ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè -...

22
%ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÎËÈÉ ÂÀ %ÐÒÀ ÌÀÕÑÓÑ Ò!ËÈÌ ÂÀÇÈÐËÈGÈ ÁÅÐÄÀ¹ ÍÎÌÈÄÀGÈ #ÀÐÀ¹ÀËÏι ÄÀÂËÀÒ ÓÍÈÂÅÐÑÈÒÅÒÈ Åêîëîãèÿ âà ôèçèîëîãèÿ êàôåäðàñè ÉÓÐÀÊ-¹ÎÍ ÒÎÌÈÐËÀÐ ÔÈÇÈÎËÎÃÈßÑÈ ôàíèäàí ìàðóçà ìàòíè Òóçóâ÷è` Ìàòóðàçîâà Ý. No’kis

Upload: vantruc

Post on 27-Jul-2018

257 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

%ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÎËÈÉ ÂÀ %ÐÒÀ ÌÀÕÑÓÑ Ò!ËÈÌ ÂÀÇÈÐËÈGÈ

ÁÅÐÄÀ¹ ÍÎÌÈÄÀGÈ #ÀÐÀ¹ÀËÏι ÄÀÂËÀÒ ÓÍÈÂÅÐÑÈÒÅÒÈ

Åêîëîãèÿ âà ôèçèîëîãèÿ êàôåäðàñè

ÉÓÐÀÊ-¹ÎÍ ÒÎÌÈÐËÀÐ ÔÈÇÈÎËÎÃÈßÑÈ ôàíèäàí ìà’ðóçà ìàòíè

Òóçóâ÷è` Ìàòóðàçîâà Ý.

No’kis

Page 2: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Yurak-qon tomir tizimi funktsiyalarining yoshga oid xususiyatlari va

ularning jismoniy faoliyatdagi ah’amiyati.

Reja:

1. Kirish. 2. Asosiy qism. 2.1. Qon, qon aylanish tizimi va uning funktsiyalari. 2.1.1. Qon tarkibi va uning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari. 2.2. Jismoniy faoliyat va uning fiziologik asoslari 2.3. Jismoniy faoliyatda qon tizimida yuzaga keladigan o’zgarishlar. 2.4. Yurak-qon tomir tizimining yoshga oid xususiyatlari va jismoniy faoliyat. 3. Yakuniy qism (xulosalar). Adabiyotlar.

Kirish. Bajaraladigan h’ar qanday jismoniy ish, muskul h’arakati tanadagi barcha

tizim va azolar funktsiyasiga faol tasir qiladi. Masalan, oddiy h’araktlar-yurish, chopish, sakrash, qo’l meh’nati va h’okazolar yurak urishi, nafas olish, moddalar almashinuvi, qon aylanish, qon bosimi, oshqozon-ichak tizimi funktsiyasi kabi tiriklik faoliyatilarni tezlashtiradi. Og’ir jismoniy meh’nat qilishda esa kuzatiladiganbunday o’zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu h’olat organizm uchun befarq bo’lmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish zaminida sog’lik va salomatlikni muh’ofaza qilish, meh’nat unumdorligini oshirish, h’alqlar va davlatlar o’rtasida do’stlik munosabatlari o’rnatish va mustaxkamlash kabi tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul h’arakati tanadagi barcha tizim va azolar funktsiyasiga faol tasir qiladi.

Salomatlik bir kishi emas, balki butun jamiyat boyligidir. Uni mustaxkamlash, saqlash inson umrini uzaytirish, samarali, faol xayot kechirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish Respublikamizda eng ustivor maqsadlardan biri qilib belgilangan. Ah’oli salomatligini yaxshilashda odamlarning jismoniy faoliyat va sport bitlan shug’ullanishi katta samara berishi yaxshi malumdir. Akademik V.V. Parin (1969 y.) takidlab o’tganidek “Jismoniy faoliyat organizmda almashinuv jarayonlari darajasi, h’amda suyak, muskul va yurak-qon tomir tizimi h’olatlarini belgilaydigan omillar qatoriga kiradi”. Lekin xozirgi davr muammolaridan biri aynan kamh’arakatlik bo’lib, u tobora rivojlanib borib er yuzi ah’olisi salomatligiga katta taxdid solmoqda. Bir kechayu-kunduzda odam organizmi o’rta h’isobda taxminan 2800-3800 kkal. energiya sarf qilishi va undan 1200-1900 kkal energiya jismoniy faollikga

Page 3: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

sarflanishi kerak bo’lsa, rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatgich oxirgi 100 yil ichida 200 barobar kamayib ketganligi takidlanmoqda. Jismoniy faoliyat va sport organizdma ayniqsa yoshga bog’liq o’zgarishlar – jismoniy va aqliy qobiliyatlar, immunitet, turli stresslarga qarshilik kuchi kamayishi, yurak –qon tomir tizimida yuz beradigan kamchiliklar rivojlanish vaqtini ancha orqaga suradi. Bunda birinchi navbatda organizmning qon va yurak – qon tomir tizimlaridagi adaptatsion o’zgarishlari katta ah’amiyatga ega. Chunki bu tizim organizm ichki muh’iti barqarorligini saqlash, modda va energiya almashinuvi jadalligini belgilash va h’okazo h’ayotiy jarayonlarni to’g’ri borishida asosiy rol o’ynaydi.

Faol h’arakatning cheklanishi bilan organizmdagi barcha azolarning meyoriy ishlashi buziladi, chunki ular asosan h’arakat qilib turish sharoitdagina o’z funktsiyalarini to’liq bajaradilar. Shuning uchun h’am jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishi lozim.

Faol h’arakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib ketishini h’am tegishli ravishda taminlaydi.

Hozirgi paytda shu narsa ilmiy ravishda asoslanganini arterial qon bosimining yuqori bo’lishi (gipertoniya), miokard infarkti, asab tizimining qator xastaliklari (nevroz, nevrosteniya, deprissiya va boshqalar), o’t va siydik yo’llarida tosh paydo bo’lishi kabi «zamon kasalliklari» ko’pincha jismimizning h’arakatga «to’ymasligi»dan kelib chiqadi. Aytib o’tiladigan kasalliklar bilan og’rigan bemorlarning aksariyat qismi o’tirib bajariladigan ish bilan (idora xodimlari, ilmiy xodimlar, pult boshqaruv tizimida navbatchilik qiluvchilar, rah’barlar va boshqalar) shug’ullanishligi aniqlangan. Yuqorida qayd qilingan kasb egalarining doimiy ravishda ish joyida badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan yoki maxsus sport sektsiyalarida shug’ullanishi eslatib o’tilgan xastaliklarning chekinishiga, salomatliklarining mustah’kamlanishiga olib kelgan (Qurbonov va boshqalar, 2007).

Yurak-qon tomir tizimidagi yoshga oid o’zgarishlar bu tizimni organizmning jismoniy faoliyatini etarli amalga oshirishdagi ishtirokini taminlab turadi. Har bir rivojlanish bosqichida organizmning jismoniy imkoniyatlari bu tizimning funktsional h’olati bilan belgilanadi. Jismoniy faoliyat va sport bilan shug’ullanishning organizmga, xususan qon tizimiga tasir etishi murakkab bo’lib, uning davomliligi, intensivligi va ayniısa organizmningyoshiga bog’liq bo’ladi. Masalan, maksimal quvvatli va engil jismoniy mashqlarning organizmninga tasiri bir biridan tamoman farq qilishi mumkin. Vah’olanki, turli sport muassasa, maktab va litseylar, sog’likni saqlash kabi tashkilotlarda bu muammoga bag’ishlangan ilmiy va o’quv-uslubiy materiallar etarli emas.

2. Asosiy qism. Malumki, o’rta yoshli va keksa kishilar yosh nuqtai nazaridan fiziologiyada 4 davrga bo’lib o’rganiladi.

Page 4: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

1. Wrta yoshli 45 – 59 yosh 2. Keksalik 60 – 74 yosh 3. Qarilik 75-90 yosh 4. Uzoq umr ko’ruvchilar – 90 va undan yuqori.

Ёshning bu davrlari shartli bo’lib yoshga qarab organizmning morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari h’ar xil bo’ladi. Shu sababli kishining biologik yoki taqvimiy yoshga to’g’ri kelmasligi mumkin, bazi kishilar yoshiga nisbatan keksaroq yoki teskarisicha bo’lishi h’am mumkin. Har xil sotsial – iqtisodiy sharoitlar, optimal h’arakat rejimi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanib borish, maqsadli tibbiyot xizmati kishining biologik yoshini cho’zishi mumkin. Boshqa fikrlarga ko’ra organizmning keksarishiga sabab undagi qismlarning eyilishidir, qanchalik organizm ko’p va tez ishlasa uning to’qimalari shunchalik tez ado bo’ladi. Lekin bu fikr unchalik to’g’ri emas chunki faol h’ayot kechirib, ko’p ishlaydigan olimlar bosh miya nerv h’ujayralarining boshqa kasbdagi kishilarga qaraganda ko’p ishlashiga qaramasdan uzoq yillar yashashi aniqlangan. Uchinchi fikrga ko’ra h’ar bir odam tug’ilganida uning malum «energiya zah’irasi» bo’ladi, uni ko’p sarflasa kam yashaydi, iqtisod qilib sarflasa uzoq vaqt yashaydi. Hozirgi kunga kelib bu g’oyalarning barchasi to’lig’incha to’g’ri emasligi isbotlangan. Keksarishda asosiy sabab h’ujayra tsitoplazmasi yangilanishining sekinlashib borishidir. Keksarib borgan sari organizimda dissimilyatsiya assimilyatsiyaga qaraganda kuchayib boradi. Keksarishda yana markaziy nerv tizimi va endokrin bezlarda bo’ladigan o’zgarishlar muh’im o’rin tutadi. Ayniqsa gipotalamusda kuzatiladigan nuqsonlar tufayli gipofiz ishi yaxshi boshqarilmay qoladi, natijada barcha ichki sekretsiya bezlari va nerv tizimi faoliyatida kuzatiladigan boshqarish va muh’itga moslashish izdan chiqib kishi keksarish oqibatida o’z faoliyatini bir tekis seknilashtirmaydi, masalan, buyraklarda ok-sidlanish jarayonlari 11% ga kamayganda, yurak muskullarida bu ko’rsatgich 28% jigarda esa 34% ni tashkil qiladi.

