samgasi.uz soati/axb soati 21... · web viewbolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash,...

32
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 21 fevral juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y

Upload: others

Post on 26-Oct-2020

26 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 21 fevral juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

Page 2: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GEMATOLOGIYA VA TRANSFUZIOLOGIYA XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH HAMDA ONKOGEMATOLOGIK VA

DAVOLASH QIYIN BO‘LGAN KASALLIKLARGA CHALINGAN SHAXSLARNI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasida-gematologiya-va-transfuziologiya-kh-10-02-2020

ENDI ILMIY ISHLANMA YARATUVCHI HAM, UNI AMALIYOTGA TATBIQ ETUVCHI HAM ILMIY DARAJA OLISHI MUMKIN

“Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

http://uza.uz/oz/documents/aror-endi-ilmiy-ishlanma-yaratuvchi-am-uni-amaliyetga-tatbi--11-02-2020

QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/ora-alpo-iston-tibbiyet-institutini-tashkil-etish-t-risida-14-02-2020

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HAMDA JAMOATCHILIK NAZORATI TIZIMLARI TAKOMILLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.

Mamlakatimiz ham muammodan xalos bo‘lmagan. Dunyodagi korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali bu illat barham topmagan.

Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.

Misol uchun, tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda. Ko‘plab sohalarda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimi ochiq-oshkora emas.

Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi.

Page 3: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

Bugungi yig‘ilishda ushbu yangi tuzilmani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda bu illatdan qutulish bo‘yicha dastur ishlab

chiqib, ijrosini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish

jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish lozimligi belgilandi.

Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda vazirlik, kompaniya va hokimliklarda ichki korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi “komplayens nazorat” tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tiziminining barcha tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqib, amaliyotga kiritish shartligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmani tashkil etishga doir hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi. Mazkur tuzilma nafaqat bu borada davlat siyosatini amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi, balki korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu illatga qarshi kurashishdagi yana bir muhim vositalardan biri – jamoatchilik nazorati.

Bugungi kunda yurtimizda 10 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Lekin ularning o‘rni va faolligi sezilmayapti. Chunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi, davlat bilan ko‘prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo‘q.

Hozirda jamoatchilik bilan ishlash tizimi joylarda va sohalarda xalqimizni qiynayotgan masalalarni davlat miqyosiga olib chiqib, hal qilishda natija ko‘rsata olmayapti. Ko‘p nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rasmiyatchilikdan iborat bo‘lib qolmoqda.

“Mahalla”, “Nuroniy”, Xotin-qizlar qo‘mitasi kabi yirik birlashmalardan xalqimiz qanday naf ko‘ryapti, ular hayotimizdagi qaysi o‘tkir masalani ko‘tarib, hal qilishga erishdi, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yo‘q.

Shu bois Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida Jamoatchilik palatasi tashkil etish taklifini ham bildirgan edi.

Bugun yig‘ilishda ushbu palataning asosiy vazifalari, tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Jamoatchilik palatasi aholi fikrini muntazam ravishda o‘rganib borishi, ularning yechimini topish bo‘yicha davlat idoralari oldiga aniq vazifalarni qo‘yishi zarurligi ta’kidlandi. “Jamoatchilik eshituvi”, “jamoatchilik monitoringi”, “jamoatchilik ekspertizasi”, “jamoatchilik tashabbusi” kabi ta’sirchan nazorat shakllarini hayotga tatbiq etish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda davlat idoralari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini jonlantirish, ularga har tomonlama uslubiy ko‘mak berish ham yangi palata faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘ladi.

Shu kabi vazifalardan kelib chiqib, Jamoatchilik palatasining tashkiliy-huquqiy asosini yaratish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bo‘yicha 2020-2021 yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini takomillashtirish, jamiyat hayotiga oid muammolarni o‘rganish va samarali hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlar ajratish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

“OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA” TAMOYILI AMALGA OSHIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Page 4: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi. Oxirgi uch yilda uni rivojlantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, mahalla institutiga oid 38 ta qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, 50 dan ortig‘i takomillashtirildi. Jamiyat hayotida jonbozlik ko‘rsatgan soha xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblarining oylik ish haqi o‘tgan yilning o‘zida 1,5 barobarga oshirildi.

So‘nggi uch yilda 624 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 2 ming 265 tasi rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi. 102 ta tuman va shahar markazida “Mahalla markazi” majmualari barpo etildi. Har bir fuqarolar yig‘inida “Keksalar maslahati” guruhlari, 4 mingdan ziyod mahalla binolarida kutubxonalar tashkil qilindi.

Mahalla faollarining mas’ul tashkilotlar va profilaktika inspektorlari bilan hamkorligida oxirgi uch yilda 87 mingga yaqin kam ta’minlangan oila ehtiyojmandlik darajasidan chiqarildi.

Prezidentimiz mahalla tizimidan xalq ham, davlat ham to‘la rozi emasligini, bu sohada kamchilik va dolzarb masalalar ko‘pligini ta’kidladi.

Xususan, mahallalarda 18 mingdan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa-da, ularning ishi samarali tashkil etilmagan. Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yilmagan. Oqibatda ayrim mahallalarda notinch oilalar, huquqbuzarliklar ko‘paygan. Shuningdek, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari uchrayotgani juda achinarli.

Yig‘ilishda oilaviy ajrimlar, yoshlar salomatligi, erta tug‘ruqlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatib o‘tildi.

– “Oila – muqaddas” degan azaliy va ezgu g‘oya qadrsizlanib, ming yillik milliy qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi og‘riqli holatlarni kamaytirib bo‘lmaydi. Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga qodir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda mahallalarning o‘zida ham qator muammolar borligi qayd etilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mahalla idoralarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Masalan, bugungi kunda 1 ming 234 ta fuqarolar yig‘ini turli tashkilotlar yoki tadbirkorlarga tegishli binolarda joylashgan. Yana mingdan ziyodi ijtimoiy muassasalarda, 78 tasi qo‘shni mahalla yig‘inlari binolarida faoliyat ko‘rsatmoqda, 48 ta mahalla binosi avariya holatida. Mahalla binolari uchun kommunal to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha maqbul va yagona tartib ishlab chiqilmagan.

Mahalla tizimida kadrlar qo‘nimsizligi odatiy holga aylangan. Mahalla xodimlarini ularga bog‘liq bo‘lmagan ishlar, yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa-da, bu borada sezilarli o‘zgarish bo‘lmayapti.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari zimmasiga 200 dan ortiq vazifa yuklangan. Lekin bor-yo‘g‘i 2 ta shtat birligi bilan shuncha vazifani bajarish mumkinmi, deb o‘ylab ko‘rilmagan. Hech bir hokim yoki kengash mahallalar faoliyatining samaradorligini oshirish masalasini muhokama qilmagan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yaqinda yo‘llagan Murojaatnomasida mahalla tizimini o‘zgartirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish zarurligi to‘g‘risida fikr bildirgan edi.

Videoselektor yig‘ilishida ana shu tamoyilni amalga oshirish, mahalla tizimini isloh etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari mahallalarda to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topish, tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash yo‘lida barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish shartligini ta’kidladi. Ushbu ulkan sohaga mas’ul alohida davlat idorasi – Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish taklifi bildirildi.

Qayd etilganidek, yangi vazirlik mahalladan tortib respublika darajasigacha 40 mingdan ortiq xodimni birlashtiradi va ularning “bir yoqadan bosh chiqarib”, yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, joylarda muammolarni hal qilishning yaxlit va ta’sirchan vertikal tizimi yaratiladi.

Page 5: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

Vazirning birinchi o‘rinbosari oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalarga mas’ul etib belgilanadi. Vazirning yana bir o‘rinbosari keksalarni ijtimoiy rag‘batlantirish, yoshlarda vatanparvarlikni mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanadi. Oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, tomorqa va obodonlashtirish, ekologiya, bandlikka ko‘maklashish masalalariga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi.

Vazir – “Mahalla” jamg‘armasiga, vazirning birinchi o‘rinbosari – “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash” jamoat fondiga, Keksalar va faxriylar bo‘yicha o‘rinbosar “Nuroniy” jamg‘armasiga raislikni ham bajaradi.

Vazirlikning hududiy boshqarma va bo‘limlari boshliqlari hokim o‘rinbosari hisoblanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i hududlardagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari darajasiga ko‘tariladi. Mahalla va oila masalalari vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi.

Yangi tuzilmada xotin-qizlar bilan ishlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Shu vaqtga qadar xotin-qizlar qo‘mitalarida, mahallalarda mehnat qilib kelgan ayollar tuzilmada faoliyatini davom ettiradi, ularning mavqei, moddiy shart-sharoitlari va ish haqi ham sezilarli oshiriladi.

Mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga o‘zgartiriladi. Uning uch nafar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Profilaktika inspektori endilikda mahalla raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. U ham 5 yil muddatga tayinlanadi.

Mahallalardagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan, biroq kutilgan samarani bermay kelayotgan 12 ta jamoatchilik komissiya va tuzilmalari ham optimallashtiriladi.

Yig‘ilishda mahalla institutining iqtisodiy-moliyaviy asoslarini kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yil 1 martdan mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari oylik ish haqi o‘rtacha 1,35 baravarga oshirilishi begilandi.

Mahalla xodimlari hamda profilaktika inspektorlari faoliyatini baholashning yagona mezoni ishlab chiqiladi va samaradorlik reytingi joriy qilinadi. Barchaga o‘rnak bo‘ladigan mahallalar aniqlanib, munosib rag‘batlantirib boriladi.

“Har bir oila tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Hunarmandchilik” dasturlari doirasida mahallalarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun arzon kredit mablag‘lari ajratiladi. Bu mablag‘lar hisobiga sartaroshxona, novvoyxona, shuningdek, hunarmandchilik, tikuv, qandolatchilik sexlari, otalar choyxonasi, guzar maskanlari tashkil etiladi.

Moliya vazirligiga mahallalarni qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy-moliyaviy asoslarini puxta ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Mutasaddi vazirlik va idoralarga mahallalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular faoliyatiga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari endilikda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va osoyishtalikni ta’minlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, tomorqalardan unumli foydalanish, yer uchastkalarini noqonuniy egallashning oldini olish, hududni obodonlashtirish kabi masalalar bilan shug‘ullanishi ta’kidlandi.

Fuqarolar yig‘inlarining faoliyatiga xos bo‘lmagan 50 dan ortiq vazifa bekor qilinishi, profilaktika inspektorlariga yuklatilgan ortiqcha topshiriqlar ham keskin qisqartirilishi belgilandi. Mahalla raisiga qo‘shimcha huquqlar berilib, maqomi va obro‘si kuchaytirilishi qayd etildi.

Mutasaddilarga “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish, mahallaga va qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantiradigan sahna asarlari va badiiy filmlar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ta’sirchan tizimni shakllantirish maqsadida profilaktika inspektori ko‘rib chiqadigan ma’muriy huquqbuzarliklar sonini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Ichki ishlar vazirligiga profilaktika inspektorlariga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, tayanch punktlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, profilaktika inspektorlari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, bu vazifaga munosib xodimlarni qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida fuqarolar yig‘inlari komplekslarini qurish, bo‘sh turgan binolarga mahalla idoralarini joylashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Page 6: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

Mahallalarda ahillik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik, mehnatsevarlik tuyg‘ularini kuchaytirishda keksalar tajribasidan foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Mahalla va oila masalalari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida “Oila” va “Mahalla ziyosi” markazlari negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari mahallalar milliy mentalitetimiz ko‘zgusi ekanini, jamiyat hayotida katta o‘rin tutishini ta’kidlar ekan, Navro‘z bayramiga hamohang tarzda 22 mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilishni taklif etdi.

O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI SO‘ZLASHDILAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon  orqali muloqot qildi.

Suhbatda davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

2019 yilda o‘zaro hamkorlikda salmoqli amaliy natijalarga erishilgani va barcha darajalardagi muloqotlar sezilarli faollashgani alohida qayd etildi.

Xususan, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi yuqori sur’atlar bilan barqaror oshib bormoqda. Bir yilning o‘zida 500 qo‘shma korxona tashkil etildi, Rossiyaning yetakchi kompaniya va baknlari ishtirokida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ustuvor investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuvlar kengaymoqda.

Muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektororlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi yilida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

MAHALLA – TINCHLIK-OSOYISHTALIK, OBODLIK VA FAROVONLIK MARKAZIGA AYLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi. Keyingi uch yilda uni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, mahalla institutiga oid 38 ta qonun va me’yoriy hujjat qabul qilindi, 50 dan ortig‘i takomillashtirildi. Jamiyat hayotida jonbozlik ko‘rsatgan soha xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblarining oylik ish haqi o‘tgan yilning o‘zida 1,5 barobar oshirildi.

So‘nggi uch yilda 624 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 2 ming 265 tasi rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi. 102 ta tuman va shahar markazida “Mahalla markazi” majmualari barpo etildi. Har bir fuqarolar yig‘inida “Keksalar maslahati” guruhlari, 4 mingdan ziyod mahalla binolarida kutubxonalar tashkil qilindi.

Mahalla faollarining mas’ul tashkilotlar va profilaktika inspektorlari bilan hamkorligida oxirgi uch yilda 87 mingga yaqin kam ta’minlangan oila ehtiyojmandlik darajasidan chiqarildi.

Prezidentimiz mahalla tizimidan xalq ham, davlat ham to‘la rozi emasligini, bu sohada kamchilik va dolzarb masalalar ko‘pligini ta’kidladi.

Page 7: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

Xususan, mahallalarda 18 mingdan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa-da, ularning ishi samarali tashkil etilmagan. Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yilmagan. Oqibatda ayrim mahallalarda notinch oilalar, huquqbuzarliklar ko‘paygan. Shuningdek, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari uchrayotgani juda achinarli.

Yig‘ilishda oilaviy ajrimlar, yoshlar salomatligi, erta tug‘ruqlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq muammolar qayd etildi.

– Oila – muqaddas degan azaliy va ezgu g‘oya qadrsizlanib, ming yillik milliy qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi og‘riqli holatlarni kamaytirib bo‘lmaydi. Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga qodir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda mahallalarning o‘zida ham qator muammolar borligi qayd etilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mahalla idoralarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Masalan, bugungi kunda 1 ming 234 ta fuqarolar yig‘ini turli tashkilotlar yoki tadbirkorlarga tegishli binolarda joylashgan. Yana mingdan ziyodi ijtimoiy muassasalarda, 78 tasi qo‘shni mahalla yig‘inlari binolarida faoliyat ko‘rsatmoqda, 48 ta mahalla binosi avariya holatida. Mahalla binolari uchun kommunal to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha maqbul va yagona tartib ishlab chiqilmagan.

Mahalla tizimida kadrlar qo‘nimsizligi odatiy holga aylangan. Mahalla xodimlarini ularga bog‘liq bo‘lmagan ishlar, yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa-da, bu borada sezilarli o‘zgarish bo‘lmayapti.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari zimmasiga 200 dan ortiq vazifa yuklangan. Lekin bor-yo‘g‘i 2 ta shtat birligi bilan shuncha vazifani bajarish mumkinmi, deb o‘ylab ko‘rilmagan. Hech bir hokim yoki kengash mahallalar faoliyatining samaradorligini oshirish masalasini muhokama qilmagan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yaqinda yo‘llagan Murojaatnomasida mahalla tizimini o‘zgartirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy qilish zarurligini ta’kidlagan edi.

Videoselektor yig‘ilishida ana shu tamoyilni amalga oshirish, mahalla tizimini isloh etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari mahallalarda to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topish, tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash yo‘lida barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish shartligini ta’kidladi. Ushbu ulkan sohaga mas’ul alohida davlat idorasi – Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish taklifi bildirildi.

Qayd etilganidek, yangi vazirlik mahalladan tortib respublika darajasigacha 40 mingdan ortiq xodimni birlashtiradi va ularning “bir yoqadan bosh chiqarib”, yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, joylarda muammolarni hal qilishning yaxlit va ta’sirchan vertikal tizimi yaratiladi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalarga mas’ul etib belgilanadi. Vazirning yana bir o‘rinbosari keksalarni ijtimoiy rag‘batlantirish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanadi. Oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, tomorqa va obodonlashtirish, ekologiya, bandlikka ko‘maklashish masalalariga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi.

Vazir “Mahalla” jamg‘armasiga, vazirning birinchi o‘rinbosari “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash” jamoat fondiga, Keksalar va faxriylar bo‘yicha o‘rinbosar “Nuroniy” jamg‘armasiga raislikni ham bajaradi.

Vazirlikning hududiy boshqarma va bo‘limlari boshliqlari hokim o‘rinbosari hisoblanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i hududlardagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari darajasiga ko‘tariladi. Mahalla va oila masalalari vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi.

Yangi tuzilmada xotin-qizlar bilan ishlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Shu vaqtga qadar xotin-qizlar qo‘mitalarida, mahallalarda mehnat qilib kelayotgan ayollar tuzilmada

Page 8: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

faoliyatini davom ettiradi, ularning mavqei, moddiy shart-sharoitlari va ish haqi ham sezilarli oshiriladi.

Mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga o‘zgartiriladi. Uning uch nafar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Profilaktika inspektori endilikda mahalla raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. U ham 5 yil muddatga tayinlanadi.

Mahallalardagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan, biroq kutilgan samarani bermay kelayotgan 12 ta jamoatchilik komissiyasi va tuzilmalari ham maqbullashtiriladi.

Yig‘ilishda mahalla institutining iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yil 1 martdan mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari oylik ish haqi o‘rtacha 1,35 barobar oshirilishi belgilandi.

Mahalla xodimlari hamda profilaktika inspektorlari faoliyatini baholashning yagona mezoni ishlab chiqiladi va samaradorlik reytingi joriy qilinadi. Barchaga o‘rnak bo‘ladigan mahallalar aniqlanib, munosib rag‘batlantirib boriladi.

“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Hunarmandchilik” dasturlari doirasida mahallalarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun arzon kredit mablag‘lari ajratiladi. Bu mablag‘lar hisobiga sartaroshxona, novvoyxona, shuningdek, hunarmandchilik, tikuv, qandolatchilik sexlari, otalar choyxonasi, guzarlar tashkil etiladi.

Moliya vazirligiga mahallalarni qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy-moliyaviy asoslarini puxta ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Mutasaddi vazirlik va idoralarga mahallalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular faoliyatiga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari endilikda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va osoyishtalikni ta’minlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, tomorqalardan unumli foydalanish, yer uchastkalarini noqonuniy egallashning oldini olish, hududni obodonlashtirish kabi masalalar bilan shug‘ullanishi ta’kidlandi.

Fuqarolar yig‘inlarining faoliyatiga xos bo‘lmagan 50 dan ortiq vazifa bekor qilinishi, profilaktika inspektorlariga yuklatilgan ortiqcha topshiriqlar ham keskin qisqartirilishi belgilandi. Mahalla raisiga qo‘shimcha huquqlar berilib, maqomi va obro‘si kuchaytirilishi qayd etildi.

Mutasaddilarga “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish, mahallaga va qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantiradigan sahna asarlari va badiiy filmlar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ta’sirchan tizimni shakllantirish maqsadida profilaktika inspektori ko‘rib chiqadigan ma’muriy huquqbuzarliklar sonini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Ichki ishlar vazirligiga profilaktika inspektorlariga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, tayanch punktlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, profilaktika inspektorlari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, bu vazifaga munosib xodimlarni tayinlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida fuqarolar yig‘inlari majmualarini qurish, bo‘sh turgan binolarga mahalla idoralarini joylashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Mahallalarda ahillik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik, mehnatsevarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda keksalar tajribasidan foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Mahalla va oila masalalari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida “Oila” va “Mahalla ziyosi” markazlari negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari mahallalar milliy mentalitetimiz ko‘zgusi ekanini, jamiyat hayotida katta o‘rin tutishini ta’kidlar ekan, Navro‘z bayramiga hamohang tarzda 22 mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilishni taklif etdi.

DAVLAT CHEGARASINI QO‘RIQLASH VA HIMOYA QILISH TIZIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Page 9: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Chegara qo‘shinlari faoliyatining amaliy natijalari hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan o‘tgan yil 27 avgust kungi yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi xavfsizligini ta’minlash samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Zamonaviy avtomatlashtirilgan chegara nazorati tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining kuch ishlatar, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro uyg‘un hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarini professional tayyorlash sifatini oshirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari har tomonlama ko‘rib chiqildi.

Sarhadlarimiz xavfsizligi va daxlsizligini ishonchli va kafolatli ta’minlash – xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, mamlakatimiz taraqqiyoti kafolati ekani alohida ta’kidlandi.

Markaziy Osiyo davlatlarining chegara idoralari bilan aloqalarni izchil rivojlantirib borish, turli xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma tadbirlarni ko‘paytirish hamda xorijiy sheriklar bilan chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada savdo, turizm aloqalari va madaniy almashinuvlarni mustahkamlash, odamlarning bordi-keldisini ko‘paytirish maqsadida fuqarolar va xorijlik mehmonlar uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishda qulay sharoitlar yaratish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

TEXNOPARKLAR QURISH LOYIHALARINING IJROSI KO‘RIB CHIQILDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Ma’lumki, joriy yil yurtimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilindi. Barcha sohalarda ochiq-oshkoralik va samaradorlikni ta’minlash maqsadida “Elektron hukumat” tizimi keng joriy etilmoqda. Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 178 ta xizmat yo‘lga qo‘yilib, aholining vaqti va xarajatlari tejalmoqda.

Raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi AQShda 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.

Bu sohani rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindiston Respublikasining Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati hamkorligida mamlakatimizda IT-park tashkil etilishi belgilangan edi. 2019 yil 10 yanvarda Vazirlar Mahkamasining shu boradagi qarori qabul qilinib, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki qurila boshlandi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili 20 noyabr kuni ushbu parkka tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida IT-parkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Hozirda u yerda axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha 350 ta mahalliy rezident korxona faoliyat yuritib, 4 mingta mutaxassis ishlamoqda. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlandi.

Page 10: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

2020-2024 yillarda 14 ta hududda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filialini tashkil etib, rezidentlar sonini 3 barobar oshirish va xodimlar sonini 40 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi ham, eksporti ham ancha oshadi.

Yig‘ilishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil dasturlar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam bo‘lib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

MEVA-SABZAVOTCHILIK KLASTERLARINI SAMARALI TASHKIL QILISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyot rivoji, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri. Shu bois uni zamon talablari, strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish choralari ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Oliy Majlisga Murojaatnomada barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham aniq yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.

2025 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 100 milliard dollar, yillik eksportni 30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida ham juda katta rezerv va imkoniyatlar bor.

Meva-sabzavot eksportini tizimli tashkil qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchi bilan eksportyor o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida meva-sabzavotchilik va uzumchilikda ham klaster tizimi joriy qilinmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 11 dekabrdagi qarori bilan bu boradagi barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratib berildi.

Videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Avvalo, tizimdagi shartnomaviy munosabatlarni to‘g‘ri shakllantirish, mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksportchining manfaati, majburiyati hamda javobgarligini aniq belgilash muhimligi ta’kidlandi.

Klasterlar takliflari asosida eksportbop ekinlarni joylashtirib, zarur urug‘lik, ko‘chat, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i masalasini hal qilish va ularning ta’minotini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Joylarda klasterlar faoliyatini samarali tashkil etishga viloyatlar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlarining o‘rinbosarlaridan biri meva-sabzavotchilik klasterlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga mas’ul qilindi.

– Klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad – eksport hajmini oshirish. Buning uchun esa yangi bozorlarni topish kerak. Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi, klaster

Page 11: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

tizimi ham yurmaydi. Shuning uchun chet ellardagi talabni muntazam o‘rganib, imkoniyatlardan samarali foydalanish, eksportda izchillikni ta’minlash kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga tashkil etilayotgan har bir klaster bilan individual ishlab, eksport shartnomalarini chuqur tahlil qilish, aylanma mablag‘lar ajratilishini hisobga olib, qo‘shimcha kontraktlar tuzishga ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda viloyatlar hokimlari meva-sabzavot klasterlarini tashkil qilish, bozorbop mahsulotlar yetishtirish va qayta ishlash, eksport hajmi va geografiyasini kengaytirish borasidagi rejalari yuzasidan axborot berdi.

Paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan qadamma-qadam voz kechish masalalari ham yig‘ilishda batafsil muhokama qilindi.

Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish zarurligini ta’kidlagan edi.

Ma’lumki, bu boradagi birinchi qadam sifatida qolipli non, un, bug‘doy, chigit, paxta yog‘i narxi erkinlashtirilgan edi. Bunga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani natijasida narxlarda keskin o‘zgarish bo‘lmadi.

Paxta va g‘allaga davlat buyurtmasini bekor qilish masalasida ham Jahon banki ekspertlari ishtirokida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

– Bu yil qishloq xo‘jaligida katta islohotlarni boshlayapmiz. Hokimlar bu masalani chuqur tushunib, ichiga kirishlari shart. Endi orqaga yo‘l yo‘q. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini erkinlashtirmasak, manfaatdorlikni oshirmasak, iqtisodiy o‘sish va samaradorlikka erishib bo‘lmaydi, – dedi Prezidentimiz.

Yig‘ilishda klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasi ham atroflicha tahlil qilindi.

Adliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga klasterlarning huquq va majburiyatlarini belgilab, ularning faoliyatini tartibga solish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Paxta yetishtirishning amaldagi tizimi fermerlar va klasterlar o‘rtasida moliyaviy jihatdan ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Bu bir tarafdan paxtani qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mablag‘ yetishmasligini keltirib chiqarsa, ikkinchidan, paxta yetishtirgan fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitob qilish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda.

