xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim...

67
Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi UMUMTA'LIM MAKTABLARINING 8-SINFLARIDA “TARBIYAVIY SOAT” MASHG`ULOTLARINI TASHKIL ETISH BO`YICHA METODIK QO`LLANMA (SINF RAHBARLARI UCHUN) Toshkent -2013

Upload: dangdan

Post on 06-Mar-2018

507 views

Category:

Documents


30 download

TRANSCRIPT

Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi

UMUMTA'LIM MAKTABLARINING 8-SINFLARIDA “TARBIYAVIY SOAT” MASHG`ULOTLARINI TASHKIL

ETISH BO`YICHA METODIK QO`LLANMA (SINF RAHBARLARI UCHUN)

Toshkent -2013

Tuzuvchi: Qurbonova Marhabo – Toshkent shahar, Sergeli

tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi Tarix, milliy istiqlol g`oyasi fanlari o`qituvchisi

M.Omonova – Respublika Ta`lim markazi bosh metodisti

Taqrizchilar:

Z.Arinova – Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi “Rus tili” fani o`qituvchisi D.Norqobilova – Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 48-sonli umumta’lim maktabi “Ona tili va adabiyoti” fani o`qituvchisi

TUSNUNTIRISH XATI

Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi.

Islom Karimov O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi

“Umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida” 130-sonli qarori asosida o`quv rеjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko`rib ciqilib, intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.

Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir. Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston

Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`iga 2-ilova: Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi.

Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining

amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.

Mazkur qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.

“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.

Umumta'lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va fan oyliklarini o‘tkazishda nimalarga e'tibor berish to‘g‘risida tavsiyalar berilgan Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:

Kun shiori:

I. Kirish; II. Asosiy sism: ma’ruza, guruhlar ishi III. Yakuniy qism. Sinf soatida foydalahish uchun adabiyotlar jamlanmasi, mavzuga doir

adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda tashkil etilishi mymkin. Beruniyning ma’rifiy qarashlari.

Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni

anglatish zarur deb hisobladi: Va u quyidagi fikrlarni bayon qildi: “Odamlar o`rgangan, odatlangan va ko`pchilikka ma’qul bo`lgan narsaga qarshilik ko`rsatmasdan o`rganish kerak”. Yaxshi xulqlar yaxshilik alomatidir, yomon xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim. Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlik, chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va boshqalar.

Abu Ali Ibn Sino tarbiya haqida:

Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o`rin ajratgan. Uning fikricha: “Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk bo`lsa ham, undagi bilim axloq normalariga mos bo`lmasa, u kishi jamiyatning haqiqiy a’zosi bo`la olmaydi”. Olim axloqiylik ko`proq vatanparvarlikda o`z aksini topadi deb tushungan.

Ibn Sino ona-Vatani Turonni Hind, Eron va Chin kabi yirik davlatlardan ortiq hisoblab, unga xizmat qilishni o`z burchi deb bilgan. Vatanning fani, madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo`shgan.

Abu Nasr Forobiy tarbiya haqida:

Tarbiya jarayoni, tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo`naltirilishi lozim, chunki “har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim.

“Daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo`lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi”.

Yusuf Xos Hojib ota-onalarni bola tarbiyasiga e’tibor berishga da’vat etar ekan, jamiyat farzandlar xulq-atvoriga qarab ota-onalarga baho berishini aytib, ularni ogohlantiradi.

Mirzo Ulug`bek mehnat tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning madrasasida o`qigan shogirdlar bu yerdagi har bir tadbirda, binoni tozalash, ko`kalamzorlash va boshqa ishlarda faol ishtirok etadilar.

Alisher Navoiy o`qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi kishigina deb bilmay, balki usta tarbiyachi ham bo`lishi kerak, deb hisoblardi. U ilm bilan odobning birga olib borilishini va o`qituv protsessida odob berilishini ta’kidlab o`tadi.

Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog`lom qilib o`stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o`qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.

8-Soat

№ Mavzular

Soati O‘tish vaqti

1. Men nechun sevaman – O`zbekistonni?

1

2. Tejamkorlik yaxshi fazilat (Iqtisod fani oyligi doirasida)

1

3. Vodiylarni yayov kezganda...(geografiya fani oyligi doirasida)

1

4. Transport vositalarining yo`lning qatnov qismida joylashuvi (yo`l harakati qoidalari)

1

5. Faxrli kasb egalari (1 - oktyabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

1

6. To`xtash va to`xtab turish qoidalari. (yo`l harakati qoidalari)

1

7. Chiqindilarning zarari 1 8. O`zbek tili – do`stlik tili (O`z.Res. “Davlat tili

haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). So`zlashish va nutq madaniyati (filologiya fanlari oyligi doirasida)

1

9. Chorrahada harakatlanish qoidalari. (yo`l harakati qoidalari)

1

10. Iste'dodli bolalar - Vatan ishonchi (Rus tili fani oyligi doirasida)

1

11. Hilpirayver, bayrog`im! (18 noyabr – O`z.Res. Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)

1

12. Transportda yurish odobi. Yo`nalishi belgilangan transport vositalarining bekatlari va piyodalarining o`tish joylari (yo`l harakati qoidalari)

1

13. Konstitutsiya – baxtimiz qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)

1

14. Do`stlik, qardoshlik ramzi (10 dekabr – O`z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

1

15. Ma'naviy jasorat sohiblari (MIG` fani oyligi doirasida)

1

16. Orzular og`ushida (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)

1

17. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)

1

18. Bugungi kun qahramoni (Tarix fani oyligi doirasida)

1

19. Aholi yashaydigan dahalarda harakatlanish qoidalari (yo`l harakati qoidalari)

1

20. Buyuk siymolarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)

2

21. Maktab va kelajak (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida)

1

22. Tashqi yoritish va tovush berish asboblaridan foydalanish haqida (yo`l harakati qoidalari)

1

23. Sizga talpinaman, onajon! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)

1

24. O`zbekistoning noyob tabiati (kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida)

1

25. Navro`zi olam muborak! (21 mart – Navro`z bayrami munosabati bilan) .

1

26. Amir Temur va temuriylar davri madaniyati (A.Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)

1

27. Intilganga tole yor! (Chizmachilik, mehnat fan oyliklari doirasida)

1

28. Velosiped va aravalar harakatlanishi hamda hayvonlarni haydab o`tishga doir talablar. (yo`l harakati qoidalari)

1

29. Vatanni sevmoq iymondandir (Xotira va qadrlash kuni oldidan)

1

30. Qo`shimcha axborot belgilari. Transport vositalarining taniqlik belgilari. (yo`l harakati qoidalari)

1

31. Tilga ixtiyorsiz – elga e'tiborsiz (Xorijiy tillar 1

fanlari oyligi doirasida) 32. Sog`lom avlod yurt kelajagi 1 33. Mening ta'til uchun rejalarim 1

Jami: 34 soat

1-mavzu: Men nechun sevaman – O`zbekistonni?

Kun shiori: “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekistonim!”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z yurtini hech kimga bermaslik tuyg`usini, O`zbekiston yagona Vatan ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Hech kimdan, hech qachon kam bo`lmagan O`zbekistonim! ”

O`qituvchi:

AzizlarAzizlar! ! TarixgaTarixga birbir nazarnazartashlayliktashlaylik, , bundanbundan 22 22 yilyil

avvalavval, , mustaqilligimizningmustaqilligimizningee’’lonlon qilinishiqilinishi. .

Mustaqil O`zbekistonningsiyosati – insoniylik,

ezgulikqonunlariga asoslanadi

hamda fuqarolarosoyishtaligi va milliy

murosa siyosatibo`lib qoladi.

Mustaqil O`zbekistonningsiyosati – insoniylik,

ezgulikqonunlariga asoslanadi

hamda fuqarolarosoyishtaligi va milliy

murosa siyosatibo`lib qoladi.

Men shu bugundane’tiboran

1 sentabrnirespublikamizdaMustaqillik kuni,

umumxalq bayramideb e’lon

qilishni taklif etaman.Bu bayram

abadulabad bo`lsin!

Men shu bugundane’tiboran

1 sentabrnirespublikamizdaMustaqillik kuni,

umumxalq bayramideb e’lon

qilishni taklif etaman.Bu bayram

abadulabad bo`lsin!

O’zbekiston Respublikasi davlatmustaqilligining e’lon qilinishi.

O’zbekiston Respublikasi davlatmustaqilligining e’lon qilinishi.

O’n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston RespublikasiOliy Kengashining navbatdan tashqari

oltinchi sessiyasida so’zlangan nutq“Xalq so`zi” gazetasi,

1991 yil 31 avgust

Hozirgacha dunyoning o`ttiz mamlakatiO`zbekiston Respublikasini tanidi, tan oldi.

Rossiya, Ukraina, Belorusva boshqa

davlatlar bilan do`stona aloqalarnimustahkamladik.

O`rta Osiyo respublikalariva Qozog’iston –

qondosh-qarindoshqo`shnilarimiz bilan

yanada yaqinroq bo`ldik.

Turkiya, Amerika Qo`shmaShtatlari,Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya,

Saudiya Arabistoni,Eron, Pokiston, Hindiston,

Xitoy singari yirikdavlatlar ana shular jumlasidandir.

Bugun shuni komil ishonch bilanaytishim mumkinki, mustaqil davlatlar

davrasidaO`zbekiston o`zining

o`rnini egalladi. O`zbekiston tenglararo teng bo`ldi.

Ana shuning o`ziham umid yulduzidir.

Topshiriq: O`quvchilar tomonidan Vatanimiz, O`zbekistonimizni madh

etuvchi she’rlar, mamlakatimizdagi rivojlanishlar haqida. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning

o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

2-mavzu: Tejamkorlik yaxshi fazilat (Iqtisod fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Iqtisodiy tarbiyada ma’naviy qadriyatlar” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tejamkorlikka

o`rgatish, iqtisodiy tarbiya nima ekanligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk

Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Mol-milkni behuda isrof qilish –aqlsizlik, boylikni o`ylamasdan sarflash – tanazzul alomatidir” Hikmat

O`qituvchi: Iqtisodiy tarbiyaning dastlabki bosqichlari uzoq tarixga ega. Ular kishilik

jamiyati taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib kelavergan. Iqtisodiy tarbiyaga tegishli ma’lumotlarni ilohiy kitob – Qur’oni karimda va

muqaddas kitob Hadisi sharif hamda “Avesto” bitiklarida ham topish mumkin. Iqtisodiy tarbiya Sharqa mutafakkirlarining asarlarida ham bayon etib kelingan. Jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida qozixonada meros va uni taqsimlash bo`yicha alohida xodim faoliyat ko`rsatishi qayd etilgan. Ular shubhasiz qozixonadagi iqtisodiy muammolar yechimlarini hal etish uchun jalb qilingan. Bu borada Forobiyning “Inson o`z mablag`ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg`anchilik qilish xasislikka olib keladi”. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”, degan fikri o`rinlidir.

“Tejamkor odam yaxshi yeydi, yaxshi ichadi, pokiza kiyinadi, xushhavo uylarda yashaydi, keraksiz narsalarni sotib olavermaydi, haqiqiy zarur narsalarnigina xarid qiladi. Birovlarga qo`lidan kelgancha yordam qiladi.Yaxshilik yo`lidagi ishlarga pulini ayamaydi, saxovatli bo`ladi. Vatani va xalqi uchun molini ham, pulini ham ayamaydi”.

Xayoliddin al-Hasaniy.

Aslida, har qanday islohotning eng muhim samarasi avvalo xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ong-u tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o’zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo’lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirilayotgan islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o’zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlarini qo’ydik.

Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko’rish, kuzatish qiyin emas.

Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o’zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og’ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo’lgan muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bozor iqtisodiyoti hamma narsani joyiga qo’yadi, degan yengil-yelpi qarashga itoat qilib, faqat moddiy boy-lik ortidan quvish — xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga ham, insoniylik bilan yo’g’rilgan milliy qadriyatlarimiz mohiyatiga ham to’g’ri kelmas edi. Shu bois islohotlarni amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi, degan qoidani o’zimiz uchun dasturilamal sifatida belgilab oldik.

(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch) Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda keng islohotlar amalga oshirilmoqda,

bunda ham biz davlat mulkidan tejamkorlik bilan foydalanishimiz lozimligini vijdonan his etishimiz shart.

Topshiriq: “Davra suhbati”. Tejamkorlik deganda yana nimalarni tushunamiz va haddan tashqari tejamkorlik shartmi?

