k u r s i sh i - library.ziyonet.uz · 3 kirish “ inson qalbiga yo’l avvalo,...

30
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI “5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI K U R S I SH I Mavzu: “Matematika ta’limi jarayonida tarbiya muammolari.” TOSHKENT-2013 BAJARDI: MO’M 304- guruh talabasi M.Qodirova. ILMIY RAXBAR: MO’M kafedrasi professor v.b. D.Yunusova

Upload: others

Post on 08-Sep-2019

52 views

Category:

Documents


3 download

TRANSCRIPT

Page 1: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA

UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

“5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI”

TA’LIM YO’NALISHI

K U R S I SH I

Mavzu: “Matematika ta’limi jarayonida tarbiya

muammolari.”

TOSHKENT-2013

BAJARDI: MO’M 304- guruh talabasi

M.Qodirova.

ILMIY RAXBAR: MO’M kafedrasi

professor v.b. D.Yunusova

Page 2: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

2

MUNDARIJA

KIRISH………………………………………….3

I BOB. PEDAGOGIKA NAZARIYASIDA TARBIYA MUAMMOLARI

1.1-§. Ta’lim jarayonida tarbiya masalalarining huquqiy asoslari……..7

1.2-§. Uzluksiz ta’limda barkamol shaxsni tarbiyalash……………….10

II BOB. UZLUKSIZ MATEMATIKA TA’LIMIDA TARBIYA

MUAMMOLARI

2.1-§. Maktablari matematika fanlarini o’qitishda ko’zlangan tarbiyaviy

maqsadlar………………………………………………………………….14

2.2-§ Ko’zlangan tarbiyaviy maqsadlar………………………………..17

III BOB. UZLUKSIZ MATEMATIKA TA’LIMI JARAYONIDA

INNOVATSION TARBIYA METODLARI

3.1-§. Umumiy o’rta ta’lim maktablari matematika fanlarini o’qitishda

o’quvchining ayrim shaxsiy sifatlarini tarbiyalash metodikasi…………….20

3.2-§.O’rta maxsus,kasb-hunar ta’limi matematika fanlarini o’qitishda

o’quvchining qobiliyatlarini namoyon etish, rivojlantirish, muloqot madaniyatini

tarbiyalash……………………………………………………………………23

XULOSA……………………………………………………………………..25

LUG’AT……………………………………………………………………....26

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………….28

Page 3: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

3

KIRISH

“ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-

tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari

ichida eng ulug’i maktab bo’lsa ,

kasblarning ichida eng sharaflisi

o’qituvchilik va murabbiylikdir “

I.Karimov

Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash , halqimizning azaliy

orzusi bo'lib ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh

avlodga o'rgatish - ularni komillikka etaklash yo'llari, qonun - qoidalarni muttasil

izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Chunki,

insonni ma'rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining

etakchiligida amalga oshiriladi.

Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika - grekcha so'z bo'lib "paydogogos"

- bola etaklovchi ma'nosini anglatadi. Insonlarning ma'rifiy va ma'naviy

barkamollikka munosabatlarini o'zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani

to'g’ri hayotga boshlash san'ati) fani halq orasida o'z mavqeiga ega bo'ldi. Shu

tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi

qatoridan alohida o'rin egalladi. Uning bosh masalasi tarbiyadir.

Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog’langan holda

barkamol insonni voyaga etkazishni o'zida mujassamlashtiradi.

Insonni tarbiyasi haqidagi g'oyalar, qoidalar, yozma yodgorliklarda, halq og’zaki

ijodida asoslab berilgan bo'lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o'z mavqeini

mustahkamlaydi.

Zotan, ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar.

Imom al-Buhoriy, Iso at-Termiziy, Beruniy, Az-Zamahshariy, Navoiy, Bobur,

Ogahiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo'lpon singari ulug’'

olimu adiblar, fozilu fuzolalar ta'lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar.

Sharq pedagogikasining asoschilari hisoblanmish Forobiyning "Fozil odamlar

Page 4: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

4

shahri", Yusuf Hos Xojibning "qutadg’u bilig" asari Alisher Navoiyning "Mahbub

ul-qulub"i, Kaykovusning "Qobusnoma"si, Voiz Koshfiyning "Futuvvatnomai

Sultoniy" asari kabilar bunga dalilldir. Tarixdan ma'lumki, bir vaqtlar SHarq

pedagogikasi gullab-yashnagan. Olmon olimi Herler "SHarq Еvropaning

muallimidir" deganda ana shu rivojlanish davrini ko'zda tutgandir, ehtimol.

Bugun respublikamizdagi barcha oliy o'quv yurtlarida pedagogika fanini kiritilishi,

ya'ni har qanday kasb-ixtissoslik egasi pedagogika asoslaridan habardor bo'lishini

ta'minlash zamirida inson kamoloti yotadi.

Qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning milliy modelidagi bosh

muddaosi komil inson tarbiyasi, mustaqil fikrlovchi ijodkor shahsni tarbiyalash

masalalaridir. Bu vazifani esa pedagogika asoslaridan habarsiz kishi me'yoriga

etkazishi amrimaholdir.

Ushbu ma'noda bo'lajak o'qituvchilar oldiga qo'yiladigan yangi pedagogik

tafakkurni shakllantirish vazifasi bugungi pedagogika fanining mohiyatini tashkil

etadi shuningdek, jamiyat oldiga ko'ndalang turgan milliy maktab modelini

yaratish milliy ta'lim tizimini uning mazmunini jahon tajribasi mezonlariga mos

davlat standartlari asosida yaratish vazifasini hal etish o'zbek pedagogikasi

fanining ham oldiga qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasidagi pedagogik oliy o'quv yurtlarida o'rganiladigan

pedagogika fani o'qituvchilik kasbiga tayyorlash tizimida alohida o'rin tutadi va

ihtisosga yo'naltiruvchi fan hisoblanadi.