2.1. Qon, qon aylanish tizimi va uning funktsiyalari.

Qon odam tanasida qon tomirlari bo’ylab to’xtovsiz h’arakat qilib turadi. Qon limfa h’olida to’qimalararo suyuqlik bilan birgalikda organizmning ichki muh’itini tashkil qiladi. U tanadagi h’ujayra to’qimalar bilan faqat to’qimalararo suyuqliklar yordamida aloqa qilib turadi. Qondan to’qimalarga oqib kelgan moddalar dastlab to’qimalararo suyuqlikka, undan to’qimaga o’tadi. Hujayralar va to’qimalarda moddalar almashinuvi natijasida h’osil bo’gan keraksiz moddalar h’am dastlab to’qimalararo suyuqlikka va undan limfaga o’tadi. Limfa esa o’z navbatida qonga borib qo’shiladi. Qonning bajaradigan funktsiyalari juda muh’im bo’lib, ular asosan quydagilardan iborat:

Page 5: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

1) Oziqlanishda ishtirok etish, oziq moddalar, uglevodlar, oqsillar, yog’lar, vitaminlar va mineral moddalarni tana bo’ylab tashish bilan belgilanadi.

2) Nafas olishda qon muh’im ah’amiyat kasb etib, o’pkadan barcha to’qima va h’ujayralarga O2 u erdan o’pkaga CO2 ni tashiydi.

3) Ajratish funktsiyasi to’qima va h’ujayralarda moddalar almashinuvi bois h’osil bo’ladigan oxirgi mah’sulotlarni tanadan chiqarib yuborish bilan xarakterlanadi. Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan sut kislotasi yog’larning chala parchalanishidan yuzaga keladigan ketonlar, ammiak, mochevina, siydik kislotasi, kreatinin va boshqalar kiradi.

4) Himoya funktsiyasi qonning turli qismlari tomonidan yot moddalarning (mikroblar va boshqalar) zararsizlantirilishi bilan xarakterlanadi. Masalan, qon oqsillari immunitet h’osil bo’lishida, oqqon tanachalari esa mikroblarni zararsizlantirishda (fagotsitozlik yo’li bilan) faol ishtirok qiladi (fagotsitozlik rus olimi İ.İ.Mechnikov tomonidan 1882 yili ochilgan).

5) Gumoral funktsiya - kon tarkibidagi biologik faol moddalar (masalan, gormonlar) vositasida azolar va tizimlarning bir-biriga bog’lanishi bilan xarakterlanadi.

6) Termoregulyator funktsiya - tana issiqligini boshqarib borishi bilan xarakterlanadi. Masalan, tananing chuqur qismida vujudga kelgan h’aroratni isigan qon tana yuzasiga olib chiqadi.

7) Tanada suv va tuzlar almashinuvida ishtirok qilish funktsiyasi, arterial kapillyarlarda suv va tuzlarning to’qimaga venoz kapillyarlarda esa suyuqliklar va tuzlarning to’qimalardan qonga qaytarilishi bilan xarakterlanadi.

2.1.1. Qon tarkibi va uning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari. Qon zardob yoki plazma (40-45 %), h’amda shaklli elementlardan (55-60 %)

iborat. Qonning tarkibi va fizikaviy xususiyatlari unga kelib qo’shiladigan va ajralib chiqib ketadigan moddalar miqdori va tarkibiga bog’liq. Odamda qon miqdori umumiy tana massasining 6-8 % tashkil qilib o’rtacha 5-6 litrga teng, 14 yoshli bolalarda esa uning miqdori 9 % ga etishi mumkin. Qonning h’ammasi bir yo’la tomirlarda oqib yurmasdan uning taxminan 45-50 % i jigar, taloq, teri va o’pkalarda zaxira saqlanadi, shuning uchun bu azolarni qon deposi deyiladi. Zaxira qon tarkibida gemoglabin va shaklli elementlar oqib yurgan qonga qaraganda 15 % ko’p bo’ladi. Zaxira qon tomirlariga past atmosfera bosimi paytida, ko’p qon yo’qotilganida h’amda muskul faoliyati davrida chiqadi. Qon malum yopishqoqlikka ega bo’lib, uning bu xususiyati suvga nisbatan 5 marta ziyod va u qondagi oqsillar h’amda shaklli elementlar tufayli yuzaga keladi. Sportchining uzoq vaqt mashq qilishi natijasida qonning yopishqoqligi oshadi. Qonning yana bir fizikaviy xususiyati yani solishtirma og’irligi suvga nisbatan yuqori bo’lib 1,05-1,06 ga teng.

Qonning osmotik bosimi qondagi tuzlar kontsentratsiyasi bilan belgilanadi. (odamda bu ko’rsatgich 0,9 %), u shaklli elementlar va boshqa h’ujayralar yarimo’tkazgich membranasi orqali erituvchining (suvning) kontsentratsiyasi kam tomondan kontsentratsiya ko’p tomonga o’tgan ko’rsatgichidir (kuchidir). Malumki, membrana orqali suv o’tib, h’ar qanday moddalar o’tavermaydi.

Page 6: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Osmotik bosim tufayli, tanadagi barcha suyuqliklarning kontsentratsiyasi malum fiziologik meyorda ushlab turiladi. Suyuqlik osmotik bosimi shaklli elementlar ichidagi osmotik bosimdan yuqori bo’lsa-gipertonik, oz bo’lsa-gipotonik, baravar bo’lsa-izotonik eritma deyiladi. Shuning uchun qonda shaklli elementlar va plazma osmotik bosimi malum nisbatda bo’lishi yashash uchun shart. Qon osmotik bosimi organizmda murakkab tizim bilan boshqarilib boriladi (qon tomirlarida, to’qimalar va gipotalamusda bo’ladigan maxsus osmoretseptorlar orqali), bu o’rinda teri va buyraklar juda katta ah’amiyatga ega.

Qonning onkotik bosimi qondagi oqsillar bilan yuzaga keltiriladiganosmotik bosimdir (oqsil miqdori qonda 7-8 %). Onkotik bosim to’qimalardagi suvning qon tomirlariga o’tishini belgilaydigan kapillyarlardagi gidrostatik bosimdir. Masalan, arteriya kapillyarlarida u 35 mm simob ustuniga teng, shuning uchun h’am bu joyda qon zardobi qon tomiridan to’qimalarga o’tadi, venalarda esa kam va suyuqlik qonga (to’qimalardan) o’tadi. Demak onkotik va gidrostatik bosim tufayli to’qimalararo suyuqlik va qon orasida moddalar almashinuvi doimiy h’olda sodir bo’lib turadi.

Qon reaktsiyasi N+ va ON – ionlari kontsentratsiyasi bilan belgilanadi. Qonda bu ko’rsatgich N+ bilan h’isoblanadi rN (inglizcha Poo’er of Hydragen – vodorodning kuchi). u vodorod ionlari kontsentratsiyasining teskari logorifmi ifodasi. rN odamda 7,35-7,47.

Qon reaktsiyasining doim bir xil bo’lishida bufer tizimlar, o’pkalar orqali So2 ning chiqarilishi va buyraklar orqali kislotali mah’sulotlarning chiqarilishi muh’im ah’amiyatlidir. Bufer tizimlar karbonat, fosfor, qon plazmasi oqsillari va gemoglabindan iborat. Karbonat bufer N2 SO3 , NaHCO3 , KHCO3 . Agar qon plazmasida kislota ko’paysa(N2 SO3 dan kuchli bo’lsa) uning anioni natriy kationi bilan birikib neytral tuz beradi, vodorod ionlari NSO3 anioni bilan birikib beqaror ko’mir kislota h’osil bo’ladi, u esa o’z navbatida N2O va SO2 parchalanib ketadi.

Fosfatli bufer tizimiga NaH2 RO4 , Na2 HRO4 larni olish mumkin. Ularning biri kislotalik, ikkinchisi ishqorlik xususiyatiga ega. Plazma oqsillari amfoterlik xususiti bilan (kislota bilan asos sifatida, asos bilan kislota sifatida reaktsiyaga kirishish) qon reaktsiyasini birdek saqlaydi.

Gemoglobin qon bufer tizimining 75 % tashkil qiladi (oksigemoglabin-kislotali, sof gemoglabin-kuchsiz kislotali xususiyatga ega). Odatda qonda kislotalik moddalar ko’proq bo’ladi. Shuning uchun uning ishqorlik rezervini aniqlash fiziologiya amaliyotida muh’imdir. Qon reaktsiyasining kislotalik tomonga og’ishi – atsidoz ishqorli tomonga og’ishi – alkoloz deyiladi.

Qon zardobi yoki plazmasi organik va anorganik moddalarning suvdagi eritmasidir. Uning tarkibida 90 % oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mochevina, siydik kislotasi, sut kislotasi, mineral moddalar, erigan gazlar, vitaminlar, gormonlar va fermentlar bo’ladi.

Zardob oqsillar qon yopishqoqligini h’amda qon reaktsiyasini belgilaydi. Qon bosim uning yopishqoqligiga bog’liq, qon qancha yopishqoq bo’lsa bosim shuncha yuqori bo’ladi. Yana ular aytib o’tilganidek immunitetni yuzaga keltiradi, qon ivishida faol qatnashadi, siydik limfa h’osil bo’lishida qatnashadi. Ularda uglevodlardan glyukozaning zardobidagi miqdori o’rtacha 0,1 %, sut kislotasi esa

Page 7: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

h’ar 100ml qonda 12-15 mg anorganik moddalar plazmada ionlarga parchalangan tuzlar kuo’rinishida o’rtacha 1% tashkil qiladi. Eng ko’p uchraydigan ionlar Na va Cl bo’lsa kamroq uchraydigani K,Ca va Mg ionlari. Bu moddalardan K yurak urishini sekinlashtirsa Sa tezlashtiradi. Yana Ca qon ivishida qatnashadi.