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

3-mavzu: Vodiylarda yayov kezganda (Geografiya fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Vatanim tuprog`i muqaddas menga! ” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka

qiziqishlarini uyg`otish, tabiatni e’zozlash kerak ekanligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. Chapar urib gullagan bog`in, O`par edim, Vatan tuprog`in. ” Hamid Olimjon

O`qituvchi: Inson va tabiat bir-biriga uzviy bog`liq. Tabiat—inson va butun

mavjudotlarni yashash sharoitining birdan-bir asosi. Uning boyliklari jamiyatni yashashi, rivojlanishi uchun zarur bo`lgan moddiy, madaniy ehtiyojlarini qondiradigan bitmas-tuganmas manba. Inson tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas kichik bir qismi. U mavjudot sifatida tabiatga ta'sir ko`rsatadi. Lеkin insonning tabiatga o`z aql-zakovati, mеhnat faoliyati tufayli ta'sir qilishini hеch nima bilan taqqoslab bo`lmaydi. Boshqacha qilib aytganda mavjudotlar tabiatdan qanday bo`lsa, shunday foydalanib, unga sеzilarsiz ta'sir ko`rsatadi. Inson esa tabiatga shunchalik kuchli ta'sir ko`rsatishi mumkinki, hatto tabiatni o`ziga bo`ysundiradi.

Odamzot o`zining aql-zakovati, mеhnati tufayli hayvonlarga nisbatan tabiiy muhitning biologik nazoratidan chiqib, talablarini fiziologiyaga xos faoliyatining hajmini kеngaytirishga sazovor bo`ladi. Uning tabiatga ta'sir qilishi ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va xo`jalik uchun ishlatiladigan moddalarning ko`payishiga bog`liq.

Boshlang`ich jamiyat davrida odamlarning asosiy yashash manbai ov qilish, baliq tutish bo`lgan. Shuning uchun inson tabiat sharoitlariga qaram bo`lgan. O`sha vaqtlarda insonning ta'siri u ov qilgan jonivorlarning miqdorida aks etmagan. Chorvachilik rivojlana borishi tufayli insonning tabiatga bo`lgan ta'siri tobora kuchaygan. Chorva mollari sonining ortib borishi, tabiiy yaylov o`simliklar qoplamining kеskin o`zgarishiga olib kеldi. U yеrlarda yashaydigan mavjudot o`zining yashash joyini o`zgartirib yubordi.

Dеhqonchilik tizimining rivojlanish davrida inson tabiatga misli ko`rilmagan darajada ta'sir ko`rsata boshladi. Quruq yеrlarni haydash, daraxtzorlarni kеsish, kuydirish, daryolarga to`g`onlar o`rnatish bilan hududlar ko`rinishi va odamlarning yashash joyini o`zgartirib yubordi.

Sanoatning rivojlanishi tabiiy boyliklar kamayishi bilan birgalikda atrof-muhit ifloslanishiga olib kеldi. Ishlab chiqarish chiqindilari suv, atmosfеra va tuproqning ifloslanishiga sabab bo’ldi. Bunday ifloslanish tuproq unumdorligining pasayishiga olib kеlishi bilan bir qatorda hayvonot olami va inson salomatligi uchun xavfli bo’lib qoldi.

(Internetdan olingan)

Topshiriq: “Kuzatish” mashqi. O`quvchilardan tevarak-atrofga bir nazar tashlash tavsiya etiladi. Nimalarni his qildingiz? O`quvchilar o`z qarashlarini izohlaydilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

4-Mavzu: Transport vositalarining yo`lning qatnov qismida joylashuvi (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

5-Mavzu: Faxrli kasb egalari (1 oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir”

Islom Karimov Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har doim ustozlarni

e’zozlash kerak ekanligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Yurtboshimning orzusi Yoshlar bo`lsin bilimli, Biz ustozlar bu yo`lda Yurtboshimga madadkor! O`qituvchi: “Ey, Turkiston maorif ishlarida bo`lg`on o`rtoq va o`g`lonlarim!” Men

o`zim garchand bandi bo`lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga biroz vasiyat qilib o`taman. Sizlarga vasiyat qilaman. Maorif yo`lida ishlaydurg`on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O`rtadan nifoqni ko`taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo`ymangizlar! Har ish qilsangiz jamoat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo`lini ko`rsatingizlar! Bizning otimizda maktablar ochingizlar! Bizlar ul choqda qabrimizda tinch yoturmiz”.

O`zbekistonimiz mustaqillikka erishgach, Behbudiy bobomizning vasiyatlarini o`zbekning mard o`g`loni, mustaqillik asoschisi, yurt otasi Islom Karimov amalga oshirmoqda.

Adib qalbini o`rtagan dard–erk va ma’rifat edi. Biz bugun Ollohga shukronalar qilishimiz kerakki, ajdodlarimiz orzu qilgan kun erk, ozodlik, mustaqillik kunlariga yetdik, burchimiz esa shu kunlar qadriga yetish. O`qituvchilar esa shu kunlarga shukur qilib, xalqqa ma’rifat ziyolarini sochishda o`zlarining bor kuchlarini vijdonan va halolab bajaradilar. Bu bilan jadid bobolarimizning ruhlari shod bo`lib, bizlardan rozi bo`ladilar. Yurtboshimizning ishonchini hozirda ustozlarimiz oqlamoqda.

Abdulla Avloniy fikricha, olamning yaratilishidan maqsad insondir. Inson butun borliqning ko`rki va sharafidir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mahluqlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak: inson uning sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilmi tufayli dunyoni boshqaradi.

Muqaddas Xolbayevna Ogay mana shunday aqlli insonlardan hisoblanib, ilmi tufayli Germaniya davlatiga borib, bilimlarini yanada yuksaltirib keldi. Muqaddas Ogay 300-maktabda rusiy zabonlarga ingliz tilidan saboq berish bilan birgalikda, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham faol ishtirok etib, juda ko`plab sinfdan tashqari tadbirlar tashkilotchisi.

Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.

Abdulla Avloniy bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur: fikr insonning sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so’ng darajada muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdur”.

Dilorom Haydarova o`quvchilarda fikrlashni rivojlantirishda adabiyot fanini o`quvchilar ongiga singdirishda o`zining bor mahoratini ishga soladi.Ustoz darsdan tashqari matbuot bilan hamkorlikda o`zining maqolalari bilan ham chiqish qilib turadi. Dilorom Haydarova maktabimizda “Yosh muxbirlar” to`garagini ham tashkillashtirgan, bu to`garak a’zolari o`zlarining maqolalari bilan “Tong yulduzi” bolalar gazetasida tez-tez chiqib turadi.

Abdulla Avloniy shunday deydi: Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga

muhtoj bo`lsak, shuni bilmak bizga farzdur. Shuning uchun o`qimak, bilmak

zamonlarini qo`ldan bermay, vujudimizning dushmani bo`lgan jaholatdan qutulmakg`a jonimiz boricha sa’y qilmagimiz lozimdur.

Topshiriq: “Mening birinchi o`qituvchim”. O`quvchilar birinchi o`qituvchilarini esga oladilar. (Bayromona holat)

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

6-Mavzu: To`xtash va to`xtab turish qoidalari (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan

mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

7-mavzu: Chiqindilarning zarari. Kun shiori: “Har qanday zararli unsurlardan ehtiyot bo`ling! ” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, chiqindilarning zararli

ekanligini tushuntirish, tabiatni e’zozlash kerak ekanligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Inson qadri-qimmati eng muhim ustuvor yo`nalishlardan biri”

O`qituvchi: Endi boshqa real ekologik salbiy oqibatlar haqida to'xtalib o'tamiz. Tabiiy

muhitning ifloslanishi muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Chunki u fantexnika taraqqiyotining ta'siri ostida ishlab chiqarishining sifat jihatdan o'zgarishi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hajmi borgan sari ortib bormoqda. Gap shundaki, foydalaniladigan tabiiy resurslarning atigi 12 foizi ishlab chiqarishning oxirgi mahsuloti tarzida qoladi, boshqa qismi esa chiqitga aylanadi. Chiqitlar esa tabiat tomonidan qayta o'zlashtirilmaydi.

Inson foydalanadigan ko'plab metall va qotishmalar tabiatda sof holda uchramaydi. Ular tog' jinslarini qayta ishlash asosida olinadi. Metall va yoqilg'ilarni qazib olish hamda qayta ishlash jarayonida ham ulardan

foydalanilgandan keyin ancha-muncha chiqindilar hosil bo'ladi. Ma'lum ma'noda, ularning birortasi tabiatda izsiz yo'qolib ketmaydi. Ularni tashkil etgan atomlar qayta guruhlanib, oxir oqibatda foydalanish uchun yaroqsiz bo'lgan holda kichik-kichik konsentratsiyalarda havoga, tuproqqa va suv havzalariga singib ketadi.

Tabiiy ekologik tizim insonning amaliy faoliyati oqibatida yuzaga kelgan chiqindilarning ko'plab turini yutish va ularni hayotning boshqa shakllari uchun yaroqli yoki hech bo`lmaganda, zararsiz moddalar tarzida qayta ishlashga qodirdir. Biroq chiqindilarning biror turi juda ko'payib ketsa, ekotizimning tabiiy yutish mexanizmi to'yingan rejim darajasiga chiqishi mumkin. Bunday holda inson sivilizatsiyasi chiqindilari atrof muhitda juda ko'p miqdorda to'planib qoladi. Bu — xavf xatar demakdir.

Rudalardan foydali bitikmalarni kompleks ajratib olish borasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ammo bu masala hamma joyda bir xil hal etilmaydi. Tog' kon sanoati korxonalari zich joylashgan joylarda mahsulot tannarxi arzon va mehnat unumdorligi yuqori bo'lishi mumkin. Shaxta usuliga qaraganda foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish iqtisodiy jihatdan foydaliroqdir. Ammo ekspertlarining xulosasiga ko'ra, surunkali bronxitlar, yuqori nafas yo'llarining yallig'lanishi, pnevmoniya, emfizema tarqalishining bosh sababidir. Shuningdek, u o'pka rakini keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biridir.

Kasalliklar va atrof - muhitning ifloslanishi o'rtasidagi sabab oqibat bog'lanishini aniqlash oson ish emas, chunki sabab hamisha xilma-xil bo'ladi. Shunday bo`lsada, atrof - muhit ifloslanishi ta'sirini bevosita aniqlash mumkin bo'ladi. Masalan, chang - to'zonlar orasida va zararli ishlab chiqarish sohalarida faoliyat ko'rsatadiganlar tez-tez kasalga chalinadilar. Ekologiyaga bog'liq holda kelib chiqadigan kasalliklarni aniqlash va ularning hisobini olish bo'yicha muhim ishlar qilinmoqda.

Topshiriq: “Muammoli vaziyat”

Vaziyat turi

Sababi

Vaziyatdan chiqib ketish sabablari

Chiqindilar

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

8-mavzu: O`zbek tili – do`stlik tili, so`zlashish va nutq madaniyati

(O`zbekiston Respublikasi Davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan, filologiya fan oyligi doirasida)

Kun shiori: Og`ziga kelganni demoq nodonning ishi, Oldiga kelganni yemoq hayvonning ishi. Alisher Navoiy Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z onatiliga bo`lgan

muhabbatni rivojlantirish, fan oylikda faol ishtirok etish kerak ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Nutqda uch sabab katta ahamiyat kasb etadi,- degan edi bir kuni lord Morli quvnoq beadablik bilan, - kim gapirayapti, qanday gapirayapti, nimani gapirayapti? Ana shu uch omildan uchinchisi katta ahamiyatga ega ”

O`qituvchi: O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng, o`zbek tili davlat tili

maqomini olishi bilan millatlararo va davlatlararo muloqot vositasiga aylandi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari

istiqomat qiladi. Yer yuzida esa bir necha yuzdan tortib, bir necha yuz millionni tashkil etadigan 1600 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi. Bularning orasida faqat ikki yuzdan ortig`i o`zlarining mustaqil davlatlariga ega. Ushbu davlatlar orasida O`zbekiston Respublikasining ham borligi muhim siyosiy ahamiyatga egadir.

Etnik guruhlarning davlat tuzilmalari sonidan ko`pligi aksariyat mamlakatlarga ko`pmillatlilik xosligini ko`rsatadi, jumladan, bu O`zbekiston uchun ham xos holat.

Ko`pmillatlilik sabablari tahlil qilinganda odatda ikki holat kuzatiladi. Avvalo, bir mamlakat hududida qo`shni davlat vakillarining istiqomat qilishi oqibatida qaror topgan ko`pmillatlilik, ya’ni O`zbekiston Respublikasida qo`shni (o`z mustaqil davlatlariga ega bo`lgan) qirg`iz, qozoq, tojik, turkman xalqlari

vakillari azaldan yashab kelmoqda. Bunday turdagi ko`pmillatlilik Osiyo, Yevropa, Amerika, Afrikaning aksariyat mamlakatlarida ko`p tarqalgan bo`lib, uni “tabiiy-tarixiy ko`pmillatlilik” deb atash mumkin. U asrlar davomida yonma-yon hayot kechirib kelgan xalqlarning bir-birlari bilan aralash yashaganligining natijasidir.

Ikkinchi turdagi ko`pmillatlilikni shartli ravishda “ijtimoiy-siyosiy ko`pmillatlilik” deb nomlash mumkin. U bir-biridan tili, madaniyati, turmush tarzi bilan farqlanadigan xalqlarning turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar ta’sirida muayyan hududda birgalikda yashay boshlashi tufayli yuzaga kelgan. Turli urushlar, bosqinlar ham bunga sabab bo`lgan. Bunday hol dunyoning barcha mintaqalarida kuzatiladi.

