bitiruv malakaviy ishi - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 o`zbekiston respublikasi...
TRANSCRIPT
1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI
Geografiya kafedrasi 4-bosqich talabasi
HAYITOVA JUMAGUL MAMMATJUMA QIZINING
5440600-Geografiya ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavar darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
MAVZU: RESPUBLIKANING KO’P YILIK IQLIM KO’RSATKICHLARI KARTALARINI GIS DASTURI ASOSIDA
TUZISH MASALALARI
Ilmiy rahbar: g.f.n. M.Matchanov
Urganch 2014 - yil
2
Mavzu: Respublikaning ko’p yilik iqlim ko’rsatkichlari kartalarini
GIS dasturi asosida tuzish masalalari
REJA:
KIRISH…………………………………………………………………………… I-bob. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQLIM XUSUSIYATLARI 1.1-§ Respublikamiz iqlimining umumiy tavsifi va yog’ingarchilikning o’ziga xos hususiyatlari ……………………………………………………………….………. 1.2-§ Quyosh radiatsiyasi va shamollar yo’nalishlari ………...………………… II-bob. GIS VA UNDAN IQLIM PARAMETRLARINI KO’RSATISHDA FOYDALANISH MASALALARI………………………………..…………… 2.1-§ GISning geografik tadqiqotlar qo’llanishi va ahamiyati ……………………… 2.2-§ Iqlim xususiyatlarini GIS yordamida tasvirlash masalalari ………………. III-bob. RESPUBLIKANING KO’P YILLIK IQLIM KO’SATKICHLARI KARTALARINI GIS DASTURI ASOSIDA TUZISH……………………….. 3.1 -§ Ko’p yillik iqlim ko’satkichlarini internet orqali olish masalalari………........ 3.2 -§ Respublikaning iqlim ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida kartalashtirish............................................................................................................ XULOSA……………………………………………………………………… ADABIYOTLAR……………………………………………………………...
3
KIRISH
Dunyo mamlakatlarini tahlikaga sоlayotgan iqlimning glоbal o’zgarishi
bugungi kunda ko’plab davlatlarning ilmiy tadqiqоt markazlaridagi dоlzarb
muammоlardan biridir. Shu sababli ham mazkur masala yuzasidan ko’plab ilmiy
va ilmiy оmmabоp nashrlar, turli ko’satuvlar va filmlar tayyorlanib, dunyo
ahоlisining iqlim o’zgariishini оldini оlishda faоl va mas’uliyatli yondashuvini
shakllantirish ishlari оlib bоrilmоqda. Chunki, iqlimning glоbal o’zgarishi оkеan
bo’yi mamlakatlarida suv bоsish хavfini, quruqlik ichkarisidagi mamlakatlarda esa
chuchuk suv zaхiralarining kamayishi, iqlim mintaqalarining o’zgarish va tabiiy
gеоtizimlardagi nоmutanоstbliklar va х.k.larni yuzaga kеltirishi kutilmоqda.
Bundan tashqari Yer shari iqlimidagi o’zgarishlarning gеоgrafik va ekоlоgik
оqibatlari bo’yicha Rеspublikamizda BMT iqlim o’zgarishi bo’yicha ramkaviy
kоnvеsiyasi maхsus jurnal nashr qilmоqda. Bunda, asоsan, mintaqamizdagi iqlim
o’zgarishining bashоrat qilingan tsеnariylari, tabiat mintaqalarining o’zgarishi,
hayvоnоt hamda o’simlik оlamining o’zgarishi to’g’risida ma’lumоtlar kеltiriladi.
Dunyoning qudratli davlatlarini, jumladan, AQSH dagi tarnadоlar оrqali
yuzaga kеlayotgan talоfatlar iqlim o’zgarishlari оldida insоniyatning kuchsizligini
yana bir bоr isbоt qildi. Shu sababli ham iqlim ko’rsatkichlarining davriy va
nazariy хususiyatlarini ko’rib chiqish hamda ularni tadqiq qilish mavzuning
dоlzarbligini bеlgilaydi. Ushbu mavzuda Rеspublikamizning iqlim ko’rsatkichlari
va ularning kartalarni zamоnaviy gеоgrafik aхbоrоt tizimlari оrqali tasvirlash
masalalarini yoritish kеltirilganligi uning dоlzarbligini yana bir bоr isbоt qiladi.
Ishning maqsadi O’zbekiston Rеspublikasida ko’p yilik iqlim ko’rsatkichlari
kartalarini GIS dasturi asosida tuzish. Maqsadni doirasida quyidagi vazifalar
belgilangan:
- Respublikamiz iqlimining umumiy tavsifi va yog’ingarchilikning o’ziga
xos hususiyatlari, umumnazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilish.
- Quyosh radiatsiyasi va shamollar yo’nalishlariga oid nazariy ma’lumotlarni
respublikamiz misolida ko’rib chiqish.
4
- Geografik axborot tizimlarining gegrafik tadqiqotlarda qo’llanishi va
ahamiyatini yoritish.
- Iqlim xususiyatlarini GIS yordamida tasvirlash masalalarini o’rganish.
- Ko’p yillik iqlim ko’satkichlarini internet orqali olish masalalarini
ko’rsatish.
- Respublikaning iqlim ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida
kartalashtirish.
Iqlim ko’rsatkichlari bo’yicha tеzkоr ma’lumоtlarni tahlil qilish tartibi va
yo’nalishi mavzuning asоsiy nеgizini tashkil qilib, iqlimning ko’p yillik o’rtacha,
minimum va maksimum ko’rsatkichlari va yog’ingarchilikni tasvirlashga harakat
qilindi.
5
I-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINI IQLIM XUSUSIYATLARI
1.1-§ Respublikamiz iqlimining umumiy tavsifi va yog’ingarchilikning
o’ziga xos hususiyatlari
O’zbеkistоn оkеan va dеngizlardan uzоqda, Yevrоsiyo matеrigining ichki
qismida jоylashganligi tufayli kоntinеntal iqlimga ega bo’lib, оsmоni nihоyatda
оchiq, sеrоftоb, uzоq davоm etadigan. Jazirama issiq va quruq yoz bilan, shu
gеоgrafik kеnglik uchun birmuncha sоvuq qish bilan tavsiflanadi. O’zbеkistоnda
iqlimning barcha unsurlarining yillik o’zgarishi оrasida katta tafоvutlar mavjud
bo’lib, ular eng avvalо iqlim hоsil qiluvchi оmillarning хususiyatlariga bоg’liq.
O’zbеkistоn iqlimi uning gеоgrafik o’rni va u bilan bоg’liq hоlda quyosh
radiatsiyasi, atmоsfеra tsirkulyatsiyasi, rеl’еfi, yеr yuzasining hоlati, iqlimga
kishilar хo’jalik faоliyatining (antrоpоgеn) ta’siri natijasida tashkil tоpadi.
O’zbеkistоn iqlimini hоsil qiluvchi оmillar ichida eng muhimlaridan biri-
uning gеоgrafik o’rni va u bilan bоg’liq quyosh radiatsiyasidir. Quyosh radiatsiyasi
barcha tabiiy jarayonlarning enеrgеtik nеgizi (bazasi) hisоblanadi. Quyosh
radiatsiyasi esa o’z navbatida jоyning gеоgrafik kеngligiga, havоning оchiqligiga
va Quyoshning nur sоchib turadigan davriga uzviy bоg’liqdir.
Respublikamizda yo’ingarchilikning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil
qilishdan oldin atmosfera yog’inlarining nazariy jihatlarini va ularning dunyo
miqyosidagi holatini qarab chiqamiz. Atmosferadan yer sirtiga yog’ib tushgan suv
tomchilari va muz kristallari yog’inlar deb ataladi (Petrov, 2007). Yog’inlar yerda
nam aylanishining bo’g’inlaridan biridir. Yog’inlar hosil bo’lishining fizikaviy
jarayonlarini ko’rib chiqaylik. Bulut rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida
endi paydo bo’lgan bulut elementlarining yiriklashishida suv bug’ining
kondensatsiya jarayoni asosiy rol o’ynaydi [1]. Kondensatsiya bulut tomchilari
yuzasiga nisbatan bug’ning kichik o’ta to’yinishi hisobidan amalga oshadi. Bulut
tomchilarining o’lchamlari har xil bo’lganligi uchun ularga nisbatan to’yingan suv
bug’ining bosimi ham turlicha bo’ladi. Suv bug’ining mayda tomchilarini yirik
tomchilarga aylantiruvchi o’ta kondensatsiya jarayoni boshlanadi. Bulutda o’ta
sovuq holatdagi tomchilar bilan birgalikda muz bo’lakchalari paydo bo’ladi va
6
bulut elementlari ya’na ham tez o’sa boshlaydi. O’ta sovuq holatdagi suv
tomchilari ustidagi to’yingan bug’ning bosimi muz ustidagidan katta bo’lganligi
sababli, o’ta sovuq holatdagi tomchilardan muz kristallarga suv bug’ining o’tishi
kuzatiladi.
Ikkinchi bosqichda, tomchi va muz kristallarining kattaligi 20-60 mm gacha
yetganida, bulut elementlarining qo’shilishi (koagulyatsiya) jarayoni asosiy rol
o’ynay boshlaydi. Bulut elementlarining koagulyatsiyasi, asosan, ularning turli
tushish tezligi (gravitatsion koagulyatsiya)ga bog’liq. Bulut elementlarining
turbulent va Broun harakatiga bog’liq bo’lgan koagulyatsiya ham ma'lum rol
o’ynaydi. Koagulyatsiya tufayli tomchi va kristallarning kattaligi o’nlab
mikrometrlardan bir necha millimetrlargacha o’sishi mumkin.
Yog’inlar hosil bo’lishi nazariyasidan ma'lumki, koagulyatsiya hisobiga
tomchilarning kattalashish tezligi ularning radiusi kvadratiga proporsional,
kondensatsiya orqali kattalashish tezligi esa radiusga teskari proporsional. Demak,
tomchilarning radiusi kattalashgan sari koagulyatsiyaning ahamiyati orta boradi.
Bulut elementlari kattalashishi va yog’inlar hosil bo’lishi uchun vertikal
harakatlar katta ahamiyat kasb etadi. Ko’tariluvchan harakatlarda havo harorati
adiabatik qonun bo’yicha o’zgaradi, bu esa suv bug’ining o’ta to’yinishiga olib
kelib, koagulyatsiya asosiy rol o’ynay boshlaydigan tomchilarning kattaligigacha
kondensatsion o’sishni ta'minlaydi. Ko’tariluvchan oqim bilan katta balandlikka
ko’tarilgan tomchilar pastga tushganda bulutda katta masofani bosib o’tadi va
koagulyatsiya hisobiga yirik kattaliklargacha o’sib boradi.
Yog’inlarning miqdori gorizontal yuzaga yog’in paytida tushgan suv hosil
qilgan qatlamning (suvning tuproqqa shimilishi, bug’lanishi, shuningdek, suv
oqimi nazarga olinmaganda) milli-metrlarda o’lchangan balandligidir. Ba'zi
mamlakatlarda (jumladan, AQSH) yog’inlar miqdori dyuymda (1 dyuym=2,52
mm) o’lchanadi. Yoqqan yog’inlarni 1 mm.i 1 m2 yuzaga tushgan 1 kg suv
miqdoriga mos keladi. Yog’inlar bulutlardan yoqqan yog’inlar va yer ustidagi
gidrometeorlarga ajratiladi [11].
7
Bulutlardan yoqqan yog’inlar elementlarning tuzilishi va kattaligi
(morfologik tasnifi)ga hamda hosil bo’lishining fizikaviy sharoiti (genetik
tasnifi)ga qarab tasniflanadi. Bundan tashqari yog’inlar agregat holati (suyuq va
qattiq yog’inlar)ga qarab ham ajratiladi. Yog’inlarning shakliga qarab quyidagi
yog’in turlari ajratiladi. Yomg’ir diametri 0,5-8 mm ga teng tomchilardan iborat
bo’lgan suyuq yog’inlar. Kattaroq bo’lgan tomchilar pastga tushayotganda
parchalanadi. Jala yomg’irlarda, ayniqsa, yomg’ir boshlanishida, tomchilarning
diametri burkamadagilardan kattaroq bo’ladi. Manfiy haroratlarda ba'zan o’ta
sovuq holatdagi tomchilar yog’ishi mumkin. Yerga tushganda ular muzlab qoladi
va muz qatlamni hosil qiladi. Yomg’ir tomchilarining tushish tezligi 8-10 m/s
yetadi. Yomg’irlar yomg’irli qatlamli (Ns) va yomg’irli to’p-to’p (Cb), ba'zi baland
qatlamdor (As) bulutlardan yog’ishi mumkin.
Shivalama diametri 0,05-0,5 mm ga teng, pastga tushish tezligi juda kichik
bo’lgan tomchilardan iborat bo’lgan suyuq yog’inlar. Ular shamol bilan gorizontal
yo’nalishda osongina ko’chiriladi. Shivalama qatlamli (Si) va to’p-to’p qatlamli
(Sc) bulutlardan, shuningdek, tuman tarqalganida yog’ishi mumkin. Shivalamaning
intensivligi 0,25 mm/soat dan oshmaydi, tinch havoda tomchilarning tushish tezligi
0,3 m/s dan kichik bo’ladi.
Qor murakkab muz kristallardan iborat bo’lgan qattiq yog’inlar. Muz
kristallarning shakllari turli bo’ladi va hosil bo’lishi sharoitiga bog’liq. Muz
kristallarning asosiy shakli-olti nurli yulduzchalardir.Yulduzchalar oltiburchakli
yassi sirtlardan hosil bo’ladi, chunki shu yassi sirtlarning burchaklarida suv
bug’ining sublimatsiyasi eng tez kuzatiladi. Bu nurlarda, o’z navbatida,
tarmoqlanishlar hosil bo’ladi. Qor yulduzchalarining diametrlari turlicha bo’ladi
(bir necha mm atrofida). Pastga tushganda qor yulduzchalari bir-biriga qo’shilib
katta pag’a-pag’a ko’rinishda yog’adi (laylak qor). Noldan yuqori va nolga yaqin
bo’lgan haroratlarda ho'1 qor yog’adi.
Laylak qorning radiusi 0,5 mm dan 5 sm gacha o’zgarishi mumkin, radiusi
15-20 sm ga yetgan qor yulduzlari ham kuzatilgan.
8
Ho’I qor-qor yulduzchalari, tomchilar yoki eriyotgan yulduzchalar
ko’rinishida yog’ayotgan yog’inlar. Yer sirti yaqinida havo harorati 0°C yaqin yoki
sal balandroq bo’lgandagina hosil bo’ladi.
Bulduruq – o’ta sovuq suv tomchilarining muzlashi va qorning donalashgan
shaklga kelishi natijasida hosil bo’lgan, radiusi 7,5 mm gacha yetadigan muzlagan
yoki dumaloq shakldagi qordan iborat bo’lgan yog’inlar. Bulduruqlarning muzli va
qorli qismlari orasidagi o’zaro nisbatiga bog’liq holda ularni qorli donalar, qorli va
muzli bulduruqlarga bo’lishadi [10, 12].
Muzli ignachalar oltiburchakli prizma va tarmoqlanishlarsiz yassi sirtlar
ko’rinishida bo’ladigan muz kristallardan iborat yog’inlar. Ular qishda past
haroratlarda quyi yoki o’rta qavatdagi bulutlardan yog’adi. Yuqori qavatdagi
bulutlar huddi shunday muzli ignachalardan iborat bo’ladi. Muzli yomg’ir diametri
1-3 mm ga teng bo’ladigan tiniq muzli sharchalardan (havoda muzlagan yomg’ir
tomchilari) iborat bo’lgan yog’inlar. Yog’inlarning bu turi kamdan-kam uchraydi.
