Без названия - qobiljon.uz · d.buvaboyeva bosh muharrir qobiljon qosimov tahrir...

20
2015 yil son

Upload: others

Post on 11-Sep-2019

31 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

2015 yil

son

Page 2: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Bosh muharrir

Qobiljon Qosimov

Tahrir hay’ati

G.Qo‘shmonova,

M.Tursunov, H.Yunusov,

D.Buvaboyeva

Jamoatchilik kengashi

V.Rajapov, S.Isoqov

Q.Hakimov, A.Asraqulova,

Q.To‘laboyev

9 – MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Page 3: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Tohirjon Qozoqov

Namangan Davlat universiteti dotsenti,

tarix fanlari nomzodi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 12 maydagi farmoyishiga binoan, 9 may

“Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vatan va xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan fidoiylar

xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori ham e’lon qilindi. Endilikda o‘tgan ajdodlarimizni

xotirlash va mo‘tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo‘yishda “Xotira va qadrlash kuni”ning

nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda.

Xotira deganda biz bu foniy dunyodan o‘tgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirog‘ini yoqib, ezgu

ishlarini davom ettirishni tushunamiz. Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir. Qadrlash degani — bu

asrlar davomida ona diyorimizni, xalqimizning ozodligi va istiqlolini, erkin va farovon hayotini

mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi

vatandoshlarimizni yodga olmoq, ularga munosib

hurmat va ehtirom ko‘rsatmoqdir.

Uzoq muddat sobiq mustabid tuzum

davrida bunday marosimlar qoralab kelindi,

ta’qiqlandi. Istiqlol yillarida ular qayta tiklandi.

Bu kun o‘z mohiyati bilan boshqa bayram va

an’analarimizdan farq qiladi. U odamlardan

faqatgina o‘tgan ajdodlarni eslash emas, Vatan

uchun kurashda haloq bo‘lgan, xalq farovonligi va

mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan

kishilarning xotirasini yod olish hamdir.

Hozirgi vaqtda yurtimizda “Xotira va

qadrlash kuni”ni nishonlash borasida talaygina

ibratli ishlar qilinmoqda. “Xotira va qadrlash kuni” ajdod-avlodlarni bir-biri bilan bog‘lash,

yurtdoshlarimizda mehr-shavqat, muruvvat, o‘zligini anglash, hayotning qadriga yetish hissini kamol

toptirishda muhim ahamiyat kasb etaveradi.

Ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash borasidagi ana shunday olijanob ishlarga Prezidentimiz Islom

Karimov rahbarligida Toshkent shahri markazida barpo qilingan “Motamsaro ona” haykali “Shahidlar

maydoni” yaqqol misol bo‘la oladi.

Mustaqillikka qadar barcha viloyat va tuman markazlarida “Noma’lum soldat qabri” degan

sun’iy nom ostidagi monumentlar barpo qilingan, odamlar shu joylarga o‘zlari bilib-bilmay sig‘inishar

edi. Holbuki, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, urushga ketgan birorta odamning noma’lum bo‘lishi,

uning ismi sharifi, u to‘g‘risidagi xotiralar yo‘qolib ketishi aslida mumkin emas. Qolaversa,

mustaqillik yillari olib borilgan jiddiy izlanishlar tufayli avval “bedarak yo‘qolgan” deb hisoblangan

minglab nafar marhum yurtdoshlarimiz taqdiri aniqlandi – ular qaysi jangda va qachon vafot etgani

to‘g‘risidagi hujjatlar topildi. Ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat “Xotira kitobi”

chop etilgani mamlakatimiz tarixida ma’naviy voqea bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, inson bolasi izsiz yo‘qolib ketishi, “noma’lum soldat”ga aylanishi

mumkin emasligi isbotlandi.

Har bir xonadon, mahalla, tuman, viloyatda hurmat – e’zozga munosib kishilar ko‘p o‘tgan.

Ba’zilarini hatto oila a’zolari, keyingi avlod eslamaydi, bilmaydi. Mash’um urushda halok bo‘lgan

bobolarimizni eslash, urushdan omon qaytgan va kundan-kun siyraklashib borayotgan faxriylarning,

mamlakat ichkarsida mehnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan xabar olib turish yosh avlod

zimmasidagi ham qarz va farzdir.

Shuningdek keksa, nogiron, qarovchisini yo‘qotgan yolg‘iz odamlarni ham eslab, ular holidan

xabar olish ham hayrli ishlarimizdan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek savob ishni har kim qilishi, savob ishni har kun qilish kerak.

Page 4: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

ORAMIZDAGI QAHRAMONLAR

7-“b” sinf o‘quvchisi

Shohruhmirzo Qosimov

Bu ko‘hna dunyo paydo bo‘libdiki, yer yuzida hayot guli - Hazrati Inson

yaralibdiki, Xotira bor, mehr-muhabbat bor. Demak, Qadr bor. Ayniqsa, bizning

mamlakatda Xotira va Qadr o‘zgacha mazmun, nufuz va ma’noga ega.

Davlatimiz Rahbari 9-may—“Xotira va Qadrlash kuni”ni umumxalq bayrami

deb e`lon qilar ekan: “Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini

ayamagan biror-bir faxriy, biror-bir kishi unutmasligi kerak. Ularning har biriga

munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishi shart”, deya ta’kidlagan, edi. Zero, bizning

Vatanda har bitta insonning o‘z munosib o‘rni, qadr-qimmati, xotirasi bor.

Ayniqsa biz bilan yonma-yon yashayotgan qahramonlarning qadri, qimmati

o‘zgacha.

Aziz va mehribon ustozimiz, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yunusov Hasanboy

Ahmedovich ana shunday qadrga, qimmatga loyiq insonlardan. Yosh bo‘lishiga qaramay o‘zining

baynalminal burchini Afg‘oniston respublikasida bajargan ustozimiz bir qator jangovor orden va

medallar sohibi. U kishi bilan suhbatlashsangiz tinchlikning qadrini teranroq tushunasiz, baxtli

hayotning qadrini chuqurroq anglaysiz.

Urush ko‘rgan ustozimiz yosh avlodni iymon-e’tiqodli qilib tarbiyalashda, ularni milliy va

umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga sadoqat, mehr-muhabbat, kelajakka ishonch ruhida

tarbiyalashda o‘z hayotiy tajribalarini, bilimlarini sarf etib kelmoqdalar.

Ustoz, mashaqqatli lekin sharafli kasbingizda zafarlar tilaymiz. Biz shogirdlaringiz doimo siz

kabi qahramonlar oldida ta’zimdamiz. Zero inson sha’ni, qadr-qimmati har narsadan ustun bo‘lgan

yurtimizda kelajak avlod baxtu saodati uchun kurashgan jasorat sohiblari bemisl hurmat, izzat-ikrom,

beqiyos tashakkur, tahsinga loyiq.

