o'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi berdaq

66
14 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI « BIZNES VA BOSHQARISH » FAKULTETI «BIZNESNI BOSHQARISH» KAFEDRASI TADBIRKORLIK ASOSLARI fanidan MA`RUZALAR MATNLARI Tuzuvchi: Gulimbetov A Nukus - 2011 yil.

Upload: phamngoc

Post on 31-Dec-2016

561 views

Category:

Documents


37 download

TRANSCRIPT

14

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI

« BIZNES VA BOSHQARISH » FAKULTETI

«BIZNESNI BOSHQARISH» KAFEDRASI

TADBIRKORLIK ASOSLARI fanidan

MA`RUZALAR MATNLARI

Tuzuvchi: Gulimbetov A

Nukus - 2011 yil.

15

Mundarija

Ma`ruzalar nomi

Beti

I. Kirish

1-mavzu Tadbirkorlikning mohiyati

2-mavzu Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi va boshqarilishi

3-mavzu Mulk va tadbirkorlikni shakllanishining iqtisodiy yo`llari

4-mavzu Korxona – tadbirkorlikning tashkiliy ko`rinishi

5-mavzu Marketing – tadbirkorlik tizimida

6-mavzu Tadbirkorlik faoliyatini tahlil etish

7-mavzu Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish

8-mavzu Tadbirkorlikni boshqarishni tashkil etish

9-mavzu Tadbirkorlikni bank, soliq xizmati va audit bilan o`zaro aloqalari

10-mavzu Korxonalar moliyasi va moliyaviy ahvolini baholash

11-mavzu Mamlakatimizda tadbirkorlikni investitsiyalashning ustuvor yo`nalishlari

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

16

Kirish

Mamalakaktimizda iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi-ochiq tashqi siyosatga, barqaror ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. O`zbekistonda bozordagi qayta va tarkibiy o`zgartirishlar qat`iy va izchil amalga oshirilmokda.

Mustaqillikning dastlabki yillarida, xususiylashtirishning il davrlarida davlatga tegishli turar-joylar to`liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln xonadon aniq egalari qo`liga tegdi. Kichik xususiylashtirish jarayonlari amalda tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko`rsatish ob`ektlari, uncha katta bo`lmagan korxonalar amalda to`liq xususiy mulk qo`liga o`tdi. Agrofirmalar, dehqon xo`jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo`jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo`jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko`lamda olib borilib o`zining tugallanish bosqichida turibdi. Xususiy tadbirkorlik sub`ektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortigi yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda.

Qimmatli qog`ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so`mlik 342,1 ming aktsiya sotildi. Ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug`urta kompaniyalari respublikada o`z faoliyatini kuchaytirmoqda.

Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o`zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo`nalishlarini belgilaydi.

Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: -aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, iste`molchilik

psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug`ullanish istagi "kasalligini" yuqtirish;

-qishloq xo`jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan ta`minlash maqsadida qishloqda yangi ish o`rinlari tashkil etish;

-qishloqda bozor munosabatlari va infratuzilmani jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta`minlash;

-xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bog`liq ilm-fanni ko`p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;

-xo`jalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan to`ldirilishini va ishlab chiqarishning eksportga yo`naltirilganligini ta`minlovchi unchalik katta bo`lmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish.

Dastur davlatning har tomonlama qo`llab-quvvatlashi, tashabbusli, yaratuvchi bozor jarayoni asosida O`zbekiston aholisining keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur to`rtta qismni kichik biznesni rivojlantirish, ayniqsa qishloqda faol rivojlantirish va faoliyat ko`rsatishi uchun bozor infratuzilmasi va shart-sharoitlar yaratish, davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari, moliyaviy ta`minot va tashkiliy tadbirlar qismlarini o`z ichiga oladi.

Ushbu ma`ruzalar matnida tadbirkorlik faoliyatining shakllari, uning rivojlanishining o`ziga xos yutuqlari va kamchiliklari to`g`risidagi fikrlar bayon qilinadi.

17

1-MAVZU. TADBIRKORLIKNING MOHIYaTI

Tayanch iboralar: tadbirkorlik, bank, biznes, kredit, innovatsiya, infratuzilma, birja, tavakkalchilik.

1-ma`ruza. Tadbirkorlikning mohiyati Reja:

1. Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. 2. Tadbirkorlikning tushunchasi va asosiy tamoyillari. 3. Yangi iqtisodiy sharoitda respublikada tadbirkorlikning rivojlanishi. 4. Rivojlangan davlatlarda kichik tadbikorlikni qo`llab qo`vvatlashda davlatning roli.

1.1.Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanish tarixi.

Tadbirkorlik hamdo`stlik mamlakatlari hududida o`zining 19 asrda boshlangan taraqqiyot tarixiga ega. Mazkur yangi mustaqil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo`jalikning davlat sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan yarimidan ko`pi kolxozlarda), xususiy sektorda 3%ga yaqini band bo`lgan. Saksoninchi yillarning ikkinchi yarimida xo`jalikning kooperativ sektorini yaratish ijarani rivojlantirishga harakat qilingan. Bu harakat bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi davlat mulkchiligining xukmronligi, xo`jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga karamligi, xo`jalik qonunlarining noaniqligi va bir qator sabablar tufayli natijasiz bo`lgan. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning etakchi bo`g`inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik katlami shakllanib bordi. Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kontil`on, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Birok xozirga kadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko`p ma`noliligi saklanib qolmoqda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko`pincha bu favkulodda xodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari (turli-tuman qarashlar) tuplashidan iborat har xil tasavvurlar mavjud. Xorijiy adabiyotlarda biznes ta`rifini ko`p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog`liq bo`lgan.

2. Tadbirkorlikning tushunchasi va asosiy tamoyillari.

Bozor iqtisodiyoti sub`ektlarining xo`jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari o`zaro yaqin bo`lib, amaliyotda ular bir-birini almashtirishlari mumkin. Ammo, “tadbirkor” va “biznesmen” kabi tushunchalar ularning iqtisodiy faoliyat sohalari ko`rilayotganganda ma`nodosh deb hisoblamaydi. Biznesmen-sarmoya egasi, mulkdor, mulkini ko`paytirishga intiluvchi shaxs.

Biznes-bu ruxsat etilgan, jamiyat a`zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug`ullanib daromad topishdir. Biznes keng ma`noda qonuniy yo`l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir.

Biznesning maqsadi-odatda, foyda olish va uni barqaror holga keltirish, foydani muttasil oshirib borish va boyib ketish, foyda hisobiga sarmoyani ko`paytirishdir.

Tadbirkorning maqsadi esa yangi fikr va g`oyalarni izlash, tahlil qilish, o`zining tashabbuskorlik, yaratuvchanlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o`z faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishdir.

Tadbirkor-yuridik shaxs bo`lish-bo`lmasligidan qat`iy nazar, doimiy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxsdir(yakka tadbirkor). Bunday iboralar ham

18

tadbirkorlik va tadbirkor to`g`risida to`liq ma`lumot bermaydi, ularning mohiyatini etarli darajada yoritmaydi.

Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo`yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “O`zbekiston Respublikasi tadbirkorlik to`g`risida” gi qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta`rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik sub`ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishdir”. Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi: Birinchidan, tadbirkorlikning sub`ekti kim bulishi mumkin? O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to`g`risidagi qonunga muvofiq balog`at eshiga etgan har bir fuqaro o`z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o`z ixtier etgan qonunga zid bulmagan faoliyat turi bilan shug`ullanishi mumkin. Ikkinchidan, yuqoridagi ta`rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bo`lib, u mazmunan boy, xilma xil ko`rinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bulmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini aloxida ko`rsatish mumkin:

1) yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi.

2) tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar. 3) tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug`ullanuvchi

tadbirkorlar. Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini: a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan; b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, soglikni saklash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.

Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1. Shug`ullanaetgan soha bo`yicha ilm, bilimga egaligi. 2. Tavakkalchilikka asoslangan karorlar qabul qilish bo`yicha tashabbuskorlik kobiliyati. 3. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish. 4. Qonunlarga itoatkorligi. 5. Innovatsiyachilikning faolligi. 6. Maqsad sari intiluvchanlik. 7. Tashkilotchilik. 8. Tejamkor bo`lishi. 9. O`z so`zining ustidan chiqish. 10. Ruhiy poklik va halolligi. 11. O`z jamoasi uchun kurashuvchanlik.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi: 1. Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar

uch jihat bilan belgilanadi: egalik qilish, ya`ni mulk egasi sifatida mulkka to`la hukumronlik qilish: sotish, ijaraga

berish, hadya etish; foydalanib turish, ya`ni mulk egasining nazorati asosida ma`lum shart va to`lov evaziga

mulkdan vaqtincha foydalanish; operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni taqsimlash

va ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish.

19

2. Tadbirkorlarga o`z qobiliyatini to`la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi.

mahsulot assortimenti turlarini ava ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi; hamkorliklarngi mustaqil tanlash; mablag`larni qonunga zid bo`lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va h.k.;

3. Bozorning ochikligi, ya`ni tovarlar, sarmoyalar, ma`lumotlar, ish kuchi, xom ashe harakati uchun sun`iy g`oyalarning yo`qligi.

4. Bozor infratuzilmasining mavjudligi. Bunga quyidagilar kiradi:

tijorat banklari; tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari; tijorat tavakkalchiligi va mulk sug`urtasi; ma`lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari; ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar

va x.k. 5. Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya`ni tadbirkorlikni himoyalovchi

qonunchilikning mavjudligi. 6. Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to`lash, tabiiy boyliklardan

foydalanish bo`yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k. 1998 yil 9 aprelda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi farmonida ko`rsatilishicha: xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida; Kichik va o`rta biznes sub`ektlari quydagicha belgilangan:

mulk shaklidan kat`iy nazar ishlab chiqarish sohasi yiliga o`rtacha hisobda 10 nafargacha, savdo xizmat ko`rsatish hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashkari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo`lgan mikrofirmalar bo`lib hisoblanadi;

mulk shaklidan kat`iy nazar ishlab chiqarish sohasidan yiliga o`rta hisobda 40 nafargacha kurilish korxonalari va boshqa ishlab chiqarish sohaslari da 20 nafargacha;

ilm-fan, ilmiy xizmat ko`rsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashkari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo`lgan kichik korxonalar bo`lib hisoblanadi;

mulk shaklidan kat`iy nazar kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortik, lyokin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, kurilishda 50 nafardan qishloq xujaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdoda, xizmat ko`rsatish hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashkari sohalarida 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimlarga ega bo`lgan o`rta korxonalar bo`lib hisoblanadi.

Hozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik sohasiga xorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar va o`rta korxonalar tashkil etilib, maqbul sharoitlar yaratilmokda.

3. Yangi iqtisodiy sharoitda respublikada tadbirkorlikning rivojlanishi.

O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining keyingi

yillardagi natijalari va o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: - Iqtisodiyotdagi institutsional o`zgarishlar jarayoni sezilarli darajada chuqurlashdi. -Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va investitsiyalarni,

jumladan xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish siyosati hayotga faol joriy qilindi. -Kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish sur`atlari yana tezlashdi.

20

-Qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirish borasida ham ijobiy siljishlar ko`zga tashlanmoqda.

-Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta siyosatini yanda erkinlashtirish muammolarini hal qilishda sezilarli natijalarga erishildi.

Kichik va o`rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy bo`g`ini hisoblanadi. Chunki birinchidan, kichik va o`rta biznes rivojlangan jahon iqtisodiyotining tarkibini tashkil etuvchi muhim tarmoq hisoblanadi. Uning faoliyati nafaqat yirik biznesning, balki butun mamlakat iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishiga bevosita ta`sir qiladi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida jahon bozorida raqobat yanada kuchayadi. Bunday sharoitida aynan kichik va o`rta biznes yirik ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kapital mablag` sarfini ham talab qilishi, ixchamligi bilan bir qatorda, zarur tamoyillarga, bozor kon`yukturasining o`zgaruvchan talabalariga hamda vaqt-vaqti bilan bo`lib turadigan iqtisodiy inqirozlarga tezroq moslasha olish, ishlab chiqarish quvvatlarini jadal modernizatsiya qilish imkoniyatiga ega.

Dunyo bozorida iste`mol mollari kon`yukurasi hozirgi zamon sharoitida o`rtacha har 9 oyda o`zgarib turadi. Agar shuni hisobga olsak kichik va o`rta biznes iqtisodiyotining izchil rivojlanishida nechog`lik muhim ahamiyatga ega ekani yaqqol ko`rinadi.

Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tish davriga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab o`tganidek, “...qishloq joylarida ixcham ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish hisobiga aholining ish bilan bandligini ta`minlash siyosatini faol amalga oshirmokchimiz”.1 Mamlakatimizda bu siyosatni amalga oshirishda asosan tadbirkorlikni rivojlantirishni taqozo etadi.

O`zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish istagini bildirgan jismoniy shaxsni davlat ro`yxatidan o`tkazish ana shu shaxsning doimiy istiqomat joyidagi tegishli tuman, shahar, shahardagi tuman xokimligi tomonidan amalga oshiriladi. Ro`yxatga olish jismoniy shaxs ariza bergan vaqtdan e`tiboran 15 kundan kechiktirmay amalga oshirishi lozim. Jismoniy shaxs ro`yxatga olinganlik uchun undiriladigan yig`imni to`laganligi to`g`risidagi, xujjatni taqdim etganidan keyin unga arizada ko`rsatilgan muddatga guvohnoma beriladi. Jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish tartibi va ularga guvohnoma berishning belgilangan muddatini buzishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxslar Konun xujjatlariga muvofik javobgar bo`ladilar. Ro`yxatga olganlik uchun undiriladigan yigim bank muassasasi yoki aholidan soliq va yig`im to`lovlari qabul qilib oluvchi boshqa muassasalar orqali to`lanadi. Ro`yxatga olganlik uchun to`langan yig`im summasi qaytarilmaydi. Qonunga ko`ra jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro`yxatga olinganligi to`g`risidagi guvohnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi. Uning bir nusxasi tadbirkor ro`yxatga olingan joydagi solik organiga yuboriladi. Jismoniy shaxsga davlat ro`yxatga olinganlik to`g`risida berilgan guvohnoma birinchidan, guvohnoma muddat o`tgandan keyin, ikkinchidan tadbirkor guvohnoma bergan hokimlikka tadbirkorlik faoliyatini tuxtatganligi to`g`risida ariza bergan vaqtdan boshlab, uchinchidan, to`liq shirkat qatnashchilari tarkibidan chiqqan taqdirda, to`rtinchidan, Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda 15 kunlik muddat ichida qaytarilishi lozim. To`liq xo`jalik shirkati ro`yxatga olingan vaqtda yoki bunday shirkat kirgan chog`da jismoniy shaxsga-ana shunday shirkatning a`zosiga belgilangan tartibda davlat ro`yxatiga olinganlik to`g`risida guvohnoma beriladi. Bunda ro`yxatga olinganlik uchun yig`im undirilmaydi. Jismoniy shaxslar, shu jumladan to`liq xo`jalik shirkati qatnashchilari tadbirkorni ro`yxatga olganlik to`g`risidagi guvohnomada ko`rsatilgan faoliyat turlarigina amalga oshirishlari mumkin. Davlat ro`yxatidan o`tganlik to`g`risidagi guvohnomalar soliq organlarining va qonun xujjatlari bilan belgilab quyiladigan boshqa organlarning mansabdor shaxslari o`z vazifalarini amalga oshirish chog`ida 1.Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, баркарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. - Т.: Узбекистон 1997. -221 б

21

talab qilganlarida ko`rsatiladi. Davlat ro`yxatidan o`tkazilganlik hamda yuridik shaxs maqomini olmasdan aholiga engil avtomobilda transport xizmatlari ko`rsatish, suratkashlik, qurilish, fukarolarga tegishli uylar va boshqa binolarni ta`mirlash va obodonlashtirish, fuqarolar o`tkazayotgan to`ylar, tantanalar va boshqa tadbirlar chog`ida artistlik va musiqiy xizmat ko`rsatish, mulkni (binolar, uylar, xonalar va avtomobillardan tashqari) ijaraga berish, akvariumda boqiladigan baliqlarni ko`paytirish kabi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqi borligi to`g`risidagi guvohnoma fuqarolar belgalangan miqdordagi daromad solig`ini to`laganlaridan keyin beriladi. Daromad solig`ini aniq miqdorini tuman, shahar va shaharlardagi tuman hokimiyatlari belgilaydi. Huquqiy qoidalar yakka tartibdagi mehnat faoliyati asosida hamda ayrim fuqarolar tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan xususiy tadbirkorlik, shuningdek bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi shakllarini rivojlantirishga aktiv yordam berish lozim. Shu maqsadda, qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 fevralidagi qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risi»dagi Nizom muhim ahamiyatga egadir. Xususiy tadbirkorlik-bu amaldagi qonunlar doirasidagi tashabbusli xo`jalik faoliyati bo`lib, bu faoliyatini fuqarolar (alohida fuqaro) shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida tavakkal qilib mulkiy javobgarligini o`z zimmasiga olib ishlatish uchun odam yollab amalga oshiradi.

Xususiy tadbirkorlik yuridik shaxs maqomini olmasdan shug`ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ham o`z ichiga oladi. Xususiy tadbirkorlikning mulki davlat, kooperativ yoki boshqa korxona mulkning hammasi yoxud bir qismi fuqaroga o`tkazilgan yoki u o`z shaxsiy jamg`armalari va bankdan olingan qarzlar hisobiga bu mulkni sotib olgan ijaradagi mulkning haqini to`liq to`lagan yoki uni qonunda ko`zda tutilgan boshqa yo`llar bilan sotib olgan holda tadbirkorning o`z mulki asosida, shuningdek tadbirkor yuqorida aytilgan usullarni uyg`unlashtirib, davlatga va jamoat tashkilotlariga tegishli mulkdan foydalanish asosida vujudga keladi.

Tadbirkor fuqarolarning xususiy mulkiga asoslangan korxona O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risi»dagi va «Korxonalar to`g`risida»gi qonunlarga O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun xujjatlariga va yuqorida qayd qilingan Nizomga amal qilib ishlovchi xususiy korxona hisoblanadi. Xususiy korxonalar yuridik shaxs hisoblanadi, o`z mustaqil balansiga, muxriga va hisob raqamiga ega bo`ladi. O`zi joylashgan erdagi tuman, shaxar va shaxardagi tuman hokimiyatida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi.

Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat yuritish istagini bildirgan tadbirkor o`z turar joyidagi tuman, shaxar va shaharlardagi tuman hokimiyatiga ariza beradi. Xususiy korxonalar o`z filiallariga, tarmoq korxonalariga va vakolotnomalariga ega bo`lishi mumkin. Xususiy korxonani davlat ro`yxatidan o`tkazish O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish to`g`risidagi Nizom asosida amalga oshiriladi. Tuman shaxar va shaharlardagi tuman hokimiyatlarida davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun tadbirkorning arizasi va korxona ustavi topshiriladi. Qoidaga ko`ra xususiy korxona ariza va zarur xujjatlar topshirilgan vaqtdan boshlab o`n kun ichida ro`yxatga olinishi yoki ro`yxatga olishdan asosli ravishda bosh tortilishi kerak. Agar korxona belgilangan

muddatda davlat ro`yxatidan o`tkazilmasa yoxud tadbirkor ro`yxatdan o`tkazmaslik sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga murojaat qilishi mumkin. Xususiy korxonalar bilan xodimlarni yozma ravishda o`zaro tuzadigan hamda tomonlarning huquq, majburiyatlari bayon etilgan mexnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishga yollaydi. Mehnat shartnomasi quyidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Malaka yoki muayyan mutaxassislik, lavozim bo`yicha vazifalarni bajarish majburiyati:

- shartnoma amal qiladigan muddati; - mehnat shartnomalari va ish xaki, ijtimoiy va tibbiy sug`urta ijtimoiy ta`minot tarkibi; - xodimning ijtimoiy jihatdan himoyalanishi; - mehnat shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik;

22

- tomon roziligi bilan belgilanadigan boshqa ma`lumotlar. - xususiy korxonalar (jumladan uning filiallari, tarmoq korxonalari, vakolotlari)da

shartnoma asosida yollanib ishlovchilar soni quyidagi ko`rsatkichlardan oshmasligi kerak; - Sanoat va qurilishda-200 kishigacha; - Ishlab chiqarish sohalarining boshqa tarmoklarida-150 kishigacha; - Noishlab chiqarish tarmoqlarida 25 kishigacha; - Chakana savdoda-15 kishigacha; Tadbirkorlikni turli shakllaridagi faoliyatini to`xtatish ham konun asosida amalga

oshirilishi lozim. Xususiy korxonani tadbirkorlikning bir shakli sifatida tugatish mulk egasining qarori bilan yoki sud muassasalarining korxona tashkil etish to`g`risidagi xujjatlarini noqonuniy deb topgach, korxona kasodga uchragach, O`zbekiston qonunlariga zid faoliyat olib borgan hollarda sud (xujalik sudi) qaroriga binoan amalga oshiriladi. Xususiy korxona davlat ro`yxati qaydnomasidan o`chirilgan vaqtdan boshlab tugatilgan hisoblanadi. Tugatilgan xususiy korxona mablag`larini byudjet va tashkilotlardan olingan, xodimlarga berilmay qolgan qarzlar belgilangan tartibda to`langanidan keyin qolgan qismi korxona egalariniki hisoblanadi. Bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular o`zlariga maqbul bo`lgan mulkchilik shakllarda jamoalarga birlashadi. Jamoalarga birlashgan fuqarolar jamoa korxonalarini tashkil qilish orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar. Bu xildagi tadbirkorlik shaklini amalga oshirish faqatgina fuqarolarning mulki asosida iqtisodiy faoliyat yurgizishga asoslanadi. Jamoa tadbirkorligining afzallik tomoni, unga birlashgan fuqarolar faoliyatining asosi faqat bir maqsadga qaratilgan bulib, foyda olishni jamoa asosida tashkil qilishdan iboratdir. Qonunga asosan bir guruh fuqarolar jamoa tadbirkorligi asosida kichik korxonalarni tashkil qilishi mumkin. Fuqarolar mulkiga asoslangan kichik korxonalarni tashkil etish, ro`yxatdan o`tkazish, faoliyatni olib borish va tugatilishiga doir huquqiy holatlar yukorida bayon qilganimizdek, O`zbekiston Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risida»gi Nizomda, respublikaning boshqa qonun xujjatlarida belgilangan. Agarda yukorida qayd etilgan tadbirkorlik shakllarida fuqarolar yakka tartibda yollanma mehnatni jalb etib yoki bir guruh bulib jamoa tadbirkorligiga birlashib faoliyat yurgizsalar, xamkorlikdagi tadbirkorlik shaklida esa ular mustaqil yuridik shaxslar bilan o`zaro xamkorlikda iqtisodiy faoliyat yurgizadilar.

4. Rivojlangan davlatlarda kichik tadbikorlikni qo`llab quvvatlashda davlatning

roli.

Bozor iqtisodiga asoslangan rivojlangan mamlakatlarda 20 asrning 60-yillar oxiri 70-yillar boshi kichik biznesning gullagan davriga to`g`ri keldi va u hozirda ham o`z o`rnini mustaqkamlab kelmoqda. Firmalarning umumiy sonida mayda va o`rta korxonalar salmog`i GFRda 95%, Yaponiyada 99,7 %ga to`g`ri keladi, ushbu sohada yollangan ishchilarning 45-47 foizi band, chunki taraqqiy etgan davlatlarda tadbirkorlik xo`jalik yuritishning alohida, ilg`or vav antibyurokratik usuli hisoblanadi. AQShda 500 tagacha xodimi bo`lgan korxona kichik korxona bo`lib hisoblanadi. Germaniya va boshqa G`arbiy evropa davlatlarida esa, 300 tagacha xodimi bo`lgan korxona kichik korxona hisoblanadi.

Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarning ikkita tamoman o`zgacha turlarga bulish mumkin: 1) hayotni ta`minlovchi korxonalar; 2) tez o`suvchi korxonalar.

Odatda kichik korxonalarning qariyib 80-90 foizi o`ta kichik bo`lib, ular o`sish uchun cheklangan imkoniyatlarga ega. Bunday korxonalar hayotni ta`minlovchi korxonalar deb yuritiladi. Ushbu turdagi korxonalarga konsul`tatsion xizmat ko`rsatuvchi firmalar, tor doirada ixtisoslashgan dukonlar, kafe va shu kabilar kiradi. Ulardagi xodimlar to`liq bulmagan ish kuniga ega bo`lib, firma manzillari sifatida tadbirkorlar o`z uylaridan foydalanadilar. Hayotni

23

ta`minlovchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo`lib, uning egasi etarli turmush darajasini ta`minlash maqsadida tashkil etadi. Ikkinchi turdagi korxonalar tez usuvchi korxonalar deb nomlanadi. Ularning bunday nomlanishiga sabab, ulraning maqsadi tezrok kichik biznes chegarasidan chikib rivojlanishdir. Tez usuvchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo`lib, ular tezkor o`sish tendentsiyasiga va kuyilgan sarmoyaning yuqori kaytimligiga hisoblanadi. Odatda, bunday turkum korxonalarga bir necha kishi raxbarlik qiladi. Tez usuvchi korxonalar yirik investitsiya manbalariga tez yaqinlasha oladilar va buning natijasini keng bozorda yangi tovarlar va xizmatlarini kiritish imkoniga ega bo`ladilar. Bunday turdagi korxonalarni har yili AQShda chop etiladigan “Ink” jurnalida e`lon qilishadi. 1990 yili 500ta shunday kompaniyaning yillik oboroti 9,6 mlrd. dollarga teng buldi va 56,8 ming ish joyi hosil kildi. 1990 yilda bu ruyxatda “Konjentriks” firmasi peshkadamlik egallab, uning asosiy faoliyati “Sharlotta” shaxrida (shim. Korolina shtati) elektrostantsiyalarni kurish va ta`minlash bo`lgan. Ma`lum yillarda ushbu ruyxatda “Charlz Shvab” va “Mikrosoft” korporatsiyalari karvonboshilik kilganlar. Hozirgi paytda ushbu korporatsiyalar yuksak rivojlangan korporatsiyalar safiga kiradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o`z ko`lami jihatdan iktisodietni o`zluksizligini va barkarorligini ta`minlashda katta o`rin egallaydi. Kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiyotga ta`sir kulami bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`rifiy va jihatlarni o`z ichiga oladi. Biz faqatgina iqtisodiy jihatdan muhim bo`lgan xususiyatlar xususida tuxtalamiz. Bular quyidagilardir: a) ish joylarini tashkil etishdagi mavkening yuksalishi. O`tgan 10 yil mobaynida AQSh kichik biznes bo`yicha boshqarmasining axborotiga ko`ra yangi ish joylarining yarmidan ko`pi 100 kishidan kam xodim ishlaetgan korxonalar xisssasiga to`g`ri keladi. Tez usuvchi firmalar yangi firmalarning 27 foizi tashkil etib ular 60 foiz yangi ish joylarini hosil kiliishda katnashmokdalar. Shu bilan birga kichik biznes hosil qilingan ish joylarining:

ish haqiga qo`shimcha to`lovlar, imtiyozlarning bir muncha pastligi; ish joylarini qariyib 25 foizi noto`liq ish kuni tartibida shakllanadi; ularda ishlovchilar tarkibining turli-tumanligi ya`ni ma`lumot dastlab ishlamaganlar,

yosh jihatdan o`rta yoshlar va o`rta yoshdan o`tganlar salmogini ko`pligi bilan ajralib turadi. b) yangi tovarlar va xizmatlarni tadbik qilish. AQSh milliy fondining hisoblariga ko`ra 98 foiz yangi mahsulot xususidagi tadqiqotlar kichik biznesda yaratilgan. Bu o`ta muhim ko`rsatkichdir. Eng yirik kashfiyotlar: havfsiz ustaralar, elektron soatlar, vertalyotlar, zanglamas pulat va boshqa tovarlar kulami bevosita kichik biznesda yaratilgan. v) yirik koorporatsiyalar ehtiyojini kondirish. Yirik kompaniyalar mahsulotini sotish, uni bozor talablari asosida shakllanishiga kumak berishda kichik korxonalarning roli yuqoridir. O`z navbatida yirik rivojlanuvchi firmalar o`z iqtisodiy strategiyalarida mayda ta`minotchilar bilan aloqa o`rnatishni samarali hisoblaydilar. Chunki ular moslashuvchanlik xususiyatiga egadir. g) maxsus tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlash vazifasi. Kichik korxonalar mijozlarning o`zgacha maxsus ehtiyojlarini kondirishga etakchi urin egalaydilar. Chunki 1-dan, maxsus talabning ommaviy tusga ega emasligi va uning yirik ishlab chiqarishda tashkil etish samarali bulmasligi sabab bo`lsa, 2-dan esa, boy xaridorlarning “o`ziga xos” istaklarini mavjudligidir. Kichik biznesni tashkil etishda muhim urini firmani barpo etish va uni samarali sohasini aniq belgilash egalaydi. Shu bilan birga statistika yangi ishni boshlashdagi ko`p omadsizlikdan dalolat beradi. Ko`pchilik uni 30% mikdorda deydi, chunki 85% yangi korxonalar 10 yilik dastlabki ishlash davridayok inkirozga uchraydilar. Shu bilan birga kayd etilgan kichik firmalarning 40% 5 yildan so`ng o`z ishlarini davom etirmokdalar. Kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga bir qator omillar ta`sir kursatadi. Bular quyidagilardir.