Shu bois klasterlar moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, ularda mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlashni alohida faoliyat turi sifatida kreditlash tizimini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan joylarda paxta tozalash zavodlari negizida fermerlar kooperatsiyalari yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Bu tajriba Turkiyada o‘zini oqlagan. Ushbu tizimning eng muhim jihati – fermerlar nafaqat paxta xomashyosini, balki uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni (tola, chigit, shrot, sheluxa) sotishdan ham manfaatdor bo‘ladi.

Yana bir ahamiyati – paxta yetishtirishda raqobat shakllanadi. Klasterlar va kooperativlar o‘rtasida raqobat bo‘lsa, bundan faqatgina fermerlar, ya’ni yer egalari bo‘lgan dehqonlar manfaatdor bo‘ladi.

Paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor bo‘lsa, ilgarigidek reja ortidan quvish barham topadi. Endilikda hokimlar xalq deputatlari kengashi bilan birga ekin yerlaridan samarali foydalanish va ekin turlarini to‘g‘ri joylashtirishga mas’ul bo‘ladi. Ular, shuningdek, qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ushbu maqsadlarda ajratilayotgan mablag‘lar va subsidiyalardan samarali foydalanish ishlarini tashkil etadi. Dehqonlarga servis xizmatlari ko‘rsatish, zararkunandalarga qarshi qurashish, paxta yig‘im-terimida mexanizatsiya darajasini oshirish choralarini ham ko‘radi.

Videselektor yig‘ilishida g‘alla hosilini g‘amlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilganidek, g‘allani davlat ehtiyoji uchun majburiy sotib olish tizimidan davlat zaxiralari tizimiga o‘tilmoqda va fermerlarga g‘allani erkin sotish huquqi berilmoqda. Bu masala oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lganligi bois davlatga majburiy g‘alla sotish tizimi ikki bosqichda bekor qilinishi rejalashtirilgan.

Page 12: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

Bu yil yetishtiriladigan g‘alla hosilidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan hajmi kamaytiriladi. Ya’ni, mamlakatimiz bo‘yicha bu yil qo‘shimcha 1 million tonnadan ortiq g‘alla fermerlar ixtiyorida qoladi.

2021 yil hosilidan boshlab esa davlatga g‘alla sotish rejasi to‘liq bekor qilinib, mahsulotni bozor narxlarida sotib olish yo‘lga qo‘yiladi.

Prezidentimiz bu o‘zgarishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yer ajratish borasidagi muammolar ko‘rib chiqildi. Sug‘oriladigan maydonlar talon-torojiga chek qo‘yish, har bir qarich yerdan xalq manfaati yo‘lida samarali foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shundan kelib chiqqan holda, joylardagi mutasaddilarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha mutasaddilari, hududlar va tarmoqlar rahbarlari axborot berdi.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI MAVZUSIDA O‘TKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI

MATERIALLAR

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SH.M.MIRZIYOYEV TOMONIDAN ILGARI SURILGAN BESH MUHIM TASHABBUS

Besh tashabbusda besh ezgu g‘oya

Har bir millat o‘z kelajak avlodida komillikni ko‘rishni orzu qiladi. O‘zbek xalqi o‘z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlar tarbiyasiga alohida e’tibor bergan va bunday komillik darg‘alarini yetishtirish har bir zamonda muhim sanalgan. Inson kamolotida esa jismoniy va ma’naviy go‘zallik muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bois bugungi kunda yurtimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan 5 ta tashabbusi ilgari surildi.

Bir so‘z bilan aytganda, 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu 5 tashabbusning mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, har birining zamirida chuqur o‘ylangan ma’no va mazmun borligiga guvoh bo‘lamiz.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etishga oid davlat dasturi loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019−2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish bo‘yicha hududiy “yo‘l xarita"larini tasdiqlash ko‘zda tutildi. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish belgilandi. Yangidan quriladigan, rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli ro‘yxati ham shakllantirildi.

Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish ijrosini tizimli tashkil etish, to‘garak va sinflarga qamrab olingan bolalarni rag‘batlantirish, jumladan, har xil tanlovlar o‘tkazish zarurligi maqsad qilindi. Tanlovlarda iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, iste’dodini nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ko‘rsata olishi nazarda tutildi.

Belgilangan qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari, shuningdek, madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarini musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlash uchun tegishli

Page 13: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq berilishi bu faoliyatning takomillashuvini yoshlar iqtidorini qo‘llab quvvatlashni ta’minlaydi.

Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Bepul to‘garaklar yoshlarimiz iqtidorini namoyon eta olishiga va ularning ijod namunalari dunyoga tanilishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilinishi yo‘lga qo‘yildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi. Bu esa darslarning mazmunan boy va izchil bo‘lishini, nazariya va amaliyotning uzviyligini ta’minlaydi.

Jumladan 5 ta muhim tashabbusda qayd etilgan san’at, adabiyot yoshlarimizning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida eng kuchli vositalardan biri hisoblanadi. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Bugungi kunda san’atning estetik qiymatga ega bo‘lgan sifatiy xossalarini targ‘ib etish, badiiy ijod namunalarining shaxs fenomenini shakllantiruvchi asosiy mezon ekanligini inobatga olgan holda, birinchi tashabbus, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi. San’at va badiiy ijod shaxs fenomenini shakllantiruvchi asosiy mezondir. Shunday ekan yoshlarda estetik ong, estetik did, estetik immmunitet, estetik intellektni shakllantiruvchi, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy-estetik ijod namunalarining o‘rnini alohida e’tirof etish zarur. San’at ham inson hayotida o‘ziga xos estetik ahamiyat kasb etib, ijtimoiy hayotda inson faoliyatining, badiiy ijodning yakuni sifatida yuzaga keladi. Ammo har qanday badiiy asar ham san’at darajasiga ko‘tarilmaydi, san’at darajasida baholanmaydi. Demak, badiiy ijod namunalarini san’at asari darajasiga ko‘tarilishi uchun ham estetika qonuniyatlariga amal qilinishi muhimdir. Hozirgi kunda san’at inson ongi va tafakkuriga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, shaxs ma’naviyatini shakllantiradigan kuchga ega ekanligi bilan ajralib turadi, san’at-badiiy ijod inson ongining uzviy dialektik aloqadorligi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmasligini va o‘z-o‘zini tashkillashtira olish xususiyatiga ega ekanligini namoyon etadi.

Shaxs bosqichma-bosqich tarzda o‘z-o‘zini tashkillashtira olishi orqali o‘z-o‘zini asrash, himoya qilish, idora etish qobiliyatiga egadir. Inson shaxs sifatida tabiatdan, jamiyatdan, ma’naviy hayotdan oziqlanib boraveradi. San’at asarlari ham shaxsga ana shunday ma’naviy, ruhiy ozuqa beruvchi vosita sifatida insonni harakatga keltiruvchi, murakkab vaziyatlarda inson ongiga ta’sir etib kishiga estetik zavq, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, to‘g‘ri xulosalarga kelishiga, o‘z-o‘zini estetik tashkillashtira olishiga yordam beruvchi asosiy vositadir. San’atning qudratli kuchi shundaki, u nafaqat insonga ma’naviy ozuqa beradi, balki butun bir jarayonlarning, taraqqiyotning qudratli quroli bo‘la oladi. Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki ruhiy dunyosiga emotsional ta’sir ko‘rsata olishidadur. Komil inson tarbiyasida adabiyot va san’atning ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir. Ma’naviy tarbiyada o‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan, jumladan, Yusuf Hos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Abdulla Avloniy kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanish, yoshlar qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston sporti milliy madaniyatimizning uzviy qismi hisoblanadi. U keng xalq ommasini yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashda va salomatligini mustahkamlashda muhim vositalardan biri bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda yashovchi xalqlar asrlar davomida xilma-xil jismoniy mashqlar va milliy musobaqalar turlarini yaratdiki, bu o‘z navbatida yoshlarning jismoniy va ma’naviy tarbiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Page 14: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

Ikkinchi tashabbus yuzasidan tayyorlangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida yaqin ikki yilda har bir tumanda kichik sport zallari qurish belgilandi.

Prezident mavjud va yangi quriladigan sport inshootlariga aholi va yoshlarni kengroq jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.

Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlarning zamirida sportni rivojlantirishda muhim axamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek, maktablarda jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida sport madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sport targ‘ibotini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tadbiq etishga kirishildi.  Jumladan, O‘zbekiston televideniyesining 4-chi kanali Sport kanaliga aylantirilgan.  Bolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini takomillashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Sportchilarni ijtimoiy ximoyalash masalalari qonun bilan mustahkamlandi. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqidan foydalanadilar. Sport sohasida juda katta yutuqlarga erishgan fuqarolar, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan sport murabbiylari, sportchilarni taqdirlash maqsadida bir qancha faxriy unvonlar ta’sis etildi. O‘zbek yurtidan jahonga dong taratgan sportchilar juda ko‘p. XVIII asrda yashab o‘tgan buyuk shoir va kuragi yerga tegmagan polvon, xorazmlik Maxmud Paxlavon nomi abadiy qolgan. O‘zbekistonda qadimdan sportning milliy turlaridan kurash, ot sporti, kamondan otish, dorboz o‘yinlari kabilar ancha rivojlangan edi. Endilikda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sporti oddiy jismoniy mashq va uyinlardan zamonaviy Olimpiya sport turlariga qadar yuksak taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Vatanimiz sha’nini himoya qilib jahon chempionlari bo‘lgan yurtdoshlarimizdan kurashda S.Qurbonov, B.Fayziyev, S.Xodiyev, R.Qozoqov, qilichboz S.Ro‘ziyev, basketbolchi R.Salimova, bokschi R.Risqiyev, Artur Grigoryan, Olimpiya uyinlari chempionlari E.Sa’diy, S.Diomidov, polvonlardan M.Xadarsev, A.Fadzayev, Abdulla Tangriyev, mashhur chavandoz M.Islomov, og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Erkin Karimov, shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, tennis bo‘yicha Iroda To‘laganova va boshqa ko‘pgina sportchilar jahonga mashhur. Sport hozirgi jamiyatning yanada taraqqiy etishida yordam beruvchi davlatning qudratli vositasidir. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi yanada kengaydi. Respublika aholisining katta qismi sportning har xil turlari bilan shug‘ullana boshladi.

Xalkaro kurash uyushmasi tuzildi, u jahon sport hamjamiyatida amal qilayotgan birdan-bir uyushmadir. O‘zbek milliy kurashini Olimpiada uyinlari dasturiga kiritish xalkaro kurash uyushmasining eng muhim strategik maqsadi bo‘lib qoldi.

Davlatimizning e’tibor markazida sog‘lom avlod uchun olib borilayotgan uzluksiz sa’y-xarakatlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida so‘nggi yillarda qizlar sportining jadal rivojlanayotganligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Har tomonlama puxta uylangan g‘oya va dasturiy rejalarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, ayniqsa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini olib boradigan ayol murabbiylarni tayyorlash, ular mehnatini moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan jiddiy e’tibor bugungi kunda o‘zining bir talay ijobiy natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, xozirda 6-15 yoshdagi qizlarning qariyb 30,9 foizi sport bilan mashg‘ul. Bu ko‘rsatgich so‘nggi yilarda 6,8 foizga ortgan.

Mamlakatda xotin-qizlar sportini rivojlantirishda ularning nafis sport turlari bilan shug‘ullanishlariga alohida e’tibor karatilayapti. Mavjud sport inshootlari hamda umumta’lim maktablari qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan gimnastika zallari o‘tgan bir yil davomida ikki barobarga ortib, hozirda 1263 tani tashkil etadi. Ularda qariyb ming nafarga yaqin badiiy gimnastika murabbiylari mashg‘ulotlarni olib bormoqda. 

Foydalanishga topshirilgan sport inshootlarining sakson foizdan ortig‘i qishloq joylarida barpo etilganligi respublikamizning chekka hududlarida ham aholini, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish imkoniyatlarini yanada oshirdi. Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga sportning  ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar so‘nggi besh yilda  sport bilan muntazam ravishda shug‘ullangan 10-14 yoshli o‘g‘il bolalarning bo‘yi o‘rtacha  2,3 sm.ga, qiz bolalarning bo‘yi esa 2,0 sm.ga o‘sganligini, vazni esa muvofiq ravishda 2,6 kg. va 2,9 kg.ga oshganligini ko‘rsatadi. Bolalar sportini rivojlantirish orqaligina o‘zbek sportining kelajagini ta’minlash, xalqaro

Page 15: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

maydonda uning obro‘-e’tibor qozonishiga erishish mumkinligi hech kimga sir emas, bolalar sportini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar natijalari nafaqat sportda erishilayotgan yutuqlarda, balki odamlarimiz ongida yuz berayotgan o‘zgarishlarda, ularda farzandlar kelajagi, mamlakat istiqboliga mas’ullik, daxldorlik tuygularining yuksalayotganligida ham namoyon bo‘lmokda.   

Albatta, mamlakatimizda bolalar sportini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni kuchaytirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining ishtiroki juda muhim. Jumladan, maktab yoshidagi bolalar, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishga keng jalb etish orqali ularning sog‘ligi va jismoniy rivojlanishida sezilarli o‘sishni ta’minlash borasida  o‘ziga xos natijalarga erishayotgan viloyat, tuman (shahar)lardagi mavjud ilg’or tajribalarni ommalashtirishning ahamiyati katta.

Respublikamizda nogironlar sportiga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiada qo’mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mexnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Respublika Nogironlar jamiyati hamda Xalqaro Qizil Xoch mintaqa vakolatxonasining qo‘llab - quvvatlashi bilan Sport nogironlari uyushmasi tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi respublikada sportni rivojlantirish sohasidagi asosiy ishlarga rahbarlik qiladi. Olimpiya harakati 24ni rivojlantirish va O‘zbekiston sportchilarining rasmiy xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi sohasidagi eng muhim ishlar bilan O‘zbekiston Milliy Olimpiada qo’mitasi shug‘ullanadi. Bu qo’mita 1993 yildan beri Xalqaro Olimpiada qo’mitasining a’zosidir. Sport turlari bo’yicha 32 o‘zbek federatsiyasi xalqaro federatsiyalarga a’zo bo‘lib, barcha xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqini olgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tarbiyalash bilan O‘zbekiston jismoniy tarbiya instituti shug‘ullanadi, unda 2 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Institut jismoniy tarbiya muallimlari va sport murabbiy-muallimlarini tayyorlaydi.

Mamlakatimizda  ko‘plab zamonaviy ochiq va yopiq suv xavzalari ham qad rostladi. Bunday jahon andozalari darajasidagi saroylarda tez-tez xalqaro nufuzli musobaqalar o‘tkazildi. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”  kabi yuksak darajadigi sport musobaqalarning mamlakatimizda doimiy, an’ana tarzda o‘tkazilishi O‘zbekiston yoshlarining barcha sohalar singari  sport sohasida ham katta yutuqlarga erishishiga sabab bo‘lmoqda.

Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta’lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog‘istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.

Davlat tomonidan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berilgan. Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatilgan. Tadbirkorlarga sport inshooatlarini qurish uchun, O‘zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Bu tashabbus — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019−2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutmoqda. Aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni to‘g‘ri yo‘naltirib, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda yoshlarni internet saytlaridagi axloq normalari va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy hayotimizga tahdid

Page 16: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

soluvchi axborotlar oqimidan himoyalashda san’at, adabiyot, sportga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, yot g‘oyalarga nisbatan immunitetni shakllantirish hozirgi kunda har birimizning vatanparvarlik burchimizdir.

Insoniyat yangi tamaddunga qadam qo‘yganini har nafasda his qilmoqdamiz. Butun dunyoda qadriyatlar almashishi, integratsiyalashuv, globallashuv, agar ta’bir joiz bo‘lsa, madaniyatlar aralashuvi, sintezlashuvi jarayoni kechayotgan hozirgi paytda o‘zga urf-odatlarga, ma’naviy tamoyillarga moyil bo‘lishi tabiiy hol. Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Internet tarmog‘ining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Odamlar ish kunini internetdan boshlab, u bilan tugatadigan bo‘lib qoldi.

Ko‘plab tadqiqotchilar istilohlarida kishilar ongini programmalashtirish, axborot ekspansiyasi, madaniy gegemonlik, madaniy imperializm kabi iboralar qo‘llanmoqda. Ushbu jarayon nafaqat kattalarga, hatto bolalar psixologiyasiga ham ta’sir qiladi. Farzandlarimiz jajji ma’naviy dunyosini egallash borasida turli axborot rastalaridan tashqari yana mafkuraviy bozorlarda ham “savdo” ketmoqda. Bolalar ongu shuurini egallash qurollaridan biri kompyuterdagi internet tarmog‘i hisoblanib, u boshqa vositalarga qaraganda yetakchilik qilmoqda. Bugun kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o‘ringa ega, kompyuter savodxonligi ko‘rsatkichi esa ko‘p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beradigan omilga aylanib bormoqda. Endilikda kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Zamonamiz yoshlarining 70 foizi o‘z qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritganda sport, do‘stlar bilan suhbatlashish, ma’naviy va madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo‘lgan qiziqishini birinchi o‘rinda tilga oladi. Masalan, 50 millionlik auditoriyaga erishib ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyaga 13 yil, kabel televideniyaga 10 yil kerak bo‘lgan bo‘lsa, bu bosqichni internet 5 yil ichida  bosib o‘tdi . “Nielsen Net Ratings” kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi ilmiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, butun dunyo tarmog‘iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas, soat sayin oshmoqda: birgina 2007 yili Yevropada yosh avlod vakillarining uchdan bir qismi onlayn tizimidan foydalangani kuzatilgan. 2008 yili dunyo axborot tarmog‘idan 10 million bola foydalangan bo‘lsa, 2009 yilda ularning soni 13 milliondan oshib ketdi. Hozirda internet auditoriyasi kuniga 1 mln. nafar yangi foydalanuvchilar bilan kundan kunga ko‘paymoqda.

