soliqlar va soliqqa tortish...“soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi, predmeti va...

13

Upload: others

Post on 16-Feb-2020

78 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANINING

SILLABUSI

(2019/2020 o’quvyili) Kafedra nomi: Soliqlarvasoliqqatortish

O’qituvchi haqida

ma’lumot:

QiyosovSherzodUralovich [email protected]

Semestr va o’quv

kursining davomiyligi

Semestrvajamisoat

O’quv soatlari hajmi:

jami: 252

shuningdek:

ma’ruza 72

seminar 72

Amaliy (laboratoriya) -

mustaqilta’lim 108

Yo’nalish nomi va shifri

5111000 – Kasb ta’limi (5230600 – Moliya);

5111000 – Kasb ta’limi (5230900 – Buxgalteriya hisobi

va audit (tarmoqlar bo’yicha));

5230600 – Moliya;

5230700 – Bank ishi;

5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit;

5231200 – Sug’urta ishi;

5231300 – Pensiya ishi;

5231500 – Baholash ishi;

5232100–Korporativmoliya;

5232200–Davlat budjetining g’azna ijrosi.

Kursning predmeti va mazmuni: Soliqqa tortish jarayonida shakllanadigan

munosabatlar yig’indisi mazkur kursning predmeti hisoblanadi. Mazkur kursda

yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va unga tenglashtirilgan

to’lovlar tarkibi, har bir soliq turini hisoblash, hisob-kitoblarini taqdim etish va

to’lash tartibi, davlat soliq xizmati organlarining vakolatlari va vazifalari kabi

masalalar keng yoritib berilgan.

Kursni o’qitishning maqsadi va vazifalari: Fanni o’qitishdan maqsad –

talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan

yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy qo‘llay

olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.

Fanning vazifasi – talabalarni soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni

hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-

kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks

ettirilishini o‘rgatishdan iboratdir.

Kursningtarkibivamazmuni

№ Fan mavzularining nomi Jam

i

Shu jumladan

Ma‘ruz

a

Amali

y

mash-

g‘ulot

Mustaqi

l ta‘lim

5-semestr

1. “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish 20 6 6 8

2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 20 6 6 8

3. Soddalashtirilgan soliq tizimi 28 8 8 12

4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad

solig’i 28 8 8 12

5. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 30 8 8 14

5-semester bo’yichajami 126 36 36 54

6 семестр

6. Aksiz solig‘i 14 4 4 6

7. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga

solinadigan soliq 20 6 6 8

8. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan

yer solig’i 18 6 6 6

9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 14 4 4 6

10. Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar

va maxsus to'lovlar 22 6 6 10

11. Mahalliy yig’imlar 8 2 2 4

12. Davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy

to’lovlar 14 4 4 6

13. Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi 16 4 4 8

6-semester bo’yichajami 126 36 36 54

JAMI 252 72 72 108

1-Mavzu. “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Fanning

amaldagi soliqlar va soliqqa tortish tizimi bilan tanishtirishga qaratilganligi. Fanning

asosiy maqsadi soliq turlari, soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar va ularning o‘ziga

xos jihatlari bo‘yicha talabalarda ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat ekanligi.

Mazkur fanni o‘rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan faol usul,

prezentatsiya, ishbilarmon o‘yinlar, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalanish.

Shu bilan bir qatorda tahlil va sintez, statistik jadvallar orqali fanning asosiy

mohiyatini ifoda etib berish.

Soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi, ularning amal qilish xususiyatlari.

O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning

budjet daromadlaridagi salmog‘i hamda ularning o‘zgarish sabablari. Soliqlar va

boshqa majburiy to‘lovlar: iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra guruhlanishi; budjetga

tushishiga ko‘ra guruhlanishi; soliq to‘lovchilari nuqtai-nazaridan guruhlanishi.

Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibi.

