o`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo...

12
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

Upload: others

Post on 22-Mar-2021

24 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI VAZIRLIGI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

Page 2: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

1. Kitob bilimlar xazinasi.

2. Barqaror birikmalar haqida ma'lumot.

3. Turg'un birikmalarning turlari.

4. Tasviriy ifodalar.

Page 3: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

«Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u biznidonishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno etaoladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir

Mir Alisher Navoiy.Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarnimustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiypozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nanbarkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobningo‘rni beqiyosdir.

Page 4: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bog’liq masalalarga ham yetarlichae’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitobo’qish masalasi yoshlar orasida keng targ’ib qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tiziminirivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamdatarg‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilindi.Yapon maktablaridan birida jahon tarixidagi eng buyuk kashfiyot nima, degan so‘rovnoma o‘tkazilgan ekan. Bu so‘rovnomada ishtirok etganlaro‘zlari mo‘jiza deb bilgan turli narsalarni tilga olishgan : olov, dvigatel , atom bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilarichidan 6- sinf o‘quvchisining “Eng zo‘r kashfiyot – kitob” deb bildirganjavobi hay’at a’zolariga ma’qul tushgan ekan . Nima sababdan aynan kitob, degan savoliga u “Qolganlarning fikrlari ham to‘g‘ri, lekin kitob bo‘lmasa, ularning birortasi ham ixtiro qilinmasdi-ku”, deb javob bergan.Buni qarangki, ko‘pchilikni xayoliga ham kelmagan ushbu javob chinakamhaqiqat ekanligi asta – sekin o‘z isbotini topib boryapti . Kitob haqiqatdanham , mo‘jiza , unda keltirilib o‘tilgan jumlalar beixtiyor kitobxonga yuqish , unga ruhiy ta’sir o‘tkazish , aqliy o‘stirish kabi vazifalarni bajarishga qodir .

Page 5: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar
Page 6: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so'zlar yordamidagina emas, balki bir necha

so'zlarning barqaror bog'lanishidan hosil bo'lgan birikmalardan ham foydalanamiz.

Masalan, Toshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko'rib og'zim ochilib qoldi. Bu gapda og'zim

ochilib qoldi birikmasi so'zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kiritilgan.

Og'zi ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida

mavjud va mazmunan bir so'z hayron bo'lmoq so'zi ifodalagan ma'noga teng keladi. Yoki Yer haydasang

kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz, jumlasida deydi xalqimiz birikmasi

tarkibidagi so'zlar o'zaro erkin bog'langan bo'lsa, undan oldingi so'zlar so'zlovchining nutqiga qadar

xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda so'zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy

saqlagan holda mavjuddir.

Ikki va undan ortiq so'zlarning o'zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor

holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo'lgan til

birliklari barqaror birikmalar deyiladi

Page 7: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

1• Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda

olib kirishlik.

2• Ma'no butunligi.

3

• Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardano'rinli foydalanish nutq go'zalligini ta'minlaydi, shuninguchun ular nutqimiz ko'rki hisoblanadi.

Page 8: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

Tasviriy ifodalar.

Iboralar (frazeolagizmlar).

Maqol va ma'tallar.

Hikmatli so'zlar (aforizmlar).

Page 9: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

predmet, voqea va hodisalarning o'z nomi bilan emas, balki ularning xarakterli belgi

xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Masalan, oq oltin – paxta, oq oltin

ijodkorlari –paxtakorlar, kumush tola – pilla, zangori kema kapitanlari – mexanizator-lar va

hokazo.Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik, obrazlidlik baxsh etadi,

jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib, lug'at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida

takrorlardan, qaytariqlardan, qochish imkonini beradi, notiqni so'zamollikka, tinglovchini

esa falsafiy mushohada etishga undaydi. Shuningdek, tasviriy ifodalar faqat jozibadorlik va

obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini kuchaytirish uchungina emas, balki

jamiyatning olg'a qadam qo'yishiga to'sqinlik qilayotgan illatlarni fosh qilish, ulardan kulish

va ulraga qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi. Binobarin, tasviriy ifodalar

predmet, voqeahodisalarning o'z nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatlarini

tasvirlab, bo'rttirib, izohlab va to'ldirib ko'rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi.

Page 10: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

Har bir tilning lug'at tarkibi ustida olib borilganishlar shuni ko'rsatadiki, so'z ma'nolarining

o'zgarishi tasodifiy bir hol bo'lmay, balki jamiyattaraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq qonuniy

hodisadir. Jamiyat taraqqi-yoti natijasida vujudgakelgan yangi predmet, tushunchalar har doim

ham yangi so'zlar orqaligina ifodalanmay, balkipredmetning ma'lum belgi xususiyatlarini, o'ziga

xos tomonlarini ochib beruvchi so'z ma'nolariorqali ham tasvirlanadi. Shunga ko'ra, so'z

ma'nolari ko'chadi, kengayadi yoki torayadi.

Page 11: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar

Ma'lumki, so'z ma'nosining ko'chish yo'llari metafora, metonimiya,

sinekdoxa va vazifadoshlikdir. Tasviriy ifodalar hosil bo'liishda ushbu

usullarning ahamiyati katta. Masalan: oq oltin – paxta (metafora

usulida), o'zbek romanchiligi maktabining asoschisi – Abdulla Qodiriy

(metonimiya usulida), charm qo'lqop ustaci – bokschi (sinekdoxa

usulida), fazogir – kosmonavt (vazifadoshlik usulida) kabilarda muayyan

narsapredmetga xos belgining nomi boshqa narsapredmetdagi belgiga

nom sifatida ko'chirilgan. Shunga ko'ra, tasviriy ifodalar hosil bo'lgan.

Tasviriy ifodalar ko'proq ot va sifat turkumlariga mansub bo'ladi. Tasviriy

ifodalar ba'zan ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (aql gimnastikasi –

matematika, shaxmat) yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda

qo'llanishi (zangori ekran, oynai jahon – televizor) mumkin.

Page 12: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO ...staff.tiiame.uz/storage/users/85/presentations/WepQeERRZ...bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar