pedagogika - tdputdpu.uz/uploadfiles/4978_201_sa 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu...
Post on 24-Jan-2021
13 Views
Preview:
TRANSCRIPT
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
1
Bosh muharrir:
SHARIPOV Shavkat Safarovich
Tahrir hay’ati: ABDULLAYEVA Barno ADILOVA Saodat ASHIRBOYEV Samixon (bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari) BESHIMOV Ro‘zinazar ERGASHEV Dilshod ERGASHOV Maxamatrasul FAYZULLAYEV Saidnosir GULYAMOV Komiljon HAKIMOVA Muhabbat ISYANOV Ravil JALOLOV Jamol KOMILOVA Nodira MAHKAMJONOV Karimjon MAMADAZIMOV Mamadmusa MUMINOV Axrol MUSLIMOV Narzulla NURMUHAMMEDOVA Laylo PANJIYEV Qurbonniyoz QODIROVA Fotima QO‘YSINOV Odil (bosh muharrir o‘rinbosari) RUZIYEV Erkin SAFAYEV Nuriddin TO‘RAYEV Samad TOLIPOVA Jamila TUXLIYEV Bokijon VALIYEVA Sirojiya XODJAYEV Begzod ZUFAROV Sherzod
SHODMONOVA Shoira
Muassis: Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika universiteti.
“Pedagogika” jurnali “Pedagogik
ta’lim” jurnalining vorisidir.
Jurnalda pedagogika, psixologiya,
o‘qitishning metod va texnologiya-lariga
oid ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik
maqolalar o‘zbek va rus tillarida chop
etiladi.
Jurnalga Toshkent shahar Matbuot
va axborot boshqarmasining 2014-yil
26-maydagi 02-004-sonli “Ommaviy
axborot vositasi davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma”
olingan va unga O‘zbekiston Respub-
likasi Milliy kitob palatasining 2008-yil
30-iyundagi 511/S shartnomasi asosida
Davriy nashrlarning Xalqaro standart-
lar (ISSN) – 2010-5320 raqami taqdim
etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining
2013-yil 30-dekabrdagi 201/3-sonli
qarori bilan ro‘yxatga olingan.
Jurnal oliy ta’lim muassasalarining
professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar,
akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va
umumiy o‘rta ta’lim maktabi
o‘qituvchilari, malaka oshirish va qayta
tayyorlash tizimi tinglovchilari,
magistrantlar, talabalarga mo‘ljal-
langan.
2016/1
2016/4
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
2
ISLOM KARIMOV – О‘ZBEKISTONDA TA’LIM SOHASINING BOSH ISLOHOTCHISI
Ma’lumki, har bir mamlakat prezidenti о‘z
mamlakatining ichki va tashqi siyosatini olib boradi va
bu uning asosiy vazifasi hisoblanadi. О‘zbekistonning
birinchi Prezidenti Islom Karimov boshqa mamlakat
prezidentlaridan farqli o‘laroq u ta’lim sohasini ichki
siyosatning ustuvor sohasi deb bildi va bu sohada ham
nazariy, ham amaliy ishlarni amalga oshirdi.
Islom Karimov davlat rahbari bo‘lgan dastlabki
kunlardan boshlaboq ta’limga jiddiy e’tibor bilan qaradi. U 1993-yildayoq
mamlakatimizda “chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga о‘tish,
birinchi navbatda, kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatdan tayyorligiga bog‘liq
bо‘ladi... Bu esa butun ta’lim va madaniyat tizimini tubdan isloh qilishni taqozo
etadi1”, – degan edi va bu sohada jiddiy islohotlar olib borilishini ta’kidlar edi. Bu
g‘oya Islom Karimovning 1995-yil 3-oktabrda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida
“Yuksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili” mavzusida sо‘zlagan nutqida
yana bir bor ta’kidlandi: “Ta’lim berishning, ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi
bо‘yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatdan
butunlay yangi о‘quv dasturlari yaratilishi darkor”2.
Islom Karimov kadrlar tayyorlashning ustuvor soha ekanligini ta’kidlab,
shunday degan edi: “... kadrlar tayyorlash ishi mablag‘ sarflashda eng daromadli
bо‘lgan sohaga aylanmoqda. Chunki bu tarmoq ertaga har qanday davlatning,
xalqning, millatning taraqqiyoti uchun zarur bо‘lgan oltin omil – yetuk
mutaxassislarni bera boshlaydi”3.
Islom Karimovning О‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish g‘oyasi 1997-yilda 1996-yil yakunlariga bag‘ishlangan Vazirlar
*Sharipov Shavkat Safarovich, Nizomiy nomidagi TDPU rektori, pedagogika fanlari doktori. E-mail: pedagogika.uz@mail.ru 1Каримов И. Ақлий ва маънавий салоҳият – янги жамият пойдевори // Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – Б. 49. Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаши Ўн учинчи сессиясида сўзлаган нутқи. 1993 йил 2 сентябрь. 2Каримов И. Ақлий ва маънавий салоҳият – янги жамият пойдевори // Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – Б. 213. 3Каримов И. Ақлий ва маънавий салоҳият – янги жамият пойдевори // Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – Б. 214.
Sh. Sharipov*
BOSH MAQOLA
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
3
Mahkamasining majlisida “Islohotlar izchilligi – inson manfaatlari omili”
mavzusidagi nutqida e’lon qilingan edi. Islom Karimov unda “Ta’lim tizimini
tubdan qayta kо‘rib chiqish vaqti yetdi, professional bilimlarni egallash
imkoniyatlarini kengaytirish, ma’mur-menejerlarni ayyorlashni yо‘lga qо‘yish,
yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va
mutaxassislarni tayyorlashni yо‘lga qо‘yish lozim”, – degan edi. Shuningdek, bu
nutqida О‘zbekiston Respublikasidagi ta’limning sifati tо‘g‘risida gapirib, о‘rta
maktab va о‘quv muassasalari bitiruvchilarining umumta’lim va professional
bilim darajasi yuqoriligini ham ta’kidlagan, lekin bu bilimlar bugun asqotishi
mumkinligi va kelajakda esa ular davr taraqqiyoti uchun kamlik qilib qolishi
ehtimoldan holi emasligi, eng muhimi, sobiq Ittifoqdan meros bо‘lib qolayotgan
ta’lim tizimini mafkuraviy sarqitlardan ozod qilish, ta’limni tubdan isloh qilish, uni
dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari darajasiga kо‘tarish hamda shu
asosda kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish, boshqacha aytganda
О‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yaratilishi
zarurligini kо‘ndalang qilib qо‘ydi. Bu borada Islom Karimovning tashabbusi bilan
ushbu hujjatni ishlab chiquvchi komissiya tuzildi va ish boshlandi. Shuni ta’kidlash
lozimki, bu komissiya samarali ishladi va Islom Karimovga 207 sahifadan iborat
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” loyihasini taqdim etdi1. Bu loyiha Islom
Karimovni kо‘p jihatlardan qoniqtirmadi va uni jiddiy ilmiy tahrirdan о‘tkazdi va
shu asosda 28 sahifadan iborat mukammal loyiha tayyorlandi.
Keyingi loyiha avvalgisidan tamomila farq qilishini quyidagi faktlar bilan
kо‘rsatishga harakat qilamiz:
- dasturning tuzilmasi butunlay о‘zgartirildi;
- avvalgisi 5 bо‘limdan iborat edi, keyingisi 4 bо‘limdan tashkil topgan va
mazmunan jiddiy farq qiladi, faqat 1-bobning 3ta bandigina mos keladi.
- avvalgisida milliy model tо‘g‘risida kichik bir band berilgan, xolos.
- avvalgisida boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi, о‘rta kasb-g‘unar ta’limi, oliy
kasb-hunar ta’limi, oliy о‘quv yurtidan keyingi kasb-hunar ta’limi, qо‘shimcha
kasb-hunar ta’limi kabi nazariy jihatdan maqbul bо‘lmagan tushunchalar aks
etgan edi;
- avvalgisida hozirgi jarayonlarga zid keladigan diplomli mutaxassislar
(bakalavriat negizida), diplomli mutaxassislar negizida magistrlar tayyorlash
tо‘g‘risida fikr yuritiladi va h.k.
1Кадрлар тайёрлаш миллий дастури (лойиҳа, хизматда фойдаланиш учун. – Тошкент, 1997.)
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
4
Hozir amalda bо‘lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da Islom Karimov
о‘z orzusidagi nazariya va qoidalarni aks ettirdiki, ular haqli ravishda uning haqiqiy
muallifligini anglatar edi va shuning uchun ham xalqaro doiralarda, turli
simpoziumlarda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni Islom Karimov nomiga
nisbat berilishi an’anaga aylandi. Ushbu loyiha 1997-yil 29-avgustdagi Oliy Majlis
muhokamasiga qо‘yildi va qonun sifatida tasdiqlandi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishi va amalga kiritilishi jahon
miqyosida katta siyosiy voqea edi. Bu dastur yaratilguncha ta’lim sohasida
о‘tkazilgan xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalarda ta’limning kо‘proq siyosiy
ahamiyatga ega bо‘lgan masalalari kо‘rilgan bо‘lsa1, bu dastur alohida olingan
mamlakatda ta’limni rivojlantirish nazariyasi va amaliyotini belgilab bergan edi.
Respublikamizning о‘ziga xos milliy taraqqiyot xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjat
dunyo yuzini kо‘rgan emas edi.
Ta’limni tubdan isloh qilish ishini Islom Karimov “Ta’lim tо‘g‘risida”gi
Qonunni yangilash va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g‘oyalarini
uyg‘unlashtirish bilan boshladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning muvaffaqiyatini kо‘p jihatdan uning
maqsad va vazifalariyoq belgilab bergan edi. Shu narsa aniq ediki, sobiq Ittifoq
davrida kommunistik mafkuraga aloqasi bо‘lmagan har qanday faoliyatni, sun’iy
ravishda bо‘lsa ham, mafkura bilan bog‘lash talab etilar edi. Ta’lim ishini esa bu
mafkuradan tashqarida kо‘rish “jinoyat” darajasida baholangan. Bu esa haqli
ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida
yuz berayotgan yangiliklardan peshma-pesh foydalanish imkoniyatidan mahrum
qilib qо‘yardi, provard natijada, ta’limda konservatizmni yuzaga keltirar edi. Bu
illatdan qutulish tо‘g‘risida “Dastur”ning maqsadini belgilashdayoq kо‘rsatib
о‘tilgan.
Bu о‘rinda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadini kengroq tavsif
qilishni о‘rinli deb bilamiz.
“Mazkur dasturning maqsadi – deyiladi unda, ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni о‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tо‘la xalos
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini
yaratishdir”2. Bu qoida Islom Karimovning yuqorida biz ko‘rsatgan nutqidagi
1Qarang: Ўзбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутонасиблиги // Инсон тараққиёти тўғрисида маъруза. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг тараққиёт дастури. – Тошкент: Ўзбекистон, 2007/2008. – Б.58-65. 2Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим. – Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 25.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
5
g‘oyalarga monand edi. Maqsadni bu tarzda shakllantirishning boisi shundaki,
mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng bir qator fanlar – tarix, falsafa,
adabiyot, geografiya, iqtisod, huquq, siyosatshunslik kabi fanlarning mazmuni
eskirdi, tabiiy fanlar, sog‘liqni saqlash kabi sohalardagi ilg‘or xorijiy g‘oyalarga
ehtiyojlar mavjud edi. Boshqacha aytganda, О‘zbekiston ta’limi endi “yopiq
eshiklar”da rivojlana olmas, balki О‘zbekiston dunyoga yuz tutishi lozim edi. Buni
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti birinchilardan bо‘lib siyosiy jihatdan tо‘g‘ri
baholay olgan edi va ta’lim sohasidagi bu ulug‘vor goyalarini “Dastur”ning
maqsadi orqaliyoq namoyon etdi.
Sо‘zsiz, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning о‘zak masalasi “Kadrlar
tayyorlash milliy modeli” edi. Bunday model hech bir davlatda bu davrgacha e’lon
qilinmaganligi barchaga ma’lum.
“Kadrlar tayyorlash milliy modeli”ning asosi uning paradigmasidayoq
kо‘rinib turibdi. Bu paradigma shunday shakllantirilgan: shaxs, davlat va jamiyat,
uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Ta’limning barqarorligi, О‘zbekiston
Respublikasidagi uzluksiz ta’lim turlari, ularning ijodiy rivojlantirilishi, uni
rivojlantirishda davlat bosh islohotchi bо‘lsa ham, jamiyat a’zolari, uning
birlashmalari , kengashlari qatnashishi, ta’limni rivojlantirishning asosida fan
yotishi va har qanday ta’lim hayotiy bо‘lishi, uning sо‘rovlariga doimiy ravishda
javob berishi, ta’lim muassasalari va kadrlarni qabul qilib oluvchilarning qayta
aloqalari uzluksiz davom etishi bu paradigma a’zolari mazmunidan о‘rin olgan.
Islom Karimovning kо‘pgina nutqlari yoshlarimizning ilm, kasb-hunar
egallashlariga bag‘ishlanar edi. Bu g‘oya uzluksiz ta’lim tizimida о‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limining mustaqil ta’lim turi sifatida shakllantirilishiga asos bо‘ldi.
Islom Karimov Angliyada akademik litseylar, Germaniyada kasb-hunar
maktablari, dual tizimdagi о‘quv yurtlari rivojlanganligini yaxshi bilar edi. Bu
yerlarga ijodiy guruhlarni safarbar ham qilib, uning natijasi о‘laroq О‘zbekiston
Respublikasida о‘rta maxsus ta’lim olishning har ikkala turini joriy etishni zarur
deb bildi va bu tizimlar О‘zbekistonda hozir muvaffaqiyat bilan ishlamoqda ham.
Yana shuni ta’kidlash о‘rinliki, hech bir davlatda ta’lm tizimida о‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi uzluksiz ta’limning alohida bosqichi sifatida kо‘rsatilmaydi. Bu aslida
Islom Karimovning tashabbuslaridan biri edi.
Islom Karimov о‘zi tasdiqlagan yoki о‘zi e’tirof etgan g‘oyalarda qotib
qolmadi. U davr bilan hamnafas fikrlash, ijod qilish, dunyoda kechayotgan
yangiliklarni milliylashtirishda davom etdi. Ma’lumki, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi yangi
qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni qabul qilishga bag‘ishlangan 1997-
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
6
yil 29-avgustdagi “Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” deb
nomlangan nutqida oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki bosqichliligi va
aspiranturaning saqlanib qolishi tо‘g‘risida gapirgan va uni mamlakatimiz ichki
ehtiyojlari bilan bog‘lagan edi1. Islom Karimov 2012-yilda bu masalaga yana
qaytib, uni bir bosqichli tizimga о‘tkazish bо‘yicha ”Oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini yanada
takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Farmonini (2012-yil 24-iyuldagi PF-4456) berdi
hamda О‘zbekistonda jahon standartlari darajasida ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar tayyorlash imkoniyatlari yetilganligi bilan izohladi.
Islom Karimov о‘z xalqi va ona (о‘zbek) tilini chin dilidan sevar edi.
“Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida yoshlarimizni
chet tillarni mukammal egallashga chaqirar ekan, bu ish ona tili hisobiga amalga
oshirilmasligini tayinlaydi2. О‘zbek tiliga bо‘lgan muhabbati uni Respublikamizda
boshqa davlatlarda analogi bо‘lmagan “О‘zbek tili va adabiyoti universiteti”ni
tashkil etish bо‘yicha qaror qabul qilishga undadi va bu universitet tashkil etildi
hamda ushbu о‘quv yilida о‘z bag‘riga yangi talabalarini qabul qildi.
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash о‘rinliki, Islom Karimov о‘z prezidentlik
faoliyatining barakali qismini О‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirish,
uni jahon standartlari darajasida tashkil etishga bag‘ishladi. Bu ishlarda u о‘zining
“Bozor iqtisodiga о‘tishning besh tamoyili” asarida yozganidek “bosqichma-
bosqich”lilik tamoyilida faoliyat olib bordi, natijada О‘zbekiston ta’lim tizimi
jahon ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida tan olindi. Islom Karimovning ta’lim
sohasidagi barcha faoliyatini bir maqolada yoritib bо‘lmaydi, balki bu mavzu
pedagogikamizning bir necha dissertatsiyalari va monografiyalari uchun ilmiy
manba sifatida xizmat qiladi.
1Каримов И. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 16. 2Каримов И. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 16.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
7
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INTELLEKTUAL
OILANING ROLI
Rezume. Ushbu maqolada intellektual ta’limda oila sifatini oshirish omillari, jumladan, intellektual mehnat, intellektual oila, intellektual avlod kabi eng muhim jihatlar qamrab olinadi, shu bilan birga, intellektual ta’lim doimiy ravishda obod turmush qurish bilan bog‘lanishi hamda yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqarishda samarali ishlata olishga yо‘naltirish masalalari tadqiq qilinadi.
Tayanch tushunchalar: bilimga tayangan bozor iqtisodiyoti, intellektual iqtisodiyot, innovatsiya, intellektual oila, innovatsion mahalla, innovatsion ilm-fan, innovatsion ma’naviyat, intellektual ta’lim, intellektual avlod, intellektual sport, intellektual mehnat, barqaror rivojlanish, sog‘lom ta’lim.
Abstract. This article analyzes the impact of intellectually developed generation on intellectual education, including address such the most important of his hand as an intellectually labor, intellectual family, intellectual sport, in addition, intellectual education is constantly linked to the effective use of knowledge in production and its influence on the formation of a well-maintained life, as well as the effective development and use of new knowledge and technologies.
Key concepts: a market economy based on knowledge, intellectual economy, innovation, intellectual family, innovative mahalla, innovative science, innovative spirituality, intellectual education, intellectual legacy and heritage, intellectual sport, intellectually work, sustainable development, health education.
Резюме. В данной статье анализируются влияние интеллектуально развитого поколения на интеллектуальное образование, в том числе, рассмотрены такие самые важные его стороны как интеллектуальный труд, интеллектуальная семья, интеллектуальный спорт, кроме того, связь интеллектуального образования с эффективным использованием знаний в производстве и его влиянием на формирование благоустроенной жизни, а также эффективного создания и использования новых знаний и технологий.
Основные понятия: рыночная экономика, основанная на знаниях, интеллектуальная экономика, инновация, интеллектуальная семья, инновационная махалля, инновационная наука, инновационная
*Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, О‘zbekiston Respublikasi FA akademigi, iqtisod fanlari doktori. Davlat statistika qo‘mitasi qoshidagi kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi, AKT va BX kafedrasi mudiri.
S. Gulyamov*
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA, PEDAGOGIK INNOVATIKA
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
8
духовность, интеллектуальное образование, интеллектуальное наследство и наследие, интеллектуальный спорт, интеллектульный труд, устойчивое развитие, здоровое образование.
“Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yо‘liga qadam qо‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan о‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina о‘z oldimizga qо‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha о‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”1.
Ta’lim ochiq tizim bо‘lib, undagi kirish va chiqishlar kо‘proq tashqi omillarga, ya’ni oila, mahalla, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat, kichik biznes va xususiy oilaviy tadbirkorlik, jamiyat, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarishga bog‘liq. Bularning ta’lim bilan hamkorlikdagi samaradorligi ta’lim sifatining yarmidan kо‘proq qismini ta’minlashi mumkin (1-jadval).
1-jadval
Jamiyat, davlat va biznes
Barqaror tabiat bilan uyg‘unlashgan rivojlanishda sog‘lomlashtiradigan ta’lim
Maktabgacha ta’lim (IQni
qobiliyatni aniqlash)
Umumiy ta’lim (qobiliyatini, IQni sohasi darajasini
aniqlash va har yil
o‘stirish, kasb (kollej)
tanlashda ko‘maklashish
)
O‘MKHT (bor innovatsiyalarn
i ishlatishga o‘rgatish,
Ustoz-shogird tizimini
qo‘llash)
Oliy ta’lim: Bakalavr (yangi innovatsiyalarni
ishlatishga o‘qitish) Magistratura (xorijiy
innovatsiyani modernizatsiyalash va
tatbiq etish)
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim: Doktorantura (yangi ilmiy g‘oyalar va
innovatsiyalar ixtirosi va eksporti)
Ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi tashqi omillar hamkorligi
Innovatsion va
intellektual oila
Ekologik toza innovatsion
mahalla
Innovatsion sog‘liqni
saqlash, miya faoliyatini
rivojlantirish
Intellektual jismoniy tarbiya
Innovatsion ilm-fan,
tabiat muhofazasi
Yuksak innovatsion ma’naviyat
Bilim berish modelidan bilimni samarali ishlata olishga о‘rgatish, innovatsiyalar yaratish modeliga о‘tish zarur. Sog‘lom ta’lim o‘quvchi psixikasiga
1Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг “Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти” мавзусидаги халқаро конференциянинг очилиш маросимидаги нутқи (18. 02. 2012)
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
9
salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining har bir fandan oladigan bilimlarining turmushni yaxshilashdagi ahamiyatini tushuntira olishi maqsadini ko‘zlovchi ta’limdir.
Masalan, intellektual (ziyoli) oilada ta’lim va fanga nisbatan ijobiy muhit shakllangan bo‘ladi: oilada tashkil qilingan ustoz-shogird maktabida ota-onalar о‘z tarbiya, tajriba va bilimlarini farzandlariga о‘rgatishadi, о‘z bilimi yetarli bo‘lmaganda, boshqa mutaxassislarni jalb qilishadi, oila xarajatlarining aksariyat ulushi bilim olish va uni ishlata olishga, intellektni pedagogik va tibbiy usullar bilan rivojlantirishga qaratiladi.
Ta’lim bosqichlari uzluksizligini ta’minlashda yangi innovatsion vazifalar
bor: 1. Maktabgacha ta’limda yo‘q bolaning intellekt koeffitsiyenti(IQ)ning
qaysi sohada ekanligini aniqlashni boshlash, har bir bola uchun uning miyasiga
yetishmagan ozuqa dietasi rejasini tuzish (Sa, Mg, Omega-3 va boshqalar), ya’ni ovqat, suv, havo va jismoniy tarbiya kompleks terapiyasini ishlab chiqish, xorijiy
tillar, musiqa va shaxmatga о‘rgatish;
2. Umumiy ta’limda (1-9-sinflar) har yili intellekt koeffitsiyenti (IQ) о‘sishini
ta’minlash va maxsus testlar orqali yuqori sinflarda qobiliyat sohasiga mos
keladigan kollejni belgilab berish. Fundamental fanlarga intellektual qobiliyati
bо‘lgan о‘quvchilarni akademik litseyga tayyorlash; 3. Bakalavr bosqichida bor bilimlarni har xil sohada tо‘liq ishlatishga
о‘rgatish; 4. Magistratura bosqichida dunyoda yaratilayotgan innovatsiyalarni
internet orqali olib, О‘zbekiston iqtisodiyotiga joriy etishni dissertatsiyalarida
tadqiq etish (xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal о‘rganish); 5. Katta ilmiy xodim-tadqiqotchi-izlanuvchi bosqichida yangi innovatsiyalar
va g‘oyalarni dissertatsiyalarda tadqiq etib, joriy etish va eksport qilishga
о‘rgatish. Mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida 1998-yildan boshlab keyingi har yil
oilaga bag‘ishlangan nomlar bilan atalib, oilalar rivojlanishiga, ularning turmush darajasini yaxshilashga doir maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilib, oilalar
taraqqiyotiga alohida moddiy va ma’naviy resurslar ajratilmoqda. Muhtaram
Yurtboshimiz oila masalasini о‘z asarlarida kо‘p bor qayd etar ekanlar: “Insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda
oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini
belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
10
mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”, – deydi1.
Shu о‘rinda, fikrimizcha, oila sifati darajasining о‘sish о‘lchovi, birinchidan, har keyingi avlodni 20-30% aqlliroq, tadbirkorroq, sog‘lomroq va gо‘zalroq qilish
bо‘lsa, ikkinchidan, buning uchun yosh avlodning xotira va о‘ylash tezligini (IQ-
intellekt koeffitsiyenti)ning har yili qanchaga va qanday omillar hisobiga yaxshilanishini tahlil qilish kerakligidir.
Mavzuga doir rivojlangan mamlakatlarning yetuk olimlarining ilmiy
tadqiqot ishlari va tajribalarini о‘rganishimiz natijasida xulosamiz shuki, mamlakatimizda о‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama intellektual
qobiliyatli qilib tarbiyalashimiz uchun quyidagilarga alohida ahamiyat qaratishimiz lozim.
a) farzandlarimiz bizdan kо‘ra 20-30%ga sog‘lomroq bо‘lish kо‘rsatkichlarini
ishlab chiqish va ularni tahlil qilish metodlarini yaratish kerak; b) inson xotirasining 7ta turi va 7ta pedagogik-psixologik о‘stirish usullarini
keng qо‘llash;
d) soch va tirnoqdan analiz olish orqali miyaga va tanaga yetishmayotgan
mikroelementlar va vitaminlarni (kalsiy, temir, magniy, yod va boshqalar) aniqlab,
har bir insonga dieta tuzib berish (ayniqsa, intellektini rivojlantirish va xotirasini
yaxshilash uchun) kerak; e) quyuq ovqatni obdon uzoq chaynab (og‘iz sо‘lagida eritib), keyin yutsa,
u tez hazm bо‘lib, qonga о‘tib, miyaga tez yetib boradi, intellektual qobiliyatni (xotirani) kuchaytiradi va ishchanlik qobiliyatini oshiradi. Shoshib yeyilgan,
yaxshilab chaynalmagan, suyultirilmagan og‘ir ovqatlar miyadagi qonni
oshqozonga uzoq vaqt jalb qiladi va miya ozuqasiz, kislorodsiz qolib, samarali
ishlay olmaydi, natijada inson umri ma’lum miqdorda qisqaradi;
f) shifokorlar insonning xotira va о‘ylash tezligi 40-50%ga oshirilsa, ta’lim,
sog‘liqni saqlash, ilm-fan va tadbirkorlikda ham samaradorlik 40-50%ga oshar edi, natijada chet tillarini о‘rganish tezlashib, test va attestatsiya kabi nazorat
ishlarida mutaxassislarning asabi buzilib, sog‘ligini tiklashga sarflanadigan xarajatlar birmuncha qisqargan bо‘lar edi;
g) oila xarajatlarining, xususan, davlatning har yilgi dasturlari asosida
oilalarga yо‘naltirilgan xarajatlar samaradorligini oshirish lozim, ya’ni har yilgi oila xarajatlarini oila a’zolarining о‘rtacha umri uzayishi uchun, xotirani 40-50%ga
oshirish tadbirkor, raqobatbardosh, innovator bolalarni tarbiyalashga qaratish
hamda ushbu omillar tahlilini yuritish lozim;
1Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008 . – Б. 52.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
11
h) nasl kasalliklari (qon bosimi, qandli diabet kabi) bor oilalarda tug‘ilgan bolaga dieta tuzib, tibbiy madaniyatga о‘rgatish zarur. Xalqaro sog‘liqni saqlash
tashkiloti ta’kidlashicha, 5000ga yaqin nasl kasalliklari avloddan alodga о‘tib kelayotgan ekan.
Xalqimizga xos shunday odatlar borki, ular qadriyatlar darajasida baholanib,
kо‘pgina millat-elatlar tomonidan tan olinadi, ammo о‘zgacha bir odatlarimiz ham borki, ularni, albatta, о‘zgartirishimiz kerak. Misol uchun, mehnatkash ota-
ona uy-joy qurganda asabi buzilib, umri qisqaradi. Yaponiya va kо‘pgina Yevropa
mamlakatlarida kо‘pchilik bolalar katta bо‘lganidan (voyaga yetgandan) sо‘ng о‘zi tadbirkorlik qilib, ijaraga uy olib yashaydi, pulini ham о‘zi ishlab topib tо‘laydi. Uy-
joyni optimal, ixcham qilib, umumiy maydonini minimal darajada, о‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib quradilar, isrofgarchilikka yо‘l qо‘ymaydilar. Ortiqcha
mablag‘ini tadbirkorlikka, ya’ni yanada kо‘paytirishga yoki banklarga foizga
qо‘yib, salomatligiga va bilimini oshirishga sarflaydi. Bu esa о‘sha oila real sifatining yaxshilanishiga olib keladi.
Bugun ayrim tashkilotlarda chо‘chish, dо‘q-pо‘pisa va attestatsiyalar
oqibatida inson umri anchaga qisqarishi va asab kasalliklari (qon bosimi, qandli
diabet kabi) kо‘payishiga olib kelinadigan holatlar uchramoqda, bu esa mehnat
unumdorligi va sifatining pasayishiga olib keladi, buning о‘rniga xodimlar
xotirasini kuchaytirish usullari va sog‘liqni saqlash chora-tadbirlari ishlab chiqilsa, odamlar qobiliyati yaxshilanib, mehnat unumdorligi oshishi yuzaga keladi.
Farzand kо‘rish rejasi bо‘lgan kelinlarni homiladorlik davrida (9 oy) nosog‘lom muhitli oilalardan sanatoriyalarga olib borib, tibbiy yordam berish
zarur. Shunda har bir bola boqimandadan sog‘lom bolaga, ya’ni oila keksalariga
g‘amxо‘rlik qila oladigan boquvchiga aylanadi.
Har bir oilaning donishmand keksalari “Ustoz-shogird maktabi”ni ochib,
bо‘sh vaqtlarida (har kuni) о‘z tarbiya, tajriba, bilimlarini va har kungi
muammolarini yechishga farzandlarini о‘rgatishlari kerak. Oila, mahalla, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida har bir bolani
boqimandadan tezroq о‘zini va boshqalarni boqadigan boquvchiga (g‘amxо‘rlik qila oladigan) aylantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi zarur.
Aqlli, iste’dodlilarni qidirishdan kо‘ra, ularni keyingi 7 avlodida dunyoga
keltirishni о‘rganish zarur (Gollandiyada sigirlar 70-80 litr sut beradi, Polsha esa pakana, serhosil mevali daraxtlari bilan dunyoga mashhur).
Keyingi 1000 yillikda odamzod keskin kо‘payib boradi. Oziq-ovqat
muammosining oldini olish uchun ozuqaning har bir kilogrammi har bir inson, jamiyatga qancha foyda keltirishini tahlil qilish zarur, buning uchun ovqat
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
12
yeyishning (iste’mol) samaradorlik koeffitsiyentini ilmiy jihatdan ishlab chiqish kerak, shu о‘rinda bir narsa aniqki, og‘ir mehnat qilgan inson, intellektual mehnat
qilgan insonlardan 2-3 barobar kо‘proq ovqat iste’mol qiladi. Dekorativ daraxtlar (mevasiz) о‘rniga har bir oila kelajakda о‘zini boqish
(sog‘ligini arzon yaxshilash) uchun meva va sabzavot yetishtirishga farzandlarini
tarbiyalashi kerak. Ma’lumki, suv (ekologik toza) miya faoliyatini oshiradi, bu ilmiy jihatdan
isbotlangan fakt, endi olimlarimiz ushbu iste’mol qilingan suvning miyada doimiy
ravishda (kamida 90%) saqlanishi uchun uni qancha va qay tartibda ichilishini aniqlashlari lozim.
Demak, intellektual ta’limda oila sifatini oshirish omillari quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
jismoniy tarbiya turi va me’yorining har bir bolaga, individual moslab,
ilmiy asoslangan tartiblarini ishlab chiqish lozim; odamlarni qish, kuz va bahor oylariga yetadigan qilib, meva-sabzavotlar,
ayniqsa, rezavorlar, qoqilarni konservalash va muzlatish orqali har kuni is’temol
qilib yurishga о‘rgatish kerak;
oila va ta’limda bolalarni yoshligidan dunyodagi yangi innovatsiyalarga
qiziqtirish va internetdan samarali foydalanishga о‘rgatib, bosqichma-bosqich
mamlakat taraqqiyotiga tatbiq etib, о‘zi va oilasini moddiy-moliyaviy boyitishni о‘rgatish lozim, chunki AQSH, Yevropa, Yaponiya, Koreya, Xitoy va boshqa
rivojlangan mamlakatlarda har yili 1 mln.ga yaqin yangi g‘oya va innovatsiyalar yaratilib, patent va litsenziyalar sotilmoqda. Zero, mamlakatimiz prezidenti
ta’kidlaganidek: ”Men yoshlarimizga, mening bolalarimga qarata, о‘rganishdan
hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman. О‘rganish, intilish hech
qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang, uni о‘rganish zarur. Avvalambor,
endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? О‘rganish, о‘rganish va yana
bir bor о‘rganish kerak. Kasb о‘rgangan, ilm о‘rgangan kishi, о‘zbekona aytganda, hech qachon kam bо‘lmaydi"1;
oilada va ta’limda bolalarni yoshligidan bilim berish modelidan, yangi bilim va texnikalarni yaratish va ularning barcha imkoniyatlarini kompleks ishlata
bilishga о‘rgatish modeliga о‘tishni zamona talab qilmoqda. О‘qituvchi ustoz va
ustozlarning ustozi, har bir fan va mavzuni о‘rgatishdan oldin, о‘quvchilarga tushuntira olishi kerak: о‘qituvchining о‘zi va oldingi о‘qigan о‘quvchilar bu
fandan qayerda amaliy foydalangan, о‘qituvchi ushbu fanni yoki mavzuni
1Каримов И. А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йулида хизмат килиш – энг олий саодатдир. – Тошкент: Ўзбекистон, 2015. – Б. 240.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
13
о‘quvchilarga (3, 4, 5) baho olish uchun emas, balki о‘quvchi bu bilimlarni qayerda tatbiq etishi mumkinligini va о‘z tajribasi misolida isbotini yetkazish maqsadida
о‘rgatishi zarur. Dunyodagi kо‘pgina donishmand, badavlat odamlar, о‘z boyligini
farzandlariga yoshligidan bermaydi, chunki biladilarki, bu orqali ular tarbiyasini
buzib, boqimanda qilib qо‘yishlari mumkin. Buning о‘rniga ularni о‘qitib, о‘z tajribasi va bilimlarini 100% о‘rgatib, boquvchi qilish uchun о‘z bо‘sh vaqtlarini
astoydil sarflaydilar, farzandlariga pulni qarzga (foizga) berib, boylikni
kо‘paytirishni о‘rgatadi, ushbu farzandlar esa yoshligidan barcha ishlarni о‘zi qila olishiga о‘rgatganligi uchun ota-onasidan minnatdor bо‘ladilar. Kо‘pgina
oligarxlar peshona teri (aqli) bilan topgan boyliklarini tarixda nomi qolishi uchun ta’limga, sog‘liqni saqlashga, ilm-fanga homiylik uchun sarflaydilar.
Agar о‘qituvchilar haqiqiy ustoz bо‘lishni xohlasalar, ular tez eskirayotgan
darslarni yodlatish о‘rniga о‘zini ma’ruza matnlarini yozib, har darsdan oldin ularga yangi (internetdan) bilimlarni qо‘shib, о‘quvchilarga elektron shaklda
tarqatib, qaysi о‘quvchi kо‘proq, sifatliroq kamchiliklarni topib, darsda о‘z
raqobatbardoshligini isbotlab bersa, shu talaba eng yuqori baho oladi desa,
о‘quvchilar qobiliyati(IQ) har yil о‘sib bilimlarni о‘zlashtirish 80-90%ga kо‘tarilib,
innovator, tadbirkor, modernizator talabalar ta’limda tayyorlanar edi. О‘qituvchi
va о‘quvchilar xorijiy о‘quv adabiyotlarining kamchiligini topishga ham о‘rgansa, yana ming yil ilgarigiga о‘xshab Al-Xorazmiy, Ibn Sino asarlariga о‘xshagan yuksak
ilmiy asarlar dunyo yuzini qayta kо‘rar edi. О‘quvchilarimiz, bamisoli, ipak yasaydigan qurt bо‘lsa, ularga yong‘oqning bargini berib bо‘lmaydi-ku?
Xorijiy tillarni (ingliz tili) о‘rganishni ikki bosqichga bо‘lish zarur: 1-bosqich -
maktabgacha davr. Bunda gapirishni boshlashi bilan unga video suratlar orqali
kundalik hayotda kо‘p ishlatiladigan sо‘zlarni (non, choy, qoshiq va b.) о‘zbek va
ingliz tillarida barobar oilada va bog‘chada о‘rgatishni boshlash zarur, chunki bola
1-sinfda ham yozish, ham о‘qishni hali bilmaydi. Ta’lim berish tajribalaridan ma’lumki, bola 6-7 yoshgacha 70-80% dunyoqarashi va bilimlari shakllanar ekan,
shu davrda xorijiy tillarni о‘rganish ham tez va yengil bо‘lar ekan, masalan, Hindistonda ingliz tilini ikkinchi davlat tili deb e’lon qilishgan, buning natijasida
Hindiston olimlari butun dunyoda mashhur bо‘lib, ular orasida Nobel mukofoti
sovrindorlari ham bor. 2-bosqich. Maktabda birinchi sinfdan boshlab о‘qitiladigan fanlar asosiy
terminlarining ingliz tilidagi zahirasini о‘rgatib borish kerak. Buning uchun о‘quv
adabiyotlari (darsliklar) har bir beti ikkiga bо‘linib, birinchi yarmida о‘zbek tilida, ikkinchi yarmida parallel ravishda ingliz tilida sifatli tarjimasi berilishi lozim.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
14
О‘qituvchilar ham asosan, о‘zlari о‘qiyotgan fanlarining о‘quv adabiyotlarini о‘zbek va ingliz tillarida tayyorlab, terminlar zahirasini о‘rganishi va о‘quvchilarga
о‘rgatishi zarur. Shu usul qо‘llanilsa, har bir fan bо‘yicha ingliz tilini о‘rganish tezligi 10-20 barobarga oshadi.
Kо‘pgina oilalar bolalarini ta’lim muassasalariga vaqtida yubormay, xо‘jalik
yoki qishloq xо‘jalik ishlariga jalb qilishadi. Oilasida ilm, bilimdan foydalanib obod turmush yaratish, boyish muhiti shakllanmagan. Og‘ir jismoniy mehnatda voyaga
yetmagan bolalar ortiqcha energiya sarflashi oqibatida ozuqa va energiya bо‘y va
tananing о‘sishiga, miya rivojlanishiga yetishmaydi, umurtqa pog‘onasida о‘simtalar rivojlanadi. Natijada ular bir umr nosog‘lom, doimiy davolanishga
majbur insonlar bо‘lib yetishadi yoki intellektual rivojlanmagani uchun bir umr og‘ir mehnatda (mardikorchilikda) kam daromad topib, о‘z oilasi va keksalariga
yetarlicha g‘amxо‘rlik qila olmaydilar. Axir, rivojlangan mamlakatlar olimlari
tomonidan allaqachon о‘z isbotini topgan bir amal borki, u og‘ir jismoniy mehnatda (mardikorlikda) har soatiga 5-10 ming sо‘m topilsa, intellektual
mehnatda (dasturlar yaratishda) – 5-10 million sо‘m ishlab topish mumkin.
Shuningdek, intellektual va innovator oilalar о‘zlarining hisobidan (moliya
va vaqt) jamiyatning rivojlantiruvchi yetakchi liderlarini va motorini,
raqobatdosh, tadbirkor va yuksak ma’naviyatli innovatorlarni tarbiyalaydilar.
Intellektual oilalar obod jamiyatning asosiy boyligi va bо‘g‘inidir. Ular har keyingi 7-10 avlodda о‘zlaridan aqlliroq (xotirasi va о‘ylash tezligi boshqalardan о‘rtacha
40-50% yuqori), sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishga astoydil harakat qiladilar. Buyuk kelajakda О‘zbekistonda Al Xorazmiy, ibn Sinolar yana shu
intellektual oilalardan chiqishi mumkin.
Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, intellektual ta’limda oila sifatini oshirish
omillari, asosan, intellektual va innovator oilalarga bog‘liq bо‘lib, ularda о‘z
budjetining katta qismi farzandlarining bilim olishi va miyasiga yetishmagan
ozuqani (mikroelement va vitaminlarni) iste’mol qilishga ajratiladi. Oilada “Ustoz-shogird maktabi”ni ochib, har kuni bо‘sh vaqtlarining deyarli barchasini tarbiya,
tajriba va kasbiy bilimlarini о‘z bolalariga ishlatishga va turmushni obod qilishga о‘rgatadi. О‘zida yetishmagan bilimlarini о‘rgatishga mutaxassis repetitorlarni
jalb qiladilar yoki maxsuslashgan (qobiliyatiga tо‘g‘ri keladigan) maktablarga va
xorijiy о‘quv yurtlariga о‘qishga yuborishga о‘zlari moliyaviy mablag‘lar ajratadilar, ta’lim muassasalarida berilayotgan bilim sifatini talab qilishda faol
ishtirok etadi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
15
MUZEY PEDAGOGIKASI: TARAQQIYOT TARIXI VA ISTIQBOLI
Rezume. Mazkur maqolada muzey pedagogikasining konseptual asoslari va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tavsifi bayon etilgan. Muallif muzey pedagogikasining istiqbolli yо‘nalishi sifatida virtual muzeylar yaratishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etgan.
Tayanch tushunchalar: muzey, muzeyshunoslik, pedagogika, muzey pedagogikasi, integratsiya, virtual, virtual muzey.
Abstract. This article outlines the conceptual foundations and historical and evolutionary characteristics of the development of museum pedagogy. The author explored the theoretical and practical aspects of creating a virtual museum as a promising area of museum pedagogy.
Key concepts: museum, museology, pedagogy, museum pedagogy, integration, virtual, virtual museum.
Резюме. В этой статье изложены концептуальные основы и историческо-эволюционные характеристики развития музейной педагогики. Автор исследовал теоретические и практические аспекты создания виртуального музея как перспективное направление музейной педагогики.
Основные понятия: музей, музееведение, педагогика, музейная педагогика, интеграция, виртуал, виртуальной музей.
О‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bо‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy о‘tmish merosimizni о‘rganish, saqlash hamda uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi о‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida О‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. О‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar tо‘g‘risida”gi Qonuni, Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 12-yanvarda “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini tubdan qо‘llab-quvvatlash masalalari tо‘g‘risida”, 2014-yil 11-iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” Qarorlari qabul qilinib, u muzey
*Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich. Nizomiy nomidagi TDPU umumiy pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent. E-mail: yaxshifarzand@mail.ru
B. Xodjayev*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
16
va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi1. Mamlakatimiz hududida mavjud bо‘lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan о‘rnini yanada oshirish maqsadida “О‘zbekmuzey” jamg‘armasi tuzildi. Hozir mamlakatimiz hududidagi turli muassasa, korxona, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xо‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida jami 1200dan ortiq muzeylar bо‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda о‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat kо‘rsatmoqda.
Ta’lim-tarbiya jarayonida kо‘zda tutiladigan muhim vazifalardan biri – о‘quvchi shaxsini shakllantirish, о‘qitish, tarbiyalash, har tomonlama kamol toptirish, ajdodlar tomonidan tо‘plangan boy tajribalarni о‘sib kelayotgan avlodga yetkazishdan iboratdir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishda maktab va jamoatchilik muzeylari ham muhim о‘rin egallaydi.
Muzey – uzoq va yaqin о‘tmishdan darak beruvchi maskan, ayni paytda jonli, tabiiy, kо‘rgazmali ashyolari bilan tarbiyaviy quvvatga ega bо‘lgan darsxona – ta’lim-tarbiya о‘chog‘i. Shu bois umumiy о‘rta ta’limda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini ta’minlashda fanlarni oldindan muvofiqlashtirib amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, sayohatlar, ekspeditsiyalar bilan mujassamlashtirgan holda о‘tilishi tarbiyaviy tadbirning ta’sirchanligini orttiradi. Bu о‘rinda maktab jamoasi uchun muzeylarning ahamiyati kattadir. U ma’naviy-axloqiy tarbiya о‘chog‘i bо‘lib, moddiy va ma’naviy buyumlar tо‘plami orqali ilmiy, tarixiy, madaniy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazuvchi markaz hisoblanadi.
Muzeylarning ta’limiy-tarbiyaviy vazifasidan kelib chiqqan holda uning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogikaning yangi sohasi – muzey pedagogikasiga alohida ehtiyoj sezilmoqda, chunki hozirgi davrda turli yoshdagi bolalar bilan muzey va ta’lim muassasalari о‘rtasidagi aloqa aniq bir maqsadga yо‘naltirilmagan holda olib borilmoqda. Muzeylar о‘sib kelayotgan yosh
1Ўзбекистон Республикасининг «Ахборотлаштириш тўғрисида»ги қонуни // Ахборот ва ахборотлаштиришга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Адолат, 2008; «Музейлар тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. 2008 йил 12 сентябрь // Ўзбекистон Республикасининг қонун ҳужжатлари тўплами, 2008. – № 37-38. – Б. 12-20; Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1998 йил 12 январда қабул қилинган «Музейлар фаолиятини тубдан яхшилаш ва такомиллаштириш тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи, 1998 йил 13 январь; Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 5 мартда қабул қилинган «Музейлар фаолиятини тубдан қўллаб-қувватлаш масалалари тўғрисида»ги Қарори // Халқ сўзи, 1998 йил 15 март; Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 11 июлдаги «Давлат музейларининг болалар ва уларнинг ота-оналарига очиқлигини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 189-сонли Қарори.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
17
avlodni moddiy-ma’naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy qadriyatlarni о‘zida jamlaydigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Shuning uchun ham muzey va maktablarning ta’lim sohasidagi faoliyatiga tizimli va dasturlashtirilgan holda yondashish talab etiladi1.
Muzey pedagogikasi pedagogika, psixologiya va muzeyshunoslikning о‘zaro uyg‘unligi natijasida shakllangan fan yо‘nalishi hisoblanadi.
Muzey pedagogikasining konseptual asoslari quyidagi jihatlarda о‘z ifodasini topadi:
1) funksiyalari: ta’limiy, tarbiyaviy, о‘lkashunoslik, madaniy-ma’rifiy; 2) shakllari: dars (ma’ruza darsi, seminar dars, amaliy dars, integrallashgan
dars) va darsdan tashqari (ekskursiya, tо‘garak, konkurs, muzey bayrami); 3) metodlari: an’anaviy (suhbat, hikoya, munozara, ma’ruza) va noan’anaviy
(о‘quv loyihasi, portfolio, keys-stadi); 4) vositalari: an’anaviy (illyustratsiya, demonstratsiya, telefilm) va
noan’anaviy (Internet, videozal, etnostudiya). Dastlab muzey pedagogikasi tushunchasi XX asr boshlarida Germaniyada
shakllangan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Uni hayotga tatbiq etish A. Lixtvark, A. Reyxven va R. Froydental nomlari bilan bog‘liq. Avvaliga ushbu soha о‘qituvchilar bilan ishlashga mо‘ljallangan muzey faoliyatining bir yо‘nalishi sifatida talqin etildi. 1913-yili A. Lixtvark birinchi marta muzeyning ma’rifiy maskan sifatidagi ahamiyati g‘oyasini shakllantirdi va muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan muloqotda yangi usullarni taklif etdi2. R. Froydental ilk bor muzeylarda maktab tizimidagi mashg‘ulotlar о‘tkazish metodikasini yaratdi. Shuningdek, muzey muhitida ta’lim jarayonini tashkil etish uchun pedagog mutaxassis zarurligini ta’kidlab, unga muzey pedagogi nomini berishni tavsiya qildi3.