1) Korxonalarni yiriklashuvi tendentsiyasining pasayishi. AQShda yaqin 15-20 yil ichida korxonalarning yiriklashuvi tendentsiyasi pasayadi. Bu asosan, xizmat ko`rsatish sohasidagi siljishlar bilan bog`liq. Albatta, bu xizmat ko`rsatish sohasida faoliyat masshtabini uncha

24

kengaytirish imkoni pastligi bilan belgilanadi. Hozirgi pa1ytda xizmat ko`rsatish sohasidagi kichik korxonalar yirik raqobatchilarga nisbatan ayrim yumushlarini samarali tashkil qila olmoqdalar. Bu birinchi navbatda boshqarish tizimining soddaligi va ixchamligi bilan bog`liqdir.

2) Ayollar ish kuchining iktisodga kirib kelishi. 80-yillarning o`zidagina 2 mln. ayollar o`z ish joylarini ochdilar. Hozir AQSh da 4-5 korxona ayollarga tegishli bo`lib, ular mamlakatdagi ja`mi kichik korxonalarning 30 foizini tashkil etadi. Bu tendentsiya davom etadigan bo`lsa, 2000 yilga borib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ayollar va erkaklar soni tenglashadi.

3) Yirik ishlab chiqarishda xodimlarni qisqarishi. Bu ayrim jihatdan demografik omillar bilan bog`liq. Jumladan “demografik portlash” davrida tug`ilganlar hozirgi 30-40 yoshga, ya`ni o`z ishini mustaqil boshlash vaktiga etdilar. Bundan tashkari, yirik korxonalarda ish urni uchun ko`rash,o`rta butun xodimlarning qisqarilishi bevosita kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadi. 4)Yangi korxonalar ochish sur`atining ortishi. AQShda har yili o`rtacha 200 mingga yaqin aholi o`zining firmasini ochadi. Ularning yarmidan ko`pi 20 ming dollardan kam oborot bilan o`z faoliyatilarini boshlaydilar. Ularning kariib 75 foizini o`z firmalarida 50 soat ishlaydilar, 25 foizi esa, 70 soat va undan ortiq ishlaydilar. Qariyib 2/3 qismi yangi biznesni boshlovchilar yangi yoki boshlayotgan kompaniyalar hisoblanadilar. Ya`ni, ular amalda ishlaetgan korxonalarni sotib olmaganligidan o`zlari xususiy biznesni boshlaydilar. Ularnig 80 foizidan ortig`i o`z ishlarini o`ta samarali g`oyani emas, balki oddiy ishlarni tart`ibli hal qilish bilan boshlaydilar.

Demak, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillarni umumiylashtirsak, ular quyidagilardan iborat:

korxonalar yiriklashuvi tendentsiyasining pasayishi: ayollar ish kuchining iqtisodiyotga kirib kelishi; yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qisqarishi: yangi korxonalarni ochish sur`atining ortishi va boshqalardir.

QISQAChAChA XULOSA

Korxonalarda davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning etakchi bo`g`ini bo`lib, xususiylashtirish natijasida turli mulkchilik qatlamlari shakllandi va ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmokda. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi sharoitlarni yaratish hukumat mas`uliyatidagi ish hisoblanadi. Uning shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar qatoriga davlatning iqtisodiy siyosati, aholining ijtimoiy ahvoli, raqobatning shakllanish darajasi, tadbirkorlikning raqobatlantirilishi va boshqalarni kiritish mumkin. Tadbirkorlik mulkchilik sub`ektlarining foyda olish maqsadida tavvakal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishdir.

NAZORAT VA MULOHAZA UChUN SAVOLLAR 1. Tadbirkorlik faoliyati kanday rivojlanish tarixiga ega? 2. Xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan

iborat? 3. Xorijiy mamlakatlarda (Yaponiya, Frantsiya, AQShlarida) tadbirkorlik faoliyatini qaysi

shaklini rivojlanishi katta ahamiyatga ega va uning sababi nimadan iborat? 4. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va mohiyati deganda nimani tushunasiz? 5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi omillarni ta`kidlab o`ting.

Sizningcha, yana qanday (ichki va tashqi )omillar ta`siri bo`lishi mumkin? 6. “Biznes” va “tadbirkorlik” so`zlarining iqtisodiy tushunchasi va ularning farqi nimalardan

iboratligini tushuntirib bering.

25

ASOSIY ADABIYoTLAR RUYXATI: 1. Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 1995 2. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999. 3. I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil.

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/ O`z R Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”, 2003.-144 bet.

6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002.

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR RO`YXATI 1.Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 2.Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 2005. -66 b. 3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 b.

2-MAVZU: TADBIRKORLIKNING DAVLAT TOMONIDAN QO`LLAB-

KUVVATLANIShI VA BOShQARILIShI. Tayanch iboralar: kichik biznes, litsenziya, tadbirkorlik oddiy litsenziya, tadbirkorlik sub`ekti, maxsus litsenziya, to`liq litsenziya, moliya-kredit, kadrlar ta`minoti.

2-ma`ruza. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi va boshqarilishi.

Reja: 1.Iqtisodiy erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida tadbirkorlikni davlat, jamiyat, tarmoq tomonidan qo`llab – quvvatlashning zaruriyati.

2.Kichik tadbirkorlikni qo`llab – quvvatlash haqida qonun. 3.Davlat qo`llab – quvvatlashning infratuzilmasi: kichik tadbirkorlikni qo`llab– quvvatlash dasturlari. 4.Litsenziya berish sohasida davlat siyosati. Litsenziya talab etiladigan faoliyat turlari. 5. Moliya – kredit vositasida qo`llab – quvvatlash. Kadrlar bilan ta`minot.

1.Iqtisodiy erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida tadbirkorlikni

davlat,jamiyat, tarmoq tomonidan qo`llab – quvvatlashning zaruriyati.

O`zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirishning davlat dasturida tadbirkorlikni qo`llab-kuvvatlash va xususiylashtirishdan keyingi davrda korxonalar bir maromda ishlashini ta`minlash choralari ko`zda tutilgan. Buning uchun davlat:

maxsus investitsiya fondlari va banklar tuzadi; xususiylashtirishdan olingan mablag`larga xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish

dasturlarini qo`llab-kuvvatlashda foydalaniladi; davlatga tegishli aktsiyalarga olingan dividentlarni texnika jihatdan qayta qurollantirish va

asosiy fondlarni yangilashga yo`naltiriladi;

26

bojxona to`lovlari va soliqlarining ayrim turlarini pasaytirish yoki bekor qilish, narx belgilash va litsentsiyalash hajmlarini kamaytirish va shu kabi ko`rinishdagi turli imtiyozlarni belgilaydi;

tadbirkorlikning huquqiy va iqtisodiy muhofazalanishini kafolatlaydi. Davlat tadbirkorlar uchun shart-sharoitlar yaratishda hal qiluvchi rol` o`ynaydi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni yaratilishi kerak. Bu zarur shart-sharoitlar nimalardan iborat? Bir necha asosiy qoidalar borki, ularga amal qilmoq kerak: -salmovli huquqiy va ma`muriy tartibga asoslangan bozor iqtisodiyotiga yo`naltirilgan siyosat; -boshlovchi tadbirkorlarni o`qitish dasturlarni ishlab chiqish; -mablag`dan unchalik katta bo`lmagan yangi korxonalar ham foydalana olishini ta`minlovchi tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-kuvvatlanishi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish to`g`risida” gi Farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi tadbirkorlikning yuzaga kelishi iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichidagi eng asosiy vazifalaridan biri sifatida qayd etildi. Bu vazifani hal etish uchun tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash tizimi yaratildi. U qonunlar, Prezident Farmonlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini o`z ichiga oluvchi tegishli me`yoriy-huquqiy xujjatlarga asoslanadi. Respublika bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`z yo`lini tanlab oldi. U iqtisodiy isloxatlarni o`tkazishning 5 asosiy qoidasiga asoslanib, “Davlat bosh isloxatchi” ekanligini kursatdi. O`zbekiston hukumati tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashning qudratli yo`lini qabul qildi. Qishloq xo`jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari qo`shimcha qiymat uchun soliq to`lashdan ozod qilinganlar. Xalq iste`mol buyumlari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar 2 yil mobaynida daromad solig`idan ozod qilinganlar, keyingi 2 yil ichida esa, kamaytirilgan stavkalarda soliq to`laydilar. Qishloqlarda joylashgan kichik korxonalar, yordamchi ishlab chiqarishlar, xunarmandchilik mol-mulkiga, qo`shimcha qiymat, er, transport solig`i, amortizatsiya ajratmalari, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste`mol buyumlarini ishlab chiqarishga soliqlar stavkasi 50 % kamaytirilgan. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda 70-yillarning o`rtalaridan boshlab iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiy o`sishning yangi modeli shakllana boshladi. Uni innovatsion yoki axborot-industrial model` sifatida ta`riflash mumkin. Ko`pchilik firmalar uchun o`rganish bo`lgan ishlab chiqarish va marketing infrastrukturasi sifat jihatidan yangi texnologiyalar, talab va taklif kon`yukturasi bilan almashdiki bu xo`jalikning yuritish sub`ektlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda o`zgarishlarga olib keldi. Iqtisodiy o`sish samaradorligini oshirishda yangi bosqich boshlandi. U tadbirkorlik sa`y-harakatning hiyla hujumkor tipini shart qilib qo`ydiki, bu ruh tovar ishlab chiqaruvchiga bozor muvvafaqiyati va etakchilikni ta`minladi. Tadbirkorlik faoliyat turi sifatida o`zini o`zi tartibga solib turuvchi tizim xususiyatlarini egallaydi. Bu jarayon quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

1. Bozor iqtisodiyoti amal qilgan barcha mamalakatlarda o`z xususiy ishini yo`lga qo`yishga ko`lam jihatidan mislsiz intilish yuzaga keldi. AQShda keyingi 20 yil ichida korxonalarning umumiy mikdori deyarli 3 barobar, Yaponiyada - taxminan 2 marta ko`paydi. Italiyada esa, har yili 300 mingga yaqin yangi korxona paydo bo`lardi.

2. Tadbirkor jamiyatining ijtimoiy tarkibida muhim o`rin egallab, “zamonasining yangi qahramoni” ga aylandi.

3. Barcha darajalarda turli xil ma`muriy-qonunchilik cheklovlarini bekor qilish natijasida tadbirkorlikning xo`jalik erkinligi darajasi keskin oshdi. 4.Tadbirkorlik bilan shug`ullanish uchun sifat jihatidan boshqacha shart-sharoitlar ta`qib topdi: venchur mablag`i bozori tez o`sdi, moliya muassasalarini diversifikatsiyalash va

27

aholining moliya mablag`larini jalb etish imkonlari kengaydi. Fuqarolar va tashkilotlarning biznesdagi axborotlarga etishishi yaxshilandi (inkubatorlar, innovatsion parklar, ryunder markazlari va shu kabilar). O`zbekiston xususiylashtirishdan olingan barcha mablag`lar byudjetga emas, balki xususiylashtirilgan korxonalarni qo`llab-kuvvatlashga, tadbirkorlik va bozor tarkiblarini rivojlantirishga yunalltiriladigan yagona davlatdir. Xalqaro tashkilotlar (Jahon banki, BMT-YuNIDO) tomonidan kayd kilinishicha korxonalar va tadbirkorlik faoliyatini xususiylashtirishdan keyingi qo`llab-kuvvatlanishning O`zbekistonda amal kilinaetgan tizimi MDH mamlakatlari orasida uxshashiga ega emas. Xususiylashtirish va davlat tassarufidan chiqarishning davlat dasturidan tashkari O`zbekistonda xalq xujaligining barcha tarmoqlarida shu jumladan, qishloq xujaligida aloxida, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari qabul kilinib, amalga oshirilmokda. 1994 yili Korakalpogiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shaxrini kamrab oluvchi mintakaviy dasturlar ishlab chikildi va amalga oshirila boshladi. Soliq solish sohasidagi qonunlarni takomillashtirish borasida ishlar chuqur uylab olib boriladi.Mo`taxassislarning baholashicha O`zbekistondagi soliq tizimi sobik SSSRning barcha respublikalaridagidan, evropadagi ko`pgina mamlakatlar va AQShdagidan ko`ra progressivrokdir. Bundan tashkari, xususiy korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulot chiqarishni ko`paytirish, soliq olinmagan mablag`larni ijtimoiy ehtiyojlarga yunalatirish maqsadida daromaddan olinadigan soliq bo`yicha imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. Ish boshlagan dastlabki ikki yil ichida xususiy korxonalar mulkga solinadigan soliqlardan, 1995 yildan boshlab esa, barcha korxonalar 20 % lik ammortizatsiya ajratmalari to`lashdan ozod kilindilar. Xususiy mulk shaklida xususiylashtirilgan korxonalar (Mahalliy sanoat, maishiy xizmat, davlat savdosi, umumiy ovakatlanish, matlubot korporatsiyasi, “O`zmevasabzavotuzumsanoat”) order olgan vaktlaridan boщlab dastlab 2 yil ichida mulk solig`i, resurs to`lovlari, 20 foizli amortizatsiya ajratmalarini to`lashdan ozod qilinganlar. Xalq iste`moli buyumlari va qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha yangidan tashkil etilaetgan xususiy korxonalar ko`pgina soliqlardan ozod etilgan, boshqa chet el davlatlari bilan kieslansa, ularning soliq yuki ancha engil. Chunonchi, Germaniya, Frantsiya, AQSh va bozor iqtisodiyoti rivojlangan boshqa mamlakatlarda Turkiya va xatto usha Rossiyada ham xususiy korxonalar uchun soliq yukining tushumining 40 foizidan 60 foizgacha bo`lgan kismini tashkil etadi.

2.Kichik tadbirkorlikni qo`llab – quvvatlash haqida qonun.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O`zbekiston respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishni qo`llab - quvvatlashning davlat dasturi” (1995 yil 28 avgust № 334 -sonli karori) qabul qilinishi bilan O`zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi. Ushbu dasturda davlat yordamining shakllari va turlari, mutasaddi tashkilotlar, kichik biznesga yordam berish uchun mablag` olish manbalari ko`rsatilgan. Kichik biznesning rivojlanishini qo`llab-quvvatlash shakllari va utrlari nihoyatda xilma-xildir. Ularni quyidagigi guruhlarga ajratish mumkin:

-davlat-huquqiy yordami; - tashkiliy va boshqaruv yordami; - moliyaviy-iqtisodiy yordam; - moddiy-texnikaviy yordam; - ijtimoiy-psixologik yordam.

28

Kichik tadbirkorlik to`g`risidagi qonun xujjatlarining asosiy maqsadi uning samarali o`sishini ta`minlaydigan infratuzilmasini shakllantirish uchun umumuiy kulay iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir. Kichik tadbirkorning xususiyati yirik industrial ishlab chiqarish uchun inkiroz davrida uning ustivorligi hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shundan guvoh beradiki, uzoq davom etadigan iqtisodiy inqiroz muxitida asosan ishlab chiqaradigan mayda korxonalar yirik korxonalarga nisbatan kamroq jabrlanadi, hattoki bozorda o`z mavqeini mustahkamlaydi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash dasturlariga 1995 yil 21 dekabrda “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish to`g`risida” qonuni, 1995 yil 5 yanvardagi “Xususiy tadbirkorlikda tashabbuskorlik va uni rag`batlantirish to`g`risidagi” Farmonlarini,1995 yil 26 iyuldagi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo`llab -quvvatlash fondini tashkil etish to`g`risida”gi Qarorlarini (Biznesfond) kiritish mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidagi soliq imtiyozlari ham kichik biznesni qo`llab-quvvatlashning muhim choralari hisoblanadi. 3. Davlat qo`llab – quvvatlashning infrastrukturasi: kichik tadbirkorlikni qo`llab–

quvvatlash dasturlari.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga ko`maklashish jamg`armasi (Biznes-fond) eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Jamg`arma byudjetidan ajratilgan, davlat va munitsipal mol-mulkni xususiylashtirishdan tushgan mablag`larda o`z faoliyatidan kelgan daromadlardan xususiy va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, kimmatbaxo qog`ozlar chiqarish va joylashtirishdan tushgan daromadlardan iborat pul mablag`larini jamlash yuli bilan kichik tadbirkorlikni qo`llab kuvvatlash rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar va tadbirlarni mablag` bilan ta`minlaydi.

Biznes-fondning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: ustuvor yo`nalishlarda kichik va o`rta biznesni qo`llab -kuvvatlash yuli bilan bozor

munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish mobaynida davlat siyosatini o`tkazishga ko`maklashishsh;

kichik va o`rta biznesning bozor infrastrukturasini vujudga keltirishga kumaklashuvchi infrastruktura elementlari (bank, axborot, sug`urta, lizing va boshqalar)ni shakllantirish;

kichik va o`rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni qo`llab-kuvvatlash hamda rivojlantirish uchun o`z mablag`larini ajratish va chet el investitsiyalarni jalb etish masalalarida xalqaro moliya va jamoat tashkilotlari hamda jamg`armalari, korporatsiyalari, agentliklari, vakolatxonalari, idoralari, xususiy, huquqiy va jismoniy shaxslar tadbirkorlik tuzilmalari bilan o`zaro hamkorlikni ta`minlashdan iboratdir.

Biznes fondning asosiy vazifalari: kichik va o`rta tadbirkorlik tuzilmalariga respublika tovar bozorlarini tuldirish,

chetdan keltiriladigan tovarlar urnini bosish va chetga chiqariladigan tovarlar urnini kengaytirish, yangi ish urinlarini barpo etish uchun moliyaviy yordam ko`rsatish;

kichik va o`rta tadbirkorlik tuzilmalari innovatsiya faoliyatini qo`llab kuvvatlash, raqobatga bardoshli tayyor mahsulotning yangi turlarini ishlab chikish va ishlab chiqarishni rag`batlantirish;

O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlar bankini vujudga keltirish va biznesni tashkil etib, rivojlantirish borasida axborot huquqiy xizmatlar ko`rsatish;

kichik va o`rta biznesning kamyob xalq iste`moli buyumlari ishlab chiqarish va xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalari hamda, dasturlari uchun moliyaviy mablag`lar ajratishdan iborat.

29

Biznes fond bilan bevosita hamkorlikda “Madad” sug`urta agentligi ish olib boradi, u har bir valyutada o`z buyumlariga ega bo`ladi. Davlat uning ham muassasasi bo`lib, kichik va o`rta korxonalarning faoliyatini kreditlash bilan bog`liq kattagina xatarning moliyaviy ta`minotini o`z zimmasiga oldi. “Madad” sug`urta agentligi: -kichik va o`rta biznesning dasturlari va loyihalarini ekpert baholash va tanlab olishni hamda ularni ruebga chiqarish uchun moliyaviy mablag`lar ajratilishi maqsadlarini ko`zlab xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlab chikish; -tadbirkorlik tuzilmalari Biznes fonddan ajratilgan mablag`lardan samarali foydalanishi ustidan nazorat mexanizmini ishlab chikishni amalga oshiradi; -buyurtmaning fond dasturiy yo`rug`iga muvvofik, darajasini; -loyihaning dolzarbligi, noyobligi, realligi, raqobatga bardoshligi, loyihaning mintaka manfaatlariga muvofiq, loyiha byudjeti va grafigi (hayotiy tsikli) mukammalligi loyihaning moliyaviy asosolanganligini belgilaydi; -loyihalarni amalga oshirish bilan bog`liq tavvakalchilikni sug`urtalaydi. Shuni ta`kidlash kerakki, sug`urtalash sohasida davlatning yakka xokimligi tugatildi va O`zbekiston Respublikasining sug`urta bozorida bugun 24 ta sug`urta kompaniyasi ish olib bormokda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-kuvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: -qonuniy-huquqiy ta`minot; -tashkiliy ta`minot; -tadbirkorlikni rivojlantirish uchun moddiy -texnikaviy sharoit yaratish; -moliyaviy kredit ta`minoti; -tadbirkorlikni sug`urta bilan ta`minlash; -tadbirkorlik shu`basini kadrlar bilan ta`minlash; -TIF ishini iqtisodiy qo`llab-kuvvatlash; -axborot maslaxat ta`minoti; -tadbirkorlikni ijtimoiy-ruxiy jihatdan ta`minoti va boshqalar. O`zbekistonda davlatni iqtisodiy siyosatida kichik tadbirkorlik korxonalarini qo`llab kuvvatlash tadbirlari amalda realizatsiya kilinmokda:

Respublika kichik korxonalarni qo`llab- kuvvatlash fondi tashkil etilgan bo`lib, moliyaviy yordam kichik korxonalarga davlat, jamoa, tashkilotlar, yuridik va ajnabiy shaxslarni ixtiyoriy tulaydigan yigimlari hisobidan qo`llab- kuvvatlanmokda;

1991 yildan boshlab kichik korxonalar birinchi yili oladigan foydasidan 25 foiz to`lov belgilandi, ikkinchi yili olinadigan foydadan 50 foizi soliq sifatida tulanadigan buldi;

dastlabki ikki yil qishloq xujaligi mahsulotlari ishlab chiqaradigan va bu mahsulotlarni qayta ishlaydigan, keng xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqaruvchi, kurilish, ta`mirlash, kurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, yangiliklarni tadbik etuvchi kichik korxonalar byudjetga soliq to`lashdan ozod etilgan;

o`z foydalarini kurilishga, korxonani qaytadan rekonstrutsiya qilish, asosiy fondlarni yangilab borishga, yangi texnikani, texnologiyani, ishlovchilarni malakasini oshirishga sarflaydigan kichik korxonalardan soliq solinmaydi;

kichik korxonalarda pensionerlar kariligi va nogironligi bo`yicha ishlayotganlarni 50 foizini tashkil kilgan takdirda olngin foydadan davlat byudjetiga tulanadigan soliq 30 foizga kamaytirilgandir;

kichik korxonalarda ishlovchi karilar va nogiron pensionerlar umumiy ishlovchilarni 30 foizdan to 50 foizgacha tashkil etsa, foydadan olinadigan soliq 20 foizga kamaytiriladi;

qonunda kursatilgan kichik korxona mustaqil o`zi xo`jalik faoliyati olib borish huquqiga ega, o`z-o`zini moliyalashtiradi, o`zini boshqaradi, o`z Ustavida kursatilagn qonunlar doirasida ish olib boradi;

30

kichik korxonalar yuridik shaxs sifatida korxonalar bilan shu jumladan xorij firmalari bilan ham turli shartnomalar tuzish huquqiga ega;

kichik korxona nomidan direktor belgilangan reja asosida firmani istikboli uchun zarur faoliyat turlarini baholash majburiyatini oladi, moliyaviy natijalar bo`yicha buxgalteriya hisobotlarini to`zib beradi;

kichik korxonalar o`z mablag`larini o`zi pul, moddiy tushumlar, korxona, tashkilotlarga mahsulot sotishdan kelib tushgan mablag`, aktsiyalarni sotishdan, boshqa qimmatli qog`ozlarni sotishdan kelgan mablag`lar, kichik korxona mulkini shakllantirishda shartnoma bo`yicha turli korxonalar pul, moddiy shaklda badal o`tkazish fuqarolar, ishlovchilar ham pul o`tkazishlari mumkin;

kichik korxonani tashkil etuvchi tashkilot firmani oladigan foydasidan ta`sischiga o`tkaziladigan normani belgilaydi, kichik korxona byudjet va ta`sischi bilan hisob- kitob qilib bo`lgandan so`ng kichik korxonani o`z foydasi tashkil topib, bu foyda korxona Nizomi bo`yicha taksimlanadi.

4. Litsenziya berish sohasida davlat siyosati. Litsenziya talab etiladigan faoliyat turlari.

Litsenziya so`zi- lotincha so`z bo`lib erkinlik huquqi degan ma`noni anglatadi. 1.Chet eldan mol olib kelish yoki chiqarish uchun beriladigan ruxsatnoma. 2.Ixtiro kashfiyotida foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma. Litsenziya-davlat organlarining chet elga mol chiqarishga yoki chet eldan mol keltirishga ro`xsati bo`lib, bularni eksport yoki import litsenziyalari deyiladi. Litsenziya potentsialga ega bo`lgan shaxs tomonidan ham beriladi va bunda potentsialga egalik o`zgarmaydi. Litsenzion kelishuvda litsenziya berish, olish shart-sharoitlari, muddati, rag`batlantirilishi ifoda etiladi. Litsenziya savdosi tijorat maqsadda foydalaniladigan ilmiy-texnik ayriboshlashning asosiy shaklini tashkil etadi. Litsenziyaning 3 xil turi mavjud: -oddiy litsenziya -maxsus litsenziya -to`liq litsenziya Oddiy litsenziya uning egasiga o`zi foydalanishi uchun yoki boshqaga foydalanishga berish uchun imkon yaratadi. Maxsus litsenziya oluvchiga uning egasi faoliyat qiluvchi xududda foydalanishni va boshqalarga bu imkoniyatni berishni ta`kidlaydi. Litsenziya oluvchiga man etilgan boshqa xududlarda litsenziya egasining o`zi foydalanishi va boshqalarga foydalanishga imkon yaratish mumin. To`liq litsenziya egasining huquqini batamom yo`qotishini bildiradi.

5. Moliya – kredit vositasida qo`llab – quvvatlash. Kadrlar bilan ta`minot.

Biznesning asosini, shuningdek uning kichik ko`rinishlarini moliyaviy sarmoyalar va moliyaviy zaxiralar tashkil qiladi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektning moliyaviy zaxiralarini uning ixtiyorida bo`lgan pul vositalari tashkil qiladi. Faqatgina, unchalik ko`p bo`lmagan yangi ish boshlagan tadbirkorlar o`z ishlarini o`zlari moliya bilan ta`minlaydilar. Ko`pchilik kishilar oz miqdorda bo`lsa ham tashqi manbalarga muhtoj bo`ladilar. Moliyaviy resurslarning 4 ta toifasi mavjud bo`lib ularda quyidagilar:

1. Savdo krediti. Bu turdagi “Pul” to`g`ri ma`noda zayom vositasi hisoblanmaydi. Haqiqatdan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning etkazib beruvchilaringiz sizga pul to`lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan muhlatlarda to`lash sharti bilan.

31

2. Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi kreditlar maxsus maqsadlar-muddatli kreditlar ehtiyoj sifatida kelgusi mavsumda sotish uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga etmasdan uziladi.

3. Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatga korxonani kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi.

4. Aktsiyanerlar kapitalda investorning qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi. Siz vositalarni olasiz va foydaning bir qismini investorga berasiz. Boshqacha qilib aytganda, siz o`z korxonangizning bir qismini sotasiz.

Iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bo`lgani kabi tadbirkorlik sohasida ham kadrlarning o`rni beqiyosdir. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatida ham kadrlar ta`minotini va ularning strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Kadrlar siyosati va boshqarish san`ati bu xalq xo`jaligida eng yaxshi boshqaruv kadrlarini uzoq muddatga tayyorlashdir. Kadrlar siyosati korxonalarda, firmalarda, korporatsiyalarda mutaxassislarni qayta tayyorlash, uzoq muddatli dasturlarda ishlab chiqariladi. Masalan, yangi biznes usullarida tadbirkorlik faoliyati sohalari bilan shug`ullanuvchi kadrlar kerak bo`ladi, shuningdek Tadbirkorlik asoslari, marketing, bank faoliyati sohalaridja ishlashni biladigan mutaxassislar zarur bo`ladi. Katta korxonalarda kadrlar siyosatini shakllantirishda birinchi navbatda kadrlar xizmati rahbarlari, oliy, muntazam va funktsional rahbarlar ishtirok etadi, ammo, yakuniy qarorni bosh direktor yoki direstorlar majlisi boshchiligidagi oliy menejerlar korpusi qabul qiladi. Xususiy tadbikorlikda kadrlar ta`minoti va strategiyasi bilan tadbikorning o`zi shug`ullanadi.

QISQAChAChA XULOSA Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash tizimi yaratilib, u qonunlar, Prezident Farmonlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini o`z ichiga oluvchi tegishli me`eriy-huquqiy xujjatlarga asoslanadi. O`zbekiston xususiylashtirishdan olingan barcha mablag`lar byudjetga emas, balki xususiylashtirilgan korxonalari qo`llab-quvvatlashga, tadbirkorlik va bozor tarkiblarini rivojlantirishga yo`naltirilgan yagona davlatdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shundan guvohlik beradiki, uzoq davom etadigan iqtisodiy inqiroz muhitida asosan iste`mol tovarlari ishlab chiqaradigan mayda korxonalar yirik korxonalarga nisbatan kamroq jabrlanadi. Shuning uchun bizning mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqilib, ularni rivojlantirishga aloxida ahamiyat berilmokda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-kuvvatlash tadbirlari qonuniy -huquqiy ta`minot, moliyaviy kredit ta`minoti, sug`urta bilan ta`minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash shakllarida amalga oshiriladi. Bularga davlat korxonalar tomonidan biror iqtisodiy faoliyatni bajarishga ixtirolar, ishlab chiqarish tajribasi, tijorat axborotlaridan ma`lum vaqtda foydalanish huquqini ifodalovchi ruxsatnomaning berilishi, ya`ni litsenziya berilishi katta ahamiyatga egadir.

NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI. 1.Tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlashning zarurati nimada? 2.Qanday dasturlar asosida kichik tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash tizimi amal qilmoqda? 3.Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tadbirlari qanday shakllarda amalga oshiriladi? 4. Biznesning asosini, shuningdek uning kichik ko`rinishlarini qanaday zaxiralar tashkil qiladi? 5. Katta korxonalarda kadrlar siyosatini shakllantirishda birinchi navbatda kimlar ishtirok etishadi va qarorni kimlar qabul qilishadi?

32

ADABIYoTLAR RUYXATI 1. Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 1995 2. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999. 3. I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/ O`z R Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”, 2003.-144 bet. 6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002.

