t tushunchalarni shakllantirish. · abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning...

24
Nabijon Narziev Normurodovich Tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarda suvga oid tushunchalarni shakllantirish. O‘qituvchilar uchun uslubiy tavsiya. Toshkent-2016 yil

Upload: others

Post on 04-Feb-2020

30 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

Nabijon Narziev Normurodovich

Tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarda suvga oid

tushunchalarni shakllantirish.

O‘qituvchilar uchun uslubiy tavsiya.

Toshkent-2016 yil

Page 2: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

2

Tuzuvchi: N.N.Narziyev.

TSHХTХQTUMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi.

Mazkur metodik qo`llanma TShXTXQTMOI Ilmiy Kengashining 2016 yil

30 dekabrdagi 8- sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

Taqrizchilar:

S.X. Akkulova – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasining katta

o`qituvchisi

Qurbomova M Toshkent shahar 300 maktab o`qituvchisi

Page 3: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

3

KIRISH

Hurmatli o‘qituvchi, ushbu tavsiya bilan tanishib, bugungi zamon

taraqqiyotida, tarixda suvning ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lganligini

yana bir bor tasdiqlaysiz. Sizga ma’lumki suv tabiat yoki yer shari

tirikligini ta’minlab kelgan. Bizning tarix fanimiz insoniyatning

ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlari tarixi va taraqqiyot

bosqichlarini o‘rganar ekan, unda suvning ahamiyati va ta’sirini o‘ylab

ko‘rganmisiz?

Qadimgi dehqonchilik vohalarining paydo bo‘lishi qadimgi

qishloqlar, shaharlar va davlatlarning vujudga kelishida suvning ta’siri

bo‘lganligini o‘quvchilarimizga ta’kidlab o‘tyapmizmi? Inson tarixda

o‘z taraqqiyotining ajralmas bir qismi bo‘lmish suv bilan qanday

muomilada bo‘lgan? Suv insonning moddiy va ma’naviy dunyosini

qanday boyitdi? Suv bilan bog‘liq ma’naviy tafakkurning rivojlanishi,

diniy munosabatlar, xalq etnografiyasida suvning keng o‘rin olganligiga

qiziqib ko‘rganmisiz?

Ha, hurmatli o‘qituvchi qadimiyat tarixidan to bugunimizgacha

inson e’tiborining markazida turgan narsalardan biri suv bo‘lgan.

Qadimgi qo‘lyozmalarimizdan biri bo‘lmish Avesto kitobida muqaddas

bo‘lgan to‘rt unsurning biri suv haqida juda ko‘p ma’lumotlar yozilgan.

Bu kabi munosabatlardan suvga bo‘lgan e’tiborni odat ko‘rinishi

emas, balki qonuniyat darajasidagi holat deyish mumkin. Xalq

etnografiyasida suv bilan bog‘liq odatlar keng o‘rin olgan. Birgina

"Suvga non oqizish" nomli bolalar o‘yinida tarixda suvni toza saqlashga

bo‘lgan e’tiborni qanchalik katta bo‘lganligini anglash mumkin.

Keling ustoz siz bilan birgalikda suv tushunchasi va uning

ahamiyatini o‘quvchilarimizga o‘rgataylik. Zyero, yoshlarda suvga

bo‘lgan muhabbat, uni asrab-avvaylash, hamda suvni tarixda tutgan

o‘rni va kelajak taraqqiyotini belgilovchi omil ekanligi to‘g‘risidagi

tasavvurni shakllantirsak ajabmas.

Tarix fani darsliklarining ko‘pgina mavzularda suv bilan bog‘liq

ayrim ma’lumotlarga duch kelamiz. Jumladan, birgina 6-sinf "Tarix"

darsligining 3§, 4§, 5§, 6§, 16§, 23§, 24§ larda suv va suvning ta’sirida

yuz bergan jarayonlarga qisqacha to‘xtalib o‘tish mumkin. Ushbu

tavsiya shunday maqsadlarni amalga oshirishda sizga yaqindan yordam

byeradi degan umiddamiz.

Page 4: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

4

6 -sinf "Tarix" darsligi

Urug‘chilik jamiyati mavzusida Ushbu darslik insoniyat tarixining eng qadimgi davridan ishlab

chiqarishning yuzaga kelishi, shahar va davlatlarning paydo bo‘lishi,

feodal munosabatlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Insoniyat

tarixining bu bosqichida suvning ahamiyati katta bo‘lganligi tabiiydir.

Arxeologiya fanining bugungi ma’lumotlariga qaraganda qadimgi

odamlar buloqlar, soy, daryo va ko‘llar atrofida yashay boshlaganliklari,

ularni har tomonlama rivojlanishlari uchun imkoniyat yaratgan.

Qadimgi odamlar suvdan ichimlik sifatidagina emas, balki mehnat

qurollarini yasashda ham foydalanganlar. Mezolit davriga kelib ibtidoiy

omochli ziroatchilikni paydo bo‘lishi bilan insoniyat suvni hayot manbai

ekanligi, suv ta’sirida yaxshi yashash mumkin ekanliklarini bilib

olishgan. SHundan so‘ng suvga boy hududlar insoniyat tomonidan

o‘zlashtirila boshlangan.

Eniolit va bronza asri ziroatchilari mavzusida Suv va tuproq aralashtirilib "loy"ni hosil qilinishi, undan turli idish-

tovoqlar yasala boshlanishi va boshpana qurishda loydan foydalana

boshlanganligi suvni insoniyat kashf etayotgan moddiy va ma’naviy

hayotini rivojlanishiga turtki bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

Insonlarning o‘troq hayot tarziga o‘tishlari, dehqonchilik va

hunarmandchilikni paydo bo‘lishi suv bilan bog‘liqdir.

Mil.avv. 4 ming yillikda suvga boy vohalar Nil, Frot va Dajla

daryolari atrofida ilk shaharlar va davlatlarning paydo bo‘la boshlashiga

suvning ta’siri katta bo‘lgan. Ch unki bu yerlar dehqonchilik uchun

qulay vohalar bo‘lib,odamlarni o‘troq yashashlari uchun keng

imkoniyatlar yaratgan.

Temir asriga o‘tish davrida O‘rta Osiyoning rivojlanishi. Ilk

sivilizasiyalar vujudga kelishi davri mavzularida

Qadimda dehqonlar tabiat hodisalari daryolarning toshishi, sel

kelishi davridagi suvlardan unumli foydalanganlar. Bunday suvlar

yyerga singib, g‘oyib bo‘lsa-da, tosh, shag‘al, qum va loyqalardan iborat

oqizindi jinslarni ko‘plab olib keladi va ma’lum bir hududlarni

egallagan. Har yil bahorda sel suvi bilan qoplanadigan bu tekislikni

mahalliy aholi "yoyilma" deb yuritadi. Sel suvi bilan yoyilmaga kelib

cho‘kkan suyuq cho‘kmani esa "loyqa" deb ataladi. Dehqonchilik uchun

bu loyqaning ajoyib agrotexnik xususiyati bo‘lgan. Loyqa tarkibidagi

Page 5: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

5

qumlar uning ostiga cho‘kib, yerni g‘ovaklashtirsa, mayda loyqa

massalari yer betida qotib, namni o‘z bag‘rida uzoq vaqt saqlaydi.

Loyqaning bu hayotbaxsh xususiyatini yaxshi bilgan dehqonlar qadim

zamonlardan beri loyqada dehqonchilik qilib keladilar. Har yili bahorda

sel kelganda dehqonlar urug‘larini ot, tuya yoki eshaklarga ortib yoyilma

tomon shoshilar va sel olib kelgan loyqaning beti qotmasdan ekin

urug‘larini sepib olishga harakat qilar edilar. Loyqaga asosan boshoqli

va dukkakli ekinlar, shuningdek qovun, tarvuz, qovoq, kunjut va

boshqalar ekilib, yozda mutlaqo sug‘orilmasdan hosil olinardi.

