samgasi.uz soati/axborot... · web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish;...

20
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 14 oktabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y

Upload: others

Post on 29-Dec-2020

14 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 14 oktabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

Page 2: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

QATAG‘ON QURBONLARINING MEROSINI YANADA CHUQUR O‘RGANISH VA ULAR XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISHGA DOIR

QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o y i sh ihttp://uza.uz/oz/documents/ata-on-urbonlarining-merosini-yanada-chu-ur-

rganish-va-ular--08-10-2020

O‘ZBEKISTON VA TOJIKISTON PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI MULOQOT QILDILAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentini tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, tarix, madaniyat va an’analar mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarining bugungi darajasini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq murakkab davrda pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishda o‘zaro yordam ko‘rsatilmoqda. Tojikiston tomoni ushbu xavfli kasallikka qarshi kurashda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi. 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida tovar ayirboshlash hajmlari ortyapti, hududlar va tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsiya kengaymoqda.

Davlat rahbarlari o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan qator ikki tomonlama tadbirlarning samarali natijalarini yuqori baholadilar. Xususan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi hamda biznes-forum, ilmiy-amaliy konferensiya, parlament a’zolari va ziyolilar uchrashuvlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy ob’ektlar ochildi.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki mamlakat hukumatlariga keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish hamda bo‘lajak sammitning yangi kun tartibini har tomonlama puxta tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xarita”sini ishlab chiqishga topshiriq berdilar.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Telefon muloqoti so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga mamlakat siyosiy hayotidagi muhim tadbir – joriy yil 11 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Page 3: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

POCHTA TIZIMINI DAROMADLI SOHAGA AYLANTIRISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 oktabr kuni milliy pochta tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Pochta tizimini xat, jo‘natma va tovarlar yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtirish orqali soha barqarorligini ta’minlash muhim masala hisoblanadi. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan 2 mingdan ziyod bo‘linma, 7 ming nafar xodim bor. Lekin yillar davomida e’tibor berilmagani oqibatida pochta xizmatining o‘rni pasayib ketdi. Xususan, so‘nggi o‘n besh yilda 1 ming 300 ta pochta bo‘linmasi yopilgan. O‘tgan yili xorijdan kelgan 6 ming tonna jo‘natmalarning atigi 10 foizi, kurerlik xizmatlarining 30 foizi milliy pochta hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bois joylardagi ahvol o‘rganilib, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari ishtirokida pochta tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Yig‘ilishda ushbu chora-tadbirlar Sergeli, Yangiqo‘rg‘on va Toshkent tumanlari pochtasi misolida taqdimot qilindi.

Davlatimiz rahbari pochta tizimini rivojlantirish uchun uni daromad keltiradigan sohaga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Xususiy operatorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali pochta bo‘limlari daromadini oshirish mumkinligi aytildi.

Masalan, hozirgi kunda elektron savdo rivojlanmoqda. Internet orqali sotib olingan tovarni egasiga yetkazib berishga doim talab bor. Qolaversa, yurtimizga kirib kelgan xalqaro tashuvchi kompaniyalarning hududlarda filiallari yo‘q. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, pochta jo‘natmalari va mahsulotlarni yakuniy manzilga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara beradi.

– Pochta sohasidagi eng asosiy vazifa odamlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishdir, – dedi Prezident.

Yig‘ilishda yakuniy manzilga yetkazish tizimini tumanlarda tajribadan o‘tkazib, kelgusi yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etish rejasi belgilandi. Buning uchun jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yil yakunigacha milliy onlayn savdo maydonchasini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu tizim orqali tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotini respublika bo‘yicha savdoga chiqaradi, milliy operator ularni manziliga yetkazib beradi. Bunda “O‘zbekiston pochtasi” xaridor va sotuvchi o‘rtasida kafil bo‘ladi. Shu maqsadda kelgusi yili Toshkent shahrida logistika markazini tashkil etish zarurligi qayd etildi.Soha daromadini ta’minlash uchun yana bir manba – uncha murakkab bo‘lmagan davlat xizmatlarini pochta bo‘limlarida ham yo‘lga qo‘yish. Shu nuqtai nazardan, “O‘zbekiston pochtasi” AJning olis hududlardagi 300 ta bo‘linmasida 13 xil davlat xizmati ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, dastlab Sergeli, Yangiqo‘rg‘on va Toshkent tumanlaridagi pochta bo‘linmalarida naqd pul inkassatsiyasi, plastik karta amaliyoti kabi bank xizmatlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

So‘nggi to‘rt yilda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan matbuot tarqatish hajmi 3 barobarga kamayib, uning jami matbuot tarqatishdagi ulushi 13 foizni tashkil etmoqda.