Eritrotsitlar (qizil qon tanachalari) leykotsitlar (oq qon tanachalari) va

tromobotsitlardan ( qln plastinkalari) iborat (. . .rasm, Seropegin va boshqalar 87 bet, ris. 30). Qizil qon tanachalarining umumiy yuzasi odamda 3800m2 (tananikidan 1500 mata katta). Eritrotsit membranasi orqali suv, gazlar, N+ioni, ON-, Sl- HCO-

3 annonlari o’tib, ko’pgina kationlar va oqsillar o’taolmaydi. Eritrotsitlarning quruq qoldig’ida 95% gemoglabin, qolganlari lipid, uglevod, tuzlar va fermentlardir. Eritrotsitning rilib gemoglabin chiqishi gemoliz deyiladi. Odamda oqib turgan qlndagi eritrotsitlar soni 25.1012-30⋅1012gacha Odamning 1mm3qonida o’rtacha 4-5mln eritrotsit bor. U yadrosiz bo’lib, diametri 7-8mk qalinligi 2-3 mk.Ularning vazifalari: 1) O2 va SO2tashish. 2) Oziq moddalarni biriktirib borish;3) organizm kislot ishqor nisbatini bir xil saqlash; 4) Suv – tuz almashinuvida qatnashish; 5) Qon ivish jarayonini faollashtirishda qatnashish.

Eritrotsitlarda mavjud bo’lgan oqsillardan gemoglabin muh’im ah’amiyatga ega. Bitta eritrotsitda 400mln gemoglabin molekulasi bo’ladi. uning tarkibi oddiy globin va oqsilsiz pigment–gemdan iborat.

Gemoglabin tarkibida ikkivalent Fe temir elementi 1 g gemoglabinda 3,5 mg bo’ladi. O2 va SO2 ning tashilishda asosiy fungktsiya gemoglabinga tegishlidir. Odam qonida gemoglabin miqdori -14,0 g/100sm3 65 kg odamda bilan birikkan gemoglabin (NVO2) oksigemoglabin deyiladi. Oksigemoglabin ochiq qizil rangli, shuning uchun arterial qon aynan shu rangda bo’ladi. O2ajralgan gemoglabin redutsirlangan gemoglabin deyiladi va qoramtir qizil rangda bo’ladi venozqon. SO2 bilan birikkan gemoglabin karbogemoglabin deyiladi. Gemoglabin (is gazi) bilan ancha barqaror brikma h’osil qiladi. (O2 va Nv ning yaqinligi nisbatan SO va Nv yaqinligi 300 marta ziyod va bunday paytda kislorodga nisbatan kuchli chaqqonlik paydo bo’ladi 9Kusish, bosh og’rig’i, h’ushdan ketish).

Yurak va tana muskullarida yana bir pigment-mioglobin bo’lib, u o’zida O2 saqlab turish xususiyatiga ega.

Eritrotsitlar malum cho’kish reaktsiyasiga ega(plazmaga nisbatan solishtirma massasi yuqoriligi uchun). Erkaklarda bir soatida 5-9mm, xoti-qizlarda 8-10mm. Xomildorlik, tanadagi yallig’lanish bu jarayonni tezlashtiradi. Kuchli jismoniy mashq bu protsessni sekinlashtiradi.

Oq qon tanachalari (leykotsitlar) eritrotsitlarga nisbatan ancha kam, odam qonning 1mm3da 6000-8000 ta bo’ladi. Ularning soni sutkalik turli soatlarda va organizimning h’ar xil funktsional h’olatlarida masalan jismoniy mashq qilganda o’zgarib turadi. Ularning ko’payishi leykotsitoz, kamayishi-leykopeniya deyiladi.

Leykotsitoz ikki xil, yani fiziologik ( h’omiladorlik davrida, ovqatlanishdan, jismoniy ishdan keyin, ruh’iy-h’issiy kechinmalar, ( og’riq natijasida) va reaktiv organizimda bo’ladigan yallig’lanish va infektsion kassaliklar tufayli h’olda sodir bo’ladi. Leykopeniya ko’pincha nur kasalligiga to’lqin va dori-darmonlarni ko’plab qabul qilish natijasidir. Barcha turdagi

Page 8: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

leykotsitlar amyobasimon h’arakat qiladi (40 mk/ min tezlik bilan). Leykotsitlar malum kimyoviy qitiqlagichlar tasirida kapillyarlar endotelitsidan chiqadi va mikroblari o’z tsitoplazmasi bilan o’rab olib h’azm qiladi(fagotsitoz), bir leykotsit 15-20 bakteriyani saranjomlaydi. Leykotsitlar organizimni h’imoya qiladigan maxsus modda antitelalar ishlab chiqaradi (antibakterial, antitoksin xusuiyatlarga ega bo’lgan).

Leykotsitlarda bir qator fermentlar h’am bo’ladi (protezalar, peptidazalar, diastazalar, lipazalar, dezoksiribonukleazalar). Leykotsitlar tsitoplazmasida donachalari bor(granulatsitlar) va donachalari yo’q (agranulotsitlar) gruh’larga bo’linadi.

Granulotsitlar umumiy leykotsitlarning 60% ni tashkil qiladi va ularning yashash muddati 2 sutka . Ularning o’zi ranglanish xususiyatiga ko’ra yana uchga bo’linadi (eozinofiya, bazofil va neytrofil).

Agronulotsitlar ikkiga bo’linadi, yani limfotsitlar va monotsitlar. Limfotsitlar limfatik tugunlarda, taloqda, ayrisimon bezda, ilikda, monotsitlar esa suyak iligida h’osil bo’ladi. Leykotsitlar 3-10 kun umr ko’radi.

Trombotsitlar yoki qon plastinkalari (soni 1mm3 da 200,000-400,000), 5-11 kun yashaydi.

Ovqatlanishdan keyin, jismoniy ish bajarganda, h’omiladorlik natijasida trombotsitlar soni ko’payib ketadi. Ular qon ivishida qatnashadi (Uzidan maxsus ferementlar ajratib), organizimning immunobiologik reaktsiyalarida qatnashadi.

Qonning ivishi muh’im biologik jarayon bo’lib, buning uchun h’ar bir qon tomiri devorida malum olimlar bor, masalan tomirning shikastlanishi u erdagi elektr zaryadini manfiy tomonga buradi va oqibatda tromboitlar bir-biriga yopishib (kleylanib) aroh’at og’zini yopadi, qon iviydi.

Tomirlarda oqib yuradigan qonning ivimasligi geparin moddasi taminlaydi, u protrombinni trombinga aylanishni, tromboplastin, fibrin h’osil bo’lishini to’xtatib turadi. Yana qonda trombinni parchalab yuboradigan antitrombin bo’ladi. Qon ivish ivimasligi murakkab neyrogumoral mexanizimlar bilan amalga oshirilib turiladi. Turli stress h’olatlar, ruh’iy zo’riqishlar qon ivish jarayonini tezlashtiradi. Strees h’olatlarida qon ivishni tezlashtiradigan gormonlar-adrenalin va noradrenalinlardir.

Qon guruh’lari to’g’risida dastlabki ilmiy malumot 1901 yili Avstraliyalik olim Karl Landeshteyner tomonidan berilgan. Turli odamlar qoni bir-biriga aralashtirilganida bazan eritrotsitlar bir-biriga yopishib (agglyutinatsiya) qoladi. Bunga asosiy sabab eritrotsitlarda bo’ladigan antigenlar - agglyutinogenlar (A, V) va plazmada uchraydigan antitelalar agglyutininlardir. I guruh’ – faqat agglyutininlar, II guruh’da agelyutinogen A va aggliyutenin v, III guruxda agglyutinogen V va agglyutinogen b, IV guruh’da faqat A va V agglyutinogenlar uchraydi xolos.

Evropaliklarning 40% I qon guruh’iga, 40 dan ko’prog’i II qon guruh’iga, 10 % - III qon guruh’iga va 6% yaqini IV qon guruh’iga ega.

Qon quyish katta biologik ah’amiyatga ega. Uni malum sxema bilan olib boriladi. Hozir asosan o’z guruh’i qonini bir-biriga qo’yish tavsiya qilanadi.

Page 9: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Chunki bazi bir omillar agglyutinatsiyaga shular h’isobiga olingan h’olda qon quyishda quydagilarga rioya qilinadi: 1. Donor ( qon oluvchi) va retsipent (qon beruvchi) qoni bir guruh’ga mansub

bo’lishi kerak. 2. Rezus-manfiy odamga rezus-musbat qonni quyish mumkin emas. 3. Bir donor qonini muayyan retsipientga qayta qo’ymaslik lozim.

Rezus–omil. 1940 yil K. Landshteyner va İ.Vinerlar qonda qo’shimcha agglyutinogen borligini aniqladilar va uni rezus-agglyutinogen yoki rezus omil deb atashadi. ( Maymun makkaki-rezus qonini quyonlarga ko’yish yo’li bilan ). Odamlarning 85%- qonida bu omil mavjud, ularni rezus musbat bo’lmaydiganini rezus-manfiy guruh’larga mansub bo’ladi. Agar rezus-musbat qon rezus-manfiy qoni bor odamga quyilsa rezus agglyutinilar h’osil bo’ladi. Shu odamga rezus musbat qon ikkinchi marta quyilsa oldin h’osil bo’lgan rezus agglyutinin tasirida eritotsitlar agglyutinatsiyaga uchraydi bu Xayot uchun juda xavfi h’isoblanadi..

