o zbekiston respublikasi madaniyat va sport · g ijjakchilar qatori ustod zaytuni-g ijjaki haqida...

9

Upload: others

Post on 27-Dec-2019

55 views

Category:

Documents


1 download

TRANSCRIPT

Page 1: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari
Page 2: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI

RUSTAM ORZIBOYEV

MUROD TOSHMUHAMEDOV

TOSHKENT – 2014

Page 3: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari

2

UO‘K: 78.075 (092) BBK 39.52 O-47

O-47 R.Orziboyev. Murod Toshmuhamedov. –T.: «Fan va texnologiya», 2014, 44 bet+(4 бет расм).

ISBN 978–9943–4268–7–0 Ushbu muxtasar risolada atoqli sozanda – ustoz Murod Toshmu-hamedov hayoti, serqirra faoliyati – keng yoritilgan bo‘lib, undan barcha bosqich maxsus ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin.

UO‘K: 78.075 (092) BBK 39.52

Ilmiy muharrir:

T.B.G‘ofurbekov – san’atshunoslik fanlari doktori, professor

Taqrizchilar: A. Lutfullayev – O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi xalq cholg‘ularida

ijrochilik kafedrasi professori; Q. Nazirov – O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi xalq cholg‘ularida

ijrochilik kafedrasida professor v.b. ISBN 978–9943–4268–7–0

© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2014.

Page 4: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari

3

MUROD TOSHMUHAMEDOV (1989 - yil)

Page 5: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari

4

KIRISH

San’at sohasida «ijod ahlining g‘oyaviy-badiiy salohi-yati

komil inson tarbiyasiga ustuvor yo‘nalish bo‘lishi darkor»1. Fikrimizga misol tariqasida o‘zbek san’atida san’atimiz darg‘alari safidan munosib o‘rin egallagan, ustoz Murod Toshmuhammedov o‘z kasbiga fidoiylik bilan yondashib, ei hurmatiga sazovor bo‘lish bilan birga shogirdlari qalbidan chuqur o‘rin egalladi va shogirdlari tomonidan faxr bilan tilga olinadigan ulug‘ benazir ustozlar qatoridan joy oldi. O‘zbek xalq cholg‘ularidagi ijrochilik an’analarga boy bo‘lib, uning kelib chiqishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonning hozirgi hududida arxeologik qazish jarayonlarida topilgan musiqa asboblari va turli ijrochilarning tasvirlari tushirilgan juda ko‘p yodgorliklar bunga dalil bo‘ladi.

Noyob sozlardan g‘ijjak azaldan xalqimizning sevimli cholg‘ularidan hisoblangan. Uning kelib chiqishi X-XI asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu xususda qiziqarli ma'lumot «Ziynat al-majolis» (Ziynatlarning majlisi) antalogiyasida hikoya qilinishicha, alloma Abu Nasr Forobiy Ray shahrida Sohib ibn Abbod qabulida bo‘lganida, vazir sharafiga o‘tkazilgan ziyofatda o‘zi ixtiro qilgan cholg‘uda kuy ijro etadi. Tashqi ko‘rinishidan kichik qovoqqa o‘xshagan bu soz «g‘ipchak» nomi bilan tanilgan ekan.2 Bu cholg‘uda Forobiy uch qismli kuy ijro etib tinglovchilarni ham yig‘latgan, ham kuldirgan va hatto uxlatib qo‘ygan ekan. G‘ijjak avvallari ikki torli, Zahiriddin Muhammad Bobur zamonida uch torli cholg‘u bo‘lgan. «Boburnoma»da aytilishicha, o‘z davrining mashhur sozandasi Qulmuhammad-

1SAN’AT- MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar ( qisqa izohli tajribaviy lug‘at ) –T: «Yangi asr avlodi»-2002. 137-bet 2 Т.Б.Гафурбеков. Фольклорные истоки узбекского профессионального музыкального творчества. –Т: «Ўқитувчи», 1984. стр 14.

Page 6: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari

5

udiy g‘ijjakka uchinchi torni tortib, yuqori ijrochilik mahoratini namoyish etgan.

Darveshali Changiyning (XVI–XVII asr) risolasida ko‘pgina g‘ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g‘ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo‘q g‘ijjakchi bo‘lib, maqomning turli pardalarida chiroyli cholg‘u kuylar - peshravlar bastalagan. Ayniqsa, «Saqili peshrav» (oldinga intiluvchi saqil) barchani hayratga solgan ekan. Buyuk Alisher Navoiy g‘ijjakni ta'riflab - «u cho‘ziq nolalar chekib, yolboradi», - deydi. XX asrda G‘ijjakni takomillashtirish amalga oshirila boshlangan 40–50 -yillardan oldin A.I. Petrosyans rahbarligidagi ustalar hozirgi zamon ijrochilik talablaridan kelib chiqib, g‘ijjakni nota yo‘lidagi ijrochilikka moslagan. Shu jarayonda g‘ijjak oilasiga mansub bir necha yangi sozlar: gijjak-alt, g‘ijjak-bas va g‘ijjak-kontrabas yaratildi.