Page 4: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

Mutasaddilarga bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash uchun matbuot tarqatish tizimini rivojlantirish, davriy nashrlarga onlayn obuna xizmatini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Yangi pochta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun xodimlarni qayta tayyorlash, pochta binosini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlar bilan birga ishlatish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

O‘ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 oktabr kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomidan Prezident Mun Chje Inni va do‘st koreys elini Koreya tashkil topgan kun va an’anaviy Chusok bayrami bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik maqomidagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini batafsil ko‘rib chiqdilar, shuningdek, xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Koronavirus global miqyosda tarqalishining keng ko‘lamli O‘zbekiston-Koreya aloqalari uchun oqibatlarini kamaytirish maqsadida turli darajalarda faol hamkorlik va muntazam samarali muloqotni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti pandemiyaga qarshi samarali kurashni tashkil etish, ushbu kasallikni profilaktika qilish va davolash bo‘yicha ilg‘or tajribani joriy etishga Koreya Respublikasi tomonidan ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak uchun hamkasbiga minnatdorlik bildirdi.

Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa manfaatdor tashkilotlar darajasida yaqindan o‘zaro muvofiqlashuvni, shu jumladan, davolash metodikasini takomillashtirish, vaksinalar ishlab chiqish va ulardan foydalanishni ta’minlash borasida davom ettirishga kelishib olindi.

Suhbat chog‘ida bo‘lajak oliy darajali uchrashuvlarning kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Prezidentlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, o‘zaro tovar ayirboshlashni kengaytirish va kooperatsiyani kuchaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shu jumladan, zarur huquqiy bazani mustahkamlash va ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishga ko‘maklashish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat hukumatlariga investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan 65 ta qo‘shma loyihani, eng avvalo, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi va Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha topshiriq berdilar.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi hozirgi kunda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan istiqbolli loyihalar portfelini kengaytirish yuzasidan o‘zaro muvofiqlashgan choralar qabul qilinadi.

Page 5: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

Muloqot so‘ngida Prezidentlar ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalariga asoslangan serqirra munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni ilgari surish borasida qat’iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA YANGI ISH TIZIMI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xotin-qizlar va yoshlar – aholining katta qismi, ijtimoiy masalalarning aksariyati ham ular bilan chambarchas bog‘liq.

So‘nggi yillarda ushbu ikki yo‘nalish bo‘ylab O‘zbekistonda davlat siyosatini mahalla darajasigacha yuritadigan vertikal tizim yaratildi. Yoshlar masalalari bo‘yicha har bir tumanda alohida hokim o‘rinbosari, uning 3 nafargacha mutaxassisi, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limining 3 nafar xodimi, viloyatda ham hokim o‘rinbosari, uning 4 nafar mutaxassisi, Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasining 11 nafar xodimi ajratildi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha har bir mahallada alohida rais o‘rinbosari, tumanda – mahalla va oila bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va 2 nafar mutaxassisi, viloyatda esa 8 nafargacha shtat birligi berildi.

Bundan tashqari, yoshlar masalalarini hal etishga Prezidentning Xalq qabulxonalari, xotin-qizlar masalalarini hal etishga esa Kasaba uyushmalari biriktirildi.

Lekin joylarda ushbu idoralar, to‘rtta sektor ishni samarali tashkil eta olayotgani yuzasidan ko‘plab savollar tug‘ilmoqda.

Shu bois videoselektor yig‘ilishida xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha yangi ish tizimi joriy etilishi ta’kidlandi.

Ma’lumki, yurtimizda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxati, ya’ni “temir daftar” tuzilgan edi. Endi xuddi shuningdek har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantiriladi. Bu ro‘yxatlar “temir daftar”dan alohida bo‘ladi. Unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritiladi. Buning natijasida ular bilan tizimli, manzilli ish yo‘lga qo‘yiladi.

Yig‘ilishda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi Xatirchi tumani va Yangiyer shahri misolida muhokama qilindi.

Mutasaddilarga ushbu tizimning namunaviy shaklini ishlab chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va har bir viloyatning bittadan shahar va tumanida, ya’ni 28 ta hududda sinovdan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar vakillariga har bir mahalladagi holatni o‘rganish, yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilib, ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlash hamda shu asosda manzilli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

– Bundan keyin odamlarning uyiga borib, ishga muhtojlarni ishga joylashtirish tizimini yaratishimiz kerak. Endi qaysi joyda rahbarlar uyma-uy

Page 6: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

yurib, masalalarni hal qilsa, o‘sha joyda vaziyat o‘zgaradi. Eng asosiy maqsad – iqtisodiy barqarorlikdan natijadorlikka o‘tish, – dedi Prezident.

Ishsiz yoshlar va xotin-qizlarda motivatsiya uyg‘otib, kasbiy ko‘nikmalar shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy ko‘mak berish muhimligi ta’kidlandi.

Masalan, oilaviy psixolog xizmati va tuman adliya bo‘limi orqali huquqiy maslahatlarni bepul tashkil qilish mumkin. Yolg‘iz keksa ayollar bilan patronaj hamshiralar, yoshlar, mahalla va oila bo‘limlari ishlashi lozimligi qayd etildi.

