o zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus · boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi,...

11

Upload: others

Post on 11-Sep-2019

31 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining
Page 2: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

D. Sabirjanova, U. Boymatova

ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH VA

IQTISODIYOTO‘quv qo‘llanma

(kollej va litseylar uchun)

Toshkent«NOSHIR» nashriyoti

2012

Page 3: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

UDK: 35.077.1 (075)KBK 65.260-2

Taqrizchilar: M.Egamberdiev i.f.D., prof.K.Axmetov t.f.d., prof.

Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot kolleji va litseylarida ta’lim olayot-gan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi qanday qilib bozor iqtisodiyoti sharoitida muvaffaqiyatli ishlab chiqarish faoliyatini olib borish va uning asosiy qonun-qoidalariga asosan ishlab chiqa rishni rivojlan-tirish maslalarini oydinlashtirishdir. Ya’ni, boshqacha qilib aytganda, bo-zor iqtisodiyoti qonunlari asosida qanday qilib atrof-muhitdagi hayot bilan uyg‘unlashib yashash va unda muvaffaqiyatli ishlashning asosiy tamoyillari amaliy yo‘nalishlarida atroflicha yoritiladi.

O‘quv qo‘llanmada ishlab chiqarish menejmentining nazariy va ama-liy muammolari, operatsion tizimining bosqichlari, ishlab chiqarishni loyihalash tirish va tashkillashtirish doirasidagi masalalari, O‘zbekiston Res-publikasida bozor munosabatlarining shakllanish sharoitlariga asoslanib, mantiqan izchil bayon etiladi.

ISBN 978-9943-4083-6-4© «NOSHIR» nashriyoti, 2012

Page 4: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

3

KIRISH

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asosan iqtisodiyot sohasida kollej va litsey-larda ta’lim olayotgan talabalarga bilim berish maqsadida o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash va ularni talabalarga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida va fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalar-dagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarishdagi raqobat, ishlab chiqarish jarayonidagi strategiyalar to‘g‘risida tushunchalari yoritilgan.

Har bir ishlab chiqarish korxonasi Respublikamiz xalq xo‘jaligining bir bo‘g‘ini bo‘lib, ular faoliyatining natijalari esa mamlakat iqtisodiyotiga, xalqimizning faravon turmush kechirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi iqtisodiy mexanizmlar ishga tushishi munosabati bilan, ko‘p tashkilotlarda bir qan-cha muammolar yuzaga keldi. Bu mexanizmlarning maqsadi faqatgina reja bajarilishiga qaratilgan bo‘libgina qolmay, balki bozor ehtiyojini qondiradigan eng samarali yo‘llarini izlab topish va boshqa tashkilotlar bilan raqobatchilikda bo‘lishdir.

Hozirgi sharoit ishlab chiqarishdan shuni talab qiladiki, ular o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun, o‘z strate-giya yo‘llarini o‘zi tanlab va ishlab chiqishi lozim. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish korxonalaridan bozor ehtiyojlarini o‘rganishni, o‘z imkoniyatlariga tayangan holda, zamonaviy ish uslublarini qo‘llab ish yuritishni talab qiladi. Shu sabab-dan, yillar davomida o‘z tarkibi va mavqeiga ega bo‘lgan kor-xonalarga hozirgi sharoitda o‘z imkoniyat darajasini qaytadan ko‘rib chiqish masalasi qo‘yilgan.

Ishlab chiqarish va boshqaruv shunday tashkil qilinishi ke-rakki, kishi mehnat mahsuldorligi, yuqori foyda (daromad)

Page 5: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

4

olish, bozorda raqobatlashishga qodir bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan manfaatdor bo‘lishlari lozim.

Bunga faqat ishlab chiqarish va boshqaruvni muntazam takomillashtirib borish yo‘li bilan erishish mumkin. Bundan tashqari yangi bilimlarni egallash, ulardan amalda foydala-nishni o‘rganish talab etiladi.

Ularning eng muhim qismi, jahon tajribasining ko‘r-satishicha, menejment fani va uni tashkil qilish san’atini o‘qib o‘rganish hisoblanadi. Sodda qilib aytganda, menejment – bu boshqa kishilarning mehnati, aqliy salohiyati va xulq-atvor motivlaridan foydalangan holda qo‘yilgan maqsadlarga erisha bilish demak.