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR RO`YXATI:

1.Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 2.Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 2005. -66 b. 3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 b. 4.Yusupov M.A., Ergaxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -264 b.

3- MAVZU. MULK VA TADBIRKORLIKNING ShAKLLANIShINING IQTISODIY YO`LLARI(2 SOAT).

Tayanch iboralar: Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish, shaxsiy mulk, xususiy mulk, fuqarolar mulki, aralash mulk, jamoa mulki, davlat mulki, tadbirkorlik shakllari , xususiy tadbirkorlik, kichik biznes,

3-ma`ruza. Mulk va tadbirkorlikni shakllanishining iqtisldiy yo`llari Reja:

1. Mulk shakllarining turlari va tarkibi. 2. Yakka tartibdagi (xususiy) va jamoa tadbirkorligi. Jamoa tadbirkorligi shakllari. 3. Davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni, yakka hokimlikning bartaraf etilishi va

mamlakat iqtisodiyotida raqobatning kuchayishi. 4. Iqtisodiy islohotlarni globallashuv sharoitida tadbirkorlikning o`rni.

1. Mulk shakllarining turlari va tarkibi.

O`zbekiston Respublikasida 1990 yil 31 oktyabrda “Mulkchilik to`g`risida” Qonun qabul qilingan va bu qonunning 4-moddasida ko`rsatilishicha O`zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bo`linadi: -fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; -jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aktsiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo`jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki; -davlat mulki;

33

-aralash mulk; -qo`shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chikadi. O`zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir. Shaxsiy mulk - individual o`zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan farqlirok daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy ehtiyojni qondirishga qaratiladi.

2. Yakka tartibdagi (xususiy) va jamoa tadbirkorligi. Jamoa tadbirkorligi shakllari. Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi. Jamoa mulki - boylikning muayyan maqsad yulida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o`zlashtirilishidir. Jamoa mulkining afzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o`zini mulkdor qiladi. Bu erda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari to`g`ridan- to`g`ri birikadi. Davlat mulkining paydo bo`lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo`ladi:

1) mulkni davlat mulkiga aylantirilishi; 2) davlat mablag`i hisobidan korxonalar qurilishi; 3) jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.

Aralash mulk muayyan bir ob`ektning turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirishini bildiradi. Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu - qo`shma mulkdir. Qo`shma mulk tufayli jalb etiladigan chet el kapitali yangi texnologiyani olib kirmoqda. Chet el kapitali asosidagi qo`shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda ortib boradi. Katta mablag`lar zaruriyati sharoitida qo`shma mulk orqali chet el kapitalini jalb etish zaruriyatidir. Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo`l ochib berishdir. Bu vazifani bajarish-O`zbekistonni ilg`or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal qiluvchi omildir. Mulkdor boshqalarning emas, balki o`zining istagi, roziligi, moyilligi, xohishiga ko`ra o`z mol-mulkiga egalik qiladi. Mulkiy huquqning asosiy yuridik mazmuni unga egalik qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog`liq huquqiy vakolatlardan iborat. O`z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa mulkdor shaxslarning talabi yoki topshirigiga binoan emas, balki o`zining xohishiga ko`ra o`z mulkiga egalik qiladi, xoxlasa o`zining mazkur huquqiy vakolatini boshqarishga o`tkazishi mumkin. Mulkdor o`z xohishi bilan mulkidan foydalanadi, shuningdek, undan o`ziga zarur bo`lgan foydali daromadlarni undirish uchun ishlatadi. Mulkdor o`z mulkiga tegishli huquqiy vakolatlarini boshqalarga berishi mumkin. Masalan, mulk egasi sifatida o`ziga tegishli bo`lgan barcha huquqiy vakolatlarni davlat korxonalariga, muassasalariga, jamoat tashkilotlariga yoki ayrim jismoniy shaxslarga o`tkazishi mumkin. Fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu-qonunda ko`zda tutilgan jiddiy va eng muhim yangiliklardan biridir. Bozor munosabatlariga o`tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, fuqarolar o`ziga tegishli mulkni ko`paytirish uchun boshqa fuqarolarni yollanma mehnatga jalb qilishi mumkin. Fuqaro o`z mulkiy huquqini amalga oshirish uchun tadbirkorlik bilan shug`ullanishi, mulkni ijaraga berishi mumkin. Fuqarolarda o`tmish tuzum sundirgan mulkiy mustaqillik hissini uyg`otish, tiklash, kengaytirish va mustaxkamlash-davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Respublika bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichida mulkni xususiylashtirish natijasida turli mulkchilikka asoslangan ko`p ukladli iqtisodiyot yaratildiki, shu asosda iqtisodiyotni ichki

34

tuzilishi o`zgarib, raqobatchilik muhiti zaminida xo`jalik yuritish usuli barpo etildi. Mamlakat iqtisodiyotidavlat mulki bilan bir qatorda jamoa, xususiy, aktsionerlik, hamkorlikdagi va boshqa turdagi korxonalar tashkil topdi. Davlat o`z navbatida turli mulkchilik korxonalari uchun teng iqtisodiy sharoit yaratish orqali ishlab chiqarishni jonlantirishga erishildi. Turli mulkchilik iqtisodiyoti mulk egalarini ukuvli, ishbilarmon, tadbirkor bulishlarini talab qilish bilan kifoyalanib kolmay, balki iste`molchilar va bozor talabini urganib, yangi texnika va texnologiya asosida arzon, sifatli tovarlar ishlab chiqarib, bozorni turli mahsulotlar bilan tuldirishni talab etadi. Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganidek: “Mulkchilik shakllari turiga bo`lgan korxonalar o`rtasidagi raqobatchilik ko`rashi ularni ishlab chiqarishni boshqarishning ichki tashkiliy tizimlarini takomillashtirishga, texnika bilan qayta kurollantirishga, fan va texnika sohasidagi yangi yutuqlarni qo`llashga moslashishga, kam sarf-xarajat qilgan holda yanada yuqori sifatli va eng arzon narxda mahsulot ishlab chiqarishga undaydi”.1 Jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy yuksalishini muhim omillaridan biri turli mulkchilik iqtisodiy xo`jalik tizimini barpo etilgan bo`lsa, uning rivojlanishiga ta`sir etuvchi omili turli mulk shaklidagi korxonalar o`rtasidagi raqobat ko`rashi hisoblanadi.

3. Davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni, yakka hokimlikning bartaraf etilishi va mamlakat iqtisodiyotida raqobatning kuchayishi.

1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni “Mulkchilik haqida”gi qonunni ruebga chiqarish uchun shart-sharoitni ta`minladi. 1993 yil 7 mayda “Mulkchilik to`g`risidagi Qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonunda mustahkamlanib qo`yilgan Qonunga muvofiq faqat jismoniy shaxslargina emas, balki nodavlat yuridik shaxslar ham mulk huquqining sub`ektlari deb e`tirof etiladi. Xususiylashtirishning bir necha yo`llari mavjud: 1) davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatiga aylantirish; 2) ijaraga olingan davlat korxonasini jamoa mulkiga aylantirish; 3) davlat mulkini fuqarolarga bepul berish; 4) davlat mulkini mas`uliyatni o`z zimmasiga oladigan mulk sohibiga berish; 5) davlat mulkini chet el fuqarolariga berish; 6) davlat mulkini auktsionda sotish orqali amalga oshirish mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish - sho`rolar iqtisodiy tizimini sindirib, uning asoratlarini bartaraf etish va erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishining eng samarali yo`llaridan biri. Bu tadbir xususiylashtirish jarayoni bilan mantiqan bog`langan tushuncha bo`lib, davlatga oid tashkilot, korxona, muassasalarni hamda birlashmalarni davlat tasarrufidan, ya`ni davlat ixtiyoridan chiqarib, xususiy mulk egalariga bo`lib berish, aniqrogi, uni sotish tushuniladi. Davlat tasarrufidan chiqarish-yangi boshqaruv tuzilmalarini barpo etish demakdir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1994 yilning mart oyida “O`zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo`yicha davlat dasturi”ni tasdiqladi. Dastur bo`yicha: 1).Ular xususiylashtirishning Respublika dasturlarining ustivor yo`nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilishi kerak. 2). Xususiylashtirishning mintakaviy va tarmoq dasturlari asosiy qoidalarini amalga oshirish, qonun bo`yicha mintakada yoki tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mas`ul bo`lgan bulinmalar va mansabdor shaxslarning mas`uliyat tartibi asosida tezkor va sifatli bajarilishi kerak. 1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Тошкент “Ўзбекистон”.1995 й. -183-184 бетлар.

35

3) Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari asosiy qoidalarini amalga oshirish qonun bo`yicha mintakada yoki tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mas`ul bo`lgan bo`linmalar va mansabdor shaxslarning mas`uliyat tartibi asosida operativ va sifatli bajarilishi kerak. Istalgan tarmoqni davlat tasarrufidan chiqarish kontseptsiyasi, mamlakatdagi haqikiy iqtisodiy ahvolni va uning xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bunda boshqa davlatlarda bo`lib o`tgan iqtisodiy tanglik davrlari inobatga olinadi. Tovar-pul mo`tanosibligiga, asosan, davlat mulkining bir qismini sotish, shuningdek, byudjet va kredit siyosatini o`zgartirish bilan erishish mumkin. Davlat samarasiz ishlab chiqarishlarni qo`llab-kuvvatlashdan voz kechib, bu bilan chuqur tuzilmaviy o`zgarishlar uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak. Mulkiy tabakalanishni cheklovchi va ishlab chiqarish investitsiyalarini ragbatlantiruvchi soliq isloxati davlat tasarrufidan chiqarish keng tus olishidan oldinrok amalga oshirilishi kerak. Huquqiy shaxslar va fuqarolarning, shu jumladan, xorijiy fuqarolarning qonun bilan takiklanmagan har kanday xo`jalik faoliyatida tenglik e`lon qilinadi. Huquqiy shaxslar va fuqarolarning xech istisnosiz, davlat mulki hisoblanadigan mulk turlaridan tashqari, har qanday mulk turiga, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish huquqi kafolatlangan. Tadbirkorlik shakllari “Tadbirkorlik to`g`risida”gi qonunning 5-moddasiga binoan quyidagilardan iborat: -yakka mehnat faoliyati; -xususiy tadbirkorlik-ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladi; -jamoa tadbirkorligi-bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi, -hamkorlikdagi tadbirkorlik- yuridik shaxslar va fuqarolarning o`z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladi. Yakka mehnat faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli hisoblanadi. Uni tashkil qilish tarkibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 14 fevraldagi Karori bilan tasdiklangan Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizomda belgilangan. Bu Nizomga muvofiq, yollanma mehnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shax sifatida ruyxatdan utmay amalga oshirish huquqiga ega . Bu Nizomda ko`rsatilishicha, xususiy tadbirkor faoliyati turini amalga oshirishda xo`jalik yurituvchi boshqa sub`ektlar va mijozlar bilan o`z munosabatini shartnoma asosida olib boradi. O`z faoliyatini yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiradigan xususiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida nomoyon bo`ladi va u korxonani belgilangan tartibda ruyxatdan o`tkazish shart. O`zbekiston tajribasi ko`rsatganidek, mulk shakllarining amaldagi realizatsiyasi ta`minlamaguncha, raqobatbop xo`jalik yuzaga chiqmaydi. Raqobatning asosiy vositasi narx bo`ladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida narxsiz raqobatga sharoit bulmaydi, shu boisdan narxlarni liberallash, ya`ni ularni erkin kuyib borish va bozorda shakllantirish raqobatning asosiy talabi hisoblanadi. O`zbekiston davlat nazorati ostidagi narxlardan, kelishilgan narxlarga, ulardan erkin bozor narxlariga o`tish yuz beradi.

4. Iqtisodiy islohotlarning globallashuv sharoitida tadbirkorlikning o`rni.

Samarali ishlab chiqarishda tadbirkorlik ko`pincha katta miqdordagi kapitalga ega bo`lgan yirik ko`lamdagi korxonalarning tashkil etilishini talab qilishi sababli investorlar o`z mablag`larini birlashtirishga ehtiyoj sezadilar. Korporatsiyalarning cheklangan ma`suliyat tamoyili qulay boshqarish tuzilmasiga egaligi bilan xususiy kapitalning katta zaxiralarini jalb qilish, o`zaro bog`liq mahsulotlar ishlab chiqarish va tavakkalchiliklarni birlashtirishga qodir bo`lishadi.

Iqtisodiyotning zamonaviy globallashuv jarayonlari o`zida korxonalar guruhlari o`rtasidagi boshqaruv munosabatlarini korporativlashtirish bilan birikuvi natijasida korxonalarning internatsionalashuvida namoyon bo`lmoqda.

36

Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda iqtisodiy faoliyatning asosiy hajmi xususiy korporatsiyalar (xususiy sektor korporatsiyalari)da amalga oshirilmoqda. Korxonalarni korporativ boshqarish muammosi bugungi kunda ham nazariy-uslubiy ham amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Shu sababli ham samarali korporativ boshqarish masalalari hozirgi kunda keng rusum bo`lgan mavzular qatoriga kirib qoldi.

Korporatsiya o`z biznesini mustaqil olib borishi mumkin bo`lgan yuridik shaxs hisoblanadi. Bundan tashqari korporatsiya faoliyat yuritishda aktsiyalar necha marta o`z egalarini o`zgartirishiga qaramasdan chegaralanmagan izchillika ega.

Korporativ boshqarishda joriy qarorlar boshqaruvchilar tomonidan operativ(tezkor) tarzda qabul qilinadi. Bu qonunchilik organlari tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlardan ancha samaralidir. Yana bundan tashqari aktsiyadorlar cheklangan javobgarlikka ega bo`ladilar, bu o`z navbatida ularni dastlabki qo`yilgan mablag`dan oshgan qarz to`lovlari yoki zararlardan himoya qiladi.

Medalning orqa tomoni bo`lganidek, korporatsiyaning bitta asosiy kamchiligi bo`lib, u korporatsiya foydasiga solinadigan maxsus soliqning mavjudligidir. Biznesni yuritishning korporativ bo`lmagan shakllari uchun har qanday daromad odatda shaxsiy daromad kabi bir marta soliqqa tortiladi. Korporatsiyada esa daromad ikki marta soliqqa tortiladi. Ya`ni birinchi marta korporativ foyda sifatida, ikkinchi marta esa dividentlar shaklida individual daromad soliqqa tortiladi. Oxirgi yillarda korporatsiyalarni ikki yoqlama soliqqa tortish tizimi ba`zi iqtisodchilar tomonidan qattiq tanqid qilinishiga qaramasdan ko`pchilik mamlakatlarda korporativ daromad maqbul soliq bazasi hisoblab kelinmoqda.1

Buni shundan ham ko`rishimiz mumkinki, bugungi kunda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida korporatsiyalar muhim ahamiyatga ega. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra AQShning 100 ta yirik korporatsiyasiga mamlakat YaMMning 60%, ishlab chiqarishda band bo`lganlarning 45%, hamda investitsiyalarning 60% to`g`ri keladi. Yaponiyaning oltita yirik kompaniyasi guruhining («Mitsibusi», «Mitsuii», «Sumitomo», «Day Iti Kangin», «Fue», «Sanva») jami oboroti mamlakat YaMMning 15%ga to`g`ri kelib, ular ushbu mamlakat sanoat aktivlarining 50%ni nazorat etadi. Albatta, ushbu yirik korporatsiyalar o`z tarkiblarida kichik va o`rta korxonalarni ham mujassam etadi.2

Jamiyat manfaatlari haqida gapirar ekanmiz, korporativ boshqarishning asosiy maqsadlaridan biri bu-korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshliligini ta`minlashdir. Ammo bu maqsadlarga erishish uchun faqat korporativ boshqarish o`zi etarli emas. Iqtisodiyotning umumiy holati, uning instituttsional xususiyatlari, davlat siyosati, aktsiyadorlar, menejerlar va ishchilarning xulq-atvori amaliyoti ba`zan juda muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ boshqarishning hamma davlatlar va barcha korxonalarda qo`llaniladigan yagona modeli mavjud emas. Hozirgacha dunyoda korporativ boshqarishning uchta asosiy tan olingan modeli mavjud bo`lib ular quyidagilardan iborat:

• ingliz-amerika (unitar boshqarish) • nemis (ikki tabaqali boshqarish) • yapon (to`rsimon boshqarish) Yana shuni alohida ta`kidlash joizki, «korporatsiya» iborasining mohiyati ham ushbu

modellarda bir-biridan farqlanadi. Amerika qonunchiligiga muvofiq har qanday korporatsiya quyidagi mezonlarga javob berishi kerak1:

1. Yuridik shaxs shaklida faoliyat yuritishi; 2. Cheklangan javobgarlikning mavjudligi; 3. Korporatsiyaning faoliyat yuritish muddatining cheklanmaganligining e`lon qilinishi;

1 Пол А.Самуэльсон, Вильям Д.Нордхаус. Экономика: Пер. с англ.-М.: «Лаборотория Базовых Знаний», 2000. с.145 2 П.Достанко Корпоративизм, рыночная активность и культура управления// Проблемы теории и практики управления, 2001.№4.-с.88 1 Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. и др. Корпоративный менеджмент. М.: Высшая школа, 2003.

37

4. Aktsiyalarni erkin berish imkoniyati; 5. Markazlashgan boshqaruvning mavjudligi. evropa qonunchiligida korporatsiya tushunchasi yuridik shaxs tarifiga mos holda bir

muncha kengroq izohlanadi: korporatsiya-bu birlashgan kapitallar(erkin badallar)ga asoslangan va qandaydir ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshiruvchi jamoaviy kelishuv asosida tashkil qilingan yuridik shaxsdir.

Nemis modeli ingliz-amerika modelidan farq qiladi, ya`ni ingliz-amerika modelida asosiy mulk egalari instituttsional investorlar(asosan nafaqa fondlari va investitsion kompaniyalar) hisoblansa, nemis modelida asosiy mulk egalari boshqa korporatsiyalar hisoblanadi. Nemis modelining yana bir farq qiluvchi xususiyati-bu aktsiyador kapitalining yuqori kontsentratsiyalashuvidir. Shu sababli nemis korporatsiyalarining mulkdorlari menejerlar faoliyati ustidan bevosita nazorat qilishga manfaatdordirlar.

Nemis modelidan farqli o`laroq yapon korporatsiyalarida tijorat banklarining vakillari direktorlar Kengashi tarkibiga faqat tanazzul paytlarida kirishadi. Bundan tashqari tanazzul paytlari Yaponiya hukumati o`z vakillarini korporatsiyaning direktorlar Kengashi tarkibiga kiritishadi va bir vaqtning o`zida uni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlaydi. Odatda yapon korporatsiyalarning direktorlar Kengashi asosan ichki direktorlardan tashkil topadi.

Hozirgi vaqtda butun dunyo bo`yicha 40 mingdan ortiqroq transmilliy korporatsiyalar (TMK) 250 ming atrofida shu`ba kompaniyalar va bo`linmalarni nazorat qilishmoqda. Dunyoning 100ta yirik kompaniyalarining 40%dan ortiq aktivlari mamlakat tashqarisida joylashgan. Transmilliy korporatsiyalar ulushiga butun dunyo yalpi mahsulotining 1/4 ko`proq qismi to`g`ri kelgan holda, ularning yillik oboroti 6 trln. dollar atrofidagi summani tashkil etmoqda.

Jahon iqtisodiyotida tadbirkorlikning internatsionallashganligining u yoki bu modelining yoyilishining asosiy omillaridan biri bu-jahondagi geosiyosiy holat va mamlakatda shakllangan modelning ta`sir qilish darajasi hisoblanadi.

Shunday qilib, bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda shu jumladan O`zbekistonda ham iыtisodiyotning globallashuv sharoitida tadbirkorlik faoliyati tizimining shakllanishi turli xil modellar elementlarining kombinatsiyalashuv yo`li bilan amalga oshirilmoqda.

QISQAChAChA XULOSALAR Mulkning fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki, jamoa mulki, davlat mulki, aralash mulk, kushma korxonalar mulki kabi shakllari mavjud. O`zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir. O`zbekistonning mulk to`g`risidagi qonunda mulkiy huquqlarning barchasi kurstilgan. Mazkur qonunning birinchi bandiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida molk-mulkning mavjud ekanligi va unga nisbatan egalik huquqining bulishi tan olinadi. Bozor munosabatlariga o`tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, fuqarolar o`ziga tegishli mulkni ko`paytirish uchun boshqa fuqarolarni yollanma mehnatga jalb qilishi mumkin. Fuqarolarda utmish tuzum sundirgan mulkiy mustaqillik hissini uyg`otish, tiklash, kengaytirish va mustahkamlash - davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Davlat tasarrufidan chiqarish - shurolar iqtisodiy tizimini sindirib, uning asoratlarini bartaraf etish va erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning eng samarali yullaridan biri. Davlat tasarrufidan chiqarish - yangi boshqaaruv tizilmalarini barpo etish demakdir. Istalgan tarmoqni davlat tasarrufidan chiqarish kontseptsiyasi, mamlakatdagi xukikiy iqtisodiy ahvolni va uning xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqardi. Tadbirkorlik tashkilik-huquqiy shakllarining quyidagi: xususiy tadbirkorlik; kichik biznes (kichik narxlr); xo`jalik va ijtimoiy birlashmalaar tadbirkorligi; fermer xujaligi asosidagi tadbirkorlik; ijara va jamoa xujaligidagi tadbirkorlik; chet ellik sheriklar bilan kushma tadbirkorlik mavjud.

38

Hozirgi vaqtda butun dunyo bo`yicha 40 mingdan ortiqroq transmilliy korporatsiyalar (TMK) 250 ming atrofida shu`ba kompaniyalar va bo`linmalarni nazorat qilishmoqda. Dunyoning 100ta yirik kompaniyalarining 40%dan ortiq aktivlari mamlakat tashqarisida joylashgan. Transmilliy korporatsiyalar ulushiga butun dunyo yalpi mahsulotining 1/4 ko`proq qismi to`g`ri kelgan holda, ularning yillik oboroti 6 trln. dollar atrofidagi summani tashkil etmoqda.

NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI

1. Mulk shakllarining qanday turlarini bilasiz? 2. O`zbekiston Respublikasida mulkni davlat taasarufidan chiqarish jarayoni qanday amalga

oshiriladi? 3. Mamlakatimiz xududida nimalar davlat taasarufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi

mumkin? 4. Tadbirkorlik shakllarini qanday turlarini bilasiz? 5. O`zbekistonda xususiylashtirishning eng muhim xususiyati nima hisoblanadi? 6. Davla korxonalaari qanday guruhlarga bo`linadi?

ASOSIY ADABIYoTLAR RUYXATI:

1. Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 1995 2. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999. 3. I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/ O`z R Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”, 2003.-144 bet. 6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002.

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR RUYXATI:

1.Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 2.Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 2005. -66 b. 3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 b. 4.Yusupov M.A., Ergaxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -264 b. 5. Pol A.Samuel`son, Vil`yam D.Nordxaus. Ekonomika: Per. s angl.-M.: «Laborotoriya Bazovыx Znaniy», 2000. 6. P.Dostanko Korporativizm, rыnochnaya aktivnost` i kul`tura upravleniya// Problemы teorii i praktiki upravleniya, 2001.№4.-s.88 7. Mazur I.I., Shapiro V.D., Ol`derogge N.G. i dr. Korporativnыy menedjment. M.: Vыsshaya shkola, 2003.

39

4. MAVZU. KORXONA - TADBIRKORLIKNING TAShKILIY KO`RINIShI.

Tayanch iboralar: davlat korxonalari, jamoa korxonalari, aralash korxonalari, xususiy korxonalar, aktsiya, oddiy aktsiya, imtiyozli aktsiya, kontsern, kontsoritsum, xolding, mas`uliyati cheklangan jamiyat.

4-ma`ruza. Korxona – tadbirkorlikning tashkiliy ko`rinishi Reja:

1. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish sharoitidagi o`rni.

2. Turli yuridik shaxslarning faoliyat doirasi, asosiy maqsadi va tamoyillari. 3. Korxonaning tashkiliy – xuquqiy shakllari. 4. Korxonani boshqarish. Boshqarish strukturasining turlari. Boshqaruv samaradorligi.

1. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish sharoitidagi o`rni.

Tadbirkor ishbilarmonning tashkiliy tuzilmasi sifatida korxonani vujudga keltiradi. Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgach, mustaqil xo`jalik sub`ekt bo`lib, o`z nizomiga muvofiq muayyan ijtimoiy iqtisodiy samarador va foyda olish maqsadida asosiy va aylanma mablag`lardan foydalanib faaoliyat yuritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyatning tamoyillari xilma-xil bo`lib, ular quyidagilardan iborat:

1. Korxona - amaldagi qonunchilikka zid bo`lmagan har qanday faoliyat bilan shug`ullanishga haqli. O`z ixtiyori bilan qonunga zid bo`lmagan har kanday qarorni mustaqil qabul qiladi, faoliyatni mustaqil rejalashtiradi, sof foydasini ishlatish yo`nalishlarini mustaqil belgilaydi.

2. Mulk egasi yoki mehnat jamoasining qarorini muvofiq korxonalar turli mulk shakllari: xususiy, hissadorlik, jamoa, davlat, qo`shma korxona mulk asosida yuzaga keltirilishi mumkin. Ularning barchasining teng iqtisodiy huquqiy shart-sharoitlaridan foydalaniladi.

3. Korxonalar o`z mustaqilligi va yuridik shaxs huquqlarini saqlagan holda ixtiyoriy ravishda xo`jalik assotsiatsiyalariga, kontsernlarga va boshqa uyushmalarga muayyan maqsadga muvofiq birlashishi mumkin.

4. Korxonalar mulkining manbaiga ta`sischilarning pul va boshqa badallari; mahsulot sotish, ish bajarish, xizmat ko`rsatish va xo`jalik faoliyatining boshqa sohalaridan olingan foyda, qimmatli qog`ozlardan, bank kreditlaridan olingan foyda; byudjetdan berilgan dotatsiyalar, xayriya jamg`armalaridan ajratilgan mablag`lar va boshqalar kiradi.

5. Korxonani boshqarish uning nizomiga va amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

6. Korxonalarni qayta tashkil etish, birlashtirish, yangilash, faoliyatni to`xtatib korxonalarning yopish ularning ta`sischilari tomonidan shunday vakolat berilgan, korxona nizomida kayd etilgan maxsus organ yoki sud qarori asosida amalga oshiriladi.

2. Turli yuridik shaxslarning faoliyat doirasi, asosiy maqsadi va tamoyillari.

Bozor munosabatlarining boshlang`ich bo`g`ini sifatida korxonalarning o`ziga xos xususiyatlari bor, ulardan ayrimlariga to`xtalib o`tamiz:

1- xususiyat. Korxonalar mustaqil bo`lib, ushbu mustaqillik : a) ishlab chiqarish va mahsulot sotishning raqobatbardoshlik hajmini aniqlash hamda

tovar assortimentining tarkibini bozordagi talabga va taklifga qarab mustaqil belgilashda; b) shartnomalar tuzish tovar va xom-ashyo etkazib beruvchilarni, xaridorlarni,

vositachilarni mustaqil tanlashda; v) amaldagi qonunchilik doirasida baxolarni mustaqil belgilashda;

40

g)soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langach, qolgan foydani mustaqil taqsimlash, daromadlarni va xarajatlarni mustaqil rejalashtirishda;

d)ishchi- xizmatchilarni mustaqil tanlash va joy-joyiga qo`yishda; e)uzoq muddatli mablag`lar manbaini qidirish va mablag`larni sarflash yo`nalishlarni

topish kabi sohalarda o`z ifodasini topadi 2-xususiyat. Mulk va ishlab chiqarish vositalariga hukmronlik, egalik xususiyati. Bu uch

narsada namoyon bo`ladi. 1-dan, ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqargan mahsuloti, daromadiga mulkdor bo`lib

ulardan o`z xohishicha foydalanadi. 2-dan, tula xo`jalik hisobi asosida yuridik shaxs huquqlari va burchlari miqiyosida faoliyat

yuritadi. 3-dan, davlat korxonalari mulk emas, mulkiy vositalar, resurslarni operativ boshqarib

borish orqali xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi. Ular xususiy korxonalardan farqli ulardan, mulkni sotish, qarz o`rniga to`lash, boshqa mulk bilan qo`shish kabi mulkiy ahamiyatga loyiq ishlarni tashkilotlar ruxsatsiz amalga oshira olmaydi.

3-xususiyat. Korxonalar faoliyatining davlat tomonidan u yoki bu yo`nalish sari yo`naltirilishi. Ularning asosiy kurollariga:

soliqlar va ularning tabaqalanishi; tabiy resurslardan foydalanish uchun to`lanadigan haq; xarajatlar (masalan,ammortizatsiya) va tabiy kamayish me`yorlari; valyuta kursi; bojxona to`lovlari; ekologik me`yorlar va atrof-muhitga tashlangan chiqit uchun to`lanadigan haq; ijtimoiy haq ; monopoliyaga karshi kurash tartibi; davlat standartlari va texnik shartlar kabi vositalar kiradi.

3. Korxonaning tashkiliy – xuquqiy shakllari.

Korxonalarni turli belgilariga ko`ra quyidagicha tasniflash mumkin, ya`ni:

1. Mulk shakliga ko`ra: davlat korxonalari; jamoa korxonalari; aralash korxonalari; xususiy korxonalari bo`lishi mumkin.

Korxonalarning mulk shakliga ko`ra bunday xilma-xilligi bilan rivojlanishining asosiy shartlaridan biri bo`lib, raqobatning shakllanishi uchun bosh omildir.

