

Daryodan yirik baliq.

Ichidan chiqdi uning,

Ikkita tirik baliq.

(Qambar Oʻtayev).

“Chavandoz” (chavandoz kiymida)

Page 59: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

59

Men chavandoz boʻlaman,

Dada, agar ot olib,

Bersangiz tez yelaman.

Gʻolib chiqib uloqda,

Men sovrindor boʻlaman.

(Qambar Oʻtayev)

”Kompozitor” (qoʻlida sozi bilan)

Yoqimtoy kompozitor

Boʻlsammi deb oʻylayman.

Oʻzim yozib termasin,

Oʻzim keyin kuylayman.

(Gʻ. Gʻulom)

”Chevar qiz” (qoʻlida doʻppi bilan chiqadi).

Chevar boʻlsa, toʻqisa,

Bundan yaxshi qiz bormi.

Oʻzi a’lo oʻqisa,

Bundan yaxshi qiz bormi.

(Gʻ. Gʻulom)

”Sportchi” (Qoʻlida toʻp bilan chiqadi).

Men sportchi boʻlaman

Toʻpim toʻp-toʻp etasan.

Ursam uchib ketasan.

Havolanib nariga,

Doʻstlarimga yetasan

(Zafar Diyor)

Oʻqituvchi: Mana, sinfdosh doʻstlaringiz kelajakda kim boʻlmoqchi

ekanligini namoyish etdilar. Endi siz kasblar haqida ma’lumotga ega boʻldingiz.

Page 60: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

60

11. Mehnatning ahamiyati haqida suhbat oʻtkaziladi. Oʻquvchilardan

kimlarning mehnatidan foydalanishlari soʻraladi. Quyidagi savollardan foydalanish

mumkin:

Har kuni ovqatlanamiz. Oziq-ovqatni kimlar yetkazib beradi? (dehqonlar,

bogʻbonlar, novvoylar, oshpazlar)

Kiyimlarimizni kimlar tayyorlaydi? (tikuvchilar)

Uylarimiz eshiklari va romlarini, bizning partalarimizni kimlar tayyorlaydi?

(duradgorlar)

Uzoq yoʻlimizni kimlar yaqin qiladi? (haydovchilar)

Sogʻligimiz yomonlashsa, kimlar yordam beradi? (shifoʻorlar) va hoʻazo

savollar berib, oʻquvchilar javoblarini umumlashtiradi va mehnatning hamma turi

ham insonlar uchun xizmat qilishini va uni hurmat qilish lozimligini tushintiradi.

Dunyoda juda koʻp kasblar bor. Har kim ulardan oʻziga mosini tanlab oladi.

Siz ham kelgusida biror kasbni tanlab, Vatanimizga, xalqimizga xizmat qilasiz.

Buning uchun a’lo baholarga oʻqish lozim.

Shundagina yaxshi kasb egasi boʻlasiz.

12. Oʻqituvchi darsni xulosalaydi, oʻquvchilarni baholaydi va darsni

yakunlaydi.

1-sinfda umumlashtiruvchi darsni muvaffaqiyatli oʻtkazish unga

oʻqituvchining qanday tayyorgarlik koʻrganiga bogʻliq. Buning uchun oʻqituvchi

bollarni darsga qiziqtiradigan metodlardan unumli foydalanishlari, dars

samaradorligini oshirishga qaratilgan usullardan foydalanishlari maqsadga

muvofiqdir.

Page 61: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

61

Xulosa

Mazkur bitiruv malakaviy ishida berilgan vazifalar oʻrganilib, quyidagi

xulosalarga kelindi:

1. Yoshlarni milliy istiqlol ruhida ma’naviyatli, barkamol avlod

sifatida tarbiyalab yetishtirish davrimizning dolzarb masalalaridan biridir. Mana

shu dolzarb masalani amalga oshirishda 1-sinf oʻqish darslari ham alohida oʻrin

tutadi.

2. 1-sinf oʻqish darlarini tashkil qilish va oʻtkazishning rang-barang

usullaridan foydalanish ularning samarador boʻlishini ta’minlaydi.

3. 1-sinf oʻqish darslarini samaradorligi uning pedagogic

texnologiyalar asosida loyihalashga bogʻliq. Buning uchun berilgan talablar

asosida darsning texnologik xaritasi (yoʻi loyihasi) tayyorlanadi, dars loyihasi

tayyor boʻlgach darsning algoritmi ishlab chiqiladi.

4. 1-sinf oʻqish darslarining tuzilishi, ta’lim-tarbiyaviy maqsadi, dars

tipi va oʻrganiladigan materiallarning xususiyatiga koʻra turli xildir. Ularning bu

xususiyatlariga loyihalashda katta e’tibor qaratiladi. .

5. 1-sinf umumlashtiruvchi darslarini toʻgʻri tashkil qilish uning

xususitalari bilan bevosita bogʻliqdir.

6. 1-sinfda oʻqish darslari qurilishida qat’iy andaza, birinchidan,

ijodkorlikka yoʻl bermaydi. Ikkinchidan, oʻquvchilarning imkoniyatlarini cheklab

qoʻyadi. Shuning uchun 1-sinf oʻqish darslarini turli noan’anaviy tarzda oʻtkazish

maqsadga muvofiqdir.