Loyqadagi dehqonchilik kabi ibtidoiy ziroatchilikning yana bir ajoyib

qadimiy uslubi ko‘hna Xorazm yerlarida saqlanib, bobo

dehqonlarimizdan bizgacha yetib kelgan. Xorazmliklar uni "qayr

dehqonchiligi" deb yuritishadi. "Qayr" deb aslida daryo va uning

shoxoblari hamda yirik sug‘orish tarmoqlarining har ikki sohillari

bo‘ylab cho‘zilgan pastlik yerlarga aytiladi. Bunday suv bo‘yi qayrlarida

sizot suvlarining nami yuqori bo‘lsada, ammo boshoqli yoki dukkakli

o‘simliklar ekilmay, odatda faqat qovun va qovoq kabi poliz ekinlari

etishtirilgan. Chunki javzo kirib yozning issiq kunlari boshlanishi va

yerdan namning qochishi bilan qayrga ekilgan g‘alla ekinlari qovjirab,

boshoq tortmasdanoq nobud bo‘lgan. Amudaryoda toshqinlarning o‘z

vaqtida bo‘lishi, sizot suvlari namining damiga qarab qayr yerlarida

ayniqsa qovun yaxshigina hosil bergan. Daryo bo‘ylariga qovun

sayillariga chiqish odati shu asosida paydo bo‘lgan.

Ahmoniylar davlati mavzusida.

Qadimgi Yunon tarixchisi Gerodot O‘rta Osiyoning Oks vodiysida

Ahmoniylar davrida (mil.avv.VI-V asrlar) sun’iy suv ombori barpo

etilgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Uning yozishicha chor atrofi tog‘lar

bilan o‘ralgan vodiydan Oks daryosi oqib chiqar edi. Bu vodiy

Ahmoniylar hokimiyati qo‘l ostiga o‘tgach, shoh suvning tog‘lardan

oqib chiqadigan joyini to‘sib, darvoza qurdirgan. Suvning yo‘li

to‘silgach, tog‘lar orasidagi vodiy ko‘lga aylangan. Suvsiz qolgan aholi

bola-chaqalari bilan forslar mamlakatiga borib, shohdan yig‘lab suv

so‘rar, ularning suvga muhtojligini ko‘rgan shoh to‘g‘onni ochdirar va

suv uchun ulardan alohida haq yig‘ib olar edi.

Zardushtiylik mavzusida.

Zardushtiylarda muqaddas sanalgan “suv” ijtimoiy hayotda muhim rol

o‘ynagan. Avestoning Yasht nomli kitobida yozilishcha kimda-kim iflos

idishda (ko‘zada) suv olsa, u inson besh darra urilgan, kimda-kim o‘lgan

Page 6: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

6

hayvon tanasini suvga tashlasa unga o‘lim jazosi berilgan,suvga tupirish

gunoh hisoblangan. Bu qadimdan insonlar hayotida suv bebaho ne’mat

darajasida qadrlanganligidan darak byeradi.

7-sinf O‘zbekiston tarixi.

Eftaliylar davlatida ijtimoiy va iqtisodiy hayot. mavzusida

Qadimiy suv chiqarish moslamalarining eng takomillashgan usuli - bu

charxpalak va chig‘irlar

bo‘lib, sharqning Misr,

Mesopotamiya, Eron,

Hindiston, Xitoy va O‘rta

Osiyoning dehqonchilik

vohalarida qadim

zamonlardan beri qo‘llanib

kelingan. Bunday suv

chiqargich moslamalari

o‘rta asrlarda Misr va

Mesopotamiyada «soqiya»,

Eron va Hindistonda

«charx», Xorazmda

«chiqir», Toshkentda

«charxpalak» deb

yuritilgan.

“Kulfakli" hovuzlar

Chashmalarda to‘plangan suv butun yoz bo‘yi soylarda shildirab oqar va

daralardan chiqar-chiqmas toshloq o‘zanlarga singib ketar edi. Garchi

buloq suvlari yoyilmaga yetib bormay, toshloqlarga singib ketsa-da, ular

qurg‘oqchilik va suvsizlik ofatidan qutilish orzusida bosh qotirgan

sohibkor dehqonlar diqqatini o‘ziga tortmay qolmas edi. Tog‘ oldi

tumanlarda yashagan dehqonlar ana shu buloq suvlarini bir joyga

to‘plash va ulardan kyerakli vaqtda foydalanish maqsadida juda qadim

zamonlardayoq daralar ichida va tog‘ etaklarida kichik-kichik hovuzlar

qurganlar.

Mahalliy aholi bu suv inshootlarini hovuz deb ataydi. Qizig‘i

shundaki, qurilish uslubiga ko‘ra bu hovuzlar oddiy hovuzlardan

tamoman farq qiladi. Odatda hovuz yer yuzidan chuqur qilib kovlanadi.

Bu hovuzlar yerni kovlab emas, balki aksincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri

yerning ustiga, ko‘pincha buloq qaynab turgan do‘nglikka yoki soyning

biron qirg‘og‘iga quriladi. Buning uchun bo‘yi 60 m, eni 40 m keladigan

Sugorish inshoati –улу (катта чиғир)

Page 7: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

7

qulay maydoncha tanlanib, uch tomoniga tosh va chimdan balandligi 2

metr keladigan devor quriladi. Devorning qalinligi tagi 3 metr, yuqorisi

esa 1,5 metr qilib quriladi. Hovuzning yuqori va pastki qarama-qarshi

tomonlarida ikkita qulog‘i bo‘ladi. Teparoqdan keladigan suvni hovuzga

bog‘lash uchun yuqoridagi quloq, hovuzda to‘plangan suvni chiqarish

uchun esa pastdagi quloqdan foydalanilgan. Inshootning yuqori qulog‘i

teparoqdan kelib quyiladigan oddiy ariq bo‘lsa, uning pastki qulog‘i

tuzilishi jihatdan juda antiqa. U sodda, biroq har tomonlama puxta

qurilgan ajoyib mexanizmni eslatadi. Hovuzning pastki qulog‘i ikki

tomoni xarsangtoshlardan ishlangan, teppasi yassiroq toshlar yoki

ko‘ndalangiga zich tyerilgan yog‘ochlar bilan yopilgan quvurni, ya’ni

g‘ulbani eslatadi. Odatda, qulfakli hovuzlar kechqurun bog‘langan,

ertalabgacha ular suvga to‘lgan. Bitta hovuzga o‘rtacha 1800-2000

kubometr suv to‘plangan. Erta bilan hovuz qulfagi ochilib, yig‘ilgan suv

7-8 soat davomida butunlay oqib chiqqan.

Forish tumanidagi har bir dara og‘zida qadim zamonlarda qad

ko‘targan juda ko‘p istehkomlarning harobalari tepa bo‘lib yotadi. Mana

shu qadimgi davr yodgorliklariga qarab Nurota tog‘ tizmalarining

shimoliy etaklarida sug‘oriladigan dehqonchilik madaniyati yeramizning

4-5 asrlarida, ya’ni bundan taxminan 1500-1600 yil muqaddam vujudga

kelganligini aniqlash mumkin. Qulfakli hovuzlar mayda dehqonchilik

xo‘jaligi uchun har tomonlama

qulay sug‘orish inshooti bo‘lib

hisoblangan. CHunki har bir

qishloq aholisi bunday mayda suv

omborlarini katta kuch va turli –

tuman maxsus qurilish

matyeriallarisiz tosh va chim kabi

oddiy matyeriallar yordamida

qura olganlar. Ushbu rasmda siz “Qulfakli

hovuz”ning umumiy ko‘rinishi,uning

yuqoridan ko‘rinishi hamda hovuzni

suvi chikib ketuvchi toshdan kilingan

teshik va yog‘och kunda chizmalari

aks ettirilgan.