2. Xo`jalik yuritish shakllariga ko`ra korxonalar shaxsiy hamkorlikda faoliyat olib boruvchi (1 kishi yoki oila), masalan, mas`uliyatni cheklangan ochiq aktsionerlik jamiyati va boshqa shakldagi korxonalarga bo`linadi. 3. Faoliyat maqsadlariga ko`ra foyda olishni maqsad qilib qo`ygan ishlab chiqarish, tijorat va boshqa korxonalar hamda foyda olish emas, balki ijtimoiy samarani-homiylik, xayriyalik, beg`araz yordamni maqsad qilib qo`ygan korxonalarga bo`linadi. 4. Boshqarish shartiga ko`ra :

kichik korxonalarni; o`rta korxonalarni; yirik korxonalarni, birlashmalarni farqlash mumkin.

5. Faoliyat mikyosiga ko`ra: -xalqaro, ya`ni boshqa davlatlarda filiallarga ega bo`lgan) -mamlakat mikyosida faoliyat yurituvchi; -lokal, ya`ni 1 aholi punktida faoliyat yurituvchi korxonalarni ajratish mumkin.

6. Tarmoq tarkibiga ko`ra:

41

tarmoqlararo, tarmoq ichida faoliyat yurituvchi korxonalarni farqlash mumkin.

7.Bozorda tutgan o`rniga ko`ra: -ma`lum bozordagi tovarlarning 70 % va undan ortig`ini chiqaruvchi monopol korxonalarga; -ma`lum bozordagi tovarlarning 25-70 %ni chiqaruvchi, hal qiluvchi o`rniga ega korxonalarga;

ma`lum bozordagi tovarlarning 25 % gacha qismini chiqaruvchi korxonalarga, bo`lish mumkin.

O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari to`g`risida”gi qonunga binoan nominal baxosi yozib kuyilgan aktsiyalarning muayyan mikdoriga bulingan nizomiy jamgarmaga ega bo`lgan va majburiyatlari bozorga fakat o`z mulki bilan ma`suliyatli bo`lgan jamiyat hissadorlik jamiyati deb e`tirof etiladi.

Hissadorlik shakldagi tadbirkorlikning kulayliklari va o`ziga xos xususiyatlari kuyidagilardan iborat:

vaqtincha bekor turgan sarmoyalarning markazlashuvi; nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil etishning mumkinligi; davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlarining kengayishi, chunki

aktsionerlashuv orqali davlat mulki sotiladi va xususiy mulkdorlar ko`payadi; moliyaviy barqarorlik; tadbirkorlik tavakkalchilik havfining kamayishi; bu alohida xususiyatdir; chunki

hissador o`z aktsiyasi miqyosida ziyon ko`rsa korxona egasi butun mulkidan ajraladi; bir vaqtning o`zida ishlab chiqaruvchilar, tovar etkazib beruvchilar, xaridorlar va

mahalliy davlat organlari manfaatlarining o`zaro muvofiqlashuvi, chunki ularning barchasi aktsiya sotib olgan bo`lishi mumkin.

Hissadorlik jamiyati o`ziga xos bo`lgan 4 ta xususiyatga ega bo`lib, ular quyidagilardan iborat:

U oddiy korxona emas, balki sarmoyalarning birlashuvi natijasida yuzaga kelgan xo`jalik tashkilotdir.

Uning kapitalida 3 turdagi paychilar, hissadorlarning, ya`ni : jismoniy shaxslar; yuridik shaxslar; davlat mulki badalidan yuzaga kelishi mumkin .

Uning ustav fondi aktsiyalarning xissasiga mos ravishda yuzaga keladi. U o`z mulki va daromadlariga mos ravishda ma`suliyatni o`z zimmasiga oladi;

Aktsiyalar: a) ochiq va yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalari. b) nomli va “takdim etuvchiga” aktsiyalari nomli aktsiyada naslnoma kursatilsa, “takdim

etuvchi”da kursatilmaydi. v)oddiy va imtiyozli aktsiyalar. Oddiy aktsiyalar - hissadorlar yig`ilishida ovozga egalik huquqini beradi, unga

olinadigan dividend mikdori esa, xo`jalik jamiyatlarining yil davomidagi ish natijalariga bog`liq bo`lib, boshqa xech nima bilan kafolatlanmagan.

Imtiyozli aktsiyalar- egasiga hissadorlarning umumiy yig`ilishida ovozga ega bo`lish huquqini bermaydi.

Uning imtiyozi - 1 tomondan jamiyat xo`jalik faoliyatiga bog`liq bo`lmagan holda kafolatli daromad olish;

Ikkinchidan, - hissadorlik jamiyatlar tugatilayotganda aktsiya qiymatini birinchi navbatda olish imkonini beradi.

Tadbirkorlik faoliyatida hozirgi kunda turli xo`jalik assotsiatsiyalarining ahamiyati katta. Xo`jalik assotsiatsiyalari birgalikda hal etish uchun tadbirkorlar tomonidan tuzilgan

ixtiyoriy birlashmadir.

42

Bozor iqtisodiyoti sharoitida assotsiatsiyalar xilma-xil bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

a) Kontsern. Bu ilmiy-texnikaviy, investitsion tarkibiy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy siyosatni hamda tegishli resurslarni markazlashtiruvchi assotsiatsiya hisoblanadi. Kontsern tarkibiga(sanoat,transport,savdo, bank soxasi) turli tarmoklarga tegishli kuplab korxonalar ixtiyori asosida kiradi.

b)Kontsortsium - ma`lum ilmiy-texnikaviy, ekologik, investitsiya dasturini bajarish uchun ma`lum muddatga yuzaga keltirilgan vaktinchalik assotsiatsiya hisoblanadi. Kontsortsum - tadbirkorlik faoliyatining turli yo`nalishlarida hamkorlikda ish yuritish., birgalikda buyurtma olish va bajarish maqsadida yuzaga keltirilgan mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ektning vaqtinchalik ittifoqi.

v) Xolding- a`zo korxonalar uchun moliyaviy markaz rolini uynovchi assotsiatsiya hisoblanadi. Uning o`ziga xosligi shundaki, unda korxonalar birlashmasidan ularning kapitali, foyda va daromadi birlashtirilib, ma`lum maqsadga yunaltiriladi. Mohiyati jixatidan u turli tarmok korxonalarining (zavod, mexmonxona) konglomeratidan uyushmasidan iborat assotsiatsiyasidir.

Xoldinglar: yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog`ida

ularning tarkibidan bo`linmalarning huquqiy mustaqil korxonalari sifati ajralib chiqish yo`li bilan;

huquqiy mustaqil korxonalar aktsiyalari paketlarini birlashtirish chog`ida; yangi hissadorlik jamiyatlarini ta`sis etish davrida tashkil qilish mumkin.

Xolding kompaniya - boshqa bank, firmalarni nazorat kilish va faoliyatini boshqarish maqsadlarida, ularning aktsiyalari nazorat paketiga egalik qiluvchi kompaniya.

Mas`uliyati cheklangan jamiyat - aktsionerlik jamiyatlarining ko`rinishi bo`lib, ta`sis xujjatlaridan ta`sischilarning ustav fondidagi hissasi, ulushi qayd etilgan bo`ladi.

Mas`uliyati cheklangan aktsionerlik jamiyat odatdagi aktsionerlik jamiyatlaridan farkli o`laroq aktsiyani chiqarib sotish hisobidan emas, ta`sischilarning ajratgan mablag`idan ustav fondi hamda boshlang`ich aylanma kapitalni yuzaga keltirish evaziga barpo etiladi.

4. Korxonani boshqarish. Boshqarish strukturasining turlari. Boshqaruv

samaradorligi. Korxonani boshqarishning samarali tuzilmasini vujudga keltirish boshlovchi tadbirkor hal

etishi kerak bo`lgan muhim vazifalardan biridir. U tashkilotning samarali ishlashi uchun unga qaysi ixtisosdagi mutaxassislar qanday malakada, qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo`lgan qancha odamni birlashtirishi kerakligini aniqlab olish kerak. Korxona kattalashib, uning faoliyat sohalari kengayib borishi bilan oqilona tuzilmaga bo`lgan ehtiyoj yanada oshadi. Korxonaning etuklik, hatto, gullab-yashnagan bosqichida ham tashkiliy tuzilma odamning hayotiy qobiliyatini belgilovchi muhim omil bo`lib qoladi. Korxoaning raqobat kurashiga dosh berish, o`z quvvatini saqlab turish yoki oshirib borishi, uning o`zgarib borayotgan sharoitlarga moslashish qobiliyatiga bog`liq bo`ladi.

Korxona boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi-bu bo`limlar, ishlovchilar o`rtasidagi maxsus ishlab chiqilgan aloqalar va munosabatlarning yaxlit tizimni o`z ichiga oladi va uning doirasida ishlovchi odamlar oldiga qo`yilgan maqsadga eng samarali yo`l bilan erishish vazifasini bajaradi.

Korxona tuzilmasida quyidagi elementlar ajratib ko`rsatiladi: rahbarlik va aloqa(gorizontal va vertikal) bo`g`inlar(bo`limlar), darajalar(bosqichlar).

Bo`g`in(bo`lim)- bu tashkiliy jihatdan alohida mustaqil boshqaruv tashkilotidir. Bo`lim(odamlar guruhi) tomonidan muayyan vazifaning bajarilishi uni shakllantirishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bo`limlar o`rtasidagi aloqalar gorizontal tusga ega. Rahbarlik(boshqaruv) darajasini(bosqichini) boshqaruv ierarxiyasida ma`lum bosqichni egallagan bo`limlar guruhi(yoki bitta bo`lim) sifatida belgilash mumkin. Bosqichlar o`rtasidagi aloqalar bu vertikal bo`yicha aloqadir.

43

Har qanday, hatto kichik korxonada ham, yuqorida bayon etilgan uchta tuzilma elementlarning hammasi mavjudligini aniqlash mumkin. Tadbirkor u tashkil etgan korxonaning mulkdori bo`lib, uning ishiga rahbarlik qiladi. Vertikal bo`yicha unga uning xodimlari bo`ysunadi.

Vakolatlar, huquqlar, vazifalar va javobgarlik nuqtai nazaridan kichik biznes korxonalari boshqaruv tuzilmalarining quyidagi tashkiliy turlari mavjud:

-chiziqli; - chiziqli-funktsional; -loyihalanadigan va matritsali; -venchur va firma ichki innovatsiyalari Chiziqli tuzilma qo`l ostidagilarga bevosita ta`sir ko`rsatishni amalga oshirishni va

tadbirkor rahbarda barcha boshqaruv vazifalarini jamlashni nazarda tutadi. Boshqaruv tuzilmasini chiziqli-funktsional tashkil etish o`z ichida ham chiziqli, ham

funktsional boshqaruv elementlarini mujassamlashtiradi, ya`ni chiziqli boshqaruv maxsus yordamchi xizmatlar bilan mustahkamlanadi.

Loyihaviy tuzilma maxsus loyihani ishlab chiqish va unga rahbarlik qilishda qo`llanadi. U dasturiy-maqsadli deb nomlanadi. Matritsali yoki katakli tashkiliy tuzilma ana shu tuzilmaning takomili hisoblanadi.

Loyihaviy tuzilma-bu aniq vazifani hal etish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik tashkilotdir. U funktsional bo`linma ichida tashkil etiladi. Muayyan loyihani amalga oshirish uchun to`plangan turli sohalarning yuqori malakali mutaxassislari uning a`zolari hisoblanadi. Loyiha tugallanganidan keyin guruh tarqatib yuboriladi.

Matritsali tuzilma loyihaviy tuzilmalarining rivoji(takomili) hisoblanadi. U taqsimlashning ikki turi: vazifalar bo`yicha va mahsulot bo`yicha taqsimlashning uyg`unlashuvidir. Matritsali tuzilmalar 2 o`tgan asrning 50-60 yillarida AQShning uncha katta bo`lmagan aviasozlik firmalarida paydo bo`lgan.

Korxonani boshqarish tashkiliy tuzilmasinining samaradorligini ta`minlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

1. Vazifalarni qo`yish-qo`yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo`lgan ishlar hajmini belgilash. Foydasiz ishni va ayrim operatsiyalarni takrorlashni istisno etish.

2. Me`yorlarni belgilash va andozalarni tasdiqlash-masalan, korxonani boshqarishning har qanday darajasining har bir rahbari uchun aniq lavozim majburiyatlarini belgilash, qabul qilish, ish vaqti, mehnatni tashkil etish va boshqaruv faoliyatining boshqa omillarini tahlil etish uslublarini tadqiq etish. Korxona doirasida ishlayotgan barcha shaxslarning mustahkam hamkorligini va aniq o`zaro harakatini tashkil etish.

3. Bo`linmalarni tashkil etish-boshqarilayotgan ish turiga muvofiq, boshqaruv elementlarini guruhlash. Masalan, obro`ga ega bo`lgan rahbarlar atrofida bo`linmalar tuzish.

QISQAChAChA XULOSALAR.

Korxonalar mustaqil xo`jalik sub`ektlari bo`lib, o`z nizomiga muvofiq daromad va foyda olish maqsadida asosiy va aylanma mablag`laridan foydalanib faoliyat yuritadi. Korxonalarni mulk shakliga xo`jalik yuritish shakllariga, faoliyat maqsadlariga, boshqarish tartibiga, faoliyat miqyoslariga tarmoq tartibiga, bozorda tutgan o`rniga ko`ra tasniflash mumkin. Ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy darajasi kelajakda raqobatbardoshligini oshirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi, chunki raqobatboshlik hozirgi kuni ifodalovchi ko`rsatkich bo`lsa, ilmiy-texnikaviy daraja istiqbolda rivojlanish sharoitini yaratuvchi omil hisoblanadi.

44

Bozor munosabatlarining boshlang`ich bo`g`ini sifatida korxonalarning o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`lib, ularga korxonalar mustaqilligi, mulk va ishlab chiqarish vositalariga xukmronlik, egalik., xususiyati; korxonalar faoliyatining davlat tomonidan u yoki bu tomon yo`naltirilishi kabi xususiyatlar kiradi. Korxona-amaldagi qonunchilikka zid bo`lmagan har qanday faoliyat bilan shug`ullanish haqli bo`lib, ular turli mulk shakllari: xususiy, hissadorlik, jamoa, davlat, qo`shma mulk asosida mehnat jamoasining karoriga muvofiq yuzaga keltirilishi mumkin.

NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI

1. Hissadorlik jamiyati nima? 2. Hissadorlik jamiyatini boshqarishi tizimini ta`riflab bering? 3. Siz hissadorlik jamiyatlarining kanday turlarini bilasiz va ularning farqi nimada? 4. Korxonalar kaysi belgilarga ko`ra tavsiflanadi? 5. Korxonalarning bozordagi urni qanday baxolanadi? 6. Xo`jalik assotsiatsiyalari nima? 7. Xo`jalik assotsiatsiyalarni kanday turlarini bilasiz?

ASOSIY ADABIYoTLAR RO`YXATI

1. Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 1995 2. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999. 3. I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/ O`z R Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”, 2003.-144 bet. 6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002.

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR RUYXATI

1. Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 2. Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 2005. -66 b. 3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 b. 4. Yusupov M.A., Ergashxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -264 b.

45

5-MAVZU: MARKeTING - TADBIRKORLIK TIZIMIDA(4 SOAT)

Tayanch iboralar: marketing, bozor segmentatsiyasi, bozor, innovatsiya, talab, rejalashtirish, taklif, marketing strategiyasi, muhtojlik, marketing muhiti, ehtiyoj, narx, marketingni tashkil etish, marketing xizmati

5-ma`ruza. Marketing – tadbirkorlik tizimida (2 soat) Reja:

1. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida marketingning mohiyati va tushunchasi.

2. Marketingning maqsadi va funktsiyalari.

1. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida markengning mohiyati va tushunchasi.

Marketing(ingliz tilida market-bozor va ing qo`shimchasi-harakat, faoliyat ma`nosini anglatadi) “bozor bilan bog`liq faoliyat” ma`nosida tarjima qilinadi. Lyokin bu tushunchaning ma`nosi jud kengdir.

Marketing - bu muhtojlikni va ehtiyojni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri, bu ishlab chiqarishni kulami va xjmini ortib borishi, yangi tarmoqlaarni vujudga kelishi, tovar turlarini ko`payishi va tadbirkorlar o`rtasida mahsulotni sotish muammosini vujudga kelishidir. Marketing - firmaning uzoq muddatli, yuqori darajali foyda olishi niyatida faqat iste`molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi. Marketingning asosiy ob`ektlari bo`lib bozor, tovar, xizmat, baxo, tovar harakati, reklama, sotish, uni rag`batlantirish hisoblanadi. Marketingning asosiy sub`ektlari esa quyidagilardan iborat: ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar, iste`molchi tashkilotlar, ulgurji savdo, chakana savdo, pirovard iste`molchi, marketing bo`yicha mo`taxassislar.

Marketingning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Bozorni o`rganish va iqtisodiy kon`yuktura; 2. Bozor segmentatsiyasi; 3. Ishlab chiqarishni tezkorlik harakati; 4. Innovatsiya; 5. Rejalashtirish.

Bu tamoyillarni birma bir kurib chikadigan bo`lsak, bozorni chuqur va har taraflama o`rganish bozor ehtiyojlari, bozor xolatini o`rganishni ko`zda to`tadi. Narx siyosati, bozor sigimi, tovarlarning iste`mol xususiyatlari, savdoni tashkil qilish, sotish kanallari, talabni shakllantirish va sotishni rag`batlantirishni tahlil qilish kerak bo`ladi. Segmentlash harakatning samaradorligi va maqsadga qaratilganligini oshiradi, keladigan bozor segmenti, iste`molchilarning aniq guruhini aniqlash kerak. Ishlab chiqarish va sotishning faol va saloxiyatli ehtiyoj talabiga epchillik bilan javob berish korxona ishlab chiqarish-sotish faoliyatini bozor xolati va aniq iste`molchilar ehtiyojlariga bog`liq holda boshqarishning jadalligi va moslashuvini ko`zda to`tadi. Yangilik kiritish-zamonaviylashtirilib yangilangan tovarning doimiy takomillashuvi yangi tovarlar, yangi texnologiyani yaratish va ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarida yangiliklar kiritishni ko`zda to`tadi. Rejalashtirish- moslashish tamoyilining mantikiy davomi va qo`shimchasi bo`ladi.Bu tamoyil bozor va xolatiy bashoratlarni ishlab chiqarishga asoslangan marketingning ishlab chiqarish- sotish dasturlarini ko`zda to`tadi.

46

Marketing asosida bozorni har taraflama o`rganish yo`nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni kursatib o`tish zarur:

a) talabni o`rganish; b)bozor tarkibini o`rganish; v)tovarni o`rganish; g)raqobat sharoitlarini tadqiq etish; d)sotish shakli va uslublarini tadqiq etish.

Bozor talabi o`zgaruvchan xususiyatga ega bulgaanligi uchun, ungaa demografik, umumiqtisodiy, ijtimoiy, madaaniy, psixologik va boshqa omillar ta`sirini hisobga olgan holda, bozorda aholining soni, jinsi, yoshi, daromadi, mahsulot sifati va narxigacha tahlil qiladi. Har kanday firma iqtisodiyotda samarali harakat qilishi, o`zining oldiga kuygan maqsadlariga erishishi uchun o`zi marketing strategiyasini tanlab olishi lozim. Marketing strategiyasi deganda, korxonaning imkoniyatlarini bozor talabiga muvofiqlashtirib borish tushuniladi. Marketing strategiyasi bozorni tadqiq qilish va istikbolni belgilash, talab va iste`molchilarni hamda raqobatchilarni o`rganish asosida ishlab chiqiladi. Bozorni o`rganish , bilish va ishlab chiqarishni boshqarish bugungi kunga kelib, har bir tadbirkorning eng asosiy vazifaalaridan birinchi bo`lib qolmoqda. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan tadbirkorlikka keng yul ochib berilganligi, yurtimizda faoliyat kursatayotgan ko`plab firma va korxonalar uchun ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulotni sotish yullarini, maqsad va vazifalarini marketing asosida tahlil etishi uchun sharoitlar yaratildi.

2. Marketingning maqsadi va funktsiyalari.

Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining ob`ektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar to`planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing ko`yidagi muhim vazifalarni hal etmog`i lozim:

• xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o`rganish va aniqlash; • tovarlarga bo`lgan ichki va tashqi talablarni o`rganish; • korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; * avvalo talab va taklif to`g`risida olingan ma`lumotlar asosida bozorni o`rganish; * tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish; * tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun

ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish; * tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to`g`risida ma`lumotlar olish; * to`ldiruvchi tovarlar va o`rnini bosuvchi tovarlar to`g`risida axborotlar yig`ish; * tovarlarga bo`lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan

iboratdir. Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab

chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig`ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ta`sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog`lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.

47

Sotishni rag`batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo`lib, bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta`minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag`batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - ko`rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar. Baho sistemasi yordamida taklif va talab o`rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi. Bu masala hozirgi kunda bizning korxonalar uchun qiyin muammolardan biridir.

Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste`molchigacha bo`lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta`sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o`z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o`ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste`molchilar guruhiga mo`ljallangan bo`lishini ta`minlaydi. Ya`ni, har qanday tovar aniq iste`mol manziliga ega bo`lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud bo`lmagan "o`rtacha" deb ataluvchi iste`molchiga mo`ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan mustasno.

Yuqorida sanab o`tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste`molchidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo`nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta`minlaydi. Bu esa o`z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko`rsatish sohasiga o`zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o`tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish to`g`risida to`liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to`liq hal qilish uchun tayyor retseptning o`zi bo`lishi mumkin emas. Marketingni qo`llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining etarli darajada yuqori bo`lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta`minlash uchun tovar assortimentini tez o`zgartirish, uni ommaviy ravishda o`zlashtirishga javob beradigan bo`lishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.

Iqtisodiyotimizning inqirozli vaziyati, qondirilmagan talab, turmush darajasining pastligi, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muvozanatning yo`qligi uchun, bir qarashda marketingdan foydalanish mumkin emasdek tuyiladi. Ammo masalaning tub mohiyati shundaki, marketing mana shu kamchiliklarni tugatishga yordam qiladi. Shuning uchun bizning iqtisodiyotimizda marketingdan foydalanish mumkin bo`lib qolmasdan, balki zaruriyatdir. Iqtisodiyotni mahkamachilik-buyruqbozlik uslubiga asoslangan boshqarish bir butun qiyinchiliklar "dastasini" yuzaga chiqardi. Bular xom-ashyo bilan etarli darajada ta`minlanmaganlik, ishlab chiqarish jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydalanmaslik, ishonchsiz va didsiz reklama, korxona faoliyatini tezkor boshqarish va iqtisodiy rejalashtirish tizimining nomukammalligi, moliyaviy dastaklarning samarasizligi, ishlab chiqarilayotgan tovar sifatini yaxshilash stimulining harakatsizligi, bozorda yuz berayotgan jarayonlar to`g`risida aniq, to`liq va o`z vaqtida ma`lumotga ega bo`lmaslik va boshqalardir.

Respublikamiz erkin bozor munosabatlariga o`tar ekan, barcha tarmoq korxonalari moliyaviy-xo`jalik faoliyatini asosiy iqtisodiy ko`rsatkichi - foyda bo`lib qoladi. Boshqa baholash ko`rsatkichlari o`z kuchini nisbatan yo`qota boradi. Chunki rejalashtirish mehnat

48

jamoalarining o`ziga beriladi. Shunday qilib, rejalar faqatgina aholining tovarlar, xizmatlarga bo`lgan talabini, ishlab chiqarish sohasini esa mashina, asbob-uskunalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan talabini hisobga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy mo`ljalgina bo`lib qoladi. Tovar va xizmatlarning yuqori sifatliligi, ularni reklama qilish - bu marketingning muhim tamoyili, raqobat kurashi sharoitida korxona yashovchanligining asosiy shartidir.

Egiluvchan baholar - bizning korxonalarimiz uchun xo`jalik mexanizmini takomillashtirishi, xo`jalik hisobi va o`z-o`zini moliyalashtirishning yangi unsuridir. Tartibga solib turuvchi shartnomalar va erkin baholar - yangi strategiyasining eng muhim - shu bilan birga o`zlashtirilgan usulidir.

Raqobat - monopollashgan iqtisodiyotimiz uchun, bu ham yangilikdir. Lekin, korxona bozor sharoitida yashab qolishni istar ekan, raqobat qonunlarini o`zlashtirishi shart. Bu sharoitda har bir korxona ishlab chiqarish jarayoni va tovarlarni sotishga yangicha yondashishi lozim. Xom-ashyo sotib olishdan tortib, to qo`shimcha xizmatlarni tashkil qilishgacha bo`lgan barcha jarayonlar harakati zanjirining tig`iz koordinatsiyasini ta`minlash lozim. Yagona yondashish va ishlab chiqarish jarayonlarining koordinatsiyasi yo`qligidan sanoat tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilishda, bozorda ular ma`lum vaqt ortiqcha bo`lishi yoki ma`lum vaqtdan keyin ular bo`lmasligi ham mumkin. Natijada ishlab chiqarish miqdorini yana oldingi hajmda tiklashga to`g`ri keladi. Shunday qilib, foyda - xo`jalikning asosiy maqsadi sifatida barcha marketing dasturlarida hisobga olinishi shart.

Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste`molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtayi nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim.

2-ma`ruza. Tadbirkorlikni rivojlanishida marketingni ahamiyati (2 soat)

Reja: 1. Mahsulotni rejalashtirish. Tovar harakati va sotish. 2. Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish

Marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo`lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy resurslarni aniqlashni, talab va taklifni rejalashtirishni va tovarlarni iste`molchilarga o`z vaqtida va to`liq etkazib berishni, moddiy resurslardan to`la va tejab-tergab foydalanish va hokazolarni o`z ichiga oladi. Tovarlarga bo`lgan ehtiyojini rejalashtirish o`z navbatida ish turiga doir ayrim materiallarning kerakli miqdorini hisoblash, ularga bo`lgan ehtiyojni texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslab berish, tovarlarga bo`lgan ehtiyoj rejalarini tuzib, tegishli korxonalar va savdo tashkilotlariga topshirish, bu rejalarni himoya qilish kabilarni o`z ichiga oladi. Ehtiyoj rejalari mahsulot birligiga material sarf qilish normalari asosida tuziladi. Marketing bo`limi va guruhi rejalashtirish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar bilan, birgalikda moddiy resurslarni aniqlaydi va hisobga oladi. Bunda ular davriy hisobotlar va mavjud moddiy resurslarni inventarizatsiya qilish materiallariga asoslanib ish ko`radi.

Tovarlarni iste`molchilarga sotish rejalashtirilayotganda iste`mol qilinmay qolgan materiallar, davlat buyurtmalari, ichki imkoniyatlardan foydalanish to`g`risida topshiriqlar va materiallarga berilgan talabnomalar hisobga olinadi. Tovarlar ishlab chiqaruvchilardan iste`molchilarga o`z vaqtida va to`la etib borishini rejalashtirish maxsus talabnomalarni solishtirishni, ularni bajarish uchun tovarlarni etkazib beruvchilariga topshirishni, materiallar etkazib berish hajmi va muddatlarni belgilashni, qanday transport vositalari bilan tashishni va sotish shakllarini belgilashni hamda tovarlarni omborlarga keltirishni o`z ichiga oladi. Tovarlarni to`g`ri va tejab-tergab sarflashni rejalashtirish xom-ashyo, materiallari va yoqilg`i sarfini normallashtirishni, uskunalar, mashina va mexanizmlardan foydalanish ko`rsatkichlarini belgilashni, shuningdek moddiy resurslarni sarflash va asosiy fondlardan foydalanish ustidan nazorat qilishni ko`zda tutadi.

Marketing quyidagi printsiplar asosida rejalashtiriladi: Milliylik printsipi: marketing biznes-rejalari, avvalo hukumat siyosatini aks ettiradi. Siyosiy

rahbarlikni xo`jalik rahbarligidan ajratib bo`lmaydi, ular bir butun rahbarlikdir. Bu printsip

49

xo`jalik vazifalarini hal etishda printsipiallikni va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshishni talab qiladi. Milliylik printsipi marketingda, mahalliychilik, millatchilik va qarindoshchilikka mutlaqo yo`l qo`ymaydi.

etakchi bo`g`in printsipi. Hukumat har bir rejalashtirish bosqichida eng muhim xo`jalik vazifalarini ilgari suradiki, milliy iqtisodiyotning yanada yuksalib borishi va respublika iqtisodiyotining mustahkamlab borishi va o`sha vazifalarning bajarilishiga bog`liqdir. Bu vazifalar hamma bosqichlarda ham bir xil bo`lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o`tishning shu kundagi bosqichida marketing biznes-rejasi bozorni, eng avvalo, iste`mol buyumlari bilan to`yintirish, sanoat korxonalarini esa eng yangi texnika va texnologiya bilan va umuman iqtisodiyotimizga bu muammolarni tezroq hal etish uchun ko`plab chet el investitsiyalarni jalb qilishga yo`naltirmog`i lozim. Yaqin kelajakda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo`nalishi ishlab chiqarishning progressiv va iqtisodiy jihatdan samarali tarmoqlarini tez sur`atlar bilan o`stirishga qaratilishi ko`zda tutilmoqda. Marketing biznes-rejalarida ana shu etakchi bo`g`inlarni birinchi navbatda ta`min etishni ko`zda to`tishlari zarur.