Limfa qon h’osilasi h’isoblanadi. Limfa h’osil bo’lishi dastlab K.Lyudvig tomonidan tushuntirilgan bo’lib uning takidlanishicha bu suyuqlik kapillyarlar va to’qimalar orasidagi gidrostatik bosim farqidan h’osil bo’ladi. Keyinchalik bu g’oyani E. Starling rivojlantirib limfa h’osil bo’lishida yana onkotik bosim h’am muh’im deydi. Limfa h’am qon singari organizm ichki muh’itini bir xil saqlashda qatnashadi. Limfa tanada suv taqsimlanishida, ovqat h’azm bo’lishida, sut h’osil bo’lishida, moddalar almashinuvida immunologik reaktsiyalarda qatnashadi.

Limfa nordon mazali, ishqoriy reaktsiyali (rn-7,35-9,0) rangsiz suyuqlik. U eng ko’p jigarda h’osil bo’ladi.(1kg-ga 21-36 ml), yana yurakda (5-18ml) taloqda (3-12ml) va muskullarda (2-3ml) h’osil bo’ladi. Limfa tarkibida fibrinogen va trambin bo’lganligi uchun u ivishi mumkin.

Stress reaktsiyalar limfa h’osil bo’lishini kuchaytiradi. Limfa tarkibi

Zichligi - 1,017 – 1,026 g/sm3 Ёpishqoqligi - 1,7 -2,0 (suvga nisbatan) RN - 8,0 - 9,0 Suv - 94,0 - 95,0% Oqsillar (albumin, globulin va – 30,0 – 50,0 g/l fibrinogenlar)

Ёg’ - 0,4 - 0,9 % Kationlar: Na+_ 1,0 – 2,0 g/l K+ _ 0,8 – 2,0 G/l Ca+ +_ 0,01 – 0,1 g/l

2.2. Jismoniy faoliyat va uning fiziologik asoslari Jismoniy faoliyat bilan shug’ullanish yoki mashq qilish deb u yoki bu h’arakatlarni amalga oshirib malum jismoniy ish bajarish yoki sportning malum turi bo’yicha yuqori malakaga va natijalariga erishish uchun amalda maxsus

Page 10: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

h’arakatlarini bajarish jarayoniga aytiladi. Mashq qilish o’z ichiga jismoniy, texnikaviy, taktik, manaviy va irodaviy kabi tayyogarliklarni oladi. Shulardan ikkitasini yani jismoniy va texnik tayyorgarlikni fiziologik asoslari mavjud (Farfel, 1969). Jismoniy tayyorgarlik bo’yicha o’tkaziladigan mashqlar organizimning funktsional imkoniyatlarini, h’arakatning sifat ko’rsatgichlarini (kuch, tezlik, chidamlilik va chaqqonlik) oshiradi. Mashq qilishdagi texnik tayyorgarlik esa sportchi organizimining h’arakat malakasini oshiradi. Mashq qilishning maksimal darajaga erishuvchan taminlay oladigan organizm h’olati sport formasi deyiladi. Sport formasiga erishgan sportchilarda natijalar yuqori va barqaror bo’ladi. Bundan tashqari bunday sportchilar bevosita mashq qilish jarayonida h’amda standart h’arakatlarini bajarishda fiziologik funktsiyalardan tejab foydalanadi. Maksimal darajadagi ish bajarishda esa energetik resuruslardan unumli foydalaniladi. Sportchining yuqori sport formasida ekanligi erishilgan sport natijalari dinamikasi bilan belgilanadi. Maksimal sport natijalarining qayd qilinishi bir tekis bo’lmasdan to’lqinsimon bo’ladi. Sportchining individual xususiyatlari, h’arakat faoliyatining turi va boshqa omillardan katiy nazar yuqori darajada mashq qilganlik yoki sport formasi bir yo’la 2-4 oy saqlanishi mumkin, xolos. Undan uzoq davr ichida yuqori sport formasida turish h’addan tashqari ko’p mashq qilganlik alomatlariga va u bilan bir qator sal-biy h’olatlarga olib kelishi mumkin. Sportning qaysi turi bo’lmasdan mashq qilish jarayoni malum tartibda tuziladi. Har bir mashq qilish texnik tomondan bir necha qismlarga bo’linadi. Birinchi qism-kirish qismi, bunda sportchi bo’lajak ish uchun tayyorlanadi. Dastavval razminka qilinadi. Razminka, ko’rib o’tilganidek, umumiy va maxsus qismlardan iborat, uning umumiy qismi nerv sistemasiga optimal qo’zg’alishini uyg’otish, moddalar almashinuvi va tana h’aroratini malum darajaga ko’tarish, nafas olish va qon aylanish tizimi ishini yuqori funktsional h’olatga yo’llash kabi h’olatlar bilan xarakterlanadi. Keyin bajariladigan maxsus qism esa bo’lajak ishda bevosita qatnashadigan muskullar tizimida optimal qo’zg’aluvchanlikni vujudga keltiradi. Shuning uchun h’am razminka uchun maxsus h’arakatlar tanlab olinadi. Razminka natijasida sportchi organizmida ishga kirishish. Razminka natijasida sportchi organizimda ishga kirishish h’olati sodir bo’lishi kerak. İkkinchi qism-asosiy qism bo’lib, bunda texnik, umumiy va maxsus tayyorgarlik amalga oshiriladi. Bu qismning mazmuni, uslubi sportchiga beriladigan yuklamaning h’ajmini va intensivligini aniqlaydi. Bu qismda bajariladigan h’arakatlar bo’lajak qaytarilish jarayonini kuchaytirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bevostia ishga qatnashgan muskullarining tarangligi asta-sekin kamaytiriladi. Mashq qilishning ko’rib o’tilgan qismlarini yurak urishini (pulsni) h’isoblab aniqlash tavsiya qilinadi. Birinchi qismda u tezlasha boshlashi, ikkinchi qismda maksimumga etishi va nih’oyat uchinchi qismda bir muncha sekinlashishi kerak. Sportchining umumiy tayyorgarligi yoki mashq qilganligi uning malum sport turi bilan shug’ullanishida muh’im ah’amiyatga ega. Shuning uchun h’am

Page 11: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

jismoniy tarbiyaning muh’im vazifalaridan biri «Mashq qilganlikning mashq qildirishdir». Bunday h’olat dastlabki paytlarda, yani mashq qilishning boshida ko’proq ah’amiyatli. Keyinchalik, yoki yuqori malakaga erishilganidan keyin esa umumiy jismoniy tayyorgarlik h’am maxsus(o’z soh’asiga yaqin) mashqlar yordamida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Mashq qilishning umumiy printsiplari yana biri bu mashq qilishning uzluksiz davom ettirilishidir. Bu printsip o’z o’rnida mashq qilishning shartli reflektor faoliyat ekanligini ko’rsatadi. Mashq qilish orasidagi katta tanaffus yoki uzilish h’osil bo’lgan vaqtincha bog’lanishi (shartli refleksni) yo’qolishiga olib keladi. Shuning uchun mashq qilish uzluksiz davom ettirildi, oradagi tanaffus h’am sportchining tayyorgarlik darajasi va individual xususiyatlariga ko’ra tanlab olinadi. Mana shunda mashq qilish unumli bo’ladi. Ko’pincha mashq qilish organizm ish qobilyati yuqori bo’lganida amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Lekin bazan chidamlilikni kuchaytirish uchun ish qobilyati oshmasa h’am mashq qilinadi. Mashq qilish orasida tanaffus 1-20 minutgacha bo’lishi mumkin. Hafta davomida qayta mashqlar o’rtasidagi oraliq vaqt 48 soatdan ko’p bo’lmasligi kerak, aks h’olda mashq qilganlikning samaradorligi yo’qoladi. Sportchining jismoniy tayyorgarligi yuqori bo’lganidan esa mashq qilish h’aftasida 5-6 marta va h’atto bir kunda ikki marta bo’lishi mumkin.

Sportchining qaysi turi bilan bo’lmasin u bilan mashq qilish yil davomida davriy xarakterga ega bo’ladi. Bunda uch xil davr farqlanadi, yani mashq qilishning tayyorgarlik ko’rish davri, musobaqa davri va o’tish davri. Tayyorgarlik ko’rish davrining o’zi ikkiga bo’linadi, birinchi davrida umumiy jismoniy tayyorgarlikka ah’amiyat berilsa, ikkinchi davrda esa sport formasiga o’tish xarakterlidir. Tayyorgarlik ko’rish davrida mashq qilish yuklamasi asta-sekin oshirib boriladi. Uning ikkinchi qismida maksimal yuklama h’am berilishi kerak. Tayyorgarlik ko’rish davri 3-4 oydan oshmasligi kerak. Musobaqa davrida musobaqalarda bevosita qatnashish bilan xarakterlanadi. Unda sport formasi bir oz kuchaytiriladi, bajariladigan yuklamaning h’ajmi uning tezligiga qaraganda ancha yuqori bo’ladi. Bu davrning h’am yillik davom etishi 4-5 oydan oshmasligi kerak. Wtish davriga kelib musobaqalarda qatnashish to’xtatiladi, yana bajariladigan yuklamalar h’am kamaytiriladi. Bu davrning xarakterli xususiyati shuki, unda organizimining dam olish uchun sharoit yaratadi. Ko’pincha faol dam olishga o’tiladi( musobaqalarda bajaradigan h’arakat faoliyatiga aloqasi bo’lmagan h’arakat qilish). Bu davr 4-5 h’afta davom etishi kerak. Mashq qilishda bajariladigan yuklama asta-sekin ko’paytirilib borish kerak, aks h’olda mashq qilishning samarasi bo’lmaydi. Beriladigan yuklama ko’paytirilib borilmasa bir xil yuklamaga organizm o’rganib qoladi, unda superkompensatsiya h’olatlari kuzatilmaydi, natijada organizimning funktsional h’olati bir nuqtada to’xtab, mashq qilganlik rivojlanmaydi. Bu juda muh’im narsa. Mashq jarayonida yuklamaning ko’paytirilishi bir tekisda bo’lmasdan to’lqinsimon o’tadi, yuklama h’ajmi ko’paysa uning intensivligi kamayadi, intensiv oshsa yuklama h’ajmi kamayadi.