Маматвалиев Жасурбек

Ученик 6-А класса

Помните! Через года, через века…

Помните! О тех, кто уже не вернётся никогда…

9 мая – День Памяти и Почестей. В этот день хотим поздравить

всё наше старшее поколение с великом праздником, пожелать им

здоровья, долголетия и мирного небо над головой.

"QUTLOV "

Mohiraxon Sultonova - “Kamolot” YIH yetakchisi

Shu yilning may oyida Chortoq pedagogika kollejida tajribali va fidoiy ustozlar Abduqahhor

Otaxonov va Karimjon Murodovlar tashabbusi bilan 2015 - yil “Keksalarni e’zozlash yili” hamda 9-

may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari va umumiy o‘rta

ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh matematik va fiziklar”ning 1-noan’anaviy olimpiadasi

o‘tkazildi. Olimpiadada nafaqat Chortoq tumanidan, balki Namangan shahri va boshqa tumanlardan,

Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan 200 nafardan ortiq ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan

o‘tkazishdi. Hakamlar hay’atida Namangan Davlat universiteti professorlari, fan nomzodlari va o‘z

kasbining ustalari bo‘lgan o‘qituvchilar borligi tanlovning xolisona o‘tganligidan dalolat beradi.

Qizg‘in kechgan bahslarda maktab internatimiz terma jamoasi (Q.Qosimov – jamoa rahbari,

A.Mamadjonova, R.Qurbonov, U.Ahmedov, M.Sharipov, Yo, Karimov, H.Abdusattarov) eng

yuqori ball to‘plab, fahrli birinchi o‘rinni egallagani quvonchlidir. Jamoa a’zolari qimmatbaho

sovg‘alar va I-darajali diplom bilan taqdirlanishdi. Biz mazkur g‘alaba bilan barcha-barchani

muborakbod etamiz.

Page 5: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Turg‘unaliyeva Mardona, Abdujabborova Mohigul, Mamatvaliyev Jasurbek

6-a sinf o‘quvchilari

Mana, yurtimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2014-2015 o‘quv yili ham

nihoyasiga yetib, «So‘nggi qo‘ng‘iroq» chalindi. Ayni paytda o‘quvchilar fanlardan o‘tilgan

mavzularni mustahkamlash orqali bosqichli nazorat imtihonlariga, bitiruvchi sinflar esa

yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlariga puxta hozirlik ko‘ra boshlashdi. Zero, ushbu jarayon

o‘quvchilarning ta’lim muassasalarida egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yuzaga

chiqarishi barobarida bitiruvchilar uchun uzluksiz ta’limning navbatdagi bosqichida o‘z

tanlagan kasb-hunar ixtisosligi bo‘yicha yanada chuqur bilim olishiga rag‘bat berishi

shubhasiz.

Shu ma’noda maktab saboqlarining o‘quvchi kamolotidagi o‘rnini keng targ‘ib etish,

ilm va kasb-hunar egallashga bo‘lgan intilishini

yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida “So‘nggi

qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘ziga xos ravishda tashkil

etildi.

Har bir mamlakat taraqqiyoti, qo‘lga

kiritayotgan yutuqlari undagi ta’lim tizimining

qay daraja rivojlangani bilan belgilanadi. Zero,

Vatan taraqqiyoti shu zaminda kamol topayotgan

o‘g‘il-qizlarning orzu-havaslari, intilishlari, bilim

olishga bo‘lgan qiziqishlari bilan chambarchas

bog‘liq. Yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga

ustuvor vazifa sifatida qaralishining o‘zidayoq

katta ma’no bor.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2014 yilda respublikani ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalariga

bag‘ishlangan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “2015 yilda

davlat byudjeti barcha xarajatlarining eng katta qismi ijtimoiy maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.

Bu o‘tgan yilga qaraganda sezilarli darajada ko‘pdir”, deya ta’kidlashi mamlakatimizda ta’lim

sifati va samaradorligi uchun katta e’tibor qaratilayotgani isbotidir.

Page 6: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Bu yil maktab internatimizni 9-sinflarini 106 nafar bitiruvchi tamomlab, ta’limning

keyingi bosqichiga yo‘llanma oladi. Ular o‘z orzularining ushalishi uchun dastlabki muhim

poydevor — bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ldilar.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri 25 - may kuni ertalabki salqinda, darsning birinchi soatida

o‘tkazildi. Eng avvalo, tadbir o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiena va

tozalik talablariga muvofiq holda texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob

beradigan bo‘lishiga e’tibor qaratildi.

Bu tadbir ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, kelajakka ishonch,

ustozlarga hurmat-ehtirom, Vatanga muhabbat, milliy g‘oyalarga sadoqat va vatanparvarlik

kabi tuyg‘ularni shakllantirilishga xizmat qildi.

Tantanaga tuman hokimligi, xalq ta’limi bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati,

mahalla oqsoqollari, ota-onalar va mehmonlar taklif etildi.

Tantanalar avvalida davlatimiz madhiyasi sadolari ostida muqaddas bayrog‘imiz

ko‘tarildi. Shundan so‘ng mamlakatimiz hayoti va xalq ta’limi tizimida, jumladan maktab-

internatda mustaqillik yillarida, hususan o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, o‘zgarishlar,

amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maktab-internat direktori G.Qo‘shmanova so‘zladi.

Bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, bunga mehnati

singgan aziz ustozlari sha’niga bitilgan dil izhorlari, maktabning 5-8 sinf o‘quvchilari esa aka-

opalariga atab she’r va qo‘shiqlar aytib berishdi.

Tadbirda o‘quvchilarning “Eng ibratli o‘quvchi”, “Eng faol o‘quvchi”, “Ijodkor

o‘quvchi”, “Yosh ixtirochi”, “Maktabimiz faxri”, “Iqtidorli o‘quvchi”, “Sport ustasi”

nominatsiyalari bo‘yicha fahriy yorliqlar bilan taqdirlanishi ota-onalar ko‘nglini ko‘tardi

Mazkur tadbirlarni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda ma’naviyat ma ma’rifat ishlari

bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Tursunov rahbarligidagi ishchi guruhiga tashakkurlar

bildiramiz. 9-sinf bitiruvchilariga esa omadlar tilaymiz.