Mazkur o'quv fani o'zbek halqining milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari, halq

pedagogikasi aqidalariga asoslanib, bo'lajak o'qituvchini milliy mustaqillik

sharoitida yosh avlodni tarbiyalash, shahsini kamol toptirish, e'tiqod va

maslaklarini shakllantirish, ma'naviy- ahloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi.

Ma'rifat darg'asi Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yohud ahloq” asarida

pedagogika faniga quyidagicha ta'rif bergan edi:

“Pedagogiya - ya'ni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi ahloqning asosi tarbiya .

. . bolaning salomatliligi, saodati uchun uni yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok

tutmoq, unga yaxshi hulqlarni o'rgatmoq, yomon hulqlardan saqlab o'stirmoqdir”.

Page 5: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

5

Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda

yuksak ma'niviyatni, milliy mafkurani shakllantiruvchi, qonun - qoida va

metodlarni o'rganuvchi hodisalar doirasidagi fandir.

Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o'zining nazariy, ilmiy va amaliy

asoslariga ega.

Pedagogikaning nazariy asoslari: Pedagogika fanining nazariy asoslari inson

kamolotiga qaratilgan, halq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va

metodik manbalarga O'rta Osiyo va jahon ma'rifatparvar, mutafakkir olimlarning

asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o'qitishning qoida va umumiy

qonuniyatlariga asoslanadi.

Pedagogikaning milliy asoslari: Pedagogikaning milliy asosi ta'lim masalalarini har

bir millatning milliy merosi bilan umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlarni

holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o'ziga xos meros va qadriyatlariga

suyangan holda tarbiyashunoslik masalalarining milliy asosda yosh avlodga

etkazish mazmuni, shakli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.

Bir so'z bilan aytganda, bugungi pedagogika fani haqli ravishda tabiatni oliy

mahsuli-insonning ma'naviy-ma'rifiy shakllanishi uning shahs sifatida rivojlanishi

va mustaqil fikr yurituvchi komil inson bo'lib etishishi yo'lidagi qonuniyatlarini

o'rgatuvchi fan sifatida jamiyatda o'z o'rnini topishi lozim.

Bu esa insoniyat o'zligini anglashga yangicha yondoshish faqat uning o'ziga,

jamiyatga, tabiatga munosabatlarida emas, balki uning faoliyatida ilmiy-amaliy,

islohiy o'zgarishlar sodir etib, yangicha fikrlash asoslarini egallashga zamin

yaratadi. har qanday mutahassis o'zligini anglashi fuqaro ma'naviy-intellektual etuk

shahs bo'lib etishishi uchun pedagogika asoslaridan etarli habardor bo'lishi shart.

Page 6: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

6

Kurs ishining maqsadi:

Umumiy o’rta-ta’lim maktablarida matematika ta’limi jarayonida tarbiya

muammolarini o’rganish.

Kurs ishining ob’ekti:

Umumiy o’rta ta’lim va o’rta-maxsus kasb hunar kollejlarida matematikani

o’qitish jarayoni.

Kurs ishining predmeti:

Uzluksiz matematika ta’limi jarayonida tarbiya metodlari.

Kurs ishining vazifalari:

Uzluksiz ta’limda barkamol shaxsni tarbiyalash masalalari bilan

tanishish;

Pedagogika nazariyasida tarbiyani shakllantirish;

O’quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirish;

Maktablarda matematika fanlarini o’qitishdan ko’zlangan

tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish.

Innovatsion tarbiya metodlarini o’rganish;

Page 7: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

7

I BOB. PEDAGOGIKA NAZARIYASIDA TARBIYA

MUAMMOLARI

1.1-§. Ta’lim jarayonida tarbiya masalalarining huquqiy asoslari

Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo’lib,

tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni tashkil etish

masalalari, metidikasi, shakllari, metodlari, vositalari, usullari va

muammolarini o’rganadi.

TARBIYA – muayyan aniq maqsad hamda ijtimoiy – tarixiy tajriba asosida

yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, hulq-atvori va

dunyoqarashini

tarkib toptirish jarayonidir.

Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya

borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash

uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning

ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa

bo'limlari: umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi va halq ta'limi tizimini boshqarish

bilan uzviy bog’liq.

Tarbiya jarayonining mazmuni. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya

mohiyati turlicha bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib

asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo'lsada, ammo

yo'naltiruvchanlik hususiyati hamda ob'ektiga ko'ra yakdillikni ifoda etadi.

Tarbiya hususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday degan:

“Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat

- yo halokat masalasidur” . Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy

ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir halqning taraqqiy etishi,

davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog’liq.

O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach,

ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning

Page 8: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

8

asosiy g’oyasi respublikaning rivojlanish va ravnaq, huquqiy jamiyatning barpo

etish uchun hizmat qiladi. Demokratik insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo

etish vazifasi o'sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O'zbekiston

Respublikasining “Ta'lim to'g’risidagi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”

hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va

nutqlari chunonchi, “Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori”,

“O'zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli asarlarida mustaqil respublikada

ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.

Tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar

o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik

jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-

tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil

etishga hizmat qiladigan hulqiy odatlar hosil bo'ladi.

Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to'g’ri

uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan

tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan ma'lum munosabatda bo'ladi. Bu munosabat

shahsning ichki ehtiyoj va hoxishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning

tadqiqotlari shahsga tashxis omillarning hox salbiy, hox ijobiy ta'siri bolaning

ularga munosabatiga bog’liqligini ko'rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas,

balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday

anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o'zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi

zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida

kechadi.

