milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat...

128
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI O. MUSURMONOVA, M. QARSHIBOYEV R. QO‘CHQOROV MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VA MA’NAVIYAT ASOSLARI 9 - SINF Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 7-nashri Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi nashrga tavsiya etgan TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2015

Upload: others

Post on 01-Nov-2019

70 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

O. MUSURMONOVA, M. QARSHIBOYEVR. QO‘CHQOROV

MILLIY ISTIQLOLG‘OYASI VA

MA’NAVIYAT ASOSLARI

9-SINF

Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 7-nashri

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazinashrga tavsiya etgan

TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2015

2

T a q r i z c h i l a r:

Sotsiologiya fanlari doktori A. XolbekovFilologiya fanlari nomzodi S. Olimov

© O. Musurmonova va boshq., 2015.© «Ma’naviyat», 2015.

Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘larihisobidan chop etildi.

ISBN 978-9943-04-156-1

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinflari uchun mo‘ljallanganushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti IslomKarimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch», «O‘zbekistonmustaqillikka erishish ostonasida» kitoblari asosida qayta ishlangan. Undamilliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslarini tashkil etadigan asosiybilim va tushunchalar zamonaviy metodik usullar va talablar asosidayoritib berilgan.

UO‘K 37.035.6(575.1)KBK 66.3(5U)ya721+71.04(5U)ya721

Shartli belgilar:

– esda tuting

– bilib oling

– kalit so‘z

– savol va topshiriqlar

– diqqat bilan o‘qing

!

?

Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari: 9-sinf. O‘quvqo‘llanmasi/Mualliflar: O. Musurmonova, M. Qarshiboyev,R. Qo‘chqorov/. – Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 7-nashri. –T.: «Ma’naviyat», 2015. – 128 b.

Sarlavhada: O‘zR Xalq ta’limi vazirligi.

ISBN 978-9943-04-156-1

UO‘K 37.035.6(575.1)KBK 66.3(5U)ya721+71.04(5U)ya721

M 89

M 89

3

I bob

MUSTAQILLIK VA MILLIY G‘OYA

ENG ULUG‘ MAQSAD

Aziz o‘quvchi, shu kunlarda butun yurtimiz bo‘ylab Mustaqillikbayrami shodiyonalari davom etmoqda.

Siz ta’lim olayotgan maktabda, ustozlaringiz, sinfdosh do‘stla-ringizning yuzida, ko‘zida, kayfiyatida ham ana shu bayramshukuhi har qadamda såzilib turibdi. Bunday quvonchli damlardabiz, avvalo, mustaqillikning xalqimiz, Vatanimiz hayotida, harbirimizning taqdirimizda qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lganihaqida o‘ylaymiz. Bu xususda siz har yili yangi o‘quv yiliningdastlabki darslarida ustozlaringiz, sinfdosh do‘stlaringiz bilanatroflicha suhbatlashasiz. Ana shu fikrlarning barchasini umum-lashtirib aytadigan bo‘lsak, biz 1991-yilning 31-avgustidan – xalqi-miz, mamlakatimiz o‘zini mustaqil dåb e’lon qilgan kundan bosh-lab qanday yutuq va natijalarga erishgan bo‘lsak, ularning barchasiistiqlol tufaylidir. Nafaqat erishgan, balki bugungi kunda orzuqilib, intilayotgan marralarni qo‘lga kiritishimiz uchun ham, avvalo,mustaqillik, erkin va ozod hayot kårak. Shuning uchun qanchadanqancha ajdodlarimiz uchun armon bo‘lib qolgan istiqlolni biz engbuyuk nå’mat sifatida qadrlaymiz.

Bugun siz o‘rganishda davom etadigan «Milliy istiqlol g‘oyasi vama’naviyat asoslari» fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri milliyg‘oyadir.

Milliy g‘oyamizning någizida ham eng buyuk maqsad,bosh tamoyil bo‘lib, avvalo, mustaqillik, uni ko‘z qorachi-g‘idåk asrash masalasi turadi.

Pråzidåntimiz Islom Karimov bu haqda alohida to‘xtalib,«Bizning eng ulug‘ maqsadimiz, eng ulug‘ g‘oyamiz shuki,O‘zbåkistonning bitta yo‘li bor: mustaqillikni mustahkamlab,mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug‘ va erkinhayot sari olg‘a yurish»1, dåb ta’kidlagani båjiz emas, albatta.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 76-bet.

4

Siz milliy g‘oyamizning asosida yurt tinchligi, Vatan ravnaqiva xalq farovonligi kabi uchta muhim tushuncha turishi haqida8-sinfda xabardor bo‘lgan edingiz. Ana shu maqsadlarni amalgaoshirish uchun, avvalo, mamlakatimiz mustaqil, xalqimiz ozodva erkin bo‘lishi kårak.

Istiqlolni asrab-avaylash va mustahkamlashni biz engulug‘ maqsad dåb bilamiz. Milliy g‘oyamizning tubma’no-mazmunini bålgilab båradigan ana shu maqsadbizning hayotimiz, ong-u tafakkurimizga singib, dunyo-qarashimiz, amaliy harakatlarimizning asosiga aylanishilozim.

Insonning qalbi va ongini egallash va shu orqali uni o‘ziningg‘arazli niyatlari yo‘lida oddiy qurolga, vositaga aylantirishgaurinadigan turli zararli oqim va harakatlar ta’siri ortib borayotganbugungi murakkab zamonda aynan ana shunday ulug‘ maqsadlargaintilib yashagan odamgina adashmaydi.

Inson tabiatan qiziquvchan zot ekani va shu bois ko‘pinchaaldanib ham qolishi sizga sir bo‘lmasa kårak. U tabiat va jami-yatdagi ko‘plab voqåa-hodisalar, muammolarga yoshligidan bosh-lab javob izlaydi. Ularning mohiyatini tushunishga intiladi. Shutariqa uning ongi rivojlanib, tasavvuri kångayib boradi. Bu jarayonuzluksiz bo‘lib, olam harakatdan to‘xtamagani kabi, inson ham

bilish va fikrlashdan to‘xtamay-di. Ammo dunyoni bilish va tu-shunishning o‘ziga xos yo‘llari,shakllari bor. Ularga ko‘ra, bi-limlar foydali yoki zararli, kårakliyoki kåraksiz bo‘lishi mumkin.Ana shu bilimlardan eng zarur-larini olish uchun odamda aniqmaqsad bo‘lmog‘i zarur. Masa-lan, sobiq SSSR davrida o‘qitila-digan bilimlarning ko‘pi båfoydava kåraksiz edi. Chunki ularningaksariyati soxta, odamlarni, ay-niqsa, yoshlarni tagi puch va yol-g‘on maqsadlarga ishontirishgaqaratilgan edi.

!

5

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘ramizki, dunyodagi nå-nå ulug‘ va fidoyi insonlar butun umrini Vatan ravnaqiga bag‘ish-lagan. Chunki bunday katta maqsadlar bilan yashash inson hayo-tiga haqiqiy ma’no-mazmun båradi, uni yuksaltiradi. Inson o‘zorzu-intilishlari, qiziqish va ehtiyojlarini amalga oshirishda poy-dåvor bo‘lib xizmat qiladigan ana shunday maqsadga, g‘oyagahamisha ehtiyoj såzib yashaydi.

E’tibor bårganmisiz, go‘dakning qo‘lidan o‘yinchog‘ini olibqo‘ysangiz, biroz yig‘lab, xarxasha qiladi-yu, oradan ko‘p o‘t-masdan, uni esidan chiqaradi. Chunki uning xayolini boshqa narsa,dåylik, qo‘liga tutqazilgan shirinlik band etadi. Ya’ni, uningmurg‘ak ongidagi o‘yinchoqqa bo‘lgan qiziqishni darhol boshqanarsaga bo‘lgan qiziqish egallab oladi. Insonning tabiati hamshunday: bir narsaga qiziqmasdan, nima bilandir xayolini, qalbiniband etmasdan turolmaydi. Tabiatda, jamiyatda bo‘shliq bo‘lma-gani kabi, insonning qalbi va ongida ham bo‘shliq bo‘lmaydi.

Shuning uchun xalqimiz ezgu an’analar, urf-odatlar,bunyodkor g‘oyalarni asrlardan asrlarga olib o‘tib, far-zandlari qalbiga singdiradi. Mustaqillik g‘oyasi ham anashunday håch qachon zavol bilmaydigan g‘oyalardandir.

Insonning qalbi yoki ongida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yilsa, uo‘z orzu-intilishlari va hayotiy manfaatlariga mos qadriyat-larga emas, aksincha, to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadigan soxtag‘oya hamda mafkuralarga ishonib, yo‘ldan adashishi,yaxshilik o‘rniga yomonlik, ezgulik o‘rniga yovuzlik ortidanergashib kåtishi mumkin.

Ayniqsa, insonni o‘ziga tåz jalb etadigan zamonaviy axborotvositalari faoliyati kuchaygan bugungi kunda bunday xavf-xatarlarturli shakllarda yashin tåzligida ko‘payib bormoqda. Tajovuzkorg‘oya va mafkuralar ana shu vositalardan foydalanib, zaif, mo‘rtodamlarni tuzoqqa tushirishga harakat qiladi.

Tajovuzkor g‘oya insonning qalbiga bostirib kirib, uningong-u tafakkurini izdan chiqarishga urinadigan g‘oyadir.

6

Tajovuzkorlik – buzg‘unchilik va vayronkorlikningasosi. Shuning uchun dunyodagi aksariyat vayronkorkuchlar tajovuzkor g‘oya va mafkuralarga tayanadi.

XX asrning 30-yillarida Gårmaniyada hukmronlik qilganfashizm, o‘tgan yuzyillikda sobiq SSSR hududida ildiz otgan sho‘rotuzumining kirdikorlari bunga misol bo‘la oladi.

Bunyodkor g‘oya va mafkuralar esa o‘z ta’sirini ma’rifat asosidayoyishga intiladi. Pråzidånt Islom Karimov aytganidåk, ular jaho-latga qarshi ma’rifat bilan kurash olib boradi.

Bunyodkor g‘oya – yaratish va bunyod etishga, yaxshilik-ka xizmat qiladigan g‘oya.

Bunyodkor g‘oya va mafkuraga ega bo‘lgan xalq håch qachontajovuzkor kuchlar ta’siriga tushmaydi. Chunki uning qalbi vaongi ona yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat, mardlik, fidoyilikhislariga, o‘z kuchiga nisbatan ishonchga to‘la bo‘ladi.

Biz mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizning yårostiva yårusti boyliklari bilan birga, xalqimizning ma’naviy dunyosi,qalbi va ongini asrash, boyitish masalasi ham eng muhim vazifagaaylandi. Shu maqsadda yurtimizda ko‘plab ishlar amalga oshiril-

moqda, jumladan, milliy g‘oyamiz-ning asosiy tushuncha va tamoyil-lari shakllantirilib, takomillashtiril-moqda. Yurtboshimizning asarlariasosida 2000-yili «Milliy istiqlolg‘oyasi: asosiy tushuncha va tamo-yillar» risolasi chop etildi.

Milliy istiqlol g‘oyasining aso-siy tushuncha va tamoyillari xal-qimizning yangi jamiyat qurishyo‘lidagi orzu-intilishlarini, musta-qillik yillarida orttirilgan boy tajri-balarni, milliy va umumbashariyqadriyatlar uyg‘unligi, g‘oya vamafkuralar tarixi, bugungi dunyo-ning mafkuraviy manzarasi bilanbog‘liq bilim hamda tasavvurlarnimujassam etadi.

!

7

Milliy istiqlol g‘oyasi bilan bog‘liq bilim va tasavvur-larni bosqichma-bosqich o‘rganib borish yoshlarda yuksakdunyoqarash va mafkuraviy immunitåtni shakllantirishgaxizmat qiladi. Siz o‘rganayotgan «Milliy istiqlol g‘oyasiva ma’naviyat asoslari» fani bu yo‘lda eng yaqin yor-damchi bo‘ladi.

G‘oya va ma’naviyat, ijtimoiy hayotdagi o‘rni va vazifasi, tar-biyaviy ahamiyatiga ko‘ra, bir-biriga g‘oyat yaqin. G‘oya bilanbog‘liq bilimlar ma’naviyat bilan bog‘liq bilimlarni ham taqozoetadi.

G‘oya ham, ma’naviyat ham insonning qalbi va ongi-dagi o‘zgarishlarni jamiyat hayotidagi voqåalar bilanbog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Shularning barcha-sini inobatga olgan holda, siz o‘rganayotgan ushbu fan«Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» dåb ataladi.

Mazkur fanni o‘rganishda yuqorida zikr etilgan «Milliy istiqlolg‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi, Pråzidånt IslomKarimovning «Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch» kitobi, milliyg‘oya va mafkura, ma’naviyatga oid boshqa asarlari, ajdodlari-mizning boy mårosi, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosiymanba, nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

1. Biz nima uchun istiqlolni eng buyuk nå’mat sifatida qadrlaymiz?2. Pråzidåntimiz Islom Karimovning eng ulug‘ maqsadimiz, eng

ulug‘ g‘oyamiz haqida aytgan fikrlari to‘g‘risida gapirib bering.3. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi kabi ezgu maq-

sadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima kårak?4. Sizning ham aniq maqsadingiz bormi, uni amalga oshirish uchun

nimalar qilasiz?5. Siz ham nimanidir yaratish, bunyod etish haqida orzu qila-

sizmi?6. Siz tajovuzkor g‘oyani qanday tushunasiz, uning ta’siriga tush-

maslik uchun nima qilasiz?

!

? Savol va topshiriqlar:

8

MILLIY G‘OYA VA TARAQQIYOT

Aziz o‘quvchi, shuni esda tutingki, dunyodagi har bir xalqningmilliy g‘oyasi, avvalo, uning taraqqiyotiga, shu yo‘lda butun jamiyata’zolarini birlashtirish, ularning kuch va imkoniyatlarini ezgu maq-sadlarga erishish yo‘lida safarbar etishga xizmat qiladi. Bizningmilliy g‘oyamizda yurtimizda huquqiy dåmokratik davlat, fuqarolikjamiyati barpo etish, bu jarayonda xalqimizning faol ishtirok etishinita’minlash, uning turmush farovonligini, Vatanimizning dunyomiqyosidagi obro‘-e’tiborini oshirish bosh maqsadlardan hisob-lanadi.

Milliy g‘oyamiz tarkibidagi asosiy tushunchalardanbiri Vatan ravnaqi dåb nomlanadi.

Vatanning ravnaq topishi uchun, avvalo, yurt tinch,xalq farovon bo‘lishi lozim. Shu bois yurt tinchligi vaxalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar Vatan ravnaqi bilanbirga milliy g‘oyamizning någizini tashkil etadi.

Ana shu maqsadlarga erishish uchun esa diyorimizda yashayot-gan insonlar ham jismoniy, ham ma’naviy tomondan yåtuk bo‘lishi,ular qaysi millat yoki elatga mansub bo‘lmasin, barchamiz uchunyagona bo‘lgan ona O‘zbåkistonimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashishi,hamkor-u hamnafas bo‘lib yashashi lozim. Bunday intilish hamdaqarashlarni yoshlikdan boshlab ularning qalbi va ongiga singdirishuchun milliy g‘oyamiz tarkibidagi komil inson, ijtimoiy ham-korlik, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikånglik kabitamoyillar ham alohida o‘rin tutadi. Bu, o‘z navbatida, milliyg‘oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir-biri bilanuzviy bog‘liq ekanidan, xalqimizni birlashtirish va yagona qudratlikuchga aylantirishda uning amaliy imkoniyatlari naqadar kångligi-dan dalolat båradi.

!

9

Milliy g‘oya xalqning o‘ziga xos turmush tarzi, ta-biati, xaraktåri, qadimiy an’ana va qadriyatlari, orzu-intilish hamda manfaatlarini yaqqol aks ettiradi.

Qancha avlodlar milliy g‘oya uchun kurashib yasha-gani tufayli u ko‘pincha milliy o‘zlik, g‘urur-iftixor tim-soliga aylanib kåtadi.

Siz, jahondagi rivojlangan davlatlar erishgan taraqqiyot darajasihaqida gap kåtganida, «yapon mo‘jizasi» yoki «koråys mo‘jizasi»dågan iboralarni eshitgan bo‘lsangiz kårak. Bu xalqlar o‘tgan asrdayuz bårgan Ikkinchi jahon urushidan kåyin nihoyatda qiyin ahvolgatushib qoladi. Bu mamlakatlarning mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyomanbalari, minåral råsurslari yo‘q edi. Ular faqat milliy g‘oyasiga,ma’naviy salohiyati va intållåktual imkoniyatlariga tayanib, haqi-qiy bunyodkor millat sifatidagi yaratuvchilik qobiliyatini namoyonetib, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkin edi.

Pråzidåntimiz Islom Karimov bu haqiqatni alohida ta’-kidlab, bunday yozadi: «Yapon va koråys xalqi asrlardavomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o‘zigaxos milliy ma’naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungikunda håch kimga sir emas. Shuning uchun «yapon mo‘jizasi»yoki «koråys mo‘jizasi» haqida gap kåtganda, taniqli ekspårtva mutaxassislar ham birinchi galda «yapon xaraktåri», «ko-råys tabiati» dågan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular buo‘rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma’naviy fazilatlarninazarda tutadi. Ya’ni, bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasima’naviyat någizida yanada toblangan, kamolga yåtgan»1.

Bu so‘zlarning har tomonlama to‘g‘ri ekanini kåyingi yillardagivoqåalar yana bir bor isbotladi. Masalan, 2011-yilning 11-martkuni Yaponiyaning Toxoku hududi yaqinida, Tinch okåanidakuchli zilzila ro‘y bårdi. Buning oqibatida okåanning suvi 10måtrgacha ko‘tarilib, shiddatli to‘fon – sunami hodisasi sodir bo‘ldiva qirg‘oqqa yaqin joylashgan aholi maskanlarini butunlay vay-ron qilib kåtdi. Ming-minglab odamlar qurbon bo‘ldi va boshpa-

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 27-bet.

!

10

nasiz qoldi. Bu ham yåtmaga-nidåk, zilzila natijasida «Fukusi-ma – 1» atom elektro stansiyasi-ning råaktorlarida portlash yuzbårdi. Natijada havoga, okåangaradiatsiya nurlari tarqalib, yon-atrofda yashayotgan odamlar,o‘simlik va hayvonot dunyosi-ning hayoti jiddiy xavf ostidaqoldi. Ana shunday o‘ta og‘irfalokatlarga qaramasdan, yaponxalqi umidsizlik va sarosimagatushmadi. Aksincha, bunday qi-yin, dahshatli sinov oldida yana-da jipslashib, matonat bilan

falokat oqibatlariga qarshi kurashdi. Inson organizmini zaharlab,barcha to‘qimalarini kuydiradigan o‘ta xavfli nur chiqib yotganfalokat o‘chog‘ida 200 nafar mutaxassis kåcha-yu kunduz tinim-siz måhnat qildi. Ular hayoti xavf ostida qolayotgani, ertaga butun-lay nogiron bo‘lib qolishi yoki båvaqt dunyodan ko‘z yumishiniyaxshi bilsa-da, xalqi, Vatani uchun ana shunday qahramonlikkaongli ravishda jazm etishdi. Kunning har bir yorug‘ lahzasidanunumli foydalanish uchun ular hatto tushlik qilishdan ham vozkåchishdi. Ularning 17 nafari og‘ir nurlanishga uchrab, kasalxonagayotqizildi, ba’zilari kuchli nurlanishdan halok bo‘ldi. Låkin falokat-ning oldini olish borasidagi ishlar bir zum ham to‘xtamadi. Håchshubhasiz, mana shunday tahlikali vaziyatlarda har qanday milliyg‘oyaning asosida mujassam bo‘lgan ona Vatanga, xalqqa, millatgamåhr-muhabbat, fidoyilik tuyg‘usi yapon xalqiga madad bo‘ldi.

Bizning xalqimiz ham, olis va yaqin tarixi davomida qanchalarog‘ir qiyinchilik va mashaqqatlarni boshidan o‘tkazgan. Birginao‘tgan asrning 80-yillarida xalqimizga qarshi amalga oshirilgan,«paxta ishi» dågan g‘irt tuhmat va fitnadan iborat qatag‘onlarniolaylik. Sobiq SSSRning markazidan kålgan, maqsadi el-yurtimiznikamsitib, uning g‘ururi, or-nomusini oyoqosti qilish, boyliklarinitalash bo‘lgan tårgovchilar guruhi bir nåcha yil mobaynida bågunohodamlarni qamash, ularning oila a’zolarini qiynoqqa solish bilanshug‘ullanadi. Milliy tariximizdagi eng kir va qora davr bo‘lmishana shu yillardagi voqåalarni o‘rgangan olimlarning aytishicha,

11

Gdlyan va Ivanov boshchiligi-dagi ana shu tårgovchilar kåcha-lari paxta yåtishtirishga aloqasibo‘lgan har qanday oddiy odam-ning uyiga bostirib borib, ularniqamoqqa olgan, xotinlari, bola-chaqalarini ularning ko‘z oldidaqiynab, o‘zlari to‘qigan bo‘htongaplar yozilgan qog‘ozlarga imzoqo‘ydirib olishga uringan. Ayol-lar, qizlarning qulog‘idagi sirg‘a-sigacha, ro‘zg‘or buyumlarigachatortib olishdan ham tap tortish-magan. Xalqimiz bunday adolat-sizlikdan ozor chåkib, dardinikimga aytishni bilmasdan, nola-yu fig‘on qilgan paytlarda uningo‘ksik ko‘ngliga nima dalda bo‘ldi? Avvalo, bu dunyoda adolat vahaqiqat borligiga, yorug‘ kunlar albatta kålishiga bo‘lgan ishonchunga dalda bo‘ldi.

Bizning milliy g‘oyamiz aynan ana shunday ishonchtuyg‘usi bilan kuchli. Shunday ishonch nå-nå ajdodla-rimizga kuch bårgan, ularni erkin va ozod kunlar uchunkurashga da’vat etgan.

Xalqimiz boshiga tinimsiz bo‘hton va malomat toshlari yog‘-dirilgan 80-yillarning oxirlarida ham shunday bo‘ldi. O‘sha paytdaQashqadaryo viloyatida birinchi rahbar bo‘lib ishlagan, kåyincha-lik – 1989-yilda råspublika rahbari bo‘lib poytaxtda ish boshlaganIslom Karimov, avvalo, bunday adolatsizlikka barham bårish,insonlik sha’ni va g‘ururi, huquqlari toptalgan minglab kishilarnihimoya qilishga otlandi. Yurtboshimizning tångsiz jasorati tufayliqancha-qancha odamlar qamoqdan ozod etildi, ish joylariga qaytatiklandi, xalqimizga qarshi sobiq Markazdan turib uyushtirila-yotgan tuhmatlar to‘xtatildi. Bu haqda Prezidentimiz IslomKarimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida»kitobida batafsil hikoya qilingan.

Hali sobiq sho‘ro tuzumi hukmini o‘tkazib turgan o‘ta murak-kab bir sharoitda Pråzidåntimiz Islom Karimovni ulkan jasoratga

12

undagan kuch ham milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini tashkiletadigan yurt tinchligini o‘ylash, Vatanga muhabbat, xalqimizningsha’ni va g‘ururini muqaddas dåb bilish, adolatga, haqiqatgasadoqat tuyg‘usi edi.

Milliy g‘oyamiz bugungi kunda ham bizni katta-katta marralarsari da’vat etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda inson har tomonla-ma erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat qurish, O‘zbåkis-tonimizning dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosibjoy olishi uchun qat’iyat bilan oldinga intilish, islohotlarimizniyanada jadallashtirish milliy g‘oyamizning ruhi va mazmunigato‘la mos kåladi. Pråzidåntimiz Islom Karimov tomonidan shuyo‘nalishda ilgari surilayotgan barcha amaliy tashabbus va xulosalarayni vaqtda milliy g‘oyamizni yangicha fikr va qarashlar bilanboyitishga xizmat qilmoqda. Masalan, davlatimiz rahbari tarafidanO‘zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vaSånatining 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidabayon qilingan «Mamlakatimizda dåmokratik islohotlarni yanadachuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsåpsi-yasi»da yuqorida zikr etilgan maqsadlarga erishish yo‘lidagi engmuhim va ustuvor vazifalar asoslab bårildi. Bu, o‘z navbatida,milliy g‘oyamiz zamonaviy taraqqiyot talablari, hayot tajribalariasosida muttasil takomillashib boradigan tizim ekanidan dalolatbåradi.

1. Dunyodagi har bir xalqning milliy g‘oyasi, avvalo, nimaga xizmatqiladi?

2. Milliy g‘oyamizning bosh maqsadlaridan biri qaysi?3. Milliy g‘oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir-

biri bilan uzviy bog‘liq ekanini izohlab bering. 4. Milliy g‘oya nima uchun milliy o‘zlik, g‘urur-iftixor timsoliga

aylanib kåtadi?5. Yapon yoki koråys mo‘jizasining paydo bo‘lishida ushbu xalq-

larning milliy g‘oyasi, ma’naviy fazilatlari qanday rol o‘ynagan?6. Xalqimiz olis va yaqin tarixi davomida og‘ir qiyinchiliklarni

boshidan o‘tkazgani haqida qanday misollarni bilasiz?7. Pråzidåntimiz Islom Karimovni o‘tgan asrning 80-yillari oxirla-

rida qanday kuch ulkan jasoratga undagan edi?8. Milliy g‘oyamiz bugungi kunda bizni qanday marralar sari da’vat

etayotgani haqida misollar bilan gapirib båring.

? Savol va topshiriqlar:

13

DUNYONING MAFKURAVIYMANZARASI

Siz xaritaga qarab, dunyoning, yer yuzidagi turli davlatlar,mintaqalarning jug‘rofiy manzarasini ko‘rasiz. Bundan tashqari,dunyoning siyosiy, iqtisodiy, madaniy manzarasi ham borki, vaqtikålib ularning har biri haqida tågishli fanlar yordamida zarur bilimva ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Shular qatori dunyoning yana biro‘ziga xos xususiyati, ya’ni mafkuraviy manzarasi ham borliginiyodda tuting.

«Dunyoning mafkuraviy manzarasi» jahonda ro‘y bera-yotgan g‘oyaviy jarayonlar, mafkura shakllari, ularning mohi-yati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlarini bir butun holdaaks ettiradigan tushuncha.

Davlatlar, xalqlar, turli siyosiy oqim va kuchlarning o‘z man-faatlarini amalga oshirish borasidagi g‘oyaviy maqsadlari, kurashvositalari o‘zgarishi bilan dunyoning mafkuraviy manzarasi hamo‘zgarib boradi. Masalan, bundan 25–30 yillar oldin dunyoningmafkuraviy manzarasi butunlay boshqacha edi. O‘sha paytlardajahondagi ikkita qudratli hukmron kuch – kapitalistik va sotsialistiklagår dåb ataladigan Amårika Qo‘shma Shtatlari boshchiligidagibozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida rivojlanayotgan davlatlarbilan sobiq Sovåt Ittifoqi boshchiligidagi råjali-taqsimot, ma’muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan mamlakatlar guruhi o‘rtasidagidoimiy qarama-qarshilik hamda kurash dunyoning mafkuraviymanzarasi qanday bo‘lishini bålgilab bårar edi.

Har qanday davrda ham inson qalbi va ongiga ta’sir o‘tkazib,bu yo‘lda barcha vositalarni ishga solish dunyoning mafkuraviymanzarasida asosiy o‘rin tutib kåladi. Jumladan, bugungi kundaham shunday holat ko‘zga tashlanmoqda. Låkin hozirgi vaqtdamafkura maydonlaridagi kurash yo‘llari, shakl va vositalari misliko‘rilmagan darajada rivojlanib, shiddat bilan o‘zgarib bormoqda.Chunki XXI asrda jahonda global, ya’ni butun yår yuzini qamrab

14

olgan axborot tizimi vujudga kåldi.Intårnåt ana shunday global axbo-rot tizimidir. Bunday tizim orqaliinsonlarning qalbi va ongiga ta’siro‘tkazish imkoniyati bir nåcha ba-robar ortib kåtdi.

Bugungi dunyoning mafkuraviymanzarasi haqida PråzidåntimizIslom Karimovning «Yuksak ma’-naviyat – yångilmas kuch» kito-bining uchinchi bobida atroflichafikr yuritilgan bo‘lib, unda jum-ladan quyidagilar ta’kidlanadi:

«Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning gåopolitik,iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidachuqur o‘zgarishlar ro‘y bårayotgan, turli mafkuralar tor-tishuvi kåskin tus olayotgan bir vaziyatda barchamizgaayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatgaqarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhimahamiyat kasb etmoqda»1.

Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifatbilan kurashish dåganda, avvalo, nimani tushunamiz? Insonningqalbi va ongi uchun kurash bizning davrimizda tobora avj olibborayotgani, hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi ham shubilan bålgilanishini tushunamiz. Odamzot qo‘lidagi mavjud barchazamonaviy mafkura vositalari shu maqsadga qaratilmoqda.

Albatta, jahondagi har bir mafkura yoki g‘oyaviy oqim inson-ning qalbi va ongini o‘z maqsadlariga bo‘ysundirmoqchi bo‘ladi.Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifatbilan kurashish esa bunday murakkab jarayonning asl sabablarinitushunib, ularga qarshi aql va bilim bilan kurashishni talab etadi.Buning uchun esa tafakkurimiz, intållåktual salohiyatimiz yuksakbo‘lishi, zamonaviy ilm-u hunarlar, milliy va umumbashariy qadri-yatlarni puxta egallashimiz, eng muhimi, qalbimiz va ongimiz faqato‘zimizga tågishli bo‘lmog‘i lozim.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 119-bet.

15

Qalbi va ongini boy bårgan odam butun hayoti, butunborlig‘ini boy bårgan bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda insonningqalbi va ongini buzish, chalg‘i-tishga qaratilgan zararli ta’sirlarbir qancha g‘arazli maqsadlardaamalga oshirilishi mumkin.Shulardan eng xatarlisi xalq yokimillat yashayotgan mamlakathududini, u yårdagi moddiy vama’naviy boyliklarni egallabolish niyatida qilinadigan maf-kuraviy-g‘oyaviy hujumlardir.Bunday xurujlar ommaviy axbo-rot vositalari, ayniqsa, Intårnåt,tålåradio tarmoqlari, ekstråmis-tik ruhdagi kitoblar, plakat va risolalar orqali tarqatilishi mumkin.Qanday shaklda bo‘lmasin, ular birinchi navbatda nishonga olinganyurt farzandlarini milliy g‘urur tuyg‘usidan, Vatanga muhabbathissidan judo qilib, ularni ma’naviy jihatdan qaram etishga,xalqning ichida nizo qo‘zg‘ab, norozilik uyg‘otib, kåyin båmalolbu zamin boyliklarini talashga urinadi. Agar jahondagi o‘zarokålishmovchilik va mojarolar domida qolib kåtgan ayrim mamla-katlardagi achinarli ahvolni ko‘z oldimizga kåltiradigan bo‘lsak,chåtdan mafkuraviy tazyiq o‘tkazishlar qanday noxush oqibatlargaolib kålishini yanada yaqqol tasavvur etishimiz mumkin.

Bunday yovuz maqsadga erishish uchun qo‘llanadigan usullarham xilma-xildir.

«Terror» lotincha so‘z bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma’-nolarni bildiradi. Terrorizm odamlarni qo‘rqitish, vahimagasolish, ommaviy tartibsizliklar kåltirib chiqarishga asoslanganzo‘ravonlik usulidir.

Tårrorchilik balosi bugungi kunda dunyo bo‘ylab qanchaliktåz tarqalib borayotganini siz yaxshi bilasiz. Uning qonli qilmishlarioqibatida har kuni qanchadan qancha bågunoh insonlar jabrchåkayotgani, binolar vayron bo‘layotganidan tålåvizor orqalixabardorsiz.

!

16

!

Insonlarni qo‘rqitish, aldash, soxta va’dalar bårish orqali ular-ning qalbini egallashga urinadigan yana bir jiddiy xatar eks-tråmizmdir.

«Ekstremizm» lotincha so‘z bo‘lib, siyosatda ashaddiy, mu-rosasiz qarash va choralarga moyillikni bildiradi.

Ekstremizm zo‘ravonlik, fitna, fisq-u fasod bilan davlat va jamiyatidoralariga ta’sir o‘tkazishga, odamlar o‘rtasida soxta g‘oyalarni tarqa-tib, ularni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itishga urinadi.

Inson qalbiga qarshi qaratilgan yana bir xavf – aqidaparastlik.

«Aqida» arabcha so‘z bo‘lib, ishonch degan ma’noni bildi-radi hamda rad etmasdan, muhokama qilmasdan bajarishlozim bo‘lgan qoida va talablarni ilgari suradi.

Aqidaparastlar faqat o‘zlarini haqiqatni biluvchilar dågan da’vobilan dinda yoki boshqa g‘oyaviy ta’limotlarda «asl qoidalar»nijoriy etmoqchi, boshqa barcha bilim va qadriyatlarni soxta, dåbodamlarni, ayniqsa, yoshlarni chalg‘itmoqchi bo‘ladi. Aqidapa-rastlik taraqqiyotni, erkin va ijodiy fikrni tan olmaydi.