Korxonalarning xo‘jalik yuritish erkinligi doirasining ken-gayishi, ularga boshqaruvning tashkiliy shakl va tuzilmalarini erkin tanlash huquqining berilishi rahbarlarga boshqaruvning nisbatan tejamkor va mahsuldor tuzilmalari, moslashuvchan jarayon va usullarini izlash imkoniyatini beradi. Bu izlanish-larda ularga «Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatini boshqa-rish» fani yordam beradi.

Page 6: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

5

1-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA «ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL

ETISH VA IQTISODIYOT» FANINING AHAMIYATI VA O‘RNI

1.1. «Ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodiyot» fanining mazmuni va ahamiyati

Hozirgi kunda boshqaruv iborasiga ko‘plab ta’riflar kel-tirilgan. Masalan, V.R.Vesnin quyidagicha ta’rif beradi: menej-ment (boshqaruv) – bu bozor sharoitida firma va uning xodim-larini boshqarish nazariyasi va amaliyotidir; M.Sharifxo‘jayev, Yo.Abdullaevlar ta’biricha, menejment – bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib bo-rish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtayi nazardan boshqaruv bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab etuvchi tanlov. Shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. S.S.G‘ulomov «Menejment asoslari» kitobida menejmentga shunday ta’rif beradi: menejment boshqaruv ma’nosini bildiradi va obyektiv iqtisodiy qonunlar hisobiga hamda ularni har bir aniq ishlab chiqarish tashkilotida ishlatishga asoslanadi.

Jek Dunkan: menejment-boshqaruv amaliyoti va tadqiqoti nazariyasi, ishlab chiqarish korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini tadrijiy rivojlanishi yoki boshqaruv muammolarini o‘rganish bilan bog‘liq yo‘nalishdir – deya ta’riflaydi.

Ingliz tilining fundamental lug‘ati Oksford lug‘atida menej-mentga, 9 boshqaruvga quyidagicha ta’rif beriladi: u insonlar bilan muloqot qilish usullari, uslublari; hukumat va boshqa-rish san’ati; mohirlik va ma’muriy bilimlar; boshqaruv orga-ni, ma’muriy birlikdir. «Xorijiy so‘zlar lug‘atida» menejmento‘zbek tiliga ishlab chiqarish samaradorligini va uning foy-

Page 7: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

6

daliligini oshirish maqsadida ishlab chiqarishni boshqarish tamoyillari, uslublari, vositalari, shakllari majmui va ishlab chiqarishni boshqarish sifatida tarjima qilinadi.

Bugungi kunda menejment to‘g‘risida umum qabul qi lingan fikrlar mavjud: 1) menejment yaxlit holatdagi jarayon bo‘lib, professional tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassislar yordami bilan korxonani shakllantiradi va uni maqsadni belgilash va rivoj-lantirish, rag‘batlantirish kabi funksiyalarni bajarish yo‘llarini ishlab chiqish bilan boshqaradi; 2) o‘zining o‘rganish predmeti, maxsus muammolari va bu muammolarni yechishga qaratilgan yondashuvlarga ega bo‘lgan mustaqil bilim va fandir; 3) korxo-na faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi muhit omillarining ta’sir darajasini hisobga oluvchi boshqaruv san’ati; 4) zamo-naviy korxonaning o‘ziga xos boshqaruv organi; 5) boshqaruv funksiyalarini bajaruv chi, menejerlar kategoriyasidir (1-rasm).

1-rasm. Menejment tushunchasini ifodalashga yondashuv.

Yuqoridagilardan kelib chiqib menejment bu – korxona-ning erkin iqtisodiy va raqobat muhitida kadrlar, xomashyo va boshqa resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish

Page 8: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

7

samaradorligini oshirishga qaratilgan professional bilim va faoliyatlar jarayonidir. Shuningdek, menejment ko‘p qirrali boshqaruv faoliyatining bir qismi bo‘lgan ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi. Korxonani samarali boshqarish uchun menejmentning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.

Menejmentning ilmiy asoslari quyidagi qismlardan iborat:

«Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatini boshqarish» fani «Me nejment asoslari», «Marketing», «Strategik menejment», «Korxona iqtisodiyoti», «Innovatsion menejment», «Boshqa-rishni tashkil qilish nazariyasi», «Moliyaviy menejment», «Sta-tistika», «Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish» kabi fanlar bi-lan bog‘liq bo‘lib, bu fan ushbu fanlar asosidagi bilimlarga tayanib o‘rganiladi.