Mobil aloqa foydalanuvchilarining soni 5.11 mlrd ni tashkil etadi, vaholanki bu ko‘rsatkich o‘tgan 2018 yilga nisbatan 2%ga oshib 100 mln ta yangi foydalanuvchilar hisobiga o‘sgan. Shulardan 3.48 mlrd foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlardan ro‘yxatdan o‘tgan, o‘tgan yil bilan taqqoslanganda tarmoq foydalanuvchilari soni 9%ga oshib, bir yilda 288 million nafar yangi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘zbekiston xalqaro global internet tarmog‘iga 1996 yil ulandi va mamlakatda 2008 yilga kelib internetdan foydalanuvchilar soni 1 million 904 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib internetdan foydalanuvchilar soni 5 milliondan ortiq abonentni tashkil qildi. 2013 yil respublikada internetdan foylanuvchilarning soni sal kam 10 millionga yetgan. 2018 yilga kelib internet foylanuvchilarining soni 20 millionga yetgan. Bu o‘tgan 2017 milga nisbatan 36% ortiq bo‘lib, bir yilda internet foylanuvchilarining soni 5.3 millionga oshgan.

Davlatimiz tomonidan tashkil etilgan chora tadbirlar amalga oshirilishida yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. AQShning sobiq Prezidenti J.Karter: “Targ‘ibotlar sarflangan 1 dollor qurollanishga sarflangan 10 dollordan samaraliroq”, – deb bejiz ta’kidlamagan. Axborot urushida inson ongi, millat ruhiyati nishonga aylanadi. Bu urushda binolar zarar ko‘rmasada odamlar o‘ldirilmasada, moddiy boyliklarga shikast yetmasada, uning mafkuraviy, ma’naviy, ruhiy zarari beqiyosdir.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov so‘zi bilan aytganda, “agarki biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini

Page 17: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishini istardim”.

Kuchli mafkuraviy ta’sir vositalariga aylangan internet tizimi bugun ko‘pgina yoshlarni o‘z domiga tortmoqda. Global tarmoq afzalliklarini inkor etmagan holda, uning yoshlar ma’naviyatiga mafkuraviy ta’siri, xavf-xatarlari to‘g‘risida ham so‘z yuritishga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi yoshlarning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Internetning quyidagi salbiy ta’sirlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

- yot, buzg‘unchi g‘oyalarning kirib kelishi (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik misolida);

- g‘arb yashash tarziga xos, lekin o‘zbek mintalitetiga zid g‘oyalar, qarashlarning yoshlarga ta’siri (kiyinish, chekish, tatuirovkalar va hokazo);

- pornografik axborotlar va tekshirilmagan axborotlar (fitna, uydirma, bo‘htonlar)ning tarqalayotganligi voyaga yetayotgan yosh avlodning tarbiyasiga, xulq-odobiga zarar yetkazishi tabiiy.

Ko‘z o‘ngimizda farzandlarimiz kutubxonaga emas, balki, internet kafelarga bormoqdalar, bir chetda chang bosib yotgan mumtoz kuy-qo‘shiqlar yozilgan grammaplastinkani emas, kichkina uyali aloqa telefonidan maxsus moslama orqali zamonaviy estrada  va yallalarni tinglamoqda. Uyali aloqa kompaniyalarining arzon bonuslari sababli endilikda o‘smirlar qo‘l telefonlari orqali internet saytlariga kirmoqdalar. Bugun nafaqat kichkina farzandlarimizning, balki o‘smirlarning ham tarbiya jarayoni murakkab bir holatdadir. Internet saytlaridagi mahsulotlarni tanqid qilish oson. Ularga muqobil milliy, bolalar va o‘smirlarga mos, ularning qiziqish olamlariga xos mahsulotlarni biz ham ishlab chiqarsak bo‘ladi. Bugun agar farzandingiz kitob o‘qimasa, rasmli kitob keltirsangiz va tushuntirsangizki, shu rasmdagi voqeani kitobga yozgan, desangiz, u albatta o‘qiydi. Xuddi shu narsani kompyuter olamiga ko‘chirsangiz, u shubhasiz boshqa chalg‘ituvchi saytlarga kirmaydi. Chunki, odatda biror nimani taqiqlashdan avval unga muqobil boshqa yaxshi narsa taklif qilinadi.

Yoshlarning kelajakdagi taqdiri va istiqboli haqida o‘ylar ekanmiz, internetning mohiyati uning taraqqiyoti, insoniyat hayotiga ta’sir o‘tkazish omillarini, axborot xavfsizligi muammolarini chuqurroq o‘rganishni, noxolis axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishni taqazo etadi. Bu o‘rinda yoshlar ma’naviyatiga internetning mafkuraviy ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi amaliy takliflarni berish o‘rinli:

- Yoshlarni zararli axborot oqimlaridan himoyalash uchun, ular ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozim;

- Yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish va internet tarmog‘ida ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy targ‘ibotni kuchaytirish zarur;

- Yoshlar nazoratini amalga oshirish uchun oila, ta’lim muassasalari va mahalla hamkorligini yanada keng yo‘lga qo‘yish lozim.

Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida “Yoshlarda texnik bilimlar saviyasini yuksaltirish”ga bag‘ishlangan tadbir, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti hamda «O‘zbektelekom» kompaniyasi ko‘rgazmali stendlarining taqdimoti tashkil etildi. Ayniqsa, kibersport bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, o‘yinlar tahlilidan tortib, kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayonlar, aqliy rivojlanishning ta’sirchan vositasi sanaluvchi robototexnika, mobil ilovalar ishlanmalari bilan shug‘ullanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar hamda sun’iy idrok (intellekt) loyiha taqdimotini yoshlar, maktab o‘quvchilari hamda tuman aholisi katta qiziqish bilan kuzatdi. Toshkent shahrida aynan shu yo‘nalishning rivojlanishini ta’minlaydigan yana bir tashkilot «IT-Park»ning ochilishi bu faoliyatni yanada tezlashtiradi. Ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlariga zamonaviy kompyuter jihozlari topshirildi.

Xulosa qilib aytganda, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda yoshlarning istak va xohishlarini inobatga olish, unda har qanday zo‘rlik va majburlovlardan voz kechish, yoshlarning asosiy qiziqishi va faoliyat doirasini tashkil etayotgan turli xil sohalarni tarbiya jarayonida to‘liq qamrab olish. Bunda, axborotli texnologiyalar (ommaviy axborot vositalari –

Page 18: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

gazeta, jurnal, radio, televideniya va internet) xizmatidan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish, milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettiradigan internet saytlari, multimedia va roliklarni ko‘paytirish. Yoshlar ongiga ijobiy ta’sir etuvchi musiqa va kino san’atining tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozim.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yilda 12 yanvarda chiqargan farmoyishida kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, bunda O‘zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Matbuot, noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo‘lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilingan. 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda "Kitob olami", "Sharq ziyokori" va "O‘zdavkitobsavdota’minoti" majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan "Ijod" jamoat fondi tomonidan yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari ko‘p ming nusxada nashr etilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu muhim soha rivoji bilan bog‘liq aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda bir qator vazifalarni bajarish lozim. Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilishi;

Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish tizimi sust rivojlanganligi uchun, aholiga xizmat ko‘rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

Ta’lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar yetarli darajada mavjud bo‘lgan manbaalar hisobidan jalb etilmayotganligi, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlarni ko‘paytirish tavsiyalari berilgan edi.

