o zbekiston respublikasi · turishi taqiqlanardi. to pni savatga ikki qo l bilan pastdan va bir qo...

11

Upload: others

Post on 16-Feb-2020

19 views

Category:

Documents


1 download

TRANSCRIPT

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZII

K. RAHIMQULOVB. NIGMONOV

SPORTHAKAMLIGI

Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma

«NOSHIR»TOSHKENT

2013

Taqrizchilar:K. M. Maxkamdjonov – TDPUning Jismoniy tarbiya metodikasi va

bolalar sporti kafedrasi mudiri, p. f. n., professor;R. Salomov – O‘zDJTIning Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti

kafedrasi mudiri, p. f. d., professor.

Sport hakamligi o‘quv qo‘llanmasi jismoniy tarbiya dasturi talablari-ga mos ravishda kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlangan. Ushbu o‘quv qo‘llanma jismoniy tarbiya mutaxassislari tayyorlovchi kasb-hunar kol lejlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda sport o‘yinlari tarixi, sport o‘yinlari texnikasi va taktikasi, sport o‘yinlari bo‘yicha musoba qa nizo-mini tuzish, musobaqa turlarini anglatish, hakamlik qilish va uni kuzatish, tahlil qilish hamda hakamlarning vazifalari haqida ma’lumotlar berilgan.

© «NOSHIR» nashriyoti, 2013

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash nashrga tavsiya etgan.

UO‘K: 796.071.4КBK 75.4(5O‘)ya722

UO‘K: 796.071.4КBK 75.4(5O‘)ya722

R30

Raximqulov, Karimjon

Sport hakamligi: jismoniy tarbiya va bolalar sporti ta’lim yo‘nalishi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma / K. Raxim qulov, B. Nigmonov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – Toshkent: Noshir, 2013. – 156 b.

1. Nigmonov В.ISBN 978-9943-4196-8-1

ISBN 978-9943-4196-8-1

3

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatga yetuk, malaka-li mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Xusu-san, respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997), «Sog‘lom avlod davlat dasturi» (1999), «Davlat ta’lim standartlari» (1999), «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari (2000) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari aholi salomatligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan.

Bolalarni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida o‘z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Bola maktabga qadam qo‘ygan birinchi kunidanoq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg‘otish, uyush-qoq lik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xusu-siyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vosi-talaridan, jumladan, bolalarning sevimli o‘yinlaridan foydalanish ayni muddaodir.

O‘quv qo‘llanma jismoniy tarbiya mutaxassislari tayyorlov-chi kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqa nizomini tuzish, musobaqa turlarini anglatish, hakamlik qilish va uni kuzatish, tahlil qilish hamda ha-kamlarning vazifalari haqida ma’lumotlar berilgan.

Ushbu o‘quv qo‘llanma jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlovchi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallan-gan.

4

I. BASKETBOL

BASKETBOLNING PAYDO BO‘LISHI

Basketbol inglizcha so‘z bo‘lib, basket – «savat», bol – «to‘p» degan ma’noni bildiradi.

Basketbol o‘yinini 1891- yilning dekabr oyida AQShning Mas-sachuses shtatidagi Springfild mashq maktab (kollej)ining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Jeyms Neysmit kashf etdi hamda bu o‘yinning ilk bor birinchi qoidlarini tuzdi va birinchi uchrashuvni o‘tkaz-di. 1892- yilda Neysmit 13 moddadan iborat bo‘lgan «Basketbol o‘yini qoidalari» kitobini chop etdi. Shu qoidalardan ba’zi birlari hozirgi kungacha o‘z kuchini yo‘qotmagan.

Basketbol o‘yin tarixida 1932- yilning 18- iyun kuni shonli sana hisoblanadi. Shu kuni Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (XBF – FIBA) tashkil topdi. 1935- yilda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) basketbol o‘yinini Olimpiya sport turi deb tan olish to‘g‘risi-da qaror qildi va 1936- yilda basketbol birinchi marta Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi.

