chet el adabiyoti

42
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI "CHET EL ADABIYOTI TARIXI" FANIDAN MA'RUZA MATNI NUKUS - 2011

Upload: vuongkien

Post on 23-Jan-2017

1.164 views

Category:

Documents


64 download

TRANSCRIPT

Page 1: Chet el adabiyoti

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

"CHET EL ADABIYOTI TARIXI"

FANIDAN MA'RUZA MATNI

NUKUS - 2011

Page 2: Chet el adabiyoti

2

1-mavzu:

KIRISH. YUNON ADABIYOTI REJA: 1. Antik madaniyat va adabiyotning tarixiy axamiyati 2. Mif va afsonalarning paydo bulishi 3. Kadimgi yunonlarning diniy tasavvurlari Antik adabiyot. Eng kadimiy adabiy yodgorliklar. Mifologiya. Yunon adabiyoti. Folklor. Didaktik epos. Lirika. Tragediya. Komediya. Nasr. Ellinizm davri adabiyoti. Lirika. Dostonlar. Nasr. Roman. Bukolikalar. Idilliyalar. "Yangi" komediya. Rim adabiyoti. Lirika. Nasr. Drama. Komediya. Avgust asri adabiyoti. Rim adabiyotining "oltin davri". Bukolikalar. Georgikalar. Kasidalar. Nomalar. Dostonlar. I. Antik jamiyat - insoniyat rivojlanishining aloxida boskichi sifatida. Antik jamiyatning rivojlanish boskichlari. Antik adabiyot va madaniyatning istiklol davri uchun tarixiy axamiyati. Antik dunyo bilan, xususan Misr, Bobil, Yunoniston kabi mintakalar bilan Markaziy Osiyoning madaniy alokalari. Ipak yulining kup kismi mamlakatimizdan o'tishi hunarmandchilik, savdo-sotiqning erta va keng rivojlanishiga olib keldi. Antik dunyoning jahon madaniyatiga ta'siri, uni o'rganish manbalari. Adabiyot va yodgorliklarning saqlanishi, tarjima va qo'llanmalar. Qadimda yunon qabilalarining vujudga kelishi. Yunon folklori: mehnat va marosim qo'shiqlari, dehqonchilik qo'shiqlari, to'y va ziyofatlarda aytiladigan qo'shiqlar, ertaklar, maqol va matallar, topishmoqlardan iboratligi yunon xalqining anchagina boy va rang-barang og'zaki adabiyoti bo'lganidan dalolatdir. Yunon mifologiyasi ming yillik tarixga ega. Xalq og'zaki ijodining mahsuli bo'lmish mif va afsonalar kishilarning zaif tomonlarinigina emas, balki ularning kuch-qudrati va orzu-armonlarini ham fantaziya asosida tasvirlaydi, mujassamlashtiradi, u adabiyot va san'atning ravnaq topishiga zamin tayyorlaydi. Mif va afsonalar uchun yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat o'rtasidagi kurash xarakterlidir. Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo'yib, baxt o'lkasi, baxtsizlik o'lkasi degan miflarni yaratganlar. Tabiatda ulug' va foydali kuchlar - quyosh va suv abadiy bo'lgan o'lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo'lgan o'lka bor deb hisoblaganlar. Ko'pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o'lka va ular o'rtasidagi kurash fonida gavdalanadi. Barcha xalqlarning tarixida bo'lgani kabi yunon adabiyoti ham, muqarrar, miflar zaminida yuzaga kelgan. Kollektiv ijod natijasida maydonga kelgan miflar va afsonalar kishilarning tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan. "Koinotning chaqmoq, momaqaldiroq, zilzala, bo'ron, to'fon, yong'in, oy va quyosh tutilishi

Page 3: Chet el adabiyoti

3

kabi hodisalari qurshovida yashagan ibtidoiy odam, bu hodisalar sababini anglamasdan, tabiatdagi bu o'zgarishlarga ilohiy ma'no bergan. Bugun borliqni ins-jinslar, dev-parilar va boshqa turli-tuman mahluqlar makoni tarzida tasavvur etgan, ular haqida diniy afsonalar yaratgan. "O'zbek tilining izohli lug'ati"da bu so'zlar quyidagicha izohlangan: MIF - Xudolar, afsonaviy qahramonlar, dunyoning yaratilishi va yer yuzida hayotning paydo bo'lishi haqidagi qadimiy xalq rivoyatlari, afsona. MIFOLOGIYa - 1. Miflar haqidagi fan. 2. Biror xalqning miflari, afsonalari majmui ("O'zbek tilining izohli lug'ati", I tom, Moskva, 1981, 468-bet). Biz bu ta'rifni butunlay rad etmagan holda, unga bir oz o'zgartirish kiritish tarafdorimiz. Ajdodlarimizning dunyo tuzilishi to'g'risidagi tushunchalari, tabiat va kishilik jamiyatida sodir bo'layotgan barcha hodisalarni tushuntirishga intilishlari miflarda o'z aksini topgan. Shu bois ham, miflardagi xudolar, ma'bud va ma'budalar obrazlariga ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk badiiy obrazlar sifatida qarashimiz kerak deb hisoblaymiz. Ular bu obrazlar orqali adolat, haqiqat va ezgulik kabi fazilatlarni ulug'laganlar. Keyinchalik xudolar obrazi jamiyatdagi voqelik bilan uyg'unlashtirilgan, unga yaqinlashtirilgan. Bu esa xudolar, ma'bud va ma'budalar obrazlarining xayoliy emasligini ma'lum darajada tasdiqlaydi. Ya'ni miflar shunchaki xayol mahsuli, kishilarning tabiat hodisalari oldidagi o'z ojizligini tan olish emas, balki insoniy fazilatlar ulug'langan, kishilarning orzulari ifodalangan, kishilarni hayotni sevishga, har qanday ishda g'olib chiqishga yo'llovchi va insonning kuch-qudratini ulug'lovchi ilk asarlardir. Yunon miflari hali yunonlar xat-savodni bilmagan vaqtlaridayoq yaratila boshlangan, asrlar davomida sekin-asta tartibga kelgan, og'izdan-og'izga, nasldan-naslga o'tgan va hech qachon alohida bir kitob shaklida yozilmagan. Miflarni biz qadimgi yunon adiblaridan Gesiod va Xomerlarning, yunon dramaturglari Esxil, Sofokl, Evripid hamda ancha keyinroq yashagan yozuvchilarning asarlarida ko'ramiz. Shuning uchun ham yunon miflarini har xil manbalardan to'plab, bir tizimga yig'ishga to'g'ri kelgan. Miflarda hikoya qilinishicha, yerda dastavval dahshatli mahluqlar: DEVlar, oyoqlari o'rnida bahaybat ilonlar bilanglab turgan GIGANTlar, kattaligi tog'day YuZ-QO'LLIKlar, peshonasi o'rtasida bittagina chaqchaygan ko'zi bor vahshiy KIKLOP (SIKLOP)lar, Yer va osmonning dahshatli bolalari - qudratli TITANlar yashagan. Yunonlar GIGANTlar va TITANlar obrazida tabiatning yovuz kuchlarini gavdalantirganlar. Miflarning hikoya qilishicha, oqibat natijada tabiatning bu yovuz kuchlari dunyoda tartib o'rnatgan va unga hukmronlik qilgan Chaqmoq, Chaqar va Bulut quvlar osmon iohi ZEVS tomonidan jilovlangan va bo'ysundirilgan. TITANlar o'rniga ZEVS saltanati bunyodga kelgan. Yunonlar xudolarni odam shaklida tasavvur qilganlar, ularning bir-birlari bilan munosabati ham kishilar o'rtasidagi munosabatga o'xshagan. Yunon xudolari o'zaro janjallashgan, yarashgan, odamlar hayotiga doimo aralashib turgan,

Page 4: Chet el adabiyoti

4

urushlarda ishtirok etgan. Har bir xudoning o'ziga yarasha ishi bo'lgan, olamda ma'lum "xo'jalik"ni "boshqargan". Yunonlar o'z xudolariga odamlar singari tabiat (xarakter) va xulq-atvor berganlar, xudolar oddiy odamlardan faqat o'lmasligi bilangina farq qilgan. Har bir yunon qabilasining o'z yo'lboshchisi, harbiy boshlig'i, sudyasi va xo'jayini bo'lgani kabi, yunonlar ZEVSni xudolarning boshlig'i deb hisoblaganlar. Yunonlarning e'tiqodicha, ZEVSning oilasi -aka-ukalari, xotini va bolalari u bilan birgalikda dunyoga hukmronlik qilgan. ZEVSning xotini GERA oila, nikoh, uy-ro'zg'or himoyachisi hisoblangan. ZEVSning akasi POSEYDON dengizlar ustidan hukmronlik qilgan, ukasi AID (GADES) esa yer osti o'liklar dunyosini boshqargan. ZEVSning singlisi DEMETRA dehqonchilik ma'budasi bo'lib, hosilni boshqarib turgan. ZEVSning bosh xotini GERAdan va boshqa ma'budalardan ko'rgan bir qancha farzandlari ikkinchi darajali ma'budalar qatoriga kirgan. GERAdan tug'ilgan birinchi o'g'li GEFEST - otash ma'budi, temirchilik homiysi; ikkinchi o'g'li ARES - qonli urushlar ma'budi; zulmat ma'budasi LATONdan tug'ilgan o'g'li APOLLON - yorug'lik, san'at, she'riyat va musiqa ma'budi, ulug' qohin hamda buyuk chavandoz; uning singlisi ARTEMIDA - qamar ma'budasi, o'rmonlar va ularda yashovchi jonivorlar malikasi, charchashni bilmaydigan ZEVSning miyasidan bunyodga kelgan AFINA PALLADA - donolik ma'budasi, hunar va bilim, shaharlar homiysi; Olimp sultonining zebo qizi AFRODITA va uning o'g'li EROT - sevgi va go'zallik ma'budalari; parizod MAYYadan tug'ilgan o'g'li GERMES - ma'budalar jarchisi, murdalar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi, sayyoh va savdogarlar homiysi, badantarbiya ishlarining rahnamosi. Miflarning hikoya qilishicha, bu xudolar odamlar kO'zidan doimiy bulutlar bilan to'silgan OLIMP tog'ida istiqomat qilganlar, "xudolar ovqati" - obi-hayot va ambroziya yeb kun kechirganlar. Barcha ishlar ZEVS huzuridagi bazmlarda hal qilingan. Yerdagi odamlar o'z kasblariga ko'ra, xudolardan biriga sajda qilganlar, ularga atab ehromlar qurganlar, xayr-ehson keltirib, qurbonlik qilganlar. Miflarda ko'rsatilishicha, bu asosiy xudolardan tashqari butun yer yuzi tabiat kuchlarini gavdalantirgan ma'bud va ma'budalar bilan to'la bo'lgan. Daryo va soylarda nimfa NAYaDlar, dengizda NEREIDlar, o'rmonda echki oyoqli, boshida shoxi bor - DRIADlar va SATIRAlar yashaganlar; tog'larda nimfa EXO yashagan. Osmonda GELIOS - quyosh hukmronlik qilgan, u nafasidan o't chaqnovchi otlar qo'shilgan oltin aravasida har kuni dunyoni aylanib chiqqan; qip-qizil EOS - shafaq dunyoga uning chiqishidan darak bergan; tunlari osmonda SELENA - oy hasrat chekkan. Shamollar ham har xil ma'budalar bilan ifodalangan: dahshatli shimoliy shamol BOREY bo'lsa, iliq va mayin shamol ZEFIR bo'lgan. Kishilar hayotini uchta taqdir ma'budasi - MOYRAlar idora etgan, ular kishi hayotining ipini tug'ilganidan to o'lguncha yigirib turganlar va istagan paytlarida uzib yuborishga qodir bo'lganlar. ZEVS - xudolar xudosi, Olimp tog'ida joylashgan saroy taxtida o'tirib, o'z qo'li ostidagi saltanat - koinotni boshqaradi. Shu jihatdan uni o'zbek mifologiyasidagi ezgulik xudosi AXURA MAZDA (XURMUZ)ga o'xshatish mumkin. Lekin uning

Page 5: Chet el adabiyoti

5

AXURA MAZDAdan farqli tomoni shundaki, ZEVSning tabiatida keskinlik va qattiqqo'llik ham uchraydi. Buni quyidagi misollarda aniq ko'rish mumkin: 1. Esxilning "Zanjirband Prometey" tragediyasiga asos bo'lib xizmat qilgan, Yunonistonda keng tarqalgan PROMETEY haqidagi afsonada aytilishicha, PROMETEY qadimgi ma'budalar nasliga mansub TITANlardan bo'lgan; ZEVS o'z otasi KRONOSni OLIMP taxtidan ag'darib, uning o'rniga o'zi mavjudod hukmroni - bosh ma'bud bo'lib olganida, TITANlar unga qarshi bosh ko'tarishadi, OLIMP tog'ida ko'tarilgan dahshatli jangda TITANlardan yolg'iz PROMETEYgina ZEVS tomonida turib, sheriklariga qarshi kurashadi. ZEVS o'z dushmanlarini tor-mor etib ko'ngli tinchigach, odamzodni mahv etib, yangi bir nasl yaratmoqchi bo'ladi. hukmronning nohaq niyatlaridan qattiq nafratlangan PROMETEY OLIMP mehrobidagi muqaddas o'tdan uchqun o'g'irlab, odamzotga keltirib beradi va shu jasorati bilan ularni halokatdan saqlab qoladi. Biroq PROMETEYning odam bolalariga qilgan bu yaxshiligi bosh xudoni g'azablantirib, ulug' TITAN boshiga ko'p kulfatlar soladi. ZEVS uni qoyaga zanjirband etib, parchinlab qo'yishga hukm chiqaradi. 2. Kekchi rafiqasi GERAning ba'zi qiliqlaridan bezor bo'lgan ZEVS uni yer bilan osmon o'rtasiga osib qo'yib, chaqmoqlari bilan uch kecha-yu, uch kunduz savalaydi. Onasining yoniga tushgan GEFESTni OLIMP tog'idan shunday itarib yuboradiki, bechora otash ma'budi bir umrga oqsoq bo'lib qoladi. Ma'budalarni odam qiyofasida tasavvur etish, o'z navbatida mifologiyani haqiqiy hayotga yaqinlashtirdi va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bag'ishladi. Yunon mifologiyasining bemisl boyligi, obrazlarining nafisligi butun insoniyat tarixi davomida kitobxonning diqqatini o'ziga jalb etib keldi, yunon adabiyoti va san'atiga esa behad-behisob porloq mavzular hadya qildi. Yunonlar xudolar to'g'risidagi miflardan tashqari qahramonlar to'g'risida ham miflar yaratganlar. qadimgi Yunoniston bir butun davlat bo'lgan emas, ular bir-biri bilan tez-tez urushib turadigan, ba'zi-ba'zida birlashib, umumiy dushmanga qarshi kurashgan mayda shahar-davlatlardan tashkil topgan. har bir shaharning, har bir viloyatning o'z qahramoni bo'lgan. Masalan Afina qahramoni ona-vatanini istilochilardan himoya qilgan va bahaybat MINOTAVR buqasini yakkama-yakka olishib yenggan TEZEY ismli yigit bo'lgan. MINOTAVR buqasi yemish uchun Afina o'g'il-qizlaridan olib turar ekan. Frakiya qahramoni mashhur qo'shiqchi ORFEY bo'lgan. Agrivyanlarning qahramoni bir qarashda odamni toshga aylantirib qo'yuvchi MEDUZAni o'ldirgan PERSEY bo'lgan. Keyinchalik Yunon qabilalari sekin-asta birlashib, yunonlar o'zlarini yagona xalq ellinlar deb bilganidan so'ng GERAKLni butun Yunonistonning qahramoni deb e'tirof etishgan. Turli Yunon shaharlari va Miflar yaratilgan. Gerakl - xalq qaramoni. Gerakl qahramonliklari turkiy xalqlar yaratgan "Gershasp", "Elikbek" kabi miflardan ko'ra ko'proq qahramonlik eposlari hisoblangan "To'maris" va "Shiroq" afsonalariga o'xshab ketadi. Bizga ma'lumki, To'maris ham, Shiroq ham xalq qahramoni obrazlari bo'lib, ular taxminan eramizdan

Page 6: Chet el adabiyoti

6

avvalgi VI-V asrlarda yashab o'tgan tarixiy shaxslardir. Geraklni esa bizdan bir necha o'n asrlik olis masofa ajratib turadi. Xalqimizda: "har qanday afsona va rivoyat zamirida oz bo'lsada, haqiqat mavjuddir", - degan ibora bor. Ehtimol, yunon xalqi yaratgan "Gerakl" afsonasi zamiridagi haqiqat tarixda yunon mamlakatida Gerakl ismli xalq qahramoni yashab o'tganligidir... 2-mavzu: KADIMGI ADABIY YoDGORLIKLAR Reja: 1. Xomerning "Illiada" va "Odisseya" dostonlari 2. Dostonda kaxramonlar timsoli 3. Eramizdan avvalgi 5-4 asrtardagi yunon adabiyoti Qadimgi adabiy yodgorliklar sifatida XOMERning "Iliada" va "Odisseya" dostonlarini ko'rsatish mumkin. Har ikki dostonning mavzusi Troya afsonalaridan, ya'ni yunonlar bilan troyaliklar o'rtasida bo'lib o'tgan urush rivoyatlaridan olingan. Xomer dostonlarida aks ettirilgan jamiyat taraqqiyotining bosqichlari. "Iliada" dostoni 15700 misradan iborat bo'lib, 24 bobga bo'lingan. Asarning bosh mavzusi - Axill g'azabini kuylash. Axill - yunonlar bahodiri. Uning bahodirligi do'sti Patrokl uchun troyaliklarga qarshi jangga kirib, troya bahodiri Gektorga qarshi kurashida ko'rinadi. "Iliada" - "Jangnoma" bo'lsa, "Odisseya" - "Sayohatnoma"dir. "Odisseya" dostonida Troya urushining bosh qaqramonlaridan biri, Itakiya shohi Odisseyning sarguzashtlari hikoya qilinadi. "Iliada" va "Odisseya" dostonlari xalq og'zaki adabiyoti asosida yaratilgan qaqramonnomaning klassik namunasi sifatida. Dostonlarning syujet qurilishi, badiiy darajasi. Dostonlarning yaratilish usuli - realistik usul. "Iliada" va "Odisseya" qahramonlari - harbiy demokratiya va urug'chilik jamoasining inqirozga yuz tuta boshlagan davridagi yunon qabilalarining orzularini ifodalovchi asarlardir. Dostonlarda xudolar va odam qahramonlar obrazi; ularning insoniyligi, hayotiyligi, xarakterlarining individualligi. Xomer dostonlarining uslubi, badiiy vositalardan foydalanishi. "Iliada"ning qodir Mirmuhamedov tomonidan qilingan o'zbekcha tarjimasi. Ma'lumki, tarixiy o'tmishdagi muhim voqealar to'g'risida qahramonlik dostonlari hamma xalqlarda, jumladan, o'zbek xalqida ham bor. Xomer dostonlari bilan O'rta Osiyo xalqlarining mardlik, bahodirlik dostonlaridan biri - "Alpomish" o'rtasidagi yaqinlik. Bu o'rinda o'xshashliklar ko'p. Xomer masalasi. Xomer har qanday sevimli shoirdek, avvalo har bir kitobxonning shaxsiy emotsional tuyg'ulariga murojaat qiladi. Uning qarashlarida abadiy va azaliy muammolargina emas, keyingi barcha zamonlarga tegishli da'vatlar ham seziladi. Bizningcha, har bir hozirgi kitobxon ham bu qadimiy eposlarda davrimizning eng dolzarb muammosi - urush va tinchlik haqida o'zini hayajonlantiruvchi mulohaza