Davlat tomonidan yuqorida belgilangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan talabni o‘rganish, shu jumladan, ijtimoiy so‘rovlar orqali aniqlash, nashriyotlar tomonidan chiqariladigan badiiy, ma’rifiy, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga doir adabiyotlarning (shu jumladan, elektron shaklda) umumiy buyurtma ro‘yxatini shakllantirish tizimi holati yaxshilanmoqda;

kitoblarni chop etish hamda aholiga yetkazib berishni o‘z ichiga olgan boshqaruv tizimining, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish ishlarining tanqidiy tahlili o‘rganilmoqda;

noshirlar va adiblarni moliyaviy rag‘batlantirish, bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish va moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, matbaa korxonalari va nashriyotlarga kitob ishlab chiqarish uchun sifatli qog‘oz va matbaa xom ashyolarini chetdan xarid qilish tartibini takomillashtirilmoqda;

Page 19: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqilmoqda;

ixtisoslashgan kitob do‘konlari uchun viloyat, tuman markazlari va shaharlarda hamda qishloqlarda aholi gavjum va qulay hududlardan joy ajratish yoki ijaraga berish masalalarini qayta ko‘rib chiqish, sotuv aylanmasida kitob ulushining hajmi 70 foizdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarini alohida statistik hisobga olish va ularga tegishli soliq imtiyozlari qo‘llanilmoqda;

mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng qatlamlariga xizmat ko‘rsatishi zarurligidan kelib chiqib, ularning viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha joylashish va bo‘ysunish tartibini qayta ko‘rib chiqish, faoliyati hamda o‘zaro hamkorligini takomillashtirilmoqda;

axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, ta’lim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini shakllantirishda o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ro‘yxatini hamda ularni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar smetasini qayta ko‘rib chiqilmoqda;

chop etilayotgan kitoblarni aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, jumladan, "Madaniyat va ma’rifat" telekanali orqali targ‘ib qilish, ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘qish madaniyati va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirilmoqda;

ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan o‘zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish, adabiyot to‘garaklari faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini qayta ko‘rib chiqilmoqda;

hududlarda yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ‘ib qilish, kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chiqaruvchilar, kitob sotuvchilar hamda kutubxonachi va targ‘ibotchilar orasida tanlovlar ("Yilning eng yaxshi kitobi", "Eng yaxshi kitobxon oila", "Yilning eng yaxshi bolalar kitobi", "Yilning eng yaxshi audio kitobi", "Yilning eng yaxshi elektron kitobi" kabi) o‘tkazish tizimini takomillashtirilmoqda.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasiga ko‘ra, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish ko‘zda tutildi. Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish ham belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlod ta’lim-tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlaydi. Jumladan, “Ayni vaqtda axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi”, deya aytgan fikrlari ertamiz egalarini komil inson qilib voyaga yetkazish yo‘lidagi g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasidir.

Bugun yurtimizning eng chekka hududlarida ham qad rostlagan muhtasham o‘quv maskanlari, zamonaviy texnologiyalar o‘sib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz taqdirida qanchalik muhim o‘rin tutsa, kitobga do‘st bo‘lish, mutolaaga oshno tutinish ham shu qadar dolzarbdir. Shu bois har qanday davrda kitobning mavqei yo‘qolmaydi, aksincha, ortib boraveradi.

Tarixiy manbalardan ma’lumki, Abu Ali ibn Sino o‘n besh yoshidayoq ilm-fan sohasida dovruq qozongan, Amir Temur sarkarda sifatida tanilganda hali o‘ttizga ham kirmagan edi. Mirzo Ulug‘bek o‘z davrining yetuk olimi sifatida obro‘-e’tiborga erishganida o‘n besh yoshda bo‘lsa, shoirlar sultoni Alisher Navoiy Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini o‘qishga kirishganida, atigi olti-etti yoshlardagi bola bo‘lgan.

Ulug‘ bobokalonlarimizning tarjimai holiga oid bunday hayratomuz xislatlar har birimizga iftixor baxsh etishi, shubhasiz. Tabiiyki, ularning bu darajaga erishishida ilmu ma’rifat, kitobga

Page 20: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

bo‘lgan muhabbati beqiyos rol o‘ynagan. San’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli, u turli yoshdagi shaxslarini o‘z ichiga oladi. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning ma’naviy shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadi. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi, ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni pandnomalar deb ataymiz: “Kalila va Dimna”, “Qobusnoma”, “Guliston”, “Zarbulmasal” singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan-qancha avlodlarga xizmat qilib keladi. Shuningdek, A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari o‘tgan asrimizning ma’naviy meroslaridan biri bo‘lsada, bugungi kunda ham har bir mutolaa qiluvchi kitobxonga o‘z-o‘zini ma’naviy tashkillashtirishi uchun eng muhim ma’lumotlar bera oladigan, uning estetik ongini shakllantira oladigan badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan, ma’naviy tarbiya bera oladigan badiiy asarlar sirasiga kiradi.

“O‘tkan kunlar” asari xilma-xil murakkab obrazlar va murakkab davr bilan bog‘liq asardir. Badiiy asarning mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, asarda muallif ijodining ko‘pqirraligi namoyon bo‘ladi, uni badiiy obrazlar va voqelikni yoritib berishda qo‘llanilgan badiiy uslublari orqali anglaymiz.

Bu kabi milliy adabiy merosimiz namunalari san’at va badiiy ijodning turli sferalarida mavjud. Ularni o‘rganish orqali qadriyatlarga vorislik – milliy o‘zlikni anglashda bosh omil ekanligi xulosasiga kelishimiz mumkin, ajdodlar merosi va qadriyatlarga yangicha qarash kitobxonni mustaqil fikr yuritishga undaydi. O‘zligini anglagan inson jamiyatga, undagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy islohotlarga tafakkur va milliy davlat manfaatlari nuqtai nazaridan qaraydi. Milliy, umumbashariy va diniy qadriyatlarga qiziqish ortadi, undan o‘z kamoloti va jamiyat ravnaqida unumli foydalanadi.

O‘zbek xalqi o‘zining o‘tmishi bilan qancha faxrlansa, g‘ururlansa arziydi. U jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga shu qadar katta hissa qo‘shganki, buni butun dunyo allaqachon tan olgan. Bizga bobokalonlarimizdan o‘zbekona turmush tarzimiz meros qolgan.

2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, kutubxona tuzilmasi yangilandi, uning bo‘limlari va xizmat ko‘rsatish ishi takomillashtirilib, vazifalar ko‘lami kengaytirildi. 

Kutubxonada jahon talablariga javob beradigan avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, nashriyot-matbaa hamda nusxa ko‘chirish uskunalari o‘rnatilgan. Interaktiv kitob qurilmasidagi elektron sahifani varaqlash uchun monitorga barmoq bilan ta’sir etish kifoya. Shu tarzda sensorli kiosk orqali mazkur kutubxona, qadimiy shaharlarimiz va ulug‘ allomalarimiz hayoti haqida ma’lumot olish, kitobga buyurtma berish mumkin. 

Kutubxona muzeyida noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar fondidan namunalar namoyishga qo‘yilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” asarlari, “Devon”ining xattotlar tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmalari shular jumlasidandir.

Kutubxonaning bolalar xonasida yetti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar uchun turli o‘yinchoqlar, akvarium, o‘quv qurollari, ertak kitoblar mavjud. Ota-onalar mutolaa qilguncha, bu yerda bolalarga qarab turiladi. Kinozalda mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan yutuqlar, ulug‘ allomalarimiz, qadimiy shaharlarimiz haqidagi kinofilmlar namoyish etilmoqda.

Binoda bepul Wi-Fi tizimi ishlab turibdi. Har kuni mingdan ortiq kishi bu yerda global axborot tarmog‘idan foydalanmoqda. Bugungi kunda kutubxona fondi qariyb 7 million nusxani tashkil etadi. O‘tgan vaqt mobaynida u salkam 350 ming elektron nusxadagi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Bu yerda to‘plangan alohida qimmatga ega kitoblar, nodir qo‘lyozmalar, qadimiy nashrlar kutubxonaning bebaho xazinasi hisoblanadi. Fondda buyuk mutafakkirlarimizning XI va undan keyingi asrlarga oid qo‘lyozmalari, XVI — XIX asrlarda dunyoning ko‘plab tillarida chop etilgan kitoblar saqlanmoqda.

Hayotimizning barcha jabhasida keng qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kutubxona foydalanuvchilari uchun ham beqiyos imkoniyatlar yaratmoqda. Ularning ehtiyoji va xalqaro tajriba hisobga olingan holda, o‘quv zallari har tomonlama takomillashtirildi. Fondning elektron shaklga o‘tkazilgan qismidan foydalanish imkonini

Page 21: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

beradigan elektron kutubxonaning ixtisoslashtirilgan zali, matn, ovoz, grafika va tasvirlarni aks ettiradigan multimedia texnologiyalari zali tashkil etildi. Interaktiv ma’lumotxona paneli va do‘konlari o‘quv zallarining joylashuvi, muayyan kitob, kelgan yangi adabiyotlar, taklif etiladigan xizmatlar haqidagi zarur ma’lumotlarni mustaqil hamda tez topish imkonini beradi. 

Milliy kutubxona tarkibidan Respublika yig‘ma elektron katalog markazi joy olgan. Shu asosda mamlakatimizning elektron kutubxonaga ega har bir axborot-kutubxona muassasasida qanday adabiyotlar mavjudligini bilib olish imkonini beradigan ma’lumotlarni taqsimlash bazasi yaratilmoqda.