7. 1-sinf oʻqish darslarida modulli oʻqitishdan foydalanish ham

yaxshi samara berdi.

8. 1-sinf oʻqish darslarida quyidagi talablar amal qilinadi:

- ta’lim va tarbiya maqsadining birligi;

- ta’lim va tarbiya vazifalarining birligi;

- ta’lim va tarbiya manbalarining uzviy bogʻliqligi;

- ta’lim va tarbiya metodlarining birligi.

Page 62: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

62

9. Har bir dars pedagogik, psixologik, metodik tomondan toʻgʻri tashkil

etilishi, didaktik talablarga amal qilgan holda oʻtkazilishi kerak.Oʻqituvchi darsda

vaqtni toʻgʻri taqsimlshi, undan unumli foydalanishi zarur. Oʻqish darsi oʻzining

mazmuni va mundarijasi jihatidan boshqa darslardan farq qilishi va ta’limda

yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak.

Page 63: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

63

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.- Toshkent,

“Ma’naviyat”, 2008.

2.Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz

farovonligini yanada yuksaltirishdir. -Toshkent, “Oʻzbekiston”, 2010. y.74-75-

betlar.

3. Oʻzbekiston prezidenti I.A.Karimovning BMT bosh assambleyasining

mingyillik rivojlanish maqsadlariga bagʻishlangan oily darajadagi yalpi majlisdagi

nutqi.- Toshkent. “Oʻzbekiston”, 2010. -y. 11-bet.

4. Karimov I.A. . Mamlakatni modernizatsiya qilish yoʻlini izchil davom

ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir.- Toshkent, 2010. 4-b.

5.Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni // Barkamol

avlod- Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent: “Sharq” nashriyot-

matbaa konsernining Bosh tahririyati, 1998.

6.Oʻzbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” // Barkamol

avlod- Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent: “Sharq” nashriyot-

matbaa konsernining Bosh tahririyati, 1998.

7.Barkamol avlod orzusi (Tuzuvchilar: Qurboniv Sh., Saidov H., Ahliddinov

R.)- Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1999.

8.Bоshlangʻich ta’lim boʻyicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standart i//

Boshlangʻich ta’lim .- Toshkent, 2005.- 5-son, 5,6,8-9-betlar.

9.Bоshlangʻich ta’lim boʻyicha Yangi tahrirdagi oʻquv dasturi //

Boshlangʻich ta’lim .- Toshkent, 2005.- 5-son, 21-33-betlar.

10. Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi// Boshlangʻich ta’lim, 1998, 6-son.

11. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturi.- Toshkent,

2010.

12. Anorboyev A. Badiiy asar- ma’naviy boylik// Boshlangʻich ta’lim, 2008,

6-son, 18-bet.

13.Avezov S. Milliy istiqlol gʻoyasi mezonlari// Boshlangʻich ta’lim, 2006,

12-son, 10-bet.

Page 64: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi3.pdf · Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar

64

14. Matchonov S., Gʻulomova X. va boshqalar. Boshlangʻch sinf oʻqish

darslarini pedagogik texhologiyalar asosida tashkil etish.- Tоshkеnt: , “Yangiyul

Poligraph servise”, 2008.

15. Nazarova H., Anorboyeva A. Oʻqish darsi- nafosat olami //

Boshlangʻich ta’lim, 2008, 11-son, 5-bet.

16. Qоsimоva K., Matchonov S. , Gʻulomova X., Yoʻldasheva SH., Sariyev

Sh. Ona tili oʻqitish mеtоdikasi. -Tоshkеnt, «Nosir», 2009.

17. Roʻziyeva G., Qorayev Z. Folklordan foydalanish// Boshlangʻich ta’lim,

2009, 3-son, 6-bet.

18. Safarоva R., Musayеv U., Musagеv P., Yusupоva P., Nurjanоva R.

Oʻzbеkistоn Rеspublikasida umumiy oʻrta ta’lim stratеgiyasi muammоlari va

ta’lim mazmunining yangi mоdеllari, ularni tatbiq etish yoʻllari. –Tоshkеnt, 2005.

19. Sattarova M., Sharipova R. Mukammallik yoʻlida// Boshlangʻich ta’lim,

2008, 3-son, 14-15-betlar.

20. Zuhra Ilyos qizi. Ma’naviyati yuksak avlod- Vatan ishonchi //

Boshlangʻich ta’lim, 2009, 10- son, 21- bet.

21.Xalilov M., Isaqov Z., Husainova F. 1-sinfda oʻqish darslari//

Boshlangʻich ta’lim, 2005, 1-son, 10-11-betlar.

22. Gʻafforova T. , Gʻulomova X. Oʻqish darslari. 1- sinf (oʻqituvchilar

uchun metodik qoʻllanma)– Toshkent, “Tafakkur” nashriyot- matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyati. 2011.

23. Gʻafforova T. , Gʻulomova X. Oʻqish kitobi. 1-sinf uchun darslik. –

Toshkent, ”Sharq” nashriyot-matbba aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,

2012.

24. Gʻafforova T.Boshlangʻich ta’limda zamonaviy pedagogik

texnologiyalar.- Toshkent: ”Tafakkur”, 2012.

25. Internet ma’lumotlari: www ziyonet.uz