umid mart oyi - qobiljon.uzqobiljon.uz/pdf/umid/2016/umid-2016-03.pdf · maqolalar va refaratlar,...

20
2016 yil

Upload: others

Post on 07-Mar-2020

73 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

2016 yil

Navro‘z keldi yurtimga!

Bosh muharrir

Qobiljon Qosimov

Tahrir hay’ati

G.Qo‘shmonova,

D.Buvaboyeva,

Sh.Usmonova

Jamoatchilik kengashi

V.Rajapov, S.Isoqov

Q.Hakimov, A.Otaxonov

1

Navro‘z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha yetib

kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko‘rinadiki, u O‘rta Osiyo, Eron va

Afg‘onistonda Ahamoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng

tarqalgan. Shu ma’noda Navro‘zning tarixini 25-30 asrga ega deb taxmin qilish

mumkin.

Navro‘z qachon, qanday vujudga kelganidan qat’iy nazar, u har tomonlama

ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan.

Chunonchi, quyoshning hamal burjiga kirishi, kunduzning uzaya boshlashi,

yorug‘likning kuchayishi, tabiatning jonlanishi – Navro‘z deb qabul olingan

(Navro‘z – «yangi kun» degan ma’noni bildiradi).

Navro‘z eski quyosh kalendari hisobida farvordin

oyining boshlanishiga (hozirgi 22 martga) to‘g‘ri

kelgan. Bu kun «kichik Navro‘z» deb atalgan va bu

kundan boshlab tabiatdagi hamma narsa amalga

kiradi, deb hisoblangan.

Beruniy «Qadimiy xalqlardan qolgan

yodgorliklar» nomli kitobida qimmatli ma’lumotlar

berib, unda kichik bayram farvordin oyining oltinchi

kunigacha davom etganini ta’kidlagan. Demak,

farvordin oyining oltinchi kuni «Katta Navro‘z»ning

mohiyatini bevosita tabiat bilan bog‘laydi va bu

haqda shunday yozadi: «… U butun yil unga xizmat

qiladigan bir vaqtda, ya’ni bahor yomg‘irining birinchi tomchisi tushishidan gullar

ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha, hayvonlarda nasl

vujudga kelguncha davom etadigan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro‘z

olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan». Bu fikrlar Navro‘zning

qadimdan tabiat va bahor bayrami bo‘lganini yana bir karra isbotlaydi. Biroq,

tarixda Navro‘zning mazmunini turlicha talqin qilib, ba’zilar uni taraqqiy

ettirishga, boshqalar esa uni ta’qiqlashga harakat qilishdi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Navro‘z o‘tmishdagi har bir sinfiy

jamiyatda podsholar hukmdorligi, diniy ideologiya ta’sirida shaklan o‘zgarib

tursada, u o‘zining asosiy mohiyatini saqlab qoldi. U haqiqiy xalq bayrami bo‘lib,

mehnat ahli orasida katta tantanalar bilan nishonlangan.

2

Binobarin, qadimdan xalqda bayramni o‘tkazishning o‘ziga xos tartib-

qoidalari bo‘lgan.

Bayram kuni odamlar bir-biriga shakar va shirinliklar hadya qilish

(hayotingiz shirin bo‘lsin degan ma’noda), bir-biriga cuv sepish (bu yil suv ko‘p

bo‘lsin, hosil yaxshi bo‘lsin degan ma’noda) va boshqa odatlar keng tarqalgan.

Keyingi asrlarda esa hovli-joylarni tozalash, ko‘kat va gullar ekish, ota-ona, yoru

do‘stlarni ziyorat qilish, marhumlarning qabrini ziyorat qilish kabi odatlar

Navro‘z bayramining tarkibiy qismiga aylangan.

Ma’lumki, o‘rta asrlarda O‘zbekiston hududining turli joylarida Navro‘z

o‘ziga xos usullarda uyushtirilgan. Uni nishonlash vaqti uch kundan tortib to 15

kungacha cho‘zilgan. Masalan, Xorazmda Navro‘zdan oldin joylarda maxsus

yig‘in bo‘lib, unda bayram raisi tayinlangan, tantanalar, tomoshalar, sayillar

o‘tkazish tartiblari haqida so‘z borgan.

Navro‘z odatda bozor qoshidagi joylarda, katta maydonlarda, shahar

chekkalaridagi sayilgohlarda uyushtirilgan. Odatda, bayramning birinchi kuni

quyidagicha bo‘lgan: ertalab bayram boshlangandan keyin, kun o‘rtasida

musiqachilar, qo‘shiqchilar va boshqa san’atkorlarning ijrolari, kechki payt esa

sayillar, xalq o‘yinlari, bazmlar uyushtirilgan.

Navro‘zning tomosha va musobaqalari kun sayin avjga chiqa boshlagan.

Har xil musobaqalar: kurash, ko‘pkari (uloq), poyga bayramning ko‘rki bo‘lgan.

Navro‘zning juda katta, buyuk tarbiyaviy xususiyatlari, odamiylik,

insonparvarlik, umumbashariy sifatlarini ham ta’kidlamoq lozim. Navro‘z kunlari

butun xalq xushchaqchakLik bilan hordiq chiqargan. Bu bayram nafaqat

xursandchilik, kulgu, xushchaqchaqlik bilan chegaralanadi, ayni paytda bayram

oldi va undan keyingi kunlarda kishilar o‘z yumush va tadbirlarini ham

rejalashtirib olganlar, unga umid bog‘laganlar. Qachon yer haydab, chigit qadash,

sug‘orish haqida kelishib-kengashlar o‘tkazilgan.

