samgasi.uz soati... · web viewo‘zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish...

32
Ozbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari Samarqand- 2018 y

Upload: others

Post on 15-Mar-2020

19 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

2018 yil 8 may seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari

Samarqand- 2018 y

Page 2: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

O‘ZBEKISTON-TURKIYA: O‘ZARO ISHONCH VA DO‘STLIKKA ASOSLANGAN HAMKORLIK JADAL RIVOJLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Prezidenti va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 

Ta’kidlash lozimki, Turkiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan. 1996 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. Xalqlarimiz ko‘p asrlik tarixi, tili, dini, qadriyatlari va mushtarak urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas bog‘langan. Davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonch asosidagi do‘stona munosabatlar bugungi kunda izchil mustahkamlanib bormoqda. 

Tashrifning asosiy tadbirlari Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. 

Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Do‘stona va ochiqlik ruhida o‘tgan muloqotda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. 

Prezidentimiz Turkiya Prezidentini samimiy qutlab, mamlakatlarimiz munosabatlari rivojida muhim siyosiy voqea bo‘lgan ushbu tashrif o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorligimiz izchil rivojlanib borayotganining dalolati ekanini ta’kidladi. 

– O‘tgan yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yangi strategik bosqichga ko‘tarildi. O‘zaro sa’y-harakatlar tufayli tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Imzolangan hujjatlar samarasida xalqlarimiz o‘rtasidagi bordi-keldi engillashdi. Oliy darajadagi navbatdagi muzokaralar xalqlarimiz manfaatiga xizmat qilayotgan ushbu ezgu ishlar sur’atini yanada oshirishiga ishonchim komil, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on davlatimiz rahbariga taklif uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda muttasil taraqqiy etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

– Turkiya va O‘zbekiston tarixi buyuk, urf-odat va an’analari mushtarak, eng yaqin do‘stlar sifatida tanilgan. Xalqaro maydonda ham, o‘zaro aloqalarda ham bir-birini doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Bugungi muzokaralar ushbu do‘stlik rishtalarini yana bir pog‘ona yuqoriga olib chiqishiga ishonaman, – dedi Rejep Tayyip Erdo‘g‘on. 

Page 3: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi ikki tomon uchun ham manfaatli. Mamlakatimizning bozori, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhiti Turkiyani qiziqtiradi. Ushbu mamlakatning rivojlangan sanoati, transport kommunikatsiyalari, dengiz yo‘llari, qishloq xo‘jaligi va turizm salohiyati O‘zbekistonga foyda keltiradi. 

Davlat rahbarlari 2017 yil 14 may kuni Pekinda o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumi, o‘sha yilning 10 sentyabr kuni Ostona shahrida bo‘lgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammiti doirasida muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida uchrashdi. 

Prezidentimizning 2017 yil oktyabr oyida Turkiyaga davlat tashrifi ikki tomonlama do‘stona munosabatlarda yangi davrni boshlab berdi. Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining mavjud holati va istiqbollarini batafsil muhokama qildilar. Imzolangan Qo‘shma bayonot o‘zaro hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqishda eng muhim hujjat bo‘ldi. 

Prezidentlar muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. 

Muzokarada savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm, ilm-fan va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O‘zaro savdo hajmi va uning tarkibini kengaytirish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar alohida qayd etildi. 

Turkiya O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biridir. 2017 yilda davlatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga ortib, 1,5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. 

Shu yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 20 foizga o‘sib, 400 million dollarga etdi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga etkazish bo‘yicha aniq tadbirlar yuzasidan kelishib olindi. 

Rangli metallar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar, meva-sabzavot mahsulotlari, xizmatlar, azot o‘g‘itlari, neftni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar mamlakatimizning Turkiyaga asosiy eksporti bandlarini tashkil etadi. O‘z navbatida, mamlakatimiz pardoz-andoz buyumlari, turli mexanik va elektron uskunalar, plastmassa va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar, to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, teri oshlash va bo‘yash vositalarini import qiladi. 

O‘zbekiston Turkiya bozoriga engil sanoat, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, charm-poyabzal va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilishni kengaytirishga tayyor. Bu borada Istanbul shahrida ochilgan O‘zbek – Turk savdo uyi imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkinligi alohida qayd etildi. 

Transport kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamda Yer usti yuk tashuvlari to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq tuzilgan Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya bu yo‘nalishdagi aloqalar rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. 

Page 4: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

“Boku – Tbilisi – Kars” temir yo‘li o‘zaro savdo aloqalari uchun ulkan imkoniyatlar yaratishi qayd etildi. Shu jihatdan tranzit tariflarini yanada maqbullashtirish muhimligi ta’kidlandi. 

O‘zbekistonda 1993 yildan buyon vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatayotgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) sa’y-harakatlari ham yuqori bahoga loyiqdir. O‘tgan davr mobaynida ushbu agentlik tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator loyihalarning hayotga tatbiq etilishida faol qatnashdi. 

Muzokarlarda hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘pligi, ushbu tashrif ikki mamlakat vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar rivojiga yangi sur’at baxsh etishi ta’kidlandi. 

Ikki mamlakatda ham xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni etkazib berish va uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali o‘zaro savdo hajmini muttasil oshirib borish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha yakdil fikr bildirildi. 

O‘zbekistonda Turkiyaning etakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, eng avvalo, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida mineral va xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish ishlari bundan keyin ham rag‘batlantirib borilishi qayd etildi. 

Turizm sohasidagi hamkorlikni jadallashtirishda milliy aviakompaniyalarimiz o‘rtasida sherikchilik muhim o‘rin tutadi. 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan o‘tgan yil oktyabr oyidan boshlab “Samarqand – Istanbul”, joriy yilning martidan boshlab “Turk havo yo‘llari” tomonidan shu yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani, xalqlarimiz o‘rtasidagi bordi-keldining soddalashtirilgani muhim ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi. 

Hozirgi vaqtda aviaqatnovlarni kengaytirish maqsadida yangi reja va qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimizda turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi dasturlar doirasida turk investitsiyasi ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasi ham muzokaralar mavzusi bo‘ldi. 

O‘zbekiston ham, Turkiya ham turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega. Bu salohiyatdan to‘la foydalanish, sayyohlar almashinuvini oshirish ulkan iqtisodiy samara beradi. 