Ishsiz yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash hokimning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari, tuman va shahar bandlik bo‘limi, Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Bosh vazir qabulxonalari va banklarning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerakligi aytildi.

O‘z mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan mashhur shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, yoshlar va xotin-qizlarga kuchli motivatsiya berish, chet tili, kasb-hunar va biznesga o‘rgatadigan audio va video materiallar tayyorlab tarqatish ham yaxshi samara beradi.

Yig‘ilishda “ijtimoiy shartnoma” tajribasini keng qo‘llash muhimligi aytildi. Bunda, avvalo, fuqaro kasb o‘rganishi, ishga joylashishi, o‘zini o‘zi band qilishi uchun davlat tomonidan moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatiladi.

“Daftar”lar bilan ishlashda nodavlat notijorat tashkilotlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozimligi qayd etildi. Ular bilan hamkorlikni kengaytirib, jazoni o‘tab qaytganlarning ijtimoiy moslashuvi, yoshlar va ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash, ularni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish muhimligi aytildi.

Bu ishlarga “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining salohiyati safarbar etiladi. Bundan tashqari, aholini tadbirkorlikka o‘qitish va mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarga yillik 4 foiz stavkada qarz mablag‘lari ajratiladi.

Yig‘ilishda mo‘ljaldagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ularni barqaror moliyaviy manbalar bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, ehtiyojmand xotin-qizlarning 55 foizi o‘rta ma’lumotli. Ishsiz yoshlarning ham ko‘pchiligi zamonaviy bilim va hunarlarni egallamagan.

– Yoshlar va xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori kasb-hunarlarga tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘ysak, ularning munosib ish topishiga ko‘maklashsak, ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hal bo‘ladi. Buning uchun nafaqat davlat ta’lim muassasalari, balki mingdan ziyod nodavlat kasb-hunar ta’limi markazlarini ham jalb qilish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilganidek, bu borada mutlaqo yangi tizim joriy qilinib, nodavlat kasb-hunar ta’limi markazlari orqali yoshlar va ayollarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘naltiriladi. Shuning 10 millioni yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga, 90 millioni esa o‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun sarflanadi. “Ijtimoiy shartnoma” orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarini

Page 7: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

bitiradigan yoshlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Yana bir masala – Kasb va lavozimlar klassifikatori bugungi zamon va mehnat bozori talablariga mos kelmaydi. Misol uchun, unda 2 ming 484 ta, ya’ni 70 foiz xizmatchi lavozimi bo‘yicha oliy ma’lumot talab etiladi. Xususan, ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan mutaxassis, veb dizayner kabi ixtisosliklarga oliy malaka talabi qo‘yilgan. Ushbu kasblarni IT-markazlarda yarim yilda yaxshi o‘rganish mumkin.

Kutubxonachi, tarjimon, bank agenti, reklama mutaxassisi kabi ko‘plab vazifalarga ham oliy ma’lumot talabi qo‘yilgan. Mehnat bozorida bunday kasblar bo‘yicha 4 mingga yaqin vakansiya mavjud.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma’lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi qo‘yildi.

Hokimlarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari “yoshlar daftari” bo‘yicha, mahalla va oila masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari “ayollar daftari” bo‘yicha mas’ulligi belgilandi.

QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI, TOJIKISTON RESPUBLIKASI, TURKMANISTON VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

RAHBARLARINING QIRG‘IZ RESPUBLIKASIDAGI VOQEALAR YUZASIDAN QO‘SHMA BAYONOTI

Qardosh Qirg‘izistonda sodir bo‘layotgan voqealar bizni jiddiy tashvishga solmoqda.

Ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik, umumiy madaniy va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘langan yaqin qo‘shnilar sifatida biz ushbu qiyin kunlarda Qirg‘iziston xalqini mamlakatda tinchlikni saqlash va barqarorlikni tiklash uchun o‘ziga xos donolikni namoyon etishga chaqiramiz.

Qirg‘izistonning barcha siyosiy partiyalari va jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, Konstitutsiya va milliy qonunchilikka so‘zsiz rioya qilish bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildiramiz.

Qirg‘izistonning ravnaqi mintaqaviy xavfsizlik va butun Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishining muhim omilidir.

Mamlakatlarimizning o‘tmishi bir, ular umumiy kelajakni barpo etmoqda. Markaziy Osiyo xalqlarini tarixiy jihatdan kelajakdagi avlodlar farovonligi uchun barqaror tinchlik, totuvlik va bunyodkorlik istagi birlashtiradi.

Mushtarak maqsadlarga intilgan holda, davlatlarimiz savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni, chegaraoldi va hududlararo sheriklikni kengaytirish uchun mintaqaviy hamkorlikni faol ravishda mustahkamlamoqda.