Jismoniy shaxslarning soliqli to‘lovlariga tavsif. Soliqlar va boshqa majburiy

to‘lovlarni hisoblash hamda budjetga to‘lashda soliq to‘lovchi sub’ektlarning

huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash

sharoitida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ustidan soliq organlarining nazorati.

Muddatida bajarilmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq

majburiyatlarini bajarish usullari.

2-Mavzu.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i.

Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan undiriladigan foyda

solig‘ining budjet daromadlarida tutgan o‘rni. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda

solig‘ini undirishda qo‘llaniladigan me‘yoriy hujjatlar tarkibi. Yuridik shaxslardan

undiriladigan foyda solig‘i to‘lovchilari tarkibi. Soliqqa tortish maqsadida yuridik

shaxs rekvizitlari. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining soliq solish

ob‘ekti. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlash. Yuridik shaxslarning jami

daromadlari tarkibi. Jami daromadlar tarkibining tuzilishi: mahsulot (ishlar,

xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum; asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,

qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk ob‘ektlari, materiallar va boshqa aktivlarni

sotishdan keladigan daromad; foiz ko‘rinishidagi daromad; dividendlar; bepul

olingan mol-mulklar; mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; royalti;

tekin moliyaviy yordam; da‘vo muddati o‘tib ketgan kreditorlik va deponentlik

qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va hakazolar.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o‘zaro aloqador yuridik shaxslarni

soliqqa tortishda foydalariga o‘zgartirish kiritish tartibi. Jami daromaddan

chegirmalar. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.

Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash muddatlari.

Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i bo‘yicha davlat soliq xizmati

organlarining nazorati.

3-Mavzu.Soddalashtirilgan soliq tizimi.

Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga tatbiq etilishi. Iqtisodiyotni

modernizatsiyalash sharoitida soddalashtirilgan soliq tizimining iqtisodiy ahamiyati.

Soddalashtirilgan soliq tizimining tarkibiy tuzilishi: yagona soliq to‘lovi. Yagona

soliq to‘lovi va uning amal qilish jarayoni. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tarkibi.

Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tarkibiga kiritilish mezoni.

Yagona soliq to‘lovining soliq ob‘ekti. Yalpi tushum va uning tarkibi:

mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum; asosiy faoliyatdan boshqa

daromadlar; moliyaviy faoliyatdan daromadlar; favqulodda daromadlar. Yagona

soliq to‘lovi stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanish mezonlari. Iqtisodiyotni

modernizatsiyalash sharoitida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha taqdim etilgan

imtiyozlar va preferentsiyalar. Yagona soliq to‘lovi hisoblash va to‘lash tartibi.

Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Yagona soliq

to‘lovini buxgalteriya hisobida aks ettirish.

4-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslarning

daromadlaridan olinadigan soliq va uning o‘ziga xosligi. Jismoniy shaxslarning

daromadlaridan olinadigan soliq ob‘ekti. Jismoniy shaxslarning jami yillik

daromadlari. Jami yillik daromad tarkibi: mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan

daromadlar; jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari; moddiy naf tarzidagi

daromadlar va boshqa daromadlar.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslarning

daromadlaridan olinadigan soliqning stavkasi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan

olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar. Soliq imtiyozlari tarkibi: soliq solinadigan

daromadga kiritilmaydigan daromadlar; soliqdan to‘liq ozod qilinadigan jismoniy

shaxslar; har to‘liq oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi

imtiyoz. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni hisoblash

uslubiyati.

Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lov manbaida

ushlab qolish. Deklaratsiya tushunchasi va uni joriy qilish sabablari. Jismoniy

shaxslarning deklaratsiyaga kiritiladigan daromadlari tarkibi. Deklaratsiyani

to‘ldirish va soliq organlariga topshirish tartibi hamda muddati. Deklaratsiyani

muddatida topshirmagan jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jarimalar.

Deklaratsiya bo‘yicha qo‘shimcha hisoblanadigan soliq summasini budjetga to‘lash

muddati.

5-Mavzu.Qo‘shilgan qiymat solig‘i.