Page 9: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

8

«Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatini boshqarish» fanining muammolari va ularni yechish masalalari tovar-ning hayotiylik davrlarini o‘rganish va tadqiqot qilish jara-yonida markaz joylarni egallaydi. Ishlab chiqarish bosqichi boshlangunga qadar ishlab chiqarish korxonada marketing bosqichi, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) olib boriladi. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkiliy texnologik tayyorgarligini huquqiy shaxs hisoblan-gan korxona yoki ishlab chiqaruvchining o‘zi amalga oshiri-shi mumkin. Yangi tovar ishlab chiqarish bosqichidan o‘tib bo‘lganidan keyin aylanish, sotish va foydalanish bosqichini bosib o‘tadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib ishlab chiqarish tizimi yoki ishlab chiqarish menejmentining tizim sifatidagi samaradorligi to‘lig‘icha strategik menejment, ITTKI bo‘yicha bajariladigan ishlar sifatiga bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi.

Agar korxonaning ishlab chiqarish tizimida foydalaniladi-gan jihozlar, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa komponentlar a’lo darajada bo‘lsayu, ammo korxona-ning strategik komponentlari («Kirish» tizimi – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan resurslar) yetarli darajada asoslanmasa varaqobatbardoshlik talablariga javob bermasa, u holda, («Ki-rish» tizimi sifatidan kelib chiqqan holda) «Chiqish» (tayyor mahsulot) tizimi talabga javob bermaydi.

Quyidagi shartlarga rioya qilish orqali «Chiqish» tizimi yuqori samaradorlikka yoki ishlab chiqarilayotgan tovarning raqobatbardoshligini oshirishga erishiladi:

1) strategik menejment va strategik marketing bo‘yicha ba-jariladigan ishlar yuqori darajada bo‘lishi, raqobat talablariga javob berishi kerak;

2) korxonaning ishlab chiqarish tizimidagi texnologiya, ji-hozlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa komponent-lar raqobatbardoshlik talablariga javob berishi.

Yuqoridagi birinchi shartlarni boshqarish uslubiyati maxsus adabiyotlar va «Strategik menejment», «Marketing» kabi fan-larda o‘rganilgan va yoritib berilgan.

Page 10: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

9

Keyingi ikkinchi shartlarni bajarish uslubiyati «Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatini boshqarish» fanida ko‘rib chi-qiladi.

Ushbu fanda ishlab chiqarish, tizimini «Kirish» tizimi si-fati darajasiga olib chiqishga harakat qilinadi va bunga alohida ahamiyat beriladi. Bundan kelib chiqib «Kirish» va «Chiqish» tizimini qayta ishlash yaxlit ravishda ko‘rib chiqiladi.

1.2. Menejmentda ilmiy yondashuvlar majmui

Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining asoslanganligi bilan aniqlanadi. Biroq hozirgi kunda menejmentda bu borada bir nechta ilmiy yondashuvlar va tamoyillar qo‘llanilmoqda.

Bugungi kunga qadar menejment yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar va amaliyot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, menej-mentda quyidagi 13 ilmiy yondashuvlarni qo‘llash mumkin ekan: tizimli, kompleks, integratsion, marketing, funksional, dinamik, takror ishlab chiqarish, jarayonli, me’yoriy, miq-doriy, ma’muriy, tashkiliy, vaziyatli. Ushbu sanab o‘tilgan har bir yondashuvlar menejmentning biron bir qirrasini aks etti-radi yoki tavsiflaydi.

Bu yondashuvlarning tarkibi o‘rganib, taqqoslab ko‘rilganda ular sinonimlar emasligi va bir-birini takrorlamasligi ayon bo‘ldi.

Tizimli yondashuv. Tizimli yondashuvda har qanday «Kirish va Chiqish» tizimi tashqi muhit bilan qayta aloqaga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘langan etlementlar majmui sifatida qaraladi. «Ki-rish» tizimida «Chiqish» tizimi ishlab chiqiladi.

Kompleks yondashuv. Kompleks yondashuv qo‘llanila-yotganda menejmentning texnik, ekologik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik qirralari, zaruriyat tug‘ilganda esa boshqa qirralarini va ularning o‘zaro aloqasini ham hisobga olish ke-rak. Agarda menejmentning biron bir zaruriy qirralaridan biri e’tibordan chetda qolsa, u holda muammo yechimsiz qoladi.

Page 11: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS · Boshqaruv qarorlarining sifat va samara darajasi, birinchi navbatda muammolarni yechish uslubiyati, yondashuvlari, tamoyillarining

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/181 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/181 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/181