Markaziy Osiyo birdamligini yanada mustahkamlash yo‘lidan borar ekanmiz, biz Qirg‘iziston xalqini uning hamjihatlik, tinch, mustaqil taraqqiyot va farovonlik borasidagi intilishida doimo qo‘llab-quvvatlaymiz.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN

YORDAMCHI MATERIALLAR

Page 8: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

Mavzu: “Tarbiya – komillik sari qadam”(sabrlilik)Komil tuproq olsa, oltin bo‘ladi, nokas oltinni qo‘liga olsa tuproqqa aylanadi. U haqiqiy

eran (avliyo) Allohga ma’qu lbo‘lgandir, barcha

Ishlarda uning qo‘l iAllohning qo‘lidir.

(Mavlono Jaloliddin RUMIY)

Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ma’naviy omillar ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.

Yosh avlodni kelajakka ishonch hosil qilish uchun avlodimiz ma’naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rganib, o‘z faoliyat, iste’dod va qobiliyatini hayot yo‘nalishini yurt, xalq, davlat maqsadi bilan uyg‘unlashtirish lozim.

Biz Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi buyuk qomusiy olimlar asarlarida, ularning ilmiy-nazariy ta’limotlarida ta’lim-tarbiya masalalariga keng o‘rin berilganiga, chunonchi, tarbiya muammolariga jahon madaniyati mezonlari bilan yondashilganiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, Alloma Abu Nasr Forobiy (873-950)ning “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishish haqida ko‘rsatmalar”, “Baxt-saodatga erishish haqida”, “Fuqarolik siyosati”, “Davlat arbobining aforizmlari” kabi asarlarida jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida falsafiy ta’limot o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, inson jamoalari va jamiyat kishilarning yashashi va kamolotga erishishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun intilishlari natijasida kelib chiqqan.

Binobarin, inson yakka holda hech qachon asl ma’noda baxtli bo‘lolmaydi: “Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi; u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug‘iladi”.

Asli ham mas’uliyatni his qilgan odam o‘z ishini doimo puxta rejalashtirib, uning oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘ladi. Bunga erishishning eng qulay yo‘li –avvalo ota-onalarning g‘oyaviy bilimlarini oshirish, ularda sog‘lom tafakkur va yangi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir.

Hozirgi kunda ota-onalar farzandlarning el-yurt oldidagi ma’naviy burchini to‘g‘ri anglashi, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an’analarimizni turmushga singdirishi orqalibolalar ongida milliy g‘oyaga mehr-muhabbat uyg‘otish, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalash, ularni komil inson bo‘lib yetishishida muhim rol o‘ynaydi.

Axloqiy madaniyat – insonning axloq qonunlarini, qoidalarini, me’yorlarini, fazilatlarini bilishi, egallashi va ularga boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarda rioya etish darajasihisoblanadi. Oilada shakllangan o‘ziga xos axloqiy madaniyat unda muayyan milliy qadriyatlar tizimining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, xalqimiz juda qadim zamonlardanoq oilani muqaddas hisoblab kelgan.

Axloqiy madaniyatning muhim elementlaridan biri milliy axloqiy urf-odatlardir. Axloqiy urf-odatlar qadimda paydo bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib, boyib, rivojlanib boradi. Ularni saqlash, davom ettirishda oila tarbiyasi muhim rol

Page 9: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

o‘ynaydi. Milliy urf-odatlardan biri – keksalarni hurmat qilish, parvarishlash, ularga moddiy, ma’naviy shart-sharoitlar yaratib berish kiradi.

Insonning eng yuksak axloqiy fazilatlari: kamtarlik, mardlik, mehribonlik, intizomlilik, tejamkorlik, iste’dodlilik, muloyimlik, saxiylik, saxovatlilik, sabrlilik, to‘g‘rilik, hayolilik, himmatlilik, vafodorlik, latofatlilik axloqiy madaniyatning muhim elementlarihisoblanadi.

Kamtarlik – inson o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymasligi, barchaga tabaqasi, mavqei, boy-kambag‘alligi, chiroyli yoki xunukligiga, millatiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham samimiy, beg‘araz munosabatda bo‘lishi.

Mardlik – bu qahramonlik, jasurlik, va’daga vafo, sadoqat, boshlagan ishini yakuniga yetkazish, har qanday to‘siqlarni yengib, maqsadga erishish.

Mehribonlik – insonparvarlik, odamiylik, oliyjanoblik, mardlik, saxovatlilik bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo‘lib, davlatga, ota-onaga, turmush o‘rtog‘iga, farzandlarga, do‘st, birodarlarga, qarindoshurug‘larga, ustozlarga, shogirdlarga g‘amxo‘rlik, mehrmuruvvatli bo‘lish.

Intizomlilik – inson o‘z ishini, burchini, vazifasini mas’uliyat bilan o‘z vaqtida, joyida tartib bilan bajarishi, doimo va’dasining ustidan chiqishi, o‘zining bilimini, tajribasini orttirib borishi.