Yana bir muhim yo‘nalish – O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

O‘tkazilgan suhbat va muzokaralar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi infratuzilmalarini rivojlantirish va ularning faoliyatini shakllantirishda turkiyalik qardoshlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi. 

Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan madaniy-gumanitar aloqalar ham O‘zbekiston – Turkiya munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. 2016 yil iyun oyida Anqarada O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi. Turk san’at ustalarining Samarqandda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida muntazam ishtirok etishi, Turkiya davlat teleradiokompaniyasi (TRT)

Page 5: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan rasmiy tantanalarni xorijiy mamlakatlarga retranslyasiya qilishi an’anaga aylandi. 

Sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim sohalarida, etakchi tadqiqot markazlari o‘rtasida tajriba almashish hamda professional kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. 

Mamlakatlarimiz BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyalari bir-biriga o‘xshash yoki yaqin. 

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro darajada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash istagida ekanliklarini ta’kidlab, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga intilishlarini bildirdilar. Xususan, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish masalasida ham atroflicha fikrlashib olindi. 

– Bizning bu boradagi qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor ta’kidlashni istardim: Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Albatta, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu borada asosiy vositachi rolini bajarishi lozim. 

Davlat rahbarlari ma’rifiy va bag‘rikeng islom dinini targ‘ib etish, uning asl insonparvarlik mohiyatini butun jahon jamoatchiligiga etkazish borasida hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar. Zero, islom dini doimo ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi. 

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on keng ko‘lamli strategik hamkorligimizni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga qaratilgan, o‘z mazmun-mohiyati bilan katta ahamiyatga ega bo‘lgan Qo‘shma bayonotni imzoladilar. 

O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida mamlakatlarimiz hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjatga imzo chekildi. 

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘on muzokaralar o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tganini, imzolangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar. 

– Muzokaralar xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik an’analariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali bo‘ldi. Hamkorligimizning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yo‘nalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi, – dedi davlatimiz rahbari. 

Turkiya Prezidenti muzokaralar o‘zaro anglashuv, manfaatdorlik va ishonch ruhida o‘tganini, Turkiya va O‘zbekiston hamkorligi yanada mustahkamlanib, strategik darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi. Ko‘lami va ahamiyati katta bo‘lgan

Page 6: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

kelishuvlarga erishilganidan, Buxorodagi muborak qadamjolarni ziyorat qilajagidan baxtiyor ekanini bildirdi. 

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonga mamlakatimiz parlamentida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berildi. Turkiya Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zladi. 

Kunning ikkinchi yarmida Turkiya Prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Shundan so‘ng Rejep Tayyip Erdo‘g‘on O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, Buyuk Yo‘lboshchimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on "O‘zekspomarkaz"da tashkil etilgan "O‘zbekiston – Turkiya" ishbilarmonlari biznes forumida ishtirok etdilar. Biznes-forum doirasida umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday biznes-forumlar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

 TURKIYA PREZIDENTINING MAMLAKATIMIZGA TASHRIFI

SAMARALI VA MAZMUNLI BO‘LDIAvval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29 aprel – 1 may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi. 

Tashrifning uchinchi kuni oliy martabali mehmon Buxoro viloyatiga keldi. Buxoro xalqaro aeroportida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Buxoro viloyatida ushbu tashrifga alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Ko‘chalar ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan, rang-barang pannolarga xalqlarimiz do‘stligi va qardoshligini tarannum etuvchi so‘zlar yozilgan. 

O‘zbek va turk xalqlari tarixi asrlar davomida shunday mustahkam ildizlar bilan bog‘langanki, ularni bir-biridan ayro tasavvur qilish mushkul. Turk xalqi O‘zbekiston zaminini muqaddas deb biladi va uni “ota yurt”, deb e’zozlaydi. Qardosh turk xalqining diyorimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehri va hurmatini anglash, his qilish uchun shuning o‘zi etarli. 

O‘zbekiston zaminida tug‘ilib o‘sgan, jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlarni Turkiyada yaxshi bilishadi va qadrlashadi. Butun musulmon olamida mashhur alloma, naqshbandiya tariqati asoschisi Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. 

Ulug‘ alloma ruhi pokiga Qur’on tilovat qilindi. 

Page 7: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

Oliy martabali mehmonga tariqat asoschisining hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan hissasi, mustaqillik yillarida majmuada amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi. 

O‘tgan yili majmua hududida Prezident tashabbusi bilan Mir Arab oliy madrasasi faoliyat boshladi. Turkiya Prezidentiga O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli ushbu madrasa tarixi va faoliyati haqida so‘zlab berildi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish, ilm-fan va dinimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda. 

Oliy martabali mehmon O‘zbekiston buyuk allomalarga beshik bo‘lgan muqaddas zamin ekani, xalqimiz tarixi, boy ma’naviy merosiga g‘oyat hurmat bilan qarashini ta’kidladi. 

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Buxoro shahridagi Ark qo‘rg‘onini tomosha qildi. 

Azaldan G‘arb bilan Sharqni bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylashgan Buxoro boy va shonli tarixga ega. Ushbu tarix xalqimizning o‘tmishdagi turmush tarzi, bunyodkorligi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi. Ark qo‘rg‘onida joylashgan viloyat o‘lkashunoslik muzeyida namoyish etilayotgan minglab eksponatlar, arxeologik buyumlar ham shu haqda hikoya qiladi. 

Ikki davlat rahbarlari mazkur muzey faoliyati bilan tanishdi, bu erdagi noyob osori-atiqalarni ko‘zdan kechirdi, muzey qo‘riqxona hududidagi jome’ masjidida bo‘ldi. 

Qo‘rg‘on markazida saqlanib qolgan qabulxona – marosimxonada viloyat san’atkorlari tomonidan xalqlar do‘stligini tarannum etuvchi milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

Prezidentlar Ark qo‘rg‘oni yaqinidagi Poyi Kalon majmuasida ham bo‘ldilar. 

Buxoro zaminining har qarichi tarix. Qadimiy obidalar ajdodlarimizning buyuk yaratuvchilik dahosi va ma’naviy qudratidan so‘zlaydi. XII va XVI asrlar oralig‘ida bunyod etilgan Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi o‘zining betakror me’moriy echimi, mahobati va jozibasi bilan har qanday kishini maftun etadi. 