Tarbiya jarayonida o'quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham

o'stirib borish, unda jamiyatning shahsga qo'yadigan ahloqiy talablariga muvofiq

keladigan hulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun

o'quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi. Agar bularning

birortasi e'tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya

jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi. U o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning

ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.

Page 9: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

9

Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy

tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o'quvchilar jamoasi manfaati va istagi

asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o'zini o'zi anglash

jarayoni yuzaga keladi. Bola o'z hulqi, hatti-harakati uchun jamoa oldida

javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol

qatnashchisi bo'lib qoladi.

Tarbiyani samarali yo'lga qo'yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya

jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya

jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.

Tarbiyada o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi.

Tarbiyachi bola shaxsining o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o'sish,

menat, ijtimoiy ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan mahsus ta'sir

etish muhimdir.

Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir

vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi.

Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi

tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya mazmuni

ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum

shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi

Page 10: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

10

1.2-§. Uzluksiz ta’limda barkamol shaxsni tarbiyalash masalalari

Tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar

o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik

jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-

tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil

etishga hizmat qiladigan hulqiy odatlar hosil bo'ladi.

Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to'g’ri

uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan

tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan ma'lum munosabatda bo'ladi. Bu munosabat

shaxsning ichki ehtiyoj va hoxishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning

tadqiqotlari shaxsga tashxis omillarning hox salbiy, hox ijobiy ta'siri bolaning

ularga munosabatiga bog’liqligini ko'rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas,

balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday

anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o'zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi

zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida

kechadi.

Tarbiya jarayonida o'quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham

o'stirib borish, unda jamiyatning shahsga qo'yadigan ahloqiy talablariga muvofiq

keladigan hulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun

o'quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi. Agar bularning

birortasi e'tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya

jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi. U o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning

ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.

Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy

tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o'quvchilar jamoasi manfaati va istagi

asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o'zini o'zi anglash

jarayoni yuzaga keladi. Bola o'z hulqi, hatti-harakati uchun jamoa oldida

javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol

qatnashchisi bo'lib qoladi.

Page 11: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

11

Tarbiyani samarali yo'lga qo'yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya

jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya

jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.

Tarbiyada o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi.

Tarbiyachi bola shaxsining o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat o'sish,

menat, ijtimoiy ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik yordami bilan maxsus ta'sir

etish muhimdir.

Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir

vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi.

Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi

tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya mazmuni

ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum

shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi

A.Avloniy aytganlaridek: “Ilm insonlarning madori, hayoti,porloq kelajagi,

rahbari, najotiga aylangan”. Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas fazilatdir.

Shuning uchun ham avvalambor ilmli, tarbiyali bo’lmoq har bir yosh barkamol

shaxsning burchi hisoblanadi.

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida

tashkil etiladi. Ta’lim- tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning

rivojlanish yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim - tarbiyaning

asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.

Tarbiya jarayonining natijasi.Ta’lim- tarbiyaning natijasi yuksak ma'naviy va

ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu

jarayon ikki tomonlama bo'lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o'quvchi

shaxsining o'zi tomonidan faollik ko'rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda

pedagog etakchi rol o'ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari

mohiyatini tushunadi, maqsad yo'lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan

Page 12: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

12

yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab

oladi va ta’lim- tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.

Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan

muvaffaqqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin.

Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir.

Shaxsning ko'pdan-ko'p hislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o'zaro

mustahkam bog’langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas,

balki yaxlit ravishda rivojlanadi.

Bola o'sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib,

chuqurlashib, tabaqalashib boradi.

Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aq liy,

g’oyaviy-siyosiy, ahlohiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda

huquqiy tarbiya berish, o'quvchilarning ongi, hulq-atvori va faoliyatining birligi,

shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy

shakllarini qo'shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga

keltirish va bu tizim g’oyalariga amal qilishni talab etadi.

Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning

atrof-tevarak, jamiyat, odamlar hamda o'ziga nisbatan munosabatlari doirasini

vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy

munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo'lsa, uning ma'naviy

dunyosi shunchalik boy bo'ladi.

O'z tabiatiga ko'ra tarbiya jarayoni ko'p omilli harakterga ega. Ya'ni, bola

shahsining qaror topishi oila, ta'lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit,

shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta'sirlar ostida ro'y

beradi.

Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir hil harakterda bo'lmaydi. Bu narsa

o'quvchilarning psihologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy

hususiyatlari, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasi, shaxsiy pozitiyasiga bog’liq.

Tarbiya jarayoni odatda, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini qayta tarbiyalash,

bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida

Page 13: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

13

vujudga keladigan munosabatlar va ularning hususiyatlarini bartaraf etish bilan

olib boriladi.

O'zini o'zi tarbiyalash shaxsni o'zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni

hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy hislatlarni bartaraf etishga

qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi.

O'z-o'zini qayta tarbiyalash shaxsning o'zidagi salbiy odatlar, harakteridagi

zararli sifatlarni yo'qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati

jarayonidir. Bola hulqidagi «o’qish»lar oiladagi nosog’lom muhit, ota-onaning

tarbiyada yo'l qo'ygan hatolari, o'qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida

vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy hulqni hosil qilgan sabab,

sharoit o'zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta'sirini oila,

shu jumladan, ota-ona ham ma'qullashi lozim.

Demak, qayta tarbiyalash o'quvchining o'zigagina emas, balki uning ota-

onasiga ham qaratilishi lozim bo’ladi.