Shuning uchun ham qulfaqli

hovuzlar O‘rta Osiyoning tog‘

oldi tumanlarida tarqalgan bo‘lib,

hozirgi kungacha sug‘oriladigan

Page 8: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

8

dehqonchilikda ulardan ma’lum darajada foydalanib kelinmoqda.

Birgina Jizzax viloyatining Forish tumanida bunday qulfakli suv

inshootlarini Nurak, Qoraxon, Anamuna, Qurbonxoji, Pastko‘cha,

Yonbuloq, Yotoq, Deriston, Oqbuloq, Ilonli, Sassiq, Shuluvli,

Teshiktosh, Safarota, Forish, O‘xum, Andigin, Mojrum, Sof va boshqa

qishloqlarida uchratish mumkin. Bu hovuzlarning ayrimlarida qulfaklar

sug‘orish mavsumida hozir ham ochilib - yopilib turiladi.

Somoniylar davlatida ijtimoiy va iqtisodiy hayot. Mavzusida

Xonbandi suv ombori

Bu inshootning Xonbandi deb atalishi suv inshootlarining qurilish

tartibi bilan bog‘liq. Ma’lumki, o‘rta asrlarda yirik irrigasiya inshootlari

hashar yo‘li bilan yaratilgan. Bunday qurilishlarni hamma vaqt markaziy

hokimiyat amalga oshirardi. Sharq mamlakatlarida sug‘orish ishlarini

tashkil etishda davlat ma’murlarining o‘ynagan roli yozma manbalarda

ochiq va aniq qayd etiladi. Xususan, suvdan tejab va birgalashib

foydalanishdek odatiy ehtiyoj G‘arbda, masalan, Flandriya va Italiyada

xususiy sohibkorlarni ixtiyoriy assosiasiyalarga birlashishga majbur

qilgan bo‘lsa, xududi juda keng bo‘lganligi sababli ixtiyoriy

assosiasiyalarining vujudga kelishi uchun imkon bo‘lmagan. Sharqda

esa, bunday ishlar hukumat tomonidan tashkil etilib jamoat majburiyati

- hasharlar vositasida amalga oshirilgan.

Ma’lumki O‘rta Osiyoda hukumatni xonlar va amirlar idora qilgan.

SHuning uchun ham ularning buyrug‘i yoki ijozati bilan qurilgan

inshootlar: Xonariq, Sultonband, Hovuzxon, Amir Temur ko‘prigi,

Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari

bilan atalgan.

Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya

institutining Ya.G‘.G‘ulomov boshliq arxeologik ekspedisiya tomonidan

topib tekshirilgan. To‘g‘onning uzunligi ustki qismida 51,75 m, asosida

24,35 m bo‘lib, balandligi 15,25 metrga teng. To‘g‘on xoro (granit)

toshlardan yo‘nib qurilgan bo‘lib, toshlar suvga chidamli maxsus

qurilish qorishmasi bilan bir-biriga mahkam biriktirilgan.

Xonbandi suv omboriga to‘plangan suv o‘ziga xos tarzda

boshqarilgan. Suv omboridagi suvning tashqariga oqib chiqishi uchun

to‘g‘onning g‘arbiy chekkasiga toshlardan past-baland qilib ishlab

chiqilgan to‘qqizta quvur o‘tkazilgan. Ombordagi suvning sathiga qarab

quvurlar birin-ketin ochilgan. O‘rta asr irrigatorlari quvur o‘rnatishda

Page 9: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

9

daraning birmuncha yotiqroq qoya toshli so‘l qirg‘og‘idan ustalik bilan

foydalanganlar. Chunki katta tezlik bilan inshootdan oqib tushgan oqim

o‘zan tubini hamda yon bag‘rini yuvib, to‘g‘onga ham putur etkazishi

mumkin edi. Shuning uchun quvurlar shunday mo‘ljal bilan qurilganki,

har qaysi quvurdan shiddat bilan otilib chiqqan suv avval tog‘ning shu

qoyasiga kelib urilgan, so‘ngra undan soyning quruq o‘zani bo‘ylab

qazilgan ariqqa oqib tushgan.

Suyuqlik xossalarini o‘rganib, suvning bosimi to‘g‘risidagi qonunni

yaratgan XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal Xonbandini

ko‘rganda edi, o‘z qonunini O‘zbekistonning qadimgi irrigatorlari nomi

bilan atalgan bo‘larmidi. Chunki Paskal yaratgan qonun, undan 700 yil

muqaddam X asr irrigatorlari tomonidan amalda - Xonbandi inshootini

qurishda ishlatilgan.

Shuni aytish kyerakki, X asr muxandis-irrigatorlari inshootning

mustahkam qurish choralarini izlab topgan bo‘lsalar -da, suv ombori

ichida to‘planadigan loyqani tashqariga chiqarib yuborish yo‘lini topa

olmaganlar. Shu sababli Xonbandi suv ombori asta-sekin loyqaga to‘lib,

ishdan chiqqan, to‘g‘on esa hozirgacha saqlangan.

Qishloq xo‘jaligi va iqto yerlarning kengayishi.Mavzusida

G‘ishtband

1962 yil bahorida

Samarqand viloyati,

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Jom

yaqinida Xonbandiga o‘xshash

yana bir qadimgi suv inshooti

qoldiqlari topildi va tekshirish

ishlari olib borildi.

Bu inshoot aholi o‘rtasida

"G‘ishtband" nomi bilan

yuritilib Zarafshon tog‘

tizmalarining g‘arbiy

etaklaridan oqib chiqadigan

Omondara soyida qurilgan.

G‘ishtbandning nomi garchi inshootni g‘ishtdan bino qilinganligiga

ishora qilsa-da, u aslida yo‘nilgan tog‘ toshlari va maxsus qurilish

qorishmasidan ishlangan. Bu suv inshooti Omondaraning eng tor joyiga

o‘rnatilgan bo‘lib, to‘g‘onning balandligi 9 m, ustki qismining uzunligi

24,5 m, asosining uzunligi 10 m, qalinligi pastda 9,1 m, yuqorisida 5,5

Page 10: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

10

metrga teng bo‘lgan. To‘g‘onning suv to‘planadigan ichki tomoni

deyarli tik, tashqarsi esa zinapoya shaklida qurilgan. Jom qishlog‘ida

yashovchi keksa dehqonlarning so‘zlariga qaraganda to‘g‘onning

markaziy qismida past-baland joylashgan beshta qulfagi bo‘lgan.

Afsuski uning quvurlar o‘rnatilgan bu o‘rta qismini Omondara soyining

sel suvlari olib ketgan. Hozirgi kungacha G‘ishtbandning faqat daraning

qoya toshli mustahkam qirg‘oqlariga biriktirilgan qanotlarigina

saqlagan.

G‘ishtband XII asr boshlarida, O‘rta Osiyoda Qoraxoniylar davlati

hukumronlik qilgan davrda barpo qilingan.

