sayt tayyorlash - azamat.uz · 2017-05-04 · vip tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan...

43
Azamat XODJAKOV SAYT TAYYORLASH oddiydan murakkabgacha www.azamat.uz sayti mahsuloti © 2014

Upload: others

Post on 17-Jan-2020

29 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Azamat XODJAKOV

SAYT TAYYORLASH

oddiydan murakkabgacha

www.azamat.uz sayti mahsuloti © 2014

Page 2: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

(bu sahifa bo’sh qoldirildi)

Page 3: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Qo’llanma mazmuni

Ushbu elektron qo’llanma internet tarmog’ida yangi veb sayt tashkil etishni o’rgatishga yo’naltirilgan. Unda berilgan ma’lumotlar asosida Siz yangi bepul hostingga ega bo’lishingiz, sub-domen asosida ishlaydigan saytni tayyorlashingiz mumkin. Saytni tayyorlashga o’tishingizdan avval Sizga sayt tayyorlash haqida bilishingiz kerak bo’lgan ba’zi ma’lumotlar beriladi. Qo’llanmadagi ko’rsatmalar asosida yangi hosting va sub-domen uchun ro’yxatdan o’tasiz. Bunda olinadigan a’zolik ma’lumotlaringiz (login, parol va boshqa ma’lumotlar)ni xavfsiz joyda saqlashingiz va hech kimga bermasligingiz kerak. Saytingizning xavfsizligi aynan shu ma’lumotlarga bog’liq bo’lishi mumkin.

Barcha ko’rsatmalarni bajarsangiz sub-domen asosidagi shaxsiy saytingizga ega bo’lasiz!

Page 4: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Mundarija

1. Sayt haqida asosiy tushuncha.

2. Hosting haqida asosiy tushuncha.

3. Domen haqida asosiy tushuncha.

4. Hostinger saytining bepul hosting xizmati.

5. Hostinger saytida ro’yxatdan o’tish.

6. Hostinger saytida yangi hosting va sub-

domen tashkil etish.

7. Hostingda yangi WordPress sayt dasturini

o’rnatish.

8. WordPress admin paneliga kirish va

saytga ma’lumotlar kiritishni boshlash.

9. Xulosa va keyingi qadamlar.

Page 5: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

(bu sahifa bo’sh qoldirildi)

Page 6: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Sayt haqida asosiy tushuncha

Sayt – bu internet tarmog’i orqali dunyoning istalgan nuqtasidan kirish mumkin bo’lgan ma’lumotlar jamlanmasi hisoblanadi. Saytlar turli dasturlash tillari (PHP, JavaScript, HTML, Ajax va boshqalar) asosida tashkil etilgan sahifalarda iborat bo’ladi. Bu sahifalarga audio, video, matn, grafik va boshqa turdagi ma’lumotlar joylashtirilishi mumkin. Saytlar, yoki sayt sahifalaridagi ma’lumotlar dinamik (o’zgaruvchan) va statik (o’zgarmas) bo’lishi mumkin. Statik (o’zgarmas) ma’lumotga ega bo’lgan saytlar WYSIWYG (what you see is what you get – nimani ko’ra olsang ana shuni olasan) asosdatashkil etiladi va undagi ma’lumotlar o’zgarmaydi. Masalan, biror shahar haqida statik

Page 7: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

sayt tayyorlandi, deylik. Bunday holatda saytga ma’lumotlar; shahar tarixi, ko’rkam joylari, manzili va bugungi kundagi holati haqida bir necha sahifali ma’lumotlar yoziladi hamda bu ma’lumotlar o’zgartirilmaydi. Siz saytga kirasiz va faqat ko’rib turgan ma’lumotingiznigina olasiz. Statik saytlarda odatda sayt va foydalanuvchi o’rtasida hech qanday amaliyot-aloqa bajarilmaydi.

