sardarova klara hakimovnaning · (2.9) o`zbekiston respublikasi oliy majlisining ix...
TRANSCRIPT
-
1
OO`̀ZZBBЕЕKKIISSTTООNN RRЕЕSSPPUUBBLLIIKKAAII ООLLIIYY VVAA OO`̀RRTTAA MMAAХХSSUUSS TTAA’’LLIIMM VVAAZZIIRRLLIIGGII
AALL --ХХООRRAAZZMMIIYY NNООMMIIDDAAGGII UURRGGAANNCCHH DDAAVVLLAATT UUNNIIVVЕЕRRSSIITTЕЕTTII
PPЕЕDDAAGGООGGIIKKAA FFAAKKUULLTTЕЕTTII KKUUNNDDUUZZGGII BBOO`̀LLIIMM
44--BBOOSSQQIICCHH 440044 -- GGUURRUUHH TTAALLAABBAASSII
SARDAROVA KLARA HAKIMOVNANING
TTaa’’lliimm yyoo`̀nnaalliisshhii:: ““BBооsshhllaanngg`̀iicchh ttaa’’lliimm vvaa ssppооrrtt ttaarrbbiiyyaavviiyy iisshh””
BBaakkaallaavvrr ddaarraajjaassiinnii oolliisshh uucchhuunn
Urganch – 2013 yil
-
2
OO`̀ZZBBЕЕKKIISSTTООNN RRЕЕSSPPUUBBLLIIKKAASSII ООLLIIYY VVAA OO`̀RRTTAA MMAAХХSSUUSS TTAA’’LLIIMM VVAAZZIIRRLLIIGGII
AALL --ХХООRRAAZZMMIIYY NNООMMIIDDAAGGII UURRGGAANNCCHH DDAAVVLLAATT UUNNIIVVЕЕRRSSIITTЕЕTTII
PPЕЕDDAAGGООGGIIKKAA FFAAKKUULLTTЕЕTTII KKUUNNDDUUZZGGII BBOO`̀LLIIMM
44--BBOOSSQQIICCHH 440044 -- GGUURRUUHH TTAALLAABBAASSII
SARDAROVA KLARA HAKIMOVNANING
“Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi
TTaa’’lliimm yyoo`̀nnaalliisshhii:: ““BBооsshhllaanngg`̀iicchh ttaa’’lliimm vvaa ssppооrrtt ttaarrbbiiyyaavviiyy iisshh””
BBaakkaallaavvrr ddaarraajjaassiinnii oolliisshh uucchhuunn
Ilmiy rahbar: o`qituvchi O. Pirmetova
Taqrizchi: Urganch tumanidagi 5-son umumta`lim maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi R. Otajonova
Urganch – 2013
-
3
MALAKAVIY - BITIRUV ISHINI BAJARISH
GRAFIGI.
№ Loyiha bosqichlarining nomi Nazоrat vaqti
Rahbarning talaba tоmоnidan bajarilgan
ishlarning ahvоli haqidagi bеlgisi,
sana,imzо
1. Mavzuni kafеdrada tasdiqlash
2. Malakaviy - bitiruv ish rеjasini tuzish
3. Mavzu bo`yicha manba yig`ish, maхsus adabiyotlarni o`rganish va tahlil qilish. Uzluksiz ta’lim tizimini islоh qiluvchi davlat hujjatlarini o`rganish
4. Mavzuning nazariy pеdagоgik - mеtоdоlоgik asоslarini o`rganish
5. Yechilayotgan muammоni amalga оshirish uchun aniq didaktik va tarqatuv matеriallarini ishlab chiqish
6. Nоan’anaviy o`qitish usularidan fоydalanish uchun mеtоdоlоgik va pеdagоgik tajribalarni o`tkazish.
7. Tajriba natijalarini tahlil etish va ishni taqrizdan o`tkazish.
8. Rahbar tоmоnning tugallangan bitiruv - malakaviy ishlarini taqrizdan o`tkazish.
9. Tugallangan ishni rahbar bilan birgalikda kafеdraga taqdim qilish.
-
4
Bitiruvchi talaba_____________________
(imzо)
Malakaviy – bitiruv ishi
rahbari_______________________________
(imzо)
-
5
Urganch Davlat Univеrsitеti “Pеdagоgika” fakultеti «Bоshlang`ich ta’lim nazariyasi va mеtоdikasi» kafеdrasi
Malakaviy - bitiruv ishini tayyorlash bo`yicha tоpshiriq.
Talaba_____________________________________________________________
1.Bitiruv - malakaviy ishi mavzusi:______________________________________ __________________________________________________________________
__________________________________________________________________
2. Pеdagоgika fakultеti Ilmiy Kеngashining «____» __________ dagi yig`ilishida muhоkama qilinib, №___buyruq bilan tasdiqlangan.
3. Talabaning tugallangan ishini tоpshirish muddati.____________
4. Bitiruv - malakaviy ishi tarkibi va bo`limlarining qisqacha mazmuni:
__________________________________________________________________
a) Bitiruv - malakaviy ishining nazariy qismi(bitiruv - malakaviy ishida qo`llanadigan savоllar ro`yхati)_________________________________________
__________________________________________________________________
b) Maktabdagi pеdagоgik – psiхоlоgik tajribalarni matеriallarini (rasm, chizmalar, o`quvchilar ishlari) __________________________________________________
__________________________________________________________________
5. Tоpshiriq bеrilgan vaqti ____________________________________________
1.Bitiruv - malakaviy ish mavzusi kafеdrada tasdiqlangandan kеyin bitiruv - malakaviy ishi tоpshirig`i va uni bajarish grafigi ikki nusхada to`ldiriladi. Ularning biri talabaga bеriladi, ikkinchisi kafеdrada saqlanadi.
U kafеdrada bitiruv - malakaviy ishi papkasida saqlanib, talabalarning malakaviy-bitiruv ishini bajarishi muhоkama qilinadigan yig`ilishlarda ko`rib
-
6
bоriladi. Shu haqda kafеdra yig`ilishi bayonnоmasida va bitiruv- malakaviy ishi tоpshirig`ida qayd qilinib bоriladi.
DAK yig`ilishida bitiruv- malakaviy ishini himоya qilishdan avval, ish kafеdra ko`rigidan o`tkazilib DAK ka qo`yilish masalasi hal qilinadi. Shu haqda kafеdra yig`ilishi bayonnоmasida va bitkazuvchi______________________________ ning bitiruv - malakaviy ishi tоpshirig`i grafigi qo`shib taqdim qilinadi.
Tasdiqlayman.
“Bоshlang`ich ta’lim nazariyasi va mеtоdikasi”
kafеdrasi mudiri: ________________ dоts.S.Оllabеrganоva
Rahbar_________________________
Tоpshiriqni bajarish uchun qabul qildim _______________
(sana)
Bitkazuvchi talaba imzоsi.________________
Bitiruv - malakaviy ish lоyihasi himоyaga qo`yildi.
Kafеdra yig`ilishining _____________2013 yildagi bayonnоmasi.
Kafеdra mudiri: dоts.S.Оllabеrganоva
Kоtiba: Ro`zmetova S.
Bitiruv - malakaviy ish lоyihasi rahbari: ___________________
-
7
-
8
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………2
I bob
Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari va unda ilg`or
pedagogik texnoligiyalarni qo`llash metodik asoslari.
1.1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari………… 6
1.2. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnoligiyalarni
qo`llashning metodik asoslari…………………………………………………..11
II bob
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan
foydalanish yo`llari
2.1. Ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash yo`llari……………18
2.2. Ona tili darslarida modulli texnologiyadan foydalanish …………31
Xulosa……………………………………………………………………..48
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………49
-
9
Kirish
Farzandlarimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning
jahon hamjamiyatidagi obro`–e’tibori avvalambor farzandlarimizning bog’liqdir.
Biz unib – o’sib,ulg’ayib ,qanday inson bo’lib hayotga kirib borishga bunday
o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.
I.A.Karimov
O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi
yetakchi vazifalaridan biri ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish, ta`lim mazmunini
yangilash, yosh avlodni aqliy intellektual taraqqiyotini ta`minlashga yo`naltirilgan
uzluksiz ta`lim tarbiyaning yangi modelini ilmiy-pedagogik jihatdan ta`minlangan
holda muntazam takomillashtib borishdan iboratdir.
Oliy majlisning I chaqiriq IX sessiyasida O`zbekiston Respublikasining
Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: “Demokratik jamiyatda bolalar
umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin
fikrlashni o`rganmasa, berilgan samarasi past bo`lishi muqarrar”. (2.9)
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasi(1997-yil 29-avgust) da
qabul qilingan hamda bugungi kunda g`oyalari amaliyotga keng ko`lamda
muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim
to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida “ …
o`quv-uslubiy majmualarning hamda ta`lim jarayonini didaktik va axborot
ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish” “… ta`lim
muassasalarining moddiy texnik bazasi axborot bazasini mustahkamlashni davom
ettirish, o`quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or
pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash “ hamda “… ta`lim muassasalarining
resurs kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash o`quv tarbiya jarayoni
yangi o`quv uslubiy majmualar ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to`liq
-
10
ta`minlash ” kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etish lozimligi alohida ta`kidlab
ko`rsatilgan.