Lekin, zamonaviy maxsus musiqiy ta’lim tizimida, yakka (solo), ansambl va orkestrlar tarkibida g‘ijjak asosiy o‘rin tutadi. Bu jarayonda yetakchi rolni bir tomonlama (ya’ni – faqat akademik yoinki faqat an’anaviy) yo‘nalishdagi o‘qituvchi va ijrochilar emas, balki keng qamrovli – har ikkala tamoyillardan unumli foydalanib kelayotgan ustozu talqinchilar faoliyati ibratli ko‘rinadi. Ana shunday zamondoshlarimizdan biri O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professori Murod Toshmuhamedov bo‘lganliklari bois, biz ushbu ishimiz mavzusi sifatida Ustozning qisqacha hayoti va asosan faoliyatlarini tanlab oldik.

O‘zbek xalq cholg‘ularidan g‘ijjak ijrochiligi alohida e’tiborga molik bir maktabni tashkil etadi. Ushbu maktab faoliyati – g‘ijjak cholg‘usining mohir ijrochisi, zahmatkash va fidoiy san’atkor Murod Toshmuhammedov nomi bilan bog‘liqdir.

Biz ushbu risolada o‘zbek musiqa san’atining ustalaridan biri O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professori, g‘ijjak cholg‘u – sozining darg‘asi, ellarni – ellarga, dillarni – dillarga bog‘lagan sozanda, ustoz Murod Toshmuhammedovning serqirra faoliyatini yoritishga baholi qudrat harakat qildik.

Page 7: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari

6

HAYOTI VA IJODIY YO‘LI

1. Murod Toshmuhammedovning hayoti

Toshmuhammedov Murod Ibrohimovich 1939 - yil 15 - fevral Toshkentning 5- Mergancha mahallasida O‘qchi ko‘chasida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. G‘ijjak sozida dastlabki saboqlarni 1949-yildan boshlab Respublika pionerlar saroyida ustozlari Ahmad Odilov va Sayfi Jalildan oldi. Ahmad Odilov o‘sha yillarda to‘garakda «O‘zbek xalq cholg‘u ansambli»ga rahbarlik qildi. Aynan shu ansamblda M. Toshmumedov ilk bor g‘ijjakda chalish ko‘nikmalarini egalladi. 1951-yilda Glier nomli maxsus musiqa maktabida Ya. Sabzanov qo‘lida g‘ijjak chalish sirlarini o‘rgandi. 1957 - yilning may oyida «Yoshlar festivali konkursining diplomanti» unvoniga ilk bor sazovor bo‘ldi. Shu yili konservatoriyaga qabul qilinib, g‘ijjak sinfida ustoz Obid Holmuhammedov rahbarligida tahsil oldi. Ijrochilik malakasini To‘xtasin Jalilov nomli xalq cholg‘ulari orkestrida takomillashtirib, shu jamoa bilan Moskvada (1959), Olma-otada (1972) o‘zbek adabiyoti va san’ati kunlarida qatnashdi hamda Ukraina va Tojikiston shaharlarida gastrollarda bo‘ldi. O‘zbekiston san’atkor-lari safida Tojikiston (1968), Rossiya (1970) respublikalarida dekada kunlarida kontsertlarda ishtirok etdi. 1971-yilda M.Toshmu-hamedov sozandalarning 1-Respublika konkursi laureati unvoniga sazovor bo‘ldi. 1972 - yili orkestr qoshida g‘ijjakchilar kvarteti tashkil etildi va unga rahbarlik qildi.

Page 8: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari

7

To‘xtasin Jalilov nomidagi xalq cholg‘ulari orkestri tarkibida tashkil etilgan kvartet.

Yakkaxon – Gulshan Hasanova, I-g‘ijjakda – Botir Rasulov, II-g‘ijjakda – Baxtiyor Yaminov, G‘ijjak-altda – Murod Toshmuhammedov, Qobuz-basda – Hasan Komilov.

1961 - yildan boshlab konservatoriyada g‘ijjak va g‘ijjak

alt sozlarida dars berib, shu kunlargacha 90 dan ortiq sozandalarni tarbiyaladi. Musiqa bilim yurti va konservatoriyada tahsil ko‘rgan shogirdlari orasida Qahramon Komilov, Ahmadjon Dadayev, Jo‘rabek Saidov, Qahramon Nazirov kabi mohir sozandalarning nomlarini tilga olsak ustoz faoliyatining samaradorligini ko‘ramiz. 1986-yil Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovda Qahramon Nazirov birinchi o‘rinni egallashi fikrimizning dalilidir. M. Tosh-muhamedov tashabbuslari bilan Konservatoriyada (1984) g‘ijjakchilar kamer orkestri tashkil topdi. Kamer orkestr 1988-

Page 9: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT · g ijjakchilar qatori Ustod Zaytuni-g ijjaki haqida qimmatli ma'lumot bor. U tengi yo q g ijjakchi bo lib, maqomning turli ... ustozlari

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/63 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/63 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайтеhttps://kitobxon.com/ru/asar/63