O’zgarmas ma’lumotlar kiritilgan statik veb sahifa

Page 8: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Dinamik (o’zgaruvchan) saytlarda esa hammasi butunlay boshqacha. Dinamik saytlar va sahifalardagi ma’lumotlar turli usullar bilan o’zgartirilishi, yoki avtomatik tarzda ma’lumotlarning almashinib turishiga asoslangan bo’lishi mumkin. Bunday saytlarda sayt va foydalanuvchi o’rtasidagi amaliyot-aloqa juda yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’ladi. Bugungi kundagi saytlarning deyarli barchasi dinamik bo’lib, bu saytlarda foydalanuvchilar saytning asosiy yurituvchi kuchi hisoblanishadi. Dinamik saytga www.odnoklassniki.ru saytini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Bilasizki, Odnoklassniki saytidagi deyarli barcha ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan yaratiladi, o’zgartiriladi, yangilanadi va hatto o’chirib tashlanadi. Odnoklassniki sahifalaridagi ma’lumotlar to’liq sayt va foydalanuvchi o’rgasidagi amaliyot-aloqaga asoslangan. Ushbu elektron qo’llanma asosida Siz bilan tayyorlamoqchi bo’lgan saytimiz barcha dinamik xossalarni o’zida mujassam etgan bo’ladi.

Page 9: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Boshlang’ich ma’lumot kiritilishi bilan tahminiy so’rov variantlarini taqdim etuvchi dinamik qidiruv sahifasi

Siz tayyorlanishidan bir necha qadam yiroqda turganingiz – shaxsiy veb saytingiz WordPress dasturi yordamida tashkil etiladi. Bu dinamik sayt tayyorlash dasturi bugungi kunda shaxsiy bloglar va saytlar tashkil etish dasturlari orasida dunyoda birinchi o’rinda turadi.

Page 10: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Hosting haqida asosiy tushuncha

Hosting – saytingizning asosini tashkil etuvchi fayllaringiz saqlanadigan joy. Hosting katta hotiraga ega bo’lgan, kuchli serverlarda tashkil etiladi. Hosting xizmatini taklif etuvchi kompaniyalar o’z serverlarida millionlab saytlarning fayllarini saqlaydi va ularga xizmat ko’rsatadi.

Hosting faqat sayt fayllarini saqlash bilan cheklanib qolmaydi, balki ularning turli amaliyotlar bajarishi uchun zarur bo’lgan muhitni yaratadi, bu muhitning doimiy xatosiz ishlashini nazorat qiladi.

Hosting xizmati narxi saytingiz uchun ajratilayotgan joy, qulayliklar va xizmat sifati kabi bir necha asoslarda baholanadi. O’zbekistondagi barcha hosting xizmati

Page 11: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

provayderlarini www.hosting-obzor.uz saytidan topishingiz va ularga nisbatan bildirilgan foydalanuvchilarning haqqoniy fikrlari bilan tanishishingiz mumkin. Siz tanlagan host qanchalik yaxshi bo’lsa, saytingizning foydalanuvchilar uchun qulayligi, tez ishlashi va doim internet tarmog’ida bo’lishi ham shunchalik yaxshi bo’ladi.

Hozirgi kunda O’zbekistonda hosting xizmati provayderlari tomonidan taqdim etilayotgan eng arzon, eng kichik hajmdagi hosting tarifi – bu oyiga 3 000 so’m evaziga 1 domen va 50 mb joyga ega bo’lgan hosting xizmati hisoblanadi. Serverlari O’zbekiston hududida joylashgan milliy hosting provayderlarimizda saytingizni joylashtirsangiz, saytingiz TAS-IX tarmog’ida hisoblanadi. Bu tarmoqda bo’lishning afzalligi shundaki, agar saytingiz TAS-IX tarmog’ida bo’lsa saytingizdagi har qanday ma’lumot (audio, video, rasm va boshqalar)ni ko’rish, olish va ulardan foydalanish O’zbekistondagi ko’pchilik internet servis provayderlar abonentlari uchun

Page 12: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

bepul bo’ladi. Ya’ni, UzOnline, TPS kabi kompaniyalar abonentlari saytingizga tashrif buyurishsa, foydalanilgan megabayt uchun ulardan pul olinmaydi. O’z-o’zidan aniqki, saytingiz abonenetlar foydalanishi uchun tekin bo’lsa, saytingizga tashrif buyuruvchi foydalanuvchilar soni ham ortadi.

