2016 yil avgust 8 (758) 25 toshkent davlat agrar ... · c b e 25 z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b...

8
25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA PROFESSOR- O’QITUVCHILARIGA «OZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 25 YIL» ESDALIK NISHONI TOPSHIRILDI. 2016 yil 29 avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida Vatanimiz mustaqilligini mus- tahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo’shgan hissasi uchunhamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi muassasava tashkilotlarning bir guruh a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh.Teshaev hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh.Teshaev Ona Vatanimiz –O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqil taraqiyot yo’lining shonli 25 yilligini eng ulug‘ va aziz bayram sifatida nishonlanayotganligi, o’tgan davr mobaynida xalqimiznnig ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy- madaniy hayotida ulkan yangiliklar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganligi haqida gapirib, kishilarning ong-tafakkuri o‘zgarib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xalqimizning shaxsiy va umummiliy maqsadlar mushtarakligiga, g‘oyaviy birlikka intilish hissi uyg‘onganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Fursatdan foydalanib, tadbirda ishtirok etayotgan barcha mehmonlarni, ustozlarni qutlug‘ sana – Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi. Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi muassasa va tashkilotlarning bir guruh a’zolariga «O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni topshirildi. 2016 yil Avgust 8 (758) GOZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS VATANIM, JONIM SENGA FIDO OZBEKISTONIM!

Upload: others

Post on 07-Sep-2019

7 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: 2016 yil Avgust 8 (758) 25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR ... · c b e 25 Z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b l _ l ^ Z [ b l b j m \ q b [ h k b q TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA

25

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA PROFESSOR-O’QITUVCHILARIGA «O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 25 YIL»

ESDALIK NISHONI TOPSHIRILDI.

2016 yil 29 avgust kuni Toshkent davlat agrar

universitetida Vatanimiz mustaqilligini mus-tahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo’shgan hissasi uchunhamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi muassasava tashkilotlarning bir guruh a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh.Teshaev hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh.Teshaev Ona Vatanimiz –O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqil taraqiyot yo’lining shonli 25 yilligini eng ulug‘ va aziz bayram sifatida nishonlanayotganligi, o’tgan davr mobaynida xalqimiznnig ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida ulkan yangiliklar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganligi haqida gapirib, kishilarning ong-tafakkuri o‘zgarib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xalqimizning shaxsiy va umummiliy maqsadlar mushtarakligiga, g‘oyaviy birlikka intilish hissi uyg‘onganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Fursatdan foydalanib, tadbirda ishtirok etayotgan

barcha mehmonlarni, ustozlarni qutlug‘ sana – Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi. Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi muassasa va tashkilotlarning bir guruh a’zolariga «O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni topshirildi.

2016 yil Avgust 8 (758)

GO‘ZAL VA BETAKRORIMSAN MUQADDAS VATANIM, JONIM SENGA FIDO O‘ZBEKISTONIM!

Page 2: 2016 yil Avgust 8 (758) 25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR ... · c b e 25 Z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b l _ l ^ Z [ b l b j m \ q b [ h k b q TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA

“ a 25 ” 29

,

ao xo

2016 1 “ a

25 ” a .

,

.

6–7 , ,

.

, , ,

.

,

, -

“ a 25 ” .

UUNNIIVVEERRSSIITTEETTIIMMIIZZDDAA QQIISSHHLLOOQQ VVAA SSUUVV XXOO‘‘JJAALLIIGGII VVAAZZIIRRLLIIGGII TTIIZZIIMMIIDDAAGGII OOLLIIYY TTAA’’LLIIMM MMUUAASSSSAASSAALLAARRII HHAAMMDDAA IILLMMIIYY--

TTAADDQQIIQQOOTT IINNSSTTIITTUUTTLLAARRII OOLLIIMMLLAARRII IISSHHTTIIRROOKKIIDDAA NNAAVVBBAATTDDAAGGII SSEEMMIINNAARR TTAASSHHKKIILL QQIILLIINNDDII..

Joriy 2016 yilning 8 avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari ishtirokida navbatdagi seminar tashkil qilindi.

Seminarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshliqlari, assistentlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tadqiqotchilar, iqtidorli yosh olimlar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ilmiy kotiblari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, yetakchi olimlari va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi xodimlari ishtirok etishdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvo-fiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 28 iyundagi 5-sonli majlis Bayoni topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, bajarilishi 2017 yildan boshlanadigan Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish talablari yuzasidan qo‘mitaning “Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i, texn.f.d., professor Ashraf Muxammadiev hamda “Innovatsiya ishlari va ilmiy-texnik ishlanmalarning ishlab chiqarishga joriy etilishini tahlil qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i, Yanvar Jahongirovich Xodjaevlar Fan va texnologiyalar taraqqiyotining 2012-2020 yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari amaliyotini ta’minlash maqsadida 2017-2020 yillarda bajariladigan fundamental, 2017-2018 yillarga

amaliy, shuningdek, 2017-2018 yillar uchun Yosh olimlarning amaliy hamda “Akademik harakatchanlik-2017” amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish uchun fundamental va amaliy ilmiy-texnika loyihalari tanlovi e’lon qilinganligi boisdan joriy yilgi tanlovni tashkil qilish va uni o‘tkazishga doir masalalar xususida so‘z yuritildi.

Seminarda ishtirok etgan ishtirokchilar tanlov yuzasidan qo‘mitaning mas’ul xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi va tegishli javoblar olishdi. Ushbu seminar yuqori saviyada tashkil qilindi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarga tegishli topshiriqlar berildi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatildi.

8 (758) AVGUST 2016 yil

IFTIXOR

Page 3: 2016 yil Avgust 8 (758) 25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR ... · c b e 25 Z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b l _ l ^ Z [ b l b j m \ q b [ h k b q TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH – DAVR TALABI

Shu kunlarda, Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida har bir yurtdoshimiz, millati, tili, yoshi va kasbu koridan qat’i nazar, bugun o‘tgan yaqin va uzoq tariximizni o‘zaro qiyoslab, erishilgan yutuqlarni o‘z salohiyati darajasida tahlil etib, zarur xulosalar chiqarishga harakat qilmoqda.

O‘tgan chorak asr O‘zbekistonning taraqqiyotning katta yo‘liga chiqib olishi, jahon hamjamiyatining mustaqil sub’ekti sifatida xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi, o‘z xalqi manfaatlariga mos keladigan, har tomonlama puxta asoslangan ichki va tashqi siyosatning ishlab chiqilishi va bu boradagi amaliy natijalari xalqaro ekspertlar, mutaxassislar tomonidan e’tirof etilishi davri bo‘ldi.

Mamlakatimiz erishgan yutuqlarning tub mohiyatiga yetib borish uchun, – deb yozadi mamlakatimiz rahbari Islom Karimov “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitobida, – bugungi hayotni kechagi hayot bilan solishtirib ko‘rish kerak. Shundan keyin odam bugungi hayotning qadriga yetadi. Yurtimizdagi mislsiz o‘zgarishlarni o‘z hayoti, oilasi, qishlog‘i, maktabi, ishxonasi misolida ko‘rgan kishiga o‘tgan kunlar bilan bugungi kunning farqi hamda afzalliklari haqida tashviqot yurgizishga xojat qolmaydi”.

Darhaqiqat, mustaqillik arafasida O‘zbekistonda barcha sohalarda og‘ir vaziyat yuzaga kelgan, Farg‘ona, Guliston, O‘sh, Namangan, Parkent voqealari shundoq ham murakkab ahvolni battar chigallashtirib yuborgan edi. Ana shunday paytda – 1991 yil 31 avgust kuni Yurtboshimiz katta siyosiy minbardan turib, bunday degan edi: “Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganligini ko‘rib turibmiz. Xalq o‘zining ertangi kuniga ishonchini kundan-kunga yo‘qotyapti. Odamlar o‘zining, oilasining, bola-chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To‘kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozliklar ostida ko‘milib ketyapti” (Islom Karimov, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, Toshkent: “O‘zbekiston”, 2011 yil. 401-bet).

Ana shu o‘ta tahlikali davrda Islom Karimov xalqimizga qarab, “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi

yo‘l qo‘ymaydi”, “Bizga tinchlik osoyishtalik kerak, biz har bir oilaning tinch-totuv yashashi tarafdorimiz va shunga intilayotgan, shuni ta’minlaydigan siyosatni qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan da’vatlar bilan asosiy maqsad va vazifalarni aniq ko‘rsatib berdi.

Barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, amaliy ishlar, haqiqiy islohotlarni boshlagan siyosiy yetakchi rahbar, yurtboshimiz Islom Karimov bo‘ldi. “Tinchlik, totuvlik, osoyishtalikni saqlash, – deb ta’kidlagan edi O‘zbekiston rahbari, – Prezidentning bosh vazifasidir. Prezident tinchlik, totuvlik qo‘rg‘onining me’mori bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Qayerdaki tinchlikka putur yetsa, xalq osoyishtaligi xavf ostida qolsa, o‘sha joyda Prezident posbon bo‘lishi darkor” (O‘sha manba, 430-bet).

Haqiqatan ham, Prezidentimiz har qanday og‘ir va qaltis vaziyatlarda ham O‘zbekistonda tinchlik, totuvlik qo‘rg‘onining me’mori, osoyishtalikning kafolati bo‘lib kelmoqda va bunga xalqimiz o‘tgan 25 yil davomida to‘liq ishonch hosil qildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar siyosatini ishlab chiqdi, o‘z xalqining tinch-osoyishta, farovon, erkin va obod hayotini ta’minlashga qodir, boshqalarga ham shuni ravo ko‘radigan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Milliy taraqqiyot yo‘lida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishilmoqda.

O‘z navbatida bugungi hayot butun jahon hamjamiyati qatori bizning mamlakatimiz oldiga ham yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Bu hol ayniqsa, mustaqilligimizni asrash, tinch hayotimizni, xalqimizni, avvalo farzandlarimizning qalbi va ongini, kelajagini asrash borasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugungi dunyodagi keskin mafkuraviy o‘zgarishlar, radikal, agressiv oqimlarning kuchayib borishi, yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qo‘ymaydi. Ayrim davlatlarda radikal siyosiy oqimlar, tajovuzkor guruhlar tomonidan olib borilayotgan teskari targ‘ibotlar kechagina o‘zining yashirin “jozibasi” bilan ko‘plarni rom aylagan, beozor bo‘lib ko‘ringan edi. Bugun ular o‘zlarining yovuz basharalarini tobora ochiq oshkor etmoqda, vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalari bilan qanchadan-qancha yoshlarni yo‘ldan adashtirmoqda.

(davomi 4-sahifada)

8 (758) AVGUST 2016 yil

G‘URUR

Page 4: 2016 yil Avgust 8 (758) 25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR ... · c b e 25 Z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b l _ l ^ Z [ b l b j m \ q b [ h k b q TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA

(3-sahifaning davomi)

Bunday sharoitda tobora kuchayib borayotgan xavf-xatarlardan, qonli to‘qnashuvlardan, keskinliklardan saqlanishning yagona yo‘li – bu hushyorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashdan iborat ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. O‘zbekiston mustaqillik yillarida bu borada o‘zining qat’iy yo‘lini tanlab oldi. Prezidentimiz jahonda yuz berayotgan ziddiyatlar, qarama-qarshilik-lar, turli tahdid va xatarlardan el-yurtimizni himoya qilish tizimini yaratdi. Bu tizim tahlikali vaziyatlarning oldini olish, ularni ostonamizga yo‘latmaslik, mamlakatimizda shakllangan tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat muhitini asrab-avaylashga imkon bermoqda.

Xalqimiz asrlar davomida oila va qo‘ni-qo‘shnichilik an’analarini mustahkam saqlab kelgan. Bu bizda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. “Qo‘shning tinch – sen tinch” degan maqol bekorga aytilmagan. Bu masalaga mustaqillik yillarida O‘zbekistonda davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratib, ushbu yo‘nalishda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari tomonidan shu borada olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Mahallalarimizda hamjihatlik, ahillik va totuvlik, bir-biriga ishonch, mehr-oqibat ruhi kuchayib bormoqda.