Mazkur vazifalar muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi
ya`ni uzluksiz ta`lim tizimni xodimlari, pedagog o`qituvchilar tomonidan
zamonaviy ta`lim texnologiyalar mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta`lim
jarayonida samarali qo`llay olishda, shuningdek ta`lim jarayonida tashkil etishga
nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bo`lajak
o`qituvchi-pedagoglarining xususiy fanlari asoslarini o`qitishga yo`naltirilgan
mashg`ulotlar jarayonini noan`anviy shakllarda tashkil etish, ta`lim jarayonini
mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalarda oqilona
foydalana bilish ko`nikmalariga ega bo`lishi ta`lim oluvchilar tomonidan nazariy
bilimlarni puxta, chuqur o`zlashtirilishi, ularda amaliy ko`nikma va malakalarning
hosil bo`lishini kafolati bo`la oladi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni hamda
Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasida ta`kidlanganidek, o`quvchilarni mustaqil
fikrlashga o`rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo`llab, ularga
fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang`ich talimining asosiy
vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi
pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik
texnologiyalar boshlang`ich sinf o`quvchisining rivojlanishi va kamol topishida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini
kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va
yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda
bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona
tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim
jarayoni sifatida qaraladi. (10.9.)
Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek
tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi,
-
11
so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning
morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi,
o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi
bilimlar tashkil etadi.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarini tashkil qilish va o`tkazish masalasi
onatili o`qitish metodikasiga doir T.Ashrapova va M.Odilovalarning,
K.Qosimovaning hamda K.Qosimova, S.Matchonov ba b. larning darslik va o`quv
qo`llanmalarida, ommaviy matbuot nashrlarida o`z aksini topgan. Shuningdek, ona
tili o`qitish metodikasining u yoki bu masalasini o`rganishda yangi pedagogik
texnologiyalarni qo`llash masalasiga bag`ishlangan ishlar ham mavjud. Xususan,
Q.Abdullayevaning “Yangi pedagogik texnologiyalar”, J.Tolipovaning
“Modulli dars”, R.Ubayxo’jayevaning “Ilg’or pedagogik texnologiyalarni
qo’llash”, M.Xoliqovaning “Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish”,
T.G’afforovaning “Erkin, ijodiy fikrlashga o’rgatish” nomli maqolalarida ona tili
darslarida yangi pedagogic texnologiyalarni qo`llash masalasi o`rganilgan.
Shunday bo`lsa ham boshlan`gich sinf o`na tili darslarida yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish yo`llari yaxlit holda o` z tadqiqini topmagan
masalalardan hisoblanadi. Bu esa mazkur masalaga bag`ishlangan ushbi bitiruv
malakavi ish mavzusining dolzarbligini ko`rsatadi.
Tadqiqot maqsadi. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik
texnologiyalardan foydalanish yo`llarini o`rganish.
Tadqiqot ishining predmeti. Boshlang`ich sinf ona tili darslarini yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil qilish jarayoni.
Tadqiqot obyekti. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish yo`llari.
Tadqiqotda quyidagi vazifalarni hal qilish belgilab olindi:
- Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalarini ko`rsatib berish;
-Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnoligiyalarni
qo`llashning metodik asoslari ochish;
-
12
-Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan
foydalanish yo`llarini belgilash;
-Ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash yo`llarini ishlab chiqish;
-Ona tili darslarida ta’limiy o`yinlardan foydalanish yo`llarini ko`rsatib
berish;
-Ona tili darslarida modulli texnologiyadan foydalanish yo`llarini ko`rsatish.
Tadqiqot metodlari: analiz va sintez, taqqoslash va umumlashtirish,
pedagogik kuzatish va mavzuga doir mavjud adabiyotlar tahlil qilish.
Tadqiqotning metodologik asosi: O�zbekiston Respublikasining “Ta`lim
to�g�risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Boshlang�ich
ta`lim konsepsiyasi”, “Boshlang�ich ta`lim DTS va o�quv dasturi”,
Prezidentimizning asarlari hamda ta`lim-tarbiyaga oid fikrlari, yangi pedagogik
texnologiyalarga doir ilmi-metodik adabiyotlar.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- Boshlang`ich sinf ona tili darslarida pedagogik texnologiyalarni
qo`llashning ilmiy-metodik asoslari ochib berildi;
- Boshlang`ich sinf ona tili darslarda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning optimal yo`llari belgilandi;
- Boshlang`ich sinf ona tili darslarini noan’anaviy tarzda tashkil qilish
yo`llari yoritib berildi;
- Boshlang`ich sinf ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash
yo`llari ishlab chiqildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
Boshlan`gich sinf ona tili darslarida yangi pedagogik pedagogik
texnologiyalardan foydalanish yo`llari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalaridan
boshlang`ich sinf o`qituvchilari, shu yo`nalishda ta’lim olayotgan talabalar
foydalanishi mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi. Kirish, II bob, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro�yxatidan tashkil topgan.
-
13
I bob
Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari va unda ilg`or
pedagogik texnoligiyalarni qo`llash metodik asoslari.
1.1.Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari
Boshlang`ich ta’lim O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to`g`risida”gi Qonunini hayotga tadbiq qilishda asosiy o`rinni egallaydi. Binobarin,
boshlang`ich ta’limda ona tili o`qitish muhim sanaladi.
Ona tili - nutq: o’qish va yozish sohasidagi ko’nikma va malakalar
o’quvchilar o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o’qish
ko’nikmalarini egallash bilan, birinchi navbatda o’z ona tilini o’rganishi zarur.
Chunki ona tili bilimdonlikning, aql -idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni
vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida
o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va
mehnatga havasini uyg`otishda ham alohida rol o’ynaydi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni
o’qigan bola o’zida eng yaxshi hislatlarni tarbiyalab boradi. Muomala
madaniyatini egallaydi.
Ona tili boshlang`ich sinfda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida
ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.
Boshlang`ich sinflarda ona tili mashg`ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni
o’z ichiga oladi:
-
14
1.O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda
o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog`liq holda, ularning ogzaki va yozma
nutqini o’stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar
o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni malakaga aylantirsh.
3.Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va punktuatsion savodli yozuvni,
orfoepik to’gri talaffo`zni o’rganish nutq va uslubiy elementlarni egallash.
4.Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan
ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
5. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-
ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirsh , ularda tabiiy asarni
idrok etish ko’nikmasini xosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang`ich
sinflarda ona tili predmeti hal etadi va boshlang`ich sinflar ona tili dasturida aks
etadi. Dastur davlat xujjati bo’lib, unda o’quv predmetining mazmuni va xajmini,
shuningdek, shu predmetdan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga qo’yilgan
asosiy talablarni belgilaydigan bo’ladi. Dastur talablarini o’qituvchi va o’quvchilar
bajarishlari shart, uni kengaytirish va qisqartirishga yul qo’yilmaydi.
Boshlang`ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1.Uqtirish xati.
2.Asosiy qismi.
Uqtirish xatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari
ko’rsatilib, metodik yul-yuriqlar beriladi. Dasturning asosiy qismi 4 bo’lim, u har
bir sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar
ko’rsatilgan. Dasturning bo’limlari: xat - savod o’rgatish va nutq o’stirish «O’qish
va nutq o’stirish», «Grammatika, imlo va nutq o’stirish”dan iborat. Har bir bo’lim
bir necha qismlardan iborat. Masalan, «O’qish va nutq o’stirish» bo’limi, «Sinfda
o’qish» va «Sinfdan tashqari o’qish»ni sinfda o’qish o’z navbatida «O’qish
mavzulari»ni, «O’qish ko’nikmalari»ni, «Matn ustida ishlash» qismlarini o’z
ichiga oladi va hokazolar.
-
15
Maktabda o`quv predmeti sifatida tilni o`rganish tizimi tilning barcha
tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so`z yaslishi va grammatikasi (morfologiya
va sintaksis)ning o`zaro ichki borlanishlariga asoslanadi.
Maktablarda ona tili o`rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi
bosqichida davlatimizning maktab oldiga quygan vazifasiga moslangan. Bu
vazifalar qo’pqirrali bo’lib, ularpi bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga
g’yaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona
tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o`z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq,
mazmunli, ohangga rioya qilib pfodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish
ko`nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining
o’ziga xos xususiyati bulib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yunaltirilgan
umumta’lim vazifalari bilan bog’lik, holda amalgga oshiriladi.
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush
to`zilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va
grafik); so`zlarning o’zgarishi gapda so’larning bog’lanishi haqidagi (grammatik,
ya’ni morfologik va sintaktik); so`zning morfemik tarkibiiva so`z yasalish usullari
haqidagi (so’z yasalishiga doir); so`zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi
(leksikologik); o’zbek tili to’g’ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarning
ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuastion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar,
birinchidan, grammatik, fonetik, so`z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan,
grafik, orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo’ladi. Bundan tashqari,
o’zbek tili kursi((fnetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko`nikma va
malakalarni ham o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari
o’zaro bog’liq xolda o`rganilishi xisobga olinib to`zilgan, har bir sinfda
fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida - elementar bilim
beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro
ta’sir etkadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni
-
16
o’rganishga bunday yondashish ta’lim jaryonini o’quvchilar nutqini o’stirish
vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.
