qadrli opa-singillar, dilbar talaba qizlar! · 2019-04-12 · 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami...

8
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.A.Sulaymonovning tabrigi QADRLI OPA-SINGILLAR, DILBAR TALABA QIZLAR! Barchamiz orziqib kutadigan, tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu ilk bahor kunlarida, ayni shu shukuhli ayyomda siz, aziz pedagoglarni, sizlarning timsolingizda butun universitet xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etish menga katta quvonch bag‘ishlaydi. Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekani, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ne-ne ulug‘ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil so‘zlarini bayon etganlar. Mana shu bayram kunlarida har qaysi oila, har qaysi xonadonda qadrli opa-singillarimizni e’zozlash, ularni ulug‘lash uchun eng go‘zal va olijanob ta’riflarni keltirishga intilamiz. Shu o‘rinda men ayollarimiz shunga ishonishlarini istardimki, ayni mana shu 8-mart bayrami kelishi bilan biz hammamiz shoir bo‘lib ketishga tayyormiz. Albatta, shoirga aylanish juda qiyin, lekin men yurtimizning barcha mard o‘g‘lonlari nomidan avvalo siz, azizlarga yuksak hurmat va ehtirom bildirib, qalblaringizda neki ezgu niyatlar, orzu-intilishlar bo‘lsa, ularning barcha-barchasi albatta ijobat bo‘lishini, ro‘yobga chiqishini chin yurakdan tilayman. Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin! Toshkent davlat agrar universiteti xalqimizni Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. O‘zaro mehr-oqibat va saxovat bayrami xonadonlarimizga qut-baraka, sihat-salomatlik va farovonlik olib kelsin. Jonajon vatanimiz ravnaqi yo‘lida boshlagan ezgu ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Toshkent davlat agrar universiteti ma’naviyat bo’limi 3 (789) MART 2019 YIL ,

Upload: others

Post on 17-Jan-2020

28 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.A.Sulaymonovning

tabrigi

QADRLI OPA-SINGILLAR, DILBAR TALABA QIZLAR!

Barchamiz orziqib kutadigan, tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu ilk bahor kunlarida, ayni shu shukuhli ayyomda siz, aziz pedagoglarni, sizlarning timsolingizda butun universitet xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etish menga katta quvonch bag‘ishlaydi.

Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekani, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ne-ne ulug‘ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil so‘zlarini bayon etganlar.

Mana shu bayram kunlarida har qaysi oila, har qaysi xonadonda qadrli opa-singillarimizni e’zozlash, ularni ulug‘lash uchun eng go‘zal va olijanob ta’riflarni keltirishga intilamiz. Shu o‘rinda men ayollarimiz shunga ishonishlarini istardimki, ayni mana shu 8-mart bayrami kelishi bilan biz hammamiz shoir bo‘lib ketishga tayyormiz. Albatta, shoirga aylanish juda qiyin, lekin men yurtimizning barcha mard o‘g‘lonlari nomidan avvalo siz, azizlarga yuksak hurmat va ehtirom bildirib, qalblaringizda neki ezgu niyatlar, orzu-intilishlar bo‘lsa, ularning barcha-barchasi albatta ijobat bo‘lishini, ro‘yobga chiqishini chin yurakdan tilayman.

Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

Toshkent davlat agrar universiteti xalqimizni Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. O‘zaro mehr-oqibat va saxovat bayrami xonadonlarimizga qut-baraka, sihat-salomatlik va farovonlik olib kelsin. Jonajon vatanimiz ravnaqi yo‘lida boshlagan ezgu ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Toshkent davlat agrar universiteti ma’naviyat bo’limi

3 (789) MART 2019 YIL

,

Toshkent davlat agrar universiteti “MISS AGRAR” ko‘rik-tanlovning malikalari aniqlandi

Toshkent davlat agrar universiteti va filallari o‘rtasida o‘tkazilgan “MISS AGRAR” ko‘rik-tanlovning Super final

bosqichida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha Agrar malikalari aniqlandi: “Eng shijoatli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali malikasi - Abdullayava Umidaxon. “Eng iqtidorli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali malikasi - Ibrohimova Marhaboxon. “Eng latofatli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali malikasi - Palimbetova Gulira’noxon. “Eng nazokatli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti malikasi -Anvarbekova Charosxon. “Eng zakovatli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti Abdullayeva Fazilatxon Sezganingizdek ushbu tanlovda mutloq g‘oliblikni - universitetimiz va filiallar o‘rtasidagi DO‘STLIK va

BIRODARLIK qo‘lga kiritdi. Qizlarimiz esa rektor sovg‘asi 1 000 000 so‘m pul mukofoti va Artel televizorlari hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun 50% lik chegirma kartochkalari bilan taqdirlandilar.