Minorai Kalon arxitekturaviy echimi bo‘yicha dunyodagi kam sonli tarixiy obidalardan biridir. U qariyb 900 yil davomida ne-ne taloto‘plarga guvoh bo‘lgan. Xalqimiz qudratining o‘lmas ramzi sifatida bugun ham barchani hayratga solayotir. 

Mir Arab madrasasida o‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat qilindi. XVI asrda tashkil etilgan Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan o‘rta

maxsus islom bilim yurti o‘z vaqtida sobiq sho‘ro davlati hududidagi yagona islom ta’lim muassasasi bo‘lgan. Hozirgi paytda bu erda yoshlarimiz diniy va dunyoviy bilimlarni, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirmoqda.

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo‘zlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. 

Page 8: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

Buxoroning tarixiy va me’moriy obidalari, milliy hunarmandlik mahsulotlari turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 

Shu bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning mamlakatimizga davlat tashrifi yakuniga etdi. 

Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. 

TURKIYA – O‘ZBEKISTON : TURIZM SOHASI HAMKORLIKNING MUHIM TARMOG‘I

Davlatimiz Rahbariyati tomonidan belgilab berilgan Strategiya va “Yo‘l xaritasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi o‘z faoliyatida siyosiy-diplomatik dialog bilan birgalikda, yurtimizga sarmoyalarni, ilg‘or texnologiyalarni va xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha manzilli tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu maqsadda, jumladan, joriy yil boshidan buyon Turkiyaning 7 mintaqasida, xususan, Istanbul, Izmir, Bursa, Shanliurfa, Adana, Oqsaroy va Niyde shaharlari hokimiyatlarida, Savdo-sanoat palatalarida “O‘zbekiston kunlari” o‘tkazildi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur hamda keng qamrovli islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar va sayyohlar uchun yaratilayotgan jozibador shart-sharoitlar Turkiya jamoatchiligiga, joylardagi tadbirkor doiralarga tanishtirildi.

Mana shunday tadbirlar silsilasidan yana biri Elchixonamiz tomonidan kuni kecha Anqara shahrida tashkil etildi.

“O‘zbekiston xazinalari yuzaga chiqmoqda” deb nomlangan ushbu anjumanda yurtimizda Jahon hamjamiyatining e’tiborini tortadigan boy tarixiy-madaniy meros, diqqatga sazovor joylar, insoniyat tamaddunida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shoh asarlar, ko‘p zamonlar yopiq xolda qolib, endigina dunyoga ochilayotgan ziyoratgohlar, me’moriy obidalar, tarixiy yodgorliklar haqida, ularni borib-ko‘rish, yaqindan his etish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida gap bordi.

Turkiyaning siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillari, xususan, parlament a’zolari, hukumatdagi Adolat va taraqqiyot partiyasi, Bosh vazir huzuridagi Diyonat ishlari boshqarmasi, Madaniyat va turizm vazirligi mutasaddilari, etakchi turistik kompaniyalari hamda O‘zbekistondan kelgan sayyohlik tashkilotlari xodimlari ishtirok etgan ushbu tadbir ko‘tarinki rux va ishchan kayfiyatda o‘tdi. Ishtirokchilar taqdim etilgan ma’ruzalarni, namoyish etilgan video-foto lavhalarni, rang-barang tarqatma materiallarni katta qiziqish bilan qabul qildilar. Soha mutaxassislari aniq faktlar va rejalar asosida o‘zaro foydali takliflarni ilgari surdilar, tegishli kelishuvlarga erishdilar.

Tadbir ochilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Agzamho‘jaev Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil oktyabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan tarixiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda “burilish nuqtasi” bo‘lganini ta’kidlab, mazkur tashrif doirasidagi samarali uchrashuv va muzokaralar ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni strategik sheriklik darajasi ko‘targanini aytib o‘tdi.

Page 9: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

Shuning bilan birgalikda, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning yaqin kunlarda O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi ikki qardosh mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratilishi e’tirof etildi.

Elchi o‘z so‘zida asosiy urg‘uni anjuman mavzusiga qaratar ekan, yurtimizning turizm sohasida kun sayin o‘sib borayotgan salohiyati, bugungi imkoniyatlari va istiqboldagi taraqqiyot yo‘nalishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining mazkur sohadagi hamkorlikni sifat jihatidan butkul yangi – yuksak darajaga ko‘tarishga qaratilgan sa’yi-harakatlarini ta’kidlagan Elchimiz, turizm sektori har ikki mamlakat uchun ham strategik ahamiyatga ega ekanligini va bu borada izchil va mushtarak asoslangan hamkorlik ikki tomonning manfaatlarga birday javob berishini e’tirof etdi.

O‘zbekiston jahon turizm bozorida yangi, hali keng kashf etilmagan ziyoratgohlari, mehmondo‘st xalqi va havfsiz-osoyishta muhiti bilan sayyohlarni jalb etayotganni tilga olgan Elchi, mamlakatimizning, ayniqsa, Turkiya ahli uchun alohida jozibadorligini ta’kidladi. Bunda, birinchidan, Turkiyalik ko‘pchilik O‘rta Osiyoni Ota yurt deb qabul qilishi, va ikkinchidan turk xalqining diniy e’tiqodi asosini tashkil qilgan tasavvuf ilmining ulug‘ ulamolari aynan O‘zbekiston hududi unib, ulg‘aygani va abadiy qo‘nim topgani katta ahamiyat kasb etishi e’tirof etildi. Jumladan, Turkiya fuqarolariga ular uchun Imom Buhoriy, Imom At-Termiziy kabi Islom olamining yorqin namoyondalari kabi muhim sanalgan Imom Moturudiy, SHoh Naqshband, G‘ijduvoniy va “Etti pir” silsilasiga kiruvchi boshqa qator taniqli ulamolarning maqbaralarini ziyorat qilish imkoniyati yaratilgani turk xalqi uchun katta sovg‘a bo‘lgani aytib o‘tildi.