Tejamkorlik – uy-ro‘zg‘or buyumlarini avaylab-asrab ishlatish, oziq-ovqatning yetarlisini tayyorlash, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, pulni zarur, faqat kerakli narsalarga sarflash, hamma narsada me’yorga rioya etish.

Iste’dodlilik – ko‘proq ijodkorlarga xos bo‘lib, ularga izlanuvchanlik, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikr yuritish, to‘g‘ri xulosalar chiqarish, irodalilik, qat’iyatlilik, tetiklik, vijdonlilik, qat’iyatlilik, tetiklik, vijdonlilik xosdir. Iste’dodliinsonlartinimbilmaymehnatqilib, izlanishdabo‘lib, charchamaydilar.

Muloyimlik – insonning boshqalarga og‘ir, bosiqlik, yoqimtoylik, yumshoqlik, shirinso‘zlik bilan, samimiy muomalada bo‘lishidir. Al-Buxoriy hadislarida muloyimlik haqida quyidagilarni yozadi: «Muloyim bo‘l, kimda muloyimlik bo‘lsa, husn va kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo‘lmasa u aybli va nuqsonli bo‘ladi».

Saxiylik – pokiza, ulug‘, qo‘li ochiq, oqko‘ngil insonning boshqalarga himmat qilib, moddiy va ma’naviy yordam berishi.

Saxovatlilik – insonning muhtoj, nogiron, yetimesirlarga, beva-bechoralarga moddiy yordam ko‘rsatishi, ularni ko‘nglini ko‘tarish, xayr-ehsonlar, yaxshiliklar qilishidir. Ulfat Mahkamov aytganidek: “Saxovatli inson o‘z baxtini boshqalarning baxtida ko‘radi. O‘z baxtini boshqalar bilan baham ko‘radi, ularning dardiga hamdard bo‘ladi. Odamlarga yordam berish, ularni xursand qilishdan zavqlanadi. Saxovatlik ishi haqiqat, adolat asosida ish tutib poraxo‘rlik, tilyog‘lamalikka bino jo‘ya xatti-harakatlardan qochadi”.

Sabrlilik – insonningyaxshi-yomon kunlarga, voqea-hodisalarga, yaxshi-yomon so‘zlarga chidamli bo‘lishi. Har bir ishda sabr va sovuqqonlik bilan harakat qilishi.

To‘g‘rilik – insonning har qanday sharoitlarda, qiyinchilik, og‘ir paytlarda ham o‘zini foydasini ko‘zlamasdan haqiqatni to‘g‘ri ob’ektiv gapirishi, barchaga samimiy, adolatli munosabatda bo‘lishidir. Bu fazilat egasi yomonlik qilayotgan, adashgan insonning obro‘li, boy bo‘lishiga qaramasdan halollikni, poklikni avfzal ko‘radi.

Page 10: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

Hayolilik – ayollarga xos bo‘lib, ehtiyotkorlik, iffat, uyalish, or-nomus, shon-sharafini, qadr-qimmatini saqlashni bildiradi. Abdulla Avloniy aytganidek: «Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shu ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir… Iffatning pardasi vijdonning niqobi hayodir».

Himmatlilik – insonning har qanday sharoitda ham boshqalarga, beva-bechoralarga, muhtojlarga, yetimesirlarga doimo saxovat ko‘rsatib, yordam berishidir. Himmatli inson saxiy, mehribon, shafqatli, yumshoq tabiatli, bag‘rikeng, dili pok, yomonlik qilganga ham yaxshilik istaydi.

Vafodorlik – vijdonga, qalbga, hissiyotga bog‘liq bo‘lib, sevgi, muhabbatga sadoqatli bo‘lish, bergan ahd, va’dani aniq vaqtida bajarishdir. A. Temur vafo to‘g‘risida shunday degan edi: «Men kimgaki va’da bersam, unga vafo qildim, har bir va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam shundagina odil bo‘lishimni va kimsaga jabr yetkazmasligimni angladim».

Latofatlilik – ayollarga xos ichki va tashqi go‘zallik uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Latofatli qiz, ayol eng yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lib, ozodalik, pokizalikka rioya etadi, chiroyli, yarashadigan, hammaga ma’qul keladigan kiyimlarni kiyib, pardoz vositalaridan me’yorida foydalanib, pardoz-andoz qilib yuradi. Ayolning latofati hayo, nazokat, iffat, sadoqat, mehr-muhabbat bilan uyg‘unlashganda foydalidir.

Vatanparvarlik – insonning o‘zi tug‘ilib-o‘sgan ona Vatani, oilasi, ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, tabiat, millati, uning urf-odatlari, tili, madaniyatiga mehrmuhabbati, g‘amxo‘rligi, ularni e’zozlashi, avaylab-asrashi, ravnaqi uchun fidoyi bo‘lishi, himoya qilishi va sodiqligidir.