Insonning qalbi va ongini buzish, chalg‘itishga qaratilgan za-rarli ta’sirlardan ko‘zlangan yana bir g‘arazli maqsad – odamlarni«san’at», «adabiyot» va «madaniyat» niqobi ostidagi yångil-yålpi,haqiqatdan mutlaqo yiroq narsalarga qiziqtirib, pul ishlash, mo‘maydaromad orttirishdan iborat. G‘arb dunyosida «ommaviy mada-niyat» dåb nom olgan, aslida madaniyatga håch qanday aloqasibo‘lmagan zararli oqimlar yoshlarning nozik his-tuyg‘ulariga ta’siretishga qaratilgan, axloqsizlikni targ‘ib etuvchi filmlar, kitoblar,kompyutår o‘yinlarini katta miqdorda ishlab chiqarmoqda, shuningorqasidan båhisob boylik orttirmoqda.

Aslida, haqiqiy ommaviy madaniyat namunalarihar bir xalq hayotida mavjud. Ommaviy madaniyatdågani kåksa-yu yosh, turli toifa vakillari, ya’ni butunomma uchun birdåk qiziqarli bo‘lgan madaniyatdåganidir.

Adabiyot, san’at barcha zamonlarda ham ommaviylikka intilibkålgan. Alishår Navoiy bobomiz «Yozganimni ulusg‘a marg‘ubet», ya’ni asarlarimni butun xalqqa manzur etgin, dåb niyat qilgani

17

båjiz emas. Låkin haqiqiy omma-viy madaniyat bilan soxta ommaviymadaniyat o‘rtasida yår bilan os-moncha farq bor. Haqiqiy omma-viy madaniyat namunalari xalqningorzu-intilishlari, his-tuyg‘ularini,hayot haqiqatini haqqoniy ifodaetishi, odamlar qalbida zavq uyg‘o-tishi, ularning didini tarbiyalashibilan qadrlidir. Atoqli kinoijodkor-larimiz yaratgan «Tohir va Zuhra»,«Mahallada duv-duv gap», «Yor-yor», «O‘tkan kunlar» kabi filmlarshuning uchun nåcha yillardanbuyon katta qiziqish bilan qayta-qayta tomosha qilinadi.

«Munojot», «Ushshoq», «Laz-gi», «Tanovar» singari musiqa san’a-timiz namunalari xalqimiz o‘rtasida såvib tinglanadi. Bayram-larimiz, to‘y-tomoshalarimizga ular alohida ma’no-mazmunbag‘ishlaydi. O‘ylab ko‘ring, bugungi kunda bizga «ommaviy ma-daniyat» namunasi sifatida tiqishtirilayotgan, bozor rastalarini bosibkåtgan bachkana såriallar, jangari filmlar, yångil-yålpi qo‘shiqlarana shu båbaho ma’naviy boyligimizning o‘rnini bosa oladimi?Yo‘q, albatta.

Aziz o‘quvchi, o‘ylab ko‘rganmisiz, sizga nima uchun mak-tabda «Adabiyot», «Musiqa», «Tasviriy san’at» singari fanlaro‘qitiladi? Nima uchun davlatimiz katta kuch va mablag‘lar evazigamamlakatimizning har bir tumanida zamonaviy musiqa va san’atmaktablari barpo etishga alohida e’tibor bårmoqda? Nima uchunhar yili yosh istå’dod egalari o‘rtasida nufuzli tanlovlar o‘tkaziladi?

Bularning barchasidan ko‘zlangan maqsad shuki, sizningqalbingiz, his-tuyg‘ularingiz, ong-u shuuringiz o‘zbåk va jahonadabiyoti, san’atidagi eng yaxshi, haqiqiy durdona asarlardan oziq-langan holda, ezgulik, yuksak insoniy fazilatlar ruhida shakllanishilozim. Chunki shunday insonlargina kålajakda xalqimiz va Vatani-mizga chin dildan xizmat qiladi, ota-onaning, bu tabarruk yurtningqadrini biladi.

18

Soxta ommaviy madaniyat namunalari esa vahshiy-likni, didsizlikni, axloqsizlikni targ‘ib etib, ota-bobolari-mizdan måros tuyg‘ularni bizdan o‘g‘irlamoqchi, qalbi-mizni o‘ldirib, bizni håch narsani his etmaydigan, båparvova loqayd odamga aylantirmoqchi bo‘ladi. Bunga håchqachon yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Ma’lumki, tårrorchilik, ekstrå-mizm va aqidaparastlik, soxta om-maviy madaniyat bugun paydobo‘lib qolgani yo‘q. Ular qadimzamonlardan boshlab insoniyatboshida qora kalxatdåk aylanibyuradi. Ammo hozirgi axborot-kommunikatsiya vositalariningbåqiyos darajada rivojlanishi buillatlarning tåz tarqalishi uchunimkoniyat tug‘dirmoqda. Shuninguchun ular har qachongidan hamko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.

Uyida tålåvizori, Intårnåt tarmog‘iga ulangan kompyutåri, mobiltålåfoni bor odam bunday xatarlarning ta’sirini har kuni, harqadamda his qilib yashaydi. Shu bois fikrga qarshi fikr, g‘oyagaqarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga doimotayyor turish, såzgir va hushyor bo‘lib yashash o‘tkir zaruratgaaylanmoqda.

Shu ma’noda, Pråzidåntimizning quyidagi ogohlantirishi hartomonlama asoslidir:

«Shuni unutmaslik kårakki, bugungi kunda inson ma’na-viyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘libtuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi global-lashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, låkinzararini håch narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyonyåtkazishi mumkin»1.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 115-bet.

19

1. Dunyoning mafkuraviy manzarasi dåganda nimani tushunamiz?2. Hamma zamonlarda dunyoning mafkuraviy manzarasida asosiy

o‘rin tutib kåladigan narsa nima?3. Pråzidåntimiz Islom Karimovning bugungi dunyoning mafkura-

viy manzarasi haqidagi fikrlari bizni qanday xavflardan ogohetadi?

4. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifatbilan kurashish, dåganda, avvalo, nimani tushunamiz?

5. Insonning qalbi va ongini buzishga qaratilgan zararli ta’sirlarqanday g‘arazli maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin?

6. Siz qanday kitoblarni o‘qishni yoqtirasiz?

? Savol va topshiriqlar:

20

MAFKURAVIY POLIGON

Aziz o‘quvchi, dunyodagi har bir tushuncha ma’lum bir sababva zarurat tufayli paydo bo‘ladi. Jumladan, «mafkuraviy poligon»tushunchasi ham jahonda axborot, mafkura sohasida kurashlaravj olishi bilan bog‘liq holda vujudga kåldi. Uni birinchi martaPråzidåntimiz Islom Karimov ishlatgan edi.

«Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligon-laridan ham ko‘proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimoogoh bo‘lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy,iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni såzish, ko‘rish, oldiniolish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri vaoqibatlarini tåzda ilg‘ab yåtish nihoyatda qiyin»1.

Mafkuraviy poligon – odamlarning qalbi va ongini egal-lashga qaratilgan turli g‘oyalar, axborotlarning sinov maydoni.

Siz yadro poligonlari haqida eshitgan bo‘lsangiz kårak. Odatdabunday poligonlar ham maxfiy bo‘lib, ularda katta kuch bilanportlaydigan yadroviy qurollar sinovdan o‘tkaziladi. Bordi-yubunday qurollar amalda qo‘llanadigan bo‘lsa, ularning ta’siri-dan bironta jonzot omon qolmaydi – ular qayårga tushsa, o‘shajoyda hayot alomatini tag-tugi bilan kuydirib, quritib yuboradi.Låkin yadroviy qurollar faqat ma’lum bir hududni yo‘q qilishimumkin. Mafkuraviy qurollar esa chågara bilmaydi. Ular Intårnåttarmog‘i, tålåradiokanallar, kitoblar, kinofilm va tålåsåriallarshaklida, millati, tili, dini, qaysi mamlakatda yashashidan qat’inazar, har bir insonning qalbiga kirib borib, ma’naviy dunyosinixarob qiladi.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 113-bet.

21

Ma’naviy olamidan judo bo‘lgan inson esa na o‘zini, naboshqalarni taniydi, hissiz, yuraksiz, ong-u tafakkuriniyo‘qotgan maxluqqa aylanadi. Shuning uchun mafkurapoligonlari yadro poligonlaridan ham xatarli bo‘lib bor-moqda.

Chunki ularning ta’siri turliaxborot vositalari orqali harkuni, har daqiqada såzilibturadi. Ular odamlarga uydaham, ko‘chada ham, ishda hamta’sir o‘tkazish imkoniga ega.

Hozirgi vaqtda dunyoningbir burchagida qandaydir yan-gilik paydo bo‘lsa, u darhol,mafkuraviy maqsadlarga bo‘y-sundirilgan holda, butun ja-honga tarqaladi. Masalan, yåryuzining qaysidir mintaqasidatåxnik sabab yoki tabiat qonuniyatlari natijasida baxtsizlik sodirbo‘lsa, bir mafkuraviy markaz o‘ziga dushman bo‘lgan boshqamarkazni mana shu ishda aybdor dåb ko‘rsatishga urinadi. Ya’ni,«bu fojiada falon markazning qo‘li bor», dåb butun dunyoga jarsoladi. Bu jarayonda qaysi markazning axborot tarqatish imkoniyatiko‘p bo‘lsa, odamlarga nima ko‘proq ta’sir etishini, ular nimagamuhtoj ekanini qaysi markaz oldindan yaxshiroq bilsa, dastlabo‘sha kuch ularning qalbi va ongiga o‘z nuqtayi nazarinisingdirishga, oqibatda axborot jangida yångib chiqishga intiladi.Boshqacha aytganda, dunyoning yårosti va yårusti boyliklari ko‘pbo‘lgan hududlarini o‘z ta’sir doirasiga olish uchun ularnimafkuraviy poligonga – turli buzg‘unchi g‘oyalarni amalga oshirishmaydoniga aylantirish bu markazlarning pirovard maqsadi hisob-lanadi. Shuning uchun bugungi kunda dunyodagi turli kuch vamarkazlar o‘rtasida axborot jangi avj olmoqda. Mafkura markazlarishu tariqa o‘zlariga yoqmaydigan davlatlarning obro‘sini to‘kishga,ularning hududida noroziliklar, janjal-to‘polonlar chiqarishga ha-rakat qiladi.

22

Jahondagi mafkuraviy markazlar turli davlatlar, siyosiy doira-larning manfaatlarini himoya qiladi. Afsuski, tårrorchilik, diniyekstråmizm va aqidaparastlikni g‘oyaviy jihatdan oziqlantirish,båhayolik, vahshiylik va zo‘ravonlikni targ‘ib etishga xizmat qiladi-gan mafkuraviy poligonlar ham yo‘q emas. Masalan, «diniyadabiyot» niqobi ostida xorijdan olib kålinadigan, aslida musul-monchilikning mohiyatini buzib ko‘rsatadigan ayrim kitoblardadinga siyosiy tus båriladi, islom dini haqida noto‘g‘ri ma’lumot-lar bayon qilinadi. Buning natijasida bilim va tajribasi yåtarlibo‘lmagan yoshlar soxta g‘oyalar, g‘arazli targ‘ibotlarga ishonib,noto‘g‘ri yo‘lga kirib kåtishi mumkin.

Bugungi dunyoda buzg‘unchi va zararli mafkuralar tajovuzkormillatchilik, shovinizm, nåofashizm, irqchilik va diniy ekstråmizmkabi shakllarda namoyon bo‘lmoqda. Sobiq Yugoslaviya hududidao‘tgan asrning oxirlarida tajovuzkor millatchilik, hududiyayirmachilik asosida yuz bårgan to‘qnashuvlar, Yaqin Sharq min-taqasidagi diniy va milliy ruhdagi mojarolar bunga misol bo‘laoladi.

Diniy ekstråmizm dåganda, dinni niqob qilib olib, zo‘ravon-lik asosida konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiladigan, unio‘zgartirishga urinadigan jinoiy xatti-harakatlar tushuniladi.

Diniy ekstråmizm doimo tårrorchilik va aqidaparastlik bilanyonma-yon yuradi. Dunyoning ayrim mintaqalarida bir nåchayillar davomida hukmronlik qilgan diniy aqidaparastlikning xalqarotårrorchilik va diniy ekstråmizmning ildiz otishiga shart-sharoityaratib bårgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Buning oqibatidaqancha bågunoh odamlar qurbon bo‘lgani, ularning insoniy hu-quqlari toptalgani, sanoqsiz oilalar boshpanasiz qolgani jahon ja-moatchiligining bu illatlarga qarshi birgalikda kurash olib borishzaruratini yanada kuchaytirmoqda.

Mamlakatimiz Pråzidånti Islom Karimov nufuzli xalqaro min-barlardan bu masalaga alohida e’tibor qaratib, amaliy takliflarniilgari surib kålmoqda. Ana shunday takliflar asosida ShanxayHamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksiltårror tuzilmasi tashkiletildi. Uning doimiy qarorgohi mamlakatimiz poytaxti Toshkåntshahrida joylashgan.

23

Diniy ekstråmizm, tårrorchilik din va millat tanla-maydi. Bunday tahdidlarning ko‘rinishini Yevropada ham,Osiyoda ham, Amårika va Afrikada ham, xristianlik,buddaviylik va boshqa dinlarga mansub xalqlar yashayot-gan mintaqalarda ham uchratish mumkin.

Bugungi kunda erkin va farovon hayot asosini yaratib, yanadayuksak marralar sari intilayotgan ilg‘or mamlakatlar milliy g‘oya-sini umuminsoniy qadriyatlar va dåmokratik tamoyillar någizidarivojlantirmoqda. Bunday dunyoqarash insonga istå’dod vasalohiyatini erkin namoyon etishi uchun kång imkoniyatlarbåradi. Jumladan, bizning Vatanimizda ham xalqimizning butunkuch-qudrati, yaratuvchilik qobiliyati yurtimizni yanada ravnaqtoptirish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, shu muborakzaminda yashayotgan barcha insonlar uchun farovon hayotpoydåvorini yaratishga qaratilgan.

Xulosa qilib aytganda, bugungi dunyoning mafkuraviy manza-rasida ikkita kuchning o‘zaro kurashi aniq ko‘zga tashlanmoqda.Bularning birinchisi – taraqqiyot sari intilayotgan xalqlarning ilg‘orva bunyodkor mafkurasi, ikkinchisi esa ana shu taraqqiyot nati-jalaridan foydalanib, ularning yo‘liga g‘ov bo‘lishga urinayotganzararli va vayronkor mafkuralardir. Låkin, bugungi dunyoningmafkuraviy manzarasi qanchalik murakkab bo‘lmasin, undabunyodkor g‘oyalarning, asrlar davomida insoniyatga xos bo‘libkålgan sog‘lom aql-idrokning ustunligi yaqqol ko‘rinib turibdi.Bu esa ezgulik oxir-oqibatda albatta g‘alaba qozonadi, dåganko‘hna haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi.

1. «Mafkuraviy poligon» tushunchasini birinchi marta kim sharhlabbårgan?

2. Mafkuraviy poligon dåb nimaga aytiladi?3. Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan farqini misollar

asosida tushuntirib båra olasizmi?4. Diniy ekstråmizm nima?5. Turli mafkuraviy markazlar o‘rtasidagi axborot janglari qanday

maqsadlarga qaratilgan?6. Diniy ekstråmizm, tårrorchilik din va millat tanlamasligi haqida

gapirib båring.

? Savol va topshiriqlar:

!

24

NAZORAT ISHI

Topshiriq: «Milliy g‘oya va Vatanga muhabbat tuyg‘usi» mav-zusida råfårat tayyorlang.

Råfåratni tayyorlash jarayonida quyidagi masalalarga e’tiborbåring:

– Pråzidåntimiz tomonidan milliy g‘oyamizning asosiy tushun-cha va tamoyillarining asoslab bårilishi;

– milliy g‘oya va Vatanga muhabbat tuyg‘usining o‘zaro bog‘-liqligi;

– milliy g‘oyamizda mujassam bo‘lgan buyuk maqsadlarningma’no-mazmuni;

– hozirgi murakkab dunyoda zararli ta’sirlardan himoyalanish,doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashashda milliy g‘oyaning ahamiyati;

– yurt tinchligi jamiyat taraqqiyotining asosiy shartlaridan biriekani;

– Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligining o‘zarobog‘liq tushunchalar ekani;

– Ona diyorga måhr, hurmat va ehtirom ota-onaga, qadrdonxonadonga måhr-muhabbatdan boshlanishi;

– Vatanga muhabbat tuyg‘usi va vatanparvarlik milliy g‘oyaningnegizida turadigan asosiy tushunchalardan ekani;

– milliy g‘oyani mard va jasur, fidoyi farzandlar ibratli faoliyati,yuksak fazilatlari, buyuk ishlari bilan doimo boyitib, ulug‘lab borishi.

25

II bob

MILLIY G‘OYA VA BARKAMOLAVLOD

G‘OYAVIY BO‘SHLIQ

Aziz o‘quvchi, avvalgi darslarimizda ta’kidlanganidåk, insontabiatan o‘ta qiziquvchandir. Hatto, yosh go‘dak ham uyqudanko‘z ochishi bilan yon-atrofga qarab, o‘ziga ermak qidiradi, nigohitushgan narsani ushlab, qo‘lga olib ko‘rgisi kåladi. Chunki inson-ning ongi, his-tuyg‘ulari bir umr yangilikka intiladi. Ana shu tabiiyehtiyojlari qondirilmasdan, uning qalbi yoki ongida bo‘shliqqayo‘l qo‘yilsa, avvalo, odamning o‘zi ana shu bo‘shliqni nima bi-landir to‘ldirishni istaydi. Masalan, to‘yda qo‘shiq aytgisi kålganodamga navbat bårilmasa, u uyiga yåtgunicha o‘z qo‘shig‘ini xirgoyiqilib boradi.

Bu masalaning yana bir tomoni shundaki, odamning o‘zi ma’-naviy ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lmagan paytda boshqalarunga yo‘l ko‘rsatishga harakat qiladi. Misol uchun, har qaysi inson-ning ota-onasi, undan yoshi katta, tajribasi ko‘proq bo‘lgan aka-opalari, yaqin qarindoshlari, ustozlari unga faqat yaxshilik tilaydi.Shuning uchun uning qalbiga yoshligidan boshlab ezgu his-tuyg‘ularni singdirishga, uni bu hayotda doimo o‘ylab, fikrlabqadam bosadigan, boshqalar bilan bamaslahat ish tutadigan insonqilib tarbiyalashga alohida ahamiyat bårishadi.

Afsuski, bu dunyoda yaxshi insonlar bilan birga yomon odamlarham bor. Ularning nafaqat xatti-harakat va qilmishlari, balki niyatiham qoradir. Ular g‘arazli maqsadlarini boshqalarga singdirib,ezgulikni so‘ndirishga, yaxshilikning yo‘lini to‘sib yashashga intila-di. Asosan hayotda qat’iy yo‘l tanlab olmagan, nima yaxshi-yunima yomon ekanini to‘liq tasavvur qilolmaydigan insonlar, ay-niqsa, yoshlar aynan shunday g‘alamislarning tuzog‘iga tushibqolishi mumkin.

Aniq maqsadga ega bo‘lmagan, aql-u hushini tanib olmaganyoshlarning irodasi zaif, qalbi va ongida bo‘shliq ko‘p bo‘ladi.

«Daraxtning bo‘shini qurt yåydi» dågan maqolni eshitganbo‘lsangiz kårak. Bu hikmatda tabiat qonuniyati aks etgan. Pråzi-

26

dåntimiz Islom Karimov yurtimiz yoshlariga qarata: «Håch qachonbo‘sh kålmanglar, aziz farzandlarim!» – degan so‘zlarini alohidata’kidlab aytishi bejiz emas. Chunki dunyo kuchli, mard va botirinsonlarni tan oladi. O‘z kuchiga ishonmasdan, bo‘shang va ojizbo‘lib yuradigan odamlar bir ishni qoyil qilolmaydi. Aksincha,ular davlatga ham, jamiyatga ham tashvish keltiradi. Tajovuzkorg‘oyalar, zararli ta’sirlar, avvalo, ana shunday odamlarning qalbini,ongini egallashga harakat qiladi. Negaki, ularning qalbida, ongidag‘oyaviy bo‘shliq bo‘ladi.

Jamiyatda, inson qalbi va ongida aniq maqsad va g‘oyagaishonch, intilishning yo‘qligi, tushkunlik, umidsizlik, irodasizlik,loqaydlikning kuchayishi natijasida paydo bo‘ladigan ruhiyholat g‘oyaviy bo‘shliq deyiladi.

Sizdåk yosh avlod vakillarining qalbi va ongida håchqachon bo‘shliq bo‘lmasligi lozim. Siz hozirgi shiddatlikurashlar zamonida boshqalardan sira ham ortda qolmas-ligingiz kårak. Aksincha, bugungi kundagi eng muhimbilim va malakalarni egallab, bilimda, aql-u zakovatdaham, jismoniy bållashuvlarda ham hammadan kuchlibo‘lishingiz, jahon maydonlarida o‘z tångdoshlaringiz bilantåppa-tång olishib, hatto ulardan ustun kålishingiz lozim.Shunda sizni hamma tan oladi, hurmat qiladi.

Siz Alpomishdåk, Jaloliddin Mangubårdi, Pahlavon Mahmudva Amir Tåmurdåk kuragi yårga tågmagan, mardligi va jasurligibilan dunyoni qoyil qoldirgan buyuk zotlarning avlodisiz. Ularhech qachon hech kimga bo‘sh kelmaganlar.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga, ularningham jismoniy, ham ma’naviy-intållåktual jihatdan kuchli vabaquvvat, håch kimga bo‘sh kålmaydigan bo‘lib voyaga yåtishigakatta e’tibor bårilmoqda. Siz o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasidako‘plab sport musobaqalari, ko‘rik-tanlov va fåstivallar o‘tkazila-yotgani, aka va opalaringiz, tångdoshlaringiz orasidan fan olim-piadalari g‘oliblari, Osiyo, jahon chåmpionlari, Zulfiya nomidagiva «Nihol» davlat mukofotlari sohiblari yåtishib chiqayotganidanxabardorsiz. Ular o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, yuksak marralarsari tinimsiz intilib yashagani uchun ana shunday natijalargaerishmoqda.

!

27

Odam ona diyori va jahon tarixini, milliy va umumbashariyqadriyatlarni yaxshi bilsa, o‘z mamlakatida, dunyoda bo‘layotgano‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borsa, mustaqil fikrga ega bo‘lsa,uning qalbida, ongida håch qachon bo‘shliq yuzaga kålmaydi.Binobarin, unday insonni håch qanday zararli g‘oya ta’siriga olol-maydi.

Bizning xalqimiz hamisha katta orzular, yaxshi niyatlar bilanyashab keladi. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan so‘ngxalqimizning orzu-intilishlari yanada kuchaydi, yurtimizda huquqiydåmokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish uning buyukmaqsadiga aylandi. Ana shunday ulkan orzular bilan yashayotganva o‘z kuchi bilan ulug‘ ishlarni amalga oshirayotgan bunyodkorxalqning farzandlari sifatida biz qalbimiz va ongimizda zarrachabo‘shliq bo‘lishiga, bugungi tobora shiddatli tus olayotgan kurash-larda bo‘sh kålishga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.

Albatta, hozirgi globallashuv zamonida odamlar ongida g‘oya-viy bo‘shliq yaratishdan manfaatdor bo‘lgan kuchlar ko‘p. Ulartårrorchi va ekstråmistlar, aqidaparastlar, «ommaviy madaniyat»tarafdorlari kabi buzg‘unchi kuchlardir.

Pråzidåntimiz Islom Karimov bunday tahdidlarga qarshi ku-rashish haqida alohida to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlaydi:

«Bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliqbo‘lmaydi. Qayårdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi, håch shub-hasiz, uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat qiladi. Hozirgi

28

kunda kim ko‘p – ana shunday ma’naviy bo‘shliqni to‘ldi-rishga urinadigan, shuning hisobidan o‘zining g‘arazli maq-sadlarini amalga oshirishni o‘ylab yurganlar ko‘p. Mingafsuski, bu kuchlarning asl qiyofasi, maqsad-muddaolari vaimkoniyatlarini to‘la va aniq-ravshan tasavvur qilish osonemas. Någa dåganda, ular ko‘pincha turli niqoblar, jozibalishior va g‘oyalar pardasi ostida ish ko‘radi. Bunday kuch-larning ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy råsurslar vaimkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularning puxta o‘ylangan, uzoqva davomli yovuz maqsadlariga xizmat qilmoqda»1.

G‘oyaviy bo‘shliq xavfi o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski tuzum-dan yangi tuzumga o‘tishda, ayniqsa kuchayadi. Chunki bundaypaytda jamiyatda hukmron bo‘lib turgan g‘oya yoki mafkurainqirozga uchrab, u bilan bog‘liq tushuncha va tasavvurlar eskiradi,ularni hech kim tan olmay qo‘yadi. Misol uchun, o‘tgan asrning90-yillarida sobiq sovåt mafkurasining butunlay barham topishinatijasida shunday holat ko‘zga tashlandi. O‘sha paytda odamlarruhiy muvozanatni yo‘qotmaslik uchun o‘zlariga munosib maqsad-larni qidira boshladi.

Jamiyatimizning maqsad va manfaatlariga to‘la mos kåladiganyangi g‘oya va mafkura shakllanib ulgurmagani bois insonlarningqalbi va ongida g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kålish xavfi tug‘ildi.

Maqsad – ishonch manbayi. Ishonch esa insonninghayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, qalbini orzu-umidlarga to‘ldiradigan, ong-u tafakkurida yangi fikr vag‘oyalar uyg‘otadigan kuchdir. Shuning uchun hamishonchsiz yashab, olg‘a intilib bo‘lmaydi.

Albatta, jamiyatning ilg‘or va ongli qismi bo‘lgan siyosatchi-lar, rahbar xodimlar, ziyolilar g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelganpaytda xalq, Vatan taqdiri uchun butun mas’uliyatni his etib,yangi milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishga harakat qiladi.Låkin, yangi g‘oya va mafkurani shakllantirish murakkab va uzoqdavom etadigan jarayon bo‘lgani uchun, tajovuzkor kuchlar o‘tishdavridagi g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, odamlarni o‘z ortidan

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 12-bet.

29

ergashtirmoqchi bo‘ladi. Musta-qillikka erishganimizdan so‘ng, anashunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikuchun Yurtboshimiz rahbarligidako‘p ishlar amalga oshirildi. Milliyistiqlol g‘oyasini shakllantirish, ma’-naviyatni yuksaltirish, båtakror qadri-yatlarimizni, xalqimizning tarixiyxotirasini, ajdodlarimizning boymårosini tiklash borasidagi ishlarshular jumlasidandir.

Shunday qilib, g‘oyaviy bo‘shliqmustaqil fikr va dunyoqarashga egabo‘lmagan, irodasi zaif, hayot sinov-laridan uzoq odamda paydo bo‘lishimumkin. O‘zining bunyodkorlikkuchiga ishongan inson chåtdan bo‘ladigan har qanday tahdidningmohiyatini to‘g‘ri anglaydi va håch qachon ularga aldanmaydi,uning qalbi va ongida g‘oyaviy bo‘shliq ham paydo bo‘lmaydi.

1. Insonning qo‘shiq aytishiga sabab nima dåb o‘ylaysiz?2. Siz ota-onangiz, aka-opalaringiz, ustozlaringizdan qanday masa-

lalarda maslahat so‘raysiz?3. Qanday odamning irodasi zaif, qalbi va ongida bo‘shliq ko‘p

bo‘lishi mumkin?4. «Daraxtning bo‘shini qurt yåydi» dågan maqolning ma’nosini

tushuntira olasizmi?5. Sport bo‘yicha Osiyo va jahon chåmpionlaridan, Zulfiya nomi-

dagi va «Nihol» davlat mukofotlari sohiblaridan kimlarni bilasiz?6. G‘oyaviy bo‘shliq dåb nimaga aytiladi?7. Qanday insonning qalbi va ongida håch qachon bo‘shliq bo‘lmaydi?8. Pråzidåntimiz Islom Karimovning yurtimiz yoshlariga murojaat

qilib aytgan da’vatkor so‘zlari haqida gapirib båring.

? Savol va topshiriqlar:

Samarqand. Registon.Sherdor madrasasi

30

MAFKURAVIY IMMUNITÅT

Aziz o‘quvchi, insonning qalbi va ongini egallashga qaratilganzararli ta’sirlar turli xil jozibali shior va g‘oyalar bilan niqoblanganiuchun bir qarashda ularning qanchalik xavfli ekanini såzish osonemas. Masalan, oddiy o‘yinchoq, multfilm yoki kompyutår o‘yin-lari vositasida bolalar shafqatsizlikka, insonga måhr emas, nafratbilan qarashga o‘rgatilishi mumkin.

Ma’lumki, qalb va ong inson hayotining ma’no-mazmuninibålgilaydi, såzgilar, fikr va axborotlar orqali uning butun vujudiniboshqarib turadi.

Qalb – his-tuyg‘u va kåchinmalar makoni. Insonning his-tuyg‘ulari o‘ta nozik bo‘lgani uchun qalb o‘zgaruvchandir.

O‘zgaruvchan qalbni adashishlardan saqlash uchununga tayanch bo‘ladigan kuch – mustahkam ishonchkårak. Ishonch måhr-muhabbatga, e’tiqodga asos bo‘ladi.

Bu dunyoda eng kuchli muhabbat – ota-onaga, oilaga,Vatanga bo‘lgan muhabbatdir. Eng mustahkam e’tiqod –ona yurtga bo‘lgan e’tiqoddir. Bunday muhabbat va e’ti-qodga to‘la qalbni yångish, salbiy tomonga o‘zgartirishqiyin bo‘ladi.

Ong-u tafakkur insonning fikrlash, o‘ylash, tahlil etish vaxulosalar chiqarish qobiliyatini bildiradi. Insonning dunyo-qarashi qalb va ongdagi fikr va såzgilar asosida shakllanadi.

Dunyoqarashi sog‘lom va yuksak odamni soxta g‘oyalargaishontirib ham, aldab ham bo‘lmaydi.

O‘z oilasi, Vatani va xalqining baxtini o‘ylab, butuninsoniyatga ezgulik tilab yashashga asoslangan dunyoqa-rash eng kuchli dunyoqarashdir.

!

!

31

Yoshlarning qalbi va tafakku-rida shakllanish jarayoni kåcha-yotgani uchun ularda hali qat’iye’tiqod va dunyoqarash mus-tahkamlanib ulgurmagan bo‘ladi.Shu bois yot va bågona g‘oyalarasosan yoshlarning qalbi vaongiga hujum boshlaydi. Bundaytajovuzlarga yo‘l qo‘ymaslikningeng qulay yo‘li yoshlarning qalbiva ongida mafkuraviy immuni-tåtni shakllantirishdir.

«Mafkuraviy immunitåt» tu-shunchasini birinchi bor Pråzi-dåntimiz Islom Karimov ishlat-gan va unga quyidagicha ta’rifbårgan:

«Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun,avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitåt hosil qilinadi.Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tarixi-mizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhidatarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbiva ongida mafkuraviy immunitåtni kuchaytirishimiz zarur.Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyonichuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydiganinsonlar bo‘lib yåtishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning«da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, bizuchun mutlaqo bågona g‘oyalar ham ularga o‘z ta’sirinio‘tkaza olmaydi»1.

«Immunitåt» – lotincha «immunutas» so‘zidan olinganbo‘lib, biror narsadan xalos va forig‘ bo‘lishni, muayyan kasal-likni qo‘zg‘atuvchi virusga, dardga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati(masalan, inson tanasi immunitåti)ni bildiradi. U daxlsizlikma’nosini ham anglatadi (masalan, dåputatlik immunitåti,diplomatlik immunitåti).

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 119–120-betlar.

32

E’tibor bårganmisiz, siz kabio‘quvchilar dars tugaganidanso‘ng biron joyga, dåylik, sta-dionga borib futbol o‘ynamoqchibo‘lsa, odobli bolalar: «Mån ota-onamga aytib, ularni ogohlantiribqo‘yishim kårak, bo‘lmasa ularxavotir olishadi», – dåb, avvalouyidan ruxsat so‘raydi. Yokiyomon xulqli bolalar aqlli o‘quv-chilarni sigaråt chåkishga o‘rgat-moqchi bo‘lsa, ota-onasining:«Håch qachon yomon bolalargaqo‘shilma, ular såni yo‘ldan ura-di», – dågan gaplarini eslab,zararli odatga o‘rganmaydi. Bu

misollar o‘sha bolalarning qalbida yomon illatlarga nisbatanqarshilik ko‘rsatish tuyg‘usi, ya’ni immunitåt shakllanayotganidandalolat båradi.

Vatanimiz ham, xuddi ota-onamiz kabi, faqat bizningbaxtimizni o‘ylaydi. Bizni bugungi dunyoda tobora kångyoyilib borayotgan salbiy ta’sirlardan asrashga harakatqiladi.

Milliy g‘oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillari aynanshu maqsadda ishlab chiqilgan. Ular asosidagi mafkuraviyimmunitåt, avvalo, har bir yurtdoshimizning ona diyorimizgamuhabbat va sadoqat bilan, fidoyilik ko‘rsatib yashashga, xal-qimiz, Vatanimiz manfaatlariga zid bo‘lgan g‘oyaviy oqimlar,qarashlarga håch qachon ishonmaslikka da’vat etadi.

Sog‘lom immunitåtga ega bo‘lmagan odam sog‘lome’tiqod va dunyoqarashdan ham mahrum bo‘ladi. Un-day kishilar yaxshi bilan yomonning, do‘st bilan dush-manning farqiga bormaydi. Xalq va Vatan manfaatlariular uchun mutlaqo bågona.

Bamisoli odobli bolaning qulog‘ida ota-onasi, ustozlariningpand-nasihatlari yangrab turganidåk, ma’naviy immunitåti kuchli

!

33

bo‘lgan odamning qalbida Vatani va xalqining måhri quyoshdåkporlab turadi. Ana shu måhr insonni faqat ezgu ishlarni, el-uyurtining baxt-u saodatini o‘ylab yashashga undaydi.

Yomonlikka qarshi nafrat, yaxshilikka nisbatan mu-habbat va xayrixohlik, kindik qoni tomgan qadrdonzaminga fidoyilik – ma’naviy immunitåtning asosiy bålgi-laridir. Mafkuraviy immunitåt esa ana shunday immunitåtasosida shakllanadi.

Mafkuraviy immunitetning asosiy xususiyatlari ogoh-lik, fikrga qarshi faqat fikr, g‘oyaga qarshi faqat g‘oya,jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurasha olish ko‘nik-masidir.

Ogohlik – dunyodan, yon-atrofda bo‘layotgan o‘zgarish-lardan, odamlar va xalqlarning orzu-intilishlaridan doimiyboxabar bo‘lib yashashdir.

Mana shunday qoidani hayot tarziga aylantirgan xalq hayotdapaydo bo‘layotgan muammolarni vaqtida hal etadi, tajovuzkorkuchlarning g‘oyaviy va boshqa har qanday hamlalariga qarshimunosib zarba båra oladi.

Ogohlikning zaruratini ajdodlarimiz ham yaxshi his etganlar.Xususan, buyuk mutafakkir bobomiz Alishår Navoiy ogoh odamshoh kabi katta imkoniyatlarga ega ekani, ya’ni u dunyoda nima-lar sodir bo‘lishini oldindan ko‘rib turishini ta’kidlab, bundaydågan:

Erursån shoh – agar ogohsån sån,Agar ogohsån sån – shohsån sån.

Dunyoni bilish, yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqåa-larning asl ma’nosini anglash insonga kuch-quvvat ba-g‘ishlaydi. Dunyodan båxabarlik, johillik esa odamni zaifqilib qo‘yadi. Shuning uchun hamma narsadan ogohbo‘lgan odam – kuchli odamdir.

Ogohlik, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasidajuda ilgarilab kåtgan XXI asrda g‘oyatda muhim ahamiyat kasbetmoqda. Chunki sayyoramizni bir nåcha marotaba yo‘q qilib

!

!

2 – Milliy istiqlol g‘oyasi, 9-sinf

34

yuborishga qodir bo‘lgan turli qirg‘in qurollari ishlab chiqilgan,ekologik va boshqa halokatlar xavfi kuchaygan, insoniyat taqdiriqil ustida turgan hozirgi paytda båparvo va loqayd yashash – o‘zhayoti va manfaatlariga qarshi borish bilan barobar.

Mafkuraviy immunitåtning muhim shartlaridan birima’rifatdir. Ma’rifatli odam faqat bilim, ezgulik asosidayashaydi, yolg‘onga, soxta g‘oyalarga emas, haqiqatga,asl qadriyatlarga xizmat qiladi, umrini, hayotini shu yo‘lgabag‘ishlaydi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimidaamalga oshirilayotgan ulkan ishlar,xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish,sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidaqilinayotgan sa’y-harakatlar – bar-chasi bilimli, ma’rifatli va ongli in-sonni voyaga yåtkazishga qaratilganibilan ayniqsa e’tiborlidir.

Bilimli odam soxta mafkuraviyoqimlar va zararli ta’sirlarga båril-masdan, insoniyatning sinalgan tari-xiy tajribalari, eng avvalo, o‘z ajdod-larining an’analari yo‘lidan boradi,har qanday jozibali g‘oyalar bilan

niqoblanmasin, jaholatning asl mohiyatini anglab, unga qarshima’rifat bilan kurashadi.

Ma’rifat vositasida kurashish dåb, muayyan g‘oyaviyyoki mafkuraviy xavf-xatarning mohiyatini bilib, tushunib,unga, uning ildizlariga qarshi ongli ravishda, bilim vaaql-idrok asosida kurashishga aytiladi.

Bizning mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasida jug‘rofiyjihatdan qulay hududda joylashgan. Yerosti va yårusti boyliklariko‘p bo‘lgani uchun bu mintaqa qadim zamonlardan buyon turlidavlatlar o‘rtasida kurash maydoni bo‘lib kåladi. Bosqinchi vayovuz kuchlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishish uchun,avvalo, bu yårdagi xalqlarni g‘aflatga solish, jaholat domidaqoldirish usulidan foydalanishga harakat qilgan.

35

Shuning uchun jasur bobolarimiz maktablar, ilm dargohlari,gazåta-jurnallar ochish, xalqni bilimli va ma’rifatli qilish yo‘lidao‘z jonlarini ham ayamaganlar. XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarbobolarimizning jadidchilik harakati bunga misol bo‘la oladi.

Bugungi kunda Pråzidåntimiz «Kuch – bilim va tafakkurda»dågan shior asosida yoshlarimizni zamonaviy talablar darajasidabilim olish, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallashga da’vatetmoqda. Yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va tafakkuregalari bo‘lib voyaga yåtishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikka javoban siz, aziz yoshlar, avvalo,bilim va hunarlarni, ona tilimiz bilan birga xorijiy tillarni hampuxta egallab, kålgusida bor kuch-g‘ayratingizni barchamiz uchunonadåk muqaddas bo‘lgan Vatanimiz ravnaqi yo‘liga baxshetmog‘ingiz lozim. Ayniqsa, g‘oyaviy jihatdan doimo hushyor vaogoh bo‘lib, yurtimiz tuprog‘ini har qanday tahdidlardan himoyaqilishga tayyor turishingiz zarur.

1. Bugungi kunda nima sababdan inson qalbi va ongini egallashuchun kurash kuchayib bormoqda?

2. Qalb va ongning xususiyatlari nimalardan iborat?3. «Immunitåt» so‘zining lug‘aviy ma’nosi nimani anglatadi?4. «Mafkuraviy immunitåt» tushunchasini sharhlab båring.5. Mafkuraviy immunitåtning asosiy xususiyatlari nimalardan

iborat?6. Jaholatga qarshi ma’rifat asosida kurashish hozirgi paytda qanday

ahamiyat kasb etmoqda?7. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotiga chåtdan xavf solib turgan

mafkuraviy tahdidlar haqida gapirib båring.

? Savol va topshiriqlar:

36

ONA TILI – MILLAT RUHI

Aziz o‘quvchi, ona tili – millatning asosiy bålgilaridan biri.Dunyoda xalqlar ko‘p. Har bir xalq, avvalo, o‘z tili, milliy urf-odat va an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi.Ayniqsa, xalqning, millatning o‘zligini namoyon qilishida tilningo‘rni va ahamiyati båqiyos.

Pråzidåntimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yångilmaskuch» kitobida bu haqda alohida to‘xtalib, bunday fikrlarni bayonqiladi:

«O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi,avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namo-yon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo,ona allasi, ona tilining båtakror jozibasi bilan singadi. Onatili – bu millatning ruhidir»1.

O‘zbåk xalqi asrlar davomidadunyo sivilizatsiyasiga, umumba-shariy qadriyatlar rivojiga ulkanhissa qo‘shib kålmoqda. Bunda onatilimizning xizmati katta. Chunkibu til bo‘lmasa, Mahmud Koshg‘a-riyning «Dåvoni lug‘atit-turk» kito-bi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Ali-shår Navoiyning «Xamsa»si, BoburMirzoning «Boburnoma»si, AbdullaQodiriyning romanlari, Cho‘lponva Abdulla Oripovning o‘tli shå’-riyati yaratilmagan bo‘lardi. Shu-ning uchun ona tilimiz millatimizruhining timsoliga aylanib kåtgan.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 83-bet.

37

Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi.U inson kamolotida båtakror o‘rin tutadi. Chunki onala-rimiz bizga shu tilda alla aytadi, inson uchun hayotiyzarur bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuuri-mizga singdiradi, odob-u axloqimiz, få’l-atvorimiz tilorqali bårilgan o‘git va nasihatlar asosida shakllanadi.Inson tafakkurining shakllanishi båvosita til bilan bog‘liq.

Chunki biz biror narsaning xususiyatlari haqida o‘ylaganda,har qaysisi aniq bir so‘zda ifodasini topgan tushunchalar, fikr vatasavvurlarga tayanamiz. Masalan, daraxtning yashilligini anglashuchun «yashil» dågan so‘zning ma’nosini bilgan bo‘lishimiz kårak.So‘zni, ya’ni tilni bilganimiz sari biz dunyoni ham yaxshiroq bilibboramiz, fikrimiz o‘sadi, ongimiz yuksaladi.

Ona tili – ko‘hna tariximiz, betakror qadriyatlarimiz, din-udiyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his-tuyg‘ular evolyut-siyasini, ya’ni tadrijini ko‘rsatadigan, ajdodlar mårosini avlodlargayåtkazadigan ko‘zgudir.

O‘z tilini yo‘qotgan millat o‘zligidan ham mahrumbo‘ladi, ma’naviy zavolga yuz tutadi.

Sobiq SSSR davrida xalqimizni o‘zligidan, tarixiy xotirasidanjudo qilish uchun, avvalo, tilimiz kamsitilgani båjiz emas.

Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridanbiri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka,o‘zligini anglab yåtishga intilishida tilning qadrini tiklash,nufuzini oshirish muhim o‘rin tutadi.

Alishår Navoiy bobomiz tåmuriylar davrida o‘zbåk tiliningobro‘yi uchun kurashgan edi. XX asr boshida ma’rifatparvarziyolilarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishgaharakat qilishgani ham ulkan ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tganasrning so‘ngida esa xalqimiz Pråzidånt Islom Karimov boshchi-ligida mustaqillik uchun kurash olib borar ekan, tilimizga davlattili maqomini bårish yo‘lida sa’y-harakatlar qildi va 1989-yilda,hali sobiq mustabid tuzum hukmronligi tugamagan bir paytda buishni amalga oshirdi.

!

38

Mustaqillikka erishganimiz-dan kåyin o‘zbåk tili rivojiga kattae’tibor bårilgani natijasida Kons-titutsiyamizda, «Davlat tili haqi-da»gi qonunda o‘zbåk tiliningdavlat tili sifatidagi maqomi, unirivojlantirishning huquqiy asoslaribålgilab qo‘yildi. Shu tariqa o‘z-båk tili mustaqil davlatimizningbayrog‘i, gårbi, madhiyasi, Kons-titutsiyasi qatorida turadigan, qo-nun yo‘li bilan himoya qilina-digan muqaddas timsollaridanbiriga aylandi.

Bugungi kunda davlatimiz-ning eng muhim hujjatlari o‘zbåk tilida yozilmoqda. Ona tilimizdavlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli minbarlarida, xalqaroanjumanlarda ham kång qo‘llanmoqda. U istiqlol yillarida milliyg‘urur manbayiga, mustaqilligimiz ramziga aylanib qoldi. O‘zbåktiliga davlat tili maqomi bårilgan kun mamlakatimizda Til bayramisifatida nishonlanmoqda.

Diyorimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojigaham ijobiy ta’sir etmoqda. Uning lug‘at xazinasi yangi so‘z vatushunchalar bilan boyib, xorijiy tillar bilan aloqasi kuchayibbormoqda. Shuningdåk, ilgari taqiqlab kålingan milliy mårosimiznamunalarining qayta tiklanayotgani, muqaddas islom dini asoslari,umumbashariy qimmatga ega bo‘lgan dunyo adabiyoti namuna-larini tarjima qilish ishlari kuchaygani ham o‘zbåk tili imkoniyatla-rini kångaytirmoqda. Masalan, mustaqillik yillarida Qur’oni karimva hadisi sharif tarjima qilinib, bir nåcha bor nashr etildi.

Shu bilan birga, ona tilimizning imkoniyatlaridan kång foyda-lanish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuk-saltirish, eng zamonaviy soha va tarmoqlarda faol qo‘llanishinita’minlash bo‘yicha ko‘pgina ishlarni amalga oshirishimiz lozim.Ana shu jarayonda ishtirok etish ona tilimizdan bahramand bo‘libvoyaga yåtgan, shu til orqali o‘zini, o‘zligini, butun dunyoni taniganinsonlar sifatida siz-u bizning ham farzandlik burchimizdir. Buhaqda o‘ylaganda, Yurtboshimizning quyidagi fikrlarini doimoyodda saqlashimiz kårak:

39

«Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirishborasida hali ko‘p ish qilishimiz lozimligini ham unutmas-ligimiz zarur. Ayniqsa, ba’zan rasmiy muloqotlarda hamadabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hududdoirasida ishlatiladigan shåva elåmåntlarini qo‘shib gapirishholatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarbbo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi. Bu haqda so‘z yuritganda,bobomiz Alishår Navoiyning «Tilga e’tiborsiz – elga e’tibor-siz» dågan so‘zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqatmujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz»1.

O‘zbåk tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridanbiridir. Bu tilning båqiyos imkoniyatlari qadimiy toshbitik-larda, xalqimizning zamonlar sinovidan o‘tib kålayotganmaqol va hikmatli so‘zlari, båtakror iboralari, qo‘shig‘-udostonlarida, mumtoz shoirlarimiz, XX asrdagi ijodkor-larimiz asarlarida yaqqol namoyon bo‘lgan.

Ona tilini såvish – vatanparvarlik bålgisi, ajdodlarruhiga hurmat ramzi. O‘z tilini asrab-avaylagan xalqo‘zligini, g‘ururini asrab-avaylagan bo‘ladi.

Ona tilimizda xalqimizga xos his-tuyg‘ular, tushuncha vatasavvurlar, urf-odat hamda an’analar chuqur aks etgan.Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, nomus, måhr-oqibat dåganso‘zlarni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo‘lmaydi. Ularnifaqat o‘zbåk tili orqali ifoda etish mumkin. Chunki bu tushun-chalar ko‘proq bizning xalqimizga xos va ularni bayon etishgaham faqat shu xalqning tili qodir. Bir so‘z bilan aytganda, onatilimiz xalqimiz dilining tubida bo‘lgan eng murakkab tuyg‘u vatushunchalarni ham ifoda eta oladi. Chunki bu til nåcha asrlar,ming yillar davomida shu xalq bilan birgalikda shakllangan.Shuning uchun ham, ona tili – millatning ruhi, dåymiz.

Ona tiliga bo‘lgan muhabbat, avvalo, har bir so‘zning ma’nosinichuqur anglagan holda ishlatish, uni yaxshi bilish, asrab-avaylashkabi fazilatlarda ko‘rinadi.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 89–90-betlar.

!

40

Til bilish – madaniyat bålgisi. Xalqimiz ta’biri bilanaytganda, til bilgan el biladi.

Ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ikki-uch tilni bilganlar. Buesa ularga boshqa millat vakillari bilan erkin muloqot qilish, ulardano‘rganish va ular bilan tinch-totuv, hamkor-u hamnafas bo‘libyashash imkonini bårgan. Ayniqsa, bugungi kunda, mamlakatimizbutun dunyo bilan kång ko‘lamda hamkorlik qilayotgan paytdatil bilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchunyurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda.Låkin ona tili har qanday sharoitda ham inson uchun ruhiy tayanchbo‘lib qoladi. Ayniqsa, milliy o‘zlikni anglash, «Kim edim-u, kimbo‘ldim?» dågan savolga javob topish, xotira tuyg‘usi bilanyashashda ona tilining o‘rni båqiyos. Aynan ona tili tufayli insono‘z ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi. Ya’ni,ularning aytgan o‘gitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezguishlari ona tili orqali avloddan avlodga o‘tib boradi.

Shunday qilib, ona tilini puxta bilish, u bilan g‘urur-iftixorqilib yashash milliy ma’naviyat, o‘zlik ifodasi bo‘lsa, boshqa tillarnibilishga intilish madaniyat bålgisi, qo‘shimcha bilim, ma’rifatquroliga ega bo‘lishdir.

41

1. Xalqning, millatning o‘zligini namoyon etishda tilning o‘rniqanday?

2. Pråzidåntimiz bu haqda qanday ibratli mulohazalarni aytgan?3. Xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasida o‘zbåk

tili qanday o‘rin tutgan?4. Ona tili ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi ekanini nimalar

bilan isbotlay olasiz?5. Ona tilimizning nufuzini oshirish uchun qaysi davrlarda qanday

kurashlar olib borilgan?6. O‘zbåk tilining davlat tili sifatidagi maqomi va uni rivojlantirish-

ning huquqiy asoslari qaysi hujjatlarda bålgilab qo‘yilgan?7. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga

qanday ta’sir etmoqda?8. Tilimizni qadrlash, uning imkoniyatlaridan kång foydalanish

uchun nima qilishimiz kårak?9. O‘zbåk tilining imkoniyatlari qaysi mumtoz asarlarda yaqqol

namoyon bo‘lgani to‘g‘risida gapiring.10. Til bilishning xosiyati haqida misollar asosida hikoya qiling.

? Savol va topshiriqlar:

42

MILLIY VA UMUMBASHARIYQADRIYATLAR UYG‘UNLIGI

Aziz o‘quvchi, milliy g‘oyamiz någa aynan «milliy» dågan so‘zbilan boshlanishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Yurtimiz hududidayashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha insonlarniyagona Vatan farzandlari sifatida birlashtirish, ularning ezgu orzu-intilish va manfaatlarini ifoda etish milliy g‘oyamizning asosiyma’no-mazmunini tashkil etgani uchun ham u «milliy» dåganso‘z bilan boshlanadi. Chunki «milliy» dågan so‘z faqat bir millatgaemas, balki bir mamlakatga mansublikni ham bildiradi. Shuninguchun ham ana shu yagona xalqning milliy qadriyatlari, umum-bashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan holda, bizning g‘oyamizniyanada boyitib boradi.

Dunyoda o‘ziga xos qadriyatlari bo‘lmagan xalq yo‘q.Milliy qadriyatlar ular mansub bo‘lgan xalqning tarixi,yashash tarzi, tili, urf-odatlari, ma’naviyati hamda mada-niyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.

Bizning milliy g‘oyamiz milliy an’ana va qadriyatlarimiznio‘zida aks ettiradi, ularni boyitish va rivojlantirishga xizmat qiladi.Bu jarayonda u jamiyatimizning pirovard maqsadlarini inobatgaoladi va quyidagi milliy xususiyatlarni nazarda tutadi:

– xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo‘lib yashashruhining ustunligi;

– jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchala-rining muqaddasligi;

– ota-ona, mahalla-ko‘y, umuman, jamoatga yuksak hurmat-e’tibor;

– millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat;– kattaga hurmat va kichikka izzat;– måhr-muhabbat, go‘zallik va nafosat, hayot abadiyligining

ramzi – ayol zotiga ehtirom;

43

– sabr-bardosh va måhnatsåvarlik;– halollik, måhr-oqibat va hokazo.

Yer yuzidagi barcha xalqlar uchun qadrli bo‘lgan,insoniyatning umumiy manfaatlariga mos kåladiganmoddiy va madaniy hodisalar, an’ana va tamoyillarumumbashariy qadriyatlar sirasiga kiradi.

Bizning milliy g‘oyamiz quyidagi umumbashariy qadriyatlarnie’tirof etadi va ulardan oziqlanadi:

– qonun ustuvorligi;– inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;– turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat

yashash;– diniy bag‘rikånglik;– dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik;– o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribasi va madaniyatini o‘rganish

va hokazo.

Qonun ustuvorligi jamiyat a’zolarining millati, tili va dini-dan qat’i nazar, qonun oldida tång ekanini bildiradi.

Bu tamoyil biz barpo etayotgan huquqiy dåmokratik davlathayotida, islohotlarimizni amalga oshirishda eng muhim taraqqiyottamoyili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Inson haq-huquqlari daxlsizdir. Dunyodagi barcha xalqlarinsonning haq-huquqlari to‘la ta’minlanadigan, u erkin nafas ola-digan jamiyat barpo etishga harakat qiladi. Låkin bu maqsadgaerishish oson emas. Chunki bu olamda boshqalarning huquqinipoymol qilib, zulm va zo‘ravonlik asosida ularni o‘ziga qaramqilishni istaydigan yovuz kuchlar ham ko‘p. Inson haq-huquqlariniulardan himoya qilish – har qaysi ongli odamning muqaddasburchi. Shuning uchun ham inson haq-huquqlari umumbashariyqadriyat hisoblanadi.

Bizning yurtimizda inson haq-huquqlari to‘la ta’minlangan.Bu boradagi asosiy må’yorlar davlatimiz Konstitutsiyasi vaqonunlarimizda o‘z aksini topgan.

Hurfikrlilik – insonning asosiy huquqlaridan biri bo‘lib,shaxs erkinligining muhim shartidir. Unga ko‘ra, har bir insono‘z fikrini erkin bildirish huquqiga ega.

44

Insonning fikri, ya’ni ma’naviy olami erkin bo‘lsa, hayoti hamerkin bo‘ladi.

Milliy qadriyatlar zamirida bir xalqning tarixiy an’a-nalari, turmush tarzi va hayotiy qarashlari mujassambo‘lsa, umumbashariy qadriyatlar butun insoniyatga xostaraqqiyot tajribalarini, har bir odamning bashar farzandiekani bilan bog‘liq umumiy mohiyatni ifoda etadi.

Bizning milliy qadriyatlari-mizning o‘ziga xos noyob jihatishundaki, ularda qadim zamon-lardan boshlab umuminsoniyg‘oyalar tåran aks etib kålgan.Masalan, xalqimizning måhr-oqibatni, do‘stlik, tinchlik vahamjihatlikni yuksak qadrlashi,kim bo‘lishi, qaysi millatga man-subligidan qat’i nazar, måhmon-ning hurmatini joyiga qo‘yishiuning haqiqiy insonparvarlikfazilatlaridan dalolatdir.

Insonparvarlik esa umumbashariy qadriyatlarningnågizini tashkil etadi.

Xalqimizning «Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l» kabimaqollarida ajdodlarimizning nafaqat o‘z milliy qadriyatlariga,balki umumbashariy qadriyatlarga naqadar sodiq ekani yaqqolifodasini topgan.

Buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiy faoliyati ana shun-day insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgani uchun ularning nomi,yozgan asarlari butun dunyoda tan olinib, asrlar davomida turlixalqlar vakillari tomonidan o‘rganib kålinmoqda. «O‘rta asrlarSharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamo-naviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida 2014-yil 15–16-may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqarokonferensiya bu fikrning yana bir amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

Pråzidåntimiz Islom Karimov bu haqda to‘xtalib, quyidagifikrlarni alohida ta’kidlagani båjiz emas:

!

45

«Bu ulug‘ zotlarning ilm-fan sohasiga baxshida etganhayoti, ular erishgan va bugungi kunda butun ma’rifatliinsoniyatni hayratga solib kelayotgan yutuqlari – bu, hechshubhasiz, haqiqiy ma’naviy jasorat namunasi, deb aytishgabarcha asoslarimiz bor va biz bunday jasorat oldida boshegib ta’zim qilamiz»1.

Bålgiyada Ibn Sino, Litvada Mirzo Ulug‘båk, Rossiya poytaxtiMoskva, Yaponiya poytaxti Tokio, Ozarboyjon poytaxti Bokushaharlarida Alishår Navoiy, Misr poytaxti Qohirada esa AhmadFarg‘oniy haykallari o‘rnatilgani, 2007-yili Islom konfårånsiyasitashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixti-soslashgan tuzilmasi – AYSÅSKO tomonidan Toshkånt shahriIslom madaniyati poytaxti dåb e’lon qilingani, shuningdåk,Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshi, Shahrisabz, Tårmiz, Toshkånt,Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimizning tarixiy sanalari xalqaromiqyosda kång nishonlangani xalqimizning umumbashariyqadriyatlar ravnaqiga qo‘shgan hissasining yuksak e’tirofi bo‘ldi.

El-yurtimizning buyuk madaniy mårosi, ma’naviyqudrati, mustahkam irodasi uning hamisha milliy vaumumbashariy qadriyatlarga tayanib yashagani nati-jasidir.

Xalqimizning nåcha mingyillik tarixi davomida millatchi-lik, boshqalarni kamsitish, diniyva milliy nizolar håch qachonbo‘lmaganining asosiy sabablari-dan biri ham bizning faqat milliyqadriyatlar bilan chåklanib qol-masdan, doimo umumbashariyqadriyatlardan oziqlanib kålga-nimiz, el-yurtimizga xos inson-parvarlik va bag‘rikånglik fazi-latlari bilan bog‘liq.

1 O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uningzamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. –T.: «O‘zbekiston» nashriyoti,2014-yil, 16-bet.

!

46

Bizning milliy g‘oyamizning kuch-qudrati shundaki, u milliyva umumbashariy qadriyatlardan bahramand bo‘lib, ularni rivoj-lantirishga hissa qo‘shishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda ularnio‘zining asosiy tushuncha va tamoyillari asosida uyg‘unlashtirib,xalqimizning umumiy maqsadlariga xizmat qildiradi.

1. Milliy qadriyatlar dåganda nimalarni tushunasiz?2. Milliy g‘oyamiz qaysi milliy qadriyatlarimizdan oziqlanadi?3. Milliy g‘oyamiz qaysi umumbashariy qadriyatlardan oziqlanadi?4. Umumbashariy qadriyatlar någizida turadigan asosiy g‘oya nima?5. Insonparvarlikni ulug‘lashga qaratilgan xalqimizga xos fazilat-

lardan qaysilarini bilasiz?6. Xalqimizning umumbashariy qadriyatlarga sodiqligi qaysi ma-

qolimizda yaqqol aks etgan?7. Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga qaysi xorijiy mamlakatlarda hay-

kallar o‘rnatilgan?8. Siz qaysi chet el yozuvchilarining kitoblarini sevib o‘qiysiz?9. Xorijlik sportchilardan kimlarni bilasiz?10. Qaysi milliy qadriyatlarimizni yaxshi ko‘rasiz?

? Savol va topshiriqlar:

47

TARAQQIYOTNING O‘ZBÅK MODÅLIVA UNING AHAMIYATI

Aziz o‘quvchi, siz tarix fanidan yaxshi bilsangiz kårak, ozodlikva mustaqillikka erishgan har qanday mamlakat dunyodagirivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallash uchun o‘zigaxos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Bu yo‘l odatda o‘sha davlatningmilliy tiklanish yo‘li yoki taraqqiyot yo‘li dåb ataladi. O‘zbåkistonham davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng hayotning barchasohalarida tiklanish va islohot jarayonlarini amalga oshirish o‘tkirzaruratga aylandi. Chunki eski sovåt tuzumi davrida hamma sohabir tomonlama, ya’ni faqat «qizil impåriya» dåb atalgan sobiqSSSRning manfaatlariga moslab rivojlantirilgan edi. Masalan,bizning yurtimiz zimmasiga xomashyo yåtkazib bårish asosiy vazifaqilib qo‘yilgan edi. Xomashyo esa tayyor mahsulotga nisbatan birnåcha barobar arzon. Xomashyoni suvtåkinga yåtkazib bårib, un-dan tayyorlangan mahsulotni bir nåcha barobar qimmatiga, yanaqancha yo‘l xarajatlari, har xil rasmiyatchiliklar evaziga sotib olishmilliy iqtisodiyotimizni zaiflashtirib, nochor ahvolga solib qo‘y-gan edi.

Ma’naviyat sohasida esa tilimiz, dinimiz, adabiyot va san’ati-miz, buyuk allomalarimiz, ularning båbaho asarlari kamsitilar, bumerosni o‘rganish, rivojlantirishga yo‘l qo‘yilmas edi. Buning zami-rida xalqimizni ijodkorlikdan, yaratish tuyg‘usidan bågona qilibko‘rsatishga urinish, uning milliy tarixi yo‘q, dågan soxta va g‘arazlibu merosni odamlar ongiga singdirib, ularni mutå va qaram qilishgaqaratilgan makkor siyosat yashirin edi.

Mana shunday achinarli holatlarning barchasiga barham bårish,xalqimizning bunyodkorlik, ijodkorlik salohiyatini qayta uyg‘otish,uni o‘z taqdiri, o‘z hayotining tom ma’nodagi egasiga aylantirishuchun yangicha taraqqiyot yo‘li taqozo etilardi. Bu yo‘l hayotninghamma sohalarini xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini inobatgaolgan holda isloh etishning umumiy yo‘nalishlarini bålgilab bårishi

48

lozim edi. Pråzidåntimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabkiyillarida jamiyat hayotini isloh etish tamoyillarini ishlab chiqdi.Bu tamoyillar yurtimiz hayotining hamma sohalarini tubdano‘zgartirish va yangi jamiyat qurishning stratågik yo‘li sifatida o‘zinioqladi va «taraqqiyotning o‘zbåk modåli» dågan nom bilan butundunyoda tan olindi.

Stratågik yo‘l – uzoqqa mo‘ljallangan, umumiy maqsadlarniifoda etadigan asosiy taraqqiyot yo‘li.

O‘zbåkistonning stratågik yo‘li bozor iqtisodiyotigaasoslangan huquqiy dåmokratik davlat, fuqarolik jamiyatibarpo etishga qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo‘lidir.

U o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski sovåt tuzumidan mutlaqoyangi, dåmokratik tuzumga o‘tishni ta’minlab båradigan taraqqiyotmodåli hisoblanadi.

Bu modålning eng muhim xususiyatlaridan birishundan iboratki, u inqilobiy ravishda emas, balki tadrijiyyo‘l bilan rivojlanib borishni nazarda tutadi. Tadrijiy rivoj-lanish ko‘zlangan maqsad sari qadam-baqadam, pog‘o-nama-pog‘ona borishni anglatadi.

Shuni bilingki, islohotlarni inqilobiy yo‘l bilan amalga oshirish-ning bir qancha usullari bor. Shulardan biri «shok tårapiyasi» dåbataladi.

Yillar davomida shakllangan boshqaruv usullari, hayottartiblarini, odamlarning dunyoqarashini birdaniga o‘zgar-tirishga urinish, yangi munosabatlarni qisqa muddatda joriyetish «shok tårapiyasi»ning asosiy mazmunini tashkil etadi.Eski jarohatni bir urinishda bartaraf etishni da’vo qilgani uchunbu yo‘l aynan shunday nom bilan ataladi.

Bu yo‘l bizning yurtimizga mutlaqo to‘g‘ri kålmas edi. Buningsabablarini Pråzidåntimiz Islom Karimov bunday izohlaydi:

«Agarki biz mustaqillikka erishganimizdan so‘ng bos-qichma-bosqich rivojlanish yo‘lini emas, balki «shok tåra-piyasi» dåb nom olgan inqilobiy sakrash yo‘lini tanlasak,eng qiyin vaziyatlarda aksariyat aholimiz qanday ahvolga

!

49

tushib qolgan bo‘lar edi? Håch shubhasiz, stixiyali tarzdayuz båradigan shiddatli o‘zgarishlar to‘fonida odamlarningmoddiy turmush sharoiti kåskin yomonlashib, ularning hayottarzi, axloqiy qadriyatlari, milliy-ma’naviy qiyofasi butunlayizdan chiqib kåtishi håch gap emas edi. Bir so‘z bilan ayt-ganda, bunday biryoqlama siyosat håch kutilmagan oqibat-larga, o‘rnini yuz yillarda ham to‘ldirib, qoplab bo‘lmaydiganog‘ir yo‘qotishlarga olib kålishi muqarrar edi»1.

Yurtimiz aholisining yarmi-dan ko‘pini bolalar, ijtimoiy hi-moyaga muhtoj insonlar tashkilqilgani, milliy qadriyatlarimizhar qanday yangilikka ham bos-qichma-bosqich, vazminlik bilanborishni taqozo etgani tufayliham «shok tårapiyasi» kabiinqilobiy yo‘l biz uchun nomaq-bul edi. Shuning uchun bizningrivojlanish yo‘limizning asosiymazmuni jamiyatni inqilobiytarzda emas, balki bosqichma-bosqich, evolyutsion, ya’ni tad-rijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Pråzidånt Islom Karimovasoslab bårgan jamiyatni isloh etishning båsh tamoyili bu modålningnågizini tashkil etadi.

«Bu modålning asosiy tamoyillari – ya’ni, iqtisodningsiyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi,qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiyasosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplaribarchamizga yaxshi ayon»2, – dåb ta’kidlaydi Yurtboshimiz.

Iqtisodning siyosatdan xoli bo‘lishi iqtisodiyotning o‘z qonu-niyatlari asosida rivojlanishini, uni turli siyosiy maqsadlargaqaram qilib qo‘ymaslikni bildiradi.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 106-bet.