Elchimiz o‘z nutqida yaratilgan sharoitlar kutilgan natijalarni ham berayotganini ta’kidlar ekan, Turkiyadan yurtimizga kelayotgan turistlar soni qisqa muddatda bir necha barobarga oshgani va joriy 2018 yilning ilk uch oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq o‘lkalar orasida Turkiya mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar soni jihatidan birinchi o‘ringa ko‘tarilganini e’tirof etdi. Misol uchun, o‘tgan 2017 yil mart oyida O‘zbekistonga kelgan turkiyalik sayyohlar soni 2 ming kishi atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bu yil ushbu raqam 6 minga etgani aytib o‘tildi.

Shuning bilan birgalikda, O‘zbekiston nafaqat qo‘shni respublikalarga, balki butun jahon hamjamiyati uchun keng ochilayotgani, qator mamlakatlar, shu jumladan Turkiya fuqarolari uchun ham bir oylik muddatga kirish vizalari bekor qilinganligi, xavo yo‘llarida yangi va qo‘shimcha qatnov yo‘nalishlari ochilayotgani, horijiy sayyohlar hamda sarmoyadorlarga misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratilayotgani Yurtimizning dunyo turizm bozorida porloq istiqbol markazlaridan biriga aylantirayotgani ta’kidlandi. SHu munosabat bilan. Elchi Turkiyalik sarmoyadorlarni O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda yanada faol ishtirok etishga, zamonaviy mehmonxonalar, sayyohlik markazlari, qulay transport xizmati tashkilotlari, taniqli kafe va restoranlar, ko‘ngilochar markazlar ochishga da’vat qildi, sarmoyalarning saqlanishiga va o‘z egalariga foyda keltirishiga kafolat berdi.

Bunday imkoniyatlarni yuqori baholagan tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qildilar, o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Page 10: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

Xususan, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlament) a’zosi Metin Gyundogdu turizm ikki qardosh o‘zbek va turk xalqlarining azaliy orzulari ushalishida, ya’ni bir-birini yaqindan tanishida, iqtisodiy va madaniy sohalarda o‘zaro foydali hamkorlikni ro‘yobga chiqarishida, tarixiy va zamonaviy tajribalarini almashishida, bir-birini qo‘llab-quvvatlashida muhim rol o‘ynashini haqida to‘xtalib, quyidagilarni e’tirof etdi:

- Yaqin zamonlarga qadar turizm sohasida “O‘zbekiston” brendi asosan “Buyuk Ipak Yo‘lining chorrahasi” yoki Buyuk Amir Temurning poytaxti bo‘lgan Samarqanddagi “Registon maydoni” timsolida o‘z aksini topar edi. Bugungi kunda bu tushuncha qisqa muddatlarda sezilarli tarzda boyidi, endilikda O‘zbekiston o‘zining bu sohadagi “milliy brendi” ko‘pqirrali ekanligini isbotlamoqda. Misol uchun, Sizning yurtingiz biz turklar uchun “Otayurt” timsoli, keng Islom dunyosi uchun “Ikkinchi hijoz” maskani, olimlar va turli soha vakillari nuqtai-nazaridan uchun “Anjumanlar turizmi”ga qulay tinch-osoyishta mamlakat, faol hordiq tarafdorlar uchun maxsus maydon va boshqa qator sayyohlik yo‘nalishlarni taklif eta oladigan jozibador bir diyor sifatida qad rostlamoqda.

Ayni vaqtda, turizm vositasi orqali “xalq diplomatiyasi” rivojlanmoqda, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik-hamkorlik aloqalari ravnaq topmoqda. O‘zbekiston qadimda bo‘lgani kabi tamaddunlar chorrahasiga, tinchlikning beshigiga, dunyoni tanigan va o‘zini jahonga tanitgan muhim bir markazga aylanmoqda. Bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, albatta.

Ushbu maqsad va marralarga etishishda mamlakat rahbariyati, eng avvalo muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan namoyish qilinayotgan qat’iy siyosiy iroda, aniq strategik yondashuv, tinimsiz izlanishlar va faol sa’yi-harakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Turkiya parlamenti vakili sifatida turk xalqi nomidan qardosh O‘zbekistonda yuz berayotgan va bizni kundan-kunga lol qoldirayotgan bunday ijobiy o‘zgarishlarni sidqidildan olqishlayman, mamlakat Rahbariyatiga, barcha o‘zbek birodarlarimizga bu Yangi hamda sharafli yo‘lda omad va muvaffaqiyatlar tilayman! O‘zbekistonning yutuqlari Turkiyaning ham yutuqlaridir! Turkiya Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Diyonat ishlari boshqarmasining Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Erdal Atalay: O‘zbekiston butun islom olami uchun muhaddislar, olimu ulamolar etishtirib bergan muqaddas yurt sifatida dunyoda shuhrat qozongan. Islom dini garchi Arabistonda qaror topgan bo‘lsa-da, u o‘zbek zaminidan quvvat olganini dunyo musulmonlari yakdil e’tirof etishadi. Qadimdan Samarqandu Buxoro shaharlaridagi madrasalarda diniy hamda dunyoviy fanlardan birdek saboq berilgani bois bu erga kelib o‘qishni islom olami yoshlari orzu qilishgan. Toshkent, Termiz, Nasaf kabi shaharlarda ham ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat, adabiyot, san’at ilohiyotshunoslikka yo‘g‘rilgan holda gurkurab rivojlangani haqida tarixiy ma’lumotlar guvohlik beradi. Bugungi kunga kelib Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Imom Moturudiy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Zamahshariy, kabi buyuk zotlarning boy merosi xalq ongidan qaytadan joy olishi ularning o‘chmas asarlari O‘zbekiston zaminiga ilohiy nurlarini yog‘dirmoqdadir. O‘tmishdagi yuksak ma’naviy-ma’rifiy nufuzini bugungi kunda qayta tiklagan O‘zbekistonda islom diniga munosabat masalasida uzoq so‘zlash mumkin. Bu erda islom ulamolari, avliyo-anbiyolarning qisqa fursat ichida obod qilingan maqbaralari aholi