Ilm — nur, kitob — mo‘jiza, mutolaa — hayrat. Shuning uchun bo‘lsa kerak, poytaxtimiz markazida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ham ilmga intiluvchan yoshlar bilan har doim gavjum. Bu yerda o‘tkaziladigan turli ma’rifiy tadbirlar ular qalbida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.  Binobarin, kitob mutolaasiga qaratilayotgan e’tibor milliy o‘zligimiz va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishi bilan alohida qadrlidir.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning 24 may kuni

O‘zbekiston milliy universitetida ta’lim va ilm-fan soha vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi majlisi hamda Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar 21-sonli bayonining 81-bandi ijrosi yuzasidan 5 ta muhim tashabbusning xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha Respublika Oliy ta’lim muassasalarida joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Jumladan:1.Oliy ta’lim muassasalari talabalari ichidan ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni kasb-

hunarga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv-kurslarini tashkil etish.O‘quv-kurslarida samarali natijalarga erishishi uchun o‘quv mashg‘ulotlariga malakali

mutaxassislarni jalb etish.2.Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalari atrofida tikuv,

qandolatchilik sexlari, go‘zallik saloni, fitnes klub, xizmat ko‘rsatish turlarining boshqa yo‘nalishlarini tashkil etish.

3.Xotin-qizlarni “Ustoz-shogird” an’analari asosida xunarmandchilikka o‘rgatish orqali bandligini ta’minlash va tajribali hunarmandlarga biriktirish, hunarmand xotin-qizlarga tuman “Aholi bandligiga ko‘maklashish” markazi tomonidan mehnat daftarchalarini ochib berishiga ko‘maklashish.

4.Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni tuman “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi”dagi o‘quv kurslariga keng jalb etish.

5.Tumanda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit ajratish maqsadida tuman xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berish.

6.Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yil talabasi” tanloviga “Eng namunali tadbirkor talaba (xotin-qizlar uchun)” nominatsiyasini kiritish.

7.Ish beruvchi tashkilot va idoralarda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Ish berish kunlari”ni tashkil etish.

8.Oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020 o‘quv yilida talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil qilish maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi asosida talaba qizlarni bandligini ta’minlash,talaba qizlarni qiziqishlarini aniqlash va to‘garaklarga jalb qilish

10.Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan tizimli ish tashkil qilish va ularni o‘qishlari va mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish;

11.Faol bo‘lmagan yosh qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida, ularni muammolarini aniqlash va tahlil qilish, sayyor muloqotlar tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini belgilash va yosh qizlarni siyosiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyanoma ishlab chiqish.

Page 22: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

12.Oliy ta’lim muassasalarining talabalar yotoqxonalarida qizlar uchun “Mustaqil hayotga tayyormisiz?” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish va “Mustaqil hayotga tayyormisiz?” mavzusida taqdimot tayyorlash.

Amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.Beshinchi tashabbus bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni

tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan. 2019−2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish ko‘zda tutilmoqda. Korxonalarni puxta hisob-kitob asosida tashkil etish, ularda ishlab chiqariladigan tovarlar bozorini, ya’ni aniq xaridorini topish yuzasidan takliflar bildirilishi, ayollarning mexnatga jalb qilinishiga, uyda turib ham daromadga ega bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

XulosaBesh tashabbus yosh avlod ongiga zamonaviylik ruhini singdirish, ularni

yaratuvchanlikning yangidan-yangi yo‘nalishlariga boshlashda asosiy omil vazifasini bajaradi.Haqiqatdan ham, mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi va hayoti bilan bog‘liq amalga

oshirilayotgan ishlarning ko‘lami – juda keng. Bu jarayon yoshlar tarbiyasida biz – maorif xodimlari va o‘qituvchilar zimmasidagi mas’uliyat zalvorini bir necha baravar oshiradi.

Shuning uchun ham, Prezidentimiz belgilab berilgan ko‘rsatmalarni o‘z faoliyatimizda muhim dastur qilib olsakkina, ishimizda mazmun va samara bo‘lishi tayin.

Bu esa, avvalambor, biz ustozlardan xorijiy tillarni, shuningdek, ta’lim berishning eng so‘nggi, zamonaviy usullarini puxta o‘zlashtirishimizni talab qiladi.

Chunki yoshlar kelajagimizning davomchilaridir, ularga bugungi kunda berilgan e’tibor, davlatimiz va xalqimizning kelajagiga berilgan e’tibordir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish negizida yoshlarni ma’naviy, iqtisodiy, ma’rifiy “uyg‘otish”, jamiyatda o‘z yechimini kutayotgan ijtimoiy “xastaliklar”ni “davolash” amaliyoti ko‘zda tutilgan.

Zamonaviy o‘zbek yoshlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy “xastaliklar”dan ayrimlarini sanab o‘tamiz:

-ishsizlik;-yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlar salmog‘ining ortishi;-ilmsizlik, mutolaa madaniyatining pastligi;-giyohvandlik;-odam savdosi qurboniga aylanish xavfining yuqoriligi;-spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari iste’moliga moyillik;-oila haqida g‘amxo‘rlik qila olmaslik;-egoizmning ustunligi;-fikr qaramligi, “tafakkur qulligi”;- tashabbuskorlik motivatsiyasining yo‘qligi;- islohiy o‘zgarishlardan o‘zini chetda tutish;- dahldorlik hissining pastligi va h.k.Yuqoridagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish uchun mas’ul bo‘lgan muassasalar,

jumladan, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim tashkilotlari, ichki ishlar tuzilmalari va boshqa vakolatli idoralarning hisobotlarida yoshlarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarning to‘liq bartaraf etilganligi, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik soni va salmog‘i keskin pasaygani, ta’lim tashkilotlarida esa o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish sohalarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi borasidagi “salmoqdor” natijalar oraqali biz mavjud muammolarni hanuzgacha to‘la bartaraf etishni “uddalay” olmadik.

Davlatimiz rahbari tomonidan yangi tizim asosida ishlab chiqilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish doirasida quyidagi takliflarni amalga oshirish lozim:

- oiladagi ta’lim-tarbiya muhitini yaxshilash;- mikrohududlardagi ichki ishlar profilaktika nozirlarini maxsus malaka imtihoni orqali

ishga qabul qilish, ularning yoshlar bilan ishlashdagi mobilligini oshirish;

Page 23: samgasi.uz soati/Axb soati 21... · Web viewBolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari buyicha ta’lim tizimini

- hududlarda beshta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan tashkil etilgan sektorlar tarkibiga shu hududda istiqomat qiluvchi faol yoshlarni jalb etish orqali salmoqdor natijalarga erishish;

- hududlarda tashkil etilayotgan yangi sayilgohlar, bog‘lar va aholi dam olish maskanlarida maxsus “art-terapiya” ko‘chma klublari hamda “Kitobxonlar maskani” ni tashkil etish;

-kompaniyabozlik uchun o‘tkaziladigan “Mehnat yarmarkalari”, mehnat birjalari faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rganish;

- xorijda ishlash istagidagi yoshlar bilan ishlash bo‘limlarining faoliyati va vakolatlarini kengaytirish;

-oliy ta’lim muassasalarining o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamda maktabgacha ta’lim muassasalari – o‘rta ta’lim muassasalari hamkorligi konsepsiyasini yaratish;

- mikrohududlarda sport maydon(cha)lari va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish uchun infratuzilmani yaratish;

- hududlarda yoshlar bilan ishlash bo‘limi tarkibini yetuk mutaxassislar jumladan, psixolog, san’at sohasi vakillari, huquqshunos, tadbirkor(fermer), iqtisodchi, pedagog kadrlar bilan to‘ldirish va h.k

Besh tashabbus yosh avlod ongiga zamonaviylik ruhini singdirish, ularni yaratuvchanlikning yangidan-yangi yo‘nalishlariga boshlashda asosiy omil vazifasini bajaradi.

Haqiqatdan ham, mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi va hayoti bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lami – juda keng. Bu jarayon yoshlar tarbiyasida biz – maorif xodimlari va o‘qituvchilar zimmasidagi mas’uliyat zalvorini bir necha baravar oshiradi.

Shuning uchun ham, Prezidentimiz belgilab berilgan ko‘rsatmalarni o‘z faoliyatimizda muhim dastur qilib olsakkina, ishimizda mazmun va samara bo‘lishi tayin.

Bu esa, avvalambor, biz ustozlardan xorijiy tillarni, shuningdek, ta’lim berishning eng so‘nggi, zamonaviy usullarini puxta o‘zlashtirishimizni talab qiladi.

Chunki yoshlar kelajagimizning davomchilaridir, ularga bugungi kunda berilgan e’tibor, davlatimiz va halqimizning kelajagiga berilgan e’tibordir.