Bu jarayonda mahalla fuqaro yig‘inlarining “Diniy ma’rifat va axloqiy tarbiyaviy ishlar bo‘yicha maslahatchilari”ning o‘rni alohida bo‘lmoqda. 10 ming nafarga yaqin bunday targ‘ibotchi-tarbiyachilar bugun kunning ruhini juda yaxshi his etgan holda o‘z

oldilariga qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan bajarmoqdalar. Ularning ish sarhadlari shunchalik kengki, bunday maslahatchilar bir paytning o‘zida ham diniy, ham dunyoviy masalalar bo‘yicha maslahatchi, ayni paytda mahallada to‘planib qolgan maishiy sohadagi muammolar, o‘z

mahalladoshlarining quvonch-u tashvishlariga ham sherik, hamda uni hal etishga yo‘l topish bo‘yicha “mutaxassis-lar” hisoblanadi. Jamiyatni ma’naviy jihatdan barqaror-ligini ta’minlovchi bunday xodimlar ish samaradorligini yanada oshirish juda

muhimdir. Shu ma’noda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Maslahatchiga maslahat” qo‘llanmasi muayyan ahamiyatga ega, deb o‘ylaymiz.

Ammo, “sholi kurmaksiz bo‘lmaydi”, deganlaridek, ba’zan ayrim fuqarolarimizning bilib-bilmasdan to‘g‘ri yo‘ldan toyishi, turli g‘arazli kimsalar “domiga tushib” qolishi ham mahalladoshlarimizning ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotganini unutmasligimiz lozim. Nahotki, ko‘chamizda, mahallamizda begona kishining “xurmacha qiliqlari”ni payqamaymiz, ularning nojo‘ya xatti-harakatlariga o‘z vaqtida javob bermaymiz? Kimningdir uyiga notanish, shubhali kishining muntazam ravishda kirib-chiqishi, qaysidir qo‘shnimizning o‘g‘li yoki qizi nojo‘ya qadam tashlayotganini ko‘rmasligimiz aslida o‘zimizning xotirjamligimiz, tinchligimizning buzilishiga olib kelayotgan qadam ekanini unutmasligimiz juda muhim.

Abduxalil Mavrulov. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari, t.f.d., professor

TOSHKENT VILOYATIDA “YUKSAK MA’NAVIYAT – KELAJAK POYDEVORI” SHIORI OSTIDA

“OILAVIY KITOB BAYRAMI” Toshkent viloyati hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisining 2016 yil 23 iyuldagi “Davlatimiz mustaqilligining 25

yilligi bayrami”ga bag‘ishlab tuman, shaharlarda “Oilaviy kitob bayrami”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 1/5-4-3411-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 8 avgust kuni Chinoz tumani “Bolalar” madaniyat va istiroxat bog‘ida bayram tashkil etildi.

Tadbirni Toshkent davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi Baxriddin Turdiyev kirish so‘zi bilan ochib, istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, bunyodkorlik ishlari haqida to‘htaldi. Bugungi tinch va osuda hayotimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, yosh avlodni ham ma’nan ham jismonan yetuk inson etib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni beqiyosdir, deb ta’kidladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Botir Ergashev ishtirokchilarga o‘zining she’rlari orqali tabrik so‘zlarini izhor qildi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi kino aktyori, rejissyor Burxon Sharopov ham kino olamidagi o‘zgarishlar, istiqlol yillarida milliy kinochilik sohasidagi yutuqlar haqida gapirib o‘tdi.

8 (758) AVGUST 2016 yil

Yuksak ma’maviyat – yengilmas kuch

Page 5: 2016 yil Avgust 8 (758) 25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR ... · c b e 25 Z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b l _ l ^ Z [ b l b j m \ q b [ h k b q TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA

. ,

, ,

.

. , ,

.

,

.

, ,

, , .

, , , ,

. ,

, , , ,

, .

, , ,

, , .

, , ,

. ,

, , , ,

, .

. , .

, , , ,

. .

. ,

, , , .

, . , ,

. , , , ,

, , , .

. ,

, , .

.

, 900–1100, 700–800 3

.

6–7 ,

. (90 )

, ,

, . – , 1–2

. , , .

, , ,

. .

,

. 60

,

.

, .

, , , ,

. . , -

30 .

,

”, “ ”, “ ”, “ ” .

, , .

,

, . ,

www.agro.uz saytidan

8 (758) AVGUST 2016 yil

MAVSUM MAVZUSI

Page 6: 2016 yil Avgust 8 (758) 25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR ... · c b e 25 Z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b l _ l ^ Z [ b l b j m \ q b [ h k b q TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA

QADRIYAT

IPAK VA ZIRAVORLAR FESTIVALI

Buyuk ipak yo‘lidagi Buxoro shahri tilga olinganida, tabiiyki, uning qadimiy o‘tmishi va boy madaniy merosidan guvohlik beruvchi tarixiy obidalari, urf-odat va an’analari ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.