1935- yilda Jenevada erkaklar jamoalari o‘rtasida birinchi Yev-ropa chempionati o‘tkazildi. 1938- yilda Rimda ayollar o‘rtasida birinchi Yevropa chempionati o‘tkazildi. 1950- yilda Argentinada erkaklar o‘rtasida I jahon chempionati o‘tkazildi. 1953- yilda esa Chilida ayollar o‘rtasida I jahon chempionati o‘tkazildi. 1972- yildagi Olimpiada o‘yinlarida ayollar o‘rtasida basketbol o‘yini dasturga kiritildi. Hozirgi kunda ham bu musobaqalar davom etib kelmoqda.

XBF (FIBA)ning oliy organi – Kongress. Uning anjumanlari to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. XBF (FIBA) Nizomiga ko‘ra, fede-

5

ratsiya Kongressida har to‘rt yilda bir marta kerakli o‘zgartishlar kiritiladi. Olimpiya o‘yinlarida XBF (FIBA)ga istalgan mustaqil milliy federatsiya a’zo bo‘lishi mumkin.

O‘ZBEKISTONDA BASKETBOLNINGPAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI

O‘zbekiston hududida basketbol 1913–1914- yillarda tarqa-la boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor. Ammo o‘lkamizda bas-ketbol 1920- yillardan keyingina chinakamiga rivojlana boshladi. O‘zbek fizkulturachilarining basketbol o‘yini ORP Vseobuch va-kili S. Storshiy, L. Karkoshning nomi bilan bog‘liq. 1920- yilda L. Barxash Farg‘ona shahrida, S. Storshiy Toshkent shahrida bi -rinchi bor basketbolchilar jamoasini tuzadi. U o‘yinchilarni o‘yin qoidalari bilan tanishtirib, ko‘rgazmali o‘yin o‘tkazadi.

Toshkentda birinchi o‘yin 1920- yilning sentabr oyida Vseobuch maydonida bo‘lib o‘tadi. Har bir jamoa tarkibida 9 kishidan iborat o‘yinchi bo‘lib, ular 28 × 16 metrli maydonda o‘ynar edilar. May-don ko‘ndalang chiziqlar bilan uch qismga bo‘linib, basketbolchi-lar uch himoyachi, uch yarim himoyachi va uch hujumchiga ajra-tilardi. Ular o‘z chiziqlarida o‘ynab, to‘pni savatga ikki qo‘l bilan pastdan otar edilar.

Basketbol seksiyalari keyinchalik Namangan, Samarqand va res-publikamizning turli shaharlaridagi korxonalar, fabrika va zavod-lar, boshqa tashkilotlarda ham tashkil qilina boshlandi. 1924- yil-da Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan Olimpiada dasturiga basketbol birinchi marta kiritildi. Musobaqalar 1922- yilda Moskva qoidalari asosida o‘tkazildi. O‘yin vaqti 40 daqiqa bo‘lib, har bir jamoa besh kishidan iborat edi (ikki nafar himoyachi, markaziy o‘yinchi va ik-kita hujumchi). Faqatgina markaziy hujumchi himoyachiga qaytib kelar va o‘yinda hech qanday kombinatsiya qo‘llanilmasdi. Jari-ma to‘plarini otish esa jamoaning bir nafar o‘yinchisi zimmasida

6

bo‘lardi. O‘yin davomida basketbolchini faqat jarohatlangandagina almashtirish mumkin edi. Dastlabki to‘p otishda markazdan bosh-laydigan basketbolchilar bitta qo‘llarini orqalariga qilib turishi, ja-moa hujumchilari esa old zonaga o‘tib turishi kerak edi.

Basketbolchining bir joyda to‘pni ikki soniyadan oshiq tutib turishi taqiqlanardi. To‘pni savatga ikki qo‘l bilan pastdan va bir qo‘l bilan yelkadan otish keng qo‘llaniladigan usullardan bo‘lib hi-soblangan.

Musobaqa qoidalari yildan yilga takomillashadi. Shchit maydon-ni chegaralovchi chiziqdan 60 sm ichkariga o‘rnatiladigan bo‘ldi.

Respublika bo‘ylab keng tarqalgan basketbol o‘yini 1927- yil-da Butun o‘zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi. Bu spartakiadaga tayyorlanish davrida ko‘pgina shaharlarda basketbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Spartakiadaga Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Samar-qand viloyatlarining jamoalari qatnashadilar.