Muzey pedagogikasi oldida turgan vazifalar kо‘p qirrali bо‘lib, tashrifchilarni muzeyda namoyish qilinayotan voqea-hodisalarni his etish, eshitish, mulohaza yuritish va saboq olishga о‘rgatadi. Muzeyda turli toifadagi avlodlar uchrashuvi va muloqot uchun shart-sharoit yaratish yaxshilik va yovuzlik, donolik va nodonlik, haqiqat va yolg‘on kabi jihatlarning mazmun-mohiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1Исмаилова Ж. Х., Нишанова К. С., Мухамедова М. С. Музей ва жамият. – Тошкент: Чинор ЭНК, 2015. – Б. 92. 2Lichtwark A. Obungen in der Betrachtung von Kunstwerken. – Berlin: Verlag von Bruno Cassire, 1909. – P. 130. 3Qarang: Ўзбекистон музейлари истиқболи. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 144; Research Methods and Methodologies for Art Education / Ed. by Sharon D. La Pierre. Reston, 1997; Столяров Б. Л., Бойко А. Г. и др. Музейно-педагогическая программа “Здравствуй, музей!” // Художественный музей в образовательном процессе. – Санкт-Питербург, 1998.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
18
Xorijiy muzey tajribasida muzey pedagogikasi bolalarning jismoniy va psixologik rivojlanishidan kelib chiqqan holda turli о‘quv usullaridan foydalaniladi.
6-11 yoshdagi bolalar vaqt haqida ma’lum tasavvurlarga ega bо‘lsa-da, abstrakt tushunchalarni qabul qilishga hali tayyor emas. Bu yoshda о‘quvchilarning muzeyga tashrifini shakllantirish, shuningdek, ekspozitsiyadan olingan ma’lumotlarni о‘z tajribasi bilan uzviy bog‘lashga о‘rgatish kerak.
9-12 yoshdagilar abstrakt tushunchalarni tushunadi, lekin psixologik tomondan kо‘proq ularga bilimning sensor shaklidagi usullari tо‘g‘ri keladi1.
Kо‘pgina muzeylarda о‘quvchilarga savol-javob shaklida tushuntirish ishlari olib boriladi. Muzey pedagogi biror bir hodisa bо‘yicha о‘quvchilarga savol berish orqali ularda voqeliklarni kuzatish, tahlil qilish va yechim topish kо‘nikmalarini tarkib toptiradi. Bu ham о‘quvchilarning ekspozitsiyada namoyish etilayotgan ma’lumotlarga munosabati va unga nisbatan shaxsiy fikrini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Muzeyda о‘quvchilar kо‘proq erkinlik va mustaqillikni yoqtiradi. Ularga qо‘l bilan ushlab kо‘rish va eksponat bilan muloqotga kirishish imkoniyatini yaratish darkor, chunki aynan eksponat nusxalari, maketlari va mulyajlari о‘quvchilar uchun hech narsaga tenglashtirib bо‘lmaydigan о‘quv materiali hisoblanadi. Shu bois kо‘plab muzeylar о‘z zallarida bolalar uchun eksponatlarning nusxalarini yasab, ularga predmetlarni sinab kо‘rishga imkon yaratadi. Tarixiy shaxslar kiyimini kiyib kо‘rish yoxud zadogon ayolning taqinchoqlarini taqib kо‘rish, kulolchilik charxida kо‘zalarni yasab kо‘rish о‘quvchida katta taassurot uyg‘otadi.
Hozirgi kunda kо‘plab xorijiy muzeylar teatrlashtirilgan sahnalardan foydalanmoqda. Bu ayniqsa, tarix va texnika muzeylarida samarali natija beradi. Mazkur tomoshalar bir guruh muzey xodimlarining ma’lum bir davrni о‘zida aks ettiruvchi qahramonlar obraziga kirishi yoki ekskursovodlarning mavzu bо‘yicha libos kiyishi bilan namoyon bо‘ladi. Bu sahnalar bolalarni jalb qilishda, ularning tarixiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarga о‘lkamizning о‘tmishini о‘rgatish natijasida ularda kelajakka ishonch hosil qilinadi. Yosh avlodning yetuk, insonparvar, chin e’tiqodli qilib tarbiyalashda maktab jamoatchilik muzeylari va davlat muzeylari muhim о‘rin egallaydi. Yosh avlodga о‘tmishdagi ota-bobolarimizning mehnati bilan yaratilgan milliy kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, mehnat qurollari, eski uy-rо‘zg‘or buyumlarini kо‘z qorachig‘idek avaylab-asrash va ularga hurmat bilan qarash tuyg‘usini singdira olsak, ular chinakam milliy e’tiqodli, qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan insonparvar shaxs bо‘lib shakllanishlariga erishish mumkin. Muzeylar tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tо‘plash, saqlash, tashkil
1Ўзбекистон музейлари истиқболи. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 18-19.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
19
qilish va о‘rganish ishlarini bajaruvchi, ilmiy-ma’rifiy muassasa sifatida juda katta pedagogik vazifani bajaradi.
Tarixga ixtisoslashgan muzeylarning turli loyihalar bilan ishlash imkoniyati yuqori. Masalan, har bir ashyoning о‘ziga xos tarixi bor. Eksponatni nafaqat nazariy, balki amaliy tomondan tashrifchilarga namoyish qilish, ularning ham ishtiroki uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Kulolchilik – jahon tarixida hunarmandchilikning ilk sohalaridan biri. Uning taraqqiyot bosqichlari, davriy va hududiy farqlarini qiyoslash orqali о‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otsa bо‘ladi. Shuningdek, insoniyat tamaddunida milliy kulolchilikning о‘rni va rolini kо‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Albatta, tushuntirish ishlari amaliyot bilan, ya’ni kulolchilik mahsulotlarini yasash va uning davrini aniqlash kabi mashg‘ulotlar bilan olib borilishi lozim. Bunday mashg‘ulotlarni qog‘oz, kashtachilik, kandakorlik, tо‘qimachilik, tasviriy san’at, muqovasozlik, yozuv, tangashunoslik tarixi kabi qadimdan rivojlangan sohalar bо‘yicha ham olib borish mumkin.
J. Ismailova ta’kidlab о‘tganidek, umuman hozirgi zamonaviy muzeylar bolalar bilan ishlashning turli metodik usullarini ishlab chiqmoqda. Ularning soni va masshtabi juda keng bо‘lib, har bir muzey о‘zining xususiyati va faoliyati mazmunidan kelib chiqqan holda ish tutadi. Yangi yо‘nalishdagi barcha loyiha va strategiyalar о‘quvchilarning muzeyga bо‘lgan qiziqishini orttiradi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi1.
XX asrda bolalar muzeylarini tashkil etish madaniy-ma’rifiy faoliyatning muhim yо‘nalishiga aylandi. Mazkur sohaning ilmiy yо‘nalishlarini tadqiq etishni arxitektor va pedagog A. U. Zilenko boshlab berdi. Uning “Shimoliy Amerikada bolalar muzeyi” (1925), “Shimoliy Amerikada yoshlar qishloq klublari” (1926), “Amerikaliklar о‘zlarining klublari va ijtimoiy markazlarida (1927)”, “Maktab muzeyi (1927)”, “Bolalar xiyoboni (1938)” kabi asarlarini yozish orqali о‘zining bolalar muzeyi konsepsiyasini yaratdi. Bolalar muzeylarining zarurati va ahamiyatini ta’kidlar ekan, A. U. Zelenko quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Insoniyat madaniyati yaratgan yangi – mustaqil bolalar muzeyi о‘z zimmasiga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri maktab ta’lim tizimidagi bо‘g‘in bо‘lish vazifasini olmagan, shuningdek, kattalar qiziqishidan kelib chiqqan holda tо‘planadigan bolalar ijodiyoti kolleksiyasidan iborat emas, balki kattalar uchun tashkil etilgan muzeylar kabi “kichkinagina xalq”ning qiziqishini keng masshtabda qoniqtiruvchi maskandir”2.
XX asr boshlarida dunyo bо‘yicha faqat AQShda bosh shiori “Iltimos ushlab kо‘r” degan iboradan iborat bolalar muzeyi faoliyat yuritgan bо‘lsa, 90-yillarning
1Исмаилова Ж. Музей педагогикаси: тарихи, бугуни ва истиқболи // Ўзбекистон музейлари истиқболи. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 20. 2Зеленко А. У. Детские музеи в Северной Америке // Музееведение в России в первой трети ХХ в. – Москва, 1997. – Вып. 24. – С. 188-221.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
20
boshiga kelib, ularning soni 400dan oshdi. Ular orasida Amsterdamdagi Tropik muzey, Gaagadagi (Niderlandiya) “Muzeon” nomli bolalar ma’rifiy markazi, Avstriyadagi “Bolalar dunyosi”, Buyuk Britaniyadagi “Kashfiyotlar fabrikasi” va “Evrika” muzeylari juda mashhur.
О‘zbekistonda ham ilk bor О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi qoshida 2011-yili “Mо‘jizalar olamida” bolalar muzeyi tashkil etildi. Mazkur muzey 4 yoshdan 14 yoshgacha bolalarga mо‘ljallangan. Muzey bolalarning tarixiy tafakkurini rivojlantirib, ularning tarixiy davr bilan erkin muloqotga kirishlari, о‘sha davr “jonli” muhitida “yashash”lari uchun katta imkoniyat yaratadi.
XX asrning 90-yillarida muzeyshunoslikka kirib kelgan “virtual muzey” iborasi bugungi kunda zamonaviy muzeyshunoslikning butun boshli yо‘nalishiga aylanib ulgurdi. Dastlabki vaqtlarda ibora о‘quvchilar orasida garchi unchalik tushunarli bо‘lmasa-da, lekin chiroyli va yoqimli yangrar edi. “Virtual” sо‘zi “mо‘jiza, haqiqiy, real” ma’nolarini ifoda etsa ham, aslida u lotinchadan tarjima qilinganda “virtus” – xayoliy, faraz qilish sо‘zlaridan kelib chiqqan1.
Muzey pedagogikasining о‘ziga xos jihati – norasmiylik va ixtiyoriylik. О‘qitishning о‘ziga xos xususiyati sifatida о‘quvchilarning о‘z qobiliyatlarini maksimal darajada amalga oshirish va qiziqishlarini qondirishga imkon berishi aks etadi. О‘quvchilarning muzey materiallari bilan ishlashini tashkil etish ularning fan, texnika, texnologiya, ijodiy sohada egallagan bilim, kо‘nikma va malakalarini integratsiyalash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Virtual muzeyni yaratish ikkita metodikaning – muzey pedagogikasi va zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanadigan loyihalar metodi integratsiyasi natijasida yuzaga keladi.
Virtual muzey veb saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar kо‘rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi.
Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar internetda 1991-yilda paydo bо‘lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bо‘lgan bо‘lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt muzeylar paydo bо‘la boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bо‘lgan, lekin barcha rasm tо‘plamlari ham virtual muzey bо‘la olmaydi. Virtual muzeylarning tо‘plamlari ikkita о‘ziga xos xarakteristikaga ega bо‘lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bо‘lib virtual muzeylarning afzalligini kо‘ra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bо‘lgan.
Virtual muzeylar nafaqat madaniy-ma’rifiy muassasasigina bо‘lib qolmay, balki о‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi kо‘rgazmalarni virtual tomosha
1Ўзбекистон музейлари истиқболи / Тузувчи Д. Қурбонова. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 38.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
21
qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishda ularning roli kattadir, chunki real muzeylardan farqli ravishda virtual muzeylarni о‘qituvchi yordamisiz о‘quvchilar mustaqil о‘zlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat tarixiy tafakkurni rivojlantiradi, balki о‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos bо‘ladi.
Virtual muzeylardan foydalanish о‘quvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirishga ham imkon yaratadi.
“Virtual ekskursiyalar” – real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, о‘quvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda ular real hayotda kо‘ra olmaydigan muzeylarga sayohat uyushtira olishadi.
О‘quvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan о‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish о‘qituvchining yordami va kо‘rsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim fanlari dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa о‘quv dasturlariga muayyan о‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday ishlarni olib borish ancha samarali hisoblanadi.
Tadqiqot doirasida quyidagi texnologik bosqichlar asosida “Arxeologiya” virtual muzeyi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi: izlanishga doir: О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi “Arxeologiya” muzeyi materiallari bilan tanishish, ularni davrlarga ajratish, arxeologik olimlar bilan uchrashish, arxeologik yodgorliklarga xarakteristika yozish, amaliy: virtual muzey fondini, ilmiy va badiiy qimmatga ega virtual muzey ekspozitsiyalarini, CMS-tizimlari va HTML muharriri yordamida veb-saytni yaratish; tatbiqiy: yaratilgan veb-sayt muzeyni umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladi.
Dastlab “Autodesk Maya” dasturi yordamida virtual muzeyning modeli yaratildi. “Arxeologiya” virtual muzeyining “Autodesk Maya” dasturidagi umumiy tuzilmasi yaratilganidan sо‘ng, arxeologik davrlar bilan bog‘liqlikda eskponatlar galereyasi hosil qilindi. Mazkur 3D о‘lchamli virtual muzey о‘quvchilarga turli tarixiy davrlar bilan bog‘liq arxeologik eksponatlarni tomosha qilish, ularni kattalashtirish, yaqindan kо‘rish, о‘ziga xos tuzilishini aniq bilish kabi imkoniyatlarni yaratdi. Shuningdek, tadqiqot doirasida mazkur virtual muzeyning 2D о‘lchamli kо‘rinishi yaratildi. Buning asosiy sababi lokal tarmoq orqali “Tarix”
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
22
va “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” turkumiga kiruvchi fanlarni о‘qitish jarayonida foydalanish imkoniyatini hosil qilishdir.
“Arxeologiya” virtual muzeyidan barcha guruhlarning tarbiyaviy soat mashg‘ulotlari hamda “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlarini о‘qitish jarayonida keng foydalanildi. “Arxeologiya” virtual muzeyidan foydalanishga doir faoliyat quyidagi algoritmik ketma-ketlikka asoslanildi: о‘quvchilarga axborotlarni taqdim etish: о‘quvchilarni virtual muzeydagi axborotlar bilan tanishtirish, guruh rahbarlari, fan о‘qituvchilari mashg‘ulotlar jarayonida virtual muzeyga о‘quvchilarning sayohatlarini tashkil etishdi va axborotlar ustida ishlash jarayoni amalga oshirildi; о‘quvchilarni faoliyatga jalb etish: yosh guruhlari bilan bog‘liqlikda virtual muzeyga sayohat amalga oshirib bо‘linganidan sо‘ng о‘quvchilarga о‘z taassurotlarini bayon, insho, esse, taqdimot, loyiha kо‘rinishlarida ifoda etish uchun sharoit yaratildi.
Virtual muzey yaratish va uni amaliyotda qо‘llashga doir izlanish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: о‘quvchilarni muzey eksponatlari bilan keng tanishishlariga imkon beradi; mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajada kо‘rgazmalilik va interfaollikni ta’minlaydi; о‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual, analitik, mustaqil tafakkurini rivojlantirish samaradorligi ortadi; о‘quvchilarda tarixiy voqelikka qadriyatli yondashuv qaror topadi.
Virtual muzeyning amaliyotga tatbiq etilishi о‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keldi:
о‘quvchilarni turli tarixiy davrlarga tegishli arxeologik eksponatlarning tuzilishi, hajmi, kattaligi, kompozitsion qurilishi, qо‘llanilgan sohasi, ahamiyatining shaxsiy va ijtimoiy mohiyatining anglanishiga erishildi;
mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajadagi kо‘rgazmalilik va interfaollikning ta’minlanishi, о‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual, analitik, mustaqil fikrlashini rivojlantirish samaradorligining ortishi, ularda tarixiy voqelikka aksiologik yondashuvning qaror topishi asoslandi;
virtual sayohatlarni о‘tkazish asosida о‘quvchilarning hamkorlikdagi о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish, jadallashtirish va nazorat qilish ijobiy samara berishi aniqlandi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
23
ILK О‘SPIRINLARDA IRODAVIY SIFATLARNING O‘RGANILISHIGA DOIR
Rezume. Maqola ilk о‘spirinlarning irodaviy xususiyatlarini о‘rganishga bag‘ishlangan. Unda ilk
о‘spirinlardagi irodaviy sifatlarning shakllanganlik holati
kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining ta’lim bosqichlari bо‘yicha yoritilgan.
Tayanch tushunchalar: irodaviy sifatlar, irodali, ilk
о‘spirin, sabr-bardosh, tirishqoq, g‘ayratlik, faollik
mustaqillik.
Abstract. This article is devoted to the study of strong-willed qualities of young men. It highlights the problems of the state of formation of strong-willed
qualities of pupils of professional colleges, taking into account the stages of
education. Key concepts: strong-willed qualities, will, teenager, tolerance, patience,
diligent, active, independent.
Резюме. Данная статья посвящена изучению волевых качеств юношей.
В ней освещаются проблемы состояния формирования волевых качеств
учащихся профессиональных колледжей с учетом этапов обучения. Основные понятия: волевые качества, воля, подросток,
терпимость, терпение, старательный, активный, самостоятельный.
Yoshlarda integrativ bilimlarni egallash, barqaror ma’naviyatini kengaytirish imkoniyatlarini rо‘yobga chiqishni, ularda mas’uliyat, fidoyi,
vatanparvarlik his-tuyg‘ularini, ijodiy izlanuvchanlik, intizomlilik, matonat, sabr-
toqatlilik sifatlarini shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek: “… har qaysi davlat, har
qaysi millat, avvalo, о‘z farzandlari qiyofasida, unub-о‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy
orzu intilishlarini rо‘yobga chiqaradigan buyuk kuchini kо‘radi”1.
Shu bois, davlatimiz tomonidan rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda qaysi joyda bо‘lmasin ma’nan yetuk, ijodiy fikrlovchi,
irodali bir sо‘z bilan aytganda barkamol yetuk mutaxassislar tayyorlash ayni
zamon talablaridan biridir.
*Sattarova Gulnora Ikromovna, Qarshi DU katta ilmiy xodim-izlanuvchi. E-mail: gulnora_sattarova@mail.ru 1Каримов И. А. Асосий мақсадимиз – юртимизда эркин ва обод, фаравон ҳаёт барпо этиш йўлини қатъият билан давом эттиришдир. – Тошкент. Халқ сўзи, 2007 йил 8 декабр.
G. Sattarova*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
24
Insoniyat uchun zaruriy irodaviy sifatlarga ega bо‘lgan shaxsni shakllantirishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqishdan manfaatdor jamiyat
iroda muammosini nazariy va metodologik jihatdan о‘rganishni chuqurlashtirishni, eksperimental izlanishning uslubiy jabhalarini ishlab chiqishni,
iroda regulatsiyasi kо‘rsatkichini diagnostika qilishni taqozo etadi.
Jahon psixologiyasida irodaviy sifatlarni eksperimental о‘rganish borasida qator fundamental izlanishlar olib borilgan. Ularda irodaning umumiy
xususiyatlari (K. Levin, N. Ax), bolalarning shaxsiy xulq-atvoridan о‘zini tiyib turish
uquvini rivojlantirish va irodani tormozlashning har xil usullaridan foydalanish (V. Mishel), irodaviy zо‘riqishlar va ularni pasaytirish xususiyatlari (Y. I. Ignatyev),
iroda sifatlarini aniqlash, sobitqadamlik, intizomlilik, dalillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni irodaviy sifatlar tarzida baholash (V. I. Makarova, V. A.
Krutetskiy; mustaqillik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik va о‘zini uddalashni irodaning
muhim sifatlari tarzda ajratib kо‘rsatish (P. M. Yakobson), sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik,
dadillik va qat’iyatlilik, chidamlilik va о‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik
muhim irodaviy sifatlari ekanligi tasniflangan (A. I. Shcherbakov), irodaviy
sifatlarning darajali namoyon bо‘lishiga kо‘ra g‘ayratlilik, chidamlilik, vazminlikni
muhim sifatlar tarzda ajratib kо‘rsatish (V. K. Kalin), irodaning nazariy va
eksperimental tadqiq etilganligini tizimlashtirish (V. A. Ivannikov) masalalari о‘rin olganligi kuzatiladi1.
Bizning izlanishimiz yuqoridagi tadqiqotlarga nazariy-metodologik asos sifatida tayanib amalga oshirildi va ilk о‘spirinlardagi irodaviy sifatlarning
shakllanganlik holatini empirik о‘rganishga erishildi. Tadqiqotda M.
V. Chumakovning “Shaxsning irodaviy sifatlari” testi (savolnomasi)ning E.
G‘. G‘oziyev tomonidan modifikatsiya qilingan variantidan foydalandik2. Test
mohiyati, uning prinsipi, tuzilishiga binoan semantik о‘xshashlikka ega bо‘lgan
atamalar (sifatlar, fazilatlar)ga asoslanib, shaxsning irodaviy sifatlarini muayyan shkalalarga ajratish mumkin. Test modifikatsiya qilinganda aniq qoidalarga
asoslanishi, muayyan tartib bо‘yicha joylashtirilishi qat’iy tartib bо‘yicha joylashtirilgan. Irodaviy sifatlar ijobiy va salbiy qutblarga birlashtirilgan. Irodaviy
sifatlarning qat’iylashtirilgan kо‘rinishi quyidagicha:
1Иванников В. А. Психологические механизмы волевой регуляции. – Москва, 2006. – С. 78-79. Ильин Е. П. Психология воли. – Санкт-Петебург: Питер, 2009. – С. 368. Калин В. К. Классификация волевых качеств // Эмоционально-волевая регуляция поведения и деятельности. – Симферополь, 1983. – С. 167. 2Ғозиев Э. Г. Тафаккур психологияси. – Тошкент, 2000. – Б. 68.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
25
mas’uliyatlilik (mas’uliyatli, iltifotli, mas’uliyatsiz, ishonchsiz,
palapartish);
tashabbuskorlik (yetakchi, ishbilarmon, kuchli tashabbusli, g‘ayratli,
obrо‘li, uzoqni kо‘ruvchanlik, befaol, betashabbus, dangasa, g‘ayratsiz);
qat’iyatlilik (jasorat, dadil, ishonchli, qat’iy, jasoratsiz, ishonchsiz,
ikkilanuvchi, shubhalanuvchi);
mustaqillik (mustaqil, erksizlik, nomustaqillik, boshqariluvchi,
itoatkor);
sabr-toqatlilik (sabr-toqatli, chidamlik, aqlli, ehtiyotkor, sabrsiz, о‘zini
о‘zi boshqaruvchi);
tirishqoqlik (tirishqoq, jangovor, shijoatli, chidamli, baquvvat);
g‘ayratlilik (faol, g‘ayratli, serharakat);
ziyraklilik (hushyorlik);
sobitqadamlik (sobitqadam, qat’iyatli, tirishqoq, shiddatli)1.
Ushbu irodaviy sifatlar ta’lim-tarbiya jarayonidagi, mehnat faoliyatidagi,
muomaladagi tashabbuskorlik о‘quvchi shaxsining о‘z xohish irodasiga binoan
zaruriy xatti-harakatlarni amalga oshirish uquvidir. Jumladan mustaqil bilim olish va fikr yuritishdagi, mehnat faoliyatidagi qat’iyatlilik о‘quvchining jiddiy va puxta
mulohaza yuritish, qaror qabul qilish, uni izchil ravishda turmushga tatbiq etishda namoyon bо‘luvchi xislatidir. Tirishqoqlik о‘quvchining qiyinchiliklarni yengish
uchun kurashishda kuch-quvvatini sira pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat
maqsadga erishish uchun intilishda rо‘yobga chiquvchi kо‘nikmadir. Turli xususiyatli muammolarni yechish chog‘ida chidamlilik о‘quvchi tomonidan qabul
qilingan qarorni amalga oshirishga xalal beruvchi fikr-mulohazani, hissiy-
emotsional xatti-harakatlarni tormozlovchi (tizginlovchi) uquvchanligidir.
Tashkillanganlik о‘quvchining о‘z xatti-harakati, xulq-atvorini rejalashtirish,
xususan, uni ijro etishda, amalga oshirishda ta’lim subyektining rejaga asoslanish malakasidir. Matonatlik bu о‘quvchining qо‘yilgan maqsadni muqaddas his etgan
holda о‘zini oqlaydigan xavf-xatarga qо‘l urish, qо‘rqinchga nisbatan yuzma-yuz
tura olish fazilatidir. Ishbilarmonlik – о‘quvchining о‘ylanilgan faoliyat va ishni qiyinchiliklar, qarama-qarshiliklardan qat’i nazar omilkor yо‘llar, vositalar, usullar
qо‘llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik о‘quvchining о‘z e’tiqodiga
(maslagiga) qat’iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ikkilanmay ishonish, boshqa odamlarning yordamiga muhtojlik sezmaslik malakasidir.
1Сатторова Г. Илк ўспиринлик ёшида иродавий сифатларни ўрганишнинг психодиагностик имкониятлари. – Қарши: Насаф. – Б. 74-78.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
26
Test kasb-hunar kollej о‘quvchilarida tatbiq qilindi va test yuzasidan qator miqdoriy kо‘rsatkichlar olindi. Tajribada kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining
birinchi va uchinchi bosqich о‘quvchilari jalb etildi va ularning natijalari qiyosiy о‘rganildi. Ilk о‘spirinlarning kundalik turmushida irodaviy sifatlarning tarkib
topganlik holati bо‘yicha quyidagi empirik natijalar keltirib о‘tildi (1-jadval).
1-jadval № 1-kurs (n=60) 3-kurs (n=60) t
X σ X σ
1. Mas’uliyatlilik 5,13 1,03 6,21 1,26 5,324***
2. Tashabbuskorlik 4,61 1,26 4,71 1,23 0,480
3. Qat’iyatlilik 5,32 1,41 5,96 1,32 2,351*
4. Mustaqillik 3,89 1,37 3,76 1,25 -0,590
5. Sabr-toqatlilik 5,61 1,64 6,03 1,70 1,425
6. Tirishqoqlik 3,80 1,13 4,55 1,03 4,193***
7. G‘ayratlilik 7,17 1,92 8,41 1,47 3,856***
8. Ziyraklik 4,11 0,76 4,65 1,07 3,223***
9. Sobitqadamlik 7,10 1,27 8,06 0,89 5,436***
*r<0,05, ***r<0,001
Kasb-hunar kolleji о‘quvchilari, xususan, ilk о‘spirinlarda irodaviy sifatlarning namoyon bо‘lishida ta’lim bosqichlariga e’tibor qaratildi. Testning me’yoriy kо‘rsatkichlariga kо‘ra ilk о‘spirinlarda irodaviy sifatlarni namoyon bо‘lishida bir xillik kuzatilmadi.
Ilk о‘spirinlarning ta’lim bosqichlariga kо‘ra irodaviy sifatlarning oltitasi bо‘yicha statistik tafovutlar aniqlandi, ya’ni mas’uliyatlilik 5,31 va 6,21 ballar; qat’iyatlilik – 5,32 va 5,96 ballar; tirishqoqlik – 3,80 va 4, 55 ball; g‘ayratlilik – 7,17 va 8,41 ballar; ziyraklik – 4,11 va 4,65 ballar; sobitqadamlik – 7,10 va 8,06 ballarga ega bо‘ldi. Yuqorida qiymatlari keltirib о‘tilgan sifatlar bо‘yicha birinchi va uchinchi bosqich о‘quvchilarida irodaviy sifatlarning namoyon bо‘lishida ahamiyatli farq mavjud ekan.
Natijalardan kо‘rinadiki, uchinchi bosqich о‘quvchilari birinchi bosqichga nisbatan mas’uliyatli ekanliklari ajralib turibdi. Ushbu sifatning xususiyatiga kо‘ra, ular ta’lim-tarbiya jarayoni va shaxsiy turmush masalalarida, yuklatilgan topshiriqlarni bajarishda mas’uliyatli, iltifotlilikni namoyon eta olishga о‘zlarini tayyorlab bormoqda deyish mumkin. Birinchi bosqich о‘quvchilarida esa
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
27
mas’uliyatlilikni yetarlicha kamol toptirish о‘ziga bо‘lgan ishonchsizlik va tartibsizlikni bartaraf etish zarur bо‘ladi.
Qat’iyatlilik borasida ham uchinchi bosqich о‘quvchilarida dadillik va ishonchlilikning shakllanganligi birinchi bosqich о‘quvchilariga qaraganda ustuvorroq kо‘rinish oldi. Ular jiddiy va puxta mulohaza yuritishga, qaror qabul qilish va uni izchil ravishda turmushga tatbiq etishda ham faolroqdir. Bu holat uchinchi bosqich о‘quvchilarining kasb-hunar kollejini tugatib, bо‘lg‘usi faoliyatga о‘zlarini tayyorlayotganliklarida ko‘rish mumkin.
О‘z navbatida, g‘ayratlilik boshqa irodaviy sifatlarga kо‘ra, birinchi va ikkinchi bosqich о‘quvchilarida о‘rtachadan yuqori darajada shakllanganligini ko‘rsatadi. Bu ilk о‘spirinlarni faol, serg‘ayrat va shijoatli ekanliklaridan dalolat beradi. Ulardagi g‘ayratlilik sifatlarini kasb-hunar sirlarini о‘rganishga tо‘g‘ri yо‘naltirish esa foydadan xoli bо‘lmaydi.
Shuningdek, ilk о‘spirinlardagi sobitqadamlik ham о‘rtachadan yuqori darajada shakllanganligi bilan ajralib turibdi. Sobitqadamlik ilk о‘spirinlarning kasbiy bilim va kо‘nikmalarni egallashlariga xizmat qiluvchi muhim irodaviy sifatdir. Kasb-hunar kolleji о‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari shogirdlarida bunday sifatlarni payqagan holda mashg‘ulotlarni tashkil etishlari va о‘quvchilariga bilim va kо‘nikmalarni egallashlariga kо‘maklashishlari maqsadga muvofiqdir.
Tajriba-sinov natijalarida ilk о‘spirinlarda tashabbuskorlik, mustaqillik va ziyraklik sifatlari о‘rtachadan past darajada shakllangan. Bu sifatlar ilk о‘spirinlarning kasb-hunar egallashlari va о‘zlarini turmushga tayyorlashlarida cheklanib qolishlariga sabab bо‘lishi shubhasiz. Bu holat ilk о‘spirinlarda befaol, betashabbus, dangasa, g‘ayratsiz, nomustaqil, boshqariluvchi va itoatkor shaxs bо‘lib kamol topishlariga imkon tug‘diradi.
Tajriba-sinov natijalarini chuqurroq tahlil qilish maqsadida ilk о‘spirinlar irodaviy sifatlari shakllanganlik holatini о‘zaro munosabatlariga kо‘ra о‘rganildi. Buning uchun korrelatsion tahlil usulidan foydalanildi. Irodaviy sifatlarning о‘zaro munosabatlarini ifodalovchi kо‘rsatkichlar quyida ta’lim bosqichlari bо‘yicha alohida taqdim etiladi.
Birinchi bosqich о‘quvchilarida irodaviy sifatlarining о‘zaro bog‘liqligi kо‘rsatkichlarida bir qator ahamiyatli korrelatsion munosabatlar aniqlandi. Ularda mas’uliyatlilik sifati tashabbuskorlikni (r=0,301, p≤0,05), qat’iyatlilikni (r=0,529, p≤0,01), sabr-toqatlilikni (r=0,323, p≤0,05), g‘ayratlilikni (r=0,631, p≤0,01) shakllanishiga, tashabbuskorlik esa mustaqillik (r=0,366, p≤0,05) va sobitqadamlikni (r=0,336, p≤0,05), mustaqillik sabr-toqatlilik (r=0,398, p≤0,05) va ziyraklikni (r=0,317, p≤0,05), sabr-toqatlilik tirishqoqlikni (r=0,395, p≤0,05) va
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
28
sobitqadamlilikni (r=0,354, p≤0,05); tirishqoqlik esa g‘ayratlilikni (r=0,464, p≤0,05) о‘sishiga olib keladi. О‘spirinlarning ayni damda tavsiflangan sifatlarida о‘zaro ichki aloqadorlik mavjud.
2-jadval
Mas
’uliy
atlil
ik
Tash
abb
usk
orl
ik
Qat
’iyat
lilik
Mu
staq
illik
Sab
r-to
qat
lilik
Tiri
shq
oq
lik
G‘a
yrat
lilik
Ziyr
aklik
Sob
itq
adam
lik
Mas’uliyatlilik 1 0,301* 0,529** 0,211 0,323* 0,227 0,631** 0,190 0,290
Tashabbuskorlik 1 0,270 0,366* 0,130 0,286 0,215 0,001 0,336*
Qat’iyatlilik 1 0,201 0,190 0,222 0,136 0,299 0,159
Mustaqillik 1 0,398* 0,713 0,192 0,317* 0,186
Sabr-toqatlilik 1 0,395* 0,255 0,226 0,354*
Tirishqoqlik 1 0,464* 0,205 0,269
G‘ayratlilik 1 0,051 0,102
Ziyraklik 1 0,159
Sobitqadamlik 1
*r<0,05, ***r<0,001
Uchinchi bosqich о‘quvchilarida esa irodaviy sifatlarning shakllanganlik holati birinchi bosqichdan bir oz farq qilishi о‘z aksini topgan (3-jadval).
3-jadval
Mas
’uliy
atlil
ik
Tash
abb
usk
orl
ik
Qat
’iyat
lilik
Mu
staq
illik
Sab
r-to
qat
lilik
Tiri
shq
oq
lik
G‘a
yrat
lilik
Ziyr
aklik
Sob
itq
adam
lik
Mas’uliyatlilik 1 0,323
*
0,594** 0,285 0,106 0,717** 0,640** 0,681** 0,663**
Tashabbuskorlik 1 0,150 0,354** 0,323* 0,181 0,258 0,250 0,349**
Qat’iyatlilik 1 0,185 0,194 0,556** 0,180 0,643** 0,618**
Mustaqillik 1 0,244 0,335* 0,251 0,231 0,104
Sabr-toqatlilik 1 0,150 0,111 0,458** 0,461**
Tirishqoqlik 1 0,170 0,198 0,166
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
29
G‘ayratlilik 1 0,746** 0,236
Ziyraklik 1 0,617**
Sobitqadamlik 1
*r<0,05, ***r<0,001
Ta’limning ushbu bosqichida о‘spirinlarda mas’uliyatlilik tashabbuskorlik
(r=0,323, p≤0,05), qat’iyatlilik (r=0,594, p≤0,01), tirishqoqlik (r=0,717, p≤0,01),
g‘ayratlilik (r=0,640, p≤0,01), ziyraklik (r=0,681, p≤0,01), sobitqadamlik (r=0,663,
p≤0,01) bilan ichki bog‘liqlikka ega bo‘ladi. Ilk о‘spirinlarda mas’uliyatlilikni
shakllanib borishi barobarida yuklatilgan vazifalarga nisbatan dadillik, xatti-
harakatlarni ishonchli bajarish, g‘ayratlilik, faoliyatni rejalashtirish va uni
tashkillashtirish, shijoatlilik, chidamlilik, faol, hushyorlik, ixchamlik kabi irodaviy
sifatlarni shakllantirishlariga asos bо‘lib xizmat qiladi.
Ularda tashabbuskorlikni shakllanganligi esa mustaqillik (r=0,354, p≤0,05),
sabr-toqatlilik (r=0,323, p≤0,05) va sobitqadamlilikni (r=0,349, p≤0,01),
qat’iyatlilikni yaqqol namoyon bо‘lishidan tirishqoqlik (r=0,556, p≤0,01), ziyraklik
(r=0,643, p≤0,01) va sobitqadamlikni (r=0,618, p≤0,01), mustaqillik esa
tirishqoqlikni (r=0,335, p≤0,05), sabr-toqatlilik orqali ziyraklik (r=0,458, p≤0,01)
va sabr-toqatlilikni (r=0,461, p≤0,01), g‘ayratlilikni kamol topishi ziyraklikka;
ziyraklik esa sobitqadamlikning (r=0,617, p≤0,01) kamol topishiga turtki
berishidan dalolat beradi. Ilk о‘spirinlarning irodaviy sifatlarini shakllanganligi
ta’lim bosqichi bilan bog‘liq kamol toptirishlari xosligi aniqlandi. Ular birinchi
bosqich о‘quvchilariga nisbatan irodaviy sifatlarni shakllantirishda hayotiy va
ijtimoiy voqelikka nisbatan munosabatlari, ta’lim muhitidagi turli xil vaziyatlarda
qaror qabul qilishlaridagi tajribalar sabab bо‘lishi mumkin.
Tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelindi:
- ilk о‘spirinlarning irodaviy sifatlaridan mas’uliyatlilik boshqa irodaviy
sifatlarni shakllanishida tayanch sifat tarzda xizmat qiladi;
- ta’lim jarayonida ilk о‘spirinlarning irodaviy sifatlarini shakllanishida ta’lim
bosqichlaridagi о‘quv mashg‘ulotlarda yetakchi sifatlar bilan ikkilamchi sifatlar
о‘rtasida bog‘liqliklarni ta’minlashga e’tibor qaratish muhim;
- ilk о‘spirinlarning о‘zaro ichki bog‘lanishga ega bо‘lmagan sifatlari
о‘rtasida bog‘liqlikni ta’minlashda irodaviy regulatsiyani ta’minlashga xizmat
qiluvchi trening mashg‘ulotlarini tashkil etish zarurati mavjud.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
30
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
31
PEDAGOGNING SIMMETRIYA HISSI TA’LIM JARAYONIDA UZVIYLIKNI TA’MINLASH OMILI
SIFATIDA Rezume. Mazkur maqolada nazariy tahlil asosida
ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash muammosini
о‘qituvchi shaxsi nuqtayi nazaridan kо‘rib chiqishning
dolzarbligi asoslanadi. Maqolada pedagogda
simmetriya hissining rivojlanish darajasi о‘quv
jarayonini uzviylik tamoyili asosida tashkil etishning
muhim psixologik omili bо‘lishi mumkinligi haqida faraz
ilgari suriladi.
Tayanch tushunchalar: ta’lim uzviyligi, о‘qituvchi shaxsi, simmetriya hissi,
psixologik omil, о‘quv vazifalari.
Abstract. In this article, on the basis of theoretical analysis, the urgency of
considering the problem of ensuring consistency in learning, from the point of
view of the teacher's personality, is justified. The article suggests that the level
of development of the teacher's sense of symmetry can be a significant
psychological factor in ensuring consistency in the learning process.
Key concepts: consistency in teaching, teacher's personality, sense of
symmetry, psychological factor, educational tasks.
Резюме. В данной статье на основе теоретического анализа
обоснована актуальность рассмотрения проблемы обеспечения
последовательности в обучении, с точки зрения личности учителя. В статье
выдвигается предположение о том, что уровень развития чувства
симметрии педагога может быть значимым психологическим фактором
обеспечения последовательности в учебном процессе.
Основные понятия: последовательность в обучении, личность
учителя, чувство симметрии, психологический фактор, учебные задачи.
Murakkab tizimlar ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar о‘rtasida uzviy
aloqadorlik barqaror saqlanib turgani evaziga mavjud bо‘ladi. Tizimli
yondashuvning metodologik tamoyillariga kо‘ra, yaxlit tuzulmani hosil qilib
turuvchi unsurlar muayyan qonuniyatlar asosida о‘zaro munosabatga kirishadi1.
*Ergashev Pо‘lat Sobirovich, Toshkent davlat pedagogika universiteti umumiy psixologiya kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi. E-mail: pulat-ergashev@ramler.ru 1Лисеев И. К., Садовский В. Н. Системный подход в современной науке: К 100-летию Людвига фон Берталанфи. – Москва: Прогресс-Традиция, 2004. – С. 281.
P. Ergashev*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
32
Ta’lim jarayonining birlamchi boshlang‘ich unsuri sifatida alohida olingan
mashg‘ulot yoki mashg‘ulotlar turkumi tizimli yondashuv nuqtayi nazaridan tahlil
qilinganda, ularning yaxlitligi о‘quv materiali taqdimoti, dars qismlari, о‘quv
vazifalarining qо‘yilishida uzviylik qanchalik ta’minlanishiga bog‘liqligi aniqlanadi.
Determinizm umumilmiy ta’moyiliga kо‘ra bunday uzviylikning omillarini
qidirishga undaydi1. Bunday izlanishda psixologiya fani qidiruv jarayonini, avvalo,
ta’limiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyati va individual xususiyatlari sohasiga
yо‘naltiradi.
Ma’lumki, uzviylik narsa-hodisalarning chambarchas bog‘liqligi, о‘zaro
ajralmasligini anglatadi2. Umumiy ravishda uzviylik haqida gap ketganda, turli
tuzulmalar о‘rtasidagi birdamlik, hamkorlikka urg‘u beriladi3. Alohida olingan
dars mashg‘uloti miqyosida uzviylik tamoyilining rо‘yobga chiqarilishi kо‘p
jihatdan pedagogning о‘z faoliyatida qanchalik izchil bо‘la olishiga bog‘liqligini
tushunish qiyin emas. Izchillik esa, avvalo, muntazamlikka asoslanadi.
Muntazamlik doimiylikni, tartibli takrorlanishni nazarda tutadi. Demak, о‘qituvchi
ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlashi uchun ma’lum tartiblashgan,
rejalashtirilgan harakatlarni vaqt va kо‘lam, kuch va jadallik kо‘rsatkichlari
bо‘yicha muntazam amalga oshirib, izchillikka erishish talab qilinadi. Shubhasiz,
о‘qituvchining bu sohada kasbiy kompetentligini namoyon eta olishi uning
pedagogik faoliyatga individual-psixologik jihatdan qanchalik tayyorligiga bog‘liq
bо‘ladi. Bizning fikrimizcha, bunday tayyorgarlik zamiridagi muhim psixologik
tuzilmalardan biri simmetriya hissi bо‘lishi mumkin.
Ma’lumki, “simmetriya” deganda biror narsaning biror nuqta, tо‘g‘ri chiziq
yoki tekislikka nisbatan qarama-qarshi tomonlarda bо‘ladigan qismlar
joylashishidagi mutanosiblik, о‘xshashlik, moslik, uyg‘unlik tushuniladi4.
Simmetriya hodisasini umumilmiy muammo sifatida birinchilardan bо‘lib
asoslashga uringan nemis matematigi G. Veyl: “simmetriya – odamlar kо‘p
1Карако П. С. Детерминизм и целевая причина в системе современного научного знания // Вестник Полесского государственного университета. Серия гуманитарных наук. 2009. – № 1. – С. 9. 2Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – Ж. 4. – Б. 266. 3Жамолдинова О. Р. Ёшлар соғлом турмуш маданиятини ривожлантиришда узвийлик ва узлуксизлик тамойиллари амал қилишининг педагогик механизмларини такомиллаштириш: пед.фан.док. … дисс. – Тошкент: ТДПУ, 2015. – Б. 28. 4Мирзаев Т. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Ж. 3. – Б. 506.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
33
asrlardan buyon tartib, gо‘zallik va mukammallikni anglash va yaratish uchun
foydalangan g‘oyadir” – deb ta’kidlaydi1. Psixologiya fanida simmetriya hissiga
hozirgacha alohida ilmiy asoslangan ta’rif berilmagan. Simmetriya hodisasi
hamda emotsional kechinmalarning psixologik tabiatidan kelib chiqqan holda,
bizningcha, bunday hisni odamning atrof-olamdagi narsa-hodisalar tuzilishi
hamda о‘zaro nisbatida tartib, muvozanat va mutanosiblik darajasini psixik aks
ettirishi natijasida yuzaga keluvchi hissiy kechinma sifatida tushunish о‘rinlidir. Bu
о‘rinda biz ta’lim jarayonida uzviylikning ta’minlanishi nima uchun о‘qituvchida
simmetriya hissi yaxshi rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘lishi mumkinligini izohlab
о‘tamiz.
Avvalo, shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, maxsus tadqiqotlarda simmetriya
hissi о‘qituvchining individual faoliyat uslubini belgilab beruvchi muhim omil
ekani tasdiqlangan2. Yaxshi rivojlangan simmetriya hissi ta’lim jarayonidagi
uzluksizlikni ta’minlashda ta’sirchan omil bо‘lishi haqidagi taxminlarimiz quyidagi
psixologik xulosalarga asoslanadi:
1) yakunlanganlik, yaxlitlik, tizim va strukturaga ega bо‘lish ehtiyoji
asosidagi simmetriya hissi3 qat’iy tartiblashgan о‘qituvchining faoliyati uchun
alohida ahamiyat kasb etishi mumkin;
2) simmetriyaga ijobiy munosabatda aks etadigan tashqi olam bilan uyg‘un
hayot kechirayotganlikni namoyon etish, ichki agressiv mayllarni nazorat qilishga
intilish4 о‘z xulq-atvori bilan doimiy namuna kо‘rsatishi kutiladigan о‘qituvchi
uchun katta ahamiyatiga ega bо‘lishi mumkin;
3) simmetriya hissi darajasiga bog‘liq ravishda muayyan obyektning
obrazini uni tashkil etuvchi qism va elementlar miqdoridan qat’i nazar kerak
usullardan foydalanib xayolan yaxlit holda loyihalash qobiliyati5 о‘qituvchi uchun
1Вейль Г. Симметрия / Под ред. Б. А. Розенфельда. – Москва: Наука, 1968. – С. 37. 2Харламова Т. М. Профессиональные способности учителя изобразительного искусства: cтруктура, детерминанты, индивидуальные особенности проявления: дисс. … конд.психол.наук. – Пермь: Пермский государственный педагогический университет, 2003. – С. 20. 3Маслоу А. Мотивация и личность. – Санкт-Петербург: Питер, 2008. – С. 72. 4Дмитриев М. Г., Белов В. Г., Парфенов Ю. А. Психолого-педагогическая диагностика делинквентного поведения у трудных подростков. – Санкт-Петербург: ЗАО ПОНИ, 2010. – С. 139. 5Исмаилов А. Д. Развитие образного мышления младших школьников на занятиях декоративно-прикладным искусством: дисс. ... канд. психол. наук. – Москва: НИИ общей и педагогической психологии АПН, 1988. – С. 22.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
34
о‘z xatti-harakatlari rejasini tuzish, ularning yakuniy natijasini aniq tasavvur qila
olishida muhim ahamiyatga ega bо‘lishi mumkin;
4) simmetriyaga ijobiy munosabat optimizm, konservatizm, uyushqoqlik,
zavqlanishga moyillik bilan aloqadorligi1, aksincha, asimmetriyaga nisbatan
mayllar bog‘lanib qolishni xushlamaslik, impulsivlik bilan bog‘liqligi2 pedagogik
faoliyatdek о‘zini о‘zi yaxshi boshqarish, boshqa odam kelajagiga umid bilan
qarash, ma’lum qoidalarga bо‘ysunib ishlashdan org‘inmaslik talab etiladigan
soha uchun ayniqsa ahamiyatli bо‘lishi mumkin;
5) fikrlashda analitik uslubning yetakchiligi odatda simmetriyaga ijobiy
munosabat bilan bog‘liq bо‘lib3, о‘qituvchi uchun tahlil va mushohadaga qodirlik,
shunday yondashuv asosida narsa-hodisalarni tushunishga intilish kasbiy zarur
xususiyatlar jumlasiga kirar ekan, demak, simmetriya hissining yaxshi rivojlangan
darajasi ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
6) simmetriya hissining yuqori darajasida ish faoliyat va uning natijalarida
belgilangan namunadan chetga chiqish ichki hissiy tajanglikni kuchaytirishi4
kо‘plab aniq shakldagi о‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, ularni qat’iy talablar
asosida yuritishni talab qiluvchi о‘qituvchi faoliyatida katta ahamiyatga ega
bо‘lishi mumkin.