2 O‘sha manba, 103-bet.

50

Mustaqillikka erishguni-mizga qadar hukmron bo‘lgansovåt mafkurasi o‘z siyosati bilaniqtisodiyotning rivojlanishigaxalaqit bårar edi. Ya’ni, u «xu-susiy mulk zararli», «bozor mu-nosabatlari bo‘lmasligi kårak»,«mulkdorlar – jamiyat uchunziyon» dågan siyosiy qarashlarbilan odamlarning erkin måhnatqilishi, mulk egasi bo‘lib, tadbir-korlik bilan shug‘ullanishini ta-qiqlab qo‘ygan edi. Buning oqi-batida siyosat iqtisodiyotningustidan hukmron bo‘lib oldi.Bunday holatga barham bårish,

iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishda uni siyosatdanxoli etish haqidagi tamoyil muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Eski tuzumdan yangi jamiyatga o‘tishda davlatdanboshqa uyushgan, jamiyatni ortidan ergashtira oladiganqudratli kuch bo‘lmaydi.

Bu paytda siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar hali to‘lashakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun davlat barcha islohotlaruchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu esa yangi jamiyatqurishga qarshilik ko‘rsatadigan eski tuzum tarafdorlarini jilovlabqo‘yish, endigina oyoqqa turib kålayotgan bozor tuzilmalariniqo‘llab-quvvatlash, eng muhimi, islohotlarning izchillik bilandavom etishida katta rol o‘ynaydi.

Qonun ustuvorligi tamoyili hammaning qonun oldidatångligini, shu asosda yangi jamiyatning huquqiy asoslarinimustahkamlashni nazarda tutadi.

Yurtimizda islohotlarni amalga oshirishda yangi-yangi qonunlarqabul qilinib, mustahkam huquqiy poydåvor yaratilmoqda va ular-ning ijrosi ta’minlanmoqda. Qonun ustuvorligi tamoyili jamiyatimiza’zolarining huquqiy ongi va tafakkuri yuksalib borishida hammuhim ahamiyat kasb etmoqda.

!

51

Yangi jamiyat qurish jarayonida kuchli ijtimoiy siyo-sat olib borish, kam ta’minlangan, yordamga muhtojkishilarni, yosh oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning bir qismi o‘ta boyib, boshqaqismi esa o‘ta qashshoqlashib kåtishiga yo‘l qo‘ymaslikninazarda tutadi.

Mustaqillik yillarida diyorimizda kuchli ijtimoiy muhofazatizimi shakllandi. Siz kåksa va nogiron, muhtoj kishilarga mahallayordam ko‘rsatayotgani, davlat pånsiya yoki nafaqalar bårayot-gani, yosh oilalarga imtiyozli kråditlar ajratilayotgani, oliy o‘quvyurtlarida ta’lim olayotgan aka-opalaringizga o‘qish joyidanstipåndiya to‘lanayotgani haqida eshitgan bo‘lsangiz kårak.Bularning barchasi ijtimoiy himoyaning ko‘rinishidir.

O‘zbåk modålining någizini bålgilab båradigan båshinchitamoyil – islohotlarni tadrijiy asosda, bosqichma-bosqich amalgaoshirish prinsipi va uning ahamiyati haqida yuqorida fikr yu-ritdik.

Ana shu tamoyillar qatori «Yangi uy qurmay turib, eskisinibuzmang», «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun»,«Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» kabi qoidalarham o‘zbåk modålida muhim o‘rin tutadi. Bu modål xalqimizningmilliy davlatchilik an’analari,qadriyatlari va turmush tarziga,shuningdåk, dunyodagi ilg‘ordavlatlarning jamiyatni islohetish tajribasiga asoslanganiuchun hayot sinovlarida o‘zinioqladi. Shu bois O‘zbåkiston-ning eski ma’muriy-buyruq-bozlik tuzumidan bozor muno-sabatlari hukmron bo‘lgan erkindåmokratik jamiyatga o‘tishida,mamlakatimizning dunyo ham-jamiyatida munosib o‘rin egalla-shida bu modålning ahamiyatibåqiyos bo‘ldi. Aynan shu modåltufayli biz murakkab o‘tish dav-rida ortiqcha talafotlarga yo‘l

!

52

qo‘ymadik, xalqimizni ijtimoiy jihatdan kuchli himoyalab, mustaqilrivojlanish yo‘lida katta yutuq va marralarga erishdik.

Xulosa qilib aytganda, o‘zbåk modåli jamiyat hayotini tubdanisloh etishning o‘ziga xos yo‘li bo‘lib, Vatanimiz uning tamo-yillariga asoslangan holda izchil rivojlanib bormoqda.

1. Taraqqiyot yo‘li va modåli dåb nimaga aytiladi?2. O‘zbåk modåli kim tomonidan ishlab chiqilgan?3. Vatanimizning stratågik yo‘li qanday maqsadga qaratilgan?4. «Shok tårapiyasi» dåganda nimani tushunasiz?5. O‘zbåk modålining asosiy ma’no-mazmuni nimadan iborat?6. O‘zbåk modålining asosini tashkil etadigan båsh tamoyilni sanab

båring.7. O‘zbåk modålida muhim o‘rin tutadigan yana qanday tamoyil-

larni bilasiz?8. Mamlakatimizning mustaqillik yillarida ulkan yutuqlarni qo‘lga

kiritishida o‘zbåk modåli qanday rol o‘ynagani haqida gapiribbåring.

? Savol va topshiriqlar:

53

NAZORAT ISHI

Topshiriq: «Barkamol avlod – el-yurt tayanchi» mavzusidaråfårat tayyorlang.

Råfåratni tayyorlash jarayonida quyidagi masalalarga alohidae’tibor båring:

– mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yåtkazish borasidaamalga oshirilayotgan ishlar;

– Pråzidåntimizning barkamol avlod haqidagi fikrlari;– hozirgi kunda odamlar, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini

egallashga qaratilgan zararli ta’sirlar;– yoshlarda mafkuraviy immunitåtni mustahkamlashning

yo‘llari va usullari;– Vatanga muhabbat va sadoqat bilan yashash;– milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi;– taraqqiyotning o‘zbåk modålida «Islohot – islohot uchun

emas, avvalo inson uchun» dågan qoida asosida inson manfaatla-rining barcha islohot va o‘zgarishlarning bosh maqsadi etib bålgi-langani;

– o‘zbåk modåli asosida rivojlanib borayotgan mamlakatimizqo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlar.

54

BUGUNGI ISLOHOTLAR HAQIDASUHBAT

(Amaliy mashg‘ulot)

Aziz o‘quvchi, kuzatayotganingizdåk, xalqimiz turmushiningbarcha jabhalarida, mamlakatimiz siyosiy hayoti, iqtisodiyoti,ijtimoiy-madaniy sohalarida turli xil o‘zgarishlar, ijobiy yangi-lanishlar muntazam tarzda sodir bo‘lmoqda. Ommaviy axborotvositalarida esa eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri «islohot»so‘zi hisoblanadi. Xo‘sh, shu ikki hodisa o‘rtasida qanday bog‘liqlikbor?

Bilasizki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, eski tuzumdavrida o‘rnatilgan siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy boshqaruvtizimiga chåk qo‘yildi. Xususan, davlatni boshqarishning mutlaqoyangi, dåmokratik usullari joriy etildi. Iqtisodiyotning siyosatgabog‘liqligiga barham bårildi. Yurtimizda inson sha’ni, huquq vaerkinliklari eng oliy qadriyat dåb e’lon qilindi. Xalqqa o‘zliginitanitish, uni tarix bilan qurollantirish, tarixiy xotirasini uyg‘otishborasida ulkan ma’rifiy ishlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlarningasosida esa Pråzidåntimiz Islom Karimov boshchiligida ishlabchiqilgan, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotbarpo etish maqsadiga yo‘naltirilgan islohotlar turibdi.

«Islohot» – arabcha «isloh» so‘zining ko‘pligi bo‘lib, tuza-tish, yangilash, yaxshilash, tubdan o‘zgartirish degan ma’no-larni anglatadi.

So‘zning lug‘aviy ma’nosidan ham anglashiladiki, 1991-yildaerishganimiz milliy istiqlol xalqimizga o‘z hayotini tubdan yangi-lash, yaxshilash, o‘zgartirish imkonini bårdi. Avvalgi darslarimizdaaytganimizdåk, ayrim sobiq sho‘ro råspublikalaridan farqli ravishdabizning mamlakatimizda bu o‘zgarishlar bosqichma-bosqich olibborildi. Chunki Pråzidåntimiz «Yangi uy qurmay turib, eskisinibuzmang!» dågan haqiqatdan kålib chiqib, har bir islohotni hayotva davr talablariga mos amalga oshirish tamoyilini ilgari surdi.

55

Darhaqiqat, aqli raso, faqat bu-gunni emas, ertani ham o‘ylabish tutadigan odam, yangi imo-rat qurishga kirishar ekan, bu uyfoydalanishga yaroqli bo‘lgungaqadar o‘zi uchun boshpanabo‘lib turgan eski uyni buzibtashlashga shoshilmaydi. Chunkiyangi uy bir kunda, bir oyda qu-rilib qolmaydi. Bu imoratni uzoqyillarga chidamli, yorug‘ vakång, har tomonlama qulay qilibbunyod etish uchun muayyanvaqt talab qilinadi. Qolavårsa, buuy unda yashamog‘i lozim bo‘l-gan odamlarning barcha hayotiytalablariga javob bårmog‘i kårak. Har qancha chiroyli, jozibadorko‘rinmasin, kimdir, qachondir, qayerdadir qurgan uydan andozaolib tiklangan imorat bizning talab-istaklarimizga javob bermasligimumkin.

Bu esa amalga oshiriladigan islohotlar, avvalambor,xalqimiz tabiati, dunyoqarashi, ehtiyojlaridan kålibchiqishi lozim, dåganidir.

Dåmak, bizning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarbirinchi navbatda shu Vatanda yashayotgan fuqarolar manfaatlarigaqaratilgani, ularning orzu-umidlari bilan chambarchas bog‘liq ekanibilan alohida muhim ahamiyatga ega. Bu fikrimizni birgina ta’lim-tarbiya sohasida joriy etilgan islohotlar mazmun-mohiyati, maq-sadini izohlash bilan tushuntirish mumkin.

Yaxshi bilasizki, O‘zbåkiston aholisining katta qismini yoshlar,ularning ham katta qismini esa voyaga yåtmaganlar tashkil etadi.Qo‘lingizdagi kitobning oxirgi sahifalariga qarasangiz, uningadadiga – nåcha nusxada chop etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotgako‘zingiz tushadi. Barcha darsliklaringizda ham shu raqamlar bor.Bu raqamlar mazkur darsliklarning faqat o‘zbåk tilida ta’limbåriladigan maktablar uchun nashr qilingani sanog‘idir. Bungako‘p millatli mamlakatimizdagi ta’lim boshqa tillarda olib bori-ladigan maktablar o‘quvchilari sonini ham qo‘shsangiz, yarim

56

milliondan ortiq o‘quvchi sonichiqadi. Dåmak, har yili O‘zbå-kiston maktablarini shunchayosh inson bitirib chiqar ekan.

Sho‘ro davrida «o‘rta mak-tab»lardagi o‘qish muddati 10yil qilib bålgilangan, hammabolalar faqat shuni bitirib chiqaredi. Ularning 5–7 foizigina oliyo‘quv yurtlarida o‘qishni davomettirar, qolgan bir nåcha yuzminglab nafar yoshlar endi nimaqilarini bilmasdan, ishsizlar sa-fini to‘ldirardi. Chunki ularningqo‘lida na bir hunari, na birkasbi bo‘lardi.

O‘zbåkistonda Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalgaoshirilgan ta’lim sohasidagi islohotlar, avvalo, mana shuo‘ta jiddiy kamchilikka barham bårishi bilan ahamiyatlidir.

Gap shundaki, umumta’lim maktabidagi to‘qqiz yillik o‘qishdavomida har bir bolaning qiziqishi, uquvi, istå’dodi ota-onasigaham, o‘qituvchilariga ham, albatta, ma’lum bo‘lib qoladi. Masa-lan, bir bola muayyan fan sohasiga ko‘proq qiziqsa, boshqa bolakichkinaligidan u yoki bu hunarga moyillik ko‘rsatadi. Shunihisobga olgan holda, yurtimizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limitizimi yangidan joriy etildi. Unga ko‘ra, kålajagini ilm-fan yo‘na-lishida qurmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun turli fanlarga ixtisos-lashgan akadåmik litsåylar, ularning hunar o‘rganmoqchi bo‘lgantångdoshlari uchun esa yuzlab kasb-hunarni o‘rgatadigan kollåjlarbarpo qilindi. Shunisi muhimki, mazkur kollåjlarda yoshlar uchyil davomida bir emas, bir nåcha kasblarni puxta egallash imko-niyatiga ega bo‘ladi. Bu esa kollåjni bitirgan yoshlarimiz o‘rgangankasbi bo‘yicha ishlab, o‘zining moddiy hayotini tashkil etish, kåla-jakda oila qurib, uning farovonligini ta’minlash imkoniyatiga egabo‘ladi, dåganidir.

Xuddi shu singari qolgan barcha sohalarda amalga oshirila-yotgan islohotlar ham xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi,

!

57

mamlakatimizni dunyoning ilg‘or davlatlari qatoriga olib chiqishdamuhim omil bo‘ladi.

Yuqorida O‘zbekiston miqyosida amalga oshirilayotgan islo-hotlarning faqat bir sohasi to‘g‘risida qisqacha so‘zlashdik, xolos.Amaliy mashg‘ulot davomida o‘qituvchingiz rahbarligida sinf-doshlaringizning ko‘pchiligini qiziqtirgan boshqa sohalardagiislohotlar to‘g‘risida ham ma’rifiy suhbat olib borishingiz mumkin.Bunda quyidagi masalalarga alohida e’tibor bårilsa, foydali bo‘luredi, dåb o‘ylaymiz:

– islohot olib borilayotgan sohaning mamlakat va xalq hayo-tidagi ahamiyati;

– mustaqillikka qadar sohaning ahvoli;– sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning bosqichma-

bosqich tashkil etilgani va buning sababi;– islohotning mamlakatni rivojlantirish, insonlar turmush

farovonligini oshirishga ko‘rsatayotgan ta’siri;– islohotni o‘tkazish, uning muvaffaqiyatini ta’minlashga

yoshlar qo‘shishi mumkin bo‘lgan ulush va boshqa masalalar.

58

MA’NAVIYAT QO‘RG‘ONI

Aziz o‘quvchi, insonning shakllanishi, hayotda o‘z o‘rninitopishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lishida u voyaga yåtadiganoila muhiti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Chunki oila shunday ma-konki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shaklla-nadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqlanadiva rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo‘lsa, dåmakki,jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtdaosoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oilani båkorga jamiyatningkichik ko‘rinishi dåmaydilar. Xuddi jamiyatda bo‘lgani singariunda ham o‘zining boshlig‘i, shuningdåk, uning izmi vako‘rsatmalari bilan u yoxud bu ishni bajaruvchi a’zolari bo‘ladi.

Hushyor, tadbirkor, uzoqni ko‘ra biladigan rahbardanjamiyat taraqqiyotini boshqarish talab etilsa, oila kattalariham o‘z uyining tinchligi, farovonligi, farzandlar kamoligashunchalik mas’uldirlar.

Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. U bolada shakllanishilozim bo‘lgan barcha insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchihayot maktabi hisoblanadi. Pråzidåntimiz «Yuksak ma’naviyat –yångilmas kuch» kitobida barkamol avlod tarbiyasida oila muhitinihoyatda katta o‘rin tutishini inobatga olib, mazkur masalagayurtdoshlarimiz diqqatini alohida jalb etadi:

«Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchunavvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro hurmat,axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddaobo‘lur edi»1.

III bob

MA’NAVIYATNING MUSTAHKAMTAYANCHLARI

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 55-bet.

59

Biz Yurtboshimiz asaridagi«oiladagi ma’naviy iqlim» då-gan iboraga alohida diqqatin-gizni tortmoqchimiz. Chunkibu ibora inson ruhiyatining,dunyoqarashining to‘g‘ri shakl-lanishida o‘ta muhim rol o‘y-naydigan muhitni anglatadi.Ayni iqlimning qanday bo‘lishiesa yosh nasllarning, dåmakki,ertangi kun egalarining qanaqaodamlar bo‘lib yåtishishini bål-gilaydi. Agar tabiatdagi iqlimgaqiyosan aytadigan bo‘lsak, oilaiqlimidagi sovuqlik uning bag‘-rida yosh nihollarning unib-o‘sishini qiyinlashtirsa, chang-to‘zonlar oila a’zolari ko‘zini ochir-maydi, emin-erkin nafas olishini chåklaydi. Aksincha, ayni iqlim-dagi iliqlik, yorug‘lik, xush havo bu oilada kåchagina dunyogakålgan go‘dakdan tortib kåksalargacha – barchasining bahri diliyayrab hayot kåchirishini ta’minlaydi.

Endi oila iqlimini o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy muno-sabatlar asosida qurish masalasiga to‘xtalaylik. Bilamizki, oilaningsog‘lom asosi turmush quradigan yigit va qizning bir-biriga munosibekani bilan qo‘yiladi. Bo‘lajak ota-onaning sog‘ligi, nasl-nasabi,dunyoqarashi, axloqiy tushunchalarining o‘zaro mosligi, ularningturmush qurishga har tomonlama tayyorligi oilaning mustah-kamligi, tinch-farovon hayoti farzand tarbiyasida muhim ahamiyatkasb etadi.

Sohibqiron bobomiz Amir Tåmur o‘g‘il uylantirishdakålin tanlashdan tortib nabiralarni tarbiyalashgachashaxsan o‘zi jiddiy e’tibor bårgani båjiz emas, albatta.

Har qanday davlatning qudrati – sog‘lom fikrli, bilimli, xalqva Vatan taqdiri uchun kuyinib yashaydigan farzandlarning ko‘pligibilan o‘lchanadi. Qolavårsa, biz mansub bo‘lgan Sharq xalqlaridaoila sha’ni va obro‘sini saqlash, uni har qanday tajovuzlardanhimoya qilish oilaning har bir a’zosi uchun ham farz, ham qarz

60

sanaladi. Oila – muqaddasdargoh, dågani quruq gapbo‘lmasdan, balki uning za-mirida mana shu muqaddaslik-ni ta’minlash, oila sha’niga gardyuqtirmaslikdåk ma’nolar yota-di.

Siz ham hozirdan bilib ol-mog‘ingiz kårakki, turmush qu-rishga chog‘langan yigit vaqizning o‘zaro roziligi, hurmativa muhabbati zaminiga qurilganoila mustahkam bo‘ladi.Shunday nikoh asosida dunyogakålgan farzandning baxti hambarqarordir.

Farzand – oilaning orzu-umidi, er-xotin o‘rtasidagimåhr rishtalarini qattiqroq bog‘lovchi yangi nasl. Oilaviyhayotning mazmuni, uning achchiq yoxud shirin bo‘lishifarzandlarga ham bog‘liq.

Xalqimizning «Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor»,«Bolalilar bosh bo‘lar, bolasizlar yosh bo‘lar», «Bola – er-xotintilmochi», «Odobli o‘g‘il – ko‘kdagi yulduz, odobli qiz – yoqadagiqunduz» kabi ko‘plab maqollarini ming yillik hayotiy tajribalarmåvasi dåsak, aslo xato bo‘lmaydi.

Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviymuhit, xushmuomalalik bolaning båxavotir, sog‘lom tug‘ilishigarovidir. Mutaxassis-shifokorlarning fikricha, homilador ayolningkayfiyati yaxshi, asablari tinch, istå’mol qiladigan taomlari bolaorganizmi uchun foydali bo‘lishi kårak. Bu gaplarning sizga hambåvosita aloqasi borligini såzib turgandirsiz. Chunki siz yashay-digan oilada ham kamida bitta kålinoyi bor, to‘g‘rimi? Uningoilangizning yangi a’zosi sifatida bu yårdagi muhitga o‘rganibkåtishi oson kåchmasligini ham yaxshi his qilsangiz kårak. Shundayekan, kålinoyingizga har tomonlama ko‘maklashish, uning kundalikyumushlarida madadkor bo‘lish sizning ham qo‘lingizdan kålishiniunutmang. Ayniqsa, u tug‘ilajak jiyaningizga homilador bo‘lib,

!

61

yurishga, yumush bajarishga qiyna-lib qolganida, sizning yordamingizjuda asqatadi. Masalan, kir yuv-moqchi bo‘lganida chålakda suvtashib bårsangiz, hovlining u ulgur-magan qismini supurib qo‘ysangiz,xullas, ozgina bo‘lsa ham qo‘lidanishini olsangiz, uning ko‘ngli qan-chalar ko‘tariladi!

Bilsangiz, homilador ayollarningtansiq narsalar yågisi kålib qoladi.Balki u o‘rik shoxidagi dovuch-chadir, biror tuzlamadir yoki kar-sillagan olmadir. U uyalib, istaginiboshqalarga aytolmay turganida ko‘ngli tusagan narsani darrovmuhayyo qilsangiz, qanchalar savob.

Yurtboshimiz 2014-yilni «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilarekan, onalarimizga e’tibor har narsadan muhim ekanini quyidagiso‘zlar bilan ifodaladi:

«Sog‘lom bolaning tug‘ilishi, birinchi navbatda, onaningsog‘lig‘iga bog‘liq. Bo‘lg‘usi ona ilohiy ne’mat bo‘lmish dil-bandini to‘qqiz oy mobaynida o‘z bag‘rida asrab-avaylab,yorug‘ dunyoga keltiradi. Ana shu jarayonda ayol qandaykunlarni, qanday ruhiy holatni boshidan kechirsa, bu albattaona vujudi orqali homilaga ta’sir o‘tkazadi.

Ayolni qadrlash, og‘ir ishlardan xalos etish, turli kasal-liklardan himoya qilish – er kishining, butun jamiyatimizningburchidir»1.

Afsuski, ba’zi oilalarda uchraydigan er-xotin, qaynona-kålinva boshqalar o‘rtasidagi bir-biriga nisbatan hurmatsizlik, o‘zaronizo, urush-janjallar, homilador ayolni avaylab-asrash o‘rniga og‘irmåhnatga majburlash bolaning kasalmand, nogiron, jizzaki bo‘libtug‘ilishiga olib kåladi. Ota-onadagi yaxshi xususiyatlargina emas,yomon xususiyatlar ham irsiy yo‘l bilan bolaga o‘tishini inobatgaolsak, bu holatlar naqadar ayanchli oqibatlarni kåltirib chiqarishi

1 Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiqabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ru-zasidan. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2013-yil, 7-dekabr.

62

ravshan bo‘ladi. Chunki boladaona qornidayoq turli hislar shakl-lana boshlaydi.

Bu borada ma’naviyat tar-g‘ibotchisi, shoira Tursunoy So-diqovaning «Rizolik izlab» nomlikitobidagi quyidagi mulohazalaribratlidir:

«Ayol sizga yoqmagan alfozdaham qozoningizni qaynatib, chi-rog‘ingizni yoqib yuravåradi,o‘tingizdan kirib, kulingizdan chi-qavåradi. Yuklik holatida hamo‘shanday – tinimi yo‘q. Ichidagibolasi uning o‘pka-jigariga chir-

movuqday yopishib, bag‘ridagi bor mag‘zini shimib tursa ham,(båkorga «og‘iroyoq» dåmaydilar) oyoqlari shishib, båli uzilay dåsaham, yotib olmaydi, ro‘zg‘orning, sizning xizmatingizni qilavåradi!Sizningcha, hurmat unga bo‘lmay, kimga bo‘lsin?!

«Ko‘zi yoridi» dåydilar va båkorga bunday dåmaydilar. Farzandko‘rish jarayonida ayol qorong‘i go‘rni ko‘rib qaytadi, «yo hayot,yo mamot» dåya qutqu solib turgan ko‘prikdan o‘tadi. Ko‘zi yorirekan, ayol suyaklarining qirsillab surilayotganini eshitib, etlarininguzilayotganini bilib turadi. Joni ko‘z kosasidan chiqay dåb tursa-da, «do‘xtirjon, nima qilsangiz ham bolamni tirik oling», dåyafaryod uradi! O‘zim nima bo‘laman dåyish yo‘q! Ayting-chi,birodar, hurmat faqat unga bo‘lmay, kimga bo‘lsin?»

Aziz o‘quvchi, biz bu gaplarni båkorga kåltirmayotganimiznio‘zingiz ham såzib-bilib turibsiz. Chunki siz ham, aka-ukalaringiz,opa-singillaringiz ham xuddi shu tarzda dunyoga kålgansiz.Tug‘ilajak jiyanlaringiz ham xuddi shunday og‘riqlar evaziga olamyuzini ko‘radi. Ayolning, onaning mo‘tabarligi, azizligi shundan.

Dåmak, bu ulug‘ zotni asrab-avaylash, unga qo‘ldankålgancha xizmatda bo‘lish har birimizning insoniyburchimiz ekanini unutmaylik!

Ajdodlarimizning bolani u tug‘ilmasdan oldin tarbiyalay bosh-lash kårakligi xususidagi o‘gitlari bor. Siz mana bu rivoyatnieshitgan bo‘lsangiz kårak.

!

63

Bir kishi yangi tug‘ilgan cha-qaloqni donishmand hakimningoldiga olib kålib: «Ustoz, bolam-ning tarbiyasini qachondanboshlay?» – dåya savol båribdi.«Bolangiz dunyoga kålganiganåcha kun bo‘ldi?» – deb so‘-rabdi donishmand. «Ikki oybo‘ldi, taqsir», – javob båribdiota. «Attang, siz ancha kåchqolibsiz, farzandning tarbiyasinionasining qornidaligidan bosh-lashingiz kårak edi», – dåganekan donishmand.

Yuqorida ta’kidlaganimizoiladagi sog‘lom ma’naviy iqlim xuddi shu tarbiyani o‘zida mu-jassam etadi.

O‘zbåk oilalarida farzand ko‘rish bilan bog‘liq qator marosim-lar, rasm-rusumlar mavjud bo‘lib, ularning har biri yaxshi niyatlarbilan ado etiladi. Jumladan, chaqaloqqa munosib ism qo‘yish,uni birinchi marta cho‘miltirish, båshikka bålash, soch, tirnoqolish, tish chiqishi, yoshiga to‘lishi, o‘g‘il bolalarni xatna qilish,birinchi muchal munosabati bilan bog‘liq oilaviy tantanalarningo‘tkazilishida ramziy ma’nolar bor. Bunday marosim, rasm-rusumlar bola va uning atrofidagilar quvonchiga quvonch qo‘shadi,farzandning ma’naviy kamolotiga, o‘zining qanday millatga tågishliekanini anglashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Alla o‘zbåk xalqining qadimiy, muhim tarbiyaviy va ruhiy ta’sirko‘rsatadigan qo‘shig‘i hisoblanadi.

Ona allasidan båbahra qolgan bola qalbida ota-onaga, Vatanga nisbatan måhr-muhabbat hissi shakl-lanishi qiyin.

Alla aytish asosan onalarga xos xususiyat bo‘lib, u farzandiganisbatan ko‘nglida tuyadigan butun måhr-muhabbatini, orzu-o‘y-larini, qalb haroratini shu qo‘shiq orqali bolasiga singdiradi. Allatinglab o‘sgan bolada ota-onaga nisbatan o‘zgacha muhabbat, bog‘-liqlik hissi shakllanadi.

64

Oilada oladigan tarbiyaning kåyinchalik bolaning xaraktåriga,hatto taqdiriga ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risida mulohaza yuritarekan, Prezidentimiz quyidagilarni ta’kidlaydi:

«Taassufki, ba’zi ota-onalar o‘z farzandining ana shundayqiziqishi va intilishlariga, uning ong-u tafakkurida har kunibir o‘zgarish ro‘y bårib, ko‘zida yangi-yangi savollar paydobo‘layotganiga ahamiyat bårmaydi. Boz ustiga, agar otaoilada o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida far-zandlariga o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol muomala qiladiganbo‘lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma’naviy olamining shaklla-nishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, vaqti-soati kålib, uningxaraktårida inson dågan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifa-tida namoyon bo‘ladi»1.

Bundan tashqari, bola xaraktåriga oiladagilarning o‘zaro jan-jallari; oilaga, jamiyatga, atrof-muhitga båpisand munosabati;yolg‘on so‘zlashi, qat’iyatsizligi; kiyinishida, ro‘zg‘or yuritishdagipala-partishligi; måhnatni såvmasligi tåzda o‘zining salbiy ta’siriniko‘rsatadi. Masalan, siz ukangiz yoki singlingizdan esli-hushli,sabr-bardoshli, to‘g‘riso‘z, saranjom-sarishta bo‘lishni talabqilsangiz-u, o‘zingiz bu ishlarning aksini qilib yursangiz, faqatular oldida emas, boshqalar qoshida ham båburd bo‘lib qolishingizhåch gap emas.

Ota-onaning bir-biriga nisbatan yuksak axloqiy munosabatiniko‘rgan, bilgan bola kålgusida oila qurganida ham o‘z turmusho‘rtog‘i bilan shunday yashashni orzu qiladi.

Hayot ilmida ona qiz bola uchun, ota esa o‘g‘il bolauchun ustoz, murabbiy hisoblanadi.

Xonadonlarimizning qut-barakasi ko‘p narsaga bog‘liq. Jum-ladan, oilada måhnat taqsimoti adolatli yo‘lga qo‘yilishigina uniobod qiladi. Buning uchun esa ro‘zg‘or yumushlari oila a’zolario‘rtasida oqilona taqsimlanmog‘i kårak. Oila boshliqlari buyumushlarni faqat o‘zlari bajarsalar, bolalar ishyoqmas, yalqov,takabbur bo‘lib o‘sadi, ota-onani qadrlashni unutadi.

!

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 54-bet.

65

Ba’zi ota-onalar topshirilgan ishni so‘zsiz, vijdonan bajara-digan bolasiga oilaning aksariyat yumushini yuklab qo‘yadi. Erin-choq, buyurilgan ishni qo‘l uchida, «måndan kåtguncha, egasigayåtguncha» qabilida bajaruvchi farzandlar esa chåtda qoladi. Bumutlaqo adolatdan emas. Boshqa bir ota-onalar esa, shu o‘g‘limyoki qizimga buyurganimdan ko‘ra o‘zim qilib qo‘ya qolganimma’qul dåb, farzand bajarishi zarur bo‘lgan yumushlarni ham o‘zzimmasiga oladi. Natijada bunday farzandlar bo‘shang, qi-yinchiliklarga bardoshsiz, og‘irning ustidan, yångilning ostidanyuradigan bo‘lib o‘sadi. Buning oqibatida hayotda turli ko‘ngil-sizliklar kålib chiqadi.

Biz bu masalaga alohida e’tibor qaratayotganimizning boisishundaki, siz ham – xoh o‘g‘il, xoh qiz bola bo‘ling – aynijarayonda båvosita ishtirokchi sanalasiz. Ya’ni, siz oilaning bira’zosi sifatida uning hayotiga qandaydir darajada ta’sir qilasiz.Ba’zan ichimizda shunday o‘spirinlar uchraydiki, ular oiladagi-larning ko‘nglini ko‘tarish, og‘irini yångil qilish o‘rniga turlimayda gaplarga aralashadilar, båma’ni injiqliklarini namoyishetib, oila muhitini battar chigallashtiradilar. Bu o‘sha yoshlar-ning ichki olami, ma’naviyati qay darajada qashshoq ekaniniisbotlaydi.

Måhnat taqsimoti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, insoniy munosabatlarustuvor oilalarda esa ota-ona, farzandlar, kålinlar o‘rtasida o‘zaro3 – Milliy istiqlol g‘oyasi, 9-sinf

66

hurmat-izzat bo‘ladi. Ular bir-birining måhnatini, shaxsini qadr-laydi, osuda, madaniyatli hayot kåchiradi. Bu masalalar to‘g‘ri vasamarali hal etilishining huquqiy asoslari esa O‘zbåkistonRåspublikasining Konstitutsiyasida bålgilab qo‘yilgan.

Asosiy qonunimizning 64-moddasida: «Ota-onalar o‘zfarzandlarini voyaga yåtgunlariga qadar boqish vatarbiyalashga majburdirlar»,– dåyilgan bo‘lsa, 66-moddasida: «Voyaga yåtgan, måhnatga layoqatli far-zandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishgamajburdirlar»1, – dåyilgan.

Qolavårsa, oilaning har bir a’zosi uning farovonligi uchun ha-rakat qilmog‘i kårak. Chunki bu maskandagi xotirjamlik, ko‘n-gilning to‘qligi uning farovonligi evaziga qo‘lga kiritiladi. Bumasalada bir narsaning farqiga borish lozim. Gap shundaki, ayrimodamlar oila farovonligi dåganda faqat moddiy boyliklar yig‘ishni –har turli gilamlar, måbållar, avtomashinalar, son-sanoqsizqimmatbaho idish-tovoqlar va shunga o‘xshash buyumlar tashibkålishni tushunishadi, iloji boricha ularning sonini ko‘paytirishvasvasasiga båriladi.

Holbuki, buyum insonni emas, inson buyumni båza-mog‘i, inson buyumga emas, buyum insonga xizmatqilmog‘i lozim.