Page 7: Chet el adabiyoti

7

va his-tuyg'ularni topadi. Ovro'po xalqlari adabiyotlarining eng yaxshi namunalari ezgulik va insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilar ekan, bunda qadim yunon eposlarining ta'siri yo'q deb bo'lmaydi. Jumladan, Xomer hatto o'zining eng sevimli qahramoni Axillning ham intiqom iztirobida es-hushini yo'qotib vahshiyona qon to'kishini kechirmaydi. U mehmondo'st qo'shnisiga xiyonat qilib urush boshlanishiga sabab bo'lgan troyaliklarga ham insoniy bir shafqat tilaydi, O'z shaharlarini, bolalarini, hayotlarini himoya qilishga majbur bo'lgan, o'z shahzodasi Parisning kasriga qolgan troyaliklarga xayrixohlik bildiradi. Biroq oddiy kishilarga bo'lgan bu xayrixohlik hech bir joyda yovuzlikni oqlash, xiyonatni xaspo'shlash tusini olmaydi. Axloqiy pozitsiyaning bunday mustahkamligi, hayotbaxshligi, ezgulik va halollikka, jahoniy uyg'unlik va mangu go'zallikka intilish - bu dostonlarning umrboqiyligini ta'min etgan. Nazarimizda, dostonlarning barcha xalqlar, barcha zamonlar uchun barhayotligi sabablaridan yana biri - she'riyat dahosining qalam va kalom qudratidir. Yunon adabiyotidagi didaktik eposning eng birinchi namunasi Gesiodning "Mehnat va kunlar" poemasidir. Asar inson mehnatining ulug'ligi, adolatning barqarorligi va mehnat ahlining tirikchiligi yo'lida uchraydigan turli masalalar haqidagi nasihatlar shaklida yozilgandir. Asarga kirgan "qirg'iy bilan Bulbul" masalida shoir zamonidagi ijtimoiy tengsizlik ifodalangan. Zo'ravonlik hukmron bo'lgan zamonda faqirlar uchun yagona chora - mehnat qilish va mehnat orqali tirikchilik o'tkazish degan fikrni ilgari suradi. Eramizgacha bo'lgan VII-VI asrlarda yunon jamiyati va madaniyati. Yunon hayotida ro'y bergan ijtimoiy siyosiy o'zgarishlar natijasi o'laroq adabiy janr sifatida lirikaning paydo bo'lishi. Yunon tilidagi "Lirika" cholg'u asbobi "lira"dan olingan bo'lib, musiqa bilan aytiluvchi she'r degan mazmunni bildiradi. Har bir lirik shoir ham, muallif ham bastakor bo'lgan. Keyinchalik lirikaning Yamb va elegiya turlari adabiy janrga aylandi. Shu bilan birga yakka shaxs tomonidan ijro etiladigan - monodik lirika va xor lirikasi vujudga keldi. qadimgi yunon she'riyatida qofiya bo'lgan emas, lekin ohangdorlikni belgilovchi vazn bo'lgan. Manbalarning bergan ma'lumotiga ko'ra yunon lirikasi boy va rang-barang bo'lgan. Elegik lirikaning vazni ham, mazmuni ham epik dostonlarga yaqin turadi. Yamb - hazil - mutoibani, tanqidiy fikrlarni ifoda etuvchi she'riy asar. Bizga ma'lum bo'lgan eng qadimgi elegiyanavis shoir Kallindir, Elegiyalarida vatanni himoya qilishga da'vat etadi. Bu mavzu shoir Tirtey ijodida davom etdirilib, she'rlarida Sparta lashkarlarini vatanni muhofaza qilishga, dushmanga nisbatan shafqatsiz bo'lishga chaqiradi. Shoiring ta'biricha, jangchining oliy fazilati - botirlik va jasoratdir. Shu bilan birga qo'rqoqlik, nomardlikni qattiq qoralaydi. Tirteyning elegiyalari butun yunon olamida keng tarqalgan. Shoirning she'rlari jangga ketayotgan lashkarlarning jangovar qo'shig'iga, maktab talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi darslikka aylangan. Arxilox ijodida insonning shaxsiy tuyg'ulari o'z ifodasini topgan. Uning poeziyasida boshidan kechirgan og'ir hayoti, alamli muhabbati tasvirlanadi.

Page 8: Chet el adabiyoti

8

Arxilox ijodida elegiya va yamblar yaratgan. Bu davrda monodik, ya'ni yakkaxon lirika ham rivojlandi. Shoir Alkey bilan Sapfolar bu lirika vakillaridir. Alkey ijodida siyosiy mavzular bilan birga ayollar latofatini tasvirlovchi she'rlari ham mavjud. Shoira Sapfo poeziyasi faqatgina shaxsiy kechinmalar, yurak hislari bilan chegaralangan, deyarli yakka-yagona mavzu - sevgi va go'zallikdir. Monodik lirikaning yana bir vakili shoir Anakreont bo'lib, ijodidagi asosiy mavzu - ishq va maydir. Anakreontning ishqiy va ziyofat marosimlarida aytiladigan qo'shiqlarining hayotbaxsh ohangi. Anakreont ishqiy she'rlaridan tashqari madhiya, elegiya, epigrammalar ham yozgan. 4-mavzu: SOFOKL IJODI Reja: 1. Sofokl ijodiy faoliyati 2. "Shox Edip" asarining axamiyati 3. "Shox Edip" uzbek saxnasida Eramizdan avvalgi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan yuqori bosqichga chiqqan davri bo'lib, Perikl davlatni boshqargan. Bu davr yunon tarixi voqealarga boy, turli jabhalar, jumladan, ilmu-fan, san'at rivojlantirildi. Ana shu o'zgarishlar munosabati bilan muhim siyosiy va axloqiy muammolar adabiyotda o'z ifodasini topdi. Bu muammolardan davlat bilan fuqaro orasidagi masalalarni hal qilish, xalq manfaatlarini himoya qilish, insonparvarlik edi. Xuddi shu masalalarni hal qilishda dramaturgiya janrini alohida ko'rsatish lozim. Drama - harakat ma'nosini ifodalab, uning kelib chiqishini xalqning diniy marosimlari bilan bog'laydilar, Dionis marosimlaridan (mehnat va marosim qo'shiqlari) dramaning barcha turlari - fojea, komediya va satirlar dramasi yuzaga kelgan. Tragediya - "taka qo'shiqi" (Dionisni takaga o'xshatganlar) Dramaning hamma turi diniy marosimlardan kelib chiqqanligi sababli ham qadimgi yunonlar bunga e'tiqod bilan qaraganlar. Yunon teatrining paydo bo'lishi va uning xususiyatlari. Yunon teatrining ommaviyligi va xalqchilligi. Teatr musobaqalarining uyushtirilishi. Esxil jahon adabiyotida san'atlar gultoji - tragediyaning otasi sifatida tanilgan. U miloddan avvalgi 525-456 yillarda, yunon madaniyatining oltin davri - Perikl davrida yashadi. Shoir zamonasining eng muhim tarixiy voqealarida, ayniqsa, Yunon-Eron urushlarida, Marafon, Salamin, Plateyadagi janglarda qatnashdi. Esxil asarlaridan ma'lum bo'lishicha, shoir demokratik davlat tuzumi tarafdori edi. Shoir o'z asarlarida ijtimoiy, falsafiy, siyosiy qarashlarini unchalik yashirmagan. qadimgi zamon olimlarining guvohlik berishlaricha, Esxilning 90 ta dramatik asari bo'lib, undan bizgacha 70 tasi yetib kelgan. Esxilning ilk asarlaridan biri "Iltijogo'ylar"da shoh Danayning 50 qizi haqidagi rivoyatga murojaat qilgan. "Forslar"da Eron-Yunon urushlari tasvirlanib, Kayxusravning zolimligini Yunonistonning erkin, demokratik tuzumiga qarshi

Page 9: Chet el adabiyoti

9

qo'yadi. Asarda shoir Eron bilan sulh tarafdori sifatida ko'rinadi. Bizgacha to'la yetib kelgan "Oresteya" trilogiyasi Troya urushlar turkumiga kiradi. Esxilning "Zanjirband Prometey" tragediyasi shoir ijodining cho'qqisi hisoblanadi. Haqiqatan asar badiiy - g'oyaviy teranligi, hur fikrlarga, falsafiy mushohadalarga boyligi, inson ruhiy olamining sirli qatlamlarini dadil ko'rsatishi jihatidan jahon adabiyoti xazinasining mislsiz durdonasi bo'lib qolgan. Shoir Asqar qosimov bu mangu obidani tarjima qilarkan, asarning xuddi shu ma'naviy jihatlarini saqlashga intildi. Asarda Zevs tomonidan jazoga mahkum qilingan Prometey dahshatli qiynoqlarga mag'rur bardosh berib, kelajakda Zevsdan g'olib chiqishga intiladi. Mana shu ishonch Prometeyga cheksiz kuch-qudrat ato etadi. Kavkaz tog'laridagi qoyaga mixlangan Prometey insonlarga bilim, olov, yorug'lik keltirgani bilan fahrlanadi va azoblarga mardona bardosh beradi. Ma'lumotlarga ko'ra bu asar trilogiya tarkibiga kirgan. Asarning "Ozod etilgan Prometey", "Prometey olovbardor" deb nomlangan boshqa qismlari to'la yetib kelmagan. Asarda Prometey obrazi orqali Inson mag'rurligi, sabot va matonati ulug'lanadi. Prometey insonlarga insonlik yo'lini ko'rsatganligi bilan faxrlanadi. Bu yo'l insonlarga yaxshilik qilishdan boshlanadi. Esxilning badiiy mahorati. Yunon tragediyasining shakllanishida Esxilning tutgan o'rni va ijodining butun antik dunyo adabiyotiga ko'rsatgan ta'siri. Esxil tragediyalari realizmining o'ziga xosligi va cheklanganligi; mifologik obrazlar orqali davrning ijtimoiy hodisalarini ko'rsatishi. Esxil tragediyalari shakl va mazmunining birligi, g'oyasining teranligi, obrazlarining buyukligi va keskinligi. Sofokl - talantli lashkarboshi Perikl hukmronlik qilgan yoki Yunoniston tarixining oltin asrida yashab ijod etgan shoiridir. 60 yillik umrida 120 dan ziyod asar yozgan, dramatik shoirlar musobaqasida 24 marta g'olib bo'lgan. Shohona asarlari bilan dunyoni qoyil qoldirganiga qaramay, juda kamtar bo'lgan va qayg'u alamlarini, shodligini xalq bilan baham ko'rgan. Sofokl o'zining durdona asarlarini mardlik va rostgo'ylik bilan "Xomerning noz-ne'matlarga boy to'kin-sochin dasturxonidan to'kilib qolgan ushoqlar xolos" deganida haq edi. Uning "Shoh Edip" asari Asqad Muxtor tomonidan tarjima qilingan. Tragediyaning g'oyasi. qahramon taqdirida ro'y bergan o'zgarishlar orqali yozuvchi insonning haqiqatga erishish yo'llarini ko'rsatadi. Edipning qusurlari "Shoh Edip"da Sofokl rivoyatga asoslangan va uning oxirgi qismini tasvirlab, juda katta axloqiy, falsafiy, ma'naviy muammolarni o'rtaga tashlaydi. Asarda vijdonli kishining cheksiz qiynoqlarga duchor bo'lishi, shunga qaramay, inson o'z vijdonini oxirigacha saqlab qolishi tarannum etiladi. Insonning qadr-qimmati, martabasining g'oyat ortishi, uyg'onib kelayotgan insonning qudrati, go'zalligi, uning ichki va tashqi dunyosini ta'riflash Sofokl tragediyalarining asl mohiyatidir. Nihoyat darajada mifologik afsonalardan muhim voqealarni ajrata bilish, uni o'z maqsadlariga moslashtirib, undan hayotning aynan o'ziga o'xshash dramatik asarlar yaratishga qodir bo'lgan Sofoklning jahon

Page 10: Chet el adabiyoti

10

tragediyasi uchun ahamiyati, tragediyada taqdir va inson irodasi erkinligi masalasining qo'yilishi. "Antigona" tragediyasi Lay ("Shoh Edip" qahramoni) xonadonidagi fojealarning xotimasini tasvirlaydi. Unda Antigona qismati ko'rsatiladi. Asarda davlat va shaxs, davlat va diniy qonunlar masalasining yechilishi. Sofokl qahramonlarining realistik xususiyatlari, ularning bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi. Asarlarning tili. "Shoh Edip" o'zbek tilida. Evripid - qadimgi yunon tragediyasining uchinchi vakili bo'lib, 92 asaridan 17 asari yetib kelgan. Agar avvalgi ikki buyuk dramaturg ijodida ulug'vorlik va qahramonlik g'oyalari ko'rsatilgan bo'lsa, Evripid shu abadiy g'oyalarning ustiga-ustak, san'atdagi inson tasvirini hayotdagi inson tasviriga yaqinlashtirdi, taqdirning shafqatsiz zarbalariga bardosh beruvchi qahramon qalbida mardlik, olijanoblik, samoviy muhabbat tuyg'ulari bilan birga har turli tubanliklar va yovuzliklar ham yashiringanligini haqqoniy ko'rsatishga jur'at etdi. Inson foniy dunyodagi o'tkinchi orzu-havaslarni deb, amal, martaba, molu davlatni deb jirkanch jinoyatlardan qaytmasligini fosh eta bildi. Agar "Elektra" tragediyasida qahramon ayol mutlaq yovuz sifatida olinsa, "Medeya"da go'zallik va donolik, muhabbat va sadoqat timsoli, boshiga ketma-ket musibat, baxtsizliklar yog'ilgan ayol sifatida ko'rsatiladi. Asarda Medeya sevgan turmush o'rtog'i Yasonning unga nisbatan qilgan xoinligidan Medeya xo'ralanishi, g'azabi tasvirlanadi. Medeya shaxsiy baxtidan ayrilganiga bir qayg'ursa, yurtda oriyat, lafz, insof, diyonat qolmaganiga ming qayg'uradi. Ammo dunyoda vijdon, insof qolmayapti, degancha taqdirga tan berib, yovuzlarning aytganiga itoat etish mard insonlarga yarashmaydi. Medeya esa murakkab insonlar toifasidan, Uning dilidagi kurashni oxiriga yetkazish ahdi tiliga ko'chadi. Medeya ushbu so'zlarni alam va g'urur bilan aytadi: Osmon tiyra... Lekin bu bilan hali o'yin tugamadi... Medeyaning qalbida yagona qasos o'ti hukmron. Lekin u cheksiz g'azab ustida ba'zilarday aqlini yo'qotib qo'ymaydi. U bir o'zi tojdorlarga qarshi kurashga tayyor. Ilgari u Yason uchun, sevgisi uchun qanday dadil kurashgan bo'lsa, endi Yasonga qarshi, qasos uchun shunday jasorat bilan kurashadi. Mening azam hisobiga ushbu dunyoda hech bir banda ishrat to'yin qura olmagay, - deganida Medeyaning o'z kuch-qudratiga cheksiz ishonchi seziladi. Yason - murakkab obraz. U ko'rsatgan qahramonliklari bilan tanilgan, lekin shohga yaqin bo'lish uchun hamma narsadan kechishga qodir. Yason yangi nikoh bilan taxtga yaqinlashuv niyatida Medeyani turli yolg'on va'dalar bilan, shirin gaplar bilan aldaydi. Lekin asarda Medeyaning oqilligi ko'rsatilib, Yasonning tili va dili boshqa ekanligini uqtiradi. O'z sevgisi uchun Medeyaning Yasondan olgan o'chi tasvirlanadi. "Medeya" - xo'rlangan muhabbat va rashq tragediyasidir. "Ippolit" tragediyasida his-tuyg'ular va ichki nizolar ko'rsatiladi. Bu asar qahramoni Ippolit va uning o'gay onasi o'rtasidagi kelishmovchiliklar tasvirlanadi. O'z davrining ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va axloqiy masalalariga qiziqish va uni zamondoshlari hukmiga havola qilish - Evripid dramaturgiyasining asosiy