1928- yilda II Butun o‘zbek spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Spar-takiadada Toshkent erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o‘rinni egalladi. Bu bellashuvda Moskvada o‘tkaziladigan Butunittifoq spartakiadasiga qatnashadigan terma jamoa a’zolari aniqlandi.

Butunittifoq spartakiadasida O‘zbekiston basketbolchilari birin-chi xalqaro uchrashuvni o‘tkazdilar. Ular Fransiya terma jamoasi bilan uchrashib, 49 : 12 (erkaklar) va 24 : 12 (ayollar) hisoblar bilan g‘alaba qozondilar.

1929- yildagi shaharlar birinchiligi uchun olib borilgan kurash-ga ishlab chiqarish jamoalari bilan bir qatorda, oliy o‘quv yurtla-rining jamoalari ham qatnashdilar. Shu yildan boshlab basketbol Butun o‘zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi va muntazam ravish-da respublika birinchiliklari o‘tkazila boshlandi. 1934- yilda bas-ketbol bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi O‘rta Osiyo spartakiadasida esa O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari birinchi o‘rinni egalladi.

Respublikamiz basketbolchilari O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston o‘rtasida o‘tkazilgan hamma spartakiadalarda 1952-

7

yilgacha birinchilikni qo‘ldan bermadilar. 1952- yilda va undan so‘ng ham ayollar jamoasi 1973- yilgacha Qozog‘iston jamoasini oldinga o‘tkazib, ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

1939- yilda mamlakatimizda musobaqaning yangi qoidalari joriy etildi. Bu qoidalar xalqaro musobaqalar qoidalariga moslab tuzilgandi. Masalan, musobaqalar «toza» o‘yin vaqti bo‘yicha o‘tkaziladigan bo‘ldi. Jamoalar boshqa zaxira basketbolchilarga ega bo‘lishga va bu basketbolchilarni xohlagancha almashtirib o‘ynashga ruxsat berildi. Yangi qoida bo‘yicha maydon ikki zonaga bo‘linib, «zona» qoidasi kiritildi. Basketbolchilarning to‘pni orqa zonada 10 soniyadan ortiq ushlab turishi taqiqlandi.

Yangi qoida bo‘yicha, savatiga to‘p tushgan jamoa baskebolchi-lari o‘yini markazdan emas, balki to‘pni o‘z zonalarining shchiti ortidagi chiziq orqasida o‘yinga kiritadigan bo‘lishdi. Jarima to‘pi-ni endi «jabrlangan» basketbolchining o‘zigina bajaradigan bo‘ldi. Yangi qoidalar qo‘lanishi o‘yinni birmuncha tez olib borishga, o‘yin texnikasi va taktikasining takomillashuviga olib keldi. Res-publikaning kuchli baketbolchilari to‘pni ko‘krakdan ikki qo‘llab va yelkadan bir qo‘llab uzatish kabi usullarni qo‘llay boshladilar.

Mahalliy millat erkaklar jamoalari o‘rtasidagi respublika chempionati 1945- yilda Andijonda bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 4 jamoa qatnashib, birinchi o‘rinni Samarqand, ikkinchi o‘rinni Namangan, uchinchi o‘rinni Andijon, to‘rtinchi o‘rinni Toshkent jamoalari egalladi.

1945- yilda Toshkentda III Butun o‘zbek spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Spartakiadaning basketbol turnirida 7 tadan ayollar va erkak-lar jamoalari qatnashdi. Birinchi o‘rinni Toshkent shahrining ayol-lar va erkaklar jamoalari egalladi.

1946- yilda Andijon mahalliy millat erkaklarning jamoalari o‘rtasida ikkinchi respublika chempionati o‘tkazildi.

1946- yilda o‘zbek basketbolchilari sobiq Ittifoq birinchiligi ning II guruhida qatnashib, ayollar 6- o‘rinni, erkaklar esa 11- o‘rinni egalladi.

8

1947- yilda mahalliy millat erkaklar jamoalari o‘rtasida uchin-chi respublika chempionati o‘tkazildi.

Xullas, 1946–1960- yillar respublikada basketbol o‘yinining rivojlanishida muhum bosqich bo‘ldi.