Qadrli talabalar, bugun ana shu fazilatlardan biri – sabrlilik xususida siz bilan suhbatlashamiz.

Inson qalbiga yo‘l, avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi, deb ta’kidlanadi. Biz atrofimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani o‘z bo‘ynimizga olganmiz. Bu ishda har qaysi ota-ona, ustoz-murabbiy, mahalla oqsoqoli va faollarining yakdil va uyg‘un faoliyati muhimdir.

Insonning sharafi aqldan mahkam, Undan obro‘ topar har qanday odam! Bu gapning tadbiri sababli ertaning tadbiriga ehtiyoji qolmagan kishi

aqllidur. (Xoja Samandar Termiziy)Luqmoni hakim aytadi: — Kishining akli sharaf va ulug‘lik asosidir!

Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari undan rozi bo‘ladi.“Xalq bilan til topa olmagan kishi aql ne’matidan mahrum kishi”, deyishadi.

Xalq bilan murosa va madoro deganda shunday narsani tushunish kerakki, unda yolg‘onchilik bo‘lmaydi, hech kimni aldamaydi, tili bilan dili bir-biriga muvofiq bo‘ladi, kattayu kichik bilan birdek muomala qiladi, barchani yaxshi ishlar sari undaydi, hech kimga zarari tegmaydi.

Aqlli kishi barcha og‘ir ishlar oldida dovdiramaydi, o‘zini mahkam tutadi, sabot va iroda tufayli g‘alabaga erishadi.

Muhammad Jabalrudiy Qanchadan-qancha odamlar aql bilan pastlikdan yuqoriga ko‘tariladi, qanchadan-qancha qadrli odamlar nodonlikka yo‘l qo‘yib, pastlik sari qulaydi.

Bir hakimning aytishicha, yaxshi hulqning o‘nta belgisi bor. Ular quyidagilardir: aql, insof, ilm, hilm, olijanoblik, ko‘rkam fe’l, ehson, sabr, shukr va muloyimlik.

Page 11: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalarida bilinadi. Hadis Nafsning tizgini aqlning qo‘lidadir, aql nafs ustidan hukm yurgizib, uni yomon yo‘ldan asrab turadi. Odatda qaysi narsa ko‘paysa, qadri kamayib ketadi. Ammo aql ko‘paygan sari qadri oshaveradi. Hamma narsaning chegarasi va to‘xtaydigan joyi bor, ammo aqlning chegarasi yo‘q. Arslon o‘z quvvati va shijoati bilan ovqat topib, kun kechirgani kabi inson ham qayda bo‘lmasin o‘z aqli bilan kun kechiradi. Agar kishida molu dunyo ko‘p bo‘lsayu, aqli bo‘lmasa, qadru qimmati ham bo‘lmaydi. Aqlning alomati kamtarlik, ahmoqlikning belgisi esa takabburlikdir.

Kishilarning oqil yoki johil ekanligi ularning so‘zidan va tutgan ishidan ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun ham donolar: «Qozonda bori cho‘michga chiqadi», — deb bejiz aytishmagan.

Bir hakimdan: «Siz kishining aqlini qanday qilib bilasiz?» deb so‘radilar. Hakim ularga: «Agar menda bunday istak paydo bo‘lsa, avvalo o‘sha kishi bilan suhbat quraman, ba’zi narsalar haqida bahs etaman, agar so‘zlari rost va xatosi kam bo‘lsa, demak unday kishida aql bor deb tasavvur qilaman» deb javob berdi. Yana undan: «Bordi-yu, o‘sha kishi bilan so‘zlasha olmasangiz, sizdan uzoqda bo‘lsa, unda qanday qilib aniqlaysiz?» deb so‘rashdi. «U paytda, — dedi hakim,— o‘sha kishi yuborgan do‘st bilan gaplashaman, do‘sti orqali gapi yoki xatidagi fikrlardan mazkur kishining aql doirasini tekshiraman!»

Aqlli kishi shavkatli va moli ko‘p bo‘lishiga qaramay, dushman bilan ortiqcha adovat yo‘lini tutishdan parhez qiladi.

Nizomiy Ganjaviy Hakimlardan biri aytadi: — Odamning dilidagi narsani aqlimiz seza olish quvvatiga ega. Dildagi narsani avvalo kishining ti-li, so‘ngra esa ko‘zi bildiradi. Shuning uchun: «Ko‘z ko‘ngil oynasi» deydilar.

Ulug‘likning sababi aql va odobdir. Kimki sof aql va komil farosatga ega bo‘lsa, pastlik darajasidan ulug‘lik martabasiga erishishi mumkin.

Uzoqni ko‘ruvchi aqlni va olamni bezatuvchi tafakkurni har qanday ishda o‘zing uchun odil hokim va komil sinovchi qilib olki, insoniylik sharafining javhari boshqa hayvonlardan aqlining utkirligi bilan ajralib turadi.