Page 11: Chet el adabiyoti

11

xususiyati ekanligi. Evripid tragediyalarida realizm. Asarlarining tili haqida. 5-mavzu: YuNON KOMEDIYaSINING PAYDO BULIShI Reja: 1. Komediyaning kelib chikishida xajviy kushiklarning roli 2. Arestofan ijodida urush va tinchlik 3. Arestofan asarlarida shakl va mazmun birligi Komediya tragediyaga nisbatan keyinroq rivojlanadi, Tragediya Dionisga bag'ishlangan kuzgi bayramlardan, komediya esa ko'klamdagi shodiyonalardan kelib chiqqan va adabiy janr holiga kelgan. Uning eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmiga kelib sahnaga qo'yila boshlagani ma'lum. Yunon komediyasi qadimgi, o'rta va yangi davr komediyalariga bo'linib, qadimgi davr komediyasidan keyingilariga nisbatan ko'proq yetib kelgan. O'rta davr komediyasidan hech narsa ma'lum emas. Yangi davr komediyasidan Menandr asarlaridan parchalargina bizgacha yetib kelgan. qadimgi Attika komediyasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Undan Dionis ko'klam bayramiga xos bo'lgan satira elementi, masxarabozliklar saqlangan. Lekin bular jamiyat oldida turgan ijtimoiy masalalar bilan bog'langan. Asar nomi xor kiyimiga qarab qo'yilgan. Agar tragediya mazmuni mifdan olinib, unda xudolar ishtirok etsa, komediyaning mazmuni xudolar, qahramonlar, mifologiyaga tanqidiy qarashdir. qadimgi Attika komediyasining vakili Epixarm bo'lib, u komediyani dramatik janr holiga keltirgan, uning shakllanishida nihoyatda xizmati katta. Komediya so'zi yunoncha komoslar qo'shig'i degan ma'noni bildiradi. Komos deb esa, to'y-tomoshalardan keyin ko'chalarda to'da-to'da bo'lib xursandchilik qilib yuruvchi kishilarga aytiladi. Komediya musobaqalari faqat 488-486 yillardagina Dionis bayramlarida o'tkazila boshlandi. Aristofan qadimgi komediyaning yagona vakili bo'lib, taxminan 447-385 yillarda yashagan. U uzluksiz davom etgan urushlar davrida yashagan; shu sababli ham urushga qarshi mavzuda "Axarnaliklar", "Tinchlik", "Lisistrata" komediyalari yozilgan. Ularda tinchlik mavzusi qo'yilgan. Ma'lumotlarga ko'ra Aristofanning 44 komediyasi bo'lib, bizgacha 11 tasi yetib kelgan: "Axarnaliklar", "Chavandozlar", "qushlar", "Lisistrata", "Tinchlik", "Bulutlar", "Arilar", "Xotinlar Fesmoforiy bayramida", "Xotinlar Xalq majlisida", "qurbaqalar", "Boylik" komediyalaridir. "Bulutlar" komediyasida sofistik oqim ustidan kuladi. Tarbiyaning yangi bir usulini, uning zararli oqibatlarini tanqidiy tasvirlash komediyaning g'oyasini tashkil qiladi. "qurbaqalar" komediyasi Afinaning ikki buyuk tragik shoiri Evripid va Sofokl vafoti munosabati bilan yozilgan. Asar san'at masalasiga bag'ishlanib, adabiy-tanqidiy asardir. Aristofanning "Lisistrata" komediyasida tinchlik uchun kurashuvchi Lisistrata, shahar ayollari ishtirok etadilar. Nihoyat, ular urushni to'xtatib, ittifoq o'rnatishga

Page 12: Chet el adabiyoti

12

erishadilar. "Axarnaliklar"da dehqonlar obrazini yaratsa, "Chavandozlar"da Afinani boshqarayotgan kishilarni tanqid qiladi. Aristofan o'tkir tanqidi, tilining ta'sirchanligi va uslubining go'zalligi bilan o'zidan keyingi davr adiblariga o'rnak bo'ldi. 6- mavzu: ATTIKA NASRIY ADABIYoTI Reja: 1. Nasriy shaklning yetakchiligi 2. Notiklik san'atining goyaviy ta'siri 3. Falsafiy nasr. Aristotel ijodi Bu davrda nasriy shakl yunon adabiyotining yetakchi turidir. Tushunchamizdagi proza janridan yunonlar ancha uzoq bo'lganlar. Ular tarixiy, falsafiy va hatto ilmiy asarlarni ham shu janrga kiritganlar. Nazarimizda, qadimgi yunonlarning bunday asarlari prozaga o'tish yo'lidagi bir dovon edi. Yunonlar prozani tarixiy, notiqlik san'ati va falsafiy turlarga bo'lganlar. Tarixiy prozaning birinchi vakili - Gerodot (taxminan 485-425 yillar) bo'lib, Eron-Yunon urushi voqealariga bag'ishlangan "Tarix" asarini yaratgan. Gerodotning maqsadi zamonlar o'tishi bilan insonlarning ishlari tarixda qolishi va urushning sabablarini ko'rsatish bo'lgan. Asarda urush voqealarini tasvirlashdan avval shu xalqlar o'tmishini to'la aks ettiradi va bu albatta Gerodot asarini jahon tarixi darajasiga olib chiqadi. O'rta Osiyo tarixini o'rganishda uning asari tengsiz. Ayniqsa, massaget qabilalari, "To'maris" qissasi xususidagi ma'lumotlar ham berilgan. (N.M. Mallayev "O'zbek adabiyoti tarixi", I kitob, "O'qituvchi" nashriyoti, T., 1965. , 53-bet). Fukidid - tarixiy prozaning ikkinchi vakili bo'lib 470-400 yillar atrofida yashagan. U Peloponnes urushi voqealarining guvohi sifatida shu real haqiqatni tasvirlovchi kitob yozgan. Notiqlik san'ati - ritorikaning asl vatani Sitsiliya bo'lib, V asrda adabiy janr holida sofistlar yaratganlar. Notiqlik san'atining siyosiy notiqlik, sud notiqligi va tantanali notiqlik turlari bo'lgan. Lisiyning sud nutqlari, Demosfenning Makedoniya podshohi Filippga qarshi, uning yovuz istilochilik harakatlarini fosh qiluvchi nutqlari bilan mashhur. Bu nutqlarida Demosfen vatandoshlariga murojaat qilib, yurt baxti, el ozodligi uchun birlashishga chaqiradi. Falsafiy prozada Platon, Aristotellarni ko'rish mumkin. Aristotelning san'at va adabiyot haqidagi fikrlari "Poetika" asarida berilgan. Unda estetika muammolariga, san'at va adabiyot nazariyalariga oid masalalar muhokama qilinadi. Bu asar antik dunyo adabiyotining qimmatbaho xazinasi hisoblanadi. 7- mavzu: RIM XUKMRONLIGI DAVRI Reja: 1. Yunoniston Rim xukmronligi ostida 2. Rim adabiyotining yunon adabiyoti bilan boglikligi

Page 13: Chet el adabiyoti

13

3. Rimning dastlabki shoirlari Tarixdan ma'lumki, 336 yili makedoniyalik Iskandar Yunonistonni bosib olib, Sharqqa qarshi yurish boshlagan. Yunonlar bir necha bor o'z mustaqilliklarini tiklashga uringanlar, lekin har gal urinishlar bekor bo'lib, ular Makedoniyaga qaram bo'lib qolganlar. Shunday bo'lsada, ellin xalqining fani, adabiyot va san'ati boshqa mamlakatlarga ta'sirini o'tkaza boshladi. Shuning uchun ham yunon madaniyati ta'sirida bo'lgan davlatlar Iskandar istilosidan to Rim hukmronligigacha bo'lgan davr - ellinizm davri deb yuritilgan. Ellinizm davri adabiyotida "yangi" komediya paydo bo'ldi. Bu komediyada ham ishq-muhabbat, oilaviy munosabat masalalari, umuminsoniy masalalar haqidagi muammolar ko'tarilar edi. Menandr (taxminan 343-292) yuzdan ortiq komediya yozgani ma'lum. U komediyaga faqat tomoshabinni kuldirib, vaqtini chog' qiladigan shunchaki bir masxarabozlik deb emas, balki insonni ma'naviy va axloqiy tomondan tarbiya qiladigan muhim bir vosita deb qaraydi. Komediyalarida qahramonning ichki dunyosiga chuqurroq kirish, ularning dardu alamlarini, sevinch va shodliklarini to'laroq ochish - Menandrning asosiy vazifasi edi. Xuddi shu fazilat uni zamondosh komediyanavislardan ajratib turar edi. Menandr xarakterlar komediyasini yaratgan. Shoir ba'zi hollarda qahramonlarini shu qadar fojiali tasvirlaydiki, natijada bu tragediya tusini ham oladi. Buni biz "Hakam sudi", "qirqilgan soch" asarlari bosh qahramonlari holatlarida ko'ramiz. Ellinizm davrida poeziya janri ham rivojlandi. Kallimax (taxminan 310-240) ma'lumotlarga ko'ra juda sermahsul shoir bo'lgan. Uning "Jadvallar" bibliografik qo'llanmasida o'zidan oldin o'tgan olim va adiblar to'g'risida ma'lumot beradi. Uning bu asari adabiyotshunoslarda, ilmiy-tadqiqot ishlarida amaliy va nazariy manba bo'ldi. Kallimaxning "Sabablar" to'plami kichik qissalaridan tashkil topib, turli bayramlar va udumlarning kelib chiqishi, shahar va ibodatxonalarning barpo etilishi haqidagi rivoyatlardan iborat. Shoir ijodida ma'budlar sha'niga yozilgan qo'shiqlar - gimnlar ham bor. Uning asarlari, boshqa shoirlardagi kabi olimona iboralarga boy. Bundan shoirning o'z ijodini bevosita yuqori saroy ahllari talablariga moslashtirgani ko'rinadi. Ellinizm davrida katta epik doston yozishga moyillik Apolloniy (taxminan 295-215) ijodida ko'rinadi. Uning "Argonavtika" poemasida qadimgi jangnomalarga murojaat qilgani ko'rinadi. Asarning asosiy mavzusi inson hissiyoti masalasidir. Asar antik afsona asosiga qurilgan - Medeyaning Yasonga muhabbati tasvirlanadi. Bu mavzuni tasvirlashda Apolloniy muhabbat tuyg'ularini psixologik tomondan tahlil qiladi. Ellinizm davrida kichik hajmdagi poetik asarlar Feokrit (300-250) ijodida ko'rinadi. Ijodida tabiat zavqi, sevgi ehtiroslarini kuylash, insonning shaxsiy hayotiga, ayniqsa, oddiy kishilarning turmushiga ko'proq qiziqish, she'rning nafis va go'zal bo'lishiga intilish o'z ifodasini topgan. Uning "Idilliyalar" to'plami (ko'rinish, manzara ma'nosini beradi)da "bukolikalar", ya'ni cho'ponlar haqidagi she'rlari bor. Bukolika - yunon folklorida uchraydigan janrlardan biri. Feokrit bukolikalarida cho'ponlar o'rtasidagi suhbatlar, dahanaki janglar, sevgi nolalari,

Page 14: Chet el adabiyoti

14

afsonaviy cho'ponlar kuylaydi. Ellinizm davri yunon poeziyasining rivojlangan payti, asosan, eramizdan oldingi III asrning o'rtalariga to'g'ri keladi. Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Yunon davlati Rim imperiyasiga taslim bo'ldi. Turli ziddiyatlar kelib chiqdi, axloqiy tushkunlikning kelib chiqishidagi asosiy omillar. Ilm-fanning jiddiy va chuqur tadqiqotchilik xususiyatini yo'qotishi. O'tmish adabiyotga tahsin ko'zi bilan qarash, shu adabiyotning an'analarini qayta tiklashga intilish - davrning eng muhim vazifasi bo'lib qoldi. Bu davrda yunon xalqining jahon adabiyotiga qo'shgan boyligi roman janridir. Shu vaqtgacha yunon badiiy ijodida poeziya ustunlik qilgan bo'lsa, endilikda yaratilgan romanlarning barchasida ishqiy mavzu asosiy o'rinni egallaydi. Yunon ishqiy romanlaridan Longning "Dafnis va Xloya" bo'lib, ikki yoshning otashin sevgilari haqida gapiriladi. Asar cho'ponlar hayotiga bag'ishlanib, qishloq hayotining afzalliklarini, dehqon va cho'ponlar ma'naviyatining ustunligini ko'rsatib, o'z qahramonlaridan o'rnak olishga da'vat qiladi. Yunonlar yaratgan roman janri hozirgi kun romanchiligida ahamiyati katta. 8- mavzu: RIM KOMEDIYaSI Reja: 1. Plavt ijodining asosiy xususiyatlari 2. Rim tarixnavisligi. Yu. Sezar. 3. Lukresiy faylasuf shoir sifatida Rim adabiyoti paydo bo'la boshlagan davrda Yunon xalqi o'zining mustaqilligini yo'qotib, adabiyot va madaniyatda inqirozga tushgan edi. Rim adabiyoti lotin tilida yaratiladi Rimliklar yunon adabiyotiga taqlidan milliy adabiyotlarini yaratgan bo'lib, bunda Xomer, Evripid, Sofokl, Demosfen kabilarning xizmati katta. Har ikki mamlakat har xil tarixiy sharoitda rivojlangan. Rimliklar yunonlar ma'naviy merosini o'zlarining milliy ehtiyojlariga, g'oyaviy talablariga, tarixiy sharoitlariga moslashtirib qabul qilganlar va taraqqiy ettirganlar. Rim adabiyoti keyinchalik Ovro'po adabiyotiga katta ta'sir qilgan. Rimda yunonlar kirib kelgunga qadar ham o'z milliy adabiyotlari bo'lgan. U xalq og'zaki ijodiyoti namunalaridir. Ulardan bizgacha juda kam yetib kelgan. Liviy Andronik (284-204) birinchi rim shoiri bo'lib, u Xomerning "Odisseya" dostonini erkin tarjima qilgan; bu maktablarda asosiy o'quv darsligi bo'lgan. Gney Neviy (270-200) ijodida dramatik asarlar - tragediya va komediya asosiy o'rinni egallaydi. U asarlariga mavzuni yunonlardan, shuningdek, o'z vatani hayotidan olgan. Uning komediyalarida o'tkir siyosiy satira, Rim xalqi hayoti tasvirlanadi. "Pun urushi" dostoni Karfagen urushiga bag'ishlanib, real voqealar mifologik afsonalar bilan birga beriladi. Asarda adibning Xomer dostonlariga taqlidi sezilib turadi. Plavt Tit Makk (taxminan 250-184) rimda komediya janriga asos solgan bo'lib, teatr ishlariga yaqin bo'lgan. Ma'lumotlar turlicha, ya'ni uning 100 dan ortiq asari

Page 15: Chet el adabiyoti

15

borligi, lekin boshqa manbalar bu fikrni rad etadi. Plavt yunon komediyasini Rimga moslashtirgan, rim hayotining turli sohalariga xos milliy holatlarni asar ruhiga singdirib yuborgan. Bu Plavt ijodining asosiy yo'nalishidir. U yunon shoirlari asarlarini tanlar ekan, ularning Rim hayotiga o'xshashiga, zamona bilan hamohangligiga diqqat qiladi; shular orqali o'z xalqi muammolarini ko'tarib chiqadi. U ham kontaminatsiya usulidan foydalanadi, ya'ni mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan ikkita asarni birlashtirib yuboradi, asarga qiziq iboralar, turli hodisalarni kiritib yuboradi. Komediyalarida muhim masalalarni ko'tarib, tomoshabinga yetkazish niyatida ular bilan oddiy tilda gaplashadi. Asarlarida xalq og'zaki ijodidan unumli foydalanadi, qahramonlari nutqida qochiriqlar, hazil-mutoyiba, so'z o'yinlari ko'plab uchraydi. Uning "Maqtanchoq jangchi" komediyasining asosiy voqeasi asarning asosiy qahramoni Pirgopolinikning - xotinbozning ishqiy sarguzashtlariga bag'ishlangan bo'lsa, "Xumcha" asari esa o'sha davr Rim jamiyati uchun muhim ijodining gultoji hisoblanadi. Metamorfoza - turlanish. Doston afsonaviy turlanishlar - parilarning, ma'budalarning, odamlarning jonivorlarga, o'simliklarga, tosh va tog'larga aylanib qolishlari haqidagi rivoyatlardan iborat. Shuningdek, "Metamorfozalar" asarida sevgi mavzusi ham bo'lib, muhabbat yo'lida insonning boshidan kechirgan nohaqliklar, musibatlar, hatto fojealar ham tasvirlanadi. "Metamorfozalar"ning ba'zi qismlari Rimning afsonaviy o'tmishi haqida bo'lib, unda Eney sarguzashtlari bilan aloqador bir qancha turlarishlardan so'ng Rimning ulug' davlat ekanini, bunda Avgust bilan Yuliy Sezar xizmati kattaligini uqtiradi. Asarni yozishdagi shoirning asosiy maqsadi - rim hayotini keng ma'noda aks ettirish bo'lgan. Bu asar antik davrning beqiyos yodgorligidir. SAVOLLAR: 1. Mifologiya nima? Mifologiyaning mohiyati va ahamiyati nimadan iborat? 2. Yunon qahramonlik eposi bilan turkiy xalqlar yaratgan qahramonlik eposlari o'rtasidagi o'xshashliklar nimalardan iborat? 3. Xomerning dostonlari bilan "Alpomish" o'rtasidagi o'xshashlik nimada ko'rinadi? 4. Shoira Sapfo lirikasining xalq qo'shiqlariga yaqinligi qanday izohlanadi? 5. qadimgi Yunonistonda dramaning kelib chiqishi va turlari. 6. Esxilning tragediyalarida mifologik obrazlar orqali davrning ijtimoiy hodisalari qanday ko'rsatilgan? 7. Sofokl tragediyalarining asl mohiyati nimadan iborat? 8. Yunon komediyasining o'ziga xos xususiyatlari va Aristofan qanday mavzularda asarlar yaratdi? 9. Ellin davri poeziyasining rivojlanishi va bukolikalarning paydo bo'lishi. 10. Rim adabiyotining paydo bo'lishida Yunon adabiyotining ta'siri nimada ko'rinadi? 11. Avgust asri adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari nimada?