Page 7: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

G.Mirzarahimova

Ingliz tili o‘qituvchisi

May oyi – ingliz tili fan oyligi

Gerundiy -The Gerund

Gerundiyda ot va fe'l xususiyatlari mujassamlashgan. Gerundiy to yuklamasiz -ing

qo'shimchasini olish bilan yasaladi: Masalan: building, reading, drawing, writing.

Indefinite va Perfect gerundiy mavjud. Indefinite gerundiy fe'1-kesim bilan biz

vaqtdagi ish-harakatni anglatadi.

She likes asking questions - Unga savol berish yoqadi.

He is found of reading - U o'qishni yaxshi ko 'radi.

Gerundiy gapda:

l)Ega bo'lib:

Drawing is his hobby - Rasm chizish uning sevimli mashg'uloti. Swimming is useful - Suzish foydali.

2) Fe'1 bo'ladi:

My favourite occupation is reading books. Mening sevimli mashg'ulotim kitob o'qish.

3) To'ldiuvchi:

I don't like getting up early on Sundays. Men yakshanba kunlari barvaqt turishni yoqtirmayman.

4) Aniqlovchi:

He never missed an opportunity of listening to this singer. U hech bu xonandani tinglash imkoniyatini

qo'ldan boy bermagan.

5) Hol:

The hall was used for dancing. Zaldan raqs uchun foydalanilgan.

In spite of being tired we continued our way. Charchashga qaramay biz yo'lda davom etdik. It is

impossible to know English well without reading books in the original. Kitoblarni originalda o'qimay

ingliz tilini yaxshi bilish mumkin emas.

Gaplarni tarjima qiling:

1. I prefer going there by air.

2. Seeing is believing.

3. I remember having seen this film.

4. He likes listening to music.

5. Learning rules without examples is useless.

6. She doesn't like being asked about it.

7. He insisted on our changing the plan.

8. He failed keeping his promise.

9. He failed entering the institute.

After reading this book the students organized a discussion.

II.Gaplarni tarjma qiling:

1. Ular loyihani muhokama qilmay qabul qilishdi.

2. U meni ko'rmay o'tib ketdi.

3. Men ular bilan gaplashmay o'tib ketdim.

4. Cheksam qarshi emasmisiz?

5. Ularning ofisga kelishlariga qarshi emasmisiz?

6. Uning ma 'ruzasi tinglashga arziydi.

7. Derazani ochsam qarshi emasmisiz?

8. Hikoyani tinglab kulmasdan turolmadik.

Page 8: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Listen and repeat. Write the times.

1. __________________ 2.______________________ 3_____________________ 4.___________________

5. __________________ 6.______________________ 7_____________________ 8.___________________

9. __________________ 10.______________________

Page 9: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

A.Tursunov

Jismoniy tarbiya

o`qituvchisi,Yilning eng

yaxshi fan o`qituvchisi

tanlovi g`olibi

A.Toshboyev

Jismoniy tarbiya

o`qituvchisi, Boks bo`yicha

bir qator musobaqalar g`olibi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari DTS jismoniy tarbiya o‘quv dasturida o‘quvchilarni

mustaqil jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanishiga katta axamiyat beriladi. va shuning

uchun o‘quvchila darslarda topshiriqlar oladilar. Mustaqil bajaradigan mashqlar mazmuni

jismoniy rivojlanishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday mashqlar oddiy bo‘lib, jismoniy

tarbiya darslarida egallangan bo‘lishi lozim. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish

uchun ko‘nikma va malakalarning shakllanishi va uning mustaxkamlanishi, takomillashishi

oilada va maxallalarda amalga oshirish lozim. Bu yerda maktabda dars va darsdan tashqari

jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining o‘zaro bog‘liqliklarida amalga oshiriladi.

Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishni muvaffaqiyatli amalga oshirishda

o‘quvchilar darsdan bo‘sh paytlarida uy vazifalarini bajarishda har kungi ertalabki gigienik

gimnastika, sport maydonchalarida va xovlilarda xarakatli o‘yinlar tashkil etiladi.

Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishda maxalla qo‘mitalari jamoatchiligi

muxim rol o‘ynaydi. Ota-onalar, pedagog tashkilotchilar, instruktorlar maktab bilan maxallada

yashaydigan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan uzviy aloqada bo‘ladi.

Ertalabki gigienik gimnastika axolining turli qatlami bilan jismoniy tarbiya va

sog‘lomlashtirish ishlarining eng ommaviylashgan shakli xisoblanadi.

Pedagoglar va fiziologlarning tadqiqotlari bo‘yicha uyqudan keyin bajariladigan

ertalabki gigienik gimnastika organizm faoliyatini tetiklashtiradi, ishga tez kirishishni

ta’minlaydi. Uning samaradorligini oshiradi. Ertalabki gigienik gimnastika kompleksiga kirgan

mashqlarni yilni xar qanday vaqtida bajarish mumkin.

Ertalabki gigienik gimnastikaning eng katta samarasi mashqlarni ochiq xavoda

bajarganda xovlida, sport maydonchalarida va stadionlarda bajarganda yaxshi bo‘ladi. Uning

davom etishi 15-30 daqiqa, sog‘ligi va madaniyatiga e’tibor bergan xolda. shanba va

yakshanba kunlari va ta’til davrida ertalabki gigienik gimnastikaga berilgan vaqtni uzaytirish

mumkin. Ertalabki gigienik gimnastikani ochiq xavoda bajarish uchun unga mos xolda kiyim

bo‘lishi zarur. Trenirovka kiyimi, sport oyoq kiyimi, agarda badantarbiya ko‘chada o‘tkazilsa

sovuq xavo paytida issiqroq kiyim kiyib olinadi. Ertalabki gigienik gimnastika 78 ta mashqdan

iborat bo‘lib, u odatga ko‘ra yurish mashqlaridan boshlanib, 1-2 daqiqa yurib, 2-3 daqiqa

yugurib sekin sur’atda boshlanadi.

V.M. Yakovlev tavsiyasiga ko‘ra, ertalabki gigienik gimnastika kompleksi turishda

asosiy talablarga e’tibor berib, mashq mazmuni va xarakteriga e’tibor beriladi, uni tanlashda

nagruzkani tana imkoniga navbatma-navbat berish tavsiya etiladi. Dastlab mashqlar berilganda

qomatni to‘g‘ri shug‘ullantiruvchi mashqlar beriladi. Bunday mashqlar chuqur nafas olish va

chiqarish bilan birgalikda qo‘shib olib boriladi. Bunday mashqlarga tabiiy xoxish bo‘ladi,

uyqudan turgandan so‘ng, cho‘zilishga va kerishishga xoxish bo‘ladi. CHuqur nafas olish qon

Page 10: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

aylanishini yaxshilaydi, bu 5-8 marta takrorlangandan keyin mashqlar tananing pastki

qismlariga beriladi. Bunday mashqlar mushaklarni mustaxkamligi va rivojlanishiga yordam

beradi va yassioyoqlikni oldini oladi. Oyoqlarda o‘tirib turish, tizza bo‘g‘imida oyoqni bukib

yozish, oyoqlarni bo‘g‘imlarda aylantirish.