Bugungi kunda internetda serverlari xorijiy davlatlarda bo’lgan internet servis provayderlarining 100% bepul hosting xizmatlarini ko’plab topishingiz mumkin. Bu hosting xizmatlari to’lovli hosting xizmatlaridan hech qaysi jihati bilan farq qilmaydi. Faqat O’zbekiston sharoitida xorijiy hosting va milliy hosting xizmatlaridan foydalanish o’rtasida bittagina tafovvut mavjud: xorijiy bepul hosting xizmatlaridan foydalansangiz saytingiz TAS-IX tarmog’ida bo’lmaydi, milliy provayderlarimiz xizmatlaridan foydalansangiz saytingiz TAS-IX tarmog’ida bo’ladi.

Ko’pchilik foydalanuvchilar uchun esa gap kerakli bo’lgan ma’lumot haqida ketayotganda

Page 13: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

saytning qaysi tarmoqda bo’lishining ahamiyati yo’q. Hozirda O’zbekistonda internet narxlari arzonlashayapti va ko’p abonentlar VIP tariflardan foydalanishayapti. Agar saytingiz TAS-IX tarmog’ida bo’lmasdan, xorijiy bepul hosting tarmog’ida joylashtirilgan bo’lsa ham, unda foydalanuvchilar uchun kerakli, qimmatli bo’lgan ma’lumotlar jamlangan bo’lsa nafaqat VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi. Hamma gap saytingizning amaliy qiymatida!

Ushbu qo’llanma asosida ochadigan saytingiz Rossiyada joylashgan Hostinger serverlaridan birida joylashtiriladi. Demak, saytingiz TAS-IX tizimida bo’lmaydi. Ammo saytingizni rivojlantirib, sayt yuritish ilmini yaxshi o’zlashtirib olganingizdan so’ng, saytingizni O’zbekiston hostinglaridan biriga o’zgarishlarsiz ko’chirishingiz mumkin bo’ladi. Har qanday saytni boshqa hostga ko’chirish juda oson.

Page 14: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Domen haqida asosiy tushuncha

Domen – hosting serverida joylashgan saytingiz fayllarini foydalanuvchiga “chaqirib beradigan”, butun dunyo bo’yicha taniqli va yagona bo’lgan o’ziga xos sayt nomidir.

Sayt nomlari (domenlar) odatda davlat yoki turga tegishlilikni bildiruvchi ikki, uch yoki to’rt harfdan iborat nuqtali kengaytma bilan tugaydi. Bu kengaytma “birinchi bosqichdagi domen” hisoblanadi. Mana hozirgi kunda Siz ishlatadigan eng ommabop domen kengaytmalari:

.uz – O’zbekiston saytlari

.com – Kommersiya, tijorat saytlari

.ru – Rossiya Federatsiyasi saytlari

.org – Organizatsiya, tashkilot saytlari

.tv – Televideniya saytlari

.net – Network, tarmoq saytlari

Page 15: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Bu nuqtali kengaytmalardan oldin yana qandaydir yozuv bo’lsa, bu domenning “ikkinchi bosqichdagi domen” ekanligini bildiradi. Masalan, azamat.uz sayti “.uz” bo’lgan birinchi bosqichli domen ostida joylashtirilgan “azamat” deb nomlangan ikkinchi bosqichli domen nomini anglatadi. Demak, azamat.uz domeni ikkinchi bosqichdagi domen nomi hisoblanadi.