Navro‘z – xalqimizning yaratuvchanlik mehnati bilan bog‘liq, uning orzu-

umidlarini kuylagan, turmush tarzi, ma’naviyati milliy ruhini xalq ijodi, usuli va

uslublari yordamida tarannum etgan, xalqimizning boy milliy san’atini, urf-

odatlarini o‘zida saqlagan bayramdir. U yoshlarni odamiylik, do‘stlik, o‘zgalarga

hamdard bo‘lish, mehribonlik, mehr-oqibatli bo‘lishga undaydi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutayotgan

bir paytda diyorimiz qo‘shni mamlakatlar bilan madaniy-ma’naviy aloqalarni

mustahkamlab bormoqda. Bu bayram ham ezgulik, adolat, insonga hurmat

tuyg‘ularini mustahkamlashga, xalqlar o‘rtasida birodarlik va birdamlikni, mehr-

oqibatni yanada kuchaytirishga da’vat qiladi.

“Umid” jurnali tahririyati

3

8-mart – Xalqaro xotin qizlar bayrami

Jannat onalar oyog‘i ostida

M.Tursunov – ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda

ko‘z o‘ngimizda avvalo, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti

borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va

saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi. Ayol borki, olam

munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Inson, oila, ayol

tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Oilani ham,

jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni

mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida

mo‘'tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

Xalqimizning buyuk tarixida o‘zining jasorat va matonati, aql-zakovati,

nafosat va nazokati bilan o‘chmas nom qoldirgan. To‘maris, Bibixonim,

Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin, va boshqa yuzlab

ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.

Ulug‘ momolarimizga xos bo‘lgan olijanob fazilatlar bugun ham muhtaram

ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmat-

ehtiromimizning Yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning

beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini

singdiradigan, uni hayot bo‘ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir.

Hadislarda "Ayollarni ulug‘ odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam

xo‘rlaydi" deb bejizga aytilmagan. Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-

bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham xalqimiz, avvalo, opa-

singillarimiz, munis onaxonlarimiz turmushi farovonligini yanada yuksaltirishga

qaratilgandir. Onalik va bolalikni himoyalash, barkamol avlodni voyaga

yetkazish, oila va mahalladagi ahillik, hamjihatlikni mustahkamlash davlatimiz

siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir.

Dunyoda har qanday kuch onaning mehru-muhabbatidan zaifrohdir. Uning

farzandiga bo‘lgan mehri naqadar beg‘ubor. Onaning mehri quyoshdek issiq,

beminnat va musaffodir. Uning farzandlari uchun qilgan xizmatlarini hech narsa

bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Ona o‘z farzandiga hayot va insoniylik fazilatlarini

baxsh euvchi chashmadir. Farzand esa xuddi shu chashmadan go‘zallikni,

ezgulikni, olijanoblik va komillikni o‘ziga singdirib oladi.

Biz ham maktab internatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ayollarni,

o‘quvchi qizlarni bayram bilan muborakbod etamiz.

4

6 b -sinf o‘quvchisi

Bahromova Dildora.

ONAJONIM MENING BORLIG‘IMSIZ.

Deydilarki, yuragimizni urushi, ko‘zlarimizni ko‘rishi hayotimizning to‘laqonli

kechishi, ko‘zimizdagi mehr, muhabbat kabi tuyg‘ular, insoniy sabr, sadoqat, yangi odamni

dunyoga keltirish, g‘amxo‘rlik qilish jarayonidagi fidoiylik, yaqin kishisini baxti uchun eng

og‘ir sinovlarga ham chiday olish fazilatlari bizga onalarimizdan o‘tar ekan.

Agar ona bolani faqat dunyoga keltirib qo‘ya qolganda, u inson yaratishdek buyuk

vazifaga daxldor bo‘1mas edi. Ana shunday, Xoliqi olam onaga ham o‘zining yaratuvchanlik

sifatidan bir hissani ato etgan. Ona bir parcha etga hayot ato etadi, kuch-quvvat beradi, aytgan

allalari, ertaklari, maqollari bilan uni halqimizning bitmas tuganmas ma`naviy

sarchashmalariga oshno qiladi.

Bizning qanday odam bo‘lib shakllanishimiz aynan onalarga bog‘liqdir, onalar tufayli

biz xalqimiz tomirida oqqan bir tomchi qonga aylanamiz, vatanimizni bir ko‘rkam niholi

bo‘lib o‘samiz.

Haqiqiy ayol-ona hozirgina ochilgan gul bargiday nozik, nafis va ayni chog‘da zulmga,

adolatsizlik, bemehrlikka nisbatan murosasiz, irodasi mustahkam, adolat qilichi kabi beayov

xilqatdir. Ona hamma narsaga chidashi mumkin. Lekin yodimizda bo‘lishi kerak har bitta

yomon so‘z, yomon ish uning qalbini tirnamay qolmaydi. Tirnalishlarning o‘rnida esa

jarohatlar paydo bo‘lishi mumkin.