Navbatda 2-3 mashq qo‘l mushaklari va yelka bo‘g‘im mushaklarini rivojlanishiga

beriladi. Ular turli xil dastlabki xolatlardan turli yo‘nalishlarda beriladi. Mashqlar bo‘sh va

kuchanib, asta-sekin yoki tez, tez yoki sekin, simmetrik yoki assimmetrik tarzda bajariladi.

Mashqlar bajarishda qomatni to‘g‘riligiga e’tibor beriladi. Xar bir mashq 6-8 marta

takrorlanadi.

Keyinchalik ertalabki gigienik gimnastika tarkibiga 2-3 ta mashqlar kiritiladi. Bu

mashqlar sekin sur’atda bajariladi. Ishga tananing mushaklari va yelka bo‘g‘imlari kiritaladi.

Xar bir mashq 6-8 marta takrorlanadi. Yugurish, sakrash, tez yurish, qo‘llarni tez xarakati,

arg‘amchida sakrash va boshqa mashqlar organizm faoliyatini yanada kuchaytiradi.

Mashqlarni asta-sekin bajarib bo‘lib, qo‘zg‘alish jarayonidan teng xolatga o‘ta boshlaydi.

Buning uchun qomatni to‘g‘ri saqlab, asta-sekin yurish, chuqur nafas olib va chiqarib,

mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar bajarish mashqlarning davom etishi 3 daqiqa.

Mashqlarning me’yoriga e’tibor berish zarur. Me’yorlashda o‘quvchining kayfiyati, jismoniy

tayyorgarligi, sog‘lik xolati, yoshi muxim axamiyatga ega. Mashqlar nagruzkasini

me’yorlashda mashqlar sonini o‘zgartirib, uning murakkabligini takrorlash soni dastlabki

xolati, qarshilik kuchini, tez va sekinbajarib, mashqlar oralig‘ida dam olishni tashkil etib,

me’yorlanadi. Mashqlar muntazam ravishda 2-3 oy bajarilganda jismoniy nagruzka oshirib

boriladi xamda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi maxsus mashqlar qo‘shib, tezkorlik, kuch,

chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik sifatlari rivojlanadi. Bunday mashqlarni xammasi

ko‘nikma va malakalarni shakllanib takomillashishiga va «Alpomish va Barchinoy» maxsus

testini topshirishga yordam beradi. Ertalabki gigienik gimnastika mashqlaridan foydalanganda

turli xil yordamchi mashqlar snaryadlar qo‘llaniladi. Gimnastika tayoqchalari, arqonlar,

to‘plar, gantellar, rezina bintlar, espolderlar, turniklardan foydalaniladi.

Ertalabki gigienik gimnastika bajarib bo‘lingandan so‘ng, chiniqtiruvchi omillarga

o‘tiladi. Terilarni artish, belgacha suv quyish, kontrast dush va boshqalar. Bu muolajalarni

to‘g‘ri qo‘llash faqat gigienik axamiyat kasb etadi, organizmni tashqi muxit qarshiligini

kuchaytiradi.

O‘quvchilarni faol dam olishini eng samarali shakllaridan biri sayr xaqida ko‘nikma va

malakalarini shakllantirish muxim axamiyatga ega. Bolalarni ota-onalari bilan sayr qilishi katta

quvonch bag‘ishlaydi. Bolalar bilan tashkil qilinadigan sayrlar mazmuniga turli xil xarakat

faoliyatlari kiritiladi.

Bolalar bilan sayrlarni tashkil qilish va o‘tkazishda sayrning quyidagi shakllariga

ko‘nikma va malakalarini shakllantirish lozim:

- o‘yin sayrlar;

- mexnat topshiriqlari bilan;

- sportcha sayr;

- ekskursiya;

- uyqudan oldin sayr;

- xarakatli o‘yinlar bilan sayr.

Sayrlarni bunday shakllarini tashkil etish maktab o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya,

sog‘lomlashtirish vazifalarini xal etishda optimal ta’sir etadi.

Page 11: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

G.Tursunova

Fizika va kimyo

o‘quv laboratoriyalari

laboranti

Fizika fanini o‘qitishning zamonaviy usullari,

laboratoriya xonasi va laboratoriya

mashg‘ulotlarining ahamiyati

Mavzuni yanada chuqurroq o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida

laboratoriya ishini bajarish tartibi va jarayoni to‘g`risida zarur rejalar va

yo‘riqnomalar mavjud. O‘qituvchilar, o‘quvchila tegishli yo‘riqnoma bilan

tanishishgan. Barcha asbob uskunalar, jixozlar kartotekasini shakllantirilgan.

Laboratoriya xonasi va undagi jixozlarning saqlanishini muntazam nazorat

qilib boriladi.

Maktab-internat laboratoriya xonasi asbob-uskunalari va jihozlarida

laboratoriya ishini o‘tkazishga barcha sharoitlar yaratilgan. Unda o‘qituvchi

laboratoriyani ishini bajarib ko‘rsatadi. O‘quvchilar ham mustaqil ravishda

o‘zlari laboratoriya ishlarini bajaradilar va natijalarni laboratoriya

daftarlariga yozadilar va hulosalar chiqaradilar.

Laboratoriyani bajarishdan olgan bilimni mustahkamlash uchun o‘z-

o‘zini tekshirish testlar taqdim etilayotgani ham diqqatga sazovordir.

Shu o‘rinda O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan

taqdim etilgan “Fizika fanidan laboratoriya ishlari elektron axborot-ta’lim

resursi”dan foydalanilayotgani ham yutuqlarimizdan biridir.

Page 12: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

DUNYONI O‘ZGARTIRAYOTGAN KASHFIYOTLAR Dilmurod Hamraboyev

9 - b sinf o‘quvchisi

Bugunimiz o‘tmishga aylanayotgani kabi o‘tmishda ham xuddi hozirgi davr singari kun, oy,

yillar silsilasida ajdodlarimiz umrguzaronlik qilgan. Har qaysi davrning o‘z buyuk shaxslari

bo‘lganki, ular olamshumul kashfiyotlari bilan insoniyat tarixida iz qoldirishgan. Hayotdagi qaysi

sohani olib qaramaylik, uning ilk asoslari qaysidir zamonda yaratilgan bo‘lib, asrlar osha

takomillashgan va bugungi darajasiga yetgan. Quyida shunday ixtirolardan ayrimlariga to‘xtalib

o‘tamiz.