Dasturning «Grammatika, imlo va nutq o’stirish» bo’limi har bir sinfda to’rt
qismni o’z ichiga oladi: «Tovush lar va harflar» So’z» «Gap», «Bog’lanishli
nutk,». Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to’rt sinfda
o’rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1- sinfda fonetika va
grafikaga oid mavzularni o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar
o`qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so’zning morfemik tarkibi va
gapni o’rganish muhim hisoblanadi. So`z yasalishiga doir bilimlar asosida
o’quvchilarda so’zning leksik ma’nosiga, undan nutqa foydalanishga ongli
munosabat o’sadi. 4-sinfda so’z turkumlarini o’rganish birinchi o’ringa qo’yiladi.
Bog’glanishli nutq ustida to’rt yil davomida grammatik vna orfografik
materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda reja asosida ish olib boriladi.
Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi, qurilishi, vazifasi tomonidan
o’rganiladi.
Ma’lumki, dars o`quv-tarbiya jarayo-nini tashkil qilishning asosiy shakli
hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili o`qitishning samaraliligi darsning sifatiga
bevosita bog’liq.
Darsga qo`yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng
yoritilgan. Ularni ona tili o`rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona
tili darslariga qo`yilgan talablar quyidagicha bo`ladi:
I. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va
o’quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o`quvchilarning o`quv
faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g’oyaviy-siyosiy,
estetik va badiiy qimmatli bulishiga, tilni o`rganish jarayonida bolalarda
dunyoqarash elsmentlarini shakllantirishga alohida ahamiyat bsrish zarur. Ijodiy
izlanish muhiti yaratilgan darslarigina zarur axlohiy sifatlar tarbiyalanadi.
Ona tili darslarida o`zbek tiliga muhabbat va so`zga ehtiyotlik bilan
munosabatni tarbiyalashga aloxida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta
-
17
tanlanadi. Tilni o`rganish jarayonida leksik-stilistik ishlarga katta, urin beriladi.
Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan xam
foydalaniladi.
Ona tili o`qitish jarayoni o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarinn
shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari xar bir kishi uchun zarur bulgap
saranjom-sarishtalik, mustakillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaidi.
II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga
yo’naltirilganligi. Yangi material o`rgatiladigan darsnipg logikasi o`rganiladigan til
xodisasi va uning lingvistik moxiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga ma’lum
darajada sabab bo’ldi. O`qituvchi bu o`zaro bog`lanishni bilishi va uni uk,uvchilar
bilan birga topshiriqlarni bajarish davomida asta ocha borishn muhimdir.
Agar dars grammatik bilimlarni mustaxkamlash, orfografik ko`nikmalarni
shakllantirish maqsadini o`z oldiga qo’ysa, darsning mantiqiy shartlari asta
murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo
koidasini yaxshilab bilib, o`rganib olishlari uchun bir-ikki mashq kollektiv
ravishda bajariladi. O`quvchilar mustakilligi oshgach, mashqni mustaqil
ishlaydilar. Darsda bajarilgan mashklar urtasidagi bog’lanishni shakllantiradigan
ko`nikmaning xususiyati ham sabab buladi. O`quv materialining mavzuga va
darsning maqsadiga mos bulishi uning maqsadga yunaltirilishini ta’minlaydi.
Darsda foydalaniladigan barcha o`quv materiallari (shu jumladan, til faktlarini
ko`zatish, imlo va nutqqa oid mashqlarnn bajarish uchun tanlanadigai materiallar
ham) darsnpng maqsadiga juda mos bulishi zarur.
III. On a tili darsi, avvalo, o`quvchilar nutq v a tafakkurini o`stirish
darsidir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bulishi uchun o`quvchilarda o`z fikrini
grammatik tugri, uslubiy anik, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bsra olish
ko`nikmasini shakllantirishga karatilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish
kursatmasi grammatik matsrialni o`rgatishda o’quvchilar tilimizdagi xar bir so`z
turkumi yoki so`z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni
qo’llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik turi va aniq nutq
-
18
malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o`stirishga
amalda tatbiq etish uchun o`rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o`stirish darsning
mazmunida va darsda qullannilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi.
Grammatik, so`z yasalishiga oid, orfografik materiallarni o`rganishni nutq
o`stirish bilan bog`lash o’quvchilar akliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi.
Bolalar nutkini o`stirish jarasni ularnpng tafakkurini. o`stirish bilan bog`liq.
Ona tili darsi o`quvchilar taffakurini o`stirish ustida ishlash maqsadiga
yunaltirilganligiga qarab baxolanadi. Bunda muayyan grammatik va orfografik
materialni o`rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o`zlashtirishni
taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi.
Masalan, «o`zakdosh so`zlar» tushunchasini shakllantirish uchun so`zlarning
leksik manosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida
umumiylikni va ularda bir xil o`zakning mavjudligini) bilish lozim. O`quvchilar
tafakkurini o`stirish uchun o`qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini
tanlaydi, darsning materialini va unn o`zlashtirishda bolalar bajaradigan akliy
faoliyat mashklarini ham bslgilab oladi.
O’quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini
beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo’lsa ham, o`quvchilarning
til hodisalari o’rtasidagi bog`lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir.
Boshlang’ich sinf o`quvchilari bunday bog`lanishni bilsalar, nima uchun shunday?
surogiga javob topa oladilar. Masalan, nima uchun paxtakor so`zi kslishik va
egalik qo`shimchalari bilan turlanadn, yetishtirdik so`zi esa shaxs-son
ko’shimchalari bilan tuslanadi.
Ona tili darslarining foydali bulishiga darsda ogzaki va yozma ishlarni
maqsadga muvofik utkazish (darsning taxminan turtdan uch qismini yozma ishlar
tashkil kilishi lozim), o’quvchilarning ukuv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish,
o`z vaqtida xatolarning oldini olish va tugrilash, texnika vositalaridan foydalanish
kabi omillar katta ta’sir ko`rsatadi.
-
19
1.2. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik
texnoligiyalarni qo`llashning metodik asoslari.
Boshlang`ich ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng
samarali ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim
vazifalardan biridir. Buning uchun esa, avvalo, pedagogik texnologiyaning
mohiyatini bilish va anglash zarur.
Hozirda “Shaxs” tushunchasi milliy ta’limning shakl va tamoyilida muhim
ahamiyatga ega bo’lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talb etadi.
Shaxsni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’sulyatli vazifalar
yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o’quvchilarni o’qitishga yangicha
yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va o’zgalarga, yani ta’lim oluvchilarga
talabchanlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonining
eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr
talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarining loyhasini tadbiq
etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol
darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini
topmoqda. Bu borada tajriba to’plagan tatqiqotchilar pedagogik texnologiya
darsning muvaffaqiyatlarini kafolatlovchi omil ekanligini ta’kidlab, ommaning
diqqat e’tiboriga havola etayotir.
Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi
taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi
so’zlari ibratlidir:
«Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi
farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida
avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan keib chiqqan holda,
-
20
farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli
yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining
asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa
ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi»(1.61)
Ma’lumki, barcha pedagoglar uchun zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning asosiy turlari, xususiyatlari, nazariy asoslari, ulardan amalda
samarali foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riqlar, ta’lim jarayoniga zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni kiritish mexanizmi jarayoni haqidagi ma’lumotlardan
iborat.
Yangi pedagogik texnologiya ta’limning ma’lum maqsadga yo’naltirilgan
shakl, usul va vositalar tizimidir.
Texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq xolda fanga
1872- yilda kirib keldi va yunoncha ikkita 2 so’zdan “Texnos” – san’at, hunar va
“Logos” – fan so’zlaridan tashkil topib “Hunar fani” ma’nosini anglatadi. Shu
ma’noda texnologiyani ma’lum ma’noda san’atga qiyos qilinadi. Chunki san’at
intuitsiyaga asoslanadi, texnologiya esa fanga asoslanadi. Lekin juda ko’p faoliyat
sohalari dastlab san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi.
Texnologiya – shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonuniyatlarini
o’zida jo qilgan va yakuniy natijani ta’minlaydigan va kafolatlaydigan pedagogik
faoliyatdir. Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish
kuchiga ega bo’lib, nazariyachi- olimlar va o’qituvchilarni yangicha
tafakkurlashga, erkin ijod qilishga undaydi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko’lamli, ser-qirra tushuncha
bo’lib, u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan
va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o’z o’rniga ega.
Ta’lim - tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi
bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib
bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda
to’tilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga,
-
21
ya’ni texnologiyaga aylanib bormoqda. Shu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so’nggi
davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.
Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli
kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov
beriladigan material o’quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari
bo’lib, ularga o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish
yo’lida har turli ta’sirlar o’tkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’lib, quyidagi
rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda.
Dastlab bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o’rtasigacha «ta’limda
texnologiya» deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan
foydalanishni ifoda qilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda
qo’llana boshlagan. Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi”
ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llangan edi.