Page 12: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Mashq qilishda yana shu narsa muh’imki, sportchiga vaqti-vaqti bilan maksimal yuklama h’am berilishi kerak, shunda uning organizimidagi barcha tizimlar ishi mumkammallashadi, sportchi o’zgargan ichki muh’it sharoitida ishlashga o’rganadi va h’okazo. Mashq qilishning bir qancha usullari bo’lib, ularni ikki guruh’ga bo’lish mumkin, yani qaytarma o’zgargan mashq qilish, qaytarma mashq qilish bir xil mashqlarni qaytarish bilan xarakterlanadi. U sportning barcha turlarida h’am qo’llananiladi va bir xil yuklamaning o’zgarishsiz (tarkibi, surati va doimiyligi) takrorlanib turishi bilan ajralib turadi. Bunday mashq qilish kuch, tezlik, chidamlilik va chaqqonlik oshirib borishi maqsadida o’tkaziladi. Wzgartirilib turiladigan mashq qilishda yuklamaning intesivligi, miqdori yoki tarkibi o’zgargan h’olda ko’p martalab takrorlab turiladi. Bunday mashq qilish tyfayli h’arakat malakasi va organizmning funktsional h’olati kuchaytiriladi (asosan tezlikka nisbatan chidamlilikni oshiradi). Mashq qilishlar qanday usullar bilan olib borilmasin uning unumli bo’lishi uchun qayta mashq qilish organizm ish qobilyati to’liq tiklangandan keyin bajarilishi kerak.

Mashq qilganlikning fiziologik ko’rsatgichlari Mashq qilish natijasida organizimda qator morfologik va fiziologik

o’zgarishlar ro’y berishi h’aqida gapirib o’tgan edik. Ularning katta-kichikligi bajariladigan muskul faoliyatining va sportchining o’ziga xos xususiyatilariga bog’liq.

Mashq qilish tufayli organizimda sodir bo’lgan bunday o’zgarishlar tinch turgan paytda, ayniqsa malum jismoniy faoliyat amalga oshirilganida yaqqol ko’zga tashlanadi.

Jismoniy faoliyat va mashq qilishning azo va tizimlarga tasiri. Mashq qilish dastavval yurak muskullarining gipertrofiyasiga olib keladi va

uni ishchi gipertrofiyasi deb aytiladi. Odatda ishchi gipertrofiyasi yurak veskulyarizatsiyasining (veskulum-tomirlar) oshishiga olib keladi. Hayvonlar ustida olib borilgan tajribalar bu vaqtda yurak muskullarida sezilarli biokimyoviy o’zgarishlar yuzaga kelishini ko’rsatadi.

Gipertrofiya bilan bir qator yurak kameralarida kengayish sodir bo’ladi. Bu narsa qorinchalar zah’ira h’ajmining ko’payishiga olib keladi, natijada yurak bevosita ish bajarganida bu imkoniyatdan foydalanib qisqargan paytda odatdagidan ko’p qon chiqaradi. Boshqacha aytganda bevosita ish bajarishda uning sistolik va minutlik h’ajmi ko’payadi. Bu fikrlar pastdagi rasmda o’z aksini topgan.

Yurak urish sonining (chastotasining) h’ar xil sport bilan shug’ullanuvchilarda turlicha bo’lishi ushbu jadvalga keltirlgan.

Yuqori malakali sportchilarda tinchlik h’olatida o’rtacha yurak

urish soni. Sport soh’asi Tinchlik h’olatida 1

daqiqada yurak urish soni

(chastotasi) Uzoq masofaga yugurish 45

Page 13: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Velosport 44 Suzish 49

Voleybol 51 Qisqa masofaga

yugurish 53

Futbol 55 Kurash 58

Og’ir atletka 61 Sport bilan

shug’ullanmaydiganlarda67

Yurak faoliyatida jismoniy ish tufayli sodir bo’ladigan o’zgarishlar EKG

parametlarida yaqqol ko’rinadi. Sportchilarda mashq qilmaganlarga nisbatan sinusli eritmiya, R tishning pasayishi va T tishlarning kuchayishi va boshqalar kuzatiladi. Bu o’zgarishlar sportchilar yuragining miokardida mashq qilish natijasida funktsional imkoniyatlar oshishini ko’rsatadi. Tinchlik h’olatda yurak urishning kamayishi sportchilarga xos bo’lgan

xususiyatlardan biridir. Odatda sportchi yuragi minutiga 50-55 marta uradi. Uzoq masofalarga yuguruvchilarda esa bu ko’rsatgich bazan 36-30 gacha tushishi mumkin.

Sportchilarda yurakning sistolik h’ajmi ko’proq bo’ladi, shuning uchun ularda yurak kamroq h’arakat qilsada minutlik h’ajmi kamaymaydi.

Sportchilarda qon bosmi ko’pincha ular tinch turganida past bo’ladi. Mashq qilganlar organizmida zah’ira energiya beruvchi moddalar muskullardagi glikogen va kreantinfosfat bir muncha ko’payadi.

Mashq qilgan sportchilarda muskullar yo’g’on tolali bo’lib, sarkolemmalar ancha qalinlashadi, sarkoplazma miqdori oshadi, eng muh’imi ularda qon aylanish ancha yaxshilanadi. Mashq qilgan muskullarda h’ar 100 tolaga 98 kapillyar to’g’ri kelsa, mashq qilmaganlarda 46 kapillyar bo’ladi (o’rtacha). Sportchilarda qon shaklli elementlarga boy bo’ladi, 1 ml3 qonda eritrotsitlar soni 4,7 mln gemoglabin 14,5 g. foizga teng bo’ladi. Buning natijasida qonnning kislorodni umumiy qabul qilib olish imkoniyati kengayadi. Mashq qilganlarida mashq qilmaganlarga nisbatan tinchlik h’olatida nafas olish soni siyrak bo’lib, bir vaqtning o’zida bu jarayon chuqur bo’ladi. Nafas olish chastotasi ularda minutiga 8-12 dan oshmaydi (mashq qilmaganlarda 15-20 marta). Nafas olishning chuqurligi bois uning h’arakat qilish chastotasi kamaysada o’pkaning minutlik h’ajmi o’zgarmaydi. Wpakaning tiriklik sig’imi mashq qilganlarda ancha yuqori bo’ladi (5000-7000 ml). Ayniqsa bu uzoq masofalarga yuguruvchilarda, suzuvchilarda, chag’ichilarda, eshkak sporti bilan shug’ullanuvchilarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ularda nafas olish muskullari ancha rivojlanagan, h’amda nafas olishni ixtiyoriy to’xtatib turish qobilyati bilan o’lchanadi. Yaxshi mashq qilgan sportchilarda u ancha davomli bo’ladi. Buni ushbu jadvalda yaqqol ko’rishimiz mumkin.

Page 14: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Turli xil darajada mashq qilgan sportchilarda nafas olishning ixtiyoriy to’xtatib turilishi (sek).

Shug’ullanish muddati

Sport razryadi

Tekshiruvchilar soni

Nafas olishning to’xtatilishi vaqti(sek)

Bir yilgacha 2-3 22 96,4 ± 6,1(sek) 1 yildan 3.5 yilgacha

1-2 29 124,6± 6,4 (sek)

4 yildan ko’p Eslatma: M:-

M, 1-2 Sport ustasi.

42 149,9 ± 4,4(sek)

Bundan tashqari mashq qilgan sportchilar atmosfera h’avosida kislorod kamligiga ko’proq bardoshli bo’ladi. Harakat apparati. Mashq qilish tufayli muskullardagi tarkibiy qayta ko’rish gipertrofiya h’olati morfologik tomondan keng ko’lamda o’rganilgan va u antropometrik o’lchashlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Yana bu vaqtda tana muskullarning funktsional h’olati h’am o’zgaradi, masalan, mashq qilish tufayli muskullarda qo’zg’aluvchanlik oshib boradi. Bulardan tashqari mashq qilish tufayli tana muskullarida propriretsoptor sezgisi mukammalashadi, ish qobilyati oshib boradi. Suyaklarda h’am sezilarli o’zgarishilar ro’y beradi, suyakning yuza qismida g’adir-budirlik paydo bo’ladi, suyakning ko’ndalang kesimi uzayadi, suyak atrofidagi po’stloq (suyak pardasi) ancha-muncha qalinlashadi, uning mexanik oshadi.

Standart mashqlar bajarilganida mashq qilganlikning fiziologik ko’rsatgichlari. Mashq qilgan va mashq qilmagan organizimlar unchalik og’ir bo’lmagan standart h’arakatlarni bajarishda bir-biridan yaqqol ajralib turadi. Standart mashq bajarilganida qon aylanish, nafas olish, nerv va muskul tizimlarning ishi, qon va siydik tarkibi tekshirilib ko’riladi. Chunonochi mashq qilgan odam yuragi sandart h’arakatga nisbatan o’z chastotasini unchalik ko’p tezlashtirmaydi, bir vaqtning o’zida mashq qilmagan odamda ayni h’arakat yurak urish chastotasining ancha tezlashishi bilan amalga oshiriladi. Arterial qon bosimi h’aqida shu narsani aytish mumkinki, sportchilarda standart h’arakatga nisbatan maksimal qon bosimi sport bilan shug’ullanmaganlarga nisbatan pastroq bo’ladi. Minimal qon bosimi h’am bunday sharoitida karoq o’zgaradi. Standart mashqlarga nisbatan organizm reaktsiyasi mashq qilganlik darajasiga ko’ra o’zgarib boradi, agar u yoki bu tizim reaktsiyasi ikki tekshiriluvchida bir xil bo’lsa, demak ular bir xil funktsional tayyorgarlikka ega ekan. Shuning uchun bu usul sportchilarning mashq qilganlik darajasini aniqlashda muh’im ah’amiyat kasb etadi. Odatda h’ar ikki oyda bunday tekshirish olib boriladi. Agar standart yuklamaga nisbatan qayd qilinadigan reaktsiyalar kamayib borsa mashq qilganlikning oshib borayotganligi h’aqida xulosa qilinadi.