Buxoroda o‘tayotgan XV an’anaviy ipak va ziravorlar xalqaro festivalida bu jihatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Qadimiy Ark qal’asidan Labi hovuz sohillarigacha bayramona bezatilgan. Karnay-surnay sadolari, milliy liboslardagi yoshlar, folklor ansambllarining chiqishlari, Vatan, tinchlik, mustaqillik va do‘stlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqs va laparlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Viloyat hokimligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro viloyati mintaqaviy bo‘limi, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan Ipak va ziravorlar festivali milliy hunarmandlikni rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, hunarmandlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda turizmni yanada ravnaq toptirish, Buxoroni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Labi hovuz majmuasida o‘tkazilgan festivalning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida turizmni rivojlantirish, yurtimizga kelayotgan chet ellik sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samara berayotgani alohida ta’kidlandi.

Festivalda jahonning ko‘plab davlatlaridan xalq amaliy san’ati ixlosmandlari, soha mutaxassislari, sayyohlik tashkilotlari vakillari, hunarmandlar ishtirok etgani yurtimizga, xalqimizning moddiy va ma’naviy merosiga qiziqish yil sayin oshib borayotganidan dalolatdir.

Keng ko‘lamli ko‘rgazma-savdo rastalarida Buxoro mis-kandakorlik asarlari, kulolchilik va zargarlik buyumlari, zardo‘zlik liboslari, devoriy kashtalar, vodiy atlasu adraslari, do‘ppilari, chinni idishlari, Surxonning jun va ipakdan ishlangan mahsulotlari, toshkentlik ustalarning yog‘och o‘ymakorlik ashyolari, Jizzaxning biser-munchoqli san’at asarlari, umuman, yurtimiz va xorijlik hunarmandlarning ipak mahsulotlari, ziravorlar, giyohlardan tayyorlangan shifobaxsh darmondorilar namoyish etildi. Buxoro rassomlik va miniatyura, zargarlik, zardo‘zlik, mis-kandakorlik, temirchilik, gilamchilik va G‘ijduvon kulolchilik maktablari ustalarining mahorat darslari tashkil etildi.

– O‘zbekistonda hunarmandlik azaldan rivojlangan, – deydi hindistonlik hunarmand Madan Lal. – Sirg‘a, bilakuzuk kabi taqinchoqlar yasayman. Taassurotlarim bir olam. Ayniqsa, Buxorodagi tarixiy me’morlik obidalari betakrorligi bilan har qanday kishini maftun etadi. Hunarmandlik mahsulotlari, milliy urf-odatlar, raqslar, folklor qo‘shiqlari g‘oyat o‘ziga xos va jozibador. Milliy liboslar, ipakdan tayyorlangan matolar hunarmandlikni san’at darajasiga ko‘targan ustalarning mahoratidan dalolat beradi. Festivalda barcha viloyatlar folklor-etnografik jamoalari o‘z dasturlarini namoyish etmoqda. Milliy sport musobaqalari, xalq o‘yinlari ishtirokchilarga manzur bo‘layotir. Tadbir doirasida milliy taom – palov tayyorlash bo‘yicha oshpazlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

– Men tarixiy obidalari bilan dunyoga mashhur Buxoroni ko‘rishni orzu qilardim, – deydi avstraliyalik sayyoh Maksim Vilson. – Tasodifni qarangki, safarim Ipak va ziravorlar festivaliga to‘g‘ri kelib qoldi. Betakror hunarmandlik mahsulotlari, folklor qo‘shiqlari menga juda yoqdi. Bugun milliy qadriyatlarga yo‘g‘rilgan san’at tili va dini har xil bo‘lgan xalqlarni birlashtira olish qudratiga ega ekaniga guvoh bo‘ldim. Palovni shu yerda ilk bor tatib ko‘rdim. Juda mazali ekan. Bu yurtdagi tinchlik-osoyishtalikka havasim keldi, xalqingizning mehmondo‘stligi, odamlar yuz-ko‘zidagi ertangi kunga ishonch meni hayratga soldi. Tinchlik va osoyishtalik barqaror yurtdagina shunday bayramlar, festivallar o‘tkaziladi.