Oradan vaqt o’tishi davomida shu ifodalarni qo’llash darajasi kengayib
borishi natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib
esa peda-gogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona
ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va
xulosalar asoslab berildi.
50-yillar o’rtasidan 60-yillargacha «ta’lim texnologiyasi» ifodasi qo’llanilib,
bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan.
70-yillarda «pedagogik texnologiya» ifodasi qo’llanilib, u avvaldan
loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv
jarayonini bildirgan.
1979-yilda AQShning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar
assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi:
«Pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab
oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning
-
22
yechimini baholash va boshqarish uchun odamlar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni
tashkil qi-lish usullarini o’z tarkibiga oladigan kompleks, integrativ jarayondan
iborat..».
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli
va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif
ma’lum nuqtai nazardan yonda-shishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va
ularning sharhlarini ko’rib chiqamiz:
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar,
yo’llar yig’indisi.
Texnologiya-ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati,
metodlar YIG’INDISI (V. M. Shepel).
Pedagogik texnologiya-o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari,
yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi
(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u
pedagogik jarayonning tashkiliy - uslubiy vositalaridan iborat (B.T. Lixachev).
Pedagogik texnologiya o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda
pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish
jarayonining loyihasidir. (V.P. Bespalko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish
jarayoni tafsiloti (I. P. Volkov).
Ta’lim texnologiyasi-didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M.
Choshanov).
Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun
so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha
hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V. M.
Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro
ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini
-
23
qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning hamma jarayonlarini yara-tish,
qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun
foydalaniladigan barcha shaxsiy, instrumentli va metodologik vositalarning tizimli
yig’indisini va amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya bu-so’zsiz rioya qilish eng yuqori natijani
kafolatlaydigan ko’rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo’lib, ularning amaliy
ahamiyatidan iborat (V.Yu. Pityukov).
Pedagogik texnologiya — bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga
singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga
keltirishdir (Sakomoto).
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan
o’zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo’lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan
holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo’ladi (U.
Nishonaliev).
Pedagogik texnologiya — bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma -ketlikda
ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs
sifatlarini shakllantirish jarayonidir (N.Saydahmedov).
Pedagogik texnologiya — bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning
oldindan belgilangan ijtimoiy sifatla-rini samarali shakllantiruvchi va aniq
maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil
etuvchilar, ya’ni o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil
oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko’rsatgan ta’sirini va
ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy
tadbirdir (B.Ziyomuhamedov).
Pedagogik texnologiya bu — ob’ektiv, moddiy jarayon. Agar biz o’quv-
tarbiya jarayonidan uning ob’ektiv, moddiy (substantsiyalik) jihatini ajrata olsak,
-
24
shunda biz texno-logiyaga, eng kamida uning tafsilotiga ega bo’lamiz (V.K.
Dyachenko).
Pedagogik texnologiya — bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion)
yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi,
texnokratik ilmiy rngning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim
jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L. Farberman).
Pedagogik texnologiya turli mualliflar (manbalar) ning barcha ta’riflari
mazmunini o’zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K.Selevko).
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki,
pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik,
didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazarlardan
yondashish mumkin.
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan
biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat.
Ma’lumki, ta’lim – tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va
tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda
asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga
oshiriladi.
Insoniyat hayoti axborotlar bilan chambarchas bog’liq. Boshqacha aytganda,
insonning har bir harakati axborot olish yoki uzatish yoki undan foydalanish yoki
uni o’rganish, o’zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy
vositalar yig’indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy -usubiy vositalari
majmuidir.
Pedagogik texnologiya - bu o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish
vazifasini qo’yuvchi, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini texnik
resurslar va odamlarning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish,
qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir.
-
25
Pedagogik texnologiya - ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va
usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim - tarbiya oluvchiga) oldindan
belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga,
fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Pedagogik texnologiya jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’quvchi mustaqil
ravishda bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi.
Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish,
takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, hulosa
chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Bu faoliyat boshqa hamma faoliyatlarga xos bo’lgan belgilarga ega bo’lib,
avvalo jarayon ko’rinishida amalga oshiriladi va shu ko’rinishda mavjud bo’ladi.
Shu bilan birga bu jarayon o’ziga xos qonuniyatlarga ega bo’lib, bu qonuniyatlarni
insoniyat tomonidan o’rganish davom etmoqda.
II bob
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan
foydalanish yo`llari
2.1. Ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash yo`llari.
Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish
salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-
o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga,jismonan sog’lom bo’lishga moddiy
borliq go’zalliklarini his eta olishgab, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish,
milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.
-
26
Bu o`rinda ona tili darslarining ham o`rni katta. Bu darslarda ta’limjarayonida
qo`llanilayotgan interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Interfaol metod-ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi
faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish,
shax-siy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari:
norasmiy bahs-munozaralar- o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va
ifodalash imkoniyati, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar
yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar
berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy
yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat.
Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan
borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash,
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda
himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nik-malari
shakllanib, rivojlanib boradi.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional
sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum
taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab tuzilgan
sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish
qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil,
umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar
hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi,
jumladan:
-
27
Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta
oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur
darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustah-kamlay olish,
axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy
olish, gapirib berish, takrorlash.
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar,
qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi.
Interfaol usullar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday
progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta
tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida foydalanish mumkin bo’lgan interfaol
metodlar xususida to’xtalamiz.
Ma’lumki, 3-4-sinflarda ona tili o`quv dasturiga ko`ra “ So’z turkumlari “
bo’limini o’rganiladi. Bu bo`lim materiallarini o`rganishda “ Aqliy hujum “
metodidan foydalanish o’quvchilarning keng va har tomonlama erkin fikr yuritish
ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
“ Aqliy hujum “ metodida quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
1. O’quvchilarni o’rtaga tashlangan muammo doirasida fikr yuritishga
undash, ularning mantiqiy fikrlarini bildirishga erishish.
2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni rag’batlantirib
boorish.
3. Har bir o’quvchining javobini doskaga yozib borish.
4. Aytilgan fikrlarga shu jarayonda tushuntirish berilmaydi.
5. Aytilgan fikrlarni muhokama qilishga va tanqid qilishga yo’l
qo’yilmaydi.
6. Takliflar tugaguncha doskaga yozib borilaveradi.
“Aqliy hujum “ uchun tanlangan muammo butun sinf jamoasiga yakka
tartibda bajarishga yoki juftliklarga ajratilib bajarishga, kichik guruhlar o’rtasida
bajarishga mo’ljallanadi. “Aqliy hujum”da har qanday savol o’rtaga
-
28
tashlanavermaydi, u o’quvchilarni fikrlashga undaydigan, masalaga turlicha
yondashishni taqozo etadigan, keng fikr yuritish mumkin bo’lgan savollar bo’lishi
kerak.
3-4- sinfda “So’z turkumlari” bo`limi o’rganilayotganda quyidagi kabi
savollardan foydalanish mumkin:
1. So’zlar nima uchun turkumlarga bo’linadi?
2. Ot qanday qo’shimchalar bilan qo’llanadi?
3. Egalik qo’shimchalari va ularning vazifasi nima?
4. Kelishik qo’shimchalari vaular qanday vazifa bajaradi?
5. Sifat va ot turkumining o’zaro qanday bog’liqligi bor?
6. Ot bilan fe’lning o’zaro qanday bog’liqligi bor?
7. Fe’llardagi zamon qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi?
8. Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi?
va hokazo.
1- savolda o’quvchilar quyidagi javoblari bilan qatnashadilar:
- So’zlar turli ma’nolarni bildiradi.
- Ayrim so’zlar narsa ma’nosini bildiradi.
- Ba’zi so’zlar shaxs ma’nosini bildiradi.
- So’zlar harakat ma’nosini ham bildiradi.
- So’zlar belgi ma’nolarini bildiradi.
- So’zlarni ma’nolariga ko’ra turlarga bo’lib o’rgansak oson bo’ladi.
4- sinfda 2- savolga quyidagicha javob berdilar:
- Otlar ko’plik qo’shimchasini oladi.
- Otlar – lar qo’shimchasini oladi.
- Otlar ot yasovchi qo’shimchalarni oladi.
- Otlar – chi qo’shimchasini oladi.
- Otlar – dosh qo’shimchasini oladi va hokazo.
Otlarning egalik qo’shimchasi ( -im,- ing, -si,- imiz,- ingiz,- lari) qo’llangan
holatlari, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan ishlatilgan holatlari gaplar
-
29
tarkibida ko’rsatildi va so’roqlari yordamida otlar aniqlatildi. O’quvchilarda “
Aqliy hujum” orqali “Otlar yana boshqa qo’shimchalar bilan ham qo’llanar ekan.
Ular qanday qo’shimchalar ekan?- degan qiziqish paydo bo’ldi.
Shundan so’ng ularga quyidagi savollar berildi:
- Otlar oladigan qo’shimchalar haqida qanday ma’lumotlarni bilar edingiz?
-Ot oladigan qaysi qo’shimchalarni bilmas ekansiz? Ularni bilishni
xohlaysizmi?