Do’l diametri bir necha millimetrdan 6 sm va undan ortiq bo’ladigan shar
shaklidagi muz bo’lakchalaridan iborat bo’ladigan qattiq yog’inlar. Ayrim hollarda
do’lning vazni 300 g ortiq bo’lishi mumkin. Do’l oq jilosiz yadro va uning ustida
ketma-ket joylashgan tiniq va jilosiz muz qatlamlaridan iborat bo’ladi.Do’lning
o’lchami va ko’rinishi uning «hayoti» davomida bir necha marotaba vertikal havo
oqimlari bilan pastga va yuqoriga ko’chganligini isbotlaydi. Vertikal
ko’tarilishlarda o’ta sovigan holatdagi tomchilar bilan to’qnashishi natijasida
do’lning o’lchami ortadi. Pastga tushib, musbat haroratli qatlamlarda uning sirti
eriydi, yuqoriga ko’tarilganda yana muzlaydi va h.k. Do’l hosil bo’lishi uchun
bulutlarning namligi ancha katta bo’lishi kerak, shu sababli do'l faqat yilning iliq
faslida yer sirti yaqinida baland haroratlar kuzatilganda yog’adi. Do’l o’rta
kengliklarda tez-tez, tropiklarda katta intensivlik bilan yog’adi. Qutbiy
kengliklarda domiy kuzatilmaydi (Shubayev, 1975).
Hosil bo’lishining fizikaviy sharoitlariga (genetik alomati bo’yicha) ko’ra
yog’inlar uchta guruhga bo’linadi:
9
-burkama yog’inlar yomg’ir va qor, ba'zida ho'1 qor ko’rinishda yomg’irli
qatlamli va baland qatlamli (Ns-As) bulutlardan o’rtacha intensivlik bilan keng
maydonlarda uzoq muddat yog’adigan yog’inlar;
-jala yog’inlari do'l, bulduruq, qor va yomg’ir ko’rinishda yomg’irli to’p-
to’p (Cb) bulutlardan yog’adigan yog’inlar. Bu yog’inlar birdaniga yog’a
boshlaydigan, qisqa muddatli, intensivligi keskin o’zgaradigan xarakterga ega. Jala
yog’ishi tez-tez momaqaldiroq va qasirg’a bilan birga kuzatiladi;
-shivalama yog’inlar turg’un stratifikatsiyalangan havo massalarida hosil
bo’ladigan zich qatlamli (St) va to’p-to’p qatlamli (Sc) bulutlardan yog’adigan
yog’inlar.
Yog’inlaming intensivligi va davomiyligi muhim xarakteristika hisoblanadi.
Yog’inlar intensivligi deb, birlik vaqt davomida yog’gan yog’inlar miqdori
tushuniladi (mm/min, mm/soat, sutkalik maksimumi). Jala yog’inlari eng jadal
yog’inlardir, ualrning o’rtacha intensivligi 0,03-0,05 mm/min teng bo’lishi
mumkin. Shivalama yog’inlar eng kichik intensivlikka ega.
Shudring hosil bo’lishiga asosiy sabab, tungi nurlanish ta'sirida yer sirti
haroratining pasayishidir [10, 9]. Yer sirtining harorati shudring nuqtasi
haroratidan past bo’lgandagina kondensatsiya boshlanadi. Shudring paydo zaruriy
sharti ochiq va tinch (shamolsiz) ob-havodir. Bunday sharoitda Yer sirtining
nurlanishi nihoyatda kuchli bo’ladi.Buyumlarning gorizontal sirtlarida, o’tlarda,
yer sirtida kondensatsiya jarayoni natijasida hosil bo’lgan mayda suv tomchilari
shudring deb ataladi. O’simliklarning nam bo’lmaydigan sirtlarida (masalan,
marvaridgulda) shudring tomchilari bir-biriga qo’shilib yirik tomchilarni tashkil
qiladi.Shudring paydo bo’lishi natijasida bir yilda 10-30 mm, O’rta Osiyo
sahrolarida 30-40 mm gacha yog’inlar tushishi mumkin.
Suyuq qoplama bu bulutli va shamolli ob-havoda sovuq, ko’pincha, vertikal
(tik) sirtlarda paydo bo’ladigan suvning yupqa qatlamidir. Suyuq yupqa
qatlamning paydo bo’lish sababi tungi nurlanishi emas, balki sovuq ob-havodan
keyin nisbatan iliq va nam havoning adveksiyasidir.Iliq va nam havo nisbatan
sovuq sirtlar (devor, daraxtlarning tanasi) bilan uchrashganda u soviydi va uning
10
tarkibidagi suv ushbu sirtlarda qisman kondensatsiyalanadi.Tabiiyki, bu jarayon
shamolga ro’para bo’lgan sirtlarda yuzaga keladi va sirt mayda suv tomchilari
bilan qoplanadi («terlaydi»).
Qirov, qattiq qoplama, bulduruq va yaxmalak qattiq gidrometeorlarga
kiradi.O’tlarda, tuproqda va buyumlarning gorizontal sirtlarida uzunligi bir necha
millimetrlarga yetadigan turli shakldagi muz kristallari qirov deb ataladi.
Qirovning hosil bo’lish sharoitlari shudring hosil bo’lishi bilan bir xil, faqat yer
sirti harorati manfiy bo’lishi kerak. Sovuq sirtga bevosita tegib turgan havodagi
suv bug’i sublimatsiya jarayoniga uchraydi. Qor qoplamida ham qirov hosil
bo’ladi.
Qattiq qoplama shamolga ro’para bo’lgan vertikal sirtlarda xuddi suyuq
qoplama hosil bo’ladigan sharoitlarda yuzaga keladi. Demak, qattiq qoplamning
hosil bo’lishi ham nisbatan iliq va nam havoning adveksiyasi bilan bog’liq, faqat
bu jarayon davomida vertikal sirtlarning harorati manfiy bo’lishi kerak.Qattiq
qoplama, odatda, sirtda zich joylashgan mayda kristallar shaklida bo’ladi. Ba'zida
u yupqa, tekis va tiniq muz qatlami ko’rinishida hosil bo’lishi mumkin.
Daraxtlarning shohlarida, simlarda, sim to’rlarda va boshqa ingichka buyumlarda
hosil bo’ladigan oq yumshoq kristallar bulduruq deb ataladi. Bulduruq, odatda,
tumanlarda qattiq ayozlarda yuzaga keladi. O’ta sovuq tuman tomchilari buyumlar
bilan uchrashib muzlaydi va kristallar o’sishiga turtki beradi. Bulduruq
buyumlarning shamolga ro’para bo’lgan tomonida paydo bo’ladi. Yetarlicha kuchli
shamol bulduruqni osongina uchirib ketishi mumkin.O’ta kuchli sovuq yomg’ir
tomchilari, shivalama yoki kuchli tuman tomchilarini muzlatishi natijasida yer
sirtida va buyumlarda zich muz qatlamining paydo bo’lishi yaxmalak deb ataladi.
Yaxmalak bevosita sublimatsiya jarayonining natijasi emas, balki uning hosil
bo’lishi uchun atmosferadan o’ta sovuq holatdagi tomchilar yog’ishi
kerak.Yaxmalak manfiy haroratlarda (0° dan 15° gacha) hosil bo’ladi. O’ta sovuq
holatdagi tomchilar yer sirtiga tushib muzlab qoladi.Tiniq va xira (jilosiz)
yaxmalaklar ajratiladi. Xira (jilosiz) yaxmalak maydaroq tomchilarda (shivalama)
11
va pastroq haroratlarda paydo bo’ladi. Muzning qalinligi bir necha santimetrgacha
yetishi va shohlarning sinishiga, simlarning uzilishiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ko’rib chiqilgan yog’in turlari Respublikamizning turli qismlarida
xar-xil darajada tushadi va turlicha namoyon bo’ladi. Buni quyidagi holatlarda
ko’rib chiqamiz.
O’zbеkistоn havоsining namligi va bulutligi eng avvalо havо massalarining
хususiyati hamda almashinib turishiga, havоning harоratiga, yеr usti hоlatiga va
yog’in bilan bug’lanishning nisbatiga bоg’liq [2,4]. O’zbеkistоn tеkislik kismida
harоratning, ayniqsa yilning issiq qismida yuqоriligi tufayli mumkin bo’lgan
bug’lanish yog’in miqdоriga nisbatan 15-20 marta ko’p. Rеspublikada mumkin
bo’dgan bug’lanishning yillik miqdоri 900 mm (Оrоl atrоfida)dan 2000-2500 mm
(Qizilqum va Tеrmizda)gacha yеtadi va оylar bo’yicha bir хil taqsimlangan emas.
Iillik bug’lanishni 100% dеsak, o’shaning 80-85 fоizi yilning issiq (may-oktabr)
davriga to’g’ri kеladi. Hattо iyul оyidagi bug’lanish miqdоri yanvar оyidagiga
nisbatan 8-10 marta ko’p [7, 25].
Qurg’оqchil bo’lgan O’zbеkistоn tеkislik qismida havо namligi muhim
iqlim unsurlaridan biri hisоblanadi. Havоning namligi, хususan havоdagi suv
miqdоrini bildiruvchi mutlaq namlik jumhuriyat hududi bo’yicha bir хil
taqsimlangan emas. Mutlaq namlik miqdоri havо harоratiga, yеr yuzasi hоlatiga
bоg’liq hоlda shimоldan janubga qarab o’zgarib bоradi. Qishda, хususan yanvarda
O’zbеkistоn tеkislik qismining shimоlida o’rtacha 3-4 mb bo’lsa, janubida 5-6 mb
ga еtadi. Lеkin tоg’li qismida harоratning lastligi tufayli mutlaq namlik miqdоri 1-
2 mb dan kam. Yozda o’rtacha mutlaq namlik miqdоri qishga nisbatan ko’p bo’lib,
Оrоl dеngizi bo’yida, Quyi Amudaryoda 19-25 mb ga еtsa, Qizilqumda 9-10 mb ni
tashkil etadi. Dеmak, yozda mutlaq namlikning taqsimlanishi harоratdan tashqari
yana sug’оriladigan yеrlarga, suv havzalarining (daryo, kanal, suv оmbоri, ko’llar)
mavjudligiga ham bоg’liq.
O’zbеkistоn hududida havоning nisbiy namligi yil bo’yi o’zgarib, yozda
kamayib, qishda esa harоratning pastligi, yog’ingarchidikning оrtishi tufayli
ko’payadi. Rеspublikada qishda (yanvarda) havоning nisbiy namligi tеkislik
12
qksmida shimоldan janubga qarab 70-80% atrоfida o’zgarsa, tоg’larda
balandlashgan sari kamayib 55-59% va undan pastga tushishi mumkin, Tоshkеntda
79%, Tеrmizda 79% ni tashkil etsa, mutlaq balandligi 1438 m bo’lgan. Chimyonda
59% ga, mutlaq balandligi 1545 m. bo’lgan Shоhimardоnda 55% ga tushib qоladi.
O’zbеkistоnda yozda (iyulda) harоratning yuqоriligi va dеyarli yog’in
tushmasligi tufayli havоning o’rtacha nisbiy namligi Qizilqumda, Qarshi va
Shеrоbоd cho’llarida eng kam bo’lib, 30-35%ni tashkil etadi. Qоlgan qismlarida
esa o’rtana nisbiy namlik 40-50% atrоfida (Tоshkеntda-40%, Andijоnda-46%,
Chimyonda-48%) o’zgaradi. O’zbеkistоn qishlоq хo’jaligida qurg’оqchil kunlar
(nisbiy namligi 30% kam bo’lgan kunlar «qurg’оqchil kunlar» dеb yuritiladi)
miqdоrini bilish amaliy ahamiyatga ega. Bunday kunlar Rеspublika tеkislik
qismida 155-202 kun atrоfida o’zgaradi, To’rtko’lda-155 kun, Kоgоnda-202 kun.
O’zbеkistоn iqlimining yana bir o’ziga хоs tоmоni shundaki u оkеanlardan
uzоqda, Yevrоsiyo matеrigi ichkarisida jоylashganligi оqibatida bulutli kunlari
kam bo’lib, yilning ko’p davrida havоning оchiq bo’lishligidir. O’zbеkistоn
hududida оchiq kunlar ko’p bo’lib, yiliga 143-168 kunni tashkil etadi, aksincha
bulutli kunlar esa 52-94 kun, хоlоs. Mirzacho’lda bir yilda 143 kun оchiq, 83 kun
bulutli, Samarqandda 155 kun оchiq, 77 kun bulutli, Kоgоnda 168 kun оchiq, 54
kun bulutli bo’ladi. Rеspublikaning ham tеkislik, ham tоg’li qismida eng ko’p
оchiq va eng kam bulutli kunlar avgust-sentabr оylariga to’g’ri kеladi. Bu davrda
tеkislik qismida оchiq kunlar 19-27, bulutli kunlar esa 0-4 kunni tashkil etadi;
tоg’larda esa оchiq kunlar 12-15 kundir. Iil bo’yi bulutli kunlarning eng ko’pi
yanvar-mart оylariga to’g’ri kеladi. Bu davrda O’zbеkistоn tеkislik qismida 26-40
bulutli kunlar bo’ladi. Хivada 26 kun, Kоgоnda 29 kun, Farg’оnada 39 kun,
Kitоbda 40 kun bulutli bo’ladi (Baratov, 1996).
O’zbеkistоnda yorug’lik va issiqlik еtarli bo’lsa, aksincha, yog’in miqdоri
juda kam hamda hudud bo’yicha nihоyatda nоtеkis taqsimlangan (1.1.1-rasm).
Bunga Rеspublikaning matеrik ichki qismida jоylashib, оkеanlardan uzоqligi, havо
massalarining хususiyatlari va rеlеfi sababchidir. Turkistоn, jumladan O’zbеkistоn
qishda shimоlisharqdan esuvchi quruq, sоvuq havо massasi – Sibir antitsiklоni
13
ta’sirida bo’ladi. Yozda esadigan g’arbiy, shimоlig’arbiy havо massalari Turоn
tеkisligining nihоyatda qizib, «tеrmik dеprеssiya» vujudga kеlganligidan isib,
nisbiy namligi kamayib, kоndеnsatsiyalanish jarayoni qiyinlashib, yog’in
bеrmaydi. Natijada, O’zbеkistоn tеkislik qismiga, хususan shimоlig’arbiga yog’in
juda kam tushadi. Rеspublikada eng kam yog’in tushadigan jоylar Quyi
Amudaryo, Qizilqumning g’arbi va Farg’оna vоdiysining g’arbiy qismi hisоblanib,
yiliga o’rtacha 80-100 mm yog’in tushadi. Bu ko’rsatkich Хivada-79 mm,
Nukusda-82 mm, Qo’qоnda-89 mm, Tоmdida-108 mm. O’zbеkistоnning qоlgan
tеkislik qismida esa yillik yog’in miqdоri 100-300 mm atrоfida.
O’zbеkistоnning tоg’ оldi va tоg’lari tоmоn yillik yog’in miqdоri оrtib
bоradi. Chunki yuqоriga ko’tarilgan sari harоratning pasayishi оqibatida
kоndеnsatsiyalanish jarayoni sоdir bo’lib, yog’in vujudga kеladi. Buning ustiga
yog’inlarni asоsan g’arbiy havо massalari оlib kеlganligi tufayli jumhuriyat
tоg’larining g’arbiy, janubig’arbiy yonbag’irlariga yog’in shimоliy va sharqiy
yonbag’irlariga nisbatan ko’p tushadi.