So`zlashish va nutq madaniyati haqida juda ko`plab tavsiyalar berilgan. Inson qachonki, ko`p kitob o`qisa, keksa otaxon-onaxonlardan, allomalarimiz o`gitlariga quloq solsa, u qayerda, qanday gapirishni biladi. Quyida yana Tursunoy Sodiqova so`zlariga e’tibor qaratamiz.

“Tiling omadingdir, Qizim!”; Sozning, xonandaning ovoziga qarab xush ko`radilar, shundaymi? Sen

ham so`zlashganingda, avvalo, ovozingni eng chiroyli pardasini topib gapir; Sen odam tanlamagin, so`z tanla. Topib aytilgan so`z dushmanni ham

do`stga aylantira oladi; Oy qizim, ovozingni ko`targan zahoting uyingdan fayz

ko`tariladi. Yuzingdan husn ko`tariladi; Bilgin, til qishni bahorga aylantira oladi. Topshiriq: “Bahs-munozara” mashqi. 1. Nima uchun ba’zi insonlar o`z ona tilisini buzib gapiradilar- 2. Yana ba’zi yoshlarimiz haddan tashqari qo`pol muomala qilishadi- Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning

o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

9-Mavzu: Chorrahada harakatlanish qoidalari (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan

mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 10-Mavzu: Iste’dodli bolalar – Vatan ishonchi. (rus fani oyligi doirasida) Kun shiori: “YOSHLAR KAMOLI - YURT ISTIQBOLI. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, iste’dodli bolalarga havas ruhida tarbiyalash, fan oylikda faol ishtirok etish kerak ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Aziz o`quvchi, istaymizki, Sendangi kuch-quvvat, iste'dod, qalbingdagi jo`shqinlik har qanday qiyinchiliklarni yengib o`tib, faqat yaxshiliklarga xizmat qilsin!”

O`qituvchi: Biz demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish yo`lini tanlab, shu ezgu maqsad sari sobitqadamlik bilan intilmoqdamiz. Albatta, bunda biz iste’dodli yoshlarga suyanamiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O`zbekiston kelajagi yoshlar qo`lida”. Bu hayotiy muhim vazifa Istiqlol tengdoshi bo`lgan, bugun katta va mustaqil hayotga qadam qo`ya boshlagan yoshlarimiz zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so`zlari bilan aytganda "...farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga o`zlarini amalda namoyon etishlari uchun maydonni kengaytirish kerak".

Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma'naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko`rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha g`ururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi O`zbekistonimizning obro`-e'tiboriga, davlatimiz raqbarining ishonchiga munosib bo`lishga harakat qilishadi. Insoniyat tarixidan ma'lumki, davlat va jamiyatning kuch-qudrati asosan ikki narsaga bog`liq. Biri - ILM-FAN bo`lsa, ikkinchisi - TARBIYA. O`z o`tmishimiz ham bunga yorqin misol bo`la oladi. Qaysi zamonda ilm-fan, madaniyat, ma'rifat taraqqiy etgan bo`lsa, aynan o`sha davrda yurtimiz gullab-yashnagan, kuch-quvvatga, obro`-e'tiborga ega bo`lgan. Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko`rsatilayotgan g`amxo`rliklar qadrini chuqurroq anglash, his qilish uchun dunyoga nazar tashlab, mulohaza yuritishga to`qri keladi. Shunday mamlakatlar borki, bolalarini o`qitish, qornini to`q, ustuni but qilishga qurbi yetmaydi. Kambag`allik, ocharchilik, turli xil kasalliklar girdobidan chiqib ketolmay boshqalarga qo`l cho`zib, xayriya so`rab yashaydi. BMT ma'lumotlariga ko`ra, dunyoda 854 million odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda. YUNESKO ma'lumoti bo`yicha dunyoda maktab yoshidagi, 100 million bola o`qish imkoniyatidan mahrum. Davlatimiz tarbiyadan hech narsani ayamayotgani, yoshlar siyosati izchillik bilan davom ettirilayotgani, yoshlarimiz o`z iste'dodlarini ro`yobga chiqarishi uchun imkoniyat maydoni kengayib borayotganini o`z ko`zimiz bilan ko`rib turibmiz. Masalan, ta'lim sohasidagi milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta'mirlandi. O`tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o`quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar yo`naltirildi. Bularning barchasi o`z kuchimiz, mehnatimiz bilan amalga oshirildi. Umid bilan sug`irilgan tayoq bir kun berar mevayu yaproq, deganlaridek, qisqa vaqt ichida yoshlar tarbiyasi bilan bog`liq sa'y-harakatlarimizning natijalari bo`y ko`rsata boshladi. Bir necha yillardan beri o`tkazib kelinayotgan «Nihol», Zulfiya nomidagi mukofotlar, «Yangi avlod» respublika bolalar ijodiyoti festivali va «Kelajak ovozi» ko`rik-tanlovlari, «O`zbekiston madaniyati va san'ati forumi» iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan xayrli ishlar, «Barkamol avlod», Universiada musobaqalari yurtimizning deyarli barcha viloyat va tumanlarida, olis qishloqlarda iste'dodli yoshlar voyaga yetayotgani, ular buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo`lishga intilayotganlaridan dalolat beradi. Birgina sportning o`zida keyingi yillarda yoshlarimiz erishgan yutuqlardan har qancha faxrlansak oz.

(Internet materiallaridan foydalanildi) Topshiriq: “Sen ham iste’dodingni sinab ko`r” mashqi.

(O`qituvchi o`quvchilar orasidan she’r yozadigan, sportga qiziqadigan, musiqaga qiziqdaigan, mohir qo`llarni, til o`rrganishga qiziqdaigan, umuman qaysi fan yuzasidan iqtidori kuchlarni kuzatadi va rag`batlantiradi, bu rag`batlantirish bolaning o`ziga ishonchini rivojlantirsin) Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 11-Mavzu: Hilpirayver bayrog`im! (O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan) Kun shiori: “Dunyoga chiqqan O`zbekistonim bayrog`i, g`alabalar sari tinmay hilpirayver!” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`iga bo`lgan hurmatni singdirish, davlat ramzlari muqaddas ekanligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “1991 yil 18-noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i” qabul qilingan kun”. O`qituvchi:

• 5-modda. O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi. Shu jumladan tarixga nazar tashlasak, bizning qadimgi turkiy davlatlarimizning ham o`z bayrog`i bo`lganligining guvohi bo`lamiz. Sizning hukmingizga bir daqiqa tarixga nigoh tashlashingizni istardim va nima uchun har bir davlat o`z bayrog`ini ta’sis qilganligi, bayroq nima uchun muqaddas hisoblanganligini har birimiz o`zimizda his etib ko`rishimiz kerak.

Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`I - O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i-mamlakat davlat suverenitetining ramzlaridan biridir. U bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini anglatadi hamda mamlakatning milliy-madaniy an’analarini o`zida mujassamlashtiradi.

Respublikamizda davlat ramzlari qonun tomonidan muhofaza qilinadi; O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilning 22-sentabrida tasdiqlangan va 1995-yilning aprelidan kuchga kiritilgan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga alohida “Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish” deb nomlangan 215-modda kiritilgan. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat bayrog`i, davlat gerbi yoxud davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb ta’riflanib, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum etish jazosi belgilangan. Davlat ramzi- bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog`i, davlat gerbi, davlat gimni, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarida o`z ifodasini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov o`zining “O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” asarida: “Davlatimiz ramzlari- bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi, mana shu ramzlarni e’zozlash o`zining qadr-qimmatiga, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”, deb aniq ta’rif bergan. Topshiriq: O`quvchilardan yana qaysi davlat bayroqlarini biladilar va ularga Markaziy Osiyodagi Davlatlar bayrog`ini tasvirlab berish. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

12-Mavzu: Transportda yurish odobi. Yo`nalishi belgilangan transport vositalarining bekatlari va piyodalarning o`tish joylari (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 13-Mavzu: Konstitutsiya – baxtimiz qomusi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “Qonun bor joyda intizom bor”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Konstitutsiyamizga bo`lgan hurmatni singdirish, davlat ramzlari muqaddas ekanligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Huquqiy savodxonligi boy xalqmiz”

O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq II sessiyasida, 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan bo`lib, Konstitutsiya 6 ta bo`lim,26 ta bob,128 ta moddadan iborat. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasi: O`zbekiston- suveren demokratik respublika. Davlatning „O`zbekiston

Respublikasi“ va „O`zbekiston“ degan nomlari bir ma’noni anglatadi“. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2- moddasi:

“Davlat xalq irodasini ifoda etib. Uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”. Har qaysi davlat huquq tizimida ko`pgina qonunlar mavjud. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e’tirof etiladigan birdan bir qonun bu - Konstitutsiya. Konstitutsiya so`zi, lotincha “constitutio” tarjimasi “nizom, qoidalar” degan

ma’noni anglatadi.

Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv

organlarini tuzish hamda faoliyatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini,

fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o`rtasidagi

munosabatlarni belgilab beradi.

Konstitutsiya negizini qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar tashkil etadi.

“O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi” 238 moddadan iborat.

“O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida” gi qonun 45 moddadan tarkib

topgan.

Qonun hujjatlarini tubdan yangilash jarayoni eng avvalo mamlakatning Asosiy

qonunini yaratishdan boshlanadi. O`zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq

birinchi sessiyasi kun tartibiga yangi konstitutsiyani tayyorlash masalasi 1990 yil

24 martda qo’yilgan.

Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunida bo’lib o`tgan ikkinchi sessiyasida

Respublika Prezidenti Islom Karimov raisligida Konstitutsiya komissiyasi tuzildi.

O`zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi 1992-yil

O`zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi

Muqaddima

1-bo`lim. Asosiy prinsiplar (4 bob: I-IV boblar; 17 modda:-1-17-moddalar)

2-bo`lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

(7 bob: V-XI boblar; 35 modda: 18-52-moddalar)

3-bo`lim. Jamiyat va shaxs (4 bob: XII-XV boblar; 15 modda: 53-67-moddalar)

4-bo`lim. Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi (2 bob: XVI-XVII boblar; 8 modda: 68-75-moddalar)

5-bo`lim. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi (9 bob: XVIII-XXVI boblar; 51 modda: 76-126-moddalar)

6-bo`lim. Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish tartibi (2 modda: 127-128-moddalar)

1992-yilgi Konstitutsiyada birinchi o`ringa davlat emas, balki inson, uning

hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati qo`yildi.

Konstitutsiyaning kirish qismi Muqaddima.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari 1-bo`limi 4 bob:

17 ta moddadan iborat.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Inson va fuqarolarning asosiy

huquqlari, erkinliklari va burchlari 2-bo`limi 7 bob: 35 ta moddadan iborat.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Jamiyat va shaxs 3-bo`limi 4 bob: 15 ta moddadan iborat. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi 4-bo`limi 2 bob: 8 ta moddadan iborat. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Davlat hokimiyatining tashkil etilishi 5-bo`limi 9 bob: 51 ta moddadan iborat. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish tartibi 6-bo`limi 2 modda: 127-128- moddalardan iborat. Topshiriq: O`quvchilardan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-6-7-moddalarini sharhlash. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

14-Mavzu: Do`stlik, qardoshlik ramzi (O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan) Kun shiori: “O`zbekiston madhingni kuylaydi, har bir farzanding!”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat madhiyasiga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, davlat ramzlari muqaddas ekanligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: O`zbekiston – yagona Vatan uchun yashaylik, Vatan ichra bu go`zal chaman uchun yashaylik.

Abdulla Oripov O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.

Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot, Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon! Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon! O`zbekiston Qahramoni O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov vatanimiz, O`zbekistonimiz haqida ko`plab she’rlar yozgan shoir o`z she’rlarida Vatanni ko`z qorachig`iday asrashini boyliklari uchun sevgan insonni hech qachon kechirma deb yozadi . Vatan timsollari sendek yoshlarni mard va vatanparvar, el-u yurt ishiga sadoqatli qilib tarbiyalashda ma’rifiy vosita bo`lib xizmat qiladi.

Madhiya madh etish degan ma’noni anglatar ekan. Har bir inson o`z xalqini, yurtini, Vatanini, ajdodlarini, buyuk allomalarini madh etib kelgan. Biz sizning e’tiboringizga Vatanimiz, xalqimiz, allomarimizni madh etgan shoirlar ijodidan bahramand etamiz.

Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zim hoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, Vatanim… Muhammad Yusuf Bu qutlug` maskanda pirlar yotibdi, Dunyoni lol etgan sirlar yotibdi. Arslonlar yotibdi, sherlar yotibdi, Bu muqaddas Vatanda azizdir inson. Iqbol Mirzo Kim ham sevmas o`z vatanini, Ayamasdan jon-u tanini , Mardlar qo`lga qurol oldilar , Asrash uchun yurtning sha’nini. Аfsonaviy To`maris, Shiroq , El qalbiga yoqoldi chiroq . Spitamen , Muqanna yovni Qon qaqshatdi , tolmadi biroq Mangu tirik mard pahlavonim , Ona yurtim–O`zbekistonim Komil Sindarov Topshiriq: O`quvchilardan O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini izohlash. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 15-Mavzu: Ma’naviy jasorat sohiblari (Milliy istiqlol g`oyasi fan oyligi doirasida) Kun shiori: “Eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat”.