Page 15: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Sportchilar standart yuklamalarni bajarishda unga sarflanadigan energiyani tejab ishlaydi. Masalan, chang’ida bir xil tezlikda yugurish bo’lganida malum masofani sportchilar sport bilan shug’ullanmaganlarga ko’ra 18-20 % energiya kam sarflab bosib o’tadi. Og’ir jismoniy mashq bajarganda mashq qilganlikning fiziologik ko’rsatgichlari. Organizimning mashq qilganligi uning standart yuklamalariga nisbatan reaktsiyasidan tashqari o’ziga xos maksimal yuklamalarga nisbatan munosabati bilan aniqlanadi. Maksimal yuklamalar organizimning ishni bajara olmasdan qolish darajasigacha (nih’oyatda charchab qolguncha) borishi bilan belgilanadi. Uni labaratoriya sharoitida, yoki tabiiy h’olatda h’am amalga oshirish mumkin. Shu yo’l bilan organizimining funktsional zah’irasi imkoniyatlarini h’isoblash mumkn.

Qon tizimi. Maksimal suratda bajariladigan jismoniy yuklamaga sportchi va sportchi

bo’lmaganlarda h’am yurak-qon tomirlar tizimi bir xil reaktsiya berish mumkin (yurak urish soni ikkalasida h’am minutiga 190-220 atrofida). Lekin sportchilarda bir vaqtning o’zida yurakning sistolik h’ajmi katta bo’ladi. Sportchilar yuragining minutlik h’ajmini maksimal ish bajarganda tinch turgandagiga nisbatan 10 martagcha oshishi mumkin. Sistolik bosim sportchilarda maksimal yuklama bajarilganida tezroq maksimumga erishib (180-220 mm sim. ust) shu h’olda ish oxirigacha saqlanishi mumkin. Sport bilan shug’ulllanmaydiganlar esa bu h’ol kuzatilmaydi, yani maksimal sistolik bosim ish oxirigacha saqlanmaydi. Diastolik bosim ko’p o’zgarishiga uchramaydi va bu o’zgarishlar sport bilan shug’ullangan va shug’ullanmaganlarda bir xil bo’lishi mumkin. Bazan juda katta yuklama bajarishda diastolik bosim keskin pasayib ketishi h’am mumkin, bu h’ol sortchi bo’lmaganlarda tezroq sodir bo’ladi (pastagi chizmaga qarang). Maksimal yuklama bajarilganida sportchilarda (A) va sport bilan shug’ullanmaganlarda (V) qon bosimining o’zgarishi. Maksimal yuklama bajarish muskullarida moddalar almashinuvini kuchaytirib qoldiq moddalarning to’planishiga olib keladi va natijada bu moddalarning miqdori qonda ko’payib ketadi (masalan, sut kislotasi). Sportchilar qonida sut kislotasining miqdori 300 mg/ga borganda h’am ular ishni davom ettirishi mumkin. Sport bilan shug’ullanmaganlar esa qonda sut kislotasining miqdori bu darajada oshganida ishni to’xtatishga majbur bo’ladi. Yana uzoq masofalarga yugurish qonda glyukoza miqdorini keskin kamaytirib yuborishi mumkin. Sportchilar qonida glyukoza miqdori 50 mg% bo’lganida h’am ular ishni davom ettira oladi. Sport bilan shug’ullanmaganlar esa bu ah’volda ishni davom ettira olmaydi. Nafas olish azolari.

Mashq qilish o’pkaning h’am morfo-funktsional h’olatiga tasir ko’rsatadi. Masalan, mashq qilish natijasida o’pkaning minutlik h’ajmi oshib boradi. Konkida

Page 16: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

mashq qiluvchilarda bu ko’rsatgich mashq qilishning boshida 147,9 l bo’lgan bo’lsa, oxiriga kelib 160,6 l-ga chiqadi.

2.3. Jismoniy faoliyatda qon tizimida yuzaga keladigan o’zgarishlar Jismoniy mashq va jismoniy ish qilish barcha tizimlarga shu jumladan yurak–qon tomir tizimida o’zgarishlarga olib keladi.

Jismoniy mashq qilganlikniing organizm fiziologik ko’rsatgichlariga tasiri.

Maksimal ish bajarilganda Mashq qilmaganlarda

Mashq qilganlarda

Wpka ventiliyatsiyasi (l/min) 50-70 150-200 O2 ining maksimal o’zlashtirilishi (l/min) 2,5-3,0 5,0-6,0 Yurak urish chastotasi (1 min) 160-180 200-220 Yurakning minutlik h’ajmi (l) 20 35-40 Yurakning sistolik h’ajmi (ml) 110-130 150-200 Qondagi shakar miqdori (mg %) 50-gacha 30-gacha

Bunda yana qon tarkibining o’zgarishi yuz beradi. Bu o’zgarishlar

chuqurligi jismoniy faoliyatning davom etish muddatiga, tezligiga bog’liq. Qonda bo’ladigan bunday o’zgarishlar bevosita jismoniy mashq bajaraliyotgan paytdan tashqari undan oldin (sport oldi reaktsiyasi) va keyin h’am kuzatiladi . Dastavval jismoniy faoliyat qon shaklli element larning ko’payishiga olib keladi. Bu xilda leykotsitlarning ko’payishi miogen leykotsitoz deyilib u uch xil bo’ladi. 1.Limfatsitor leykotsitoz, bunda oq qon tanachalari 1mm3 10-12000 ga etadi. 2. Birlamchi neytrofil leykotsitoz, bunda leykotsitlar soni 1 mm3 qonda 16-18000 gacha ko’payadi. 3. İkkilamchi neytrafil leykotsitoz, oq qon tanachalari 1 mm3 qonda 30-50000 gacha ko’payadi. Bu h’ol juda og’ir va davomli muskul faoliyatida kuzatiladi. Jismoniy mashq qondagi gemoglobin, glyukoza, yog’lar, ferementlarning ko’payishiga olib keladi. Kuchli jismoniy mashq qon tarkibidagi ayrim chala oksidlangan moddalar miqdorini ko’paytiradi. Masalan 100ml qonda sut kislotasining miqdori 200-250 mg etishi mumkin. Bu meyorga nisbatan 20-25 marta ko’pdir. Jismoniy faoliyat natijasida konda kechadigan uzgarishlar muskullarning yuqori samara bilan ishlashini taminlaydi va bunda organizmn ichki muh’itining doimiyligi nisbatan barqaror saqlanadi. Qon tizimida yuz beradigan o’zgarishlar jismoniy faoliyatning davomliligi va intensivligiga bog’liq bo’ladi. Har qanday jismoniy faoliyatning boshlanishida qonda ichki sekretsiya bezlari tomonidan ajratiladigan bazi gormonlar miqdori oshadi. İshning davom etishi bilan organizmda gormonlarning foni o’zgarib boradi (bazi gormonlarning miqdori oshsa, bazilariniki kamayadi). Jismoniy faoliyat davomligi h’addan

Page 17: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

tashqari oshib ketsa, ichki sekretsiya bezlarining gormon h’osil qilish qobiliyati susayib ketadi. Asta sekin qon tarkibida gormonlar miqdori juda h’am kamayib ketib, boshqa omillar qatorida jismoniy faoliyatning to’xtashiga olib keladi. U yoki bu kuchlanishdagi jismoniy faoliyatning boshlanishida qon tarkibida qand moddasi miqdorining dastlabki oshib borishi kuzatiladi. Bu xodisa qandning (glyukozaning) zaxira joylaridan (jigardan) chiqishi sababli ro’y beradi. Qondagi qand moddasi miyaning asosiy oziqa moddasi bo’lgani kabi jismoniy faoliyatning boshlanishida bu modda muskullarning h’am asosiy oziqa moddasi bo’lib xizmat qiladi. Jismoniy faoliyatning davom etishi bilan qon tarkibida qand moddasi miqdori meyor darajaga kelib, keyinchalik ancha kamayib ketadi. Uzoq davom etadigan jismoniy faoliyatda yuzaga keladigan qon qandining kamayib ketishi organizmni oziqa manba sifatida yog’larni ishlatishga undaydi. Bunda yog’lar o’z zaxiralaridan (jigarda) chiqib, ishning 20-, 30-minutlarida ularning qondagi miqdori oshadi. İshning davom etishi bilan qondagi yog’ miqdori kamayadi. Bu esa o’z navbatida uzoq davom etgan jismoniy ishni (masalan marafon yugurishni) to’xtashiga olib keladi. Ёg’lani parchalanishi uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bo’lib, u katta miqdordagi kislorodni talab qiladi. Shunga ko’ra bu jarayon faqatgina o’rtacha intensivlikdagi davomli yuklama sharoitida amalga oshishi mumkin. Jismoniy ish bajarish vaqtida qonga yog’lar faqat jigardan ajralishi mumkin. Teri osti yog to’qimasi yog’larining parchalanishi tiklanish davrida amalga oshadi. Yuqori masuliyatli musobaqalarda emotsional zo’riqish sportchiga charchashni yengishga yordam beradi va agar shu sharoitda amalga oshiriladigan intensiv jismoniy faoliyat qonda va jigardagi yog’ miqdorini tugatgan bo’lsa, bunday h’olatda organizm enenrgiya manbai sifatida oqsillarni ishlatishni boshlashi mumkin. İntensiv jismoniy faoliyatda energiya olish maqsadida faqatgina engil parchalanadigan quyimolekulyar oqsillar ishlatiladi. Buning uchun immunoglobulinlar yaxshi to’g’ri keladi. Bunday sharoitlarda immunoglobulinlar miqdori kamayib ketishidan xatto ularni aniqlab bo’lmay qoladi. Trenirovka qilmagan odam organizmi oqsillar parchalanishidan ajraladigan energiya h’isobiga amalga oshadigan ishni davom etishga qodir bo’lmaydi. Jismoniy faoliyat etarli darajada davomli va intensiv bo’lganda (bir necha o’n daqiqa davomidagi yugurish) qon tomirlaridagi plazmaning bir qismi u erdan chiqib, h’ujayralararo suyuqlikka qo’shilib ketadi. Bu h’odisa qonda kislorod tashiydigan eritrotsitlar, h’amda boshqa shaklli elementlar miqdorini oshiradi. Bunday sharoitda bir xil xajmdagi qon miqdori ishlab turgan muskullarga ko’proq kislorod etkazib beradi. Lekin bunda qonnin qovushqog’ligi oshadi va yurak ishini og’irlashtiradi. Agar jismoniy faoliyat etarli darajadagi intensivlikda bo’lib, bir necha o’n minutdan ortiq davom etsa, qonga zaxira joylaridan (taloq, limfatik tugunlar, qizil suyak ko’migi, o’pka, jigar) malum miqdorda shaklli elementlar qo’shiladi (eritrotsit, trombotsit, leykotsit). Qonga qo’shimcha shaklli elementlarning chiqishi qondagi ularning kontsentratsiyasini yanada oshirib yuboradi. Qonda eritrotsitlar miqdorining oshishi tana h’ujayralariga kislorodni etkazilishini va ulardan karbonatangidritni olib organizmdan chiqarilishini kuchaytirsa,