Shu tufayli oilaning farovonligini ta’minlashda ham muayyanmå’yorlarni bilish, turmushni yångillashtiradigan eng zarur narsalarbilan kifoyalanish, bu borada ham manmanlik ko‘chasiga kiribkåtmaslik muhimdir.

Oila yumushlariga sarflanadigan pul pok yo‘l bilan, halolmåhnat evaziga topilmog‘i zarur. Yurtboshimiz «Yuksak ma’na-viyat – yångilmas kuch» kitobida bu masalaga alohida diqqatqaratadi:

«Agarki e’tibor bårsak, tilimizda halollik va nopoklikhaqidagi ibratli hikmatlar bilan birga, «Yo‘lini topibdimi,qandini ursin», «Uzumini yång-u, bog‘ini surishtirmang»

1 Qarang: O‘zbåkiston Råspublikasining Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbåkiston»NMIU, 2014-yil, 21–22-båtlar.

!

67

dågan maqollar ham borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Albatta,bunday maqol-matallar båjiz paydo bo‘lmagan, ular hamma’lum bir haqiqatning ifodasi. Binobarin, biz hayotningma’no-mazmunini shunday tushunib, shu asosda yashashgaintiladigan kishilar ham borligini inkor etolmaymiz.

Låkin, måning nazarimda, bunday gaplar odamning boylikva mol-dunyoni qanday yo‘llar bilan topayotganiga loqaydva båparvo qaraydigan, manfaatparast shaxslar tomonidanto‘qib chiqarilgandåk tuyuladi»1.

Darhaqiqat, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, aldamchilik, firibgarlik, qal-loblik bilan orttirilgan boylik harom sanaladi. Oilaga kirib kåladiganhar bir tiyinning halol bo‘lmog‘i bu oila a’zolarining dilini to‘g‘ri,boshini baland qiladi, håch kimning oldida xijolat chåkmasligi,tili qisiq bo‘lib qolmasligiga garov bo‘ladi. Halol bilan haromnifarqlay bilishni esa axloqimizga yoshlikdan singdirib borishimizlozim. Chunki bu ikki tushunchaning farqini anglamaslik, halolbilan haromni aralashtirib yuborish, eng yomoni esa – haromgao‘rganib qolish kishi boshiga juda katta falokatlarni, dilsiyohliklarniboshlab kåladi. Haromdan hazar qilmaydigan kimsadan har qandayyomonlikni kutish mumkin. Unga o‘rgangan odam oxir-oqibatdaVatanni, el-u yurtni sotib yuborishdan ham toymaydi.

Albatta, bu dunyoda to‘q va farovon yashashni istamaydiganodam bolasini topish mushkul. Inson o‘z oldiga qo‘ygan bumaqsadga erishishning turli yo‘llarini o‘ylab topmog‘i ham tabiiy.Hamma gap mana shu yo‘lning qanchalar to‘g‘ri, pok bo‘lishidaqolgan. Afsuski, ayrim kishilar, Yurtboshimiz iborasi bilanaytganda, manfaatparast kimsalar, moddiy yoki nafsi bilan bog‘liqboshqa istaklarini qondirish yo‘lida håch narsani nazar-pisandqilmay qo‘yishadi. Bunday kishilarga atrofdagilardan andisha hissi,boshqalardan uyalish va tortinish odati, vijdon va iymon atalmisholiy tuyg‘ular yotdek. Ular nazarida go‘yo bu tushunchalar faqatkitoblarda bo‘ladigandåk yoxud bugun eskirib qolgandåk. Hayotgashu nuqtayi nazardan qarashga o‘rgangan o‘sha odamlar ham birpaytlar siz va tångdoshlaringizdåk båg‘ubor bola bo‘lgan, qaysidirbir oilada unib-o‘sgan. Dåmakki, o‘sha paytda – hali bolaningongi va qalbi xuddi oppoq qog‘ozdåk toza bo‘lgan davrda unga

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 21–22-betlar.

68

halollik, to‘g‘rilik, adolat, insof, diyonat, uyat, andisha, hayo singariezgu his-tuyg‘u va tushunchalar emas, aynan ularni yåmiruvchisalbiy ko‘nikmalar ko‘proq naqshlangan. Bunda, avvalo, oilakattalarining båparvoligi, uquvsizligi, hafsalasizligi yoki o‘shakattalar xaraktårini chirmab olgan tarbiyasizlik illati katta rolo‘ynaydi. Qolavårsa, shunday nopok muhitga ko‘nikib qolgan,uni to‘g‘rilash hamda tozalashga o‘zida kuch va bilim topaolmaydigan farzandlarni ham aslo oqlab bo‘lmaydi.

Yurtboshimiz ma’naviy sog‘lom oila muhitida tarbiyalanganfarzandlarimizni el-u yurtning umid-ishonchi, suyanadigan tog‘idåb hisoblaydi:

«Baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan bålgilan-maydi. Odobli, bilimdon va aqlli, måhnatsåvar, iymon-e’ti-qodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatningeng katta boyligidir»1.

Dåmak, shaxsning kålajagi oiladagi muhitga, undagi tarbiyaga,tarbiyachi bo‘lmish ota-onaning o‘z burch va vazifalariga qandaymunosabatda bo‘lishiga chambarchas bog‘liqdir. Xonadondagi harbir kishining ham o‘z burch va vazifalariga mas’uliyat bilanyondashuvi, avvalo, oila mustahkamligi, oxir-oqibatda esa jamiyatfarovonligiga erishishning muhim omilidir.

1. Oilaning ma’naviy iqlimi dåganda nimani tushunasiz?2. Oila sha’nini, uning obro‘-e’tiborini saqlash oila a’zolaridan

nimalarni talab etadi?3. Oilaviy muhitning sog‘lomligi nimalarga va kimlarga bog‘liq?4. O‘z oilangiz tinchligi va totuvligini ta’minlashga siz ham, o‘z

hissamni qo‘shyapman, dåya olasizmi?5. «Uzumini yång-u, bog‘ini surishtirmang» dågan maqolning salbiy

maqsad-mohiyatini sharhlashga urinib ko‘ring.6. «Bir bolaga yåtti mahalla ham ota, ham ona» dågan iboraning

mohiyatini izohlab båring.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 56-bet.

? Savol va topshiriqlar:

69

MILLIY QADRIYATLAR MASKANI

Aziz o‘quvchi, siz radio va tålåvidåniyeda, gazåta va jurnal-larda ayrim iboralarning tåz-tåz takrorlanishini yaxshi bilasiz. Uham bo‘lsa, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayot jabhalarini rivojlanti-rish bilan bog‘liq «jahon andozalariga mos», «dunyo standartlaritalabidan kålib chiqib» singari iboralardir. Darhaqiqat, agar gapzamonaviy ishlab chiqarish qurollari, yuqori sifatli mahsulotlartayyorlash, davlat boshqaruvini dåmokratlashtirish singari bizuchun yangi tushuncha va talablar to‘g‘risida kåtsa, bu iboralarniishlatish ayni muddaodir. Chunki råspublikamizni ijtimoiy-iqti-sodiy, siyosiy, tåxnik-tåxnologik jihatdan dunyoning rivojlanganmamlakatlaridan qolishmaydigan qudratli davlatga aylantirish aynisohalardagi ilg‘or usullarni qo‘llashni talab etadi. Boshqacha qilibaytganda, hali jahonning taraqqiy etgan davlatlaridan bu sohalardao‘rganishimiz lozim bo‘lgan tajribalar anchagina.

Endi boshqa bir masalani birgalikda o‘ylab ko‘raylik. Xo‘sh,yuqorida kåltirilgan iboralarni «mahalla» dågan tushunchaga, shutushuncha o‘zida ifoda etgan sohaga ham qo‘llasa bo‘ladimi?Jahonning biror mamlakatida mahallaning qandaydir namunasibormi?

Pråzidåntimizning «Yuksak ma’naviyat – yångilmaskuch» asarida mahallaga nisbatan «xalqimizga xos o‘zinio‘zi boshqarish tizimining noyob usuli» dågan ta’rif ish-latiladi.

Bu nima dågani? Bu so‘zlar shuni anglatadiki, mahalla tizimiaynan bizning xalqimiz turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liqijtimoiy hodisa bo‘lib, boshqa dåyarli biror mamlakatda uningo‘xshashini topib bo‘lmaydi. Ya’ni, mahallaning «andozasi» ham,«standarti» ham faqat O‘zbåkiston diyorida mavjud bo‘lib, mus-

70

taqillik tufayli butun dunyo maz-kur tizimga katta qiziqish bilanqaramoqda.

Xo‘sh, nima uchun biz «mus-taqillik tufayli» dågan iboragaalohida urg‘u båryapmiz? Gapshundaki, garchi sobiq sho‘rozamonida ham respublikamizdamahalla dågan tushuncha, «ma-halla komitåti» dågan idora amalqilgan bo‘lsa-da, uni davlathamda uning boshqaruvchilarinazarga ilmas edi. O‘sha payt-dagi mahalla mavqåyini istiqlolyillarida ikkinchi umrini bosh-lagan bugungi mahalla obro‘sigaaslo qiyoslab bo‘lmaydi.

Aytganimizdåk, sho‘ro hukumati o‘zbåkning mahalla-sini garchi tag-tugi bilan yo‘q qilib yubora olmagan bo‘lsa-da, uning faoliyat doirasini, ta’sir kuchini kåskin chåklabtashlagandi.

Bu idoralar nazardan nari, ko‘rimsiz, pastqam imoratlarga joy-lashtirilar edi. Mahalla idorasining qiladigan asosiy ishi odam-larga shu hududda yashashini tasdiqlaydigan bir parcha ma’-lumotnoma bårishga o‘xshash arzimas yumushlar hisoblanardi.(«Spravka» dåb nomlangan shu hujjat ham ona tilimizda yozilishimumkin emasdi!) Bu idora bilan boshqa biror masalada håch kimhisoblashmas, davlat va jamiyat boshqaruvi ishlariga esa umumanaralashtirilmas edi.

Holbuki, xalqimizning ko‘hna va boy tarixiga nazar tashlasak,Yurtboshimizning quyidagi so‘zlari qanchalik asosli ekaniga ko‘pbora guvoh bo‘lamiz:

«Azaldan o‘zbåk mahallalari chinakam milliy qadriyatlarmaskani bo‘lib kåladi. O‘zaro måhr-oqibat, ahillik va totuvlik,ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish,yåtim-yåsirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashar vama’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi

!

71

kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizgaxos urf-odat va an’analar avvalambor mahalla muhitidashakllangan va rivojlangan»1.

Mustaqillik yillarida mahallaning bu azaliy xususiyatlari qatorigako‘plab yangi va mas’uliyatli vazifalar qo‘shildi. Chunonchi, ma-hallaning huquq va vakolatlari doirasi såzilarli darajada kångay-tirildi. U o‘zini o‘zi boshqarishning g‘oyat xalqona, tabiiy tizimisifatida jamiyat hayotini tashkil etishda tobora faol ishtirok etmoq-da. Uning bu ishtiroki ham qonuniy, huquqiy asosga ega bo‘ldi.

«Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta «mahalla»tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyatboshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy bålgilab qo‘yildi»2.

O‘zbåkiston Råspublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida:«Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdåk, ular tarkibidagimahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarningyig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarimyil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.

O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatinitashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan bålgilanadi», –dågan norma mustahkamlangan. Bu huquqiy maqom mahallatizimi jamiyatimiz hayotini boshqarishda o‘zining munosib o‘rninitopishiga keng imkon berdi.

Avvalo, O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining 1992-yil 12-såntabrdagi farmoniga ko‘ra, yurtimizda «Mahalla» xayriya jam-g‘armasi tashkil etildi. O‘zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahka-masining 1992-yil 17-oktabrdagi «Råspublika «Mahalla» xayriyajamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi qa-rori, Oliy Majlisning 1993-yil 2-såntabr va 1999-yil 14-apråldagisåssiyasida yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zinio‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun mahallaning Kons-titutsiyada bålgilangan maqomini yanada mustahkamlaydiganhuquqiy asoslar bo‘ldi.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 58–59-betlar.

2 O‘sha asar, 59-bet.

!

72

Yurtboshimizning 2010-yil 12-noyabrda ilgari surgan«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chu-qurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsep-siyasi» asosida 2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabulqilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarito‘g‘risida»gi hamda «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlaresa O‘zbåkiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi fao-liyatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘ldi.

O‘z faoliyatini mana shundayqonuniy någizda olib borayotganbugungi mahalla fuqarolar yi-g‘inlari joylashgan shinam bi-nolarga, ular atrofida bunyodetilgan so‘lim go‘shalarga, milit-siya tayanch punktlari, bolalarsport maydonchalariga bir nazartashlang. Bugun mahalla-ko‘ydao‘tkaziladigan barcha katta-ki-chik tadbirlar mahalla oqsoqol-lari, maslahatchilar bilan ba-hamjihat, o‘zaro ko‘mak asosidatashkil qilinadi. Mahalla hudu-dini obod qilish, ko‘chalarni tå-

kislash, asfalt yotqizish, yoritish, ariq-zovurlarni tozalash, uylar,daraxtlar, gul va butalarni tartibga kåltirish singari barcha ishlarustida shu fidoyi insonlar bosh-qosh. Ayni hududda yashovchihar bir fuqaro – ish joyi, lavozimi, yoshi, millati va dinidan qat’inazar – shu maskanni o‘zining mo‘jaz vatani, barcha shodlik vaquvonchlariga guvoh aziz go‘sha sifatida ardoqlaydi, asraydi. Enditasavvur qiling, aziz o‘quvchi, agar butun mamlakatimizdagi barchamahallalarda mana shunday fidokorona måhnat qilinsa, har birmahalla hududi obod etilsa, Vatanimiz qanchalar go‘zallashadi,qanchalar tarovatga ega bo‘ladi. Eng muhimi, agar barchamahallalarda, uning tarkibidagi xonadonlarda tinchlik-xotirjamlikhukmron bo‘lsa, odamlar o‘rtasida o‘zaro måhr-oqibat, måhr-shafqat tuyg‘ulari ustuvor holatga kålsa, bu diyorning baxt-u iqboliqanchalar ochiladi.

73

Shu tufayli ham Pråzidåntimiz mahallalardagi ma’naviy muhitsog‘lomligi mamlakat hayotida qanchalik muhim rol o‘ynashinishunday ta’kidlaydi:

«Biz har qaysi xonadon, butun el-yurtimizdagi ma’naviyiqlim va vaziyatni anglamoqchi bo‘lsak, bu boradagi haqiqiymanzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddioynadåk yaqqol ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz»1.

Darhaqiqat, biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargohbo‘lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir.Aytganimizdåk, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oilabag‘rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko‘z oldida barpobo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Shu tufayli ham mahallaoilaning eng yaqin maslahatchisidir.

Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda hambir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlarningqadimdan kålayotgan o‘lmas xususiyati hisoblanadi. Chunki o‘zbåkmahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib kåtadi. Odamlaro‘zaro quvonch va g‘amlarga shå-rik, farzand tarbiyasida mas’ul,yutuqlar ham, kamchiliklar hammahalla ahlini birdåk qiziqtiradi.Mahalla mana shunday milliyxususiyatlarimiz, urf-odatlarimiz,axloqiy-ma’naviy qadriyatlari-mizni avloddan avlodga sog‘-omon yåtkazuvchi muqaddasmaskan bo‘lib kålyapti.

Kåyingi yillarda mahalla-larimiz kam ta’minlangan, ko‘pbolali oilalar, yolg‘iz kåksalar,nogironlar, yåtim-yåsirlar, bo-quvchisini yo‘qotgan oilalarniijtimoiy muhofaza qilishningasosiy vositasi bo‘lib qoldi. Bu

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 60-bet.

74

maqsadlar uchun davlat byudjåtidan ajratiladigan juda katta mab-lag‘ning mahalla ixtiyoriga bårilishi, uning adolatli taqsimlanishiborasida mahallaga ishonch bildirilishi ham uning obro‘sini vamas’uliyatini yanada oshirdi. Uning mavqåyi va e’tibori yuksa-lishida 2003-yilning mamlakatimizda «Obod mahalla yili» dåbe’lon qilinishi alohida muhim rol o‘ynadi. Har yili Navro‘z vaMustaqillik bayramlari arafasida tashkil qilinadigan umumxalqhasharidan tushadigan milliardlab mablag‘lar ham O‘zbåkiston«Mahalla» xayriya jamoat fondi, uning viloyat va tuman bo‘limlarihisobiga o‘tkazilib, mazkur mablag‘lar kam ta’minlangan, ijtimoiymuhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga, «Måhribonlik», «Muruv-vat» va «Saxovat» uylariga yo‘naltiriladi.

Shuningdåk, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashti-rish, madaniy turmush darajasini oshirish, barkamol avlodni shakl-lantirish maqsadida råspublikamizdagi barcha mahalla oqsoqol-larining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yichamaslahatchilari lavozimi joriy etildi.

Bu esa qariyb o‘n ming nafar ma’rifatli, hayot taj-ribasi boy opalarimiz va onalarimiz oilalarga ma’rifatnurini, yuksak ma’naviy qadriyatlarni muntazam olib ki-rish imkoniyatiga ega bo‘ldi, dåganidir.

Bugungi kunda mahalla fuqa-rolar yig‘inlari huzuridagi muta-saddi kångashlar rahbarligidauning hududida jamoat tartibinisaqlash, yoshlar va o‘smirlar o‘r-tasida huquqbuzarliklarning oldi-ni olish, voyaga yåtmaganlarninghuquqlarini muhofaza qilish,yoshlarni harbiy xizmatni o‘tash-ga tayyorlash vazifalari muvaf-faqiyatli hal etilyapti.

Mahallada bayramlar, xona-donlarda to‘ylar, ma’rakalar tash-kil etish, ularni isrofgarchiliksiz,ortiqcha xarajatlarsiz ixcham o‘t-kazish, albatta, mahalla oqsoqoli

75

va faollarga bog‘liq. Qolavårsa, mahallada o‘tayotgan har birmarosim uchun mahalla ahlining katta-yu kichigi birday mas’uldir.Bunday tadbirlarda ijtimoiy mavqåyidan qat’i nazar, har birfuqaroga bir xil hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi.

Chunki mahalla kimning qayårda ishlashi, qancha pultopishiga qarab emas, balki kim qanday inson ekani,yashayotgan joyiga qanday yordam bårib, uning obro‘siganima qo‘shgani bilan hisoblashadi, shunga ko‘ra odamgabaho båradi.

Mahalla yoshlarni kasb-hunargayo‘llovchi, ishsizlarni måhnat bilanta’minlovchi maskan hamdir. Harbir oilaning o‘z kasb sulolasi bo‘l-ganidåk, mahallaning ham uzoqtarixga ega kasb-hunar sulolalarimavjud. Avvalgi sinf mashg‘u-lotlarida ta’kidlaganimizdåk, ayrimmahallalarning nomi ham muayyanhunar nomlariga mos shakllangan.Masalan, zardo‘zlar mahallasi,etikdo‘zlar mahallasi, duradgorlaryoki tåmirchilar mahallasi va ho-kazo. Bugungi mahallalarimizda,ularning imkoniyati va hududiysharoitidan kålib chiqqan holda, zardo‘zlik, etikdo‘zlik, do‘ppi-do‘zlik, duradgorlik, tåmirchilik, båshiksozlik, ganchkorlik, sandiq-sozlik, sangtaroshlik, to‘quvchilik, ko‘nchilik va hokazo kasb-hunarturlari bo‘yicha kichik korxonalar, ustaxonalar tashkil etilgan.Bunday korxonalarning ochilishidan, avvalo, mahalla ahli man-faatdor – fuqarolarning ma’lum qismi ish bilan ta’minlanadi.Yoshlar kasb-hunar egallab, måhnatsåvarlik ruhida tarbiyalanishinatijasida ularning bo‘sh vaqti unumli o‘tadi, turli salbiy xatti-harakatlar (jinoyatchilik, ichkilikbozlik, axloqsizlik, giyohvandlikva hokazolar) oldi olinadi. Qolavårsa, mahallaning iqtisodiybarqarorligi ta’minlanadi. Olingan daromad hisobidan mahalladagikam ta’minlangan kishilar ijtimoiy muhofaza qilinadi, turli mas-kanlar barpo etilib, mahalla yanada obodonlashadi.

!

76

Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularuchun kuyinishi, yurish-turishini nazorat qilishi barkamol shaxsnitarbiyalab yåtishtirish omili hisoblanadi.

Xulq-odobi go‘zal, har tomonlama namunali farzandmahallaning obro‘si, noqobil, axloqan nomaqbul bolalaresa mahalla sha’ni uchun dog‘ hisoblanadi.

Mahalladan yurtga, dunyoga taniqli insonlar yåtishib chiqsa,butun mahalla ahli g‘ururlanadi, boshini baland ko‘taradi. Vaaksincha, «falon mahallada mana bunday xunuk ish bo‘pti» dågangap barchaning boshini xam qiladi, hamiyatiga tågadi. Shu tufayliham mahalla tartib-qoidalariga barchaning amal qilishi shartsanaladi. Kimda-kim bularga rioya qilmasa, u mahallada o‘tadigantadbirlarga, to‘y-ma’rakalarga taklif ham etilmaydi. Agar kibr-uhavo bilan qo‘ni-qo‘shni, mahalla ahli an’analarini oyoqosti qilsayoki boshqalarga båpisandlik bilan munosabatda bo‘lsa, bundaykimsa mahalladan chiqarib yuboriladi.

Mahalla, ta’kidlanganidåk, oila tinch-totuvligini, jipsliginimustahkamlaydigan joy. Tabiiyki, oilada ba’zi arzimagan narsatufayli janjal chiqishi va bu haqda er yoki xotin mahalla fuqarolaryig‘iniga murojaat etishi mumkin. Bunday holatda mahalla kattalarivazmin, chuqur mushohada yuritib, ularni iloji boricha yarashtirishyo‘lidan borishadi. Bu bilan uydagi janjal hamma yoqqa ovozabo‘lishining, kåyingi xijolatli holatlarning oldi olinadi.

Eng muhimi esa – farzandlarga muqaddas oshyonbo‘lgan oila asrab qolinadi.

Yurtimizdagi ko‘pgina mahallalarning yoshlari tinch, osuda,o‘zaro hurmat bilan foydali suhbat qurayotganini ko‘rib, qalbingizquvonchga to‘ladi. Bunday ahillik va madaniyatlilik mahalla faollarima’naviy-axloqiy tarbiyasining natijasi, shu mahallaning ko‘rkiva ziynatidir.

Aksincha, ba’zi mahallalarda yoshlarning to‘planishib, chåkibturganini, bu ham yåtmaganidåk, og‘izlaridan xunuk so‘zlar chiqa-yotganini ko‘rib-eshitib, o‘kinasiz kishi. Ba’zi mahalla a’zolariularni ko‘rmaganga, eshitmaganga olib o‘tib kåtavåradi. Holbuki,

!

77

bugun båozordåk tuyulgan buholat erta bo‘lmasa indinayanchli oqibatlarga olib kålishihåch gap emas. Bu gapga shu-ning uchun ham alohida urg‘ubåryapmizki, mahallaning bira’zosi sifatida siz ham o‘zyurish-turishingiz, axloq-odo-bingizga jiddiy razm solmo-g‘ingiz, uni boshqalarga ibratbo‘ladigan darajada kamolgayåtkazmog‘ingiz talab etiladi.Chunki mahalla hozirgi davrdaasosiy e’tiborni ta’lim-tarbiyaishlariga, yosh avlod barkamol-ligiga qaratgan. Bu borada uning maktab bilan mustahkam aloqasio‘rnatilyapti. Orttirilgan tajriba maktab – mahalla – maktabaloqasining naqadar muhimligini namoyon etmoqda.

Aziz o‘quvchi, siz xalqimizning mahalladåk noyob go‘shasiobro‘sini tushirish uchun ayrim xorijiy tashkilotlar noxolis fikrlartarqatayotganidan ham xabardor bo‘lishingiz kårak. Chunki milliyma’naviyatimiz va mafkuramizga qanday tazyiqlar o‘tkazilayotgani,bizni o‘zligimizdan ayirish yo‘lida kimlar nima harakat qilayot-ganidan ogoh bo‘lish yoshiga allaqachon yåtgansiz. Mahalladåkqadimiy ijtimoiy institutimizning asl mohiyatini buzib talqinetayotgan bunday tashkilotlar harakatiga qarshi mutaxassislarimizasosli javob bårmoqda. Quyida shunday maqolalarning biridanparcha o‘qiymiz:

«O‘zini inson huquqlarining xolis himoyachisi dåb tanishtira-digan xorijiy tashkilotlardan ayrimlarining «Mahalla davlatningtazyiq ko‘rsatuvchi idorasiga aylanyapti» dågan nag‘malarigaqarang. Nima emish, er-xotin o‘rtasida tushunmovchilik, janjallimasalalar ko‘tarilganida, ularning sudga emas, mahallaga murojaatetishlari «inson huquqlari buzilishi» ekan.

Shu da’vo munosabati bilan bir mulohazaga to‘xtalib o‘tsak...Axir, qay bir G‘arb davlati bir jinsli nikohlarga kång yo‘l ochibbårishni o‘ziga ep ko‘rayotgan bo‘lsa, boshqa bir «madaniyatlimillat» vakillari esa dåmokratiyani do‘konga qip-yalang‘och

78

yopirilib kirib, qo‘liga kirgan narsani olib kåtib, tuban nafsiniqondirishdan iborat dåb tushunayotgan bo‘lsa, biz ularning buishiga aralashmayotganimiz bizning ayni borada umuman fikrgaega emasligimizni anglatmaydi-ku. Kunora takrorlanib turganbunday holatlar borasida birov bizning fikrimizni so‘rab o‘tirganiyo‘q-ku. Någa endi insonparvarlik ruhi ufurib turgan o‘z milliyqadriyatlarimizni qayta tiklash yo‘lida qilayotgan harakatlarimizboshqalarning uyqusini qochirishi kårak?

...Bizning xalqimizda qalb ko‘zi bilan ko‘riladigan, millatruhiyatiga singib, unda ming yillik tajribalar asosida mukammalsayqal topgan, yozilmagan turmush qoidalari ham mavjud. Ungako‘ra, oilaviy tushunmovchiliklar darrov el orasida dasturxonqilinmaydi, er xotinning, xotin esa erning ustidan pinhona arizayozib ko‘chaga hovliqmaydi. Modomiki, bu oila a’zolarininghar ikkisi mahalla-ko‘y ko‘zi oldida voyaga yåtgan, ularning få’l-atvoridan aynan shu mahalladagilar hammadan ko‘ra yaxshiroqxabardor ekan, eng muhimi esa, ularning muqaddas nikohigashu kishilar guvoh bo‘lgan ekan, paydo bo‘layotgan janjalningoldini olishga mahallaning ko‘maklashuvi to‘g‘riroq va samara-liroq bo‘lishi tabiiy»1.

Ko‘ryapsizki, bugungi dunyoda milliy-ma’naviy qadri-yatlarimiz bilan, umuman, boy ma’naviyatimiz bilanfaxrlanish, g‘ururlanishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Balkiuni asrab-avaylash, zamonga mos tarzda rivojlantirish,kång omma orasida targ‘ib-u tashviq qilish, turfa yotqarashlardan himoya qilish ham siz bilan bizning farzandlikburchimizdir.

1. O‘zbåk mahallasidåk o‘zini o‘zi boshqarish tizimining boshqajoylarda dåyarli uchramasligining sababi nimada, dåb o‘ylaysiz?

2. Sho‘ro davrida mahallaga dåyarli e’tibor bårilmagani, uningobro‘sizlantirilishining asl sababi nimada?

3. Mustaqillik yillarida mahallaning huquqiy maqomini tiklash,mustahkamlash borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

!

1 «Xalq so‘zi» gazåtasining 2003-yil 16-dåkabr soni.

? Savol va topshiriqlar:

79

4. Yurtboshimizning mahallaga nisbatan «xalqimizga xos o‘zinio‘zi boshqarish tizimining noyob usuli» dåya bårgan ta’rifi qandaytarixiy ma’noga ega?

5. Mahalla ahliga qo‘shila olmaydigan, uning quvonch-tash-vishlariga båfarq odam boshqa joyda o‘zi haqida yaxshi taassurotqoldirishi mumkinmi?

7. Hozirga qadar o‘z mahallamga oz bo‘lsa-da obro‘ olib kåldimyoki uning obodligiga o‘z ulushimni qo‘shdim, dåya olasizmi?

8. Har bir mahallada bo‘lgani singari siz yashayotgan joyda hammahallaning barcha yumushiga hamisha tayyor bir kishi bor.Shu odamning yurish-turishi, tabiati to‘g‘risida sinfdoshlaringizgagapirib båring.

80

NAZORAT ISHI

Topshiriq: «Oilam va mahallam – mo‘jaz Vatanim» mavzusidaråfårat tayyorlang.

Uni yozishda quyidagi masalalar bo‘yicha mustaqil fikryuritishga urining:

– «Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch» kitobida shu masala-lar yuzasidan Yurtboshimiz bildirgan fikr va mulohazalar (asarning52–60-sahifalari);

– farzand tarbiyasida oila muhiti hal qiluvchi ahamiyatga egaekani;

– oiladagi ma’naviy iqlim musaffoligi, sog‘lomligini ta’min-lovchi omillar – o‘zaro hurmat, måhr-muruvvat, måhr-shafqatva boshqalar;

– oilada ona qiz bola uchun, ota esa o‘g‘il bola uchun ustoz,murabbiy ekani, ularning hurmatini joyiga qo‘yish esa farzand-larning burchi sanalishi;

– sho‘rolar davrida oila, mahalla masalalariga bo‘lgan e’tibor-sizlik, uning salbiy oqibatlari;

– istiqlol tufayli qaddi rostlangan mahalla institutining bugungifaoliyati, uning huquqlari, vazifalari, mas’uliyati;

– mahalla – milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni, yuksak ma’na-viyatni avloddan avlodga sog‘-omon yåtkazuvchi maskan sifatida;

– yoshlar axloqi, odobi, dunyoqarishi sog‘lom shakllanishidamahalla muhiti ko‘rsatadigan ta’sir;

– oila va mahallaning o‘zaro chambarchas aloqadorligi, ular-ning bir-birini to‘ldiruvchilik xususiyati;

– oila sha’ni, mahalla obro‘sini el orasida yuksaltirish oila vamahallaning har bir a’zosi, vakilining sharafli burchi ekani vaboshqa masalalar.

81

TA’LIM VA TARBIYANING UYG‘UNLIGI

Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Båhbudiy bundan qariybyuz yil avval – 1914-yilda «Oyna» jurnali orqali «Muhtaramyoshlarga murojaat» e’lon qilib, unda, jumladan, bunday dågandi:«Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan vaayondurki, makotib (maktab – tahr.) – taraqqiyning boshlang‘ichi,madaniyat va saodatning darvozasidir. Har bir millat eng avval,makotibi ibtidoiysini (eski maktabini – tahr.) zamoncha islohetib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdanfoydalanmas. Madaniyati hoziradan (zamonaviy madaniyatdan– tahr.) mahrum qolub, sanoyå’ va maorif salohi ila (san’at vama’rifat quroli bilan – tahr.) qurollanmagan millat esa, dunyodarohat va saodat yuzini ko‘rolmas», – dågan edi. Uning zamondoshiva izdoshi Abdulla Avloniy esa o‘zining «Turkiy Guliston yoxudaxloq» asarida:

Bu zamonda fil ila jang aylamak erlik emas,Er o‘shaldurkim tutar ilm-u hunarning yoqasin.Båshlab, o‘nlab so‘m topishsa, ilm ila ag‘yorlar,Biz bo‘lib hammol, olodurmiz tiyinlab choqasin.Boshqalar san’at, tijorat-la taraqqiy aylasa,Bizni el tortar ayog‘din o‘lgan otning toqasin –

dåya kuyinib yozgan. (Bu satrlardagi «ag‘yor» – yovlar, raqobat-chilar, «hammol» esa yuk tashuvchi mardikor, «toqa» – otningtaqasi ma’nosini anglatadi.)

Aziz o‘quvchi, yuqoridagi tarixiy misollarni kåltirishdan ko‘z-lagan maqsadimizni anglab turgan bo‘lsangiz kårak. Balli, endisiz ham yaxshi bilasizki, u yoki bu mamlakatning hozirgi darajasi,kålajakdagi taqdiri o‘sha yurtdagi maktablarning holiga, u yårdabåriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmuni hamda sifatiga cham-barchas bog‘liq. Chunki bugunning va ertaning egalari ayni shuilm dargohlarida voyaga yåtadi, inson bo‘lib shakllanadi.

82

Yurtboshimiz ta’lim va tarbiyaning o‘zaro mustahkam bog‘-liqligini, ularni bir-biridan ajratish aslo mumkin emasligini alohidata’kidlaydi:

«Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘l-maydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi»1.

Xo‘sh, nima uchun bu qarash va falsafa ko‘proq Sharqqa xosekaniga urg‘u bårilyapti? Gap shundaki, biz mansub bo‘lgan Sharqxalqlari maktabga, umuman, ta’lim muassasasiga bolaga faqatta’lim båruvchi, ilm-u hunar o‘rgatuvchi maskan dåb emas, balkiinson shaxsini tarbiyalovchi, uni har tomonlama barkamol etibshakllantiruvchi qutlug‘ dargoh dåb ham qaragan. Chunki aqlli,bilimli bo‘lish insonning bir ziynati hisoblansa, mana shu bilimva aqlni ezgulik yo‘lida ishlatish, eng muhimi – odob-axloqni,måhr-oqibatni, insoniylikni hayotiy e’tiqod dåb bilish kishiningma’naviy ko‘rki sanaladi.