G‘ishtband suv omboriga yig‘ilgan suv tufayli Samarqand va

Qarshi shaharlari orasidagi qadimgi karvon yo‘li ustida mustahkam

qal’a hamda maxsus rabot qad ko‘targan, Jom vohasida 250-300 gektar

yer maydoni sug‘orilib obod etilgan. Bu qal’aning harobalari qozirgi

vaqtda Kattatepa deb ataladi. U G‘ishtband inshootidan 5 km g‘arbda,

soyning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. G‘ishtband yodgorligida olib

borilgan arxeologik tekshirishlarga qaraganda XII asrda qurilgan bu suv

ombori ham Xonbandi kabi, asta-sekin loyqa bosishi tufayli ishdan

chiqqan.

IX-XII asr boshlarida me’morchilik, san’at, musiqa va diniy

etiqod. Mavzusida.

"Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi"

O‘lkamizning sug‘orilish tarixida shaharlarning suv ta’minoti

masalasi qadimdan alohida ahamiyat kasb etgan. Avvalo shaharlar suv

manbalariga yaqinroq joylarda qad ko‘targan. Shahar suv xo‘jaligida

suvdan iloji boricha tejab foydalanishga harakat qilingan. Shaharlar

"rudi shahar", ya’ni "shahar anhori" nomi bilan yuritiladigan maxsus

sug‘orish tarmog‘i koriz va ichiga katta diametrdagi quvurlar yotkizilgan

tazar (tunnel) lar yoki pishiq g‘ishtlardan bunyod etilgan ulkan novalar

kabi qator turli xil gidrotexnika inshootlari orqali suv bilan

ta’minlangan. Bu borada qadimgi Samarqand va Axsikatlarning suv

inshooti ayniqsa diqqatga sazovordir.

Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha,

Afrosiyob tepaligi ustiga joylashgan qadimgi Samarqandning atrofi

chuqur jarliklar bilan o‘ralganligi sababli shaharga suv maxsus ko‘tarma

kanal yordamida olib kiritilgan. Asrlar davomida Samarqanddagi obi

hayot bilan ta’minlab kelgan bu qadimgi suv inshooti 10-12 asr

manbalarida "Juyi ariz", ya’ni "Qo‘rg‘oshin anhori", aniqrog‘i

"Qo‘rg‘oshin novasi" nomi bilan tilga olinadi.

Page 11: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

11

Asrlar davomida Samarqand shahrini suv bilan ta’minlashda yagona

gidrotexnika inshoot bo‘lib hisoblangan Juyi arziz novasi uning iqtisodiy

va siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan. SHuning uchun ham

Samarqandning qadimgi hukumdorlari bu inshootning mudofasiga va

uning yaxshi saqlanishiga doimo katta ahamiyat berganlar. Juyi arziz

anhori atrofidagi yerlardan tushadigan har yilgi daromad mazkur

inshootning ta’miri uchun sarflangan. X asr arab geografi Istaxriyning

yozishicha, Samarqandning otashparast aholisiga yozin-qishin bu

inshootni nazorat qilib turish ishi yuklanib, bunday xizmatlari uchun ular

har yilgi og‘ir jon solig‘i "Juzya" dan ozod etilgan.

Suv tarmoqlarining mana shunday izlari va inshootlarining

qoldiqlarini tadqiq qilib qadimiy shaharning suv bilan qanday

ta’minlanganini bilib olish mumkin. Chunki ular o‘z vaqtida shaharning

barpo bo‘lishi, gullab yashnashi va nihoyat vayron etilishida muhim rol

o‘ynagan.

Afrosiyobda hamda Registon yaqinida qayd etilgan qadimgi kanal

qatlamlaridan chiqqan arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha

Samarqandning qadimgi ko‘tarma anhori ilk bor miloddan avvalgi VI-V

asrlarda barpo etilgan. Dastavval u soy va buloq suvlari, so‘ngra -

milodning V asrida Darg‘om kanali aholisini ta’minlagan. 1220 yilda

Samarqandni qamal qilgan Chingizxon lashkarlari shaharni mudofaa

qilib turgan aholini suvsiz qoldirib, ularni taslim bo‘lishiga majbur etish

maqsadida "Juyi arziz" novasini buzib tashlaganlar. O‘z davrining bu

ulkan gidrotexnika inshooti - "Qo‘rg‘oshin novasi"ning vayron etilishi

natijasida doimiy oqar suvidan mahrum bo‘lgan Samarqand o‘zining

qadimiy o‘rnida qayta tiklanmadi.

8-sinf “O‘zbekiston tarixi”

XVII asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Mavzusida.

Abdullaxon bandi suv ombori.

XVI asr Buxoro tarixchisi Hofiz Tinish Mirmuhammad al-

Buxoriyning "Abdullanoma" nomli qo‘lyozma asarida hikoya

qilinishicha, Buxoro xoni Abdullaxon (1557-1598 yillarda hukumronlik

qilgan) 1582 yilda SHimoliy Qozog‘istonga qilgan harbiy yurishidan

qaytib kelayotganida Nurotaga Jo‘sh qishlog‘i yaqinidagi Oqchob

manzili orqali o‘tgan. Bu yerda bahor oylarida juda ko‘p sel suvlari

to‘planar, ammo bu suvlardan dehqonchilikda deyarli foydalanilmas

ekan. Sel suvlarini bir joyga to‘plab, undan dehqonchilikda foydalana

olish uchun xon Oqchob darasi oralig‘iga katta to‘g‘on qurishni

buyurgan. Shubhasiz, Oqchob qishlog‘ining aholisi suv tanqisligi haqida

Page 12: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

12

Abdullaxonga arz qilgan va

undan Oqchob soyini to‘sib suv

ombori qurishga ruxsat

berishni iltimos qilgan.

SHundan so‘ng Abdullaxon

xonlikdagi eng oliy

mansablardan biri - "otaliq"

lavozimini egallab turgan

Ahmadali Naymanga band

qurilishida boshchilik qilishni

buyurgan.

O‘rta asrlarda Hindiston,

Eron va Afg‘onistonning

shimoliy tog‘lik va tog‘oldi

mintaqalarida bunday

inshootlardan ayniqsa keng foydalanilgan. Hindistonda bunday suv

omborlari "teng", ya’ni "qisiq" nomi bilan mashhur bo‘lgan. Zahiriddin

Muhammad Boburning yozishicha, X-XII asrlarda butun G‘azna viloyati

G‘aznaband, Saxanband va Saridehband kabi uchta suv omborlariga

jamg‘ariladigan suvlar bilan sug‘orilib obod etilgan. Mahmud G‘aznaviy

(998-1030 y.) tomonidan qurdirilgan G‘aznibod suv ombori to‘g‘onning

uzunligi 300 qari (gaz), balandligi 40-50 qariga teng bo‘lgan.

Keyinchalik Alouddin Jahonso‘z G‘uriy (1172-1205 y.) tomonidan

buzib tashlagan bu sug‘orish inshooti 1526 yilda Bobur farmoni bilan

qayta tiklangan.

Abdullaxonbandini qurilishi haqida mahalliy aholi quyidagi fikrlarni

aytishadi, hikoyaning mazmuniga qaraganda vaqtida yuzlab

toshtaroshlar tog‘dan tosh sindirib yo‘ngan va binokor me’morlar ganch

pishirgan ekanlar. Tayorlangan ganchxoki meshlarda olib kelingan tuya

suti bilan shinniga qorilgan. So‘ngra tog‘ toshlari mana shu ganch

qorishmasi bilan biriktirilib, to‘g‘on qurilgan. Samarqand va Buxoro

binokor me’morlari bunday qurilish qorishmasini “qir” deb atashadi.