Xoja Samandar Termiziy Buzurgmehrdan so‘radilar: «Odam uchun eng bebaho narsa nima?»

Aytdi: «Aql!» Yana so‘radilar: «U bo‘lmasa-chi?» Aytdi: «Odob va axloq». So‘radilar: «U ham bo‘lmasa-chi?» Aytdi: «Ko‘rkam hulq». So‘radilar: «U ham bo‘lmasa-chi?» Aytdi: «Boylik», chunki boylik bilan yaxshilik qilib, har turli toifalar ichida

tinch yashash mumkin. Yana suradilar: «U ham bo‘lmasachi?» Aytdi: «Jimlikni odat etish, chunki jim turish bilan odamning ayblari

ochilmaydi va o‘zgalar ta’nasini va malomatini eshitmaydi?». So‘radilar: «U ham bo‘lmasa-chi?» Aytdi: «Chaqmoq va yashin yaxshi, chunki yuqoridagi shuncha xislatlardan

birortasi bo‘lmagan odamning chaqmoq va yashin o‘ti ostida ulgani ma’qul!» Muhammad Zehniy Boshida aqli yo‘q odamning hayvondan farqi yo‘q. Aqlli odam shunday odamki, birovdan nasihat eshitish o‘rniga o‘zi ibrat ko‘zi bilan boqib bilib olaveradi.

Page 12: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

Sabr-insondagi eng ulug‘ xususiyatlardan biri. Sabr orqali insonlar o‘z maqsadlariga yeta olishadi. O‘quvchilar ham doim bir-birlariga, ota-onalariga sabr bilan muomala qilishlari lozim.

Qur’on oyatining xabariga ko‘ra, inson xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon, dunyo hayotida yashar ekan, u Alloh tarafidan musibatlar, mashaqqatlar va turli yomonliklar bilan ham, omad, muvaffaqiyat va yaxshiliklar bilan ham imtihon qilinadi.

Kishi hayotda turli-tuman holatlarga tushadi: ayrim hollarda quvonchdan boshi osmonga yetadi, ba’zan esa ko‘ziga dunyo zimiston bo‘lib ko‘rinadi. Bunday paytlarda ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar o‘zlarini omadsiz, notavon his qilishadi, omadsizlik alamiga dosh berolmay, turli bo‘lmag‘ur choralar vositasi ila alamdan chiqmoqchi bo‘lishadi. O‘z jonlariga suiqasd qiluvchi notavonlar ham uchraydi. Holbuki, oddiy tafakkur ko‘zi bilan qaralsa, inson umri bir tekis, ravon o‘tavermasligi — baxtiyor kunlarda mashaqqatlar ehtimoli yo‘qolmagani, uqubatli damlarda esa yaxshi kunlar umidi so‘nmaganini ko‘rish mumkin.

Alloh taolo bandalarni doimo sabr-bardoshli bo‘lishga va hamisha qanoatli bo‘lishga chaqiribgina qolmay, bunday xislat egalarini bu dunyoda ham va oxiratda ham juda katta ajru-mukofotlar bilan taqdirlashini O‘zining muborak kalomi Quronda ko‘p bora ta’kidlagan.

Jumladan, Oli Imron surasi oxirgi oyati karimasida: “Ey imon keltirganlar, sabr qilinglar, sabrda ustun bo‘linglar .” – deb bandalarini sabrga chorlagan. Sabr insonni komillikka eltuvchi, nafsning vasvasalaridan qutqaruvchi, imonni sayqallovchi eng yaxshi xislatlardandir. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam : “Bosh tana uchun qanchalik kerak bo‘lsa, sabr ham imon uchun shunchalik keraklidir”, deganlar. (Daylamiy rivoyati).

Yana bir hadisi sharifda: “Sabr- ziyodir (yorug‘likdir)”-deyilgan.Yuqoridagi oyatda Alloh taolo suraning butun mag‘zi va g‘oyasini ifoda etuvchi, musulmonlarga nihoyatda zarur va foydali nasihatni keltiryapti: agar musulmonlar dunyo va oxirat ishlarida duolari hamda maqsadlari ijobat bo‘lishini istashsa, har qanday mashaqqat-kulfatlarga duch kelishsa ham Allohning toatida qatiy turib davom etishsin, gunohlardan saqlanishsin, dushman qarshisida mardona turishsin, Islomni qattiq muhofaza qilishsin, xususan, dushman kirib kelishi xavfi bo‘lgan joylarda tanalarini temir devor kabi qalqon qilib turishsin. Alloh taolo mo‘minlarni kulfat-musibatlarda sabr qilishga chaqiradi va buning evaziga beradigan savob-mukofatlardan umidlantiradi. Zero, musulmonlik sabr orqalidir.”