Ko’rinib turibdiki, o’qituvchining savoli – o’quvchilar bilish qobiliyatlarini
boshqarish vositasi. Savollar qaysi ma’noda yoki vaziyatda qo’llanishiga qarab,
o’quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga undaydi, ularni fikrlash
darajasini oshiradi. O’quvchilar “ Aqliy hujum” orqali fikrlarning qadr –
qimmatini, umumiy tushunish va tasavvurni rivojlantirishga o’z hissasini
qo’shishini anglab boradilar.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri
“ Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan
darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod
turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi
tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini
ta’minlaydi. “ Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va
guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin.
Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular
o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv
doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va
kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster
tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa,
barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart.
Masalan, so’z turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda
o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishi kuchayadi. Tarmoqlash usulidan 3- sinfda
-
30
“So’z turkumi” tushunchasini hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunda
o’quvchilarga quyidagi savolni beriladi:
- So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi?
Ularning javobini doskaga yozib boriladi.
So`zlar
Kim? So`rogiga
Nima ? So`rog`iiga
Qanday? So`rog`iga
Shundan so’ng shaxs va narsa bildirgan so’zlar ot; belgi bildirgan so’zlar
sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar son degan atama bilan
tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi.
-Oylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin?
So’z turkumlari mavzusi bo’yicha klaster tuzishdan mavzuni o’rganmasdan
oldin foydalanish o’quvchilarni yangicha fikr yuritishga undaydi. Metodist olimlar
-
31
aytganidek, klasterni mavzuni o’rganishni boshlash jarayonida tuzish “ bilimlarga
yetib borish strategiyasi” ekanini isbotlaydi.
4- sinfda “ So’z turkumlari” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash
darsida “Zig- zag” metodi ham yaxshi samara berdi. Sinf jamoasini kichik
guruhlarga bo’ldik. Har bir jamoada oltitadan o’quvchi bo’ldi, har bir guruhda
boshqaruvchi belgilandi. U jamoasi tomonidan aytilgan fikrlarni to’ldiradi va
sistemaga soladi. Guruhlarga ajratishda rangli doirachalardan foydalandik. Bir
xildagi doiracha olgan bolalar bir stol atrofida birlashdilar. Bunda kuchlarning teng
bo’lishiga e’tibor berdik.
1- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Ot so’z turkumidagi so’zlarga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi? Otga
qo’shiladigan qo’shimchalarning vazifalarini ayting.
2- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Otning belgilarini bildiradigan so’z turkumi qaysi?U otning qanday
belgilarini bildiradi?
3- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Ot , sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va
ularni misollar bilan tushuntiring.
4- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Ot, sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni
misollar
bilan tushuntiring.
5- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
-
32
2. Son so’z turkumining xususiyatlarini klasterda ifodalang. Sonlar nimaning
miqdori va tartibini bildiradi?
O’quvchilarning jamoasi vazifani bajarib bo’lishgach, guruhlar almashtirildi,
ya’ni boshqaruvchi guruhidagi o’quvchilarni ikkita va bitta qilib boshqa guruhlarga
tarqatdi.
Yangi tuzilgan jamoada har bir guruh vakili tartib bilan o’z bilganlarini
boshqalarga tushuntirib berdi. Shundan so’ng o’rganilganlar yuzasidan taqdimot
bo’ldi.
O’qituvchi savollar yordamida sinf o’quvchilarining bilimlarini aniqlaydi.
O’quvchilar tuzgan klasterlarini kalit so’zlarning ma’no va xususiyatlarini izohlab
beradi.
O’quvchilarning nazariy bilimlarini amalga tadbiq etish ko’nikmalarini
aniqlash uchun mashqlar bajariladi. Bunda ham mustaqil ish metodidan foydalanib,
har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi.
1-guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobi” dagi Sh. Sa’dullaning ”
Laqma it” asaridan kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni aniqlab
jadvalga joylang. Ularning imlosini esingizda tuting. Namuna:
Asar nomi Kim? Nima? Yozuvchi Kasb nomi Daraxt Gul Hayvon
1.”Laqma it”
Shukur Sa’dulla
It, kuchuk, Moshxon, echki, sigir, govmush, Olaqashqa, xo`roz, tovuq, kurka, o`rdak
-
33
2- guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobida” dagi Abdulla Oripovning ”
Dehqonbobo va o’n uch bolakay” qissasi asaridan (4- sinf) fe’llarni topib, alifbo
tartibida yozing.
Boshqa guruhlar uchun ham shu xildagi topshiriqlar beriladi.
Bu metod o’quvchilarni jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasining shakllanishiga,
vaqtning tejalishiga yordam berdi.
So’z turkumlarini o’rganishda ” Qora quti” metodidan ham foydalandik.
Bunda o’quvchilar juft bo’lib ishladilar. Har bir juftlikka ” Ot, sifat, fe’l, son
turkumining moniyatini yorituvchi tayanch so’zlar, raqamlar, belgilarni
kartochkalarga qayd eting” topshirig’i berildi.Ular turli grammatik belgilar,
sxemalar, raqmlar yozilgan kartochkalar tayyorladilar. O’quvchilar hamkorlikda
bajargan ishlardan (kartochkalardan) namunalar keltiramiz:
1- kartochka. Chiziqlar o’rniga mos so’zlarni qo’yib gap tuzing.Tuzgan gapingizdagi
so’zlarning turkumini aniqlang.( kartochkada chiziqlar beriladi)
2- kartochka. O’zak so’z yasovchi qo’shimcha so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarga mos
so’z toping . Uning turkumini aniqlang.
3- kartochka. Berilgan tayanch so’zlar yordamida rasmdan foydalanib ” Ikki do’st”
mavzusida hikoya tuzing.
4- kartochka. 2, 2006,4, 7, 8, 11- raqamlarini harfiy ifodalar bilan yozib, o’zingizning
hayotingiz bilan bog’liq matn tuzing va yozing.
5- kartochka.
To’lqinli chiziq, bitta to’g’ri chiziq, ikki to’g’ri chiziq belgilar bo’yicha gap
tuzing.
So’z turkumlarini o’rganishda ”Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi) ortiqcha”
metodidan ham foydalanish mumkin. Buni biz ” Ortiqchasini ajrat” degan topshiriq
-
34
bilan berdik. O’quvchilarga bir turkumdagi so’zlar ichiga boshqa turkumga doir
so’zlar arlashtirib berildi. O’quvchilar ular ichidan boshqa turkumdagi so’zlarni
ajratib olishdi va nima uchun ajratib olish sababiui izohlab berishadi. Bu uslni biz
nkartochkalar yordamida va kompyuterda bajartirdik. Ortiqchasini ajratishgandan
so’ng mavzuga taalluqli so’zlarni husnixat bilan daftarlariga yozdirdik.
Berilgan topshiriqlardan namunalar keltiramiz:
Otlar ichidan ortiqchasini ajrat.
Daraxt, suv, osmon, ko’k, mard, kamalak, yomg’ir, tiniq.
Sifatlar ichidan ortiqchasini ajrat.
Baland, keng, choynak, piyola, tor, katta, past, cho’mich, kapkir, kichik.
Fe’llar ichidan ortiqchasini ajrat.
Yuvindi, tebrandi, yugurdi, dutor, rubob, chrchadi, yangradi.
Ma’lumki, savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar tovush, bo’g’in, so’z va
gaplarni grafik ifodalar ostida anglab, tushunib boradilar.
Ona tili darsliklarida ham grafik ifodalardan foydalaniladi. Masalan, 1-
sinfda ayrim harflar imlosi katakchalar ifodasidan joy nomlarini topib
qo’llashda(124- mashq), topishmoq she’rning javobi o’rnida (128- mashq) belgi
bildirgan so’zlarni gap mazmuniga mos va o’rinli qo’llashga o’rgatishda (139-
142- mashq) gap mazmuniga mos harakat bildirgan so’zlarni qo’yishda (182-
mashq), narsa va harakatni bildirgan so’zlardan gap mazmuniga mosini tanlashga
o’rgatishda (170- mashq) to’g’ri chiziq ifodasidan foydalanilgan.
2- sinf ” Ona tili” darsligida ayrim harflar imlosida grafik belgi sifatida
nuqta belgisidan , krossvorddan, shaxs va narsa nomini, belgini, sanoq va tartibni,
harakatni bildirgan, so’zlarni gap mazmuniga mosini tanlab qo’yishda uch nuqta
belgisidan foydalanilgan.
3- sinfda ” Ona tili” darsligida so’z tarkibini o’rganishda, otning ma’no
turlarini o’rganishda, gap bo’laklarining bog’lanishida grafik tasvirdan
foydalanilgan.
4- sinf ”Ona tili” darsligida ham shu kabi grafik tasvirlar qo’llangan.
-
35
Yuqoridagi tahlil shuni ko’rsatadiki, ona tili darsliklarida grafik tasvirlardan
grammatik qoidasini anglatishdagina foydalanilgan. Lekin bu grafik tasvirlarda
maqsadga yo’naltirilgan holda izchil rivojlantiruvchi tamoyil nazrada tutilmagan.