Albatta, ta’lim samaradorligi psixologik nuqtayi nazardan, avvalo, о‘quvchining о‘qish-о‘rganishga nisbatan ijobiy munosabat darajasiga bog‘liq
bо‘ladi. Ayniq vaqtda bunday munosabat qanchalik ijobiy bо‘lishini kо‘p jihatdan,
shubhasiz, о‘qituvchining shaxsi va kasbiy mahorati belgilab beradi. Bunda о‘qituvchining simmetriya hissi qanchalik muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlash
kerak. Xususan, о‘quv topshiriqlari ketma-ketligida о‘qituvchi muayyan tartibga
qat’iy rioya etmasa, о‘quvchilar ular о‘rtasidagi aloqani anglamaydilar, topshiriqlar murakkabligida ma’lum muvozanat yoki vazifa mazmuni va uni
bajarishga ajratilgan vaqt, imkoniyat berilgan urinishlar soni, ruxsat beriladigan xatolar miqdori о‘rtasidagi mutanosiblik saqlanmasa, ta’lim oluvchilarda о‘qish-
о‘rganish jarayoni salbiy kechinmalarni uyg‘otadi. Ta’lim jarayonini tashkil
1Gough H., Bradley Р. Forty Years of Experience with the Barron Welsh Art Scale // Unusual associates: A festchrift for Frank Barron/A.Montuori (Ed.). – New Jersey: Hampton Press, 1996. – P. 7. 2Ильин Е. П. Психология творчества, креативности, одаренности. – Санкт-Петербург: Питер, 2009. – С. 322. 3Холодная М. А. Когнитивные стили. О природе индивидуального ума. 2-е изд. – Санкт-Петербург: Питер, 2004. – С. 231-232. 4Шоста Е. С. Морфологические принципы симметрии в композиции городской среды // Коммунальное хозяйство городов. 2014. – № 112. – С. 173.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
35
etishda uning tarkibiy qismlari va ularning xususiy unsurlari о‘rtasida yaxlitlik va tizimni saqlash uchun esa о‘qituvchidan yaxshi rivojlangan simmetriya hissi talab
qilinadi. Ta’lim jarayoni uzviyligi mohiyatan unda uzulishlarga yо‘l qо‘yilmasligini nazarda tutadi. Tashkiliy jihatdan ta’lim jarayonidagi uzilishlarga hech qanday
omillar xavf tug‘dirmayotgan sharoitda birinchi о‘ringa о‘qituvchining kasbiy va
shaxsiy sifatlari kо‘tariladi. Fan sohasidan qat’i nazar ta’lim jarayonining umumiy mazmunini tahlil etar ekanmiz, shunga amin bо‘lamizki, о‘qituvchi tomonidan
muayyan о‘quv vazifasini о‘quvchilar yakuniga yetkazmagan vaziyatda yangi
topshiriqlar berilishi ta’lim oluvchilar oldiga ma’lum masalalarni qismlarga ajratib qо‘yishda proporsiyalarga e’tiborsizlik qilinishi, nazoratning asimmetriya tarzida,
ya’ni ma’lum davriylikni saqlashga befarqlik bilan amalga oshirilishi, uzviylikni ta’minlashga halaqit beradi. Ta’lim jarayonidagi uzviylikka salbiy ta’sir
kо‘rsatuvchi ushbu holatlarga qarshilik kо‘rsatishda о‘qituvchining yaxshi
rivojlangan simmetriya hissi muhim psixologik omil sifatida namoyon bо‘ladi, chunki simmetriya hissi yaxshi rivojlangan о‘qituvchi:
1) obyektiv omillar ta’lim oluvchilar oldiga qо‘yilgan ma’lum masalani
yakunlashga tо‘sqinlik qilishiga qaramay qanday bо‘lmasin uni oxirgacha
yetkazish yо‘llarini, noodatiy shakllarini topadi, hech qachon uni chala qoldirishga
о‘ziga izn bermaydi;
2) har qancha qо‘shimcha masalalarga tо‘xtalmasin, turli chekinishlarga yо‘l qо‘ymasin doim markaziy muammoga, mashg‘ulotning bosh yо‘nalishiga
qaytishga qiynalmaydi; 3) kо‘rib chiqilayotgan har bir xususiy masala tegishli fan sohasida egallab
turgan о‘rinni, uning aniq joyini va boshqa tarkibiy unsurlar bilan bо‘lgan kо‘p
tomonlama aloqalarini yaqqol tasavvur qila oladi.
Shubhasiz, ushbu sifatlar о‘qituvchiga ta’lim jarayonida izchillik, kо‘chma
ma’nodagi tekislik, uzviylikni saqlash uchun yordam beradi. Shunday ekan,
bо‘lg‘usi pedagoglarni tayyorlash jarayonida simmetriya hissini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Yaxshi rivojlangan
simmetriya hissi о‘qituvchiga mikrodarajada, ya’ni bevosita ta’lim jarayoni davomida uzluksizlikni ta’minlashga psixologik jihatdan yordam beradi. Shunga
kо‘ra, bizningcha, ta’lim uzluksizligi mikrodarajada ta’minlangan taqdirdagina
makrodarajadagi, ya’ni butun ta’lim tizimi bosqichlari miqyosidagi uzluksizlikni saqlash uchun zarur ichki sharoit yaratiladi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
36
TALABALARDA MUSTAQILLIK TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH JARAYONLARI
MODELI Rezume. Ushbu maqolada talabalarda mustaqillik
tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish modeli va
uning tarkibiy qismlari yoritilgan.
Tayanch tushunchalar: pedagogik jarayon,
pedagogik loyiha, model, intellektual qobiliyat, tafakkur,
ijodkorlik, pedagogik vaziyat, pedagogik tizim.
Abstract. This article highlights models of the
formation and development of independent thinking of
students and its structural feature.
Key concepts: pedagogical processes, pedagogical
project, model, intellectual ability, thought,
creativeness, pedagogical situation, pedagogical
system.
Резюме. В данной статье освещаются модели
формирования и развития самостоятельного
мышления студентов и ее структурная особенность.
Основные понятия: педагогический процесс, педагогический проект,
модель, интеллектуальная способность, мышление, креативность,
педагогическая ситуация, педагогическая система.
Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish о‘ziga xos xususiyatlarga
ega bо‘lib, mazkur jarayon ijodiy jarayon hisoblanadi va, о‘z navbatida,
kо‘zlangan natijalarga erishish uchun eng qulay bо‘lgan ta’lim metodlari va ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish asosida talabalarning
innovatsion faoliyatini tashkil etish uchun ta’lim jarayonini ma’lum bir izchillikda
loyihalashtirish zarur bо‘ladi.
Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
jarayonlarini modellashtirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, mustaqil ta’lim va
tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tizimli obyekt sifatida yaxlit rivojlantirish va
uning modelini takomillashtirishda tashkil etuvchi qismlarning ta’sir
kо‘rsatishining ahamiyatini inobatga olish, shuningdek, bir xil va teng sharoitlarda
*Shodmonova Shoira Saidovna, TDPU pedagogik qayta tayyorlov kursi rahbari, pedagogika fanlari doktori, professor. E-mail: shodmon_66@mail.ru *Gapparova Maftuna Erkinovna, O‘zPFITI katta ilmiy xodim-izlanuvchisi. E-mail: maftunagapparova@mail.ru
Sh. Shodmonova*
M. Gapparova*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
37
mustaqillik ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonining
rivojlanishiga kо‘proq ta’sir kо‘rsatuvchi ba’zi qismlar va bо‘g‘inlarni
о‘zgartirishga imtiyozlar berish zarur. Talabalarda mustaqillik tafakkurini
shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini modellashtirishda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, fan-texnika yutuqlari,
yaratilayotgan yangiliklar va rivojlanishlar, talabalar intellektual salohiyatining
о‘sib borishi, rivojlanib borayotgan davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari,
rivojlanishga bog‘liq holda kun sayin о‘zgarib, yangilanib va rivojlanib borayotgan
zamonaviy talablarga asoslanish kerak. Demak, yaratilgan model mazkur talablar
darajasida talabalar, ya’ni bо‘lajak muhandis-pedagoglar kelgusi amaliy
pedagogik faoliyatida talaba avlodning о‘zgaruvchan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy
ehtiyojlarini qondira olishi, yuqori darajada kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lgan
pedagoglarning ilg‘or tajribalarini qо‘llashi hamda innovatsion ta’limiy dasturlarni
ishlab chiqishi va amalga oshirishi uchun ularda zaruriy bilim, kо‘nikma va
malakalarni shakllantirish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berishi zarur
hisoblanadi.
Model [fr. Modele, lot. Modulus – о‘lchov, me’yor] biror narsaning xuddi
о‘zidek yoki kichraytirib, kattalashtirib olingan, kо‘plab ishlab chiqarish uchun
andaza bо‘ladigan nusxasi1. Modellashtirish bu bilish obyektining har xil
modellarni yaratish va undan ilmiy ijodda foydalanish imkonini beruvchi ilmiy
metoddir. Modellashtirish metodida obyekt о‘rniga uning modeli о‘rganiladi2.
J. Hasanboyev, X. Tо‘raqulov, M. E. Haydarov, O. U. Hasanbayevalarning
ta’kidlashicha, yaratilayotgan modelni dastlabki va yakuniy kо‘rinishda ishlab
chiqish va uni amaliy qо‘llash darajasiga yetkazish pedagogik loyihalashdir.
Pedagogik faoliyatda loyihalash obyektlari pedagogik jarayon, pedagogik vaziyat,
pedagogik tizim bо‘lishi mumkin.
Mualliflarning fikricha, pedagogik loyihalash obyekt haqidagi ilmiy
asoslangan tasavvurga maksimal yaqinlashtirish uchun uni nima qilish kerakligi
haqida umumiy tasavvurlarni izlash, eskirgan samarasiz modellar о‘rniga taqdim
etiladigan yangiliklarni modellashtirish uchun qо‘llanishi mumkin bо‘lgan
pedagogik xulosalar namunalarini izlash, pedagogik tizimning yangilangan bir
1Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Ж. 2. – Б. 606. 2Cаифназаров И., Никитченко Г., Қосимов Б. Илмий ижод методологияси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. – Б. 52-53.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
38
bо‘lagining innovatsion modelini yasash, yangilikni amaliyotga joriy etish
algoritmini qurish bosqichlaridan iborat bо‘ladi1.
Bularga asoslanib aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonini
modellashtirish – bu ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muhim ahamiyatga
ega bо‘lgan talablar asosida ishlab chiqilgan, samarali hisoblangan metodlardan
foydalanishni ifodalovchi, mazkur jarayonni tashkil etish bosqichlari va
funksiyalari aks ettirilgan ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda qо‘llanishi
mumkin bо‘lgan andaza.
Modellashtirish ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etishda
muhim ahamiyat kasb etib, unda ta’lim-tarbiya jarayoniga (ta’lim, mustaqil ta’lim,
tarbiya, о‘zini о‘zi tarbiyalash, tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari va hokazo) va
uni tashkil etishga qо‘yilayotgan zamonaviy talablarni, talabalarning ehtiyojlari,
talabalar jamoasining о‘ziga xos jihatlari (talabalar guruhi, undagi psixologik
muhit), ularning dunyoqarashi va boshlang‘ich tushunchalari, mustaqil о‘rganish
uchun beriladigan topshiriqlar, talabalarning hamda ta’lim muassasasining
imkoniyatlari, о‘qitiladigan fan va о‘rganiladigan mavzularning maqsadi,
predmeti va ahamiyatini inobatga olish hamda ularga mos keluvchi ta’lim
metodlarini tanlash, amalga oshirilishi zarur bо‘lgan vazifalarni, ularni amalga
oshirish bosqichlarini belgilash zarur.
Modellashtirishda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
jarayonlari loyihasi doirasida belgilanadigan pedagogik shartlar majmui
talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini
modellashtirishning asosi sifatida xizmat qiladi.
Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
jarayonlari loyihasi doirasida belgilanadigan pedagogik shartlar sifatida
quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:
- ta’lim-tarbiya jarayonlari (ta’lim, mustaqil ta’lim, tarbiya, о‘zini о‘zi
tarbiyalash, ma’lumot, mustaqil ma’lumot, tarbiyaviy munosabatlar
jarayonlari)ning о‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash;
- talabalarning mustaqil ta’lim va mustaqil ma’lumotlar olishlari uchun
ma’ruza mashg‘ulotlari jarayonida ularni zaruriy ma’lumotlar bilan qurollantirish;
- tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonlarining о‘ziga xos xususiyatlariga
kо‘ra mavzu va topshiriqlarni taqsimlash;
- о‘rganiladigan mavzularni rejalashtirishda ularning о‘zaro bog‘liqligi,
aloqadorligi va izchilligini ta’minlash;
1Хасанбоев Ж., Тўрақулов Х., Хайдаров М. Э., Хасанбаева О. У. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – Тошкент: Фан, 2008. – Б. 157.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
39
- ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga innovatsion yondashuvlarni
tatbiq etish;
- talabalarda refleksiv tafakkurni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
- mustaqillik, uning mazmun-mohiyati va zaruriyati yо‘nalishlarida talabalar
tomonidan kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlari bajarilishini ta’minlash;
- ta’lim mazmunini takomillashtirishda zamonaviy talablarni hamda
muhandis-pedagog shaxsini baholash mezonlarini inobatga olish;
- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
yо‘nalishidagi g‘oyalar, qarashlar va mavjud talablarni о‘rganish asosida
konseptual va korporativ asoslar majmuyini ishlab chiqish.
Konseptual va korporativ asoslar majmuyi talabalarda mustaqillik
tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishning asoslari sifatida xizmat qiladi va
uning maqsadi, vazifasi, mazmuni hamda uni tashkil etish tamoyillarini о‘z ichiga
oladi.
Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida
ularda о‘zaro ta’sirni amalga oshiruvchi omillardan biri talabalarni ta’lim
jarayonida ijodiy ta’sir kо‘rsatishga motivlashtirish hisoblanadi.
Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida
ijodiy ta’sir kо‘rsatishga motivlashtirish ularning faolligini ta’minlashga va asosiy
maqsadga erishishga yо‘naltirilgan bо‘ladi va mazkur jarayonda asosiy
о‘zgarishlar vujudga keladi. Mazkur maqsadlarga erishishda qator vazifalarni
bajarish zarur:
- davlat, jamiyat va shaxsning muntazam rivojlanib borayotgan ehtiyojlariga
mos, bilimli va qobiliyatli bitiruvchilar modelini amalga oshirishga asoslanish
(ta’lim mazmunini yangilash);
- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish (ta’lim dasturlarini yangilash);
- talabalarda innovatsion jarayonlarning natijalariga qiziqishlarni muntazam
shakllantirib borish;
- о‘rganiladigan mavzular va tushunchalarning mazmunini turli
mafkuralardan tozalash, raqobatni vujudga keltiruvchi fikrlar bilan tо‘ldirish;
- Oliy ta’limning DTS talablari, о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi DTS hamda
zamon talablariga mos ravishda harakatdagi dasturlarga yangi rivojlantiruvchi
о‘zgartirishlarni kiritish;
- yangilangan texnologik va dasturiy-metodik mahsulotlarni yaratish;
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
40
- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
yо‘nalishidagi ilg‘or g‘oyalarini о‘rganish va amalga oshirish dasturlarini ishlab
chiqish;
- talabalarning qiziqishlari, qobiliyatlari va muhim ahamiyatga ega bо‘lgan
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga yо‘naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini
belgilovchi asoslar hisoblangan subyekt-subyekt, о‘quvchi va о‘qituvchi
munosabatlariga asoslanish;
- ta’lim va tarbiyaning zamonaviy texnologiyalarini о‘rganish, samarali
hisoblangan о‘qitish vositalari, metodlari va yondashuvlarni tanlash va
amaliyotga tatbiq etish;
- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
jarayonlari komponentlari hisoblangan ta’lim-tarbiya, mustaqil ta’lim va
tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining о‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini
ta’minlash;
- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
jarayonlariga refleksiv yondashuvni tatbiq etish asosida ularning refleksiv
qobiliyatlari hamda tafakkurini rivojlantirish;
- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda uzviylik
va uzluksizlikni ta’minlashga erishish.
Kо‘rsatilgan vazifalarning samarali bajarilishi talabalarda mustaqillik
tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarining samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va
rivojlantirish jarayonlarini modellashtirishda quyidagi shartlarning bajarilishini
inobatga olish zarur: davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari, konseptual asoslar
hisoblangan ilg‘or rivojlantiruvchi g‘oyalarni hamda barchaga tegishli zamonaviy
talablarni о‘z ichiga oluvchi korporativ asoslar strukturasini ishlab chiqish;
bо‘lajak muhandis-pedagoglarda shakllantirilishi zarur bо‘lgan tushunchalarga
asosan muhandis-pedagog shaxsi komponentlarini ishlab chiqish; talabalarda
shakllantirilishi zarur bо‘lgan muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarning
kо‘rsatkichlarini aniqlash; shaxsiy sifatlar kо‘rsatkichlariga kо‘ra muhandis-
pedagog shaxsini baholash mezonlarini ishlab chiqish; zamonaviy talablar asosida
о‘quv dasturlarini takomillashtirish; ta’lim, mustaqil ta’lim, tarbiya, о‘zini о‘zi
tarbiyalash va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining о‘zaro bog‘liqligi va
aloqadorligini ta’minlashni nazarda tutuvchi ta’lim-tarbiya jarayoni loyihasini
yaratish; Oliy ta’lim DTS talablari va ta’lim dasturlari bilan о‘rta maxsus kasb-
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
41
hunar ta’limi DTS talablari, ta’lim dasturlari hamda umumiy о‘rta ta’lim
mazmunining bog‘liqligini ta’minlash masalalariga tizimli yondashuvni joriy etish;
talabalarda tarixiy xotirani shakllantirish va rivojlantirish asosida muhim
ahamiyatga ega bо‘lgan shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi tashkiliy strukturaga ega
bо‘lish.
Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
yо‘nalishidagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va ta’lim
samaradorligini oshirishda talabalarning faolligini ta’minlash, ularda ijodiy
yondashuv kо‘nikmasi va qiziqishni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etuvchi
vazifalardan hisoblanadi.
Bularni nazarda tutgan holda modelga quyidagi komponentlar kiritilishi
muhim ahamiyatga ega:
- ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish va talabalarning faolligini
ta’minlash yо‘nalishida bajariladigan vazifalar bilan foydalaniladigan metodlar va
yondashuvlarni muvofiqlashtirish;
- talabalarda qiziqishlar shakllantirish, tarixiy xotirani shakllantirish va
rivojlantirish vositalarini tanlash;
- ularda yangiliklarga moyillik va qiziqish shakllantiruvchi motivlarni
aniqlash;
- talabalarda tanqidiy fikrlash va refleksiv tafakkurni shakllantiruvchi ijobiy
motivlarni aniqlash va motivlashtirish;
- pedagogik jarayonlarning mazmunini takomillashtirish omillarini aniqlash;
- pedagogik jarayonlarning istiqboli va samaradorligini oshirish
yо‘nalishidagi vazifalarni oldindan belgilash;
- pedagogik jarayonlarni takomillashtirish yо‘nalishida amalga oshirish
zarur bо‘lgan vazifalarni belgilash.
Belgilangan maqsadlarga erishishda talabalarning faoliyati, bilim, kо‘nikma
va malakalari darajasi, qobiliyatlari, shaxsiy xislatlari, shuningdek, ta’lim
jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning murakkab tomonlarini faol о‘rganish va
shular asosida ta’lim jarayonini loyihalashtirish zarur hisoblanadi.
Mazkur jarayon talabalar uchun nafaqat ta’limiy funksiyalarni bajarishi,
balki yuksak darajada yashash va hayotiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish
qobiliyatlarini shakllantiruvchi muhit vazifasini ham bajarishi zarur.
Demak, biz modelni talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va
rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish andazasi deb aytishimiz mumkin.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
42
Maqsad obyektiv bо‘lib, talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va
rivojlantirishdan iborat bо‘lsa-da, bugungi talaba ertangi muhandis-pedagog,
ya’ni о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi о‘quvchilarida mustaqillik tafakkurini
shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida ishtirok etuvchi mutaxassis, mazkur
jarayonlarni tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi rahbar (ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari о‘quvchilar bilan bevosita tarbiyaviy ishlarni
olib boruvchi guruh rahbari) mazkur yо‘nalishlarda tо‘garaklar ishini olib boruvchi
tо‘garak rahbari sifatida faoliyat kо‘rsatishini inobatga olgan holda modelda
barchaga tegishli hisoblangan korporativ asoslarni о‘rganish va ular asosida
vazifalar belgilash zaruriyati kо‘rsatilgan.
Modelda korporativ asoslardan biri sifatida davlat, jamiyat va shaxs
ehtiyojlari, zamonaviy talablar keltirilgan bо‘lib, bunda mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, fan-texnika yutuqlari,
yaratilayotgan yangiliklar va rivojlanishlar asosida vujudga kelayotgan talablarni,
rivojlanib borayotgan davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari, rivojlanishlarga bog‘liq
holda kun sayin о‘zgarib, yangilanib va rivojlanib borayotgan zamonaviy
talablarni, shuningdek, talabalar ongida g‘oyaviy bо‘shliq paydo bо‘lishiga yо‘l
qо‘ymaslik, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz
ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazish yо‘nalishidagi
ilg‘or g‘oyalarni о‘rganish va ular asosida vazifalar belgilash nazarda tutilgan.
Shuningdek, korporativ asoslarning muhim bir komponenti sifatida Oliy
ta’lim DTS va unda belgilangan talablar keltirilgan bо‘lib, bu fanlararo aloqalarni
ta’minlash, fanlar bо‘yicha о‘qitiladigan mavzularni mustaqillik tafakkurini
shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan tushunchalar
bilan bog‘lab о‘rgatish, bakalavrlarning bilim, kо‘nikma va malakalari darajasiga
qо‘yilayotgan talablar asosida о‘quv dasturlari va ta’lim-tarbiya jarayonining
mazmunini muvofiqlashtirish kerakligini ko‘zda tutadi.
Modelning asosiy komponentlaridan biri sifatida oliy ta’lim muassasasi
talabalari (bakalavr)da tashkilotchilik, tadqiqotchilik va ijodkorlik qobiliyatlarini
hamda muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarni shakllantirish va
rivojlantirish yо‘nalishlari bо‘yicha vazifalar belgilangan. Vazifalarning
yо‘nalishlarini belgilashda yuqorida keltirilgan korporativ asoslar bilan bir
qatorda, о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar, pedagog va
muhandis-pedagog xodimlarining lavozim vazifalariga qo‘yilgan talablar asosida
tadqiqotlar jarayonida ishlab chiqilgan bо‘lajak muhandis-pedagoglar
(bakalavrlar)ning о‘quvchilarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
43
rivojlantirish yо‘nalishidagi funksional vazifalari hamda muhandis-pedagog shaxsi
komponentlari, muhandis-pedagoglar (bakalavrlar)da shakllantirilishi zarur
bо‘lgan muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlar kо‘rsatkichlari, taklif
etilayotgan muhandis-pedagog shaxsini baholash mezonlari inobatga olindi.
Taklif etilayotgan modelning asosiy komponentlaridan biri pedagogik
jarayonlar bо‘lib, uning komponentlari sifatida ta’lim-tarbiya, mustaqil ta’lim va
tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining asosiy shakllari keltirilgan. Modelda
pedagogik jarayonlarning о‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash zaruriyati
belgilangan bо‘lib, ta’lim, mustaqil ta’lim va tarbiyaviy munosabatlar
jarayonlarining о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mazkur
jarayonlarni tashkil etishga tizimli yondashuvni tatbiq etish zaruriyati inobatga
olingan.
Pedagogik jarayonlarni tashkil etishni rejalashtirishda va loyihalashtirishda,
eng avvalo, mazkur jarayonlarning maqsadi, belgilangan vazifalarning mazmun-
mohiyati va mavjud imkoniyatlar inobatga olinadi. Umumiy maqsadlarga
erishishda belgilangan vazifalarning bajarilish ketma-ketligi belgilanadi hamda
mazkur vazifalarni bajarishda, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda
qо‘llaniladigan о‘qitish metodlari va asosiy yondashuvlar tanlab olinib,
о‘rganiladigan mavzuning mazmun-mohiyati hamda vaziyatlarga kо‘ra
muvofiqlashtiriladi.
Taklif etilayotgan modelning asosiy komponentlaridan yana biri pedagogik
jarayonlarni takomillashtirish bо‘lib, unda quyidagi ishlar amalga oshirilishi
muhim ahamiyatga ega:
pedagogik jarayonlarning natijaviyligini aniqlash va takomillashtirish
yо‘nalishidagi vazifalarni belgilash;
pedagogik tizimning istiqbolini va rivojlantirish yо‘nalishidagi vazifalarni
belgilash;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va
ularning natijalari, fan-texnika yutuqlari, yaratilayotgan yangiliklar va
rivojlanishlar, talabalarning intellektual salohiyatini о‘sib borishi, rivojlanib
borayotgan davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari va zamonaviy talablarni о‘rganish;
talabalarning faolligini ta’minlashda bajariladigan vazifalar bilan
foydalaniladigan metodlar va yondashuvlarni muvofiqlashtirish;
ilg‘or pedagogik tajribalarni va zamonaviy texnologiyalarni о‘rganish,
eng qulay va samarali hisoblangan о‘qitish vositalari, metodlari va yondashuvlarni
tanlash hamda amaliyotga tatbiq etish.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
44
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
45
OILAVIY MUNOSABATLAR VA О‘SMIRLARNING DEVIANT XULQI
Rezume. Ushbu maqolada о‘tkazilgan nazariy, metodologik va empirik tahlillar asosida “deviant xulq” kategoriyasi kо‘rib chiqilgan va uning ijtimoiy-psixologik mohiyati tavsiflangan.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazar, ijtimoiy munosabat, deviant xulq-atvor, preventiv psixologiya, notо‘liq oila, konstruktiv, destruktiv.
Abstract. The article, based on theoretical, methodological and empirical analysis examines the category of deviant behavior and describes its socio-psychological point.
Key concepts: social and psychological point of view, social relation, deviant behavior, prevent psychology, incomplete family, constructive, destructive.
Резюме. В данной статье на основе проведенного теоретического, методологического и эмпирического анализа рассматривается категория “девиантное поведение” и описывается его социально-психологическая суть.
Основные понятия: социально-психологическая точка зрения, социальное отношение, девиантное поведение, превентивная психология, неполная семья, конструктивный, деструктивный.
О‘zbekistonda oilaga, farzandlar tarbiyasiga e’tiborli bо‘lish, uni qо‘llab quvvatlash, azal-azaldan о‘zbek xalqining an’analaridan biri bо‘lib kelgan.
“Ma’lumki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini о‘ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi, о‘z zurriyotining har tomonlama sog‘lom va barkamol bо‘lishini istaydi”1. Biz bu fikrlardan о‘zimizga shunday vazifani belgilaymizki, har bir oila, ota-ona о‘zaro bir-birlarini tushunish orqali, avvalo, kelajagimiz vorislari bо‘lgan farzandlarimizni har tamonlama sog‘lom qilib tarbiyalash, ularni oila, jamiyat, o‘z yurtiga foydasi tegadigan kishilar ruhida kamol toptirish zarur. Aks holda farzandlarimiz, ayniqsa,
*Yusufaliyev Elyorjon Mashrabovich, Qо‘qon davlat pedagogika institutining chet tillar kafedrasi mudiri. 1Каримов И. А. Асосий вазифамиз-жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат // Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганинг 23 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь.
E. Yusufaliyev*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
46
ilk о‘smirlik yoki о‘spirinlik davrining qarama-qarshiliklariga dosh bera olmay, adashishlari mumkin.
Tanlangan ilmiy muammo aynan voyaga yetmagan yoshlarning muammolariga taalluqli bо‘lib, unda ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan ushbu guruhga kiruvchi о‘smirlarning xulqidagi holatlarning tub ildizlari fanning ilg‘or metodlari vositasida о‘rganildi, chunki jamiyatimizda “voyaga yetmaganlar guruhi” atamasi mavjudki, u yosh davrlari hamda ijtimoiy psixologiyada eng muhim, murakkab, muammolarga tо‘liq bir davr sifatida e’tirof etiladi. Ilk o‘spirinlarning boshidan kechirayotgan muayyan muammolari, ichki ruhiy kechinmalarini о‘rganish va ularga bola bu davrning muammolarini osonroq boshdan kechirishiga kо‘maklashish masalasi ijtimoiy psixologiyaning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Ijtimoiy psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, deviant xulq-atvor shaxsning jamiyatda о‘rnatilgan axloq me’yorlari hamda qonun normalariga mos kelmaydigan, ularga zid bо‘lgan ijtimoiy xulqidir. Agar deviant xulq-atvor qonun nuqtayi nazaridan tahlil etilsa, bu – jinoyatchilikka moyillik, tartibbuzarlik, о‘g‘irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqan esa – yolg‘onchilik, dangasalik, jizzakilik, urushqoqlik, о‘z joniga qasd qilish va boshqalar. Bunday xulqning shakli bevosita insonning shaxs bо‘lib shakllanishi va jamiyatda munosib о‘rin egallab, ongli, faol pozitsiyani egallashiga tо‘siq bо‘ladi. Shunday vaziyatlar qurboni bо‘lib qolgan bola, agar ijtimoiy muhitda, ya’ni oilaviy о‘zaro munosabatlarda, tengqurlari davrasida, mahalladagi о‘rtoqlari yoki dugonalari orasida о‘zining munosib о‘rnini topaolmasa, tushkunlikka tushadi, agressiv, jizzaki, urushqoq bо‘lib qoladi, norozilik kayfiyati bois о‘qishdan ham sovib, “kо‘cha bolalari” guruhiga aralashib qoladi.
Deviant xulqni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni rossiyalik olim L. B. Shneyder deviant xulqni shaxs kundalik sa’y-harakatlarida nisbatan barqaror takrorlanuvchi, muhim ijtimoiy normalardan uni chekintiruvchi, nafaqat о‘ziga, balki jamiyatga ham aniq zarar yetkazuvchi (moddiy, ma’naviy, axloqiy) va ijtimoiy moslashuvga tо‘g‘onoq bо‘lgan harakatlar tizimi yoki shakli sifatida ta’riflab, uning sabablari algoritmini keltirgan. Ularning eng muhimlari quyidagilar:
his-hayajonli vaziyatlarda о‘zini nazorat qila olmaslik; oiladagi noma’qul vaziyat, ota-onalarning о‘smirlik davri psixologiyasi
borasida savodsizliklari, ba’zan ochiq janjalkashlar oilasi yoki er-xotin о‘rtasida oddiy murosa qilishning yо‘qligi, hattoki, oilaning notо‘liq maqomga kelib qolganligi, ya’ni murakkab pedagogik vaziyatlardan chiqish borasida ota-ona bilimlarining yetishmasligi;
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
47
о‘qishda tengqurlardan ortda qolish, ular tomonidan о‘smirning ajratib qо‘yilishi, bolaning о‘ziga nisbatan ishonchsizligi, о‘ziga bо‘lgan bahoning pastligi (yoki ba’zan haddan ziyod yuqoriligi);
bola qobiliyatlarining kattalar tomonidan salbiy baholanishi, undagi mavjud fazilatlarning ota-ona yoki pedagoglar tomonidan о‘z vaqtida va о‘z о‘rnida e’tirof etilmasligi(chunki har qanday bolada, ayniqsa, о‘smirlik davrida bola ongi, xulq-atvori, iqtidorida muayyan ijobiy о‘zgarishlar mavjud bо‘ladi);
ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan zо‘ravonlik, qiynoq, yomonlikning jazosiz qolishi kabi axborotlarning bola tomonidan qabul qilinishi;
ota-onaning haddan ziyod bandligi, ota-ona bilan bola о‘rtasidagi mojarolar, oilada muntazam ravishda tanbeh va sо‘kishlarning mavjudligi, ota-ona tomonidan haddan ziyod nazorat va avtoritarlikning yо‘lga qо‘yilganligi, о‘ta talabchanlik va, nihoyat, ota-ona (pedagoglar) tomonidan turli taqiqlarning kо‘pligiga qaramay, zararli ta’sirlarga nisbatan bola qarshilik kо‘rsatishining sustligi va bu borada kattalar kо‘magining yо‘qligi, (chunki kattalardagi, umuman olganda, bolaga ijobiy ta’sir kо‘rsatish uchun madaniy, intellektual saviyaning о‘zi yetishmaydi va boshqa sabablar) 1.
Agar respublikamizda salkam 7,5 million oila mavjud ekanligini, ularda tarbiya topayotgan farzandlarning har uchtasidan bittasi voyaga yetmagan ekanligini inobatga olsak, ularning ijtimoiy xulqidagi salbiy jihatlar profilaktikasiga qaratilgan maxsus tadqiqot о‘ta dolzarb ekanligini bilish mumkin2.
Alohida ta’kidlash joizki, о‘zbek oilasida ota-onalar, buvi va bobolar farzand tarbiyasiga befarq emas, lekin ularning aksariyati deviant xulq profilaktikasi bо‘yicha yetarli ma’lumot va tarbiya kо‘nikmalariga ega emasligi tashvishlidir. Shu bois, voyaga yetmagan farzandi bor bо‘lgan 100dan ziyod oilaviy juftliklar о‘rtasida ijtimoiy psixologik sо‘rovnoma о‘tkazildi (1-jadval).
So‘rovnoma orqali ota va onaning tarbiya usullari, oiladagi о‘zaro munosabatlar va ularning tiplari haqida tasavvur hosil qilishga erishildi. So‘rovnoma tо‘ldirganlarning 66 nafari onalar va qolgan 36 nafari otalarni tashkil etdi. Shunda jami ota-onalarning 102 nafari tadqiqotda ishtirok etdi. Respondent ota-onalarning oilaviy ahvoli о‘rganilganida, ularning aksariyati rasman nikohda turadi. Notо‘liq oila vakilalarining barchasi nikohda bо‘lgan va 4-12 yil oralig‘ida turmush о‘rtog‘i bilan ajralishgan. Nikohda birga, lekin aslida birga yashamaydiganlar ham bor, ular jami о‘rganilgan oilalarning salkam 20 foizini (aniqrog‘i 19,5%) tashkil etadi.
1Шнейдер Л. Б. Девиантное поведение детей и подростков. – Москва: Гаудеамус, 2007. – С. 336. 2Mustahkam oila. www.muloqot.uz/blogs/160644
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
48
Biz, avvalo, oilasi bor, er-xotin birga yashaydiganlarning anketamizning “О‘zingizni er (xotin) sifatida oiladagi о‘z burchingizni ado etishingizga munosabatingiz?” degan savolga bergan javoblariga e’tiborni qaratdik (1-jadval).
1-jadval
Savolnomaga javob berganlarning oilaviy ahvoli (%)
Jinsi Birga yashaydi Birga yashamaydi, lekin rasmiy nikoh
bor
Rasman ajrashgan
Jami
Otalar 40,8 31,2 36,3
Onalar 59,2 68,8 100,0 64,7
Jami 100,0 100,0 100,0 100,0
Raqamlardan kо‘rinib turibdiki, birga yashaydigan er-xotinlarning о‘zlari yashab turgan muhit, oilaviy hayotdan umuman olganda mamnundirlar (53,3%), ayniqsa erkaklar mavjud xolatni yomon deb о‘ylamaydi (71%), lekin ayol-onalarning fikrlari va hayotiy pozitsiyalari erlarnikidan biroz farq qiladi. Anonim anketaga bergan javoblaridan shu narsani aniqlandiki, kо‘proq onalar ayni paytdagi mavqelaridan qoniqmaydilar, ularning anchagina qismi о‘zining xotin sifatidagi mavqeyidan kо‘ngli tо‘lmaydi: “men yomon xotin bо‘lsam kerak” deb hisoblaydi (22,2%), chunki farzandining xulqidan norozi ona о‘zini xotin sifatida ham talabga javob bermasligini anglaydi (2-jadval).
2-jadval
Bunday ayollardagi о‘ziga nisbatan tanqid psixologiyasini umuman olganda, ijobiy holat deb baholash mumkin, lekin har uchta onaning uchtasi о‘zining oilaviy ahvolidan mamnun ekanligi, bu borada otalar juda optimist ekanligi xavotirli holatdir. Shu bois anketaning keyingi savoli orqali ularning о‘z otalik yoki onalik burchiga nisbatan munosabatlarini ham tahlil qilib, quyidagi natijalar olindi (3-jadval).
Respondentlarning “О‘zingizni er (xotin) sifatida oiladagi о‘z burchingizni ado etishingizga munosabatingiz?” degan savolga bergan javoblari natijalari
Javob Tо‘la mamnunman
О‘z mavqeyimdan qoniqmayman
Men yomon er (xotin) bо‘lsam
kerak
Bilmayman
Er (n=31) 71,0 16,1 12,9 0
Xotin (n=45) 35,6 40,0 22,2 2,2
Jami, о‘rt. 53,3 28,1 17,6 1,0
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
49
3-jadval
Respondetlarning ota-onalik burchiga munosabati (n=76)
О‘z otalik (onalik) burchingizga munosabatingiz? Javob variantlari:
Erkaklar (n=31)
Ayollar (n=45)
men о‘zimni yaxshi ota (ona) deb hisoblayman 35,5 42,2
yaxshi ota (ona) bо‘lish uchun menda vaqt yо‘q 22,6 22,3
men о‘z otalik (onalik) burchimni ba’zan yaxshi, ba’zan yomon ado etaman
12,9 11,1
men qattiqqо‘l bо‘lsam kerak, bolalar mendan chо‘chiydi
19,4 4,4
men о‘ta kо‘ngilchanman 3,2 15,6
men о‘zimni yaxshi ota (ona) deya olmayman 6,5 4,4
meni ota-onalikka о‘rgatishmagan, chunki о‘zim yetim о‘sganman
0 0
Ma’lum bо‘lishicha, ota-onalik burchini bajarishlaridan kо‘proq kо‘ngli tо‘lganlar – bular onalardir, chunki ularning 42,2 foizi о‘zlarni yaxshi onaday his qiladilar. Otalarga kelsak, har uch nafar otaning bittasi о‘zini yaxshi ota rolida tasavvur qiladi. Turli oilalardan bо‘lishiga qaramay, otalar ham, onalar ham deyarli bir xil farzand tarbiyalash, ularga yaxshi namunali ota yoki ona bо‘lishga “vaqtlari yetishmasligi” yoki “о‘z otalik (onalik) burchimni ba’zan yaxshi, ba’zan yomon ado etaman” degan javoblar berishgan, bu fikrlarda gender tafovut kо‘rinmaydi, lekin tarbiyaga direktiv yondashish, о‘zini “qattiqqо‘l” deb e’tirof etishda otalar ancha ustun bо‘lsalar (19,4%), qolaversa, aynan otalar onalarga nisbatan о‘zlariga tanqidiy qarab, “men о‘zimni yaxshi ota deya olmayman” degan bо‘lsalar, “kо‘ngilchanlikda” aksincha – onalar (15,6%) о‘zlarini yuqoriroq raqamlarda tasdiqlagan. Bunday yumshoqlikni bir tomondan ona-ayol tabiatidan qidirsak, ikkinchi tomondan, eridan ayrilib, о‘zi farzand tarbiyasiga mas’ul bо‘lib qolganligi, sherigi bо‘lib qolgan farzandining dilini og‘ritmaslikka harakat qilib, unga kо‘ngilchanlik qilishining e’tirofidir, deyishimiz mumkin. Demak, ota-onalik rolida о‘zini tasavvur qilish borasida erkaklar va ayollar fikrida muayyan yaqinlik va tafovutlar mavjud.
Shuni ta’kidlash lozimki, tanlovimizdagi notо‘liq oila vakillari faqat ayollardan iborat bо‘lib, ularning barchasi turmush о‘rtog‘i bilan turli sabablarga kо‘ra ajrashganlardir. Shuning uchun ham biz ulardan, avvalo, nima sababdan turmush о‘rtog‘i bilan birga yashay olmaganliklarining sababini va keyin farzand tarbiyasidagi taktikalarini о‘rgandik. Anketaga kiritilgan oltinchi savolimizga
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
50
keltirilgan alternativ javoblarning faqat bittasi yoki ikkitasini belgilash topshirig‘ini berib, ularni xuddi kontent-analizday qayta ishladik, chunki uning to‘qqizinchi bandi yana respondentning erkin о‘z fikrini bildirish imkonini beradi. Barcha onalarning bergan javoblari tahlil qilinganda quyidagi 4-jadvalda keltirilgan natijalarni qо‘lga kiritdik. Har bir javob variantining qaytarilishni aniqlash uchun klontent-tahlil natijalarini aniqlash formuladan foydalandik va umumiy natijalarni qayta jadvalga kiritdik. Bunda kontent-analizning kategoriyalari rolini biz javob sifatida tavsiya etgan omillar yoki respondentlarning о‘zlari erkin bayon etgan jumla yoki sifatlar xizmat qildi.
4-jadval
Notо‘liq oila vakillarining javoblari kontent tahlili (nona=15)
kategoriyalar CH (abs)
kategoriyalar CH (abs)
xarakter tо‘g‘ri kelmadi; 70,0 oilaviy hayot qiyinchilik-lariga chidamaslik
80,0
Kо‘ngilsizlik 80,0 qaynona (qaynota) bilan chiqishmaslik
20,0
Farzand tarbiyasidagi tushun-movchiliklar
60,0 moddiy qiyinchilik 30,0
Xiyonat 90,0 Boshqa sabablar:
ideal turmush о‘rtoq bо‘lmadi;
30,0 -Sababsiz tashlab ketdi; -о‘zim aybdorman; -qiz tuqqanim sababli; -erta nikoh.
30,0 40,0 10,0 40,0
Notо‘liq oilada yashayotgan onalarning bildirgan fikrlaridan kо‘rinib turibdiki, avvalo, bu nikohlarning о‘zi yaxshi bо‘lmagan, chunki javoblar orasida “xiyonat” (90,0), “kо‘ngilsizlik” (80,0), “xarakterning tо‘g‘ri kelmaganligi” (70,0), “oilaviy hayot qiyinchiliklari”(80,0) kabi javoblar yetakchi о‘rinda turibdi. Bu о‘sha oilalarning avvali boshdan ma’naviy jihatdan puxta, mustahkam bо‘lmaganligidan dalolat beradi. Asosiysi shuki, bu oilada dunyoga kelgan farzandlarni ayni о‘smirlik yoshida tarbiyalash uchun mas’ul shaxs – ona - ayol hisoblanadi. Ayrim onalar о‘z ota-onalari uyida yashashsa ham, baribir bola tarbiyasidagi asosiy mas’uliyat onaning bо‘ynida. Shu fikrlardan kelib chiqib, biz onalarning о‘z farzandlari tarbiyasi borasida fikrlarini о‘rgandik (5-jadval).
5-jadval
Notо‘liq oiladagi onalarning farzand tarbiyasiga munosabatlari
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
51
Munosabat turi Doimo ba’zan Sira bо‘lmagan
Bilmadim
1. Bolamning fikri bilan kelishishga harakat qilaman
53,3 33,3 13,3
2. Bolamni kelajakda yaxshi odam bо‘lishini niyat qilaman
86,7 13,3
3. Xarakteri sobiq turmush о‘rtog‘imni eslatadi
73,3 20,0 6,7
4. Bolamning kо‘ngliga qa-rashga harakat qilaman
80,0 13,3 6,7
5. Men bolamni yaxshi kо‘ra-man
60,0 26,7 6,7 6,7
6. Nazarimda bolamni erka-latib yuboryapman
13,3 46,7 26,7 13,3
7. Bolamni ish va о‘qishiga aralashmayman, u – mustaqil
53,3 26,7 20,0
8. Bolaning fe’liga va kay-fiyatga qarab muomala qilaman
66,7 26,7 6,7
9. Dilini og‘ritaveraman 53,3 46,7
10. Men qattiqqо‘lman 46,7 53,3
11. U bilan yolg‘izligim bilin-maydi, shu bois kо‘ngliga qarayman
46,7 46,7 6,7
12. Bolamni yaxshi kо‘rmay-man, chunki u ham menga mehrsiz
40,0 55,3 13,3 13,3
13. Urishib qolsak, meni ke-chirmaydi
26,7 60,0 6,7 6,7
14. Men unga о‘ta e’tibor-liman
46,7 46,7 6,7
15. Bola о‘zi katta bо‘la-veradi
40,0 26,7 33,3
Notо‘liq oila vakilasi bо‘lmish onalarning hayot tarzi, tashvish va quvonchlarida о‘xshashlik va yaqinlik kо‘proq bо‘lgani sababli ular javoblarida ham muayyan yaqinliklar mavjud.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
52
О‘tkazilgan tadqiqotimiz, birinchidan, voyaga yetmagan о‘smir yoshli bolalar jinoyatchiligiga bola tarbiyalangan oila muhitining, oila a’zolarining, eng avvalo, ota va onalarning turli darajadagi munosabatlarning ta’siri bevosita ekanligini isbotladi. Qolaversa, ota-onalar munosabatlarida egiluvchanlik va uyushganlikning yо‘qligi bolaning о‘z tengqurlari doirasida ham, о‘z oilasida ham yakkalanib qolishiga sabab bо‘lishi, bola ongida stress keltirib chiqaruvchi omil sifatida jinoiy harakatlarga turtki bо‘lishi mumkinligini isbotladi.