Page 16: Chet el adabiyoti

16

ADABIYoTLAR I. ASOSIY ADABIYoTLAR 1. Alimuxamedov N. "Antik adabiyot tarixi", Toshkent, "O'qituvchi", 1975 yil. 2. Sulaymonova F. "Sharq va Farb", Toshkent, "O'zbekiston", 1997 yil. 3. Kun N. A. "qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari". Toshkent, 1983 yil. 4. Mahmudov Mahkam "Hayrat va tafakkur", T., Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1990 yil. 5. Rim adabiyoti bo'yicha xrestomatiya. Oybek tahriri ostida. Toshkent, 1940 y. 6. Sofokl "Shoh Edip", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1979 yil. 7. Xomer "Iliada", T., Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1988 yil. 8. Esxil "Zanjirband Prometey", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978 yil. II. QO'ShIMChA ADABIYoTLAR 1. Andayk Dj. "Kentavr", Moskva, 1979 yil. 2. Ilyosov Ya. "So'g'diyona", Toshkent, "Sharq", 1994 yil. 3. "Maxabxarata", Toshkent, "Yosh gvardiya", 1966 yil. 4. "Mif diffuziyasi va epik motivlar", "O'zbek tili va adabiyoti", 1994 yil, N 3.. 5. Sagdullayev A. "Ognenno'e strelo'", Toshkent, "Universitet", 1993 yil. 6. "Ellada qahramonlari", Toshkent, "Yosh gvardiya", 1976 yil. 10- mavzu: URTA ASRLAR ShAXAR ADABIYoTI Reja: 1. Shaxar adabiyotining realistik xususiyati, asosiy janrlari 2. Fablio- kichik xajmli xikoya 3. "Tulki xakida roman" O'rta asrlar adabiyoti. Ritsar poeziyasi. Fransuz qahramonlik eposi. Epik dostonlar. qo'shiq-mustaqil adabiy janr sifatida. Ispan qahramonlik eposi. Nemis qahramonlik eposi. Realizm va xalqchillik. Ijobiy obrazlar. Ritsarlik - kurtuaz adabiyoti. Trubadurlar. Minnezanglar. Shahar adabiyoti. Fablio. Shvanklar. Uyg'onish davri xalq og'zaki ijodiyoti. Xajviya. Realizm. Lirika. Novella. Roman. Drama va teatr. Sonetlar. Komediya. Tragediya. O'rta asrlar adabiyotining rivojlanish jarayonidagi uch omil: 1. xalq ijodi 2. antik madaniyat va san'at 3. cherkovning roli Bunda ayniqsa xalq poeziyasi an'analarining roli kattadir. Eng qadimgi poeziya namunalari mehnat qo'shiqlari bo'lsa, o'rta asrlarga kelib, qo'shiq urf-odat doirasidan chiqib, mustaqil adabiy janr sifatida shakllanadi. Cherkov uzoq vaqt xalqni jaholatda saqlab kelsa-da, lekin u baribir kishilarning real hayot zavq-

Page 17: Chet el adabiyoti

17

shavqiga bo'lgan ishtiyoqini bo'g'a olmadi. O'rta asrlar adabiyotining rivojlanishiga katta ta'sir etgan omillardan yana biri antik madaniyatdir. O'rta asrlar ritsar poeziyasida Rim shoiri Ovidiy tilga olinadi. Makedoniyalik Iskandar haqidagi ertaklar, Vergiliyning "Eneida" poemasi kabi asarlardan o'rganish, foydalanish asosida dastlabki ritsar roman va qissalari vujudga keladi. qahramonlik eposlari xususida muhokama yuritilganda Farb va Sharq xalqlari ijodi o'rtasida ba'zi bir yaqinlik va o'xshash syujetlar mavjudligi o'sha davr xalqlarining ma'lum bir taraqqiyot bosqichida yashab, kelajak haqidagi orzularining mushtarakligi bilan izohlanadi. Fransuz qahramonlik eposi fransuz poeziyasining ilk namunalari mehnat, jangovar yurish, maishiy hayot masalalariga bag'ishlangan qo'shiqlar shaklida paydo bo'lgan. Xalq hayotining alohida voqealarini gavdalantirgan bunday qo'shiqlardan epik dostonlar yaratilgan. Bunday dostonlarda xalq hayoti, orzu-umidlari ifodalangan. Epik poeziyaning ijobiy qahramonlari mard, jasur va sog'lom, saxiy, mazlumlarga yordam berish va vatan uchun jonini fido qilishga tayyor turgan kishilar qilib ko'rsatilgan. "Roland haqida qo'shiq" fransuz qahramonlik eposi 4002 misradan iborat bo'lib, unda Fransuya yagona bir davlat sifatida qadrlanadi, uning imperatori Karl, "aziz Fransiya" uchun jon fido qilgan Roland ulug'lanadi. "qo'shiq"da voqealarning xalq eposiga xos tarzda mubolag'a bilan berilishi. Rolandning vatanparvarligi. "Roland haqida qo'shiq" chuqur insoniy tuyg'ular, do'stlikni o'zida mujassamlashtirgan badiiy yodgorlik namunasidir. Asarda harbiy qahramonlikning kuylanishi. Ispan xalqining qahramonlik eposi shu jumladan, "Sid haqida qo'shiq" o'rta asrlardagi Farbiy Ovro'po qahramonlik eposidan farq qiladi, ya'ni ispan qahramonlik eposida xushchaqchaqlik ustun turadi. "Nibelunglar haqida qo'shiq" nemis qahramonlik eposi mahsuli bo'lib, qadimgi ertakning bir turidir. Unda realizm va xalqchillik elementlari bo'lib, ijobiy obrazlar tasviri va talqinida ko'rinadi. "Nibelunglar haqida qo'shiq" bilan o'zbek xalqining qahramonlik eposi "Alpomish" o'rtasidagi o'xshashliklar har ikki asar qahramonlarining xulqida, shiddatkorligida, qudratida ko'rinadi. Alpomishning "o'tda kuymasligi"ga nemis pahlavoni Zikfrid o'xshasa, Barchin bilan Bryunxildalar o'z oshiqlari oldiga shart qo'yishlari bilan o'xshash. Lekin har ikki asar qahramonlarining taqdiri o'xshamaydi. Agar Barchinning shartlarini bajarib Alpomish unga erishgan bo'lsa, nemis pahlavoni fojeali halok bo'ladi. XII-XIII asrlarga kelib salb yurishlari, shaharlar mavqeining o'sishi davrida ritsarlik madaniyati rivojlandi. Ritsar adabiyoti o'rta asrlarda Fransiyada paydo bo'lgan va Farbiy Ovro'poning boshqa mamlakatlarida shakllanayotgan ritsar adabiyoti uchun namuna xizmatini o'taydi. Ritsarlar poeziyasi trubadurlar (ijod etmoq ma'nosini bildiradi) va nemislarning

Page 18: Chet el adabiyoti

18

minnezang ("sevgi qo'shig'i" ma'nosida)lar paydo bo'ldi. Trubadurlar lirikasining asosiy xususiyatlaridan biri unda turmush, hayot quvonchlarini aks ettirish bo'lsa, minnezanglar ijodida esa trubadurlarga yaqinlik bor, lekin ularning o'ziga xos xususiyati - axloqiy masalalar asosiy o'rinni egallaydi. Ritsarlik lirikasida kuylangan sevgi, turmush quvonchlari ritsar romanlarida ham asosiy mavzudir. Ularda qahramonlar psixologiyasiga alohida urg'u beriladi. Ritsar romani ham dastlab Fransiyada, keyinchalik boshqa mamlakatlarda paydo bo'ladi. Ritsar romanlari ichida "Tristan va Izolda" alohida ajralib turadi. Bu asar XII asrlarda ko'p adiblar tomonidan ishlangan, lekin bizgacha parchalar yetib kelgan. Unda insoniy muhabbat va dunyoviy hodisalar tasvirlanib, muhabbat insonning tabiiy his-tuyg'ulari natijasi sifatida ko'rsatiladi. XIII asrga kelib rivojlanib borayotgan shahar tabaqasining orzularini ifodalovchi yangi adabiyot - shahar adabiyoti paydo bo'ldi. Unda oddiy turmush manzaralari aks etgan, mehnatkash ommaning manfaati himoya qilingan, kundalik hayotdagi yoqimsiz holatlar tanqid qilingan. Bu adabiyotning keng tarqalgan janri - fablio - kichik realistik hikoyadir. Ularda hajv turlicha: ba'zilarida kulgi, boshqalarida tanqid asosiy o'rinni egallaydi. Ko'p hollarda oddiy dehqon yoki shahar kishisining donoligi xususida gapiriladi. Bunday fabliolar o'zbek xalqi hikoyalariga o'xshab ketadi. Masalan, "Zolim podsho", "Bo'ri bilan tulki" kabi. Bu o'xshashlik xalqning ijtimoiy manfaatlari va turmush sharoitlaridagi yaqinlikdan kelib chiqqan. Germaniyada fabliolar ta'sirida shvanklar - zamonaviy hajviy ruhdagi realistik hikoyalar vujudga keldi. "Tulki haqida roman"da mehnatkash omma manfaatlarini himoya qilish, xalq donoligini ko'rsatish asosiy maqsad edi. 11- mavzu: UYFONISh DAVRIGA UTISh Reja: 1. Uygonish davrining asosiy xususiyatlari 2. Dante Aligeri xayoti va ijodi 3. "Iloxiy komediya"- Dante siyosiy falsafiy va adabiy faoliyati yakuni Davrning muhim xususiyatlari inson shaxsini ulug'lash, tabiat va jamiyatni inson manfaatlariga bo'ysundirish bo'lgan. Uyg'onish davrining yana bir xususiyati antik madaniyatga munosabat masalasidir, ulardan o'rganadilar, o'tmish merosga qiziqadilar. O'rta asrlar xalq poeziyasi va antik adabiyot an'analari bu davrning turli yodgorliklariga ta'sir qilgan. Bu davrning yirik gumanistlari antik davr manbalaridan tenglik va adolat uchun kurash g'oyalarini oladilar. Uyg'onish davri adabiyotida antiklikka murojaat qilib, voqealarni o'sha holicha emas, balki real obrazlarni fantastik bo'yoqlarda tasvirlaydilar. Xalq og'zaki ijodiyoti, hajviyadan samarali foydalanish Uyg'onish davri adiblarining ijodiga katta yordam bergan. Xususan, Shekspir ijodida, uning fojealarida ayrim personajlar qiyofasida oddiy xalqning ayanchli hayoti tasvirlanadi. Ovro'po Uyg'onish davrining ilk vatani. Uyg'onishning dastlabki belgilari Dante

Page 19: Chet el adabiyoti

19

ijodida ko'rinsa ham, lekin Uyg'onish davri to'la ma'noda XIV asrning ikkinchi choragidan boshlanib, XVII asrgacha davom etadi. Aligeri Dante - (1265-1321) - O'rta asrning so'nggi va yangi zamonning birinchi shoiri. XIII asrda Dantening vatani - Florensiyadagi siyosiy kurashning yozuvchiga ta'siri. Dante adabiy faoliyatining boshlanishi - lirik shoir sifatida. "Yangi hayot" - Dante poeziyasining eng yuqori cho'qqisi. To'plamdagi realistik g'oyalar. Beatriche obrazi, Asarning avtobiografik xarakteri. Dantening siyosiy-falsafiy traktatlari. "Ziyofat"da O'rta asrlar falsafasi, dini va axloqi tasvirlansa, "Xalq nutqi haqida" traktatida esa butun Italiya uchun yagona til - milliy til yaratish kerakligini, uni himoya qilish kerakligini uqtiradi. Bu birinchi ilmiy asar sifatida. "Ilohiy komediya" - Dante ijodining cho'qqisi bo'lib, adibning siyosiy-falsafiy va adabiy faoliyatining yakunidir. Bu asar Danteni "O'rta asrning eng oxirgi va yangi zamonning eng avvalgi shoiri" sifatida tanitishi. Dante ko'p jihatdan hali o'rta asr urf-odatlari ta'sirida bo'lsa ham, lekin "Ilohiy komediya" asarida u zamonaviy masalalarni fantastik bo'yoqlarda aks ettirib, yangi tanqidiy fikrlar bilan chiqadi, butun o'rta asr madaniyatiga falsafiy - adabiy xulosa yasaydi. Asar kompozitsiyasi, unda Italiyaning birligi uchun kurash, shoir satirasining vatan xoinlariga qarshi qaratilishi. Asarning o'tkirligi, g'oyaviy boyligi va ahamiyati. Asardagi realistik holatlar. Dantening poetik mahorati. Dantening "Ilohiy komediya"si o'zbek tilida Abdulla Oripov tarjimasi. 12- mavzu: UYGONISh DAVRI ADABIYoTI Reja: 1. Petrarka va Bokkachcho ijodi 2. Fransiyada ijtimoiy- siyosiy tuzum 3. Fransua Rable ijodi Ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklarning kelib chiqishi Uyg'onish (Renessans) davriga asos bo'ldi. Shaxs erkinligi va insonning tabiiy intilishlarini himoya etuvchi gumanistik harakatning yuzaga kelishi. Diniy aqidalardan holi, realistik mazmundagi antik madaniyatga qiziqishning kuchayishi mohiyati bilan o'rta asrlar ideologiyasiga zid xarakterdagi bu hodisalar "eng buyuk o'zgarish" davri - Uyg'onish davrining muhim belgilari sifatida. Petrarka (1304-1374) - Uyg'onish davri gumanistlaridan bo'lib. Dante kabi badiiy adabiyot orqali zamonasining siyosiy hayotiga ta'sir ko'rsatish, milliy birlik uchun kurashiga harakat qilgan. Petrarka ham qadimgi yunon-rim adabiyotidan o'rgandi va ularga taqlidan asarlar yozdi. Jumladan, Vergiliy "Burkolikalar"iga taqlidan yozgan she'rlarida ba'zan hajviyot bo'lsa, ba'zan shoirning shaxsiy his-tuyg'ulari aks etgan. Uning nasriy asarlari ("Unutilmaydigan narsalar haqida", "Mashhur kishilar haqida")da Rimning mashhur kishilari, jumladan, makedoniyalik Iskandar, Ganniballar xususida gapiriladi, kishilardagi vatanparvarlik ruhini ko'rsatadi. Petrarka ijodida sevgi lirikasi asosiy o'rinni egallaydi. Laura nomi bilan kuylangan she'rlarida shoirning his-tuyg'ulari berilgan. Bu uning "Madonna

Page 20: Chet el adabiyoti

20

Lauraning hayoti", "Madonna Lauraning vafoti" asarlari bo'lib, unda sevgi mavzusidan tashqari siyosiy va falsafiy mavzudagi she'rlari ham bor. Bunday she'rlarida jangovarlik ruhi sezilib turadi. Jovanni Bokkachcho (1313-1375) Uyg'onish davri adabiyotida novella janrida ijod qilib, uning rivojiga hissa qo'shdi. Dastlabki ijodida ritsar romanlarini qayta ishladi, she'rlarida cho'ponlar poeziyasidan foydalandi, rim yozuvchisi Ovidiyning "Metamorfozalar" asariga taqlidan "Fezolan parilari" asarini yozdi. Ovro'po adabiyotida birinchi bo'lib, "Fyametta" psixologik romanini yaratdi. Asarida sevgilisi tashlab ketgan ma'shuqaning his-tuyg'u va ruhiy azoblari qahramon tilidan beriladi. Bokkachcho Ovro'po adabiyotida birinchi bo'lib ayollarni o'z o'rni, xarakteri, ularning ichki dunyosi, his-tuyg'ulari, quvonch va tashvishlarini real ko'rsatib berdi. Bokkachchoning "Dekameron" asari hikoyalar to'plami bo'lib, xalq og'zaki ijodiyotiga murojaat qildi. Yuzta hikoyani o'z ichiga olgan bu asar "Ming bir kecha"ni eslatadi. Bokkachchoning bu hikoyalarni yozishdan maqsadi - kishilarga yangi ong, yangi madaniyat va go'zallikni singdirishdan iborat edi. Shoir ijodida sevgini keng ma'noda, ijtimoiy hayot bilan bog'liq holda tasvirlash asosiy o'rinni egallaydi. Bokkachcho qahramonlari oddiy kishilar, ularning ijobiy xislatlari - epchillik, donolik, xushchaqchaklikdan iborat bo'lib, foklordan keng foydalangan. "Dekameron" o'zbek tilida. XV-XVI asrlarda Fransiyadagi ijtimoiy-siyosiy holat. Fransisk I va ispan qiroli Karl V o'rtasidagi vaziyat, siyosiy holatning kuchayishiga sabab bo'lishi. Bu davr adabiyotining vakili Fransua Rable (1494-1553) bo'lib, ijodida xalq orzu-istaklarini ifodalovchi asarlar yaratdi. Jumladan, uning o'zbek tiliga tarjima qilingan "Gargantyua va Pantagryuel" romani o'rta asr tartiblari, xulq-atvorlariga qarshi satira sifatidagi asar bo'lib, unda xayoliy bo'lsada, xalqning kelajakdagi yaxshi turmushi aks ettirilgan. Asarda yozuvchi o'sha davr gumanistlarini qiziqtirgan tarbiya, urush va tinchlik masalalarini yoritadi. O'rta asr ta'lim-tarbiyasiga yangi o'qitish usulini qarshi qo'yadi. Asarda oddiy kishilardagi sadoqat, mehnatsevarlik, samimiylik xususiyatlarini muhabbat bilan tasvirlasa, ruhoniylar va ularning ta'limotlari ustidan kuladi. Xalq orzu-umidlarining ifodalanishi, insonparvarlik g'oyalari va pedagogik qarashlari. Asarda xalq og'zaki ijodiyotidan unumli foydalanishi. Rable yaratgan xalqparvar qirollar obrazi, ijodining demokratik ruhi, satirik uslubi, xushchaqchaq kulgusi. Fransua Rable ijodining jahon adabiyotiga ko'rsatgan ta'siri va ahamiyati. 13- mavzu: ANGLIYaDA UYFONISh DAVRI ADABIYoTI Reja: 1. Drama va teatrning rivojlanishi