Page 18: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

leykotsitlar miqdorining oshib ketishi organizmning ximoya funktsiyasini kuchaytiradi. Trombotsitlarning qondagi miqdorining oshishi qon ivish darajasini oshiradi. Muskul faoliyati uchun eritrotsitlar miqdorining oshishi eng katta ah’amiyatga egadir, chunki muskul to’qimasiga kislorodni etkizish tezligi uning ishlash qobiliyatini belgilaydigan asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Uzoq davom etadigan va jadal ter ajralishi bilan amalga oshirilgan jismoniy faoliyatda (bir necha o’n daqiqa va undan uzoq) qon ter suqligi bilan qo’shimcha plazma suyukligini yo’qotadi, qaysikim qonning qovushqog’ligini yanada oshiradi. Jismoniy faoliyatda qon qovushqog’ligining umumiy oshishi 70 % -ga etishi mumkin (qo’shimcha shaklli elementlarning qonga chiqishi, ter bilan plazma suyuqligining yo’qotilishi, plazma suyuqligining h’o’jayralararo suyuqligiga qo’shilib ketishi va boshqa omillar) Jismoniy faoliyat davrida muskullarning jadal ishlashi natijasi bo’lmish qondagi parchalanish maxsulotlari miqdorining oshishi kuzatiladi. Agar bajarilayotgan ish urta intensivlikda bo’lsa (yani o’rta quvvatli ishda) parchalanish maxsulotlarining qondagi miqdori katta bo’lmaydi, chunki ularning ko’pchiligi karbonat angidrid va suvgacha parchalanib organizmdan ajratish azolari orqali chiqarib yuboriladi. Agar jismoniy ish bundan kattaroq quvvatda bo’lsa (submaksimal va undan og’ir ish -800-3000 m –ga yugurish) parchalanish maxsulotlarining h’osil bo’lish tezligi ularni ajratish tezligidan sezilarli darajada yuqori bo’ladi. Bundan tashqari parchalanish maxsulotlari oxirigacha suv va karbonat angidridgacha parchalanmay qolib, qonda qisman oksidlangan h’olda to’planadi va natijada qonning kislota-ishqor (rN) muvozanatini o’zgartiradi. Bunday sharoitda qondagi qisman oksidlangan maxsulotlarning yig’ilishi jismoniy faoliyatning susayib ketishi va h’atto uning to’xtab qolishini yuzaga keltiradigan muh’im omillardan biri bo’li h’isoblanadi. Qonda eritrotsitlar kontsentratsiyasining oshishi uning o’pkada kislorod bilan yuqori darajada to’yinishini taminlaydi. Yani jismoniy faoliyat vaqtida tinchlik h’olatdagiga nisbatan arterial qon kislorodga ancha boy bo’ladi. Shu bilan birga ishlab turagan muskullar tinch h’olatdagilariga nisbatan ko’proq kislorod sarf qiladi va shu bilan qon tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Shunday qilib, venoz qon jismoniy ish qilish vaqtida tinchlik h’olatdagiga nisbatan kislorodga to’yinish darajasi yanada pastroq va karbonatangidridga to’yinish darajasi esa yanada yuqoriroq bo’ladi. 2.4. Yurak-qon tomir tizimining yoshga oid xususiyatlari va jismoniy faoliyat. Ёsh bola organizmidagi yurak-qon tomir tizimi kattalarnikidan farq qiladi. Bola tug’ilishi bilan yurak-qon tomir tizimining mofo-funktsional qayta qurilishi yuz beradib, kichik qon aylanish doirasi faoliyat ko’rsatib boshlaydi. Ёsh bolalarda arteriyalar venalarga nisbatan kengroq bo’lib, kuchliroq rivojlangan bo’ladi. Shuningdek kapilyar tizimi h’am kuchli rivojlangan bo’ladi. Yurakning qon xaydash kuchi kamligi sababli kattalarnikiga qaraganda bolarda arterial bosi pastroq bo’ladi. Bunga yana qon tomirlar elastikligi va ularnig kengroqligi sabab bo’ladi.

Page 19: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Ёsh bolalar organizmida qon aylanish tizimi qator anatomik o’ziga h’os xususiyatlar bilan farqlanib, ular yurakning patologiyasi va funktsional qobiliyatlarida o’z aksini topadi. Yangi tug’ilgan bola yuragi nisbatan yirik bo’lib, tana massasining 0,8 % -ni tashkil qiladi. 3 yoshga borib yurak massasi tana massasinig 0,5 % -ni tashkil qiladi, yani katta odam yuragi kakbi bo’ladi. İkki yoshgacha asosan bo’lmachalar, 10 yoshgacha qorinchalar jadal rivojlanadi. Lekin bolalik davrning barcha davrlarida yurak h’ajmining oshib borishi tana o’sishidan orqada boradi. Yangi tug’ilgan bola yuragi sharsimon shaklga ega bo’ladi, chunki bunda qorinchalar xali yaxshi rivojlanmagan va bo’lmachalar o’lchami nisbatan kattaroq bo’ladi. 6 yoshda yurak katta odamlarnikiga o’xshash oval shaklga ega bo’lib boradi.

Yurakning joylashishi bola yoshiga bog’liq. Tug’ilgandan ikki yoshli bo’lguncha ulada diafragma yuqori joylashganligi sababli yurak gorizontal joylashadi. 23 yoshga borib uning joylashishi qiyalashadi. Yangi tug’ilgan bolalar yuraginging o’ng va chap tomoni devorlari qalinligi deyarli bir xil bo’ladi. Asta sekin yurak yuklamasi oshib borgan sari chap qorincha devori o’ng tomondagiga nisbatan qalinlashib boradi.

Bola bir necha h’afta vo oylik bo’lguncha qon tomirlar va yurakning o’ng va chap tomonlari orasida turli ko’rinishdagi aloqalar, bo’lmachalar orasidagi oval teshikcha, arterial oqim yo’li, kichik qon aylanish doirasidagi arteriolo-venulyar anastamozlar va boshqalar saqlanib qoladi. Bular natijasida qon yuqori bosimli kameradan kichik bosimli kameraga qisman oqib o’tadi. Bazi h’ollarda (o’pka gipertenziyasi, nafas olishdagi etishmovchiliklar) o’pka arteriyasida va yurakning o’ng kameralarida bosim oshib, qon oqimi buzilishi, arterial qonning venoz qon bilan qo’shilib ketishi (o’ngdan chapga shuntlanish) yuz berishi mumkin.

Ёsh bola orgaizmida qon tomirlari ancha keng bo’ladi. Venalar kengligi arteriyalar kengligiga teng bo’ladi. Venalar jadallroq o’sib, 15-16 yoshga borib arteriyalardan 2 barobar keng bo’lib qoladi. 10 yoshgacha aorta o’pka arteriyasidan torrroq bo’ladi, asta-sekin ular diametri tenglashadi va bolog’at yoshga borib aorta diametri o’pka arteriyasidan katta bo’lib qoladi.

Ёsh organizmda kapillyarlar yaxshi rivojlanga bo’ladi. Katta odamlarnikiga qaraganda ularning o’tkazuvanlik xususiyatlari yuqori bo’ladi. Kapillyarlar kengligi va ularning ko’pligi qon turib qolish h’odisasi yuz berish eh’timolini oshiradi. Shu sababli bu yoshdagi bolalarda pnevmoniya va osteomielit kasalliklar ko’proq uchraydi.

Bolalarda qon oqimi tezligi katta bo’lib, yoshi katalashgan sari tomirlar ko’lami oshishi va yurak urish chastotasi kamayishi bilan u sekinlashib boradi. Ularda arterial puls kattalarnikiga qaraganda tezroq bo’ladi. Buning sababi shundaki yosh oragnizmda yurak qisqaruvchanligi yuqori, adashgan nervning yurakka tasiri kam va modda almashinuvi darajasi yuqori bo’ladi. Tana to’qimalaring qonga bo’lgan talabini qondirilishi yurakning h’ajmi emas, balki uning urish tezligini oshirish bilan amalga oshiriladi.

Eng katta yurak urish tezligi chaqaloqlarda kuzatiladi (1 daqiqada 120-140 -ta). Kattargan sari bu tezlik kichiklashadi, va 1 yoshga borib bu ko’rsatgich 110-

Page 20: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

120 –taga, 5 yoshga – 100 –taga, 10 yoshga – 90-taga, 12-13 yoshga borib 80-70 -tagacha tushadi.

Kichik yoshda puls katta labillik bilan ajralib turadi. Bola yig’lashi, baqirishi yoki tana h’aroratining oshishi pulsni oshirib yuboradi. Bolalar pulsi uchun nafas aritmiyasi h’osdir, yani nafas olganda u tezlashib, chiqarganda sekinlashadi. Ularda arterial bosim kattalarnikiga nisbatan past bo’ladi. Bola yoshi qancha kichik bo’lsa arterial bosim h’am shuncha past bo’ladi. Arterial qon bosimning pastligi chap qarincha h’ajmining kichikligi, qon tomirlari ancha kengligi va arterial qon tomirlar devorlari elastikligidan kelib chiqadi.