Page 11: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

uchun ziyoratgoh, yoshlar uchun tarbiya maktabi, chet ellik sayyohlar uchun osori-atiqa sifatida yanayam qadrli bo‘lib bormoqda. Tevarak-atrofi bog‘-rog‘lar bilan qurshalib, zamonaviy mehmonxonalar, oshxonalar barpo etilgan mazkur muqaddas qadamjolar O‘zbekistonda nafaqat sayyohlik sohasining yanada rivojlanishiga, balki islom madaniyati targ‘ibotiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida Imom Buxoriyning nomini tilga oldi, islom dinining dunyo miqyosidagi o‘rniga yuksak baho berdi hamda “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul qilish tashabbusini ko‘tarib chiqdi. Ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda aniq maqsadga yo‘naltirilgan savobli ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan, ilmning hamma uchun ochiqligini ta’minlash, din masalasidagi jaholatga barham berishni ko‘zda tutuvchi “Jaholatga qarshi ma’rifat” prinsipial yondashuvi o‘rnak olsa arzigulik.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, Turkiya musulmonlari uchun O‘zbekiston tuproqlari aloxida ahamiyatga ega. Bu zaminda etishgan va abadiy qo‘nim topgan buyuk shaxslar, e’tiqodimiz asoschilarini ziyorat qilish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar ochilayotganidan g‘oyat mamnunmiz, cheksiz minnatdormiz. Bizning idora qoshida diniy turizm bilan mashg‘ul bo‘lgan alohida Sayyohlik shirkati faoliyat ko‘rsatadi. Biz uchun ikkinchi Hijoz kabi bo‘lgan O‘zbekistonga diniy turizm safarlarini tizimli tarzda amalga oshirish idoramiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada hamkorlikka tayyor turgan O‘zbekiston Hukumatiga, Elchixona rahbariyatiga takror-takror tashakkur aytaman, savobli ishlaringizda Yaratgandan muvaffaqiyatlar tilab duo qilaman. 

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligining Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Ramzon Chokchevik: O‘zbekistonda Turkiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilinganini turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka sezilarli turtki bergan tarixiy qadam bo‘ldi, desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday qarorning qabul qilinishi savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda va eng asosiysi, qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlab, turk fuqarolarining O‘zbekistonga tashrif buyurishlari uchun keng yo‘l ochib berdi.

Biz O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini Turkiyada bir necha yillardan buyon targ‘ib qilib, sizning maftunkor diyoringizga turistlar sayohatini tashkil etib kelmoqdamiz. Ammo so‘ng bir yil ichida yurtingizda yuz berayotgan olamshumul islohotlar natijasida yurtingizga borish istagini bildirgan fuqarolar sonining keskin ko‘paytirish imkonini yaratmoqda.

Xususan, O‘zbekistonda xorijiy sayyohlarning qayd etish tizimining engillashtirilishi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Turkiya havo yo‘llari” reyslarining ko‘paytirilishi, aviachiptalar narxlari erkinlashtirilayotgani Turkiyalik turistlar tomonidan olqishlanmoqda.

O‘zbek-turk kompaniyalari Turkiya uchun mo‘ljallangan maxsus sayyohlik paketlarini ishlab chiqishsa, biz uchun katta yordam bo‘lar edi. Bu borada biz O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan yaqindan aloqa

Page 12: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

o‘rnatganmiz, xatto mazkur tashkilotning bosh maslahatchilaridan biri Turkiyadan bo‘lib, o‘zining tegishli tavsiyalarini berib kelmoqda.

O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish va malakali mutaxassislar bilan boyitish ustida ham hamkorlikda sezilarli ishlar amalga oshirilayotgani bizni quvontiradi. Shu o‘rinda O‘zbekistonlik yoshlarni Turkiyaga taklif qilishga va ularga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berishga tayyor ekanimizni bildirmoqchiman. Shuningdek, O‘zbekistonning etakchi oliygohlari bilan Turkiyadagi universitetlarimiz o‘rtasida turizm sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish, o‘qituvchi va professorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish ikki tomon uchun manfaatli deb hisoblayman.

O‘tkazilgan tadbirda etarli darajada qiziqarli ma’lumotlarni oldim. Mening eng katta orzuim – mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi rishtalar rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shish, ikki tomonlama aloqalarimiz o‘zaro manfaatli, yuksak saviyaga ko‘tarilishidir. Albatta bu borada, o‘zaro turizmning ahamiyati beqiyos.

ISTIQBOLLI LOYIHALAR AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA YURT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. 

Namangan viloyati mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yuqori, boy tarix va madaniyatga ega hududlaridan biridir. Keyingi yillarda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tubdan yangilanib, shahar va qishloqlar qiyofasi kun sayin o‘zgarib bormoqda, aholi turmush farovonligi yuksalmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab CHust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, meva-sabzavot etishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish hajmini ko‘paytirish, umuman, mazkur sohani rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyati 2015 yilda faoliyatini yong‘oq, mayiz va kovul eksportidan boshlagan. Jamiyat tasarrufidagi ekin maydonlarida g‘alla, kungaboqar, loviya, kartoshka, makkajo‘xori, issiqxonada pomidor parvarishlanmoqda. 17 sotixli uchastkada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tajribadan o‘tkazilayotir. 32 kishining bandligi ta’minlangan. Mavsum paytida ishchilar soni 800 nafardan oshadi. 

Loyiha doirasida 160 gektar maydonga serhosil yong‘oq ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Uning umumiy qiymati 9,6 milliard so‘m bo‘lib, yiliga o‘rtacha 4 ming 600 tonna yong‘oq etishtiriladi. Yong‘oqlar to‘liq hosilga kirsa, bir yilda 40,2 milliard so‘mlik mahsulot olish mumkin, uning 70 foizi eksport qilinadi. 

Shu erning o‘zida 2018-2019 yillarda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, pillachilikni yo‘lga qo‘yish, tomorqachilikni yanada rivojlantirish,

Page 13: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

issiqxonada limon etishtirish, tutzorlar tashkil etish, og‘ir hududlardagi maydonlarning suv ta’minotini yaxshilash, paxtadan bo‘shagan erlarga turli ekinlar ekish va eksportbop mahsulotlar etishtirish, viloyat eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Davlatimiz rahbari yong‘oqzorlarni ko‘paytirish, baliqchilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

Aholi bandligini ta’minlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda kichik sanoat zonalarining alohida o‘rni bor. 