Keyingi bosqichdagi, uchinchi bosqichdagi domen nomi sub-domen deb yuritiladi. Bunday domen ikkinchi bosqichli domen nomi ostida tashkil etiladi. Masalan, sahifa.azamat.uz domenidagi “sahifa” uchinchi bosqichdagi, yohud sub-domen hisoblanadi.

Ushbu elektron qo’llanma yo’l-yo’riqlari asosida Hostinger xizmatlaridan foydalanib ochadigan shaxsiy saytingizning domeni ham uchinchi bosqichdagi sub-domen sifatida ochiladi.

Domen va hosting alohida tushuncha. Domen sozlanmalariga hosting, hosting sozlanmalariga esa domen ma’lumotlari yozilgan holda ular birikib, bir butun sayt sifatida faoliyat ko’rsatadi.

Page 16: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Hostinger saytining bepul hosting xizmati

Hostinger bugungi kundagi zamonaviy, kuchli va qulay bo’lgan hosting kompaniyalaridan biri. Uning serverlari dunyoning deyarli barcha nuqtalarida faoliyat ko’rsatadi. Hostinger juda katta hosting xizmatlarini ko’rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Uning mijozlari ko’p. Kompaniya pulli xizmatlar bilan bir qatorda, mijozlarini yanada ko’paytirish maqsadida 100% bepul hosting xizmatini ham taklif qiladi. Kompaniyaning bepul hosting xizmati pulli xizmatlaridan deyarli farq qilmaydi.

Ushbu qo’llanma yordamida tayyorlaydigan shaxsiy saytingiz Hostingerning bepul hostingidagi 2 gigabayt joy, cheklovsiz traffik, cheksiz ma’lumotlar bazasi va boshqa ajoyib qulayliklarga ega tarifida joylashtiriladi.

Page 17: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Hostinger saytida ro’yxatdan o’tish

Hostingerning bepul hosting xizmatiga ega bo’lish uchun saytga a’zo bo’lishingiz kerak. Quyida saytga a’zo bo’lish va bepul hostingga ega bo’lish jarayonini qadam-baqadam tushuntirib beraman. Siz a’zo bo’lmoqchi bo’layotgan sayt - Hostinger saytining Rossiya Federatsiyasida joylashgan serverlariga mas’ul rus tilidagi interfeysga asoslangan sayt hisoblanadi. Rus tilidagi interfeys har tomonlama o’zbekistonliklar uchun qulay bo’lganligi sababli Hostingerning aynan rus tilidagi saytini tanladik. Rus tilini yaxshi bilgan holda saytni yaratishdan tashqari ham hosting bilan ishlashni davom ettirishingiz, hosting xizmatining qo’shimcha manbaalaridan va qulayliklaridan foydalanishni o’rganish jarayoningizni davom ettirishingiz mumkin.

Page 18: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

1. Brauzeringiz manzil yozish joyigawww.hostinger.ru deb yozing va ENTER tugmasini bosing.

Enter tugmasi bosilgandan so’ng Hostingerning rus tilidagi sayti ochiladi. Internet tezligingizga qarab saytning ochilishi tez yoki sekin bo’lishi mumkin. Sabrli bo’ling.

Page 19: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

2. Ochilgan Hostinger saytining birinchisahifasida “Sozdat akkaunt” bo’limini tanlang.

Sahifaning yuqori o’ng burchagida, login va parol yozish qismining pastida “Akkaunt yaratish” bo’limiga olib boruvchi bog’ni bosishingiz kerak bo’ladi.

Page 20: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

3. Ro’yxatdan o’tish so’rovnomasini to’ldiring va“Sozdat akkaunt” tugmasini bosing.

So’rovnomadagi ismingiz, email manzilingiz, parolingiz va xavfsizlik kodi yozilishi kerak bo’lgan qismlarni to’ldiring va a’zolikni yaratish uchun “Sozdat akkaunt” tugmasini bosing.