Grafik tasvirlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining mavhum tafakkurini
o’stirishda juda qo’l kelishi bilan birga, o’quvchining tilning yozma shaklini
egallashga bo’lgan qiziqishini oshiradi, tilning bir butun qoliplangan sistema
ekanini anglashlarini ta’minlaydi. Ayniqsa, o’zlashtirishi qiyin o’quvchilarga katta
metodik yordam bo’ladi. Grafik tasvir ijodiy xarakterda bo’lsa, ular
o’quvchilarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantiradi, aktivlashtiradi. Topshiriqni
bajarishda o’z kuchiga ishonchni paydo qiladi. Grafik tasvirlardan foydalanishni
to’g’ri yo’lga qo’yishda ona tili ta limi oldida turgan masalalar sifatida
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Birinchidan, grafik tasvirlarning turini belgilab olish;
Ikkinchidan, grafik tasvirlarning grammatik mavzular bo’yicha izchil
tizimini ishlab chiqish;
Uchinchidan, grafik tasvirlardan ta’lim jarayonining qaysi bosqichida
foydalanish zarurligini belgilab olish;
To’rtinchidan, grafik tasvirlardan foydalanish usulini ishlab chiqish.
Hozirgi kunda grafik tasvirlardan tovush ifodasi bo’lgan katakcha , bo’g’in
ifodasini, so’z ifodasi, o’zak, qo’shimchalar ifodasi, gap ifodasi,gap bo’laklari
ifodasi mavjud.
Ko’rinadiki, grafik tasvirlardan ona tilidan o’rganiladigan barcha
mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun grafik tasvirning izchil sistemasini
ishlab chiqish lozim. Ishlab chiqilayotgan grafik tasvirli topshiriqlar ko’zlangan
ta’limiy maqsadga yo’naltiriladi. Grafik tasvirlari yangi nazariy qoidani
o’rganishda, mustahkamlashda qo’llab ko’rdik. Ular mavzuni yaxshi
o’zlashtirishlariga katta yordam berdi.
Masalan, 4- sinfda ot turkumini o’rganish jarayonida asosiy ta’limiy maqsad
o’quvchilarning ot turkumiga oid so’zlarni o’z so’ziga aylantirish, ularning
-
36
grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish bo’ldi.Buning
uchun quyidagi tizimdagi grafik tasvirlardan foydalanildi:
1. Yil fasllarining nomi, harakati, belgisi ham adashdi.Sxemalariga qarab, kim birinchi ularni tartiblashtiradi?
Oppoq, yoz, yog’adi, qish, kuz, bahor, muzlaydi, ko’karadi, yashil, isiydi,
issiq, sarg’ayadi, to’kiladi, sariq.
2. O’zingizga yoqqan fasl haqida matn tuzib yozing. ( o’quvchilarga matn sxemasi berilishi mumkin) Kim sxemalarni tez to’ldiradi?
Yil qaysi fasl bilan boshlanadi?
Qishda qushlar qayoqqa uchib ketadi?
So’zlardan sxemaga mos gap tuzing. (Sxemalar tavsiya etiladi)
Qor, qish, oppoq, oq, choyshabga, yerni, o’ragan, keldi.
Gapni birikmalarga ajrating.
Rasmlarni kuzating. Ularni biror tartibda qo’ying. Ulardan bir voqeani
ifodalovchi hikoya tuzish mumkin bo’lsin.Ikkala guruhga bir xil rasmlar beriladi.
Hikoya yuzasidan grammatik topshiriqlar ham beriladi. Ularning ijodiy ishlari
taqqoslanadi va baholanadi.
“Kim ko’p so’z tuzadi?“ o’yini. Kartochkalarga bosma harflar tarqoqlikda
yozib qo’yiladi. O’quvchilar shu harflar ishtirok etgan so’z tuzadilar. Bu o’yin
kompyuter dasturiga ham kiritilishi mumkin.
1. Berilgan harflar ishtirokida otlar tuzib yozing.
2. Berilgan harflar ishtirokida sifatlar tuzib yozing.
3. Berilgan harflar ishtirokida fe’llar tuzib yozing.
4. Berilgan harflar ishtirokida turli turkumga oid so’zlar tuzib yozing.
Kartochkalardan namunalar:
T X N O A B L K I U
-
37
Tuzilgan so’zlar: Non, nok, ota, ona, bola, kaklik, kakku, tulki, ukki, tok,
bobo, aka, uka, xon va hokazo.Bu o’yin bajarilgach, Grammatik mavzu bilan
bog’liq topshiriqlar beriladi.Masalan, tuzgan so’zlaringizga so’roq bering. Ularni
ma’nosiga ko’ra turlarga ajrating.
“Grammatik topishmoqlarni topish“ o’yini. Grammatik topishmoqlar
o’rganilayotgan mavzular bilan bog’liq bo’ladi. Bunday topishmoqlardan darsda
motiv yaratishda, ya’ni o’quvchilarni yangi mavzuni o’rganishga qiziqish
uyg’otishda, ularni harakatga keltirishda foydalanish yaxshi natija beradi. Quyida
so’z turkumlariga doir Grammatik topishmoqlardan namunalar keltiramiz.
- dosh yasovchi qo’shimcha,
Deb javob berdi Sobir.
So’z o’zgartuvchilarni
Bilarkan Abduqodir.
Bunga ta’rif ber endi,
Jim o’tirgan Bahodir.
Nomi aytilgan o’quvchi ot yasovchi va otlarga qo’shiladigan so’z
o’zgartiruvchi qo’shimchalarga ta’rif beradi.
Atash bor ma’nosida
Bosh harf bor imlosida.
Qaramoqda, qaramoqda,
Barmoqda ham bormoqda.
Qaysi so’z ot, qaysi fe’l?
Kim topsa to’g’ri javob,
Shu bola hozirjavob.
Qoning, noning, taraning,
Kitobing, sening tuning.
Qaratqich kelishikning
Qo’shimchasi qaysi – ning?
-
38
O’yin diktant. Diktant o’quvchilarni savodxonlikka o’rgatishda va imloviy
savodxonligini aniqlashda qo’llaniladigan ta’limiy yozma ish turlaridan biridir.Ona
tili darslarida diktantni o’yin shaklida tashkil etish ham mumkin.O’yin diktantni
“ Kim ko’p eslab qoladi ?” deb nomlagan holda o’tkazish mumkin.Bu
diktantning maqsadi xotirani ishga solish va imloviy ko’nikmalarni
shakllantirishdir.
Bunda o’qituvchi har bir gapni bir marta o’qiydi. O’quvchilar yodida
qolganlarini yozadi.O’qituvchi bir oz pauzadan so’ng ikkinchi gapni o’qiydi
O’yin – diktantning materiali sifatida so’z olinishi ham mumkin. Unda ham
o’qituvchi 3 ta so’zni birdaniga o’qiydi va 10 – 15 soniya pauza qilinadi.O’quvchi
eslab qolganini yozadi. Keyin yana uch so’z o’qib beriladi. Bunday tipdagi o’yin
lug’at diktantiga 1 – sinfda 5 – 8, 2 – sinfda 8 – 10, 3 – sinfda 10 – 12, 4 –sinfda 12
– 15 so’z olinadi.
Diktant yozib bo’lingach, har bir o’quvchi diktantidagi so’zlar sonini
sanaydi.
O’qituvchi oldindan diktantning to’liq matnini yozib, ustini bekitib qo’ygan
bo’ladi.O’quvchilar diktantini tekshirayotganda uning ustini ochib qo’yadi.
O’quvchilarning bahosi tushirib qoldirgan so’zlar soniga qarab pasaytiriladi.
O’quvchilar diktantni yozib bo’lishgach, o’rganilgan mavzulardan kelib
chiqib topshiriqlar berilishi mumkin. Masalan, “ So’zlardagi unlilarning tagiga
chizing “, “ Ajratib ko’rsatilgan so’zga ma’nodosh so’z toping “, “ Shu so’zlar
ishtirokida gap tuzing “, “ Gap tuzing va tuzgan gaplaringizning bosh va ikkinchi
darajali bo’laklarini aniqlang, tagiga tegishlicha chizing “ kabi.
Dastlabki paytlarda ohangdosh so’zlardan foydalanish lozim ( ustun, tutun,
osmon, somon kabi ). Bu o’yinni dastlabki paytlarda “ Eslab qol “ deb nomlash
mumkin.
-
39
Diktant yuzasidan o’quvchilar bilan quyidagi savollar asosida suhbat
o’tkazish mimkin. Inson qancha so’zni xotirada saqlab qola oladi ? Nima uchun
birov so’zlarni ko’p eslab qoladi, boshqa birovlar kam so’zni eslab qoladi.
Suhbatdan so’ng o’quvchilarga ko’cha, daryo, shahar, kishilarning ismi,
badiiy asar nomlarini eslab qolishga harakat qilishlari aytildi.Shundan so’ng
o’quvchilarning o’zlari bu diktantni yozdirishni talab qila boshlaydilar.