Festival doirasida O‘zbekiston tarixiga oid filmlar, zamonaviy va milliy an’analar mujassamlashgan liboslar kolleksiyalari namoyish etilmoqda.

kun.uz saytidan

8 (758) AVGUST 2016 yil

Page 7: 2016 yil Avgust 8 (758) 25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR ... · c b e 25 Z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b l _ l ^ Z [ b l b j m \ q b [ h k b q TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA

20-avgust kuni soat 9:00 da DTM natijalari osib qo‘yildi

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirgan abiturientlar test natijalarini 20-avgust kuni ertalab 9:00 dan boshlab bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

“O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturi Davlat Test Markazi e’loniga asoslanib, bu haqda ma’lum qildi.

Unga qadar imtihon natijalarini bilishni istagan abiturientlar DTMning Telegram’dagi @DTMbot boti yoki Click xizmati yordamida test natijalaridan voqif bo‘lishi mumkin.

DTM natijalari DTMning rasmiy vebsaytidan ham bilib olishngiz mumkin (http://results2016.dtm.uz/)

,

. Philips 139 Xenium E570

. Philips Xenium’ 3160

, .

, . , Philips Xenium E570

4,6 . 48 . ,

.

UNIVERSITETIMIZDA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILDI

Toshkent davlat agrar universitetida ham 20-21-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Hasharda universitetimiz xodimlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Hashar kunlari mahalla muhitida shakllangan o‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar ko‘lami yanada kengaydi.

Ushbu xayrli tadbir minglab ezgu ishlarni, savobli amallarni bajarishga turtki bo‘ldi. Yoshlarning kelgusida ham umuminsoniy, milliy va ma’naviy

ahamiyatga ega bo‘lgan ana shunday ishlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirishga rag‘batini yanada kuchaytirdi.

8 (758) AVGUST 2016 yil XABARLAR

Page 8: 2016 yil Avgust 8 (758) 25 TOSHKENT DAVLAT AGRAR ... · c b e 25 Z i j _ e d m g b m g b \ _ j k b l _ l ^ Z [ b l b j m \ q b [ h k b q TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI XODIM VA

( )

: :

1. ; 2. ; 3. ; 4. ; 5.

; 6. . :

1. ; 2. ; 3. ; 4. , (0,5); 5. ; 6. ; 7.

; 8. (0,5); 9. ; 10.

(0,5); 11. ; 12. (0,5); 13. (0,5); 14. ; 15. ; 16.

. :

1. ; 2. ; 3. (0,5); 4. , ; 5. (0,5); 6.

; 7. (0,5) ( ); 8. (0,5); 9. , ; 10. (0,5);

11. , ; 12. ; 13. ; 14. ; 15.

; 16. ; 17. (0,5); 18. ; 19. ; 20. .

: 1. ; 2. (0,75); 3.

(0,75); 4. , (0,5) ( ); 5. ; 6. ; 10. ; 11.

; 12. ; 13. . :

1. ; 2. ; 3. ; 4. , (0,75); 5. , ; 6.

; 7. (0,5); 8. ; 9. , ; 10. ; 11.

, ( ); 12. ; 13. ; 14. (0,5);

15. ; 16. ; 17. ; 16. ; 18.

; 19. ; 20. ( ). :

1. ; 2. . .

: , , , ,

, , . .

( – ) . .

. ,

, . :

100140, -140, , , 3- , . : 260-39-85.

8 (758) AVGUST 2016 yil

Gazeta Toshkent viloyati

Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan

19.10.2010 y. 03-068 raqam

bilan ro’yxatga olingan

Muharrir: D.I.ALIMKULOV.

Tahrir hay’ati: M.M.ADILOV, F.ASHUROVA,

D.XOLIQOVA, SH.DURXODJAYEV.

Bosishga topshirilgan vaqt

30 avgust 2016 yil. ISSN raqami 2181-7782

E’LONLAR

«AGRONOM»

MUASSIS: Toshkent

Davlat agrar

universiteti

[email protected] Tahririyat manzili: Toshkent vil.

Qibray t. Universitet ko’chasi, 2 uy Gazeta TDAU Tahririyat-nashriyot bo’limida 500

nusxada chop etildi.