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo`lishlikka undash, insonlarga bo`lgan hurmatni rivojlantirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. • Doskada:

“ Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlari-ni, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o`z hayotini ma`naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo`ladi. Shu ma`noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog`in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan dehqonlarimiz hayotini tom ma`noda jasorat namunasi, deb bilaman”.

Islom Karimov

O`qituvchi:

Ko`pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko`rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g`ayrat-shijoat, eng muhimi, o`ziga, o`zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo`lishi kerak.

Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo`lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo`lar edim.

Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo`lish, har kuni fidoiylik ko`rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko`tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o`ylaymanki, yanglishmagan bo`laman. Men o`z hayotim, ish faoliyatim davomida ma`naviy jasorat sohibi bo`lgan, har tomonlama yetuk shaxslar bilan muloqotda bo`lganim, zamondosh bo`lib yashaganimdan doimo faxrlanib yuraman. Ana shunday vatandoshlarimizdan biri mashhur arxeologik olim, akademik Yahyo G`ulomov edi. O`z davrining fidoyi allomasi bo`lgan bu insonni men yaxshi bilardim. U o`zining mustaqil fikriga ega, kerak bo`lsa, yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to`g`ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi. Tarixchilar yaxshi biladi, odatda tepaliklar qa`rida tarixiy obidalar, butun bir shahar qoldiklari yastangan bo`ladi. Sho`ro davrida, faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan bir paytda ana shunday qadimiy tepaliklarni ham tekislab, paxta dalasiga aylantirishdek bema`ni siyosat avj olgan edi. Bunday noma`qul ishga jasur olim Yahyo G`ulomov qarshi chiqqanini men yaxshi eslayman. Uning ana shu fazilati tufayli tazyiq ko`rganini ham eshitganman. Lekin bu inson o`zining qalbidagi ma`naviy jasorat hissi tufayli hayotiy va ilmiy qarashlarida sobit turganini madaniy jamoatchiligimiz yaxshi biladi. Nafaqat, o`z she`rlari, balki butun hayoti bilan o`zbek ayolining ma`naviy qiyofasini namoyon etgan atokdi shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo`shgan bo`lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she`rlari Sharq ayolining aklu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she`riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag`a bo`lmaydi.

Shoira Zulfiyaning sadoqatga to`la hayoti, nurga yo`g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart yurtimizda har yili o`ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi. Ozod Sharafiddinov — hozirgi o`zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi, tarjimachiligining yetuk namoyandasi edi. Ellik yildirki, u ijod qilgan, yosh tanqidchi, yozuvchi, olim — tadqiqotchilar ishlarini hanuz sinchiklab kuzatib borgan. Yetmish olti yoshida Ozod Sharafiddinov O`zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, "Mehnat shuhrati", "Buyuk xizmatlari uchun" ordenlari sohibi, O`zbekiston Milliy universitetining Oltin medaliga sazovor bo`lgan professor, qanchadan-qancha medallar, faxriy diplomlar, yorliqlar egasi bo`lgan. O`zbekiston ziyolilari, madaniyatli siymolari Ozod Sharafiddinovni “Ustoz” deydilar.

Ozod Sharafiddinov mustaqillikni intiqlik bilan kutgan, uni hayotining ma`no – mohiyati deb bilganlardandir. Ustoz mustaqillik uchun kurashchilar haqida gapirib, yozib charchamadi. Uning e`tiqodicha, insonning insonligi erk tantana qilgan yurtdagina to`la namoyon bo`ladi. Hayotning qiziq – qiziq qonuniyatlari bor ekan: mustaqillik yillarida O.Sharafiddinovning ruhi tetik bo`ldi, hayotga, istiqbolga muhabbati ortdi. Ammo, jismoniy xastaliklar Ustozni qiynadi... Ruh tetik bo`lsa, jismoniy norasoliklar hech narsa qilolmas ekan.

Ozod Sharafiddinov XX asrda ijod qilgan o`zbek yozuvchilarining aksariyati haqida maqola, tadqiqotlar yaratgan. Uning yozuvchilar haqidagi tadqiqotlari orasida Cho`lpon, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya haqida yozganlari ham salmog`i, ham soni bilan yetakchilik qiladi. So`nggi yillarda Ozod Sharafiddinov nafaqat o`zbek yozuvchilari, tanqidchilari haqida, balki yetuk ziyolilar to`g`risida ham esselar yaratgan.

Bibliografiyada O.Sharafiddinovning 30 ga yaqin kitobi, 600 dan ortiq maqola va tarjimalari haqida qisqa ma`lumot berilgan. Muallif bitta maqola, tadqiqot, portret, esseni yozish uchun o`nlab badiiy, qanchadan – qancha ilmiy asarlarni o`qib, o`rganib chiqqan. Ba`zi maqolalarni chop ettirguncha, ba`zilarini e`lon qilgach, qanchadan – qancha qarshiliklarni yenggan, ta`na – dashnomlar eshitgan. Xullas, Ozod Sharafiddinov ijodi – munaqqid, tarjimon, ustoz –professorning yarim asrlik yo`li mashaqqatli, murakkab bo`lganligi yaqqol ko`rinadi. Quvonch shundaki, istiqlol tufayli, ijodkor mehnatini qadrlay oladiganlar borligi bois Ozod Sharafiddinov qadr – qimmat topdi. (Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch) Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 16-mavzu: Orzular og`ushida (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan) Kun shiori: “Yangi yilda orzularim olam jahon” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilda ezgu niyatlarni orzu qilishni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm

qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Yangi yil, yaxshi yil ” O`qituvchi: Yangi yil bayrami bizda har yili 31-dekabrda nishonlanadi. Lekin ushbu bayram turli davlatlarda turlicha urf-odatlar asosida nishonlanar ekan. Bilishni istaysizmi? Qadimda... 13 yanvar kuni ko'pgina xristian diniga e'tiqod qiluvchilar davlatlarda «Eski yangi yil» bayrami nishonlanadi. Bu ham yangi yilning bir ko'rinishidir. Qadimgi Misrda yangi yil bayrami Nil toshqini bo'lgan kunda nishonlanar edi. Bu ko'pincha sentyabrning oxiriga to'g'ri keladi. Nil daryosining toshishi misrliklar hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Ularning fikricha, shu kunlarda quyosh xudosi Amon o'z xotini va o'g'li Binn bilan daryodan suzib o'tishadi. So'ng yana ibodatxonaga qaytishadi. Shuning uchun ham ular bu kunni bayram sifatda nishonlashagan. Bobilda esa yangi yil bayrami bahorda nishonlangan.Bu vaqtda qirol mamlakatni tark etadi. Xalq esa o'zlari xoxlagan yumushni bajarishadi. Qirol qaytib kelishi bilan aholi o'z ishi bilan shug'ulanadi. Rimliklar uzoq vaqtlargacha yangi yilni birinchi martda nishonlab kelishgan. Eramizdan avval 46 yilda Yuliy Sezar yangi taqvim joriy etgan. Shundan keyin yangi yil 1 yanvarda nishonlana boshlandi. «Yanvar» so'zi Rim hudosi Yanus nomiga qo'yilgan. Rimliklarning fikricha, u ikki boshga ega bo'lib, biri yangi yilga, ikkinchisi bilan eski yilga qarab turgan. Rim yangi yil festivali Kalends deb nomlangan. O'damlar shu kunlari bir-birlariga sovg'alar ulashishadi, bayramni nishonlashadi. Keltlar(hozirgi Fransiya va Angliyaning bir qismida yashovchi aholi) yangi yilni oktyabrning oxirida nishonlashgan. Ularning bayrami Samheyn deb nomlanib, «yil yakuni» degan ma'noga ega. Keltlar shu kuni barcha ruhlar tirilishiga ishonishgan. Bugungi kunda... Avstraliya. Yangi yil Avstraliyada 1 yanvarda nishonlanadi. Bu erda shunchalik issiq bo'ladiki, qorbobo va qorqiz bayramda cho'milish kiyimida sovg'a ulashishadi. Indoneziya. Indrneziyada yangi yilni oktyabrda nishonlashadi. Ular shu kuni o'tgan yildagi ayblari uchun bir-birlaridan uzr so'rashadi. Eskimoslar. Kimdir yangi yilni 1 aprelda, kimdir oktyabrda, yana kimdir yanvarda nishonlashadi. Eskimoslar uchun esa birinchi qor yoqqan kun yangi yil hisoblanadi. Birma. Birmada yangi yil bayrami aprelda nishonlanadi. Buni boshqacha qilib suv bayrami deb atasa ham bo'ladi. Hatto Tinjon deb atalgan suv estivali ham o'tkaziladi. Birmaliklar bir hafta davomida bir-birlarini suvga bo'ktirishadi. Xitoy. Xitoyda yangi yilni raketalar va xlopushkalar sadosi ostida kutib olishadi. Avvallar bunday vositalar bambukdan qilinar edi. Xitoyda yangi yil bayramining birinchi kunida janjallashish ta'qiqlangan. Italiya. Yangi yilda Italiyada bo'lsangiz uylarga yaqin yurmang. Chunki ular shu kecha eski buyumlarini derazadan uloqtirishadi. Italiyaliklarning fikricha, qancha ko'p

narsa otsang, yangi yilda shuncha ko'p boylik keladi. Shuning uchun boshingizga hatto shkaf ham tushishi hech gap emas. Topshiriq: Yangi yil orzularingiz? Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, talabchanlikka, ijodkorlikka undab boradi. 13-Mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir ( 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan) Kun shiori: “Vatanni asrash, har bir insonning burchi!”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, harbiylarga bo`lgan hurmatni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Harbiy bo`lish – har bir yigitning orzusi” O`qituvchi:

Askar qo`shig`i

Gard qo`ndirmay yaprog`iga, Nam yuqtirmay qabog`iga, Iz tushirmay tuprog`iga, Biz Vatanni qo`riqlaymiz, Yovning daydi o`qlaridan, Adovatning cho`g`laridan, Malomatning tig`laridan,

Gumonlardan qo`riqlaymi Elning shonu shuhratini, Sharafini, shavkatini, Dehqon bobo mehnatini, Quzg`unlardan qo`riqlaymiz

Komil Sindarov

“Harbiy xizmatni o`zining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb biladigan, butun hayotini Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishga bag`ishlagan o`g`lonlarimizning og`ir xizmatini qadrlash, ularning tunu kun, tinim bilmasdan o`z harbiy mahoratini oshirish yo`lida qilayotgan mashaqqatli mehnatini e’zozlash barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir”. (Islom Karimov. Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. “O’zbekiston” 2003 yil, 13 yanvar. 6-bet) Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda 1992 yil 14 yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo`linmalarning davlatimiz tasarrufiga o`tkazilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. (Islom Karimov. Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. “O’zbekiston” 2003 yil, 15-25 yanvar. 22-bet) Topshiriq: “Vatanga xizmat qilish har birimizning burchimiz” mavzusida fikrlar olamiga sayohat. 18-Mavzu: Bugungi kun qahramoni. (Tarix fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Ko`p Jahongir ko`rgan bu dunyo”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bugungi xalq qahramonlariga bo`lgan hurmatni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Bugungi kun qahramoni tom ma’noda yurtboshimiz Islom Karimov” O`qituvchi: Mustaqil davlat asoschisi, ma’naviy jasorat egasi, birinchi vatanparvar, tom ma’noda komil shaxs va davlat arbobi, davlat boshlig`i, yurt otasi, Mustaqil O`zbekistonning birinchi Prezidenti, bugungi kun qahramoni Islom Karimovdir.

Jahonaro dengizimiz yo`q,

Islom ota jahonaro dengiz o`zingiz.

Abdulla Oripov

Prezidentimizning milliy davlatchiligimizni tiklash, xalqimiz hayotining barcha

sohalarini isloh etish borasidagi barcha xizmatlarini birma-bir sanab o`tishning

imkoni yo`q, albatta. Lekin asosiy gap shundan iboratki, zamonaviy o`zbek

davlatchiligini tiklash va taraqqiy ettirishda Prezident Islom Karimovning

xizmatlari g`oyatda ulkan. Shuning uchun Prezident Islom Karimovning nomi

mustaqil davlatchiligimiz timsoliga aylanib ketgan.

O`zbekiston Qahramonlari: yozuvchi Said Ahmad, adabiyotshunos Ozod

Sharafitdinov

Kim yurti uchun o`limga hozir,

Shoirlari ash’orlar yozur.

Lek vatanga chin muhabbatni,

Yurtboshimdan o`rgansa arzir.

Bir sehr bor matonatida,

Ham g`ayratu shijoatida.

Bir jonini mingga bo`lishi -

Siri yurtga sadoqatida.

Omon bo`lsin odil sultonim,

Ona yurtim – O`zbekistonim.