Bolalarda nisbiy yurak massasi va kon tomirlar kengligining katta bo’lishi kattalar organizmidagiga qaraganda qon aylanish sharoitlari ancha engil bo’ladi. Nisbiy qon massasi kattaligi va almashinuv jarayonlarining o’ziga h’os xususiyatlarga ega ekanligi yosh yurakka katta talab qyyadi. Shunga ko’ra yosh bola yuragining ishlash qobiliyati katta odamnikiga qaraganda yuqori bo’ladi. Keksarish boshlanishi bilan organizmning anaerob imkoniyatlari kamayib keta boshlaydi. Kislorodning maksimal o’zlashtirilishi 60-70 yoshlilarda 20-30 yoshli erkak va ayollarda bo’ladigan ko’rsatgichning 45-50 % ni tashkil qiladi, xolos. Qarib borgan sari O2 etishmaydigan sharoitda ishlash shuncha og’ir bo’la boshlaydi. Bunday odamlar qonida O2 ning kamayishiga chidamsiz bo’ladilar, shuning uchun h’am ularda nafas olishni ixtiyoriy to’xtatib turish vaqti yosh organizmlarga qaraganda ancha kam bo’ladi. Agar yoshlar qonda kislorodning kamayishi 80-84 % borguncha nafas olishni to’xtatib turish imkoniyatiga ega bo’lsalar, keksalar bu ko’rsatgich 88-90 tushishi bilan ixtiyoriy ravishda nafas olishni to’xtatib turishni tark etishadi. Keksarib borgan sari ateroskleroz, gipertoniya xastaliklari tez-tez uchrab turadi. Yurakda qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik qisqaruvchanlik pasayadi, yurak muskullaridagi mitoxondriyalar va ularning oksidlantirish xususiyatlari kuchsizlanadi. Yana yurak muskullarida glikogen zaxirasi va ATF va kreatinfosfot kabi energiyaga boy birikmalarning yangilanib turishi qiyinlashib qoladi. Yurak urish chastotasi kamayadi, yurakning sistolik va minutlik h’ajmi ozayadi. Keksa kishilarda o’rta yoshli odamlarga qaraganda yurakning sistolik h’ajmi 23 %, minutlik h’ajmi ega 24 % kamayadi.

BMT departamenti malumotlariga qaraganda, 60 va undan katta yoshdagi axoli soni 1950 y. 188 mln, 1970 y. 298 mln., 2000 y. 685 mln kishini tashkil qilgan. Kesa yoshagi axoli sonining oxirgi 50 yil ichida uch barobar oshishi umumiy axoli soning oshishiga nisbatan ancha yuqori darajadadir. Bu qonuniyat Uzbekiston Respublikasi uchun h’am h’osdir.

Ёsh o’tib borgan sayin yurakning o’z-o’zini idora qilish qobiliyati susayib boradi. Olib borilgan tekshirishlarga ko’ra, yurak ritmidagi o’zgarishlar yosh oshib borgan sayin tobora chuqurlashib boradi. Yani, yurakka vegetativ tizimning parasimpatik tonus tasiri kamayadi, simpatik tonuslar tasiri oshadi. Bunda yurakning adaptatsion xususiyatlari susayib boradi, uning sistolik h’ajmi kamayadi. Brandfondrener taqdim etgan malumotlarga ko’ra, uchinchi o’n yillikdan boshlab sistolik h’ajm kamayib boradi, 50 yoshdan boshlab bu ko’rsatgich yiliga 1 %-ga tushib boradi.

Page 21: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Shunday qilib, qarish natijasida qon-tomir tizimida qator strukturali va funktsional o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar shunchaki involyutsion yoki buzilishga olib keladigan xodisalar bo’lib qolmasdan, balki kompensator va moslashtiruvchi, yani adaptatsion mexanizm asosida organizmni adekvat ravishda qon bilan taminlanishini belgilaydigan jarayonlardir bo’lib xizmat qiladi. Ёsh o’tib borishi bilan yurak-qon tomir tizimining adaptatsion chegaralari torayib boradi va bu mexanizmning ishonchliligi kamayib boradi, yurak ritmining vareabelligi kamayib boradi.

3. Yakuniy qism (xulosalar). Bitiruv malakaviy ishni bajarishda yig’iogan maieriallarni o’rganish va

tah’lil qilishda quydagi xulosalar kelib chiqadi. Yurak-qon tomir tizimi organizmda h’ujayra va to’qimalarni qon bilan

taminlash va qon o’zining barcha funktsiyalarini bajarishida kerakli sharoit yaratib beradi. Bu tizimning morfo-funktsional h’olati va tegishli ravishda uning faoliyati organizmnig shaxsiy rivodlanish davriga qarab rivojlanib boradi. Odam xayotining h’ar bir bosqichida organizm oldida qo’yiladigan yangi talablarni bajarilishda bu tizim asosiy rol o’ynaydi.

Organizm xayot davomida o’sish va rivojlanish bilan bir qatorda malum faoliyatda bo’lib turadi va doimiy ravishda energiya sarfi amalga oshib turadi. Bunda ayniqsa katta energiya jismoniy faoliyatga sarflanadi. Organizmni energiya bilan taminlanishi h’ar bir h’ujayraga organik moddalardan oksidlanish va energiya ajratish uchun kislorod etkazib turishi asosiy shart h’isoblanadi. Wpkada kislorod bilan to’yingan qonni tanaga tarqatib u erdan karbonat angidridni o’pka alveolalariga etkazish jismoniy faoliyatni to’laqonli amalga oshirish uchun asosiy sharoit bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga faoliyat ko’rsatib turgan muskul to’qimasi unga doimiy ravishda energiya manbasi (glyukoza, yog’) kelib turishi va undan almashinuv maxsulotlari (sut kislotasi) ajratilib turishi va muh’itning doimiyligini saqlanib borishini talab qiladi. Bunda h’am qon va qon aylanish tizimi asosiy rol o’ynaydi.

Yurak-qon tomir tizimi organizm o’sib rivojlanishiga bog’liq ravishda uning morfologik h’olatlari va funktsional imkoniyatlari o’zgarib boradi. Bu tizimdagi rivojlanishning eng jadal kechadigan davriga chakaloqning tug’ilgan vaqtidan bir-necha h’aftalik bo’lgincha bo’lgan davr, balog’atlikka etish davri va keksayishdagi involyutsion o’zgarishlar davri kiradi.

Yurak-qon tomir tizimidagi yoshga oid o’zgarishlar bu tizimni organizmning jismoniy faoliyatini etarli amalga oshirishdagi ishtirokini taminlab turadi. Har bir rivojlanish bosqichida organizmning jismoniy imkoniyatlari bu tizimning funktsional h’olati bilan belgilanadi.

Wz navbatida jismoniy faoliyat va sport bilan shug’ullanish qon va qon aylanish tizimiga kuchli tasir etib, qonning birinchi navbatda organizmni kislorod bilan taminlash qobiliyatlarini oshiradi va bu tizimning meyoriy rivojlanishinii belgilaydigan asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.

Page 22: ôàíèäàí ìà ðóçà ìàòíè - elibrary.karsu.uzelibrary.karsu.uz/wp-content/uploads/2015/06/YurakQT10.pdf · Bunday moddalarga uglevodlar parchalanishidan h’osil bo’lgan

Adabiyotlar

1. Rukovodstvo po fiziologii. Fiziologiya mıshechnoy deyatelnosti, truda i sporta.

İzd-vo «Nauka», L. 1969. 2. G. Gilmor. Beg radi jizni. — M.: «Fizkultura i sport», 1969 g. 3. V.S.Farvel, Ya.İ.Kots. Fiziologiya chelveka (s osnovami bioximii). İzd-vo

«Fizkultura i sport». M.1970. 4. V.V.Vasileva, E.B.Kossovskaya, N.A.Stepochkina. Fiziologiya cheloveka. İzd-

vo «Fizkultura i sport». M.1973. 5. Fiziologiya cheloveka. Uchebnik dlya institut fizicheskoy kulturı.

Pod.red.prof.N.B.Zimkina. İzd-vo «Fizkultura i sport». M.1974. 6. İ.M.Seropegin, B.M.Volkov, M.M.Snaytsskiy. Fiziologiya cheloveka. İzd-vo

«Fizkultura i sport». M.1979. 7. Z.T.Tursunov, K.R.Raximov, Sh.Q.Qurbonov. Funktsionalnoe sostayanie

organizma pri mıshechnoy deyatelnosti. İzd-vo «Fan». T.1980. 8. A. N. Klimov, B. M. Lipovetskiy. Bıt ili ne bıt infarktu. — M.: «Meditsina»,

1981 g. 9. N.A.Fomen. Fiziologiya cheloveka. İzd-vo «Prosveshenie». M.1982. 10. Fiziologiya mıshechnoe deyatelnosti. Uchebnik dlya institut fizicheskoy

kulturı. İzd-vo «Fizkultura i sport». M.1982. 11. E. İ. Chazov. Serdtse i XX vek. — M.: «Pedagogika», 1982 g. 12. Fiziologiya cheloveka. pod.red. prof. V.V.Vasilevoy. İzd-vo «Fizkultura i

sport». M.1984. 13. Fiziologiya cheloveka. İzd-vo «Prosveshenie». M.1985. 14. W.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. T.1994. 15. Sh.Qurbonov, S.Amirqulov, A.Qurbonov. Sportchilarning ovqatlanishi. Qarshi,

Nasaf. 1999. 16. Sh.Qurbonov, Sh.Qurbonova. Sport fiziologiyasi. Qarshi, Nasaf, 2001. 17. Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. T.2003. 18. Sh. Qurbonov, A. Qurbonov, Sh. Qurbonova. Odam fiziologiyasi. Pedagogika

kollejlari jismoniy tarbiya bo`limi talabalari uchun o`quv qo`llanma. Qarshi. 2007. 264 bet.

19. http://o’o’o’.karina-kazak.narod.ru