Neft tarkibidagi foydali birikmalar birinchi bo‘lib, Rossiyada aniqlangan. Uni boy aka-uka

zavodchi Dubininlar va amerikalik kimyogar Silliman kashf qilishdi. XVIII asr o‘rtalarida ular bir-

biridan mutlaqo bexabar holatda neft tarkibidan yoritish maqsadiga xizmat qiluvchi kerosin ajratib

olish mumkinligini isbotlashdi. 1877 yilda esa taniqli rus kimyogari Dmitriy Mendeleev neftni qayta

ishlashda parchalanish jarayonini kuzatdi. Aynan shu vaqtda yana bir taniqli rus kimyogari Vladimir

Markovnikov «qora oltin»dagi uglevodorodlarning yangi sinfi – naftenlarni kashf qildi. Uning

safdoshi L.Gurevich neft va neft mahsulotlarini tozalashning fizikaviy-kimyoviy asoslarini ishlab

chiqdi va bu usullarni takomillashtirishning ahamiyatini ham ko‘rsatib berdi. 1918 yilda kimyogar

olim Nikolay Zelinskiy neft cho‘kmalaridan katalitik usulda benzin olish haqidagi taklifini o‘rtaga

tashladi. Olim Sergey Nametkin neft tarkibini guruhlash haqidagi g‘oyani ilgari surgan bo‘lsa,

Vladimir Shuxov neft quvurlarini yaratish, neftni saqlash va qayta ishlash uchun asbob-uskunalar

zarur ekanini ta’kidladi. 1861 yilda dunyo bo‘yicha neft va neft qoldiqlarini qayta ishlash usuli bilan

shug‘ullanuvchi sanoat shahobchasi vujudga keldi. 1879 yilda esa Bokuda ilk bor neft quvuri ishga

tushirildi.

Natijasi: neft insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. Ana shu mahsulot tufayli biz

avtomashinada istagan manzilimizga boramiz, samolyotda uchamiz, sintetik tolali kiyimlarga egamiz,

bo‘yoqlardan foydalanamiz, kir yuvish vositalari tufayli mushkulimizni oson qilamiz. Hozirgi vaqtda

taraqqiyotning yuqori bosqichiga erishgan insoniyat energiya manbaining neftga muqobil

variantlarini o‘ylab topgan bo‘lsa ham bu mahsulot hamon odamzot ehtiyojlari ro‘yxatida 48 foizlik

ko‘rsatkichni ishg‘ol etmoqda.

Atom energiyasi. 1896 yilda fransuz fizigi Anri Bekkerel fotoplastinkalarning qorayishiga qarab,

uran tuzining jismlar ichiga kuchli darajada kira olish xususiyatiga ega ekanini va ko‘rinmas nurlar

chiqarishini aniqladi. Bu hodisaga “radioaktivlik” deb nom berilgandan so‘ng D.Mendeleev davriy

jadvalidagi eng og‘ir elementlarning deyarli hammasi shunday xususiyatga egadir, degan xulosaga

kelindi. Oradan ikki yil o‘tib, Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘lgan Per Kyuri va Mariya

Skladovskaya uran mineralidan toriy elementini “yo‘lda qoldiradigan” poloniy va radiy ajralib

chiqishini, bu moddalarda radioaktivlik juda yuqori ekanini isbotlashdi. 1911 yilda britaniyalik fizik

Ernest Rezerford atomning yadroviy modelida radioaktiv nurlanish hosil bo‘lishini aytib,

zamondoshlarini hayratda qoldirdi. Shu tariqa XX asrning 30-yillarida sun’iy radioaktiv moddalar

yaratishga asos solindi.

Natijasi: 1945 yilning 16 iyunida AQShning Nyu-Meksiko shtatida atom bombasi sinovdan

o‘tkazildi. 1945 yilning avgustida “Kichkintoy” atom bombasi Yaponiyaning Xirosima shahriga

tashlangan bo‘lsa, uch kun o‘tib, Nagasaki aholisi ham bu baloga giriftor bo‘ldi. Har ikkala portlatish

yadro qurolini sinovdan o‘tkazishning birinchisi va oxirgisi bo‘ldi. Bu esa insoniyat tarixiga mudhish

voqea sifatida yozildi. Yaponiya hukumati ana shu ko‘rgulik tufayli ikkinchi jahon urushi nihoyasiga

yetganini tan oldi. Atom bombasi qanday musibatlar keltirganini ko‘rib tursa ham, ikki gegemon

mamlakat – sobiq ittifoq va AQSh yadroviy poygaga kirishdi. Keyinchalik ular safiga Buyuk

Britaniya, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreya davlatlari ham qo‘shildi.

Qurolning bu turi bir necha daqiqa ichida Yer yuzini yakson qilishini bilgan davlat rahbarlari

“yadroviy xavfsizlik”ning oldini olish uchun ham bu harakatga qo‘shildilar. 1984 yilda ro‘y bergan

Chernobl halokati tarix sahifasiga insoniyatning atom energiyasidan ehtiyotsizlik bilan

foydalanishdagi xatoliklaridan biri sifatida bitildi. Hozirgi vaqtda esa atom elektrostantsiyalari

energiya olishning eng qudratli manbai hisoblanadi.

(Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi)

Page 13: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Biz jurnal sahifalarida o‘zbekning asl farzandi, samimiy she`rlari ohangrabo qo‘shiqlarga aylanib, har bir

o‘zbek xonadoniga kirib borgan, XXI asr o‘zbek adabiyotining so‘nmas yulduzi bo‘lib o‘quvchi qalbida o‘chmas iz

qoldirgan otashin shoir Muhammad Yusuf ijodidan she’rlarni berib borishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

She’r yozishni niyat qilgan, she’riyat bo‘stoniga ilk qadamlarini qo‘yayotgan o‘quvchilarga she’rning qanday kuchga

ega ekanligini eslatib o‘tish bilan birga ularga baland parvozlar tilab qolamiz.

Umid jurnali avvalo yuragida yurt ishqi, hayotga mehri baland bo‘lgan insonlar, bolajonlar uchun o‘z

sahifalaridan joy ajratishini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Azizlar. Ba’zi she’rlar asl she’rga o‘hshamaydi, yoki she’r

qoidalariga umuman javob bermaydi kabi savollaringizga, e’tirozlaringizga asos yo‘q ekanini eslatib o‘tamiz. Zotan

barcha buyuk ishlarning zamirida oddiylik hamda tirishqoqlik, mehnat yotganligini eslatib o‘tamiz. Asosiysi - qo‘lga

qalam olib, mardlarcha ushbu maydonga kirib kelish. Qolganini kelajak ko‘rsatadi.