Ikkinchidan, bola tarbiyasida ona omilining roli bevosita ekanligidan kelib chiqib, notо‘liq oila vakilalari xulqidagi izchillikning mavjud emasligi eng avvalo bola ruhiyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi omil sifatida uning turli salbiy harakatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga yomon ta’sir kо‘rsatishi isbotlandi.
О‘tkazilgan nazariy-metodologik izlanish esa oilaviy о‘zaro munosabatlar о‘z mohiyatiga kо‘ra konstruktiv (oxir oqibati ijobiylik, yaxshilik bilan tugaydigan oqibatli) va destruktiv (oqibati – salbiy, yomonliklar bilan tugaydigan) xarakterli bо‘lishi mumkinligi, voyaga yetmaganlarda kuzatiladigan xulqdagi deviantlilik, ya’ni normalar og‘ishlar, ziddiyatlar aksariyat holatlarda er-xotin munosabatlarining buzilishi va ularning destruktiv tarzga о‘tishi, oila tipining esa “noqobil” deb tavsiflanishi bilan bog‘liq ekanligini asosladi. Oilaviy nizolar va janjallarning guvohi bо‘lgan bolada nafaqat oilani, balki atrof-muhitni, jumladan, ijtimoiy muhitni (tengqurlar jamiyati, tengdoshlar, sinfdoshlar, kursdoshlar, mahalladoshlar va boshqa norasmiy guruhlarni) tanglik (stress) holatini keltirib chiqaruvchi sifatida e’tirof etilishiga, insoniy о‘zaro munosabatlarni noxolis idrok etib, huquqbuzarlikka moyillikni keltirib chiqaradi.
Demak, umuman voyaga yetmagan bolani о‘rab turgan ijtimoiy muhitni tahlil qiladigan bо‘lsak, uning yaxshi - qulay yoki yomon - noqulay tiplari farqlanadi. Qulay psixologik muhit zamirida er-xotin dunyoqarashi, fikrlash tarzlari, fe’l-atvorining bir-biriga mos kelishi yotadi. Olimlarning fikricha, oiladagi qulay muhit tushunchasi quyidagi belgilarga asoslanadi:
a) oila a’zolarining birligi (qarashlar, fikrlar, qiziqishlar, ideallar, qadriyatlar yо‘nalishining birligi);
b) shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlarning mavjudligi;
v) oila a’zolarining bir-biriga nisbatan xayrxohligi, talabchanlik, himoyalanganlik hissining mavjudligi, о‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan munosabatlar1.
1Умаров В. М. Ўзбекистонда вояга етмаганларнинг ижтимоий-психологик муаммолари: психол.фан.докт. ... дисс. – Тошкент, 2009. – Б. 46. Нормуродов Е. А. Гумон қилинаётган вояга етмаган ўсмирларнинг сўроқ қилинишнинг психологик хусусиятлари: психол.фан.ном. ... дисс. – Тошкент, – Б. 13.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
53
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bola tarbiyasi va ta’limi bо‘yicha aniq va asosli bilimlar sohibi bо‘lmish о‘qituvchining oila bilan aloqasi qanchalik yaxshi va maqsadli bо‘lsa, bola tarbiyasi kо‘ngildagidek bо‘ladi, deb hisoblaymiz.
TALABALARNI INTELLEKTUAL-MADANIY RIVOJLANTIRISHNING AYRIM DIAGNOSTIK
MASALALARI Rezume. Mazkur maqolada talabalarni
intellektual-madaniy rivojlantirishning pedagogik-psixologik para-metrlari va diagnostik kо‘rsatkichlari yoritib berilgan.
Tayanch tushunchalar: intellekt, madaniyat, rivojlanish, intellektual-madaniy rivojlanish, til, lotin tili.
Abstract. This article deals with pedagogical and psychological parameters, diagnostic indicators of students' intellectual and cultural development.
Key concepts: intellect, culture, development, intellectual-cultural development, language, Latin language.
Резюме. В этой статье раскрыты педагогические и психологические параметры, диагностические показатели интеллектуально-культурного развития студентов.
Основные понятия: интеллект, культура, развития, интеллектуально-культурного развития, язык, латынский язык.
Ma’lumki, mustaqil yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlarini mukammal ravishda rо‘yobga chiqarish, xalqimizga farovon turmush tarzini yaratib berishdek ezgu maqsadlarga yо‘naltirmoqda. Ushbu vazifalarning qisqa muddatlarda muvaffaqiyatli hal qilinishi bugungi kunda nafaqat davlatimiz, balki о‘zimiz yashayotgan jamiyatning har bir a’zosining bu boradagi sobitqadam va ongli faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” g‘oyasi asosida aynan mana shu xalqchil mohiyat yotadi. Kuchli jamiyatni shakllantirish, avvalambor, insonning jamiyatdagi о‘rnini anglab yetishi bilan bog‘liq bо‘lgan hodisadir. Bu о‘rinda jamiyat a’zolarining intellektual-madaniy rivojlanish darajasi, ularning fikrlash doirasi, dunyoqarashining kengligi kabi omillar hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Demak, intellektual-madaniy rivojlanish omili
*Isroilova Maxsuda Nimatullayevna, Toshkent davlat stomatologiya instituti tillar kafedrasi katta о‘qituvchisi. E-mail: farkhod_isroilov@rambler.ru
M. Isroilova*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
54
mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi kundagi dolzarb vazifalarini amalga oshirishning eng asosiy vositasiga aylandi, desak xato qilmaymiz. Shuning uchun ham intellektual-madaniy rivojlanish masalasining nazariy va amaliy jihatlariga bugungi kunda mamlakatimizda katta ahamiyat berilmoqda.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim tizimini “Yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga”1 yо‘naltirilishi alohida ta’kidlab о‘tilgan. Mazkur talab oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar shaxsini kasbiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan yaxlit tarzda shakllantirishni shart qilib qо‘yadi.
Respublikamizda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy tamoyillar sifatida ta’limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish, ularning asosi sifatida esa milliy va umuminsoniy madaniy qadriyatlar aniq belgilab olingan. Shu bilan birga, bugungi kunda kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan yaxlit ta’lim jarayoni “ta’limning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda”2 amalga oshirilishi lozim.
Intellekt muammosi jahon va milliy doirada kо‘p tadqiq etilganiga qaramay, hozirgi vaqtgacha muammoli tavsifga ega bо‘lib qolmoqda, chunki bugungi kungacha “intellekt” tushunchasining xilma-xil ta’riflari mavjud bо‘lsa-da, shaxs sifatini ifoda etuvchi mazkur tushuncha tadqiq etilayotgan obyektning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olishni alohida talab etadi. Ana shu nuqtayi nazardan talabalarni intellektual rivojlantirish deganda, shaxsning mantiqiy, abstrakt, ijodiy fikrlash hamda egallanggan bilim, kо‘nikma va malakalarni amaliyotda qо‘llay olish doirasini kengaytirish, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda qо‘llaniladigan metod va usullardan maqsadga muvofiq foydalanish vositasida subyekt-obyekt (umumiy intellektga doir) va subyekt-subyekt (ijtimoiy intellektga oid) tavsifidagi vazifalarni hal etish jarayoni tushuniladi.
Intellektual madaniy rivojlanish shaxs taraqqiyotining muhim tavsifini о‘zida ifoda etib, hayotiy faoliyat jarayonida zarur bо‘ladigan mustaqillik, individuallik, bilish faolligi, fikrlash, о‘z-о‘zini erkin namoyon etish, jamiyat talablariga muvofiq faol harakatlanish, madaniy merosni keng miqyosda о‘zlashtirish, yuqori madaniy saviyaga ega turmush tarzini yо‘lga qо‘yish,
1Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” // Баркамол авлод − Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1997. − Б. 34. 2Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” // Баркамол авлод − Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1997. − Б. 44.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
55
egallangan bilim, kо‘nikma va malakalarni amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatidir.
Talabalarni intellektual madaniy rivojlantirish yaxlit tizim sifatida bir qator tarkibiy qismlarning о‘zaro aloqadorligi va birligini talab etadi. Intellektual-madaniy rivojlanish jarayonining tarkibiy qismlari sifatida motiv, bilish, bilish faolligi, mustaqillik, ijodiylik, dunyoqarash, ilmiy dunyoqarash, ilmiy qadriyatlar, madaniy qadriyat kabilarni kiritish mumkin.
Intellektual kо‘nikmalar о‘zida xotiraning rivoji, idrok etishning rivoji, tasavvurlarning rivoji, diqqatning rivojini aks ettiradi1.
Intellekt shaxs xususiyati bо‘lib, obyektiv borliqdagi predmet va hodisalarni ularning о‘ziga xos aloqalari va qonuniyatlari bilan ongimizda aniq va chuqur aks ettiradigan qobiliyatdir.
Intellekt barcha aqliy jarayonlarda, birinchi navbatda, tafakkur va ijodiy xayolda kо‘rinadi. U kо‘proq yorqinroq, yangi muammoni mustaqil yechishda kuzatiladi.
Intellektning har xil odamlarda turli darajada rivojlanganligi tufayli bir nechta sifatlari mavjuddir:
1) aqlning tushunarliligi – fikrlar oddiyligi va ishonchliligi, unda qandaydir о‘ylangan fikr yо‘qligi. Bu nafaqat intellektual, balki axloqiy xususiyatdir, chunki aqlning tushunarliligi, odatda, nafaqat harakat uchun javobgarlik, balki fikrlar uchun ham javobgarlikni his qilishdir;
2) aqlning mantiqiyligi tafakkurdagi qat’iy davomiylik va sistemalilikdir; 3) aqlning chuqurligi yoki о‘ylovchanlik – predmetlarda va hodisalarda
о‘ziga xoslikni bilish qobiliyati; 4) aqlning kengligi – masalaning barcha tomonlarini hisobga olgan holda
fikr yuritish qobiliyati; 5) aqlning yumshoqligi va egiluvchanligi – shablonlik, stereotiplikning
yо‘qligi, fikrlashni о‘zgartirish qobiliyati; 6) mustaqillik va originallik. Bu oddiy aql yumshoqligi bо‘lmasdan, balki
yangilik, aqliy faoliyatning ijodiy xususiyati; 7) aqlning tanqidiyligi tekshirilmagan, shunchaki olingan hukmlar yо‘qligi,
chuqur о‘rganilgan, tahlil qilingan, inkorlarga jiddiy munosabatning mavjudligidir. Inson aqlining barcha individual xususiyatlari mehnat jarayonida paydo bо‘ladi, shakllanadi va rivojlanadi2.
1Энциклопедия педагогических технологий. – Санкт-Петербург: КАРО, 2005. – С. 56. 2Искендеров Ж. С. Педагогика коллежи талабаларида характернинг интеллектуал ва иродавий хусусиятларини шакллантириш: психол. фан. ном. ... дисс. – Тошкент., 2009. – Б. 37.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
56
Intellektual-madaniy rivojlanish emotsionallik bilan aloqadorlikdadir. Talabadagi salbiy his-tuyg‘ularini yо‘qotish, о‘rnini ijobiylari bilan tо‘ldirish zarur. Masalan, odamlarga nisbatan muhabbatni uyg‘otish kerak. Shu bilan birga talabada turli vaziyatlarda о‘ziga ishonch bilan qarash tuyg‘usini tarkib toptirish zarur. Agar boshqalarni sevish boshqalarga nisbatan munosabatni ifodalasa, о‘z-о‘ziga ishonch esa, о‘z-о‘ziga munosabatni anglatadi, ya’ni talabada tor ma’nodagi “Men” hissining hosil bо‘lishidir. Sevgi va ishonchdan tashqari bir his-tuyg‘udan voz kechish va о‘rniga boshqasini chaqira olish, qо‘rquvni boshqara olishga о‘rgatish ham muhim psixologik omillarning emotsional sabablariga taalluqlidir.
V. I. Morasanova “Individual о‘z-о‘zini boshqarish va inson xarakteri” nomli maqolasida xarakter tipologiyasi muammosiga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, xarakter tipologiyasi va xususiyatlarini qо‘yish muammosi tabiiyroq bо‘lib, uslubiy-qat’iy usulda shaxs omili nazariyalarida yechiladi. Bu yerda xarakter xususiyatlari va tiplari har xil tartibdagi omillar sifatida qarab chiqiladi, shaxs tuzilishining sifatiy har xil darajalaridek tasvirlanadi. Muallif xarakter tipologiyasini о‘rganishda psixikani tadqiq qilishga subyektiv yondashib, anglangan о‘z-о‘zini boshqarishning rivojlanish xususiyatlari nuqtayi nazaridan qarab chiqadi. Bu о‘rinda о‘z-о‘zini boshqarish subyektiv faollikning psixologik mexanizmi sifatida о‘rganiladi. U olib borgan tadqiqot natijalarining kо‘rsatishicha, individual о‘z-о‘zini boshqarish nafaqat xarakter kо‘rinishini nazorat qilishga imkoniyat yaratganini, balki о‘z-о‘zini boshqarish xarakterning shakllanishi va shaxs yо‘nalishining rivojlanishi bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi1.
Talabalar motivatsion faoliyatining rivoji ham intellektual-madaniy taraqqiyotga ta’sir etuvchi psixologik omillar sirasiga kiradi.
Motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy faoliyatga undovchi motivlar yig‘indisi. Motiv esa fransuzchadan tarjima qilinganda, undovchi kuch, sabab degan ma’noni bildiradi.
E. G‘oziyev va R. Asomovalarning tadqiqotlarida ta’kidlanganidek, motiv va motivatsiya tizimi shaxsning faoliyati, muomalasi, xatti-harakatining ichki regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojini qondirish, xohish-istak, ezgu niyat, orzu-tilak, mayl, his-tuyg‘u, ustanovka, ideal, imon-e’tiqod, vijdon, maqsad qо‘ya olish va boshqalarni amaliyotda rо‘yobga chiqarishning bosh omili hisoblanadi. Motiv va motivatsiya faqat bilimlarni о‘zlashtirish, о‘quv malakalarini egallash,
1Моросанова В. И. Индивидуальная саморегуляция и характер человека. – Москва, Вопросы психологии, 2007. – №3, – С. 59-68.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
57
muomala maromini qо‘llash bilan cheklanib qolmasdan, balki shaxsning xulq-atvorini, yangi xislatlar namoyon bо‘lishini ham izohlab berishga xizmat qiladi1.
Talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishda munosabat motivatsiyasi ham muhim о‘rin tutadi. Talabada madaniy voqelikka subyektiv munosabatni qaror toptirish uchun “odam – inson – shaxs – individuallik – subyekt – komillik” iyerarxiyasiga rioya qilish, shaxsga subyektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, “subyekt-subyekt” aloqasini vujudga keltirish, har qanday subyekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs subyekt emasligi muammosini yechish, shaxs subyekt bо‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq etish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim о‘rin tutadi.
Shuningdek, talabalarni intellektual madaniy rivojlantirishda V. M. Karimova rahbarligida yangicha ijtimoiy-psixologik munosabatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham diqqatga sazovordir. Ular zamirida yotgan mulohazalarni ta’kidlash orqali О‘zbekistonda munosabat tizimi motivatsiyasi shakllanishining tarixi, buguni va kelajagi haqida ma’lum tasavvurlarni shakllantirish mumkin2. Zero, inson munosabatlari uning xulq-atvorida, ichki dunyosining shakllanishida, barcha psixologik jarayonlarida muhim boshqariluvchilik rolini о‘ynaydi.
Pedagogik-psixologik fanlarda qо‘lga kiritilgan yutuqlar talabalarning intellektual rivojlanish darajasi kasbiy kompetensiyalar hamda ularni о‘zlashtirish jarayonida shakllangan aqliy harakatlar yig‘indisi, ma’lum bir darajadagi yangi bilim va kо‘nikmalarni egallashga imkon beruvchi fikrlash jarayonida ularga erkin tayanish bilan belgilanadi. Talabalarning intellektual-madaniy rivojlanish darajasi haqidagi ma’lumotlar maxsus kuzatish va psixologik-pedagogik tashxis metodlari yordamida tahlil etilishi maqsadga muvofiq.
Tadqiqotga oid nazariy materiallarga tayangan holda, intellektning muhim sifatlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
- tirishqoqlik; - aqlning teranligi; - fikrning egiluvchanligi va moslashuvchanligi; - fikrning mantiqiyligi;
1Qarang: Ғозиев Э. Тараққиёт психологияси. – Тошкент: Университет, 1999. – Б. 48; Асомова Р. С. Касб танлаш мотивацияси ва унинг динамикаси: Психол. фан. ном. ... дисс. – Тошкент: ТошДУ, 2002. – Б. 28. 2Qarang: Каримова В. Ўзбек ёшларида оила тўғрисидаги ижтимоий тасаввурларнинг шаклланиши: психол. фан. док. ... дисс. – Фарғона, 1994. – Б. 282; Каримова В. Ижтимоий психология ва ижтимоий амалиёт. – Тошкент: Университет, 1999. – Б. 95.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
58
- fikrni dalillash; - fikrning tanqidiyligi; - fikrlash doirasi. Mazkur sifatlar, о‘z navbatida, talabalarning intellektual rivojlanish
mezonlari tarzida belgilab olindi. Har bir mezon bо‘yicha talabalarning intellektual rivojlanishining mavjud holatini baholashga yordam beruvchi kо‘rsatkichlar aniqlandi, sо‘ngra test va anketa sо‘rovnomalari yordamida miqdoriy ma’lumotlar olindi.
Olingan natijalar tahlili nazorat guruhida motivatsion (yuqori daraja – 18%, о‘rta daraja – 47%), о‘rganilayotgan obyektni har tomonlama tahlil etish (yuqori daraja – 19%, о‘rta daraja – 63%), fikr va xulosalarni tasdiqlovchi dalil va qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati (yuqori daraja – 20%, о‘rta daraja – 60%) kо‘rsatkichlari boshqa mezonlar bilan taqqoslaganda yaxshi shakllanganligini kо‘rsatdi.
Tajriba guruhida esa bilishga qiziqish (yuqori daraja – 19%, о‘rta daraja – 48 %), narsa-hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish, asosiy fikrni ajratish, narsa-hodisalar о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlikni tushunish (yuqori daraja – 18%, о‘rta daraja – 43%) kо‘rsatkichlari bо‘yicha yuqori natijalar kuzatildi.
Ikkala guruhda ham fikrning egiluvchanligi va moslashuvchanligi – mavjud bilim va tajribadan foydalana olish, yangi vaziyat va munosabatlarda obyektlardan tezkor foydalana olish, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish (nazorat guruhida – 50% quyi daraja, tajriba guruhida – 53% quyi daraja), tanqidiy fikrlash – fikrlash faoliyati natijalarini qat’iy baholash, notо‘g‘ri fikr va xulosalardan voz kechish, tuzatish kiritish (nazorat guruhida – 45 % quyi daraja, tajriba guruhida – 45% quyi daraja), fikrlash doirasining kengligi – fikriy faoliyat obyektini har tomonlama qamrab olish qobiliyati, muqobil qarorlar qabul qila olish (nazorat guruhi – 49% quyi daraja, tajriba guruhi – 43% quyi daraja) kabi intellektual sifatlar nisbatan sust rivojlangan.
Shuningdek, tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalarning madaniy rivojlanish darajasi о‘rganilayotgan til bilan bog‘liq sivilizatsiyaga doir madaniyatni о‘zlashtirish jarayoni sifatida tahlil etildi. Olingan natijalar esa, nazorat va tajriba guruhlarida ham talabalarning antik davr madaniyati tо‘g‘risidagi bilim, kо‘nikma va malakalari yetarlicha shakllanmaganligini kо‘rsatdi. Ikki guruh respondentlarida ham boshqa fanlar, boshqa sohalar bilan bog‘liq qadimgi yunon-rim madaniyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga egalik va lotin tilini amaliy faoliyatda qо‘llay olish darajasi nisbatan yuqori darajani tashkil etdi.
Eng past kо‘rsatkichlar madaniy artefaktlar, falsafiy va badiiy asarlar mualliflari, mifologiya, marosimlar bilan bog‘liq mezonlarda (nazorat guruhida –
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
59
57%dan 73% gacha – quyi daraja; tajriba guruhida – 58%dan 69%gacha – quyi daraja) yaqqol kuzatildi.
Yuqorida bayon etilgan diagnostik ma’lumotlar asosida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lotin tilini о‘rganish jarayonida talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishda quyidagi konseptual asoslarga tayanish lozimligi haqidagi xulosalarga kelindi:
1. Talabalarni intellektual madaniy rivojlantirishning eng asosiy sharti tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida о‘qitiladigan lotin tili fani mazmunini mamlakatshunoslikka doir ma’lumotlar bilan boyitish kerak.
2. Mamlakatshunoslikka doir masalalarni о‘rganishning yetakchi tamoyili sifatida milliy-madaniy mohiyatni yorqin aks ettiruvchi о‘quv birliklarini tanlash va tizimlashtirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
3. О‘zga tilni о‘rganish о‘quv materiallari hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish, tizimlilik va izchillikka rioya etishni talab etadi.
4. Kutilgan natijaga erishish uchun leksik va atamashunoslikka doir materiallar va madaniy tavsifga ega ma’lumotlarni о‘zlashtirish hajmi, turi va usullarini maqbul tarzda taqdim etish shart-sharoitlarini aniqlashtirish zarur.
5. Lotin tilini о‘rganish jarayonida madaniyatshunoslikka doir mavzularni aniq belgilab olish, tushuncha va voqeliklarni tizimlashtirish, intellektual va kasbiy sohaga doir kо‘proq ahamiyatga ega faoliyat obyektlari maydonini samarali loyihalash maqsadga muvofiq.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lotin tilini о‘rganish va talabalarni intellektual madaniy rivojlantirishga doir mazkur yondashuvlar har bir mashg‘ulotda mamlakatshunoslik mazmuni bilan bog‘liq obyektlar miqdorini aniq belgilash, о‘quv-bilish faoliyatini tizimli boshqarish va talabalar tomonidan о‘zga til bilan bog‘liq madaniy unsurlarni muvaffaqiyatli о‘zlashtirish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalari “Lotin tili” fanining lingvistik va madaniyatshunoslikka doir imkoniyatlarini tо‘liq rо‘yobga chiqarish imkonini beruvchi quyidagi yо‘nalishlarni ajratib kо‘rsatish imkonini berdi:
1) tilni о‘rganishda leksik, atamashunoslik, hikmatli sо‘zlarni о‘rganish kabi darajalarida mamlakatshunoslikka doir materiallardan keng foydalanish zarur;
2) mamlakatshunoslikka doir ma’lumotlarni tushuncha (konsept) va voqelik (realiya) kо‘rinishida taqdim etish maqsadga muvofiq. О‘rganilayotgan mavzular mazmunida tibbiy va umummadaniy voqeliklar aks etishi lozim;
3) matnlar ustida ishlashda tematik jadvallarni tо‘ldirish, yangi matndagi voqelikni mustaqil aniqlashtirish, qiyosiy tahlil, tayanch sо‘zlarni ajratib olish va tahlil etish kabi usullar yordamida amalga oshirilishi kerak;
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
60
4) talabalar tomonidan mustaqil tanlangan madaniy voqeliklar bilan ishlash jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etish lozim;
5) talabalarning mustaqil ishlari kitoblar bilan ishlash, auditoriyada individual va intellektual bilishga doir topshiriqlarni bajarish asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
61
BО‘LAJAK MUTAXASSISLARDA MAS’ULIYAT HISSINING NAMOYON BО‘LISHI
Rezume. Maqolada shaxs shakllanishida muhim
rol o‘ynaydigan sifatlardan biri bo‘lgan mas’uliyat va
uning bо‘lajak mutaxassislar hayotida tutgan о‘rni
hamda ahamiyati haqidagi nazariy fikrlar
umumlashtirilgan.
Tayanch tushunchalar: mas’uliyat, ijtimoiy
mas’uliyat, о‘z-о‘zini anglash, о‘z-о‘ziga ishonch, talaba
о‘quv faoliyati, kasbiy maqom, zamonaviy mutaxassis.
Abstract. The article is devoted to theoretical conclusions about
responsibility as one of the important qualities in the formation of the individual,
about the place and role of responsibility in the life of future specialists.
Key concepts: responsibility, social responsibility, self-awareness, self-
confidence, student learning activities, professional status, modern specialist.
Резюме. В статье обощены теоретические заключения об
ответственности как одного из важных качеств в формировании личности, о
месте и роли ответственности в жизни будущих специалистов.
Основные понятия: ответственность, социальная
ответственность, самосознание, самоуверенность, учебная
деятельность студентов, профессиональный статус, современный
специалист.
Istiqlol tufayli jamiyatimizda insonlarning tafakkuri va hayotga munosabati
о‘zgarmoqda. О‘tmish qoldiqlaridan voz kechgan jamiyatimiz a’zolari hayotdagi
о‘z о‘rnini yangicha ishonch bilan qurmoqda. Kishilarimiz ongida demokratik
qadriyatlar borasidagi eng muhim yutuq – bu aholining shu jumladan, yoshlarning
faolligi oshayotgani, hayotimizni isloh etish va yangilash zarurligiga,
mamlakatimizning kelajagiga bо‘lgan qat’iy ishonchdir1.
Talaba shaxsining shakllanishi yuqori malakali kadrlar tayyorlash ta’lim
sohasidagi asosiy masala hisoblanadi. Bu masala yuzasidan barcha sohalardagi
kabi psixologiyada ham tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Talabalar psixologiyasini
о‘rganish va ulardagi kasbiy sifatlarni shakllantirishda, avvalo, talaba shaxsining
*Sagindikova Nargiza Djubatkanovna, Qoraqalpoq DU pedagogika va psixologiya kafedrasi о‘qituvchisi. E-mail: sagindikovan@mail.ru 1Каримов И. А. Энг асосий мезон – ҳаёт ҳақиқатини акс эттириш. – Тошкент: Ўзбекистон, 2009. – Б. 24.
N. Sagindikova*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
62
individual psixologik xususiyatlarini aniqlash zarur. Tadqiqot ishining maqsadi esa
talabalarning individual xarakterologik sifatlaridan biri bо‘lgan mas’uliyat
muammosini aniqlashdan iborat.
Har qanday birgalikdagi hayot tarzi jamiyat a’zolari orasida doimiy
takrorlanuvchi, odatiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy me’yorlarning
mavjud bо‘lishini taqozo etadi1.
Tadqiqotni о‘tkazish jarayonida talabalar о‘quv faoliyatidagi mas’uliyat
xususiyatlari о‘rganildi.
Mas’uliyat muammosini bizgacha qator psixolog olimlar o‘rgangan.
Javobgarlik tipi2, xarakter sifati, ijtimoiy qonun-qoidalarga rioya qilish tizimi, о‘z-
о‘zini boshqarish, axloq-odob me’yori va shu kabilar haqida fikrlarini bildirib
о‘tishgan. Biz esa bu masalani bо‘lajak mutaxassislarning kasbiy statusiga
asoslangan holda tadqiq qilamiz.
Talabalarining о‘quv faoliyatidagi mas’uliyati tahlilida ularning ta’lim
muhitida egallayotgan kasbiy-bilish statuslari yoki jamiyatdagi о‘rni qanday
ekanligi bilan bog‘liqligini inobatga olish muhimdir. Talabalik davri shaxs
ijtimoiylashuvida о‘ziga xos bir bosqichi bо‘lganligi bois ularda о‘z faoliyatini
mustaqil tashkil etish, xatti-harakatlari va xulq-atvoriga xos xususiyatlari,
imkoniyatlarini namoyon qilish kuzatiladi. Bu esa ularning о‘quv faoliyatidagi
mas’uliyatning shakllanishiga qanday ta’sir kо‘rsatishi mumkinligiga aniqlik
kiritishi mumkin.
Insonning ijtimoiy mavqeyi kо‘pgina omillar bilan bog‘liq murakkab
fenomen hisoblanadi. Ushbu fenomen talabalar о‘quv bosqichlari, ya’ni kasbiy
bilish faoliyati doirasidan kelib chiqqan holda mas’uliyatning gender xususiyatlari
yoritildi. Kasbiy-bilish faoliyat nuqtayi nazaridan ham talabalar mas’uliyatini
xarakterlovchi barcha komponentlar bо‘yicha olingan natijalar о‘rtacha qiymat va
korrelatsion tahlil asosida matematik-statistik usullar yordamida ishlab chiqildi.
Talabalarning kasbiy-bilish faoliyatining mas’uliyat shakllanishiga ta’sirini
о‘rganishda ta’lim bosqichlari bо‘yicha kо‘rsatkichlar tahlil qilindi. Bunda tadqiqot
respondentlarida jalb etilgan talabalarning kasbiy bilish statusini belgilovchi ta’lim
bosqichlariga kо‘ra natijalari alohida qayta ishlandi. Talabalarning kasbiy bilish
statuslari bilan bog‘liq qiymatlar mas’uliyat komponentlarini о‘zida
1Сафаев Н. С. Психологические особенности национального самосознания студенческой молодежи: дисс. … док.психол.наук. – Ташкент: 2005. – C. 137. 2Быков С. В Социально-психологическая регуляция ответсвенности личности: дисс. … док. психол. наук. – Казан, 2006. – С. 37-38 (316, 27-29).
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
63
mujassamlashtirgan umumiy kо‘rsatkichlarga nisbatan ancha farq qilayotganligini
1-jadvaldagi ma’lumotlarda ko‘rish mumkin.
1-jadval 1kurs 2 kurs
T 3 kurs 4 kurs T
M σ M σ M σ M Σ
1. Mustaqil faoliyat 21,22 6,13 30,10 3,89 -6,897*** 24,14 7,00 27,95 5,53 -2,911**
2. Nomustaqil
faoliyat 17,71 5,93 12,42 5,02 4,887*** 22,13 8,65 13,15 3,88 7,640***
3. Sotsiosentrik 23,95 6,33 24,79 3,68 -,826 18,17 8,18 25,35 5,33 -5,496***
4. Egosentrik 20,91 5,24 22,48 4,13 -1,595 21,80 5,97 18,70 5,88 2,508**
5. Onglilik 18,67 4,61 27,53 6,64 -5,731*** 25,96 6,10 27,23 7,21 -,794
6. Xabardorlik 17,34 6,69 14,97 6,98 1,485 19,96 9,46 15,25 5,57 2,960**
7. Predmetli
natijalilik 26,36 5,39 23,26 5,38 2,411** 20,07 7,35 24,09 4,22 -3,113***
8. Subyektiv
natijalilik 21,81 4,45 22,42 5,64 -,565 20,86 5,80 20,94 5,10 -0,075
9. Stenik 24,93 4,83 30,24 2,32 -3,741*** 25,03 6,91 30,37 5,26 -3,964***
10. Astenik 16,08 5,64 14,55 3,20 1,729 22,29 8,84 14,62 2,70 5,911***
11. Internallik 25,65 5,04 24,46 2,18 1,515 18,98 5,95 23,47 5,91 -3,655***
12. Eksternallik 21,61 5,34 21,75 2,65 -,161 21,19 5,22 20,41 5,79 ,710
* r≤0,05; ** r≤0,01; ** *r≤0,001 Mas’uliyatning namoyon bо‘lishida kasbiy-bilish statuslarining ta’siri
talabalarning ta’lim bosqichlariga kо‘ra о‘ziga xos statistik ahamiyatli ma’lumotlarni
taqdim etadi. Birinchi va ikkinchi bosqich talabalarning qiymatlarida beshta jabha
о‘rtasida farqlar ishonchliligini kо‘rsatuvchi tafovutlar aniqlandi. Birinchi holat
talabalar mas’uliyatining dinamik komponentlari bо‘yicha kuzatildi (21,22 va 30,10;
ʈ=-6,897, r≤0,001 (mustaqillik); 17,71 va 12,42 ʈ=4,887, r≤0,001 (nomustaqillik)).
Dinamik komponentning Mustaqillik parametri kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lganda
nomustaqillik qiymatlari mos tarzda quyi bо‘lishi natijalarda о‘z aksini topgan.
Talabalarning umumiy natijalarida mas’uliyatning dinamik komponenti qiymatlari
talaba qizlar va yigitlarda statistik jihatdan farqlarga ega bо‘lsa-da, bir xil daraja
bosqichida ekanligining guvohi bо‘lingan edi. Kasbiy-bilish statuslari bо‘yicha
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
64
kо‘rsatkichlarda esa dinamik komponent qiymatlari ikki xil darajada, ya’ni birinchi
bosqich talabalarida о‘rta darajada (21,22), ikkinchi bosqich talabalarida (30,10) esa
yuqori darajada. Bu esa mas’uliyatning namoyon bо‘lishi respondentlarning kasbiy
bilish statuslari ta’siri bilan bog‘liq degan nisbiy xulosani keltirib chiqarmoqda.
Miqdoriy kо‘rsatkichlarning sifat tahlili esa birinchi bosqich talabalari о‘quv faoliyat
motivlariga nisbatan mas’uliyatni tо‘liq namoyon eta olmayotganliklari, zarur
hollarda faollikka ega emasliklari, murakkab va qiyin vazifalarga duch kelganlarida
о‘zlariga mas’uliyatni olmasliklari va to‘siqlar oldida beqarorlikni namoyon etmoqda
deyish mumkin. Ikkinchi bosqich talabalarida esa, aksincha, о‘quv faoliyati bilan
bog‘liq topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni kuzatish mumkin. Talabalarning
kasbiy bilish statusiga kо‘ra mas’uliyatning namoyon bо‘lishidagi tafovut birinchi
bosqich talabalarining yangi ijtimoiy muhitga (ta’lim jarayoniga, о‘quv guruhiga,
pedagoglar bilan bog‘liq shaxslararo munosabatlar) tо‘liq adaptatsiya
qilmaganliklari; ikkinchi bosqich talabalari esa, aksincha, bu bosqichni
muvaffaqiyatli bosib о‘tganliklari oqibati bо‘lishi mumkin.
Yuqori bosqich talabalarida ham о‘ziga xoslik quyi bosqich talabalari singari
kuzatildi. Mas’uliyatning dinamik komponenti parametrlari kо‘rsatkichlarida
statistik mezonga kо‘ra ishonchlilik farqlari aniqlandi (24,14 va 27,95; ʈ=-2,291,
r≤0,01(mustaqillik); 22,13 va 13,15 ʈ=7,640, r≤0,001 (nomustaqillik)). Natijalar
uchinchi bosqich talabalaridagi mas’uliyatning о‘rtacha (24,14) va tо‘rtinchi
kurslarda esa yuqori darajada ekanligi bilan bog‘liq bо‘lishining psixologik talqini
kasbiy-bilish statuslari sabablidir, chunki uchinchi bosqich talabalari ta’lim muhitiga
tо‘liq moslashganlik faoliyatning turg‘unlashuviga olib kelganligi; tо‘rtinchi bosqich
talabalari oldida esa kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hamda davlat
attestatsiyasi bilan bog‘liq mas’uliyatli vazifalar turganligi sababli ham о‘zida
mustaqillikni oshirish va faoliyat natijalariga nisbatan nazoratning kuchaytirganligi
tufaylidir.
Ta’lim jarayonida о‘qituvchilar talabalarda mas’uliyatning subyektiv
natijaliligidagi о‘sish ularning о‘zlashtirishidagi ijobiy baholash, stimullar hamda
muvaffaqiyatli harakatlarni amalga oshirish oqibati ekanligiga e’tibor qaratishlari
lozim bо‘ladi.
Talaba yigitlarning о‘quv faoliyatida namoyon bо‘lishi mumkin bо‘lgan
mas’uliyatni aks ettiruvchi komponentlarida quyidagi manzara kuzatildi:
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
65
1. Mas’uliyatning dinamik komponenti tо‘rtinchi bosqich talabalarining
umumiy kо‘rsatkichlariga uyg‘un tarzda namoyon bo‘lmoqda, ya’ni dinamiklik va
motivatsion (r=0,416, p≤0,05), emotsionallik (r=0,746, p≤0,01) va regulyatorlik
(r=0,633, p≤0,01) komponentlari о‘rtasida ijobiy bog‘lanishlar kuzatiladi.
Tо‘rtinchi bosqich talaba yigitlarining bilish statuslariga kо‘ra mas’uliyatlilik
kо‘rsatkichlari talaba qizlarga nisbatan ustuvorlik qilmoqda. Ularda mas’uliyatlik
topshiriqlar yuklatilganda mustaqillik yetarlicha, о‘ziga ishonch yuqori,
faoliyatdagi muvaffaqiyatlardan ruhlanish, mas’uliyatli ishlarda javobgarlikni о‘z
zimmasiga olish istagini о‘sganligi sabablidir.
2. Talaba yigitlar mas’uliyatining kognitiv komponentlari onglilik
parametridagi о‘sish subyektiv natijalilikni tartibga solishi (r=0,622, p≤0,01),
faoliyat va xulq-atvor natijalarining ijobiy jihatlariga tayanish (r=0,745, p≤0,01),
mustaqillik, о‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bо‘lish va javobgarlikni о‘z
zimmasiga olishda (r=0,521, p≤0,01) shakllangan deyish mumkin.
3. Tо‘rtinchi bosqich talaba yigitlari mas’uliyatga nisbatan umumiy
munosabatni shakllantirish mustaqillikning pasayishiga, javobgarlikni о‘z
zimmasiga ola bilmaslikka olib kelishi mumkinligini anglaganliklari kо‘rsatilmoqda
(r=0,469, p≤0,05).
4. Kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichidagi о‘quv faoliyatining individual
vazifalarini bajarishga mas’uliyat erishilayotgan muvaffaqiyatlar oqibatida kо‘tarinki
ruh paydo bо‘lishi bilan bog‘liq (r=0,681, p≤0,01).
Tо‘rtinchi bosqich talaba yigitlarining mas’uliyatidagi о‘ziga xoslik talaba
qizlarnikidan tubdan farq qildi. Bu esa mas’uliyatning gender tafovutlari
shaxsning kasbiy kamolot bosqichlarida о‘zining farqli jihatlarini kо‘rsatishi
mumkinligini isbotlaydi .
Biz tadqiqotlarimiz asosida bо‘lajak mutaxassislar hayotida muhim sifat
bо‘lgan mas’uliyat muammosini о‘rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Talabalarning о‘quv faoliyatidagi mas’uliyatning gender xususiyatlar
talaba yigit va qizlarda о‘xshashlik hamda tafovutlarga ega bо‘ldi. О‘xshashlik
tomoni mas’uliyatning shakllanganlik pozitsiyalari bо‘yicha bir xil, ammo
darajaviy jihatidan yigitlarda biroz yuqori qiymatlarga ega.
2. Mas’uliyatning ta’lim bosqichlari bо‘yicha bilish faoliyatida tafovutlar
birinchi va ikkinchi bosqich talabalarida mas’uliyatning kognitiv komponentlari
(onglilik – 18,67 va 27,53; ʈ=-5,731, r≤0,001); refleksiv baholovchi (predmetli
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
66
natijalilik – 26,36 va 23,26; ʈ=2,411, r≤0,01); emotsional komponenti (stenik -24,93
va 30,24; ʈ=-3,341, r≤0,01) natijalarida kuzatildi. Ikkinchi bosqichda mas’uliyatning
kognitiv komponentining onglilik va emotsionallikning steniklik pozitsiyalarining
yetakchilik qilganligi javobgarlikning tо‘liq anglanganligi, uning mazmun va
mohiyatini atroflicha tushunishi va sifatini yaxlit tasavvur qilish kо‘nikmasiga
egaliklari hamda о‘zlari tomonida amalga oshirgan mas’uliyatli ishlardan
quvonishlari va qoniqish olishlari sababli. Birinchi bosqich talabalaridagi refleksiv
baholash komponentining predmetli pozitsiyasi ahamiyatli kо‘rinish olganligi
ularning ta’lim muhitida о‘zini namoyon etish, guruhiy ishlarda vijdonan yondashish
va о‘z statusiga ega bо‘lishga intilishlari oqibatidir.
3. Uchinchi va tо‘rtinchi bosqich talabalarida mas’uliyatning kasbiy-bilish
faoliyatiga kо‘ra namoyon bо‘lishida bir qator farqli va ahamiyatli qiymatlarga
mavjud. Uchinchi bosqich talabalarida kasbiy tayyorgarlikning о‘rta bosqichi
bо‘lganligi va hali vaqt borligi tо‘g‘risidagi tasavvur tufayli vaziyatga nisbatan
umumiy mazmunda, mas’uliyatli topshiriqlarni bajarishda e’tiborni о‘ziga qaratish
va о‘zining motivatsiyasiga muvofiq amalga oshirish, topshiriqlarni rag‘batlantirish,
mukofot hisobiga bajarish hamda shaxsiy zarar yetishi va jazolanishdan qochishga
intilish xosdir.
4. Tо‘rtinchi bosqich talaba qizlarning mas’uliyatlikning namoyon bо‘lish
kо‘rsatkichlari talaba yigitlarga nisbatan farq qildi. Qizlarda mas’uliyatning namoyon
bо‘lishi faqat mas’uliyatning dinamiklik va motivatsion komponentlarida kuzatildi.
Bu talaba qizlarning о‘quv faoliyatiga mas’uliyatlilikni ta’limning yakuniy bosqichida
о‘ziga ishonchsizlikning pasayishi, murakkab topshiriqlarni bajarishga javobgarlikni
zimmalariga olmasliklari, ta’sirlarga beqarorlik va kо‘proq о‘zlarining shaxsiy
manfaatlariga e’tibor qaratishlari sabablidir. Ta’limning bu bosqichiga kelib, qizlar
turmushning boshqa yumushlariga kо‘proq e’tibor qaratayotganliklari oqibati
ham sabab bо‘lishi mumkin.
Talaba yigitlardagi mas’uliyat bilish-faoliyatlariga kо‘ra mas’uliyatlilik
kо‘rsatkichlari talaba qizlarga nisbatan ustuvorlikka ega. Bu ularda mas’uliyatlik
topshiriqlar yuklatilganda mustaqillik yetarlicha, о‘ziga ishonch yuqori,
faoliyatning muvaffaqiyatlaridan ruhlanish, mas’uliyatli ishlarda javobgarlikni о‘z
zimmasiga olish istagining о‘sganligi sabablidir.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
67
SHAXSGA YО‘NALTIRILGAN TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA FUQAROLIK POZITSIYASINI
SHAKLLANTIRISH Rezume. Maqolada shaxsga yо‘naltirilgan
texnologiyalar asosida fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirish masalalari yoritilgan.
Tayanch tushunchalar: shaxsga yо‘naltirilgan
ta’lim, ta’lim tizimi, oliy ta’lim tizimi, talaba-yoshlar,
fuqarolik pozitsiyasi, fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirish, rivojlanish tendensiyalari.
Abstract. In the article the questions of formation of a civil position on the
basis of technologies focused on the person are considered.
Key concepts: personality oriented education, education system, higher
education system, student youth, civic position, formation of civic position,
development trends.
Резюме. В статье рассмотрены вопросы формирования гражданской
позиции на основе технологий, ориентированных на личность.
Основные понятия: личностно ориентированное образование,
система образования, система высшего образования, студенческая
молодежь, гражданская позиция, формирование гражданской позиции,
тенденции развития.
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risidagi” Qonuni hamda “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi respublikamiz ta’lim tizimini tubdan
isloh qilib, ta’lim jarayonini о‘qituvchi shaxsiga yо‘naltirishni davlat siyosati
darajasiga olib chiqdi. Bunda ta’lim jarayonida yangi ijtimoiy munosabatlarga
erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan, ijodiy va
ijtimoiy faol kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, о‘z haq-
huquqlarini tо‘liq anglagan, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni
tarbiyalash dolzarb masalalardan sanaladi.
Shu bois, ta’lim muassasalari, xususan, pedagogika oliy ta’lim
muassasalarida talaba-yoshlardagi fuqarolik hissini, mas’uliyatini tarbiyalash,
mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish ehtiyoji о‘ziga xos dolzarblik
kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan qaraganimizda ta’lim yoshlarda fuqarolik
*Akramov Abdumalik Abdumutalovich, Nizomiy nomidagi TDPU, milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari kafedrasi katta о‘qituvchisi. E-mail: abdumalik.akromov@mail.ru
A. Akramov*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
68
pozitsiyasini shakllantirishga yо‘naltirilgan integrallashgan axborotlarni taqdim
etish jarayoni hisoblanadi. Mazkur jarayonda shakllantirilgan sifatlar, birinchi
navbatda, talabalarning ijtimoiy ongini rivojlantirishga xizmat qiladi va ularni
siyosiy faollikka undaydi. Rivojlanish tendensiyalari va rivojlangan bozor
iqtisodiyoti sharoitlariga moslashganlik, intellektual, ijtimoiy barqarorlik,
tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozitsiyasi kabi sifatlar talaba-yoshlarga xos
bо‘lishi lozim.
Talabalarda shakllantirilgan mazkur sifatlar О‘zbekiston jamiyatidagi
siyosiy, iqtisodiy holat haqidagi turli-tuman nuqtayi nazarlarni bir-biri bilan
yaqinlashtiradi. Buning natijasida talaba-yoshlar jamiyat taraqqiyotiga munosib
hissa qо‘shish imkoniyatiga ega bо‘ladi. О‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish
jarayonida shaxs, davlat va jamiyatning siyosiy milliy xavfsizligini ta’minlash
muhim ahamiyatga ega. Bunda О‘zbekiston davlatining milliy barqarorligini
ta’minlash vazifasi ustuvor о‘rin egallaydi.
Fuqarolik tushunchasi keng mazmun-mohiyatga ega bо‘lib, jamiyat
a’zolarining siyosiy, ijtimoiy huquqlarini anglatadi. Fuqarolik tarbiyasi har
tomonlama fidoyi, jamiyatga foyda keltiradigan, ijtimoiy-siyosiy vazifalarni
bajarishga layoqatli shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Davlat siyosatining
asosini fuqaro hamda davlatning о‘zaro munosabatlari tashkil etadi. Uning
mohiyati о‘zaro aloqador bо‘lgan burch va mas’uliyatlarni anglashdadir. Shuning
uchun ham fuqarolik shaxsning ijtimoiy-axloqiy madaniyati kо‘rsatkichi sifatida
namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik pozitsiyasi shaxsning jamiyat hayotining turli yо‘nalishlaridagi
ijtimoiy, siyosiy, huquqiy kо‘rinishi bо‘lib, u bilimlarni faol о‘zlashtirish natijasida
shakllangan shaxs nuqtayi nazarlari, qarashlari va amaliy harakatlarida о‘z
ifodasini topadi1.
Fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish о‘z ichiga fuqarolikni anglash va
fuqarolik faolligini qamrab oladi.