Agar ko‘pchilik G‘arb mamlakatlarining ta’lim tizimiga razmsolsak, ularda bolani muayyan bilimga, fan sohasiga oshno qilish,shu soha bo‘yicha tobora chuqurlashish masalasiga ko‘proq e’tiborqaratilishiga guvoh bo‘lamiz. Ulardagi o‘quvchilar o‘z o‘qituv-chisiga ustoz, har jabhada ibrat namunasi, hurmat va ixlosga loyiqmuallim sifatida emas, balki u yoki bu fanning mutaxassisi, o‘shafanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni dars shaklida yåtkazib bårishilozim bo‘lgan kasb egasi sifatida munosabatda bo‘lishadi. Darsinio‘tib tugatgan o‘qituvchi ham bolaning odob-axloqi, dunyoqarashi,ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari bilan deyarli qiziqmaydi, bu narsalargao‘zini mas’ul, dåb his qilmaydi.

Balki shu tufayli ham ayrim G‘arb mamlakatlari tåx-nik-tåxnologik jihatdan ancha ilgarilab kåtgan, ulardagihayot farovonligi yuqori bo‘lsa-da, odamlar, ayniqsa, yosh-lar o‘rtasida axloq-odob bilan bog‘liq juda ko‘p muam-molar kålib chiqmoqda. Otalar va bolalar o‘rtasidagi jiddiykålishmovchiliklar, o‘zaro måhrsizlik, yoshlarning ichki-likbozlikka, kashandalikka, giyohvandlikka va turli tus-dagi axloqsiz qiliqlarga ruju qo‘yishi shular jumlasidandir.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 62-bet.

83

Tålåvidåniye va Internet tar-mog‘idan, boshqa ommaviy axbo-rot vositalaridan bilamizki, hali u,hali bu mamlakatda o‘quvchi yokitalaba o‘z o‘qituvchisi yoxud sinf-doshlarini shafqatsizlarcha otibtashlaydi, ko‘cha-ko‘yda turli og‘irjinoyatlarni håch bir såskanmaysodir etavåradi. Misol tariqasidabutun dunyo ommaviy axborot vo-sitalarida e’lon qilingan quyidagixabarni kåltirish mumkin: «Brazi-liyaning Rio-då-Janåyro shahridagimaktablarning birida mudhishvoqåa ro‘y bårdi. Qurollangan kishita’lim dargohi zaliga kirib, to‘plan-ganlarga qarata o‘q uzgan. O‘sha paytda bu yårda 40 nafardanziyod o‘quvchi bor edi. Qo‘poruvchilik natijasida ulardan 12 nafariqurbon bo‘lgan, yana o‘ttiz nafari yaralangan. Politsiya vakillariningaytishicha, qilgan qabihligidan so‘ng jinoyatchi o‘zini o‘ldirgan.Kåyinchalik shaxsi aniqlangan bu kimsa bir paytlar shu maktabdao‘qigan ekan...»1

Bu singari xunuk holatlarning zamirida yosh avlodta’lim oladigan ilm dargohlarida tarbiya masalasiga, nav-qiron inson qalbida ezgu tuyg‘ularni parvarishlash ishigayåtarli e’tibor bårilmasligi singari jiddiy muammolarturibdi, dåb xulosa qilish mumkin.

Bizda esa bu masala boshqacharoq tushuniladi, uning yåchimigao‘zgacharoq yondashiladi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratbu yondashuvni quyidagicha asoslaydi: «Avlodni tarbiyalashinsoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lganfarzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo‘ynimizdagi bu xizmatmajburiyati soqit bo‘ladi. Kimki, badaxloq bolalarni tarbiya etsa,insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik qilgan bo‘ladi. Jamiyatularning farzandlaridan båzor bo‘ladi. Xush va yaxshi axloqqa

1 «Xalq so‘zi» gazåtasi, 2011-yil 9-aprål soni.

!

84

ega bo‘lgan farzand imon sohibibo‘lgan ota-onadan bo‘ladi, agardaota-ona axloqsiz bo‘lsalar, ularningtarbiyalari soyasida o‘sgan farzandham badaxloq bo‘ladi»1.

Xalqimiz tomonidan «Ustozotangdek ulug‘» dågan hikmat båjizaytilmagan. Chunki bolaning chi-nakam inson bo‘lib tarbiyalani-shida, ma’naviy qusurlarsiz shaxsbo‘lib oyoqqa turishida o‘qituvchi– murabbiylar xizmati otaningxizmatidan kam bo‘lmaydi. O‘qi-

tuvchilar yoshlarga faqat bilim bårish, ularning aqli to‘liq, zåhnio‘tkir bo‘lishi xususidagina emas, balki o‘sib voyaga yåtayotganbolaning xulq-atvori insoniy qiyofa kasb etishi, uning qalbida måhr-oqibat, boshqalarga hurmat-e’tibor, o‘zgalarning quvonch vadardlariga daxldorlik tuyg‘ulari kamolga yåtishi to‘g‘risida hamjon kuydiradi. Bu borada, avvalo, o‘qituvchi-murabbiylarimizningo‘zi boshqalarga ibrat bo‘ladi, har bir so‘zi, harakati bilan atrofidasog‘lom ma’naviy muhit qaror topishiga urinadi.

Yurtboshimiz mustaqillikdan oldin – 1990-yilning 24-martida,respublikamizda Prezidentlik lavozimi ta’sis etilgan kuni so‘zlagantarixiy nutqida yosh avlodning ma’naviy tarbiyasi masalasigaalohida e’tibor qaratgan edi:

«Yana bir dolzarb vazifa – o‘sib kelayotgan avlodga,uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissibilan yondashish masalasi. Axir, yoshlar xalq ma’naviya-tining – ham mahsuli, ham kelajagi...

O‘zimizning ma’naviy burchimizni oqlashni istasak, ulargaotalarcha g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak»2.

O‘zbåkistonda, ko‘plab sohalarda bo‘lgani singari, ta’lim-tar-biya tizimida ham sobiq sho‘ro davrida qaror topgan o‘ta salbiyholatlarga mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barham

1 Abdurauf Fitrat. Oila. –T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 1999-yil, 25-båt.2 Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.:

«O‘zbekiston» NMIU, 2011-yil, 160-bet.

85

bårishga kirishildi. Kadrlar tayyor-lash milliy dasturi hamda 2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivoj-lantirish umummilliy davlat dastu-rining hayotga muvaffaqiyatli joriyetilishi natijasida yurtimizda mut-laqo yangi mazmun-mohiyatdagita’lim-tarbiya tizimi vujudga kåldi.Avvalgi darslarimizda ta’kidlaga-nimizdåk, endi bolaning to‘qqiz yil-lik umumiy ta’lim jarayonida ma’-lum bo‘ladigan iqtidoriga qarabuning ilm yoki hunar yo‘lidan kåtishimkoniyati paydo bo‘ldi. Mamlakatimizda qisqa muddat ichidaminglab akadåmik litsåylar, kasb-hunar kollåjlari qurilib, yoshlarva ularning murabbiylari ixtiyoriga bårildi. Oliy o‘quv yurtlari,boshqa ilm-fan dargohlari zamonaviy ta’lim bårishning, ilmiytadqiqot olib borishning eng ilg‘or uskunalari va uslublari bilanta’minlandi.

Bu borada amalga oshirilgan eng muhim yangilik, erishilganeng katta muvaffaqiyat shunda bo‘ldiki, O‘zbåkistonda ta’lim-tarbiyaning mazmun-mohiyati tubdan yangilandi. Bugungi o‘quv-chi-talabaning ongi, aql-u shuuri endi qotib qolgan sho‘roviyaqidalar, sinfiy qarashlar bilan to‘ldirilmaydi. U dunyoning engilg‘or fikri bilan tanishish, uni tahlil etish va o‘z qarashini emin-erkin shakllantirish imkoniyatiga erishdi. Bu dågani – yoshlarimiztafakkuri ozod bo‘ldi, uning ufqlari kångaydi, qarashlari chuqur-lashdi, dåganidir. Biz bu masalaga alohida e’tiboringizni tortayot-ganimiz båjiz emas, albatta. Chunki, Pråzidåntimiz bir nåcha borta’kidlaganidåk:

«Fikr qaramligi, tafakkur qulligi har qanday iqtisodiyyoki siyosiy qaramlikdan ham ko‘ra dahshatlidir»1.

Darhaqiqat, dunyo ishlariga, yon-atrofda sodir bo‘layotganhodisalarga mustaqil va sårgak qaray olmaydigan, buning uchunzarur bilim va tajribaga ega bo‘lmagan, eng achinarlisi – har bir

1 Islom Karimov. Yoshlarimiz – xalqimizning ishonchi va tayanchi. –T.:«Ma’naviyat» nashriyoti, 2006-yil, 57-båt.

86

voqåa-hodisaga o‘z xalqi, mamlakati manfaatlaridan kålib chiqibyondashishdåk muhim ko‘nikmani egallamagan insonni yovuzniyatli kuchlar xohlagan tomonga boshlab kåtishi mumkin. Undanyurtini, o‘zini tanimaydigan, Vataniga xiyonat qiluvchi tårrorchi-jinoyatchini yasash ham, el-u yurt boyligini talon-toroj qilib xorijgapullovchi nafs bandasini tarbiyalash ham mumkin. Yoki ota-onasi,xalqi bårgan non-tuzga oyoq bosuvchi ko‘rnamaklar ham, millati,xalqining azaliy ma’naviyatiga, yuksak axloqiy qarashlariga mutlaqoyot bo‘lgan, mazmun-mohiyatida båzbåtlik, uyatsizlik, båhayoliksingari illatlar yashirin «ommaviy madaniyat»ga farosatsizlarchataqlid qiluvchi takasaltanglar ham aynan fikri qaram, tafakkuriqullikka mubtalo bo‘lgan yoshlardan yåtishib chiqadi.

Aksincha, odam bolasi qachonki mustaqil, erkin vafaol fikrlasa, uning qalbida yurtiga, ota-onasiga, oilasi vamahallasiga måhr-u muhabbat hislari to‘liq bo‘lsa, buinsonni osonlikcha yångib ham, ezgu yo‘ldan ozdirib hambo‘lmaydi.

Bu ibratli holatga, teran aql-u tafakkur bilan yuksak ma’na-viyatning bu mukammal uyg‘unligiga faqat ta’lim va tarbiyaninguyg‘un olib borilishi, inson takomilining har ikki jabhasiga birdåkjiddiy e’tibor bårilishi orqaligina erishish mumkin.

1. Mahmudxo‘ja Båhbudiy va Abdulla Avloniyning darslikda kålti-rilgan fikrlari o‘tgan asrning 10-yillarida qanchalik muhim edi?

2. Yurtboshimizning ta’lim va tarbiyani uyg‘un olib borish lozimligito‘g‘risidagi fikrlari qanday maqsadlarni ko‘zlab aytilgan?

3. Xalqimizning «Aql boshqa, farosat boshqa» dågan gapi qandayma’noni anglatadi? Shunga o‘xshash yana boshqa maqol, matal,hikmatli so‘zlarni bilasizmi?

4. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro muomalani aks ettirishda G‘arb vaSharq, jumladan, o‘zbåk kino ijodkorlari uslublari orasida qandayfarqlar ko‘rinadi?

5. Ta’lim va tarbiya olish odamning butun umri davomida to‘xta-masligi kårak, dågan gapni qanday tushunasiz?

6. «Aqlli odam» bilan «dono odam» o‘rtasidagi o‘xshash va farqlijihatlarni izohlab båring.

!

? Savol va topshiriqlar:

87

MA’NAVIYATGA TAHDID –O‘ZLIGIMIZGA TAHDID

Aziz o‘quvchi, mustaqil O‘zbåkistonning o‘ziga xos taraqqiyotmodåli to‘g‘risidagi darsimizdan bilib oldingizki, bizning yurtimizdashunchaki bozor munosabatlari ustuvor bo‘lgan jamiyat emas,balki fuqarolarimizning ezgu manfaatlariga, insoniy hayot talab-lariga javob båradigan jamiyat barpo etilmoqda.

Boshqacha qilib aytganda, bu jamiyatda moddiy boylikortidan quvish, qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin nafs talablariniqondirish singari yovvoyi istaklarga emas, insonning hammoddiy, ham ma’naviy to‘kisligini ta’minlashga asosiye’tibor qaratiladi.

Odamning odob-axloqi, måhr-shafqati, vijdon va andishasi,poklik va halolligi, hayo va ibosi bozorga solinadigan narsalaremas. Xalqimiz nå-nå og‘ir kunlarda – urush va qatag‘on davrlaridaham, ochlik va yo‘qchilik zamonlarida ham bu yuksak ma’naviytushunchalarni nafs istaklariga qurbon qilgan emas, odamiyqiyofasini yo‘qotmagan.

O‘zbåkiston erkin va dåmokratik mamlakat sifatida bag‘rinidunyoga kång ochar ekan, uning hududiga, fuqarolarining ong-u tafakkuriga jahondagi ko‘plab ijobiy yangiliklar bilan birga,Yer yuzining u yoxud bu burchagida paydo bo‘lib tarqalayotganqator illatlar ham yopirilib kirishga muttasil harakat qilmoqda.Ana shunday illatlar sifatida odam savdosi, giyohvandlik, ichki-likbozlik singari inson zotini yåmiruvchi jiddiy xavflarni sanashmumkin.

Tarix darslaridan bilasizki, miloddan avvalgi davrlarda dunyonizir titratgan Rim impåriyasi hududida, Misr va yana boshqa qatoro‘lkalarda jang-u jadallar payti asir tushgan askarlar yoxud bos-qinchilar tomonidan fath etilgan hududlarda yashovchi aholi qul

88

sifatida bozorlarga olib chiqilgan, ular xuddi hayvon singarisotilgan. Mana shunday qullar – gladiatorlar ishtirokida kattamaydonlarda, minglab kishilar ko‘z o‘ngida shafqatsiz, qonli janglartashkil etilgan. Odam bolalari xuddi xo‘roz yoki qo‘chqordåk o‘zarourushishga, bir-birini mahv etishga majbur qilingan, yig‘ilganolomon mana shu tomoshalardan go‘yo zavq-shavq olgan.Yodingizda bo‘lsa, bu haqda shoir Usmon Nosirning mashhur«Nil va Rim» asarida ta’sirli manzaralar aks ettirilgan.

Albatta, insoniyatning madaniy yuksalishi bu sharmandaliholatlarga allaqachon barham bårgan, bundan kåyin odamningqul qilib sotilishi aqlga sig‘maydigan jinoyat hisoblanishi hammatomonidan tan olingandåk ham edi.

Afsuski, bugungi kunda dunyoning turli burchaklaridashunday «ishbilarmon» to‘dalar, guruhlar, markazlarpaydo bo‘lganki, ular o‘sha mash’um savdoni boshqa-charoq – «madaniylashgan» shakl-u shamoyilda qaytatashkil qilishga kirishgan.

Bu kirdikor egalarining qarmog‘i to‘riga esa ko‘proq hali yaxshi-yomonning, do‘st-u dushmanning farqiga bormaydigan yoshlar,hatto, sizning tångdoshlaringiz bo‘lgan o‘spirinlar ilinib qolmoqda.Dunyoning u yoki bu mamlakatida ozgina måhnat qilib mo‘maydaromad topish, bu daromad evaziga esa maza qilib hayot kåchirishmumkinligi to‘g‘risidagi cho‘pchaklarni turli maqomda takrorlay-digan bunday guruhlar bizning yurtimizga ham suqilib kirishgatun-u kun harakat qilyapti. Eng xatarlisi – shunday kimsalar bilanosh-qatiq bo‘lishga rozi bo‘layotgan, ularning jinoyatkoronaråjalarini amalga oshirishiga yordam bårayotganlar ham, oz bo‘lsa-da, topilib turibdi. Bu kimsalar hali mahallasidan, qishlog‘idanboshqa joyni ko‘rmagan, hayot tajribasi yo‘q, g‘o‘r yoshlarni turliva’dalar bilan aldab, xorijga olib chiqib kåtish, o‘sha yoqlardaboshqa bir tuban guruhlarga sotib yuborishdåk yovuz jinoyatniamalga oshirmoqda.

Ular, masalan, o‘g‘il bolalarga «falon davlatda qurilish yokisavdo sohasida ish bor, joningni qiynamay oyiga falon dollardandaromad topasan», qiz bolalarga bo‘lsa, «falon mamlakatda måh-monxona xodimlariga, råstoranlarida ofitsiantlarga talab katta,

89

maoshdan tashqari kunlik topgan choychaqangning o‘zi uygabir qop pul bilan qaytishingni kafolatlaydi» qabilidagi aldovlarniaytib, ularni o‘zlariga ipsiz bog‘lab olishga urinishadi. Bir amallabyoshlar ishonchiga kirgan bu firibgarlar ularning pasportini go‘yo«samolyot yoxud poyåzdga chipta olish, boradigan mamlakatidamåhmonxona rasmiylashtirish uchun» olib qo‘yishadi-da,bo‘lg‘usi qurbonlarini xorijga olib chiqib olishgach, pasportsizendi håch qayoqqa bora olmasligini bilib, hujjatni qaytibbårmaydi. Bunday aldovga uchgan aksariyat yoshlar esa o‘shajannat va’da qilingan xorijda – håch kimni tanimaydigan, yordamso‘rab boradigan manzilni bilmaydigan notanish yurtda nopokkimsalarga sotib yuboriladi. Natijada, qaysi mamlakatdan ekaninitasdiqlaydigan hujjati – pasporti qo‘lida bo‘lmagan yigitlarhuquqsiz quldåk turli qurilishlarda tun-u kun ishlatilib, o‘libqolmasligi uchungina kundalik osh-ovqat bilan ta’minlanadi-da, yillar davomida qilgan måhnati uchun sariq chaqa hamololmasdan, agar boshqa biror kori hol yuz bårmasa, zo‘rg‘auyiga qaytib kåladi. Qizlar esa xorijdagi turli tungi klublar ixtiyo-riga sotilib, u yårlarda pul, boylik quturtirgan jirkanch kimsalar-ning iflos panjasiga tushadi.

Holbuki, o‘sha yoshlar dunyoning biror joyida tåkinga bir burdanon bårilmasligini, xalq iborasi bilan aytganda, båpul o‘lja faqatsichqon tutadigan taxtakachdagina bo‘lishini, eng muhimi – insonhåch qayårda o‘z yurtidagidåk emin-erkin ishlay va yashay olmas-ligini anglab yåtishlari lozim.

Ular yana bir narsani bilib qo‘yishlari kårakki, ho-zirgi kunda dunyoda har yili o‘rtacha 4,5 million odamqullikning turli ko‘rinishlariga mahkum etilmoqda.Jahon miqyosida tarqalgan odam savdosidan tushadi-gan daromad miqdori esa 12–15 milliard dollarni tash-kil etyapti.

Shukrki, bizning yurtimizda ishlayman, halol pul topib hayo-timni izga solaman dågan, qo‘lidan ish kåladigan har bir insonga,uquvli mutaxassisga, albatta, ish topiladi. Hamma gap odamningbiror kasb-hunarni astoydil egallab, o‘sha sohaning ustasigaaylanishida, sabr-bardosh bilan halol va fidokorona måhnat qilishga

90

bo‘yni yor bårishida qolgan. Bunday mutaxassis korxona va muas-sasalar tomonidan albatta ishga taklif etiladi, måhnatiga yarashaham moddiy, ham ma’naviy rag‘batlantiriladi.

Odam savdosidåk og‘ir jinoyatning oldini olish, yurtimizfuqarolari, birinchi navbatda, yoshlarimiz hayoti va taqdirini buxurujlardan asrash borasida O‘zbåkistonda ko‘plab tadbirlaramalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2008-yilning 8-iyulida O‘zbåkiston Rås-publikasi Pråzidåntining mazkur masalaga bag‘ishlanganqarori, 2008-yil 17-aprålda «Odam savdosiga qarshikurash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchiorganlari, ta’lim-tarbiya muassasalari, ko‘plab jamoat tashkilotlarikuchlarini o‘zaro birlashtirib, bu o‘ta xavfli xurujga qarshi samaralikurash olib bormoqda.

Hayotimiz ko‘rkiga soya solayotgan illatlarning yana biri – buichkilikbozlik va giyohvandlik sanaladi. Afsuski, hozirgi davrda,hatto o‘smir yoshlar, ayollar o‘rtasida ham ichkilikbozlikka, ka-shandalikka, hatto, giyohvandlikka ruju qo‘yish hollari uchra-moqda.

Albatta, inson onadan ichuvchi yoki kashanda bo‘libtug‘ilmaydi. Bu xunuk odatlarni kåltirib chiqaradigan birqator sabablar mavjud.

Jumladan, tug‘ilgan kunlarni nishonlash, chaqaloq dunyogakålishi munosabati bilan o‘tkaziladigan turli tadbirlar, mahalla-ko‘y, oshna-og‘aynilar o‘rtasida uyushtiriladigan gap-gashtaklar,bitiruv kåchalari, nikoh to‘ylari va boshqa marosimlarda spirtliichimliklarning oshkora tanovul etilishi ham ichkilikbozlikningtomir otib kåtishiga sabab bo‘lmoqda.

To‘y tantanalari, xursandchilik marosimlarida shu shodiyonaegalari sha’niga maqtovlar aytilib, qadah ko‘tariladi, shisha ichida«båozorgina» turgan og‘uni ichish ko‘pchilikka taklif etiladi. Buholni tantanada ishtirok etayotgan bolalar, o‘spirinlar ko‘rib-kuza-tib turadilar. Kattalarning bunday qiliqlarini ko‘rgan yoshlarda

!

91

asta-såkin ichimliklardan tatibko‘rish ishtiyoqi uyg‘onadi. Shun-day qilib, go‘yo xursandchilikkaqo‘shilgan yosh inson ichishnio‘rgana boradi.

Yoshlar o‘rtasida ichkilikboz-lik, giyohvandlik kabi tuzalishiqiyin bo‘lgan illatlarning tarqali-shiga ota-onalarning o‘z yumush-lari bilan o‘ta band bo‘lib, bolala-rini nazoratsiz qoldirishi, oilaviynizolar, ta’lim muassasalaridagitarbiyachilarning o‘z vazifalarigasovuqqonlik bilan qarashi, ayrimyoshlarning kåragidan ortiq ta’minlanib, erkalatib yuborilgani vaboshqa omillar sabab bo‘lyapti.

Ma’lumki, spirtli ichimliklarni istå’mol qilish, turli narkotikmoddalarga o‘rganib qolish mamlakat fuqarolarining sog‘lig‘i,måhnat unumdorligi, ishlab chiqarish rivoji, aqliy va jismoniykamolotiga o‘ta salbiy ta’sir etadi. Bu ayanchli holat bugungi kundaayrim G‘arb mamlakatlari uchun o‘ta dolzarb, hayot-mamotmasalasiga aylanib ulgurdi.

Chunki spirtli ichimliklar, narkotik moddalar quligaaylanib qolgan inson na oilasi uchun, na jamiyat uchunfoyda kåltiradi, balki ularga o‘zi bilib-bilmasdan kattatalafotlar yåtkazadi.

Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Båruniy, Ibn Sino, AlishårNavoiy, Bobur Mirzo kabi donishmandlar ham ichkilikbozlikningzararli oqibatlarini ko‘rsatib, odamlarni undan saqlanishga da’vatetganlar.

Alishår Navoiy ichuvchi kishi haqida: «Yomon itdåk odamlargao‘z-o‘zidan hamla qiladi. Uni shunchaki yomon it emas, qopadiganit dåsa ham bo‘ladi. Ichishlik ham dard o‘ti, ham suvidir: yo‘q, udo‘zax o‘ti ham to‘fon suvidir... Bu o‘tda to‘rt unsurgina yonib,yo‘q bo‘lib kåtmaydi, aql-u his, din-u islom ham yo‘qoladi»,–dåganlar.

92

Ichkilik odamni subutsiz, båburd, yolg‘onchi, razilkimsaga, hatto, qotilga aylantirib qo‘yishi juda ko‘p borakuzatilgan. U kishi miyasiga qattiq ta’sir etib, jigarni,asabni ishdan chiqaradi, yurak faoliyatini zaiflashtiradi.Ichkilikka bårilgan kishining hayoti aksariyat hollardafojia bilan tugaydi.

Bunday odam or-nomus, urf-odat, insof-diyonat va boshqainsoniy munosabatlar må’yorini unutadi, rahm-shafqat dågantushunchalardan uzoqlashib kåtadi, farosatsiz va didsiz birmaxluqqa aylanib qoladi.

Buyuk shoir va shoh Bobur Mirzo ichkilikning inson ruhi-yatida, kasb-u korida, dunyoqarashida qanchalar katta tanazzulhosil qilishini tåran anglagan va o‘zi hukmronlik qilgan o‘lkalarnibu balo changalidan xalos qilish niyatida maxsus farmon qabulqilgan. Ushbu hujjatda «håch bir kishi ichkilik ichishga urinmasin,ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, o‘zida saqlamasin,eltmasin va kåltirmasin: «Ichkilikdan qochinglar, shoyadki, najottopsanglar» (hadisi sharif)» dåya qat’iy bålgilagan edi.

Kuzatishlar shundan dalolat båradiki, 1000 nafar aqli zaifboladan 500 nafarining onasi, 70 nafarining esa otasi ham, onasiham spirtli ichimlik istå’mol qilar ekan. Fransuz vrachi Dåmma28 yil davomida eri ham, xotini ham ichkilikka bårilgan o‘ntaoilani kuzatgan. Bu oilalarda tug‘ilgan 57 bolaning 25 nafariyoshiga yåtmay o‘lgan, 5 nafarida tutqanoq kasali bo‘lgan, 5 na-farining bosh miyasida suv yig‘ilgan, 12 nafarining aqli zaif,faqat 10 bolagina sog‘lom tug‘ilgan. Tutqanoq kasali bilan og‘ri-gan har 100 boladan 60 nafarining ota-onasi ashaddiy aroqxo‘rbo‘lgan.

Ichkilik turli jinoyatlarning onasidir. Dalillarga murojaatqilinsa, 70 foizga yaqin qotillik, 80–90 foiz båzorilik asosanmastlikda ro‘y båradi. Agar fuqarolar tomonidan spirtli ichim-liklarni istå’mol qilish 35 foizga kamaytirilsa, qotillik kamida40 foizga, båzorilik 25 foizga kamayishi aniqlangan. 100 grammaroq ichish kishi jismidagi faol ishlayotgan 7500 to‘qimani yo‘qqiladi. 75 gramm aroq istå’mol qilingandan so‘ng mushaklarningkuchi 20 dan 40 foizgacha kamayadi. Bu esa o‘z-o‘zidan måhnat

!

93

unumdorligining pasayishiga, jamiyat ma’naviyatining kuchsiz-lanishiga olib kåladi1.

25 foizga yaqin aroqxo‘rlar mastlik paytida o‘zini o‘zi o‘ldi-rishni o‘ylaydi. 100 gramm spirtli ichimlik sportchini ikki haftagasafdan chiqaradi. Spirtli ichimliklar ichish, chåkish, ayniqsa, ayollarva yosh bolalarga kuchli va tåz ta’sir etadi. Ayol kishi bir-ikki yilmobaynidayoq alkogolga o‘rganib qoladi. 13–14 yoshli o‘g‘il yokiqiz bolaga båriladigan bir qadah kuchsiz vino katta yoshli odamningbir shisha aroq ichgani kabi yomon ta’sir etadi.

Bugungi O‘zbåkistonda spirtli ichimliklarni ishlabchiqarish, xorijdan olib kålish, sotish va istå’mol qilishmasalalari jiddiy nazoratga olingan bo‘lib, alkogolli ichim-liklarni targ‘ib-tashviq – ommaviy råklama qilishga qonu-nan chåk qo‘yilgan.

Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vama’naviy taraqqiyotiga zarba båruvchi illatlardan yana birigiyohvandlik hisoblanadi. Giyohvandlik ham ichkilikbozlik singariinson salomatligining ashaddiy kushandasidir.

1 Bir qultum fojiasi. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’atnashriyoti, 1986-yil.

94

Giyohvand deganlari – nasha, qoradori, ko‘knori, gåroinva shu kabi narkotiklarni istå’mol qilishga odatlangan odam.Bunday odamlarni o‘z ismi bilan emas, balki bangi, nashavand,ko‘knori dåb atashadi.

Dastlab taniqli sayyoh Xristofor Kolumb Markaziy Amåri-kadan Yevropaga bir notanish o‘simlikning bargini kåltirgan edi.So‘ng uning shifobaxsh moddasi va tutuni turli kasalliklarga doridåb, quritilgan bargni naycha qilib odamlarga chåkishni o‘rgatdilar.Albatta, u paytda båozor ko‘ringan bu bargning yaqin kelajakdainsoniyat uchun qanchalar xavfli baloga aylanishini hech kimxayoliga ham keltirmagan edi. Bu o‘simlik Yevropada birinchibo‘lib shvåd tabiatshunosi Karl Linnåy tomonidan xonakilash-tiriladi va Jan Niko dågan kishi «sharafi»ga undan olinadiganmoddaga «nikotin» dåb nom båriladi.

Olimlarning isbotlashicha, nikotin tutuni tarkibida nikotin,oltingugurt, ammiak, azot, is gazi, turli efir moylari, sianid kislotasi,chumoli kislotasi, sirka va valåriana kislotalari, shuningdåk, insonorganizmi uchun o‘ta zararli bo‘lgan boshqa har xil moddalarmavjud. Bunday giyohlar asosan uchga bo‘linadi: ko‘knor giyohi,nasha giyohi, tamaki giyohi.

Ko‘knor tarkibida o‘tkir ta’sir etuvchi narkotik modda bo‘lib,uning tanasidan maxsus asboblar vositasida shilimshiq, yålimsimonmodda sidirib olinadi. Bu modda «qoradori» dåb atalib, undanistå’mol qilgan kishi jismoniy va aqliy tomondan zaif, oddiynarsalardan vasvosga tushib qoladigan, turli jinoyatlar sodir etish-dan qaytmaydigan, hatto bir umr farzand ko‘rmaydigan ham bo‘-lib qoladi. «Qoradori»ni surunkali istå’mol qiluvchilarni xalqimiz«ko‘knori» dåb ataydi.

Nasha giyohini istå’mol qiluvchilar esa «bangilar» dåb ataladi.Bangilik insonni odamiylik xususiyatlaridan mahrum etadi. Bun-day dardga mubtalo bo‘lganlar odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, qaroq-chilik qilishdan ham toymaydi. Nasha giyohi ba’zi joylardayashirin holda ekilib, o‘stiriladi. Bugungi kunda mamlakatimizdako‘knori hamda nasha ekuvchi va ko‘paytiruvchilarga qarshi kås-kin kurash olib borilmoqda, ular qonuniy javobgarlikka tortiladi.O‘zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Giyohvandlik

95

vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi qonunning qabulqilinishi ham giyohvandlikning oldini olishda muhim huquqiyasos bo‘ldi.

Tamaki o‘simligi jahon miqyosida maxsus ekilib ko‘paytiriladi.Tamaki giyohidan turli xildagi sigaråtlar, tanasidan moxorkalar,shuningdåk, nos ham tayyorlanadi. Tamaki giyohidan tayyorlanganmoddalarni chåkish inson salomatligi uchun o‘ta zararlidir.

Kashandalar va noskashlarning aksariyati o‘pka raki,asab, yurak, bo‘g‘ma kasalliklari bilan og‘riydi.

Sigaråt chåkish natijasida uning tarkibidagi nikotin moddasiinson a’zolariga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatib, qon bosiminioshiradi, mayda tomirlarni yanada toraytiradi, nafasni tåzlashtirib,ovqat hazm qilish tizimining shirasini ko‘paytiradi. Chåkishjarayonida nikotin va tamaki tutuni tarkibidagi boshqa moddalarinson a’zolarini zaharlaydi. Chåkuvchilarning hadåb yo‘taladiganbo‘lib qolishi ana shundandir. Kashandalik og‘iz bo‘shlig‘i,tomoq, nafas yo‘llarida o‘smalar paydo bo‘lishiga olib kålishimumkin. Chåkuvchi odam kasal bo‘lganida uning sog‘ayishi hamog‘ir kåchadi.

Chåkish miya quvvatining pasayishiga, xotiraning sustlashuvigaolib kåladi. Eng yomoni – sigaråtning jamoat joylarida, oilamuhitida chåkilishidir. Bunda sigaråt tutunidan faqat chåkuv-chining o‘zi emas, balki uning atrofidagi odamlar, aksariyat ayollarva bolalar ham zaharlanadi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridaishxonalarda, transportda, jamoat joylarida, umumiy ovqatlanishshoxobchalarida chåkish qat’iyan man etilgan.

Giyohvand moddalarning qaysi turini istå’mol qilish-dan qat’i nazar, hammasi ham naslga yomon ta’siretadi, giyohvand ayol yoki erkakning farzandlari nogi-ron, mayib-majruh, aqli zaif, jismonan rivojlanmaydiganbo‘lib tug‘iladi.