Komil Sindarov

Chalkash,chorasizday paytlarda jamiyat hayotida kutilmaganda buyuk shaxslar yuzaga chiqadi. Har qanday xalq hayotining taloto`mlarida, tarixning keskin burilish bosqichlarida xalq o`z tarixini shaxsiy fazilatlari bo`rtib turgan, millatni birlashtirishga qodir, unda taraqqiyot va tiklanish muvaffaqiyatlariga ishonch uyg`ota oladigan yetakchiga topshirishi jamiyat hayotida ko`p bor isbotlangan. Men Avliyo Pavelning ‘‘Har qanday hokimiyat xudodan’’degan mashhur gapini shu asnoda qabul qilaman.Chindan ham bunda qandaydir oliy qonuniyat, qandaydir oliy mazmun bor. 1994-yil avgustda Donald Karlayil va men BMTning O`rta Osiyo respublikalaridagi faoliyatiga bog`liq masalalar yuzasidan Prezident I.Karimov qabulida bo`ldik . Suhbat so`ngida Karlayl ‘‘Janob Prezident ,men sizning tarjimai holingizni yozmoqchiydim’’deb so`radi. Karimov javob berdi: ‘‘Kerak emas ,bu hech kimga kerakmas, mengayam boshqalargayam’’. ‘‘Lekin men aniqlik kiritsam,-dedi professor.-Karimov .-Na siyosiy tarjimai hol emas,siyosiy portret yozish kerak emas, agar siz mamlakatimizda keyingi yillarda yuz bergan voqealar haqida hikoya qilsangiz, bu menimcha qiziqish uyg`otadi, bu odamlarga kerak bo`ladi .Bizda ham, sizning mamlakatingizda ham’’. Bu aslida to`g`ri edi. Lekin butunlay tarjimai holsiz ham ish bitmaydi.

Tarjimai hol.

Islom Karimov 1938-yili Samarqandda anchayin kambag`al oilada tug`ildi. Bolaligi urush vaqtiga, yoshligi urushdan keyingi og`ir vaqtlarga to`g`ri keldi. Maktabni Samarqandda tugatdi. Oddiy maktab, uncha katta bo`lmagan ikki qavatli bino. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, maktabning qarshisida-yo`lning u tomonida, o`rta asrning buyuk me’moriy yodgorligi, o`zbek milliy qadamjolaridan biri-Bibixonim masjidi joylashgan. Maktab I. Karimovga bag`ishlab muzey tashkil qilishmoqchi bo`lishda, lekin u taqiqlab qo`ydi. Xayriyatki,bu maktabda bo`lajak akademik V. A. Koptyug ham o`qigan. Shu bahona maktab “ Shon-shuhrat muzeyi” tashkil bo`ldi.

Muzeydagi Karimov haqidagi bor-yo`q eksponat uning uchta surati: bittasida u ikkinchi sinfda o`qigan vaqti ,yupun kiyingan bola, xuddi o`zi qatori yupun kiyingan bolalar orasida. Og`ir damlar edi. Keyingi surat to`qqizinchi sinfdaligida olingan. Bo`lajak Prezident o`rtoqlari bilan aviamodel yasamoqda.Va maktabni bitiruv kechasi surati-hamma qatori yigit .Mening Prezidentning yoshligi haqida gapirib berishni so`ragan iltimosimga muzey uchun ma’sul o`qituvchi ayol shunday dedi: ‘‘Prezident u to`g`risida qo`shib-chatib gapirmaslikni iltimos qilgan, unga ham, maktabga ham, uyat bo`ladi, degan. “Bu so`zlarni Prezident suratiga birinchi chizgilar” deb qabul qilamiz. Axloqiy prinsiplarim to`g`risida. Bu haqiqatgo`ylik, halollik, o`z ishiga va so`ziga sodiqlik’’ ‘‘Eng muhimi o`zingga ishon. Shunda sen hech kimni sotmaysan’’. Bu Shekspirona hikmatga hayotning olatasir so`qmoqlarida ayrim kishilargina amal qilishning uddasidan chiqishadi. Menda Islom Karimov ana shunday insonlar sirasiga kirishiga to`la asos bor. “ Eng muhimi, o`zingga ishon”. Bu aqidaga u yoshligidan amal qiladi. Bu uning hayot yo`lida Yo`lchi yulduzday hamisha hamroh. (Leonid Levitin) Butun sayyoramiz ekstremizm portlashlariga to`lib-toshgan ,dunyo hamjamiyatining say-harakatiga qaramay ,odamlar bir-birini qoni va e’tiqodi boshqa ekani uchun o`ldirayotgan bugungi kunda sobiq ,kommunistik mamlakat –O`zbekiston tajribasi ,uning rahbari Islom Karimovning siyosiy portreti G`arb mamlakatlarida qiziqish uyg`otishi bejiz emas. Binobarin, O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida millatlararo va dinlararo qonli to`qnashuvlar olovini o`chirishga erishgan,buzg`unchilik mantiqi o`rnini yaratuvchilikka intilish egallagan juda kamyob yurtlardan biridir. Hokimiyat mamlakatni vayron qiladimi yoki aksincha ,ko`klarga kotaradimi? Bu savol sobiq SSSR o`rnida paydo bo`lgan har bir davlatning millionlab fuqarolari oldida ko`ndalang turibdi.Unga javob topish oson ish

emas.Kelgusi iqtisodiy va umuman olganda ,ijtimoiy taraqqiyot uchun odamlar zimmasiga tushadigan yuk juda o`g`irdir. O`zbekiston sobiq kommunistik davlatlar orasida iqtisodiyotni siyosatdan ustun qo`yayotgan ,oddiy inson sari yuz burgan juda kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi. O`zbekistonning tarixi juda qiziqarli va noyobdir.Turli madaniy va siyosiy oqimlar chorrahasida joylashgan va qad rostlagan bu mamlakat goho bir-biriga mutlaqo zid ta’sirlarni boshidan kechirdi. O`zbek xalqi o`zining ko`hna, ham yangi siyosiy qiyofasini dunyoga ko`rsatishi kerak. (Islom Karimov- Yangi O`zbekiston Prezidenti Leonid Levitin Donal’d S. Karlayl ) Yuragida jo`shar g`ayrat, shijoati, Bobolardan meros jur’at, jasorati, Еrk bayrog`in baland tutar matonati, Yurtboshimiz omon bo`lsin baxtimizga. Kundan-kunga yashnar ozod, obod Vatan, Baxt, saodat, farog`atga robot Vatan, Buncha shirin qandu asal, nabot Vatan, O`zbekiston omon bo`lsin baxtimizga. Komil Sindarov - huquqshunos olim, yuridik fanlari doktori. Topshiriq: “Davra suhbati”. Prezidentimiz Islom Karimovning asarlari haqida.

19-Mavzu: Aholi yashaydigan dahalarda harakatlanish qoidalari (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

20-Mavzu: Buyuk siymolarni yod etib. (Hazrat Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan)

Kun shiori: “Alisher Navoiy-barcha zamonlar buyuk daho ijodkori, o`zbek adabiy tili asoschisi”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Alisher Navoiyga uning asarlariga bo`lgan hurmatni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Bir olamni istaymanki, unda bu olam odamlari bo`lmasa, Va bu olam kishilari jafosidan unda g`am bo`lmasa. Alisher Navoiy O`qituvchi: Mustaqillikning ilk sanalaridan boshlab, buyuk shoirga bo`lgan hurmatni Islom Karimov tashabbusi bilan yo`lga qo`yildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining

Qarori O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Adabiyot Ilmgohiga Alisher Navoiy nomini berish to`g`risida O`zbek adabiyotining asoschisi, buyuk olim, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan, respublika jamoatchiligi xohish-istaklarini inobatga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Adabiyot Ilmgohiga Alisher Navoiy nomi berilsin. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov 1991 yil 19 sentabr (Islom Karimov. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T. “O`zbekiston” 2011 yil 409-bet)

Bu qaror o`zbek xalqining ilm ziyosi va ahliga bo`lgan juda katta ehtiromidir.

Shu nuqtai nazardan bugun Navoiy bobomiz nomi bilan Navoiy viloyati, Navoiy kutubxonasi, Navoiy nomidagi teatr, Navoiy nomidagi stependiya, Navoiy nomi bilan ko`chalar, maktablar atalmoqda.

O`zbek xalqimiz Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom, ixlos va havas qilib o`z farzandlariga Alisher ismlarini qo`ymoqdalar. Bu ham xalqimizning yuksak ma’rifat va ma’naviyat sohiblari ekanligidan dalolat.

Navoiy ruhi madadkor bo`lg`ay!

O`zbekiston Milliy bog`ida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan barpo etilgan haykalning tantanali ochilish marosimida Yurtboshimiz so`zlagan nutqidan: Mana, salkam bir yildirki, O`zbekistonimizda, O`rta Osiyoda, barcha Sharq xalqlari tomonidan nishonlanayotgan Alisher Navoiyning umr va ijod to`ylari- qutlug` ma’raka davom etmoqda. Bu to`y millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor ulug`laydigan bayramdir. Bu to`y xalqimiz, O`zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi. Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz tarixida qutlug` keldi, unutilmas sana bo`lib qoldi. Bu yil xalqimizning asriy orzu-umidlari amalga oshdi. O`zbekistonimiz davlat mustaqilligini e’lon qildi va o`z taqdirini endi o`zi hal qiladigan bo`lib qoldi.

Biz bugun unutilmas, tarixiy voqeaning guvohi bo`lib turibmiz. Mustaqil O`zbekistonning poytaxti-aziz va jonajon Toshkentimiz bag`rida

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va ulkan xalq milliy bog`ining ochilishida qatnashmoqdamiz. Mana shu fursatdan foydalanib, Alisher Navoiy haykalini yaratgan

haykaltarosh, me’mor va quruvchilarimizni, bog`ni bezatuvchi qo`li oltin mehnatchilarimizni sizlarning, aziz do`stlar, nomingizdan qutlashga va minnatdorlik bildirishga ruxsat bergaysiz.

Chindan ham, quruvchilar samarali mehnat qildilar, to`rt-besh oy mobaynida to`rt-besh yillik olijanob ishni ado etdilar.

Bunda men xalqimizning o`z ulug` farzandiga bo`lgan ulkan mehr-oqibatini ko`raman.

Alisher Navoiy yurtni, diyorni ko`rkam, hosildor bog`lar og`ushida ko`rishni orzu qilar edi: Kim bu bog` ichra xiromon erur, Barchasi bir-biriga mehmon erur,-deb

Odamlarni bir-biriga mehribonu shafiq bo`lishga, umr, hayot qadrini bilishga, do`st-birodarlikka chaqirgan edi.. Navoiy haykali, Navoiy bog`i shahrimizning, diyorimizning eng go`zal va asosiy ziyoratgohi bo`lib qoladi-deb ishonch bildirdilar davlatimiz rahbari Islom Karimov. (Islom Karimov. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T. “O`zbekiston” 2011 yil 410-411-412-betlar)

Bu yer yillar, asrlar davomida katta xalq tantanalari, qariyalarimizga, yosh avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad beradigan sevimli va maroqli bir oromgohga aylanadi, degan Yurtboshimizning katta umidi bugungi kunda to`la-to`kis amalga oshgan va oshib bormoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bugun bu bog` ijod ahli uchun ilhom va

kamolot maskaniga aylanib ketgan. Alisher Navoiy bobomizga atab asarlar, she’rlar, kinolar, spektakllar va videofilmlar xalqimizga taqdim etilib bormoqda Topshiriq: “G`azal mulki”. Hazrat Navoiy bobomiz g`azallaridan bahramand bo`lamiz. 20-Mavzu: Buyuk siymolarni yod etib (Z.M. Bobur tavalludi munosabati bilan)

Kun shiori: “14 fevral shoh va shoir Bobur tavallud topgan kun”.

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Z.M. Boburga uning asarlariga bo`lgan hurmatni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Zahiriddin Muhammad Bobur – jahon tarixida teran iz qoldirgan buyuk temuriyzoda”

O`qituvchi: Yurtboshimiz Islom Karimov o`zining “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidan “Boburnoma” ning 460 yilligi bayramiga tashrif buyurgan mehmonlar qabul qilingani to`g`risida axborot: Respublika Prezidenti, O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi kotibi I.A.Karimov Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari yaratilganligining 460 yilligi bayramiga tashrif buyurgan mehmonlarni qabul qildi. - Avvalo, ulug` vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari bo`lmish “Boburnoma” yozilganligining 460 yilligini keng ishonlayotganimizdan xursandmiz, -dedi Prezident. – Bu bayram ayni paytda Sharq xalqlari tarixi va adabiyotiga beqiyos hurmat va muhabbatni ifoda etadi. Buyuk olim, shoir va davlat arbobi Bobur o`z ijodi bilan ko`plab xalqlarni birlashtirib turadi. Shunday ekan, mana shunday adabiyot bayramlarini tez-tez o`tkazib turishni yo`lga qo`yish kerak. Shu ma’noda olganda, Boburning 500 yilligi respublikamizda nishonlanmagani g`oyat afsuslanarlidir. Tarixda shunday insonlar bo`ladiki, ularning qadr-qimmati umuminsoniy qadriyatlar bilan o`lchanadi. Buyuk ajdodimiz Bobur aynan shunday zotlar sirasiga kiradi. Shu bois biz Bobur ijodini ko`pgina mamlakatlar olimlari, adiblari bilan hamkorlikda o`rganishimiz kerak. “Sovet O`zbekistoni” gazetasi, 1990 yil 26 oktabr Mustaqillikka erishgach, butun respublikamiz bo`ylab, Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni keng nishonlanib kelmoqda. Bobur bobomiz haqida O`zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” romanini, ko`plab she’rlar, asarlar, spektal, videofilmlar olinmoqda. Topshiriq: “She’riyat soati”. Z.M.Bobur bobomiz she’r va g`azallaridan bahramand bo`lamiz. 21-Mavzu: Maktab va kelajak (Matematika, informatika fan oyligi doirasida) Kun shiori: “Maktabdagi bilimimiz kelajakka zamin tayyorlaydi”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, maktabga bo`lgan hurmatini oshirish, kelajakka ishonch tuyg`ularini singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishligini uqtirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm

qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Ba’zi ishlarimizda qulaylik yaratayotgan-Kompyuter”.