Fuqarolikni anglash shaxsning о‘z-о‘zini anglashidan boshlanadi. Mavjud
pedagogik-psixologik adabiyotlarda shaxs – muayyan ijtimoiy guruhning vakili
bо‘lgan, biror faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi, atrof-muhitga ongli
munosabatda bо‘la oladigan, о‘ziga xos individual-psixologik xislatlarga ega
bо‘lgan inson sifatida ta’riflanadi. Shaxsning о‘zini anglashi murakkab psixologik
1Сергейчик С. И. Факторы гражданской социализации учащейся молодежи // Социологические исследования, 2002. – № 5. – С. 107 – 111.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
69
jarayon hisoblanib, u shaxs faoliyatini boshqaradi, iroda va hissiyotlarini tartibga
soladi. Shaxsning fuqarolikni anglashi esa fuqarolik huquq va majburiyatlarini
bilishi hamda ularni о‘z xatti-harakatlariga faol tatbiq etishi bilan belgilanadi.
Fuqarolik faolligi shaxsning fuqarolik huquq va majburiyatlariga bо‘lgan
mas’uliyatli munosabatida, shuningdek, jamiyat uchun ahamiyatli bо‘lgan о‘quv,
kasbiy va shaxsiy rejalarining ijtimoiy yо‘nalganligida namoyon bо‘ladi.
Bо‘lajak о‘qituvchi shaxsidagi fuqarolikni anglash va fuqarolik faolligining
shakllanishi bevosita talabalik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlaridan kelib
chiqib amalga oshirilgandagina ijobiy natija beradi, chunki talabaning individual-
psixologik xususiyatlari, nerv-fiziologik tuzilmasi va intellektual imkoniyatlari –
tug‘ma statusi, uning hayot davomida egallaydigan ijtimoiy statusi fuqarolik
pozitsiyasiga ham sezilarli darajada ta’sir kо‘rsatadi. Bu narsa ta’lim oluvchining
о‘quv jarayoniga nisbatan, ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga, jamoaviy ishlarga
bо‘lgan munosabatida, ijtimoiy faolligida о‘z aksini topadi. Shu bois, bо‘lajak
о‘qituvchilardagi fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda ta’lim muassasalaridagi
о‘quv jarayoni va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning tо‘g‘ri
tashkillashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu о‘rinda yangicha
mazmun, ilg‘or texnologiyalar, xususan, shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalardan
foydalanish samara berishi mumkin.
Zamonaviy ta’limda shaxs о‘qitishning diqqat markazida bо‘lib, shunga
binoan, ta’lim maqsadi, mazmuni va shakllari talabaga, uning shaxsiga
qaratilganligi shaxsga yо‘naltirilgan ta’limning mohiyatini tashkil etadi. Bu
yondashuv mazmunida shaxsning qiziqishlari va ehtiyojlari asosiy kо‘rsatkichlar
sifatida qabul qilinib, ushbu jihatlar kasbiy bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini
takomillashtirish bilan birga, о‘quv topshiriqlari, ularni tahlil etish va yechish
borasidagi zaruriy kо‘nikma hisoblangan ijodiy tafakkur operatsiyalarini
rivojlantiradi.
Shaxsga yо‘naltirilgan о‘qitish texnologiyalari pedagogikaning
insonparvarlik tamoyiliga asoslanib, uning negizida shaxsning о‘zini anglashi
yotadi.
Ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini boyitishda
insonparvarlikka asoslangan shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarning
imkoniyatlaridan tо‘laqonli foydalanish muammosi ham zamonaviy
pedagogikaning asosini tashkil etmoqda va bu muammo bir qancha pedagog
olimlar ilmiy ishlarining tadqiqot muammosi sifatida ham о‘rganilgan.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
70
Xususan, Y. V. Bondarevskiy о‘z tadqiqotlarida shaxsga yо‘naltirilgan
texnologiyalar bu ta’lim oluvchi shaxsining individual rivojlanishini qо‘llab-
quvvatlashga yо‘naltirilgan dialogik, faoliyatli va ijodiy xarakterdagi о‘qitishning
mazmuni va vositalarini tanlashdagi erkinlik, ijodiylik va mustaqillikning
ta’minlanishi bilan tavsiflanadi, deya ta’kidlaydi1. Shu asnoda, shaxsga
yо‘naltirilgan texnologiyalar pedagogik jarayonda faoliyat va muloqot
vositalarining subyektlar orasidagi о‘zaro hamkorlik xarakterida bо‘lishini talab
etadi.
Shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim turli bilim sohalari bо‘yicha shaxsning xilma-xil,
mustaqil va maqsadga muvofiq faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-
sharoitni yaratib berish orqali ta’lim oluvchining intellektual va axloqiy jihatdan
samarali rivojlanishini ta’minlaydi. Shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarning
afzalliklari ta’limning tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan tarzda tashkil
etilishini ta’minlash hamda ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirishga xizmat qilishi
bilan belgilanadi.
Shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalar esa, о‘z maqsadi va mohiyatiga kо‘ra,
an’anaviy о‘qitishdan farq qilib, ta’lim oluvchi shaxsining tabiiy imkoniyatlarini
namoyon qilishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishni taklif qiladi. Bunda
talaba о‘zini о‘quv faoliyatining subyekti sifatida his qilishi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda, bо‘lajak о‘qituvchilarda
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish jarayonida qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan
shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarni shartli ravishda uch guruhga bо‘lish
mumkin:
1. Qadriyatli yо‘naltirilgan, ya’ni shaxsdagi о‘zini anglashning
rivojlanishiga, uning ijtimoiy, shaxsiy, axloqiy, kasbiy, ayni damda fuqarolik
qadriyatlarini aniqlashga yо‘naltirilgan texnologiyalar (ijtimoiy-psixologik
treninglar, diskussiya, ishbilarmon va rolli о‘yinlar).
2. Moslashtirilgan texnologiyalar – ta’lim oluvchining individual
imkoniyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini о‘quv motivlariga moslashtirish
maqsadini kо‘zlagan va о‘quv faoliyatida talabaning о‘zini namoyon etishi va
anglashi uchun qulay psixologik sharoit yaratishni ta’minlashga yо‘naltirilgan
1Qarang: Виленский М. Я., Зайцева С. Н. Педагогические основы формирования опыта творческой деятельности будущего учителя. – Москва: МГПУ, 1993. – С. 57.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
71
texnologiyalar (differensial о‘qitish texnologiyalari, modulli о‘qitish
texnologiyalari va hоkazo.)
3. Shaxsni ijodiy rivojlantirish texnologiyalari, ya’ni ta’lim oluvchining
shaxsiy potensialini rivojlantirishga ayni damda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga
mо‘ljallangan texnologiyalar (loyihalash texnologiyalari, о‘quv-tadqiqot
texnologiyalari, ijodiy mahorat texnologiyalari va hokazo.)1.
Mazkur guruhlarga ajratilgan texnologiyalar shaxsga yо‘naltirilgan
о‘qitishning aniq doirasida amalga oshirilib, bо‘lajak о‘qituvchilarda fuqarolik
pozitsiyasini shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat
qiladi. Bu esa ular bilan amalga oshiriladigan о‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda
quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratishni talab etadi, ya’ni:
- fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish jarayonini talaba shaxsining
individual-psixologik xususiyatlari va yо‘nalgan qiziqishlari bilan uyg‘unlashtirish;
- shaxsni tarbiyalashda о‘z-о‘zini tarbiyalashga о‘tish;
- fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatiga olib
keluvchi zaruriy kasbiy va shaxsiy sifatlar, xususan, tashabbuskorlik,
muloqotchanlik, ijodkorlik, g‘oyaviy e’tiqod, mas’uliyatlilik sifatlarini
shakllantirish va maqsadli yо‘naltirish;
- о‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning samarali shakl va metodlari
tizimini ishlab chiqish.
Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, bо‘lajak о‘qituvchilarda fuqarolik
pozitsiyasini shakllantirishda shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalardan о‘rinli
foydalanish talaba-yoshlarning shaxsiy “Men”ini va jamiyat oldidagi fuqarolik
mas’uliyatini anglash kо‘nikmalarining qaror topishiga munosib zamin hozirlaydi.
Ma’lumki, talabalarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish jarayoni о‘zining
ichki murakkabliklari va qarama-qarshiliklariga ham ega. Mazkur vaziyatning
о‘ziga xos jihatlari oliy ta’lim sohasidagi sifat о‘zgarishlari, ijtimoiy turmushdagi
rivojlanish jarayonlari bilan bog‘liq holda rо‘y bermoqda. Shu bilan bir qatorda
oliy ta’lim sohasidagi islohotlar ijtimoiy hayotdagi ijobiy о‘zgarishlarning muhim
qismi sifatida namoyon bо‘lmoqda.
1Қурбанов Ш. Жамиятни эркинлаштириш ва таълимнинг янги қадриятлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999. – Б. 41.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
72
KASB-HUNAR KOLLEJI О‘QUVCHILARINING AMALIY
KASBIY TAYYORGARLIGI MAZMUNI
Rezume. Maqolada kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’limning asosiy mazmuni, о‘quvchilarga tanlagan kasbiga xos bо‘lgan ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini rejalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish va xizmat kо‘rsatish yо‘llarini о‘rgatish masalalari yoritilgan.
Tayanch tushunchalar: kasb-hunar ta’limi, vosita, usul, rejalashtirish, bosqich, operatsiya, nazorat, kо‘nikma, malaka.
Abstract. The article highlights the main content of applied education in professional colleges, as well as the issues of teaching students how to plan production technology, prepare, implement, monitor, and provide services in the chosen profession.
Key concepts: vocational education, methods, methods, planning, step, operation, control, skills.
Резюме. В статье освещается основное содержание прикладного образования в профессиональных колледжах, а также вопросы обучения учащихся путям планирования технологии производства, подготовки, осуществления, контроля, и оказания услуг по выбранной профессии.
Основные понятия: профессиональное образование, приёмы, методы, планирование, ступень, операция, контроль, навыки, умения.
Respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalariga mehnat bozorida raqobatlasha oladigan, keng ixtisosli, malakali kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayonini maqbullashtirish uchun kasb-hunar ta’limini modernizatsiyalash, tayyorlov yо‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi, davlat ta’lim standartlari, о‘quv reja hamda dasturlarini takomillashtirish, samarali ta’lim texnologiyalarini amalga joriy etish, zarur moddiy-texnik va о‘quv-uslubiy baza yaratish hamda ulardan unumli foydalanish, о‘qituvchi kadrlar tayyorlash va ularning mehnatini rag‘batlantirish, о‘ziga xos о‘quv-ilmiy majmualar va markazlar tashkil etish kabilarga asoslanish zarur.
Ma’lumki, kasb-hunar ta’limi jarayoni tahsil oluvchining о‘qib-о‘rganish va о‘qituvchining о‘rgatuvchilikdan iborat hamkorlik faoliyatlarini kо‘zda tutib, bо‘lajak kichik mutaxassislar tomonidan ta’lim standartlari darajasidagi amaliy kasbiy tayyorgarligi va shaxsiy fazilatlar о‘zlashtirilishini ta’minlaydigan tizimdir.
*Qosimov Shavkat Urolovich, О‘MKHTTKMO va UQTI katta ilmiy xodim-izlanuvchisi.
Sh. Qosimov*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
73
Kasb-hunar kollejlarida о‘quvchilarning amaliy kasbiy tayyorgarligi mazmunining tuzilishini aniqlovchi omillar va qonuniyatlarni aniqlash ustuvor ahamiyat kasb etdi.
Agar biz amaldagi ishlab chiqarish ta’limi masalalariga oid mavjud ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili bо‘yicha xulosa chiqaradigan bо‘lsak, “amaliy ta’lim mazmuni” tushunchasining mohiyatini tо‘liq ochib berolmaymiz. Gap shundaki, avvaldan an’anaviy ravishda “ta’lim mazmuni” tushunchasi ostida bilimlar tizimi bilan tavsiflanadigan nazariy ta’lim mazmuni tushunilib kelingan1. Shu sababli kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlari, xususan, amaliy ta’lim haqida gap ketganda “ishlab chiqarish ta’limi” terminidan foydalanishga kо‘nikib ketilgan2.
Ishlab chiqarish ta’limi tizimining mohiyatini kasbga tayyorgarlikning ikkinchi malaka darajasini qamrab oluvchi kichik mutaxassis misolida qarab chiqadigan bо‘lsak, quyidagi jarayonlar kо‘zga tashlanadi:
1. О‘quvchi, avvalo, asbob va jihozlardan foydalanishga o‘rgatiladi, shuningdek, texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiriladi.
2. Qoidaga kо‘ra, muayyan mehnat jarayonining о‘quv namunalari asosida ayrim operatsiyalarni bajarishga о‘rgatiladi.
3. Operatsiyalardan majmuaviy foydalangan holda oddiy buyumlarni tayyorlashga о‘tiladi.
4. Birmuncha murakkab buyumlar tayyorlashga о‘rgatilib, kо‘nikma va malakalar shakllantiriladi; vaqtning о‘quv me’yorlari kiritiladi.
5. Nihoyat, о‘quvchining kо‘nikmalari tegishli malaka darajasiga qadar yetkazilib, malakaviy ishni bajarganidan keyin daraja berilib, shu orqali kasbiy funksiyalarni mustaqil bajarishga ijozat beriladi3.
Ishlab chiqarish ta’limi tizimining bunday umumlashgan tavsifi bir qator xulosalar chiqarishga imkon beradi:
1) amaliy ta’lim tizimining asosiy elementi sifatida uning muayyan ketma-ketlikdagi mazmuniy tarkibiy qismlari namoyon bо‘ladi;
1Авазов Ш., Муслимов Н, Ходиев У., Авазов Э. Касб-ҳунар коллежларида амалий касбий таълим методикаси ва технологиялари(чизмалар, жадваллар ва суратларда) Методик қўлланма. – Тошкент: Navro`z, 2014. – Б. 300. 2Хидиров Ў. Д. Мирсаидов К. Ш., Чориев Р. К. Ишлаб чиқариш таълими. Касб-ҳунар коллежлари учун услубий қўлланма. – Тошкент: Ўқитувчи, 2002. – Б. 104. 3Қосимов Ш. У. Амалий касбий таълим жараёнида ўқувчиларда касбий маҳорат асосларини шакллантириш // Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими тизимида кадрлар тайёрлаш жараёни мазмуни, ўқитиш воситалари ва шаклларининг назарий-услубий асосларини такомиллаштириш, Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. – Тошкент: ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2011. – Б. 183-184.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
74
2) mazkur tizimda mazmuniy parallellik, ya’ni asosiy texnologik operatsiyalar bilan ishlab chiqarish faoliyati qismlari о‘z aksini topadi;
3) tizim bir paytning о‘zida parrallel-pog‘onali, ya’ni egallanayotgan kasbga bog‘liq holda asosiy parallellar va ketma-ket izchillikdagi bosqichlar bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin.
Demak, eng umumiy holatda kichik mutaxassislik kasblariga nisbatan amaliy tayyorgarlikning ketma-ket keladigan quyidagi izchil bosqichli tizimini ajratib kо‘rsatish mumkin:
1) kasbni nazariy о‘rganish mantig‘ida amaliy kо‘nikmalar hosil qilish boshlanadigan amaliy-laboratoriya ishlari;
2) maxsus texnologiya kurslari bilan bog‘langan va qoidaga kо‘ra kasb-hunar kolleji sharoitida amalga oshiriladigan о‘quv amaliyoti;
3) korxona, tashkilot yoki muassasa sharoitida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish amaliyoti.
Amaliy tayyorgarlikning yuqorida keltirilgan tizimi bir necha о‘n yillar ilgari kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog va muhandis-pedagoglari tomonidan yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan, biroq unda amaliy ta’lim mazmunining tuzilishini aniqlovchi, ya’ni aynan mazkur tuzilish mohiyatini belgilovchi omillarning mohiyati о‘z aksini topmagan.
Kasb-hunar kollejlaridagi amaliy ta’lim mazmunining tuzilishini belgilovchi omillarni aniqlash maqsadida quyidagi ikki holatga tayanib harakat qilish kerak:
1) amaliy ta’lim mazmunining tuzilishi uning ketma-ket bajariladigan kasbiy faoliyatni bosqichli egallash tuzilishiga muvofiq holda aniqlanadi;
2) amaliy ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari egallanadigan kasbiy faoliyat tuzilishi bilan aniqlanadi.
Birinchi navbatda, kasbiy kо‘nikmalarni bosqichli shakllantirishning amaliy ta’lim tuzilishiga ta’sirini kо‘rib chiqamiz.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, aksariyat hollarda mehnat jarayoni tuzilishida quyidagi iyerarxik darajalar ajratib kо‘rsatiladi:
1) bir necha xatti-harakatlardan iborat bо‘lgan amal darajasi; 2) bir necha amallardan iborat bо‘lgan usul darajasi; 3) bir necha usullardan iborat bо‘lgan operatsiya darajasi. Tabiiyki, kasbiy faoliyatning yuqorida ta’kidlangan uchta darajasiga muvofiq
keladigan kasbiy kо‘nikmalarni shakllantirishning psixologik va didaktik konsepsiyalari ham mavjud, biroq biz tadqiqot predmeti nuqtai nazaridan faqat kasbiy faoliyat iyerarxik darajalari tuzilishining amaliy ta’lim mazmuni tuzilishiga ta’sirini qarab chiqamiz.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
75
Mazkur ta’sirni tadqiq qilar ekanmiz, uning ayrim jihatlarini qat’iy hisobga
olish shartligi namoyon bо‘ldi. Zero, har qanday mehnat jarayonining tuzilishi
kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarligiga, shubhasiz, ta’sir kо‘rsatishini ta’kidlash
joiz, biroq bu ta’sir bevosita hisoblanmaydi, chunki mehnat jarayonining yerarxik
tuzilishi bilan amaliy tayyorgarligining ketma-ketlik tuzilishi о‘rtasida tо‘g‘ridan
tо‘g‘ri bir xil muvofiqlik yо‘q. Shuningdek, avval zaruriy kasbiy xatti-harakatlarni,
keyin barcha amallarni, undan keyin – usullarni, keyin – operatsiyalarni, va
nihoyat, birgalikda butun kasbiy faoliyatni egallash mumkin emas.
Amaliy kasbiy tayyorgarlikda boshqacha yо‘l tutiladi: birinchi navbatda,
mо‘ljalli asoslar yaratiladi va dastlabki kо‘rinishda bir qator tayanch operatsiyalar
о‘zlashtiriladi; keyin bu operatsiyalar takomillashtiriladi va yangilari
о‘zlashtiriladi; sо‘ng operatsiyalar asta-sekin murakkablashtirilib, majmuaviy
ishlar bajariladi.
Ma’lumki, kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlik bir qator
sabablarga kо‘ra kasbiy mahorat darajasigacha yetkazilmaydi va, umuman
olganda, yetkazilishi ham mumkin (shart) emas. Aslida kasb-hunar kollejlari
bitiruvchilarida mustaqil ravishda о‘z kasbiy faoliyatini bajara olishga imkon
beradigan tugal kо‘nikmalar, ya’ni boshlang‘ich malaka darajasi shakllantirilishi
lozim. Mahorat esa kichik mutaxassisning ishlab chiqarishdagi bevosita kasbiy
faoliyati jarayonida egallanadi. Boshqacha aytganda, kasb-hunar kollejlarining
amaliy kasbiy ta’lim bо‘yicha asosiy vazifasi о‘quvchilarda kasbni tegishli malaka
darajasida о‘zlashtirilishini ta’minlashdan iboratdir1.
Yuqorida ta’kidlangan holatlarga tayanilib, kasb-hunar kollejlarida amalga
oshiriladigan amaliy kasbiy tayyorgarlik bosqichlarini quyidagicha tavsiflash
mumkin:
1) mо‘ljalli asoslarni yaratish, ya’ni amallar algoritmini, biroz keng
ma’noda, faoliyat algoritmini egallash bosqichi sifatida ifodalash mumkin.
Ta’kidlash lozimki, bu bosqichni kо‘nikmalarni shakllantirish bosqichi deb atash
aslo mumkin emas.
2) faoliyatning, qanday bо‘lmasin, birorta turini egallash, ya’ni bо‘lg‘usi
kо‘nikmalarning asosini tashkil etadigan tayanch operatsiyalarni shakllantirish.
Masalan, tokar uchun turli tipdagi yuzalarga ishlov berish kо‘nikmasini egallash
va hokazo.
1Қосимов Ш. У. Касб-ҳунар коллежларида амалий касбий таълимни ташкил этишнинг илмий-педагогик асослари. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2014. – Б. 160.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
76
3) oldingi bosqichdagi tayanch operatsiyalarni bajarish kо‘nikmalarini takomillashtirish va yangi operatsiyalarni, shuningdek, muayyan operatsiyalar tо‘plamini qamrab olgan eng oddiy majmuaviy ishlarni о‘zlashtirish.
4) murakkab majmuaviy ishlarni mustaqil bajara olish darajasida о‘zlashtirish.
5) faoliyatni mahorat darajasida, ya’ni ijodiy о‘zlashtirish. Bu bosqich kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlik mazmuniga kirmaydi.
Demak, kasb-hunar kollejlarida amaliy kasbiy tayyorgarlik dastlabki va undan keyin davom qiladigan tо‘rt bosqichni о‘z ichiga oladi.
Yuqorida ta’kidlangan mulohazalar asosida quyidagi xulosani chiqarish mumkin: kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’lim mazmunining tuzilishini aniqlovchi omillardan biri kasbiy faoliyatni bosqichli о‘zlashtirish tuzilishi hisoblanadi.
Shunday qilib, kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’lim mazmunining tuzilishi nazariy jihatdan quyidagicha asoslanadi:
- maxsus fanlar bо‘yicha amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari; - maxsus texnologiya yoki bir necha maxsus texnologiya fanlari bо‘yicha
о‘quv amaliyoti; - ishlab chiqarish (texnologiya) amaliyoti; - diplom oldi amaliyoti. Endi amaliy kasbiy ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari kasb-hunar
kollejida egallanadigan kasbiy faoliyat tuzilishiga qay darajada bog‘liqligini asoslashga harakat qilamiz.
Kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarlikda amaliyot mazmunini (va dasturini) tashkil etuvchi bir qator tarkibiy qismlarni ajratib kо‘rsatish mumkin. Gap shundaki, istalgan amaliyot mazmuni egallanadigan kasb mohiyatining о‘ziga xos jihatlari bilan aniqlanadi.
Amaliyot ishlarining alohida olingan har bir turini (maxsus fanlar bо‘yicha amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari; maxsus texnologiya fanlari bо‘yicha о‘quv amaliyoti; ishlab chiqarish (texnologiya) amaliyoti; diplom oldi amaliyoti) tashkil etish va ularni о‘tkazish metodikasini tanlashda hisobga olinadigan quyidagi eng asosiy mazmuniy bloklarni ajratib kо‘rsatish mumkin:
1. Kirish qismi:
amaliyot о‘tkaziladigan laboratoriya, ustaxona, о‘quv poligoni yoki xо‘jaligi bilan tanishish;
amaliyot о‘tkazish bilan bog‘liq bо‘lgan texnika xavfsizligi, huquqiy me’yorlar, ekologiya va shu kabi boshqa masalalarni о‘rganish.
2. Amaliy ishlarning asosiy turlarini bajarish (amaliyotning asosiy qismi):
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
77
3. Amaliyotning boshqa bо‘limlarini bajarish:
lavozim vazifalarini о‘rganish;
rejalashtirish va hisobot tizimini о‘rganish;
amaliyotning о‘ziga xos, yakka tartibdagi dasturlarini bajarish;
keyinchalik yakka tartibda bajariladigan ishlar (referat, ma’ruza, kurs yoki diplom ishi) uchun materiallar yig‘ish.
4. Yakunlovchi qism:
hisobot tayyorlash va uni himoya qilish (sinov);
amaliyot natijalarini muhokama qilish (yakuniy anjuman). Amaliy ishlarning asosiy turlarini bajarishda tegishli amaliyot turining
maqsadidan kelib chiqiladi. Masalan, ishlab chiqarish (texnologiya) amaliyotida egallanayotgan kasb doirasida bajariladigan asosiy ish turlarini bajarish kо‘zda tutiladi.
Kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarlik kasbiy ta’limning turli malaka darajalarida turlicha kechadi. Jumladan, kasb-hunarga о‘rgatish о‘quv kurslarida (6 oylik, 1 yillik) birinchi malaka darajasiga muvofiq kasbiy tayyorgarlik amalga oshirilsa, kasb-hunar kollejlarida ikkinchi malaka darajasiga muvofiq keladigan amaliy kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, ikkinchi malaka darajasi birmuncha murakkab umumiy algoritmga ega. Bu darajadagi faoliyatda berilgan murakkab algoritm yechimi ishlanmagan yoki qisman ishlangan holatda amalga oshirilib, amaliy va oldin о‘zlashtirilgan tayanch axborotlarga yaxlit holda tayanilib ish kо‘rishni talab etadi. Mazkur darajadagi amaliy kasbiy tayyorgarlik quyidagi tо‘rt bosqichni о‘z ichiga oladi:
1) maxsus turkumdagi fanlar bо‘yicha amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari; 2) bir yoki bir necha maxsus texnologiya fanlari bо‘yicha о‘quv amaliyoti; 3) ishlab chiqarish (texnologik) amaliyoti; 4) diplom oldi amaliyoti. Har bir bosqich о‘zining maqsadiga va о‘quv jarayonida о‘z о‘rniga ega
bо‘lib, egallanayotgan kasb xususiyatiga qarab turli muddatlarda amalga
oshiriladi va ularning mazmuni tegishli dasturlar bilan belgilanadi.
Kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlik bosqichlari asosan
maxsus fanlar о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari rahbarligida amalga
oshiriladi.
Amaliy kasbiy tayyorgarlik – aniq kasbiy faoliyat doirasida ish bajarishga
imkon beruvchi kasbiy bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish jarayoni bо‘lib, kasb-
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
78
hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlikda ikkinchi malaka darajasining
mazmuni qamrab olinadi.
Ma’lumki, Davlat ta’lim standartlari (DTS) kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim
mazmuniga nisbatan qо‘yiladigan talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligining
zarur va yetarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan
qо‘yiladigan malaka talablarini; о‘quv yuklamasining zaruriy hajmini; ta’lim
muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va
mexanizmini belgilaydi. Jumladan, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartida
ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda kichik mutaxassisning kasbiy
xususiyatlari, ya’ni kasbiy tavsifnomasi kо‘rsatib berilgan1.
Kasbiy tavsifnomada kichik mutaxassisning ishchi о‘rni, u amalga
oshiradigan kasbiy faoliyat turlarining ketma-ketligi, ish jarayoni texnologiyasi,
mazkur kasbga qо‘yilgan maxsus talablar va shu kasb bо‘yicha kichik mutaxassis
egallashi lozim bо‘lgan kasbiy bilim va kо‘nikmalar haqidagi ma’lumotlar о‘z
aksini topgan.
Kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’limning dastlabki negizi
hisoblangan maxsus fanlar bо‘yicha amaliy-laboratoriya ishlarini hamda
о‘quvchilarning о‘quv-ishlab chiqarish mehnatini tashkil qilishga oid dasturlarni
ishlab chiqishda kasbiy tavsifnoma talablaridan kelib chiqilgan va ular asosan
ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bо‘ladi.
Kichik mutaxassislarning о‘zlari tanlagan bо‘lg‘usi kasbiy faoliyati sohasida
egallagan bilimlari va kо‘nikmalarini amaliyotda qо‘llashga tayyorgarlikni
shakllantirish о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartining yakuniy maqsadidir.
Bu esa kichik mutaxassislar tayyorlash jarayoniga tizimli yondashuvni talab qilib,
standart darajasida о‘rnatilgan talablarni о‘zlashtirish zarurligini taqozo etadi.
Nazariy kasbiy ta’lim о‘quvchilarning asosan umumkasbiy va maxsus
fanlarni о‘rganishlarini о‘z ichiga olib, egallanayotgan kasbni ongli tarzda
mustahkam va chuqur о‘zlashtirishlari uchun zarur bо‘lgan hajmdagi nazariy
kasbiy bilim va kо‘nikmalar tizimini о‘zlashtirishni maqsad qilib qо‘yadi.
Jumladan, maxsus fanlarning asosiy vazifasi – о‘quvchilarda muayyan kasbga
muvofiq mashinalar, mexanizmlar, apparatlar, asboblar va shu kabilar tizimi
haqida, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish, materiallar tо‘g‘risida
kasbiy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Amaliy kasbiy ta’limning asosiy vazifasi – kelgusida kichik mutaxassis bо‘lib
yetishadigan о‘quvchilarni muayyan kasb sohasida bevosita faoliyat kо‘rsatishga
1Тармоқ стандарти. 3580230 – “Автомобил йўллари, сунъий иншоотлар, аэродромлар қурилиши” йўналиши. – Тошкент: Махсус нашр, 2012.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
79
tayyorlashdan, ya’ni bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga о‘rgatishdan, zaruriy
kasbiy kо‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Amaliy kasbiy ta’limga barcha umumpedagogik va didaktik qonuniyatlar,
prinsiplar xos bо‘lib, uning о‘ziga xos jihati shundaki, о‘quv jarayoni asosan
о‘quvchilarning tajriba-sinov ishlari va о‘quv-ishlab chiqarish mehnati shaklida
amalga oshiriladi. Bu esa amaliy kasbiy ta’lim jarayonining (mazmuni,
о‘quvchilarning tajriba-sinov ishlari, о‘quv-ishlab chiqarish faoliyati, muhandis-
pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va ishlab chiqarishdagi tajribali
mutaxassislarning о‘qitish-о‘rgatish faoliyati, ta’lim vositalari va hоkazo.) о‘ziga
xosligini belgilaydi.
Kasb-hunar kollejlari о‘quvchilarining tajriba-sinov ishlari va о‘quv-ishlab
chiqarish mehnatining umumiy mazmuni iqtisodiyotning real tarmog‘i yoki
sohasida faoliyat kо‘rsatayotgan muvofiq (tegishli) kasbdagi xodimning mehnat
faoliyati hamda malaka darajasini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Bunday tahlil
shuni kо‘rsatdiki, har qanday xodimning mehnat faoliyati egallagan kasbidan qat’i
nazar quyidagi ishlab chiqarish vazifalarini о‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini rejalashtirish – topshiriq bilan
tanishish, materiallar, asboblar, moslamalar va texnologiya jarayonlarini tanlash,
zaruriy hisob-kitob ishlarini amalga oshirish hamda ijro etish rejasini tuzish;
- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayoniga tayyorgarlik kо‘rish – materiallar,
asbob va uskunalarni ishga tayyor holatga keltirish;
- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini amalga oshirish – texnologiya
jarayoniga muvofiq bajariladigan mehnat operatsiyalarini amalga oshirish,
ishlayotgan mashina va uskunalarni boshqarish, apparatlar va qurilmalarda rо‘y
berayotgan texnologiya jarayonlarini sozlab turish;
- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini nazorat qilish – texnologiya
jarayonining borishini, о‘z mehnat faoliyati, mashina va uskunalar ishi hamda ish
(mahsulot) sifatini tekshirish va unga baho berish;
- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayoniga xizmat kо‘rsatish – mashina va
uskunalarning ishini kuzatib turish, yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish va
о‘z ish о‘rnini tashkil qilish.
Demak, kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’limning asosiy mazmuni
о‘quvchilarga tanlagan kasbiga xos bо‘lgan ishlab chiqarish texnologiyasi
jarayonini rejalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish va xizmat
kо‘rsatish yо‘llarini о‘rgatishdan iboratdir.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
80
BOSHQARUVDA TA’LIM XIZMATI SOHASINING
О‘ZIGA XOSLIKLARI
Rezume. Mazkur maqolada boshqaruvda ta’lim xizmati sohasining о‘ziga xosliklari, shuningdek, О‘zbekistonda ta’lim xizmatlari bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari va strukturasi, mehnat bozoridagi ahvol va uning oxirgi yillardagi dinamikasi, yoshlarning kasb-hunar ta’limiga bо‘lgan ehtiyojini о‘rganishga bag‘ishlangan ijtimoiy tadqiqotlar tahlili o‘rganilgan.
Tayanch tushunchalar: mehnat bozori va ta’lim, xususiy sektor, kichik biznes, kasb, pul va moliya, buyurtma, investitsiya, innovatsiya, axborot, qimmatli qog‘ozlar.
Abstract. This article deals with the main trends and market of educational services of the structure of Uzbekistan, the state of the labor market and the modern dynamics of its development; It examines the factors that determine the value of education, provides information about a number of trends in the dynamics of demand for occupations.
Key concepts: the labor market and education, private sector, small business, profession, money and finance, order, investment, innovation, information, securities.
Резюме. В данной статье рассматриваются вопросы, касающиеся основных тенденций и структуры развития рынка образовательных услуг Узбекистана, состояния рынка труда и современная динамика её развития; рассматриваются факторы, определяющие значение получения образования, приводятся сведения о ряде тенденций, характеризующих динамику потребностей по профессиям.
Основные понятия: рынок труда и образование, частный сектор, малый бизнес, профессия, деньги и финансы, заказ, инвестиции, инновация, информация, ценные бумаги.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bosqichma-bosqich rivojlanishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan, bir tomondan, ta’lim xizmatlari bozori, ikkinchi tomondan, mehnat bozori kabi muhim komponentlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati ortib bormoqda. Ayrim kasblarga bо‘lgan talabning keskin о‘sishi, mazkur talablarni qondirish uchun ta’lim sohasi imkoniyatlarining cheklangani holda, budjetdan tashqari faoliyat qirralarining kengayishi ma’lum darajada mehnat bozorining talabi va ta’lim muassasalarining taklifi о‘rtasida nomutanosiblikni yuzaga keltirdi.
*Rahmatullayev Dilmurodjon Rahmatullayevich, Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining Ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori. E-mail: dilmurod1974@mail.ru
D. Raxmatullayev*
TA’LIM TIZIMI MENEJMENTI
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
81
Ta’lim va mehnat bozorlarining о‘zaro mutanosibligi bо‘yicha yuzaga kelgan mazkur muammoni hal etish alohida e’tiborni talab etadi. Bunda shu ikki tizim hamkorligini tahlil etish metodologiyasini ishlab chiqish, ularning о‘zaro bog‘liq holda istiqbol modelini yaratishga qaratilgan bо‘lishi lozim.
A. Doniyorovning fikricha, ta’lim xizmatlari va mehnat bozori nafaqat ta’lim bozoridagi potensial talabning, balki mehnat bozoridagi real taklifning ham omili bо‘lgan malakali ta’limga ehtiyojlar orqali boshqariladi. Shuning uchun ushbu tizimning uchinchi elementi – ta’lim xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi va mehnat sohasidagi bozor munosabatlarining ishtirokchisini tadqiqot jarayoniga jalb qilmasdan ta’lim xizmatlari bozori va mehnat bozorining о‘zaro bog‘liq bо‘lgan istiqbollar muammosini hal etish mushkul. Ushbu uchinchi element ma’lum demografik va ijtimoiy parametrlar bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy-mehnat munosabatlarining passiv egasi emas, balki ehtiyojlar, manfaatlar, ta’limga ega bо‘lish va ishga joylashish yо‘llari borasida ma’lum tamoyil va maqsadlarga ega bо‘lgan faol mustaqil subyekt sifatida namoyon bо‘ladi. Bu ta’lim va mehnat bozorlarining о‘zaro mutanosibligi muammosining yana bir qirrasi bо‘ladi1. О‘zbekistonda ta’lim xizmatlari bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari va strukturasi, mehnat bozoridagi ahvol va uning oxirgi yillardagi dinamikasi, yoshlarning kasb-hunar ta’limiga bо‘lgan ehtiyojini о‘rganishga bag‘ishlangan ijtimoiy tadqiqotlar tahlili hamda statistik ma’lumotlar tahlili hozirgi kunda ular quyidagi xususiyatlar va tendensiyalar bilan tavsiflanayotgani kuzatilmoqda:
- bozor sharoitida uzluksiz ta’lim tizimi yashovchan, moslashuvchan, ijtimoiy о‘zgarishlarga chidamliligini namoyish etdi;
- an’analarni saqlagan va innovatsiyalarni qabul qilgan holda, ta’lim о‘zining asosiy fundamental funksiyalarini bajaradi, shu bilan birga ularni yangi tavsiflar va amalga oshirish mexanizmlari bilan boyitib boradi,
Respublikamizda ta’limning funksional о‘zgarishlari quyidagilar bilan belgilanadi:
- ta’limning saralab olish funksiyasi va ijtimoiy-differensiyalash imkoniyatlarining chuqurlashishi. Bunda ta’limda tengsizlik kelib chiqmaydi va uning rivojlanishini izdan chiqarmaydi;
- xodimning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi va dinamikasining kuchayishi, о‘qitish, qayta о‘qitish, malaka oshirish bо‘yicha yangi imkoniyatlar taqdim etilishi bilan hayot faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sharoitlarga insonning talabchanlik funksiyasining rivojlanishi;
- ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining ortishi, tanlov sharoitlarining tartibga solinishi, ta’lim xizmatlari turlari va shakllarining differensiyalanishi bois
1Дониёров А. Меҳнат бозорини бошқаришда таълим тизимининг ўрни // Таълим менежменти, 2007. – Тошкент. – № 2. – Б. 59-60.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
82
shaxsning kasb-hunar ta’limiga bо‘lgan о‘z ehtiyojlarini qondirishga intilishining kengayishi;
- ijtimoiy talab sust bо‘lgan mutaxassisliklarni egallash sababli mehnat bozorida tanglikning paydo bо‘lishi;
- ta’lim muddatlari va shakllarining о‘zgarishi hamda mutaxassisning mehnat bozoriga qaytarilishi tufayli mehnat bozoridagi tanglikning pasayishi.
Mamlakatda ta’lim olish ahamiyatining ortishi bugungi kunda bir qator omillar bilan belgilanadi:
- turli daraja va yо‘nalishdagi malakali mutaxassislarni talab etadigan sanoat ishlab chiqarishning tez va jadal rivojlanishi;
- iqtisodiyotning xususiy sektori, kichik biznes, dehqon va fermer xо‘jaliklarining yuqori talablari. Bu borada savdo va tadbirkorlikni boshqarish, marketing, qonuniy huquqlarni himoya qilish, ish yuritish, buxgalteriya va boshqa sohalarda personaldan zamonaviy bilimlarni talab etadigan biznes sektorining faol rivojlanishi;
- ijtimoiy faol fikr va ta’limning yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishi, muvaffaqiyatli ijtimoiy mobillik va yuqori statusga ega bо‘lish moddiy farovonlikka erishishning eng muhim omillaridan biri sifatida namoyon bо‘lishi;
- yoshlarning istiqbolli va nufuzli kasblarga tо‘g‘ri yо‘naltirilishi. О‘zbekiston mehnat bozorida keyingi yillarda yuzaga kelgan ahvol tahlili
kasblarga bо‘lgan talab dinamikasini tavsiflovchi bir qator tendensiyalarni aniqlab berdi. Birinchidan, barcha kasb-hunarlar (kasb-hunar ta’limining turli darajasi kо‘zda tutilgan) guruhlari bо‘yicha vakansiyalar soni oshganligi kuzatilmoqda va bu iqtisodiy barqarorlashish, ma’lum iqtisodiy о‘sishdan dalolat beradigan kо‘rsatkichdir. Ikkinchidan, ishchi kasblarga bо‘lgan barqaror talab hamda kasb-hunar ta’limi va tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarga bо‘lgan ehtiyojning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda.
Davlat boshqaruvi siyosatining muhim va strategik omili bо‘lgan mehnat bozori hamda ta’lim sohasidagi aloqadorlik uzoq vaqt davomida chetda qolib keldi. Shu sababli kasb ta’limi bozorining eng muhim hisoblanuvchi qо‘shimcha kichik segmentlarni о‘z ichiga olgan ta’lim bozori rivojlanishiga yetarlicha e’tibor berilmadi. Mehnat bozori ham ta’lim bozori kabi pul va moliya, turar joy, buyurtma, investitsiya, innovatsiya, axborot, qimmatli qog‘ozlar bozorini qamrab oluvchi yagona bozor tizimini tashkil etuvchi tuzilmadir. Hozirgi vaqtda in-vestitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan eng yuqori va tez samara berib, mehnat va ta’lim tizimining barqarorligini ta’minlovchi muhim omil sifatida namoyon bо‘lmoqda.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi nuqtayi nazaridan ta’lim bozori muomala sohasi yoki ta’lim xizmatlari oldi-sotdisi yuzasidan olib boriladigan
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
83
iqtisodiy mynosabatlar tizimidir. Bunda bozor munosabatlarining boshqa turlaridagidek, xaridor, sotuvchi va xizmat kabi uchta komponentning qatnashishi zarur. Sotiladigan xizmatning xususiyatiga kо‘ra, ushbu bozor xizmatlar sohasiga kiritilishi mumkin, lekin mehnat, axborot, xizmat kabi boshqa turdagi bozorlar bilan chambarchas bog‘langan holda qaralishi kerak. Bozor munosabatlari kontekstida, ta’lim tizimini tadqiq etishda, uni ma’naviy tо‘liqlik jihatidan ta’lim bozoriga yaqin deb qarash mumkin.
Mamlakatimizda muayyan ta’lim darajalari belgilangan, shuningdek, ularning ayrimlari majburiy tarzdadir. Chunonchi, umumiy о‘rta ta’lim majburiy ta’lim sirasiga kiradi. Ta’lim muassasalarining davlat tasarrufidagilarida ham, davlatga qarashli bо‘lmaganlarida ham ta’lim xizmatlari kо‘rsatiladi. Bunda har bir subyekt о‘z shaxsiy intilishlariga, shuningdek, moliyaviy imkoniyatlariga javob beradigan xizmatlarning konkret turini tanlashga haqlidir. Oliy ta’lim kasb ta’limining tarkibiy qismi bо‘lib, kadrlar kasb tayyorgarligining oliy pog‘onasi deb qaraladi.
Subyektning muayyan bilim sohalariga qiziqishini uning tabiatiga xos xususiyat va о‘zi tarbiyalangan muhit shakllantiradi, lekin kasb borasidagi о‘sish yо‘lini tanlash kо‘nikmalari yuzaga chiqishi qiziqishlariga mos ish topishga intilishi bilangina emas, balki asosan moddiy manfaat bilan ham belgilanadi. Inson kapitali nazariyasiga kо‘ra, uning qobiliyatini rivojlantirishga sarf qilingan resurslar “kapital sarflari” deb talqin qilinadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishdagi kapitalning asosiy mezonlari mehnatga moslashtiriladi. Bilim, qobiliyat, malaka va kasb mahorati о‘z-о‘zidan paydo bо‘lmaydi, ular tevarak-atrofni tashkil etadigan shaxslar faol harakatlari natijasida yuzaga keladi. Shu munosabat bilan tegishli ma’lumot olgan va kasb tayyorgarligiga ega subyektga katta miqdorda mehnat, moliyaviy, moddiy va intellektual resurslar sarflangan bо‘ladi1.
Bevosita insonga yо‘naltiriladigan investitsiyalar har qanday kapital sarfi kabi, pirovard natijada, foyda olishni kо‘zda tutadi. О‘z navbatida, ta’limga yо‘naltirilgan barcha investitsiyalar iqtisodiy natija keltirganligi sababli inson kapitali nazariyasini ta’limning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdagi tahlil vositasi sifatida qaraymiz. Shu bilan birga, alohida subyekt, shuningdek, jamiyat uchun qilinadigan sarflar samarasini bir-biridan farqlash lozim. Subyektning umumiy о‘rta ma’lumot olishiga qilinadigan sarflari bevosita о‘quv sarflari deb, subyekt о‘qigan davrida olishi mumkin, lekin undan foydalanilmagan bо‘lsa, boy berilgani “daromad summasi” deb qaralishi kerak. Bunday holat jamiyatda mehnat va ta’lim bozori tizimining о‘zaro bog‘liqligini taqozo etadi.
1Рахимова Д., Абдурахмонов О. Ўзбекистонда меҳнат бозори ва таълим тизимининг бошқарилишида ўзаро алоқадорлик // Таълим менежменти. – Тошкент, 2007. – № 6. – Б. 37-38.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
84
О‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YО‘NALTIRISH TIZIMINI AXBOROTLASHTIRISH
Rezume. Maqolada modernizatsiyalashgan ta’lim
sharoitida axborotli jarayonlarning roli, axborot va uni
ishlab chiqish, saqlash va о‘quvchilarni kasb-hunarga
yо‘naltirishda axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan.
Tayanch tushunchalar: kasb-hunarga yо‘naltirish
tizimi, axborotli jarayonlar, globallashuv, umumdavlat
tasniflagichi, kichik mutaxassislar, axborotlashtirish,
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
Abstract. The article highlights the issues of the role of information processes in modernized education conditions, information, its development and storage, the possibilities of effective use of information technologies in the vocational guidance of students.
Key concepts: the system of professional direction, information processes,
globalization, national classification, junior specialists, informatization,
education, oriented to the individual.
Резюме. В статье освещаются вопросы о роли информационных
процессов в модернизированных условиях образования, об информации, ее
разработки и хранении, о возможностях эффективного использования
информационных технологий в профессиональной ориентации учеников.
Основные понятия: система профессионального направления,
информационные процессы, глобализация, общегосударственная
классификация, младшие специалисты, информатизация, образование,
ориентированное на личность.
Hozirgi globallashuv davrida ta’lim jarayoniga turli axborotlarning miqdori
va sifatining о‘sishi nuqtayi nazaridan yondashish zarur, chunki mutaxassislarning
e’tirof etishicha, ХХ asrning 90-yillarida axborot hajmi har besh yilda ikki marta
oshgan bо‘lsa, hozirgi sharoitda har ikki yilda uch marta oshishi kuzatilmoqda.
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Biz XXI asrda – intellektual mehnat
va internet davrida, globallashuv zamonida yashayotganimizni, hayot taraqqiyoti
hech qachon bir joyda tо‘xtab turmasligini unutmasligimiz zarurligini hayotning
*Xaydarov Ozodjon Aslamkulovich, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi loyihalashtirish va dasturlashtirish bо‘limi boshlig‘i. E-mail: haydarov@gmail.com
O. Xaydarov*
MATEMATIKA VA TABIIY-ILMIY FANLAR TA’LIMI
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
85
о‘zi taqozo etmoqda”1. Shu nuqtayi nazardan, axborotli jarayonlarning roli
о‘smoqda, axborot va uni ishlab chiqish, saqlash va ta’lim jarayonida
foydalanishga keskin ehtiyoj oshmoqda, bu esa, о‘z navbatida, uzluksiz ta’lim
tizimida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni taqozo etadi. Umumiy
о‘rta ta’lim va о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi uzluksizligini ta’minlashda
о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimi va uning faoliyati muhim ahamiyat
kasb etadi. Pedagogika ensiklopediyasida kasbga yо‘naltirish tizimiga shunday
ta’rif berilgan: “Kasbga yо‘naltirish tizimi – davlat va jamiyat tashkilotlari,
muassasalar, maktablar, shuningdek, oilaning tashkiliy va boshqaruvchan
faoliyati bо‘lib, uning jamiyat manfaatlari va ta’lim oluvchilarning shaxsiy
qiziqishlariga kо‘ra, о‘z-о‘zini kasbiy hamda ijtimoiy aniqlash jarayoni”2.