Aynan tarbiya, ilm-ma’rifat bobidagi buyuk xizmatlari asrlar davomida yoshlarga ibrat namunasi bo‘lib kelayotgan ulug‘ muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy buyukligining siri nimada?

ilm olishda bardavomlik, xolislik va pokiza niyatli bo‘lish; ustozlar o‘giti va ularning maslahatini olish; har qanday mashaqqatga sabr va bardoshli bo‘lish; avval ilmni hosil qilib,

keyin sarflash; ilm yo‘lida safar qilish, ko‘plab olimlarning suhbati va ilm majlislarida

ishtirok etish; har bir yozilgan kitobni uch marta qayta ko‘rib tahrir qilish va tayyor

bo‘lgandan keyin uni o‘zidan ustun kishilarga ko‘rsatib olish; o‘rgangan ilm bilan xolis ilm-ma’rifat uchun xizmat qilishni orzu qilish va

uning barokatini so‘rab duoda bo‘lish;

Page 13: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewsof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish. Aslida, sabr-toqat - har qanday

sof e’tiqod, chiroyli axloq va odob sohibi bo‘lish; dunyo rohati va har xil behuda amallardan uzoqlashish.Aslida, sabr-toqat - har qanday qiyinchiliklarga dosh berish, tinch va oqilona

bo‘lish qobiliyati. Bu o‘z-o‘zidan rivojlanishi kerak bo‘lgan insonning muhim fazilatlaridan biridir.

O‘zbek xalqi ana shunday fazilatni o‘zida mujassam etgan sabrli, bardoshli xalqdir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning koronavirus munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga murojaatida qayd etilganidek, “bizning buyuk va tanti xalqimiz ko‘p asrlik tarixida ne-ne balo-qazolarni, urushlar va ocharchiliklarni mardona yengib o‘tgan”.

Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamizki, tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz. Buning uchun Yaratgandan behad minnatdor bo‘lib, arzimas kamchiliklarni ro‘kach qilavermasdan doimo dildan va tildan Alloh taologa hamdlar, shukrlar aytishimiz lozim.

Ayrim insonlar sabrsizlik qilib hoyu-havasga berilib oilasini, ota-onasini tashlab, o‘zga yurtlarda sarson sargardon ming qiyinchiliklar bilan pul topmoqdalar. O‘sha topgan pullari shunga arziydimi? Farzandlari otasiz yo onasiz voyaga yetishiga, ota-ona mehriga zor bo‘lib katta bo‘lishiga va ularning porloq kelajagidan voz kechishlariga arzirmikan? Balki ularning ko‘pchiligi o‘zlaricha biz farzandlarimiz uchun qayg‘urib yuribmiz deb o‘ylar, biroq, unday emasligini ko‘pchilik kech anglamoqda.

Hali shu kungacha hech kim ochlikdan noligani, yalang‘och qolib yoki uysiz ko‘cha-kuyda sarson sargardon bo‘lib yurgani yo‘q. Chunki bu diyor, bu zamin kimlardan qolgan zamindirki…! Albatta oliy sarkardalar, haqiqiy mardlar, olimu-fozillar, valiyu-avliyolar, saxiy va g‘amxo‘r boyu-beklar va asosiysi mehr-oqibatli ajdodlarimiz, qalbi muhabbatga to‘la bobolarimiz va momolarimizdan qolgan muqaddas diyordir.

Mo‘‘tabar ajdodlarimiz o‘gitlari hecham so‘nmas, uzoq-yaqin o‘tmishimizdan keraklicha ibrat olib, o‘z hayotimiz va kelajak farzandlarimiz hayoti tinch va farovon bo‘lishi yo‘lida xormay — tolmay hamisha izlanishda bo‘lib, say-harakatdan to‘xtamaylik.

Jonajon diyorimiz gullab yashnashi, ravnaqi, tinchligi va farovonligi yo‘lida charchoq nimaligini bilmay o‘z hissamizni qo‘shaylikki bizdan keyingi avlodlarimiz biz bilan faxrlansin. Shu vatan bag‘rida hamisha bir tanu bir jon bo‘lib yashaylik!

Borida ham, yo‘g‘ida ham doimo har sohada farzandlarimizga ibrat bo‘lib ko‘rsataylik. Farzandlarimiz shu zaminda bizdan ham baxtli va saodatli hayot kechirsinlar. Albatta ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz!

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra ilmu-marifatli, ruhan tetik, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk bo‘lib yetishadilar. Bu hayotda sabr umid bilan yashashga, muvaffaqiyatlarga erishishga undovchi omildir. Shuning uchun musibatlarga sabr qilish bilan birga, boshqalar holidan xabar olish, ko‘ngillarini so‘rash, yaxshilik sari yetaklash, har birimizning musulmonlik va insonlik burchimizdir.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sabr-qanoat insonni komillikka boshlaydigan xos fazilatdir. Sabr-qanoat odamni nafs qayg‘usiga tushishdan, el-yurt oldidagi burchiga befarq bo‘lib yashashdan asraydi.