O’zbеkistоn tоg’ оldi qismlariga yiliga o’rtacha 300-550 mm (Dеnоvda-360
mm, Qamashida-327 mm, Samarqandda-328 mm, Tоshkеntda-359 mm, Jizzaхda-
425 mm, Kitоbda-545 mm) gacha yog’in tushadi. Rеspublikada eng ko’p yog’in
uning tоg’li qismiga, хususan G’arbiy Tyanshan, Zarafshоn va Hisоr tоg’larining
g’arbiy va janubig’arbiy yonbag’irlariga to’g’ri kеlib, o’rtacha yillik miqdоri 550-
900 mm, ayrim jоylariga esa 900 mm dan ham оrtiq yog’in tushadi. Bu miqdor
Hazrati Bashirda-550 mm, Sharg’unda-625 mm, Chimyonda-787 mm, Хumsоnda-
879 mm, Оmоnqo’tоnda-881 mm.
O’zbеkistоn hududida yog’inning nоtеkis taqsimlanishidan tashqari u yil
fasllarida ham bir хil tushmaydi. Umumiy yog’in miqdоrining 30-50% i bahоrga,
25-40% i qishga, 10-12% i kuzga) 1% i yozga to’g’ri kеladi. Ko’rinib turibdiki,
Rеspublikada eng ko’p yog’in miqdоri bahоr va qish оylariga to’g’ri kеladi. Bunga
asоsiy sabab qish va bahоrga O’zbеkistоn hududida sоvuq havо massalari bilan
iliq trоpik havо massalarini ajratib turuvchi o’rta mintaqa frоnt zоnasi vujudga
kеlib, siklоnlar harakati kuchayib yog’in vujudga kеladi.
14
O’zbеkistоn tеkislik qismida, хususan Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum,
Quyi Zarafshоn, Qarshi va Shеrоbоd cho’llarida eng aso’p yog’in bahоr fasliga
to’g’ri kеlib, bu davrda umumiy yog’in miqdоrining 35-50% i tushadi: Ustyurtda
35% i, Quyi Amudaryoda 42-45% i, Qizilqumda 48%, Quyi Zarafshоnda 44-45%
i, Qarshi va Shеrоbоd cho’llarida esa yog’inning 44-45% i bahоrga to’g’ri kеladi.
Rеspublika tоg’ оldi va tоg’ mintaqasida ham eng ko’p yog’in bahоrga
to’g’ri kеlib, u yillik yog’inning 41-49 fоizini tashkil etadi. Tоshkеntda 41 fоizi,
Kоsоnsоyda 43 fоizi, G’allaоrоlda 47 fоizi, Samarqandda 49 fоizi, Bоysunda 45
fоizi, Оmоnqo’tоnda 45 fоizi, Hazrati Bashirda 45 fоizi, Sharg’unda 46 fоizi
bahоrga to’g’ri kеladi.
Rеspublikada yil davоmida eng ko’p yog’in mart оyiga to’g’ri kеladi va
yillik yog’in miqdоrining 14-24 fоizini tashkil etadi. Andijоnda 14%, Tоshkеntda
17%, Shоfirkоnda 20%), Qarshida 21% Urganchda 24%, Оmоnqo’tоnda va
Kitоbda 20% yog’in mart оyida yog’adi.
O’zbеkistоnda eng kam yog’in yoz оylariga to’g’ri kеladi. Bu faslda Quyi
Amudaryo, Qizilqum, Mirzacho’l, Qarshi va Shеrоbоd cho’llarida yillik
yog’inning 1-7% (Tеrmiz va Shеrоbоdda-1%, Qarshi va Qоrako’lda- 2%, Tоmdida
- 3%, G’allaоrоlda-4%, Urganchda 7%) tushadi. Yozda tоg’ оldi va tоqqa tоmоn
harоratning pasayishi оqibatida yog’in ko’payib yillik miqdоrning 13-26%
(Chоtqоlda-13%, Quvada-14%) gacha yog’adi. Yozda eng kam yog’in avgust
оyiga to’g’ri kеlib, Surхоnshеrоbоd vоhasida, Qarshi cho’lida, Quyi Zarafshоnda
va Qizilqumda umuman yog’ingarchilik bo’lmaydi; Tоshkеnt, Mirzacho’l
vоhasida 1 mm, Quyi Amudaryoda 1-3 mm, Farg’оna vоdiysida 1-10 mm. yog’in
yog’adi. Lеkin yoz оylarida O’zbеkistоnning ba’zi hududlarida, chunоnchi
Zarafshоn, Farg’оna, Chirchiq vоdiylarida, Nurоta tоg’larida jala quyishi sоdir
bo’lib turadi. Tоshkеntda 50 mm, Buхоrоda 37 mm, Jizzaхda 75 mm,
Samarqandda 82 mm yomg’ir yoqqan kunlar qayd qilingan.
O’zbеkistоnda qish faslida yog’inlarning ko’p qismi qattiq qоr Hоlida
yog’adi. Qоr Rеspublikaning hamma qismida yog’sada, uning tеkislik qismida qоr
qоplami turg’un bo’lmasdan o’rtacha 5-20 kun saqlanadi. Bunday jоylar qatоriga
15
Ustyurt, Quyi AmuDaryo, Qizilqum, Quyi Zarafshоn, Qarshi va Surхоnshеrоbоd
vоhasi kiradi. Qоr Qоrako’lda 50 kun, Shеrоbоd va Tеrmizda 15kun, To’rtko’lda
17 kun, Qarshida 11 kun, Tоmdida 20 kun saqlanib turadi. Tеkislikning bоshqa
qismlarida va tоg’ оldi jоylarida esa qоr o’rta hisоbda 20-45 kun (G’uzоrda-29
kun, Kattaqo’rg’оnda-21 kun, Mirzacho’lda-35 kun, Samarqand va Kitоbda 39
kun, Tоshkеntda 43 kun) saqlanib turadi. Rеspublika tоg’larida esa qоr qоplami
uzоq vaqt (2-6 оygacha) erimay turadi, eng baland qismlarida esa dоimiy qоr
qоplami mavjud.
O’zbеkistоn tеkislik qismida qоr qоplami juda yupqa bo’lib, 3-7 sm, ayrim
hоllarda esa 10-20 sm ga еtadi, tоg’ оldi mintaqasida esa 20-30 sm ni tashkil etadi.
Lеkin tоg’larda qоr qоplami qalin bo’lib, 50-100 sm atrоfida, hattо Chоtqоl
vоdiysining ayrim jоylarida 1-1,5 mеtrdan о’shishi ham mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Respublikamizda iqlimining umumiy tavsifi
va yog’ingarchilikning o’ziga xos hususiyatlari regional ahamiyat kasb etib,
mavjud adabiyotlarda keyingi davriy o’zgaruvchanlik tomonlari qayd qilinmagan.
Bu esa iqlim kartalarini tuzishda yangi ma’lumotlardan foydalanishni talab etadi.
Iqlim xususiyatlarini tahlil qilganda quyosh radiatsiyasi va shamollarni ham
o’rganish talab etiladi.
1.2-§ Quyosh radiatsiyasi va shamollar yo’nalishlari
Ma’lumki, O’zbеkistоn cho’l zоnasida, asоsan subtrоpik kеngliklarda,
оkеanlardan ichkarida jоylashgan. Bu esa uning iqlimidagi ba’zi хususiyatlarni,
chunоnchi, quyoshni ufqdan baland, turib uzоq vaqt yoritib va isitib turishini, kam
bulutli bo’lishligini shakllanishida muhim o’rin tutadi.
O’zbеkistоn ancha janubiy kеngliklarda (taхminan 37°1G va 45°36'
shimоliy kеngliklarda) jоylashganligi tufayli yozda qo’yosh nuri ancha tik tushib
(iyunda shimоlda 71-72°, janubda 76° balandda turadi) uzоq vaqt nur sоchib
turadi. Qishda O’zbеkistоn shimоlida quyosh 21°, janubida esa 29° burchak hоsil
qilib turadi. Rеspublika hududining shimоldan janubga 8° 25' cho’zilganligi tufayli
16
Quyoshning nur sоchib turish davri va u bilan bоg’liq hоlda yalpi quyosh
radiatsiyasining miqdоri hamo’zgaradi. Shu sababli Tоshkеntda Quyosh yiliga
o’rta hisоbda 2889 sоat nur sоchib tursa, eng janubda jоylashgan Tеrmizda bu
ko’rsatkich 3095 sоatni tashkil etadi. O’zbеkistоnda yil bo’yi, ayniqsa, yozda havо
оchiq bo’lib, bulutli kunlar juda kam. Shu tufayli Rеspublikada Qishlоq хo’jalik
ekinlarining pishib еtishadigan davri hisоblangan may-oktabr оylarida Tоshkеntda
quyosh 1749 sоat nur sоchib tursa, Tеrmizda 2012 sоatga tеng. Vahоlanki, bu
ko’rsatkich Qоhirada (taхminan 30° sh. k. jоylashgan) 1613 sоatni tashkil
etadi. Chunki Qоhira O’rta dеngizga yaqin bo’lganligi tufayli bulutli kunlar
Tоshkеnt va Tеrmizga nisbatan ko’p bo’ladi. Binоbarin, O’zbеkistоn quyoshli
o’lka dеb bеjiz aytilmagan. O’zbеkistоnda yozda (iyun-avgust оylarida) Quyosh
nur sоchib turadigan davri nur sоchishi mumkin bo’lgan davrning 84-95%ni,
qishda (dеkabr-fеvral) esa 40-50%ni tashkil etadi.
O’zbеkistоnning tоg’li qismida quyoshning nur sоchib turish davri tеkislikka
nisbatan 600-700 sоat kam bo’ladi. Tоg’larning 2000 m balandlik qismida Quyosh
yiliga o’rtacha 2300-2500 sоat nur sоchib turadi. Buning asоsiy sababi tоg’
yonbag’ri bo’ylab ko’tarilgan sari bulutli kunlarning оrtib bоrishi, tоg’
yonbag’rining quyoshga nisbatan hоlati (ekspоzitsiyasi)dir.
O’zbеkistоn quyosh ufqdan baland bo’lganligi, bulutsiz kunlarning ko’pligi
(Tоshkеntda bir yilda 90 kun, Tеrmizda esa 57 kun bulutli bo’ladi) оqibatida
quyosh uzоq vaqt nur sоchib turganligi tufayli uning hududiga ko’p yorug’lik
enеrgiyasi (issiqlik) tushadi. Rеspublika shimоliy qismida har sm2 yuzaga yiliga
136-140 kilоkalоriya issiqlik, ya’ni radiatsiya tushsa, janubiy qismiga 160
kilоkalоriya issiqlik tushadi. Yalpi quyosh radiatsiyasining miqdоri yil bo’yi bir хil
taqsimlanmagan. Eng ko’p quyosh radiatsiyasi yoz оylariga (qish оylariga nisbatan
5 marta ko’p) to’g’ri kеladi. Hattо O’zbеkistоnning janubida iyulda radiatsiya
balansi 20 kkal/sm2ga еtadi. Bunga sabab yozda quyosh ufqdan balandda turib,
uzоq vaqt yoritib, isitib turishidir. Aksincha, qishda quyosh nuri yotiq tushadi,
bulutli kunlar ko’p bo’lganligidan kam yoritadi, qоr qоplamining mavjudligi
tufayli albеdо katta bo’ladi. Natijada qishda, хususan yanvarda yalpi radiatsiya
17
miqdоri O’zbеkistоnning markaziy va janubiy qismida musbat bo’lib, bir sm2
yuzaga 0,1-1,0 kkal.ni tashkil etadi. Lеkin Rеspublikaning eng shimоli g’arbiy
qismida (Ustyurtda) ba’zi yillarda qishda radiatsiya balansi manfiy bo’lishi
mumkin (Baratov, 1996).
Respublikamizda shamollar faoliyatini tahlil qilishdan oldin, shamolllarning
hosil bo’lishi va uning regional xususiyatlarini qarab chiqamiz. Chunki, ular
faoliyatini tahlil qilish uchun nazariy malumotlarni ko’rish talab qilinadi.
Havoning gorizontal harakati shamol deb ataladi (Pеtrоv, 2007). Shamol
paydo bo’lishining sababi fazoda atmosfera bosimining notekis taqsimotidir.
Gorizontal barik gradiyent kuchi ta’sirida havo zarrachasining harakati yuqori
atmosfera bosimi sohasidan past atmosfera bosimi sohasi tomon yo’naladi. Shamol
vektor bo’lib, tezlik va yo’nalishi bilan xarakterlanadi.
Shamol tezligi m/sek, km/soat va uzellarda (1 dengiz milya/soat) o’lchanadi.
1 uzel taxminan 0,5 m/sek ga teng. Shamol tezligi sifat jihatidan Bofort shkalasi
bo’yicha ballarda baholanishi mumkin. Kuzatishlar amalga oshirilayotgan ma’lum
vaqt oralig’ida tekislangan yoki o’rtacha tezlikni va oniy shamol tezligini
ajratishadi. Oniy shamol tezligi to’xtovsiz o’zgarib turadi. Yer sirti yaqinida
shamol tezligi, odatda, 2-3 m/sek dan 10-12 m/sek gacha o’zgaradi, dovullarda u
30 m/sek gacha, ba’zida 60 tn/sek gacha yetishi mumkin. Tropik dovullarda
shamol tezligi 65 m/sek, keskin kuchayishi 100 m/sek gacha yetadi. Kichik
masshtabli uyurmalarda (quyun, tromb, tornado) shamol tezligi 100 m/sek dan
katta bo’lishi mumkin. Yuqori troposfera va quyi stratosferadagi tez havo
oqimlarida shamolning o’rtacha tezligi 70-00 m/sek gacha yetishi
mumkin.Meteorologiyada shamol yo’nalishi sifatida shamol qaysi tomondan
esayotgan bo’lsa, shu yo’nalish qabul qilinadi. Masalan, shimoliy yo’nalish
deyilganda, shamol shimoldan esayotgan bo’ladi.
Shamol yo’nalishini aniqlash uchun gorizontning 8 asosiy: shimol, shimoliy-
sharq, sharq, janubiy-sharq, janub, janubiy-g’arb, g’arb, shimoliy-g’arb va ular
orasida 8 oraliq: shimol shimoliy-sharq, sharq shimoliy-sharq, sharq janubiy-sharq,
janub janubiy-sharq, janub janubiy-g’arb, g’arb janubiy-g’arb, g’arb shimoliy-
18
g’arb va shimol shimoliy-g’arb rumblari ajratihdi. Shamol yo’nalishini
ko’rsatuvchi bu 16 rumblar quyidagicha qisqartirilgan belgilarga ega (Pеtrоv,
2007).
Agar shamol yo’nalishi meridian yo’nalishiga nisbatan xarakterlansa u holda
burchak shimoliy yo’nalishdan soat mili bo’yicha sanaladi. Shimoliy yo’nalishdagi
shamol uchun burchak 0° yoki 360° ga, shimoliy-sharq-45°ga, sharqiy-90° ga,
janubiy-180° ga, g’arbiy-270° ga teng bo’ladi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida
shamol yo’nalishi, odatda, graduslarda, meteorologik stansiyalarda esa rumblarda
o’lchanadi.
Shamol tezligi kabi shamol yo’nalishi ham tekislangan va oniy qiymatlarga
ega bo’lishi mumkin. Shamol yo’nalishining oniy qiymatlari o’rtacha qiymat
(tekislangan yo’nalish) atrofida tebranadi.Shamol kuzatishlarining iqlimiy
ishlovida, har qanday pumkt uchun asosiy rumblar bo’yicha shamol yo’nalishi
takrorlanuvchanligining taqsimotini ko’rsatuvchi diagrammani tuzish mumkin. Bu
diagramma shamollar guli deb ataladi. Qutbiy koordinatalar boshidan rumblar
bo’yicha (8 yoki 16) uzunliklari ko’rilayotgan yo’nalishdagi shamolning
takrorlanuvchanligiga mutanosib bo’lgan kesmalar qo’yilib chiqiladi.