Page 21: Chet el adabiyoti

21

2. Shekspir ingliz adabiyotining buyuk nomayandasi 3. Shekspir dramaturgiyasi XIV-XVI asrlarda Angliyada Uyg'onish davri harakatlari, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, O'rta asr tartiblari va uning g'oyaviy asoslariga putur yetkazuvchi yangi gumanistik dunyoqarashning shakllanishi. Dehqonlar harakati. Xalq ommasining zulmga qarshi noroziligi. Angliyada Reformatsiya. Din va cherkovga munosabat ingliz gumanistlari uchun asosiy masala. Uyg'onish harakatining mamlakat madaniy hayotiga ta'siri, san'at va adabiyotning gumanizm g'oyalarini yoyishda asosiy qurol vazifasini bajarishi. Angliyada Uyg'onish davri yozuvchilarining o'tmishdoshlari. Vilyam Lenglendning "qo'shchi Petr haqidagi xayol" poemasi XIV asrning ikkinchi yarmidagi Angliya ijtimoiy hayotining o'ziga xos tomonlarini, dehqonlarning og'ir ahvolini yoritib beruvchi asardir. Poemada mehnat g'oyasining ilgari surilishi, dehqon mehnatining maqtalishi. Asarning xalq ongining o'sishiga ta'siri. Choserning "Kenterberiy hikoyalari"da Angliyadagi ijtimoiy tabaqalar hayotining aks etishi. Asarda realizmning kuchi. Robin Gud haqida xalq balladalari va ularning dehqonlar harakati bilan bog'liqligi. Ingliz gumanistik adabiyotining tarixiy rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari. Tomas Mor hayoti va ijodi. "Utopiya" asarida yozuvchining gumanistik qarashlarining aks etishi. Asarda Ovrupodagi mavjud ijtimoiy tuzumning qoralanishi, mavjud tartiblarga qarshi xalq ommasining noroziliklarining ifodalanishi. "Utopiya" asari bilan Uyg'onish davri ma'rifatchilik adabiyotiga asos solishi. Drama va teatrning rivojlanishi. Angliyadagi "Globus" teatrining demokratik xarakteri. Shekspir o'tmishdoshlari - Kristofer Marlo - yangi tipdagi teatrning yaratilishiga katta ulush qo'shgan dramaturg. Marlo - kuchli, ehtirosli shaxslar obrazini yaratuvchi, "Ulug' Temur", "Doktor Faustning fojiali tarixi", "Malta yaxudiysi" tragediyalari qahramonlarining xususiyatlari. Vilyam Shekspir (1564-1616) - ingliz Uyg'onish davrining buyuk namoyandasi. Uning hayoti va ijodi. "Shekspir masalasi". Shekspir ijodini davrlashtirish; Shekspirning poema va sonetlari. Poemalari "Venera va Adonis", "Lukresiya"ga antik davr tarixi va mifologiyasi syujet qilib olinishi, lekin ularda Uyg'onish davri ruhining ifodalanishi, Shekspir sonetlariga Petrarka ta'siri. Sonetlarida haqiqiy insoniy his-tuyg'uning ifodalanishi. Tarixiy xronikalari, markazlashgan hokimiyat uchun kurash, davlat va xalq taqdiri masalalarining qo'yilishi. Shekspirning siyosiy qarashlari. "Genrix IV" asarida Shekspirning asar qahramonini individuallashtirishdagi realistik mahorati. Shekspir komediyalari. Komediyalarning mavzusi. Uyg'onish davri ruhi bilan sug'orilgan, chuqur gumanistik g'oyalarni ilgari surgan komediyalarida pand-nasihat. "qiyiq qizning quyulishi" komediyasining yaratilishi va unda ilgari surilgan g'oya. O'rta asrlarda hukmronlik qilgan "yovuz ayol" tushunchasiga Shekspirning munosabati va uning bu asarda yangicha tarannum etilishi. Asar qahramoni - Katarinaning "qiyiq"ligiga o'sha davr muhitining ta'siri sifatida qaralishi. Katarinaning quyulishida Petruchioning ta'siri. Katarina va Byanka obrazlarini qiyoslab ko'rish. Asar o'zbek

Page 22: Chet el adabiyoti

22

sahnasida. "O'n ikkinchi kecha" komediyasining g'oyaviy mazmuni. Asardagi komik holatlar. Aka-singil Viola va Sebastyanlar taqdiri. Komediyadagi chin muhabbat, odamgarchilik, shijoat kabi hislatlarning ifodalanishi. Shekspir tomonidan taqdir masalasining yechilishi. Insonning baxtga erishishi (graf Orsinoning Violaga) jarayonini tasvirlash bilan Shekspirning inson to'siqlarni yengishi zarur degan xulosaga kelishi. "O'n ikkinchi kecha" optimistik ruhdagi komediyadir. Asar o'zbek tilida va sahnada. Shekspirning "Venesiya savdogari" komediyasining yaratilishi. Komediyada ikki dunyo kishilari o'rtasidagi qarama-qarshilik va kurashning tasvirlanishi. Antonio bilan Sheylok obrazlari. Sheylok sudxo'r obrazidir. Sheylok o'z xalqi - yaxudiy xalqining huquqlari himoyachisi sifatida tasvirlanishi. Bu obrazning murakkabligi. Komediyada shaxsiyatparastlikning fosh qilinishi. Shekspirning tragediyalari. "Romeo va Juletta" - o'rta asr fanatizmi ustidan g'alaba qilgan buyuk insoniy sevgini kuylovchi asar. "Gamlet" tragediyasi Shekspir ijodining cho'qqisidir. Asarning asosiy g'oyasi. Tragediyada chirigan olam e'tiqodlariga zarba berilishi, saroy ahli egoizmi, monarx despotizmiga qarshi kurashning ifodalanishi. Gamletning: "Tabiatning naqadar ajoyib mo''jizasidir odamzod! Uning zehni naqadar olijanob, undagi qobiliyatlar naqadar bepoyon", - degan fikrlari. "Gamlet" sahnada. "Otello" tragediyasining yaratilishi va g'oyasi. Asarda ikki tarixiy davr - o'lib borayogan absolyutizm va tug'ilib kelayotgan davrda vujudga kelayotgan yangi axloq, tushunchalarning murakkab jarayonini, shaxs bilan uni o'rab olgan muhit o'rtasidagi ziddiyatlarni aks ettirish. qahramonning shaxsiy fojiasi zamonning ijtimoiy konflikti darajasiga ko'tarilishi. Asar sahnada. "Makbet" tragediyasining g'oyasi. Unda zolimga munosib o'limning tasvirlanishi. Makbet - siyosiy despotizmning to'la in'ikosi. Asarda insoniy huquqlarning himoya qilinishi. Shekspir tragediyalarining ijtimoiy ahamiyati. Shekspir realizmi, uning xususiyatlari. Shekspir asarlarining tili va uning boyligi. Shekspir asarlari o'zbek tilida va sahnada. Ispaniyada gumanistik dunyoqarashning shakllana borishi bilan jamiyatga va uning urf-odatlariga qarshi kurashning kuchayishi. Ispan Uyg'onish davri adabiyoti XV-XVI asrlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakat tarixiy taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari. Gumanistik g'oyalarning targ'ib qilinishi. Ispan adabiyoti va romanchilik. Migel de Servantes (1547-1616) - ispan adabiyotining realist yozuvchisi. Servantes dunyoqarashining gumanistik xarakterda shakllanishi. "Don-Kixot" romani - XVI-XVII asr boshlaridagi ispan ijtimoiy hayotining realistik umumlashmasi. Roman jamiyat va uning urf-odatlariga zarba bergan ochiq satira ekanligi. Don-Kixot obrazi va uning ikkilanuvchanligi. Asarda xalq obrazi. Xalqchillik masalasi. "Don-Kixot" asari o'zbek tilida. Servantes dramaturgiyasi. "Numansiya"da vatanparvarlik pafosi,

Page 23: Chet el adabiyoti

23

uning ispan xalqining tinchlik uchun kurashi davrida o'ynagan roli. "Don-Kixot" romani o'rta asr ritsar romanlariga parodiya tariqasida yozilgan bo'lsa ham, mazmuni keng, o'sha jamiyat va uning urf-odatlari fosh qilingan. Asarda yozuvchi harbiy san'tning haqiqiy maqsadi - tinchlik ekanligini uqtiradi. Roman qahramonlarining ko'pchiligi dehqon va cho'pon, talaba va askar, aravakash va kosiblardir. O'rta asrda yashagan dehqon ayolning turmushi, orzularini real ko'rsatib berdi. Yozuvchi asarida o'z davri muhim tomonlarini anglagani holda, asosiy qahramonlari orqali o'z davr voqeligini aks ettirdi, ritsarlik va boylikka intilishni qoraladi. Romanning xalqchilligi. Asar bilan Servantes o'rta asr ritsar romanlariga qarshi chiqib, yangi realistik romanga asos soldi. Servantes ijodining Ovro'po adabiyotiga ta'siri katta. SAVOLLAR: 1. O'rta asrlar adabiyotining rivojlanishida xalq ijodiyotining roli. 2. qahramonlik eposining xalqchilligi. 3. Ritsarlik romanlarida fantastika. 4. Fablio va shvanklar. 5. Dantening "Ilohiy komediya" asarida realistik holatlar. 6. Bokkachchoning "Dekameron" asarining Uyg'onish davri adabiyoti tarixidagi ahamiyati. 7. Shekspir komediyalari va tragediyalarining mavzusi. ADABIYoTLAR 1. qayumov O. "Chet el adabiyoti". (Ilk o'rta asrlar, Uyg'onish davri va XVII asr Farbiy Ovro'po adabiyoti) Ikkinchi nashri. "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent, 1979 yil. 2. Sulaymonova F. "Sharq va Farb", T., "O'zbekiston", 1997 yil. 3. Sulaymonova F. "Shekspir O'zbekistonda", "Fan", T., 1978 yil. BADIIY ADABIYoTLAR 1. Aligeri Dante "Ilohiy komediya", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1975 yil. 2. Bokkachcho Jovanni "Dekameron", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978 y. 3. Goldoni Karlo "Mehmonxona bekasi", T., O'zdavnashr, 1935 y. (lotin grafikasi). 4. Pesn o Rolande. Perevod de la Barta. M., 1958 g. 5. Rable Franusua "Gargantyua va Pantagryuel", T., "Yosh gvardiya", 1970 y. 6. Servantes Saavedra de Migel "Lamanchlik Idalgo uddaburo don Kixot sarguzashtlari"., T., "Yosh gvardiya", 1969 y. 7. Shekspir Vilyam "Pesalar", Gamlet, Otello, qirol Lir, Yuliy Sezar, Romeo va Juletta. T., O'zadabiynashr. 1960 yil. 8. Shekspir Vilyam "Sonetlar", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978 yil. 9. Shekspir Vilyam "qiyiq qizning quyulishi", T., Toshkent, 1965 yil.

Page 24: Chet el adabiyoti

24

Klassitsizm. XVII asr ispan adabiyoti. Barokko. Drama. Ingliz adabiyoti. Poema. Ispan adabiyoti. Barokko. Realizm. Milliy drama. Fransuz adabiyoti. Milliy teatr. Komediya. Masal. Satira. Drama. Ma'rifatchilik. Ingliz adabiyoti. Pamflet. Roman. Satira. Epistolyar roman. Dramaturgiya. Publitsistika. Ijobiy qahramon masalasi. Xalq obrazi. Fransuz adabiyoti. Ijodiy metod masalasi. Tragediya. Ensiklopediya. Sentimentalizm. Nemis adabiyoti. Milliy teatr. Falsafiy drama. Realizm. Isyonkorlik ruhi. Lirika. Tragediya. 14- mavzu: XVII ASR OVRUPO ADABIYoTI Reja: 1. Fransuz adabiyotida ijtimoiy vokealar,zidiyatlarning kuchayish 2. Ispaniyada diniy reaksiyaning avj olishi 3. Angliyada iktisodiy va siyosiy axvol Klassitsizm adabiyoti. Tarixiy vaziyat va adabiy oqimlar. Uyg'onish davri adabiy yo'nalishlarining davom ettirilishi. Klassitsizmning asosiy prinsiplari. Ingliz adabiyoti. Jon Milton - ingliz adabiyotining yirik vakili. Milton ijodining bosqichlari. "Yo'qotilgan jannat" epik poemasi; siyosiy voqealarning tasvirlanishi. Milton dunyoqarashidagi ziddiyatlar. Antik madaniyatni yuqori baholashi. "Topilgan jannat" poemasida inqilobiy g'oyalardan chekinish. Poema - siyosiy ruhdagi asardir. "Samson - kurashchi" dramatik asarida inqilobiy g'oyalarga murojaat qilinishi, yozuvchining o'z davrining aktual masalasiga e'tibori. XVII asrda Ispaniyaga xristian dinining salbiy ta'siri. Mamlakat ijtimoiy hayotidagi voqealarning ispan adabiyotiga ta'siri masalasi. XVII asr ispan adabiyotidagi uch yo'nalish. Ispan adabiyotida barokko oqimining rivojlanishi. Lope de Vega - ispan adabiyotida Uyg'onish realizmi an'analarini davom ettirgan ulug' yozuvchi. Lope de Vega ijodida ispan realistik teatrining yuqori pog'onaga ko'tarilishi. "Yangi san'at" asarida ispan milliy dramasining asosiy qoidalarini belgilab berishi. Uning estetik qarashlari. Ijodiyotining rang-barangligi. Lope de Vega asarlarining mavzusi. Davlat masalasi va qahramonlik mavzusining yechilishi. Asarlaridagi xalqchillik, xalq ertaklari, xronikalardan foydalanishi. "qo'zibuloq" pesasi tarixiy qahramonlik va ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi asardir. Peesada dramatik konfliktni tashkil etgan asosiy voqea - xalq qo'zg'oloni xususida. Lope de Veganing novatorligi va xalqqa yaqinligi. Asarda dehqonlar obrazi, "qo'zibuloq" demokratik ruh bilan sug'orilgan, badiiy puxta ishlangan asardir.

Page 25: Chet el adabiyoti

25

Asarda tipik obraz va realistik manzaraning yaratilishi. Asarning qimmati. Lope de Veganing "O'z uyida dono" pesasida oddiy dehqon turmushi, ma'naviy pokligining yuqori tabaqa kishilari manmanligiga qarshi qo'yilishi, "Plash va shamshirlar komediyasi"da sevgi, oilaviy-maishiy mavzuning yoritilishi, "Ko'za ko'targan qiz", "Raqs muallimi", "Aslzoda idish yuvuvchi xotin" kabi asarlarida insonni eski urf-odatlardan holi etib, uni ulug'lashi muammolari. Lope de Vegadan keyingi davrda ispan dramasi. Kalderon - shu davr Ispaniya ruhini, gumanizmning inqirozga yuz o'girganligining ifodachisi sifatida. Kalderonning diniy ruhdagi pesalari. ("Butga sajda qilish", "Hayot - uyqu demak"). Kalderonning or-nomus masalasiga bag'ishlangan dramalari ("Ayriliqning xavfi", "Nomus g'alabasi", "Mahfiy nikoh"). Kalderon dramalarida realistik tasvir, xarakterlarning pishiq ishlanishi va demokratizmi. Kalderon ijodidagi qarama-qarshiliklari. Kalderonning dramatik mahorati. Ispan teatrining tushkunlikka tushishi. XVII asr fransuz adabiyoti va san'atida klassitsizmning taraqqiyoti. Per Kornel - XVII asr fransuz dramaturgi. Uning "Sid" tragediyasi o'z davridagi ijtimoiy qarama-qarshiliklarning realistik tasvirlashi. Sid obrazi vatan uchun xizmat qiluvchi. Kornelning bu asarda erkinlik va demokratik g'oyalarni himoya qilishi, feodal urf-odatlarni tanqid qilishi. "Sid" atrofidagi kurash va uning g'oyaviy-siyosiy maqsadi. "Goratsiy" tragediyasida Kornel davlat va jamiyat ishi uchun kurash mavzusiga murojaat qilishi. Asarda grajdanlik burchi masalasining qo'yilishi. Kornel fransuz tragediyasininggina emas, balki fransuz xarakterlar komediyasining asoschisi sifatida ("qallob" komediyasi). Kornel ijodining so'nggi davrlarida yozilgan asarlarida tushkunlikning ifodalanishi. Moler - fransuz milliy teatrining asoschisi. Moler - fransuz klassik komediyasini yaratuvchi. Komediyalaridagi realizm. Komediyalarida oila, nikoh masalalarini ko'tarib chiqishi ("Erlar uchun saboq", "Ayollar uchun saboq") Moler dunyoqarashidagi xalqchillik. Molerning XVII asr Fransiyasidagi siyosiy kuchlarni tanqid qiluvchi asarlari. "Tartyuf"da xristian dini va cherkovning tanqid qilinishi. Pesaning satirik kuchi. "Don-Juan"da axloqsizlik va o'zboshimchalikning fosh etilishi. "Mizantrop"da mavjud tartiblarga qarshi kurash masalasi. "Xasis"da asosiy qahramon uchun asosiy xususiyat bo'lgan xasislikni ochish. "Xasis" Molerning tipik "xarakterlar komediyasi"dir. "Dvoryanlikdagi meshchan"da aristokratiya hayotiga taqlid qiluvchi va dvoryanlikka suqilib kiruvchi meshchanni tanqid qilish. Moler komediyalarida oddiy xalq obrazi. Moler asarlarining ahamiyati. Uning asarlari sahnada. Lafonten - XVII asr fransuz masalchi shoiri. Lafonten ijodidagi cherkov va aristokratik xulq-atvor tanqid qilingan she'riy ertaklari. Lafonten masallari, ulardagi xalqchillik g'oyasi, haqqoniylik va realistik tasvir. Uning "Dub va

Page 26: Chet el adabiyoti

26

qamish" masalida mag'rurlik masxara qilingan, saroy tekinxo'rlarini qoralagan "Pashsha bilan chumoli", adolatsiz sudni tanqid ostiga olgan "Maymunlar sudida tulkiga shikoyat bilan chiquvchi bo'ri", absolyut hokimiyat zulmiga ishora qiluvchi "Kasal arslon va tulki", shuningdek, ruhoniy va dvoryanlarning yovuzliklarini fosh etuvchi bir qator masallari. Ijodining keyingi davrlaridagi masallarida satiraning keskinlashishi, realistik tasvirning ustunligi. Lafonten masallarining soddaligi, ijtimoiy hayotni keng qamrab olishi, mehnatkash omma manfaatlarini himoya qilishi. Lafonten masallari o'zbek tilida. Lafonten va o'zbek masalchiligi. Bualo - klassitsizm adabiy uslubining yirik nazariyotchisi. Bualo satiralari. Didaktik poemasi "Poeziya san'ati". Uning estetik qarashlari, realistik g'oyalarning cheklanganligi. Bualo absolyutizm g'oyalarining maddohi. Jan Rasin - XVII asr fransuz dramaturgi. Fransuz absolyut monarxiyasi ziddiyatlari keskinlashgan davrda Rasin ijodi. Rasin dunyoqarashidagi qarama-qarshiliklar. Rasin - xalqchillik g'oyalarining himoyachisi. Asarlarida hukmron doiralarning zo'ravonlikka asoslangan siyosatlarini qoralaydi ("Andromaxa", "Britannik", "Fedra"). Zolimga aylangan mutlaq hokimning xatti-harakatlarini qoralovchi "Britannik", saroydagi axloqiy tushkunlikning fosh qilinishi ("Fedra"). Rasin ijodining so'nggi davri tragediyalarida tavrot mavzulariga murojaat qilishi. Rasin tragediyalarining xalqchilligi. Rasinning fransuz dramuturgiyasiga qo'shgan hissasi. 15- mavzu: XVIII ASR YeVROPA MA'RIFATChILIK DAVRI ADABIYoTI Reja: 1. D. Defo ijodi. Robinzon Kruzo 2. Fransuz adabiyotida adabiy okimlar 3. Nemis ma'rifatchilik adabiyoti XVIII asr ma'rifatchilik oqimi ko'pgina Ovro'po mamlakatlarining ijtimoiy hayotida katta burilish bo'ldi. XVIII asr ma'rifatchilarining faoliyatlari turli mamlakatlarda turlicha bo'lishiga qaramay, ularning asosiy tarixiy vazifalari bir bo'lgan. XVIII asr ma'rifatchilarining faoliyati jo'shqin va xilma-xildir. Uyg'onish davridan boshlab Ovro'po hech qachon ijtimoiy va madaniy hayotda bunchalik izlanishlar makoni bo'lmagan. Universal bilimga ega bo'lgan ma'rifatchilar insonga xizmat qilishni asosiy maqsad deb biladilar. Ular ong hukmronlik qilishiga ishongan holda g'oya dunyoni o'zgartiradi deb, g'oya mohiyatini oshirib yuborganlar. Ma'rifatchilarning ilmiy, falsafiy, estetik va adabiyot sohasidagi kuzatishlaridagi asosiy masala inson shaxsi bo'lgan. Lekin ularning gumanistik qarashlarida ziddiyatlar bor. Ma'rifatchilik adabiyotining xususiyati uning oldiga qo'yilgan asosiy masalalar - yangi ijtimoiy hayot shakllarini o'zlashtirish va bu shakllarning kishiga ta'siri bilan bog'liq. Bu davrning xarakterli va yorqin adabiy hodisasi ma'rifatchilik realizmidir. Daniyel Defo (1661-1731)