Ilmiy-texnika jihatdan asoslanganlik printsipi. Bu - fan va texnika yutuqlarini hisobga olish demakdir. Bu printsip ob`ektiv iqtisodiy qonunlarni bilishni, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun talab va ehtiyojlarni hisobga ola bilishni taqozo qiladi. Marketing biznes-rejalari real bo`lishni, texnika yangiliklari, progressiv normalar qo`llashni talab qiladi. Marketing biznes-rejalari hozirgi davrning iqtisodiy qonunlari asosida tuzilishi lozim. Marketing biznes-rejalarining ilmiy asoslanganligi ko`p jihatdan ularning iqtisodiy-matematik modellar va usullar hamda komp`yuter, hisoblash texnikalaridan foydalanib tuzilishiga bog`liqdir. Marketingni biznes-rejasini tuzishda yuqorida qayd qilingan printsiplardan tashqari demokratik tsentralizm va boshqa printsiplarga ham asoslaniladi. Marketing biznes-rejasi milliy iqtisodiyot biznes-rejasining muhim va ajralmas tarkibiy qismidir. Marketing biznes-rejalarini barcha korxonalar, qurilish tashkilotlari, vazirliklar, idoralar tomonidan va respublikamizning markaziy rejalashtirish organlari ham tuzadi. Demak, marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va bo`g`inlarida tuziladi.

Marketing biznes-rejalari taqsim qilinadigan mahsulot nomenklaturasining amal qilish muddatlari, ko`lami va rejalashtirish davriga qarab bir qancha turga bo`linadi. Amal qilish davriga qarab, ular perspektiv va joriy rejalarga, joriy rejalar o`z navbatida yillik, chorak va oylik rejalarga bo`linadi. Amal qilish ko`lamiga qarab, marketing rejalari: respublika, tarmoq, korxona va sof marketing korxonasi biznes-rejalariga bo`linishi mumkin. Perspektiv marketing biznes-rejalari, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ular faqat ayrim ko`rsatkichlar bo`yichagina tuziladi. Bunda uzoq muddatga mo`ljallangan tovarlar, resurslarning muhim turlari bo`yicha sarflash normalari va ularga bo`lgan ehtiyoj butunicha taxminiy tarzda korxonalarda va tashkilotlarda hisoblab chiqiladi. Respublika, rayon va ayrim xo`jaliklar bo`yicha, muhim tovarlar bo`yicha moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar perspektiv rejalarni ishlab chiqish maqsadida tuzilib, bu rejalar moddiy resurslar bilan asoslanadi.

Yillik marketing biznes-rejalari joriy rejaning bir qismi bo`lib, ularda tovarga bo`lgan ehtiyoj va bu ehtiyojni qoplash manbalari kelgusi yil uchun aniqlanadi. Bu rejada jismoniy shaxslar, asosiy va yordamchi xo`jaliklarning, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarning ham ehtiyojlari ko`rsatiladi. Chorak va oylik marketing rejalari, yuqorida keltirilgan perspektiv va yillik rejalardan ko`p jihatdan ajralib turadi. Ular faqat quyi marketing tashkilotlari va korxonalarida tuziladi. Bu rejalar tovarlarning ko`rsatilgan nomenklaturasi bo`yicha tuziladi.

Respublika marketing biznes-rejalari tovarlarni ichki va tashqi bozorda sotishni, eksport va import rejalarini tuzishni, marketing byudjetini aniqlashni, tarmoq rejalari esa shu vazirlik va idoralarga qarashli korxona va tashkilotlarni tovarlarini sotishni o`z ichiga oladi. Zavod-fabrika rejalari har bir korxonada tuziladi. Korxonada marketing rejasi, avvalo tovarga bo`lgan ehtiyojning homaki, dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib ishlab chiqiladi, chunki qat`iy reja tuzish uchun ishlab chiqarish va kapital qurilishning hajmi hali tasdiqlanmagan bo`ladi.

50

Marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyot rejasi va korxonalardagi biznes-rejaning hamma qismlari bilan chambarchas bog`langandir. Masalan, ishlab chiqarish dasturi bilan marketing biznes-rejalari bir-biri bilan, ayniqsa uzviy bog`langandir. Ishlab chiqarish dasturi moddiy resurslarga bo`lgan ehtiyojni belgilab beruvchi boshlang`ich hujjatdir. Ko`pgina korxonalarda ishlab chiqarish dasturi rejalashtirilayotganida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash rejasi ham ishlab chiqiladi. Bu reja ham marketing rejasida o`z aksini topishi kerak. Marketing biznes-rejasi yangi texnikani qo`llanish (texnika taraqqiyoti, mehnat unumdorligini oshirish) rejalari bilan ham bog`liq. Yangi texnikani rivojlantirish rejasi marketing biznes-rejasi bilan ikki tomonlama bog`liqdir: birinchidan, yangi texnikani rivojlantirish ishi ma`lum moddiy xarajatlarni talab qiladi; chunonchi tajriba o`tkazish maqsadida yasaladigan namunalarga har xil materiallar ishlatiladi. Bu materiallar marketing biznes-rejasida albatta aks ettiriladi; ikkinchidan, marketing biznes-rejasi tuzilayotganida texnika taraqqiyotining sarflash normalariga ta`siri va shu munosabat bilan sotiladigan, talab qilinadigan yoki resurslar miqdori hisobga olinadi. Marketing biznes-rejalari mahsulot tannarxi rejalari va moliyaviy rejalar bilan ham uzviy bog`langan. Marketing organlari mahsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ishlab chiqarish vositalari bilan ta`minlab, mahsulot tannarxining kamayishiga va foydaning ko`payishiga ta`sir etadi. Bu hol marketing biznes-rejasida o`z aksini topadi. Bunda biz material sarflash normalarini pasaytirish, materiallar, yonilg`i va hokazolarni tejab-tergab sarflash topshiriqlari haqida fikr yuritmoqdamiz.

Marketing biznes-rejasining moliyaviy reja bilan bog`liqligi quyidagilardan iborat: korxonalar ko`pincha mavsumiy va boshqa zapaslar uchun bankdan qarz oladi, bu qarzlar ularning moliyaviy rejalarida aks ettiriladi. Aylanma mablag`lar normasi xom-ashyo materiallar va yoqilg`i zapasi normasiga va boshqa normalarga bog`liqdir. Bu normalarning hammasi marketing rejasida o`z aksini topadi.

2. Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish

Marketing tadqiqotlar-bu tovar va xizmatlarni ayriboshlash va ishlab chiqaruvchining sotish bilan bog`liq barcha ma`lumoti va muammolarning maqsadli to`plamini tahlil qilishdir. Marketing tadqiqotlari muayyan tovar bozorining mavjudligi va uni egallash hamda mustahkamlanib qolish kabi savollarga ko`proq amaliy javob beradi.(A. Xosking). Marketing tadqiqotini o`tkazish quyidagi turtibda amalga oshiriladi:

-masalaning qo`yilishi va firma oldida turgan muammolarni aniqlash; -tadqiqot maqsadlarini aniqlash va xarajatlarning qiymatini baholash; - axborot to`plash va uni turkumlash; -dastlab berilgan, so`ng hisoblanganlarni tahlil qilish; -tavsiyanomalarni ishlab chiqish. Marketing tadqiqotlarining asosiy yo`nalishlari-bozorni o`rganish va marketing

majmuasining asosiy elementlarini, tovarni, tovar narxini, tovar xarajatini va sotishni rag`batlantirish natijalarini tahlil qilish. Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborot tadbirkorlar uchun xo`jalik strategiyasini ishlab chiqshda va amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon bozorida muvaffaqiyatga erishish, ilmiy texnika natijasida firmaning ishlab chiqarish, moliyaviy va texnologik saloxiyati bilan emas, balki marketing tadqiqotlari o`tkazishdagi faollik, tashabbuskorlik va tajribasi bilan aniqlanadi degan fikr- muloxazalar xukm surmokda. Buni tasdiklovchi haqikat shuki, keyingi 10- 15 yilda marketing tadqiqotlari zamonaviy biznesning katta mustaqil sohasiga aylanib ketdi. Ma`lumotlarga ko`ra 50 foizdan ko`p amerikalik, 86 foiz evropalik va 60 foiz Yaponiya biznesmenlari, firma va kompaniyanlari marketing tadqiqotlari o`z kuchlari bilan olib boradilar. Qolganlarga esa maxsus tadqiqot muassasalariga murojaat qilishadi. Hozir marketing tadqiqotlari bilan juda ko`p ilmiy - tekshirish byurolari, firmalari, agentliklari, universitetlari, davlat muassasalari shugullanmokda. Masalan, G`arbiy Germaniyada 120 dan ko`proq 3 ming kishilik ilmiy xodimlari bo`lgan tashkilotlar marketing tadqiqoti olib bormokda. Frantsiyada bunday

51

muassasalar 100, Angliyada 200, AQSh da 800 dan ko`proq bo`lib, bir yilda 1 milliard dollar atrofida mablag` aylantiradi.

Marketing tadqiqotlariga bunday qizikishning asl ma`nosi - bozorda raqobat shaklining o`zgarib borishi va aholi talabiga fan-texnika yutuklarning katta ta`sir o`tkazishidir. “Baholar urushi” deb atalgan 30- 60-yillardagi raqobat uslublari o`rnini mahsulotning tayyorlanish sifati, assortimentining tez o`zgarishi, sotishdan keyingi servis va texnika xizmat ko`rsatishlar egallamoqda.

Bozorni segmentlarga ajratish - uning iste`molchilarini maxsus guruhlash demakdir. Marketing amaliyotida bozorni segmentlarga bo`lishda uch xil yondashish ishlab

chikilgan. Birinchi-ommaviy bozor. Korxona unga kirishda, keng xaridorlar ommasiga qaratilgan

bir xil marketing dasturlariga ega bo`ladi. Ikkinchidan-segmentlashgan bozor. Korxona unda, asosiy e`tiborini alohida belgilariga

ega bo`lgan bir xil segmentlarga qaratadi. Ana shu segment uchun maxsus dastur ishlatiladi. Uchinchi- ko`pchilik ko`rsatkichlari bilan tabaqalashgan bozor. Bunda o`z xususiyatlari

bilan farqlanadigan bir yoki ikki xil segmentga alohida ishlab chiqiladi. Bozor segmentlari doimiy emas. Har doim korxona o`zining imkonyatlari va maqsadlariga mos holda bozorni quyidagi segmentlarga bo`lish mumkin. Masalan, iste`mol tovarlari bozorida quyidagi segmentlar mavjud:

-xaridorlar segmentlari (iste`molchilar, ularning talablari, hatti-harakatlari va boshqa belgilar);

-tovarlar segmentlari (ommaviy va arzon, qiymat va maxsus kundalik, yangi va xokazo);

-savdo segmentlari (tovar harakati, sotish usullari va boshqalar); - geografik segmentlar (iqtisodiy rivojlanish daradjasi bo`yicha tuman, shahar,

viloyatlar) aholi soniga va joylashishiga qarab bo`linadi. Amaliyotda albatta bozorni yuqoridagi va boshqa belgilariga qarab segmentlanadi.

Ammo, hamma vaktda, segmentlar orasida tafovut ajralib turishi, aksincha xaridorlarda esa o`xshashlik bo`lishi shart. Korxona o`zi tanlagan segmentlari xususiyatlarini va talablarini o`lchay olishi va ularga chiqish yo`llarini egallashi lozim. Segmentlar keraklicha keng hajmli va kelajagi porloq bo`lishi kerak.

Iste`molchilar sifatida, bozorda ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo, davlat va boshqa notijorat muassasalari katnashishlari mumkin. Iste`molchilarning asosiylari-tovarlar va xizmatlarning shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarini kondirish uchun xarid qiluvchi kishilardir.

Marketingda tadqiqotlar o`tkazish va segmentlashning asosiy maqsadi ana shu iste`molchilarning bozordagi hatti-harakatlarini chuqur o`rganib, ularning obrazini (modelini) yaratish va kelajakdagi ehtiyoj (talab) larini tasavvur qilishdan iborat.

Marketing kontseptsiyasi (tamoyili) ga asosan, har kanday korxona, bozorda muvaffakayatga erishish uchun eng avvalo ista`molchilar tilak-istaklarini nazarda tutish kerak. Bu esa iste`mol jarayonini, aholi ehtiyoji va talabini bilish va ularga mos tushadigan tovarlar va xizmatlar taklif etishini taqozo qiladi.

Marketing nazariyasi va amaliyoti iste`molchilar talablarini o`rganishda, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va demografik tavsiflariga ko`ra (daromad, yashash joyi va sharoiti, oila tarkibi, jinsi, yoshi, mashguloti va boshqalar) darajalab turlarga bo`lish uslubini ishlab chiqqan. Shu bilan birga iste`molchilar xatti-harakatini psixografika asosida tahlil qilinishi (qiziqishlari-xobbi, yangiliklarga progressiv va konservativ qarashlari, hayotiy mujizalar to`g`risidagi fikrlari va boshqalar) orqali, ularni emperik turlarga ajratish keng rivojlanmoqda. Natijada iste`molchilar, ijtimoiy- iqtisodiy va demografik o`xshashlariga qarab “Modani quruvchilar”, “dasturchilar”, “nafosatshunoslar”, “texnikasevarlar” va boshqalarga bo`linadi.

Bozorlarni segmentlashda uslubiy va axborot to`plash hamda turlarga bo`lish asosi bo`lib PANeLLI o`rganish hisoblanadi. Iste`molchilar panelli- oldindan tayyorlangan dastur

52

asosida doimo ko`zatib boriladigan tanlama iste`molchilar guruhi (oilalar) yoki qishloq, mahalla, ovul, tuman va shahar bo`lishi mumkin.

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlkatlarda iste`molchilarning madaniy saviyasi yuqorilashib borgan sari, ularning o`z huquqlarini bozorda himoya qilishlari uchun kurash ham kuchayib bormokda. “Kons`merizm”- deb ataluvchi ana shunday ittifoqlar 60- yillarda vujudga keldi. Ular bozorda paydo bo`lib qolayotgan, tekshirilmagan dorilar, sabzavot, poliz ekinlari va hokazolarga karshi kurashmokdalar. Hozir iste`molchilar huquqini himoyalash ko`rashi keng rivojlangan. Ularning talablari bilan iste`molchilarga atalgan jurnallar, reklama, maslahatlar, tovarlarni ekspertiza qilish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchilarni javobgar qilishgacha bo`lgan tadbirlar amalga oshirilmokda.

Ana shu harakat katnashchilari talabi va ta`siri natijasida 1985 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasi “Iste`molchilarni himoya qilishga oid quyidagi raxbarlik talablarini” ishlab chikdilar:

zararli tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga milliy va xalqaro mikiyosda qarshi kurashishda mamlakatlarga yordam berish;

iste`molchilarga bozorda past narxlar bilan ko`p miqdorda tovar taklif etish sharoitlari yaratilishini rag`batlantirish;

tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar orasida iste`molchilarga yuqori darajada estetik (nafosatli) munosabatda bo`luvchilarni alohida siylash.

Bu talablar iste`molchilar salomatligini vva havfsizligini himoya qilishga qaratilgan. Hozir istemolchilar Ittifoqining xalqaro tashkiloti mavjud. Unga 70 davlat a`zo bo`lgan. O`zbekistonda ham iste`molchilar huquqini himoya qilish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo`yildi.

Marketing tashkil etish deganda uning vazifalarini bajaruvchi tarkibiy bo`linmalarining tuzilishi va ularning o`zaro mas`uliyatlarini hamda bog`liqliklarini ifodalovchi tizimni yaratish tushuniladi. Bunday tizim oddiy firmadan tortib bozorda ishtirok etayotgan barcha sub`ektlar, davlat yoki nodavlat, tijorat yoki notijorat, tuman, shahar, viloyat va respublika mikesida faoliyat ko`rsatayotgan muassasa va tashkilotlarda tuzilgan marketing xizmatlarini o`z ichiga oladi. Marketing xizmati vazifalari uning o`ziga xos tamoyillari asosida kelib chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi: korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bozor haqidagi axborotlarni to`plash va tahlil qilish, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish savdo va xo`jalik faoliyatini reklama qilish, moliyaviy va boshqa jihatlari bo`yicha manfaatlarga mos karor qabul qilish uchun zarur hisob-kitob ko`rsatkichlarini tayyorlash; talab shakllanishini faollashtirish va sotishni tezlashtirish. Marketing xizmati korxonalarda iktsodiy ahvol o`zgarib borayotgan bozordagi iste`molchilarning talabi bilan korxona ishlab chiqarishi savdo va xo`jalik faoliyati munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun tashkil qilinadi. Marketing xizmati bu bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida korxona boshqaruvi uchun etishmay turgan shunday bir faoliyati turiki, u ishlab chiqarish moliya, savdo, xo`jalik, texnologik kadrlar masalasi va boshqa sohalarda bozor zaxiralarini kondirish va foyda olishga asoslangan yo`nalishlar jarayonini yaratadi. Bozor sharoitida xaridorga bo`lgan e`tibor katta ahamiyatga ega bo`lib, marketingning ustunlaridan biri hisoblanadi. Marketing faoliyati murakkab jarayondir. Korxona (firma, birlashma, va x.k.lar) bozorda o`z urnini egallab, uni mustaxkamlashga, mahsulotining raqobatbardosh va haridogir bulishini hamda olaetgan daromadining xajmi oshishini maqsad qilib kuygan bo`lsa, marketing faoliyati doim to`g`ri va sifatli olib borilishi lozim. Korxonada marketingning asosiy maqsadi Berilgan vakt chegarasida va faoliyati mablag`lar bilan ta`minlanishi doirasida rentabellikni ta`minlash va belgilangan xo`jalik hisobidagi foydani olishdan iborat.

Marketingni tashkil etishda ikki jihat muhim: maqsadlar va marketing xizmati makomi e`tiborga olinadi.

53

Maqsadni tanlash. Ko`pgina rahbarlar hozirgi paytda o`z korxonalarining asosiy maqsadi sifatida eng yuqori foyda olishni ko`rsatadilar. Lyokin bu tanlov unchalik maqbul emas. Aytalik, agar korxona uzoq kelajakni ko`zlab ish yuritayotgan bo`lsa (marketing faoliyati aynan mablag`ni ITKIga, asosiy sarmoyaga, ishlab chiqarish tayyorligiga va kadrlar malakasini oshirishga sarflashi kerak. Bu tadbirlarning hammasi ishlab chiqarish xarajatlarini ko`paytiradi va foydaning kamayishiga olib keladi. Katta foyda olish haqida ham, yaqin kelajakda foydani ko`paytirish haqida ham hamisha gapiravermaslik kerak. Masalan, agar korxona yangi bozorga kirib bormokchi bo`lsa, avval boshda xech kanday foyda olmasligi, aksincha, ko`pincha xatto zarariga ishlashi mumkin. bundan tashkari, ko`pgina mamlakatlarda qabul qilingan foydaga karab soliqning ortib borishi korxonaga rejalab kuyilganidan ortikcha foyda olish maqbul emasligini isbotlaydi. Yaponiyadagi mashxur “Matsusita Denki” firmasining asoschisi Konosuke Matsusitaning fikricha, faqat unchalik yuqori emas, unchalik kam ham emas, balki okilona mikdorda foyda olgandagina korxona o`z faoliyatini kengaytirishi mumkin.

Marketing tashkil etishga kirishgan korxonaning maqsadlari kanday bulishi kerak? Marketingning tan olingan peshkadamlari bulmish yaponlar tajribasidan kelib chikadigan bo`lsak, asosiy maqsadlar (afzalligi tartibiga karab) quyidagilardan iborat:

-sotish xajmi -o`sish sar`atlari (sotuv yoki foyda xajmi); -bozordagi xissasi; -rejadangan foyda, bu foydaning xajmi, foydaning sotuv xajmiga nisbati, barcha

sarmoyaga foyda me`yori, foydaning hissadorlik sarmoyasiga nisbati va boshqalarda aks etishi mumkin;

-sarmoyaning tarkibi, ya`ni faollarning umumiy summasiga yordam shaklidagi sarmoyaning nisbati (bu Yaponiyada taxminan 20% ga teng).

Bu ruyxatni boshqa turlicha maqsadlar bilan ham tuldirish mumkin. Masalan, mahsulot sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va shu kabilar.

Maqsadlarni ishlab chikishda ular korxona xodimlarining niyyatlarini aks ettirishi zarurligiga aloxida e`tibor berish kerak. Aks holda ishlovchilarning ishlab chiqarish jarayonidan “ichki o`zilish” ruy beradi. Har bir yapon ishchisi o`zi ishlaytgan firmaning vazifalarini osongina aytib bera oladi, chunki bu vazifalarning bajarilishidan u nixoyatda manfaatdor.

Shuni anglash mumkinki. Korxonada marketingning chinakamiga joriy kilinishi uchun unda tegishli xizmatni tuzishning o`zi etarli emas.

Marketing bulimi dikkat markaziga mahsulotning pirovard iste`molchilari bilan bog`liq barcha muammolar tushadi. Bu paytda boshqa bulinmalar o`z e`tiborini turli jo`z`iy vazifalarga karatgan bo`ladi. shuning uchun ham marketing bulimi buiun faoliyatni muvofiqlashtirib turishini tan olish mutlako tabiiydir. U ishlab chikraish jarayonida etakchi bulishi uchun uning makomini boshqa bulinmalar ichida eng yuqori qilib belgilash lozim.

Korxona (firma, birlashma va hokazolar) bozorda o`z urnini egallab, uni mustaxkamlashga, mahsulotning raqobatbardosh va xaridorgir bulishini hamda olayotgan daromadining xajmi oshishini maqsad qilib kuygan bo`lsa, marketing faoliyati doim to`g`ri va sifatli olib borilishi lozim.

QISQAChA XULOSALAR Marketing- muhtojlik va ehtiyojni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing firmani uzoq muddatli, yuqori darajani foyda olishi niyatida faqat iste`molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi. Bozorni o`rganish, bilish va ishlab chiqarishni boshqarish bugungi kunga kelib, har bir tadbirkorning eng asosiy vazifalardan biri bo`lib qolmoqda. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tishi munosabati bilan tadbirkorlikka keng yo`l ochib berilganligi, yurtimizda faoliyat

54

kursataetgan ko`plab firma va korxonalar uchun, ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulotni sotish yullarini, maqsad va vazifalarini marketing asosida tashkil etishi uchun sharoitlar yaratildi. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, bu ishlab chiqarishning ko`lami va hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko`payishi va tadbirkorlar o`rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.

NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI:

1. Marketing tushunchasini mazmuni nimadan iborat? 2. Marketing tushunchasini tadbirkorlik tushunchasi bilan bog`liqligi va farqi nimadan iborat? 3. Marketingni maqsadi nimadan iborat? 4. Marketingning asosiy tamoyillarini mazmunini aytib bering. 5. Korxonalarda marketing faoliyati qanday tashkil etiladi? 6. Marketing tadqiqotlari qanday tashkil etiladi?

ASOSIY ADABIYoTLAR RO`YXATI: 1. Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 1995 2. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999. I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 3. Jalolov J. Marketing. Oliy o`quv yurtlari uchun o`quv qo`llanma. Toshkent-1999 4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/ O`z R Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”, 2003.-144 bet. 6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002.

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR: 1. Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 2. Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 2005. -66 b. 3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 b. 4. Yusupov M.A., Ergashxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -264 b.

55

6-MAVZU TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI TAHLIL ETISh Tayanch iboralar: tadbirkorlik faoliyati, strategik tahlil, operativ tahlil, ITKI, korxona

rentabelligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik xo`jalik faoliyati, o`zgaruvchan xarajatlar, balans foyda.

6-ma`ruza. Tadbirkorlik faoliyatini tahlil etish. (2 soat) Reja:

1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlik faoliyatini sistematik va kompleks tahlili qilish.

2. Strategik va operativ tahlil.

1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlik faoliyatini sistematik va kompleks tahlili qilish.

Tadbirkorlik faoliyati natijalari sistematik va kompleks tahlil kilinadi. Sistematik tahlilda doimo o`zgarib turuvchi bozor muxitini tahlil qilishdan, korxonani foydador va raqobat kobil qilishni ta`minlash uchun tahlil kilinadi. Har kanday korxona o`zini katta kichikligiga, faoliyat yunalishiga foydador yoki zarar kuruvchi ekanligidan kat`iy nazar bozor muhiti bilan o`zaro harakat qiluvchi murakkab tizimdir. Korxona faoliyatini birgina ko`rsatkich bilan, ya`ni masalan foyda ko`rsatkichi bilan ifodalash mumkin emas. U ko`rsatkichlar tizimiga asoslanadi. Bunday kursatkichlarga - foyda, sotilgan mahsulot xajmi yoki ko`rsatilgan xizmat hajmi, moddiy xarajatlar, mehnat haqi fondi, ishchilar soni va hokazolar, ya`ni korxona faoliyatini oxirgi natijalarini xarakterlovchi ko`rsatkichlar kiradi. Korxona faoliyatini baholashni eng oddiy usuli haqiqiy ko`rsatkichlarni reja (normativ) ko`rsatkichlariga solishtirish bo`lib hisoblanadi. Korxona faoliyati samaradorligini baholashni murakkab uslubi esa oxirgi faoliyat natijalarini o`zaro aloqalarini, xarajatlar bilan resurslarni, shuningdek turli omillar ta`sirini baholashdan iborat. Bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan korxonalarni ish sifatini oshirish, mavjud imkoniyatlardan okilona foydalanish asosiy fondlardan foydalanish samardorlik darajasini yanada oshirish, mehnat unumdorligini har taraflama o`stirish, kelgusida respublika aholisini ozik- ovkatga va boshqa tovarlarga bo`lgan talabni yanada yuksaltirishni ko`zlab iqtisodiy tejashni kuchaytirish sohasidagi vazifalarni ommaviy hal qilish lozim. Bu vazifalarni bajarish uchun avvalo har bir tadbirkorlikni xo`jalik faoliyatini atroflicha chuqur tahlil qilish asosida ichki xo`jalik imkoniyatlaridan imkon boricha yaxshirok foydalanishga, kamroq xarajat qilib yuqori natijalarga erishishga alohida e`tibor berish kerak. Hukumat kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni milliy iqtisodning o`sishi uchun oziqlantiruvchi tarmoq sifatida ko`radi. Tadbirkorlikning bu shaklidagi qadr-qimmatini quyidagilar tashkil etadi: harakatning mustaqilligi; tezkor va o`zgaruvchan qarorlarning bo`lishi mumkinligi; mahalliy mahalliy sharoitlarga moslashuvi; aholi o`rtasida xususiy tadbirkorlikka bo`lgan ishonchning mavjudligi, bir necha kasbning birlashtirish imkoniyati ning borligi; biznes operatsiyasiga ketadigan xarajatning kamligi; uzoq muddatli foydalar; tezkor moddiy foydaga bo`lgan imkoniyatlar. Respublikada kichik biznesning qaysi shakli samarali ekanligini xo`jalik faoliyati yo`nalishlari va ishchilar soni bo`yicha qaysi korxona chidamlilini hozircha aytish qiyin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishida olingan tajribani umumlashtirish va ma`lum xulosa qilish va takliflar kirish uchun ma`lum vaqt kerak. Lekin hozirdan kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanish muammolari aniq. Ular mulkni to`la himoya qila oladigan va shartnomalarni bajarishni kaoflatlaydigan huquqiy tizimning yo`qligi tufayli paydo bo`lmoqda.

56

Xususiy tadbirkorlikning samarali rivojlanishi uchun respublika iqtisodiyoti quyidagi yo`nalishlarda rivojlanishi kerak: huquqiy ta`minot, soliq tizimini takomillashishi, xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatining xaridorga moslashuvi va boshqalar.

2. Strategik va operativ tahlil.

Tadbirkorlik amaliyotida ikkita tahlil turini farqlash mumkin, ya`ni: 1. Strategik tahlil. 2. Operativ tahlil.

Strategik tahlil korxonani kuchli va ojiz tomonlarini, imkoniyatlarini va xavf- xatarlarini anaklashga yunaltirilgandir. Strategik tahlil asosan korxonani sifat harakteristikalarini (tavsifnomasini) beradi. Operativ tahlil korxonani faoliyat natijalarini baholashga yunaltirilgan bo`ladi. Operativ tahlil mahsulot sifatini ta`minlashda va xarajatlarni optimallashtirishda muhim rol` uynaydi, u resurslarni boshqarishni samarali vositasi bo`lib xizmat qiladi. Operativ tahlil ishlab chiqarish xo`jalik faoliyatini barcha tomon va jihatlariga taalukli bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi:

korxona faoliyati natijalarini tahlil qilish ishlab chiqarish xarajatlari tahlili mahsulot tahlili

Har qanday korxona o`zini katta kichikligiga, faoliyat yo`nalishiga foydador yoki zarar ko`ruvchi ekanligidan qat`iy nazar bozor muhiti bilan o`zaro harakat qiluvchi murakkab tizimdir. Korxona faoliyatini birgina kursatkich bilan, ya`ni masalan, foyda ko`rsatkichi bilan ifodalash mumkin emas. U kursatkichlar tizimiga asoslanadi.Bunday ko`rsatkichlarga - foyda, sotilgan mahsulot hajmi yoki ko`rsatilgan xizmat hajmi, moddiy xarajatlar, mehnat haqi fondi, ishchilar soni va hokazolar, ya`ni korxona faoliyatini oxirgi natijalarini xarakterlovchi ko`rsatkichlar kiradi. Korxona faoliyatini baholashni eng oddiy usuli haqiqat ko`rsatkichlarni reja (normativ) ko`rsatkichlariga solishtirish bilan hisoblanadi. Korxona faoliyatini samaradorligini baholashni murakkab uslubi esa oxirgi faoliyat natijalarini o`zaro aloqalarini, xarajatlar bilan resurslarni, shuningdek turli omillar ta`sirini baholashdan iborat.

2-ma`ruza. Tadbirkorlik faoliyatini tahlil etish najalari va samaradorlik yo`llari. (2 soat) Reja:

1. Tadbirkorlik faoliyati natijalari tahlili. 2. Ishlab chiqarish va muomala xarajatlari tahlili. 3. Raqobat yutug`i tahlili.