Ushbu mas’uliyatli vazifani esa Respublika tashxis markazi amalga oshiradi.
О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va pedagogik-psixologik tashxis
markazlarining pedagog-psixologlari umumta’lim maktabi о‘quvchilarning kasbga
doir bilimlarini, kasbiy qiziqishlari, moyilliklarini hisobga olgan holda ularga
о‘qishni keyingi bosqichda davom ettirish uchun maxsus tavsiyanoma beradilar.
О‘quvchilar ushbu tavsiyanoma asosida tegishli ta’lim muassasasida, ya’ni
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida о‘qishni davom ettiradilar.
О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimining mazmuni umumta’lim maktabi
о‘quvchilarini о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tayyorlanayotgan kasblar
haqidagi, ya’ni klassifikatordagi “О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov
yо‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi”da mavjud bо‘lgan
kasblar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumta’lim maktabi о‘quvchilariga tizimli
ravishda yetkazib va tushuntirib berishdan iboratdir. О‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining tayyorlov yо‘nalishlari, kasb va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi –
о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash
bо‘yicha ta’lim yо‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblarning tizimlashtirilgan
rо‘yxati bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligining
tegishli qarori bilan tasdiqlanadi va tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi;
klassifikator;
qo‘llanish sohasi;
me’yoriy hujjatlar;
ta’riflar;
1Каримов И. А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. – Тошкент: Ўзбекистон, 2015. – Б. 304. 2Сафарова Р., Жўраев Р. Педагогика энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2015. – Б. 320.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
86
kichik mutaxassis;
mehnat bozori.
Kasb-hunar kollejlarining har bir tayyorlov yо‘nalishida bir necha
kasblarning mavjudligi va har bir kasb bо‘yicha о‘quvchiga tо‘rttagacha ixtisoslik
berilishi munosabati bilan hamda о‘quvchi tanlayotgan kasbi bо‘yicha tо‘liqroq
axborotga ega bо‘lishi uchun ma’lumotlar aynan tasniflagich asosida yoritilib,
ushbu mutaxassisliklarni qayerlarda egallash mumkinligi aniq kо‘rsatilishi lozim,
chunki tasniflagich nafaqat ish beruvchilar, balki о‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limida davlat standartlari, о‘quv rejalari, о‘quv dasturlari va me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiquvchilar, ta’lim muassasalari rahbarlari, respublika hamda
mahalliy boshqaruv tashkilotlari mutaxassislari, vazirliklar, boshqa xо‘jalik
subyektlari hamda о‘quvchilar bilan birgalikda ularning ota-onalari uchun ham
mо‘ljallangan.
Demak, kasblar haqidagi ma’lumotlarning hajmi shu qadar keng qamrovliki,
uni bugungi amaliyotda pedagog va psixologlar hamda guruh rahbarlari
tomonidan о‘quv darsliklaridagi sahifalar, rasmlar va illustratsiyalar, jadvallar
soni, savol, topshiriq, mashqlarning miqdori kabilar bilan tushuntirib bо‘lmaydi
va о‘quvchiga kasblar haqida tо‘liq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Demak, kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini axborotlashtirish zaruriyati tug‘iladi.
Pedagogika ensiklopediyasida axborotlashtirishga shunday ta’rif berilgan:
“Axborotlashtirish – zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ta’lim
jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish va jadallashtirish imkoniyati”3. Shundan
xulosa chiqaradigan bо‘lsak, kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini
axborotlashtirishdan asosiy maqsad sifat jihatdan yangi axborotlashgan kasb-
hunarga yо‘naltirish tizimini barpo qilishdir. Kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini
axborotlashtirish kasb-hunarga yо‘naltirish jarayoni dinamikasini ta’minlash omili
sifatida uning natijalariga salmoqli ta’sir kо‘rsatadi va shu asosda о‘quvchilarni
kasb-hunarga yо‘naltirish jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlash
imkoniyatini beradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan
samarali foydalanish orqali kasb-hunarga yо‘naltirish tizimi mazmunan
takomillashadi. Jumladan:
zamonaviy axborotlashtirilgan о‘quv-tarbiya jarayonida о‘quvchilarni
kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini pedagogik, metodik, texnik va texnologik
rivojlantirish;
3Сафарова Р., Жўраев Р. Педагогика энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2015. – Б. 320.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
87
zamonaviy axborotlashtirilgan о‘quv-tarbiya jarayonida о‘quvchilarni
kasb-hunarga yо‘naltirish tizimida kasblar haqidagi ma’lumotlar bazasini yaratish;
о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini axborotlashtirish orqali
kasb-hunarga yо‘naltirish usullari va shakllarini diversifikatsiyalash;
о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimining usullari, vositalari va
modellarini modernizatsiyalash hamda innovatsion texnologiyalarni yaratish va
amaliyotga tatbiq etish;
о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirishning axborotlashgan metodik
tizimini ishlab chiqish, natijada о‘quvchi mustaqil ravishda kasb-hunarga doir
ma’lumotlarni jamlash, ma’lumotlar resursini yaratish, qayta ishlash, uzatish va
saqlash imkoniyatiga ega bо‘lishini ta’minlash;
о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirishning kо‘rgazmali elektron
vositalari va dasturiy tizimini yaratish;
istiqbolda shakllanadigan kasblar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish.
Demak, о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini axborotlashtirish
orqali о‘rta maxsus kasb-hunar tizimidagi mavjud salbiy holatlarning oldi olinadi.
Jumladan:
o‘quvchilarning kasb tanlashda bir qarorga kela olmasliklari va
ikkilanishlari;
kasblar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarning o‘quvchilarga
yetkazilmaganligi oqibatida ularning istiqboldagi rejalarga ega bo‘lmasligi;
o‘qishga kirishga tanlov bo‘lmagan ta’lim muassasasiga hujjat
topshirishi;
tengdoshlariga sherik bo‘lib kasb tanlashlari;
ba’zi intellektual salohiyat talab qiladigan kasblarga aqliy imkoniyatlari
yetmasligiga ishonch hosil qilishi kabilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish
tizimini axborotlashtirish, birinchi navbatda, malakali kichik mutaxassislar
tayyorlash uchun zamin bо‘ladi, natijada mehnat bozorida malakali kichik
mutaxassis kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj qondiriladi, kasb-hunar kolleji
bitiruvchilarining bandligi ta’minlanadi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
88
ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI YARATISH: E-PUBLISH DASTURI IMKONIYATLARI
Rezume. Maqolada elektron ta’lim resurslari yaratishda E-publish dasturi imkoniyatlari yoritilgan bo‘lib, undan foydalangan holda elektron ta’limiy resurs yaratish jarayoni qadamma-qadam ko‘rsatib berilgan.
Tayanch tushunchalar: ta’limni axborotlashtirish, elektron o‘quv-uslubiy materiallar, E-publish dasturi, ta’lim resurslari yaratish.
Abstract. The article deals with possibilities of the program E-publish in the creation of electronic educational resources, step by step shows the process of creation of electronic educational resources using this software.
Key concepts: informatization of education, e-learning materials, the programm E-publish, creating educational resources.
Резюме. В статье освещены возможности программы E-publish в создании электронных образовательных ресурсов, поэтапно показан процесс создания электронных образовательных ресурсов, используя это программное обеспечение.
Основные понятия: информатизация образования, электронные учебно-методические материалы, программа E-PUBLISH, создание образовательных ресурсов.
Hozirgi kunda mamlakatimizda jahon andazalari talablariga to‘la javob beradigan ta’lim tizimini yaratishga, intellektual salohiyati yuqori kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosati olib borilmoqda.
Shu sababdan o‘qitish jarayonini tashkil etish, jumladan, o‘quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish zarur bo’ladi. Bunda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishda eng samarali yo‘l hisoblanadi1.
*Mamarajabov Mirsalim Elmirzayevich, Nizomiy nomidagi TDPU informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. E-mail: mirsalim1972@rambler.ru *Maxamatova Zulfiya Komiljonovna, Nizomiy nomidagi TDPU informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi. 1Begimqulov U. Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – Toshkent: Fan, 2007. – B. 5.
M. Mamarajabov*
Z. Maxamatova*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
89
Axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etishga, elektron shakldagi o‘quv-uslubiy materiallarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki, elektron shakldagi o‘quv-uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari, elektron kutubxonalar, audiovizual materiallar, interfaol o‘quv kurslari, kompyuterda hisoblash tajribasini o‘tkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tizimlardir. Ular zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni to‘plash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbalardir1.
Biz quyida E-publish dasturi vositasida elektron ta’lim resurslari yaratish imkoniyatlariga to‘xtalmoqchimiz.
E-publish dasturi turli elektron nashr, sayt, masofaviy kurs, portfolio, elektron darslik va uslubiy qo‘llanmalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositadir2.
E-Publish konstruktori ofis ilovalar ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, word dasturi bilan ishlashni biladigan har bir foydalanuvchiga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qo‘llanilishda oson bo‘lgan bu dastur qulay interfeysga ham ega bo‘lib, texnik ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmagan, dasturlashdan xabari yo‘q foylalanuvchi ham o‘z elektron resurslarini yaratishi mumkin.
Turli ko‘rinishlardagi tayyor dizaynlarning mavjudligi yanada qulay. Bundan tashqari E-publish dasturida testlar, fotoalbomlar, lug‘atlar, yangiliklar blokini yaratish uchun ham maxsus shablonlar ham mavjud. Har bir foydalanuvchi o‘z “Virtual kabinet”iga ega bo‘lib, ta’lim resursini boshqarish imkoniga ega bo’ladi.
Ektron ta’lim resurslarini yaratishda Microsoft FrontPage, HTML, Alliare Home Site, E-author kabi dasturiy vositalardan foydalanish mumkin, ammo bu dasturlardan foydalanish uchun maxsus bilim, ko‘nikma va malakalar talab etiladi. Tanlagan E-publish dasturida foydalanuvchi uchun sodda uskunalar paneli, tayyor shablon (qolip)lar yordamida elektron ta’lim resurslari yaratish imkoniyati mavjud bo‘lib, dasturiy ta’minotning internetda tekin, erkin tarzda taqdim etilayotganligi uning afzalligidir.
E-publish konstruktorining asosiy imkoniyatlari: ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan sahifalar yaratish imkonining
mavjudligi: universal sahifa, test sahifasi, yangiliklar sahifasi, fotoalbom; forum, videokonferensiyalar o‘tkazish imkonini beruvchi muloqot sahifasi;
menyularning avtomatik tashkil qilinishi; menyularni boshqaruvchi maxsus tahrirlagichning mavjudligi;
1Hasanboyev J., To‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. – B. 398. 2Конструктор сайтов E-Publish // http://www.edusite.ru/
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
90
oddiy va animatsiyali rasmlar, ixtiyoriy fayllar, masalan, flash, audio va videoni joylashtirish;
saytdagi barcha matnni indeksatsiyalash imkoniyatining mavjudligi (bu esa ixtiyoriy so‘zni qidirish imkonini beradi);
sayt dizaynlari kutubxonasidan foydalanib, saytning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi.
E-publish dasturida elektron ta’lim resurslarini yaratishni qadamma-qadam amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz:
1. Dasturni ishga tushiramiz: Пуск – Все программы – E-publish - Конструктор сайтов yoki kompyuter ish stolidagi yorliq ustida sichqoncha tugmasini 2 marta bosish orqali dasturni ishga tushiramiz.
2. Yangi «реcурc», ya’ni yangi loyiha yaratamiz, buning uchun uskunalar panelidagi «Новый проект» tugmasini bosamiz: yoki “Fayl” menyusidan “Новый проект” (Yangi loyiha)ni tanlaymiz.
3. Natijada «Шаг 1: Выбор шаблона» oynasi ochiladi. Bu oyna ikki qismdan iborat: shablonlar ro‘yxati va tanlangan shablonning ko‘rinishi. Loyiha dizaynini ixtiyoriy paytda o‘zgartirish mumkin. Biror shablonni tanlab, “Вперед” tugmasini bosamiz.
4. Ekranda «Шаг 2: Выбор Расположения объекта» oynasi ochiladi. Dastur avtomatik ravishda “C” diskda maxsus ishchi papka “work” papkasini yaratadi va yangi yaratilayotgan loyihamiz (elektron ta’lim resursimiz) uchun “work” papkaning tarkibida yangi papka yaratishni taklif etadi. Buning uchun “Создатъ папку” tugmasini bosamiz.
5. Yangi papka nomini kiritish uchun oyna paydo bo‘ladi. Unga biror nom, masalan, INF_LOYIHALASHni kiritamiz va “OK” tugmasini bosamiz. Natijada tanlangan shablon asosida uchta oynadan: yuqoridagi sarlavha maydoni, chapdagi mundarija oynasi va o‘ngdagi asosiy ishchi sohadan iborat loyiha maketi hosil bo‘ladi. Dastur avtomatik ravishda “Главная” deb nomlangan mundarijaning birinchi elementini, “Главная” faollashtirilganda ochiladigan “Main” sahifasini yaratadi.
6. Resurs sarlavhasi uning har bir sahifasini ochganda aks etadi, unga, odatda, elektron resursning nomi kiritiladi, biz “Informatikani o‘qitish jarayonini loyihalashtirish” fanidan ta’lim resursini yaratayotgan ekanmiz, “Informatikani o‘qitish jarayonini loyihalashtirish fanidan ta’lim resursi” yozuvini kiritib qo‘yishimiz mumkin. Buning uchun kursorni loyiha sarlavhasi maydoniga keltirib, yozuvni klaviatura orqali kiritamiz.
“Main” yozuvi o‘rniga boshqa matn kiritish uchun kursorni bu yozuv ustida bosib o‘zgartirishimiz mumkin. Masalan, “Xush kelibsiz!”. Ishchi sohaga mavzuga oid ixtiyoriy ma’lumotni, masalan, elektron ta’limiy resursning maqsad va vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kiritishimiz mumkin.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
91
7. Mundarijaga yangi element kiritish uchun menyu satridan “Проект – Добавить страницу” buyrug‘ini beramiz.
Natijada “Свойства страницы” deb nomlanuvchi quyidagi yangi oyna hosil bo‘ladi. Ushbu oyna orqali sahifa foni, sahifa haqidagi ma’lumotlar, sahifa turi va nomini o‘rnatish mumkin. Sahifa tipining bir qancha turlari (универсалная, фотоальбом va boshqalar) mavjud. Sahifa turi sifatida “Универсалная”ni tanlab, sahifa nomi “Название страницы” oynasiga “Nazariy ma’lumotlar” yozuvini kiritib, “Добавить” tugmasini bosamiz. Xuddi shu tartibda boshqa sahifalarni ham qo‘shamiz.
8. Sahifaga rasmlar qo‘yishni qarab chiqaylik. Buning uchun “Объекты” menyusidan “Рисунок” punktini tanlaymiz. “Открыть” oynasi ochilib, rasmni tanlash imkoniyati yaratiladi. Zarur suratni tanlab, “Открыть”ni bosamiz ekranda kursor ko‘rsatayotgan joyda surat hosil bo‘ladi.
9. Matn shrift turi, o‘lchami, shaklini o‘zgartirish uchun uskunalar panelidagi – Изменить шрифт (Shriftni o‘zgartirish) tugmasidan foydalaniladi, bunda “Шрифт” oynasi ochiladi.
10. “Файл” menyusiga kirib, “Файл – Сохранить проект”ni tanlasak, ta’lim resursimiz saqlanadi.
Dastur imkoniyatlaridan yana biri, bu elektron resursga animatsiyalar, video va audio fayllarni ham joylashtirish mumkinligidir. Bu esa o‘qituvchiga yaratilgan elektron resursdan foydalanib, axborotni turlicha (matn, animatsiya, tovush, video) shaklda yetkazishga sharoit yaratadi. Bu ta’lim muhitini shakllantirishdan tashqari, o‘qituvchi axborotni ifodalashga ketadigan vaqtni tejashi tufayli materialni tushuntirishga ko‘proq vaqt ajratishi mumkin.
Bunday elektron ta’lim resurslaridan foydalanish orqali dars jarayonini qiziqarli, samarali bo‘ladi hamda o‘rganish individuallashadi, natijalarni baholash esa obyektiv yondashish bilan birgalikda o‘z vaqtida amalga oshiriladi.
Elektron ta’lim resurslarini yaratishda E-publish dasturidan foydalanish “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv amaliyoti jarayoniga tatbiq etildi va uning imkoniyatlaridan foydalanib informatika fanining turli bo‘limlaridan elektron resurslar yaratishga erishildi.
Xulosa qilish mumkinki, E-publish kabi dasturlarni ta’lim tizimida qo‘llash mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun ham qulaylik va yengillik yaratib beradi. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda har qanday murakkablikdagi elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni tezkorlik bilan yaratish va undan o‘quv jarayonida foydalanish imkonini beradi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
92
ПОДЪЯЗЫК ЖИВОПИСИ И ДУХОВНО-ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ СТУДЕНТОВ
Rezume. Maqolada tasviriy san’at asarlaridan foydalangan holda kommunikativ madaniyatni shakllantirish masalalari tadqiq qilingan.
Tayanch tushunchalar: rang-tasvir asarlari tili, nutqning ilmiy-ommabop (san’atga doir) uslubi, o‘quv lug‘atlari majmuasi, kommunikativ madaniyatning shakllanishi, tasviriy san’at, ma’naviy-estetik tarbiya.
Abstract. The article explores the ways of developing of communicative culture through the use of works of art.
Key concepts: sub-language of painting, popular science (art history) sub-genres of speech, educational complex vocabularies, formation of communicative culture, works of fine art, spiritual and aesthetic education.
Резюме. В статье рассматриваются пути развития коммуникативной культуры за счет использования произведений искусства.
Основные понятия: подъязык живописи, научно-популярный (искусствоведческий) подстиль речи, комплекс учебных словников, формирование коммуникативной культуры, изобразительное искусство, духовно-эстетическое воспитание.
Идеи гуманизации, гуманитаризации, демократизации образования, приобщения к национальной духовности в гармоничном соотношении с общечеловеческими ценностями, в частности к бесценному культурному наследию, создававшемуся на протяжении веков великими предками, воплощенному в изобразительном искусстве Узбекистана, в сопоставлении с произведениями мировой живописи, а также формирования у студентов навыков самостоятельной работы, овладения методами творческого познания окружающей действительности должны получить широкую интерпретацию в системе непрерывного образования.
На современном этапе теоретическо-методические основы коммуникативного развития учащихся, студентов с опорой на использование произведений изобразительного искусства Узбекистана и мира освещены в работах таких исследователей как Н. Г. Каменецкая, Л. Н. Рахматуллаева, И. В. Клименко1. Условием эффективности формирования
*Клименко Ирина Викторовна, доцент кафедры педагогика и психология УзГИФК, кандидат педагогических наук. 1Каменецкая Н. Г. Изобразительный комментарий на начальном этапе изучения систематизированного курса русской литературы в киргизской школе: дисc. … канд. пед
И. Клименко*
IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLAR TA’LIMI
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
93
коммуникативной культуры на материале произведений художников Узбекистана, которые развивают и углубляют умение за конкретным видеть общее, сущностные черты характеров людей, явлений природы, общественной жизни, тем самым учат познавать мир, окружающую подрастающие поколения действительность, стало создание специальных учебных словников подъязыка живописи и типологии упражнений, ориентирующих на обогащение словарного запаса обучаемых общекультурной и искусствоведческой лексикой и развитие коммуникативно-речевых навыков на изучаемом (русском) языке.
С опорой на известные лингвистические исследования нами рассмотрен ряд вопросов, касающихся природы подъязыка живописи: история создания терминосистемы подъязыка живописи1, источники и характер лексических заимствований2, сущностные особенности научно-популярного (искусствоведческого) подстиля по сравнению с научным, одним из составляющих которого является подъязык живописи3, системные взаимосвязи подъязыка живописи с общелитературным языком на уровне лексики и фразеологии, словообразования, полисемии, омонимии, синонимии, морфологии и синтаксиса, стилистики4.
наук. – Фрунзе, 1985. – C. 24; Рахматуллаева Л. Н. Терминологическая лексикография как основа обучения искусствоведческой лексике: дисc. … канд.пед.наук. – Ташкент, 1989. – С. 23; Клименко И. В. Развитие связной русской речи старшеклассников-узбеков с опорой на материалы живописи Узбекистана: дисс. … канд.пед.наук. – Ташкент, 1999. – С. 24. 1Морковкин В. В. Термины и возможный способ их описания в словаре активного типа // Проблемы разработки и упорядочения терминологии. – Москва: Наука, 2003. – С. 150-158; Толикина Е. Н. Некоторые лингвистические проблемы изучения термина // Лингвис-тические проблемы научно-технической терминологии. – Москва: Наука, 2000. – С. 53-57; Герд А. С. Терминологический словарь среди других типов словарей // Современная русская лексикография. – Москва: Наука, 2011. – С. 145. 2Реформатский А. А. Что такое термин и терминология // Вопросы терминологии. – Москва: РАН, 2001. – С. 46-54; Моисеев А. И. О языковой природе термина // Лингвистические проблемы научно-технической терминологии. – Москва, 2010. – С. 125-128; Бабкин А. М. Новый академический словарь русского языка. – Москва: Наука, 2001. – С. 71; Перерва В. М. Перерождаются ли термины в общем употреблении? // Современная русская лексикография. 1980. – Москва: Наука, 2001. – С. 145. – С. 89-97. 3Фудель И. С., Васильева А. Н. Научно-популярный жанр (К вопросу о возможностях его использования в практике преподавания русского языка иностранцам) // Вопросы стили-стики в преподавании русского языка иностранцам. – Москва: МГУ, 2006. – С. 104-108; Кожина М. Н. О речевой системности научного стиля сравнительно с некоторыми дру -гими: – Пермь, 2002. – С. 396. 4Виноградов В. В. Проблемы русской стилистики. – Москва: Высшая школа, 1981. – С. 320; Шмелев Д. Н. Проблемы семантического анализа лексики – Москва: Наука, 2003. – С. 280; Даниленко В. И. Русская терминология (Опыт лингвистического описания). –
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
94
Для анализа подъязыка живописи нами были использованы репрезентативные выборки на базе искусствоведческих текстов о творчестве художников Узбекистана и мира, об истории становления изобразительного искусства Центральной Азии, о тенденциях развития современной живописи. Общий объем выборок (текстового материала) составил 6280 слов, из которых было выявлено 545 интересующих нас лексических единиц, которые составили материал соответствующей картотеки. Использовался также метод фронтального анализа толковых, двуязычных, терминологических, энциклопедических, этимологических, словообразовательного словарей, словарей иностранных слов, сочетаемости, синонимов, а также учебных программ, учебников, учебных пособий, материалы которых соотносились с собственно текстовым материалом по изоискусству. Проведенный нами разносторонний лингвистический анализ подъязыка живописи позволяет констатировать, что подъязык живописи – это функционирующая разновидность русского литературного языка, отличающаяся диалектическим единством противоположностей. Лексический состав этого подъязыка выполняет как специфическую социально-терминологическую функцию, так и функцию обычных слов в зависимости от конкретной ситуации речи и поставленной коммуникативной задачи1.
Подъязык живописи, отличаясь богатством семантики, словообразовательных и морфолого-синтаксических средств, а также богатством явлений полисемии, омонимии, синонимии, фразеологии, семантического поля цвета, представляет несомненный лингвистический и лингводидактический интерес. Внутрисловные морфемные средства словоформ подъязыка живописи при взаимосвязанном обучении языкам и изоискусству позволяют выражать богатую палитру словообразовательных, лексико-грамматических и экспрессивно-стилистических значений, что играет значительную роль в развитии познавательного интереса к изучению языков, расширении духовно-эстетического кругозора, углублении нравственно-этического воспитания, усилении профессиональной направленности обучения в системе непрерывного образования (особенно в учебных заведениях гуманитарно-эстетического, педагогического,
Москва: Наука, 2007. – С. 244; Шанский Н. М. Лексикология современного русского языка. – Москва: Просвещение, 2002. – С . 3 1 6 ; Сергеев В. Н. К истории терминологии изобразительного искусства в русском зыке XVIII – начала XIX вв. // Материалы и исследования по лексике русского языка XVIII в. – Москва: Наука, 2005. – С. 301-317. 1Берков В.П. Вопросы двуязычной лексикографии. – Санкт-Петербург: Санкт-Петербург ГУ, 2003. – С. 191.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
95
творческого профиля), а главное – в формировании коммуникативной культуры, культуры педагогического и общечеловеческого общения.
Впервые проведенное нами в учебных целях сопоставительное исследование подъязыка живописи в русском и узбекском языках с опорой на известные работы в области языковых контактов, общих и частных проблем сопоставительного изучения языков, вопросов дву- и многоязычия1 позволило выявить три основных группы данных лексем с точки зрения графического облика и семантического объема:
а) совпадающие в обоих языках (альбом, анималист, графика); б) частично различающиеся как графически, так и в плане
грамматической функции (декоративный (рус.) – dekerativ (узб.), карикатурный (рус.) – hajviy (узб.));
в) разные по звуковому облику и написанию или отсутствующие в одном из языков (карандаш (рус.) – qalam (узб.), красить (рус.) – bo‘yamoq, rang bermoq (узб.)).
Сопоставительный анализ дал возможность, в частности, констатировать, что а) простым с точки зрения морфологической структуры русским прилагательным, обозначающим цвет, в узбекском языке соответствуют простые (рус. русый – узб. malla, лиловый – nаfаrmоn), составные (рус. карий – узб. qo‘y ko‘z, изумрудный – zumrad rang, белоснежный – qоrdek oq), составные сложные прилагательные (рус. оливковый – узб. оch jigarrang, терракотовый – qizg‘ish jigarrang, фиолетовый – to‘q binafsha rang), свободные словосочетания (рус. шоколадный – узб. shokolad rangiga o‘xshagan); б) семантический объем прилагательных цветообозначения в русском языке является более широким по сравнению с узбекским языком. Например, лексико-семантическая группа (ЛСГ) со значением коричневого цвета в русском языке (по исследованным источникам) насчитывает тридцать одну лексическую единицу, а в узбекском языке – двадцать две (рус, коричневый – узб. qo‘ng‘ir, горчичный – gungurt, табачный – tamaki rang и т.д.)2. Поэтому в методическом плане
1Выготский Л. С. Мышление и речь. – Москва: Педагогика, 2012. – Т.3. – С. 504. Тохтаходжаева М. Х. Двуязычные словари и принципы их составления Под ред. Н.М. Шанского – Ташкент: Укитувчи, 1981. – С. 180. Поливанов Е.Д. Опыт частной методики преподавания русского языка. – Ташкент: Укитувчи, 1988. – С. – Ч. 1. 128. Файзуллаева Ш. А. Проблема соотношения функционального и семантического в практике преподавания русского языка как неродного // Вопросы методики преподавания русского языка в национальной аудитории. – Ташкент, 1998. – С. 120. – С. 4-10. 2Айтмамбетов Ф. У. Тематическая группа лексики со значением коричневого цвета в русском и узбекском языках // Актуальные проблемы формирования профессиональной компетенции студентов при параллельном изучении языков. – Ташкент, 1993. – С. 208.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
96
целесообразно в первую очередь активизировать те лексические единицы цветообозначения в русском языке, которые имеют соответствия в родном (узбекском) языке обучаемых, а все остальные – на последующих этапах обучения.
В целом сопоставительно-типологический анализ лексики подъязыка живописи в русском и узбекском языках, проведенный нами в учебных целях, выявил как схождения, так и расхождения в системных явлениях на семантическом, фонетико-орфографическом, морфологическом, стилистическом уровнях. Классификация и анализ дифференционального и общего в лексике подъязыка живописи наряду с учетом специфических особенностей и своеобразия данного пласта лексики в современном русском и узбекском языках являются определяющими факторами при обосновании содержания и методов формирования коммуникативной культуры учащихся, студентов в социально-культурной сфере на материале произведений изобразительного искусства Узбекистана.
Ведущими принципами разработки словников подъязыка живописи мы считаем принципы самодостаточности и учебно-методических целесообразности1, базирующиеся на концепции значения слова (абсолютная целостность слова+элементы сочетаемостной ценности + тип лексико-семантического варианта (ЛСВ) по его значению, например, фразеологически связанному), что предопределило необходимость разработки комплекса учебных словников названной выше категории лексики, в которых активизируемые слова были представлены в основных своих характеристиках (значение, форма, структура, функция, степень соответствия с родным языком обучаемых). В результате было создано 10 видов учебных словников: 1) исходный учебный словарь-минимум лексики подъязыка живописи, 2) учебный русско-узбекский словарь-минимум соответствующей категории лексики, 3) учебный русско-узбекский словарь цветовой лексики, 4) словарь синонимов цветовой лексики, 5) учебный толковый словарь-минимум подъязыка живописи, включающий в себя грамматический, орфоэпический, этимологический, исторический комментарий, 6) словарь тематических групп лексики изоискусства, 7) учебный словообразовательный (гнездовой) словарь-минимум подъязыка живописи, 8) словарь сочетаемости лексем подъязыка живописи, 9) словарь сложных, сложносокращенных лексем подъязыка живописи, 10) словарь
1Денисов П. Н. Лексика русского языка и принципы ее описания. – Москва: Русский язык, 2010. – С. 251.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
97
устойчивых словосочетаний и фразеологизмов искусствоведческой тематики в современном русском языке.
Данный комплекс специальных учебных словников подъязыка живописи, духовный и «речевой» потенциал отобранных социально и личностно значимых картин художников Узбекистана в сопоставлении с произведениями мировой живописи, ведущих студентов от «родного порога» в мир общечеловеческой культуры, познавательный материал (высказывания выдающихся деятелей искусства, тексты, стихотворения, пословицы, поговорки) культурно-эстетической тематики, традиционные и нестандартные формы работы, инновационные личностно-ориентированные технологии1 послужили основанием для разработки системы формирования коммуникативной культуры, базирующейся на общедидактических и лингводидактических принципах преемственности, методической целесообразности, систематичности и регулярности, опоры на межпредметные связи (родной язык, изоискусство), коммуникативности, единства обучения и воспитания2, которая схематично выглядит следующим образом (таблица 1).
Таблица 1.
I подсистема II подсистема III подсистема
Рецептивные упражнения Репродуктивные упражнения
Продуктивные упражнения
1 комплекс – упражнения на выявление, осознание структуры и семантики лексики подъязыка живописи и их классификацию
1 комплекс – упражнения на формирование навыков правильного произношения и написания лексем подъязыка живописи
1 комплекс – упражнения на составление диалогических единств (дискуссии, викторины, конференции, телемосты, инсценировки)
2 комплекс – упражнения на усвоение речеведческих сведений об особенностях отобранных жанров живописи для
2 комплекс – упражнения на автоматизацию лексического навыка на материале подъязыка живописи
2 комплекс – упражнения на структурирование диалого-монологических высказываний (ситуативные и ролевые игры, интервью, экскурсии, репортажи из
1См. Клименко И. В. Развитие коммуникативной культуры с использованием произведений художников Узбекистана в системе непрерывного образования // Педагогика. – Ташкент, 2016. – №1. – С. 96-102. 2Ильин М. С. Основы теории упражнений по иностранному языку – Москва: Педагогика, 2005. – С. 151. Пассов Е. И. Основы коммуникативной методики обучения иноязычному общению. – Москва: Русский язык, 2009. – С. 277. Андриянова В. И. Теория и практика обучения узбекских школьников устноречевому общению на русском языке: дисс. ... док.пед.наук. – Ташкент, 1997. – С. 39.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
98
использования на занятиях
музеев, Домов-музеев, Выставочного зала на материале произведений художников Узбекистана)
3 комплекс – упражнения на развитие и упрочение навыков узнавания различных жанров живописи, наблюдения над структурой и композицией текста, выявление и классификацию средств обеспечения связности речи
3 комплекс – упражнения на отработку и развитие навыков составления предложений и ССЦ с опорой на произведения узбекского и мирового изобразительного искусства, закрепление лингвистических сведений и типах речи (повествование, описание, рассуждение)
3 комплекс – упражнения на продуцирование монологических высказываний (повествование, описание, рассуждение) с опорой на творчество художников Узбекистана в сопоставлении с произведениями мировой живописи
Предложенная система обучения на базе произведений изобразительного искусства Узбекистана, отражающих историю, природный и культурный ландшафт, традиции, обычаи, ценности, стереотипы мышления узбекского народа, с одной стороны, помогла студентам войти в мир высочайшего человеческого духа, в мир гармонии и красоты, создала для них «эстетическую школу», способствовала углублению национального и гражданского самосознания, патриотических чувств, с другой, интенсифицировала речемыслительную деятельность, породила стремление разобраться в сложных путях развития изобразительного искусства Узбекистана, в проблемах сохранения и приумножения культурно-исторического наследия своего народа, обменяться с друзьями и педагогами интересными фактами культурной жизни современного Узбекистана, выразить свое отношение к ним, и в целом содействовала достойному представлению подрастающего поколения Республики Узбекистан на международной арене как всесторонне развитых (интеллектуально, духовно, эстетически) граждан демократического государства.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
99
TALABA-YOSHLARDA QONUNGA HURMAT
FAZILATLARINI TARBIYALASH
Rezume. Maqolada talaba-yoshlar ongida huquqiy
tarbiya shakllantirish hamda qonunga hurmat
fazilatlarini tarbiyalash masalalari yoritiladi.
Tayanch tushunchalar: mafkura, g‘oya, huquqiy
madaniyat, huquqiy norma, huquqiy tarbiya.
Abstract. The article highlights the issue of the
formation of legal education in the minds of young
people, as well as the education of a sense of respect for the law.
Key concepts: ideology, idea, provovaya culture, the legal norm, the
provisional education.
Резюме. В статье освещается вопрос формирования правового
воспитания в сознании молодёжи, а также воспитания чувства уважения
закона.
Основные понятия: идеология, идея, прововая культура, правовая
норма, прововое воспитание.
Mamlakatimizda yoshlarni yetuk insonlar sifatida voyaga yetkazib borish
davlatimiz siyosatida alohida о‘ringa ega. Har jihatdan yetuk bо‘lgan yosh avlod
О‘zbekiston kelajagining poydevori bо‘lgani uchun ham bunday insonlarni
shakllantirib borish dolzarb vazifalaridandir.
Yoshlar tarbiyasi va xulq-atvorining ijtimoiy jihatdan faollashib borishiga
salbiy ta’sir kо‘rsatadigan tahdidlarning xavf-xatari ortib bormoqda. Yoshlarning
ongi va qalbini egallab, yovuz g‘oyalar ta’sirida yoshlarda qonunlarga itoatsizlik
tuyg‘ularini shakllantirish bunday tahdidlarning asosiy maqsadlaridan biri
hisoblanadi. Bugungi kunda mafkura maydonlarida olib borilayotgan kurashning
asosiy oqibatlaridan biri yoshlar tomonidan huquqbuzarlik holatlari bunday salbiy
illatlarning oldini olishning ta’sirchan usullaridan biri yoshlar о‘rtasida
profilaktika(tushuntirish) ishlarini kuchaytirish va huquqiy bilim orqali ta’sirni
oshirishdir. Shu maqsadda yoshlarda mamlakatimiz qonunlariga hurmatni
yanada kuchaytirish asosiy maqsadlardan biri bо‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda qonunlarning о‘rni va ahamiyati katta
*Faxriddinova Nargiza Shamsiddinovna, mustaqil tadqiqotchi. E-mail: fakhriddinova@mail.ru
N. Faxriddinova*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
100
bо‘lgani uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tamoyillarda
qonun jamiyatda ustuvor bо‘lishi zarur ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Mamlakatimiz о‘z mustaqil yо‘lini tanlab olar ekan, milliy
taraqqiyotimizning о‘ziga xos bо‘lgan yo‘lini tanladi. О‘zbekiston kelajagini
belgilab beradigan asosiy tamoyillardan biri jamiyatda qonun ustuvorligiga
erishish tamoyilidir.
Qonunning jamiyat yuksalishida, tinchlik va barqarorlikka erishishda uning
barqarorligini ta’minlashda, о‘rni katta ekanligini tarix doimo asoslab berib
kelmoqda. Jamiyatning har bir a’zosida, ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilim va
madaniyatini yuksaltirib borish ularning qonunlarga hurmat fazilatlarini
shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun ham huquqiy tarbiya
ta’lim sohasida о‘zining alohida о‘rniga ega bо‘lib kelmoqda. Prezidentimiz Islom
Karimov yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirib borishning dolzarbligi
haqida gapirib, quyidagi fikrlarni ta’kidlab о‘tadilar: “Huquqiy madaniyat saviyasi
qabul qilingan qonunlar soni emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda
ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va
normativ hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida
ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali
amal qilgan taqdirdagina yashaydi va rо‘yobga chiqadi”1.
Prezidentimiz ta’kidlab о‘tganlaridek, yosh avlodda huquqiy madaniyatni
shakllantirib borish hamda huquqiy saviyaning yanada yuqorilab borishi
mamlakatimiz kelajagi uchun katta ahamiyatga egadir. Jamiyatning har bir a’zosi
tomonidan qonunlarga itoat qilgan holda faoliyat kо‘rsatishga erishish bugungi
kunning dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib kelmoqda.
Yoshlarda qonunga hurmat fazilatlarini shakllantirishning о‘ziga xos usullari
mavjud. Avvalambor, barcha ta’lim muassasalarida yoshlarda qonunlarga hurmat
bilan qarash fazilatini shakllantirishda qonun bilan bog‘liq bо‘lgan mavzularda
davra suhbatlari, savol javob uchrashuvlari, insholar tanlovini tashkil etish,
huquq-targ‘ibot idoralari xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilishi katta
ahamiyatga egadir.
Demokratik taraqqiyot yо‘lini tanlab olgan va kuchli fuqarolik jamiyatini
yaratishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan О‘zbekiston sharoitida qonun
1Karimov I. A. Buyuk kelajak sari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. – B. 127.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
101
ustuvorligiga erishish va jamiyatning har bir a’zosida qonunlarga hurmat
fazilatlarini shakllantirish tarixiy zaruratga aylangan. Shuning uchun ham
yoshlardagi bunday fazilatlarni shakllantirish maqsadida huquqiy tarbiyaga katta
e’tibor qaratib kelinmoqda. Huquq sohasidagi ilmiy ta’limotlarni rivojlantirishga
katta hissa qо‘shgan olimlarimizdan U. Tojixonov, U. X. Saidova, O. Karimova, Z.
G‘ulomova, X. Tо‘ychiyeva singari olimlarimiz о‘z asarlarida huquqiy tarbiyaning
inson kamolotida va butun hayotiy faoliyatida о‘rni qanday ekanligini keng yoritib
berib kelmoqda. Jumladan, A. Saidov, U. Todjixonov-larning “Davlat va huquq
nazariyasi”1.
Huquqiy tarbiya fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi muhim ijtimoiy
vositadir. Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy
bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish, ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va
huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon
hisoblanadi2.
Yoshlarga berilayotgan huquqiy tarbiya о‘z oldiga aniq maqsadlarni qо‘ygan
holda amalga oshirilib boriladi. Huquqiy tarbiyani yanada kuchaytirilgan holda
amalga oshirishning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
о‘z oldida turgan mas’uliyatni his qila oladigan barkamol avlodni voyaga
yetkazish;
yoshlarni turli yovuz g‘oyalar ta’siridan saqlab qolish;
yoshlarda qonunlarga hurmat bilan qarash fazilatlarini shakllantirish;
jamiyatda qonun va adolat ustuvorligiga erishishdir.
Huquqiy tarbiyani tug‘ri tashkil etilishi yoshlar tarbiyasiga katta ta’sir
kо‘rsatishi jahon tajribalarida asoslab berib kelinmoqda.
Qonunlarga itoat qilgan holda yashash inson kamolotiga va jamiyat
taraqqiyotiga hamda tinchlikka, farovon hayotga katta ta’sir kо‘rsatishini kо‘plab
misollar bilan asoslab bersa bо‘ladi. Tarixda katta nom qoldirgan Bobil hukmdori
Xammurapining hayotga tatbiq etgan asosiy siyosati qonunlarni ishlab
chiqqanligi, о‘z mamlakati fuqarolarini qonunlarga itoat qilgan holda yashashga
1Саидов А. Х., Таджихонов У. Т. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Тошкент: Адолат 2001. – Б. 27. 2Педагогика назарияси ва тарихи // Педагогика назарияси. 1-қисм. – Тошкент: Иқтисод-молия, 2007. – Б. 247.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
102
о‘rgatishidir. Qadimda Bobilda qonunlarning ustuvor bо‘lganligi mamlakatning
gullab-yashnashiga va qudratli davlatga aylanishiga sababchi bо‘ldi.
Amir Temur asos solgan markazlashgan qudratli davlatning asosiy ham
ustuni qonun ustuvorligi edi. Amir Temurning “Kuch – adolatda” degan g‘oyasi u
tuzgan ulkan mamlakatning uzoq vaqt mobaynida qudratli bо‘lishini ta’minlab
keldi. Tarixdan bunday misollarni kо‘plab keltirish mumkin.
Qonunlarga amal qilgan holda faoliyat kо‘rsatish demokratik jamiyatga xos
bо‘lgan xususiyatdir. Bugungi kunda О‘zbekiston aholisining katta foizini yoshlar
tashkil etadi. Ularga О‘zbekiston kelajagini ta’minlab beradigan kuchlar sifatida
qarab kelinmoqda, shuning uchun ham ularning huquqiy bilimlari va
madaniyatlarini shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga
aylangan. Yoshlarda qonunlarga hurmat fazilatlarini shakllantirib borishning eng
asosiy omili huquqiy tarbiya hisoblanadi. Huquqiy tarbiyaning demokratik
talablar asosida olib borilishi har bir kishining huquqiy ongini, madaniyati va
tafakkurini yuksaltirib borishga xizmat qiladi. Yoshlardagi bunday ulg‘ayib borish
taraqqiyotimizning poydevorini yanada mustahkamlaydi.
Huquqiy tarbiya ta’lim tizimining muhim bosqichi hisoblanadi. Huquqiy
tarbiyaning inson kamlotida о‘rni katta ekanligini quyidagi fikrlar asoslab beradi:
“Huquqiy tarbiya shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga
kо‘rsatiladigan, aniq maqsadga yо‘naltirilgan, rejalashtirilgan va maxsus huquqiy
tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta’sir jarayonidir”1.
Har qanday huquqiy tarbiyaning zaminida qonunga rioya qilib yashash,
ularga hurmat bilan qarash fazilatlarini shakllantirish maqsadlari yotadi. Fuqarolik
jamiyatining asosiy ustunlaridan biri qonun ustuvorligi bо‘lganligi uchun ham
ularga hurmat bilan qarash yuksak ma’naviy fazilat hisoblanadi. Mamlakatimizda
qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini jamiyatda huquqiy madaniyatni
yuksaltirish milliy dasturini hayotga tatbiq qilib borilishida yuksak huquqiy
saviyaga ega bо‘lgan kadrning о‘z о‘rni bor. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
talablaridan kelib chiqqan holda olib boriladigan huquqiy tarbiyaning oldiga
muhim vazifalar qо‘yilmoqda. Bunday vazifalarning bajarilishi yoshlarda huquqiy
voqelikka doir bilimlarning shakllanib borishiga xizmat qiladi. Yoshlarni huquqiy
jihatdan bilimlari jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, chunki
1Saidov A. X., Tadjixonov U. T. Davlat va huquq nazariyasi. II-jild. – Toshkent: 2001. – B. 187.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
103
huquqiy bilimini yuksak bо‘lgan insonlar qonunlarga nisbatan zid ish qilmaydi
hamda qonun buzulishlarini oldini olishga harakat qiladi. Mustaqilligimizning 25
yilligi ichida huquqiy bilimlarni yuksaltirish borasida kо‘plab ishlar amalga
oshirildi. Bunday ishlar natijasida jamiyatning har bir a’zosida, avvalambor
yoshlarda qonunlarga hurmat bilan qarash va ularga amal qilgan holda yashashga
intilish fazilatlari shakllantirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan, huquqiy
tarbiyani kuchaytirib borishdan kо‘zlangan asosiy maqsad ham jamiyatning
yuksaltirishda faol qatnashishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan barkamol avlodni
voyaga yetkazishdir.
Yoshlarni qonunlarga hurmat qilgan holda yashashga va faoliyat
kо‘rsatishga intilish fazilatlarini shakllantirib borishning qator omillari va
vositalari mavjud. Oilalarda, maktablarda, mahallalarda huquqiy tadbirlarni
yanada kuchaytirish zarur va muhim ahamiyatga egadir. Bu borada quyidagilarni
ham amalga oshirish maqsadga muvofiq:
oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligida huquqiy tarbiyaga katta
e’tibor qaratish.
yoshlar о‘rtasida profilaktika ishlarini yanada kuchaytirilgan holda
tashkil etish.
yoshlar о‘rtasida turli xil anketa-sо‘rov ishlarini tashkil etib borish.
qonunlarga itoatsizlik va qonunbuzarlik qanday salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin ekanligini yoritib beruvchi filmlarni kо‘rsatib borish.
Yoshlarni har jihatdan yetuk insonlar sifatida voyaga yetkazish davlatimiz
siyosatining ustuvor, eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu masalada, ayniqsa,
ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos. Ta’lim muassasalarida huquqiy bilimlarning
turli omil va vositalardan foydalanilgan holda chuqur singdirilib borishi о‘zining
ijobiy natijalarini beradi. Qonun ustuvorligining mohiyatini anglash,
taraqqiyotning о‘zbek modelida belgilangan jamiyatda qonun ustuvorligiga
erishish asosiy tamoyillardan biri ekanligi mohiyatini anglash har bir inson uchun
zarurdir.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
104
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI XALQ CHOLG‘U ASBOBLARINI CHALISHGA О‘RGATISH
Rezume. Mazkur maqolada bolalarni о‘zbek xalq cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish haqida fikr yuritiladi.
Tayanch tushunchalar: о‘zbek xalq cholgu asboblari, ansambl, ijodiy faoliyat, qobiliyat, musiqiy xotira, maktabgacha ta’lim, musiqiy-didaktik о‘yinlar, tashkilotchi, repertuar.
Abstract. This article describes how to use modern technologies in teaching children to play the Uzbek folk instruments.