O‘ZBEK HAQIDA BALLADA

Muhammad Yusuf

Qiyosi yo‘q uning mehri bir daryo,

O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi O‘zbek.

Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,

Dunyoda bolam deb yashaydi O‘zbek!

O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa uningchun,

O‘g`lim otashimdan yaralgan uchqun.

Qizim parilardan chehrasi gulgun,

Qoshlari qalam deb yashaydi O‘zbek!

Bir qo‘lda belanchak, bir qo‘lda Qur’on,

Bir elkada ketmon, birida iymon.

Barchaga barobar oftobsimon,

Yashnasin olam deb yashaydi O‘zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,

Momolari hushro‘y yuzdan oshsa ham.

Zurryodlari bo‘lsa bitta uyga jam,

To‘shak yetmay to‘nin to‘shaydi O‘zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,

Kekkayganga bo‘yin egmaydi zinhor.

Beshik to‘la jajji islomlari bor,

Tosh o‘tmas qo‘rg`onga o‘xshaydi

O‘zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?

O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi O‘zbek.

Yomon sher yozsang ham betingdan

o‘pib,

Kam bo‘lma bolam deb yashaydi O‘zbek!

9-“A”sinf o‘quvchisi

Abdug‘ofurova Shodiya

ONAJONIM

Ko‘zingizda mehr toji,

Quyoshmisol yaraqlaydi.

Sizla hayotim rivoji,

Baxt suvini cheleklaydi.

Qalbi doston onajonim

Ko‘ngli osmon onajonim.

Baxtli zamon onasisiz,

Nurga to‘liq har oningiz.

Shu zamonning bolasimiz,

Bormi deyman ming joningiz

Qalbi doston onajonim

Ko‘ngli osmon onajonim.

Siz borsizki jahonim bor,

Sizla ko‘rkam xatto uyim.

Sizni ko‘rsam, ko‘rgum bahor,

Siz manguga qo‘shiq, kuyim

Qalbi doston onajonim

Ko‘ngli osmon onajonim.

TONG QO‘SHIGI

Qushlar sayrar sho‘x ovozda,

Bulbul kuyi juda sozda,

Xush yoqadi bari yozda,

Munavvar tong organdie.

Erta sahar uyg‘onaman,

Sof xavodadan xo‘p qonaman,

Men baxtiyor bir bolaman,

Munavvar tong otganida.

Chug‘ur- chug‘ur qushlar sayrar,

Uni ko‘rib dilim yayrar,

Xatto quvonch, ilhom qaynar,

Munavvar tong otganida.

Qirda lola qizil rangda,

Orom kuyi yangrar tongda.

Boshqacha xis qaynar ongda

Munavvar tong otganida.

KEKSALAR

8-“A” sinf o‘quvchisi

Sobirova Dilshoda

Keksalarga bo‘laylik mehribon

Bo‘lsin doim umrlari uzoq.

Ular bilan fayzlidir uyimiz,

Ular bizning duogo‘yimiz.

Danagidan mag`izi shirin derlar,

Xush ko‘raman barisin derlar.

Yorug` bo‘lsin deya yo‘llari

Duodadir har chog` qo‘llari.

Shunday ekan nabiralar ham,

Qanot bo‘lsin ularga har dam.

Kam bo‘lmaydi, g`am ko‘rmagay hech

Keksalarni e’zozlagan el!

Page 14: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

CHUMOLILAR

5-“A” sinf o‘quvchisi

Olimjonova Mohinur

Mehnatdasiz doimo,

Mehnatdan hech tolmaysiz.

Mehnat qilib kunu-tun,

Uxlamaysiz bir zum ham.

Donlarni ho‘p to‘playsiz,

Kecha kunduz uhlamay.

Chumchuqlarga o‘xshab siz

Yozda bekor yurmaysiz.

Qish fasliga yig`asiz,

Barcha donlaringizni.

Kelgandachi qish fasli,

Rohatini ko‘rasiz.

MEHRIBONIM ONAM

(Bivijonimga)

6-“A” sinf o‘quvchisi

Mirzamahmudova Dilshoda

Olamimni nurga to‘ldirgan,

Yo‘llarimni intizor kutgan.

Shodligimdan sig`may quvongan,

Alamimda mendan ko‘p yongan.

Xokisorim mehribon onam,

Orzulari bisyorim onam.

Nahot sizsiz endi bu olam…

Sog`indim…

KITOB

6-“B” sinf o‘quvchisi

Abdurahmatova Zilola

Hayot sirin bayon etgan,

Mard o‘glonni ayon etgan.

Dunyo eli boshda tutgan,

Kitob erur, kitob.

Alpomishni etgan ayon,

Go‘ro‘g`lini etgan bayon.

Hikmat ilmi etgan sarbon,

Kitob erur, kitob.

Bolalarga yozilgan she’r,

Qancha she’r to‘kmoqda ter.

Ko‘tarolmas hattoki yer,

Kitob erur, kitob.

Nazmda-yu nasr uyg`oq,

Barisidir misli buloq.

Har qanaqa yoqar chiroq,

Kitob erur, kitob.

BAXT

6-“B” sinf o‘quvchisi

Rahimova Sarvinoz

Baxt so‘zi namoyon bitta gap bilan,

Tasavvur qilaylik bir daraxt bilan.

Yashnagan chog`ida inson quyoshi,

Tamom qurib bitgay dushmanning

toshi.

ROSTGO‘YLIK

Inson uchun hayot bir marta kelar,

Shu vaqt ichida ro‘stgo‘ylik qilar.

Inson yaxshi bo‘lsa turmush zo‘r

bo‘lar,

Inson rost gapirsa olam munavvar.

ONAJON

6-“A” sinf o‘quvchisi

Hoshimova Noila

Oq yuvib oq taragan,

Boshimizni silagan.

To‘g`ri yo‘lga chorlagan,

Mehribonim sog` bo‘ling.

Onajonim bor bo‘ling!

Siz mening quyoshimsiz,

Tunlari yulduzimsiz.

Kechalari uhlamay

Alla aytgan oyimsiz.

Uyimizning ko‘rkisiz,

Bizlarni erkalaysiz.

Hech ham tinmaysiz ona,

Olamda siz yagona.

Umringiz uzoq bo‘lsin,

Doimo gulga to‘lsin,

Gullar kabi ochilib,

Barchamizni sevasiz.

Mehribonim sog` bo‘ling.

