stress va ziddiyatlarning o quv ja yoniga ta siri · 2019-10-27 · stress va ziddiyatlarning o quv...

10

Upload: others

Post on 24-May-2020

15 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida
Page 2: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida
Page 3: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida

1

MUASSISLAR:

O‘zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi

T.N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari

ilmiy-tadqiqot instituti

«Maktub print»mas’uliyati cheklangan jamiyati

TAHRIR HAY’ATI:

Hikmatilla RASHIDOVIslom ZOKIROV

Maqsudjon YO‘LDOSHEVMurodilla ХOLMUHAMEDOV

Shavkat SHARIPOVMalohat A’ZAMOVAInomjon MAJIDOV

Uzoqboy BEGIMQULOV

BOSH MUHARRIR:Abduhamid MUXTOROV

Mas’ul kotib:G‘olib BAHROMOV

Musahhih:Lola QAHHOROVA

Sahifalovchi: Olmos MUXTOROVNavbatchi muharrir:

Uldona ABDURAHMONOVA

STRESS VA ZIDDIYATLARNING O‘QUV JARAYONIGA TA’SIRIKuchli stress vaqtida o‘ng va chap miya yarim sharlari orasida buzilish ro‘y

beradi. Har bir yarim sharning o‘z vazifasi bo‘lib, organizm va psixik faoliyat shunga moslashgan. Masalan: miyaning chap yarim shari tafakkurni, og‘za­ki nutqni, mantiqiy fikrlashni, axborot to‘plashni boshqaradi. Miyaning o‘ng yarim shari intuitsiya, estetik va badiiy faolifazoviy yo‘nalishlar, tafakkur, shoshi lish axborotlarni tayyorlash jara yonlariga javobgardir...

Xojal BARAKAYEVA

G E R M A N I Y A D A T A ’ L I M T I Z I M I

19

33

52

Xalqaro e’tirof etilgan nemis ta’lim dargohlarida mustaqil fikr ham­da keng dunyoqarash shaklla nishiga alohida e’tibor beriladi. Ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyala­ridan unumli foydalanmaydigan kimsalarga esa juda qiyin. Taraqqi­yot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o‘z o‘rniga ega bo‘lish amri mahol. Darvoqe, nemislarga xos temir intizom, birso‘zlilik xislat­lari ham aynan ta’lim dargohlarida shakllanadi...

Lutfullo JO‘RAYEV

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГА СИСТЕМЫДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ

В данной статье автор раскрывает роль институтов переподго­товки и повышения квалификации педагогичекисх кад ров работников дошкольного образования. Названы условия, обеспечивающие качество дошкольного образования в стране. Перечислены позитивные достиже­ния за последние годы в данных образовательных учреждениях. Показаны различные формы обучения.

М.Х.УМАРОВА

Page 4: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida

210-son 2016-yil

Tahririyat manzili:100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Telefon: (0 371) 244-75-88, 244-75-87,244-75-46, 244-75-47.

e-mail: [email protected] [email protected]

Bosmaxonaga 21.10.2016-yilda topshi ril di. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x841/8. Shartli bosma tabog‘i 4,5.

«Times» garniturasi. 11, 12 kegl.«O‘QITUVCHI» NMIU bosmaxonasida chop etildi.

Manzil: Toshkent sh. Yangishahar ko‘chasi, 1. Buyurtma №______. Adadi 1500 nusxa.

Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Peda gog minbari»dan olindi, deb izohlanishi shart.Jur­nalda­ nashr­ etilgan­ maqolalarda­ mual­lif­arning­ tahririyat­

nuqtayi­nazariga­muvofiq­kelmaydigan­fikr-mulohazalari­bosilishi­mumkin.Tahririyatga­yuborilgan­qo‘lyozmalar­muallifarga­qaytarilmaydi.

* * *Мнение­ редакции­ не­ всегда­ совпадает­ с­ мнением­ автора.­

Редакция­оставляет­за­собой­право­на­стилистическую­прав-ку­и­сокращение­статей.­Присланные­в­редакцию­рукописи­не­возвращаются­и­не­рецензируются.Фамилия­и­инициалы­авторов­пишутся­согласно­данным­их­

паспорта.