Page 14: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

14

II BOB. Uzluksiz matematika ta’limida tarbiya muammolari

2.1-§. Umumiy o’rta ta’lim maktablari matematika fanlarini o’qitishda

ko’zlangan tarbiyaviy maqsadlar

Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari ma'naviy-ahloqiy tarbiya va

unga qo'yiladigan talablar bu jamiyatda ma'lum ijtimoiy-ahloqiy talablarga mos

ahloqiy hislatlarni shakllantirish maqsadida o'quvchilar ongi, hissiyotlari hamda

xulqiga muvofiq va tizimli ta'sir etishdi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematikani o’qitishdan ko’zlangan

maqsad uning jamiyat taraqqiyoti va shaxsni shakllantirishdagi o’rni bilan

aniqlanadi. Tarixdan matematikaning : amaliy-inson produktiv faoliyati uchun

zarur bo’lgan vositalarni yaratish , qo’llashga ruhiy –inson tafakkuri bilan bog’liq

bo’lgan olamni idrok etish,o’zgartirishga qaratilgan matematik metodlarni

egallashga asoslangan qirralari shakllanib kelgan.

Matematika o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani

sifatida keng imkoniyatlarga ega. Matematik tafakkur obyektlari va ularni

yasash haqida mantiqiy xulosalar chiqarish , mulohazalarni shakllantirish,

asoslash va isbotlash ko’nikmalarini shakllantiradi va bu asosda mantiqiy

tafakkur rivojlanadi. Matematikadan misol va masalalarni yechish jarayonida

tafakkurning ijodiy va amaliy qirralari rivojlanadi.

Matematik isbotlardagi aniq, qisqa , ravon fikr yuritish , geometric shakllarni

tasavvur qilish , ulardagi simmetriya , qat’iy qonuniyatlar asosida go’zallikni

ko’ra olishga o’rgatish orqali o’quvchilarga estitik ta’lim-tarbiya beriladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematikani o’qitishdan ko’zzlangan

maqsadlar:

-o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini

umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan

onli o’zlashtirilishiga hamda hayotga tadbiq eta olishga intilish;

Page 15: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

15

-o’quvchilarga izchil mantiqiy fikrlashni shaklantirib boorish natijasida

ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal

etishning maqbul yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish.

-insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning

takomillashib borishi asosida fanlarining o’qitilishiga bo’lgan takablarni

xisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji

bilan uyg’unlashtirish;

-vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish , rivojlantirish, matematika

rivojiga qomusiy olimlarimiz qo’shgan hissalaridan o’quvchilarni xabardor

qilish;

-jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda

umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi

tasavvurlarini shakllantirish;

-o’quv jarayonini demokratiyalashtirish insonparvarlashtirishga erishish;

Qayd etilgan maqsadlardan umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematika

o’qitishning asosiy vazifasi o’quvchilarni Vatanga sadoqat , yuksak ahloq ,

ma’naviyat va ma’rifat , mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida

tarbiyalash; ta’limning insonparvar bo’lishishiga erishish; zarur bo’lgan

matematik bilim, ko’nikma va malakani berish kelib chiqadi.

Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o'qish, qiziqarli boshqotirmalar,

aqlni charxlaydigan o’yinlardan ,maxsus tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifat

kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida ahlohiy,tarbiyaviy

tushunchalar va hulq-odatlar paydo bo'la boshlaydi. O'quvchilar o'zlari va

boshqalarning hatti-xarakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli

ma'naviy- tarbiyaviy mavzularda o'tkaziladigan suhbat va munozaralarda

o'quvchini fikr yuritish, o'ylashga yo'naltirish muhim ahamiyatga ega.Matematik

tafakkur o'quvchilarni o'ylash, fikr yuritishga yo'llaydi, ularda salbiy hislatlardan

saqlanish, yaxshi odatlarni o'rganishga bo'lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa

boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o'z hatti-xarakatlarini baholashga bo'lgan intilishlari

va ishonch, e'tiqodlari shakllanadi.

Page 16: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

16

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida hozirgi davrda yoshlar o’rtasida tobora

ommaviylashib borayotgan “Zakovat”, “Intellektual ring” , “O’yla, izla, top!” kabi

o’yinlar ham mazmun , ham mohiyati ,ham metodik jihatdan birdek qiziqish

uyg’otgan. Bu kabi o’yinlar o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishini ,

aqliy faoliyatini ,tafakkurini rivojlantiradi.

Matematikani o’rganish o’quvchilarning o’z ona tillarida xatosiz so’zlash,

o’z fikrini aniq,ravshan va lo’nda qilib bayon eta bilish malakalarini

o’zlashtirishlariga yordam berish kerak.

Matematika o’qitishning amaliy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni

qo’yadi:

a) matematikadan olingan nazariy bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan

elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o’rganadi ,ularda turli sonlar

va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini shakllantiradi.

b) o’quvchilar matematika darslarida ko’rgazmali qurollar va jadvallardan

foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi.

O’quvchilar matematikadan misol va masalalar yechish orqali ularda sabr-

qanoatga, mehnatga ,mulohazali, og’ir- vazmin kabi xususiyatlarga ega bo’ladi.

O'quvchi faoliyatini tashkil etish va hulq-odobini shakllantirish metodlaridan

mashqlantirish, o'rgatish, pedagogik talab qo'yish jamoa fikrini hisobga olish,

topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan

foydalanish samarali natijalar beradi.

Page 17: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

17

2.2-§. O’rta maxsus , kasb –hunar ta’limi matematika fanlarini

o’qitishda ko’zlangan tarbiyaviy maqsadlar.