Ona-dunyoda eng tabarruk zot. Ona uchun o‘z farzandlarini tarbiyalashdan,voyaga

yetkazishdan katta baxt bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham ona farzand uchun har qanday

qiyinchiliklarga bardosh beradi, chidaydi. Farzand uchun chekilgan bu nihoyasi yo‘q

mashaqqatlardan xafa bo‘lish o‘rniga aksincha o‘zini baxtiyor his etadi.

Onalar o‘zini o‘tga, cho‘qqa urib zurriyodining bezavol o‘sishini, voyaga yetishini,

katta hayotga qadam qo‘yishini ta`minlaydi. Ona hamma vaqt quyosh yanglig‘ hayotimizga

nur sochib turadi. Bamisoli oy kabi tunimizni yorig‘ etadi. Shu bois eng yaxshi doston, qo‘shiq

va she’rlar, hikmatlar va hadislar ham onani ulug‘laydi.

Dunyoni o‘z aql-idroki, bilimi bilan munavvar etib kelgan ulug‘ zotlar ham onalar

oldida ta`zim bajo qilganlar. Zero ularni ham ona dunyoga keltirgan. Arastu ham onaning

dilbandidir. Firdavsiy va Sadiyni, Xayyom va Iskandarni, Temur va Navoiyni ham ona

dunyoga keltirgan.

Onajon! Qalbingizni daryoga o‘xshatdik. U shunday qudratga egaki, qahramonliklarga

undaydi. Jasorat sari yo‘llaydi. Nurli nigohingizdan tomgan mehr tufayli mag‘rur boshlar

sizning qarshingizda egiladi.Siz sher yuraklar sultoni bo‘ldingiz,muhtaram onajon!

Sen borsan tilimda shukrona,

Sen borsan qadamim mardona.

Shodliging chegara bilmaydi,

Sen-farzand, sen-dilbar, sen-ona.

Hayot ham sendan boshlanar, onaginam. Shuning uchun ham hayot, iqbol, istiqbol deyilganda

qad rostlayman. Hayotimizni shunchalar dilbar, shunchalar serfayz etganing uchun senga yer

o‘pib ta`zim qilamiz,muhtaram onam!

Onalarimiz haqida harqancha gapirmaylik, har qancha yozmaylik oz. Onalarimiz doim

ulug‘lab kelingan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Zero, hadislarda aytilganidek:

Onalarning oyog‘i ostidadir jannat-u jinon bog‘i. Ravza bog‘in visolin istar bo‘lsang bo‘l

onalar oyog‘in tuprog‘i.

5

Mart - Kimyo, biologiya, fizika, geografiya, jismoniy tarbiya fanlari oyligi

Matlubaxon To‘xtasinova

Kimyo fani o‘qituvchisi

Mazkur oylik maktab internatimizda ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Belgilangan rejasiga ko‘ra turli tadbirlar, badiiy kechalar, konferensiya va

seminarlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan ochiq darslarda yangi innovatsion

texnologiyalardan, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanildi. Ilmiy

maqolalar va refaratlar, buklet va rasmlar tanlovlarida o`quvchilar faol

qatnashishdi.

Quyida „Kimyo“ kechasidan lavhani e’tiboringizga havola etamiz.

«Gugurtsiz olov»

Kimyo to‘garagmizning faol qatnashchilaridan biri 9-sinf o‘quvchisi

G.Haydarova sizlarga «Gugurtsiz olov» dеb nomalangan qiziqarli tajribani

bajarib ko‘rsatadi.

Inson qadim zomonlardan buyon olovdan foydalanib kеlmoqda. Ammo

olovning tabiati, yonish protsеssi uzoq vaqt qandaydir bir sirli narsa bo‘lib

tuyulgan. Kishilar olov chiqarish yo‘lini bilmaganlar. Tabiiy o‘zgarishlar tufayli

yuzaga kеlgan olovdan foydalanganlar. Hosil qilingan olovning uzoq vaqtlargacha

o‘chirmasdan saqlab qolishga uringanlar. Axir, olovdan mahrum bo‘lgan

insonning holi qanday bo‘lishini o‘ylab ko‘ring-a.

6

Bora-bora kishilar ikkita quruq cho‘pni bir biriga uzoq vaqt va shiddatli

ravishda ishqalab olov chiqarishni o‘rganganlar. Ammo bu oson ish emas edi.

Kеyinchalik ular chaqmoqtosh bilan tеmir parchasini bir-biriga urganida

chaqnaydigan uchqundan olov chiqarishga odatlanganlar.

Yonish kimiyoviy hodisa ekanligi aniqlangandan kеyin kimiyoviy yo‘l

bilan olov chiqara boshlada. Buning uchun kishilar dastlab oltin gugurtdan

kеyinchalik havfsiz gugurtdan foydalanadigan bo‘ldilar.

Mana mеn buni hozir qilib ko‘rsataman, - dеdi Gulsara. U stakandagi oq

poroshok ustiga pipеtkada bir nеcha tomchi «suv» tomizdi. Poroshok yonib

kеtdi. Shisha tayoqcha uchini probirkadagi «povidlo»ga sal botirib oldida uni

kеltirib, spirt lampasi piligiga tеgizdi, pilig yonib kеtdi.

Izoh: Oq poroshok qand bilan bеrtolе tuzi aralashmasi, «suv» esa

kantsеntrlangan sulfat kislota edi. Probirkada kaliy pеrmanganat bilan

kontsеntrlangan sulfat kislota aralashmasdan iborat bo‘tqa tayyorlangan edi.