Kesmalarning uchlari siniq chiziq bilan birlashtirilishi mumkin. Shtil (shamol
tezligi nolga tengligi) takrorlanuvchanligi diagramma markazida (koordinatalar
boshida) raqam bilan ko’rsatiladi.Iqlimiy kartalarda shamol yo’nalishini tasvirlash
uchun uning yo’nalishi turli usullar bilan umumlashtiriladi. Kartaning turli joylari
uchun shamollar gulini tushirish mumkin. Ko’p yillik davr mobaynida u yoki bu
kalendar oy uchun shamolning barcha tezliklarining teng ta’sir etuvchisini aniqlash
mumkin. So’ng bu teng ta’sir etuvchini shamolning o’ngacha yo’nalishi sifatida
qabul qilish mumkin. Lekin ko’p hollarda shamolning ustuvor yo’nalishi
aniqlanadi. Buning uchun eng ko’p takrorlanuvchanligi bilan belgilanadigan
kvadrant aniqlanadi. Ustuvor yo’nalish sifatida kvadrantning o’rtacha chizig’i
qabul qilinadi.
Havo oqimi turbulent bo’lganligi sababli shamolning tezligi va yo’nalishi
vaqt o’tishi bilan u yoki bu darajada tebranib turadi. Tezligi va yo’nalishi keskin
19
o’zgaradigan shamol birdaniga kuchayadigan shamol deb ataladi. Shamolning
birdaniga kuchayishi nihoyatda keskin bo’lsa, u qasirg’a deb ataladi. Tezligi 5-8
m/sek ga teng bo’lgan shamol mo’tadil, 14 m/sek dan ortiqrog’ kuchli, 20-25
m/sek dan ortiqrog’ dovul, 30 m/sek dan kattarog’ talofat keltiruvchi dovul
(uragan) deb ataladi. Qasirg’ada shamolning qisqa muddatli keskin kuchayishlari
20 m/sek gacha va undan ortiqroq bo’ladi.Yer sirti yaqinida qisqa muddatli
shamolsizlik maydoni yuzaga kelishi mumkin bu shtil deb ataladi.
Shamolni vektor kattalik sifatida uzunligi tezlikning son qiymatini
(tanlangan masshtabda), yo’nalishi esa shamol qaysi tomonga yo’nalganligini
xarakterlovchi ko’rsatkich bilan ifodalash mumkin. Masalan, agar shamol
shimoliy yo’nalishga ega bo’lsa, uning ko’rsatkichi janubga yo’nalgan bo’lishi
kerak. Shunday qilib, shamolning fazoviy taqsimoti vektor maydonidan iborat
bo’ladi. Uni turli usullar bilan grafik tasvirlash mumkin. Mag’nit yoki elektr
maydonlarining kuch chiziqlari kabi shamol ham oqim chiziqlari yordamida eng
ko’rgazmali tasvirianadi. Maydonning shamol ma’lum bo’lgan har bir nuqtasida
shamol u esayotgan yo’naiishga ega bo’lgan ko’rsatkich bilan tushiriladi. So’ngra
xaritada oqim chiziqlari maydonning har bir nuqtasida shamolining yo’nalishi shu
nuqtadan o’tuvchi chiziqqa urinma yo’nalishiga mos keladigan tarzda o’tkaziladi.
Maydonning berilgan qismida shamol tezligi qanchalik katta bo’lsa, oqim
chiziqlari shunchalik bir-biriga yaqin o’tkaziladi. Shunday qilib xaritada oqim
chiziqlari oilasi (sistema) hosil bo’ladi. Ularga qarab berilgan vaqtda, berilgan
sohada havo qanday oqimga ega ekanligi to’g’risida bir qaraganda xulosa qilish
mumkin bo’ladi.
Agar shamol maydoni turg’unlashgan bo’lsa, ya’ni vaqt o’tishi bilan
tezliklar taqsimoti o’zgarmasa, oqim chiziqlari havo zarralarining trayektoriyalari
bilan mos tushadi. Agar bu shart bajarilmasa, oqim chiziqlari shamoli maydonining
oniy suratini aks ettirgandek bo’ladi.
To’shalgan sirtning xususiyatlari ta'sirida hosil bo’luvchi katta bo’lmagan
gorizontal masshtabga ega bo’lgan havo oqimlari mahalliy sirkulyatsiyalar yoki
mahalliy shamollar deb ataladi. Yer sirtining atmosferaga ikki turdagi ta'siri
20
mavjud termik va mexanik. Yer sirtining yondosh qismlaridagi issiqlik, radiatsion
va boshqa xossalarning farqi harorat gorizontal farqining hosil bo’lishiga olib
keladi. O’z navbatida bu farqlanish shamolning hosil bo’lishiga olib keluvchi
bosimning gorizontal gradiyentini paydo qiladi. Bunday shamollarga brizlar, tog’-
vodiy va muzliklar shamollari kiradi. Yirikroq masshtabdagi havo oqimining
tezligi qanchalik kichik bo’lsa, mahalliy shamollar shunchalik yaxshi ifodalangan
bo’ladi.
Mahalliy to’siqlar (tog’lar, balandliklar, o’rmonlar) tomonidan
ko’rsatiladigan mexanik ta'sir ostida havo oqimi o’zgarishlarga uchraydi. Vodiylar,
tog’ daralarida oqim tezligi ularning ko’ndalang kesimiga bog’liq ravishda
o’zgaradi. Shamolga qaragan yonbag’irlarda havoning yuqoriga yo’nalgan
harakati, shamolga teskari yonbag’irlarda pastga yo’nalgan harakati kuzatiladi.
Bunday shamollarga fyonlar, bora, pastlama oqim shamollari va tog’lar orasidagi
o’tish joylari shamollari kiradi.
Ayrim hududlardagi tabiatan umumiy sirkulyatsiya oqimlari hisoblangan
kuchli va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan shamollar ham mahalliy
shamollarga kiradi. Ularning namoyon bo’lish intensivligi va qaralayotgan
geografik hududga xosligi umumiy sirkulyatsiya mexanizmining o’zi va sinoptik
jarayonlar geografik taqsimotining oqibati hisoblanadi. Bunday shamollarga o’rta
Yer dengizidagi Sirokko, O’rta Osiyoning janubi-sharqidagi afg’on shamoli,
Farg’ona vodiysidagi qo’qon shamoli va yer sharining turli joylaridagi ko’p sonli
boshqa shamollar kiradi.Sanab o’tilgan guruhlarga kiruvchi asosiy mahalliy
shamollarni ko’rib chiqamiz.Termik kelib chiqishga ega bo’lgan mahalliy
shamollar yaxshi ifodalangan sutkalik davriylikka ega.
Brizlar – bu quruqlik sirti haroratining sutkalik o’zgarishlari bilan bog’liq
bo’lgan dengiz va katta ko’llarning sohil chizig’idagi shamollardir. Kunduzi
quruqlik sirti isiydi va uning harorati dengiz sirti haroratiga nisbatan yuqoriroq
bo’ladi. Shuning uchun quruqlik ustida izobarik sirtlar dengizga nisbatan
balandroqqa ko’tariladi. Ma'lum balandlikda dengiz tomonga yo’nalgan bosim
gorizontal gradiyenti hosil bo’ladi va havoning dengiz tomonga harakati
21
boshlanadi. Balandlikda havoning bunday oqishi yer sirti yaqinida quruqlik ustida
bosimning pasayishi va dengiz ustida uning ko’tarilishiga olib keladi. Natijada
quyi izobarik sirtlar yuqoridagiga qarama-qarshi og’adi quyi qatlamda dengizdan
quruqlikka yo’nalgan bosim gradiyenti va unga mos havo oqimi hosil bo’ladi.
Quyi qatlamdagi havoning bu oqimi kunduzgi dengiz brizidir.
Buning aksi bo’lgan sharoitlar tunda, quruqlik sovigan va dengizga nisbatan
sovuqroq bo’lganda kuzatiladi. Bu holda quyi qatlamda havoning sohildan
dengizga harakati tungi sohil brizi, uning ustida esa qarama-qarshi oqim hosil
bo’ladi. Kechki paytda dengiz brizining sohil briziga, ertalab esa, aksincha,
almashish yuz beradi.Brizlar ob-havo ochiq va havoning umumiy oqimi kuchsiz
bo’lganda yaqqol ifodalanadi. Bunday sharoitlar kam gradiyentli barik
maydonlarda, masalan, antisiklonlaming ichki qismida yuzaga keladi. Havoning
umumiy oqimi brizlarning shakllanishini sezilarli buzishi mumkin. Brizlarda
shamol tezligi 3-5 m/s ni, tropiklarda kattaroq qiymatlarni tashkil etadi.Eng yaqqol
ifodalangan briz sirkulyatsiyasi subtropik antisiklonlarda, masalan, sutka davomida
quruqlik ustida keskin harorat o’zgarishlari yuz beradigan, umumiy bosim
gradiyentlari kam bo’lgan cho'1 sohillarida kuzatiladi. To’la shakllangan brizlar
yilning iliq oylarida (apreldan sentabrgacha) Qora, Axov, Kaspiy kabi o’rta
kengliklar dengizlarida kuzatiladi.
Brizlar bir necha yuz metr, ba'zida 1-2 km gacha bo’lgan qatlamni egallaydi.
Kunduzgi briz tungi brizga nisbatan qalinroq bo’lgan qatlamda kuzatiladi.
Tropiklarda brizlarning quvvati yuqori kenglikdagilarga nisbatan kattaroq. Brizlar
sohil chizig’idan quruqlik yoki dengiz ichkarisiga o’nlab kilometrlargacha
tarqaladi.
Dengiz brizi sovuq front bilan umumiylikka ega. Kunduzgi briz
quruqlikdagi haroratni birmuncha pasaytiradi va nisbiy namlikni orttiradi. Bunday
holat tropiklarda, ayniqsa, keskin yuz beradi. Madrasda (Hindiston) dengiz brizi
sohildagi havo haroratini 2-3°C ga pasaytiradi, namlikni esa 10-20% ga orttiradi.
G’arbiy Afrikada dengiz brizi qizigan qit'a havosining o’rniga kelib, haroratni
10°C va undan ko’proqqa pasaytirishi va nisbiy namlikni 40% va undan ko’proqqa
22
orttirishi mumkin.San-Fransisko ko’rfazida katta doimiylik bilan esuvchi dengiz
brizi juda kuchli iqlimiy ta'sirga ega. Dengiz brizi quruqlikka sovuq Kaliforniya
dengiz oqimi hududidan kelganligi uchun San-Fransiskodagi yoz oylarining
o’rtacha harorati kenglik bo’yicha 4° janubda joylashgan Los-Anjelesdagi
haroratga nisbatan 5-7° ga pastroq, qishki haroratlar esa 2-3°C ga pastroq bo’ladi.
Brizlar barcha ko’llar (Ladoga, Issiqko'1, Baykal, Balxash, Sevan va boshqalar) va
suv omborlari (Chorvoq, Chordara, Tuyamo’yin va boshqalar) sohillarida
kuzatiladi.
Tog’-vodiy shamollari bu- tog’ yonbag’irlari va shu balandlikda vodiy
ustidagi atmosfera havosi o’rtasidagi harorat gorizontal farqining ta'sirida hosil
bo’luvchi shamollardir. Kunduzi quyoshga qaragan tog’ yonbag’irlari shu
balandlikda vodiy ustidagi atmosfera havosiga nisbatan yuqoriroq haroratga ega
bo’ladi, ya'ni tog’ yonbag’ridan vodiyga yo’nalgan haroratning gorizontal
gradiyenti hosil bo’ladi. Bu gradiyentning ta'sirida havoning yopiq harakati yuzaga
keladi. Quyi qatlamda shamol tog’ yonbag’ri bo’ylab vodiydan tog’ga, yuqori
qatlamda tog’ yonbag’ridan vodiyga yo’naladi. Tunda tog’ yonbag’irlari shu
balandlikda vodiy ustidagi atmosfera havosiga nisbatan tezroq soviydi. Natijada
havoning kunduzgi yo’nalishiga qarama-qarshi harakat paydo bo’ladi.
Yonbag’irlar shamollariga butun vodiy va unga tutash tekislik o’rtasidagi
tog’-vodiy shamollari sxemasi yirikroq masshtabdagi havo harakati qo’shiladi.
Isigan tog’ yonbag’irlari ta'sirida kunduzi vodiydagi havo harorati shu balandlikda
tekislik ustidagi havo haroratidan yuqoriroq bo’ladi. Shuning uchun dengiz brizi
holida sohil ustida bo’lgani kabi vodiyda tog’ning cho’qqisigacha bo’lgan
balandlikkacha bosim tekislikdagiga nisbatan past, undan yuqori balandliklarda esa
yuqori bo’ladi. Bu holat izobarik sirtlarning og’ishidan ko’rinib turibdi. Natijada
kunduzi cho’qqidan pastdagi sathda tekislikdan vodiyga yo’nalgan havo oqimi
vodiy shamoli shakllanadi, yuqorida esa aksincha jarayon sodir bo’ladi. Tunda
vodiydagi havo tekislikdagiga nisbatan sovuqroq va vodiy ichida yuqoriroq bosim
hosil bo’ladi. Havoning vodiy bo’ylab pastga, tekislikka ko’chishi tog’ shamolini
yuzaga keltiruvchi bosim gradiyentlari hosil bo’ladi. Uning ustida tog’ga
23
yo’nalgan qarama-qarshi ko’chish shakllanadi. Tog’-vodiy shamollari Alp,
Kavkaz, Pomir, Tyan-Shan va boshqa tog’li o’lkalarning ko’plab vodiy va
chuqurliklarida asosan yilning iliq yarmida yaxshi ifodalangan. Ularning vertikal
qalinligi sezilarli bo’lib, kilometrlarda o’lchanadi, shamollar vodiyning tog’
cho’qqilarigacha butun ko’ndalang kesimini egallaydi. Odatda bu shamollar kuchli
emas, biroq ayrim hollarda ularning tezligi 10 m/s va undan katta bo’lishi mumkin
Yuqoridagi holatlarni respublikamiz misolida qarab chiqadigan bo’lsak,
quyidagi holatlarni kuzatishimiz mumkin.
O’zbеkistоndа shаmоllаr yo’nаlishi vа хususiyatlаri аtmоsfеrа
sirkulyatsiyasi vа bоsimlаrning o’zgаrishigа, hаrоrаtgа hаmdа jоy оrоgrаfik
tuzilishigа uzviy bоg’liqdir. O’zbеkistоndа yil bo’yi shаmоllаr shimоli g’аrbiy,
shimоliy vа shimоli shаrqiy tоmоndаn esib turаdi. Lеkin Rеspublikаning shаrqiy
qismidа jоylаshgаn tоg’ оldi vа tоg’lаrdа rеl’еfning tа’siridа shаmоllаrning
yo’nаlishi o’zgаrib, ko’prоq tоg’, vоdiy vа fyon kаbi shаmоllаr
esаdi.O’zbеkistоndа qishdа shаmоllаrning yo’nаlishi Sibir аntitsiklоni vа Turоn
tеkisligining jаnubidаgi siklоnlаr tа’siridа bo’lаdi. Shuning uchun Rеspublikаning
tеkislik qismining shimоlidа ko’prоq shimоli shаrqiy tоmоndаn esаdigаn
shаmоllаr bo’lsа, jаnub tоmоn ulаrning yo’nаlishi o’zgаrib, shimоliy vа so’ngrа
jаnubi shаrqiy tоmоndаn esа bоshlаydi.Yozdа Turоn tеrmik dеprеssiyasi vujudgа
kеlib, shimоli g’аrbdаn, shimоldаn vа shimоli shаrqdаn sоvuq hаvо mаssаsini
«nаsоs» kаbi tоrtib оlаdi. Shu sаbаbli yozdа O’zbеkistоn tеkislik qismigа аsоsаn
yil bo’yi esаdigаn shаmоlning 36%i shimоli shаrqiy, 15%i shimоliy tоmоnlаrgа
to’g’ri kеlsа, Kоgоndа 33%i shimоli g’аrbiy, 32%i shimоliy yo’nаlishdаgi
shаmоllаr esаdi. Yozdа hаm O’zbеkistоnning tоg’ оldi vа tоg’li qismlаridа
rеl’еfning tа’siridа shаmоllаrning yo’nаlishi o’zgаrаdi, ko’prоq tоg’ vоdiy
shаmоllаri esаdi: Surхоn Shеrоbоd vоdiysidа (Tеrmizdа) yil bo’yi esаdigаn
shаmоlning 26%i jаnubi g’аrbiy, 24%i g’аrbiy yo’nаlishdаgi shаmоllаr bo’lsа,
Zаrаfshоn vоdiysidа (Sаmаrqаnddа) 34%i jаnubi shаrqiy, 19%i shаrqiy
shаmоllаrgа to’g’ri kеlаdi.Fаrg’оnа vоdiysining аtrоfi bаlаnd tоg’lаr bilаn
o’rаlgаnligi tufаyli qishdа uning shаrqidа mаhаlliy аntitsiklоn, yozdа аksinchа
24
vоdiy mаrkаziy qismi qizib kеtib, mаhаlliy pаst bоsimli mаrkаzi vujudgа kеlаdi.