IftixorHamidjon BoboyevTulporlarga mengzaydi... ................................... 3

TarixRa’no IsmoilovaAmir Temur davlati va uning jasoratlari .......... 6

MatematikaNozima OchilovaEng sodda trigonometrik tenglamalar ................ 10

ChizmachilikHusan TuronovAksonometrik proyeksiyalar va o‘qlarining joylashishi .............................................................. 12

TadqiqotTal’at G‘affarovaBola shaxsi obyekt va subyekt sifatida ............... 15

TavsiyaErgash UmarovYangi ilmiy dargoh, yangi vazifalar ................... 17

Psixolog minbariXojal BarakayevaStress va ziddiyatlarning o‘quvjarayoniga ta’siri .................................................. 19

Muammo va yechimShokir JalilovIndividual munosabatlar va ta’lim-tarbiya ....... 22

Maktabgacha ta’limZiyoda AhmedovaAqliy rivojlantiruvchi o‘yin-mashqlar ............... 25

В библиотекуHart A.WandDallas Blues .................................................... 27

MUNDARIJAАктуальная тема

И.М.КазаковаАнализ современного урокав общеобразовательной школе .........................31М.Х.УмароваРазвитие профессиональной компетентностипедагога системы дошкольныхобразовательных учреждений ......................... 33

Дошкольное образованиеГ.Ф.Габина«Жажжи Зумрадой» ...........................................37

Методика. ОпытА.В.ЗахаровПроизводная функции. Правилавычисления производной функции ................39С.Х.Аккулова Общество ..............................................................42

Используйте эти материалыА.В.ОсиповаМир русских народных сказок ........................44М.А.ИргашоваСовременная управленческая деятельностьзаместителя директора по учебной работе в профессиональном колледже ........................46

Kim bo‘lsam ekan?Lola QahhorovaNotarius .................................................................47

Tarbiya soatiUldona AbdurahmonovaSelfimaniya ............................................................49

Xorijda ta’limLutfullo Jo‘rayevGermaniyada ta’lim tizimi ..................................52

Page 5: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida

3

IFTIXOR

TULPORLARGA MENGZAYDI...Hamidjon BOBOYEV,

“Xorazm Avto” zavodi ishchisi

TULPORLARGA MENGZAYDI...

Rivoyat qilishlaricha, Hazorasp nomining kelib chiqishida shu joy bilan bog‘liq toponimik afsonalarning o‘ziga xos o‘rni bor ekan. Qadimda bu hudud qalin saksovulzor bo‘lib, beshta buloqdan suv otilib turgan. Shu buloqqa samodan qanotli otlar galasi uchib kelib, suv icharkan. Sulaymon ismli bir kishi bu otlarni qo‘lga o‘rgatmoqchi bo‘lib, sehrgar bir odamning maslahati bilan chashmalar suviga may qo‘shibdi. Shundan keyin samodan uchib kelgan mingga yaqin afsonaviy ot buloq suvidan ichib, parvoz qilolmay qolibdi. Sulaymon bu sehrli otlarning qanotini qirqib, ularni qo‘lga o‘rgatibdi. Shundan so‘ng ot nasli odamning yaqin do‘sti va xiz­matkoriga aylangan ekan. Otlar suv ichadigan buloqlar o‘rnida paydo bo‘lgan shahar esa, Hazorasp deb atala boshlabdi. Hazorasp mingta ot degan ma’noni anglatadi.

Afsonalar zamirida haqiqat bo‘lishi mumkinligi tarixda ko‘p bor isbotini topgan. Ehtimol, qadim zamonlar­da Hazorasp buloqlaridan suv ichgan samoviy otlar haqidagi asotirlar oradan necha asrlar o‘tib, shu el, shu ulus ozodlik quchgan kunlarda samoviy tulporlarday yeladigan yengil mashinalar ishlab chiqaradigan qudrat­ga ega bo‘lishidan bir bashoratdir bu… Balki, Hazorasp tumanidagi Pitnak shaharchasidan yurtimiz shahar va qishloqlari sari “qanot qoqib” chiqayotgan zamonaviy “tulpor”larga jilovbardorlik qilayotgan yoshlarning har birini ozod elimiz ravnaqiga qanot bo‘layotgan uchqur tulporlarning ayni o‘ziga mengzash mumkindir!