Har ikki holda ham olov hosil bo‘lishiga sabab rеaktsiyalar natijasida ajralib

chiqadigan atomar kisloroddir.

«Bir idishda oddiy suv va anor suvi»

Endi navbat to‘garagimizning yana bir faol o‘quvchilaridan

M.Rahimovga. «Bir idishda oddiy suv va anor suvi» dеb nomlangan qiziqarli

tajribani bajarib ko‘rsatadi.

Bir butulkada ham oddiy suv va anor suvi saqlanadi dеyilsa, ishonish

qiyin. Kimyogarlar esa sizning xohishingizcha bir idishdan ham oddiy suv ham

anor suvi quyadilar.

Stol ustida turgan idishdagi suvni uning yonida turgan ikkita stakanga

quyib, bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin – Stakanlarning biriga suv

quyilsa, ikkinchisiga «anor» suvi quyiladi. Siz buni qandaydir mo‘'jiza dеb

o‘ylasangiz kеrak. Yo‘q aslo bunday emas.

Izoh: ikkita stakanning biri haqiqatdan toza bo‘lib, ikkinchisining

dеvoriga tomoshabinlarga ko‘rsatmay, sеzilmaydigan darajada ozgina

fеnolftaliеn poroshogi yopishtirib qo‘yilgan edi. Fеnolftaliеn ko‘p

ishlatiladigan indikatorlardan biridir. Idishdagi suyuqlik ham toza suv bo‘lmay,

o‘yuvchi natriyning suyultirilgan eritmasi edi.

7

6-“B”sinf o‘quvchisi Qodirova Zarifa.

Kamalakni o‘zi mo‘jiza.

Tabiatning go‘zal hodisalardan biri bu kamalak.Uning qanday hosil bolishi haqida

turli taxminlar bor.Yunon faylasufi Aristotel kamalakning paydo bo‘lishi sababini

quydagicha tushintirgan.

Quyosh nuri yoki oq nur barcha ranglarni o‘zida mujassam etgan.Nurni turli

ranglarga ajratuvchi narsa - prizma deb ataladi. Hosil bo‘lgan ranglar o‘zaro birikib

ketuvchi chiziqlar hoshiyasini hosil qiladi va bu “spektr” kamalak deb ataladi.

Kamalak katta egilgan spektr yoki yomg‘ir tomchilari orqali o‘tib sinadigan nurning

rangli chiziqlardan iborat tasmadir. Kamalak asosan jala yog‘ayotgan chiqadi. Bu vaqtda

bir tomondan yomg‘ir yog‘ayotgan, boshqa tomondan esa quyosh charaqlab turgan bo‘ladi.

Quyoshdan tushayotgan nurlar yomg‘ir tomchilariga tushib spektr hosil qiladi.Tongi

kamalak quyosh sharqdan nur sochayotgani va yomg‘ir sizni g‘arb tomoningizdan

yog‘ayotganini ko‘rsatadi.

Ergashev Diyorbek

6-“B”sinf o‘quvchisi

Ilonlar haqida.

Ilonlarni oyog‘i bo‘lmaydi, ular gavdasini egib yuradi.Qovurg‘alariga tayangan

holda yuradi. Ilonlar yegan narsasini daraxtga chirmashib hazm qiladi. Agar daraxt

bo‘lmaganda ilon ham bo‘lmagan bo‘lardi. O‘zbekiston janubiy hududida kapcha iloni

(kobra) tarqalgan, uning uzunligi 170 sm dan 2 metrgacha bo‘ladi. Bu ilon qurbaqa,

kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Uning zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Bu ilon xavf

tug‘ilganida, odam yaqinlashganida tanasini oldingi qismini ko‘taradi, bo‘ynini

kengaytirib ogohlantiruvchi holatga o‘tadi.

Abdulboqiyeva Odinaxon.

6-“B” sinf o‘quvchisi

Taom totini qanday sezasiz?

Agar tilingizni oynaga solib qarasangiz, uning mayda do‘ngliklar-so‘rg‘ichlar bilan

qoplanganini ko‘rasiz. Ta`m bilish retseptorlari ana shu so‘rg‘ichlar devoriga joylashgan

bo‘ladi.

Ta`m bilish retseptorlari odam tilida turli qisimlarga taqsimlangan bo‘ladi. Har bir qism

muayyan bir ta`mni qabul qiladi.Tilni orqa qismi achchiqqa ta`sirchanroq bo‘ladi. Tilning

yon tomonlari nordon vas ho‘rni,tilni uchi esa shirinroq ta`mni yaxshiroq sezadi. Ta`m

bilish jarayonida hid bilishning ahamiyati kattadir. “Shirin”, “yoki”, “bemaza” - buni ko‘p

jihatdan bizning hid bilishimizni belgilab beradi. Masalan, kofe ichganimizda ,avval

issiqlikni, keyin ta`m va shundan keyingina shirinni (agar shakar qo‘shilgan bo‘lsa) his

qilamiz. Kofe hidi halqum va burun orqali o‘tib, miyaga signal bergandan keyingina biz

uni shirin deya olamiz.Agar burun qisqich bilan qisib qo‘yilsa, kishi istemol qilayotgan bir-

biridan mutloq farq qiluvchi maxsulotlarni umuman farqlay olmaydi.

8

6-“B” sinf o‘quvchisi Ergashev Otabek.