Key concepts: Uzbek folk instruments ensemble, creativity, ability, musical memory, pre-school education, musical-didaktic games, organizer, repertoire.
Резюме. В данной статье рассматривается вопрос применения возможностей современных педагогических технологий при обучении детей игре на узбекских народных инструментах.
Основные понятия: узбекские народные инструменты, ансамбль, творческая деятельность, способность, музыкальная память, дошкольное образование, музыкально-дидактичекие игры, организатор, репертуар.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida musiqa hamma vaqt ham muhim о‘rin tutgan. Avstriyalik kompozitor va pedagog K. Orf ta’kidlaganidek, bola keyinchalik kim bо‘lmasin: musiqachimi yo shifokor, olimmi yo ishchi, pedagogning vazifasi unda ijodiy ibtido, ijodiy tafakkurni tarbiyalashdan iborat1. V. A. Suxomlinskiyning ta’kidlashicha esa, musiqiy ta’lim musiqachini emas, eng avvalo, insonni tarbiyalashdir2.
Sharqda qadimdan ustoz-shogirdlik asosiga qurilgan kasbiy ta’lim keng tarqalgan. Musiqa san’atida bu an’ana Andijon, Marg‘ilon, Qо‘qon, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi shaharlar ustoz-musiqachilari faoliyati mahsuli sanaladi. Sharqning buyuk allomalari Forobiy, Ibn Sino, Kaykovus, Umraviy, Jomiy, Kavkabiy, Dervesh Ali va boshqalarning musiqiy-pedagogik qarashlari, ular taklif qilgan metodikalar soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otadi. Abu Nasr Forobiy nafaqat “Kitob al-musiqa al-kabir” asarining muallifi, balki kо‘plab cholg‘u asboblarini chala olgan mohir sozanda sifatida ham nom qozongan. Manbalarda
*Rejametova Nilufar Ilxamovna, О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, katta ilmiy xodim-izlanuvchi. E-mail: nilufar.rejametova@mail.ru 1Орф К. Музыка для детей: рус.версия: Т. 1 – Челябинск: MPI; Mainz: Schott, 2008. – С. 80. 2Сухомлинский, В.А. Мудрая власть коллектива: методика воспитания... к ученику // Воспитание школьников. – Москва: 1991. – № 4. – С. 9-11.
N. Rejametova*
SAN’AT VA JISMONIY MADANIYAT TA’LIMI
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
105
aytilishicha, u о‘z ijrosi bilan kishilar kо‘nglini g‘amdan xalos qila olgan, insonlarni о‘yga toldira olgan, yuraklarda zavq, hayrat uyg‘ota olgan, uning ijrosidan kishilar uyquga ham ketib qolgan1.
Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgan. Bu borada musiqiy ta’lim va tarbiyaning alohida о‘rni va ahamiyati me’yoriy hujjatlarda о‘z aksini topgan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “2016-2020-yillarda bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish Davlat dasturi tо‘g‘risida”gi №PQ-2345 sonli Qarori fikrimizning yorqin tasdig‘idir2. Musiqa ta’limining asosiy vazifasi shunchaki musiqa haqida bilim berish, cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatish emas, balki musiqa bilan shug‘ullanish orqali bola shaxsini rivojlantirishdan iborat.
Musiqiy ta’limga yangicha qarashlar bolalarning musiqiy savodxonligini rivojlantirishda mutlaqo boshqacha, tobora samarali va natijaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish va tatbiq qilishni taqozo etmoqda. Musiqiy tarbiyada pedagogik texnologiya – MTM musiqa rahbariga kasbiy faoliyat vazifalarini samarali hal qilish imkonini beradigan pedagogik instrumentdir. Ma’lumki, pedagogik texnologiyaning asosiy mezonlari konseptuallik, tizimlilik, boshqariluvchanlik, samaradorlik, qayta yaratiluvchanlik kabilar sanaladi.
Konseptuallik – ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, didaktik, ijtimoiy-pedagogik asoslarini о‘z ichiga olgan ma’lum ilmiy konsepsiyaga tayanish.
Tizimlilik – pedagogik texnologiya tizimining barcha belgilari jarayon mantig‘i, qismlarning о‘zaro aloqadorligi, yaxlitlikka ega bо‘lishi.
Boshqariluvchanlik diagnostik maqsadni belgilash, ta’lim jarayonini rejalashtirish, loyihalashtirish, bosqichli tashxislash, natijalarni korreksiyalash maqsadida vosita va metodlarni variatsiyalash imkonini nazarda tutadi.
Samaradorlik muayyan sharoitlarda mavjud zamonaviy pedagogik texnologiyalar natijalariga kо‘ra samarali va xarajatlarga kо‘ra optimal bо‘lishi, ta’limning ma’lum standartini kafolatlashi lozim3.
О‘tgan asrning 20-yillarida N. A. Metlov bolalarni zarbli cholg‘ularni chalishga о‘rgatish asosida ular о‘zi sevgan kuyini ijro etishi, mustaqil musiqa chalishi mumkin bо‘lgan melodik cholg‘ularni loyihalashtirgan, takomillashtirgan.
1Qarang: Кадыров Р. Музыкальная педагогика. – Ташкент: Musiqa, 2009. – C. 8. 2Собрание законодательства Республики Узбекистан. – № 47 (703), 2015. – С. 594. www.lex.uz 3Миклияева Н. В., Миклияева Ю. В. Дошкольная педагогика. – Москва: Академия, 2013. – C. 22.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
106
Metallofon va ksilofonlardan iborat, zarbli va shovqinli cholg‘ular tembrlari bilan boyitilgan orkestr bolalar orkestri deb yuritila boshlagan1.
Maktabgacha yoshdagi bolaning musiqiy ritm (ohang) hissini rivojlantirish asosiy о‘rin tutadi. Ritm tuyg‘usini rivojlantirish muammolari K. Orf, E. Jak-Dalkroz, N. A. Vetlugina, A. N. Zimina kabi pedagoglar asarlarida о‘rganilgan. E. Jak-Dalkroz tizimida ritm tushunchasi universal ibtido sifatida baholangan2.
Karl Orf musiqa chalish asosiga qurilgan, bunda ritm va musiqiy-ritmik tarbiya yetakchi о‘rin tutgan. Mashqlar sо‘z, nutq, melodik-intonatsion talaffuz, jarang xarakterining metrik strukturasiga asoslangan. Bolaga ta’sir etish asosini mazkur tizimda musqiy-teatrlashtirilgan о‘yin tashkil qilgan. Unda kuylash, nutq, imo-ishora, raqs, cholg‘u asboblarini chalish uyg‘un tarzda birlashtirilgan. Nutqiy mashqlar, musiqiy ohang, turli ijodiy topshiriqlar ritm tuyg‘usini rivojlantirish bilan birga bolalar faoliyatida ijodkorlik rivojiga ham kо‘maklashgan3.
T. E. Tutyunnikova ishlab chiqqan va Moskva shahridagi qator bolalar bog‘chalarida sinovdan muvaffaqiyatli о‘tgan “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan elementar musiqachalish” dasturi asosida Karl Orf musiqiy pedagogikasi tamoyillari yotadi. Muallif ularni zamonaviy bolalar musiqiy pedagogikasi yutuqlari bilan uyg‘unlashtira olgan4.
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, professor A. X. Liviyev rahbarligidagi tajriba laboratoriyasi 1995-yilda maktabgacha yoshdagi va boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun milliy cholg‘u asboblari: nog‘ora, doira, safoil, quticha, dutor, rubob, soz, tambur, qonun loyihalashtirildi. Bu cholg‘ular miksolidiy, xromatik tovush qatoriga ega bо‘lib, toza jarang sochadi, о‘lchamlari va vazniga kо‘ra ham bolalarga mos keladi5.
Bolalar musiqiy tarbiyasi muammolarini tushunish ularni musiqiy-ijodiy о‘yin asosida musiqa bilan muloqot jarayoniga jalb qilishni kо‘zda tutadi. Bola pedagog tomonidan faol ijodiy harakatlar jarayoniga olib kiriladi, ta’lim jarayonida faol ishtirok etadi. Cholg‘u asboblarini chalish – maktabgacha yoshdagi bolalarni favqulodda qiziqtiradigan ijro faoliyati turlaridan biri. Bola turli cholg‘ular jarangini eshitar va qiyoslar ekan, uning tafakkuri, tahlil qobiliyatlari, musiqa chalish sabr, qat’iyat, maqsad sari intilish, barqarorlik kabi irodaviy sifatlarning tiklanishi va rivojlanishiga kо‘maklashadi. Mazkur jarayonda xotira va
1Бодолан Л. В. Развитие музыкально-творческих способностей у детей дошкольного возраста посредством элементарного музицирования. – Нарьян-Мар, 2015. – C. 3-4. 2Орф К. Музыка для детей: рус.версия: Т. 1 – Челябинск: MPI; Mainz: Schott, 2008. – C. 80; Ритмическое воспитание по системе Э.Жака Далькроза //http://www.kidsmusic.com.ua/ 3Орф К. Музыка для детей: рус.версия: Т. 1 – Челябинск: MPI; Mainz: Schott, 2008. – C. 80. 4Qarang: Ливиев А. Х. Исполнительская культура народных музыкальных инструментов в Республике Узбекистан. – Ташкент, 2010. – C. 15. 5Бодолан Л. В. Развитие музыкально-творческих способностей у детей дошкольного возраста посредством элементарного музицирования. – Нарьян-Мар, 2015. – C. 15.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
107
diqqatni jamlash malakasi takomillashadi. Aynan shuning uchun ham kasbiy faoliyatimizda ancha vaqtdan beri о‘zbek cholg‘u asboblarini chalishdan foydalanib kelamiz. 2003-yilda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 369-MTM da “Asaloy” bolalar xalq cholg‘u ansambli tashkil qilindi.
Bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning yosh va individual xususiyatlari, moyilliklariga muvofiq rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish, umumiy madaniyati, estetik, intellektual, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, о‘quv faoliyati uchun zamin tayyorlash, musiqiy qobiliyatini rivojlantirish, lad, ritmik va melodik eshitish qobiliyatini rivojlantirish, kuylash, musiqiy-ritmik harakatlar sifatini yaxshilash kabilar ansamblning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.
Ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarning birligi, bolalar va kattalarning hamkorlikdagi faoliyati, bolalarning bevosita ta’lim faoliyati doirasida emas, balki kun tartibidagi tadbirlarni о‘tkazishdagi mustaqil faoliyati, bolalar yoshiga adekvat shakllarda ishni tashkil qilish kabilar ansamblning ish tamoyillari hisoblanadi.
MTMda ansambl ishi uyushqoqlik va izchillik bilan, turli metod va vositalardan foydalangan holda olib boriladi. Musiqiy cholg‘ular tarkibi kengaytirib boriladi. Bolalarni cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatish texnologiyasi bolalar psixologiyasi va о‘quv-musiqiy faoliyatni rivojlantirish psixologiyasiga oid bilimlarni talab qiladi. Biz taklif qilgan texnologiya T. Borovikning musiqaning intonatsion tabiati nazariyasi amaliyoti; K. Orfning elementar musiqa chalish g‘oyasiga asoslanadi.
Axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan faol foydalangan holda о‘zbek xalq musiqa asboblari bilan tanishtirish ishning birinchi bosqichini tashkil qiladi. Bunda tembr eshitishini va umumiy musiqiy bilimlarni rivojlantirish, о‘zbek cholg‘ulari asosiy guruhlarini kо‘rib va eshitib farqlashga о‘rgatish, musiqa asboblarining asosiy xususiyatlari, tovush hosil qilishi va chalish usullari haqida tasavvur hosil qilish bu bosqichning asosiy vazifalari sanaladi.
Navbatdagi bosqich – musiqiy asar, uning muallifi va yaratilish tarixi bilan tanishish. Bunda multimedia vositalaridan keng foydalaniladi.
Asarni chalishga о‘rgatish quyidagicha amalga oshiriladi: - ma’lum tovush balandligisiz zarbli asboblarda (quticha, nog‘ora, safoil,
doira)da chalish; - kuylarni torli asboblarda (bolalarga moslashtirilgan qonun, soz, dutor,
tambur, rubob) chalishga о‘rgatish; - bolalarda ansamblda chalish kо‘nikmalarini shakllantirish (о‘zini va
boshqalarni eshitishga о‘rgatish, dinamik belgilar bilan chalish); - musiqiy jо‘rlikni jonli ijroga tayyorlash;
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
108
- о‘rganilgan asarlarni bolalar bayramlarida ijro qilish, jamoa bо‘lib chalish kо‘nikmalarini takomillashtirish.
Ansambl ishini tashkil qilishda ijrochilarni tо‘g‘ri joylashtirish muhim. Bolalar rahbarni yaxshi kо‘ra olishi, qulay tarzda turishi yo о‘tirishi, bir-biriga halal bermasligi lozim. Milliy cholg‘ularni erkin guruhlar bо‘yicha: oldin zarbli, keyin torli asboblar tartibida joylashtirish maqsadga muvofiq. Kichik cholg‘uchilarni о‘zining doimiy о‘rnini egallashga odatlantirish zarur. Ansambl qatnashchilari bilan mashg‘ulotlarda о‘yin, kommunikativ (muloqot, tengdoshlari va katta yoshdagilar bilan hamkorlik), bilish-tadqiqotchilik, musiqiy va harakat faoliyati amalga oshiriladi. Musiqiy-didaktik о‘yinlar davomida tovush balandligini eshitish, ritm tuyg‘usi, tembrni eshitish, xotira va eshitish qobiliyati, ijodkorlikni rivojlantirish asosiy maqsad qilib qо‘yiladi.
Musiqiy-didaktik о‘yinlardan kuylash, musiqani tinglash, ritmik harakatlar, cholg‘u asboblarini chalish jarayonida foydalaniladi. “Cholg‘uni top (rasmga qarab)”, “Musiqiy rebus”, “Notalar qayerda yashaydi?”, “Minor-major”, “Musiqiy zina”, “Aks-sado”, “Qushlar sanog‘i”, “Oq terakmi, kо‘k terak”, “Yomg‘ir – yog‘aloq” kabi о‘yinlar, ertaklar va musiqiy voqealar cholg‘uchilik faoliyati bilan shug‘ullanish mashqlari tarkibiga uyg‘unlikda singdirilishi mumkin. Ularning qoidalari va mazmuni bolalar uchun о‘ziga xos yо‘naltiruvchi vosita bо‘lib xizmat qiladi. Har bir cholg‘u chalishning turli usullarini talab qiladi. Dutor chalishni о‘rgatish misolida о‘qitish texnologiyasini qisqacha kо‘rib chiqamiz. Dutor chalishni о‘rgatishda, masalan, multimedia vositalaridan foydalanib, “Sо‘g‘diyona” о‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri ijrosini kо‘rish va tinglash taklif qilinadi. Namoyish tugagach, bolalardan о‘zlariga tanish cholg‘ularni aytib berish sо‘raladi. Keyin bolalarga ular qaysi sozni tinglaganini aytib, uni ushlab kо‘rish uchun beriladi.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari musiqiy rahbar (pedagog)ning о‘z ish uslubini topish, metodik odatlarini tez va oson о‘zgartirish, tajribalarni amalga oshirish, bolalarni va о‘zini musiqa bilan muloqotdan shodlantirish imkoniyatini bir necha barobar oshiradi. Undan faqat ijodkorlik va erkin fikr, keng tasavvur talab qilinadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatishda zamonaviy texnologiyalarni qо‘llash bolalarning mashg‘ulotlarga, umuman, musiqaga qiziqishini orttirish bilan birga, kо‘zlangan natijalarga kafolatlangan tarzda erishishni ta’minlaydi. Shu jumladan, musiqa bola ruhiyatiga va komil inson sifatida rivojlanishiga о‘zining ijobiy ta’sirini о‘tkazadi, shuningdek, uning ijodkorlik hamda olamni anglash qobiliyatini shakllantiradi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
109
MAQOMLAR SILSILASIDAN О‘QUV JARAYONIDA FOYDALANISH USULLARI
Rezume. Mazkur maqolada mumtoz musiqa, uning о‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasidagi о‘rni va ahamiyati, shuningdek, maqom, maqom atamasi, maqomlar tizimida silsila tushunchasi xususida fikr yuritiladi.
Tayanch tushunchalar: tafakkur, silsila, idrok, maqom, tovush, Sibelius 4.
Abstract. The article deals with classical music, its role and significance in the upbringing of the younger generation, as well as about maqom, the term poppy, the concept of "cilsil" in the maqom system.
Key concepts: thinking, "cilsila", perception, macam, sound, Sibelius 4. Резюме. В статье идет речь о классической музыке, её роли и значении
в воспитании подрастающего поколения, также, о макоме, термине маком, понятии “cилсила” в системе макомов.
Основные понятия: мышление, “cилсила”, восприятие, макам, звук, Сибелиус 4.
О‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyatini turli vosita va usullar orqali shakllantirish mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri sanaladi. Shu bois barcha vositalar singari о‘zbek milliy mumtoz musiqa madaniyati jamiyatimiz ma’naviy hayoti mazmunini boyitishga xizmat qilmoqda.
Yurtboshimiz I. A. Karimov: “... musiqa odamlarimizning yurak tuyg‘ulari, ruhiy kechinmalari bilan chambarchas payvand bо‘lib, hayotimizning ajralmas, uzviy bir qismiga aylanib ketgan”1, – deb ta’kidlaydi. Shunday ekan, aynan mumtoz musiqa madaniyati orqali yosh avlodni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjud bо‘lib, ulardan samarali foydalanishni davr taqozo etmoqda. О‘zining buyuk qadriyatlari bilan mashhur xalqimizning boy madaniy merosi sanalmish maqomlar bakalavriat talabalari tafakkuri va idrokini tarbiyalashda yetakchi о‘rin tutadi.
Musiqiy asar yaratilishidan oldin uning g‘oyasi, tasavvuri dastlab xayolda paydo bо‘lib, sо‘ngra ijro tufayli sadolanish yо‘li bilan jonlanadi, muayyan kuy shakliga aylanadi. Kuy, ohang inson ruhidagi ilohiy kayfiyat ifodasidir. Kuy sadosining umri qisqa, u paydo bо‘lishi bilanoq bir zumda nazardan qochadi, g‘oyib bо‘ladi, lekin ta’sirli tovush, ohang eshituvchi qalbida chuqur iz qoldiradi, *Gulliyev Umidjon Yuldoshevich, Nizomiy nomidagi TDPU musiqiy ta’lim kafedrasi о‘qituvchisi. 1Каримов И. А. Тошкент шаҳридаги янги консерватория биноси очилиш маросимида сўзлаган нутқидан. Халқ сўзи, 2002 йил 23 март. – № 64.
U. Gulliyev*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
110
unda zavq uyg‘otadi va shu lazzatli holatga qaytadan intilishga da’vat etadi. An’anaga aylangan e’tiborli kuylar negizida shunday chuqur ma’nolar yotadiki, xalq xotirasi ularni mumtoz asarlar sifatida saqlab, asrab keladi. “Maqom” deb nomlanuvchi benazir musiqa shajarasi shu yо‘sinda voyaga yetgan. Maqolada maqomlar silsilasi orqali talabalar tafakkuri va idrokini о‘stirishga qaratilgan fikr g‘oyalar ilgari surilgan. Silsila [arabcha – zanjir; qator, saf; tizim], ya’ni ma’lum tartibdagi ketmaket tizilgan narsalardir1.
Mazkur jihatlarni chuqur tahlil etgan holda, mumtoz musiqa san’ati hisoblangan maqomlarni о‘rganishda “maqomlar silsilasi” terminidan keng foydalanish о‘rinli deb hisoblaymiz. Umuman aytganda, maqomlar – tarixan shakllangan, muayyan an’analar zaminida qaror topgan klassik (mumtoz) kuy va usullar tizimidir2, biroq bundan tashqari, uning falsafiy va musiqiy nuqtayi nazardan ham mantiqiy yechimga ega ta’riflari bor. Falsafiy jihatdan maqom – musiqa vositasida dunyoni idrok etish, yuksak estetik ahamiyatga molik hayotiy taassurotlar, tushunchalar, ramz va obrazlar olami. Musiqa mantiq nuqtayi nazardan ruhning cheksiz gо‘zallik va mutanosiblik timsoli bо‘lgan Vahdatu Vujud3ga intilishidir. Biri ikkinchisidan kelib chiqadigan va barchasi о‘zaro bog‘liq, boshi oxiriga ulanib ketadigan doira shakli – gо‘zallik, mukammallik timsoli maqom tafakkurining umumiy belgisi, ramzi hisoblanadi.
Har bir maqom ramziy-majoziy obraz, musiqiy g‘oya. Sozandaning ilhomi, amaliy mahorati tufayli ushbu tafakkur mahsuli ruhiy musiqa asariga aylanadi. Maqom negizidagi bosh g‘oya ma’naviy faollik, tovushlarda ifodalangan gо‘zallikdan bahramand bо‘lish tuyg‘ularini uyg‘otishga qaratilgan. Maqom orqali ma’lum ruhiy holatga kirish va uning girdobida haqiqatni anglash taqozo etiladi. Maqom toifasidagi har qanday katta-kichik asar, kuy, ashula, raqs yoki ularning aralash kо‘rinishi asrlar davomida muayyan shakllardagi musiqiy ramzlar sifatida qaror topib, о‘ziga xos majoziy nomlar bilan atalib kelinmoqda. Maqom bu ma’lum ruhiy muvozanat holatiga kirish va u orqali haqiqatni anglashdir. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh Iroq – ana shu ruhiy holatlarning majoziy ifodasidir.
Musiqiy mantiq va tuzilishi nuqtayi nazaridan maqom – о‘z-о‘zidan boshqariladigan kо‘p qirrali va murakkab tizim. Maqom tizimidagi har bir asar о‘ziga xos ramziy-majoziy ma’nolarga ega bо‘lgan kuy, usul va musiqiy shakllarda ifodalangan g‘oya, tovush va tovush munosabatlari olamidir. U ichki mukammalligi, tartib va nizomga keltirilishi jihatidan, bashariyat musiqiy tafakkurining oliy kо‘rinishlaridan biridir.
1Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Ж. 3. – Б. 504. 2Матёқубов О. Мақомот. – Тошкент, 2004. 3Руҳнинг чексиз гўзаллик ва мутаносиблик тимсоли.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
111
Maqomni ifoda etadigan she’r shunchaki bezak yoki uni tо‘ldiradigan ikkinchi darajali vosita emas, aksincha, unda kuy va she’r yaxlit badiiy shakldir.
Lug‘aviy jihatdan “maqom” sо‘zi arabchadan olingan bо‘lib, “о‘rin”, “joy”, “bosqich”, “daraja” kabi ma’nolarni anglatadi1. Shuningdek, bu sо‘z adabiyot, tasavvuf ilmi va boshqa fan sohalarida ham keng qо‘llaniladi, biroq maxsus atama sifatida musiqa san’atida keng ishlatiladi. Maqom janr sifatida klassik musiqa toifasiga kiradi. Kо‘proq u lad va lad tizimi, mustaqil va turkum shakllardagi musiqiy asarlar ma’nosida qо‘llaniladi.
Maqomlar о‘zining parda va vazn asoslari bilan taraqqiy etgan. U musiqiy tizim sifatida ham aynan shu ikki omil bilan tasnif topadi. Shunday qilib, maqom nazariy jihatdan tartiblashtirilgan hamda amaliyotda qaror topgan kuy, lad va usul vaznlar tizimidir. Kuy va usul birliklarining har qaysisi alohida nomlar bilan yuritiladi. Puxta ishlangan maqom yо‘llari ijrochidan alohida amaliy va nazariy kо‘nikmalarni, bilim va mahoratni talab etadi2. Bunda albatta, tafakkurning о‘rni nihoyatda katta bо‘lib, tafakkur kishi ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar о‘rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bо‘lishini ta’minlovchi umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish shakli bо‘lib, maqomlar musiqasi orqali ushbu bilish jarayonining bakalavrlar ongida shakllanishini jadallashtirish mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarining “Musiqa ta’limi” yо‘nalishida “Maqom asoslari” fani amaliy mashg‘ulotini о‘qitish jarayonida talabalar bilan ishlash faoliyatini olib kо‘radigan bо‘lsak, fan doirasida berilgan maqom asarining nota matnini tahliliy о‘rganish, notalarning nomlari bilan aniq intonatsiya bilan asarda uchraydigan turli intervallar, dinamika va ijro sur’atini aniq tasavvur etgan holda kuylash, shuningdek, notalarni solfedjio qilib kuylash о‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari asarda uchraydigan murakkab parchalarni alohida mashq qilish, asarlar va ularning parchalarini tahliliy tinglab о‘z xulosasini chiqarish vazifasi qо‘yiladi. Bu kо‘pqirrali badiiy musiqiy faoliyatni yuqori saviyada bajarish uchun nota ijrosini kuzatish, tinglash va kо‘rish, ya’ni audiovizual idrok etish maqsadga muvofiq.
Ushbu ta’limiy vazifalarning barchasini yuqori saviyada amalga oshirishda eng oxirgi kompyuter dasturlaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Mazkur zamonaviy kompyuter dasturlari sirasiga dunyo musiqa amaliyotida keng tarqalgan va qо‘llanilayotgan “Final” (“Finale”) hamda “Sibelius” (“Sibelius”) nota matn muharriri dasturining 1 – 6 versiyalarini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu
1Акбаров И. А. Мусиқа луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1997. – Б. 47. 2Қўшаев А. Э. Узбекская профессиональная музыка устной традиции как средство музыкально-эстетического воспитания учащихся 4-7 классов: дисс. ... канд.пед.наук. – Москва, 1987. – С. 16.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
112
kompyuter dasturlari zamonaviy musiqa amaliyotini uning nazariy asoslariga tayangan holda amaliy tarzda aks ettirish imkoniga egadir.
Jumladan, “Sibelius 4” nota matn muharriri dasturi vositasida:
− nota yо‘liga notani yozish;
− uni tahrir qilish;
− tinglash jarayonida qaysi nota ijro etilayotganligini real tarzda eshitib, kuzatib borish;
− musiqa asarini boshqa tonallikka transpozitsiya qilish;
− musiqa asarini oldingi tonalligiga qaytarish;
− ma’lum nota matnini nusxalash;
− tinglangan musiqa asarining notasini avtomatik tarzda ekranda namoyish etish va zarur bо‘lganda qog‘ozda bosib chiqarish hamda boshqa kо‘pgina operatsiyalarni bajarish mumkin.
Nota yozish uchun nota yо‘li aks ettirilgan sahifa ochilgach tonallik belgilanadi. Masalan, do major. Ushbu belgilangan vazifalar darhol nota matnida о‘z о‘rnida paydo bо‘ladi va talaba ongida ma’lum dastlabki nazariy bilimlar aks etishiga imkon yaratadi. Bu esa aynan maqomlar musiqasiga qiziqqan, iqtidorli talabalarning fan bо‘yicha nazariy bilimlari mustahkamlanishi barobarida ularda tafakkur va idrok bilish jarayoni yuksalishiga, amaliy kо‘nikmalar shakllanishiga shart-sharoitni kengaytirib, musiqiy bilim qilishga nisbatan ehtiyoj va motivatsiyani kuchaytiradi. Sо‘ngra о‘lchov qо‘yiladi, masalan, 4/4.
Nihoyat, maxsus ekran kо‘rsatkichi (yordamchi klaviatura) vositasida nota matni nota yо‘liga birin-ketin joylashtiriladi.
Bundan tashqari, talaba о‘zi uchun muhim bо‘lgan musiqa parchasini ushbu dastur orqali kompyuterda yozib, о‘z ijrosidagi xatoni kо‘rishi va tuzatishi, uni maxsus dasturli sintezatorda ijro ettirib tinglashi va о‘z faoliyatini baholashi, turli janr va uslublarga xos bо‘lgan asarlarni yoki ularning parchasini tahliliy tinglashi hamda asar borasida ma’lum xulosalarga kelishi mumkin. Bu esa talabalar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishishda muhim omil bо‘ladi.
Shuningdek, fanlararo integratsiyani amalga oshirib, maqom asarlaridan о‘rganish jarayonida bakalavr talabalariga tasviriy va amaliy san’at asarlari namunalaridan kо‘rsatish, shu jarayonda ular ongida kechayotgan hislar, kechinmalar bilan о‘rtoqlashish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, badiiy adabiyot, mumtoz she’riyatimiz namunalaridan: Navoiy, Fuzuliy, Nizomiy Ganjaviy, Ogahiy, Furqat, Nodirabegim kabi ijodkorlar asarlaridan tinglash bakalavrlarda ma’lum ijobiy, pozitiv kechinmalarni, kо‘tarinki kayfiyat va yuqori ishchanlikni hosil qiladi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
113
Ushbu holatni yaratgandan sо‘ng bakalavrlarda maqomlar borasida fikr yuritish, maqomlarni tinglash, maqom shо‘balaridan ijro etish samaradorligi oshadi, ularda intellektual va musiqiy tafakkur, samarali idrok etish faoliyati kuchayadi, badiiy jarayonni his etish tiniqlashadi. Bular esa birgalikda о‘sib kelayotgan yosh avlod – bakalavrlarda aqliy va hissiy imkoniyatlarning oshishiga kо‘maklashadi.
Aytish mumkinki, maqomlar silsilasi orqali bakalavrlarda musiqiy tafakkur va idrokni samarali rivojlantirish uchun birinchi navbatda, pedagogik, axborot va innovatsion texnologiyalardan, shuningdek, musiqa ta’limi yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalar jamoasini jipslashtirishning turli yо‘llaridan, foydalanish mumkin. Ular bilan guruhiy faoliyat shakllarini samarali qо‘llash (guruh jamoasi bilan maqom ansambli tarkibida ijro etish), har bir talabaning vokal imkoniyatlaridan о‘z о‘rnida foydalanish (masalan, maqom shо‘balarini kuylashda tenor, bariton yoki bas ovozini о‘z о‘rnida ishlata bilish), talabalarni maqom ijrochiligi faoliyatiga qiziqtirish, ular bilan maqom ijrochiligi, jumladan, mashhur maqom xonandalari, sozandalari va musiqashunoslar borasidagi bilimlarini musobaqa, debat, bahs-munozara, viktorina, trening, tanlov kabi shakllarda о‘rganish mumkin. Ushbu ish usullarining barchasi bakalavrlarda maqomlar silsilasi orqali musiqiy tafakkur va idrokni yuksaltirishda muhim omil bо‘ladi.
Maqom shо‘balarini tinglaganda talaba musiqaning mazmuniga kirishib, fikrlay boshlaydi va uni mantiqiy tushunishga, ma’no va mazmunini yakuniga olib kelishga harakat qiladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida bitta yechimni berishi shart, aks holda u boshqa jarayonga – xayol yoki fantaziyaga aylanib ketishi mumkin. Demak, mumtoz musiqa-maqomlarni tinglaganda, albatta musiqa va matn mazmunidan kelib chiqqan holda fikrlash zarur, bu esa tafakkur jarayonining faollashishiga olib keladi. Mumtoz kuy, ashula, maqom – bu yoqimli tovushlar vositasida ifodalangan mazmun, ma’nolar majmui. Mazkur ma’noni anglash, bevosita tafakkur va idrok qilish jarayonlarining izchil faoliyatini olib borish va uning davomiyligini ta’minlash musiqashunos olimlar va maqom ijrochilarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sifatida qaraladi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
114
TINGLOVCHILARNING KASBIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
MUAMMOLARI Rezume. Maqolada oliy talim muassasalari
pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi tinglovchilarining tayanch va maxsus kompetensiyalarining mazmuni, modulli-kompetentli yondashuv asosida kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan.
Tayanch tushunchalar: metodologiya, pedagogika, didaktika, metodika, prinsip, mazmun, tayanch va maxsus kompetensiyalar, modul, modulli-kompetentli yondashuv.
Abstract. The article outlines the content of basic and special competences for students of retraining and advanced training courses for pedagogical staff of higher educational institutions, as well as technology for the development of professional and pedagogical competences based on the modular competence approach.
Key concepts: methodology, pedagogy, didactics, methodology, principle, content, basic and special competences, module, module-competence approach.
Резюме. В статье излагаются содержание базовых и специальных компетенций слушателей курсов переподготовки и повышения квалификации педагогических кадров высших учебных заведений, а также технологии развития профессионально-педагогических компетенций на основе модульно-компетентностного подхода.
Основные понятия: методология, педагогика, дидактика, методика, принцип, содержание, базовые и специальные компетенции, модуль, модульно-компетентностный подход.
Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat kо‘rsatayotgan kadrlarning kasb darajasi va malakasi, kasbiy pedagogik kompetensiyalarini zamon talablariga muvofiq rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-4732-sonli farmonida oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni
*Muslimov Narzulla Alixanovich, TDPU huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, pedagogika fanlari doktori, professor. E-mail: n.muslimov61@mail.ru
N. Muslimov*
KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
115
zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini ishlab chiqish asosiy maqsad etib belgilangan.
Mazkur farmonda oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bо‘yicha malaka talablari, о‘quv rejalari, dastur va ta’lim texnologiyalarini tubdan yangilash, oliy о‘quv yurtlari о‘qituvchilari tomonidan global internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan о‘qitish usullaridan foydalanish, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallash va о‘z pedagogik faoliyatlariga tatbiq etish, chet tilini amaliy о‘zlashtirish darajasini oshirish, о‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi lozimligi qayd etilgan1. Ushbu maqsadni amalga oshirish pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga mutassadi bо‘lgan tayanch oliy talim muassasalari huzuridagi tarmoq(mintaqa) markazlar zimmasiga yuklanadi.
Yuqoridagi fikrlar e’tiborga olingan holda, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazlarining о‘quv rejalari jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim-tarbiya jarayonidagi ilg‘or tajribalar asosida tubdan yangilandi. Modernizatsiyalashgan mazmun asosida ishlab chiqilgan о‘quv rejada quyidagicha yondashuvlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
tinglovchilarning о‘quv yuklamalarini me’yorlashtirish, ularning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida modullarni optimal tanlash;
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning qobiliyati, qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda tinglovchi shaxsiga yо‘naltirilgan ta’lim muhitini joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritilishi nazarda tutilayotgan paradigmada qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida tinglovchi kasb darajasi va malakasining imkoniyatlari e’tiborga olinishi, kasbiy pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish motivlarining yuqori darajada bо‘lishi;
ta’lim mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoritish orqali tinglovchilarni kо‘p millatli mamlakatda ijtimoiy madaniy kompetensiyalarining rivojlanishiga zamin tayyorlash;
tinglovchilarda pedagogik jarayonning tizimli, bir butun, yaxlitligini tasavvur qilish va talaba shaxsiga insonparvarlashtirilgan munosabatlarni tо‘liq anglashi uchun muayyan modullarni integratsiyalash, ta’lim jarayonida modul ichidagi va modullararo bog‘lanishlarni amalga oshirish;
1Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2015 йил 12 июндаги “Олий таълим муассасаларининг раҳбар ва педагог кадрларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисидаги” ПФ-4732-сонли Фармони. www.lex.uz
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
116
tinglovchilarning kommunikativ tayyorgarligini orttirish maqsadida xorijiy tillarni bilishi ustuvor sanalashini nazarda tutish;
tinglovchilarning kasbiy – pedagogik, shuningdek, axborot-kommunikativ texnologiyasidan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga asos bо‘lishi nazarda tutilgan.
Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi ta’lim tizimining muhim bosqichlaridan biri bо‘lib, uning normativ-huquqiy hujjat(malaka talablari, о‘quv reja, dastur)larini ishlab chiqishda didaktikaning tarixiylik va mantiqiylikning metodologik birligi qonuniyati asos qilib olingan. О‘quv rejaga tinglovchilarda zamon talablariga mos fundamental bilimlarni shakllantirish, fan yangiliklari va innovatsiyalar bilan tanishtirish, ularning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlash, professor-о‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradigan, pedagogik jarayonni zamon talablariga mos tashkil etish, pedagogik, о‘quv muammolarni hal etishga zamin tayyorlaydigan modullar kiritildi. О‘quv rejasidan о‘rin olgan modullar professor-о‘qituvchilarning kasb darajasi va malakasi, shuningdek, kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish kabi davlat buyurtmasi va ijtimoiy buyurtmani bajarishga yо‘naltirilgan. Kursning о‘quv rejalari tuzishda yuqoridagi qonuniyatdan tashqari ilmiylik, fundamentallik, nazariya va amaliyot birligi, mantiqiy ketma-ketlik prinsiplarga amal qilingan.
Professor-о‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik, didaktik, metodik bilim, kо‘nikma va malakalarni egallashi, shuningdek, pedagogik kompetensiyalarning takomillashganligi uning о‘z pedagogik faoliyatida barkamol shaxsni tarbiyalashiga zamin yaratadi. Shunday ekan, tinglovchilarning kasbiy-pedagogik kompetentligi mazmuniga aniqlik kiritish zarurati vujudga keldi. Tinglovchining kasbiy-pedagogik kompetentligi – bu о‘qituvchining kasbiy xususiyati bо‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda muayyan shart-sharoitdagi nazariy-amaliy harakatini ifodalovchi shaxsiy va individual sifatlar yig‘indisini pedagogik faoliyatda muammolar yechimini topishda qо‘llay olishi tushuniladi. Adabiyotlarda о‘qituvchining pedagogik kompetentligining turlari tahlil etildi va unga innovatsion ta’lim muhiti talablariga mos holda tegishli о‘zgartirish kiritildi, ya’ni professor-о‘qituvchi uchun zarur bо‘ladigan tayanch va maxsus pedagogik kompetensiyalar aniqlandi va guruhlandi1.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilarni mutaxassisligi va ixtisosligi xususiyatidan kelib chiqib tayanch va maxsus kompetensiyalarga ajratish mumkin. Tayanch kompetentlik oliy ta’lim tizimida pedagogik faoliyat olib boruvchi barcha о‘qituvchilarga xos, maxsus 1Бокарева Г., Мойсеенко С. Педагогическая подготовка преподавателей // Высшее образование в России. – Москва, 2004. – № 7. – С. 154-155; Болотов В., Сериков В. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе // Педагогика. – Москва, 2003. – № 10. – С. 8-14.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
117
kompetentlikda esa ixtisoslik fani bо‘yicha tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining о‘ziga xos-xususiyatlari inobatga olinadi1.
Tinglovchilarda tayanch va maxsus kasbiy-pedagogik kompetensiyalarning shakllanganligi asosini motivatsion xislatlar, intellektual salohiyat, irodaviy sifatlar, amaliy kо‘nikmalar, hissiy sifatlar hamda о‘z-о‘zini boshqara olish sifatlari tashkil etadi. Pedagogik muammolarning hal etilishi, avvalambor, pedagogning yuqoridagi individiual sifatlariga tayanadi. Ushbu xislat va sifatlar о‘zining tо‘la rivojlangan kо‘rinishida pedagogning individualligini, kompetentliligini, har tomonlama barkamolligini tavsiflaydi. Ularning rivojlanganlik darajasi pedagog shaxsining ijtimoiy faolligi, mustaqilligi, kreativligini, innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligi va jamiyatdagi о‘rnini belgilaydi2. Professor-о‘qituvchilarning tayanch kompetensiyasining tarkibiy qismlari sifatida intellektual, global, g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy, boshqarish, diagnostik, korreksion, mustaqil izlanish, kommunikatsion, nizo va ziddiyatlarning oldini olish kabilar aniqlandi. Maxsus pedagogik kompetensiyalar mutaxassislik bloklari bо‘yicha о‘qitiladigan fanlardan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining о‘ziga xos xususiyatlari asosida aniqlandi, uning mazmuni va mohiyati, tarkibiy qismi sifatida quyidagilar belgilandi (1-jadval).
1-jadval № Maxsus
pedagogik kompetensiyalar
Mohiyati Zamon talablari asosida egallanishi lozim bо‘lgan metodik bilim,
kо‘nikma va malakalar
1. Metodologik kompetensiya
О‘qitish jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishning didaktik asoslarini egallash
Ta’lim-tarbiya jarayonida fan yangiliklari, innovatsiyalari, texnik va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning konseptual asoslarini egallash
2. Media kompetentlik
Fan yutuqlari, innovatsiyalar va kashfiyotlar bо‘yicha axborot tо‘plash, ularni jamlash, saralash, didaktik jihatdan qayta ishlash,
Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim mazmuniga kiritiladigan yangi ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda innovatsion texnologiyalardan uyg‘un foydalanish
3. Tashkilotchilik kompetensiyasi
О‘qitishning barcha shakllari: ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish
О‘qitishning barcha shakllari: ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida texnik va innovatsion texnologiyalardan uyg‘un foydalangan holda tashkil etish
1Виленский В. Я. Технологии профессионально-ориентированного обучения в высшей школе. – Москва: Педагогическое общество России. – Москва, 2005. – С. 192. 2Муслимов Н. ва бошқалар. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси. – Тошкент: Фан ва технологиялар, 2013. – Б. 36-37.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
118
4. Konstruktiv kompetensiyasi
Blum taksonomiyasiga muvofiq о‘quv maqsadlarini e’tiborga olgan holda о‘quv materiallarini mantiqiy yо‘nalishi jihatidan qayta ishlash
Ta’lim-tarbiya jarayonining didaktik maqsadlari, axborot va innovatsion texnologiyalarning konseptual asoslarini e’tiborga olgan holda о‘quv materiallariga mantiqiy jihatdan ishlov berish
5. Loyihalash kompetensiyasi
О‘qitishning barcha shakllari: ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini maqsadga muvofiq tashkil etishni loyihalash
Texnik va innovatsion texnolo-giyalarning konseptual asoslari e’ti-borga olingan holda ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarni loyihalash
Modullikompetentli yondashuv asosidagi о‘quv jarayoni shunday tashkil etiladiki, bunda ta’limning maqsadi sifatida ta’lim oluvchining kasbiy kompetensiyalarining yig‘indisi, unga erishish vositasi sifatida esa ta’limning mazmuni va tuzilmasini modulli tarzda qurish tushuniladi.
Bunda kompetensiya tushunchasi bilish va tushunish (nazariy bilim va tushunchalarga egalik, о‘rganish va tushunish qobiliyati), qanday harakat qilishni bilish (bilimlarni amaliy va tezkor ravishda muayyan vaziyatlarda qо‘llay olish), qanday bо‘lishni bilish (qadriyatlarni bilish va jamiyatda о‘z о‘rnini topish)ni о‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib ifodalanadigan bо‘lsa, kompetentlik subyektning kognitiv, motivatsion, qadriyatlarga oid va amaliy jihatlarni birlashtirgan integrativ xususiyati bо‘lib, talim-tarbiya jarayonida muvaffaqiyatli harakat qila olishida kо‘rinadi.
Tinglovchilar tomonidan modullarni о‘rganishda о‘quv jarayonining barcha tarkibiy qismlari mavjud bо‘ladi. Har bir modul uchun auditoriya yuklamasi, talabalarnning mustaqil ishlari, joriy va oraliq nazoratlar, shuningdek, pedagogik amaliyotlar, talabalarning ilmiytadqiqot ishlari(portfoliosi), bitiruv (loyiha) ishning boblarini yozish va hokazolar taqsimlangan bо‘ladi. Shu tarzda muayyan darajani berish uchun rasmiy ravishda tan olinadigan, modullarning yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim dasturi shakllantiriladi.
Ta’lim moduli dasturini о‘zlashtirishdan maqsad – tinglovchilar tomonidan muayyan kompetensiyalarning egallanishi bо‘lib, ularni shakllantirish vositasi esa ta’lim dasturining mustaqil birligi sifatidagi modul hisoblanadi. Fanning kichik bir qismi, mantiqiy jihatdan tugallangan (bо‘lim, bob, mavzu) va belgilangan nazorat turi bilan yakunlanadigan mazmuni о‘quv fanining moduli bо‘lishi mumkin.
Modullikompetentli yondashuv asosida ta’lim dasturlari mazmunini loyihalashtirish texnologiyasi quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi:
1) ish beruvchilar bilan hamkorlikda muayyan ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha tayyorlanadigan mutaxassisning asosiy funksiyalari rо‘yxati belgilab olinadi;
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
119
2) belgilangan funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bо‘lgan maxsus kasbiy kompetensiyalarning tо‘plami aniqlanadi;
3) nazariy bilimlariga tayangan holda tinglovchi hal qila olishi kerak bо‘lgan amaliy harakatlar va bajariladigan ishlarning namunaviy asosi sifatidagi tipik kasbiy vazifalar, muammolar va vaziyatlar tо‘plami loyihalashtiriladi;
4) ta’limning maqsadlari, mazmuni, о‘zlashtirish usullari va о‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash yо‘llarini о‘z ichiga olgan ta’lim modullari tizimi ishlab chiqiladi;
5) ta’lim modullarining muayyan tо‘plamidan asosiy ta’lim dasturlari loyihalashtiriladi;
6) kasbiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari va ularni baholash usullari ishlab chiqiladi.
Ta’lim moduli – ta’lim maqsadlari va mazmunini belgilashning avtonom birligi bо‘lib, ularni о‘zlashtirish va nazorat qilish bо‘yicha tavsiyalarni о‘z ichiga oladi hamda bir yoki bir nechta kompetensiyani yoki biror murakkab kompetensiyaning bir qismini shakllantirishni ta’minlaydi.
Professor-о‘qituvchilarning tayanch va maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishda о‘quv rejadan о‘rin olgan modullardan tashkil etiladigan ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil tayyorgarlik jarayoni pedagogik tizimda muhim о‘rin tutishi, tayanch va maxsus kompetensiyalarning egallanganlik darajasini aniqlashda standart va nostandart nazorat testlari, yozma yoki og‘zaki shaklda nazoratlar, audit, esse, portfolio, о‘z-о‘zini baholash, muammoli-vaziyatli topshiriqlardan foydalanish, olinadigan natija pedagogik amaliyot va tinglovchilar tomonidan tayyorlanadigan bitiruv (loyiha) ishida о‘z amaliy ifodasini topadi.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasasi pedagoglarini innovatsion ta’lim muhiti talablari asosida tayanch va maxsus kompetentligini rivojlantirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish:
1) innovatsion ta’lim muhiti talablari asosida tinglovchilarning о‘quv modullari bо‘yicha malaka talablari asosida tayanch va maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradigan elektron ta’lim resurslarini yaratish;
2) tinglovchilarning malakasini oshirish jarayonida ularning kasb darajasi va malakasi tahlili asosida korreksion pedagogik va metodik ishlarni yо‘lga qо‘yish;
3) tinglovchilarning malaka oshirish va undan keyingi uch yil muddatda ular tomonidan tayanch va maxsus kompetensiyalarning takomillashganlik darajasini aniqlash uchun kvalimetrik kо‘rsatkichlar asosida kasbiy diagnostik tahlil qilishni yо‘lga qо‘yish, aniqlangan bо‘shliqlarni о‘qituvchi shaxsiga yо‘naltirilgan holda individual korreksion ishlar olib borish zarur.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
120
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
121
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA OLIY MAKTAB
FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISHNING ASOSIY
YО‘NALISH VA USULLARI
Rezume. Maqolada yuqori malakali kadrlar
tayyorlash tizimini tizimli yondashuv uslubi va turli
informatsion bog‘lanishga asoslangan ilmiy tahlil
xulosalariga tayangan holda yechishga imkon beradigan
uslub va usullardan foydalangan holda amalga oshirilishi
haqida sо‘z yuritiladi.