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari

va ahamiyati. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari tarkibi. Qo‘shilgan qiymat

solig‘ining soliq solish ob‘ekti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq

ob‘ektining tarkibi: tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo‘yicha aylanmalari;

tovarlarning importi bo‘yicha aylanmalar. Soliq solinadigan aylanma tarkibi:

tovarning realizatsiyasi bo‘yicha aylanma; ishlarning realizatsiyasi bo‘yicha

aylanma; xizmatlarning realizatsiyasi bo‘yicha aylanma. Soliq solinadigan

aylanmani aniqlash. Soliq solinadigan aylanmani tuzatish. Soliq solinadigan aylanma

miqdoriga kiritilmaydigan aylanmalar. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari.

Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i. Import

qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.

Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash tartibi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha

mavjud muammolar.

6-Mavzu. Aksiz solig‘i.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aksiz solig‘i va uning soliq tizimida

tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun

aksiz solig‘i. Aksiz solig‘i to‘lovchilarining tarkibi. Aksiz solig‘ining soliqqa tortish

ob‘ekti. Soliq ob‘ekti tarkibi: qat‘iy soliq stavkalari belgilangan mahsulotlar

bo‘yicha sotilgan mahsulot hajmiga nisbatan naturadagi ifodasi; o‘z ichiga aksiz

solig‘ini olgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda yuklab jo‘natilgan

tovar qiymati.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga aksiz solig‘i

stavkalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasiga

import qilinadigan aksizosti mahsulotlariga qo‘llaniladigan soliq stavkalari. Aksiz

solig‘ini hisoblash tartibi. Aksiz solig‘ini hisobga olish. Aksiz solig‘ini to‘lash

muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida import qilinadigan aksizosti

mahsulotlaridan soliq undirish tartibi. Aksiz markalari va ularni qo‘llash tartibi.

Aktsiz markalari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish.

7-Mavzu.Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi soliq

tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Yuridik

shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini undirishning huquqiy asoslari. Mol-mulk

solig‘i to‘lovchilari tarkibi. Mol-mulk bo‘yicha soliqqa tortiladigan ob‘ekt. Soliqqa

tortiladigan mol-mulk bo‘yicha o‘rtacha qoldiq qiymatni aniqlash uslubiyati.

Me‘yordagi muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar uchun mol-mulk

solig‘ini hisoblash. Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob‘ektlariga

mol-mulk solig‘ini hisoblash. Qurilishning belgilangan muddatini aniqlash jarayoni.

Soliq stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk

solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. Soliq imtiyozlari tarkibi: mol-mulkiga soliq

solinmaydigan yuridik shaxslar; mol-mulklarga muddat bo‘yicha taqdim etilgan

soliq imtiyozlari. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va

to‘lash muddatlari.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslar to‘laydigan mol-

mulk solig‘i va uning ahamiyati. Jismoniy shaxslar to‘laydigan mol-mulk solig‘i

bo‘yicha ishlab chiqilgan me‘yoriy hujjatlar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash

sharoitida jismoniy shaxslardan mol-mulk solig‘ini undirish tartibi. Jismoniy

shaxslar olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lash muddatlari.

8-Mavzu. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i.

Yer solig‘i joriy etilishining asosiy sabablari. Yuridik shaxslardan olinadigan

yer solig‘ini to‘lovchilar tarkibi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq

solish ob‘ekti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan

olinadigan yer solig‘i stavkalari.

Soliq stavkalarining guruhlanishi: jamoa qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan

yerlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; lamikor ekinzorlar, bo‘z yerlar va

ko‘p yillik ko‘chatzorlardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; qishloq xo‘jaligi

va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan boshqa yerlardan

foydalanganlik uchun soliq stavkalari; Toshkent shahar yer uchastkalaridan

foydalanganlik uchun soliq stavkalari; shahar va qo‘rg‘onlarda yer uchastkalaridan

foydalanganlik uchun soliq stavkalari; korxona, muassasalar va tashkilotlardan

qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq

stavkalari; qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun

soliq stavkalari.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan undiriladigan

yer solig‘i va uning iqtisodiy ahamiyati. Yer uchastkalarini ijaraga olish va mulk

huquqi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ining to‘lovchilari. Jismoniy

shaxslardan undiriladigan yer solig‘ining ob‘ekti va uni aniqlash tartibi. Yer solig‘i

bo‘yicha jismoniy shaxslarga beriladigan imtiyozlar.

Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari va ularning

tabaqalanishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yer solig‘ini hisoblash va

uni budjetga undirish tartibi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini to‘lash

muddatlari.

9-Mavzu. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida suv resurslaridan foydalanganlik uchun

soliqni undirishning huquqiy asoslari.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning ob‘ekti va uni aniqlash tartibi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari. Soliq stavkalarining

tabaqalanishi: yer usti suv resurslari manbalari bo‘yicha; yer osti suv resurslari

manbalari bo‘yicha. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha

imtiyozlar tarkibi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va budjetga

to‘lash muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq

hisob-kitoblarini topshirish muddatlari.

10-Mavzu. Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus

to'lovlar.

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning o‘ziga xos xususiyatlari. Yer

qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning to‘lovchilar tarkibi. Iqtisodiyotni

modernizatsiyalash sharoitida yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning ob‘ekti.

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi.

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar va ularning

qo‘llanilish tartibi.

Soliqni hisoblash va budjetga o‘tkazish muddati. Yer qa‘ridan foydalanganlik

uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Iqtisodiyotni

modernizatsiyalash sharoitida soliq hisobini yuritish va uni buxgalteriyada

rasmiylashtirish.

11-Mavzu. Mahalliy yig’imlar.

Mahalliy yig’imlar va ularning amal qilish xususiyatlari. Mahalliy yig’imlar va

ularning mahalliy budjetlarni shakllantirishdagi o’rni. Mahalliy yig’imlarni

to’lovchilar tarkibi.

Mahalliy yig’imlarni hisoblash va to’lash tartibi. Patta haqi to’lovlari. Patta

to’lovi miqdori va uni belgilash tartibi. Patta to’lovlaridan hosil bo’lgan

mablag’lardan foydalanish jarayoni.

Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda yig’imlarning ahamiyatini

oshirish.

12-Mavzu. Davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar.

Sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan budjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasiga tushadigan majburiy ajratmalar va boshqa to‘lovlarni joriy

qilinishining sabablari va huquqiy asoslari. Yagona ijtimoiy to‘lov. Yagona ijtimoiy

to‘lov miqdori va uni hisoblash ob‘ekti. Yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash muddatlari.

Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta‘lim

va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va

jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar ahamiyati va mohiyati. Majburiy

ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi. Majburiy ajratmalar summalarini to‘g‘ri

hisoblab chiqarilishi, to‘lanishi va sarflanishi ustidan nazorat hamda javobgarlik.

Soliq davri. Hisobot davri.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar. Respublika yo‘l jamg‘armasiga

yig‘imlarning turlari, soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq solish ob‘ekti, soliq solinadigan

baza, imtiyozlar, yig‘imlarni to‘lash tartibi.

13-Mavzu. Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi.

Hisobotlarni elektron ko’rinishda topshirishning zarurligi, joriy etilishi va

me’yoriy huquqiy asoslari. Elektron raqamli imzo (ERI). Elektron raqamli imzoni

olish tartibi.

“Soliq to’lovchilarga interaktiv xizmatlar” tizimi (“Shaxsiy kabinet”)ga kirish

paytida ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlar oynasi. Elektron hisobotlarni

tuzish tartibi. Elektron hisobotlarni jo’natish tartibi. Hisobotlarni tekshirish va

xatolarni tuzatish tartibi. Hisobotning o’z vaqtida topshirilganligi va soliq inspektori

tomonidan imzolangani to’g’risidagi ma’lumotni olish tartibi.

MUSTAQIL TA’LIMNING SHAKLI VA MAZMUNI

Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, yuridik va

jismoniy shaxslarni soliqqa tortish jarayonini o’rganishda fanning biror bir

mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil

ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini

mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.

Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari

mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari

bilan uzviylikda bajariladi.

“Soliqlar va soliqqatortish” fanibo’yicha

Mustaqil ta’limning mazmuni

Fan bo’yicha

mazmuni Mustaqil ta’limga oid bo’lim va mazulari

Mustaqil ta’limga

oid topshiriq va

tavsiyalar

1. “Soliqlar va

soliqqa tortish”

faniga kirish

Fanning asosiy maqsadi soliq turlari,

soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar va

ularning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha

talabalarda ko‘nikmalar hosil qilish. Soliqlar

va boshqa majburiy to‘lovlar: iqtisodiy

mohiyatiga ko‘ra guruhlanishi; budjetga

tushishiga ko‘ra guruhlanishi; soliq

to‘lovchilari nuqtai-nazaridan guruhlanishi.

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

2. Yuridik

shaxslardan

olinadigan foyda

solig‘i

Yuridik shaxslarning yillik jami daromadlari

tarkibi. O‘zaro aloqador yuridik shaxslarni

soliqqa tortishda foydasiga o‘zgartirish kiritish

tartibi

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

3. Soddalashtirilgan

soliq tizimi

Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha yalpi tushum va

uning tarkibi

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

4. Jismoniy

shaxslardan

olinadigan daromad

solig’i

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari.

Jismoniy shaxslarning daromadlaridan

olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

5. Qo‘shilgan

qiymat solig‘i

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq

ob‘ektining tarkibi.

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

6. Aksiz solig‘i O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab

chiqarilgan tovarlar uchun aksiz solig‘i va

soliq stavkalari

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

7. Yuridik va

jismoniy

shaxslarning mol-

mulkiga solinadigan

soliq

Mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘rtacha yillik

qoldiq qiymatni aniqlash uslubiyati. Soliq

imtiyozlari tarkibi. Mol-mulk

solig‘iningstavkalarivaimtiyozlari tarkibi.

Hisoblashvabudjetgato’lashtartibi

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

8. Yuridik va

jismoniy

shaxslardan

olinadigan yer

solig’i

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining

soliq solish ob‘ekti. Yuridik shaxslardan

olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer

solig‘ining soliq solish ob‘ekti. Jismoniy

shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha

imtiyozlar

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

9. Suv resurslaridan

foydalanganlik

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun

soliqni undirishning huquqiy asoslari va soliq

Prezetatsiya,

testlar,

uchun soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

10. Yer qa‘ridan

foydalanuvchilar

uchun soliqlar va

maxsus to'lovlar

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning

ob‘ekti va stavkalari

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

11. Mahalliy

yig’imlar

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy

to‘lovlarni hisob-lash hamda to‘lash tartibi.

Patta haqi to‘lovlari

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

12. Davlat maqsadli

jamg’armalariga

majburiy to’lovlar

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga

majburiy ajratmalar va boshqa to‘lovlarning

joriy qilinishi va huquqiy asoslari. Respublika

yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni

hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini

taqdim etish va to‘lash tartibi

Prezetatsiya,

testlar,

yozmaishvariantl

ari, keys stadilar

13.

Elektronhisobotvau

nijo’natishtartibi

Hisobotlarni elektron ko’rinishda

topshirishning zarurligi, joriy etilishi va

me’yoriy huquqiy asoslari. Elektron raqamli

imzo (ERI). Elektron raqamli imzoni olish

tartibi. Elektron hisobotni tuzish va uni

jo’natish tartibi.

Prezetatsiya,

testlar, yozma

ish variantlari,

keys stadilar

Maslahatlarvatopshiriqlarnitops

hirishvaqti

SeshanbavaJuma Soat 1400

da Soliqlarva

sug’urtafakulteti204

auditoriya

Bilimlarnibaholashusullari, mezonlarivatartibi:

Baholashusullari Turlimanbalarbo’yichama’ruzamatnlariningkengaytirilganshaklini

tayyorlash, kichikguruhlardaishlash, test-treninglari, munozara,

yozmaishlarnibajarish.

Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish

Baholash

usullari Baholash mezonlari

Testlar,

yozma

ishlar,

og‘zaki

savol-

javoblar

86-100 ball “a’lo”: Fanga oid nazariy bilimlarni to‘la o‘zlashtira olish. Xulosa

va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish.

Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Tasavvurga ega

bo‘lish.

71-85 ball “yaxshi”: Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda

qo‘llay olish.Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega

bo‘lish.

55-70 ball“qoniqarli”: Mohiyatinitushuntirish. Bilish, aytibberish. Ma’lumbir

tasavvurga ega bo‘lish.

0-54 ball “qoniqarsiz”: Fan bo‘yicha nazariy vaamaliybilimlarnibilmaslik.

Reyting baholash turlari

Joriy nazorat 36

Oraliq nazorat 34

Yakuniy nazorat 30

Jami 100

Joriynazorat

Joriy nazorat Maksi

malball

O‘tkazish

vaqti

Joiry nazorat (20 ball) MT (16 ball)

36 Semestrlar

davomida

Joriynazoratdarslargaaktivishtirokivao‘

zlashtirishdarajasi,

mashg‘ulotdaftarlariningyuritilishholati

vamavzularbo‘yichavazifalariningbajari

lishinie’tiborgaolishorqaliamalgaoshiril

adi.

Mustaqil

ta’limnibaholashtopshiriqlar

iningportfoliosi

(prezentatsiya, testlar,

yozmaishvariantlari, keys

stadilar)

orqaliamalgaoshiriladi

Oraliq nazorat

Oraliq nazorat

Mak

simal

ball

O‘tkazish vaqti

№ Oraliq nazorat (20 ball) MT (14 ball) 34

Semestr

davomida

I

Oraliqnazoratma’ruzadarslaridaakt

ivligi,

mashg‘ulotdaftarlariningyuritilishh

olatinie’tiborgaolishvaoraliqnazora

tnazoratishiningbaholanishiorqalia

malgaoshiriladi. (8 ball)

Mustaqil

ta’limnibaholashtopshiriqlar

iningpartfoliosi

(prezentatsiya, testlar,

yozmaishvariantlari, keys

stadilar)

orqaliamalgaoshiriladi. (6

ball)

14

I

oraliqnazoratdav

omida (5-

semestruchun 1-

9 haftalar),

(6-semestruchun

23-31-haftalar)

II

Oraliqnazoratma’ruzadarslaridaakt

ivligi,

mashg‘ulotdaftarlariningyuritilishh

olatinie’tiborgaolishvaoraliqnazora

tnazoratishiningbaholanishiorqalia

malgaoshiriladi. (12 ball)

Mustaqil

ta’limnibaholashtopshiriqlar

iningpartfoliosi

(prezentatsiya, testlar,

yozmaishvariantlari, keys

stadilar)

orqaliamalgaoshiriladi. (8

ball)

20

II oraliqnazorat

davomida (5-

semestr

uchun10-20

haftalar), (6-

semestruchun32

-40 haftalar)

Yakuniy nazorat №

Yakuniy nazorat Maksimalbal

l O‘tkazish vaqti

1 Yakuniynazoratsemestryakunidayozmaish, test

yokiog’zakishakldao’tkaziladi. 30

Attestatsiyahaftasidavomi

da (5-semestruchun 21-22

haftalar),

(6-semestruchun41-42

haftalar)

Axborotresursbaza:

Asosiyadabiyotlar: 1. Vahobov A., Jo’rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T:

“IQTISOD-MOLIYa”, 2019. -408 b.

2. Jo’rayev A.S., Usmanova M.S., Amanov A.M., Qiyosov Sh.U. Jismoniy

shaxslarni soliqqa tortish. Darslik, –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 432 b.

3. Jo’rayev A., Shirinov S. Soliq statistikasi va prognozi. O’quv

qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2015. -320 b.

4. Jo’rayev A., Safarov G’., Meyliyev O. Soliq nazariyasi. O’quv

qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. –324 b.

5. Jo’rayev A., Usmanova M. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv

qo’llanma, –T.: “Sano-standart”, 2015. - 216 b.

Qo’shimchaadabiy

otlar:

6. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси –Т. Ўзбекистон, 2018.

7. Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодекси. –Т.: “Адолат”, 2018.

8. “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича

ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси

Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони.

9. Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат

Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. – Тошкент:

“Ўзбекистон” НМИУ, 2019. – 61 б.

10. Мирзиёев Ш.М. “Инновацион ғояларни илм-фан ва саноатга кенг

татбиқ этиш- ислоҳотлар самарадорлигининг бош мезони”//Халқ сўзи,

№107 (7337). 2019 йил 29 май.

11. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб

халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ,

2017. - 488 б.

12. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва

шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик

қоидаси бўлиши керак. - Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. - 104 б.

13. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон

давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ,

2017. - 56 б.

14. Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 24 декабрдаги “Солиқ ва

бюджет сиёсатининг 2019 йилга мўлжалланган асосий йўналишлари

қабул қилинганлиги муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг

айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш

тўғрисида”ги ЎРҚ-508-сон Қонуни.

15. Ўзбекистон Республикасининг “Давлат солиқ хизмати

тўғрисида”ги Қонуни. //1997 йил 29 август

16. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 13

февралдаги “Солиқ қонунчилигини тубдан такомиллаштириш бўйича

ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ-5214-сон Фармойиши

17. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил

26 декабрдаги “Ўзбекистон Республикасининг 2019 йилги асосий

макроиқтисодий кўрсаткичлари прогнози ва Давлат бюджети

параметрлари ҳамда 2020-2021 йилларга бюджет мўлжаллари

тўғрисида”ги ПҚ-4086-сон Қарори.

18. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 18 июлдаги

“Солиқ маъмуриятчилигини тубдан такомиллаштириш, солиқлар ва

бошқа мажбурий тўловларнинг йиғилувчанлигини ошириш чора -

тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5116-сон Фармони.

19. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 29 июндаги

“Ўзбекистон Республикасининг солиқ сиёсатини такомиллаштириш

концепцияси тўғрисида”ги ПФ-5468-сонли Фармони.

20. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 26 июндаги

“Давлат солиқ хизмати органлари фаолиятини тубдан

такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-3802-сонли

Қарори.

21. Гончаренко Л.И. Налогообложение организаций. Учебник.

Москва, КНОРУС. 2018, 385-стр

22. Романов А.Н., Колчин С.П. Налоги и налогообложение. Учебное

пособие. Москва, Инфра-М. 2018, 385-стр

23. Черник Д.Г., Шмелев Ю.Д. Теория и история налогообложения.

Учебное пособие. Москва, Юрайт. 2016, 363-стр

Internetresurslar: 24. http://www.gov.uz - Ўзбекистон Республикаси ҳукумат портали

25. http://www.lex.uz - Ўзбекистон Республикаси қонунлари базаси

сайти

26. http://www.mf.uz - Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги

сайти

27. http://www.soliq.uz - Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ

қўмитаси сайти

28. http://www.fmc.uz - “Finmanconsult” компанияси

29. https://www.sciencedirect.com - ScienceDirect Elsevier - халқаро

ахборот базаси

30. http://www.ziyonet.uz - Жамоат ахборот таълим тармоғи сайти

31. http://www.norma.uz - “Норма ҳамкор” МЧЖ

32. http://www.nalog.ru - Россия Федерациясининг Федерал солиқ

хизмати сайти