1. Tadbirkorlik faoliyati natijalari tahlili. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlaridan biri ishlab chiqarish xarajatlaridir. Chunki xech kanday xarajatlarsiz bu faoliyatni amalga oshirib bulmaydi. Har qanday iqtisodiy faoliyat uchun ma`lum mikdordagi resurslarni jalb qilishga to`g`ri keladi. O`z navbatida bu resurslarni u yoki bu ishga jalb qilish uchun ularni sotib olish, demak mablag` sarf qilish kerak. Ushbu resurslardan foydalanish jarayonida ularni harid qilish uchun sarflarning bir kismi tadbirkorlikning ishlab chiqarish xarajatlariga aylanadi. Shunday qilib, tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning puldagi ifodasi korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Hozirgi paytda ularning tarkibiga quyidagi xarajatlar kiradi: I. Materiallar sarfi. Ularga xom-ashyo, yarim fabrikatlar, xarid qilingan mahsulotlar, yokilgi va energiya, boshqa korxonalar tomonidan bajarilgan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ishlar va xizmatlar kiradi.

57

II. Tabiiy boyliklardan foydalanish xarajatlari Ularga quyidagilar kiradi: 1 er osti boyliklaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar

2. erdan foydalanish xarajatlari 3. Limitlar mikiesida suv, undan suv xujaligiga tulangan mablag`lar 4. Atrof-muhitga tashlangan ishlab chiqarish koldiklari uchun to`langan mablag`lar III. Asosiy aktivlarning emirilishi, eskirishi IV. Mehnatga xak to`lash xarajatlari. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Ishbay rastsenkalar, ta`rif setkalari, oylik okladlar asosida tulangan ish haqi 2. Ishlab chiqarish ilgorlariga yillik ish yakunlari bo`yicha va boshqa mukofotlar 3. Kompensatsiya to`lovlari (mehnat ta`tili haqi, o`zaytirilgan ish kuni, bekor turib

kolish) 4. Ragbatlantiruvchi to`lovlar (turli faxriy unvonlar uchun ragbatlantiruvchi to`lovlar) V. Sug`urta to`lovlari (nafaqa fondiga ajratmalar, bandlik fondi, ijtimoiy sug`urta) VI. Joriy ta`mirlash xarajatlari VII. Texnologik jarayonlarni rivojlantirish va mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etishga

sarflangan xarajatlar VIII. Qisqa muddatli omonatlar uchun tulangan foizlar IX. Soliqlar, shu jumladan mulk solig`i, avtomobil yullaridan foydalanish solig`i, xususiy

transport vositalari uchun tulangan soliqlar, er solig`i va boshqalar. X. Boshqa xarajatlar, ya`ni xizmat sarflari, telefon va aloqa hamda shunga uxshash

xarajatlar . Tadbirkorlarning xarajatlarini belgilariga ko`ra turlicha tavsiflash mumkin.

Birinchidan, tadbirkorning xarajatlari smeta bo`yicha ularning elementlari va kal`kulyatsiya moddalariga karab turlarga bulinadi. Xarajatlar smetasi korxona byudjetini aniqlash va aylanma aktivlarga ehtiyoj mikdorini rejalash uchun tuziladi. Kolkulyatsiya moddalari umumlashma, majmua ko`rinishiga ega bo`lib, o`z ichiga, xom-ashyo va materiallarni, yokilgi va energiyani tabiiy boyliklardan foydalanishi bo`yicha xarajatlarni, ish haqini, jihozlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlarini, noishlab chiqarish xarajatlari va boshqalarni o`z ichiga oladi. Ikkinchidan, tadbirkorning xarajatlari ishlab chiqarish hajmiga bog`liqligiga karab shartli-doimiy va shartli-o`zgaruvchan xarajatlarga bo`linadi. Ishlab chiqarish xajmining o`zgarishi bilan deyarli o`zgarmaydigan xarajatlar shartli doimiy, xarajatlar deyiladi. Ularga binolarni saqlash, xizmat safarlari xarajatlari, telefon va aloqa xarajatlari, ijara xarajatlari, ishlab chiqarish bilan band bo`lmagan ishchilarga to`langan ish haqi va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish hajmi oshganda shartli doimiy xarajatlar mikdori deyarli o`zgarmaydi, natijada ularning darajasi, ya`ni o`rtacha bir so`mlik tovarga to`g`ri keladigan xarajatlar pasayadi. Ishlab chiqarish hajmi kamayganda buning aksi yuz beradi. Ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga mos ravishda o`zgaruvchan xarajatlar deyiladi. Ularga xom-ashyo va material, yokilgi va energiya, ishlab chiqarish bilan band ishchilarga tulanadigan ish haqi, kreditlar uchun tulanadigan foizlar, transport xarajatlari va boshqalar kiradi.

2. Ishlab chiqarish va muomala xarajatlari tahlili.

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishdan ko`zlanadigan asosiy maqsad foyda olishdir. Binobarin foyda tadbirkorlik faoliyatining yakuniy ko`rsatkichi hisoblanadi. Tadbirkorlar foydani maksimallashtirishga intiladi.

Savdo tashkilotlari daromadining asosiy kismi tovarlarning sotib olish va sotish o`rtasidagi farq hisobidan yuzaga keladi. Hozirgi paytda nafaqat tovarlar, balki xom-ashyo, materiallar va

58

jixozlar ham savdo korxonalari tomonidan erkin ayirboshlanmokda. Bulardan tashkari daromadlar quyidagi manbalardan yuzaga keladi:

- hamkorlikda tashkil etilgan korxonalardan tushadigan daromadlar; -aktsiyalardan olinadigan dvidendlar va boshqa kimmatbaxo qog`ozlardan tushgan foyda; - depozitlar bo`yicha bank foizlari; - ijaraga berilgan mulk uchun ijara haqi; - hamkorlikdan shartnoma shartlarini to`liq bajarmaganligi uchun undirilgan jarimalar, tovar

etkazib berish muddatini kechiktirgani uchun undirilgan jarima, shartnomani bajargani uchun undirilgan koplamalar (neustoykalar) yigindisi.

Yalpi daromad korxonaning tovar sotish xajmiga, sotilgan tovarlarning tarkibi va ularda rentabelli tovarning salmogiga, hamkorlarning shartnoma shartlarini to`liq bajarishiga, korxonani faoliyat madaniyati va ishbilarmonligiga hamda ko`plab boshqa omillarga bog`liq.

Tadbirkorlik faoliyatining yana bir natijaviy ko`rsatkichi uning balans foydasidir. Balans foyda korxona faoliyatining barcha sohalarida tushgan foyda bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi:

-tovar-moddiy boyliklarni sotish, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatishdan tushgan foyda, ya`ni sotilgan tovarlar qiymatidan uni sotib olishga va sotishga sarflangan mablag`larni ayirib tashlagach qolgan qismi;

-undirib olingan jarimalarning to`langan jarimalardan ortiq qismi. Balans foydadan to`lanadigan soliqlardan olingan ssudalar uchun foizdan va nobyudjet

fondlariga turli to`lovlardan qolgan qismi sof foydadir. Sof foyda korxonaning xohishi bilan quyidagi to`rtta yo`nalishga sarflanishi mumkin.

3. Raqobat yutug`i tahlili.

Raqobat yutug`i tahlilida bozordagi ulush, mahsulot sifati, marketing uchun xarajatlar, korxona kattaligi (razmer), bozordagi ulush va ITTKI xarajatlari kabi omillar tahlil qilinadi. Rentabellikka ta`sir etuvchi muhim omil bo`lib, bozor ulushi hisoblanadi.Son jihatdan bu kursatkichning bog`liqligi shundan iboratki, bozor ulushini har 10% ga o`sish uchun rentabellik 3,5 % usadi. Foydaga ta`sir etuvchi ikkinchi omil bo`lib mahsulot sifati hisoblanadi. Tadqiqotlar ko`rsatadiki, yuqori sifat-bozorda yuqori ulushni saklash uchun ishonchli kafolatdir. Mahsulotni differentsiatsiyasi (turli xil) va yuqori sifatli mahsulotni bozorda yuqori ulushiga ega bulishining eng optimal variantlari bo`lib hisoblanadi. Bu ikki kursatkich bozordagi ulush va mahsulot sifati bir-biri bilan o`zaro o`zviy bog`liq bo`lib, birini biri to`ldiradi. Marketing uchun ketgan xarajatlar bilan mahsulot sifati ustida aniq bog`liqlik mavjud. Sifati past bo`lgan mahsulotlarga marketing uchun mablag` ketgazishga assos yuk. Rentabellik umumiy sotish xajmidagi marketing uchun xarajatlar ulushi va mahsulot sifatining o`zaro ta`siriga bog`liqdir. Mahsuloti yuqori sifatli bulishi markteing uchun sarf xarajatlar minimal bo`lsa ham.(oborotga nisabatan 6% tartibida) yuqori foyda olishni kafolatlaydi. Korxona foydasi korxona kattaligi (ulchami) bilan o`zaro bog`liqligi bo`ladi. Yirik korxonalar (startegik xo`jalik zonalari bilan shug`ullanuvchi) katta foydaga ega bo`ladi. Kichik korxonalar esa, yaxshi natijalarni kursatib, uning afzalligi tor bozor chuqurchasini maxsus tovarlar bilan ta`minlash imkoniyatidan iborat. Korxona foydasi bozordagi ulush kombinatsiyasidan tortib, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog`liqdir.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`pgina korxonalar faoliyati shuni kursatadiki, bozorga yuqori ulushga ega bo`lgan korxonalar bundan yuqori foyda olib ilmiy ishlab chikishga mablag`lar kiritishi mumkin. Hisob - kitoblar shuni kurstatadiki, agar kompaniya ITTKI ga oborotni 3% ni sarflasa., u 26% rentabellik darajasi bilan ishlashi mumkin. ITTKIga xarajatlar kamaytirilsa, rentabellki darajasi pasayadi (taxminan 22%). Shuning uchun tadbirkor mahsulot sifati jihatidan lider-mavkeini egallashib afzaldir, bozorda sotish ulushini ko`paytirish bu foydaniyuqori bulishiga olib keladi.

59

Kichik korxonalar bozorda kichik ulushga ega bo`lgan korxonalar bo`lib, ilmiy tadqiqot uchun katta mablag`ga ega bulmagan holda ular tadqiqot va ishlab chikishga o`z mablag`larini iktisod qilib, litsenziya bo`yicha mahsulot ishlab chikishga majbur. Yuqori narxli texnolgiya agar yangi ishlab chiqarish kuvvatini to`liq ta`minlay olmasa, yirik korxonada foydani tushib ketishiga olib keladi. Anologik ish kapital kuyilma bilan bog`liq. Xolatdan chikishning boshqa yuli zamonaviy texnoligiya ijarasi (lizing) bo`lib hisoblanadi, o`z mablag`larini iktisod qilib boshqa etarli afzalliklarni beradi. Yangi texnologiya sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlaydi, o`z navbatida bozordagi ulushni o`sishga olib keladi. Korxona faoliyatini tahlil qilish ishlab chiqarish faoliyatini yanada takomillashtirish uchun dastur ishlab chiqarishga olib keladi.

QISQAChA XULOSA. Tadbirkorlik faoliyati startegik va operativ tahlil qilish tavsiflanadi. Strategik tahlil korxonani kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyat va xavf-xatarlarini aniqlashga yunaltirilgan. Operativ tahlilda esa korxona xo`jalik faoliyatini natijalari tahlili beriladi. Unda korxona faoliyatining natijalarini tahlili, ishlab chiqarish xarajatlarini tahlili, mahsulot tahlili to`liq yoritib beriladi. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy kursatkichlaridan biri ishlab chiqarish xarajatlaridir. Tadbirkorlikning xarajatlarini belgilarga ko`ra, turli tavsiflash mumkin. Birinchidan, tadbirkorlik faoliyati xarajatlar smeta bo`yicha ularning elementlari va pal`kulyatsiya moddalariga karab turlarga bulinadi. Ikkinchidan, tadbirning xarajatlariishlab chiqarish xajmiga bog`liqligiga karab shartli doimiy va shartli o`zgaruvchan xarajatlarga bulinadi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishdan ko`zlanadigan asosiy maqsad foyda olishdir. Tadbirkorla foydani ko`paytirishga intiladi. Savdo tashkilotlari daromadning asosiy kismi tovarlarni sotib olishi va sotish o`rtasidagi farq hisobidan yuzaga keladi. Hozirgi paytda nafaqat tovarlar, balki xom-ashyo, materiallar va jixozlar ham savdo korxonalari tomonidan erkin ayirboshlanmokda. Korxonani samaradorlik faoliyatini baxolovchi kursatkich bo`lib rentabellik hisoblanadi. Korxona rentabelligini oshirishning asosiy yo`nalishlariga mahsulot tannarxini pasaytirish, materiallar sarfini qisqartirishi maqsadida mahsulot konstruktsiyasini ratsionallashtirish, samarali texnikalarni kullash; ishlab chiqarish va sotish tartibini takomillashtirish; ishlatilmayotgan yoki kam samarali aktivlarni sotish kabilar kiradi.

NAZORAT VA MULOXAZA SAVOLLARI.

1. Tadbirkorlik faoliyati korxonalarda kanday tahlil kilinadi? 2. Sistematik va kompleks kanday tahlil kilinadi? 3. Strategik tahlil deganda nimani tushunasiz? 4. Operativ tahlil xo`jalik faoliyati kanday natijalari tahlil kilinadi? 5. Tadbirkorlik faoliyatini yakuniy ko`rsatkichi bo`lib kaysi kursatkich hisoblanadi? 6. Daromadlar manbalari nimalardan iborat? 7. Balans foyda kanday kursatkich va ular o`z ichiga nimalarni oladi? 8. Sof foyda kanday yo`nalishlarga sarflanadi? 9. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalardi foyda va zararlarning hisobi kanday bo`ladi? 10. Yalpi daromadga kanday omillar ta`sir qiladi? 11. Raqobat yutug`i tahlili kanday olib boriladi?.

60

ASOSIY ADABIYoTLAR RUYXATI: 1. Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 1995 2. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999. 3. I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/ O`z R Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”, 2003.-144 bet. 6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002.

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR:

1.Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 2.Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 2005. -66 b. 3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 b. 4.Yusupov M.A., Ergashxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -264 b. 7 – MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI ReJALAShTIRISh

Tayanch iboralar: foyda, muomila xarajatlari, yalpi daromad, rentabellik, balans foyda,

ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi sof foyda, ishlab chiqarish xarajatlari, operativ tahlil, strategik tahlil, rentabellik, biznes reja, marketing strategiyasi.

7-ma`ruza. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish. Reja:

1. Mamlakatimizda iqtisodiy erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlik faoliyatini

rejalashtirish. 2. Rejalashtirishning asosiy elementlari. Rejalashtirishning bosqichlari 3. Kelgusi faoliyat sharoitlarini bashorat qilish va vazifalarini aniqlash, rivojlanishini

optimal variantini tanlash.

1.Mamlakatimizda iqtisodiy erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish.

Har qanday korxona o`zini faoliyat yunalishidan qat`iy nazar rejalashtirish bilan

shug`ullanish kerak. Rejalashtirish deganda korxonani aniq kelajakdagi maqsadini aniqlash, ularni amalga

oshirish usullarini tahlili va resurslar bilan ta`minoti tushuniladi. Tadbirkor faoliyatini rejalashtirish ko`pgina afzalliklarga ega:

u rahbar va mutaxxasislarni doimo kelajak uchun fikrlashga rag`batlantiradi;

61

rejalarni ishlab chiqarish va bajarish jarayonida korxona tomonidan qilinayotgan ishlarni aniq muvofiqlashtirish amalga oshiriladi;

u tashkilot o`z vazifalarini aniq belgilashga majbur qiladi; rejalshtirish tashkilotlarni tusatdan bo`ladigan o`zgarishlarga tayyor qiladi, mansabdor

shaxslar vazifalarini, o`zaro munosabatlarini kurgazmali ravishda namoyon qiladi. Marketing bo`yicha yirik mutaxassis F. Kotlerning fikricha, istiqbolni rejalashtirish bu

firmalar maqsadlari, uning marketing sohasidagi potentsial imkoniyatlarni va imkonlar orasidagi strategik muvofiqlarni qo`llashni taqqoslovchi boshqaruv jarayonidir.

Yangi qonun chiqaruvchi xujjatlarda ko`rsatib o`tilganki, korxona o`z faoliyatini mustaqil holda rejalashtiradi va rivojlanish istikbollarini ishlab chiqarish mahsulotlar, ishlar, xizmatlarga ehtiyoj va korxona ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishni ta`minlash zaruriyati, uning xodimlari shaxsiy daromadlarni oshishi kelib chikkan holda belgilaydi. Tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi korxona rejani ishlab chiqishda quyidagilarga e`tibor berishlari kerak :

Maqsadlar va vazifalarni belgilash. Bozorga o`tish sharoitida mustaqil xo`jalik sub`ektlari bo`ladi va rivojlanishni o`z -o`zini mablag`lar bilan ta`minlash uchun etarli bo`lgan foyda olish maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish, bozordagi ulushni ustirish yoki saklab kolish, avvalgi davrga nisabatan mahsulotlarni sotish yoki ishlab chiqarishni o`sishini ta`minlashni amalga oshiradi.

Resurslar. Hammadan ilgari moddiy, moliyaviy va mehnat resurslariga bo`lgan ehtiyojlarni aniqlash va uning to`zilishini muыofiklashtirish talab etiladi. Faoliyat turini tanlashni va samaradorligini baholashni foydaning asosiy jamg`armalar va aylanma mablag`larga munosabati bo`lib, amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Mutanosib o`rganish. Rejani ishlab chiqishda kursatkichlarni barobarlashtirilganligini ta`minlashni talab qiladi. Shaxsiy aylanma mablag`larni ularning yigini mikdoridagi eng oz ulushini, MTB rivojlanishini transport xizmatlari bilan ta`minlanishi va hokazolarni aniqlash muhim ahamiyatga ega.

Rejani bajarilishini tahlil qilish. Iqtisodiy ehtiyojlarni to`liq ta`minlash va foyda omiliga qaratilgan iqtisodiy va tashkiliy texnik choralarini aniqlash yoki belgilangan maqsadlarga erishish yullari va vostialar haqida boradi.

Rejani bajarilishini nazorat qilish. Rejani bajarilishini doimiy o`z vaktida tekshirish iqtisodiy jarayonni maqsadga muvofiq rivojlanishni ta`minlash, o`z vaktida kamchiliklarning oldini olish, ilgor tajribalarni kullash va samaradorlikni aniqlashga yunaltiriladi. Masalan, savdo korxonalarida chakana tovar oboroti xajmi daromadlar, xarajatlar, foyda, tovar zaxiralari va ba`zi bir kursatkichlar. Strategik rejalashtirishning tarkibiy tuzilishidan ko`rinib turibdiki, strategik rejalashtirish asosida avvalo maqsad va vazifalar bilan bir qatorda strategiya mushtarak hal etiladi. Keyingi bosqichda joriy va strategik dasturlarni tuzish orqali byudjetni rejalashtirish va uni ruyobga chiqarish tadbirlari amalga oshiriladi.

2.Rejalashtirishning asosiy elementlari. Rejalashtirishning bosqichlari

Rejalashtirishning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: -bashorat qilish; -vazifani qo`yish (umumiy vazifalarni shakllanishi, bashorat asosida kelib chikadi); -rejani to`g`irlash (bajarilish muddati aniqlanadi) -byudjetni tuzish (byudjetning son ko`rinishidagi rejasi bo`lib, daromadlar va xarajatlar

balansi pul va natural ko`rinishda); -rejani aniqlashtirish (yakunlovchi bosqich-quyi bo`g`inlarga qabul qilingan karorlar

tarkatiladi va rejani amalga oshirish boshlanadi). Firmaning istiqbolini tahlil qilishda asosiy tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, “favqulodda”

holatlarni vujudga kelishi va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi.

62

Birinchi bosqichda korxona ish yuritadigan bozorda tahlil qilinadi. Tahlil ikki tomonlama bo`lib, bozor muhitidagi ijobiy va salbiy holatlar haqida o`ylash kerak bo`ladi. Shuni hisobga olish kerakki, tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida bir muammoga ruxsat etilishi bilan boshqasi kelib chiqadi. Ehtiyoj va xaridor xohishi o`zgaradi, fan-texnikani yangi yutuklari joriy etiladi, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi usadi, bozor va raqobatchilar strategiyasi o`zgaradi, moliyaviy qiyinchiliklar tug`iladi. Shuning uchun o`z faoliyatini 1-5 yillarga bashorat qilishga harakat qiladi. Ikkinchi bosqichda, korxonaning ichki imkoniyatlarini aniqlash zarur. Bu urinda korxonani bozor muxitini o`zgarishiga karab ishlab chiqarishdagi, bozordagi, iktisodietdagi, boshqarishdagi, resurslardagi korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlanadi. Shular asosida maqsadga erishishdagi eng muhim vazifalari aniqlanadi. Bu bosqichda firmaning kaysi yo`nalishlarida “raqobatchilik stretegiyasini takomillashtirib, firmani yalpi ish faoliyatini kanday yaxshilash mumkin?” degan savolga javob topiladi. Uchinchi bosqichda uch muhim ko`rsatkich tahlil qilinadi:

1. Korxonaning bozordagi o`rni; 2. Tarmoqqa korxonaning mosligi; 3. Ishlab chiqarish dasturining assortiment tuzilishi.

Bu bosqichda firmaning turli faoliyat yo`nalishlari bilan istikbolini kiyoslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yo`nalishlari bo`yicha resurslarni taqsimlash asosiy o`rin egallaydi.

3. Kelgusi faoliyat sharoitlarini bashorat qilish va vazifalarini aniqlash, rivojlanishini

optimal variantini tanlash. Noaniqlik omillari bilan to`liq bo`lgan muhitda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik

faoliyati xavf-xatar ratsional(eng maqbul keladigan) darajada bo`lgan muqobil echimlarni izlash zaruratini yuzaga keltiradi. Bu har qanday konkret holatda eng qulay muddatlarda amalga oshiriladigan harakat varianti mavjud va jalb etiladigan resurslar, tadbirkorlik g`oyalari bilim, tajriba va naqd kapital resurslardan to`la, to`g`ri va samarali foydalanish masalalarida eng optimal xo`jalik faoliyati yo`nalishlarini tanlash hal qiluvchi ko`rsatkichni ajratib olish, hamda ko`rsatkichlarni oxirgi natija tavsifiga ko`ra solishtirib ko`rish yo`li bilan amalga oshiriladi. Ketma-ket solishtirib ko`rish qarorlar va harkatlarning eng yaxshi dasturlarini aniqlashga yordam beradi.

Yuzaga kelish ehtimoli bo`lgan yutuq va yo`qotishlarning kompleks tahlilini o`tkazishda xavf-xatar va tavakkalchilikni baholash uchun tavakkalchilik faoliyatining barcha manbalarini va ular ichida eng kuchlilarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ktilayotgan natijalarni aniqlovchi(asosiy) va yondosh(ikkinchi darajali) turlarga bo`lish kerak. Agar ko`rilayotgan yutuq yoki yo`qotishlar ichida yoki miqdor, yoki yuzaga kelish ehtimoli bo`yicha boshqalarga qaraganda eng katta solishtirma og`irkga ega bo`lgan bitta turdagisi ajralib chiqsa, u holda xavf-xatar darajasini miqdor bo`yicha baholashda yutuq va yo`qotishning faqat shu turini qabul qilish mumkin bo`ladi.

Umuman olganda, faqat tadbirkorlik loyihalarini tuzishda to`g`ridan-to`g`ri hisob-kitobga tushmaydigan, bevosita rejalashtirib va bashorat qilib bo`lmaydigan tasodifiy yutuq va yo`qotishlarnigina hisobga olish kerak. Agar, daromad yoki zararni oldindan ko`rish mumkin bo`lsa, ularga ehtimolli emas, balki rejaviy ko`rsatkichlar sifatida qaralishi kerak.

Xo`jalik faoliyatining aniq yo`nalishini tanlashda eng qulay masalalar hal qiluvchi ko`rsatkichni ajratib olish hamda ko`rsatkichlarni oxirgi natijaga ko`rsatadigan ta`sirini mulohaza qilish orqali amalga oshiriladi.

Shunday qilib, tadbirkor o`zining xo`jalik faoliyatini amalga oshirishda tutilgan narx-navo va soliq to`lovlarining o`zgarishini o`zining biznes-rejasida hisobga olishi zarur.

Tavakkalchilik bilan bog`liq bo`lgan har qanday faoliyatdan asosiy rolni kutilayotgan yo`qotish va foydaning mutlaq o`lchami emas, balki ularning nisbiy qiymati o`ynaydi. Masalan, 100 milliardlik fondga ega bo`lgan korxona uchun bir necha million bilan tavakkalchiliklik qilish

63

hech tashvish keltirmasligi mumkin, ammo uncha katta bo`lmagan kapitalga ega bo`lgan tadbirkor bir necha millionga tavakkalchilik qilish uchun jiddiy o`ylashi kerak bo`ladi.

Tadbikorningg kelgusidagi faoliyatini bashorat qilishi, vazifalarini aniqlashi va optimal faoliyat variantlarini aniqlashi juda muhim hisoblanadi. Sababi bozor kon`yukturasi va raqobatchilik shakllari tez-tez o`zgarib turish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham har qanday korxona va tashkilot o`zining bozordagi holatini saqlab qolishi(chiqib ketmasligi) va rivojlanishi uchun doimiy izlanishda bo`lishi lozim.

Tadbirkor bozordagi faoliyatini rivojlantirishi uchun qanday va qanaqa , qancha va kim uchun mahsulot ishlab chiqarishi kerakligini juda yaxshi bilishi lozim. Ma`lumki, har qanday bozor sub`ekti oldida rivojlanishning turli xil yo`llari bo`ladi. Korxona rahbariyati, yoki yakka tadbirkor o`z oldidagi echishi lozim bo`lgan vazifalarning mohiyatini to`liq tushunishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi(xizmat ko`rsatishi)ni ko`proq foyda olib kelishini oldindan bashorat qila olishi kerak. Buni bilish judayam murakkab hisoblanadi, sababi har qanday korxona va tashkilotning kelgusi faoliyati ko`pincha tashqi omillarga bog`liq bo`ladi. Shu sababli ushbu omillarni to`g`ri e`tiborga va hisobga olgan holda optimal variantlarni tanlash juda muhim hisoblanadi.

8-MAVZU: TADBIRKORLIKNI BOShQARIShNI TAShKIL ETISh(4 SOAT).

Tayanch iboralar: boshqarish, tadbirkorlik muhiti, tadbirkorlikni boshqarish, ichki muhit, moliyaviy Tadbirkorlik asoslari, tashqi muhit, tijorat Tadbirkorlik asoslarii, ilmiy-texnikaviy Tadbirkorlik asoslari, ishlab chiqarish Tadbirkorlik asoslarii

8- ma`ruza. Tadbirkorlikni boshqarishni tashkil etish. (2 soat) Reja:

1. Iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirishda biznesni boshqarishdagi roli. Boshqarish strategiyasi.

2. Kichik korxonada mehnat munosabatlarining asosi. Hamkorlik dasturini tuzish. 3. Mol etkazib berish shartnomasi.

1. Iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirishda biznesni boshqarishdagi roli.

Boshqarish strategiyasi.

Boshqarishda tadbirkorlik faoliyati deyilganda—ishni tashkil etishga ta`sir ko`rsatadigan shart-sharoitlar va omillar borligi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining maqsadlari va vazifalari bevosita bozor tamoyillaridan kelib chikadi. Ma`lumki, bozor iqtisodieti sharoitlarida sotuvchilar o`z tovarlarini imkon boricha ko`proq foyda beradigan qilib sotishga, xaridorlar esa bu tovarlarni imkoni boricha arzonrok harid qilishga intiladi. Bozor iqtisodiyotida davlat tomonidan ko`rsatiladigan choralar ijtimoiy ximoya, atrofdagi muxit muhofazasi, inson kadrini, demokratiyani ximoya qilish va boshqalarga qaratilgan bulishi mumkin. Tadbirkorlikning muhim tomoni uning faoliyatini boshqarib borishdir. Tadbirkorlikni boshqarish mohiyat e`tibori bilan olganda maqsadga erishish yulida kilinadigan xatti-harakatlarni jonlantirish uchun bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan boshqa shaxsga ta`sir o`tkazishdan iborat. Tadbirkorlikni boshqarish uch jihatni o`z ichiga oladi:

1. “Kimni” “kim” boshqaradi? Bu narsa boshqaruv vazifalari, boshqaruv organlari vazifalarining ijrosini ta`riflaydi.

Ikkinchidan, shaxslarni va karorlarga aloqador vositachi kishilarni kim boshqarib borishi shu yul bilan aniqlanadi.

64

2. Boshqaruv “qay tariqa” amalga oshiriladi va boshqariladigan kishilarga u qay tariqa ta`sir o`tkazadi?

3. Boshqaruv “nima” bilan amalga oshiriladi? Tadbirkorlikni boshqarishning muhim vazifasi tadbirkorlik siyosatini belgilashdir. Tadbirkorlik faoliyatining siyosati barcha normativ talablar va shu talablarni amalga oshirish usullarini o`z ichiga oladi.