Tayanch tushunchalar: yuqori malakali kadrlar
tayyorlash tizimi, bozor iqtisodi, intellektual ehtiyoj.
Abstract. The article deals with the use of
methods that contribute to solving the problems of the
system of training highly qualified personnel on the
basis of scientific analyzes and conclusions based on the
system approach and various information links.
Key concepts: the system of training highly
qualified personnel, market economy, intellectual needs
Резюме. В статье речь идет об использовании
методов, способствующих решению проблем системы подготовки
высококвалифицированных кадров на основе научных анализоов и
выводов, базирующихся на системном подходе и различных
информационных связей.
Основные понятия: система подготовки высококвалифицирован-
ных кадров, рыночная экономика, интеллектуальные потребности.
Ma’lumki, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi xalq xо‘jaligining boshqa
soha va tizimlari kabi doimiy rivojlanishda bо‘ladi. Shu nuqtayi nazardan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini chuqur tahlil etishda, eng avvalo,
uning holatini о‘rganish о‘ta muhim hisoblanadi. Bunda taqqoslash usulidan
foydalanish va unga bog‘liq ravishda tizimni takomillashtirishga qaratilgan
muayyan ilmiy yо‘nalish va usullarni belgilash hamda tatbiq etish maqsadga
muvofiqdir.
*Tolipov О‘tkir Qarshiyevich, Nizomiy nomidagi TDPU ichki nazorat va monitoring bо‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor. *Murtazayev Meli Zokirovich, Jizzax davlat pedagogika instituti mehnat ta’limi va umumiy texnika fanlari kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
О‘. Tolipov*
M. Murtazoyev*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
122
Bizningcha, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiy aspektlarini asoslashda, eng avvalo, quyidagi holatlarni о‘z ichiga oluvchi informatsion bog‘liqlikni e’tiborga olish lozim bо‘ladi:
- tayyorlash jarayonidagi bazisli mehnat potensial holatining tahliliy ma’lumot tizimi bо‘lib, u ishchi kadrlar tayyorlashda quyi dinamik pog‘ona bilan xalq xо‘jaligi о‘rtasidagi informatsion bog‘liqlikni ifodalaydi;
- bozor iqtisodi sharoitida psixologik-pedagogik tamoyillarga asoslangan holda mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash va ularni kasbiy kompetentlik talablari asosida ishga qabul qilish va ishga taqsimlashda ularning о‘zaro mos tushmasligi hamda kadrlar faoliyatida bozor ijtimoiy-iqtisodiy psixologik aspektlarini hisobga olgan ilmiy asoslangan kompleks talablarning mavjud emasligi, kadrlarni qayta tayyorlashga ehtiyojning bо‘lmaganligi, shuningdek, mehnat potensialining sifat о‘zgarishlari, aksariyat hollarda, hisobga olinmaganligini isbotlash jarayoni bilan bog‘liq;
- mavjud tizimning rejada belgilangan haqiqiy faol funksional kо‘rsatkichini belgilashdagi tahliliy yondashuvda tayyorlanayotgan kadrlarning hozirgi kun talabi darajasidagi ta’lim jarayonida rejadagi sifat va miqdor kо‘rsatkich va talablariga mos tushishi, biroq shunday bо‘lishiga qaramay, bozor iqtisodi sharoitida о‘zlashtirilayotgan bilimlar sifat va miqdoriy kо‘rsatkichlarining mos kelmasligi, aniqrog‘i, mahsulot sifatini belgilovchi omillarni aniqlash nazarda tutiladi. Demak, bu о‘rinda belgilangan mutaxassislar guruhi va faoliyatini tashkil etish hamda mutaxassislar modelini ixtisoslik xususiyatini hisobga oluvchi ixtisoslik informatsion strukturali modellarini ishlab chiqish lozim bо‘ladi. Ushbu taklif qilinayotgan model tayyorlanadigan mutaxassislarning jamiyatda faoliyat kо‘rsatish darajalarini aniqlaydigan makro va mikro informatsion bog‘liqlikni saqlashga imkon beradi. Zero, tayyorlash tizimiga bо‘lgan talablar tizimining ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi, bu faktorlarning amalga oshishini ta’minlaydi.
Demak, yuqori malakali kadrlar tayyorlash murakkab ijtimoiy va dinamik, kо‘p qirrali faktorlarga bog‘liq bо‘lgan murakkab parametrli iqtisodiy aspektli tizim hisoblanib, uning faoliyatini rivojlantirish zamon talablariga moslashtirilgan holda muvofiqlashtirishning iqtisodiy yо‘nalish va rivojlanish usullarini asoslash darkor. Bizningcha, tizimli yondoshuvning tahliliy xulosasiga tayanib quyidagilarni belgilash mumkin:
yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini yо‘lga soluvchi va uni boshqaruvchi tashkiliy tizimning asosiy funksiyasi jamiyatning intellektual ehtiyoj talablari asosida intellektual ishlab chiqarish kompleks talab va taklifini tartibga solishdan iborat. Bunda zamonaviy bozor munosabatlari tо‘liq yetakchiligi sharoitida jamiyatni uzoq muddatli intellektual ma’lumotlar ehtiyojini aniqlash:
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
123
jamiyat xalq xо‘jaligining barcha jabhalari faoliyati uchun kelajakni e’tiborga olib hamda umumiy intellektual ma’lumotlarga asoslanib, soha tarmoqlari bо‘yicha yuqori malakali kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj sifati va miqdorini ilmiy xulosalarga asoslangan holda aniqlash;
jamiyat kelajagi rivojida intellektual ishlab chiqarish kompleks ma’lumotlar mahsuloti ahamiyatini asoslash;
xalq xо‘jaligi soha tarmoqlari bо‘yicha aniqlangan ehtiyojiga asoslanib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlar tayyorlovchi fakultet va mutaxassisliklarni tayyorlashda qatnashuvchi fanlar bloki va ularni miqdori mutaxassislikka asosiy va yordamchi fanlarning ilmiy asoslanishga muvofiq ketma-ketlikda joylashuvi ta’minlangan mutaxassisliklarni kompleks о‘quv rejalarini ishlab chiqish;
о‘quv rejalariga asoslanib ilmiy texnik taraqqiyotni hisobga olgan fanlarning kompleks ishchi dasturlarini yaratish;
Tashkil qilingan ta’lim muassasa ilmiy va uslubiy jihatdan asoslangan о‘quv material bazasini shakllantirish kabi vazifalardan iboratdir. Bunda tizim faoliyatini muvofiqlashtirishning asosiy yо‘nalishlari sifatida quyidagi hal qiluvchi usullarni tavsiya etish mumkin:
jamiyat xalq xо‘jaligini milliy hunarmandchilikni e’tiborga olgan holda hamda mamlakat ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarini bozor iqtisodi munosabatlari sharoitining hozirdagi va kelajakdagi faoliyat xarakterining ilmiy tahliliga asoslangan holda talab qilingan yuqori malakali kadrlarning sifat va miqdorini bashorat qilish;
bashoratning ilmiy xulosasiga asosan oliy maktab nizomiga о‘zgartirishlar kiritish va zaruriy holatlarda yangidan ishlab chiqish hamda mutaxassislik bо‘limlarini ochish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning hozirgi bozor iqtisodi sharoitini e’tiborga olib, kompleks о‘quv rejalarini ishlab chiqish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning bozor iqtisodi sharoiti uchun amaliy tayyorlash saviyasini oshiruvchi о‘quv materiallari bazasini tashkil etish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimida qabul qilishni tanlashning alternativ strategik usullarini ishlab chiqish va boshqalar.
Tizimning rivojlanishida kuzatilayotgan muammolari yuqorida qayd etilgan usullar asosida tatbiq etilsa, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish va uning faoliyatini kengaytirishga katta imkoniyatlar tug‘iladi.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
124
Tizimning faoliyat jarayonini muvofiqlashtirish borasidagi muammolarni bartaraf etishda esa quyidagi umumlashgan usul va yо‘llardan foydalanish mumkin:
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirishga yо‘naltirilgan nazariy bilimlarni berishda kо‘p qirrali eksperiment tajribalarga asoslanib mutaxassislik fanlarining samaradorligi kо‘rsatkich mezonini belgilash;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining nazariy bilim berish jarayonida mutaxassislik fanlariga yaqin yordamchi fanlar bо‘yicha ham bilim berishning muvofiqlashtirilgan mezonini aniqlash va asoslash;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining amaliy ta’lim jarayonida mutaxassislik fanlarini о‘qitishning samaradorlik mezonini asosli ravishda aniqlash;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining amaliy ta’limi jarayoni elementlarini о‘zaro muvofiqlashtirishning kо‘rsatkichini oshirishga xizmat qiluvchi mezonni ishlab chiqish va hokazo.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimiga yordamchi bо‘lgan о‘quv jarayonini muvofiqlashtirishning yо‘nalish va muammolarini yuqorida qayd etilgan yо‘llar asosida о‘rganish va tahlil etish, bizningcha, tizimning boshqa faoliyat jarayonlariga ham ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini о‘rganuvchi va о‘rgatuvchi orasidagi dialogik munosabatni aks ettiruvchi о‘qitish jarayonining usul va shakllarini muvofiqlashtirish yо‘nalishini qamrab oluvchi tizim funksiyasi nazariy о‘qitishdagi mutaxassis fanlariga ilg‘or pedagogik texnologiyali, nazariy о‘qitishdagi mutaxassislikka yordamchi fanlarning о‘zaro aloqadorlarini ta’minlovchi, nazariy ta’lim jarayonida mutaxassislik fanlarining mavzulari bо‘yicha maqsadli rejalar tuzish hamda amaliy tayyorlash jarayonida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni ilmiy tashkil qilish rejasini asoslash, amaliy о‘rgatishda talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlovchi asoslarni ishlab chiqish, individual usulni tо‘liq joriy qilish mashg‘ulot о‘tkazish usullarining eng maqbul variantini tanlash va boshqa muammolarning yechimiga qaratilgan mezonlar bilan bog‘liqdir.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining о‘quv jarayonida kо‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtirish yо‘nalishi quyidagi yо‘llar orqali о‘z muammosini hal qilgan holda bо‘lajak yuqori malakali kadrlarda zamonaviy ekologik, iqtisodiy, mahalliy ishlab chiqarishga taalluqli ilg‘or texnologik kо‘nikma va malakalarni shakllantirish kabi bir qancha funksiyalarni bajaruvchi tizim hisoblanadi. Bunda:
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
125
- bozor iqtisodi munosabatlari sharoitida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun kо‘p bosqichli ekologik kо‘nikma va malakalarni shakllantirish parametrlarini asoslash;
- bozor iqtisodi sharoitida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun nazariy fanlar hajmida ekologik bilim va kо‘nikmalarini shakllantirishning iqtisodiy mezonini ishlab chiqish;
- bozor iqtisodi munosabatlari qaror topgan iqtisodiy sharoitida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun amaliy fanlar hajmida ekologik bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks о‘quv rejasini kо‘p parametrli eksperiment tajribalari asosida ishlab chiqish;
- bozor iqtisodi munosabatlari yetakchilik qilayotgan bir sharoitda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun nazariy fanlar hajmida iqtisodiy bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks rejasi hamda о‘quv dasturlarini ilmiy asosda ishlab chiqish;
- amaliy tayyorlash jarayonida qatnashadigan fanlarning hajmida iqtisodiy bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks ishchi dasturlari parametrlarini asoslash;
- bozor iqtisodi siyosati yetakchiligi ostida doimo rivojlanishda bо‘lgan mahalliy ishlab chiqarish haqidagi bilim va kо‘nikmalarning nazariy shakllarini о‘qitishga tatbiq etishning samarali mezonini ishlab chiqish;
- xususiylashtirishga asoslangan bozor iqtisodi sharoitida amaliy fanlar hajmida mahalliy ishlab chiqarishga taalluqli bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutgan holda ishchi dasturlarni ilmiy asosda ishlab chiqish;
- amaliy о‘qitishning о‘quv xonalari tizimini muvofiqlashtirishning mezonlarini asoslash va boshqalar о‘ta muhim sanaladi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi yetishtirib bergan intellektual mahsulot sifatiga ijobiy ta’sir qiluvchi kompleks uslubiy tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan darsdan tashqari olib boriladigan ta’lim jarayonini muvofiqlashtiruvchi yo‘nalishining amalga oshiruvchi tayyorlash jarayonining tizimli funksiyasini shakllantirish; talabalar konstruktiv uyushmalari, keng qamrovli ilmiy faoliyatga yо‘naltirilgan talablar ijodiy tо‘garaklarini tashkil qilish va kо‘rik hamda olimpiadalarni tashkillashtirish va о‘tkazish tizimni takomillashtirishning eng muhim shartlaridan biri sanaladi. Bu boradagi muammo va yechimlar, bizningcha, quyidagi qator yо‘llar orqali о‘z yechimini topadi:
- xususiylashtirish munosabatlari chuqurlashib borayotgan sharoitda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun talabalar konstruktiv uyushmasini ilmiy tashkil qilishning uslubiy kompleks reja parametrlarini asoslash va tanlash;
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
126
- fan taraqqiyoti rivojiga asoslangan bir necha bosqichli talabalar konstruktor-ijodkorlik uyushmalari uchun mо‘ljallangan kompleks ish dasturlarining parametrlarini asoslash;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun yuqori boskichlarga asoslangan talabalar konstruktiv uyushmasining samaradorlik mezonini ishlab chiqish;
- talabalar mustaqil ta’limiga yо‘naltirilgan konstruktiv ijodiy uyushmalarni tashkil qilishning asosiy parametrlarini tanlash;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun umumlashgan tо‘garak ishchi rejalari parametrlarini asoslash va tanlash;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun mutaxassislik fanlarga asoslangan tо‘garak ishini muvofiqlashtirishning kо‘rsatkich mezoni parametrlarini tanlash;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun tо‘liq jarayonni о‘z ichiga oluvchi bir necha bosqichli talabalar mustaqil ta’limiga asoslangan maqsadli konstruktiv reja va dasturlar parametrlarini asoslash va tanlash;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun doimo rivojlanish kо‘nikma va malakalarini egallashga undovchi bir necha bosqichli kо‘rik va olimpiadalar tashkil qilish, ijodiy tadbirlar rejalarining parametrlarini asoslash va tanlash.
Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, har qanday tizimni muvofiqlashtirish zamon talabi asosidagi rivojlanishning yо‘llarini о‘z ichiga oluvchi bir necha kompleks yо‘nalishlarning ilmiy tahlilga suyangan ma’lum bir tanlangan uslub va usullar orqali amalga oshadi. Shu jumladan, bozor iqtisodi munosabatlari yetakchiligi sharoitida xalq xо‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini zamon talabi asosida bir necha yо‘llarini qamrovchi yuqorida keltirilgan beshta funksional tizim faoliyatlarini muvofiqlashtirish yo‘nalishlari tizimli yondashuv uslubi asosida keng qamrovli va har xil informatsion bog‘lanishga asoslangan ilmiy tahlil xulosalariga tayangan holda muammolarni zamon talabi asosida yechishga imkon beradigan uslub va usullardan foydalanib amalga oshiriladi. О‘z-о‘zidan ma’lumki, bu besh funksional faoliyatning amalga oshishida yuzaga keladigan tayyor mahsulot inson aqliy zakovatining о‘zgaruvchanlik darajasi va bu о‘zgarishni amaliyotdagi shu besh funksional tizim muammolari asosida ma’lum bir yо‘nalishda hal qilish uchun unga shakllanishi kerak bо‘lgan uslub va usullar, birinchidan, muammolarni yechish zarurligining izchillik darajasini; ikkinchidan, yechilishi zarur bо‘lgan muammolarning istiqbollik darajasiga va nihoyat, uchinchidan, tayyorlanishi lozim bо‘lgan kadrlar xalq xо‘jaligining qaysi sohasiga tegishligiga bog‘liq holda olinishi lozim.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
127
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
128
MUHANDISLIK GRAFIKASI ENSIKLOPEDIYASINI YARATISH TA’LIM TIZIMI SIFATINI OSHIRISH OMILI
SIFATIDA Rezume. Mazkur maqolada muhandislik grafikasi
ta’limi jarayoni tahlillari asosida muhandislik grafikasining ensiklopediyasini yaratish tamoyillari ochib berilgan.
Tayanch tushunchalar: muhandislik grafikasi, asboblar, buyumlar, detallar, konstruktiv elementlar, muhandislik grafikasi ensiklopediyasi.
Abstract. In the article, based on the analysis of
the process of teaching engineering graphics, the principles of creating an
encyclopedia of engineering graphics are disclosed.
Key concepts: engineering graphics, tools, products, parts, structural
elements, an encyclopedia of engineering graphics.
Резюме. В статье на основе анализа процесса преподавания
инженерной графики раскрыты принципы создания энциклопедии
инженерной графики.
Основные понятия: инженерная графика, инструменты, изделия, детали, конструктивные элементы, энциклопедия по инженерной графике.
Jamiyatning ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, о‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta’limning uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish borasida davlatimiz tomonidan ilmiy-amaliy tadqiqotlar e’lon qilingan1. Bu barcha ilm-fan sohalari qatori muhandislik gafikasi fanlari, ta’lim nazariyasi va metodikasi oldiga ham ulkan vazifalarni yukladi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim bosqichlarida sifatli bilim berish, ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalash borasida muhandislik grafikasi fanlariga oid tarixiy va hozirgi kunning ilmiy manbalarini о‘rganish va ilmiy iboralar, sо‘z, termin va tushunchalar haqida tо‘laqonli va keng kо‘lamdagi ma’lumotlarga ega bо‘lish talab qilinmoqda. Bu muhandislik grafikasi fanlarining
*Ashirboyev Azim Ozodovich, Nizomiy nomidagi TDPU muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti. 1Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиқлаштириш қўмитаси томонидан эълон қилинган, бажарилиши 2012-2014 йилларга мўлжалланган амалий тадқиқотлар дастурлари лойиҳалари танлови // Дастур: ИТД-1.
A. Ashirboyev*
BAHS, MUNOZARA
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
129
barcha ta’lim tizimi bо‘g‘inlariga tegishli ensiklopediyasini yaratishga bо‘lgan zaruriyat va ehtiyoj borligini bildiradi. Demak, muammoning yechimi jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va uzluksizligini kengaytirishni ta’minlaydi. “Muhandislik grafikasi” ensiklopediyasini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib, о‘z navbatida, ta’lim oluvchilarning vaqtini tejashga, keng qamrovli bilim olishga, ta’lim olishni tо‘g‘ri tashkil etishga va boshqarishga, uning sifat va samaradorligini oshirishga, ta’limning barcha bosqichlarida uzviylik va uzluksizlikini ta’minlashga imkon beradi.
Turli fundamental fanlar va sohalar bilan bog‘liq bо‘lgan “Muhandislik grafikasi” ensiklopediyasini yaratish va uning ta’lim tizimidagi о‘rnini aniqlash uchun quyidagi bosqichlarda ish kо‘rish lozim bо‘ladi.
muhandislik grafikasi fanlarining о‘qitish jarayoni tahlil qilinadi va bu sohaga tegishli ilmiy, ilmiy-metodik adabiyotlar о‘rganiladi, muhandislik grafikasi ensiklopediyasining о‘rni belgilab olinadi va uning kartotekasi yaratiladi. Boshqa davlatlarda muhandislik grafikasi fanlari mazmuni va о‘qitish jarayoni hamda bu sohaga tegishli lug‘at, ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar va shu davlatlarning asosiy о‘quv adabiyotlari mazmuni о‘rganiladi hamda ular ilmiy asosda qiyosiy tahlil qilinadi;
muhandislik grafikasi fanlariga oid sо‘z, ibora, belgi va terminlar qatori, ularning tematik guruhlari, etimologiyasi, fan va sohalarga oid aloqadorliklari о‘rganilib, sof va umumiylikka ega bо‘lgan terminlar qatori tadqiq qilinadi va ensiklopediya tarkibiga olib kiriladigan materiallar belgilab olinadi, uning illustrativ-izohlar banki yaratiladi;
muhandislik grafikasining illustrativ-grafik tasvirli ensiklopediyasi ishlab chiqiladi va amaliyotdagi tatbiqi kо‘rsatiladi.
Bilamizki, hozirgi kunda sodir bо‘layotgan buyuk о‘zgarishlar, muhim yangiliklar, jahon fani, madaniyati va texnikasi yutuqlari, dunyo tarixining muhim voqealari oldida muhandislik grafikasining ulushi va unga hissa qо‘shgan fan namoyandalari, mashhur shaxs va allomalar haqidagi ma’lumotlarning yaratilishi keyinchalik har xil yо‘nalishdagi ensiklopediya va izohli lug‘atlar hamda fan sohalariga tegishli qomuslarda о‘z aksini topadi. Bu bilan muhandislik grafikasi manbalarining о‘z о‘rnini topishiga erishiladi.
Ma’lumki, mamlakatimiz tarixida ilk bor 1965-yil О‘zbekiston ensiklopediyasini chiqarish tо‘g‘risida, 1968-yil yanvarida О‘zbekiston fanlar akademiyasi huzurida О‘zbekiston ensiklopediyasi bosh redaksiyasini tuzish tо‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Bu bosh redaksiyaga О‘zbekiston
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
130
ensiklopediyasini tayyorlash, keyinchalik ayrim fan sohalariga doir ensiklopediyalar, izohli, terminologik va boshqa lug‘atlar tuzish va nashr etish vazifasi topshirildi1 va u muvaffaqiyatli amalga oshdi.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng olamshumul tarixiy yutuqlar, fan, texnika va madaniyatning gullab yashnashi, yuz berayotgan voqealar va yangiliklar О‘zbekiston ensiklopediyasini zamon talabiga mos holda qayta kо‘rib chiqish va uni yaratish masalalari bо‘yicha davlatimiz tomonidan bir qator qarorlar qabul qildiki, uning ijrosi bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshmoqda.
Endilikda kо‘plab fan va sohalarda bu kabi ishlar shiddat bilan amalga oshmoqda va natijalar ijobiy tarzda о‘z ifodasini topayotganligi sir emas.
Bu borada, istiqlol tufayli milliy qadriyatlarimizning barcha kо‘rinishlarini yangicha anglash, idrok etish, ayniqsa, о‘zbek tilining ta’lim tizimidagi va ilm-fan sohasidagi mavqeini yanada kо‘tarish maqsadida tadbirlar ishlab chiqilib, bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, “Davlat tili haqida”gi Qonun joriy etildi va о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Uning 7-moddasida “Davlat о‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi” deb e’tirof etilgan2.
“Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun3 va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”4ning qabul qilinishi ta’lim tizimini tubdan о‘zgartirish, uni yaxshilashga qaratilgan. Bu borada umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim bosqichlarida sifatli bilim berish, ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida muhandislik grafikasi fanlariga oid manbalarni о‘rganish va tadqiq qilish, mavjud iboralar, sо‘z, termin va tushuncha ifoda qiladigan belgilar, simvolikalarni chuqurroq va keng kо‘lamda talqin qilishni talab qilmoqda. “Muhandislik grafikasi” ensiklopediyasini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib, о‘z navbatida, ta’lim oluvchilarning vaqtini tejashga, keng qamrovli bilim olishga, ta’lim olishni tо‘g‘ri tashkil etishga va boshqarishga, uning sifat va samaradorligini oshirishga, ta’limning barcha bosqichlarida uzviylik va uzluksizligini ta’minlashga, ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini talabalar ongiga singdirishga yordam beradi.
1Ўзбек Энциклопедияси. – Тошкент, 1971. – Т.I, муқаддима. 2“Ўзбекистон Республикасининг давлат тили ҳақида”ги Қонуни. – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1989 йил 21 октябр. 3Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни. – Тошкент: Шарқ, 1997. – Б. 20-29. 4Кадрлар тайёрлаш миллий дастури. Ўзбекистон Республикасининг қонуни. Баркамол авлод. Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1997. – Б. 32-61.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
131
Muhandislik grafikasi fanlarining ensiklopediyasini yaratishda, avvalambor, shu sohaning terminologik tizimini о‘rganish, tadqiq qilish va sо‘ngra uni tartibga solish kerak bо‘ladi. Bunda tо‘g‘ri tanlangan terminlarning о‘rni va ahamiyati yuksak ekanligini hisobga olib, bu sohada jiddiy ishlar amalga oshirilishi lozim. Aniq fanlar terminologiyasi ta’lim jarayoni bilan bog‘lab tekshirilgan ishlar yо‘q emas, biroq muhandislik grafikasi fanlari bо‘yicha chizmachilikdan yaratilgan yagona A. Abdumalikov tomonidan chop etilgan о‘zbek tilidagi “Chizmachilikdan terminologik lug‘at-spravochnik”1 qо‘llanmasida chizmachilik va chizma geometriyada uchraydigan termin va tushunchalar qisqacha izohlangan. Ba’zi terminlarning etimologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan. U о‘rta maktab, bilim yurti о‘quvchilari chizmachilik, rasm va geometriya о‘qituvchilari, oliy о‘quv yurti talabalari uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda eng kо‘p uchraydigan atigi 500ga yaqin asosiy terminlar tо‘plangan va ularning ma’nosini tushuntirishga harakat qilingan, tasavvur qilish qiyin bо‘lgan kо‘plab terminlarni izohlashda unga qо‘shimcha ravishda grafik tasvirlardan foydalanilgan. Bu ish tor doirada bо‘lsa-da, о‘z vaqtida qо‘yilgan ilk qadamlardan biri sifatida keyingi qilinadigan ishlarga turtki bо‘ldi. Endilikda, bunday ishlarning salmog‘ini oshirish, uning keng qamrovli bо‘lishini ta’minlashga erishish lozim.
A. Tо‘xtayev, G‘. G‘ulomov, A. A. Samig‘ov, S. A. Yaxyoyevlar tomonidan chizma gemetriya va chizmachilikdan ruscha-о‘zbekcha atamalar lug‘ati tayyorlangan2. Unda chizma geometriya va chizmachilikka oid adabiyotlarda qо‘llanilayotgan 6500 ga yaqin asosiy terminlar e’tiborga olingan bо‘lib, qisman bо‘lsa-da, о‘zbek tilida qabul qilingan ayrim ruscha va rus tili orqali о‘zbek tiliga о‘zlashgan baynalmilal terminlarning о‘zbekcha ekvivalent terminlarini topib ishlatishga harakat qilingan, biroq ular ichida notо‘g‘ri va g‘aliz о‘rinlar mavjud.
J. Yodgorov umumta’lim maktablari darsliklarida chet tillardan о‘zlashgan terminlarning etimologik lug‘ati berilmaganligi sababli о‘quvchilarga tushuntirishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganligini ta’kidlab, uning oldini olish maqsadida ayrim terminlarning etimologik lug‘atini tuzgan va qisman bо‘lsa-da, izohlashga harakat qilgan, biroq bu ham keng qamrovli emas.
A. M. Kruppennikovning “Texnikaviy terminologiya haqida”gi chizmachilik darslarida texnikaviy terminologiyani о‘rganish о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va bu fan bо‘yicha о‘zlashtirish samaradorligini oshirish usullaridan biri ekanligi ta’kidlangan. Muallif texnikaviy terminlarning asboblar, buyumlar, detallar, ularning konstruktiv elementlari va boshqa shu kabilar chizmalarni
1Абдумаликов А. Чизмачиликдан терминологик луғат – справочник. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – Б. 144. 2Тўхтаев А., Ғуломов Ғ., Самиғов А., Яхёев С. Чизма геметрия ва чизмачиликдан русча-ўзбекча атамалар луғати. – Тошкент: ТДТУ, 1993. – Б. 187.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
132
savodli о‘qish va bajarish, chizma bо‘yicha biror-bir buyumni ishlab chiqarish jarayonida о‘z nutqida texnik terminlarni bayon qilayotgan suhbatdosh fikrini anglashda bu kabi termin va ularga oid tushunchalar haqida yuqori darajali bilimning talab qilinishini bildirgan1.
Umumtexnika terminlari bilan bir qatorda umumiy va sof chizmachilik terminlarini Y. O. Peshkov va N. I. Fadeyevlar ham tо‘plagan va izohlashgan2.
О‘zbek tilida chop etilgan о‘quv adabiyotlari ilk bor tarjima yо‘li bilan, sо‘ngra о‘zbek mualliflari R. Xorunov3, Y. Qirg‘izboyevlar4 tomonidan о‘quv adabiyotlari yaratildi-ki, bu bilan uning terminologiyasi ham yuzaga keldi. Sh. K. Murodov, R. Ismatullayev, P. Adilov, J. Yodgorov, E. Sobitov, I. Raxmonov, D. Qо‘chqorova, E. Rо‘ziyev va boshqalarning о‘quv qо‘llanma va darsliklarida ham bunga alohida e’tibor qaratilgan. Ularning tadqiqotlari muhim manba vazifasini о‘taydi. Bu esa, chizmachilik va chizma geometriyaga oid termin va tushunchalarni tо‘g‘ri qabul qilish va anglashda ahamiyatli.
Shu ma’noda, muhandislik grafikasi keng qamrovli soha bо‘lganligi uchun uning tarkibiga kirishi mumkin bо‘lgan bunday terminlar qatori 50000 dan oshishi mumkin. Undan tashqari ensiklopediya tarkibida buyuk shaxslar, allomalar hayoti va ijodi, fan uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ma’lumotlarning ham keltirilishi zarur. Muhandislik grafikasi fanlari bо‘yicha mо‘ljalga olingan bunday ishlar shu kunga qadar chop etilgan О‘zbekiston ensiklopediyasi tarkibida ham keltirilgan, biroq bular keng kitobxon ommasi uchun yetarli darajada emas. Bu bilan mavjud bо‘lgan ma’lumotlarni fan nuqtayi nazaridan baholab, uning mazmunini boyitish, nazardan chetda qolgan manbalarni ilmiy asoslab, yaratiladigan ensiklopediya tarkibiga olib kirish bilan uning kо‘lamini kengaytirish lozim.
Demak, muhandislik grafikasi ensiklopediyasini yaratish shu sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va uni xususiylashtirish nazarda tutiladi. Bu bilan ta’lim bosqichlarida sifatli bilim berish, uning uzviylik va uzluksizligini ta’minlashga, muhandislik grafikasi fanlarining mazmuni va о‘qitish jarayonini hamda bu sohaga tegishli о‘quv adabiyotlarini, lug‘atlar va ma’lumotnomalarning mazmunini yaxshilashga erishiladi. Ayniqsa, fanga oid ilmiy ma’lumotlar qatorida boy merosni о‘rganishga xizmat qiladi.
1Круппенников А. М. О технической терминологии. – Москва: Школа и производство, 1988. – С. 56. 2Пешков. Е. О., Фадеев Н. И. Технический словарь школьника. – Москва: 1963. – С. 223. 3Хорунов Р. Чизма геометрия курси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б. 430. 4Қирғизбоев Ю. Қ. Чизма геометрия. – Тошкент: Ўқитувчи, 1976. – Б. 126.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
133
КВАЛИМЕТРИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА СТУДЕНТА ВУЗА
Rezume. Maqolada oliy ta’lim muassasasi
talabasining kvalimetrik bahosini aniqlash usuli
ko’rsatilgan.
Tayanch tushunchalar: ta’lim sifati, pedagogik
kvalimetriya, “xususiyatlar daraxti”, kvalimetrik
baholash.
Abstract. In the article the high educational
establishment’s student’s qualimetric mark
determination is considered.
Key concepts: the quality of education,
pedagogical qualimetry, properties of wood, qualimetric
score.
Резюме. В статье рассматривается способ
определения квалиметрической оценки студентов
высших учебных заведений.
Основные понятия: качество образования,
педагогическая квалиметрия, дерево свойств,
квалиметрическая оценка.
Качество образования одно из ключевых в современной педагогике
трактуется по-разному разными исследователями, но сводится в общем
случае к определению, данному в ИСО 9000-2001 «Качество – степень
соответствия присущих объекту характеристик установленным
требованиям»1.
Понятие качества являясь многомерным и мультифакторным
феноменом включает такие составляющие как качество результатов
деятельности (процесса), качество самих процессов и качество системы или
организации деятельности. К ключевым факторам качества образования
относят: качество содержания образования, качество абитуриентов и
*Кучкарова Диларом Файзуллаевна, профессор кафедры начертательной геометрии и инженерной графики института Ирригации и мелиорации, доктор технических наук. E-mail: kuchkarova-dilarom@yandex.ru *Ачилова Дилноза Ахматовна, старший научный сотрудник исследователь института Ирригации и мелиорации. E-mail: di-ahmatovna@mail.ru 1Квалиметрия образования и науки: периодический научно-методический журнал. – Кострома: КГУ им. Н. А. Некрасова, 2001. – Вып. 3. – С. 91.
Д. Кучкарова*
Д. Ачилова*
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
134
студентов, качество методического и материально-технического
обеспечения образовательного процесса, качество профессорско-
преподавательского состава, качество технологий тестирования и проверки
знаний, умений и навыков студентов, качество общего менеджмента вуза.
Каждый временной период в развитии национальных систем
образования выдвигает свою квалиметрическую парадигму, наполняя её
соответствующими представлениями о содержании, методах и технологиях,
этической и процессуальных сторонах контрольно-оценочной деятельности
в области образования1.
Конечной продукцией высшего учебного заведения является
специалист, способный занять определённую социальную нишу, качество
которого определяется:
1. Знаниями в плане теоретико-фундаментальных основ будущей
профессии и в сфере социальных коммуникаций.
2. Способностью к самостоятельным действиям в плане
профессиональных умений и навыков в реальных условиях трудовой
деятельности.
3. Готовностью к позитивным взаимоотношениям с участниками
образовательного процесса, что стимулирует дальнейшее образование и
самообразование.
В настоящее время основной акцент при оценке профессиональной
подготовленности выпускника вуза переносится на умение в условиях
неопределённости продуцировать и использовать знания, умения и навыки
для выполнения нестандартной задачи и разрешения сложной ситуации.
Современная педагогическая квалиметрия исходит из обстоятельства,
что оценить качество профессиональной подготовки специалиста можно
разработав четкую иерархию диагностируемых профессиональных знаний,
умений, навыков, компетенций, а затем оценить по специально
разработанным оценочно-диагностическим методикам уровень
сформированности каждого профессионально значимого параметра.
В арсенале педагогической квалиметрии существуют инвариантные
оценочные инструменты, которые могут быть применены в разных
образовательных организациях, такие как скрининговые интервью,
1Субетто А. И. Квалитология образования. – Санкт-Петербург: Исслед.центр проблем качества подготовки специалистов МО РФ, 2000. – С. 132.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
135
экспертный анализ учебных пособий, анализ портфолио студентов и
преподавателей и т д., но основным инструментом педагогической
квалиметрии остаётся тестирование, как действенный метод оценки
профессиональной подготовки. Вместе с тем очевидно, что получить
объективную оценку по результатам только вопросно-ответного
тестирования сложно.
Авторы статьи в своих предыдущих публикациях рассматривали
вопросы взаимодействия факторов, влияющих на успешность обучения,
эффективность непрерывной аттестации, в которой тестирование является
лишь одним из четырёх видов контроля и возможности управления
учебным процессом при помощи интегральных оценок1.
Цель настоящей статьи – разработка квалиметрической оценки
конкретного студента, как основного участника учебного процесса.
Одним из методов квалиметрии является построение дерева свойств.
Рассмотрим конкретного студента, обладающего комплексом различных
свойств, как простых, так и сложных принадлежащим разным шкалам
(таблица 1).
Таблица 1.
Качество студента
Целеустремлённость
Коммуникабельность
Сформированность знаний
Мотивация
Прилежание
Дисциплинированность
Скорость реакции
Пространственное мышление
Амбициозность
Упорство
Авторы статьи выбрали 10 свойств из множества других свойств, как более
связанных с конечной оценкой. Для каждого свойства назначается числовое
значение. При таком подходе некоторая академическая группа оказывается
1Кучкарова Д. Ф., Ачилова Д. А. Методы статистического анализа при обучении инженерной графике // Pedagogika. – Ташкент, 2014. – № 5. – С. 68-71; Кучкарова Д. Ф., Ачилова Д. А. Управление качеством обучения в процессе преподавания инженерной графики // Pedagogika. – Ташкент, 2015. – № 5. – С. 105-108.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
136
Парето-оптимальным множеством, где каждый член лучше другого по
одному из свойств, но хуже по другому. Формируется таблица 2.
Таблица 2.
𝑞1 𝑞2 𝑞3 𝑞4 𝑞5 𝑞6 𝑞7 𝑞8 𝑞9 𝑞10
1 𝑞11 𝑞12 𝑞13 ... ... ... ... ... ... ... ∑𝑞𝑖
10
1
…
n 𝑞𝑛1 𝑞𝑛2 𝑞𝑛3 ... ... ... ... ... ... ... ∑𝑞𝑖
10
1
Где 0≤𝑞𝑖≤1 – числовое значение свойства, определяемое метдом
экспертных оценок.
n- число студентов в группе.
Предполагается, что все свойства можно спроецировать на некоторую
унифицированную шкалу и оценить некоторым числом. На следующем шаге
формируется «идеальный» студент, для которого все 10 свойств принимают
значение 1 и сумма свойств равна 10.
Для каждого конкретного студента вычисляется евклидово расстояние
до «идеального» студента 𝑟 = ±[(10 − ∑𝑟𝑖)2]
1
2 которая и определяет
квалиметрическую оценку. В данном случае оценка указывает на состояние
свойств студента на некотором отрезке времени и носит статический
характер. Очевидно, однако, что все свойства не являются инвариантами и
меняются во времени, тогда оценка 𝑟𝑖 обретает динамический характер и
служит основой определения образовательной траектории студента. Опыт
показывает, что итоговая рейтинговая и квалиметрическая оценки
положительно коррелируют между собой.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
137
PEDAGOGNING MAZMUNLI UMR YO‘LI
Hamrayev Madrim Abdraimovich 1956-yil 2-avgustda
Turkmanistonning Toshovuz tumanida (hozir Turkmaniston
Respublikasi) oddiy ishchi oilasida tug‘ildi.
U о‘rta maktabni a’lo baholarga tugatgandan sо‘ng,
1974-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogik
instituti (universitet) о‘zbek tili va adabiyoti fakultetining
kunduzgi bо‘limiga о‘qishga kirdi va uni 1978-yili imtiyozli
diplomga bitirdi va shu kundan boshlab, to hozirgi
kungacha bо‘lgan hayotiy davri mazkur institut bilan
bog‘lanib qoldi. M. Hamrayev filologiya fanlari doktori, professor Mazluma
Asqarova ilmiy rahbarligida, “Hozirgi zamon о‘zbek tilidagi kо‘rsatish
olmoshlarining funksional-semantik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqotlar olib bordi va u 1997-yil yanvar oyida
nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
M. Hamrayev 1978-1988-yillarda mazkur institutdagi tayyorlov bо‘limida
metodist bо‘lib ishlash bilan bir qatorda, о‘rindoshlik asosida talabalarga о‘zbek
tilshunosligi fanidan saboq berib keldi. 1988-yil yanvar oyidan boshlab hozirgi
kungacha boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida ishlab kelyapti.
M. Hamrayev barakali ilmiy-metodik izlanishlar olib bordi va “Hozirgi о‘zbek
tilidagi kо‘rsatish olmoshlarining funksional-semantik xususiyatlari”
monografiyasi (Toshkent: Fan, 2009), hammualliflikda defektologiya,
maktabgacha tarbiya mutaxassisliklari uchun “ona tili” darsligi (Toshkent: Moliya-
Iqtisod, 2007), “О‘zbek tilidan mashqlar tо‘plami” (Toshkent: TDPU,
2003), “О‘zbek tilshunosligidan alifbo tartibdagi ma’lumotnoma” (Toshkent:
TDPU, 2009), hammualliflikda “Ona tilidan mashqlar tо‘plami” (Toshkent: TDPU,
2009), “Ona tili fanidan mavzuli test topshiriqlari tо‘plami” (Toshkent: Sharq,
2012), “Ona tili” oliy о‘quv yurtiga kiruvchilar uchun qо‘llanmasi (Toshkent:
Sharq, 2012), “Ona tili fanidan o‘quv-didaktik majmua” ma’ruzalar, mashqlar va
mavzuli testlar to‘plami (Toshkent: Sharq, 2015) , “Ona tili fanidan lisoniy tahlil
qoliplari” atamalarning izohli lug‘ati (Toshkent: Sharq, 2015-yil), “Ona tili”
(Toshkent: Sharq, 2016) nomli о‘quv qо‘llanma, 50dan ortiq ilmiy, ilmiy metodik
maqolalar tayyorlandi va nashr ettirildi. Ayniqsa, “О‘zbek tili” (Oliy о‘quv
FAN VA TA’LIM FIDOYILARI
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
138
yurtlariga kiruvchilar uchun) о‘quv qо‘llanmasi bо‘lg‘usi talabalar uchun eng
qimmatli bilim manbayiga aylanib bо‘lgan, u 1999-yildan beri qayta tо‘ldirilgan
holda har yili nashr qilinib kelinmoqda.
M. Hamrayev bir necha yildan beri “Respublika innovatsion g‘oyalar,
texnologiyalar va loyihalar” yarmarkasida о‘z loyihalari bilan ishtirok etib kelyapti.
U kafedra qoshida tashkil etilgan “Yosh tilshunos” ilmiy tо‘garagining rahbari.
M. Hamrayev 60 yoshni qarshilaganiga qaramasdan hali g‘ayrat va shijoatga
tо‘la va respublikamiz oliy va xalq ta’limi uchun hormay-tolmay xizmat qilishga
tayyor insonlardandir.
Jо‘rayev Tursunboy, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Barakayev Murod, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
139
M U N D A R I J A
BOSH MAQOLA
Sharipov Shavkat Islom Karimov – О‘zbekistonda ta’lim
sohasining bosh islohotchisi................2
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA,
PEDAGOGIK INNOVATIKA
Gulyamov Saidahror
Ta’lim sifatini oshirishda intellektual
oilaning roli.........................................7
Xodjayev Begzod Muzey pedagogikasi: taraqqiyot tarixi
va
istiqboli..........................................15
Sattarova Gulnora
Ilk о‘spirinlarda irodaviy sifatlarning o‘rganilishiga
doir...............................23
Ergashev Pо‘lat Pedagogning simmetriya hissi ta’lim
jarayonida uzviylikni ta’minlash omili sifatida.............................................30
Shodmonova Shoira,
Gapparova Maftuna
Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish
jarayonlari
modeli..............................35
Yusufaliyev Elyorjon
Oilaviy munosabatlar va о‘smirlarning deviant
xulqi........................................43
Isroilova Maxsuda
Akramov Abdumalik
Shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalar
asosida fuqarolik pozitsiyasini shakl-
lantirish..........................................64
Qosimov Shavkat
Kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining
amaliy kasbiy tayyorgarligi
mazmuni........................................69
TA’LIM TIZIMI MENEJMENTI
Rahmatullayev Dilmurodjon
Boshqaruvda ta’lim xizmati
sohasining о‘ziga
xosliklari................................77
MATEMATIKA VA TABIIY-ILMIY
FANLAR TA’LIMI
Xaydarov Ozodjon
О‘quvchilarni kasb-hunarga
yо‘naltirish tizimini axborotlash-
tirish...............................................81
Mamarajabov Mirsalim,
Maxamatova Zulfiya
Elektron ta’lim resurslari yaratish: E-
publish dasturi
imkoniyatlari...........85
IJTIMOIY VA GUMANITAR
FANLAR TA’LIMI
Клименко Ирина
Подъязык живописи и духовно-
эстетическое воспитание
студентов.......................................8
9
Faxriddinova Nargiza
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
140
Talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishning ayrim diagnostik
masalalari.........................................51
Sagindikova Nargiza
Bо‘lajak mutaxassislarda mas’uliyat hissining namoyon bо‘lishi................58
Talaba-yoshlarda qonunga hurmat
fazilatlarini
tarbiyalash.....................96
SAN’AT VA JISMONIY MADANIYAT TA’LIMI
Rejametova Nilufar Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatish........................................101
Gulliyev Umidjon Maqomlar silsilasidan о‘quv jarayonida foydalanish usullari.........................106
KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH
Muslimov Narzulla Tinglovchilarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish muammolari..................................111
Tolipov О‘tkir, Murtazayev Meli Bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy maktab faoliyatini muvofiqlashtirish-ning asosiy yо‘nalish va usullari.......117
BAHS, MUNOZARA
Ashirboyev Azim Muhandislik grafikasi ensiklopediya-sini yaratish ta’lim tizimi sifatini oshirish omili sifatida....................123
Кучкарова Диларом, Ачилова Дилноза Квалиметрическая оценка студента вуза.............................................128
FAN VA TA’LIM FIDOYILARI
Jо‘rayev Tursunboy, Barakayev Murod Pedagogning mazmunli umr yo‘l....132
PEDAGOGIKA 2016, 4-son
141
MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIAL EDUCATION
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
TASHKENT STATE PEDAGOGICAL UNIVERSITY NAMED AFTER NIZAMI
PEDAGOGICA (Scientific-theoretical and methodical journal)
№ 4
РЕСПУБЛИКА УЗБЕКИСТАН
МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЯ
ТАШКЕНТСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ
УНИВЕРСИТЕТ им. НИЗАМИ
ПЕДАГОГИКА (Научно-теоретический и методический журнал)
№ 4
Mas’ul kotib – Bahodir Mavlonov
Muharrirlar – Saodat Adilova, Nafisa Razzoqova
Sahifalovchilar – Nargiza Husenova, E’zoza Sobirova
Nashr ko‘rsatkichlari:
Yakka obunachilar uchun – 1076, Tashkilotlar uchun – 1077
Jurnal 2000-yildan chiqa boshlagan. Ikki oyda bir marotaba chop etiladi.
2016-yil 21-sentabrda bosishga ruxsat etildi. _____-buyurtma.
Adadi – 430 nusxa. 12 bosma taboq. Ofsеt usulida bosildi.
Bichimi 70x1001/16 “Calibri” garniturasi.
Nizomiy nomidagi TDPU “Tahrir va nashr” bo‘limida bosildi.
100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy. Tel.: (0371) 215-52-64
Veb sayt: www.tdpu.uz
E-mail: pedagogika@inbox.uz // pedagogika.uz@mail.ru
top related