O‘zbek ayolining ibosi, sabru qanoati va irodasini mahv etuvchi sahna ko‘rinishi bilan, hakamlar hay’ati a’zolari va muhlislar ko‘nglidan joy olgan - Toshkent davlat agrar universiteti malikasi Abdullayeva Fazilatxon Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishlarida O‘zbekiston bo‘ylab bepul sayohat qilish imkoniyatini beruvchi mahsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida, bugungi “MISS AGRAR” ko‘rik-tanlovi tashkilotchilari bo‘lmish, filiallar va universitetimiz Xotin-qizlar qo‘mitalari raislari ham rektorimiz akdemik B.A.Sulaymonov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

KO‘RIK-TANLOV

3 (789) MART 2019-yil

“USAID” tashkiloti “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish”

AVS loyihasi rahbari janob Brayn Kayger Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 2 mart kuni Amerika Qo‘shma

Shtatlarining “USAID” tashkiloti “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” AVS loyihasi rahbari janob Brayn Kayger Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga tashrif buyurdi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralarda filial direktori A.Abduvasiqov va USAID ning “Qishloq xo‘jaligida

qiymat zanjirini rivojlantirish” AVS loyihasi rahbari B.Kayger ishtirokida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida loyiha doirasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng mehmonlar loyiha doirasida

tashkil etilgan “AgroLeaders” to‘garagi a’zolari bilan uchrashib, filial fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan

“Bilimlar tanlovi” intelektual o‘yini bellashuvida qatnashdilar.

Bellashuv qiziqarli va bahs munozaralarga boy

bo‘ldi. Brayn Kayger o‘z so‘zida filial talabalarini shijoati, zukkoligi va bilimdonligini ta’kidlab to‘garak

a’zolariga noutbuk hamda printer sovg‘a qildi. Filial direktori A.Abduvasiqov mehmonga filial jamoasi nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etdi.

3 (789)

MART 2019-yil

TASHRIF

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA JANUBIY KOREYA MUTAXASSISLARI BILAN HAMKORLIKDA DONO FERMER (SMART

FARMERS) O‘QUV MARKAZI TASHKIL ETILADI Hozirgi kunda Respublikamizda barcha sohalar kabi agar oliy ta’lim tizimi ham jadal rivojlanmoqda. Ushbu

jarayonni sifatli amalga oshirishda chet el tajribalarini o‘rganish va ular bilan tajriba almashinish muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro hamkorlikni juda samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarining 70 dan ziyod OTM va ITIlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

O‘rnatilgan hamkorlik doirasida 22 mart kuni Toshkent davlat agrar universitetiga Janubiy Koreyaning “KCOOPS AGRO” Halqaro tashkilotining bir guruh rahbar xodimlari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mexmonlar Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan tanishdi hamda tashrif

yakunida universitetda Dono fermer (Smart Farmers) o‘quv markazi tashkil etilishi bo‘yicha kelishildi va ikki tomonlama shartnoma imzolandi.

O‘quv markazda Respublikamiz fermerlari Janubiy Koreyaning ilg‘or innovatsion texnologiyalari asosida meva va sabzavotlarni yetishtirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qiydilar. Bu o‘z navbvtida O‘zbekistonda yuqori sifatli meva va sabzavotlarni yetishitirish va ularni eksport qilish saloxyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga universitet o‘quv - tajriba stantsiyasida 0,3 ga maydonda kulupnay yetishtirish uchun mo‘ljallangan innovatsion issiqxona qurish bo‘yicha kelishib olindi.

ToshDAU Yoshlar ittifoqi

MULOQOT

3 (789) MART 2019-yil

IMKONIYATLARDAN TO’LAQONLI FOYDALANAYLIK

Bugungi kunda dunyo bo’yicha qishloq xo’jaligi tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Yurtimizni qayeriga qaramang bunyodkorlik , ishlab chiqarish , yangi qurilishlarga ko’zingiz tushadi. Bular albatta Prizdentimiz Sh.M.Mirziyoyevning oqilona siyosati tufaylidir. Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining tashabbusi va e’tibori tufayli qishloq xo’jaligi sohasida ham e’tirof etishga arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga misol tariqasi joriy yilda mamlakatimizda 8 million 377 ming tonna g’alla , 2 million 930 tonnadan ziyod paxta , 12 ming 450 tonna pilla , 318 ming tonna sholi , 23 million tonna meva-sabzavot , 13 million tonna go’sht va sut mahsulotlari yetishtirildi. Bu yutuqlarimizdan tashqari yurtimizning barcha joylarida qishloq xo’jaligi rivojlanib bormoqda. Shular qatorida Xorazim viloyatida endilikda ham bir tumanda Ipakchilik yo’lga qo’yilmoqda , Sirdaryo viloyatida esa baliqchilik rivojlanmoqda. Bu ishlab chiqarish keng suratlarda oshishiga va biz yoshlarning o’z yurtida munosib ish bilan ta’minlashga turtki bo’ladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O’zbekiston Respublikasi QX hodimlari kuni etib belgilangani hamda yurtimiz bo’ylab bu bayram keng ko’lamda nishonlanyotgani va ushbu sana ‘’Hosil bayrami,, bilan uyg’unlashuv holida o’tayotgani axamiyatlidir. Shunday ekan biz talaba yoshlar hozirgi keng imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz va yurtimiz rivojiga munosib xissa qo’sha oladigan mutaxasis bo’lib yetishishimiz zamon talabidir.