"Qir" bilan ishlangan inshoot yoki bino poydevori nihoyatda mustahkam

bo‘lganligi uchun buxoroliklar qaysi ish ko‘ngildagidek puxta bajarilsa,

"koro qir g‘isht", ya’ni ishlar qir bo‘lib ketdi degan iborani ishlatadilar.

Darhaqiqat, "qir" o‘z davrida o‘rta asr qurilishlarida sement o‘rnida

ishlatilgan mustahkam birikituvchi qurilish qorishmasi bo‘lib, O‘rta

Osiyo me’morchiligida undan juda keng foydalanilgan.

Abdullaxon bandi-XVI asr

Page 13: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

13

Suv ayirg‘ich ko‘priklar

Qadimgi gidrotexnika

inshootlari ustida so‘z yuritilar

ekan, pishiq g‘isht va suvga

chidamli binokorlik

qorishmalaridan qurilgan suv

ayirg‘ich ko‘priklar ustida,

umumiy tarzda bo‘lsa ham,

alohida to‘xtalib o‘tish

maqsadga muvofiqdir. Chunki

ular O‘rta asrlarda suvdan

foydalanishning taraqqiyot

darajasi va uning rivojlanish

tarixi haqida ba’zi bir aniq

ma’lumotlarni byeradi.

Bunday inshootlar

manbalarda "Qantara", "sari

pul", "puli sangin", "tosh ko‘prik", "g‘isht ko‘prik" nomlari ostida tilga

olingan. Mana shunday g‘isht ko‘priklardan biri Zarafshon daryosi

ustiga qurilgan Shayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigidir. Bu

inshootning qoldig‘i Samarqand shahri markazidan 7-8 km shimoli-

sharqda daryoning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Adabiyotlarda u "Amir

Temur ravog‘i", "Puli SHodmon Molik" va "Abdullaxon ko‘prigi"

nomlari bilan ham tilga olinadi.

Kamoloddin Binoiyning "SHayboniynoma" asarida yozilishicha bu

inshoot 1502 yili SHayboniyxon tomonidan qurilgan. Bizning

davrimizgacha uning faqat bir ravog‘igina saqlangan. Adabiyotlarda

ushbu inshoot dastavval 8,10 yoki 16 ravoqli bo‘lgan degan

ma’lumotlar uchraydi. Har holda XIX asrning 40-yillarida uning uch

ravog‘i butun bo‘lgan.

Ko‘prikning ustki o‘tiladigan yo‘l qismining eni 7 m dan ortiqroq

bo‘lib, uning ikki cheti pishiq g‘ishtdan, balandligi ham, qalinligi ham 1

metrlik g‘ov qilib ishlangan. G‘ovlar, shubhasiz ko‘prik usti

qatnovchilarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida

o‘rnatilgan. Shunday qilib, Shayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigining

saqlangan qismlari o‘lchamlariga qaraganda, bu inshootni bunyod qilgan

XVI asr me’mor quruvchilari inshootning daryo ichida o‘rnatilgan

ustunlaridan tortib har bir ravog‘i va ustki yo‘l qismlarining

Peshtoqli sardoba va Sarafshon daryosi

ustiga qurilgan suv ayrig‘ich.

Page 14: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

14

tuzilishigacha matematik jiqatdan aniq va puxta loyihalashtirganlar.

Afsuski, u bu ajoyib suv inshootini barpo etgan O‘rta asr gidrotexnik-

me’morlarining nomlari tarixda saqlanib qolmagan.

Bunday gidrotexnika inshootlari O‘rta Osiyoda yagona bo‘lmagan.

Masalan XVI asr tarixchisi Xondamirning yozishicha birgina Xuroson

viloyatida Mir Alishyer tomonidan 19 ta hovuz va 16 ta g‘ishtin

ko‘priklar barpo qilingan. Ularning ayrimlari hatto marmardan

ishlangan. XIII asrga oid qo‘lyozma asarlardan Mirzo Muhammad Bade

devonning "Majma’ al-arqom" da keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda

birginga Zarafshon daryosining quyi oqimida "Puli Karmana", "Puli

Mextar Qosim", "Puli Choxorminor" va "Puli Jondor" kabi daryodagi

suv hajmini belgilovchi suv o‘lchagich va suv taqsimlagich ko‘priklar

bo‘lgan. Ammo bu ko‘priklar allaqachon vayron bo‘lib, ularning

qoldiqlari daryoning ko‘hna o‘zani ostida qolib ko‘milib ketgan.

Amirlik davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqariluvi. Mavzusida.

Miroblar

O‘rta asrlarda har bir deqonchilik vohalarida suv xo‘jaligi bo‘yicha

bosh mirob boshliq o‘ziga xos "jamoa ishlari mahkamasi" mavjud

bo‘lgan. Jumladan yirik sug‘orish tarmoqlarining boshlig‘lari-

"panjabegi", to‘g‘onlar o‘rnatuvchi - "varqbon" yoki "bandbon" lar;

shohariqlarning miroblari - "juybon"lar; suvni daryoning yuqori

oqimidan uning quyi qismi tomon tashlovchilar - "obandoz", "obron",

"manquvvat"lar; qishloq ariqlarining miroblari - "arbob", "poykor" va

boshqalardan iborat bo‘lgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra o‘rta asrlar

Buxoro tumanlarida sug‘orish ishlariga viloyat qozilari boshchilik

qilganlar. Narshaxiyning yozishicha, 828 yilda Sa’id ibn Xalaf al-

Balxiy ismli qonunshunos Buxoro qozisi qilib tayinlangach, yaxshi

qonun va qoidalar o‘rnatadi. Jumladan, kuchlilar zaif kishilarga zulm

o‘tkazmasligi uchun Shahrud kanaliga to‘g‘onlar qurdirib, Buxoro

suvini adolat va insof yuzasidan taqsim qilishni joriy etadi.

Bosh miroblar xizmat haqlari uchun davlat xazinasidan maosh -

dahak olar edilar. Shohariqlarning miroblari o‘z haqlarini dehqonlardan

yig‘ib olar edilar. U har yilgi hosildan maxsulot hisobida to‘lanadigan

yig‘im bo‘lib, qishloq aholisi uni "mirobona" deb yuritar edi. Har bir

dehqon xo‘jaligi xirmon ko‘targanda bir yoki ikki g‘alvir (taxminan 8-

16 kg) hajmida mirobona to‘lagan. SHunisi qiziqki, har yili miroblar

boshchiligida tashkil etiladigan hasharlar o‘z mavsumida va qat’iy

tartibda o‘tkazilar edi.

Page 15: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

15

Amirlikning xo‘jalik

hayoti.Mavzusida

Sepoya, Chorpoya va

Chilpoya

Tezoqar daryolar, soylar

va yirik sug‘orish tarmoqlarini

bog‘lab, to‘g‘on va bandlar

o‘rnatish va ko‘priklar

qurishda qadimdan navardlar

bilan bir qatorda yana bir

antiqa suf inshoatlaridan

foydalanib kelingan. U xalq

suv xo‘jaligi amaliyotida

"sepoya" va "chorpoya"

nomlari bilan yuritilgan. Bunday qurilmalarning tuzilishi nihoyatda

sodda bo‘lgan. Uni yasash uchun uch yoki to‘rtta xodalarning uchlari

bir-biriga biriktirilib, piramida shaklida tik o‘rtanilgan. So‘ngra, uning

kyerilgan oyoqlarining pastki qismga "yon yog‘ochlar" bog‘lanib

tagkursi yasalgan. To‘g‘on o‘rnatish uchun sepoyalar uchiga arqon

bog‘lanib, birin-ketin suvga tushirilgan. Oqimga qarshi barqarorlikni

oshirish uchun sepoyalar birining oyog‘iga ikkinchisi, ikkinchisining

oyog‘iga uchinchisi chalkashtirilgan tartibda o‘rnashtirilgan. Suvga

tushirilgan har bir sepoya yoki chorpoya tagkusisiga o‘z navbatida shox-

shabba, chim va tosh bosib chiqilgan. Natijada yuki og‘irlashgan sepoya

yoki chilpoya suv tubiga mustahkam o‘rnashgan va oqimni deyarli

to‘sib qo‘ygan.