Tadbirkorlik faoliyatining samarali bulishida tadbirkorlik muxiti omillarini tadqiq etish muhim urinni egallaydi. Tadbirkorlik muhiti deyilganda firmaning faoliyat ko`rsatib borishiga ta`sir o`tkazadigan va boshqaruvga oid qarorlar qabul qilishning talab etadigan shart-sharoitlar va omillar bor yo`qligi tushuniladi. Tadbirkorlik muhitining ichki va tashqi omillari tafovut kilinadi. Ichki muxit deyilganida firmaning olinadigan foydani ko`paytirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmini o`z ichiga oluvchi xo`jalik faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlikning tashqi muxiti deyilganda raqobatchi firmaning faoliyatini kat`iy nazar atrofidagi muxitda yuzaga keladigan, lyokin, uning ish olib borishga ta`sir o`tkazadigan barcha shart -sharoitlar va omillar tushuniladi. Tadbirkor katta foyda olish uchun quyidagi yo`nalishlarda o`z maqsadini aniqlab olishi kerak: fan-texnika sohasida - yangi mahsulotni ishlab chikish va joriy etishni; ishlab chiqarish sohasida texnologiya jarayonini takomillashtirish va yangi texnologiyadan foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini yaxshilashni; mehnatni o`tkazish, sotishda-har bir mehnatga nisbatan bozor ulushini saqlab qolish va kengaytirib borishi lozim.

Boshqarishning asosiy vazifasi omillar ta`sirining tabiati va darajasini aniqlab, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshib borishi va rivojiga ta`minlashga qaratilgan karorlar qabul qilishdir. Shu maqsadda tadbirkorlik muxiti omillari quyidagi jarayonlarda:

- marketing tadqiqotlari va marketing dasturlarini ishlab chikishda; biznes-reja ko`rsatkichlarini ishlab chiqarishda; operativ boshqarishda; xo`jalik faoliyati natijalarini nazorat qilib borish jarayonida muntazam tahlil qilib

boriladi. Respublikamizda iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirishga asosiy maqsad-bozor munosabatlarni tashkil etish, bozorni turli tuman zarur tovar va xizmatlar bilan tuldirib, iste`molchilarning saralab tovar harid qilishiga keng imkoniyatlar yaratib, pirovard natijada xalqning farovon turmush sharoitini ta`minlashdan iborat. Xalqimizning farovon turmushini yaratishda, keng iste`mol tovarlar bilan bozorni tukin sochin qilishda, aholiga turli-tuman xizmatlar ko`rsatishni tashkil etishda tadbirkorlikning ham o`z o`rni bor. Chunki tadbirkor qancha rivojlansa, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ham shunchalik rivojlanadi. O`zbekiston respublikasining “Tadbirkorlik to`g`risida”gi qonunida belgilanganidek, har kanday shakldagi tadbirkorlik mulk egasining shaxsan ishtirok etishiga yoki boshqa fuqarolarning mehnatining kullash yuli bilan foyda olishga asoslanishi mumkin.

2.Kichik korxonada mehnat munosabatlarining asosi. Hamkorlik dasturini tuzish.

Tadbirkorlikni rivojlanishida Respublikamizning “Tadbirkorlik to`g`risida”gi qonuni bilan birga Prezidentimizning 1995 yil 5 yanvardagi “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko`rsatish va uni rag`batlantirish to`g`risida ”gi Farmoni, shuningdek 1998 yil 9 apreldagi “Xususiy tadbirkorlik. Kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi farmoni muhim ahamiyatga ega. Xususiy tadbirkorlik bu fuqarolar tomonidan o`zlarining tavakalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida, amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir. Xususiy tadbirkorlik ikki turdagi ko`rinishda bo`ladi. Uning biri yonlanma mehnatni jalb qilish asosida huquqiy shaxs va uni belgilangan tartibda ruyxatdan o`tkazib faoliyat ko`rsatadigan tadbirkorlik, ikkinchisi esa yuridik shaxs bo`lmay faoliyat ko`rsatadigan, yollanma mehnatni jalb etmaydigan - yaka tartibdagi tadbirkorlikdir.

65

Xususiy korxonaga yangi xodimlar tomonlarining huquqi va burchlari kelishilgan shartnoma asosida qabul qilinadilar. Mehnat shartnomasida xodimning ixtisosligi, malakasi, lavozimi; kontrakt tuzilgan muddat; mehnat sharoiti va unga mehnat faoliyatining u yo bu turini bir biridan farqlovchi xak to`lash; ijtimoiy va tibbiy sug`urta, ijtimoiy ta`minot, xodimning ijtimoiy ximoyalanganligi, shartnomani buzganligi uchun javobgarligi kabi majburiyatlar, sharoitlar va shartlar belgilanadi. Tadbirkorlikning mazmuni va tabiatiga ko`ra ayrim kishilar yoki guruhlarning o`z o`zini ish bilan ta`minlash va tashabbuskorligiga asoslangan faol mehnat faoliyati sifatida baxolanishimiz mumkin. Bu o`rinda tadbirkorlik mehnatining bozor munosabatlariga xos tavvakalchilik sharoitida mehnat, ishlab chiqarish v ijtimoiy iqtisodiy vazifalarning tashkiliy echimini kidirish va ruyobga chiqarish bilan bog`liq ijodiy, aqliy ish sifatidagi o`ziga xos tabiati xususida gapirish mumkin. Shunday qilib, tadbirkorlikni o`zaro bog`liq bo`lgan ikki xil ko`rinishda karash kerak: birinchidan, bozorning harakatlantiruvchi kuchi sifatida, ikkinchidan, mehnatning aloxida sohasi sifatida. Ana shuning uchun ham tadbirkor inson bilan bozor iqtisodiyoti va mehnat faoliyatining o`ziga xos, xo`jalik tavvakalchiligi bilan bog`liq turining sub`ekti sifatida namoyon buluvchi shaxsdir. Mehnatni, ishlab chiqarishni, boshqaruvni ilmiy tashkil etish sarmoyadorlarga katta katta foyda keltirganligi sir emas, Yaponiyada 1 ishchi yiliga 100tadan ortik avtomobil` ishlab chiqarsa, Rossiyada 18-20 tadan oshmaydi, Yaponiyalik ko`pgina o`rta va yirik firmalar yuzlab, minglab kichik korxonalar bilan hamkorlik qiladilar. Andijonda tashkil etib, ishga tushirilgan avtomobil` zavodida ham xuddi shunday imkoniyatlar yaratilib, egiluvchan va qulay, xo`jalik tartibi bunyod bo`la oladi.

3.Mol etkazib berish shartnomasi.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki bekor

qilishga qaratilgan harakatlarga shartnoma(yoki bitimlar) deyiladi. Shartnomalar-mahsulot etakazib berish sharntnomalari, xizmatlar ko`rsatish shartnomalari,

ijara shartnomalari va bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab boshqa turlarda bo`lishi mumkin. Mahsulot etkazib berish shartnomasi bir yilga, bir yildan ortiq muddatga(uzoq muddatli-5 yilgacha) yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatlarga tuzilishi mumkin.

Ishlab chiqarish va savdo Tadbirkorlik asoslarii maqsadiga minimal xarajat sarflab shartnoma asosida kelishilgan muddatga tovarlar ishlab chiqarish yoki tovarlar mohiyatini etkazib berish, hamda xizmat ko`rsatishdan ko`proq foyda orttirish kiradi. Menejer uchun qiyinchilik tug`diruvchi masalalarning eng asosiylari quyidagilar kiradi:

komp`yuter yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini ko`zatib borish uchun kul keladigan kursatkichlarning eng zarurligini tanlash;

firma boshqaruvining eng samarali tartibini yuzaga keltirish; mahsulot sifatini boshqarish; kadrlarni boshqarish; ishlab chiqarish vositalarini yangilab turish va xom-ashyo bilan ishlab chiqarishni

betuxtov ta`minlashni tashkil etish,hamda zaxiralarni boshqarish. Tijorat Tadbirkorlik asoslarii - firmaning tijorat faoliyatini boshqarish tizimi bo`lib,

xaridorlar talabini tahlil etish va o`rganishni, ishlab chiqarish, sotish va etkazib berish, hamda servis xizmatini ko`rsatish rejalarini talabga karab moslashtirishni o`z ichiga oladi. Marketolog - menejerlarning maqsadi xaridorlarga avval ishlab chiqarilgan tovarlarni kanday bo`lsada sotish emas balki ularning talabiga karab tovarni ishlab chiqarish va taklif etishga erishish bo`lsagina, ular raqobatkobil bula oladi.

Tovarning kanday hayotiy bosqichda ekanligini hisobga olish zarur, chunki yangi tovarning bozorga kirib kelishida uning rentabeli yoki rentabelsiz tovarga aylanishi davrini

66

aniqlash mumkin. Tovarning andozasini yaratishdan tortib uni ishlab chiqarish, sotish va sotuvdan keyin xizmat ko`rsatishgacha bo`lgan murakkab boshqaruv ishlari marketologlar ishi bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi:

bozorni o`rganish, xaridorlar talabini, daromadlarini, baholar darajasini kelajak uchun aniqlash;

loyihalovchilarga baholar limitini va texnik vazifalarini bo`lib tovar andozasini yaratish bo`yicha buyurtma berish;

reklama, turini ko`rgazmalar tashkil etish buyurtmachilarga ma`lumotlar junatish orqali bozor uchun yangi mahsulotni shakllantirish;

shartnomalar tizimi, ishlab chiqarishni boshlash va mohiyatni yanada takomillashtirish choralarini kurish;

tovar sotilishini tashkil etish; iste`molchilarga qo`shimcha xizmat ko`rsatish, ta`mirlash, ehtiyot qismlar etkazib

berish hamda ularni foydasi bo`yicha maslahat berish va boshqalar. Moliyaviy Tadbirkorlik asoslari firmaning moliyaviy masalalariga raxbarlik qilishdan

iborat. Ushbu masalalarga daromadlarni shakllanish, soliqlarni vaktida to`lash, ssudalar hamda gaz, suv, elektr energiyasi, kommunal va aloqa xizmatlari uchun xak to`lash,sarflanadigan sarmoyalar rezerv mablag`larini yuzaga keltirish, dividendlar to`lanishini boshqarish kabilar kiradi.

9 - MAVZU: TADBIRKORLIKNING BANK, SOLIQ XIZMATI VA AUDIT

BILAN O`ZARO ALOQALARI

Tayanch iboralar: moliyaviy nazorat shakllari, bank, soliq xizmati, audit, kredit, soliq imtiyozlari, akkreditiv, balans, sug`urta kompaniyasi, faktoring, franshiza, auditorlik taftishi, injiniring.

9-ma`ruza. Tadbirkorlikni bank, soliq xizmati va audit bilan o`zaro aloqalari.

Reja: 1. Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxona faoliyati ustidan moliyaviy nazorat shakllari.--- 2. Bank bilan o`zaro aloqa.

1. Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxona faoliyati ustidan moliyaviy nazorat shakllari.

Tadbirkorlarni iqtisodiy faoliyat yuritishlarida, moliyaviy va buxgalteriya hisob-kitoblarini to`g`ri amalga oshirishlarida auditorlik firmalari muhim rol` uynaydi. Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biridir, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini ximoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. O`zbekistonda audit- O`zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to`g`risida” gi qonuni asosida amalga oshiriladi. Audit-xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar - auditorlar (auditorlik firmalari) bajaradi. Auditning asosiy maqsadi - moliyaviy va xo`jalik operatsiyalarining to`g`riligini va ularning O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va boshqa me`yoriy xujjatlariga nechoglik mosligini aniqlashdan, bularning tula-tukisligi, aniq-ravshanligi, buxgalter hisobi yoki boshqa moliyaviy hisob yuritishga kushilayotgan talablarga nechoglik monandligini aniqlashdan

67

iboratdir. Audit tarkibiga yana konsalting, ya`ni mijoz bilan shartnoma to`zib, xizmatlar ko`rsatish ham kiradi. Auditorlik faoliyati xo`jalik yurituvchi sub`eklarining faoliyati ustidan maxsus vakolat olgan davlat idoralarining nazorati urnini bosmaydi. Auditning asosiy “harakatlanuvchi shaxsi” auditor va auditorlik firmasidir. Auditorni mijoz bilan shartnoma to`zgan auditorlik firmasi xo`jalik yurituvchi sub`ekt mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ekt mulkdorlari karori bilan yoki auditorni tayinlagan yuridik shaxsning karoriga ko`ra auditor chiqarib olinishi mumkin, auditor bu xakda barvakt yozma tarzda, uning xizmatidan voz kechish sabablarini kursatib xabardor kilinadi. Tekshiruv vaktida yoki buyurtmaga ko`ra, boshqa ishlar kilinayotganida xizmatdan voz kechilsa, xo`jalik yurituvchi mulkdor auditor xizmatiga xak to`lashi shart. Surishtiruv organi, prokuror, tergovchi va sud topshirigi bilan auditorlik tekshiruvi o`tkazilsa, xarajatlar tekshirilayotgan xo`jalik sub`ekti zimmasiga tushadi, uning kulida etarli mablag` bulmasa, tekshiruvni tayinlagan organ zimmasiga tushadi. Mabodo xo`jalik yurituvchi sub`ekt kulida zarur mablag` bulmasa-yu tekshiruv xarajatlarini to`lashdan buyin tovlasa, prokuror audotor yoki auditorlik firmasining mulkiy manfaatlarini ximoya qilib tegishli sudga murojaat qilishi shart. Xo`jalik yuritish sub`ektining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari auditorning talabi bilan quyidagilarni bajarishi shart: -moliyaviy- xo`jalik faoliyatiga dahldor xujjatlarni berish; -ogzaki yoki ezma tarzda zarur izoxlar berish; -tekshirilaetgan ob`ektning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini sifati ekspertiza qilish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish. “Auditorlik faoliyati haqidagi” Qonun va boshqa qonun xujjatlarining qoidalarini auditorlik tekshiruvi vaktida buzgunlik uchun auditor va auditorlik firmasi javobgar bo`ladi: -O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mulkiy va ma`muriy javobgarlik; -litsenziya huquqini to`xtatib kuyish yoki auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradigan litsenziyadan maxrum etishgacha (litsenziya bergan organ karoriga muvofiq) bo`lgan intizomiy jazolar berish. Auditorlik faoliyatini tartibga solib turish uchun qonunchilikda auditorlar palatasini ochish nazarda tutilgan. O`zbekistondagi aksariyat auditorlik firmalarini auditorlar o`zlari tashabbuskor bo`lib to`zgan, ammo mustaqil audit o`tkazish uchun ularning soni etarli emas. Bu muammoni hal etish uchun Davlat mulki kumitasi tashabbusi bilan 1996 yilning may oyida qimmatli qog`ozlar bozori katnashchilariga maslaxat-auditorlik va axborot xizmati ko`rsatish uchun maxsus agentlik “Konsauditinfort”tashkil etildi. Tez orada barcha korxonalar ish yuritiladigan bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari favkulodda kattik va binobarin, ham mamlakat ichidagi, ham chet el raqobatchi korxonalari mavjud bo`lgan bir paytda samarali, foydali va faoliyat yullari va vositalarini to`g`ri belgilash kobiliyatining ahamiyati oshadi. Bu auditorlarga qo`shimcha vazifa yuklaydi. Ular korxonalarning moliyaviy ahvoli va uning keyingi rivoji istikbollarini to`g`ri baholashlari zarur. Shuni ta`kidalsh kerakki, an`anaviy taftish eski faktlar., muayyan darajada tezgina tarix mulkiga aylanuvchi joriy vokealarni kayd qilish , hamda baholash bilan kifoyalanadi. Audit bo`lsa, na faqat eski va ayni shu asnodagi xolatni baholashi, balki korxonaning xo`jalik faoliyatiga va uning natijalariga ta`sir ko`rsatishga kodir bulgusi xodisalarni ham oldindan ko`ra bilishi lozim. Aloxida faktlar bo`yicha, ularni kiyoslash va o`rganish asosida xo`jalik faoliyatining rivojidagi tamoyillarni ilgab olish, u yoki bu mahsulot ishlar va xizmatlarga talab hajmini, bo`lg`usi daromadlar va xarajatlarni, foyda va rentabellikni ta`minlash zarur. Tabiiyki, bu auditorning malakasiga oshirilgan talablar kuyadi. Auditor bashorat kila olish fazilatiga ega bulishi, bunda u g`oyat boy iqtisodiy-matematik devon va zamonaviy

68

hisoblash texnikasidan foydalanib amalga oshiriladigan xo`jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili usuliga tayanish kerak. Aytish mumkinki, endilikda kushma korxonalardagi audit, bank auditi, o`z ishlab chiqarishiga ega bo`lgan hissadorlik jamiyatlarida ishlovchi audit, investitsiya fondlarining auditi va sug`urta kompaniyalarining auditi shakllanib chikdi. Boshqa bozor tuzilmalari- birjalari, savdo-harid firmalari, shuningdek tijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchi jamoa tashkilotlarida shugullanadigan auditlarning ixtisoslashib chikishi kun tartibida turibdi. Albatta, auditorlik tashkilotida biron bir tarmoqda tijorat faoliyatining xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo`lgan, moliyaviy ahvolni tahlil qilib, tekshirilayotgan korxona va muassasaning hisob-kitob xujjatlari bo`yicha malakali xulosa berishga kobiliyatli mo`taxassislar bulmasligi mumkin. Shu tufayli tashkilotlar odatda, o`z kuch-gayratlarini o`zlari ishida chinakamiga yordam bera olishlariga kodir bo`lgan mijoz-korxonalarga jamlaydilar. Ma`lumki, har qanday faoliyat muayyan darajada va muayyan tartib-qoidalarga rioya qilib amalga oshirilishi kerak. Audit standartlari auditorlik faoliyati mobaynida o`zining maqsadga muvofiqligi va puxtaligini tasdiqlagan, hamda jahonning turli mamlakatlaridagi g`oyat ko`p sonli auditorlarning amaliy ish tajribasida pishiktirilgan professional me`yorlar va qoidalarni o`z ichiga oladi. Bunda audit bo`yicha yagona standartlarni darxol va tula xajmda joriy etish vazifasi kun tartibiga mutlako kuyilmaydi. Zero, har bir mamlakatda konkret iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar, turli an`analar va milliy o`ziga xoslik mavjudki, auditorlik xizmat etish chogida ular albatta hisobga olinishi kerak. Auditning xalqaro standartlari xususidagi gap so`zlariga kelganda esa, standartlarning bunday keng qamrovli va umum tomonidan qabul qilingan standartlar tizimi tabiatan mavjud emas. Barcha xalqaro standartlarni to`rt guruhga bulish mumkin:

birinchi guruh - har qanday mamlakatda darxol, butunicha va tula qabul kilinishi mumkin bo`lgan; ikkinchi guruh - ma`qullanib, arzimas o`zgarishlar bilan qabul kilinishi mumkin bo`lgan; uchinchi guruh - faqat aniqlik kiritishgina emas, balki o`zining joriy etilishi uchun tegishli shart-sharoitlarini (masalan, bozor munosabatlarining yanada rivojlantirilishi va takomillashtirilishi) vujudga keltirishga ehtiyoj sezuvchi; turtinchi guruh- mazkur mamlakatdda uning tarixiy an`analari va milliy ruxiyatiga ko`ra qabul kilinishi mukin bulmagan standartlarni o`z ichiga oladi. Auditorlik ishida, u amalga oshiriladigan mamlakatdan kat`iy nazar, quyidagi majburiy tarkibiy kismlar mavjud bo`ladi: u yoki bu xo`jalik omillarini tekshirish, ko`zatish, o`rganish va to`g`riligiga yoki maqsadga muvofiqligini tasdiklash. Auditning bu hamma harakatlari konkret vazifalarini hal qilish uchun eng darajada yarokli bo`lgan farqlanishi boshqa gap. Auditning zarur sharti hisob-kitobning kullanilaetgan shakl va usullari mo`tanosibligini tekshirish, hisobdagi molk-mulk va mablag`larini baholash, u yoki bu mamlakatda hozirgi vaktda amal kilaetgan qonunlar va me`erlarga hisobotni kiyoslashdan iborat.

2. Bank bilan o`zaro aloqa

Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas

bog`liq bo`lib, ular olib borayotgan faoliyat xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, kursatiladigan xizmatlarga xak to`lash, ish haqi bilan ishlovchilarni ta`minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo`ladigan iqtisodiy munosabatlar ya`ni olingan foydadan, daromaddan soliq to`lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to`lovlarning barcha turlari, o`z navbatida olinadigan kreditlar ham boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishguncha bank va banklar bilan bo`ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo`jaligini muhim xo`jalik yuritish qismi bo`lgan kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini

69

barcha faoliyati banklar bilan boglanganligi bugungi kunda hammaga ma`lum bo`lib koldi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan, AQShda bank tizimini faoliyati nixoyatda rivojlangan bo`lib, tadbirkorlarni aktiv iqtisodiy faoliyat ko`rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat kursatadi. Umuman bank operatsiyalari passiv va aktiv operatsiyalardan iborat bo`lib, passiv operatsiyalar pul mablag`larini ma`lum biror yunalishga safarbar etishga qaratilgan. Banklar passiv operatsiyalar orqali jamg`armalarni va vaqtinchalik bush turgan mablag`larni ishlab chiqarishga safarbar etib foyda oladi. Aktiv operatsiyalar turli harakterdagi kreditlarni berish operatsiyalari bilan bog`liq bo`lib, quyidagi elementlari bo`yicha turkumlanadi:

1.Muddatlar bo`yicha kreditlar 1 yillik, 5 yillik 7-10 yilga muljallangan bulishi; 2.Kreditlarning hajmi bo`yicha kichik, o`rta, yirik mikdorda har bir mijozga individual va

moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; 3. Ayrim turlari bo`yicha maxsus kafolatni tanlab tanlab kilmaydigan, garov evaziga

berilmaydigan kreditlar; 4.Kreditorlarni turlari bo`yicha ya`ni davlat, tijorat, xususiy va boshqa turlari bo`yicha

berish; 5.Zayomni turlari bo`yicha yuridik shaxslar va xakozolarga berish; 6.Vaqtinchalik foydalanish uchun investitsiya, iste`mol uchun, karzlarni to`lash asosan

eksport va import operatsiyalarini bajarish uchun beriladigan kreditlar. 2-ma`ruza. Tadbirkorlikda bank va soliq xizmatidan foydalanish. (2 soat)---

Reja: 1. Kredit – hisob operatsiyalarini amalga oshirish shartnomasi. Kredit shartnomasi. 2. Mablag`ni bankka qo`yish shartnomasi. 3. Soliq turlari. Soliq imtiyozlari.

1.Kredit – hisob operatsiyalarini amalga oshirish shartnomasi. Kredit shartnomasi.

Kredit deganda o`z egalari kulida vaqtincha bush turgan pul mablag`larini boshqalar tomonidan ma`lum muddatga xak to`lash sharti bilan karzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chikkan munosabatlari tushuniladi. Kredit munosabati ikki sub`ekt o`rtasida yuzaga keladi: biri pul egasi, ya`ni karz beruvchi; ikkinchisi pulga muxtoj, ya`ni karz oluvchi. Kredit tovar va pul ko`rinishidagi mablag`larni:

qaytarib berishlik; muddatlilik va foiz to`lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi.

Kredit va moliya tushunchalari o`rtasida bir tomondan umumiylik bo`lsa, ikkinchi tomondan farqli jihatlari mavjud. Agar moliya barcha xo`jalik sub`ektlarining o`ziga tegishli pul mablag`lari xususidagi aloqalarini anglatsa, kredit, bundan farqlirok, o`zga mulki bo`lgan pulni karzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni bildiradi va bozor munosabatlarining bir unsuri hisoblanadi. Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har xil bulishidan kelib chikadi. Moliyada o`z mulki bo`lgan pul resurslarini xoxlagan vaktda, xech bir harakajatsiz ishlatishi mumkin. Kredit esa o`zgalar respublika halq xo`jaligi tarmoqlari korxonalarini kreditlashning eng muhim manbalaridan biri - xususiylashtirishdan tushadigan mablag`lardir.

O`zbekiston - xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag`ni davlat byudjetiga emas, balki xususiylashtirilgan korxonalarni qo`llab-kuvvatlashga hamda bozor infratuzilmasini rivojlanishiga yunaltirilgan dunyodagi kamdan-kam davlatlardan biri hisoblanadi. Shunday qilib, xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini mablag` bilan ta`minlashning birinchi xususiyati shundaki, mablag`lar davlat tasarrufidan chiqarish hisobiga hosil bo`ladi va Davlat mulki kumitasining maxsus hisob varagida jamgariladi. Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, Respublika Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda kreditdan foydalanishning imtiyozli suriluvchi foiz stavkalari belgilanadi. Foiz stavkasi mikdorining o`zgarishi har chorakda yuz beradi, lyokin u har doim respublika o`rtacha bank foiz

70

stavkasidan past bo`ladi. Shunday qilib, mulkchilik shaklini nodavlat mulkchilik shakliga o`zgartirgan korxona yangi shakllarda faoliyat ko`rsatishining birinchi kunidanek o`z biznes dasturini amalga oshirish uchun davlat korxonalariga nisbatan foydalirok shartlarda mablag` olish imkoniga ega bo`ladi.

2.Mablag`ni bankka qo`yish shartnomasi.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk egaligining kichik va xususiy tadbirkorlik

shakli korxonalari o`z faoliyatida turli banklar bilan muomalada bo`ladilar. Bu jarayon avvalo oldingilaridan farq qilgan holda ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi jarayonlar asosan korxonalar orqali bank o`z faoliyatini olib borganligi bilan harakterlanadi. Tadbirkorlik faoliyati shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk egalari va kichik korxonalar faoliyati bilan bog`liq operatsiyalarni bajarishga o`z imkoniyatlarini safarbar etib boradilar.

Tadbirkorlarni banklar bilan bo`ladigan operatsiyalarida turli erkinliklar berib qo`yilganligi shunda namoyon bo`lmoqdaki, xususiy tadbirkor o`z jamg`armasini O`zbekistonning turli banklarida o`z hisob schyotida saklashi, kredit va kassa operatsiyalarini bajarish huquqiga ega hisoblanadi. Banklar bilan tadbirkorlar o`rtasidagi munosabatlarda amal kilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul o`tkazish yuli bilan hisobkitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega bo`lgan xujjatlarni saklashi bilan kafolatlanib boradi. Banklar tadbirkorlar va mijozlar bilan bo`ladigan operatsiyalarda pul egasi tomonidan topshiriq qog`ozi bankka kelib tushishi bilan 12-13 soat davomida keyingi operatsiyalar bajarilishi zarur.

Mulk egalari hisobiga pul o`tkazish shahar ichida 4 ish kunida, viloyat ichida 5 ish kunida, respublika ichida 10 ish kunida bajarilishi lozim. Agar bir qonun shartlari buzilsa mijozga yillik foiz mikdorida bank jarima tulaydi. Bank mijozlarning arizasiga binoan ularga tegishli operatsiyalarni bajaradi. Banklar tadbirkorlarni Respublika Markaziy banki tomonidan kiritilgan o`zgarishlarni, qoidalarni ayniksa hisoblar bo`yicha nakd pulsiz tarzdagi operatsiyalar bo`yicha o`zgarishlar to`g`risida tadbirkorlikni xabardor qiladilar. Bank o`z vaktida mijozni kechikib o`tkazgan operatsiyalari uchun, pulni noto`g`ri ko`chirganligi uchun bank aybdor sifatida har bir kun uchun mijozga o`tkazilayotgan summani 3 foizi mikdorida jarima to`laydi. Bankni aybi bilan hisob xujjatlari yukolsa, mijozga xujjatda kursatilgan summani har bir kuni uchun 3 foiz mikdorda bank jarima tulaydi. Tadbirkor tomonidan bankka noto`g`ri ma`lumot berilgan bo`lsa (masalan, pul o`tkazish bo`yicha mijozni adresi noto`g`ri kursatilgan bo`lsa) mijozlar 5000 so`m jarima tulaydi, agar shu hol yana takrolansa xizmat faoliyat yurgizishi to`xtatiladi.

Tadbirkorlar bilan bank o`rtasidagi kredit berish bo`yicha bo`ladigan operatsiyalar ikki tomon o`rtasida imzolangan shartnoma avsosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffakiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor “Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi” Respublika qonunlarini chuqur o`rganib, unga rioya qilishi lozim. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarini hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta oaeratsiyalari bilan bog`liqligi ma`lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta hamda xorij valyutasida operatsiyalarni bajarishga to`g`ri kelmoqda. Ayniqsa tashqi savdo vosita valyuta operatsiyalari bilan bog`liq hisoblanadi. Valyuta operatsiyalari valyuta kursi bo`yicha ikki tomon valyutasi nisbati solishtirilib amalga oshiriladi. AQSh dollari valyuta kotirovkasida baza sifatida xalqaro maydonda qabul qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi kurs bo`yicha AQSh dollariga solishtirilib boriladi. Dollar kursi abadiy bulmay, bu ham o`zgarib turadi. Valyuta kursini o`zgarib turishi har kuni ham bulishi mumkin. Shuning uchun banklar kursni bank faoliyat boshlash vaktidagi yoki yopilishi vaktidagi kurslar bo`yicha hisob-kitob ishlarini olib boradi. Valyuta kursini o`zgarib borishi haqida har xaftada matbuotda jadval berib boriladi. Bu axborot tadbirkorlarni iqtisodiy faoliyatida muhim hisoblanadi.

Valyuta operatsiyalarida asosiy urinni kredit, qimmatli qog`ozlar, valyutani foyda olish maksdida sotib olish va sotish kabilar egallaydi. Xo`jalik yuritish jarayonida hozirgi kichik va

71

xususiy mulk egalari valyuta hisob-kitob schetiga ega bulish huquqini olib, erkin tazda valyutani sotib olishlari ham mumkin. Tadbirkorlar xorij firmalari va tadbirkorlari bilan savdo qilishlari natijasida valyutani erkin sotib olish huquqiga ham egadirlar. Umuman bozor iqtisodiyoti jaxondagi yirik rivojlangan mamlakatlarni muomaladagi valyutalarni mamlakat ichki bozorida harakat etishi uchun huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog`liq bo`lgan faoliyatilaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va zamonaviy texnologiya harid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalarida xizmatni sifatini oshirishga ishlab chiqarish sohasida sifatli mahsulot qilib chiqarib uning realizatsiyasidan katta foyda olish imkoniyatlariga ega bo`ladilar.