S.U.ISROILOV Ipakchilik va tutchilik fakulteti yetakchisi.

E.XASANOV Ipakchilik va tutchilik 1-81-guruh yetakchisi.

FAOL VA IQTIDORLI TALABALAR TAQDIRLANDI

Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik fakulteti Yoshlar ittifoqi xonasida fakultet dekani

U.M.Kuchchiev tashabbusi bilan fakultetning bir qator faol va iqtidorli talabalarini taqdirlash tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini N.O.Rajabov olib bordi. N.O.Rajabov barcha stipendiya soxib va soxiblarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi xususan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi tomonidan tashkillangan "Yil talabasi" Respublika ko'rik tanlovida fakultetimiz Ipakchilik yo'nalishi 4-bosqich talabasi Yoshlar ittifoqi faol a'zosi Jo'rayeva Moxinur "Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi " nomintsiyasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgani barchamizni xursand qilganini takidlab o'tdi. Qolaversa Ipakchilik yo'nalishi 4-bosqich talabasi Jumayeva Farida "Islom Karimov" nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo'lgani, Veterinariya yo'nalishi 3-bosqich talabasi Sobirov Akrom "Beruniy " davlat stipendiyasi soxibi bo'lgani Fakultetni yoshlar yetakchisi Isroilov Sardorbek, yoshlar ittifoqi faollari Haydaraliyev Javoxir va Sattorov Qudratlar nomdor universitet ichki stipendiyalarini olganlari maqtovga arzigulik natija bo'lganini tadbirda qatnashgan qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi Navruzov Sobir takidlab o'tdi. Fakultet yoshlar yetakchisi S.U.Isroilov universitetimiz va fakultetimizdagi keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligini va foydalanib bir qator natijalarga erishyotganlarni barchasini zamirida aziz ustozlarimizni ulkan xissalari borligini takidlab o'tdi. Tadbirda Jo'rayeva Mohinur Universitetimiz rektori boshchiligidagi barcha raxbarlarga va fakultetimiz raxbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildirgan holda yanada yuqoriroq marralani egallashga va'da beramiz degani barchani birdek quvontirdi. Tadbir so'ngida faol talabalar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

S.U.Isroilov Ipakchilik va tutchilik fakulteti

Yoshlar ittifoqi yetakchisi

YANGILIKLAR

3 (789) MART 2019-yil

YARMARKA

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA «KARERA KUNI»

Joriy yilning 29 mart kuni Toshkent davlat agrar

universitetida 150 dan ortiq korxona, tashkilot, muassasa va fermer xo‘jaliklarining mas'ul xodimlari ishtirokida “Karera kuni” yarmarkasi o‘tkazildi.

Universitetda 2018-2019 o‘quv yilida 17 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1333 nafar, 23 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 135 nafar, jami 1468 nafar bitiruvchilar o‘qishni tamomlaydi.

Mazkur yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad bitiruvchilarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish hamda iqtidorli va qobiliyatli bitiruvchi yoshlarni kasbiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratish, yuqori malakali mutaxassis va ilmiy-pedagog xodimlar bo‘lib yetishishlarida amaliy yordam berishdan iborat.

Tadbir mobaynida bitiruvchilarni bugungi kun talabiga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlashda

keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, ularni sifatli ta'lim olishlari uchun mamlakatimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, malakaviy amaliyotlarni samarali tashkil etish mexanizmini tubdan takomillashtirilayotganligi, amaliyotlarni o‘tagan korxona va tashkilotlarga ishga joylashishlari shuningdek, kelajakda ish joylariga tez ko‘nikishlariga amaliy yordam berishi, yosh mutaxassislarning kasbiy bilim va tajriba to‘plashlarida sohaning yetuk mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab ustoz-shogird tizimini keng yo‘lga qo‘yish zarurligi ta'kidlab o‘tildi.

Natijada ish beruvchilar bilan bitiruvchilar o‘rtasida dastlabki natijalarga ko‘ra 90,2% “Yosh mutaxassisni ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish to‘g‘risida” uch tomonlama shartnomalar imzolanib, har bir bitiruvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish o‘rniga ega bo‘ldi.

www.tdau.uz saytidan olindi.