Page 27: Chet el adabiyoti

27

Daniyel Defo jahon adabiyoti tarixiga o'lmas "Robinzon Kruzo" asarining avtori sifatida kirgan. U ingliz va Ovro'po adabiyotida roman janriga asos solgan mashhur yozuvchidir. O'z zamonasining ilg'or ziyolilaridan bo'lgan Defo ajoyib publitsist, talantli jurnalist sifatida ham shuhrat topgan. Defoning adabiy faoliyati keng va rang-barang. Uning talay maqola va pamfletlaridan tashqari, falsafa, iqtisodiyot, tarix, pedagogika, statistika, geografiya va meditsinaga bag'ishlangan bir qancha asarlari bor. Defo ijodining birinchi davrida qator pamfletlari yozilgan bo'lib, ulardan "Kambag'allar to'g'risida", "Ingliz xalqining avvalgi qudrati haqida", "Legion nomidan murojaat" kabi. Bular orqali yozuvchi dunyoqarishining ijobiy va cheklangan tomonlarini, ingliz konstitutsiyasiga munosabatini ko'rsatadi. Defoning oddiy xalqqa munosabatini, pedagogik qarashlarini tushunishga yordam beradi. Defo ijodining ikkinchi davrida romanist sifatida taniladi. Yozuvchiga birinchi shuhrat keltirgan asari 1719 yilda yozilgan "Robinzon Kruzo" romanidir. Undan so'ng "Mashhur kapitan Singltonning hayoti va sarguzashtlari" va boshqalar yozilib, Defoning iste'dodli romanist ekanligidan darak beradi. Romanda sarguzasht, avtobiografik, pedagogik elementlar bor. Asar maishiy-sarguzasht roman hisoblanib, unda qahramonning yoshligidan to qarigunga qadar bo'lgan hayoti tasvirlangan. O'z davrining ilg'or yozuvchisi sifatida Defo Robinzon Kruzo obrazida insonga xos eng nozik kayfiyatlarni bera olgan. Defo asarining boqiyligi boisi tabiatni va jamiyatni o'zgartiruvchi mehnat nafasini bera olishidadir. Defo badiiy uslubining o'ziga xosligi. Defoning realistik, ma'rifatparvarlik ruhidagi romanlarida xalqchillik uchun kurashishi. Defoning "Robinzon Kruzo" asari o'zbek tilida. Jonatan Svift (1667-1745) Svift XVIII asr Angliya adabiyotida alohida o'rinni egallaydi. U faqat ingliz adabiyotining emas, balki jahon adabiyoti tarixida ham mashhur tanqidchilardan biridir. Sviftni o'z davrining kurashlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Uning hayoti ham, ijodi ham Irlandiya bilan chambarchas bog'langan. Xalq baxti, vatan baxt-saodatini hukmronlar qiziqishlaridan ustun qo'ygan yozuvchi Irdlandiyaning mustaqilligi uchun irland vatanparvarlari bilan birgalikda ingliz zulmiga qarshi olib borilgan kurashlarda faol ishtirok etadi va xalqning ko'ngliga yo'l topadi. Svift hayotida ham, uning ijodida ham ingliz hayotining qarama-qarshiliklari o'z aksini topgan. Svift, avvalo, o'z davri illatlarini ayovsiz fosh etuvchi satirikdir. "Kitoblar jangi", "Bochka haqida ertak", "Movutfurush xatlari" shular jumlasidandir. Svift nomini dunyoga tanitgan, ijodining gultoji hisoblangan romani "Gulliverning sayohatlari" bo'lib, afsonaviy ertakka o'shaydi. Lekin asar inson va jamiyat xarakteri haqidadir. Unda davrning xarakterli xususiyatlari aks ettirilgan. "Gulliverning sayohatlari" romani - ingliz hayotining tanqidi umumlashmasi sifatidagi asar. Romanda Angliyadagi hukmron sinfning chirkin urf-odatlari,

Page 28: Chet el adabiyoti

28

davlat siyosati, fan va madaniyatiga yozuvchining munosabati. Romanda janr muammosi. Romanda satiraning xalqaro ahamiyati. Svift ijodiy metodi muammolari. Sviftning "Gulliverning sayohatlari" romani o'zbek tilida. Samyuel Richardson - epistolyar roman ijodchisi. Richardson romanlarining evolyusiyasi. Yozuvchi dunyoqrashi va ijodiy yo'nalishining xarakteri. Ingliz ma'rifatchilik romanlarida (G. Smollet) realistik yo'nalish taraqqiyoti. Ingliz ma'rifatchilik romanlarida turli yo'nalishlar (Richardson, Filding, Smollet). Genri Filding - ma'rifatchilik adabiyotining namoyandasi, dramaturg, romanist, publitsist. Filding ijodining bosqichlari. Ijodining dastlabki bosqichida Svift satirik an'anasi davomchisi. ("Jonatan Uayld tarixi"). Fildingning satirik dramaturgiyasida ingliz siyosiy qurilishi tanqidi. Romanist-Filding ijodi evolyusiyasi. ("Tom Jons tarixi"). Richardson bilan Filding munozarasi. Filding dunyoqarashining materialistik negizi. Filding ijodida axloq masalasi. Filding romanlarida ijobiy qahramon muammosi, xalq obrazi. Filding romanlarida tipiklik muammosi va syujet qurilishi masalasi. Asarlarining tili. Romanist - Filding estetik qarashlari. Filding estetikasida kulguning ahamiyati. Filding ijodining so'nggi davri. ("Ameliya" romani). XVIII asrda fransuz absolyutizmining yemirilishi. XVIII asrning birinchi yarmida fransuz adabiyotida oqimlar kurashi, realistik yo'nalish kurashining aks etishi. Fransua Mari Arue Volter - XVIII asr ma'rifatchisi, shoir va dramaturg, faylasuf va tarixchi, publitsist va kurashchi sifatida. Volter ijodini davrlashtirish. Volter dunyoqarashining umumiy xarakteristikasi. Volter va cherkov. Volterning ma'naviy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari. Volter -tarixchi. Volter badiiy ijodi evolyusiyasi. Volter ijodiy metodi masalasi (klassitsizm va realizmga munosabati). Volter - dramaturg. "Brut" tragediyasida ozodlik, vatanga sadoqat g'oyalarining ilgari surilishi. "Zaira" tragediyasida diniy jaholatni tanqid qilgani, "Muhammad" tragediyasida esa din, cherkov - qalloblik va munofiqlik quroli ekanligi. Volter ijodida ijtimoiy-siyosiy masalalarning yoritilishi ("Kandid yoki optimizm") Volterning tarixiy va falsafiy mavzudagi asarlari. Volter ijodining ahamiyati. Deni Didro - XVIII asr ma'rifatparvari. Didro - ensiklopediya asoschilaridan biri. Uning falsafiy qarashlari. Didroning dramaturgiya masalasiga munosabati. Didroning estetikaga oid asarlari va Ovrupoda ma'rifatchilik realizmining taraqqiyoti. Didroning san'at sohasidagi asarlari ("Nikohsiz o'g'il haqida suhbatlar", "Dramatik adabiyot to'g'risida", "Tasviriy san'at haqida tajribalar"), falsafiy asarlari d'Alamber bilan Didro suhbati", "Materiya va harakatning falsafiy prinsiplari"). Didroning badiiy iste'dodi. "Monaxinya" romanining g'oyasi. Bu ma'rifatchilik realizmi asari sifatida. "Ramoning jiyani" - dialog shaklida yozilgan asar. XVIII asr fransuz realistik adabiyoti taraqqiyotida bu asarning ahamiyati. Fransuz tanqidchiligi. Didro ijodining tarixiy ahamiyati to'g'risida. Jan-Jak Russo - sentimentalizm oqimining asoschisi. Ijodining davrlari. Russoning ijtimoiy-siyosiy va tarixiy qarashlari. "Ijtimoiy shartnoma" risolasi

Page 29: Chet el adabiyoti

29

yozuvchining siyosiy programmasi sifatida. Russoning pedagogik qarashlari ("Emil yoki tarbiya to'g'risida"). "Yuliya yoki yangi Eloiza" romanida ijtimoiy tengsizlikning ko'rsatilishi. Romanda tabiat masalasi. Ijobiy qahramonlar xarakterining ochilishi. Roman uslubi. Keyingi davr Ovrupo adabiyotida roman janri taraqqiyotida tutgan o'rni. "Iqror" asarida XVIII asr fransuz jamiyatining tanqidiy tasvirlanishi. "Iqror"da avtor obrazi. Asarning keyingi davr avtobiografik romanlariga ta'siri. Russo ijodiy metodining xususiyatlari. Russo va fransuz romantizmining vujudga kelishi. Russo ijodining qarama-qarshi tomonlari. Russo ijodining keyingi davr uchun ahamiyati. Bomarshe - ma'rifatchilik davrining dramaturgi, publitsisti. Ijodining bosqichlari. Dramaturgiyasining demokratik va realistik yo'nalishi. Bomarshe estetik qarashlari. ("Evgeniya" pesasiga so'zboshi). Figaro haqidagi trilogiyasi. "Seviliyalik sartarosh" asarining g'oyaviy mazmuni. "Figaroning to'yi" asarining siyosiy va badiiy ahamiyati. XVIII asr realistik komediyaning taraqqiyotida Bomarshe o'rni. 90-yillar ijodida g'ussali kayfiyatning paydo bo'lishi ("Jinoyatkor ona"). XVIII asrda Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy ahvoli. XVIII asr o'rtalarida milliy madaniyatning rivojlanishi. Nemis ma'rifatchiligining cheklanganligi. "Bo'ron va tazyiq" adabiy harakati namoyandalari. Gotxold Efraim Lessing - Germaniyaning milliy birligi uchun kurashgan ma'rifatparvar adib. Lessing - xalqchil san'at estetikasi nazariyotchisi, xalqchil san'at uchun kurashchi. Lessingning milliy teatrning vujudga kelishidagi roli, drama janriga asos soluvchi. Lessingning "Emiliya Galotti" pesasida ijtimoiy konfliktning qo'yilishi. "Minna fon Barnxelm" asarida yetti yillik urush davridagi nemis hayotining real kartinasining ko'rsatilishi. Xalq ichidan chiqqan qahramonlar qiyofasining ochilishi. Lessingning "Donishmand Natan" falsafiy dramasi. Asarda diniy e'tiqodga bo'lgan erkinlik masalasi. Lessing asarlarining ahamiyati. Fridrix Shiller ijodining Shtyurmer davri. Shiller ilk dramaturgiyasining g'oyaviy yo'nalishi. "qaroqchilar", "Makr va muhabbat" dramalarining g'oyaviy mazmuni. "qaroqchilar" tragediyasida kurashchanlik, erksevarlik g'oyalarining ilgari surilishi. Asar qahramonidagi isyonkorlik ruhi. Dramalarida avtor realizmining kuchi. Shillerning 90-yillar ijodi - tarixiy mavzuga murojaat. Shiller dramalarida realizm va romantizm. ("Mariya Styuart", "Vallenshteyn", "Orlean qizi"). Shiller dramalarining uslubi. Shiller asarlari o'zbek tilida va o'zbek sahnasida. Iogann Volfgang Gyote - nemis xalqining buyuk adibi. Gyote ijodining bosqichlari. Gyotening adabiy faoliyatida shtyurmer davrining xususiyatlari. Gyote ijodining ilk davri estetikasi. "Ges fon Berlixingen" asarida zulmga qarshi isyonkorlik ruhi. Asarning xalqchilligi. "Yosh Verterning iztiroblari" romanida hayotiy muammolarning ko'tarilishi. Asarda zulmga, adolatsizlikka, oddiy inson huquqlarining poymol qilinishiga qarshi isyonkorlik ruhi. Romanning psixologik va ijtimoiy mazmuni. Romanda Verter qismatining tasvirlanishi. Roman o'zbek

Page 30: Chet el adabiyoti

30

tilida (Yanglish Egamova tarjimasi). Gyote lirikasining asosiy mavzusi. Gyotening madaniyat va san'at ishlariga munosabati. Gyotening ijtimoiy va adabiy qarashlari. Gyote poetik ijodining cho'qqisi - "Mag'ribu mashriq devoni"da falsafiy lirika yaratishi. "Faust" - Gyote ijodining cho'qqisi. Asarning g'oyaviy mazmuni. Faust obrazi, uning falsafiy va badiiy ahamiyati, uning evolyusiyasi. Xalqqa xizmat qilish fikri-qahramonning oliy maqsadi. Tragediyaning asosiy qahramonlari (Faust, Mefistofel, Margarita, Yelena, Vagner va boshqalar). Tragediyaning falsafiy tomoni. Asarning optimistik ruhda tugashi. Asarning badiiy xususiyatlari, tili, uslubi. Gyote asarlarining ahamiyati. Gyotening asarlari o'zbek tilida (Erkin Vohidov tarjimasi). SAVOLLAR: 1. Klassitsizmning asosiy prinsiplari nima? 2. Barokko qanday oqim va uning vakillari kimlar? 3. Lope de Veganing "Qo'zibuloq" asarining konflikti nimada? 4. Molerning "xarakterlar komediyasi" deb nomlangan asari qaysi? 5. Lafonten masallaridagi xalqchillik nimada? 6. Ma'rifatchilik adabiyotining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 7. Defoning asarlarida xalqqa munosabati qanday? 8. Defoning pedagogik qarashlari qanday? 9. Sviftning satirik sifatida tanilishiga nima sabab bo'lgan? 10. Svift ijodiy metodi. 11. Volterning klassitsizm va realizmga munosabati qanday? 12. Russoning pedagogik qarashlari. 13. Shiller asarlaridagi isyonkorlik ruhi. 14. Gyote asarlarining xalqchilligi nimada ko'rinadi? 15. "Faust" asarining falsafiy xususiyatlari nimada? ADABIYoTLAR 1. Azizov q., Qayumov O. "Chet el adabiyoti tarixi", (XVIII-XX asrlar) T., "O'qituvchi", 1987 yil. 2. qayumov O. "Chet el adabiyoti tarixi" (Ilk O'rta asrlar, Uyg'onish davri va XVIII asr Farbiy Ovro'po adabiyoti). Ikkinchi nashri, "O'qituvchi" nashriyoti, T., 1979 yil. BADIIY ADABIYoTLAR 1. Byorns Robert "qo'shiq va balladalar", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1971 y. 2. Gyote Iogann Volfgang "Yosh Verterning iztiroblari", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1975 y. 3. Gyote Iogann Volfgang "Faust", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1972-1974 y. 4. Defo Daniel "Dengiz sayyohi Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari", T., "Yosh gvardiya", 1965 y. 5. Lope de Vega "qo'zibuloq". Toshkent, Samarqand. 1933 y. (lotin grafikasi).