Page 21: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

4. Ro’yxatga olish jarayonida ko’rsatilgan emailmanzilingizga aktiv qilish xati yuboriladi.

So’rovnomani to’liq to’g’ri to’ldirib bo’lga-ningizdan so’ng so’rovnomada ko’rsatilgan email manzilingizga aktivlashtirish xati yuborilganligi haqida xabar olasiz. Pochtangizni tekshiring.

Page 22: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

5. Pochtangizga kelgan xatning aktiv qilishbog’ini bosing va a’zolikni tasdiqlang.

Pochta qutingizga a’zolikni tasdiqlash bog’i yuboriladi. Uni bosish orqali Hostinger saytiga o’tasiz. Hammasi to’g’ri bajarilsa, saytdagi a’zolik tasdiqlandi, degan xabar ko’rsatiladi.

Page 23: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

6. Hostinger saytidagi a’zoligingiz tasdiqlandi vaSiz keyingi bosqichga o’tishga tayyorsiz.

Pochtangizdagi bog’ni bosish orqali Hostingerning yuqorida ko’rsatilganidek xabarigacha yetib borgan bo’lsangiz, demak saytingiz uchun hosting olishga tayyorsiz!

Page 24: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Hostinger saytida yangi hosting va sub-domen

tashkil etish

Ro’yxatdan o’tib, a’zolikni to’g’ri tasdiqlab olganingizdan so’ng Hostinger saytida yangi hosting xizmati va yangi sub-domen olish uchun harakatni boshlashingiz mumkin. Siz hozirgina ro’yxatdan o’tgan va tasdiqlagan a’zoligingiz bilan Hostingerda bitta emas, balki bir nechta hosting xizmatlari va sub-domenlar tashkil etishingiz mumkin. Demak, bir marta Hostinger saytiga a’zo bo’lib kelajakda bir nechta bir-biridan mustaqil bo’lgan saytlar uchun hosting va sub-domenlar xizmatini yagona a’zolik ostida boshqarsangiz bo’ladi. Endi hosting va sub-domen tashkil etishni bosqichma-bosqich ko’rib o’tamiz. Barcha bosqichlarni diqqat bilan bajaring.

Page 25: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

1. Hosting menyusidan yangi akkaunt ochishbandini tanlang.

Sayt sahifasining yuqori qismida menyu joylashgan. Uning birinchi Hosting deyilgan bandini bosib, undan hosil bo’lgan ikki bandning ikkinchisi, Yangi akkaunt bandini tanlang.

Page 26: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

2. Hosting xizmati tanlovlari orasidan bepulhostingni toping va zakazat tugmasini bosing.

Sizga bepul, premium va biznes tariflari taklif etiladi. Bepul tarif narxi 0,00 rubl qilib ko’rsatilgan. Siz bepul tarifning “Zakazat” deyilgan tugmasini bosishingiz kerak.

Page 27: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

3. Ikkinchi, uchinchi darajali domen ma’lumotlariva sayt parolini kiriting.

Siz tanlagan uchinchi darajali domen nomi band bo’lmasligi kerak. O’zingizga yoqqan subdomen (meximas.com, besaba.com va h.k.)ni tanlang va davom etish tugmasini bosing.

Page 28: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

4. Domen ma’lumotlarini tasdiqlang va xavfsizlikkodini yozib, “Zakazat” tugmasini bosing.

Sahifada Siz tanlagan subdomen nomi bepul bo’lgan tarif nomi ostida ko’rsatiladi. Narxi 0,00 rubl. So’nggi qadam: xavfsizlik kodini to’g’ri yozib, “Zakazat” tugmasini bosasiz!

Page 29: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

5. Saytingiz uchun hosting va sub-domen to’liqtayyorligi haqidagi xabarni o’qing.

Rasmdagi misolda ko’rsatilganidek hosting akkauntingiz tayyor bo’lishi haqida xabar berilishi kerak. Buni o’qiganingizdan so’ng saytni o’rnatishni boshlashingiz mumkin!