Ko`rinadiki, boshlang`ich sinf ona tili darslarida turli xil interfaol
metodlardan unumli foydalanish mumkin bo`ladi. Bularning barchasi darsning
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2.2. Ona tili darslarida modulli texnologiyadan foydalanish.
Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazari bilimlarni o`quvchilarga yetkazib
berish ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish,
shuningdek ta`lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilishda pedagogik texnologiyalar
muhim sanaladi.
O`qituvchilar o`z ish faoliyatini quyidagi texnologik jarayonga
bo`ysundirishlari kerak: tartibga solish, bir tizimga keltirish, ilgaridan
loyihalashtirilgan ta`lim jarayonini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.
Ta`lim texnologiyasi tushunchasi- ta`lim metodiga erishish, ya`ni ilgaridan
loyihalashtirilgan ta`lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish va shu maqsadga ta`lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan
o`zlashtirish darajasiga erishish va uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta`lim
jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan
o`zlashtirish darajasiga erishish va uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta`lim
jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo`ladi.
-
40
O`quvchining faoliyat ko`rsatishga yo`naltirilgan, darsning metodik
ishlanmasidan farqli o`laroq ta`limning pedagogik texnologiyasi ta`im
oluvchi(o`quvchi)larga yo`naltirilgan bo`lib bolalarning shaxs hamda o`qituvchi
bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda, o`quv materiallarini
o`zlashtirishga qaratiladi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o`quvchi shaxsini
rivojlantirish orqali ta`lim maqsadiga erishishni ta`minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan
yakuniy natija , ta`limning samaradorligi, teskari aloqaning mavjudligi ta`lim
maqsadning aniq shakllanganligi. U yoki bu pedagogik texnologiyaning tanlash
rejalashtirilgan dars va mashg`ulotda qaysi darajadagi bilim va ko`nikmalarini
o`zlashtirish nazarda tutilganligiga bog`liqdir.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida qo`llaniladigan texnologiyalardan biri
modulli o`qitish texnologiyasi hisoblanadi. Modulli o`qitish texnologiyasiga
o`tishda quyidagi maqsadlar ko`zlanadi.
- O`qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini
ta`minlash;
- O`qitishni individuallashtirish;
- O`quv materiallarini mustaqil o`zlashtirish uchun yetarli sharoit
yaratish;
- O`qitishni jadallashtirish;
- Fanni samarali o`zlashtirishga erishish.
Ko`rinadiki, modulli o`qitishda o`quvchilarni o`z qobiliyatiga ko`ra, bilim
olishi uchun to`la zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
O`qitishning modul tizimiga o`tish samaradorligi quyidagi omillarga bog`liq
bo`ladi:
-o`quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi;
- o`qituvchilarning malakaviy darajasi;
- o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
-
41
- ko`zlangan natijalar bahosi;
- didaktik materiallar ishlab chiqish;
- natijalarning tahlili va modullarini optimallashtirish;
Har qaysi modul bo`yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:
- O`quvchilarni bilimini nazorat qilish uchun testlar;
- Individual ishlar uchun topshiriqlar;
- Mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;
- O`quv uslubiy tarqatish materiallar.
Modul o`qitish fanning asosiy masalalari bo`yicha umumlashtirilgan
axborotlar beruvchi muammoli va yo`riqli darslar o`tilishini taqozo etadi. Darslar
o`quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog`i lozim.
Bunda materialning o`zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki:
- Modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi;
- O`quv materialining elementlari orasidagi bog`lanishlar va uning
o`tishlari yaqqol ko`rsatiladi;
- Asosiy jihatlari ajratib ko`rsatiladi;
- O`quv materialining (modulning) butun hajmi o`quvchining ko`z
oldida gavdalanadi.
Modul tizimida o`quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo
informatsiyani “siqish” vazifasi ko`zlanadi.
Modulli ta`lim o`qitish texnologiyasining eng asosiy negizi- bu o`qituvchi va
o`quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda
erishishlari uchun tanlangan texnologiya tushuniladi. O`qitish jarayonida maqsad
bo`yicha kafolatlangan natijaga erishishida qo`llaniladigan har bir modul
o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, o`quv
jarayonida o`quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar,
tahlil eta olsalar, o`zlari xulosa chiqara olsalar, o`zlariga , guruhga, guruh ularga
baho bera olsa, o`qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit
yarata olsa o`qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzuning o`ziga
-
42
xos modulli texnologiyasi bo`lib, u o`quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda
bir maqsadga yo`naltirilgan , oldindan loyihalshtirilgan va kafolatlangan natija,
berishishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Modulli ta’limning asosiy mohiyati, o�quvchilar modul dasturlari
ustida mustaqil ishlab, ilm olishda belgilangan maqsadga erishadilar.
Modul dasturlari ta’lim- tarbiyaviy jihatlarni e’tiborga olgan holda,
mavzuning maqsadini dars davomida mustaqil bajaradigan topshiriqlar
asosida aks ettiradigan ko�rsatmalar majmuidir.
Modul dasturlari - dars matni yoki o�qituvchlar tomonidan o�quv
materiallarni rejalashtirish emas, balki o�quvchilarning maskur
mavzuni mustaqil va ijodiy o�rganish bo�yicha o�quv faoliyat
dasturidir. Modul dasturlari o�qituvchilar tomonidan tuzilib , unda
modulning didaktik maqsadi, mavzuni o�rganish bosqichlari,
o�quvchilar tomonidan bajariladigan o�quv faoliyati elementlari,
ularning bilimni nazorat qilish yo�llari ketma – ket bayon etiladi.
O�qituvchi modul dasturlarini tuzishda va undan ta’lim
jarayonida foydanlnishda quyidagilarga e`tibor berishi zarur:
1 . O�quv materiallarini tanlash.
O�quvchilarga mustaqil o�zlashtirish uchun tavsiya etiladigan
o�quv materiali qisman tanish va ular uddalay oladigan bo�lishlari
kerak .
2 . Vaqtni tejash . O�quvchilar o�quv materiallarni
dasturda belgilangan vaqt doirasida egallab olishlariga erishish
zarur.
3 . O�quvchilarda mustaqil va ijodiy ishlash ko�nikmalarni
hosil qilish. O�qituvchi o�quvchilarni modul dasturlari bilan
ishlashga yo�llashdan avval ularda darslik va boshqa manbalar
ustida mustaqil ishlash ko�nikmasi shakllanganligiga ishonch hosil
qilish kerak.
-
43
Bunda o�qituvchi o�rganilishi lozim bo�lgan o�quv
materiallarni ikki qismga ajratadi. Birinchi qismini o�qituvchi
rahbarligida o�quvchilar ijodiy va mustaqil o�zlashtiradilar , ikkinchi
qismni mustaqil bajaradilar.
4 . O�quvchilar bilimini nazorat qilish. O�qituvchi modul
dasturlari qo�llaniladigan darslari uchun o�tgan mavzulari yuzasidan
test savollari tayyorlaydi va dastlabki joriy nazorat o�tkazadi .
Shuningdek , yangi mavzu bo�yicha test savollarini tayyorlaydi va
o�quvchilar bilimini aniqlaydi.
Bundan tashqari modul dasturlaridan o�rin olgan har bir
topshiriq yuzasidan bolalar bilimlarini aniqlash uchun o�quvchilar o�z
– o�zini va o�zaro nazoratni amalga oshiradilar. O�qituvchi reyting
tizimi bo�yicha maskur darsga ajratilgan balldan kelib chiqib, baholash
mezonini va har bir nazorat uchun ballarni aniqlashi zarur.
Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko�ra
o�quvchilarning individual ishlashga, ikkita o�quvchi hamkorlikda
ishlashga, kichik guruhlar hamkorlikda ishlashga mo�jallangan modul
bo�lishi mumkin.
O�quvchilarning individual ishlashlariga mo�jallangan modul
dasturlari har bir o�quvchining qiziqishi, ehtiyoji, bilim saviyasini
orttirish, o�zlashtirish darajasini aniqlash, kitob ustida mustaqil va
ijodiy ishlash ko�nikmalarni rivojlantirishni nazarda tutsa, kichik
guruhlar uchun mo�jallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilgan
omillar bilan bir qatorda o�quvchilar o�rtasida o�zaro muloqot,
hamkorlik, yordamini vujudga keltirish, o�quvchilarning bir – birlari
o�rtasida o�zaro nazoratni amalga oshirishni ko�zda tutadi .
Kichik guruhlarda uchun tuzilgan modul dasturlaridan
foydalanishda ikki xil yondashish mumkin:
1 . Musobaqa usuli.
-
44
O�qituvchi o�quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratadi.
Modul dasturini tarqatib, guruhdagi o�quvchilar faoliyatini modul
dasturidan o�rin olgan topshiriqlarni bajarishga yo�llaydi. Har bir
topshiriq bajarilgandan so�ng , bahs- munozara , savol – javob, musobaqa
tarzida o�tkaziladi. Guruhlar o�rtasida g�oliblar aniqlanadi. Har bir
guruhdagi o�quvchilar o�z faoliyatlarini o�rtoqlarining fikrini hisobga
olgan holda baholaydi.
2 . Kichik maslahatchilar usuli .