Page 31: Chet el adabiyoti

31

6. Svift Jonatan "Gulliverning sayohatlari", T., "Yosh gvardiya". 1974 y. 7. Shiller Fridrix "Makr va muhabbat" T., Nafis adabiyot davlat nashriyoti, 1939 y., (lotin grafikasi). QO'ShIMChA ADABIYOTLAR 1. Anikst A.A. "Daniyel Defo", M., 1957 y. 2. Dubashinskiy I.A. "Puteshestviya Gulliverom" Djonatana Svifta, M., "Vo'sshaya shkola", 1969 y. 3. Muravev V.S. "Puteshestviye s Gulliverom", M., "Kniga", 1972 g. 4. Nurmatov O'. "Shiller tragediyalari o'zbek tilida", "Sharq yulduzi", 1985 y., N 1. 5. Urnov D.M. Robinzon i Gulliver, Sudba dvux literaturno'x geroyev. M., 1973 y. 6. Urnov D.M. "Defo", Molodaya gvardiya, 1978 y. 16- mavzu: XIX ASR ChET EL ADABIYOTIDA ROMANTIZM Reja: 1. Ingliz romantizm adabiyotining vujudga kelishi 2. Fransiya romantizm adabiyoti 3. Amerika romantizm adabiyoti Romantizm. Xarakter yaratish. Kontrast obraz. Ingliz romantizmi. Liro-epik doston. Lirika. Roman. Tarixiy roman. Fransuz romantizmi. Lirika. Dramaturgiya. Publitsistika. Roman. Nemis romantizmi. Ertak janri. Folklor. Ocherk. Xalq qo'shiqlari. Ballada. Ovro'po romantizm adabiyoti XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida shakllandi. XVIII asr ma'rifatparvarlari o'z faoliyatlari bilan oqilona davlat, oqilona jamiyat o'rnatilishi tarafdorlari edilar. Ammo XVIII asr oxirida yuz bergan inqilob va uning natijalari ma'rifatparvarlar ishonchini oqlamadi, yangicha tartiblar o'rnatildi. Bu odamlar ongida, fanda, madaniyat va adabiyotda, san'atning barcha sohalarida keskin o'zgarishlarga olib keldi. Adabiyotda yangi adabiy oqimlar vujudga keldiki, ularning biri o'tmishga yuz o'girib, o'rta asrchilik an'analarini maqtab asarlar yozsa, ikkinchisi xalq intilishlarini ifodalovchi asarlar yozib, ma'rifat, ozodlik, tenglik, birodorlik ideallariga sodiq bo'lib qoldilar. Davrning adabiy oqimlari o'rtasidagi kurash va aloqasi. Ilg'or g'oyali romantiklar xalqqa ishonch bilan qarab, uning taqdiriga, urf-odatlariga, milliy an'analariga, og'zaki ijodga ijobiy munosabatda bo'ldilar. Ular deyarli barcha adabiy janrlarda ijod qildilar. Asarlarida kuchli, ehtirosli qahramonlar yaratib, mavjud tuzumga nisbatan murosasizlikka, unga qarshi isyonga, norozilikka chaqirdilar. Obrazlarning boyligi va rang-barangligi, chuqur lirizm, hayotiy voqealar tugunidagi murakkabliklar va qarama-qarshiliklarni ko'ra bilishi bilan ilg'or romantiklar jahon adabiyoti rivojida yangi bosqich yaratdilar. XIX asrning tanqidiy realist yozuvchilari voqelikni kengroq, chuqurroq aks

Page 32: Chet el adabiyoti

32

ettirishda romantiklar to'plagan ijodiy tajribaga suyandilar. Romantizm adabiyotining barkamol xarakterlar yaratish, hayot ziddiyatlarini yirik kontrast obrazlar to'qnashuvida ko'rsatib berish kabi xususiyatlar yirik yozuvchilar realizmining shakllanishiga o'z hissasini qo'shdi. Nemis adabiyotida romantizm davrida ertak janri nihoyatda rivojlandi. Xalq og'zaki ijodining boy xazinalaridan to'plangan aka-uka Grimmlar hamda Gofmanning ertaklari alohida o'rinni egallaydi. Gofman (1776-1822) ijodi uchun xarakterli narsa san'at va san'atkor mavzui bo'ldi. Uning asarlarida iste'dodli muzikantlar, san'atkorlar hammavaqt Germaniyaning zerikarli, pastkash hayotida bo'g'iladilar, o'z ideallari bilan nemis hayoti sharoiti o'rtasida nomuvofiqlik ko'rib azob chekadilar. Gofmanning o'z zamonasidagi tuzumni faqat san'atkor ziyolilar ko'zi bilan qoralashi uning dunyoqarashidagi cheklanganlikni bildiradi. Bu cheklanganlik o'sha davr nemis hayotining qoloqligi, sustkashligi natijasi edi. Bilganimizdek, Napoleon humronligi tugagandan keyin ham nemis xalqi og'ir zulmdan qutula olmagan edi. Gofmanning kompozitor Kreysler tarixiga oid ocherklari uning nomini adabiyot olamiga tanitdi. Keyinchalik uning "Kaveler Glyuk", "Don Juan" nomli novellalari, muzika haqidagi maqolalari e'lon qilinadi. San'at mavzui va uning hayotga munosabati Gofman ijodining oxirigacha davom etadi. Uning "Tungi hikoyalar", "Serapion muridlari", "Sinnober laqabli mitti Saxes" ertagi, "Mushuk Murrning xotiralari" romani ham mashhur. "Sinnober laqabli mitti Saxes" nomli ertak shakliga solib yozilgan satirasini avtorning o'zi "zamonaviy ertak" deb ataydi. Asarda o'ziga ortiqcha bino qo'ygan, haddidan oshgan davlat arboblarining satirik qiyofasi ko'rsatilgan. Gofman asarining xalq ijodi bilan aloqasi uning ertak shaklidan foydalanishidagina emas, uning xalq folkloridan olgan sehrli soch tolalari motivi, yomonlik ustidan yaxshilikning g'alabasi kabi optimizmida ko'rinadi. Ingliz adabiyotida romantizm Ovro'po inqilobiy harakati davrida shakllangan bo'lib, ingliz romantiklari mavzuni qaysi davrdan olishlariga qaramay, o'z zamonasiga murojaat qiladilar. Ulardan biri Bayron bo'lib (1788-1824), ijodida davrining barcha ziddiyatlari aks etgan. Asarlarida zamonasidagi milliy ozodlik harakatini (Ispaniya, Albaniya, Italiya, Gresiya) irland xalqining Angliya zulmiga qarshi olib borgan kurashlarini tasvirladi. "Chayld - Garoldning ziyoratlari" liro-epik dostonida isyonkor shaxs bilan adolatsiz jamiyat o'rtasidagi to'qnashuv hikoya qilinadi. Asar qahramoni zodagon yigit Chayld Garold Angliya muhitida bo'g'iladi. O'z uyini tashlab, uzoq dengiz safariga otlanadi. Ammo uning o'tmishi kabi kelajagi ham umidsizlik kayfiyatlariga to'la. "Sharq dostonlari"da shoirning adolatsiz jamiyatga nisbatan munosabati ko'rsatilgan, ingliz zamonasi, uning tartiblariga qarshi isyoni ifodalangan. Ijodining cho'qqisi "Don-Juan" she'riy romani bo'lib, shoir zamonasidagi muhim ijtimoiy voqealarga, masalalarga o'zining tanqidiy munosabatini bildiradi. Don Juan obrazi shoirning romantik qahramonlaridan farq qilib, mutlaqo real voqealar, real odamlar bilan to'qnashadi. Shu sababli ham Don Juan obrazi realizmga yaqin

Page 33: Chet el adabiyoti

33

turadi. Bayronning "Suliotlarga bag'ishlangan qo'shiq", "Kefaloniya daftarlari", "Gresiya haqida so'nggi so'zlar" kabi asarlari erksevar grek xalqi hayotiga bag'ishlangan. Bayron asarlarini o'zbek tiliga Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Shukrullo, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad Ali, Rauf Parfilar tarjima qilganlar. Shoirning "Don Juan" she'riy romanini Abdulla Sher tarjima qilgan. Ingliz romantiklaridan Shelli, Valter Skottlardir. Shelli "qirolicha Mab", "Islom qo'zg'oloni", "Ozod qilingan Prometey" poemalari, hajviy va ishqiy mavzudagi lirik she'rlar avtoridir. Valter Skott esa tarixiy romanlar avtori sifatida jahon adabiyotida nom qoldirgan. Uning tarixiy mavzudagi romanlari XII asrdan to XIX asrgacha bo'lgan xilma-xil vaoqealarni qamrab oladi. Valter Skott kishilar taqdirini tarixiy voqealar oqimi bilan bog'liq holda ko'rsatib berdi. Uning har bir qahramoni konkret tarixiy sharoit va milliy xususiyatlari bilan uzviy ravishda gavdalantiriladi. Valter Skott ijodini, xarakteriga ko'ra uch davrga bo'lish mumkin. 1. 1796-1813 yillar - romantik poemalari. 2. 1814-1818 - Shotlandiya tarixiga oid romanlari "Ueverli", "Gay Mannering", "Puritanlar". 3. 1819-1832 - "Ayvengo", "Kventin Dorvard", "Pert go'zali" romanlarini yozdi. Valter Skott (1771-1832)ning "Ayvengo" asari alohida ajralib turadi. XII asr Angliyasidagi qarama-qarshiliklar roman markazida turadi. Asarda Robin Gud haqidagi xalq qo'shiqlari va balladalaridan foydalangan, qahramonlarning, ayniqsa, xalqdan chiqqan qahramonlarning tili ifodali bo'lib, unda xalq og'zaki ijodi xazinasidan unumli foydalanilgan. Fransuz adabiyotida romantizm yo'nalishining negizida inqilob tufayli yuzaga kelgan tartiblar yotadi. Ilg'or fransuz romantiklari ijtimoiy hayotga umid bog'lab, u insoniyatni ozodlikka olib kelishiga ishonadilar. Agar klassitsizm davr adiblari mavzuni qadimgi Yunoniston va Rimdan olgan bo'lsalar, ilg'or romantiklar mavzuni o'z xalqi tarixidan, milliy tarixdan axtardilar. Ulardan Viktor Gyugo, Jorj Sandlardir. V. Gyugo (1802-1885) - shoir, dramaturg, romannavis va publitsist sifatida ijod qilib, o'z asarlarida fransuz xalq tilining boyliklaridan unumli foydalandi, fransuz she'r tuzilishini yangi vaznlar, xilma-xil qofiya, milliy kolorit, keng xalq lug'ati bilan boyitdi. Uning "Kromvel" dramasiga yozgan muqaddimasi ilg'or romantizm adabiyotining amaldagi manifesti, programmasiga aylandi. Gyugo "Marion Delorm", "Ernani" romantik dramalarini, "qirolning dilxushligi" tanqidiy dramasini yaratdi. U "Parij Bibi Maryam ibodatxonasi" romaniga mavzuni XV asr Fransiya tarixidan oldi. Inson tarixida dinning mash'um rolini ko'rsatish maqsadida XV asr Parij hayotiga murojaat qildi. "Xo'rlanganlar" romanida xor-zor yashab, tubanlikka tushgan, xo'rlangan kishilar qismatining ayanchli ekanini ko'rsatadi. Romanda yozuvchi dunyoqarashidagi ziddiyatlarga qaramay, keng ijtimoiy masalalarni o'rtaga tashladi. Gyugoning she'riy to'plami "Dahshatli yil"da Parij Kommunasi va Fransiya - Prussiya urushi voqealari bayon qilinadi.

Page 34: Chet el adabiyoti

34

Gyugoning "Dengiz zahmatkashlari" romanida tabiat stixiyasiga qarshi kurash tasvirlanib, asar o'zbek tiliga tarjima qilingan (Nabi Alimuhamedov, 1938 yil). "Kozetta", "Gavrosh" hikoyalari ham o'zbek tiliga tarjima qilingan. "Byug Jargal" o'zbek tilida. Amerika adabiyotida ko'zga ko'ringan romantik yozuvchilar Vashington Irving va Fenimor Kuper edi. Jeyms Fenimor Kuper (1789-1851) - romannavis bo'lib, "Amerikaning Valter Skotti" deb nom olgan va tarixiy roman janriga asos solgan adib ijodida insonparvarlik, oddiy kishilar hayotini aks ettirishi bilan diqqatga molik. Ijodi uch bosqichga bo'linadi: 1. 1821-1826 - asarlari "Josus", "Lotsman", "Pionerlar", "Boston qamali", "So'nggi Mogikan"larda Amerikadagi adolatsizliklarni qoralaydi. 2. 1826-1833 - Ovro'po safari va "Mard", "Jallod" romanlari Ovro'po mamlakatlari tarixiga bag'ishlangan. 3. 1833-1851 - ijodida siljish. "Monikenlar", "Ovchi", "Izquvar" romanlarida AqSh tuzumi tanqid qilinadi, indey qabilalari hayoti aks ettiriladi. Uning "So'nggi Mogikan", "Chingachguk - ulkan Ilon", "Izquvar" romanlari o'zbek tilida.

30-40 YILLAR NEMIS ADABIYoTI XIX asrning boshlarida Napoleon yurishlarining Germaniya iqtisodiyotiga va shu jumladan, madaniyati va adabiyotiga ta'siri. Davr shoiri Xenrix Xeyne asarlarida ozodlik g'oyalarining ifodachisi sifatida. Uning dastlabki she'riy to'plami - "qo'shiqlar kitobi" - xalq qo'shiqlariga nihoyatda yaqin turadi va besh qismdan iboratdir. "Yo'l manzaralari" ocherklar to'plamida vatan manzarasini chizar ekan, uning qoloqligidan, sustkashligidan tushkunlikka tushmaydi. "Sileziya to'quvchilari" - ishchilar qo'zg'olonini ifodalasa, "Germaniya. qish ertagi" ijodining cho'qqisi hisoblanadi. Shoir dostondagi qish so'zi orqali Germaniyaning qoloqligiga, u yerda hukm surayotgan jaholatga ishora qiladi. Xenrix Xeyne (1797-1856) she'rlaridan o'zbek tiliga Oybek, Mirtemir, Shukrullo, Xayriddin Saloh, Abdulla Sherlar tarjima qilganlar. Xeynening o'zbek tilida "Lirika" va "Germaniya, qish ertagi" to'plamlari bor. 17- mavzu: XIX ASR TANKIDIY REALIZM ADABIYoTI Reja: 1. Per Jan Beranje ijodi 2. Charlz Dikkens tankidiy realizmning yirik vakili 3. AKSh tankidiy realizm Tanqidiy realizm. Fransuz adabiyoti. Inqilobiy poeziya. Hajviy qo'shiq. Ijobiy

Page 35: Chet el adabiyoti

35

qahramon. Xalq masalasi. Milliy-ozodlik mavzusi. Epopeya. Novella. Yumor. Satira. 20 yillarning oxirida paydo bo'lib, Ovro'po mamlakatlarida turli davrlarda shakllandi va rivojlandi. Fransuz adabiyotida XIX asrning birinchi yarmida inqilobiy poeziya rivojlandi va bu adabiyot mehnatkash xalq ommasining kayfiyatini aks ettirdi. Shu adabiyotning vakili Per Jan Beranje (1780-1857) bo'lib, birinchi hajviy qo'shig'i "qirol Iveto"ni butun Parij kuylaydi. Xalq shoiri - Beranje siyosiy jihatdan nihoyatda o'tkir qo'shiqlarini yaratdi. Uning "Zotli itlar arzi" satirik she'ri davlat tepasida turgan Karl X Burbonga qarshi qaratilgan edi. "Karl III" she'ri esa uning o'limini bashorat qiladi. "Xalqlarning muqaddas ittifoqi", "Jak", "Malla Janna" she'rlari. Beranje she'riyatining muhim ahamiyati shundaki, u o'z ijodini ongli ravishda oddiy xalq xizmatiga, mehnatkash xalq manfaatlariga bo'ysundiradi. Shuning uchun ham shoir "Xalq-mening ilhomim" degan edi. XIX asrning birinchi yarmida realizmning tarixiy zaminlari, realistlarning xalqchilligi, ular ijodida xalq masalasi va ijobiy qahramonlar. Frederik Stendal (1783-1842) ijodi xilma-xil janrlarni, san'atning turli sohalarini qamrab oladi. Uning beshta romani, "Italiya yilnomalari" novellalar to'plami, "Anri Bryular hayoti", "Avtobiografik maktublar" kabi asarlari, kundalik va xotiralari saqlanib qogan. Uning "Napoleon hayoti", "Napoleon haqida xotiralar", shuningdek, "Rim", "Neapol", "Florensiya" nomli yo'l lavhalari, "Rim bo'ylab sayohat", "Turist xatlari" nomli esdaliklarida falsafiy, siyosiy hamda estetik mulohazalari bayon etilgan. "Rasin va Shekspir" risolasida realizm prinsiplarini ilgari surdi, bu uning badiiy programmasi sifatida maydonga keldi. Stendal ikki buyuk fojeanavis shoir ijodini tahlil qilarkan, Shekspir ijodidagi hayotiylikni alohida ta'kidlaydi. Shekspir ijodidagi xalqchillik, realizm uni Rasin ijodidan ajratib turadigan xususiyat ekanini ko'rsatib beradi. "Vanina Vanini" novellasi Italiya milliy-ozodligi uchun borayotgan kurashni tasvirlashga bag'ishlangan. "qizil va qora", "Parma ibodatxonasi" romanlari o'zbek tiliga o'girilgan. Stendal ijtimoiy roman ustasi sifatida bu romanida o'z qahramonlari qalbini chuqur ifodalay olgan mohir psixolog hamdir. "Parma ibodatxonasi" romani ham Italiya mavzusida bo'lib, "qizil va qora" qahramoni Jyulen Sorel singari o'z Vatani ozodligi yo'lida kurashga tayyor Fabritsiodir. Adib qahramonlarining ichki kechinmalariga katta e'tibor beradi. Uning ijobiy qahramonlari zulm-istibdodga asoslangan tuzum bilan murosaga kela olmaydilar. Ular hayotdagi eskilik, xudbinlik, zo'ravonlik, inson shaxsining kamsitilishiga qarshi isyon ko'taradilar. Uning asarlari hayotiy realizm bilan sug'orilgan. Onore de Balzak (1799-1850) - ijodida tanqidiy realizm cho'qqiga ko'tarilgandir. Uning "Insonlar komediyasi" degan umumiy nom ostiga kiruvchi romanlari adibga shuhrat keltirgan. O'zini "ijtimoiy fanlar doktori" deb hisoblagan Balzak ulkan epopeyasi "inson komediyasi"da ikki mingdan ortiq personaj qatnashadi. Agar fransuz jamiyati tarixchi bo'lsa, Balzak o'zini uning kotibi deb biladi. Epopeyada

Page 36: Chet el adabiyoti

36

ko'tarilgan mavzu - pul, boylik, tilla bo'lib, bu boylik asar qahramonlari hayotida mash'um rol o'ynaydi. Balzak asarlarida pul kishi xarakterini, psixologiyasini o'zgartiruvchi, yemiruvchi, izdan chiqaruvchi salbiy kuch sifatida ko'rsatiladi. Adibning "Gobsek", "Evgeniya Grande", "Gorio ota", "Sag'ri teri tilsimi" romanlarida pulning ana shunday buzg'unchilik rolini ko'rsatadi. "Gobsek"da qahramon puling qancha ko'p bo'lsa, sen shuncha qudratli bo'lasan degan falsafaga rioya qilsa, "Evgeniya Grande"ning qahramoni Grande ham pul jamg'arish kasaliga duchor bo'lgan shaxsdir. Balzakning "Gorio ota" romani otalar va bolalar munosabati masalalariga bag'ishlangan. Shu o'rinda Gorio chol bilan Shekspirning Lir obrazini taqqoslasa bo'ladi. "Cag'ri teri tilsimi" romani falsafiy asar bo'lib, sag'ri terisi insonni halokatga mahkum etgan tuzumning ramziy obrazidir. Balzakning buyuk xizmati shundaki, asarlarida fransuz hayotining barcha tomonlarini qamrab oldi. qahramon xarakteri, tashqi muhit, uni o'rab olgan ijtimoiy sharoit ta'sirida qaror topgani uchun Balzak ana shu tashqi dunyoga, uning tafsilotiga ahamiyat berdi. Shu sababli ham adibning har bir asarida qahramon va voqealar holatini belgilab beruvchi atrof-muhit, narsalarga keng o'rin beriladi. Natijada uning har bir asari mukammal, jozibalidir. Balzakning asarlari o'zbek tilida. Prosper Merime (1803-1870) - novellalari va "Karl IX saltanati yilnomasi" asari bilan o'zbek kitobxoniga tanish. Uning xalq og'zaki ijodiga munosabati va slavyan xalqlari milliy-ozodlik harakati mavzusida yaratilgan "Gusla" to'plami. Merime jahon adabiyotida novella janrining ustasi sifatida "Tamango", "Mateo Falkone", "Etruss guldoni", "Ikkiyoqlama xato" asarlari bilan tanilgan. Agar "Tamango"da oq tanli qulfurushlarni tanqid qilsa, "Mateo Falkone"da Korsika orolida istiqomat qiladigan xalqning urf-odatlarini ifodalaydi. "Etruss guldoni"da yuqori tabaqa vakillari orasidagi g'iybat, quruq tuhmat kabi illatlarni fosh qilgan. Uning "Arsena Giyo", "Karmen" qissalari. "Arsena Giyo"da kambag'al qiz Arsenaning tahqirlanishi tasvirlansa, "Karmen"da lo'lilar hayotiga murojaat etib, hamma narsadan o'z shaxsining erkin bo'lishini birinchi o'ringa qo'ygan mag'rur, jasoratli erksevar ayol obrazini yaratadi. Merimening "Karl IX saltanatining yilnomasi" romani Ozod Sharafiddinov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Roman tarixiy mavzuda bo'lib, XVI asrga murojaat qilgan. Romanda hikoya qilingan qonli Varfolomey kechasi diniy taassublikning oqibati ekanini ko'rsatadi. Zamonasining erksevar kishisi bo'lgan Merime bu qonxo'rlikning asosiy aybdorlari bo'lgan saroy amaldorlari bilan din homiylarini keskin fosh etadi. Merime asarlari o'zbek tilida. Gyustav Flober (1821-1880) - "Bovari xonim", "Salambo", "Sezgilar tarbiyasi", "Avliyo Antoniyning aldanishi" kabi romanlari va dramatik asarlarining avtori. Floberning siyosiy, ijtimoiy va estetik qarashlaridagi ziddiyat. Adib o'zi yashab turgan jamiyatning rivojlanish jarayonini tushunmadi, uni fojeali tarzda qabul