Shuning uchun ham tezoqar tog‘ daryolarining jo‘shqin oqimlarini

tartibga solishda, xavfli suv toshqinlari o‘pirilishlarini to‘sib,

qirg‘oqlarini mustahkamlashda sepoya va chorpoyalar o‘z davrining

beqiyos gidrotexnik qurilmalari hisoblangan. Toshkent vohasi va

Farg‘ona vodiysida ular juda keng tarqalgan. Zarafshon vodiysida

qisman, Xorazmda esa mutlaqo ishlatilmagan.

Sepra, chorpoya yoki navardlardan barpo etilgan to‘g‘onlar orqali

bog‘lab olingan oqim maxsus suv ayrg‘ich inshootlar vositasida

sug‘orish tarmoqlariga taqsimlangan. Bunday suv inshootlari Buxoro

vohasida "kunda", sharqiy Farg‘onada esa "qubur" deb yuritilgan.

Kundalar tuzilish jihatidan Xorazmning "yotiq to‘qurtqa" (suv

tashlag‘ich)lariga o‘xshasa-da, ammo ishlatilishi jihatdan ulardan tubdan

Sepoyali to‘g‘on

Page 16: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

16

farq qilgan. Odatda "kunda" yoki "labigardon" anhorlardan bir nechta

shohariqlar ajralib chiqqan "panja"larga o‘rnatilib, undan suvni

ariqlarga bab-barobar taqsimlashda foydalanilgan. Buning uchun bir

nechta shohariqlarga bo‘lingan anhor panjasining bo‘g‘zi ko‘ndalangiga

tubidan to yuqorisigacha ustma-ust tyerib chiqilgan yog‘och darg‘ot

to‘g‘on bilan to‘silgan. Natijada inshootning old tomonida suv

damlanib, bir sathdagi sokin suv oqimi hosil bo‘lgan. Bu suvni

shohariqlarga barobar taqsimlash uchun inshootning eng yuqorisidan

ko‘ndalang tashlangan yog‘och ariqlarning soniga qarab, bir necha

yeridan arralanib, suv oqib tushadigan darchalar ochilgan. Buxoro

vohasida u "dahana", Farg‘ona vodiysida esa "quloq" deb yuritilgan.

Sardobalar - gumbazli hovuzlar Tarixdan ma’lumki, oqar suvlardan mutlaqo mahrum bo‘lgan cho‘l

va dashtlarda qishki va bahorgi mavsumiy yog‘ingarchilik asosiy suv

manbai hisoblangan. Cho‘llarda atrofi bir muncha balandliklardan iborat

bo‘lgan chuqurlarga qor va yomg‘ir suvlari to‘planib kattagina

ko‘lmaklar hosil bo‘ladi. Bunday ko‘lmaklar “qoq” deb ataladi.

Qoqlarning suvi chuchuk bo‘lib, aholi qadimdan cho‘ldagi chorva

mollarini sug‘orishda undan foydalanib kelgan. Bundan tashqari

o‘tmishda O‘rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum, Mirzacho‘l, Qarshi va

boshqa cho‘llar orqali chet mamlakatlarga qatnagan savdo karvonlari

ham qoqlarning suvidan foydalangan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo

cho‘llarini kesib o‘tgan qadimgi karvon yo‘llari yirik qoqlar bo‘ylab

yo‘nalgan.

Shuni ham aytish kyerakki, qoqlarda suv yil bo‘yi saqlanmagan.

Chunki yoz oylarda qoqlardagi suvning bir qismi quyoshning kuchli nuri

ta’sirida bug‘lanib ketsa, ikkinchi qismi yyerga singib, iyun oyining

oxiri va iyul oyining boshlarida deyarli qurib qolgan. Bunday ahvol,

savdo karvonlarining suvsiz cho‘llarni kesib o‘tishida shubhasiz, katta

qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shu sababli cho‘llar orqali qatnaydigan

karvonlarni yoz oylarida suv bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega

bo‘lgan. Qoqlardagi suvni kichikroq hajmdagi chuqurroq joylarga

to‘plab, quyosh parlanishidan saqlash maqsadida qadimgi suvchilar

karvon yo‘llari bo‘ylab cho‘llardagi qoqlarga va ba’zan buloqlar ustiga

maxsus suv inshootlari qurishgan. Bunday inshootlar “sardoba” nomi

bilan mashhurdir.

“Sardoba” tojikcha so‘z bo‘lib, suvxona yoki muzxona ma’nosini

anglatadi. Sardobalarni tuzilishiga qarab usti yopiq hovuzlar deb atash

mumkin. Chunki ular pishiq g‘ishtdan doira shaklida ishlangan ichi

Page 17: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

17

chuqur va usti gumbazli hovuz bo‘lib, cho‘l manzarasida xuddi

ko‘chmanchi chorvador aholining o‘toviga o‘xshab ko‘zga tashlanadi.

Sardoba hovuzini loyqa bosib, inshootni ishdan chiqarmasligi

uchun, sardoba oldiga kattagina suv tindirgich - ochiq hovuz kovlangan.

Atrofdan oqib kelgan qor va yomg‘ir suvlari avval suv tindirgichda

to‘planib, undagi loyqa hovuz tubiga cho‘kkandan so‘ng, toza suv

sardobaga quyilgan. Suv tindirgichga chorva mollari kirib qolib suvni

ifloslantirmasligi uchun uning atrofi paxsa devor bilan o‘ralgan.

Sardobalar sharqda keng tarqalgan suv inshootlaridan bo‘lib, ular asosan

qadimgi karvon yo‘llari bo‘ylab qurilgan. Xurosonda (Shimoliy Eron)

Gumbazli hovuz – sardoba (XVI asr)

Page 18: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

18

bunday suv inshootlari “Obanbor”, Ozarbayjonda esa “avdon” nomlari

bilan yuritiladi.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston va uning atrofida 44

ta sardoba bo‘lib, ularning yigirma to‘qqiztasi Qarshi cho‘lida, uchtasi

Mirzacho‘lda, yana uchtasi Toshkent-Farg‘ona o‘rtasidagi qadimgi

savdo yo‘lida va bittasi Karmana yaqinida Cho‘li Malikda bo‘lgan. O‘z

vaqtida bu sardobalar joylashgan hududlarda ravotlar yoki

karvonsaroylar qad ko‘targan. Bular, shubhasiz, cho‘llarda bekat -

karvonlarning to‘xtash joyi vazifasini o‘tagan.

Yer ostidagi oqar daryo - yer osti suv inshooti Daryo suvlaridan uzoqda joylashgan tog‘ oldi va cho‘lga

chegaradosh hududlarda asosiy suv manbalaridan yana biri - yer osti

suvlari hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday viloyatlarda yashagan

aholi qadim zamonlardan boshlab yer osti qatlamlardagi boy suv

resurslaridan o‘z ehtiyoji uchun foydalanishga harakat qilgan. Ular tekis

yerlarda quduqlar qazib, qovga (chorva mollari tyerisidan tikilganqop

yoki mesh) bilan suvni tortib o‘z ehtiyojlarini qondirgan bo‘lsalar, past-

baland adirlardan iborat tog‘ etaklarida yuzlab quduqlarni bir-biriga

tutashtirgan antiqa suv inshooti - korizlar vositasida yer osti suvlarini

yer yuziga chiqarib, dehqonchilik qilganlar.