dida Germaniyaning og‘ir yuk tashuvchi mashinala-rini ishlab chiqarayotgan yoshlar bilan gurunglash-ganda ularning istiqboliga havas qilgandim. Negaki, kollejlarni bitirib, yangi avtomobilsozlik korxonala-rida tajribasi oshgan yoshlarning aksariyati shu soha-ning oliy o‘quv yurtlarida o‘qish niyatida ekanligi, ular istiqlol zamoni tafakkuri va ehtiyoji bilan barobar qadam tashlayotganini bildirardi.

Mana, ozod Vatanimizning avtomobilsozlik korxo-nalari yana bittaga ko‘paydi. Qizilqum sahrosi qo‘yni-dan hayqirib oqib yotgan Amudaryoning chap sohi-lidagi mo‘jizaviy mashinalar ishlab chiqarilayotgan ulkan korxona texnikaning eng so‘nggi yutuqlari aso-sida jihozlangan. Korxona hududiga qadam qo‘yishi-ngiz bilan hammayoqning orasta, shinam va ozoda ekani ko‘nglingizni ko‘taradi. Bu yerda faqat sariq tasmali chiziqlar bilan ajratilgan joylardan yurish bel-gilangan. Ana shu maxsus yo‘laklardan o‘tmasangiz butlovchi qismlarni u sexdan bu sexga olib o‘tayotgan avtokaralar harakatiga xalaqit berasiz. Tartibga rioya qilib, turfa konteynerlar joylashgan keng maydonning chap yonidagi muhtasham boshqaruv idorasiga kir-sangiz korxona rahbari Sobirjon Jumaniyozov bilan tanishasiz. U avtomobilsozlikning miridan sirigacha biladi, sohada jahon ko‘lamida olib borilayotgan bar-cha texnologik yangiliklardan xabardor. Zavodning ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Davron Hojiyev ham bilimdonlikda eng zo‘r xorij mutaxassislaridan qolishmaydi.

Asaka shahrida birinchi o‘zbek avtomobillari chiqa boshlaganiga yigirma yil bo‘ldi. Shu yigirma yil ichi-da ozod yurtimizning avtomobilsozlik sanoati misli ko‘rilmagan taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tdi. XX asr oxirlarida yo‘llarimizdan faqat Asakada ishlab chiqa-rilgan yangi mashinalarni ortib o‘tadigan treylerlarga tez-tez ko‘zimiz tushgan bo‘lsa, endilikda Vatanimiz avtomobilsozlik korxonalari ko‘paygani bois bunday treylerlar mashinalarni qaysi zavoddan olib kelib, qay-si manzilga yetkazib berayotganini daf’atan aniqlay olmay qolasiz. Samarqandda avtobus va og‘ir yuk mashinalari ishlab chiqaradigan zavodlarning ishga tushganiga ancha bo‘ldi. Yaqin ikki-uch yildan buyon esa Hazorasp tumanidagi Pitnak shahrida ham jahon bozorida e’tirof etilgan o‘zbek avtomobillari ishlab chiqarila boshladi. Ana shu mashinalar O‘zbekis-ton sanoati yuksak darajada rivojlangan mamlakatga aylanganining yana bir dalolatidir.

“Damas”, “Orlando” kabi yangi mashinalar ning “Xorazm Avto” zavodida yig‘ilib, mamlakat avto-salonlariga yetkazib berilayotganidan quvonmay bo‘ladimi? Men ana shu yangi korxonaning oddiy bir mutaxassisiman. Vatanimiz jahonning yirik avtomo-bilsozlik korxonalari bilan hamkorlikda va raqobatda o‘z avtosanoatini taraqqiy ettirayotgani, kollejlar va sohadagi oliy o‘quv yurtlarini bitirayotgan men kabi yoshlar dovruqli zavodlarda faoliyat olib borayotgani biz uchun sharaf! Samarqanddagi “MAN” avtozavo-

Page 6: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida

410-son 2016-yil

IFTIXOR

Men zavod ish boshlagan ilk kunlardan buyon shu korxonada faoliyat olib bormoqdaman. Avtozavo di-miz Respublikamiz Birinchi Prezidentining 2012-yil 22-noyabrda qabul qilingan “2013–2015-yillarda Xo-razm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahka-masining 2013-yil 21-fevraldagi “Xorazm viloyatida “Damas” rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqa-rishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Mustaqilligimizning chorak asrlik to‘yi nishonlanayotgan yilda jamoamiz yigirma mingdan ziyod “Damas”, “Orlando”, “Labo” kabi avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘z oldiga maq-sad qilib qo‘ygan.

“GM O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatining Xo-razm viloyatidagi filiali hisoblangan zavodimiz o‘z faoliyatini katta tayyorgarlik bilan boshlagan edi. “Damas” rusumidagi yengil avtomobillarni “Xo razm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliya-ti cheklangan jamiyati negizida ishlab chiqarishni tashkil etish ikki bosqichda amalga oshirildi. Buning uchun belgilangan loyiha asosida 2014-yil may oyi-gacha qurilish-montaj ishlarining birinchi bosqichi bajarildi. Bu jarayon asosiy yig‘uv sexi uchun bino tiklash, muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazish, konteynerlar maydonini jihozlash, ma’muriy bino qu-rish, ehtiyot qismlar ombori va markaziy yuklash may-donini ta’mirlash kabi bir-biri bilan zanjirdek bog‘la-nib ketgan o‘ta mas’uliyatli ishlarni taqozo etardi. Bu ishlar risoladagidek ado etilgach, jamoamiz “GM” kompaniyasining butlovchi qismlaridan “Damas” avtomobillarini ommaviy ravishda yig‘ishga kirishib, ishlab chiqarish jarayonlarini to‘kis yo‘lga qo‘ydi. 2014-yilning o‘zida “Shevrolet Orlando” rusumli avtomobillarni yig‘uv ishlari ham boshlab yuborildi va ular uchun muvofiqlik sertifikatlari olindi.

Zavod hududida bironta ortiqcha narsa, aytaylik, oddiy tamaki qoldig‘iga ham ko‘zingiz tushmaydi. 40100 kvadrat metr maydonni egallagan korxona-ning ishlab chiqarish sexlari maydoni – 16200, ehti-

yot qismlar saqlanadigan omborlar – 4280, logistika maydoni – 8400, tayyor avtomobillarni sinash uchun mo‘ljallangan avtotrek maydoni esa 1200 kvadrat metrni tashkil etadi. Korxona kelgusida yanada ken-gayadi. Buning uchun hozirdan zarur taraddud ko‘rib qo‘yganmiz. Ya’ni 50000 kvadrat metrni egallagan zaxira maydonimiz mavjud.

Xalqaro bozorda e’tirof etilgan xaridorgir avto-mobillar ishlab chiqarayotgan mohir mutaxassis va yig‘uvchi ishchilar jamoasini shakllantirishga bosh-danoq katta ahamiyat berildi. Mashinasozlik sohasida maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, sohaga tegishli o‘quv yurtlarida tahsil olgan, turdosh korxonalarda boy taj-riba to‘plagan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va xo-rijiy tillarni puxta biladigan mahalliy aholidan tanlov asosida ishga qabul qilindi. Birinchi bosqichda 643 nafar ishchi xodim qabul qilingan edi. Hozir korxo-nada 1600 dan ziyod yuqori malakali avmobilsozlar faoliyat olib borayotir. Ularning 655 nafari Asakadagi avtomobil ishlab chiqarish zavodida, qirq nafarga ya-qini esa poytaxtimizda malaka oshirgan.

Korxonamizning bo‘yoqlash sexi mutaxassisla-ridan sakkiz nafari Indoneziyada, payvandlash sexi-ning o‘n nafar ishchisi esa Janubiy Koreyadagi turdosh korxonalarda malakasini oshirib qaytdi. Bu jarayon muttasil davom ettirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi ning 2014-yil 4-iyundagi qaroriga asosan tumandagi agro-sanoat kolleji Pitnak transport kasb-hunar kollejiga aylantirilgani Xorazm avtomobilsozlik zavo dini mala-kali yosh mutaxassislar bilan ta’minlashni ko‘zda tu-tadi. Bu jarayon hozirdanoq boshlangan. Ya’ni Hazo-rasp va Pitnakdagi yettita kasb-hunar kollejining 241 nafar bitiruvchi kurs talabasi Asakada, 133 nafari esa “Xorazm Avto”ning o‘zida yuqori malakali ustozlar qo‘lida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tab, avtomobil-sozlik sirlarini chuqur o‘rgandi. Hozir ularning bar-chasi zavodning yig‘uv, payvandlash va bo‘yoqlash sexlarida faoliyatini boshlab yuborishgan.

Yig‘uv sexi ga kirganda, albatta, boshingizga kas-ka, qo‘lingizga esa maxsus yeng-tirsak kiyib olasiz.

Page 7: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida

5

IFTIXOR

Negaki, xushbichim ish kiyimlarda faoliyat olib bo-rayotgan barcha yoshlar shunday kiyinishgan. Avto-mobil kuzovi uchun mo‘ljallangan old va orqa eshik-lar, mashina ramasi va tomi kabi butlovchi qismlar korxonaga tayyor holda keladigan metall listlarning bo‘laklaridan shu joyning o‘zida robotsimon qolip-lash dastgohlarida muayyan shaklga solinadi. Hozir-gina taxlam-taxlam shaklda bo‘lgan metall listlar bir zumda “Damas”ning oldingi yoki orqa eshigiga ayla-nib qolayotgani, so‘ngra ularning har biri o‘z o‘rniga payvandlanib, rosmana mashina tusiga kirayotganini ko‘rib, zavqingiz oshishi turgan gap. Kuzov butun holga kelgach, bo‘yoqlash sexiga o‘tkaziladi. Bu sexda umuman bo‘yoq hidini sezmaysiz. Havoning tozaligini ta’minlaydigan tizim a’lo darajada ishlay-di. Negaki, siz jahon andozalaridagi eng yuksak tex-nologiya bilan jihozlangan korxonadasiz.

Zavodimiz yoshlarining xushbichim korjomalarda o‘z ishini berilib bajarayotgani ham havasingizni kel-tirmay qolmaydi. Ular yangi davrning yangi ishchilar avlodi. Ularning faqat kiyinishi, o‘z ishiga munosaba-tigina emas, bilimi, malakasi, tafakkuri ham o‘zgacha. Shuning uchun ham ishlab chiqarayotgan mashinalari bilan g‘ururlanishadi. Korxona rahbariyati yosh ish-chilarning malakasini oshirib borish bilan birga, ij-timoiy himoyasi, ish samarasi yuqori bo‘lishi uchun ham muttasil g‘amxo‘rlik qiladi. Ish vaqtida issiq ovqat, maxsus kiyim-bosh beriladi, barcha bayram-larda moddiy jihatdan rag‘batlantiriladi. Ular maxsus transportda ishga kelib-ketishadi. Bundan tashqari, reja bajarilganda, sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanganda, xavfsizlik va global ishlab chiqarish tizimi talablari-ga to‘kis rioya etilganda oylik maoshiga besh foizdan o‘ttiz besh foizgacha qo‘shimcha mukofot ham oli-shadi. Shuning uchun korxona ishchilari safidan o‘rin olishga havasmand yoshlar juda ko‘p.

Korxonamizda “Damas” va “Orlando” avtomobil-laridan tashqari o‘tgan yil iyun oyidan boshlab “Labo” avtomobillarini ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydik. Bunday muvaffaqiyatlarda biz yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan Davron Hojiyevning ham xizmatlari katta. Davron aka 1989-yili Toshkent politexnika instituti-ning samolyotsozlik bo‘limini bitirib, aerodromlar-ning yer usti jihozlari bo‘yicha muhandislik ixtisosini egallagan va faoliyatini ayni shu sohada boshlagan. O‘tgan yillarda Davron aka mashinasozlik bo‘yicha o‘zimizda va xorijda malakasini oshirgan. Bugun esa yurtimizning eng kenja avtomobilsozlik korxonasida ish jarayonlariga rahbarlik qilib, korxona shuhratiga shuhrat qo‘shayotir.

O‘zimga keladigan bo‘lsam, hozir zavodning GM, GMS prinsiplari bo‘yicha mutaxassisman. Dastlab

Urganch qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining iqti-sod bo‘limini bitirgan edim. 2009–2013-yillarda Turin politexnika institutida mashinasozlik texnologiyalari bo‘yicha tahsil olib, “Samavto” zavodida faoliyatim-ni boshlaganman. So‘ng Pitnakdagi mazkur “Xorazm Avto” korxonasini ishga tushirish jarayonlariga safar-bar etilib, zavodni qurishda boshdan oyoq ishtirok etdim. Asakadagi bosh korxonada payvandlash jara-yoni bo‘yicha tajriba oshirib, dastgohlarni demontaj qilish va chet ellik hamkasblar bilan yangi korxona-ga o‘rnatishda qatnashdim. Ishlab chiqarish bo‘limi va payvandlash sexida muhandis-texnolog, yig‘uv sexi rahbari vazifalarida ishlab, Labo B100 loyiha-sini o‘zlashtirishga hissa qo‘shdim. 2014-yili Janubiy Koreyadagi turdosh korxonalarda malaka oshirishga yuborilgan zavodning o‘n nafar umidli yoshlari safi-da borligimdan faxrlanaman. Bugun menga sifat stan-dartlari bo‘yicha kompaniyada o‘rnatilgan jara yonlarni nazorat qilish vazifasi ishonib topshirilgan. Bu jarayon sifatsiz bajarilgan bironta ishni sexdan sexga umuman o‘tkazmaslikka kafolat berishni taqozo etadi.

Zimmamdagi vazifaning mas’uliyati nihoyatda zalvorli. Bugungi kundagi asosiy maqsadimiz mashi-nalarni sifat sertifikatlari bo‘yicha ishlab chiqarish. Pirovard maqsad esa, Osiyo qit’asidagi turdosh kor-xonalarning ixtirochi mutaxassislari bilan barobar qadam tashlab, yangi-yangi rusumdagi mashinalar yaratishdan iborat.

Istiqlol davrida o‘sib-ulg‘aygan, istiqlol zamoni oliy ilm dargohlarida tahsil olib, mustaqillik mevasi bo‘lmish zamonaviy mashinalarni yaratayotgan va boshqarayotgan, ilmi va tafakkuri bilan yorug‘ is-tiqbollarni ko‘zlayotgan yoshlarni Birinchi Preziden-timiz mening farzandlarim, deya e’zoz etardilar. Ana shunday yoshlar safida ekanligimdan, ozod mam-lakatimiz dovrug‘iga dovruq qo‘shadigan istiqlol za-moni korxonalarida faoliyat olib borayotganimdan har qancha faxrlansam arziydi.

Page 8: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida

610-son 2016-yil

TARIX

Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga buyuk sarkarda

va davlat arbobi Amir Temurning jasoratlari va uning davlatini vujudga kelishi to‘g‘risida bilimlar berish;

b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda Sohibqiron Amir Temurning hayoti, harbiy-siyosiy faoliyati mi-solida mardlik va jasurlik, vatanparvarlik, xalqparvar-lik, milliy iftixor fazilatlarini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda mus-taqil fikrlash, o‘z fikr-mulohazalarini erkin va ravon bayon qilish, voqea-hodisalarni tahlil qilish, baho be-rish va xulosalar chiqarish kabi ko‘nikma hamda ma-lakalarni rivojlantirish.

Darsda foydalaniladigan usullar: “To‘g‘risini top”, “Klaster”.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, “Amir Temur haqida so‘z”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitoblari, rasm va plakatlar, Amir Temur davlati va O‘zbekiston Res-publikasi siyosiy-ma’muriy xaritasi, vatman qog‘oz, kompyuter, videoproyektor.

Darsning borishi:Dastlab o‘quvchilar guruhlarga bo‘linishadi:

“To‘maris”, “Spitamen”, “Jaloliddin Manguberdi”. Har bir guruh to‘plagan ballar jamlab boriladi va dars so‘nggida hisoblanib, g‘olib guruh aniqlanadi.

So‘ng har bir guruhdan bittadan o‘quvchi uyga vazifa – “Temur Malik jasorati” mavzusini quyidagi reja asosida so‘zlab beradi:

1. Temur Malik Xo‘jand hokimi.2. Temur Malikning ko‘rsatgan jasoratlari.3. Temur Malik halokati.“To‘maris” guruhi: Temur Malik – xorazmshoh

Muhammad hukmronligi davrida Xo‘jand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, mo‘g‘ul-lar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qahramoni edi. 1219-yilning dekabrida 3 kunlik jang-dan keyin Banokatni egallagan Aloq no‘yon boshliq 5 ming kishilik mo‘g‘ul qo‘shini Xo‘jandni qamal qilishga kirishadi. Temur Malik ilgariroq har ehtimol-ga qarshi Sirdaryo o‘rtasidagi orolda, suv ikki shohga bo‘linib oqadigan joyda bir mustahkam qal’a qurdirib qo‘ygan edi. Mo‘g‘ul qo‘shini son va qurol-aslaha ji-hatdan ustun bo‘lgani bois shaharni mudofaa qilish qi-

Ra’no ISMOILOVA,Namangan viloyati Namangan tumanidagi

37-umumiy o‘rta ta’lim maktabiningtarix fani o‘qituvchisi

AMIR TEMUR DAVLATI VA UNING JASORATLARI(5-sinf, II chorak)

yinlashdi. Natijada Temur Malik 1000 kishilik askari bilan 1220-yilning aprelida orolga ko‘chib o‘tadi va tezlikda qal’ani jangga tayyorlashga kirishadi. Sha-har va qal’a atrofini dushman halqa qilib o‘rab ola-di. Manjaniqdan otilgan toshlar orolga yetmagandan so‘ng mo‘g‘ullar xo‘jandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan hashar tarzida foydalanishga qaror qiladi. Taxminan 50 ming hasharchi tevarak atrofdan tosh, shoh-shabba keltirib daryoga tashlaydi, mo‘g‘ullar-ning 20 ming kishilik qo‘shini esa jangga kirishadi.

“Spitamen” guruhi: Temur Malik usti namat va sirkali loy bilan suvalgan, o‘q otish uchun darichalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonda 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirg‘in keltiriradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, Temur Malik orolni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayiqda Sirdaryoning quyi oqimi bo‘ylab suzib ketadi. Barchinlig‘kent (Qizilo‘rdadan taxminan 50 km. janubda bo‘lgan) yaqinida mo‘g‘ul-lar daryoni to‘sib qo‘yadilar. Temur Malik qirg‘oqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Ko‘p talofat berib, yolg‘iz o‘zi Qizilqum cho‘li orqali 1220-yilning yozi-da Xorazmga yetib keladi. Askar to‘plab Jo‘jixon qo‘shiniga zarba beradi. Kasba (Yangikent) shahrini mo‘g‘ullardan ozod qiladi.

“Jaloliddin Manguberdi” guruhi: Temur Ma-lik saltanatda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli Xorazm ni tark etadi. U 1221–1232-yillar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda mo‘g‘ullarga qar-shi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin o‘z yurtiga qaytadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng Temur Malik mo‘g‘ullar tomonidan qo‘lga olinadi va qatl qilinadi.

Temur Malik jasorati haqida Mirmuhsin “Temur Malik” romanini yozgan. Ashrafiy “Temur Malik” nom-li simfonik poema yaratgan va Navoiy teatrida uning “Temur Malik” baleti qo‘yilgan.

Toshkent shahridagi shoh ko‘chalarning biriga Temur Malik nomi berilgan.

Guruhlar javobiga ko‘ra baholangach, “To‘g‘ri-sini top” usuli o‘tkaziladi. Unga ko‘ra jadval ichida savollar beriladi. Bunda o‘quvchilar tarixiy shaxslar-ga berilgan ta’riflarni shaxslar ismi ko‘rsatilgan katak-chalarga to‘g‘ri belgilashi kerak.

Page 9: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida

7

TARIX

T.r. SAVOLLAR

To‘m

aris

Shir

oq

Spita

men

Muq

anna

Jalo

liddi

nM

angu

berd

i

1. Ma’lumki, mil. avv. 530-yilda Eron shohi Kir II massagetlar yurtiga bostirib kirdi. Unga qarshi kim mardonavor kurashdi?