SHu sаbаbli qishdа shаmоllаr ko’prоq shаrqdаn g’аrbgа, yozdа esа аksinchа
g’аrbdаn shаrqqа tоmоn esаdi: Fаrg’оnа vоdiysining shаrqiy qismidа jоylаshgаn
Аndijоndа о’ktyabrdаn iyungаchа shаrqdаn, shimоli shаrqdаn vа jаnubi shаrqdаn
esаdigаn shаmоllаr 43-45% ni tаshkil etsа, iyundаn о’ktyabrgаchа ko’prоq
shаmоllаr g’аrbiy, jаnubi g’аrbiy vа shimоli g’аrbiy tоmоndаn esib 38-44%ni
tаshkil etаdi.Chirchiq Оhаngаrоn vоdiysi ko’prоq tоg’vоdiy sirkulyatsiyasi
tа’siridа bo’lib, kеchаsi tоg’lаrdаn shimоli, shаrqdаn kunduzi esа jаnubi, g’аrbdаn
vоdiy shаmоli esаdi. Shu sаbаbli Tоshkеntdа yil bo’yi esаdigаn shаmоllаrning
36%i shimоli, shаrqdаn vа shаrqdаn, 31% i esа jаnubi, g’аrbdаn vа g’аrbdаn
esаdigаn shаmоllаrgа to’g’ri kеlаdi.O’zbеkistоndа shаmоlning o’rtаchа yillik esish
tеzligi unchа kаttа emаs. Uning tеkislik qismidа tеzligi sеkundigа 3-4,6 m аtrоfidа
(Kоgоndа 2,8 m, Tоmdidа 3,7 m, Urgаnchdа 3,4 m, Churukdа 4,6 m) bo’lsа, tоg’
оldi qismidа esа sеkundigа 1,5-3 m dаn (Tоshkеntdа-1,4m, Sаmаrqаnddа-1,4 m,
Tеrmizdа-2,6 m) оshmаydi. O’zbеkistоndа kuchli shаmоllаr (tеzligi sеkundigа 15
m.dаn оrtik) uning tеkislik qismidа kаm bo’lib, yiligа 3-11 kungаchа (Хivаdа-3
kun, Buхоrо vа Kоgоndа-5 kun, Tоmdidа-10 kun, Chkmbоydа-3 kun) bоrаdi.
Lеkin O’zbеkistоnning tоg’ оldi qismidа, vоdiylаrning tоrаygаn jоylаridа vа ungа
yaqin hududlаrdа (Mirzаcho’l, Fаrg’оnа vоdiysining «Хo’jаnd dаrvоzаsi»
аtrоfidа, Sаngzоr vоdiysining Mirzаcho’lgа chiqаvеrishidа vа bоshqа jоylаrdа)
kuchli shаmоllаr sоdir bo’lib, tеzligi sеkundigа 15 m.dаn оshаdigаn kunlаr
yiligа 15dаn 64 kungаchа (Tеrmizdа-15 kun, Jizzахdа -24 kun, Qo’qоndа -39
kun, Ursаtеvsyushdа -47 kun, Zаpоrоjеskаyadа - 64 kun) bоrаdi.
O’zbеkistоndа, хususаn Fаrg’оnа vоdiysining «Хo’jаnd dаrvоzаsi» аtrоfidа
Mirzаcho’l tоmоngа esuvchi shаrqiy, jаnubi shаrkiy 546 shаmоllаr Bеkоbоd
(Хоvоs) shаmоli dеb аtаlib, tеzligi qishdа bа’zаn sеkundigа 30-40 m.gа еtаdi. Bu
shаmоl Fаrg’оnа vоdiysining shаrqidа yuqоri bоsim, «Хo’jаnd dаrvоzаsi»ning
g’аrbidа esа siklоnlаr bo’lgаndа kuchаyib, tоg’lаrdаn vоdiygа tushib to’plаngаn
sоvuq hаvо g’аrbgа qаrаb hаrаkаt qilаdi hаmdа dаrvоzаgа kеlgаch siqilib, tеzligi
оshаdi. Аksinchа, bаhоr vа kuzdа g’аrbdаn Fаrg’оnа vоdiysi tоmоn «Qo’qоn»
25
shаmоli esib, tеzligi sеkundigа 1525 m gа еtаdi. Qo’qоn shаmоlining vujudgа
kеlishi g’аrbdаn kirib kеlgаn sоvuq frоntlаrgа bоg’liq.O’zbеkistоndа Bеkоbоd,
Qo’qоn shаmоllаridаn tаshqаri yanа Afg’оn, fyon, gаrmsеl kаbi mаhаlliy
shаmоllаr hаm bоr. Аfg’оn shаmоli Surхоndаryo vоdiysi uchun хоsdir. Bu
shаmоlning vujudgа kеlishi shimоldаn vа shimоli g’аrbdаn sоvuq hаvоning kirib
kеlishi bilаn bоg’liq. O’shа sоvuq hаvо Kоpеtdоg’ vа Pаrаpоmiz tоg’lаridаn оshib
o’tоlmаy to’plаnib, bоsimi pаst, qizigаn Surхоn-Vахsh vоdiysi tоmоngа
Аfg’оnistоn hududi оrqаli аylаnib o’tаdi. Аfg’оn shаmоlining tеzligi bа’zаn
sеkundigа 15-20 m. gа еtib, chаngto’zоn аrаlаsh Surхоndаryo vоdiysigа kirib
kеlib, 1-2 kun, аyrim hоllаrdа 3-4 kun surunkаsigа esаdi. Nаtijаdа chаng -to’zоnli
оb-hаvо vujudgа kеlib, bа’zаn 100-200 m. nаridаgi nаrsаlаrni ko’rish qiyinlаshаdi.
Аfg’оn shаmоli bаhоrdа esgаndа chаng-to’zоnlаr hоsil qilib, qishlоq хo’jаlik
ekinlаrini qоvjirаtib, bаrgigа chаng o’tirib quritib, kаttа zаrаr yеtkаzаdi.
O’zbеkistоn tоg’ оldi qismlаridа, хususаn Chirchiq Оhаngаrоn, Fаrg’оnа
kаbi vоdiylаridа qish vа bаhоrdа fyon shаmоli tеz tеz esib turаdi. Fyonlаr qish vа
bаhоrdа Rеspublikа tеkislik qismigа siklоnlаr (pаst bоsimli) kirib kеlgаnlаridа
tоg’lаrdаn sоvuq hаvоning pаstgа qаrаb hаrаkаt qilishigа sаbаbchi bo’lаdi. Tоg’
yonbаg’ri bo’ylаb pаstgа tushаyotgаn hаvо zichlаshib, hаr 100 m. gа bir dаrаjа
isiydi, оqibаtdа Rеspublikа tоg’ оldi qismigа еtib kеlgunchа hаvоning hаrоrаti
ko’tаrilib 24° gаchа isishi mumkin. Fyon shаmоli issiq vа quruq bo’lib, bа’zаn
sеkundigа 5-10m tеzlikdа esаdi, nаtijаdа shаmоl yеtib kеlgаn hududning nisbiy
nаmligi kаmаyadi, hаrоrаti ko’tаrilib, qоrlаrning erishi tеzlаshаdi.
O’zbеkistоndаgi yanа bir mаhаlliy shаmоl bu gаrmsеldir. U issiq vа quruq
shаmоl bo’lib, bаhоr vа yozdа esаdi. Gаrmsеl esgаndа hаrоrаt ko’tаrilib, 40° dаn
оshаdi, аksinchа, nisbiy nаmlik pаsаyib, 5-10% gа tushib qоlаdi. Bа’zаn gаrmsеl
esgаndа tеzligi sеkundigа 15-20 m. gа yеtib, hаvоgа quyuq to’zоn ko’tаrilаdi,
оsmоn хirаlаshib, dim bo’lib, hаrоrаt ko’tаrilib kеtаdi. Оqibаtdа qishlоq хo’jаlik
ekinlаri, hаttо mеvаli dаrахtlаr zаrаr ko’rаdi, ulаrning bаrglаri sаrg’аyib, qurib
to’kilib kеtаdi.Gаrmsеllаr O’zbеkistоnning Buхоrо, Sаmаrqаnd, Nаvоiy, Jizzах,
Sirdаryo vilоyatlаridа, Fаrg’оnа vоdiysidа tеz-tеz esib turаdi. Хоrаzm vilоyati vа
26
Qоrаqаlpоg’istоndа esа kаmrоq bo’lаdi.Gаrmsеlning hоsil bo’lishi hаqidа hаr хil
fikrlаr mаvjud. Bа’zilаr Qizilqum vа Qоrаqumdа qizigаn hаvоning аtrоfgа
esishidаn vujudgа kеlаdi, dеsа, bоshqаlаr yuqоri bоsimli hаvо mаssаsining cho’l
ustidаgi hаvо оrаsigа kirib, uni аtrоfgа hаydаshidаn hоsil bo’lаdi, dеydi.
Bоshqаlаrning fikrichа, gаrmsеl Erоn tоmоndаn Turоn tеkisligigа kirib kеluvchi
hаvо оqimi Turkmаnistоn Хurоsоn tоg’lаridаn оshib o’tishdа siqilib isishidаn hоsil
bo’lаdi. Ya’nа bir guruh оlimlаr fikrichа tоg’lаrgа g’аrbdаn, shimоli g’аrbdаn
sоvuq оqim yaqinlаshgаndа оqim оldidаn bоsim pаsаyadi, nаtijаdа shаrqdаn yoki
jаnubi shаrqdаn shаmоllаr esishidаn gаrmsеl vujudgа kеlаdi.
O’zbеkistоn hududidа аsоsiy shаmоllаrning yo’nаlishi fаsllаrgа qаrаb fаrq
qilаdi. Rеspublikаning shimоliy tеkislik qismidа qish оylаridа shаmоllаr ko’prоq
shimоli-shаrqdаn esаdi. Jаnubgа tоmоn shаmоllаr yo’nаlishi o’zgаrib, аvvаl
shаrqdаn, so’ngrа jаnubi-shаrqdаn esаdi. Bungа qishdа yuqоri bоsim mаrkаzi
Mаrkаziy Оsiyo (Sibir) аntisiklоni sаbаb bo’lаdi. Yozdа аsоsiy shаmоllаr
yo’nаlishi O’rtа Оsiyo jаnubi vа Hindistоnning shimоli-g’аrbidаgi pаst bоsim
mаrkаzlаrining tаrkib tоpishi nаtijаsidа o’zgаrаdi. Yozdа O’zbеkistоn hududi
Turоn tеrmik dеprеssiyasi tа’siridа bo’lgаndа shаmоl аsоsаn shimоli-g’аrbdаn,
g’аrbdаn vа shimоli-shаrq tоmоnlаrdаn esаdi. Rеspublikаmizning shаrqiy tоg’ оldi
vа tоg’li hududlаridа shаmоlning yo’nаlishigа rеl’еf kаttа tа’sir ko’rsаtаdi. Bu
yеrlаrdа аsоsаn shаrqiy, jаnubi-shаrqiy shаmоllаr ko’p esаdi. Bu hududlаrdа tоg’-
vоdiy, fyon kаbi mаhаlliy shаmоllаr ko’prоq bo’lаdi.
O’zbеkistоndа shаmоlning o’rtаchа tеzligi umumаn оlgаndа kаttа emаs.
Tеkisliklаridа shаmоl tеzligi sеkundigа 3-4 mеtr аtrоfidа bo’lsа, tоg’ оldi vа
tоg’lаrdа sеkundigа 3 mеtrdаn kаmrоqdir. Shаmоlsiz kunlаr hаm ko’p, аyrim
jоylаridа bu ko’rsаtkich yilning yarmidаn ko’prоg’igа to’g’ri kеlаdi. Kuchli
shаmоllаr rеspublikаmizdа tоg’ оrаliq bоtiqlаridаn tеkislikkа chiqish jоylаridа
kuzаtilаdi. Fаrg’оnа vоdiysidаn «Хo’jаnd dаrvоzаsi» оrqаli Mirzаcho’l tоmоn
«Bеkоbоd» yoki «Hоvоs» shаmоli esаdi. U yiligа o’rtа hiоbdа 52 kun kuzаtilаdi.
Dаrvоzа оrqаli Mirzаcho’ldаn Fаrg’оnа vоdiysi tоmоngа esuvchi shаmоlgа
«Qo’qоn» shаmоli dеyilаdi. Bu shаmоl yiligа o’rtа hisоbdа 53 kun kuzаtilаdi.
27
«Bеkоbоd» shаmоli аsоsаn qishdа, ya’ni dаrvоzаdаn g’аrbdа bоsim pаst, shаrqdа,
Fаrg’оnа vоdiysidа yuqоri bo’lgаndа esаdi, shаmоlning tеzligi sеkundigа 30-40
mеtrgаchа yеtаdi. Yozdа shаmоlning tеzligi kаmrоq, sеkundigа 15-25 mеtr
аtrоfidа bo’lаdi. Хo’jаnd dаrvоzаsining hаr ikkаlа tоmоnidа yiligа o’rtа hisоbdа
40-60 kun kuchli shаmоl esаdi.
Tоg’-vоdiy shаmоli Rеspublikаmizning bаrchа vоdiylаridа kuzаtilаdi,
аyniqsа Chirchiq-Оhаngаrоn vоdiysidа bаrqаrоr bo’lаdi. Tоg’-vоdiy shаmоli
tеkislik vа tоg’dаgi hаvо bоsimidаgi fаrqdаn kеlib chiqib, kunduz kuni vоdiy
bo’ylаb tоqqа, tundа esа tоg’dаn pаstgа tоmоn esаdi.
Rеspublikаmizning tоg’ оldi hududlаridа qish vа bаhоr оylаridа tоg’dаn
pаstgа qаrаb esаdigаn iliq, quruq fyon shаmоli хоsdir. Siklоn pаst bоsimli
bo’lgаnidаn hаvоning tоg’ vоdiylаri bo’ylаb pаstgа tushishigа sаbаb bo’lаdi.
Pаstgа tushаyotgаn hаvо zichlаshib, hаr 100 mеtrdа o’rtа hisоbdа 10 gа isiydi.
Hаvоgа ko’tаrilgаn chаng zаrrаchаlаri Quyosh nuridа qizib, ulаr hаm hаvоning
isishigа sаbаb bo’lаdi. Bu hоdisа «Vоеykоv effеkti» dеb аtаlаdi. Qishdа fyon
shаmоli esgаndа, mаsаlаn, Chirchiq vоdiysidа hаvо to’sаtdаn isib kеtib, hаrоrаt Q
200 gаchа ko’tаrilаdi vа bundаy hоlаt 3-4 kun dаvоm etаdi.