O`qituvchi:

Darhaqiqat, bugun biz maktablarni kompyutersiz tasavvur eta olmaymiz. Deyarli har bir vazifani tezlik bilan bajarib beradi. Chekka qishloq maktablarida ham zamonaviy kompyuterlar kirib bordi. Ya’nikim, kompyuter bizning yaqin o`rtog`imizga aylandi.

Hozirgi kunda kompyuter kirib bormagan xonadon ham yo`q. Rivojlanib borayotgan yurtimizda ta’limga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta`limi, ayniqsa, umumta`lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e`tiborni kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Maktablarga, ayniqsa, kelajakka umid bilan qarash kerakligini Yurtboshimiz doimo ta’kidlaydilar. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, rivojlanib borayotgan yurtimizga o`s hissamizni qo`shishimiz darkor. Kompyuterdan biz faqat kerakli ishlarda foydalanishimiz zarur. Endi siz bilan qisqacha, kompyuter tarixiga nazar tashlaymiz. Kompyuter— inglizcha so'z bo'Iib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi -kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko'pchilikning tushunchasida go'yoki biz kundalik foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko'p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo'lsa, ikkinchi tomondan, ko'p masalalarni echish uchun bu

kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasa-da, shu bilan birga kompyuter (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud; raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun ulardan ko'proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlaming besh guruhi keng qo'llanilmoqda. Kompyuterlarni sinflash Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo'lish mumkin: — super kompyuterlar (Super Computer); — katta kompyuterlar (Manframe Computer); — mini kompyuterlar (Minicomputer); — shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); — bloknot(Notebook ) kompyuterlar. Topshiriq: “Matematika soati”. Savol: Yuz sonini nollarsiz yozing. O`nni beshta to`qqizlik bilan ifodalang.

Kim ko`p sanadi?

- Ikki kishi bir soat davomida yo`lkada yonlaridan o`tgan o`tkinchilarni sanashdi. Ulardan biri uy darvozasi oldida, ikkinchisi yo`lkada nari-beri borib-kelib turdi. O`tkinchilarni kim ko`p sanagan?

- Yurganda kishi ko`proq sanaydi, bu ma’lum narsa, -degan ovoz stolning narigi boshidan eshitildi.

- Javobini kechki ovqatdan keyin bilamiz,-dedi rais.-So`z navbatdagi kishiga.

22- Mavzu: Tashqi yoritish va tovush berish asboblaridan foydalanish haqida (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

23-Mavzu: Sizga talpinaman onajon! (8 mart xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)

Kun shiori: “Ayol bilan olam munavvar!”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ayollarga, onalarga bo`lgan hurmatini oshirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Ayol, ona hammamizga hayot ato etgan zot” Abdulla Oripov

O`qituvchi: Bugun O`zbekistonda xotin-qizlarga ehtirom ko`rsatish, ularning huquqlarini muhofaza qilish, salomatliklari uchun qayg`urish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ayollarimiz mohir uy bekasi, jonkuyar ona bo`lishi bilan birga yurtimizdagi ijtimoiy, madaniy va siyosiy jabhalarda erkaklar bilan birdek faol ishtirok etayotirlar. Davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O`zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ayollarimiz salomatligini saqlash, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ijodiy-aqliy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim dasturilamal bo`lmoqda. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning huquqiy asosi Bosh qomusimizda o`z ifodasini topgan. Insonning, shu jumladan, xotin-qizlarning

siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchiligimiz me’yorlari esa Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga hamohangdir. Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Ayollar erkaklarning ajralmas bir qismidirlar”, degan hadislariga binoan ayol kishi jamiyatning ajralmas bir bo`lagi ekan, u ijtimoiy hayotda o`z mavqeiga ega bo`lib, ilm olishga, kasb-hunar qilishga haqlidir. Shunga binoan bugungi kunning ayoli ham unga berilgan haq-huquqlardan oqilona foydalanish bilan birga, ayollik iffatini saqlab, o`z sha’niga dog` tushirmaslikka harakat qilishi lozim. Ularni turli yomonlik, xavf-xatar va illatlardan himoyalash, hurmatini joyiga qo`yib, chiroyli munosabatda bo`lish esa erkaklarning zimmasidadir. Chunonchi, Rasululloh (s.a.v.) ayollarga yaxshi munosabatli bo`lishga buyurib, bunday marhamat qiladilar: “Mo`minlarning imon jihatidan komilrog`i xulqi yaxshi bo`lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz o`z ahlu ayoliga yaxshi bo`lganlaringizdir”. Topshiriq: “Qalb izhori”. Sizga talpinaman onajon!

24-Mavzu: O`zbekistonning noyob tabiati ( Kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida) Kun shiori: “O'zbekiston tabiati betakror”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona tabiatga bo`lgan hurmatini oshirish, fan oylikda faol bo`lishga, fanlarga qiziqishni uyg`otish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Olam tabiati bilan go`zal”

Abdulla Oripov O`qituvchi: O'zbekiston tabiati betakror. Bu erda o'simlik va hayvonotning juda ko'p noyob turlarini uchratish mumkin. Respublikada yirik tabiatni qo'riqlash proektlari amalga oshirilmoqda. Davlat qo'riqxonalari va mavsumiy himoya rejalari ishga tushirilgan. O'zbek landshafti: O'zbekiston Respublikasi yer maydonining katta qismini pasttekisliklar egallaydi. Bularning eng kattasi Turon pasttekisligi (Turon tekisligi). Dengiz sathidan eng

baland joy: Hisor tizmasi - balandligi 4643 m, dengiz sathidan eng past joy esa: Mingbuloq cho'kmasi - -12,8 m (Qizilqum cho'lida). O'zbekiston Respublikasi territoriyasida joylashgan Qizilqum - dunyodagi katta cho'llarning biri hisoblanadi. Davlat shimoliy-sharqida - umumiy maydoni 4000 km 2 li Haydar-Arnasoy ko'llari tizmasida - chuchuk suvli Haydarko'l (3000km2) joylashgan. O'zbekistonning noyob hayvonot va o'simlik dunyosi saqlangan landshaftlarida davlat qo'riqxonalari tashkil etilgan. O'zbekiston yovvoyi tabiati: Tabiati qo'riqlanayotgan maydonlar zanjiri O'zbekiston Respublikasidagi biologik xilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasidagi tabiati saqlanayotgan joylar: -umumiy maydoni 2164 km2 bo'lgan to'qqiz Davlat qo'riqxonalari; -maydoni 6061 km2 bo'lgan ikki milliy park; -maydoni 12186,5 km2 li to'qqizta mavsumiy qo'riqxonalar; -hayvonlar nodir turlarini o'rganuvchi Respublika "Jayron" ekologik markazi. Tabiati qo'riqlanayotgan maydonning umumiy hajmi 20520 km 2 bo'lib, respublika territoriyasining 5,2% iga teng. O'zbekiston tekisliklaridagi o'simliklarning ko'pi cho'l giyohlari hisoblanadi. Tog'li rayonlardagi o'simliklar - dasht, o'rmon, tog' o'tloqlariga xos. O'zbekistonda o'simliklarning 3700 xili o'sayotgan bo'lib, ularning 20% i mahalliy o'simliklar dunyosiga xos. Hayvonot dunyosi ham xilma-xil. Tog'larda bug'uning turlari, arxar, ayiq, ilvirs hamda tog' echkilarining noyob turlari; cho'llarida jayron, sayg'oq, kemiruvchilar, kaltakesaklar, toshbaqalar, ilonlar; to'qay o'rmonlarda qamishzor mushugi, to'ng'iz, ohu, kiyik, turli qushlar yashashadi. Daryo va ko'llari: Eng katta daryolari - Sirdaryo va Amudaryo. Davlat qo'riqxonalari va tabiatni muhofaza etish O'zbekiston tabiati hayvonot va o'simlik dunyosiga boy. Biologik turlarni saqlab qolishlikda tabiati muhofaza etilayotgan maydonlar muhim ahamiyatga ega. Bu yo'l bilan dasht va cho'llarni, tog' tizmalarini, o'rmonli joylarni inson etkazishi mumkin bo'lgan talofatdan saqlab qolinadi. Qo'riqxonalar mavjudligi evaziga yovvoyi o'simlik va hayvonlar o'zlariga xos tabiat qonunlari ostida bemalol tirikligini saqlab qolishadi. O'zbekiston Respublikasida muhofaza etilayotgan maydonning umumiy hajmi 20520 km2 yoki butun mamlakat territoriyasining 5,2% i. Bulardan 2164 km2 i to'qqiz Davlat qo'riqxonasidir, 6061 km2 i - ikki milliy park, 12186,5 km2 i -

to'qqizta mavsumiy qo'riqxonalar hamda bitta "Jayron" noyob hayvonot dunyosini tekshiruvchi Respublika ekologik markazi. 1. Chotqol biomaydon qo'riqxonasi; 2. Hisor Davlar qo'riqxonasi; 3. Nurota Davlat qo'riqxonasi; 4. Surxon Davlat qo'riqxonasi; 5. Baday-to'qoy Davlat qo'riqxonasi; 6. Zarafshon Davlat qo'riqxonasi; 7. Qizilqum davlat qo'riqxonasi; 8. Zomin davlat qo'riqxonasi; 9. Kitob Davlat qo'riqxonasi. O'zbekiston cho'llari: Cho'l - tekislikda joylashgan, bo'linib qolgan yoki osimlik dunyosi yo'q, o'ziga xos hayvonot dunyosi mavjud tabiiy maydondan iborat. O'zbekiston territoriyasida ikkita cho'l mavjud. Ularning kattasi - Qizilqum va kichigi - Qoraqum. Topshiriq: O`zbekistonning noyob tabiatini ranglar orqali ko`rsatish.

25-Mavzu: Navro`zi olam muborak! (21 mart Navro`z bayrami munosabati bilan) Kun shiori: “Yurtga keldi yana ko`klamoy”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, milliy bayramimizga bo`lgan hurmatni yanada singdirish, milliy marosim, an’analarimizga bo`lgan qiziqishni rivojlantirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Qutlug` kelgan bo`l Yil boshi-Navro`z O`zbekistonimga!”

O`qituvchi:

Respublikada Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish

haqida

Respublikada insoniy qadriyatlarni yanada kamol toptirish, o`z-o`ziga ishonch

ruhi va milliy g`ururni mustahkamlash, do`stlik, birodarlik, hamjihatlik, mehr-

shavqatni ulug’lash, madaniy va tarixiy an’analarni davom ettirish hamda

rivojlantirish, asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e’zozlash

maqsadida Navro`z bayramini keng nishonlash yuzasidan quyidagilar amalga

oshirilsin:

1. Dam olish kuni sifatida belgilangan 21 martda o’tkaziladigan Navro`z

umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilsin. Bu bayramni

o`tkazishda 1990 yilda to`plangan ijobiy tajribalarni davom ettirgan holda, to`la

foydalanilmagan imkoniyatlar ham ishga solinsin. Bayramga tayyorgarlik ko`rish

va o`tkazish tadbirlarida respublikaning har bir fuqarosi yakdillik va hamjihatlik

bilan faoliyat ko`rsatsin.

2. Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish respublika

tashkiliy qo`mitasi tasdiqlansin.

3. Har bir tashkilot, vazirlikdan tortib, sovetlar va mahalla qo`mitalarigacha-

hamma joyda bayramni o`tkazish ishlariga javobgarlik aniq belgilab qo`yilsin.

Respublika hududidagi korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xo`jaliklari,

shirkatlar, jamoat tashkilotlari o`z imkoniyatlaridan kelib chiqib, bayram

tadbirlarini tegishli transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari,

to`y-hasham ashyolari bilan ta’minlasinlar hamda sarf-xarajatlarni o`z zimmalariga

olsinlar. Umumxalq xayriya harakatlarida faol ishtirok etsinlar. Fuqarolarning,

jamoalarning Navro`z umumxalq bayramini o`tkazishdagi tashabbuskorligini

qo`llab-quvvatlasinlar.