Onajonim bor bo‘ling!

ILM IZLA

6-“B” sinf o‘quvchisi

Abduqahharova Nozima

Yer sharini bo‘lmoqchi bo‘lsang

Yulduzlarni ko‘rmoqchi bo‘lsang.

Mag`rur yurtda yurmoqchi bo‘lsang,

Ilm izla, bilim izla.

Bu dunyoning sirlari ko‘p

Adirlar-u qirlari ko‘p.

Quyosh bergan nurlari ko‘p

Ilm izla, bilim izla.

Allomalar hikmat yozar

Har hikmatda hurmat yog`ar.

Hatto oy ham o‘yga og`ar

Ilm izla, bilim izla.

Barcha fanni egalla derlar,

Bilmoq bo‘lsang tugalla derlar.

Pishir uni sayqalla derlar,

Ilm izla, bilim izla.

OSMONIMIZ MUSAFFO

BO‘LSIN

6-“B” sinf o‘quvchisi

Olimjonova Gulzoda

Shukronalar aytamiz

Yurtimiz osuda tinch.

Yurt osuda bo‘lmasa

Aytgil bo‘lasanmi tinch?

Bir kun urush bo‘lgan joydan,

Qirq kun fayz ketar.

Yurtim chiroyli oydan,

Bizni baxtiyor etar.

Ba’zi yurt osmonini

Qoplasa qora tutun,

O‘zbekiston yoshlarin

Rizqi doim bus – butun.

BUVIJON

Abdulhamidov Maqsadjon

5-“A” sinf o‘quvchisi

Mening buvim farishta

Maslahatgo‘y har ishda.

Aslo yo‘qdir yomoni

Bo‘sh o‘tmas hech bir oni.

Menga bo‘ladi ustoz,

She’rlar yozar juda soz.

Ko‘ring yana uzoq yosh,

Page 15: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Qilayin sizni e’zoz.

BILIB QO‘YGAN YAXSHI Olimjonova Mohinur

5-“A” sinf o`quvchisi

Taomlar tayyorlashda qanday go‘shtdan foydalanish kerak?

Taomlar tayyorlash uchun mol, qo‘y va echki go‘shtlaridan foydalanamiz.Go‘sht inson organizmi uchun

eng muhum va qimmatli masalliq hisoblanadi.Go‘shtda 14 %dan 20 % gacha oqsil modda, 37% yog`, mineral

moddalar: kaliy, natriy, temir, kalsiy va ekstraktiv moddalar bor. Go‘shtli taomlarning sho‘rvalarini lazzatli va

hushbo‘y qiladigan narsa ham ana shu ekstraktiv moddalardir. Ekstraktiv modda ishtahani ochadi va taomning

yaxshi hazm bo‘lishini ta`minlaydi.

Oqsil moddalar organizmda yangi xujayralarni hosil qiladi. Yosh organizmni o‘stiradi, gemoglabinni

ko‘paytiradi. Oqsilni 11-14 yoshgacha sutkasiga 2 grammni iste`mol qilish kerak, chunki yosh organizmga

quvvat beradi. Go‘shtda A,B,D,R vitamin gruppalari bor. Agar shu vitaminlar yetishmasa inson organizmi har

xil kasalliklarga duchor bo‘lishi, so‘lak va me`da bezlari normal ishlamasligi mumkin.

Go‘sht 3 navdan iborat:

1-nav-bu go‘shtning to‘qimalaridir. Bunday go‘sht juda nafis, yumshoq, tez hazm bo‘ladi. Asosan,

qovurmalarga, manti, kaboblarga ishlatiladi.

2-nav-qo‘l, to‘sh, qovurg`a, son hisoblanib, bunday go‘sht birinchi navga qaraganda qattiqroq bo‘ladi,

chunki, unda elastik va kilogen moddalar mavjud (chandir va pardalar). Shuning uchun bu nav dimlashga,

qaynatishga, qiymalashga ishlatiladi.

3-nav-bu bo‘yin va paychalar hisoblanib, 2-navga qaraganda o‘rta qattiq. Qovurilganda yoki

qaynatilganda pishmaydi, shuning uchun qiymali taomlarga ishlatilib, paychasidan esa xolades tayyorlash

mumkin. Har bir uy bekasi go‘sht navlarini bilishi kerak, chunki shunga qarab taom tayyorlanadi va molning

yoshiga ham e`tibor beriladi, sababi qari mol go‘shti qattiq bo‘ladi.

Inson umri davomida 2000 kilogrammdan ortiq go‘sht iste’mol qiladi. Taom tayyorlashdan oldin

go‘shtning sifatini aniqlash kerak (tashqi ko‘rinishi, hidi, rangi). Sifatli go‘sht qizil yoki pushti rangga ega,

hushbo‘y hidli, usti quruq, qattiq, barmoq bilan bosganda, go‘sht tezgina o‘z holiga keladi ya`ni tekislanadi.

Yog`i oq yoki sariqsimon.

Haydarova Gulsora

8-“A” sinf o`quvchisi

“MAZZA” taomi

Page 16: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

KIM TEZKOR VA CHAQQON

Chapdagi bo`laklarda o`ngdagi to`liq tasvir bo`laklarga bo`lib chalkashtirib berilgan. Siz bu bo`laklardan 30

soniyada to`liq tasvirni yasay olasizmi? Qani olg`a.

Kriptogramma

Mirjalilova Diyora

8 - a sinf o`quvchisi

23 10 12 6 11 7 4 6 8 1 7 1 13 15 11 15

14 1 16 11 13 7 6 23 6 9 9 1

8 1 7 1 13 15 11 5 9 11 15 6 14 6 13 14

2 11 18 12 10 5 6 14 11 17 21 11 13 4 4 6

20 6 8 9 11 2 5 10 15 6 19 11

13 10 4 6 5 11 1 15 6 7

2 3 14 2 3 9 3 13 19 11 18

RASMLARDAGI 10 TA FARQNI TOPING

1.Soatli minora -

5.3.18.6.13.9

2. Ikki misrali she’r –

2.6.8.9

3.Hindiston poytahti –

19.10.23.15.11

4. Oshxona anjomi –

20.1.21.1.13

5. Qiz bola ismi –

12.6.18.1.14

6. Qurilish materiali –

16.11.22.9

7. Lobar, chiroyli –

4.17.21.6.15

Page 17: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Mo‘minov Akmaljon Chortoq tumanidagi

14-sonli bolalar musiqa

va san’at maktabi

o‘qituvchisi

Mashrabboyev Boburjon Chortoq tumanidagi

14-sonli bolalar musiqa

va san’at maktabi

o‘qituvchisi

Mazkur sahifada nafaqat maktab – internatimiz ustozlari va o`quvchilari, balki “Umid” jurnaliga bevosita

qiziqish bildirgan insonlar, mutaxassislarning ijod namunalaridan, maqola va maslahatlaridan berib boramiz.