Giyohvand moddalarga o‘rganib qolgan kishi organizmi univaqtida qabul qilmasa turolmaydi, bunday (nasha, ko‘knor,qoradori, morfiy, kokain, gåroin, kofåin va boshqa) moddalarga

!

96

kuchli ehtiyoj såzavåradi. Bunday kishida bosh og‘rig‘i, yurakbåzovtaligi, oyoq-qo‘llarining qaltirashi, tirishib-tortishishi, tårbosishi, lohaslik kabi holatlar paydo bo‘ladi. Giyohvand moddalarnisurunkali istå’mol qilib yuruvchi, usiz yashay olmaydigan bundaykishilar atrof-muhit uchun ham, oila va jamiyat uchun hamxavflidir. Shu bois mamlakatimiz hududida giyohvandlik tomirotishining oldini olish va unga qarshi kurashish har bir fuqaroningvatanparvarlik burchi sanaladi. Chunki ba’zi oilalarda farzandtug‘ilishi quvonch emas, aksincha, og‘ir va surunkali tashvishkåltiradi. Bu – ichuvchi va nashavand ota-onalardan aqlan vajismonan go‘yat zaif, kasalmand farzandlarning dunyoga kålishidir.Aslida mutlaqo bågunoh bunday bolalar ota-ona uchun ham,jamiyat uchun ham katta muammo hisoblanadi.

Mazkur masalaning yana bir xatarli jihati bor.

Giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilanshug‘ullanadigan jinoiy guruhlar topayotgan katta miqdor-dagi nopok pullar xalqaro tårroristik markazlarni qo‘llab-quvvatlash, jangari to‘dalarni qurollantirishdåk jirkanchishlarga sarflanmoqda.

O‘zbåkiston Pråzidånti eng nufuzli xalqaro minbarlarda so‘zla-gan nutqlarida mazkur xavflardan dunyo ahlini jiddiy ogohlanti-rish barobarida, jahon hamjamiyatini, xalqaro tashkilotlarni buillatlarga birgalikda qarshi kurashishga da’vat etmoqda. Yurtbo-shimizning 1997-yilda yaratilgan, ayni muammolar va ularningoqilona yechish yo‘llarini ko‘rsatib bergan «O‘zbekiston XXI asrbo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq-qiyot kafolatlari» nomli asari jahon miqyosida alohida e’tirofetildi.

Oila muhitida ham ichkilikbozlikmi, giyohvandlikmi– qaysi biri mavjud ekan, u yårda sog‘lom fikrli farzandkamoli, oilaviy baxtiyorlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat-izzat haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Inson ma’naviyatini, dåmakki, o‘zligini yåmiruvchi bu illatlardomiga tushib qolgan kimsalardan hamma o‘zini olib qochadi,

!

97

ularning qismati yolg‘izlik va umidsizlikka mahkum bo‘ladi. AlisherNavoiy bobomiz bunday kishilar nafaqat o‘zlariga, balki el-ulusgaham chåksiz baxtsizliklar olib kålishini bunday ifodalaydi:

El qochsa birovdin, el yamoni bil oni,Ahvolidan idbor1 nishoni bil oni,Få’l ichra ulus baloyi joni bil oni,Olam elining yamon yamoni bil oni.

1. O‘zbåkistonda barpo etilayotgan jamiyatning ustuvor qadriyatlarinimalardan iborat?

2. «Odam savdosi» insoniyat boshiga qanday falokatlarni olib kålishimumkin?

3. «Odam savdosi» bilan shug‘ullanuvchi kimsalar domiga tushibqolmaslik uchun yoshlarda qanday tushunchalar, bilimlar bo‘lishikårak?

4. Giyohvandlikning paydo bo‘lishi, uning turlari, jamiyatga, insonorganizmiga, nasliga salbiy ta’siri haqida nimalarni bilib oldingiz?

5. Sizningcha, ichkilikbozlik, giyohvandlik va kashandalikka qarshiqanday kurashish mumkin?

6. Bu ofatlar olib kålgan fojialar to‘g‘risida hikoya qiluvchi badiiyyoxud ilmiy kitoblardan misollar kåltiring.

7. Giyohvand moddalarning noqonuniy yåtishtirilishi, tayyorlanishiva tashilishi xalqaro miqyosda qanday muammolarni kåltiribchiqarayotgani to‘g‘risida eshitganmisiz?

8. Turli manbalardan donishmandlarning ichkilikbozlik, giyoh-vandlik, kashandalikning zarari haqidagi qimmatli fikrlarinito‘plang va sinfdoshlaringiz bilan ularning muhokamasini uyush-tiring.

4 – Milliy istiqlol g‘oyasi, 9-sinf

1 Idbor – baxtsizlik, tushkunlik.

? Savol va topshiriqlar:

98

MA’NAVIY VA MODDIY HAYOTUYG‘UNLIGI

Kishilar orasida shunday bir gap yuradiki, harqalay, siz hamuni eshitgan bo‘lsangiz kårak: «Kimdir ovqat yåyish uchun yashay-di, kimdir yashash uchun ovqat yåydi». Yuzaki qaraganda sodda,mazmuni sayozdåk tuyuladigan bu gapning zamirida katta va chu-qur ma’no yashiringan. Darhaqiqat, hayotda shunday odamlarborki, ularning butun fikri-zikri moddiy boylik orttirish, uning orti-dan quvish, mana shu boylik bilan maqtanish, bir so‘z bilan aytgan-da, nafs talablarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Taniqli adibimizO‘tkir Hoshimov ta’kidlaganidåk, bunday kishilar, masalan, hayvo-not bog‘ida ming bir rang-u jiloga ega patlarini yoygan tovusgaqarab, uning maftunkor go‘zalligiga e’tibor bårmaydi-da: «Shu joni-vorning ham go‘shtini yåsa bo‘larmikan?» – dågan savolni båradi...

Boshqa bir kishi esa, dunyoning nå’matlariga – u oziq-ovqatyoki kiyim-bosh bo‘ladimi, uy-joy yoxud ot-ulov, mashinabo‘ladimi – ularga hayot kåchirishning bir vositasi, omili sifatidaqaraydi. Ya’ni, moddiy dunyo bunday kishilar hayotining ajralmasbir qismi hisoblansa-da, ular o‘z hayotining asosiy maqsad-muddaosi etib aslo moddiy boylikni bålgilamaydi.

Ular yuksak ma’naviy xislatlarga, avvalo, o‘zi egabo‘ladi. Imkoniyat topildi dåguncha bu tushuncha vaqadriyatlarni turmushga joriy etishga urinadi. Bir so‘zbilan aytganda, ularning qalbi odamzotni ozod va baxtliqilish bilan bog‘liq ezgu niyatlarga to‘liq bo‘ladi.

Bu gaplar, hurmatli o‘quvchi, aslo havoyi, kitobiy gaplar bo‘l-masdan, chinakam insoniy hayotning muhim va mas’uliyatli ta-lablaridir.

Insoniyat hayotining asosida nima birlamchi mavqåga ega:modda (matåriya) – moddiy dunyomi yoki ong va ruhiy dunyomidågan muammo, odamzot paydo bo‘libdiki, qizg‘in bahs-muno-

IV bob

ENG BUYUK JASORAT

!

99

zaralarga sabab bo‘ladi. Ularning qay birini birlamchi deganigaqarab, olim-faylasuflar ikki katta guruhni tashkil qilgan: matå-rialistlar va idåalistlar.

Matårializm (lotincha «materialis» – moddiy) – tabiat,jamiyat va odamning mavjudligi, yashash va rivojlanishinitushuntirishda modda (matåriya) va uning xossalarini ustuvordåb bilishga asoslangan falsafiy qarashlar majmuasi. Matåria-lizm matåriya birlamchi, ong ikkilamchi, ya’ni uning in’ikosi,mahsuli dåb tushuntiradi.

Sho‘ro davri fani va siyosatida bu nuqtayi nazar mutlaq haqiqatdarajasiga ko‘tarilishi natijasida kishilar ongi, tafakkuri va ma’naviyomillarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati kamsitildi.

Idåalizm (yunoncha «idea» – tasavvur, tushuncha) – olamva odamning yaralishi, tabiat va jamiyatning mohiyati hamdarivojida ruhiy, moddiy bo‘lmagan omillarni ustuvor dåb bila-digan falsafiy qarashlar majmuasi. Idåalizm tarixi buyuk yunonfaylasufi Aflotun ta’limotidan boshlanadi.

XIX asrda shakllangan marksistik falsafada matåriyaning ongga,tabiatning ruhga ta’siri mutlaqlashtirildi va idåalizm bilan matåria-lizm bir-biriga butunlay qarama-qarshi qo‘yildi. Bu dunyoqarashlaro‘rtasidagi munosabat siyosiylashtirilib, matårializm ilg‘or, taraq-qiyparvar kuchlarning mafkurasi deb ko‘kka ko‘tarildi, idåalizmesa qoloq, råaksion kuchlarning mafkurasi sifatida yerga urildi.Holbuki, har ikki qarash ham insoniyatning moddiy va ma’naviykamolotida birdåk muhim ahamiyat kasb etganiga tarixdan ko‘plabmisollar kåltirish mumkin.

Pråzidåntimiz ma’naviy va moddiy hayotning o‘zaro chambar-chas bog‘liq jihatlarini izohlar ekan, quyidagi muhim mulohazalarnibildiradi:

«Bu ko‘hna dunyo, biz yashayotgan hayot yagona, yaxlitbir voqålikdir. Shunday ekan, moddiy ehtiyojlarni insonningruhiy olamiga qarama-qarshi qo‘yish, ularning birini ustundåb bilgan holda, tiriklikning asosiy maqsadi sifatida qabulqilish qandaydir biryoqlama qarash ifodasi, dåb aytsak, xatobo‘lmaydi»1.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 66–67-betlar.

100

Albatta, odamlarning turmushsharoiti o‘zgarishi bilan ularningmoddiy olam haqidagi tasav-vurlari, nuqtayi nazari, tushun-chalari, odob va axloq normalari,hatto tafakkur tarzi ham o‘zga-rishi mumkin. Ma’naviy sog‘lomjamiyatda bunday o‘zgarish ki-shilarning umumiy manfaatlariasosida, turmushni yanada go‘-zallashtirish va qulaylashtirishmaqsadida ro‘y båradi. Boshqa-cha aytganda, insonning yaxshiturmush kåchirishi ham mod-diy, ham ma’naviy ta’minotningbåkam-u ko‘st bo‘lishi, hayotningbu ikki manbasiga e’tibor tångqaratilishi bilan chambarchasbog‘liq.

Guvohi bo‘layotganingizdåk, mustaqillik yillarida mamlaka-timizni ham iqtisodiy, ham madaniy-ma’rifiy jihatdan birdåkqudratli davlatga aylantirish yo‘lida ulkan sa’y-harakatlar amalgaoshirilmoqda. Iqtisodiy imkoniyatlarimizning ortishi xalqimizningto‘q va farovon hayot kåchirishi, maishiy va madaniy turmushdarajasining yuksalishi garovi bo‘lyapti. Nafaqat shaharlarimiz,balki qishloqlarimiz, olis aholi punktlarida ham bir-biridan muhta-sham maktab va kollåjlar, madaniyat dargohlari, shifoxonalar,aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari qadrostlayotgani, tåp-tåkis asfalt yo‘llar, shinam uy-joylar, bog‘ vaxiyobonlar bunyod etilayotgani mana shu yuksalishning amaldagitasdig‘idir. Ota-onalar oila xarajatlaridan orttirib, farzandlariningilg‘or fan yutuqlarini, zarur kasb-hunarlarni egallashi, milliy vajahon madaniyatining noyob namunalaridan bahramand bo‘lishiuchun mablag‘ sarflashni ham o‘zining tarbiyachilik vazifasi, dåbanglamoqdalar. Buning natijasida yoshlarimiz faqat ustining but,qornining to‘q bo‘lishi to‘g‘risidagina emas, balki ma’naviy-ma’rifiyehtiyojlarini ham vaqtida qondirish lozimligi borasida jiddiyo‘ylamoqda, izlanmoqda.

101

Barcha qulayliklar muhayyo qilingan ma’rifat dargoh-larida voyaga yåtayotgan O‘zbåkiston farzandlari xohilm-fan yo‘nalishida, xoh sport yoki madaniyat sohasidao‘tkazilayotgan eng nufuzli xalqaro bållashuvlarda toborako‘proq sovrinli o‘rinlarni zabt etayotgani ham yurtimizdamoddiy va ma’naviy hayot sohalarini uzviy rivojlantirishgaqaratilayotgan e’tiborning mahsulidir.

Siz har kuni ko‘rib-bilib turganbu masalalarga yana diqqatingiznitortayotganimiz båkorga emas. Gapshundaki, sobiq sho‘ro davlati tar-qalib ketganidan so‘ng paydo bo‘l-gan ko‘plab mamlakatlarda, qola-vårsa, dunyoning ba’zi boshqa dav-latlarida ham bu masalalarga yåtar-licha e’tibor bårilmasligi natijasidako‘pdan ko‘p fojiali hodisalar, ja-miyat hayotiga raxna soluvchi xu-nuk ishlar muntazam sodir bo‘l-yapti. Ayrim G‘arb mamlakatlarida,hatto yon-atrofimizdagi ba’zimusulmon davlatlarida ham faqatsiyosiy va iqtisodiy muammolarga ustuvor masala sifatida qaralib,yoshlar tarbiyasining zamon oqimiga tashlab qo‘yilgani juda ko‘plabnoxush holatlarni kåltirib chiqarmoqda. Yoshlar o‘rtasida millat-chilik, irqchilik, diniy aqidaparastlik, axloqiy buzuqlik, giyohvand-lik singari xavfli illatlar tomir otib kåtdi. Natijada ayrim yurtlardanolinayotgan kundalik xabarlarda davlat yoki fuqarolar mol-mulkinitalash, mashina o‘g‘riligi, banklarni o‘marish jarayonida ko‘plabodamlarning, hatto shu hodisaga båixtiyor guvoh bo‘lib qolgankishilarning ham o‘ldirib kåtilayotgani, bunda na bolalarga va nakåksalarga shafqat qilinayotgani aytilmoqda.

Yoki o‘zini dåmokratiyaning targ‘ibotchisi, insonhuquq va erkinliklarini ta’minlab qo‘ygan ilg‘or va boyjamiyat dåb biladigan ayrim mamlakatlarda nafaqat xorijfuqarolari, balki shu davlat fuqarolari ham bor-yo‘g‘itanasining rangi, tili yoki dini boshqa bo‘lgani tufayligina

!

102

kamsitilmoqda, hatto vahshiylarcha kaltaklanmoqda. Buesa moddiy jihatdan ta’minlanishning o‘zigina jamiyatbarqarorligiga kafolat bo‘la olmasligini yaqqol ko‘r-satadi.

O‘tgan avlodlarning ma’naviy-ruhiy qadriyatlariga båpisandlik,«ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi madaniyatsizlik, insoniyodob-axloqning har qanday må’yor va chågaralarini såskanmas-dan toptash o‘sha yårlik ayrim yoshlarning kundalik turmush tar-ziga aylanib bormoqda.

Yurtboshimiz ayni illatlar bizning hayotimizga ham kirib kelaboshlagan davrlar – o‘tgan asrning 90-yillari boshidayoq butunjamiyatni ularga qarshi kurashishga da’vat etgan edi:

«Gap shu haqda borar ekan, «ommaviy madaniyat»muammolariga ham alohida e’tibor berishimiz lozim. Ayrimkishilarda yallo qilib yashash, zo‘ravonlik, harom-xarishlikruhi hukmrondir. Ba’zan odobsizlik, behayolik, ko‘ngilniaynitar darajadagi namoyishlardan odamlarning fig‘oni osh-moqda. Ular asriy an’analarimiz, diyonat, vijdon, odobborasidagi xalq udumlari oyoqosti qilinayotganini aytib, biznimuhofaza eting, demoqdalar.

Ajoyib madaniy an’analar sohibi bo‘lgan xalqimiznima’naviy aynish va qo‘pol pastkashlikdan himoya qilish uchunqonun chiqarib bo‘lsa ham qat’iy choralar ko‘rish kerak»1.

Afsuski, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari – xalqaroIntårnåt tarmog‘i, xorijiy tålåkanallar, turli elektron manbalar or-qali bu tizginsiz turmush tarzi bizning hayotimizga tobora kuch-liroq xavf solmoqda. Ayniqsa, hali oq-qoraning farqiga yaxshibormaydigan ayrim yoshlarimiz bu hujumlarning qurboniga aylanibqolishi xavfi bor. Shunday ekan, sizning dunyoda yuz bårayotganvoqåa-hodisalarga o‘tkinchi, bizga aloqasiz narsa sifatida shunchakiqaramasdan, balki ularning kålib chiqish sabablari, tub ildizlariganazar solib xulosa chiqarishingiz nihoyatda muhimdir. Bu masalagadoimiy e’tibor bilan qarayotgan O‘zbåkiston Pråzidånti ta’kid-laganidåk:

1 Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.:«O‘zbekiston» NMIU, 2011-yil, 160-bet.

103

«Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millatqadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglashi,erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizningjahon hamjamiyatida munosib obro‘li o‘rin egallashi uchunfidoyilik bilan kurashishi mumkin»1.

Ana endi o‘ylab ko‘raylik:inson qachon chinakam ma’ri-fatli bo‘ladi? Qachon insonqadrini, millat qadriyatlarini,o‘zligini anglaydi?

Qachonki u o‘zini o‘rab tur-gan bu hayotga biryoqlama qara-masa, uni butun murakkabligi,yaxlitligi bilan qabul qila olsa.U insoniyatning ham moddiy,ham ma’naviy rivoji tarixini tå-ran idrok etsa, o‘zining nafaqatmoddiy, balki ma’naviy olamiham yuksalib, kångayib borishito‘g‘risida muntazam jon kuy-dirsa.

Dono xalqimiz «Bo‘sh qop tik turmaydi», «Avval taom,kåyin kalom», «Och o‘zini o‘tga urar», «Ko‘zi to‘qningyuzi to‘q» singari maqollar bilan birga «Bug‘doy noningbo‘lmasa ham, bug‘doy so‘zing bo‘lsin», «Qornimgayig‘lamayman, qadrimga yig‘layman», «Tågirmondatug‘ilgan sichqonning få’li kång», «Baland nom balandtomdan ulug‘» kabi hikmatli so‘zlarni asrlar davomidatarixiy xotirasida asrab, ular asosida hayotga baho beribkelayotgani bejiz emas.

Ana shunday qarashlar bizning o‘lkamizda qadim-qadimdanmoddiy va ma’naviy hayot talablarini tång qondirish, odamlarturmushini har ikki jihatdan birdåk ta’minlashga ustuvor ahamiyatbårilganidan dalolat beradi.

1 Islom Karimov. Yoshlarimiz – xalqimizning ishonchi va tayanchi. –T.:«Ma’naviyat» nashriyoti, 2006-yil, 49-båt.

!

104

Yurtboshimiz xalqimizning bu boradagi noyob tajri-balarini, hayotiy qarashlarini umumlashtirgan holda,quyidagi muhim xulosani ta’kidlaydi: «Insonga xos orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kåchi-rishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamnibamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyos-lasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi»1.

Haqiqatan ham, ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa,tom ma’nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlatva jamiyat hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodirbo‘ladi.

Yuqorida aytganimizdåk, mustaqil yurtimizda taraqqiyotningmana shu qo‘sh qanoti – ham moddiy, ham ma’naviy sohalarnihar jihatdan rivojlantirish, takomillashtirish yo‘nalishida buyuktarixiy ishlar amalga oshirilmoqda va bu baquvvat qanotlar, shubhayo‘qki, xalqimiz va mamlakatimizni buyuk kålajak sari sog‘-omoneltajak.

1. «Matårializm» tarafdorlari dunyoning, odamning, jamiyatningpaydo bo‘lishini qanday tushuntirishadi?

2. «Idåalizm» tarafdorlari-chi?3. Pråzidåntimiz nima uchun bu ko‘hna dunyoni, biz yashayotgan

hayotni yagona, yaxlit bir voqålik dåb ta’riflaydi?4. Istiqlol yillarida xalqimiz hayotining ham moddiy, ham ma’naviy

jabhalarini rivojlantirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?5. Moddiy va ma’naviy hayot sohalarini tång rivojlantirishga alohida

ahamiyat qaratilishining sababi nimada?

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 67-bet.

? Savol va topshiriqlar:

105

MODDIY VA MA’NAVIY HAYOTUYG‘UNLIGI

Amaliy mashg‘ulot

Bu galgi amaliy mashg‘ulot Yurtboshimizning «Yuksak ma’-naviyat – yångilmas kuch» asarining 65–70-sahifalaridan o‘rinolgan fikrlarini to‘liq o‘qish va muhokama qilishga bag‘ishlanadi.Avvalo, muallifning matårializm va idåalizm ta’limotlariningyuzaga chiqish tarixi to‘g‘risidagi fikrlari darslikda mazkur tår-minlarga bårilgan ta’riflar yordamida kång sharhlanishi maqsadgamuvofiqdir. Shundan kåyin sho‘ro zamonida matårialistik qarashniustun qo‘yish natijasida paydo bo‘lgan, insonning ma’naviyqadriyatlari, ayniqsa, uning milliy va diniy tuyg‘ulariga båpisandmunosabatda bo‘lishning salbiy oqibatlari hayotiy misollaryordamida izohlanadi. Bunda, masalan, «O‘zbåkkino» Milliyagåntligi tomonidan suratga olingan «O‘rtoq Boykånjayåv» nomlibadiiy filmda aks ettirilgan ham fojiaviy, ham kulgili tarixiy lavhalarsharhi orqali sho‘ro siyosatining insoniylikka zid mohiyatini ochibbårish mumkin. Yoki «Tåmir xotin» badiiy filmidagi inson vauning taqdiriga faqat moddiy boylik yaratishi lozim bo‘lgan birmashinadåk munosabat ko‘rsatilgani, odamning ruhiy olami,ma’naviy ehtiyojlari esa ochiqdan ochiq oyoqosti qilingani to‘g‘-risida xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.

Umuman, insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish oxir-oqibatda jamiyat hayotiniinqirozga olib kålishi muqarrar ekanini isbotlovchi tarixiy misollarniamaliy mashg‘ulot paytida ko‘plab kåltirish mumkin.

Mashg‘ulot davomida Yurtboshimizning quyidagi fikrlarigaalohida to‘xtalish, ularni amaliy misollar yordamida kång sharhlashtavsiya etiladi:

«Biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiyrivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy

106

yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un ravishda rivoj-lanib borishini doimo davlatimiz va jamiyatimizning e’tibormarkaziga qo‘yib kålmoqdamiz»1.

Mazkur tamoyil asosida rivojlanayotgan O‘zbåkistonda fuqaro-lararo, millatlararo, dinlararo o‘zaro hamjihatlik ta’minlanayotgani,jamiyatimizda inson qadri, huquq va erkinliklari e’zozlanayotganihayotiy haqiqatdir. Ayrim mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o‘tishjarayonida aholi qatlamlari o‘rtasida o‘zaro tångsizlikning kåskinkuchayib kåtgani, nafs yo‘lidagi intilishlarning markaziy o‘rinegallab borayotgani, buning natijasida mazkur jamiyatlarda «Boyboyga boqar, suv soyga oqar» qabilidagi qarashlar hukmronlikqila boshlayotgani ham sir emas.

Shundan kålib chiqib, bizning yurtimizda moddiy va ma’naviyjarayonlarning o‘zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani ijti-moiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovibo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinli.

Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik jarayonida rasm chizishqo‘lidan kåladigan o‘quvchilar ko‘magi bilan katta qog‘ozga qanot-larini kång yoyib parvoz qilayotgan qushning suratini solish, uningbir qanotiga moddiy hayot bilan bog‘liq tushunchalarni, ikkinchiqanotiga esa ma’naviy hayot qadriyatlarini yozib chiqish mavzunipuxta o‘zlashtirishingizga yordam båradi, dåb o‘ylaymiz.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 69-bet.

107

HALOL MÅHNAT – MA’NAVIYYUKSALISH GAROVI

Aziz o‘quvchi, agar yon-atrofdagi olamga diqqat bilan nazarsolsangiz, o‘zingiz, kålgusi hayotingiz uchun ibrat bo‘ladigan ko‘pnarsalarga guvoh bo‘lasiz. Oyog‘ingiz ostiga qarang: yuzlab,minglab chumolilar tinim bilmasdan måhnat qilayotgani – uyasigazarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi,uchinchisi yordamga kålyapti, birortasi chåtga chiqib, «qo‘lqovushtirib» turgani yo‘q. Ular uchun yår ostidagi mana shukichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yårda tinch, osoyishta,xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turg‘izgan, mittiginavujudlariga shijoat, qildåk oyoq-qo‘llariga g‘ayrat baxsh etgan.Holbuki, bular – biz «ongsiz», «aqlsiz» sanaganimiz qumurs-qalar, xolos.

Siz bilan biz esa INSON dågan nomni ardoqlamo-g‘imiz, oqlamog‘imiz lozim.

Bu o‘rinda ham ulug‘ bobomiz hazrat Alisher Navoiyga mu-rojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilib aytadiki:

Tuxum yårga kirib chåchak bo‘ldi,Qurt jondin kåchib ipak bo‘ldi.Lola tuxmicha g‘ayrating yo‘qmu,Pilla qurticha himmating yo‘qmu?

Lolaqizg‘aldoqning tuxumi – urug‘ini siz yo ko‘rgansiz yokiyo‘q: u nihoyatda mayda narsa. Qishloq joyda yashaydigan o‘quv-chilar esa bahorda olib kålib, tut bargi bilan boqiladigan ipakqurtining qo‘lga yuq bo‘lmaydigan darajada nozik, ojiz bo‘lishiniyaxshi bilishadi. Qarangki, lolaqizg‘aldoqning urug‘i qora yårgakirib, bir kun ko‘rsangiz, tabiatni, inson ko‘zi va ko‘nglini båhadyayratadigan chåchakka – gulga aylanadi. Pilla qurti bo‘lsa, o‘z

!

108

jonidan kåchish evaziga atrofiganafis ipak o‘raydi, undan dunyoahli o‘ziga libos tikib, insoniy qi-yofasini båzaydi...

Polaponlarini boqish, par-varishlash, turfa hujumlardanasrash yo‘lida jon chåkayotganqushni, naslini saqlab qolishuchun jonini garovga qo‘yib ha-rakat qilayotgan boshqa parran-da-yu darrandalarni aytmay qo‘yaqolaylik. Buyuk mutafakkirimizinson bolasini bu narsalardanibrat olmoqqa da’vat etadi.

Ayrim tåkinxo‘r, «bårsang – yåyman, ursang – o‘la-man» qabilida kun o‘tkazadigan kimsalarga håch bo‘lma-ganda «lola tuxmicha g‘ayrat, pilla qurticha himmat»tilaydi!

Darhaqiqat, ongli, oqilona uyushtirilgan måhnatgina kishilikjamiyatining gullab-yashnashiga, fuqarolarning insondåk hayotkåchirishiga asos bo‘la oladi. Aynan måhnat tufayli inson o‘ziningmoddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Måhnat orqali odam-ning istå’dodi, uquvi, layoqati yuzaga chiqadi, ko‘rinadi. Måhnatbilan mashg‘ul bo‘lish jarayonida insonning dunyoqarashi kån-gayadi, bilimi ortadi, jismoniy hamda ma’naviy jihatdan shaklla-nishi va yuksalishi tåzlashadi.

Inson måhnati aqliy va jismoniy måhnat turlarigabo‘linadi. Ular orasiga sun’iy to‘siq tiklab, bir-biriga zidqo‘yish esa mutlaqo yaramaydi.

Aksincha, o‘z hayotida har ikki måhnat turining uyg‘unligigaerisha olgan shaxs har tomonlama yåtuklikka ko‘tariladi. Aqliymåhnat inson aqlini charxlab, tafakkurini rivojlantirsa, jismoniymåhnat uning jism-u joni barkamol, sog‘lom o‘sishi uchunzamindir. Bunday kishilar måhnatda toblangan, el-yurt va oilasidaobro‘ topgan, o‘z måhnati bilan bir qatorda o‘zgalar måhnatiniham qadrlaydigan insonlar hisoblanadi. Siz «Adabiyot» fani orqali

!

109

ham aqliy, ham jismoniy måhnat qilib, buyuk asarlar yaratgano‘zbåk va jahon adiblari haqida yetarlicha ma’lumot olgansiz.Har ikki måhnat turining uyg‘unligiga erishgan bu yozuvchilartomonidan yaratilgan asarlarning xalqchilligi, o‘qishliligining siriham mana shundadir.

Aksincha, måhnatni såvmaydigan inson borki, dåmak, u o‘ziniham såvmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishyoqmasligi oxir-oqibat uquvsiz va båburd bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Aynishunday odamlar qorin to‘yg‘azish, kunni bir amallab o‘tkazishilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo‘l uradi.

Yalqovlik inson hayotining, kålajagining zavoli, kambag‘allikkaeltuvchi asosiy yo‘ldir. Go‘zal va to‘kin hayot kåchirmoq uchunesa bor imkoniyatni ishga solmoq, hunar o‘rganmoq, g‘ayrat-shijoat bilan måhnat qilmoq zarur.

Baxt, boylik, obro‘-e’tibor, xotirjamlik o‘z-o‘zidankålmaydi. Hayotdagi jamiki ro‘shnoliklarga inson faqato‘z aql-u zakovati, måhnati tufayli erishadi.

Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham måhnat ortidan yuk-saladi. Oila a’zolarining mavqåyi, mahalla-ko‘ydagi obro‘si, ularganisbatan o‘zgalar munosabati ham qilingan måhnatning natijalarigabog‘liq. Bir kun kålib inson olamdan o‘tgach, uning måhnati,foydali ishlari yaxshi so‘zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oiladafarzandlariga o‘rgatgan måhnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchunmustahkam tayanch bo‘lib qoladi.

Inson shunchaki qora måhnat kishisiga aylanib qol-masligi uchun yoshligidan kasb-hunar o‘rganishga quntqilmog‘i lozim.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 50 mingdan ortiq kasb-hunarmavjud bo‘lib, ular yår yuzidagi aholining turmush ehtiyojlariniqondirishga xizmat qiladi.

Har bir inson u yoki bu kasbni yoxud bir nåcha kasb-hunarniegallashi mumkin. «Bir yigitga qirq hunar ham oz» dågan maqol-ning mazmuni nihoyatda tårandir. Chunki inson navbatdagi birkasbni, ilmni egallagani sayin, hayot atalmish ummon naqadarchuqur ekaniga guvoh bo‘lib boravåradi. Faylasuf shoir MirzoAbdulqodir Bådil:

!

110

O‘z bilimsizligin bilsin, dåb Alloh,Yuz hunarga diling ayladi hamroh.Igna kabi yuz xil kiyimdan o‘tsang,Yalang‘ochligingdan bo‘lursan ogoh, –

dåganida inson o‘rganishi lozim bo‘lgan hunar va ilmlarning båhi-sob ko‘p ekaniga ishora qilgan, odamni bir natijada to‘xtab qolmas-likka undagan edi.

Albatta, har bir kasbning, hunarning o‘ziga xos mashaqqati valazzati bor. Uning mashaqqatini tinimsiz izlanish, sabr-toqat bilanyånggan insongina lazzatidan ham bahra oladi. Yoshlikda puxtaegallangan hunar, måhnat malakasi inson umrining oxirigacharohat-farog‘atda turmush kåchirishining garovidir. «Hunarli erxor bo‘lmas, burda nonga zor bo‘lmas», «Hunarmandning nonibutun», «Bilgan bitar, bilmagan yitar» kabi maqollarda ham insonrizq-nasibasining butunligi hunar orqasidan kålishi ta’kidlanadi.

Hunar shunchalik måtin boylikki, uni o‘g‘irlash ham,yondirish ham, yo‘q qilish ham mumkin emas.

Dunyo ko‘rgan allomalar yoshlikdan hunar egallashning fazilatihaqida noyob fikrlarni bayon etganlar. Jumladan, donishmandSa’diy o‘zining «Guliston» asarida farzandlariga shunday nasihatqiladi:

«Aziz o‘g‘lonlarim, hunar o‘rganinglar, zåroki mol-u dunyogae’timod, ishonch yo‘q va oltin, kumush safarda xatarlidir. Qaroqchio‘g‘irlab kåtadi yoki egasi ichib tamomlaydi. Ammo hunar qaynarbuloq, tuganmas davlatdir, agar hunarmand molidan mahrumbo‘lsa, qayg‘usi yo‘qdir. Chunki hunarning o‘zi davlatdir. Hunar-mand qayårga borsa qadrlanadi va uyning to‘ridan joy oladi. Hu-narsiz odam esa hamisha mashaqqat chåkadi, tilanchilik qiladi».

Siz biror kasb-hunar egallashingiz uchun ustoz-shogird an’ana-larini bilmog‘ingiz zarur. Chunki «Ustoz ko‘rmagan shogird harmaqomda yo‘rg‘alar», dåb båjiz aytmaydilar. Bunday «hunar-mand»ning ishida na unum, na samara, na sifat bo‘ladi. O‘zhunarining sir-u sinoatlarini mukammal bilmaganligidan yaratganmahsulotining sifati past, xaridorni qochiradigan bo‘ladi.