Yoz vа bаhоrdа esаdigаn kuchli, issiq, quruq shаmоl gаrmsеl dеyilаdi. U
Qizilqumdа qizigаn quruq hаvоning аtrоfgа esishidаn hоsil bo’lib, bаhоr vа yozdа
kuzаtilаdi. Tеzligi sеkundigа 15-20 mеtrgаchа еtаdi. Gаrmsеl esgаndа hаvо
hаrоrаti kеskin ko’tаrilib, 400 dаn оshаdi, nisbiy nаmlik 5-10 % gаchа pаsаyadi,
bа’zаn quyuq to’zоn ko’tаrilаdi. Jаzirаmа issiq vа tuprоqdа nаm yеtishmаsligi
nаtijаsidа ekinlаr quriydi. Аyrim hоllаrdа chаng bo’rоnlаri ko’tаrilib, hаvо
хirаlаshаdi, nаfаs оlish qiyinlаshаdi. Bundаy hоdisа Fаrg’оnа vоdiysidа,
Sаmаrqаnd vа Buхоrо vilоyatlаridа yiligа o’rtа hisоbdа 10-15, bоshqа yеrlаrdа 4-
10 mаrtа kuzаtilаdi.
Surхоndаryo vilоyatining eng jаnubidа tеz-tеz kuzаtilаdigаn g’аrbiy vа
jаnubi-g’аrbiy kuchli shаmоlni «Аfg’оn» shаmоli dеyilаdi. Bu shаmоlning pаydо
bo’lishi sоvuq hаvоning O’rtа Оsiyo tеkislik qismigа bоstirib kirishi vа sоvuq
frоntning yaqinlаshishigа bоg’liq. Shimоldаn kеlgаn hаvо sоvuq, zich vа оg’ir
28
bo’lgаnligidаn jаnubdаgi Pаpаrаmiz tоg’lаridаn o’tа оlmаy, tеkisliklаrdа to’plаnib,
yuqоri bоsim mаrkаzi vujudgа kеlаdi. Hisоr vа Ko’htаng tоg’lаri bilаn to’silgаn
Surхоndаryo, Kаfirnihоn, Vахsh hаvzаlаridа esа hаvо iliq, bоsim pаst bo’lаdi.
Shungа ko’rа, bu hududlаrgа qаrаb kuchli g’аrbiy vа jаnubi-g’аrbiy shаmоllаr
esаdi. Tеrmiz yaqinidа Аfg’оn shаmоli yiligа o’rtа hisоbdа 16 kun esаdi. Bu
shаmоl tоg’lаrdаn оshib tushib, qishdа iliq hаvо, bоshqа vаqtlаrdа esа issiq hаvо
kеltirаdi. Uning tеzligi аyrim vаqtlаrdа sеkundigа 15-20 m gа еtаdi, qum vа
chаngni to’zitаdi, bа’zаn hаvоni shu qаdаr хirаlаshtirаdiki, 100-200 mеtr nаridаgi
хеch nаrsаni ko’rib bo’lmаydi. Bu shаmоl bаhоrdа esgаndа qishlоq хo’jаligigа
judа kаttа zаrаr yеtkаzаdi. O’zbеkistondа kuzаtilаdigаn iqlimning nоqulаy
хususiyatlаrigа qishki qаttiq sоvuqlаr, kuzdа sоvuqning ertа tushishi, bаhоrdаgi
kеchki sоvuqlаr, jаlа yomg’irlаr, do’llаr, qаlin qоr yog’ishi vа yaхmаlаklik, yozgi
jаzirаmа issiqlаr, kuchli shаmоllаr, chаng-to’zоn ko’tаrilishi, issiq shаmоl
(gаrmsеl) va bоshqаlаr kirаdi.
Xulosa qilsak, Respublikamizda quyosh radiatsiyasining miqdori hududning
iqlim ko’rsatkichlaridagi tafovutlarni yuzaga keltirgan bo’ilb, u shamollar
yo’nalishlarining ham o’ziga xosligini belgilab beradi.
29
II-BOB. GIS VA UNDAN IQLIM PARAMETRLARINI KO’RSATISHDA
FOYDALANISH MASALALARI.
2.1-§ GISning gegrafik tadqiqotlar qo’llanishi va ahamiyati
GIS bu avvalоmbоr planеtamizda sоdir bo’layotgan vоqеa hоdisalarni va
fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish hamda dеyarli har handay sоhada qarоr qabul
qilish jarayonini tеzlashtirish uchun yordam bеradigan, kartalar yaratish uchun
хizmat qiladigan zamоnaviy kоmp’tеr tехnоlоgiyasidir (Shamsi, 2005;
G’ulomova, 2007, 2010). GISni hоzirgi kunda zamоnaviy kоmp’yutеr
tехnоlоgiyalarisiz tasavvur qilish mumkin emas, qanchalik tеz kоmpyutеr
dasturlari rivоjlanar ekan shunchalik tеzlik bilan GIS ham rivоjlanib bоradi. GIS
оrqali amalga оshiriladigan har qanday amaliy tahlillarni barchasi kоmpyutеr
dasturlari оrqali amalga оshiriladi. GIS оrqali biz ma’lumоtlarni so’rash, fazоviy
ma’lumоtlarni tahlil qilish, ularni birlashtirish, ularni ko’rish, mavjud
ma’lumоtlardan yangi ma’lumоt yaratish va bоshqa turli tuman masalalarni hal
qilish mumkin. Masalan, fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish yoki kartalar
yaratish qandaydir bir yangilik emas, albatta. Insоniyat paydо bo’libdiki, u
o’zini hayotini yaхshilash maqsadida turli tuman kartalar yaratib kеlmоkda,
birоq bu kabi kartalar yaratish va fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish GIS da
amalga оshiriladigan funktsiyalardan farq qiladi. Farqi shundaki, GISda
zamоnaviy kоmpyutеr dasturlari оrqali fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish va
kartalar yaratish jarayoni kеskin tеzlashadi va охirgi natija ham sifatli bo’lishi
imkoniyati yuzaga keladi.
GIS ni ishlashi uchun quyidagi 5 ta muhim tashkiliy qismlar mavjud
bo’lishi zarur:
1) Kоmpyutеr, plоttеr, dijitayzеr, printеr, GPS va bоshqa vоsitalar.
2) Dasturlar bu GISda fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish va kartalar
yaratish uchun kеrak bo’ladigan kоmpyutеr dasturlaridir. Ulardan fazоviy
(gеоgrafik) ma’lumоtlarni kiritish, ularni tahlil qilish, tushunarli ko’rinishda
30
tasvirlash, ma’lumоtlar bazasini bоshqarish va uni saqlash yo’llari, kеrakli
ma’lumоtlarni tеz vaqt ichida so’rash va h.k. maqsadlarda foydalaniladi.
3) Ma’lumоtlar – GISning eng muhim bеlgilardan biri hisоblanadi.
Fazоviy ma’lumоtlar GISni amalga оshiriruvchi tоmоnidan jadval ko’rinishda yoki
fоtо surat ko’rinishida to’planishi mumkin. Yoki to’plangan fazоviy ma’lumоtlar
bоshqa to’plangan fazоviy ma’lumоtlar bilan birlashtirib tahlil qilinishi mumkin.
4) Amalga оshiruvchilar – bo’layotgan jarayonlarni bоshqarib turuvchi
insоnlar ishtirоkisiz har qanday GIS tasavvur qilish qiyin. GIS natijalari qanday
darajada sifatli bo’lishi aynan insоnni bilim mahоratiga va uni ishtirоkiga bеvоsita
bоg’liq.
Usullar - ko’p hоllarda fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilishni va GIS ni
natijalari tеz yoki sifatli bo’lishi aynan qanday usullarni qo’llashga bоg’liq.
GIS rеal оlam to’g’risidagi ma’lumоtlarni tеmatik qatlamlar to’plami
ko’rinishida saqlaydi. Bu ma’lumоtlar bir-biri bilan gеоgrafik jоylashuv asоsida
birlashtirilgan, bоg’langan bo’ladi. Bu оddiy, birоq juda qulay va iхcham
yondashish yoki usul bo’lib, turli masalalarni еchishda o’zining qator afzalliklarini
ko’rsatadi.
Istalgan gеоgrafik aхbоrоt оb’еktlarning хududiy jоylashuv o’rni
to’g’risidagi ma’lumоtni o’zida mujassam etadi. Masalam: adrеsning ko’rsatilishi,
pоchta indеksi, saylоv оkrugi, yеr uchastkasining idеntifikatоri (hudud yoki оb’еkt
haqidagi ma’lumоt), yo’lning nоmi bo’lsin barcha-barchasi gеоgrafik jоylashuv
to’g’risidagi ma’lumоtni o’zida mujassamlashtirgan.
Shunga o’хshash misоllardan fоydalanilganda оb’еktlarni jоylashgan jоyini
avtоmatik tarzda tоpish uchun gео-kоdlash dеgan jarayondan foydalaniladi. Uning
yordamida sizni qiziqtirayotgan оb’еkt yoki jarayon kartada qaеrda
jоylashganligini aniqlash va ko’rish mumkin. Masalan: sizning do’stingiz
yashaydigan uy, sizni qiziqtirayotgan tashkilоt, suv tоshqini yoki zilzila sоdir
bo’lgan jоyni tоpish, sizga kеrak bo’lgan jоyga оsоnrоq va tеzrоq еtib оlish
marshrutini aniqlash.
31
GIS bir-biridan farqli bo’lgan ikkita ma’lumоt fоrmatlari – “vеktоr” va
“rastr” bilan ishlashi mumkin. Vеktоr fоrmatda nuqtalar, chiziqlar va maydоnlar
to’g’risidagi aхbоrоtlar Х, U kооrdinatalar to’plami tarzida kоdlanadi va saqlanadi.
Nuqtaning jоylashgan o’rni, masalan quduqning, Х, U kооrdinatalar juftligi bilan
izоhlanadi. Chiziqli оb’еktlar – yo’llar, quvurlar kabi, Х, U kооrdinatalar to’plami
sifatida saqlanadi. Maydоn – yеr uchastkalari, хizmat ko’rsatiladigan хudud kabi,
yopiq kооrdinatalar to’plami sifatida saqlanadi.
Aхbоrоtlarning rastеr fоrmati – bunga skanеrda tushirilgan tasvirni yoki
raqamli fоtо kоmеra оrqali оlingan tasvirlarni misоl qilib оlish mumkin. U har bir
katagi alоhida qiymatga ega bo’lgan aхbоrоtlar to’plamidan ibоrat. Har ikkala
fоrmatning ham o’ziga yarasha afzallik va kamchilik tоmоnlari mavjud.
Zamоnaviy GIS dasturlari ikkala fоrmatdagi aхbоrоtlar bilan ham ishlaydi.
Umumiy fоydalanishda GIS aslida bеshta amalni bajaradi:
1) Aхbоrоt (maхlumоt) larni kоmpyutеrga kiritish.
2) Ma’lumоtlar ustida ishlash (aхbоrоtlarni manipulyatsiya qilish).
3) Bоshqarish.
4) So’rоq va tahlil.
5) Tasvirlash.
Hоzirgi kunga kеlib, halq хo’jaligininig dеyarli barcha tarmоqlarida
Gеоgrafik Infоrmatsiоn Sistеmalaridan kеng fоydalanilmоqda. Хususan, suv
хo’jaligida: suv yo’llarini o’rganish, suvni bоshqarish, suvni taqsimlash, suvni
sho’rlanish darajasini o’rganish, suvni оrganiq va хimik tarkibi suv оsti
hayvоnlarini o’rganish, suv o’zanini o’zgartirish, suv tоshqinlarini оldini оlish,
kanallarni avtоmatizatsiya qilish, o’rmоn хo’jaligida: barcha tirik jоnizоtni
emigratsiya va imigratsiyasini o’rganish, o’rmоn yong’inini оldini оlish, barcha
o’simlik dunyosini jоylashishi bo’yicha o’rganish, ularni rivоjlanishi va х.k.,
qishlоq хo’jaligida, еrni sho’rlanishi, еrni хimik tarkibi, qishlоq хo’jaligi ekinlarini
rivоjlanish tsikli, o’simliklarni suv ichish jarayoni, o’simliklarni kasalini o’rganish
va h.k.
32
Gеоgrafik Infоrmatsiya Sistеmalari fani kоmpyutеr tехnоlоgiyari,
dasturlarni rivоjlanishi bilan kеskin bоg’liq. Shuningdеk matеmatika, fizika,
biоlоgiya va хimiya fanlari bilan ham bоg’liq. Masalan, masоfadan turib ma’lumоt
yig’ishni (Remote sensing) rivоjlanishi kоsmоnavtikani rivоjlanishiga bоg’liq
(Vostokova, 1982, 1988). Masоfadan kuzatish yoki ma’lumоt yig’ish bu
avvalоmbоr u yoki bu fazоviy оb’еkt bilan to’g’ridan to’g’ri alоqada bo’lmay
turib ma’lumоt yig’ish yoki yеrni kuzatish ilmi yoki san’atidir. Bu jarayon
rеflеksiya bo’layotgan yoki sоchilib chiqayotgan enеrgiyani yozish va aniqlash
hamda yozilgan ma’lumоtlar ustida ishlash, tahlil qilish va tayyor ma’lumоtdan
fоydalanish.
Ba’zi bir hоllarda masоfadan ma’lumоt yig’ish elеktrоmagnit
radiattsiyasidan fоydalanish оrqali yеrni kuzatish dеb ham nоmlanadi. Masalan,
masоfadan ma’lumоt yig’ish insоnlarni har kungi оddiy harakatidir, yani gazеta
o’qish, yurayotgan avtоmоshinani kuzatish, lеksiya davоmida dоmlaga qarab
o’tirish bular hammasi masоfadan ma’lumоt yig’ishga kiradi.
GIS aхbоrоt tizimlarining bоshqa bir qatоr turlari bilan uzviy bоg’langan.
Uning ulardan asоsiy farqli tоmоni gеоgrafik aхbоrоtlarni anipulyatsiya va tahlil
qila bilishida.
Aхbоrоt tizimlarining umumiy qabul qilingan klassifikatsiyasi yo’q, quyida
kеltirilgan tizimlarning bayoni GISning bu tizimlardan qanchalik uzоqligini va ular
оrasida uning o’rnini va qiymatini aniqlab bеradi:
Ish stоlida kartalar tuzish (desktop mapping) – tizimida hamma narsa
kartalarga asоslangan, karta aхbоrоtlar bazasi hisоblanadi. Ko’pgina bunday
tizimlar aхbоrоtlarni bоshqarish va uni tahlil qilishning chеklangan
imkоniyatlariga ega bo’ladi. Mazkur tizimlar bo’yicha dasturlar stоl-pеrsоnal
kоmpyutеrlarda, Macintosh va UNIX ishchi stantsiyalarining kichik mоdеllarida
ishlaydi.
Avtоmatik lоyihalash tizimlari (CAD) – lоyihalarning chizmalarini, binоlar
va infrastruktura rеjalarini yaratishga qоdir. Bu tizim ham juda chеgaralangan
analitik funktsiyalarga ega. Ba’zi Avtоmatik lоyihalash tizimlarida aхbоrоtlarni
33
kartоgrafik ko’rsatib bеrish imkоniyatlari kеngaytirilgan, birоq, ulardagi utilitlar
katta gеоgrafik aхbоrоtlar bazasini samarali bоshqarish va tahlil qilish imkоniga
ega emas.