Piyoz yetti dardga niyoz.

Kundalik hayotda quyuq – suyuq ovqatlarga solib yoki salatlar bilan birga

qo‘shib ko‘plab istemol etib turiladigan piyozni shifobaxshligi to‘g‘risida turli xalqlarda

ajib maqollar ham bor.

Yana piyozni turli maqsadlarda islatiladi. Masalan yeyiladigan piyoz turli

suvlarning zararini ketkazadi. Sasigan suvga piyoz po‘chog‘i tashlab yuborilsa hidini

ketkazadi. Piyozni suvi burunga tomizilsa, miyani tozalaydi. Bosh og‘riganda, quloq

shang‘illashida, yiring va suv paydo bo‘lganida quloqqa piyoz seli tomiziladi.

Piyoz suvi ko‘zni ravshan qiladi. Sariq kasaliga ham piyoz foydali.Piyoz selini

tuz bilan birga quturgan it tishlagan joyga surtilsa foyda qiladi.

6-“A”sinf o‘quvchisi

Davlataliyeva Tillaxon

Qiziqarli o‘lchovlar

XIII asrda mashxur Italiyalik sayyoh Marko Polo Xitoyga borib, bu mamlakat boyligini

ifodalash maqsadida, million so‘zini o‘ylab topgan. Ammo million so‘zi so‘ngi ulkan

raqamni bildirmaydi.

1.Million - birning yonidagi nollar soni 6 ta.

2.Milliard - birning yonidagi nollar soni 9 ta.

3.Trillion - birning yonidagi nollar soni 12 ta.

4.Kvadrillion - birning yonidagi nollar soni 18 ta.

5.Sekstillion - birning yonidagi nollar soni 21 ta.

6.Septillion - birning yonidagi nollar soni 24 ta.

7.Oktillion - birning yonidagi nollar soni 27 ta.

8.Nonillion - birning yonidagi nollar soni 30 ta.

9.Detsillion - birning yonidagi nollar soni 33 ta.

10.O‘n detsellion - birning yonidagi nollar soni 36 ta.

11.Dedetsillion - birning yonidagi nollar soni 39 ta.

12.Guugl - birning yonidagi nollar soni 100 ta.

Abdusamatov Shohruhbek

6-“A”sinf o‘quvchisi

1.Million qadam yursangiz, 600km yo‘l bosgan bo‘lasiz.

2.Bir qator saf tortgan 1 million kishi 250 km masofani egallagan.

3.Angishonada 1 million marta olingan suv qariyb 1 tonna bo‘ladi.

4.Million betli kitobni qalinligi 50kg.

5.Eramiz boshlanganidan buyon hali million kun o‘tgan emas.

9

Biz jurnal sahifalarida o‘zbekning asl farzandi, samimiy she’rlari ohangrabo

qo‘shiqlarga aylanib, har bir o‘zbek xonadoniga kirib borgan, XXI asr o‘zbek adabiyotining

so‘nmas yulduzi bo‘lib o‘quvchi qalbida o‘chmas iz qoldirgan otashin shoir Muhammad Yusuf

ijodidan she’rlarni berib borishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. She’r yozishni niyat

qilgan, she’riyat bo‘stoniga ilk qadamlarini qo‘yayotgan o‘quvchilarga she’rning qanday

kuchga ega ekanligini eslatib o‘tish bilan birga ularga baland parvozlar tilab qolamiz.

Umid jurnali avvalo yuragida yurt ishqi, hayotga mehri baland bo‘lgan insonlar,

bolajonlar uchun o‘z sahifalaridan joy ajratishini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Azizlar. Ba’zi

she’rlar asl she’rga o‘hshamaydi, yoki she’r qoidalariga umuman javob bermaydi kabi

savollaringizga, e’tirozlaringizga asos yo‘q ekanini eslatib o‘tamiz. Zotan barcha buyuk

ishlarning zamirida oddiylik hamda tirishqoqlik, mehnat yotganligini eslatib o‘tamiz. Asosiysi

- qo‘lga qalam olib, mardlarcha ushbu maydonga kirib kelish. Qolganini kelajak ko‘rsatadi.

Ibragimova Zilola.

9-“B”sinf o‘quvchisi

Yot do‘stim…

Mening hayot yo‘lim uzun,

Ammo bahtli kunim qisqa.

1 kun kelib 3kun yig‘lab.

Yuribman-ku chidab asta.

Dunyo menga ko‘p deb bildi,

Kulib quvnoq yurishimni.

Shu sababli qismat qildi,

Xiyonatkor bir do‘stlikni.

Men azobda yashayapman,

Do‘stim beg‘am yuribdi-ku!

Nega faqat men yomonman.

Do‘stim yahshi bo‘libdi-ku!

Hamma uchun men yomonman,

Do‘stim esa oq farishta

Nechun dunyo bunday ekan.

Xiyonat bor har bir ishda,

Do‘st degani tilim bormas

Lekin hamon do‘st deyapman.

Yot degani dilim bormas,

Ammo chindan g‘am yeyepman

Do‘stim birga yurar edik

Birga quvnoqkular edik

G‘amni birga yengar edik

Endi-chi sen xor do‘stim

Endi menga yot do‘stim.

Qadrim yo‘qmi shunchalik.

Dard chekmading menchalik

Do‘stligimiz bir chaqalik

Hozir do‘stga hor do‘stim.