3.Soliq turlari. Soliq imtiyozlari.

Soliqlar byudjetga to`lanishiga qarab ikki turga: umumdavlat va mahalliy soliqlarga, mohiyatiga qarab esa to`g`ri va egri soliqlarga bo`linadai. Soliqlar guruhlanishi soliqqa tortish ob`ektiga, to`lovchi bilan davlatning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi. To`g`ri soliqlar to`g`ridan-to`g`ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to`lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o`tkazadi.

Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo`jalik yurituvchi sub`ektlar to`g`ri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo`yiladigan tovarning iste`molchisi esa egri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi.

Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to`g`ri soliqlarni ham iste`molchilar zimmasiga o`tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to`laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko`pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste`molchilar zimmasiga yuklab boriladi.

To`g`ri soliqlarga tortishda mablag`larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o`z huquqlarini da`vo qiladi.

To`g`ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo`linadi. Real soliqlar soliq to`lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr

asosida undiriladi, to`lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o`rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob`ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog`ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo`yicha aniqlanadigan o`rtacha daromadliligi bo`yicha amalga oshiriladi. O`z mohiyatiga ko`ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi shaxsiy soliqlarga o`tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo`lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo`yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob`ekt (daromad, mol-mulk) har bir to`lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) e`tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob`ektiga qarab shaxsiy soliqlarning quyidagi turlarini farqlanadi: daromad solig`i, pullik sarmoyalardan tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o`sishidan olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovg`a qilishdan olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliq va hokazo.

Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida

72

ushbu qiymatning bir qismiga o`z huquqlarini da`vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo`lib ¢oladi. Egri soliqlar to`g`ri soliqlardan farqli ravishda to`lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog`liq bo`lmaydi. Tovarlar, odatda, shaxsiy iste`mol tovarlari, shuningdek xizmat ko`rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko`rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob`ekti bo`ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.

Xaridor-iste`molchi egri soliqlarning to`lovchisi bo`ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko`rsatadigan shaxs aslida soliqni yig`uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo`shiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo`yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo`lganida va talab barqaror bo`lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to`lanadi. Egri soliqlarning asosiy to`lovchisi pirovard oqibatda iste`molchilar bo`ladilar.

Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. hamma fuqarolar o`z daromadlarining miqdoridan qat`iy nazar, bunday soliqlarni to`laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo`lgan tovarlarni iste`mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.

Egri soliqlarning stavkalari qat`iy (tovar o`lchamining birligiga) va foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) bo`ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko`proq foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko`payadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarning narxidagi hissasining ortishiga olib keladi.

Egri soliqlar aktsizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona bojlarini o`z ichiga oladi. Aktsizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga, benzinga va hokazo) va universal (qo`shilgan qiymat solig`i va boshqalar) turlarga bo`linadi.

Ular asosan xo`jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilganimizda, to`g`ri soliqlarni to`g`ridan to`g`ri soliq to`lovchilarning o`zi to`laydi, ya`ni soliqning xuquqiy va haqiqiy to`lovchisi xam bitta shaxs hisoblanadi.

Egri soliqlarning huquqiy to`lovchisi mahsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko`rsatuvchilar, haqiqiy to`lovchisi esa iste`molchilar hisoblanadi.

Respublikamizda amal qilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari moliyalashtirishga yunaltiriladi. So`ngi yillarda to`g`ri soliqlarning salmog`i yalpi ichki mahsulot qiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmog`i oshgan. Bu erda hozirgi sharoitda to`g`ri tendendiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to`g`ridan - to`g`ri korxonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. To`g`ri soliqlar salmog`i YaIM qiymatida pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishiga imkon yaratadi.

QISQAChA XULOSALAR

Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyatini banklar bilan chambarchas bog`liq bo`lib, ular olib boraetgan faoliyat xom-ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, kursatiladigan xizmatlarga xak to`lash, ish haqi bilan ishlovchilarni ta`minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo`ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya`ni olingan foydadan, daromaddan soliq to`lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to`lovlarning barcha turlari banklar orqali, o`z navbatida olinadigan kreditlar ham boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi. Banklar kredit vazifalarini bajaruvchi muassasa bo`lib, karz beruvchi va karz oluvchilar o`rtasidagi aloqalarni bajaradi.

73

Banklar pul karz berishi, pullar va qimmatbaho qog`ozlar chiqarish, xazina saqlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Soliqlar davlat byudjetining manbai bo`lib, xo`jalik faoliyatini rag`batlantirish va ijtimoiy ximoya vazifalarini bajaradi. Soliqlar bevosita va bilvosita turlariga bulinadi. Bevosita soliqlar mulk va daromadlarga solinsa, bilvosita soliqlar (masalan, aktsiya solig`i) tovar qiymatiga kuyilib, uning narxini oshiradi. Soliqlarning bosh vazifasi iqtisodiyotni, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turishdir. Davlat soliq siyosati orqali iqtisodiy o`sishga yul ochiladi, davlat va jamiyat manfaatlariga zid bo`lgan xolatlarga karishi ko`rash olib boradi. Soliqlarning yana bir asosiy vazifasi pul mablag`larini qayta taksimlash hisoblanadi. Auditning asosiy maqsadi- moliyaviy va xo`jalik operatsiyalarining to`g`riligini va uning O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va boshqa me`yoriy xujjatlariga nechoglik mosligini aniqlashdan iboratdir. Audit tarkibiga yana konsalting, ya`ni mijoz bilan shartnoma to`zib, xizmatlar ko`rsatish ham kiradi. Auditning asosiy xarajatlari harakatlanuvchi shaxsi auditor va auditorlik firmasidir. Kredit uyushmalar nisbatan mayda jamg`arma- kredit muassasalar bo`lib, iste`mol kreditlarini berishga yunaltirilgan. Fond birjalari standart moliyaviy vositalari savdo qilish. uchun uyushgan bozordir.

NAZORAT VA MULOXAZA SAVOLLARI 1. Korxonani faoliyati ustidan kanday moliyaviy nazorat shakllarini bilasiz? 2. Bank bilan kanday aloqalar urnatiladi? 3. Kredit shartnomasini mazmunini tushuntirib bering. 4. Davlat kanday soliq siyosatini olib boradi? 5. Soliqni kanday turlarini bilasiz? 6. Kichik biznesni rivojlantirishda kanday soliq imtiyozlari mavjud? 7. Audit va auditorlik taftishi nima? 8. Auditning xalqaro standartlarini kanday guruhlarga bulish mumkin?

ASOSIY ADABIYoTLAR RUYXATI: 1.Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 1995 2.Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999. I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 4.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/ O`z R Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”, 2003.-144 bet. 5.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002.

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR:

1. Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-

metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 2. Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston

iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 2005. -66 b.

74

3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 b.

4. Yusupov M.A., Ergashxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -264 b.

10-MAVZU. KORXONANING MOLIYaSI VA UNI MOLIYaVIY AHVOLINI BAHOLASh (4 SOAT).

Tayanch iboralar: moliya, moliyaviy bozor, inflyatsiya, tavakkalchilik omili, kredit, kredit turlari, kredit operatsiyalarni sug`urta qilish, aktsiya, aktsiya turlari, dividend siyosati, lizing, lizing operatsiyalari, moliyaviy xujjatlar, balans, balans tahlili, rentabellik tahlili.

10-ma`ruza. Korxonalar moliyasi . Reja:

1. Korxonalarning moliyaviy sohasi. 2. Moliya bozori tushunchasi. 3. Inflyatsiya tushunchasi.

1.Korxonalarning moliyaviy sohasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlari-amal qilishi moliyaviy zaruriyatni ifodalaydi. Muomala doirasida tovar harid kilinadi, sotiladi va bu jarayon yana takrorlanadi. Savdo firma va korxonalarning xo`jalik faoliyati tovar etkazib beruvchilar, bank, byudjet, xaridorlar, savdo xodimlari va boshqalar bilan bo`ladigan turli-tuman pul munosabatlaridan tarkib topadi. Pul mablag`larining rejali ravishda vujudga keltirilishi, tuplanishi va sarflanishini ifodalovchi iqtisodiy munosabatlar moliyani anglatadi. Moliya markazlashgan va markazlashtirilmagan fondlarni tashkil etish va foydalanish bilan bog`liq pul munosabatlarini o`z ichiga oladi. Markazlashtirilgan fondlarga davlat byudjeti, banklari, omonat kassalari, sug`urta organlari resurslari kiradi. Markazlashtirilmagan fondlarga davlat mulkidan boshqa mulk shaklidagi banklar, omonat kassalari, sug`urta firmalari, korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish fondlari, mehnatga xak to`lash fondlari, amortizatsiya, sug`urta, tavakkalchilik fondlari kiradi.

Odatda moliya ikki vazifani: taqsimot va nazorat vazifalarini bajaradi. Korxonalar o`z mablag`lari etishmagan holda zarur mablag`ni bankdan karz olishi

mumkin. 2.Moliya bozori tushunchasi.

Moliya bozori - bu pul bozoridir. Bu bozorni hamma agentlari - pul agentlaridir. Moliya

bozorlarida boshqa bozorlardagidek sotuvchi va xaridorlar mavjud. Moliya bozorida ayirboshlanadigan tovarlar moliyaviy talablar bo`yicha ifodalangan.

Moliyaviy majburiyat - bu kelgusida pulni to`lashni buyniga olish, bugungi moliyaviy bozorda olinayotgan pulni kelgusida to`lash. Moliyaviy vositachi rolini bank uynaydi.

Moliyaviy bozor ishtirokchilari ikki guruhga bo`linadi: 1. Harakatdagi sektor. 2. Moliyaviy vositachilar.

Korxona doimo o`z foydasidan: * davlatga soliq; * bank krediti foizini; * aktsionerlarga dividend to`lashi zarur.

Moliyaviy sohada yutuq keltiruvchi omillarga: • vaqt omili; • tavakkalchilik omili; • inflyatsiya omillari kiradi.

75

Vakt omili muvaffakiyat imkoniyatlarini oshiradi va yomon natijalar extimolining pasaytiradi. Narx (kelgusidagi qiymat) quyidagi formula orakli ifodalanadi.

Kelgusidagi Bugungi pul x (1+i) Qiymat = mablag`lari soni Moliyaviy muhitni katta noaniqligi tovarlar va xizmatlarga bo`lgan narx darajasini doimiy o`sishiga - inflyatsiyaga olib keladi. Inflyatsiya foiz stavkasiga, moliviy bozorlarga, investorlar daromadlariga. Korporatsiyalari loyihalariga, firmani kapital qo`yilmalariga, ya`ni barcha moliyaviy muhitga ta`sir ko`rsatadi. Nominal foiz Real foiz stavkasi Kutilayotgan inflyatsiya stavkasi = + darajasi Tavakkalchilik omili inflyatsiya omili. Vaqt omili bilan birgalikda olib boriladi. Tavakkalchiliksiz tadbirkorlik faoliyati bo`lishi mumkin emas. Tavakkalchilikni bir necha guruhlarga bo`lish mumkin:

birinchidan, pulni harid qobiliyati tushib ketishi bilan bog`liq bo`lgan tavakkalchilik, boshqacha aytganda bu inflyatsiyali tavakkalchilikdir;

ikkinchidan, moliyaviy tavakkalchilik, firmani moliyaviy holati va xulq-atvoriga bog`liq bo`ladi;

uchinchidan, operatsion tavakkalchilik, sizni tovarlar va xizmatlar bozoridagi nobarqarorligini aniqlaydigan mavqedir. Bu o`rinda uchta turdagi investorlarni ajratish mumkin:

• tavakkalchilikni yoqtirmaydigan; • unga neytral qaraydigan; • tavakkalchilikni yaxshi deb hisoblaydigan.

Tavakkalchilik omili quyidagicha hisoblanadi:

K = Ic + Ib , Bu erda: K - investorlar talab qiladigan daromad normasi; Ic - tavakkalchilikdan ozod bo`lgan daromad normasi; Ib - tavakkalchilikga mukofot.

Bozor munosabatlari rivojlanib, uning elementlari tobora ko`proq tadbik etilayotgan, iqtisodiyot islox etilib, aktsiyadorlik jamiyatlarining soni usib borayotgan, bank ishi har tomonlama rivojlanib, takomillashib kelayotgan, xalqaro aloqalar kengayib, mamlakat jaxon iqtisodiyot tizimiga kirib borayotgan sharoitlarda moliyaviy aktivlar tobora ko`proq rusum bo`lib boradi. Moliyaviy bozorning eng muhim tomonlaridan biri shuki, bu bozor yuqori samara beradigan iqtisodiyotni faollik bilan shakllantirib boradi. Moliyaviy bozor sarmoyalarning safarbar etilishini ragbatlantirib, bush turgan pul mablag`larini iqtisodiyotdagi turli sohalar o`rtasida qayta taksimlanishni ta`minlab beradi. Moliyaviy bozor rentabel korxonalarga mablag` berib turish orqali samarali iqtisodiyot shakllanib borishiga yul ochadi. Hozirgi zamon moliya bozorini ko`p sonli moliya muassasalari yoki vositachilar tashkil qiladi. Bu - sotuvchilar va xaridorlar ya`ni, sotiladigan va harid kilinadigan tovar, pul va boshqa moliya aktivlari mavjud bo`lgan bozor. Ular vaqtinchalik foydalanish uchun (majburiyatli karzlar shaklida) yoki butunlay (aktsiyaga) berilishi mumkin. Shu bilan birga, moliya bozorlari pul mablag`lari jamg`armalarining egalaridan karz oluvchilarga boradigan ko`plab turli-tuman yullar bilan ta`minlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotda ular ikkita asosiy guruhga ajratiladi.

76

Birinchi guruhga pul mablag`lari bevosita jamg`armalarining egalaridan qarz oluvchilarga boradigan mablag` bilan bevosita moliyalash yo`llari kiradi. Ular o`z navbatida ikki turga bulinadi: kapital moliyalash - unga muvofiq tadbirkor mablag`ni mulkning bir kismiga almashtirish hisobiga oladi (oddiy aktsiya) va karz olish yuli bilan moliyalash - unga muvofiq firma mablag`ni oldindan kelishilgan foiz bo`yicha keyin to`lash va firmaga egalik qilish huquqini olmaslik haqidagi sharti bilan oladi (obligatsiya). Bu barcha qimmatli qog`ozlar, qimmatli qog`ozlar bozorining rivojlanishi va faoliyat ko`rsatishini belgilaydi. Bevosita mablag` bilan ta`minlashga omonatchilarning mablag`larini moliya muassasalariga: tijorat banklari, sug`urta va trast kompaniyalari, pensiya fondlari va hokazolarga qo`yishga doir barcha operatsiyalar kiradi.

3.Inflyatsiya tushunchasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya vujudga kelishi mumkin. Inflyatsiya deb shunday

jarayonni tushunish kerakki, unda muomalada tovarlar xajmiga keragidan ortiqcha naqd pul paydo bo`lib, narx-navo o`sib, qog`oz pullarni qadrsizlanishiga olib keladi va shu tufayli pul o`z harid qobiliyatini pasaytiradi.

Inflyatsiyaning asosiy sabablari mamlakatda olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga borib taqaladi. Lekin shu bilan bir qatorda ta`kidlash lozimki, inflyatsiyaga nafaqat qog`oz pulni ko`payishi bois, balki boshqa omillar ham ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiyaning vujudga kelishiga narx-navoning o`zgarishi katta ta`sir ko`rsatadi.

Hozirgi zamon makroiqtisodiy nazariyasiga ko`ra, narxning shakllanishi bir necha elementlarga bog`liqdir. Narx-navoning shakllanishiga ta`sir ko`rsatuvchi elementlar qo`yidagilardir: tovar va hizmatlarni taklif qilinishi; bozor turlarini har xil shakllaridan kelib chiqadigan tovar va xizmatlarga bog`liqlik, talab va taklifni vujudga kelishi; ishlab chiqarish vositalariga o`rnatilgan narxlardir.

Yuqorida ko`rsatilgan omillar narx-navolarning hamda inflyatsiyaning o`sishiga ta`sir etuvchi omillardir. Ushbu omillarning ta`siri asosida harajat inflyatsiyasi hamda taklif inflyatsiyasi vujudga keladi.

Umumiy tarzda aytish mumkin ki, yuqorida keltirilgan omillar ta`siriga ko`ra inflyatsiya deb shunday jarayonni tushunish kerakki, uning asosiy sabablari yangi talab bilan yangi taklifning o`zaro muvozanati buzilganligidan kelib chiqadi. Demak, inflyatsiyaning vujudga kelishi makroiqtisodiy muvozanatni bo`zilishi bilan bog`liqdir va inflyatsiya davrida yangi talab yangi taklifdan yuqoridir.

Inflyatsiyani kelib chiqish sabablariga kelsak mavjud iqtisodiy adabiyotlarda qo`yidagi sabablar ko`rsatiladi:

Birinchidan, inflyatsiya iqtisodiyotda davlat sektorini o`sishi hamda davlatning iqtisodiy jarayonga ta`siri bilan bog`liqdir. Shu tufayli davlat harajatlari va daromadlari orasidagi muvozanat buziladi. Bunday holat davlat byudjetining taqchilligiga olib keladi. Yuzaga kelgan bunday holatni bartaraf etish uchun Markaziy bank ko`p miqdorda qushimcha naqd pullarni emissiya qilishga majbur bo`ladi, bu esa o`z navbatida muomaladagi naqd pul hajmini oshiradi. Davlat harajatlarini o`sish sabablaridan biri mamlakatdagi mudofaa harajatlarni o`sishidir. Mudofaa harajatlarning o`sishi qo`shimcha harid qilish talabini o`sishiga olib keladi, bu esa pul xajmini o`sishiga olib keladi va bunday o`sish tovarlar bilan qoplanmagan bo`ladi.

Ikkinchidan, tovarlar va xizmatlar bozorda yirik monopol xususiy korxonalar hamda transmilliy korporatsiyalarni mavjudligidir. Agarda tovarlar bozorida yirik monopol xususiy korxona mahsulot ishlab chiqarsa u o`zining mahsulotini qimmat narxda sotishga harakat qiladi. Demak, ushbu mahsulotni bahosi yuqori bo`lsa bu inflyatsiyani o`sishiga ta`sir ko`rsatadi.

Uchinchidan, milliy iqtisodiyot tarkibida xizmatlar ulushining oshib borishi. Chunki xizmat ko`rsatish sohasida mehnat unumdorligi ishlab chiqarish sohasidan o`smaydi. Shu sababli noishlab chiqarish sohasida yaratilgan hizmatlar hajmi ish haqidan past bo`ladi va bu esa o`z navbatida inflyatsiyaning o`sishiga olib keladi.

77

To`rtinchidan, hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni chuqurlashib borishidir. Bu o`z navbatida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlarning mahsulotlariga, kapitaliga hamda xizmatlariga ochilishi shart. Shu sababli boshqa mamlakatlarda ro`y beradigan inflyatsiya ham import qilinadi. Bundan tashqari boshqa mamlakatlardan kirib keladigan investitsiyalar ham inflyatsiyaning o`sishiga sababchi bo`lishi mumkin.

Beshinchidan, inflyatsion ko`tish degan tushuncha mavjud. Unga ko`ra, ushbu jarayon sodir etganda inflyatsiya o`z-o`zini quvvatlovchi harakter kasb etadi. Inflyatsiya yuqori darajada o`sish vaqtida aholi tovar va xizmatlarga narx-navo oshib borishini hisobga olib, narxlarning pasayishiga umid yo`qotib o`z ehtiyojlaridan ko`p miqdorda tovarlar harid qilishga intiladilar. Bunday holat “puldan qochish” deb ataladi, chunki kishilar tezroq o`z pullarini o`rniga tovarlar sotib olishga harakat qiladilar.

Oltinchidan, milliy iqtisodiyotni tuzilmasi zamon talablariga javob bermasligi mumkin. Bunday tuzilma eski davrning qoldig`idir. Shu sababli milliy iqtisodiyotda ruy beradigan inflyatsiyaning sabablari pul muomalasi hamda moliya sohalarida emas, balki o`tgan davrda yaratilgan iqtisodiyotning tuzilmasiga borib taqaladi.

11-MAVZU. MAMLAKATIMIZDA TADBIRKORLIKNI INVeSTITsIYaLAShNING USTIVOR YO`NALIShLARI(4 SOAT).

Tayanch iboralar: investitsiya, lizing, kichik korxonalarni investitsiyalash, banklar,

birja, sug`urta kompaniyasi, investitsion fond, kreditning o`ziga xos xususiyatlari, kreditlash, moliya bozori.

11-ma`ruza. Tadbirkorlikni investitsiyalashning ustuvor yo`nalishlari.

Reja: 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida va modernizatsiya qilish jarayonida

tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish. 2. Investitsiya faoliyatini byudjet tomonidan qo`llab – quvvatlash shaklining

rivojlanishi.

1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida va modernizatsiya qilish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish.

Hozirgi bosqichda har qanday davlatning tez sur`atlarda rivojlanishini xorijiy

investitsiyalarni jalb etmay turib ta`minlab bulmaydi. Chet el investitsiyalari foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatiga va boshqa turdagi

faoliyat ob`ektlariga kushaetgan mulkiy boyliklarning va ularga nisbatan huquqlarning, shuningdek intellektual mulkga nisbatan huquqlarning barcha turlari chet el investitsiyalari hisoblanadi.

Tadbirkorlik sarmoyasini chiqarish uning chet ellarda uzoq muddatga ishlab chiqarish, savdo, moliya ob`ektlariga sarflanishi demakdir.

Jahon tajribasidan kelib chiqadigan bo`lsak, investitsiya muassasalari yuridik shaxslar bo`lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: vositachilik faoliyati: qimmatli qog`ozlarni chiqarishni yulga quyish: ularni uchinchi shaxs foydasiga joylashtirish yuzasidan kafolatlar berish; investorlarning pul mablag`larini jalb qilish maqsadida aktsiyalar chiqarish hamda pullarni turli inviketlarning turli qimmatli qog`ozlariga kuyish; qimmatli qog`ozlarni chiqarish va muomalasi bo`yicha maslahat tariqasidagi xizmatlar ko`rsatish.

Moliya brokerlari, investitsiya kompaniyalar, investitsiya bo`yicha maslahatchilar, investitsiya fondlari shular jumlasidandir. Moliya brokeri yuridik shaxs bo`lib, mijoz hisobidan va uning topshirig`i bilan komissiya shartnomasi yoki topshirigi asosida qimmatli qog`ozlar oldi-sotdisi paytida vositachilik vazifasini bajaradi. Bizda odatda ularni brokerlik firmalari deb

78

yuritishadi. Ular ko`pincha investitsiya bo`yicha maslahatchi vazifasini ham birga qo`shib olib boradi.

Investitsiya kompaniyasi yuridik shaxs bo`lib, qimmatbaho qog`ozlar bozorida mijoz hisobiga emas, balki o`zining hisobiga ishlaydi, ya`ni moliya brokeridan farqli o`larok, u diller hisoblanadi.

Investitsiya kompaniyasi qimmatli qog`ozlar chiqarishni tashkil etadi, uchinchi shaxslar foydasi uchun ularni joylashtirish yuzasidan kafolatlar beradi, qimmatli qog`ozlarga mablag` kuyadi, o`z nomidan va o`z hisobidan qimmatli qog`ozlarning oldi-sotdisi bilan shugullanadi, jumladan qimmatli qog`ozlarni kotirovkalash yuli bilan amalga oshiradi. Respublikada yigirma ikkita investitsiya kompaniyasi ruyxatga olingan.

Respublikada fond bozorining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, u endigina shakllanib kelayapti.

Daslabki bosqichda investitsiya kompaniyasining asosiy vazifasi keyinchalik fond operatsiyalarini o`tkazish uchun mijozlar va sheriklar tarmogini vujudga keltirishdan iborat. Hozir ham kelajakda ham asosiy investitsiya okimi davlat mulkini xususiylashtirishga bog`liq bo`ladi. Kompaniya xususiylashtirish xizmatlari bozorida faol harakat qilishi, uslubiy yordamdan tortib aktsiyalarni birlamchi joylashtirishning emissiya prospektini tayerlashgacha bo`lgan butun bir xizmatlar turkumini takdim etishi zarur. Shuningdek, investitsiya kompaniyasi xususiylashtiraetgan korxonalarning aktsiyalarini o`z mablag`iga sotib oladi.

Investitsiya bo`yicha maslahatchi ham yuridik (konsalting firma), ham qimmatli qog`ozlar chiqarilishi va muomalada bulishi yuzasidan maslahat tarikasidagi xizmatni takdim etadigan jismoniy shaxs bo`lishi mumkin.

Investitsiya bo`yicha maslahatchilar quyidagi ish turlarini bajaradi: qimmatli qog`ozlar bozorini tahlil qilish (aniq bitimlarni ekspertizalash, konyunkturani o`rganish va bashoratlar); huquqiy maslaxatlar berish; qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan operatsiyalar bo`yicha uslubiy, me`yoriy xujjatlarni ishlab chiqish, qimmatli qog`ozlar emissiyasini tayerlash va tashkiliy-uslubiy ta`minlash; qimmatli qog`ozlarni ta`minlash; qog`ozlar majmuasini ta`minlash, umumiy majmua strategiyasini ishlab chiqarish, majmua joriy boshqarish yuzasidan maslahatlar berish; axborot xizmati ko`rsatish.

Investitsiya fondi yuridik shaxs bo`lib, u ko`pchilik kapital egalarining jamoa investitsiyalarini boshqaradi. Investitsiya fondi kredit tizimi rivojlangan moliya muassasalarining juda muhim ko`rinishlaridan biridir.

Jahon tajribasining ko`rsatishicha, investitsiya fondlariga extiej shunday paytlarda bo`ladiki, bunda ko`pdan-ko`p mayda mablag`larni bir erga tuplash imkoniyati va zaruriyati tugiladi.

Investitsiya fondi ochiq va yopiq turda bo`lishi mumkin. Yopiq turdagi fondlar o`z aktsiyalarini uning egalaridan sotib olishi majbur emas, ochiq turdagi fondlar esa birinchi talabdayoq sotib oladi.

Investitsiya fondining asosiy vazifasi ko`pchilik investorlarning mablag`larini safarbar qilish va ularni fond nomidan xususiylashtirilaetgan korxonalar aktsiyalariga, boshqa qimmatli qog`ozlar va omonatlarga joylashtirishdan iborat.

2.Investitsiya faoliyatini byudjet tomonidan qo`llab – quvvatlash shaklining

rivojlanishi.

O`zbekistonda chet el investitsiyalarini jalb etish yuli bilan bozor iqtisodiyotiga o`tishning qonuniy-huquqiy asoslari yaratilgan. Ular O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarning huquqlari va faoliyati imkoniyatlari tartibini belgilab beradigan O`zbekiston Respublikasining “Chet el investtsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi Qonunda, Prezidentimizning “Xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-kuvvatlash va rag`batlantirish to`g`risida”gi Farmonida, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 martdagi 55-sonli “O`zbekiston

79

Respublikasi xududida chet el investitsiyalari ishtirokida korxonalar tashkil etish va ularni davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g`risida” Qarorida aks etgan.

Shuningdek bir qator Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga ko`ra, respublikada chet el investorlarining faoliyati uchun kulay huquqiy sharoitlar yaratildi, respublikada ishlab topilgan foydani chet el valyutasiga almashtirish va xorijga o`tkazishni asoslashtirish bo`yicha valyutani tartibga solish to`g`risida, tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirish, ajnabiy fuqarolarning uy-joy fondi, ob`ektlarini ular joylashgan er uchastkalari bilan birga mulk qilib olish imkoniyatlarini yaxshilash, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda mexmonxona va saexlik biznesi sohalarida erkin iqtisodiy xududlar barpo etish amalda joriy etildi.

O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarni o`tkaza borib, xalqaro mehnat taksimoti kulayliklaridan ko`proq foydalanishga intilmokda, ajnabiy tadbirkorlar uchun kulay investiya muxitini yaratmokda.

Mamlakat uchun chet el investitsiyalarini jalb etishning ustivor sohalariga quyidagilar kiradi:

agrosanoat majmuasini rivojlantirish, bu esa pirovardida aholini me`eridagi turmush faoliyatini ta`minlash imkoniyatlarini yaratadi;

sanoatning ustivor sohalarini, yoqilg`i-energetika majmuini jadal rivojlantirish, xalq xujaligining ilm-fan talab tarmoqlarida ishlab turgan kuvvatlarni yangilash va yangilarini barpo etish, respublikaning importga karamliligini kamaytirish;

eksport saloxiyatini kuchaytirish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini ko`tarish, eksportda mashinasozlik texnika mahsulotlari, tayer mahsulotlar xissasini va xajmini ko`paytirish;

kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirish, kadimgi xunarmand va an`anaviy hunarmandchilikni tiklash;

Sug`urta tizimi-iqtisodietning alohida muhim tarmog`idir. O`zbekistonning sug`urta bozorida 60 ga yaqin davlat va xususiy sug`urta kompaniyalari bor.

O`zbekistonda uchta kompaniya mashhur bo`ldi. Bular O`zbekiston Respublikasining davlat sug`urtasi Bosh boshqarmasi; “O`zbektinvest” milliy sug`urta kompaniyasi hamda “Madad” agentligi” aktsiyadorlik jamiyatidir.