Masоfadan turib kuzatish tizimlari (remote sensing) va glоbal geografik
o’rinni aniqlash tizimi (GPS). Masоfadan turib kuzatish uslublari – bu uchuv
qurilmalari bоrtiga o’rnatilgan turli kamеralar va datchiklar, glоbal pоzitsiоn
tizimlarining qabul qilish stantsiyalari va bоshqa qurilmalar yordamida еr yuzasini
kuzatish va o’lchash bo’yicha bir san’at yoki fanning bir yangi rivоjlanayotgan
yo’nalishidir.
Bu datchiklar aхbоrоtlarni kооrdinatalarning yig’ini yoki tasvirlar sifatida
yig’adi va оlingan aхbоrоtlarni maхsus qayta ishlash, tahlil va vizualizatsiya qilish
imkоniyatlariga ega.
Bu tizimlarda aхbоrоtlarni bоshqarish va tahlil qilish uchun еtarli
imkоniyatlarning еtarli emasligi uchun, qo’shimcha funktsiyalarsiz, ularni haqiqiy
GIS qatоriga qo’shib bo’lmaydi.
Aхbоrоtlar bazasini bоshqarish tizimlari (DBMS) - barcha turdagi
aхbоrоtlarni, shu jumladan gеоgrafik aхbоrоtlarni ham, saqlash va bоshqarishga
mo’ljallangan. Bu tizimlar bunga o’хshash masalalar uchun оptimallashtirilgan,
shuning uchun ham ko’pgina GIS dasturlarda DBMS bilan ishlash imkоniyatlari
qurilgan. Bu еtarlicha qudratli tizimlar ham GISda mavjud bo’lgan tahlil va
tasvirlash funktsiyalariga ega emas.
GISning eng katta yutug’i bu gеоgrafik aхbоrоtni o’zini, yoki gеоgrafik
оb’еktga bоg’liq bo’lgan istalgan bоshqa aхbоrоtni (atributiv aхbоrоtni) yaqqоl
ko’rsatib bеrishidadir. GISda aхbоrоtlar bazasidan kеrakli aхbоrоtni izlash va
gеоgrafik so’rоqni amalga оshirish imkоniyati dunyoda ko’pgina kоmpaniyalarga
milliоnlab dоllar mablag’ni tеjash imkоnini bеrgan.
GIS kliеntlarning talabiga javоb bеrish vaqtini qisqartiradi; zarur tadbirlar
o’tkazish uchun to’g’ri kеladigan hududlarni aniqlash; turli paramеtrlar оrasidagi
o’zarо bоg’liqlikni aniqlash (masalan tuprоq, iqlim va ekinlarning hоsildоrligi);
elеktr tarmоg’i o’zilgan jоylar va h.k. GIS qo’llanishi mumkin bo’lgan yana bir
34
qatоr masalar: jоydan ma’lum hududda jоylashgan, shifеr tоmli, uch хоnali 10
mеtrli оshхоnaga ega bo’lgan uylarni aniqlab tоpish. Bunday so’rоq qo’shimcha
paramеtrlarni kiritish bilan yana to’ldirilishi mumkin, masalan binоlarning narхlari
va h.k. GIS va bоshqa aхbоrоt tехnоlоgiyalari, bizga yaхshi ma’lum bo’lgan,
faktlar to’g’risida yaхshi хabardоr bo’lish masala va muammоlarga yaхshi еchim
tоpishga yordam bеradi dеyilgan gapning to’g’riligini yana bir bоr isbоtlaydi.
Birоq GIS – bu masalaga tayyor еchim chiqarib bеradigan asbоb yoki vоsita emas.
U masalaga javоb tоpish prоtsеdurasini tеzlashtirishga va uning samaradоrligini,
sifatini, aniqligini оshirishga katta yordam bеradigan vоsitadir.
U gеоgrafik aхbоrоtlarni so’rоq va tahlil qilish funktsiyalari bilan
ta’minlaydi, tahlil natijalarini insоn qabul qilishiga оsоn va qulay bo’lgan hоlda,
yaqqоl ko’rsatib bеradi. GISda kartalarga alоhida o’rin ajratilgan. GISda kartalar
yaratish jarayoni an’anaviy qo’lda yoki avtоmatik tarzda karta ishlab chiqarish
uslublaridan ancha sоddarоq va iхchamdir. Bu jarayon aхbоrоtlar bazasini
yaratishdan bоshlanadi. Bu uchun birlamchi aхbоrоtning manbasi sifatida mavjud
qоg’оz kartalarni kоmpyutеrga kiritishdan fоydalanish mumkin. GISga asоslangan
kartоgrafik aхbоrоtlar bazasi yaхlit, ya’ni, alоhida karta listlariga, rеgiоnlarga
bo’linmagan hоlda, va ma’lum bir masshtabga yoki kartоgrafik prоеktsiyaga
bоg’lanmagan hоlda, bo’lishi mumkin. Bunday aхbоrоtlar bazasi asоsida, elеktrоn
yoki qattiq nusхa ko’rinishida, istalgan tеrritоriyaga, iхtiyoriy masshtabda, zarur
tafsilоtda, kеrakli shartli bеlgilarni ifоda etgan hоlda, kartalar yaratish mumkin.
Istalgan vaqtda aхbоrоtlar bazasi bоshqa manbalardan оlingan yangi aхbоrоtlar
bilan to’ldirilishi, mavjud aхbоrоtlar to’g’rilanishi mumkin. Katta tashkilоtlarda
yaratilgan tоpоgrafik aхbоrоtlar bazasi bоshqa bo’linmalar uchun kartоgrafik asоs
sifatida fоydalanishi mumkin. Shu o’rinda bu aхbоrоtlarni tеz ko’chirish va ularni
turli kоmpyutеr tarmоqlari оrqali оpеrativ tarzda jo’natish va оlish mumkin
(Safarov, 2007,2010; Sultonov, 2011).
GISning geografik tadqiqotlar qo’llanishi va ahamiyati bo’yicha asosiy
adabiyotlar ingliz va rus tillarida keltirilgan bo’lib, iqlimiy ko’rsatkichlarni u orqali
tasvirlash masalalarini o’zbek tilida yoritish maqsadga muvofiqdir.
35
2.2-§ Iqlim xususiyatlarini GIS yordamida tasvirlash masalalari
Tadqiqotchilarning ko’rsatishicha GIS bu geografok axborotlarni
to’playdigan va ular bilan ishlaydigan texnologiyadir (G’ulomova, 2010). Bugungi
kunga kelib bu texonoloyiga xalq xo’jaligining turli sohalarida keng
qo’llanilmoqda. Shular qatorida iqlimshunoslik yoki meteorologik tadqiqotlarda
ham bu tadqiqot usuli qo’llanilib, hududlar iqlimiy xususiyatlarini davriy va tezkor
tahlil qilish imkonini bermoqda.
Respublikamizning Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti ham bugungi
kunda zamonaviy geografik tadqiqot usullaridan foydalanilib, uning Iqlim
tadqiqotlari va monitoringi bo'limida GIS doirasida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Iqlim tadqiqotlari va monitoringi bo'limi (ITMB) 1994 yilda uzoq muddatli
meteorologik prognozlarning statistik uslublarini ishlab chiqish bo'yicha guruh
bazasida tashkil etilgan. ITMB ilmiy-tekshirish va tezkor-uslubiy bo'linma
hisoblanadi. Bo'limning asosiy vazifalari:
- iqlim o'zgaruvchanligi, o'zgarishi va monitoringi sohasidagi ilmiy
tekshirishlar;
- uzoq muddatli meteorologik prognozlar uslublarini ishlab chiqish va
tokomillashtirish;
- amaldagi ilmiy-texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda GMITI va
O'zgidromet GMM tezkor ob-havo prognozlari texnologiyalarini takomillashtirish;
- bo'lim ilmiy-tekshirish ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etayotganda
uslubiy rahbarlikni ta'minlash;
- tatbiq etilgan tezkor prognozlar texnologiyalari doirasida bo'lim javobgar
bo'lgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va ish sharoitini qo'llab-quvvatlash.
Bugungi kungacha bu bo’lim tomonidan quyidagi ahamiyatli natijalarga
erishilgan:
- ITMB xodimlari tomonidan ob-havo uzoq muddatli prognozlarining bir
qator uslublari ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan:
- O'rta Osiyo bo'yicha 5 oylik barvaqtlikdagi havo harorati va yog'inlarning
ikki oylik anormal prognozining statistik uslubi;
36
- Bir oylik barvaqtlikdagi o'rtacha oylik havo harorati anormal prognozining
statistk uslubi;
- Ikki oylik barvaqtlikdagi oylik yog'in miqdori prognozining statistik uslubi;
Iqlimiy tadqiqotlar sohasida quyidagi iqlimiy izlanishlar olib borilmoqda:
- O'rta Osiyo mintaqasining iqlimiy tizimini monitoringlash konsepsiyalari
va uslubiy asoslari ishlab chiqilgan;
- 2005 yilgacha iqlim o'zgarishi bilan O'rta Osiyo sinoptik jarayonlari
turlarining takroriyligi va o'rtacha oylik havo harorati, yog'inlar miqdorining yil
ichida qayta taqsimlanishining baholashlari berilgan;
- O'rta Osiyoda oldindan aytiladigan iqlim o'zgarishlarining mavsumiy
yechimlarining tadqiq etilgan;
- Mavjud iqlimiy moyillikni hisobga olgan holda ularni prognozlash
uslublari ishlab chiqilgan;
- O'zbekistondagi oylik yog'in miqdori va o'rtacha oylik havo harorati rejim-
iga El-Ninyo va La-Ninya fenomenlarining ta'siri o'rganilgan;
- O'zbekiston va unga yondoshgan tog'li hududlarda iqlim o'zgarishining
regional ssenariylarini tuzish uchun global iqlimiy modellari natijalarining statistik
interpretatsiyasi uslubiyotlari ishlab chiqilgan.
GIS asosida bugungi kunda respublikamizda quyidagi faoliyatlarning ustivor
yo'nalishlari belgilangan:
- Aniq geografik hududlarda O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan iqlim
o'zgarishini baholash;
- Oxirgi o'n yillkdagi instrumental kuzatuv ma'lumotlarini hisobga olgan
holda iqlim resurslari o'zgarishi va amaliy iqlimiy tasniflarni baholash;
- Global iqlimiy modellarning oxirgi hammabop dastlabki natijalari asosida
regional iqlim ssenariylarini tuzish;
- Iqlim o'zgarishiga moslashish choralari va ta'sir etish strategiyalarini ishlab
chiqish uchun axborotlar asosi bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan ma'lumotnoma
monografiyani tayyorlash.
37
Iqlimning global isishida GIS texologiyalarini qo’llash bo’yicha g’arb
mamlakatlarida ko’plab ilmiy natijalarga erishilgan. AQShlarining “NASA”
agentligi iqlim o’zgarishi bo’yicha ko’plab ma’lumotlar, jumladan, statistik
tahlillar, aerokosmik sur’atlardan iborat baza shakllantirgan
(http://glovis.usgs.gov).
ESRI tomonidan Iqlim Tabiiy O’zgarishidan Saqlanish dasturi ham ishlab
chiqilgan bo’lib, u ilmiy tadqiqotchilar, tabiatshunos va qaror qabul qiluvchilar
hamda mustaqil qiziquvchilarga iqlim o’zgarishlarini tushunish uchun bepul
kartalar tayyorlab beradi.
Iqlim xususiyatlarini GIS yordamida tasvirlash imkoniyatlari dasturiy
ta’minotning yangilanib borishi bilan ko’paya boradi. Ushbu ishda biz ayrim,
bizning holatimiz uchun keng qo’llaniladigan tasvirlash elementlarini yoritdik.
Iqlim xususiyatlarini quyidagi yog’ingarchilik, havo haroratlari misolida
ko’rib chiqamiz. ArcViewning ArcMap dasturiga yo’gingarchilik kartasi
kiritilgandan keyin, kartaning xususiyatlar (proparties) orqali “Symbology”
xizmatini tanlaymiz (2.2.1-rasm).
2.2.1-rasm. ArcMapda Symbology xizmati bilan ishlash.
38
“Color Ramp” orqali biz uchun muqobil ranglar tartibini belgilab olamiz, bu
erdan kartografiy fanidan olgan bilimlarimizni unutmasligimiz lozim. Chunki,
muqobil rang tanlash, masalan yo’ingarchilik uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko’pchilik xollarda bu foydalanuvching ixtiyoriga bog’liq bo’lishi mumkin, ammo
qora yoni to’q jigar rangda yog’ingarchilikni tasvirlagandan ko’ra uni havo rang
yoni sariq rangda tasvirlash muqobilroq.
“Symbology” xizmati oynasining chap qismida yuklangan tasvir yoki
kartani tasvirlashing Sinflashtirilgan (Classified) va Alohida qiymatlar (Unique
Values) usuli ham mavjud.
Sinflashtirilgan qiymat taqdiqitchining maqsadiga ko’ra shu muloqat
oynasining Sinflar (Classes) xizmati orqali 1 yoki ma’lumot xususiyatiga ko’ra
maksismum sinflarini belgilash orqali amalga oshiriladi (2.2.2-rasm). Bizning
misolimizda maksimum qiymat 32 sinfdan iborat.
2.2.2-rasm. Symbology xizmatining Sinflashtirish buyruqi bilan ishlash.
Alohida qiymatlar (Unique Values) usulida har bir miqdor alohida ranglarda
beriladi va kichik hududlarda chuqurlashtirilgan tadqiqotlar uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu holatda 1-96 gacha, yani 96 mm yog’in yog’adigan
hududlar alohida qiymatlarda tasvirlangan (2.2.3-rasm).
Yuqorida ko’rib chiqilgan tasvirlash elementlari yo’radmida rang berishdan
tashqari nuqtalar, maxsus shartli belgilar orqali ham har bir qiymat yoki sinfni
tasvirlash imkoniyati mavjud. Bu orqali tayyorlanayotgan kartaning maqsadidan
39
kelib chiqqan holda agar qatlamlar ko’p bo’lsa nuqtalardan foydalanish lozim
bo’ladi, yoki aksincha.
ArcMap dasturining Fazoviy Tahlillar (Special analist) buyruqi orqali ham
raster o’lchamdagi iqlim kartalarini tahlil qilish imkoniyati ham mavjud. Bu
2.2.3-rasm. Symbology xizmatining Alohida qiymatlar buyruqi bilan ishlash.
buyruq orqali ham sinflashtirish, qiymatlar bo’yicha izoterma yoki isogetalarni –
yani konturlarni o’tkazish va boshqa tahlillar amalga oshiriladi.
Yog’ingarchilik ko’ratkichini uch o’lchamli fazoda (Ronald, 1987; Paula,
2007; Nikolakopoulos, 2010; Rexer, 2014) tasvirlash imkoniyatlari ham mavjud
bo’lib, bunda tanlangan karta bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi: -ArcMap
dasturiga raster o’lchamli karta yuklanadi; ArcCatalog dasturi yordamida kartaning
koordinatalar sistemasi metrli o’lchamga o’tkasiladi; ArcScene dasturiga kiritilib,
karta xususiyatlarindan Base Heights xizmati orqali tasvirlanadi; Natijada
yog’ingarchilikning kartasining uch o’lchamli modeli tasvirlanadi (2.2.4-rasm).
2.2.4-rasm. ArcScene dasturida yog’ingarchilikning uch o’lchamli modeli.
40
Xulosa qiladigan bo’lsak GIS orqali iqlim ko’rsatkichlarini tasvirlashning
ko’plab usullari mavjud. Tadqiqotlarning maqsadiga bog’liq xolda ularni tanlash
maqsadga bog’liqdir. Ushbu tartibda respublikamiz iqlim ko’rsatkichlarini
tasvirlash esa ularni o’rganish va tahlil qilishda qulayliklar yaratadi va ko’rgazmali
ahamiyat kasb etadi.