3 (789)

MART 2019-yil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi -

Yusupov Axmadbek Tadjiyevich ToshDAU va filiallar doktorantlari ishtirokida vebinar-uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 14 mart kuni Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktorantlari o‘zlarini qiynayotgan

muammo va soha bo‘yicha takliflari yuzasidan, ToshDAU Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlarni qabul qilish xonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi - Yusupov Axmadbek Tadjiyevich bilan tashkil etilgan “Sayyor qabul” kuni munosabati bilan murojaat etishga muvaffaq bo‘ldilar.

Sayyor uchrashuv doirasida Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon, Termiz va Nukus filiallari tayanch doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi - Yusupov Axmadbek Tadjiyevich bilan vebinar uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot mobaynida A.T.Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy ishlarni himoyaga tayyorlash va himoya jarayoniga oid qonun xujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xaqida ma’lumotlar berib o‘tar ekan, ushbu o‘zgartirishlar doktorantlik, PhD va doktorlik

dissertatsiyalarini himoya qilishda shaffoflik va qulayliklar yaratishini bu esa kelgusida ilmiy ish himoya qilingunga qadar o‘z aktualligini yo‘qotmagan holda, qisqa muddatlarda ishlab chiqarishda qo‘llash imkoniyatini berishiga umid bildirdi.

O‘z o‘rnida tadbir ishtirokchilari, Toshkent davlat agrar universiteti filiallari doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari tomonidan ham sohada bo‘layotgan yangiliklar va qonun xujjatlaridagi o‘zgartirishlarni amaliyotda qo‘llash tartibi va dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik vaqtdagi muammolar yuzasidan savol va takliflariga A.T.Yusupov tomonidan yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda mana shunday tashrif va imkoniyat uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TERMIZ FILIALIDA

SEMINAR

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Saidahror Gulyamov professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida 2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili munosabati bilan “Ijtimoiy rivojlanishda oilalarda investitsiyalar samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida seminar o‘tkazdi. Akademik, oila jamiyatni

va iqtisodni asosiy bo‘g‘ini ekanligi, ko‘p oilalarda daromadlarni o‘sishiga katta urg‘u berilishi, ayniqsa topilgan daromadlar o‘rtacha faol umrni uzayishiga, aqlli bolalarni tarbiyalashga, innovatorlik va tadbirkorlikka sarflanmasligi haqida to‘xtalib, bu borada oilalarda samaradorlikka erishish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr yuritdi. Seminar savol-javob, bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

www.tdau.uz saytidan olindi.

VEBINAR

3 (788) MART 2019-yil

«O‘ZBEKISTON AYOLLARINING

100 TA ENG YAXSHI INNOVATSION

LOYIHASI»

«O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovinining yakuniy bosqichida, ishtirokchilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilindi.

Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlovning g‘olibalari sifatida tanlab olindi.

Tanlovning respublika bosqichi g‘olibalarini taqdirlash marosimida turli nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlar O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Toshkent davlat agrar universiteti doktoranti Nigora Sohibova - “Omadli start “ (o‘z kichik korxonalarida innovatsion mahsulotlarni joriy qilmoqchi bo‘layotgan tadbirkor xotin-qizlar uchun) nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

- Bu tanlov o‘z ijod namunalarimizni ko‘pchilik nazaridan o‘tkazish imkonini bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi, - deydi doktorant Nigora Sohibova.

- Pillachilikka oid ilmiy ishlanmam bilan tanlovda qatnashdim. U ko‘chma qurtxonalarni tutzorlar qoshida tashkil etish va yetishtirilgan pillalarni klaster tizimi asosida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi. Tanlov jarayonida boshqa ixtirochi ayollarning ishlanmalari, biznes g‘oyalari, ijod namunalari bilan tanishdik. Ular bilan hamsuhbat bo‘ldik. Mazkur tanlovda g‘oliblik emas, qatnashishning o‘zi biz uchun sharafdir.

Tanlovdan so‘ng g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 100 ta innovatsion loyiha mualliflari bilan loyihalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshiriladi.

Gazeta Toshkent viloyati

Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan

19.10.2010 y. 03-068 raqam

bilan ro’yxatga olingan.

Muharrir: Musahhix: D.I.ALIMKULOV F.ABDURAXIMOVA

Tahrir hay’ati: M.M.ADILOV, F.ASHUROVA,

Z.MUHIDOVA, M.MIRSULTONOV.

Bosishga topshirilgan vaqt 30-mart 2019-yil.

ISSN raqami 2181-7782.

TANLOV

«AGRONOM» MUASSIS:

Toshkent Davlat agrar

universiteti.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Universitet

Kengashi.

[email protected] Tahririyat manzili: Toshkent vil.

Qibray t. Universitet ko’chasi, 2 uy Gazeta TDAU Tahririyat-nashriyot bo‘limida 500

nusxada chop etildi.

3 (789)

MART 2019-yil