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmuni ta'limni rivojlantirishga oid

davlat siyosati bilan belgilanadi. Bu siyosat “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da

belgilangan, ta'limni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar

darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy tizimni yaratish

hisoblanadi.

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumiy o'rta ta'lim negizida tashkil etilib,

uch yillik muddatda amalga oshiriladi. Majburiy-ixtiyoriy harakterga ega bo'lgan

o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimidagi mustaqil ta'lim turi

sanaladi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi bu yo'nalishda ta'lim

olishga voyaga etmagan o'quvchilarning barchasi to'la jalb etilishi shartliligi bilan

belgilansa, ihtiyoriyligi ta'lim yo'nalishi, Akademik litsey va kasb-hunar ta’limini

o'quvchilar tomonidan o'zlarining qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlaridan kelib

chiqib tanlash imkoniyati mavjudligini ifodalaydi.

Akademik litey va kasb-hunar kollejlarida ham o'rta mahsus ta'lim davlat

standartlariga muvofiq tashkil etiladi.

Akademik litseylar o'quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga

olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqurlashtirilgan,

sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan hamda kasbga yo'naltirilgan ta'lim olish uchun

imkoniyatlarni yaratadi.

Ushbu ta'lim muassasalarida gumanitar, texnika, agrar, mashinasozlik, qurilish-

arxitektura, tibbiyot, pedagogika, tilshunoslik va boshqa sohalar bo'yicha nazariy

bilimlarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O’rta maxsus , kasb-hunar

o'quvchilarga muayyan fan asoslarini chuqurlashtirib o'rgatish hamda ularda

boshlang’ich kasbiy ko'nikmalarni beradi. O'zlashtirilgan kasbiy ko'nikmalar esa

o'quvchilarga ma'lum yo'nalishlarda ta'limni davom ettirish, ya'ni oliy o'quv

yurtlarida o'qishlari uchun poydevor bo'ladi.

Page 18: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

18

Kasb-hunar kollejlari tasdiqlangan davlat ta'lim standartlariga muvofiq

o'quvchilarga o'rta maxsus, kasb-hunar bilimlarini beradi, ularda amaliy ko'nikma

va malakalarni hosil qiladi. Bu kabi muassasalar “o'quvchilarning kasb-hunarga

moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning

tanlagan yo'nalishlari bo'yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallashlari

uchun sharoit yaratadi. Kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar tayyorlanadi.

Ma'lum hunar yoki kasb asoslarini o'rgatishga yo'naltirilgan kasb-hunar

kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o'quv

jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta'lim muassasalari sanaladi.

Yangi turdagi kollejlarda o'quvchilar bir yoki bir necha yo'nalishlar bo'yicha bilim

va ko'nikmalarni egallashlari mumkin.

O'quvchilar akademik litey hamda kasb-hunar kollejlarida ta'lim olish bilan

birga mavjud bilimlarini mustahkamlaydilar va o'zlari tanlangan ixtisosliklar

bo'yicha kasbiy faoliyatga tayyorlanadilar. Ushbu ta'lim muassasalarining tugatgan

o'quvchilar davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomni olishga muvaffaq

bo'ladilar. Aynan bu diplomlar o'quvchilarga uzluksiz ta'lim tizimining keyingi

bosqichi (oliy ta'lim tizimi)da o'qishni davom ettirish huquqini beradi.

Bugungi kunda respublikamizda akademik litey va ta kasb-hunar kollejlari

faoliyat olib bormoqdalar. Ularning faoliyati quyidagi vazifalarning ijobiy hal

qilinishi hisobiga ta'minlandi:

-yangi turdagi o'quv muassasalari faoliyat ko'rsatishining normativ

bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

-oliy ta'lim, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohalarining

mutahassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutahassislarni (jumladan, chet

ellarda) tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

-o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi DTSni ishlab chiqish va joriy

etish;

-o'rta mahsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun ta'lim va

kasb-hunar dasturlari, o'quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;

Page 19: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

19

O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish aniq fanlar bo’yicha tafakkurini

shakllantirish ,aniq fanlar bo’yicha o’z mutaxasissliklarini tanlashi zarur

bo’ladi,shu yo’nalish bo’yicha o’z faoliyatlarini olib boradilar . Ularni

akdemik litsey va kasb-hunar kollejlariga jalb qilish umumiy o'rta ta'lim

maktablarining jamoalari bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikka

asoslangan holda o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-

pedagogik tashxis markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Tashxis markazlar

o'quvchilarning qobiliyatlari, ma'lum kasb yoki hunarga layoqatlariini aniqlash,

sog’liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda ularni har yili tibbiy-

pedagogik ko'rikdan o'tkazish, o'quvchilar va ularning ota-onalariga psixologik-

pedagogik yordam ko'rsatish asosida o'quvchi tomonidan akdemik litsey yoki

kasb-hunar kollejini tanlashga ko'maklashadi, bu borada o'zining tavsiyalarini

beradi.

Page 20: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

20

III BOB. Uzluksiz matematika ta’limi jarayonida innovatsion

tarbiya

3.1. -§. Umumiy metodlari o’rta ta’lim maktablari matematika

fanlarini o’qitishda o’quvchining ayrim shaxsiy sifatlarini tarbiyalash

metodikasi

O'zbekiston Respublikadagi ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida

pedagogik OTMlarning asosiy vazifasi jahon talablari darajasida yangilanib

borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan mutahassislarni

tayyorlash, ushbu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan ahborotlar hajmini

e'tirof etish emas, balki ularga nisbatan ijodiy yondashuvni shaklantirish va

mustaqil fikrlash kabi sifatlarni tarbiyalashdan iborat.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta'lim-tarbiyaning maqsadini o'tmishdan

qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to'la holis etish, rivojlangan demokratik

davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan

yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat deb belgilandi [1]. Demak, ta'lim-

tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda ham mazmunning, ham

pedagogik jarayonning yangilanishi tabiiydir.