1960- yildan boshlab O‘zbekistonda basketbolining rivojlani-shida yangi bosqich boshlandi. Bu davrda ko‘plab yangi musoba-qalar tashkil qilindi, sport mashg‘ulotlarini yil bo‘yi muntazam olib borish yaxshi yo‘lga qo‘yildi.

1960–1966- yillarda Toshkentning «Mehnat» jamoasi tuzildi va jamoa bazasida tuzilgan respublika ayollar terma jamoasi yuqori natijalarga erishdi. Jamoa a’zolari 1961- yildan boshlab sobiq It-tifoq chempionatining «A» klassi bo‘yicha musobaqalarda qatna-shish huquqiga ega bo‘ldilar.

1965- yil sobiq Ittifoq birinchiligida «Mehnat» ayollar jamoa-si 4- o‘rinni egalladi. Bu musobaqalarda jamoaning hay’at a’zosi R. Salimova, T. Volnova, R. Belausova, N. Chernishova, A. Is-nova va T. Tomina O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston xo-tin-qizlari o‘rtasida birinchi bo‘lib basketbol bo‘yicha sobiq Ittifoq sporti ustasi normasini bajardilar.

1972- yildan boshlab O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya ins-tituti «SKIF» jamoasi bo‘lib sobiq Ittifoq birchiligida qatnashib keldi.

1972- yilda basketbol bo‘yicha «Universitet» erkaklar jamoasi tashkil etildi.

O‘YIN TEXNIKASI

O‘yin texnikasi bu musobaqaning aniq vazifalarini muvaffaqi-yatliroq hal qilishga imkoniyat beradigan usullar yig‘indisidir. «Texnika usuli» atamasi deganda deyarli bir xil o‘yin topshirig‘ini bajarishga yo‘naltirilgan va tuzilishi bo‘yicha strukturasi o‘xshash bo‘lgan harakatlar sistemasi tushuniladi. U yoki bu usul qo‘llani-

9

ladigan shart-sharoitlarning xilma-xilligi har bir usulni bajarish uslublarining shakllanishi va takomillashishiga qiziqishni kuchay-tiradi.

Bu usul, avvalo, asosiy harakatlantiruvchi strukturaning kine-matik, dinamik va ritmik strukturasining barqarorligi bilan xarak-terlanadi.

Shunday qilib, rivojlanishning har bir davridagi sportchi texni-kasi – bu o‘yinchilarga qoidalar doirasidan chiqmay, kurashning og‘ir vaziyatlarida muvaffaqiyatli harakat qilishga imkon beradi-gan eng samarali, amalda sinalgan vositadir. Bir lahzada vujudga keladigan o‘yin holatlarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun, basketbolchi har xil texnik usul yoki usullarni tanlab olishi, ularni tez va aniq bajarishi kerak.

Yuqori texnik mahorat belgilari:– berilgan o‘yin topshiriqlarini va himoyaning ikki-uch eng

yaxshi egallangan usullar bilan qo‘shilishidan mukammal bajarish uchun usul va usullarning eng maqbul hajmini erkin egallash;

– ko‘rsatilgan usullarning aniq va samarali bajarilishi;– xalaqit beradigan omillar – ma’lum darajada toliqish, psixo-

logik (ruhiy) keskinlik, og‘ir tashqi sharoit va hokazolar ta’sirida usullarning bajarilishi barqarorligi;

– raqib qarshi harakatining aniq variantlariga qarab texnik usul-lar (fazalari) qismlarini boshqara olish;

– usullarning bajarilish ishonchliligi. Bu ko‘p kunlik musobaqa davomidagi yuqori aniqlik va samaradorlik bilan u o‘yindan bu o‘yingacha salbiy ta’sir etuvchi og‘ishlarsiz aniqlanadi.

Basketbolda texnik usullarning bajarilishini ikki turga: sport-chining funksional faolligini emotsional faolini, inertsion va reaktiv kuchlarini, muskul qisqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha bir-biri-dan keskin farq qiluvchi yuqori (qisqa amplituda) va sekinlashtiril-gan tezlikka (keng amplituda) ajratish mumkin.

Keng amplitudali harakatlar paytidagi gavda bo‘g‘inlari harakat-larining tezligi nisbatan katta emas, shu sababli istalgan aniqlikka

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/273 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/273 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/273