Endi menga yot do‘stim.

Muhammad Yusuf

Onamga

Men sizni o`ylayman shomu saharda,

Ona, sog`insam ham bora olmayman,

Tunlari charog`on shunday shaharda,

Hech kimga ko`nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,

Hammaga ishondim, mana oqibat:

O`z do`stim uyiga ko`mildi sevgim,

Kun bo`lib ko`ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o`tgani ko`kka ham ayon,

Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:

Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,

Uyuridan ajrab qolgan qulunman...

Mana, ketayapman tosh yo`lda ko`zim,

Qadamim moshinlar yo`rg`asiga mos.

Yig`lasam yupatib o`zimni o`zim,

Pishqirib qo`yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o`ylayman shomu saharda,

Ona, sog`insam ham bora olmasdan.

Tunlari charog`on shunday shaharda

Hech kimga ko`nglimni yora olmasman...

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,

Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.

Baxtimga hamisha Siz sog` bo`ling deb,

Sog`ingan o`g`lingiz - Muhammad Yusuf.

10

Dard chekmagin hech qachon,

G‘am bilmagin hech qachon

Men kulmayman xech qachon,

Yig‘layapman dod do‘stim.

Endi menga yot do‘stim

Xursandsan-ku endi mensiz

Yig‘lab qoldi do‘stlik bizsiz.

Dardli kunlar endi cheksiz

Chin do‘stlikka zor do‘stim.

Endi menga yot do‘stim.

Ko‘rdim border chin do‘stlar

Do‘stlikka chin yor do‘stim

Men aldandim ey do‘stlar.

Essiz o‘tgan dam do‘stlar

Endi menga yot do‘stim.

Menga soxta do‘stlar emas

Makkor shirin so‘zlar emas

Jovdiragan ko‘zlar emas,

Faqat sirdosh kerak do‘stim

Endi menga yot do‘stim

Kulish kerak yig‘lash emas

Do‘stlar do‘stdan hech ranjimas

Derdi menga Xoin…Do‘stmas

Xamon yodda shu so‘z do‘stim.

Endi menga yot do‘stim

Dunyo o‘zi asli borsan

Keng bo‘lsangda

menga torsan,

Kqrlargachi sen orzusan

Dunyo senga keng do‘stim

Endi menga yot do‘stim.

Senku mayli kulib ketding

Yuragimni tilib ketding

Ertaklarni so‘zlab ketding

Jim tinglardim ey do‘stim

Endi menga yot do‘stim

Dushman bo‘lding

hamma bildi

Yuragimni alam tildi

Sadoqatim kamlik qildi.

Xiyonatingga bir boq do‘stim

Endi menga yot do‘stim

Do‘stmas menga

dushman bo‘lib.

Menga yovlar yo‘llab bo‘lib.

Shuncha aybni qilib bo‘lib

Men do‘stimdan kechib ketdim

Aka-ukam chin do‘st ekan

Menman endi shod do‘stim

Endi menga yot do‘stim.

Mirzakamolova Halima.

5-“A”sinf o‘quvchisi

Otajonim.

Otajonim, otajonim,

Mehribonim o‘zingiz.

Ishdan kelsangiz doim,

Sovg‘a olib kelasiz.

Menga sovg‘a kerakmas,

Baxtimga sog‘ bo‘lsangiz bas.

Otajonim otajonim,

Bizga siz mehribonim.

Nurli go‘yo ko‘zingiz,

Kulib turar yuzingiz.

Bizga g‘amxo‘r o‘zingiz,

Otajonim,jonajonim.

Abdulboqiyeva Odina

6-“B”sinf o‘quvchisi

UMID !!!

“Umid”ning har sonini,

Birma-bir biz o‘qiymiz.

Bosh qotirmalar yechib,

Aqlimizni charxlaymiz.

Unda “ranglar jilosi”,

Ertaklarga sayohat.

Yangraydi har navosi,

Bizga bag‘ishlar rohat.

Ingliz, rus tilini,

Mukammal o‘rganamiz,

Bu fanlardan albatta,

A`lo baho olamiz.

To‘lqinova Sarvinoz.

5-“A”sinf o‘quvchisi

Singiljonim.

Yakka-yu yagonam

Kichik mehribonim u.

Singiljonim ,singiljon,

Mehribonim singiljon.

Uning ismi Kamola,

Ismiga mos jismi,

So‘ramang u donodir,

Aqilli klaskomdir.

Singiljonim,singiljon,

Mehribonim ,singiljon.

Xo‘jayev Azizbek.

5-“A”sinf o‘quvchisi

Bahor.

Bahor keldi

Gullar ochildi.

Moychechaklar ochildi,

Daraxtlar gullarga to‘ldi,

Quyosh charaqlab chiqdi.

Daraxtlar chiroy sochar,

Olamni bezab turar.

Abdullajanov Umidjon.

5-“A”sinf o‘quvchisi

O‘zbegimni qizlari.

O‘sma qo‘ysa yarashar,

Atlasdan chiroy ochar.

Har dam ozoda yurar,

O‘zbegimni qizlari.

Har dam libar o‘zlari,

Yonib turar ko‘zlari.

Shirin shaker so‘zlari,

O‘zbegimni qizlari.

Erkinov Rahmatulloh.

6-“B” sinf o‘quvchisi

“Umid”ni bilasizmi?

Kichkintoylar, shirintoylar,

“Umid”ni bilasizmi?