O‘zbekistonda mana shunday antiqa irrigatsiya inshootlaridan keng

foydalaniladigan tumanlardan biri Nurota va Kitobdir. Bu yerlarda

qadim zamonlardayoq barpo etilgan korizlardan hozirgi kungacha

foydalanib kelinmoqda. Qashqadaryoning Kitob tumanida hozirgacha

13 ga yaqin korizlar saqlanib qolgan.Nurotaliklar korizlar kovlab yer

osti suvlarini yer yuziga chiqarish tarixini yeramizdan avvalgi 329-327

yillarda O‘rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyalik Iskandar bilan

bog‘laydilar. Nurotaliklarning hikoya qilishlaricha Iskandar Zulqarnayn

Zarafshon vodiysiga qo‘shin tortib kelganda Nurota tizmasining janubiy

qanoti Oqtog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. U tog‘dan janub

tomonga qarab Zarafshon daryosi va obod vodiyni, shimol tomonida esa

daraxtsiz keng maysazor yaylovni ko‘rgan. O‘shanda Iskandar yam-

yashil poyonsiz keng dashtga qarab bu viloyatning daryosi yer ostidan

oqar ekan, degan emish. So‘ngra qo‘shinini Nurotaga olib kelib, 366 ta

harbiy qism sarkardalariga har biri o‘z otradlari bilan bittadan koriz

kovlashi haqida buyruq bergan. Natijada 366 ta koriz kovalanib, Oqtog‘

etaklariga suv chiqarilgan va Nurota atrofi obod bo‘lgan. Korizni

kovlashda lag‘m (qazilgan quduqlarni bir-biriga birlashtiruvchi teshik)

Page 19: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

19

o‘tkazish eng mashaqqatli va eng ma’suliyatli ish bo‘lib, yer osti

suvlarining yer ustiga oqib chiqishi lag‘mning to‘g‘ri kovlanishiga

bog‘liq bo‘lgan.

Buning uchun, birinchidan, quduqlarni birlashtirishda qarama-qarshi

tomonlardan kovlanadigan lag‘mning biror yoqqa qiyshayib ketishiga

yo‘l qo‘ymay, quduqlarni bir-biriga to‘g‘ri tutashtira olish, ikkinchidan,

koriz orqali yer osti suvlarini yer ustiga oqib chiqishini ta’minlash lozim

bo‘lgan. SHuning uchun ham lag‘mlar odatda 0,002-0,005 m qiyalikda

kovlangan.

Koriz kovlashda bir qancha korizchi jamoalar oylab va yillab

lag‘m hamda quduqlar qazib, minglab kubometr tuproq va shag‘allarni

qazib chiqarishgan. Masalan, uzunligi 3 km bo‘lgan 250-300

quduqlardan iborat o‘rta hajmdagi korizdan taxminan 7-8 ming

Er sathini

belgilash

asbobi-

soqili tarozi

Korizning chizmasi

Page 20: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

20

kubometr tuproq qazib chiqarilgan. Nurotadagi korizlardan birining

"Zulm" deb atalishi yer osti suvlarini yer ustiga chiqarishdagi mehnat

jarayonining nihoyatda og‘irligidan bo‘lsa kyerak.

Ma’lumki, korizlardan bir me’yorda suv oqib turishi uchun ular har

yili tozalanib, ta’mirlanadi. Koriz tozalash eng mashaqqatli va og‘ir

ishlardan hisoblanadi. Chunki korizdor dehqonlar har yili erta bahorda

20-30 kun davomida korizning ichida suv kechib, lag‘m va quduqlar

tubiga cho‘kkan loyqalarni qazib chiqarganlar. Ko‘pincha koriz pushtasi

cho‘kib, lag‘imning kattagina qismini bosib qolar edi.

Bunday hollarda lag‘mning bosib qolgan qismi qayta qazilib, o‘pirilgan

joylari yog‘och yoki toshlar bilan mustahkamlanar edi. O‘zbekistonning

tog‘ oldi hududlarida qadim zamonlardan to hozirgi kungacha

korizlardan foydalanib kelinmoqda. Masalan, Maston, Mastak, Zulfiqor,

Zulum, Mozor, Xayrobod, Sulton, Ko‘nchi, Begli, Tayla, Korizcha

singari bir qancha korizlardan hanuzgacha foydalanilmoqda.

Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Mavzusida

Chorvachilikda suvdan unumli foydalanish.

Qadimgi davrlardan to XX asr boshlariga qadar chorvador aholi

o‘rtasida suvdan unumli foydalanishning o‘ziga xos usullari o‘ylab

topilgan. Chorva mollari hamma vaqt ham suvga yaqin yerda

boqilmagan, ko‘pincha uzoq masofalarga haydab borilib chorva

sug‘orilgan.SHunday paytlarda bir muammo bulgan, ya’ni tug‘ilgan

yosh qo‘zichoq-uloq va ularning onalari bunday masofaga haydab borib

sug‘orishning imkoni bo‘lmagan. Qo‘zilagan chorva mollariga suv

etkazib berishning antiqa yo‘li o‘ylab topilgan.Unga ko‘ra qish faslining

yanvar, fyerbal oylarida maxsus qazib tayyorlab qo‘yilgan 2-3 metrli

o‘ra yoki xandakka yog‘ayotgan qorlar to‘plangan va xandak usti soh-

shabba, kigizlar bilan yopilib ko‘mib tashlangan.Muzlab qolgan qor yer

ostida hatto may oylarigacha saqlangan . Kyerakli paytlarda muzdan

chopib olinib qo‘rada (chorva mollari saqlanadigan joy) qolgan qo‘y-

qo‘zilarga berilgan, oilaviy yumushlarda ham foydalanilgan. Qazilgan

xandakda muz suvni toza saqlash uchun xandak ostiga va uning yon

tomonlariga butasimon o‘simliklarning shoxlari maxsus quyib chiqilgan.

Bu antiqa suv saqlash usulini haligacha keksa cho‘ponlar eslashadi.

SHuning uchun chorvador aholi o‘rtasida suv juda qadrlangan.

Page 21: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

21

9-sinf “O‘zbekiston tarixi”

XIX asrning o‘rtalarida

O‘rta Osiyo davlatlari

hududi, aholisi va

ma’muriy boshqaruvi.

Charxpalak va Chiqirlar

Abu Abdulloh Muhammad

Xorazmiy Marv vohasining X

asr sug‘orish tehnikasini

tasvirlagan vaqtida,

chiqirlarning dulob, doliya,

g‘arrafa, zurnuk, naura va

manjanun kabi alohida-alohida

oltita atamalarni tilga olgan.

Rus tarixchisi V.V.Bartoldning

fikricha, bu atamalarning har biri alohida ma’noga ega bo‘lib, baland

yerlarni sug‘orish uchun suv chiqaradigan chiqirlarning turli xillarini

anglatgan.

Chiqirlar vositasida suvni asosan 2 m bakandlikka chiqarish uchun

ba’zan bir necha pog‘onali chiqirlar ham o‘rnatilgan. Afsonalarga ko‘ra,

qadim zamonda eti pog‘onali chiqirlar o‘rnatilib, Ustyurtga suv

chiqarilgan ekan. Ammo Ustyurtda olib borilgan arxeologik

tadqiqotlarda buning alomati qayd etilmagan.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Amudaryo etaklarida joylashgan

yerlar 70 mingga yaqin chiqirlar vositasida sug‘rilgan.