Prezidentimizga Namangan shahridagi “Orzu” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi. Sanoat zonasining hududi salkam o‘n gektarni tashkil etadi. Bu erda engil sanoat, oziq-ovqat, tibbiy texnika, poligrafiya, polietilen paketlar va plyonkalar, energiya tejaydigan lampalar ishlab chiqarishga oid umumiy qiymati 142 milliard so‘mdan ziyod 22 loyihani amalga oshirish mo‘ljallangan. Loyihalar hayotga to‘liq tatbiq etilgach, yiliga 82,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi, 4 mingga yaqin kishining bandligi ta’minlanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. 

Joriy yilning may oyi oxirigacha tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan “Porloq tekstil liboslari”, “Nurobod sifat tekstil”, “Ulug‘-B”, “Bosir tekstil servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyat boshlaydi. 

Sanoat zonasining zamonaviy kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma ob’ektlariga yaqin hududda tashkil etilgani korxonalarni kelgusida energiya va boshqa resurslar bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Loyihalarda zamonaviy, energiya tejamkor chet el texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. 

Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning muammolarini hal etish, xom ashyo etkazib berish va mahsulotini sotishga ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun mablag‘ ajratish, eksportni kengaytirish uchun korxonalarga xalqaro maqom berish zarurligini ta’kidladi. 

Namangan shahrida engil sanoatni rivojlantirish, xususan, “YUksalish”, “Orzu”, “Paxtaliko‘l”, “Xonobod” sanoat zonalarida amalga oshiriladigan loyihalar, Katta Farg‘ona kanalining Uchqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan qismida kichik GESlar kaskadi qurilishi, “Vodiy neftgaz energiya” korxonasida ishlab chiqarilgan gaz tarmog‘i xavfsizligini ta’minlaydigan innovatsion qurilma taqdimotlari o‘tkazildi. 

Prezidentimiz mazkur loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi “Besh sada” fermer xo‘jaligi shiyponida Namangan viloyati fermerlari bilan muloqot qildi. “Besh sada” fermer xo‘jaligi 2004 yil tashkil etilgan. Dolimjon SHaripov rahbarligidagi xo‘jalik ishchilari joriy yilda 27 gektarda g‘alla, 21 gektardan ziyod maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. 

Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan har yil dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilangan. Davlatimiz rahbari shu munosabat bilan 2017 yil 9 dekabr kuni o‘tkazilgan

Page 14: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

tantanali marosimdagi nutqida paxta maydonlarida hosildorlikni oshirish va erdan samarali foydalanish maqsadida chigitni “qo‘shqator” va “oltmishlik” sxemalar asosida ekishni yo‘lga qo‘yish va samarasiz bo‘lgan “to‘qsonlik” sxemadan bosqichma-bosqich voz kechish zarurligini ta’kidlagan edi. Bugun viloyat fermer xo‘jaliklari mazkur ko‘rsatmalar asosida g‘o‘za parvarishini zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘ygan. 

“Besh sada” fermer xo‘jaligi ham g‘o‘zani “qo‘shqator” sxemasi asosida ekishni joriy etdi. Buning natijasida 1 gektar erga qo‘shimcha 35 ming dona chigit qadalib, hosildorlikni 40 sentnergacha oshirish imkoni paydo bo‘ldi. G‘alla hosildorligi 80 sentnerga chiqarilib, olinadigan sof foyda 35 million so‘mga etishi kutilmoqda. 

Prezidentimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritar ekan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida qilinadigan ishlar hali ko‘pligini ta’kidladi. 

– Barcha sa’y-harakatlarimizdan asosiy maqsad xalqimizni rozi qilish, ertangi kunga ishontirishdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Mirishkorlar Prezidentimizga fermerlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, davlat tomonidan qaratilayotgan alohida e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi. 

Shavkat Mirziyoyev Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uztex Uchkurgan” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. 

O‘tgan yil noyabr oyida Uztex guruhi tarkibida zamonaviy tipdagi to‘qimachilik majmuasi faoliyat boshlagan edi. Natijada bu erda 1 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Korxona yiliga 12 ming tonna kalava-ip va 3 million dona tayyor trikotaj mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan paxtani 100 foiz qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona endi to‘liq klaster usuliga o‘tadi. 

Prezidentimizga korxona faoliyatini kengaytirish va klaster tizimida amalga oshiriladigan loyihalar taqdim etildi. Hozirgi kunda korxonaga yondosh hududda paxtani yuqori texnologiyalar asosida qayta ishlashga mo‘ljallangan hamda poliefir aralashgan paxta tolasi, momiq mato va tayyor tekstil ishlab chiqariladigan qo‘shimcha quvvatlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Muhimi, yana ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Texnologik jarayonlarga Evropa davlatlaridan keltiriladigan uskunalar jalb etiladi. Bu mahalliy paxta xom ashyosini qayta ishlash sifatini va eksport ko‘lamini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. Davlatimiz rahbari korxona ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, paxta to‘qimachilik klasterini tashkil etish borasidagi ishlar bilan qiziqdi. 

Bu yil tumanda 10 ming gektarga yaqin er maydoni klaster usulida paxta etishtirish uchun ajratildi. “Tekstil finans Namangan” korxonasi tomonidan xorijdan ekish texnikalari, kultivatorlar, traktorlar, paxta terish va uni qadoqlash kombayni sotib olindi. 

Prezidentimiz korxona mutasaddilariga paxtaga sun’iy tolani aralashtirib, mahsulot hajmi va ish joyini, pirovardida byudjetga soliq tushumini ko‘paytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, aylanma mablag‘larni oshirish hisobiga tumandagi kam ta’minlangan oilalarga tuxum va tovuqni lizingga berish kerakligini ta’kidladi. 

Page 15: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

– Kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish “Uztex Uchkurgan” korxonasining brendiga aylanishi lozim, –dedi Shavkat Mirziyoyev. – Shu orqali aholining muhtoj qatlamini ishlashga, yaxshi yashashga o‘rgatamiz, hayotga bo‘lgan ishonchini oshiramiz. 

Tumanda klaster tizimida chigit ekishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni sifatli tashkil etish, 2 ta yangi bog‘cha qurish, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini barpo etish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Shu kuni Norin tumani hokimligida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videoselektor shaklida o‘tgan yig‘ilishda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, ta’lim, tibbiyot sohalarini takomillashtirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 

ODAMLARNING OG‘IRINI ENGIL QILISH, BARCHA SOHALARDA ADOLATNI TA’MINLASH – ASOSIY VAZIFAMIZ

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-3 may kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi. 

Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon To‘ra Ibrat memorial majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 

O‘zbekiston zamini dunyo tamadduni va ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, qadamjolarini obod maskanga aylantirish doimiy e’tiborda. 

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 2 noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Ishoqxon Ibrat bog‘i va yodgorlik majmuasini barpo qilish, “Ibrat maktabi”ni tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi. 

Qayd etish joizki, XIX asrda To‘raqo‘rg‘on zaminida tug‘ilib o‘sgan Ibrat arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan. Qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o‘rgangan. Serqirra ijodkor sifatida “Lug‘ati sitta al-sina” (“Olti tilli lug‘at”), “Jome’ ul-xutut” (“Xatlar majmui”), “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat” , “Mezon uz-zamon” ("Zamon tarozusi"), “San’ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy” kabi o‘ndan ortiq tilshunoslikka oid, ilmiy-tarixiy hamda ma’rifiy asarlar yaratgan. Ibrat domla 1886 yildayoq eski maktablarga nisbatan birmuncha ilg‘or bo‘lgan maktab ochgan. 1907 yilda esa yangi “usuli savtiya” maktabini tashkil etib, qishloq bolalarini o‘qitgan. 

Ibrat o‘lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida 1908 yil Orenburg shahridan litografik mashina xarid qilib, uni Orenburgdan Qo‘qongacha poezdda, Qo‘qondan To‘raqo‘rg‘onga tuyalarga ortib, katta mashaqqatlar bilan olib kelgan va o‘z hovlisida “Ishoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu bosmaxona o‘tgan asrning 60-yillarigacha faoliyat ko‘rsatib kelgan va u erda turli ilmiy-ma’rifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar chop etilgan, ularni tarqatish uchun Farg‘ona vodiysi bo‘ylab o‘nlab kitob do‘konlari tashkil etilgan. 

Page 16: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

Davlatimiz rahbari o‘tgan yil iyul oyida Namangan viloyatiga tashrifi doirasida ushbu kompleksda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan, uni mazmun jihatidan takomillashtirish, til o‘rgatish bo‘yicha maxsus maktabni Namangan davlat universiteti qoshida tashkil etish, bu erda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda xorijiy tillarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatish zarurligini ta’kidlagan edi. O‘qituvchi va o‘quvchilarga zarur sharoitlar yaratish, majmua atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. 

O‘tgan vaqt mobaynida ikki gektardan ziyod maydonni egallagan memorial majmuada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Loyiha qiymati 13 milliard so‘mdan ziyod majmua bog‘-xiyobon, uning o‘rtasida Ishoqxon to‘ra Ibrat haykali, milliy uslubdagi ayvon, bosmaxona, musiqali favvora, chet tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 400 o‘rinli maktab-internat va tarixiy-me’moriy obidada barpo etilgan muzeyni o‘z ichiga oladi. 

Prezidentimiz Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatda bo‘ldi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. 

– Ibrat domlaning el-yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlari nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib qolmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Yoshlarimiz shunga munosib, yurt koriga yaraydigan insonlar bo‘lib voyaga etishi kerak. Bu maktabga nafaqat Namangan viloyati, balki mamlakatimizning barcha hududlaridan eng iqtidorli yoshlar o‘qishga qabul qilinadi. 

Xorijiy tillar bo‘yicha ilmiy ishlar qilish, til o‘rgatish metodologiyasini takomillashtirish, maktab-internatda darslarni shu asosda olib borish kerakligi qayd etildi. 

Prezidentimiz Ibrat maktabini a’lo baholarga bitirgan o‘g‘il-qizlarni oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilish va grant asosida o‘qitish bo‘yicha topshiriq berdi. 

Shavkat Mirziyoyev majmuaga uyg‘un tarzda Kosonsoy soyining ikki qirg‘og‘ida bunyod etilgan xiyobonni ko‘zdan kechirdi. Bu erda qurilayotgan uy-joylar, savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar maskanlar, sayr yo‘laklari va boshqa infratuzilma ob’ektlari qurilishini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Ishoqxon Ibrat muzeyi bilan tanishuv asnosida Prezidentimiz viloyat ziyolilari, nuroniylar bilan muloqot qildi. Ular davlatimiz rahbariga buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi. 

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari hududlarga tashrifi chog‘ida shunday muassasalar faoliyati bilan tanishmoqda. Bu bejiz emas. Mutaxassislar fikricha, o‘quvchilarning fanlarni qanchalik puxta o‘zlashtirishi bog‘chada olgan bilimiga bog‘liq. 

Bu borada Namangan viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Page 17: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

Prezidentimiz ko‘rsatmalari asosida To‘raqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2 milliard 250 million so‘m evaziga 10-maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etildi. Ishoqxon Ibrat majmuasi yonida joylashgan ushbu bog‘chada bolajonlar ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Joriy yilda bog‘chaga 200 bolani qabul qilish rejalashtirilgan. 

Davlatimiz rahbariga bog‘chada o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni, yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. 

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bo‘ldi. Markazga “Karbonam” MCHJ tasarrufidagi foydalanilmay turgan to‘rt qavatli bino ajratilgan. 15 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirildi. 

Markazda elektron navbat tizimi joriy etilgan bo‘lib, kuniga 800 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga 50 dan ziyod davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu erda Xalq qabulxonasi, notarial idora, FHDYO, pasport bo‘limlari, sug‘urta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmatlari, bank shoxobchasi joylashgan. Tez tibbiy yordam xizmati, bolalar maydonchasi, kafe tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari markazdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi, haydovchilik guvohnomasini berish jarayonini bevosita kuzatdi. Ushbu guvohnomalarga mikrochip o‘rnatilgan bo‘lib, shaxsning pasport ma’lumotlari kiritiladi. Pasport bo‘lmaganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga o‘tadi. 

– Biz bu xizmatni nima uchun tashkil qildik? Adolat buzilmasligi, korrupsiya bo‘lmasligi, odamlar qiynalmasligi uchun, – dedi Prezidentimiz.

– Ushbu muassasa davlat xizmatlari markazlari faoliyatini tashkil etishning Namangan tajribasi, odamlar bilan muloqotning yangi namunasi bo‘ladi. Eng katta yutug‘imiz bunday idoralarda endi fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi. 