Panda, Lolo, Maya bilan,

Birga suhbat qilasizmi?

Oyijon, o‘qituvchingiz

Oqib bersa “Umid”

Quvno she`r-u xandasidan,

Qotib-qotib kulasizmi?

Ingliz-u, rus tilida

So‘zlashay desangiz oson.

Obuna bo‘ling tezroq,

Jurnal nomi-“UMID”

11

6-“A”sinf o‘quvchisi

Olimjanova Mohinur.

Navro‘z

Navro‘z - yangilanishdir,

Yana yangi kun demak.

Yangilanish ramzi-bu,

Ya`ni yaxshilik qilmak.

Momolarimz doim,

Buvijonim va oyim,

Pishirishar sumalak.

Bu ham an`ana demak.

Boychechakni har Navro‘z,

Ko‘zimizga surtamiz.

Omon somonlik qilib,

Yaxshilik deb bilamiz.

Navro‘z olam shukuhi,

Elimda gurkiraydi.

Yurtim ma`naviyati boy,

Bir birini yo‘qlaydi.

To‘yu tomosha bugun,

Chunki yurtimda Navro‘z.

Xush kelibsan elimga

Intiqib kutdik biroz.

6-“B”sinf o‘quvchisi

Mamadjanov Asadbek.

Bahor.

Fasllar kelinchagi ,

Bahorayxon bo‘ladi.

Boychechaklar chiqarib,

Bizni hursand qiladi.

Bahor kelsa bolalar,

Boychechaklar teradi.

Turna va g‘ozlar yana,

Uchib qaytib keladi.

Bahorda bayramlar,

Juda ko‘plab bo‘ladi.

Bu bayramda har doim,

Navro‘z oyim keladi.

5-“a”sinf o‘quvchisi

Mansurov Zuhriddin.

Eskiroq bo‘lib qoladi.

Dilshod yangi tuflisini,

Nimagadir kiymaydi.

Yalan oyoq yurar nechun,

Balki ko‘zi qiymaydi.

Yomg‘ir yog‘ gupillatib,

Dimog‘larni dupillatib.

-Bor tufligingni kiyib ol,

Bundda yurish g‘alati.

-Agar uni kiysammi,

Eski bo‘lib qoladi.

6-“B”sinf o‘quvchisi

Sotvoldiyev Alijon.

O‘zbegimni ayoli.

Malohatli jamoli,

Bahtdan so‘zlar kamoli.

Boshda g‘ijim romoli,

O‘zbegimni ayoli.

Erta tongda non yopgan,

Dalada ketman chopgan.

Mehnat bilan baxt topgan,

O‘zbegimni ayoli

Farzandigi jonsarak,

Dilida ezgu tilak.

Iboli bo‘lishi kerak,

O‘zbegimning ayoli

Chiroylidir yuzlari,

Kulib turar ko‘zlari.

Muloyimdir so‘zlari,

O‘zbegimning ayoli.

Ishdan qochmas

hech ham ular,

Har bir ishni puxta qilar .

Rahmat deyimiz biz bolalar,

O‘zbegimni ayoli.

6-“B”sinf o‘quvchisi

Abdujabborov Jasurbek.

Qaldirg‘och.

Bahor darakchisi .

O‘zingsan qaldirg‘och.

Uchib keldingmi ,

Janubdan qaldirg‘och.

Bahorni ham,

Olib kelding.

Tog‘larda ham,

Eridi qor.

Bahor darakchisi ,

O‘zingsan qaldirg‘och.

6-“A” sinf o‘quvchisi

Sharipov Dostonbek.

Qurbaqaning yozgan she`ri.

Baliq bilan jo‘ramiz,

Telivizor ko‘ramiz.

Kelsa laylak pochchamiz,

Salom bermay qochamiz.

Cho‘milgani borgan oqqand.

Oqqand ko‘lga sakradi,

Har yoqqa suv sachradi.

So‘ng ochsaki ko‘zini,

Ko‘rmas emish o‘zini.

12

5-a sinf o‘quvchisi

Sharafiddinov Nurmuhammad

Ingliz tilida toping?

1.Ninachi 2.Shifokor 3.Xanjar 4.Qo‘girchoq

5.Masxaraboz 6.Oshpaz

6

2

1

4

3

5

6-b sinf o‘quvchisi

Abdujabbarov Jasurbek

Ushbu chaynvord “Gul” so‘zi bilan

boshlanadigan ismlarni oz ichiga olgan

G U L

G U L A

G U L O N

G U L R A

G U L R

G U L Z A

G U L O R

6-b sinf o‘quvchisi

Ergashev Diyorbek

Goal, penalty,

play, attaeker, train,

Foul, kick, skove,

corner, pass.

Krossvordlar

5-a sinf o‘quvchisi

Ortig‘laiyev Qobiljon

Mevalar nomi

5-a sinf o‘quvchisi

Ahmadjanov Barkamol

O‘quv qurollari va ish qurollari

1

3

2 5

4

6-a sinf o‘quvchisi

Tursunboyev E`zozbek

Find 16 words

5 6

1 2 3 4

o n a y e r

A C C O R D I O N

M A A R A A C S E

B B L A B G E T E

U B E N B G - R D

L A N G I C E I E

A G D E T R R Ch E

N E A N E W E A Y

C A R R O T A I G

E G G S E E M R S

13

1 1. Gulqo‘rg‘oni qo‘shilmagan o‘simlikka misol.

b 2. Qon bosimni kamaytiradigan o‘simlik.