Bayram aholining barcha tabaqalari istak va xohishlariga, har bir joyning

o`z sharoitlariga qarab o`tkazilsin.

4. Navro`z umumxalq bayrami an’analariga binoan, har bir fuqaroga izzat-ikrom

ko`rsatilsin. Qariyalar, bolalar, bemorlar, nogironlar holidan xabar olish, beva-

bechora va boquvchisidan ajralganlarga mehr-shafqat ko`rsatishga alohida e’tibor

berilsin.

O`zbekiston Televideniy va radioeshittirish davlat qo`mitasi bilan

jamoat tashkilotlari, badiiy jamoalar o`tkazadigan xayriya uzluksiz ko`rsatuvi-

telemarafon har tomonlama qo`llab-quvvatlansin.

5. Navro`z bayramini o`tkazish borasida qo`shni respublikalar bilan do`stlik,

hamkorlik va madaniy aloqalar yanada kuchaytirilsin. O`zaro vakillar yuborish,

mehmon qabul qilish tadbirlari ishlab chiqilsin.

6. Ommaviy axborot vositalari bayramni o`tkazish jarayonlarini keng yoritsin. Bu

ishda jurnalistlarning mas’uliyati oshirilsin.

Qaysi yo`nalishdagi axborot vositasida bo`lishidan qat’i nazar Navro`z

umumxalq bayramini yoritish yagona g`oya-insonni ulug`lash, milliy g`ururni

ko`tarish, hamjihatlik, birodarlik, mehr-shafqat, tinch-totuvlik maqsadlari va

g`oyalari bilan yo`g`irilsin.

7. Bayramga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish respublika tashkiliy qo`mitasiga

bayram tadbirlarida tashabbuskor bo`lgan, faollik ko`rsatgan, fidokorona mehnat

va ijod qilgan kishilarni aniqlash hamda rag`batlantirish va taqdirlashga tavsiya

etish topshirilsin.

O`zbekiston Sovet Sotsialistik

Respublikasining Prezidenti I. Karimov

Toshkent shahri,

1991 yil 12 fevral

Mustaqillikka erishmasdan turib, milliy bayramimiz “Navro`z” ning

nishonlanishi xalqimiz uchun kutilmagan voqea bo`ldi. Chunki bayram qilinishi

taqiqlangan davrlar edi. Mana 22-23 yillardan beri milliy bayramimiz Yil boshi –

Navro`z ko`tarinki kayfiyat bilan o`tkazilib kelinmoqda. Navro`z o`zbek xalqi

uchun mehr-muruvvat bayrami. Muchal yillari ham Navro`z kirib kelishi bilan

bog`lanadi. Masalan, 2013 yil “Ilon yili” muchal yili har o`n ikki yilda kirib keladi.

Keksa avlod vakillaridan so`rasangiz qachon tug`ilgansiz deb, ular baliq yili,

sichqon yilida deb aytadilar.

Baribir milliy bayramimiz – “Navro`z” tarovati o`zgacha. Navro`z bilan

bog`liq marosimlar, an’analarni har birimiz juda yaxshi bilamiz.

Navro`z ayyomingiz yana birbora qutlug` bo`lsin.

Topshiriq: “Ziyraklik” mashqi. Uydagi oila a’zolaringiz muchalini bilasizmi?

26-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati ( 9- aprel Amir Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan) Kun shiori: “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq”

Oqsaroy peshtoqidagi yozuv Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Amir Temur va temuriylar davri madaniyatiga qiziqishni uyg`otish va hurmatni rivojlantirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar Doskada: “Amir Temur buyuk siymo, buyuk me’mor, buyuk madaniyatparvar, buyuk adolatparvar, buyuk yurtparvar va Buyuk Turon Amiri!”.

O`qituvchi:

Bog`idilkusho(1396-1399)Bog`idilkusho(1396-1399)

Bog`ichinor(1399)

Bog`ichinor(1399)

Bog`idibaland(1397)

Bog`idibaland(1397)Bog`ibihisht

(1378)Bog`ibihisht

(1378)

Davlatobod(1399)

Davlatobod(1399)

Bog`inav(1404)

Bog`inav(1404)Bog`ishamol

(1397)Bog`ishamol

(1397)

Amir Temur DavlatiBog`lari

Amir Temur DavlatiBog`lari

Kesh-Qubbatulilm valadab

Kesh-Qubbatulilm valadab

Zangi otamaqbarasi(Toshkentviloyati,

XV)

Zangi otamaqbarasi(Toshkentviloyati,

XV)

Shohizinda-Shohimulk og`a,

Amir Husayn,Shirinbeka og`a

maqbaralari,Bibixonim Jomye masjidi,

Go`ramir dahmasi

Shohizinda-Shohimulk og`a,Amir Husayn,

Shirinbeka og`amaqbaralari,

Bibixonim Jomye masjidi,Go`ramir dahmasi

Oqsaroy:Agar bizning quvvat

va qudratimizgaishonmasang,

bizningimoratlarimizga boq

Oqsaroy:Agar bizning quvvat

va qudratimizgaishonmasang,

bizningimoratlarimizga boq

Doris-siyodatva Dorut-tilovat

majmuasi(Shahrisabz

XIV-XV asr)

Doris-siyodatva Dorut-tilovat

majmuasi(Shahrisabz

XIV-XV asr)

Ishratxona(Samarqand

1397)

Ishratxona(Samarqand

1397)

Ahmad Yassaviymaqbarasi(Turkiston)

Ahmad Yassaviymaqbarasi(Turkiston)

Amir Temur DavlatiMadaniy hayoti

Amir Temur DavlatiMadaniy hayoti

Tabriz-masjid,Sheroz-saroy,

Bag`dod -madrasa

Tabriz-masjid,Sheroz-saroy,

Bag`dod -madrasa

Oqsaroy(Samarqand, XIV asr oxiri)

Oqsaroy(Samarqand, XIV asr oxiri)

Temuriylar davridagi madaniy hayot

Ilm-fan:

1429-y.-Samarqand akademiyasi “Dorul ilmga” asos solinishi; 1424-1428-y.-Ulug’bek rasadxonasining qurilishi;

Ulug`bek (1394-1449-y.) Qozizoda Rumiy (Aflotuni zamon) (XIV – XV a) G`iyosiddin Jamshid Koshiy (vafoti-1429) Ali Qushchi (o`z davrining Ptolomeyi) (vafoti 1474) Shamsuddin Muhammad Havofiy Taftazoniy (1322 -1392) Jurjoniy (1339-1413) Xo`ja Ahror (1404-1490) Fasih Havofiy (1375-1442) Nizomiddin Shomiy (XIV-XV) Sharafiddin Ali Yazdiy (vafoti -1454)

Abdurazzoq Samarqandiy (1413 -1482) Mirxond (1433-1498) Xondamir (1475-1534) Zahiriddin Bobur (1483-1530)

Adabiyot:

Sakkokiy (XIV-XV) Lutfiy (1366-1465) Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Alisher Navoiy (1441-1501)

Qosimi Anvar (1355-1433) Davlatshoh Samarqandiy (1435-1495) Husayn Boyqaro (1438-1506) Husayn Void Koshifiy (1440-1505) Atoiy Durbek

Muhammad Solih Kitob san’ati, tasviriy san’at:

Mir Ali Tabriziy (1330-1404) - Nasta’liq xatini kashf etishi

Sultonali Mashhadiy (1432-1520) - “Qiblat ul-quttob”, “Sulton ul-xatot”

Mir Ali Kitob (XIV-XV) Kamoliddin Behzod (1455-1535) Mirak Naqqosh

Qosim Ali Mahmud Muzahhib Shohmuzaffar

Musiqa: Ulug`bek Buliniy, Shodiyona, Ahloqiy Navoiy Isfahoniy kuy Jomiy (musiqa nazariyasi)

Binoiy (musiqa nazariyasi) Abuqodir Nayiy Qulmuhammad Shayxiy Husayn Udiy Shohquli G`ijjakiy Qosim Rabboniy Ustod Shodiy

Najmiddin Kazkabiy Xo`ja Yusuf Andijoniy

Me’morchilik: Ulug`bek madrasasi (Buxoro, 1417-y) Ulug`bek madrasasi (Samarqand, 1417-1420 y) Ulug`bek madrasasi ( G`ijduvon, 1433-y) Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Hojibek, Mirabduvali, Qutbuddin Sadr

madrasalari (Samarqand) Ulug`bek rasadxonasi (Samarqand, 1424- 1428 y) Masjidi Muqatta’ Kokaldosh jome’ masjidi Mirzayi hamomi va karvonsaroyi Chilustun va Chinnixona saroylari Xo`ja Ahror madrasasi (1456 y) Ishratxona (1464) Oqsaroy maqbarasi (1470) Mir saroy (Astrobod) Jome’i masjidi (Astrobod) Husraviya (Marv) Gavharshod masjidi (Mashhar, 1405-1418) Ixlosiya madrasasi (Hirot) Xalosiya xonaqosi Shifoiya Safoiya hammomi

Topshiriq: “Xotira” mashqi. Amir Temur bog`lari, Temuriylar davridagi me’morchilik.

Amir Temur bog`lari Temuriylar davridagi me’morchilik

27-Mavzu: Intilganga tole yor (Chizmachilik, mehnat fan oyligi doirasida) Kun shiori: “Ilm yo`lida izlanishdan tolmang”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o`rgatish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lur chiroylik”.

O`qituvchi: Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o`zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo`ladigan ko`p narsalarga guvoh bo`lasiz. Oyog`ingiz ostiga qarang – yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko`rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, “qo`l qovushtirib” turgani yo`q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o`tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo`llariga g`ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog`imiz lozim. Bu o`rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:

Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi,

Qurt jondin kechib ipak bo`ldi. Lola tuxmicha g`ayrating yo`qmu, Pilla qurticha himmating yo`qmu?

Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o`zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Ayni shunday odamlar qorin to`yg`azish, kunni bir amallab o`tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo`l uradilar.

Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag`allikka eltuvchi asosiy yo`ldir. Go`zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o`rganmoq, g`ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro`-e’tibor, xotirjamlik o`z-o`zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro`shnoliklarga inson faqat o`z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi. Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko`ydagi obro`si, ularga nisbatan o`zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o`tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so`zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o`rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo`lib qoladi. Topshiriq: “Maqollar olamiga xush keldingiz” mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o`zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida. Masalan: Yurti boyning o`zi boy, Mehnat qilganning qo`li moy… davom ettiring. 28-Mavzu: Velosiped va aravalar harakatlanishi hamda hayvonlarni haydab o`tishga doir talablar (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

29-Mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir (9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan) Kun shiori: “Vatan siylar Vatanini sevganlarni!” Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`tganlar ruhini shod etmoqlikka, tinch kunlarga shukronalikka, tiriklar qadriga yetmoqlikka o`rgatish . Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,

MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Vatan tanlanmaydi, Vatan ardoqlanadi! Vatan saralanmaydi, Vatan siylanadi! Vatanning issiq-sovug`idan ozorlanmaydilar aksincha uning sarhadida ogoh turib, tinchligini saqlaydilar, dalayu dashtiga oro beradilar! Shundan cho`llarida bahorlar kuladi!” Zaminida duru gavharlar unadi!”.

O`qituvchi:

“Tarixdan saboq olib, zamon bilan hamqadam bo`lib yashash – bugungi hayotning o`tkir talabi” degan chiqishi bilan Prezidentimiz Islom Karimov 2012-yil 9-may kuni Poytaxtimiz Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob qaytarar ekan, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning bugungi va ertangi hayoti, jahonda va yon-atrofimizdagi mavjud vaziyat haqida o`ta muhim va dolzarb fikrlarni bayon etdi. Davlatimiz rahbarining bu chiqishi, uning barcha nutq va ma’ruzalari kabi, o`zining dolzarbligi, keng qamrovi, teran mantiqiy asosi, amaliy xulosa va takliflar bilan xalqimiz, jamoatchiligimiz o`rtasida katta qiziqish uyg`otdi. Mazkur suhbatda, avvalo, xalqimizning fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga munosib hissa qo`shgani alohida ta’kidlab o`tildi. “Agarki ana shu dahshatli urushda 1,5 million yurtdoshimiz qatnashganini, shundan taxminan 500 ming vatandoshimiz halok bo`lganini inobatga oladigan bo`lsak, bu fojia O`zbekistondagi birorta xonadonni chetlab o`tmagani ayon bo`ladi”. Darhaqiqat, bu raqamlarning mag`zini chaqadigan bo`lsak, ular xalqimiz boshiga tushgan cheksiz qayg`u-alam va iztiroblardan dalolat berishi o`z-o`zidan ravshan bo`ladi.