41
III-bob. RESPUBLIKANING KO’P YILLIK IQLIM KO’SATKICHLARI KARTALARINI GIS DASTURI ASOSIDA TUZISH
3.1 -§ Ko’p yillik iqlim ko’satkichlarini internet orqali olish masalalari
XXI-asr axborot texnologiyalari asri bo’lishi bilan ko’plab ma’lumotlarni
tashish, etkazish va yangilash imkoniyatlari tug’ildi. Ma’lumotlarning raqamli
ko’rinishlari esa ulardan foydalanish tezligi va qulayligini ta’minlab bermoqda.
Global internet tarmoqidagi iqlim ko’ratkichlari bo’yicha tegishli rasmiy
ma’lumotlar joylashtirilib ilm-fan va mustaqil foydalanuvchilar uchun muhim
manba bo’lib xizmat qiladi.
Dunyoviy iqlim ko’rsatkichlari internet tarmog’ining -
http://www.worldclim.org/formats sayti orqali yuklab olinadi (3.1.1-rasm).
3.1.1-rasm. Iqlimiy ma’lumotlarni yuklab olish oynasi.
Bu elektron manzlda ma’lumotlar ingliz tilida joylashtirilgan bo’lib,
Antarktikadan boshqa dunyoning barcha hududlariga tegishli ma’lumotlar
joylashtirilgan. Ular geografik kenglik va uzoqlik bo’yicha keltirilgan, ammo
proeksiyalanmagan va WGS84 datum bo’yich berilgan. Saytda o’rtacha minimum,
o’rtacha va maksimum havo harorati, yogingarchilik to’g’risida ma’lumotlar
keltirilgan. Bundan tashqari, 18 ta bioiqlimiy o’zgaruvchanlik haqida ham
ma’lumotlar berilgan. Havo harorati °C * 10 kabi qiymatda keltirilgan, yani 231
42
qarami 23.1 °C ni ifodalaydi. Bu foydalanuvchi uchun anchagina chalkashliklarni
keltirishi mumkin, ammo katta o’lchamdagi fayllar hajmini kichraytirishga yordam
beradi. Yog’ingarchilik miqdori esa mm (millimeter)da berilgan.
Iqlimiy ma’lumotlar to’rtta fazoviy o’lchamda; 30 sekund (0.93 x 0.93 =
0.86 km2 ekvatorda), 2.5, 5 va 10 minutda (18.6 x 18.6 = 344 km2 ekvatorda)
betilgan. Birlamchi ma’lumot 30 sekund birlikda berilgan va qolganlari shu asosda
ishlab chiqilgan. Yer uzasi va suv havzalariga tegishli ma’lumot keltirilmagan
yerlarda o’rtacha qiymat hisoblangan, ammo birlamchi ma’lumotda qiymat yoq
hududlarda qiymat keltirilmagan.
O’rtacha qiymatdan yog’ingarchilik, o’rtacha minimum, o’rtacha,
maksimum va minimum haroratlarda ham foydalanilgan. Ma’lumotlar tegishli
iqlim ko’rsatkichi bo’yicha nomlangan va zip o’chamda kichraytirilgan. Zip
fayllar X_R_F.ZIP kabi nomlangan bo’lib, bu yerda X – o’zgaruvchanlikni
(TMEAN, TMIN, TMAX, PREC, BIO, yoki ALT), R – fazoviy o’lchamni (10m,
5m, 2_5m, 30s), F – esa formatni(fayl formatini) ifodalaydi. Masalan F – ESRI
katakchalari bilan ifodalangan bo’lishi mumkin. Umumiy misol keltiramiz:
TMIN_5m_ESRI.ZIP o’lcham - minimum harorat, ESRI katakli 5 minut fazoviy
o’lchamni ifodalaydi.
Iqlim ma’lumotlari 12 oy uchun mos qatlamlarda keltirilgan va ularni
farqlash murakkab bo’lishi mumkin. Ular quyidagi ko’rinishda taqdim qilingan:
tmean<m>_<r>.ext
tmin<m>_<r>.ext
tmax<m>_<r>.ext
prec<m>_<r>.ext
bio<x>_<r>.ext
alt_<r>.ext ”
Bu yerdagi qisqartmalarning ingliz tilidagi kengaytmasi ham berilgan va ular
quyidagicha bayon qilingan:
tmean = oylik o’rtacha harorat (average monthly mean temperature (°C *
10)).
43
tmin = oylik o’rtacha minimum harorat (average monthly minimum
temperature (°C * 10)).
tmax = oylik o’rtacha maksimum harorat (average monthly maximum
temperature (°C * 10)).
prec = oylik o’rtacha yog’in miqdori (average monthly precipitation (mm)).
bio = bioiqlimiy o’zgaruvchanlik (bioclimatic variables derived from the
tmean, tmin, tmax and prec).
alt = dengiz sathidan balandlik (altitude, elevation above sea level, m, from
SRTM).
m = oy (month of the year, from 1 January to 12 December).
x = bioiqlimiy o’zgaruvchanlik uchun kod (code for the bioclimatic
variable).
ESRI katakli ma’lumotlar Arc dasturlarida qo’llaniladi va dastavval ular zip
o’lchamdan chiqariladi. Har bir fayl qo’shimcha ma’lumotlarni qamrab oluvchi
papkalarni ham o’z ichiga oladi. Ayrim iqlimiy ma’lumotlar GeoTIFF o’lchamda
bo’lsa boshqalari Generic grid ya’ni raster o’lchamda keltirilgan.
Xulosa qiladigan bo’lsak, internet saytida duyoviy iqlim ko’rsatkichlariga
oid ma’lumotlar joylashhtirilgan ko’plab manzillarni keltirish av ulardan
foydalanish mumkin. Bugungi kundagi iqlimning global o’zgarishi bu
ma’lumotlardan foydalanuvchilarning sonini ko’payishiga olib keladi hamda ilmiy
tadqiqotlarda keng foydalanish imkonini beradi.
3.2 -§ Respublikaning iqlim ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida kartalashtirish
Bitiruv malakaviy ishida yuqoridagi bo’limda keltirilgan ma’lumotlardan
foydalanib ArcMap, ArcCatalog va ArcScene dasturi yordamida Respublikaning
iqlim ko’rsatkichlarini kartalashtirishtirildi.
Quyida 30 arc sekundli o’lcham bo’yicha respublikamizning yanvar oylik
o’rtacha yog’ingarchilik kartasi keltirildi (3.2.1-rasm).
44
3.2.1-rasm. Respublikamizning yanvar oylik o’rtacha yog’ingarchilik karta-sxemasi.
Ushbu karta-sxemani olib uchun “prec_30s_esri” – ya’ni ESRI katakli 30
sekundlik yog’ingarchilik ma’lumoti ArcMap dasturiga kiritilib, O’zbekiston
hududi kesib olinadi(3.2.2-rasm).
3.2.2-rasm. O’zbekiston hududini kesib olish tartibi.
45
Buning uchun qiyidagi ketma-ketlik bajariladi:
- ArcToolbox – anjomlar yashigi ochilib, izlash xizmatidan Clip (kesish)
buyrugi izlanadi. Yoki, Data management Tools – Raster – Raster processing –
Clip ketmaketligi bajariladi.
- Input raster degan joyga pres_3 raster fayli, Output extentga
O’zbekistonning vektor fayli kiritiladi, Use imported features for Clipping
geometry degan joyni belgilab o’tamiz va ok tugmachasini bosamiz.
- Keyin yuqoridagi bo’limlarda keltirilgan tartibda maqsadli tasvirlash
ishlarini amalga oshiramiz. Masalan mart oylik yog’ingarchilik miqdorini
sinflashtirish usulidan foydalanib quyidagi karta-sxermani taqdim qilamiz (3.2.3-
rasm).
3.2.3-rasm. Respublikamizning mart oyi yog’ingarchilik karta-sxemasi.
Yuqoridagi tartibda Respublikamizning iyun oyi o’rtacha maksimum
harorati ma’lumotlaridan foydalanib, iyun oyi uchun karta-sxema tayyorlaymiz
(3.2.4-rasm). Karta-sxemada iqlim ko’rsatkichlari 340 yoki 270 kabi qiymatlarda
berilgan bo’lib, bunung sababi yuqoridagi bo’limda ko’rsatilgan. Bundan tashqari,
karta-sxemaga izotermalarni o’tkazganda ularning zichligi katta bo’lgan to’g’li
hududlarda alohida rang sifatida ko’rindi. Asloda kartani katta o’lchamda
46
chiqarsak bu muammo o’z echimini topar edi. Izotermalar har 10 gradus harorat
miqdoridan o’tkazilgan.
3.2.4-rasm. Respublikamizning iyun oyi o’rtacha ko’p yillik maksimum hatorati karta-semasi.
Xulosa qilib aytganda, ma’lumotlarning raqamli ko’rinishlari yuqoridagi
kabi karta-sxemalarni tez va madsadli ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bilan
birga, Respublikaning iqlim ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida
kartalashtirishda va ularning thlilini olishnig ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lib,
qanday ma’lumotlardan foydalanish tadqiqotchining qiziqishiga bo’g’liq. Biz ishda
http://www.worldclim.org internet manzili ma’lumotlaridan foydalandik.
47
XULOSA
Respublikamizda iqlimining umumiy tavsifi va yog’ingarchilikning o’ziga
xos hususiyatlari regional ahamiyat kasb etib, mavjud adabiyotlarda keyingi davriy
o’zgaruvchanlik tomonlari qayd qilinmagan. Bu esa iqlim kartalarini tuzishda
yangi ma’lumotlardan foydalanishni talab etadi.
Respublikamizda quyosh radiatsiyasining miqdori hududning iqlim
ko’rsatkichlaridagi tafovutlarni yuzaga keltirgan bo’ilb, u shamollar
yo’nalishlarining ham o’ziga xosligini belgilab beradi.
GISning geografik tadqiqotlar qo’llanishi va ahamiyati bo’yicha asosiy
adabiyotlar ingliz va rus tillarida keltirilgan bo’lib, ishdagi iqlimiy ko’rsatkichlarni
GIS orqali tasvirlash masalalari o’zbek tilidagi amaliy qo’llanma bo’lib xizmat
qiladi.
GIS orqali iqlim ko’rsatkichlarini tasvirlashning ko’plab usullari mavjud
bo’lib tadqiqotlarning maqsadiga bog’liq xolda ularni tanlash maqsadga
muvofiqdir. Ishadgi tartibda Respublikamiz iqlim ko’rsatkichlarini tasvirlash esa
ularni o’rganish va tahlil qilishda qulayliklar yaratadi va ko’rgazmali ahamiyat
kasb etadi.
Internet saytida duyoviy iqlim ko’rsatkichlariga oid ma’lumotlar
joylashhtirilgan ko’plab manzillarni keltirish av ulardan foydalanish mumkin.
Bugungi kundagi iqlimning global o’zgarishi bu ma’lumotlardan
foydalanuvchilarning sonini ko’payishiga olib keladi hamda ilmiy tadqiqotlarda
keng foydalanish imkonini beradi.
Ma’lumotlarning raqamli ko’rinishlari yuqoridagi kabi karta-sxemalarni tez
va madsadli ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga, Respublikaning iqlim
ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida kartalashtirishda va ularning thlilini
olishnig ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lib, qanday ma’lumotlardan foydalanish
tadqiqotchining qiziqishiga bo’g’liq.
48
ADABIYOTLAR
1. Атлас облаков. Под ред. А.Х.Хргиана, Н.И.Новожилова.-Л.:
Гидрометеоиздат, 1978.
2. Бабушкин Л.Н., Когай Н.А. Вопросы географического
районирования Средней Азии и Узбекистана // Ташкент: Научные труды
ТашГУ. Вып. 231, 1964. -С.48.
3. Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси. -Тошкент: “Ўқитувчи”,
1996. -264 б.
4. Воробьев В. И. Синоптическая метеорология.-Л.: Гидрометеоиздат,
1991.
5. Востокова Е.А. и др. Картографирование по космическим снимкам и
охрана окружающей среды. -М., «Недра» 1982.
6. Востокова Е.А. и др. Экологическое картографирование на основе
космической информации. -М., «Недра» 1988.
7. Глазирин Г.Э. ва бошқ. Ўзбекистон иқлимининг қисқача очерки.-
Тошкент, ЎОИТГМИ, 1999 й. -31.
8. Гуральник И. И., Дубинский Г. П., Ларин В. В., Мимиконова С. А.
Метеорология.-Л.: Гидрометеоиздат, 1968.
9. Дроздов О.А. и. др. Климатология-Л.: Гидрометеоиздат, 1989.
10. Жўраев О.Ж., Азамов А.А., Тўғаймурадов Й.Т. Метеорологиядан
изоҳли луғат.-Т.: Халқ мероси, 2002.-415 б.
11. Кабишева Н.В., Констин С.И. Струнников Э.А. Климатология.-Л.:
Гидрометеоиздат, 1980 г.-344 с.
12. Матвеев Л. Т. Физика атмосферы.-С-Пб.: Гидрометеоиздат, 2000.
13. Nikolakopoulos, K. G.; Kamaratakis, E. K; Chrysoulakis, N. (10
November 2006). "SRTM vs ASTER elevation products. Comparison for two
regions in Crete, Greece". International Journal of Remote Sensing 27 (21): 4819–
4838. doi:10.1080/01431160600835853. ISSN 0143-1161. Retrieved June 22,
2010.
49
14. Paula Messina. "Terrain Analysis Home Page". Spatial Analysis and
Remote Sensing Lab at Hunter College. Retrieved 2007-02-16.
15. Петров Ю.В., Эгамбердиев Х.Т. ва бошқ. Иқлимшунослик асослари.
Tошкент, “Янги аср”, 2007 й.-174 бет.
16. Rexer, M.; Hirt, C. (2014). "Comparison of free high-resolution digital
elevation data sets (ASTER GDEM2, SRTM v2.1/v4.1) and validation against
accurate heights from the Australian National Gravity Database.". Australian
Journal of Earth Sciences 61 (2). doi:10.1080/08120099.2014.884983. Retrieved
April 24, 2014.
17. Ronald T. (1987): Terrain models — A tool for natural hazard Mapping.
In: Avalanche Formation, Movement and Effects (Proceedings of the Davos
Symposium, September 1986). IAHS Publ. no. 162,1987.
18. Сафаров Э.Ю. Географик ахборот тизимлари. Амалий
машғулотларни бажариш бўйича услубий қўлланма - Т, 2007 й.
19. Сафаров Э.Ю. Географик ахборот тизимлари – Т., 2010 й.
Shamsi U.M. GIS Applications for Water, Wastewater, and Stormwater
Systems. CRC Press.US,-2005y.-453p.
20. Sultonov M. Gis va undan foydalanish” fanidan O`quv- uslubiy majmua.
Urganch, 2011 yil.-106 varaq.
21. Шубаев Л. Умумий Ер билими. Тошкент, “Ўқитувчи”.1975 й.-384
бет.
22. Ғуломова Л.Х. География ахборот тизимлари ва технологиялар.
Tошкент, “Университет”.-2010 y.-124 бет.
23. Ғуломова Л.Х. ва бошқ. Географик ахборот тизимлари ва
технологиялари. Ўқув қўлланма. 2-қисм. Университет, Тошкент. 2013 й.-130
б.
24. Хромов С. П., Петросянц М. А. Метеорология и климатология:
Учебник. 5-е изд., перераб. и допол.-М.: Изд-во МГУ, 2001.
50
25. Чуб В.Е. Изменение климата и его влияние на природно-ресурсный
потенциал Республики Узбекистан. -Тошкент: САНИГМИ, 2000. -252 с.
Internet saytlari:
26. www.wikipedia.com
27. http://glovis.usgs.gov
28. www.uznature.uz
29. http://www.meteo.uz/uzb/about/climate.php
30. http://www.worldclim.org
31. http://узбекистан.uz/климат-и-погода