2. Yunon tarixchisi Polien kimning jasorati haqida yozib qoldirgan?

3. Mil. avv. 329-yilda yurtimizga Aleksandr Makedonskiy bostirib keldi, unga qarshi kim qahramonona jang qildi?

4. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga kim rahbarlik qilgan?5. Quyidagi gapni kim aytgan: “Men bir o‘zim Doro I lashkarlarini halokatga uchratdim”.

6. “Tirikligingda inson qoniga to‘ymagan eding. Mana, endi to‘yguningcha ich, qonxo‘r”. Bu gap kimga tegishli?

7. Mil. avv. 329–328-yillarda So‘g‘diyonada kim boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ldi? 8. Valiyon qal’asini qamal qilib turgan dushmanlarni kim yenggan?9. 1999-yil 5-noyabrda kimning 800 yillik yubileyi o‘tkazildi?

10. “Otaga shunday jasur o‘g‘il lozim. U ikki girdob – olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi”. Gap kim haqida ketmoqda?

11. Kesh atrofidagi tog‘ tepasida bino qilingan Som qal’asini o‘z qarorgohiga aylantirganshaxs ...

12. Aliksandr Makedonski yuborgan qotillar tomonidan kim o‘ldirildi?

Jamoalar topshiriqni bajarib bo‘lishganidan so‘ng o‘qituvchi javoblarni izohlab, ballarini e’lon qiladi.

Yangi mavzu bayoni: O‘qituvchi yangi mavzu rejasini kompyuyuterda

slaydda ko‘rsatadi.

O‘qituvchi: Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tug‘ilgan. To‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa ada biyotida Tamerlan nomlari bilan ta’riflanadi. Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sar-karda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik mashhur fa qih Toj ash-sharia (shari-at toji) taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Ubaydulla ibn Mas’udning avlodi edi. Uning otasi Amir Tarag‘oy barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisob langan. Uning aj-dodlari Kesh viloyatiga hokimlik qilishgan.

Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kech-di. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga beradi. U

yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga ishqi-boz bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzib, ot choptirish turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish-ni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Amir Temurning Mo-varounnahrni birlashtirish yo‘lidagi dastlabki harakati XIV asrning 60-yillar boshlaridan boshlangan. Jeta xonlaridan Tug‘luq Temur va uning vorisi Ilyosxo‘ja 1360–1361, 1365-yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Biroq Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bo‘lib mo‘g‘ullarga qarshi kurashga jur’at eta olishmaydi. Kesh viloyatining hukmdori Hoji Bar-los Xurosonga qochadi. Mana shunday og‘ir pallada Amir Temur maydonga kiradi. Amir Temur Tug‘luq Temur xizmatiga o‘tib, uning yorlig‘i bilan o‘z viloya-tining dorug‘asi etib tayinlandi. Biroq ko‘p o‘tmay Movarounnahrning hukmdori etib ta’yinlangan Ilyos-xo‘ja bilan Amir Temur murosasi kelishmay qoladi. 1365-yilning 22-mayida Toshkent va Chinoz o‘rtasida sodir bo‘lgan “Loy jangi”da Amir Husaynning xiyo-nati oqibatida Amir Temur qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi.

1366-yili amir Husayn Movarounnahrda hokimi-yatni o‘z qo‘liga oladi, ammo ko‘p o‘tmay amir Hu-sayn va Amir Temur o‘rtasidagi munosabat keskin-lashib ochiqdan ochiq nizoga aylanadi. Ular o‘rtasida 1366–1370-yillarda bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi. Amir Husaynga qarshi Balxga yo‘l olayot-gan Amir Temur Termiz yaqiniga kelganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi kat-

Mavzu: Amir Temur jasoratlari va uning davlati

1. Amir Temur hayoti va faoliyati2. Amir Temur davlati3. Amir Temur – Osiyo xalqlari xaloskori4. Amir Temur – Yevropa xalqlari xaloskori

Page 10: STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI · 2019-10-27 · STRESS VA ZIDDIYATLARNING O QUV JA YONIGA TA SIRI uchli stress vaqtida o ng va chap miya yarim sharlari orasida

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/1629 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/1629 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайтеhttps://kitobxon.com/ru/asar/1629