So'nggi yillarda ta'lim berishning yangi yo'nalishi sifatida pedagogik

innovatsiyalar rivoj topib kelmoqda. Olimlarning ta'kidlashicha, amaliyotda yo'l

ko'rsatuvchi pedagogik nazariyamizning asosiy kamchiliklaridan biri - bilim va

ta'limning ustunligini hatti bo'rttirib yuborishdadir. Insoniy, ma'naviy, mehnat

tarbiyasi zarariga bilim olishda yodlab olish hajmining ko'payib borishi maktab

hayotida odatiy hol bo'lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun bo'lgan har qanday

harakat innovatsion deb hisoblanadi [17].

Haqiqatan ham, pedagogik tizim saqlanib qolar ekan, bu holda faqat uni

mukammallashtirish haqida gapirish mumkin. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg’or

tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik

imkoniyatlarini sinab ko'rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo'lgan hayotiy

ehtiyoji oshib bormoqda. Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa – ig’lor ta'limiy

Page 21: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

21

yangiliklarni aniqlash, sinab ko'rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning ilmiy

hulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining

dolzarbligini oshirdi.

Innovatsion pedagogika-hozirgi davrda norasmiy fan sifatida ma'lum

bo'lgan, biroq kun sayin butun jahon soha mutahassislarining e'tiboriga tushib,

jadal rivojlanib borayotgan bilimlar tizimidir [26].

Pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili innovatsion-pedagogik faoliyat

zaruratiga olib keluvchi omillar bir-biri bilan bog’liq ob'ektiv va sub'ektiv

omillarga bo'linishini ko'rsatdi. Ob'ektiv omillarga ta'lim amaliyotining ijtimoiy,

umumilmiy, pedagogik ehtiyojlari kirib, ijtimoiy omillar, avvalambor,

innovatsiyalarning jamiyat rivojiga ta'sirini baholash bilan bog’liq. Insoniyatga,

jumladan, har bir insonga o'zgarish muntazam jarayon sifatida hos bo'lgan

hususiyatdir. U orqali insonning yaxshi hayot uchun kurashi, yangilikka bo'lgan

doimiy intilishi namoyon bo'ladi. Fan va texnikaning rivoji o'zgarishlar ko'lamini

ham kengaytiradi. Bir qator davlatlar tajribasi innovatsiyalarga sarf qilingan

sarmoyalar o'zini doimo oqlashini isbotlab kelmoqda. hozirgi kunda davlatlarning

rivojlanish darajasi innovatiyalar soni va ularni qo'llash darajasi orqali

baholanmoqda [11,19,20].

Ta'lim tizimining rivoji jamiyat rivoji natijasida amalga oshadi. Ijtimoiy

omillarning ta'sirida innovatiyalar ta'lim sohasiga kirib kelmoqda.

Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ta'lim tizimini,ta'lim-tarbiya

metodologiyasi va texnologiyalarini tubdan yangilash zaruratini, ta'lim-tarbiya

metodologiyasi va texnologiyalarini tubdan yangilash zaruratini keltirib chiqardi.

Bu esa o'z navbatida yosh avlodga ta'lim berish maqsad, o'qituvchi va

o'qituvchilarining o'zaro bog’iq faoliyatiga yangiliklarni kiritishni talab etmoqda.

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga o'tilishi turli ta'lim muassasalarining

raqobatbardoshligi masalasini dolzarb qilib qo'ydi. Ta'lim muassasasining

raqobatbardoshligi esa ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatiga bog’liq

bo'lib, ularni ta'minlash o'qituvchilar faoliyatining innovatsion faoliyatga

yo'naltirilganlik darajasiga bog’liq. Pedagoglarning innovatsion faoliyatga

Page 22: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

22

yo'naltirilganligi esa o'z navbatida ta'lim siyosatidagi o'zgarishlar jamiyat rivojiga

o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Ta'lim jarayonini takomillashtirishning etuk

mutahassislarni tayyorlash, barkamol shahsni shakllantirishga qaratilganligi

ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi va takomillashtiradi. Shunday qilib,

innovatsion faoliyatga yo'naltirilgan yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash

jamiyat rivojining zaruriy shartiga aylandi.

Pedagogikaning inson haqidagi boshqa fanlar bilan aloqasi ta'lim jarayonia

innovatsiyalarni kiritishning umumilmiy omillarini keltirib chiqaradi, hozirgi

kunda pedagogika falsafiy, psixologik, biologik, iqtisodiy, ijtimoiy fanlar bilan

o'zaro aloqada. Bu fanlarda erishilgan zamonaviy yutuqlar, yangi pedagogik g’oya,

nazariya, farazlarning metodologik va nazariy asoslarini tashkil etib, pedagogika

sohasiga ham yangiliklarni kiritish zaruratini keltirib chiqarmoqda [27].

O'qituvchi pedagogik faoliyatga innovatsionlarni kiritishning pedagogik

omillari zamonaviy pedagogika fanining rivoji bilan bog’liq bo'lib, ta'lim

jarayonidagi innovatsion jarayonlar asosi sifatida yangi pedagogik g’oya, nazariya,

konsepsiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammosini keltirib chiqaradi.