Ustozingizning siz – shogirdga nisbatan qattiqqo‘lligi, talab-chanligi, vaqtida rag‘batlantirishi yoki jazolashi kålajakda mohirhunar sohibi bo‘lib shakllanishingizga garov bo‘ladi. Shuning uchun

111

ham ustozning ozgina tanbå-hidan xafa bo‘lish, shuni ro‘kachqilib, ustaxonani tashlab kåtishborib turgan ojizlikdan boshqanarsa emas. Chunki ustozingizbir haqiqatni sizdan ko‘ra yax-shiroq biladi – shogirdga nisba-tan o‘ta måhribonlik, ayash,yuz-xotirchilik uni o‘rtamiyonakosib qilib qo‘yadi. Shuninguchun ustoz o‘zida bor bilim vatajribani shogirdiga sabr-toqatbilan singdirishga, o‘z hunarinidavom ettiruvchi haqiqiy shogirdyåtishtirishga bor kuchi bilanharakat qiladi. Chunki har birhaqiqiy ustoz-hunarmand qal-bida hazrat Navoiyning quyidagi hikmati yashaydi:

Hunarni asrabon nåtkumdir oxir,Olib tufroqqamu kåtgumdir oxir...

Shogirdning murabbiyga hurmati, e’tiqodi va sadoqati uningustoziga qaraganda ham mahoratli bo‘lib yåtishuviga sabab bo‘la-di. Chunki ustozga hurmat u o‘rgatayotgan kasb-hunarga nisba-tan muhabbatni, e’tiqodni yanada oshiradi. Bularning bari måhnatva kasb-hunar madaniyati, dåb ataladi.

Siz maktabda olayotgan bilimlaringizdan yaxshi bilasizki, o‘zbåkxalqi azal-azaldan o‘zining måhnatsåvarligi, nonini halollab topishibilan dunyoga tanilgan. Xalqimizning dåhqonchilik, zargarlik,naqqoshlik, duradgorlik, chorvadorlik, chåvarlik, toshtaroshlik,o‘ymakorlik, kulolchilik, bog‘bonlik, kashtado‘zlik, to‘quvchilik,do‘ppido‘zlik, ganchkorlik, sandiqsozlik, båshiksozlik, etikdo‘zlikva boshqa yuzlab hunarmandchilik mahsulotlari o‘ziningbåtakrorligi, go‘zalligi, maftunkorligi bilan dunyo xalqlarini lolqoldirmoqda.

Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi qadimiy, birortasibir-birini takrorlamaydigan obidalar, Xiva kulolchiligi, Qo‘qonva Andijon yog‘och o‘ymakorligi, Urgut kashtalari, Farg‘onavodiysi do‘ppilari, Buxoro zardo‘zligi, har bir hududga xos må’mor-

112

lik maktablari o‘zbåk xalqining kasb-hunar madaniyati naqadaryuksak ekani dalolatidir. Hunarmandlar sulolalarining, ular yashab-ishlaydigan guzar va mahallalarning paydo bo‘lishi, bu joylarningmuayyan kasb-hunar nomi bilan atalishi («O‘qchi», «Bazzozlik»,«Tåmirchilik», «Toqichi», «Båshikchi») ham aksariyat bizningyurtimizga xos xususiyatdir.

Biz barpo etayotgan, erkin bozor iqtisodiyotiga asos-langan tuzum sharoitida hunarli bo‘lish jiddiy hayotiyehtiyojga aylandi.

Mamlakatimiz yoshlar mamlakati bo‘lgani tufayli ham ularningbarchasiga vaqtida, yåtarli miqdorda ishchi o‘rni yaratib bårishoson vazifa emas. Shuni hisobga olgan holda, qolavårsa, bozortalab-taklifidan kålib chiqib, yoshlar turli hunarlarni egallashgaharakat qilmog‘i lozim. Shu maqsadda yurtimizda yuzlab kasb-hunar kollåjlari barpo qilindi, har yili o‘nlab yangilari qurilyapti.

Yosh insonning o‘ziga hunar tanlashida ham birinchi ustoz vamaslahatchi, albatta, ota-ona bo‘ladi. Inson egallaydigan hunaresa uning jinsi, qiziqishi, qobiliyati, salomatligiga, oila va jamiyatehtiyojlariga mos bo‘lmog‘i kårak. Kasb-hunar tanlash erkindir.Shundagina inson o‘zi såvib egallagan kasbiga måhr qo‘yadi,zahmati qanchalik og‘ir bo‘lsa-da, charchamaydi, nolimaydi.Bunday odam o‘zi va o‘zgalar yaratgan mahsulotlarning qadrigayåtadi, halol måhnati evaziga topilgan boylikni o‘ylab, tåjamkorlikbilan sarflaydi.

Afsuski, hayotda shunday ota-onalar ham uchraydiki, ularfarzandining mayli, qobiliyatini hisobga olmasdan, uni o‘zlarima’qul ko‘rgan kasbni egallashga majbur qiladilar. Natijada, o‘quvdargohini xohishsiz, qiziqishsiz bitirib chiqqan mutaxassis o‘z kasbibo‘yicha chuqur bilimga, zarur layoqatga ega bo‘lmasdan, shun-chaki måhnat qiladi yoki umuman o‘ziga yot sohada naridan-båri ishlab yuradi. Uning måhnatida unum va sifat bo‘lmaydi.Bunday mutaxassisdan na oila, na jamiyat manfaat ko‘radi.Aksincha, shunday hollar ham bo‘ladiki, birgina uquvsiz xodimningkasri boshqalarning hayotiga, taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hammumkin. Bu hol, ayniqsa, tibbiyot, huquq-tartibot, savdo sohasidako‘plab uchrayotgani achinarlidir. Båmor odamni ko‘rsa, burnijiyiriladigan qiz-yigitlarning nima qilib bo‘lsa-da shifokor, hamshira

!

113

bo‘lishga intilishining oxiri qanday tugashini tasavvur qilsangizkårak. Afsuski, mana shunday – bo‘ynidan boylanib kasb-hunargaega bo‘lgan kishilarning malakasizligi, mas’uliyatsizligi, ba’zanesa ochiqdan ochiq vijdonsizligi oqibatida bågunoh insonlar ha-yotdan båvaqt ko‘z yumishi mumkin.

Dåmak, hunar tanlash, uni oxiriga qadar qunt bilanegallash shaxsiy ish bo‘libgina qolmasdan, umumjamiyattaqdiriga daxldor masala ham ekan.

Aslida hunarning yaxshi yoki yomoni bo‘lmaydi, muhimi,tanlangan kasb-hunarga måhr-muhabbat qo‘yish va uning sir-asrorlarini chuqur o‘rganish hisoblanadi. Chunki ota-onaningboyligi, mansabi bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Boshiga musibattushganida yoki qiyinchiliklarga duch kålganida farzandni faqatqo‘lidagi hunari, måhnati asrab qoladi.

Shuni yodda tutingki, yalqovlik, shoshma-shosharlik,hafsalasizlik hunarmandlikning, har qanday måhnatningham kushandasi hisoblanadi.

Amalga oshiriladigan har bir ish puxta, har tomonlama o‘ylabqilinmog‘i lozim. Qisqa muddatda, shoshib, pala-partish bajarilganishning samarasi ham, sifati ham past bo‘ladi.

!

114

Har bir hunarni muvaffaqiyatli egallash uchun bugungi ishniertaga qoldirmaslik zarur, chunki ertaning bajariladigan o‘z ish-lari bo‘ladi. Kundalik hayotda pala-partishlik kålib chiqmasin då-sangiz, har kungi ishni o‘z vaqtida qilishga odatlangan ma’qul.

Biron buyum diqqat-e’tibor bilan, butun mahoratniishga solib yaratilgan taqdirdagina el nazariga tushadi.Aks holda, måhnatingiz mahsulidan o‘zingiz ham, o‘zgalarham bahramand bo‘la olmaydi.

Har qanday yumushga faqat shaxsiy ehtiyojni ko‘zlab emas,balki jamiyat, xalq manfaatini o‘ylab, ixlos bilan kirishmoq darkor.Hunar egasining kayfiyati ham u yaratgan måhnat mahsuliningsifatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. Yaxshi kayfiyat bilan amalgaoshirilgan ish, qanchalik murakkab bo‘lmasin, yångil va sifatlibajariladi.

Hunarning egallangan sirlari bilan qanoatlanmasdan, uningochilmagan qirralarini izlashingiz, o‘z ustingizda tinimsiz ishlashva måhnat qilish mohir mutaxassis bo‘lib yåtishuvingizda muhimomildir. Chunki bir joyda turib qolsa, buloqning zilol suvi hamaynimasdan qolmaydi.

O‘z xonadoni, yurtining obodligi, elining farovonligi uchunsa’y-harakat etmagan kishi halovat ham, izzat ham topmaydi. Buhaqda Abdulla Avloniy kuyinib bunday dåganlar:

!

115

«G‘ayrat vujudimizga quvvat, mas’ud va baxtiyor bo‘lishimizgasababdur. Shuning uchun har birimiz sa’y qilub, o‘z kuchimiz ilamaishatimizga kårak bo‘lgan narsalarni topub, boshqalarga muhtojbo‘lmay rohat-rohat yashamoq lozimdur. Sihatimiz, saodatimiz,sarvatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatimiz, alhosil, butunhayotimiz harakatimizga bog‘lidur. Harakatsiz kishilar har narsadanmahrum. Doim boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘lib xorlikdaqolurlar. Kishi yosh vaqtida ilm-u ma’rifat, hunar-u san’atga bo‘yinqo‘ymasa, taraddud qilmasa, albatta, qora ishchi bo‘lub qolur»1.

Ulug‘larning bu o‘gitlarini unutmaslik, ularga sidqidildan amalqilmoq lozim. Ana shundagina g‘ayratli millat, hunarli elekanimizni yana butun dunyoga yaqqol namoyon qilamiz.

1. Måhnat tarbiyasi insonning to‘g‘ri shakllanishida qanday o‘rintutadi?

2. Aqliy va jismoniy måhnat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliknikimlarning faoliyatida kuzatgansiz?

3. Xonadoningizda qanday kasb egalari bor? Yana qanday kasbsohibi bo‘lishini istardingiz?

4. Jamiyatimizda kishilar o‘rtasida izzat-hurmatga sazovor bo‘lganhunarmandlardan kimlarni bilasiz?

5. Måhnat va måhnatsåvarlikni ulug‘lagan xalq maqollaridano‘ntasini daftaringizga yozib kåling.

6. Viloyatingiz, tumaningizda faoliyat ko‘rsatib, yurtimiz iqtiso-diyotini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan kasb-hunar egalariningmåhnatiga ta’rif båring.

1 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild, –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2006-yil, 45-båt.

? Savol va topshiriqlar:

116

MA’NAVIY JASORAT

Aziz o‘quvchi, siz ko‘pgina kitoblar, badiiy va hujjatli kino asar-larida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yonayotgan uydan chaqaloqniolib chiqqan, suvga cho‘kayotgan odamni qutqargan, dushmano‘qiga tik borib, quroldoshlarini o‘limdan asrab qolgan, chågaraniyovlardan himoya qilishda o‘zini fido etgan insonlar jasoratigaguvoh bo‘lgansiz. Darhaqiqat, bunday mardlik, jasurlik hammaningham qo‘lidan kålavårmaydi. Pråzidåntimiz o‘zining «Yuksak ma’-naviyat – yångilmas kuch» kitobining «Eng buyuk jasorat» dåyasarlavha qo‘yilgan so‘nggi qismida yuqorida sanalgan holatlardako‘rsatilgan qahramonlik namunalarini bunday e’tirof etadi:

«Ko‘pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taq-dirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko‘rsatish– albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insondakatta yurak, g‘ayrat-shijoat, eng muhimi, o‘ziga, o‘zi-ning kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo‘lishi kå-rak»1.

Yurtboshimiz so‘zlaridagi «faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda»dågan eslatmaga alohida diqqat qilaylik. Dåmak, bu xildagiqahramonliklar ko‘proq favqulodda, kutilmaganda yuz båradi,hatto o‘sha qahramonlikni sodir etgan kishi nima qilayotganinioxiriga qadar idrok qilishga ham ulgurmasligi mumkin. Agar jazmetgan ishining natijasi, oqibatini oldindan bilganida, bu harakatgabalki ayrimlarning yuragi dov bårmasligi ham tabiiy hol.

Låkin masalaning boshqa jihati ham bor. Ma’lumki, favquloddavaziyatlar, kutilmagan hodisalar kundalik hayotda kamdan kam

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 165-bet.

!

117

ro‘y båradi. Dåmak, bunday qahramonliklar har kuni emas, balkionda-sonda sodir bo‘ladi. Biroq bu dågani – o‘sha hayot o‘z-o‘zicha, insonlar faoliyatidan ayri holda davom etavåradi, dåganiham emas. Ya’ni, hayotning bu davomiyligi, ayniqsa, tinch vafarovonligi ko‘plab insonlarning kundalik faoliyati bilan, ko‘zgayarq etib tashlanavårmaydigan fidoyi måhnati, båminnat hara-katlari bilan yuzaga keladi. Yurtboshimiz masalaning mana shumuhim jihatiga e’tiborimizni jalb etib, mulohazalarini quyida-gicha davom ettiradi:

«Låkin många buyursa, har kuni, har soatda fidoyi bo‘lish,o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlarsari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bufazilatni doimiy, kundalik faoliyat måzoniga aylantirish –haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, dåb aytgan bo‘laredim»1.

Guvohi bo‘layotganingizdåk, Pråzidåntimiz faqat favqulod-da hodisalar paytida, onda-sonda sodir etiladigan harakatlarniemas, balki butun faoliyatining maqsad-muddaosiga aylanibkåtgan fidoyilikni kundalik hayotiy måzon dåb biladigan insonlarsa’y-harakatini chinakam qahramonlik, haqiqiy jasorat dåbnomlaydi. Bu qahramonlik, yuqorida aytganimizdåk, doim hamodamlar ko‘ziga tushavårmaydi, atrofdagilarga såzilmasligi hammumkin. Biroq mana shu fidoyilik bo‘lmasa, uni birovga ko‘z-ko‘z qilmasdan, o‘z hayotida muntazam amalga tatbiq etadigankishilar bo‘lmasa, na jamiyat, na davlat, na insoniyat rivojlanadi,ravnaq topadi.

Mazkur yuksak måzonlardan kålib chiqib, Yurtboshi-miz: «Bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, dågansavolga, håch ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – buma’naviy jasorat, dåb javob bårsak, o‘ylaymanki, yang-lishmagan bo‘lamiz»2, – dåb uqtiradi.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 165–166-betlar.

2 O‘sha asar, 159–160-betlar.

!

118

Mana shu jasorat egalari sifatida insoniyat ilm-u fani, ma-daniyati, ozodligi yo‘lida o‘zini ayamagan buyuk olimlar, muta-fakkirlar, sarkardalar, davlat va jamoat arboblari hurmat bilantilga olinadi. Ular orasida:

– Sharqda «ustodi avval», ya’ni birinchi muallim dågan sha-rafli nomga sazovor bo‘lgan yunon faylasufi Platon (Aflotun);

– Bag‘doddagi «Baytul-hikma» («Ilmlar uyi») va Xorazm Ma’-mun akadåmiyasida buyuk ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirganyåtuk allomalarimiz;

– O‘rta asrlar Yevropa fanining faxri sanalgan Nikolay Kopår-nik, Jordano Bruno, Galilåo Galilåy singari olimlar;

– yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jonini fido etganNajmiddin Kubro, Jaloliddin Mangubårdi, Amir Tåmur singariulug‘ ajdodlarimiz, ma’rifatparvar bobolarimiz bor.

Masalan, siz tarix, adabiyot darslari orqali XX asr boshlaridaxalqimiz maorifi va madaniyatini yuksaltirish, iqtisodiy hamdasiyosiy hayotini bosqinchilar izmidan ozod qilish yo‘lida båmislfidoyilik ko‘rsatgan Mahmudxo‘ja Båhbudiy, Abdulla Avloniy,Fitrat, Xoji Muin, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Nihoniy singariijodkorlarning ibratli faoliyati bilan tanishgansiz. Ular aziz jonlarinitahlikaga qo‘yib, shundoq ham oshib-toshib kåtmagan shaxsiymol-mulkini sarflab, yurt bolalari uchun yangi usulda ta’limbåradigan maktablar, qiroatxonalar, tåatr truppalari, gazåta vajurnallar tashkil qilgan. Ularning bu harakati, bir tomondan, avval

chor hukumatining, kåyinchalikesa sho‘rolar hukumatining taz-yiqiga duchor bo‘lgan bo‘lsa, ik-kinchi tomondan, jaholat bot-qog‘iga botgan mutaassib din-dorlarning qattiq qarshiligigauchragan. Mana shu og‘ir sharo-itga qaramasdan, xalqini, milla-tini, uning kålajagini o‘ylab jonkuydirgan fidoyi bobolarimiz o‘zyo‘llaridan, ezgu maqsadlaridanortga chåkinmagan. Bu kurash-lar jarayonida ularning qanchasiqurbon bo‘ldi, to mustaqillikkaqadar nomi yomonotliq qilindi.

119

Yurtboshimiz tarixning og‘ir va mashaqqatli sinovlari-dan xalqimizning sog‘-omon o‘tishida, uning moziy to‘fon-lari orasida yo‘q bo‘lib kåtmasdan, båzavol yashab kåla-yotganida, o‘zligini, azaliy qadriyatlarini saqlab qolishidashu xalqning qon-qoni, suyak-suyagida bo‘lgan mana shuma’naviy jasorat tuyg‘usi hal qiluvchi rol o‘ynaganinialohida ta’kidlaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizning tobora rivojlanishi, iqtisodiyqudrati ortib borishiga munosib hissa qo‘shayotgan, minglabkorxonalar, muassasalar, xo‘jaliklarda halol måhnat qilib rizq-ro‘z yaratayotgan millionlab yurtdoshlarimiz – ota-onalarimiz,aka va opalarimiz faoliyatiga Yurtboshimiz hurmat ila e’tiborqaratadi:

«Shaxsan mån zahmatkash va bunyodkor xalqimizninghayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham,bahor va kuzning yog‘in-sochinli kunlarida ham yårdan rizqundirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab måhnatqiladigan dåhqonlarimiz hayotini tom ma’noda jasorat namu-nasi, dåb bilaman»1.

Shunday ekan, hurmatli o‘quvchi, siz bilan bizning to‘q vafarovon hayot kåchirishimiz yo‘lida zahmat chåkayotgan bu azizinsonlar måhnatining qadriga yåtish, ularga qo‘ldan kålganchayordam bårish, kålgusida oladigan bilimlarimiz, yaratajak kash-fiyotlarimiz bilan ularning måhnatini yångillashtirish, samara-dorligini oshirish orqali yurt farovonligining yanada yuksalishigahissa qo‘shish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Pråzidåntimiz «Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch» kitobidachinakam ma’naviy jasorat egalari sifatida uch nafar vatandoshimizfaoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tadi.

Ular – mashhur arxåolog olim, akadåmik YahyoG‘ulomov, O‘zbåkiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim vaO‘zbåkiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sha-rafiddinovdir.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 165-bet.

!

120

Asarda bu fidoyi yurtdoshlarimizning jasoratli hamda ibratlihayoti, amalga oshirgan salmoqli ilmiy-ijodiy ishlari samimiy vahaqqoniy e’tirof etilgan.

Darsimizni mazkur kitobning «Eng buyuk jasorat» deb atalganfaslida kåltirilgan quyidagi muhim fikrning izohi bilan tugatishmaqsadga muvofiqdir.

Yurtboshimiz bunday deb yozadi: «1991-yil 31-avgustsanasida qo‘lga kiritilgan milliy mustaqillik – XX asrdaxalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma’naviy jasoratnamunasidir, dåsak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz»1.

Darhaqiqat, har bir millat, xalq taqdirida uning har qandayistibdoddan ozod bo‘lishidåk, o‘z taqdirini o‘zi mustaqil bålgilashhuquqini qo‘lga kiritishidåk, dunyo xalqlari orasida tånglar ichratång maqomni egallashidåk, bir so‘z bilan aytganda, milliy mus-taqillikka erishishdåk katta hodisa bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham.Chunki barcha sohalardagi o‘sish-o‘zgarish, xalq va mamlakatningerishishi mumkin bo‘lgan jamiki muvaffaqiyatlari, uning jahondagiobro‘-e’tiborining yuksalishi, avvalo, mana shu omilga chambar-chas bog‘liq.

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 170-bet.

121

Bizning Vatanimiz misolida aytadigan bo‘lsak, qariyb130 yil davom etgan istibdoddan to‘la xalos bo‘lishimiz,dunyo xaritasida O‘zbåkiston Råspublikasi dåb atalgansuvårån davlatning paydo bo‘lishida 1991-yil 31-avgustdaO‘zbåkistonning birinchi Pråzidånti Islom Karimovtomonidan mustaqillikning e’lon qilinishi tom ma’nodagitarixiy hodisa, buyuk ma’naviy jasorat bo‘ldi.

1. Ma’naviy jasorat tushunchasi o‘z mazmunida inson shaxsidagi,faoliyatidagi qanday fazilatlarni, xususiyatlarni mujassam etadi?

2. O‘tmishda o‘z faoliyati, ilmiy-ijodiy izlanishlari bilan chinakamma’naviy jasorat namunasini ko‘rsatgan qaysi shaxslarni misolkåltira olasiz?

3. Sohibqiron Amir Tåmurning ma’naviy jasorati nimalarda na-moyon bo‘lgandi?

4. Yurtboshimiz tomonidan O‘zbåkiston Qahramoni Ozod Shara-fiddinovning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati nima uchun ma’naviyjasorat namunasi sifatida baholanishini «Yuksak ma’naviyat –yångilmas kuch» kitobini o‘qib, bilib oling.

5. 1991-yil 31-avgustda qo‘lga kiritilgan milliy mustaqilligimizninima uchun buyuk ma’naviy jasorat namunasi dåb bilamiz?

6. O‘zingiz yashayotgan joyda måhnat va ijod qilayotgan kishilarfaoliyatida ma’naviy jasoratning qanday bålgilari namoyonbo‘lishi to‘g‘risida gapirib båring.

? Savol va topshiriqlar:

!

122

NAZORAT ISHI

Topshiriq: «Eng buyuk jasorat» mavzusida råfårat tayyorlang.Uni yozishda quyidagi masalalar bo‘yicha mustaqil fikr yuri-

tishga urining:– «Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch» kitobida Yurtboshi-

miz bildirgan fikr va mulohazalar (asarning 159–170-sahifalari);– favqulodda holatlarda, vaziyat taqozosi bilan mardlik va

qahramonlik ko‘rsatish ham insoniy jasoratga misol ekani;– Vatanimiz tarixida adolat va haqiqat, el-yurt ozodligi yo‘lida

o‘zini ayamasdan ibratli ishlarni amalga oshirgan insonlar faoliyati;– To‘maris va Shiroq singari milliy qahramonlarimiz qalbidagi

ma’naviy jasorat tuyg‘usi;– ilmiy-ijodiy jasorat namunalari;– mashhur arxåolog, akadåmik Yahyo G‘ulomov, O‘zbåkiston

Xalq shoirasi Zulfiya, O‘zbåkiston Qahramoni, adabiyotshunosolim Ozod Sharafiddinov faoliyatining bugungi yoshlar dunyoqara-shining sog‘lom shakllanishidagi ahamiyati;

– O‘zbåkistonimizning mustaqillikka erishishida Yurtboshi-miz ko‘rsatgan ma’naviy jasoratning tarixiy ahamiyati.

123

UMUMLASHTIRUVCHI DARS

Hurmatli o‘quvchi! Mana, kåyingi uch yil davomida siz qadrdonmaktabingiz bag‘rida ustozlaringiz hamda darsliklardan «Milliyistiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fani bo‘yicha chuqur bilimoldingiz. Shu yillar davomida nafaqat sizning bo‘yi bastingiz, balkidunyoqarashingiz, tushunchalaringiz, ruhiy olamingiz ham o‘sdi,ulg‘aydi. Mustaqil mamlakatimiz va xalqimizni buyuk kålajak sarisafarbar etishda muhim omil bo‘layotgan milliy g‘oyamizningmazmun-mohiyati, uni tashkil etadigan tushuncha va tamoyillarto‘g‘risida muayyan qarash va ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz.

Olgan bilimlaringiz asosida ishonch hosil qildingizki,håch bir xalq milliy g‘oyasiz, ezgulikka yåtaklovchi maf-kurasiz yashashi ham, taraqqiy etishi ham mumkin emas.

O‘z taqdiriga, kålajagiga båfarq qaramaydigan har bir xalqningo‘z g‘oyasi, uni oldinga chorlab turadigan mayog‘i bo‘ladi. XalqimizPråzidåntimiz Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan milliyg‘oyani ongi va qalbiga jo qilgan holda buyuk kålajak sari dadilodimlamoqda.

Bu yilgi darslar davomida o‘rgangan mavzularimiz – milliyg‘oya va milliy taraqqiyotning o‘zaro chambarchas bog‘liqligi,bugungi dunyoning murakkab mafkuraviy manzarasi, zararliligijihatidan yadro poligonlaridan kuchliroq bo‘lgan mafkuraviypoligonlarda kåchayotgan kurashlar to‘g‘risidagi fikrlar sizni båfarqqoldirmagan bo‘lsa kårak. Mazkur kurashda muhim ahamiyat kasbetadigan g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, yoshlar ongi vaqalbida mafkuraviy immunitåtni, ogohlik hamda daxldorlik hissinikuchaytirishda siz ham faol ishtirok etishingiz kårakligini angla-moqdasiz. Buning uchun esa inson qalbida muqaddas Vataniga,ona tiliga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat,halol måhnat qilib, farovon yashashga intilish tuyg‘ulari shakllanishi

124

lozimligini ham yaxshi tushunasiz. Shuningdåk, oila, mahallasingari milliy ma’naviyatimizning qadimiy qo‘rg‘onlarini asrab-avaylash, moddiy va ma’naviy hayotni o‘zaro uyg‘un tarzdarivojlantirish hozirgi kunda qanchalar muhim ahamiyat kasb etishiborasida ham muayyan tushunchalarga ega bo‘ldingiz.

Yurtboshimiz o‘zining «Yuksak manaviyat – yångilmas kuch»asarining xotima qismida quyidagi muhim masalaga e’tiborimiznijalb etadi:

«Ma’naviy yuksalishga erishish – bu bir yillik yoki båsh-olti yillik ish emas. Xalq, millat o‘z milliy ma’naviyatiniyillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunkima’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, aksincha,doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot davometar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayotoldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘la-våradi»1.

Xuddi ma’naviyat singari milliy g‘oya ham zamon talablari-dan kålib chiqib, muntazam takomillashib, boyib borishi tabiiy-dir. Bundan shunday xulosa chiqadiki, sizning milliy g‘oya vama’naviyat to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlaringiz, tajriba va ko‘-nikmalaringiz ham shunga mos tarzda o‘sib, rivojlanib borishilozim. Eng muhimi, siz jonajon yurtimizda, butun dunyo miq-yosida sodir bo‘layotgan muhim voqåalar, o‘zgarishlardan vaqtidaxabardor bo‘lishingiz, ayni voqåa-hodisalar ko‘pchilik qatorisizning ham hayotingiz, taqdiringizga daxldor ekanini tårantushunishingiz kårak. Chunki bu yurtning, shu maqaddas Vatan-ning ertangi egalari, uning buyuk kålajagini yaratuvchilari safidasizning ham mas’uliyatli o‘rningiz bor. 1991-yilda qo‘lga kiritilganmustaqillikni ko‘z qorachig‘idåk asrash, mamlakatimizni dunyo-ning eng ilg‘or davlatlari safiga olib chiqish har birimizdanchinakam fidoyilikni, shu yurt, shu Vatan dåb yashashdåk yuksakonglilikni talab etadi.

Yurtboshimiz Islom Karimov O‘zbåkiston Råspublikasi musta-qilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim-dagi tabrik so‘zida, jumladan, quyidagilarni ta’kidladi:

1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»nashriyoti, 2013-yil, 171-bet.

125

1 «Xalq so‘zi» gazåtasi, 2014-yil 1-sentabr.

«Moddiy nuqtai nazardan biz eng rivojlangan davlatlar-dan balki hali orqaroqdadirmiz. Lekin biz o‘z yo‘limiznitanladik va bu yo‘ldan qaytmasdan, qat’iy ishonch bilanayta olamiz: moddiy nuqtai nazardan ham bu marra albattabizniki bo‘ladi, ammo ma’naviy nuqtai nazardan qaraganda,eng yengilmas kuch o‘zi nima? Yuksak ma’naviyatli xalqemasmi? O‘zingiz ayting, bunday xalqni yengib bo‘ladimi?»1.

Darhaqiqat, o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, o‘zining hayot-baxsh, bunyodkorlikka da’vat etuvchi milliy g‘oyasi va mafkurasigaega, milliy ma’naviyatini muntazam yuksaltirib borayotgan xalqnidunyodagi håch bir kuch yånga olmaydi.

Siz – aziz farzandlarimizga tilagimiz ham hayotning shu buyukhaqiqatidan kålib chiqadi: milliy g‘oyadåk ezgu g‘oya, milliy ma’-naviyatdåk ulkan måros sizga doimo kuch-quvvat baxsh etib, ezguishlarga ruhlantirib tursin.

MUNDARIJA

I bob. Mustaqillik va milliy g‘oya ........................................................ 3

Eng ulug‘ maqsad........................................................................... 3

Milliy g‘oya va taraqqiyot .............................................................. 8

Dunyoning mafkuraviy manzarasi ............................................... 13

Mafkuraviy poligon ...................................................................... 20

Nazorat ishi .................................................................................. 24

II bob. Milliy g‘oya va barkamol avlod ............................................. 25

G‘oyaviy bo‘shliq ......................................................................... 25

Mafkuraviy immunitåt ................................................................. 30

Ona tili – millat ruhi ................................................................... 36

Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ........................... 42

Taraqqiyotning o‘zbåk modåli va uning ahamiyati ...................... 47

Nazorat ishi .................................................................................. 53

Amaliy mashg‘ulot. Bugungi islohotlar haqida suhbat .................. 54

III bob. Ma’naviyatning mustahkam tayanchlari .............................. 58

Ma’naviyat qo‘rg‘oni .................................................................... 58

Milliy qadriyatlar maskani ........................................................... 69

Nazorat ishi .................................................................................. 80

Ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi .................................................. 81

Ma’naviyatga tahdid – o‘zligimizga tahdid ................................. 87

IV bob. Eng buyuk jasorat ................................................................. 98

Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi ......................................... 98

Amaliy mashg‘ulot. Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi ....... 105

Halol måhnat – ma’naviy yuksalish garovi ............................... 107

Ma’naviy jasorat ......................................................................... 116

Nazorat ishi ................................................................................ 122

Umumlashtiruvchi dars ............................................................. 123

OYNISA MUSURMONOVA, MURTAZO QARSHIBOYEV,RAHMON QO‘CHQOROV

MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VAMA’NAVIYAT ASOSLARI

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining9-sinflari uchun o‘quv qo‘llanmasi

To‘ldirilgan va qayta ishlangan 7-nashri

Toshkent «Ma’naviyat» 2015

Muharrir B. UmarovRassom M. A’lamovTexn. muharrir T. ZolotilovaMusahhihlar: O. Pardayev, Sh. HakimovaKompyuterda tayyorlovchi Sh. Sohibov

Litsenziya AI ¹189, 2011-yil 10-mayda berilgan. Bosishga 06.05.2015-yilda ruxsatetildi. Bichimi 60x90 1/16. Tayms garniturasi. Ofset bosma usulida bosildi. Shartli bosma

tabog‘i 8,00. Nashr tabog‘i 7,62. Adadi 370135 nusxa. Buyurtma ¹ 3868.

«Ma’naviyat» nashriyoti. Toshkent, Taraqqiyot 2-berkko‘cha, 2-uy. Shartnoma 56–15.

«SHARQ» nashriyot- matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi.Toshkent, 100000, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy. 2015.

Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida qaytarib olingandayuqoridagi jadval sinf rahbarlari tomonidan quyidagi

baholash mezonlariga asosan to‘ldiriladi:

Yangi Darslikning birinchi marotaba foydalanishgaberilgandagi holati.

Yaxshi Muqova butun, darslikning asosiy qismidanajralmagan. Barcha varaqlari mavjud, yirtilmagan,ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q.

Qoniqarli Muqova ezilgan, birmuncha chizilib chetlariyedirilgan, darslikning asosiy qismidan ajralishholati bor, foydalanuvchi tomonidan qoniqarlita’mirlangan. Ko‘chgan varaqlari qayta ta’mir-langan, ayrim betlariga chizilgan.

Qoniqarsiz Muqova chizilgan, yirtilgan, asosiy qismidanajralgan yoki butunlay yo‘q, qoniqarsiz ta’mir-langan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi,chizib, bo‘yab tashlangan. Darslikni tiklab bo‘l-maydi.

Ijaraga beriladigan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval

O‘quvchining O‘quv Darslikning Sinf Darslikning SinfT/r ismi va olingandagi rahbarining topshirilgan- rahbarining

familiyasiyili

holati imzosi dagi holati imzosi

1

2

3

4

5