Page 30: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Hostingda yangi WordPress sayt

dasturini o’rnatish

Mana, yangi hosting va sub-domenga ega bo’ldingiz! Endi bu hostingga yangi WordPress saytni o’rnatsangiz, sub-domen orqali dunyoning istalgan nuqtasidan saytingizga tashrif buyurish mumkin bo’ladi. Zamonaviy hosting provayderlarning deyarli barchasida “Avto o’rnatgich” xizmati mavjud bo’ladi. Bu xizmat eng mashxur sayt dasturlarini bitta tugmani bosish orqali o’rnatish imkonini beradi. Hostingerda ham huddi shunday “Avto o’rnatgich” xizmati bor. Quyidagi yo’riqnomada Hostinger o’rnatgichi-dan foydalanib WordPress saytini o’rnatish jarayonini ko’rib chiqamiz. Bu xizmat yordamida har qanday saytni oson o’rnatish mumkin!

Page 31: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

1. Yangi ochilgan saytingiz sub-domeni ostida“Avto o’rnatigich” bandini tanlang.

Yangi ochilgan sub-domeningiz nomi yonidagi + tugmasini bosing va pastki qismda paydo bo’lgan panelda joylashgan “Avto ustanovshik”, ya’ni “Avto o’rnatgich” bandini tanlang.

Page 32: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

2. Mavjud dasturlar ro’yxati chiqqandan so’ng,dastur qidirish joyini toping.

Qidiruv bandi dasturlar ro’yxatining yuqori o’ng tomonida joylashgan. Avto o’rnatgich bazasida mavjud bo’lgan barcha dasturlarni ushbu qidiruv bandiga yozish orqali oson topish mumkin.

Page 33: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

3. Qidiruvga “WordPress” deb yozing vaavtomatik tarzda topilgan dasturni o’rnating.

Qidiruvga “WordPress” deb yozganingiz zahoti dastur topiladi. Natijalar ro’yxatida topilgan WordPress dasturi to’g’risidagi “Ustanovit” deyilgan tugmani bosing.

Page 34: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

4. Sayt ma’lumotlarini kiriting va sayt dasturinio’rnatish uchun yakuniy tugmani bosing.

Rasmda ko’rsatilganidek saytingiz ma’lumotlarini kiriting. Admin login va parolini eslab qoling. “Ustanovit” tugmasini bosganingizdan so’ng bir oz vaqt kutishingizga to’g’ri kelishi mumkin.

Page 35: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

5. Sayt dasturi to’liq o’rnatilganligiga ishonchhosil qiling va keyingi bosqichga o’ting.

Sayt to’liq muvaffaqiyatli o’rnatilgan bo’lsa, o’rnatilgan dastur nomi to’g’risida “Udalit” deyilgan qizil tugma paydo bo’ladi. Sayt o’rnatildi! Endi uni tekshirib ko’ramiz.

Page 36: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

6. Saytingiz manzilini brauzerda tekshirib ko’ringva ishlayotganligiga ishonch hosil qiling.

Brauzerga yangi saytingiz manzilini (masalan kamalak.besaba.com) yozib ENTER bosing. Yangi o’rnatilgan saytingiz to’liq ochilishi va ishlashi kerak. Endi saytga ma’lumot kiriting!

Page 37: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

WordPress admin paneliga kirish va saytga

ma’lumotlar kiritishni boshlash

Saytingiz uning ichidagi ma’lumotlari bilan qimmatli hisoblanadi. Shunday ekan, yangi ochilgan saytingizni hammaga kerakli, qiziqarli, foydali bo’lgan ma’lumotlar bilan boyiting! Shunday maqolalar yozingki, saytingizga bir marta kirgan foydalanuvchi keyingi kun ham saytingiz manzilini yodida saqlab, maqolalarin-gizni o’qish uchun saytingizga qayta tashrif buyursin. Foydalanuvchilaringiz va saytingiz mehmonlari qanchalik ko’p bo’lsa, sayt obro’si ham shuncha oshadi va sayt orqali pul ishlash imkoniyati ko’payadi. Saytingiz mashxurligi esa unga kiritayotgan ma’lumotlaringizga bog’liq.