Sug‘orma dehqonchilikda chig‘irlarning ham salbiy, ham afzal

tomonlari bo‘lgan. Avvalo oqar suvdagi minyeral tuzlarga boy loyqalar

xandakka cho‘kib, ekin maydonlari toza suv bilan sug‘orilgan. Natijada

dalalarga loyqalar tarkibida oqib kiradigan tabiiy o‘g‘itlar miqdori

keskin kamayib, vaqt o‘tishi bilan yerning hosildorligi o‘z-o‘zidan

paysaygan. Biroq, chiqir bilan sug‘orishda suv nihoyatda tejalib, undan

foydalanishda rejasizlikka mutlaqo yo‘l qo‘yilmagan. Shu bilan birga

chiqir xandaqqa oqib kiradigan suv sathining qariyib 2 m pastroqda

turishi yerlarni meliorativ holatini mo‘‘tadillashtirib, uzoq vaqt

davomida paykallarning ortiqcha zaxdan sho‘ralanib ketishiga yo‘l

byermagan.

Misr soqiyasi- chig‘ir

Page 22: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

22

Suvni ko‘za bilan o‘lchash.

Qadimdan aholi o‘rtasida o‘rnatilgan qat’iy tartib bo‘yicha

chashmadan har daqiqada oqib chiqadigan suv hisobga olinib turilib,

taqsimlanib kelingan. XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida tarixiy

ma’lumotlar yozib qoldirgan mualliflardan Mirza Salimbek binni

Muhammad Rahimning yozishicha, Nurota chashmasining suvi "ko‘za"

bilan hisob qilinib, dehqonlar o‘rtasida taqsimlangan.

Chashma suvi ko‘za bilan qanday o‘lchangan? Ko‘za 5-6 litr

suyuqlik ketadigan sopol idishdan ishlangan juda sodda suv soati bo‘lib,

yozda suv taqsimlanayotganda u bilan vaqt belgilangan. Sopol ko‘zadan

suv soati yasash uchun ko‘zaning tubi yon tomonidan dug bilan teshilib,

teshikka ingichka qamish naycha o‘rnatilgan. Suv taqsimoti paytida

ko‘za suvga to‘lg‘azilib, suv naychadan oqizib qo‘yilgan. Ko‘zadagi

suvning naycha orqali jildirab batamom oqib chiqishi uchun ketgan vaqt

"bir ko‘za" deb hisob qilingan. Nurota chashmasidan bir kecha-

kunduzda oqib chiqqan suv 160 ko‘zaga teng bo‘lib, kechasidagisi 64

ko‘za va kunduzgisi esa 96 ko‘za hisoblangan. Vaqt bilan hisoblanganda

har bir ko‘za 9 daqiqaga teng bo‘lgan. Kunduzgi uch ko‘za va kechasi

ikki ko‘za bir "qora" suv hisoblangan. Bir kunlik suv 32 qoraga teng

bo‘lgan.

Sug‘orish mavsumida chashma yoki ariqda oqayotgan suvni ko‘za

bilan o‘lchab, xususiy dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash, suvga

tanqis Qashqadaryo va Jizzax vohalari uchun xos bo‘lgan.

Qashqadaryoda u "o‘ndi", Jizzaxda "ko‘za" nomlari bilan yuritilgan. Bu

oddiy suv soati ba’zan chilim qovoqdan ham yasalgan. SHunday qilib,

ko‘za faqat suv idishigina bo‘lib qolmay, balki sopol ko‘za va chilim

qovoqlardan yasalgan soddagina "suv soati" bo‘lib, suv taqsimoti

mavsumida miroblar qo‘lida dehqonlar haqobasini o‘lchab byeradigan

asbob - vaqtni belgilovchi soat bo‘lib ham xizmat qilgan.

Aziz ustozlar suv va suvdan foydalanish doir ushbu malumotlar

bizningcha dengizdan tomchidir.Maqsadimiz tarixda qanday qilib

suvdan foydalanganliklari, uning mashaqqatlari to‘g‘risida

o‘quvchilarga ma’lumotlar berish. Shu orqali o‘quvchilarimizda bugungi

kunda suvning qadriga etishdek tuyg‘uni, bizni chanqovimizni

chiqaradigan, ekin yerlarimizga oqib kelayotgan suvning ortida juda

ko‘p mehnatlar yotishidek tasavvurni shakillantirishdan iboratdir .

Page 23: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

23

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zahriddin Muhammad Bobur . Boburnoma. T. 1991 yil.

2. Narshaxiy. Buxoro tarixi . T-1991.

3. Ya.G‘. G‘ulomov. Xorazmning sug‘orish tarixi. Qadim

zamonlardan hozirgacha T, Fan, 1959 yil.

4. A.R Muhammadjonov. Quyi zarafshon vodiysining sug‘orilish

tarixi.(Qadimgi davrdan to XX asrgacha) “Fan”,T-1972.

5. A.R Muhammadjonov. O‘zbekistonning qadimgi gidrotexnika

inshootlari. “O‘zbekiston” T-1997.

6. A.R Muhammadjonov. SHayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigi.

T.O‘zbekiston. 1969.

7. A.Ashirov “Avesto”dan meros marosimlar. T. 2001 y.

8. A.Kadirov. Voda i etika. T-2005.

Page 24: T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962

24

Mundaraja

1. Kirish ---------------------------------------------------------------3bet

6 -sinf "Tarix" darsligi

2. . Urug‘chilik jamiyati mavzusida-------------------------------4 bet

3. Eneolit va bronza asri ziroatchilari mavzusida---------------4 bet

4. Temir asriga o‘tish davrida O‘rta Osiyoning rivojlanishi.Ilk

sivilizasiyalar vujudga kelishi davri mavzularida-----------------

------------------------------------3 bet

5. Ahmoniylar davlati mavzusida.------------------------------- 5 bet

6. Zardushtiylik mavzusida.----------------------------------------5 bet

7-sinf O‘zbekiston tarixi.

7. Eftaliylar davlatida ijtimoiy va iqtisodiy hayot.-- -----------7 bet

8. “Kulfakli" hovuzlar------------------------------------------------7 bet

9. Somoniylar davlatida ijtimoiy va iqtisodiy hayot. Mavzusida.

Xonbandi suv ombori.--------------------------------------------8 bet

10. Qishloq xo‘jaligi va iqto yerlarning kengayishi.Mavzusida.

G‘ishtband.-----------------------------------------------------------9 bet

11. IX-XII asr boshlarida me’morchilik, san’at, musiqa va diniy

etiqod. Mavzusida.

"Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi"--------------------------------11 bet

8-sinf “O‘zbekiston tarixi”

12 XVII asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Mavzusida.

Abdullaxon bandi suv ombori.--------------------------------------12 bet

13. Suv ayirg‘ich ko‘priklar--------------------------------------------14 bet

14. Amirlik davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqariluvi.

Mavzusida. Miroblar-------------------------------------------------15 bet

15. Amirlikning xo‘jalik hayoti.Mavzusida. Sepoya, Chorpoya va

Chilpoya.--------------------------------------------------------------16 bet

16. Sardobalar - gumbazli hovuzlar------------------------------------17 bet

17. Yer ostidagi oqar daryo - yer osti suv inshooti-------------------19 bet

18. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Mavzusida

Chorvadorchilikda suvdan unumli foydalanish.------------------20 bet

9-sinf “O‘zbekiston tarixi”

19. XIX asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyo davlatlari hududi,

aholisi va ma’muriy boshqaruvi. Charxpalak va Chiqirlar-------21bet

20. Suvni ko‘za bilan o‘lchash.------------------------------------------22 bet