Pedagogik faoliyatning innovatsion yo'nalganligining sub'ektiv omillarini

ko'pchilik o'qituvchilarning pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va

qo'llashga bo'lgan ongli ehtiyoji tashkil etadi. Rossiyada o'tkazilgan ijtimoiy

tadqiqotlar natijasiga ko'ra 90 foiz maktablar ta'lim jarayonining yangi shakl va

vositalarini topish va qo'llashga jalb etilgan, har to'rttadan bir o'qituvchi yangi

ta'lim dasturlari, pedagogik texnologiyalarni tajriba-sinovdan o'tkazish ishlari bilan

band. Ta'lim jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklarning turli-tumanligi, talab

etiladigan sharoitlar va vositalar o'qituvchining innovaysion faoliyatiga tadqiqiy-

ijodiy hususiyat beradi. Sub'ektiv omillar innovtsion faoliyatning sub'ektlari va

ularning innovatsion faoliyatga tayyorgarligiga ham bog’liq. Innovatsion

faoliyatning sub'ektlarini innovatsion harakterdagi faoliyat olib boruvchi pedagog-

olimlar, o'qituvchilar va ta'lim darayonining boshqa qatnashchilari tashkil etadi

Page 23: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

23

3.2-§ .O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi matematika fanlarini

o’qitishda o’quvchining qobiliyatlarini namoyon etish, rivojlantirish,

muloqot madaniyatini tarbiyalash

Matematika o’quvchilarda iroda , diqqatni to’plab olishni , qobiliyat va

faollikni, tasavvurini, shaxsning ahloqiy sifatlarini mehnatsevar, intizomli,

mustaqil , hamda o’zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya

himoya qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Matematikani o’rganishda o’quvchilar o’zlarining fikr, mulohazalarini aniq

va tugal , lo’nda va mazmunli bayon qilishga , matematik yozuvlarni

tushunarli , batartib , bajarish malakalarini egallaydilar.

Matematikadan darslarni rejalashtirish va tashkil etishda o’tilgan

mavzularni amaliy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar ko’proq anglab olishi

va o’zlashtirishiga qaratish muhim. Buning uchun esa ham nazariyani

o’rganishda , ham masalalar yechishda , og’zaki va yozma ko’rinishdagi

ishlarni ratsional tarzda olib borish lozim bo’ladi.

Kasb –hunar ta’limi o’quvchilarining kasb-hunarga moyilligini,

layoqatlarini,bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan

yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi.

O’rta maxsus ,kasb-hunar ta’limidan o’rin olgan matematik ta’limning maqsadi,

mazmuni va vazifalari umumta’lim fanlari davlat ta’lim standartlarida qayd

etilgan akademik litseiy va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’zlashtirishlari

zarur bo’lgan umumta’lim fanlari maqsadi vazifalari va mazmuniga qo’yilgan

talablardan kelib chiqadi. Matematika fanlarini kasb –hunar kollejlarida o’qitish

metodlari va vositalarini tanlashda ;ayniqsa nazariy bilimlarni mystahkamlash ,

fanga qiziqtirish,fanni bo’lg’usi kasb bilan bo’g’lashda amaliy mazmunli

masalalarni o’quvchilarga tavsiya etishda ular tanlagan soha xususiyatlaridan

kelib chiqish maqsadga muofiqdir. Matematika fanlarini o’qitish jarayoni

o’quvchilarning matematik tafakkurini uzluksiz rivojlantirish jarayonidir.

Page 24: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

24

O’quvchilar matematik tafakkurini rivojlantirish uchun avvalo tafakkur

metodlari yordamida ularning matematik tafakkur darajasini aniqlash zarur.

O’quvchining uy vazifasini bajarish va mustaqil bilim olish, qo’yilgan muammoni

paydo bo’lishi , uni hal qilish imkoniyatlari to’g’risida o’ylash , masala yoki

topshiriqni yechishga kirishish, yechish variantlari, yo’llari va usullarini tanlash,

yechish davomida vaqti-vaqti bilan ichki nutqning tashqi ko’chib turishi, psixo-

fiziologik xatti-xarakatlarning namoyon bo’lish jarayonini kuzatish orqali uning

faoliyatiga baho beriladi. O’quvchi m’lum bir muammoni hal qilish maqsad qilib

olingan suhbat qurish orqali uning matematik tafakkuri , aql- zakovati ,mulohaza

yuritish uslubi aniqlanadi. Suhbat yordamida oz’-o’zini nazorat qilish , o’z-o’zini

baholash , tafakkurning tanqidiyligi , mahsuldorligini, teranligi kabi fikr yuritish

xususiyatlarini o’rganish mumkin. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan

ko’rgazmali qurollar , chizmalar, yozilgan yozma ishlar ,ishlangan misol va

masalalarni tahlil qilish orqali o’quvchining ijodkorligi , topqirligi, idroki, fikr

yuritish doirasi haqida hulosalar chiqariladi. O’quvching matematik tafakkurini

rivojlantirish uchun matematik tushunchalar, obyektlarga to’g’ri ta’rif

berishga,ularni tahlil qilishga va umumlashtirishga ,o’z fikrini to’g’ri , ravon va

aniq bayon etishga o’rgatish, mustaqil ravishda hukm va xulosa chiqarish

ko’nikmalarini shakllantiradi.

Page 25: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

25

XULOSA

Prezidentimiz ISLOM KARIMOV aytganlaridek yoshlarimiz bizdan ko’ra

bilimli kuchli ,sog’lom bo’lmoqliklari va albatta yurtimizni dunyoga tanitishlari

kerak buning uchun esa biz bo’lajak o’qituvchilar toliblarimizni yuksak madaniyat

egasi qilib tarbiyalashimiz ularda vatanga yurtga bo’lgan muhabbatni

shakillantirishimiz lozim.

“Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda,

qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan TA”LIM-TARBIYASI

uning yetuk shaxs va malakali mutaxasis bo’lib shakillanishida ulkan ahamiyatga

ega ekani shubhasiz”

Mustaqillik yillaridan boshlab ta’lim – tarbiya jarayoniga katta e’tibor

berila boshladi. Juda ko’plab ta’lim muassasalari, ta’lim dargohlari barpo etila

boshladi. Barcha sohalarda yoshlarimizga imkoniyatlar eshiklari ochildi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning qobiliyatlarini, imkoniyatlarini

hisobga olgan holda ularni ma’lum bir kasbga yo’naltirish lozim bo’ladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablari ,o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limlarini

zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlanishi biz yoshlarga yaratib

berilayotgan imkoniyatlardan biridir.

Mustaqil yurtimizning ma’naviyati ,ertangi kelajagini qurayotgan buyuk

davlatimizning mustahkam poydevoridir. O’quvchilarning ma’naviy

madaniyatini tarkib toptirish uchun barcha ta’lim muassasalarida tarbiyaviy

ishlarni tog’ri tashkil etish, tarbiyaviy soatlarni o’tkazishni ommalashtirish ,

darsdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarni ko’proq tashkil etish

maqsadga muofiqdir.

Tarbiyachilarni tayyorlash dasturi o'qitish jarayonida yangi pedagogik

texnologiyalardan foydalanish o’yinlardan, vositalardan foydalanib dars

o’tishlari zarur bo’ladi.Ta’lim –tarbiya olgan yoshlarimiz chet davlatlarga

chiqib o’z bilim malakalarini rivojlantirmoqdalar.

Page 26: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

26

LUG’AT

T

T/r

Ingizcha Ruscha O`zbekcha

1. Education обучение Ta`lim

2. Project проект loyiha

3. Result результат natija

4. Method метод metod

5. Ways средство vosita

6. Aim цель maqsad

7. Maintenance содержание mazmun

8. Technology технология texnologiya

9. Thought мышление tafakkur

10. Accomplishment воспитание tarbiya

11. Task задание vazifa

12. Theme тема mavzu

13. Style стиль uslub

14. Student студент talaba

15. Pupil ученик o`quvchi

16. Teach учить o`qitish

17. Lecture лекция ma`ruza

18. Information информация axborot

19. Project проектировать loyihalash

20. Lesson урок dars

21. Plan план reja

22. Model модел model

23. Table таблица jadval

24. Circle кружок to`garak

Page 27: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

27

25. make plan планировать rejalashtirish

26. State the value оценивать baholash

27. Perfecting совершенствовать takomillashtirish

28. Control контролировать boshqarish

29. Preparation готовить tayyorlash

30. Present представляеть taqdim qilish

31. Exacting требовательный talabchan

32. Teacher Учитель(ница) o`qituvchi

33. Conclusion итог xulosa

34. Mathematics математика matematika

35. Imagination представление tasavvur

36. Conception понятие tushuncha

37. Activity деятельность faoliyat

38. Knowledge знание bilim

39. Practice навык malaka

40. Habit сноровка ko`nikma

41. Mark цена baho

Independent самостоятельные

работа

mustaqil ish

42. Active активный faol

43. Interest интерес qiziqish

44. Experiment опыт tajriba

45. Labour труд mehnat

46. Responsibility ответственность mas`uliyat

47. Person личность shaxs

48. Symbol знак belgi

49. Idea идея g`oya

Page 28: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

28

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi qonuni”. T.: “Sharq”

1997 yil.

2. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T.: “Ma’naviyat”

2008 y.

3. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” T.: “Sharq” 1998 y.

4. I.A.Karimov “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”.

T.: “Ma’naviyat” 1998 y.

5. O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T.: “

Sharq” 1997 y.

6. M.X.To’xtaxo’jayeva “Umumiy pedagogika” T.: “Fan” 2006 yil.

7. J.Xasanboyev, H.Sariboyev “Pedagogika” o’quv qo’llanma T.: “Fan”

2006 yil.

8. P.Eshmuhammedov , A.Abduqodirov, A.Pardayev “Ta’limda

innovatsion texnologiyalar” T.: 2008

9. “O’zbek tilining izohli lug’ati” T.: “ O’zb. Res. Milliy ensklo” (3,4,5

qismlar).

10. P.Eshmuhammedov ,A.Abduqodirov,A.Pardayev “Tarbiyada

innovatsion texnologiyalar “Didaktika”. T;2010

11. D.I.yunusova “Matematikani o’qitishning zamonaviy texnologiyalari”

T.: “Fan” nash.-2010 yil.

12. S.A.Gasteva, S.E. Lyapin “Matematika o’qitish metodikasi”. T.: “O’rta

va Oliy maktab” nashriyoti-1960 yil.

13. S.Alixonov “Matematika o’qitish metodikasi”. T.: “O’qituvchi”

2008 yil.

14. I.A.Karimov “Barkamol avlod yili” davlat dasturi T.: “Sharq” 2009 y.

Internet saytlari

1.www. ziyonet.uz

2.www.tdpu.uz

3.www.google.ru

Page 29: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

29

1. http://ziyonet.uz/files/znuz_000026622_20121213093227.rar

2. www.prometeus.nsc.ru/contents/books/slasten

3. http://www.referat.arxiv.uz/files

4. http://www.natlib.uz/uz/article/626

5. http://ziyonet.uz/files/znuz

http://webcache.googleusercontent.com/

Page 30: K U R S I SH I - library.ziyonet.uz · 3 KIRISH “ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning

30