Page 38: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

1. Saytingiz nomidan keyin “/wp-admin” debyozing va kirish sahifasini oching.

Saytingiz nomidan keyin “/” belgisi va “wp-admin” deb yozing. Shunda administratorning saytga kirish login va parol yozadigan bo’limi ko’rsatiladi. Login va parolingizni yozib kiring.

Page 39: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

2. Admin panelda saytga yangi maqola qo’shishbandini tanlang.

Admin interfeysining chap tomonidagi menyudan, “Zapisi” bo’limi ichidan “Dobavit navuyu” bandini tanlang. Bu amaliyot saytga yangi maqola qo’shish sahifasini ochadi.

Page 40: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

3. Maqola sarlavhasi va to’liq matnini yozib, ilkmaqolangizni saytda chop eting!

Yangi maqola yozish uchun maqola sarlavhasini kiriting va maqolangizning asosiy matnini yozing. Maqolani chop etish uchun o’ng tomondagi “Opublikovat” tubmasini bosing.

Page 41: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

4. Saytingizning asosiy sahifasini brauzerdaochib, yangi maqolangiz chop etilganini ko’ring!

Saytingizning asosiy, foydalanuvchilarga ko’rinadigan sahifasiga o’tganingizda yangi maqolangiz chop etilganini ko’rishingiz mumkin. Endi yozganlaringizni butun dunyo o’qiydi!

Page 42: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

Xulosa va keyingi qadamlar

Mana, saytingiz tayyor! Unga kirib, yangi maqolalar qo’shishni ham o’rgandingiz. Endi Sizda fikrlaringizni butun dunyo internet foydalanuvchilariga bevosita yetkazib bera oladigan haqiqiy veb sayt bor! Saytingizni rivojlantiring, yangi maqolalar qo’shing, foydalanuvchilaringiz uchun qo’shimcha imkoniyatlar yarating, WordPress dasturining imkoniyatlari haqida o’rganing va sayt tayyorlash sohasidagi ilmingizni oshiring! Bundan keyin saytingizning borligi va unga maqolalar qo’shish bilan cheklanib qolmang. Endi Sizda mavjud sayt orqali pul topish imkoniyatlari haqida o’ylab ko’ring! Tasavvuringiz va qobiliyatingizni ishga solgan holda saytingiz orqali bir kunda 500-800

Page 43: SAYT TAYYORLASH - AZAMAT.UZ · 2017-05-04 · VIP tarifiga ulangan abonentlar, balki cheklangan megabayt asosida internetdan foydalanuvchi abonentlar ham saytingizdan foydalanishadi

dollargacha sof daromad topish imkoniyatingiz mavjud! Sayt orqali pul ishlashning yangi, zamonaviy usullari haqida o’rganing va saytingizning boshqa saytlarga nisbatan bir qadam oldinda bo’lishini ta’minlang! Hozirgina ochgan yangi saytingiz orqali pul topishning quyidagi usullari bor: • Saytga reklamalar joylash orqali pul topish;• Saytda mahsulotlar sotish orqali pul topish;• Turli xizmatlar taklif qilish orqali pul topish;• Saytingizdan yuklab olish uchun to’lov;• Saytga a’zolik to’lovlari;• Pulli maqolalar va ma’lumotlar sotish;• …va tasavvuringizga kelgan boshqa usullar!!!

Saytingiz orqali pul topish usullari faqat fikrlashingiz bilan cheklanishi mumkin. Yaratuvchanlik bilan fikrlang! Sayt orqali pul topish haqidagi ko’proq ma’lumotlarni www.azamat.uz saytidan olishingiz mumkin.

Yangi saytingiz muborak bo’lsin!