Biz quyida tanbur va soz chol`gu asboblari haqida

ma’lumotlarni siz bilan baham ko`rishni lozim

topdik. Zero, o`zini hurmat qilgan inson milliy

musiqamiz va cholg`ularimiz haqida ma’lumotga

ega bo`lishi hayotiy zaruriyat deb bilamiz.

Tanbur (an’anaviy)

Tanbur torli-chertma cholg‘ular guruhiga kiradi. Uning kosasi uzunchoq shaklga ega boklib, o‘yma

ravishda ishlangan va yog'och deka (qopqoq) bilan qoplangan. Dastasi dutornikiga nisbatan uzun va

yokgkon hamda ichak pardalar boglangan. O`zbekistonda asosan to`rt torli (ba’zan esa uch torli) tanburlar

qo`llaniladi. U ham dutor singari xalqning sevimli cholg'usi hisoblanadi. Tanburda tovush o`ng qo`lning

ko'rsatgich barmog`iga kiyiladigan maxsus noxun bilan torlarni chertish orqali hosil qilinadi.

Cholg'u shuningdek tojik, eron va uyg`ur xalqlari orasida ham keng tarqalgan. Darvish Ali Changiy

(XVII asr) o`z risolasida tanburni barcha cholg`ularning ustozi deb atagan.

Tanbur professional musiqachilar orasida keng tarqalgan bo‘lib, unda asosan o‘zbek klassik kuy va

qo‘shiqlari hamda maqomlar ijro etiladi. Bog‘lama pardalarning balandligi va torlarning bo`sh taqilganligi

cholg‘uda nola va qochirimlarni be’malol ishlatilishiga imkon yaratadi.

Og`irligi 1100 gr, uzunligi 1260 mm, eni 135 mm.

Tanbur (zamonaviy)

Barcha torli-chertma cholg`ular singari tanburning ham shakli o`zgartirilmagan holda zamonaviy

ijrochilik talab darajasiga moslashtirilgan. Natijada bog`lama pardalar o'rniga mustahkam ebonit pardalar

o'rnatildi. Yog'och quloqlar mexanik quloqlar bilan almashtirildi.

Tanbur asosida uning prima, sekunda, alt va bas turlaridan iborat oilasi yaratildi. Shuningdek

cholg'u xromatik tovushqatorga ega bo`ldi. Bu esa o`z navbatida tanburda nafaqat O`zbekiston

kompozitorlarining asarlari balki boshqa xalqlar kuy va qo`shiqlarini ijro etishga imkon yaratdi.

Ushbu cholgluda ijro etganda yakka zarb, qo'sh zarb, rez, pitsikato hamda arpedjio usulidan

foydalanish mumkin.

Tanbur kamer cholg‘u hisoblanib, o`ziga hos nozik va mayin tembrga ega. Shuning uchun ham u

past registrni qamrab olishiga qaramay bas cholglu vazifasini bajara olmaydi.

Page 18: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Soz (an’anaviy)

Soz chuqur noksimon shakldagi kosa va bog`lama pardali dastadan iborat. Kosasi o'yma ravishda

(tut yoki yong`oqdan) yasalgan bo`lib, yog'och deka (yel) bilan qoplangan. Kosaning yon tomonida doira

shaklida rezonator mavjud. Ushbu sozning dastasida o`n bir dona bog`lama pardalari bor. Bosh qismi

dastaning davomi bo`lib, unda metall torlar taqilgan yog‘och quloqlar mavjud. Cholg'u shuningdek

Ozarbayjon, Dog`iston, Armaniston va Turkiyada keng tarqalgan. Unda asosan milliy klassik kuylar va

an’anaviy qo‘shiqlar ijro etiladi. U yakkanavoz sifatida hamda xalq cholg'ulari ansambllarida jo‘rnavoz

sifatida qollaniladi. Tovush mizrob bilan torlarni chertish orqali hosil bo‘ladi. Sozda yakka zarb, qo`sh

zarb, stakkato, pitsikato, rez va arpedjio usullarini qo`llash mumkin.

G‘oyibboyev Muhammadqodir Normatova Mohlaroyim 5 - a sinf To‘ychiyev Ulug`bek 6- a sinf

Abduvohidov Sidiqjon 5- b sinf Sobitxonov Abu Lays 5- a sinf

Abdullayeva Sojida 7- b sinf Erkinov Rahmatillo 5-b sinf

Page 19: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

Qaynoq qalbi - misli chiroq,

Fikri tiniq, fikri buloq.

Tongday tiniq tilaklari,

Yurgan yo'li mangu porloq.

Mehrigiyo ustozlarim,

Qalbi ziyo ustozlarim.

Dur ma'no bor so'zingizda,

Quyosh balqir yuzingizda.

Bashar sizdan kamol topar,

Chechak unar izingizdan.

Mehrigiyo ustozlarim,

Qalbi ziyo ustozlarim.

Ustozlar, mana shu maktab partasi sen uchun Vatan, degan

o'gitingiz uchun, savodxonlik mulkiga yetaklab kirib, undan

to'la-to'kis bahramand eta olganingiz uchun, Inson qalbini, uning

dardini tushunishga o'rgatganingiz uchun, tabiat, borliq, qo'yingki,

olam sirlarini tushunish xissini bera olganingiz uchun, qatrada

olam aks etishini bildira olganingiz uchun, va nihoyat buyuk

Istiqlolimiz qadriga yetishni o'rgatganingiz uchun va barcha-barcha

saboqlaringiz uchun sizlarga ming ta’zim. Biz hech qachon Sizlarni

unutmaymiz. Hayr demaymiz, balki ko‘rishguncha deb qolamiz.

Shu o‘rinda “Umid” jurnaliga ham samimiy minnatdorchiligimizni

bildirib qolamiz. Yashashga, bilim olishga, ijodga, yaxshilik

qilishga umid bergan “Umid”ga rahmat.

9 – SINF BITIRUVCHILARI

Page 20: Без названия - qobiljon.uz · D.Buvaboyeva Bosh muharrir Qobiljon Qosimov Tahrir hay’ati G.Qo‘shmonova, M.Tursunov, H.Yunusov, Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov

“Umid” umidlarning porloq oshyoni,

Nurli kelajakning ayni o‘zidir!

“Umid” muxlislarning eng qadrdoni,

“Umid” ijodkorning ko‘ngil so‘zidir!