“Oradan yillar o`tadi, zamonlar o`tadi, lekin xalqimizning ko`ksidagi, qalbidagi mudhish urush azob-uqubatlari, ayriliq yarasi hech qachon unutilmaydi,- dedi davlatimiz rahbari. – Barchamizning ishonchimiz komil: fashizmga qarshi kurashda o`z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg`ubor osmonini asrash uchun mardlik, jasorat va qahramonlik ko`rsatgan, jon fido etgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy yashaydi, xalqimiz o`z o`g`lonlarining aziz nomlarini minnatdorlik bilan eslaydi, ularning oxirati obod bo`lishini Yaratganimizdan so`raydi”. O`tganlar xotirasini o`z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo`lib kelgani va qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgani ushbu chiqishda alohida qayd etildi. Xotira maydonida jurnalistlar bilan bo`lib o`tgan suhbatda tarixiy xotira tushunchasiga har tomonlama ilmiy va hayotiy asosda ta’rif berildi. “Tarixiy xotira – bu umr mazmuni, avlodlar o`rtasidagi vorislik tuyg`usini, ularning bir-biriga daxldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog`lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to`g`ri yo`l tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yo`l qo`ymaslik, ularni ko`z qorachig`idek asrash demakdir ” (“Ma’rifat” gazetasi. 2012 yil.16 may soni )

Vatan – bizning qimmatimiz, nomusimiz, orimiz. Shu bois unga g`animlar tajovuz qilganida or-nomusli, g`ururli farzandlar oyoqqa turishgan. Hammamizga ma’lumki, Vatanimizning janubiy sohasi – Surxondaryo hududlariga 2000 yil avgust oyida terrorli jangarilar suqulib kirdilar. Dushmandga qarshi kurashda jasorat va matonat ko`rsatganlar ancha. Ulardan bir nechtasi Vatan uchun, xalq osoyishtaligi uchun jonlarini qurbon qildilar.

Kim agar jon tikib vatan yo`lida Millat orzusi deb yelsa – yugursa Adolat yo`lida, iymon yo`lida, Har doim bir tomon – xalqqa intilar,

Uni unutmagay ozod bo`lgan xalq Olam-olam gullar atri boshimda,

Mangu uyqudaman yigit yoshimda, Quyosh yarqiraydi marmar toshimda. Netayki, shod kunlar bo`lmadi nasib,

Ko`z yumdim mardlarcha elga munosib. Surxondaryo hududlaridagi jangda Alisher, Elomon, Abduhalim, Yunus,

Doniyor, Qahramon, Ulug`bek, Mahmudjon, G`afurjon, Boburjon, Marufjonlar mardlarcha halok bo`ldilari.Bunday vatan fidoyilarining xotirasi hech qachon xalq yodidan ko`tarilmaydi. Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o`zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarimizni urug`lashni nazarda tutamiz. Eng muhimi, bu hayajonli

va iztirobli sana o`zimizga keladigan yosh avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular qalbida vatan va yurt uchun g`urur va iftixor tuyg`ularini uyg`otishga xizmat qiladi. Islom Karimov Topshiriq: “Qadrlash so`ziga ta’rif ” bering. 30-Mavzu: Qo`shimcha axborot belgilari (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 31-Mavzu: Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz ( Xorijiy tillar oyligi doirasida) Kun shiori: “O`z ona tilimni hurmat qilgan holda, xorijiy tilni ham o`rganmoqchiman” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishlikka undash, xorijiy tillarni o`rganishga e’tiborlarini qaratishga o`rgatish . Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Yuzta tilni biladigan odam- Villi Melnikov” O`qituvchi: Xitoy aholisi- 1 milliard 200 million kishi bo`lib, bu yerda ingliz, hind, ispan, rus, fransuz tillarida, Angliya, Amerika, Kanada kabi rivojlangan davlatlarda asosan ingliz tilida, Meksika, Kuba, Chili kabi 20 dan ortiq Lotin mamlakatlarida ispan tilida so`zlashiladi. Sobiq Ittifoq tuzumi davlatlarida 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydigan butun mamlakatda asosan rus tili millatlararo til hisoblangan. Mamlakatimizning ko`pmillatliligi haqida fikr yuritganda, uning ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sirida murakkablashib borganini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, chorizm istibdodi vas ho`ro imperiyasi davrida yurtimizga turli millat vakillari ko`chib kelishdi. Shuningdek, respublikamizning milliy tarkibi 1941-1945

yillardagi urush davrida yana o`zgardi. O`zbekiston frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1 milliondan ortiq kishini qabul qildi, ularga yordam, mehr-muruvvat ko`rsatdi. Bundan tashqari, butun bir xalqlarning qatag`on qilinishi natijasida koryeyslar, qrim-tatarlar, mesxeti turklari, nemislar kabi bir qator xalq vakillari ham yurtimizga majburiy tarzda ko`chirildi.

(Jamiyat va boshqaruv jurnali. 1/2010 yil) 1066 yilda qirol Vilgelmning farmoniga ko`ra, normann-fransuz tili saroyning rasmiy tili, deb qabul qilinadi. Dastlab bu til mamlakat zodagonlari, keyinchalik oddiy xalq orasida keng tarqala boshladi. Shunday qilib, asta-sekinlik bilan Angliyada ingliz-saksonchada o`zgacha, yangi til paydo bo`ldi. Aynan ana shu til asosida zamonaviy ingliz tili yuzaga kelgan. (Hamma narsa haqida kitobidan) “…Umuman, o`rtoqlar, agar rus millatiga mansub kishi o`zbek tilini bilsa, o`zbek esa rus tilini bilsa, buning ustiga hozirgi yoshlarimiz yana uchinchi tilni ham bilsalar, nur ustiga a’lo nur bo`lmasmidi” (Islom Karimov. “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”) Topshiriq: “Jonkuyarlik” mashqi. Bunda o`quvchilar o`zlarining sinflari ingliz tili fan oyligida qanday jonbozlik ko`rsatishni rejalashtirayapti? Ingliz tilida xabar beradi. (har bir maktab o`zlarida qaysi xorijiy tili o`tilsa shunga qarab)

32-Mavzu: Sog`lom avlod yurt kelajagi Kun shiori: “Barkamol avlod yurt tayanchi” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ma’naviy va jismoniy sog`lom bo`lishga e’tiborlarini qaratishga o`rgatish, sog`lom avlod yurt kelajagi ekanligini singdirish . Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Sog`lom avlod deganda, shaxsan men eng avvalo sog`lom naslni nafaqat jismonan baquvvat , shu bilan birga ruhi ,fikri sog`lom, iymon –e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog`lom millat sog`lom avlodgina qura oladi ”. O`qituvchi: YOSH AVLODGA

Bilakda quvvating kuching bor ekan, Yashashga, kurashga kuching bor ekan. Dilda orzu degan lochin bor ekan, Yonib yasha toki joning bor ekan.

Maysaday shimirgan oftob o`tini Kuziday simirgan bahor sutini

Avaylab yurakni bu-Ruh kuchini Uyg`oq yasha, g`aflat senga or ekan!

Yer ipak qadaming pardan-da Murcha qanotiday musaffo ko’ngil Yo hayqiriq, yo bir ohu bo’l –u, tin Yonib yasha, dunyo bir bozor ekan. Bir boshqa bir o’lim haridor ekan . Darhaqiqat, hammamizga yaxshi ma’lumki hech bir mamlakatda qayd etilmagan, har bir yil qandaydir nom bilan atalishi faqat, bizning O`zbekisonda hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov g`oyasi tufayli har yili Konstitutsiya kuniga bag`ishlangan yig`ilishda kelayotgan yilning qanday atalishi aytiladi va joriy yil hisob –kitobi qanday ishlar amalga oshirilganligi haqida hisobot beradilar. Har bir yil qanday nom bilan atalmasin, unda inson taqdiri, millati kelajagi, yurt istiqboli haqida qayg`uradi. 1997-yil “Inson manfaatlari”, 1998-yil “Oila yili” 1999-yil “Ayollar yili”, 2000-yil “Sog`lom avlod yili”, bizning davlatimiz va davlatimiz rahbarining orzusi va oldiga qo`ygan maqsadi O`zbekiston kelajagi bo`lgan yoshlar haqida buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur “Askarlari baquvvat yurt qudratli bo`lur” degan edilar, bu fikrni Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha davom ettiradilar, “Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`lur, qudratli yurtning farzandlari sog`lom bo`ladi”.

DavlatimizDavlatimiz chempionlarichempionlari

Albatta, jangu jadal urush vaqtlarida el har tomonlama kuchli, ayniqsa, jismoniy jihatdan baquvvat bo`lishi lozim bo`lgan, hozirgi tinchlik zamonida esa el ham jismoniy, ham ma’naviy tarafdan sog`lom bo`lishi kerak. Bizga fikri teran sog`lom fikrli, mukammal rivojlangan shaxs kerak. Hech kim onadan zukko, aqlli bo`lib tug`ilmaydi. Lekin, farzandni dunyoga keltiradigan ota –ona avvalambor har tomonlama komil shaxs bo`lishi kerak. Lekin, sog`lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har birimizdan juda katta mehnat talab qiladi. Hozirgi ayniqsa mafkuraviy g`oyalar inson ongini zaharlaydigan yot mafkuralardan yoshlarimizni asrashimiz, ehtiyot bo`lishimiz kerak. Yoshlar uchun hozirgi vaqtda juda katta imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda shunday katta imkoniyatlardan yoshlarimiz foydalanib, o`zlarining iste’dodini, iqtidorini ko`rsatishi kerak. Hamma zamonlarda ham inson taqdiri, farzand taqdiri birinchi o`rinda bo`lgan. Quyidagi buyuk allomalarimizning sog`lomlik va komillik haqida aytgan fikrlari bilan o`rtoqlashamiz:

Har kimki ilm, hikmatini o`rganaman desa uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo`lsin, xush -ahloq va odobli bo`lsin, so`zining ustidan

chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan, xiyonat va makr hiylasidan uzoq bo`lsin.

Abu nasr Forobiy To`g`ri va haq yo`ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ham

mahobatliroqdir. Az -Zamahshariy

“Bizning farzandlarimiz nihoyatda iste’dodli, aqlu –zakovat bobida hech kimdan qolishmaydi. Ularning iqtidorini qadrlash, imkoniyatlarini yuzaga

chiqarish vatanning mard, va fidoiy farzandlari etib tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratib berish har birimizning sharafli burchimizdir” .

I.A.Karimov “Odamning kimligi bo`yi bilan belgilanmaganidek, xalqimizning ulug`igi

ham soni bilan o`lchanmaydi, yagona mezon uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir”. Viktor Gyugo Eshitib ota onangni So`zlarini qadrla , Мol-u mulking ko`paysa Mag`rurlanib quturma. O`g`lim senga qoldirdim o`git, Unga amal qil : Оlimlarga yaqinlash, Bahra olgil, tutib dil. Mahmud Koshg`ariy

MavzugaMavzuga doirdoir rasmlarrasmlar

Topshiriq: “Farzandlik burchim” mashqi. O`quvchilarga “Men Vatanim uchun nima qilmoqchiman” mavzusida davra suhbati yushtiriladi.

33-Mavzu: Mening ta’til uchun rejalarim.

Kun shiori: “Yaxshi dam, mehnatga hamdam” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ta’tilni maroqli o`tkazish uchun tavsiyalar berish, ta’til o`quvchilar uchun keng imkoniyatlar davri ekanligini uqtirish . Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO`̀zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa’’nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, MMaa’’nnaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii,,AAbbdduullllaa OOrriippoovv AAddoollaatt kkoo`̀zzgguussii,, PPeeddaaggooggiikkaa,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Ta’tilni kitoblar olamiga sayohat bilan boyitaman!”. O`qituvchi: Mana, hademay imtihonlar tugab, yozgi ta’tilga chiqasizlar. Lekin bu ta’tilda siz ko`proq, o`z maqsadlaringiz sari qadam tashlaysizlar. Yangi o`quv yilidan siz bitiruvchi hisoblanasiz va qanday kasb egasi bo`lasiz-u, qaysi akademik-litseyga yoki kasb-hunar kollejiga hujjatlaringizni topshirasiz. Shuning uchun ta’tilda imkon darajada mana shu masalalarga oydinlik kiritsangiz, ertaga qiynalmaysiz. Ta’til asosan aqliy mehnat qiluvchilar uchun miyani dam oldirish. Albatta, dam olish maskanlariga borasiz. Bundan tashqari kimlardir ota-onasiga yordam berish uchun ishlaydilar. Imkoni bo`lsa, qizlarimiz, o`g`il bolalarimiz ham ta’tilda birorta o`quv markazlarida til o`rgansa, hunar o`rgansa, bo`sh vaqtlarini foydali ish bilan o`tkazsa maqsadga muvofiq bo`lardi. Aziz o`quvchilar, har bir kuningizni baddiy kitoblar, gazeta, jurnallar bilan o`tkazsangiz bu dunyoqarashingiz kengayshiga va mustaqil fikrlashingiz va nutqingizga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Hammangizga ta’tilni maroqli o`tkazishingizga omadlar tilab, quyidagi topshiriqni bajarishni boshlang. O`qituvchi tomonidan har bir o`quvchiga oq qog`oz tarqatiladi. O`quvchilar “Mening ta’til uchun rejalarim” mavzusida o`z rejalarini yozib beradilar.