hikmatlar: kitob tanlash to'g'risida

Post on 02-Aug-2015

821 Views

Category:

Education

20 Downloads

Preview:

Click to see full reader

TRANSCRIPT

Kitob tanlash to’g’risida

Har bir soha yuzasidan yozilgan mukammal asarlar juda oz, boshqalarida esa mana shu oz asarlarda birmuncha to’la va tiniq yoritilgan narsalar takrorlanib, suyultirib buziladi. Faqat o’sha mukammal asarlarnigina o’qish darkor, boshqalarini o’qish vaqtni behuda sarflashdir.

N.G. Chernishevskiy

Bir vaqtlar kitoblarning taxchilligi ilmning o’sishiga ziyon yetkazgan edi. Hozir esa kitobning ko’pligi odamni esankiratib, shaxsiy mulohaza yuritishingga xalal beradi.

K.Veber

Faktlar va yozilayotgan asarlar shunchalik ko’pyib ketdiki, yaqin kelgusida hamma narsa tanlab olingan fikrlaru lug’atlarga borib taqalishi turgan gap.

F.Volter

Faqat yaxshi kitoblarnigina o’qish, ma’nosini idrok etishga arzigulik; miyani duch kelgan kitoblar bilan oziqlantirish uni o’z parvozidan mahrum etish, hatto nobud qilish demakdir.

F.Petrarka

Modomiki hayot juda qisqa, bo’sh vaqt esa juda oz ekan, biz uni sayoz kitoblarni o’qishga isrof qilmasligimiz kerak.

J.Reskin

Kitoblarning soni emas, ularning yaxshisi foyda keltiradi.

Seneka

Kitob zamonamiz hayotidir. Kitobga hamma – keksa va yosh ham, ishbilarmon va bekorchi ham, bolalar ham zarurat sezadi. Butun gap ularga qanday kitoblarni tanlab berishdadir va eng avvalo shuni ta’kidlaylikki, ular uchun bema’ni kitoblarni o’qish umuman o’qimaslikdan ko’ra zararliqroqdir.

V.G. Belinskiy

O’zingiz va boshqalar uchun kitob tanlash ilmgina emas, san’at hamdir.

N.A. Rubakin

Hozirgi zamon kishisi himolaysimon kutubxonalar qarshisida qum barxanlari qa’ridan oltim zarrasini izlayotgan ma’dan qidiruvchining holatidadir.

S.I. Vavilov

Bobokalonlarimiz kitob topishga qiynalar edilar; hozirgi davrimida esa kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolada juda ziyrak bo’lmoq zarur.

J.Lebbok

Haqiqiy bilim orttirmoq uchun odam yaxshi kitoblarni, ya’ni bama’ni, aqlli kishilar va chinakam donishmandlar yozgan kitoblarni tanlamog’i lozim.

U. Chenning

Har qanday ishda ko’p yomondan oz bo’lsa-da, yaxshi durust.

Kitoblarda ham shunday.

L.N. Tolstoy

Hamma narsani o’qiyverish yaramaydi, dilda tug’ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o’qish kerak.

L.N. Tolstoy

Nafaqat kitob tanlashda, balki uni o’qiyotganda ham undan aqlning parvoziga taalluqli jihatlarini ajrta bilmoq lozim.

S.I. Taneev

Kitoblarda zamonamizning haqiqiy xususiyatlarini axtarmoq va topmoq zarur.

A. Fadeev

top related