Muassasaning uchinchi qavatida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bo‘limi hamda Namangan innovatsiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Prezidentimiz xotin-qizlarni o‘ylantirayotgan muammolarni bartaraf etish, ularning manfaatlarini ta’minlash borasida Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oldida turgan masalalarga e’tibor qaratdi. Viloyatning har bir tumani kesimida oilalarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, xotin-qizlar bandligi, tibbiy madaniyati bo‘yicha tahlillar olib borish zarurligini ta’kidladi. 

– Xotin-qizlar qo‘mitalari vakillari endi yig‘ilishma-yig‘ilish yurmaydi, o‘z uchastkasidagi ayollar muammolari bilan shug‘ullanadi. Bu sohadagi eng katta illat – xotin-qizlar qo‘mitalari o‘z ortidan hech kimni ergashtirolmaydi. Bunga barham berilsagina jamiyatimizda ma’naviy muhit o‘zgaradi, xotin-qizlar muammolari kamayadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Xotin-qizlar ishsizligining oldini olish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni, uy-joy sharoitini yaxshilash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi. 

Davlatimiz rahbari tashrifidan so‘ng “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Namangan shahar va 11 tuman bo‘limiga “Spark” avtomobillari topshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 sentyabrdagi “Namangan shahrida zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ulkan istirohat bog‘i barpo etilmoqda.

Page 18: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

Mazkur majmuaning tamal toshi Prezidentimizning o‘tgan yil Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida qo‘yilgan edi. 

“Namangan istiqlol bog‘i”ni tashkil etish loyihasida mahalliy aholi va viloyat mehmonlari, xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladigan infratuzilma ob’ektlari ko‘zda tutilgan. 110 gektar maydonni qamrab olgan bog‘da ochiq va yopiq suzish havzasi, mini-stadion, muz saroyi, to‘rt yulduzli mehmonxona, yirik attraksionlar, ertaklar shaharchasi, savdo majmualari, kutubxona, internet kafe, bouling va fitnes klublari, ko‘p qavatli zamonaviy avtoturargoh, hunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark joylashadi. O‘ziga xos landshaftga ega hududga noyob manzarali daraxt va gullar ekilib, botanika bog‘i yaratiladi. 

Turkiyaning “DOME+PARTNERS” kompaniyasi loyihasi asosida qurilayotgan majmuaning umumiy qiymati 12 million dollar va 116 milliard so‘mni tashkil etadi. 2019 yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan bog‘da 1 ming 500 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. U yiliga 100 ming kishiga xizmat ko‘rsatadi. 

Ayni paytda bu erda keng qamrovli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.Davlatimiz rahbariga madaniyat va istirohat bog‘ida qurilishi

rejalashtirilayotgan “O‘n bir Ahmad” masjidi, Guliston dahasida bunyod etilishi mo‘ljallangan “Namangan City”, Pop tumanidagi zamonaviy savdo majmuasi va "Pop eco park", Namangan shahar kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish kabi loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. 

Prezidentimiz nafaqat viloyat, balki mamlakatimizda qiyosi yo‘q bo‘ladigan mazkur majmuani sifatli barpo etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi. Boqqa "Afsona Land" nomini berishni taklif etdi. 

Shu bilan davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga safari nihoyasiga etdi. Tashrif davomida yutuqlar bilan birga, qator kamchiliklar ham mavjudligi qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Bu odamlarning og‘irini engil qilish, har bir sohada adolatni ta’minlash, hududlarni izchil rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.

 

O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTON PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Muloqotda davlat rahbarlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. 

Siyosiy iroda va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tufayli O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarda mavjud ulkan salohiyat to‘liq ro‘yobga chiqayotgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi. 

Hamkorlikning erishilgan yuksak darajasi qardosh mamlakatlar va xalqlar sherikligining yorqin namunasi ekani alohida qayd etildi. 

Page 19: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

Qisqa muddatda hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ulkan natijalarga erishildi. Ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor 2018 yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi, 15 mart kuni Ostonada uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanmoqda. O‘zaro savdo hajmi izchil o‘sib, iqtisodiyotning turli sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. 

Hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalar faollashdi. Aviaparvozlar soni, avtomobil va temir yo‘l tashuvlari ko‘paydi, avtobuslar qatnovi tiklandi. Madaniy-gumanitar va sayyohlar almashuvi kengaymoqda. 

SHu ma’noda, qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishning samarali mexanizmi bo‘lgan Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyati amaliy natijalar berayotgani ta’kidlandi. 

Muloqotda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining birinchi sammiti samarali natijalar bergani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning qator dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar. 

Suhbat yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida serqirra hamkorlikni kengaytirish hamda ko‘p asrlik do‘stlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlash borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar. 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRINING BIRINCHI O‘RINBOSARINI

QABUL QILDIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni tashrif

bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Asqar Maminni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston – Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasi samarali faoliyat ko‘rsatayotgani va amaliy natijalar berayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Ikki davlat Bosh vazirlarining birinchi o‘rinbosarlari raislik qilayotgan komissiya bugungi kungacha 17 majlis o‘tkazdi, jumladan, oxirgi majlis joriy yilning mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tdi. 4 may kuni Toshkentda komissiya hamraislari amaliy muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhim ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Asqar Mamin davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston oliy darajada erishilgan kelishuvlarning so‘zsiz va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida qardosh mamlakatlarimiz

Page 20: samgasi.uz soati... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 8 may seshanba kuni dars

o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi. 

ASQAR MAMIN: O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYODA HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASHGA QARATAYOTGAN E’TIBORI

BARCHAGA NAMUNA BO‘LMOQDAQozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Ikki

tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Asqar MAMIN davlatimiz rahbari bilan muloqotdan so‘ng O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi: 

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvimiz g‘oyat samarali kechdi. Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi keng ko‘lamli munosabatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdik. 

Qozog‘istonda 2018 yil – O‘zbekiston yili deb e’lon qilingani munosabati bilan belgilangan barcha tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Bu mamlakatlarimizning do‘stona aloqalari rivojiga yangi ruh bag‘ishlamoqda. 

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikni mustahkamlash borasidagi amaliy qadamlari barcha davlatlarga o‘rnak bo‘lmoqda.