Page 37: Chet el adabiyoti

37

qildi. Bu tuzumdan qutulish yo'llarini topa olmadi. "Bovari xonim" asarida hayot haqiqatlarini romantik xayolparastlikka qarama-qarshi qo'yadi. Asarda qahramonning estetik xom-xayollarining fosh etilishi. Ma'naviy ojiz - Ome, romantik xayolparast - Emma obrazlari. Asarning bosh qahramonlari Emma va Sharlga Floberning ikkiyoqlama munosabati. Inson axloqi masalasi - "Sezgilar tarbiyasi" romanida fosh etilishi. "Salambo"da eramizdan avvalgi Karfagen davlati tarixiga murojaat etadi va Afrikaning shimolidagi Karfagenning Rim bilan olib borgan urushlarini tasvirlaydi. Floberning "Bovari xonim" romani o'zbek tilida. Ingliz tanqidiy realizm adabiyotining vakili sifatida Charlz Dikkens (1812-1870)ni ko'rish mumkin. U jahon adabiyoti tarixida o'zining chinakam xalqchil asarlari bilan o'chmas iz qoldirgan. Dikkensning ijodi ingliz adabiyotida butun bir davrni tashkil qiladi. U haqli ravishda Angliyaning xalq yozuvchisi, uning milliy iftixori sifatida tan olingan. Dikkens ingliz adabiyotida birinchi bo'lib, azob-uqubatlarga duchor qilingan oddiy xalq hayotini realistik ko'rsatib berdi. Dikkens romanlari ijtimoiy adolatsizliklarni fosh qildi, oddiy insonning haq-huquqlari tarafdori bo'ldi, mehnat ahlining qadr-qimmatini ulug'ladi, uning go'zalligini, ezgu-maqsadlarini kuylab, xudbin jamiyatning jirkanch manzarasini ayovsiz tanqid qildi. Dikkens ijodi to'rt davrga bo'linadi: 1. 1833-1841 - bu davrda asosan yumoristik asarlari bilan nom chiqardi. "Boz ocherklari", "Pikvik klubining maktublari", "Oliver Tvistning boshidan kechirganlari" kabi asarlari yozilgan. 2. 1842-1848 - "Amerika xatlari", "Martin Chezlvit", "Dombi va o'g'li". 3. 1849-1859 - asosan hajviy asarlari "David Kopperfild", "Sovuq uy", "Mudhish zamonlar", "Mitti Dorrit". 4. 1859-1870 - Dikkens ijodida umidsizlik kayfiyatlari ustunlik qiladi. "Ikki shahar haqida qissa", "Katta umidlar", "Bizning umumiy do'stimiz" asarlari yaratilgan. Agar Dikkensning "Amerika xatlari" va "Martin Chezlvit" asarlari AqSh hayotiga bag'ishlangan bo'lsa, "Pikvik klubining maktublari" adabiyot xazinasiga komik roman namunasi bo'lib qo'shildi, unda mavjud tuzumga qarshi nafrat, norozilik emas, balki o'tkir kulgi, bitmas-tuganmas yumor yetakchilik qiladi. "Dombi va o'g'li" romani ingliz tanqidiy realizmining namunasi bo'lib, faqat pulni tan oladigan Dombi obraziga oddiy mehnatkashlarni qarama-qarshi qo'yadi. Yozuvchi doimo ana shu mehnatkash kishilar tomonida bo'ladi. 40-50 yillardagi romanlarida chartistlar harakatining ta'siri. Satirik yozuvchi sifatida yaratgan asarlarida mehnat va kapital o'rtasidagi ziddiyatning ifodalanishi. "Oliver Tvistning boshidan kechirganlari" romanida bolalar va tarbiya masalasi. Asar o'zbek tilida. SAVOLLAR: 1. Romantizm oqimining o'ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?

Page 38: Chet el adabiyoti

38

2. Bayron ijodida milliy ozodlik kurashi qanday yoritilgan? 3. Bayron ijodida Sharq mavzusi. 4. Gyugo ijodida xalq obrazi. 5. Xeyne - ozodlik uchun kurashuvchi. 6. Balzak ijodida shaxs masalasi. 7. Merime va folklor. 8. Dikkensning satirik asarlarida xalq obrazi. ADABIYoTLAR 1. Azizov q., qayumov O., "Chet el adabiyoti tarixi", (XVIII-XX asrlar), T., "O'qituvchi", 1987 yil. 2. Baqoyeva M. Bayronning "Ko'nglim qop-qorong'u" she'ri tarjimalari haqida. (Maqolalar to'plami, "Tarjima nazariyasi masalalari", N 540, Toshkent, 1977 yil). 3. Baqoyeva M. Bayron ijodiga Sharq adabiyotining ta'siri va tarjima masalasi. Tarjima nazariyasi masalalari (Ilmiy ishlar to'plami, N 606, Toshkent, 1979 yil). 4. Mahmudov M. "Hayrat va tafakkur", Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1990 yil. 5. Po'latov Yu. O'zbekistonda chet el adabiyotini o'rganishga doir. "O'qituvchi", 1975 y. 6. Po'latov Yu. Asrlarga tutash hamkorlik, Toshkent, 1974 y. 7. Sulaymonova F. Sharq va Farb, Toshkent, 1997 yil. BADIIY ADABIYoTLAR 1. Bayron Jorj Gordon "Saylanma": She'rlar, doston, dramatik doston. T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1974 y. 2. Balzak Onore de "Gobsek. Sag'ri teri tilsimi", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1981 y. 3. Balzak Onore de "Gorio ota", T., Badiiy adabnashr. 1968 y. 4. Balzak Onore de "Evgeniya Grande", T., 1964 y. 5. Vern Jyul "O'n besh yoshli kapitan", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1976 y. 6. Gyugo Viktor "Byug Jargal", T., "Yosh gvardiya", 1982 y. 7. Gyugo Viktor "Dengiz zahmatkashlari", T., "Yosh gavardiya", 1965 y. 8. Dikkens Charlz "Oliver Tvistning boshidan kechirganlari", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1984 y. 9. Merime Prosper "Karl IX saltanatining yilnomasi", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978 y. 10. Merime Prosper "Karmen", Novella, T., O'zadabiynashr, 1963 y. 11. Merime Prosper "Tamango" Novellalar. T., O'zadabiynashr, 1961 y. 12. Stendal "Vanina Vanini yoki karboniylarning Papa oblastida fosh qilingan so'nggi ventasi haqidagi ba'zi tafsilotlar", T., O'zadabiynashr, 1962 y. 13. Stendal "qizil va qora". 1930 yil xronikasi, T., Adabiyot va san'at nashriyoti. 1979 yil. 14. Stendal "Parma ibodatxonasi", T., "Meditsina", 1990 yil. 15. Flober Gyustav "Bovari xonim", Viloyatlar axloqi haqida roman. T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1976 yil.

Page 39: Chet el adabiyoti

39

16. Xeyne Xenrix "Lirika", F. Fulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, T., 1973 y. 17. Xeyne Xenrix "Germaniya. qish ertagi", T., "Yosh gvardiya", T., 1984 18- mavzu: X1X ASR OXIRI XX ASR BOShLARIDAGI ChET EL ADABIYoTI Reja: 1. Elip Zolya, Gide Mopassan ijodi 2. B. Shou, G. Uellis, J. Golsuorsi ijodi 3. M. Tven, Jek London ijodi Tanqidiy tealizm. Dekadentlik adabiyoti. Fransuz adabiyoti. Parij Kommunasi adabiyoti. Nasr. Naturalizm. Hikoyanavislik. Roman. Drama. Nemis adabiyoti. Roman. Satira. Realistik san'at. Ingliz adabiyoti. Dramaturgiya. Ijobiy ideal. Ijobiy qahramon. AQSh adabiyoti. Yumor. Satira. Roman. Hikoya. Davrlashtirish: 1. 1871 yilgi Parij Kommunasidan birinchi jahon urushining tugashigacha bo'lgan davrda asosiy yo'nalishlar, tanqidiy realizm, dekadentlik adabiyoti, Yangi mavzularning paydo bo'lishi, uslub va janr shakllarining xilma-xilligi. Bu davr yozuvchilari asarlarida hayotdagi qarama-qarshiliklarning chuqur va haqqoniy ochib berilishi. Fransuz adabiyoti, Parij kommunasi adabiyoti. Namoyandalari E. Pote, L. Mishel, J. Valles. Nazm va nasrda siyosiy mazmun. Naturalizm oqimi, uning tarixiy va falsafiy ildizlari. Naturalizm estetikasi, uning siyosiy mazmuni. E. Zolya naturalizmining falsafiy ildizlari. "Rugon-Makkarlar"da irsiyat muammosi. "Hamal" romanida mehnat va kapital masalasi. Zolya o'zbek tilida ("Hamal" romani). Gi de Mopassan - tanqidiy realizmning vakili sifatida "Hayot", "Azizim" romanlarida o'zi yashayotgan jamiyatning buzuqliklarini, manfaatparastlikni tanqid qilishi. Mopassan - hikoyanavis. Xalq obrazining yaratilishi ("Simonning dadasi"), Fransiya-Prussiya urushi mavzusidagi ("Do'ndiq") asarlari. Mopassan ijodida psixologik tahlilning chuqurligi. Mopassan o'zbek tilida (Mopassan hikoyalari, "Azizim", "Hayot" romanlari). Nemis adibi - Tomas Mann ijodida insonparvarlik g'oyalarining aks etishi. "Buddenbroklar" asari. Roman janri oila xronikasi. Nemis adibi ijodida satiraning keskinlashishi, nazariy ishlarida ("Roman san'ati", "Chexov") realistik san'at prinsiplarining yoqlanishi. Ingliz adibi - Bernard Shou - yirik dramaturg, "Mustaqil teatr" faoliyatida o'ynagan roli. Ijtimoiy muammolarning o'tkirligi. "Ko'ngilsiz pesalar", "Ko'ngilli pesalar"da munofiqlik va ikkiyuzlamachilik ustidan kulish. Shou dramaturgiyasida

Page 40: Chet el adabiyoti

40

ijobiy ideal va ijobiy qahramon muammosi. Shouning antiimperialistik chiqishi ("Urush haqida sog'lom fikr"). AqSh adabiyoti - Mark Tven ijodining yumordan ijtimoiy satiragacha o'sishi. U qisqa yumoristik hikoyalar ustasi. "Tom Soyerning sarguzashtlari" romanida axloq tasviri, Tven demokratizmi (kambag'al Gek va oq tanli qul Jim obrazlari). Romanda kuchlilikning qoralanishi. Tarbiya va bolalar masalasi. "Shoh va gado"da xalq muammosi, tarixiy mavzu, satirik mahorati. "Shoh va gado" o'zbek tilida. Jek London hikoyalarida ("Shimol hikoyalari", "Janub hikoyalari") tabiat va jamiyat, shaxs muammosi. "Martin Iden"da yozuvchi evolyusiyasi. Jamiyat va san'atkor taqdiri mavzusi. Romanda yozuvchiga xos bo'lgan dunyoga individual qarashning ifodalanishi. London asarlari o'zbek tilida (hikoyalari, "Martin Idin", "Uch qalb" romanlari). 2. 1917-1945 yillardagi Ovro'po adabiyotida iste'dodli yozuvchilar. Fransuz adibi R. Rollan ijodida qahramonona xarakterlarning yaratilishi. Dramaturgiyasida - "Inqilob dramalari" (milliy inqilobiy mavzu). "Jan Kristof" - jamiyatda san'at va san'atkor mavzusi: xalq obrazi. "Maftun qalb" yozuvchi g'oyaviy badiiy evolyusiyasining yakuni, burjua jamiyati va madaniyati inqirozining tasvirlanishi. AqSh adabiyoti - E. Xeminguey ijodida urush mavzusi. ("Alvido, qurol") ispan mavzusi ("Kimga zang urilmoqda?"). Tabiat va jamiyat bilan kurashda inson irodasi. ("Chol va dengiz"). Xeminguey ijodida psixologik tahlil mahorati, matndagi yashirin ichki mazmun roli. O'zbek tilidagi asarlari - "Chol va dengiz", "Alvido, qurol", "quyosh baribir chiqaveradi" ("Fiyesta"). T. Drayzer - "Baxti qaro Kerri" birinchi realistik ijtimoiy roman. Amerika voqeligi sharoitida oddiy kishi taqdiri - romanning asosiy mavzusi. 20-30 yillardagi asarlarida kapitalizm tanqidining chuqurlashuvi va keskinlashuvi. Ijtimoiy umumlashmalarning chuqurligi. "Amerika fojiasi" yozuvchi ijodining cho'qqisi. "Jenni Gerxardt" asarining g'oyasi. Drayzer asarlari o'zbek tilida ("Amerika fojiasi", "Baxti qaro Kerri", "Jenni Gerxardt"). 3. 1945 yildan keyingi davr adabiyotida tinchlik uchun kurash mavzusi. Tanqidiy realizm. Fransuz adabiyoti. Lui Aragon - qarshilik davri poeziyasi. Fransuz xalqi qahramonona an'analarining kuylanishi. She'rlarida ijtimoiy-siyosiy o'tkirlik va yuksak badiiy mahorati. Aragon-she'r novatori. Nemis adabiyoti. Anna Zegers - xalq hayoti va kurashi mavzusi. 30-yillardagi romani - "Ettinchi xoch" romanida urushga qarshi kurashuvchi obrazlarning yaratilishi. Urushdan so'nggi ijodi. "Barhayot o'liklar", "Tinchlik" novellalari sikli. Ijtimoiy faoliyati. O'zbek tilidagi "Barhayot o'liklar" asari. Ingliz realizmi - Jeyms Oldrij ijodida grek xalqining milliy-ozodlik kurashi tasviri mavzui. "Dengiz shunqori"da fashizmga qarshi kurashchilar obrazi. Yozuvchi romanlarida xalq tasviri. "Diplomat" romanida ikkinchi jahon urushidan keyingi lager kurashining ifodalanishi. Jeyms Oldrij o'zbek tilida ("Dengiz shunqori").

Page 41: Chet el adabiyoti

41

SAVOLLAR: 1. Zolya va naturalizm. 2. Zolyaning "Hamal" romanida mehnat va kapital o'rtasidagi qarama-qarshilik nimadan iborat? 3. Mopassan hikoyalarida psixologik tahlilning chuqurligi nimalarda ko'rinadi? 4. Xemingueyning urush, tinchlik inson haqidagi tushunchalarining o'ziga xosligi nimadan iborat? 5. Shou dramaturgiyasida ijobiy qahramon masalasi qanday yoritilgan? 6. Mark Tven ijodida axloq tasviri. 7. Jek London hikoyalarida tabiat, jamiyat va shaxs masalasi qanday yoritilgan? 8. Romen Rollan ijodida milliy inqilobiy mavzuning ochilishi. 9. Anna Zegers ijodida xalq hayoti va kurashi qanday aks ettirilgan? ADABIYoTLAR 1. Azizov q., qayumov O. "Chet el adabiyoti tarixi", (XVIII-XX asrlar) T., "O'qituvchi", 1987 yil. 2. Po'latov Yu. Asrlarga tutash hamkorlik, Toshkent, 1974 yil. 3. Po'latov Yu. O'zbekistonda chet el adabiyotini o'rganishga doir. T., "O'qituvchi", 1975 y. BADIIY ADABIYoTLAR 1. Barbyus Anri. "Birinchi muhabbat" novellalar, T., O'zadabiynashr, 1964 y. 2. Barbyus Anri. "Hayot", T., O'zdavnashr, 1941 y. 3. Drayzer Teodor "Amerika fojiasi". I-II qism, T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1987 y. 4. Drayzer Teodor. Eski joylar. Hikoya. Toshkent, Samarqand, O'zdavnashr. 1933 (lotin grafikasi) yil. 5. Zolya Emil. "Hamal". T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1982 y. 6. London Jek. "Martin Iden". T., Badiiy adabiyot nashriyoti, 1968 y. 7. Mopassan Gi de. "Hayot", "Azizim". Novellalar. T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1987 y. 8. Mann Genrix. "Sodiq fuqaro", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1970 y. 9. Oldrij Jeymc. "Dengiz shunqori" T., "Yosh gvardiya", 1977 y. 10. Uelss Gerbert. "Ko'rinmas odam", T., Badiiy adabiy nashr, 1967y. 11. Xeminguyey Ernest "quyosh baribir chiqaveradi", T., "Yosh gvardiya", 1984 y. 12. Xeminguyey Ernest "Alvido qirol", F.Fulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, T., 1973 y. 13. Xeminguyey Ernest "Chol va dengiz", T., O'zadabiynashr. 1963 y. QO'ShIMChA ADABIYoTLAR 1. Kuchborskaya Z.P. "Realizm Zolya" M., 1993 y. 2. Mindelson "Amerikanskaya tragediya" T. Drayzera, M., 1981 y. 3. Oleneva V.I. Sovremennaya amerikanskaya novella, M., 1983 y.

Page 42: Chet el adabiyoti

42

4. Finkelshteyn I.A. "Xeminguey", M., 1984 y.