O�qituvchi o�quvchilarni teng sonli 5 – 6 kichik guruhlarga
ajratadi. Har bir guruhga kichik maslahat beruvchilarni tayyorlaydi .
Kichik maslahatchilar guruhidagi o�quvchilarning faoliyatni
nazorat qiladi, tegishli hollarda o�zaro yordam yushtiradi. Topshiriqlar
asosida savol – javoblar o�tkazadi. Kichik guruhlardagi o�quvchilar
faoliyati o�zaro nazorat orqali baholanadi.
Modulli darsni quyidagicha o�tkazish tavsiya etiladi:
I . Tashkiliy qism.
II . O�tgan mavzular yuzasidan o�quvchilar bilimini test savollari
yordamida aniqlash va baholash ( dastlabki joriy nazorat ).
III. O�tgan mavzuni yakunlash .
IV. Yangi mavzuning bayoni:
a) yangi mavzu bo�yicha tuzilgan modul dasturni tarqatish va
o�quvchilarni modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
b) o�quvchilarni yakka yoki kichik guruhlar tartibida modul
dasturidagi topshiriqlarni bajarishga yo�llash;
d) har bir o�quv faoliyat elementi topshiriqlarning to�liq
bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko�rsatmalar berish;
e) har bir o�quv faoliyat elementi yakunida savol – javob va
munozara o�tkazish.
-
45
V. Yangi mavzu yuzasidan test savollari yordamida
o�quvchilar bilimini aniqlash :
a) o�z – ozini nazorat;
b) o�zaro nazorat;
d) o�qituvchi nazorati.
VI. Darsni umumiy yakunlash.
Bu reja bo`yicha ona tili darslarida ham modulli texnologiyani qo`llash
maqsadga muvofiqdir. Masalan, 2-sinfda “Shaxs va narsani bildirgan so`zlar”
mavzusi o`rganiladi. Bunda o`quvchilar kim? yoki nima? so`rog`iga javob
bo`1adigan so`zlar haqida tushuncha beriladi. Bu mavzu 3-sinfda ot so`z turkumini
o`rganish uchun tayyorgarlik bo`ladi.
2-sinfda shu mavzuni o`rganish darsida modulli o`qitishdan foydalanish dars
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Darsning moduli quyidagicha bo`ladi.
Darsning mavzusi. Shaxs va narsani bildirgan so'zlar
Darsning maqsadi . O'quvchilarga shaxs va narsa bildirgan so'zlar haqida
bilim berish, o'z fikrlarini aniq, to'g'ri va ifodali bayon etishga
o'rgatish.husnixat bilan yozish ko'nikmalarini shakllantirish
Dars turi. Yangi bilim beruvchi dars.
Dars jihozi. Kartochkalar, testlar, rangli rasmlar
Modulning didaktik maqsadi.O'quvchilarning kichik guruhlarda
hamkorlikda mustaqil ishlash, so'zlarni ma'nosiga ko'ra farqlash va guruhlash
ko'nikmalarini shakllantirish shaxs va narsani bildirgan so'zlarning to'g'ri talaffuzi
va imlosini o'zlashtirishlarini ta'minlash.
Modul namunasi № O'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan
o'quv materialiga oid topshiriqlar
Topshiriqlarni
bajarishlari
uchun ko'rsatmalar
Baho
-
46
1-
O'FE
Maqsad.O'quvchilaming so'z ma'nolari
haqidagi tushunchalarini aniqlash, Yangi
mavzuni o'rganishga qiziqish uyg'otish
Metod.Mustaqil ish, Savol-topshiriqlar.
1.Uyda tuzib kelgan matningizni o'qing.
So'roqlar o'miga qanday ma'nodagi so'zlarni
qo'ydingiz?
2.0smondagi sayyoralar nomini yozing.
Namuna. Quyosh,...
3. Quyidagi so'zlarni jadvalga guruhlab
joylang. Er, dehqon, chumoli, o'rmaladi, tindi,
yomg'ir, chopdi.
Bajarish yo'lini
oldin bilib oling.
O'qituvchi o'rida
tushuntirib
beradi
| Kim? Nima? | Nima qiidi?| 4. Yuqoridagi so'zlar ishtirokida gaplar
fuzing. 90-mashqni ichingizda o'qing Savol-
topshiriqlami kichik guruhlarga bo'linib
bajaring. Topshiriqlaming javobini aniq qilib
ayting.
2-
O'FE
Maqsad.Shaxs bildirgan so'zlar haqida
bilim hosil qilish.
Metod. Muammoli yarim izlanishli.
Topshiriq.
1. She'rni ifodali o'qing.
2. She'r matnidagi kishilarning
ismini daftaringizga yozing.
3. Shu so'zlarga qanday so'roq
beriladi o'ylang, ular nimani bildiryapti?
4. Ulug' so'zini qaysi so'zlar bilan
almashtirish mumkin?
5. Sig'ingan, qo'msab so'zlarining
ma'nosini Izohlashga harakat qiling.
91-mashq matnini ifodali o'qishga
tayyorlaning.
So'zlarni husnixat
bilan yozing.
3- Maqsad. Narsani bildirgan so'zlar haqida
-
47
O'FE bilim hosi! qilish.
Metod. Muammoli yarim izlanishli
metod.
Topshiriq:
1. 92-mashq shartini tushuntirib bering.
2. 92-mashqdan ajratib ko'rsatilgan
so'zlarga oid so'zlami
aniqlab, jadvalga joylang:
Qush.gul, sabzavot
3. Qush nomlariga so'roq Bering.
O'ylang, ularni nimani
bildiryapti?
4. Gul nomlariga so'roq bering. O'ylang,
ular nimani bildiryapti?
5. Sabzavot nomlariga so'roq bering.
Ular nimani bildiryapti?
92-mashqdagi so'zlami iciiingizda
o'qing.
4-
0'FE
Maqsad. O'quvchilami o'rganganlari
asosida bilimlarini
To'rtburchak
umumlashtirish va xulosalashga
o'rgatish.
ichida berilgan
Metod. Suhbat. Xulosalami
Savollar. o'qing.
Siz yozgan va o'qigan so'zlar qanday
so'roqlarga javob bo'ladi?
Savollami
«Kim?» so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar
nimani bildiradi?
diqqat bilan
«Nima?» so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar
nimani bildiradi?
tinglang.
Demak.so'zlar nimalarga nom bo'lar
ekan?
Savollarga
qisqa va aniq
javob bering
-
48
Maqsad. O'quvchilami shaxs va narsani
bildirgan so'zlar
92- mashq
5-
O'FE
bo'yicha olgan bilimlarini
mustahkamlash.
Shartini
Metod. Topshiriq.Suhbat va mustaqil ish
metodi.
Ichingizda
1.92- mashq shartini tushuntirib bering. o'qing.
2. She'rni ifodali o'qing. She'rni ifodali
3.Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga so'roq
bering. Ular nimani
qilib o'qishga
bildiryapti? tayyolaning.
4. Mitti, oshiyon so'zlariga ma'nodosh
so'z toping.
Kim ko'p qush
5. Talimiy o'yin . va gul nomini
1) qushlar va gullami ikki guruhga
ajrating;
bilishini hisobga
2) qush rasmini qo'lingizga olib , uning
nomini ayting;
olib boring va
3) gul rasmini qo'lingizga olib, uning
nomini ayting.
uni qanday
6. Test echish. rag'batlantirish
- Shaxs nomlari berilgan qatorni
belgilang.
kerak deb
A. Mirzo Bobur o'ylaysiz?
B.qushcha
- Narsani bildirgan so'zlar hatorini
belgilang.
A. Tuma
B. AmirTemur
O'quvchilarga dasrni tashkil etishdan oldin modul darsi yuzasidan quyidagi
kabi ko'rsatmalar berildi:
-
49
Mazkur modul birinchi va ikkinchi guruh uchun ham tavsiya etiladi. Dars
topshiriqlaridan o'quvchilarning saviyasiga, bilimlarni o'zlashtira olish darajasiga
qarab foydalaniladi. Ayrim topshiriqlar hobiliyatli o'quvchilarga berilishi mumkin.
Birinchi sinfdan o'quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o'rgatib
borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslarni tashkil etish osonlashadi, chunki
o'quvchilarda bu haqida ko'nikmalar hosil bo'lib boradi. O'qituvchi dars davomida
dam olish daqiqalari uyushtirishi lozim.
Ta'limiy o'yin uyushtirilganda ikkala guruhdan ikkitadan o'quvchi chiqib,
qush va gul rasmlarini istagancha oladi va guruhi bilan maslahatlashib, ularning
nomlarini aytadi.
Testlar o'quvchilarning imkoniyatiga qarab ko'paytirilishi yoki
murakkablashtirilishi mumkin.Test har bir o'quvchi uchun alohida tayyolansa,
maqsadga muvofiq bo'ladi.
2-sinfda so`zlar ma’nolariga ko`ra kim?, nima? qanday?, nima qildi?
So`rog`iga javob bo`lgan so`zlar guruhiga ajratilib o`rgatiladi. Bular keyinchalik
o`rganiladigan ot, sifat, fe’l so`z turkumini o`rganishga o`quvchilarni tayyorlaydi.