3. Savatchada joylashgan o‘simlikka misol.

3 4. Zeb ziynat tayyorlanadigan o‘simlikka misol.

2 a k 5. Chin mevaga misol.

6. Issiq mamlakatda pishadigan mevani biri.

7. To‘pgulli qalqonsimon o‘simlikka misol.

8. Chin mevaga misol.

5

4 k o

7

6 a n

8 o

6-b sinf o‘quvchisi

Ne`matjanov Yaxyomirzo

O‘ 1.Sinf kitobi.

Z 2.To‘ni yo‘l yo‘l ot.

B 3.Sport turi.

E 4.So‘z mulkining sultoni—Navoiy

K 5.O‘zbekiston poytahti

I 6.Shoira … Isroilova

S 7.Besh dostonni o‘z ichiga olgan asar

T 8.O‘quv dargohi

O 9.Vatan … boshlanadi

N 10.Eng aziz ne`mat

5-a snf o‘quvchisi

Muhammadjanov Azamat

M

K

P R I N T E R

S

Q

P

S

M

W

5-a sinf o‘quvchisi

Rustamov Asadbek

K O P T O K Z O R

Q O‘ L Q O N

K O‘ L T A B

M A Y CH O Q

D A F V U Z

S A R B O Z

M A K R I K

CH O R B O N

14

5-“A” sinf o‘quvchisi

Mamadshayev Ibrohimjon

1 1.Doim mehnat qiladi?

M 2.O jaranglimi yoki jarangsiz?

3.Mening ismim?

N 3 4.Oy haqida ism?

2 N I

K 4 O

Sh

5-a sinf o‘quvchisi

Axmedov Yunusali

1 K 1,2,4- Toshkent viloyatidagi shaharlar

2 E 3. O‘zbekiston poytaxti

3 N

4 T

Tilanboyev Bobur

6 b sinf o`quvchisi

Matematik masalalar

1-mаsаlа. Vеlоsipеdchi 30 km yo’l yurishi kеrаk edi. Vеlоsipеdchi tаyinlаngаn vаqtdаn

3 minut kеch yo’lgа chiqib, 1 km/s оrtiq tеzlik bilаn yurdi vа bоrаdigаn jоyigа o’z vаqtidа еtib

kеldi. Vеlоsipеdchining tеzligini tоping?

J: 25 km/s.

2-mаsаlа. Ikki stаnsiya оrаsidаgi mаsоfа 96 km. Bu mаsоfаni birinchi pоеzd ikkinchi

pоеzddаn 40 minut tеz o’tаdi. Birinchi pоеzdning tеzligi ikkinchi pоеzdning tеzligidаn 12

km/s оrtiq bo’lsа, ikkаlа pоеzdning tеzligini tоping?

J: Birinchi pоеzd tеzligi 48 km/s,

ikkinchi pоеzd tеzligi 36 km/s.

3-mаsаlа. Ikki yo’lоvchi bir vаqtdа bir-birigа qаrаb А vа B shаhаrlаrdаn yo’lgа chiqdi.

Birinchi yo’lоvchi ikkinchisidаn bir sоаtdа 2 km/s оrtiq yo’l bоsаdi vа u ikkinchi yo’lоvchi А

shаhаrgа bоrmаsdаn bir sоаt оldin B shаhаrgа еtib bоrаdi. А vа B shаhаrlаr оrаsidаgi mаsоfа

24 km. Hаr qаysi yo’lоvchi bir sоаtdа nеchа kilоmеtr yo’l bоsаdi?

J: 6 km vа 8 km.

4-mаsаlа. А vа B shаhаrlаr оrаsidаgi mаsоfа 200 km. А shаhаrdаn B shаhаrgаchа bir-

birigа qаrаb bir vаqtdа ikkitа аvtоmоbil yo’lgа chiqdi. Birinchi аvtоmоbil ikkinchi

аvtоmоbilgа qаrаgаndа 20 km tеz yurdi vа ikkinchi аvtоmоbilgа qаrаgаndа 50 minut оldin еtib

kеldi. Hаr qаysi аvtоmоbilning tеzligini tоping?

J: 80 km/s vа 60 km/s.

5-mаsаlа. Ikki pristаn оrаsidаgi mаsоfа 60 km. Mоtоrli qаyiq bu mаsоfаni оqim

bo’yichа оqimgа qаrshi suzgаnidаn kеtgаn vаqtgа qаrаgаndа 50 minut tеz suzib o’tаdi. Аgаr

dаryo оqimining tеzligi sоаtigа 3 km bo’lsа, mоtоrli qаyiqning tеzligini tоping? J: 21 km/s.

15

Hursanoy Mamajonova

Guruh tarbiyachisi

16

L.Ne’matullayeva 5 b sinf A.Sotvoldiyev 6 sinf Sh.Jo`rayeva 6 a sinf

S.Abdumajidov 6 sinf

Bahramova D 6 b sinf

22-mart - buyuk olim, munajjim va shoh

Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun

Jurnal hamkori: “Ziyo-foto”

“Umid” umidlarning porloq oshyoni,

Nurli kelajakning ayni o‘zidir!

“Umid” muxlislarning eng qadrdoni,

“Umid” ijodkorning ko‘ngil so‘zidir!